O‘rta Osiyo ibtidoiy davri turar-joylari tadqiqot muammolari va istiqboli
O‘rta Osiyo ibtidoiy davri turar-joylari: tadqiqot muammolari va istiqboli Mundarija Kirish … ……………………………………………………………………….4-20 I Bob. O‘rta Osiyo ibtidoiy davri jamoalari moddiy madaniyati va u ning o‘rganilishi tarixi 1.1. O‘rta Osiyo paleolit va mezolit davri jamoalari moddiy madaniyati va uning o‘rganilishi tarixi ..………………………………………………………21-30 1.2. O‘rta Osiyo neolit davri jamoalari moddiy madaniyati va uning o‘rganilishi tarixi . … ……………………………………………………………..….31-38 1.3. O‘rta Osiyo eneolit va jez davri jamoalari moddiy madaniyati va uning o‘rganilishi tarixi .. … ……………………………………………..…….38-49 II Bob. O‘rta Osiyo tosh davri jamoalarining turar-joylari: tadqiqot muammolari va istiqboli 2.1. O‘rta Osiyo paleolit va mezolit davri jamoalarining turar-joylari: tadqiqot muammolari va istiqboli.……………......................................………………. 50 - 54 2.2. O‘rta Osiyo neolit davri jamoalarining turar-joylari: tadqiqot muammolari va istiqboli.……………..................................................................……………… 55 - 62 III B ob. O‘rta Osiyo eneolit va jez davri jamoalarining turar-joylari: tadqiqot muammolari va istiqboli 3.1 O‘rta Osiyo eneolit davri jamoalarining turar-joylari: tadqiqot muammolari va istiqboli .………………………………………………………………………..63-69 3.2 O‘rta Osiyo jez davri jamoalarining turar-joylari: tadqiqot muammolari va istiqboli .………………………..………………………………………………70-78 Xulosa…………………………………………………………………………79-83 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.………………………………...………84-89 Ilova: Xaritalar. Rasmlar.
KIRISH Magistrlik dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi: Kishilik tarixi taraqqiyoti ilk bosqichlarini tosh asri o‘z ichiga oladi (3-2 mln- mil avv. IV yilliklar). Bu davr tosh qurollarning yasalishi texnikasi va ularga ishlov berilishi usullari, tosh industriyasining o‘ziga xoslik jihatlari, mehnat qurollarining turmushda bajargan funsiyalari asosida o‘z taraqqiyoti bosqichlari ketma-ketligiga ega, ya’ni bular paleolit (3-2 mln- 12 ming yilliklar), mezolit ( 12-7 ming yilliklar) va neolit (6-4 ming yilliklar)tarixiy davrlardan iborat. Tosh asrining har bir tarixiy davrida o‘ziga xos ijtimoiy tuzumi, odamlar turmush tarzi, kundalik va xo‘jalik mashg‘ulotlari, mehnat qurollari bo‘lgan, shuningdek, ularda madaniy va iqtisodiy ixtiro va kashfiyotlari ro‘y bergan. Odamzod ilk jamiyatida ular hali tabiatga to‘la qaramliligi bilan xarakterlanadi. Lekin, vaqt o‘tishi bilan inson va tabiatning o‘zaro aloqadorligi masalasi mazmunan o‘ta dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bu aloqadorlik tarixiy davrlarda o‘ziga xoslikni tashkil etib, ularning har birida inson tomonidan yaratilgan ixtiro va kashfiyotlar, ya’ni o‘z davri uchun innovatsiyalar bilan xarakterlanadi. Masalan, tosh qurollarining odamzod tomonidan kashf etilishining o‘zi o‘z davri uchun buyuk innovatsion faoliyat edi. Sun’iy olovning kashf etilishi esa, so‘zsiz, insonlar turmushida, o‘zining biologik jihatdan takomillashuvida (pishgan ovqatlarni tanovul qilishi), uning jamiyatida muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etgan. Turar-joylarni qura boshlagani ham o‘z davri uchun muhim innovatsiyalar bo‘lib, endi odamzod tabiatga qaramlikdan qutiladi va asta-sekinlik bilan muqim yashash turmush tarziga o‘tishiga imkon beradi Magistrlik dissertatsiya uchun tanlagan mavzumiz O‘rta Osiyo miqyosida tosh asri taraqqiyoti bosqichlarida odamzod tomonidan yaratilgan turar-joylar va ularning ijtimoiy ahamiyati masalalariga bag‘ishlangan. Mavzuning asoslanishi o‘tmish tariximizni yoritishda birlamchi manba sifatida kasb etiluvchi turar-joylar tadqiqoti natijalariga tayaniladi. Bu mavzuni biz be’jizga tanlamaganmiz. Sababi, tadqiqotlar ko‘rsatishicha, so‘nggi paleolit davridan e’tiboran turar-joylar qurila boshlagan va shu hududiy chegara bilan bog‘liq holda yashovchi etnik birikmalar shakllana borganligi haqida ma’lumotlar bor. O‘rta Osiyo sarhadlari miqyosida 2
ibtidoiy davr jamoalari turar-joylarini biz o‘z ishimizda yoritib, eng so‘nggi arxeologik tadqiqotlarda qo‘lga kiritilgan manba, ma’lumotlar asosida ilmiy asoslab berishimiz lozim. Bunda madaniyatlar shakllanishi avtoxton xarakteri muhim ahamiyat kasb etadi. O‘rta Osiyo miqyosida paleolit davri, xususan Zarafshon, Farg‘ona, Surxon va Toshkent vohasi paleolit davri jamoalarining madaniyati, mezolit davriga oid Obishir (Farg‘ona vohasida), Vaxsh (Tojikiston hududida), Aydabol (Ustyurt palotasida) kabi madaniyatlar, neolit davriga oid Joyitun (Janubiy Turkmaniston), Kaltaminor (Amudaryo va Zarafshon daryosi Quyi oqimlari, Qizilqumda) Hisor (Tojikiston sarhadlarida), Markaziy Farg‘ona (Farg‘ona vodiysida), Sazog‘on (O‘rta Zarafshon vohasida) Ustyurt neolit madaniyati, O‘zbekisto va Turkmaniston, Tojikiston janubiy sarhadlarida Sopolli, Namozgoh va Vaxsh jez davri kabi ibtidoiy davr jamoalariga tegishli madaniyatlar mavjud va tadqiq etilgan. Ushbu madaniyatlarda tadqiq etilgan turar-joylar natijalari ishda yoritiladi. O‘rta Osiyo sarhadlari miqyosida ibtidoiy davr jamoalari turar-joylarini biz o‘z ishimizda yoritib, eng so‘nggi arxeologik tadqiqotlarda qo‘lga kiritilgan manba, ma’lumotlar asosida ilmiy asoslab berishimiz lozim. Bunda madaniyatlar shakllanishi avtoxton xarakteri muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, kishilik tarixi ibtidoiy davri jamoalari ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy taraqqiyotini o‘rganishda turar-joylarning ijtimoiy ahamiyati masalasi dolzarbdir. Sababi, dastlabki turar-joylar, garchi primitiv holatda bo‘lsada (yerto‘la va yarim yerto‘la ko‘rinishida), lekin bu turar-joylar asosida aholi muqim yashaydigan qishloqlar yuzaga kelgan, obod qishloqlar asosida daryo vohalarida shaharsozlik madaniyati va dastlabki davlat uyushmalarining shakllari paydo bo‘lganki, bu so‘zsiz qadimgi sivilizatsiyalar shakllanishiga asos bergan. Shu jihatdan mavzumiz dolzarbligi ham belgilanadi. Bu esa ayni kunda, Mustaqil Respublikamizda ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan madaniy merosni o‘rganish va u bilan jahon hamjamiyatini tanishtirishdek ustvor masalaning yechimida o‘ziga ahamiyat kasb etishi bilan ham mavzumiz dolzarbdir. Magistrlik dissertatsiyamiz mavzusining dolzarbligi quyidagilar bilan belgilanadi. Keyingi yillarda O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekistonda xalqimizning 3
o‘tmish tarixi, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan madaniy merosni chuqur o‘rganish va uni jahon hamjamiyatiga taqdim etish ishlariga katta e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1998 yil yozida Respublikamizning taniqli tarixchi, arxeolog olimlari bilan uchrashganida haqqoniy tariximiz faqat birlamchi manbalar asosida yaratilishini alohida ta’kidladi. Shu nuqtai nazardan bizning magistrlik dissertatsiyamiz uchun tanlagan mavzumiz dolzarbligi belgilanadi. Sababi, dissertatsion tadqiqotimiz manbaviy asosi faqat birlamchi manbalarga asoslanadi. Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan asos solingan, muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan izchillik bilan amalga oshirilayotgan taraqqiyotimizning “o‘zbek modeli”ni dunyo hamjamiyati tan oldi. 2016 yil 4 dekabrda yangi saylangan Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev o‘zining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi nutqida taraqqiyot yo‘limiz borasida to‘xtalib, quyidagilarni ta’kidladi: “Biz muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov boshlab bergan keng ko‘lamli siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar yo‘lini og‘ishmasdan, qat’iy va izchil davom ettiramiz. Bu yo‘l – erkin, demokratik, insonparvar davlat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, Vatanimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish va yanada ravnaq toptirishning mustahkam zaminidir" 1 . Shuningdek, madaniy merosimizni tadqiq etishning huquqiy asoslari yaratila boshlandi. Konstitutsiyamizning 49-moddasida fuqoralar O‘zbekiston xalqining tarixiy, madaniy va ma’naviy merosini avaylab asrashga majburligi, madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasida ekanligi belgilab qo‘yildi. 2001 yilda « Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida » , 2009 yil 16-iyunda « Arxeologiya merosi 1 «Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз” Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқи . // Халқ сўзи, 2016 йил, 15 декабрь . 4
obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida » gi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 17 yanvardagi “Moddiy madaniy va arxeologik meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi F-5181-son farmoyishi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi 21 sentabr 2019 yil 792-sonli qarori shular jumlasidandir. Madaniy meros obyektlaridan foydalanish borasidagi farmoyishlarning ijrosi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Ma’naviyat va tarix, arxeologiya yo‘nalishlaridagi darsni o‘quv yili davomida muzeylar, madaniy meros obyektlarida tizimli olib borilishini ta’minlashning qo‘shma chora-tadbirlari rejasining (2019 yil 7 dekabr,№ 87-03- 4783) ishlab chiqilganligi ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini amalga oshirishda dasturi amal bo‘ldi. Bizning mazkur dissertatsiyamizning mazmuni va uning yozilishi keyingi uch o‘n yilliklar davomida O‘rta Osiyoda, shu jumladan O‘zbekiston hududida tosh asri yodgorliklari tadqiqotida qo‘lga kiritilgan kashfiyotlar, zamonaviy yondoshuvlar asosida katta hajmdagi arxeologik manbalar tahlili bo‘yicha chiqarilgan xulosalarga tayanilgani bilan xarakterlanadi. Ma’lumki, Respublikamiz mustaqilligi yillarida tosh asri yodgorliklari tadqiqotida jahonning nufuzli ilmiy markazlari bilan hamkorliklar yo‘lga qo‘yildi, xalqaro arxeologik qo‘shma ekspeditsiyalar (O‘zbekiston-Rossiya, O‘zbekiston-Polsha, O‘zbekiston-Fransiya, O‘zbekiston-Xitoy kabi) faoliyat ko‘rsatdi, zamonaviy metodikalar qo‘llanildi, taniqli xorij mutaxassislari ishtirok etishdi. Mavzuning o‘rganilganligi darajasi : O‘rta Osiyo tosh asri so‘nggi paleolit davri jamoalari turmushida turar-joylar qurilganligi haqida ma’lumotlar qo‘lga kiritilgan. Bu manba va ma’lumotlar Samarqand so‘nggi paleolit makoni qazishmalariga taalluqli hisoblanadi. Mezolit davriga oid turar-joylar Tojikistonning Say-Sayyod, Tutqovul yodgorliklarida o‘rganilgan. Ko‘p sonli turar-joy ma’lumotlari neolit davri yodgorliklari qazilmalarida qo‘lga kiritilgan. 5