Muloqot psixologiyasi
Muloqot psixologiyasi MUNDARIJA KIRISH.......................................................................................5 I.BOB. MULOQOT PSIXOLOGIYASINING PREDMETI, MAQSAD VA VAZIFALARI........................................................6 1.1 Muloqot haqida umumiy tushuncha...............................6-9 1.2 Muloqot psixologiyasining maqsadi va vazifalari......10-17 II.BOB. MULOQOTNING YOSHGA XOS XUSUSIYATLARI......18 2.1 Go‘daklarning kattalar bilan bo'ladigan muloqoti.....18-28 2.2 O‘smirlarning kattalar bilan bo'ladigan muloqot.i......29-34 XULOSA..............................................................................34-36 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR..........................................37 1
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O'z mustaqil taraqqiyot yo'lidan borayotgan Respublikamiz yoshlarini yangicha ijtimoiy muhitga tayyorlash, davr ruhida tarbiyalash — dolzarb va ustuvor vazifalardan biri. Hozirgi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning rivoji yoshlarning ma’naviy qiyofasiga, shaxsiy barkamolligiga ham ko‘p jihatdan bog'liq. Bu vazifalarni amalga oshirish insoniy o'zaro munosabatlarda demokratik tamoyillaming teran tafakkur etishni taqozo etadi. Insonlar o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlar Sharqda o'ziga xos va har bir millat psixologiyasiga mos holda qaror topgan. Ushbu o'quv qo'llanma jamiyatning yangilanishi davrida inson ma’naviyati va ruhiyatida ro'y berayotgan o'zgarishlarning psixologik tabiatini anglashga yordam beradi. /Rivojlanib borayotgan jamiyatimizda sog'lom avlodni, komil insonlami voyaga yetkazish masalasiga katta e’tibor berilmoqda. Komil insonning muhim sifatlaridan biri muloqot madaniyatidir. Yetarlicha shakllanmagan muloqot madaniyatisiz sog'lom ijtimoiy munosabatlami o'matish mushkul.)Muloqot bilan bog'liq muammolar psixologiya fanida chuqur o'rganilgan. Unga tayanib insonning ruhiy taraqqiyotini, uning atrofdagilar bilan bo'ladigan aloqasini, individning shaxs bo'lib shakllanishini muloqotsiz tasavvur qilib bo'lmaydi, degan xulosaga kelish mumkin. Chunki muloqot ham insonning o'ziga xos ehtiyojlaridan biri. Insonning go'daklik va o'smirlik davrlarida muloqot yetakchi, ya’ni yangi psixologik xususiyatlarning shakllanishiga bevosita ta’sir ko'rsatuvchi faoliyat sifatida gavdalanadi. "Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir. Aynan muloqot yordamida insonlar tabiatni o'zlashtirish va o'z ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Muloqot jarayonida inson xulq-atvorining muayyan obraz va modellari shakllanib, keyinchalik ular interiorizatsiyalanadi. Muloqot davomidaijtimoiy va shaxsiy munosabatlar amalga oshadi, uning vositasidahamkorlikdagi faoliyat ro'yobga chiqariladi. 2
Muloqot psixologiyasi sohasidagi bilimlarni yoshlar, ayniqsa,bo'lajak o'qituvchilarga yetkazish ularning psixologik savodxonliginioshiradi, ma’naviy- axloqiy tarbiyasini yuksaltirishga, bo'lg'usipedagogik faoliyatlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi. Kurs ishining obyekti. Shaxslarda muloqotchanlik darajasini aniqlash. Kurs ishining predmeti. Muloqot tushunchasiga psixologik yondashgan olimlarning tadqiqotlari. Kurs ishining vazifalari: Muloqot tushunchasiga tarif berish; Muloqot nazariyalarini o‘rganish; Turli yosh davrlarida muloqotning shakllanishini o‘rganish; Muloqot jarayonini ahamiyati haqida ma'lumot berish. Kurs ishining tarkibi: Mazkur kurs ishi kirish, xulosa , foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, 2bob va 4bo‘limda iborat. I.BOB. MULOQOT PSIXOLOGIYASINING PREDMETI, MAQSAD VA VAZIFALARI 3
1.1 Muloqot haqida umumiy tushuncha Muloqot psixologiyasining predmeti — muloqot madaniyati, muloqot texnikasi, muloqot etikasini o'rganishdan iborat. Muloqot faqat insonlarga xos bo'lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir-birlari bilan muloqotda bo'lish ehtiyoji tug'iladi. O'zaro muloqot esa, tabiiyki, kishilik jamiyati vujudga kelishining eng asosiyunsuri hisoblanadi. Psixologiya lug'atida muloqot tushunchasiga ikki xil ta’rif beriladi: 1. Muloqot — hamkorlikdagi faoliyat ehtiyoji bilan taqozolanganaloqa o'matish va uni rivojlantirish jarayoni; 2. Muloqot — belgilar tizimi orqali subyektlaming o'zaro ta’sirlashuvi.Muloqot — odamlar o'rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridankelib chiqadigan bog'lanishlar rivojlanishining ko'p qirrali jarayonidir.Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat ko'rsatuvchilar o'rtasida axborot ayirboshlashni o'z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ (o'zaro aloqaga doir) jihati hisobga olinadi.Muloqot tushunchasini kommunikatsiyadan farqlash kerak. Kommunikatsiya — tirik va o'lik tabiatdagi tizimlar o'rtasida axborot almashinuvini anglatadi. Hayvonlar o'rtasidagi signallar almashinuvi, insonning texnik vositalar bilan aloqa qilishi — bulaming barchasi kommunikatsiya. Muloqot esa faqat insonlar o'rtasidagina amalga oshirilishi mumkin. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda va munosabatda bo'lish jarayonida shaxsga aylanib boradi, ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallab boradi. Muloqot ijtimoiy faollikning ontogenezda (individual rivojlanish yo'li) paydo bo'ladigan birinchi turidir. Faoliyat davomida insonlar o'rtasida yangi-yangi munosabatlar va aloqalar shakllanadi. 4
Demak, faoliyat va muloqot o'zaro chambarchas bog'liqdir. Kishilar munosabatga kirishishda awalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning o'zaro birgalikdagi harakati — nutq jarayonida faqat so'zlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham muloqot yuritishdan iborat. Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan awal uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda bo'lamiz. Demak, muloqot jarayonida kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (o'zaro birgalikda harakat qilish) va perseptiv (o'zaro birgalikda) idrok etish amalga oshiriladi. Har bir kishining o'z «Men«i atrofdagilar bilan bo'ladigan muloqot jarayonida shakllanadi. Shaxsning hayot yo'llari awal oilada, bog'cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya’ni guruh va jamoalarda rivojlanadi. Muloqotga bo'lgan ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. Kimlar bilandir bo'lgan muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, ayrim hollarda esa qoniqmaslikni his qilamiz. Pedagogik muloqot bu — muloqot turlaridan biri bo'lib, pedagogik faoliyatda muhim o'rin tutadi. Muloqot psixologiyasining psixologiyaning boshqa tarmoqlari bilan bog‘liqligi. Muloqot psixologiyasi fani psixologiyaning barcha tarmoqlari bilan bog'liq holda rivojlanadi. Jumladan, pedagogik psixologiya bilan uzviy bog'liq. Pedagogik muloqotda ta’lim psixologiyasi, tarbiyaning psixologik asoslari, o'q ituvchi va o'quvchi munosabatlari, o'qituvchi psixologiyasi, maktablarda ta’lim-tarbiya jarayonlarini boshqarish muhim o'rinni egallaydi. Ijtimoiy psixologiya fanida muloqot tarkibi (struktura) muammosi muhim o'rin tutadi. Chunki muloqot tuzilishini aniqlab olish uning tarkibidagi har bir elementni 5