Zarafshon vohasi bronza davri
Mavzu: Zarafshon vohasi bronza davri 1. Zarafshon vohasi bronza davri o‘rganilishi tarixi 2. Zarafshon vohasi bronza davri asosiy yodgorliklari va ular tadqiqoti natijalari 3. Zarafshon vohasi bronza davri jamoalari moddiy madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari
Zarafshon vohasi bronza davrida. Zamonbobo madaniyati. Zomonbobo manzilgohi yarim er uylarning konstruksiyasi. Zamonbobo qabristoni. Dafn marosimlari. Zamonbobo madaniyati jamoasi xo‘jaligi va moddiy madaniyati. Kulolchilik. Bronza buyumlari. Tosh qurollari. Xo‘jalik xususiyatlari. Sarazm madaniyati bronza davrida. Uy-joy imoratlari va ibodatxona inshootlari. Hunarmandchilik taraqqiyoti. Sopol buyumlar bezaklarining murkablashib borishi. Bronza va toshdan ishlangan buyumlar. To‘qay yodgorligi bronza davri metallurglari manzilgohi. Zarcha Xalifa mozorlari So‘g‘d hududlaridagi madaniy aloqalarning namunasi sifatida. O‘rta Osiyoning dasht va tog‘ oldi hududlarida chorvador va yarim dexqon xo‘jaligining shakllanishi. Dashti Qozi, Mo‘minobod, CHakka va boshqa mozorlar. Kuzatuv buyumlari. Qadimda Sug‘diyona deb nomlangan tarixiy-madaniy o‘lka hozirgi Samarqand, Navoiy, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarini tashkil etadi. Bu ona zaminning tarkib topishi, rivojlanishi va gullashida Zarafshon va Qashqadaryo daryolarining o‘rni beqiyos va benazirdir. Ana shu ikki daryo suvlari asosida juda qadim zamonlarda Sug‘d bobo dehqonlarining qishloqlari va shaharlari qad ko‘targan. Zarafshonning yuqori va o‘rta havzalarida ilk temir davriga kelib, Avesto turlari sekin-asta o‘troq hayotga o‘ta boshlaydilar. Zarafshon va Qashqadaryo havzalarida o‘troqlashgan bu saklar Sarazm madaniyati avlodlari bilan qorishib, Avestoda “Gova Sug‘uda”deb atalgan tarixiy viloyatning o‘troq sug‘diylar aholisini tashkil etgan. Ular yashagan vohalar esa tarixda “Sug‘diyona” deb ataldi. SHunday qilib, so‘nggi bronza va ilk temir davrida yana bir madaniy- xo‘jalik markazi, ya’ni Sug‘diyona viloyati tarkib topadi, uning qadimgi dehqonchilik xo‘jaliklari bilan shug‘ullangan etnik qatlamining izlari Zarafshon vodiysining Ko‘ktepa, Afrosiyob, Xo‘ja Bo‘ston, Qozimontepa yodgorliklarining quyi qatlamlari, Qalqan ota mozor qo‘rg‘onlari, Qashqadaryo vohasida Uzunqir, Daratepa va Sangirtepa kabi yodgorliklar misolida o‘rganilgan. YAqingacha Sug‘dning bosh shaharlari Samarqand va Buxoroni ilk shahar madaniyatining tarixiy ildizlari qaysi davr va qanday yodgorliklarga borib taqalishi
fanda noma’lum edi. SHuning uchun sobiq Sovet davri tarixshunosligida O‘rta Osiyoga ilk shahar madaniyati Eron Axomaniylar va Iskandar boshliq yunonlar tomonidan olib kelingan. Bu zaminning tub joyli aholisi saklar esa, o‘tovlarda yashab ko‘chmanchi chorvachilik bilan shug‘ullanar edilar, deb tushintirilar edi. Ammo, o‘tgan asrning 70 yillaridan boshlab, olib borilgan arxeologik izlanishlar bunday g‘ayriilmiy qarashlarni asossiz ekanligini yuqorida nomlari zikr etilgan qadimgi dehqonchilik madaniyati yodgorliklari misolida isbotladi. Ana shu noyob yodgorliklarning keng o‘rganilgan ob’ektlaridan biri Ko‘ktepa qadimgi shahar xarobasidir. YOdgorlik deyarli kvadrat shaklida bo‘lib, uning maydoni 23 gektarni tashkil etadi. YOdgorlik toporelefiga ko‘ra, uni o‘rab olgan mudofaa devori chiziqlari va darvoza o‘rinlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Uning maydonida monumental bino qoldiqlari saqlangan. YOdgorlikning markaziy darvozasiesa yirik minoralar bilan mustahkamlangan. YOdgorlik markaziy qismini egallagan bino qoldig‘i baland platforma ustida qad ko‘targan bo‘lib, M.X. Isamiddinovning tahliliy xulosasiga ko‘ra, zardushtiylik ibodatxonasi bo‘lishi mumkin. YOdgorlik maydonida ko‘zga tashlangan ikkinchi yirik tepalik, u erda o‘tkazilgan qazishma natijalariga ko‘ra, shahar hokimining qarorgohi bo‘lib chiqqan.SHahar maydonida yana bir necha tepachalar mavjudki, ular shahar aholisining turar-joy massivlari, hunarmandchilik ustaxonalarining qoldiqlari bo‘lib chiqdi.Xullos, Ko‘ktepa Sug‘diyona hududidagi eng katta qadimgi shaharlardan biri bo‘lgan, degan to‘g‘ri xulosaga kelingan.Ko‘ktepani davriy sanasini o‘rganish maqsadida uning 5 joyida stratigrafik shurflar va 6 punktda keng ko‘lamli qazishmalar o‘tkazildi. Olingan materiallar hliliga ko‘ra, Ko‘ktepa uch xronologik davrga bo‘linadi.n. Birinchi davr Ko‘ktepa I (so‘nggi bronza davri), ikkinchi davr Ko‘ktepa II (ilk temir davri Sug‘diyonasi), uchinchi davr Ko‘ktepa III (antik davri). SHunday qilib, yodgorlikning deyarli kvadrat shaklda tarkib topishi, uning ichki va tashqi mudofaa devorlari, ichki devorning monumental xarakteri, markaziy kirish darvozasining minoralar bilan rasmiylashtirilishi, shimol tomondan shaharga olib kirilgan kanal izlarining saqlanishi, shahar markazida qad
ko‘targan bosh otashgohning monumental xarakteri, uni qalin platforma ustiga qurilishi, unga markaziy darvozadan pandus orqali ko‘tarilishi, yodgorlik maydonining janubi-sharqida balandligi 10 m.dan kam bo‘lmagan to‘g‘ri to‘rtburchakli monumental binoning qad ko‘tarishi (Ko‘ktepa II), uni qalin mudofaa devori bilan o‘rab olinishi, bularning barchasi Ko‘ktepa co‘nggi bronza va ilk temir davrining yirik ilk shahri bo‘lganligidan dalolat beradi. Afsuski, Ko‘ktepa III davrida shahar vayronaga uchraydi. Gullab-yashnab turgan bu shaharning inqirozga yuz tutishi mil. avv. IV asrning oxirgi choragida Iskandar Zulqarnaynning (Aleksandr Makedonskiy) harbiy yurishlari bilan bog‘liq bo‘lgan. Markaziy Sug‘dda ilk temir davriga oid ilk shahar madaniyati qadimiy Samarqand-Afrosiyobda, Samarqandning eski shahri va atrofida tarkib topgan Qo‘rg‘oncha va Lolazor qishloq makonlarida va boshqa joylarda ham topib o‘rganilgan. Lolazorda mil. avv. VII asr oxirlariga tegishli kanal izlari ham topilgan. Afrosiyobning turli joylarida olib borilgan arxeologik izlanishlar davomida qadimgi shaharni o‘rab olgan monumental mudofaa devor (mil. avv.VI asr) qoldiqlari, ular tarkibi va devor asosi atrofidan kulolchilik charxida ishlangan qadimgi sug‘d davri sopol parchalari topilgan. Bularning barchasi Ko‘ktepa II komplekslari bilan bir davrni, ya’ni markaziy Sug‘dda qadimgi sug‘d madariyati, ya’ni ilk shahar madaniyatini xarakterlaydi. Qashqadaryo vodiysida ilk temir davri yodgorliklari janubiy Sug‘d sarhadlarini tashkil etadi. Bu o‘lkada qadimgi dehqonchilik madaniyat yodgorliklari 32 joyida topib o‘rganilgan. Ular yuqorida tilga olingan ayrimlari o‘tgan asrning 50 yillarida S.K Kabanov tomonidan YAkkabog‘ va Tanxozdaryolarning quyi havzalarida ochilgan. 1970 yillarning boshlarida CHimqo‘rg‘on suv ombori sohillaridan Jartepa 2 va CHiroqchitepa qishloq makonlari topib o‘rganiladi. Daratepa, Uzunqir va Sangirtepa kabilardan iborat bo‘lib,ularda keng ko‘lamli qazishmalar olib borilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Janubiy Sug‘dda huddi SHimoliy Baqtriya kabi o‘troq aholining qishloqlari Qashqadaryoning o‘rta va quyi havzalarida, tog‘ oldi hududlarda, soy etaklarida tashkil topgan. Ular Qayrag‘och, Guldaryo, SHo‘robsoy, Tanxozdaryo, Qizildaryo, Erqo‘rg‘on, Nishon kabi qadimgi
dehqonchilik vohalarini tashkil etadi. Bu yodgorliklarni (Sangirtepa, Daratepa va Uzunqir) o‘rganish natijasida qadimgi Sug‘d madaniyatining me’moriy qurilish rejasi, o‘ziga xos qurilish usullari va tuzilish xususiyatlari aniqlandi va Qashqadaryo vodiysida yashagan ilk temir davri ajdodlarimizning o‘troq hayoti va yuksak darajada rivojlangan madaniyati o‘rganildi. Sangirtepa, Uzunqir va Daratepa sopollarining qiyosiy o‘rganish natijasida, shu narsa ma’lum bo‘ldiki, Daratepa aynan Uzunqir II va Sangir II davrida o‘zlashtirilib, bu erda ilk shahar hayoti mil. avv. V-IV asrlarda ham davom etadi. g). Qadimgi Xorazm. Q adimgi Xorazm Amudaryoning quyi havzalari, ya’ni O‘zbekistan Respublikasi, uning tarkibidagi Qoraqolpog‘iston va Turkmaniston Respublikasining Toshovuz viloyatini o‘z ichiga oladi. Bu zaminga urbanistik jarayonlar Baqtriya va Sug‘diyonaga nisbatan ancha keyin kirib boradi. Amudaryo quyi havzalari juda qadim-qadim zamonlardan Amudaryodan oqib kelgan chirindi, sernam, unumdor qoq erlar maydoni bo‘lib kelgan. Mil. avv. VI asrgacha chorvador sak-massaget ajdodlarimizning makoni edi. Qadimgi Xorazmda ilk davlatchilikning kurtaklari Amirobod madaniyati (miloddan avvalgi X-VIII asrlar) davridan nish ura boshlagan bo‘lsada, ammo, dehqonchilik hali qo‘ltik ziroatchiligi xarakterida edi. Amirobod madaniyati esa butun o‘lka bo‘ylab keng tarqalmagan. Demak, mavjud tasavvurlarga zid o‘laroq, Amirobod madaniyati davrida Amudaryo quyi havzalarida tub ma’nodagi takroriy sug‘orma dehqonchilikka asoslangan Qadimgi Xorazm sivilizatsiyasi hali tashkil topmagan edi.Bu mintaqaning unumdor qoq er massivlari Quyisoy madaniyati chorvador qabilalarining chorva yaylovlari bo‘lib xizmat etishda davom etar edi. SHu boisdan bo‘lsa kerak, Qadimgi Xorazm tarixining chuqur bilimdoni S.P. Tolstov bu mintaqani oriylar vatani “Aryanam Vaychah” deb bejiz aytmagan. Aryanam Vaychah o‘z tabiiy iqlim sharoitiga ko‘ra, avestoshunos lingivistlarning ta’kidlashicha, ko‘chmanchi chorvador jamoalarning muqaddas vatani bo‘lgan. Arxeologik materiallar tahliliga ko‘ra, mil. avv. II ming yillikning ikkinchi yarmidan boshlangan oriylar migratsiyasi ko‘chmanchi chorvachilik xo‘jaligi rivoji bilan bog‘liq bo‘lib, bu migratsiyalar natijasida, O‘rta Osiyo