O'rta Zarafshon bronza davri madaniyati
O'rta Zarafshon bronza davri madaniyati M U N D A R I J A Kirish …………………………………………………………………………………… 3-7 I BOB O’rta Zarafshon vohasi bronza davri o’rganilishi tarixi. 1.1 O’rta Zarafshon vohasi bronza davriga oid tadqiqotlar tarixi……...8-14 1.2 Samarqand Davlat Universiteti Arxeologiya kafedrasi ilmiy xodimlari tomonidan O’rta Zarafshon vohasining o’rganilishi……………………14-25 II BOB O’rta Zarafshon vohasi bronza davri madaniyatining o’rganilish tarixi. 2.1 O’rta Zarafshon vohasi bronza davri aholisining turmush tarzi………...25-46 2.2 O’rta Zarafshon vohasi bronza davri aholisining diniy e’tiqodi va uning moddiy madaniyatda aks etishi……………………………………………46-53 Xulosa ……………………………………………………………………….54-59 Foydalanilgan adabiyotlar …………………………………………………60-61 Ilova
KIRISH Uzoq yillar davomida to’plangan juda boy arxeologik materiallarning zamon talablari asosida ilmiy o’rganish qator dolzarb masalalarni ilmiy tahlil qilishni talab etadi. Zarafshon vodiysini o’zlashtirilish tarixini davrma-davr aniqlab, har bir davr madaniyati, ularning davriy sanalari haqidagi obyekt tadqiqotchilari xulosalarini yangicha yondashuvlar asosida o’rganish; - Zarafshon vodiysi materiallari asosida o’zlashtiruvchi xo’jalikdan ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tish jarayonlarini kuzatish; - qadimgi dehqonchilik madaniyatining noyob obyekti Sarazmda Zarafshon vodiysining yirik Sarazm metallurgiya markazini tashkil topish moddiy bazasini o’rganish va shu markazning metall xomashyosini janubiy mintaqalarga kirib borishi munosabati bilan Jom dasht savdo karvon yo’li va Jom savdo karvon saroyini tashkil topish sabablarini ochish; - eneolit va ilk bronza davrida Zarafshon vodiysining yuqori tumanlarida intensiv rivojlanishda davom etgan urbanistik jarayonlarning miloddan avvalgi II- ming yillikning o’rtalaridan inqirozga yuz tutish sabablarini ko’rsatish; miloddan avvalgi II-ming yillikning ikkinchi yarmi ijtimoiy-iqtisodiy, etnomadaniy va siyosiy voqyealarga boy davr bo’lganligi bilan xarakterlanadi. Birinchidan, «kechagi» chorvador qabilalarning katta qismi vohaning tabiiy- geografik sharoitlari dehqonchilikka qulay joylarda o’troq hayotga o’tib, muqimlashadilar; ikkinchidan, vohada muntazam mo’tadil hayot tarkib topadi va vohadagi turli etnik guruhlar o’rtasida iqtisodiy va etnomadaniy aloqalar rivojlanib, o’zbek etnogenezining kurtaklari nish ura boshlaydi; uchinchidan, chorvador oriylarning kirib kelishi bilan inqirozga yuz tutgan urbanistik jarayonlar miloddan avvalgi II-ming yillikning oxiri va I-ming yillikning boshlaridan yana jonlanib, vohada Ko’ktepa, Afrosiyob, Xo’jabo’ston kabi ilk shaharlar qad ko’taradi. Muammoning o’rganilganlik darajasi . Zarafshon vodiysi bronza davriga kelganda keng ko’lamda o’zlashtiriladi. Ayni q sa, Zarafshon havzasining tog’oldi, dasht va cho’l mintaqalarida bu ko’pro q ko’zga tashlanadi. Chorvador dasht 2
qabilalari yodgorliklari topilgan mintaqa geografiyasi (To’qayli 1 , Jom 2 , Galasherik 3 , Mo’minobod 4 , Chorbog’ 5 , Dashti-O’rdakon 6 , Chakka 7 , Soyig’us 8 , Siyob 9 , Sazag’on 2 10 , Gudjayli 11 , Qizilqir 12 , Dashti Qazi 13 va boshqalar) kengayadi. Ammo sobiq sho’ro davri ilmiy adabiyotida chorvador dasht qabilalarining chorvaga noqulay joylarda (masalan, Dashti Qazi) joylashish sabablari ochilmagan. Aniqro g’ i, dasht qabilalariga tegishli yodgorliklar, hatto ularga tegishli yolg’iz qabrlarning uchrash sabablari ham tarixiy ta h lil va talqin qilinmagan. Shuningdek, ular birlamchi tarixiy manba sifatida o’rganilmagan. Arxeologik yodgorliklar tavsifiy xarakterda o’rganilib, ularning har bir davr ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy jihatdan tahlil va talqin etilmay kelingan. Mustaqillik tufayli o’tmish tarixga, uning obyektlariga, ularning tarixiy talqinidan kelib chiqadigan natijalarga qarab tahlil etish usullari qo’llanila boshladi. Natijada, Zarafshon vodiysining suv havzalariga yaqin mintaqalarda tarkib topgan yodgorliklar asosida o’troq dehqonchilik xo’jaligi yotganligi, ular «kechagi» qishloqlar bo’lgan bo’lsa, «bugun», sekin-asta yirik ilk shaharlar markaziga aylanganligi haqida fikr- mulohazalar qilina boshlandi. Arxeologiya obyektlarini yangicha qarashlar asosidagi tahliliga ko’ra, miloddan avvalgi II-ming yillikning o’rtalaridan O’rta Osiyo mintaqasiga ommaviy kirib kelgan chorvador qabilalar hayotida ham tub 1 Жўрақулов М., Аванесова Н., Амирқулов Б. Зарафшон воҳасининг ибтидоий маданияти. Самарқанд- 1994, 111-113 бетлар. 2 Аванесова Н.А., Шайдуллаев Ш.Б., Ёрқулов А. К вопросу о культурной принадлежности джамских древностей эпохи палеметалла. “Цивилизации скотоводов и земледельцев Центральной Азии”. Самарканд - Бишкек, 2005. стр.13. 3 Аванесова Н.А и д р. К вопросу о культурной принадлежности джамских .... стр.15. 4 Лев Д.Н. Погребение эпохи бронзы близ г. Самарканда . КСИА АН СССР, вып. 108, Москва-1966, стр. 101- 104; Аскаров А. Раскопки могильника эпохи бронз ы в Муминабаде. ИМКУ № 8, стр. 56-62, Ташкент-1969; его же, Могильник эпохи бронзы в Муминабаде. КСИА АН СССР. Вып. 122, стр. 64-66, Москва-1970. 5 Якубов Ю. Работы Зеравшанского отряда в 1975 г. АРТ,вып. XV . Душанбе-1982. 6 Беленицкий А.М., Маршак Б.И., Распопова В.И., Исаков А. Раскопки древнего Панжикента в 1976 г. А РТ, вы п. XIV. Душанбе- 1981. 7 Жўрақулов М.Ж.,Аванесова Н.А., Амирқулов Б.А. Зарафшон воҳасининг ибтидоий маданияти. Самарқанд- 1994, 107-111 бетлар. 8 Жўрақулов М.Ж. ва бошқалар. Зарафшон воҳасининг…165 бет. 9 Жўрақулов М.Ж., Аванесова Н.А., Амирқулов Б.А. Зарафшон воҳасининг ибтидоий маданияти. Самарқанд- 1994. 105-106 бетлар. 10 Жўрақулов М.Ж., Аванесова Н.А., Амирқулов Б.А. Зарафшон воҳасининг ..... 114 -115 бетлар. 11 Аскаров А. Памятники андроновской культуры в низовьях Зарафшана. ИМКУ, вып. 3, Ташкент-1962, стр. 28-35; Гулямов Я.Г., и др. стр. 187-223. 12 Гулямов Я.Г., Исламов У., Аскаров А. Первобытная культура в низовьях Зарафшана. Ташкент-1966, стр.224- 225. 13 Исаков А., Потёмкина Т.М. Могильник племен эпохи бронзы в Таджикистане.СА № 1, 1989, стр. 145-167. 3
ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar yuz bera boshlaydi. Tarixiy ildizlari Qadimgi Sharq sivilizasiyasiga borib taqaluvchi ilk urbanistik jarayon miloddan avvalgi II-ming yillikning oxiri va I-ming yillikning boshlaridan yana jonlana boshlaydi. Ana shu jonlanishning guvohi sifatida Zarafshon vodiysining o’rta qismida Ko’ktepa, Afrosiyob kabi ilk shaharlar qad ko’taradi. Shunday qilib, Zarafshon vodiysining tosh va bronza davri qabilalarining madaniyati haqida juda katta arxeologik materiallar to’plangan. Tadqiqotning maqsad va vazifalari: Tadqiqotning asosiy maqsadi mavzu bo’yicha to’plangan juda boy arxeologik materiallarni tarixiy ketma-ketlikda obyektiv tahlil etib, vohada ibtidoiy urug’chilik jamoalari tarixining rivojlanish jarayonlarini kuzatish va ularni umumlashtirish. Shundan kelib chiqqan holda, malakaviy ilmiy ishda quyidagi vazifalar qo’yiladi: mavzuni yoritishda arxeologik materiallarni davrma-davr umumlashtirib, ularni birlamchi manba sifatida ahamiyatini ochib berish; ibtidoiy urug’ jamoalari tarixining har bir bosqichida yuz bergan iqtisodiy- xo’jalik kashfiyotlarini Zarafshon vodiysi materiallari asosida yoritib berish; jahon tarixida “Neolit inqilobi” deb nom olgan mintaqaviy rivojlanishning aks sadolari Zarafshon vodiysida neolit davrining oxirlari, ayniqsa, eneolit davridan boshlanganligini boy arxeologik artefaktlar asosida yoritish; Zarafshon vodiysi materiallari asosida neolit davridan boshlab mehnat qurollari ishlab chiqarish bilan bog’liq tog’ sanoatining kelib chiqishi, eneolit davridan esa ma’dan konlarini qidirish, ruda qazish va uni transportirovka qilish, maxsus ruda eritish qurilmalarini kashf etish va undan metall xomashyosini ajratib olish usullari mexanizmini ochib berish; Bronza davri tarixiga oid tadqiqotlarning ilmiy-nazariy asoslarini ochib berish tadqiqotning vazifasi hisoblanida. Tadqiqot predmeti: Zarafshon vohasi bronza davri arxeologik yodgorliklari tadqiqotlari natijasida qo’lga kiritilgan moddiy madaniyat manbalari tadqiqotimiz predmeti hisoblanadi. Tadqiqotning obyekti : Mavzu Zarafshon vohasining eng qadimgi tarixi, ya’ni arxeologik ma’noda, kishilik tarixining bronza davri, tarixiy davriy 4
ma’noda, ibtidoiy to’da va urug’-jamoachilik davri tarixiga bag’ishlanganligi uchun (chunki hali u davrlarda yozuv bo’lmagan) tadqiqot obyektlari shu davrga oid arxeologik manbalarni tashkil etadi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Zarafshon vodiysining ibtidoiy to’da va urug’ jamoalari davri tarixi bo’yicha to’plangan arxeologik manbalarning tarixga yangicha qarashlar va yondashuvlar asosida tahlil qilinishi tufayli quyidagi xulosalarga kelindi: Zarafshon vodiysini odamzod tomonidan ilk bor o’zlashtirilishi qadimgi tosh davrining mustye bosqichidan boshlangan. Shu davrdan boshlab, Zarafshon vodiysi kishilik tarixining barcha davr va bosqichlarida keng o’zlashtirilib kelingan; kishilik tarixiga xos jamiyatning mintaqaviy rivojlanish qonuniyati Zarafshon vodiysida neolit davrining oxirlari va asosan eneolit davridan ishlay boshlagan. Bu holatning yuz berishi qadimgi dehqonchilik madaniyati metropoliyalaridan bir guruh urug’ jamoalarining migrasiyasi bilan bog’liq edi; Zarafshon vodiysida ilk bor qad ko’targan o’troq dehqonchilik madaniyati yodgorligi vohaning o’rta va quyi qismlarida emas, balki uning eng yuqori qismida paydo bo’ldi. Chunki u birinchi navbatda ma’dan konlari bilan bog’liq edi; Tadqiqotning amaliy natijasi: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati malakaviy ilmiy ish mavzuga oid nazariy-uslubiy yondashuvlar ilk o’rta asrlar Qadimgi Farg’ona moddiy madaniyatini atroflicha o’rganishga xizmat qiladi. Arxeologik artefaktlarni o’rganishda qo’llanishi kerak bo’lgan kompleks yondashuvlar tavsiya etilgan. Xususan, sopol buyumlarining umumiy tipologik majmualari xronologik mutanosiblik va ma’lum davrning materiallarini ta’minlab bergan boyroq va davriy jihatdan ketma-ketlikni saqlagan qatlamlarni umumlashtirish asosida tadqiq etiladi. Boshqa ayrim topilmalar yordamchi o’rinda qo’llanilib, sopol buyumlarning asosiy majmualarini to’ldirgan. Tadqiqot natijalarining e’lon qilinishi: Malakaviy ilmiy ish mavzusi bo’yicha ilmiy maqola nashr ettirilgan. Malakaviy ilmiy ishning hajmi va tuzilishi: Tadqiqotga kirish, ikkita bob, 5