logo

O‘RTA OSIYO ILK PALEOLIT DAVRI YODGORLIKLARI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

15151.788085938 KB
O‘RTA OSIYO ILK PALEOLIT DAVRI
YODGORLIKLARI
M U N D A R I J  A
Kirish… ……………………………………………………………………………4
I   BOB.   O‘rta   Osiyoning   paleolit   davrining   umumiy   hususiyatlari   va
o’rganilish
tarixi… …………………………………………………………………………..…9
1.1. O‘rta Osiyo paleolit davrining umumiy xususiyatlari ……………………….9
1.2.   O‘rta   Osiyo   va   Janubiy   Qozoqiston   paleolitining   o‘rganilishi
tarixi… ……….14
II.   BOB.   O’zbekiston   va   Tojikiston   ilk   paleolit   yodgorliklari …………………
19
2.1.   O‘zbekiston   ilk   paleolit   yodgorliklari ………………………………………………
19
2.2.   Tojikiston   ilk   paleolit
yodgorliklari ………………………………………………..33
III.   BOB.   Q ozog’iston,   T urkm a niston   va   Q irg’iziston     ilk   paleolit
yodgorliklari ……………………………………………………………………...38
3.1.   Janubiy   Qozog‘istonning   ilk   paleolit   davri
yodgorliklari ……………………….38
3.2.   Turkmaniston   va   Qirg‘iziston   ilk   paleolit   davri
yodgorliklari …………………..42
XULOSA ………………………………………………………………...……….50
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR  RO‘YXATI …………….…………..54
I L O V A.   FOTO ILLYUSTRATSIYA – ALBOM………………………….57
1 2 KIRIS H .
Mavzuning dolzarbligi.   Mustaqillik   yillarida   yaratilgan   imkoniyat   tarixiy
o‘tmishni   o‘rganishga   qiziqish   ortishiga   sabab   bo‘ldi.   Bu   borada   O‘tra   Osiyo
ibtidoiy davr tarixini o‘rganish dolzarb masala ekanligi belgilab olindi. O‘rta Osiyo
o‘zining   tabiiy-geografik   o‘rniga   ko‘ra   nafaqat   Osiyo   mintaqasining   markaziy
viloyatini tashkil qiladi. Bu zamin odamzod tomonidan qadimgi tosh davrining ilk
paleolit bosqichidan boshlab kishilik tarixining barcha taraqqiyot bosqichlariga oid
arxeologik   yodgorliklar   topilib   o‘rganilgan.   Boy   manbalar   to‘plangan.   Mazkur
moddiy   madaniyat   manbalari   asosida   mintaqa   aholisining   ibtidoiy   da v r   tarixi
tadrijiy   ketma-ketlikda   o‘rganib   chiqilgan.   Ana   shu   tadqiqotlardan   ma’lum
bo‘ldiki,   O‘rta   Osiyoning   qadimgi   madaniyati   o‘zining   yuksakligi,   xilma-xilligi,
har bir davr bilan insoniyat tarixida katta madaniy meros qoldirgan. Ular yangicha
talqin   va   tahlilga   muhtoj.   Mavjud   materiallar   borasidagi   yangicha   qarashlar   va
yondashuvlar   ularning   tarixiy   ketma-ketlikda   umumlashtirish   o‘ta   dolzarbligidan
dalolat beradi. 
Tadqiqot   predmeti   va   uning   ob’ektlari.   Mavzu   O‘rta   Osiyo   ilk   paleolit
davri     arxeologiyasi,   ya’ni   ilmiy   ma’noda   kishilik   tarixining   eng   qadimgi   –
boshlang‘ich, ya’ni ibtidoiy to‘da davri tarixiga bag‘ishlangani uchun (chunki hali
bu   davrda   urug‘-jamoa   ob’ektlari   tashkil   bo‘lmagan)   tadqiqot   ob’ekti   shu   davrga
oid arxeologik manbalarni tashkil etadi.
Tadqiqotning   davriy   chegarasi.   Odamzodning   paydo   bo‘lishi   davridan,
ya’ni bundan burungi 2,5-3 mln yillardan miloddan avvalgi 100 minginchi yillarga
qadargi   O‘rta   Osiyoda   kechgan   kishilik   tarixini   tashkil   etadi.   O‘rta   Osiyoda
odamzod bundan burungi 1,5 million yillardan boshlab yashab, madaniyat yaratib
kelganligi isbotlangan.
Mavzuning  o‘rganilish   darajasi.   O‘rta   Osiyo   odamzodning  eng   qadimgi
vatanlaridan biri ekanligi isbotlangan. Bu mintaqada 30 ga yaqin ilk paleolit davri
yodgorliklari   o‘rganilgan.   Eng   yirik   va   manbaga   boy   yodgorliklardan
O‘zbekistondagi   Seleng‘ur   g‘or   makoni,   Ko‘lbuloq,   Qizilqum,   Tojikistondagi
Kichik   Qoratov,   Laxuti,   Qayroqqum,   Turkmanistondagi   YAngadja,
3 Qirg‘izistondagi   Onorcha,   Qayqitov,   Ko‘hipiyoz   kabi   ilk   paleolit   yodgorliklarini
ko‘rsatish mumkin 1
. Bu kabi ko‘pgina yodgorliklardan to‘plangan boy materiallar
zamirida   odamzodning   ibtidoiy   to‘da   davri   hayoti,   turmush   tarzi,   ijtimoiy   va
madaniy hayotining turli qirralarini yoritish mumkin. 
O‘rta   Osiyo   ilk   davr   arxeologiyasini   o‘rganishda   olimlardan   V.Ranov,
Okladnikov,   D.N.Lev,   O‘.I.Islamov,   J.Taymugammedov ,   R.X.Sulaymonov,
N.X.Toshkenboev, M.R.Qosimov, YA.G‘.G‘ulomov, A.P.Okladnikov, V.A.Ranov
kabilarning   xizmatlari   kattadir.   Ibtidoiy   davrning   ilk   tarixiga   bag‘ishlangan
ko‘pgina   asarlar   yaratilgan.   Bu   o‘rganilayotgan   davrning   geologiyasi   ham   fan
uchun katta qiziqish uyg‘otadi. Geologlar ilk paleolit yodgorliklarning er qatlami –
geologiyasini   o‘rganishda   katta   yutuqlarga   erishdilar.   Jumladan,   G.F.Tetyuxin,
S.A.Nesmyanov kabilarning yaratgan ilmiy asarlari hozirgacha ham o‘z qiymatini
saqlab   kelmoqda.   Bu   olimlarning   asarlaridan   O‘rta   Osiyo   paleoekologiyasini
o‘rganishda   uzluksiz   foydalanib   kelinadi.  Masalan,   Ko‘lbuloq  manzilgohining   ilk
qatlamlari   shell-ashell   davriga   oidligi   va   pitekantrop,   sinantrop   odamlari
zamondosh bo‘lganligi geologik jihatdan ham tasdiqlanmoqda. Seleng‘ur g‘oridan
topilgan   odam   suyak   qoldiqlari   fan   olamida   katta   voqea   bo‘ldi.   Makonda
sinantroplarga zamondosh odamlar yashaganligi aniqlangan 2
.
Xullas,   odamzod   tomonidan   O‘rta   Osiyoning   tog‘   va   tog‘   oldi   massivlari
odamzod tomonidan keng doirada   o‘zlashtirilganligi aniqlangan. Ibtidoiy to‘dalar
yirik   hayvonlarga   ovchilik   va   turli   oziqabop   narsalarga   terimchilik   qilib   hayot
kechirganlar. Ibtidoiy nuqtayi nazardan qaralganda, ular tabiiy olovdan foydalanib,
g‘orlarni makon qilib yashaganlar. Biroq hamma g‘orlarda ham inson yashamagan.
Tagi   tuproq,   quyosh   nuri   tushadigan,   atrofi   ichimlik   suviga   ega   chashmalarga   va
oziqa resurslariga serob g‘orlarni makon qilib yashaganlar. Hozirgi vaqtda Janubiy
Qozog‘istonning   Qoratov   tog‘   massivlarida   10   dan   ziyod,   Qoraqalpog‘istonning
Ustyurt   yassi   tog‘i   atroflaridan   10   dan   ziyod   ilk   paleolit   davri   yodgorliklari
topilgan   bo‘lib,   ularda   qizg‘in   arxeologik   qazishma   ishlari   davom   etmoqda.   Bu
1
 Ранов В.А.,Несмянов С.А. Палеолит и стратиграфия антропогена Срендей Азии. –Душанбе, 1973. –Стр. 7-9
2
 Асқаров А.А. Ўзбекистон тарихи. –Тошкент, 1664- -Б. 26.
4 viloyatlarda   arxeologlardan   E.Bijanov,   X.A.Alpisboevlar   katta   ilmiy   yutuqlarga
erishdilar 3
.
Tadqiqotning  maqsad   va  vaziflari.   Tadqiqotning  asosiy  maqsadi   mavzu
bo‘yicha   to‘plangan   juda   boy   arxeologik   materiallarni   tarixiy   ketma-ketlikda
ob’ektiv   tahlil   etib,   O‘rta   Osiyo   hududida   ilk   paleolit   davrida   kechgan   peshma-
pesh taraqqiyot va ilk ajdodlarning hayot tarixini yaxlit ko‘rinishdagi asar sifatida
yaratishdan   iborat.   Bu   davrda   sodir   bo‘lgan   rivojlanish   jarayonini   boy   manbalar
zamirida   kuzatish   va   manbalarni   umumlashtirishdan   iborat.   Bu   masalalar
yuzasidan mustaqil ilmiy xulosalar yaratish muhim vazifa sifatida belgilangan. 
Mavzuni   yoritishda   arxeologik   materiallarni   ketma-ketlikda
umumlashtirish, ularni birlamchi manba sifatida ahamiyatini ochib berish, ibtidoiy
to‘da   davrining   har   bir   bosqichida   yuz   bergan   ijtimoiy   xo‘jalik   kashfiyotlarni
to‘plangan   materiallar   asosida   yoritish;   bu   davr   paleoekologiyasi   to‘g‘risida
fanning   so‘nggi   yutuqlariga   asoslanib,   tabiiy   jo‘g‘rofik   va   ekologik   sharoitlarni
asoslab berish; shu bilan bir vaqtda O‘rta Osiyoda arxeologiya fanining shakllanish
bosqichlari,   bu   sohada   faoliyat   ko‘rsatgan   olimlarning   xizmatlariga   to‘g‘ri   ilmiy
tahlil   keltirish;   paleolit   davrining   umumiy   xususiyatlarini   boy   manbalar   asosida
tahlil qilib berish; eng muhim masalalardan biri tosh asrida qurol-aslahalar ishlab
chiqarishda   xomashyoning   muhim   o‘rnini   ko‘rsatib   berish;   umumiy   miqyosda
O‘rta   Osiyo   paleolitini   o‘rganishdagi   kashfiyotlarga   urg‘u   berish;   boy   arxeologik
manbalar   asosida   O‘rta   Osiyo   odamzodning   eng   qadimgi   maskanlaridan   biri
ekanligini   asoslab   berish;   O‘rta   Osiyo   va   Janubiy   Qozog‘iston   ilk   paleolit
yodgorliklari   haqida   batafsil   ma’lumotlar   berish;   shu   jumladan,   O‘zbekistonda,
Tojikistonda,   Turkmanistonda,   Qirg‘izistonda   o‘rganilgan   ilk   paleolit   davri
yodgorliklari tarixini yoritib berish;  eng muhim masalalardan biri – odamzodning
shakllanish   evolyusiyasi   tarixini   yoritib   berish;   ishni   illyustratsiya   materiallari
bilan puxta jihozlash masalalari bo‘yicha vaifklar bajarilishi maqsad qilib olingan.
3
Алпысбоев  Х.А. Находки  памятников каменного века  в хребте Каратау.  –Труды ИИАЭ  АнКазССР. Т. 14.
1962.
5 O‘rta   Osiyo   hududining   tog‘   va   tog‘   oldi   massivlarida,   keng   doirada
ibtidoiy   to‘da   ajdodlar   yashaganligi   masalalari,   ulardan   bizgacha   etib   kelgan
moddiy madaniy merosning ahamiyati masalalari yoritiladi.
O‘rta   Osiyo   odamzod   tomonidan   paleolitning   ashell   davridan   boshlab
o‘zlashtirilganligi isbotlangan. Hozirgi vaqtda bu davrga oid yodgorliklarning soni
20 dan oshadi. YOdgorliklar asosan tog‘ va tog‘ oldi massivlarida joylashganligiga
qaraganda,   dastlab   odamzod   shunday   tirikchilik   vositalariga   serob   ekologik
burchaklarni o‘zlashtirgan ko‘rinadi. Ko‘p madaniy qatlamga ega yodgorliklardan
Ko‘lbuloq,   Seleng‘ur,   Laxuti,   Kichik   Qoratov   makonlarini   ko‘rsatish   mumkin.
Demak,   ibtidoiy   to‘dalar   o‘sha   zamonlardan   boshlab   muayyan   qo‘nim   yashashga
o‘ta boshlagan bo‘lishi haqiqatga to‘g‘ri keladi.
Tadqiqotning  tu z ilishi.   Bitiruv  malakaviy   ish i   kirish,     tavsifi,   uchta   bob,
xulosa,   foydalanilgan   adabiyotlar   ro‘yxati   va   foto   illyuctratsiya   –   ilovalardan
iborat. 
Keng   ko‘lamda   olib   borilgan   arxeologik   tadqiqot   ishlari   tufayli   qadimiy
madaniyat   markazlaridan   hisoblangan   Janubiy   Turkmaniston,   Amudaryo,
Sirdaryo,   Qashqadaryo,   Surxondaryo,   CHirchiq,   Ohangaron   va   Zarafshon
vohalarida,   Tojikiston   va   Qirg‘iziston   territoriyalarida   O‘rta   Osiyo   xalqlari
tarixining turli bosqichlariga oid juda ko‘p nodir moddiy madaniyat yodgorliklari
topib   tekshirildi.   Agar   avval   tosh   asri   noma’lum   bo‘lib   kelgan   bo‘lsa,   XX   asr
boshlariga   kelib   uning   deyarli   barcha   taraqqiyot   bosqichlari   ixtiro   qilindi.
Arxeologik   yodgorliklarni   keng   ko‘lamda   va   muntazam   ravishda   o‘rganish   faqat
ularning   davrini   aniqlashga   yordam   beribgina   qolmay,   balki   O‘rta   Osiyo
xalqlarining   ijtimoiy-iqtisodiy   va   madaniy   tarixi   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   juda   ko‘p
hamda muhim masalalarni echib berdi. SHuning uchun ham O‘rta Osiyoni o‘tmish
tariximizni o‘rganishning ilmiy laboratoriyasi deb aytish mumkin.
O‘rta   Osiyoda   faol   va   mustaqil   tadqiqot   ishlarini   olib   borgan   va   olib
borayotgan   arxeolog   olimlardan   YA.G‘.G‘ulomov,   D.N.Lev,   A.A.Asqarov,
O‘.I.Islomov,   A.V.Vinogradov,   M.R.Qosimov,   R.X.Sulaymonov,   V.A.Ranov,
B.A.Litvinskiy, I.N.Xlopin, O.K.Berdiev, D.Durdiev, V.I.Sarianidi, G.N.Lisitsina,
6 G.E.Markov,   S.A.Erisov,   A.I.SHevchenko,   X.YUnusaliev,   N.Toshkenboev,
M.Djurakulov,   N.Avanesova,   N.Xolmatov,   E.Bijanov,   A.G.Medoev   kabilarni
ko‘rsatish  mumkin.  Bu  olimlarning ko‘plari  doimiy ekspeditsiyalarga   va  ularning
otryadlariga rahbarlik qilib, jiddiy ilmiy yutuqlarni qo‘lga kiritdilar. Natijada O‘rta
Osiyoning barcha viloyatlarida ibtidoiy tariximizning turli  bosqichlariga oid katta
ilmiy ahamiyatga molik yodgorliklar topildi va o‘rganib chiqildi. Arxeologiya fani
tadqiq qilgan manbalar asosida qardosh respublika xalqlarining ibtidoiy davr tarixi
tiklandi.
O‘rta   Osiyo   arxeologiyasi   jahon   arxeologiya   fanining   ajralmas   qismidir.
SHuni   alohida   ta’kidlash   kerakki,   O‘rta   Osiyo   arxeologiyasining   tobora   rivojlana
borishi   tarixchi   arxeolog   mutaxassislar   tayyorlashga   bo‘lgan   talabni   oshira   bordi.
SHuning   uchun   ham   arxeologiya   kafedralari   orqali   mutaxassislar   tayyorlashni
kuchaytirishga   alohida   e’tibor   berilmoqda.   Bu   vazifalarni   amalga   oshirish   uchun
arxeologiya   mutaxassisligi   bo‘yicha   maxsus   kurslar   o‘qilishi   zarurati   tug‘ildi.
Darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari yaratildi.
7 I   BOB   .   O‘RTA   OSIYONING   PALEOLIT   DAVRINING   UMUMIY
HUSUSIYaTLARI VA O’RGANILISh TARIXI.
1.1.  O‘rta Osiyo p aleolit davrining umumiy xususiyatlari
Kishilikning eng qadimgi davri paleolit (yunoncha «palaylos» - qadimgi va
«litos»   -   tosh,   ya’ni   qadimgi   tosh)   asri   deb   ataladi.   Bu   davr   taxminan   2   million
yillar avval boshlanib, mill. avv. 12 minginchi yillarga qadar davom etgan. 4
Paleolit   davrini   o‘rganar   ekanmiz,   dastlab   odamning   paydo   bo‘lishi
(antropogenez)   va   uning   vujudga   kelish   hududlari   masalasiga   duch   kelamiz.   Bu
muammo haqida fanda turli mulohaza va gipotezalar mavjud.
Hozirgi zamon antropologiya fanining guvohlik berishicha,  gumanoidlarning
dastlabki   turlari   Afrika,   Janubiy   yoki   Janubiy-SHarqiy   Osiyoda   va   Evropada
yashagan.   Bu   turdagi   gumanoidlarning   bir   qismi   ma’lum   davr   o‘tgach,   nobud
bo‘lgan.   Boshqa   bir   qismi   antropogenez   yo‘lida   rivojlana   borgan.   Fan   so‘nggi
yillarda bunday topilmalarni ko‘plab qo‘lga kiritdi.
Luis   Liki   1960-yilda   Tanzaniyada   (SHarqiy   Afrika)   odamsimon
mavjudotning qoldig‘ini topgan va uni «epchil odam» nomi bilan atagan. Topilma
bosh   suyak   parchalari,   pastki   jag‘,   o‘mrov   suyagi,   tovon   va   panja   qoldiqlaridan
iborat   edi.   Bu   topilmalar   bilan   birga   qo‘pol   tarzda   qayroq   toshlardan   ishlangan
qurollar   topilib,   ular   bir   necha   kertish   usuli   bilan   o‘tkirlanib   yasalgan.   Ular
arxeologiyada qayroqtosh qurollar deb aytiladi. Ibtidoiy ajdodlarimizning dastlabki
yasagan   qurollari   ana   shunday   oddiy,   dag‘al   bo‘lib,   tirikchilik   o‘tkazishning   turli
sohalarida qo‘llanilgan, ular  yordamida yog‘ochdan qurollar  yasagan.  Bu topildiq
qurollar   shu   erda   yashagan   odamlarniki   bo‘lib,   ular   avstropiteklarga   nisbatan   o‘z
taraqqiyot   yo‘lida   ancha   ilgari   siljigan,   ularning   qo‘l-panja   taraqqiyoti   va   miya
hajmi   ham   asvtropiteklardan   yuqori   turadi   (700 3
  sm).   Bu   «epchil   odam»   ikki
oyoqda   tik   yurgan.   Laboratoriya   usulida   o‘rganilgan   bu   topilmaning   yoshi   2
million yilga tengligi isbotlangan.
Bu  topilmalar   odamning paydo  bo‘lishi  tarixini  avvalgi   fan ma’lumotlariga
qaraganda   birmuncha   chuqurlashtiradi.   Bu   topilma   hozirgi   fanga   ayrim
4
 Абрамова З.А. Ранний палеолит Азиатской части СССР. Палеолит СССР. –М., 1984. –Б. 135-160.
8 o‘zgartirishlar kiritdi, ya’ni ilgari to‘rtlamchi davr antropogenez davri deb atalardi,
yangi   ma’lumotlar   esa   kishining   paydo   bo‘lishi   uchlamchi   davrdan
boshlanganligini tasdiqlaydi.
«Epchil   odam»lardan   keyin   yashagan   odam   turi   pitekantroplar   deb   ataladi.
Ular   radiokarbon   analiziga   qaraganda   bundan   8 00   ming   yillar   avval   yashagan.
Ularning   miya   hajmi   900   kub   sm   bo‘lib,   hali   ular   hozirgi   zamon   odamlaridan
ancha   orqada   edi.   Ammo   pitekantroplarning   «epchil   odam»ga   nisbatan   ancha
rivojlanishga  erishganligi   ko‘rinib turibdi. Pitekantroplar   ham   oddiy  tosh  qurollar
yasashni bilganlar.
Pitekantrop   turidagi   odamlardan   keyingi   odamzod   avlodi   sinantroplar   deb
aytiladi (lotincha «sina» - xitoy). Ularning miya hajmi 950-1150 kub sm ni tashkil
etadi.   Bu   turdagi   odamlar   bundan   7 00   ming   yillar   avval   yashagan   va   o‘tmish
odamlar   avlodiga   nisbatan   jismonan   ancha   rivoj   topgan   edi.   Ular   olovdan
foydalanganlar   va   go‘sht-oziqalarni   pishirib   eyishni   bilganlar.   Ko‘pchilik
tadqiqotchilarning fikricha, o‘sha davr odamlari go‘shtni kulga ko‘mib pishirganlar
va shu tariqa tuzning xususiyatini payqaganlar, keyinchalik tuzni ixtiro qilganlar.
Ko‘pchilik   tadqiotchilar   Germaniyaning   Geydelberg   shahri   yaqinidan
topilgan   odam   qoldig‘ining   pitekantrop   va   sinantroplarga   yaqinligini   e’tirof
qiladilar.
SHunday   qilib,   ayni   vaqtda   hozirgi   zamon   odamlari   o‘tmishdoshlarining
tana  qoldiqlari  eski  dunyoning  barcha  hududlaridan  topilgan.  Ular  faqat  Amerika
va   Avstraliya   qit’alarida   yo‘q.   Bu   erlarda   odamsimon   maymunlar   avlodi
yashamaganligi isbotlangan.
Odatda,   ibtidoiy   davr   tarixini   arxeologik   nuqtayi   nazardan   davrlashtirishda
mehnat   qurollarini   ishlab   chiqarish   texnikasi   asos   qilib   olingan.   SHu   nuqtai
nazardan   paleolit   bir   necha   taraqqiyot   bosqichga:   shellgacha,   shell,   ashell
davrlariga   bo‘linadi.   Bu   nomlar   shartli   bo‘lib,   ular   dastlab   Fransiyada   topilgan
qarorgohlar   nomidan   olingan.   Bu   davrlar   bir-biriga   nisbatan   taraqqiyot   darajasi
bilan farq qiladi.  Masalan,  shellgacha   davrdagiga qaraganda  shell  qurollari   ancha
rivojlangan   bosqich   va   hokazo.   Umuman,   ilk   paleolit   davrida   toshdan   yasalgan
9 qayroq   qurollar   xarakterli   bo‘lib,   ular   oddiy   usulda,   ya’ni   qayroq   toshlarning
ingichkaroq tomoni  2-3 qo‘pol  kertish  usulida  o‘tkirlangan,  xolos.  Dastlabki   tosh
cho‘qmor   qurollar   shu   tarzda   yasalgan.   Ash ellgacha   bo‘lgan   davr   o‘tmish
tariximizning   juda   uzoq   davrini,   ya’ni   «epchil   odam»ning   paydo   bo‘lishidan   (2
mln 400 ming yillar  burun)  to pitekantroplar  yashagungacha  o‘tmishni  o‘z ichiga
oladi.
YAqin   vaqtlarga   qadar   fanda   a shellgacha   davrda   yashagan   odamlar   faqat
terimchilik   bilan   tirikchilik   o‘tkazishgan,   degan   qarashlar   hukm   surardi.   Ammo
keyingi   yillarda   qo‘lga   kiritilgan   fan   yutuqlari   shundan   dalolat   beradiki,   ular
kollektiv ravishda ov qilishgan, yirik, yirtqich hayvonlarni tutib iste’mol qilishgan
ekan.   Bu   jarayon   faqat   kishilarning   kollektivlarga   birlashishi   natijasida   sodir
bo‘lgan. Ular shu tarzda turli tabiat hodisalari va xavfli hayvonlardan ham o‘zlarini
himoya qilishgan. SHellgacha davr odamlari  tabiatga to‘la qaram  bo‘lgan, uy-joy
qurishni,   olovdan   foydalanishni   bilmaganlar,   yirtqich   hayvonlarga   qarshi
kurashadigan  qurollari  ham  oddiy va  dag‘al  bo‘lgan. SHuning uchun ular  dastlab
iliq   iqlimli   mamlakatlarda   yashaganlar.   Bu   davr   ibtidoiy   to‘da   davri   deb   atalib,
hayvonot  dunyosidan  qurol  ishlab  chiqarish  bilan  farq  qilar   edi. Ibtidoiy odamlar
asta-sekin ijtimoiy tajribalar orttira bordi, ularni avlodlarga o‘rgatdi. F.Engelsning
ta’biri bilan aytganda, bu davr kishilik urug‘ining bolalik davri hisoblanadi.
To‘rtlamchi   davr   tabiat   iqlimining   birmuncha   sovushi   bilan   xarakterlanadi.
Bu jarayonning asosiy sabablaridan biri muzliklarning janubiy viloyatlarga siljishi
edi. Ularning O‘rta Osiyo mintaqasiga ham ma’lum ta’siri bo‘lgan. Biroq odamlar
tabiat   sharoitlariga   moslashib   borgan.   Avvalo,   ular   mehnat   qurollari   ishlab
chiqarishni   takomillashtirgan,   turmush   tarzini   moslashtira   borgan,   tabiat
qiyinchiliklariga   qarshi   kurashganlar.   SHuning   uchun   ham   bo‘lsa   kerak,   shell
davrining   oxirlarida   toshdan   qurol-aslahalar   yasash   texnologik   usullarining
birmuncha   taraqqiyotini  kuzatish   mumkin.  Bu   davrdagi   tosh  qurollar  qo‘lda  tutib
turishga   o‘ng‘ay   qilib   yasalgan   va   ular   kertish   usulida   o‘tkirlangan.   Bu   oldingi
davrga nisbatan ancha takomillashish bo‘lganligidan dalolat beradi.
10 SHunday qilib,  ashell   davri   boshlanadi.  Bu  davr  bundan  burungi   100 ming
yillarga  qadar  davom   etgan.  Bu  davrning  eng xarakterli  xususiyatini   toshni   qayta
ishlash texnikasida kuzatish mumkin. Endilikda tosh nukleuslaridan (o‘zaklaridan)
sindirib   olingan   sharchalarning   qirra   tomonlari   mayda   kertish   usulida   o‘tkirlanib,
keskich asboblari sifatida foydalanilgan. Ularning shakli turlicha bo‘lishi mumkin
edi.   Xarakterlilari   esa,   uchburchaksimon   tosh   siniqlaridan   ishlab   chiqilgan.   Asta-
sekin  bunday   tosh   qurollarning  turi  ham   ko‘paya  boradi.  Mana   shu  tarzda  sixcha
va   qirg‘ichsimon   qurollar   vujudga   keladi.   Tosh   sixcha   qurollardan   yog‘och
qurollar   yasashda   va   ovda   nayza   tig‘i   sifatida   foydalanilgan   bo‘lsa,   qirg‘ichlar   –
kiyim-kechak uchun hayvon terilariga ishlov berishda qo‘llanilgan. Ashell davrida
kishilar   olovdan   keng   foydalanganlar,   g‘orlarni   ko‘proq   zabt   qilganlar.   Bu   davr
qarorgohlarida   yirik   hayvon   suyaklarining   uyumlariga   duch   kelinadi.   Demak,   bu
vaqtda   jamoaviy   ov  usuli  ancha   rivojlangan.  Ular  odatda  yirik  otlarni,  bug‘ularni
ov   qilganlar.   Ashell   davrida   mamont   barcha   joylarda   uchramaydi.   U   ashellning
oxirgi bosqichlarida paydo bo‘lib, tekislik mintaqalarda yashagan.
. Keyingi   yillarda   O‘rta   Osiyo   va   Janubiy   Qozog‘istonning   ko‘pgina
joylaridan   ilk   paleolit   davrlari   qurollari   topilgan.   Bu   topilmalar   haqida   turli
mulohazalar   mavjud.   CHunonchi,   ayrim   tadqiqotchilar   bu   topilmalarning   ashell
davriga taalluqli ekanligi haqida to‘xtaladi.
Hozirgacha  bu   hududda     20  dan ko‘proq topilma yodgorlik joylari  ma’lum
bo‘ldi.   Bu   topilmalar   O‘rta   Osiyo   va   Janubiy   Qozog‘istonning   turli   rayonlariga
oiddir. Ilk paleolit yodgorliklari sifatida Turkmanistondagi Y a ngadja va Qoratangir
stansiyalari   oralig‘ining   41   kilometridagi,   Tojikistonda   Vaxsh   daryosi   vohasidagi
Qo‘rg‘ontepa   shahriga   yaqin   Qizilqal’a,   Qo‘hiniyoz   hamda   Qayroqqum,
Qayrqitov,   Qirg‘izistondagi   Xo‘jago‘r,   Onorcha,   Qayrog‘och,   Uchqo‘rg‘on,
Polmon va Janubiy Qozog‘istondagi Qoratov atrofidan qo‘lga kiritilgan ilk paleolit
davri   tosh   qurollarini   ko‘rsatish   mumkin 5
.
Topildiqlar   odatda   chaqmoqtosh   qayroqlaridan   yasalgan   qo‘l   cho‘qmorlaridan   va
boshqa   keskich   qurollardan   iboratdir.   Hozircha   ko‘p   bo‘lmagan   bu   topilma
5
 Ранов А.В., Несмянов А.С. Палеолит и стратиграфия антрапогенеза Средней Азии. -Душанбе. 1973, 7-8 б.
11 qurollarning ahamiyati katta bo‘lib, mamlakatimizning Kavkaz va Janubiy Ukraina
rayonlaridek, bu mintaqalarda ham shell, ashell davri odamlari yashab, o‘z davriga
nisbatan madaniyat yaratganligidan dalolat beradi.
Keyingi  yillarda  Qoraqalpog‘istonning Ustyurt  rayonlarida ham  shu davrga
oid   qurollar   topilganligi   aniqlandi.   Ayniqsa,   Ohangaron   vodiysidagi   Ko‘lbuloq
paleolit makonining ilk qatlamlaridan topilgan tosh qurollar ashell davridan darak
beradi. SHuni aytish kerakki, O‘rta Osiyo va Janubiy Qozog‘istondan topilgan bu
davr qayroq qurollariga o‘xshashligi chegaradosh mamlakat bo‘lgan Hindistonning
shimoliy   mintaqalarida   ham   topilgan.   Ammo   bu   mamlakatlarning   qaysi   birida
qayroq qurollar  madaniyati dastlab  vujudga kelganligi  masalasi  fan oldidagi  to‘la
hal etilmagan muammolardandir.
O‘rta Osiyo qadimdan o‘zining geografik joylashishi,  ekologik sharoitining
mo‘‘tadilligi   bilan   odamzod   e’tiborini   ilk   paleolit   davridan   boshlab   jalb   qilib
kelgan. To‘g‘ri, Ovropada bo‘lib o‘tgan davriy muzliklarning bu erga ham  ta’siri
bo‘lgan,   albatta.   Odamzod   yashash   uchun   tabiat   injiqliklari   bilan   doim   kurashib
kelgan, mehnat – ov qurollarini uzluksiz takomillashtirib borgan.
Arxeologlarimiz   tomonidan   topib   o‘rganilgan   ilk   paleolit   davri
yodgorliklarining   joylashish   xarakteriga   ko‘ra   o‘sha   zamonlarda   odamzod
ko‘pincha   tog‘   massivlarida   joylashgan   tabiiy   g‘orlarda   yashagan.   Olimlarning
fikriga   ko‘ra,   o‘sha   zamonda   odamlar   hali   kulba   qurib   yashashni   bilishmagan.
Ularning   mehnat   qurollari   ham   sodda   bo‘lgan.   Asosiy   quroli   qo‘l   cho‘qmori
bo‘lgan. Asta-sekin qurollarning assartimenti ko‘payib borgan.
Ilk   paleolit   davrida   odamzod   ko‘pincha   yirik,   go‘shtdor   hayvonlarga   ov
qilishgan.   Sababi,   ularda   hali   uzoq   masofalarga   otadigan   qurollar   bo‘lmagan.
Mayda,   tez   yuguruvchi   hayvonlarni   shuning   uchun   ham   tutish   qiyin   bo‘lgan.
Odamlar o‘sha davrda to‘da-to‘da bo‘lib yashagan, vahshiy hayvonlarga ov qilish
uchun   ular   birlashganlar.   Bu   zamonda   odamlar   sun’iy   olov   chiqarishni   bilishmas
edi, lekin tabiiy olovdan foydalanganlar.
12 Xullas,   ilk   paleolit   davrida   muzliklarning   kuchli   ta’siriga   qaramasdan
odamzod   yashash   uchun   kurashgan.   Mehnat   qurollarini   takomillashtirib,
sivilizatsiya sari intilib yashaganlar.
1.2. O‘rta Osiyo va  Janubiy Qozoqiston  paleolitining o‘rganilishi  tarixi.
O‘rta   Osiyo   paleolitini   o‘rganish   30-yillar   oxirida   A.P.Okladnikov
tomonidan Surxondaryo viloyatining Boysun tog‘idagi Teshiktosh g‘orining qazib
o‘rganilishidan   boshlandi.   Hozirga   qadar   O‘rta   Osiyo   paleolitini   o‘rganishga
bag‘ishlangan   yuzdan   oshiq   maqola,   kitoblar   va   boshqa   turdagi   nashrlar
mavjuddir. O‘rta Osiyo paleolitini o‘rganish ishlarining natijalari A.P.Okladnikov,
X.L.Movius,   N.A.Beregovaya,   V.A.Ranov,   M.Qosimov,   R.X.Sulaymonov,
N.Toshkenboev, G.F.Korobkova kabilarning asarlarida o‘z ifodasini topgan.
O‘rta   Osiy   paleolitni   o‘rganish   Teshiktosh   (1938-1939   yy.),   Qayroqqum
manzilgohi   (1954-1961   yy.),   Xo‘jago‘r   (1954-1955   yy.),   Qorabo‘ri   (1957-1964
yy.), Xo‘jakent (1958-1959 yy), Jarqo‘ton (1961-1963 yy.), Zirabuloq (1971-1972
yy.), Qo‘tirbuloq (1971-1972 yy.), Obirahmat (1962-1970 yy.), Samarqand (1958-
1972   yy.)   kabi     eng   muhim   yodgorliklarning   tadqiq   qilinishi   bilan   bog‘liqdir.
Bulardan   tashqari,   O‘rta   Osiyo   va   Janubiy   Qozog‘iston   territoriyalarida   must’e
davriga qadar ham odamlar yashaganligidan dalolat beradi. 
O‘rta   Osiyo   va   Qozog‘iston   ilk   paleolit   davri   topilma   qarorgohlari
materiallarining   ko‘rsatishicha,   bu   erda   qayroqtoshdan   ishlangan   qurollar
madaniyati   mavjud   bo‘lib,   bunday   qurollar   yaqin   chegaradosh   mamlakatlar
bo‘lgan   Hindiston   va   Xitoy   territoriyalaridan   topilgan   qurol   yasash   uslubi
madaniyatiga o‘xshashdir. Ibtidoiy qayroqtosh qurollar madaniyatining xususiyati
shundaki,   bu   qurollar   oddiy   qo‘l   cho‘qmorlaridan   o‘zining   yasalishi   bilan   farq
qiladi.  Bularning  ishchi  qismi  enli,  yalpoqroq  bo‘lib,  2-4  yirik  kertish   usuli   bilan
o‘tkirlangan   va   qo‘lda   tutish   hamda   ishlash   uchun   qulaylikka   ega   bo‘lgan.
Qayroqdan   yasalgan   qurollarni,   ilmiy   axborotlarga   ko‘ra,   Hindistonning   shimoli-
g‘arbidagi   Soan   madaniyatiga   ko‘proq   uchratish   mumkin.   Bu   madaniyat
Evropaning   shell-ashell   davriga   to‘g‘ri   keladi.   Bu   tarzda   yasalgan   qurollar   bilan
qo‘l   cho‘qmorlari   o‘rtasidagi   farq   qiluvchi   tipologik   xususiyatlar   hozircha   etarli
13 darajada   aniqlanganicha   yo‘q.   Bu   arxeologlarimiz   oldida   turgan   muammolardan
biridir.
Tarixni   davrlashtirish   masalasi   tarixchilar   va   arxeologlar   oldiga   muhim
vazifalarni   qo‘ydi.   Natijada   birinchi   besh   yillik   oxiridayoq,   SSSR   tarixini,   shu
jumladan,   O‘rta   Osiyo   respublikalari   tarixini   davrlashtirish   masalasi   yuzasidan
yozma   va   arxeologik   yodgorliklarni   qazib   topishga   ham   jiddiy   e’tibor   berila
boshlandi. 
O‘tgan   asrning   20-30-yillarida   O‘rta   Osiyoning   ko‘pgina   rayonlarida   qator
muhim   arxeologik   tadqiqot   ishlari   yo‘lga   qo‘yildi.   Jumladan,   Turkmaniston
madaniyat   instituti   qoshida   tashkil   qilingan   arxeologiya   seksiyasi   tomonidan
uyushtirilgan   ekspeditsiya   Janubiy   Turkmanistonga,   Katta   Balxan   rayonida
dastlabki   qidiruv   ishlarini   bajardi.   A.A.Marushenko   va   S.A.Ershovlar
Kaspiybo‘ylaridan   to   Amudaryogacha   bo‘lgan   territoriyada   ish   olib   bordilar   va
ko‘pgina ibtidoiy davr yodgorliklarini hisobga oldilar. E.M.Masson rahbarligidagi
Termiz   arxeologiya   ekspeditsiyasi   Surxondaryo   viloyatining   bir   necha   joylaridan
muhim   ahamiyatga   molik   tosh   asri   makonlarini   topishga   muvaffaq   bo‘ldi.   Sobiq
ittifoq   Fanlar   akademiyasi   hamda   Qozog‘iston   va   Qirg‘iziston   arxeologiya
markazlari   hamkorlikda   uyushtirilgan   A.N.Bershtam   rahbarligidagi   Ettisuv
ekspeditsiyasi ham ko‘pgina arxeologik yangiliklarni qo‘lga kiritdi.
O‘rta   Osiyo   ibtidoiy   davr   arxeologiyasini   o‘rganishda   S.P.Tolstov   va
keyinchalik   uning   shogirdlari   rahbarligidagi   Xorazm   arxeologiya
ekspeditsiyasining   ish   salmog‘i   katta   bo‘ldi.   Katta   Farg‘ona   kanali   qurilishi
munosabati   bilan  tashkil   qilingan   E.M.Masson   rahbarligidagi   ekspeditsiya   hamda
V.A.SHishkin   rahbarligidagi   Quyi   Zarafshon   ekspeditsiyalari   ibtidoiy   davr
tariximizga doir qiziqarli materiallarni qo‘lga kiritdi.
1939-yildan   boshlab   ilmiy   arxeolog   kadrlarni   aspirantura   orqali   tayyorlash
boshlandi. SHu yilning o‘zida 26 ta ilmiy tadqiqot institutlari tashkil qilindi. 1940-
yilda   O‘zbekistonda   Sobiq   ittifoq   Fanlar   akademiyasining   filiali   ochildi   va
shunday   filiallar   birin-ketin   boshqa   qardosh   respublikalarda   ham   tashkil   qilinib,
keyinchalik   shu   asosda   respublikalar   Fanlar   akademiyalari   vujudga   keldi.   Tarix
14 institutlari   qoshida   arxeologiya   bo‘limlari   tashkil   qilindi.   Tez   fursatda   Toshkent
davlat   universitetining   tarix   fakultetida   arxeologiya   kafedrasi   ochilib,   kadrlar
tayyorlana boshlandi. Ko‘pgina muzeylar arxeologiya ishlariga jalb etildi. Moskva,
Leningraddan ayrim mutaxassislar kelib, O‘rta Osiyoda ishlab ketadigan bo‘ldilar.
Arxeolog olimlarning o‘zaro hamkorligi yaxshi samaralar  bera boshladi. Moskva,
Leningrad   arxeologlari   bu   erda   tashkil   etilgan   arxeologik   ekspeditsiyalarda   faol
qatnashganlari   singari   O‘rta   Osiyo   arxeologlari   ham   Sobiq   ittifoq   Fanlar
akademiyasining   ekspeditsiyalarida   qatnashadigan   bo‘ldilar.   Bu   tadbirlar
arxeologiya dala qidiruv ishlarini ancha jonlantirdi. 40-yillarning boshlariga kelib
yangi   qurilish   joylarida   8   ta   arxeologik   kuzatuv   ekspeditsiyalari   ishladi.   Xullas,
ekspeditsiya   ishlari   yaxshi   natijalar   berdi,   jumladan,   ibtidoiy   arxeologiya   sohasi
bo‘yicha   katta   ilmiy   ma’lumotlar   to‘plandi.   Bu   vaqtga   kelib,   ekspeditsiyalarning
diqqat-e’tibori   ibtidoiy   tarixni   o‘rganish,   O‘rta   Osiyo   xalqlarining   madaniyat
tarixini davrlashtirish va etnogenez kabi masalalarga qaratildi.
1945   yildan   boshlab   Rossiya   Fanlar   akademiyasining   Xorazm   arxeologik-
etnografik   ekspeditsiyasi   yana   qayta   ishga   tushdi.   SHu   yildan   e’tiboran   Janubiy
Turkmaniston  arxeologiya ekspeditsiyasi  va  uning A.P.Okladnikov  rahbarligidagi
IX otryadi muhim tadqiqot ishlarini bajardi. 1946-yilda so‘g‘d-tojik ekspeditsiyasi
keng   ko‘lamda   ish   olib   bordi.   1946-1949   va   1950-1952-yillarda   A.N.Bershtam
rahbarligidagi   Pomir-Oloy   va   Pomir-Farg‘ona   ekspeditsiyasi   Farg‘ona
arxeologiyasini   o‘rgandi.   Bu   ekspeditsiya   tarkibida   O‘zbekiston   va   Qirg‘iziston
olimlari   faol   ishtirok   etdilar.   1947-yildan   boshlab   Samarqand   davlat   universiteti
ekspeditsiyasi   ibtidoiy   tarix   sohasida   muhim   ma’lumotlarni   qo‘lga   kiritdi.
YA.G‘.G‘ulomov   va   V.A.SHishkinlar   rahbarligida   O‘zbekiston   Fanlar
akademiyasining   O‘zbekiston   arxeologiya   ekspeditsiyasi   ish   boshladi.   Bu
ekspeditsiyaning   ko‘pgina   otryadlari   Surxondaryo,   Samarqand,   Buxoro   va
Toshkent   vohalarida   hamda   Farg‘ona   vodiysida   katta   arxeologik   tadqiqotlar
o‘tkazdi.
Keng   ko‘lamda   bajarilgan   arxeologik   tekshirishlar   tufayli   O‘rta   Osiyoning
qadimgi   madaniyat   markazlaridan   biri   ekanligi   isbotlandi.   O‘rta   Osiyo   xalqlari
15 tarixining   turli   bosqichlariga,   jumladan,   ibtidoiy   davrga   oid   juda   ko‘p   nodir
moddiy   madaniyat   yodgorliklari   topilib,   tekshirildi.   Arxeologik   yodgorliklarni
muntazam   ravishda   o‘rganish   ularning   davrini   aniqlab   olish   imkonini   beribgina
qolmay, balki O‘rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy tarixi bilan
bog‘liq   bo‘lgan   juda   ko‘p   masalalarni   echib   berdi.   Ayniqsa,   A.P.Okladnikov,
S.P.Tolstov,   YA.G‘.G‘ulomov,   V.M.Masson,   A.V.Vinogradov,   D.N.Lev,
V.A.Ranov,   A.A.Asqarov,   O‘.I.Islomov,   M.R.Qosimov,   R.X.Sulaymonov,
G.E.Markov,   N.X.Toshkenboev,   T.M.Mirsoatov   va   boshqalarning   ko‘p   yillar
davomida   olib   borgan   arxeologik   tadqiqotlari   tufayli   O‘rta   Osiyo
arxeologiyasining   paleolit,   mezolit,   neolit,   eneolit   va   bronza   davrlari   madaniyati
anchagina puxta o‘rganildi. O‘rta Osiyo ibtidoiy arxeologiyasi yutuqlari to‘g‘risida
quyida   atroflicha   to‘xtalishni   hisobga   olib,   shuni   yana   alohida   ta’kidlab   o‘tish
lozimki, so‘nggi yillarda Moskva hamda Leningrad arxeolog olimlari O‘rta Osiyo
respublikalari   uchun   arxeolog   kadrlar   tayyorlab   berishda   katta   xizmatlar
qilmoqdalar.   Natijada   bu   erda   arxeologiya   kadrlari,   jumladan,   ibtidoiy   davrni
o‘rganuvchi   mutaxassislar   ko‘paydi,   ularning   ish   miqyosi   ham   kengaydi.   1970-
yilda   O‘zbekiston   Fanlar   akademiyasi   qoshida   Arxeologiya   institutining   tashkil
topishi   hamda   1971-yilda   Samarqand   davlat   universitetida   arxeologiya
kafedrasining   tashkil   qilinishi   kadrlar   etishtirib   chiqarishda   va   ilmiy   tadqiqot
ishlarini yanada jonlantirishda katta ahamiyat kasb etdi.
Arxeologik   yodgorliklarni   har   tomonlama   chuqur   va   muntazam   o‘rganish
sohasida   arxeologiya   fani   katta   yutuqlarga   erishdi.   Jumladan,   radiokarbon   analizi
yo‘li   bilan   makon   ma’daniy   qatlamlaridan   topilgan   buyumlarning   yoshini   va
tarkibini   aniqlash,   kuchaytirilgan   mikroskoplar   yordamida   ibtidoiy   qurol-
aslahalarning   xo‘jalikda   qo‘llanish   funksiyalarini   aniqlash   kabi   metodlar   ishlab
chiqildi va bu sohada o‘sha davr mutaxassislari katta yutuqlarga erishdilar.
Arxeologiya   fani   insoniyat   tarixini   ishlab   chiqarish   vositalarining
nimalardan   qilinganligi   va   qanday   texnikaviy   usullar   bilan   ishlab   chiqqanligiga
asoslanib   bir   necha   taraqqiyot   bosqichlariga   bo‘lib   o‘rganadi.   Ma’lumki,   ibtidoiy
davr kishilik tarixining juda uzoq o‘tmishini, ya’ni u mil. avv. million yillardan to
16 1 minginchi yillarning boshlarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davr ham
yuqorida   qayd   etilgan   tamoyilga   asoslangan   holda   bir   necha   taraqqiyot
bosqichlariga   –   tosh,   mis,   tosh   va   bronza   (jez)   asrlariga   bo‘linadi.   Tosh   asri
ibtidoiy   davrning   eng   ko‘p   va   uzoq   ming   yilliklarini   o‘z   ichiga   olib,   umuman,   u
mil. avv. III minginchi yillarning oxirlariga qadar va uning paleolit davri esa mil.
avv. 12 minginchi yillarga qadar davom etgan.
17 II.BOB.O’ZBEKISTON VA TOJIKISTON ILK PALEOLIT
YODGORLIKLARI
2.1. O‘zbekiston ilk paleolit yodgorliklari
SHu   tarixiy   jarayon   oydinlashtirildiki,   O‘zbekiston   hududi   ilk   paleolit
davridan   boshlab   odamzodning   vatani   bo‘lib   kelgan.   Bu   masalani   ilmiy
oydinlashtirishda   YA.G‘ulomov,   A.Asqarov,   M.R.Qosimov,   T.Mirsoatov,
O‘.I.Islamov,   R.X.Sulaymonov,   D.N.Lev,   M.D.Djurakulov,   N.X.Tashkenbaev,
B.Sayfullaev kabi arxeolog olimlarning xizmati salmoqlidir. 6
O‘zbekiston insoniyat olamida juda qadimdan madaniyati rivojlangan, tarixi
boy mintaqalardan biri ekanligi isbotlangan. Bu muqaddas zaminda odamzodning
ilk ajdodlari  faoliyatidan  guvohlik  beruvchi  ko‘pgina materiallar  topilgan.  YAqin
kunlargacha   fanda   Teshiktosh   g‘oridan   topilgan   neandertal   davri   odamining
qoldiqlariga   asoslangan   holda   O‘rta   Osiyoda   eng   qadimgi   ajdodlarimizning   izlari
80-100 ming yillik tarixga ega, degan tasavvur mavjud edi. Biroq keyingi yillarda
Janubiy   Qozog‘istonda,   Tojikistonda   eng   qadimgi   ajdodlarimizning   izlari   topib
o‘rganildi. SHuningdek, arxeologlar Toshkent viloyatida (Ko‘lbuloq) va Farg‘ona
vodiysida  (Selengur)  arxeologik qazishmalar  o‘tkazib,  odamzodning O‘rta  Osiyo,
shu   jumladan,   O‘zbekistondagi   ilk   faoliyati   ashell   davriga   (yaqin   bir   million   yil)
tegishli ekanligini aniqladilar. Endilikda O‘rta Osiyo hududi jahonda odamzodning
ilk   ajdodlari   makoni   topilgan   mintaqaga   kiradi.   Bu   kashfiyot   o‘zbek
arxeologlarining jahon tarixiga qo‘shgan munosib hissasidir. (8-rasm)
Ibtidoiy   ajdodlarimiz   dastlab   tabiatning   tayyor   noz-ne’matlarini   iste’mol
qilib kun kechirganlar. Keyinroq esa tabiat sirlarini  o‘rganish tufayli bir  vaqtning
o‘zida dehqonchilik va chorvachilikni kashf etdilar. Bu kashfiyot odamzodni tabiat
qulligidan abadiy ozod qildi. Bu voqealar ibtidoiy jamoa tuzumining neolit (yangi
tosh)   davrida   sodir   bo‘ldi.   Ingliz   olimi   G.CHayld   insoniyatning   bu   buyuk
kashfiyotini «neolit davri inqilobi» deb atagan edi. Bu inqilobiy o‘zgarishlar O‘rta
Osiyoning janubiy tumanlariga mil. avv. V ming yillikda keng tarqaladi.
6
 Жўрақулов М.Ж. Ўрта Осиё ибтидоий археологияси. –Тошкент, 1984, 30-31-бб.
18 Olimlar   odamzodning   paydo   bo‘lganidan   to   hozirgi   davrga   qadar   bo‘lib
o‘tgan tarixini o‘rganish natijasida shunday xulosaga keladilarki, inson tarixi hech
qachon   bir   tekisda   rivojlanmagan.   Odamzod   tabiatdagi   boshqa   jonli   zotlar   kabi
ibtidoiylikdan   asta-sekin   murakkablikka   rivojlanib   borgan.   Ularning   mehnat
qurollari   va   u   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   faoliyati,   inson   ongi   o‘zgarib   borgan.   Agar
inson   ilk   bosqichida   tabiatdagi   tayyor   mahsulotlar   –   yovvoyi   daraxtlarning
mevalari, qurt-qumirsqa va boshqa jonivorlar, yirik yovvoyi hayvonlarga ov qilish
bilan tirikchilik o‘tkazgan bo‘lsa, keyinroq tabiat sirlarini o‘rgandi, tabiatni o‘ziga
xizmat   qildirish   yo‘l-yo‘riqlarini   bilib   oldi   va   nihoyat   u   hozirgi   zamon   holatiga,
jamiyatning yuksak rivojlanish darajasiga etib keldi. Kishilik tarixining juda katta
davrini   o‘z   ichiga   olgan   ibtidoiy   jamoa   tuzumining   ilk   bosqichi   «ibtidoiy   to‘da»,
keyingi bosqichi esa «urug‘chilik jamoasi» davri deb o‘rganiladi. Ilk, o‘rta paleolit
davrlari  ibtidoiy  to‘da  davri  hisoblanadi.   Ibtidoiy  to‘da  davrida   odamlar  o‘rtasida
jinsiy   aloqalar   chegaralanmagan,   aniq   tartibga   to‘shmagan.   Odamlar   yirtqich
hayvonlardan   qo‘rqqanidan   gala-gala,   to‘da-to‘da   bo‘lib   yashashgan.   Ov   vaqtida
ular   yolg‘iz   hayvonga   ko‘pchilik   bo‘lib   hujum   qilishgan.   Keyinchalik,   ibtidoiy
urug‘chilik bosqichida inson hayotida juda katta sifat o‘zgarishlari yuz berdi.
Ma’lumki, hozirgacha ibtidoiy davr tarixi sohasida  gominidlarning paydo
bo’lishi   va   shakllanishi   borasida   ikki   xil     ilmiy   qarash   mavjud.   Ularni
monosentrik   va   paleosentrik   nazariyalarga   ajratish   mumkin.   Monosentrizm
nazariyasi asoschilari dastlabki odam ajdodlari Afrika qit’asida paydo bo’lgan va
keyinchalik dunyoning boshqa hududlariga tarqalgan, degan fikrni ilgari suradi.
Bu   nazariya   fanda   “Nuh   kemasi”   nomi   bilan   mashhurdir   va   ushbu   fikr
tarafdorlari   ko’hna  qit’adan topilgan  va topilayotgan  hamda  boshqa  hududlarda
uchramaydigan   gominidlarning   eng   qadimgi   tiplari   (avstrolopiteklar,   xomo
xabilislar)   qoldiqlariga   asoslanadilar.   Hozirda   bu   nazariya   jahon   arxeologiya
fanida   hukmron   g’oya   hisoblanadi.   Paleosentristlar   esa,   Yevroosiyo
hududlaridan   topilgan   ilk   paleolit   davri   yodgorliklarining   bir   bosqichdan
ikkinchisiga   “uzluksiz”   ravishda   taraqqiy   qilib   borishiga   asoslanadilar.   Bu
nazariya   fanda   “kandelyabr”   yoki   “chilchiroq”   g’oyasi   nomi   bilan   shuhrat
19 qozongan.   Shuni   ta’kidlash   joizki,   ko’hna   qit’a   ya’ni,   “Nuh   kemasi”   yoki
monosentrik   nazariya   keyingi   topilmalar   bilan   yanada   mustahkam   ildiz   otib
bormoqda. So’nggi yillarda paleoantropologiyadagi kashfiyotlar, ya’ni Markaziy
Afrikadan   (Chad)   topilgan,   arxaik   tipdagi   200   ming   yillar   bilan   sanalangan
zamonaviy odam  qoldiqlari nafaqat  eng qadimgi, balki zamonaviy odamlarning
ilk   shakllari   ham   shu   ko’hna   zaminda   paydo   bo’lganligini   ko’rsatmoqda 7
.
Ibtidoiy   odamning  eng   qadimgi   tiplari   xomo   xabilislar   Yevroosiyo   materigidan
hali   topilganicha   yo’q,   biroq   xomo   zotining   keyingi   tiplari   xomo   ergasterlar
hamda   yerekteslar   bu   qit’ani   to’la   egallaganlar.   Yevroosiyoning   boshqa   ko’p
hududlari singari O’zbekiston zamini ham ilk paleolit davrining boshlarida xomo
yerektuslar   tomonidan   o’zlashtirilganligi     yurtimizdagi   arxeologik   yodgorliklar
materiallari asosida o’z isbotini topmoqda. 
O’zbekiston   hududi   yer   shari   miqyosida   insoniyat   dastlab   shakillangan
mintaqalar   sirrasiga   kiradi   va   madaniyat   markazlaridan   biri   xisoblanadi.
Yevroosiyo   hududlarida   bo’lgani   singari   yurtimiz   tarixi   ham   paleolit   yoki
qadimgi   tosh   davridan   boshlanadi.   Mamlakatimizda   shu   davrga   oid   qator
makonlar   qayd   etilgan   va   o’rganilgan.   Ular   qatoriga   Farg’ona   vodiysidagi
Selungur,   Chashma,   Toshkent   viloyatidagi   Ohangaron   daryosi   vodiysidagi
Ko’lbuloq   va   Qizilolma   yodgorliklarining   quyi   qatlamlari,   Jarsoy   topilmalari
hamda Qizilqum hududlaridagi Bo’kantog’ kabi yodgorliklarni kiritish mumkin.
Shulardan eng ahamiyatlisi  Selungur g’ori hisoblanadi. 
 Selungur g’ori So’x daryosi vodiysida, Qirg’izistonning O’zbekiston bilan
chegaradosh   bo’lgan   Haydarkon   qishlog’i   chekkasida   dengiz   sathidan   2000   m
balandlikda   joylashgan.   G’orning   kirish   qismi   So’x   vodiysi   tubidan   50   m
yuqorida, Qatrantov tizmasining quyi qismidan o’rin olgan. G’orning eni  kirish
qismida   34   m,   balandligi   25   m   va   chuqurligi   120   m   ga   yetadi.   Yodgorlikda
dastlabki  qazish  ishlari  A.P.  Okladnikov  va  P.T.  Konoplyalar  tomonidan  1955-
yilda     amalga   oshirilgan.   1964   -yili   M.   R.   Qosimov   eski   qazishma   devorini
tozalash   natijasida   110   sm   chuqurlikdan   jigarrang   kremniylashgan   jinsdan
7
  Coppens Y. The human  revolution.  - Edinburgh: Edinburgh University Press. Paris . 1989.  - P .  7.
20 ishlangan   tosh   buyumlarni   topgan 8
.   A.   P.   Okladnikov   bilan   M.   R.   Qosimovlar
ishlari  oralig’ida  g’orni   A. Poshka  tadqiq  etgan. Uning  xabar  berishicha,  1,5  m
chuqurlikdan   gulxan,   bir   nechta   kvarsit   buyumlar,   suyak   teshgich   va   bigiz
qoldiqlari   topilgan.   A.   Poshkaning   ta’kidlashicha,   “keng,   quruq   va   yetarlicha
yorug’   g’or,   qulay   kirish   qismiga   ega   bo’lib,   unda   yozda   ham   va   qishda   ham
qulay   harorat   hukm   surganligi   eng   qadimgi   davr   odamlarining   diqqatini
tortmasligi   mumkin   emas   edi” 9
.   Bu   fikr,   1980   -yillarda   boshlangan   stasionar
qazish ishlari natijasida o’z tasdiqini topdi.
G’orning   kirish   qismida   olib   borilgan   qazish   ishlari   natijasida   paleolit
davriga   oid   beshta   madaniy   qatlam   aniqlangan,   keyinchalik   uchinchi   madaniy
qatlam yana uchta mikroqatlamga ajratilgan. Madaniy qatlamlarning qalinligi 20
sm. dan 40 sm. gacha oralig’ida va ular 0,3 m. dan 1 m. gacha qalinlikdagi sof
qatlamlar   bilan   ajralib   turadi.   G’orning   yotqiziqlari   tuflar,   alevritlar,   tosh
siniqlarini   o’z   ichiga   olgan   qumoq   tuproqdan   iborat   bo’lib,   8,5   m.   gacha
chuqurlikda   qazilgan.   Paleolit   davri   materiallari   esa,   2,5   m.   dan   6,5   m.   gacha
chuqurliklardan   joy   olgan.   Ularning   eng   ko’p   to’plangan   joyi   qazilgan   joyning
janubiy   qismi   bo’lib,   shimol   tomonga   qarab   madaniy   qatlamlar   nurab   boradi.
Biroq,   qazishmalar   plani   hanuzgacha   chop   etilmagan. 10
  Ma’lum   qilinishicha,
1981   -yilda   64   kv.   m.   joy   ochib   o’rganilgan.   G’orning   kesmalari   asosida
geologik   tadqiqot   olib   borgan   M.X.   Godin   uni   ikkita   ritmoqalinlikka   ajratadi:
8
  Касы мов М.Р. Новые исследования по палеолиту Ферганской долины в 1964 г. \\ ИМКУ. Вып. 7. 1966. -
С. 7-13.
9
  Пошка А. Пещера Сел-Ун-Хур\\ ВА вып. 2. 1960.-   С. 38.
10
  Исламов У.И. Первая нинепалеолитическая пещерная стоянка в Ферганской долине \\ ОНУ. №8. 1984. -
С.   4.   Исламов   У.И.   Итоги   и   перспекивы   изучения   пещерной   стоянки   Сель-Унгур   \\   Проблемы
взаимосвязи общества в каменном веке Средней Азии. Ташкент. 1988. -С. 12. Исламов У.И., Оманжулов
Т.  Пещерная   стоянка   Сель-Унгур   \\   ИМКУ.   Вып.   19.  1984.   -С.  5.   Исламов   У.И.,  Зубов   А.А.,   Харитонов
В.М.   Палеолитическая   стоянка   Сель-Унгур   в   Ферганской   долине   \\   ВА.   Вып.   80.   1988.   -С.   66.   Батыров
Б.Х., Батиров А.Р. Ископаемые млекопитающие пещеры Сел-Унгур\\ Проблемы взаимосвязи общества в
каменном   веке   Средней   Азии.   Ташкент.   1988.   -С.   7.   Величко   А.А.,   Кременецкий   К.В.,   Маркова   А.   К.,
Ударцев В.П. Палеоэкология ашельской стоянки Сель-Унгур (предварительное сообщение) \\ Проблемы
взаимосвязи   общества   в   каменном   веке   Средней   Азии.   Ташкент.   1988.   -С.   24.   Величко   А.А.,   Арсланов
Х.А., Герасимова -С.А., Исламов У.И., Кременецкий К.В., Маркова А. К., Ударцев В.П., Чиколини Н.И.
(Советская   Средня   Азия)   Хроностратиграфия   палеолита   Северной,   Центральной   и   Восточной   Азии   и
Америки.   Новосибирск.   1990.   -С.   76-79.   Исламов   У.И.,   Крахмаль   К.А.   Некоторые   проблемы
палеоэкологической  реконструкции   ашельской   стоянки  Сель-Унгур  \\  ОНУ.  №   12.  1990.  -С.  7.  Исламов
У.И.,   Крахмаль   К.А.   Комплексные   исследования   древнепалеолитическиой   пещерной   стоянки   Сель-
Унгур \\ Раннепалеолитические комплексы Евразии. Новосибирск. 1992. -С. 50-51.
21 ularning quyisi 5 va 4 madaniy qatlamlarni o’z ichiga olib, asosan loyli alevritli
qatlamlardan iborat; yuqorigisi esa, g’or tomidan qulab tushgan shag’alli valunli
materiallar orasida ohak loyli va tufli mayda qatlamlardan tarkib topgan. Yuqori
ritmoqalinlik 4 marta yuvilgan, unga 3, 2 va 1 madaniy qatlamlar kiradi. Ushbu
qatlamlarning barchasi buzilmagan va ular geologik jihatdan ancha sokin davrda
paydo bo’lgan. 
  Selungur   makoni   tadqiqoti   jarayonida     5000   ga   yaqin   tosh   buyumlar
qo’lga kiritildi. Yodgorlikda tosh buyumlarni yasashda sariq, jigarrangli yashma,
kulrang yashil gilli slanes hamda to’q kulrangli vulqon jinslaridan foydalanilgan.
Xom-ashyo   yodgorlikning   pastidagi   daryo   o’zanidan   galka   shaklida   olib
kelingan   va   bu   tabiiyki,     Selungur   industriyasining   umumiy   ko’rinishiga   o’z
ta’sirini  o’tkazgan. Yodgorlik tosh buyumlari  to’plamidagi  uchirindilari  orasida
yirik   va   qo’pol,   zarb   maydonchalari   keng   va   zarb   burchagi   katta   bo’lganlari
ko’pchilikni   tashkil   qiladi.   Odatda   ular   kalta   o’lchamli,   plastinalar   deyarli
uchramaydi. Levallua tipidagi  uchirindilar  ham juda kamyob. Aniqlanishi  qiyin
bo’lgan   tosh   bo’laklari,   fragmentlari   va   chiqindilar   ko’p   uchraydi.   Nukleuslar
to’plamda   ko’p   emas,   ular   asosan   haddan   tashqari   ishlov   berilgan   tashlandiq
ko’rinishlarga ega 11
.
Ikkilamchi   ishlov   berilgan   tosh   buyumlar   foizi   yodgorlikdagi   umumiy
toshlarning o’ndan birini tashkil qiladi. Tosh qurollar orasida chopperlar, to’g’ri
yoki   bo’rtib   chiqqan   qirrali   qirg’ichlar,   tishsimon   qurollar,   kompozit   qurollar,
o’yib-kertib   ishlangan   qurollar   ,   retushlangan   tosh   bo’laklar   va   uchirindilar
mavjud. Bundan tashqari, to’plamda kliverlar, qo’l  cho’qmorlari,   tosh randalar
(3-1-3) paykonlar va limaslar (14-5) uchraydi.
 Selungur g’ori materiallari madaniy jihatdan Osiyocha ashel madaniyatiga
kiritilgan. Ma’lumki, ashel ilk paleolitning Yevropaga xos madaniyatlaridan biri
bo’lib,   ular   asosan   bifaslar   ishlab   chiqarilishi   bilan   xarakterlanadi.   Osiyocha
ashel   esa   undan   biroz   farq   qilib,     bifaslar,   ya’ni   qo’l   cho’qmorlari   bilan   birga
11
  Исламов  У.И., Крахмаль К.А. Комплексные исследования древнепалеолитическиой пещерной стоянки
Сель-Унгур \\ Раннепалеолитические комплексы Евразии. Новосибирск. 1992. - С.  143-163.
22 kliverlarni   ham   uchrashi   bilan   ajralib   turadi.   Yodgorlik   materiallari   Old
Osiyodagi  ilk paleolit  davriga oid Ubaydiya makoni  materiallari bilan o’xshash
ekanligi aniqlangan 12
.
Ilk   paleolit   davriga   oid   stratigrafiyalashgan   yodgorliklardan   tashqari
Selungurga   yaqin   bo’lgan   Chashma   qishlog’idagi   So’x   daryosi   terrassasidan
ayrim   yig’ma   materiallar   ham   topilgan 13
.   Bu   yerdan   juda   kam   materiallar
yig’ilganligi   sababli,   ularni   ilk   paleolitga   oid   deyish   qiyin 14
.   Bunga   o’xshash
materiallar   Farg’ona   depresiyasining   bir   qator   joylaridan    topilgan.   Bunga   A.P.
Okladnikov   tomonidan   1954   -yili   Qayrag’och   qishlog’idagi   Xoja   Baqirg’on
daryosi kesmalaridan topilgan chopperni ham misol sifatida keltirish mumkin 15
.
Ilk   paleolit   davriga   oid   yana   bir   yodgorlik   Ko’lbuloqning   quyi   (1-   22)
qatlamlaridir 16
.   Yodgorlik   1962   -yili   O.   M.   Rostovsev   tomonidan   ochilgan   va
1963   -yildan   1990   -yillargacha   M.   R.   Qosimov   tomonidan   o’rganilgan.
Ko’lbuloq   Angren   shahridan   6   km   g’arbroqda,   Chotqol   tizmasining   janubi-
sharqiy etaklarida, Qizilolmasoy hamda Jarsoy   oralig’ida dengiz satxidan 1000
m   baladlikda   joylashgan.   Shurflar   va   qazishmalar   asosan   shu   nomli   buloqning
atrofida o’tkazilgan. 
Ushbu   22   ta   qatlamlardan   4000   ga   yaqin   tosh   buyumlar   yig’ib   olingan
bo’lib, ular orasida o’yib-kertib ishlangan, tishsimon qurollar, qirg’ichlar, qo’pol
va   yirik   nukleuslar   hamda   mikok   tipidagi   qo’l   cho’qmorlari   aniqlangan.   Ularni
tayyorlashda   malla   va   kulrang   kremniydan,   yashma,   kremniylashgan   ohaktosh,
12
 Исламов У.И. Первая нижнепалеолитическая пе щ ерная стоянка в  Ф ерганской долине \\ ОНУ. №8. 1984.
- С. 4.
13
 Исламов У.И., Крахмаль К.А. Дрекнепалеолитические орудия труда из Ферганской долины \\ ОНУ. № 
4. 1987. -С. 6.
14
 Кўрсатилган адабтёт. -Б. 7.
15
 Вишняцкий Л.Б. Палеолит Средей Азии и Казахстана. Санкт-Петербург. 1996. -С. 107.
16
  Окладников А.П. Исследования памятников каменного века Таджикистана \\  МИА. № 66. 1958 а. -С.
68. Касымов М.Р. Многослойная палеолитическая стоянка Кульбулак в Узбекистане \\ МИА. № 185. 1972
б. -С. 17. Касымов М.Р. Результаты работ Ахангаранского палеолитического отряда по данним раскопок
1975   г.   \\   ИМКУ.   №   14.   1978.   -С.   12.   Касымов   М.Р.   Проблемы   палеолита   Средней   Азии   и   Южного
Казахстана \\ Автореферат док. Дисс. Новосибирск. 1990. -С. 40. Касымов М.Р., Тетюхин Г.Ф. К вопросу
об археолого-геологическом возросте многослойной палеолитической стоянки Кульбулак \\ ИМКУ. Вып.
16.   1980.   -С.   13.     Касымов   М.Р.,   Годин   М.Х.   О   комплексном   исследовании   палеолитической   стоянки
Кульбулак   \\   ИМКУ.   Вып.   17.   1982.   -С.   9.   Касымов   М.Р.,   Годин   М.Х.   Важнейшие   результаты
исследований многослойной стоянки Кульбулак \\ ИМКУ. Вып. 19. 1984. -С. 8.     Касымов М.Р., Тетюхин
Г.Ф.,   Годин   М.Х.,   Хусанбаев   Д.И.   К   вопросу   о   комплексном   исследовании   многослойной
палеолитической стоянки Кульбулак в Узбекистане \\ КСИА. Вып. 181. 1985.-С. 10.
23 kvars   kabi   qator   tosh   jinslaridan   foydalanilgan   hamda   ular   sarg’ish   patinalarga
ega. Biroq bu qatlamlar juda kam maydonda (9 m 2
  ) aniqlangan. Qazishmaning
chuqurligi 19 m. gacha yetadi (3 - sonli qazishma).
Ko’lbuloqning   ilk   paleolit   davriga   oid   quyi   qatlamlari   tipologik   jihatdan
550   000   yillar   bilan   sanalangan,   madaniy   jihatdan   esa   yodgorlik   materiallari
O’rta   Osiyo   va   Qozog’istonda   yagona   bo’lgan   Ko’lbuloq   madaniyatiga
ajratilgan 17
.
Ko’lbuloqdan   1   km.   shimoliy-g’arbda   Qizilolmasoy   2   topilma   joyining
g’arbiy   chekkasidan   N.   K.   Anisyutkin   tomonidan   yana   bir   ilk   paleolitga   oid
qatlam aniqlangan 18
. Bu yerdan neogen yotqiziqlarining bevosita ustki qismidan
20   sm.   qalinlikdagi   qatlamdan   214   ta   tosh   buyum   yig’ib   olingan.   Ular   orasida
Ko’lbuloqning   quyi   qatlamlaridagiga   o’xshash   bifas   limand   topilgan.   Bu   holat
Qizilolmadan   ma’lum   vaqt   mobaynida   ko’lbuloqliklar     ustaxona   sifatida
foydalanganliklaridan   dalolat   beradi.   Yodgorlik   keyingi   tadqiqotlar   uchun   keng
istiqbollarni ochib berishi mumkin.
Ohangaron vodiysidagi ilk paleolit davriga oid topilmajoylardan yana biri
Ko’lbuloqdan   1   km.   shimoliy-   sharqda   Qizilolma   bilan   bir   xil   balandlikdagi
ohaktosh   qoyalar   etagida   joylashgan   Jarsoy   2   topilma   joyi     hisoblanadi.   Bu
yerdan ikkita qo’pol ishlangan bifas va atipik kliverlarni eslatuvchi tosh qurollar
topilgan.   To’plamning   artefaktlari   orasida   levallua   texnikasining   foizi   juda
yuqori   bo’lib,   bunday   industriya   O’zbekistonning   boshqa   hududlarida
uchramaydi.
Ilk   paleolit   davriga   oid   ayrim   yig’ma   materiallar   Qizilqum   hududlaridan
ham   topilgan.   Bunga   2000   yili   M.   Xo’janazarov   tomonidan   Bo’kantog’
etaklaridan   topilgan   bir   dona   kremniylashgan   ohaktoshdan   ishlangan   bifas
yorqin misol bo’la oladi.  Qizilqumdagi ilk paleolit materiallari hanuzgacha chop
etilmagan.   Ilgari   ilk   paleolitga   oid   deb   topilgan   hamda   chop   etilgan
17
  Касымов   М.Р.   Проблемы   палеолита   Средней   Азии   и   Южного   Казахстана   \\   Автореферат   док.   Дис с .
Новосибирск. 1990. -С. 40.
18
 Анисюткин Н.К., Исламов У.И., Крахмаль К.А., Сайфуллаев Б.К., Хушвактов Н.О. Новые исследования
палеолита в Ахангаране (Узбекистан). Санкт-Петербург. 1995. -С. 12-27.
24 Qizilqumdagi Yesen 2, Qoraquduq, Shaxpaxti, Ko’kayoz 1, 2 va 3 yodgorliklari
keyingi olib borilgan tadqiqotlar natijasida So’nggi paleolitga o’tish davriga xos
deb topilgan 19
.
O’zbekiston     paleolit   davrining   turli-tuman   va   ilmiy   jihatdan   qiziqarli
arxeologiya   yodgorliklariga     boy   bo’lishi   bilan   birga,   bu   davr   tarixi,
yodgorliklarning talqini borasida bir qator munozarali muammolar yechilmagan
masalalar   ham   mavjuddir.   Quyida   ushbu   muammolar   to’g’risida   baholi   qudrat
fikr yuritamiz.
Ilk paleolit sohasida:   Qadimgi tosh asri nafaqat O’zbekiston, balki butun
O’rta Osiyoda shakllangan kishilik jamiyatining eng ko’hna  qiziqarli va muhim
ahamiyatga   molik   tarihiy   davridir.   Ushbu   davr   yodgorliklaridan   biri   Farg’ona
vodiysidagi     Selungur   manzilgohidir.   U   texnik-tipologik,   paleontologik,   ximik
(uran-ion   uslubi   asosida   sanalash),   palinologik,   geologik,   paleoantrapologik   va
boshqa   uslublar   bilan   anchayin   yaxshi   o’rganilishiga   qaramasdan,   yodgorlik
materiallarining tahlili atrofida bir qator munozaralar mavjud bo’lib, dastlabki va
asosiysi       Selungur   sanasi   masalasidagi   munozarali   fikrlardir.   Yodgorlikni
bevosita o’rgangan tadqiqotchilar 20
 manzilgohning sanasi 1,5 million yillar bilan
belgilashgan.   Biroq,   qator   chet   el   adabiyotlarida   uning   anchayin   yoshartirilgan
xronologik   davrlarga   xosligi   to’g’risida   fikrlar   mavjud 21
.   Tilga   olingan   xorijiy
mualliflar     Selung’ir   qatlamlarining   sanasini   300-250   ming   yillar   bilan
19
  Сайфуллаев   Б.К.,   Қурбонбоев   И.М.   Қизилқумдаги   палеолит   даври   устахоналарини   ўрганишга   доир
(Есен 2, Қорақудуқ, Шахпахти, Кўкаёз 1, 2 ва 3 материаллари асосида). ИМКУ. № 36. 2008. -С. 1 7.
20
  Исламов У.И. Итоги и перспекивы изучения пещерной стоянки Сель-Унгур \\ Проблемы взаимосвязи
общества в каменном веке Средней Азии. Ташкент. 1988. -С. 12. Исламов У.И., Оманжулов Т. Пещерная
стоянка   Сель-Унгур   \\   ИМКУ.   Вып.   19.   1984.   -С.   24.   Исламов   У.И.,   Зубов   А.А.,   Харитонов   В.М.
Палеолитическая   стоянка   Сель-Унгур   в   Ферганской   долине   \\   ВА.  Вып.   80.  1988.   -С.  66.   Величко   А.А.,
Кременецкий   К.В.,   Маркова   А.   К.,   Ударцев   В.П.   Палеоэкология   ашельской   стоянки   Сель-Унгур
(предварительное   сообщение)   \\   Проблемы   взаимосвязи   общества   в   каменном   веке   Средней   Азии.
Ташкент. 1988. -С. 72. Величко А.А., Арсланов Х.А., Герасимова С.А., Исламов У.И., Кременецкий К.В.,
Маркова   А.   К.,   Ударцев   В.П.,   Чиколини   Н.И.   (Советская   Средня   Азия)   Хроностратиграфия   палеолита
Северной,   Центральной   и   Восточной   Азии   и   Америки.   Новосибирск.   1990.   -С.   166.   Исламов   У.И.,
Крахмаль   К.А.   Некоторые   проблемы   палеоэкологической   реконструкции   ашельской   стоянки   Сель-
Унгур   \\   ОНУ.   №   12.   1990.   -С.   11.   Исламов   У.И.,   Крахмаль   К.А.   Комплексные   исследования
древнепалеолитическиой   пещерной   стоянки   Сель-Унгур   \\   Раннепалеолитические   комплексы   Евразии.
Новосибирск. 1992. -С. 32.
21
 Исламов У.И. Первая нинепалеолитическая пе щ ерная стоянка в  Ф ерганской долине \\ ОНУ. №8. 1984. -
С.   8 .     Исламов   У.И.   Итоги   и   перспекивы   изучения   пещерной   стоянки   Сель-Унгур   \\   Проблемы
взаимосвязи общества в каменном веке Средней Азии. Ташкент. 1988. -С.   67 . Исламов У.И., Оманжулов
Т. Пещерная стоянка Сель-Унгур \\ ИМКУ. Вып. 19. 1984. -С.  47.
25 davrlaganlar.   Yodgorlikdan   topilgan   antropologik   materiallarning   o’rganilishi
ham   munozaralarga   sabab   bo’lishi   mumkin.   Negaki,   bu   topilmalar
arxantroplarga   xos   deb   talqin   qilingan.   Biroq,   arxantrop   termini   o’tgan   asrning
50   -yillarida   qabul   qilingan   bo’lib,   ular   qatoriga   gibbonlar   ham   kiritilgan.
Keyingi   yarim   asrdan   ziyodroq   vaqt   mobaynida   qilingan   kashfiyotlar
gominidlarning   nisbatan   aniqroq   fizik   tiplarini   belgilash     imkonini   berdi   va
arxantrop  termini   ilmiy  muomiladan  chiqarib  tashlandi.  Bu  narsa  paleantrop  va
neantrop terminlariga ham taalluqlidir. Ushbu ilmiy yangiliklarga ko’ra, hozirda
arxantrop   termini   odam   ajdodlarining   fizik   tipini   belgilamaydi.     Selungur
tadqiqotchilari yodgorlikning barcha madaniy qatlamlarini ashel davriga oid deb
hisoblaydilar 22
.   Biroq,     Selungurni   bunday   sanalash   ayrim   mutaxassislar
tomonidan   shubha   ostiga   olingan 23
.   “   Selungur   industriyasini   ashel   deb,   talqin
qilish   jiddiy   shubha   uyg’otadi:   to’plamda   haqiqiy   qo’l   cho’qmorlari   bo’lmagan
holatda   ashel   to’g’risida   gapirish   mumkinmi?   Boshqa   bir   tomondan,   xom   -
ashyoning   xarakteri   qayroqtosh   (daryo   galkasi),   chopperlarning   mavjudligi,
tipologik   jihatdan   aniq   nukleuslarning   yo’qligi,   kalta   va   yirik   yo’nilg’ilarning
ko’pligi   hamda   plastinalar   yoki   ularga   yaqin   yo’nilg’ilarning   uchramasligi
Selungurni   O’rta   Osiyoning,   xususan   Qoratov   va   Laxuti   yodgorliklari
materiallari   bilan   yaqinligini   ko’rsatadi.   Agar     Selungurning   barcha   qatlamlari
materiallarini   umumlashgan   holatda   olinsa,   bunday   deyish,   toki   yodgorlikning
har   beshala   qatlamlari   materiallari   qatlamma-qatlam   sinchiklab   o’rganilguniga
qadar   yagona   to’g’ri   xulosa   bo’lib   qoladi.   Bu   holda   Janubiy   Tojikiston
materiallari bilan taqqoslanganda,  Selungurda ayrim mustega xos tosh buyumlar
shakllari   mavjud   va   hatto     Selungur   biroz   arxaik   ko’rinishga   ega.   Aftidan,
Selungurni   ilk   paleolitga   xos   yodgorlik,   deb   hisoblash   bilan   birga,   uni   ashelga
emas,   qayroqtoshli   madaniyatlar   doirasiga   kiritish   to’g’ri   bo’lur   edi.   Ammo,
22
  Исламов  У.И., Крахмаль К.А. Комплексные исследования древнепалеолитическиой пещерной стоянки
Сель-Унгур \\ Раннепалеолитические комплексы Евразии. Новосибирск. 1992. -С.  32.
23
  Ranov   V.   A.   Dictionnaire   de   la   Prėhistoire.   Universitaires   de   France,   Paris,   1988.   - Р .   1001 .   Ranov   V.   A.
Decouverte   des   civilizations  d`Asie   Centrale.   Les   dossiers   d`Archéologie   №185  ⁄Septembre   Paris,   1993.-   Р .  6 .
Вишняцкий   Л.Б.   Палеолит   Средней   Азии   и   Казахстана.   Санкт-Петербург.   1996.   -С.   107.   Исламов   У.И.,
Зубов А.А., Харитонов В.М. Палеолитическая стоянка Сель-Унгур в Ферганской долине \\ ВА. Вып. 80.
1988. -С. 122.
26 bunday   xulosaga   kelgan   yuqoridagi   mutaxassislar     Selungurda   qo’l
cho’qmorlarining seriyalari mavjudligidan bexabar ko’rinadi.
 Selungur qatlamlarining geologik qadimiyligi ham hozirda o’zining to’liq
isbotini   topgan   emas.   O’.   I.   Islomov   va   uning   xodimlarining   maqolalarida
yodgorlik   qatlamlarining   ilk   pleystosenga   oidligi   ishonch   bilan   ta’kidlanadi.
Biroq,   buni   isbotlovchi   dalillar   hali   yetardi   emas 24
.   Palinologik   va   faunistik
materiallarning   guvohlik   berishicha,   yodgorlik   materiallari   o’rta   pleystosen
davriga xosdir 25
. Tosh buyumlarining texnik-tipologik tahlili  esa,  yodgorlikning
absolyut   sanasi   haqida   yetarli   ma’lumotlarni   bermaydi 26
.   Shunday   bo’lsada,
Selungur   O’rta   Osiyoda   hozirda   ma’lum   bo’lgan   yodgorliklar   ichida   eng
qadimgilaridan   biridir.   Bu   haqda   antropologik,   paleontologik   va   arxeologik
materiallarning   birgalikda   topilishi   hamda   yuqori   madaniy   qatlam   ustidan
olingan   travertin   bo’lagi   bo’yicha   amalga   oshirilgan   uran-ion   uslubi   bilan
sanalash   natijalari: 27
  126   +/-5   ming   yil   (LU-   936)   shundan   guvohlik   beradi 28
.
Shunisi   achinarliki,   yuqorida   keltirilgan   ayrim   munozarali   fikrlar   yodgorlik
materiallarini  yaxshi  bilmaslik asosida  kelib chiqadigan, tushunmovchiliklardan
boshqa   narsa   emas.   Shuning   uchun,   yodgorlik   materiallari   butun   dunyo
olimlarini   qiziqtirib   qolgan   bir   paytda   uning   haqida   to’liq   va   aniq   texnik-
tipologik tip-varaqalari ishlab chiqilishi lozim.
Ayrim mutaxasislar O’zbekistondagi ilk paleolitga doir ikkinchi yodgorlik
Ko’lbuloq   topilmalari   haqida   arxeologik   materiallar   asosan   aralashib   ketgan,
degan   fikrga   kelishgan. 29
  Ularning   fikricha,   Ko’lbuloqdan   topilgan   materiallar
24
 Вишняцкий Л.Б. Изучение палеолита Средней Азии (материалы, методы, концепции) \\ СА. № 1. 1989а .  
-С. 15.
25
  Ранов   В.А.   О   восточной   границе   мустьерской   культуры   \\   Хроностратиграфия   палеолита   Северной,
Центральной и Восточной Азии и Америки. Новосибирск. 1990 .  -С. 264:
26
  Ranov V. A., 1993. Decouverte des civilizations d`Asie Centrale. Les dossiers d`Archeologie №185 ⁄Septembre
Paris .  1993.- Р . 6.
27
  Вишняцкий Л.Б. Палеолит Средней Азии и Казахстана. Санкт-Петербург. 1996. -С. 107. Величко А.А.,
Арсланов   Х.А.,   Герасимова   -С.А.,   Исламов   У.И.,   Кременецкий   К.В.,   Маркова   А.   К.,   Ударцев   В.П.,
Чиколини   Н.И.   (Советская   Средня   Азия)   Хроностратиграфия   палеолита   Северной,   Центральной   и
Восточной Азии и Америки. Новосибирск. 1990. -С. 78-79.
28
 Ранов В.А., Додонов А.Е. О периодизации и стратиграфии нижнепалеолитических стоянок Средней 
Азии \\ Проблемы взаимосвязи природы в каменом веке Средней Азии. Ташкент. 1988. -С. 71-72.
29
  Вишняцкий   Л.Б.   Палеолит   Средней   Азии   и   Казахстана.   Санкт-Петербург.   1996.   -С.   107.   Ранов   В.А.,
Несмеянов   С.А.   Палеолит   и   стратиграфия   антропогена   Средней   Азии   \\   Душанбе.   1973,   -С.   92-94.
Несмеянов   С.А.   К   геологии   открытых   стоянок   каменного   века   Средней   Азии   \\   Жизнь   земли.   Вып.   13.
1978. -С. 106-107.
27 yodgorlikning   yaqinida   va   yuqoriroqda   joylashgan   Jarsoydan   va   boshqa
soylardan sel oqimlari yordamida oqizib keltirilgan. Shuningdek, M.R. Qosimov
va  u   bilan  birga   ish   olib   borgan   mutaxassislar   Ko’lbuloqning   yuqori   qatlamlari
sel   oqiziqlari   tufayli   biroz   aralashib   ketganligini   tan   oladilar 30
.   M.R.
Qosimovning fikricha, Ko’lbuloq ashel (49-27), o’rta (28- 4) va so’nggi paleolit
(3-1) davrlariga oid 49 ta madaniy qatlamlardan iborat hamda ular 10-20 sm. dan
to   2   m.   gacha   yetadigan   oraliq   sof   qatlamlar   bilan   ajratilgan.   Demak,   M.   R.
Qosimovning talqinicha 31
 yodgorlik 49 marta ibtidoiy odamlar tomonidan makon
tutilgan   va   shuncha   bor   tashlab   ketilgan.   Ammo,   bunday   deyish   uchun   yetarli
asos yo’q, chunki, bu qatlamlarning ko’pchiligida 20-30 dona ba’zan undan ham
kamroq tosh bu yumlar topilgan. Bundan tashqari artefaktlar bilan tosh buyumlar
nisbatlari   mos   kelmaydi.   Qatlamlarning   boshqa   belgilari,   masalan,   kul
qoldiqlarining   to’planishi,   qatlamdagi   aralash   jinslarining   intensiv   holatda
rangdorligi   va   makonni   tashkillashtirish   elementlari   ayrim   holatlardagina
uchraydi   yoki   butunlay   uchramaydi.   Shuningdek,     Ko’lbuloq   qazishmalarining
palinologik kesmasi  to’liq namoyon qilingan emas.  Undan olingan tahlillarning
katta qismi (80% ga yaqini) hyech qanday natija bermagan, qolganlarida esa 20-
30 ta boshoqli ekinlar qoldiqlari aniqlangan.
Ko’lbuloqda   fauna   qoldiqlari   ham   juda   kamchilikni   tashkil   qiladi.   Bu
yerda   ko’proq   bug’u,   ibtidoiy   tur,   quyon,   ot,   sibir   tog’   echkisi,   cho’chqa,   g’or
shoqoli   kabi   hayvon   suyaklari   qoldiqlari   uchraydi.   Biroq   tabiiy   fanlar   bergan
natijalar   yodgorlik   qatlamlarining   yoshini   aniqlash   uchun   yetarli   emas.   M.R.
Qosimov   va   M.X.   Godinlarning   yozishicha,   yodgorlikning   quyi   qatlamlari   ilk
pleystosen davriga oid, ammo bunday talqin qilish uchun yetarlicha ilmiy asoslar
yo’q 32
. 
30
  Медведов Г.И., Несмеянов -С.А. Типизация “культурных отложений” и местонахождений каменного 
века \\ Методические проблемы археологии Сибири. Новосибирск. 1988. -С. 139.
31
  Касымов   М.Р.   Результаты   работ   Ахангаранского   палеолитического   отряда   по   данным   раскопок   1975
г. \\ ИМКУ. Вып. 14. 1978. -С. 7.
32
  Ранов   В.А.,   Додонов   А.Е.   О   периодизации   и   стратиграфии   нижнепалеолитических   стоянок   Средней
Азии \\ Проблемы взаимосвязи природы в каменом веке Средней Азии. Ташкент. 1988. -С. 72.
28 Shuningdek,   O’zbekistonning   ilk   paleolit   davriga   oid   Qizilolmasoy   2,
Jarsoy 2 hamda Bo’kantog’ topilmajoylari hali to’liq o’rganilmagan.
Ilgari   ilk   paleolitga   oid   deb   topilgan   hamda   chop   etilgan   Qizilqumdagi
Yesen   2,   Qoraquduq,   Shaxpaxti,   Ko’kayoz   1,   2   va   3   yodgorliklari   dastlab
paleolitning   turli   bosqichlariga,   keyinchalik   olib   borilgan   tadqiqotlar   natijasida
ularning barchasi So’nggi paleolitga o’tish davriga xos deb topilgan 33
 va bu to’la
asoslanmagan.
Ashell   davrining   so‘nggi   bosqichida,   taxminan,   bundan   200   ming   yillar   oldin
qadimgi ajdodlarimiz Ko‘lbuloq yaqinida o‘zlariga qarorgoh topganlar. Ko‘lbuloq
qarorgohi Angren shahridan 10-12 km g‘arbda bo‘lib, shu nom bilan atalgan buloq
suvi   yoqasida   joylashgan.   YOdgorlikda   bir   necha   yuz   ming   yillar   davomida
ibtidoiy   ajdodlarimiz   yashaganlar.   Ko‘lbuloq   manzilgohi   1962-yilda   topildi   va
1963-yildan   boshlab   bu   erda   arxeolog   M.R.Qosimov   izlanishlar   olib   bordi.
YOdgorlikni   qazish   jarayonida   uning   qadimgi   tosh   davrining   deyarli   barcha
bosqichlariga   (ashell,   must’e,   yuqori   paleolit)   tegishli   ekanligi   isbotlandi.
Ko‘lbuloqdan   odam   qoldiqlari   topilmagan,   ammo   tosh   qurollar   va   hayvon
suyaklari   behisob   ko‘p.   M.R.Qosimovning   fikriga   ko‘ra,   Ko‘lbuloqning   qo‘yi
qatlami   ashell   davrining   so‘nggi   bosqichiga   tegishlidir.   Ushbu   yodgorlik   butun
O‘rta   Osiyo   qadimgi   tosh   (paleolit)   davri   yodgorliklari   uchun   arxeologik   davriy
tizim   berdi 34
.   Makon   1963-yildan   hozirgacha   o‘rganilmoqda.   Uning   madaniy
qatlamlari   19   metrgacha   chuqurlikni   o‘z   ichiga   oladi.   Ko‘lbuloq   makoni   faqat
O‘rta   Osiyoda   emas,   balki   O‘rta   SHarq   mintaqalari   yodgorliklarining   yuqori
qatlamlari   1,5-2   m   qalinlikda   so‘nggi   paleolit   davriga   oid   bo‘lib,   u   600   m 2
maydonda   o‘rganilgan.   Ko‘lbuloq   makonining   yaqin   2   m   qalinlikdagi   o‘rta
qatlamlari must’e davriga oid bo‘lib, uning ostida 07-08 m qalinlikdagi toza qumli
loy   qatlami   topilgan.   Uning   ostidan   esa   5   m   qalinlikdagi   ashell   davriga   tegishli
qo‘yi   qatlam   ochilgan.   Tadqiqotchilar   fikriga   qaraganda,   Ko‘lbuloq   makonida
ajdodlar hayoti  qo‘yi  pleystotsenning  oxirigacha davom  etgan, ya’ni  Ko‘lbuloqda
33
  Сайфуллаев   Б.К.,   Қурбонбоев   И.М.   Қизилқумдаги   палеолит   даври   устахоналарини   ўрганишга   доир
(Есен 2, Қорақудуқ, Шахпахти, Кўкаёз 1, 2 ва 3 материаллари асосида). ИМКУ. № 36. 2008. -С.  35.
34
 Касимов Р. Памятники каменного века в долине Ангрен. ОНУ, 1967, № 2, 57-58 бб.
29 hayot   bundan   rosa   600-700   ming   yil   avval   boshlanib,   to   mil.   avv.   40   ming
yillikkacha   davom   etgan.   Makonning   har   bir   davr   qatlamlaridan   juda   boy   tosh
qurollar   va   tegishli   hayvon   suyaklari   topilgan.   Must’e   va   yuqori   paleolit
qatlamlaridan   esa   o‘choq   qoldiqlari,   kuygan   hayvon   suyaklarining   parchalari
topilgan.   Tosh   qurollarga   berilgan   ishlov   texnikasiga   ko‘ra,   Ko‘lbuloq   tosh
«industriyasi»   o‘ziga   xos   sifatlarga   ega   bo‘lib,   olimlar   unga   Ko‘lbuloq   makon
ustaxonasi   makonini   berganlar 35
.   YUqorida   bayon   etilgan   dalillarga   asoslangan
holda qo‘yidagi xulosaga kelish mumkin:
Seleng‘ur topilmasi juda yomon saqlangan. Ammo akademik V.T.Alekseev
va   professor   T.Q.Xo‘jayevlar   fikriga   ko‘ra,   bu   erdan   topilgan   odam   bosh   suyagi
qopqog‘ining   morfologik   tuzilishi   uning   juda   qadimiy   va   g‘ordan   topilgan
ashyoviy   dalillar   bilan   zamondosh   ekanligini   inkor   etmaydi.   Ushbu   topilma   o‘z
ahamiyati   bilan   O‘rta   Osiyo   hamda   O‘rta   SHarq   mintaqasida   tengsiz   kashfiyot
hisoblanadi.   SHuning   uchun   o‘zbek   arxeologlari   va   antropologlari   uni
«fergantrop»,   ya’ni   «Farg‘ona   odami»   deb   atamoqdalar.   U   odamning   paydo
bo‘lishi   shajarasida   pitekantrop   bilan   neandertal   odamlari   oralig‘idagi   bo‘g‘inni
to‘ldiradi. Oqchop-Oqbel, So‘pitog‘ tumanlari adirlarida joylashgan Mirzacho‘l va
so‘nggi   Toshkent   qayirlaridan   yig‘ib   olingan   topilmalar   Qayroqqum   topilmalari
jumlasiga kiradi. Bu erlar A.P.Okladnikov tomonidan tadqiq qilingan. Bu atrofdan
jami   bo‘lib   1040   ta   tosh   ashyoviy   buyumlar   yig‘ib   olingan.   Ularni   o‘rganishda
arxeolog   V.A.Ranovning   xizmatlari   ham   kattadir.   Qayroqqumda   hammasi   bo‘lib
31   ta   topilma   joylar   aniqlangan.   Ularning   barchasi   er   yuzidan   yig‘ib   olingan.
Topilmalar tarkibidan ashell davri qurollari borligi isbotlangan. Demak, bu hudud
eng qadimgi zamonlarda odamzod yashashi qulay bo‘lganligini ko‘rsatmoqda. Bu
erdan   topilgan   qurollar   juda   silliqlangan   tabiiy   toshlar   asosida   yasalgan   va   dala
sharoitida   ko‘p   zamonlar   yotgan.   Mehnat   qurollari   kertish   usulida   o‘tkirlangan 36
.
Bu   atrofda   topilgan   ikki   tig‘li   qo‘l   cho‘qmori   ham   qiziqish   o‘yg‘otdi.
Qayroqqumdan   yig‘ib   olingan   tosh   ashyolar   ashell-must’e   davrini   eslatadi.   Bu
35
 Асқаров А.А. Кўлбулоқ макони. Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. 5-жилд. -Тошкент, 78-79 бб.
36
 Ранов В.А., Несмянов С.А. Палеолит и стратиграфия антропогена Средней Азии. -Душанбе, 1973, 9 б.
30 topilma   ashyolar   asosan   Mirzacho‘l   territoriyalari   bilan   bog‘liq   bo‘lib   Buloq   –
CHop   tepaligi   hududidan   terib   olingan.   Bu   topilmalar   aralash   holda   kuzatilgan.
Olimlarning   fikricha,   Sirdaryoning   qadimgi   o‘zani   bo‘ylab   ashell-must’e   davri
odamlarining ochiq joyda lagerlari joylashgan bo‘lishi mumkin. Bulardan tashqari,
CHadak   qishlog‘i   yaqinidan   er   sathidan   Qayroqqum   materiallariga   o‘xshash   tosh
ashyolar   topilgan.   Almas   daryosining   o‘ng   qirg‘og‘idan   P.T.Konoplya   bir   necha
tosh   uchirmalar   topgan,   qaysiki,   ular   ham   ashell-must’e   harakatlariga   egaligi
aniqlangan. 
SHuni   alohida   eslatib   o‘tish   lozimki,   O‘rta   Osiyo   ilk   paleolit   yoki   must’e
bosqichiga   bo‘lgan   davr   yodgorliklari   hozircha   puxta   o‘rganilmagan.   Ilk   paleolit
bo‘yicha   Ko‘lbuloq   va   Seleng‘ur   g‘oridan   tashqari   10   ta   bir-biri   bilan
bog‘lanmagan   topilmalar,   ya’ni   topilma   joylar   ma’lum.   Masalan,
Turkmanistonning   g‘arbiy   tumanlaridan   topilgan   qo‘l   cho‘qmori   ashell   davrining
oxirlariga   taalluqli 37
.   O‘rta   Osiyoning   tog‘li   massivlaridan   topilgan   qayroq
qurollarni   Hindistonning   qadimgi   Soan   madaniyatiga   yaqinligi   haqida   fikr
bildiradi.   SHuni   aytish   lozimki,   qayroq   qurollar   YAqin   SHarqda   ilk   paleolitning
barcha   bosqichlarida   uchraydi.   Masalan,   shellgacha   bo‘lgan   Ubeydi,   Berdi   Balka
va Mongoliya Oltoyidagi  yodgorliklarda uchraydi. Bu topilmalar shimoliy-g‘arbiy
Hindistonning   Soan   madaniyatiga   xosligi   bor.   SHunday   qayroq   qurollar   Araviya
yarim   orolida,   Turkiya   va   Xitoyda   uchraydi.   Qayroq   qurollar   Janubiy
Qozog‘istonning   materiallarida   yaxshi   taqdim   qilingan.   SHunday   ekan,   qayroq
qurollar  O‘rta Osiyoning  must’e  davrigacha  bo‘lgan  ashell   davrida  mo‘l  uchrashi
tabiiy   holdir.   Qadimgi   soan   madaniyati   geologik   jihatdan   mindell   –   riss
muzliklararo davriga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bu davr villafrank bosqichi ham deb
yuritiladi.   SHunday   qilib,   O‘rta   Osiyo   qayroq   qurollari   bu   erda   o‘rta   pleystotsen
davrida   odamzod   yashaganligidan   guvohlik   beradi.   Quyi   pleystotsen   davrida
odamzod   O‘rta   Osiyoda   yashamagan   yoki   hozirgacha   biz   bunday   yodgorliklarni
uchratmadik.   Ashell   o‘rta   pleystotsenning   ikkinchi   yarmiga   to‘g‘ri   keladi.
37
 Окладников А.П. Палеолит и мезолит Средней Азии. Вкн: «Средняя Азия в эпоху камня и бронзы». М. –
Л, 1966, 18-19 сс.
31 SHunday qilib, O‘rta Osiyo hududidan topilib o‘rganilgan ilk paleolit yodgorliklar
qo‘yidagicha   ifodalanadi:   YAngadja   –   ashell   davrining   oxiriga   to‘g‘ri   keladi.
Qoratov   –   shell-ashell   davri,   Onarcha   –   ashell,   Qayrag‘och,   Uchqo‘rg‘on,
Ko‘hipiyoz – shell-ashell davriga, Palman – shell-ashell davri, Xo‘ja Go‘r – shell,
Ko‘hipiyoz – shell-ashell davriga to‘g‘ri keladi.
Demakki,   O‘rta   Osiyo   insoniyat   olamida   juda   qadimdan   madaniyati
rivojlangan,   tarixi   boy   mintaqalardan   biri   ekanligi   isbotlandi.   Bu   muqaddas
zaminda   odamzodning   ilk   ajdodlari   faoliyatidan   guvohlik   beruvchi   ko‘pgina
materiallar   topilib   o‘rganilindi.   YAqin   kunlargacha   fanda   Teshiktosh   g‘oridan
topilgan neandertal davri  odamining qoldiqlariga asoslangan  holda O‘rta Osiyoda
eng qadimgi ajdodlarimizning izlari 80-100 ming yillik tarixga ega, degan tasavvur
mavjud   edi.   Biroq   keyingi   yillarda   Janubiy   Qozog‘istonda,   Tojikistonda   eng
qadimgi   ajdodlarimizning   izlari   topilib   o‘rganildi.   SHuningdek,   arxeologlar
Toshkent   viloyatida   (Ko‘lbuloq)   va   Farg‘ona   vodiysida   (Seleng‘ur)   qazishmalar
o‘tkazib,   odamzodning   O‘rta   Osiyodagi   ilk   faoliyati   ashell   davriga   (yaqin   bir
million)   tegishli   ekanligini   aniqladilar.   Endilikda   O‘rta   Osiy,   jumladan,
O‘zbekiston   hududlari   jahonda   odamzodning   ilk   ajdodlari   makon   topgan
mintaqaga   kiradi.   Bu   kashfiyot   o‘zbek   arxeologlarini   jahon   tarixiga   qo‘shgan
munosib hissasidir.
2 .2. Tojikiston ilk paleolit yodgorliklari
Tojikistoning   aksariyat   viloyatlari   tog‘li   joylar   bilan   bog‘liq.   Bu
mamlakatning   ibtidoiy   davr   tarixini,   ayniqsa,   tosh   asrini   o‘rganishda
A.P.Okladnikov   va   V.A.Ranovlarning   xizmatlari   kattadir.   Bu   erda   tosh   asrini
o‘rganish   ikkinchi   jahon   urushidan   keyingi   yillarni   o‘z   ichiga   oladi.   Bu   olimlar
keng   doirada   arxeologik   qidiruv   ishlari   olib   borib,   tosh   asrining   barcha
bosqichlariga taalluqli yodgorliklarni topib o‘rganadilar va bu mamlakat hududi ilk
paleolit   davridan   e’tiboran  odamzod  ajdodlari   yashab,   o‘z  davriga  xos   madaniyat
yaratib kelganligi aniqlandi. Xullas, mamlakatning bir necha joylaridan ilk paleolit
odamlarining   izlari   topilib   o‘rganildi.   SHulardan   biri   –   Qizilqal’a   topilmasi
32 hisoblanadi. Bu topilma joy shu nom bilan bog‘liq bo‘lib, Vaxsh daryosining o‘ng
qirg‘og‘idagi   Qo‘rg‘ontepa   shahridan   12   km   masofada   joylashgan.
A.P.Okladnikov   bu   erdan   qo‘pol   ishlangan   qo‘l   cho‘qmori   va   tosh-metinga
aylangan   yog‘ochdan   yasalgan   qo‘l   cho‘qmori   ham   topadi.   Topilmalar   Vaxsh
daryosi   hosil   qilgan   IV   trassaning   geologik   tarkibiga   oid   ekanligi   aniqlandi.   Bu
topilmalarni ashell-must’e davriga tegishli ekanligi aytilmoqda.
Bu   davrga   oid   topilmalardan   biri   Qayqitov   topilmasi   ham   qiziqarlidir.   Bu
topilma   Tojikistonning   Qayqitov   tog‘   etaklarida   joylashgan   bo‘lib,   u   maxsus
uchirilgan   chaqmoqtosh   uchirindisidan   iborat.   Ashyo   texnik   ishlanishiga   ko‘ra
ashell-must’e davriga tegishli bo‘lishi mumkin. Olimlarning fikriga qaraganda, bu
atrofda   ashell   davri   odamlarining   makoni   bo‘lishi   ehtimoldan   xoli   emas.   Makon
tog‘ qiyalaridan yog‘ingarchilik tufayli siljib tushgan jinslar bilan ko‘milib ketgan
bo‘lishi mumkin.
Qiziqarli   topilmalardan   biri   –   Ko‘hipiyoz   hisoblanadi.   Bu   erdan   ikkita
chopping quroli topilgan. Bu topilma joy Qo‘rg‘ontepa shahridan 55 km janubiy-
g‘arb   tomonda   joylashgan.   Bu   erdan   chopping   qurolidan   tashqari   topilmalar
tarkibida silliqlangan va platina bilan qoplangan qurollar ham bor. Ikkala tomoniga
ishlov   berilgan   qayroq   qurol   –   cho‘qmor   ham   topilgan.   Bu   ashyolardan   tashqari,
bir   necha   nukleus   (o‘zak)lar   va   paraqalar   topilgan   bo‘lib,   ularning   texnik
texnologiyasi   ashell-must’e   davri   bilan   bog‘liq.   Bu   topilmalar   Vaxsh   daryosi
vodiysi, avvalo, ashell, keyinchalik must’e davri odamlari tomonidan keng doirada
o‘zlashtirilganligidan   guvohlik   beradi.   SHuni   aytish   lozimki,   Vaxsh   vodiysi   tik
tog‘lar   orasida   joylashgan   bo‘lib,   bu   erda   ibtidoiy,   ayniqsa,   ilk   paleolit
yodgorliklarini izlab topish ancha murakkab. Sababi, tog‘  ustidan daralar  bo‘ylab
doimiy ravishda er usti siljishlari sodir bo‘lib turgan. Bu jarayon uzoq zamonlardan
buyon davom  etib kelgan. Manzilgohlar, tabiiy ravishda qalin tuproq tog‘  jinslari
bilan   qoplanib   ketgan.   SHu   sababdan   bo‘lsa   kerak   ilk   paleolit   yodgorlik   –
makonlarini   darhol   topish   mushkul   ish   bo‘lib   qolmoqda.   Biroq   nima   bo‘lganda
ham Vaxsh  vodiysida shell-ashell  va so‘ngra must’e davri  odamlari  keng doirada
o‘zlashtirib yashaganliklariga shubha qilmasa ham bo‘ladi.
33 Qiziqarli topilmalardan biri Xo‘jago‘r hisoblanadi. Bu topilma SHohimardon
va   Isfayram   daryolari   oralig‘ida   joylashgan.   Bu   erdan   qo‘l   cho‘qmori   topilgan.
So‘ngra   Xo‘jago‘r   daryosining   qirg‘og‘idan   ham   shunday   ashell   davri   qo‘l
cho‘qmori   topilgan.   Bu   topilmalar   V.A.Ranovning   fikricha,   qayroqtoshdan
yasalgan chopqich qurollardan iborat.
Ilk   paleolit   davriga   doir   topilmalardan   biri   Xo‘ja-Gair   hisoblanadi.   Bu
topilma   SHohimardon   va   Isfayram   daryolari   oralig‘ida   joylashgan   bo‘lib,
qayroqtoshdan   yasalgan   chopqich   qurollardir.   V.A.Ranovning   tahliliga   ko‘ra,   bu
qurol   qo‘l   cho‘qmori   bo‘lgan.   Bu   topilma   ham   favqulodiy   bo‘lsa-da,   bu   atrofda
ashell   davri  odamlari  yashagan.   Bunday  qurollardan  odamlar   yirik  hayvonlarning
suyaklarini,   go‘shtini   burdalashda,   o‘simliklarning   ildizlarini   kovlashda,   daraxt
shoxlarini   sindirib   turli   qurollar,   ko‘pincha   kaltaklar   yasashda   foydalanganlar.
SHunday   xarakterga   ega   qurollardan   yana   biri   Qayqitov   massividan   topilgan.   Bu
erdan   juda   yirik   tosh   uchirindisi   topilgan   bo‘lib,   must’e   davrigacha   bo‘lgan
ashyoni eslatadi. Uchqo‘rg‘on topilmasi shu nom bilan atalgan qishloq nomi bilan
bog‘liq   bo‘lib,   Isfayramsoyning   o‘ng   qirg‘og‘idan   qayroqtoshdan   yasalgan
chopqichsimon   qurol   topilgan.   U   uchburchak   shaklda   bo‘lib,   ikkala   tomoniga
yirik  kertish usuli bilan ishlov berilgan va qo‘lda tutish uchun ancha o‘ng‘ay qilib
yasalgan.   
Qiziqarli   axeologik   komplekslardan   biri   Qayroqqum   topilmasidir.   Bunga
misol qilib, A.P.Okladnikov tadqiq qilgan materiallarni ko‘rsatish mumkin. 1960-
yillarda   A.P.Okladnikov   shogirdi   V.A.Ranov   bilan   keng   ko‘lamli   arxeologik
tadqiqot  ishlarini  olib bordilar  va qiziqarli  natijalarga erishdilar. Oqchil-Oqbel  va
So‘pitov   trassa   va   adirlaridan   1040   ta   turli-tuman   tosh   ashyolar   yig‘ib   olingan.
A.P.Okladnikovning   fikricha,   bu   erda   aralashgan   holda   ikki   kompleks   topilmalar
qo‘lga   kiritilib,   uning   biri   ashell-must’e   va   ikkinchisi   levallua-must’e   davri   yoki
texnikasiga tegishlidir. Qayroqqum hududida hammasi bo‘lib 31 ta topilma joylar
aniqlangan  va  xaritalashtirilgan.  Sank-Peterburglik  arxeolog   V.P.Lyubin  ham   shu
fikrga   qo‘shilgan.   Topilmalar   asosan   er   sathidan   yig‘ib   olingan,   asosiy   kompleks
topilmalar   Buloq-chop   tepaligi   trassalari   bilan   bog‘liq   edi.   Ayniqsa,   Navkat,
34 SHo‘rko‘l, Oqchop-Oqbel adirlaridan boy materiallar yig‘ib olingan. So‘pitog‘ning
shimoliy-sharqiy qoyalaridan bir  qancha tosh uchirmalar, o‘zaklar, paraqalar kabi
materiallar   yig‘ib   olingan.   A.P.Okladnikov   bergan   ma’lumotga   qaraganda,
Mirzacho‘l   trassasiga   taalluqli   yotqiziqlardan   qayroq   toshdan   yasalgan   bir   necha
paraqa   va   uchirindilarni   topgan.   Keyinchalik   bu   erda   V.A.Ranov   izlanish   olib
borib   6   ta   shurf   qaziydi.   Bu   qazishmalar   tosh   ashyolar   gavjum   sochilib   yotgan
joylarda o‘tkaziladi, biroq madaniy qatlam kuzatilmaydi. Demak, bu erda so‘nggi
ashell   davri   to‘dalarining   mavsumiy   qarorgohi   bo‘lishi   mumkin,   degan   fikrga
kelindi.   Bu   atrofdan   topilgan   tosh   ashyolar   quyoshda   toblangan   bo‘lib,   ularning
tashqi   tomonlarida   «patina»   (mog‘or)   bosgan   edi.   Bu   faktlar   Qayroqqum   va
Navkat   tepaliklari   atrofidan   topilgan   materiallar   zamonlar   o‘tib,   aralashib   ketgan
va   madaniy   qatlamlar   saqlanmagan.   A.V.Ranovning   fikriga   ko‘ra,   bu   materiallar
sel   suvlari   orqali   yuqori   qatorlardan   past   tekisliklar   sari   surilib   kelingan.
Arxeologik   materiallarning   tarkibiga   qaraganda,   deb   yozadi   V.A.Ranov 38
,
Sirdaryoning qadimgi o‘zanlari qirg‘oqlarida bir necha ovchi to‘dalarning lagerlari
bo‘lib,   adirlar   esa   ovchiik   va   termachilik   xo‘jaligini   yuritishga   qulay   bo‘lgan.
Masalan, shunday hodisani Janubiy Farg‘onada ham kuzatish mumkin edi. Bu erda
ham   ochiq   joydagi   makonlar   asosoan   tepaliklarning   qiya   tomonlarida
joylashganligi   kuzatilgan.   SHuningdek,   Digmat-So‘pitog‘ning   massivlarida   ikki
joyda   tosh   ashyolar   topilgan   bo‘lib,   ular   ham   Qayroqqum   materiallariga   xos
o‘xshash ekanligi aniqlangan.
Fanda ko‘p holatlarda eng qadimgi odamlar qaysi qo‘li bilan mehnat ko‘proq
qilgan,   degan   masala   ko‘ndalang   turadi.   Arxeologlarning   fikricha,   ashell   davri
odamlari odatda o‘ng qo‘l bilan ko‘proq harakat qilgan, mehnat qilgan. Darhaqiqat,
topilma   cho‘qmor   va     choppinglarning   yasalish   xususiyati   odamzod   qadimdan
o‘ng   qo‘l   bilan   harakat   qilgan,   mehnat   yumushlarini   bajarganligidan   guvohlik
bermoqda.   Must’e   davriga   tegishli   yirik   qirg‘ichlar   ham   odamzod   azaldan   o‘ng
qo‘l   bilan   mehnat   faoliyatini   olib   borganligini   ko‘rsatmoqda.   Tosh   va   boshqa
38
 Ранов В.А., Несмянов А.С. Палеолит и стратиграфия антропогена Средней Азии. -Душанбе, 1973, 7-10 бб.;
Жўрақулов М. Ўрта Осиё ибтидоий археологияси. –Тошкент, 1984, 32-33 бб.
35 qurollar   ham   shu   tamoyilga   binoan   yasalgan   bo‘lishi   kerak.   Lekin   chapdast
odamlar   ham   bo‘lganligini   inkor   qilib   bo‘lmaydi.   Xullas,   yuqorida   keltirilgan
topilma   qurollarning   turli   joylardan   yig‘ib   olinganligiga   qaraganda,   Tojikiston
hududi   ashell   davri   odamlari   bilan   keng   doirada   o‘zlashtirilganligidan   guvohlik
beradi. Must’e davrida bu diyor yanada keng doirada o‘zlashtirilgan.
36 III. BOB. JANUBIY QOZOG’ISTON, TURKMNISTON VA
QIRG’IZISTON  ILK PALEOLIT YODGORLIKLARI
3.1. Janubiy Qozog‘istonning ilk paleolit davri yodgorliklari
Janubiy   Qozog‘iston   keng   doiradagi   viloyatlarni   qamrab   olgan   diyor.   Bu
tarixiy   o‘lkada   qizg‘in   arxeologik   tadqiqot   ishlari   olib   borilib   paleolit,   uning   ilk
bosqichlariga   doir   qiziqarli   yodgorliklar   topib   o‘rganilgan.   Bu   faktlar   ilk   paleolit
davrida   bu   viloyatlarda   odamzod   yashashi   uchun   qulay   iqlim   sharoiti,   ekologik
sharoit   mavjud   bo‘lganligini   ko‘rsatmoqda.   Bu   diyor   paleolitini   o‘rganishda
arxeolog H.Alpisbaev salmoqli xizmat qilgan.
SHuni qayd etib o‘tish lozimki, biologik va mehnat jarayonida arxantroplar
maymunlar   dunyosidan   juda   uzoqlashib   ketdilar.   Bu   jarayon   mehnat   qurollari
yasash   jarayonida   boshning   to‘g‘rilanishi,   qo‘lning   mehnat   faoliyati   uchun
bo‘shashi,   uning   endi   alohida   vazifa   bajarishi,   ovqatning   o‘zgarishi,   go‘shtlik
ovqat   iste’mol   qilinishi   va   boshqa   tabiiy   hamda   ijtimoiy   omillar   maymunsimon
jonzotlarning tobora odamga yaqinlashishiga olib keldi. O‘rta Osiyoning ko‘pgina
viloyatlari   hududlarida   ashell   davri   yodgorliklari   bir   muncha   keng   tarqalganligi
aniqlangan fakt.
Ulug‘   muzlash   arafasida   odamlar   olovning   foydali   xususiyatlarini   yaxshi
o‘rganib olganlar, fil, karkidon, bug‘u, zubr, ot kabi yirik hayvonlarni ovlaganlar.
Ashell   davridayoq   ijtimoiy   ovchilar   bir   joyda   uzoq   yashab,   o‘troqlikka   o‘ta
boshlaganlar.   YAngi   topilmalar   kishilikning   ilk   bosqichidagi   xo‘jalik   hayoti
haqidagi avvalgi tasavvurlarimizni o‘zgartirishga olib keldi. SHu narsa aniqlandiki,
sodda ovchilik va oddiy termachilik tirikchilikning asosiy vositasi hisoblangan.
Y o g‘och   va   tosh   qurollar   bilan   qurollangan   ovchilar   o‘zlarini   muayyan
sotsial   tashkilotlariga   ega   bo‘lgan   bo‘lishlari   va   bu   tashkilotlar   ular   mehnat
faoliyatini ancha engillashtirgan bo‘lishi kerak.
Ibtidoiy   davr   kishisining   eng   katta   yutuqlaridan   biri   olovni   o‘zlashtirishi
bo‘lib, bu hodisa mil. avv. 500-200 ming yil muqaddam, ehtimol, undan ham oldin
sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. SHu tufayli bo‘lsa kerak, janubiy o‘lka xalqlarining
37 afsonalarida   osmon   olovini   o‘g‘irlab   kelgan   afsonaviy   qahramonlar   haqida
rivoyatlar   keng   tarqalgan.   Arxeologiya   fanida   hozirgi   zamon   aqlli   odamlar
ajdodlari   bundan   50-30   yil   muqaddam   paydo   bo‘lgan,   degan   ta’limot   bor.   Bu
masalada   juda   ko‘p   mulohazalar   mavjuddir.   Ashell   davrini   oxirlarida   madaniyat
sohasidagi jiddiy siljishlar natijasida ancha mukammallashgan neandertal odamlari
paydo bo‘lib, ular Ovrosiyoning shimoliy va shimoliy-sharqiy tumanlari sari asta-
sekin siljib borganlar 39
.
Hozirgacha   O‘rta   Osiyo   va   Qozog‘istonda   ilk   paleolit   davriga   oid   20   dan
ko‘proq   topilma   yodgorlik   joylari   fanda   ma’lum.   Bu   topilmalar   O‘rta   Osiyoning
turli   viloyat   va   tumanlaridan   topilgan.   SHuni   eslatish   lozimki,   ilk   paleolit   davri
yodgorliklari Turkmanistondagi YAngadja, Tojikistondagi  Qizilqal’a, Ko‘hipiyoz,
Qayroqqum,   Qayqitov,   Qirg‘izistondagi   Xo‘jago‘r,   Onorcha,   Qayrag‘och,
Uchqo‘rg‘on,   Polman,   Janubiy   Qozog‘istonning   Qoratov   atrofida   o‘rganilgan
yodgorliklarni kiritish mumkin. Bu topilmalarning yoshini aniqlashda, avvalo, tosh
qurolni tayyorlashda qo‘llanilgan texnikaviy uslub xarakteri, geologik qatlamning
saqlanish   darajasi,   qurollarning   tashqi   va   umumiy   morfologik   xususiyatlari
hisobga   olingandir.   Hammasi   bo‘lib   bu   punktlardan   20   nusxa   tosh   qurollar
topilgan   bo‘lib,   ulardan   7   tasi   ilmiy   asarlarda   e’lon   qilingan.   Bu   topilmalarning
ilmiy ahamiyati katta. Zotan, ular O‘rta Osiyo hududida must’e, ya’ni o‘rta paleolit
davriga   qadar   ham   odamzod   yashagan   maskan   ekanligini   tasdiqlovchi   dalillardir.
Bu  topilma  qurollar,  odatda,  qayroqtoshdan   yasalgan   qo‘l  cho‘qmorlaridan  iborat
bo‘lib,   hayotda   universal   tarzda   qo‘llanilgan.   Bunday   qurollarning   ayrimlari
qaroqtoshning   sinig‘i   –   bo‘lagidan   2-4   yirik   qo‘pol   kertish   yo‘li   bilan
tayyorlangan.   Kertish   usullari   to‘lqinsimon   bo‘lib,   tig‘   chiqarilgan.   Bu   ibtidoiy
kishilarning   dastlabki   qurollari   bo‘lgan.   Bunday   qurollarni   chaqmoqtoshdan   ham
yasaganlar.   CHo‘qmor   qurol   qo‘lda   tutish   uchun   ancha   moslashtirilgan   bo‘lib,
odatda,   qo‘pol   sindirib   olingan   uchburchak   tosh   siniqlaridan   ham   yasalgan   va
kerakli   narsalarni   chopish,   burdalashga   mo‘ljallangan.   O‘ra   Osiyoda   topilgan
39
 Кабиров Ж., Сагдуллаев А. Ўрта Осиё археологияси. -Тошкент, 1990, 15 б.
38 bunday qurollarni Ovropaning shell va ashell davrlariga to‘g‘ri keladi, deyilsa xato
bo‘lmaydi.
Keyingi   yillarda   Qozog‘istonning   janubiy   mintaqalarida   keng   arxeologik
qidiruv   ishlari   bajarilgan   va   ilk   paleolit   davrini   o‘rganish   bo‘yicha   qiziqarli
tadqiqotlar   qilindi.   Bu   mintaqada   qozoq   arxeologi   X.A.Alpisboev   katta   doirada
qidiruv   ishlarini   olib   borib,   qiziqarli   natijalarga   erishdi.   Qator   yodgorliklar   topib
o‘rganildi.   SHulardan   eng   qiziqarlilari   Bo‘riqozgan,   Tomirqozgan   va   To‘g‘ali
manzilgohlaridir.   To‘g‘ali   I-V   makonlari   ashell-must’e   davriga   tegishli   ekanligi
isbotlangan. CHaqmoqtoshdan  yasalgan bu ibtidoiy davr  mehnat  qurollari deyarli
hammasi er sathidan yig‘ib olingan arxeologik topilmalar O‘rta Osiyo va Janubiy
Qozog‘iston   hududida   must’e   davriga   qadar   ham   odamzod   yashaganligidan
guvohlik beradi. SHunday manbaga boy tumanlardan Qoratov tizmasi bag‘irlarida
o‘rganilgan   qator   yodgorliklarni   ko‘rsatish   mumkin.   Aristondi   va   Buriltoy,
Uchbos-Ko‘xtol   daryolarining   vohalaridan   topilgan   ilk   paleolit   ashyolari
qiziqarlidir 40
.   X.Alpisbaev   Qoratov   bilan   bog‘liq   joylardan   ilk   paleolit   davriga
tegishli   ko‘pgina   tosh   ashyolarini   er   sathidan   yig‘ib   olishga   erishgan.   Qoratov   I
nomi   bilan   yuritiladigan   maskan   Janubiy   Qozog‘iston   va   Janubiy   Tojikistonga
chegaradosh   bo‘lgan   tumanda   joylashgan   bo‘lib,   Qoratov   I   va   Laxuti   I
makonlarida   V.A.Ranov   katta   qazishmalar   olib   borgan.   SHunday   topilma
joylardan 8 tasida qazishmalar olib borilgan 41
. Topilmalar er bag‘rining 60-65 m va
50-55   m   chuqurligida   joylashgan.   Bu   topilmalar   ham   aralash   bo‘lishi   mumkin,
chunki makonlar massivning qiya tomonlarida joylashgan. SHuning uchun ham bu
topilma  joylar  ibtidoiy odamlarning mavsumiy lageri  bo‘lishi  mumkin. Qoratov I
O‘rta   Osiyodagi   yodgorliklar   orasida   muayyan   stratigrafiyaga   ega   bo‘lib,
Dushanbedan   50   km   g‘arbiy-sharqda   –   YAvon   Qoratov   tizmasi   etaklarida
joylashgan.  124 m 2
  maydon  qazib  ko‘rilgan va  207 ta  ashyo  topilgan.  SHulardan
20% chaqmoqtoshdan tayyorlangan, qolganlari daryo qayroqlaridan tayyorlangan.
40
  Алпысбаев   Х.А.   Открытие   памятников   древнего   позднего   палеолита   в   южном   Казакистане.   «Советская
Археология», № 1, 1961.
41
 Ранов В.А. Древнепалеолитические стоянки в лессах Юж. Таджикистана. Тезисы докл. межд. симпозиума
по проблеме «Граница неогена и четвертичной системы», -М., 1977.
39 Tosh   uchirindilar   va   paraqalar   juda   dag‘al   ishlangan.   Tosh   uchirindilar   klekton
texnikasiga o‘xshash. Bu uchirindilar tayyor holatga keltirilgan o‘zaklardan ajratib
olingan.   Qurollar   uncha   ko‘p   emas.   CHopper   qurollar   ko‘pchilikni   tashkil   qiladi.
Ayrim   qurollar   Kavkazdagi   YAshtux   makoni   industriyasiga   o‘xshash.   Qoratov   I
manbalari   bundan   burungi   200   ming   yillikka   taalluqli   bo‘lishi   mumkin.   Laxuti   I
topilma   joyi   Xorosh   daryosi   o‘ng   qirg‘og‘iga   bog‘liq   Obimozor   daryosi   qayiri
bilan   bog‘liq   bo‘lib,   Qoratovdan   sharq   tomonda   joylashgan.   1976-yili   126   m 2
maydon   qazib   ko‘rilgan.   Topilma   qatlamlarning   geologik   yoshi   120-130   ming
yillik   bilan   belgilangan.   Makon   qiya   –   yonoq   joyda   joylashganligi   tufayli
materiallarning aralashuvi sodir bo‘lgan. Bu makondan 452 ashyo topilgan bo‘lib,
uning   52   %   qayta   ishlangan   tosh   predmetlardan   iborat.   Laxuti   I   ham   qayroq
qurollar   texnikasi   madaniyatiga   tegishliligi   aytilmoqda.   Bu   makondan   bir
tomonlama   va   ikki   tomonlama   to‘qmoqlash   maydonga   ega   o‘zaklar   qiziqarlidir.
Yirik qirg‘ich qurollar aksariyatini tashkil qiladi.
Qizig‘i   shundaki,   O‘rta   Osiyoda   20   ga   yaqin   ilk   paleolit   yodgorliklari
o‘rganilgan   bo‘lsa,   Krasnovodsk   yarim   orolidan   tashqari   hammasi   tog‘
massivlarida   joylashgan.   Bundan   ko‘rinadiki,   odamzod   ilk   paleolit   davrida   tog‘
massivlarini o‘zlashtirganlar.
Kichik Qoratov tumani X.Alpisboev tomondan o‘rganilgan. Bo‘riqozgan va
Tandirqozgan makonlari Kamar tog‘idan 3-5 km sharqda Ko‘ktol daryosi vohasida
joylashgan. Makonlar hududidan boy arxeologik ashyolar – tosh predmetlar yig‘ib
olingan.   Mehnat   qurollarni   yasashda   makon   egalari   chaqmoqtoshdan
foydalanganlar. Inventor tarkibida chopper qurollar ko‘p uchraydi. Ikki tomonlama
tig‘li   qo‘l   cho‘qmorlari   ham   mavjud.   Tosh   uchirindilar   ancha   dag‘al   va   yirik,
ayrimlarining   hajmi   va   uzunligi   20   sm   gacha   borib   etadi.   X.Alpisboev   bu
topilmalarni shell-ashell davrlariga tegishli, degan xulosa bergan. Bundan tashqari,
Oqqo‘l   va   Kamar   I-III   makonlari   ham   shu   tarzdagi   qiziqarli   materiallar   bergan.
Qoratov   massivida   yana   Taqali   va   Qizilrisbek   makonlari   o‘rganilib,   uning
manbalari   ashell-must’e   davriga   doir   ekanligi   aytilmoqda.   Topilmalar   tarkibida
dag‘al   o‘zaklar,   paraqa   –   uchirindilar   va   ulardan   yasalgan   chopper,   yirik   randa
40 qurollar   borligi   kuzatilgan.   SHunday   joylar   –   topilmalar   SHimoliy   Qozog‘iston
tumanlarida ham o‘rganilgan.
Demak,   ilk   paleolit   davrida   Janubiy   va   SHimoliy   Qozog‘iston   tumanlari
keng o‘zlashtirilib, o‘z davriga xos madaniyat yaratganligiga guvohlik berish ilmiy
jihatdan to‘g‘ri deb hisoblash mumkin.
3 . 2.  Turkmaniston va Qirg‘iziston ilk paleolit davri yodgorliklari
Turkmanistonni   arxeologik   jihatdan   o‘rganish   ishlari   19-asrning   ikkinchi
yarmidan   boshlangan   bo‘lib,   ibtidoiy   davr   tarixini   o‘rganishda   A.P.Okladnikov,
P.I.Boriskovskiy,   V.A.Ranov,   V.M.Masson   kabi   arxeologlar   katta   yutuqlarga
erishib, bu diyor ham O‘rta Osiyoning boshqa joylari singari ilk paleolit davridan
e’tiboran   odamzod   yashab   kelganligi   ilmiy   jihatdan   isbotlab   berildi.   Ilk   paleolit
davriga  oid yodgorliklardan biri  YAngadja  topilmasi  hisoblanadi. Bu  topilma joy
Krasnovodsk yarim orolidagi Krasnovodsk – Ashxobod temir yo‘lining 41-km da
YAngadja   va   Qoratangir   stansiyalari   o‘rtasida   joylashgan   bo‘lib,   bu   erdan
A.P.Okladnikov likop shaklidagi ikkita qo‘l cho‘qmori va bir necha chaqmoqtosh
uchirindilarini, ya’ni qo‘pol paraqalarni topgan edi. Topilmalar birlamchi geologik
qatlamda   saqlanmagan   bo‘lsa-da,   ular   morfologik   va   toshni   qayta   ishlash   usuli
jihatidan ashell-must’e davri kishilarining mehnat qurollari ekanligi isbotlangan 42
.
Turkmanistonning   aksariyat   hududlari   qumlik   yotqiziqlar   bilan   bog‘liq.
YOzda ham, qish vaqtlari ham izg‘irin va kuchli shamol esib turishi natijasida qum
barxanlari – tepaliklar hosil bo‘ladi. SHunday hodisalar ham bo‘ladiki, yo‘q joydan
qum   tepaliklari   to‘satdan   paydo   bo‘lib   qolishi   mumkin.   Bu   tepaliklar   vaqti   soati
bilan tekis taqir joyga aylanib qolishi mumkin. SHuning uchun bo‘lsa kerak ayrim
qishloqlar, kanallar, temir yo‘llar va boshqa qishloq xo‘jalik ob’ektlari qamish yoki
shox-shabbalardan   tiklangan   devorlar   bilan   o‘rab   olingan.   Krasnovodsk   platasi
ham   bundan   mustasno   emas.   SHu   kabi   sabablar   bo‘lsa   kerak,   ibtidoiy   davr
odamlarining   makonlarida   madaniy   qatlamlar   juda   kamdan-kam   saqlangan.
Masalan,   yuqorida   zikr   etilgan   YAngadja   I,   YAngadja   II,   Bo‘ribuloq   kabi
42
 Джуракулов М.Ж. Ўрта Осиё ибтидоий археологияси.- Тошкент, 1984, 32 б.
41 yodgorliklarda   aynan   shunday   manzarani   kuzatish   mumkin.   YUqorida
aytilganidek,   YAngadja   topilmasi   A.P.Okladnikov   tomonidan   topib   o‘rganilgan.
Bu   erdan   2   ta   qo‘l   cho‘qmori   va   dag‘al   tosh   uchirindilar   topilgan   bo‘lib,   ular
so‘nggi ashell davriga tegishli edi.  Bu topilmalar 4-5 metr balandlikka ega bo‘lgan
tepalikning   pastidan   topilgan   bo‘lib,   topilmalar   quyosh   ta’sirida   mog‘orlangan
holatda   edi.   Bu   topilmalar   shamol   bo‘ronlari   tufayli   asl   joyidan   qo‘zg‘algan
bo‘lishi   mumkin.   Topilma   atrofida   olib   borilgan   qazishma   ishlar   kutilgan   natija
bermagan. Bu topilmalar Vyurem muzligi davri bilan tenglashtirilganda Erondagi
Barda   Balka   manzilgohiga   tengdosh   bo‘lib,   topilma   joyning   yoshi   ashell-must’e
davri bilan belgilangan. Bu topilmalar kam sonli bo‘lsa-da, ilmiy ahamiyatga ega.
Sababi,   bu   ashyolar   ashell   davrida   Krasnovodsk   yarim   oroli   va   uning   atrofidagi
tumanlar   ilk   paleolit   davridan   boshlab   odamzod   tomonidan   o‘zlashtirilganligidan
guvohlik   beradi.   Ilk   paleolit   davridan   boshlab   bu   erlarda   uzluksiz   hayot   peshma-
pesh   rivojlanish   davom   etganligini   ilmiy   asosda   kuzatish   mumkin.   Masalan,
Bo‘ribuloq,   YAngadja   II,   Markaziy   Kopet-Dog‘   hududlaridan   topilib   o‘rganilgan
Tomchisuv,   Otalig‘zov   kabi   paleolit   davri   yodgorliklarini   ko‘rsatish   mumkin.
Uzluksiz   taraqqiyotni   ko‘rsatish   maqsadida   paleolit,   mezolit,   neolit,   bronza
davrlaridan   ayrimlari   haqida   misollar   keltirish   mumkin.   Bu   manbalar   ibtidoiy
davrda Turkmanistonning deyarli  barcha tumanlarida qaynoq hayot  va madaniyat
ketma-ketlikda   rivojlanganligidan   guvohlik   beradi.   Masalan,   YAngadja   II   tosh
qurollar   ustaxonasi.   Bu   yodgorlik   so‘nggi   must’e   –   so‘nggi   paleolit   davriga   oid
bo‘lib,   Krasnovodsk   –   Ashxobod   temir   yo‘lining   49-km   da   joylashgan   va
A.P.Okladnikiov   tomonidan   o‘rganilgan.   Bu   ustaxonada   turli   shakl-shamoildagi
mehnat qurollari ishlab chiqarilgan. Xom ashyo – chaqmoqtosh hisoblangan. Xom
ashyoni   tejash   holatini   kuzatish   mumkin.   Masalan,   tosh   uchirindilaridan   ham
qurollar yasalgan. O‘zaklarga oxirigacha ishlov berilgan.
Markaziy   Kopet-Dog‘   viloyatida   paleolit   makonlari   Kopet-Dog‘
markazining   ikki   tumanida   serob   kuzatiladi.   Bu   tumanlar   CHuli   daryosi   vodiysi
bo‘lsa,   ikkinchisi   –   Saksiyab   daryosi   vodiysidir.   Bu   yodgorliklar   arxeologlar
B.K.Luzgin   va   V.A.Ranov   tomonlaridan   o‘rganilgan.   Katta   hajmda   materiallar
42 to‘planib,   ularning   yoshi   must’ening   oxiri   va   so‘nggi   paleolitga   tegishli   ekanligi
aniqlangan. Tomchisuv topilmasi ham qiziqarli bo‘lib, ashell-o‘rta paleolit davriga
oiddir.   Bu   erdan   20   ta   paleolit   ashyolari   yig‘ib   olingan.   Otaliksoy   degan   joydan
ham   bir   necha   ashell-must’e   davri   tosh   ashyolari   yig‘ib   olingan.   Topilmalar
tarkibida disksimon o‘zak mavjud.
Turkmaniston  hududidan  ilk,  o‘rta,  so‘nggi  paleolit,  mezolit,  neolit,  eneolit
va bronza davrlariga tegishli yodgorliklar o‘rganilgan. Bu degani, bu erda uzluksiz
qaynoq hayot mavjud bo‘lgan. Masalan, Kaspiy bo‘yida mezolit davriga oid Jabal
va boshqa mezolit davriga doir g‘or tipidagi makonlar A.P.Okladnikov tomonidan
o‘rganilgan.   Kopet-Dog‘   etaklarida   neolit   davriga   tegishli   Joytun   qishlog‘i
qoldiqlari   esa   V.M.Masson   tomonidan   o‘rganilgan.   Joytunliklar   O‘rta   Osiyoda
dastlab   mahsulot   ishlab   chiqarish   jarayoniga   o‘tgan   urug‘-jamoalardan   edi.   Bu
jamoalar   dehqonchilik  va  uy  chorvachiligini   mil.  avv.  VI  ming  yillikdayoq  kashf
qilib   ilk   sivilizatsiya   sari   dadil   qadam   qo‘ygan   ajdodlardan   edi.   Neolit   jamoalari
merosxo‘rlari bu erda eneolit, ya’ni mis tosh asrida yashaganligi tadqiqotlar tufayli
aniqlandi.   Masalan,   Anav   I,   Nomozgoh   I   tepaliklari   –   qishloq   qo‘rg‘onlarining
qo‘yi   qatlamlari   materiallari   eneolit   davriga   oid   ekanligi   aniqlangan.   Bu   davrda
vohalarda   sug‘orma   dehqonchilik   va   suruv   chorvachilik,   hunarmandchilik
xo‘jaliklari   gullab   yashnaydi.   Vohalarda   aholiga   zich   qishloqlar   paydo   bo‘ladi.
Darhaqiqat,   metallning   hayotga   kirib   kelishi   aholining   ijtimoiy,   iqtisodiy   va
madaniy   tuzumini   larzaga   keltirdi.   Sug‘orish   inshootlari   qurilib,   serhosil   vohalar
o‘zlashtirildi   va   qo‘shimcha   qiymat   yuzaga   keldi.   Natijada,   bronza   davriga   kelib
ilk shaharlar qad ko‘tardi va shaharsozlik madaniyatiga asos solindi. SHunday ilk
shaharlardan   Oltintepa,   YOztepa   II   kabilarni   ko‘rsatish   mumkin.   Demak,   bronza
davridan   –   miloddan   avvalgi   2   ming   yillik   o‘rtalaridan   boshlab,   ayniqsa,
Turkmanistonning   janubiy   viloyatlarida   sharq   sivilizatsiyasining   Janubiy
Turkmaniston markazi shakllandi.
Bu davrga kelib qabilalararo madaniy aloqalar bir qator kuchayadi. Bunday
aloqalar   neolit   davridan   boshlab   ancha   keng   tus   oladi.   Kopet-Dog‘   etaklarida
yashagan   qabilalar   shimolda   kaltaminorliklar,   janubda   Sazag‘on,   Farg‘ona,   Hisor
43 neolit   davri   madaniyatli   qabilalar   bilan   qizg‘in   o‘zaro   aloqalar   olib   borgan.   Bu
hodisani   ularning   mehnat   qurollarining   yasalish   uslubi   an’analarida   kuzatish
mumkin.   Ko‘pchilik   olimlarning   fikricha,   Joytun   va   kaltaminorlik   qabilalararo
madaniyatining kelib chiqish ildizlari Samarqand so‘nggi paleolit madaniyati bilan
bog‘liq   kechganligi   aytilmoqda.   Zarafshonning   o‘rta   havzasida   o‘rganilgan
Sazag‘on   neolit   davri   qabilalarining   foydalangan   mehnat   qurollarini   ishlab
chiqishda   Samarqand   makoni   texnikaviy   uslubi   an’anlarining   saqlanib   qolishi   bu
masalaga   oydinlik   kiritmoqda.   Bu   an’ana   keng   doirada   tarqalganligi   kuzatilgan.
Mil.   avv.   VI-IV   ming   yillikda   yashagan   kaltaminorlik   qabilalarning   tosh
industriyasida   ham   Samarqand   so‘nggi   paleolit   madaniy   an’analarini   kuzatish
mumkin bo‘ladi.
Xullas,   Turkmaniston   hududi   odamzodning   eng   qadimgi   vatanlaridan   biri
bo‘lib,   madaniy  hayot   asrlar   osha   uzluksiz   peshma-pesh   rivojlanishda   bo‘lganligi
boy   arxeologik   manbalar   asosida   isbotlandi.   Bu   erda   SHarq   sivilizatsiyasining
muvoziy rivojlanish alomatlarini kuzatish mumkin bo‘ldi. Bu erda   yuzaga kelgan
madaniy   xo‘jalik   hayot   o‘zga   yurtlardan   kirib   kelgan   emas,   balki   tub,   mahalliy
asosda rivojlangan.
Qirg‘iziston   hududida   keng   ko‘lamli   arxeologik   ishlar   olib   borildi   va
qiziqarli   natijalarga   erishildi.   Bu   mamlakat   tog‘li   o‘lka.   YOdgorliklarning
joylashish   xususiyatiga   qaraganda,   ilk   ajdodlar   dastlab   tog‘   massivlarini
o‘zlashtirgan   ko‘rinadi.   Bu   odamzod   to‘dalari   qaysi   yirik   hayvonlarga   ov
qilganligini   baralla   aytish   qiyin,   sababi,   o‘rganilgan   qator   ilk   paleolit   va   must’e
davri topilma joylardan mehnat qurollari bilan birgalikda hayvon suyak qoldiqlari
kuzatilganicha   yo‘q.   Bunga   yana   boshqa   sabab   ham   bo‘lishi   mumkin.  SHulardan
biri  topilma joylar, asosan,  trassalarning  qiya joylarida kuzatiladi. Bundan  xulosa
qilish   mumkinki,   ibtidoiy   davr   qatlamlari   zamonning   zayli   bilan   birlamchi
joylaridan pastlik oqim tomon siljigan 43
.
43
 Ранов.В.А. , Несмянов С.А. Палеолит и стратиграфия антропогена Средней Азии. -Душанбе, 1973, 101-105
сс.
44 Ko‘pgina   topilma   joylar   Markaziy   Tyanshan   tog‘lari   bag‘irlarida
uchratilgan. SHulardan biri Onorcha topilmasidir. Bu topilma Markaziy Tyanshan
tog‘   tizmasi   mintaqasidan   oqib   tushadigan   Norin   daryosi   qirg‘og‘idan   topilgan
bo‘lib,   olimlarning   kuzatishicha,   geologik   jihatdan   o‘z   joyidan   qo‘zg‘almagan
holda   yotganligi   kuzatilgan.   A.P.Okladnikov   bu   erdan   qayroq   toshdan   ishlangan
chopper, ya’ni bir necha kertish usuli bilan ishlov berish tufayli enliroq tog‘ hosil
qilingan   qurolni   topadi.   Bunday   cho‘qmorlar,   odatda,   ibtidoiy   qo‘l   boltalarini
eslatadi.   Bu   turdagi   qurollar   ilk   paleolit   davrida   Hindistonda   va   O‘rta   Osiyoda
keng   tarqalgan.   Aftidan,   topilma   yaqinda   ibtidoiy   odamlarning   makoni   bo‘lib,
keyinchalik suv oqimi tufayli yuvilib ketgan bo‘lishi mumkin (rasm – 15).
Markaziy   Tyanshanda   3   ta   ob’ekt   mavjud.   SHulardan   biri   Onorcha   ob’ekt
bo‘lib, Norin daryosining yuqori oqimida joylashgan. Ikkinchisi Issiqko‘l ko‘lining
janubiy   qirg‘og‘ida,   uchinchisi   Frunza   shahri   yaqinidan   oqib   o‘tadigan   CHu
daryosi   so‘l   qirg‘og‘ida   joylashgan.   Bu   erlardan   topilgan   paleolit   davri
ashyolarining   uncha   yuqori   darajada   silliqlanmaganligiga   qaraganda,   oqim   uncha
kuchli bo‘lmagan va uzoq vaqt davom etmagan. Onorcha topilmasi qayroq qurollar
madaniyati   xarakteriga   ega.   Onorcha   topilmasini   ashell   davri   yoki   must’e
davrigacha   bo‘lgan   davri   quroli   deb   aytish   mumkin.   SHunday   topilma   joylardan
Polman   I   va   Polman   II   topilmalarini   ko‘rsatish   mumkin.   Bu   topilmalar
Qirg‘izsitonning   Polmon   qishlog‘iga   yaqin   bo‘lgan   Isfayramsoy   daryosining
qirg‘og‘ida   joylashgan.   Bu   erda   o‘lkashunos   P.T.Konoplya   kuzatuv   ishlarini   olib
borgan. Bu topilma ham qayroqtoshdan yasalgan qo‘l cho‘qmorlaridan iborat edi.
Polmon   manzilgohlarining   har   biridan   chopping   qurollar   topilgan.   Arxeolog
M.B.YUnusaliev  Ribachiy shahriga yaqin  Baz-Barmoq tepaligidan ashell  davriga
doir   tosh   ashyolar   yig‘ib   olinganligi   ma’lum.   Bu   topilma   qurollar   yuqorida
eslatilganidek, Soan madaniyatini eslatadi. Qayrag‘och topilmasi ham qiziqarlidir.
Bu joy Xo‘jabaqirgan daryosining Qayrag‘och qishlog‘i yaqinidan chopper quroli
topilgan.   Bu   erlarni   A.P.Okladnikov   tekshirgan.   Uchqo‘rg‘on   topilmasi   shu   nom
bilan   atalgan   qishloq   bilan   bog‘liq   bo‘lib,   Isfayramsoyning   o‘ng   qirg‘og‘ida
joylashgan. Bu erdan P.T.Konoplya qayroqtoshdan yasalgan choppingsimon qurol
45 topgan   edi.   Qurol   uchburchak   shaklda   bo‘lib,   ikkala   tomoniga   yirik   kertish   usuli
bilan   ishlov   berilgan   va   qo‘lda   tutish   uchun   ancha   o‘ng‘ay   qilib   yasalgan.
Xo‘jago‘r   topilmasi   ashell   davri   qo‘l   cho‘qmoridan   iborat,   topilma   Xo‘jago‘r
daryosi qirg‘og‘idan topilgan. V.A.Ranov o‘rgangan va uning fikricha, bu topilma
qayroqtoshdan   ishlangan   chopqich   quroldan   iborat.   Bu   topilmalar   yakka   tarzda
bo‘lsa-da, ilmiy ahamiyati juda kattadir. Sababi, biz bu topilmalar tufayli odamzod
to‘dalarining   Qirg‘izistonning   tog‘   va   tog‘   oldi   tumanlariga   ashell   davrida   keng
tarqalganligini bilib olishga erishdik.
So‘nggi   yillarda   olib   borilgan   arxeologik   tadqiqot   natijalari   shuni
ko‘rsatadiki,   Qirg‘iziston   diyorida   paleolit   davri   madaniyati   uzluksiz   ravishda
rivojlangan.   Bu   erda   yashagan   must’e   davri   aholisi   undan   shu   joyda   yashagan
ashell davri kishilarining merosxo‘rlari edi 44
.
Must’e   davriga   kelib,   tabiiy,   odamzod   soni   ko‘paygan   va   ashell   davriga
nisbatan   keng   doiradagi   tumanlarni   o‘zlashtirib   yashagan.   Bu   jarayonni   misol
tarzda   bir   necha   must’e   davri   yodgorliklarini   keltirib   o‘tishimiz   mumkin.
SHulardan   biri   –   Tossar   manzilgohidir.   YOdgorlik   Issiqko‘l   havzasidagi   Tossar
daryosi   vodiysida   joylashgan.   Makon   V.A.Ranov   tomonidan   o‘rganilgan.
Makondan 400 dan ziyod tosh ashyolar, nukleuslar, parahalar, uchirindilar va turli
qurollar   topilgan.   Tadqiqotchining   fikricha,   makon   suv   harakati   tufayli   buzilgan.
Aslida   makon   yuqoriroqda   bo‘lgan,   keyinchalik   suv   harakati   tufayli   yuvilgan.
Issiqko‘lning   qirg‘oqlari   bo‘ylab   yana   bir   necha   joylarda   makonlar   topilib,
ro‘yxatga   olingan.   SHulardan   Tamg‘a,   Jetiog‘iz,   Juku   kabi   manzilgohlarni
ko‘rsatish   mumkin.   SHunday   topilmalar   Suvketti   daryosi   qirg‘oq   territoriyalarida
ham topilgan. Bu tosh buyumlar Tossar yodgorliklariga qaraganda, yoshroq bo‘lib,
so‘nggi ashell davrini eslatadi. Qiziqarli makonlardan biri Georgievsk do‘ngligida
joylashgan makon hisoblanadi. Bu makon CHu daryosining qirg‘og‘ida joylashgan
Georgievsk qishlog‘idan 1 km pastlikda joylashgan. Makon  1967-yili V.A.Ranov
tomonidan   o‘rganilgan.   Uning   yaqinida   o‘rta   asrlarga   tegishli   shahar   xarobasi
44
  Ранов В.А., Несмянов С.А. Палеолит и стратиграфия антропогена Средней Азии. -Душанбе, 1973, 98-103
с.
46 yotadi.   SHuning   uchun   ham   bu   yodgorlikning   geologik   tizimini   o‘rganish   ancha
murakkab   kechgan.   Bu   makon   manbalarga   boy   bo‘lib,   bu   erdan   bir   necha   ming
turli xil tosh ashyolar – qurollar va ularning chiqindilari yig‘ib olingan. Kolleksiya
tarkibida   dag‘al   ishlangan,   ashell   texnikasini   eslatuvchi   qayroq   qurollar   ham
mavjud.   Topilgan   o‘zaklarning   ishlov   berilishiga   qaraganda,   makon   egalari   turli
turmushbop   qurollarni   yasashning   ustamonlari   bo‘lgan.   (rasm   –   11)   Qirg‘iziston
hududi   tosh   asrining   barcha   bosqichlarida   odamzod   tomonidan   o‘zlashtirilib,   o‘z
davriga   nisbatan   yuksak   moddiy   madaniyat   yaratilgan.   Mustaqillik   bergan
imkoniyatlardan   foydalanib,   Qirg‘iziston   arxeologlari   keng   doirada   izlanishlarni
boshlab   yubordilar   va   ilk   paleolit   topilma   joylarda   qaytadan,   zamonaviy
texnologiya   asosida   qidiruv   ishlari   olib   bormoqda   va   bu   ko‘xna   zamin
odamzodning qadimgi vatanlaridan ekanligi o‘z isbotini ilmiy jihatdan topmoqda.
XX asrning 30-yillaridan boshlab olib borilgan arxeologik tadqiqotlar tufayli
boy   materiallar   yig‘ildi   va   shu   manbalar   asosida   O‘rta   Osiyo   va   Janubiy
Qozog‘iston viloyatlari odamzodning ilk vatani ekanligi isbotlandi. Bu masalaning
tarixiy ahamiyati  kattadir. Darhaqiqat, 19-asrning oxirlarida ham  Ovropa olimlari
O‘rta   Osiyo   va   Janubiy   Qozog‘istonda   ibtidoiy   davr   odamlari   yashaganligi
haqidagi   masalaga   shubha   bilan   qarab   kelardilar.   Hozirgi   vaqtda   bu   zaminda   20
dan ziyod ilk paleolit va 100 dan ziyod o‘rta paleolit – must’e davri yodgorliklari
topilib o‘rganildi. SHu boy manbalar asosida olimlarimiz ilk tariximiz haqida qator
asarlar   yaratib,  O‘rta  Osiyo  va   Janubiy  Qozog‘iston  viloyatlari   insoniyatning  eng
qadimgi   maskanlaridan   biri   ekanligini   isbotlab   berishdilar.   Masalan,
O‘zbekistonda   o‘rganilgan   Ko‘lbuloq,   Seleng‘ur   makonlar   serob   madaniy
qatlamlarga   ega   ekanligi   aniqlandi   va   bu   noyob   manbalar   asosida   hududda
yashagan   ajdodlarning   turmush   tarzi,   hayoti   va   madaniyati   o‘z   davriga   nisbatan
yuksak   bo‘lganligini   isbotlab   berishdilar.   Bundan   kelib   chiqadigan   xulosalardan
biri   ilk   paleolit   davridan   boshlab   odamzod   muayyan   ekologik   burchaklarni
o‘zlashtirib,   qo‘nim   yashash   tarziga   o‘tganligi   masalalariga   yangitdan   oydinliklar
kiritdilar.
47 Ilk   paleolit   davrida   asosan   tog‘   va   tog‘   oldi   massivlari   o‘zlashtirilgan.
Odatda,   bunday   joylar   ozuqabop   narsalarga   serob   bo‘lgan.   Bu   resurslardan
odamzod keng foydalanganlar. Ilk paleolit davrida odamzodning mehnat qurollari
ham ancha zaif edi. Bu holat esa ularning to‘da-to‘da bo‘lib birlashib yashashlarini
talab   qilardi.   Tosh   qurollarni   ishlab   chiqish   doimiy   takomillashtirilib   borilgan   va
ularning   turlari   ham   ko‘payib   borgan.   SHu   asosda   ilk   bor   nutq   paydo   bo‘ladi   va
odamlarning   bir-birlari   bilan   aloqalarining   mustahkamlanib   borishi   natijasida
dastlabki   til   birligi,   nutq   birligi   yuzaga   keladi.   Turkmaniston   dashtliklar   va
qumliklar   makoni   bo‘lsa-da,   ilk   ajdodlar   bu   erlarni   o‘zlashtirib   yashaganlar.   Ular
bir-birlari   bilan   qavmchilik   aloqalarini   o‘rnatib,   sivilizatsiya   sari   intilib
yashaganlar.  Bu   jarayonni   mehnat   vositalarini   ishlab  chiqishda   kuzatish   mumkin.
O‘rta   Osiyoda   Zinjantrop   zamondoshlari   yashagan.   Bunday   makonlar
Qozog‘istonning   Qoratov   massivlarida,   Farg‘ona   va   Angren   vohalarida
yashaganligi   isbotlangan.   Xullas,   ilk   paleolit   davrida   O‘rta   Osiyoning   tog‘li
mintaqalari   odamzod   tomonidan   keng   doirada   o‘zlashtirilib   o‘z   davriga   xos
madaniyat yaratilganligi isbotlangan.
48 XULOSA
XIX asrning ikkinchi yarmida ijod qilgan G‘arbiy Ovropa olimlari Markaziy
Osiyo   haqida   ma’ruzalar   qilib,   bu   o‘lka   o‘zining   tabiiy   iqlim   sharoitiga   ko‘ra   ilk
davr,  ya’ni   ibtidoiy  davr   odamlari   yashamagan,   degan   «ta’limot»larni   uzoq  yillar
tarqatib   kelishdilar.   Masalan,   daniyalik   arxeolog   Vorso   1892-yili   Kopengagenda
bo‘lib   o‘tgan   orientolistlar   anjumanida   ana   shunday   mazmunda   ma’ruza   bilan
chiqish   qilgan   edi.   Biroq   keyingi   50-70   yil   ichida   O‘rta   Osiyoda   va   Janubiy
Qozog‘istonda   olib   borilgan   arxeologik   tadqiqot   natijalari   daniyalik   Vorsoning
«ta’limoti»   asossiz,   puch   ekanligini   ko‘rsatdi.   Bu   viloyatlardan   20   dan   ziyod   ilk
paleolit   yodgorliklari   topilib   o‘rganildi   va   ilk   tariximiz   bo‘yicha   boy   materiallar
to‘planib,   ularning   asosida   O‘rta   Osiyo   kishilikning   eng   qadimgi   vatani   ekanligi
isbotlab berildi. SHuni aytish joizki, kishiliknig ilk va qadimgi davrini o‘rganmay
turib,   uning   keyingi   davri   haqida   to‘la   tasavvur   hosil   qilib   bo‘lmaydi.   CHunki
madaniyatning dastlabki poydevor toshi o‘sha vaqtlarda qo‘yilgan. Aslida kishilik
jamiyatining   juda   katta   davri   arxeologik   manbalarga   tayangan   holda   qayta   tiklab
talqin etiladi.
O‘rta Osiyo insoniyat olamida juda qadimdan madaniyati rivojlangan, tarixi
boy   mintaqalardan   biri   ekanligi   allaqachon   isbotlangan.   Bu   muqaddas   zaminda
odamzodning   ilk   ajdodlari   faoliyatidan   guvohlik   beruvchi   ko‘pgina   materiallar
topilgan.   YAqin   yillarga   qadar   fanda   Teshiktosh   g‘oridan   topilgan   neandertal
odamining   qoldiqlariga   asoslangan   holda   O‘rta   Osiyoda   eng   qadimgi
ajdodlarimizning   izlari   80-100   ming   yillik   tarixga   ega,   degan   tasavvur   hukm
surardi.   Biroq   keyingi   yillarda   Janubiy   Qozog‘istonning   Qoratov   massivlarida,
Tojikistonda, Turkmaniston va Qirg‘izistonda eng qadimgi ajdodlarimizning izlari
topilib   o‘rganildi.   SHuningdek,   arxeologlar   Toshkent   viloyatidagi   Ko‘lbuloq,
Farg‘ona   vodiysidagi   Seleng‘ur   makonlarida   qazishmalar   o‘tkazib,   odamzodning
O‘rta   Osiyodagi   ilk  faoliyati   ashell   davriga,   ya’ni   yaqin  bir   million  yilga   tegishli
ekanligini   aniqladilar.   Endilikda   O‘rta   Osiyo   hududi   jahonda   odamzodning   ilk
ajdodlari makon topgan mintaqaga kiradi. Bu kashfiyot arxeolog olimlarning jahon
tarixiga qo‘shgan munosib hissasidir.
49 Ibtidoiy   ajdodlarimiz   dastlab   tabiatning   tayyor   noz-ne’matlarini   iste’mol
qilib   kun   kechirdilar.   Keyinroq   esa   tabiat   sirlarini   o‘rganish   tufayli   bir   vaqtning
o‘zida dehqonchilik va chorvachilikni kashf etdilar. Bu kashfiyot odamzodni tabiat
qaramligidan   abadiy   ozod   qildi.   Bu   voqealar   ibtidoiy   jamoa   tuzumining   neolit
(yangi tosh) davrida sodir bo‘ldi. 
Mustaqillik davrida, ayniqsa, hamon sust o‘rganilgan paleolit, ya’ni qadimgi
tosh   davri   madaniyatini,   uning   ilk   davrini   o‘rganishda   katta   yutuqlarga   erishildi.
Natijada O‘rta Osiyo va Janubiy Qozog‘iston viloyatlari Kavkaz, Janubiy Ukraina
kabi   mintaqalardan   ilk   paleolit   davridan   boshlab   odamzod   makoni   bo‘lib
kelganligi va o‘z davriga mos va xos yuksak madaniyat yaratganligi aniqlandi. Bu
viloyatlarda paleolitga doir yodgorliklarning tadqiq qilinishi bu erda taraqqiyotning
mahalliy   negizi   asosida   uzluksiz,   peshma-pesh   rivojlanib   borishdan   va   qo‘ni-
qo‘shni   kishilar   guruhlari   bilan   doimiy   o‘zaro   aloqada   bo‘lganligidan   dalolat
beradi.   So‘nggi   yillarda   qo‘lga   kiritilgan   izlanishlar   natijasida,   Ko‘lbuloq,
Seleng‘ur   va   boshqa   ilk   paleolit   davri   yodgorliklari   makonlari   madaniy
qatlamlaridan   topilgan   arxeologik   materiallar   bu   tarixiy   jarayonni   ifodalashda
muhim   ilmiy   manba   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Paleolit   davrida   yashagan   O‘rta   Osiyo
aholi guruhlari bir-biri bilan yaqin aloqadorlikda bo‘lib, shu bilan bir vaqtda yirik
vohalarda   o‘ziga   xos   lokal,   ya’ni   mahalliy   madaniyat   elementlarini   vujudga
keltirgan.
Tadqiqotlar tufayli ma’lum bo‘ldiki, ilk paleolit davri ajdodlarimiz dastlabki
taraqqiyot   bosqichida   tog‘   va   tog‘   oldi   massivlarini   o‘zlashtirganlar.   Bunday
tumanlar oziqa resurslariga va hayot uchun zarur bo‘lgan zilol suvli chashmalarga
serob   bo‘lgan   ko‘rinadi.   Ilk   paleolit   kishilarining   mehnat   qurollari   dastlabki
vaqtlarda   juda   oddiy   bo‘lgan.   Ular   qurol   yasashda   qayroqtoshlardan
foydalanganlar. Qurol yasash usuli ham oddiy bo‘lgan. Sindirilgan toshlarning yon
tomonlarini dag‘al kertish usuli bilan tig‘ hosil qilgan. Bunday qurollar bilan yirik
hayvonlarning,   ya’ni   ov   o‘ljalarini   burdalash,   parchalash,   suyaklarini   sindirish,
shuningdek,   daraxt   shoxlaridan   to‘qmoq,   nayza   kabi   qurollar   yasashda
foydalanganlar.   Mehnat   qurollarining   zaifligi   kishilarning   yirik   yovvoyi
50 hayvonlarga   birgalashib   ov   qilishni   talab   qilardi.   Ular   qoplon,   to‘ng‘iz,   ayiq,
qulon,   fil,   bug‘u,   ot,   muflon,   tog‘   takasi   kabi   jonivorlarga   ov   qilishgan.   Undan
tashqari,   turli   oziqabop   mayda   jonivorlarni   hamda   daraxt   mevalarini,   ayrim
o‘simlik ildizlarini iste’mol qilib, hayot kechirganlar.
Ilk   zamonlarda   ris-vyurem   muzligining   O‘rta   Osiyoga   ham   ta’siri   kuchli
bo‘lgan. Odamlar hali kulbalar qurishni kashf qilmagan edi. SHuning uchun bo‘lsa
kerak   ilk   paleolit   davrida   ko‘pincha   odamlar   tabiiy   g‘orlarda,   ungurlardan   kulba
sifatida   foydalanganlar.   Biroq   barcha   g‘orlarda   ham   odamlar   yashamagan.   Ular
tagi   –   eri   tuproqli,   quyosh   nuri   tushadigan,   zaxkash   bo‘lmagan,   atrofida
chashmalar va oziqa resurslariga serob g‘orlarda yashagan.
Bu davr  odamlarining muhim  yutuqlaridan biri  qurol  ishlab chiqarish  bilan
bir   vaqtda   oddiy   so‘zlashuv   nutqiga   ega   bo‘lish   edi.   Mehnat   jarayoni   nafaqat
so‘zlashuv   nutqi,   shuningdek,   odamning   evolyusion   shakllanishida   ham   muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan. Ko‘pchilik olimlarning fikricha, olovdan foydalanishning
ahamiyati   katta   bo‘lgan.   Kishilar   dastlab   tabiiy   olovdan   foydalanganlar.
Keyinchalik,   ashell   davrining   rivojlangan   bosqichiga   kelib,   ishqalash,   toshni
toshga urish yo‘li  bilan sun’iy olov chiqarish  yoki  olov olishni  kashf  qildilar. Bu
hodisa   ibtidoiy   odamlarning   turmushida   hayot-mamot   rolini   tutgan.   Eng   muhimi,
ov o‘ljalarini  xomaki bo‘lsa-da, yarim  pishirgan holda iste’mol qilishga o‘tadilar.
Bu   hodisa   odamzodning   biologik   va   jismoniy   hamda   aqliy   rivojlanishiga   katta
ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
Ilk   paleolit   davri   tarixini   o‘rganar   ekanmiz,   avvalo,   biz   odamning
shakllanishi   masalasiga   duch   kelamiz.   Odamzod   mehnat   tufayli   evolyusion   yo‘l
asosida shakllangan.
Odamzod   tabiatning   ajralmas   bir   bo‘lagi   sifatida   er   tarixining   ma’lum   bir
bosqichida (miotsen bosqichida) hayvonot olamidan ajralib chiqdi. U jonivor fanda
eng oliy tipdagi odamsimon maymun (driopitek) deb atalmoqda. Driopiteklarning
10   ga   yaqin   turlari   mavjud   bo‘lib,   ammo   ularning   hammasi   ham   odamlarning
ajdodi   bo‘lmagan.   Inson   faqat   Avstriyadan   topilgan   Darvin   driopiteklaridan
tarqalgan.   Ajdodlarimizning   hayvonot   olamidan   odamzod   dunyosiga   qo‘ygan
51 birinchi   qadami   avstralopiteklar   davrida   sodir   bo‘ldi.   Odamzodning   ilk   ajdodlari
zinjantrop   va   pitekantroplar   toshni   toshga   urib   mehnat   qila   boshladilar.   Mehnat
odamni   hayvonot   olamidan   ajratdi.   Odamzod   o‘zining   ajdodi   –   sinantroplar
davrida   olovni   kashf   etdi   va   shu   tufayli   ajdodlarimiz   go‘shtni   olovda   chala
pishirgan   holda   iste’mol   qila   boshladilar.   Pishirilgan   go‘shtni   iste’mol   qilish
natijasida ularning fikrlashida o‘zgarish yuz berdi va odamning biologik, jismoniy
tuzilishida   hozirgi   zamon   odami   tomon   ijobiy   o‘zgarishlar   sodir   bo‘la   boshladi.
Kromanon   odam   zamonasiga   kelib,   ilk   ajdodlarimizning   biologik,   jismoniy
tuzilishi   hozirgi   zamon   odamidan   farq   qilmaydigan   holatga   kirdi.   Kramononlar
davri   urug‘chilik   jamoasining   boshlanishi   birinchi   jamoatchilik   kurtagining
tug‘ilishi edi. Bu o‘zgarishlarning barchasiga inson o‘z mehnati tufayli erishdi.
SHunday   qilib,   olimlarimizning   ko‘p   yillik   tadqiqotlari   tufayli   O‘rta   Osiyo
va   Janubiy   Qozog‘iston   viloyatlari   odamzodning   ashell   davridan   boshlab   vatani
bo‘lib   kelganligi,   o‘z   davriga   nisbatan   yuksak   madaniyat   yaratilganligi,   bu
madaniy   yutuqlar   o‘zga   yurtlardan   kirib   kelgan   emas,   balki   tub,   joyli,   mahalliy
asosda   rivojlanganligi   va   bu   boy   madaniy   meros   ajdodlarimizning   aql-zakovati
mahsuli   ekanligi   ilmiy   jihatdan   isbotlandi.   Endilikda   fan   olamida   O‘rta   Osiyo
antropogenez, ya’ni odamning paydo bo‘lishi va evolyusion yo‘l bilan shakllanish
mintaqasiga ilmiy asosli  ravishda kiritilishi olimlarimizning beqiyos katta yutug‘i
hisoblanadi.
52 53 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
RO‘YXATI
Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. Asarlar, 7 jild. –
Toshkent: «O‘zbekiston», 1999.
Abramova Z.A. Ranniy paleoit Aziatskoy gosti SSSR. VKN: Paleolit SSSR.
-M., 1984.
Alp ы sbaev   X.A.   Naxodki   nijnego   paleolita   v   yujnom   Kazaxstane.   Tr.   Ins.
ist., arx. i etnografii ANKazSSR. T.7, 1959.
Alp ы sbaev   X.A.   Nov ы e   paleoliticheskie   mestonaxojdeniya   basseyna   rek
Ar ы stand ы  – Burgitay (Boroldoy) v yujnom Kazaxstane. Tr. IIAE AN KazSSR. T.
12. 1961.
Alp ы sbaev   X.A.   Otkr ы tie   pamyatnikov   drevnogo   i   pozdnego   paleolita   v
YUjnom Kazaxstane. «Sovetskiy Arxeologiya», №1, 1961.
Alp ы sbaev   X.A.  Naxodki   pamyatnikov  kamennogo  veka   v  xrebte  Karatau.
Tr IIAE. AN KazSSR. T. 14. 1962.
Alp ы sbaev   X.A.  Naxodki   pamyatnikov  kamennogo  veka   v  xrebte  Karatau.
Novoe v arxeologii Kazaxstana. -Alma-ata, 1968.
Asqarov  A.A.  Razvitie   arxeologicheskoy   nauk  v  Uzbekistane.   ONU,  1972,
№ 11-12.
Asqarov A.A. O‘zbekiston tarixi. -Toshkent, 1994.
Anisimov A.F. Duxovniya jizn pervob ы tnogo ob щ estva. M. –L., 1966.
Bogachev   G.V.   Rayon   Zirabulokskix   gor.   Geologiya   O‘z   SSR,   T.   II.   -
Tashkent, 1937.
Boriskovskiy P.I. Kishilikning eng qadimgi hayoti. -Toshkent, 1959.
Vinogradov.   A.V.   Drevnie   oxotniki   i   r ы bolova   Sredneaziatskogo
mejdurechya. -M., 1981.
Gerasimov M.M. Lyudi kamennogo veka. -M., 1964.
Gulyamov   YA.G.,   Islamov   U.I.,   Askarov   A.A.   Pervob ы tnaya   kultura   v
nizovyax Zarafshana. -Tashkent, 1965.
Efimenko P.P. Pervob ы tnoe ob щ estvo. -Kiev, 1953.
54 Djurakulov M.D. O‘rta Osiyo ibtidoiy arxeologiyasi. -Toshkent, 1984.
Djurakulov   M.D.   Izuchenie   kamennogo   veka   Sredney   Aziiy.   -Samarkand,
1966.
Djurakulov M.D., Mamedov E.D. Geologiya arxeologicheskix pamyatnikov
Zarafshanskoy dolin ы . -Samarkand, 1986.
Djurakulov M.D.  Samarkandskaya  stoyanka i  problem ы   verxnego paleolita
Sredney Azii. -Tashkent, 1987.
Iskopaem ы e gominid ы  i proisxojdenie cheloveka. Tr. inst., etnogr. Tom. 92,
1966.
Islamov O‘.I. Seleng‘ur  g‘ori. O‘zbekiston  Milliy Ensiklopediyasi.  Jild-7, -
Toshkent, 2004, 573 s.
Kabirov J., Sagdullaev A. O‘rta Osiyo arxeologiyasi. -Toshkent, 1990.
Kas ы mov M.R. Pamyatniki kamennogo veka v doline Angrena. ONU. 1967,
№ 2.
Kas ы mov   M.R.   Kremneobrabotivayu щ ie   masterskie   i   shaxt ы   kamennogo
veka Sredney Aziiy. -Tashkent, 1972.
Korjenevskiy N.L. Priroda Sredney Azii. -Tashkent, 1960.
Kosven M.O. Ocherki istorii pervob ы tnoy kultur ы . -M., 1957.
Lev D.N. Nov ы e dann ы e po paleolitu v Uzbekistane. 
Lev D.N. Drevniy paleolit v Amankutane. Tr. UzGu, v ы p. 39. -Samarkand,
1949.
Lev D.N. Nov ы e naxodki v pe щ era Amankutan. «Priroda», 1958, № 1.
Marks K. Kapital. 1-tom, Toshkent: O‘zdavnashr, 1955, 204 b.
Mirsoatov T. Drevnie shaxt ы  Uchtuta. -Tashkent, 1973.
Morgan L.G. Drevnie ob щ estvo. -L., 1934.
Marks K., Engels F. Uch tomlik tanlangan asarlar. 3-tom. -Toshkent, 1981.
Nestrux M.F. Proisxojdenie cheloveka. -M., 1957.
Okladnikov   A.P.   Paleolit   i   mezolit   Sredney   Azii.   Vkn.:   «Sredney   Aziya   v
epoxu kamnya i bronz ы ». M.-L., 1966.
55 Ranov   V.A.   Kamenn ы y   vek   Tadjikistana.   V ы p.   1.   Paleolit.   -Dushanbe,
1965.
Ranov   V.A.   Glavn ы e   vapros ы   izucheniya   paleolita   Sredney   Azii.   V   sb.:
«Osnovn ы e problem ы  izucheniya chetvertichnego perioda». -M., 1965.
Ranov   V.A.,   Nesmyanov   S.A.   Paleolit   i   stratigrafiya   antropogena   Sredney
Azii. -Dushanbe, 1973.
Ranov V.A. Drevnepaleoliticheskie stoyanki v lessax YUjn ы y Tadjikistana.
Tezisi   dokl.   mejdn.  simpoziuma   po   probleme   «Granitsa   negiona   i   chetvertichnoy
sistem ы ». -M., 1977.
Rasulov A.R., Hikmatov F.H. O‘zbekistonning suv resurslari. -T., 1963.
Roginskiy YA.YA., Levin M.G. Antropologiya. -M., 1963.
Semenov YU.I. Kak vozniklo chelovechestvo. -M., 1966.
Semenov   YU.I.   O   periodizatsii   pervob ы tnoy   Istorii.   «Sovetskaya
etnografiya», 1965, № 5.
Semenov S.A. Razvitoe texniki v kamennom veka. -L., 1968. 
Suleymanov   R.X.   Statisticheskie   izuchenie   kultur ы   grota   Obi-Raxmat.   -
Tashkent, 1972.
Tashkenbaev   N.X.,   Suleymanov   R.X.   Kultura   drevnekamennogo   veka
dolin ы  Zarafshana. -Tashkent, 1980.
Tetyuxen   G.F.   CHetvertichn ы e   otlojeniya   O‘zSSR.   -Sb.   Osnovn ы e
problem ы  po izucheniyu chetvertichnego perioda. -M., 1965.
Tokarev S.A. Religiya v istorii narodov Mira. -M., 1964.
O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. Jild. 3, 675 b.
CHayld G. Progress i arxeologiya. -M., 1949.
CHayld G. U istokov evropeyskoy sivilizatsii. -M., 1952.
YUrev   A.A.   O   vozroste   terass   r.   Zarafshan   v   svyazi   s   geologo-
morfologicheskim   izucheniem   okrestnostey   pe щ er ы   Amankutan.   Izv.   Vessoyuz.
geogr. ob щ estva. T., 8., 1964.
56 I L O V A
FOTO ILLYUSTRATSIYA –
ALBOM
57 Rasm 1. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston paleolit davri yodgorliklari xaritasi.
(Z.A.Abramova kitobidan olindi)
58 Rasm 2. Qayroqtoshdan qurol yasash texnologik usuli (ilk paleolit).
(Z.A.Abramova kitobidan)
59 Rasm 3. SHell davri qurollari (Satani Dar).
(Z.A.Abramova kitobidan)
60 Rasm 4. Dastalangan bolta. (SSSR paleoliti kitobi)
61 Rasm 5. Ko‘lbuloq makoni. Ashell davri qayroq qurollari.
1-skreblo; 2-nukleus; 3-6-chopperlar.
(A.P.Okladnikov kitobidan)
62 Rasm 6. Seleng‘ur. Har xil tosh qurollar.  (A.A.Asqarov kitobidan)
63 Rasm 7. Ashell qurollari. Janubiy Tojikiston.
1-Qayqitov; 2,3-Ko‘rjalak-Qum makonlari.  (V.A.Ranov)
64 Rasm 8. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston tosh asri yodgorliklari xaritasi.
(A.Sagdullaev kitobidan)
65 Rasm 9. Ashell-muste davri. Tossor makoni. Qirg‘iziston.
Makonning umumiy ko‘rinishi.  (V.A.Ranov)
66 Rasm 10. Xodja-Gor makonining umumiy ko‘rinishi.
Janubiy Tojikiston. (V.A.Ranov)
67 Rasm 11. Georgiev do‘ngligi makoni.
Qirg‘iziston. Tosh qurollar. (V.A.Ranov)
68 Rasm 12. Ko‘lbuloq makoni. Qo‘l cho‘qmorlari.  (M.R.Qosimov)
69 Rasm 13. Ko‘lbuloq makoni. Tosh qurollar.  (M.R.Qosimov)
70 Rasm 14. Ko‘lbuloq. Ilk qatlam materiallar.  (M.R.Qosimov)
71 Rasm 15. Onorcha va Kichik Qoratov.
1,2,9-nukleuslar yoki chopperlar; 3,6-chopper; 5,8-nukleus; 7-chopping;
1,2,5,8-Kichik Qoratov; 3-Onorcha; 4,9-SHabakti. (A.P.Okladnikov)
72 Rasm 16. Laxuti makoni (1-6) va Qoratov (7-14).
73 Rasm 17. SHimoliy Fransiyadan topilgan shell-ashell davri qurollari.
74 Rasm 18. Ilk paleolit davrida ovchilik.
75 Rasm 19. Ov o‘ljasini pishirish (rekonstruksiya).
76 Rasm 20. Primatlar evolyusiyasi.
1-Qadimgi Lumer; 2-Prokonsul afrikanskiy;
3-avstrolopitek; 4-sinantrop; 5-neandertal odami;
6-hozirgi zamon shimpanzesi; 7-hozirgi zamon odami.  (I.Perщits)
77 Rasm 21. O‘zbekiston. Teshiktosh topilmasi.
Neandertal bolasi. (M.M.Gerasimov)
78 Rasm 22. Neandertal odamlarining dafn qilish marosimi.  (A.A.Asqarov)
79 80

O‘RTA OSIYO ILK PALEOLIT DAVRI YODGORLIKLARI M U N D A R I J A Kirish… ……………………………………………………………………………4 I BOB. O‘rta Osiyoning paleolit davrining umumiy hususiyatlari va o’rganilish tarixi… …………………………………………………………………………..…9 1.1. O‘rta Osiyo paleolit davrining umumiy xususiyatlari ……………………….9 1.2. O‘rta Osiyo va Janubiy Qozoqiston paleolitining o‘rganilishi tarixi… ……….14 II. BOB. O’zbekiston va Tojikiston ilk paleolit yodgorliklari ………………… 19 2.1. O‘zbekiston ilk paleolit yodgorliklari ……………………………………………… 19 2.2. Tojikiston ilk paleolit yodgorliklari ………………………………………………..33 III. BOB. Q ozog’iston, T urkm a niston va Q irg’iziston ilk paleolit yodgorliklari ……………………………………………………………………...38 3.1. Janubiy Qozog‘istonning ilk paleolit davri yodgorliklari ……………………….38 3.2. Turkmaniston va Qirg‘iziston ilk paleolit davri yodgorliklari …………………..42 XULOSA ………………………………………………………………...……….50 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI …………….…………..54 I L O V A. FOTO ILLYUSTRATSIYA – ALBOM………………………….57 1

2

KIRIS H . Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik yillarida yaratilgan imkoniyat tarixiy o‘tmishni o‘rganishga qiziqish ortishiga sabab bo‘ldi. Bu borada O‘tra Osiyo ibtidoiy davr tarixini o‘rganish dolzarb masala ekanligi belgilab olindi. O‘rta Osiyo o‘zining tabiiy-geografik o‘rniga ko‘ra nafaqat Osiyo mintaqasining markaziy viloyatini tashkil qiladi. Bu zamin odamzod tomonidan qadimgi tosh davrining ilk paleolit bosqichidan boshlab kishilik tarixining barcha taraqqiyot bosqichlariga oid arxeologik yodgorliklar topilib o‘rganilgan. Boy manbalar to‘plangan. Mazkur moddiy madaniyat manbalari asosida mintaqa aholisining ibtidoiy da v r tarixi tadrijiy ketma-ketlikda o‘rganib chiqilgan. Ana shu tadqiqotlardan ma’lum bo‘ldiki, O‘rta Osiyoning qadimgi madaniyati o‘zining yuksakligi, xilma-xilligi, har bir davr bilan insoniyat tarixida katta madaniy meros qoldirgan. Ular yangicha talqin va tahlilga muhtoj. Mavjud materiallar borasidagi yangicha qarashlar va yondashuvlar ularning tarixiy ketma-ketlikda umumlashtirish o‘ta dolzarbligidan dalolat beradi. Tadqiqot predmeti va uning ob’ektlari. Mavzu O‘rta Osiyo ilk paleolit davri arxeologiyasi, ya’ni ilmiy ma’noda kishilik tarixining eng qadimgi – boshlang‘ich, ya’ni ibtidoiy to‘da davri tarixiga bag‘ishlangani uchun (chunki hali bu davrda urug‘-jamoa ob’ektlari tashkil bo‘lmagan) tadqiqot ob’ekti shu davrga oid arxeologik manbalarni tashkil etadi. Tadqiqotning davriy chegarasi. Odamzodning paydo bo‘lishi davridan, ya’ni bundan burungi 2,5-3 mln yillardan miloddan avvalgi 100 minginchi yillarga qadargi O‘rta Osiyoda kechgan kishilik tarixini tashkil etadi. O‘rta Osiyoda odamzod bundan burungi 1,5 million yillardan boshlab yashab, madaniyat yaratib kelganligi isbotlangan. Mavzuning o‘rganilish darajasi. O‘rta Osiyo odamzodning eng qadimgi vatanlaridan biri ekanligi isbotlangan. Bu mintaqada 30 ga yaqin ilk paleolit davri yodgorliklari o‘rganilgan. Eng yirik va manbaga boy yodgorliklardan O‘zbekistondagi Seleng‘ur g‘or makoni, Ko‘lbuloq, Qizilqum, Tojikistondagi Kichik Qoratov, Laxuti, Qayroqqum, Turkmanistondagi YAngadja, 3

Qirg‘izistondagi Onorcha, Qayqitov, Ko‘hipiyoz kabi ilk paleolit yodgorliklarini ko‘rsatish mumkin 1 . Bu kabi ko‘pgina yodgorliklardan to‘plangan boy materiallar zamirida odamzodning ibtidoiy to‘da davri hayoti, turmush tarzi, ijtimoiy va madaniy hayotining turli qirralarini yoritish mumkin. O‘rta Osiyo ilk davr arxeologiyasini o‘rganishda olimlardan V.Ranov, Okladnikov, D.N.Lev, O‘.I.Islamov, J.Taymugammedov , R.X.Sulaymonov, N.X.Toshkenboev, M.R.Qosimov, YA.G‘.G‘ulomov, A.P.Okladnikov, V.A.Ranov kabilarning xizmatlari kattadir. Ibtidoiy davrning ilk tarixiga bag‘ishlangan ko‘pgina asarlar yaratilgan. Bu o‘rganilayotgan davrning geologiyasi ham fan uchun katta qiziqish uyg‘otadi. Geologlar ilk paleolit yodgorliklarning er qatlami – geologiyasini o‘rganishda katta yutuqlarga erishdilar. Jumladan, G.F.Tetyuxin, S.A.Nesmyanov kabilarning yaratgan ilmiy asarlari hozirgacha ham o‘z qiymatini saqlab kelmoqda. Bu olimlarning asarlaridan O‘rta Osiyo paleoekologiyasini o‘rganishda uzluksiz foydalanib kelinadi. Masalan, Ko‘lbuloq manzilgohining ilk qatlamlari shell-ashell davriga oidligi va pitekantrop, sinantrop odamlari zamondosh bo‘lganligi geologik jihatdan ham tasdiqlanmoqda. Seleng‘ur g‘oridan topilgan odam suyak qoldiqlari fan olamida katta voqea bo‘ldi. Makonda sinantroplarga zamondosh odamlar yashaganligi aniqlangan 2 . Xullas, odamzod tomonidan O‘rta Osiyoning tog‘ va tog‘ oldi massivlari odamzod tomonidan keng doirada o‘zlashtirilganligi aniqlangan. Ibtidoiy to‘dalar yirik hayvonlarga ovchilik va turli oziqabop narsalarga terimchilik qilib hayot kechirganlar. Ibtidoiy nuqtayi nazardan qaralganda, ular tabiiy olovdan foydalanib, g‘orlarni makon qilib yashaganlar. Biroq hamma g‘orlarda ham inson yashamagan. Tagi tuproq, quyosh nuri tushadigan, atrofi ichimlik suviga ega chashmalarga va oziqa resurslariga serob g‘orlarni makon qilib yashaganlar. Hozirgi vaqtda Janubiy Qozog‘istonning Qoratov tog‘ massivlarida 10 dan ziyod, Qoraqalpog‘istonning Ustyurt yassi tog‘i atroflaridan 10 dan ziyod ilk paleolit davri yodgorliklari topilgan bo‘lib, ularda qizg‘in arxeologik qazishma ishlari davom etmoqda. Bu 1 Ранов В.А.,Несмянов С.А. Палеолит и стратиграфия антропогена Срендей Азии. –Душанбе, 1973. –Стр. 7-9 2 Асқаров А.А. Ўзбекистон тарихи. –Тошкент, 1664- -Б. 26. 4

viloyatlarda arxeologlardan E.Bijanov, X.A.Alpisboevlar katta ilmiy yutuqlarga erishdilar 3 . Tadqiqotning maqsad va vaziflari. Tadqiqotning asosiy maqsadi mavzu bo‘yicha to‘plangan juda boy arxeologik materiallarni tarixiy ketma-ketlikda ob’ektiv tahlil etib, O‘rta Osiyo hududida ilk paleolit davrida kechgan peshma- pesh taraqqiyot va ilk ajdodlarning hayot tarixini yaxlit ko‘rinishdagi asar sifatida yaratishdan iborat. Bu davrda sodir bo‘lgan rivojlanish jarayonini boy manbalar zamirida kuzatish va manbalarni umumlashtirishdan iborat. Bu masalalar yuzasidan mustaqil ilmiy xulosalar yaratish muhim vazifa sifatida belgilangan. Mavzuni yoritishda arxeologik materiallarni ketma-ketlikda umumlashtirish, ularni birlamchi manba sifatida ahamiyatini ochib berish, ibtidoiy to‘da davrining har bir bosqichida yuz bergan ijtimoiy xo‘jalik kashfiyotlarni to‘plangan materiallar asosida yoritish; bu davr paleoekologiyasi to‘g‘risida fanning so‘nggi yutuqlariga asoslanib, tabiiy jo‘g‘rofik va ekologik sharoitlarni asoslab berish; shu bilan bir vaqtda O‘rta Osiyoda arxeologiya fanining shakllanish bosqichlari, bu sohada faoliyat ko‘rsatgan olimlarning xizmatlariga to‘g‘ri ilmiy tahlil keltirish; paleolit davrining umumiy xususiyatlarini boy manbalar asosida tahlil qilib berish; eng muhim masalalardan biri tosh asrida qurol-aslahalar ishlab chiqarishda xomashyoning muhim o‘rnini ko‘rsatib berish; umumiy miqyosda O‘rta Osiyo paleolitini o‘rganishdagi kashfiyotlarga urg‘u berish; boy arxeologik manbalar asosida O‘rta Osiyo odamzodning eng qadimgi maskanlaridan biri ekanligini asoslab berish; O‘rta Osiyo va Janubiy Qozog‘iston ilk paleolit yodgorliklari haqida batafsil ma’lumotlar berish; shu jumladan, O‘zbekistonda, Tojikistonda, Turkmanistonda, Qirg‘izistonda o‘rganilgan ilk paleolit davri yodgorliklari tarixini yoritib berish; eng muhim masalalardan biri – odamzodning shakllanish evolyusiyasi tarixini yoritib berish; ishni illyustratsiya materiallari bilan puxta jihozlash masalalari bo‘yicha vaifklar bajarilishi maqsad qilib olingan. 3 Алпысбоев Х.А. Находки памятников каменного века в хребте Каратау. –Труды ИИАЭ АнКазССР. Т. 14. 1962. 5