IRODA PSIXOLOGIYASI
IRODA PSIXOLOGIYASI MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………...............................................………...…….. 4 I.BOB. IRODA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA………...............................……........5 1.1. Iroda haqida umumiy tushuncha……………………………..........................…......5-13 1.2. Iroda va o‘zlikni anglash ……….……………………….…....................................…14-22 1.3. Irodaning psixologik talqini…………………………..................................…………23-27 II.BOB. IRODANING AMALIY JIHATDAN O‘RGANISH ……...........................….....28 2.1. Iroda borasidagi nazariyalar…..……………………………........................………….29-32 2.2. Irodani o‘rganinshning yangi qirralari ……………………….....................……...33-35 2.3. O‘rta osiyo mutaffakirlari shaxsning irodaviy sifatlari haqida….…........36-41 Xulosa……………………………………………………..........................................………….……42-43 Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………................................……..……….. 44 1
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. Asarida “Iroda – bu aslida mustahkam ishonch demakdir. Irodasi baquvvat odam o‘ziga ishonadi va har qanday murakkab vazifani ham o‘z zimmasiga olishdan qo‘rqmaydi. Shuning uchun ham yuksak irodali insonga suyanish mumkin. Bunday kishilar boshingizga biror-bir tashvish yoki muammo tushgudek bo‘lsa, loqayd qarab turolmaydi. Hech ikkilanmasdan, yoningizda turib, qo‘lidan kelganicha yordam berishga, qiyinchiliklarni siz bilan birgalikda yengishga harakat qiladi” deb ta’kidlaganlar.1Shuningdek, birinchi Prezidentimiz o‘z fikrlarini yanada rivojlantirib mazkur asarlarida yana shunday yozadilar: “Bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, ularning ustuvor yo‘nalishlarini, kimga va nimaga qarshi qaratilganini aniqlash, aholi turli qatlamlariga ta’sirini o‘rganish, milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo‘lgan zararli g‘oyalar va mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish, fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog‘lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash alohida ahamiyat kasb etadi. Faqat ana shunday asosda yoshlarni o‘z fikriga ega, turli ma’naviy xurujlarga qarshi sobit tura olishga qodir bo‘lgan, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga erishish mumkin”. 1Psixologiya fanidagi irodaga taalluqli ta’riflarni umumlashtirgan holda uni mana bunday shaklda tavsiflash mumkin: “Iroda – bu shaxsning oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish jarayonida uchraydigan qiyinchiliklarni yengib o‘tishga qaratilgan faoliyati, xulq-atvori va muomalasini ongli ravishda tashkil qilishi, o‘zgartirishlar kiritishi hamda o‘zini o‘zi boshqarishi demakdir. Iroda – bu shaxs faoliyati, muomalasining alohida shakli, sub’ekt xulq-atvorini tashkil etishning u 2
tomonidan qo‘yilgan maqsad bilan belgilanadigan o‘ziga xos turidir. Iroda tabiat, jamiyat, shaxs kamoloti qonuniyatlarini egallab oladigan va shu tariqa ularni o‘z ehtiyojlariga ko‘ra o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladigan shaxsning mehnat, o‘yin, o‘quv faoliyatida, muomala jarayonida, xulq-atvorida paydo bo‘ladi”. O‘smirlar xarakterning irodaviy xususiyatlarini shakllantirish muammosining dolzarbligi «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning amalga oshirilishi bilan bevosita bog‘liqdir. Ushbu muammo mamlakatimizning Prezidenti I.A.Karimov asarlarida, Oliy Majlis sessiyalarida va psixologiyaning sohasiga oid adabiyotlarda ko‘p marta yoritilgan. 1-Prezidentimiz o‘zining «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» va «O‘zbekiston yangilanish va taraqqiyot yo‘lida» nomli asarlarida ko‘rsatib o‘tganidek, O‘zbekiston Respublikasi kishilarining ruhiyatini shakllantirishga jiddiy ta’sir qiladigan ulkan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirmoqda Mazkur nuqtai nazardan har bir o‘quvchida shaxs fazilatlarini shakllantirish jarayoniga, ayniqsa, uning irodaviy sifatlarni tarkib toptirishga jiddiy e’tibor qaratish orqaligina ijtimoiy taraqqiyotning barqarorligini ta’minlash mumkin Kurs ishining ob’ekti: Irodaning amaliy jihatdan o‘rganish haqida umumiy ma’lumotlar berilgan. Kurs ishining maqsadi: Iroda haqida umumiy tushuncha, Irodaning amaliy jihatdan o‘rganish haqida. Kurs ishining vazifalari: a) Iroda haqida umumiy tushuncha; b) Iroda va o‘zlikni anglash; c) Irodaviy harakatlarning sifatlari; 3
d) Irodani o‘rganinshning yangi qirralari; e) O‘rta osiyo mutaffakirlari shaxsning irodaviy sifatlari haqida. Kurs ishining tarkibi: Kurs ishi tarkibi Kirish, 2 ta bob, 5 ta bo‘limdan, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. I BOB. IRODA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA 1.1. Iroda haqida umumiy tushuncha Psixologlarning ma’lumotlariga qaraganda, “Men”lik insonning atrofmuhit hamda shaxslararo munosabatlarida vujudga keladi. Lekin “Men”likning tarkib topishi, uning fikr yurituvchanligi ruhiyat rivoji ko‘rsatkichi bilan belgilanadi. Inson atrof- muhit bilan shaxslararo munosabatlar mazmunidan iborat. SHuningdek, u munosabatlar to‘g‘risida fikr yurita olishlik imkoniyati ifodasidir. S.L.Rubinshteyn bilan K.A.Abulbxanova-Slavskayalar ikkala asosning qaysi birisi yetakchiligi haqidagi muammoni o‘ziga xos tarzda hal qilishga intiladilar. Lekin uning yechimida ong qachon va qay tarzda qanday sabablardan kelib chiqqan holda o‘zini ob’ektivlashtiradi va qaysi yo‘sinda o‘zini o‘zi anglaydi, degan masala markaziy o‘rin egallaydi. O‘zaro munosabatlar qoidalar va talablar doirasida kechishining zarurligi ongni o‘zini o‘zi boshqarishga majbur qiladi. Bunda ong o‘zidagi ixtiyorsizlikni tizginlaydi, lekin tizginlash ongning shaxslararo munosabatlarda namoyon bo‘lishi ularga ta’sir ko‘rsatishni tahlil qilish natijasida 4
vujudga keladi. Tahlil qilish natijasida ijtimoiylik insonning ongiga, ruhiyatiga kirib boradi. Bunda ong o‘zini o‘zi anglash hamda boshqarishning manbai bo‘lib qoladi. Oxir oqibatda insonning ijtimoiylashuvi deyilganida, uni ongining ijtimoiylashuvini nazarda tutadi. SHu tariqa o‘zini o‘zi anglashning ijtimoiylashuvdagi o‘rni, roli tushuntiriladi.SHunday qilib, o‘zini o‘zi anglash jarayonida ruhiyat (psixika) bilan ijtimoiylashuv (sotsializatsiya) o‘rtasida muttasil o‘zaro munosabatlar vujudga keladi. Munosabatlarning o‘zaro muvofiqligi yoki nomuvofiqligi ta’sirida “Men”likning xususiyati va uning mohiyati ro‘yobga chiqadi.SHuning uchun insonda o‘zini o‘zi anglash maqsadga muvofiq tarkib topmas ekan, oldiga qo‘yilgan vazifalarni sifatli bajara olmaydi. Irodaviy zo‘r berish maqsad ob’ektiga yo‘naltirilmasa, o‘zini o‘zi anglash muvaffaqiyati to‘g‘risida mulohaza yuritish ham mumkin emas. O‘smirlarda o‘zini anglashning rivojlanishi ularning o‘z xatti- harakatlarini anglashdan boshlanadi ( oldin ayrim qiliqlarini, undan so‘ng barcha xatti-harakatlarini butunligicha anglashlaridan boshlanadi), undan so‘ng o‘zlarining sifatlarini, xarakterlarini va o‘z qobiliyatlarini anglashdan boshlanadi. Dastlabki paytlarda o‘smirlarni o‘zini anglashi asosida u haqida boshqa odamlarning kattalarning (o‘qituvchilar, ota-onalarning), jamoaning va o‘rtoqlarining mulohazalari yotadi. Kichik yoshdagi o‘smir o‘ziga go‘yo atrofdagi odamlarning ko‘zi bilan qaraydi. Yosh ulg‘ayishi bilan o‘z shaxsini mustaqil tahlil qilish va baholash holatlari boshlanadi. O‘tkazilgan tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, o‘smir shaxsining hamma sifatlarini ham bir vaqtni o‘zida anglay boshlamaydi. Dastavval ta’lim faoliyatini bajarish bilan bog‘lik bo‘lgan sifatlar (mehnatsevarlik matonat, diqqatlilik, tirishqoqlik.) anglana boshlanadi. Undan so‘ng boshqa kishilarga bo‘lgan munosabatlarni ifoda-lovchi sifatlar (o‘rtoqlik hissi, mehribonlik, vazminlik, qaysarlik xissi) anglanadi. Undan ham keyin o‘z- 5