logo

Muloqot sistemasi

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

63.4365234375 KB
Mavzu: Muloqot sistemasi
Reja:
I. Kirish. 
II. Asosiy qism. 
1. Muloqot haqida tushuncha. 
2. Muloqot vazifalari va turlari. 
3. Muloqot hayot kechirishning bir shaklidir. 
III. Xulosa. 
  Kirish
Muloqot   insonning   ijtimoiy,   ongli   mavjudot   sifatidagi,   ong   tashuvchi
sifatidagi ehtiyojidir. Turli  yuksak hayvonlar va odam turmush tarzlarining   ikki
taraf: tabiat bilan aloqalar va tirik jonzotlar bilan aloqalarga ajralishini kuzatamiz.
Birinchi   tur   aloqalar   odam   faolligining   maxsus   turi   sifatidagi   faoliyat   deb
nomlangan. Ikkinchi  tur  aloqalar bir-birlari  bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi  tomonlar
axborot  almashinuvchi  tirik   jonzotlar  ekanligi  bilan belgilanadi. Tur  ichidagi  va
turlararo bunday aloqalar turi muloqot deb ataladi.
  «Muloqot»   tushunchasining   turlicha   ta’riflari   mavjud.  Muloqot   ikki   yoki   undan
ortiq   odamlar   o‘rtasidagi   bilish   yoki   affektiv-baholash   xususiyatiga   ega   bo‘lgan
axborot   almashinuvida   ularning   o‘zaro   ta’sirlashuvi   sifatida   ta’riflanadi.   Yoki:
muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va
axborot   almashinuvi,   o‘zaro   ta’sirning   yagona   yo‘lini   ishlab   chiqish,   boshqa
odamni   idrok   qilish   va   tushunishdan   iborat   bo‘lgan   aloqalarni   o‘rnatish   va
rivojlatirishning   murakkab,   keng   qamrovli   jarayoni.   Bu   «muloqot»
tushunchasining eng to‘liq va aniq ta’rifidir.
Muloqot   barcha   tirik   jonzotlarga   xosdir,   lekin   odam   darajasida   u   eng
takomillashgan   shakllarga   ega   bo‘ladi,   nutq   vositasida   anglanadi.   Muloqotda
quyidagi nuqtai nazarlar ajratiladi: mazmun, maqsad va vositalar.
Insonning   nutq   faoliyati   inson   ongining   barcha   qirralari   bilan   chambarchas
bog‘langan.   Nutq   –   inson   psixik   kamolotining,   shaxs   sifatida   shakllanishining
qudratli   omilidir.   Nutq   ta’siri   ostida   qarashlar,   e’tiqodlar,   intellektual,   ma’naviy
va   estetik   hissiyotlar   tarkib   topadi,   iroda   va   fe’l-atvor   shakllanadi.   Nutq
yordamida   barcha   bilishga   oid   psixik   jarayonlar   erkin   va   boshqariladigan   tus
oladi. SHunday ekan, nutq – bilishga oid psixik jarayon bo‘lib, inson tomonidan
talaffuz   qilinayotgan   va   eshitib   turilgan   tovushlar   uyg‘unligidan   iborat,   ayni vaqtda   shu   tovushlarga   mos   yozuv   belgilari   tizimi   orqali   ifodalangan   ma’no   va
mazmunga ega.
Muloqot haqida tushuncha
     Til – shartli belgilar tizimi bo‘lib, ularning yordamida odamlar uchun muayyan
ma’noga va mazmunga ega bo‘lgan tovushlar yig‘indisi uzatiladi.
Nutqda   alohida   insonning   ruhiyati   ifoda   topadi.   Nutq   xususiy   jihatdan   alohida
shaxsga xos bo‘lib, unda alohida olingan insonning psixologiyasi aks etadi, til esa
hamma uchun bittadir.
Nutq   orqali   bildirilgan   ishoralar   yordamida   muayyan   predmet,   harakat,   holat   va
h.k.   ifodalanadi.   So‘z   esa,   predmet   yoki   hodisa   to‘g‘risidagi   tasavvur   bilan
bog‘liq.
Umumlashtirish funksiyasi har bir so‘z umumlashtirish xususiyatiga ega ekanligi
bilan   bog‘liq,   bu   esa   tafakkurning   yuzaga   chiqishiga   imkon   yaratadi.   Fikr
almashuv,   ya’ni   muloqot   muayyan   ma’lumotlarni,   fikrlarni,   tuyg‘ularni   odamlar
bir-birlariga etkazib berishdan iborat bo‘lgan jarayondir.
Inson   nutqining   aniqligi   cheklangan   miqdordagi   nutqiy   belgilar   –   turli
murakkablikdagi   tarkibiy   qismlar   (tovushlar,   bo‘g‘inlar,   so‘zlar   va   gaplar)
yordamida   insonning   cheksiz-chegarasiz   turli-tuman   fikrlarini,   maqsadlarini   va
tuyg‘ularini ifodalash imkonini beradi. Muloqot   mazmuni   –   bu   individualliklararo   aloqalarda   bir   tirik   jonzotdan
ikkinchisiga etkaziladigan axborot. Muloqot mazmuniga tirik mavjudotning ichki
motivatsion   yoki   emotsional       holati   haqidagi   ma’lumotlar   kirishi   mumkin.
Muloqot   orqali   bir   tirik   mavjudotdan   ikkinchisiga,   tirik   mavjudotni   ma’lum
tartibda   aloqaga   kirishishga   yo‘naltiruvchi,   ularning   emotsional   holatlari
(mamnunlik, shodlik, g‘azab, qayg‘u, hijron va shu kabilar) haqidagi ma’lumotlar
o‘tishi   mumkin.   Bunday   axborot   odamdan   odamga   etkaziladi   va   shaxslararo
aloqalar o‘rnatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Biz, ochiq ko‘ngilli va shodlanayotgan odamga qaraganda, g‘azablanayotgan yoki
azob   chekayotgan   odamga   nisbatan   o‘zimizni   boshqacha   tutamiz.   Bir
mavjudotdan   boshqasiga   etkaziladigan   tashqi   muhit   holati   haqidagi   ma’lumot,
masalan, xavfdan yoki yaqin atrofda ijobiy, biologik muhim omillarning, deylik,
ozuqaning mavjudligi haqidagi ogohlantirish muloqot mazmuni bo‘lishi mumkin.
Odamda   muloqot   mazmuni   hayvonlarnikiga   qaraganda   ancha   kengroqdir.
Odamlar   bir-biri   bilan   dunyo   haqidagi   bilimlar,   orttirilgan   tajriba,   layoqatlar,
malaka   va   ko‘nikmalarni   jamlagan   axborot   bilan   almashadilar.   Inson   muloqoti
ko‘p jismli bo‘lib, ichki mazmuniga ko‘ra turli-tumandir.
          Muloqot   maqsadi   –   bu   insonda   ushbu   faollik   turi   yuzaga   keladigan   sabab.
Hayvonlarda   muloqot   maqsadi   bo‘lib   boshqa   tirik   jonzotni   ma’lum   harakatga
chorlash, u yoki bu harakatni amalga oshirmaslik kerakligi haqidagi ogohlantirish
xizmat   qilishi   mumkin.   Masalan,   ona   o‘z   tovushi   yoki   harakati   bilan   bolasini
xavfdan   ogoh   etishi   mumkin;   podadagi   ba’zi   hayvonlar   boshqalarni   ularga
hayotiy muhim daraklar etib kelgani haqida ogohlantirishlari mumkin.
Odamda   muloqot   maqsadlari   soni   ko‘payadi.   Ularga   yuqorida   sanab
o‘tilganlardan tashqari, dunyo haqidagi bilimlarga ega bo‘lish va etkazish, ta’lim
va   tarbiya,   odamlarning   hamkorlik   faoliyatlaridagi   turli   harakatlarning
muvofiqlashuvi,   shaxsiy   va   ish   bo‘yicha   o‘zaro   munosabatlarning oydinlashtirilishi, o‘rnatilishi va boshqalar ham kiradi. Agar hayvonlarda muloqot
maqsadlari   ular   uchun   dolzarb   bo‘lgan   biologik   ehtiyojlarni   qondirishdan   iborat
bo‘lsa, odamlarda ular ko‘plab turli: ijtimoiy, madaniy, bilish, ijodiy, estetik, aqliy
o‘sish, ahloqiy rivojlanish kabi ehtiyojlarni qondirish vositasi bo‘lib hisoblanadi.
Muloqot,   odatda,   beshta:   shaxslararo,   kognitiv,   kommunikativ-axborotli,   emotiv
va konativ tomonlarining birligida namoyon bo‘ladi.
Muloqotning shaxslararo tomoni insonning bevosita atrof-muhiti: boshqa odamlar
va o‘z hayotida bog‘liq bo‘ladigan umumiyliklar bilan o‘zaro ta’sirini aks ettiradi.
Muloqotning kognitiv tomoni   suhbatdoshning kim, qanday odam ekanligi, unlan
nima   kutish   mumkinligi   haqidagi,   shuningdek,   sherikning   shaxsi   bilan   bog‘liq
bo‘lgan boshqa ko‘pgina savollarga javob berish imkonini beradi.
Muloqotning   kommunikativ-axborotli   tomoni     tasavvurlar,   g‘oyalar,   qiziqishlar,
hissiyotlar,   mayllar   va   sh.o‘.lari   turlicha   bo‘lgan   odamlar   o‘rtasidagi
almashinuvdan iborat.
Muloqotning   emotiv   tomoni   sheriklarning   shaxsiy   aloqalaridagi   his-tuyg‘ular,
kayfiyatning vazifa bajarishlari bilan bog‘liq.
Muloqotning konativ (xulq-atvor tomondan) tomoni sheriklar qarashlaridagi ichki
va tashqi qarama-qarshiliklarni muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
Muloqot   vositalarini   muloqot   jarayonida   bir   tirik   jonzotdan   boshqasiga
etkaziladigan   axborotni   kodlashtirish,   uzatish,   qayta   ishlash   va   ochib   berish
vositalari sifatida ta’riflash mumkin.
   Muloqot vositalariga quyidagilar kiradi:
1.   Til   –   muloqot   uchun   qo‘llaniladigan   so‘zlar,   ifodalar   va   ularni   muloqotda
qo‘llash uchun ma’noli iboralarga birlashtirish qoidalari tizimi, shuningdek,   turli
ko‘rinish   va   shakllardagi   (matnlar,   chizmalar,   suratlar),   axborot   yozish,   etkazish va   saqlashning   texnik   vositalari   (radio-   va   videotexnika,   yozuvning   mexanik,
magnitli, lazerli va boshqa shakllari) dagi belgilar tizimlari va yozuvdan iborat.
2.   Ohang,   emotsional   ifodalanganlik,   bir   xil   iboraga   turlicha   ma’no   berishga
qodir.
3.  Suhbatdoshning   mimikasi,   gavda   holati,  nigohi   ibora   ma’nosini   kuchaytirishi,
to‘ldirishi yoki rad etishi mumkin.
4.   Imo-ishoralar   muloqot   vositasi   sifatida   umumiy   qabul   qilingan,   ya’ni,
belgilangan   ma’noga   ega   bo‘lishi   yoki   ekspressiv,   ya’ni,   nutqning   ifodaliligini
yanada oshirishi mumkin.
5. Suhbatdoshlar muloqotidagi masofa madaniy, milliy an’analarga, suhbatdoshga
bo‘lgan ishonch darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Inson   o‘zining   tur   ichidagi   muloqot   usullari   va   vositalarini   tanlashdagi
kashfiyotchiligi   bo‘yicha   er   sayyorasida   bizga   ma’lum   tirik   mavjudotlarni   ancha
quvib o‘tdi.
Muloqot quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
-   muloqotga   bo‘lga   ehtiyoj   (axborotni   etkazish   yoki   undan   xabardor   bo‘lish,
suhbatdoshga     ta’sir   ko‘rsatish   zarur,   va   h.k.)   Boshqa   odamlar   bilan   aloqaga
kirishishga undaydi;
- muloqot maqsadlari, muloqot vaziyatini to‘g‘ri  belgilash;
- suhbatdosh shaxsini belgilash;
- o‘z muloqoti mazmunini rejalashtirish, odam aynan nima haqida so‘z yuritishini
tasavvur qiladi (odatda anglanmagan holda); -   inson   ongsiz   ravishda   (ba’zan   ongli)   foydalanishi   mumkin   bo‘lgan   aniq
vositalar, nutqiy iboralarni tanlaydi, qanday gapirib, o‘zini qanday tutishini o‘ylab
qo‘yadi;
-   suhbatdoshning   javob   reaksiyasini   idrok   qilish   va   baholash,   qaytar   aloqa
o‘rnatish asosida muloqot samaradorligini nazorat qilish;
- muloqot yo‘nalishi, uslubi, metodlariga tuzatishlar kiritish.
Agar   muloqot   aktining   biror-bir   halqasi   izdan   chiqqudek   bo‘lsa,   so‘zlovchi
muloqotdan kutgan natijalariga erisha olmaydi.
Insonning   hayvonot   olamidan   farq   qiluvchi,   uning   fiziologik,   psixik   va   ijtimoiy
rivojlanish   qonuniyatlarini   aks   ettiruvchi   asosiy   xususiyatlardan   biri   nutq   deb
ataluvchi   alohida   psixik   jarayonning   mavjudligi   hisoblanadi.   Nutq   –   bu
odamlarning til vositasida muloqot qilishi. Gapira olish va begona tilni tushunish
malakasiga ega bo‘lish uchun tilni bilish va undan foydalana olish zarur.
      Til va nutqning psixologik faoliyatda tutgan o’rni.
            Til   va   nutqning   psixologik   rivojlanish   yo’lida   tutgan   o’rni   beqiyosdir.
Nutqning   paydo   bo’lishi   bilan   birga   insonning   psixologik   va   ruhiy   doirasi   ham
rivojlana   boshlaydi.   Masalan,   qabul   qilish   ,   xotira,   tafakkur,   tasavvur,   e’tibor
kabilar faqatgina til tufayli rivojlana boradi.
         Nutq – inson psixologiyasining eng muhim vazifalaridan biri bo’lib, boshqa
psixologik   jarayonlarni   boshqarib,   bir   biriga   boq’lab   turadi.   Inson   onggidagi
tafakkur   va   tasavvur   qilish   jarayonlari   nutq   faoliyati   bilan   chambarchas   bog’liq
bo’lib,   inson   fikrlash   faoliyati   –   nutqiy   tafakkurni   paydo   qiladi.   Nutqning
rivojlanishi boshqa psixologik jarayonlarning rivojlanishiga turtki bo’ladi.               Nutq   o’z   navbatida   tashqi,   ichki,   og’zaki,   yozma   dialog   va   monolog
ko’rinishlarida   bo’ladi.   Nutq   o’zaro   munosabat   va   muloqotda   eng   asosiy   qurol
hisoblanadi.
  Psixologiyada   «til»   va   «nutq»   tushunchalari   mavjud.   Til   –   bu   odamlar   uchun
ma’lum   ma’no   va   ahamiyat   kasb   etuvchi   tovush   birikmalarini   etkazuvchi   shartli
ramzlar   tizimi.   Til   jamiyat   tomonidan   ishlab   chiqilgan   bo‘lib,   odamlarning
ijtimoiy   ongida   ularning   ijtimoiy   turmushini   aks   ettirish   shakli,   shuningdek,
ijtimoiy-tarixiy   rivojlanish   mahsuli   bo‘lib   hisoblanadi.   Tilning   noyob
hodisaviyligi   shundaki,   har   bir   odam   atrofdagilar   muloqotda   bo‘ladigan   tarkib
topgan tilga ega bo‘ladi va rivojlanish jarayonida uni o‘zlashtirib boradi.
Til – bu murakkab hosila. Istalgan til, avvalo, tilning leksik tarkibi deb ataluvchi
ma’nodor   so‘zlarning   ma’lum   tizimiga   egadir.   Bundan   tashqari,   til   so‘z   va   so‘z
birikmalari   turli   shakllarining   ma’lum   tizimidan   iborat   bo‘lgan   til
grammatikasiga,   shuningdek,   aniq   bir   tilga   xos   bo‘lgan   ma’lum   tovush   yoki
fonetik tarkibga egadir.
Til, asosan, har bir so‘z ma’nosini mustahkamlash uchun xizmat qiladi. So‘zning
istalgan ma’nosi umumlashtirishni anglatadi, masalan, slova «odam», «mashina»,
«stol» va boshqalar.
Tildan   farqli   ravishda   nutq   deb   ma’lumot   etkazish,   ko‘rsatma,   savol,   buyruq
berish   shaklida   amalga   oshiriladigan   nutqiy   muloqot   jarayoniga   aytiladi.   Nutq
yordamida   u   yoki   axborotni   etazish   uchun   ma’lum   ma’noga   ega   bo‘lgan   mos
so‘zlarni   tanlash   emas,   balki   ularni   aniqlashtirish   ham   lozim.   Nutqdagi   har   bir
so‘z   ma’lum   ma’nogacha   qisqartirilgan   bo‘lishi   zarur.   Bunga   so‘zni   ma’lum
kontekstga kiritish bilan erishiladi. Masalan,  «bu qanday mashina?» degan savol
bilan   bizni   jismning   o‘zida   qiziqtirayotgan   holatni   aniqlashtirmoqchi bo‘lganimizda   murojaat   qilamiz,   agarda   «bu   kimning   mashinasi?»,   deb   savol
bersak, bizni jism emas, uning kimga tegishliligi qiziqtirayotgani ma’lum bo‘ladi.
Nutqda   so‘z   ifodalari   bilan   etkaziladigan   mazmundan   tashqari,   bizning
so‘zlayotganlarimizga   nisbatan   munosabatimiz   ham   ifodalanadi.   Bu   hodisa
nutqning   emotsional-ifodali   jihati     deb   ataladi   va   iborani   talaffuz   qilishda
qo‘llaydigan so‘zlarning jaranglash toni bilan belgilanadi.
Va   nihoyat,   nutq   psixologik   jihatdan   mohiyatga   ega   bo‘lgan   u   yoki   bu   ibora
maqsadini aks ettiruvchi kontekstdan  iborat bo‘ladi.
Shunday qilib, nutqiy muloqot – bu murakkab va ko‘p tomonlama jarayon. A.n.
leontevning   fikriga   ko‘ra,   har   bir   nutq   akti   «o‘ziga   xos   nutqning   shakli   va   turi,
aniq   sharoitlar   va   muloqot   maqsadlariga   ko‘ra,   turli   nutq   vositalarini   qo‘llashni
talab   etuvchi   psixologik   muammoning   echimini   topishdan   iborat».   Xuddi   shu
nutqni tushunishga ham tegishlidir.
Muloqoting universal vositasi sifatidagi hozirgi zamon nutq holatigacha odamning
uzoq   davom   etgan   filogenezdagi   taraqqiyot   jarayoni   bo‘lib   o‘tgan   edi.   Shuni
ta’kidlab o‘tish lozimki, nutq – bu insonga xos bo‘lgan faoliyat. Nutq bilan birga
til   ham,   ilk   marotaba   faqat   insoniylik   jamiyatida,   hamkorlikdagi   mehnat
jarayonida yuzaga keldi.
Hazirgi zamon fan ma’lumotlariga ko‘ra, dastlabki nutq vositasi majmuiy kinetik
nutq   bo‘lgan.   Nutqning   bu   shakli   ibtidoiy   obrazli   tafakkur   bilan   bog‘langan
bo‘lib,   taxminan   yarim   million   yil   avval   mavjud   bo‘lgan.   Majmuiy   kinetik   nutq
deb, tana harakatlari yordamida ma’lumot etkazishning sodda tizimiga aytiladi.
Nutq   rivojlanishining   keyingi   bosqichida   nutq   harakatlarining   asta-sekin   mehnat
faoliyatidan   ajralib,   nutq   vositalari   sifatida   ixtisoslashi,   ya’ni,   ularning   jestlarga
aylanishi   bilan   bog‘liq.   Harakatlarning   nutqiy   va   mehnat   harakatlariga bo‘linishiga   odamlar   mehnat   faoliyatining   murakkablashishi   sabab   bo‘ldi.
Natijada maxsus qo‘l bola til va qo‘l (kinetik) nutqi  paydo bo‘ldi. Shunday qilib,
odam qo‘li mehnat va muloqotning asosiy vositasi bo‘lib qoldi.
Tovushli   nutqqa   o‘tish,   taxminan,   100   ming   yillar   avval   boshlangan   bo‘lishi
mumkin. Bu ishlab chiqarishning rivojlanishi va mehnatning birlamchi bo‘linishi
bilan   bog‘liq   bo‘lgan.   Qo‘l   nutqi   bajara   olmaydigan   jism   va   hodisalar   alohida
tushunchalar tizimida aniqroq belgilanadigan, nutqqa bo‘lgan talab paydo bo‘ldi.
Muloqot jarayonida qo‘l imo-ishoralari ma’lum mujmal tovushli ovoz bilan birga
ijro qilingan. Asta-sekin nutq tovushlari rivojlanib, sayqallanib bordi. Vaqt o‘tishi
bilan   ular   kinetik   nutq   bajargan   vazifalarni   o‘z   zimmalariga   oldilar,   bundan
tashqari,   odam   nutqi   taraqqiyotini   ta’minlab   berdilar.   Shunday   qilib,   nutq   va   til
yangi sifat darajasi –  tovushli aniq nutq darajasiga ko‘tarildilar.
Dastlab   tovushli   nutq   takomillashmagan   edi.   So‘zlar,   birlamchi,   qo‘l   imo-
ishoralari   kabi   juda   umumiy,   noaniq   ma’noga   ega   edi.   Bir   xil   so‘z   mazmuni
turlicha   bo‘lgan   jismlarni   belgilashda   qo‘llanilishi   mumkin   edi   (ibtidoiy
polisemantizm).   Ilk   so‘zlar   yaxlit   iboralar   bilan   ifodalangan,   deb     taxmin   qilish
mumkin,   dastlabki   nutq   shakllari   juda   oddiy   bo‘lgan.   Ularda   yashirin     ma’no,
jumlalar     bo‘lmagan.   Nutq   aniq   maqsadlarda,   qandaydir   ma’lumotni
etkazishdagina   ishlatilgan.   So‘ngra   mehnat   ta’sirida   so‘z   ma’nolari   rivojlana
borgan, va bu asta-sekin murakkab morfologiya va sintaksisga ega bo‘lgan tilning
shakllanishiga olib keldi.
Nutq   rivojlanishining   keyingi   bosqichi   yozuvning   yaratilishidir.   Yozuvli   nutq
og‘zaki nutq kabi o‘z taraqqiyotida bir necha bosqichlardan o‘tdi. Dastlab yozuv
belgilari   paydo   bo‘ldi,   keyinroq   esa,   tovushli   nutq   paydo   bo‘lishi   bilan   yozuv
belgilari   tovushlar   ma’nosini   aks   ettira   boshladi,   bu   esa   harf-fonetik   turdagi
zamonaviy yozuvning yuzaga kelishiga olib keldi Irsiy jihatdan nutq tafakkur bilan birga ijtimoiy-mehnat amaliyotida paydo bo‘ldi
va   u   bilan   insoniyat   ijtimoiy-tarixiy   taraqqiyot   jarayonida   rivojlandi.   Nutq
yaxlitligicha   ong   tomonidan   boshqariladi.   Ongning   asosiy   vazifasi   –   turmushni
anglash, aks ettirish, til va nutq buni maxsus holatda bajaradilar: ular turmushni,
belgilagan holda aks ettiradilar.
Til   va   nutq   o‘zaro   farqlanadilar.   Til   –   muloqot   vositalarining   qat’iy   me’yoriy
tizimi,   nutq   esa   –   muloqot   jarayonida   fikr   va   hissiyotlarni   etkazish   uchun
qo‘llanma.   Til   uni   qo‘llaydigan   odamlar   uchun   bir   xildir,   nutq   individual   tarzda
o‘ziga   xos   bo‘ladi.   Nutqda   alohida   olingan   odam   yoki   odamlar   jamoasining
psixologiyasi ifodalanadi, til esa o‘zida halq psixologiyasini ifodalaydi.
Shu bilan birga, nuq va tilning o‘zaro aloqasi shubhasizdir, chunki ma’lum tilsiz
nutq bo‘lmagani kabi, nutqda qo‘llanmaydigan til ham bo‘lmaydi.
Bunda ikki tur ma’lum o‘xshashlikka ega bo‘ladi. Bu o‘xshashlik hozirgi zamon
tillaridagi yozma nutq, xuddi og‘zaki nutq kabi tovushli ekanligidan iborat: yozma
nutq belgilari bevosita ma’noni emas, so‘zning tovush tarkibini etkazadi.
Demak,   nutq   –   bu   verbal   kommunikatsiya,   ya’ni,   til   vositasidagi   muloqot
jarayonidir.   Inson   nutqi   xilma-xil   shakllarga   ega.   Lekin   nutqning   qanday
shaklidan foydalanmaylik, u nutqning ikki asosiy: og‘zaki yoki yozma turlaridan
biriga tegishli bo‘ladi.
Og‘zaki   nutqning   asosiy   boshlang‘ich   ko‘rinishi   bo‘lib,   suhbat   shaklida
kechadigan nutq hisoblanadi. Bunday nutq suhbat yoki dialog deb ataladi. Uning
asosiy   xususiyati   suhbatdosh   tomonidan   faol   olib   boriladigan   nutq   hisoblanadi,
ya’ni,   suhbat   jarayonida   ikki   suhbatdosh   ishtirok   etib,   tilning   sodda   gap   va
iboralarni   qo‘llaydilar.   Dialog   nutqning   ochiq   holda   ifodalanishi   talab   etmaydi,
chunki suhbatdosh suhbat davomida nima haqida so‘z yuritilayotganini tushunadi
va   boshqa   suhbatdosh   tomonidan   bildirilgan   iborani   fikran   yakunlay   oladi.
Shunga o‘xshash vaziyatlarda birgina so‘z boshqa suhbatdosh tomonidan aytilgan iborani   yakunlab   qo‘yishi   mumkin.   Bunda   birgina   so‘z   yaxlit   iboraning   o‘rnini
bosadi.
Nutqning boshqa shaklini so‘zlovchi tomonidan aytilgan nutq tashkil etadi, bunda
tinglovchilar   uning   nutqini   idrok   qiladilar,   lekin   unda   to‘g‘ridan-to‘g‘ri
qatnashmaydilar.   Bunday   nutq   monolog   deb   ataladi.   Ma’ruzachining   nutqi
monologik   nutq   hisoblanadi.   Bu   nutq   psixologik   jihatdan   dialogdan
murakkabroqdir,   chunki   u   tinglovchidan   o‘z   mulohazalarini   tushunarli,   qat’iy
mantiqqa asoslangan holda bayon qilish malakasini talab etadi. Bunda so‘zlovchi
etkaziladigan   axborotning   tinglovchilar   tomonidan   o‘zlashtirilishini   baholashi
zarur,   ya’ni,   u   faqat   o‘z   nutqinigina   emas,   balki   tinglovchilarni   ham   kuzatishi
kerak bo‘ladi. 
Dialog ham, monolog ham  faol va sust  bo‘lishi mumkin. Nutqning faol shakli  –
bu  so‘zlovchining  nutqi,  tinglovchining  nutqi  esa  sust  shaklda   namoyon  bo‘ladi.
Gap shundaki,   tinglayotganimizda tashqaridan unchalik sezilmasada,    ichimizda
so‘zlovchining   so‘zlarini   takrorlaymiz.   Odamlar   faol   va   sust   nutq   shakllarining
rivojlanish   darajasiga   ko‘ra   ajratiladilar.   Ko‘pincha   odam   boshqa   odamning
nutqini   yaxshi   tushunadi,   lekin   o‘zining   fikrlarini   etkazib   berolmaydi.   Va,
aksincha,   odam   etarlicha   yaxshi   so‘zlab   berishi   mumkin,   lekin   boshqalarni
tinglashni umuman bilmaydi.
Nutqning boshqa turi yozma nutq hisoblanadi. Yozma va og‘zaki nutqlar o‘rtasida
psixologik   tafovutlar   mavjud.   Og‘zaki   nutqning   yozma   nutqdan   farqlaridan   biri
og‘zaki   nutqda   so‘zlarning   qat’iy   ravishda   ketma-ket   kelishi,   bir   so‘z   talaffuz
etilganida undan oldin kelgan so‘z na so‘zlovchi va na tinglovchi tomonidan idrok
qilinmasligidan iborat. Yozma nutqda boshqacharoq: yozayotgan ham, o‘qiyotgan
ham   o‘zlarining   idrok   maydonlarida   bir   vaqtning   o‘zida   so‘zlar   qatoriga   ega
bo‘ladilar,   ehtiyoj   tug‘ilgan   vaziyatlarda   esa   bir   necha   satr   yoki   sahifa   orqaga
qaytishlari   mumkin.   Yozma   nutqning   og‘zaki   nutq   oldidagi   afzalligi   shundan iborat.   Yozma   nutqni   ixtiyoriy   ravishda   tuzish   mumkin,   chunki   yozganlaringiz
doimo ko‘z oldingizda bo‘ladi. Shu bilan birga, yozma nutq murakkab nutq shakli
bo‘lib   hisoblanadi,   chunki   u   avvaldan   o‘ylab   iboralar   tuzish,   mulohazalarni
aniqroq bayon etishni talab etadi, negaki,   unga emotsional tus berib, zarur imo-
ishoralar bilan amalga oshira olmaymiz.
Nutqning yana  bir  –  kinestetik   shakli   mavjud. Nutqning bu  turi   insonda  o‘tmish
davrlardan   buyon   saqlanib   qolgan.   Vaqt   o‘tishi   bilan   nutqning   ushbu   turi   o‘z
vazifalarini   yo‘qotgan   va   hozirda   asosan   nutqning   emotsional-ifodali   tarkibiy
qismlari – imo-ishoralar sifatida qo‘llaniladi.
Lekin   odamlarning   kinestetik   nutq   avvalgidek   nutqning   asosiy   turi   bo‘lib
sanaladigan   katta   guruhi   mavjud.   Bunda   kar-soqov   bo‘lib   tug‘ilgan   yoki   baxtsiz
hodisa   yoki   kasallik   natijasida   so‘zlash   yoki   eshitish   qobiliyatidan   mahrum
bo‘lgan odamlar nazarda tutiladi. Albatta, hozirgi zamon kinestetik nutqi qadimgi
kinestetik nutqdan tubdan farq qiladi. U bir muncha taraqqiy etgan bo‘lib, belgili
daraklarning yaxlit tizimiga ega.
Nutq   turlarining   ichki   va   tashqi   nutq   turlariga   bo‘linishining   yana   bir   umumiy
ko‘rinishi   mavjud.   Tashqi   nutq   muloqot,   axborot   almashinuv   jarayonlari   bilan
bog‘liq. Ichki nutq, avvalambor, tafakkur jarayonini ta’minlash bilan bog‘liq.
Og‘zaki, ayniqsa, yozma nutqqa tayyorgarlik ko‘rishda so‘zlovchining o‘z ichida
nutqni   qaytarib   olish   davri   mavjud.   Mana   shu   ichki   nutqdir.   Unga   parchalarga
bo‘linganlik   xosdir,   u   vaziyatga   bog‘liq   bo‘ladi.   Ichki   nutq   tashqi   nutq   asosida
shakllanadi.
Tashqi   nutqning   ichki   nutqqa   ko‘chirilishi   (interiorizatsiya)   tashqi   nutq
tuzilishining   qisqarishi   bilan   birgalikda   kechadi,   ichki   nutqning   tashqi   nutqqa
o‘tishi   (eksteriorizatsiya)   esa,   aksincha,   ichki   nutq  tuzilishini   ochib  berishni,   uni
mantiqiy, hamda grammatik qoidalarga muvofiq ravishda tuzishni talab etadi.      
    Muloqot   vazifalari   v а   turlari
Muloqot   turli-tuman   vazifalarni   bajaradi.   Turli   mualliflar   muloqotning   turli
vazifalarini   ajratib   ko‘rsatadilar.   G.M.   Andreeva     kommunikativ,   interaktiv   va
perseptiv   vazifasini   sanab   o‘tadi.   M.I.   Enikeev   axborotli-kommunikativ,
boshqaruv-kommunikativ,   perseptiv-samarali   va   affektiv-ekspressiv   (emotsional
o‘zini   ifodalash)   vazifalarini   ko‘rsatadi.   A.A.   Brudniy:   instrumental,   sindikatli,
translyasiya, o‘zini ifodalash vazifalarini ajratadi. Instrumental – bu muloqotning
harakatni   bajarish   uchun   muhim   axborotni   etkazishdan   iborat   bo‘lgan   asosiy
ishchi vazifasi. Bu vazifaga yaqin bo‘lgan, lekin unga o‘xshash bo‘lmagan  vazifa,
birlashtirish   –   sindikativ   vazifa.     Ko‘pchilik   muloqot   aktlarining   bevosita
maqsadlari katta va kichik guruhlardagi odamlar o‘rtasidagi umumiylikni aniqlash
va mustahkamlashdan iborat. Sindikativ vazifa bilan  o‘zini ifodalash vazifasi bir-
biriga   yaqindir.   O‘zini   ifodalash   o‘z   mohiyatiga   ko‘ra,   hamfikrlikka,   aloqaga
qaratilgan. Alohida o‘rinni ijodiy faoliyatdagi o‘zini ifodalash egallaydi, u faoliyat
mahsuli  sifatida ijtimoiy ahamiyatga ega,  chunki  u, odamlar  o‘rtasidagi  muloqot
predmetiga   aylanadi.   Va,   nihoyat,   muloqotning   translyasion   –   faoliyatning   aniq
usullari,   baholash   mezonlari   va   dasturlarni   etkazish   vazifasi   muhim   ahamiyatga
ega. Bu vazifa ta’lim olish asosida yotadi: muloqot orqali shaxsning ta’lim olishi
amalga oshadi. L.A. Karpenko maqsadga ko‘ra muloqotning sakkiz xil vazifasini
belgilaydi:  aloqaviy  – xabarlarni  qabul   qilish  va etkazish,   hamda o‘zaro aloqada
bo‘lishga   ikkala   tomonning   shayligi   holati   sifatida   aloqa   o‘rnatish;   axborotli   –
xabarlar,   fikrlar,   maqsadlar,   echimlar   va   boshqalar   almashinuvi;   chorlovchi   –
muloqot   bo‘yicha   sherikni   u   yoki   bu   harakatlarni     bajarishga   yo‘naltiruvchi
faolligini   rag‘batlantirish;   boshqaruvchi   –   hamkorlik   faoliyatini   tashkil   etishda
haraktlarni o‘zaro yo‘naltirish va muvofiqlashtirish; anglash vazifasi – etkazilgan
ma’lumotning   mohiyatini   mutanosib   holda   idrok   qilish   va   tushunishgina   emas,
balki,   sheriklarning   ham   o‘zaro   bir-birlarini   tushunishlari   (istaklari,   mayllari,
kechinmalari,   holatlari   va   h.k.larni);   amotiv   –   sherikda   zarur   hissiyotli
kechinmalarni   uyg‘otish   («hislar   almashinuvi»),   shuningdek,   uning   yordamida shaxsiy   kechinma   va   holatlarni   o‘zgartirish;   munosabatlarni   o‘rnatish   –     individ
mavjudligi   kutilayotgan   jamiyatdagi   rolli,   darajali,   ish   bo‘yicha,   shaxslararo   va
boshqa   aloqalari   tizimlarida   o‘z   o‘rnini   anglash   va   qayd   etish;   ta’sir   o‘tkazish   –
sherikning holati, hulq-atvori, shaxsiy-mazmunli hosilalari, shuningdek, istaklari,
mayllari,   fikrlari,   echimlari,   tasavvurlari,   ehtiyojlari,   harakatlari,   faolligi   va
boshqalarni   o‘zgartirish.   B.F.Lomov   muloqotning   quyidagi   vazifalarini   taklif
etadi:   axborotni   qabul   qilish-etkazish   jarayonlarini   o‘z   ichiga   olgan   axborot-
kommunikativ;   hamkorlik   faoliyatini   amalga   oshirishda   harakatlarni   o‘zaro
tuzatish   bilan   bog‘liq   boshqaruvchi-kommunikativ,   inson   hissiyotlari   sohasiga
tegishli   bo‘lgan   va   o‘z   emotsional   holatini   o‘zgartirishdagi   ehtiyojlarga   javob
beruvchi affektiv-kommunikativ vazifalar.
Ko‘rsatib o‘tilgan vazifalar real muloqot amaliyotida amalga oshiriladi.
Mazmun-maqsadlari   va   vositalariga   ko‘ra   muloqotni   bir   nechta   turlarga   bo‘lish
mumkin.     Mazmuniga     ko‘ra,   u   moddiy   (faoliyat   jismlari   va   mahsulotlari
almashinuvi),   kognitiv   (bilimlar   almashinuvi),   konditsiv   (ruhiy   va   jismoniy
holatlar   almashinuvi),   motivatsion   (xohishlar,   maqsadlar,   qiziqishlar,   motivlar,
ehtiyojlar almashinuvi), faoliyatli (harakatlar, muolajalar, malakalar, ko‘nikmalar
almashinuvi) bo‘lishi mumkin.
Moddiy   muloqotda   sub’ektlar,   shaxsiy   faoliyat   bilan   mashg‘ul   bo‘lgan   holda,
uning   mahsulotlari   bilan   almashadilar,   ular   o‘z   navbatida   dolzarb   ehtiyojlarni
qondirish vositasi  bo‘lib xizmat qiladi. Konditsiyali muloqotda odamlar o‘zlarini
ma’lum   jismoniy   yoki   ruhiy   holatga   keltirishga   mo‘ljallangan   bir-birlariga
nisbatan o‘zaro ta’sir ko‘rsatadilar. Masalan,  kayfiyatni ko‘tarish yoki, aksincha,
uni   tushirib   yuborish;   bir-birini   qo‘zg‘atib   yuborish   yoki   tinchlantirish,   va,
oqibatda,   bir-birining   kayfiyatiga   ma’lum   ta’sir   o‘tkazish.   Motivatsiyali
muloqotning   mazmuni   bir-biriga   ma’lum   istak,   mayllarni   etkazish   yoki   ma’lum
yo‘nalishda   harakatlanishga   shay   bo‘lishlikdan     iborat.   Bunday   muloqot   sifatida insondagi   biror   maqsadga,   boshqa   odamda   biror-bir   intilishning   paydo   bo‘lishi
yoki   yo‘qolishi,   kimdadir   harakatga   bo‘lgan   ma’lum   maylning   yuzaga   kelishi,
qandaydir ehtiyojning dolzablashtirilishi uchun etishish istagining kuchliligi kabi
vaziyatlarni   keltirish   mumkin.   Kognitiv   va   faoliyatli   muloqotning   ifodasi     bilish
yoki   o‘quv   faoliyatining   turlari   bilan   bog‘liq   muloqot   bo‘la   oladi.   Bunda
sub’ektdan sub’ektga dunyoqarashni kengaytiruvchi, layoqatlarni rivojlantiruvchi
va takomillashtiruvchi axborot etkaziladi.
Maqsadlariga   ko‘ra,   muloqot   xizmat   ko‘rsatish   ehtiyojlariga   muvofiq   holda
biologik va ijtimoiy turlarga bo‘linadi. Biologik – bu organizmni mustahkamlash,
muhofazalash   va   rivojlantirish   uchun   zarur   bo‘lgan   muloqot.   U   asosiy   hayotiy
ehtiyojlarni   qondirish   bilan   bog‘liq.   Ijtimoiy   muloqot   maqsadlari   shaxslararo
aloqalarni   kengaytirish   va   mustahkamlash,   individ   shaxsiy   kamolotining
interxususiy   munosabatlarini   o‘rnatish   va   rivojlantirishdan     iborat.   Biologik   va
ijtimoiy   ehtiyojlarni     nechta   turga   ajratish   mumkin   bo‘lsa,   muloqotning   ham
shuncha xususiy maqsadlari bo‘lishi mumkin.
Vositalariga   ko‘ra,  muloqot  bevosita  va  vositali,  to‘g‘ridan  –to‘g‘ri  va  bilvosita
bo‘lishi mumkin.
Bevosita   muloqot   tirik   mavjudotga   tabiat   tomonidan   berilgan   tabiiy   organlar:
qo‘llar,   bosh,   tana,   tovush   paylar   va   boshqalar   yordamida   amalga   oshiriladi.
Vositali muloqot muloqot va axborot almashinuvni tashkil etishda maxsus vosita
va qurollardan foydalanish bilan bog‘liq. Bular yo tabiiy (yog‘och, erdagi izlar va
h.k.) Yo madaniy (belgilar tizimlari, matbuot, radio, televidenie, internet va h.k.)
Jismlar.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri   muloqot   shaxsiy   aloqalar   va   muloqot   aktining   o‘zida
qatnashayotgan  odamlarning bir-birini  bevosita  idrok qilishini  belgilaydi, ularga,
masalan,   jismoniy   aloqalar,   odamlarning   bir-birlari   bilan   suhbatlashishlari,   bir-
birlarining   harakatlarini   bevosita   ko‘rib   turgan   holda,   ularga   javob   qaytarishlari kiradi.   Bilvosita   muloqot   vositachilar   sifatida   ish   yuritadigan   boshqa   odamlar
orqali amalga oshiriladi.
Muloqot   turlari   orasida,   shuningdek,   ish   bo‘yicha   va   shaxsiy,   instrumental   va
maqsadli kabi turlarni ajratish mumkin.
Ish   bo‘yicha   muloqot,   odatda,   xususiy   qism   sifatida   insonlarning   hamkorlikdagi
samarali   faoliyatiga   kiritilgan   va   bu   faoliyatning   sifatini   oshirish   vositasi   bo‘lib
xizmat   qiladi.   Uning   mazmuniga   odamlar   ichki   dunyosining   muammolari   emas,
balki   ularning   nima   bilan   mashg‘ulliklari   kiradi.   Ish   bo‘yicha   muloqotda
suhbatdoshning shaxs, xarakter, yosh, kayfiyat xususiyatlari hisobga olinadi, lekin
ishdan   ko‘riladigan   manfaat   shaxsiy   ixtiloflardanda   ustun   va   muhimdir.   Ish
bo‘yicha   muloqotdan   farqli   ravishda     shaxsiy   muloqot,   aksincha,   asosan,   ichki
xarakterning   psixologik   muammolariga,   inson   shaxsini   chuqur   va   yaqinlik   bilan
ochib  beradigan:   hayot   mazmunini   izlash,   muhim  insonga,   atrofdagi  voqealarga,
qandaydir ichki nizolini hal etishga nisbatan munosabatini aniqlashga qaratilgan.
Instrumental   muloqot   sifatida   mustaqil   ehtiyoj   bilan   rag‘batlantirilmaydigan,
maqsadga   aylanmagan,   lekin   muloqot   aktining   o‘zidan   qoniqishdan   tashqari,
qandaydir   boshqa   maqsadga   qaratilgan   muloqotni   keltirish   mumkin.   Maqsadli   –
bu   o‘z   holicha   maxsus   ehtiyojni,   ushbu   vaziyatda   muloqotga   bo‘lgan   ehtiyojni
qondirish vositasi bo‘lib xizmat qiluvchi muloqot.
Ta’kidlab   o‘tish   lozimki,   odamlarning   amaliy   faoliyatida   muloqotning   quyidagi
turlarini ajratadilar:
1. «niqoblar aloqasi» - suhbatdoshning shaxs xususiyatlarini tushunish va hisobga
olishga   intilish   mavjud   bo‘lmagan   rasmiy   muloqot   bunda   haqiqiy   hissiyotlar,
istaklar,   munosabatlarni   yashirish   imkonini   beruvchi   rasmiy   iboralar,   odatiy
xushmuomalalik,   dimog‘dorlik   niqoblari,   yuz,   imo-ishora   ifodalarining   to‘plami
qo‘llaniladi. 2. Oddiy muloqotda boshqa odamga zarur yoki xalal beruvchi ob’ekt sifatida baho
beradilar: agar zarur bo‘lsa, aloqaga faollik bilan kirishadilar, agar xalal beradigan
bo‘lsa, – itarib yuboradilar, yoki tahdidli qo‘pol iboralarni qo‘llaydilar.
3.   Rasmiy-rolli   muloqot   –   bu   sheriklarning   ijtimoiy   rollari   darajasidagi   muloqot
(boshliq – qo‘l ostidagi xodim, sotuvchi – xaridor, servis xizmati xodimi – mijoz).
Bunda   ma’lum   qoidalar   va   xohishlar   asosida   ish   yuritilib,   muloqot   mazmuni   va
vositalari ularga bo‘ysundirilgan.
4.   Boshqariladigan   muloqot   suhbatdoshning   shaxs   xususiyatlaridan   kelib   chiqib,
turli usullarni ( xushomad, qo‘rqitish, aldov va boshqalar) qo‘llagan holda undan
foyda olishga qaratilgan.
5.   Dunyoviy   muloqot   –   bu   turning   mohiyati   biror   mavzuga   oid   bo‘lmasligidan
iborat, ya’ni, odamlar o‘z fikrlarini emas, balki bunday vaziyatlar uchun umumiy
bo‘lgan fikrlarni bildiradilar.
6. Havoyi muloqot – bu muloqot uchun muloqot.
7.   Do‘stlarning   ma’naviy,   shaxslararo   muloqoti     vaqtida   istalgan   mavzuni
qo‘zg‘atish   va   bir-birlarini   yuz   ifodasi,   tovush   ohangi   va   harakatlar   yordamida
tushunish mumkin.
Inson  hayotida muloqot  alohida jarayon yoki  faollikning mustaqil  shakli  sifatida
mavjud   bo‘lmaydi.   U   jadal   va   ko‘p   tomonlama   muloqotsiz   paydo   bo‘lmaydigan
individual yoki guruhli amaliy faoliyatga kiradi.
Odamlar   o‘rtasidagi   muloqotning   eng   muhim   turlari   verbal   va   noverbal
muloqotdir 
Noverbal   muloqot   til,   tovush   nutqining   qo‘llanilishiga   asoslanmagan   bo‘lib,   bu
mimika, imo-ishoralar, pantomimika, sensor yoki tana orqali aloqalar vositasidagi
muloqot. Bu boshqa odamdan qabul qilinadigan taktil, ko‘rish, eshitish, hid bilish, hamda,   boshqa   sezgi   va   tasavvurlar.   Odam   muloqotining   noverbal   shakl   va
vositalarning ko‘pchiligi tug‘ma bo‘lib, faqat o‘ziga o‘xshashlar bilan emas, balki,
boshqa tirik jonzotlar  bilan ham  hissiyot  va hulq-atvor  darajalarida hamfikrlikka
erishish orqali o‘zaro ta’sir ko‘rsatishga imkon beradi.
Verbal   muloqot  faqat  insonga   xos  bo‘lib,  zarur  shart  sifatida   tilni  o‘zlashtirishni
belgilab   beradi.   Nutq   muloqot   vositasi   sifatida   bir   vaqtning   o‘zida   ham   axborot
manbai   sifatida,   ham   suhbatdosh   bilan   o‘zaro   ta’sirlashuv   vositasi   sifatida
namoyon   bo‘ladi.   Buyuk   shoir   sa’diyning   so‘zlarini   yodda   tutish   lozim:   «aqling
bormi   yoki   yo‘q,   buyukmisan   yo   kichik,   biz   bilmaymiz,   sen   bir   so‘z
atmaguningcha».     Verbal   (nutq)   muloqot   tarkibiga:   so‘zlar,   iboralar   ma’nosi   va
mohiyati   kiradi.   Asosiy   o‘rinni   so‘zning   qo‘llanilish   aniqligi,   uning   ifodalanishi
va   hammabopligi,   tovushlar,   so‘zlar     talaffuzi,   ohang   ifodasi   va   mohiyati
egallaydi.   Nutqdagi   tovush   hodisalari:   nutq   jadalligi,   tovush   balandligi
modulyasiyasi,   tovush   toni,   nutq   vazni,   tovush   sifati,   ohangi,   aniqligidan   iborat.
Tovush   sifatining   ifodalanishi:   o‘ziga   xos   maxsus   tovushlar:   kulgu,   hiqillash,
yig‘i,   pichirlash,   xo‘rsinishlar   va   boshqalar;   ajratuvchi   tovushlar   –   bu   yo‘tal;
ahamiyatsiz   tovushlar   –   tanaffuslar,   shuningdek,   nazalizatsiya   tovushlari   –   «xm,
xm», «e-e-e», «o-o-o» va boshqalar.
Tadqiqotlarga ko‘ra, odam kommunikatsiyasining har kungi aktida so‘zlar – 7%,
tovush   va  ifodalar   –   38%,   nutqiy  bo‘lmagan  o‘zaro  ta’sir   –  53%ni   tashkil   etadi.
Publitsiy   aytganidek:   «ovoz   orqali   gaplashamiz,   butun   tanamiz   orqali
suhbatlashamiz».
Kundalik muloqotda odamlar ko‘proq quyidagi fanlar  o‘rganadigan muloqotning
noverbal   vositalaridan   foydalanadilar:   kinestetika   (inson   hissiyotlarining   tashqi
ifodalanishi),   mimika   (yuz   mushaklarining   harakati),   imo-ishoralar   (tana   alohida
qismlarining ishoratli harakatlari), pantomimika (butun tana: gavda holati, qomat,
egilish,   yurish   harakatlari),   takesika   (muloqot   vaziyatidagi   yaqinlashishlar:   qo‘l siqish,   o‘pishish,   tegib   ketish,   siypalash,   itarib   yuborish   va   h.k.),   proksemika
(odamlarning   muloqot   vaqtida   fazoda   joylashishi,   inson   aloqalarida   quyidagi
masofalar sohalarini ajratadilar: yaqinlik sohasi (15-45 sm), shaxsiy yoki xususiy
soha (45-120 sm), ijtimoiy soha (120-400 sm), ommaviy soha (400 smdan ortiq)).
Mimika,   nigoh,   imo-ishoralar   –   noverbal   muloqotning   ko‘proq   ma’lumot   olish
mumkin bo‘lgan vositalari. Peshona, qoshlar, og‘iz, ko‘zlar, burun, iyak – bu yuz
qismlari   insonning   asosiy   hissiyotlari:   hijron,   g‘azab,   shodlik,   ajablanish,
qo‘rqinch, nafrat, baxt, qiziqish, qayg‘u va boshqalarni ifodalaydilar.
Muloqot  turlaridan  tashqari,   uning  ba’zi  shakllarini  ham   ajratish   mumkin,  bular:
rasmiy-ish   yuzasidan,   mutaxassislik,   xususiy,   ommaviy,   pedagogik   muloqot,
autokommunikatsiya (o‘zi bilan muloqot)lardir.
              Muloqot   –   bu   ikki   yoki   undan   ortiq   kishilarning   afektiv   baholovchi
xarakterda va bilish bo`yicha ma’lumot almashishdan iborat bo`lgan o`zaro ta’sir
etishdir.   Muloqotning   tizimida   o`zaro   bir-biriga   bog`liq   jihatlari   ajratiladi:
kommunikativ,   interaktiv   va   pertseptiv.   1.   Muloqatning   kommunikativ   jihati   bu
muloqatdagi   individlarni   o`zaro   ma’lumot   almashinishidir.   2.   Muloqotning
interaktiv jihati bu individlar muloqatda nafaqat bilim va g`oyalar balki harakatlar
bo`yicha   ham   o`zaro   ta’sirini   tashkil   etishdan   iborat.   3.   Muloqatning   pertseptiv
jihati muloqot jarayonida o`zaro bir-birini idrok qilish orqali tushunishdir.
Demak,   muloqot   birgalikdagi   xarakat   extiejlaridan   kelib   chikadigan,   aloka
almashish, bir - biriga ta’sir etish, boshkalarni tushinish, odamlar urtasida kontakt
urnatish va rivojlantirish jaraeni.
   Muloqot hayot kechirishning bir shaklidir.
  Muloqotning   o`zaro   birgalikdagi   harakati   va   kommunikativ   jihatdan   tashqarida
uning   pertseptiv   jihati   munosabat   ishtirokchilarining   uning   jarayonida   amalga
oshiriladigan o`zaro idrok etish yuzaga keladi. Taniqli psixolog S. L.Gubinshteyn shunday   deb   yozgan   edi:   “Kundalik   hayotga   odamlar   bilan   muomalaga
kirisharkanmiz,  biz  ularning  xulq -  atvoriga  mo`ljal  olamiz.  Negaki   biz ularning
tanqidiy   ma’lumotlariga   ma’lumotlari   mohiyatini   go`yo   o`qib   ya’ni   mag`zini
chaqib chiqamiz va shu yo`sinda kontekstda mujassamlashadigan matnning ichki
psixologik jihati mavjud bo`lgan mazmunini aniqlaymiz”.
Bunday   o`qish   naridan   beri   tez   yuz   beradi,   chunki   tevarak   atrofdagilar   bilan
muomala jarayonida avtomatik tarzda amal qiladigan psixologik ichki ma’no hosil
bo`ladi.
Muomala prioretiv jihati bu kishining kishi tomonidan idrok etilishi, tushunilishi
va   baholanishi   demakdir.   Identifikatsiyalash   -   bir   kishi   ikkinchi   kishini   uning
ta’rifini   o`z   ta’rifiga   anglanilgan   yoki   anglanilmagan   tarzda   o`xshatilishi   orqali
tushinish usulidir.
Shaxslararo   idrok   etish   jarayonida   teskari   aloqa,   xabar   beruvchi   funktsiyani   va
o`zini   -   o`zi   boshqarish   funktsiyasini   bajaradi.   Steriotiplashtirish   –   xulq   -atvor
shakllarini tasniflash va ularni hozirgacha ma’lum va mashhur deb sanalgan ya’ni
ijtimoiy qoliplarga mos keladigan hodisalar jumlasiga kiritish yo`li bilan ularning
sabablarini o`zgartirishdan iboratdir. Ko`p hollarda insonlarning bir-birlarini idrok
etishlari   «ijtimoiy  pertseptsiya»  sifatida  namoyon  bo`ladi.  Muloqotning  bu  jihati
ijtimoiy   pertseptsiya   haqidagina   emas,   balki   shaxslar   aro   pertseptsiya   haqida
hamdir. Inson jamiyatda shaxs sifatida qabul qilingani sari. Muloqotda ham shaxs
sifatida namoyon bo`ladi. S.L.Rubenshteyn aytganidek: «Biz insonni tashqi xulq -
atvoriga qarab o`qiymiz». «Boshqa odamni bila turib, o`rganayotgan individning
o`zi   ham   shakllanadi»   deb   yozgan   edi   L.S.Egodskiy.   Insonni   inson   tomonidan
idrok   etilishida   kamida   2   kishi   jalb   qilingan   bo`lishi   lozim   bo`lib,   ularning
ikkalovi   ham   faol   sub’ektdir.   O`zini   boshqa   inson   tahlil   qilishini   o`z   ichiga
identifikatsiya va reflektsiyani kiritadi. .   Odamlarda   samarali   muomala   o`rnatish   malakalarini   tasodifiy   ravishda   tarkib
topadi   yoki   ta’limning   yordamchi   maxsuli   sifatida   yuz   beradi.   Katta   maktab
yoshidagi   o`quvchilar   xulq   -   atvori   qoidalariga   bag`ishlangan   ommabop
adabiyotlarni   o`qir   ekan,   muloqot   madaniyatining   ba’zi   jihatlari   bilan   tanishadi.
Lekin muomala malakalarini maxsus o`rgatilishi alohida bir vazifa bo`lib pedagog
uchun   uning   qanchalik   muhim   ekanligini   trening,   ya’ni   muomalaning   mashq
qilinishi bu vazifaning hal etish yo`llaridan biri sifatida namoyon bo`ladi. Sotsial
psixologik  trenining,  ya’ni   muomalaning mashq  qilinishi   bu vazifaning  hal  etish
yo`llaridan biri sifatida namoyon bo`ladi. Sotsial psixologik trenining mazmunan
ikki   xil   vazifani:   1.   Muomalaning   va   shu   jumladan   pedagogik   muomalaning
umumiy   qonuniyatlarini.   2.   Pedagogik   kommunikatsiyaning   texnologiyasini
egallash, ya’ni professional  pedagogik muomala va malakalari shakllanishini  o`z
ichiga   oladi.   Psixologik   pedagogik   trenining   shakllaridan   yana   biri   tipik
pedagogik   vaziyatlarining   misol   uchun   imtihonlarni   modellashtiruvchi   amaliy
o`yinlari.   Muomala   trening,   ya’ni   muomalani   mashq   qilish   o`qituvchilarni
tayyorlash   va   malakasini   oshirish   sistemasida   pedagogik   ishning   yangi   shakli
bo`lib, pedagogik ta’lim uchun juda istiqbolli hisoblanadi.
Bog`lanish lotincha son ya’ni “yaqinlashish” degan so`zdan olingan, munosabatga
kiruvchilar o`rtasida ikki tomonlama aloqa bo`lishini taqoza etadi. Bunga erishish
va   uni   ko`ngildagidek   rivojlantirish   sharti   munosabatiga   kirishuvi   shaxslarni
o`zaro   bir-biriga   hurmati   va   ishonchidan   iboratdir.   Agar   pedagog   o`z
tarbiyalanuvchilariga ishonch  va hurmat bilan munosabatda bo`lsa, u har qancha
printsipial  va talabchan bo`lgan taqdirda ham, uning eng arzimas tanbehlari ham
ta’sirli bo`ladi.
Munosabat   jarayonlari   har   doim   va   barcha   vaziyatlarda   ham   sip   –   silliqgina   va
ichki   qarama   qarshiliklarsiz   yuz   beradi   deb   tasavvur   qilishi   yaramaydi.   Ayrim
vaziyatlarda   bir-birini   inkor   etuvchi   qadriyatlar,   vaziyatlar   va   maqsadlarning
mavjudligini aks ettiruvchi pozitsiyalar antoganizmi yuzaga chiqadiki, ba’zan bu o`zaro adovatni keltirib chiqaradi, shaxslararo majaro sodir bo`ladi. Majarolarning
kelib   chiqishiga,   shuningdek   munosabatga   kiruvchilarning   o`zaro   birgalikda
harakat   qilishlariga   g`ov   bo`lgan   va   bartaraf   etilmagan   ma’naviy
anglashilmovchiliklar   ham   sabab   bo`ladi.   Munosabatdagi   ma’naviy
anglashilmovchilik   -   bu   aytilgan   talabning,   iltimosning,   buyruqning   ma’nosi
munosabat   bog`lashga   sheriklar   uchun   muvofiq   emasligidir.   Bu   hol   ularning
o`zaro hamjihatligi va birgalikda harakat qilish uchun to`sqinlik tug`diradi.
  Har   qanday   ma’lumotni   belgilar   aniqrog`i   belgilar   tizimi   orqali   bilish   mumkin.
Kommunikativ jarayonida qo`llaniladigan bir necha belgilar tizimi mavjud. Bular
verbal   kommunikatsiya   (nutq   orqali)   va   noverbal   (nutq   bilan   bog`liq
bo`lmaydigan   belgilar   orqali)   kommunikatsiyadir.   Verbal   kommunikatsiyada
inson   nutqi   belgilar   tizimi   sifatida   qo`llaniladi.   Nutq   inson   tomonidan
qo`llaniladigan   tovushlar   signallari   yoki   yozma   belgilardan   iborat   bo`lib,   ular
orqali   muloqotdan   olingan   ma’lumot   qayta   ishlanadi,   saqlanadi   va   uzatiladi.   Bu
jarayon   til   orqali   amalga   oshiriladi.   Til   so`z   belgilari   tizimi   bo`lib,   u   muloqot
jarayonida psixik faoliyat mahsuli bo`lib yuzaga keladi.
Nutqning   o`ziga   xos   turlari   mavjud   –   tashqi,   ichki,   og`zaki,   yozma   va   xokozo.
Kommunikativ   jarayonda   o`zaro   munosabatga   kirishuvchilarni   bir-birlari
tushunishlari   juda   muhimdir.   Buyuk   frantsuz   yozuvchisi   Antuan   Sent   Ekzyuperi
«Muloqot   bu   shunday   ne’matki,   u   orqali   inson   lazzatlanadi   deb   yozgan   edi.
So`zning mohiyati haqida Sa’diy «Aqlmisan yoki ahmoq, kattamisan yoki kichik
buni biror so`z aytmaganigcha bila olmaymiz» degan edi.
Yozma   nutq   insoniyat   tarixida   og`zaki   nutqdan   ancha   keyin   paydo   bo`lgan.
Yozma   nutq   fanda   foydalaniladigan   murakkab   umumlashmalarning
rivojlantirishida,   badiiy   timsollarni   etkazishda   muhim   rol’   o`ynaydi.   Nutq
o`zining   fizologik   negiziga   ko`ra   eshitish   va   harakat   analizatorlari   faoliyatini
bajaradi. Nutqni programmalashtirish – nutqiy ifodaning, ya’ni kishi bildirmoqchi bo`lgan fikrning ma’naviy o`zagini tuzishda birinchi bosqich hisoblanadi, ikkinchi
bosqich jumlaning sintaktik strukturasini tuzishdan iboratdir.
Noverbal   kommunikatsiyaga   –   belgilarning   optik   kinetik   tizimi   kirib,   ularga
jestlar   (qo`l  harakatlari),  mimika  (yuz  harakatlari)   va  pontomimika  (£o`l   -   oyoq,
tana harakatlari) kiradi.
Jestlar – insonning qo`l harakatlari bo`lib, u orqali insonning ichki holati biror bir
ob’ektga munosabati va tashqi olamga yo`nalganligi ifodalanadi. Mimika – inson
yuz harakatlarining bir qismi bo`lib, u orqali insonning o`ylari, xatti - harakatlari,
tasavvurlari, xotirlashi, taajubi va hokozolar namoyon bo`ladi.
Pontomimika   –   inson   tanasi   yoki   uning   qismlari   yordamida   ifodalanadigan
harakatldar tizimidir.
Tadqiqotlar   shuni   ko`rsatadiki,   kundalik   muloqot   jarayonida   so`zlar   7   %   ni,
tovush va intonatsiya 38 % ni, nutqsiz muloqot esa 55 % ni tashkil etadi.
Noverbal   kommunikatsiyaning   paralingvistik   va   ekstralingvistik   belgilar   tizimi
ham   mavjud.   Bular   lokalizatsiya   tizimi   bo`lib,   u   ovoz   sifatida   uning   deapozani
nutqdagi pauzalar, yo`tal, yig`i, kulgu nutq tempida namoyon bo`ladi.
Muloqotning maqsadga ko`ra 8 ta funktsiyasi mavjud: (L.A.Korpenko)
1. Kontakt.
2. Aloqa o`rnatish.
3. Undovchilik.
4. Koordinatsion.
5. Tushunish.
6. Amotiv (hissiy aloqa) hissiyotni o`zgartirish. 7. Munosobat o`rnatish o`z o`rnini anglash)
8. Ta’sir o`tkazish.
Pedagogik munosobat deganda pedagog va o`quvchilar kollektivi o`rtasida o`zaro
birgalikdagi   harakatining   mazmunan   axborot   ayirboshlashdan,   o`quv   tarbiyaviy
ta’sir  ko`rsatish   va  o`zaro  hamjihatlikni  tashkil  etishdan  iborat   sistemasi  usullari
va malakalari tushuniladi.
Muloqot   o‘zining   maxsus   masalalari   hal   etiladigan   ma’lum   davrlarga   ega.   Eng
mas’uliyatli   davr     tayyorgarlik   davri   –   muloqotni   rejalashtirish,   o‘zi   uchun
muloqot   natijalariga   qaratilgan   mayllarni   aniqlab   olish   zarur.   Muloqotning
birinchi bosqichi – aloqaga kirishish. Bunda vaziyatga kirishish, sherikning holati,
kayfiyatini   his   etish,   o‘zi   kirishib   ketib,   boshqasiga   ham   yo‘nalishini   belgilab
olishga   imkon   yaratish   muhimdir.   Bu   davr   ruhiy   aloqa   o‘rnatilishi   bilan
yakunlanadi.   So‘ngra   qandaydir   muammo,   tomonlarning   vazifasi   va   mavzuni
ishlab   chiqishda   diqqatni   jamlash   davri     boshlanadi.   Keyingi   bosqich   –
motivatsion   zondaj.   Uning   maqsadi   –   suhbatdoshning   motivlari   va   qiziqishlarini
anglash. So‘ngra diqqatni mustahkamlash bosqichi boshlanadi, keyin esa fikrlarda
nizolilar   bo‘lsa,     asoslash   va   ishontirish   bosqichi   keladi.   Va,   nihoyat,   natijalarni
qayd etish bosqichi boshlanadi. Agar mavzular ko‘rib chiqilgan bo‘lsa yoki sherik
notinchlik   alomatlarini   namoyon   qilgan   taqdirda   muloqotni   yakunlash   zarur.
Muloqotni   doimo   davom   ettirish   istiqboli   bilan   yakunlash   kerak.   Eng   oxirgi
daqiqalar,   yakuniy   so‘zlar,   qarashlar,   qo‘l   siqishlar   o‘ta   muhimdir,   ba’zida   ular
ko‘p vaqt davom etgan suhbat natijasini butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Muloqot tuzilishida uch xil o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tomonlar: kommunikativ yoki
kommunikatsiyani, interfaol va perseptiv nuqtai nazarlarni ajratib ko‘rsatadilar.
Muloqotning   inson   filogenetik   va   ontogenetik   rivojlanishidagi   ahamiyati.   Inson
muloqotda   shakllanadi,   rivojlanadi   va   shaxs   sifatida   namoyon   bo‘ladi.   Ijtimoiy
muloqotda   ruhiyat   taraqqiy   etadi   va   individ   o‘zini   hayotga   joriy   etadi.   Ruhiy jihatdan rivojlangan odamlar bilan muloqotda bo‘lish orqali,   ilm olishga bo‘lgan
keng   imkoniyatlar   evaziga   inson   o‘zining   barcha   yuksak   qobiliyat   va   sifatlarini
egallab borib, shaxsga aylanadi.
Tirik   mavjudotlar   muloqoti   filo-   va   ontogenezda   rivojlanadi.   Bu   rivojlanish
jarayonning   barcha   asosiy   tomonlari:   mazmuni,   maqsadlari   va   vositalarini
egallaydi.   Muloqotning   filogenetik   taraqqiyoti   muloqot   mazmunining   o‘zgarishi
bilan bog‘liq bo‘lib, quyidagi fikrlarda o‘z ifodasini topadi:
- bir mavjudotdan ikkinchisiga etkaziladigan muloqot mazmunining yangi axborot
bilan   boyitilishi.   Avvalo   –   bu   organizmning   ichki,   biologik   holatlari   haqidagi
ma’lumotlar; so‘ngra – tashqi muhitning hayotiy muhim xossalari haqida axborot.
Shundan   so‘ng   muloqot   mazmuniga   kognitiv   xususiyatga   ega   bo‘lgan,   ob’ektiv,
tirik   jonzotning     xususiy   ehtiyojlaridan   mustaqil   bo‘lgan   tushunchalar
ko‘rinishidagi   olam   haqida   bilimlarini   ifoda   etuvchi   axborot   kiradi.   Bu,   endi,
inson   darajasida,   muloqot   evolyusion   rivojlanishining   birinchi   ikki   bosqichi   esa
hayvonlar darajasi sodir bo‘ladi;
-   maqsadlarning   boyitilishi   o‘zaro   muloqotda   bo‘ladigan   organizmlar
ehtiyojlarining   o‘zgarishi   va   rivojlanishi   bilan   bog‘liq:   bu   ehtiyojlar   qanchalik
turlicha   va   yuksak   bo‘lsa,   muloqotning   maqsadli   nuqtai   nazari   ham   shunchalik
xilma-xil va takomillashgan bo‘ladi.
Muloqot vositalarining filo- va ontogenezdagi taraqqiyoti bir necha yo‘nalishlarda
boradi. Birinchidan, bu muloqotchanlik vositalarining maxsus organlari. Masalan.
Qo‘llarning   ajralishi.   Ikkinchidan,   ekspressiv   ko‘rinishdagi   harakatlar   (imo-
ishora,   mimika,   pantomimika)ning   rivojlanishi.   Uchinchidan,   axborotlarni
etkazish   va   kodlashtirishning   vositasi   bo‘lgan   belgili   tizimlarni   kashf   etish   va
qo‘llash.   To‘rtinchidan,   insonlar   muloqotida   qo‘llaniladigan   axborot   etkazish   va
qayta   tuzish,   saqlashning   texnik   vositalarini   rivojlantirish   va   takomillashtirish (matbuot,   radio,   televidenie,   telefon,   telefaks,   texnik   yozuvning   magnitli,   lazerli
va boshqa usullari va h.k.).
Bolaning   ruhiy   taraqqiyotida   ontogenezning   dastlabki   bosqichi   davridagi   uning
kattalar   bilan   muloqoti,   ayniqsa,   muhim   ahamiyatga   ega.   Muloqotda,
avvalo,to‘g‘ridan-to‘g‘ri   taqlid   qilish,   keyinchalik   vikar   o‘rganish,   so‘ngra   esa,
verbal   o‘rganish   –   iborali   qoidalar   orqali   bolaning   hayotiy   tajribasi   orttirilib
boriladi. U bilan muloqotda bo‘ladigan odamlar bola uchun bu tajribani tashuvchi
bo‘lib   xizmat   qiladi   va   muloqotdan   tashqari,   boshqa   hech   qanday   vosita
yordamida bunga erishib bo‘lmaydi.
O‘z   tadqiqotlarida   r.s.   Nemov   inson   muloqoti   taraqqiyoti   ontogenezi   va   uning
asosiy bosqichlarini ko‘rib chiqadi. Uning ta’kidlashiga ko‘ra, inson bolasi o‘zida
odamlar   bilan   emotsional  muloqotga  kirishishga  bo‘lgan  layoqatni    uch  oyligida
sezadi   (jonlanish   kompleksi),   bir   yoshga   etganda   esa   uning   ekspressiyasi
shunchalik   boyib   ketadiki,   muloqotning   verbal   tilini   tezda   o‘zlashtirib   olish,
tovushli nutqdan foydalanish imkonini beradi.
R.s.   Nemovning   fikriga   ko‘ra,   maktabgacha   bo‘lgan   davrda   odam   muloqotining
ontogenetik taraqqiyoti  bosib o‘tadigan asosiy bosqtchlarni quyidagicha tasavvur
qilib, ta’riflash mumkin:
1. Tug‘ilgandan     2-3  oylikkacha  bo‘lgan  yosh  davri.  Mazmun  jihatidan  biologik
bo‘lgan,   bolaning   hayotiy   ehtiyojlarini   qondirish   vositasi   bo‘lib   xizmat   qiluvchi
aloqaviy   muloqot.   Muloqotning   asosiy   vositasi   –   sodda   mimika   va   oddiy   imo-
ishoralar.
2.   2-3oylikdan   8-10   oylikkacha   yosh   davri.   Asosiy   his-tuyg‘u   organlari
faoliyatining   boshlanishi   va   yangi   taassurotlarning   paydo   bo‘lishi   bilan   bog‘liq
bo‘lgan bilish muloqotining dastlabki bosqichi. 3.   8-12   oylikdan   taxminan   1,5   yoshgacha   bo‘lgan   davr.   Kognitiv   ehtiyojlarga
xizmat   qiluvchi   boshqariladigan,   verbal-neverbal   muloqot.   Tildan   muloqot
vositasi sifatida foydalanishga o‘tish.
4.   1,5   yoshdan   3   yoshgacha.   Jismli   faoliyat   va   o‘yinning     paydo   bo‘lishi   bilan
bog‘liq   faoliyat   va   o‘yin   muloqotining   yuzaga   kelishi.   Faoliyat   va   shaxs
muloqotiga bo‘linishning dastlabki bosqichi.
5.   3   dan   6-7   yoshgacha   bo‘lgan   davr.   Tabiatdan   berilgan   turli   xildagi   tabiiy
belgilar yoki orttirilgan muloqot vositalarini ixtiyoriy ravishda tanlash va ulardan
foydalanish. Syujetli-rolli o‘yinlarga jalb qilish asosida paydo bo‘ladigan syujetli-
rolli muloqotning rivojlanishi.
Maktabga   qadam   qo‘yishi   bilan   bolaning   aqliy   va   shaxsiy   o‘sish   jarayoni
jadallashadi.   Muloqot   mazmuni   chuqurlashadi   va   xilma-xillashadiMuloqot
odamlarning   o'zaro   munosabatlarini   o'rnatishning   ko'p   bosqichli   murakkab
jarayoni. Hech kim muloqotni doimiy ravishda axborot almashish, suhbatdoshlar
o'rtasida   tushunish   va   his   qilish   bilan   bog'liqligini   shubha   qilishni   istamaydi.
Psixologlarning   fikricha,   muloqotda   shaxsning   ahamiyati   va   ehtiyoji,   insonning
shakllanishi va rivojlanishi uchun ajralmas shartdir.  Xulosa
    Muloqot-     odamlar   o’rtasidagi   aloqa,   buning   natijasida   odamlarning   bir   biriga
bo’lgan   ta’siri   paydo   bo'lar   ekan,   muloqot   davomida   odamga   nisbatan   extiyoj
tug’iladi.   Muloqot   tufayli   odamlar   turli   xil   amaliy   va   nazariy   faoliyatlarni
uyushtiradi.   Bundan   tashqari   axborot   almashish,   bir-birini   tushinish   kabi
jarayonlar   ham   muloqot   tufayli   sodir   bo’ladi.   Shuningdek   ,   muloqot   shaxslar
o’rtasidagi munosabatlarni yaratib, ularni amalda qo'llashda yordam beradi.
Demak, muloqot asosiy axborot berish, olish vositasi sifatida yaratilgan yaratiqlar ichida eng a'losidir. 
Muloqot   odamlarning   o'zaro   munosabatlarini   o'rnatishning   ko'p   bosqichli
murakkab   jarayoni.   Hech   kim   muloqotni   doimiy   ravishda   axborot   almashish,
suhbatdoshlar   o'rtasida   tushunish   va   his   qilish   bilan   bog'liqligini   shubha   qilishni
istamaydi.   Psixologlarning   fikricha,   muloqotda   shaxsning   ahamiyati   va   ehtiyoji,
insonning shakllanishi va rivojlanishi uchun ajralmas shartdir. Foydalanilgan adbiyotlar
1.Shahriyor Safarov. Pragmalingvistika. Toshkent, 2008.
2.Marufjon Yo'ldoshev. Badiiy matn lingvopoetikasi. Toshkent, 2008.
3. Mamajonov A. Abdupattoev M. Matn sintaksisi. Farg'ona, 2002.
4. Hakimov  M.  K. O'zbek   tilida  vaqt   ma'noli  lug'aviy  birliklar  va  ularning matn
shakllantirish imkoniyatlari. Farg'ona, 2004.
5.Qo'ng'urov   R.   Begmatov   E.   Tojiyev   Y.   Nutq   madaniyati   uslubiyat   asoslari.
Toshkent, 1992.
6.   Nurmonov   A.   Mahmudov   N.   Ahmedova   A.   So'lixojayeva   S.   O'zbek   tilining
mazmuniy sintaksisi. Toshkent, 1992.
7.   Nurmonov   A.   Hakimov   M.   Lingvistik   pragmatikaning   nazariy   shakllanishi.
O'zbek tili va adabiyoti. 2001.
8. Abduraxmonov X. Mahmudov N. So'z estetikasi. Toshkent, 1981.
9.   O'rinboyev   B.   Qo'ng'urov   R.   Lapasov   J.   Badiiy   matnning   lingvistik   tahlili.
Toshkent, 1990.
10. Lapasov J. Badiiy matn va lisoniy tahlil. Toshkent, 1995.
11. A.V.Petrovskiy. “Umumiy psixologiya”, 1992 yil.
12. P.V.Ivanov .“Umumiy psixologiya”, 1972 yil.
13. A.N.Leont’ev. “Problem’ razvitiya psixika”
14. www.ziyonet.uz
15.www.liberary.uz

Mavzu: Muloqot sistemasi Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism. 1. Muloqot haqida tushuncha. 2. Muloqot vazifalari va turlari. 3. Muloqot hayot kechirishning bir shaklidir. III. Xulosa.

Kirish Muloqot insonning ijtimoiy, ongli mavjudot sifatidagi, ong tashuvchi sifatidagi ehtiyojidir. Turli yuksak hayvonlar va odam turmush tarzlarining ikki taraf: tabiat bilan aloqalar va tirik jonzotlar bilan aloqalarga ajralishini kuzatamiz. Birinchi tur aloqalar odam faolligining maxsus turi sifatidagi faoliyat deb nomlangan. Ikkinchi tur aloqalar bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi tomonlar axborot almashinuvchi tirik jonzotlar ekanligi bilan belgilanadi. Tur ichidagi va turlararo bunday aloqalar turi muloqot deb ataladi. «Muloqot» tushunchasining turlicha ta’riflari mavjud. Muloqot ikki yoki undan ortiq odamlar o‘rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash xususiyatiga ega bo‘lgan axborot almashinuvida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi sifatida ta’riflanadi. Yoki: muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish va rivojlatirishning murakkab, keng qamrovli jarayoni. Bu «muloqot» tushunchasining eng to‘liq va aniq ta’rifidir. Muloqot barcha tirik jonzotlarga xosdir, lekin odam darajasida u eng takomillashgan shakllarga ega bo‘ladi, nutq vositasida anglanadi. Muloqotda quyidagi nuqtai nazarlar ajratiladi: mazmun, maqsad va vositalar. Insonning nutq faoliyati inson ongining barcha qirralari bilan chambarchas bog‘langan. Nutq – inson psixik kamolotining, shaxs sifatida shakllanishining qudratli omilidir. Nutq ta’siri ostida qarashlar, e’tiqodlar, intellektual, ma’naviy va estetik hissiyotlar tarkib topadi, iroda va fe’l-atvor shakllanadi. Nutq yordamida barcha bilishga oid psixik jarayonlar erkin va boshqariladigan tus oladi. SHunday ekan, nutq – bilishga oid psixik jarayon bo‘lib, inson tomonidan talaffuz qilinayotgan va eshitib turilgan tovushlar uyg‘unligidan iborat, ayni

vaqtda shu tovushlarga mos yozuv belgilari tizimi orqali ifodalangan ma’no va mazmunga ega. Muloqot haqida tushuncha Til – shartli belgilar tizimi bo‘lib, ularning yordamida odamlar uchun muayyan ma’noga va mazmunga ega bo‘lgan tovushlar yig‘indisi uzatiladi. Nutqda alohida insonning ruhiyati ifoda topadi. Nutq xususiy jihatdan alohida shaxsga xos bo‘lib, unda alohida olingan insonning psixologiyasi aks etadi, til esa hamma uchun bittadir. Nutq orqali bildirilgan ishoralar yordamida muayyan predmet, harakat, holat va h.k. ifodalanadi. So‘z esa, predmet yoki hodisa to‘g‘risidagi tasavvur bilan bog‘liq. Umumlashtirish funksiyasi har bir so‘z umumlashtirish xususiyatiga ega ekanligi bilan bog‘liq, bu esa tafakkurning yuzaga chiqishiga imkon yaratadi. Fikr almashuv, ya’ni muloqot muayyan ma’lumotlarni, fikrlarni, tuyg‘ularni odamlar bir-birlariga etkazib berishdan iborat bo‘lgan jarayondir. Inson nutqining aniqligi cheklangan miqdordagi nutqiy belgilar – turli murakkablikdagi tarkibiy qismlar (tovushlar, bo‘g‘inlar, so‘zlar va gaplar) yordamida insonning cheksiz-chegarasiz turli-tuman fikrlarini, maqsadlarini va tuyg‘ularini ifodalash imkonini beradi.

Muloqot mazmuni – bu individualliklararo aloqalarda bir tirik jonzotdan ikkinchisiga etkaziladigan axborot. Muloqot mazmuniga tirik mavjudotning ichki motivatsion yoki emotsional holati haqidagi ma’lumotlar kirishi mumkin. Muloqot orqali bir tirik mavjudotdan ikkinchisiga, tirik mavjudotni ma’lum tartibda aloqaga kirishishga yo‘naltiruvchi, ularning emotsional holatlari (mamnunlik, shodlik, g‘azab, qayg‘u, hijron va shu kabilar) haqidagi ma’lumotlar o‘tishi mumkin. Bunday axborot odamdan odamga etkaziladi va shaxslararo aloqalar o‘rnatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Biz, ochiq ko‘ngilli va shodlanayotgan odamga qaraganda, g‘azablanayotgan yoki azob chekayotgan odamga nisbatan o‘zimizni boshqacha tutamiz. Bir mavjudotdan boshqasiga etkaziladigan tashqi muhit holati haqidagi ma’lumot, masalan, xavfdan yoki yaqin atrofda ijobiy, biologik muhim omillarning, deylik, ozuqaning mavjudligi haqidagi ogohlantirish muloqot mazmuni bo‘lishi mumkin. Odamda muloqot mazmuni hayvonlarnikiga qaraganda ancha kengroqdir. Odamlar bir-biri bilan dunyo haqidagi bilimlar, orttirilgan tajriba, layoqatlar, malaka va ko‘nikmalarni jamlagan axborot bilan almashadilar. Inson muloqoti ko‘p jismli bo‘lib, ichki mazmuniga ko‘ra turli-tumandir. Muloqot maqsadi – bu insonda ushbu faollik turi yuzaga keladigan sabab. Hayvonlarda muloqot maqsadi bo‘lib boshqa tirik jonzotni ma’lum harakatga chorlash, u yoki bu harakatni amalga oshirmaslik kerakligi haqidagi ogohlantirish xizmat qilishi mumkin. Masalan, ona o‘z tovushi yoki harakati bilan bolasini xavfdan ogoh etishi mumkin; podadagi ba’zi hayvonlar boshqalarni ularga hayotiy muhim daraklar etib kelgani haqida ogohlantirishlari mumkin. Odamda muloqot maqsadlari soni ko‘payadi. Ularga yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari, dunyo haqidagi bilimlarga ega bo‘lish va etkazish, ta’lim va tarbiya, odamlarning hamkorlik faoliyatlaridagi turli harakatlarning muvofiqlashuvi, shaxsiy va ish bo‘yicha o‘zaro munosabatlarning

oydinlashtirilishi, o‘rnatilishi va boshqalar ham kiradi. Agar hayvonlarda muloqot maqsadlari ular uchun dolzarb bo‘lgan biologik ehtiyojlarni qondirishdan iborat bo‘lsa, odamlarda ular ko‘plab turli: ijtimoiy, madaniy, bilish, ijodiy, estetik, aqliy o‘sish, ahloqiy rivojlanish kabi ehtiyojlarni qondirish vositasi bo‘lib hisoblanadi. Muloqot, odatda, beshta: shaxslararo, kognitiv, kommunikativ-axborotli, emotiv va konativ tomonlarining birligida namoyon bo‘ladi. Muloqotning shaxslararo tomoni insonning bevosita atrof-muhiti: boshqa odamlar va o‘z hayotida bog‘liq bo‘ladigan umumiyliklar bilan o‘zaro ta’sirini aks ettiradi. Muloqotning kognitiv tomoni suhbatdoshning kim, qanday odam ekanligi, unlan nima kutish mumkinligi haqidagi, shuningdek, sherikning shaxsi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ko‘pgina savollarga javob berish imkonini beradi. Muloqotning kommunikativ-axborotli tomoni tasavvurlar, g‘oyalar, qiziqishlar, hissiyotlar, mayllar va sh.o‘.lari turlicha bo‘lgan odamlar o‘rtasidagi almashinuvdan iborat. Muloqotning emotiv tomoni sheriklarning shaxsiy aloqalaridagi his-tuyg‘ular, kayfiyatning vazifa bajarishlari bilan bog‘liq. Muloqotning konativ (xulq-atvor tomondan) tomoni sheriklar qarashlaridagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklarni muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. Muloqot vositalarini muloqot jarayonida bir tirik jonzotdan boshqasiga etkaziladigan axborotni kodlashtirish, uzatish, qayta ishlash va ochib berish vositalari sifatida ta’riflash mumkin. Muloqot vositalariga quyidagilar kiradi: 1. Til – muloqot uchun qo‘llaniladigan so‘zlar, ifodalar va ularni muloqotda qo‘llash uchun ma’noli iboralarga birlashtirish qoidalari tizimi, shuningdek, turli ko‘rinish va shakllardagi (matnlar, chizmalar, suratlar), axborot yozish, etkazish