logo

O‘zbekiston tosh davri jamoalarining madaniy aloqalari tarixi tadqiqot muammolari va istiqboli

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

161.0693359375 KB
O‘zbekiston tosh davri jamoalarining madaniy aloqalari tarixi: tadqiqot
muammolari va istiqboli
Mundar eja
KIRISH ………………………………………………………………………  4-18
I   BOB.O‘rta   Osiyo,   xususan   O‘zbekiston   tosh   asri   jamoalari   moddiy
madaniyatining o‘rganilishi tarixi: 
I.1O‘rta   Osiyo,   xususan   O‘zbekiston   paleolit   va   mezolit   davri   jamoalari
moddiy   madaniyatining   o‘rganilishi   tarixi:   tadqiqot   muammolari   va
istiqboli……………………………………………………………………… 19-29
I.2.   O‘rta   Osiyo,   xususan   O‘zbekiston   neolit   davri   jamoalari   moddiy
madaniyatining   o‘rganilishi   tarixi:   tadqiqot   muammolari   va
istiqboli………………………………………………………………………30-39
II-BOB.   O‘zbekiston   tosh   asri   jamoalarining   madaniy   aloqalarining   tarixi:
tadqiqot muammolari va istiqboli
II.1.   O‘zbekiston   paleolit     davri   jamoalari   madaniy   aloqalarining   tarixi:
tadqiqot muammolari va istiqboli………………………………………… 40-4 5
II.2.   O‘zbekiston   mezolit   davri   jamoalari   madaniy   aloqalarining   tarixi:
tadqiqot muammolari va istiqboli………………………………………     4 6 -5 2
III-BOB.   O‘zbekiston   neolit   davri   jamoalari   madaniy   aloqalarining   tarixi:
tadqiqot muammolari va istiqboli
III.1.   O‘zbekiston   neolit   davri   kaltaminor   jamoalari   madaniy   aloqalarining
tarixi:  tadqiqot muammolari va istiqboli………………………………..    5 3 -5 7
III.   2.   O‘zbekiston   neolit   davri   Sazog‘on,   Markaziy   Farg‘ona   va   UstYurt
jamoalari   madaniy   aloqalarining   tarixi:     tadqiqot   muammolari   va
istiqboli………………………………………………………………………  5 8 -6 4
XULOSA……………………………………………………………………   6 5 -68
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR  RO‘YXATI…………..…..          69-74
1 KIRISH
Magistrlik   dissertatsiya   mavzusining   asoslanishi   va   uning   dolzarbligi.
Kishilik tarixi taraqqiyoti ilk bosqichlarinitosh asri o‘z ichiga oladi  (3-2 mln- mil
avv.   IV   yillklar).   Bu   davr   tosh   qurollarning   yasalishi   texnikasi   va   ularga   ishlov
berilishi usullari, tosh industriyasining o‘ziga xoslik jihatlari, mehnat qurollarining
turmushda bajargan funsiyalari asosida o‘z taraqqiyoti bosqichlari ketma-ketligiga
ega, ya’ni bular paleolit (3-2 mln- 12 ming yilliklar), mezolit ( 12-7 ming yilliklar)
va neolit (6-4 ming yilliklar)tarixiy davrlardan iborat. Tosh asrining har bir tarixiy
davrida   o‘ziga   xos   ijtimoiy   tuzumi,   odamlar   turmush   tarzi,   kundalik   xo‘jalik
mashg‘ulotlari, mehnat qurollari bo‘lgan, shuningdek, ularda madaniy va iqtisodiy
ixtiro va kashfiyotlari ro‘y bergan. Odamzod ilk jamiyatida ular hali tabiatga to‘la
qaramliligi bilan xarakterlanadi. Lekin, vaqt o‘tishi bilan inson va tabiatning o‘zaro
aloqadorligi  masalasi  mazmunan o‘ta dolzarb ahamiyat  kasb etadi.Bu aloqadorlik
tarixiy davrlarda o‘ziga  xoslikni  tashkil  etib, ularning har  birida inson  tomonidan
yaratilgan   ixtiro   va   kashfiyotlar,   ya’ni   o‘z   davri   uchun   innovatsiyalar   bilan
xarakterlanadi. Masalan, tosh qurollarining odamzod tomonidan kashf etilishining
o‘zi o‘z davri uchun buYuk innovatsion faoliyat edi. Sun’iy olovning kashf etilishi
esa,   so‘zsiz,   insonlar   turmushida,   o‘zining   biologik   jihatdan   takomillashuvida
(pishgan   ovqatlarni   tanovul   qilishi),   uning   jamiyatida   muhim   ijtimoiy   ahamiyat
kasb etgan.
Magistrlik   dissertatsiya   uchun   tanlagan   mavzumiz   O‘rta   Osiyo   miqyosida
tosh   asri   taraqqiyoti   bosqichlarida   madaniy   aloqalar   va   odamzod   tomonidan
yaratilgan   moddiy   madaniyatning   kelib   chiqishi   tarixiy   ildizlariga   bag‘ishlanadi.
Bu   mavzuni   biz     be’jizga   tanlamaganmiz.   Sababi,   tadqiqotlar   ko‘rsatishicha,
so‘nggi   paleolit   davridan   e’tiboran   etnos,   etnik   birikmalar   shakllana   borganligi
haqida ma’lumotlar bor. Ma’lumki, kishilik  tarixi  ibtidoiy davri, xususan tosh asri
jamoalari   ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy taraqqiyotini   o‘rganishda   etnik jamoalari,
etnomadaniyat,   etnogenetik   jarayonlar     masalasi     dolzarbdir.     Aniqrog‘i,
2 etnogenetik     jarayonlar     tosh   asrining     qaysi   taraqqiyot     bosqichiga   oid     degan
masala     mutaxassislar     diqqat   markazida     bo‘lgan     va     hanuzgacha     tadqiqot
ob’ekti  bo‘lib kelmoqda. Nima uchun shunday, sababi etnik birikma jamoalarning
mustaqil madaniyati demakdir.
Demak,   dissertatsiyamizning   mazmuni   O‘rta   Osiyo   tosh   asri   jamoalari
madaniyatining   shakllanishi   va   rivojining   tarixiy   ildizlari,   madaniy   aloqalarga
bag‘ishlangan  ekan,  buni  yoritishda so‘zsiz,  tadqiqotlarda aniqlangan va  mustaqil
madaniyat   sifatida   paleolit,mezolit   va   neolit   davrlar   uchun   ilmiy   asoslangan
arxeologik   madaniyatlarning   o‘rni   va   ahamiyati   katta.   Sababi   shu   O‘rta   Osiyo
sarhadlari   miqyosida   tosh   asri   tarixiy   davrlari   kesimidagi     ushbu
madaniyatlarningkelib   chiqishi   tarixiy   ildizlari,   madaniy   aloqalarni   biz   o‘z
ishimizda   yoritib,   eng   so‘nggi   arxeologik   tadqiqotlarda   qo‘lga   kiritilgan   manba,
ma’lumotlar   asosida   ilmiy   asoslab   berishimiz   lozim.   Bunda   madaniyatlar
shakllanishi avtoxton xarakteri muhim ahamiyat kasb etadi
O‘rta Osiyo miqyosida paleolit davri, xususan Zarafshon, Farg‘ona, Surxon
va   Toshkent   vohasi   paleolit   davri   jamoalarining   madaniyati,   mezolit   davriga   oid
Obishir   (Farg‘ona   vohasida),   Vaxsh   (Tojikiston   hududida),   Aydabol   (UstYurt
palotasida) kabi madaniyatlar, neolit davriga oid Joyitun (Janubiy Turkmaniston),
Kaltaminor   (Amudaryo   va   Zarafshon   daryosi   Quyi   oqimlari,   Qizilqumda)   Hisor
(Tojikiston   sarhadlarida),   Markaziy   Farg‘ona   (Farg‘ona   vodiysida),   Sazog‘on
(O‘rta   Zarafshon   vohasida)   UstYurt   neolit   madaniyati   kabi   tosh   asri   jamoalariga
tegishli madaniyatlar mavjud va tadqiq etilgan. Ushbu madaniyatlar kelib chiqishi
tarixiy   ildizlari,   jamoalar   madaniy   aloqalari     ishda   yoritiladi.   Ta’kidlash   joizki,
hozirgi   kunda   kishilik   tarixi   taraqqiyotining   ilk   bosqichlarini   o‘z   ichiga   oluvchi
butun   bir   davr,   ya’ni   O‘rta   Osiyoda   tosh   asri   tarixi,   tarixshunosligi   xususan,
antropogenez   jarayoni,   inson   va   tabiatning   o‘zaro   aloqadorligi,   tosh   asrining
davrlashtirilishi   va   tarixiy   bosqichlarning   o‘ziga   xos   xususiyatlari,   davr
yodgorliklarining   xronologik   doirasi   va   mustaqil   arxeologik   madaniyatlari,
jamoalar   moddiy   madaniyati,   odamlar   turmush   tarzi,   kunlik   mashg‘ulotlari,
mehnat qurollari va ularning evolYusiyasi, xo‘jalik va madaniy ixtiro, kashfiyotlar,
3 aholining   mafkuraviy   qarashlari   ma’naviy   kechinmalari,   diniy   tasavvurlari,
ibtidoiy san’at, etnos,  etnomadaniy qiyofasi  va antropologik tiplar, shu davrda ro‘y
bergan ijtimoiy- iqtisodiy Yuksalishlar, urug‘chilik jamoa tuzumining shakllanishi
va   rivoji,   ikki   xo‘jalik   va   madaniy   tiplar,   ya’ni   o‘zlashtirma   xo‘jalik   va   ishlab
chiqarish   iqtisodiyotiga   asoslangan   jamoalar   madaniyati,   iqtisodiy   va   madaniy
aloqalar,   madaniyatlar   kelib   chiqishi   tarixiy   ildizlari   haqida   keyingi   yillar
tadqiqotlarida   muhim   natijalarga   erishilmoqda.   Bizning   mazkur
dissertatsiyamizning   mazmuni   va   uning   yozilishi   keyingi   uch   o‘n   yilliklar
davomida   O‘rta   Osiyoda,   shu   jumladan   O‘zbekiston   hududida   tosh   asri
yodgorliklari   tadqiqotida   qo‘lga   kiritilgan   kashfiyotlar,   zamonaviy   yondoshuvlar
asosida   katta   hajmdagi   arxeologik   manbalar   tahlili   bo‘yicha   chiqarilgan
xulosalarga   tayanilgani   bilan   xarakterlanadi.   Ma’lumki,   Respublikamiz
mustaqilligi   yillarida     tosh   asri   yodgorliklari   tadqiqotida   jahonning   nufuzli   ilmiy
markazlari   bilan   hamkorliklar   yo‘lga   qo‘yildi,   xalqaro   arxeologik   qo‘shma
ekspeditsiyalar   (O‘zbekiston-Rossiya,   O‘zbekiston-Polsha,   O‘zbekiston-Fransiya,
O‘zbekiston-Xitoy     kabi)   faoliyat   ko‘rsatdi,   zamonaviy   metodikalar   qo‘llanildi,
taniqli xorij mutaxassislari ishtirok etishdi.
Magistrlik   dissertatsiyamiz   mavzusining   dolzarbligi   quyidagilar   bilan
belgilanadi.  O‘rta Osiyo hududi sharq dunyosida qadimgi madaniyat markazlaridan
biri   hisoblanadi.   Bu   madaniyatning   jonli   guvohlari   bo‘lgan   tarixiy   madaniy
yodgorliklar   ko‘plab   tadqiq   etilgan.   Jumladan,   kishilik   tarixi   tosh   asriga   oid
yodgorliklar   tadqiqotida   qo‘lga   kiritilgan   ashyolar   o‘sha   davr   jamoalari   ijtimoiy
tuzumi, kunlik turmush tarzi, mashg‘ulotlari, ma’naviy kechinmalari, o‘zaro qo‘ni-
qo‘shnichilik   madaniy   aloqalari   to‘g‘risida   qimmatli   manba   bo‘lib   xizmat   qiladi.
Xususan,   tosh   davri   jamoalarining     madaniy   aloqalari   ibtidoiy   davr   madaniyatini
o‘rganishda   dolzarb   masalalardan   biridir.   Dastlab   A.P.Okladnikov   tomonidan   bu
masalaga   e’tibor   qaratilgan   bo‘lsa,   keyinchalik   S.P.Tolstov,   A.V.Vinogradov,
V.A.Ranov,   U.Islomov,   M.Jo‘raqulov,   E.Bijanov   kabi   olimlar   ham   o‘z
tadqiqotlarida   O‘rta   Osiyo   tosh   davri   jamoalari   o‘zaro   madaniy   aloqalari
to‘g‘risida   qimmatli   ma’lumotlar   keltirishganlar.   Jumladan,   U.Islomov   Farg‘ona
4 vohasi   neolit   davri   jamoalarining   Markaziy   va   Janubiy   Tojikiston   xududi   Hisor
neolit jamoalari madaniyatiga o‘xshashligi, V.A.Ranov o‘z navbatida Hisor neolit
jamoalarining  Farg‘ona,  Zarafshon  vohasi   va  Shimoliy  Afg‘oniston  hududi  neolit
jamoalari   bilan   madaniy   aloqalari   to‘g‘risida   qiziqarli   faktlar   keltirgan.   M.
Jo‘raqulov     O‘rta   Zarafshon   vohasi   Sazog‘on   neolit   jamoalarining   Tojikiston
hududi   Hisor   jamoalari,   Farg‘ona   vohasi   Markaziy   Farg‘ona   neolit   jamoalari,
S.P.Tolstov, A.V.Vinogradovlar Xorazm hududi kaltaminor jamoalarining Janubiy
Turkmaniston   va   Yaqin   Sharq   hududi   neolit   jamoalari   o‘zaro   qo‘ni   qo‘shnichilik
madaniy   aloqalari   borasida   qimmatli   ma’lumotlar   keltirishadi.   E.Bijanov   Usturt
tosh   davri   jamoalarining   Xorazm,     Sharqiy   Kaspiybo‘yi,   Janubiy   Turkmaniston,
Yaqin   Sharq     hududi   jamoalari   bilan   yaqindan   madaniy   aloqada   bo‘lib
yashaganliklari   to‘g‘risida   o‘z   tadqiqotida   ma’lumotlar   keltirgan.   Bu   madaniy
aloqalar tosh asriga oid yodgorliklar tosh industriyasi, tosh qurollari shakli, ishlov
berilishi usullari, tosh qurollari yasalish xom ashyolari, turar joylari, qabrlari, sopol
idishlari   va  ularga  ishlangan  naqshlarida   namoyon  bo‘lgan.   Demakkim,  odamzod
qadimdan   ma’lum   bir   hudud   bilan   chegaralanib   yashab   qolmasdan,   balkim   ular
oziq-ovqat   topish   ilinjida   yoki   tosh   qurollari  yasash  uchun   xom  ashyolar   izlashib
boshqa   joylarga   borib   qolishganlar   va   u   joydagi   jamoalar   madaniyatining   ba’zi
jihatlarini o‘zlashtirib olishganlar, aksincha ular madaniyatiga ta’sir ko‘rsatganlar.
Bunday   madaniy   aloqalar   so‘zsiz   jamoalar   tomonidan   yaratilgan   madaniyatlarda
shu   tariqa   o‘z   aksini   topgan.   Xulosa   shuki,   O‘rta   Osiyo   hududida   kishilik   tarixi
taraqqiyoti   ilk   bosqichini   o‘z   ichiga   olgan   tosh   davridanoq   jamoalar   o‘rtasida
o‘zaro   qo‘ni   qo‘shnichilik   madaniy   aloqalari   bo‘lgan   ekan.   Bu   madaniy   aloqalar
tarixiy   taraqqiyot   keyingi   bosqichlarida   ham   uzluksiz   davom   etgan   va   u
xalqlarning   urf-odati,   turmush   tarzi,   xo‘jalik   mashg‘ulotlari,   diniy   e’tiqodlari,
san’ati,   bayramlarida   umumiylikni   keltirib   chiqarganki,   elat   va   xalqlarning   kelib
chiqish   ildizini   ham   chirmashtirib   Yuborgan.   Bunga   O‘rta   Osiyo   hududida
yashovchi   o‘zbek,   tojik,   qozoq,   qirg‘iz,   turkman   xalqlari   tom   ma’noda   misol
bo‘ladi. 
5 Respublikamiz   mustaqilligi   yillarining   dastlabki   yillaridanoq   madaniy
merosimizni   tadqiq   etishning   huquqiy   asoslari   yaratila   boshlandi.
Konstitutsiyamizning   49-moddasida   fuqoralar   O‘zbekiston   xalqining   tarixiy,
madaniy   va   ma’naviy   merosini   avaylab   asrashga   majburligi,   madaniyat
yodgorliklari davlat muhofazasida ekanligi belgilab qo‘yildi. 2001 yilda «Madaniy
meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida», 2009 yil 16
iYunda   «Arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish
to‘g‘risida»   gi   qonunlar,   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat
Mirziyoevning   2018   yil   17   yanvardagi   “Moddiy   madaniy   va   arxeologik   meros
ob’ektlarini   muhofaza   qilish   va   ulardan   foydalanishni   takomillashtirish
to‘g‘risida”gi   F-5181-son   farmoyishi,   O‘zbekiston   Respublikasi   VMsining
“Arxeologik  tadqiqotlarni   tubdan   takomillashtirish   to‘g‘risidagi   21   sentyabr   2019
yil   792-sonli   qarori   shular   jumlasidandir.   Madaniy   meros   ob’ektlaridan
foydalanish   borasidagi   farmoyishlarning   ijrosi   sifatida   O‘zbekiston   Respublikasi
Oliy   va   o‘rta   maxsus   ta’lim   vazirligining     Ma’naviyat   va   tarix,   arxeologiya
yo‘nalishlaridagi   darsni   o‘quv   yili   davomida   muzeylar,   madaniy   meros
ob’ektlarida   tizimli   olib   borilishini   ta’minlashning   qo‘shma   chora-tadbirlari
rejasining   (2019   yil   7   dekabr,№   87-03-4783)   ishlab   chiqilganligi   ta’lim,   fan   va
ishlab chiqarish integratsiyasini amalga oshirishda dasturi amal bo‘ldi.
O‘rta   Osiyo   tosh   asri   yodgorliklari   tadqiqoti   natijalarida   tosh   davri
jamoalarining   o‘zaro   qo‘ni-qo‘shnichilik   madaniy   aloqalari   dissertatsiyamiz
mazmunida   o‘z   ifodasini   topgan.   YUqorida   keltirganimizdek,   keyingi   yillarda
O‘rta   Osiyo   tosh   asri   paleolit   davriga   oid   qator   yangi   yodgorliklar   kashf   etildi,
antropogenez   jarayonini   oydinlashtiruvchi   muhim   antropologik   manbalar
(Farg‘ona odami, Obirahmat odami) qo‘lga kiritildi, oldingi yillarda tadqiq etilgan
yodgorliklarda   (Ko‘lbuloq,   Qo‘tirbuloq,   Obiraxmat   g‘or   makoni   kabilar)   xalqaro
arxeologik   ekspeditsiyalar   qayta   qazilma   ishlarini   amalga   oshirishdi   va   muhim
arxeologik,   antropologik   manba,   ma’lumotlarni   qo‘lga   kiritishdi,   yangi
chakmoqtosh ustoxonalari (Qizilqumda   Ko‘kayaz 1-8) kashf etildi. Mezolit davri
6 jamoalariga tegishli yangi yodgorliklar kashf etildi (Zarafshon vohasida-CHorbaqti
yodgorliklari,   Qorakamar,   Ochilg‘or   makoni   pastki   madaniy   qatlami   va   h.k.),
yangi   qoyatosh   rasmlari   yodgorliklari   (Nurota   tog‘   tizmasi   qoyatosh   rasm
yodgorliklari)   ochildi.   O‘rta   Osiyo   neolit   davri   jamoalari   moddiy   madaniyati
tadqiqoti   bo‘yichayaqin   yillarda   muhim   kashfiyotlar   qo‘lga   kiritilgani   faktini
keltirish   mumkin.   Xususan,   Quyi   Zarafshon   vohasida   kaltaminor   jamoalari
madaniyatiga   oid   yangi   yodgorlik   (Oyoqag‘itma)   xalqaro   arxeologik
ekspeditsiyalar   (O‘zbekiston-Polsha,   O‘zbekiston-Fransiya)   tomonidan   tadqiq
etildi.   O‘rta   Zarafshon   vohasida   Sazog‘on   madaniyatiga   oid   qator   yodgorliklar
ochilib,   Sazog‘on   madaniyati   O‘rta   Osiyo   neolit   davri   madaniyatlari   tizimida
mustaqil   madaniyat   sifatida   ajratilib,   ilmiy   asoslandi,   Surxondaryo   sarhadlarida
neolit   davriga   oid   yangi   To‘da   yodgorliklari   tadqiq   etildi.   Tojikiston   hududida
Kangurttut, LYulikutal, CHarmgaron, Uchqunkabi qator neolit yodgorliklari kashf
etildi,  Hisor   neolit   madaniyatining  mahalliy  madaniy  variantlari  (“Klassik  hisor”,
“Qulob   guruhi”,   “Yavon   guruhi)ajratilib,   ilmiy   asoslandi.Neolit   davri   jamoalari
(kaltaminor,   sazog‘on,   hisor   neolit   jamoalari)   turmushida   ishlab   chiqarish
iqtisodiyotiga   o‘tganligining   dastlabki   qadamlari,   jamoalarning   o‘zaro
qo‘shnichilik madaniy aloqalari hamda neolit jamoalari madaniyati shakllanishi va
rivojlanishining yangi materiallar asosida avtoxton xarakter kasb etganligi faktlari
aniqlandi.
Tadqiqot obyekti va predmeti:
Tadqiqot   obyekti:   Insoniyatning   o’tmish   tarixini   boy   madaniy   merosini
o’rganishda   shubhasiz,   tosh   davri   jamoalari   tomonidan   yaratilgan   moddiy
madaniyatning   ham   o’ziga   xos   o’rni   bor.   Magistrlik   tadqiqotimizning   asosiy
obyekti   O‘zbekiston   miqyosida   kashf   etilgan   o’tmish   tariximiz,   boy   madaniy
merosimizning  jonli guvohlari bo’lmish  tosh  davri  yodgorliklari hisoblanadi. 
Tadqiqot   predmeti.   O‘zbekiston   tosh   davri   jamoalari   moddiy   madaniyatini
yoritib,   shu   madaniyat   tarkibiy   qismi   bo’lgan   jamoalarning   o’zaro   madaniy
aloqalari   to’g’risida   ma’lumot   berishdan   iborat.   Bunda   shubhasiz,   yangi   ibtidoiy
7 makonlar   kashf   etilishi   va   ularda   qo’lga   kiritilgan   arxeologik   manbalarning
jamoalar madaniy aloqalari mexanizmida ahamiyati muhim o’rin tutadi. Xususan,
makonlar tosh industriyasi xarakteri, tosh qurollar tipologiyasidagi o’xshashliklar,
sopol buYumlar, zeb-ziynatlar, turar-joy, qurol-yarog’lar, xo’jalik Yumushlaridagi
uyg’unliklar shular jumlasidan hisoblanadi. 
Magistrlik   dissertasiyasining   maqsad   va   vazifalari.   Tadqiqotimiz   uchun
mazmun   etib   tanlangan   mavzuning   asosiy   maqsadi,   vazifalari   quyidagi   masalalar
hisoblanadi:
1.   O‘zbekiston   miqyosida   tosh   asri   yodgorliklari   o‘rganilishi   tarixi,
jamoalarning   o‘zaro   madaniy   aloqalarida   tadqiqot   muammolari   va   istiqboli
borasida   qo‘lga   kiritilgan   ma’lumotlarni   manba   sifatida   yaxlit   bir   tizimga   solib,
fundamental ish yaratish.
2.   O‘zbekiston   tosh   asri   yodgorliklari   va   ular   tadqiqoti   natijalarini   tarixiy
davr rivoji ketma-ketligi bosqichlari doirasida yoritish, bunda arxeologik qazishma
ishlarida qo‘lga kiritilgan arxeologik ashyolarni moddiy madaniyat borasida manba
sifatida yaxlit bir tizimga solish.
3. O‘zbekiston tosh asri jamoalari madaniyatlari  madaniy aloqalari borasida
qazilmalarda  qo‘lga   kiritilgan  manba,  ma’lumotlarni,  shu   davr  taraqqiyoti   ketma-
ketligini   tashkil   etuvchi   bosqichlar   asosida   tizimlashtirish,   uning   tadqiqot
muammosi va istiqbolini aniqlashtirish. 
4. O‘zbekiston   tosh asri jamoalari madaniyatida o‘zaro aloqalar masalasiga
asosiy   e’tiborni   qaratish   va   buni   arxeologik   topilmalar,   manbalar   bilan   ilmiy
asoslash. 
5.   O‘zbekiston   tosh   asri   jamoalari   madaniyatida   o‘zaro   aloqalarni   ifodalovchi
qazilmalarda   qo‘lga   kiritilgan   arxeologik   ashyolar   ajdodlarimizning   o‘tmish,   boy
madaniy   merosini   o‘rganishimizda   birlamchi   tarixiy   manba   ekanligi   masalalarini
yoritish.
8 Tadqiqotning   ilmiy   yangiligi.   Mazkur   magistrlik   dissertatsion
tadqiqotimizning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
1.   O‘zbekiston   tosh   asri   jamoalari   madaniy   aloqalari   yodgorliklar
tadqiqotida   qo‘lga   kiritilgan   arxeologik   ashyolar,   manbalar   va   ma’lumotlarda
isbotlanishi.
2. O‘zbekiston tosh asri jamoalari madaniy aloqalari shu tarixiy davr   rivoji
ketma-ketligi     bosqichlariga   doir   yodgorliklar   tosh   industriyasi   xarakteri,   tosh
qurollarining evolYusiyasi asosida dalillanishi. 
3.   O‘zbekiston   tosh   asri   jamoalari   madaniy   aloqalari   uning     rivoji   ketma-
ketligi   bosqichlari   doir   yodgorliklar   tadqiqotida   qo‘lga   kiritilgan   tosh   qurollar,
sopol   buYumlar,   zeb-ziynatlarga   tayanilib,   merosiylik,   vorisiylik   va   innovatsiya
tamoyillarida  asoslash.
4.O‘zbekiston   tosh   asri   jamoalari   madaniy   aloqalarining   arxeologik
ashyolarda ilmiy asoslashini yoritish.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari
Vatanimiz sarhadlari keyingi yillar maboyinida amalga oshirilgan arxeologik
tadqiqotlar natijalariga ko‘ra (Sel-ungur, “Farg‘ona odami”) ilk paleolit davridanoq
odamzod tomonidan o‘zlashtirilganligi ma’lum bo‘ldi. Demak, bundan taxminan 1
mln.200   ming   yil   muqaddam   o‘zlashtirilgan   O‘rta   Osiyo   xududida   tosh   asrining
keyingi   barcha   taraqqiyot   bosqichlarida   (paleolit,   mezolit,   neolit)   odamzod
uzluksiz   yashashib,   o‘ziga   xos   madaniyat   yaratilib   kelingani   arxeologik
manbalarda o‘z tasdig‘ini topdi. Paleolit  davri  jamoalarining turmush tarzi  oddiy,
ya’ni   ular   hali   tabiatga   to‘la   qaram   bo‘lishgan.   Ibtidoiy   to‘da,   gala   holatda   kun
kechirishgan.   Mehnat   qurollari   ham   o‘ta   sodda,   mashg‘ulotlari   terib,   termichlab
ovqat   topish   bo‘lgan.   Lekin,   odamlar   asta-sekinlik   bilan   o‘zlarini   o‘rab   turgan
atrof-muhit, tabiat bilan yaqin aloqada bo‘laboshlashgan, mehnat jarayonida ixtiro
va   kashfiyot   qilishgan.   Mezolit,   neolit   davri   ekologik   sharoiti,   iqlimiy   muhiti
nisbatan   hozirgi   zamonga   yaqin   bo‘lgan.   Shu   sababli   O‘rta   Osiyoning   deyarli
9 barcha   sarhadlari   odamzod   tomonidan   o‘zlashtirilib,   natijada   o‘ziga   xos
xususiyatlarga ega bo‘lgan turli mezolit, neolit madaniyatlari shakllanadi. Mezolit
davriga   oid   Obishir,   Vaxsh,   Oydabal,   Machay,   Markansuy   kabi   madaniyatlar
aniqlanib tadqiq etilgan. O‘rta Osiyo  neolit  davri  bo‘yicha quyidagi  madaniyatlar
tadqiq   etilgan.   O‘rta   Osiyoning   janubiy-g‘arbiy   mintaqalarida   Kopettog‘ning
quyoshga   tushlov   soy   etaklarida   ibtidoiy   motiga   dehqonchilikka   asoslangan
Joyitun   madaniyati 1
,   Amudaryo   va   Zarafshonning   quyi   havzalarida,   Qizilqumda
ovchi-baliqchi   urug‘   jamoalarining   Kaltaminor   madaniyati 2
,   Hisor   tog‘
tizmalarining   dara   va   yaylovlarida   Hisor   madaniyati 3
,   Farg‘ona   vodiysida
Markaziy Farg‘ona madaniyati 4
, O‘rta Zarafshon vohasida Sazog‘on va UstYurtda
UstYurt neolit jamoalari madaniyati tarkib topgan 5
. Ammo, ularning xo‘jalik asosi,
xronologik   doirasi,   etnomadaniy   va   etnografik   qiyofasi,madaniy   aloqalar,
madaniyatlarning kelib chiqishi tarixiy ildizlari masalalari, Joyitun va Kaltaminor
madaniyatlarini   hisobga   olmaganda,   O‘rta   Osiyo   neolitining   o‘ta   bahsli
muammolari bo‘lib qolaverdi.  O‘rta   Osiyo   neolit   davri   jamoalari   moddiy
madaniyati   tadqiqotida   A.P.Okladnikov,   YA.G.Gulyamov,   V.A.Ranov,
V.M.Masson,   A.V.Vinogradov,   U.Islomov,   V.I.Timofeev,   G.F.Korobkova,
M.R.Qosimov,   T.Mirsoatov,   E.Bijanov,   M.Jo‘raqulov,   N.U.Xolmatov   kabi
olimlarning izlanishlari muhim hisoblanadi.   Keyingi yillar maboynida arxeologik
tadqiqotlar   jarayonida   qo‘lga   kiritilgan   manbalar   paleolit,   mezolit,   neolit   davri
jamoalari moddiy madaniyatining yangi qirralarini yoritish imkonini bermoqda.
Ma’lumki,   tosh   asrining   dastlabki   bosqichi   hisoblanuvchi   paleolit
1
 Массон В.М. Джейтунская культура. ЮТАКЭ, т.10, Ашхабад, Ылым, 1961; Поселение Джейтун (проблемы
становления производящей экономики). МИА, № 180, 1971.
2
  Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского междуречье. М., 1981.
3
  Ранов В.А. Гиссарская культура: распространение, хронология, экономика.  //  Культура первобытной эпохи
Таджикистана. – Душанбе, 1982; Гиссарская культура – неолит горных областей Средней Азии.  //  Каменной
век   Северной,   Средней   и   Восточной   Азии.   –   Новосибирск,   1985;   Неолит   (гиссарская   культура).   История
Таджикского народа. Том 1. – Душанбе, 1998.  С. 105-123.
4
  Исламов  У.И., Тимофеев  В.И. Культура каменного века Центральной Ферганы. – Ташкент: Фан, 1986. С.
304. 
5
  Бижанов   Е.Б.   Неолитические   памятники   юго-восточного   Устюрта.   //   Древняя   и   средневековая   культура
юго-восточного   Устюрта.   –   Ташкент :   Фан,   1978.   С.18-79 ;   Каменный   век   Устюрта.   Авт.реф.   на   соискание
уч.степени   д.и.н.   –   Нукус,   1996.   С.3-42 ;Джуракулов   М.Д.,   Холматов   Н.У.   Мезолит   и   неолит   Среднего
Зарафшана. – Ташкент: Фан, 1991.  С. 3-122 .
10 (qadimgi tosh asri) davri tarixini yoritishda antropogenez jarayoni o‘z mazmuniga
ko‘ra o‘ta dolzarb ahamiyat kasb etadi. Farg‘ona vodiysida Sel-ungur g‘or makoni
“Farg‘ona   odami”   antropologik   topilmasining   qo‘lga   kiritilishi   antropogenez
jarayoni   masalalarini   yanada   oydinlashtirib,   O‘rta   Osiyo   hududi   odamzod
tomonidan   bundan   taxminan   1   mln.200   ming   yil   muqaddam   o‘zlashtirilganini
isbotlashga ilmiy asos berdi. Obirahmat g‘or makonidan “Obirahmat odami” ning
topilishi   esa   Vatanimiz   sarhadlarida   odamzod   ajdodlari   (neondertal,   kramonon)
masalasida   muhim   kashfiyot   bo‘lib,   bu   boradagi   bilimimizni   yanada   boyitishga
xizmat qiladi. Tosh davri jamoalari   madaniyatining   tarixiy   ildizlarini
aniqlashtirishda etnik birikmalarning shakllanishi masalasi muhim omildir. SHu
bois,   etnogenetik     jarayonlarni     tosh   asri     qaysi   taraqqiyot     bosqichi     rivoji   bilan
bog‘lash     muammosi     ham   muhim     sanaladi.   Bu   masala   echimini   mutaxassislar
arxeologik   madaniyatlar   mazmun   mohiyatidan   izlamoqdalar,   ya’ni   arxeologik
madaniyatlar     etnik     farqlar   demakdir.   Tosh   asri     bosqichlari     miqyosida
arxeologik   madaniyatlarni    ajratish   borasida   ham soha    tadqiqotchilari   orasida
yakdil  fikr  yo‘q.  Bir guruh olimlar  (G.P.Grigorev,  V.P.LYubin,  V.N.Gladilin)
ilk  paleolit  davridanoq arxeologik  madaniyatlar  bo‘lganligi  haqida  fikr Yuritsa,
ko‘pchilik   mutaxassislar     (A.YA.BrYusov,   A.N.Ragochev,   S.N.Zamyatnin,
A.A.Formozov)     mahalliy     xarakterdagi     madaniy   farqlarni     so‘nggi     paleolit
davridan   e’tiboran     bo‘lgan   degan     xulosani     bildirgan.     Arxeologik     madaniyat
bir-biriga     o‘xshash   tosh     industriyasiga,     moddiy   madaniyatga     ega   bo‘lgan
yodgorliklar   guruhini     aniq,   ravshan     hududiy     chegarada     jamlanishidir.
A.A.Formozov   so‘nggi   paleolit     davrida     arxeologik     madaniyatlar     to‘la   qonli
ravishda  shakllangan, keyingi   taraqqiyot   bosqichlarida -    mezolit, neolitda   tom
ma’noda   mustaqil etnik   jamoa   birlashmalaridir degan xulosani    bildiradi.   SHu
bois     etnik     jarayon,   «etnos»   ning     boshlanishini     so‘nggi   paleolit     davri   bilan
bog‘lash   maqsadga     muvofiqdir.     Mezolit,   neolit   davri     etnik     jamoalari
«arxeologik   madaniyatlar»   ida   yanada     ravshanroq     namoyon   bo‘lgan.     Bu   etnik
jarayonlar    mezolit, neolit jamoalari   moddiy madaniyatida   o‘z aksini    topganki,
buni   O‘rta   Osiyo     miqyosida     amalga     oshirilgan         tadqiqotlar   misolida     ham
11 kuzatish     mumkin.       Bu   haqda     V.M.Masson,   S.P.Tolstov,     A.V.Vinogradov,
U.Islomov,   V.A.Ranov,   M.Jo‘raqulov   kabi     mutaxassislar     tadqiqotlarida
ma’lumotlar     mavjud.     Xususan,     V.A.Ranov   «neolit     davri   etnik     jamoalar
shakllangan     davr     Joyitun,   Kaltaminor,   Hisor     madaniyatlari     nafaqat     tarixiy-
madaniy     jamoalar,   balki     etnik   birlashmalar     hisoblanadi»   degan   fikrni   beradi. 6
.
SHu o‘rinda   V.M.Masson   tomonidan   Joyitun, Kaltaminor, Hisor   madaniyatlari
xususidagi     turli   tuman       etnik     tarkiblar     borasida     bildirgan   xulosalari   ham
ahamiyatlidir.   Bunda   mazkur madaniyatlar  ajratilishga   ilmiy asos  bergan sopol
idishlar   va   ular   naqshlari     ahamiyatiga   e’tibor   qaratilgan 7
.     Neolit   davri     etnik
jarayonlar     etnomadaniyat     hamda   etnik   guruhlar   borasida   A.V.Vinogradov
tadqiqotlari ma’lumotlari   alohida ahamiyat kasb etadi. Qon-qardosh qabilalarning
ma’lum   hududlarga   tarqalib yashashi, vaqt   o‘tishi bilan   mahalliy   xarakterdagi
madaniy     variantlardan     iborat     kaltaminor     etnomadaniy     jamoalari     neolit
madaniyati  shakllanishiga   olib kelgan (Oqchadaryo, Lavlakan, Quyi Zarafshon).
Bu     tom   ma’noda     etnogenetik       birlashmadir 8
.   V.A.Ranov   tomonidan   hisor
madaniyatining   mahalliy   madaniy   variantlarga   ajratilganligi   (Tutqovul,   Sayyod   -
«klassik   hisor»;   Kangurttut,   Bulyoni-Payon,   Qulob;   YAvan   vohasi)   ham   etnik
birikmalarga misol bo‘ladi 9
.  Tadqiqotlarda neolit davriga kelib etnik jarayon jadal
kechganligi va ular Joyitun, Kaltaminor, Hisor, Markaziy Farg‘ona, Sazog‘on kabi
neolit   jamoalari   moddiy   madaniyatida   (madaniyatlarning   mahalliy   madaniy
variantlarida   ham)   namoyon   bo‘lganligi   aniqlangan   va   buni   soha   tadqiqotchilari
e’tirof etishgan. 
O‘rta  Osiyo  miqyosida   yaqin yillargacha  mezolit  davri  jamoalariga  tegishli
yodgorliklar   bir   zaylda   o‘rganilmagani   fakti   mavjud   edi.   Aniqrog‘i,   UstYurt
platosi,   Quyi   Amudaryo,   Qizilqum   hududi,   Quyi   va   O‘rta   Zarafshon   vohasi
6
  Виноградова   Н.М.,   Ранов   В,А.,Филимонова   Т.Г.   Изучение   гиссарской   культуры   и   неолитические   слои
поселения Кангуртут. М., 2008.41,42-бб.
7
 Массон В.М. Джейтунская культура. ЮТАКЭ, т.10, Ашхабад, Ылым, 1961; Поселение Джейтун (проблемы
становления производящей экономики). МИА, № 180, 1971.
8
  Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского междуречья. М., Наука, 1981. 160-168-
бетлар.
9
Виноградова   Н.М.,   Ранов   В,А.,Филимонова   Т.Г.   Изучение   гиссарской   культуры   и   неолитические   слои
поселения Кангуртут. М., 2008.22-25-бб.
12 shunday sarhadlar jumlasiga kiradi. Lekin, E.Bijanov tomonidan UstYurt platosida
Aydabol,   Oqtayloq   kabi   mezolit   davri   yodgorliklari   guruhi   tadqiq   etildi.
A.V.Vinogradov   tomonidan   Quyi   Zarafshonning   yana   bir,   nisbatan   qadimiyroq
bo‘lgan   o‘zani-CHorbaqti   vohasi   aniqlanib,   undan   bir   qator   mezolit   davri
yodgorliklari topildi. CHorbaqti   mezolit yodgorliklari materiallari N.U.Xolmatov
tomonidan   o‘rganilib,   ilmiy   muamolaga   kiritildi.   SHuningdek,   yaqin   yillarda
M.D.Djurakulov,   N.U.Xolmatovlar   O‘rta   Zarafshon   vohasi   Qoratepa   tog‘   tizmasi
Shimoliy   yon   bag‘rida   bir   qator   mezolit-neolit   davriga   oid   yodgorliklarni   kashf
etishib   Jangal   1,   Tepaqul   3,4,5,   Lolab,   Ochilg‘or,   Qorakamar),   ular   tadqiqotida
qo‘lga   kiritilgan   materiallar   asosida   hamda   oldingi   yillar   tadqiqotida   qo‘lga
kiritilgan materiallarga (Sazog‘on 1 makoni) yangicha yondoshuvda tahlil asosida
vohaning   mezolit   davri   jamoalari   madaniy   bo‘g‘inini   yoritib   berishga   erishishdi.
Yuqorida   keltirilgan   ma’lumotlar   O‘rta   Osiyo   tosh   davri   madaniyatlari
tarixiy ildizlari masalasini oydinlashtirishda muhim hisoblanadi.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar shahri (tahlili). O‘rta Osiyo
tosh   davri   jamolari   moddiy   madaniyati   ilmiy   adabiyotlarda   yaxshi   yoritilgan.
SHuningdek,   ibtidoiy   davr   paleoekologiyasi,   iqlimiy   sharoitlari,   tosh   davri
jamoalari   moddiy   madaniyati   borasida   arxeologik   qazilmalarda   muhim
ma’lumotlar to‘planishiga erishilgan. Markaziy Osiyo hududi odamzod tomonidan
o‘zlatirilgani, antropogenez masalasining echimida U.Islomov tomonidan Selungur
g‘or makoni, M.Qosimov tomonidan Ko‘lbuloq yodgorligi, V.A.Ranov tomonidan
Quldara,   Laxuti   Qoratov   1,2   ilk   paleolit   yodgorliklari,   Og‘zi-kichik,   Oqjar,
Qopchig‘ay,Qayraqqum,   Xojikent,   SHugnov   yodgorliklari   yaxshi   o‘rganilgan.
Markaziy   Osiyo   paleolit   davri   jamolari   Janubiy   O‘zbekiston   Boysun   tog‘larida
Teshiktosh g‘or makoni, Zarafshonning o‘rta oqimi, ya’ni Samarqand botig‘ida bu
davrga   oid   Qo‘tirbuloq,   Zirabuloq,   Omonqo‘ton,   Takaliksoy,   Go‘rdara   kabi
yodgorliklar hamda Samarqand shahri va uning atrofidan muste davriga oid ayrim
tosh qurollari to‘plamlari orqali fanga ma’lum. 
V.A   Ranov.,   S.A.   Nesmeyanovlarning   «Paleolit   i   stratigrafiya   anropogena
Sredney Azii» nomli asarida O‘rta Osiyo miqyosida paleolit davri yodgorliklari va
13 ularning   joylashgan   joyi   geologik   holati,   stratigrafiyasi   keltirilgan.   U.I.
Islamovning   «Drevneyshaya   peщernaya   paleoliticheskaya   stoyanka   Selungur
Ferganskoy   doline»   nomli   maqolasida   O‘rta   Osiyo   bo‘yicha   eng   qadimgi   Sel-
ungur   qor   makoni   haqida   ma’lumot   keltirgan.   U.I.   Islamovning   «Problemы
proisxojdeniya   cheloveka   v   Sredney   Azii»   nomli   asarida   O‘rta   Osiyoda   sodir
bo‘lgan   antropogenez   jarayonini   eng   so‘nggi   antropologik   manbalar,   ya’ni
«Farg‘ona odami» topilmasiga tayanib yoritib bergan. Bu juda muhim, sababi shu
vaqtlargacha   O‘rta   Osiyo   sarhadlari   odamzod   tomonidan   Teshik-tosh   neondertal
bolasi manbasiga tayanilib o‘rta paleolit davridan o‘zlashtirilgan degan ilmiy talqin
mavjud edi. “Farg‘ona odami” topilmasi asosida endi bizning xududimiz odamzod
tomonidan   bundan   1mln.   200   ming   yil   muqaddam   o‘zlashtirilganligi   ma’lum
bo‘ldi. V.A. Ranovning«Izuchenie pamyatnikov kamennogo veka na Vostochnom
Pamire v 1958 g.»nomli asarlarida Tojikiston hududi, xususan SHarqiy Pomir tosh
asri   yodgorliklari,   Shugnov   so‘nggi   paleolit   yodgorligi   to‘g‘risida   ma’lumotlar
keltirilib, SHugnov yodgorligi moddiy madaniyati keyingi mezolit davri jamoalari
moddiy madaniyati shakllanishiga asos bo‘lganligini isbotlab beradi. M. Fohtugue
ning   “Kutuzbulak   Revisited   A   Middle   Paleolithic   Sitein   Zeravshan   River   Volley
Uzbekistan”   nomli   asarida   Zarafshon   vohasidagi   Qo‘turbuloq   yodgorligi   keyingi
davr,   ya’ni   so‘nggi   paleolit   jamoalari   madaniyati   rivojlanishiga   asos   bo‘lganligi
haqida ma’lumot beradi. N.X. Toshkenbaev va R.X. Sulaymanovlarning “Kultura
drevnekamennogo   veka   dolinы   Zarafshana”   nomli   asari,   R.X.   Levning   «Drevniy
paleolit v Aman-Kutane» nomli va   «Novыe pamyatniki paleolita v Uzbekistane»
nomli,   M.D.Djurakulovning   “Samarqand   makoni”   nomli   asrlarida   Zarafshon
vohasi   paleolit   davri   yodgorliklari   haqida   qimmatli   ma’lumotlar   keltiriladi.   V.M.
Massonning «Djeytunskaya kultura», «Poselenie Djeytun (problemы stanovleniya
proizvodyaщey   ekonomiki)»   nomli   asarlarida   Janubiy-G‘arbiy   Turkmaniston
hududi   Kopettog‘   yon   bag‘ri   dehqonchilik   xo‘jaligiga   asoslangan   Joyitun   neolit
madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi borasida ma’lumotlar keltiriladi.   A.V.
Vinogradovning   «Drevnie   oxotniki   i   rыbolovы   Sredneaziatskogo   mejdureche»
nomli   asarida   Amudaryo   Zarafshon   daryosining   quyi   oqimlari,   Qizilqum   hududi
14 Kaltaminor  neolit  jamoalari  madaniyatining  shakllanishi  va  rivoji,  madaniyatning
o‘ziga   xos   xususiyatlari,   yodgorliklari   tadqiqoti   natijalari,   mahalliy   madaniy
variantlari   (Oqchadaryo,   Lavlakon,   Quyi   Zarafshon),   madaniyat   kelib   chiqishi
tarixiy   ildizlari   haqida   ma’lumotlar   keltiriladi.     V.A.   Ranovning   «Gissarskaya
kultura:   rasprostranenie,   xronologiya,   ekonomika»,   «Gissarskaya   kultura   –   neolit
gornыx  oblastey  Sredney Azii»,  «Neolit  (gissarskaya  kultura)»,  V.A.Ranov,  T.G.
Filimonovalarning   «Izuchenie   gissarskoy   kulturы   i   neoliticheskie   sloi   poseleniya
Kangurttut   (k   probleme   finalnogo   etapa   gissarskoy   kulturы)»   nomli   asarlarida
Markaziy   va   Janubiy   Tojikiston   hududi   Hisor   neolit   jamoalari   madaniyatining
shakllanishi   va   rivoji,   madaniyatning   o‘ziga   xos   xususiyatlari,   yodgorliklari
tadqiqoti  natijalari, mahalliy madaniy variantlari, madaniyat  kelib chiqishi  tarixiy
ildizlari   haqida   ma’lumotlar   keltiriladi.   U.I.Islamov,   V.I.   Timofeevlarning
«Kultura   kamennogo   veka   Sentralnoy   Ferganы»   nomli   asarida   Farg‘ona   vodiysi
hududida   Markaziy   Farg‘ona   neolit   jamoalari   madaniyatining   shakllanishi   va
rivoji,   madaniyatning   o‘ziga   xos   xususiyatlari,   yodgorliklari   tadqiqoti   natijalari,
madaniyat   kelib   chiqishi   tarixiy   ildizlari   haqida   ma’lumotlar   keltiriladi.   E.B.
Bijanovning   «Neoliticheskie   pamyatniki   Yugo-vostochnogo   UstYurta»,
«Drevnyaya i srednevekovaya kultura Yugo-vostochnogo UstYurta», «Kamennыy
vek UstYurta» nomli asarlarida UstYurt hududida neolit jamoalari madaniyatining
shakllanishi   va   rivoji,   madaniyatning   o‘ziga   xos   xususiyatlari,   yodgorliklari
tadqiqoti   natijalari,   madaniyat   kelib   chiqishi   tarixiy   ildizlari,   jamoalarning   o‘zaro
qo‘ni-qo‘shnichilik   madanimy   aloqalari   haqida   ma’lumotlar   keltiriladi.   M.D.
Djurakulov,   N.U.   Xolmatovlarning   «Mezolit   i   neolit   Srednego   Zarafshana»   ,
N.U.Xolmatovning   «O‘zbekiston   neolit   davri   jamoalarining   moddiy   madaniyati”
nomli asarlarda O‘rta Zrafshon vohasi  Qoratepa tog‘ tizmasi  Shimoliy yon bag‘ri
Sazog‘on   neolit   jamoalari   madaniyati   hamda   O‘zbekiston   neolit   jamolari
madaniyatlari   shakllanishi   va   rivoji,   jamoalarning   o‘zaro   qo‘ni-qo‘shnichilik
madanimy   aloqalari   haqida   ma’lumotlar   keltiriladi.   Xullas,   Yuqorida   keltirilgan
ilmiy   adabiyotlarda   O‘zbekiston   tosh   davri   jamoalarining   moddiy   madaniyati,
15 jamoalarning   o‘zaro   qo‘ni-qo‘shnichilik   madaniy   aloqalari   borasida   tadqiqotlarda
qo‘lga kiritilgan manba, ma’lumotlar bayoni, ular haqida xulosalar keltirilgan.
Tadqiqotda   qo‘llanilgan   metodikaning   tavsifi.     Tadqiqot   O‘zbekiston
hududi miqyosida kishilik tarixi tosh asri    jamoalarning o‘zaro qo‘ni-qo‘shnichilik
madanimy   aloqalari   tarixini   yoritishga   bag‘ishlangan.   Bu   borada   arxeologik
manbalar,   ma’lumotlar   bir   tizimga   keltirilgan.   Tadqiqotda   zamonaviy   tadqiqot
usullari, nazariyalar va yangicha yondoshuvlar qo‘llanilgan. Arxeologik manbalar
qiyosiy   tahlili   asosida   xolisona   tarix   yaratiladi.   Tadqiqotda   tarixiylik,   tizimlilik,
xolislik,     to‘plangan     arxeologik     materiallarni   fan   Yutuqlari   asosida
umumlashtirish  va ularga qiyosiy tahlil tamoyillariga tayanib yondashish   ko‘zda
tutilgan.
                        Tadqiqot   natijalarining   nazariy   va   amaliy   ahamiyati.   O‘rta   Osiyo
hududi   miqyosida   kishilik   tarixi   tosh   asri   jamoalari   moddiy   madaniyati,   inson   va
tabiat o‘zaro aloqalari tarixi, inson tomonidan yaratilgan ixtiro va kashfiyotlarning
ijtimoiy   axamiyati   va   o‘rni,   etnos,   etnik   birikmalar,   arxeologik   madaniyatlar,
jamoalar   madaniy   aloqalari,   iqtisodiy   xo‘jalik   asoslari,   madaniyatlar   tarixiy
ildizlari   borasida   qimmatli   arxeologik   ashyoviy   manbalar,   ma’lumotlar   qo’lga
kiritilgan.   Bu   ashyoviy   dalillar   o’z   mazmun-   mohiyatiga   ko’ra   mazkur   mintaqa
tosh   asri   jamoalari   moddiy   madaniyatini   o’rganishda   o’ziga   xos   manba   bo’lib
hisoblanadi.   Ular   Vatanimiz   tarixini   yozishda,   ta’lim   jarayonida   ishlatiladi.
Shuningdek,   xalqimiz   boy   madaniy   merosini   targ’ibot-tashviqot   qilishda   muzey
fondlarida   foydalaniladi   va   ta’lim-tarbiyaviy,   ma’naviy-ma’rifiy   ishlarda   keng
qo’llaniladi. 
Ish   tuzilmasining   tavsifi :   Magistrlik   dissertasiyamiz   muqaddima,   3ta   bob
va tegishli paragraflar, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 
16 I   BOB.O‘rta   Osiyo,   xususan   O‘zbekiston   tosh   asri   jamoalari   moddiy
madaniyatining o‘rganilishi tarixi: 
I.1O‘rta   Osiyo,   xususan   O‘zbekiston   paleolit   va   mezolit   davri   jamoalari
moddiy madaniyatining o‘rganilishi tarixi: tadqiqot muammolari va istiqboli
I.2.   O‘rta   Osiyo,   xususan   O‘zbekiston   neolit   davri   jamoalari   moddiy
madaniyatining o‘rganilishi tarixi: tadqiqot muammolari va istiqboli
I.1O‘rta   Osiyo,   xususan   O‘zbekiston   paleolit   va   mezolit   davri   jamoalari
moddiy madaniyatining o‘rganilishi tarixi: tadqiqot muammolari va istiqboli
Farg‘ona   vodiysida     o‘tgan   asr   50-yillari   o‘rtasida   A.P.Okladnikov
tomonidan   Sel-ungur   g‘or   makoni   arxeologik   xaritaga   olingan   bo‘lib,
undan ilk paleolit davri madaniyat izlari borligi aniqlangan. O‘.Islomov
1985 yildan e’tiboran   Sel-ungur g‘or makonida qayta qazilma ishlarini
amalga oshirib, muhim ma’lumotlarni qo‘lga kiritdi. Xususan, «Farg‘ona
odami»   topilmasini   topdi 10
.   Zarafshon   vohasi   paleolit   davri
yodgorliklari   borasidagi   dastlabki   ma’lumotlar   o‘tgan   asr   30-yillariga
to‘g‘ri   keladi.   1931   yili   Samarqand   shahri   markazida   sun’iy   ko‘l   qirg‘og‘ida
dastlab   N.P.Xorlamov,   keyinchalik   M.V   Voevodskiy   va   V.V.Shumovlar
tomonidan qidiruv shurfi qazilib qiziqarli tosh qurollari kolleksiyalari to‘plandiki,
bu   materiallar   keyingi   yillarda   D.N.Lev,   M.Jo‘raqulovlar   tomonidan   Samarqand
makonining   kashf   etilishi   va   bu   erda   tadqiqotlar   olib   borilishiga   zamin   yaratgan.
1947     yildan   boshlab   SamDU   ekspeditsiyasi   ibtidoiy   tarix   soxasida   muxim
kashfiyotlarga   erishdilar.   Jumladan,   Omonqo’ton,   Takaliksoy   paleolit   makonlari,
ayniqsa,   1958   yildan   Samarqand   makoni   ,   1968   yildan   Siyobcha,   Xo’jamazgil
so’nggi   paleolit   davriga   oid   makonlarni   ochilishi   va   tadqiqot   etilishi   e`tiborlidir.
Bu   davrda   1954   -1961   yillarida   Qayroqqum   manzilgohi,   1954   -1955   yillarida
10
 Исламов У.И. Проблемы происхождения человека в Средней Азии.// К истокам истории древнекаменного
века Средней Азии.-Ташкент, 1996, с.15-22.
17 Xo’jagur makoni, 1957 – 1964 yillarida Qorabo’ri yodgorligi, 1958–1959 –yillarda
Xo’jakent,     1961-1963     Jarqo’ton   ,   1971-   1972   yillarda   Zirabuloq,   1971–1972
yillarda   Qo’tirbuloq   ,   1962   -1970   yillarda   Obirahmat,   1958-1972   yillarda
Samarqand   makoni   kabi   eng   muhim   yodgorliklarning   tadqiq   qilinishi   bilan
bog’liqdir. Bulardan tashqari keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar tufayli yana
bir qancha yodgorliklar topilib o’rganildiki, ular O’rta Osiyo paleolit davri tarixini
mazmunan   ma`lum   darajada   boyitdi.   O‘tgan   asr   60-70-yillari   Kranovodsk   yarim
oroli,   Mang‘ishloq   hududlarida   V.P.Boriskovskiy   tomonidan,   UstYurt   platosida
esa   E.Bijanov   tomonidan   ilk   va   o‘rta   paleolit   davriga   oid   Barsakelmas
pastqamligining   g‘arbiy   va   Shimoliy   qismi   Esen   qirliklarida   Esen   1,2,4-6   tosh
ustaxonalari,   Qoraquduq,   SHaxpaxti   kabi   yodgorliklar     tadqiq   etilgan.   E.Bijanov
shu   yillar   davomida   Esen   3,   CHuruk   12   kabi   bir   qator   so‘nggi   paleolit   davri
yodgorliklarini tadqiq etishga erishgan.   Quyi Zarafshon vohasida A.V.Vinogradov
tomonidan   bir   qator   paleolit   davri   yodgorliklari   aniqlanib,   tadqiq   etilgan.   Xullas,
paleolit   davri   yodgorliklari   tadqiqotiga   Turkmaniston,   Tojikiston,   Qirg’iziston
respublikalari   hududlaridan,   O’zbekistonning   Farg’ona,   Ohangaron,   Zarafshon,
Surxandaryo   vodiylaridan,   keyingi   yillarda   esa   Qoraqalpog’istonning   UstYurt
o’lkasidan topilgan materiallarni ko’rsatib o’tish mumkin. 
     Paleolit.      Olmabuloq   paleolit   makoni .     O’rta   Zarafshon   vohasi   Qoratepa   tog’
massivi   Shimoliy   yon   bag’ridan   voha   tomon   o’z   suvini   oqizib   chiquvchi     yirik
soylardan   biri   bo’lgan   Sazog’onsoy   yon   qayirida   joylashgan   (Nurobod   tumani,
Sazog’on   qishlog’i   markazidagi   Olmabuloq   chashmasi   yonida).   Olmabuloq
makoni   Samarqand   Davlat   Universiteti   arxeologik   ekspedisiyasi   xodimlari
tomonidan   2000   yili   kashf   etilib,   2001   yili   ham   tadqiqoti   davom   ettirilgan
yodgorlik hisoblanadi. Makon tadqiqoti jarayonida   qiziqarli arxeologik manbalar
to’plashga,   shuningdek   makon   stratigrafik     holati,   madaniy   qatlami   xususiyatlari
borasida   ham   qimmatli   ma’lumotlar   qo’lga   kiritishga   erishilgan.   Xususan,   tosh
buYumlar  kolleksiyasi   levallua-mustye   texnologik  uslubi    asosida  ishlov   berilgan
tosh o’zaklari, qirg’ichlar, kertuv usuli  bilan ishlov berilgan arxaik ko’rinishidagi
paraqalar,   pichoqsimon   qurollar,   uchburchaksimon   paykon   quroli,   qayroqtosh
18 qurollari   bo’laklari,   hamda   ishlab   chiqarish   chiqindilaridan   iborat.   Bu   mehnat
vositalari   turmushda   bajargan   o’z   funksiyasi,   yasalish   shakli,   ishlov   berilishi
uslublari jihatidan Qo’tirbuloq, Zirabuloq, Omonqo’ton kabi       paleolit makonlari
tosh qurollariga yaqin. Eng qizig’i ba’zi tosh qurollarda Samarqand so’ngi paleolit
makoni     tosh   qurollariga   xos   texnologik   uslub   va   xususiyatlar   ham   saqlanib
qolinganligi holatlarini kuzatish mumkin. Bular Olmabuloq o’rta paleolit jamoalari
moddiy madaniyatining o’ziga xos qirralarini  belgilovchi  omillar hisoblanadi.     
                Omonqo’ton   makoni.   Bu-   g’or   turidagi   neondertal   odamlarining   makoni
bo’lib,   Urgut   rayonining   Omonqo’ton   qishlog’i   yaqinida   joylashgan.   Yodgorlik
1947   yili   D.N.   Lev   raxbarligida   SamDU   ekspedisiyasi   tomonidan   kashf   qilindi.
Makon   1947-1957   yillarda   qazib   o’rganildi.   Arxeologik   qazish   ishlarida   tarix
fakul’tetining studentlari faol qatnashdi. Bu yodgorlik Zarafshon voxasida mustye
davriga oid birinchi bor topilib o’rganilgan makon hisoblanadi. 
                Takalisoy   g’ori-   mustye   davri   qarorgohi   bo’lib,   u   1952   yilda   D.   N.   Lev
tomonidan tadqiq yetilgan. Qarorgoh Omonqo’ton g’origa   yaqin joylashgan. Bu
yerdan   bir   necha   chaqmoqtosh   siniqlari   ,   ishlov   berish   uchun   tayyorlangan   tosh
xom ashyolari , gulxan izlari, hayvon suyaklarining maydalari topilgan. 
                Qo’tirbuloq   Samarqand   shahridan   100   km   g’arbda,   Zirabuloq   tog’
tizmasining   shu   nom   bilan   Yuritiladigan   chashma   bo’yida   joylashgan.   Bu
qarorgoh   birinchi   bor   Arxeologiya   institutining     Yu.F   Buryakov   raxbarligidagi
O’rta   Zarafshon   ekspedisiyasi     tomonidan   1971   yilda   ro’yxatga   olingan   bo’lib,
keyinchalik   arxeolog   N.   Toshkenboyev   tomonidan   tadqiq   qilindi   va   natijada
ko’plab tosh topilma ashyolari va hayvonot  dunyosi  qoldig’i to’plandi. 
                Zirabuloq makoni   Zarafshon   vohasida   so’nggi  yillarda o’rganilgan  muhim
yodgorliklardan biridir. Bu makon ham Qo’tirbuloqqa o’xshash chashma atrofida,
Zirabuloq   tog’   tizmalarining   etagida,   Qo’tirbuloqdan   bir   kilometr   sharqroqda
joylashgan.   Bu   territoriyada     olib   borilgan   dastlabki   qidiruv   ishlarining
ko’rsatishicha,   Zirabuloq   tog’   tizmasining   Shimoliy   etaklari,   Zarafshon
daryosining   o’ng   qirg’oqlarida     ibtidoiy   kishilar   bir   necha   qarorgohlarda
yashagan   ekanlar.   Bu   yerda   shunday   punktlardan   bir   nechtasi     ro’yxatga   olindi.
19 Bular   orasida   Zirabuloq   makoni     alohida   o’rin   tutadi.     Makonni   dastlabki
o’rganish   ishlari   1971   yilda   O’zbekiston   Fanlar   akademiyasi   Arxeologiya
institutining   N.   Toshkenboyev   rahbarligidagi     ekspedisiyasi   tomonidan
boshlangan   edi   (Toshkenboyev,Suleymahoy.1980).   Keyinchalik   bu   yodgorlik
1977   yilda   Samarqand   Davlat   universitetining   M.   Jo’raqulov   rahbarligidagi
ekspedisiyasi xodimlari tomonidan qayta o’rganildi.
                Go’rdara qarargohi   mustye davriga oid g’or turidagi yodgorlik hisoblanadi.
Arxeologiya   institutining   A.   Asqarov   raxbarligidagi   otryadi   tomonidan   1966
yilda   birinchi   marta   qalamga   olingan.   Bu   makon   keyinchalik   N.   Toshkenboyev
tomonidan tadqiq etildi. G’or Zarafshon tog’ tizmasining Shimoliy yon bag’rida,
Samarqand shahridan 75 km janubi - sharqda joylashgan.
                Mamlakatimiz   hududida   o’rganilgan   va   Yuqorida   zikr   etilgan
yodgorliklardan   qo’lga   kiritilgan   arxeologik   manbalar,   xususan,   mexnat
qurollarining ishlab chiqishda qo’llanilgan texnologik uslublarning tadridjiy rivoji
kuzatilinib,   ilk   paleolitdan   boshlab   va   rivojlangan   o’rta   paleolitni   Omanqo’ton
misolida, keyin esa, so’ngi paleolit madaniyatini   Samarqand makonida kuzatish
mumkin. Demakkim, Zarafshon vohasi muster madaniyatini ilk paleolit jamoalari
madaniyati   (Ko’kayaz   1,2   makonlari)   negizida     tadrijiy   rivojlanishi   natijasida
shakllangan. To’g’ri, ilk paleolit davridan rivojlangan muster davrigacha bo’lgan
kishilik   tarixi   bir   necha   Yuz   ming     yillarni   o’z   ichiga   olib,     kishilik   jamoalari
tabiiy,   ekologik,   sharoitlari   maqul   mintaqalarda     yashagan,   qo’shni,   tutash
o’lkalarning jamoalari bilan  aloqalar o’rnatgan va ularning  madaniyat an’analari
esa   bir-   birlariga     ijobiy   yoki   salbiy   tasiri   bo’lganligini   etirof   qilish   mumkin.
Ammo,   joyli   aholi   o’z   madaniyatini     saqlab,   avlodlardan   avlodlarga
yetkazganligini     aytish   joizdir.   Shuning   uchun   ham   mamlakatimiz,   jumladan,
Zarafshon   vohasida   tashkil   topgan   muster   madaniyati   avtoxon,   ya’ni   tub   joyli
negizda   vujudga   kelib,   o’z   davriga   nisbatan   Yuksak   bo’lgan,   va   muster
madaniyati   taraqqiyoti   negizida   so’ngi   paleolit   madaniyati   shakllanganligini
etirof   qilish   ilmiy   haqiqatdir.   Xususan,   bu   jarayonni   Samarqand,   Xo’jamazgil,
Siobcha so’ngi paleolit yodgorliklarida kuzatish mumkin 
20                 50-  60 yillarda vohaning o’rta oqimi  va tog’ bag’rlarida arxeologik qidiruv
ishlari   tufayli   tosh   asrining   turli   davrlariga   oid,   jumladan,   o’rta   paleolit
topilmalari   ham   qo’lga   kiritildi.   Xususan,   arxeolog   M.   R   Qosimov   Nurota   tog’
tizmasiga     kiruvchi   Voush     tog’i   qirlaridan,   Urgut   qishlog’i   atrofidan     muster
davri  madaniyati izlari topilib, mingga yaqin tosh qurollar va boshqa  buYumlar
yig’ib   olgan   edi.   Shu   o’rinda   Samarqand   atrofida     o’rganilgan   paleolit
makonlarining       o’ziga   hos   xususiyatlari   mavjudligini     qayd   etish   lozim.
Jumladan, bu xududning muster  davriga doir yodgorliklarni   Qo’tirbuloq hamda
Samarqand   so’ngi   paleolit   guruhlariga     birlashtirish   mumkin   (Djuraqulov.1987.
Toshkenboyev,Suleymahoy.   1980)   Bu   ikkala     yodgorliklar   O’rta   Osiyo
miqyosida     tayanch   makonlardan     hisoblanib,   avvalam   bor   ko’p   qatlamli,
arxeologik   manbalarga     nihoyatda   serob,   madan   qatlamlar   esa   davrlari   o’tishi
bilan  buzilmasdan saqlanganligidadir. Arxeologik manbalarning  o’rganilishi esa,
bu yerda so’ngi paleolit  madaniyati Qo’tirbuloq va Zirabuloq muster madaniyati
negizida   shakllanishini     etirof   qilish   mumkin.   Binobarin,   mehnat     qurollarini
ishlab   chiqarishda   qo’llanilgan   texnologik     uslublari     va   so’ngi     paleolit
madaniyatida   kuzatilgan     bu   boradagi     muster     davridan   boshlab   bu   xududda
yashagan jamoalar  qo’shni yoki  tutash mintaqa jamoalari guruhlari bilan malum
aloqalar   o’rnatgan.   Xususan,   Qo’tirbuloq   makoni   industriyasi   Surxandaryodagi
Teshik-   Tosh,   Toshkent   viloyatidagi   Obiraxmat   madaniyati   hamda   Qayroqqum
topilmalariga  yaqinligi  borligini   kuzatish  mumkin. Zikr   etilgan yodgorliklarning
madan   qatlamlaridan   topilgan   arxeologik   industriyaning   vaqt   va   zamonda     ilk
qatlamga   nisbatan   Yuqori   qatlamlarda   mehnat   vositalarining     tobora
takomillashuvi   jarayonini     kuzatilishi   muhim   omillardan     bo’lib,   ularning
yaratilishi   doimiy   mukamallashuv     dinamikasini,   ularning   avvaliga   nisbatan
xilma- xilligi  kabi jarayonlar kuzatilinib, bu omillar mehnat taqsimotining tabora
rivojlanishini ham ifodalaydi.
Shunday   qilib,   Samarqand   atrofida     o’rganilgan   paleolit   davri
madaniyatining   vujudga   kelishi   va   shakllanishini   avvalombor     joyli   ilk   va   o’rta
paleolit     madaniyati   negizida   vujudga   kelganligini     etirof   qilish   mumkin.   O’rta
21 Osiyo paleolit  madaniyati to’g’risida  elon qilingan ko’psonli asarlarda  madaniy
aloqalarning bir- biriga tasiri haqida turli mulohazalar mavjud. Masalan, arxeolog
D.   N.   Lev   Samarqand   paleolit     madaniyatining     ayrim   xususiyatlarini     Mo’g’il-
Sibir   o’lkalarida   o’rganilgan     paleolit   yodgorliklari     mavjudligini   etirof   qilib,
ibtidoiy jamoalar  madaniyati  mamlakatimiz  janubidan Shimoliy sharqqa  qarab
tarqalganligiga   shama   qilinganligi   fanda   inkor     qilinmaydi.       Binobarin   turli
mintaqa     va maqul  ekologik burchak va vohalarda yashagan  jamoalar   turmush
tarzida   madaniy   aloqalar   konvergensiya,   divergensiya,   diffuziya,     innovasiya
jarayonlari   asosida,   vaqt   va   zamonda   sodir   bo’lganligini     etirof   qilish   mumkin.
Ammo,   bu   jamoalar,   qanday   sharoitda   yashagan   bo’lmasin,   o’z   madaniyatining
avtoxtonligi,     mahalliy   hususiyatlarni   malum   darajada   saqlab,   ezozlab,
avlodlardan-   avlodlarga   yetkazgan.   Bu   kabi   jarayonni   Samarqand   atrofida
o’rganilgan   paleolit   madaniyatida,   serob   manbalar   asosida   kuzatish   mumkin
bo’lib, o’tmish yani ajdodlarimizning   Markaziy Osiyo madaniyati taraqqiyotida
tutgan o’rnini  aniqlashda  muhim  ahamiyatkasb  etadi. Samarqand shahri    hududi
va   uning   atrofida       muster     davri   yani     o’rta   paleolit   jamoalarining   vorislari,
yashagan   so’ngi   paleolit   izlari   Samarqand,   Siobcha   va   Xojamazgil
makonlaridagina     iborat   bo’lmasdan   bu   davr   jamoalari     keng   qamrov   hududda
yashaganligidan  dalolat beruvchi  malumotlar  qo’lga kiritildi. Xususan Yuqorida
eslatilgan     Dahbet   ko’chasi     atrofida,   Registon   maydonida,   Afrosiyobning
Shimoliy sharqiy   hududlarida, 1966 yili Ohalik qo’rg’onlari   atrofida, Sazag’on
qishlog’i   yaqinida   va   boshqa     joylarda   olib   borilgan     kuzatuv     va   tadqiqot
davomida  muster ashyolari bilan bir vaqtda  so’ngi paleolit ashyolari  topilganligi
bu   fikrlarni   tasdiqlaydi.Samarqand   makoni   haqidagi   dastlabki   malumotlar   30-
yillarning   oxirlaridan   ma’lum.   2-   jahon   urushi   tashvishlari   tufayli   bu   yodgorlik
1958-   yilgacha   o’rganilmasdan   keldi.     Ya.G’.G’ulomov   hamda
V.A.Shishkinlarning   qo’llab   –   quvatlashi   tufayli   yodgorlikni   o’rganilish   ishlari
dastlab D.N.Lev, so’ngra 1970 yilga qadar  uning shogirdlari tomonidan mutassil
amalga   oshirildi.   So’ngi   yillardagi   tadqiqot   ishlarida   N.X.Toshkenboyev,
R.X.Sulaymonovlar   ishtirok   etdilar.   Ko’p   yillik   tadqiqotlar   tufayli   makonning
22 ko’p   qatlamli   va   manbalarga   boyligi,   hamda   uning   asl   madaniyati   Yuksakligi
aniqlandi.   Makondan   8   minga   yaqin   chaqmoqtosh   ashyolari   topilib,   aksariyati
xilma- xil mehnat qurollaridan iboratdir. Bu yerda O’rta Osiyoda dastlab so’nggi
paleolit odam qoldiqlari topib o’rganilgan. Topilgan, jumladan, suyakdan, dengiz
chig’anoqlaridan,   toshdan   yasalgan   ziynat   buYumlari,   taqinchoqlar,   qiziqarli
san’at asarlarini o’z ichiga oladi. Samarqand so’nggi paleolit makoni industriyasi
birinchi   marta   instrumental   taxlil   qilindi.   Uni   analitik   tadqiq   qilishda   yetakchi
olimlardan   G.F.Korobkova   va   V.M.Massonlar   hamkorlik   qilishib,   makon
jamoalarining   davriga   nisbatan   Yuqori   madaniyatga   erishganligini   va   bu
makonning Markaziy Osiyoda tayanch yodgorlik ekanligi haqida yangi xulosalar
olindi.   Samarqand   makonining   sanasi   haqida   fanda   turli   mulohazalar   mavjud
bo’lib,   paleolit   davrining   eng   so’nggi   bosqichlariga   doirligi   e’tirof   qilinadi.
(Ranov,   Nesmyanov,1973;   Djurakulov,   1987,   Djurakulov,   Korobkova,   2000,   b.
285-462). Yangi ilmiy  texnologik asosda o’rganilish tufayli olingan ma’lumotlar
yodgorlikning   so’nggi   paleolitning   rivojlangan   davriga   doirligi   va   uning   sanasi
35-25   ming   yillarga   tengligi   haqida   yangi   xulosalar   qilindi.   Ko’p   ma’dan
qatlamlarga   ega   bo’lgan   bu   makon   hududidan   topilgan   chaqmoqtosh   ustahonasi
xilma- xil tosh qurollar ona urug’i tizimi shakllanish taraqqiyoti darajasida turgan
bu   jamoalarda   turmush   bilan   bog’liq   mehnat   taqsimotlarining   bir   muncha
rivojlanganligini   ko’rsatadi.   Makon   qatlamlarida   topilgan   gulxan,   o’choq,   kapa-
chayla   qoldiqlari,   qizil   bo’yoq   kabilarning   topilishi   ham   qiziqarlidir.   Turmush
tarzi   ozuqabop   terim-   termachilik     va   ovchilikdan   iborat   bo’lgan   bu   jamoalar
bug’u – yirik ot, tuya, to’ng’iz, buqa kabi yovvoyi jonivorlarni ov qilishgan ekan.
Makondan   topilgan   mehnat   qurollari   majmuasi   tarkibida   xar   –   xil   qirg’ichlar,
randalar,   pichoqsimon   buYumlar,   iskana,   qayroq   qurollar   kabilar   ko’p   bo’lib,
ularning   yasalishida   qo’llanilgan   texnik   uslub   Yuqori   bo’lishi   bilan   bir   vaqtda
mustye   davri   yodgorliklari   bo’lgan   Qo’tirbuloq,   Teshik-   Tosh,   Zirabuloq
madaniyati   an’analarining   ayrim   xususiyatlarini   eslatadi.   Samaraqand   paleolit
makoni   manbalarini   o’rganish   bilan   mamlakatimiz   sarhadlarida   bundan   35-30
ming   yillar   avval   yashagan   jamoalarining   turmush   tarzi,   aloqalari   va   ma’naviy
23 madaniyati haqida analetik xulosalar qilishda bu manbalar muhim ahamiyat kasb
etadi. Bu qiziqarli va tayanch yodgorlik haqida maxsus asarlar e’lon qilingan.
1969-   yilda   Samarqand   shaxrining   g’arbiy   qismidan   o’tadigan   Chashma-   Siob
daryochasining   Siob   bilan   tutashgan   qirg’og’idan   paleolit   davriga   oid   dastlabki
topilmalar   qo’lga   kiritilgan   edi.   Keyinchalik   arxeolog   N.Toshkenboyev   bu   joyda
tadqiqot ishlari olib borib so’ngi paleolit davriga oid makon mavjudligini aniqlab,
tekshirish   natijasida   ko’plab   arxeologik   manbalarni   qo’lga   kiritishga   erishdi.
So’ngi   yillarda   qurilish   bilan   bog’liq   ishlar   davomida   makonning   bir   qismi
buzulganligi ma’lum bo’ldi. Makoning bir qismida saqlangan yer qatlamining 2,8–
3 metr   chuqurlikdagi yotqiziqda buzilmagan ma’dan qatlami o’rganildi. Topilgan
mexnat qurollari xususan, qirg’ich, tosh pichoqlar, nayzasimon asboblar, randa va
boshqa   buYumlar   xamda   toshni   parchalashda   hosil   bo’lgan   o’zaklar,   ular   uchun
ishlatilgan   texnologik   usullar   esa   Samarqand   paleolit   makoni   madaniyatiga
yaqinligidan  guvohlik beradi. 
Chashma –Siob daryochasining  o’ng va so’l qirg’oqlari vohasi  va umuman
bu   atrof   paleolit   davrida   qalin   butazor   va   mahalliy   xususiyatga   ega
o’rmonzorlardan iborat bo’lib, ibtidoiy jamoalarning oziqabop, hayvonott olamiga
serob   bo’lgan   va   kishilar   jamoalarining   qo’nib   yashashi   uchun   qulay   ekologik
sharoit   mavjud   bo’lgan.   Chashma-   Siob   o’zani   bo’ylab   Samarqand   makoni,
jumladan,   hozirgi   “Dinamo”   stadioni   tevarak-   atroflarida,   g’isht   zavodi   yaqinida
hamda   Siobcha   makonining   topilishi   bu   atrofda   bir   necha   guruh   jamoalari
manzilgohlarning mavjudligini bildiradi. Ayniqsa, Samarqand makoni manbalarni
o’rganish,   g’isht   zavodi   atrofida,   hamda   shaharning   boshqa   joylaridan   topilgan
arxeologik manbalar bu atrofda so’ngi paleolit davrida ona urug’doshlik tizimining
shakllanish boqichida bir necha guruh jamoalari yashaganligidan dalolat beradi. 
So’ngi   yillarda   Zarafshonning   o’rta   oqimi   havzasida     so’ngi   paleolit   davri
madaniyatiga   doir   bir-     necha   makonu   manzilgohlar   topilib   o’rganildi.   Bu
topilmalar esa, Samarqand sarhadlarida  ibtidoiy davrda inson jamoalarining- keng
ko’lam   joylarni   qamrab   yashaganligidan   dalolat   beradi.   Shular   jumlasidan   biri,
1969 yili Samarqanddan 70 km janubiy- sharqida N. X. Toshkenboyev tomonidan
24 o’rganilgan   Xojamazgil   makonidir   (Toshkenboyev,1980,76-79).   Dastlab
tadqiqotchi bu atrofdan , shu  nom bilan ataluvchi chashma atrofining yer sathidan
chaqmoqtosh   buYumlarini   yig’ib   olgan   edi.   Topilmalar   qariyb   3   ta   maydonda
uchratilgan   bo’lib,   dastlabki   kuzatuv   ishlari   tufayli   yodgorlikning   asosiy   qismi
chashmaning   janubiy-   sharqiy   tomonida   joylashganligi   aniqlandi   va   bu   yerda
arxeologik tadqiqotlar bajarildi hamda yer sathidan 3 metr pastlikdagi yotqizikdan
buzilmagan   madan   qatlamini   ochdi   va   unda   chaqmoqtoshdan   yasalgan   mehnat
qurollari,   tosh   chiqindilar,   qizil   bo’yoq,   gulhan   izlari     kabilardan   iborat   boy
arxeologik     manbalar   topildi.   Chashma   atrofida   mavjud   bo’lgan   suniy   suv
omborining     atrofidan   200   dan   ko’proq   chaqmoqtosh   ashyolari   yig’ib   olingan.
Makonda yashagan jamoa   o’zlariga mehnat qurollari yasash uchun Yuqori sifatli
chaqmoqtosh   jinsidan   foydalangan   bo’lib,   undan   turli   qurollar,   pichoqsimon
buYumlar   qirg’ichlar,     randalar,   nayza   tig’lari   har-   xil   keskich   asboblar     kabi
ro’zg’orbob   uskunalar   yasashgan.   Tosh   paraqalari   Yuqori   did   bilan     parchalab
olinganligini ko’rsatuvchi o’zaklar anchagina. Manbalar kolleksiyasida qayroqtosh
qurollar   ham   taqdim   etilgan.   Mehnat   qurollarning   xillari,   ularni   ishlab   chiqish
shakllari,   hususan,   paraqalarga   nisbatan   uchirmalarga   ko’proq   ishlov   berish   kabi
texnik uslublar, hamda qayroq qurollarning taqdim qilinishi,   qizil bo’yoq, o’choq
izlari,   chaqmoqtosh   turi   jinslari   kabilar   bu   yodgorlikning   Samarqand   so’ngi
paleolit madaniyatiga yaqinligini ko’rsatadi. 
Ammo   shuni   aytish   kerakki,   Samarqand   paleolit   manzilgohi   industriyasida
arxeologik   manbalar,   xusasan,   mehnat   qurollarini   ishlab   chiqishda   paraqalarga
qaraganda ko’proq uchirmalarga ishlov berish asosida yasalgan. To’g’ri paraqalar
kamroq   ishlatilgan   bo’lib,     qurollar   yasashda   muster   davri   madaniyati   ananalari
namayonligi   mavjud.   Xo’jamazgil   makoni   arxeologik     manbalarga   nisbatan
Samarqand   makoni   qadimiyroq   ko’rinadi.   Xo’jamazgil   makoni   mehnat   qurollari
nisbatan   ko’proq     prizmatik   to’g’ri,   nukleus   paraqalari   asosida   yasalganligi
takomillashuvi  namoyonligidan kelib chiqib, bu makon egalari  Samarqand so’ngi
paleolit jamoalarining keyingi   avlodlari bo’lishi mumkinligi haqida fikr   bildirish
mumkin.   Xo’jamazgil   qishlog’i   atrofi,   umuman,   Turkiston   tog’i   g’arbiy
25 bag’irlarida   arxeologik   ishlarni   olib   borish   endilikda   muhim   vazifalardan
hisoblanadi.   Shunday   qilib,   Samarqand   va     u   bilan   bog’liq   voha   hududi   paleolit
davridan   etiboran   inson   jamoalari   yashab   madaniyat   yaratib   kelganligi   va   uning
insoniyat   tarixining   galdagi   taraqqiyot   bosqichlariga   zamin   yaratilganligini   asosli
ravishda etirof qilish joizdir.    
Mezolit.   Chorbakti   mezolit   makonlari.   Zarafshon   vohasi   mezolit   davri
jamoalari     moddiy-madaniyati     yaqin   yillarga   qadar   deyarli   noma’lum   bo’lib
kelgan   edi.   O’tgan   asrning   80-yillari   ikkinchi   yarmida   Rossiya   FA   etnografiya
Institutining   Xorazm   arxeologik   ekspedisiyasi   (A.V.   Vinogradov),   ToshDU
geografiya   fakulteti   (E.D.Mamedov),   SamDU   arxeologik   ekspedisiyasi
(M.J.Djuraqulov)   ilmiy   xodimlari   hamkorlikda   Zarafshon   daryosining   shu
vaqtgacha   fanda   noma’lum   bo’lgan   Chorbaqti   vohasini   topishga   va   undan
oltmishdan ortiq mezolit, neolit makonlarini kashf etishga erishganlar. 
Chorbakti   mezolit   makonlari   (Chorbakti   11,   23,   27,   41)   tadqiqoti,   mazkur
jamoalar  moddiy madaniyatining mahalliy kaltaminor jamoalari madaniyatlaridan
keskin   farqi   borligini   ko’rsatdi.   Tosh   qurollari   tipologik   tahlili   mazkur   makonlar
tosh industriyasi otshepli-paraqali industriya ekanligi, o’z xususiyatlari bilan O’rta
Osiyo   tog’,   tog’   yon   bag’ri   mintaqasi   so’ngi   paleolit,   mezolit   jamoalari
madaniyatiga   yaqin   bo’lganligidek   xulosa   chiqarish   imkonini   berdi.   (o’zaksimon
qirg’ichlar,   otshepdan   yasalgan   qirg’ichlar,   ponasimon   qurollar,   qayroqtosh
qurollar va h.k). Chorbakti jamoalari moddiy madaniyati yana bir ilmiy ahamiyati
shundaki,   shu   kunga   qadar   Samarqand   so’ngi   paleolit   jamoalari   bilan   sazog’on
neolit   jamoalari   moddiy     madaniyati   oralig’ida     o’zaro   ularni   bog’lovchi
xronologik   bo’g’in   yo’q   edi,   bo’shliq   mavjud   edi   va   shu   bo’shliqni   Chorbaqti
manbalari to’ldirdi bog’lovchi xronologik bo’g’in bo’ldi (Xolmatov, 2000, 24-35 ).
Sazog’on   I   makoni.   O’rta   Zarafshon   vohasi     mezolit   jamoalari   moddiy
madaniyatini   yoritishda     Sazog’on   I   makoni   tadqiqoti   natijasida   qo’lga   kiritilgan
arxxeologik   manbalar   ahamiyati   muhim   hisoblanadi.   Makon   O’rta   Zarafshon
vohasi   Qoratepa   tog’   massivi   Shimoliy   yon   bag’ridan   voha   tomon   o’z   suvini
26 oqizib chiquvchi yirik soylardan biri bo’lgan Sazog’onsoy yon qayirida joylashgan
(Samarqand   viloyati,   Nurobod   tumani   Sazog’on   qishlog’i   Yuqori     qismida).
Makon   kashf   etilishi   Samarqand   Davlat   Universiteti   arxeologik   ekspedisiyasi
tadqiqotlari   bilan   bog’liq   bo’lib,   makonda   1967-68   yillari   D.N.Lev,   1969-1977
yillar   maboyinida M.J.Djuraqulov   rahbarligida arxeologik  tadqiqot  ishlari   amalga
oshirilgan. Hammasi bo’lib 100 metr kvadratdan ortiqroq maydon sathida madaniy
qatlam   ochilib,   2,5   mingdan   ortiq   arxeologik   ashyoviy   dalillar     qo’lga   kiritilgan.
Makon tosh industriyasi otshepli paraqali industriya bo’lib, tosh qurollari tipologik
tahlili   uni     O’rta   Osiyo   tog’   mintaqasi   mezolit-neolit   jamolari   moddiy
madaniyatiga     o’xshashligini   ko’rsatdi.   Shu   xususiyatlar   asosida   Sazog’on   I
makoni   mezolit   davri   so’nggi   bosqichlari     va   ilk   neolit   jamoalariga   tegishli
ekanligi   aniqlandi.   Eng   qizig’i   makon   tosh   industriyasida   Samarqand   so’ngi
paleolit   yodgorligi   tosh   qurollariga     xos   bo’lgan     qurollarga   ishlov   berish
texnologik  uslublari     an’analari  saqlanib  qolganligi   holatini   kuzatilishi  bo’ldi.  Bu
xususiyat   madaniyatlar   kelib   chiqishi   ildizi   masalasini   oydinlashtirishda     muhim
omil bulib xizmat kilishi mumkin.
Zamicha-tosh   makoni.   Makon   1989   yili   UzFA   arxeologiya   institutining
paleolit   guruhi     xodimlari   tomonidan   kashf   etilgan   bo’lib,   Qoratepa   tog’   massivi
Shimoliy   yon   bag’ridan   voha   tomon   chiqib   keluvchi   soylardan   biri   bo’lgan
Sevasoy yon  qayirida joylashgan.( Samarqand viloyati, Urgut tumani). Bu makon
yodgorliklarning   o’ngur   tipiga   kirib,   uning   o’lchamlari   quyidagicha-   og’iz   qismi
eni   10   metr,   ungur   tubiga   qarab   4   metr.   Arxeologik   qazishma   ishlari   jarayonida
makonda   ikkita   madaniy   qatlam   borliligi   aniqlanib,   ulardan   qiziqarli   arxeologik
manbalar   topishga   erishilgan.   Xususan,   tosh   buYumlarning   tipologik   tahlili
natijasida   tadqiqotchilar   makonni   mezolit   jamoalariga   tegishli   ekanligidek   xulosa
chiqarishganlar. 
27 I.2.   O‘rta   Osiyo,   xususan   O‘zbekiston   neolit   davri   jamoalari   moddiy
madaniyatining o‘rganilishi tarixi: tadqiqot muammolari va istiqboli  
Neolit.   O‘rta   Osiyo   xududida   neolit   davri   nisbatan   yaxshi   o‘rganilgan.   Bu
davr   moddiy   madaniyatini   o‘rganishda   S.P.Tolstov,   V.M.Masson,
YA.G‘.G‘ulomov,   A.V.Vinogradov,   U.Islamov,   A.Asqarov,   A.Muxammadjonov,
M.Jo‘raqulov,   E.Bijanov,   R.Sulaymanov,   M.Qosimov,   T.Mirsoatov,   R.A.Ranov,
G.F.Korobkova,   T.G.Filimonova,   V.V.Timofeev,   N.Xolmatov   singari   arxeolog
olimlarning tadqiqotlari samarali natijalar berdi. 
O‘zbekiston   hududi,   hatto   O‘rta   Osiyo   miqyosida   neolit   davri   jamoalari
moddiy   madaniyatini   o‘rganishda   Kaltaminor   tarixiy-madaniy   jamoalari
madaniyatining   alohida   o‘rni   bor.   Bu   madaniyat   o‘tgan   asrning   30-yillari   oxirida
taniqli   arxeolog   S.P.Tolstov   tomonidan   kashf   etilgan   bo‘lib,   keyingi   yillar
davomida A.V.Vinogradov tomonidan atroflicha tadqiqot etilgan.   Quyi Zarafshon
vohasidagi kaltaminor jamoalari madaniyati esa  O‘ . Islomov tomonidan o‘rganildi.
Mazkur   tadqiqotlarning   ko‘rsatishicha,   Kaltaminor   jamoalari   nafaqat   Amudaryo
etagi Oqchadaryo havzasida, balki qo‘shni O‘zboy, Zarafshon daryosi etaklarining
qadimiy   o‘zanlari,   UstYurt,   Qizilqumning   ichki   xududlari,   Janubi   -   G‘arbiy
Qozog‘iston, SHarqiy Kaspiy, Orol bo‘yi Balxon hamda Mang‘ishloq sarhadlariga
tarqalishib yashashgan va o‘zlariga xos madaniyat yaratishgan. 11
 (2-rasm). Bunday
keng   hududlarda   yashagan   jamoalar   madaniyati   umumiy   nom   –   Kaltaminor
tarixiy-madaniy   jamoalar   madaniyati   nomi   bilan   fanga   kirgan.   Bu   madaniyat
tarkibida   bir   nechta   mahalliy   xarakterga   ega   bo‘lgan   madaniy   variantlar   mavjud
ekanligi   tadqiqotlarda   aniqlangan.   Bular   Oqchadaryo,   Quyi   Zarafshon,   Lavlakan
kabi   mahalliy   madaniy   variantlar   hisoblanadi 12
.   Bu   mahalliy   madaniy
11
  Толстов   С.П.   Древней   Хорезм.   –   М.:   Издательство   МГУ,   1948.   Виноградов   А.В.   Неолитические
памятники   Хорезма   -   МЭХ,   вып.8.   –   М.:   Наука,   1968 ;   Виноградов   А.В.   Древние   охотники   и   рыболовы
Среднеазиатского   междуречья.   –   ТХЭ,   т.   Х III .   –   М.:   Наука,   1981.   173   б .;   Виноградов   А.В.   Мамедов   Э.Д.
Первобытный Лявлякан. Этапы древнейшего заселения и освоения Внутренних Кызылкумов - МЭХ, вып.10.
–   М.:   Наука,   1975 ;   Гулямов   Я.Г.,   Исламов   У.,   Аскаров   А.   Первобытная   культура   и   возникновение
орошаемого   земледелия   в   низовьях   Зарафшана.   –   Ташкент:   Фан,   1966 ;   Бижанов   Е.Б.   Неолитические
памятники   юго-восточного   Устюрта   //   Древняя   и   средневековая   культура   юго-восточного   Устюрта.   –
Ташкент, Фан, 1978.   18-79-бетлар;   Бижанов Е.Б. Каменный век Устюрта. Авт.реф. на соискание уч.степени
д.и.н. – Нукус, 1996 . С.3-42.  
12
  Виноградов   А.   В.   О   локальных  вариантах   неолитической   культуры   Кызылкумов.-   КСИА,   1970,   вып.
122.  С. 31-36; Виноградов А.В. Кўрсатилган адабиёт .  1981 ,  165 -бетлар .
28 variantlarning bir-biridan farqlari jamoalar tosh industriyasi xususiyatlari, qurollar
shakli, yasalish uslubi, ishlov berilish texnologiyasi, sopol buYumlarning yasalishi,
shakli,   naqshlari,   zebi-ziynat   ashyolari   kabi   jihatlari   bilan   izohlanadi.   Kaltaminor
tarixiy-madaniy   jamoalari   shunchalik   keng   sarhadlarga   tarqalib   yashashganki,
ularning   makonlaridan   topib   o‘rganilgan   arxeologik   ashyoviy   dalillar   tahlili,   bir
tomondan,   ularning   moddiy   madaniyati,   turmush   tarzi,   ijtimoiy   hayoti,   xo‘jalik
asoslari jihatidan birlashuvchi umumiy qon-qardosh jamoalar ekanligini ko‘rsatsa,
ikkinchi   tomondan,   hududiy   kengligi   turli   iqlimiy,   ekologik   sharoit   nuqtai-
nazar i dan   mahalliy   xususiyatga   ega   jamoalar   madaniy   majmuasi   ekanligini
ko‘rsatadi.   SHubhasiz,   mazkur   jamoalar   birgalikda   Kaltaminor   tarixiy-madaniy
jamoalar   madaniyatini   tashkil   etadi.   Ta’kidlash   joizki,   agar   mil.avv   IV   ming
yildayoq   Turkmanistonning   janubiy   sarhadlarida   Joyitun   neolit   jamoalari
madaniyati   negizida   ilk   metallchilik   madaniyati   (eneolit)   shakllangan   bo‘lsa,
Kaltaminor jamoalari yashayotgan pasttekislik (hozir dasht holatidagi) sarhadlarida
esa mil.avv III ming yillik oxirigacha nafaqat to‘laligicha jamoalar turmushida tosh
qurollar  tarkibi  (albatta vaqt  o‘tishi  bilan ko‘rinishi,  hajmi, ishlov berilishi  uslubi
o‘zgargan   holda)   saqlanib   qolgan,   balki   bu   jamoalar   turmushida   o‘zlashtirma
xo‘jalik – ovchilik, termachilik va baliqchilik sohalari to‘laligicha hukmron bo‘lib
qolavergan  13
. 
Oqchadaryo   havzasi.   Amudaryoning   quyi   oqimining   qadimgi   o‘ng   qirg‘og‘i   -
Oqchadaryo havzasi hisoblanib, havza sohillaridan Kaltaminor jamoalariga tegishli
bo‘lgan   ko‘plab   makonlar   kashf   etilgan.   Havza   janubiy   va   Shimoliy   qismlardan
iborat:.   To‘rtko‘l   shahri   yonidan   boshlangan   janubiy   havza   Shimol   tomon   uchta
asosiy   irmoq   bilan   Yuzlanib,   Sulton   Uzdag   tog‘   tizmasi   yon   bag‘riga   borib
taqaladi.   Sulton   Uzdagni   g‘arb   tomondan   aylanib   o‘tgan   suv   oqimi
Oqchadaryoning   tor   yo‘lakchasi   orqali   Shimolga   o‘tib   olib,   bu   erda   janub
havzadan   ham   nisbatan   kattaroq   hajmda   bo‘lgan   Shimoliy   Oqchadaryo   havzasini
tashkil   etadi.   Ikkala   havza   ham,   xuddi   Zarafshon   daryosining   qadimgi   quyi
o‘zanlari kabi o‘zining tabiiy sharoiti bilan Qizilqumning ajralmas tarkibiy qismini
13
Виноградов А.В. Кўрсатилган адабиёт .  1981 ,  147 -бетлар .
29 tashkil   etgan.   Shimoliy   Oqchadaryo   havzasida   neolit   jamoalariga   mansub
makonlar   deyarli   noma’lum.   Janubiy   Oqchadaryo   havzasi   sarhadlaridan   esa,
aksincha, tayanch makonlar turkum holatda topilgan 14
.
Oqchadaryo   havzasi   miqyosida   neolit   davri   ilk   bosqichlariga   oid   makonlar
topilmagan.   Bu   holat   mazkur   hududda   o‘sha   davrda   odamzod   yashashi   uchun
qulay ekologik sharoit bo‘lmaganligi, tez-tez suv toshqinlari sodir bo‘lib turganligi
bilan   izohlanadi.   Havzada   neolit   davrining   nisbatan   qadimgiroq   makonlari   o‘rta
neolit, ya’ni kaltaminor jamoalari madaniyati rivojining jonbass bosqichiga tegishli
hisoblanadi.   Makonlarning   joylanishi   topografik   holatiga   qaraganda   bu   vaqtda
havzaning   janubiy   qismlarida   nafaqat   asosiy   o‘zan,   balki   ko‘plab   kichik
irmoqchalar,   kichik   ko‘lchalar   ko‘rinishidagi   suv   havzalari   ham   bo‘lgan.   Atrof
keng   maydonli   botqoqsimon   manzarali   joylardan   iborat   bo‘lib,   maydon   sathlari
to‘qaysimon o‘simliklar bilan qoplangan, ularda O‘rta Osiyo daryolarining hozirgi
zamon havzalari  ko‘rinishiga  o‘xshashlik  holatlari  ham  mavjud 15
. Ba’zi  makonlar
havzaning   ichki   qismlaridagi   do‘ngliklarda   hamda   havzaning   haqiqiy,   asl
qirg‘oqlarida   joylashganligi   suv   sathining   barqaror   bo‘lmaganligidan   dalolat
beradi.
Mazkur   havzadan   Jonbass   4   makoni   topib   o‘rganilgan.   Bu   makon   kashf
etilishi   bilan   Kaltaminor   jamoalari   moddiy   madaniyatini   tadqiq   etish   ishlari
boshlanib   ketgan   edi.   Mazkur   tadqiqot   ishlari   natijalari   S.P.Tolstovning   ilmiy
asarlarida keng yoritilgan 16
. Ta’kidlash joizki, Oqchadaryo havzasi neolit jamoalari
moddiy   madaniyati   borasida   keyingi   tadqiqotlar   jarayonida   kashf   etilgan   Tolstov
makoni o‘rganilishi natijalari ham qimmatli ma’lumotlar berdi. Bu makon Jonbass
4   makoni   bilan   yonma-yon   joylashgan.   A.V.Vinogradovning   fikricha,   Tolstov
makonidan   topilgan   kulbalar   alohida   bo‘lmasdan,   Jonbass   4   uylaridan   iborat
bo‘lgan   qishloqning   yaxlit   tarkibiy   qismini   tashkil   etgan.   Bunday   ma’lumotlar
etnik   guruhlar   masalasini   oydinlashtirish   borasida   ham   muhim   ahamiyat   kasb
14
  Виноградов А.В. Неолитические памятники Хорезма. – МЭХ, вып.8. – М.: Наука, 1967; Виноградов А.В.
Кўрсатилган адабиёт .  1981.  С. 78-90.
15
  Низовья  Амударьи, Сарыкамыш,  Узбой.  История формирования  и  заселения. –  МХЭ,  вып.3.  – М.,  1960.
С.34-36.
16
 Толстов С.П. Древней Хорезм. – М.: Издательство МГУ, 1948.
30 etadi.   Ta’kidlash   joizki,   Janubiy   Oqchadaryo   havzasida   Kaltaminor   jamoalari
madaniyati   taraqqiyoti,   so‘nggi   bosqichlariga   oid   makonlar   kashf   etilib,   qiziqarli
manbalar   qo‘lga   kiritilgan.   Lekin   bironta   makon   o‘z   ilmiy   qimmati,   qo‘lga
kiritilgan   arxeologik   manbalarning   miqdori,   madaniy   qatlamlarining   saqlanishi
sifati jihatidan Tolstov makoniga +
Quyi   Zarafshon   vohasi.   O‘rta   Osiyo   miqyosida   neolit   jamoalariga   tegishli
eng   ko‘p   sonli   makonlar   Zarafshon   daryosi   quyi   etagi   qadimgi   o‘zanlari
havzasidan   topilgan   bo‘lib,   ular   etti   Yuzdan   ortiq   (3-rasm).   Ammo   ularning
aksariyatida madaniy qatlam saqlanib qolmagan. Mazkur makonlar ilmiy talqini bu
mintaqada neolit  davri  taraqqiyot  bosqichlarining deyarli  barchasiga  oid jamoalar
madaniyatini   kuzatish   imkonini   beradi.   Ularning   o‘rganilishi   Zarafshon
daryosining   hozirgi   kunda   qurib   qolgan   qadimgi   o‘zanlari   to‘g‘risida   ham
qimmatli ma’lumotlar beradi. 
Oyoqagitma,   davomi   esa   Daryosoy   deb   nomlanadi   va   o‘zan   Amudaryoga
quyilmasdan   Quljuqtov   tizmasi   janubi-g‘arbiy   etagida   o‘ziga   xos   subaeral
havzasini   tashkil   etib,   o‘z   oqim   harakatini   to‘xtatadi.   Tadqiqotlarning
ko‘rsatishicha,   mazkur   Keyingi   yillarda   amalga   oshirilgan   paleogidrografik,
paleogeografik,   arxeologik   tadqiqotlar   natijasida   Zarafshon   daryosining   quyi
qismida   uchta   qadimgi   o‘zanlari   tizimi   harakatda   bo‘lganligi   aniqlandi.   Bular
uning Shimoliy, o‘rta va janubiy irmoqlaridir. Zarafshon daryosi qadimgi Shimoliy
irmog‘i Echkiliksoy, Oyoqagitma (sharqiy va g‘arbiy havzasi) hamda Daryosoydan
iborat.   Bu   Shimoliy   o‘zan   Zarafshon   daryosining   asosiy   o‘zanidan   Ovtobachi
platosi   g‘arbrog‘idan   ajralib   chiqib,   uning   boshlanish   qismi   Echkiliksoy,   so‘ngra
o‘zan qirg‘oqlarida ibtidoiy odamzod paleolit davridan e’tiboran yashay boshlagan.
Neolit   davri   ilk   bosqichlariga   kelib,   Daryosoy   qirg‘oqlari   bo‘ylab   odamzod
jamoalari   zichroq   yashaganliklari   ma’lum   bo‘ldi.   Neolit   davri   ilk   bosqichi
oxirlariga   kelib   iqlimning   o‘zgarganligi   tufayli   Zarafshon   suvi   oqimi   kamaygan
ko‘rinadi.   SHu   sababli   Echkiliksoydan   Oyoqagitma   uzilib,   uning   avval   g‘arbiy,
so‘ngra   sharqiy   havzasi   shakllangan.   Daryosoy   bo‘ylab   esa   doimiy   suv   oqimi
to‘xtagan.   Oyoqagitma   havzalari   bilan   bir   vaqtda   Zarafshon   daryosining   janubiy
31 o‘zani   –   Mohandaryo   va   Xo‘jayli   o‘zanlari   ham   oqa   boshlagan.   Bu   o‘zan
Zarafshon   daryosi   asosiy   o‘zanidan   YAkkatut   bekati   yaqinida   ajralib   chiqqan   va
janub   tomon   qayrilib,   Amudaryoga   quyilgan.   Bu   o‘zan   sohillaridan   topib
o‘rganilgan makonlar ashyolari o‘zan yon qirg‘oqlari neolit davri o‘rta bosqichida
odamzod tomonidan jadallik bilan o‘zlashtirilganligidan guvohlik beradi.
Mohandaryo,   Xo‘jayli,   Katta   va   Kichik   Tuzkon   atroflaridan   topilgan
makonlar   moddiy   madaniyati   Kaltaminor   jamoalariga   tegishli   ekanligi   aniqlandi.
Ularning   aksariyatida   madaniy   qatlam   saqlanmagan   bo‘lsa-da,   Dorbazaqir   1,   2
makonlarida  madaniy  qatlamlar  yaxshi  saqlangan,   ularga  tegishli   neolit  jamoalari
kunlik   turmush   tarzi,   xo‘jalik   Yumushlari,   turar   joylari   borasida   qimmatli
manbalar   qo‘lga   kiritilgan.   Ayniqsa,   Dorbazaqir   1   makonida   o‘rganilgan   uy-joy
qoldiqlari o‘z shakli, qurilishlari bilan Uchashi 131 kulbalariga o‘xshash, faqatgina
o‘lchami,   maydon   sathlari   kichikligi   bilan   farqlanadi.   Makonlardan   tosh
buYumlar, sopol, suyakdan yasalgan qurollar, hayvon, parranda va baliq suyaklari
qoldiqlari kolleksiyasi qo‘lga kiritilgan. 17
Zarafshon   daryosi   qadimgi   o‘zanlaridan   biri   bo‘lgan   CHorbaqti   vohasi   –
Shimoliy   va   janubiy   o‘zanlar   o‘rtasida   joylashgan   bo‘lib   (Gazli   shahridan   50-60
km. lar chamasi masofada), u erda 1984-1986 yillarda tadqiqotlar olib borildi. Bu
o‘zanning   asl,   tub   qismi   hozirgi   kunda   atrof   yon   qismlari   tuproqlari   denudatsion
jarayonlar natijasida emirilib ketilganidan, er sathida bo‘rtib chiqib qolgan holatda
saqlanib   turibdi.   Chorbaqti   vohasidan   oltmishdan   ortiq   mezolit,   neolit   davri
jamoalariga tegishli makonlar topib o‘rganilgan 18
Zarafshon   vohasi   neolit   davri   jamoalari   moddiy   mada niyati   juda   yaxshi
tadqiq   etilgan.   Quyi   Zarafshon   vohasi,   aniqrog‘i   uning   qadimiy   o‘zanlari
Echkiliksoy,   Oyoqog‘itma,   Daryosoy,   Chorbaqti,   Xo‘jayli   va   Mahondaryo
vohalarida   ko‘plab   ibtidoiy   davr   makonlar   topilib,   ular   kaltaminor   jamoalariga
17
  Гулямов Я.Г., Исламов У., Аскаров А. Первобытная культура и возникновение орошаемого земледелия в
низовьях   Зарафшана.   –   Ташкент:   Фан,   1966 ;   Коробкова   Г.Ф.   Орудия   труда   и   хозяйство   неолитических
племен Средней Азии. МИА, №158. – Л.: Наука, 1969 .
18
Холматов   Н.У.   Новые   неолитические   памятники   на   староречьях   Зеравшана.   //   Новые   открытия   в
Приаралье,   вып.   1,   М. ,   1991.   С.4-32;   Холматов   Н.У.   К   хронологии   келтаминарских   материалов
староречий Зарафшана. ИМКУ, Вып. 3 4, Самарканд, 2004.  С.17-25.
32 tegishli ekanligi aniqlangan 19
. Yuqori Zarafshon vohasida neolit jamoalari moddiy
madaniyati   Oq-Tanga   makonida   V.A.Ranov   tomonidan   amalga   oshirilgan
tadqiqotnatijalari bilan fanga ma’lum 20
.
O‘rta Zarafshon vohasi  neolit davri jamoalari  moddiy madaniyati  Qoratepa
tog‘   massivi   Shimoliy   yon   bag‘ri   yirik   soy   yon   qayirlariga   tarqalgan   bo‘lib,   bu
o‘lkaning   arxeologik   ob’ektlari   “Sazog‘on   madaniyati”   nomi   ostida   fanga
kiritilgan 21
.   Ta’kidlash   joizki,   Samarqand   Davlat   universiteti   arxeologik
ekspeditsiyasi   tomonidan   o‘tgan   asrning   60-yillarida   kashf   etilgan   Sazog‘on
madaniyati   makonlarini   o‘rganish   hozirgi   kungacha   davom   etib   kelmoqda   va
ushbu madaniyatga oid yangidan-yangimakonlar topilmoqda 22
 . 1966 yili D.N. Lev
raxbarligida   SamDU   arxeologik   ekspeditsiyasi   Samarqand   makonida   qazilma
ishlarini amalga oshirish bilan bir paytda Pastdarg‘om tumani  Sazog‘on qishlog‘i
hamda   Samarqand   tumani   Navbog‘   qishlog‘i   atroflarida   arxeologik   qidiruv
ishlarini amalga oshirdi. Xususan, Sazog‘on 1,2 makonlari xaritaga olinib, qidiruv
shurflari qazishmalari jarayonida qiziqarli tosh qurollari to‘plami qo‘lga kiritilgan.
Sazog‘on 1 yodgorligi dastlab 1966-1969 yillari D.N.Lev boshchiligidagi SamDU
arxeologik  ekspeditsiyasi   tomonidan   tadqiq  etilgan 23
,  keyingi   tadqiqotlar   1969-72
yillari   M.D.Djurakulov   tomonidan   amalga   oshirilgan.Sazog‘on   2   yodgorligi   esa
1978-1983   yillar   maboyinida   M.D.Djurakulov   tomonidan   tadqiq   etilgan 24
.   1986-
1989 yillar maboyinida Sazog‘onsoyga qo‘shni bo‘lgan Egriqulchasoydan Jangal 1
yodgorligi   tadqiq   etilgan.   Zamicha-tosh   makoni   1989   yili   UzRFA   arxeologiya
19
  Гулямов   Я.Г.,   Исломов   У.И.,   Аскаров   А.А.,   Первобытная   культура   и   возникновение   орашаемого
земледелия в низовьях Зарафшана.  -  Тошкент, 1966. С.- 21-87.
20
 Ранов В.А. Неолит (гиссарская культура) // История таджикского народа. Том. I . – Душанбе, 1998.- С. 105-
123.
21
 Джуракулов М.Д., Холматов Н.У. Мезолит и неолит Среднего Зарафшана. Ташкент, 1991. 121 с. 
22
Холматов   Н.У.   Сазоғон   маданияти   ва   Ўзбекистон   неолит   даври   тадқиқоти   муаммолари   //   Ўзбекистон
тарихи   долзарб   муаммолари.   Республика   илмий   анжумани   материаллари,   1-қисм.   -   Самарқанд,2016;
Холматов Н.У.   Неолит Узбекистана: проблемы и перспективы //«Наука и мир». Волгаград, 2018 ; Холматов
Н.У.   Неолит   Узбекистана   //   “Global   science   and   innovations   2018   Central   Azia   II»   Международной   научно-
практической  конференции. - Остана, 2018.- С.548-551; Kholmatov N.U. TheneolithikofmiddleZerafshanriver //
InternationalScientificJournalTheoretical&AppliedScience, №11(67). - Philadelphia, USA , 2018. –  P.  35-39.
23
 Лев Д.Н. Итоги работы археологического отряда Самаркандского госуниверситета имени А.Навои в 1966
году   //   Материалы по истории и археологии Узбекистана. Труды СамГУ ,   вып.218 . -   Самарканд, 1972 .-   С.3-
17.
24
  Джуракулов   М.Д.   Сазоғон   неолит   маконининг   дастлабки   ўрганилиши   натижалари   //   Археология   ва
этнография масалалари.  -  Самарқанд, 1984. -  Б.4-21.
33 institutining   paleolit   guruhixodimlari   tomonidan   kashf   etilgan   bo‘lib,   Qoratepa
tog‘   massiviShimoliy   yon   bag‘ridan   voha   tomon   chiqib   keluvchi   soylardan   biri
bo‘lgan   Sevasoy   yonqayirida   joylashgan.(   Samarqand   viloyati,   Urgut   tumani) 25
.
Ohalik   makoniO‘rta   Zarafshon   vohasi   Qoratepa   tog‘   massivi   Shimoliy   yon
bag‘ridan   voha   tomon   o‘z   suvini   oqizib   chiquvchi   yirik   soylardan   biri   bo‘lgan
Ohaliksoy yon qayirida joylashgan bo‘lib, 1986 yili O‘z FA Arxeologiya instituti
paleolit otryadi xodimlari tomonidan kashf etilgan 26
. 
XX asr oxiri –XXI boshlarida Quyi Zarafshon vohasida O‘zbekiston-Polsha,
O‘zbekiston-Fransiya   xalqaro   arxeologik   ekspeditsiyalari   a’zolari   Oyoqog‘itma
yodgorligini   tadqiq   etishdi 27
.   SHuningdek,   O‘rta   Zarafshon   vohasida   Tepaqul
3,Tepaqul   4,Tepaqul   5,   Olmabuloq   makoni,   Lolab,   Qorakamar,   Ochilg‘or   kabi
yangi   yodgorliklarningkashf   etilishi   mazkur   mintaqada   nafaqat   neolit   davri
jamoalari,   balki   mezolit   va   hatto   paleolit   jamoalari   ham   yashashib   o‘ziga   xos
moddiy   madaniyat   yaratishganligini   ko‘rsatdi   (II.2.2-rasm).Xususan,   Tepaqul   3
yodgorligi 1990-1996 yillari maboyinida, Tepaqul-4 neolit makoni esa 1996-2004
yillarda tadqiq etildi. 2000 yil kuzida Sazog‘onsoy va unga qo‘shni bo‘lgan soylar
yon   daralarida   arxeologik   qidiruv   ishlarini   amalga   oshirayotgan   paytda   Katta
Quruqsoy   yon   darasida   Qorakamar   g‘or   makonini   kashf   etishga   erishilgan.   Tosh
qurollarining   tipologik   tahlili   makon   tosh   industriyasi   mezolit   davri   jamoalariga
tegishli   ekanligidek   dastlabki   xulosa   chiqarish   imkonini   bermoqda 28
.   Olmabuloq
makoni SamDU ekspeditsiya xodimlari tomonidan 2000 yili kashf etilib, 2001 yili
ham tadqiqot davom ettirilgan arxeologik yodgorlik hisoblanadi. Makon tadqiqoti
jarayonida qo‘lga kiritilgan tosh qurollari levallua – muste texnologik uslubiga ega
bo‘lib, ular o‘z jihatlari bilan Zirabuloq, Omonqo‘ton kabi paleolit makonlari tosh
qurollariga   o‘xshaydi.   Ba’zi   tosh   qurollari   shakli   va   ishlov   berishi   uslublarida
25
  Худойбердиев   Р.А.   Гречкина   Т.Ю.   Замича-тош   –   Новый   памятник   каменного   века   //   Палеоэкология   и
проблемы первобытной археологии Центральной Азии.  -  Самарканд, 1992.
26
  Худойбердиев   Р.А.   Агалик-новая   стоянка   каменного   века   //   Узбекистон   в   древности   и   средневековье .   –
Самарканд , 1992.-С.13-15.
27
SzumchakK .,  KhudzhanazarovM . ExploringtheneolitikoftheKyzyl - kumsAjakagytma  « thesite »  endothercollection .  -
Warshavauniversity ,   2006; Брунет   Ф,   Хужаназаров   М.   Хашимов   Х.   Новые   данные   к   хронологии
Кельтеминарской культуры в Узбекистане ( VII - IV  тыс. лет.до н.э) // ИМКУ , № 38.- Самарканд, 2012.
28
Джуракулов   М.Д.,Холматов   Н.У.   Самарқанд   Давлат   Университети   дала   қидирув   тадқиқотлари
саҳифасидан (1995-2000) // Ўзбекистон археологик тадқиқотлари 2000. - Самарқанд, 2001. – С. 56-60.
34 Samarqand makoni tosh qurollariga xos texnologik uslub va xususiyatlar saqlanib
qolganligi holatlari kuzatiladi 29
.
SamDU   arxeologlari   tomonidan   2004   yilda   kashf   etilgan   Ochilg‘or
makonida   arxeologik   tadqiq   ishlari   2017   yilgacha   davom   etdi 30
.   2017   yil   yozida
talabalarning   dala   arxeologik   amaliyoti   jarayonida   Sazog‘onsoy   Yuqori   vohasida
(Sazog‘on 2 yolgorligidan chamasi 700-800 metrlar Yuqorida) Turk qishlovi degan
joyda soyning chap yoni terrasasi  sathidan yangi yodgorlik aniqlanib, Sazog‘on 3
deb   nomlandi   va   tadqiq   etildi.   O‘rta   Osiyo   neolit   davri   jamoalari   moddiy
madaniyati tadqiqoti bo‘yicha yaqin yillarda muhim kashfiyotlar qo‘lga kiritilgani
faktini keltirish mumkin. Xususan, Quyi Zarafshon vohasida kaltaminor jamoalari
madaniyatiga   oid   yangi   yodgorlik   (Oyoqag‘itma)   xalqaro   arxeologik
ekspeditsiyalar   (O‘zbekiston-Polsha,   O‘zbekiston-Fransiya)   tomonidan   tadqiq
etildi.   O‘rta   Zarafshon   vohasida   Sazog‘on   madaniyatiga   oid   qator   yodgorliklar
ochilib,   Sazog‘on   madaniyati   O‘rta   Osiyo   neolit   davri   madaniyatlari   tizimida
mustaqil   madaniyat   sifatida   ajratilib,   ilmiy   asoslandi,   Surxondaryo   sarhadlarida
neolit davriga oid yangi To‘da yodgorliklari tadqiq etildi. 
Tojikiston hududida Kangurttut, LYulikutal, Charmgaron, Uchqunkabi qator
neolit   yodgorliklari   kashf   etildi,   Hisor   neolit   madaniyatining   mahalliy   madaniy
variantlari   (“Klassik   hisor”,   “Qulob   guruhi”,   “YAvon   guruhi)ajratilib,   ilmiy
asoslandi.
O‘zbekiston   sarhadlarida   tosh   davri   jamoalari   moddiy   madaniyatini
o‘rganishda   Farg‘ona   vodiysi   istiqbolli   o‘lkalardan   biri   sanaladi.   Vodiyda   tosh
davri jamoalari moddiy madaniyatiga tegishli bo‘lgan dastlabki ma’lumotlar o‘tgan
asrning   50-yillari   o‘rtalariga   to‘g‘ri   keladi.   Xususan,B.Z.Gamburg   va
N.G.Gorbunovalar tomonidang Damko‘l atroflarida amalga oshirilgan tadqiqotlari
natijasida qo‘lga kiritilgan tosh buYumlar to‘plamlari muhim ahamiyat kasb etadi.
1963-64   yillar   mobaynida   YU.A.Zadneprovskiy   vodiyning   markaziy   sarhadlarida
29
Джуракулов   М.Д.,   Холматов   Н.У.   Самарканд   Давлат   Университети   тад қ и қ отларидан.   Ў збекистонда
археологик   тад қ и қ отлар-2000,   Самарканд,   2001.   Б. 72-78;   Ўша   муаллиф.   Самарканд   Давлат   Университети
дала   қ идирув   тадкикотлари   сахифасидан   //Ў збекистонда   археологик   тад қ и қ отлар-2001 .   -   Тошкент,   2002 .   -
Б.56-58.
30
  Холматов   Н.Ў.   Очилғор   макони   маданий   горизонтларининг   конструктив   тузилмалари,   таркибий
элементлари хусусида // Ўзбекистон археологияси, №2(3). - Ташкент, 2011. - Б. 3-10. 
35 keng   ko‘lamda   tadqiqot   olib   borib,   21   ta   tosh   davriga   tegishli   makonlar   kashf
etishga   muvaffaq   bo‘lgan. 31
  Keyingi   yillarda   vodiyning   neolit   davri   jamoalari
madaniyati   tadqiqoti   ishlari   asosan   U.Islomov,   V.I.Timofeevlar   tomonlaridan
bajarilib,   tadqiqotlar   natijasi   sifatida   mustaqil   «Markaziy   Farg‘ona»   neolit
madaniyatiajratilib,   ilmiy   asoslangan 32
.   Mazkur   madaniyatga   tegishli
yodgorliklar(hozirgi   kunda   ularning   soni   80   dan   ortiq)   ular   soha   tadqiqotchilari
tomonidan quyidagi guruhlarga bo‘lingan: vodiyning Shimoliy qismida – Madyar
guruhi;   vodiyning   Shimoli-sharqiy   qismida   –   Sariqsuv,   Mingbuloq   makonlari
guruhi;   vodiyning   janubiy   qismida   –   Zambar,   Taypoq,   Sigirchilik,   YAngisuv
guruhi   makonlari;   vodiyning   markaziy   qismida   esa   YAngi   qadam,   Dorazko‘l,
Xonobod   makonlari   guruhlari   o‘rganilgan.   Markaziy   Farg‘ona   madaniyati
jamoalariga   tegishli   makonlarningmadaniy   qatlamlari   asl   holatda   saqlanib
qolmagan, ularning maydon sathlari ham unchalik katta emas. SHu xususiyatlarni
inobatga   olgan   holda   tadqiqotchilar   ularni   jamoalar   mavsumiy   xarakterdagi
manzilgohlari bo‘lishgan, deb hisoblaydilar. 33
Vatanimiz   sarhadlaridaneolit   davri   jamoalarining   moddiy   madaniyatini
o‘rganishda   UstYurt   platosi   miqyosida   amalga   oshirilgan   arxeologik   tadqiqotlar
natijalari ham ahamiyatli hisoblanadi 34
. Hozirgi kunda UstYurt platosining deyarli
barcha   sarhadlarida   neolit   jamoalariga   tegishli   makonlar   kashf   etilgan   bo‘lib,
ularning umumiy soni 150 taga yaqin. E.Bijanov neolit makonlari tosh industriyasi
xarakteri,   tosh   qurollari   tipologik  tahlilidan   kelib  chiqib,   neolit   jamoalari   moddiy
madaniyatini quyidagi uchta taraqqiyot bosqichiga bo‘ladi: 1. Ilk neolit – Oqtoyloq
1,   Oqto‘ba   2,   CHuruk   2,   3,   7,   Jarinquduq   2,   Aydabal   2,   4,   7,   10,   20,   23   kabi
makonlardan   iborat   bo‘lib,   ularning   moddiy   madaniyati   mil.   avv.   VI-V   ming
yilliklarga   to‘g‘ri   keladi.   2.   O‘rta   (rivojlangan)   neolit   (mil.avv.   V-IV   ming
yilliklar) – Kosbuloq- 5, 7; CHuruk- 5, 6, 8, 9; Allam 3, Aydabal 3, 5, 8, 13, 19,
24,   26;   Jarinquduq   kabi   makonlardan   iborat.3.   So‘nggi   neolitga   (mil.avv.   IV-III
31
 Заднепровский Ю.А. Неолит Центральной Ферганы  //  КСИА.  В ып.106.  -  М., 1966.
32
Исламов У.И., Тимофеев В.И. Культура каменного века Центральной Ферганы. – Ташкент, 1986.  -  С. 304. 
33
Исламов У.И., Тимофеев В.И. Культура каменного века Центральной Ферганы. – Ташкент,1986.  С.  107. 
34
Бижанов Е.Б. Памятники каменного века впадины Шахпахты   //   Археология Приаралья, вып.2.– Ташкент,
1984. -   С.8-21 ;   Ўша   муаллиф.   Первое   неолитическое   погребение  на   Устюрте   //   СА,№1.   –   1985.   -С.250-252 ;
Ўша муаллиф.  Каменный век Устюрта. Авт.реф. на соискание уч.степени д.и.н. – Нукус, 1996. - С.3-42.
36 ming   yilliklar)   –   Isatay-   3,   CHuruk   -1,   4,   Kaskajol,   Oqtumsiq,   Kugesem   kabi
makonlar   kiritilgan   .   Xullas,   ushbu   bobda   Yuqorida   keltirilganidek,   biz
O‘zbekiston   sarhadlarida   tosh   asri   jamoalari   moddiy   madaniyatining   o‘rganilishi
tarixini   keltirdik.   Bunda   Vatanimiz   mintaqalari   kesimida   tosh   asri
yodgorliklarining   dastlabki   tadqiqotlari,   tadqiqotlarni   amalga   oshirgan   ilmiy
ekspeditsiyalar,   olimlar,   tosh   asri   taraqqiyoti   bosqichlari   paleolit,   mezolit,neolit
davrlari asosiy yodgorliklari va ular tadqiqotlari natijalari, tadqiqot muammolari va
istiqboli haqida ma’lumotlarni bayon etdik.
II-BOB.   O‘zbekiston   tosh   asri   jamoalarining   madaniy   aloqalarining   tarixi:
tadqiqot muammolari va istiqboli
II.1.   O‘zbekiston   paleolit     davri   jamoalari   madaniy   aloqalarining   tarixi:
tadqiqot muammolari va istiqboli
37 II.2.   O‘zbekiston   mezolit   davri   jamoalari   madaniy   aloqalarining   tarixi:
tadqiqot muammolari va istiqboli
II.1.   O‘zbekiston   paleolit     davri   jamoalari   madaniy   aloqalarining   tarixi:
tadqiqot muammolari va istiqboli
       Vatanimizning janubiy sarhadlari paleolit davri jamoalari moddiy
madaniyati   ham   nisbatan   yaxshi   tadqiq   etilgan.   O‘tgan   asr   30-
yillaridan   A.P.Okladnikov   rahbarligida   tosh   asri   tarixini   o‘rganish
otryadi   tuzilib,   Surxondaryoning   Boysun   tog‘ida   keng   qidiruv   ishlari
olib bordi va natijada o‘rta paleolit davriga oid Teshiktosh, Amir Temur
g‘or   makonlarini   topib   va   ularni   tekshirib   katta   ilmiy   kashfiyot
qilishdilar.   SHuningdek,     Turg‘ondaryo   vohasida   tosh   davrining   turli
bosqichlariga doir, jumladan, Kattakamar, Suvlikamar, Zarangchakgut,
Dozixona,   Machay   g‘ori   singari   punktlarda   tosh   davri   jamoalarining
izlari   topildi.O‘rta   Osiyoning   janubiy   sarhadlarida   tosh   davri
yodgorliklarini   tekshirish   ishini   dastlab   boshlab   bergan
mutaxassislardan   biri   viloyat   tarixiy   o‘lkashunoslik   muzeyining
asoschisi   G.V.Parfenov   hisoblanadi   . 35
  Bu   vohada   hozirga   qadar
o‘rganilgan   ibtidoiy   makonlarning   aksariyati   dastlab   G.V.Parfenov
tomonidan   hisobga  olingan.  I.Lamaev va  G.V.Parfenovlar hamkorlikda
Surxondaryo   dala,   tog‘larida   bir   qator   g‘orlarni   qalamga   olgan   va
ularning   keyinchalik   ayrimlarida   ibtidoiy   odamlarning   izlari   topildi.
A.P.Okladnikov   bu   materiallarga   qiziqib,   natijada   Boysun   tog‘larida
Teshiktosh,   Amir   Temur   kabi   o‘rta   paleolit   davri   g‘or   makonlarini
35
  Парфенов   Г.В.   Следы   древних   культур   на   городище   Айртам.   ИМКУ,
вып.2., 1961, 61-71.
38 topgan   va   tadqiqotini   olib   borgan 36
  Dastlabki   bu   tadqiqotlar
olimlarning   diqqatini   oshirgan   holda   o‘lkani   arxeologik   jihatdan   keng
ko‘lamda   o‘rganish   ishiga   turtki   bo‘lib,   natijada   ilmiy   tekshirish   ishlari
bir muncha faollashadi. 1938-1939 yillarda A.P.Okladnikov dastlab o‘rta
paleolitga   mansub   Teshiktosh   va   Amir   Temur   g‘or   makonlarini   qazib
tekshirish orqali katta ilmiy natijalarga erishdi. 37
Samarqand   makoni   Markaziy   Osiyoda   etalon   yodgorliklardan
bo‘lib,   uning  pastki  madaniy  qatlamlaridan   qo‘lga   kiritilgan  arxeologik
manbalarda   mahalliy   muster   davri   madaniyati   an’analari   mavjud
bo‘lgan   bir   vaqtda   uning   so‘nggi   –   Yuqori   qatlami   manbalari
SHugnovga   aynan   o‘xshash.   Bu   O‘rta   Osiyoning   janubiy   sarhadlarida
so‘nggi paleolit madaniyati tub, o‘rta paleolit negizida rivojlanganligini
ko‘rsatadi.   V.A.Ranov   o‘zining   asarlarida   Samarqand   makonining
SHugnovdan   qadimiyroq   ekanligini   e’tirof   qilsa-da,   ammo   Samarqand
makoni   manbalari   sanasini   yoshartirmoq   sari   urinadi.   Samarqand
paleolit   makonining   yoshi   35-25   ming   yildan   kam   emasligi   etakchi
mutaxassislar tomonidan tan olingan 38
 .
O‘rta   paleolit   davri   jamoalari   merosxo‘rlari     madaniyat   izlari   –
so‘nggi   paleolit   davri   yodgorliklari   Sariosiyo   tumaniga   To‘polandaryo
havzasida o‘rganildi. Xususan, 1969 yili Surxondaryo arxeologik otryadi
ishtirokchilari   U.Islamov   va   M.R.Qosimovlar   bu   joydan   5   ta   makon
36
  Аннаев   Т.,   Шайдуллаев   Ш. Су рхондарё   тарихидан   лавќалар   (Љадимги   даврдан   XIX   асрга   љадар).   –Т.,
1997, 107 б.
37
  Окладников   А.П.   Исследование   мустьерской   стоянки   и   погребения   неандертальца   в   гроте   Тешик-таш.
Южный Узбекистан (Средняя Азия). В кн.: Тешик-Таш. –М., 1949, 45-б.
38
Джуракулов М.Д. Самаркандская стоянка.// Ташкент, 1987. С.123.
39 topishgan.   Jumladan,   Podaxonadan   130   dan   ziyod   so‘nggi   paleolit
davriga mansub tosh buYumlar topildi. 39
 
Selung‘ur     g‘or   makoni     Farg‘ona     vodiysining     Xaydarkon     cho‘kmasi
zaminiga     kiruvchi     Sux     daryosi     o‘ng   qirg‘og‘ida,   soy     oqimidan   50   metr
balandlikdagi     qayirda,     dengiz   sathidan     2000   metr     balandlikda     joylashgan.
Madaniy   qatlamlardan     turli     tosh   ashyolar,   jumladan,   tosh   o‘zaklari     ulardan
ajratib   olingan     har   xil   parchalar,   mehnat   qurollaridan     esa   yirik     tarzdagi
qirg‘ichlar,   qo‘l   cho‘qmori,   chopper   va     choppinglar,   kliverlar,   bifaslar   topilgan.
Toshni   qayta   ishlash   va ulardan   turmush aslahalarini   yaratishda makon egalari
tishli    kertuv   texnologiyasidan   foydalangan ekan.    Sulung‘ur  g‘ori    kishilarning
zamondosh     ov   ob’ektlari     bo‘lgan     jayron,   bo‘ri,   ayiq,   g‘or   arsloni,   giena,   qor
sherri, pleystotsen eshagi, qulon, to‘ng‘iz, tur-buqa, bizon, alxar, yak, sibir echkisi
kabilarning suyak  topilmalari  ham  qiziqarli  bo‘lib, selung‘urliklarda  oziq-ovqat
ratsionining serobligidan dalolat beradi.   1988 yili   g‘orning 8- raqamli   qazilmasi
ikkinchi   qatlamidan     odam   bosh     qopqog‘i,   to‘kilib   yotgan   13   ta     Tish     va   elka
suyak   qoldiqlari   topildi   va   mutaxasislarning     o‘rganilishi     tufayli     eng   qadimgi
odam     vakillaridan     iborat   ekanligi   aniqlanib,   bu   YAngi   arxantrop     topilmasi
Farg‘ona     odami   nomi     bilan   fanga     kirdi,   hamda     uning   sanasi     1mln.200   ming
yillarga   teng     ekanligi   e’tirof   qilindi 40
.     Farg‘ona   odamining   turmushda
foydalangan   qurollari,   xususan,     qo‘l   cho‘qmorlari,   kliver,   kolun   kabi   chopqich
tosh   qurollari     Oldovoy     makonida,   hamda     Ubaydiya   paleolit     makonlaridan
topilgan  qurollarga  yaqin o‘xshash bo‘lib,  qaysiki bu yodgorliklar  1,4 dan to 2,5
million  yillar  Bilan  sanalanganligini  e’tiborga oinadigan bo‘lsa,  Selung‘ur g‘ori
bergan     arxeologik   topilmalar     ham   naqadar     qadimgi   ekanligidan     shubha   yo‘q.
Xullas,   Osiyo     tasarrufiga     kiruvchi   mamlakatlar-   Hindiston,   Pokiston,   Shimoliy
Afrikada     kamida     1   mln     yillardan     buyon     inson   jamoalari     yashab,   madaniyat
yaratib  kelganligi  fanda  tan olingan. 
39
 Исламов У.И.  Новые  материалы  по каменному веку Южного Узбекистана  //  Древняя  Бактрия. –Л., 1974,
12-25 б.
40
 Исламов У.И. Древнейшая пещерная палеолитическая стоянка Сельунгур Ферганской долине. - СА, 1990,
№2.  С. 115-126 .
40 Ko‘lbuloq     makoni-   Toshkent     viloyatining     Ohangaron     vohasidagi
Qizilolma     soy   yoqasidagi     chashma     atrofida     joylashgan.   Bu   ko‘p   ma’dan
qatlamga   ega   va   Markaziy   Osiyodagi     etalon     yodgorliklardan     biri   bo‘lib,   fanda
1963   yildan     e’tiboran   ma’lum.     Tadqiqotchilarning     ma’lumotlariga   qaraganda
yodgorlik     31   madaniy     qatlamidan     iborat   bo‘lib,     eng   pastki   qatlamlari   esa,   ilk
paleolit  davriga mansubdir 41
.  
Kukayoz   makoni  - Qizilqumning   Shimoliy   sharqiy   hududlarini   qamrab
olgan     Kukayoz     cho‘kmasi   va     u   bilan   bog‘liq     qirg‘oqlar,   xususan,     hozirgi
vaqtda     qurib     qolgan   Kukayoz     daryochasining     uzan     qayirlarining   bir   necha
joylaridan     paleolit     davri     ashyolar     topilgan.     Bu     yodgorliklarni   o‘rgangan
M.Xo‘janazarov,  B.Sayfullaevlarning  fikriga  qaraganda  Kukayoz1, ashel  va ilk
muster     davriga,   Kukayoz   2   muster     davriga     va   Kukayoz   3   so‘nggi     muster
davriga  mansubdir 42
. 
             Paleolit davri jamoalari modiy madaniyati tadqiqoti bo‘yicha Rossiya FA
Arxeologiya va etnografiya Instituti Sibir bo‘limi va O‘zb FA arxeologiya Instituti
hamkorlikda   1998  yildan e’tiboran Obi-Raxmat g‘or makonida tadqiqot ishlarini
amalga   oshira   boshlaganligi   muxim   ilmiy   axamiyat   kasb   etadi.   Tadqiqot   ishlari
1998-2001   yillari   bajarilib,   10   metr   qalinlikda   madaniy   qatlam   22   ta   stratigrafik
qatlamga ajratildi. 2001 yilgi tadqiqot natijasi juda sermaxsul  bo‘lib, eng muximi
Obi-Raxmat g‘oridan odam qoldig‘i topilgani hisoblanadi. 43
.  Vatanimiz   janubiy
hududida   joylashgan   Teshiktosh   g‘or   makonida   ham   2002   yil     O‘zbek-   Rossiya
qo‘shma   ekspeditsiyasi   qayta   tekshiruv   ishlarini   amalga   oshirdi.   G‘ordan
41
  Деревянко   А.П..Исламов   У.И.   и   др.   Верхний   палеолит   Узбекистана:   Стоянка   Кульбулак.   ИМКУ,   №   38,
Самарканд, 2012. 18-37-бб;
42
  C айфуллаев   Б.К.   палеолит   долины   реки   Зарафшон   и   Северо=Восточных   Кызылкумов//   дисс   к.и.н.
Самарканд,2003.
43
Деревянко   А.П.   и   др.   Ранний   верхний   палеолит   Узбекистана   :   индустрия   грота   Оби   –Рахмат   (по
материалам   слоев   2-14).   Археология,   этнография  и   антропология  Евразии   4  (8),   Новосибирск,   2001.  с.   42-
63.Деревянко  А.П..Исламов  У.И.  и   др.  Верхний  палеолит   Узбекистана:   Стоянка  Кульбулак.  ИМКУ,  №  38,
Самарканд,   2012.   18-37-бб;   Деревянко   А.П..Исламов   У.И.   и   др.   Верхний   палеолит   Узбекистана:   Стоянка
Додекатым.   ИМКУ,   №   38,   Самарканд,   2012.   37-57-бб;   Деревянко   А.П.     и   др.   Новые   данные     о
палеолитических   индустриях   пещеры   Пальтау     (Республики   Узбекистан).   –   Проблемы     каменного   века
Средней и Центральной Азии. Новосибирск, 2002,  с.4 9-59.
 
41 chekkaroqda   tekshiruv   shurfini   qazib   ko‘rishdi.   Qazish   jarayonida   qimmatli
arxeologik   manbalar   qo‘lga   kiritilinib,   bu   makon   Teshik-tosh   2   makoni   deb
nomlandi.   Tosh   davri   jamoalari     madaniy   aloqalari       masalasi     kishilik   tarixi
taraqqiyoti   ibtidoiy   davri   madaniyatini o‘rganishda   dolzarb hisoblanadi.   Soha
mutahassislari     o‘z   tadqiqotlarida     bu   masalaga     e’tibor   qaratishgan.     Dastlab,
A.P.Okladnikov   tadqiqotlarida     bu   borada     ma’lumotlar   uchratilgan   bo‘lsa 44
,
S.P.Tolstov,   A.V.Vinogradov,   V.A.Ranov,   V.M.Masson,
G.F.Korobkova,U.Islomov,M.Jo‘raqulov,   N.X.Toshkenboev,     R.H.Suleymonov,
E.Bijanov,   G.N.MatYushin,     A.N.Melentev,   N.O‘.Xolmatov   kabi     tosh   asri
mutaxassislarining  izlanishlarida  ham shu haqda qiziqarli  faktlar  qayd etilgan. 
Soha   tadqiqotchilarining     izlanishlaridan     tosh   davri     jamoalari     qadimdan
ma’lum   hudud bilan chegaralanib   yashab qolmasdan   oziq-ovqat,   tosh qurollari
yasash   uchun     xom   ashyo   izlashib     boshqa     hududlarga     borishganligi   va     u
joylarda     yashovchi     jamoalar   moddiy     madaniyatining     u   yoki     bu   jihatlarini
o‘zlashtirib   olishganligi,   aksincha     ular   madaniyatiga     ta’sir     ko‘rsatishganligi
ma’lum bo‘ldi.  SHu tariqa jamoalar  o‘rtasida  madaniy aloqalar  kelib chiqqanligi
va bu aloqalar  jamoalar  tosh industriyasi  xarakteri, tosh qurollari  shakli,  ishlov
berilish   usullari,     tosh   qurollarining   turmushda     bajargan   funksiyalari,   tosh
qurollari     yasalish   xom     ashyosi,   jamoalar   turar-joylari,   qabrlari,   qoya     tosh
rasmlari, zeb-ziynat taqinchoqlari, sopol idishlari  shakli hamda  ulardagi  naqshlar
o‘xshashligida     namoyon   bo‘lgan.   Tadqiqotlar   ko‘rsatishicha   O‘rta   Osiyo
miqyosida shunday madaniy aloqalar paleolit davri jamoalari  turmushidayoq sodir
bo‘lgan ekan. SHu kungacha tadqiq etilgan paleolit  jamoalari  moddiy madaniyati
tahliligi e’tibor qaratsak, Zarafshon vohasidagi   Qo‘tirbuloq, Zirabuloq makonlari
tosh   industriyasining     Toshkent   vohasidagi     Obi-Raxmat   makoni   tosh
industriyasiga,   Qo‘tirbuloq     makoni   Yuqori     madaniy   qatlamlari   (   1-3)     tosh
qurollari  Zarafshon vohasidagi  Samarqand  makoni  tosh qurollariga,  Ko‘lbuloq,
Obi-Raxmat,   Bo‘zsuv   yodgorliklari     moddiy   madaniyati     ko‘p   jihatlari     bilan
44
  Окладников А.П. Палеолит и мезолит Средней Азии. Средняя Азия в эпоху камня и бронзы.- М.Л.,1966,
с.76-79
42 Qozog‘iston   hududi     o‘rta   paleolit     davri   jamoalari     madaniyatiga     o‘xshashligi
to‘g‘risida   qiziqarli  ma’lumotlar guvohi bo‘lamiz. 45
. M.J.Jo‘raqulov  Samarqand
so‘nggi  paleolit  makoni  tadqiqoti  jarayonida faqatgina Hind okeani, Qizil dengiz
qirg‘oqlarida     uchrovchi     chig‘anoqlardan   yasalgan     taqinchoqlarning     topilishini
oraliq   masofadan   qat’iy   nazar     ibtidoiy     jamoalar   o‘z   davrida     o‘zaro   madaniy
aloqada   bo‘lishganliklari   bilan   izohlaydi.     SHuningdek,   M.J.Jo‘raqulov   o‘z
tadqiqotlarida     Samarqand   makoni     tosh   qurollari     ko‘p   jihatlari     bilan   Janubiy
Sibir,   Oltoy   o‘lkasi,   Mongoliya,   Qozog‘iston   hududi     hamda     Tojikiston
(SHugnov),   Shimoliy     Afg‘oniston     (Qorakamar,   Oq-Ko‘prik   1,3)   hududlari
paleolit  makonlari  qurollariga  o‘xshashligini alohida  e’tirof  etadi 46
.
45
  Холматов   Н.У.   Тошкент   ва   Зарафшон   ҳавзаси   тош   даври   жамоалари   маданияти   хусусида.   Ўзбекистон
пайтахти Тошкент 2200 ёшда. Халқаро илмий конференция материаллари. Тошкент, 2009, 17-21-бетлар.
46
  Джуракулов   М.Ж.   Самаркандская   стоянка   и   проблемы   верхнего   палеолита   в   Средней   Азии.   –   Ташкент:
Фан, 1987. С.171  
43 II.2.   O‘zbekiston   mezolit   davri   jamoalari   madaniy   aloqalarining   tarixi:
tadqiqot muammolari va istiqboli
Kishilik tarixi  tosh  asri    mezolit    davriga   kelib   jamoalar    o‘zaro madaniy
aloqalari     yanada     faollashganligi     tadqiqotlar     jarayonida     ma’lum   bo‘ldi.
Ma’lumki,     O‘rta   Osiyo     miqyosida     bu   davrga   kelib,   qulay     ekologik,   iqlimiy
sharoit     Yuzaga   kelganidan     mintaqaning     deyarli     hamma   hududlari   odamzod
tomonidan   o‘zlashtirilgan.     A.P.Okladnikov,   U.Islomov,   G.F.Korobkova,
E.Bijanov,   G.E.   Markov,   V.A.Ranov,   V.A.Jukov,   M.Jo‘raqulov,
N.U.Xolmatovlarning   mezolit   davri     jamoalari     moddiy   madaniyatini
o‘rganishdagi  tadqiqotlari  muhim hisoblanadi.  
Farg’ona   vodiysi   mezolit   davri   moddiy   madaniyati   o’tgan   asr   50-yillar   2-
yarmidan   e`tiboran   o’rganila   boshlangan.   Bu   1958   yili   Markaziy   Farg’ona
hududida   B.S.Gamburg   va   N.G.Gorbunova   tomonidan   o’tkazilgan   tadqiqotlar
bilan   1963-1964   yillari   Zadneprovskiy   keyinchalik   1965   yili   esa   O’.Islomov
mezolit   va   neolit   davriga   oid   qiziqarli   arxeologik   manbalarni   tadqiqotlar   asosida
topishgan,   biroq,   bu   materiallar   tipologik   jihatdan   unchalik   yaxshi   nomoyon
bo’lmasdan, hali mahalliy madaniyat ajratishga asos bo’la olmasdi. So’nggi yillar
mobaynida Obishir I vaV makonlarining o’rganilishi kutilgan natijalarni berdi. Eng
muhimi   bu   makonlardan   buzilmagan   madaniy   qatlam   hamda,   yaxshi   stratigrafik
ma`lumotlar   olindi.   Jumladan,   1965   yilgi   Farg’ona   paleolit   otryadi   So’x   daryosi
44 vohasida   tadqiqotlar   natijali   bo’lib,   Katrantov   tog’   tizmasi   janubiy   yon   bag’rlari
ibtidoiy davr moddiy madaniyatini o’rganishda ko’p manbalar berdi. Xususan, 28
ta g’or va tog’ o’ngurlari arxeologik xaritaga olindi. Jumladan, 1966 yili Selung’ur
g’or   makoni   Haydarkon   yaqinida   ma`lum   bo’lgan   bo’lsa,   shu   yilning   o’zida
Obishir I vaV g’or makonlari ham taddqiqot etilishi muhim bo’ldi. Jumladan, 1966
yil   Obishir   I   makonida   kichkina   qidiruv   shurfi   qazib   ko’rilganda   buzilmgan
madaniy   qatlam   va   undan   qayroqtosh   qurollar   Bilan   bir   paytda,   mikrolit   qurollar
ham topilishi juda ahamiyatli bo’ldi. Shu yilning o’zida Obishir V makoniga 2 ta
qidiruv shurfi tashlanib qiziqarli arxeologik manbalar qo’lga kiritilgan.  1966-1967-
yillar 1969-1971 yillar va 1973 yillar bu makonlarda sistemali ravishda tadqiqotlar
o’tkazildi.     Bu   tadqiqotlar   asosida   to’plangan   arxeologik   manbalar   asosida
aniqrog’i tipologik analiz yodgorliklarni o’rta mezolit davri moddiy madaniyatiga
ta`luqli   ekanligini   ko’rsatdi.   Ana   shu   materiallar   asosida   O’.   Islomov   Obishir
madaniyatini   yaratgan   va   ilmiy   asoslangan.   So’xdan   topilgan   Obishir   I   vaV
makonlari   Bilan   bir   qatorda   ochiq   holatdagi   CHashma   manzilgohi   ham   topilgan.
Bu   yodgorlik   g’or   makonlardan   janubiy-   g’arbiy   tomonda   CHashma   bulog’i   yon
territoriyasida  joylashgan  CHashma  makonida 4 ta shurf  tashlangan  bo’lib, aqqol
namoyon   bo’luvchi   madaniy   qatlam   aniqlanmadi,   lekin   tosh   qurollar   juda   ko’p
topildi.   Bu   tosh   qurollar   o’z   ko’rinishi   tipologiyasi   bilan   Obishir   I   ,V   g’or
makonlari   qurollariga   aynan   o’xshash,   shuning   uchun   ham   O’.   Islomov   bu
yodgorlikni   Obishir   I   vaV   madaniyati   guruhiga   ta`luqli   ekanligini   o’z
tadqiqotlarida keltirgan 47
. 
O’rta   Osiyo   mezolit   davri   jamoalari   moddiy   madaniyatini   o’rganishda
UstYurt   hududi   ham   istiqbolli   o’lka   hisoblanadi.   Mazkur   hududda   mezolit   davri
jamaoalariga   tegishli   yodgorliklar   A.V.Vinogradov,   E.Bijanov   kabi   olimlar
tomonidan   tadqiq   etilgan.   Mezolit   davri   yodgorliklari   mayda   ko’l   havzalari,   yon
qirg’oqlari, daryo irmog’lari, yon qirg’oqlari bo’ylab joylashgan. Hozirgi kunda 30
dan   ortiq   mezolit   davriga   oid   yodgorliklar   aniqlangan   va   tadqiq   etilgan.   Bular
47
  Исламов  У. И.   Мезолит Средней Азии. Автореф. дисс.на соиск. уч. степени д-ра.ист.наук-Новосибирск.
1977.Исламов У.И. Обиширская культура – Ташкент: «Фан». 1980.
45 Aydabol-   2,4,6,7,   9,14,15,16,20,21,22,23,25;   Oqtayloq   –   1,   4,5;   Oqto’ba-   1,   2;
CHuruk- 2, 10,11; Qo’shxotin, Dahli, SaYutes, Kugusem  4, Sulama va boshqalar
hisoblanadi.   Mezolit   makonlari   tosh   industriyali   paraqali   industriya   hisoblanib,
mikrolitli element ko’proq. Tosh qurollari ichida simmetrik va asimmetrik shaklda
bo’lgan   yirik   trapetsiyalar   ko’pchilikni   tashkil   etadi.   Bu   turdagi   qurollar   yon
qismlariga   ishlov   berilgan   E.Bijanovning   tadqiqoticha   tosh   qurollarini   tipologik
tahlil   etish   asosida   jamoalar   moddiy   madaniyati   o’ziga   xos   xususiyatlari
aniqlangan.   Shu   tarzda   UstYurt   mezolit   yodgorliklari   bir   necha   xronologik
guruhlarga   ajratilgan:   1-   guruhga   10   dan   ortiq   yodgorlik   kirib,   bular   Aydabol-
2,4,7,10,   20,   23;   Ahtaylaq-   1;   Qo’shxotin-2;   CHuruk   –   2;   Oqto’ba-2   kabilar
hisoblanadi. Bu yodgorliklar tosh industriyasiga assimetrik shakldagi trapettsiyalar
xos.   Ikki   taraflama   ishlov   berilgan   o’q   yoy   uchlari   ham   uchraydi.   Bu   qurolar
SHarqiy   Kaspiybo’yi,   Janubiy   Ural   mezolit   yodgorliklari   qurollariga   juda
o’xshash.   2-   guruhga   Aydabol-   6,9,11,21,   22;   Jarimquduq   –   1;   CHuruk-   2,3,   7,
10,11   kabi   yodgorliklar   kiradi.   Bu   yodgorliklar   tosh   industriyasiga   geometrik
shakldagi   qurollar   xos   bo’lib,   mil.avv.   7-6   ming   yilliklar   bilan   belgilanadi.
Asimmetrik   va   yirik   simmetrik   shakldagi   trapetsiya   qurollari   Jabal   g’ori   5A
madaniy   qatlami   Uralning   janubiy   qismi   yodgorliklari 48
,   Obishir   5   yodgorligi,
Oshxona yodgorliklarida uchraydi. Bu faktlarni o’zi mazkur turdagi qurollar O’rta
Osiyo   miqyosida   mil.avv   6   ming   yillikkacha   paydo   bo’lganligini   ko’rsatadi.   3-
guruh yodgorliklari Aydabal 2,4,7,10,20; Oqtoyloq 4,5; Qo’shxotin 2, CHuruk 2,2;
Sumbetimer   1,   Dahli   ,   Say-Utes,   Oqto’ba   2   kabilar   hisoblanib,   ulardan   yirik
o’lchamli   tik   bo’yli   cho’ziqsimon   simmetrik   trapetsiyalar   ko’plab   topilgan.   Bu
guruh   yodgorliklari   E.Bijanov   fikricha   mezolit   davri   so’nggi   bosqichlari   va   ilk
neolit   jamoalariga   tegishli   hisoblanadi.   E.Bijanov   o’z   tadqiqotlarida   UstYurt
mezolit   davri   jamoalari   madaniyati   shakllanishida   Kaspiybo’yi   va   Janubiy   Ural
mezolit   jamoalari   madaniyatining   ta`sirini   alohida   ko’rsatadi.   Masalan,   YAngel
tipidagi   trapetsiyalarning   UstYurt   mezolit   yodgorliklarida   topilishini   Kaspiybo’yi
48
  Матюшин Г.Н. Мезолит Южного Урала. М.: 1976.Матюшин Г.Н. О южных связях мезолита Урала. В сб.
Археология и этнография Башкирии. Т.2. Уфа, 1964.
46 hududidan jamoalarning  siljib kelishi  bilan  bog’laydi   (1981). A.V.Vinogradov  va
E.Bijanovlar   UstYurt   mezolit   jamoalari   yodgorliklarining   bir   xil   tipda   qator
joylanishidan kelib chiqib, ular ovchi jamoalari makonlari bo’lgan degan xulosani
berishadi.   Ular   mavsumiy   uzoq   muddatli   va   oraliq   qisqa   muddatli   jamoalar
yashagan   makonlar   bo’lishgan. 49
    UstYurt   mezolit   jamoalari   madaniyati,   kelib
chiqishi   ildizi   masalasiga   kelganimizda   mahalliy   CHuruk   12   so’nggi   paleolit
makoni   madaniyati   negizida   avtoxton   tarzda   shakllanganligini   ko’ramiz.   So’zsiz
bu jamoalar madaniyati mazmunida SHarqiy Kaspiybo’yi va Janubiy Ural mezolit
jamoalari   madaniyatining   madaniy   ta`siri   bo’lgan.   UstYurt   mezolit   jamoalari
o’zlashtirma   xo’jalik   mashg’ulotlari   bilan   shug’ullanuvchi   ovchi   jamaolari
bo’lishgan.   UstYurt   mezolit   jamoalari   madaniyati   O’rta   Osiyo   mezolit   davri
jamoalari tarixini bilib olishimizda muhim o’rin tutadi.
Zarafshon   vohasi   mezolit   davri   yodgorliklari.   Zarafshon   vohasi   mezolit
davri   jamoalari   moddiy-madaniyati   yaqin   yillarga   qadar   deyarli   noma`lum   bo’lib
kelgan   edi.   Faqatgina   A.V.Vinogradovning   Quyi   Zarafshon   vohasi   Shimoliy
irmog’i Ayokagitma, echkiliksoydan tasodifiy tarzda mezolit jamoalariga oid tosh
qurollari to’g’risida ma`lumotlari mavjud edi 50
  . O’tgan asrning 80-yillari ikkinchi
yarmida   Rossiya   FA   etnografiya   Institutining   Xorazm   arxeologik   ekspeditsiyasi
(A.V.   Vinogradov),   ToshDU   geografiya   fakulteti   (E.D.Mamedov),   SamDU
arxeologik   ekspeditsiyasi   (M.J.Djuraqulov)   ilmiy   xodimlari   hamkorlikda
Zarafshon daryosining shu vaqtgacha fanda noma`lum bo’lgan Chorbaqti vohasini
topishga   va   undan   oltmishdan   ortiq   mezolit,   neolit   makonlarini   kashf   etishga
erishganlar   .   Chorbakti   mezolit   makonlari   (Chorbakti   11,   23,   27,   41)   tadqiqoti,
ìazkur   jamoalar   moddiy   madaniyatining   mahalliy   kaltaminor   jamoalari
madaniyatlaridan   keskin   farqi   borligini   ko’rsatdi.   Tosh   qurollari   tipologik   tahlili
mazkur   makonlar   tosh   industriyasi   otshepli-paraqali   industriya   ekanligi,   o’z
xususiyatlari   bilan   O’rta   Osiyo   tog’,   tog’   yon   bag’ri   mintaqasi   so’ngi   paleolit,
49
  Бижанов.   Е.   Б.     Бижанов   Е.Б.   Каменный   век   Устюрта.   Автореферат   дисс.   на   соиск.   уч.   степени   д.и.н.
Ташкент. 1996. 
50
  Виноградов   А.В.    Древние   охотники     и   рыболовы    среднеазиатского     междуречья.     ТХАЭ,   вып.   13.  М.:
1981.
47 mezolit   jamoalari   madaniyatiga   yaqin   bo’lganligidek   xulosa   chiqarish   imkonini
berdi 51
.   Zamicha-tosh   makoni.   Makon   1989   yili   UzFA   arxeologiya   institutining
paleolit   guruhi   xodimlari   tomonidan   kashf   etilgan   bo’lib,   Qoratepa   tog’   massivi
Shimoliy   yon   bag’ridan   voha   tomon   chiqib   keluvchi   soylardan   biri   bo’lgan
Sevasoy   yon   qayirida   joylashgan.   (Samarqand   viloyati,   Urgut   tumani) 52
.
Qorakamar g’or makoni.   Sazog’onsoyning qo’shni soylaridan biri Katta
Quruqsoy   hisoblanadi.   Bu   soy   Sazog’onsoydan   taxminan   1,5
kilometrlar   chamasi   g’arb   tomonda   joylashgan.   Samarqand   Davlat
Universiteti   arxeologik   ekspeditsiyasi   2000   yil   kuzida   Sazog’onsoy   va
unga  qo’shni  bo’lgan  soylar yon  daralarida  arxeologik  qidiruv ishlarini
amalga oshirayotgan paytda Katta Quruqsoy yon darasida Qorakamar
g’or makonini kashf etishga erishgan 53
.  Sazog’on I makoni. O’rta Zarafshon
vohasi   mezolit   jamoalari   moddiy   madaniyatini   yoritishda   Sazog’on   I   makoni
tadqiqoti   natijasida   qo’lga   kiritilgan   arxxeologik   manbalar   ahamiyati   muhim
hisoblanadi.   Makon   O’rta   Zarafshon   vohasi   Qoratepa   tog’   massivi   Shimoliy   yon
bag’ridan   voha   tomon   o’z   suvini   oqizib   chiquvchi   yirik   soylardan   biri   bo’lgan
Sazog’onsoy   yon   qayirida   joylashgan   (Samarqand   viloyati,   Nurobod   tumani
Sazog’on   qishlog’i   Yuqori   qismida).   Makon   kashf   etilishi   Samarqand   Davlat
Universiteti   arxeologik   ekspeditsiyasi   tadqiqotlari   bilan   bog’liq   bo’lib,   makonda
1967-68   yillari   D.N.Lev,   1969-1977   yillar   maboyinida   M.J.Djuraqulov
rahbarligida   arxeologik   tadqiqot   ishlari   amalga   oshirilgan 54
.Ochil   g’or   makoni
Sazag’onsoy   yon   darasida   joylashgan.   Samarqand   davlat   universiteti   arxeologik
guruhi   xodimlari   tomonidan   2003   yilda   amalga   oshirilgan   arxeologik   qidiruv
shurfi   paytida   yodgorlikdan   ilk   bor   ibtidoiy   madaniyat   izlari   topilgan.   2004   yili
51
 Холматов Н.У. Мезолит низовьев Зарафшана. ИМКУ, 30. 2000. Холматов Н.У. Мезолит и неолит Нижнего
Зарафшана. Ташкент, Фан, 2007.
52
Худойбердиев   Р.А.   Гречкина   Т.Ю.   Замича-тош   –   Новый   памятник   каменного   века.   Палеоэкология   и
проблемы первобытной археологии Центральной Азии. ТДК, Самарканд, 1992.
53
  Джуракулов М.Ж., Холматов  Н.У. Самарқанд    Университети    тадқиқотларидан. Ўзбекистон    археологик
тадқиқотлари, 2000,- Самарқанд, 2001.  
54
 Джуракулов М.Д. Холматов Н.У.  Мезолит и неолит  Среднего  Зарафшана-Ташкент: Изд-во « Фан». 1991.
48 qisman,   2005   yildan   e`tiboran   hozirgi   kunga   qadar   mazkur   makonda   arxeologik
tadqiqot ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Tadqiqotlar jarayonida g’orning ichki
va   uning   old   qismi   maydon   sathlari   reperdan   e`tiboran   kvadratlarga   bo’linib,
makonning   umumiy   plani,   uning   vertikal   va   gorizontal   ko’rinishi   o’lchamlari
ma`lumotlari   olindi.   Ochil   g’or   makonining   ilk   tadqiqotlarining   natijalari   chop
etilgan 55
.   Makon   tosh   qurollarining   tipologik   tahlili   2   ta   kompleksga   ajratish
imkonini   berdi   va   ikkinchi   kompleks   N.U.Xolmatov   tadqiqotiga   ko’ra   mezolit
davriga oid bo’lib chiqmoqda 56
. 
O‘zbekiston     sarhadlarida   so‘nggi   yillarda   kishilik   tarixi   ibtidoiy   davri
madaniyatini   o‘rganish   ishlari   keng   ko‘lamda   amalga   oshirilmoqda.   Bunda   tosh
davri   jamoalarining   moddiy   madaniyati   tadqiqotlari   muhim   natijalar   berdi.
O‘zbekiston-Rossiya,   O‘zbekiston-Fransiya,   O‘zbekiston-Polsha   kabi
hamkorlikdagi   yirik   xalqaro   ilmiy   ekspeditsiyalar     faoliyat     ko‘rsatishib,
tadqiqotlarda   zamonaviy   usullari,   texnika,   asbob-uskanalar     qo‘llanildi.   Mazkur
tadqiqotlar     natijalari     tosh   davrining         qator     dolzarb     muammolarini     echish
imkonini berdi: O‘rta Osiyoda  antropogenez  jarayoni  masalasi  oydinlashdi (Sel
Ungur   g‘or   makoni, Farg‘ona  odami) 57
;     davrning   paleoekologik,  paleojug‘rofik,
iqlimiy   sharoitlari,   inson   va     tabiat   o‘zaro     aloqalari     masalasida     qiziqarli
ma’lumotlar     to‘plandi;     tosh   davri     taraqqiyoti     barcha     bosqichlari     jamoalariga
oid   yodgorliklar   (paleolit, mezolit, neolit) kashf etilib, qo‘lga  kiritilgan ashyolar
asosida     mintaqada     uzluksiz     madaniyat     yaratilganligi     aniqlandi.   SHuningdek,
tosh   davri     jamoalari     ijtimoiy   tuzumi,   kunlik     turmush   tarzi,   mashg‘ulotlari
ma’naviy   kechinmalari,   diniy     tasavvurlari,   san’ati,     turar   joylari,   madaniyatlar
kelib   chiqishi     ildizlari,   jamoalar     qo‘ni-qo‘shnichilik   madaniy     aloqalari
to‘g‘risida  ma’lumot beruvchi manbalar qo‘lga kiritildi. 
Kishilik tarixi  tosh  asri    mezolit    davriga   kelib   jamoalar    o‘zaro madaniy
aloqalari     yanada     faollashganligi     tadqiqotlar     jarayonida     ma’lum   bo‘ldi.
55
  Холматов Н.Ў. Очил ғор макони тадқиқотлари. Ўзбекистонда археологик тадқиқотлар 2004-2005 йиллар,
5-сон, «Фан», Тошкент, 2006.
56
  Холматов Н.У.  Ўзбекистон неолит даври жамоаларининг моддий маданияти. Ташкент, Фан, 2008.
57
Исламов   У.И.   Проблемы   происхождения   человека   в   Средней   Азии.   //   К   истокам   истории
древнекаменного века Средней Азии. – Ташкент, 1996,  С. 15-20.
49 Ma’lumki,     O‘rta   Osiyo     miqyosida     bu   davrga   kelib,   qulay     ekologik,   iqlimiy
sharoit     Yuzaga   kelganidan     mintaqaning     deyarli     hamma   hududlari   odamzod
tomonidan   o‘zlashtirilgan.     A.P.Okladnikov,   U.Islomov,   G.F.Korobkova,
E.Bijanov,   G.E.   Markov,   V.A.Ranov,   V.A.Jukov,   M.Jo‘raqulov,
N.U.Xolmatovlarning   mezolit   davri     jamoalari     moddiy   madaniyatini
o‘rganishdagi     tadqiqotlari     muhim   hisoblanadi.     G.F.Korobkova   Dam-Dam-
CHashma   1   makoni     4,5-   madaniy   qatlami     tosh   qurollarining     YAqin   SHarq
hududidagi Zarzi, Palegavra, SHanizar makonlari  tosh  qurollariga  o‘xshashligini
jamoalar     o‘zaro     madaniy     aloqalari   bilan     bog‘laydi   va   bu     haqda
tadqiqotchilardan   R.Breydvud,   B.Xouv,   F.Smitlar   ham   o‘z   tadqiqotlarida
ma’lumot       keltirishganliklarini     ta’kidlaydi 58
:   E.   Bijanov     keyingi   tadqiqotlarida
Usturt     jamoalari     moddiy   madaniyati     shakllanishida       Kaspiybo‘yi   va     Janubiy
Urol   hududi     mezolit     jamoalarining     madaniy     ta’sirini     alohida     ta’kidlaydi 59
.
U.Islomov     Farg‘ona     vohasida     tadqiq   etilgan     mezolit     jamoalari     moddiy
madaniyatini     «Obishir   madaniyati»   nomi     bilan     fanga   olib       kirdi     va   bu
madaniyat     ko‘p   jihatlari     bilan     Tojikiston     hududidagi     Oshxona,     Tutqovul
yodgorliklari     madaniyatiga     yaqinligini     e’tirof   etdi.   SHuningdek,     Obishir   1,5
makonlari     tosh     industriyasining     Toshko‘mir,     Qo‘shilish     yodgorliklari     tosh
industriyasiga     o‘xshashlik     jihatlarini     ham   qayd     etgan 60
.   V.A.Ranov   ham     o‘z
navbatida  Tojikiston  mezolit  jamoalari  madaniyati  ko‘p jihatlari  bilan  Obishir
madaniyatiga     o‘xshashligini     alohida   e’tirof   etgan 61
.   Quyi   Zarafshon   vohasi
CHorbaqti   mezolit   davri jamoalari   moddiy madaniyatining   Samarqand makoni
hamda     O‘rta   Osiyo     tog‘   mintaqasi     paleolit,   mezolit     jamoalari     madaniyatiga
o‘xshashlik     jihatlari     ham     tadqiqotlarda     kuzatilgan 62
.     Zikr   etilgan     tadqiqotlar
58
 Коробкова Г.Ф. Мезолит Средней Азии и Казахстана. Мезолит СССР, М., Наука, 1980, с.154.
59
 Бижанов Е.Б. Каменный век Устюрта. Авт.реф. на соискание уч.степени д.и.н. – Нукус, 1996.  С. 17- 2 4 .
60
  Исламов   У.И.   Мезолитическая   стоянка   Кушилиш   под   Ташкентом.   ОНУ,   1970,   №   7.   с.   54-57;   Пещера
Мачай. – Ташкент: Фан, 1975; Обиширская культура. – Ташкент: Фан, 1980, 131-140. 
61
  Ранов   В.А.   Памир   и   проблема   заселения   высокогорной   Азии   человеком   каменного   века.   «Страны   и
народы   Востока»   вып.ХУ1,   М.,   1975.   Ранов   В.А.,   Юсупов   А.Х.,   Филимонова   Т.Г.   Каменный   инвентарь
стоянки   Дараи   Шур   и   его   культурные   связи.   Культура   первобытной   эпохи   Таджикистана   (от   мезолита   до
бронзы). Доныш, Душанбе, 1982, с.5-12.
62
 Холматов Н.У. Мезолит и неолит Нижнего Зарафшана. Ташкент,Фан, 2007,с.27-44.
50 O‘rta  Osiyo       mezolit   davri    jamoalarining    o‘zaro    madaniy   aloqalari  to‘g‘risida
qimmatli ma’lumotlar beradi.
III-BOB.   O‘zbekiston   neolit   davri   jamoalari   madaniy   aloqalarining   tarixi:
tadqiqot muammolari va istiqboli
III.1.   O‘zbekiston   neolit   davri   kaltaminor   jamoalari   madaniy   aloqalarining
tarixi:  tadqiqot muammolari va istiqboli
III.   2.   O‘zbekiston   neolit   davri   Sazog‘on,   Markaziy   Farg‘ona   va   UstYurt
jamoalari madaniy aloqalarining tarixi:  tadqiqot muammolari va istiqboli
Kishilik   tarixi   ibtidoiy   davri   jamoalari   moddiy   madaniyatini   o‘rganishda
jamoalarning   o‘zaro   qo‘ni-qo‘shnichilik   madaniy   aloqalari   masalasi   dolzarb
hisoblanadi.   O‘rta   Osiyo,   xususan   ikki   daryo   oralig‘i   tog‘   va   pasttekislik
mintaqalari   mazkur   masalani   o‘rganishda   istiqbolli   mintaqa   hisoblanadi.   Ibtidoiy
jamoalarning   madaniy   aloqalari,   o‘zaro   qo‘ni-qo‘shnichilik   munosabatlari,   bir-
birlari turmush tarzlarining u yoki bu tomonlarini o‘zlashtirganliklari masalasi shu
soha mutaxassis olimlari diqqat markazida bo‘lgan va aytish mumkinki, bu dolzarb
muammoni   tom   ma’noda   ilk   bor   kun   tartibiga   qo‘ygan   kishi   A.P.Okladnikov
hisoblanadi 63
.   Keyingi   yillar   maboynida   amalga   oshirilgan   tadqiqotlar   jarayonida
neolit jamoalari madaniy aloqalari borasida ham qator izlanishlar bo‘ldi. 64
. Qo‘lga
63
  Окладников А.П. Палеолит и мезолит Средней  Азии. Средняя Азия в эпоху камня и бронзы. – М.Л.,
1966.  С.76-79.
64
  Ранов   В.А.   Кўрсатилган   адабиёт.   1985.   14-бетлар;   Исламов   У.И.,   Тимофеев   В.И.   Кўрсатилган   адабиёт.
1986.   107-бет ;   Исаков   А.   Взаимодействие   культуры   горных   земледельцев   Зарафшана   с   кочевниками-
скотоводами.  Взаимодействие  кочевых  культур  и  древних  цивилизаций.  – Алма-ата,  1987.   С. 65;  Холматов
Н.У.   Неолитическая   стоянка   Джангал   1   (новые   данные   о   культурных   контактах   населения   равнин   и
предгорий)   -   Проблемы   взаимосвязи   природы   и   общества   в   каменном   веке   в   Средней   Азии .   –   Т а шкент,
1988;   Ўрта   Осиё   неолит   жамоалари   тарихий-маданий   алоқалари   саҳифасидан   //   Ўзбекистонда   этно-
51 kiritilgan   arxeologik   manbalar   O‘rta   Osiyoning   mazkur   mintaqalari   tosh   asri
jamoalari   o‘zaro   madaniy   aloqadorligi   masalasida   yangi   ma’lumotlar   bermoqda.
Mezolit-neolit davrida ikki mintaqa ibtidoiy jamoalari o‘rtasidagi madaniy aloqada
tog‘ yon bag‘ri hududlari muhim o‘rin tutgan. Garchi madaniy aloqalar mexanizmi
to‘la   ishlab   chiqilmagan   bo‘lsa-da,   bunday   munosabatlardan   darak   beruvchi,   bu
jarayonlarni asoslovchi arxeologik manbalar mavjud. 
Ma’lumki, mezolit davri oxiri va neolit davriga (mil.avv. 6-4 ming yil) kelib,
Markaziy   Osiyoning   turli   mintaqalarida   (tog‘,   tog‘   yon   bag‘ri,   pasttekislik)
o‘zgacha   tabiiy   landshaft,   ekologik,   iqlimiy   sharoitlarga   tushib   qolgan   jamoalar
o‘ziga   xos   xususiyatlarga   ega   bo‘lgan   turli   madaniyat   sohiblari   bo‘lishgan.   Bu
madaniyatlar tadqiqotida ularning o‘zaro madaniy aloqada bo‘lishganliklari haqida
qiziqarli   ma’lumotlar   qo‘lga   kiritilgan.   Xususan,   S.P.Tolstov   birinchi   bo‘lib
kaltaminor jamoalarining Janubiy Turkmaniston va YAqin SHarq hududi jamolari
bilan   madaniy   aloqada   bo‘lishganligi   masalasiga   e’tibor   qaratgan 65
.   Keyinroq
kaltaminor   jamoalarining   Markaziy   Osiyoning   janubiy   hududlari   neolit   jamoalari
bilan   yaqindan   madaniy   aloqada   bo‘lganligini   yangi   arxeologik   ashyolar   asosida
A.V.Vinogradov   o‘z   izlanishlarida   atroflicha   yoritib   berdi 66
.   SHuningdek,
Kaltaminor   jamoalarining   Shimoliy,   Shimoliy-sharqiy   Kaspiybo‘yi,   JanubiYurol,
Urol   orti,   Janubiy-g‘arbiy   Qozog‘iston   hududlari   neolit   jamoalari   madaniyatiga
ta’siri   masalasi   ham   tadqiqotlarda   keng   yoritilgan 67
.   G.E.Markov   va
S.Hamroqulievlar oyukli madaniyatining kaltaminor jamoalari madaniyatiga ba’zi
jihatlari bilan o‘xshashligini o‘z tadqiqotlarida keltirishganlar 68
. 
Yuqorida   keltirilgan   ma’lumotlarni   endi,   bevosita   Markaziy   Osiyo   neolit
jamoalari   madaniyatlari   tizimida   kurib   chiqsak   maqsadga   muvofiq   bo‘ladi.
S.P.Tolstov, A.V.Vinogradovlar tadqiqoticha kaltaminor tarixiy-madaniy jamoalari
демографик жараёнлар. Халқаро конференция материаллари. 1-қисм. Тошкент, 2005, 107-111-бетлар.
65
 Толстов С.П. Древний Хорезм. М., 1948.  С. 78-85.
66
Виноградов А.В. К вопросу о южных связах келтеминарской культуры  //  СЭ, № 1. 1957 .  С.44 - 45.
67
  Виноградов   А.В.   Древние   охотники   и   рыболовы   Среднеазиатского   Междуречья.   М.,   1981 .   С.   161-170;
Крижевская Л.Я. К вопросу о взаимоотношения населения Южного Урала и Средней Азии в неолитическую
эпоху  //  КСИА, вып.122 .  1970 .  С.29. 
68
  Марков  Г.Е., Ҳамрокулиев  С.  Новая  стоянка  оюклинской  культуры  в Северном  Прибалханье  //   Вестник
МГУ, история. 1980. С. 67-76.
52 bir   tomondan,   Markaziy   Osiyo   janubiy   hududlari   Joytun,   SHarqiy   Kaspiy   bo‘yi
neolit   jamoalari,   Shimoliy   Balxan   bo‘yi   hamda   UstYurt   neolit   jamoalari   bilan,
ikkinchi   tomondan,   Shimoliy   va   Shimoli-Sharqiy   Kaspiy   bo‘yi,   Volga   bo‘yi,
Janubiy   Ural   va   Ural   orti   hamda   Janubi-G‘arbiy,   Markaziy   va   Shimoliy
Qozog‘iston mintaqalari neolit jamoalari bilan o‘zaro qo‘ni-qo‘shnichilik madaniy
aloqadorlikda bo‘lishgan 69
.
Kaltaminor tarixiy-madaniy jamoalarining qo‘shni hududlar neolit jamoalari
bilan   o‘zaro   madaniy   aloqalari   masalasi   dolzarb   masala   hisoblanadi.   Bunda
Jonbass-4 makoni manbalari asosida kaltaminor jamoalari madaniyati ko‘p jihatlari
bilan   O‘rta   Osiyo   janubiy   hududlari   ilk   dehqonchilik   xo‘jaligi   sohibkorlari
hisoblanuvchi   joyitun   jamoalari   madaniyatiga   o‘xshashliklari   kuzatilgan   (tosh
industriyasi   xarakteri,   sopol   idishlar   xususiyatlari) 70
.   Keyingi   tadqiqotlarda   ham
Kaltaminor   jamoalarining   qo‘shni   janubiy   hududlar   hamda   Shimoliy   mintaqalar,
xususan,   Janubiy   O‘rol   va   O‘rol   orti   neolit   jamoalari   bilan   madaniy   aloqalari
masalasi   alohida   e’tirof   etilgan   edi 71
.   A.V.Vinogradov   kaltaminor   tarixiy   –
madaniy   jamoalari   moddiy   madaniyatini   atroflicha   o‘rganar   ekan,   mazkur
jamoalarning   tosh   qurollari   (mikrolit,   xususan,   geometrik   shakldagi   qurollar),
sopol   idishlari   shakli,   yasalish   texnologik   usullari,   naqshlari   bilan   bir   tomondan,
SHarqiy Kaspiy bo‘yi neolit jamoalari, ikkinchi tomondan, Janubiy Turkmaniston
joyitun jamoalari moddiy madaniyatiga o‘xshashligi borligini alohida qayd etadi 72
.
A.V.   Vinogradov   Sharqiy   Kaspiybo‘yi,   Qizilqumning   janubiy   hududlarida
o‘rganilgan   yangi   makonlar   tadqiqotlari   natijalariga   asoslanib,   Yuqorida   tilga
olingan   tadqiqotchilar   tomonidan   kaltaminor   jamoalarining   Shimoliy   mintaqalari
neolit   jamoalari   moddiy   madaniyatiga   ta’siri   masalasi   ancha   bo‘rttirilib
ko‘rsatilganligini   aniqladi   va   manbalarga   asoslanib   kaltaminor   jamoalarining
69
 Массон В.М. Южнотуркменистанский центр раннеземледельческих культур  //  Труды ЮТАКЭ.  Т . 10.1960 ;
Виноградов  А.В. Неолитические памятники  Хорезма // МЭХ, вып.8. М., 1968. С .146-148; Крижевская Л.Я. К
вопросу   о   неолите   Северо-Восточного   Прикаспия   //   МИА,   №185.1972 .С. 29;   Формозов   А.А.   Проблемы
этнокультурной истории каменного века на территории Европейской части России. М., 1977. С.113-129.
70
 Толстов С.П. Кўрсатилган адабиёт, 1948.
71
 Массон В.М. Южнотуркменистанский центр раннеземледельческих культур. - Труды ЮТАКЭ, 1960, т. 10.
Виноградов А.В. Кўрсатилган адабиёт, 1968, 146-148-бетлар; Крижевская Л.Я. К вопросу о неолите Северо-
Восточного   Прикаспия   -   МИА,   1972,   №185.   С. 29;   Формозов   А.А.   Проблемы   этнокультурной   истории
каменного века на территории Европейской части России. – М.: Наука, 1977.  С.113-129.
72
 Виноградов А.В. Кўрсатилган адабиёт. 1981, 129-163-бетлар.
53 madaniy   ta’siri   O‘rolning   janubiy   qismlari   va   O‘rolorti   hududlaridagina   seziladi,
O‘roldan sharqiy hududlarda esa bu madaniy aloqalar kuzatilmaydi degan qarashni
ilgari   surdi.   Ayniqsa,   Sharqiy   Evropa   cho‘llik   va   o‘rmonli-cho‘llik   mintaqalari
etnik-madaniy   jarayonlarida   O‘rta   Osiyo   jamoalarining   qatnashganligi   masalasini
A.V.Vinogradov   butunlay   inkor   etdi 73
.   Uning   fikricha,   «Shoxsimon   trapetsiya»,
«Kaltaminor tipidagi» o‘q-yoy uchlarining Yuqorida nomlari tilga olingan Shimol
hududlarda   uchrashi   masalasini   ma’lum   ma’noda   kaltaminor   jamoalarining
madaniy   ta’siri   bo‘lganligi   bilan   izohlash   mumkin   deydi.   Lekin,   bu   holatlar
mazkur   hududlar   etnik   jarayonlari   masalasi   bilan   mutlaqo   bog‘liq   emas.   A.A.
Formozov   ham   o‘z   tadqiqotlarida   mazkur   turdagi   qurollarning   uchrashini   o‘zaro
madaniy   aloqaning   mahsuli   deb   e’tirof   etgan   edi 74
.   G.N.MatYushin   O‘rolorti
janubiy   hududlari   yangel   madaniyati   jamoalari   moddiy   madaniyatida   asimmetrik
shaklda   trapetsiyalar   uchrashi   masalasini   ham   madaniy   aloqadorlik   bilan
izohlagan. 75
 Bu turdagi qurollar SHarqiy Kaspiybo‘yi (OYukli 1, Depe-chag‘onoq,
CHagil 1), Janubiy-G‘arbiy UstYurt (Oqtayloq, CHuruk, Sulama) hamda Aydabol
mezolit   jamoalari   moddiy   madaniyatida   ham   turkum   holda   uchratilgan.
Qozog‘iston   hududida   O‘rta   Osiyo   pasttekislik   mintaqalari   kaltaminor
jamoalarining   madaniy   ta’siri   masalasini   simmetrik   shakldagi   trapetsiyalar
«shoxsimon   trapetsiya»lar   bilan   birgalikda   uchrashi   manzarasi   belgilaydi.   Bu
madaniy   aloqadorlik   Markaziy   va   Shimoliy   (Telman   guruhi)   Qozog‘iston
hududlari   mezolit   davri   so‘nggi   bosqichlari   va   neolit   davri   jamoalari   moddiy
madaniyatida   ham   kuzatiladi 76
.   X.Alpisboev   o‘z   tadqiqotlarida   Qorao‘ngur   va
kaltaminor   madaniyatlari   o‘xshashligi   dalillarini   keltirgan 77
.   Bu   ma’lumotlar,
shubhasiz, kelgusida O‘rta Osiyo va Qozog‘iston hududlari neolit jamoalari o‘zaro
qo‘ni-qo‘shnichilik   madaniy   aloqalari   dinamikasini   ishlab   chiqishda   muhim
ahamiyat kasb etadi.
73
 Виноградов А.В. Кўрсатилган адабиёт, 1981, 163-бет.
74
 Формозов А.А. Кўрсатилган адабиёт.1977, 113-129-бетлар.
75
 Матюшин Г.Н. Мезолит Южного Урала. – М.: Наука, 1976.  С. 162.   Рис.44.
76
 Зайберт В.Ф. Неолит Северного Казахстана. Автореф. канд.дисс. – М., 1979.  С. 11-14 .
77
  Алпысбаев   Х.А.   Итина   М.А.,   Чалая   Л.А.   Неолит.   -   В   кн.:   История   Казахстана,   т.1.   –   Алма-ата,   1977.
С. 89,90 .
54 O‘rta Osiyo va Sharqiy Evropa cho‘lli va o‘rmonli cho‘lli mintaqalari neolit
davri   jamoalari   moddiy   madaniyati   aloqadorliklarida   Tumek   –Kichikjik   va
Volgabo‘yi   Mariupol   neolit   qabrlarining   tuzilishi   va   ularning   dafn   bilan   bog‘liq
urf-odatlari  o‘xshashliklari  masalasi   alohida  o‘rin  tutadi 78
.  Shimoliy  Kaspiy   bo‘yi
mintaqalarida   A.N.Melent’ev   tomonidan   neolit   jamoalariga   qarashli
seroglazovskiy   jamoalari   madaniyati   tadqiqot   etilgan   bo‘lib,   bu   madaniyat   ham
o‘zining ko‘p jihatlari, xususan, tosh industriyasi paraqali qismi mikrolit qurollari
–   parallelogramm,   simmetrik   shaklda   trapetsiya,   past   bo‘yli   segment   qurollari
hamda   sopol   idishlari   shakli   va   yasalish   usuli,   loyining   tarkibi,   kesma   va   niqtab
botirish   usulida   meandr   ko‘rinishida   naqshlar   berilganligi   bilan   kaltaminor
jamoalari madaniyatiga o‘xshash 79
.
Kaltaminor   jamoalari   madaniyatiga   ko‘p   jihatlari   bilan   o‘xshash   bo‘lgan
yana   bir   madaniyat   –   bu   Shimoliy   Balxan   bo‘yi   hududida   G.E.Markov,
S.Hamroqulievlar tomonidan o‘rganilgan Oyukli madaniyati hisoblanadi 80
. Mazkur
madaniyat   o‘zining   ko‘p   jihatlari,   xususan,   mikrolit   qurollari   –   trapetsiya
shakldagi,   teshgich   qurollar,   asimmetrik   shakldagi   uchburchak   qurollari,   ustki
kesim   qismiga   ishlov   berilgan   paraqa   qurollar,   hamda   qovurg‘asimon   sopol
idishlarga   solingan   naqshlar   (geometrik   shakldagi   naqshlar)   bilan   kaltaminor
madaniyatining daryosoy bosqichi makonlari moddiy madaniyatiga yaqin 81
. 
Yuqorida   zikr   etilgan   ma’lumotlar   kaltaminor   tarixiy-madaniy
jamoalarining,   bir   tomondan,   O‘rta   Osiyo   janubiy   hududlari   joyitun,   Sharqiy
Kaspiy   bo‘yi   neolit   jamoalari,   Shimoliy   Balxan   bo‘yi   hamda   UstYurt   neolit
jamoalari   bilan,   ikkinchi   tomondan,   Shimoliy   va   Shimoli-Sharqiy   Kaspiy   bo‘yi,
Volga   bo‘yi,   Janubiy   O‘rol   va   O‘rol   orti   hamda   Janubi-G‘arbiy,   Markaziy   va
Shimoliy Qozog‘iston mintaqalari neolit jamoalari bilan o‘zaro qo‘ni-qo‘shnichilik
madaniy aloqadorlikda bo‘lganliklarini ko‘rsatib turibdi. Bu madaniy aloqalar tosh
78
Виноградов А.В. Кўрсатилган адабиёт .  1981. 164-бет.
79
  Мелентьев   А.Н.   Памятники   сероглазовской   культуры   (неолит   Северного   Прикаспия).   -   КСИА,   1975,
вып.141.  С. 115,116.
80
  Марков   Г.Е.   Грот   Дам-Дам   чешме   2   в   Восточном   Прикаспии.   –   СА,   1966,   №2.   С.67-82;   Марков   Г.Е.,
Хамракулиев   С.   Новая   стоянка   оюклинской   культуры   в   Северном   Прибалханье.   Вестник   МГУ,   история,
1980.  С. 67-76 .
81
 Виноградов А.В. Кўрсатилган адабиёт, 1981. 126, 127-бетлар.
55 qurollari   va   sopol   idishlarning   ba’zi   jihatlariga   ko‘ra   o‘xshashliklarida   namoyon
bo‘lmoqda 82
. 
III.   2.   O‘zbekiston   neolit   davri   Sazog‘on,   Markaziy   Farg‘ona   va   UstYurt
jamoalari madaniy aloqalarining tarixi:  tadqiqot muammolari va istiqboli
  O‘rta   Zarafshon   vohasi   Qoratepa   tog‘   massivi   Shimoliy   yon   bag‘rida
sazog‘on   neolit   jamoalari   madaniyati   tadqiqotlari   natijasi   mazkur   jamoalarning
o‘zlariga   xronologik   jihatdan   tengdosh   bo‘lgan   Kaltaminor,   Hisor   va   Markaziy
Farg‘ona   jamoalari   bilan   o‘zaro   qo‘ni-qo‘shnichilik   madaniy   aloqadorlikda
bo‘lganliklarini   ko‘rsatdi.   O‘rta   Osiyo   tog‘,   tog‘   oldi   va   pasttekislik   mintaqalari
jamoalari   madaniyatlari   o‘ziga   xos   xususiyatlarga   ega   bo‘lib,   mazkur   jamoalar
hududiy   chegaralangan   holda   yashamasdan,   qo‘shni   hududlarga   oziq-ovqat,
mehnat   qurollari   yasash   uchun   xom   ashyo   izlab   borib   turishganliklari   tadqiqotlar
tufayli   ma’lum   bo‘ldi.   Jumladan,   O‘rta   Zarafshon   vohasi   Qoratepa   tog‘   massivi
Shimoliy   yon   bag‘ri   mezolit–neolit   davri   jamoalari   o‘z   turmushlarida   oziq   ovqat
zahiralarini   ko‘paytirish   uchun   pasttekislik,   ya’ni   daryo   vohalaridan   foydalanib
turishganligi, Zarafshon daryosi qadimgi quyi o‘zanlaridan biri bo‘lgan Chorbaqti
vohasida   qator   mezolit-neolit   davrlariga   oid   makonlar   kashf   etilishi   bilan   o‘z
isbotini   topdi.   Bu   makonlar   asosan   ilk   mezolit   davri   jamoalariga   oid   bo‘lib,
ularning   tosh   industriyasi   o‘z   xususiyatlariga   ko‘ra   O‘rta   Osiyo   tog‘   mintaqasi
mezolit-neolit   davri   jamoalari   madaniyatiga   xos   bo‘lib   chiqdi.   Bu   makonlardan
turkum   holatda   o‘zaksimon   qirg‘ichlar,   ponasimon   qurollar,   tik,   baland   ish
maydoniga   ega   bo‘lgan   qirg‘ichlar,   yon   old   tomoniga   ishlov   berilgan   tosh
o‘zaklari,   ya’ni   tog‘,   tog‘   oldi   mezolit-neolit   davri   jamoalariga   xos   bo‘lgan   tosh
qurollari   topilgan.   Bu   ma’lumotlarning   o‘zi   tog‘,   tog‘   yon   bag‘ri   mezolit   -neolit
jamoalarining   Yuqorida   zikr   etilgan   omillar   asosida   pasttekisliklar,   ya’ni   daryo
vohalariga   siljib   borib   turganliklaridan   dalolat   beradi.   O‘sha   davrlarda   Zarafshon
82
 Холматов Н.У. Ўзбекистон неолит даври жамоаларининг моддий маданияти. Ташкент, 2008.
56 daryosi   vohalari   qalin   to‘qayzorlardan   iborat   bo‘lib,   u   o‘simlik   va   hayvonot
dunyosiga   boy   bo‘lgan.   Termachilik,   ovchilik   mashg‘ulotlari   uchun   etarli
imkoniyat   bo‘lgan.   Bu   ma’lumotlar   mazkur   hududlarda   ibtidoiy   jamoalar   o‘zaro
madaniy   aloqalari   paleolit   davri   oxirlari   va   ilk   mezolit   davrlaridayoq
boshlanganliklarini ko‘rsatadi. Sazog‘on neolit jamoalari tosh qurollarini yasashda
sifatli   chaqmoq   toshlarni   ishlatganlar.   Juda   kam   sonli   bo‘lsa-da,   oq   rangli,   faqat
Qizilqum,   Uchtut   neolit   jamoalariga   tegishli   bo‘lgan   chaqmoqtoshdan   yasalgan
paraqa   qurollari   ham   topilgan.   O‘rta   Zarafshon   vohasi   Qoratepa   tog‘   massivi
Shimoliy   yon   bag‘rida   chaqmoqtosh   konlari   borligi   hozircha   ma’lum   emas
(Samarqand   shahri   yaqinidagi   Cho‘ponota   chaqmoqtoshi   keyingi   tadqiqotlarda
mutaxassislar   e’tibordan   chetda   qoldi).   Hududiy   jihatdan   bu   joylarga   eng   yaqin
bo‘lgan   chaqmoqtosh   ustaxonasi   va   shaxtalari   Uchtut,   Ijont   hisoblanadi.   Demak,
sazog‘on   jamoalari   mehnat   qurollari   yasash   uchun   xom   ashyo   izlashib   muayyan
masofalarga borganlar. Bu madaniy aloqani sazog‘onliklarning Zarafshon daryosi
Quyi   o‘zanlari   vohalarida   yashagan   kaltaminor   jamoalari   bilan   madaniy   jihatdan
yaqinliklari   borligini   bildiruvchi   dalillar   yanada   to‘ldiradi.   Markaziy   va   Janubiy
Tojikiston   xududlari   mezolit-neolit   jamoalari   moddiy   madaniyati   tadqiqoti
jarayonida ham ibtidoiy jamoalar o‘zaro madaniy aloqadorlikda bo‘lishganliklarini
bildiruvchi manbalar qo‘lga kiritilgan. 
M.D.   Jo‘raqulov,   N.U.Xolmatovlar   O‘rta   Zarafshon   vohasi   Qoratepa   tog‘
massivi   Shimoliy   yon   bag‘rida   tadqiq   etilgan   sazog‘on   neolit   jamoalarining
qo‘shni   hisor   (Markaziy   va   janubiy   Tojikiston),Markaziy   Farg‘ona   (Farg‘ona
vohasi) hamda kaltaminor (Quyi Zarafshon vohasi, Qizilqum sarhadlari) jamoalari
bilan yaqindan madaniy aloqada bo‘lib yashaganliklarini e’tirof etishadi. Masalan,
chaqmoqtoshdan yasalgan butun holatdagi paraqaning astar tomoni ikki yon qirrasi
bo‘ylab   chuqur   kirib   boruvchi   kertish   usulida   ishlov   berilgan   paraqa   qurollari
kaltaminar jamoalari hamda sazog‘on neolit jamoalari makonlaridan turkum holda
topilgan 83
.   O‘z   navbatida   O‘.Islomov,   V.I.Timofeevlar   ham   Farg‘ona   vohasida
tadqiq etilgan Markaziy Farg‘ona madaniyati makonlari tosh qurollarining qo‘shni
83
Джуракулов М.Д., Холматов Н.У. Мезолит и неолит Среднего Зарафшана. Ташкент,1991. С. 89 - 90,110-113.
57 hisor,   sazog‘on   neolit   jamoalari   tosh   qurollariga   o‘xshashlik   jihatlari   to‘g‘risida
fikr   bildirishgan 84
.   E.Bijanov   UstYurt   neolitjamoalarining   moddiy   madaniyati
o‘ziga xos xususiyatlariga to‘xtalar ekan, jamoalar madaniyati ko‘p jihatlari bilan
qo‘shni   hududlar   jamoalari   madaniyatlariga   yaqinligi   borligini   e’tirof   etgan 85
.
V.A.Ranov   Tojikiston   sarhadlarida   tadqiq   etilgan   hisor   neolit   jamoalari
madaniyatini   izohlar   ekan   kaltaminar   va   hisor   jamoalari   o‘zaro   aloqalari
masalasida   O‘rta   Zarafshon   vohasi   Qoratepa   tog‘   massivi   Shimoliy   yon   bag‘rida
o‘z madaniyatida bir tomondan Markaziy Osiyo tog‘ mintaqasi klassik hisor neolit
jamoalari,   ikkinchi   tomondan   Markaziy   Osiyo   pasttekislik   mintaqasi   kaltaminar
neolit   jamoalari   madaniyati   ba’zi   jihatlarini   o‘yg‘unlashtirgan   sazog‘on   neolit
jamoalari   madaniyatining   o‘rni   masalasiga   alohida   e’tibor   qaratdi 86
.
Tadqiqotchining   bu   fikri   Markaziy   Osiyo   neolit   davri   jamoalari   o‘zaro
qo‘shnichilik   madaniy   aloqalarini   bilishimizda   nihoyatda   ahamiyatlidir.   Janubiy
Turkmaniston   hududi   Joytun   neolit   jamoalari   madaniyatining   Yaqin   Sharq,
Sharqiy   Kaspiy   bo‘yi   hududlari   neolit   jamoalari   madaniyati   bilan   o‘xshashlik
jihatlari   to‘g‘risida   V.M.Masson   tadqiqotlarida   qiziqarli   ma’lumotlar   mavjud 87
.
Shuningdek, Markaziy Osiyo neolit  davri  jamoalari o‘zaro qo‘shnichilik madaniy
aloqalari   masalasida   shu   satrlar   muallifining   izlanishlari   ham   ahamiyatli
hisoblanadi 88
.
Markaziy   va   Janubiy   Tojikiston,   Sharqiy   Pamir   xududlari   mezolit-neolit
jamoalari   moddiy   madaniyati   tadqiqoti   jarayonida   ham   ibtidoiy   jamoalar   o‘zaro
84
Исламов У.И., Тимофеев В.И.  Культура каменного века Центральной Ферганы. Ташкент, 1986. С.108-112 .
85
Бижанов Е.Б. Каменный век Устюрта // Авт.реф. на соискание уч.степени д.и.н. Нукус, 1996.  С.2 4-36 .
86
Ранов В.А. Неолит (гиссарская культура) // История Таджикского народа. Том 1. Душанбе, 1998. С. 116.
87
Массон   В.М.   Южнотуркменистанский   центр   раннеземледельческих   культур   //   Труды   ЮТАКЭ .Т .
10.1960 ;Ўша муаллиф.   Земледельческий  неолит юго-запада Средней Азии //   Средняя Азия в эпоху камня и
бронзы.   Л.,   1966;   Ўша   муаллиф.   Поселение   Джейтун   (проблема   становления   производящей   экономики)   //
МИА, №180. Л., 1971.  С.  206.
88
Холматов   Н.У.   Неолитическая   стоянка   Джангал   1   (новые   данные   о   культурных   контактах   населения
равнин   и   предгорий)   //   Проблемы   взаимосвязи   природы   и   общества   в   каменном   веке   в   Средней
Азии . Т а шкент, 1988;  Ўша муаллиф.  Общее и особенное Центрально Ферганского и Самаркандского неолита
// Палеоэкология и проблемы первобытной археологии Центральной Азии. Самарканд, 1992. С. 37 - 38;   Ўша
муаллиф.   Сазағон   неолитининг   ўзига   хос   қирралари   ва   қўшничилик   маданий   алоқалари   //   Археология,
қадимги   дунё   тарихи   ва   этнография.   Илмий   мақолалар   тўплами.   Самарқанд,   2001.   Б.55-61;Ўша   муаллиф.
Ўрта   Осиё   неолит   жамоалари   тарихий-маданий   алоқалари   саҳифасидан   //   Ўзбекистонда   этно-демографик
жараёнлар.  Халқаро конференция материаллари. 1-қисм. Тошкент, 2005. Б.107-111.
58 madaniy aloqadorlikda bo‘lishganliklarini bildiruvchi manbalar qo‘lga kiritilgan 89
.
Xususan,   hisor   jamoalari   moddiy   madaniyatida   ham   madaniy   aloqadorlik
elementlari mavjud. Hisor jamoalarini tog‘ sharoitida hududiy chegaralangan holda
qo‘shni  jamoalar  bilan  o‘zaro madaniy aloqada  bo‘lmay, o‘zi  alohida rivojlangan
deb fikr yuritadigan bo‘lsak, u holda hisor jamoalari makonlari tosh industriyasida
«hisor»,   ya’ni   qayroqtoshli,   uchirindili   element   va   «chaqmoqtoshli»,   ya’ni
paraqali,   mikrolitli   elementlar   mavjudligini   qanday   tushunsa   bo‘ladi?   Masala
shuki, hisor  jamoalari  moddiy madaniyatidagi  «hisor» elementi  mahalliy, o‘zidan
oldingi   davr   jamoalari   an’analarining   bevosita   davomidir,   «chaqmoqtoshli»
element   esa,   V.A.Ranovning   fikricha,   janubi-g‘arbiy   hududlar   mezolit-neolit
jamoalarining   (paraqali,   mikrolit   qurollari   bo‘lgan)   bu   erlarga   siljib   kelib
qolishining   madaniy   ta’siri   hisoblanadi.   Shunday   ekan,   mazkur   hudud   jamoalari
o‘z   turmushlarida   madaniy   aloqani   boshidan   kechirganliklari   haqidagi   fikrimiz
asoslidir.
O‘rta   Zarafshon   vohasi   Qoratepa   tog‘   massivi   shimoliy   yon   bag‘rida   sazog‘on
neolit   jamoalari   madaniyati   tadqiqotlari   natijasi   mazkur   jamoalarning   o‘zlariga
xronologik   jihatdan   tengdosh   bo‘lgan   Kaltaminor,   Hisor   va   Markaziy   Farg‘ona
jamoalari   bilan   o‘zaro   qo‘ni-qo‘shnichilik   madaniy   aloqadorlikda   bo‘lganliklarini
ko‘rsatdi.
                  Kaltaminor   jamoalari   bilan   madaniy   yaqinlik   dastavval   ular   tosh
qurollarining   yasalish   xususiyatlari,   xom   ashyosi,   tosh   industriyasining   paraqali
qismi,   sopol   idishlarning   o‘xshashligi   kabi   jihatlar   bilan   belgilanadi.   Sazog‘on
neolit   makonlari   tosh   industriyasi   paraqali   qismida   geometrik   shakldagi   mikrolit
qurollarining uchrashi ham bu madaniy aloqadorlikni bilishda muhim hisoblanadi.
Ularning   soni   ko‘p   emas,   hammasi   bo‘lib   5   dona   va   ular   Sazog‘on   2   makoni
madaniy   qatlamidan   topilgan.   Bular   simmetrik   shaklda   baland   bo‘yli   trapetsiya,
89
 Окладников А.П. Палеолит и мезолит Средней Азии. Средняя Азия в эпоху камня и бронзы //  М. - Л., 1966;
Ранов  В.А. Гиссарская   культура:  распространение,  хронология, экономика   //   Культура  первобытной  эпохи
Таджикистана.   Душанбе,   1982; Ўша   муаллиф .   Гиссарская   культура   –   неолит   горных   областей   Средней
Азии   //   Каменной   век   Северной,   Средней   и   Восточной   Азии.   Новосибирск.   1985; Ўша   муаллиф .   Неолит
(гиссарская культура) // История Таджикского народа. Т, 1.Душанбе, 1998. С.3-23.
59 asimmetrik   uchburchak   shakldagi   qurollari,   past   bo‘yli   asimmetrik   shakldagi
trapetsiyasimon   qurol,   past   bo‘yli   simmetrik   shakldagi   uchburchak   sifat
qurollardir.   Bu   turdagi   qurollar   o‘z   shakli   ishlov   berilishi   uslublari,   yasalish
xomashyosi   bo‘yicha   aynan   kaltaminor   jamoalari   qurollariga   o‘xshaydi.Butun
holatda   ikki   yon   qirrasi   ichki   tomonidan   kertuv   uslubida   ishlov   berilganhamda
ustki kesim qismi bo‘yicha ishlov berilgan (kesimi to‘g‘ri va qiya holatda) paraqa
qurollarining   uchrashi   ham   bumadaniy   aloqani   bildiruvchi   omildir.   Sazog‘on
jamoalari   moddiy   madaniyatida   «silliqlagich»   yoki   «o‘q-yoylarini   to‘g‘irlagich»
tarzida   fanda   nom   olgan   tosh   uskanalar   ham   uchratilgan   bo‘lib,   ko‘rinishi
suyrisimon   shaklda,   ust   yuza   qismida   ko‘ndalangiga   ikkita   paralell   o‘yiqchasi
bor(III.1.21-rasm).   Bu   turdagi   qurollarni   Markaziy   Osiyo   pasttekislik   mintaqasi
mezolit-neolit jamoalari o‘z turmushlarida ishlatishgan (Tolstov makoni, Lavlakon
va   Quyi   Zarafshon   vohasi   neolit   makonlari).   Lekin,   bu   turdagi   qurollar   hisor
jamoalariga tegishli bo‘lgan makonlar tosh industriyasiga xos emas. SHuningdek,
sazog‘on   jamoalariga   tegishli   makonlardan   turkum   holda   topilgan   plitkasimon
qirg‘ichlar   ham   o‘z   shakli   va   ishlov   berilishusullari   bo‘yicha   Quyi   Zarafshon
vohasi,   Qizilqum   hududidagi   kaltaminor   jamoalari   plitkasimon   qirg‘ichlariga
aynan o‘xshash 90
. Tadqiqotchilar mazkur qurollarni Markaziy Osiyo tog‘ mintaqasi
neolit jamoalariga nisbat berib, Markaziy Osiyo pasttekislik mintaqasi jamoalariga
xos   bo‘lgan   qurollar   deb   e’tirof   etishadi.   Sazog‘on   va   kaltaminor   jamoalarining
o‘zaro madaniy aloqadorligi  masalasida eng ishonarli  dalillarni  beruvchi  yana bir
xususiyat   sazog‘on   jamoalari   makonlaridan   shakli,   yasalish   usuli,   naqshlari
bo‘yicha   aynan   kaltaminor   jamoalariga   tegishli   bo‘lgan   sopol   buYumlarning
topilishi   bo‘ldi.   Takidlash   joizki,   mazkur   hududlar   ibtidoiy   jamoalari   o‘rtasidagi
madaniy aloqalar nisbatan oldingi tarixiy davrlarda, ya’ni so‘nggi paleolit oxirlari-
ilk   mezolit   davrida   ham   bo‘lganligi   tadqiqotlarda   aniqlangan   (Chorbaqti
makonlari) 91
.
90
Виноградов   А.В.,   Мамедов   Э.Д.   Первобытный   Лявлакан   //   Этапы   древнейшего   заселения   и   освоения
ВнутренныхКызылкумов. МХЭ, вып.10, М.,  1975.Рис.19,  1,2,4,6 ; 10-12; рис.41,  1-10.
91
Xolmatov N.U. O‘rta Osiyo neolit jamoalari tarixiy madaniy aloqalari sahifasidan. O‘zbekistonda etnodemografik
jarayonlar. XKM,1-qism,Toshkent, 2005.
60 O‘rta   Zarafshon   vohasi   Qoratepa   tog‘   massivi   Shimoliy   yon   bag‘rida
o‘rganilgan   sazog‘on   neolit   jamoalari   moddiy   madaniyati   ba’zi   jihatlari   bo‘yicha
Farg‘ona   vohasi   Markaziy   Farg‘ona   neolit   jamoalari   madaniyati   bilan   o‘zaro
yaqinligi   makonlar   tosh   industriyasi   paraqali   qismida   mikroparaqalar   salmog‘i
ko‘pligi   (Markaziy   Farg‘ona   jamoalari   makonlarida   90%;   sazog‘on   makonlarida
60-65%)   bilan   izohlanadi.   Bu   makonlar   tosh   industriyasida   Markaziy   Osiyo   tog‘
mintaqasi   neolit   jamoalariga   xos   bo‘lgan   uchirindidan   yasalgan   qurollar,
aniqrog‘iponasimon   qurollar,   tik,   baland   ish   maydoniga   ega   bo‘lgan   qirg‘ichlar,
«burunchali» ko‘rinishidagi ish maydoniga ega bo‘lgan qirg‘ichlar, yon tomoni old
qismiga   ishlov   berilgan   tosh   o‘zaklarining   mavjudligi   madaniy   aloqadorlikning
yana   bir   dalili   bo‘lib   hisoblanadi.   Shu   boisbu   ikkita   neolit   davri
madaniyatlarimutaxassis olimlar tomonidan Markaziy Osiyo tog‘ mintaqasi  neolit
jamoalari   madaniyati   tarkibiga   kiritilgan   va   ular   o‘zlariga   xos   xususiyatlarga   ega
bo‘lgan mustaqil madaniyatlar bo‘lishganliklari ham e’tirof etilgan 92
.
Sazog‘on   jamoalarining   Markaziy   Osiyo   tog‘   mintaqasi   hisor   neolit
jamoalari   bilan   ham   qo‘ni-qo‘shnichilik   madaniy   aloqada   bo‘lishganliklari
tadqiqotlarda aniqlangan. Bu madaniy aloqalar  ular  tosh industriyasi  uchirindili  –
paraqali,   qayroqtoshelementli   ekanligi   bilan   ifodalanadi.   Ikkala   madaniyat   tosh
industriyasida   ham   Markaziy   Osiyo   tog‘   mintaqasi   neolit   madaniyatiga   xos   yon
tomonlama   old   qismiga   ishlov   berilgan   tosh   o‘zaklari,   ponasimon   qurollar,   tik,
baland   ish   maydoniga   ega   bo‘lgan   uchirindidan   yasalgan   qirg‘ichlar,   paraqadan
yasalgan   «tutqovul   tipi»   dagi   teshgich   qurollar   mavjud.   O‘z   vaqtida   V.A.Ranov
Tutqovul   makonida   uch   qismi   yoysimon   holatda   qisman   egilgan   ish   maydoniga
ega  bo‘lgan  paraqadan  yasalgan   teshgich   qurollarni   maxsus   ajratib,  ularni  qolgan
makonlardan ham topilgan bu turdagi qurollar bilan birgalikda «tutqovul tipi» dagi
92
Исламов   У.И.,   Тимофеев   В.И.   Культура   каменного   века   Центральной   Ферганы.   Ташкент ,   1986.   С.   109;
Джуракулов   М.Д.,   Холматов   Н.У.   Мезолит   и   неолит   Среднего   Зарафшана.   Ташкент, 1991.   С.89-92.   ;
Холматов   Н.У.   Ўзбекистон   неолит   даври   жамоаларининг   моддий   маданияти.   Тошкент,   2008.   Xolmatov
N.U. O‘rta Osiyo neolit jamoalari tarixiy madaniy aloqalari sahifasidan. O‘zbekistonda etnodemografik jarayonlar.
XKM,1-qism,Toshkent, 2005.
61 teshgich   qurollar   nomi   bilan   fanga   olib   kirgan   edi.   Ana   shu   turdagi   qurollar
Sazog‘on 1,2, Jangal 1, Tepaqul 3,4, Ochilg‘or makoni kabi sazog‘on makonlarida
turkum   holda   uchratildi.   Ponasimon   qurollarning   ikkala   madaniyat   uchun   xosligi
borasida ham shunday fikr yuritish mumkin.
Shuningdek,   hisor   jamoalari   moddiy   madaniyatida   Joytun,   qisman
kaltaminor   jamoalari   madaniyatiga   madaniy   yaqinlik   jihatlari   borligi   kuzatilgan.
Bu madaniy o‘xshashlik ular tosh industriyasining «chaqmoqtoshli» elementi bilan
izohlanadi. V.A.Ranov Tutqovul makonining hisor jamoalari moddiy madaniyatiga
tegishli bo‘lgan Yuqori madaniy qatlamlaridan topilgan mikrolitli qurollar, paraqa
qurollar,   randasimon   qurollari   o‘z   shakllari,   ishlov   berilishi   usullari   bilan   Joytun,
kaltaminorliklar   qurollariga   o‘xshashligini   o‘z   tadqiqida   e’tirof   etgan 93
.   Markaziy
Farg‘ona   neolit   jamoalari   madaniyatining   hisor   jamoalari   madaniyatiga   ba’zi
jixatlari   bilan   o‘xshashligi   borligi   ham   tadqiqotlarda   aniqlangan.   Bu   madaniy
yaqinlik o‘z vaqtida YU.A.Zadneprovskiy tomonidan Oq tanga makoni manbalari
misolida   keltirilgan   edi.   Keyinchalik,   O‘.Islomov,   V.I.Timofeevlar   ham   bu
madaniy aloqadorlikni e’tirof etishgan 94
. Bu aloqadorliklar ular tosh industriyasida
Markaziy   Osiyo   tog‘   mintaqasi   neolit   jamoalariga   xos   bo‘lgan   tosh   qurollari
mavjudligi bilan izohlanadi.
Kaspiy   va   Orol   dengizlari   oralig‘ida   keng   sarhadlaridaUstYurtneolit   davri
jamoalari moddiy madaniyatiga tegishli yodgorliklar tadqiq etilgan. Tadqiqotlarda
neolit   jamoalari   qo‘shni   jamoalar   bilan   o‘zaro   madaniy   aloqada   bo‘lishganliklari
borasida   ma’lumotlar   qo‘lga   kiritilgan.   Bu   madaniy   aloqalaryodgorliklartosh
industriyasi   xarakterida,   shuningdek,   tosh   qurollarining   o‘xshashligida   namoyon
bo‘lgan.   Jumladan,   asimmetrik   shakldagi   trapetsiya   qurollari   Joytun,   SHarqiy
Kaspiy   bo‘yi,   Kaltaminor,   Janubiy   Ural   makonlari   qurollariga,   «shoxsimon»
trapetsiya mikrolit qurollari esa Daryosoy, Janubi - G‘arbiy Qozog‘iston mezolit –
neolit   jamoalari   qurollariga   o‘xshash.   Shu   bois   UstYurt   jamoalari   Kaltaminor,
Sharqiy   Kaspiy   bo‘yi,   Uralning   janubiy   qismi   neolit   jamoalari   bilan   yaqindan
madaniy aloqadorlikda bo‘lishganligi tadqiqotlarda aniqlandi.
93
Ранов В.А.  Неолит (гиссарская культура) // История таджикского народа.  Том. I . Душанбе, 1998. С.109-110.
94
Исламов У.И., Тимофеев В.И.  Культура каменного века Центральной Ферганы. Ташкент , 1986. С.83.
62                                                            XULOSA
Vatanimiz   hududi   jahon   xalqlari   sivilizasiyasi   taraqqiyotida   ko’hna
madaniyat   markazlaridan   biri   sanaladi   va   ayni   kunlarda   mintaqada   amalga
oshirilayotgan     arxeologik   tadqiqotlar     asosida   qo’lga   kiritilayotgan     manbalar
sermahsul   bo’lib,   mazkur   madaniyatning   yangi   sahifalari,   qirralarini   ochmoqda.
Jumladan,   kishilik   tarixi   tosh   davri   moddiy   madaniyati   tadqiqotida   ham   jiddiy
kashfiyotlar va Yutuqlarga erishilgan. Bu tadqiqotlar natijasi esa tosh davr dolzarb
muammolarini   yechish   imkoniyatini   bermoqda.   Shunday   muammolardan   biri
ibtidoiy   jamoalarning   o’zaro   qo’ni-qo’shnichilik   madaniy   aloqalari   masalasi
hisoblanadi. Tadqiqotlar ko’rsatishicha, tosh davr jamoalariga tegishli yodgorliklar
tadqiqoti   jarayonida   qo’lga   kiritilgan   ashyolar   jamoalar   o’zaro   madaniy   aloqalari
to’g’risida   qimmatli   ma’lumotlar   bermoqda.   Xususan,   tosh   jamoalar   ma’lum   bir
hudud   bilan   chegaralanib   yashab   qolmasdan   oziq-ovqat,   mehnat   qurollari   yasash
uchun xom ashyo zohiralarini izlashib qo’shni hududlarga siljib borishganliklari va
u   hududlarda   yashovchi   jamoalar   madaniyatining   u   yoki   bu   tomonlarini
o’zlashtirganliklari   yoxud   o’z   navbatida   o’zlari   ular   madaniyatiga   ta’sir
etganliklari   tadqiqotlarda   aniqlangan.   Bunday   madaniy   ta’sir   so’zsiz   ular   tosh
industriyasi   xarakteri,   tosh   qurollari   shakli,   ishlov   berilishi   uslublari,   turmushda
bajargan   funksiyalari,   qurollar   yasalish   xom   ashyolari,   sopol   idishlari,   zeb-
ziynatlari, turar-joylari, qabrlari  tuzilishlari kabilardagi o’xshashliklarda namoyon
bo’lgan.   Bu   kabi   madaniy   aloqalar   mexanizmini   tadqiqotchi   olimlar   o’z
izlanishlarida e’tiborga olishganlar. Buni Vatanimiz hududi tosh davri jamoalariga
tegishli   yodgorliklar   tadqiqoti   jarayonida   qo’lga   kiritilgan   manbalar   asosida   ham
kuzatishimiz mumkin va bu borada qimmatli ma’lumotlar to’planishiga erishilgan.
63 Xususan,   Vatanimiz   hududi   paleolit   davri   jamoalariga   tegishli   bo’lgan
Qo’tirbuloq,   Zirabuloq,   Omonqo’ton,   Samarqand   Yuqori   paleolit   makonlari
tadqiqotida   qo’lga   kiritilgan   tosh   qurollari   Ko’lbuloq,   Obirahmat,   Shugnov   kabi
yodgorliklar   tosh   qurollariga   ba’zi   jihatlari   bilan   o’xshashligi   faktlarining
aniqlanishining   o’zi   jamoalar   qadimdan   o’zaro   madaniy   aloqada
bo’lishganliklarini   bildiradi.   Bu   madaniy   aloqalar   tosh   asri   keyingi   taraqqiyot
bosqichlari hisoblanuvchi mezolit va neolit davri jamoalari turmushida ham davom
etgan   va   bu   ularga   tegishli   yodgorliklardan   topilgan   tosh   qurollarda   namoyon
bo’lgan.   Chorbaqti,   Sazog’on   1,   Ochilg’or   makonlari   tadqiqotlari   bu   borada
qimmatli   ma’lumotlar   berdi.   Ibtidoiy   jamoalar   madaniy   aloqalari   to’g’risida
ayniqsa,     O’rta   Zarafshon   vohasi   Qoratepa   tog’   massivi   Shimoliy   yon   bag’rida
tarqalgan   Sazog’on   neolit   jamoalari   madaniyatiga   tegishli   yodgorliklar   qimmatli
ma’lumotlar berdi. Umuman olganda, tosh asri  yakunlovchi  bosqichi  hisoblangan
neolit davriga kelib jamoalar o’rtasida madaniy aloqalar tezlashgan.             
          O’rta Osiyo, hususan Ikki Daryo oralig’i tog’ va pasttekislik mintaqalari neolit
jamoalari moddiy madaniyati  hususiyatlari  mazkur masalada o’ziga hos ahamiyat
kasb   etadi.   Malumki,   O’rta   Osiyo   miqyosida   Janubiy   Turkmanistonda   Joytun
madaniyati   Markaziy va Janubiy Tojikistonda Hisor madaniyati, Xorazm hududi,
Qizilqum va Zarafshon daryosi    etaklarida Kaltaminor tarixiy- madaniy jamoalari
moddiy madaniyatlari batafsil tadqiq etilgan. Shuningdek so’ngi yillar mobaynida
O’rta   Osiyo     arxeologiyasi   fani   taraqqiyotida   O’rta   Zarafshon     vohasi   Qoratepa
tog’ massivi  yon bag’rida Sazog’on madaniyati   va Farg’ona vohasida   Markaziy
Farg’ona     madaniyatining     ochilishi   va   ilmiy   asoslanishi   muhim   ahamiyat   kasb
etib,     neolit   davri   jamoalari   moddiy   madaniyati   tadqiqotida     yangi   sahifalarni
ochdi. 
Darhaqiqat, tosh jamoalar o’zaro madaniy aloqadorliklari  yoxud ular o’zaro
qo’ni-qo’shnichilik     munosabatlari,   bir-birlari   turmush   tarzlarining   u   yoki   bu
tomonlarini   o’zlashtirilganliklari     masalasi   shu   soha   mutahassis     olimlari   diqqat
markazida   bo’lgan   va   aytish   mumkinki   dolzarb   muammoni     tom   manoda   ilk   bor
kun   tartibiga   qo’ygan   kishi   A.   P.   Okladnikov   bo’ldi.   Keyingi   yillar   tadqiqotida
64 ham   neolit   jamoalari   moddiy   madaniy   aloqadorliklari   borasida   bazi     izlanishlar
ko’zga   tashlanib   turibdi.   Ayni   kunlarda     bu   masalaga   O’rta   Zarafshon   vohasi
Sazog’on jamoalari moddiy madaniyatiga tegishli manbalar  nisbatan ishonchliroq
oydinliklar kiritmoqda. Fikrimizcha, bu Sazag’on  jamoalari joylashgan  jo’g’rofik
mintaqa   bilan     izohlansa   ajab   emas.   Sababi,   Sazag’on     madaniyati   bir   tomondan
O’rta   Osiyo   tog’   mintaqasi   (Hisor   madaniyati)   ikkinchi   tomondan     O’rta   Osiyo
pasttekislik mintaqasi ( Kaltaminor mintaqasi)  neolit jamoalari   o’rtasidagi oraliq
madaniyat   hisoblanadi   va   o’z   moddiy     madaniyatida   o’ziga   hos     hususiyatlarni
o’zida   namoyon   etgan   holda   mazkur     madaniyatlar,   bazi     jihatlarini
mujassamlashtirganligi   ham   tadqiqotlardan   malum.   Shu   holatlar   shubhasiz
jamoalar   qo’ni-   qo’shnichilik     o’zaro   madaniy   aloqadorliklari     mahsulidir.
Sazog’on   jamoalarini   qo’shni   Kaltaminor     jamoalari   hamda     Markaziy   Farg’ona
jamoalari   bilan     o’zaro   madaniy   yaqinliklar     masalalari   tadqiqotlarimizda
imkoniyat   darajasida keltirilgan. Aniqrog’i Kaltaminor   jamoalari bilan   madaniy
yaqinlik   dastavval     ular   tosh   qurollarini     yasalish   materiali,   tosh   industriyasi
paraqali   qismi,   sopol   buYumlar     o’xshashligi   kabi   jihatlari   bilan   belgilansa,
Markaziy Farg’ona jamoalari  bilan o’zaro madaniy   aloqadorliklari   esa ular tosh
industriyasi  paraqali qismi  mikroparaqalar  salmog’i ko’pligi  (Markaziy Farg’ona
90 % ; Sazag’on 82)  bilan izohlanadi. 
      Sazog’on   jamoalarining   O’rta   Osiyo   tog’   mintaqasi   Hisor   neolit   jamoalari
bilan   ham   madaniy   yaqinliklari   bor.   To’g’ri,     oldingi   tadqiqotlarda   bu   borada
mutahassislar   tomonidan     bazi   yondashuvlar     bo’lgan,   yani   Sazog’on   madaniyati
O’rta   Osiyo   tog’   neoliti     madaniyatlari   tarkibiga   kiritilgan,   lekin   o’z     navbatida
madaniy  yaqinlikni   etirof   etgan   holda     Sazag’on     jamoalari   moddiy-madaniyatini
Hisor   madaniyatidan     farq   qiluvchi   jihatlari   ham     yaqqol   ko’rsatilib,     alohida
mustaqil     madaniyat   ekanligi     ilmiy   asoslangan   edi.     Ayni   kunlarda   Sazog’on
jamoalari   makonlari   (Djangal-1,   Tepaqul-1)   tadqiqotlarida   qo’lga   kiritilayotgan
arxeologik manbalar Hisor  jamoalari bilan madaniy aloqadorliklar  borasida yangi
malumotlar   bermoqda.   Yangi   manbalar   esa   madaniy   yaqinlikni     ular   tosh
industriyasida   namoyon   bo’lganligini   ,   yani   otshepli-   paraqali   va   eng   muhimi
65 qayroqtoshli     industriya   ekanligini     ko’rsatmoqda.   Shuningdek,   ikkala     tosh
industiyada     ham   ,   O’rta   Osiyo       tog’   mintaqasi     neolit   madaniyatiga   hos   yon
tomonlama  old   qismiga     ishlov   berilgan  tosh   o’zaklari   (nukleusы   torsevogo   tipa)
ponasimon qurollar, tik, baland   ish maydoniga   ega bo’lgan   otshepdan yasalgan
qirg’ichlar     paraqadan     yasalgan     “tutqovul   tipidagi”   teshgich   qurollar     mavjud.
O’z   vaqtida     V.   A.   Ranov   Tutqovul     makonida   uch   qismi     yoysimon   qisman
egilgan holda  ish maydoniga ega bo’lgan  paraqadan yasalgan  teshgich qurollarni
mahsus ajratib, ularni qolgan makonlardan ham  topilgan bu turdagi  qurollar  bilan
birgalikda   “utqovul tipidagi”teshgich qurollar   nomi bilan fanga   olib kirgan edi.
Ana   shu   turdagi     qurollar   Sazog’on   1,2,   Jangal   1,   Tepaqul3,4     kabi   Sazog’on
makonlarida     turkum   holda         uchratildi.   Ponasimon     qurollarning   ham   ikkala
madaniyat uchun  hosligi borasida  shunday fikr Yuritish mumkin. Shu faktlarning
o’zi     jamoalar       madaniy   aloqadorliklarini     bildirib   turibdi.   Bu   madaniy
aloqadorliklar  nisbatan jadalroq  yirik tog’ vohalari, tog’ yon bag’rlari, hamda tog’
soylari   yon   qayirlarida     sodir   bo’lganliklari     tadqiqotlarda     yanada   ravshan
bo’lmoqda. Shu nuqtai nazardan   Sazog’on makonlari moddiy madaniyatlar   juda
istiqbolli     hisoblanadi   va   shubhasiz,   kelgusida   bu   borada     yangi   manbalar   qo’lga
kiritiladi. 
Magistrlik   dissertasion   tadqiqotimizning   yakuniy   xulosalari   sifatida
quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
1. Vatanimiz sarhadlari na faqat O’rta Osiyo, balki Butun Sharq dunyosida
qadimgi,   ko’hna   madaniyat   markazlaridan   biri   hisoblanadi.   Buni     tadqiq   etilgan
ko’p   sonli   tarixiy-madaniy   yodgorliklar   o’rganilishi   jarayonida   qo’lga   kiritilgan
arxeologik manbalar ko’rsatib turibdi.
2.   Kishilik   tarixi   tosh   asri   jamoalarining   moddiy   madaniyati   tadqiqotida
jamoalarning   o‘zaro   madaniy   aloqalari   to‘g‘risida   ma’lumot   beruvchi   katta
hajmdagi materiallar qo‘lga kiritilishiga erishildi. Bu ma’lumotlar asosan makonlar
tosh industriyasi xarakteri va tosh qurollarini qiyosiy tipologik tahlili natijalaridan
olindi.
66 3.   Tosh   davri   jamoalari   madaniy   aloqalari   jamoalar   tosh   asri   taraqqiyoti
bosqichlarida  ma’lum bir hududlar  bilan chegaralanib yashab qolishmasdan oziq-
ovqat,   tosh   qurollari   yasash   uchun   xom   ashyolar   izlab   qo’shni   hududlarga   siljib
borishganligi jarayoni bilan bog‘liq bo‘lganligi aniqlandi.
4.   Ibtidoiy   jamoalar   o’zaro   qo’ni-qo’shnichilik   madaniy   aloqalari   ularga
tegishli   makonlar   tosh   industriyasi   xarakteri,   tosh   qurollari   tipologik   tahlili   va
ularni qiyosiy taqqoslash, tosh qurollari shakli, ishlov berilishi usullari, turmushda
bajargan   funksiyasi,   jamoalar   turar-joylari   tuzilishi,   diniy   e’tiqod   binolari,   qabr
tuzilishlari, zeb-ziynatlarida namoyon bo’lganligi dalillandi.
5.   Vatanimiz   sarhadlarida   o‘rta   paleolit   davridan   jamoalarning   o‘zaro
aloqalari   kuzatilgan.   Mezolit   va   neolit   davri   jamoalari   hayotida   bu   jarayon
jadallashgan.   Ayniqsa,   neolit   davrida   Sazog‘on   neolit   jamoalari   bir   tomondan
O‘rta   Osiyo   tog‘   mintaqasi   Hisor   va   Markaziy   Farg‘ona   neolit   jamoalari   va
ikkinchi tomondan O‘rta Osiyo pasttekislik mintaqasi Kaltaminor neolit jamoalari
bilan   o‘zaro   yaqindan   aloqada   bo‘lishganliklari   masalasi   aniqlanib,   bu   jarayon
arxeologik ashyolar asosida dalillandi. 
Yuqorida   keltirilgan   ma’lumotlar   O’rta   Osiyo   tog’,   tog’   yon   bag’ri,
pasttekislik     mintaqalari     tosh   davri   jamoalari   o’zaro   madaniy     aloqadoliklari
hamda   jamoalar   o’zaro     qo’ni-   qo’shnichilik     madaniy   aloqadorliklarning
mexanizmini ishlab chiqish borasidagi ayrim  izlanishlar hisoblanadi. Bu muammo
ancha   murakkab   bo’lib,     mohiyati     nuqtai   nazaridan   bevosita   jamoalar   etnik
jarayonlarini o’rganish demakdir.  
67 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Аннаев   Т.,   Шайдуллаев   Ш. Су рхондарё   тарихидан   лавќалар   (Љадимги
даврдан XIX асрга љадар). –Т., 1997, 107 б.
Алпысбаев Х.А. Итина М.А., Чалая Л.А. Неолит. - В кн.: История Казахстана,
т.1. – Алма-ата, 1977.  
Бижанов   Е.Б.   Памятники   каменного   века   впадины   Шахпахты   //   Археология
Приаралья, вып.2.– Ташкент, 1984.
Бижанов Е.Б. Неолитические памятники юго-восточного Устюрта.  //  Древняя
и   средневековая   культура   юго-восточного   Устюрта.   –   Ташкент :   Фан,   1978.
С.18-79 ; 
Бижанов   Е.Б.   Бижанов   Е.Б.Каменный   век   Устюрта.   Авт.реф.   на   соискание
уч.степени д.и.н. – Нукус, 1996.  42 ;
Брунет   Ф,   Хужаназаров   М.   Хашимов   Х.   Новые   данные   к   хронологии
Кельтеминарской культуры в Узбекистане ( VII - IV   тыс. лет.до н.э) // ИМКУ ,
№ 38.- Самарканд, 2012.
Виноградов   А.В.   Неолитические   памятники   Хорезма   -   МЭХ,   вып.8.   –   М.:
Наука, 1968 .
Виноградов   А.   В.   О   локальных   вариантах   неолитической   культуры
Кызылкумов.- КСИА, 1970, вып. 122. 
Виноградов А.В. Мамедов Э.Д. Первобытный Лявлякан. Этапы древнейшего
заселения и освоения Внутренних Кызылкумов - МЭХ, вып.10. – М.: Наука,
1975 ;  
Виноградов   А.В.   Древние   охотники   и   рыболовы   Среднеазиатского
междуречье. М., 1981.
Виноградова   Н.М.,   Ранов   В,А.,Филимонова   Т.Г.   Изучение   гиссарской
культуры и неолитические слои поселения Кангуртут. М., 2008.41,42-бб.
Джуракулов М.Д., Холматов Н.У. Мезолит и неолит Среднего Зарафшана. –
Ташкент: Фан, 1991.
Джуракулов   М.Д.   Сазоғон   неолит   маконининг   дастлабки   ўрганилиши
натижалари  //  Археология ва этнография масалалари.  -  Самарқанд, 1984.
Джуракулов М.Ж. Самаркандская стоянка и проблемы верхнего палеолита в
Средней Азии. – Ташкент: Фан, 1987.
Деревянко А.П..Исламов У.И. и др. Верхний палеолит Узбекистана: Стоянка
Кульбулак. ИМКУ, № 38, Самарканд, 2012.
 Деревянко А.П..Исламов У.И. и др. Верхний палеолит Узбекистана: Стоянка
Додекатым. ИМКУ, № 38, Самарканд, 2012. 
68  Деревянко А.П.  и др. Новые данные  о палеолитических индустриях пещеры
Пальтау   (Республики Узбекистан). – Проблемы   каменного   века   Средней и
Центральной Азии. Новосибирск, 2002 .  
Деревянко   А.П.   и   др.   Ранний   верхний   палеолит   Узбекистана   :   индустрия
грота   Оби   –Рахмат   (по   материалам   слоев   2-14).   Археология,   этнография   и
антропология Евразии 4 (8), Новосибирск, 2001. 
Заднепровский Ю.А. Неолит Центральной Ферганы   //   КСИА.   В ып.106.   -   М.,
1966.
Исламов У. И.   Мезолит Средней Азии. Автореф. дисс.на соиск. уч. степени
д-ра.ист.наук-Новосибирск. 1977.
Исламов   У.И.,   Тимофеев   В.И.   Культура   каменного   века   Центральной
Ферганы. – Ташкент: Фан, 1986. С. 304. 
Зайберт В.Ф. Неолит Северного Казахстана. Автореф. канд.дисс. – М., 1979
Исаков   А.   Взаимодействие   культуры   горных   земледельцев   Зарафшана   с
кочевниками-скотоводами.   Взаимодействие   кочевых   культур   и   древних
цивилизаций. – Алма-ата, 1987. 
Исламов   У.И.   Проблемы   происхождения   человека   в   Средней   Азии.//   К
истокам   истории   древнекаменного   века   Средней   Азии.-Ташкент,   1996,   с.15-
22.
Исламов У.И.  Новые материалы по каменному веку Южного Узбекистана
// Древняя Бактрия. –Л., 1974 .
Исламов   У.И.   Древнейшая   пещерная   палеолитическая   стоянка   Сельунгур
Ферганской долине. - СА, 1990, №2.  С. 115-126 .
Исламов У.И.  Новые материалы по каменному веку Южного Узбекистана
// Древняя Бактрия. –Л., 1974 .
Исламов У.И. Обиширская культура – Ташкент: «Фан». 1980
Исламов   У.И.   Мезолитическая   стоянка   Кушилиш   под   Ташкентом.   ОНУ,
1970, № 7. 
Исламов У.  Пещера Мачай. – Ташкент: Фан, 1975.  
Исламов   У.И.   Древнейшая   пещерная   палеолитическая   стоянка   Сельунгур
Ферганской долине. - СА, 1990, №2.  С. 115-126 .
Коробкова   Г.Ф.   Мезолит   Средней   Азии   и   Казахстана.   Мезолит   СССР,   М.,
Наука, 1980, с.154.
Лев   Д.Н.   Итоги   работы   археологического   отряда   Самаркандского
госуниверситета   имени   А.Навои   в   1966   году   //   Материалы   по   истории   и
археологии Узбекистана. Труды СамГУ ,  вып.218 . -  Самарканд, 1972 .-  С.3-17.
Матюшин Г.Н. Мезолит Южного Урала. – М.: Наука, 1976.  С. 162.   Рис.44.
Мелентьев   А.Н.   Памятники   сероглазовской   культуры   (неолит   Северного
Прикаспия). - КСИА, 1975, вып.141. 
69 Марков   Г.Е.,   Ҳамрокулиев   С.   Новая   стоянка   оюклинской   культуры   в
Приаралье. М.1978.  
Матюшин Г.Н. Мезолит Южного Урала. М.: 1976.
Матюшин   Г.Н.   О   южных   связях   мезолита   Урала.   В   сб.   Археология   и
этнография Башкирии. Т.2. Уфа, 1964.
  Массон В.М.  Поселение Джейтун (проблемы становления производящей 
экономики). МИА, № 180, 1971.
Марков Г.Е. Грот Дам-Дам чешме 2 в Восточном Прикаспии. – СА, 1966, №2.
Марков   Г.Е.,   Хамракулиев   С.   Новая   стоянка   оюклинской   культуры   в
Северном Прибалханье. Вестник МГУ, история, 1980.  
Низовья Амударьи, Сарыкамыш, Узбой. История формирования и заселения. 
– МХЭ, вып.3. – М., 1960.  
Окладников   А.П.   Исследование   мустьерской   стоянки   и   погребения
неандертальца   в   гроте   Тешик-таш.   Южный   Узбекистан   (Средняя   Азия).   В
кн.: Тешик-Таш. –М., 1949
Окладников А.П. Палеолит и мезолит Средней  Азии. Средняя  Азия  в эпоху
камня и бронзы.- М.Л.,1966.
Парфенов Г.В. Следы древних культур на городище Айртам. ИМКУ, вып.2.,
1961.
Ранов   В.А.,   Юсупов   А.Х.,   Филимонова   Т.Г.   Каменный   инвентарь   стоянки
Дараи   Шур   и   его   культурные   связи.   Культура   первобытной   эпохи
Таджикистана (от мезолита до бронзы). Доныш, Душанбе, 1982, с.5-12
.Ранов В.А. Гиссарская культура: распространение, хронология, экономика.  //
Культура первобытной эпохи Таджикистана. – Душанбе, 1982;  
Ранов В.А   Гиссарская культура – неолит горных областей Средней Азии.   //
Каменной век Северной, Средней и Восточной Азии. – Новосибирск, 1985; ). 
В.А. Памир и проблема заселения высокогорной Азии человеком каменного
века.   «Страны   и   народы   Востока»   вып.ХУ1,   М.,   1975.   Ранов   В.А.,   Юсупов
А.Х.,   Филимонова   Т.Г.   Каменный   инвентарь   стоянки   Дараи   Шур   и   его
культурные связи. Культура первобытной эпохи Таджикистана (от мезолита
до бронзы). Доныш, Душанбе, 1982, с.5-12.Ранов В.А   История Таджикского
народа.   Том   1.   –   Душанбе,   1998. C айфуллаев   Б.К.   палеолит   долины   реки
Зарафшон   и   Северо=Восточных   Кызылкумов//   дисс   к.и.н.
Самарканд,2003.Толстов   С.П.   Древней   Хорезм.   –   М.:   Издательство   МГУ,
70 1948. Формозов А.А.  Проблемы  этнокультурной истории каменного  века на
территории Европейской части России. М., 1977. С.113-129.
Холматов   Н.У.   Тошкент   ва   Зарафшон   ҳавзаси   тош   даври   жамоалари
маданияти   хусусида.   Ўзбекистон   пайтахти   Тошкент   2200   ёшда.   Халқаро
илмий конференция материаллари. Тошкент, 2009.
.
Холматов   Н.У.   Мезолит   низовьев   Зарафшана.   ИМКУ,   30.   2000.
Худойбердиев Р.А. Гречкина Т.Ю. Замича-тош – Новый памятник каменного
века.   Палеоэкология   и   проблемы   первобытной   археологии   Центральной
Азии. ТДК, Самарканд, 1992.
Холматов Н.У.  Ўзбекистон неолит даври жамоаларининг моддий маданияти. 
Ташкент, Фан, 2008.
Холматов Н.У. Мезолит и неолит Нижнего Зарафшана. Ташкент,Фан, 2007.
Холматов   Н.У.   Неолитическая   стоянка   Джангал   1   (новые   данные   о
культурных   контактах   населения   равнин   и   предгорий)   -   Проблемы
взаимосвязи   природы   и   общества   в   каменном   веке   в   Средней   Азии .   –
Т а шкент, 1988; 
Холматов   Н.У.   Ўрта   Осиё   неолит   жамоалари   тарихий-маданий   алоқалари
саҳифасидан   //   Ўзбекистонда   этно-демографик   жараёнлар.   Халқаро
конференция материаллари. 1-қисм. Тошкент, 2005
Худойбердиев Р.А. Гречкина Т.Ю. Замича-тош – Новый памятник каменного
века   //   Палеоэкология   и   проблемы   первобытной   археологии   Центральной
Азии.  -  Самарканд, 1992.
Худойбердиев   Р.А.   Агалик-новая   стоянка   каменного   века   //   Узбекистон   в
древности и средневековье . –  Самарканд , 1992.-С.13-15.
Холматов   Н.У.   Новые   неолитические   памятники   на   староречьях
Зеравшана.  //  Новые открытия в Приаралье, вып. 1, М. ,  1991.  С.4-32; 
Холматов   Н.У.   К   хронологии   келтаминарских   материалов   староречий
Зарафшана. ИМКУ, Вып. 3 4, Самарканд, 2004.  С.17-25.
 
Холматов   Н.У.   Сазоғон   маданияти   ва   Ўзбекистон   неолит   даври   тадқиқоти
муаммолари   //   Ўзбекистон   тарихи   долзарб   муаммолари.   Республика   илмий
анжумани материаллари, 1-қисм. - Самарқанд,2016; 
Холматов   Н.У.   Неолит   Узбекистана:   проблемы   и   перспективы   //«Наука   и
мир». Волгаград, 2018 ;
  Холматов   Н.У.   Неолит   Узбекистана   //   “Global   science   and   innovations   2018
Central   Azia   II»   Международной   научно-практической   конференции.   -
Остана, 2018.- С.548-551; 
71 Холматов   Н.Ў.   Очилғор   макони   маданий   горизонтларининг   конструктив
тузилмалари,   таркибий   элементлари   хусусида   //   Ўзбекистон   археологияси,
№2(3). - Ташкент, 2011
Холматов   Н.У.   Неолитическая   стоянка   Джангал   1   (новые   данные   о
культурных   контактах   населения   равнин   и   предгорий)   //   Проблемы
взаимосвязи природы и общества в каменном веке в Средней Азии . Т а шкент,
1988.
  Холматов   Н.У.   Общее   и   особенное   Центрально   Ферганского   и
Самаркандского   неолита   //   Палеоэкология   и   проблемы   первобытной
археологии Центральной Азии. Самарканд, 1992.  
Холматов   Н.У.   Сазағон   неолитининг   ўзига   хос   қирралари   ва   қўшничилик
маданий   алоқалари   //   Археология,   қадимги   дунё   тарихи   ва   этнография.
Илмий мақолалар тўплами. Самарқанд, 2001. 
Kholmatov N.U. The   neolithik   of   middle   Zerafshan   river // International   Scientific
Journal   Theoretical   &Applied   Science,   №11(67).   - Philadelphia,   USA ,   2018.   –   P.
35-39.
SzumchakK.,   KhudzhanazarovM.   Exploring   the   neolitik   of   theKyzyl-kums
Ajakagytma «thesite» endothercollection.  –  Warshava   university, 2006;
72

O‘zbekiston tosh davri jamoalarining madaniy aloqalari tarixi: tadqiqot muammolari va istiqboli Mundar eja KIRISH ……………………………………………………………………… 4-18 I BOB.O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekiston tosh asri jamoalari moddiy madaniyatining o‘rganilishi tarixi: I.1O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekiston paleolit va mezolit davri jamoalari moddiy madaniyatining o‘rganilishi tarixi: tadqiqot muammolari va istiqboli……………………………………………………………………… 19-29 I.2. O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekiston neolit davri jamoalari moddiy madaniyatining o‘rganilishi tarixi: tadqiqot muammolari va istiqboli………………………………………………………………………30-39 II-BOB. O‘zbekiston tosh asri jamoalarining madaniy aloqalarining tarixi: tadqiqot muammolari va istiqboli II.1. O‘zbekiston paleolit davri jamoalari madaniy aloqalarining tarixi: tadqiqot muammolari va istiqboli………………………………………… 40-4 5 II.2. O‘zbekiston mezolit davri jamoalari madaniy aloqalarining tarixi: tadqiqot muammolari va istiqboli……………………………………… 4 6 -5 2 III-BOB. O‘zbekiston neolit davri jamoalari madaniy aloqalarining tarixi: tadqiqot muammolari va istiqboli III.1. O‘zbekiston neolit davri kaltaminor jamoalari madaniy aloqalarining tarixi: tadqiqot muammolari va istiqboli……………………………….. 5 3 -5 7 III. 2. O‘zbekiston neolit davri Sazog‘on, Markaziy Farg‘ona va UstYurt jamoalari madaniy aloqalarining tarixi: tadqiqot muammolari va istiqboli……………………………………………………………………… 5 8 -6 4 XULOSA…………………………………………………………………… 6 5 -68 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………..….. 69-74 1

KIRISH Magistrlik dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Kishilik tarixi taraqqiyoti ilk bosqichlarinitosh asri o‘z ichiga oladi (3-2 mln- mil avv. IV yillklar). Bu davr tosh qurollarning yasalishi texnikasi va ularga ishlov berilishi usullari, tosh industriyasining o‘ziga xoslik jihatlari, mehnat qurollarining turmushda bajargan funsiyalari asosida o‘z taraqqiyoti bosqichlari ketma-ketligiga ega, ya’ni bular paleolit (3-2 mln- 12 ming yilliklar), mezolit ( 12-7 ming yilliklar) va neolit (6-4 ming yilliklar)tarixiy davrlardan iborat. Tosh asrining har bir tarixiy davrida o‘ziga xos ijtimoiy tuzumi, odamlar turmush tarzi, kundalik xo‘jalik mashg‘ulotlari, mehnat qurollari bo‘lgan, shuningdek, ularda madaniy va iqtisodiy ixtiro va kashfiyotlari ro‘y bergan. Odamzod ilk jamiyatida ular hali tabiatga to‘la qaramliligi bilan xarakterlanadi. Lekin, vaqt o‘tishi bilan inson va tabiatning o‘zaro aloqadorligi masalasi mazmunan o‘ta dolzarb ahamiyat kasb etadi.Bu aloqadorlik tarixiy davrlarda o‘ziga xoslikni tashkil etib, ularning har birida inson tomonidan yaratilgan ixtiro va kashfiyotlar, ya’ni o‘z davri uchun innovatsiyalar bilan xarakterlanadi. Masalan, tosh qurollarining odamzod tomonidan kashf etilishining o‘zi o‘z davri uchun buYuk innovatsion faoliyat edi. Sun’iy olovning kashf etilishi esa, so‘zsiz, insonlar turmushida, o‘zining biologik jihatdan takomillashuvida (pishgan ovqatlarni tanovul qilishi), uning jamiyatida muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etgan. Magistrlik dissertatsiya uchun tanlagan mavzumiz O‘rta Osiyo miqyosida tosh asri taraqqiyoti bosqichlarida madaniy aloqalar va odamzod tomonidan yaratilgan moddiy madaniyatning kelib chiqishi tarixiy ildizlariga bag‘ishlanadi. Bu mavzuni biz be’jizga tanlamaganmiz. Sababi, tadqiqotlar ko‘rsatishicha, so‘nggi paleolit davridan e’tiboran etnos, etnik birikmalar shakllana borganligi haqida ma’lumotlar bor. Ma’lumki, kishilik tarixi ibtidoiy davri, xususan tosh asri jamoalari ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy taraqqiyotini o‘rganishda etnik jamoalari, etnomadaniyat, etnogenetik jarayonlar masalasi dolzarbdir. Aniqrog‘i, 2

etnogenetik jarayonlar tosh asrining qaysi taraqqiyot bosqichiga oid degan masala mutaxassislar diqqat markazida bo‘lgan va hanuzgacha tadqiqot ob’ekti bo‘lib kelmoqda. Nima uchun shunday, sababi etnik birikma jamoalarning mustaqil madaniyati demakdir. Demak, dissertatsiyamizning mazmuni O‘rta Osiyo tosh asri jamoalari madaniyatining shakllanishi va rivojining tarixiy ildizlari, madaniy aloqalarga bag‘ishlangan ekan, buni yoritishda so‘zsiz, tadqiqotlarda aniqlangan va mustaqil madaniyat sifatida paleolit,mezolit va neolit davrlar uchun ilmiy asoslangan arxeologik madaniyatlarning o‘rni va ahamiyati katta. Sababi shu O‘rta Osiyo sarhadlari miqyosida tosh asri tarixiy davrlari kesimidagi ushbu madaniyatlarningkelib chiqishi tarixiy ildizlari, madaniy aloqalarni biz o‘z ishimizda yoritib, eng so‘nggi arxeologik tadqiqotlarda qo‘lga kiritilgan manba, ma’lumotlar asosida ilmiy asoslab berishimiz lozim. Bunda madaniyatlar shakllanishi avtoxton xarakteri muhim ahamiyat kasb etadi O‘rta Osiyo miqyosida paleolit davri, xususan Zarafshon, Farg‘ona, Surxon va Toshkent vohasi paleolit davri jamoalarining madaniyati, mezolit davriga oid Obishir (Farg‘ona vohasida), Vaxsh (Tojikiston hududida), Aydabol (UstYurt palotasida) kabi madaniyatlar, neolit davriga oid Joyitun (Janubiy Turkmaniston), Kaltaminor (Amudaryo va Zarafshon daryosi Quyi oqimlari, Qizilqumda) Hisor (Tojikiston sarhadlarida), Markaziy Farg‘ona (Farg‘ona vodiysida), Sazog‘on (O‘rta Zarafshon vohasida) UstYurt neolit madaniyati kabi tosh asri jamoalariga tegishli madaniyatlar mavjud va tadqiq etilgan. Ushbu madaniyatlar kelib chiqishi tarixiy ildizlari, jamoalar madaniy aloqalari ishda yoritiladi. Ta’kidlash joizki, hozirgi kunda kishilik tarixi taraqqiyotining ilk bosqichlarini o‘z ichiga oluvchi butun bir davr, ya’ni O‘rta Osiyoda tosh asri tarixi, tarixshunosligi xususan, antropogenez jarayoni, inson va tabiatning o‘zaro aloqadorligi, tosh asrining davrlashtirilishi va tarixiy bosqichlarning o‘ziga xos xususiyatlari, davr yodgorliklarining xronologik doirasi va mustaqil arxeologik madaniyatlari, jamoalar moddiy madaniyati, odamlar turmush tarzi, kunlik mashg‘ulotlari, mehnat qurollari va ularning evolYusiyasi, xo‘jalik va madaniy ixtiro, kashfiyotlar, 3

aholining mafkuraviy qarashlari ma’naviy kechinmalari, diniy tasavvurlari, ibtidoiy san’at, etnos, etnomadaniy qiyofasi va antropologik tiplar, shu davrda ro‘y bergan ijtimoiy- iqtisodiy Yuksalishlar, urug‘chilik jamoa tuzumining shakllanishi va rivoji, ikki xo‘jalik va madaniy tiplar, ya’ni o‘zlashtirma xo‘jalik va ishlab chiqarish iqtisodiyotiga asoslangan jamoalar madaniyati, iqtisodiy va madaniy aloqalar, madaniyatlar kelib chiqishi tarixiy ildizlari haqida keyingi yillar tadqiqotlarida muhim natijalarga erishilmoqda. Bizning mazkur dissertatsiyamizning mazmuni va uning yozilishi keyingi uch o‘n yilliklar davomida O‘rta Osiyoda, shu jumladan O‘zbekiston hududida tosh asri yodgorliklari tadqiqotida qo‘lga kiritilgan kashfiyotlar, zamonaviy yondoshuvlar asosida katta hajmdagi arxeologik manbalar tahlili bo‘yicha chiqarilgan xulosalarga tayanilgani bilan xarakterlanadi. Ma’lumki, Respublikamiz mustaqilligi yillarida tosh asri yodgorliklari tadqiqotida jahonning nufuzli ilmiy markazlari bilan hamkorliklar yo‘lga qo‘yildi, xalqaro arxeologik qo‘shma ekspeditsiyalar (O‘zbekiston-Rossiya, O‘zbekiston-Polsha, O‘zbekiston-Fransiya, O‘zbekiston-Xitoy kabi) faoliyat ko‘rsatdi, zamonaviy metodikalar qo‘llanildi, taniqli xorij mutaxassislari ishtirok etishdi. Magistrlik dissertatsiyamiz mavzusining dolzarbligi quyidagilar bilan belgilanadi. O‘rta Osiyo hududi sharq dunyosida qadimgi madaniyat markazlaridan biri hisoblanadi. Bu madaniyatning jonli guvohlari bo‘lgan tarixiy madaniy yodgorliklar ko‘plab tadqiq etilgan. Jumladan, kishilik tarixi tosh asriga oid yodgorliklar tadqiqotida qo‘lga kiritilgan ashyolar o‘sha davr jamoalari ijtimoiy tuzumi, kunlik turmush tarzi, mashg‘ulotlari, ma’naviy kechinmalari, o‘zaro qo‘ni- qo‘shnichilik madaniy aloqalari to‘g‘risida qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi. Xususan, tosh davri jamoalarining madaniy aloqalari ibtidoiy davr madaniyatini o‘rganishda dolzarb masalalardan biridir. Dastlab A.P.Okladnikov tomonidan bu masalaga e’tibor qaratilgan bo‘lsa, keyinchalik S.P.Tolstov, A.V.Vinogradov, V.A.Ranov, U.Islomov, M.Jo‘raqulov, E.Bijanov kabi olimlar ham o‘z tadqiqotlarida O‘rta Osiyo tosh davri jamoalari o‘zaro madaniy aloqalari to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar keltirishganlar. Jumladan, U.Islomov Farg‘ona 4

vohasi neolit davri jamoalarining Markaziy va Janubiy Tojikiston xududi Hisor neolit jamoalari madaniyatiga o‘xshashligi, V.A.Ranov o‘z navbatida Hisor neolit jamoalarining Farg‘ona, Zarafshon vohasi va Shimoliy Afg‘oniston hududi neolit jamoalari bilan madaniy aloqalari to‘g‘risida qiziqarli faktlar keltirgan. M. Jo‘raqulov O‘rta Zarafshon vohasi Sazog‘on neolit jamoalarining Tojikiston hududi Hisor jamoalari, Farg‘ona vohasi Markaziy Farg‘ona neolit jamoalari, S.P.Tolstov, A.V.Vinogradovlar Xorazm hududi kaltaminor jamoalarining Janubiy Turkmaniston va Yaqin Sharq hududi neolit jamoalari o‘zaro qo‘ni qo‘shnichilik madaniy aloqalari borasida qimmatli ma’lumotlar keltirishadi. E.Bijanov Usturt tosh davri jamoalarining Xorazm, Sharqiy Kaspiybo‘yi, Janubiy Turkmaniston, Yaqin Sharq hududi jamoalari bilan yaqindan madaniy aloqada bo‘lib yashaganliklari to‘g‘risida o‘z tadqiqotida ma’lumotlar keltirgan. Bu madaniy aloqalar tosh asriga oid yodgorliklar tosh industriyasi, tosh qurollari shakli, ishlov berilishi usullari, tosh qurollari yasalish xom ashyolari, turar joylari, qabrlari, sopol idishlari va ularga ishlangan naqshlarida namoyon bo‘lgan. Demakkim, odamzod qadimdan ma’lum bir hudud bilan chegaralanib yashab qolmasdan, balkim ular oziq-ovqat topish ilinjida yoki tosh qurollari yasash uchun xom ashyolar izlashib boshqa joylarga borib qolishganlar va u joydagi jamoalar madaniyatining ba’zi jihatlarini o‘zlashtirib olishganlar, aksincha ular madaniyatiga ta’sir ko‘rsatganlar. Bunday madaniy aloqalar so‘zsiz jamoalar tomonidan yaratilgan madaniyatlarda shu tariqa o‘z aksini topgan. Xulosa shuki, O‘rta Osiyo hududida kishilik tarixi taraqqiyoti ilk bosqichini o‘z ichiga olgan tosh davridanoq jamoalar o‘rtasida o‘zaro qo‘ni qo‘shnichilik madaniy aloqalari bo‘lgan ekan. Bu madaniy aloqalar tarixiy taraqqiyot keyingi bosqichlarida ham uzluksiz davom etgan va u xalqlarning urf-odati, turmush tarzi, xo‘jalik mashg‘ulotlari, diniy e’tiqodlari, san’ati, bayramlarida umumiylikni keltirib chiqarganki, elat va xalqlarning kelib chiqish ildizini ham chirmashtirib Yuborgan. Bunga O‘rta Osiyo hududida yashovchi o‘zbek, tojik, qozoq, qirg‘iz, turkman xalqlari tom ma’noda misol bo‘ladi. 5