logo

Surxondaryo bronza davri jamoalarining moddiy madaniyati tarixi

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

92.958984375 KB
Surxondaryo bronza davri  jamoalarining moddiy madaniyati tarixi
  mav zusida
 
Mundarija
Kirish………………………………………………………………….............         4
I Bob.  Ishlab chiqarish xo’jaligi va metallsozlikning vujudga kelishi.
1.1. Dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi… ……………………        9
1.2. Metallning ixtiro qilinishi – insoniyatning buyuk kashfiyoti 
va   uning   madaniy-xo’jalik   taraqqiyotida   tutgan
o’rni…………………………………………………………………………….     23
II Bob.  Surxondaryo hududida  sivilizasiya  ildizlarining  vujudga 
kelish i .
2.1.  Sopolli – shaharmonand aholi makoni va uning ilk shaharlarning tashkil 
topishidagi o’rni………………………………………………………………..      28
2.2.  Jarqo’ton. Saroy ibodatxonasi. Uy-joylar……………………………....        35
III Bob.  Surxondaryo hududi  jamoalarining  so’nggi  bronza davri moddiy 
madaniyati
3.1.  Mo’loli … …………………………………………………………………..    4 2
3.2.   Bo’ston yodgorliklari moddiy madaniyati… …………………………….      59
Xulosa… ………………………………………………………………………..   63
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati… ………………………………………..   68
Qisqartirilgan so’zlar izohi ………………………………………………........   74
1 KIRISH
Mavzuning   dolzarbligi:   Ota-bobolarimizdan   qolgan   merosni   o’rganish,
ularning   urf-odatlari,   udumlarini   tiklash   –   bu   tarixni   tiklash   demakdir.   Faqat   uni
xolislik bilan  asl  xolicha  o’rganish,  tahlil  qilish  o’rganilayotgan  davr  haqida  aniq
va to’g’ri tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Istiqlol bergan buyuk ne’matlardan
biri ham tariximizni, milliy qadriyatlarimizni, o’zligimizni chuqur o’rganish uchun
ulkan   imkoniyatlar   yaratdi.   Xalqimiz   orasida   tariximizni   bilishga   bo’lgan
qiziqishning   keskin   ortishi   tufayli,   ajdodlarimizning   qadim   urf-odatlari,   diniy
e’tiqodi,   madaniy,   ma’naviy   merosini   o’rganish   tarix   ilmining   dolzarb   masalasi
sifatida e’tirof etilmoqda.   
Surxon   voxasida   bronza   davrida   bu   hududlar   kelib   chiqishi   jihatidan   har   xil
bo’lgan   uchta   yirik   tarixiy   va   etnomadaniy   birliklarning   (Sopolli   madaniyati,
Bishkent-Vaxsh madaniyati va Andronova madaniyati qabilalari) aloqa maydoniga
aylanadi.   Uning   O’zbekiston   qismida   Sopollitepa,   Jarqo’ton,   Ko’zali,   Mo’lali,
Bo’ston, Kuchuktepa, Qiziltepa kabi o’troq dehqonchilik madaniyati yodgorliklari
o’rganilgan.   Ular   qadimgi   qishloqlar,   ilk   shahar   harobalari,   qadimgi   qabriston
yodgorliklari   ko’rinishida   bizgacha   yetib   kelgan.   Hozirgacha   bronza   davri
jamoalarining   har  xil  nuqtalarda ko’plab yodgorliklar ochilgan. Ularda aholining
etnomadaniy hayoti, turli xil urf-odatlari va diniy e’tiqodi o’z aksini topgan. 
Shu   bilan   birga   Sopolli   madaniyatining   so’nggi   Mo’lali   va   Bo’ston
bosqichlarida   qadimgi   dehqon   jamoalarining   ekologik,   demografik   va   iqtisodiy
xo’jalik zaruriyati tufayli Janubiy Tojikiston hududlariga kirib borishi kuzatiladi. 
Arxeologik   tadqiqotlar   natijalariga   ko’ra,   qadimgi   Baqtriya   bronza   davrida
sug’orma dehqonchilik sivilizasiyalarining dasht qabilalari bilan bevosita madaniy
aloqa   ko’prigiga   aylangan   va   bu   zaminda   ilk   davlatchilik   asoslarining   erta
shakllanishiga olib kelgan. 
Surxondaryo   hududi   bronza   davri   aholisining   moddiy   madaniyati   ustida
izlanishlar   olib   borish,   bronza   davrida   yashagan   ajdodlarimizning   turmush   tarzi,
2 xo’jaligi. diniy e’tiqodi bilan bog’liq urf-odatlari, udumlari va diniy mafkurasi qay
darajada  va  qanday  bo’lganligini   chuqur   ilmiy  asosda,   atroflicha  o’rganish   ushbu
mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Tadqiqot obyekti va predmeti:
Surxondaryo mintaqasidan talaygina bronza davri yodgorliklari topilgan. Ular
bronza   davri   o’troq   va   chorvador   qabilalarning   etnografik   turmush   tarzi   haqida
noyob   ma’lumotlar   beruvchi   arxeologik   yodgorliklar   bo’lib,   ularning   davriy
sanalari, aholisining iqtisodiy xo’jalik asoslari, etnik jihatdan qaysi bir arxeologik
madaniyatlarga   tegishli   ekanligi   ilmiy   tahlil   etilgan.   Demak,   tadqiqotning
manbaviy asosi Surxon voxasi bronza davriga tegishli yodgorliklar va ularni qazish
jarayonlarida uchratilgan tegishli obyektlar va artefaktlardir.
Tadqiqotning o’rganilganlik darajasi: 
1968   yilda   Janubiy   O’zbekistonda   Sherobod   cho’lini   o’zlashtirilishi
munosabati   bilan   Sherobod   cho’lining   janubiy   sarhadlaridan   bronza   davriga
tegishli   Sopollitepa   va   Jarqo’ton   yodgorliklari   topiladi.   Sopollitepa   yodgorligida
1969-1974 yillarda arxeolog A.Asqarov keng ko’lamli arxeologik qazishmalar olib
borib, ushbu yodgorlikni to’liq ochishga erishadi. Bu   yodgorlikni birinchi bo’lib,
Nomozgoh   madaniyati   doirasiga   kiruvchi   bronza   davri   obyekti   ekanligini
isbotlaydi.   Eng   muhimi,   Sopollitepani   qazish   vaqtida,   uning   uy-joy   mujmualari
ostidan   138   ta   qabrlarni   topib   o’rganishga   muyassar   bo’ladi 1
.   Sopollitepa
materiallari   tahlili   asosida   O’zbekistonda   qadimgi   dehqonchilik   madaniyatining
tarixiy   ildizlari   Qadimgi   Sharq   sivilizasiyalari   bilan   bog’liq   ekanligini   ilk   bor
asoslaydi 2
.   A.Asqarov   “Sapallitepa”   va   “Drevnezemledelcheskaya   kultura   epoxi
bronzы   yuga   Uzbekistana”   nomli   monografiyalarida   jami,   uy-joy   majmualari
ostidan topilgan qabrlar ayvonli-lahad shaklida qurilganligini ta’kidlaydi. Har ikki
monografiyada  ham  muallif   dafn  marosimlari  bilan  bog’liq  urf-odatlarni   izohlash
bilan   maxsus   shug’ullanmagan,   dafn   marosimlari   haqidagi   ma’lumotlar
monografiyada umumlashtirilgan tahlilda o’z aksini topgan. 
1
  А скаров А.  Сапаллитепа. – Т., Фан, 1973. 
2
 Аскаров А. Сапаллитепа. – Ташкент, Фан .  1973. 
3 1973 yil bahorida Sh.Pidayev va V. Pilipkolar Sherobod tumani Oqqo’rg’on
qishlog’i   hududidan   o’tgan   Sherobod   daryosi   quyi   havzasidagi   Bo’stonsoyning
chap   sohilidan   Sopollitepa   sopol   majmuasiga   o’xshash   sopol   parchalarini
topadilar.   A.Asqarov   ushbu   sopol   buyumlari   bronza   davriga   oid   ekanligini
aniqlagach,   sopol   buyumlar   topilgan   ushbu   hudud   –   Jarqo’tonda   1973   yilning
kuzidan   keng   ko’lamli   arxeologik   izlanishlar   boshlanadi.   Bu   izlanishlar   tufayli
Jarqo’ton tarixiy topografiyasida qayd qilingan № 5 tepalikda olib borilgan uy-joy
mujmualari   ostidan  52 ta  qabr  ochib  o’rganiladi. Bu  qabrlarning barchasi  Sopolli
madaniyati davriy xronologiyasining Jarqo’ton bosqichiga tegishli bo’lib, ularning
ichki   tuzilishi,   skeletlarning   joylashish   holati   va   qabrga   qo’yilgan   ashyoviy
dalillarning tarkibiga ko’ra, Sopollitepa qabrlaridan deyarli farq qilmaydi. Shunday
qabrlardan   o’nga   yaqini   U.Raxmanov   tomonidan   Jarqo’ton   qal’a-qo’rg’onining
monumental   binosi,   ya’ni   qadimgi   shahar   hokimining   saroyi   shimoliy   devori
orqasidan topib o’rganilgan.   Jarqo’tonda olib borilgan arxeologik dala tadqiqotlari
shuni   ko’rsat a diki,   bu   yerlarda   Sopol li tepaning   8   kvartalidan   ko’chib   borgan
jamoalar ,   Jarqo’ton   maydonida   bir-birlariga   yaqin   8   ta   joyga   joylashib,
Sopollitepadagi   sakkiz   jamoachilik   an’analarini   davom   ettirgan   bo’lishlari
mumkin . Ana shu 8 jamoa tur a r-joy massivlari orasida diniy-dunyoviy boshqaruv
markazi   sifatida   6 -tepa da   Jarqo’ton   monumental   ibodatxonasi   qad   ko’targan.
Jarqo’ton   “Shahriston”ida   qad   ko’targan   8   ta     urug’-jamoalarining   uy-joy
massivlari     Sopollitepa   kvartallaridan   farq   qilib,   0,50   -   1   m.ga   qadar   balandlikda
bo’lgan   ta g -supa   (platforma)   ustiga   qurilgan   (ya’ni   maydon   tekislab   olingan)
bo’lib ,   atrofi   esa   mudofaa   devorlari   bilan   o’rab   olingan ligi   solingan   stratigrafik
shurflar  natijasida aniqlangan 3
. 
Manzilgohning   janubida,   Bo’stonsoyning   har   ikkala   sohillaridan   bir   necha
tabiiy   tepaliklardan   (Jarqo’ton     III,   Jarqo’ton   IV   a,b,v   hamda   Bo’ston   1,
2,3,4,5,6,7,8)   qadimgi   qabristonlar   topilib,   ularni   A.Asqarov   va   uning   shogirdlari
hamda N.Avanesova kabi qator olimlar   o’rganganlar 4
.
3
 Рахманов У. Керамическое производство эрохи бронзы Южного Узбекистана.  –  Самарканд, 1987 .
4
  Аскаров А. К вопросу о выделении культуры Сапалли // Древняя Бактрия. – Ленинград, 1974. – С. 26-32;
Расписная   керамика   Джаркутана   //   Бактрийские   древности.   1976.   –   С.   17-19;   Бронзовый   век   южного
Узбекистана   (К   проблеме   развития   локальных   очагов   древневосточной   цивилизации)   //
4 A.   Asqarov   shogirdlari   B.Abdullayev,   U.Rahmanovlar   bilan   birgalikda
Jarqo’ton III,   Jarqo’ton IVa,b,v (864 ta) hamda   Bo’ston 3 (38 ta), Bo’ston 4 (39
ta) va Bo’ston 5 (12 ta) qabristonlaridan 900 ga yaqin qabrlarni ochib o’rganadilar.
Sopolli   madaniyati   yodgorliklarida   olib   borilgan   ko’p   yillik   arxeologik
izlanishlar da   asosiy   e’tibor   Amudaryoning   yuqori   havzalarida   Qadimgi   Sharq
sivilizasiyasining   mahalliy   Baqtriya   o’chog’ini   shakllanishi   va   rivojlanish
bosqichlarini   kuzatishga,   ilk   shaharsozlik   madaniyati   va   uning   bazasida   ilk
davlatchilik tizimining paydo bo’lish muammosini o’rganishga qaratil gan . 
Bizgacha   chop   etilgan   ilmiy   adabiyotlarda   ular   alohida   obyektlar   sifatida
o’rganib   kelinsada,   ammo   Baqtriyaning   bronza   davri   yodgorliklarining   (dehqon
jamoalari   va   chorvador   aholini)   moddiy   madaniyatida   o’z   aksini   topgan   dafn
marosimlari va diniy e’tiqodi bir butun ilmiy tizimga solinib, umumlashtirilmagan.
Ulardan   tegishli   tarixiy   xulosalar   chiqarilmagan.   Shu   bois   ham   Baqtriyaning
bronza   davri   yodgorliklari   maxsus   tadqiqot   obyekti   bo’lmagan.   Shuning   uchun
ham   ushbu   tadqiqot   ishida   barcha   birlamchi   manbalar   mustaqillik   mafkurasi
asosida, xolislik va obyektivlik tamoyillariga asoslangan holda, yangicha qarashlar
va yondashuv asosida o’rganildi.  
Автореф.дисс.докт.ист.науки. – Москва,  1976. – С. 44;  Древнеземледельческая  культура  эпохи  брон з ы юга
Узбекистана.  – Т. ,  Фан, 1977 .  – С. 232; Южный Узбекистан во  II  тыс.до.н.э. // Этнические проблемы истории
Центральной Азия в древности ( II  тыс.до.н.э). – М., 1981. – С. 167-179; Джаркутан. –Т., 1983. (Б.Абдуллаев
билан   ҳ амкорликда)   Южноузбекистанский   очаг   древнебактрийской   цивилизации   //   Древние   цивилизации
Востока.   –   Ташкент,   1986.   –С.   44-54;   Рахманов   У.   Керамическое   производство   эрохи   бронзы   Южного
Узбекистана.  –  Самарканд, 1987 ;   Аскаров А.   Степной компонент в оседлых комплексах Бактрии и вопросы
его интерпретации // Взаимодействие кочевых культур и древних цивилизаций. – Алма-ата. 1989. – С. 57-58;
Результаты исследования химического состава металла из могильников Бустан 3, 4 и 5 // ИМКУ, – Вып. 23.
–   Т,   1989.   –   С.   6-12;   Древнебактрийский   храм   огня   в   южном   Узбекистане   //   Архитектура   и
градостроительство. – Ташкент, 1989. – С. 7-24. (Т.Ш.Ширинов билан   ҳ амкорликда) ; О   некоторых группах
культовой керамики Джаркутана – памятника эпохи развитой бронзы юга Узбекистана // ИМКУ. – Вып 25. –
Т.,   1991.   –   С.   3-56.   (Т.Ш.Ширинов   билан   ҳ амкорликда) ;   Ранняя   городская   культура   эпохи   бронзы   юга
Средней Азии. – Самарканд, 1993. – С. 161. (Т.Ш.Ширинов билан ҳамкорликда); Бақтриянинг бронза ва илк
темир   даври   маданиятлари   хронологияси   //   “Ўзбекистон   тарихи   моддий   маданият   ва   ёзма   манбаларда”.
Тошкент,   “Фан”.   2005.   –   Б.   36-48   (Ш.Шайдуллаев   б-н   ҳамкорликда);   Ширинов   Т.   Алтари   огня   из   храма
Джаркутан   –   памятника   эпохи   развитой   бронзы   //   ИМКУ,   –   Вып.   23.   –   Ташкент,   Фан.   1990.   –   С.   70-78;
Ионесов  В. Новые исследования могильника эпохи бронзы Джаркутан IVа.  ИМКУ ,  вып. 22. Ташкент,  1988;
Некоторые данные  о могильнике  Джаркутан- 4в. ИМКУ вып.24. Ташкент, Фан.  1990 . – С. 8-18 ;  Аванесова
Н.А. Новое в погребальном обряде   сапаллинской культуры   //   «Археологические вести».   –   № 4, Спб, 1995 ;
Символика   огня   в   погребальной   практике   сапаллинской   культуры.   (по   материалам   исследования
могильника   Бустан   VI )   //     ИМКУ,   –   В ып.30.   –   Самарканд,   1999.   –   С.   27-36.   ( Ташпулатова   Н   б-н   ҳамк);
П роблеме относительной хронологии и периодизации Сапаллинской культуры  //  Археология   Узбекистана,  –
№ 1,  – Ташкент, 2010 ;  Проявление степных традиций в Сапаллинской культуре  //  «Цивилизации и культуры
Центральной Азии в единстве и многообразии».  – Ташкент, 2010 ;
5 Tadqiqotning   davriy   chegarasi.   Miloddan   avvalgi   3-2   ming   yillikni   o’z
ichiga   qamrab   oladi.   Bu   davrda   Surxondaryo   hududi   bo’ylab   ko’plab   ijtimoiy,
iqtisodiy va etnomadaniy o’zgarishlar yuz beradi.
Tadqiqotning   maqsadi.   Bronza   davri   o’troq   va   chorvador   qabilalarning
xo’jalik xayoti, moddiy madaniyati va diniy e’tiqodini birgalikda, tadqiqot obyekti
sifatida o’rganishdir. 
Tadqiqotning vazifalari.   Mana shu maqsaddan kelib chiqib, muammo ilmiy
yechimini topishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko’zda tutilgan:
- Surxon   voxasi   hududlarida   bronza   davrida   yashagan   qadimgi
dehqonchilik     madaniyati   yodgorliklarining   tarqalish   geografiyasini
o’rganish;
- bronza   davri   urug’   jamoalarining   xo’jalik   xayoti,   moddiy
madaniyatini arxeologik obyektlarda kuzatish;
- bronza davridagi ajdodlarimizning  dafn marosimlari, diniy e’tiqod va
etnomadaniy   hayoti   bilan   bog’liq   juda   katta   qatlam   faktik
materiallarni  yaxlit bir ilmiy tizimga solib, chuqur tahlildan o’tkazish
va tegishli ilmiy xulosalar asosida umumlashtirish. 
Tadqiqot   metodlari:   Tadqiqot   materiallari   tarixiylik,   ilmiy   xolislik   va
obyektivlik   prinsiplari   asosida   tahlil   qilindi.   Shuningdek,   tarixiy-qiyosiy   tahlil,
qadriyatlar   uyg’unligi   kabi   tamoyillarga   amal   qilindi   va   ilmiy-metodologik   omil,
tarixiy-falsafiy qarashlar hamda uslublarga jiddiy e’tibor berildi. 
Tadqiqotdan kutilayotgan ilmiy yangilik:
Tadqiqotda Surxon voxasi bronza davrida o’troq dehqonchilik va chorvachilik
xo’jaliklari   bilan   shug’ullangan   ajdodlarimizning     bizga   qoldirib   ketgan   moddiy
madaniyati,   diniy   e’tiqod   izlari   va   dafn   marosimlari   bilan   bog’liq   turfa     xil   urf-
odatlari yaxlit  bir ilmiy tizimga solib o’rganib chiqildi.
Tadqiqotda   chop   etilgan   ilmiy   adabiyotlar   va   ko’pgina   arxeologik
kolleksiyalar o’rganib chiqilib, yangicha qarashlar asosida qaytadan tahlil qilindi;
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinishi:  Dissertasiya mavzusi bo’yicha ilmiy
jurnallar va ilmiy anjuman to’plamlarida 2 ta maqola e’lon qilingan.
6 Dissertasiya   tuzilishi   va   xajmi:   Tadqiqot   kirish,   uch   bob,   xulosa,
foydalanilgan ilmiy adabiyotlar ro’yxati va illyustrativ material-albom ilovalaridan
iborat. Dissertasiyaning hajmi  67  bet, adabiyotlar ro’yxati va   qisqartirilgan so’zlar
izohi  iborat.
I   BOB.   ISHLAB   CHIQARISH   XO’JALIGI   VA   METALLSOZLIKNING
VUJUDGA KELISHI.
1.1. Dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi.
Insoniyat   tarixining   navbatdagi   taraqqiyot   bosqichi   neolit   davri   bo’lib,   bu
soha yodgorliklari O’rta Osiyoda yaxshi o’rganilgan. O’tgan asrning 30-yillardian
boshlab   O’rta   Osiyoning   deyarli   barcha   muzofotlarida   bu   davr   makonu
manzilgohlari   yaxshi   taqdim   qilingan.   Bu   davrga   kelib,   O’rta   Osiyoning   janubiy
sarhadlarini   qamrab   olgan   daryo   vohalari,   tog’   etaklari   bo’ylab   yastanib   yotgan
hududlarda, neolit davrida sug’orma dehqonchilik tashkil topib, ijtimoiy, iqtisodiy
va   madaniy   taraqqiyotda   bu   jamoalar   ancha   ilgarilab   ketdi.   O’rta   Osiyoning
shimoliy-sharqiy   muzofotlarida   yashagan   jamoalarning   xo’jalik   asosini   hamon
ovchilik, termachilik va  baliqchilik tashkil  qilib,  janubga nisbatan   uzoq zamonlar
orqada   qolib   keldi.   O’rta   Osiyoning   janubiy   muzofotlarida   o’troq,   muqim   tarzda
xo’jalik   yuritish   alomatlari   so’nggi   mezolit   daridayoq   sodir   bo’lsa-da,   ammo   bu
jarayon   neolit   davrida   avvallariga   nisbatan   ilg’or   taraqqiyotga   erishildi.   Masalani
kengroq   doirada   qo’lga   kiritilgan   manbalar   asosida   qaraydigan   bo’lsak,   ilgari
qo’yilgan muammo yanada oydinlashadi.
So’nggi   mezolit,   ayniqsa,   neolit   davrida   yashagan   qabilalarning   o’zaro
madaniy aloqalari keng tus oladi. Bu davrda odamzod guruhlari jahonning deyarli
barcha   muzofotlarini   o’zlashtirgan.   Neolit   davriga   kelib,   ishlab   chiqarish
kuchlarining   bir   muncha   taraqqiyoti   natijasida   iqtisodning   kompleks   rivojlanishi
tufayli yetakchi va yirik jamoa markazlarining shakllanishiga asos bo’ldi. Masalan,
Yevroosiyo   mintaqalarida   daydib   yurgan   ovchi,   termachi   guruhlar   mezolit   va   ilk
neolit   davrlarda   ularning   bir   qismi   qisman   bo’lsa-da,   qo’nim   yashashga   erishib,
bunday   jamoalar   50-200   m 2
  maydondan   iborat   qarorgohlarga   ega   bo’lishgan.
Masalan,   Kolumbogacha   bo’lgan   Amerikada   oila   guruhiga   taalluqli   bo’lgan
7 qarorgoh maydoni 30 m 2
, lokal guruhniki 200-300 m 2
  dan iborat bo’lib, bir necha
kichik   oilani   tashkil   etishi,   bu   esa   20-30   kishilik   katta   yoshdagi   odamlarni
birlashtirgan. Bushmenlarda esa 25-30 kishidan iborat bo’lgan guruhlar lageri 230-
720 m 2
 maydonli protoqishloqlarda yashashgan.
Aslini   olganda,   o’troq   qishloqlar   turli   axbortlarga   ega   komponentlardan
iborat   va   uning   rejalashtirilishi,   hajmi,   oshkoralik   uyi,   ishlab   chiqarish   markazi,
mudofaa devorlari singari komponentlardan iborat bo’lishi taqozo qilinadi 5
. Neolit
davri   qishloqlarini   qazib   o’rganishda   V.M.Masson   katta   tajribaga   ega
olimlardandir.
Qishloqlarning   rivojlanishi   dinamikasiga   kelsak,   biz   avvalgi   satrlarimizda
dastlabki   uy-joylarni   ijtimoiy   organizmning   muayyan   strukturasi   sifatida   qaragan
bo’lsak,  endi  iqtisodiy o’troq dehqonchilik bilan bog’liq qishloqlar  uning davomi
sifatida iarxik taraqqiyotini ifodalaydi va jamoalardan farqliroq ijtimoiy yacheyka
sifatida ma’lumot beradi. Bu sohadagi taraqqiyot evolyusiyasini uchta parametrga,
ya’ni   qishloqning   hajmi   dinamikasi,   uning   ichki   qurilishining   doimiy   o’zgarib
borishi   va   qishloqning   tashkiliy   xarakterida   kuzatish   mumkin.   Qishloqlarning
rivojlanishi   dinamikasi   progressiv   tarzda   borishi   nazarda   tutilib,   bu   hodisa   esa
ibtidoiy jamoalarning ijtimoiy turmush tarziga o’z ta’sirini o’tkazib borgan 6
.
Zikr   qilingan   mintaqalarda   rivojlangan   va   so’nggi   neolit   davriga   kelib,
makonu   manzilgohlarning   ko’lami   yanada   kengayib,   ular   o’rtacha   500-1500   m 2
maydonni   tashkil   qilgan.   To’g’ri,   tundra   va   o’rmonli   tundra   hududlarida   bir
muncha   maydaroq   qarorgohlar   ham   bo’lib,   ular   ovchi   va   baliqchi   guruhlarining
makonlaridan   iborat   holda,   ko’p   holatlarda   bir-biridan   kamida   10   km   masofa
doirasida joylashgan bo’lib, bu esa keng atrofda tirikchilik olib borish imkoniyatini
tug’dirgan.   Ana   shu   sharoit   bilan   bog’liq   maydoni   600   m 2
  ga   ega   bo’lgan   yarim
yerto’la   shaklidagi   ovullar   ko’payadi   va   ular   bir   umumiy   ovulni   tashkil   qilgan.
Xuddi   shunday   makonlar   G’arbiy   Sibirda   ma’lum.   Shuningdek,   O’rta   Osiyo
miqyosida   ham   yaxshi   taqdim   qilingan.   Bu   manzara   Kaltaminor   madaniyati
5
  Массон В.М..  Эволюция первобытных поселений Средней Азии // УСА. Вып. Л., 1972.  с.45
6
  Массон В.М..  Эволюция первобытных поселений Средней Азии // УСА. Вып. Л., 1972.  с.67
8 misolida   o’rganilgan   kulba   tomining   yopilishi   haqida   turli   munozaralarning
mavjudligi   bilan   bir   vaqtda   bu   makonning   katta   bir   matriarxal   oilaning   kulbasi
ekanligi haqida shubha yo’q. Jombos 4 nomi bilan tarixga kirgan uyning maydoni
320   m 2
  dan   iborat   bo’lsa,   Qavat-7     uyining   maydoni   360-380   m 2
  dan   iborat   edi.
O’rta   Osiyo   neolit   davrida   yashagan   bu   cho’l-dasht   qabilalarining   o’ziga   xos
madaniyati to’g’risida bir muncha to’liq tasavvur beradigan bu yodgorlikka uning
yaqinida joylashgan  aholi  punktining nomi  bilan hamda arxeologik manbalarning
o’ziga   xos   xususiyatidan   kelib   chiqib   «kaltaminor   madaniyati»   nomi   bilan   fanga
kirgan   bu   manzilgoh   aslida   ovchi   va   baliqchi   jamoalarning   mavsumiy   tarzdagi
qo’nim qarorgohi bo’lib, u miloddan avvalgi IV-III minginchi yillarga taalluqlidir.
S.P.Tolstovning   fikricha,   bu   yerda   chaylasifat   kapa   –   makon   bo’lib,   u   yog’och
ustun,   sinchlar   vositasi   bilan   qurilgan,   uning   tomiga   ko’ndalang   bag’azlar
tashlanib,   usti   qamish   bilan   yopilgan.   Uy   o’rtasida   katta   markaziy   o’choq,   uning
atrofida esa mayda, kichik oilalarga tegishli o’choqlar kuzatilgan 7
.
Neolit   zamonida   tabiiy   sharoit,   iqlim   hozirgi   davrga   yaqin   bo’lgan   va
jamoalar   yer   yuzi   bo’ylab   keng   muzofotlarga   tarqala   borib,   har   bir   hududning
ekologik   sharoitiga   moslasha   borgan,   shundan   kelib   chiqib   xo’jalik   yuritgan   va
shuning   uchun   ham   o’z   mintaqasi   jo’g’rofik   sharoitidan   kelib   chiqqan   holda
madaniyat   yaratilgan.   Ana   shu   sharoitga   nisbatan   qurol-aslahalari,   uy-ro’zg’or
buyumlari,   turar   joylar   bilan   bog’liq   uy,   kulbalari   ham   o’zgarib   borib,   xo’jalik
ishlab   chiqarish   jihatlari   ham   turli   shaklga   ega   bo’lgan.   Xususan,   janubiy
mintaqalarda yashagan jamoalar xo’jalikning dehqonchilik va chorvachilik hamda
hunarmandchilik sohalarini rivojlantira borganlar. Shimolroq hududlarda yashagan
jamoalar  esa  mavjud  tabiiy sharoitning  ma’qul   bo’lmasligi  tufayli  uzoq  zamonlar
xo’jalik-madaniy sohalarda janubga qaraganda orqada qolib kelgan.
O’rta   Osiyo   miqyosi   neolit   davri   haqida   fikr   yuritganda,   shuni   aytish
lozimki,   bu   muzofotda   yashagan   qabilalar   aksariyat   hollarda   daryo   sohillari   va
uning irmoqlari yoqasida, ko’l bo’ylarida yashab baliqchilik, ovchilik yoki qisman
dehqonchilik,   chorvachilik   va   hunarmandchilik   bilan   mashg’ul   bo’lganlar.   Neolit
7
  Толстов А.П., По следам древнехорзмейской цивилизации. М., 1948 . С. 34
9 davri   kishilari   qayerda   va   qaysi   sharoitda   yashamasinlar,   ular   o’z   mehnat
vositalarini mezolit davriga nisbatan doimiy ravishda takomillashtira borganlar.
Neolit   davri   kishilarining   eng   katta   yutuqlaridan   yana   biri   kulolchilikning
kashf   qilinishi   bo’lib,   bu   o’z   davrining   muhim   ixtirolaridan   edi.   Bu   davrda
to’qimachilikning   kashf   qilinishi,   suvda   suzish   vositalarining   vujudga   kelishi,
ayniqsa,   oddiy   va   sug’orma   dehqonchilikning   yuzaga   kelishi,   shu   bilan   mahsulot
ishlab   chiqarishga   o’tilishi,   o’zaro   buyum   almashuvni   keltirib   chiqardi.   Kishilar
o’zlariga   ma’qul   joylarda   qo’nim   yashashga   o’tib,   uy-joy   qurilish   ishlarini   ham
yo’lga   qo’ydi.   Neolit   jamoalarida   yuz   bergan   bu   o’zgarishlar   xo’jalikda   sosial
iqtisodiy va madaniy yutuqlar sivilizasiyaning ilk omillari edi.  Shuning uchun ham
progressiv   ingliz   arxeologi   G.Chayld   bu   davrni   «neolit   revolyusiyasi»   deb   atashi
bejiz emas 8
.
O’rta   Osiyoning   janubiy   mintaqalarida,   xususan,   Kopetdog’   etaklarida
dastlabki   sug’orma   dehqonchilik   va   chorvachilik   tashkil   topgan   bir   vaqtda
shimoliy   mintaqalarda   hamon   ovchi,   baliqchi,   termachi   qabilalar   yashardi.   O’rta
Osiyoning   baland   tog’lik   o’lkalarida   esa   o’z   sharoitiga   xos   neolit   xo’jalik
madaniyati shakllandi.
Neolit   tosh   asrining   so’nggi   bosqichi   bo’lib,   insoniyat   bu   davrda   ijtimoiy,
iqtisodiy   va   ma’naviy   taraqqiyotda   muhim   yutuqlarga   erishadi.   Shulardan   eng
muhimlaridan   –   qo’nim   yashash   bilan   bog’liq   dehqonchilik   sivilizasiyasiga   asos
solinadi,   ijtimoiy   taraqqiyotda   esa   ona   urug’chilik   tizimi   avvalgi   davrlarga
qaraganda bir muncha yuksalish darajasiga ko’tarildi.
O’rta   Osiyoda   yashagan   neolit   qabilalari   o’z   xo’jalik   shakllariga   qarab
Joytun, Kaltaminor, Hisor madaniyatlariga bo’linadi. Bu madaniyatlarning qamrab
olgan   yuqori   chegarasi   miloddan   avvalgi   IV   minginchi   yillik,   quyi   chegarasi   esa
IV-III ming yilliklar bilan belgilangan.
Inson   uy-joylari   bilan   bog’liq   taraqqiyot   va   bu   sohadagi   evolyusion
o’zgarishlar, xususan,  u bilan bog’liq sivilizasiyaning  eng qadimgi ildizlari neolit
davrida   namoyon   bo’ladi.   Bu   jarayon   dehqonchilikni   kashf   qilgan   jamoalar
8
  Чайлд Г.  Древнейший Восток в свете новых раскопок // ИИЛ. М., 1956 . С.14 -40.
10 turmush   tarixida   boshqa   mintaqalarda   yashagan   qabilalarga   qaraganda   ancha
avvalroq vujudga kelgan.
Eng   qadimgi   dehqonchilik   madaniyat   ildizlari   Janubiy   Turkmanistonning
Kopetdog’   tizmasi  shimoliy  tog’   bag’irlaridagi   tekislik  hududlarda  yaxshi  taqdim
qilingan.   Bu   mintaqa   Markaziy   Osiyoda   dastlabki   dehqonchilik   tashkil   topgan
markazlardan   biri   ekanligi   isbotlangan.   Bu   muzofotlarda   yashagan   jamoalar
turmushida neolit davrining dastlabki bosqichlaridayoq dehqonchilik muhim o’rin
tutgan. Bu sohani tadqiq qilishda avval B.A.Kuftin, A.A.Marushenko, keyinchalik
esa   1955   yildan   V.A.Masson,   D.Durdiyev,   O.K.Berdiyev   kabi   olimlar   katta
kashfiyotlar qildilar. 9
O’rta   Osiyoda   dastlabki   o’troq   dehqonchilik   madaniyati   tarixini   o’rganish
Joytun   neolit   davri   qishlog’ini   tadqiq   qilishdan   boshlandi.   Bu   yodgorlik
Ashxoboddan 30 km shimoliy g’arb tomonda joylashgan bo’lib, olib borilgan ko’p
yillik   tadqiqotlar   tufayli   bu   jamoalarning   xo’jalik   madaniyatini   izohlab   beruvchi
boy manbalar qo’lga kiritildi.
So’nggi yillarda bu hududda arxeologik ishlar keng ko’lamda olib borildi va
natijada   Kopetdog’   tizmasi   etaklaridan   yana   shunga   o’xshash   qadimgi   bir   necha
dehqon   qishloqlari   qazib   o’rganildi.   Jumladan,   Bami,   To’g’oloqtepa,
Chag’allitepa,   Munchoqlitepa,   Cho’pontepa   kabilar   shunday   yodgorliklar   tipidan
bo’lib,   ular   qadimgi   o’troq   dehqonchilik   madaniyatiga   doir   nihoyatda   qiziqarli
materiallar   berdi.   Shu   jarayon   oydinlashtirildiki,   Turkmanistonnning   boshqa
hududlarida, xususan, cho’l, dasht mintaqlarida yashagan neolit qabilalari ovchilik,
baliqchilik   va   terim-termachilik   xo’jaligi   asosida   tirikchilik   yuritgan   bo’lib,
mamlakatning   janubiy   sersuv   va   serhosil   vohalarida   esa   o’troq   dehqon   va
chorvador qabilalar yashaganligi ma’lum bo’ldi.
Bunday   ishlab   chiqaruvchi   xo’jalikning   tashkil   topishida   tabiiy   sharoitning
mavjudligi   muhim   omil   bo’lgan.   O’sha   qadimgi   zamonlarda   Kopetdog’   tog’i
jilg’a-soylardan hosil  bo’lgan suvlar  kichik daryolarni  tashkil  qilib, vohaga hayot
bag’ishlagan.   Ayniqsa,   sel,   toshqin   suvlari   natijasida   tashkil   topgan   serhosil
9
 Бердиев О.. Древнейшие земледельцы Южного Туркменистана // Ашхабад: «Ылым», 1969, с.12-15
11 ibtidoiy jamoalarning oddiy dehqonchilik yuritishiga muayyan qulaylik tug’dirgan.
Bunday   vohalarda   sun’iy   sug’orish   usulida   dehqonchilik   qilish   yaxshi   natija
bergan.   Bu   vohalarda   yashagan   ibtidoiy   jamoalar   dehqonchilikni   dastlab   liman
usulida   olib   borgan.   Agar   dastlabki   vaqtlarda   toshqin   suv   bosgan   joylarda
dehqonchilik   qilingan   bo’lsa,   keyinchalik   asta-sekin   sun’iy   sug’orish   usuli
qo’llanilgan.   Mana   shunday   dastlabki   ibtidoiy   o’troq   dehqon   qishloqlaridan   biri
Joytun   hisoblanadi.   Yodgorlik   bir   necha   yillar   davomida   qazib   tekshirildi   va
qadimgi   dehqon   jamoalarining   turmush   faoliyati   bilan   bog’liq   boy   va   qiziqarli
ilmiy ma’lumotlar olindi.
Qadimgi Baqtriya hududlariga eneolit va bronza davrida Murg’ob vohasidan
bir   guruh   jamoalarning   kirib   kelishi   va   dehqonchilik   uchun   qulay   muzofotlarni
o’zlashtirganligini inobatga olsak, Janubiy Turkmanistonda va Qadimgi Baqtriyada
yashagan   jamoalarning   xo’jalik-madaniy   aloqalar   neolit   davridan   boshlab   sodir
bo’lgan.   Shuning   uchun   ham   so’z   qadimgi   Baqtriya   tarixi   haqida   borganda,   bu
qo’ni-qo’shni   jamoalarning   o’zaro   madaniy   aloqalaridan   kelib   chiqib,   Janubiy
Turkmaniston   neolit   davri   yodgorliklari 10
  haqida   ham   qisqacha   to’xtalib   o’tish
o’rinli deb o’ylaymiz.
Ma’lum  bo’lishicha,  Joytun  qishlog’i  uchta  davriy qatlamdan  iborat  bo’lib,
bu   jarayon   esa   kishilarning   uzoq   zamonlar   muqim   tarzda   o’troqlashib
yashaganligidan guvohlik beradi. Bu yerda qazish usuli  bilan ochilgan uy-joylari,
hovli   va   xo’jalik   binolari   neolit   davrida   kishilarning   me’morchilikda   erishgan
yutuqlaridan   dalolat   beradi.   Binolar   deyarli   to’rtburchak   shaklda   bo’lib,   qurilish
materiallari   sifatida   tuxumsimon,   silindr   shaklidagi   loy   g’ishtlardan   (guvala)
foydalanilgan.   Ammo   kishilar   o’z   me’morchiligini   rivojlantirish   borasida
qo’llanilgan   «g’isht»   shakllari   doimiy   takomillashtirib   borilgan.   Aslida   qishloq
dastlab bir necha uylardan tashkil topgan bo’lib, ularning har birining maydoni 25-
30 m 2
 ni tashkil etgan. Ayrim uylar paxsadan qurilgan. Paxsa loyiga maydalangan
somon qo’shilgan bo’lib, bu esa bino devorining mustahkamligini oshirgan.
10
  Массон В.М.Первобытный общинний строй на территории Туркмении // Труды ЮТАКЭ, -Т.,  VIII , 1956. 
С.45-50
12 Aytilganidek,   uylar   to’rt   to’g’ri   burchakli   bo’lib,   bir   xonalikdir.   Har   birida
alohida o’choqlar bor. Uylarning sathi va devorlari somonli loy bilan suvalib, oxra
(tabiiy buyoq) bilan bo’yalgan. Xonalarning pollari ganch va ayrim hollarda ohak
eritmasiga  to’proq aralashtirilib suvalgan. Uylarning yonida omborxona, saroy va
xo’jalik  uchun zarur  o’ralar   ham   bor.  Har   bir   uyda  5-6  kishidan  iborat   kichik bir
oila   yashagan.   Joytun   qishlog’ida   30   ga   yaqin   uy   bo’lib,   ularda   150-180   kishi
istiqomat   qilgan,   degan   fikrlar   bor.   Joytun   qishlog’i   xarobalaridan   bug’doy,   arpa
izlari,   yorg’uchoq,   toshdan   yasalgan   va   turli   shakldagi   o’roq   va   pichoq   uchun
qistirma   toshlar   va   boshqa   turli   tosh   qurollari   topilgan.   Bunday   ibtidoiy   muqim
yashagan dehqon me’morchiligiga doir ko’pgina boshqa yodgorliklarda, jumladan,
Bami, Tog’olaktepa, Chag’allitepa, Munchoqlitepa, Cho’pontepa kabi yodgorliklar
shunday   yodgorliklar   tipidandir.   Bu   yodgorliklardan   san’at   buyumlariga   doir   har
xil   munchoqlar,   urchuq,   turli   taqinchoqlar,   hatto   shaxmat-shashka   shakllariga
o’xshash   buyumlar   ham   topilgan   bo’lib,   ular   balki   muhr-tamg’alar   ham   bo’lishi
mumkin. Shuningdek, Joytundagi uylardan loydan ishlanib, pishirilgan odamlar va
hayvonlarning haykalchalari (terrakota) ham topilgan.
Demak,   joytunliklar   o’troq   dehqon   jamoalari   bo’lib,   ular   mil.   avv.   VI-V
ming   yilliklarda,   asosan   dehqonchilik,   chorvachilik   va   qisman   esa   ovchilik   bilan
shug’ullanganlar.   Ularda   ona   urug’i   hukm   surib,   xo’jalik   va   jamoada   ayollarning
mavqyei   ustun   bo’lgan.   Xullas,   Joytun   O’rta   Osiyodagi   ilk   dehqonchilik
madaniyatining   eng   qadimgi   va   eng   nodir   yodgorliklaridan   biri   hisoblanib,   bu
muzofotda   yashagan   jamoalar   madaniylashish   sari   yo’lida   rivojlanib   borgan
ajdodlarimiz hisobalanadi.
Tosh   paraqalar   Joytun   industriyasining   asosiy   komponenti   hisoblanadi.
Joytunliklar   ulardan   turli   qurol   aslahalar   yasashnining   yetuk   ustalari   bo’lganlar.
Ayniqsa,   qadamatosh   qurol   qoldiqlari   serob   uchraydi.   Bu   tarzdagi   tosh   qurollar
aslida   o’roq   tig’lari   bo’lib,   joytunliklarda   dehqonchilik   kasbi   yetakchi   xo’jalik
bo’lganligidan guvohlik beradi.
Joytunliklar   bug’doy,   arpa   kabi   boshoqli   ekinlarini   bilganlar.   Masalan,
Cho’pontepa, Bami, Chag’allitepalardan shunday don qoldiqlari  alomati topilgan.
13 Joytun   qishloqlari   atrofida   o’tkazilgan   tadqiqotlar   shuni   ko’rsatdiki,   Qorasuv
daryochasining   vohalarida   hatto   sun’iy   sug’orish   usulida   dehqonchilik   olib
borilgan   ekan.   Topilmalarga   qaraganda   bu   qabilalar   xonakilashtirilgan
hayvonlardan   qoramol   hamda   echki,   qo’y   kabilarni   bilganlar.   Joytunliklar
ko’pincha   echkidan   keng   foydalanganlar.   Cho’pontepadan   topilgan   suyak
qoldiqlarining 82 % echkiga taalluqli edi 11
.
Joytun   qabilalarining   ijtimoiy   tuzumi   haqida   so’z   borganda,   bu
yodgorliklardan   topilgan   imorat   qoldiqlari   nazarda   tutilsa,   bu   yerda   matriarxat
tuzumining   juft   oila   jamoasi   katta   rol   o’ynagan.   Topilgan   uylarning   o’rtacha
maydoni 16 m 2
  dan 30 m 2
  gachani tashkil qiladi. Har bir xonadonning o’ziga xos
ishlab   chiqarish   bo’limi,   jumladan,   hayvon   terisini   qayta   ishlash,   qurol   va   sopol
idishlar yasash, mato to’qish hamda ozuqalarni saqlash joylari bo’lgan. Xonalardan
topilgan   o’choq   qoldiqlari   ham   shunday   juft   oilalarning   mavjudligidan   dalolat
beradi. Joytun qishlog’ida taxminan 150-180 kishi yashagan. Bu jamoaning onalik
huquqi   tamoyilida   tashkil   topgan   o’z   majlisi   bo’lgan.   Masalan,   Pessijik   va
Chag’allitepadan   ochilgan   katta   jamoa   uylar   qoldiqlari   shundan   guvohlik   beradi.
Xullas,   bu   manzara   Joytun   jamoalarining   madaniylashish   sari   qo’yilgan   ilk
qadamlardan   edi.   Bu   jarayon   kishilik   jamiyati   tarixida   sodir   bo’ladigan   ijtimoiy,
iqtisodiy va madaniy o’zgarishlarga zamin yaratdi. Shuning uchun ham bu davrni
ko’pgina   tadqiqotchilar   neolit   yoki   qadimgi   dehqonchilik   in q ilobi   deb   ataydilar.
Yuqorida qayd qilganimizdek, bu madaniyatning tashkil topishida Qadimgi Sharq
dehqonchilik madaniyati bilan yaqin aloqadorligini e’tirof qilishi o’rinlidir. Joytun
qadimgi   dehqonchilik   madaniyati   taraqqiyotini   O’rta   Osiyoning   kelgusi   tarixiy
bosqichlarida, shuningdek, urbanizasiyaning ilk ildizlarini eneolit  va bronza davri
yodgorliklarida yaqqol ko’ramiz.
Joytun   madaniyatining   o’rta   taraqqiyot   bosqichiga   kelib,   bu   atrofda
Pessijiktepa   muhim   markaz   bo’lib   ko’zga   tashlanadi.   Tadqiqot   davomida   bu
qishloq   xarobasidan   jamoa  yig’ini   uyi   yoki   ibodatxona   topilgan   bo’lib,uning   poli
har   xil   rangdagi   freska   bilan   bezatilgan.   Joytunliklar   xo’jaligida   bu   davrda
11
  Массон. В.М.. Поселение Джайтун. (Проблема становления производящей экономики) // МИА, №180, Л., 
1971., с.77
14 chorvachilik   ham   ma’lum   o’rinda   tutgan.   Lekin   xo’jalikda   asosan   mayda   tuyoqli
hayvonlar – ko’proq echki, qo’y asosiy o’rinda turgan. Qoramol uchun balki yem-
xashak   ozuqasi   kamchilligi   tufayli   unga   jiddiy   e’tibor   qaratilmagan   bo’lsa   kerak.
V.I.Salkinnning   xabariga   qaraganda,   qoramol   O’rta   Osiyoga   mil.   avv.   VI   ming
yillikda   Yaqin   Sharq   muzofotlaridan   kirib   kelgan .   Joytunliklarning   so’nggi
taraqqiyot bosqichida echki xo’jalikda keskin kamaygan holda qo’y asosiy o’rinni
egallaydi.   Bu   holatni   V.M.Masson   bu   jonivorlarning   dastlabki   xonakilashtirish
an’anaalari Old Osiyoda bo’lib, keyinchalik O’rta Osiyoga kirib kelgan 12
 deydi.
So’nggi   joytunliklar   jamoasida   go’sht-sut   mahsulotlari   yetishtirish   keng
yo’lga qo’yilgan va mollarni yaylovda boqish chorvachiligi tashkil topadi.
Janubiy   Turkmanistonning   tabiiy   iqlim   sharoiti   keyingi   10   ming   yil   ichida
keskin   o’zgarmagan.   Bu   omil   dehqonchilik   va   chorvachilikning   rivojlanishiga
qulay   bo’lgan.   Zero,   mil.   avv.   V-III   ming   yilliklarda   ham   bu   vaziyat   saqlangan.
Xonaki chorvachilik tarkibida to’ng’iz, eneolit davrining oxirlarida esa tuya paydo
bo’ladi.   Joytunliklarning   so’nggi   taraqqiyoti   bosqichiga   kelib,   yirik   uylar   paydo
bo’lib,   bu   uylar   ham   sig’inish,   ham   jamoa   yig’ini   funksiyasini   bajargan.   Joytun
madaniyatiga   doir   qishloqlarda   hali   mudofaa   devorlari   yo’q   edi.   Joytun   singari
neolit   davriga   oid   yodgorliklardan   yana   biri   Qadimgi   Tepa   bo’lib,   u   Qaaxqa
tumanidagi   Chaach   qishlog’i   yaqinida   joylashgan.   Bu   qishloqni   o’rganish
davomida   o’choqlari   bilan   to’g’ri   to’rtburchak   shaklidagi   uylar   ochilgan   bo’lib,
ular paxsadan qurilgan edi.
Loy  to’proqdan   uy  qurishga   kelsak,  joytunliklarda  barcha  yashash  xonalari
uchun   720   m 3
  guvala   g’isht   sarf   bo’lib,   uylarning   balandligi   2,5   metr,   devor
qalinligi esa 30 sm gacha bo’lgan.
Agar   shumerliklarda   1,5   m 3
  devorni   bir   kunda   qalagan   bo’lsa,   joytunliklar
o’z   uylarini   yaratish   uchun   480   odam   kuchi   sarf   qilgan.   Bundan   tashqari
yordamchi   xo’jalik   xonalari   ham   bo’lgan.   Shunday   qilib,   joytun   qishlog’ining
barcha   qurilishiga   480   odam   kuchi   sarflangan   (Masson   V.M.,   1976,   81).   Joytun
12
  Массон. В.М.. Поселение Джайтун. (Проблема становления производящей экономики) // МИА, №180, Л., 
1971., с.77
15 qishlog’idan topilgan buyumlarning 60 % ni mehnat qurollari va 40 % ni esa oziq-
ovqat bilan bog’liq topildiqlar tashkil qiladi.
Sayyoh ovchi va termachi jamoalarning peshma-pesh taraqqiyoti natijasida,
dastlab   makonlardan   chiqqan   holda   oddiy   kapalar   qurishib,   mavsumiy   tarzda
keyinchalik   qisman   muqim   yashashni   jo   qilgan   bo’lsalar,   neolit   davriga   kelib
ekologik   ma’lum   hududlarda   muqim   yashashga   o’tish,   loydan   uy-joylar
qurilmalari   bilan   bog’liq   yirik   dehqonchilik   qishloqlarining   evolyusion   yo’lini
joytunliklar   misolida   ko’rdik.   Bu   tarixiy   hodisa   kelajakda   sodir   etilishi   lozim
bo’lgan shahar madaniyati, ya’ni urbonik sivilizasiyaning vujudga kelishiga zamin
yaratdi.
Shunday   qilib,   o’z   zamoniga   yarasha   rivoj   topgan   texnika   tufayli,
rivojlangan   ovchilar,   baliqchilar   va   termachilar   jamiyatida   yirik   uy-joylarning
vujudga   kelishiga   olib   kelsa-da,   lekin   hali   bu   kulbalar   so’nggi   paleolit   davri
jamoalarinikidan   keskin   farq   qilmas   edi.   O’sha   davrdagi   oziq-ovqat   bazasi   va
transport   tanqisligi,   ekologik   sharoit   singari   yetishmovchiliklar   uy-joy   qurilishida
dinamik   tarzda   rivojlanishi   hali   oldinda   edi.   Bu   davrda   jamiyat   ichidagi   aloqalar
ancha va sezilarli darajada o’sdi.
Dehqonchilik   va   chorvachilikka   o’tilish   jamiyat   tarixida   keskin   iqtisodiy
sakrash   bo’lib,   olimlar   bu   taraqqiyot   bosqichini   neolit   yoki   dehqonchilik
revolyusiyasi   deb   ataydilar.   Bu   davrda   qishloq-qarorgohlarning   ham   qiyofasi
jiddiy   o’zgaradi.   Dehqonchilikka   o’tilishi   jamoalar   xo’jaligining   asosi   sifatida
kishilarning   muqim,   o’troq   yashashiga   olib   keldi.   Endilikda   qarorgohlarning
mukammalasha   borishiga   ijtimoiy-iqtisodiy   jabhalar   katta   ta’sir   ko’rsatadi.
Dehqonchilikning   ilk   bosqichlarida   vujudga   kelgan   «oshkoralik   binolari»
istehkomlar   bilan   o’rab   olinadi.   Bunday   binolar   butun   jamoaga   tegishli   edi.
Keyinchalik   «dohiylar»   uylari   tashkil   topib,   jamoatchilik   funksiyalarini   bajargan.
To’g’ri, istehkomli qishloqlar rivojlangan ovchi va baliqchilarda ham mavjud edi,
lekin bu jarayon aslida o’troq dehqonlarga xosdir. Hosildor, suvli va chorvachilik
uchun   qulay   yerlarga   bo’lgan   ishtiyoq   qabila   va   jamoalar   o’rtasida   o’zaro
mojarolarni   keltirib   chiqaradi,   hatto   qurolli   to’qnashuvlarga   ham   sabab   bo’lgan.
16 Shuning uchun qishloqlarni mudofaa istehkomlari bilan mustahkamlash odat tusiga
kiradi.
Eng qadimgi dehqonlar qishloqlari O’rta Osiyoda miloddan avvalgi VI ming
yilliklarga   mansub   joytunliklar   madaniyati   misolida   bir   muncha   yaxshi
o’rganilgan.   U   O’rta   Osiyoning   asosan   janubiy-g’arbiy   mintaqalarini   o’z   ichiga
olgan   holda,   odatda   qurg’oq   muzofotlardan   iborat   bo’lganligi   uchun   ham   sun’iy
sug’orish   asosida   xo’jalik   yuritishni   talab   qilardi.   Shuning   uchun   ham   o’troq,
muqim yashash kompleksi alohida ahamiyatga ega edi. Inson jamoalari bir necha
ming yillar bu joyda yashaganligi sababli ayrim qishloqlarning madaniy qatlamlari
bir   necha   o’n   metrlarni   tashkil   qilgan.   Bunday   muqim   yashash   xususiyati
manzarasini Joytun madaniyatiga tegishli yodgorliklarda kuzatish mumkin bo’ldi.
Joytun   madaniyatining   ilk   davriga   mansub   Joytun   qishlog’ining   o’zi   hisoblanadi.
Bu   qishloq   30   ta   uydan   tashkil   topgan,   ular   hovli   va   xo’jalik   qurilmalari   bilan
jihozlangan.   Uylarning   joylashishi   ham   ma’lum   bir   reja   asosida   emas.   Umumiy
jamoa   uyi   va   ibodatxona   ham   ajratilmagan.   Ammo   Joytun   madaniyatiga   mansub
va   uning   o’rta   bosqichi   rivojlanishiga   doir   Pessijiktepada   ibodatxona   yoki   jamoa
yig’iniga   taalluqli   uy   ochilgan   bo’lib,   uning   dahliz   –   kirish   qismi,   devorlari   turli
buyoqlar   bilan   jihozlangan.   Ammo   uylarning   tartibsiz   qurilish   holati   hamon
saqlangan.   Xuddi   shunday   xususiyat   so’nggi   Joytun   qishlog’ida   saqlangan   bir
vaqtda   endi   bu   yerda   qishloqning   o’rtasida   katta   uy   joylashgan   bo’lib,   bu   bino
ham,   ibodatxona   ham   umumyig’in   funksiyasini   bajargan.   Joytun   qishloqlarining
maydon hajmi unchalik katta bo’lmasdan, balki 05 gektardan to 2 gektargacha. Bu
ko’rsatkich   qishloqlarning   dehqonchilik   davrida   ularning   tobora   kengayib
borishidan   dalolat   beradi.   Bu   qishloqlarda   ham   mudofaa   inshootlari   yo’q.   Biroq
qishloqning chetki joylarida barpo etilgan uy devorlari qishloq ichkarisiga nisbatan
bir muncha qalinroq. Bu jarayon fartifikasiya taraqqiyotiga tashqi, siyosiy kuchlar
ta’sirining   minimal   darajadaligini   ko’rsatadi.   Shuni   aytish   lozimki,   Old   Osiyoda
miloddan   avvalgi   VIII-VII   ming   yilliklarda   yashagan   qadimgi   dehqonlar
turmushida uy-joy qurish, fartifikasiya masalalari bu vaqtda ancha rivojlangan edi.
Keyinchalik yirik qishloqlar, ishlab chiqarish hali kichik oilalar ixtiyorida edi.
17 Doimiy evolyusiya tufayli ilk dehqon jamoalarida, avvalambor, son jihatdan
o’zgarish,   qishloqlarning   tobora   yiriklashuvining   sodir   bo’lishi   qishloqlarning
tiplarga   ajratish   sxemasi   vujudga   keldi.   Qishloqlarni   odam   soniga   qarab   ularning
mezonini   belgilash   mumkin.   Masalan,   amerikalik   arxeolog   G.Chayld   shahar
tipidagi   qishloqlarning   aholi   soni   5000   bo’lishi   mumkin,   degan   taklifni   kiritgan.
V.M.Massonning fikriga qaraganda, to’liq o’rganilgan yirik qishloqlarning aholisi
1000 kishigacha bo’lishi mumkin.
Qishloqlarning   evolyusiyasida   ixtisoslashgan   xo’jalikning,   ma’muriy   va
diniy funksiyasining vujudga kelishi muhim ahamiyat kasb etadi.
O’rta   Osiyoning   janubiy-g’arbiy   muzofotlarida   mil.   avv.   IV   minginchi
yillarda   kichik   qishloqlarda   Joytun   neolitining   an’analari   davom   etgan.   Masalan,
uylar   bir   xonali   bo’lib,   pala-partish   qurilib,   qishloq   markaziy   qismida   Markaziy
binosi ham bo’lib, balki u taxminan umumiy yig’in uyi bo’lishi mumkin. To’g’ri,
alohida   qurilgan   uylarning   asta-sekin   ko’pxonali   massivlarga   aylanishi   ham
kuzatilgan.   Muzofotning   sharqiy   o’lkalarida   kichik   uylar   xarakterli   bo’lsa-da,
ammo   markaziy   yig’in   uylari   yirik   bo’lib,   uning   aylana   devori   yarim   metr
qalinlikda xom g’ishtdan qurilgan (I.N.Xlopin, 1964, 73-85). Shu bilan bir vaqtda
ancha   mukammal   markazlar   vujudga   keladi:   Geoksyur   maydoni   12   ga,   Qoratepa
15   ga   va   Namozgohtepa   maydoni   ham   bulardan   kam   emas.   Qoratepadagi
qurilishlarning   tig’isligiga   qaraganda,   bu   yerda   100   dan   ortiq   odam   yashagan.
Ko’pxonali   uylar   esa   katta   oila   jamoasi   yashaganligini   ko’rsatib,   bu   asosiy
yaycheyka strukturasi hisoblangan.
O’rta   Osiyoning   shimoliy-sharqiy   hududlarida   o’troqlashishga   intilib
yashagan   ovchilarning   makonlari   ko’plab   topilib   o’rganilgan.   Masalan,
kaltaminorliklar   madaniyatiga   doir   qarorgohlar   Qashqadaryo   va   Zarafshon
daryolari   sohillaridan   ham   ko’plab   topilib   o’rganilgan.   Jumladan,   faqat   Katta
Tuzkon sohilining uzanidan 35 ta joy makon topilib, shundan bittasi ko’p qatlamli
va boshqa  bittasi  bir  qatlamli  makonlardir. Zarafshon vohasining  o’rta oqimi  so’l
qirg’og’idagi   tog’   bag’rida   yashagan   neolit   jamoalari   makonlaridan,   xususan,
Sazag’on II qarorgohidan topilgan ashyolar, jumladan, yorg’uchoqlar, qadamatosh
18 qurollar   bu   aholining   ilk   bor   ziroatchilik   bilan   tanish   bo’lib,   muayyan   darajada
qo’nim yashaganliklaridan guvohlik beradi.
Janubiy   Hisor   yodgorliklari   tarqalgan   mintaqalarda   qo’nim   dehqonchilik
alomatlari   vujudga   kelgan.   Ammo   Tutkovul   makonidan   topilgan   hayvonlardan
buqa,   eshak,   qo’y   suyaklari   topilgan   bo’lsa,   Sayid   makonidan   topilgan   hayvon
suyaklarining   73   %   ni   xonakilashtirilgan   qo’y   va   echki   suyaklari   tashkil   qiladi.
Demak, hisorliklarning xo’jaligida chorvachilik qo’nim dehqonchilikka qaraganda
ancha   ustun   bo’lgan.   Mil.   avv.  VII   ming  yillikka   oid  Afg’onistondagi   G’ori   Mor
g’oridan,   Surxandaryo   viloyatidagi   Machay   g’oridan   qoramol   va   mayda   tuyog’li
xonakilashtirilgan   hayvon   suyaklarining   topilishi   Qadimgi   Baqtriya   tarixida
hayvonlarni   xonakilashtirish   tufayli   chorvachilikning   rivojlanishiga   ancha   ilgari
kirishilganligini   ko’rsatadi.   Bu   esa   o’z   davrida   jamoalarning   muayyan   tarzda
o’troqlashib yashashiga zamin yaratgan.
O’rta   Osiyoning   tabiiy   sharoiti   yashash   uchun   qiyin   bo’lgan   muzofotlarda,
xususan,   mamlakatning   shimoliy   dashtlari   va   cho’llarida   yashab   kelgan
qabilalarning   katta   bir   qismi   bir   necha   ming   yillar   davomida   terim-termachilik,
ovchilik va baliqchilik bilan shug’ullanib, tirikchilik o’tkazib kelganlar. Shu tufayli
bu hududlarda qo’nim yashash bilan bog’liq makonlar kamchil uchraydi.
Arxeolog olimlarimiz bu qabilalarning moddiy madaniyat tarixini o’rganish
borasida   ham   katta   yutuqlarga   erishdilar   va   ular   neolitning   ilk   bosqichlaridan   to
uning   so’nggi   davrlarigacha   galma-gal   rivojlanib   kelgan   taraqqiyot   yo’llarini
isbotladilar.   Shu   bilan   birga,   O’rta   Osiyoning   mahalliy   mezoliti   negizidan   shu
yerlik   neolit   madaniyatining   yetishib,   qaror   topganligi   kabi   masalalar
oydinlashtirildi.
Amudaryoning   Oqchadaryo   uzani   qirg’oqlarida   joylashgan   neolit
jamoalarining makonlaridan biri Tolstov makonidir. Makon ma’dan qatlami bilan
bog’liq  110-120  m 2
  ga  ega  kaltaminorliklarnikiga  o’xshash  kulba  qoldig’i   hamda
turli   tosh   ashyolar   topildi.   Bu   jamoalar   o’z   sopol   idishlariga   qora-qizg’ish   va   oq
rangdagi   buyoqlar   bilan   jilo   berganlar.   Rivojlangan   neolit   davriga   oid   bu
19 makondan san’at namunalari, xususan, chig’anoqlardan, parranda suyaklaridan va
feruza toshidan yasalgan taqinchoqlar topilgan.
Jonbos   atrofidagi   taqirlardan   neolit   davrining   ikkita   qabri   topilgan   bo’lib,
jasadlar   g’ujanak   holatda,   ular   bilan   birga   chig’anoq   munchoqlar,   sopol   siniqlari,
tosh qurollar, qizil buyoq qoldiqlari topilgan.
Qizilqum   sahrosining   tosh   davri   tarixini   o’rganishda   Xorazm   ekspedisiyasi
katta   ishlarni   bajardi.   Bu   atrofda   o’rta   paleolit,   mezolit   va   neolit   davrlariga   oid
yuzlab   manzilgohlar   topilishi,   bu   muzofotda   madaniy   hayot   mahalliy   asosda
uzluksiz   rivojlanishda   bo’lganligini   ko’rsatdi.   Lavlakon   makoni   esa   bu   atrofda
topilgan madaniy qatlamga ega birdan bir yodgorlikdir. Lavlakon ko’li atrofida 30
dan ziyod  arxeologik materialga  boy qarorgohlar   topilgan.  Ular  mezolit   va  neolit
jamoalarining   makonlari   edi.   Lavlakon   topilmalari   kompleksi   mil.   avv.   VI
minginchi yillarning boshlaridan III minginchi yillar taraqqiyotini o’z ichiga oladi.
Makondan Zarafshon va Amudaryo bo’ylaridagidek neolit jamoalarining kulbalari
topilganligi,   ularning   muayyan   qo’nim   yashaganligidan   dalolat   beradi.   Muhimi
ham   shundaki,   ko’l   atrofidan   topilgan   makonlarning   ko’pchiligida   aqiq   toshidan
taqinchoqlar   ishlab   chiqaradigan   ustaxonalar   ham   topilgan.   Qizilqum
makonlarining   ko’pchiligi   tarkibida   har   xil   qimmatbaho,   jumladan,   feruza
toshlardan taqinchoq – bezaklar yasash ustaxonalari topilgan. Bu ibtidoiy jamoalar
nafaqat   o’zlari   uchun,   shuningdek,   ayrabosh   maqsadida   ham   buyumlar   ishlab
chiqqanlar.   Ibtidoiy   zargarlar   bunday   xom   ashyoni,   jumladan,   feruza   (aqiq)
toshlarini Bukantovdan olganlar.
Amudaryoning   so’l   sohillaridagi   muhim   topilmalardan   biri   neolit
kishilarining   qabr   qoldiqlaridir.   Shulardan   Tuyekkichijik   qabristoni   bo’lib,   bu
yerdan   30   ta   qabr   qazib   o’rganildi.   Shulardan   27   tasi   neolit   davriga   va   3   tasi
sarmatlar   davriga   taalluqli   ekan.   Dafnlar   g’ujanak   usulida   emas,   balki   cho’zilgan
tabiiy   holatda   uchraydi.   Barcha   qabrlarda   tabiiy   buyoqlar   qoldig’i,   turli   mikrolit
qurollar,   sopol   idish   siniqlari,   ovqat   qoldiqlari,   chig’anoq   va   har   xil   toshlaridan,
suyaklardan   yasalgan   taqinchoqlar   uchraydi.   Qabrlarning   biridan   sopoldan
yasalgan urchuqtosh topilgan. Bu qabrlar Oqchadaryo uzanida o’rganilgan Tolstov
20 va   Janbos-4,   Gyaur   qabr   va   makonlariga   tegishlidir.   Bu   topilmalar   joyli
jamoalarning   bir   muncha   qo’nim   yashaganligini   ko’rsatadi.   Keyingi   yillardagi
tadqiqot natijalari Xorazm neoliti O’rta Osiyo neolitining eng ilk davri yodgorligi
emasligini   ko’rsatdi.   Qizilqumdagi   Lavlakon   ko’li   atrofidan,   Daryosoy
qirg’oqlaridan   topilgan   makonlarning   yoshi   mil.   avv.   VI-V   minginchi   yillarga
oidligi   ma’lum   bo’ldi   hamda   bu   yodgorliklar   ilk   kaltaminorliklar   davri
madaniyatini ifodalaydi.
I.2. Metallning ixtiro qilinishi – insoniyatning buyuk kashfiyoti 
va uning madaniy-xo’jalik taraqqiyotida tutgan o’rni 
Metallning   mehnat   qurollari   yasash   uchun   kashf   qilinishi   ibtidoiy   jamoa
xo’jaligida   ro’y   bergan   buyuk   o’zgarishlardan   hisoblanadi.   Dastlabki   mehnat
qurollari   misdan   yasalar   edi,   ammo   misning   yumshoq   va   murtligi   tufayli   mehnat
qurollarining   aksariyati   toshdan   ishlanardi.   Shuning   uchun   ham   bu   davr   eneolit
(mis-tosh)   davri   deb   tarixga   kirdi.   Eneolit   davri   yer   kurrasining   barcha
mintaqalarida bir vaqtda boshlanmay, balki har bir muzofotning ekologik va tabiiy
imkoniyatlariga   qarab,   har   xil   vaqtda   boshlangan.   Afrika   va   Osiyoning   qadimgi
muzofotlarida ibtidoiy jamoalar metall bilan ancha avvalroq, boshqa mintaqalarda
esa   birmuncha   keyinroq   tanishdilar.   O’rta   Osiyo   sharoitida   metall   miloddan
avvalgi   IV   minginchi   yillikning   boshlaridan,   Janubiy   Turkmanistondagi
Namozgoh   I   madaniyati   davridan   ma’lum.   O’rta   Osiyoning   shimoliy
muzofotlarida esa bu vaqtda neolit davri – kaltaminorliklar madaniyati gullamoqda
edi.   Kaltaminor   merosxo’rlari   metall   bilan   faqat   miloddan   avvalgi   III   minginchi
yillikning oxirlaridagina tanishdilar.
Qadimgi   metallurlar   muayyan   davrdan   so’ng   qalayni   misga   qorishtirib,
bronza   olishni   kashf   qildilar.   Bronza   egiluvchan   va   mustahkam   metall   edi.
Bronzaning bu xususiyatlari  qadimgi metallurglar diqqatini o’ziga jalb qilib, endi
bobo-kalonlarimiz   o’z   mehnat   qurollarini   asosan   bronzadan   yasaydigan   bo’ldilar.
Bu   hodisa   tez   fursatda   takomillashib,   qisqa   davr   ichida   bronza   ibtidoiy
xo’jalikning   turli   sohalariga   kirib   bordi   va   jamiyatning   ijtimoiy-iqtisodiy
21 taraqqiyotida muhim rol o’ynadi. Bronza tosh asriga nisbatan juda qisqa davrni o’z
ichiga   oladi.   Uning   taxminiy   xronologik   chegarasi   mil.   avv.   III   minginchi
yillikning   boshlari   –   I   minginchi   yillikning   birinchi   choragiga   to’g’ri   keladi.
Birinchi   marta   bronza   miloddan   avvalgi   III   minginchi   yillikda   Old   Osiyo   va
Hindistonda   kashf   etildi.   O’rta   Osiyoda   esa   mil.   avv.   II   minginchi   yillikning
boshlaridan ma’lum 13
.
Bronzaning   kashf   etilishi   bilan   mehnat   qurollarining   turi   ko’paydi,   mehnat
unumdorligi   oshdi,   harbiy   qurollarning   xilma-xilligi   va   jangavorligi   ortdi,
bronzadan yasalgan  uy-ro’zg’or buyumlari paydo bo’ldi. Ammo mehnat  qurollari
ishlab chiqarish uchun bironza nodir va kamchil metall bo’lib qolaverdi. Shuning
uchun ham mehnat qurollarini tayyorlash uchun avvalgidek tosh va yog’ochlardan
keng   foydalanildi.   Bronza   faqat   temirning   kashf   qilinishi   va   xo’jalikda
foydalanishga kirishilishi tufayli turmushdan qisman bo’lsa-da, siqib chiqarildi.
Bronzaning   kashf   qilinishi   xo’jalikning   butun   taraqqiyotini   larzaga   keltirdi
va mehnat unumdorligi jiddiy oshdi. Undan nafaqat mehnat qurollari, shuningdek,
turli   bezaklar,   uy-xo’jalik   buyumlari,   harbiy   qurol-aslahalar   yasaydigan   maxsus
temirchilik,   zargarlik   ustaxonalari   vujudga   keldi.   Hunarmandchilikning
ixtisoslashuvi   tufayli   muzofotlararo   ayrabosh   ancha   kuchaydi,   madaniy
viloyatlarni   iqtisodiy   jihatdan   bog’lab   turuvchi   tabiiy   aloqa   yo’llari,   tronsport
vositalari  paydo bo’ldi. Quruqlikdagi  transport  sifatida hayvon, jumladan, ho’kiz,
ot,eshak,   tuya   singari   jonivorlar   kuchidan   foydalanish   boshlandi.   Hayvonlar
qo’shilgan   g’ildirakli   aravalar   vujudga   keldi.   Bu   ijtimoiy   va   iqtisodiy   taraqqiyot
jarayoni   me’morchilik   san’atining,   xususan,   ilk   shaharsozlik,   xullas,   urbonik
sivilizasiyaning vujudga kelishiga muayyan darajada zamin yaratdi.
Qadimgi   Misrda,   Old   Osiyo   va   Shimoliy-G’arbiy   Hindiston   muzofotlarida
mil. avv. IV minginchi yillikdayoq savdo va hunarmandchilik rivojlangan shahar-
davlatlar vujudga kelgan, davlat  hokimiyati, din va yozuv paydo bo’lgan. Bronza
metallurgiyasi   Hindiston   va   Old   Osiyo   mamlakatlarida   mil.   avv.   III   minginchi
yillardayoq   yuqori   darajadagi   hunarmandchilik   hisoblanardi.   Quldorlik   tuzumi
13
  Аскаров  A . A .,  Проблемы становления раннегородской культуры на юге Узбекистана и ее связи с 
Индостаном // Древние культуры Средней Азии, Л., 1984.,  с. 18
22 allaqachon   o’rnatilgan   qadimgi   Misrda   esa   bronza   metallurgiyasi   mil.   avv.   II
minginchi   yillikdagina   ixtiro   etildi.   Bronza   Shimoliy   Xitoyda   mil.   avv.   II
minginchi yillikning boshlarida kashf etilgan bo’lib, ibtidoiy jamoa tuzumi hali bu
hududda   mustahkam   edi.   G’arbiy   Ovropada   esa   bronza   mil.   avv.   II   minginchi
yillikda   kashf   etildi.   Sharqiy   Ovropada,   Kavkazorti   va   O’rta   Osiyo   muzofotlari
hamda Janubiy Sibirda bronza davri mil. avv. III minginchi yillikning oxirlari va II
minginchi yillikning boshlarida boshlandi.
Arxeolog olimlarimizning O’rta Osiyo hududlarida olib borgan ilmiy ishlari
shuni   ko’rsatdiki,   bronza   davrida   ovchilik   va   termachilik   ijtimoiy   va   iqtisodiy
hayotda   o’zining   dastlabki   rolini   yo’qotib,   aholining   asosiy   yashash   manbai
chorvachilik va dehqonchilik bo’lib qoldi 14
.
O’rta   Osiyoda   bronza   davri   ibtidoiy   jamoa   xo’jaligi   ikki   mintaqa   bo’ylab
rivojlanishda   davom   etdi.   Uning   janubiy-sharqiy   va   markaziy   tumanlarida,
jumladan, Janubiy Surxon vohasida va Zarafshon vohasida mil. avv. II minginchi
yillardayoq   sug’orma   dehqonchilik   ibtidoiy   bronza   davri   jamoasi   iqtisodining
asosini   tashkil   etardi.   Farg’ona   vodiysining   shimoliy-sharqiy   tumanlarida,
Toshkent   vohasining   daryo   havzalarida,   Qarshi   vohasida   o’troq   dehqonchilik
xo’jaliklari   bronza   davrining   so’nggi   bosqichlarida,   mil.   avv.   I   minginchi
yillikning   boshlarida   tashkil   topdi.   Bu   yerlar   qadimgi   chorvador   qabilalarning
doimiy   makoni   bo’lib   qoldi.   Dehqonchilik   esa   bu   muzofotlarda   faqat   daryo
etaklarida,   maxsus   sug’orishni   talab   etmaydigan   pastqam,   zaxkash,   botqoq
joylarda,   limanlarda   olib   borilar   edi.   Liman   dehqonchiligi   uchun,   ayniqsa,
Zarafshon, Amudaryo va Sirdaryo etaklari, ularning delta irmoqlari qulay bo’lgan.
Bronza   davrining   oxirlariga   kelganda   bu   muzofotlarda   ham   kichik-kichik
dehqonchilik   vohalari   tashkil   topa   boshlaydi.   Chorvador   qabilalarning
o’troqlashuvi   kuchayadi   va   ularda   ham   keyinroq   sug’orma   dehqonchilik   vujudga
keladi 15
.
O’rta   Osiyo   eneolit   va   bronza   davri   o’zining   bir   qator   o’ziga   xos
xususiyatlari bilan neolit davridan tubdan farq qilardi. Masalan, bu davrda birinchi
14
  Asqarov   A . A ., 1984,  b -25-27
15
  Asqarov   A . A .,  Jo ’ raqulov   M . J ., 1984,  b -138
23 navbatda   sug’orma   dehqonchilik   bazasida   qad   ko’targan   doimiy   qishloqlarning
ko’payishi, imoratsozlikning rivojlanishi, ularda yashayotgan aholi sonining tobora
zichlashib   borishi   va   yangi   yerlarni   jadal   o’zlashtirish   jarayonining   kuchayishi
kuzatiladi. Yangi yerlarning o’zlashtirilishi bilan bog’liq holda qanchadan-qancha
yirik   qishloq   tipidagi   madaniyat   o’choqlari   vujudga   keldi,   ibtidoiy
hunarmandchilik   xo’jaligining   turli   sohalarida   yangidan-yangi   ixtirolar   qilindi.
Masalan,   bronza   davrida   metallurgiya   hunarmandchiligi,   zargarlik,   uy-joy   uchun
imoratlar   qurilishida   guvala   o’rniga   g’ishtdan   foydalanish,   kulolchilikda   mexanik
yo’l   bilan   aylantiriladigan   charxdan   foydalanishga   o’tish   singari   yangiliklar
urug’doshlik   jamoasining   madaniy   xo’jalik   sohasidagi   yirik   kashfiyotlardan
hisoblanadi.
Olimlarning   tadqiqotlari   shu   masalani   oydinlashtirdiki,   O’rta   Osiyoning
janubiy dehqon jamoalari bilan shimolda yashovchi chorvador qabilalari o’rtasida
o’zaro   iqtisodiy,   madaniy   va   qon–qardoshlik     munosa-batlari   keng   rivojlanib,
birining   madaniy-xo’jalik   yutug’idan   ikkinchisi   foydalangan.   Bu   ikki   mintaqa
o’rtasidagi   aloqalar   va   etnik   munosabatlarning   davom   etishi   natijasida   ibtidoiy
jamoa   ekonomikasining   asosini   tashkil   etgan   chorvachilik   va   dehqonchilik
xo’jaligi   va   ular   doirasida   shakllanib   borayotgan   hunarmandchilik   yanada   rivoj
topdi.   Har   ikki   mintaqa   aholisining   madaniy-xo’jalik   yutuqlari   o’z   navbatida
qo’shni qabilalar madaniyatiga ham o’z ta’sirini o’tkazib borgan. Shu bilan birga,
ular o’zlarining xo’jalik va madaniy yutuqlaridan bahramand bo’lib bordilar 16
.
Arxeolog   olimlarning   xulosalariga   qaraganda,   bronza   davrida   qabilalararo
munosabatlar   asosan   «tinch   yo’l»   bilan   davom   etgan.   Ammo   chorvadorlarning
dehqonchilik   tumanlariga   «zo’rlik   bilan»   kirib   borishi   ham   sodir   bo’lib   turgan.
Masalan,   mil.   avv.   II   minginchi   yillarning   o’rtalarida   Qozog’iston   hududlarida
yashovchi «Andronova madaniyati» merosxo’rlari O’rta Osiyoning avval shimoliy
tumanlariga,   so’ng   esa   uning   to   janubiy   chegaralarigacha   –   eng   qadimgi
dehqonchilik   markazlarigacha   kirib   bordilar.   Lekin   aholi   o’rtasida   sodir   bo’lgan
«qirg’inlik»lardan   hyech   bir   alomat   kuzatilmagan.   Andronova   chorvadorlarining
16
  Jo ’ raqulov   M . J ., 1984, b -139
24 sopol   idishlari,   jezdan   yasalgan   ba’zi   bir   taqinchoq   va   mehnat   qurollari   Murg’ob
vohasi,   Sherobod   cho’li,   Kopetdog’   yonbag’irlarida   qad   ko’targan   qadimgi
dehqonchilik   qishloqlarida   hamda   Zarafshon   vodiysidagi   Urgut   tog’i
Mo’minobodda o’rganilgan qabrlarda ham uchraydi 17
.
Miloddan   avvalgi   II   minginchi   yillik   davomida,   ayniqsa,   uning   oxirgi
choragida   cho’l   va   dashtlarda   yashovchi   chorvadorlarning   janubiy   sarhadlarga
tomon   yurishi   jadallashadi.   Natijada   O’rta   Osiyo   aholisi   etnik   tarkibida   turli
antropologik tip vakillarining aralashish jarayoni tezlashadi 18
.
Bronza   davrining   so’nggi   bosqichlariga   kelganda   ishlab   chiqarish   mehnat
vositalarining muayyan taraqqiyoti tufayli sun’iy sug’orish tizimida magistral suv
kanallari   paydo   bo’ladi,   xonaki   chorvachiligidan,   aniqrog’i,   chorvadorlarning
yarim ko’chmanchilik turmushi tarziga o’tish sodir bo’ladi.
Qadimgi   dehqonlar   dastlab   tog’   oldi   soyi   va   daryolarning   quyi   oqimlari
havzalaridagi   uncha   katta   bo’lmagan   muzofotlarni   o’zlashtirdilar.   Bu   manzara
O’zbekiston   hududida   mil.   avv.   II   minginchi   yillikning   birinchi   yarmida   sodir
bo’ldi.   O’rta   Osiyoning   janubiy-g’arbiy   viloyatlarida,   ya’ni   Kopetdog’   tog’   oldi
tumanlarida   esa   bu   hodisa   ancha   avval,   ya’ni   neolit   davrida   boshlanib,   eneolit
davriga kelganda yanada keng ko’lamga ega bo’ladi.
Olimlarning   ko’p   yillik   tadqiqotlariga   qaraganda,   mil.   avv.   II   minginchi
yillikning   birinchi   yarmida,   balki   undan   ham   oldinroq   qadimgi   dehqon
jamoalarining O’rta Osiyoning janubiy-g’arbiy mintaqalaridan sharqiy muzofotlar
tomon yurishi kuzatilingan.
Bronza   davrining   boshlang’ich   davrida   Murg’ob   vohasini   o’zlashtirgan
qadimgi   dehqonlar   mil.   avv.   II   minginchi   yillikning   o’rtalariga   kelib,   Qadimgi
Baqtriya yerlarigacha borib yetadi. Bu jamoalarning qishloqlari Murg’ob vohasida,
Shimoiy   Afg’oniston   va   Janubiy   O’zbekiston   hamda   Janubiy   Tojikiston
hududlarida   qad   ko’taradi.   Qishloqlar   atrofida   esa   ekin   maydonlari,   dehqonchilik
dalalari   paydo   bo’la   boshlaydi.   Qadimgi   dehqonchilik   bilan   mashg’ul   bo’lgan
17
Jo ’ raqulov   M . J ., 1984, 139
18
 Аскаров А., Проблемы становления раннегородской культуры на юге Узбекистана и ее связи с 
Индостаном // Древние культуры Средней Азии, Л., 1984., с.35
25 qabilalarning   chorvador   qabilalar   mintaqalari   chegarasiga   yetib   borishi   natijasida
ular   o’rtasidagi   madaniy-xo’jalik   aloqalarining   yanada   rivojlanishiga,   podachi-
chorvador   qabilalar   muzofotlarida   ham   dehqonchilik   madaniyati   ta’sirida   asta-
sekin yangi dehqonchilik o’choqlarining paydo bo’lishiga olib keldi.
Ibtidoiy   jamoa   tuzumi   zaminida   metallning   kashf   qilinishi   O’rta   Osiyo
sharoitida   yuz   bergan   ana   shu   tarixiy   o’zgarishlarning,   xullaski,   urbanizasiya
sivilizasiyasi evolyusiyasi tafsilotlari haqida quyidagi satrlarda to’xtalamiz.
II Bob.  Surxondaryo hududida  sivilizasiya  ildizlarining  vujudga kelish i .
2.1.   Sopolli – shaharmonand aholi makoni va uning ilk shaharlarning tashkil
topishidagi o’rni
Surxon   voxasi   boy   tarixga   ega   makon,   viloyat.   Bu   mintaqa   qadimgi
baqtriyaning   markaziy   mintaqasi   hisoblanadi.   Baqtriyaning   avvalgi   hududi
Amudaryoning   yuqori   va   o’rta   oqimidagi   tarixiy   voiloyatdir.   Asosan,   hozirgi
O’zbekiston   va   Tojikistonning   Janubiy   viloyatlari   hamda   Afg’onistonning
shimoliy qismini o’z ichiga olgan bo’lib, uning markaziy shahri Baqtra (Zariaspa)
asrlar   davomida   Markaziy   Osiyo   xalqlarining   tarixiy,   madaniy   taraqqiyotida
muhim o’rin tutgan. Uning jo’g’rofik chegaralari haqida so’z yuritadigan bo’lsak,
shimolda   u   So’g’d,   janubda   va   janubi-sharqda   Araxosiya,   Gandxara,   g’arbda
Marg’iyona   tarixi   o’lkalari   bilan   chegaralangan.   «Avesto»da   Baqtriya   (Badxi)
«Bayroqlari   doim   baland   hilpirab   turadigan»,   ya’ni   shon-shavkatli   mamlakat
sifatida tilga olinadi.
O’tgan   asrning   60-yillari   oxiri   va   70-yillaridan   boshlab   Baqtriya   tarixi   va
sivilizasiyasiga doir yirik kashfiyotlar qilindi. Jumladan, Vatanimizda shaharsozlik
tarixi   avvalgi   tasavvurlarga   qaraganda   rosa   ming   yil   qadimiy   ekanligi   isbotlandi.
Baqtriyaning   qadimgi   tarixiy   viloyatlari   ham   ana   shunday   jarayonni   kechganligi
daliliy   asoslar   bilan   isbotlandi.   Olimlarimiz   urbanizasiya   madaniyat   tarixini
o’rganishga jiddiy e’tibor qaratdilar. 1972 yildan O’zbekiston Fanlar Akademiyasi
Arxeologiya   instituti   Baqtriya   ekspedisiyasi,   Shimoliy   Baqtriya   (Janubiy
O’zbekiston),   1968-1978   yillarda   Janubiy   Baqtriya   (Shimoliy   Afg’oniston)
26 hududlarida keng ko’lamli arxeologik qazishma ishlar olib borilib, qadimgi o’troq,
sug’orma dehqonchilik zamirida tashkil topgan zich aholi markazlari bo’lgan yirik
qishloqlar, ilk shaharlar topilib o’rganildi. Natijada, bu muzofotlarda tashkil topgan
yirik aholi markazi Sopollitepa, ilk shaharlar bo’lgan Jarqo’ton, Mo’loli, Dashli-3,
Shahri-Soxta   singari   yodgorliklar   o’rganilib,   ularning   Qadimgi   Sharq   jamiyati
iqtisodiy,   ijtimoiy   va   madaniyati   taraqqiyotida   muhim   o’rin   tutganligi   isbotlab
berildi. 
Baqtriya dehqonchilik madaniyati  taraqqiy etgan va ilk davlatchilik tuzumi
vujudga kelgan qadimiy markazlardan biridir. Baqtriyaning o’tmishida «Ming bir
shahar   mamlakati»   deb   atalganligi,   unda   shaharlarning   ko’p   bo’lganligidan
guvohlik beradi. Tarixiy ma’lumotlarda shunday ekan, biz ushbu satrlarda avvalo
bronza davrida, ya’ni Namozgoh VI davrida Qadimgi Baqtriyada tashkil topgan ilk
shaharlar   tarixi  haqida   ularning  jamiyat  ijtimoiy,  iqtisodiy   va  madaniyati  rivojida
tutgan   o’rni   to’g’risida   to’xtalmoqchimiz.   Ushbu   satrlarda   Sopollitepa   (qishlog’-
qo’rg’oni),   Mo’loli,   Jarqo’ton,   Dashli-3   hamda   Seistondagi   Shahri-Soxta,
Mundigak   ilk   shaharlari   haqida   ma’lumot   yuritmoqni   lozim   topdik.   To’g’ri,
Sopollitepa   ilk   shahar   tarkibiga   kirmasa-da,   ammo   shaharlashish   jarayonini
anglatuvchi   xususiyatlari   bilan   boshqa   yirik   markaz   qishloqlardan   jiddiy   farq
qiladi.   Chunki   Sopollitepa   o’z   tuzilishiga   ko’ra   kuchli   mudofaalangan   qal’a-
qo’rg’on   hisoblanadi   va   shaharmonand   vazifani   bajargan.   So’ngra,   Jarqo’ton,
Mo’loli   ilk   shaharlarining   vujudga   kelishida   sopolli   madaniyatli   aholining   roli
katta bo’lgan. Shuningdek, Shahri-So’xta va Mundigak yodgorliklarining Qadimgi
Seiston hududida joylashgan bo’lsa-da, zikr etilgan Baqtriya shaharlari madaniyati
bilan yaqin aloqadorlik holatlarini inobatga oldik.
Shuni   alohida   qayd   etish   lozimki,   Shimoliy   Baqtriyada   ham   Marg’iyona
hududlari   singari   dehqonchilik   markazlari   vohalar   bo’ylab   tashkil   topgan.
A.Asqarov   Shimoliy   Baqtriyada   7   ta   mustaqil   dehqonchilik   vohalari   mavjud
bo’lganligini   e’tirof   qiladi. 19
  Har   bir   dehqonchilik   vohada   Sopolli,   Jarqo’ton,
19
 Аскаров А., Ширинов Т. Ранняя городская культура…, 31-б.
27 Mo’loli, Buyrachi singari shahar maqomidagi yoki markaziy yodgorliklar mavjud
bo’lgan. Ana shunday markazlardan biri Sopollitepa hisoblanadi.
Sopollitepa vohada yetakchi yodgorlik bo’lib, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy
va   madaniy   rivojida   muhim   o’rin   tutgan.   Jarqo’ton   singari   ilk   shaharlarning
vujudga  kelishida  sopolli   davri,  ya’ni  so’nggi  Namozgoh  V  va   ilk  Namozgoh   VI
avlodlari muhim rol o’ynaganligiga shubha qilinmasa ham bo’ladi. 20
O’zbekistonning   janubiy   viloyatlarida   tashkil   topgan   shaharlar,   xususan,
Jarquton   ilk   shahrining   kelib   chiqishi   Sopolli   madaniyati   bilan   bevosita   bog’liq
bo’lganligi   tufayli,   balki   u   shaharmonand   bo’lsa-da,   bu   haqda   yoyinki,   uning
shaharlashish xususiyatlari haqida alohida to’xtalib o’tish o’rinli, deb bilamiz.
Sopollitepa   1968   yilda   arxeolog   L.Albaum   tomonidan   topilgan   bo’lsa-da,
aslida bu yodgorlik 1969-1974 yillarda taniqli arxeolog olim A.Asqarov tomonidan
batafsil   o’rganilgan. 21
  A.Asqarovning   ma’lumotiga   qaraganda   Sopollitepaning
maydoni   taxminan   3   ga   teng.   Uning   1   gektarga   yaqin   markaziy   qismi   mudofaa
devorlari   bilan   o’rab   olingan.   Sopollitepa   to’la   qazib   o’rganildi   (rasm   5).
Arxeologiyada   bunday   holat   kamdan-kam   uchraydi.   Makonning   turar-joy
komplekslari, bu qadimgi markaz qishloqni o’rab olgan mudofaa tizimi va qishloq
doirasida   joylashgan   jamoa   qabrlari   batafsil   o’rganildi.   Natijada   uning   tarixiy
topografiyasi va stratigrafiya davriy sistemasi va xronologiyasi aniqlandi.
Sopollitepaning   markaz   qismida   to’rt   burchak   shaklidagi   istehkom   –
murabba   to’la   qazib   ochilishi   tufayli   u   82x82   m   to’rtburchak   shakldagi   qal’a
ekanligi   aniqlandi.   Qal’aning   tomonlari   3   qator   mudofaa   devori   bilan   o’rab
olinganligi ma’lum bo’ldi. 22
 Aslida esa qal’ani o’rab olgan devorlar tizimi ichki va
tashqi   yo’laksimon   qopqonlardan   tashkil   topgan   bo’lib,   kirish   darvozalar   bilan
jihozlangan.   Makondan   topilgan   arxeologik   manbalar   mil.   avv.   XVII-XV   asrlar
bilan   sanalanish   e’tirof   qilinadi.   Yodgorlikda   bajarilgan   stratigrafik   qazishmalar
makonning   uchta   madaniy   qatlam   bilan   bog’liqligini   ko’rsatadi.   Birinchi   qurilish
20
 Аскаров А. Древнеземледельческая культура юга Узбекистана // -Т.: «Фан», 1977, 101-б.;   Типы о седлых
поселении бронзоваго века и истоки урбонизации на юге Узбекистана // Древние города. МВК. Л., 1977.
21
  Аскаров   А.   Сапаллитепа   //   -Т.:   «Фан»,   1973;   Древнеземледельческая   культура   юга   Узбекистана   //   -Т.:
«Фан», 1977.
22
 Аскаров А. Сапаллитепа // -Т.: «Фан», 1973, 13-б.
28 davriga oid qatlamdagi uylarda 30 ta kichik oila, ikkinchi davr uylarida 61 ta oila,
uchinchi   davr   uylarida   esa   47   ta   oila   yashaganligi   ma’lum   bo’ldi.   Bu   manzara
qishloqning   bosqichma-bosqich   kengayib   borishini   ko’rsatadi.   A.Asqarovning
xulosasiga ko’ra, umuman, Sopollitepadagi o’troq qishloq aholisi 155-315 kishidan
iborat bo’lishi mumkin. 
Sopollitepa birgina Shimoliy Baqtriya miqyosida emas, balki O’rta Osiyo va
unga   tutash   viloyatlar   miqyosida   ham   kam   uchraydigan   nodir   arxeologik   xazina
bo’lib chiqdi. Sopollitepa arxeolog olimlar qo’liga yodgorliklar kompleksini berdi,
ya’ni makonda 150 dan ortiq 8 ta kvartallarga bo’lingan uy-joy qoldiqlari va 158 ta
mozor komplekslari o’rganildi. Sopollitepada binokorlik, hunarmandchilik va ular
bilan   bog’liq   ijtimoiy,   iqtisoidy   va   madaniy   munosabatlarning   davriga   nisbatan
yuksak   darajada   rivojlanganligini   ko’rsatdi.   Sopollitepa   mozorlari   yaxshi
saqlangan,   ularning   ko’plarida   hamon   qabr   bo’shlig’i   saqlangan.   Mozorlar
topilmalarga   boy.   Masalan,   bir   qabrda   2-3   tadan   to   50   tagacha   predmetlar
uchraydi. Bu topilmalarning aksariyati  xilma-xil  sopol  idishlardan iboratdir. Dafn
odatlari   ham   o’ziga   xos,   qiziqarli.   Masalan,   erkaklar   o’ng,   ayollar   esa   so’l   biqini
bilan   yotqizib,   oyoq-qo’llari   bukilgan,   ya’ni   g’ujanak   holatda   dafn   qilingan.
Sopollitepa   qabrlarida   odam   jasadi   o’rnida   mayda   hayvon   skeletlari   uchratilgan,
bunday   qabrlar   kenotaf   nomi   bilan   ataladi.   Ularga   bedarak   «yo’qolgan   marhum»
o’rniga jamoa dafn an’analariga ko’ra, uning tirik jon mulkidan bir jonliq (qo’yni)
o’ldirib   ko’mish   lozim   topilgan.   Kenotaf   qabrlarning   deyarli   barchasi   erkaklarga
tegishli edi.
Sopollitepa aholisi e’tiqodida quyoshga, olovga sig’inish o’z aksini topgan.
Uning izlari ayrim  xonalar  maydonida uchratilgan sandal  o’txonasi  sifatida qabul
qilingan   toza   kulli   chuqurchalar   edi.   Bularning   barchasi   otashparastlar   e’tiqodiga
aloqador belgilar edi 23
. 
Umuman   qaralganda,   qabrlarning   hamasi   yashash   binolari   devorlari   tagiga
joylashgan.   Sopollitepada   qazib   tekshirilgan   158   qabrlarning   138   tasiga   yakka
jasad,   13   tasi   jamoa   go’rlaridan   iborat.   O’lgan   kishilarning   qabrlariga   turli
23
 Аскаров А., Сапаллитепа // Тошкент: «Фан», 1973. 89-104.
29 shakldagi  sopol   idishlar,  qurol-yarog’lar   va  zeb-ziynat  buyumlari   qo’yilgan.  Jami
bo’lib   erkaklar   qabrlaridan   104   ta   jez   buyumlar   topilgan   bo’lib,   ular   xalqalar,
bilaguzuklar, oynalar va har xil munchoqlardan iborat. Topilma moddiy madaniyat
Sopollitepada   metallchilik   yuksak   darajada   rivojlanganligidan   dalolat   beradi.
Bronzadan xanjarlar, o’q uchlari, nayza paykonlari, pichoqlar, boltalar, ignalar va
idishlar   ishlab   chiqilgan.   Shunday   qilib,   Sopollitepada   bronza   metallurgiyasining
rivojlanishi maxsus hunarmandchilik ustaxonalarini vujudga keltirdi. 
Sopollitepa   jamoalarining  asosiy  xo’jaligi   dehqonchilik  bo’lishi   bilan  birga
ularga xonaki chorvachilik ham begona bo’lmagan. Masalan, yodgorlik bag’ridan
16 mingtadan ziyod hayvon (qo’y va echki, boshqalari cho’chqa, eshak, tuya, sigir,
it   va   mushuk   singari   jonivorlar)   suyaklari   topilgan.   Bundan   tashqari   makondan
bug’u,   jayron,   qulon,   to’ng’iz,   quyon,   o’rdak   va   boshqa   jonzodlarning   suyak
topilmalari   bu   jamoalar   turmushida   ovchilik   hali   o’z   ahamiyatini
yo’qotmaganligidan guvohlik beradi. 
Sopollitepada   150   dan   ortiq   turar-joy   majmualari   ochilib   o’rganildi.
Ularning   mahalla   bo’yicha   taqsimlaganda   har   bir   mahalla   maydoniga   15-20
tagacha   oilaviy  turar-joy   majmualari   to’g’ri   keladi.  Lekin   ular   bir   vaqtda  bunyod
etilmagan. Sopollitepa qishloq qo’rg’onida uy-joy komplekslari odatda ko’p xonali
bo’lib,   xonalarning   har   birida,   albatta,   o’choq   va   sandal   o’rni   uchraydi.   Ularning
devor   taglarida   qator   xumlar   uchraydi.   Xumlarda   ko’pincha   hayvon   suyaklari   va
g’alla qoldiqlari topilganligiga qaraganda, ulardan oziq-ovqat mahsulotlari saqlash
uchun   foydalanilgan.   Bular   oila   birligini   anglatuvchi   muhim   belgilar   edi.
A.Asqarovning   xulosasiga   ko’ra,   Sopollitepaning   har   bir   mavzeida   bittadan
patriarxal   jamoasi   yashagan.   Har   bir   patriarxal   oila   esa   bir   necha   juft   oilalardan
tashkil   topgan.   Bir   necha   shunday   oila   birliklari   katta   patriarxal   urug’   jamoasini
tashkil etgan. Sopollitepa ana shunday katta patriarxal urug’ jamoalaridan 8 tasini
birlashtirgan  qishloq  jamoasi   edi. Har   bir   urug’ning o’z  urug’  og’asi,  ya’ni  urug’
boshlig’i   bo’lgan.   Ishlab   chiqarishda   erkaklarning   roli   ustun   bo’lsa-da,   lekin
ayollarning   an’anaviy   obro’yi,   jamoadagi   mavqyei   hali   sezilarli   darajada   kuchli
edi. Qabrlarda bronza yoki toshdan yasalgan tumor – muhrlar topilgan bo’lib, ular
30 urug’   totemlari   haqidagi   diniy   tasavvurlarning   namunasi   edi,   deydi   A.Asqarov 24
.
Bunday   muhrlar   esa   Sopollitepada   faqat   ayol   qabridan   topilgan. 25
  Sopollitepa
mudofaa inshootlari va uy-joylari faqat xom g’ishtdan qurilgan, paxsa qurilmalari
uchratilmaydi,   uy-joylar,   mudofaa   inshootlari   devorlari   somonli   loy   bilan
andavalab suvalgan, poli esa albastr aralashtirilgan loy bilan suvalgan. Makondan
sopol   andavaning   topilishiga   qaraganda,   devorlarni   andavalab   suvash   bronza
davrida   kashf   qilingan   bo’lsa   kerak.   Odatda   suvoq   ustidan   havorang   ohak   bilan
oqlangan.
Sopollitepaning har bir kvartali maydonida 2-3 yoki undan ham ortiq sopol
idishlar   pishiriladigan   humdonlar   uchratilgan.   Ular   doira   va   o’rasifat   shaklda
bo’lib,   ularni   qo’shkamerali   hamda   ikki   yarusli   xumdonlarga   bo’lish   mumkin.
Sopollitepada   uy-joy,   xo’jalik   komplekslar   doirasida   non   pishiradigan   maxsus
tandirlarning topilishi, non tarixining juda qadimga borib taqalishini ko’rsatadi. Bu
hodisa ham kashfiyot sifatida sivilizasiyaning muhimi elementlaridan edi.
Sopollitepa   arxeologik   materiallarining   asosini   turli   xil   shakl-shamoildagi
kulolchilik charxida ishlangan sopol idishlar tashkil etadi. Topilgan sopol idishlar
shunchalar   jozibador,   bejirim,   bichimli,   jarangdor,   yupqa   qilib   yasalganki,   ular
sifat   jihatidan   hozirgi   zamon   sopollaridan   kam   farq   qiladi.   Bular   turli   xildagi
oyoqli vazalar, qadahlar, jumrakli choynak va ko’zalar, xurmacha va konussimon
kosalar, tog’ora va xumlar, tarnov va jumrakli yarim aylana shakldagi kosachalar,
sopol tag kursisi va qozonlardan iboratdir. Sopollitepa sopol buyumlarida naqshlar
uchramaydi.   Idishlarning   ba’zilari,   ayniqsa,   vaza   va   qadahlarda,   xumcha   deb
nomlangan gardishli keng dumaloq ko’zalar sirtida tasmasimon to’q qizg’ich rang
chiziqlar va har xil belgilar  mavjud. Bu manzara Murg’ob vodiysi  Namozgoh VI
davri   sopolida   uchraydigan   sir   (anchob)   pardozini   eslatadi.   Sopollitepa   sopol
idishlarining 30 dan ko’prog’ining sirtida har xil belgilar uchraydi. Tadqiqotchi bu
belgilarni   piktografik   yozuv   sifatida   e’tirof   qiladi. 26
  Agar   V.M.Masson
Oltintepadan topilgan ayol ma’budalarining ustiga solingan belgilarni piktografik,
24
  Аскаров. А.  Сапаллитепа // Тошкент: «Фан», 1973.  С.  50-75
25
 Аскаров А. Древнеземледельческая культура юга Узбекистана // -Т.: «Фан», 1977, 75-78 бб.
26
 Аскаров А. Сапаллитепа // -Т.: «Фан», 1973, 169-б., табл. 13.
31 ikonografik   yozuvlardan   iborat,   deb   talqin   qilgan   bo’lsa,   Sopollitepadan   topilgan
bu belgilar ham eng qadimgi yozuvning biror bir varianti bo’lsa, ajab emas. 
Sopollitepa   arxeologik   manbalarini   keng   ko’lamda   o’rganish   qator   muhim
xulosalarga olib keldi. O’zbekiston hududida sun’iy sug’orishga asoslangan o’troq
dehqonchilikning  kelib  chiqish  tarixi   yaqin  ming  yilga,  ipak  va  paxta  tarixi   2000
yilga   qadimiylashtirildi.   Shimoliy   Baqtriyada   qadimgi   Sharq   sivilizasiyasining
yangi, mustaqil markazi – o’troq dehqonchilik va ilk shahar madaniyatining yangi
o’chog’i   Sopolli   madaniyati   ekanligini   kashfiyot   sifatida   fanga   kiritildi.   Ilk
shaharlarning vujudga kelish tarixi Namozgoh V oxiri va Namozgoh VI davrining
boshlang’ich   bosqichlariga   to’g’ri   kelish   asoslandi.   Janubiy   O’zbekiston,
Tojikiston va shimoliy Afg’oniston muzofotlarining janubiy viloyatlarini Qadimgi
Sharq   madaniyati   yoyilgan   mintaqaga   kiritish   imkoniyati   tug’ildi.   Sopollitepada
ipakchilik,   bog’dorchilik,   qorako’lchilikka   doir   yangi   manbalar   qo’lga   kiritilindi.
Eng   muhimi,     ilk   shaharlar   haqidagi   tasavvurlarimiz   rosa   ming   yilga
qadimiylashdi.   Sopollitepa   qishloq   qo’rg’onini   o’rganish   tufayli   bu   yerda   ilk
shaharlarga   xos   muhim   elementlarning   mavjudligi   aniqlandi   va   bu   hodisa
Baqtriyada   evolyusion   yo’l,   peshma-pesh   doimiy   taraqqiyotda   bo’lganligi
asoslandi.   Sopollitepa   qishloq-qo’rg’onining   muayyan   reja,   tarx   asosida   bunyod
etilganligi   o’rganilib,   natijada   O’rta   Osiyo   va   Eron   xalqlari   o’tmish   tarixining
nodir   yozma   manbai   hisoblangan   «Avesto»da   ta’riflangan   shaharlarning
arxeologik   isboti   qo’lga   kiritildi.   Agar   avvallari   Movarounnahr   hududlarida   ilk
shaharlarning   paydo   bo’lish   negizlari   o’zga   yurtlardan,   jumladan,   Eron
hududlaridan   qidirilgan   bo’lsa,   zikr   etilgan   bu   tadqiqotlar   tufayli   endilikda
O’zbekiston   ilk   shaharlarning   kelib   chiqish   negizi,   moddiy   va   madaniy   asosi
mamlakatimizning janubiy sarhadlarida ekanligi va bu taraqqiyot jarayoni esa tub,
mahalliy   asosda   vujudga   kelganligi   isbotlandi.   Xullas,   Sopollitepa   protoshahri
O’zbekiston va Tojikiston xalqlari tarixiga boy va munosib xazina bo’lib kirdi. 27
27
  Аскаров   А.   Древнеземледельческая   культура…,   1977;   Аскаров   А.,   Ширинов   Т.   Ранняя   городская
культура…, 1993.
32 Shuni alohida qayd etish lozimki, yuqorida qisqacha bayon etilgan qadimgi
dehqon   jamoalarining   xo’jalik   va   madaniy   sohalarda   erishgan   yutuqlariga
qaraganda, Sopolli madaniyati Qadimgi Sharq sivilizasiyasining ajralmas bir qismi
sifatida, mil. avv. II yillikda uning O’rta Amudaryo havzasi va Qadimgi Baqtriya
yerlarida   mustaqil   tashkil   topgan   yangi   markazi   edi.   Uy-joy   qurilish   tizimi,
arxitekturasi, Sopollitepa maydonining kvartallarga bo’linishi, o’ziga xos mudofaa
sistemasi   Sopolli   madaniyatining   yuksakligidan   dalolat   berib,   bu   yodgorlik
negizida shaharlashish  jarayonining ilk ildizlarini  va uning urbanizasiya  yo’lidagi
intilish   taraqqiyotini   kuzatish   mumkin   bo’ldi.   Shuningdek,   bu   yerda   yuksak
darajada   rivojlangan   kulolchilik,   metallurgiya,   zargarlik,   to’qimachilik,   suyakni,
toshni   ishlash   texnologiyasi   esa   bu   madaniyat   ijodkorlarining   professional
tajribasidan   guvohlik   beradi.   Sopollitepa   moddiy   madaniyat   kompleksi   «Sopolli
madaniyati» nomi bilan fandan munosib joy oldi. 
Namozgoh   VI   oxirlarida   Sopollitepada   ba’zi   sabablarga   ko’ra   yashash
faoliyati   tugatilgan,   ammo   uning   vorislari   turmush   taraqqiyotini   Jarqo’tonda
davom ettirgan. 
2 .2. Jar qo’ ton
O’zbekiston   arxeologlarining   muhim   yutuqlaridan   biri   –   mamlakatimiz
hududida   bronza   davridayoq   ilk   shaharlarning   vujudga   kelishi   va   ularning
evolyusion tarzda shakllanishining o’rganilishi bo’ldi.
Jarqo’ton  nafaqat   Baqtriyada,  balki   O’rta  Sharqdagi   bronza   davrining  yirik
yodgorligi   hisoblanadi.   Yodgorlik   1973   yilda   arxeologlar   Sh.Pidayev   va
V.Pilipkolar   tomonidan   birinchi   bor   ro’yxatga   olingan   edi. 28
  U   Termiz   shahridan
60   km   shimolroqdagi   Bo’stonsoy   irmog’i   qirg’og’ida   joylashgan.   Bo’stonsoy
qadimgi   vaqtlarda   Amudaryoning   irmoqlaridan   biri   bo’lgan.   Yodgorlik   maydoni
100   gektardan   ziyodroq.   U   soy   qirg’oqlari   bo’ylab   yoyilib   yotgan   mayda-mayda
tepaliklardan   iborat   bo’lib,   uning   markaziy   qismining   balandligi   8-10   metrni
tashkil   qiladi.   Bu   joy   relyefini   tashqi   tomondan   kuzatilganda   yodgorlik   «arki»
28
 Аскаров А., Абдуллаев Б. Джуракутан (К проблеме протогордской цивилизации на юге Узбекистана) // –
Т.: «Фан», 1983, 4-б.
33 aynan ko’rinib turadi va u bu yodgorlikning markaz qismi  bo’lib, uning maydoni
qariyb 3 gektarga yaqin joyni egallagan. Shaharchaning ark qismi mudofaa devori
bilan o’rab olingan. 29
 Mudofaa devorining 80 metr uzunlikdagi qismi bilan bog’liq
saroy   ochildi.   Arkning   ichki   qismida   saroy   kompleksi   joylashgan.   Arkka   kirish
darvozasi   esa   shaharchaning   janubiy   qismida   joylashgan   (rasm   24).   Qazishmalar
tufayli   bu   yerda   3   ta   turarjoy   massivi   ochildi.   Ma’lum   bo’ldiki,   ark   bir   necha
turarjoy massivlaridan  iborat  bo’lib, ular  magistral  ko’chalar  bilan birlashtirilgan.
Ayni vaqtda saroy kompleksi to’laligicha qazib o’rganilgan va arkning arxitektura
tarxi aniqlanib, u jiddiy kvadrat shaklida ekanligi oydinlashtirildi. Uning o’lchami
42x42   m 2
  maydondan   iborat.   Tashqi   devorning   qalinligi   4   metr   va   u   kvadrat
shaklida   qurilgan   13   ta   burjlar   bilan   jihozlangan   bo’lib,   ular   esa   kompleksning
burchak   qismida   joylashgan.   Ikkita   burj   yodgorlikning   darvoza   qismida
joylashgan, xolos. Saroyning ichki qismi  34x34 m 2
  maydondan iborat. 30
  Turmush
va   hunarmandchilik   binolari   esa   ichki   devor   bo’ylab   joylashgan.   Saroyning
markaziy   qismi   bo’sh   maydondan   iborat   bo’lib,   uning   o’rtasida   faqat   katta   supa
joylashgan.   Qazishmalar   tufayli   topilgan   sopol   buyumlarga   qaraganda,   bu   saroy
Jarqo’ton davrida, ya’ni mil. avv. II ming yillikning o’rtalarida qurilgan. Mil. avv.
X-IX asrlarda saroy inqirozga uchraydi. Makondan topilgan qo’lda yasalgan sopol
buyumlarning   uchratilishiga   qaraganda,   muayyan   bir   davrda   Jarqo’tonda   etnik
jihatdan qaysi bir kelgindilar yashagan. 
Saroy ibodatxona
1983   yildagi   qazishmalar   vaqtida   «6-tepalik»   deb   atalgan   balandlikda
ibodatxona   ochilib,   uni   olimlar   ijtimoiy   sig’inish   joyi,   ya’ni   «o’t   og’asi»
ibodatxonasi deb atadilar. 31
  Ibodatxona quyosh chiqar tomonda joylashgan. Saroy
esa   yodgorlikning   shimoliy-g’arbiy   qismida   joylashgan   holda,   ibodatxona   esa
uning   qarama-qarshi,   ya’ni   janubi   sharq   tomonida,   quyosh   chiqar   tomonda
joylashgan.   Ibodatxona   kompleksi   saroydan   350   metr   narida,   ark   tashqarisida
29
 Аскаров А., Ширинов Т. Ранняя городская культура…, 46-б.
30
 Аскаров А., Ширинов Т. Ранняя городская культура…, 47-б.
31
  Ширинов   Т.Ш.   Джаркутан   –   ранний   город   эпохи   бронзы   юга   Узбекистана   //   ТД   региональной
конференции «Зоны этапы урбонизации». –Т., 1989.
34 qurilgan bo’lib, uning atrofida jamoatchilik qo’nim topgan. Ibodatxona atrofi ochiq
joydan   iborat   bo’lgan.   Aslida   Jarqo’ton   ibodatxonasi   44,5x60   metr   maydonni
egallagan   to’g’ri   burchakli   binodan   iborat   bo’lib,   uning   burchaklari   dunyoning
to’rt   tomoniga   qaratilgan   va   eni   4,5   metrlik   qalin   devor   bilan   o’rab   olingan.
Ibodatxonaning me’morchilik rejasi  uslubi  Sopolli madaniyatiga xarakterlidir. Bu
yerda aynan Qadimgi Baqtriya an’analari kuzatiladi. Bundan tashqari ibodatxonada
monolit   aylana   devor,   koridorsimon   yo’laklar,   umuman,   saroy   kompleksi
Sopolitepani   eslatadi.   A.Asqarovning   fikriga   qaraganda,   Jarqo’ton   ibodatxonasi
mil. avv. XIV asr arafasida, ya’ni Jarqo’ton bosqichida vujudga kelgan va Bo’ston
bosqichining   Mo’loli   fazasida,   ya’ni   mil.   avv.   X   asrda   inqirozga   yuz   tutgan.
Ibodatxona   o’zining   mavjudlik   davrida   3   xronologik,   ya’ni   Jarqo’ton,   Ko’zali   va
Mo’loli   bosqichlarini   boshdan   kechirgan.   Bu   davrda   ibodatxonaning
arxitekturasida o’zgarishlar sodir bo’lmagan. 32
 
Uy-joylar
Uy-joy   masalasiga   kelganda   shuni   aytish   lozimki,   bu   borada   1980-1981
yillarda katta qazishma ishlari bajarildi. Masalan, 5-tepalikda bir necha xonalardan
iborat alohida uylar, alohida qurilgan yo’l, sig’inish xonasi, pol ostidan mozorlar,
suv hovuzi  kabilar  topilib, ular  jamoaning kelib sig’inadigan joylari  bilan bog’liq
edi.   Bu   kompleksni   A.Asqarov   Jarqo’ton   bosqichining   ilk   davrlarga   taalluqli
ekanligi haqida xulosa beradi.
1989-1991   yillarda   yana   ikkita   (7   va   8)   tepaliklar   qazib   ko’rildi   va   har   xil
hajmdagi binolar ochilib, ular Jarqo’ton va Mo’loli-Bo’ston bosqichlariga tegishli
ekanligi   aniqlandi.   Aslini   olganda,   bunday   tepaliklar   Jarqo’tonda   20   dan   oshiq.
Ular turli kattalikda bo’lib, kichikrog’i 0,2 gektar, yirikrog’i esa 1 gektar maydonni
tashkil   qiladi.   Bu   yerda   olib   borilgan   qazishmalar   tufayli   jamoalarning   turli
ijtimoiy guruhlariga doir uy-joylar qoldiqlari o’rganildi.
Ana shulardan biri sharqiy tomonda joylashgan (1 va 2) tepaliklardagi sopol
pishirish   xumdonlaridir.   Bu   yerda   ochilgan   to’g’ri   burchak   shaklidagi   xumdonlar
32
 Аскаров А.А., Ширинов Т.Ш. Древнебактрийский храм огня на южном Узбекистане // Городострательство
и   архитектуры.   Развитие,   связи   и   взаимодействия   (с   древнейших   времен   до   наших   дней).   –Культура
древнего Востока. –Т.: «Фан», 1989, 7-24 бб.
35 va   ulardan   topilgan   toshqollar   bu   haqda   guvohlik   beradi.   Xumdonlar   bir-biriga
nisbatan   15-20   metr   masofada   joylashgan.   Bu   yerda   boshqa   qurilish
inshootlarining yo’qligiga qaraganda, bu atrofda kulolchi ustalar yashagan kvartal
joylashgan.   Jarqo’tonning   hunarmandchilik   massivini   qazish   davomida   ko’pgina
sopol   materiallar   qo’lga   kiritildi.   Uning   aksariyati   (95   %)   oshxona   idishlariga
taalluqli.   Bular   tarkibida   vazalar,   xumchalar,   tuvaksimon   idishlar,   kosa,   tovoq,
xumlar,   ko’zalar   singari   buyumlar   bo’lib,   ular   tez   aylanadigan   charxda   bejirim,
puxta ishlangan va maxsus xumdonlarda sifatli qilib pishirilgan. 33
Jarqo’ton qabristonlari bir necha tepaliklar ustini ishg’ol qilgan va qariyb 20
gektar  joyni  egallagan. 34
  Bu  nekropol  1973  yildan boshlab  o’rganilib kelinmoqda
va   hozirgacha   1500   dan   ko’proq   mozorlar   ochib   o’rganilgan.   Tashqi   tomondan
kuzatishlarga   qaraganda,   nekropolda   qariyb   10   mingdan   ziyod   qabrlar   bor.
Shaharcha   va   qabristonda   topilgan   manbalar   muayyan   bir   davrga   doir.   Qabrlar
asosan   lahadli   go’r   (katakomba   shaklida)   kovlangan.   Qabristonda   dafnlar   Sopolli
madaniyatining   (mil.   avv.   XV-XIV   asrlar)   Jarqo’ton   bosqichidan   boshlangan.
Dastlab Jarqo’tonda o’lganlarni o’zi yashaydigan uy devorlari va poli tagiga dafn
qilishgan   (Jarqo’ton-I).   Keyinchalik   jamoa   qabristoni   vujudga   kelgan   (Jarqo’ton-
II). Bu nekropoldan shahar tarixining barcha davrlarida foydalanilgan.
Dastlab  alohida  «tepalik»lar   joyida kichik  oilalardan tashkil  topgan  binolar
kompleksi   vujudga   kelib,   keyinchalik   ular   mag’zida   katta   kvartal   komplekslari
tashkil   topib,   shahar   tobora   kengayib   borgan.   Jarqo’ton   bir   necha   arxitektura
qurilish   kompleksidan   iborat   bo’lib,   uning   tarkibida   monumental   binolar,   oddiy
kishilarga tegishli uy-joylar, hunarmandlar maydoni, nekropoldan iborat ilk shahar
edi.
Jarqo’ton   hududi   bo’ylab   o’tkazilgan   kuzatish   qazishmalari   tufayli   uning
stratigrafiyasi   bo’yicha  ham   zarur  ma’lumotlar  to’plandi.  Shu  maqsadda  19  shurf
qazilib ko’rildi, natijada Jarqo’tonning yashash davrlari aniqlandi. 
33
 Абдуллаев Б.Н. Классификация керамики Джаркутана // ОНУ, т., 1978, №4.
34
 Аскаров А., Абдуллаев Б. Джуракутан (К проблеме протогордской цивилизации на юге Узбекистана). –Т.:
«Фан», 1983, 8-б.
36 Ma’lumki,   Sopollitepa   materiallari   ikki   qurilish   bosqichiga   ega   bo’lgan
holda   u   bir   xil   material   bergan   edi.   Bu   yodgorlikning   uchinchi   –   yuqori   qurilish
qatlamida   esa   materiallarda   ba’zi   o’zgarishlar   yuz   berdi.   Sopollitepaning   yuqori
qatlamiga doir bu yangi o’zgarishlar Jarqo’ton yodgorligining quyi (pastki) qatlami
materiallari   bilan   aynan   o’xshash   edi.   Shuning   uchun   Sopollitepadagi   ikkita   quyi
qatlam «Sopolli» bosqichi, uning yuqori qatlami va Jarqo’tonning quyi qatlami esa
«Jarqo’ton» bosqichi deb qabul qilingan. Shunday qilib, Janubiy O’zbekistonning
bronza   davriga   oid   yodgorliklar   xronologik   davriy   sistemasi   ishlab   chiqildi. 35
Shuningdek,   A.Asqarov   B.Abdullayev   va   V.I.Ionesov   bilan   birgalikda   Jarqo’ton
nekropolidagi mozorlarni o’rganib, xronologik davrlarga bo’ldilar. 36
Jarqo’ton   shahar   xarobasining   qurilishi   harakatda   bo’lgan   davrlari   3
bosqichga   bo’linib,   ular   birin-ketin   keladigan   –   Jarqo’ton,   Ko’zali,   Mo’loli
bosqichlari deb ataladigan bo’ldi. Aholi avval  Jarqo’ton bosqichida  paydo bo’lib,
keyinchalik Ko’zali va Mo’loli davrlarida esa shahar to’la o’zlashtirilgan. Ko’zali
davrida   esa   shaharchaning   markaziy   qismi   ham   to’la   o’zlashtirilgan.   Inson
jamoalari   tomonidan   Jarqo’ton   massivini   o’zlashtirish   Namozgoh   VI   bronza
davridagi  Oltintepa, Namozgoh, Ulug’tepa, Anov, Gissartepa, Shoxtepa, Shahri  –
Soxta, Mundigak singari yodgorliklardan o’zining o’zlashtirilishi bilan farq qiladi.
Yuqorida   zikr   etilgan   yodgorliklarning   ayrimlarida   madaniy   qatlam   30   metr
balandlikni   tashkil   qilgan   holda,   Jarqo’tonda   bu   manzara   boshqacharoq,   ya’ni
shahar markazi atrofi doimiy ravishda kengayib boradi. 
Shunday   qilib,   Jarqo’ton   shahar   qal’asining   shakllanishi   bu   yerda   ibtidoiy
jamoalar   ijtimoiy-iqtisodiy   hayotida   chuqur   o’zgarishlar   sodir   bo’lganligini
ko’rsatdi. Masalan, ark qal’a mustaqil ravishda devorlar bilan o’rab olingan, uning
g’arbiy   qismida   saroy   joylashgan,   uning   o’rta   qismida   esa   yashash   turar   joylar
kompleksi   shakllangan   holda,   ular   ko’chalar   bilan   tutashtirilgan.   Jarqo’tonda
«ark»,   ibodatxona,   uy-joy   kvartallari   shakllanib,   ular   kelajakda   shaharning
markaziy   o’zagini   tashkil   etgan.   Shahar   arkida   saroyda   hukmdorlar   jamoasi
35
 Аскаров А. Древнеземледельческая культура…, 60-63 бб.
36
  Аскаров А., Абдуллаев Б. Джуракутан (К проблеме протогордской цивилизации на юге Узбекистана) // –
Т.: «Фан», 1983, 43-б.
37 yashagan,   ibodatxona   mafkuraviy   diniy   markaz   bo’lgan.   Demak,   Jarqo’ton
topilmalari   muhim   tarixiy   burilish   bo’lgan   manzarani,   ya’ni   ibtidioy   jamiyat
tuzumining tugab borishi va sinfiy jamiyat tuzumining vujudga kelishi jarayonidan
dalolat beradi.
Shuni   aytish   lozimki,   O’rta   Osiyoda   Namozgoh   V   davriga   oid   Oltintepa,
Namozgohtepa,   Ulug’tepa   va   keyinchalik   Jarqo’ton,   avvalo,   ular   o’z   tarkibiga
qishloq   okruglarini   tortgan.   Shaharlar   o’zining   rivojlangan   bosqichiga   kelib,
jamiyatning   ijtimoiy   strukturasi   ham   takomillashib   borgan   sari   jamiyatda
sigmentizasiya   jarayoni   sodir   bo’lib,   xavfsizlikni   ta’minlash   maqsadida   mudofaa
devorlari   bilan   o’rab   olingan.   Shahar   hududi   tobora   toraya   borishi,   oziq-ovqat
mahsulotlariga   bo’lgan   talabning   orta   borishi,   ayrim   patriarxal   oilalarning   shahar
tashqarisidan   qo’nim   topishiga   olib   kelgan.   Shu   tarzda   shahar   atrofida   kichik-
kichik dala hovlilaridan qolgan tepaliklar hosil bo’lgan, ulardan vohada qishloqlar
tashkil   topib,   atroflari   devorlar   bilan   o’ralgan.   Aynan   shunday   «hodisa»
Namozgohtepada,  keyinchalik  Jarqo’ton misolida  kuzatildi. O’rta Osiyoda  shahar
madaniyatining   shakllanish   jarayonida   ana   shunday   evolyusion   jarayonning
takrorlanishini   Namozgoh   VI,   ilk   temir   asri   (RJV   I   va   II   )   hamda   antik   davrda
kuzatish   mumkin. 37
  Aynan   shunday   evolyusion   jarayon   to   yirik   sanoat
shaharlarining paydo bo’lishiga qadar davom etgan. 38
Demak, Jarqo’ton eramizdan oldingi II ming yilliklarning ikkinchi yarmiga
mansub yirik shahar markazlaridan biridir. Jarqo’tonda ilk shaharlarga xos bo’lgan
barcha   belgilar   mavjud.   Jumladan,   bu   yerda   qal’a,   ichki   shahar,   mudofaa   devori,
saroy, ibodatxona, kulolchilik markazlari, nekropol  va boshqalar  taqdim qilingan.
Bu   ilk   shahar   asosan   yuqori   rivojlangan   sug’orma   dehqonchilik   negizidan   kelib
chiqqan   madaniyat   va   iqtisodiyotning   mahsuli   sifatida   vujudga   keldi.   Ammo
Baqtriya   va   Marg’iyona   hududlarida   bronza   davrida   ilk   shaharlarning   tashkil
37
  Пилипко В.А. Ранний железный век Средней Азии и Индии // ТД членов советской делегации на первом
советско-индийском   симпозиуме.   –Ашхабад,   1984,   22-б.;   Пугаченкова   Г.А.,   Ртвеладзе   Э.В.   Северная
Бактрия – Тахаристон // –Т.: «Фан», 1990, 63-65 бб.
38
 Аскаров А., Ширинов Т. Ранняя городская культура…, 144-б.
38 topganligi haqida bu jarayonning kechganligiga asossiz gumonsirab qarashlar ham
fanda yo’q emas.
Jarqo’tonda O’zbekiston xalqlari tarixidagi eng qadimgi 3 gektarlik mudofaa
devori   bilan   o’rab   olingan   qal’a,   ancha   mustahkam   qilib   qurilgan   saroy   va
ibodatxona ochilib o’rganildi. Moddiy madaniyat manbalarga ko’ra shahar aholisi
uchta   ijtimoiy   tabaqadan   iborat   bo’lgan:   1)   aslzodalar   –   hokimlar,   kohinlar,
oqsoqollar;   2)   erkin,   oddiy   shaharliklar   –   dehqonlar,   hunarmandlar,   askarlar,
savdogarlar, xizmatchilar; 3) huquqsizlar – oila «qullari» va boshqalar. Bu omillar
bu yerda ibtidoiy jimiyat yuksalib, ilk sinfiy jamiyat darajasiga ko’tarilganligidan
dalolatdir   (33).   O’z   navbatida   ilk   shaharlar   qadimgi   Sharqdagi   «nom»lari   kabi
kichik-kichik   davlatchalarning   siyosiy,   iqtisodiy,   diniy   markazi   sifatida
shakllangan va faoliyat  ko’rsatgan. Aslida ilk shaharlarning tashkil  topishi, sinfiy
jamiyat   va   davlatchilik   madaniyatining   shakllanish   dialektik   uyg’unligidagi
jarayondir.   Insoniyat   ruhiy   madaniyatining   rivoji   ham   ushbu   jarayon   bilan
bog’liqdir. Jarqo’ton ibodatxonasi mil. avv. II ming yillikning ikkinchi yarmida ilk
zardushtiy dinining shakllanayotganidan dalolat beradi. 39
Shunday qilib, Jarqo’tonda ark, ibodatxona va jamoa yashaydigan kvartallar
aniq   reja   asosida   taqdim   qilingan.   Bu   yerdagi   sodir   bo’lgan   shahar   taraqqiyot
evolyusiyasi   sharq   klassik   shaharlashish   jarayonini   eslatib,   bu   komplekslar
keyinchalk shaharning ajralmas tarkibiy qismini tashkil qilgan.
Bularning   barchasi   Jarqo’ton   aholisi   yashagan   jamiyat   negizida   esa   sinfiy
jamiyatning shakllanish evolyusion dinamikasi jarayonidan dalolat beradi.
Xullas,   Jarqo’ton   yodgorligi   Baqtriya   xalqlari   tarixining   boy   xazinasi
ekanligi isbotlandi.
III   BOB.   SURXONDARYO   HUDUDI   JAMOALARINING   SO’NGGI
BRONZA DAVRI MODDIY MADANIYATI
3.1.  Mo’loli .
Shimoliy   Baqtriya   muzofotlarida   tashkil   topgan   ilk   shaharlar   tarixini
o’rganishda   Mo’loli   (balki   Mo’lali,   ya’ni   mo’la   –   burj   ma’nosini   anglatadi)
39
 Аскаров А., Ширинов Т. Ранняя городская культура…, 144-б.
39 qishlog’i va unga tegishli  qabristondan topilgan arxeologik kompleks qiziqarli  va
ahamiyatlidir. 
1970   yilda   O’zbekiston   san’atshunoslik   ekspedisiyasi   G.A.Pugachenkova
rahbarligidagi otryadi Mo’loli xarobasi va uning bilan bog’liq qabristonni Sho’rchi
tumanidagi   Qizilsoy   qirg’og’ida   aniqladilar   (B.Turg’unov).   Bu   yerdagi   dastlabki
tadqiqot   ishlarini   otryad   ilmiy   xodimlaridan   T.V.Belyayeva   va   Z.A.Hakimovlar
boshlab   bergan   edi. 40
  Bu   atrofda   dastlab   T.V.Belyayeva   7   ta   qabrni   o’rganib,
to’plangan   kompleksi   esa   Namozgoh   VI   davriga   tegishli   ekanligini   aniqladi.
Aynan   shunday   materiallar   Mo’lali   qishlog’idan   ham   topilgan   edi.   Dala   qidiruv
ishlari   natijasida   ma’lum   bo’ldiki,   qabristondan   2   km   shimoli-sharqda   Mo’loli
xarobasi   joylashgan   bo’lib,   uning   egallab   yotgan   maydoni   taxminan   9   ga   dan
iborat. 41
 Qazish va kuzatish ishlari tufayli ma’lum bo’ldiki, Mo’lali atrofi devor va
suv to’ldirilgan xandak bilan o’rab olingan. 
Mo’loli   xarobasidan   topilgan   ashyolardan   kulolchilik   mahsulotlari   alohida
ajralib turadi, sopol buyumlar charxda puxta ishlab chiqilgan va sifatli pishirilgan.
Idishlarning sirti  oqchil, qizg’ich, qora-qizil  sirlar  bilan ranglangan. Bular  bronza
davrining   so’nggi   bosqichlariga   xos   turli-tuman   va   shakl-shamoildagi   sopol
idishlardan iborat bo’lib, nihoyatda jarangdor va sifatlidir. Bu hodisalarni kuzatgan
A.S.Sagdullayev Mo’loli sopol kompleksi Sopolli va ilk Jarqo’tondan bir muncha
so’nggi davrlarga xosligini e’tirof qiladi. Masalan, Sopolliga xos 35 va Jarqo’tonda
mavjud bo’lgan 24 tipdagi sopollardan biron bir tipi Mo’lolidan topilgan emas. 42
Mo’loli   qabristonini   o’rgangan   A.Asqarov   qiziqarli   ma’lumotlarni   qo’lga
kiritdi. Bu qabriston Mo’loli qishlog’idan 1 km janubi-g’arbda joylashgan. Qabrlar
yer   sathidan   2   metr   pastki   gorizontda   joylashgan.   Dafn   qilinganlar   asosan   oyoq-
qo’llari bukilgan, g’ujanak holatda ko’milgan. To’g’ri, ayrim qabrlarda (№7) jasad
uzunasiga ham yotqizib dafn qilish holatlari uchratilgan.
40
  Пугаченкова Г.А. Археологическое исследования Узбекистанской исскуствоведческой экспедиции // АО,
1970   г.   –М.:   «Наука»,   1972,   47-49   бб.;   Беляева   Т.В.,   Хакимов   З.А.   Древнебактрийские   памятники
Миргиаде // В кн.: Из истории античной культуры Узбекистана. –Т., 1972, 32-40 бб.
41
 Сагдуллаев А.С. Древнеземледельческая поссления предгорий Байсунтау // История и археология Средней
Азии. –Ашхабад: «Ылым», 1978, 4, 8.
42
  Сагдуллаев   А.С.   К   изучению   поселения   Мулали   //   В   кн.:   Краеведение   Сурхандарьи.   –Т.:   «Узбекистан»,
1989, 13-б.
40 Mo’loli qabristonidan topilgan kompleks asosan ishlab chiqarish buyumlari,
turmush va san’at asarlaridan iborat bo’lib, uning tarkibida kulolchilik buyumlari,
mehnat qurollari, yasan-tusan taqinchoqlari hamda turli-tuman bezaklardan iborat.
Jumladan,   Mo’loli   kompleksida   jezdan   yasalgan   ramziy,   har   xil   shakldagi
pichoqlar   seriyasi   bor   bo’lib,   bu   buyumlar   A.Asqarovning   fikriga   qaraganda
ramziy  ashyolar   bo’lib,  marhumlar   bilan  qo’yish  maqsadida  yasalgan. 43
  Yuqorida
so’z yuritganimizdek, Mo’loli yodgorligining eng muhim xususiyatini anglatuvchi
topilmalardan   puxta   va   sifatli   ishlangan   sopol   buyumlar   hisoblanib,   ular
hashamdor   oshxona   idishlaridan   iborat,   ularinng   98   %   tez   aylanadigan   charxda
ishlab   chiqarilgan.   Sopol   idishlarga   har   xil   sir   berishdan   tashqari   ularning
ayrimlarida chiziqli naqshlar ham uchraydi.
Xullas, qabristondan topilgan, ayniqsa, sopol buyumlar Sherobod vohasidagi
Jarqo’ton   ilk   shahri   arxeologik   kompleksiga   o’xshashdir. 44
  A.Asqarovning
xulosasiga   ko’ra   Mo’loli   qabristoni   kompleksi   sopolli   madaniyatining   so’nggi
bosqichiga mansub bo’lib, mil. avv. 1350-1000 yillar bilan sanalangan. 45
Xullas,   Mo’loli   xarobasi   va   qabristoni   Sherobod   vohasidagi   yirik   markaz
qishloqlardan biri bo’lib, bu kompleksda ilk shaharga xos muayyan elementlarning
mavjudligi   u   Baqtriya   hududlarida   tashkil   topgan   ilk   shaharlar   xususiyatlarini
o’rganishda qimmatli manbadir.
Metallning   dastlab   misning   kashf   qilinishi,   undan   turli-tuman   mehnat
qurollari   yaratilishining   muayyan   darajada   ishlab   chiqarish   unumdorligini   oshirdi
va   qurilish   binokorlik   rivojlanib,   uning   markazlari   sifatida   yirik   aholi   puktlari
shakllana   boshladi.   Tarixiy   taraqqiyotning   eneolit   davrida   sodir   bo’lgan   bu
o’zgarishlar   tufayli   madaniy-xo’jalik   markazlari   tashkil   topib,   urbonik
sivilizasiyaning muhim elementlari namoyon bo’ldi.
Bronza   davrida   urug’   va   qabila   oqsoqollari   bir   vaqtning   o’zida   ikki
hokimiyatni   (ya’ni   diniy   va   dunyoviy)   o’z   qo’llariga   olib   ulgurgan   edilar.
Qazishma   ishlari   davomida   mavzoley   xonalaridan   topilgan   xilma-xil   ashyoviy
43
 Аскаров А. Древнеземледельческая культура…, 102-б.
44
 Аскаров А. Древнеземледельческая культура…, 9-б.
45
 Аскаров А. Древнеземледельческая культура…, 105-б.
41 dalillar  bundan dalolat beradi. Jumladan,  mehrobxonada bo’ri  va ho’kizning oltin
boshlarining topilishi va bu obyektlarning kohinlar faoliyati bilan bog’liq ekanligi
to’liq   isbotlaydi.   Bunday   misollar   Qadimgi   Sharq   arxeologiyasida   bisyor   taqdim
qilingan.   Arxeolog   olim   A.Asqarovning   bergan   ilmiy   xulosalariga   qaraganda
Mesapotomiyaning Ur (mil. avv. III minginchi yillarning o’rtalari) davrida ho’kiz
kallasini   oltindan,   kumushdan   va   bronzadan   yasash   keng   tus   olgan.   Xususan,
shumerliklar   oy   xudosi   Naina   –   Sinni   oltin   boshli   ho’kiz   obrazida   tasvirlaganlar.
Uni esa qimmatbaho toshlar bilan bezaganlar. Qadimgi Misrda ham oltin, kumush
va   lojuvardga   e’tiqod   yuqori   bo’lgan.   Ulardan   xudo   Ra   haqidagi   afsonalarning
birida   aytilishicha,   quyosh   xudosi   Ra   bir   necha   ming   yillar   Misrda   podsholik
qilgan   ekan.   U   keksaygach,   suyaklari   kumushga,   go’shtlari   oltinga,   sochlari   esa
lojuvardga   aylangan   ekan.   Oltindan   va   kumushdan   ishlangan   ho’kiz   boshlari
Qadimgi   Sharq   yodgorliklarida   (yuqori   satrlarda   bu   haqda   gapirildi),   jumladan,
Mesapotomiyada,   Misrda   ibodatxonalar   (zikkurat)   bilan   bog’liq   bo’lgan   joylarda
uchraydi 46
.   Qo’shimcha   yana   shuni   hikoya   tarzida   ma’lum   qilamizki,
shumerliklarda   Ur   podsholigining   himoyachisi   oy   xudosi   Naina   bo’lib,   unga   Ur
shahrida maxsus muqaddas kvartal ajratgan ekan. Shu kvartalda esa Mesapotomiya
Zikkurati   joylashgan.   Ushbu   kvartal   poydevoriga   qo’yilgan   toshdagi   yozuvda
«Ushbu   Etemeningur   ibodatxonasi   Enlilning   bahodir   o’g’illaridan   biri,   mard
o’g’lon   Ur   podshosi   –   hukmdor   Urnamma   tomonidan   qudratli   osmon   ho’kizi
uchun qurdirilgan», degan so’zlar qayd qilingan 47
.
O’zining   kelib   chiqishi   bilan   Shumer   ibodatxonalarini   eslatuvchi   Oltintepa
Zikkurati   va   uning   yonida   unga   tegishli   monolit   ansambl   komplekslarining   oltin
boshli   buqa   va   bo’ri   singari   topilmalar   bilan   birga   ochilishi,   bu   joy,   albatta,
qadimgi   ilk   shahar   ideologiya   markazi   ekanligidan   dalolat   beradi.   Ideologiya
markazining   shakllanishi   shahar,   ya’ni   urbanizasiya   sivilizasiyasining   muhim
elementi hisoblanadi.
46
  Аскаров А.,  Проблемы становления раннегородской культуры на юге Узбекистана и ее связи с 
Индостаном // Древние культуры Средней Азии, Л., 1984. с.  155
47
  Аскаров А., Жўрақулов М.,  Энеолит ва бронза даврида Ўрта Осиё // Самарқанд, 1984,  с. 155
42 Mamlakatimizning   janubiy   viloyati   bo’lgan   Surxondaryo   sarhadlari
insoniyat tarixining barcha taraqqiyot bosqichlariga doir yodgorliklarga nihoyatda
serob   o’lkalardan   biridir.   Bu   yerda   qadimgi   paleolit,   mezolit   va   neolit   davrlariga
mansub qator yodgorliklar topilib  o’rganilganligi fanda ma’lum .
Keyingi   yillarda   Qadimgi   Baqtriya   arxeologiyasi   sohasida   yana   yirik
kashfiyotlar qilindi. Shulardan biri – Janubiy O’zbekiston va Shimoliy Afg’oniston
hududlarida   Qadimgi   Sharq   sivilizasyasining   yangi   o’chog’i   –   ochilishi   bilan
bog’liqdir.   Bronza   davri   Qadimgi   Sharq   sivilizasiyasining   Baqtriya   markazi
madaniyat   yutuqlarini   jahon   ilmiy   jamoatchiligiga   yetkazishda   A.Asqarov   va
V.I.Sarianidining xizmati katta bo’ldi.
1969 yili V.I.Sarianidi sobiq sovet-afg’on arxeologik ekspedisiyasi tarkibida
qariyb   10   yil   davomida   Shimoily   Afg’onistonda   keng   dala   tadqiqot   ishlari   olib
borib,   30   dan   ortiq   bronza   davri   yodgorliklarini   o’rgandi.   Ana   shular   orasida
V.I.Sarianidining   Dashtli   vohasi   yodgorliklarida   olib   borgan   ilmiy   ishlari   yakuni
alohida diqqatga sazovordir. 
Tashabbuskor   olim   A.Asqarov   qadimgi   Baqtriya   bronza   davri
sivilizasiyasini   o’rganish   ishini   V.I.Sarianidi   bilan   bir   vaqtning   o’zida   Janubiy
O’zbekistonda   boshladi.   Bu   olim   Sopollitepa,   Jarqo’ton,   Bo’ston   kabi
yodgorliklarda   keng   arxeologik   qazish   ishlari   o’tkazib,   O’zbekistonning   janubiy
muzofotlari   mil.   avv.   II   minginchi   yillikda   qadimgi   Sharq   sivilizasiyasi   bilan   bir
vaqtda   muvoziy   rivojlanishda   bo’lganligini   isbotlagan   holda   Janubiy   O’zbekiston
Qadimgi Baqtriya sivilizasiyasining yangi o’chog’i ekanligini kashf qilib berdi.
Qadimgi   Batriyaning   Sopollitepa   va   Dashli   tipidagi   yodgorliklarida   olib
borilgan   arxeologik   ilmiy   tadqiqot   natijalariga   qaraganda,   bu   o’lkaning   bronza
davri   sivilizasiyasining   shakllanishida   nafaqat   Qadimgi   Sharq,   shuningdek,
Janubiy   Turkmaniston   dehqon   jamoalarining   ham   muayyan   madaniy   ta’siri
bo’lgan.
Arxeologik   manbalarga   ko’ra   qadimgi   dehqon   jamoalari   Baqtriya
muzofotlariga   bevosita   Murg’ob   vohasidan   kirib   kelgan.   Murg’oblik   dehqonlar
Janubiy   O’zbekistonda   avval   Sherobod   cho’lini   o’zlashtirdilar.   Ularning   birinchi
43 qarorgohi   Ulanbuloqsoy   suvi   bazasida   tashkil   topgan   Sopollitepa   bo’ldi.
Sopollitepaliklar keyinchalik asta-sekin Ko’hitong va Boysun tog’ etaklari bo’ylab
shimoliy   sharq   tomon   siljidilar.   Natijada   Sherobod   daryosining   quyi   havzasi
tarmoqlari bo’ylab, qadimgi dehqonlarning yangidan yangi qishloqlari qad ko’tara
boshladi.   Ana   shunday   qishloqlarning   katta   bir   guruhi   Sherobod   daryosining
qadimgi irmog’i Bustonsoy sohillarida, uning Jarqo’ton punktida shakllanganligini
ko’ramiz.   Keyinchalik   qadimgi   dehqonlar   yangidan   yangi   hosildor   va   sersuv
yerlarni   qidirib,   Bandixonsoy,   Xo’jaipak,   Sangardak   daryolarining   quyi
havzalariga, undan Regar  va Nurek tumanlarigacha borib yetdilar. Shunday qilib,
mil.   avv.   II   minginchi   yillik   davomida   Namozgoh   madaniyati   merosxo’rlarining
Shimoliy   Baqtriya   yerlarida   qator   qishloqlari   qad   ko’tardi,   dehqonchilik
mikrovohalari tashkil topdi.
Qadimgi   dehqonlar   atrofi   devorlar   bilan   o’rab   olingan   qishloqlarda
yashaganlar, ular suvli soylar bo’ylarida qo’nim topgan. Sug’orma dehqonchilikda
ularning   suvlaridan   foydalanganlar.   Mahalliy   sug’orish   tajribasidan   kanallar   va
ariq chiqarish katta ahamiyatga ega bo’lgan.
Surxandaryo   issiq   iqlimli   o’lka   bo’lib,   shimol,   shimoliy   g’arb   va   sharqda
Hisor,   Ko’hitog’,   Bobotog’,   janubda   Amudaryo   bilan   chegaralangan.   Qadimgi
sug’orish yerlari tog’ tizimlariga yaqin joylashgan edi.
Qadimgi   Baqtriya   sivilizasiyasining   Janubiy   O’zbekistondagi   markazlari
bo’lgan   Sopollitepa   va   Jarqo’ton   misolida   ko’rib   chiqsak,   bu   mintaqada   urbonik
madaniyat haqida muayyan tasavvurga ega bo’lamiz.
Sopollitepa   yodgorligi   1969-1974   yillarda   A.Asqarov   tomonidan   batafsil
o’rganilgandi va muhim ilmiy natijalarga erishildi. Arxeologik qazishmalar tufayli
yodgorlik   to’la   ochildi.   Makonning   turar-joy   komplekslari,   qadimgi   qishloqni
o’rab   olgan  mudofaa   sistemasi   va  qishloq   doirasida   joylashgan   jamoa   xilxonalari
qunt   bilan   o’rganildi.   Natijada   uning   tarixiy   topografiyasi   va   strarigrafiya   davriy
sistemasi aniqlandi. 
Sopollitepa   4   gektardan   iboat   maydonni   egallagan   holda   uning   markaziy
qismida   to’rtburchak   shakldagi   istehkom   qazib   ochildi.   Uning   hamma   tomoni   82
44 metrdan iborat. Ichida  turar joylar, ro’zg’or va xo’jalik xonalari, hunarmandchilik
ustaxonalari   inshootlari   topildi.   Makon   tepaligida   markazning   to’la   ochilishi
tufayli   uning   rejalashtirilishi,   atrofi   uch   qator   devorlar   bilan   o’rab   olinganligi
aniqlandi (Asqarov A.A., 1973, 13).
Sopollitepa   ko’p   qatlamli   yodgorlik.Uning   madaniy   qatlamining   qalinligi
ba’zi   uchastkalarida   3   metrni   tashkil   qiladi.   Makondan   topilgan   arxeologik
manbalar   kompleksi   mil.   avv.   XVII-XV   asrlarga   oid   ekanligi   aniqlangan.
Sopollitepada olib borilgan stratigrafik qazishmalar yodgorilikning uchta madaniy
qatlam bilan bog’liq ekanligini ko’rsatdi. Birinchi qurilish davriga oid qatlamdagi
uylarda 30 ta kichik oila, ikkinchi davr uylarida 61 ta oila, uchinchi davr uylarida
esa   47   ta  oila   yashaganligi   ma’lum   bo’ldi.   Bu   manzara  qishloqning   peshma-pesh
kengayib   borishini   ko’rsatadi.   A.Asqarovning   fikricha,   umuman,   Sopollitepadagi
o’troq   qishloq   aholisi   155-315   kishidan   iborat   bo’lishi   mumkin.   Katta   patriarxal
oila   a’zolari   yakka   uylarda   yashagan.   Sopollitepa   qishlog’i   8   ta   kvartal   uy-
joylaridan iborat bo’lgan.
Jarqo’ton yodgorligini o’rganish so’nggi bronza davrini bir necha taraqqiyot
bosqichlariga   bo’lib   o’rganish   imkoniyatini   berdi.   Bu   yodgorlik   Sopollitepada
kuzatilgan   uch   bosqichga   oid   qurilish   bosqichlarining   xronologik   davriy
sistemasini   ishlab   chiqishga   asos   bo’ldi.   Natijada   Sopollitepa   manbalarini   ikki
xronologik   bosqichga   bo’lib   o’rganish   imkoniyati   tug’ildi.   Sopollitepaning   quyi
(pastki)   ikki   qurilish   etapi   asosan   bir   xil   material   berdi,   yuqori   uchinchi   qurilish
bosqichida   esa   arxeologik   materiallarda   ba’zi   bir   o’zgarishlar   yuz   bergan   holda,
Sopollitepaning   yuqori   qatlamiga   doir   bu   yangi   o’zgarishlar   Jarqo’ton
yodgorligining quyi qatlami materiallari bilan aynan o’xshash edi. Shuning uchun
Sopollitepadagi   ikkita   quyi   qatlam   «Sopolli»   etapi,   uning   yuqori   qatlami   va
Jarqo’tonning quyi qatlami esa «Jarqo’ton» etapi deb yuritiladigan bo’ldi (Asqarov
A.A.,   1977,   90-100).   Shunday   qilib,   Janubiy   O’zbekiston   bronza   davriga   oid
yodgorliklarning xronologik davriy sistemasi ham ishlab chiqila boshlandi.
Sopollitepa birgina Janubiy O’zbekiston miqyosida emas, balki butun O’rta
Osiyo va unga tutash viloyatlar miqyosida ham kam uchraydigan nodir arxeologik
45 xazina   bo’lib   chiqdi.   Sopollitepa   arxeolog   –   olimlar   qo’liga   yodgorliklar
kompleksini berdi, ya’ni makonda 150 dan ortiq 8 ta kvartallarga bo’lingan uy-joy
qoldiqlari   va   138   ta   mozor   komplekslari   o’rganildi.   Sopollitepada   binokorlik,
hunarmandchilik   va   iqtisodiy   munosabatlar   ancha   rivoj   topgan.   Urug’
xilxonalarining   alohida   uchastkalarida   dafn   qilish   odatlari   tashkil   topa   boshlash
jarayoni   Jarqo’ton   davriga   kelib,   odat   tusiga   kirib   boradi.   Sopollitepa   mozorlari
yaxshi   saqlangan.   Ko’pgina   mozorlarda   hamon   qabr   bo’shlig’i   saqlangan.
Mozorlar topilmalarga boy. Masalan, bir qabrda 2-3 tadan to 50 tagacha predmetlar
uchraydi. Bu topilmalarning aksariyati  xilma-xil  sopol  idishlardan iboratdir. Dafn
odatlari ham o’ziga xos qiziq. Qabrga erkaklar o’ng, ayollar esa chap biqini bilan
yotqizilib,   oyoq-qo’llari   bukilgan,   ya’ni   g’o’janak   holda   dafn   qilingan.   Bolalar
mozorida   inventorlar   kam,   o’smirlar   qabrida   idishlar   soni   5-6   va   ba’zilarida   10
tadan   ortiq   uchraydi.   Balog’at   yoshidagi   o’rta   va   keksa   yoshli   odam   mozorlarida
qabr   inventori   ko’proq.   Erkaklar   qabrida   o’rtacha   10-15   tadan,   ayollar   mozorida
esa undan ham ortiqroq buyumlar uchraydi (Asqarov A.A., 1977, 38). Mozorlarda
bronzadan   ishlangan   turli   xil   taqinchoqlar,   ishlab   chiqarish   mehnat   qurollari,   har
xil   ro’zg’or   asboblari,   jez   oynalar,   igna,   bigizlar   va   boshqa   narsalar   qo’yilgan.
Mozorlarga   qo’yilgan   inventor   tarkibiga   qarab,   bu   «duradgor   usta»   mozori,   bu
«to’qimachi»   mozori,   bu  «kulol»   mozori,   bu  «podachi»   mozori,  bu   «ovchi»  yoki
«jangchi»   mozori,   bu   «urug’   oqsoqoli»ning   mozori,   deb   ta’riflash   mumkin.
Umuman  qaralganda,   qabrlarning   hammasi   uy-joylar   devorlari   tagida   joylashgan.
Sopollitepada   138   ta   qabr   ochib   tekshirildi.   Ularning   125   tasiga   yakka   jasad,   13
tasi esa kollektivli go’rlardan iborat. O’liklar sopol idishlar, qurol-yarog’lar va zeb-
ziynat buyumlari bilan birga dafn qilingan. Jami bo’lib erkaklar qabrlaridan 104 ta
bronza buyum – xalqalar, bilaguzuklar, jez oynalar va har xil munchoqlar topilgan.
Moddiy   madaniyat   Sopollitepada   metallchilik   yuksak   darajada   rivojlanganligidan
dalolat   beradi.   Bronzadan   xanjarlar,   o’q   uchlari   va   nayza   paykonlari,   pichoqlar,
boltalar,   jez   ignalar   va   idishlar   ishlab   chiqilgan.   Shunday   qilib,   Sopollitepada
bronza   metallurgiyasining   rivojlanishi   hunarmandchilik   ustaxonalarini   vujudga
keltiradi.
46 Sopollitepadan 16 mingtagacha hayvon suyaklari topildi, ularning 63 % qo’y
va   echki,   boshqalari   eshak,   cho’chqa,   tuya,   sigir,   it   va   mushuk   suyaklaridir.   Bu
manzara   dehqonchilik   bilan   chorvachilikning   yaxshi   rivojlanganligidan   guvohlik
beradi.  Sopollitepadan   bug’u,   jayron,   qulon,  yovvoyi   cho’chqa,   quyon,   o’rdak   va
boshqa   jonzotlarning   suyak   topilmalari   bu   jamoalar   turmushida   ovchilik   o’z
ahamiyatini   yo’qotmaganligini   ko’rsatadi.   Xullas,   ovchilik   odamlarning
qo’shimcha daromad hisoblangan. Masalan, bug’u suyaklari 40 %, qulon suyaklari
37   %,   cho’chqa   suyaklari   17,5   %   ni   tashkil   qiladi.   Bronza   davrida   bu   muzofot
hozirgiga nisbatan hayvonot dunyosiga ancha serob bo’lganligini ko’rsatdi.
A.Asqarovning   xulosasiga   ko’ra,   Sopollitepa   qishloq   –   qo’rg’onining   har
birida   bittadan   patriarxal   urug’   jamoasi   yashagan.   Har   bir   patriarxal   oila   esa   bir
nechta juft oilalardan tashkil topgan xo’jalik komplekslaridan iborat edi. Qishloq –
qo’rg’onining   8   ta   kvartalga   bo’linishi   sopollitepaliklarning   ishlab   chiqarish
jamoalar uyushmasi 8 urug’dan iborat ekanligini ko’rsatadi 48
. Har bir urug’ning o’z
o’t og’asi, ya’ni urug’ boshlig’i bo’lgan. Ishlab chiqarishda erkaklarning roli ustun
bo’lsa-da,   lekin   ayollarning   an’anaviy   obro’yi,   jamoadagi   mavqyei   hali   sezilarli
darajada kuchli edi. Bu masala ularning mozor komplekslari misolida o’rganilgan.
Sopollitepada   har   bir   mahalla   xilxonasida   boy   ayol   mozorlari   ochildi.   Bu
mozorlarda, albatta, bronza yoki toshdan yasalgan tumor – muhrlar topilgan bo’lib,
ular   urug’   totemlari   haqidagi   diniy   tasavvurlarning   namunasi   edi,   deydi
A.Asqarov. Bunday muhrlar esa Sopollitepada faqat ayol qabridan topilgan 49
.
Sopollitepa   qishloq-qo’rg’onida   uy-joy   komplekslari   odatda   ko’p   xonali
bo’lib,   xonalarning   har   birida,   albatta,   o’choq   va   sandal   o’rni   uchrayi.   Har   bir
xonadon o’z omoborxonasiga ham ega bo’lgan. Har bir kvartal maydonida to’g’ri
burchak   shaklida   uzun   xonalar   uchrab,   A.Asqarovning   fikricha,   bu   xonalar   o’z
planlashtirilishi   bilan   to’qimachilik   dastgohi   o’rnatiladigan   ustaxona   vazifasini
o’tagan.   Xo’jalik   omborlaridan   ba’zi   birlarining   poli   sopol   parchalari   bilan
qoplangan.   Ularning   devor   taglarida   qator   xumlar   uchraydi.   Xumlarda   ko’pincha
48
 Типы оседлых поселений бронзового века и истоки урбанизации на юге Узбекистана // Древние города. 
МВК. Ленинград, 1977,  с.13
49
 Типы оседлых поселений бронзового века и истоки урбанизации на юге Узбекистана // Древние города. 
МВК. Ленинград, 1977,  с. 75-78
47 hayvon   suyaklari   va   g’alla   qoldiqlari   topilganiga   qaraganda,   ulardan   oziq-ovqat
mahsulotlari saqlash uchun foydalanilgan.
Sopollitepa mudofaa inshootlari va uy-joylari faqat xom g’ishtdan qurilgan,
paxsa   qurilmalari   uchratilmaydi.  Xona   devorlari   bir  necha   bor   somonli   loy  bilan,
poli esa albastr aralashtirilgan loy bilan suvalgan.
Sopollitepaning   har   bir   kvartali   maydonida   2-3   yoki   undan   ortiq   sopol
xumdonlar   uchraydi.   Ular   doira   shaklidagi   o’rasifat   xumdonlar   bo’lib,
A.Asqarovning   fikricha,   bularni   qo’sh   kamerali   xumdonlar   va   ikki   yarusli
xumdonlarga   bo’lish   mumkin.   Non   masalalari   qadimdan   e’tiborli   soha   bo’lgan.
Sopollitepa   uy-joy   xo’jalik   komplekslar   doirasida   non   pishiradigan   maxsus
tandirlarning   ochilishi,   non   tarixining   juda   qadimga   borib   taqalishini   ko’rsatadi.
Neolit   davri   kishilari   donni   oddiy   tosh   (sandonlarda)   yorg’uchoqlarda   maydalab,
undan ko’mach tarzidagi non ozuqasi sifatida foydalanganligi ma’lum. Lekin hali
tandirda   non   pishirishni   ular   bilmas   edi   va   tandirning   o’zi   ham   kishf   qilinmagan
edi.   Demak,   kishilar   bronza   davrida   tandirni   kashf   qilishib,   unda   haqiqiy   nonni
pishirishni   yo’lga   qo’yib,   ro’zg’or   tebratganlar.   Bu   ham   kishfiyot   sifatida
sivilizasiyaning muhim elementlaridan edi.
Sopollitepa   arxeologik   materiallarining   asosini   xilma-xil   shakldagi
kulolchilik   charxida   ishlangan   sopol   idishlar   tashkil   etadi.   Sopollitepaliklar   sopol
buyumlar   pishirishning   ustamon   ustalari   bo’lganlar.   Topilgan   sopol   idishlar
shunchalar   jozibador,   bejirim,   bichimli,   jarangdor,   yupqa   qilib   yasalganki,   ular
sifat  jihatidan hozirgi  zamon  sopollaridan kam  farq qiladi. Bular  turli  variantdagi
oyoqli vazalar, qadahlar, jumrakli choynak va ko’zalar, xurmacha va konussimon
kosalar,   tog’ora   va   xumlar,   tarnov   jumrakli   yarim   aylana   shakldagi   kosachalar,
sopol   tag  kursisi   va   sopol   qozonlardan  iborat.  Bu   idishlarni   A.Asqarov   bir   necha
variantlarga   bo’lib   o’rgangan.   Sopollitepa   sopol   buyumlaridan   naqshlar
uchramaydi.   Idishlarning   ba’zilari,   ayniqsa,   vaza   va   qadahlarda,   xumcha   deb
nomlangan  gardishli   keng   dumaloq  ko’zalar   sirtida   lentasimon   to’q   qizg’ish   rang
chiziqlar va har xil belgilar  mavjud. Bu manzara Murg’ob vodiysi  Namozgoh VI
davri   sopolida   uchraydigan   sir   (angob)   pardozini   eslatadi.   Sopollitepa   sopol
48 idishlarining 30 dan ko’prog’ining sirtida har xil belgilar uchraydi. Bu belgilar hali
maxsus   o’rganilganicha   yo’q.   Agar   V.M.Masson   Oltintepadagi   ayol
ma’budalarining   ustida   chizilgan   belgilarni   piktografik,   ikonografik   yozuvlardan
iborat,   deb   talqin   qilgan   bo’lsa,   Sopollitepadagi   bu   belgilar   ham   eng   qadimgi
yozuvning biror bir varianti bo’lsa, ajab emas. Lekin bu belgilar haqida A.Asqarov
muayyan   bir   fikrni   bildirganicha   yo’q 50
.   Yosh   olimlar   bu   yozuv   hodisasini
kelajakda qunt bilan o’rganishsalar madaniyat tariximiz uchun ahamiyatli bo’lardi,
deb o’ylaymiz.
Sopollitepa   arxeologik   manbalarini   keng   ko’lamda   o’rganish   tufayli
akademik   A.Asqarov   muhim   qator   xulosalar   yaratdi.   Shulardan   eng   muhimlari
haqida   so’z   yuritamiz.   Avvalo,   O’zbekiston   hududida   sun’iy   sug’orishga
asoslangan   o’troq   dehqonchiligining   kelib   chiqish   tarixi   yaqin   ming   yilga
qadimiylashdi.   Janubiy   O’zbekiston,   Tojikiston   va   Shimoliy   Afg’oniston
muzofotlarining   janubiy   viloyatlarini   Qadimgi   Sharq   madaniyati   yoyilgan
mintaqaga   kiritish   imkoniyati   tug’ildi.   Sopollitepada   ipakchilik,   bog’dorchilik   va
qorako’lchilikka   doir   yangi   materiallar   qo’lga   kiritildi.   Eng   muhimi   ilk   shaharlar
haqidagi   tasavvurlarimiz   rosa   ming   yilga   qadimiylashdi.   Sopollitepa   qishloq-
qo’rg’oni   planlashtiriluvchi   natijada   O’rta   Osiyo   va   Eron   xalqlari   o’tmish
tarixining nodir yozma manbai hisoblangan «Avesto»da ta’rfilangan shaharlarning
arxeologik   isboti   qo’lga   kiritildi.   Agar   avvallari   Mavoraunnahr   hududlarida   ilk
shaharning   paydo   bo’lishi   negizlari   Eron   mintaqalaridan   qidirilgan   bo’lsa,
endilikda O’zbekiston ilk shaharlarining kelib chiqish negizi, moddiy va madaniy
asosi   mamlakatimizning   janubiy   muzofotlarida   ekanligi   isbotlandi.   Xullas,
Sopollitepa   yodgorligi   O’zbekiston   va   qo’shni   Tojikiston   xalqlari   tarixiga   boy
xazina   bo’lib   kirdi,   bu   yodgorilikda   olib   borilgan   ilmiy   tadqiqotlarning   yakuni
o’tgan   asr   70-yillarining   yirik   ilmiy   kashfiyoti   hisoblanadi.   Bu   borada
A.Asqarovning xizmati kattadir.
Yuqorida qisqacha bayon etilgan qadimgi dehqon jamoalarining xo’jalik va
madaniy   sohada   erishgan   yutuqlariga   qaraganda,   Sopolli   madaniyati   Qadimgi
50
  Asqarov   A . A .  Sopollitepa . 1973, 169,  tabl . 31
49 Sharq sivilizasiyasining ajralmas bir qismi bo’lib, mil. avv. II ming yillikda uning
o’rta Amu havzasida va Qadimgi Baqtriya yerlarida tashkil topgan yangi markazi
edi. Uy-joy qurilish arxitekturasi, Sopollitepa maydonining kvartallarga bo’linishi,
orginal   mudofaa   sistemasi   Sopolli   madaniyatining   yuksakligidan   dalolat   beradi.
Yuksak   darajada   rivojlangan   kulolchilik,   metallurgiya,   zargarlik,   to’qimachilik,
suyakni, toshni ishlash texnologiyasi esa bu madaniyat ijodkorlarining professional
tajribasidan guvohlik beradi.
Sopollitepa   qishloq-qo’rg’onining   qazishma   ishlari   yakunlangandan   so’ng
A.Asqarov   rahbarligidagi   ekspedisiya   bronza   davri   dehqon   jamoalarining   tarixini
o’rganish ishini Jarqo’tonda, Bustonsoy yodgorliklarida davom ettirildi.
Jarqo’ton   nafaqat   Baqtriyada,   balki   O’rta   Sharqdagi   bronza   davrining   yirik
yodgorligi   hisoblanadi.   Aslida   yodgorlik   1973   yilda   arxeologlar   Sh.Pidayev   va
V.Pilipkolar   tomonidan   birinchi   bor   ro’yxatga   olingan   edi 51
.   Jarqo’ton   o’zining
boshqalarga nisbatan bahaybat, yirikligi bilan ham Qadimgi Baqtriyada ilk shahar
sivilizasiyasining   poytaxt   yodgorliklaridan   sanaladi.   U   Termiz   shahridan   60   km
shimolroqdagi   Bustonsoy   irmog’i   qirg’og’ida   joylashgan.   Bustonsoy   qadimgi
vaqtlarda   Amudaryoning   irmoqlaridan   biri   bo’lgan.   Yodgorlik   katta   hududni
egallagan   holda,   maydoni   100   gektardan   ziyodroq.   U   soy   qirg’oqlari   bo’ylab
yoyilib   yotgan   mayda-mayda   do’ngliklardan   iborat   bo’lib,   uning   markaziy
qismining balandligi   8-10 metrni  tashkil   qiladi. Bu  joy  relyefini  tashqi  tomondan
kuzatilganda yodgorlik «arki» aynan ko’rinib turadi va u bu yodgorlikning markaz
qismi   bo’lib,   uning   maydoni   qariyb   3   gektarga   yaqin   joyni   egallagan.
Shaharchaning ark qismi  mudofaa devori  bilan aylantirib olingan. Arkning shakli
oval   shamoyilida.   Shaharning   atrofi   tuproq   g’aramlari   bilan   aylantirib   olingan
bo’lib,   uning   saqlangan   balandligi   1   metr,   balandligi   esa   3   metrdan   5   metrgacha
yetadi.   1987-1988   yillarda   yodgorlikda   qazishmalar   ishi   olib   borildi   va   ma’lum
bo’ldiki,   «ark»   mudofaa   devorlari   bilan   aylantirib   olingan   ekan.   Mudofaa
devorining   80   metr   uzunlikdagi   uchastkasi   ochildi.   Arkning   ichki   qismida   saroy
kompleksi   joylashgan.  Arkka kirish  darvozasi   esa  shaharchaning  janubiy  qismida
51
  Аскаров А., Абдуллаев.Б.,  Джаркутан (К проблеме протогородской цивилизации на юге Узбекистана) // 
Тошкент: «Фан», 1983. С.4
50 joylashgan.   Qazishmalar   tufayli   bu   yerda   3   ta   turarjoy   massivi   ochildi.   Ma’lum
bo’ldiki, ark bir necha turarjoy massivlaridan iborat bo’lib, ular magistral ko’chalar
bilan birlashtirilgan. Ayni vaqtda saroy kompleksi to’laligicha qazib o’rganilgan va
arkning   arxitektura   plani   aniqlanib,   u   jiddiy   kvadrat   shaklida   ekanligi
oydinlashtirildi. Uning hajmi 42x42 m 2
  maydondan iborat ekan. Tashqi devorning
qalinligi   4   metrdan   iborat   va   u   kvadrat   shaklida   qurilgan   13   ta   minora   bilan
jihozlangan   bo’lib,   ular   esa   kompleksning   burchak   qismida   joylashgan.   Ikkita
minora   yodgorlikning   darvoza   qismida   joylashgan   xolos.   Saroyning   ichki   qismi
34x34   m 2
  maydondan   iborat 52
.   Turmush   va   hunarmandchilik   binolari   ichki   devor
bo’ylab   joylashgan.   Saroyning   markaziy   qismi   bo’sh   maydondan   iborat   bo’lib,
uning   o’rtasida   faqat   katta   supa   joylashgan.   Qazishmalar   tufayli   topilgan   sopol
buyumlarga   qaraganda,   bu   saroy   Jarqo’ton   davrida,   ya’ni   mil.   avv.   II   ming
yillikning o’rtalarida qurilgan. Bu yerdan topilgan qabrlar ham shu davrga tegishli.
Mil.   avv.   X-IX   asrlarda   saroy   inqirozga   uchraydi.   Makondan   topilgan   qo’lda
yasalgan   sopol   buyumlarning   uchratilishiga   qaraganda,   muayyan   bir   davrda
Jarqo’tonda etnik jihatdan qaysi bir kelgindilar yashagan. 1983 yildagi qazishmalar
vaqtida   «6-do’nglik»   deb   atalgan   balandlikda   ibodatxona   ochilib,   uni   olimlar
ijtimoiy sig’inish joyi, ya’ni  «o’t og’asi» ibodatxonasi  deb atadilar 53
. Qizig’i  ham
shundaki,   ibodatxona   quyosh   chiqar   tomonda   joylashgan.   Makondagi   saroy
yodgorlikning   shimoliy-g’arbiy   qismida   joylashgan   holda,   ibodatxona   esa   uning
qarama-qarshi,   ya’ni   janubi   sharq   tomonida,   quyosh   chiqar   tomonda   joylashgan.
Ibodatxona kompleksi  saroydan 350 metr narida, ark tashqarisida qurilgan bo’lib,
uning atrofida jamoatchilik qo’nim topgan. Ibodatxona atrofi ochiq, dalang joydan
iborat   bo’lgan.   Aslida   Jarqo’ton   ibodatxonasi   44,5x60   metr   maydonni   egallagan
to’g’ri burchakli binodan iborat bo’lib, uning burchaklari dunyoning to’rt tomoniga
qaratilgan   va   u   eni   4,5   metrlik   qalin   devor   bilan   o’rab   olingan.   Ibodatxonaning
arxitektura   planlashtirish   strukturasi   Sopolli   madaniyatiga   xarakterlidir.   Bu   yerda
aynan   Qadimgi   Baqtriya   an’analari   kuzatilinadi.   Bundan   tashqari   ibodatxonada
52
  Ширинов.   T ., Джаркутан-ранний город эпохи бронзы юга Узбекистана // ТД регинальной конференции 
“Зоны и этапы урбанизации”. Тошкент, 1989.,  с. 104-105
53
  Asqarov   A .,  Shirinov   T ., Раняя городская культура эпохи бронзы юго Средней Азии // Самарканд. 1993.,  с. 
47
51 monolit   aylana   devor,   koridorsimon   yo’laklar,   umuman,   saroy   kompleksi
Sopolitepani   eslatadi.   A.Asqarovning   fikriga   qaraganda,   Jarqo’ton   ibodatxonasi
mil. avv. XIV asr arafasida, ya’ni Jarqo’ton bosqichida vujudga kelgan va Buston
bosqichining   Mo’loli   fazasida,   ya’ni   mil.   avv.   X   asrda   inqirozga   yuz   tutgan.
Ibodatxona   o’zining   mavjudlik   davrida   3   xronologik,   ya’ni   Jarqo’ton,   Ko’zali   va
Mo’loli bosqichlarini boshdan kechirgan. Bu davrda ibodatxonaning arxitektura –
rejalashtirish sohalarida o’zgarishlar bo’lmagan 54
. 
Uy-joy   masalasiga   kelganda   shuni   aytish   lozimki,   bu   borada   1980-1981
yillarda   katta   qazishma   ishlari   bajarildi.   Masalan,   5-do’nglikda   bir   necha
xonalardan iborat alohida uylar, alohida qurilgan yo’l, sig’inish xonasi, pol ostidan
mozorlar,   suv   hovuzi   kabilar   topilib,   ular   jamoaning   kelib   sig’inadigan   joylari
bilan   bog’liq   edi.   Kvartal   esa   devor   bilan   aylantirib   olinmagan.   Bu   kompleksni
A.Asqarov   Jarqo’ton   bosqichining   ilk   davrlarga   taalluqli   ekanligi   haqida   xulosa
beradi.
1989-1991 yillarda yana ikkita (7 va 8) do’ngliklar qazib ko’rildi va har xil
hajmdagi   binolar   ochilib,   ular   Jarqo’ton   va   Mo’loli-Buston   bosqichlariga   tegishli
ekanligi   aniqlandi.   Aslini   olganda,   bunday   do’ngliklar   Jarqo’tonda   20   dan   oshiq.
Ular turli  hajmda bo’lib, kichikrog’i 0,2 gektar, yirikrog’i  esa 1 gektar maydonni
tashkil qiladi. Bu yerda olib borilgan qazishmalar tufayli jamoalarning turli sosial
yacheykalariga doir uylar qoldiqlari o’rganildi.
Hunarmandchilik   xo’jaligini   o’rganish   borasida   ham   manbalar   to’plandi.
Ma’lum   bo’ldiki,   sharqiy   tomonda   joylashgan   (1   va   2)   do’ngliklar   aslida   sopol
pishirish  xumdonlari   joylashgan  maydon  bo’lgan  ekan.  Bu   yerda  ochilgan  to’g’ri
burchak   shaklidagi   xumdonlar,   olovdan   chiqqan   qotishmalar   bu   haqda   guvohlik
beradi. Xumdonlar bir-biriga nisbatan 15-20 metr masofada joylashgan. Bu yerda
boshqa   qurilish   inshootlarining   yo’qligiga   qaraganda,   bu   atrofda   sopolchi   ustalar
yashagan kvartal joylashgan edi.
54
  Asqarov   A .,  Shirinov   T ., Древнебактрийский храм огня в южном Узбекистане // Культура Среднего 
Востока. Градастроительство и архитектуры. –Тошкент: «Фан», 1989.
,  с.   7-24
52 Jarqo’tonning nekropoli haqida so’z yuritadigan bo’lsak, avvalo shuni aytish
lozimki, aslida shaharcha atrofi suv to’ldirilgan chuqur va keng ariqlar bilan o’rab
olingan edi. Bu yerdagi nekropol katta hududni egallab yotgan qabristondan iborat.
Qabristonlar   bir   necha   do’ngliklar   ustini   ishg’ol   qilgan.   Qabriston   hududi   qariyb
20   gektar   joyni   egallagan 55
.   Bu   nekropol   1973   yildan   boshlab   o’rganilib
kelinmoqda   va   hozirgacha   1500   dan   ko’proq   mozorlar   ochib   o’rganilgan   va
manbalari   nashr   qilingan.   Tashqi   tomondan   kuzatishlarga   qaraganda,   nekropolda
qariyb 10 mingdan ziyod qabrlar bor. Shaharcha va qabristonda topilgan manbalar
muayyan   davrga   doir.   Qabrlar   asosan     katakom   shaklida   taqdim   qilingan.
Qabristonda   dafnlar   Sopolli   madaniyatining   (mil.   avv.   XV-XIV   asrlar)   Jarqo’ton
bosqichidan boshlangan. Jarqo’tondagi ayrim do’ngliklar tagidagi o’lganlarni o’zi
yashaydigan   uy   devorlari   va   poli   tagiga   dafn   qilishganlar.   Keyinchalik   jamoa
qabristoni   vujudga   kelgan.   Aslini   olganda,   bu   nekropol   shahar   tarixining   barcha
davrlarida harakatda bo’lgan.
Tadqiqotlarning   guvohlik   berishicha,   Jarqo’ton   qal’asi   shaharning   markazi
hisoblangan.  Dastlab  bu  yerda  saroy  kompleksi   yuzaga  kelgan  va u  aylana  devor
bilan o’rab olingan. Bu yerdagi qurilish ishlari Sopolli madaniyatining Ko’zali va
Mo’loli   bosqichlarida   to’la   bajarilgan.   Arxeologik   qazishmalar   natijasiga
qaraganda,   qal’a   atrofida   oddiy   jamoa   a’zolari   yashab,   markaz   atrofi   zich   aholi
maydoniga aylanib borgan. Dastlab alohida «do’nglik»lar joyida kichik oilalardan
tashkil   topgan   binolar   kompleksi   vujudga   kelib,   keyinchalik   ular   mag’zida   katta
kvartal   komplekslari   tashkil   topib,   shahar   kengayib   borgan.   Jarqo’ton   bir   necha
arxitektura   qurilish   kompleksidan   iborat   bo’lib,   uning   tarkibida   monumental
binolar,   oddiy   kishilarga   tegishli   uy-joylar,   hunarmandlar   maydoni,   nekropol
singari aglamerasiyadan iborat ilk shahar edi.
Jarqo’ton   hududi   bo’ylab   o’tkazilgan   kuzatish   (razvedka)   qazishmalar
tufayli uning stratigrafiyasi bo’yicha ham ma’lumotlar to’plandi. Shu maqsadda 19
shurf   qazilib   ko’rildi,   natijada   Jarqo’tonning   yashash   davrlari   aniqlandi.   Bundan
55
  Asqarov   A .,  Abdullayev   A ., Джаркутан (К проблеме протогородской цивилизации на юге Узбекистана) // 
Тошкент: «Фан», 1983,  с. 8
53 avvalgi yillari A.Asqarov Sopollitepa va Jarqo’ton stratigrafiyasini o’rganib, uning
davri sistemasini ishlab chiqqan edi.
Ma’lumki,   Sopollitepa   materiallari   ikki   qurilish   bosqichiga   ega   bo’lgan
holda   u   bir   xil   material   bergan   edi.   Bu   yodgorlikning   uchinchi   –   yuqori   qurilish
qatlamida   esa   materiallarda   ba’zi   o’zgarishlar   yuz   berdi.   Sopollitepaning   yuqori
qatlamiga doir bu yangi o’zgarishlar Jarqo’ton yodgorligining quyi (pastki) qatlami
materiallari  bilan aynan o’xshash  edi. Shunday qilib, Janubiy O’zbekiston bronza
davriga   oid   yodgorliklarning   xronologik   davriy   sistemasi   ishlab   chiqildi 56
.
Shuningdek,   A.Asqarov   B.Abdullayev   bilan   birgalikda   Jarqo’ton   nekropolidagi
582   ta   mozorni   o’rganib,   Mo’loli   kompleksini   ham   ikkita   birin-ketin   keladigan
xronologik davrlarga bo’lib, uni Ko’zali va Mo’loli bosqichlari deb atadi 57
.
Jarqo’ton   shaharchasining   funksiya   qilingan   davrlari   3   bosqichga   bo’linib,
ular birin-ketin keladigan – Jarqo’ton, Ko’zali, Mo’loli bosqichlari deb ataladigan
bo’ldi.   Ma’lum   bo’ldiki,   Jarqo’ton   qal’asida   ana   shu   uchala   bosqichlar   davrida
ham hayot bo’lgan. Shu masala oydinlashtirildiki, aholi avval Jarqo’ton bosqichida
paydo   bo’lib,   keyinchalik   Ko’zali   va   Mo’loli   davrlarida   esa   shaharcha   inson
jamoalari   tomonidan   to’la   o’zlashtirilgan.   Ko’zali   davrida   esa   shaharchaning
markaziy   qismi   to’la   o’zlashtirilgan.   Inson   jamoalari   tomonidan   Jarqo’ton
massivini   o’zlashtirish   Namozgoh   VI   bronza   davridagi   Oltintepa,   Namozgoh,
Ulug’tepa,   Anov,   Gissartepa,   Shaxtepa,   Shaxri   –   Soxta,   Mungidak   singari
yodgorliklardan   o’zining   o’zlashtirilishi   bilan   farq   qiladi.   Yuqorida   zikr   etilgan
yodgorliklarning   ayrimlarida   madaniy   qatlam   30   metr   balandlikni   tashkil   qilgan
holda, Jarqo’tonda bu manzara boshqacharoq, ya’ni shahar  markazi  atrofi doimiy
ravishda   kengayib   borib,   natijada   ayni   vaqtda   bu   yerda   o’nlab   tepaliklarning
mavjudligi ham bu jarayondan guvohlik beradi. 
Shunday   qilib,   Jarqo’ton   har   xil   tepaliklardan   tashkil   topgan   qurama
(aglamerasiya) ilk shaharchadir. Jarqo’ton shahar qal’asining shakllanishi bu yerda
56
  Asqarov   A ., Древнеземледельческая культура юга Узбекистана // Тошкент: «Фан», 1977,  с. 60-63
57
  Asqarov   A .,  Abdullayev   B ., Джаркутан (К проблеме протогородской цивилизации на юге Узбекистана) // 
Тошкент: «Фан», 1983. с 44
54 ibtidoiy   jamoalar   ijtimoiy-iqtisodiy   hayotida   chuqur   o’zgarishlar   sodir
bo’lganligini   ko’rsatdi.   Masalan,   ark   qal’a  mustaqil   ravishda   devorlar   bilan  o’rab
olingan, uning g’arbiy qismida saroy joylashgan, uning o’rta qismida esa yashash
turar   joylar   kompleksi   shakllangan   holda   ular   ko’chalar   bilan   tutashtirilgan.
Jarqo’tonda   «ark»,   ibodatxona,   uy-joy   kvartallari   shakllanib,   ular   kelajakda
shaharning markaziy organizmini tashkil etgan. Shahar arkida hukmdorlar jamiyati
yashagan   bo’lsa,   ibodatxona   va   machitlar   shahar   kvartallari   hamda   dala   hovlilar
esa   ahlining   ideologik   diniy   markazlari   bo’lgan.   Demak,   Jarqo’ton   manbalari
muhim tarixiy burilish bo’lgan manzarani, ya’ni ibtidioy jamiyat tuzumining tugab
borishi va sinfiy jamiyat tuzumining vujudga kelishi jarayonidan dalolat beradi.
Keyinroq,   Jarqo’ton   bosqichining   ikkinchi   yarmiga   kelib,   nekropol   shahar
tashqarisidagi alohida joyga chiqariladi va o’lganlarni yashash uylarning taglariga
dafn qilish  odatlari  tugallanadi.  Jarqo’ton nekropoli  bir  necha  o’nlab  gektar  joyni
egallagan holda bu yerda qariyb bir necha o’n minglab mozorlar borligi kuzatildi.
Bu   manzara   shaharning   doimiy   ravishda   harakatda   bo’lganligidan   dalolat   beradi.
Bu   shaharda   hunarmandchilik,   xususan,   sopolchilik   xumdonlarining   alohida
maydonlarda   tashkil   qilinishi   singari   manzarani   Oltintepa,   Ulug’tepa   va
Sopollitepalarda ham kuzatish mumkin edi.
Qisqacha   xulosa   qilinganda   shuni   aytish   lozimki,   Jarqo’ton   eramizdan
oldingi II ming yilliklarning ikkinchi yarmiga mansub yirik shahar  markazlaridan
biri   bo’lib,   Surxandaryo   viloyatining   Sherobod   tumanida   joylashgan   holda,
maydoni   100   gektarga   yaqin   joyni   egallaydi.   Jarqo’tonda   ilk   shaharlarga   xos
bo’lgan   barcha   xislatlar   mavjud.   Jumladan,   bu   yerda   qal’a,   shahriston,   mudofaa
devori,   saroy,   ibodatxona,   kulolchilik   markazlari,   nekropol   va   boshqalar   taqdim
qilingan. Bu ilk shahar asosan yuqori rivojlangan sug’orma dehqonchilik negizidan
kelib chiqqan madaniyat va iqtisodiyotning mahsuli sifatida vujudga keldi 58
.
Jarqo’tonda O’zbekiston xalqlari tarixidagi eng qadimgi 3 gektarlik mudofaa
devori   bilan   o’rab   olingan   qal’a,   ancha   mustahkam   qilib   qurilgan   saroy   va
ibodatxona ochilib o’rganildi. Moddiy madaniyat manbalarga ko’ra shahar aholisi
58
  Asqarov   A .,  Shirinov   T ., Раняя городская культура эпохи бронзы юго Средней Азии // Самарканд. 1993.  С.  
144
55 uchta   ijtimoiy   tabaqadan   iborat   bo’lgan:   1)   aslzodalar   –   hokimlar,   kohinlar,
oqsoqollar;   2)   erkin,   oddiy   shaharliklar   –   dehqonlar,   hunarmandlar,   askarlar,
savdogarlar, xizmatchilar; 3) huquqsizlar – oila «qullari» va boshqalar. Bu omillar
bu yerda ibtidoiy jimiyat yuksalib, ilk sinfiy jamiyat darajasiga ko’tarilganligidan
dalolatdir.  O’z  navbatida   ilk  shaharlar  qadimgi  Sharqdagi  «nom»lari   kabi   kichik-
kichik   davlatchalarning   siyosiy,   iqtisodiy,   diniy   markazi   sifatida   shakllangan   va
faoliyat   ko’rsatgan.   Aslida   ilk   shaharlarning   tashkil   topishi,   sinfiy   jamiyat   va
davlatchilik   madaniyatining   shakllanish   dialektik   uyg’unligidagi   jarayondir.
Insoniyat   ruhiy   madaniyatining   rivoji   ham   ushbu   jarayon   bilan   bog’liqdir.
Jarqo’ton ibodatxonasi mil. avv. II ming yillikning ikkinchi yarmida ilk zardushtiy
dinining shakllanayotganidan dalolat beradi. Shunday qilib, bundan qariyb 3 yarim
ming   yil   muqaddam   Samarqand,   Buxoro,   Xiva,   Marv,   Termiz,   Xo’jand,   Qarshi
kabi  shaharlarning paydo bo’lishidan  ming yil  avval, O’zbekistonning janubida –
Qadimgi   Baqtriya   muzofotlarida,   Amudaryoning   o’rta   havzasida   ilk   shahar
madaniyati   shakllandi   va   Marg’iyona   hamda   Baqtriyaning   o’ziga   xos   buyuk
shaharlashish jarayoni boshlanib ketdi.
Xullas,   Jarqo’ton   yodgorligi   Qadimgi   Marg’iyona   va   Baqtriya   xalqlari
tarixining boy xazinasi ekanligi isbotlandi. Jarqo’tonda arxeologik o’rganish ishlari
hamon davom etmoqda. 
Shuningdek,  bir  qator   natijali   arxeologik  ishlar   Buston  va   Mo’lolitepalarda
olib  borilib,  bu  yodgorliklar  asosan  Surxandaryo  viloyatining  Sherobod,  Sho’rchi
mintaqalarida joylashgan. 
3.2.Bo’ston yodgorliklari moddiy madaniyati.
1974   yili   A.Asqarov   rahbarligidagi   guruh   Bustonsoy   uzani   bo’ylab,   uning
o’ng   muzofotlarida   dala   kuzatuv   ishlari   olib   borib,   bronza   davriga   tegishli   bir
necha qishloq va qabristonlarni qalamga oldi va xaritalashtirdi. Bu qishloqlar eski
Bustonsoy   uzani   bo’ylab   tarqalgan   holda,   ular   tashqi   ko’rinishdan   maydaroq
do’ngliklardan   iborat   edi.   Tashqi   ko’rinishdan   esa   ular   deyarli   bir-biridan   farq
qilmas edi. Odatda ular tabiat ta’sirida yemirilgan holda ustlarida esa qiyg’os sopol
siniqlari,   toshdan   ishlangan   buyumlar   sochilib   yotardi.   Bu   atrofda   kamida   6   ta
56 qishloq   va   qabristonlar   topilib,   ularga   1-5   tartibda   nom   berildi.   Buston-3
qabristonida   qazishmalar   bajarilib,   38   ta   mozor   ochib   o’rganildi.   Buston-1
qabristoni   esa   Jarqo’ton   shaharchasidan   2   km   shimolroqdagi   balandlikda
joylashgan.   Qabristonning   o’rta   qismidan   ariq   o’tgan   bo’lib,   natijada   yodgorlik
qisman   buzilgan.   Ammo   olib   borilgan   kuzatuvlar   tufayli   12   ta   qabr   tekshirildi.
Dafn   qilingan   kishilar   g’o’janak   tarzda   bo’lib,   ular   bilan   birga   so’nggi   Jarqo’ton
tipidagi   sopol   idishlar   qo’yilgan.   Buston-2   qabristni   Buston-1   dan   2   km   janubi
g’arbiy   tomonda   joylashgan   holda,   uning   egallab   yotgan   maydoni   1   gektardan
ziyodroq.   Bu   yerda   o’rganilgan   qabrlar   ham   so’nggi   Jarqo’ton   topilmalariga   xos
manbalar   berdi.   Buston-3   qabristonining   maydoni   0,4   ga   dan   iborat   bo’lib,
yodgorlik   Buston-2   dan   1   km   uzoqlikda   joylashgan.   Tashqi   ko’rinishidan   u
do’nglik joyni eslatadi. 1974 yili bu yodgorlikda qazishmalar o’tkazilib, 38 ta qabr
ochildi.   Qabrlardan   topilgan   sopol   buyumlar   Jarqo’tonning   so’nggi   bosqichini
eslatadi.   Bu   yerda   qabrlarning   ayrimlari   to’la   tarzida   bo’lsa,   boshqalari   jorma
shaklidadir. Ko’pgina qabrlardagi skletlarning pala-partish yotishiga qaraganda, bu
qabrlarning ko’pchiligi qadimgi davrlarda o’g’irlanganligidan dalolat beradi. Faqat
6   ta   teginilmagan   qabrlarni   o’rganish   tufayli   dafn   shakl-shamoyillari   aniqlandi.
Ma’lum bo’ldiki, bu qishloqda yashagan bronza davri aholisi o’lganlarni g’o’janak
holda yon tomoniga yotqizib, sopol  idishlari, ayrim vaqtda zebi-ziynat buyumlari
bilan   birga   dafn   qilishgan   ekanlar.   Bu   yerda   2   ta   qabr   kenatof   (bo’sh)   tarzida
topildi,   ya’ni   ular   bo’sh   qabrlardan   iborat   bo’lib,   ramziy   holatni   bildiradi.   Bu
yerdagi ko’pgina qabrlarda dafn inventorlari kuzatilmaydi. Ayrim qabrlarda sopol
idishlar bilan birga bronzadan ishlangan buyumlar, hayvon suyaklari topilgan. Bu
yerda o’lganlarni olovda kuydirib ko’mish urf-odatlari bilan bog’liq marosim izlari
kuzatildi.   Ayrim   qabrlar   o’g’irlangan.   Ochilgan   qabrlarning   deyarli   barchasi
inventorga   kambag’al,   boy   qabrlar   esa   o’g’irlanganligi   ayon   bo’ldi.   Buston-4
qishlog’i   Buston-3   qabristoniga   yaqin   joyda   joylashgan.   Uning   maydoni   0,5   ga
atrofida, qishloq hududidan  sopol  siniqlari, hayvon suyalari, tosh  qurol  bo’laklari
topilib, bu buyumlar Jarqo’tonning so’nggi davriga xosdir. Buston-5 qabristoni shu
qishloqdan  1  km  janubda  joylashgan  bo’lib,  u  aslida  3  ta  chog’iroq  tepaliklardan
57 iborat   va   1   ga   atrofidagi   maydonni   egallaydi.   Bu   yerda   buzilgan   qabrlardan
tashqariga   chiqib   yotgan   sopol   buyumlar   ham   Jarqo’tonning   so’nggi   davriga
mansubligi   ma’lum   bo’ldi.   Bu   yodgorliklarda   hamon   qazishma   orqali   tekshiruv
ishlari   bajarilgan   emas.   Bustonsoy   qabristonlari   so’nggi   Jarqo’ton   davriga   oid
bo’lib,   ularni   kelajakda   qunt   bilan   o’rganish,   Surxon-Sherobod   vohalarida
yashagan   bronza   davri   qabilalarining   ijtimoiy,   iqtisodiy   va   madaniy   tarixini
chuqurroq bilishda muhim ilmiy ahamiyat kasb etishi, shubhasiz.
Qadimgi   Mo’loli   qishlog’i   va   qabristoni   qiziqarli   yodgorliklar   qatoriga
kiradi.   Bu   qishloq   aslida   Surxandaryo   viloyati   Sho’rchi   tumani   hududidagi
Qizilsoy   uzani   qirg’og’ida   joylashgan   bo’lib,   dastlab   1970   yili   arxeolog
B.Tursunov   tomonidan   kashf   qilingan   edi 59
.   Bu   qadimgi   qishloq   ayni   vaqtda   soy
yoqalab sochilib yotgan bir necha do’nglikdan iborat va uning maydoni 1 gektarga
yaqin.   Qishloq   hududida   bronza   davriga   xos   sopol   buyumlar,   toshdan   ishlangan
qurollarning siniqlari sochilib yotardi.
Qazishmalar tufayli qishloqning madaniy qatlami 3 metrgacha yetadi. Uning
bir   chekkasidan   sopol   pishirish   xumdoni   topildi.   Qishloq   alohida   qurilgan   bir
necha uylardan iborat makon bo’lib, uning janubiy-g’arbiy tomonidan maydoni 1
ga   yaqin   qabriston   joylashgan.   Mo’loli   qishlog’i   ahli   ham   o’lganlarni   g’o’janak
qilib, yon tomonlama yotqizib dafn qilishgan ekanlar. Qabrlardagi skletlar atrofida
2-4 tadan sopol idishlar uchraydi. Dafn inventorlari tarkibida sopol idishlar, bronza
buyumlari   hamda   oltin   munchoqlar   bor.   Qabr   inventorining   aksariyatini   sopol
idishlar tashkil qilib, bu yerda oyoqli vazalar, kosachalar, silindr shaklidagi kosalar
tashkil   qiladi.   Mo’loli   qabrlaridan   topilgan   buyumlar   Sherobod   vohasidagi
Jarqo’ton qabristoni kompleksiga aynan o’xshashligi ma’lum bo’ldi.
Yana bir muhim qiziqarli yodgorlik haqida qisqacha so’z yuritamiz. So’nggi
bronza   davriga   mansub   bu   yodgorlik   Buston-6   nomi   bilan   tarixga   kirdi.   U
Sherobod   tumanidagi   Oqqo’rg’on   qishlog’i   yaqinida   eski   Bustonsoyning   eski
uzani qirg’og’ida joylashgan. Bu yerdagi past-baland mayda do’ngliklarning birida
katta qabriston joylashgan bo’lib, u 7 gektar maydonni egallagan. Yodgorlik 1990
59
  Беляева Т.,  Древнебактрийские памятники Маршаде // В кн.: Из истории античной культуры Узбекистана. 
Тошкент, 1973.  С.34
58 yili   Samarqand   davlat   universiteti   professori   N.A.Avanesova   tomonidan   topilgan
va   har   yili   bu   yerda   uzluksiz   qazishma   ishlari   bajarilib   kelinadi   hamda   qiziqarli
natijalarga erishildi. Qabristonning deyarli 50 % qazib ko’rildi va 354 ta qabr ochib
tekshirildi.   Qabriston   tarkibida   diniy   urf-odatlar   bilan   bog’liq   har   xil   marosimlar
o’tkaziladigan maydon topildi. Qabrlar katakomb, jorma va to’la shakllarda taqdim
qilingan.   Erkaklarni   o’ng,   ayollarni   chap   biqiniga   yotqizib,   g’o’janak   tarzda   dafn
qilish   odati   ma’lum   bo’ldi.   Qabrlardagi   inventorlar   –   sopol   idishlar,   jezdan
yasalgan   oyna,   xanjar,   pichoq,   tesha,   bigiz   va   hir   xil   zeb-ziynatlardan   iborat.   Bu
yerda o’lgan odamlarni  xom g’ishtdan  qurilgan maxsus tobutlarga solib, kuydirib
ko’mish   urf-odati   mavjudligi   aniqlandi.   Sopolli   madaniyatining   so’nggi   fazasiga
mansub   bo’lgan   bu   qabriston   manbalari   ibtidioy   dehqonlarning   turmush   tarzi,
ma’naviy   madaniyati,   urf-odatlari   singari   masalalarni   tarixan   yoritishda   muhim
ilmiy ahamiyat kasb etadi. Bu yodgorlikka yaqin joydan Buston-7 qabristoni ham
o’rganilish arafasida turibdi 60
.
Buston va Mo’loli qishloqlari va ular bilan bog’liq bo’lgan qabristonlardan
manbalar   so’ngi   bronza   davrida   yashagan   ajdodlarimizning   turmush   tarzi   va
madaniyatini o’rganishda muhim ilmiy manba hisoblanadi.
Bulardan   tashqari   Qiziljartepa,   Qizilsuv   va   Bo’yrachi-1   tepalari   ham
tekshirildi.   Qadimgi   bu   qishloqlarning   maydonlari   8-10   gektardan   iborat   bo’lib,
aholisi   sug’orma   dehqonchilik   va   chorvachilik   bilan   tirikchilik   qilganlar.   Bu
yodgorliklarning   barchasi   mil.avv.   II   minginchi   yillikning   ikkinchi   yarmiga
mansubdir.
Yuqorida qisqacha bayon etilgan qadimgi dehqon jamoalarining xo’jalik va
madaniy sohalarda erishgan yutuqlariga qaraganda, Sopolli – Jarqo’ton madaniyati
Qadimgi   Sharq   sivilizasiyasining   ajralmas   bir   qismi,   uning   mil.   avv.   II   ming
yillikda   O’rta   Amu   havzasida,   Qadimgi   Baqtriya   yerlarida   tashkil   topgan   yangi
markazi   ekanligini   ko’rdik.   Uning   uy-joy   qurilish   arxitekturasi,   Sopollitepa   va
Jarqo’ton maydonlarining kvartallarga bo’linishi orginal  mudofaa sistemasi,  qal’a
60
  Аванесова Н.  Храмовые функции сакрализованных плошадок некрополя доисторической Бактрии Бустон
VI   // Степи  Евразии в древности и средневековье.  Материалы Междунарожной  конференции  посвяш.  100-
летию со дня рождения М.П. Грязнова. Гос эрмитаж, Спб., 2002 . С.42
59 –   qo’rg’oni,   saroyi,   ibodatxonasi   bu   muzofotda   shakllangan   madaniyatning
yuksakligidan   dalolat   bergan   holda,   Jarqo’ton   davrining   oxirgi   bosqichlarida   bu
yerda   shaharsozlikning   rivojlanishi,   uning   negizida   Jarqo’ton   ilk   shahrining
vujudga   kelishi,   bu   manzara   muzofotda   shaharlashish   jarayonining   boshlanishiga
olib   keldi.   Namozgoh,   Oltintepa,   Shaxri   –   Soxta,   Sopolli   singari   protoshaharlar
doimiy   rivojlanishda   bo’lganda,   ular   Jarqo’ton   va   Shaxri-soxta   singari   ilk
shaharlarga   aylanishi   mumkin   edi   va   muhim   markazlar   sifatida   shahar
davlatlarning   tashkil   topishi   sodir   bo’ldi.   Ana   shu   negizda   Jarqo’ton   misolida   ilk
shaharlar   vujudga   kelib,   urbonik   sivilizasiya   dinamik   ravishda   kamol   topa
boshladi.
Xulosa 
Qadimgi     Surxondaryo   hududi   odamzotning   qadimdan   makon   topgan   va
shakllangan   mintaqasi   bo’lib,   bu   yerda   o’rganilgan   inson   madaniyat   izlari   o’rta
paleolit davridan shakllanib kelmoqda . Bu hududda inson jamoalarining taraqqiyot
evolyusiyasi   dialektik   asosda   rivojlanishda   bo’lib,   avvalo   sayyoh   ovchilikdan
qo’nim   yashash   sari   intilib,   natijada   qarorgoh   makonlar,   ovullar,   protoqishloqlar,
yirik   qishloqlarni   tashkil   topishiga   erishildi.   O’troq   dehqonchilikning,   ayniqsa,
metallning xo’jalikda foydalanishning kashf qilinishi ishlab chiqarish xo’jaligining
rivojlanishini   ta’minlagan   holda,   peshma-pesh,     dastlabki   sivilizasiyaning
poydevoriga   asos   solindi.   Demak,   insoniyat   jamiyati   odatda   doim   evolyusion,
bosqichma-bosqich   taraqqiyot   yo’lida,   dinamik   rivojlanishda   bo’lib,   iqtisodiy,
ijtimoiy   va   madaniy   sohalarda   muayyan   yutuqlarga   erishgan   holda,   urbanizasiya
sari   taraqqiyot   yo’lida   borib,   mil.   avv.   II   minginchi   yillikning   o’rtalaridayoq   uni
kashf   qilishga   erishdi.   Urbanizasiya   muayyan   jamiyatning   ijtimoiy,   iqtisodiy   va
ma’naviy,   madaniy   sohalarida   erishgan   yutuqlari   mahsuli   sifatida,   shaharlashish
jarayonining o’ziga xos sosial buyurtmasidir.
Yuqori   satrlarda   guvoh   bo’lganimizdek,   arxeologiya   insoniyatning   o’tmish
tarixini   yaratishda   cheksiz   imkoniyatlarga   ega   fandir.   Ayniqsa,   eng   qadimgi,
mutlaqo yozma manbalar yo’q davr – tosh, bronza ilk temir asrlari xalqlari tarixini,
60 madniyatini   yoritishda   bu   fanning,   shuningdek,   bu   sohada   faoliyat   yuritgan   va
yuritayotgan   olimlarning   xizmati   benihoya   kattadir.   Xususan,   Qadimgi   Sharq   –
Shumer, Elam, Hind, Baqtriya – Marg’iyona va Xorazm sivilizasiyalarini bugungi
kunda,   dunyoga   mashhur   bo’lib   ketishi   faqat   keng   arxeologik   izlanishlarning
natijasidir.   Bu   tadqiqotlar   tufayli   ma’lum   bo’ldiki,   O’rta   Sharqda,   jumladan,
Marg’iyona va  Baqtriyada  ilk shahar   madaniyatining  shakllanishi  Ovropa, Afrika
va   Amerika   mintaqalariga   nisbatan   juda   erta   boshlandi.   Masalan,   Qadimgi
Shumerning   Erldu,   Ur,   Uruk,   Elamning   Suza,   Chogamish,   Chanduvax,   Hind
vohasining Xarappa, Moxendjudora, Djxukor shaharlarining yoshi er. avv. III ming
yilliklarga   borib   taqaladi.   O’tgan   asrning   ikkinchi   yarmida   bajarilgan   keng
ko’lamdagi   arxeologik   izlanishlar   natijasida   Qadimgi   Sharq   sivilizasiyasining
buyuk   ikki   markazi,   Shumer   va   Hind   oralig’ida,   aynan   shuningdek,   yana   boshqa
shahar   madaniyati   yuqori   rivojlangan   markazlar   Seiston,   Belujiston,   Xuroson,
Marg’iyona  va  Baqtriya  sivilizasiyalari   borligi  aniqlandi.  Ushbu   muzofotlarda  er.
avv. III ming yilliklar oxiri va II ming yilliklarga taalluqli bo’lgan o’nlab shaharlar
ochilib o’rganildi. Qadimgi Marg’iyona va Baqtriyada, jumladan, O’zbekistonning
janubiy mintaqalarida, Qadimgi Sharq sistemasiga  kiruvchi ilk shahar  madaniyati
o’choqlari   mavjudligi   aniqlandi.   Bular   Jarqo’ton,   Dashli,   To’g’aloq,   Gonur,
Namozgoh,   Oltintepa,   Sopollitepa,   Ulug’tepa   va   boshqalar.   Xususan,   Sopollitepa
mil. avv. XVII-XV asrlarga oid bo’lib, uning yuqori ma’dan qatlami Jarqo’tonning
quyi qatlamiga to’g’ri kelib, bu manzara Sopollitepadan so’ngg hayot Jarqo’tonda
davom etganligidan guvohlik beradi. Sopollitepa ham protoshahar edi. sopollitepa
birgina Janubiy O’zbekiston miqyosida emas, butun Marg’iyona va unga yondosh
viloyatlar miqyosida ham kam uchraydigan nodir arxeologik xazina bo’lib chiqdi.
Bu   yodgorlikni   qunt   bilan   o’rganish   tufayli   A.Asqarov   qator   ilmiy   xulosalarga
keldi.   Avvalo,   O’zbekiston   hududida   sun’iy   sug’orishga   asoslangan   o’troq
dehqonchilik xo’jaligining kelib chiqish tarixi yaqin ming yilga qadimiylashdi. Shu
bilan birga, O’zbekiston va Tojikiston hududlarining janubiy viloyatlarini Qadimgi
Sharq madaniyati yoyilgan mintaqaga kiritish imkoniyati tug’ildi.
61 Jarqo’ton mil. avv. II ming yillikning ikkinchi yarmiga mansub yirik shahar
markazlaridan   bo’lib,   uning   maydoni   100   gektarga   yaqin   yerni   egallaydi.   Bu
yodgorlikda   ilk   shaharlarga   xos   bo’lgan   barcha   xislatlar,   jumladan,   qal’a,
shahriston,   mudofaa   devori,   saroy,   ibodatxona,   kulolchilik   markazlari   kompleksi
taqdim qilingan .
Shunday  qilib,  yuqorida  bayon  etilgan  arxeologik  izlanishlar  va   qazishmalar
jarayonida   topilgan   ashyoviy   dalillar   tahlilidan   kelib   chiqib,   quyidagi   yakuniy
xulosaga kelish mumkin:
1)   Surxon   voxasida   miloddan   avvalgi   II   ming   yillikning   birinchi   yarmi
davomida   Qadimgi   Sharq   sivilizasiyasiga   xos   urbanistik   tarixiy   sharoitda   yuksak
rivojlangan   ilk   shahar   madaniyati   tarkib   topdi.   Ushbu   ilk   shahar   madaniyatining
iqtisodiy,   ijtimoiy   va   etnomadaniy   asoslari   Surxondaryo   viloyatining   Sherobod
vahosida   qad   ko’targan   noyob   yodgorliklar   –   Sopollitepa   va   Jarqo’ton   misolida
o’rganildi.
2)   Agar   Sopollitepa   o’zining   qadimgi   shaharsozlik   madaniyatiga   xos   barcha
alomatlari bilan protoshahar, yani Avestada tilga olingan Vara qal’a - qo’rg’onini
eslatsa, Jarqo’ton yodgorligi O’zbekiston hududida birinchi bor tarkib topgan tom
ma’nodagi   eng   qadimgi   ilk   shahar   edi.   Jarqo’ton   yodgorligi   tarixiy   topografiyasi
va keng maydoni jihatidan ham Qadimgi Sharq ilk shaharlaridan farq qilmaydi.
3)   Jarqo’tondan   topilgan   ashyoviy   dalillar   uni   mil.avv.   II   ming   yillikning
o’rtalariga taaluqli ekanligini tasdiqlaydi. Shu davrga oid o’nlab yodgorliklar butun
Janubiy   O’zbekiston   bo’ylab   va   Tojikistonning   unga   tutash   hududlaridan   topib
o’rganilgan.   Ular   orasida   maydoni   va   ichki   topografik   tarkibi   jihatidan   shahar
talabiga javob berishi mumkin bo’lgan yodgorlik Jarqo’ton bo’lib, u o’z davrining
nafaqat yirik shahri, balki, Shimoliy Baqtriya hududida birinchi bor tashkil topgan
ilk   davlat   –   Qadimgi   Baqtriya   podsholigining   bosh   shahri   bo’lgan,   bo’lishi   ham
mumkin 61
. 
61
  Асқаров А. Тарихимизнинг уч муаммоси  ва уларнинг ечими  ҳақида янгича мулоҳазалар //  Ўзбекистонда
ижтимоий фанлар. – № V, – Т.: 2000. 24-28   бетлар.
62 4) Jarqo’ton yodgorligida uzoq yillar davomida izlanishlar olib borish tufayli,
uni   dastlab   Qadimgi   Sharq   sivilizasiyasiga   xos   ilk   dehqonchilik   madaniyati
yodgorligi sifatida tavsif etilgan bo’lsa 62
, keyingi tadqiqot natijalari Jarqo’tonni ilk
shahar 63
 sifatida izohlashga imkon berdi. 
5)   Jarqo’ton   ibodatxonasida   olib   borilgan   tadqiqot   natijalari   zardushtiylik
dinining   ilk   kurtaklari   mil.avv.   II   ming   yillikning   ikkinchi   yarmida   paydo   bo’la
boshlaganligini   tasdiqlamoqda.   Shuningdek,   bu   yerda   ochilgan   monumental
ibodatxona   va   otashgohlar   bronza   davrida   qadimgi   dehqon   jamoalarining   ilk
shaharlar tarkibida qad ko’targani, bu din o’zbek ilk davlatchiligining mafkuraviy
asosini   tashkil   etganligini   ko’rsatmoqda.   Zardushtiylik   dinining   muqaddas   kitobi
“Avesto”da aks etgan jamiyatning ijtimoiy tarkibi va ramziy belgilari bronza davri
ibodatxonalarida,   aynan,   Jarqo’ton   ibodatxonasida   va   shu   davr   dafn   marosimlari
bilan bog’liq udumlarda yaqqol aksini topgan.
Ilk   shaharlar,   asosan,   yuksak   rivojlangan   sug’orma   dehqonchilik   negizidan
kelib chiqqan madaniyat va iqtisodiyotning mahsuli sifatida vujudga keldi. Demak,
ilk   shaharlarning   tashkil   topishi   sinfiy   jamiyat   va   davlatchilik   madaniyatining
shakllanishi   dialektik   uyg’unlikdagi   jarayondir.   Insoniyat   ma’naviy
madaniyatining   rivoji   ham   ushbu   jarayon   bilan   bog’liqdir.   Jarqo’ton   arxeologik
manbalari jamiyatning ideologik qarashlari haqida ham muhim ma’lumotlar berdi.
Jumladan,   bu   shahardan   topilgan   ibodatxona   er.   avv.   II   ming   yillikning   ikkinchi
yarmida   ilk   zardushtiy   dinining   endigina   shakllanayotganligidan   guvohlik   beradi.
Shunday   qilib,   bundan   qariyb   3   yarim   ming   yil   muqaddam   Samarqand,   Buxoro,
Xiva,   Marv,   Termiz,   Qarshi,   Xo’jand   shaharlarining   paydo   bo’lishidan   qariyb
ming   yil   avval   qadimgi   Baqtriya   va   Marg’iyona   yerlarida,   jumladan,
O’zbekistonning   janubida,   Amudaryo   o’rta   havzasida   ilk   shahar   madaniyati
shakllandi  va O’rta Osiyoning o’ziga xos buyuk shaharlashish  jarayoni boshlanib
ketdi.
62
   Аскаров А. Древнеземледельческая культура.....  1977 .
63
  Ширинов Т. Ранняя городская культура .... автореф. дис...д-ра.ист.наук.
63 Shu   masalada   qisman   to’xtalish   zarurki,   binobarin,   tarixiy   manbalarda   iz
qoldirgan   «Baqtriya   podsholigi»,   «Qadimgi   Xorazm   siyosiy   uyushmasi»   va
«Saklar   konfederasiyasi»   mil.   avv.   VIII-VII   asrlarda   davlat   shaklini   olgan   edi.
Demak,   ushbu   davlatchilik   madaniyati   uzoq   tarixiy   davrda   evolyusion   yo’l   bilan
shakllanib,   uning   ildizi   mil.   avv.   II   minginchi   yillarga   borib   taqaladi.   Ana   shu
davrda O’rta Osiyo xalqlari, jumladan, o’zbeklar tarixida inqilobiy jarayonlar yuz
berdi:   ibtidoiy   turmush   o’z   yakuniga   yetdi,   ilk   shaharlar   vujudga   keldi.   Sinfiy
jamiyat   shakllanishi   jarayoni   boshlandiki,   jamiyatni   davlatchilik   uslubi   orqali
boshqarish   kashf   qilindi   va   pirovard   natijada   iqtisodiy,   ijtimoiy,   madaniy
taraqqiyotning   istiqbolli,   yangi   yo’nalishi   aniqlandi.   Xuddi   shu   davrda,   O’rta
Osiyoning   barcha   mintaqalarida   tarqalgan   Hind-Ovropa   qabilalari,   shu   yurtda
bugungi   kunda   yashayotgan   qozoq,   qirg’iz,   turkman,   tojiklar   kabi   o’zbeklarning
ham millat sifatida shakllanishida muhim rol o’ynadi.
Vatanimiz   tarixi   yangi   asosda   tiklanishida   arxeologik   manbalarning
ahamiyati   beqiyosdir.   Shuning   uchun   ham   mamlakatimiz   rahbariyati   fanning   bu
yo’nalishiga   katta   e’tibor   qaratmoqda.   Dala   arxeologik   ekspedisiyalarni   yangi,
zamon   talabi   asosida   texnikalar   bilan   ta’minlash   va   jihozlash,   olimlarimizning
tadqiqot   ishlari   davomida   ularga   har   tomonlama   sahoviy   yordamlar   ko’rsatish,
ilmiy   tadqiqot   ishlarining   yakunlariga   bag’ishlangan   xalqaro     ilmiy   anjumanlarni
uyushtirish, pirovard natijada xalqimiz tarixining yangi, hali noma’lum qirralarini
ochish,   tarixiy   xulosalarni   jamiyat   ahliga   mamlakatimizda   amalga   oshirilayotgan
tub   islohotlarga   bog’liq   holda   yetkazish   va   iftixor   tuyg’usi   bilan   yashashga
haqlimiz.
64 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
1. Абдуллаев   Б.   Новый   памятник   эпохи   бронзы   на   юге   Узбекистане.   –
ОНУ, 1977, №1.  – С. 33-39.
2. Абдуллаев   Б. Могильник   Джаркутан. ИМКУ, вып. 15. Ташкент, 1979.   –
С. 22-35.
3. Аванесова Н.А. Новое в погребальном  обряде   сапаллинской культуры.
«Археологические вести». № 4, Спб, 1995.
4. Аванесова   Н.А.,   Ташпулатова   Н.   Символика   огня   в   погребальной
практике   сапаллинской   культуры.   (по   материалам   исследования
могильника Бустан  VI ). ИМКУ, вып.30. Самарканд, 1999.  – С. 27-36.
5. Аванесова   Н.А.   Храмовые   функции   сакрализованных   плошадок
қабристоня   до   исторической   Бактрии   –   Бустон   VI   //   Степи   Евразии   в
древности   и   средневековье.   Материал ы   Международной   научной
конференции, посвященной 100-летию со дня рождения М.П.Грязнова.
СПб., 2002. – С. 110.
65 6. Аванесова Н.А. Двенадцатый полевой сезон на қабристоне Бустон   VI   //
Ўзбекестонда   археологик   тадқиқотлар   2004-2005й.   №   5,   Фан.   –
Ташкент, 2006. – С.23-28.
7.      Аванесова Н.А П роблеме относительной хронологии и периодизации
Сапаллинской   культуры.   //   Ў збекист он   археологияси ,   №   1,   Т о шкент,
2010 . – С. 110-143.
8. Аванесова Н.А.  Проявление степных традиций в Сапаллинской культуре
//   «Цивилизации   и   культуры   Центральной   Азии   в   единстве   и
многообразии». Ташкент, 2010 . –С. 107-133.
9. Алексеев   В.П., Ходжайов Т., Халилов Х. Население верховьев Амударьи
по данным палеоантропологии. –Т., “Фан”. 1984.
10. Аскаров А. Памятники андрановской культуры в низовьях 
Зарафшана // ИМКУ. –Вып 3. – Ташкент, 1962. – С. 28-41. 
11. Аскаров А. Сапаллитепа.  –  Ташкент,  Фан. 1973 .  – С. 172.
12. Аскаров   А..   К   вопросу   о   выделении   культуры   Сапалли.   «Древняя
Бактрия», Ленинград, 1974.  – С. 26-32.
13. Аскаров   А.   Расписная   сопол   Джаркутана   //   Бактрийские   древности.
1976. – С. 17-19.
14. Аскаров   А.   Древнеземледельческая   культура     эпохи     бронз ы   юга
Узбекистана. Ташкент, 1977.  – С. 232.
15. Аскаров  А ., Абдуллаев Б. Раскопки могильника Джаркутан (Результаты
работ весной 1975 г.).  //  ИМКУ ,  Ташкент, 1978 .  вып.14, – С. 19-43.
16. Аскаров А., Альбаум   Л.И. Поселение Кучуктепа.  – Т., Фан. 1979. – С.
112.
17. Аскаров   А.   Южный   Узбекистан   во   II     тысячелетии   до   н.   э..
«Этнические   проблемы   истории   Центральной   Азии   в   древности   ( II
тыс. до н. э.). Москва,  1981 .  – С. 167-169.
18. Аскаров  А. , Абдуллаев  Б.Н.  Джаркутан. Ташкент,  1983 .  – С. 87.
19. Асқаров   А,   Жўрақулов   М.   Энеолит   ва   бронза   даврида   Ўрта   Осиё.
Самарқанд. 1984. – Б. 100.
66 20. Аскаров   А.   Проблема   становления   раннегородской   культуры   на   юге
Узбекистана и ее связи Индостаном. // Древние культуры Средней Азии
и Индии. – Л., «Наука», 1984.  – С. 87-97.
21. Аскаров   А.   Южноузбекистанский   очаг   древнебактрийской
цивилизации. «Древние цивилизации Востока» Ташкент,   1986 .   – С. 44-
54.
22. А скаров   А,   Буряков   Ю.Ф,   Квирквелия   О.Р,   Радилиловский   В.В
Теоретические   и   методологические   проблемы   исследования   в
археологии. –   Т. ,  Фан. 1988.   
23. Аскаров   А. ,   Ширинов   Т.   Древнебактрийский   храм     огня   в   южном
Узбекистане.   «Градостроительство   и   архитектура.     Культура   Среднего
Востока – развитие связи и взаимодействия». Ташкент,  1989 .  – С. 7-24.
24.   Аскаров     А.   Степной   компонент   в   оседлых   коплексах   Бактрии   и
вопросы     его   интерпретации.   «Взаимодействие   кочевых   культур   и
древних цивилизаций. Алма-Ата, 1989.  – С. 87-89.
25. Аскаров   А.   Результаты   исследования   химического   состава   металла   из
могильников Бустан 3, 4 и 5 // ИМКУ, – Вып. 23. – Т, 1989. – С. 6-12.
26. Аскаров   А.   Некоторые   данные     о   могильнике     Джаркутан-   4в.   ИМКУ
вып.24. Ташкент, Фан.  1990 . – С. 8-18 .
27. Аскаров А.А., Ширинов Т.Ш. О некоторых группах культовой керамики
Джаркутана // ИМКУ. – Ташкент: Фан, 1991. Вып. 25. – С. 33-56.
28. Ас каров А, Ширинов Т., Ранняя городская  культура эпохи бронзы юга
Средней Азии. Самарканд – 1993.  – С. 162.
29. Асқаров А., Энг қадимий шаҳар. –Тошкент, 2001. 1, 26 б.т. 
30. Асқаров А., Зардуштийликнинг илк ватанидаги ибодатхона // Санъат 
тарихи. № 3. Тошкент, 2001. – Б. 4-7. 
31. Асқаров   А.   Орийлар   муаммоси:   янгича   қарашлар   ва   ёндашувлар   //
“Ўзбекистон   тарихи   моддий   маданият   ва   ёзма   манбаларда”.   Тошкент,
“Фан”, 2005. – Б. 288.  
                    
67 32. Асқаров А. Ўзбек халқининг этногенези ва этник тарихи. Тошкент. 
“Университет”. 2007. – Б. 339.
33. Асқаров   А.   Ўзбек   давлатчилигининг   тарихий   илдизлари   //
“Давлатчиликнинг   илк   босқичларида   Ўзбекистон”   (Республика   илмий-
амалий конференция материаллари). – Тошкент, 2010. –Б. 9-14.
34. Аскаров А. К вопросу  о взаимоотношени и населения степей Евразии и
Средней   Азии   в   эпоху   бронзы.   Сб.   «Тюркская   цивилизация   и
суверенныё Казахстан»   Астана, 2011 .
35. Бойс М.  Зороастрийцы: верования и обычаи. –М.: 1987 .
36. Васильев Л.С. История религий востока.
37. Ионесов    В. Новые исследования могильника   эпохи бронзы Джаркутан
IV а. ИМКУ ,  вып. 22. Ташкент,  1988 .
38. Ионесов   В..   Некоторые   данные     о   могильнике     Джаркутан-   4в.   ИМКУ
вып.24. Ташкент, Фан.  1990 . – С. 8-18.
39. Исаков   А.И.,   Потемкина   Т.М.   Могильник   племен   эпохи   бронзы   в
Таджикистане. – СА, № 1, 1989.
40. Исаков.   А.   Саразм   –   новый   раннеземледельческий   памятник   Средней
Азии // СА, №6, 1986 .
41. Исаков   А.   Саразм.   (К   вопросу   становления   раннеземледельческой
культуры Зеравшанской долины). Душанбе,  1991 .
42. История народов Узбекистана, том 1, Тошкент, 1950. 
43. История таджикского народа. Том 1, Душанбе, 1998. 
44. Кузьмина   Е.Е.   Металлические   изделия   энеолита   и   бронзового   века   в
Средней Азии. Москва, 1966.
45. Мандельштам   А.М.   Могильник   Ариктау   в   Бишкентской   долине
(Южный Таджикистан) // КСИИМК. № 76. –М., 1959. – С. 73-82.
46. Мандельштам А.М. Памятники эпохи бронз ы  в Южном Таджикистане.
МИА, № 145, Ленинград, 1968.
47. Массон   В.М   Древнеземледельческая   культура   Маргианы.   МИА,   №73 ;
М.-Л., 1959.
68 48. Мас с он   В.М.   Карадепе   у   Артыке   //   Тр.   ЮТАКЭ,   –   Том   Х,   1961.   –
Ашхабад, – С. 328-329.
49. Массон   В.М.   Историческое   место   Среднеазиатской   цивилизации.   СА,
№ 1. М.: 1964.
50. Массон В.М. Средняя Азия в эпоху камня и бронзы. Изд-во “Наука” М.-
Л.: 1966.
51. Массон В.М. Южнотуркменистанский центр земледельческих культур 
(В свете работ ЮТАКЭ 1955-1958). М.: 1960.
52. Массон В.М..  Эволюция первобытных поселений Средней Азии // УСА.
Вып. Л., 1972.  с.45
53. Мас с он   В.М..   Экономика   и   социальный   строй     древних   обществ.
Ленинград, 1976.
54. Массон.   В.М..   Поселение   Джайтун.   (Проблема   становления
производящей экономики) // МИА, №180, Л., 1971., с.77
55. Рахманов     У.   Раскопки   керамических   горнов   культуры   Сапалли   на
Бустан 4. ИМКУ, вып.15. Ташкент,  1979 . – С. 35-44.
56. Рахманов   У.   Керамическое   производство   эрохи   бронзы   Южного
Узбекистана.  –  Самарканд, 1987 .
57. Рахманов   У ,   Шайдуллаев   Ш.       О   влиянии   культур   степной   бронзы   на
керамические       мажмуаы   Сапаллинской   культуры.     ОНУ   № , 11,
Ташкент,  1985 .  – С. 58-63.
58. Сагдуллаев А.С. Усадьбы древней Бактрии. Ташкент, «Фан», 1987.
59. Сагдуллаев   А.   Қадимги   Ўзбекистон   илк   ёзма   манбаларда.   Тошкент.
2002.
60. Сарианиди   В.А.   Памятники   позднего   энеолита   юго-восточной
Туркмении // Археология СССР. САИ. Б. 3-8. Част 4. М., 1965 .
61. Сарианиди   В.И.   Исследования   памятников   Дашлинского   оазиса.
«Древняя Бактрия» Москва,  1976 .
62. Сарианиди В.И.. Древние земледельцы Афганистана. Москва,  1977 .
63. Сарианиди   В.И..Раскопки   монументальных   зданий   на   Дашли   3.
«Древняя Бактрия». М.,  1984 .  
69 64. Сарианиди   В.И.   Протозороастрийский   храм   в   Маргиане   и   проблема
возникновения зороастризма // ВДИ. – М.: 1989. №1.
65. Сарианиди В.И.. И здесь говорил Заратуштра. Москва,  1992 .
66. Сарианиди В.И.. В поисках страны Маргуш. Москва,  1993 .
67. Сарианиди В.И.. Гонур-Депе: город царей и богов.. Ашхабад, 2006.
68. Смоличев     П.И.   Погребения   со   скорченными   костяками     в   районе   г.
Сталинабаде. ИТФАН СССР, № 15, 1949.    
69. Спенсер Г. Основания социологии. - СПб., 1873.
70. Тереножкин   А.И.     Археологические   находки   в   Таджикистане.
КСИИМК, вып.  XX .,  Москва,  1948.
71. Токаров С.А. Ранние  формы религии. –М., Наука, 1990.
72. Толстов А.П., По следам древнехорзмейской цивилизации. М., 1948 . 
73. Толстов   С. П.   Древний   Хорезм.   Опыт   историко-археологического
исследования / Моск. гос. ун-т. – М., 1948
74. Толстов А.П., По следам древнехорзмейской цивилизации. М., 1948 . 
75. Толстов С.П., Жданко Т.А., Итина М.А. Работы Хорезмской археолого-
этнографической   экспедиции   АН   СССР   в   1958-1960   гг.   МХЭ,   вып.   6.
1963
76. Толстсов     С.П.   Работы   Хорезмской   археолого-энографической
экспедиции АН СССР в 1949-1953 гг. ТХАЭЭ, т. 2. М.: 1968.
77. Толстов   С.П.   Материалы   ХАЭЭ.   Т.   4.   Полевые   исследования
Хорезмской экспедиции в 1958-1961 гг. М., 1963
78. Толстов   С.П.   Хорезмская   археологическая   экспедиция   1940   г.
(четвертый полевой сезон работ экспедиции). КСИИМК. Вып. 12.
79. Шайдуллаев Ш. Северная Бактрия в эпоху раннего железного века. 
Цивилизация Турана – Мавераннахра. Ташкент, 2000.
80. Шайдуллаев   Ш.Б.   Илк   шаҳарнинг   археологик   белгилари.   “Ўзбекистон
тарихи”, № 3, Тошкент, 2002. 
81. Шайдуллаев   Ш.Б.,   Дитрих   Хуфф,   Рахимов   К.   « Жарқўтон   -   2002 »
Археологические исследования в Узбекистане 2002 год.
82. Шайдуллаев Ш.  Авесто ва моддий маданият. “Ўзбекистон тарихи”, № 3,
Тошкент,   2004 .  
83. Ширинов   Т.   Орудия   производства   и   оружие   эпохи   бронзы
Среднеазиатского междуречья. Т.: «Фан», 1986
70 84. Ширинов   Т.   Алтари   огня   из   храма   Джаркутана-памятника   эпохи
развитой   бронзы     юга   Узбекистана.   ИМКУ,   вып.   23.   Ташкент,   Фан.
1990. – С. 69-79.   
85. Ширинов   Т   «Винодельная»   Джаркутан   –   памятник   эпохи   бронзы
юга Узбекистана. ИМКУ, вып. 24. Ташкент, Фан. 1990а. – С.18-29.   
86. Ширинов   Т.   Средняя   Азия   во   II   тысячелетии   до   н.э.   и
протозороастризм. ИМКУ, вып.31. – Самарканд, 2000. – С. 35-49.   
87. Шайдуллаев   Ш,   Хуфф   Д,   Раҳимов   К.   Жарқўтон   –   2001.
Археолгические        исследования в Узбекистане 2003 год. 
88. Шайдуллаев   Ш.   “Авесто”   ва   моддий   маданият.   //   Ўзбекистон
тарихи. 2004. №3.
89. Чайлд   Г.   Древнейший   Восток   в   свете   новых   раскопок   //   ИИЛ.   М.,
1956 . 
Qisqartirilgan so’zlar izohi
A  – Ashxabad
AO  – Arxeologicheskiye otkritiya. M.
BD  – Baktriyskiye drevnosti.
VD – Vestnik drevney istorii. M.
IANTSSR  – Izvestiya Akademii nauk Turkmenskoy  SSR. 
   Ashxabad.
IGAIMK  – Izvestiya Gosudarstvennoy akademii instituta 
   materialnoy kulturi. M. –L.
IMKU  – Istoriya materialnoy kulturh Uzbekistana. 
   Tashkent.
KD  – Karakumskiye drevnosti. Ashxabad. 
KSIA  – Kratkiye soobshyeniya instituta Arxeologii AN SSSR. M.
KSIIMK  – Kratkiye soobshyeniya Instituta istorii 
   materialnoy kulturi. M., L.
KTD  – Kratkiye tezisi dokladov.
71 L  – Leningrad
MIA  – Materiali i issledovaniya po arxeologii SSSR. M., L.
MSAAE  – Materiali sovetsko-afganskoy arxeologicheskoy 
   ekspedisii. M.
M  – Moskva 
ONU  – Ob щ yestvenniye nauki v Uzbekistane. Tashkent.
S  – Samarkand.
SA  – Sovetskaya arxeologiya. M. 
SAI  – Svod arxeologicheskix istochnikov. M., -L.
SE – Sovetskaya etnografiya. M.
T  – Tashkent.
TYUTAKE  – Trudi Yujno-turkmenistanskoy arxeologicheskoy 
   kompleksnoy ekspedisii. Ashxabad.
USA  – Uspexi Sredneaziatskoy arxeologii. L.
MSAE  – Materiali sovetsko-afganskoy ekspedisii.
72

Surxondaryo bronza davri jamoalarining moddiy madaniyati tarixi mav zusida Mundarija Kirish…………………………………………………………………............. 4 I Bob. Ishlab chiqarish xo’jaligi va metallsozlikning vujudga kelishi. 1.1. Dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi… …………………… 9 1.2. Metallning ixtiro qilinishi – insoniyatning buyuk kashfiyoti va uning madaniy-xo’jalik taraqqiyotida tutgan o’rni……………………………………………………………………………. 23 II Bob. Surxondaryo hududida sivilizasiya ildizlarining vujudga kelish i . 2.1. Sopolli – shaharmonand aholi makoni va uning ilk shaharlarning tashkil topishidagi o’rni……………………………………………………………….. 28 2.2. Jarqo’ton. Saroy ibodatxonasi. Uy-joylar…………………………….... 35 III Bob. Surxondaryo hududi jamoalarining so’nggi bronza davri moddiy madaniyati 3.1. Mo’loli … ………………………………………………………………….. 4 2 3.2. Bo’ston yodgorliklari moddiy madaniyati… ……………………………. 59 Xulosa… ……………………………………………………………………….. 63 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati… ……………………………………….. 68 Qisqartirilgan so’zlar izohi ………………………………………………........ 74 1

KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Ota-bobolarimizdan qolgan merosni o’rganish, ularning urf-odatlari, udumlarini tiklash – bu tarixni tiklash demakdir. Faqat uni xolislik bilan asl xolicha o’rganish, tahlil qilish o’rganilayotgan davr haqida aniq va to’g’ri tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Istiqlol bergan buyuk ne’matlardan biri ham tariximizni, milliy qadriyatlarimizni, o’zligimizni chuqur o’rganish uchun ulkan imkoniyatlar yaratdi. Xalqimiz orasida tariximizni bilishga bo’lgan qiziqishning keskin ortishi tufayli, ajdodlarimizning qadim urf-odatlari, diniy e’tiqodi, madaniy, ma’naviy merosini o’rganish tarix ilmining dolzarb masalasi sifatida e’tirof etilmoqda. Surxon voxasida bronza davrida bu hududlar kelib chiqishi jihatidan har xil bo’lgan uchta yirik tarixiy va etnomadaniy birliklarning (Sopolli madaniyati, Bishkent-Vaxsh madaniyati va Andronova madaniyati qabilalari) aloqa maydoniga aylanadi. Uning O’zbekiston qismida Sopollitepa, Jarqo’ton, Ko’zali, Mo’lali, Bo’ston, Kuchuktepa, Qiziltepa kabi o’troq dehqonchilik madaniyati yodgorliklari o’rganilgan. Ular qadimgi qishloqlar, ilk shahar harobalari, qadimgi qabriston yodgorliklari ko’rinishida bizgacha yetib kelgan. Hozirgacha bronza davri jamoalarining har xil nuqtalarda ko’plab yodgorliklar ochilgan. Ularda aholining etnomadaniy hayoti, turli xil urf-odatlari va diniy e’tiqodi o’z aksini topgan. Shu bilan birga Sopolli madaniyatining so’nggi Mo’lali va Bo’ston bosqichlarida qadimgi dehqon jamoalarining ekologik, demografik va iqtisodiy xo’jalik zaruriyati tufayli Janubiy Tojikiston hududlariga kirib borishi kuzatiladi. Arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko’ra, qadimgi Baqtriya bronza davrida sug’orma dehqonchilik sivilizasiyalarining dasht qabilalari bilan bevosita madaniy aloqa ko’prigiga aylangan va bu zaminda ilk davlatchilik asoslarining erta shakllanishiga olib kelgan. Surxondaryo hududi bronza davri aholisining moddiy madaniyati ustida izlanishlar olib borish, bronza davrida yashagan ajdodlarimizning turmush tarzi, 2

xo’jaligi. diniy e’tiqodi bilan bog’liq urf-odatlari, udumlari va diniy mafkurasi qay darajada va qanday bo’lganligini chuqur ilmiy asosda, atroflicha o’rganish ushbu mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Tadqiqot obyekti va predmeti: Surxondaryo mintaqasidan talaygina bronza davri yodgorliklari topilgan. Ular bronza davri o’troq va chorvador qabilalarning etnografik turmush tarzi haqida noyob ma’lumotlar beruvchi arxeologik yodgorliklar bo’lib, ularning davriy sanalari, aholisining iqtisodiy xo’jalik asoslari, etnik jihatdan qaysi bir arxeologik madaniyatlarga tegishli ekanligi ilmiy tahlil etilgan. Demak, tadqiqotning manbaviy asosi Surxon voxasi bronza davriga tegishli yodgorliklar va ularni qazish jarayonlarida uchratilgan tegishli obyektlar va artefaktlardir. Tadqiqotning o’rganilganlik darajasi: 1968 yilda Janubiy O’zbekistonda Sherobod cho’lini o’zlashtirilishi munosabati bilan Sherobod cho’lining janubiy sarhadlaridan bronza davriga tegishli Sopollitepa va Jarqo’ton yodgorliklari topiladi. Sopollitepa yodgorligida 1969-1974 yillarda arxeolog A.Asqarov keng ko’lamli arxeologik qazishmalar olib borib, ushbu yodgorlikni to’liq ochishga erishadi. Bu yodgorlikni birinchi bo’lib, Nomozgoh madaniyati doirasiga kiruvchi bronza davri obyekti ekanligini isbotlaydi. Eng muhimi, Sopollitepani qazish vaqtida, uning uy-joy mujmualari ostidan 138 ta qabrlarni topib o’rganishga muyassar bo’ladi 1 . Sopollitepa materiallari tahlili asosida O’zbekistonda qadimgi dehqonchilik madaniyatining tarixiy ildizlari Qadimgi Sharq sivilizasiyalari bilan bog’liq ekanligini ilk bor asoslaydi 2 . A.Asqarov “Sapallitepa” va “Drevnezemledelcheskaya kultura epoxi bronzы yuga Uzbekistana” nomli monografiyalarida jami, uy-joy majmualari ostidan topilgan qabrlar ayvonli-lahad shaklida qurilganligini ta’kidlaydi. Har ikki monografiyada ham muallif dafn marosimlari bilan bog’liq urf-odatlarni izohlash bilan maxsus shug’ullanmagan, dafn marosimlari haqidagi ma’lumotlar monografiyada umumlashtirilgan tahlilda o’z aksini topgan. 1 А скаров А. Сапаллитепа. – Т., Фан, 1973. 2 Аскаров А. Сапаллитепа. – Ташкент, Фан . 1973. 3

1973 yil bahorida Sh.Pidayev va V. Pilipkolar Sherobod tumani Oqqo’rg’on qishlog’i hududidan o’tgan Sherobod daryosi quyi havzasidagi Bo’stonsoyning chap sohilidan Sopollitepa sopol majmuasiga o’xshash sopol parchalarini topadilar. A.Asqarov ushbu sopol buyumlari bronza davriga oid ekanligini aniqlagach, sopol buyumlar topilgan ushbu hudud – Jarqo’tonda 1973 yilning kuzidan keng ko’lamli arxeologik izlanishlar boshlanadi. Bu izlanishlar tufayli Jarqo’ton tarixiy topografiyasida qayd qilingan № 5 tepalikda olib borilgan uy-joy mujmualari ostidan 52 ta qabr ochib o’rganiladi. Bu qabrlarning barchasi Sopolli madaniyati davriy xronologiyasining Jarqo’ton bosqichiga tegishli bo’lib, ularning ichki tuzilishi, skeletlarning joylashish holati va qabrga qo’yilgan ashyoviy dalillarning tarkibiga ko’ra, Sopollitepa qabrlaridan deyarli farq qilmaydi. Shunday qabrlardan o’nga yaqini U.Raxmanov tomonidan Jarqo’ton qal’a-qo’rg’onining monumental binosi, ya’ni qadimgi shahar hokimining saroyi shimoliy devori orqasidan topib o’rganilgan. Jarqo’tonda olib borilgan arxeologik dala tadqiqotlari shuni ko’rsat a diki, bu yerlarda Sopol li tepaning 8 kvartalidan ko’chib borgan jamoalar , Jarqo’ton maydonida bir-birlariga yaqin 8 ta joyga joylashib, Sopollitepadagi sakkiz jamoachilik an’analarini davom ettirgan bo’lishlari mumkin . Ana shu 8 jamoa tur a r-joy massivlari orasida diniy-dunyoviy boshqaruv markazi sifatida 6 -tepa da Jarqo’ton monumental ibodatxonasi qad ko’targan. Jarqo’ton “Shahriston”ida qad ko’targan 8 ta urug’-jamoalarining uy-joy massivlari Sopollitepa kvartallaridan farq qilib, 0,50 - 1 m.ga qadar balandlikda bo’lgan ta g -supa (platforma) ustiga qurilgan (ya’ni maydon tekislab olingan) bo’lib , atrofi esa mudofaa devorlari bilan o’rab olingan ligi solingan stratigrafik shurflar natijasida aniqlangan 3 . Manzilgohning janubida, Bo’stonsoyning har ikkala sohillaridan bir necha tabiiy tepaliklardan (Jarqo’ton III, Jarqo’ton IV a,b,v hamda Bo’ston 1, 2,3,4,5,6,7,8) qadimgi qabristonlar topilib, ularni A.Asqarov va uning shogirdlari hamda N.Avanesova kabi qator olimlar o’rganganlar 4 . 3 Рахманов У. Керамическое производство эрохи бронзы Южного Узбекистана. – Самарканд, 1987 . 4 Аскаров А. К вопросу о выделении культуры Сапалли // Древняя Бактрия. – Ленинград, 1974. – С. 26-32; Расписная керамика Джаркутана // Бактрийские древности. 1976. – С. 17-19; Бронзовый век южного Узбекистана (К проблеме развития локальных очагов древневосточной цивилизации) // 4

A. Asqarov shogirdlari B.Abdullayev, U.Rahmanovlar bilan birgalikda Jarqo’ton III, Jarqo’ton IVa,b,v (864 ta) hamda Bo’ston 3 (38 ta), Bo’ston 4 (39 ta) va Bo’ston 5 (12 ta) qabristonlaridan 900 ga yaqin qabrlarni ochib o’rganadilar. Sopolli madaniyati yodgorliklarida olib borilgan ko’p yillik arxeologik izlanishlar da asosiy e’tibor Amudaryoning yuqori havzalarida Qadimgi Sharq sivilizasiyasining mahalliy Baqtriya o’chog’ini shakllanishi va rivojlanish bosqichlarini kuzatishga, ilk shaharsozlik madaniyati va uning bazasida ilk davlatchilik tizimining paydo bo’lish muammosini o’rganishga qaratil gan . Bizgacha chop etilgan ilmiy adabiyotlarda ular alohida obyektlar sifatida o’rganib kelinsada, ammo Baqtriyaning bronza davri yodgorliklarining (dehqon jamoalari va chorvador aholini) moddiy madaniyatida o’z aksini topgan dafn marosimlari va diniy e’tiqodi bir butun ilmiy tizimga solinib, umumlashtirilmagan. Ulardan tegishli tarixiy xulosalar chiqarilmagan. Shu bois ham Baqtriyaning bronza davri yodgorliklari maxsus tadqiqot obyekti bo’lmagan. Shuning uchun ham ushbu tadqiqot ishida barcha birlamchi manbalar mustaqillik mafkurasi asosida, xolislik va obyektivlik tamoyillariga asoslangan holda, yangicha qarashlar va yondashuv asosida o’rganildi. Автореф.дисс.докт.ист.науки. – Москва, 1976. – С. 44; Древнеземледельческая культура эпохи брон з ы юга Узбекистана. – Т. , Фан, 1977 . – С. 232; Южный Узбекистан во II тыс.до.н.э. // Этнические проблемы истории Центральной Азия в древности ( II тыс.до.н.э). – М., 1981. – С. 167-179; Джаркутан. –Т., 1983. (Б.Абдуллаев билан ҳ амкорликда) Южноузбекистанский очаг древнебактрийской цивилизации // Древние цивилизации Востока. – Ташкент, 1986. –С. 44-54; Рахманов У. Керамическое производство эрохи бронзы Южного Узбекистана. – Самарканд, 1987 ; Аскаров А. Степной компонент в оседлых комплексах Бактрии и вопросы его интерпретации // Взаимодействие кочевых культур и древних цивилизаций. – Алма-ата. 1989. – С. 57-58; Результаты исследования химического состава металла из могильников Бустан 3, 4 и 5 // ИМКУ, – Вып. 23. – Т, 1989. – С. 6-12; Древнебактрийский храм огня в южном Узбекистане // Архитектура и градостроительство. – Ташкент, 1989. – С. 7-24. (Т.Ш.Ширинов билан ҳ амкорликда) ; О некоторых группах культовой керамики Джаркутана – памятника эпохи развитой бронзы юга Узбекистана // ИМКУ. – Вып 25. – Т., 1991. – С. 3-56. (Т.Ш.Ширинов билан ҳ амкорликда) ; Ранняя городская культура эпохи бронзы юга Средней Азии. – Самарканд, 1993. – С. 161. (Т.Ш.Ширинов билан ҳамкорликда); Бақтриянинг бронза ва илк темир даври маданиятлари хронологияси // “Ўзбекистон тарихи моддий маданият ва ёзма манбаларда”. Тошкент, “Фан”. 2005. – Б. 36-48 (Ш.Шайдуллаев б-н ҳамкорликда); Ширинов Т. Алтари огня из храма Джаркутан – памятника эпохи развитой бронзы // ИМКУ, – Вып. 23. – Ташкент, Фан. 1990. – С. 70-78; Ионесов В. Новые исследования могильника эпохи бронзы Джаркутан IVа. ИМКУ , вып. 22. Ташкент, 1988; Некоторые данные о могильнике Джаркутан- 4в. ИМКУ вып.24. Ташкент, Фан. 1990 . – С. 8-18 ; Аванесова Н.А. Новое в погребальном обряде сапаллинской культуры // «Археологические вести». – № 4, Спб, 1995 ; Символика огня в погребальной практике сапаллинской культуры. (по материалам исследования могильника Бустан VI ) // ИМКУ, – В ып.30. – Самарканд, 1999. – С. 27-36. ( Ташпулатова Н б-н ҳамк); П роблеме относительной хронологии и периодизации Сапаллинской культуры // Археология Узбекистана, – № 1, – Ташкент, 2010 ; Проявление степных традиций в Сапаллинской культуре // «Цивилизации и культуры Центральной Азии в единстве и многообразии». – Ташкент, 2010 ; 5