Zarafshon vohasi mezoliti tadqiqot muammolari va istiqboli
Zarafshon vohasi mezoliti: tadqiqot muammolari va istiqboli. REJA: KIRISH: ASOSIY QISM: I BOB. Zarafshon vohasi mezolit davri o’rganilish tarixi, tadqiqot muammolari va istiqboli. 1. Zarafshon vohasi paleolit , mezolit davri o’rganilish tarixi, tadqiqot muammolari va istiqboli. 2. Zarafshon vohasi neolit davri o’rganilish tarixi, tadqiqot muammolari va istiqboli. II BOB. Zarafshon vohasi mezolit davri o’rganilishi va ular tadqiqoti natijalari. 1. Zarafshon vohasi mezolit davri yodgorliklari. 2. Zarafshon vohasi mezolit davri yodgorliklari tadqiqotlari natijalari. III BOB. Zarafshon vohasi mezolit davri jamoalari moddiy madaniyatining o’ziga xos xususiyatlari. 1. Zarafshon vohasi mezolit davri jamoalari moddiy madaniyatining o’ziga xos xususiyatlari. 2. Zarafshon vohasi mezolit davri jamoalarining kunlik turmush tarzi, ijtimoiy xayoti, xo’jalik mashxulotlari,ma’naviy kechinmalari, madaniy aloqalari. 3. Zarafshon vohasi mezolit davri jamoalari madaniyatining genezi. XULOSA. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI. ILOVA.
KIRISh Magistrlik dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Kishilik tarixi taraqqiyoti ilk bosqichlarinitosh asri o‘z ichiga oladi (3-2 mln- mil avv. IV yillklar). Bu davr tosh qurollarning yasalishi texnikasi va ularga ishlov berilishi usullari, tosh industriyasining o‘ziga xoslik jihatlari, mehnat qurollarining turmushda bajargan funsiyalari asosida o‘z taraqqiyoti bosqichlari ketma-ketligiga ega, ya’ni bular paleolit (3-2 mln- 12 ming yilliklar), mezolit ( 12-7 ming yilliklar) va neolit (6-4 ming yilliklar)tarixiy davrlardan iborat. Tosh asrining har bir tarixiy davrida o‘ziga xos ijtimoiy tuzumi, odamlar turmush tarzi, kundalik xo‘jalik mashg‘ulotlari, mehnat qurollari bo‘lgan, shuningdek, ularda madaniy va iqtisodiy ixtiro va kashfiyotlari ro‘y bergan. Odamzod ilk jamiyatida ular hali tabiatga to‘la qaramliligi bilan xarakterlanadi. Lekin, vaqt o‘tishi bilan inson va tabiatning o‘zaro aloqadorligi masalasi mazmunan o‘ta dolzarb ahamiyat kasb etadi.Bu aloqadorlik tarixiy davrlarda o‘ziga xoslikni tashkil etib, ularning har birida inson tomonidan yaratilgan ixtiro va kashfiyotlar, ya’ni o‘z davri uchun innovatsiyalar bilan xarakterlanadi. Masalan, tosh qurollarining odamzod tomonidan kashf etilishining o‘zi o‘z davri uchun buyuk innovatsion faoliyat edi. Sun’iy olovning kashf etilishi esa, so‘zsiz, insonlar turmushida, o‘zining biologik jihatdan takomillashuvida (pishgan ovqatlarni tanovul qilishi), uning jamiyatida muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etgan. Magistrlik dissertatsiya uchun tanlagan mavzumiz O‘rta Osiyo miqyosida tosh asri xususan Zarafshon voxasi mezolit davri taraqqiyoti bosqichlarida madaniy aloqalar va odamzod tomonidan yaratilgan moddiy madaniyatning kelib chiqishi tarixiy ildizlariga bag‘ishlanadi. Bu mavzuni biz be’jizga tanlamaganmiz. Sababi, tadqiqotlar ko‘rsatishicha, mezolit davri davridan e’tiboran etnos, etnik birikmalar shakllana borganligi haqida ma’lumotlar bor. Ma’lumki, kishilik tarixi ibtidoiy davri, xususan tosh asri jamoalari ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy taraqqiyotini o‘rganishda etnik jamoalari, etnomadaniyat, etnogenetik jarayonlar masalasi dolzarbdir. Aniqrog‘i, etnogenetik jarayonlar tosh asrining qaysi
taraqqiyot bosqichiga oid degan masala mutaxassislar diqqat markazida bo‘lgan va hanuzgacha tadqiqot ob’ekti bo‘lib kelmoqda. Nima uchun shunday, sababi etnik birikma jamoalarning mustaqil madaniyati demakdir. Demak, dissertatsiyamizning mazmuni O‘rta Osiyo tosh asri jamoalari, xususan Zarafshon voxasi mezolit davri madaniyatining shakllanishi va rivojining tarixiy ildizlari, madaniy aloqalarga bag‘ishlangan ekan, buni yoritishda so‘zsiz, tadqiqotlarda aniqlangan va mustaqil madaniyat sifatida paleolit,mezolit va neolit davrlar uchun ilmiy asoslangan arxeologik madaniyatlarning o‘rni va ahamiyati katta. Sababi shu O‘rta Osiyo sarhadlari miqyosida tosh asri tarixiy davrlari kesimidagi ushbu madaniyatlarningkelib chiqishi tarixiy ildizlari, madaniy aloqalarni biz o‘z ishimizda yoritib, eng so‘nggi arxeologik tadqiqotlarda qo‘lga kiritilgan manba, ma’lumotlar asosida ilmiy asoslab berishimiz lozim. Bunda madaniyatlar shakllanishi avtoxton xarakteri muhim ahamiyat kasb etadi. O‘rta Osiyo miqyosida paleolit davri, xususan Zarafshon, Farg‘ona, Surxon va Toshkent vohasi paleolit davri jamoalarining madaniyati, mezolit davriga oid Obishir (Farg‘ona vohasida), Vaxsh (Tojikiston hududida), Aydabol (Ustyurt palotasida) kabi madaniyatlar, neolit davriga oid Joyitun (Janubiy Turkmaniston), Kaltaminor (Amudaryo va Zarafshon daryosi Quyi oqimlari, Qizilqumda) Hisor (Tojikiston sarhadlarida), Markaziy Farg‘ona (Farg‘ona vodiysida), Sazog‘on (O‘rta Zarafshon vohasida) Ustyurt neolit madaniyati kabi tosh asri jamoalariga tegishli madaniyatlar mavjud va tadqiq etilgan. Ushbu madaniyatlar kelib chiqishi tarixiy ildizlari, jamoalar madaniy aloqalari ishda yoritiladi. Ta’kidlash joizki, hozirgi kunda kishilik tarixi taraqqiyotining ilk bosqichlarini o‘z ichiga oluvchi butun bir davr, ya’ni O‘rta Osiyoda tosh asri xususan Zarafshon voxasi mezolit davri tarixi, tarixshunosligi xususan, antropogenez jarayoni, inson va tabiatning o‘zaro aloqadorligi, tosh asrining davrlashtirilishi va tarixiy bosqichlarning o‘ziga xos xususiyatlari, davr yodgorliklarining xronologik doirasi va mustaqil arxeologik madaniyatlari, jamoalar moddiy madaniyati, odamlar turmush tarzi, kunlik mashg‘ulotlari, mehnat qurollari va ularning evolyusiyasi, xo‘jalik va madaniy ixtiro, kashfiyotlar, aholining mafkuraviy qarashlari ma’naviy kechinmalari, diniy
tasavvurlari, ibtidoiy san’at, etnos, etnomadaniy qiyofasi va antropologik tiplar, shu davrda ro‘y bergan ijtimoiy- iqtisodiy yuksalishlar, urug‘chilik jamoa tuzumining shakllanishi va rivoji, ikki xo‘jalik va madaniy tiplar, ya’ni o‘zlashtirma xo‘jalik va ishlab chiqarish iqtisodiyotiga asoslangan jamoalar madaniyati, iqtisodiy va madaniy aloqalar, madaniyatlar kelib chiqishi tarixiy ildizlari haqida keyingi yillar tadqiqotlarida muhim natijalarga erishilmoqda. Bizning mazkur dissertatsiyamizning mazmuni va uning yozilishi keyingi uch o‘n yilliklar davomida O‘rta Osiyoda, shu jumladan O‘zbekiston hududida Zarafshon voxasi mezolit davri yodgorliklari tadqiqotida qo‘lga kiritilgan kashfiyotlar, zamonaviy yondoshuvlar asosida katta hajmdagi arxeologik manbalar tahlili bo‘yicha chiqarilgan xulosalarga tayanilgani bilan xarakterlanadi. Ma’lumki, Respublikamiz mustaqilligi yillarida tosh asri yodgorliklari tadqiqotida jahonning nufuzli ilmiy markazlari bilan hamkorliklar yo‘lga qo‘yildi, xalqaro arxeologik qo‘shma ekspeditsiyalar (O‘zbekiston-Rossiya, O‘zbekiston-Polsha, O‘zbekiston- Fransiya, O‘zbekiston-Xitoy kabi) faoliyat ko‘rsatdi, zamonaviy metodikalar qo‘llanildi, taniqli xorij mutaxassislari ishtirok etishdi. Magistrlik dissertatsiyamiz mavzusining dolzarbligi quyidagilar bilan belgilanadi. Keyingi yillarda O‘rta Osiyo, xususan Zarafshon voxasi mezolit davrida xalqimizning o‘tmish tarixi, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan madaniy merosni chuqur o‘rganish va uni jahon hamjamiyatiga taqdim etish ishlariga katta e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1998 yil yozida Respublikamizning taniqli tarixchi, arxeolog olimlari bilan uchrashganida haqqoniy tariximiz faqat birlamchi manbalar asosida yaratilishini alohida ta’kidladi. Shu nuqtai nazardan bizning magistrlik dissertatsiyamiz uchun tanlagan mavzumiz dolzarbligi belgilanadi. Sababi, dissertatsion tadqiqotimiz manbaviy asosi faqat birlamchi manbalarga asoslanadi. Moddiy, madaniy va arxeologik meros ob’ektlari tadqiqoti borasida jahonning yetuk ilmiy markazlari bilan hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilib, xalqaro arxeologik
ekspeditsiyalar faoliyat ko‘rsata boshladi. Tosh davri, xususan mezolit, neolit davri jamoalari madaniyatini o‘rganishda O‘zbekiston-Rossiya, O‘zbekiston-Polsha, O‘zbekiston-Fransiya kabi xalqaro arxeologik ekspeditsiyalarining tadqiqotlari natijalari muhim ahamiyat kasb etdi. Xususan, arxeologik tadqiqotlarda zamonaviy uslublar, asbob uskanalar qo‘llanila boshladi. Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan asos solingan, muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tomonidan izchillik bilan amalga oshirilayotgan taraqqiyotimizning “o‘zbek modeli”ni dunyo hamjamiyati tan oldi. 2016 yil 4 dekabrda yangi saylangan Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoev o‘zining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi nutqida taraqqiyot yo‘limiz borasida to‘xtalib, quyidagilarni ta’kidladi: “B iz muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimov boshlab bergan keng ko‘lamli siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar yo‘lini og‘ishmasdan, qat’iy va izchil davom ettiramiz. Bu yo‘l – erkin, demokratik, insonparvar davlat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, Vatanimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish va yanada ravnaq toptirishning mustahkam zaminidir" 1 . Shuningdek, madaniy merosimizni tadqiq etishning huquqiy asoslari yaratila boshlandi. Konstitutsiyamizning 49-moddasida fuqoralar O‘zbekiston xalqining tarixiy, madaniy va ma’naviy merosini avaylab asrashga majburligi, madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasida ekanligi belgilab qo‘yildi. 2001 yilda «Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida», 2009 yil 16 iyunda «Arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida» gi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 17 yanvardagi “Moddiy madaniy va arxeologik meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi F-5181-son farmoyishi, O‘zbekiston Respublikasi VMsining 1 «Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз” Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқи . // Халқ сўзи, 2016 йил, 15 декабрь .