O‘rta Osiyo neolit davri jamoalari xo‘jaligi tarixi tadqiqot muammolari va istiqbolli mavzusida
![O‘rta Osiyo neolit davri jamoalari xo‘jaligi tarixi: tadqiqot muammolari va
istiqbolli mavzusida
Mundarija
Kirish ……………………………………………………………………… 4-15
I-BOB. O‘rta Osiyo neolit davri jamoalari moddiy madaniyati
1.Joyitun, Hisor, Kaltaminor tarixiy madaniy jamoalari
madaniyati……………………………………………………………..16-22
2.Markaziy Farg‘ona, Sazog‘on va Ustyurt neolit madaniyati……23 -29
II-BOB. Ishlab chiqarish iqtisodiyotining shakllanishi va rivojlanishi
to‘g‘risida ilmiy konsepsiyalar
1. Ishlab chiqarish iqtisodiyotining shakllanishi va rivojlanishi
to‘g‘risida ilmiy konsepsiyalar ning o‘ziga xos xususiyatlari…...30-42
2. “Neolit inqilobi” ilmiy konsepsiyasi ………………………………4 3 -47
III-BOB. O‘rta Osiyo neolit davri jamoalari xo‘jalik tarixi
1. Joyitun, Hisor, Kaltaminor tarixiy madaniy jamoalari xo‘jalik
tarixi........................................................................................................48-52
2.Markaziy Farg‘ona, Sazog‘on va Ustyurt neolit jamoalari
xo‘jalik tarixi..........................................................................................53-60
XULOSA................................................................................................61-67
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI..........................68-72
1](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_1.png)
![KIRISH
Magistrlik dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi.
Kishilik tarixi taraqqiyot bosqichlar ilk davrini tosh asri tashkil etadi. Neolit davri
esa tosh asrining so‘nggi, yakunlovchi bosqichi hisoblanib, miloddan avvalgi 6-
4 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi.
O‘rta Osiyo neolit davri jamoalari moddiy madaniyati yaxshi tadqiq etilgan.
Ushbu madaniyat tizimida Vatanimiz hududida tadqiq etilgan neolit
madaniyatlarining ham munosib o’rni bor, albatta. Ayni kunlarda, mustaqil
Respublikamiz o’z taraqqiyoti tizimi barcha jabhalarida jahon andozasiga
chiqayotgan bir paytda boy madaniy merosimizni jahon xamjamiyati bilan
tanishtirish ham o’ta dolzarb masaladir. Vatanimiz asl haqqoniy tarixini bilish,
xalqimiz boy madaniy merosini to’laqonli ravishda o’rganish imkoniyatlari
Respublikamiz mustaqilligi ne`matlaridan biri hisoblanadi. Muhtaram
Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek « Har qanday tsivilizatsiya ko’pdan –
ko’p xalqlar , millatlar, elatlar faoliyatining va samarali ta`sirining mahsulidir…
Modomiki, o’z tarixini bilgan, undan ruxiy quvvat oladigan xalqni engib bo’lmas
ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix
bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor
qurollantirish zarur» 1
. SHuningdek, Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov 1998
yil yozida Respublikamizning taniqli tarixchi, arxeolog olimlari bilan
uchrashganida haqqoniy tariximiz faqat birlamchi manbalar asosida yaratilishini
alohida ta’kidladi. SHu nuqtai nazardan bizning magistrlik dissertatsiyamiz uchun
tanlagan mavzumiz dolzarbligi belgilanadi. Sababi, dissertatsion tadqiqotimiz
manbaviy asosi faqat birlamchi manbalarga asoslanadi. Yurtboshimizning bu
o’gutlari tarixchilar uchun dastur amal bo’ldi. Keng ko’lamda arxeologik
tadqiqotlar amalga oshirilib, muhim kashfiyot va yutuqlarga erishildi. SHuningdek,
jahonning etuk ilmiy markazlari bilan hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilib, xalqaro
arxeologik ekspeditsiyalar faoliyat ko‘rsata boshladi. Tosh davri, xususan mezolit,
neolit davri jamoalari madaniyatini o‘rganishda O‘zbekiston-Rossiya,
O‘zbekiston-Polsha, O‘zbekiston-Fransiya kabi xalqaro arxeologik
ekspeditsiyalarining tadqiqotlari natijalari muhim ahamiyat kasb etdi. Xususan,
arxeologik tadqiqotlarda zamonaviy uslublar, asbob uskanalar qo‘llanila boshladi.
Tosh asri neolit davrida urug‘chilik tuzumi rivojlangan bo‘lib, onalar jamoada
hukmron bo‘lgan. Xususan, jamoa mehnati, ishlab chiqarish vositalarining jamoa
1
Karimov I . A . «Тарихий хотирасиз келажак йўқ» Тошкент, «Ўзбекистон» нашриёти, 1998, 21,24-25 betlar
2](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_2.png)
![mulki xisoblanganligi o‘sha davr turmush tarzining asosiy mezoni hisoblangan.
SHuningdek, bu dav rda muhim ijtimoiy-iktisodiy o‘zgarishlar ro‘y bergan bo‘lib,
maxsulot ishlab chikarila boshlangan. To‘qimachiliq kemasozliq kulolsozlik paydo
bo‘lgan. Mehnat vositalarini takomillashtirish, xususan, tosh, suyak va yog‘ochga
ishlov berishning an’anaviy uslublari yuksaklikka erishgan, ayniksa, toshni
silliqlash, parmalab teshish singari texnologiyalar kashf etilgan, mikrolit qurollari
yanada takomillashgan. Eng muhimi, maxsulot ishlab chiqrishning xo‘jalik
asoslari, dehqonchilik va chorvachilik vujudga kelgan. Bu voqelik shubhasiz,
ibtidoiy odamzod ijtimoiy tuzumi, kundalik turmush tarzi, xullas, ijtimoiy-iqisodiy
faoliyatining barcha sohalarida keskin, tub o‘zgarishlarga olib kelgan. SHuning
uchun ham bu tarixiy jamiyatni ingliz arxeologi G. CHayld «Neolit inkilobi»
atamasi bi lan fanga kiritgan. Tosh davrining so‘nggi bosqichi bo‘lgan neolitning
hronologik sanasi geologik davrlashtirish buyicha, asosan, golotsenga to‘g‘ri
keladi. Bu davrning tabiiy iqlim sharoiti, o‘simlik va hayvonot dunyosi xozirgi
zamonga nisbatan yaqinligi bilan xarakterlanadi. Jumladan, oldingi taraqqiyot
bosqichlariga qaraganda yangi, tabiatan ma’lum hududlarni o‘zlashtirish jarayoni
tezlashib, odamlar nisbatan kengroq mintakalarda yashay boshlaganlar. Xu susan,
O‘rta Osiyo miqyosida mezolitning oxirida va neolit davrida odamzod yashashi
uchun qulay ekologik muhit mavjud bo‘lgan barcha hududlar jamoalar tomonidan
o‘zlashtirilganligi tadqiqotlarda aniqlandi.
Xususan, O‘rta osiyo neolit davri jamoalari moddiy madaniyati. O‘rta
Osiyoning janubiy-g‘arbiy mintaqalarida Kopettog‘ning quyoshga tushlov soy
etaklarida ibtidoiy motiga dehqonchilik madaniyati (Joytun) 2
, Amudaryo va
Zarafshonning quyi havzalarida, Qizilqumda ovchi-baliqchi urug‘ jamoalarining
Kaltaminor madaniyati 3
, Hisor tog‘ tizmalarining dara va yaylovlarida Hisor
madaniyati 4
, Farg‘ona vodiysida Markaziy Farg‘ona madaniyati 5
, O‘rta Zarafshon
vohasida Sazog‘on va Ustyurtda Ustyurt neolit jamoalari madaniyati shakllanib,
rivoj topgan 6
. O‘rta Osiyo miqyosida neolit davriga oid madaniyatlar tadqiqoti ikki
mintaqa bo‘yicha neolit jamoalari madaniyatining yaratilganligini aniqlash
imkonini berdi: 1.O‘rta Osiyo tog‘ mintaqasi- Markaziy va Janubiy Tojikiston
2
Массон В.М. Джейтунская культура. ЮТАКЭ, т.10, Ашхабад, Ылым, 1961; Поселение Джейтун (проблемы
становления производящей экономики). МИА, № 180, 1971.
3
Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского междуречье. М., 1981.
4
Ранов В.А. Гиссарская культура: распространение, хронология, экономика. // Культура первобытной эпохи
Таджикистана. – Душанбе, 1982; Гиссарская культура – неолит горных областей Средней Азии. // Каменной
век Северной, Средней и Восточной Азии. – Новосибирск, 1985; Неолит (гиссарская культура). История
Таджикского народа. Том 1. – Душанбе, 1998. С. 105-123.
5
Исламов У.И., Тимофеев В.И. Культура каменного века Центральной Ферганы. – Ташкент: Фан, 1986. С.
304.
6
Бижанов Е.Б. Неолитические памятники юго-восточного Устюрта. // Древняя и средневековая культура
юго-восточного Устюрта. – Ташкент : Фан, 1978. С.18-79 ; Каменный век Устюрта. Авт.реф. на соискание
уч.степени д.и.н. – Нукус, 1996. С.3-42 ; Джуракулов М.Д., Холматов Н.У. Мезолит и неолит Среднего
Зарафшана. – Ташкент: Фан, 1991. С. 3-122 .
3](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_3.png)
![hududidagi Hisor madaniyati, O‘rta Zarafshon vohasi Qoratepa tog‘ massivi
shimoliy yon bag‘ridagi Sazog‘on madaniyati, Farg‘ona vohasidagi Markaziy
Farg‘ona madaniyati; 2.O‘rta Osiyo pasttekislik mintaqasi- Amudaryo va
Zarafshonning quyi havzalarida, Qizilqumda ovchi-baliqchi urug‘ jamoalarining
Kaltaminor madaniyati, Janubiy Turkmanistondagi Joyitun madaniyati, Ustyurt
neolit jamoalari madaniyati. Kishilik tarixi taraqqiyotining ilk bosqichlarini o‘z
ichiga oluvchi ibtidoiy davr jamoalari moddiy-madaniyatini o‘rganishda
qadimgi odamlar turmushi mashg‘ulotlari, xo‘jalik yumushlari, ishlab chiqarish
iqtisodiyotiga o‘tish jarayoni o‘z mazmun, mohiyati bilan o‘ta dolzarb masala
hisoblanadi. Sababi, ishlab chiqarish iqtisodiyoti, ya’ni dehqonchilik va
chorvachilikning vujudga kelishi (neolit inqilobi) keyingi tarixiy taraqqiyot
bosqichlarida muhim sotsial, iqtisodiy o‘zgarishlarga olib kelgan.
Ma’lumki, soha mutaxassislari tadqiqoticha Old Osiyo mintaqasida
dastlabki ishlab chiqarish iqtisodiyotiga o‘tish jarayoni ro‘y bergan 7
. Bu haqda
“monitsentrizm” va “politsentrizm” ilmiy nazariyalari mavjud. N.I. Vavilov o‘z
tadqiqotida tog‘liq mintaqalarning subtropik qismida yovvoyi o‘simliklarni
madaniylashishiga ko‘proq imkoniyat, shart-sharoitlar bo‘lganligini alohida
ta’kidlaydi 8
. Mazkur mintaqa miqyosida ilk dehqonchilik komplekslarini
qiyosiy tahlil etgan V.M.Masson ularni o‘ziga xos xususiyatlar, madaniy
an’analarga ega ekanligini aniqlaydi va shu asosda dehqonchilik va
chorvachilik xo‘jaligi shakllanishi to‘g‘risida «politsentrizm» ilmiy
konsepsiyasini qo‘llab quvvatlaydi hamda bu turdagi xo‘jalik shakllangan
sarhadlarni 2 ta madaniy vohaga ajratadi: 1. O‘rta Er dengizi sharqiy sohili
hududlari (sopolsiz neolit); 2. Shimoliy Iroq, Shimoliy Eron va Janubiy-
G‘arbiy O‘rta Osiyo (sopolli neolit) 9
. Ko‘rib turganingizdek, Janubiy- G‘arbiy
O‘rta Osiyo ilk ishlab chiqarish iqtisodiyoti shakllangan mintaqalar sirasiga
kiradi va bu joylar Janubiy Turkmaniston Kopettog‘ shimoliy yon bag‘irlariga
to‘g‘ri kelib, ilk dehqonchilik xo‘jaligi sohiblari sifatida bu joyda tadqiq etilgan
madaniyat-joyitun jamaolari madaniyati nomi bilan fanga kirdi 10
. SHu o‘rinda
O‘rta Osiyoning boshqa hududlari neolit davri jamoalari xo‘jalik mashg‘ulotlari
masalasiga ham e’tibor qaratsak, quyidagi manzaraning guvohi bo‘lamiz:
7
Массон В.М. Средняя Азия и Древний Восток. М.Л., Наука, 1964,с.466. Первые цивилизации. М., Наука,
1989; Шнирельман В.А. Происхождение скотоводства. Москва, Наука, 1980. Шнирельман В.А.
«Неолитическая революция» и неравномерность исторического развития – Проблемы переходного периода
и переходных общественных отношений. Москва, 1986.Шнирельман В.А. Возникновение производяшего
хозяйства. М., 1989; Бадер О.Н. Древнейшие земледельцы Северной Месопотамии. М., Наука, 1989.
Семенов С.А. Происхождение земледелия. М., 1974.
8
Вавилов Н.И. Центры происхождения мирового земледелия в свете современных исследований. Избр.тр.
М.,1965.Т.5.
9
Массон В.М. Кўрсатилган адабиёт, 1964, 82-92-бетлар.
10
Массон В.М. Поселение Джейтун (проблема становления производящей экономики)-МИА, №180, Л.:
Наука, 1971.
4](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_4.png)
![kaltaminor tarixiy-madaniy jamoalari turmushida termachilik, ovchilik va
baliqchilik xo‘jaligi bo‘lgan 11
; Markaziy Farg‘ona 12
, Ustyurt neolit jamolari 13
hayotida o‘zlashtirma xo‘jalik to‘liq hukmron bo‘lgan.
Yuqorida keltirilgan faktlardan ibtidoiy odamzod turmushida ishlab
chiqarish iqtisodiyotiga o‘tish o‘ziga xos tarixiy shart-sharoitlar negizida ro‘y
berganligi ma’lum bo‘ladi. Bunda ibtidoiy jamoalar yashagan joy landshafti,
tabiati, iqlimiy sharoiti muhim rol o‘ynagan. N.I. Vavilov keltirishicha tog‘ yon
bag‘ri vohalarida o‘sgan yovvoyi boshoqli, donli o‘simliklar so‘li, arpa,
bug‘doylarning gibridlashuvi, madaniylashuviga vositachi bo‘lgan. YAqin
SHarq, Janubiy- G‘arbiy O‘rta Osiyo (Kopetdog‘ yon bag‘irlari, joyitun
jamaoalari), Markaziy va Janubiy Tojikiston hududida (hisor jamoalari) ilk
dehqonchilik xo‘jaligiga ega bo‘lgan yodgorliklarning o‘rtacha balandlikdagi
tog‘lar yon bag‘ri yoki alohida tog‘ vohalar daryolari, yirik soylarning soz
tuproqli yon qayirlarida joylashganligi fakti N.I.Vavilov fikrining to‘g‘riligini
tasdiqlaydi. V.A.Ranov ham hisor jamoalari yodgorliklarining joylanishi
holatlari YAqin SHarq neolit yodgorliklariga o‘xshashligini alohida e’tirof
etgan 14
. SHu nuqtai nazardan, M.Djurakulov, N.Xolmatovlar O‘rta Zarafshon
vohasi sazog‘on neolit jamoalar makonlari Qoratepa tog‘ massivi shimoliy yon
bag‘ri yirik soylari ( Ohalik, Mironqul, Tepaqul, Egriqulcha, Sazog‘on kabi)
soz tuproqli yon qayirlarida joylashganligi va bu holat jamoalarning dastlabki
dehqonchilik yumushlari bilan shug‘ullanishlariga imkon berganligi borasida
tadqiqotlarida ma’lumot keltiradi.
Ma’lumki, pleystotsen davri so‘nggi bosqichlari va golotsen davrida
(mezolit davri oxiri va neolit davrida) iqlimiy sharoit, tabiat,landshaft, o‘simlik va
hayvonot dunyosi, ekologik sharoit nisbatan hozirgi davrga yaqinroq bo‘lgan. SHu
bois, O‘rta Osiyoning deyarli barcha hududlari odamzod tomonidan
o‘zlashtirilgan. Bu esa odamlarni turli tabiat,landshaft, iqlimiy va ekologik
muhitga (tog‘, tog‘ oldi, pasttekislik) tushib qolishiga vash u asosda o‘ziga xos
moddiy madaniyat yaratganligi, o‘ziga xos mehnat qurollariga ega bo‘lib, shu
asnoda xo‘jalik faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lishiga olib kelgan. Ushbu magistrlik
dissertatsiyamiz maqsadi O‘rta Osiyo miqyosida neolit jamoalari xo‘jalik
mashg‘ulotlarini arxeologik manbalar asosida yoritib berishdan iborat.
Tadqiqot obyekti va predmeti:
Tadqiqot predmeti. O’rta Osiyo, xususan O‘zbekiston hududi miqyosida
kishilik tarixi neolit davriga oid tadqiq etilgan va o‘rganilishi davom etayotgan
11
Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского Междуречья. М., Наука, 1981, С.173.;
12
Исламов У.И., Тимофеев В.И. Кульура каменного века Центральной Ферганы. Ташкент, Фан, 1986;
13
Бижанов Е.Б. Каменный век Устюрта. Нукус, 1996, с.3-42.
14
Ранов В.А. Кўрсатилган адабиёт, 1998, 113-114-бетлар.
5](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_5.png)
![yodgorliklar tadqiqoti jarayonida topilgan xo‘jalik tarixi borasidagi ashyolar,
ma’lumotlar tadqiqotimiz predmeti hisoblanadi. Zikr etilgan arxeologik ashyolarga
tayangan holda O‘zbekiston hududi neolit davri qabilari moddiy madaniyati
mazmun, mohiyoti yoritib berilishi ham tom ma’noda tadqiqotimiz predmeti
sanaladi.
Tadqiqot obyekti:
Insoniyatning o’tmish tarixini boy madaniy merosini o’rganishda shubhasiz,
ibtidoiy davr jamoalar tomonidan yaratilgan moddiy madaniyat muhim ahamiyat
kkasb etadi. Shu moddiy madaniyat tizimida neolit davri qabilalari mehnat
qurollari, xo‘jalik tarixining o‘ziga xos munosib o‘rni bor. Magistrlik
tadqiqotimizning asosiy obyekti O’rta Osiyo, xususan O‘zbekiston hududi
miqyosida neolit davri yodgorliklar hisoblanib, ular tadqiqoti jarayonida neolit
qabilalari xo‘jalik tarixi borasida qo’lga kiritilgan arxeologik ashyolarning manba
sifatida ekanligidir. Neolit davriga kelib Vatanimiz sarhadlarida aholi zichligi
oshadi, jamoalar turli ekologik sharoitlarga tushib qolishib o‘ziga xos
xususiyatlarga ega bo‘lgan madaniyat yaratishadilar. Mazkur davr jamoalari
madaniyati o‘ziga xos xususiyatlari, qabilalar mehnat qurollari, xo‘jalik tarixini
yoritib berish, bu borada arxeologik ma’lumotlarni tahlil etish tadqiqotimiz
ob’ektidir.
Magistrlik dissertasiyasining maqsad va vazifalari. Tadqiqotimiz uchun
mazmun etib tanlangan mavzuning asosiy maqsadi, vazifalari quyidagi masalalar
hisoblanadi:
1. Vatanimiz miqyosida neolit davri jamoalari moddiy madaniyati tadqiqoti
natijalarini xususan, mazkur davr madaniyat tizimida yodgorliklar tadqiqotida
mehnat qurollari, xo‘jalik tarixi borasida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarni manba
sifatida yaxlit bir tizimga solib, fundamental ish yaratish.
2. O‘rta Osiyo hududi neolit davri jamoalari moddiy madaniyati o‘ziga xos
xususiyatlari va bu borada amalga oshirilgan tadqiqot natijalarini yoritib berish.
3. O‘rta Osiyo ibtidoiy davr tosh asri inson va tabiat o‘zaro aloqadorliklari
va ularning odamzod kunlik turmush tarzi, xo‘jalik yumushlari xarakteri va ular
bilan bog‘liq mehnat qurollarining turmushda bajargan funksiyasining namoyon
bo‘lishi masalalarini yoritish.
4. O‘rta Osiyo neolit davri madaniyatlari tosh industriyasi xarakteri va
o‘ziga xos qurollari, tosh qurollari evolyusiyasi va an’anaviy texnikaviy usullari,
chaqmoqtosh ustaxonalari va shaxtalarini yoritish.
5. O‘rta Osiyo neolit davri jamoalari xo‘jalik mashg‘ulotlari: o‘zlashtirma
xo‘jalik, ishlab chiqarish xo‘jaligi asoslarini yoritish va bu borada eng so‘nggi
arxeologik tadqiqotlarning natijalarini bayon etish.
6](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_6.png)
![6. O‘rta Osiyo neolit davri qabilalarining mehnat qurollari va xo‘jalik tarixi
borasida tadqiqotlarda qo‘lga kiritilgan arxeologik ashyolar ajdodlarimizning
o‘tmish, boy madaniy merosini o‘rganishimizda birlamchi tarixiy manba ekanligi
masalalarini yoritish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
1. O’rta Osiyo, xususan O‘zbekiston hududi neolit davri jamoalari mehnat
qurollari, xo‘jalik tarixi borasida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar yaxlit tizimga
keltiriladi.
2. Neolit jamoalari mehnat qurollari o‘zlari yashaydigan mintaqalar tabiati,
landshafti, ekologik sharoiti nuqtai nazaridan kelib chiqilinib yasalganligi va shu
asosda turmushda bajargan funksiyasi yoritilib beriladi.
3. O‘rta Osiyo neolit qabilalari xo‘jalik mashg‘ulotlari borasida eng so‘nggi
tadqiqotlarda qo‘lga kiritilgan manba, ma’lumotlar ishimizning ilmiy yangiligini
belgilaydi. Xususan, Quyi Zarafshon hududi Ayakagitma yodgorligidan
O‘zbekiston-Fransiya xalqaro arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan xonakilashgan
hayvon suyagi qoldiqlarining topilishi, Janubiy va Markaziy Tojikiston hududi
hisor madaniyati yodgorliklaridan, SamDU arxeologlari tomonidan Sazog‘on
madaniyati yodgorliklaridan xonakilashgan hayvon suyagi qoldiqlari, dastlabki
dehqonchilik xo‘jaligi shakllanishiga asos beruvchi ma’lumotlarni qo‘lga kiritilishi
masalalari ishimiz yangiligi hisoblanadi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari
O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekiston sarhadlari Qadimgi SHarq dunyosida
qadimgi madaniyat markazlaridan biri hisoblanadi. Keyingi arxeologik
tadqiqotlar natijalariga ko‘ra voha ilk paleolit davridanoq odamzod tomonidan
o‘zlashtirilib, tosh asrining keyingi taraqqiyot bosqichlari barchasida uzluksiz,
mahalliy madaniyatlar negizida vorisiylik asosda madaniyatlar yaratilganiligi,
tadrijiy rivojlanish bo‘lganiligi ma’lum bo‘ldi va ular arxeologik materiallarda
tasdig‘ini topdi 15
. Vohaning shu ketma-ketlik madaniyat tizimida neolit davri
jamoalari moddiy madaniyatining ham o‘ziga xos o‘rni bor. YUqorida O‘rta
Osiyo, xususan O‘zbekiston neolit jamoalari xo‘jalik mashg‘ulotlari to‘g‘risida
Zarafshon vohasi neolit jamoalari xo‘jaligi ma’lumotlarining xam o‘rni bor Quyi
Zarafshon vohasi va uning tarkibiy qismi bo‘lgan uchta qadimiy o‘zanlarida
kaltaminor jamoalari yashaganligi tadqiqotlarda aniqlandi va ular moddiy
madaniyati kaltaminor tarixiy-madaniy jamoalari madaniyatining mahalliy
15
Джўрақулов М.Ж. Зарафшон воҳаси тамаддунининг илк саҳифаларидан. Ўзбекистон моддий маданияти
тарихи, 34-нашри, Самарқанд, 2004,14-16-бетлар;Самарқанд ҳудуди билан боғлиқ жойлар: тош даври
жамоалари моддий маданияти. Самарқанд шаҳри 2750 йиллигига бағишланган халқаро илмий конгресс
материаллари, Самарқанд, 2007.
7](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_7.png)
![harakterdagi Quyi Zarafshon madaniy varianti sifatida fanga kirgan 16
. Bu
jamoalar xo‘jalik mashg‘ulotlari termachilik, ovchilik va baliqchilikdan iborat
bo‘lganligi to‘g‘risida yuqorida ma’lumotlar keltirildi. O‘rta Zarafshon vohasi
Qoratepa tog‘ massivi shimoliy-yon bag‘rida sazog‘on neolit madaniyati tadqiq
etilgan. Bu jamoalar xo‘jalik mashg‘ulotlari to‘g‘risida ma’lumotlarni bayon
etishdan oldin ibtidoiy odamzod o‘z turmushida ishlab chiqarish iqtisodiyotiga
o‘tishda o‘zlari yashab turgan joy landshafti, tabiati, iqlimiy sharoiti naqadar
muhim rol o‘ynaganligi faktini keltirmoqchimiz. Soha tadqiqotchilari bu
faktorlarga e’tibor qaratishgan. Xususan, N.I. Vavilov o‘z tadqiqotida tog‘liq
mintaqalarning subtropik qismida yovvoyi o‘simliklarni madaniylashishiga
ko‘proq imkoniyat, shart-sharoitlar bo‘lganligini alohida ta’kidlaydi 17
. SHu
joylarda o‘sgan yovvoyi boshoqli, donli o‘simliklar so‘li, arpa, bug‘doylarning
gibridlashuvi, madaniylashuviga vositachi bo‘lgan. YAqin SHarq, Janubiy-
G‘arbiy O‘rta Osiyo (Kopetdog‘ yon bag‘irlari, joyitun jamaoalari), Markaziy va
Janubiy Tojikiston hududida (hisor jamoalari) ilk dehqonchilik xo‘jaligiga ega
bo‘lgan yodgorliklarning o‘rtacha balandlikdagi tog‘lar yon bag‘ri yoki alohida
tog‘ vohalar daryolari, yirik soylarning soz tuproqli yon qayirlarida
joylashganligi fakti N.I.Vavilov fikrining to‘g‘riligini tasdiqlaydi. V.A.Ranov
ham hisor jamoalari yodgorliklarining joylanishi holatlari YAqin SHarq neolit
yodgorliklariga o‘xshashligini alohida e’tirof etgan 18
. SHu nuqtai nazardan,
O‘rta Zarafshon vohasi sazog‘on neolit jamoalar makonlari Qoratepa tog‘
massivi shimoliy yon bag‘ri yirik soylari ( Ohalik, Mironqul, Tepaqul,
Egriqulcha, Sazog‘on kabi) soz tuproqli yon qayirlarida joylashganligi va bu
holat jamoalarning dastlabki dehqonchilik yumushlari bilan shug‘ullanishlariga
imkon bergan. YAqin vaqtlargacha Zarafshon vohasi miqyosida dastlabki
o‘troq dehqonchilik madaniyati Zamonbobo, Sarazm yodgorliklari misolida
tadqiq etilgan edi 19
. M.Jo‘raqulov, N.Xolmatovlvr o‘z tadqiqotlarda sazog‘on
jamoalari turmushida ishlab chiqarish iqtisodiyoti kurtaklari borligi haqida
dastlabki ma’lumotlarni keltirishgan 20
. Buni keyingi yillarda sazog‘on
madaniyatining yangi kashf etilgan yodgorliklari (Jangal 1, Tepaqul 3, Tepaqul 4,
Lolab, Ochil g‘or makonlari) tadqiqotlari natijalari to‘liq tasdiqladi va endi
Zarafshon vohasida ilk ishlab chiqarish iqtisodiyoti neolit davri jamoalari
turmushida sodir bo‘la boshlagan deb aytish mumkin. Buni Sazog‘on 2, Jangal
16
Виноградов А. В. О локальных вариантах неолитической культуры Кызылкумов.- КСИА, 1970, вып. 122.
С. 31-36; Виноградов А.В. Кўрсатилган адабиёт . 1981 , 165 -бетлар .
17
Вавилов Н.И. Центры происхождения мирового земледелия в свете современных исследований. Избр.тр.
М.,1965.Т.5.
18
Ранов В.А. Кўрсатилган адабиёт, 1998, 113-114-бетлар.
19
Гулямов Я.Г., Исламов У., Аскаров А. Первобытная культура и возникновение орошаемого земледелия в
низовьях Зарафшана. – Ташкент: Фан, 1966 ; Исаков А. Саразм. М., Наука, 1991.
20
Джуракулов М.Д., Холматов Н.У. Мезолит и неолит Среднего Зарафшана. Ташкент, Фан, 1991, с.102-110
8](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_8.png)
![1, Tepaqul 3,4 makonlar madaniy qatlamidan ilk dehqonchilikdan darak
beradigan qadama qurollar, yorg‘uchoqlar, donni ezish bilan bog‘liq bo‘lgan
tosh buyumlar ko‘plab topilishi isbotlab turibdi 21
. Bu materiallarning YUqori
Zarafshon vohasidagi sarazm yodgorligi arxeologik ashyolariga o‘xshashligi
haqida ma’lumotlar mavjud 22
. Ma’lumki, sarazm o‘troq dehqonchilik madaniyati
hisoblanadi. Sazag‘on jamoalari madaniyatining sarazm madaniyatiga
o‘xshashligi ular tosh industriyasi paraqali qismida, shuningdek qadama
qurollari, yorg‘uchoqlar, donni ezish bilan bog‘liq tosh buyumlarida, qisman
sopol idishlarida namoyon bo‘lgan. SHu nuqtai nazardan kelib chiqib
M.Djo‘raqulov, N.Xolmatovlar Sarazm madaniyati, xususan Zarafshon vohasi
eneolit va jez davri o‘troq dehqonchilik bilan bog‘liq jamoalarning madaniyati
tub joyli mahalliy madaniyatlar negizida shakllanganligi to‘g‘risidagi
xulosalarni bildirgan. To‘g‘ri, bunda innovatsiya, diffuziya, migratsiya
jarayonidagi madaniy ta’sirni ham inkor etmaymiz.
Vohada neolit davri jamoalari turmushida ishlab chiqarish iqtisodiyoti
bo‘lganligi masalasini oydinlashtirishda Quyi Zarafshon vohasida joylashgan
Oyoqagitma neolit makonidan yaqinda O‘zbekiston- Fransiya xalqaro
arxeologik ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan (F. Brunet, M. Xo‘janazarov)
xonakilashtirilgan hayvon suyaklarining topilishi ham muhim bo‘ldi.
Tadqiqotchilar mazkur jamoalar chorvachilik xo‘jaligi bilan
shug‘ullanishganliklarini ta’kidlamoqda. 23
YUqorida keltirilganidek, sazog‘on
madaniyati makonlari, Uchtut chaqmoqtosh ustoxonasi hamda Oyoqatitma
makoni ma’lumotlari Zarafshon havzasi O‘rta Osiyoning janubiy, janubiy-
g‘arbiy hududlari singari neolit davrida eng qadimgi ishlab chiqarish
iqtisodiyoti bo‘lgan markazlardan biri ekanligidan guvohlik beradi.
21
Холматов Н.У. Ўрта Зарафшон неолит даври моддий маданиятининг баъзи хусусиятлари (Тепақул 4
макони асосида). СамДУ ахборотномаси, 2004, № 4, 31-34-бетлар; Қоратепа тош даври жамоалари моддий
маданияти (Ўрта Зарафшон воҳаси). ИМКУ, № 35, Тошкент, “Фан”, 2006, 24-39-бетлар. Джуракулов М.Д.,
Холматов Н.У. Кўрсатилган адабиёт. 1991. 70-79-бетлар; Джуракулов М.Ж., Холматов Н.У., Амиркулов Б.А.
Итоги археологического изучения стоянки Джангал I . // В опросы археологии, древней истории и
этнографии. Труды Сам ГУ, Самарканд, 1991. С.4-12; Джурақулов М.Ж., Холматов Н.У. Тепақул 3 неолит
манзилгоҳи ўрганилиши натижалари // Тарих фанининг долзарб муаммолари. Самарқанд. СамДУ. 1997.
Джуракулов М.Ж., Холматов Н.У. Тепакул 4 неолит манзилгоҳи (Ўрта Зарафшон воҳаси) // Тарих ва
истиқлол. Илмий мақолалар тўплами. Самарқанд, 2000. 4-14-бетлар; Джурақулов М.Ж. Холматов Н.У.
Самарқанд Давлат Университети тадқиқотларидан // Ўзбекистонда археологик тадқиқотлар 2003. Тошкент.
2004. 31-34-бетлар.
22
Джўрақулов М.Ж. Зарафшон воҳаси тамаддунининг илк саҳифаларидан. Ўзбекистон моддий маданияти
тарихи, 34-нашри, Самарқанд, 2004,15,16-бетлар. Холматов Н.У. Ўрта Зарафшон неолит даври моддий
маданиятининг баъзи хусусиятлари (Тепақул 4 макони асосида). СамДУ ахборотномаси, 2004, № 4, 31-34-
бетлар.
23
Хужаназаров М., Брунет Ф.,Шимчак К. Археологические исследования Узбекско-Французской
экспедиции на памятниках Кызылкумов. Археологические исследования в Узбекистане 2004-2005 годы.
Ташкент,2006,с 244-250. Ўзбекистон- Франция халқаро археологик экспедицияси илмий ҳисоботи-
2008,2009 й.
9](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_9.png)
![Xullas, O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekiston hududida neolit qabilalari xo‘jalik
tarixi bo‘yicha birmuncha tadqiqotlar amalga oshirilgan. Bu tadqiqotlar natijalari
mazkur sarhadlar ushbu masalalar echimida istiqbolli ekanligini ko‘rsatmoqda.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar shahri (tahlili).
Mezolit, neolit davri ekologik sharoiti, iqlimiy muhiti nisbatan hozirgi
zamonga yaqin bo‘lgan. SHu sababli O‘rta Osiyoning deyarli barcha sarhadlari
odamzod tomonidan o‘zlashtirilib, natijada o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan
turli mezolit, neolit madaniyatlari shakllanadi. O‘rta Osiyo neoliti iqtisodiy-
xo‘jalik xarakteriga ko‘ra rang-barang va o‘ta murakkabdir. O‘rta Osiyoning
janubiy-g‘arbiy mintaqalarida Kopettog‘ning quyoshga tushlov soy etaklarida
ibtidoiy motiga dehqonchilik madaniyati (Joytun) 24
, Amudaryo va Zarafshonning
quyi havzalarida, Qizilqumda ovchi-baliqchi urug‘ jamoalarining Kaltaminor
madaniyati 25
, Hisor tog‘ tizmalarining dara va yaylovlarida Hisor madaniyati 26
,
Farg‘ona vodiysida Markaziy Farg‘ona madaniyati 27
, O‘rta Zarafshon vohasida
Sazog‘on va Ustyurtda Ustyurt neolit jamoalari madaniyati tarkib topdi 28
. Ammo,
ularning xo‘jalik asosi, xronologik doirasi, etnomadaniy va etnografik qiyofasi
masalalari, Joyitun va Kaltaminor madaniyatlarini hisobga olmaganda, O‘rta Osiyo
neolitining o‘ta bahsli muammolari bo‘lib qolaverdi.
O‘rta Osiyo neolit davri jamoalari moddiy madaniyati tadqiqotida
A.P.Okladnikov, YA.G.Gulyamov, V.A.Ranov, V.M.Masson, A.V.Vinogradov,
U.Islomov, V.I.Timofeev, G.F.Korobkova, M.R.Qosimov, T.Mirsoatov,
E.Bijanov, M.Jo‘raqulov, N.U.Xolmatov kabi olimlarning izlanishlari muhim
hisoblanadi. Keyingi yillar maboynida arxeologik tadqiqotlar jarayonida qo‘lga
kiritilgan manbalar mezolit, neolit davri jamoalari moddiy madaniyatining yangi
qirralarini yoritish imkonini bermoqda. SHuningdek, O‘rta Osiyo, xususan
O‘zbekiston hududi neolit qabilalari mehnat qurollari va xo‘jalik mashg‘ulotlari
tarixi borasida ham muhim manbalar qo‘lga kiritildi. Ma’lumki, kishilik tarixi
taraqqiyotining ilk bosqichlarini o‘z ichiga oluvchi ibtidoiy davr jamoalari
moddiy-madaniyatini o‘rganishda qadimgi odamlar turmushida ishlab chiqarish
iqtisodiyotiga o‘tish jarayoni o‘z mazmun, mohiyati bilan o‘ta dolzarb masala
24
Массон В.М. Джейтунская культура. ЮТАКЭ, т.10, Ашхабад, Ылым, 1961; Поселение Джейтун
(проблемы становления производящей экономики). МИА, № 180, 1971.
25
Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского междуречье. М., 1981.
26
Ранов В.А. Гиссарская культура: распространение, хронология, экономика. // Культура первобытной
эпохи Таджикистана. – Душанбе, 1982; Гиссарская культура – неолит горных областей Средней Азии. //
Каменной век Северной, Средней и Восточной Азии. – Новосибирск, 1985; Неолит (гиссарская культура).
История Таджикского народа. Том 1. – Душанбе, 1998. С. 105-123.
27
Исламов У.И., Тимофеев В.И. Культура каменного века Центральной Ферганы. – Ташкент: Фан, 1986. С.
304.
28
Бижанов Е.Б. Неолитические памятники юго-восточного Устюрта. // Древняя и средневековая культура
юго-восточного Устюрта. – Ташкент : Фан, 1978. С.18-79 ; Каменный век Устюрта. Авт.реф. на соискание
уч.степени д.и.н. – Нукус, 1996. С.3-42 ; Джуракулов М.Д., Холматов Н.У. Мезолит и неолит Среднего
Зарафшана. – Ташкент: Фан, 1991. С. 3-122 .
10](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_10.png)
![hisoblanadi. Sababi, ishlab chiqarish iqtisodiyoti, ya’ni dehqonchilik va
chorvachilikning vujudga kelishi (neolit inqilobi) keyingi tarixiy taraqqiyot
bosqichlarida muhim sotsial, iqtisodiy o‘zgarishlarga olib kelgan: ibtidoiy
odamzodning kunlik turmush tarzi o‘zgaradi va endi ular oziq-ovqat topish
ilinjida daydib yurmasdan, o‘troq tarzda hayot kechira boshlaydi, natijada aholi
muqim yashovchi qishloqlar paydo bo‘ladi, dehqonchilik va chorvachilik bilan
bog‘liq diniy e’tiqodlar shakllanadi, lalimi dehqonchilik hamda vaqt o‘tishi
bilan sug‘orma dehqonchilikka bog‘liq suv inshootlari qurilishi boshlanadi.
Natijada aholining ma’lum sug‘orma dehqonchilikka asoslangan madaniy
vohalarga zichlashishi jarayoni ro‘y berib, obod qishloqlar, keyinchalik ular
o‘rniga shaharlar vujudga keladi. SHu tariqa shaharsozlik madaniyati va ilk
davlatchilik ko‘rinishlari paydo bo‘ldiki, bu tom ma’noda qadimgi
sivilizatsiyalar shakllanishi demakdir.
Ma’lumki, soha mutaxassislari tadqiqoticha Old Osiyo mintaqasida
dastlabki ishlab chiqarish iqtisodiyotiga o‘tish jarayoni ro‘y bergan 29
. Bu
jarayon borasida mutaxassislar “monotsentrizm” va «politsentrizm» ilmiy
nazariyalarini ilgari surishadi. Mazkur mintaqa miqyosida ilk dehqonchilik
komplekslarini qiyosiy tahlil etgan V.M.Masson ularni o‘ziga xos
xususiyatlar, madaniy an’analarga ega ekanligini aniqlaydi va shu asosda
dehqonchilik va chorvachilik xo‘jaligi shakllanishi to‘g‘risida «politsentrizm»
ilmiy konsepsiyasini qo‘llab quvvatlaydi hamda bu turdagi xo‘jalik
shakllangan sarhadlarni 2 ta madaniy vohaga ajratadi: 1. O‘rta Er dengizi
sharqiy sohili hududlari (sopolsiz neolit); 2. SHimoliy Iroq, SHimoliy Eron va
Janubiy- G‘arbiy O‘rta Osiyo (sopolli neolit) 30
. Demakkim, Janubiy- G‘arbiy
O‘rta Osiyo ilk ishlab chiqarish iqtisodiyoti shakllangan mintaqalar sirasiga
kiradi va bu joylar Janubiy Turkmaniston Kopettog‘ shimoliy yon bag‘irlariga
to‘g‘ri kelib, ilk dehqonchilik xo‘jaligi sohiblari sifatida bu joyda tadqiq etilgan
madaniyat-joyitun jamaolari madaniyati nomi bilan fanga kirdi 31
. SHu o‘rinda
O‘rta Osiyoning boshqa hududlari neolit davri jamoalari xo‘jalik mashg‘ulotlari
masalasiga ham e’tibor qaratsak, quyidagi manzaraning guvohi bo‘lamiz:
kaltaminor tarixiy-madaniy jamoalari turmushida termachilik, ovchilik va
29
Массон В.М. Средняя Азия и Древний Восток. М.Л., Наука, 1964,с.466. Первые цивилизации. М., Наука,
1989; Шнирельман В.А. Происхождение скотоводства. Москва, Наука, 1980. Шнирельман В.А.
«Неолитическая революция» и неравномерность исторического развития – Проблемы переходного периода
и переходных общественных отношений. Москва, 1986.Шнирельман В.А. Возникновение производяшего
хозяйства. М., 1989; Бадер О.Н. Древнейшие земледельцы Северной Месопотамии. М., Наука, 1989.
Семенов С.А. Происхождение земледелия. М., 1974.
30
Массон В.М. Кўрсатилган адабиёт, 1964, 82-92-бетлар.
31
Лисицина Г.Н. Основные этапы истории земледелия на юге Средне Азии Л., 1968; Массон В.М.
Южнотуркменистанский центр раннеземледельческих культур.- Труды ЮТАКЭ, 1960, т. 10;
Земледельческий неолит юго-запада Средней Азии. // Средняя Азия в эпоху камня и бронзы. Л.: Наука,
1966; Поселение Джейтун (проблема становления производящей экономики)-МИА, №180, Л.: Наука, 1971.
11](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_11.png)
![baliqchilik xo‘jaligi bo‘lgan 32
; Markaziy Farg‘ona 33
, Ustyurt neolit jamolari 34
hayotida o‘zlashtirma xo‘jalik to‘liq hukmron bo‘lgan. Markaziy va Janubiy
Tojikistonda tadqiq etilgan hisor neolit jamoalari xo‘jalik yumushlari
to‘g‘risida mutaxassislar orasida bahsli fikrlar mavjud. Tadqiqotlardan
hisorliklar nafaqat termachilik, ovchilik yumushlari bilan shug‘ullanishgan, balki
hayvonlarni xonakilashtirganliklari, sodda usullarda bo‘lsada, dehqonchilikdan
ham xabardor ekanligi ma’lum bo‘ladi. B.Botirov Tutqovul makoni madaniy
gorizontlaridan xonakilashgan eshak, qo‘y va echkilarning suyaklarini aniqladi.
SH.SHaripov Sayyod makoni hisor jamoalariga oid madaniy qatlamdan
topilgan hayvon suyaklarining 70% ni xonakilashgan qo‘y va echki suyaklari
tashkil etganlagi faktlarini o‘z tadqiqotida keltirgan. M.N. Ermolovaning O‘rta
Osiyo miqyosida xonakilashtirilgan hayvon suyaklari to‘g‘risidagi tadqiqoti ham
muhim. 35
Hisorliklar kundalik turmushda dehqonchilik bilan shug‘ullanganliklari
ehtimolini, ular makonlari tog‘ va tog‘ yonbag‘irlari daryo, soy yon qayirlari
ya’ni soz tuproqli joylarga joylashganligi faktlari ham isbotlashi mumkin.
Lekin, V.A.Ranov fikricha, har ikkala xo‘jalik turi hisorliklari iqtisodiyotida
hukmron mavqeni egallamagan 36
.
Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi.
Tadqiqot O‘rta Osiyo hududi miqyosida kishilik tarixi tosh asri neolit davri
(mil.avv. 6-4 ming yilliklar) qabilalar mehnat qurollari, xo‘jalik tarixini yoritishga
bag‘ishlangan. Bu borada arxeologik manbalar, ma’lumotlar bir tizimga keltiriladi.
Tadqiqotda zamonaviy tadqiqot usullari, nazariyalar va yangicha yondoshuvlar
qo‘llaniladi. Arxeologik manbalar qiyosiy tahlili asosida xolisona tarix yaratiladi,
shuningdek, tarixiylik, tizimlilik, xolislik, to‘plangan arxeologik materiallarni fan
yutuqlari asosida umumlashtirish va ularga qiyosiy tahlil tamoyillariga tayanib
yondashish ko‘zda tutilgan.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati.
O‘rta Osiyo hududi miqyosida kishilik tarixi tosh asri neolit davri (mil.avv.
6-4 ming yilliklar) qabilalar mehnat qurollari, xo‘jalik tarixi borasida qimmatli
arxeologik ashyoviy manbalar qo’lga kiritilgan. Bu ashyoviy dalillar o’z mazmun-
mohiyatiga ko’ra mazkur mintaqa ibtidoiy davri jamoalari moddiy madaniyatini
o’rganishda o’ziga xos manba bo’lib hisoblanadi. Ular O’rta Osiyo xalqlari tarixi,
32
Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского Междуречья. М., Наука, 1981, С.173.;
33
Исламов У.И., Тимофеев В.И. Кульура каменного века Центральной Ферганы. Ташкент, Фан, 1986;
34
Бижанов Е.Б. Каменный век Устюрта. Нукус, 1996, с.3-42.
35
Ермолова М.Н. Вопросы изучения остатков животных в археологических памятников в связи с проблемой
возникновения и развития производящего хозяйство. Барнаул, 1983.
36
Ранов В.А. Гиссарская культура: распространение, хронология, экономика. // Культура первобытной
эпохи Таджикистана. – Душанбе, 1982; Гиссарская культура – неолит горных областей Средней Азии. //
Каменной век Северной, Средней и Восточной Азии. – Новосибирск, 1985; Ранов В.А. Неолит (гиссарская
культура). История Таджикского народа. Том 1. – Душанбе, 1998. С. 105-123.
12](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_12.png)
![Vatanimiz tarixini yozishda, ta’lim jarayonida ishlatiladi. Shuningdek, xalqimiz
boy madaniy merosini targ’ibot-tashviqot qilishda muzey fondlarida ishlatiladi va
ta’lim-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarda keng qo’llaniladi.
Ish tuzilmasining tavsifi : Magistrli k dissertasiyamiz muqaddima, 3ta bob
va tegishli paragraflar, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, xarita va
tablisalardan iborat. 82 bet.
13](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_13.png)
![I-BOB. O‘rta Osiyo neolit davri jamoalarining moddiy madaniyati
1.Joyitun, Hisor, Kaltaminor tarixiy - madaniy jamoalarining moddiy
madaniyati
2. Ustyurt, Sazog‘on va Markaziy Farg‘ona neolit jamoalarining
moddiy madaniyati
1.Joyitun, Hisor, Kaltaminor tarixiy - madaniy jamoalari ning moddiy
madaniyati
O‘rta Osiyo neolit davri jamolari moddiy madaniyati yaxshi tadqiq etilgan.
O‘rta Osiyoning janubiy-g‘arbiy mintaqalarida Kopettog‘ning quyoshga tushlov
soy etaklarida ibtidoiy motiga dehqonchilik xo‘jaligiga asoslangan
Joytun 37
madaniyati, Amudaryo va Zarafshonning quyi havzalarida, Qizilqumda
ovchi-baliqchi urug‘ jamoalarining Kaltaminor madaniyati 38
, Hisor tog‘
tizmalarining dara va yaylovlarida Hisor madaniyati 39
, Farg‘ona vodiysida
Markaziy Farg‘ona madaniyati 40
, O‘rta Zarafshon vohasida Sazog‘on va Ustyurtda
Ustyurt neolit jamoalari madaniyati tarkib topdi 41
.
Janubiy Turkmaniston hududi Kopettog‘ yon bag‘rida tadqiq etilgan
Joyitun jamoalari ilk dehqonchilik madaniyatining yaratuvchilari bo‘lishgan
(mil.avv. VII ming yillik oxiri – VI ming yilliklar boshlari – IV ming yillik).
Tadqiqotlarda e’tirof etilishicha, bu mintaqa YAqin SHarq dehqonchilik
madaniyati tarqalgan hududning shimoli-sharqdagi eng chekka qismi bo‘lgan.
Joyitun madaniyati o‘tgan asrning 50-yillaridan boshlab B.A.Kuftin,
A.A.Marushenko, V.M.Masson, O.K.Berdiev kabi arxeologlar tomonidan
o‘rganildi. Ayniqsa, V.M.Masson o‘z tadqiqotlarida joyitunliklar madaniyatini
37
Массон В.М. Джейтунская культура. ЮТАКЭ, т.10, Ашхабад, Ылым, 1961; Поселение Джейтун
(проблемы становления производящей экономики). МИА, № 180, 1971.
38
Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского междуречье. М., 1981.
39
Ранов В.А. Гиссарская культура: распространение, хронология, экономика. // Культура первобытной
эпохи Таджикистана. – Душанбе, 1982; Гиссарская культура – неолит горных областей Средней Азии. //
Каменной век Северной, Средней и Восточной Азии. – Новосибирск, 1985; Неолит (гиссарская культура).
История Таджикского народа. Том 1. – Душанбе, 1998. С. 105-123.
40
Исламов У.И., Тимофеев В.И. Культура каменного века Центральной Ферганы. – Ташкент: Фан, 1986. С.
304.
41
Бижанов Е.Б. Неолитические памятники юго-восточного Устюрта. // Древняя и средневековая культура
юго-восточного Устюрта. – Ташкент : Фан, 1978. С.18-79 ; Каменный век Устюрта. Авт.реф. на соискание
уч.степени д.и.н. – Нукус, 1996. С.3-42 ; Джуракулов М.Д., Холматов Н.У. Мезолит и неолит Среднего
Зарафшана. – Ташкент: Фан, 1991. С. 3-122 .
14](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_14.png)
![atroflicha yoritgan 42
. Mazkur hududda joyitunliklar madaniyatiga tegishli bo‘lgan
20 ga yaqin makonlar tadqiq etilib, muhim arxeologik manbalar qo‘lga kiritilgan.
Joyitun jamoalari ijtimoiy tuzumi masalasida muhim manbalar qo‘lga
kiritilgan. Xususan, toshdan, loydan ayol qiyofasida yasalgan mayda
haykalchalarning ko‘plab topilishi mazkur jamoalarda matriarxal urug‘chilik
munosabatlarining gullab-yashnaganligini ko‘rsatadi. Juft oilalar mavjud
bo‘lganligini uy-joylar ichki tuzilishlaridan bilib olamiz. Katta jamoaga qarashli
xonalar mavjudligi esa umumjamoa ijtimoiy hayoti borasida ma’lumot beradi.
Xullas, joyitunliklar o‘z davrining ilg‘or, rivojlangan madaniyatga ega bo‘lgan
jamoalari bo‘lishganlar.
O‘rta Osiyo neolit jamoalari moddiy madaniyatini o‘rganishda Hisor
jamoalari makonlari tadqiqotlari natijalari ham muhim o‘rin tutadi. Markaziy va
Janubiy Tojikiston hududi tog‘, tog‘ yon bag‘ri mintaqalariga tarqalib yashashgan
bu neolit jamoalari madaniyati o‘rganishni o‘tgan asrning 50-yillarida
A.P.Okladnikov boshlab bergan bo‘lsa, keyinchalik uni atroflicha o‘rgangan olim
V.A.Ranov bo‘ldi 43
. Hisor madaniyatining asosiy yodgorliklari Sayyod 1, 2;
Tutqovul 1, 2; Tepagazion, Kangurtut kabilar hisoblanadi. Bu makonlardan qo‘lga
kiritilgan arxeologik manbalar mil. avv. VI ming – III ming yilliklarda bo‘lgan
madaniyatni kuzatish imkonini beradi. Tutqovul makoni hisor jamoalari
madaniyatining asosiy, tayanch yodgorligidir.Hisor jamoalari moddiy madaniyati
o‘z mazmun-mohiyati, hususiyatiga ko‘ra joyitun jamoalari madaniyatidan keskin
farq qilgan. Bu holat jamoalarning turli landshaft-iqlim sharoitda shakllangan va
rivojlanganligi bilan izohlanadi. Hisor jamoalari tosh industriyasi qayroqtoshli
industriya bo‘lib, unda «chaqmoqtosh-mikrolit» li element ham mavjud.
42
Массон В.М. Южнотуркменистанский центр раннеземледельческих культур.- Труды ЮТАКЭ, 1960, т. 10;
Земледельческий неолит юго-запада Средней Азии. // Средняя Азия в эпоху камня и бронзы. Л.: Наука,
1966; Поселение Джейтун (проблема становления производящей экономики). – МИА, №180. – Л.: Наука,
1971.
43
Ранов В.А. Гиссарская культура: распространение, хронология, экономика. // Культура первобытной
эпохи Таджикистана. – Душанбе, 1982; Гиссарская культура – неолит горных областей Средней Азии. //
Каменной век Северной, Средней и Восточной Азии. – Новосибирск, 1985; Ранов В.А. Неолит (гиссарская
культура). История Таджикского народа. Том 1. – Душанбе, 1998. С. 105-123.
15](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_15.png)
![Nafaqat O‘zbekiston hududi, balki O‘rta Osiyo miqyosida neolit davri
jamoalari moddiy madaniyatini o‘rganishda Kaltaminor tarixiy-madaniy jamoalari
madaniyatining alohida o‘rni bor. Bu madaniyat o‘tgan asrning 30-yillari oxirida
taniqli arxeolog S.P.Tolstov tomonidan kashf etilgan bo‘lib, keyingi yillar
davomida A.V.Vinogradov tomonidan atroflicha tadqiqot etilgan. Quyi Zarafshon
vohasidagi kaltaminor jamoalari madaniyati esa O‘ . Islomov tomonidan o‘rganildi.
Mazkur tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, Kaltaminor jamoalari nafaqat Amudaryo
etagi Oqchadaryo havzasida, balki qo‘shni O‘zboy, Zarafshon daryosi etaklarining
qadimiy o‘zanlari, Ustyurt, Qizilqumning ichki xududlari, Janubi - G‘arbiy
Qozog‘iston, SHarqiy Kaspiy, Orol bo‘yi Balxon hamda Mang‘ishloq sarhadlariga
tarqalishib yashashgan va o‘zlariga xos madaniyat yaratishgan. 44
Bunday keng
hududlarda yashagan jamoalar madaniyati umumiy nom – Kaltaminor tarixiy-
madaniy jamoalar madaniyati nomi bilan fanga kirgan. Bu madaniyat tarkibida bir
nechta mahalliy xarakterga ega bo‘lgan madaniy variantlar mavjud ekanligi
tadqiqotlarda aniqlangan. Bular Oqchadaryo, Quyi Zarafshon, Lavlakan kabi
mahalliy madaniy variantlar hisoblanadi 45
. Bu mahalliy madaniy variantlarning bir-
biridan farqlari jamoalar tosh industriyasi xususiyatlari, qurollar shakli, yasalish
uslubi, ishlov berilish texnologiyasi, sopol buyumlarning yasalishi, shakli,
naqshlari, zebi-ziynat ashyolari kabi jihatlari bilan izohlanadi. Kaltaminor tarixiy-
madaniy jamoalari shunchalik keng sarhadlarga tarqalib yashashganki, ularning
makonlaridan topib o‘rganilgan arxeologik ashyoviy dalillar tahlili, bir tomondan,
ularning moddiy madaniyati, turmush tarzi, ijtimoiy hayoti, xo‘jalik asoslari
jihatidan birlashuvchi umumiy qon-qardosh jamoalar ekanligini ko‘rsatsa, ikkinchi
tomondan, hududiy kengligi turli iqlimiy, ekologik sharoit nuqtai-nazar i dan
44
Толстов С.П. Древней Хорезм. – М.: Издательство МГУ, 1948. Виноградов А.В. Неолитические
памятники Хорезма - МЭХ, вып.8. – М.: Наука, 1968 ; Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы
Среднеазиатского междуречья. – ТХЭ, т. Х III . – М.: Наука, 1981. 173 б .; Виноградов А.В. Мамедов Э.Д.
Первобытный Лявлякан. Этапы древнейшего заселения и освоения Внутренних Кызылкумов - МЭХ, вып.10.
– М.: Наука, 1975 ; Гулямов Я.Г., Исламов У., Аскаров А. Первобытная культура и возникновение
орошаемого земледелия в низовьях Зарафшана. – Ташкент: Фан, 1966 ; Бижанов Е.Б. Неолитические
памятники юго-восточного Устюрта // Древняя и средневековая культура юго-восточного Устюрта. –
Ташкент, Фан, 1978. 18-79-бетлар; Бижанов Е.Б. Каменный век Устюрта. Авт.реф. на соискание уч.степени
д.и.н. – Нукус, 1996 . С.3-42.
45
Виноградов А. В. О локальных вариантах неолитической культуры Кызылкумов.- КСИА, 1970, вып.
122. С. 31-36; Виноградов А.В. Кўрсатилган адабиёт . 1981 , 165 -бетлар .
16](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_16.png)
![mahalliy xususiyatga ega jamoalar madaniy majmuasi ekanligini ko‘rsatadi.
SHubhasiz, mazkur jamoalar birgalikda Kaltaminor tarixiy-madaniy jamoalar
madaniyatini tashkil etadi. Ta’kidlash joizki, agar mil.avv IV ming yildayoq
Turkmanistonning janubiy sarhadlarida Joyitun neolit jamoalari madaniyati
negizida ilk metallchilik madaniyati (eneolit) shakllangan bo‘lsa, Kaltaminor
jamoalari yashayotgan pasttekislik (hozir dasht holatidagi) sarhadlarida esa mil.avv
III ming yillik oxirigacha nafaqat to‘laligicha jamoalar turmushida tosh qurollar
tarkibi (albatta vaqt o‘tishi bilan ko‘rinishi, hajmi, ishlov berilishi uslubi o‘zgargan
holda) saqlanib qolgan, balki bu jamoalar turmushida o‘zlashtirma xo‘jalik –
ovchilik, termachilik va baliqchilik sohalari to‘laligicha hukmron bo‘lib
qolavergan 46
.
Hozirgi kunda Kaltaminor tarixiy-madaniy jamoalarining uchta mahalliy
xarakterga ega bo‘lgan madaniy variantlari borligi aniqlangan. 1.Oqchadaryo
havzasi madaniy varianti. Amudaryoning quyi oqimining qadimgi o‘ng qirg‘og‘i -
Oqchadaryo havzasi hisoblanib, havza sohillaridan Kaltaminor jamoalariga tegishli
bo‘lgan ko‘plab makonlar kashf etilgan. Havza janubiy va shimoliy qismlardan
iborat:. To‘rtko‘l shahri yonidan boshlangan janubiy havza shimol tomon uchta
asosiy irmoq bilan yuzlanib, Sulton Uzdag tog‘ tizmasi yon bag‘riga borib
taqaladi. Sulton Uzdagni g‘arb tomondan aylanib o‘tgan suv oqimi
Oqchadaryoning tor yo‘lakchasi orqali shimolga o‘tib olib, bu erda janub havzadan
ham nisbatan kattaroq hajmda bo‘lgan shimoliy Oqchadaryo havzasini tashkil
etadi. Ikkala havza ham, xuddi Zarafshon daryosining qadimgi quyi o‘zanlari kabi
o‘zining tabiiy sharoiti bilan Qizilqumning ajralmas tarkibiy qismini tashkil etgan.
SHimoliy Oqchadaryo havzasida neolit jamoalariga mansub makonlar deyarli
noma’lum. Janubiy Oqchadaryo havzasi sarhadlaridan esa, aksincha, tayanch
makonlar turkum holatda topilgan 47
.Tolstov makoni tosh industriyasi – mikrolitli,
paraqali industriya bo‘lib, o‘z mazmun- mohiyatiga ko‘ra Kaltaminor jamoalariga
tegishlidir. Oqchadaryo havzasida so‘nggi yillar mobaynida amalga oshirilgan
46
Виноградов А.В. Кўрсатилган адабиёт . 1981 , 147 -бетлар .
47
Виноградов А.В. Неолитические памятники Хорезма. – МЭХ, вып.8. – М.: Наука, 1967; Виноградов А.В.
Кўрсатилган адабиёт . 1981. С. 78-90.
17](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_17.png)
![arxeologik tadqiqotlar natijalari Kaltaminor jamoalari madaniyati taraqqiyoti
so‘nggi bosqichlari moddiy madaniyati borasida ham qiziqarli manbalar to‘plash
imkonini berdi. Ba’zi sopollarning gardishida rangli gul naqshlari ham paydo
bo‘lgan. Tuxumsimon idishlar o‘rniga tuvaksimon, tag qismi tekis holatdagi
idishlar qo‘llanila boshlangan. SHu tarzda bu bosqichda jamoalar o‘ziga xos
moddiy madaniyat yaratganlar. 2 .Quyi Zarafshon mahalliy madaniy varianti O‘rta
Osiyo miqyosida neolit jamoalariga tegishli eng ko‘p sonli makonlar Zarafshon
daryosi quyi etagi qadimgi o‘zanlari havzasidan topilgan bo‘lib, ular etti yuzdan
ortiq. Ammo ularning aksariyatida madaniy qatlam saqlanib qolmagan. Mazkur
makonlar ilmiy talqini bu mintaqada neolit davri taraqqiyot bosqichlarining deyarli
barchasiga oid jamoalar madaniyatini kuzatish imkonini beradi. Ularning
o‘rganilishi Zarafshon daryosining hozirgi kunda qurib qolgan qadimgi o‘zanlari
to‘g‘risida ham qimmatli ma’lumotlar beradi. Oyoqagitma, davomi esa Daryosoy
deb nomlanadi va o‘zan Amudaryoga quyilmasdan Quljuqtov tizmasi janubi-
g‘arbiy etagida o‘ziga xos subaeral havzasini tashkil etib, o‘z oqim harakatini
to‘xtatadi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, keyingi yillarda amalga oshirilgan
paleogidrografik, paleogeografik, arxeologik tadqiqotlar natijasida Zarafshon
daryosining quyi qismida uchta qadimgi o‘zanlari tizimi harakatda bo‘lganligi
aniqlandi. Mohandaryo, Xo‘jayli, Katta va Kichik Tuzkon atroflaridan topilgan
makonlar moddiy madaniyati Kaltaminor jamoalariga tegishli ekanligi aniqlandi.
Ularning aksariyatida madaniy qatlam saqlanmagan bo‘lsa-da, Dorbazaqir 1, 2
makonlarida madaniy qatlamlar yaxshi saqlangan, ularga tegishli neolit jamoalari
kunlik turmush tarzi, xo‘jalik yumushlari, turar joylari borasida qimmatli manbalar
qo‘lga kiritilgan. Ayniqsa, Dorbazaqir 1 makonida o‘rganilgan uy-joy qoldiqlari
o‘z shakli, qurilishlari bilan Uchashi 131 kulbalariga o‘xshash, faqatgina o‘lchami,
maydon sathlari kichikligi bilan farqlanadi. Makonlardan tosh buyumlar, sopol,
suyakdan yasalgan qurollar, hayvon, parranda va baliq suyaklari qoldiqlari
kolleksiyasi qo‘lga kiritilgan. 48
48
Гулямов Я.Г., Исламов У., Аскаров А. Первобытная культура и возникновение орошаемого земледелия в
низовьях Зарафшана. – Ташкент: Фан, 1966 ; Коробкова Г.Ф. Орудия труда и хозяйство неолитических
племен Средней Азии. МИА, №158. – Л.: Наука, 1969 .
18](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_18.png)
![Zarafshon daryosi qadimgi o‘zanlaridan biri bo‘lgan CHorbaqti vohasida
1984-1986 yillarda tadqiqotlar olib borildi. Bu o‘zanning asl, tub qismi hozirgi
kunda atrof yon qismlari tuproqlari denudatsion jarayonlar natijasida emirilib
ketilganidan, er sathida bo‘rtib chiqib qolgan holatda saqlanib turibdi. CHorbaqti
vohasidan oltmishdan ortiq mezolit, neolit davri jamoalariga tegishli makonlar
topib o‘rganilgan. 49
Moddiy madaniyati bilan O‘rta Osiyo tog‘ va tog‘ yonbag‘ri
so‘nggi paleolit-mezolit jamoalari madaniyatiga yaqin bo‘lgan mezolit davri
makonlarining kashf etilishi bu o‘zanning nisbatan ertaroq o‘zlashtirganligini
ko‘rsatdi 50
. 3.Lavlakon (Qizilqum ichki hududi)mahalliy madaniy varianti.
Geografik jihatdan Janubi-G‘arbiy Qizilqumning tarkibiy qismi bo‘lgan Qoraqotin
botiqligining sharqiy tomonida yigirmadan ko‘proq sho‘r suvli havzalar tizimi
mavjud. Ularning eng kattasi Lavlakon hisoblanadi. Lavlakon namgarchiligi iqlim
sharoitida (mil. avv. 6-4 ming yilliklar) ushbu suv havzalari atrofi qalin
to‘qayzorlar bilan qoplangan, o‘simlik, hayvonot dunyosi va parrandalarga boy
bo‘lgan, ko‘llarda baliqlar serob bo‘lib, ibtidoiy odam yashashi uchun to‘liq
imkoniyat mavjud bo‘lgan. Lavlakon ko‘li qadimgi qirg‘oqlari gir atrofi bo‘ylab
300 dan ziyod neolit jamoalariga tegishli makonlar o‘rganilgan. Bu makonlar
arxeologik ashyoviy dalillar topilishi jihatidan turlichadir. Ularning moddiy-
madaniyati mezolit davrining so‘nggi bosqichlari va, asosan, neolit davri
jamoalariga tegishlidir. Ko‘pchilik makonlar maydon sathi jihatidan juda kichik,
madaniy qatlami saqlanmagan, makon chegarasi doirasi bo‘ylab er sathi ustki
qismidan yig‘ib olingan arxeologik manbalar miqdori ham juda kam sonlidir.
O‘rganilgan Lavlakon 26 kabi makon ham arxeologik manbalari miqdori va ilmiy
qimmati bilan Quyi Zarafshon vohasi, Oqchadaryo havzasi, Mohandaryo
makonlaridan deyarli qolishmaydi. SHu dalilning o‘zi ham Lavlakon kabi ko‘llar
yon qirg‘oqlarida mezolit davri so‘nggi bosqichlari va neolit davrida doimiy aholi
49
Холматов Н.У. Новые неолитические памятники на староречьях Зеравшана. // Новые открытия в
Приаралье, вып. 1, М. , 1991. С.4-32; Холматов Н.У. К хронологии келтаминарских материалов староречий
Зарафшана. ИМКУ, Вып. 3 4, Самарканд, 2004. С.17-25.
50
Виноградов А.В. Кўрсатилган адабиётлар . 1981. 59, 60 -бет; Холматов Н.У. Мезолит низовьев Зарафшана.
– ИМКУ, №30, 2000. С. 38-49 ; Холматов Н.У. Мезолит и неолит Нижнего Зарафшана. – Ташкент, “Фан”,
2007, с.27-44.
19](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_19.png)
![yashaydigan uzoq muddat faoliyat ko‘rsatgan yirik makonlar bo‘lganligi va bu
joylarda ko‘plab aholi yashab, ular o‘ziga xos moddiy madaniyat yaratganliklarini
bildiradi 51
.Lavlakon jamoalari turmushlarida ishlatilgan sopol idishlar o‘z shakli
yasalish usullari bilan Kaltaminor jamoalarinikiga aynan o‘xshash. Faqatgina
idishlar devorlari sirtiga berilgan naqshlar o‘ziga xoslilik jihatlari bilan farqlanadi.
Quyi Zarafshon, Oqchadaryo havzasi neolit jamoalari idishlaridan farqli o‘laroq
o‘rta va so‘nggi neolit bosqichlarida bu jamoalar idishlarida hukmron mavqeni
chiziqli emas, balki arratishli ko‘rinishdagi naqshlar egallaydi (chamasi 40%).
Kaltaminor madaniyati sopol idishlari asosiy naqshi hisoblangan to‘lqinsimon
ko‘rinishli naqshlar deyarli uchramaydi. Idishlarda Kaltaminor jamoalari
madaniyati so‘nggi bosqichlariga xos bo‘lgan «tebranuvchi», «sakrovchi
taraqsimon» ko‘rinishidagi naqshlar umuman uchramaydi. Bu kabi xususiyatlar
Lavlakon jamoalari moddiy madaniyatining o‘ziga xosligini ko‘rsatadi.
SHunday qilib, kaltaminar tarixiy-madaniy jamoalar madaniyati - Oqchadaryo,
Lavlakan hamda Quyi Zarafshon kabi mahalliy madaniy variantlar majmuasidan
iborat. Ular umummadaniyat tarkibida o‘ziga xos xususiyatlarga ega. YUqorida
zikr etilganidek, kaltaminorliklar nisbatan kengroq sarhadlarga tarqalishib
yashaganlar. Jamoalar turli ekologik sharoitlarga tushib qolishgan va ularni o‘rab
turgan atrof-muhit esa turmush tarziga ta’sir etib, o‘ziga xos xususiyatlarga ega
bo‘lgan bir-biridan farqlanuvchi madaniyatlar yaratilishiga sabab bo‘lgan va ular
mahalliy madaniy variantlar sifatida namoyon bo‘lgan.
Xullas, Kaltaminor tarixiy- madaniy jamoalari madaniyati o‘rganilishida bir
qator tayanch makonlar kashf etilib tadqiqotiga erishildiki, bu makonlardan qo‘lga
kiritilgan ashyolar, so‘zsiz O‘zbekiston neolit davri jamoalari madaniyati
sahifalari, uning rivojlanish bosqichlari va xronologiyasini bilib olishga imkon
berdi.
2. Ustyurt, Sazog‘on va Markaziy Farg‘ona neolit jamoalarining moddiy
madaniyati .
51
Виноградов А.В., Мамедов Э.Д. Первобытный Лявлякан. Этапы древнейшего заселения и освоения
Внутренних Кызылкумов, - МЭХ, вып.10. – М.: Наука, 1975 ; Виноградов А.В. Кўрсатилган адабиёт . 1981.
94-104 -бетлар .
20](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_20.png)
![O‘rta Osiyo neolit davri jamoalari moddiy madaniyatini o‘rganishda Ustyurt
platosi neolit jamoalari, O‘rta Zarafshon vohasidagi sazog‘on jamoalari hamda
Farg‘ona vohasidagi Markaziy Farg‘ona jamoalari madaniyati muhim o‘rin tutadi.
O‘zbekiston neolit davri jamoalarining madaniyatini o‘rganishda Ustyurt
platosi miqyosida amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlar jarayonida muhim
arxeologik manbalar qo‘lga kiritilgan 52
. Ustyurt platosi Kaspiy va Orol dengizi
oralig‘ida joylashgan keng hududni o‘z ichiga oladi. Pleystotsen davri taraqqiyot
bosqichlarida iqlim sharoitlarining o‘zgarishi mazkur hududning odamzod
tomonidan o‘zlashtirilishiga imkon bergan. Jumladan, Esen 2, 3, Qoraquduq,
CHuruk 12 kabi makonlarni o‘rganish Ustyurt platosi ashel davridan boshlab
o‘zlashtirilganligi to‘g‘risida asosli ma’lumotlar berdi 53
. Mazkur hududda tosh
davri taraqqiyoti keyingi bosqichlarida uzluksiz ravishda hayot kechirish davom
etgan va o‘ziga xos moddiy madaniyat yaratilgan. Aydabal, CHuruk, Kugesem
kabi mezolit davri jamoalariga tegishli makonlar tadqiqi bu borada muhim
ma’lumot berdi. Ayniqsa, arxeolog E.Bijanovning Ustyurt platosi mezolit davri
jamoalari moddiy madaniyatining kelib chiqish ildizlari mahalliy CHuruk – 12
kabi so‘nggi paleolit madaniyati negizida shakllangan, degan ilmiy qarashlar
diqqatga sazovordir.
Hozirgi kunda Ustyurt platosi neolit davri jamoalarining madaniyati nisbatan
mukammal o‘rganilgan, bu jamoalar madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari
aniqlangan. Ustyurt platosining deyarli barcha tumanlarida neolit jamoalariga
tegishli makonlar kashf etilgan bo‘lib, ularning umumiy soni 150 taga yaqin. Bu
makonlarning joylanish holatlari qadimgi yirik havzasimon cho‘kmalar (hozirgi
kunda qurib qolgan yirik suv havzalari – CHuruk, Aydabal, Aktaylak, Istay kabi)
va eski suv o‘zanlari yon qirg‘oqlari bilan bog‘liqligi aniqlandi. Makonlarning
aksariyati qisqa muddatli, mavsumiy xarakterga ega bo‘lgan vaqtinchalik
52
Бижанов Е.Б. Неолитические памятники юго-восточного Устюрта. // Древняя и средневековая культура
юго-восточного Устюрта. – Ташкент : Фан, 1978. С.18-79 ; Мезолитические и неолитические памятники
северо-западного Устюрта. // Археология Приаралья. – Ташкент: Фан, 1982, вып.1 . С.14-38 ; Памятники
каменного века впадины Шахпахты. // Археология Приаралья. – Ташкент: Фан, 1984, вып.2. С.8-21 ; Первое
неолитическое погребение на Устюрте. - СА, 1985, №1. С.250-252 ; Каменный век Устюрта. Авт.реф. на
соискание уч.степени д.и.н. – Нукус, 1996. С.3-42.
53
Бижанов Е.Б. Кўрсатилган адабиёт, 1996, 41-бет.
21](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_21.png)
![manzilgohlar bo‘lib, ularda madaniy qatlam saqlanib qolmagan. Nisbatan yirik,
uzoq muddat kishilar yashagan makonlar esa sanoqlidir (Aktaylak 1, 20, 25 va
boshqalar). E.Bijanov neolit makonlari tosh industriyasi xarakteri, tosh qurollari
tipologik tahlilidan kelib chiqib, neolit jamoalari moddiy madaniyatini quyidagi
uchta taraqqiyot bosqichiga bo‘ladi: 1. Ilk neolit – Oqtoyloq 1, Oqto‘ba 2, CHuruk
2, 3, 7, Jarinquduq 2, Aydabal 2, 4, 7, 10, 20, 23 kabi makonlardan iborat bo‘lib,
ularning moddiy madaniyati mil. avv. VI-V ming yilliklarga to‘g‘ri keladi. Bu
bosqich jamoalari tosh industriyasida asimmetrik shakldagi trapetsiyalar,
ponasimon qurollar turli, hajmdagi uchirmalardan yasalgan qirg‘ichlar, keskich
qurollar xarakterli bo‘lib, ular o‘z jihatlari bilan Jabal g‘ori - V– madaniy qatlami
qurollariga o‘xshash; 2. O‘rta (rivojlangan) neolit (mil.avv. V-IV ming yilliklar) –
Kosbuloq- 5, 7; CHuruk- 5, 6, 8, 9; Allam 3, Aydabal 3, 5, 8, 13, 19, 24, 26;
Jarinquduq kabi makonlardan iborat bo‘lib, ularning moddiy madaniyatida
simmetrik trapetsiyalar, paraqadan yasalgan qirg‘ichlar, ustki qiya holatdagi kesim
qismiga ishlov berilgan paraqa qurollar, ikki taraflama ishlov berilgan o‘q-yoy
uchlari kabilar xarakterlidir. Ba’zi tosh qurollari o‘z shakli-shamoyili va ishlov
berilish usullari bo‘yicha Kaltaminor jamoalari qurollariga o‘xshash; 3. So‘nggi
neolitga (mil.avv. IV-III ming yilliklar) – Isatay- 3, CHuruk -1, 4, Kaskajol,
Oqtumsiq, Kugesem kabi makonlarni kiritish mumkin. Ularning tosh industriyasi
paraqali mikrolitli industriya bo‘lib, geometrik shakldagi qurollar esa uchramaydi,
paraqadan yasalgan qirg‘ichlar soni kamayib, aksincha, uchirmadan yasalgan
qirg‘ichlar soni ko‘payadi. Ikki taraflama ishlov berilgan o‘q-yoy paykonlari
(bargsimon) esa ko‘plab uchraydi.
Sazog‘on madaniyati. Zarafshon vohasi neolit davri jamoalari moddiy
madaniyati birmuncha mukammalroq o‘rganilgan. Quyi Zarafshon vohasi, uning
qadimiy o‘zanlari bo‘lgan Echkiliksoy, Oyoqagitma, Daryosoy, CHorbaqti,
Xo‘jayli va Mahondaryo vohalari miqyosida ko‘plab makonlar topilib, ular
kaltaminor jamoalariga tegishli ekanligi aniqlangan 54
. YUqori Zarafshon vohasida
neolit jamoalari madaniyati Oq Tanga makoni misolida V.A.Ranov tomonidan
54
Гулямов Я.Г., Исломов У.И., Асқаров А.А. Кўрсатилган адабиёт, 1966; Виноградов А.В. Кўрсатилган
адабиёт, 1981. 64-78-бетлар.
22](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_22.png)
![tadqiq qilingan 55
. O‘rta Zarafshon vohasi neolit jamoalari moddiy madaniyati esa
Qoratepa tog‘ massivi shimoliy yon bag‘ri yirik soy yon qayirlari va ular yon
daralarida kashf etilgan sazog‘on madaniyatiga tegishli makonlar asosida
o‘rganilgan 56
. Mazkur madaniyatga tegishli makonlar tadqiqot ishlari Samarqand
Davlat universiteti arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan o‘tgan asrning 60-yillari
ikkinchi-yarmidan e’tiboran boshlanib to hozirgi kungacha davom etib kelmoqda.
Xususan, Sazog‘on 1,2, Jangal 1, Tepaqul 3,4, Lolab, Qorakamar, Ochil g‘or
makoni kabi yodgorliklarda bevosita arxeologik qazishma ishlari bajarilgan,
o‘ttizdan ortiq ochiq hamda g‘or va ungur tipidagi yodgorliklar arxeologik xaritaga
olingan. 57
Qoratepa tog‘ massivi shimoliy yon bag‘rida amalga oshirilgan arxeologik
tadqiqotlar natijasi mazkur hududning paleolit davrdanoq odamzod tomonidan
o‘zlashtirilganligini ko‘rsatdi. Paleolit, mezolit va neolit davri jamoalari moddiy
madaniyati yuzasidan qo‘lga kiritilgan arxeologik manbalar bu jarayondan
guvohlik bermoqda (Olmabuloq-paleolit, Sazog‘on 1, Qorakamar-mezolit).
Makonlar tadqiqotida nafaqat jamoalar moddiy madaniyati, balki mazkur
mintaqaning paleekologik sharoiti, makonlarning joylanishi geologik holatlari
borasida ham qimmatli ma’lumotlar to‘plandi. 58
Bu ma’lumotlarga qaraganda
pleystotsen so‘nggi bosqichlari, golotsen davrida iqlimiy sharoit mazkur mintaqada
ibtidoiy odamzod yashashi uchun qulay bo‘lgan. Xususan, tog‘ va tog‘ yon
bag‘irlari o‘z jihatlari (yon bag‘irlarida boy o‘simlik va hayvonot dunyosi, yirik
soylar, sersuv chashma, buloqlar, g‘or va ungurlar mavjudligi) bilan odamzod
yashashiga imkoniyat bergan. Bu tadqiqotlarda aniqlandi va haqiqatdan ham
Qoratepa tog‘ massivi shimoliy yon bag‘rida ibtidoiy jamoalar paleolit davridan
55
Ранов В.А. Кўрсатилган адабиёт, 1998. 105-123-бетлар.
56
Джуракулов М.Д., Холматов Н.У. Мезолит и неолит Среднего Зарафшана. – Ташкент: Фан, 1991. С.3-122.
57
Холматов Н.У. СамДУ археологик экспедицияси энг сўнги тадқиқотлари саҳифасидан. // Ўзбекистон
тарихи ва археология фанларининг долзарб муаммолари. Республика илмий конференцияси материаллари,
Самарқанд, 2003.
58
Джуракулов М.Д., Мамедов Э. Геология археологических памятников Зарафшана. Учебное пособие. –
Самарканд, 1986. 138 с . ; Джуракулов М.Д., Мамедов Э., Зуева О.В., Трафимов Г.Н., Холматов Н.У. Полевая
практика в горах Каратюбе Учебное пособие. – Самарканд, 1992. 97 с .
23](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_23.png)
![boshlab yirik soylar yon qayirlari va ular yon daralaridagi g‘or va ungurlarda
yashashib, o‘zlariga xos moddiy madaniyat sohibkorlari bo‘lishgan.
Tadqiqotlarda qo‘lga kiritilgan manbalar Qoratepa tog‘ massivi shimoliy
yon bag‘ri ibtidoiy jamoalari moddiy madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini
birmuncha oydinlashtirish imkonini berdi. Xususan, Olmabuloq makoni tosh
qurollari kolleksiyasi o‘zida levallua-muste texnologik uslubini namoyon etganligi
uchun voha o‘rta paleolit davri makonlari jumlasiga kiradi. Bu esa o‘rta paleolit
jamoalari nafaqat Zarafshon vohasining pasttekislik mintaqalari, balki tog‘ yon
bag‘irlarini ham o‘z ichiga olgan keng qamrovdagi ekologik burchaklarga
tarqalishib yashashgan va o‘zaro madaniy qo‘ni-qo‘shnichilik aloqada bo‘lishgan
degan ilmiy xulosalarni beradi. Sazog‘on 1 makoni jamoalari esa o‘z moddiy
madaniyatida O‘rta Osiyo tog‘ mintaqasi mezolit-neolit jamoalari (Tutqovul, Soy-
Sayyod) 59
xususiyatlarini mujassamlashtirgan holda o‘z navbatida tosh
industriyasida Samarqand yuqori paleolit jamoalariga xos texnologik uslublari
an’analarini ham saqlab qolgan. 60
Sazog‘on neolit jamoalari moddiy madaniyati
o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra O‘rta Osiyo tog‘ mintaqasi neolit jamoalari
madaniyatlari sirasiga kiradi. Bu jamoalar yashagan mintaqa (Qoratepa tog‘
massivi shimoliy yon bag‘ri) jo‘g‘rofiy jihatdan O‘rta Osiyo tog‘ va pasttekislik
mintaqalari o‘rtasidagi oraliq hudud hisoblanadi. Sazog‘on jamoalari garchi o‘z
madaniyatida bir tomondan O‘rta Osiyo tog‘ mintaqasi hisor jamoalari
madaniyatining ba’zi hususiyatlarini (ponasimon qurollar, tik ish maydoniga ega
bo‘lgan uchirmadan yasalgan qirg‘ichlar; yon tomoni old qismiga ishlov berilgan
tosh o‘zaklari, tutqovul tipidagi teshkich qurollar, qayroqtosh qurollari kabi),
ikkinchi tomondan esa O‘rta Osiyo pasttekislik mintaqasi Kaltaminor jamoalari
ba’zi xususiyatlarini (tosh industriyasinining paraqali qismi, sopol buyumlari, xom
ashyo materiallari kabi) namoyon etgan bo‘lsa-da, o‘ziga xos xususiyatlarga (tosh
industriyasining otshepli-paraqali, mikroparaqa elementli) ega bo‘lgan mustaqil
madaniyat hisoblanadi. SHuningdek, tosh industriyasi paraqali qismi
59
Ранов В.А., Коробкова Г.Ф. Туткаул-многослойное поселение гисса р ской культуры в южном
Таджикистане. СА.1971, №1. С.138-172.
60
Джуракулов М.Д. Самаркандская стоянка и проблемы верхнего палеолита в Средней Азии. – Ташкент:
Фан, 1987. 171 с .
24](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_24.png)
![mikroparaqali elementi bilan Markaziy Farg‘ona madaniyatiga yaqinligini ham
inobatga olish lozim 61
.Ta’kidlash joizki, sazog‘on jamoalari tosh qurollari yasalishi
va ishlov berilishi uslublarida mezolit va hattoki so‘nggi paleolit qurollariga xos
an’analar saqlanib qolganligi holati kuzatiladi.
Markaziy Farg‘ona madaniyati. O‘zbekiston miqyosida neolit jamoalari
moddiy madaniyatini o‘rganishda Farg‘ona vodiysining ham alohida o‘rni bor.
Voha landshaft, iqlimiy sharoiti nuqtai nazaridan ham o‘ziga xos mintaqa bo‘lib,
tog‘, tog‘ yon bag‘ri va pasttekislik sarhadlaridan iboratdir. Bu ekologik xususiyat
vodiyning ibtidoiy jamoalari moddiy madaniyatida ham o‘z aksini topgan.So‘nggi
yillar mobaynida vohada amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida Sel-
Ungur g‘or makonining kashf etilishi va uning moddiy madaniyatining o‘rganilishi
muhim ilmiy ahamiyat kasb etdi. Xususan, makondan eng qadimgi odamzod suyak
qoldiqlari «Farg‘ona odami» topilishi O‘rta Osiyo miqyosida antropogonez
jarayoni masalalarini oydinlashtirish-da muhim manba hisoblanadi. Demak, ilk
paleolit davridan e’tiboran Farg‘ona vodiysi odamzod tomonidan o‘zlashtirilib,
ular o‘zlariga xos madaniyat yaratishganligi ma’lum bo‘ldi 62
. Tadqiqotlardan
ma’lum bo‘ldiki, Farg‘ona vodiysida tosh davri taraqqiyoti so‘nggi bosqichlari
bo‘lgan mezolit, neolit davrlarida ham odamzod uzluksiz ravishda yashab o‘ziga
xos moddiy madaniyat yaratganliklari ham aniqlangan 63
. Xususan, mezolit davri
jamoalari tog‘, tog‘ yon bag‘ri hududlarini, mezolit davri so‘nggi bosqichi va
neolit davri jamoalari esa vodiyning pasttekislik mintaqalarini o‘zlashtirib
yashaganlar. Albatta, vodiyning bu holatda odamzod tomonidan o‘zlashtirilishi
ham O‘rta Osiyo miqyosida inson yashashi uchun qulay iqlimiy sharoit yuzaga
kelganligidan dalolat beradi. Qadimda tog‘ mintaqalari daralaridan oqib kelgan
suvlar yirik daryolar, soylar hosil qilib, bu hodisa vodiyning markaziy tumanlarida
o‘ziga xos ko‘l havzalarini bunyod etgan. Asrlar o‘tishi bilan bu suv havzalari
61
Исламов У.И., Тимофеев В.И. Культура каменного века Центральной Ферганы. – Ташкент: Фан, 1986. 304
б .
62
Исламов У.И. Древнейшая пещерная палеолитическая стоянка Сельунгур Ферганской долине. - СА, 1990,
№2. С. 115-126 .
63
Исламов У.И. Обиширская культура. – Ташкент: Фан, 1980; Исламов У.И., Тимофеев В.И. Культура
каменного века Центральной Ферганы. – Ташкент: Фан, 1986. 304 с.
25](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_25.png)
![qurib qolgan yoki sho‘rlab ketgan yirik botiqlar hosil qilgan. SHu nuqtai nazardan
qaralganda, aksariyat neolit jamoalari avvallari mavjud ko‘llar atrofida makon
qurib yashaganlar (Uzunko‘l, SHarko‘l, Ashiko‘l, Damko‘l, Sariqsuv, Mingbuloq
va h.k.).SHuni qayd etish lozimki, Farg‘ona vodiysi tosh davri jamoalari moddiy
madaniyatiga tegishli bo‘lgan dastlabki ma’lumotlar o‘tgan asrning 50-yillari
o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Jumladan, B.Z.Gamburg va N.G.Gorbunovalarning
Damko‘l atroflarida amalga oshirgan tadqiqotlari natijalari muhim ahamiyat kasb
etgan. 1963-64 yillar mobaynida YU.A.Zadneprovskiy vodiyning markaziy
sarhadlarida keng ko‘lamda tadqiqot olib borib, 21 ta tosh davriga tegishli
makonlar kashf etishga muvaffaq bo‘lgan 64
. Keyingi yillarda esa neolit davri
jamoalari madaniyati tadqiqoti ishlari asosan U.Islomov, V.I.Timofeevlar
tomonlaridan bajarilib, ilmiy natijasi «Markaziy Farg‘ona» neoliti o‘ziga xos
mustaqil madaniyat ekanligi isbotlanishi va fanga kiritilishi bilan belgilanadi 65
.
Markaziy Farg‘ona neolit jamoalari moddiy-madaniyati asosiy tadqiqotchisi
O‘tkir Islomov o‘z izlanishlarida mazkur jamoalar madaniyatining qo‘shni
Tojikiston hududi Hisor neolit jamoalari, O‘rta Zarafshon vohasi sazog‘on
jamoalari madaniyatlari bilan ba’zi jihatlari xususida madaniy o‘xshashliklari
borligi haqida dalillar keltirgan 66
. Ta’kidlash joizki, o‘z vaqtida tadqiqotchilar
tomonidan Markaziy Farg‘ona va Sazog‘on madaniyati O‘rta Osiyo tog‘ mintaqasi
umumneolit madaniyatlari tarkibiga kiruvchi, lekin ikkalasi ham o‘ziga xos
xususiyatlarga ega bo‘lgan mustaqil madaniyatlar deb e’tirof etilgan edi 67
. O‘rni
kelganda aytish joizki, bu ikkala madaniyatning bir-biridan jo‘g‘rofik joylanishi
jihatidan, oraliq masofa nuqtai nazaridan uzoq masofada joylashganiga qaramay,
ularning o‘zaro moddiy madaniyati o‘xshashliklariga yordam bergan yana bir
xususiyat borligini keltirish mumkin. Bu ularning bir tomondan tog‘ mintaqasi,
ikkinchi tomondan pasttekislik mintaqasi o‘rtasidagi oraliq mintaqada (tog‘ yon
64
Заднепровский Ю.А. Неолит Центральной Ферганы. КСИА. вып.106, М., 1966.
65
Исламов У.И., Тимофеев В.И. Кўрсатилган адабиёт . 1986, 304 - бет.
66
Исламов У.И., Тимофеев В.И. Кўрсатилган адабиёт . 1986. 108, 109-бетлар.
67
Исломов, Тимофеев, Кўрсатилган адабиёт . 1986. 305 б.; Джурақулов, Холматов . Кўрсатилган адабиёт .
1991,123 б.
26](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_26.png)
![bag‘irlari) joylashganligi va o‘ziga xos bir xil ekologik sharoitga ega bo‘lganligi
bilan izohlanadi.
Markaziy Farg‘ona neolit jamoalari moddiy madaniyati kelib chiqish ildizlari
mahalliy madaniyatlar negizida, ya’ni Obishir mezolit jamoalari madaniyati
bag‘rida shakllanganligi tadqiqotlarda aniqlangan. Biroq mazkur madaniyat
taraqqiyoti so‘nggi bosqichi jamoalari moddiy madaniyatiga oid makonlar deyarli
topib o‘rganilmagan.
YUqorida zikr etilgan tadqiqotlar natijasi Farg‘ona vohasida ham neolit davrida
tosh davri jamoalarining uzluksiz madaniyati bo‘lganligi va bu madaniyat o‘ziga
xos xususiyatlarga ega ekanligini ko‘rsatdi.
Xullas, Ustyurt neolit jamoalari, O‘rta Zarafshon Qoratepa tog‘ massivi
shimoliy yon bag‘ri sazog‘on jamoalari hamda Farg‘ona vohasi Markaziy Farg‘ona
jamoalari madaniyati O‘rta Osiyo neolit davri jamoalari madaniyatining
sahifalarini bilib olishimizda muhim o‘rin tutadi.
27](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_27.png)
![II-BOB. Ishlab chiqarish xo‘jaligining shakllanishi va rivojlanishi
to‘g‘risida ilmiy konsepsiyalar
3. Ishlab chiqarish xo‘jaligining shakllanishi va rivojlanishi
to‘g‘risida ilmiy konsepsiyalar ning o‘ziga xos xususiyatlari
4. “Neolit inqilobi” ilmiy konsepsiyasi
1. Ishlab chiqarish xo‘jaligining shakllanishi va rivojlanishi
to‘g‘risida ilmiy konsepsiyalar ning o‘ziga xos xususiyatlari
Ma’lumki, YAqin SHarq va Eron hududi Qadimgi SHarq sivilizatsiyasini
o‘rganishda eng istiqbolli o‘lkalardan biri hisoblanadi. Messopotamiya, Falastin,
Anatoliy, Zagros tog‘ yon adirlari, Sanjar vohasi miqyosida mil.avv. VIII-VII ming
yilliklarga oid Jarmo (Buyuk Britaniya), Xassun (Buyuk Britaniya), Umm
Dabagiya (Rossiya-Buyuk Britaniya), Telyul as-Talasat (YAponiya), Magzaliya
(Rossiya), Sotto (Rossiya), Kuyul tepa (Rossiya) kabi yodgorliklar tadqiqotida
katta hajmda qo‘lga kiritilgan materiallar ishlab chiqarish iqtisodiyotining paydo
bo‘lishi omillarini aniqlashtirish, bu tarixiy jarayon kechgan shart-sharoitlarni
rekonstruksiya qilish imkonini bergan. Bu yodgorliklar tadqiqotlari bevosita
O.Oransh, J.Koven, X.CHembel, G.CHayld, R. Breydvud, R.M. Munchaev,
R,YA. Merpert, V.A.Bashilov, V.I.Gulyaev, N.O.Bader kabi arxeolog olimlar
tomonidan amalga oshirilgan. N.I. Vavilov, V.A. SHnirelman, G.N. Lisitsina,
V.M. Masson kabi olimlar o‘z tadqiqotlarida ishlab chiqarish xo‘jaligiga o‘tish
davri tarixiy shart-sharoitlari, bu xo‘jalik turiga o‘tishdagi asosiy faktorlar
masalasiga alohida e’tibor berishib, bu jarayonni davrlashtirishgan, dehqonchilik
xo‘jaliklarining birlamchi va ikkilamchi o‘choqlari, mikroo‘choqlari, dastlabki
«dehqonchilik vohalari»ni aniqlashgan. Asosiy faktorlar xususida biologik va
tarixiy faktorlarni keltirish mumkin. Biologik faktorning asosini o‘simliklarni
madaniylashtirish va hayvonlarni xonakilashtirish tashkil etadi. Ushbu jarayonda
tarixiy, ya’ni ijtimoiy-iqtisodiy faktor ham muhim ahamiyat kasb etadi. Aniqrog‘i,
“neolit inqilobi”- tarixiy kategoriya hisoblanadi. N.O. Baderning ta’kidlashicha,
ishlab chiqarish iqtisodiyotiga o‘tishda asosiy omillar sifatida o‘troq turmush
tarziga o‘tish va ko‘p ukladlilik xo‘jaligi shakllanishi muhim o‘rin tutgan.
28](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_28.png)
![O‘troqlashish aholining muqim yashashi uchun oziq-ovqat ta’minotini barqaror
ushlab turadigan xo‘jalik mashg‘uloti bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy jarayondir.
Demakkim, bunday xo‘jalik so‘zsiz dehqonchilik xo‘jaligi hisoblanadi va u aholi
uzoq yashaydigan qishloqlarning paydo bo‘lishiga asos bo‘ldi. Bunday
qishloqlarning faoliyati YAqin SHarq hududida mil.avv. VIII-VII ming yilliklarga
to‘g‘ri keladi. Ko‘pukladli xo‘jalik qadimgi dehqonchilik va xonaki
chorvachilikning paydo bo‘lishidan to bu xo‘jalik turining o‘zlashtirma xo‘jalik
ustidan hukmron mavqeni egallagunicha bo‘lgan o‘tish davri uchun xarakterli
hisoblanadi. Bu davrda ovchilik, termachilik, dehqonchilik va chorvachilik
mashg‘ulotlari oziq-ovqat ta’minotida bir-birini to‘ldirib turdi va bunda ularning
xo‘jalik salmog‘i turlicha bo‘ldi. Mazkur dinamik jarayonni rivojlanish
bosqichlariga ajratish qiyin, sababi bunda tabiiy landshaft, mahalliy xarakterdagi
ekologik muhit, tarixiy-madaniy rayonlar o‘ziga xos rol o‘ynagan. Tadqiqotlar
natijalari YAqin SHarqning barcha hududida mil.avv. VII ming yilliklarda ishlab
chiqarish iqtisodiyotiga o‘tish jarayoni ro‘y bergan va mil.avv. VI ming yillikka
kelib o‘z nihoyasiga etgan. Hosildor pasttekisliklar erlari dehqon va chorvador
jamoalar tomonidan to‘laligicha o‘zlashtirilgan va shu vaqtdan e’tiboran YAqin
SHarq hududida sopol idishlardan foydalanish boshlangan. Xassun madaniyati
sohiblari o‘troq dehqon jamoalari bo‘lishgan.
Ma’lumki, ibtidoiy jamoa tuzumi insoniyat tarixi taraqqiyotining ilk
bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Bu davrda odamzod tabiat kuchlari oldida
ojiz bo‘lib, ular sirlarini tushunmaganlar, shu bois tabiatga to‘la qaram
bo‘lishganlar. Lekin, tadqiqotlar ibtidoiy odamzod vaqt o‘tishi bilan
o‘zlari biologik jixatdan rivojlanib, uni qurshab turgan jamiyati ham
takomillashib borganligini ko‘rsatdi. Odamzod o‘z turmushlarini
yaxshilash uchun yashab turgan atrof - muhit, ekologik sharoitni,
tabiat kuchlari sirlarini bilishga urinishgan. Mehnat qurollarini
takomillashtirib borishganlar. Xo‘jalik yumushlari tajribalari, o‘zi
29](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_29.png)
![yashagan atrof- muhitni, tabiatni ziyraklik bilan kuzatishlari oqibatida
o‘simliklarni «madaniylashtirish», hayvonlarni «honakilashtirish» ga
erishgan. Oqibatda, ovchilik mashg‘ulotlaridan chorvachilik,
termachilikdan esa dehqonchilik xo‘jaliklari yuzaga kelaboshlaganki, bu
tarixiy jarayon be’jizga mutaxassis olimlar tomonidan «neolit inqilobi»
deb e’tirof etilmagan. Haqiqatdan ham, ishlab chiqarish iqtisodiyotiga
o‘tish jamiyat rivojida muhim sotsial o‘zgarishlar, tub burilishlar ro‘y
berishiga olib kelgan. Xususan, aholining ma’lum bir xududlarga
zichlashuvi, o‘troq xayot turmush tarziga o‘tish oqibatida aholi uzoq
vaqt muqim yashovchi obod qishloqlar paydo bo‘lishi, oxir-oqibatda
qadimgi sivilizatsiyalar shakllanishi ro‘y bergan.
Ishlab chiqarish iqtisodiyoti shakllanishi va rivojida soha
tadqiqotchilari tomonidan uning birlamchi va ikkilamchi o‘choqlari
aniqlangan. N.I. Vavilov o‘zining qator ilmiy ishlarida 1-chi bo‘lib
dehqonchilikning vujudga kelishi mintaqalarining birinchi va ikkinchi
o‘choqlari masalasini ilmiy munozaraga tashladi. Bu masalani chuqur
ilmiy tahlil qildi. U o‘zining ilmiy izlanishlariga biografik faktlarni asos
qilib oldi. So‘nggi o‘n yilliklar maboynida arxeologik, paleobotanik va
paleozoologik tadqiqotlar natijasida qimmatli materiallarning qo‘lga
kiritilinishi bu masalaning echimida keng imkoniyatlar yaratmoqda.
SHu nuqtaiy nazardan N.V. Vavilov tadqiqotning bevosita davomchisi,
izdoshi hisoblangan V. A. SHnirel’manning ilmiy ishlari diqqatga
sazovordir. Uning 1989 yilda nashr etilgan «Ishlab chiqarish xo‘jalik
asoslarining vujudga kelishi» nomli monografiyasida, hamda 1973
yilda nashr etilgan « CHorvachilikning kelib chiqishi» nomli
30](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_30.png)
![monografiyasida xuddi shu ibtidoiy jamoalarning yangi ishlab
chiqarish xo‘jaliklariga o‘tishi, chorvachilik va dehqonchilik
xo‘jaliklarining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning ilk bor yuzaga
kelgan madaniy o‘choqlari borasida qimmatli ma’lumotlar keltirgan.
V.I.SHnirelman tadqiqoti natijalariga ko‘ra dehqonchilikning birlamchi
o‘chog‘i deganda dehqonchilik turmush tarziga o‘tishi uchun asos
bo‘ladigan butun bir madaniylashgan o‘simliklar kompleksi asta-
sekinlik bilan shakllangan keng hudud tushiniladi. Bunday hududlar
qo‘shni hududlarga dehqonchilik xo‘jaliklarini kengaytirish uchun
xizmat qilgan. Albatta, bunday keng hududlarda dehqonchilik
o‘choqlari birdaniga va o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmagan. Uning uchun bir
qancha birinchi marta madaniylashgan o‘simliklarga ega bo‘lgan
mikroo‘choqlarning o‘zaro bir-biriga ta’siri natijasi bo‘lgan. Aniqrog‘i,
mikroo‘choqlar bilan alohida, yakka o‘simliklar madaniylashgani bog‘liq
bo‘lgan. O‘choqlar bilan esa ko‘p turdagi madaniylashgan o‘simliklar
faoliyati bog‘liq. V.A. SHnirelman fikricha, mikroo‘choqlar paydo bo‘lishi
B bosqich bilan bog‘liq, o‘choqlarning paydo bo‘lishi esa V bosqich
bilan bog‘liq bo‘lgan. Ikkilamchi dehqonchilik o‘chog‘i – shu hududda
dehqonchilik va charvochilik xo‘jaliklari to‘laqonli ravishda shakllangan
bo‘lib, ular jamoalar turmushida hukmron mavqeini egallagan bo‘ladi.
Bu o‘choqda butun boshli madaniylashgan o‘simliklar kompleksi bo‘ladi
va hatto birlamchi o‘choqda bo‘lmagan yangi o‘simliklar ham mavjud
bo‘ladi. Dehqonchilik xo‘jaligi o‘z rivojining takomillashgan darajasiga
etadi. SHu sababli, tadqiqotchilar be’jizga xuddi shu ikkilamchi
dehqonchilik o‘chog‘i negizida, bag‘rida jaxon miqyosida birinchi
31](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_31.png)
![sivilizatsiyalar shakllangan deb e’tirof etishmaganlar. Masalan,
SHumer, Misr, Qadimgi Hind, Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasi shular
jumlasidan hiso blanadi. V.I.SHnirel’man o‘z tadqiqotlarida ishlab
chiqarish iqtisodiyotining kelib chiqishi birlamchi va ikkilamchi
o‘choq larini quyidagicha keltirgan: uning tadqiqotiga ko‘ra er shari
bo‘yicha 7- ta birlamchi o‘choq , 18 –ta ikkilamchi dehqonchilik xo‘jaligi
o‘chog‘i bo‘lgan. Birlamchi o‘choqning eng qadimgisi Old Osiyo o‘chog‘i
hisoblanadi (Kichik Osiyodan to Eron- Iroq chegarasigacha bo‘lgan). Bu
o‘choqda dehqonchilikga o‘tish mil.avv. 9-7 ming yilliklarda sodir
bo‘lgan. Old Osiyoda tadqiqotlar ko‘rsatishicha, mil.avv. 7-6 ming
yillikda jamoalararo tovar ayirboshlash nafaqat dehqonchilik
mashg‘ulotlari, balki charvochilik mashg‘ulotlari asosida ham bo‘lgan.
Dastlab qo‘y-echki, keyinroq yirik shoxli hayvonlarni savdo-sotiq
ishlarida ishlataboshlashganlar. Ikkinchi muhim ilk dehqonchilik
xo‘jaligining birlamchi o‘chog‘i Janubiy-SHarqiy Osiyo hisoblanadi
(SHimoliy-SHarqiy Hindiston, Janubiy-SHarqiy Osiyo, Janubiy Xitoy).
O‘rta Osiyo hududining janubiy qismi (Kopetdog‘ yon bag‘irlari) esa
dehqonchilikning ikkilamchi o‘chog‘i bo‘lgan O‘rta SHarq o‘chog‘i
tarkibiga kiradi ( mill.avv 7-6 ming yillik ) Mezoamerikaning ikkilamchi
dehqonchilik o‘chog‘i mill.avv 3-2 minginchi yillarda vujudga kelgan.
Xullas, ilk dehqonchilik xo‘jaliklari o‘choqlari borasida tadqiqotlarda
muxim manbalar qo‘lga kiritilgan. SHu tariqa ilk ishlab chiqarish
xo‘jaligi evalyusiyasining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lgan. Bu
xususiyatlar N. I. Vavilovning, keyinchalik V.I.SHnirel’manning
tadqiqotlarida keng bayon etilgan va o‘z ilmiy echimini topgan.
32](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_32.png)
![2 Ishlab chiqarish iqtisodiyoti shakllanishi va rivoji to‘g‘risida
mavjud ilmiy nazariyalar hamda tarixiy jarayonni davrlashtilishi
masalasi o‘z mazmuniga ko‘ra o‘ta dolzarb hisoblanadi.
Kishilik tarixi taraqqiyoti, ibtidoiy odamzod kunlik turmush tarzida
ishlab chiqarish ekonomikasining vujudga kelishi masalasi jamiyat
ishlab chiqarish munosabatlari, ishlab chiqarish kuchlari, jamoalararo
ijtimoiy munosabatlar, madaniy aloqalar, tabiat va inson o‘zaro
madaniy aloqadorliklari kabi ibtidoiy jamiyat davri dolzarb masalalari
bilan uzviy bog‘liqdir. Xususan, ishlab chiqarish xo‘jaligiga o‘tish
ibtidoiy jamoalar kunlik mashg‘ulotida tabiatda tayyor mahsulotlarni
iste’mol qilishdan, o‘zlari mahsulot ishlab chiqarishga o‘tganliklarini
bildiruvchi mezon hisoblanadi. Ibtidoiy jamiyatda ishlab chiqarish
xo‘jalik asosiga o‘tish jarayoni o‘simliklarni «madaniylashtirish» kabi
terminlar bilan ifodalanadi. Bu terminlar bilan izohlangan jarayonlar
faqatgina ishlab chiqarish xo‘jaligiga o‘tishning dastlabki qadamlaridir.
Vaholanki, uning yuqori chegarasini oydinlashtirish fanda ancha
muammolidir. Ishlab chiqarish iqtisodiyotiga o‘tish jarayonlarining
uzul- kesil shakllanishini arxeologlar aholini to‘laqonli ravishda
o‘rtoqlashishi, imorat qurilishi ishlarininng takomillashuvi, yirik
qishloqlar paydo bo‘lishi bilan izohlaydi. Bu ko‘pgina boshlang‘ich
madaniy o‘choqlar uchun to‘g‘ri nazariya, albatta. Biroq bu borada
xo‘jaligi yuksak darajada rivojlangan ovchilar, baliqchilar va
termachilarda yirik o‘troq jamoalar vujudga kelganliklari faktlarini ham
xisobga olish zarur. Masalan, O‘rta Osiyo sharoitida bu jarayonni
kaltaminorliklar turmush tarzida kuzatishimiz mumkin. Sababi,
33](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_33.png)
![kaltaminor neolit jamoalari daryo bo‘ylari, kichik chuchuk suvli suv
havzalari yon qirg‘oqlarida yashashganki, bu joylar to‘qayzorlar bo‘lib,
o‘simlik, parranda va hayvonat dunyosiga boy, suvlarda baliq serob
bo‘lgan. SHu bois, bu faktorlar odamlar kunlik yashashi uchun oziq-
ovqat ta’minoti yaratganki, odamlarga ishlab chiqarish iqtisodiyotiga
o‘tishga hayotiy zarurat bo‘lmagan. Ba’zi, tadqiqotchilar fikricha
ishlab–chiqarish ekanomikasining to‘la shakllanganligini turli usullar
bilan olingan oziq ovqatlar miqdori, salmog‘i bilan xam aniqlasa
bo‘ladi. Lekin, bu g‘oya hali munozarali sababi, yagona mezon ishlab
chiqilmagan. Masalan; bir guruh tadqiqotchilar ishlab- chiqarishning
25 % ini, boshqalari esa 50 % ini chorvachilik va dehqonchilik
xo‘jaligidan kelgan oziq ovqatlar miqdori bilan hisoblashmoqdalar.
SHuning uchun ishlab- chiqarish xo‘jaligiga o‘tishning ilk davrini
aniqlash juda murakkab masala hisoblanadi (odamlar turmush tarzi
xo‘jalik yumushlarida ham da mehnat qurollari majmuasida). Xullas,
ishlab- chiqarish xo‘jalik asosi paydo bo‘lganligini bildiruvchi ishonchli
dalillarni ko‘pchilik tadqiqotchilar fikri nuqtai nazaridan kelib chiqib
quyidagicha izohlasak bo‘ladi: ibtidoiy manzilgohlardan
madaniylashgan marfologik belgilarga ega bo‘lgan hayvon va o‘simlik
topilmalarining topilishi. Datlabki madaniylashtirilgan o‘simliklar
bug‘doy va so‘li bo‘lgan. Birinchi uy hayvonlari qo‘y va echki bo‘lgan .
M ayda shoxli hayvon qoldiqlari er.avv. 8-7 minginchi yilliklarga oid
yodgorliklardan topilgan (Ali-Qosh, Asnab, Jarma, Magzaliya va
boshqalar). YAqin SHarqda esa faqatgina mil . avv . 4 mingchi yilliklarga
34](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_34.png)
![mansub manzilgohlar tadqiqotlarida ishonchli ravishda yirik shoxli
hayvonlar xonakilashtirilgani ma’lum bo‘ldi.
SHu o‘rinda, ta’kidlash joizki, antik davrdayoq kishilik tarixi
rivojining o‘ziga xos xususiyatlari, jamiyat rivojlanishi jarayonlari,
odamlarning xo‘jalik mashg‘ulotlarining evolyusiyasini izohlab
berishda mifologik qarashlardan voz kechib, ularni konkret tarixiy
jarayonlarga bog‘lashga urinishlar bo‘lgan. Dastlab, ellin Demokrit,
so‘ngra rimlik Lukretsiy Karlar o‘z ishlarida kishilik tarixi ilk
bosqichlarida ibtidoiy odamzod turmush tarzida tabiatda tayyor
mahsulotlarni iste’mol qilishganliklari, vaqt o‘tishi bilan dehqonchilik,
xonaki chorvachilikka o‘tilgani, so‘ngra esa shaxarsozlik madaniyati
shakllana borganligi haqida ma’lumotlarni keltirishgan. Rimlik Varron
esa kishilik tarixini ovchilik va termachilik, cho‘ponchilik, dehqonchilik
kabi uchta ketma ketlik bosqichlariga bo‘ladi. Bunday uchlik davrga
bo‘linish mutaxassis olimlar o‘rtasida ancha baxsli, munozarali bo‘ldi.
Evropa fanida ovchilik, termachilik, baliqchilik mashg‘ulotlari
«yovvoyilik» davri bilan cho‘ponchilikni – varvarlikning ilk bosqichlari
bilan, dehqonchilikni esa varvarlikning so‘nggi bosqichlari bilan
bog‘lashganlar. Uyg‘onish davri olimlari sotsial – iqtisodiy yuksalishni
(xususiy mulkchilik, qulchilik, qonunchiliklar) xo‘jalik progressi deb
tushunishganlar. «Dehqonchilik» ning ma’nosida haydalib ekin ekilishi
dehqonchiligi tushunilgan.
Jahon tarixshunosligida ishlab chiqarish ekonomikasining
shakllanishi va rivojida m onotsentrizm va p olitsentrizm kabi ilmiy
nazariyalar mavjud. M onotsentrizm (X1X va XX asrlar) ilmiy
35](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_35.png)
![nazariyasining tarafdorlari xususan, nemis geografi F. Rotsel
dehqonchilik va chorvachilikning paydo bo‘lishini ma’lum bir iqtidorli
odamlar faoliyati mahsuli deb hisobladi. F. Gragner, V. SHmidt, V.
Kopperslar ham bu ilmiy qarashni qo‘llashdilar. F. Krauz va uning
izdoshlari E. Vert, fonn Vissman, K. Soerlar dehqonchilikning paydo
bo‘lishini bitta madaniy o‘choqqa, ya’ni Bengal qo‘ltig‘i qirg‘oqlariga
bog‘laydi. Taniqli ingliz olimi V. G. CHayld- Indoevropaliklar va Evropa
tarixi ibtidoiy davri moddiy madaniyati bilan shug‘ullangan. Mutaxassis
olim Evropa mintaqasiga juda ko‘plab yangiliklar, kashfiyotlar, ixtirolar
yoki xo‘jalik turlari tayyor holda Old-Osiyodan kirib kelishini e’tirof
etgan holda, o‘z navbatida bu yangiliklar nafaqat ma’lum jamoalarning
suqilib, siljib kelishi bilan bog‘liq bo‘lib qolmasdan, balkim mahalliy
jamoalarning ularni ijodiy o‘zlashtirganliklari fakti bilan izohohlanadi
deb tushuntiradi.
Politsentrizm ilmiy nazariyasining asosiy tadqiqotchilaridan biri
N.I.Vavilov hisoblanadi. U o‘z izlanishlarida ishlab chiqarish
ekonomikasi paydo bo‘lishida keng maydonli madaniy markaz va bu
markaz chegarasida mahalliy o‘choqlar masalasi borasidagi ilmiy
nazariyani yaratdi. Dehqonchilik xo‘jaligi paydo bo‘lishi dastlab tog‘,
tog‘ yon bag‘ri hududlarida ro‘y bergan deb hisoblaydi. N.I.Vavilovning
ilmiy qarashlari nazariyalari uning izdoshi V.P.Alekseevning
«Insoniyatning shakllanishi» (1984) nomli monografiyasida atroflicha
yoritilgan. Uning ilmiy nazariyasi asosini er shari miqyosida
madaniylashgan o‘simliklar markazlari chegarasini aniqlashtirish
36](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_36.png)
![hamda shu chegara doirasida ikkinchi darajali o‘choqlar masalasini
oydinlashtirish tashkil etadi.
N.I.Vavilovning ilmiy qarashlarini izchillik bilan muvafaqiyatli ravishda
davom ettirgan izdoshi V.A. SHnirelman bo‘ldi. V.A.SHnirelmanning asosiy
tadqiqotlarining natijalari uning 1989 yilda chop etilgan « Ishlab chiqarish
xo‘jaligining vujudga kelishi» nomli monografiyasida o‘z aksini topgan. Mazkur
tadqiqotda ishlab chiqarish xo‘jaligining kelib chiqishi asosiy boskichlari va uning
rivojlanishi ilk davri tarixi, ishlab chiqarish ekonomikasi vujudga kelishi jarayonini
davrlashtirish, ishlab chiqarish ekonomikasi kelib chiqishining birlamchi va
ikkilamchi o‘choqlari, ishlab chiqarish ekonomikasi evolyusiyasi o‘ziga xos
xususiyatlari, ishlab chiqarish ekonomikasi va sotsial rivojlanishning muammolari
kabi masalalar manbalar asosida o‘z echimini topgan.
Darhaqiqat, ishlab chiqarish ekonomikasini shakllanishi jarayonini davrlashtirish
masalasi muhim hisoblanadi. Ishlab chiqarish ekonomikasini shakllanishi o‘ziga
xos xususiyatlari tahlilida bu jarayonni davrlashtirish masalasi muxim o‘rin tutadi.
Bu masalani birinchi bo‘lib tushungan tadqiqotchi R.D.Breydvud bo‘ldi. U
dehqonchilik xo‘jaligi dastlabki kurtaklari paydo bo‘lganidan to o‘troq
dehqonchilik jamoalari xo‘jaligigacha bo‘lgan davrni «dehqonchilik xo‘jaligining
tug‘ulishi» davri deb hisobladi. Uning fikricha, shu davrdan e’tiboran ishlab
chiqarish ekonomikasi davri boshlangan. 1966 yili taniqli tadqiqotchi V.M.Masson
ishlab chiqarish ekonomikasi jarayonini davrlashtirish masalasini yanada
takomillashtirar ekan. R.D.Breydvud tomonidan ajratilgan davriy fazo hali
o‘zlashtirma xo‘jalik davriga kiradi degan xulosaga keladi. V.M.Masson fikricha
ishlab chiqarish ekonomikasiga o‘tishda tubdan o‘zgarish dehqonchilik va
chorvachilik xo‘jaliklarini xukumron mavqeiga ega bo‘lgan davrdan e’tiboran
boshlangan. Bu davrni u bir nechta taraqqiyot bosqichlariga bo‘lgan: 1. Ishlab
chiqarish ekonomikasi arxaik davri: 2. Ishlab chiqarish ekonomikasi shakllanishi
yangi tipi va x.k. Mazkur jarayonni davrlashtirish borasida A.V.Bashilovning
tadqiqotlari xam muhim bo‘ldi. U o‘z tadqiqotlarida o‘simliklarning dastlabki
37](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_37.png)
![o‘stirish va ulardan hosil olish hali xo‘jalik xayotida muxim o‘zgarishlarga olib
kelmagan, bu holat faqatgina dehqonchilik xo‘jaligiga o‘tishga shart- sharoit
yaratgan, xolos. SHuning uchun xam bu jarayonni uch bosqichga bo‘ladi: 1
o‘simliklarni madaniylashtirish va hayvonlarni xonakilashtirishning boshlanishi
bosqichi: 2. Ishlab chiqarish ekonomikasiga o‘tishi shart- sharoitlarining etilishi
(neolit inqilobi): 3. Ishlab chiqarish ekonomikasining xo‘jalik xayotida xukmron
mavqeni egallashi. V.A.SHnirel’man bu jarayonni davrlashtirish masalasida
nafaqat arxeologik tadqiqotlar asosida to‘plangan ashyoviy dalillarni qo‘llabgina
qolmay, keng etnografik materiallardan foydalanishi lozim deb hisoblaydi. SHu
tariqa V.A.Shnirel’man ishlab chiqarish ekonomikasi jarayonini quyidagicha
davrlashtiradi. 1. A bosqich. Ovchi, baliqchi va termachilar xayotida ishlab
chiqarish ekonomikasiga o‘tish shart- sharoitlarning etilishi. Ko‘pgina
tadqiqotchilar etnografik ma’lumotlarni taxlil qilar ekanlar ovchilar,
termachilarning o‘z mashg‘ulotlari jarayonida ongli yoxud tasodifiy, ixtiyoriy yoki
beixtiyoriy ravishdagi h atti – h arakatlari bilan ma’lum o‘zgarishlar qilishganlar deb
hisoblashadilar. Bu hatti harakatlari oqibatlari ayniqsa o‘simliklar dunyosida
yaqqol sezilgan. Masalan, SHimoliy, Janubiy, SHarqiy Avstraliyaning ibtidoiy tub
joy axolisi o‘zlari yashab turgan atrof xududlarida sun’iy ravishda o‘t o‘lanlar,
xoslarni yoqib yuborishib, sh u tariqa bu maydonlarda iste’mol qilish uchun yaroqli
bo‘lgan o‘simliklarni xosildorligini oshirishganligi, ular o‘sadigan maydon
satxlarini kengaytirishganligi faktlari bor. Markaziy Avstraliyada ham tub a h oli
o‘zi yashagan xududlardan boshqa bir hududga ko‘chganda o‘zlari bilan birga
donlarni magiya, afsungalik nuqtai nazardan bezatish maqsadida olib ketishgan va
yangi yashaydigan joylarida shu tariqa yangi madaniylashgan ekinlar paydo
bo‘lgan. Avstraliya tub joy axolisida shunday urf-odat bo‘lganki, ular yangi joyga
ko‘chgach, vaqti- vaqti bilan avval yashagan joylariga borib turishgan va u
joylardan ba’zi o‘simliklarni o‘zlari to‘g‘ilib o‘sgan Vatanlari bilan simvolik
tarzda bog‘lab turadi deb olib kelishib, yangi joylarga ekishganlar. Oxir oqibatda
shu tarzda madaniylashtirilgan o‘simliklar maydoni kengayib borgan.
Dehqonchilik paydo bo‘lishiga yana bir qadam shuki, ibtidoiy odamzod iste’molga
38](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_38.png)
![yaroqli bo‘lgan o‘simliklarning ildizlarini sun’iy ravishda bir joydan olib ikkinchi
joyga ekishib, uni parvarish qilganliklari hisoblanadi. Bu Janubiy- G‘arbiy Osiyo,
Avstraliya, hatto SHimoliy Amerika xududlarida mahal l iy aholi o‘rtasida hozir
ham qo‘llaniladi. YU.F.Novikov, nemis tadqiqotchisi YU. Lips kabilar xozirgi
kunda xam ovchi va termachilar turmushida o‘simliklarni ko‘chirib ekish usullari
qo‘lanilishini o‘z tadqiqotlarida keltiradilar. Yu.Lips fikricha, tropik va subtropik
mintaqalarda axolining oziq- ovqatga bo‘lgan extiyojining 80%ini termachilik
xo‘jaligi qondir gan . V.A.SHnirel’man bu fikrni biroz mubolag‘a qilingan deb
hisoblaydi.
Ko‘pgina tadqiqotchilar dehqonchilik o‘troq va yarim o‘troq turmush
tarzida bo‘lgan jamoalar xayotida sodir bo‘lgan deb hisoblashadilar. Xususan, Old
Osiyo, Janubiy- SHarqiy Osiyo, Janubiy Xitoyda haqiqatdan ham o‘troq va yarim
o‘troq axolilar turmushida dehqonchilik xo‘jaligi paydo bo‘lganligi fakti,
Mezoamerika, Peru xududlarida dehqonchilik xo‘jaligi izg‘ib yurib, oziq- ovqat
topuvchi jamoalar turmushida sodir bo‘lganligi tadqiqotlarda aniqlangan. SHunday
bo‘lsada, V.A.SHnirel’man Avstraliya, SHimoliy Amerikaning G‘arbiy
xududlarida yuksak darajada rivojlangan termachilar xayotida o‘simliklar
to‘laqonli ravishda dehqonchilik tartiblariga o‘tmay saqlangan holda foydalanib
yurilgan deb hisoblaydi. 2. B bosqich. O‘zlashtirma xo‘jalik doirasida xo‘jalikning
bir yo‘nalishi sifatida dehqonchilik va chorvachilikning paydo bo‘la boshlashi
masalasi o‘z mazmuniga ko‘ra muhim hisoblanadi. Bu bosqichda yuksak darajada
taraqqiy etgan ovchilik, termachilik va baliqchilik xo‘jaligi bilan paralel ravishda
dehqonchilik va chorvachilikning dastlabki kurtaklari faoliyat ko‘rsatgan.
Dehqonchilik va chorvachilik mashg‘ulotlaridan keladigan oziq- ovqatlar miqdori
salmog‘i kam bo‘lib, kunlik zaruratni qoplay olmagan. SHuning uchun a’anaviy
ovchilik, termachilik va chorvachilik mashg‘ulotlari ham davom etgan. Bu
masalani xozirgi kunda xam Kalaxari cho‘lligida yashovchi bushmenglar
turmushida kuzatish mumkin. Ular endigina dehqonchilik va chorvachilik
xo‘jaligiga o‘tishgan. SHunday bo‘lsada ularning kunlik oziq- ovqatga bo‘lgan
extiyojining 60-80% ini iste’molga yaroqli bo‘lgan yovvoyi o‘simliklar qondiradi.
39](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_39.png)
![Bu holat Saxara, SHarqiy Afrika va Evroosiyoning cho‘l zonalarida xam
etnografik nuqtaiy nazardan kuzatilgan. 3. V-bosqich. Kishilar turmushida
dehqonchilik va charvochilik xo‘jaligi hukumron maqeini egallashi va ishlab
chiqarish iqtisodiyoti shakllanishi jarayonini tugashi masalasi. Ishlab chiqarish
iqtisodiyotiga, ya’ni dehqonchilik va charvochilik xo‘jaligiga o‘tish jarayonining
o‘ziga yarasha muammolarini ham keltirib chiqargan. Jumladan, hali dehqonchilik
qilishga etarli darajada tajribaga ega bo‘lmaslik, o‘simliklarni parvarish qilishda
oddiy, sodda uslublar; urug‘lar sifatsizligi va ekin ekilayotgan paytda oziq –
ovqatning tanqisligi albatta ro‘y bergan (sababi jamoa a’zolarining ko‘pchiligi
ekinlar ekish bilan mashg‘ul bo‘lib qolishib, boshqa oziq-ovqat olib keladigan
xo‘jalik sohasi bilan shug‘ullana olmay qolishlik holati bo‘lgan). Yig‘ib olingan
hosilning ham kamliligi ma’lum darajada jamoada oziq-ovqat muammosini keltirib
chiqargan. Jamoada izg‘ib yuruvchi ovchi va termachilarning ham soni ma’lum
darajada bo‘lgan. Ular bir vaqtning o‘zida ham ovchilik, ham termachilik, hamda
xo‘jalikning boshqa faoliyatlari bilan shug‘ullanish imkoniga ega bo‘lishmaganlar.
SHu sababli, V.I. SHnirelman bosqich davrdayoq aholining ma’lum kasblarga
ixtisoslashuvi ro‘y bergan deb hisoblaydi. Ayniqsa, erkaklar va ayollar o‘rtasida
mehnat taqsimoti yaqqol ko‘zga tashlana borgan. Ayollar uy-ro‘zg‘or ishi, bola
tarbiyasi bilan shug‘ullangan. Erkaklar esa dehqonchilik talab etadigan og‘ir
mehnat bilan shug‘ullana boshlaganlar. Asta-sekin ekin maydonlarini qo‘riqlash
ishlari ham tashkil etildi. Xullas, dehqonchilik mahsulotlari ahamiyati oshib,
hosildorlik ham ko‘paya borgan. Ekinlar urug‘lari saralana boshlandi, sifati ham
yaxshilandi, aholi esa o‘troqlasha boshladi. SHu tariqa bu holatlar ishlab chiqarish
iqtisodiyoti birlamchi va ikkilamchi o‘choqlari mazmun va mohiyotiga ta’sir
ko‘rsatdi.
Ishlab chiqarish iqtisodiyoti shakllanishi va rivojlanishi masalasini yana bir
muhim jihati bor. Bu dehqonchilik va charvochilikka o‘tish jarayoni nafaqat
xo‘jalik rivojida balkim, keyingi tarixiy davrlarda insoniyat jamiyati rivojida xam
tubdan muxim sotsial burilishlar, o‘zgarishlarga olib kelganligi masalasi bilan
izohlanadi. Ko‘pgina tadqiqotchilar ta’kidlashlaricha, bu jarayondan so‘ng xo‘jalik
40](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_40.png)
![yurgizish barcha sohalarida tubdan burilishlar ro‘y bergan: erga bo‘lgan
munosabatlar o‘zgargan, o‘troqlashish va aholining zichligi jarayoni yuzaga
kelgan, mulkchilikka bo‘lgan munosabatlar o‘zgargan, mehnat taqsimoti
takomillashgan va alohida kasbiy ixtisoslashuvlarga bo‘linish, shuningdek turli
sotsial va diniy e’tiqod, topinishlar vujudga kelgan. Xo‘jalik boshqarish sistemalari
takomillashdi hamda insonlar dunyoqarashida ham o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Ana
shu jarayonlarning muximligini e’tiborga olgan holda mashhur ingliz arxeologi
V.G.CHayld ishlab chiqarish xo‘jaligini be’jizga «neolit inqilobi» terminiga
birlashtirmagan. Biroq vaqt o‘tishi bilan V.G.CHayldning ilmiy nazariyasi
mutaxassislar tomonidan turlicha talqin qilina boshlandi. Xususan, tadqiqotchi
R.Breydvud “neolit inqilobi” terminini qabul qiladi. O‘zlashtirma xo‘jalikdan
ishlab chiqarish xo‘jaligiga o‘tish jarayonini tadqiqotlarida qo‘lga kiritgan katta
hajmdagi arxeologik materiallariga tayanib batafsil tahlil qiladi va bu tarixiy
jarayon ekanomikasining rivoji jadvalini yaratadi. Xo‘jalik rivojini ikkita fazaga
ajratadi: termachilik va oziq ovqatni ishlab chiqish fazalari. Termachilikni ikkita
bosqichga, ya’ni muste davri termachilik mashg‘ulotlari va so‘nggi paleolit davri
ixtisoslashgan termachilik mashg‘ulotiga bo‘ladi. Bu jarayonda odamlarni o‘zlari
yashab turgan joyning tabiati, ekologik muhiti va iqlimiy sharoitlariga
moslashishlari, shu asosda o‘z kunlik xo‘jalik mashg‘ulotlarini amalga oshirishi va
mashg‘ulotlarini takomillashtrishi xos va xarakterli hisoblanadi. Oziq-ovqatni
etishtirish va ishlab chiqish fazasini ham ikki bosqichga , ya’ni “
madaniylashishning boshlanishi” fazasi va “dehqon va chorvador jamoalar
jamiyati shakllanishining dastlabki ko‘rinishlarining namoyon bo‘lishi“ fazasiga
bo‘ladi. R.Breydvudning fikricha, YAqin SHarq hududida qirsimon adirli tog‘ yon
bag‘irlarida “hosildor yarim oy” zonasida, qaysiki Antilivandan boshlab, Janubiy
Tavr va Iroq Kurdistoni orqali Janubiy Zagros tog‘ tizmasiga cho‘zilgan yarim oy
ko‘rinishli hosildor tuproqli va sero‘t yaylovli joylarda dehqonchilik va
chorvachilik xo‘jaligi shakllangan va rivojlangan. “Hosildor yarim oy” nomli
ilmiy konsepsiya yondoshuvining mazmuni shundan iborat. Uning xulosasiga
ko‘ra, mazkur tipdagi xo‘jalikning paydo bo‘lishi faqatgina xo‘jalik sohasidagi
41](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_41.png)
![o‘zgarishlarga olib kelgan. 68
Boshqa bir tadqiqotchi B.Brentvest bu jarayon
ahamiyatiga nihoyatda katta e’tibor berib, hattoki uning ibtidoiy jamoalar moddiy
madaniyati shakllanishida o‘ziga xos ravishda o‘rni borligini alohida ta’kidladi. Bir
gurux olimlar, xususan V.A.Bashilov, L.V.Kolsov kabi tadqiqotchilar «neolit
inqilobi» mazmunini muntazam ravishda jamoalar turmushida ortiqcha, zapas
mahsulotlar yuzaga kelishi jarayoni bilan izohlaydilar. G‘arb mamlakatlarida ba’zi
tadqiqotchilar xususan D.Xenri kabi tadqiqotchilar «neolit inqilobi» ning
mazmunini dehqonchilik va chorvachilik jarayonlaridan emas balki, yuksak
darajada rivojlangan izg‘ib yuruvchi ovchilik va terimchilik xo‘jaligiga asoslangan
jamoalarning o‘troqlashgan turmush tarziga o‘tishi kabi jarayondan izlash lozim
degan ilmiy talqinni ham ilgari surmoqdalar. SHu bilan birgalikda tadqiqotchilar
bir qismi «neolit inqilobi» jarayonlari ba’zi hududlarda boshqa xil xo‘jalik
sharoitlari, ya’ni yuksak rivojlangan ovchilik, baliqchilik va termachilik asosida
xam ro‘y bergan va muhim sotsial o‘zgarishlarga olib kelgan degan, ilmiy
g‘oyalarni ilgari suradilar. «Neolit inqilobi» va undan keyin ro‘y bergan sotsial
o‘zgarishlarga berilgan baholarning kamchiligini arxeolog V.A.SHnirel’man
o‘zgacha izohlaydi. V.A.SHnirel’manning fikricha, bu jarayonni o‘rganishda,
ushbu sotsial voqeilik jaxon miqyosida turli mintaqalarda turlicha tabiiy landshaft,
ekologik muhit, iqlimga ega bo‘lgan sharoitda kechganligini xisobga olish kerak.
Aniqrog‘i ishlab – chiqarish xo‘jalik asosiga o‘tish jahon miqyosida bir xil emas,
turli tarixiy- madaniy va ekologik sharoitda ro‘y bergan xamda ular bu jarayondan
keyingi ro‘y bergan sotsial o‘zgarishlari bo‘yicha farq qiladi. Xullas, hozirgi kun
jahon tarixshunosligi fanida ishlab chiqarish iqtisodiyoti shakllanishi va
rivojlanishi masalasida turli ilmiy qarashlar mavjud. Bu ilmiy qarashlarda mazkur
jarayonning yuzaga kelishi shart-sharoitlari, ahamiyati va oqibatlari masalasi
ma’lum ma’noda o‘z echimini topgan .
68
Braidwood R.J., Hove B. Prehistorik investigations in Iraqi Kurdistan //SAOK.1960.Vol.31.P. 176-182.; Бадер
Н.О. Древнейшие земледельцы Северной Месопатамии. М.: Наука, 1989, с.247.
42](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_42.png)
![2. “Neolit inqilobi” ilmiy konsepsiyasi
X1X asrning 70-80-yillariga kyelib jamiyat rivojida xo`jalik
sistyemalarining o`rni masalasida yangicha ilmiy yondashuvlar paydo bo`ldi.
Xo`jalik sistyemalarining tipologiyasi qator ilmiy ishlarda ishlab chiqildi. Nyemis
olimlaridan G.Gyerland, E.Xan, E. Grossye, shvyetsariyalik A. Novatskiy, golland
S.R. SHtyeynmyets, rus E.E. Pyetri kabilarning bu boradagi tadqiqolari muhim
hisoblanadi. SHu yillari nyemis olimlari « o`zlashtirma xo`jalik», « ishlab
chiqaruvchi xo`jalik» kabi tyerminlarni ishlab chiqdilar va fanga kiritishdilar.
SHvyetsariyalik olim A. Dyekandolni tom ma’noda ishlab chiqarish
ekonomikasining ilk bosqichlarini komplyeks tarzda tadqiqot etish ishining
boshlab byeruvchisi, asoschisi dyesak bo`ladi. U birinchi bo`lib dyehqonchilik
xo`jaligi shakllanishining dastlabki o`choqlari borasidagi ilmiy qarashni ilgari
surdi. A. Dyekandol dyehqonchilik xo`jaligining dastlabki o`choqlari shakllangan
mintaqalarga Xitoy, Janubiy-G`arbiy Osiyo( Misr ham birgalikda), tropik
Amyerikani kiritdi.
X1X asrda ibtidoiy arxeologiya fanining rivojlanishi dastlabki
palyeozoologik, palyeobotanik tadqiqot ishlarining boshlanishiga imkoniyat
byergan. Nyemis olimi K. Kunt 1826 yili Misrda tobutlardan topilgan don va
mag`izlarni o`rganib palyeobotanika faniga asos soldi. Nyemis olimi V.Gyen o`z
tadqiqotlarida Yevropa mintaqasiga dyehqonchilik va chorvachilik xo`jaligi
tajribalari Osiyo qit’asidan kirib kyelganligini ilmiy asoslashga harakat qildi.
Xullas, hozirgi kun jahon fanida ishlab chiqarish ekonomikasining dastlab
paydo bo`lishi va rivojlanishi to`g`risida mutaxassis olimlar o`rtasida
monotsyentrizm va politsyentrizm kabi ilmiy nazariyalar tarafdorlari mavjud.
Monotsyentrizm( X1X va XX asrlar) ilmiy nazariyasining tarafdorlari- nyemis
gyeografi F. Rottsyel dyehqonchilik va chorvachilikning paydo bo`lishini ma’lum
43](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_43.png)
![bir iqtidorli odamlar faoliyati mahsuli dyeb hisobladi. F. Gragnyer, V. SHmidt, V.
Koppyerslar ham bu ilmiy qarashni qo`llashdilar. F. Krauz va uning izdoshlari Ye.
Vyert, fonn Vissman, K. Soerlar dyehqonchilikning paydo bo`lishini bitta madaniy
o`choqa, ya’ni Byengal qo`ltig`i qirg`oqlariga bog`laydi. Taniqli ingliz olimi V.
G. Chayld- Indoyevropaliklar va Yevropa tarixi ibtidoiy davri moddiy madaniyati
bilan shug`ullangan. Mutaxassis olim Yevropa mintaqasiga juda ko`plab
yangiliklar, kashfiyotlar, ixtirolar yoki xo`jalik turlari tayyor holda Old-Osiyodan
kirib kyelgan dyegan xulosani bildiradi. Lyekin, bu yangiliklar nafaqat ma’lum
jamoalarning suqilib, siljib kyelishi bilan bog`liq bo`lib qolmasdan, balkim
mahalliy jamoalarning ularni ijodiy o`zlashtirganliklari bilan ham izohlanadi dyeb
tushuntiradi.
X1X asr 40-50- yillariga kyelib ilk dyehqonchilik o`choqlari Old Osiyoda
bo`lganligini ifodalovchi ilmiy nazariyalar mutaxassislarning ko`pchiligi
tomonidan tan olingan ( P. Lav’ossa, Dzambotti, G. Kyervyen, G.Xatt, R.
Kulborn).Ta’kidlash joizki, mutaxassislarning bir qismi Old Osiyoning ba’zi ovchi
jamoalarining chorvachilik xo`jaligiga o`tganliklari dyehqonchilik xo`jaligi paydo
bo`lganga qadar ro`y byergan dyeb ham hisoblashadilar.
Xullas, ingliz, gyerman tilli mutaxassislar ishlab chiqarish ekonomikasiga
o`tish jarayonini turlicha izohlashadilar. Xususan, nyemis, avstriyalik olimlar
dyehqonchilik va chorvachilik xo`jaliklari turli mintaqalarda, bir-birlariga bog`liq
bo`lmagan holda, turli vaqtlarda paydo bo`lishgan va ular rivojlanishi ham
parallyel ravishda bo`lgan dyegan ilmiy qarashlarni ilgari surishib, vaqt o`tishi
bilan esa bu xo`jalik turlari birlashishib, jamoalarnin yagona xo`jalik
sistyemalarini tashkil etishgan va bu holat Old Osiyo mintaqasida ro`y byergan
dyeb hisoblashadilar. Ingliz olimlari esa dyehqonchilik va chorvachilik xo`jaliklari
ibtidoiy jamoalar turmushida azaldan komplyeks holda rivojlangan va bu Old
Osiyo mintaqasida ro`y byergan, hamda qo`shni mintaqalarga shu joylardan
bosqichma-bosqich tarzda tarqalgan dyeb o`z tadqiqotlarida e’tirof etishadilar.
44](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_44.png)
![SHu tariqa XX asr 60-70- yillariga kyelib ishlab chiqarish ekonomikasi borasidagi
politsyentrizm ilmiy nazariyasi mutaxassis olimlar tomonidan to`liq e’tirof etildi.
Xususan, amyerikalik olim F. Xoul Old Osiyoning tog`li mintaqalarida (Zagros
tog`ida) ovchi jamoalari mashg`ulotlaridan mustaqil ravishda chorvachilik
xo`jaligi paydo bo`lganligini o`z tadqiqotlari natijalari bilan ishonarli dalillar
asosida isbotladi. Rus olimlaridan A.V. Artsixovskiy, B.V. Andrianov, G.N.
Lisitsina, V.M.Masson, N.YA.Myerpyert, V.I. TSial’kin kabilar ham yer sharining
turli mintaqalarida ishlab chiqarish iqtisodiyoti shakllanishi madaniy markazlari
borasida ilmiy tadqiqotlar olib borishganlar. Mazkur tadqiqotlarda ishlab chiqarish
ekonomikasining o`ziga xos xususiyatlari, bu turdagi xo`jalik tajribalarining
mahalliy sharoitlarga moslashganligi masalalari o`z yechimini topgan.
Politsyentrizm ilmiy nazariyasining asosiy tadqiqotchilaridan biri N.I.Vavilov
hisoblanadi. U o`z izlanishlarida ishlab chiqarish ekonomikasi paydo bo`lishida
kyeng maydonli madaniy markaz va bu markaz chyegarasida mahalliy o`choqlar
masalasi borasidagi ilmiy nazariyani yaratdi. Dyehqonchilik xo`jaligi paydo
bo`lishi dastlab tog`, tog` yon bag`ri hududlarida ro`y byergan dyeb hisoblaydi.
N.I.Vavilovning ilmiy qarashlari nazariyalari uning izdoshi V.P.Alyeksyeyev «
Insoniyatning shakllanishi» 1984 nomli monografikasida atroflicha yoritilgan.
Uning ilmiy nazariyasi asosini yer shari miqyosida madaniylashgan o`simliklar
markazlari chyegarasini aniqlashtirish, hamda shu chyegara ichida ikkinchi darajali
o`choqlar masalasini oydinlashtirish tashkil etadi. Xo`jalik boshqarish sistyemalari
takomillashdi, hamda insonlar dunyoqarashi sistyemasida ham o`zgarishlar sodir
bo`ldi. Ana jarayonlarning muximligini e’tiborga olgan xolda mashxur ingliz
arxeologi V.G.CHayld ishlab chiqarish xo`jaligini byejizga «nyeolit
inqilobi»tyerminiga birlashtirmagan. Biroq vaqt o`tishi bilan V.G.C h ayld ilmiy
45](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_45.png)
![nazariyasi mutaxassislari tamonidan turlicha talqin qilina boshlandi. Xususan,
tadqiqotchi R,Bryeydvud ibtidoiy jamoalarning ishlapab chiqarish xo`jalik
asoslariga o`tganliklari , ya’ni dyehqonchilik chorvachilikga o`tganliklari faqatgina
xo`jalik yo`nalishidagi o`zgarishalaga olib kyeldi , xolos dyegan fikrni bildirdi:
Boshqa bir tadqiqotchi B.Bryentvyest bu jarayon axamiyatiga nihoyatda katta
e’tibor byerib, xatoki ibtidoiy jamoalar moddiy madaniyati shakllanishiga o`ziga
xos ravishda o`rni borligini alohida ta’kidaladi. ((B.Bryentvyest) . Bir gurux
olimlar, xususan V.A.Bashilov, L.V.Koltsov kabi tadqiqotchilar «nyeolit inqilobi»
mazmunini muntazam ravishda jamoalar turmushida ortiqcha , zapas mahsulotlar
yuzaga kyelishi jarayoni bilan iizohlaydilar. (V.A.Bashilov, L.V.Koltsov). G`orb
mamlakatlarida ba’zi tadqiqotchilar xususan D.Xenri kabi tadqiqotchilar «nyeolit
inqilobi» ning mazmunini dyehqonchilik va chorvachilik jarayonlaridan emas balki
, yuksak darajada rivojlangan izg`ib yuruvchmi ovchilik va tyerimchilik xo`jaligiga
asoslanagn jamoalarning o`troqlashgan turmush tarziga o`tishi kabi jarayondan
izlash lozim dyegan ilmiy talqinini ham ilgari surmoqdalar. (D.Xenri va
boshqalar). SHu bilan birgalikda tadqiqotchilar bir qismi « nyeolit inqilobi»
jarayonlari ba’zi xududlarda boshqa xil xo`jalik sharoitlari, ya’ni yuksak
rivojlangan ovchilik, baliqchilik va tyermachilik asosida xam ro`y byergan va
muxim sotsial o`zgarishalarga olib kyelgan dyegan, ilmiy g`oyalarni ilgari
suradilar. «Nyeolit inqilobi» va undan kyeyin ro`y byergan sotsial o`zgarishlarga
byerilgan baxalarning kamchiligini arxeolog V.A.Shniryel’man quyidagicha
izohlaydi. V.A.Shniryel’man fikricha , bu jarayoni o`rganishda u, jaxon miqyosida
turli ryegionlarda turlicha xususiyatlarga ega bo`lgan sharoitda kyechganligini
xisobga olish kyerak. Aniqrog`i ishlab – chiqarish xo`jalik asosiga o`tish jaxon
miqyosida bir xil emas, turli tarixiy- madaniy va ekologik sharoitda ro`y byergan
46](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_46.png)
![xamda ular bu jarayondan kyeyin \ro`y byergan sotsial o`zgarishlari bo`yicha farq
qiladi.Bu jarayonlar rivojlanishi turli mintaqalarda turlicha darajada bo`lgan. Ana
shu masalalarni oydinlashtirishda tadqiqotchi olim N.I.Vavilov ilmiy ishlari
qimmatli hisoblanadi. N,I. Vavilov o`zining qator ilmiy ishlarida 1-chi bo`lib
dyehqonchilikning vujudga kyelishi mintaqalarini birinchi va ikkinchi o`choqlari
masalasini ilmiy munozaraga tashladi. Va chuqur ilmiy taxlil qildi. U o`zining
ilmiy izlanishlariga biografik faktlarni asos qilib oldi. So`nggi o`n yilliklar
maboynida arxeologik, palyeobotanik va palyeozoologik tadqiqotlar natijasida
qimmatli matyeriallarnin qo`lga kiritilinishi bu masalaning yechimida kyeng
imkoniyatlar yaratmoqda. SHu nuqtaiy nazardan N.V.Vavilov tadqiqotning
byevosita davomchisi hisoblangan V. A. Shniryel’manning ilmiy ishlari diqatga
sazovorldir. Uning 1989 yilda nashr etilgan» Ishlab chiqarish xo`jalik asoslarining
vujudga kyelinishi» nomli monografiyasida, hamda 1973 yilda nashr etilgan «
Chorvachilikning kelib chiqishi» nomli monografiyasida xuddi shu ibtidoiy
jamoalarning yangi ishlab chiqarish xo`jaliklariga o`tishi, chorvachilik va
dehqonchilik xo`jaliklarining o`ziga xos xususiyatlari va ularning ilk bor yuzaga
kelgan.
47](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_47.png)
![III-BOB. O‘rta Osiyo neolit davri jamoalari xo‘jalik tarixi
1. Joyitun, Hisor, Kaltaminor tarixiy madaniy jamoalari xo‘jalik
tarixi
2.Markaziy Farg‘ona, Sazog‘on va Ustyurt neolit jamoalari
xo‘jalik tarixi
1. Joyitun, Hisor, Kaltaminor tarixiy madaniy jamoalari xo‘jalik
tar ixi.
O‘rta Osiyo neolit davri jamoalari xo‘jaligi borasida Joyitun madaniyati
tadqiqoti qimmatli ma’lumotlar berdi 69
. Makonlardan ko‘plab tosh o‘zaklari
topilgan bo‘lib, ulardan turli o‘lchamda mikrolitlar ajratib olib, bu mikrolitlardan
qadama qurol, o‘roq tig‘lari yasashgan. SHu sababli, Joyitun, CHig‘illitepa kabi
yodgorliklardan topilgan tosh qurollarning 35-36 % ini o‘roq, yaxshi ish maydoni,
tig‘lari bo‘lgan qadama qurollar tashkil etishi ham bejiz emas. Joyitun jamoalari
deyarli barcha uylaridan o‘roq, qadama qurollar, yorg‘uchoq va keli dastalari ko‘p
miqdorda topilgan. Bu turdagi qurollar o‘z mazmun, mohiyati va turmushda
bajargan funksiyasi jihatidan jamoalar xo‘jalik mashg‘ulotlarini bilishda
ahamiyatli hisoblanadi. SHuningdek, turli o‘lchamli, yon ish qirralariga ega
bo‘lgan qirg‘ichlar, arra tishli qurollar, randa qurollari, pichoqsimon qurollar ham
ko‘plab topilgan.
Joyitun madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari ko‘plab topilgan sopol
idishlari mazmunida namoyon bo‘lgan. Xususan, kulolchilik xunarmandchiligi
borasida ham qimmatli ma’lumotlar olingan. Bu jamoalar uchun oddiy usulda
yasalgan, yaxshi pishirilgan, naqshli, tagi yassi bo‘lgan sopol idishlar xarakterli
69
Коробкова Г.Ф. Определение функций костяных и каменных орудий в поселении Джейтун. ТЮТАКЭ.т.Х,
Ашхабад,1961.Орудие труда и хозяйство неолитических племен Средней Азии.-МИА, №158,Л.,1969.
48](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_48.png)
![hisoblanadi. Sopol idishlar sirtida turli geometrik shaklda naqshlar, hamda
to‘lqinsimon, tishsimon, to‘g‘ri chiziqli ko‘rinishida naqshlar uchraydi.
Joyitunliklar zeb-ziynat, bezaklar yasash ishlarining ham ustasi bo‘lishgan;
hayvon, parranda suyaklaridan, toshlardan, hamda chig‘onoqlardan turli bezaklar,
zeb-ziynatlar taqinchoqlar yasashganlar. Makonlardan ko‘plab tosh, loydan
hayvon, odamzod qiyofasi qo‘rinishidagi turli predmetlarning uchratilishi o‘ziga
xos ravishda haykaltaroshlik rivojlanganligini bildiradi. SHuningdek, ip yigirishda
qo‘llaniladigan urchuqbosh toshlari ham ko‘plab topilgan. Sopol idish ichki
devorlarida saqlanib qolgan mato izlari joyitunliklarda dastlabki oddiy
to‘qimachilik bo‘lganligidan dalolat beradi. YUqorida zikr etilgan izohlar bo‘yicha
kashfiyot va yutuqlar neolit jamoalari o‘z turmushida erishgan muvaffaqiyatlari
hisoblanadi. Joyitun jamoalari makonlari tadqiqotida ibtidoiy me’morchilik, uy-
joy imoratlari qurilishlari borasida ham qimmatli ma’lumotlar qo‘lga kiritilgan.
Xususan, joyitunliklar bir xil o‘lchamli, bir xonali , loydan yasalgan g‘ishtlardan
uylar qurishib yashashganliklari ma’lum bo‘ldi. Eng qiziqarlisi, makonlardan
jamoat uchun xizmat qiluvchi umum jamoa uylari qoldiqlari ham topib o‘rganildi.
CHo‘pontepa, Passejiktepa makonlari doirasida antropologik topilmalar ham
uchratildiki, ular tadqiqotida dafn etish marosimi bilan bog‘liq bo‘lgan urf- odatlar
borasida qiziqarli ma’lumotlar qo‘lga kiritilgan. Antropologik manbalar o‘z
jihatlari bilan SHarqiy Kaspiy bo‘yi jamoalari topilmalariga yaqinlilik
xususiyatlariga ega.
YUqorida zikr etganimizdek, joyitunliklar ilk dehqonchilik xo‘jaligi
sohibkorlari hisoblanadi. Ular asosan bug‘doy, so‘li, arpa, zig‘ir kabi boshoqli,
donli ekinlarni etishtirganlar. Bu ekinlar yomg‘ir suvi bilan sug‘oriladigan yoki
selob toshqin suvlari bosadigan erlarga ekilgan. Jamoalar ekin maydonlariga
so‘yil, uchi o‘tkir ,chuqalab erni yumshatishga mo‘ljallangan tayoqlar yordamida
ishlov berganlar. Motiga, ya’ni qo‘l omochlari muhim dehqonchilik qurollari
bo‘lgan. Bu tipdagi qurollarda hayvon suyaklari va mikrolitlardan tashkil topgan
o‘tkir tig‘lari bo‘lgan. SHuningdek, joyitunliklar ovchilik, chorvachilik bilan
shug‘ullanganliklari borasida ma’lumotlar mavjud. CHorvachilik xo‘jaligi ozuqa
49](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_49.png)
![g‘amlash imkonini beradi. Makonlar tadqiqotida honakilashtirilgan uy hayvonlari
– qoramol, echki, qo‘ylarning suyak qoldiqlari ko‘plab topilgan. Joyitunliklar
turmushida hukmron mavqeda bo‘lmasa-da, lekin chorvachilik xo‘jaligi ham
muhim o‘rin tutganligining guvohi bo‘lamiz.
O‘rta Osiyo neolit davri Hisor jamoalari xo‘jalik yumushlari xususida
mutaxassis lar tomonidan turli fikrlar bildirilgan 70
. Ulardan hisorliklar nafaqat
ovchilik va termachilik yumushlari bilan shug‘ul-lanishganini, balki hayvonlarni
xonakilashtirganligini, sodda usullarda bo‘lsa-da, dehqonchilikdan ham xabardor
ekanliklari ma’lum bo‘ladi. Hozirgi kunda hisorliklar xo‘jalik faoliyatlari tadqiqi
o‘zining to‘liq echimini topmagan. Masalan, Tutqovul makonidan topilgan asl
bug‘i, ho‘kiz kabi hayvon suyaklari qoldiqlari jamoa vakillarining yirik shoxli
hayvonlarni ov qilishganliklaridan dalolat beradi. Lekin, ularning tosh qurollari
kolleksiyasida bu turdagi hayvonlarni ovlashga imkon beruvchi ov qurollari
uchramaydi. CHorvachilik borasida garchi Tutqovul makonidan honakilashtirilgan
eshak hamda mayda tuyoqli hayvonlar suyaklari qoldiqlari topilgan bo‘lsa-da, bu
xo‘jalik turi bo‘yicha bevosita ma’lumot beruvchi manbalar juda kam. Hisorliklar
kundalik turmushda dehqonchilik bilan shug‘ullanishganligi ehtimolini, ular
makonlari tog‘ va tog‘ yon bag‘irlari daryo, soy yon qayirlari, ya’ni soz tuproqli
joylarga joylashganligi fakti bildirishi mumkin. Ammo, bu fikrga
tadqiqotchilarning bir qismi hisorliklar tosh qurollari ichida dehqonchilik xo‘jaligi
bilan bog‘liq bo‘lgan qadama qurollar uchratilmaganligi masalasini asos qilishib
e’tiroz bildirishgan. Zikr etilgan ikkala holat ham o‘z mazmun- mohiyatiga ko‘ra
masalaning to‘laqonli echimini bermaydi. Hisorliklar dastlabki dehqonchilik
ho‘jaliklari sohibkorlari bo‘lsalarda, xo‘jalikning bu turi ular iqtisodiyotida muhim
o‘rin tutmagan, shu xususiyatning o‘zi hisor jamoalari o‘z madaniyati
taraqqiyotining keyingi bosqichlarida rivojlanishda emas, balki passiv hayot
kechirganligini bildiradi. 71
YUqorida Markaziy va Janubiy Tojikiston xududlarida
tarqalgan Hisor madaniyati xo‘jalik asoslari to‘g‘risida fikr yuritdik. Ushbu
70
Ранов В.А. Кўрсатилган адабиёт, 1998. 113, 114 -бетлар .
71
Ранов В.А. Гиссарская культура – неолит горных областей Средней Азии. // Каменной век Северной,
Средней и Восточной Азии. – Новосибирск, 1985. С.105-123.
50](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_50.png)
![malumotlarga qo‘shimcha sifatida yaqin yillar maboynidagi arxeologik tadqiqotlar
natijasida qo‘lga kiritilgan faktlarni keltiramiz. Hisorliklarning manzilgoxlari
maydoni keng va ko‘p madaniy qatlamli bo‘lib, ular asosan qalin soz tuproqli
qatlamlarga ega bo‘lgan daryo, soylarning yon qayirlarida joylashgan. Ularning
madaniy qatlamlaridan garchi oz sonli bo‘lsada yorg‘uchoq, qadama qurollar
topilgan. Bu faktlar esa arxeolog V.A.Ranovga hisorliklar xo‘jaligida qisman
dexqonchilik xam bo‘lgan, degan xulosa chiqarishga asos bo‘lgan edi. Biroq, bu
jamoalar turmushida dehqonchilik etakchi mavqega ega bo‘lmagan. Hisorliklar
turmushida chorvachilik xo‘jaligi bo‘lganligi masalasi yanada murakkabroq
hisoblanadi. Binobarin, ilmiy ishlarda Hisor madaniyati manzilgoxlaridan
Tutqovul, Say- Sayyod makonlari madaniy qatlamlaridan topilgan hayvon suyak
qoldiqlarining qariyb 70%ini xonakilashtirilgan hayvonlar nisbatiga to‘g‘ri
kelganligi to‘g‘risida malumotlar bor (Paxamov, Ranov, Nikanov, 1974). Biroq,
so‘nggi yillar maboynida Hisor madaniyati manzilgoxlaridan topilgan xayvon
suyaklari qoldiqlari ustida tadqiqot ishlari olib borgan M.N.YOrmolovaning bu
boradagi xulosalari diqqatga sazovordir. Jumladan, olima Oq-Tanga makonidagi
hisor madaniy qatlamidan topilgan hayvon suyaklari qoldiqlarini atroflicha
o‘rganib, ularni yovvoyi hayvonlarga(tog‘ echkisi, alxarlar)tegishli ekanligini
isbotladi. SHuningdek, hisor madaniyati boshqa manzilgoxlaridan topilgan,
xonakillashtirilgan hayvon suyaklari qoldiqlari deb xulosaga kelingan faktlarni
ham noto‘g‘ri ekanligini amalda isbotlagan. SHuning uchun xam biz, O‘rta Osiyo
xududlarida ishlab- chiqarish xo‘jaliklari masalasida bu xulosalarini nazardan
qoldirmasligimiz kerak. Xullas, Hisorliklar xo‘jaligida dexqonchilik va
chorvachilik sezilarli o‘rin egallamagan. Ovchilik va temirchilik xo‘jalik turlari o‘z
axamiyatini kuchli saqlab qolgan.
O‘rta Osiyo pasttekislik mintaqasining asosiy hududlarida neolit davri
barcha bosqichlarida jamoalar xo‘jalik mashg‘ulotlarining asosini o‘zlashtirma
xo‘jalik – termachilik, ovchilik va baliqchilik tashkil etib qolaverdi. O‘zlashtirma
xo‘jalikning muayyan tarmoqlari, asosan ovchilik va baliqchilik bilan
51](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_51.png)
![shug‘ullanishi mahalliy ekologik sharoitdan kelib chiqib, O‘zbekiston
sarhadlarining turli burchaklarida turlicha bo‘lgan. Turli mazmundagi qadimgi
madaniyat, iqlim sharoitiga oid dalillar (birinchi navbatda suv manbalari, o‘simlik
va hayvonot dunyosi), to‘g‘ridan-to‘g‘ri (sut emizuvchilar, parrandalar, baliqlar
suyak qoldiqlari, tuxum po‘stloqlari, iste’mol qilish mumkin bo‘lgan molyuskalar
qoldiqlari, turli xil o‘simliklar qoldiqlari) va ikkinchi darajali manbalar, xususan
ovchilik va baliqchilikka ixtisoslashgan tosh va suyak qurollari hamda oziq-ovqat
mahsulotlariga ishlov berishga mo‘ljallangan qurollar ma’lum mintaqalar neolit
jamoalari xo‘jalik faoliyatlari manzarasini tiklash imkonini beradi.
SHu asnoda Kaltaminor jamoalari xo‘jaligi haqida ma’lumotlar keltiramiz.
YUqori satrlarda eslatib o‘tilganidek, O‘rta Osiyoning ikki azim daryolari ya’ni
Amudaryo va Sirdaryolar oralig‘ida, xususan, Qizilqum va SHimoliy Qoraqum
mintaqalarida miloddan avvalgi 5-3 ming yilliklar davomida ovchilik va
baliqchilik bilan tirikchilik o‘tkazuvchi neolit jamoalari yashab kelgan. Taniqli
etnograf va arxeolog olim S.P.Tolstov bu xududda katta tadqiqot ishlarini bajardi.
S.P.Tolstovning shogirdi A.V.Vinogradov ahamiyati jihatidan Jonbos-4dan
qolishmaydigan manzilgoh topdi va uni ustozi nomi bilan «Tolstov manzilgohi»
deb fanga kiritdi. «Tolstov manzilgohi» A.V.Vinogradov tomonidan ko‘p yillar
tekshirildi va o‘rganildi. Ma’lum bo‘ldiki, Kaltaminor jamoasining ho‘jalik asosini
baliqchilik tashkil etgan ekan. Bu erdan topilgan tosh qurollar orasida qadama
o‘roq namunalari deyarli uchramaydi. Bunday qurollar esa ushbu madaniyatning
so‘nggi bosqichida paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Kaltaminor madaniyati urug‘ jamoalari odatda ko‘l, buloq daryo uzanlarida
yashab, ovchilik, terimchilik qilardi. Ular ham tabiat kuchlari oldida ojiz edilar.
Daryo va ko‘l suvlarining o‘zgarishi bilan ular ham o‘z manzillarini
o‘zgartirganlar. Ularning asosiy tirikchiligi baliq ovi edi. Bu soxada ishlatiladigan
qurollardan baliq to‘ri, suyak garpunlar, tosh sanchqi uchlari singari asboblardan
foydalangan. Bunday qurollarning namunalari kaltaminor madaniyati
yodgorliklarida ko‘plab topilgan. Ularning xo‘jaligida hayvon ovi ham muhim
o‘rin tutgan. Masalan, Jonbos-4, «Tolstov manzilgoxi» va Qavat-7 makonlaridan
52](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_52.png)
![topilgan suyaklarga qaraganda bu jamoalar ko‘pincha yavvoyi cho‘chqa, buxoro
ohusi, jayronlarga, cho‘lda yashovchi qulon va sayg‘oxlarga ov qilishgan. Ov
qurollaridan o‘q-yoy juda keng qo‘llanilgan. Bunday qurollar odatda
manzilgoxlarda ko‘plab uchraydi.
Xo‘jalikning uchinchi tarmog‘i terimchilik bo‘lgan. Ular turli oziqabop
narsalarga termachilik qilgan. Xususan, Kaltaminor manzilgoxlarida yovvoyi
jiyda danagi ko‘plab uchratilgan. Dorvozaqir jamoasi asosan baliq ovi bilan
shug‘ullangan. Hayvon ovi va terimchilik ham o‘z kuchini yo‘qotmagan. Ular
jayron, sayg‘oq, chul tushkonlari, yovvoyi cho‘chqa, qulon, ot va boshqa
jonvorlarni ov qilishganlar.Terimchilik xo‘jaligi Zarafshon vodiysi neolit jamoalari
turmushida salmoqli o‘rin tutgan. Masalan, bu atroflarda o‘rganilgan
makonlardan tosh yorg‘uchoqlarning topilishi bu jamoalarning boshoqli
o‘simliklar bilan tanish bo‘lganligidan guvohlik beradi.
O‘zbekiston hududi neolit davri jamoalarining xo‘jaligini bilishda
A.V.Vinogradov tomonidan Oqchadaryo havzasida joylashgan Tolstov makoni
qazishma ishlari natijasida qo‘lga kiritilgan arxeologik manbalarning o‘rni va
ahamiyati beqiyos. Haqiqatdan ham, Oqchadaryo havzasida neolit jamoalari
yashagan davrda (mil. avv. 5-3 ming yilliklar) havzasida suv mo‘l bo‘lgan.
Havzada daryoning asosiy uchta oqimi o‘zani harakatda bo‘lishi bilan bir qatorda
ko‘plab kichik suv irmoqlari faoliyat ko‘rsatgan. SHu asosda havzada qalin
to‘qayzorlar bo‘lganki, ular o‘simlik, parranda, hayvonot dunyosiga, suvlar
baliqlarga boy bo‘lgan. SHunday landshaftli hudud janub va shimol tomonlardan
havzaning asl qirg‘oqlari bilan chegaralangan bo‘lib, hozirgi kunda ular qisman
do‘nglik, tepaliklar ko‘rinishida saqlanib qolgan. Deyarli aholi yashamaydigan
qum barxanlaridan iborat bu joylar Qizilqum cho‘lliklariga kelib tutashadi. Ichki
Qizilqum sarhadlarida Lavlakon namgarchiligi iqlimi fazasi davrida namgarchilik
ko‘pligidan kichik-kichik chuchuk suvli ko‘lchalar hosil bo‘lgan. Ularning atrofida
ibtidoiy jamoalar yashashi uchun qulay ekologik sharoit bo‘lgan 72
.Tadqiqotlar
72
Мамедов Э.Д. Динамика природных процессов на равнинах Средней Азии // Вопросы природовения
Средней Азии. Сборник научных трудов ТашГУ, №591. Ташкент, 1979. С.20-24 ; Ўша муаллиф.
Изменение климата среднеазиатских пустынь в голоцене // Колебания увлажненности Арало –
53](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_53.png)
![ko‘rsatishicha, Amudaryoning Oqchadaryo havzasi chegarasida hamda uning
irmog‘idan 20-25 km chamasi masofada bo‘lgan chekka joylarda ikki xil ekologik
sharoit-«suvli» havza va tekislik mintaqa mavjud bo‘lgan. Tekislik mintaqalar
bilan yodgorliklar joylanishi bog‘liq. Bu hududlarda yashagan neolit jamoalarining
xo‘jaligi haqida Tolstov makonidan topilgan arxeologik manbalar qiziqarli
ma’lumotlarni berdi. Qazishma ishlari jarayonida turar joylarning xo‘jalik ishlariga
moslashgan qismidan ko‘plab oziq-ovqat chiqindilari tashlangan maxsus xo‘jalik
xandaklari topildi. Ulardan asosan sut emizuvchi hayvonlar suyak qoldiqlari
topilgan. Suyaklarning asosiy qismi majaqlangan ko‘rinishga ega, qolgan
qismlaridan esa o‘sha paytda ovchilik uchun ob’ekt bo‘lgan hayvon turlarini bilib
olish mumkin. Buqa, kiyik, tuya, yovvoyi cho‘chqa, qulon, jayron, sayg‘oq, quyon,
tulki, it kabi hayvonlar shular jumlasidandir. Jamoalarning asosiy ov ob’ekti
hisoblangan mayda sut emizuvchilar va kemiruvchi hayvonlar suyak qoldiqlari
xam ko‘plab topilgan. It xonaki, boshqalari esa yovvoyi hayvonlar hisoblangan.
Nomlari aytilgan yovvoyi hayvonlar, muayyan ekologik mintaqaga taalluqli
hisoblanadi. Kiyik, bug‘u, yovvoyi cho‘chqalar shu havzalar atrofida yashagan.
Buxoro kiyigi, yovvoyi cho‘chqa hududning yovvoyi hayvonlari safida hozirgi
kungacha yashab kelmoqda. Buqa, tuya, qulon, sayg‘oq, jayronlar esa cho‘llik yoki
qum-barxanlik landshaftli joylarga xos hayvonlar sanaladi. Hozirgi vaqtda
O‘zbekistonning yovvoyi hayvonlari safida buqa, tuya, qulon kabi jonivarlar turlari
uchramaydi.
Tolstov makoni, umuman Markaziy Osiyoning pasttekislik mintaqalaridagi
qator neolit jamoalari makonlaridan yovvoyi buqa va tuyalarning suyak qoldiqlari
topilishi muhim ilmiy kuzatishlarga turtki bo‘lmoqda. Masalan, buqa tadqiqotlarda
tur sifatida e’tirof etiladi, tuyaning qoldiqlari esa baktrian tuyasi, ikki o‘rkachli
tuyaga tegishli deb taxmin etiladi. Ishonarli dalillar etarli bo‘lmaganligidan yaqin
vaqtlargacha bu hayvonlarning Markaziy Osiyoda eng qadimgi mahalliy
xonakilashtirilgan hayvonlar bo‘lganligi shubha ostida edi. O‘zbekiston
kengliklarida, qolaversa, butun Markaziy Osiyo hududida neolit davri jamoalari
Каспийского региона в голоцене. М., 1980. С.169-173.
54](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_54.png)
![turmushida yovvoyi ot aniqlanmagan. Tadqiqotlar Markaziy Osiyoga tarixiy
taraqqiyotning keyingi bosqichlarida, xususan, bronza davrida xonakilashtirilgan
otlar bo‘lganligini ko‘rsatmoqda.
Oqchadaryo havzasi va Quyi Zarafshon vohasi ekologik sharoit jihatidan
bir-biriga juda o‘xshash, bu esa mazkur hududda yashovchi neolit jamoalarining
deyarli bir xil yovvoyi hayvonlarni ov qilishlariga sabab bo‘lgan. Quyi Zarafshon
vohasida Oqchadaryo havzasida uchramaydigan cho‘l qo‘yi yashagan.
SHuningdek, bu joylardagi ikkita makondan yovvoyi buqa suyagi qoldiqlari
topilib, ularning buqa-turga tegishli ekanligi aniqlangan 73
.
Neolit jamoalari xo‘jalik mashg‘ulotlarining yana birini termachilik, ya’ni
iste’mol qilishga yaroqli bo‘lgan o‘simliklar, o‘t-o‘lan ildizlari va donlarini terib
olish tashkil etgan. Ko‘plab kaltaminor hamda boshqa neolit davri jamoalari
makonlari tadqiqotlarida donli boshoqlarni ezishga mo‘ljallangan yorg‘uchoq
toshlari topilgan. Tolstov makonidan o‘simliklarni o‘rish uchun qo‘llaniladigan
suyak dastali qistirma tosh, o‘roq, o‘roqsimon pichoq qurollari ham topilgan. Bu
turdagi qurollar tuzilishi va turmushda bajargan vazifasiga ko‘ra Old Osiyo va
Janubi-G‘arbiy Turkmaniston ilk dehqonchilik xo‘jaligi qurollariga o‘xshaydi.
O‘zbekiston sarhadlari neolit jamoalari moddiy madaniyati tadqiqotida
xo‘jalik mashg‘ulotlariga oid manba, ma’lumotlar qo‘lga kiritilgan. Ushbu
ma’lumotlar tahlil etilganda, Ustyurt platosi, Farg‘ona vohasi neolit jamoalari
xo‘jalik mashg‘ulotlari to‘g‘risida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumot beruvchi manbalar
deyarli yo‘q. A.V.Vinogradovning yozishicha Oqchadaryo havzasi, Qizilqum ichki
hududlari, Quyi Zarafshon vohasi kaltaminor jamoalarining turmushida hali ishlab
chiqarish xo‘jaligi elementlari kuzatilmaydi. Faqatgina, yaqin yillarda
O‘zbekiston-Fransiya xalqaro arxeologik ekspeditsiyasi xodimlari Quyi Zarafshon
Oyoqog‘itma neolit makonidan xonakilashgan hayvon suyaklari qoldiqlarini
topishdi. O‘rta Zarafshon vohasi neolit jamoalari xo‘jalik mashg‘ulotlari haqida
ma’lumot beruvchi ayrim ashyolar keyingi tadqiqotlarda qo‘lga kiritila boshlandi.
Ta’kidlash joizki, A.V.Vinogradov Oqchadaryo havzasi doirasida neolit jamoalari
73
Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского междуречье. М., 1981. C . 139-147.
55](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_55.png)
![xo‘jaligini nisbatan to‘liq tiklashga imkon beruvchi manba, ma’lumotlar to‘plashga
erishgan.
Endi, bevosita faktlarga to‘xtalamiz. O‘rta Osiyo pasttekislik mintaqasining
asosiy qismida neolit davri barcha bosqichlarida jamoalar xo‘jalik
mashg‘ulotlarining asosini o‘zlashtirma xo‘jalik – termachilik, ovchilik va
baliqchilik tashkil etgan. O‘zlashtirma xo‘jalikning muayyan tarmoqlari, asosan
ovchilik va baliqchilik bilan shug‘ullanishi mahalliy ekologik sharoitdan kelib
chiqib, O‘zbekiston sarhadlarining turli burchaklarida turlicha bo‘lgan. Turli
mazmundagi qadimgi madaniyat, iqlim sharoitiga oid dalillar (birinchi navbatda
suv manbalari, o‘simlik va hayvonot dunyosi), to‘g‘ridan-to‘g‘ri (sut emizuvchilar,
parrandalar, baliqlar suyak qoldiqlari, tuxum po‘stloqlari, iste’mol qilish mumkin
bo‘lgan molyuskalar qoldiqlari, turli xil o‘simliklar qoldiqlari) va ikkinchi darajali
manbalar, xususan ovchilik va baliqchilikka ixtisoslashgan tosh va suyak qurollari
hamda oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berishga mo‘ljallangan qurollar ma’lum
mintaqalar neolit jamoalari xo‘jalik faoliyatlari manzarasini tiklash imkonini
beradi. Ta’kidlash joizki, jamoalar xo‘jalik mashg‘ulotlarini bilishda trassologik
tadqiqotlar natijalari sezilarli darajada muvaffaqiyat keltirmoqda. Bu usul tosh va
suyak qurollarida turmushda ishlatilganligidan qolgan izlarni o‘rganishga
asoslangan. Maxsus laboratoriyalarda eksperiment asosida ma’lum qurollarning
turmushda bajargan vazifasini bilib olishga qaratilgan mazkur usul ayni kunlarda
muhim ahamiyat kasb etmoqda 74
.
74
Семенов. С.А., Коробкова Г.Ф. Технология древнейших производств. Л . , 1983. С. 39-51.
56](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_56.png)
![2.Markaziy Farg‘ona, Sazog‘on va Ustyurt neolit jamoalari
xo‘jalik tarixi
Turli hayvonlarning xonakilashganligi borasida yaqin yillarda O‘rta
Zarafshon vohasida tadqiq etilgan Ochilg‘or yodgorligi ma’lumotlari ham muhim
hisoblanadi. Xususan, bu ma’lumotlar makonining gorizontlar bo‘yicha
tadqiqotida qo‘lga kiritilgan hayvon suyaklari bilan bog‘liq. Bugungi kunda O‘rta
Zarafshon miqyosida ko‘plab mezolit, neolit davriga oid yodgorliklar o‘rganilgan
bo‘lsada lekin faunasi tadqiq etilgan yodgorliklar sanoqlidir. Bular jumlasiga
Uchtut, Sazog‘on 2, Zamichatosh, Ochilg‘or kabi yodgorliklarnigina kiritish
mumkin 75
.Sazog‘on 2 neolit makoni faunasi B.X.Botirov tomonidan tadqiq etilgan.
Tahlil natijalarining ko‘rsatishicha, ularning ko‘pchiligi mayda va yirik shoxli
hayvonlar hamda ot, eshak, tuya, it kabi xonakilashtirilgan hayvonlarga
tegishlidir . SHuningdek, suyak qoldiqlarining ma’lum qismi nisbatan kichik
yovvoyi turdagi sut emizuvchilar, xususan, qulon, jayron, buxoro bug‘usi kabi
yovvoyi hayvonlarga mansubligi aniqlangan 76
. SHu nuqtai nazardan, Ochilg‘or
manzilgohidan topilgan hayvon suyaklari qoldiqlari ilmiy tadqiqoti qiziqarli
natijalar berishi mumkin. Ochilg‘or makonining turli qatlamlaridan jami 74 turga
mansub 1095 ta hayvon suyak qoldiqlari topib o‘rganildi. Ushbu jadvaldan
ko‘rinib turibdiki, suyak qoldiqlari son jihatdan ham turlar xilma-xilligi jihatidan
ham ajralibturmaydi. Uning ishonchliligi stratigrafik jihatdan ahamiyatliligi bilan
deb aytsak to‘g‘ri bo‘ladi.
Ochilg‘or manzilgohidan topilgan hayvon suyak ashyolari orasida ko‘proq
ilmiy muhokamaga molik bo‘lgani ibtidoiy ho‘kiz-turga mansub suyak qoldiqlari
mavjud. Ekologik-morfologik o‘rganishlar ho‘kiz-tur asosan soy bo‘yi
to‘qayzorlari hamda ochiq landshaftli cho‘l va dashtlarda yashaganliklarini
75
Батыров Б.Х. Костные остатки млекопитающих из стоянки Сазаган 2 // Вопросы археологии, древней
истории и этнографии. Сборник научн. Труд. СамГУ. Самарканд, 1985. С. 40-44;Ўша муаллиф . Промысловая
териофауна Узбекистана в голоцене // Автореф. Дисс. канд. биолог.наук. Киев, 1987 . С. 6; Батыров А.Р.,
Гречкина Т.Ю. Неолит среднего течения реки Зарафшон // ИМКУ,№27. Самарканд, 1966. С. 3-10; Ботиров
А.Р. Ўрта Зарафшон воҳасида жойлашган Замичатош неолит манзилгоҳи қадимги ҳайвонот дунёсига доир //
Ўзбек миллий маданият тарихи. Самарқанд, 1997. Б . 25-28.
76
Джуракулов М.Д, Холматов Н.У. Мезолит и неолит Среднего Зарафшана. Ташкент, 1991. С. 102-106.
57](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_57.png)
![ko‘rsatmokda. Ibtidoiy ho‘kiz-turga oid arxeo-paleozoologik ashyolar Markaziy
Osiyo miqyosida pastki va o‘rta pleystotsen davri nuqtai nazaridan Selungur,
Ko‘lbuloq, Omon-Qo‘ton, Obi-Raxmat, Qo‘tirbuloq makonlari tadqiqotida qo‘lga
kiritilgan. Golotsen davri topilmalari esa neolit davriga oid Soy-Sayyod, Tutqovul,
Uchtut, Uchashi-131, Djangal-1 hamda keyingi taraqqiyot bosqichlariga mansub
Anov, Sopollitepa, Djarqo‘ton va Tallashgantepa-1 kabi arxeologik
yodgorliklardan topib aniqlangan.
Suyak ashyolarini davrlar bilan o‘rganish ibtidoiy ho‘kiz- turning qadimgi
odamlar xo‘jaligida tutgan o‘rni honaki hayvonlarning paydo bo‘lishi bilan uz
axamiyatini yukotib borganini ko‘rsatadi. Masalan, turning suyak qoldiqlari
Tutqovulda 9,9%, Uchtutda 4,7% , Djangal 1da 4,7%, Sopollitepa, Djarqo‘ton va
Tallashgantepa-1da 1-3% ni tashkil qiladi. Ammo, Uchashi-131 da u 48,83%,
Ochilg‘or makonida 13,42% ni tashkil etadi. Bu holat hayvon yashaydigan joyning
geografiyasi va ekologiyasiga ham bog‘liqliligini e’tiborga olishlikni taqozo qiladi.
Bundan tashqari davrning o‘tishi bilan ibtidoiy turning morfometrik o‘lchamlari
nisbatan kichrayganligini (maydalashgani) ham aytib o‘tish kerak.
O‘rta pleystotsen davri qatlamlaridan topilgan turga tegishli astragal
suyagining tashqi uzunligi 91,0- 96,0 mm, o‘rtacha 94 mm,golotsen davridagilarda
esa katta 78-91,3ni o‘rtacha 85,1 mm.ni tashkil etadi. Ochil g‘ordan topilgan
astragalning tashqi uzunligi 91 mm. o‘lchamga ega. Bundan ko‘rinib turibdiki
pleystotsen astragallarining eng kichik o‘lchamdagisi golotsen davri
astragallariningeng maksimum o‘lchamiga tengekan. YUqorida qayd etilgan
ma’lumotlar mezolit va neolit davriga oid Ochilg‘or manzilgohining paleoekologik
holatlarini yoritishda golotsen davrida iqlimning (ob-havoning) nisbatan iliqlashib
borayotganligini (aridizatsiya), mezofil hayvonlar soni va arealini qisqarib, kserofil
hayvon turlarining ko‘payib borganligi tendensiyasini tasdiqlaydi.
O‘rta Zarafshon vohasi neolit davriga oid makonlar tadqiqotida qo‘lga
kiritilgan hayvon suyaklari qoldiqlari tahlili ular kamida 20 turdan kam bo‘lmagan
yovvoyi ov hayvonlarga va 6 turga oid xonaki hayvonlarga mansubligini ko‘rsatdi.
Ochilg‘or makoni madaniy qatlamlaridan ham yovvoyi va xonakilashgan hayvon
58](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_58.png)
![suyaklari qoldiqlari topildi. Bu suyak qoldiqlari eshak, mayda shoxli hayvonlar
(qo‘y, echki) va yirik shoxli hayvonlarga tegishli. Ularning soni yuqori qatlamda
ko‘proq pastki qatlamlarga borgan sari esa kamayib boradi. Mutaxassislarning
ta’kidlashicha, Markaziy Osiyo miqyosida ba’zi bir xonaki hayvon turlari neolit
davriga qadar bo‘lgan tarixiy taraqqiyot bosqichlarida ham uchraydi 77
. Bugungi
kunga kelib ushbu xulosalarning to‘g‘riligini tasdiqlovchi yangi ashyoviy
ma’lumotlar soni ortib bormoqda. Jumladan:
-Madaniy qatlami va faunistik topilmalari bor manzilgohlarning (ular 10 ga
yaqin) hammasida xonaki hayvonlarga oid suyak qoldiqlarining topilganligi;
-SHu davrga oid qoyatosh rasmlarda xonaki hayvonlar tasvirlarining
mavjudligi (Zarautkamar, Sarmishsoy);
-Makonlar madaniy qatlamlaridan xo‘jalik ishlaridaxususan, hayvon terisi,
juniga ishlov berish funksiyasini bajaruvchi tosh qurollarning topilganligi;
-Topilgan hayvon suyak qoldiqlarining tofonomik va morfometrik
ko‘rsatkichlarining o‘ziga xosligi;
-Antropogen omillarning kuchayishi natijasida tosh davri uchun xos asosiy
ov hayvonlarining tarkalish xududini, turlar sonini va miqdorining nisbatan
kamayganligi.
Ta’kidlash joizki, shu kunga qadar utkazilgan tadqiqotlarda xonaki
hayvonlar ma’lum hududlarda tub joyli xonakilashgan hayvonlar bo‘lganmi yoki
ular mazkur joylarga xonakilashgan holda boshqa hududlardan keltirilganmi degan
masalahali to‘lik ilmiy echimini topmagan, bahsli hisoblanadi. YUqorida zikr
etilgan nazariy bilimlarimizga, ilmiy kuzatuvlarimizgakelgusi tadqiqotlar
davomida qo‘lga kiritiladigan yangi ma’lumotlar aniqlik kiritadi va ularni
to‘ldiradi.
YUqorida ta’kidlaganimizdek, neolit jamoalari xo‘jalik mashg‘ulotlari
turlicha va ularning odamlar tirikchiligini ta’minlanish darajasi har xil bo‘lgan.
Xo‘jalik mashg‘ulotlari sermahsulligi ham o‘sha joyning tabiiy sharoiti, atrof-
77
Батыров Б.Х. Фауна млекопитаюших из пещеры Мачай // Тр уд ы СамГУ, вып.351. Самарканд,1978 . С.20-
30; Цалкин В.И. Предварительное результаты изучения фаунистического материала из раскопок Джебела,
произведенных А.П.Окладниковым // ТЮТАКЭ.Т,7. Ашхабад, 1956 . С.220 .
59](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_59.png)
![muhiti va ekologik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan. Ustyurt platosi va Qizilqum
ichki hududlari neolit jamoalarining hayot tarzini ovchilik mashg‘ulotlari tashkil
etgan va bu jamoalar Amudaryo va Zarafshon daryosi etaklari havzalari
jamoalariga qaraganda nisbatan muqim yashamasdan, ko‘chib yurishga
moslashgan holda hayot kechirganlar. Amudaryo va Zarafshon etaklari neolit
jamoalari turmushida asosiy oziq-ovqatlar miqdori baliqchilik sohasiga to‘g‘ri
keladi. Tog‘ yon bag‘irlarida yashovchi O‘rta Zarafshon vohasi sazog‘on jamoalari
va Markaziy Farg‘ona jamoalari turmushida tabiiy resurslar xilma-xil va boyroq
bo‘lganligidan ovchilik bilan bir qatorda, termachilik va baliqchilik ham sermahsul
bo‘lgan. Sazog‘on madaniyati so‘nggi tadqiqotlari (Tepaqul -3,4 makonlari)
jarayonida qo‘lga kiritilgan arxeologik manbalar (qadama tosh qurollar,
yorg‘uchoqlar) mazkur hududlarda o‘simliklarni madaniylashtirishning dastlabki
ko‘rinishlari paydo bo‘la boshlaganidan guvohlik beradi.
O‘zbekiston sarhadlarida yashagan neolit jamoalarining barchasi xo‘jalik
mashg‘ulotlarining bir qismini uy sharoitida amalga oshirishgan. Bu mashg‘ulotlar
toshga, suyak, teri, yog‘och, chig‘onoq kabi predmetlarga ishlov berishdan iborat
bo‘lgan. SHu asosda ovchilik, baliqchilik, termachilik sohalariga mo‘ljallangan
mehnat qurollari, oziq-ovqatlarni qayta ishlash, turarjoylar va boshqa qurilish
ishlarini bajarishga mo‘ljallangan asbob-uskunalar, daryo, ko‘l havzalarida
suzadigan moslamalar yasalgan. Bu yumushlar kishilardan muayyan tafakkur,
tajriba va mahorat talab etgan. SHu tariqa neolit davri aholisi orasida ma’lum
sohalar bilan shug‘ullanuvchi kishilar toifasi, ya’ni kasb egalari paydo bo‘la
boshlagan. Ular o‘z kasb sirlarini avloddan - avlodga etkazganlar. SHu nuqtai
nazardankeyingi tadqiqotlarda ishlab chiqarish iqtisodiyoti shakllanishi va
rivojlanishi borasida qiziqarli ma’lumotlar qo‘lga kiritilayotgani masalasi o‘z
mazmun, mohiyatibilano‘ta dolzarbhisoblanadi.
60](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_60.png)
![Xulosa
Tosh asri neolit davrida urug‘chilik tuzumi rivojlangan bo‘lib, onalar jamoada
hukmron bo‘lgan. Xususan, jamoa mehnati, ishlab chiqarish vositalarining jamoa
mulki xisoblanganligi o‘sha davr turmush tarzining asosiy mezoni hisoblangan.
SHuningdek, bu dav rda muhim ijtimoiy-iktisodiy o‘zgarishlar ro‘y bergan bo‘lib,
maxsulot ishlab chikarila boshlangan. To‘qimachiliq kemasozliq kulolsozlik paydo
bo‘lgan. Mehnat vositalarini takomillashtirish, xususan, tosh, suyak va yog‘ochga
ishlov berishning an’anaviy uslublari yuksaklikka erishgan, ayniksa, toshni
silliqlash, parmalab teshish singari texnologiyalar kashf etilgan, mikrolit qurollari
yanada takomillashgan. Eng muhimi, maxsulot ishlab chiqrishning xo‘jalik
asoslari, dehqonchilik va chorvachilik vujudga kelgan. Bu voqelik shubhasiz,
ibtidoiy odamzod ijtimoiy tuzumi, kundalik turmush tarzi, xullas, ijtimoiy-iqisodiy
faoliyatining barcha sohalarida keskin, tub o‘zgarishlarga olib kelgan. SHuning
uchun ham bu tarixiy jamiyatni ingliz arxeologi G. CHayld «Neolit inkilobi»
atamasi bi lan fanga kiritgan. Tosh davrining so‘nggi bosqichi bo‘lgan neolitning
hronologik sanasi geologik davrlashtirish buyicha, asosan, golotsenga to‘g‘ri
keladi. Bu davrning tabiiy iqlim sharoiti, o‘simlik va hayvonot dunyosi xozirgi
zamonga nisbatan yaqinligi bilan xarakterlanadi. Jumladan, oldingi taraqqiyot
bosqichlariga qaraganda yangi, tabiatan ma’lum hududlarni o‘zlashtirish jarayoni
tezlashib, odamlar nisbatan kengroq mintakalarda yashay boshlaganlar. Xu susan,
O‘rta Osiyo miqyosida mezolitning oxirida va neolit davrida odamzod yashashi
uchun qulay ekologik muhit mavjud bo‘lgan barcha hududlar jamoalar tomonidan
o‘zlashtirilganligi tadqiqotlarda aniqlandi.
Xususan, O‘rta osiyo neolit davri jamoalari moddiy madaniyati. O‘rta
Osiyoning janubiy-g‘arbiy mintaqalarida Kopettog‘ning quyoshga tushlov soy
etaklarida ibtidoiy motiga dehqonchilik madaniyati (Joytun) 78
, Amudaryo va
Zarafshonning quyi havzalarida, Qizilqumda ovchi-baliqchi urug‘ jamoalarining
Kaltaminor madaniyati 79
, Hisor tog‘ tizmalarining dara va yaylovlarida Hisor
78
Массон В.М. Джейтунская культура. ЮТАКЭ, т.10, Ашхабад, Ылым, 1961; Поселение Джейтун
(проблемы становления производящей экономики). МИА, № 180, 1971.
79
Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского междуречье. М., 1981.
61](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_61.png)
![madaniyati 80
, Farg‘ona vodiysida Markaziy Farg‘ona madaniyati 81
, O‘rta Zarafshon
vohasida Sazog‘on va Ustyurtda Ustyurt neolit jamoalari madaniyati shakllanib,
rivoj topgan 82
. O‘tkur Islomov O‘rta Osiyo neolit davri jamoalari moddiy
madaniyatini o‘rgangan yirik mutaxassis hisoblanadi. U keyingi izlanishlarini
Farg‘ona vodiysidan topilgan ko‘plab neolit davri yodgorliklarida davom ettirdi.
Farg‘ona vodiysi neolit yodgorliklari tadqiqoti asosida “Markaziy Farg‘ona” neolit
madaniyatini mustaqil madaniyat sifatida ajratib, O‘zbekiston arxeologiyasi faniga
olib kirdi va uning o‘ziga xos xususiyatlarini ilmiy asoslab berdi 83
.
Xullas, O‘rta Osiyo miqyosida neolit davriga oid madaniyatlar tadqiqoti ikki
mintaqa bo‘yicha neolit jamoalari madaniyatining yaratilganligini aniqlash
imkonini berdi: 1.O‘rta Osiyo tog‘ mintaqasi- Markaziy va Janubiy Tojikiston
hududidagi Hisor madaniyati, O‘rta Zarafshon vohasi Qoratepa tog‘ massivi
shimoliy yon bag‘ridagi Sazog‘on madaniyati, Farg‘ona vohasidagi Markaziy
Farg‘ona madaniyati; 2.O‘rta Osiyo pasttekislik mintaqasi- Amudaryo va
Zarafshonning quyi havzalarida, Qizilqumda ovchi-baliqchi urug‘ jamoalarining
Kaltaminor madaniyati, Janubiy Turkmanistondagi Joyitun madaniyati, Ustyurt
neolit jamoalari madaniyati.
Kishilik tarixi taraqqiyotining ilk bosqichlarini o‘z ichiga oluvchi
ibtidoiy davr jamoalari moddiy-madaniyatini o‘rganishda qadimgi odamlar
turmushida ishlab chiqarish iqtisodiyotiga o‘tish jarayoni o‘z mazmun, mohiyati
bilan o‘ta dolzarb masala hisoblanadi. Sababi, ishlab chiqarish iqtisodiyoti,
ya’ni dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi (neolit inqilobi) keyingi
80
Ранов В.А. Гиссарская культура: распространение, хронология, экономика. // Культура первобытной
эпохи Таджикистана. – Душанбе, 1982; Гиссарская культура – неолит горных областей Средней Азии. //
Каменной век Северной, Средней и Восточной Азии. – Новосибирск, 1985; Неолит (гиссарская культура).
История Таджикского народа. Том 1. – Душанбе, 1998. С. 105-123.
81
Исламов У.И., Тимофеев В.И. Культура каменного века Центральной Ферганы. – Ташкент: Фан, 1986. С.
304.
82
Бижанов Е.Б. Неолитические памятники юго-восточного Устюрта. // Древняя и средневековая культура
юго-восточного Устюрта. – Ташкент : Фан, 1978. С.18-79 ; Каменный век Устюрта. Авт.реф. на соискание
уч.степени д.и.н. – Нукус, 1996. С.3-42 ; Джуракулов М.Д., Холматов Н.У. Мезолит и неолит Среднего
Зарафшана. – Ташкент: Фан, 1991. С. 3-122 .
83
Исламов У.И., Тимофеев В.И. Культура каменного века Центральной Ферганы. – Ташкент: Фан, 1986.
304 с.
62](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_62.png)
![tarixiy taraqqiyot bosqichlarida muhim sotsial, iqtisodiy o‘zgarishlarga olib
kelgan.
Ma’lumki, soha mutaxassislari tadqiqoticha Old Osiyo mintaqasida
dastlabki ishlab chiqarish iqtisodiyotiga o‘tish jarayoni ro‘y bergan 84
. Bu haqda
“monitsentrizm” va “politsentrizm” ilmiy nazariyalari mavjud. N.I. Vavilov o‘z
tadqiqotida tog‘liq mintaqalarning subtropik qismida yovvoyi o‘simliklarni
madaniylashishiga ko‘proq imkoniyat, shart-sharoitlar bo‘lganligini alohida
ta’kidlaydi 85
. Mazkur mintaqa miqyosida ilk dehqonchilik komplekslarini
qiyosiy tahlil etgan V.M.Masson ularni o‘ziga xos xususiyatlar, madaniy
an’analarga ega ekanligini aniqlaydi va shu asosda dehqonchilik va
chorvachilik xo‘jaligi shakllanishi to‘g‘risida «politsentrizm» ilmiy
konsepsiyasini qo‘llab quvvatlaydi hamda bu turdagi xo‘jalik shakllangan
sarhadlarni 2 ta madaniy vohaga ajratadi: 1. O‘rta Er dengizi sharqiy sohili
hududlari (sopolsiz neolit); 2. SHimoliy Iroq, SHimoliy Eron va Janubiy-
G‘arbiy O‘rta Osiyo (sopolli neolit) 86
. Ko‘rib turganingizdek, Janubiy- G‘arbiy
O‘rta Osiyo ilk ishlab chiqarish iqtisodiyoti shakllangan mintaqalar sirasiga
kiradi va bu joylar Janubiy Turkmaniston Kopettog‘ shimoliy yon bag‘irlariga
to‘g‘ri kelib, ilk dehqonchilik xo‘jaligi sohiblari sifatida bu joyda tadqiq etilgan
madaniyat-joyitun jamaolari madaniyati nomi bilan fanga kirdi 87
. SHu o‘rinda
O‘rta Osiyoning boshqa hududlari neolit davri jamoalari xo‘jalik mashg‘ulotlari
masalasiga ham e’tibor qaratsak, quyidagi manzaraning guvohi bo‘lamiz:
kaltaminor tarixiy-madaniy jamoalari turmushida termachilik, ovchilik va
84
Массон В.М. Средняя Азия и Древний Восток. М.Л., Наука, 1964,с.466. Первые цивилизации. М., Наука,
1989; Шнирельман В.А. Происхождение скотоводства. Москва, Наука, 1980. Шнирельман В.А.
«Неолитическая революция» и неравномерность исторического развития – Проблемы переходного периода
и переходных общественных отношений. Москва, 1986.Шнирельман В.А. Возникновение производяшего
хозяйства. М., 1989; Бадер О.Н. Древнейшие земледельцы Северной Месопотамии. М., Наука, 1989.
Семенов С.А. Происхождение земледелия. М., 1974.
85
Вавилов Н.И. Центры происхождения мирового земледелия в свете современных исследований. Избр.тр.
М.,1965.Т.5.
86
Массон В.М. Кўрсатилган адабиёт, 1964, 82-92-бетлар.
87
Массон В.М. Поселение Джейтун (проблема становления производящей экономики)-МИА, №180, Л.:
Наука, 1971.
63](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_63.png)
![baliqchilik xo‘jaligi bo‘lgan 88
; Markaziy Farg‘ona 89
, Ustyurt neolit jamolari 90
hayotida o‘zlashtirma xo‘jalik to‘liq hukmron bo‘lgan.
Yuqorida keltirilgan faktlardan ibtidoiy odamzod turmushida ishlab
chiqarish iqtisodiyotiga o‘tish o‘ziga xos tarixiy shart-sharoitlar negizida ro‘y
berganligi ma’lum bo‘ladi. Bunda ibtidoiy jamoalar yashagan joy landshafti,
tabiati, iqlimiy sharoiti muhim rol o‘ynagan. N.I.Vavilov keltirishicha tog‘ yon
bag‘ri vohalarida o‘sgan yovvoyi boshoqli, donli o‘simliklar so‘li, arpa,
bug‘doylarning gibridlashuvi, madaniylashuviga vositachi bo‘lgan. YAqin
SHarq, Janubiy- G‘arbiy O‘rta Osiyo (Kopetdog‘ yon bag‘irlari, joyitun
jamaoalari), Markaziy va Janubiy Tojikiston hududida (hisor jamoalari) ilk
dehqonchilik xo‘jaligiga ega bo‘lgan yodgorliklarning o‘rtacha balandlikdagi
tog‘lar yon bag‘ri yoki alohida tog‘ vohalar daryolari, yirik soylarning soz
tuproqli yon qayirlarida joylashganligi fakti N.I.Vavilov fikrining to‘g‘riligini
tasdiqlaydi. V.A.Ranov ham hisor jamoalari yodgorliklarining joylanishi
holatlari YAqin SHarq neolit yodgorliklariga o‘xshashligini alohida e’tirof
etgan 91
. SHu nuqtai nazardan, M.Djurakulov, N.Xolmatovlar O‘rta Zarafshon
vohasi sazog‘on neolit jamoalar makonlari Qoratepa tog‘ massivi shimoliy yon
bag‘ri yirik soylari ( Ohalik, Mironqul, Tepaqul, Egriqulcha, Sazog‘on kabi)
soz tuproqli yon qayirlarida joylashganligi va bu holat jamoalarning dastlabki
dehqonchilik yumushlari bilan shug‘ullanishlariga imkon berganligi borasida
tadqiqotlarida ma’lumot keltiradi. YAqin vaqtlargacha Zarafshon vohasi
miqyosida dastlabki o‘troq dehqonchilik madaniyati Zamonbobo, Sarazm
yodgorliklari misolida tadqiq etilgan edi 92
.
Zarafshon vohasi neolit davri jamoalari turmushida ishlab chiqarish
iqtisodiyoti bo‘lganligi masalasini oydinlashtirishda Quyi Zarafshondagi
Oyoqagitma neolit makonidan yaqinda O‘zbekiston- Fransiya xalqaro
arxeologik ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan (F. Brunet, M. Xo‘janazarov)
88
Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского Междуречья. М., Наука, 1981, С.173.;
89
Исламов У.И., Тимофеев В.И. Кульура каменного века Центральной Ферганы. Ташкент, Фан, 1986;
90
Бижанов Е.Б. Каменный век Устюрта. Нукус, 1996, с.3-42.
91
Ранов В.А. Кўрсатилган адабиёт, 1998, 113-114-бетлар.
92
Гулямов Я.Г., Исламов У., Аскаров А. Первобытная культура и возникновение орошаемого земледелия в
низовьях Зарафшана. – Ташкент: Фан, 1966 ; Исаков А. Саразм. М., Наука, 1991.
64](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_64.png)
![xonakilashtirilgan hayvon suyaklarining topilishi muhim ahamiyat kasb etdi.
Tadqiqotchilar mazkur jamoalar chorvachilik xo‘jaligi bilan
shug‘ullanishganliklarini ta’kidlamoqda. 93
YUqorida keltirilganidek, sazog‘on
madaniyati makonlari, Uchtut chaqmoqtosh ustoxonasi hamda Oyoqatitma
makoni ma’lumotlari Zarafshon havzasi O‘rta Osiyoning janubiy, janubiy-
g‘arbiy hududlari singari neolit davrida eng qadimgi ishlab chiqarish
iqtisodiyoti bo‘lgan markazlardan biri ekanligidan guvohlik beradi.
Binobarin,insoniyat kundalik turmush tarzida bu xo‘jalik asosining vujudga kelishi
jamiyat ishlab-chiqarish munosabatlari, ishlab-chiqarish kuchlari, xo‘jalik asoslari,
jamoalararo ijtimoiy munosabat ,madaniy aloqalar, ibtidoiy davr ekologik
sharoitlari kabi muhim jarayonlar bilan uzviy bog‘liq. SHuning uchun xam ishlab -
chiqarish xo‘jalik asosining vujudga kelishi masalasini ibtidoiy jamiyat
muammolari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar «neolit inqilobi» deb be’jizga
atamagan,qabul qilmaganlar.
O‘rta Osiyoning qolgan xududlarida ishlab- chiqarish ekonomikasiga o‘tish
jaroyoni quyidagicha bo‘lgan: Janubiy Turkmaniston joytun jamoalari ishlab-
chiqarish ekanomikasiga o‘tganligi tadqiqotlarda aniq o‘z echimini topganligi
fakt. Binobarin, bu xududlar YAqin SHarq ilk dexqonchilik va charvochilik
o‘chog‘i chegarasining eng shimoliy qismi bo‘lgan. O‘rta Osiyo ichki hududlari
xisoblangan Zarafshon vohasida dastlabki ishlab- chiqarish xo‘jaligiga o‘tish
jarayoni Sarazm (YUqori Zarafshon) va qisman sazog‘on ( O‘rta Zarafshon)
madaniyatida kuzatildi. Markaziy Farg‘ona madaniyatida ishlab-chiqarish
xo‘jaligiga o‘tish jarayoni sodir bo‘lmagan. Markaziy va Janubiy Tojikistondagi
hisor jamoalari turmushida dastlabki dehqonchilik va chorvachilik elementlari
paydo bo‘la boshlagan bo‘lsada, biroq bu xo‘jalik turlari ustvor bo‘lmagan,
ovchilik va termachilik xo‘jaligi o‘z ustvor ahamiyatini saqlab qolgan. Umuman,
olganda O‘rta Osiyo xududi ibtidoiy davr ishlab- chiqarish xo‘jalik asoslariga
93
Хужаназаров М., Брунет Ф.,Шимчак К. Археологические исследования Узбекско-Французской
экспедиции на памятниках Кызылкумов. Археологические исследования в Узбекистане 2004-2005 годы.
Ташкент,2006,с 244-250. Ўзбекистон- Франция халқаро археологик экспедицияси илмий ҳисоботи-
2008,2009 й.
65](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_65.png)
![o‘tish jarayonini bilishimizda ancha istiqbolli mintaqa hisoblanadi. Albatta, bu
jarayon o‘ziga xos xususiyatlarga ega. SHubxasiz, kelgusida arxeologik tadqiqotlar
bu borada yangi malumotlar keltiradi. Binobarin,insoniyat kundalik turmush
tarzida bu xo‘jalik asosining vujudga kelishi jamiyat ishlab-chiqarish
munosabatlari, ishlab-chiqarish kuchlari, xo‘jalik asoslari, jamoalararo ijtimoiy
munosabat ,madaniy aloqalar, ibtidoiy davr ekologik sharoitlari kabi muhim
jarayonlar bilan uzviy bog‘liq. SHuning uchun xam ishlab -chiqarish xo‘jalik
asosining vujudga kelishi masalasini ibtidoiy jamiyat muammolari bilan
shug‘ullanuvchi mutaxassislar «neolit inqilobi» deb be’jizga atamagan,qabul
qilmaganlar. Darhaqiqat, yuqorida zikr etganimizdek, O‘rta Osiyo miqyosida xam
ishlab chiqarish ekonomikasiga o‘tish jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega
ekan.
Magistrlik dissertatsiyamiz yakuniy xulosasi sifatida quyidagilarni
keltiramiz: 1.O‘rta
Osiyo hududi neolit davri jamoalari xo‘jaligini bilib olishimizda nihoyatda
istig‘bolli o‘lkalardan biri hisoblanadi.
2.O‘rta Osiyo hududi neolit davri jamoalari mehnat qurollari neolit davri
paleoekologik sharoiti, tabiati va shu asosda kelib chiqib shakllangan jamoalar
xo‘jaligini bilib olishimizda muhim ma’lumotlar beradi
3.Kishilik tarixida neolit davriga kelib odamzod ishlab chiqarish
iqtisodiyotiga o‘tadi va tadqiqotlar ko‘rsatishicha shu xo‘jalik negizida qadimgi
sivilizatsiyalar kurtaklari shakllanadi. Bu jarayon O‘rta Osiyo neolit jamoalari
turmushida ham ro‘y bergan.
4.O‘rta Osiyo hududlarida neolit jamoalariga tegishli turli madaniyatlar
shakllanganligi hozirgi kunda o‘z ilmiy asosiga ega. (Joyitun,Kaltaminor, Hisor,
Markaziy Farg‘ona, Sazog‘on, Ustyurt neolit jamoalari madaniyati). Bu
jamoalarning xo‘jalik asoslari esa quyidagicha bo‘lganligi tadqiqotlarda aniqlandi:
66](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_66.png)
![-Janubiy Turkmaniston hududi Kapettog‘ yon bag‘irlarida tadqiq etilgan
joyitun jamoalari xo‘jaligi ishlab chiqarish iqtisodiyotiga asoslangan. Ular
dastlabki dehqonchilik va charvochilik xo‘jaligi madaniyati sohibkorlari
bo‘lishgan.
-Kaltaminor tarixiy-madaniy jamoalari turmushida termachilik, ovchilik
va baliqchilik xo‘jaligi bo‘lgan. Lekin, yaqin yillarda Quyi Zarafshon vohasi
Ayakagitma neolit yodgorligi tadqiqotida xonakilashgan hayvon suyaklari
namunalari topildi.
-Markaziy Farg‘ona, Ustyurt neolit jamolari hayotida o‘zlashtirma
xo‘jalik to‘liq hukmron bo‘lgan.
-Markaziy va Janubiy Tojikistonda tadqiq etilgan hisor neolit jamoalari
xo‘jalik yumushlari to‘g‘risida mutaxassislar orasida bahsli fikrlar mavjud.
Tadqiqotlardan hisorliklar nafaqat termachilik, ovchilik yumushlari bilan
shug‘ullanishgan, balki hayvonlarni xonakilashtirganliklari, sodda usullarda
bo‘lsada, dehqonchilikdan ham xabardor ekanligi ma’lum bo‘ladi. Lekin,
V.A.Ranov fikricha har ikkala xo‘jalik turi hisorliklari iqtisodiyotida hukmron
mavqeni egallamagan
-O‘rta Zarafshon vohasi Qoratepa tog‘ tizmasi shimoliy yon bag‘rida tadqiq
etilgan sazog‘on neolit jamolari turmushida ishlab chiqarish iqtisodiyoti dastlab
shakllanaborganligi haqida ma’lumotlar qo‘lga kiritildi.
67](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_67.png)
![Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Каримов И.А. «Тарихий хотирасиз келажак йўқ» Тошкент, «Ўзбекистон»
нашриёти, 1998, 21,24-25 betlar
Бадер О.Н. Древнейшие земледельцы Северной Месопотамии. М., Наука,
1989
Бадер Н.О. Древнейшие земледельцы Северной Месопатамии. М.: Наука,
1989, с.247.
Батыров Б.Х. Костные остатки млекопитающих из стоянки Сазаган 2 //
Вопросы археологии, древней истории и этнографии. Сборник научн. Труд.
СамГУ. Самарканд, 1985.
Батыров Б.Х. Промысловая териофауна Узбекистана в голоцене // Автореф.
Дисс. канд. биолог.наук. Киев, 1987 . С. 6; Батыров А.Р., Гречкина Т.Ю.
Неолит среднего течения реки Зарафшон // ИМКУ,№27. Самарканд, 1966.
Ботиров А.Р. Ўрта Зарафшон воҳасида жойлашган Замичатош неолит
манзилгоҳи қадимги ҳайвонот дунёсига доир // Ўзбек миллий маданият
тарихи. Самарқанд, 1997. Б . 25-28.
Батыров Б.Х. Фауна млекопитаюших из пещеры Мачай // Тр уд ы СамГУ,
вып.351. Самарканд,1978 .
Бижанов Е.Б. Неолитические памятники юго-восточного Устюрта. // Древняя
и средневековая культура юго-восточного Устюрта. – Ташкент : Фан, 1978.
С.18-79 ;
Бижанов Е.Б. Каменный век Устюрта. Авт.реф. на соискание уч.степени д.и.н.
– Нукус, 1996. С.3-42 ; Джуракулов М.Д., Холматов Н.У. Мезолит и неолит
Среднего Зарафшана. – Ташкент: Фан, 1991. С. 3-122 .
Вавилов Н.И. Центры происхождения мирового земледелия в свете
современных исследований. Избр.тр. М.,1965.Т.5.
Виноградов А.В. Мамедов Э.Д. Первобытный Лявлякан. Этапы древнейшего
заселения и освоения Внутренних Кызылкумов - МЭХ, вып.10. – М.: Наука,
1975 ;
Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского
междуречье. М., 1981.
Виноградов А. В. О локальных вариантах неолитической культуры
Кызылкумов.- КСИА, 1970, вып. 122.
Гулямов Я.Г., Исламов У., Аскаров А. Первобытная культура и
возникновение орошаемого земледелия в низовьях Зарафшана. – Ташкент:
Фан, 1966 ;
68](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_68.png)
![Джуракулов М.Ж., Холматов Н.У., Амиркулов Б.А. Итоги археологического
изучения стоянки Джангал I . // В опросы археологии, древней истории и
этнографии. Труды Сам ГУ, Самарканд, 1991. С.4-12;
Джурақулов М.Ж., Холматов Н.У. Тепақул 3 неолит манзилгоҳи ўрганилиши
натижалари // Тарих фанининг долзарб муаммолари. Самарқанд. СамДУ.
1997.
Джуракулов М.Ж., Холматов Н.У. Тепакул 4 неолит манзилгоҳи (Ўрта
Зарафшон воҳаси) // Тарих ва истиқлол. Илмий мақолалар тўплами.
Самарқанд, 2000. 4-14-бетлар;
Джурақулов М.Ж. Холматов Н.У. Самарқанд Давлат Университети
тадқиқотларидан // Ўзбекистонда археологик тадқиқотлар 2003. Тошкент.
2004. 31-34-бетлар.
Джўрақулов М.Ж. Зарафшон воҳаси тамаддунининг илк саҳифаларидан.
Ўзбекистон моддий маданияти тарихи, 34-нашри, Самарқанд, 2004
Джуракулов М.Д., Холматов Н.У. Мезолит и неолит Среднего Зарафшана.
Ташкент, Фан, 1991, с.102-110
Джуракулов М.Д., Холматов Н.У. Мезолит и неолит Среднего Зарафшана. –
Ташкент: Фан, 1991. С. 3-122 .
Джуракулов М.Д. Самаркандская стоянка и проблемы верхнего палеолита в
Средней Азии. – Ташкент: Фан, 1987. 171 с .
Джуракулов М.Д., Мамедов Э. Геология археологических памятников
Зарафшана. Учебное пособие. – Самарканд, 1986 .
Джуракулов М.Д., Мамедов Э., Зуева О.В., Трафимов Г.Н., Холматов Н.У.
Полевая практика в горах Каратюбе Учебное пособие. – Самарканд, 1992..
Ермолова М.Н. Вопросы изучения остатков животных в археологических
памятников в связи с проблемой возникновения и развития производящего
хозяйство. Барнаул, 1983.
Заднепровский Ю.А. Неолит Центральной Ферганы. КСИА. вып.106, М.,
1966.
Заднепровский Ю.А. Неолит Центральной Ферганы. КСИА. вып.106, М.,
1966.
Исламов У.И., Тимофеев В.И. Культура каменного века Центральной
Ферганы. – Ташкент: Фан, 1986. С. 304.
Исламов У.И. Древнейшая пещерная палеолитическая стоянка Сельунгур
Ферганской долине. - СА, 1990, №2. С. 115-126 .
Исламов У.И. Обиширская культура. – Ташкент: Фан, 1980 .
69](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_69.png)
![Коробкова Г.Ф. Орудия труда и хозяйство неолитических племен Средней
Азии. МИА, №158. – Л.: Наука, 1969 .
Коробкова Г.Ф. Определение функций костяных и каменных орудий в
поселении Джейтун. ТЮТАКЭ.т.Х, Ашхабад,1961.
Коробкова Г.Ф. Орудие труда и хозяйство неолитических племен Средней
Азии.-МИА, №158,Л.,1969.
Қоратепа тош даври жамоалари моддий маданияти (Ўрта Зарафшон воҳаси).
ИМКУ, № 35, Тошкент, “Фан”, 2006, 24-39-бетлар.
Лисицина Г.Н. Основные этапы истории земледелия на юге Средне Азии Л.,
1968;
Лисицина Г.Н. Основные этапы истории земледелия на юге Средне Азии Л.,
1968;
Массон В.М. Джейтунская культура. ЮТАКЭ, т.10, Ашхабад, Ылым, 1961;
Поселение Джейтун (проблемы становления производящей экономики).
МИА, № 180, 1971.
Массон В.М. Первые цивилизации. М., Наука, 1989;
Массон В.М. Средняя Азия и Древний Восток. М.Л., Наука, 1964,с.466.
Массон В.М. Первые цивилизации. М., Наука, 1989; Шнирельман В.А.
Происхождение скотоводства. Москва, Наука, 1980.
Массон В.М. Южнотуркменистанский центр раннеземледельческих культур.-
Труды ЮТАКЭ, 1960, т. 10; Земледельческий неолит юго-запада Средней
Азии. // Средняя Азия в эпоху камня и бронзы. Л.: Наука, 1966;
Массон В.М. Джейтун (проблема становления производящей экономики)-МИА, №180, Л.:
Наука, 1971.
Ранов В.А., Коробкова Г.Ф. Туткаул-многослойное поселение гисса р ской
культуры в южном Таджикистане. СА.1971, №1. С.138-172.
Ранов В.А. Гиссарская культура: распространение, хронология,
экономика. // Культура первобытной эпохи Таджикистана. – Душанбе, 1982;
Гиссарская культура – неолит горных областей Средней Азии. // Каменной
век Северной, Средней и Восточной Азии. – Новосибирск, 1985; Неолит
(гиссарская культура). История Таджикского народа. Том 1. – Душанбе, 1998.
С. 105-123.
Ранов В.А. Гиссарская культура: распространение, хронология, экономика. //
Культура первобытной эпохи Таджикистана. – Душанбе, 1982;
Ранов В.А. Гиссарская культура – неолит горных областей Средней Азии. //
Каменной век Северной, Средней и Восточной Азии. – Новосибирск, 1985;
70](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_70.png)
![Ранов В.А. Неолит (гиссарская культура). История Таджикского народа.
Том 1. – Душанбе, 1998. С. 105-123.
Ранов В.А. Каменный век Устюрта. Авт.реф. на соискание уч.степени д.и.н. –
Нукус, 1996.
Семенов. С.А., Коробкова Г.Ф. Технология древнейших производств. Л . ,
1983. С. 39-51.
Семенов С.А. Происхождение земледелия. М., 1974.
Я.Г., Исламов У., Аскаров А. Первобытная культура и возникновение
орошаемого земледелия в низовьях Зарафшана. – Ташкент: Фан, 1966 ;
Исаков А. Саразм. М., Наука, 1991.
Семенов С.А. Происхождение земледелия. М., 1974.
Толстов С.П. Древней Хорезм. – М.: Издательство МГУ, 1948. Виноградов
А.В. Неолитические памятники Хорезма - МЭХ, вып.8. – М.: Наука, 1968 .
Холматов Н.У. Ўрта Зарафшон неолит даври моддий маданиятининг баъзи
хусусиятлари (Тепақул 4 макони асосида). СамДУ ахборотномаси, 2004, № 4,
31-34-бетлар;
Холматов Н.У. Новые неолитические памятники на староречьях Зеравшана.
// Новые открытия в Приаралье, вып. 1, М. , 1991. Холматов Н.У. К
хронологии келтаминарских материалов староречий Зарафшана. ИМКУ,
Вып. 3 4, Самарканд, 2004. С.17-25.
Холматов Н.У. Мезолит низовьев Зарафшана. – ИМКУ, №30, 2000.
Холматов Н.У. Мезолит и неолит Нижнего Зарафшана. – Ташкент, “Фан”,
2007,
Холматов Н.У. СамДУ археологик экспедицияси энг сўнги тадқиқотлари
саҳифасидан. // Ўзбекистон тарихи ва археология фанларининг долзарб
муаммолари. Республика илмий конференцияси материаллари, Самарқанд,
2003.
Хужаназаров М., Брунет Ф.,Шимчак К. Археологические исследования
Узбекско-Французской экспедиции на памятниках Кызылкумов.
Археологические исследования в Узбекистане 2004-2005 годы.
Ташкент,2006,с 244-250. Ўзбекистон- Франция халқаро археологик
экспедицияси илмий ҳисоботи-2008,2009 й.
Хужаназаров М., Брунет Ф.,Шимчак К. Археологические исследования
Узбекско-Французской экспедиции на памятниках Кызылкумов.
Археологические исследования в Узбекистане 2004-2005 годы.
71](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_71.png)
![Ташкент,2006,с 244-250. Ўзбекистон- Франция халқаро археологик
экспедицияси илмий ҳисоботи-2008,2009 й.
Цалкин В.И. Предварительное результаты изучения фаунистического
материала из раскопок Джебела, произведенных А.П.Окладниковым //
ТЮТАКЭ.Т,7. Ашхабад, 1956 . С.220 .
Шнирельман В.А. Происхождение скотоводства. Москва, Наука, 1980.
Шнирельман В.А. «Неолитическая революция» и неравномерность
исторического развития – Проблемы переходного периода и переходных
общественных отношений. Москва, 1986.
Шнирельман В.А. Возникновение производяшего хозяйства. М., 1989;
Шнирельман В.А. «Неолитическая революция» и неравномерность
исторического развития – Проблемы переходного периода и переходных
общественных отношений. Москва, 1986.
Шнирельман В.А. Возникновение производяшего хозяйства. М., 1989; Бадер
О.Н. Древнейшие земледельцы Северной Месопотамии. М ., Наука , 1989.
Braidwood R.J., Hove B. Prehistorik investigations in Iraqi Kurdistan
//SAOK.1960.Vol.31.P. 176-182.;
72](/data/documents/dd5fdebd-39d8-447d-9811-790f349b034f/page_72.png)
O‘rta Osiyo neolit davri jamoalari xo‘jaligi tarixi: tadqiqot muammolari va istiqbolli mavzusida Mundarija Kirish ……………………………………………………………………… 4-15 I-BOB. O‘rta Osiyo neolit davri jamoalari moddiy madaniyati 1.Joyitun, Hisor, Kaltaminor tarixiy madaniy jamoalari madaniyati……………………………………………………………..16-22 2.Markaziy Farg‘ona, Sazog‘on va Ustyurt neolit madaniyati……23 -29 II-BOB. Ishlab chiqarish iqtisodiyotining shakllanishi va rivojlanishi to‘g‘risida ilmiy konsepsiyalar 1. Ishlab chiqarish iqtisodiyotining shakllanishi va rivojlanishi to‘g‘risida ilmiy konsepsiyalar ning o‘ziga xos xususiyatlari…...30-42 2. “Neolit inqilobi” ilmiy konsepsiyasi ………………………………4 3 -47 III-BOB. O‘rta Osiyo neolit davri jamoalari xo‘jalik tarixi 1. Joyitun, Hisor, Kaltaminor tarixiy madaniy jamoalari xo‘jalik tarixi........................................................................................................48-52 2.Markaziy Farg‘ona, Sazog‘on va Ustyurt neolit jamoalari xo‘jalik tarixi..........................................................................................53-60 XULOSA................................................................................................61-67 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI..........................68-72 1
KIRISH Magistrlik dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Kishilik tarixi taraqqiyot bosqichlar ilk davrini tosh asri tashkil etadi. Neolit davri esa tosh asrining so‘nggi, yakunlovchi bosqichi hisoblanib, miloddan avvalgi 6- 4 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. O‘rta Osiyo neolit davri jamoalari moddiy madaniyati yaxshi tadqiq etilgan. Ushbu madaniyat tizimida Vatanimiz hududida tadqiq etilgan neolit madaniyatlarining ham munosib o’rni bor, albatta. Ayni kunlarda, mustaqil Respublikamiz o’z taraqqiyoti tizimi barcha jabhalarida jahon andozasiga chiqayotgan bir paytda boy madaniy merosimizni jahon xamjamiyati bilan tanishtirish ham o’ta dolzarb masaladir. Vatanimiz asl haqqoniy tarixini bilish, xalqimiz boy madaniy merosini to’laqonli ravishda o’rganish imkoniyatlari Respublikamiz mustaqilligi ne`matlaridan biri hisoblanadi. Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek « Har qanday tsivilizatsiya ko’pdan – ko’p xalqlar , millatlar, elatlar faoliyatining va samarali ta`sirining mahsulidir… Modomiki, o’z tarixini bilgan, undan ruxiy quvvat oladigan xalqni engib bo’lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirish zarur» 1 . SHuningdek, Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov 1998 yil yozida Respublikamizning taniqli tarixchi, arxeolog olimlari bilan uchrashganida haqqoniy tariximiz faqat birlamchi manbalar asosida yaratilishini alohida ta’kidladi. SHu nuqtai nazardan bizning magistrlik dissertatsiyamiz uchun tanlagan mavzumiz dolzarbligi belgilanadi. Sababi, dissertatsion tadqiqotimiz manbaviy asosi faqat birlamchi manbalarga asoslanadi. Yurtboshimizning bu o’gutlari tarixchilar uchun dastur amal bo’ldi. Keng ko’lamda arxeologik tadqiqotlar amalga oshirilib, muhim kashfiyot va yutuqlarga erishildi. SHuningdek, jahonning etuk ilmiy markazlari bilan hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilib, xalqaro arxeologik ekspeditsiyalar faoliyat ko‘rsata boshladi. Tosh davri, xususan mezolit, neolit davri jamoalari madaniyatini o‘rganishda O‘zbekiston-Rossiya, O‘zbekiston-Polsha, O‘zbekiston-Fransiya kabi xalqaro arxeologik ekspeditsiyalarining tadqiqotlari natijalari muhim ahamiyat kasb etdi. Xususan, arxeologik tadqiqotlarda zamonaviy uslublar, asbob uskanalar qo‘llanila boshladi. Tosh asri neolit davrida urug‘chilik tuzumi rivojlangan bo‘lib, onalar jamoada hukmron bo‘lgan. Xususan, jamoa mehnati, ishlab chiqarish vositalarining jamoa 1 Karimov I . A . «Тарихий хотирасиз келажак йўқ» Тошкент, «Ўзбекистон» нашриёти, 1998, 21,24-25 betlar 2
mulki xisoblanganligi o‘sha davr turmush tarzining asosiy mezoni hisoblangan. SHuningdek, bu dav rda muhim ijtimoiy-iktisodiy o‘zgarishlar ro‘y bergan bo‘lib, maxsulot ishlab chikarila boshlangan. To‘qimachiliq kemasozliq kulolsozlik paydo bo‘lgan. Mehnat vositalarini takomillashtirish, xususan, tosh, suyak va yog‘ochga ishlov berishning an’anaviy uslublari yuksaklikka erishgan, ayniksa, toshni silliqlash, parmalab teshish singari texnologiyalar kashf etilgan, mikrolit qurollari yanada takomillashgan. Eng muhimi, maxsulot ishlab chiqrishning xo‘jalik asoslari, dehqonchilik va chorvachilik vujudga kelgan. Bu voqelik shubhasiz, ibtidoiy odamzod ijtimoiy tuzumi, kundalik turmush tarzi, xullas, ijtimoiy-iqisodiy faoliyatining barcha sohalarida keskin, tub o‘zgarishlarga olib kelgan. SHuning uchun ham bu tarixiy jamiyatni ingliz arxeologi G. CHayld «Neolit inkilobi» atamasi bi lan fanga kiritgan. Tosh davrining so‘nggi bosqichi bo‘lgan neolitning hronologik sanasi geologik davrlashtirish buyicha, asosan, golotsenga to‘g‘ri keladi. Bu davrning tabiiy iqlim sharoiti, o‘simlik va hayvonot dunyosi xozirgi zamonga nisbatan yaqinligi bilan xarakterlanadi. Jumladan, oldingi taraqqiyot bosqichlariga qaraganda yangi, tabiatan ma’lum hududlarni o‘zlashtirish jarayoni tezlashib, odamlar nisbatan kengroq mintakalarda yashay boshlaganlar. Xu susan, O‘rta Osiyo miqyosida mezolitning oxirida va neolit davrida odamzod yashashi uchun qulay ekologik muhit mavjud bo‘lgan barcha hududlar jamoalar tomonidan o‘zlashtirilganligi tadqiqotlarda aniqlandi. Xususan, O‘rta osiyo neolit davri jamoalari moddiy madaniyati. O‘rta Osiyoning janubiy-g‘arbiy mintaqalarida Kopettog‘ning quyoshga tushlov soy etaklarida ibtidoiy motiga dehqonchilik madaniyati (Joytun) 2 , Amudaryo va Zarafshonning quyi havzalarida, Qizilqumda ovchi-baliqchi urug‘ jamoalarining Kaltaminor madaniyati 3 , Hisor tog‘ tizmalarining dara va yaylovlarida Hisor madaniyati 4 , Farg‘ona vodiysida Markaziy Farg‘ona madaniyati 5 , O‘rta Zarafshon vohasida Sazog‘on va Ustyurtda Ustyurt neolit jamoalari madaniyati shakllanib, rivoj topgan 6 . O‘rta Osiyo miqyosida neolit davriga oid madaniyatlar tadqiqoti ikki mintaqa bo‘yicha neolit jamoalari madaniyatining yaratilganligini aniqlash imkonini berdi: 1.O‘rta Osiyo tog‘ mintaqasi- Markaziy va Janubiy Tojikiston 2 Массон В.М. Джейтунская культура. ЮТАКЭ, т.10, Ашхабад, Ылым, 1961; Поселение Джейтун (проблемы становления производящей экономики). МИА, № 180, 1971. 3 Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского междуречье. М., 1981. 4 Ранов В.А. Гиссарская культура: распространение, хронология, экономика. // Культура первобытной эпохи Таджикистана. – Душанбе, 1982; Гиссарская культура – неолит горных областей Средней Азии. // Каменной век Северной, Средней и Восточной Азии. – Новосибирск, 1985; Неолит (гиссарская культура). История Таджикского народа. Том 1. – Душанбе, 1998. С. 105-123. 5 Исламов У.И., Тимофеев В.И. Культура каменного века Центральной Ферганы. – Ташкент: Фан, 1986. С. 304. 6 Бижанов Е.Б. Неолитические памятники юго-восточного Устюрта. // Древняя и средневековая культура юго-восточного Устюрта. – Ташкент : Фан, 1978. С.18-79 ; Каменный век Устюрта. Авт.реф. на соискание уч.степени д.и.н. – Нукус, 1996. С.3-42 ; Джуракулов М.Д., Холматов Н.У. Мезолит и неолит Среднего Зарафшана. – Ташкент: Фан, 1991. С. 3-122 . 3
hududidagi Hisor madaniyati, O‘rta Zarafshon vohasi Qoratepa tog‘ massivi shimoliy yon bag‘ridagi Sazog‘on madaniyati, Farg‘ona vohasidagi Markaziy Farg‘ona madaniyati; 2.O‘rta Osiyo pasttekislik mintaqasi- Amudaryo va Zarafshonning quyi havzalarida, Qizilqumda ovchi-baliqchi urug‘ jamoalarining Kaltaminor madaniyati, Janubiy Turkmanistondagi Joyitun madaniyati, Ustyurt neolit jamoalari madaniyati. Kishilik tarixi taraqqiyotining ilk bosqichlarini o‘z ichiga oluvchi ibtidoiy davr jamoalari moddiy-madaniyatini o‘rganishda qadimgi odamlar turmushi mashg‘ulotlari, xo‘jalik yumushlari, ishlab chiqarish iqtisodiyotiga o‘tish jarayoni o‘z mazmun, mohiyati bilan o‘ta dolzarb masala hisoblanadi. Sababi, ishlab chiqarish iqtisodiyoti, ya’ni dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi (neolit inqilobi) keyingi tarixiy taraqqiyot bosqichlarida muhim sotsial, iqtisodiy o‘zgarishlarga olib kelgan. Ma’lumki, soha mutaxassislari tadqiqoticha Old Osiyo mintaqasida dastlabki ishlab chiqarish iqtisodiyotiga o‘tish jarayoni ro‘y bergan 7 . Bu haqda “monitsentrizm” va “politsentrizm” ilmiy nazariyalari mavjud. N.I. Vavilov o‘z tadqiqotida tog‘liq mintaqalarning subtropik qismida yovvoyi o‘simliklarni madaniylashishiga ko‘proq imkoniyat, shart-sharoitlar bo‘lganligini alohida ta’kidlaydi 8 . Mazkur mintaqa miqyosida ilk dehqonchilik komplekslarini qiyosiy tahlil etgan V.M.Masson ularni o‘ziga xos xususiyatlar, madaniy an’analarga ega ekanligini aniqlaydi va shu asosda dehqonchilik va chorvachilik xo‘jaligi shakllanishi to‘g‘risida «politsentrizm» ilmiy konsepsiyasini qo‘llab quvvatlaydi hamda bu turdagi xo‘jalik shakllangan sarhadlarni 2 ta madaniy vohaga ajratadi: 1. O‘rta Er dengizi sharqiy sohili hududlari (sopolsiz neolit); 2. Shimoliy Iroq, Shimoliy Eron va Janubiy- G‘arbiy O‘rta Osiyo (sopolli neolit) 9 . Ko‘rib turganingizdek, Janubiy- G‘arbiy O‘rta Osiyo ilk ishlab chiqarish iqtisodiyoti shakllangan mintaqalar sirasiga kiradi va bu joylar Janubiy Turkmaniston Kopettog‘ shimoliy yon bag‘irlariga to‘g‘ri kelib, ilk dehqonchilik xo‘jaligi sohiblari sifatida bu joyda tadqiq etilgan madaniyat-joyitun jamaolari madaniyati nomi bilan fanga kirdi 10 . SHu o‘rinda O‘rta Osiyoning boshqa hududlari neolit davri jamoalari xo‘jalik mashg‘ulotlari masalasiga ham e’tibor qaratsak, quyidagi manzaraning guvohi bo‘lamiz: 7 Массон В.М. Средняя Азия и Древний Восток. М.Л., Наука, 1964,с.466. Первые цивилизации. М., Наука, 1989; Шнирельман В.А. Происхождение скотоводства. Москва, Наука, 1980. Шнирельман В.А. «Неолитическая революция» и неравномерность исторического развития – Проблемы переходного периода и переходных общественных отношений. Москва, 1986.Шнирельман В.А. Возникновение производяшего хозяйства. М., 1989; Бадер О.Н. Древнейшие земледельцы Северной Месопотамии. М., Наука, 1989. Семенов С.А. Происхождение земледелия. М., 1974. 8 Вавилов Н.И. Центры происхождения мирового земледелия в свете современных исследований. Избр.тр. М.,1965.Т.5. 9 Массон В.М. Кўрсатилган адабиёт, 1964, 82-92-бетлар. 10 Массон В.М. Поселение Джейтун (проблема становления производящей экономики)-МИА, №180, Л.: Наука, 1971. 4
kaltaminor tarixiy-madaniy jamoalari turmushida termachilik, ovchilik va baliqchilik xo‘jaligi bo‘lgan 11 ; Markaziy Farg‘ona 12 , Ustyurt neolit jamolari 13 hayotida o‘zlashtirma xo‘jalik to‘liq hukmron bo‘lgan. Yuqorida keltirilgan faktlardan ibtidoiy odamzod turmushida ishlab chiqarish iqtisodiyotiga o‘tish o‘ziga xos tarixiy shart-sharoitlar negizida ro‘y berganligi ma’lum bo‘ladi. Bunda ibtidoiy jamoalar yashagan joy landshafti, tabiati, iqlimiy sharoiti muhim rol o‘ynagan. N.I. Vavilov keltirishicha tog‘ yon bag‘ri vohalarida o‘sgan yovvoyi boshoqli, donli o‘simliklar so‘li, arpa, bug‘doylarning gibridlashuvi, madaniylashuviga vositachi bo‘lgan. YAqin SHarq, Janubiy- G‘arbiy O‘rta Osiyo (Kopetdog‘ yon bag‘irlari, joyitun jamaoalari), Markaziy va Janubiy Tojikiston hududida (hisor jamoalari) ilk dehqonchilik xo‘jaligiga ega bo‘lgan yodgorliklarning o‘rtacha balandlikdagi tog‘lar yon bag‘ri yoki alohida tog‘ vohalar daryolari, yirik soylarning soz tuproqli yon qayirlarida joylashganligi fakti N.I.Vavilov fikrining to‘g‘riligini tasdiqlaydi. V.A.Ranov ham hisor jamoalari yodgorliklarining joylanishi holatlari YAqin SHarq neolit yodgorliklariga o‘xshashligini alohida e’tirof etgan 14 . SHu nuqtai nazardan, M.Djurakulov, N.Xolmatovlar O‘rta Zarafshon vohasi sazog‘on neolit jamoalar makonlari Qoratepa tog‘ massivi shimoliy yon bag‘ri yirik soylari ( Ohalik, Mironqul, Tepaqul, Egriqulcha, Sazog‘on kabi) soz tuproqli yon qayirlarida joylashganligi va bu holat jamoalarning dastlabki dehqonchilik yumushlari bilan shug‘ullanishlariga imkon berganligi borasida tadqiqotlarida ma’lumot keltiradi. Ma’lumki, pleystotsen davri so‘nggi bosqichlari va golotsen davrida (mezolit davri oxiri va neolit davrida) iqlimiy sharoit, tabiat,landshaft, o‘simlik va hayvonot dunyosi, ekologik sharoit nisbatan hozirgi davrga yaqinroq bo‘lgan. SHu bois, O‘rta Osiyoning deyarli barcha hududlari odamzod tomonidan o‘zlashtirilgan. Bu esa odamlarni turli tabiat,landshaft, iqlimiy va ekologik muhitga (tog‘, tog‘ oldi, pasttekislik) tushib qolishiga vash u asosda o‘ziga xos moddiy madaniyat yaratganligi, o‘ziga xos mehnat qurollariga ega bo‘lib, shu asnoda xo‘jalik faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lishiga olib kelgan. Ushbu magistrlik dissertatsiyamiz maqsadi O‘rta Osiyo miqyosida neolit jamoalari xo‘jalik mashg‘ulotlarini arxeologik manbalar asosida yoritib berishdan iborat. Tadqiqot obyekti va predmeti: Tadqiqot predmeti. O’rta Osiyo, xususan O‘zbekiston hududi miqyosida kishilik tarixi neolit davriga oid tadqiq etilgan va o‘rganilishi davom etayotgan 11 Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского Междуречья. М., Наука, 1981, С.173.; 12 Исламов У.И., Тимофеев В.И. Кульура каменного века Центральной Ферганы. Ташкент, Фан, 1986; 13 Бижанов Е.Б. Каменный век Устюрта. Нукус, 1996, с.3-42. 14 Ранов В.А. Кўрсатилган адабиёт, 1998, 113-114-бетлар. 5