IRODANING BUZULISHI
IRODANING BUZULISHI MUNDARIJA Kirish …………………………….…………………………………………….3 I BOB. Iroda tushunchasini rivojlanish tarixi. Irodani aniqlash. Irodaviy jarayonlar. 1.1. Iroda inson hulq-atvori va faoliyatining asosi sifatida……………………...5 2.2. Irodaning an’anaviy va zamonaviy talqini …………………………….... 13 II BOB. Iroda buzilishlari. Irodasizlikning har xil namoyon bo‘lishi. Dangasalik. 2.1. Irodaning falsafiy nazariyalari. Iroda volyuntarizm sifatida (A.Shopengauyer, B.Spinoza, I.Kant, G.Gegel, L.Feyerbax). Dj. Lokk.U.Djems, L.S. Vigotskiy va V.Franklarning nazariyalarida iroda va erkin tanlash………………………………………………………………………… 21 2.2. Psixik jarayonlarning ixtiyoriy boshqaruvidagi buzilishlar. Harakatning maqsadga muvofiqligidagi buzilishlar. Ixtiyoriy jismoniy harakatlardagi buzilishlar…………………………………………………………………….. 31 Xulosa ……………………………………………………………………… 41 Foydalanilgan Adabiyotlar ………………………………………………. 43 1
KIRISH Mavzuning dolzabrligi. Iroda haqida tushuncha Ma'lumki, insonning ehtiyojlari ijtimoiy tuzum shakllari taraqqiyotiga qarab o’zgaradi. Shu bois o’z ehtiyojlarini qondirish uchun inson harakat qiladi. Shaxs o’z harakatlari yordami bilan muhitga moslashadi va undan o’z ehtiyojlari uchun foydalanadi. Lekin shu bilan birga odam muhitni o’z ehtiyojlariga muvofiqlashtirib o’zgartiradi, qayta quradi va o’ziga moslashtiradi. Odamning shaxs sifatidagi faollik xususiyati shundan iboratki , o’z ehtiyojlarini qondirishga yordam beradigan harakatlari instinktiv harakatlar emas, balki asosan oqilona, ongli harakatlardir. Bu onglilik shundan iboratki, odam oldindan biron-bir maqsadni ko’zlab harakat qiladi, shu maqsadga yetishish uchun yordam bera oladigan vositali yo’l va usullarni oldindan qidirib topadi, to’sqinlik va qiyinchiliklarni yengish uchun ongli ravishda kuch-g’ayratini ishlata oladi. Odam faqat o’ziga xos madaniy-ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishdagina emas, balki, tabiiy-biologik ehtiyojlarini qondirishda ham ongli va oqilona ravishda ish tutadi. Odam tevarak - atrofdagi narsalarni o’zgartirib o’ziga moslashtirar ekan, yangilik yaratadi, ijod qiladi, shu yangilikni tevarak-atrofdagi voqelikka qo’shadi, voqelikni o’zgartiradi va to’ldiradi. Umuman odam har doim harakat qilmasdan tura olmaydi. Ana shu jihatdan olganda odamning barcha harakatlarini ikki 250 turkumga bo’lish mumkin. Ulardan birinchisi ixtiyorsiz harakatlar bo’lsa, ikkinchisi ixtiyoriy harakatlardir. Shavkat Mirziyoyevning “Aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish va psixologiya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi. Quyidagilar respublikada psixologik xizmat ko‘rsatish va psixologiya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilanishi mumkin: mamlakatda amalga oshirilayotgan yangilanish, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot 2
istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan , fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda psixologik xizmatlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish ; Kurs ishining ob'ekti : Yoshlar tarbiyasining ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish, shaxsning ma’naviy kamol topishida psixologik qo‘llab- quvvatlash, yoshlarning mustaqil ongli kasb tanlashi va o‘zining shaxsiy kasbiy rejalarini shakllantirishga sharoitlarni yaratishga psixologik ko‘maklashish; Kurs ishining maqsadi . Iqtidorli yoshlar salohiyatlarini namoyon etishlariga ko‘maklashish, ularning bilish faoliyati va qiziqishlarini boyitish, dunyoni idrok etishning universal usullarini shakllantirish uchun psixologik yordam tizimini yaratish asosida ularni psixologik qo‘llab-quvvatlash; Kurs ishining predmeti. Aholiga psixologik xizmatning talab qilinadigan darajasi va sifatini ta’minlovchi me’yoriy, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish , jumladan, onlayn psixologik xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish; Kurs ishining vazifalari: Aholi baxtlilik darajasi, sog‘liqni saqlash, xususan, mental salomatlik, stressdan himoyalanish yo‘nalishidagi tadqiqotlarni amalga oshirish; Favqulodda holatlar sharoitida psixologik xizmat ko‘rsatish, hayot faoliyatida og‘ir psixologik holatlarga tushib qolgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan trening-reabilitatsiya dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish; bolalarning maktabgacha bo‘lgan davri rivojlanishi, idrok, ong va xulq-atvor, Kognitiv va ijtimoiy psixologiya sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish va ommalashtirish; Psixologik ma’rifat va maslahat berish faoliyatini tizimli tashkil etish, uning uzluksiz metodik ta’minotini yaratish ; Tibbiy va klinik psixologiya, psixolingvistika, psixogenetika, boshqaruv psixologiyasi, savdo psixologiyasi, gerontopsixologiya, kross-madaniy 3
psixologiya , mehnat psixologiyasi, tashkiliy psixologiya kabi dolzarb yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlashni rivojlantirish; Psixologiya sohasida zamonaviy o‘quv, ilmiy va ommabop adabiyotlarni tayyorlash, nashr etish va ommalashtirish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish; Yosh psixologiyasi, psixofiziologiya , tibbiy psixologiya, psixoterapiya, patopsixologiya, differensial psixologiya, pedagogik psixologiya , psixodiagnostika, genetik psixologiya kabi sohalarda fundamental, amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish. Kurs ishi tuzilishi: Mazkur kurs ishi 2 bob, 4 paragrif, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan. 4
I.BOB. IRODA TUSHUNCHASINI RIVOJLANISH TARIXI. IRODANI ANIQLASH. IRODAVIY JARAYONLAR 1.1. Iroda inson hulq-atvori va faoliyatining asosi sifatida . Odamning ixtiyorsiz harakatlari qat'iy bir maqsadsiz, ko’pincha impul'siv tarzda, ya'ni reflektor tarzda yuzaga keladi. Masalan, yo’talish, aks urish, ko’z qovoqini ochib yumilishi va shu kabilar. Bu harakatlarni odam oldindan o’ylab rejalashtirmaydi. Ixtiyorsiz harakatlar har qanday sharoitda yuz berishi mumkin. Ixtiyorsiz harakatlar ba'zan, odamning aqliy faoliyatlari bilan ham bog’liq bo’ladi. Chunonchi, ixtiyorsiz idrok, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyorsiz esda olib qolish, ixtiyorsiz esga tushirish holatlari ham bo’ladi. Bunday hollarda odamning ixtiyorsiz harakatlari idrok qilinayotgan narsaning boshqa narsalardan keskin farq qilishi yoki odamning qiziqishlari, ehtiyojlari bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Ixtiyoriy harakatlar iroda bilan bog’liq bo’lgan harakatlardir. Ixtiyoriy harakatlar oldindan belgilangan maqsad asosida to’la ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlardir. Lekin ixtiyoriy harakat deganda, faqat jismoniy harakatlar emas, balki, aqliy harakatlar ham tushuniladi. Shunday qilib, iroda tushunchasiga nisbatan adabiyotlarda turlicha ta'riflar uchraydi. Jumladan, A.V.Petrovskiy darsligida iroda - bu kishining o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishishida qiyinchiliklarni yengib o’tishga qaratilgan faoliyati va xulq-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va o’z-o’zini boshqarishi demakdir, deb ta'riflanadi. Q.Turg’unov muallifligidagi lug’atda ta'riflanishicha, iroda - shaxsning ongli harakatlarida, o’z-o’zini bilishida ifodalanadigan, ayniqsa maqsadga erishish yo’lida uchraydigan jismoniy va ruhiy qiyinchiliklarni yengib chiqishda namoyon bo’ladigan ixtiyoriy faolligidir. M.Vohidov fikricha, iroda deganda biz oldindan belgilagan, qat'iy bir maqsad asosida amalga oshiriladigan va ayrim qiyinchiliklarni, to’siqlarni yengish bilan bog’liq bo’lgan harakatlarni tushunamiz. Professor E.G’.G’ozievning "Umumiy psixologiya " darsligida iroda-bu tashqi va ichki 5