IKKI O’LCHAMLI OLMOS PANJARADAGI SHREDINGER
IKKI O’LCHAMLI OLMOS PANJARADAGI SHREDINGER M U N D A R I J A Kirish ………………………………………………………………………. 1. Helbert fazosida o`z-o`ziga qo`shma operatorlar nazaryasining asosiy tushunchalari. Chiziqli operatorlarning spektri. 1.1 Hilbert fazolarida chiziqli chegaralangan operatorlar……………………. 1.2 Hilbert fazosida o`z-o`ziga qo`shma operatorlar va ularning xossalari… 1.3 Hilbert fazolarida aniqlangan operatorlarning spektri……………………… 1.4 Unitar ekvivalent operatorlar……………………………………………… 2. Olmos panjaradagi diskrit Shredinger operatorining spektri. 2.1 Olmos panjaradagi diskrit Shredinger operatorining koordinata va implus ta`sviri………………………………………………………………………………. 2.2 Olmos panjaradagi diskret Shredinger operatorning muhim spektri…….. 2.3 Xos qiymat va xos funksiya haqidagi teorema……………………………….. Xulosa ……………………………………………………………………….. Adabiyotlar ro`yxati ………………………………………………………… Kirish
BOB 1. Hilbert fazosida o`z-o`ziga qo`shma operatorlar nazaryasining asosiy tushunchalari. Chiziqli operatorlarning spektri . Tayanch ma`lumotlar : Bu bobda Hilbert fazosida aniqlangan chiziqli chegaralangan operatorlar ta’rifi va xossalari , Hilbert fazosida o‘ziga – o‘zi qo‘shma operator tushunchsi , o‘z – o‘ziga qo‘shma operatorlarning xossalari, Hilbert fazosida aniqlangan operatorlarning spektri o‘rganilgan va ularga misollar qurilgan. 1.1 Hilbert fazolarida chiziqli chegaralangan operatorlar. Bizga H 1 va H 2 Hilbert fazolari berilgan bo`lsin. Ta`rif 1.1.1 . Agar H 1 fazoning har bir elementiga H 2 fazoning yagona elementi mos qo’yilgan bo’lsa, bu moslik operator deyiladi va A:H 1⟶ H 2 yoki y= Ax (x∈H 1y∈H 2) kabi belgilanadi . Umuman A operator x∈H 1 ning hamma yerida aniqlangan bo`lishi shart emas. Bu holda Ax mavjud va Ax∈H 2 bo`lgan barcha x ∈ H 1 lar to`plami A operatorning aniqlanish sohasi deyiladi va D(A) bilan belgilanadi, ya`ni D (A)={x∈H 1:Ax mavjud va Ax∈H 2 } Biror x ∈ D ( A ) uchun y= Ax bajariladigan y∈H 2 lar to`plami A operatorning qiymatlar sohasi yoki tasviri deyiladi va R(A) bilan belgilanadi. R(A)={y∈H 2:∃x∈D (A),Ax = y}. Misol uchun A:l2⟶ l2,Ax =(x1,2x2,... ,nxn,...) operatorning aniqlanish sohasi butun fazoga teng emas. Chunki bu operator
x 0 =( 1 , 1 2 , 1 3 , ... , 1 n , ... ) ∈ l 2 Vektorni A x 0 = ( 1,1,1 , ... , 1 , ... ) vektorga o’tkazadi va bu vektor l2 fazoning elementi bo’lmaydi, ya’ni x0 bu operatorning aniqlanish sohasiga teng emas. Agar H 1 va H 2 lar chiziqli fazolar bo’lib, istalgan x∈H 1 va λ∈C uchun A(λx )= λAx munosabat bajarilsa, A operator bir jinsli deyiladi. Agar istalgan x,y∈H 1 uchun A ( x + y ) = Ax + Ay munosabat bajarilsa, u holda A operator additiv deyiladi. Ta'rif 1.1.2 Bir jinsli additiv operator chiziqli operator deyiladi. Demak biror operatorni chiziqlilikka tekshirish uchun uni additivlik va bir jinslilikka tekshirish lozim. Chiziqli operatorning ta’rifiga ekvivalent quyidagi ta’rifni ham keltirib o’tish foydadan xoli bo’lmaydi: Ta'rif 1.1.3. Agar ixtiyoriy x,y∈H 1 va α,β∈C lar uchun A(αx +βy )= αAx +βAy Tenglik bajarilsa, u holda A operator chiziqli deyiladi. Lekin chiziqli operatorning aniqlanish sohasi chiziqli ko’pxillik bo’lishi talab etiladi. Operatorning aniqlanish sohasi D ( A ) deb belgilanadi. R ( A ) deb esa A operatorning qiymatlar to’plamini belgilaymiz: R(A)={y∈H 2:∃x∈D (A),Ax = y}. Misol 1.1.1 A : l 2 ( Z d ) ⟶ l 2 ( Z d ) , ( Af ) ( x ) = v ( x ) f ( x ) operator chiziqli operatordir. Bu operator ∥ Af ∥2= ∑x∈Zd ∨ v(x)f(x)¿2<∞
bo’ladigan f ∈ l 2 ( Z d ) larda aniqlangan. Shuningdek, aniqlanish sohasi chiziqli ko’pxillikdir, ya’ni agar f , g ∈ D ( A ) bo’lsa, kompleks sonning modulining xossalariga asosan: ∥ A(αf +βg )∥2= ∑x∈Zd ∨ v(x)(αf (x)+βg (x))¿2=¿ ¿ ∑ x ∈ Z d ∨ αv ( x ) f ( x ) + βv ( x ) g ( x ) ¿ 2 ≤ ∑ x ∈ Z d ¿ ≤ ∑x∈Zd 2(¿αv (x)f(x)¿2+¿βv (x)g(x)¿2)=2∥Af ∥2+2∥ Ag ∥2<∞ , ya’ni αf +βg ∈D(A) . Shuningdek, A ( αf + βg ) ( x ) = v ( x ) ( αf ( x ) + βg ( x ) ) = ¿ ¿ αv ( x ) f ( x ) + βv ( x ) g ( x ) = α ( Af ) ( x ) + β ( Ag ) ( x ) , demak, A−¿ chiziqli operator. Misol 1.1.2. Xuddi shunday usul bilan A:L2(Td)⟶ L2(Td),(Af )(x)=u(x)f(x) Operatorning aniqlanish sohasi D ( A ) = { f ∈ L 2 ( T d ) : ∥ Af ∥ 2 = ∫ T d ∨ u ( x ) f ( x ) ¿ 2 dx < ∞ } ning chiziqli ko’pxillik ekanligi hamda A operatorning chiziqli ekanligi isbot qilinadi. Misol 1.1.3. A : L 2 ( T d ) ⟶ L 2 ( T d ) , ( Af ) ( x ) = ∫ T d v ( x − y ) f ( y ) dy integral operatorni qaraymiz, bu yerda v ( ⋅ ) biror uzluksiz funksiya. Bu operatorning
aniqlanish sohasi D ( A ) = L 2 ( T d ) . Chiziqli ekanligi esa integralning chiziqli ekanligidan kelib chiqadi. Chiziqli operatorlar uchun chegaralanganlik tushunchasi odatdagi funksiyaning chegaralanganligi tushunchasidan biroz farq qiladi. Faraz qilamiz,H 1,H 2 lar Hilbert fazolari bo’lsin. Ta'rif 1.1.4. Agar A : H 1 ⟶ H 2 operator H 1 dagi istalgan chegaralangan to’plamni H 2 dagi chegaralangan to’plamga o’tkazsa, u chegaralangan operator deyiladi. Demak chegaralanmagan operator biror chegaralangan to’plamni chegaralanmagan to’plamga o’tkazadi. Chiziqli operatorlar uchun chegaralanganlik ta’rifini quyidagicha ham berish mumkin: Ta'rif 1.1.5. H 1 va H 2 Hilbert fazolari va A : H 1 ⟶ H 2 chiziqli operator bo’lsin. Agar biror M >0 son va istalgan x∈H 1 uchun ∥ Ax ∥H2≤M ∥ x∥H1 tengsizlik bajarilsa, A chegaralangan operator deyiladi. Agar istalgan M soni uchun shunday x M ∈ H 1 element mavjud bo’lib, ∥ A x M ∥ H 2 > M ∥ x M ∥ H 1 munosabat o’rinli bo’lsa, A chegaralanmagan operator deyiladi. Agar A operator chegaralanmagan bo’lsa, uning normasi ∞ ga teng deb qabul qilamiz. Misol 1.1.4. A : C n ⟶ C n , Az = ( z 1 , 2 z 2 , ... , n z n ) operatorni qaraylik. ∥ Az ∥ 2 = ∑ k = 1n ∨ k z k ¿ 2 ≤ n 2 ∑ k = 1n ∨ z k ¿ 2 = n 2 ∥ z ∥ 2