logo

JADIDCHILARNING FALSAFIY QARASHLARI VA HOZIRGI ZAMON

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

238.8525390625 KB
JADIDCHILARNING FALSAFIY QARASHLARI VA HOZIRGI
ZAMON
MUNDARIJA
KIRISH .............................................................................................. ...........3
I-BOB.   JADIDCHILIK   H ARAKATI   VUJUDGA   KELISHINING
IJTIMOIY-MA’NAVIY SHART-SHAROITLARI
1. 1.  Jadidchilik xarakatining shakllanishi va ijtimoiy muhit......... ...................9
1.2.Jadidchilik g‘oyalarining sharq tafakkuri tizimidagi o‘rni .......... ...............19
II- BOB . JADIDCHILIK FALSAFASI VA UNING MOHIYATI
2.1.Jadidlar falsafiy qarashlarining xususiyatlari.............................. ...............30
2.2. Jadidlar g‘oyalarida milliy istiqlol masalalari............................. ..............44
I II- BOB. JADIDCHILIK  G‘OYALARI VA HOZIRGI ZAMON
3.1. Jadidchilik va milliy taraqqiyot................................................ .......... .. ..56
3.2.   Jadidlar   milliy-demokratik   davlatchilik   g‘oyalari   va   hozirgi
zamon.......................................................................................... ........... ....  70
XULOSA .................................................................................... .......... . . . .. ...  83
Foydal a n i lgan adabiyotlar ro‘yxati ...................…...................... ..............86 K I R I SH
Mavzuning   dolzarbligi   va   zarurligi.   Insoniyatning   tarixiy   taraqqiyotida
XIX asr oxiri XX asr boshlari alohida mavqeiga ega. Bu davrda shu qadar ko‘p
olamshumul   voqealar   ro‘y   berdiki,   ular   o‘zining   mazmun   mohiyati   bilan   bir
necha asrlarga tatiydi.  
Agar XX asr boshlariga bugungi kun nuqtai-nazaridan yon d oshsak, bu asr
T urkiston   xalqlari   uchun   milliy   o‘yg‘onish   harakati   bilan   boshlanadi   va   shu
harakatning   o‘z   oldiga   qo‘ygan   ulug‘   maqsadi   asrning   so‘nggi   o‘n   yilligida,
ya’ni,   sovet   mustabid   tuzumining   inqirozga   uchrashi   va   sobiq   imperiyaning
parchalanishi bilan amalga oshdi. 
S h arq   ijtimoiy   tafakkuri   tarixida   jadidchilik   harakatining   va   ularning
ijtimoiy-siyosiy   falsafiy   qarashlarining   o‘rni   alohida   ahamiyatga   ega.   C h unki
jadidchilik o‘z davrida butun bir millatni, xalqlarni, og‘ir turmush tarzidan xolos
qilishning   amaliy   yo‘llarini   axtarishga   harakat   qilgan.   Lekin   sobiq   ittifoq
mafkurasining   ta’ziqi   natijasida   jadidchilik   harakatining   g‘oyaviy,   mafkuraviy,
ijtimoiy-siyosiy   jihatlari   ta’qib   ostiga   olinib,   tafakkur   tizimidan   chetga   surib
qo‘yildi.   Buning   natijasida   jadidchilik   mamlakat   tarixida   “oq   dog‘lar”   sifatida
tadqiqot ob’ektidan chetda qolib keldi. Mahalliy ziyolilarimiz ham o‘zoq yillar
jadidlar harakatini o‘rganishga va ularni tadqiqot ob’ektiga aylantirishga botina
olmadilar. Faqat  mustaqillik tufayli  jadidchilik harakati ijtimoiy hodisa  sifatida
sharq   tafakkuri   tizimida   muhim   bug‘in   bo‘lganligi   ta’kidlanib,   o‘rganishga
kirishildi.   Aynan   mustaqillik   sharofati   bilan   jadidchilikni   badiiy,   ijtimoiy-
siyosiy,   falsafiy   nuqtai   nazardan   o‘rganish   yo‘lga   qo‘yilmoqda.   Qator   ilmiy
tadqiqotlar,   dissertatsiyalar,   monografiyalar   nashr   qilinmoqda.   Jadidchilik
harakat   sifatida   jamiyatni   o‘zgartirishni   qon   tukish   yo‘li   bilan   emas   balki,
ma’rifat yo‘li bilan o‘zgartirish mumkinligini ta’kidlagan ziyolilar edi.  Jadid   ma’rifatparvarlarining   qiziqish   doirasi   g‘oyat   keng   bo‘lib,   ularning
asosiy   maqsadi   xalqni   ma’rifat   yo‘li   bilan   mustaqillikka   olib   chiqish   edi.
C h unki, ma’rifatsiz o‘z tarixi va insoniy haq-huquqlar haqida hech narsa bilmay,
mustamlakachilik sharoitida yashash  x alqning irodasini bukub tashladi. S h uning
uchun ham ular yangi usuldagi maktablar ochib, tez suratlarda xalq ommasining
savodini   chiqarish   choralarini   ko‘rdilar;   ilk   matbuotga   asos   solib,   gazeta   va
jo‘rnallar   chop   etishdi;   yangi   davr   g‘oyalarini   targ‘ib   etuvchi,   xalqning   yopiq
ko‘zini ochuvchi asarlar yaratdilar. Natijada jadid adabiyoti maydonga keldi va
teatr   truppalari   paydo   bo‘ldi.   Jadidlar   o‘zlarining   taraqqiyparvar   g‘oyalarini
maktab-ma’rifat, adabiyot va teatr yordamida  x alq ommasiga etkaza boshladilar.
Ammo,   ular   nazarida,   bu   mafkura   va   ma’naviyat   maydonlari,   mamlakatning
mustaqillikka erishish yo‘lida bir vosita edi xolos. Ular maktablar ochib xalqni
o‘z   haq-xuquqlarini   tanishga   da’vat   etganlari   uchun   birovdan   manfaat
kutmaganlar.   Ular   istibdodga   qarshi   kurashayotganlari   uchun   ayovsiz
jazolanishlarini   oldindan   bilishgan.   Lekin   bila   turib   ongli   ravishda   vijdonlari,
iymonlari shunga da’vat etgan.
S h u   o‘rinda   ta’kidlash   kerakki,   jadidlarning   yirik   namoyondalari   bo‘lgan
Mahmudxo‘ja   Behbudiy,   Fitrat,   Munavvarqori,   Tavallolarning   faoliyatlarini
o‘rganish muhim ahamiyatga ega. 
Muhtaram   Prezidentimiz   S h avkat   Mirziyo y ev   ta’kidlaganlaridek,
jadidchilik   harakatining   har   bir   namoyondasini   chuqur   o‘rganish   va
yoshlarimizga etkazib berish muhim vazifalardan biridir. 
S h uni   aytish   kerakki,   ma’rifatchilik   bilan   jadidchilik   faqat   yuzaga   kelgan
vaqt nuqtayi nazaridangina emas, balki o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari jihatidan
ham turli hodisalar edi. C h unonchi, ma’rifatchilar mavjud holatni o‘zgartirishni
emas,   balki   uni   isloh   qilishni,   xalqning   ma’rifiy   saviyasini   ko‘tarishni   maqsad
qilgan   edilar.   Jadidchilikning   asosiy   g‘oya   va   maqsadlari   quyidagilar   edi:
Turkistonni o‘rta asrlarga xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish, shariatni
isloh qilish, xalqqa ma’rifat tarqatish, Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo
etish uchun kurash, Buxoro va Xivada konstitutsiyaviy monarxiya va parlament, keyinchalik   demokratik   respublika   tuzumini   o‘rnatish   orqali   ozod   va   farovon
jamiyat   qurish,   barqaror   milliy   valyutani   joriy   qilish   va   milliy   qo‘shin   tuzish.
Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand va Xivada hur fikrli va taraqqiyparvar
kishilarning   ayrim   guruhlari   tomonidan   ochilgan   madaniy-ma’rifiy
yo‘nalishdagi jamiyat va uyushmalardan jadidchilik harakati shakllandi.
Millat istiqbolini o‘ylovchi taraqqiyparvar kuchlar xalqning deyarli barcha
tabaqalari — hunarmand, dehqon, savdogar, mulkdor, ulamolar orasida mavjud
edi.   Ziyolilar   dastlab   chorizmga   qarshi   kurashni   xalqni   asriy   qoloqlikdan
uyg‘otish   —   siyosiy-ma’rifiy   jabhadan   boshlashga   qaror   qildilar.   Jadidchilik
harakati   ana   shunday   tarixiy   bir   sharoitda   Turkiston   mintaqasida   rivojlanish
uchun o‘ziga qulay zamin topdi.
Jadidlar   orasidan   yetuk   olimlar,   sanoat   va   ziroatchilik   sohalarining
zamonaviy bilimdon mutaxassislari, madaniyat arboblari yetishib chiqib, yurtni
obod   va   o‘z   vatanlarini   mustaqil   ko‘rishni   orzu   qildilar   va   shu   yo‘lda
kurashdilar.   Jadidlarning   Turkiston   mustaqilligi   uchun   kurashida   asosan
quyidagi yo‘nalishlar ustuvor edi: yangi usul maktablari tarmog‘ini kengaytirish;
qobiliyatli   yoshlarni   chet   elga   o‘qishga   yuborish;   turli   ma’rifiy   jamiyatlar   va
teatr truppalari tuzish; gazeta va jurnallar chop qilish, xalqning ijtimoiy-siyosiy
ongini   yuksaltirish   bilan   Turkistonda   milliy   demokratik   davlat   qurish.   Jadid
ziyolilarining   kuchli   partiyasi   tashkil   qilingan   taqdirdagina   bu   ishlarni   amalga
oshirish mumkin edi.
Mavzuning ilmiy ishlanganlik darajasi : Bugungi kunda yurtimiz tarixiga
oid   ma’naviy   merosimizni   o‘rganish,   uni   tadqiq   etish   muammosi   ko‘plab
tarixchi   olimlarni   va   tadqiqotchilarni   o‘ziga   jalb   qilmoqda.   Bu   jarayonda
tarixchilar,   faylasuflar,   pedagoglar,   adabiyoshunoslar,   psixologlar   va
jamiya t shunos   mutaxassislar   ilmiy   tadqiqotlar   olib   bormoqdalar.   Mazkur
tadqiqotimizda   o‘tmishda   ajdodlarimizning   falsafiy-ilmiy   merosi   ilmiy
mavzumizni   yoritishda   muhim   manba   bo‘lib   sanaladi.   Jumladan,   jadidlar
falsafiy   dunyoqarashi   o`zining   nazariy   asoslangan   va   puxta   ishlanganligi   bilan
ajralib   turadi.   S h uning   uchun   ham   ularning   falsafiy   qarashlarida   falsafiy dunyoqarashning borliq haqidagi umumiy tam o yillar bo`lgan ilmiylik, tarixiylik,
mantiqiylik,   universallik,   maqsadlilik,   g`oyaviylik   kabilarning   birligi   sezilib
turadi.   Aynan   shu   tam o yillar   tufayli   jadidlar   inson   faoliyatini   axloqiy   meyor
negiziga   qo`yilgan   siyosiy   mustaqillik,   demokratik   boshqaruv   shakllari   uchun
kurash g`oyalari bilan birga sodir bo`ldi. 
Y u qorida ta`kidlaganimizdek, jadidchilik Turkistonda 19 asrning oxirlarida
maydonga   kelgan,   20   asr   boshlarida   shakllanib,   1917   yilga   bolsheviklar
tuntarishidan keyin ham sotsialistik diktatura o`rnatilgunga qadar o`z mavqe va
yo`nalishini   saqlab   qola   olgan   ijtimoiy   harakatdir.   U   ijtimoiy   turmushning
barcha   jabhalarini   qamrab   olgan   edi.   Mubolag`asiz   aytish   mumkinki,   mazkur
davrda yuzaga chiqqan na siyosiy, na madaniy biror hodisa yo`qki, uning e`tibor
va   ta`sir   doirasidan   chetda   qolgan   bo`lsin.   S h unday   ekan   hozirgi   shiddat   bilan
rivojlanayotgan   zamonda   jadidlarni   falsafiy   qarashlarini   o`rganish   va   hozirgi
o`sib kelayotgan yoshlarga o`rgatish zarur.
Mavzuning   ob’ekti   Jadidchilarning   ijtimoiy-siyosiy   qarashlarining
falsafiy asoslari.
  Mavzuning   predmeti   Jadidchilik   harakatining   g`oyalari,   harakat
dasturlari   uning   mazmun-mohiyati,   hozirgi   davr   rivojlanish   strategiyasidagi
ahamiyati.
Mavzuning maqsadi:  Jadidchilarning g‘oyasi, harakat dasturlari, ijtimoiy-
siyosiy   qarashlarining   falsafiy   asoslari,   hozirgi   davr   rivojlanishi   jarayonidagi
ahamiyatini ijtimoiy falsafiy tahlil etib o‘rganish.
Mavzuning   vazifalari:   -   jadidlarning   ma’rifiy   bilimlarni   egallash   orqali
jamiyat   hayotidagi   ijtimoiy   jarayonlarga   ijtimoiy-falsafiy   tafakkur   nuqtai
nazaridan yondashish; 
-   milliy   va   umumbashariy   qadriyatlarning   mohiyatini   idrok   etish   hamda
ularni qadrlashga o‘rgatish; 
-   jamiyatni   demokratlashtirish   va   modernizatsiyalash   jarayonida   faol
ishtirok etish hissini tarbiyalash; 
- yoshlarda vatanparvarlik tuyg`usini oshirish;  -   mamlakatimiz   hayotidagi   o‘zgarishlarning   ilmiy-nazariy   asoslarini
yaratish   va   uni   rivojlantiruvchi   vositalarning   taraqqiyotga   ta’sir   xususiyatlarini
ko‘rsatish;
  -yangi   O‘zbekistonda   amalga   oshirilayotgan   islohotlarning   yoshlar
tarbiyasi   va   dunyoqarashini   shakllantirishdagi   muammolar   hamda   axloqiy
taraqqiyot rivojlanishidagi ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash.
Mavzuni   yoritishda   ishlatiladigan   metodlar.   Tadqiqotning   maqsad   va
vazifalaridan   kelib   chiqqan   holda   ilmiy-metodologik   (kuzatish),   ilmiy   tadqiqot
metodologik   (tavsiflash,   tushunturish,   fakt)   pedagogik   (kuzatish,   tahlil   qilish);
umumlashtirish kabi tadqiqot usullari qo‘llangan.
Mavzuning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Insonparvarlik,   vatanparvarlik,   millatsevarlik,   mardlik   tushunchalariga
jadidchilik   g‘oyalari   asosini   tarbiyaviylik   jihatdan   ta’rif   berilgan   va   ularning
umumfalsafiy mohiyati ochib berilgan;
- jadidchilik harakatining siyosiy-huquqiy dasturlari  va ularning mohiyati,
falsafiy xususiyatlari ilmiy asoslangan;
-jadidlar   ma`rifiy   g‘oyalarining   innovatsion   muhitda   shakllantirish
imkoniyatlari va vazifalari tizimli yondoshuv tamoyili asosida ochib berilgan.
Tadqiqotni   amaliy   va   nazariy   ahamiyati.   Jadidlar   g‘oyalarining     milliy
va   vatanparvarlik   ruhidagi   qadriyatlarni   rivojlantirish   haqidagi   axloqiy   va
tarbiyaviy  g‘oyalar,  innovatsion  muhitning  axloqiy yechimlari,  ijtimoiy-siyosiy
hayot   xaqidagi   tavsiyalar   bo‘yicha   ishlaydigan   ilmiy   tadqiqotlarni   yangicha
yondashuvlar bilan boyitadi. 
Tadqiqot   natijalaridan   yoshlar   ijtimoiy-siyosiy   muammosi   bilan
shug‘ullanuvchi   vakolatli   tashkilotlar   targ‘ib   etuvchi   madaniy-ma’rifiy
dasturlarida, yoshlarni geografik xaritasini tuzishda, ta’lim-tarbiya dargohlarida
amaliy ishlar olib borishda foydalanish mumkin.
Ish tuzilmasining tavsifi. Dissertatsiya «Kirish», oltita paragrafni o‘z ichiga
olgan   uch   bob,   xulosa,   foydalanilgan   adabiyotlar   ro‘yxatidan   iborat   bo‘lib,
umumiy hajmi  75  betni tashkil qiladi.  “Jadidchilarning   falsafiy   qarashlari   va   hozirgi   zamon”   mavzusidagi
magistrlik   ishi   bo‘yicha   olib   borilgan   tadqiqotlar   natijasida   quyidagi   xulosalar
taqdim etildi:
Xulosa   qilib   aytganda,   jadidlar   falsafiy   dunyoqarashi   o`zining   nazariy
asoslangan   va   puxta   ishlanganligi   bilan   ajralib   turadi.   S h uning   uchun   ham
ularning falsafiy qarashlarida falsafiy dunyoqarashning borliq haqidagi umumiy
tam o yillar   bo`lgan   ilmiylik,   tarixiylik,   mantiqiylik,   universallik,   maqsadlilik,
g`oyaviylik   kabilarning   birligi   sezilib   turadi.   Aynan   shu   tamoyillar   tufayli
jadidlar inson faoliyatini axloqiy me`yor, negiziga qo`yilgan siyosiy mustaqillik,
demokratik boshqaruv shakllari uchun kurash g`oyalari bilan birga sodir bo`ldi. 
Y u qorida ta`kidlaganimizdik, jadidchilik Turkistonda 19 asrning oxirlarida
maydonga   kelgan,   20   asr   boshlarida   shakllanib,   1917   yilga   bolsheviklar
tuntarishidan keyin ham sotsialistik diktatura o`rnatilgunga qadar o`z mavqe va
yo`nalishini   saqlab   qola   olgan   ijtimoiy   harakatdir.   U   ijtimoiy   turmushning
barcha   jab x alarini   qamrab   olgan   edi.   Mubolag` a siz   aytish   mumkinki,   mazkur
davrda yuzaga chiqqan na siyosiy, na madaniy biror hodisa yo`qki, uning e`tibor
va ta`sir doirasidan chetda qolgan bo`lsin. 
2)   Y o shlarni   vatanparvarlik   ruhida   tarbiyalash,   milliy   va   umuminsoniy
qadriyatlarga   sodiqlikka   qaratilgan   milliy   ma’naviy   meros,   madaniy   faoliyat
turlari,   ijtimoiy-iqtisodiy   hayot,   o‘zbek   yoshlariga   motivatsion   ijobiy   ta’sir
qilgan. S h uning uchun yoshlarni ma’lum ijtimoiy-siyosiy rivojlanish qonuniyati
orqali axloqiy tarbiya ijtimoiy samaradorligini beradi;
3) O‘zbekistonda o‘ziga xos rivojlanishning harakatlar strategiyasi asosida
yoshlarni   har   tomonlama   qo‘llab-quvvatlash,   ularni   ijtimoiy-siyosiy   bilimlarini
rivojlantirishga   tashkiliy   yordam   berish   singari   ishlar   amalga   oshirilmoqda.
Bugungi   jamiyatda   siyosiy   madaniyat   va   uni   axloqiy-tarbiyaviy   jihatlar   bilan
boyitish   muhim   omil   bo‘lib,   bunda   ta’lim-tarbiya   maskanlarida   ilmiy-uslubiy
ta’minotning boyitilishi dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. I-BOB. JADIDCHILIK  XARAKATI VUJUDGA KELISHINING
IJTIMOIY-MA’NAVIY SHART-SHAROITLARI
1.1.Jadidchilik xarakatining shakllanishi va ijtimoiy muhit
XIX asr oxiri - XX asr boshlariga kelib, Turkistonda millat taqdiriga tahdid
soluvchi   o‘ta   qaltis   va   og‘ir   ichki   tarixiy   muhit   paydo   bo‘ldi.   Bir   tomondan,
Rossiya   imperiyasi   musatamlakachiligi   siyosiy   jihatdan   mustahkamlandi.
Mustam la ka va zo‘ravonlikka mukkasidan ketgan rus bosqinchilari esa, endi o‘z
mafkurasini   singdirish   orqali   ma’naviy   ustunlikka   ham   ega   bo‘lishi   uchun
mahalliy   xalqni   ruslashtirish,   uning   g‘ururini   sindirish,   o‘zligini   yo‘qotishdek,
o‘ta razil shovinistik siyosatni  kuchaytirdilar. Ikkinchi  tomondan esa,  millat  va
xalqimiz   o‘z   siyosiy,   ma’naviy   huquqlari,   erki   va   hohish-irodasini   yo‘qotdi.
Uchinchidan,   umuman   musulmon   mutaassibligi   (konservatizm   va   bid’at)
kuchaydi.   Millatning   ijtimoiy-siyosiy   va   iqtisodiy   ahvoli   hamda   ma’naviyati
tubanlashdi.   Buning   ustiga   ustak,   din   peshvolari   orasidagi   mutaassiblarda
yangilikka,   dunyoviy   ma’rifat   va   taraqqiyotga   qarshilik   ham   avj   oldi.   Bu   esa,
Islom dini hamda shariatiga mutlaqo zid ravishda avj oldi.
C h orizmning   O‘rta   Osiyoga   nisbatan   amalga   oshirilgan   har   bir   harakati
aniq strategik maqsadga yo‘naltirilgan edi. Uning bu maqsadi mustamlakachilik
bosqichining       dastlabki   yillaridan   boshlab,   O‘rta   Osiyo   erlarida   keng   kulamli
qidirish   ishlari   olib   borishi,   xonliklarning   hududiy   yahlitligini   buzib   ularning
chegaralariga   qo‘pol   ravishda   bostirib   kirishi   hamda   strategik   jihatdan   qulay
bo‘lgan mudoofaa   inshoatlarining jumladan, Sirdaryoning qo‘yi       oqimlaridagi
Raim(1847y),Oqmachit (1857y), zabt etish bilan belgilanadi.
C h orizmning   mustamlakachilik   siyosatini   haloskorlik,   yordam   berish
niqobi   ostidagi   maqsadlarida   uchta   asosiy   narsa   yashirinib   yotar   edi:
birinchidan, O‘rta Osiyoni to‘liq   bosib olish, ikkinchidan, ruslashtirish siyosatini
amalga oshirish va uchinchidan, rus Turkistonini tashkil   qilishdan iborat edi. Millat   va   xalqimiz   mana   shunday   ikki   tomonlama   o‘ta   ayanchli   va   havfli
ijtimoiy-siyosiy   muhit   hamda   vaziyatga   duch   kelgan   bir   paytda   musulmon
ziyolilar   din   homiylari   orasidan   yangi   bir   taraqqiyparvar   guruhning   harakati
paydo bo‘ldi. Ular «jadid» (yangi) degan ulug‘ nomga muyassar bo‘lgan holda,
Millat   va   Vatan,   musulmon   xalqlari   uchun   ma’naviy   qalqon   bo‘lib,   kurash
maydoniga   otildilar.   Jadidlar   millatni   bo‘yin   egishi   va   tanama-taqdir   qilish
havfidan   qutqarishning   birdan-bir   to‘g‘ri   yo‘li   avval   tarbiya   va   ma’rifat,   so‘ng
islohot ekanligini juda to‘g‘ri anglab yetdilar.
S h uning   uchun   ham   jadidlar   millat   va   xalqni   g‘alayon   va   qo‘zg‘olonga,
inqilobiy buzg‘unchilik kabi yovvoyilikka da’vat etmadi. Aksincha, ularni diniy-
dunyoviy   ma’rifat,   ilm-fan,   madaniyat   va   yangiliklar   bilan   qurollantirib
tarbiyalash,   o‘zligini   anglatish,   ijtimoiy-ma’anviy   g‘aflat   uyqusidan   uyg‘otib,
turmush   tarzi,   tafakkuri,   ma’naviyati,   madaniyati,   adabiyoti   va   maorifini
o‘zgartirishga bel bog‘ladilar.
Jadidchilik harakati ba’zi-bir tarixga oid adabiyotlarda aytilganidek, “oldin
madaniy-ma’rifiy harakat bo‘lib, keyin ijtimoiy-siyosiy harakatga o‘sib o‘tgani”
yo‘q.   U   o‘z   tabiati   maqsad   va   mohiyatiga   ko‘ra,   dastlabki   kundanoq,   ijtimoiy-
siyosiy, madaniy-ma’rifiy va islohotchilik harakat bo‘lgan. Ammo Vatanni ozod
va   obod   qilish,   millat   va   xalqni   hurriyatga   olib   chiqish,   to‘q   va   farovon,
madaniyatli   qilish   uchun   jadidlar   asosiy   e’tiborni   dastlab   madaniy-ma’rifiy
ishlarga qaratdilar.
1865 yilda   O‘rta Osiyoning yirik savdo, hunarmadchilik   markazi- Toshkent
chor   hukumati   tomonidan   bosib   olingan.1866   yil   17   avgustda   Toshkentning
Rossiya imeriyasiga qo‘shib olinganligini rasmiy   sur’atda e’lon qildi.1867 yil 11
iyulda   Turkiston   general-gubernatorligi   tashkil   etilib,   Toshkent   uning   markazi
bo‘lib   qoldi.   Turkiston   mintakasi   XX   asr   boshlarida   uchta   siyosiy   birlik:
Turkiston   general-gubernatorligi,   Buxoro   amirligi,   Xiva   xonligi   xududlaridan
iborat   edi.   Turkiston   general-   gubernatorligi yoxud   Turkiston   o‘lkasi   Rossiya
imperiyasi   tarkibiga   kirgan   bo‘lsa,   Buxoro   amirligi   va   Xiva   xonligi   Rossiyaga
qaram bo‘lgan yarim   mustaqil davlatlar edi. Podsho       Rossiyasi   Turkiston   o‘lkasini   bosib   olgach,   avvalo   mahalliy
xalqni   insoniy   va   siyosiy   huquqlardan         mahrum   etdi.   Tarixiy     dalillarga
murojaat   qiladigan     bo‘lsak,   chorizm   G‘arbiy   Turkiston     xalqlariga     nisbatan
milliy kamsituvchiliksiyosatiniolibborgan.CHunonchi,tub   aholivakillari oliy va
o‘rta   darajadagi   lavozimlarga   yaqinlashtirmay,   hokimiyat   tamoman   rus
harbiylari va amaldorlar qo‘liga berilgan.
Buuchchala  xonlik   Rossiya   bojxona  tizimi tarkibiga   kiritildi.   Bu esa
uchchala     davlatchilikning   ham   chorizm   manfaatlariga     to‘la
buysindirilganligini             bildirar       edi.     Podsho             Rossiya           Turkistondagi
xonliklar   hududining     katta   qismini   bosib   olgach,    tabiiy     resurslarga
nihoyatda   boy    o‘lkaga   ega   bo‘ldi.    Turkiston   o‘lkasi  oblast  (viloyat),
uezd,   volost (bo‘lik), uchastka   va   oqsoqollarga                   boshqarildi.   Turkiston
general-gubernatori     bir     vaqtning   o‘zida   Rossiya           podshosi     noibi       (yarim
podsho),       xarbiy       okrug     qo‘shinlari   qo‘mondoni,   bosh       prokuror     va   bosh
mirshab  edi. 
Rossiya  Turkistonni   boshqarish strategiyasida ham ikkita  muhim masalani
hal       qilishga   to‘g‘ri   keldi.   Birinchidan   iloji   boricha   tezroq   mintaqada   Rossiya
tartiblari   va   qonunlarini     o‘rnatishga   harakat   qilish   ikkinchidan,   o‘zining
turmush   tarzi,   an’anlari   va   qadriyatlarini   o‘zgartirishni   xohlamayotgan
mahalliy   aholi   bilan   munosabatlarni   yo‘lga   qo‘yish   edi.   Rossiya   odatda
Turkistonni   boshqarish   masalasida   boshqa   o‘lkalarda   jumladan,   Volga   buyi,
Sibir, Qozog‘iston, Qrim, Kavkaz va boshqa o‘lkalarni boshqarishning harbiy va
fuqarolik   hokimiyatlarini   birga   qo‘shish   tamoyilini   ko‘chirib   kelib   foydalandi.
Bunday   boshqarish   tamoyili   Turkistonning   birinchi   general   gubernatori   K.P.
Kaufman   rahbarligida   ishlab   chiqildi   va   hujjatlarniig   asosida   o‘lkamizning
ma’muriytizimi “harbiy-xalq boshqaruvi”, deb atalgan edi.
C h orizmning bu   bosqinchilik     harakati  o‘zga mamlakatda   mustamlakaga
aylantirish   bilan   chegaralanib   qolmay,   mahalliy   aholining   madaniyati   va
ma’naviy   asoslarga   putur   etkazishga       ham   qaratilganligi   uning
siyosatidavomida    o‘z aksini topib bordi. Adabiyotshunos   olim   B.Qosimov   chorizmning   Turkistondagi
mustamlakachilik   siyosatini   izohlar   ekan,   shunday   yozadi.   “Rusiyadan
millionlab           mujiklarni   ko‘chirib   keltirib,   serhosil   erlarga   joylashtirish   va
mahalliy   xalqni     esa   quvib         chiqarish   avj   oldi.   O‘lkani   mustamlakachilik
tartiblari   bilan   idora   eta   boshladilar.   Maorif   va   ijtimoiy       sohalarda   esaislomni
buzush,       erli   xalqni   ruslashtirish   –   chor   hukumatiningbosh       yo‘li         qilib
beligilandi.  1
Viloyat  hisobidagi  uezdlarga katta-kichik shaxarlar, qishlok  va ovullardan
tashkil topgan volostlar kirgan.
O‘lkadagi  qo‘yi  boshqaruvda,  hususan,   volost,  qishloq  va  ovul  oqsoqollik
lavozimlariga mahalliy aholining vakillari “saylov” yo‘li bilan tayinlangan. Ular
rus ma’muriyatining ko‘rsatmalarini so‘zsiz bajaradigan va o‘ta itoatkor kishilar
xisoblangan.
S h u   tariqa,   mahalliy   yuqori   tabaqa   vakillari   oliy   va   o‘rta   boshqaruv
lavozimlaridan mahrum etilib siyosiy maydondan surib tashla ndi.
Rossiya iloji boricha O‘rta Osiyo o‘lkalarini rivojlantirish va ushlab turish
uchun ketadigan harajatlarni ham shu o‘lkaning o‘zidan undirishni rejalashtirgan
edi.   “Mamlakatdagi   ichki   osoyishtalikni   saqlash   uchun   zarur   bo‘lgan
qo‘shinlarni   ta’minlash   va   bu   mablag‘larni   pullash   bilan   shug‘ullanadigan
ma’muriytarkibni   ta’minlashga   mo‘ljallangan   mablag‘lar   o‘lkaning   o‘zidan
olinsin”, deb o‘qtiriladi , “Moskva gazetasi saxifalarida . 2
Bunday   qoloqlikning   sababini   jadidchi   U.Xujaev   xalq   orasida   ayniqsa
yoshlar   orasida   tirishqoqlik   va   faollikning   sustligidir.   Bularsiz   esa,   mavjud
holatni   o‘zgartirib   bo‘lmaydi.   Bu   masalada   Ubaydulla   Xo‘jaev   ,   Andijon   va
Quqon yoshlariga Toshkentlik ziyolilardan ko‘proq o‘rganish zarurligi hakidagi
da’vatlarni aytib o‘tadi.
1
Б. Косимов   Жадидчилик:   ислоҳот,   янгиланиш,   мустақиллик   ва  тараққиёт   учун
кураш.  104 -бет.
2
Дмитриев. Г.Л.., Депеша Е. Скайлера и проблемы Среднеазиатской  политики царизма
70-х   гг.   XIX   век.   Материалы   по   истории,   историографии   и   археологии.   Сб.   научных
трудов ТашГУ, № 517, Т., 1976.С, 31.». Ko‘rinib   turibdiki,   xalqning   noroziligi   va   xalq   ichidan   etishib   chiqqan
ziyolilarning mustabid tuzumiga nisbatan noroziligi va nafrati hali XIX asrning
80 yillariga qadar ham shakllanib va kuchayib borganligini ko‘rsatmokda.
Farg`ana   vodiysida   1871-1872   yillarda   xon   hokimiyati   uchun   boshlangan
kurash 1873-1876 yillarda ulkan xalq harakatini bosib o`tdi.   Bu harakat tarixda
Po‘lat xan qo‘zgaloni nomi bilan ma`lum. YA`ni Marg`ilon uyezdidan chiqqan
Isxak-mulla   Xasan   o‘g`li   Po‘latbek   nomi   bilan   ko‘zg‘alonga   raxbarlik   qilgan
edi. Bu qo‘zg‘alon 1876 yilning yanvar oyida bostirildi. CHor xokimiyati 1876
yil fevral` oyida Qo`qon xonligining hududini Rossiyaga qo‘shib oldi va uning
urshda Farg`ona viloyati tashkil etildi.
  1885   yilda   Andijon   va   Marg`ilon   uyezdlari   Darveshxon   boschiligida
g`alayonlar bo‘lib o‘tdi, 1893 yilda Qo`qon va Namangan uyezdlarida g`azavot
e`lon qilindi.
  1892   yilda   Toshkentda   bo`lib   o‘tgan   vabo   isyoni   eng   yirik   xalq
qo‘zg‘olonlaridan   biri   bo‘ldi.   Bunga   Toshkentda   boshlanib,   2   mingdan   ortiq
kishining yostig‘ini quritgan vaboga qarshi ko‘rilgan choralar sabab bo‘ldi.
  Bu   choralar   qo‘zg‘alon   chiqarishiga   baxona   bo`ldi.   Aslida   esa   buning
asosiy   sababi   keskin   ijtimoiy   ziddiyatlar,   shahar   mehnat   axlining   og`ir   ahvoli,
narx-navoning   to‘xtovsiz   ko‘tarilib   borishi,   amaldorlarning   suv   iste`mollari,
tovlamachiligi   va   ho   kazolar   edi.   Qo‘zg‘alon   1892   yil   24   iyunda   boshlandi.
S h ahar   xokimi   polkovnik   Putinsevning   xatti-harakatlari   vaziyatni   keskin
qiyinlashtirib yubordi.
  Ma`murlar   chiqarib   keltirgan   soldatlar   tinch   aholiga   qarshi   qurol
ishlatdilar. Natijada besh kishi o‘lib, 80 kishi qochayotib, Anhor qariga cho‘kib
ketdi. Chor amoldorlari qo‘zg`alon qatnashchilaridan qattiq o`ch oldi.
  Turkistonda   XIX   asrning   90   yillaridagi   eng   yirik   ommaviy   harakat   1898
yilgi   Andijon   qo‘zgoloni   edi.   Qo‘zgalon   chiqishida   olib   kelgan   sabab   va
bahonalar ko`p bo‘lib, ular  orasida 1886 yilda tasdiqlangan Turkiston o‘lkasini
boshqarish   to‘g`risidagi   Nizom   tufayli   kuchaygan   mustamlaka   zulmi   asosiy
sabab   edi.   Bu   Nizomga   ko`ra   mustamlakachilik   siyosati   va   mustamlaka   rejimi qonun   yo`li   bilan   mustahkamlangan   edi.   Uning   asosida   rus   ma`murlari
O`zbekiston   ko‘chmanchi   aholisi   yerlarining   ancha   qismini   tortib   olib,   rus
ko‘chmanchilariga berish uchun yer fondi tuzdilar.
 Farg`ona vodiysida paxta yakkaxonligining joriy etilishi g`alla, oziq-ovqat
ekinlari   va   yaylovlar   maydonlari   qisqarib   ketishiga   olib   keldi,   natijada   non
boshqa oziq-ovqat tovarlari narxi ancha ko‘tarildi.
  XIX   asr   90   yillarida   Farg`ana   vodiysiga   Rossiya   xududidan   kelgan   bir
necha ming rus kuchkindilarining joylashtirilishi vodiy qiyinchiliklarini yanada
chuqurlashtirdi.
 1898 yilgi Andijon qo‘zg‘oloniga Muhammad-Ali Eshon (qisqacha Madali
eshon)   rahbarlik   kildi.   U   duk   (urchuk)   yasaydigan   xunormond   Sobir   usta
oilasida   tug`ildi.   (Madalining   dukchi   eshon)   degan   taxallusi   shundan   olingan
edi.
  Qo‘zg‘olon   1898   yil   17   mayda   Madali   Eshon   boschiligidagi   chiqib,
Andijondagi   podsho   garnizoniga   hujumidan   boshlandi.   Qo‘zg‘olonchilarga
keyingina   qishloqlarning   aholisi   qo‘shildi.   Boshlanib   ketgan   jangda   22   ta   rus
soldati   o‘ldirildi.   So‘ngra   rus   soldatlari   kelib   shaharni   qurshab   oldilar   va
qo‘zg‘olonni bostirdilar.
Behbudiy   o‘zining   “Qonuni   Ovrupo”,   “Xaq olinur,   berilmas!,   “Loyiha”   ,
“Qozi va biylar haqida loyiha” maqolalarida Turkistonda vujudga kelgan xuquq
sohasidagi   og‘ir   vaziyat   haqida   yozadi.   S h uningdek,   xuquqni   masalalarni   hal
qilishni   ellikboshi   va   qozilarning   ixtiyoriga   butunlay   topshirib   quyganligi
oqibatida,     ular   nafaqat     dinni   balkimaishiy     masalalarni     ham   poraho‘rlik
asosida hal  qilayotganliklari uchun rus xukumatini  tanqid  qiladi.
Bu masalani hal qilish uchun Behbudiy qozilik sudlari tizimini bekor qilish
zarurligi,  ularning  o‘rniga   Turkistondagi   beshta  viloyatnihar  birida appelyasiya
komissiyasi tashkil etilgan davlat  sudlarinituzish, okrug sudlarini nazorat qilish
uchun   rais,   o‘rinbosar   va   uchta   sud   a’zosidan   iborat.   Oliy   sud   palatasi   ochish
kerakligi haqidagi hulosaga keldi. 3
3
 Беҳбудий М. Қози  ва  бийлар  ҳақида  лойиха. // Ойна. №5 . -Б. 106- Ш ). Demokratiyani   o‘zicha   talqin   qilgan   Behbudiy   volost   saylovlarida   20
yoshga etgan har bir Turkistonlik qatnashishi kerak, deb da’vat qildi.
C h or   Rossiyasi     tomonidan     XIX   asrning   oxiri   va   XX   asrning   boshlarida
chiqarilgan ma’muriy xujjatlar aholining noroziligini yanada orttirdi. Jumladan,
1880  yilda  maxsus   “Ijtimoiy-o‘lpon  va  er  tuzulishi   to‘g‘risida   to‘plam",  “1886
yilgi Nizom”, “Turkiston o‘lkasida er-o‘lpon tuzulishini joriy etish to‘g‘risidagi
1903  yilgi   Qoidalar”   qabul   qilinishi,   aholini   ko‘chirish   to‘g‘risidagi   1906   yilgi
siyosat   va   boshqalar   natijasida   er   munosabatlari   soliqqa   tortishning   butun
tizimiga   qo‘shimcha   o‘zgartirishlarkiritilishi   xalqning   ijtimoiy   ahvolini   yanada
og‘irlashtirdi. U qonunlarning qabul qilinishida olti millionli  mahalliy aholining
bironta bir talablari hisobga olinmadi.
Bu   ham   etmagandek,   chorizm   mintaqaning   er   maydonlarini   to‘liq
chegaralab   chiqdi.   Aholiga   sug‘oriladigan, lalimi va ishlov berilmaydigan erlar
biriktirib   qo‘yildi   va   ularga   og‘ir   soliqlar   solindi.   Mahalliy     aholidan   ortiqcha
erlar   tortib   olindi   va   buning       hisobiga     Rossiyadan       aholini   ko‘chirib   kelish
muammolari hal qilindi.
Bularning   hammasi   ijtimoiy   norozilikning   kuchayishiga,   turli   davlat
idoralariga   shikoyatlarning   ortib   borishiga   chorizm   idora   usuliga   qarshi
isyonlarni   va   milliy   ozodlik   xarakatlarigacha   bo‘lgan   ko‘rinishi   davrida
namoyon   bo‘ladi.   Bu   bilan   mahalliy   xalq   mustamlakachilarning   asl   maqsadi
cheklanmagan   xokimiyatga   va   iloji   boricha   ko‘proq   foyda   olishga
qaratilganligini anglab eta boshladi.
Turkiston ahli   o‘zining tang axvolga tushub qolganligini kengroq tushuna
boshladi.   Buning   zamirida   podsho   qonunlarining   nomukammal   ekanligi,   erlar
adolatsiz   taqsimlanayotganligi   ko‘rsatilib   vaziyatni   o‘zgartirishga   intilishlar
bo‘ldi,   lalmi   va   ishlov   berilmaydigan   erlardan   voz   kechdi,   dexqonlarni
xo‘jaliklarga   majburan   biriktirib   ko‘yilishiga,   yuqori   darajadagi   soliq   va
ulponlarga   qarshi   chiqdi.   Poraxo‘rlikning   yalpi   avj   olishi   va   ma’murlarning
o‘zboshimchaligi xalq  g‘azabini oshirdi.
XIX asrning 80 yillaridan boshlab, Turkiston general-gubernatoridan  tortib uchastka   nozirigacha   bo‘lgan   butun   boshqaruv   tarkibining   ma’muriy,   politsiya
va   ta’qib   qilish   vakolatlari   kengaytirildi   va   xatto   ularga   favqulotda   va   harbiy
ko‘rinishidagi     chora   va   usullarni   qo‘llash   huquqi   berilgan   edi.   Ana   shu
usullarga chorizm to   o‘zi mag‘lub   bo‘lgan davrgacha amal qilib keldi. Harbiy
dala sudlari, shavqatsiz jazo ekspeditsiyalari va siyosiy qidiruv organlari, surgin
qilish   va   turmalarga   tashlash   kabi   usullardan   keng   foydalanildi.   1898-
1899yillarda   chorizm   o‘ zining   sud   tizimini   uzul-kesil   imperiyacha   andozalar
aso s ida   tartibga   soldi.   Natijada   chorizmning   asosiy   ma qs adi   b o‘ lgan   “a h olini
to‘g‘ri joylashtiri sh ”   shiori   ostida   o‘ lkani   jadalro q   ruslashtirishmasalasi   yanada
avj   oldi.   Ma’navi y   so h ada   musulmon   ru h oniylariga,   maktablar,   madrasalar,
islomni ng  ijtimoiy institutlariga  q arshi q uporuvchilik faoliyati kuchaytirildi, ayni
va q tda,   rus-tuzem,   cherkov- q avm,   yakshanbalik   va   bosh q a   maktablarning,
pravoslav cherkovlari, soborlar, ibodatxonlar, manastirlar va turli missiyalarning
faoliyatini k o‘ rsatish uchun imkoniyat ma y doni  kengaytirildi.
S h undan   keyin   mustaqillik   haqidagi   fikrni   saqlab   qolgan     eng     va     ko‘p
sonli   gurux       to‘g‘risida   xabar   beriladi   “unga   deyarli   butun   qishloq   va   shahar
aholisingbir qismi  kiradi ”. 
XIX   asr   oxiri   XX   asr   boshlarida   chor   Rossiyasining   Turkistondagi
mustamlakachilik   siyosati   uning   faqatgina   siyosiy   hukmronligini   emas,   shu
bilan   birga,   uning   iqtisodiy   hukmronligini   ham   anglatar   edi.Sa’noat
korxonalarining   paydo   bo‘lishi,   transport   tarmog‘ining   kengayishi   mehnatni
yangicha   tashkil   qilishni   talab   qiladi   va   xo‘jaliklarga   bilimli   ishchi   kuchi
zarurligini   anglatar   edi.   Bu   holatdan   kelib   chiqib   siyosat   yurg‘izish   chor
Rossiyasi   uchun   yangi   rus   Turkistonni   tashkil   etishni   boshlab   berdi.   Dastlabki
davrlardan   boshlab   mahalliy   aholining   xo‘jalik   faoliyatida   ham   o‘zgarishlar
sodir   bo‘ldi.1897   yilgi   birinchi   Butun   Rossiya   aholi     ruyxati     ma’lumotlari
bo‘yicha aholi shug‘ullanadigan mashg‘ulotlarning 398 ta turi aniqlangan va ular
65   ta   guruxga   jamlangan.   Agar   mashg‘ulotlar   bo‘yicha   10   ta   asosiy   guruxga
jamlangan   va   bu   Turkiston   bo‘yicha   qo‘yidagicha   foiz   hisobida   ko‘zga
tashlanadi;   qishlok   xo‘jaligi,   baliq   ovlash   va   ovchilik-82,8%;   ishlov   beruvchi konchilik   san’oati   va   Xunarmadchilik-6,5%;   transport   va   aloqa   -0,9%;   savdo-
3,4%;xususiyfaoliyat   va   xizmat     ko‘rsatish-3,1%;   g‘azna   hisobotidan
ta’minlanuvchilar,   jamiyatlar   va   sharq   xususiy   shaxslar-0,5%;   ma’muriyat,
politsiya,   sud,   tabaqa   va   jamoat   xizmati,   erkin   kasblar-0,7%;   harbiylar-0,8%;
turli diniy muassasalarga xizmat ko‘rsatish-0,4%; va boshqa kasbdagilar-0,9 %. 4
Natijada   yangi   ishlab   chiqarishaloqalari   vujudga   keldi,   sanoat,     temir
yo‘llar,   qurilish   va   boshqa   sohalarda   band   bo‘lgan   dastlabkiishchi   otryadlari
paydo   bo‘ldi. Mahalliy   aholining asosiy qismi (82,8%) qishloq xo‘jaligi bilan
band   edi.   C h igit   ekiladigan   maydonlar   1916   yilda   680.811   disyatinani   tashkil
etib,   sug‘oriladigan   erlar   umumiy   maydonning   31   %     niegalladi.   Turkistondan
Rossiyaga   1914   yildaolib   ketilgan   269   mlnso‘mlik   mahsulotning   80%i   paxta
ulushiga       to‘g‘ri   keladi. 5
Paxta   maydonlarining   kengayishi   g‘alla   ekiladigan
maydonlarning qisqarishiga olib keldi natijada g‘allaning narxi ko‘tarilib ketdi.
Natijada   dexqon   xo‘jaliklari   zaiflashibqoldi.   C h unki,   o‘zining   kuch   va
vositalarini   sarflab,   mahsulotni   bevosita   etishtirib   berganlar   o‘z   harajatlariga
muvofiqkeladigan   daromadlarni   ololmay   qoldi.   De h qonlar   bilan   fermerlar
o‘rtasidagimunosabatlar   erkin   darajada   emas   balki iqtisodiy   majburlash
sharoitidagi   bozorning   rivojlanishiga   asoslanganligi   tufayli   dexkonlar   ommasi
qashshoqlashib   nochor   ahvolga   tushubqoldi.   Dehqonlarning   ahvoli   siyosiy   va
iqtisodiy   tanglik   hamda   urush   yillarida   yanadabirlashdi.   Ayniqsa,   paxtaga
bo‘lgannarxning   nihoyatda-   pasaytirilganligi   dexqonlar     qashshokligini   yanada
chukurlashtirdi.
C h or   Rossiyasining   Turkistonda   paxtachilikning   avj   oldirish   masalasi
uning   strategik   rejalarida   hamisha   markaziy   o‘rinni   egallagan.   Bu   masala
hukumat   xo‘jjatlarida   har   doim   sug‘orish   va   ruslarni   joylashtirish   shiori   ostida
Turkistonga   rus   kishilarni   ko‘chirib   keltirish   vazifasi   ilgari   surilgan.   Bu   holni
A.V.Krivoshein1912 yilda Turkistonga qilgan safarlarida ta’kidlab yozadi. 6
4
Статистический  и   ежигодник   России.  1915.Пп.1916, отд. 1.С. 100-102.
5
Социально Экономическое и политическое положение    Ў збекистана накануне Октября. Т., 
6
А.В.Кривошеин Зписка главноуправляющего. С.45. 1886   yilda   etishtirilgan   paxtaning   hajmi   3   mln.,   1910   yilda   10,8mln.   va
1915 yilda 18,5 mln pulni tashkil etdi. Bu paxtaning deyarli hammasi Rossiyaga
olib   ketilib,   o‘lka   uning   xom-ashyo   manbasiga   aylantirildi.   Masalani   xuddi
mana   shu   tomoni   xalqning,shu   jumladan,   mahalliy   yuqori   tabaqa   vakillarini,
ziyolilarining   noroziligi   va   nafratini   uyg‘otishiga   olib   keldi.   Birok,   shuni
hisobga olish kerakki, sharoit taqozosiga ko‘ra, o‘zbek savdo-sa’noati vakillari,
ya’ni   milliy   burjuaziya   Rossiya   bilan   aloqalarda   vositachilikqilishga   majbur
bo‘ldi.
Paxtachilikning rivojlanishi bilan bir qatorda, paxta tozalash, yog va sovun
zavodlari   yuzaga   keldi.   Mustamlaka   davrida   paxta   tozalash   zavodlarining   soni
208   taga   etib,   ularda   paxta   tozalandi   va   ta yyo rlandi.   Ularning   talay q ismi
ma h alliy   boylarga   tegishli   edi.   Masalan,   Far g‘ ona   viloyatidagi   157   ta   paxta
tozalash zavodining 107 tasi milli y  burjuaziyaning  qo‘ lida edi. Ammo, zavodlar
unchalik katta b o‘ lma y , texnikaviy ji h atdan ancha past edi. Ikkinchi tomondan,
ularning egalari rus kapitalistlari va f e rmalariga  q aram b o‘ lib, ular bilan ra q obat
q ilishga   q odir   emas   edilar.   Butun   o‘ lkaning   i q tisodiy   h ayoti   1912   yilgi
ma’lumotga k o‘ ra, 7 ta davlat va 40 ta turli f e rmalarning banklari  qo‘ lida b o‘ lib,
be q iyoska t ta daromadlarga ega edilar.
Turkiston   iqtisodiyotidan   ko`proq   foyda   ko`rish   maqsadida
mustamlakachilar   o`lkaning   o`zida   xom   ashiyoga   dastlabki   ishlov   beruvchi
korxonalar  tashkil  etishga kirishdilar. 1900 yilgacha Turkistonda  170 dan ortiq
sanoat korxanolari qurilib ularning 80 protsentini paxtaga qayta ishlov beruvchi
korxonalar tashkil etdi.
Xulosa   qilib   aytganda,   C h orizmning   mustamlakachilik   siyosatini
haloskorlik,   yordam   berish   niqobi   ostidagi   maqsadlarida   uchta   asosiy   narsa
yashirinib  yotar   edi:   birinchidan,   O‘rta   Osiyoni   to‘liq   bosib   olish,   ikkinchidan,
ruslashtirish siyosatini  amalga oshirish va uchinchidan, rus Turkistonini  tashkil
qilishdan iborat edi.
Millat   va   xalqimiz   mana   shunday   ikki   tomonlama   o‘ta   ayanchli   va   havfli
ijtimoiy-siyosiy   muhit   hamda   vaziyatga   duch   kelgan   bir   paytda   musulmon ziyolilar   din   homiylari   orasidan   yangi   bir   taraqqiyparvar   guruhning   harakati
paydo bo‘ldi. Ular «jadid» (yangi) degan ulug‘ nomga muyassar bo‘lgan holda,
Millat   va   Vatan,   musulmon   xalqlari   uchun   ma’naviy   qalqon   bo‘lib,   kurash
maydoniga   otildilar.   Jadidlar   millatni   bo‘yin   egishi   va   tanama-taqdir   qilish
havfidan   qutqarishning   birdan-bir   to‘g‘ri   yo‘li   avval   tarbiya   va   ma’rifat,   so‘ng
islohot ekanligini juda to‘g‘ri anglab yetdilar.
S h uning   uchun   ham   jadidlar   millat   va   xalqni   g‘alayon   va   qo‘zg‘olonga,
inqilobiy buzg‘unchilik kabi yovvoyilikka da’vat etmadi. Aksincha, ularni diniy-
dunyoviy   ma’rifat,   ilm-fan,   madaniyat   va   yangiliklar   bilan   qurollantirib
tarbiyalash,   o‘zligini   anglatish,   ijtimoiy-ma’anviy   g‘aflat   uyqusidan   uyg‘otib,
turmush   tarzi,   tafakkuri,   ma’naviyati,   madaniyati,   adabiyoti   va   maorifini
o‘zgartirishga bel bog‘ladilar.
1.2. Jadidchilik g‘oyalarining sharq tafakkuri tizimidagi o‘rni
Jadidchilik   avvaliga   madaniyat   sohasidagi   harakat   sifatida   faoliyat
yuritgan.   Bu   oqim   vakillari   taraqqiyot   uchun   kurashish,   turkiy   tillarni
rivojlantirish, shu tillardagi adabiyotni boyitish, dunyoviy ilmlarni o‘rganish, fan
yutuqlaridan foydalanish hamda ayollar va erkaklar tengligi uchun kurashishga
chaqirishgan. Keyinchalik jadidchilar panturkizm g‘oyalarini targ‘ib qilishgan.
Sovet   davrida   yozilgan   adabiyotlarda   jadidchilikka   „burjua-liberal,
millatchilik   harakati“   deb   ta’rif   berilgan.   Bu   davrda   asosan   tanqid   qilingan
jadidchilik   namoyandalari   nomi   SSRI   parchalanib   ketganidan   keyin   qayta
tiklandi. 7
Jadidchilik   dastlab   19-asrning   80-yillarida   Qrimda   Ismoilbek   Gasprinskiy
rahbarligida   qrimtatarlar   o‘rtasida   vujudga   keldi.   Jadidchilik   harakati
namoyandalari   ko‘pincha   o‘zlarini   taraqqiyparvarlar,   keyinchalik   jadidlar   deb
atashgan.   O‘sha   davrning   ilg‘or   taraqqiyparvar   kuchlari,   birinchi   navbatda,
ziyolilar mahalliy aholining umumjahon taraqqiyotidan orqada qolayotganligini
7
"Жадидизм".   Ўзбек   совет   енсиклопедияси.   4.   Тошкент:   Ўзбек   совет   енсиклопедияси   бош
редаксияси. 1973. 278-279 б. his   etib,   jamiyatni   isloh   qilish   zaruriyatini   tushunib   yetgandilar.   Jadidchilik
mohiyat   e’tibori   bilan   avvalo   siyosiy   harakat   edi.   Uning   shakllanish   va
mag‘lubiyatga   uchrash   davrlari   bo‘lib,   ularni   shartli   ravishda   to‘rtga   bo‘lish
mumkin.   Turkiston,   Buxoro   va   Xiva   hududida   bu   davrlar   1895-1905;   1906-
1916; 1917-1920; 1921-1929-yillarni o‘z ichiga oladi.
Jadidchilikning   asosiy   g‘oya   va   maqsadlari   quyidagilar   edi:   Turkistonni
o‘rta asrlarga xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish, shariatni isloh qilish,
xalqqa ma’rifat tarqatish, Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo etish uchun
kurash, Buxoro va Xivada konstitutsiyaviy monarxiya va parlament, keyinchalik
demokratik respublika tuzumini o‘rnatish orqali ozod va farovon jamiyat qurish,
barqaror   milliy   valyutani   joriy   qilish   va   milliy   qo‘shin   tuzish.   Toshkent,
Farg‘ona,   Buxoro,   Samarqand   va   Xivada   hur   fikrli   va   taraqqiyparvar
kishilarning   ayrim   guruhlari   tomonidan   ochilgan   madaniy-ma’rifiy
yo‘nalishdagi jamiyat va uyushmalardan jadidchilik harakati shakllandi.
Turkistonda   jadidchilik   harakatini   vujudga   keltiruvchilar   tepasida
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abduqodir SHukuriy (SHakuriy), Ajziy (Samarqand),
Munavvarqori   Abdurashidxonov,   Abdulla   Avloniy,   Majid   Qori   Qodiriy,
Ubaydullaxo‘ja   Asadullaxo‘jayev   (Ubaydulla   Xo‘jayev),   Toshpo‘latbek
Norbo‘tabekov   (Toshkent),   Fitrat,   Fayzulla   Xo‘jayev,   Usmonxo‘ja
Po‘latxo‘jayev,   Abdulvohid   Burhonov,   Sadriddin   Ayniy,   Abdulqodir
Muhiddinov (Buxoro), Obidjon Mahmudov, Hamza, CHo‘lpon, Is’hoqxon Ibrat,
Muhammadsharif   So‘fizoda   (Farg‘ona   vodiysi),   Boltihoji   Sultonov,
Rahmonberdi   Madazimov,   Fozilbek   Qosimbekov   (O‘sh   uyezdi),   Polvonniyoz
hoji YUsupov, Bobooxun Salimov (Xorazm) turardi.
Turkiston mintaqasidagi jadidchilik harakati, tarqalish joyi va yo‘nalishiga
ko‘ra, uchga bo‘linadi: Turkiston, Buxoro va Xiva jadidchiligi.
Turkistonning   Rossiyaning   hom-ashyo   manbaiga   va   tayyor   mahsulotlar
bozoriga   aylantirilishi,   ayovsiz   talanishi   va   qashshoqlanishi   jadidlarnig   ham,
milliy   burjuaziyaning   ham   nafratini   o‘yg‘otdi.   Bu   holat,   ularda   ona   yurtning
iqtisodiy  mustaqilligini tiklash   g‘oyasi va   kurashini  shakllantirdi. Turkistonning   ilm-ma’rifatli   ziyoliylari   rus   hukmronligini   chetdan
tiqishtirilgan   davlat     ekanligini     va   bu  milliy  qadriyatlarni   ifodalay  olmasligini
to‘g‘ri yaqqolroq ishonch hosil qildilar. Natijada ular o‘z mamlakatlarini  o‘zlari
boshqara   olishga       qodir     ekanliklarini   his   qila   boshladilar   va   o‘z   Vatanining
ozodligi   va   siyosiy   mustaqilligi   uchun   kurash   olib   borish   kerakligini   tushunib
etdilar. 8
          “Ellik   yildan   beri,-   deb   yozgan   edi   Fitrat,   - ezildik,   tahqir     etildik.
Qo‘limiz   bog‘landi.   Tilimiz   kesildi.   Og‘zimiz     qoplandi.   ye rimiz         bosildi,
molimiz  talandi.   S h arafimiz   y emirildi,  nomusimiz g‘asb   qilindi.  Insoniyligimiz
oyo q -osti   qilindi.   Tuzimli   turdik,     sabr       etdik.       Kuchga       tayangan       har   bir
buyruqqa bo‘ysundik. Butun   borlig‘imizni berdik”. 9
Jadidchilik   harakatining   paydo   bo‘lib,   rivojlanishida   qrimlik   Ismoilbek
Gaspiralining   (1851-1914)   hissasi   behad   katta   bo‘ldi.   U   Qrimda   XIX   asrning
80-yillardayoq,   Rossiya   bosib   olgan   musulmon   xalqlari   orasida   birinchi   bo‘lib
jadidchilikka   asos   soldi.   Uning   rus   va   turkiy   tillarda   chop   etilgan   “Tarjimon”
(1883-1914)   gazetasi,   “Rossiya   musulmonligi”   (1881),   “Ovrupa   madaniyatiga
bir   nazar   muvozini»   “   (1885)   va   boshqa   asarlari   hamda   jadid   maktabi   uchun
yozgan darslik va qo‘llanmalari Turkistonga tez kirib keldi.
Ismoilbek Gaspirali 1884-yilda “Tarjimon” gazetasi orqali musulmonlarga
qarata shunday murojaat qiladi: “ Suyukli do‘stlarim, bizning uchun eng go‘zal
ish   ilm   va   maorif   ishidir.   Eng   muqaddas   intilish   ilmga,   maorifga   intilishdir.
CHunki   insonni   inson   etgan   mehnat   va   bilimdir.   Bilim   madaniy   turmush
(sivilizatsiya) ga yetishish vositasidir.”
I.Gaspirali 1884-yilda o‘n ikkita bolani yangicha usul-”usuli jadid”-savtiya
(tovush)   usuli   bilan   o‘qitib,   qirq   kunda   savodini   chiqaradi.   Ular   o‘qish   va
yozishni   mukammal   o‘zlashtira   boshladilar.   U   1892-yilda   Turkiston   general-
gubernatori A.B. Vryovskiyga maxsus maktub yo‘llab, unda maktablarni isloh
qilish,   jadid   maktablarini   tashkil   etish   madrasalardan   birini   zamonaviy   –
8
Мустабид тузумининг Ўзбекистон миллий бойликларини талаш сиёсати: Тарих шоҳидлиги ва
сабоқлари (1865-1990 йиллар) / Лойиҳа  раҳбари  ва  маъсул  мухаррир:  Д. А. Алимова/. Т.: 
9
“Шарк  юлдузи”,1992 йил, 10-сон,     173-бет). dunyoviy oliy o‘quv yurtga moslab isloh qilishni taklif etadi. Ammo bu takliflar
amalga   oshmaydi.   S h undan   so‘ng   Ismoilbek   Gaspirali   1893-yilda   Toshkentga
keladi   va   ziyoli   ulamolar   bilan   uchrashadi.   Samarqandda   bo‘ladi.   U   yerdan
Buxoroga   borib,   amir   Abdulahadni   jadid   maktabi   ochishga   ko‘ndiradi   va   bu
maktabga   “Muzaffariya”   degan   nomni   beradi.   Jadidchilik   g‘oyasi   Turkistonda
XIX asr 80-yillarining ikkinchi yarmidan boshlab tarqalib, shu asrning 90- XX
asrning   5-yili   oralig‘ida   muntazam   ijtimoiy-siyosiy,   madaniy-ma’rifiy   harakat
sifatida shakllandi.
Jadidchilik   harakati   asosan   ikki   davrga   bo‘linadi:   1)   XIX   asrning   90-
yillaridan-1917   yil   fevralgacha;   2)   1917   yil   fevraldan-1929   yilgacha.   Birinchi
davrning o‘zi uch bosqichga bo‘linadi: 1) Jadidchilik g‘oyasining paydo bo‘lishi
va   muntazam   uyushgan   harakat   shakliga   ega   bo‘lishi   (XIX   asrning   90-yillari-
1905-yil);   2)   Jadidchilik   harakatining   nisbatan   tez   va   qarshiliksiz   rivojlanishi
(1905-1909-yillar);   3)   Jadidchilikning   chorizm   tomonidan   ozodlik,   demokratik
va   inqilobiy   harakatlarga   qarshi   kurashni   kuchaytirgan   davrdagi   rivojlanishi
(1909-1916-yillar).   Ikkinchi   davr   ham   voqealar   rivojlanishiga   qarab   uch
bosqichga bo‘linadi: 1) 1917-yil fevral-oktabr; 2) 1917 yil noyabr – 1924-yil; 3)
1925-1929-yillar.
Jadidlar   maorifi.   Jadidchilik   harakati,   shu   vaqtgacha   islom   dunyosida   sira
ham ko‘rinmagan ilg‘or va tezkor o‘qitish “Savtiya” (tovush) usuliga asoslangan
jadid maktablari  tashkil  topishidan boshlandi.  Bu maktablarda bolalar  bir  yilda
savod   chiqarib,   mukammal   o‘qish   va   yozishni   o‘zlashtiradi.   Buning   uchun   esa
qadim an’anaviy musulmon maktablarida 5-6 yil o‘qish kerak bo‘lar edi. Aytish
mumkinki,   “Savtiya”   usulidagi   jadid   maktabi   Vatanimiz   tarixidagi   buyuk
kashfiyotlar silsilasini boyitdi.
Jadid   maktabida   diniy   va   dunyoviy   ta’lim-tarbiya   hamda   ilm   o‘zaro
uyg‘unlashtirildi.   Bolalar   qulay   partalarda   o‘tirib,   xarita   va   rasmlar   yordamida
tez   savod   chiqardi   va   diniy   –   dunyoviy   ilmlarni   o‘rgandi.   Jadid   maktablarida
Qur’oni-karim, matematika, geografiya, ona tili, rus, arab tillari, ashula va hatto
jismoniy tarbiya o‘qitila boshlandi. Jadid   maktablari   to‘rt   (boshlang‘ich)   va   yetti   yillik   edi.   Masalan,
Munavvarqori   Abdurashidxonovning   yetti   yillik   maktabini   bitirgan   yoshlar
dunyoviy   ilmlarni,   rus   tilini   yaxshi   o‘zlashtirgan   holda   jadid   maktabida
o‘qituvchi,   maschitlarda   imom   bo‘lish,   madrasa   va   hatto,   xorijdagi   dunyoviy
oliy o‘quv yurtlarida o‘qish, savdo va boshqa korxonalarda kotib bo‘lib ishlash
malakasiga ega bo‘lganlar. Bunday yetti yillik maktablar Toshkentdan tashqari,
Qo‘qon, Samarqand kabi yirik shaharlarda ham ochiladi.
Jadid   maktablari   pullik   edi.   Har   oyiga   ota-onalar   baholi   qudrat,   ellik
tiyindan   bir   yarim   so‘mgacha   pul   to‘ladi.   Bu   o‘rinda   har   ota-ona   o‘zlarining
boylik   va   kambag‘allik   darajalarini   shariat   asosida   belgilab   pul   beradilar.   35
foizgacha kambag‘al va nochorlarning bolalari tekin o‘qitildi. O‘ziga to‘q oilalar
esa   o‘z   xohishi   bilan   uch   so‘mdan   va   undan   ham   ko‘p   pul   bergan.   Bulardan
tashqari   jadidlarning   o‘zlari   tashkil   etgan   xayriya   jamiyatlari   ham   jadid
maktablarini mablag‘ bilan ta’minlab turgan.
Jadid   maktablarining  ochilishiga   rus   amaldorlari,  musulmon   mutaassiblari
qarshilik   qiladilar.   Jadidlar   katta   matonat   va   fidoyilik   bilan   eski   maktablarga
tegmay   namuna   sifatida   jadid   maktablarini   tashkil   etib,   omma   orasida   katta
obro‘   qozondilar.   Jadid   maktablari   qat’iy   nizom   va   dastur   va   darsliklarga
asoslandi.   Tarixda   birinchi   bo‘lib,   jadidlar   o‘quvchilarga   kundalik,   chorak   va
yillik   baholar   qo‘yishni   joriy   etdilar.   O‘quvchilar   sinfdan-sinfga   o‘tish   va
bitirish   uchun   jamoatchilik   oldida   ochiq   chorak,   yillik   va   bitiruv   imtihonlarini
topshirganlar.
Maktab   ochgan   jadidlar   dastur,   qo‘llanma   va   darsliklarni   ham   o‘zlari
yaratdilar.   Sayidrasul   Sayidazizovning   “Ustodi   avval”,   Munavvarqori
Abdurashidxonovning  “Adibi  avval”, “Adibi  soniy”, “Tajvid” (Qur’onni  qiroat
bilan   o‘qish   usuliga   oid   qo‘llanma),   “   Havoyiji   diniya”   (Shariat   qonunlari
to‘plami), “Yor yuzi”, “ Usuli hisob”, “Tarixi anbiyo”, “Tarixi islom”, Abdulla
Avloniyning “Birinchi muallim” va “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yohud
ahloq“,   Mahmudxo‘ja   Behbudiyning   “Qisqacha   umumiy   geografiya”,   “Bolalar
maktubi”,   “Islomning   qisqacha   tarixi”,   “Amaliyoti   islom”,   “Aholi geografiyasiga kirish”, “Rossiyaning qisqacha geografiyasi” va boshqalar shular
jumlasidandir.
Jadid   maktablari   ochilishi   bilan   ba’zi   joylarda   qadim   maktablari   bo‘shab
qoldilar.   Natijada   eski   va   jadid   maktabdorlari   o‘rtasida   jiddiy   qarama-
qarshiliklar   paydo   bo‘ldi.   Bunga   mutaassib   qozi,   mulla   va   ulamolar   ham
qo‘shildilar.
Jadid   maktablarining   jami   soni   va   ular   qayerlarda   ochilib   faoliyat
yuritganligi   haqida   hozircha   to‘la   ma’lumot   yo‘q.   Lekin   1903   yilda   birgina
Toshkentda   20   ta   (shundan   2   tasi   o‘rta),   jadid   maktablari   bo‘lgan.   Ma’lumki,
1909   yildan   keyin   jadid   maktablari   qattiq   nazorat   ostiga   olinadi,   arzimas
bahonalar   bilan   yopiladi.   Ularda   o‘qitiladigan   adabiyot   va   darsliklar
“oxranka”ning diqqat markazida bo‘ladi. Jadid maktablari Buxoro, Samarqand,
Toshkent,   Andijon,   Xiva,   To‘qmoq,   YAngi   Marg‘ilon,   Yeski   Marg‘ilon,
Kattaqo‘rg‘on,   Qizil   O‘rda,   Turkiston,   Chust,   Chorjo‘y,   Termiz,   Marv
shaharlarida   ochiladi.   Shuningdek,   Juma   (Samarqand   viloyati),   Qovunchi
(Toshkent   viloyati),   To‘raqo‘rg‘on   (Namangan   viloyati),   Po‘stindo‘z   (Buxoro
viloyati) kabi katta qishloqlarda ham jadid maktablari ochilgan. Jadid maktablari
M.Behbudiyning yozishicha, 15-20 yil ichida jami Kavkaz mamlakatlari, Eron,
Hind, Misr, Hijoz va boshqa joylarida ham joriy bo‘ldilar.
Jadidchilikning   asosiy   maqsadlaridan   biri   mamlakatda   zamonaviy
(yevropacha) oliy ta’limni yo‘lga qo‘yish bo‘ldi. Universitet tashkil etish g‘oyasi
Turkistonda   ilk   bor   1892   yilda   Ismoilbek   Gaspirali   tomonidan   olg‘a   surildi.   I.
Gaspirali   1906-yilda,   yana   “Tarjimon”   gazetasida   to‘g‘ridan   to‘g‘ri   Buxoro
amiri va Xiva xoniga murojaat qilib shunday deydi:
“Fuqoroyi islom sizlardan mol istamas, osh istamas. Din-”Qur’on”dan, jon-
Xudodan.   Siz   davlatlik   xonlardan   aholiga   ehson   etiladigan   narsa-nashri
maorifga,   taraqqiyot   va   kamolatga   omil   bo‘luvchi   oliy   darajalik   maorif
maktablaridir.   Ko‘hna   madrasalari   ko‘p   Buxoroi   sharifda  va   Xivada   endi   biror
dorilfununi islomiya ta’sis etmoq lozim. Bu dorilfununlarga bir daraja ilm olgan
talaba qabul qilinib, tarix, jo‘g‘rofiya, kimyo, handasa, ilmi huquq, usuli idorayi davlat,   ilmi   iqtisod   va   boshqa   lozim   fanlar,   turkiy,   forsiy,   rusiy   va   fransaviy
tillar   o‘rgatilsa...   Ushbu   dorilfununlarda   muallim   va   mudarrislik   qila   oladigan
ahli kamol bor”
Jadidlar   oliy   ta’limning   asosi-universitet   tashkil   etish   uchun   Toshkent
shahar   Dumasidan   ham   foydalandilar.   Munavvarqori,   Fitrat,   M.   Behbudiy,   U.
Asadullaxo‘jayev   va   boshqa   jadidlar   milliy   dunyoviy   oliy   ta’lim   g‘oyasini   o‘z
asar   va   maqolalarida   keng   targ‘ibot-tashviqot   qiladilar.   Oliy   ta’limga   zamin
yaratish   uchun,   jadid   maktablarida   dunyoviy   ilmlar   o‘qitildi,   xorijga   yoshlar
o‘qishga yuborildi.
Dunyoviy   hozirgi   zamon   oliy   o‘quv   yurti   –   universitetga   asos   solishga
jadidlar   faqat   1918-yilda   Musulmon   xalq   dorulfununini   tashkil   etish   bilan
muvaffaq bo‘ldilar.
Umuman,   jadidlar   juda   qisqa   vaqt   ichida   butunlay   yangi   ya’ni   jadid   xalq
maorifi tizimi ya’ni, hozirgi zamon xalq maorifi tizimiga asos soldilar.
Tarixchi     olim       H.   Ziyoevarxiv   xujjatlariga   tayanib,   rus   davlati   o‘lkada
o‘ziga    mustahkam  g‘oya   hosil   qilish va erlarni o‘zlashtirish  maqsadida, rus
shaharlari   va   pasyolkalarni   bunyod   etdi.   Bu   joylarga   minglab   ruslar
joylashtirildi. XIX asrning oxiriga kelib,     o‘lkadagi         ruslarning soni 197.420
kishiga   etdi.   1909   yilda   esa     bular   619.323   tashkil   etdi.   Bunin g       orqasida
o‘lkadagi   utroq   va   ko‘chmanchi     aholi   unumdor   erlar   va   yaylovlarning   talay
qismidan mahrum   bo‘lib       og‘ir       ahvolga tushub       qoldi. O‘lkada   ruslarning
toboro   ko‘payib borishi siyosiy     jihatdan  ham  tub   aholiga   o‘ta xavfli edi.
      Zero,   ular   rus   davlatining   mustamlakachilik   va   ulug‘   millatchilik
siyosatini   mustahkamlovchi   omillardan   biri   bo‘lgan.   (Qarang:   H.   Ziyoev.
Jadidlar harakatining siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy zamini. (XIX asrning ikkinchi
yarmi, XX asrning boshlari. 10
Tarix fanlari  doktori Hamid Ziyoevning “Turkistonda  Rossiya  tajovuzi va
hukmronligiga    qarshi kurash” degan kitobida shunday yozadi:
10
Б.Қосимов. Жадидчилик:  ислоҳот,  янгиланиш,    мустақиллик    ва    тараққиёт      учун        кураш.
13-бет). “Rus     xukumati,-Turkiston   o‘lkasini   uch       qismga     bo‘lgan     holda
mustamlaka bo‘g‘ovida ushlab turadi. O‘lkani bu tarzda parchalashdan maqsad,
o‘zbeklar,     tojiklar,   qozoqlar,       qirg‘izlar,   turkmanlar   va     qoraqolpoqlarning
birdamligiga   va   katta   bir   oilaga   birlashishlariga     yo‘l   qo‘ymaslikdan   iborat
edi.Xuddi shu  maqsadni ko‘zlagan   holda,  bosqinchilar milliy nizo urug‘larini
sochib   turdilar.   O‘ lkada   rus   tiliga   davlat   tili   ma q omi   berilib,   milliy   tillar
burchakka si q ib k o‘ yildi. O q ibatda rus tilini tar g‘ ib   q ilish va   o‘ rganish zarurati
toboro   kuchaydi.   O‘ lkada   rus-tuzem   maktablari   ochildi.   Ularda   Rossiyaga
sodi q kishilarni tarbiyalab etishtirish vazifasi qo‘ yildi.
Rus   xukumatiruslashtirish   vaulu g‘ davlatchilikka   asoslangansiyosat
yurgizdi. Bu  h a q da Rossiya   x al q   maorifi vazirligining 1870 yilgi k o‘ rsatmasi da
“Tubjoy   xal q larini   ruslashtirish   maorifningasosiyvazifasi   b o‘ lmo g‘ i   lozim”,deb
ta’kidlangani   h am   g uvoxlik   beradi.   SHuning   uchun   rus       hukumati   imkoni
boricha   milliy   til   va   milliy   madaniyatni   rivojlantirishga   ongli   ravishda
to‘sqinlik       qilib,maktablar   va   madraslar   ta’minotiga   mablag‘ajrtishni   hayoliga
ham keltirmasdi”. 11
Shunday    q ilib, XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida Turkiston
zaminida mustamlakachilik va ulu g‘  millatchilikka asoslangan siyosiy-ma’muriy
tizim  h ukm surdi.
Siyosiy   huquqsizlikka,kamsitishlarga   va   yarim   ochyashashga   mahkum
etilgan   Turkiston   xalqining   bosqinchilarga   nisbatan   g‘azabi   kundan-kunga   orta
bordi.   Qattiqijtimoiy   va   milliy   mustamlakachilik   zulmi   xalq   ommasining
istilochilariga   qarshi   milliy   ozodlik   xarakatining   boshlanib   ketishiga   sabab
bo‘ldi.
“Rus imperiyasida, parchala va hukmronlik qil, degan aqidaga amal  qilib,
o‘z   qo‘li   ostidagi   musulmon   millatlariga   mansub   xalqlarning   tili,   yozuvini
alohida-alohida   qilib   tashladi.   Ularni   bir-birlariga   qarama-qarshi   qo‘ydi.   Ichki
nizolarni   keltirib   chiqarishi   mumkin   bo‘lgan   xufyona   rejalarni   ham   tuzib
ko‘ydiki, bu ma’lum ma’noda xukmron    davlatning    bosqinchilik    siyosatini
11
Зиёев Ҳ- Туркистонда Россия тажовузи ва   ҳукмронлигигақарши кураш.-1’.: Шарк, 1998 . Б .361 niqoblovchi  vositalardan  biri  edi”.
C h or     hukumati       mahalliy       xalqning       ma’naviy       xayot       sohasiga
ehtiyotkorlik   bilan   munosabatdabo‘lishga   majburedi.Buni   biz   Rossiya
imperiyasi     Davlat   Kengashining   a’zosi   va     1908-1909     yillarda       Turkiston
o‘lkasini   taftish   qilgan   senator   K.K.Palenning   xisobotida   keltirilgan   quyidagi
fikrdan         ham       bilib   olsa   bo‘ladi.   “Rus   xukumati...   hozirgacha   o‘z   kuchida
qoldirilgan   odatdagi       huquqning,   vaqtinchalik  tartibi     hamisha   nazarda   tutildi,
chunki     “agar   Qur’onga   qonun   kuchi   beriladigai   bo‘lsa,   aholi   aytib   o‘tilgan
qonunning   izohlovchisi   bo‘lgan   o‘z   ruhoniylari   tazyiqi   ostida   bo‘ladi,   rus
davlatiga hamisha begona bo‘lib qoladi”. 12
Rus ma’muriyati   buni   yaxshi anglab,   ruxoniylarni   siyosatdan   chetlashtirib,
faoliyatini   chegaraladi,qattiqnazorat ostiga olib  turdi. 13
C h unki ular nazarida maktab va madrasalar “musulmonchilik   o‘choqlari”
deb   atalib,   ruslarga         qarshi   dushman   kayfiyatini           tarqatuvchi   muassasa
debbilganlar vaularni   obro‘sizlantirish uchun  harakat   qilgan.   Biror bir   saylab
qo‘yiladigan   idora   lavozimlarga   ham   bu   diniy   o‘choqlarni   bitirganlar
olinmagan.   Madrasa   va   maktablarni     bitirib   bilim   olganlarga   jamiyat   va
davlatning         ehtiyojiyuk   deb   e’lon     qilgan.   Bundan   kuzatilgan   asosiy   ma q sad
ya’ni,   chorizmning   bu     masalasilagi     strategik   yo‘li   milliy   maktablarni   sekin-
asta   tugatish   bo‘ldi.   Bu   esa   o‘z   navbatida   1892   yilda   Toshkentda   va   1898   yil
Farg‘onada   xalq   noroziligiga   sabab   bo‘ldi   va   xalqning   norozilik   chiqishlari
kuzatildi.   Ana   shundan   so‘ng   chor   Rossiyasi   mahalliy   ma’muriyat   va   general-
gubernator   ishtirokida   kengaytirilgan   kengashlar     o‘tkazib,   mahalliy   aholining
ma’naviy-diniy   hayotini   sinchkovlik   bilan   ko‘zatib   borish   dasturini   ishlab
chiqishga     kelishilgan     vabu   amalga   oshirilgan.   Maqsad   musulmon   dinining
zararli tomonlarini   zaiflashtirish   va    ula rga  barham  berishdan   iborat.
Ma’lumki,   rus         hukumati         qozilik   sudini         saqlagan   bo‘lsa-da,   lekin
qozilar     qattiq   nazorat   ostida   ushlab   turildi.   Ular   quyi       ma’muriyat   vakillari
12
Пален К.К. Отчет по ревизии  Туркистанского  края.  Переселенческое дело. С-Пб., 1910 С. 19.
13
Зиёев Ҳ- Туркистонда   Россия   тажовузи   ва ҳукмронлигига, қарши  кураш.-1Шарқ, 1998. -Б.362. birgalikda       so‘zsiz   ijrochilar   tarzida   ishlatilgan.   Hatto   arzimagan   bahonalar
topib,   vahimada   va  qo‘rquvda  ushlab  turgan.  
Rus   ma’muriyatining   qozilarga   nisbatan   qo‘llagan   adolatsizligi   jamoa
ahlini   noroziligi   va   nafratini   ko‘chaytirdi.   S h uning   uchun   viloyat   harbiy-
gubernatori   A.A.Abramov   qo‘zg‘olon   ko‘tarishdan   qo‘rqib,   agar   tartibsizliklar
ro‘y bersa, u vaqtda qozilarni Sibrga surgun qilishini ma’lum qildi. Ayni paytda
Qo‘qon   uezdining   boshlig‘i   agar   din   peshvolari   tartibsizliklarda   qatnashsalar,
madrasalarning   yopilishini   va     vaqf   erlari   ,   tamomila   davlat   ixtiyoriga
o‘tkazishni  bildirdi.  14
Ko‘rinib     turibdiki,   chor   Rossiyasi   mahalliy   xalqni   ma’naviyatidan     judo
qilishni   puhta   uylangan   tizimli   shaklini   yaratgan.   Bundan       tashqari
mustamlakachi   ma’murlar   mahalliy   aholining   ma’naviy       hayotga   siyosiy,
havfsizlik   va   qidiruv       hamda   ma’muriy   chora   -tadbirlardan         foydalanishga
harakat       qilganlar.   Bu     holat         mahalliy       aholi   tomonidan         milliy
qadriyatlargagina   emas,   balki   kishilarning   o‘z   hayotlariga   ham   tajovuz   sifatida
ham   qabul    qilganligi ularni   hushyor  qilgan.
Bu haqda Turkiston xalqbilim yurtlari direktori S.M. Gramenitsiy shunday
deydi;   “musulmon   maktablarining   soni   juda   katta     ekanligi-faqat   uch   mahalliy
viloyatning   o‘zida   5572   ta   musulmon   maktab   va   285   ta   Madrasa   borligini
hisobga   olib,   ta’lim   idorasi   o‘z   zimmasiga   bunazoratni   va   mazkur   nazoratni
o‘rnatish uchun kerak bo‘ladigan choralarni  qabul qila olmaydi”. 15
S h uningdek   mustamlakachilik   siyosati   o‘lkaning   ma’naviy   hayotiga   ham
zarba   berdi.   CHunonchi,   u   milliy   tilni   rivojlanishiga   yo‘l   bermay,   rus   tiliga
davlat   maqomini   berdi.   XX   asr   boshlarida   bir   nechta   gazetalarni   chiqarishga
ruxsat   berildi,   lekin   ular   ko‘p   umr   ko‘rmay   berkitilib   yuborildi.   Savodsizlikni
hukm   surishi   orqasida   gazetalar   ma’lum   bir   tor   doiraning   extiyojini   qondirdi,
xolos.   Rus   xukumati   xalq   maorifini   rivojlantirishni   hayoliga   ham   keltirmay,
14
Ўзбекистон ; МДА. Ф. Ц.-19, руйхати. -1 иш -332, 43-бе).
15
“Мустабид  тузумнинг Ўзбекистон  миллий   бойликларини   ташлаш  сиёсати ; тарих  шоҳидлиги    ва
сабоқлари.  (1865-1990 йиллар)-Т.;   “Шарқ”  2000. 30-31-бетлар. maktab   va   madrasalarni   mablag‘   bilan   ta’minlamadi.   Ayrim   ma’lumotlarga
qaraganda,   Turkiston   general-gubernatorligi   byudjetining   faqat   bir   foizigina
maorifga   ajratilgan.   Uning   74   foizi   rus   maktablarini,   26   foizi   rus   tuzem
maktablarini  ta’mirlashga  sarfladi. Rus  xukumati  maktab va madrasalarni   o‘ rta
asr  q olo ql igida sa q lashga  h arakat  q ilib, ularni  q atti q  nazorat ostida ushlab turdi.
Xulosa   qilib   aytganda,   Turkiston   ma’rifatchiligining   shakllanishida
ularning   o‘zlarining   siyosiy   harakatlari     dasturi     bilan     birgalikda     O‘rta     va
Y a qin     S h arqdagi,   Qrim,   Qozon,   Ufa,   Ozorboyjondagi   diniy   –islohotchilik,
ma’rifatchilik   harakatlari   va   g‘oyaviy   jarayonlarning   ta’siri   katta   bo‘lgan.
Buning   natijasida   Turkiston   ma’rifatparvarlari   C h or   Rossiyasining   zulmidan
ezilgan   xalqlarning   uyushishi   va   ozodlik   uchun   kurashish   g‘oyasi   dastlab
jadidchilikning   ma’rifatparvarlik   mafkurasining   shakllanishiga   olib   keldi.   S h u
asosda jadidlar milliy mafkuraning g‘oyaviy ma q sadlarini asoslab berdilar.   Bu
g‘oyalar   insonparvarlik,   milliy   ongning   uyg‘onishi,   milliy   tarbiyaga   chaqirish
asosida   dunyoqarashni   shakllantirish   kabi   jihatlarni     qamrab   oldi.   Bu   g‘oyalar
jadidchilarning   falsafiy   dunyoqarashlarining   mahsuli   sifatida   paydo   bo‘ldi.
Darhaqiqat,   o‘sha   davrda   ro‘y   berayotgan   ijtimoiy-siyosiy   o‘zgarishlarni
o‘rganish,   milliy   falsafa   va   xalq   dunyo q arashining   shakllanishida   muhim
ahamiyat   kasb   etdi.   Bu   borada   Maxmudxo‘ja   Behbudiy,   Munavvar   Qori,
Abdulla   Avloniy,   CHo‘lpon,   Fitrat   kabi   ma’rifatparvarlarning     dunyoqarashi
muhim       axamiyatga     ega       bo‘ldi.     CH unki   ularning   asardarida     badiiylikdan
ko‘ra       g‘oyaviylik         ustunlik   q ilar   edi.   G‘oyaviylik   esa   albatta           falsafiy
dunyoqarashning     mahsuli    bo‘ladi. II- BOB .JADIDCHILIK  FALSAFASI VA UNING MOHIYATI
2.1.Jadidlar falsafiy qarashlarining xususiyatlari
Insoniyatning   tarixiy   taraqqiyotida   XIX   asrning   oxiri   XX   asr   boshlari
alohida   mavqeni   egallaydi.   Bu   davrda   o‘zining   mazmun   mohiyati   bilan   bir
necha   asrlarga   tatiydigan   voqea   hodislar   sodir   bo‘ldi.   Olimlar   uchun   buyuk
kashfiyotlar va ilmiy texnik taraqqiyot asri, mustamlakachilik sharoitida yashab
kelgan,   moddiy   boyliklari   talon-taroj   etilib,   xalqi   xoru-zor   etilgan  mamlakatlar
uchun esa istiqlol va istiqbol asri bo‘ldi.
Jumladan, O‘zbekiston   xalqining   ijtimoiy-falsafiy,     diniy-ahloqiy   va
madaniy    taraqqiyotida    XIX    asrning  oxirgi    va  XX     asrning       dastlabki
o‘n yilliklarining             boshlanish       davri       sermazmun       g‘oyaviy-nazariy     va
mafkuraviy          shakllarning      hilma    xilligi         bilan        ajralib        turadi.    O‘sha
davrda     o‘lkamizda             ijtimoiy           xarakterga         ega       bo‘lgan           ma’naviy-
g‘oyaviy         va       mafkuraviy       qirmlar-   qadimchilar,           jadidchilar,
isloxotchilar,     bedilxonlar,       mashrabxonlar  oqimlari              mavjud       bo‘lgan.
SHuningdek,   ijtimoiy-   falsafiy           yo‘nalishga       ega     bo‘lgan         falsafiy
yo‘nalishdagi       “C h ig‘atoy        gurungi“,      turli      xil    “Gap“   lar          kabi         etuk
ma’rifatparvarlarni    birlashtirgan    tafakkur   yig‘imlari   mavjud  edi.
Jadidlarning   dadil   yangilik   yaratishi,   dunyoviylikni   targ‘ib   etishi   uchun
Payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallamning mana bu ikki hadisi
- shariflari ma’naviy asos va kuch-quvvat bo‘ldi: ”Oxiratini deb dunyosini tark
qilgan   ham,   dunyosini   deb   oxiratini   tark   qilgan   ham   sizlarning   yaxshingiz
emas...”,   “Dinda   o‘rtacha   yo‘l   tutinglar,   o‘rtacha   yo‘l   tutinglar,   o‘rtacha   yo‘l
tutinglar,   chunki   ushbu   din   amallarida   kim   og‘irlashtirib   yuborsa   uni   amal
yengib qo‘yadi”.
Xulosa   shuki,   birinchidan,   jadidchilik   islomdagi   taraqqiyotparvarlik,   ilm-
fanga   rag‘bat   va   dunyoviylikning   yangi   davrdagi   ko‘rinishi   sifatida   paydo
bo‘ldi.   Jadidlar   islomni   har   xil   mutassiblik   bidatlardan   asrab   rivojlantirdi. Ikkinchidan,   jadidchilikni   paydo   bo‘lishi   va   rivojlanishiga   SHarq   va   G‘arb
mamlakatlarida   rivojlangan   quyidagi   demokratik,   milliy-ozodlik,   islohotchilik
harakatlarining ta’siri ham kuchli bo‘ldi:
1. Jamoliddin Afg‘oniy (1839-1897)  va Muhammad  Abdolar  (1848-1903)
asos   solgan   musulmon   dunyosidagi   islohotchilik   va   “nahda”   (uyg‘onish)
harakatlari.
2.   XIX   asrning   90-yillaridan   boshlanib,   1905-1907   va   1917   yillarda   katta
g‘alabalarga erishgan rus sotsial demokratik va inqilobiy harakatlari.
3.   Turkiyadagi   aksilmonarxistik,   konstitutsion   demokratik,   ijtimoiy-milliy
uyg‘onish   harakatlari:   Tanzimot   (1840-1860),   YOsh   usmonlilar   (1865-yildan
80-yillargacha), Y o sh Turklar (1889-1918) va 1908-1909 yillardagi demokratik-
inqilobiy harakatlar.
4.   Jadidchilik   harakatining   paydo   bo‘lib,   rivojlanishida   qrimlik   Ismoilbek
Gaspiralining   (1851-1914)   hissasi   behad   katta   bo‘ldi.   U   Qrimda   XIX   asrning
80-yillardayoq,   Rossiya   bosib   olgan   musulmon   xalqlari   orasida   birinchi   bo‘lib
jadidchilikka   asos   soldi.   Uning   rus   va   turkiy   tillarda   chop   etilgan   “Tarjimon”
(1883-1914)   gazetasi,   “Rossiya   musulmonligi”   (1881),   “Ovrupa   madaniyatiga
bir   nazar   muvozini»   “   (1885)   va   boshqa   asarlari   hamda   jadid   maktabi   uchun
yozgan darslik va qo‘llanmalari Turkistonga tez kirib keldi.
Ismoilbek Gaspirali 1884-yilda “Tarjimon” gazetasi orqali musulmonlarga
qarata shunday murojaat qiladi: “ Suyukli do‘stlarim, bizning uchun eng go‘zal
ish   ilm   va   maorif   ishidir.   Eng   muqaddas   intilish   ilmga,   maorifga   intilishdir.
C h unki   insonni   inson   etgan   mehnat   va   bilimdir.   Bilim   madaniy   turmush
(sivilizatsiya) ga yetishish vositasidir.”
I.Gaspirali 1884-yilda o‘n ikkita bolani yangicha usul-”usuli jadid”-savtiya
(tovush)   usuli   bilan   o‘qitib,   qirq   kunda   savodini   chiqaradi.   Ular   o‘qish   va
yozishni   mukammal   o‘zlashtira   boshladilar.   U   1892-yilda   Turkiston   general-
gubernatori   A.B.   Vryovskiyga   maxsus   maktub   yo‘llab,   unda   maktablarni   isloh
qilish,   jadid   maktablarini   tashkil   etish   madrasalardan   birini   zamonaviy   –
dunyoviy oliy o‘quv yurtga moslab isloh qilishni taklif etadi. Ammo bu takliflar amalga   oshmaydi.   S h undan   so‘ng   Ismoilbek   Gaspirali   1893-yilda   Toshkentga
keladi   va   ziyoli   ulamolar   bilan   uchrashadi.   Samarqandda   bo‘ladi.   U   yerdan
Buxoroga   borib,   amir   Abdulahadni   jadid   maktabi   ochishga   ko‘ndiradi   va   bu
maktabga   “Muzaffariya”   degan   nomni   beradi.   Jadidchilik   g‘oyasi   Turkistonda
XIX asr 80-yillarining ikkinchi yarmidan boshlab tarqalib, shu asrning 90- XX
asrning   5-yili   oralig‘ida   muntazam   ijtimoiy-siyosiy,   madaniy-ma’rifiy   harakat
sifatida shakllandi.
Turkistonda     ana     shunday     ma’rifatchilik     harakatining   avj       olishi
jadidchilik     g‘oyalarini  vujudga  kelishida  muhim  axamiyat  kasb   etdi.
O‘zbekiston     faylasuflarining     ustozi,     marhum     akademik     Ibroxim
Mo‘minov   Behbudiyning   “Fan     rahbarlariga,     olimlarga”     maqolasini     tahlil
qilib   uning falsafiy   qarashlari   haqida   to‘xtalib   shunday   yozadi:   Behbudiy
moddiyunchilik     va   dahriylik,     ishtiroki   qiyunchilikka   qarshi   muvofaqqiyatli
kurashmoq uchun ba’zan kalom  falsafasi  hulosalari  ham  ojizlik  qilib qolishi
anglab   etgan.   Buning   isboti   uchun   I.Mo‘minov   Behbudiyning   yuqorida   nomi
zikr   etilgan   maqolasidan   quyidagi   iqtibosni   keltiradi.:   “Biz   -deydi   unda
Behbudiy,-   musulmonlar   ilm   va   falsafa   taraqqiysida   so‘ngggi   besh   yuz   yil
davomida juda orqada qolib ketdik. Ana shu vaqt ichida boshqa mamlakatlarda
qanday   o‘zgarishlar   bo‘lib   o‘tganligiga   bir   nazar   tashlasangiz,   bu   mamlakatlar
xalqlarining   dunyoqarashlari   qanchalik   o‘zgarganligini   ko‘rasiz.   Moddiy
unchilikka,   daxriylarga,   ishtiroki   qiyunchilarga   qarshi   muvofaqqiyatli
kurashmok   uchun   fan   vafalsafaning yangi yutuqlari bilan qurollansak yomon
bo‘lmas edi.... Bunga  q arshi bundan besh yuz yil ilgari maydonga kelgan kalom
falsafasi   qoidalariga   amal   qilibgina     kurashib   bo‘lmaydi.   ..   Bu,   ya’ni   kalom
vositasida   hozirgi     zamon     artelleriyasiga   qarshi   behuda   urush   qilishday   bo‘lib
koladi”.   (Qarang.   Mo‘minov   I.   O‘zbekistonda   XIX   asr   oxiri   va   XX   asr
boshlarida ijtimoiy- falsafiy tafakkurning rivojlanish tarixidan. 16
Jadidchilik   harakatining   va   uning   g‘oyalarining   falsafiy   asosini   bu
harakatning   Turkistonda   yangi   ma’naviy   —ijtimoiy   taraqqiyotning   timsoliga
16
 Танланган асарлар. Уч томлик, биринчи том.-Т., “Фан”, 1969, 375-396-бетлар. aylanganligidan   axtarish   kerak   bo‘ladi.   C h unki,   jadidlar   ma’rifatparvarligining
falsafiy asosini an’anaviy islom, shariat, tasavvufdan tortib, zamonaviy ovro‘pa
pozitivist falsafa usullariga ham asoslanishdan  iborat edi. 17
 Jadidlarning g‘oyaviy qarashlarining falsafiy asoslari ha q ida tarixchi olima
D.Alimova ham to‘xtalib, shunday yozadi: “Bu jarayonni Ovrupadagi XVIII asr
ma’rifatchiligi bilan qiyoslash mumkin. O‘sha davrda Montestke, Russo, Didro,
Volter   singari   daholar   etishib   chiqqan,   ularning   g‘oyalari   buyuk   fransuz
inqilobini   hozirlagan.   ...Jadidlar   o‘zlari   bu   faylasuflarning   muxlisi   bo‘libgina
qolmay,  bular  asos   solgan  ta’limotlarning  tar g` ibotchilari  ham  edi.  Darhaqiqat,
Maxmudxo‘ja   Behbudiy   Ogyust   Kontga,   Abdurauf   Fitrat   SH.   Senoboss,
Abdulla   Avloniy   esa   Aflotun,   Suqrot   esa   Arastu   asarlarita   nihoyatda   qiziqqan,
ularning ta’lim va tarbiya xaqidagi qarashlariga juda  katta  e’tiborbergan”. 18
Jadidchilikning asl  mohiyatiga e’tibor beradigan bo‘lsak, ma’rifatchilik va
jadidchilik bir -birini to‘ldiruvchi  mezonlar ekanligiga  guvoh  –  bo‘lamiz.  SHu
o‘rinda olim X.Mirzazoda  ta’kidlab  yozganidek,”jadidchilik” ijtimoiy- falsafiy
va   adabiy-   madaniy   jarayonning   tarixiy   nomi   bo‘lib,   ma’rifatparvarlik   uning
mohiyati va mazmunidan iboratdir.” 19
S h arqshunos     olimlardan     L.Azizzoda     M.Behbudiyning   jadidchilik
harakatidagi   roli   haqida   to‘xtalib   shunday   yozadi:   “Turkistonning   uyg‘onish
davrini uch kismga- maorif, matbuot va jamiyatga bo‘lib tekshira boshlasak, bu
xarakatning boshida Behbudiy turganini ko‘ramiz.”  20
“S h uni     ham   alohida   ta’kidlash   kerak-ki,   mavjud   ilmiy   adabiyotlarda
jadidchilik harakatining falsafiy-g‘oyaviy asoslari haqida xozirgi kungacha etarli
ma’lumot yuq va shu yo‘nalishda tadqiqotlar olib borilmagan. SHu o‘rinda biz,
professor   J.   Y a xshilikovning“..nazariy   jabha   deganda   Behbudiyning   ma’rifat,
ilm-fan   va   madaniyatning   jamiyat   hayotidagi,   xalq   va   millat   taqdiridagi,
17
 Фалсафа (ўкув қўлланма) Э.Ю.Юсуповнинг  умумий  таҳрири  остида. - Т., “Шарк”, 1999, 136-бет.
18
Алимова Д. Ҳақиқатнинг туташ манзили.// “ Тафаккур”, 2000, 2-сон, 55-56 бетлар.
19
 Мирзазода Х.Аҳмад Дониш ақидаларининг баъзи муносабати ва XX аср бошлари маърифатпаралари. 
Кўчирма Г.Рахимованинг “Жадидизмнинг баъзи  муаммолари” мақоласидан олинди.”Ўзбек  тили ва 
дабиёти”,1990, 4-сон, 27-бет.
20
Азиззода Л. Беҳбудий. Ўлдирилганига етти йил тўлиши муносабати   билан. //”Маориф ва ўкитувчи”,
1926, 3-сон;”Шарқ  юлдузи” 1990, 7-сон, 156-бет. taraqqiyotidagi     o‘rni     hamda   ahamiyatini   har   tomonlama   yoritib   borganligini
tushunmok   lozim.”degan   fikriga   qo‘shilgan     holda 21
      Jadidchilikfalsafasini
ularning   ma’rifatchiligi   bilan         yug‘rilgan       edi     desak       maqsadga       muvofik
bo‘ladi.
Ko‘rinib     turibdiki,       jadidchilar     ma’rifat       deganda,       avvalo     ajdodlar
me’rosini   nazarda   tutsalarda,   lekin   ular   faqat   islomiy   ta’limotdan   va’z   o‘qish
emas,   balki”   aqliy   va   faniy   ilmlarga   kitob   tasnif   qilgan   musulmon   ulamo   va
hukamolar”ning   merosini   chuqur   egallaganlar.   Bu   xaqda   Behbudiyning   o‘zi
o‘zining   "Muntahabi     jug‘rofiya     umumiy”   asrligining   “Turkiston
donishmandlari”   bo‘limida   qadimdan   buyuk   ajdodlarimiz   tabiiy   va   ijtimoiy
fanlarni   taraqqiy   etilganliklarini   yuksak   baxolab   shunday   ta’kidlaydi:   ta’kidlab
shunday   yozadi.   :”Agarda,-   aqliy   va   noaqliy   ilmlarga   kitob   tasnif   qilgan
Turkiston   ulamolarini   hammasini   aholi   va   tasnifotini   yozmoq   lozim   bo‘lsa,
ushbu   kitobimizdan   ham   kattarok   bir   kitob   tayyorlamoq   kerak   buladur”. 22
Ko‘rinib   turibdiki,   biz   jadidlarning   falsafiy   qarashlari   xaqida   gapirganimizda
avvalo   SHarq   mutafakkirlarining       tabiat         va         jamiyat           haqidagi
qarashlariga    tayanganligini esda  tutishimiz  zarur.           
Xulosa   shuki,   birinchidan,   jadidchilik   islomdagi   taraqqiyotparvarlik,   ilm-
fanga   rag‘bat   va   dunyoviylikning   yangi   davrdagi   ko‘rinishi   sifatida   paydo
bo‘ldi.   Jadidlar   islomni   har   xil   mutassiblik   bidatlardan   asrab   rivojlantirdi.
Ikkinchidan,   jadidchilikni   paydo   bo‘lishi   va   rivojlanishiga   SHarq   va   G‘arb
mamlakatlarida   rivojlangan   quyidagi   demokratik,   milliy-ozodlik,   islohotchilik
harakatlarining ta’siri ham kuchli bo‘ldi:
1. Jamoliddin Afg‘oniy (1839-1897)  va Muhammad  Abdolar  (1848-1903)
asos   solgan   musulmon   dunyosidagi   islohotchilik   va   “nahda”   (uyg‘onish)
harakatlari.
2.   XIX   asrning   90-yillaridan   boshlanib,   1905-1907   va   1917   yillarda   katta
g‘alabalarga erishgan rus sotsial demokratik va inqilobiy harakatlari.
3.   Turkiyadagi   aksilmonarxistik,   konstitutsion   demokratik,   ijtimoiy-milliy
21
Яхшиликов  Ж.,  Убайдуллаева  Н.  Жадидчилик ва Бехбудий. –Т.“Фан”.2004.45-бет.
22
 Беҳбудий М. Туркистон донишмандлари. / Танланган асарлар, 190-бет. uyg‘onish   harakatlari:   Tanzimot   (1840-1860),   YOsh   usmonlilar   (1865-yildan
80-yillargacha), Y o sh Turklar (1889-1918) va 1908-1909 yillardagi demokratik-
inqilobiy harakatlar.
4.   Jadidchilik   harakatining   paydo   bo‘lib,   rivojlanishida   qrimlik   Ismoilbek
Gaspiralining   (1851-1914)   hissasi   behad   katta   bo‘ldi.   U   Qrimda   XIX   asrning
80-yillardayoq,   Rossiya   bosib   olgan   musulmon   xalqlari   orasida   birinchi   bo‘lib
jadidchilikka   asos   soldi.   Uning   rus   va   turkiy   tillarda   chop   etilgan   “Tarjimon”
(1883-1914)   gazetasi,   “Rossiya   musulmonligi”   (1881),   “Ovrupa   madaniyatiga
bir   nazar   muvozini»   “   (1885)   va   boshqa   asarlari   hamda   jadid   maktabi   uchun
yozgan darslik va qo‘llanmalari Turkistonga tez kirib keldi.
XX   asr   boshlariga   kelganda,   Maxmudxo‘ja     Behbudiy       o‘zining     ham
publitsistik,   ham   badiiy   asarlarida   insoniyat   jamiyatiga   qiziqishi   ortganligini
guvohi   bo‘lamiz.   Jumladan,   u     insoniyat     jamiyatini     uzoq     tarixiy     taraqqiyot
bosqichlariga     ega     bo‘lgan   ijtimoiy   hodisa   sifatida   tushunadi.   Xuddi     shu
ma’noda     u     insoniyat       jamiyatini     uch   toifaga-   vaxshoniyat,     badaviyat     va
madaniyat  bosqichlariga  ajratadi.
Behbudiy   o‘zining   “Muntahabi   jug‘rofiya   umumiy”   asarida     bu   xaqda
shunday   yozadi:   ”Vahshoniyat     martabasi     faqat     odamni     holi     hayvoniyatga
istiqomatidurki,   na   aql-kamol     va     na     ilm   — ma’rifat   ,   din-diyonat,     insof-
diyonat   xech   bir     insonga     yoqimlik   holati,     harakati,     fe’li     bo‘lmaydur.     Bu
nav’  odamlardan   Afriqo cho‘llari, Amirqo  tog‘lariga, Avstraliyo jaziramarig‘a
bordur....   Ikkinchi   xili   badaviylardurki,   vahshoniyatdan       taraqqiy     yoinki
madaniyatdan   tanazzul   qilib,   bir   holga   kelgan vahshiy   ila madaniy orasida
vositadurki,   badaviy   va   sahroyi   mahz   ataladurlar.   Bu   toifani...   jamiyatni
bashariyatg‘a   keragicha   yordamlari   etmaydur.   C h unki   ilmlari   kamdur....
S h aharlarda  va  kat t a  jamiyatlik,  ilm-hunarlik  mahallalarda  turaturg‘on, ilm,
fazl   va   hunarlik   xalqni   va   yovlar   ila   birga   turuvchi   insonlarni   “madaniy”
ataladur”. (Behbudiy M. Muntaxabi jug‘rofiya umumiy.  23
Bu    fikrdan    ko‘rinib    turibdiki,    Maxmudxo‘ja      Behbudiy    ham       ustozi
23
Иқтибос Б.Қосимовнинг “Карвонбоши” мақоласидан  олинди.- Т., “Маънавият”, 1997, 20-21 бетлар. singari Ismoilbek     Gasprali   mamlakatni     taraqqiyot     darajasiga         chiqarish
uchun     avvalo, ta’lim-tarbiya     sohasida     islohot         o‘tkazish,       uni         yangi
davr      extiyojlariga muvofiqlashtirish   lozim,  degan  xulosaga  keladi.
Turkiston   ma’rifatchiligining   shakllanishida   ularning   o‘zlarining   siyosiy
harakatlari  dasturi  bilan  birgalikda  O‘rta  va  Y a qin  S h arqdagi, Qrim, Qozon,
Ufa, Ozorboyjondagi diniy –islohotchilik, ma’rifatchilik harakatlari va g‘oyaviy
jarayonlarning   ta’siri   katta   bo‘lgan.   Buning   natijasida   Turkiston
ma’rifatparvarlari   C h or   Rossiyasining   zulmidan   ezilgan   xalqlarning   uyushishi
va   ozodlik   uchun   kurashish   g‘oyasi   dastlab   jadidchilikning   ma’rifatparvarlik
mafkurasining shakllanishiga olib keldi. S h u asosda jadidlar milliy mafkuraning
g‘oyaviy   ma q sadlarini   asoslab   berdilar.     Bu   g‘oyalar   insonparvarlik,   milliy
ongning   uyg‘onishi,   milliy   tarbiyaga   chaqirish   asosida   dunyoqarashni
shakllantirish   kabi   jihatlarni     qamrab   oldi.   Bu   g‘oyalar   jadidchilarning   falsafiy
dunyoqarashlarining   mahsuli   sifatida   paydo   bo‘ldi.   Darhaqiqat,   o‘sha   davrda
ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarni o‘rganish, milliy falsafa va xalq
dunyo q arashining   shakllanishida   muhim   ahamiyat   kasb   etdi.   Bu   borada
Maxmudxo‘ja   Behbudiy,   Munavvar   Qori,   Abdulla   Avloniy,   CHo‘lpon,   Fitrat
kabi   ma’rifatparvarlarning     dunyoqarashi       muhim       axamiyatga     ega       bo‘ldi.
CH unki ularning asardarida   badiiylikdan     ko‘ra     g‘oyaviylik       ustunlik kilar
edi. G‘oyaviylik esa albatta     falsafiy    dunyoqarashning     mahsuli    bo‘ladi.
Jamiyatning       genezisi       bo‘lgan     jamoa       bo‘lib       yashashga         intilish
aslida ma’naviyat ya’ni ruhiy olam, ong, tafakkur, ahloq, imon, fan va hokazolar
tufayli   insoniyatning   eng   qadimgi     ajdodlari   aniq   o‘z   hatti-harakatlari,   xulq-
atvorini   tartibga   solgan,   oila   kishilik   jamiyati   paydo   bo‘lishiga   birlamchi
asoslardan   biri   bo‘lgan.   Ong   va   tafakkurning   rivojlanishi   bilan   inson   mexnat
qurollari   yaratish,   moddiy   ne’matlar   ishlab   chiqish   va   tabiatga   qaramlikdan
qutulish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Aynan ma’naviyat tufayli insonning mexnat
qobiliyati,   ijtimoiy   faolligi,   bunyodkorlik   va   yaxshilik   uchun   xizmat   qilgan.
Askincha,   ma’naviy   qashshoqlik,   ilmsizlik,   mutaassiblik     chuqurlashgan
davrda   ijtimoiy   adolatsilik  ko‘chaygan. Ma’naviy   extiyojlar   olamni   bilish,   o‘zlikni   anglash,   dunyoqarash,   bilim,
san’at,   g‘oya,   mafkura,   ma’naviy   kamolot   yo‘lidagi   intilishlarni   qamrab   oladi.
Insonning   asl   mohiyati   moddiy   ehtiyojlarni   madaniy   shakllarda   qondirishda
namoyon bo‘ladi. Inson aqlli  mavjudot  sifatida  moddiy  ehtiyojlarni  madaniy
shakllarda  qondirish  uchun tabiat va jamiyat  mohiyatini  bilishga,  moddiy va
ma’naviy olamni   uyg‘unlashtirishga, tabiat va jamiyatni o‘z maqsadlariga mos
ravishda   o‘zlashtirishga   harakat   qiladi.   Ilm-fan   va   texnika   insonning   ma’naviy
va   moddiy   ehtiyojlarini   qondirish   quroli,   muhim   vositasi   bo‘lib   hizmat   qiladi.
Demak,   hozirgi   zamon   falsafasida   jamiyat     taraqqiyotining   mezoni     bo‘lgan
shaxs     erkinligi     darajasining     o‘sib     borishi   jamiyat     rivojining   muhim
ko‘rsatkichi   deb   baholanmokda.     Jamiyatdagi     har   qanday   o‘zgarishlar     inson
ehtiyoji doirasining kengayib borishi bilan bog‘lik. Jadidchilar esa,   o‘zlarining
har   bir   harakatini   g‘oyasi,   qolaversa   harakatlar   dasturini   ana   shu   tamoyillarga
asoslangan   holda   ishlab  chiqdi.
Behbudiy Abu Nasr Forobiy va Beruniy ilgari surgan inson qiyofasi tabiat
ta’sirining   natijasi   degan   g‘oya   tarafdori   bo‘ldilar.   Inson   o‘zining   ichki
qiyofasini   faqat   mashaqqatli   mexnat   va   sa’iy   harakat   natijasida   o‘zgartirishi
mumkin. Har bir inson o‘z xulq-atvorining egasidir. Jamiyat tadrijiy o‘zgarishlar
orqali  rivojlanib  boradi.  Adolat,   fuqaro  uchun  g‘amho‘rlik,  zulmni   yo‘ q   qilish,
jamiyat   va   davlatni   aql-idrok    va    adolat       bilan         bosh q arish       Behbudiyning
asosiy   ideali  bo‘lgan.
Demak,   Behbudiy   falsafasining   muhim   xususiyati   uning   siyosiy
ta’minlanganligidandir. Zero, siyosiy  ta’minlanganlik  madaniy   taraqqiyotning
asosiy    omili    hisoblanadi.
Lekin   jadidlarning   falsafiy   qarashlarini   o‘rganishshundan   darak   beradiki,
bilim,   inson   ongi   va   tafakkuri   bilan   bog‘li q   muammolar   jadidlarning   diqqat
markazida   turgan,   ularning   ko‘pchiligi   sharqona   tafakkur   tarzi   borasida
qimmatli   fikrlar     bayon       qilgan.     Ayni q sa,     Abdulla     Avloniy     (1878-1937)
o‘zining   “Turkiy   guliston     yoxud       axlo q ”       kitobida     umuminsoniy
qadriyatlarga     asos     bo‘ladigan     bilimlar     tizimini   ta’riflab   bergan.   Asarida fatonat,   nazofat,   g‘ayrat,   riyozat,   shijoat,   q an’oat,   ilm,   sabr,   xilm,   intizom,
vijdon, vatanni sevmok, ibrat, iffat, hayo, idrok, zako, lafz, iqtisod, viqor, xavf
va   rajo,   itoat,   xaqshunoslik,   sadoqat,   adolat,   muxabbat,   oliy     himmat,   avf   kabi
tushunchalar   “yaxshi   xulqlar“   degan   nom   ostida   tahlil   qilinadi,   “YOmon
xulqlar“ga olib keladigan bilimlar esa, g‘azab, shahvat, jaholat, razolat, safoqat,
xamokat,   hasosat,   rahovat,   anoniyat,   adovat,   namimat,   g‘iybat,   xaqorat,
shabonat,   hasad,   kizb,   nifo,   ta’ma,   zulm   kabi   xususiyatlarni   keltirib   chiqaradi
lekin   shuni     ta’kidlashimiz     kerakki,jadidlarga   xos   tafakkur   uslubi,   ularning
merosidagi   bilish     masalalarimaxsus   tadqiq   etishga   muxtoj   bo‘lib,   bu   borada
ilmiy izlanishlar olib  borish  talab  qilinadi.  
Bu   bilan   Behbudiy   Er   va   uning   xususiyatlari   haqidagi   hozirgi   zamon
qarashlari   Qur’on   va   Hadis   x abarlariga   rost   kelmasligini   ham   aytib,   “yangi
xukamolar   osmondagi   yulduzlarni   ahvolidan   eskilardan   ko‘ra   yaxshiroq   ogox
bulubturlar“, deb yozadi. Maxmudxo‘ja jug‘rofiy ilmlarni chuqur bilganligini va
bu ilm tajribaga asoslanganligiga  tayanib,  Er kurraviy- yumaloq ostig‘a xo‘kiz,
balig‘   yo‘k,   atrofig‘a   devori     yuk   va   Er   aylanadur,   xavog‘a   muallaq   turadur.
Bizni  nazarimizg‘a sokin va ammo xaqiqatda aylanadur“, degan ilmiy fikrlarni
bayon   qiladur.   Bu   erda   Mahmudxo‘ja   Behbudiy   Ptolomey   davridan   hukmron
bo‘lib   kelayotgan   geotsentrizm   nazariyasini   inkor   qilib,   geliotsentrizm   xaqida
gapiradi  va bu ta’limotning Evropa ilmidagi     vakillari       Nikolay       Kopernik,
Kepler,  Galileylar   xaqida   kengto‘xtaladi.
Mahm udxo‘ja         Behbudiyning         falsafiy         qarashlarida         inson       va
insoniyat   muammolari,   uning   taraqqiyot     bosqichlari     muhim     rol   o‘ynaydi.
Uning     nazarida   insoniyat     paydo   bo‘lgandan   boshlab     uch   bosqichni     ya’ni
vaxshoniyat,   badaviyat va madaniyat bosqichlarini   bosib     o‘ttan.   Bu   xaqida
Mahmudxo‘ja   Behbudiy   shunday   yozadi:   “Martabai         insoniyatg‘a     noil
o‘lmakg‘a  xar  bir insonni jamiyati insoniyatg‘a va dini ilohiyag‘a  ehtiyoji  bor,
-yozadi   muallif.
  -Ushbu       sababdandurki,       insonlar       komil       insonlarni     qo‘l       ostig‘a
jamiyati bashariyani    barpo   qiladurlar.    Ollo    taolo   anbiyo     vositasi   ila qonuni       shariat,  xavfu      qalbu        rijo        yuboribdurki,      ango          dohil            va
soliq     bo‘lmok   lozim   va  vojibdur.   Dinsiz   dunyoda    yashamoq   insoniyat
va  madaniyatdan  emas,  xayvoniylikdur. Dinsiz   mutamaddun    (madaniyatli)
bo‘lmoq    muhol   (qiyin)dur. Jamiyati  bashariyani barkaror    turmoqig‘a    din,
shar’  (shariat),   nizom  vabularni boshkaruvchilarg‘a birinchi    sababdur.   Bas,
jamiyat    ilm,    insof    vahunar sabablari ila uch xil bo‘linadurki,    vahshoniyat,
badaviyat,    madaniyat    atalgan.    Va   bularni   (ng)  xar birini     yana    bir
necha       sinfga       taqsim          qilmoq       odamlarni         ahvoliga     qarab   mumkin
bo‘ladur.  
Mahmudxo‘ja   Behbudiy   ta’biri   bilan   aytganda,   vahshoniyat   darajasidagi
odamlar  martabasini   hayvonot  olamiga  borib  bog‘laydi.   Ularda na  a q l, na  ilm-
ma’rifat,   na   din-diyonat,   na   insof-siyonat-xech   bir   insonga   yokadigan   fe’li
b o‘ lmaydi.   Bunday   odamlar   jumlasiga   Afrika   ch o‘ llarida,   Amerika   to g‘ larida,
Avstraliya jaziramalari bor degan fikrni beradi. Ular ilm,  h unar, din, diyonatdan
beba h ra, umrlari  h ayvoniyatga  o‘ tib ketgan.
Badaviyat   odamlari   esa   ikkinchn   h il   odamlar   b o‘ lib,   va h shoniyatdan
yu q oriro q da   turuvchi   va   va h shiylik   bilan   madaniylik   orasidagi   vositachilar
b o‘ lib, badaviylar va sa h roiylar deb ataladi.  
Madaniyat esa sha h arlarda katta jam iyatlar  b o‘ lib, ilmu- h unarli ma h allarda
turatur g‘ on ilm, fazl  va   h unarlik xal q ni  va yo alar  ila birga turguchi  insonlarni
“madaniy“   ataladurki,   bosh q a   ism   ila   “sha h ariy“   ataladurlar.     Bularni     aksar
ishlari tartib va tajriba, ilm va fan va qoida bo‘yicha bo‘ladur. Maktab, Madrasa,
masjid,   mahkama,   ruhoniy-ulamo,   ibodatxona,   amir,   hukumron   podsholari
bordur.   (Qarang:   Mahmudxo‘ja     Behbudiy.     Tanlangan       asarlar.   Toshkent
“Ma’naviyat",   1999.   23-24-betlar).Mahmudxo‘ja   Behbudiy   nazarida   hali   hech
bir   jamiyat   odamlarni   komil   inson   bo‘lib       etishishlari     uchun       sharoit       qilib
bera       olgan       emas.     S h uning     uchun   ular   nim   madaniy,   nim   vahshiylarga
bo‘linib kelgan.
          S h u   bilan   birgalikda   Mahmudxo‘ja     Behbudiy   badaviy   va   xalqlarni
podsholari , hukmdorlari va sardorlari bo‘lishini ta’kidlab, ularni bek, amir, shox va   boshqa   ismi     lug‘atlar   bilan   turli   xalqlarda   turlicha   aytilishini   ta’kidlagan.
Jumladan,  Ovrupo  xalqlarida  imperator,  qirol,  do‘qa,  prins,  prezident, knaz,
acap   va    boshqa   lug‘atlar    bilan     ataganligini      keltirib    o‘tadi. 
    Turkiston  jadidchilik harakatining  rahnomosi   bo‘lgan   Mahmudxo‘ja
Behbudiyning     ijtimoiy-falsafiy       qarashlarida       ma’rifatparvarlik       g‘oyalari
asosiy    o‘rinni    egallaydi.   Millat   va   Vatan,    jamiyat   va   ahloq   haqidagi
fikrlari       uning       ijtimoiy-siyosiy     qarashlarining     asosini     tashkil     qilibgina
qolmasdan,      shu      bilan        birga      o‘zbek      xalqining      yangi        yo‘nalishdagi
milliy   tafakkurining         shakllanishida       muhim         ahamiyat       kasb       etdi.
Xalqning       dunyoqarashi,   milliy         ongini       yuksaltirish       masalalari       bilan
Behbudiy   1913    yildan    boshlab shug‘ullana     boshlagan.     Bu     masalada
ayniqsa           uning         o‘zi         tashkil     qilgan   “Samarqand”   gazetasi   va   “Oyna”
jurnali   hamda   uning   o‘z   nomi   bilan   ochgan   hususiy   nashriyoti       “Nashriyoti
Behbudiya”   muhim    rol   o‘ynagan.
Jadid adabiyoti va san’ati. Akademik A. N. Samoylovich jadid adabiyotini
o‘rganib,   1916-yilda   “Turkistonda   yangi   adabiyot   maydonga   keldi.   Bu   men
uchun kutilgan hol edi” deb yozgan edi. Darhaqiqat, olim uchun kutilgan “Y a ngi
adabiyot”-jadid   adabiyoti   bo‘ldi.   Bu   adabiyot   o‘z   mazmun   va   mohiyati   hamda
janrlariga   ko‘ra,   ming   yillar   davomida   shakllanib   rivojlangan   mumtoz
adabiyotimizdan tubdan farqlanuvchi yangi adabiyot bo‘ldi.
1.   Agar   mumtoz   adabiyotda   dunyoviylikka   nisbatan   diniy   jihat   ustunroq
bo‘lgan bo‘lsa, jadid adabiyotida bularning o‘rtasida o‘zaro tenglik ya’ni diniy-
dunyoviylik qaror topdi.
2. Jadid adabiyoti mumtoz adabiyotdan farqli ravishda g‘arb adabiyotidagi
roman,   drama,   esse,   hikoya   va   barmoq   vazniga   asoslangan   she’riyat   (poetika)
kabi badiiy janrlar ko‘rinishiga ega bo‘ldi. Proza va publitsistika paydo bo‘ldi.
3.   Jadid   adabiyoti   bevosita   ijtimoiy-siyosiy   va   ma’rifatchilik   mafkurasi,
milliy-ozodlik   xususiyatiga   ega   bo‘ldi.   Unda   mazlum   xalq   hayoti   bevosita   o‘z
ifodasini topdi. Badiiy asarlar jonli xalq tilida yozildi. Ijtimoiy faollik va milliy
ruh bu yangi adabiyotning eng muhim xususiyatiga aylandi. 4. Jadid adabiyotidagi badiiy-lirik qahramon qiyofasi mumtoz adabiyotdagi
qahramon   qiyofasidan   tubdan   o‘zgardi.   U   endi   an’anaviy   oshiq   yohud
ma’rifatparvargina   emas,   balki   mavjud   mustamlaka   jamiyati   tartib-qoidalari
hamda milliy tengsizlik bilan kelisha olmaydigan, shu bilan birga yangicha o‘z
ijtimoiy-siyosiy va ahloqiy qarashiga ega bo‘lgan shaxsdir.
Jadidchilik   harakati   jadid   adabiyotining   asoschilari   bo‘lgan   yirik   iste’dod
egalari-jadid   adibi,   shoiri,   dramaturgi   va   san’ati   arboblarini   ham   tarbiyaladi.
Jadidshunos,   taniqli   olim,   professor   Begali   Qosimovning   ta’kidlashicha,
ularning   1905-1917-yillarda   adabiy-madaniy   harakatchilikda   qizg‘in   faoliyat
ko‘rsatganlari   saksondan   ortiq   bo‘lgan.   Mahmudxo‘ja   Behbudiy   (1875-1919),
Sayidahmad   Siddiqiy   Ajziy   (1864-1927),   Vasliy   Samarqandiy   (1869-1925),
Munavvarqori   Abdurashidxonov   (1878-1931),   Abdulla   Avloniy   (1878-1934),
To‘lagan   Xo‘jamyorov-Tavallo   (1882-1939),   Sidqiy   Xondayliqiy   (1884-1934),
Avaz   O‘tar   o‘g‘li   (1884-1919),   Muhammadsharif   So‘fizoda   (1869-1937),
Abdurauf   Fitrat   (1886-1938),   Sadriddin   Ayniy   (1878-1954),   Abdulvohid
Burxonov   (1875-1934),   Hamza   Hakimzoda   Niyoziy   (1889-1929),   Abdulla
Qodiriy   (1894-1938),   Abdulhamid   CHo‘lpon   (1897-1938)   va   boshqalar   shular
jumlasidandir.
Jadid   adabiyotida   dramaturgiya   ya’ni   jadid   dramasi   eng   sermahsul   va
ommabop   janr   sifatida   alohida   ko‘zga   tashlanadi.   Jadid   g‘oyalarining   xalqqa
yoyilishi, singishi va amaliy natijalar berishida dramaturgiya va teatr san’atining
ta’sir ko‘rsatishi kuchli bo‘ldi. SHuning uchun ham jadid adiblarining aksariyat
yirik   nomayondalari   o‘z   ijodiy-amaliy   faoliyatini   drama   yozish   va   teatr   bilan
bog‘liq holda olib bordilar.
Mahalliy   xalq   va   jadidlar   rus   inqilobini   faqat   milliy   istiqlolga   erishish
nuqtai   nazaridangina   qo‘llab-quvvatladilar.   Turkistondagi   inqilobiy   harakatga
asosan rus sotsial-demokratik partiyalari rahbarlik qildi. Inqilobning bosh shiori
esa   “Ozodlik,   Tenglik   va   Birodarlik”   edi.   Jadidlar   esa   “Ozodlik,   Tenglik   va
Adolat”   degan   shiorga   amal   qilar   edi.   Ular   mana   shu   shior   ostida   milliy
hokimiyat,   milliy   davlatchilikni   tiklash   uchun   musulmon   xalq   ommasiga rahbarlik   qildilar.   Buning   natijasi   o‘laroq,   Turkistonda   Rossiyadagi   kabi   ikki
hokimiyatchilik emas, balki quyidagi uch hokimiyatchilik paydo bo‘ldi:
1. Jadidlar tashkil etgan “SHo‘roi islomiya” va uning joylardagi sho`balari,
Toshkentdagi   Turkiston   o‘lka   musulmonlari   markazi   yoki   ba’zi   adabiyotlarda
“Milliy markaz” deb nomlangan markaz;
2.   Turkistondagi   rus   va   askar   (keyinroq   dehqon)   deputatlarining   mahalliy
va markaziy sovetlari;
3.   Rossiya   Muvaqqat   hukumatining   Turkiston   Muvaqqat   qo‘mitasi   va
uning viloyatlardagi bo‘limlari.
Rus   imperatori   o‘z   taxtidan   voz   kechganligi   haqidagi   xabar   yetib   kelishi
bilanoq,   jadidlarning   Toshkentdagi   madaniy-ma’rifiy   jamiyat   “Turon”   tezda
siyosiy faollashdi. Uning tashabbusi bilan 1917-yil 6, 9 va 13 mart kunlari bo‘lib
o‘tgan   xalq   yig‘inlarida   mahalliy   hokimiyat   boshqaruvi   masalasi   muhokama
qilinib,   demokratik   ruhdagi   qarorlar   qabul   qilindi.   9   mart   kuni   Toshkentning
Chorsudagi   Jome   masjidida   20   ming   kishilik   yig‘in   bo‘lib,   u   Ubaydullaxo‘ja
Asadullaxo‘jayev (rais), Munavvarqori (rais muovini), Islombek Xudoyorxonov
(kotib)lar   rahbarligida   o‘tadi.   Avvalo   hurriyat   qurbonlari   ruhiga   tilovat   o‘qib,
fotiha tortildi. SHundan so‘ng Eski shahar politsmeystri Kolesnikov bo‘shatilib,
uning   o‘rniga   hokimiyat   boshlig‘i   etib,   sobiq   Qo‘qon   xoni   Xudoyorxon   o‘g‘li
Islombek Xudoyorxonov saylanadi.
6-martdagi   yig‘ilishda   jadidlar   tomonidan   shahar   ijroiya   qo‘mitasiga
saylangan   Ubaydullaxo‘ja   Asadullaxo‘jayev   Toshpo‘latbek   Norbo‘tabekov   va
boshqalar   qayta   saylanadilar.   Bu   xalq   qurultoyi   maqomidagi   yig‘inda   rus
ishchisi   va   askarlari   sovetlariga   o‘xshash   mahalliy   xalq   boshqaruviga   vakillar
ham   saylanadi.   Keyinchalik   bu   vakillar   yig‘ini   Munavvarqori   taklifi   bilan
Qur’oni   Karimdagi   «SHo‘ro»   surasiga   nisbatan   “SHo‘roi   islomiya”   deb
nomlanadi.   Bu   yig‘inda   saylanganlarga   yana   qadimchilar   norozi   bo‘lganlari
sababli 13-martda yana o‘sha Jome masjitida katta xalq yig‘ini o‘tkaziladi. Unga
Munavvarqori,   Abdulvohidqori,   Saidrasul   Mahmud   Saidazizlardan   iborat
rayosat   (prezidium)   rahbarlik   qiladi.   Toshkent   shahar   Ijroiya   qo‘mitasiga Ubaydullaxo‘ja   Asadullaxo‘jayev   SHayxontohur,   Toshpo‘latbek   Norbutabekov
Ko‘kcha,   Zayniddinxo‘ja   Sarimsoqxo‘jayev   Sebzor,   Abdusafiyxon   G‘anixon
o‘g‘li Beshyog‘och dahalaridan vakil qilib saylanadi.
15-mart kuni “Sho‘roi islomiya” ning birinchi tashkiliy majlisi bo‘lib, unga
Abdulvohid qori Abduraufqori o‘g‘li rayis, Munavvarqori Abdurashidxon o‘g‘li
esa   muovin   etib   saylanadi.   Keyinroq   esa   Abdulvohid   qori   SHayxontohur
dahasiga   qozi   bo‘lib   saylangach,   6-aprelda   uning   o‘rniga   Ubaydullaxo‘ja
Asadullaxo‘jayev saylanadi.
Aprelning   boshlaridan   boshlab   “Sho‘roi   islomiya”ning   O‘sh,   Andijon,
Farg‘ona   (Skobelev)   Turkiston,   Mari,   Samarqand,   Qo‘qon,   Namangan   va
boshqa shaharlarda ham mahalliy sho`balari paydo bo‘ladi.
Bu siyosiy hokimiyat tashkilotlarining “Najot” (1917-yil mart), “Kengash”
(1917-yil   iyun),   “SHo‘roi   islom”   (1917-yil   16-may   Toshkent)   “El   bayrog‘i”
(1917-yil sentyabr Qo‘qon), “Hurriyat” (1917-yil aprel Samarqand) kabi gazeta
va jurnallari chop etilib, ular muxtoriyat, tenglik, erk va mustaqillik g‘oyalarini
keng yoyadilar.
“SHo‘roi   islomiya”   mahalliy   boshqaruv   organi   va   milliy   hukumat   kurtagi
sifatida o‘z faoliyatini asosan quyidagilarga qaratdi:
- Turkiston   musulmonlari   orasida   siyosiy,   ilmiy   va   ijtimoiy,   iqtisodiy
islohotlar o‘tkazish g‘oyalarini keng yoyish;
- Turkiston   musulmonlarini   yagona   g‘oya,   maslak   va   fikr   asosida
birlashtirish chora, tadbirlarini ko‘rmoq;
- Boshqa   mamlakatning   mustaqillik   va   demokratiyaga   asoslangan
boshqaruv   idora   usuli   va   shakllarini   o‘rganish,   ta’sis   majlisini   o‘tkazishga
tayyorgarlik ko‘rish;
- Turkistonning   hamma   shahar,   qishloq   va   ovullarida   mitinglar   o‘tkazilib,
siyosiy, ijtimoiy xutba (ma’ruza )lar o‘qitish;
- Eski   ma’muriy   rahbarlarni   yangilari   bilan   almashtirish   yo‘llarini   xalqqa
tushuntirish;
- Turkistondagi   barcha   millat   vakillari   orasidagi   eski   ixtiloflarni   bartaraf etish va bo‘lajak ixtiloflarning oldini olish;
- Turli millat va firqalar bilan a’loqada bo‘lib, musulmon xalqining talabini
va   o‘z   vakillari   orqali   ma’lum   qilmoq,   zarur   bo‘lganda   esa   ulardan   yordam
olmoq.
Xulosa   shuki,   jadidlarning   jasoratli   va   zahmatli,   bunyodkorlik   va
islohotchilik   buyuk   ijodiy   –ma’rifiy   mehnatlari   samarasi   o‘laroq,   XX   asr
boshlariga   kelib,   Turkistonda   tarixan   haqiqiy   Milliy   Uyg‘onish   (Renessans)
hodisasi   (davri)   paydo   bo‘ldi.   Bu   davrni   ikkinchi   bir   ma’noda   jadidlar
Renessansi (uyg‘onishi) deb aytish ham haqiqatga to‘g‘ri keladi.
Xulosa qilib aytganda, J adidlarning falsafiy qarashlarini  o‘rganishshundan
darak   beradiki,   bilim,   inson   ongi   va   tafakkuri   bilan   bog‘li q   muammolar
jadidlarning   diqqat   markazida   turgan,   ularning   ko‘pchiligi   sharqona   tafakkur
tarzi   borasida   qimmatli   fikrlar     bayon      qilgan.     O ‘sha   davrda   ro‘y   berayotgan
ijtimoiy-siyosiy   o‘zgarishlarni   o‘rganish,   milliy   falsafa   va   xalq
dunyo q arashining   shakllanishida   muhim   ahamiyat   kasb   etdi.   Bu   borada
Maxmudxo‘ja   Behbudiy,   Munavvar   Qori,   Abdulla   Avloniy,   CHo‘lpon,   Fitrat
kabi   ma’rifatparvarlarning     dunyoqarashi       muhim       axamiyatga     ega       bo‘ldi.
CH unki ularning asardarida   badiiylikdan     ko‘ra     g‘oyaviylik       ustunlik   q ilar
edi. G‘oyaviylik esa albatta     falsafiy    dunyoqarashning     mahsuli    bo‘ladi.
2.2. Jadidlar g‘oyalarida milliy istiqlol masalalari
Jadidchilikning   asosiy   g‘oya   va   maqsadlari   quyidagilar   edi:   Turkistonni
o‘rta asrlarga xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish, shariatni isloh qilish,
xalqqa ma’rifat tarqatish, Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo etish uchun
kurash, Buxoro va Xivada konstitutsiyaviy monarxiya va parlament, keyinchalik
demokratik respublika tuzumini o‘rnatish orqali ozod va farovon jamiyat qurish,
barqaror   milliy   valyutani   joriy   qilish   va   milliy   qo‘shin   tuzish.   Toshkent,
Farg‘ona,   Buxoro,   Samarqand   va   Xivada   hur   fikrli   va   taraqqiyparvar
kishilarning   ayrim   guruhlari   tomonidan   ochilgan   madaniy-ma’rifiy
yo‘nalishdagi jamiyat va uyushmalardan jadidchilik harakati shakllandi.
Huquq     amaliyotchilarining     ta’kidlashicha       XX       asr   boshlarida       O‘rta
Osiyoda   asosan     xanafiya     mazhabiga     mos     ta’limot     asosida     ish     yuritilgan. SHu bois jadidchilar   xanafiya  mazhabi  tarafdorlarining  hayotning  o‘zgarishi
bilan     mazhab   oldiga       tutilayotgan     yangi   -yangi     savollarga     javob     topish
uchun     “ijtihod”   xuquqini   talab   qilayotganliklariga   juda   ehtiyotkorlik   bilan
munosabatda   bo‘ladilar.   CHunki   xanafiya   mazhabi     tarafdorlarining     ijtimoiy
hayotda   hurmat-  e’tibori      yukoriligi  sababli    jadidchilarning   biron-bir    qaltis
harakati   islom  diniga qarshi ekanligida  ayblanishimumkin  edi.
S h u    o‘rinda   Behbudiy     g‘ayridinlar    va     islom     dini      namyondalarining
taom   iste’mol   qilish   va   uy-joyni   jihozlash   „masalalarida   ham   o‘z   fikrini
bildiradi.   I.   Baldaufning     fikricha,   Behbudiy   o‘z   millatining   taraqqiyotini
ko‘zlab, boshqa e’tiqo d dagi millatlarning an’analariga moslashish, ya’ni boshqa
e’ti q od     vakillari     so‘ygan       go‘shtni   iste’mol   qilish   masalasida   anchagina
erkinlik beruvchi yo‘lni tanlagan. 24
 Bu bilan u “ijtihod” sari   ham   yo‘l qo‘ygan
va buning uchun     diniy   an’anaga   sodiq   dindorlar   tomonidan   ham   t anqidga
uchraydi.
Jadid matbuoti o‘z vakillarining fikrlarini e’lon qilar ekan, xalqni „har vaqt
g‘aflat   uyqusidan   uyg‘otuvchi   millat   ongining   ochqichi“   ekanligini   namoyon
etish   bilan   birga   Turkiston   xalqini   hur   fikrlashga   va   katta   siyosiy   kurashga
hozirlay   oldi.   Bu   davrda   „Erk“,   „Turon“,   „O‘qituvchilar   jamiyati“   kabi
uyushmalar   paydo   bo‘ldi.   Munavvarqori   aytganidek,   „Ularning   butun   umidi
Rossiyadagi   inqilob   jarayonida   mahalliy   aholini   milliy,   diniy   cheklash   va
jabrlashdan   ozod   qilish,   ularning   haquqlarini   ovrupoliklar   bilan   tenglashtirish,
xilma-xil maktab va matbuot ishlari hamda turli-tuman jamiyatlar tashkil etishga
keng imkoniyat yaratib berishga qaratilgan edi“.
Jadidlar   bu   davrda   „Ozodlik,   tenglik   va   adolat“   shiori   ostida   ishladilar.
Ularning 1916-yil mardikorlikka olish voqeasiga munosabati g‘oyatda e’tiborga
molikdir.   Mardikorlikka   olish   —   Birinchi   jahon   urushi   ketayotgan   joylardagi
ishlarga turkistonliklarni jalb qilish oq podshoning 1916-yil  25-iyun farmoniga
muvofiq   amalga   oshirildi.   Bu   kutilmagan   tadbir,   birinchidan,   1865-yil
shartnomasiga zid edi. Ikkinchidan, general Aleksey Kuropatkinning xulosasiga
24
Балдауф И. XX  аср ўзбек  адабиётига чизгилар, 13-бет. qaraganda,   „Aholi   va   ma’muriyat   turar   joydan   tashqaridagi   ishlarga   mutlaqo
tayyorlanmagan   va   bunday   shoshilinch   amalga   oshirilgan   tadbir   og‘ir
tartibsizliklarni   keltirib   chiqargan“.   Aholi   uchun   ana   shunday   musibatli   paytda
jadidlarning   ko‘zga   ko‘ringan   namoyandalaridan   Ubaydullaxo‘ja
Asadullaxo‘jayev   („Turkiston   mardikorlikka   olish   qo‘mitasi“   raisi)   va
millatparvar   boy   Mirkomilboy   Mirmo‘minboyev   Rossiya   jamoatchiligining
e’tiborini   bu   masalaga   jalb   etish,   farmonni   bekor   qildirish   uchun   Peterburgga
yo‘l   oldilar.   Davlat   dumasining   1916-yil   13-   va   15-dekabr   kunlari   o‘tgan
majlisida   Nikolay   IIning   25-iyundagi   farmoni   Rossiya   imperiyasining
qonunchiligida   ko‘rsatilgan   hollarga   zid   ravishda   qabul   qilingani   tan   olindi.
Farmon   Dumada   muhokama   qilingunga   qadar   iyun—avgust   oylarida   jadidlar
harakati   orqali   bir   necha   eshelon   to‘xtatib   qolindi.   Jadidlarning   mardikorlarni
qaytarishga   urinishlari   1917-yil   feval   inqilobi   boshlanishi   bilan   to‘la   amalga
oshdi.   Bu   hodisa   el   orasida   ularning   obro‘sini   ko‘tardi.   Mazkur   holat   jadidlar
ma’rifatparvarlikdan siyosiy kurashga allaqachon o‘tganliklarini bildirar edi.
1917-yil   jadidchilik   harakati   o‘zining   yangi   bosqichiga   qadam   qo‘ydi.
Fevral inqilobidan so‘ng o‘zbek, tatar va qozoqlar birlashishga ahd qiladilar va
„Turon“   uyushmasi   zaminida   „SHuroi   Islomiya“   jamiyati   tuzildi   (asoschilari
Munavvarqori,   Abduvohidqori   Abduraufqoriyev,   Ubaydullaxo‘ja
Asadullaxo‘jayev).   1917-yil   14-martda   ish   boshlagan   bu   jamiyat   qishloq   va
shaharlarga   targ‘ibotchilar   yuborib,   ozodlik,   tenglik   haqida   tushuntirish   olib
borish,   saylov   to‘g‘risida   ma’lumot   berish   bilan   shug‘ullandi.   Uning   dasturini
Munavvarqori   yozgan   edi.   Jadidlar   joylarda   „SHuroi   Islomiya“   tizimi
yaratilishining tashabbuskori bo‘ldilar. Turkistonga muxtoriyat maqomini berish
harakati Turkiston mustaqilligi uchun kurashga aylandi.
Turkiy xalqlarni birlashtirish g‘oyasi  kun tartibidan mustahkam o‘rin oldi.
O‘zbek,   qozoq,   qirg‘iz,   qoraqalpoq,   boshqird,   tatar,   turkman   kabi   negizi   bitta
xalqlarni   birlashtirish   va   shu   asosda   federativ   yoki   muxtoriyatli   davlat   qurish
masalasi   bo‘y   ko‘rsata   bordi.   Ammo,   Munavvarqori   so‘zi   bilan   aytganda,
ko‘pgina   kishilar   jumhuriyat   bilan   muxtoriyat   o‘rtasidagi   farqni   tushunmagan edi. Xususan, Turkiston namoyandalari chin ma’nodagi respublikani barpo etish
va   uning   davlat   tarkibini   tashkil   etishga   to‘liq   tayyor   bo‘lishmagan.   Qozoq   va
boshqird   namoyandalari   —   Mustafo   Cho‘qay,   Zakiy   Validiy   va   boshqalar
Peterburg   ularga   hech   qachon   mustaqillik   ham,   muxtoriyat   ham   bermasligini
sezgach, Turkistonga kelib, mahalliy jadidlar bilan birga ish boshladilar.
Toshkentda   „SHo‘roi   Islomiya“,   „Turon“,   „SHo‘roi   Ulamo“,   „Ittifoqi
muslimin“,   Qo‘qonda   „G‘ayrat“,   Buxoroda   YOsh   buxoroliklar,   Xivada   YOsh
xivaliklardan   tashqari,   Samarqandda   „Ittifoq“,   „Mirvaj   ul-islom“,   „Miftah   ul-
maorif“   kabi   tashkilotlar   faoliyat   ko‘rsata   boshladi.   Bularning   ijtimoiy-siyosiy
yo‘nalishini   belgilashda   Munavvarqori,   Ubaydullaxo‘ja   Asadullaxo‘jayev,
Mahmudxo‘ja   Behbudiy,   Majid   Qori   Qodiriy,Ashurali   Zohiriy,   Zakiy   Validiy,
Mustafo   CHo‘qay,   Fitrat,   Fayzulla   Xo‘jayev,   Usmonxo‘ja   Po‘latxo‘jayev,
SHerali   Lapin,   Mirkomilboy   Mirmo‘minboyev,   Obidjon   Mahmudov,
Polvonniyoz hoji YUsupov,  Toshpo‘latbek Norbo‘tabekov va boshqalar faollik
ko‘rsatdilar.
„Sho‘roi   Islomiya“ning   tashabbusi   bilan   1917-yil   16-22-aprel   kunlari
Butun   Turkiston   musulmonlarining   1-qurultoyi   chaqirildi.   Qurultoy
ishtirokchilari   bir   qancha   masalalar   qatorida   Turkiston   o‘lkasining   davlat
maqomi   masalasini   ham   muhokama   qildilar.   1-qurultoyda   Turkiston   o‘lka
musulmonlari   SHo‘rosi   (Kraymussovet)   —   Milliy   markazni   tashkil   etishga
qaror qilindi. Milliy markazga rais bo‘lib Mustafo CHo‘qay, unga o‘rinbosarlar
qilib   Validiy   va   Asadullaxo‘jayev   saylanadi.   Bu   esa   tashkilotlarni   birlashtirish
bilan   birga   milliy   ozodlik   harakatini   izga   solib,   tashkiliy   jihatdan
markazlashtirar edi.
Milliy   markazning   1917-yil   12-iyunda   bo‘lib   o‘tgan   yig‘ilishida   barcha
jamiyat   va   uyushmalarning   Markaziy   musulmon   deputatlari   Sho‘rosiga
bo‘ysunishi   haqida   Nizom   qabul   qilinadi.   Markazning   maqsadi   xalqning   eng
quyi   qatlamlari   —   mardikor   va   dehqonlarga   to‘liq   huquq   berish   va   Turkiston
musulmonlarini madaniy, ilmiy, iqtisodiy va g‘oyaviy tarbiyalash edi.
1917-yil aprel-iyun oylari orasida jadidlar ko‘pgina siyosiy masalalarni va ularga   o‘z   munosabatlarini   belgilab   oldilar.   Pirovardida   hududiy   muxtoriyat
uchun siyosiy vaziyat pishib yetilganini anglab yetdilar.
1917-yil 1-11-mayda Moskvada bo‘lgan Butun Rossiya musulmonlarining
1-qurultoyi   bergan   turtki   natijasida   muxtoriyat   masalasi   yanada   jiddiylashdi.
1917-yil   12-14-iyulda   Farg‘onada   bo‘lib   o‘tgan   musulmon   tashkilotlarining
qurultoyida   dasturiy   masalalar   ko‘rib   chiqildi.   Unda   „Turk   Adami   Markaziyat
(Federalistlar)“   firqasining   dasturi   (maromnomasi)   va   22   moddadan   iborat
nizomi qabul qilindi.
1917-yil   17-20-sentabrda   Toshkentda   bo‘lib   o‘tgan   Turkiston   va
Qozog‘iston   musulmonlarining   qurultoyida   „SHuroy   Islomiya“   va   „SHo‘roi
Ulamo“,   „Turon“   va   boshqa   siyosiy   tashkilotlarni   birlashtirish   yo‘li   bilan
„Ittifoqi muslimin“ siyosiy partiyasini tuzishga kelishildi.
Turkistonni   boshqarish   shakli   to‘g‘risidagi   masala   1917-yil   26-28-
noyabrda   Qo‘qonda   bo‘lgan   Turkiston   o‘lka   musulmonlarining   favqulodda   4-
qurultoyining   diqqat   markazida   turdi.   Muxtoriyat   va   mustaqillikni   e’lon   qilish
fikrini   hamma   qo‘llab-quvvatladi.   Turkiston   Muxtoriyati   hukumati   (raisi   —
Muhammadjon   Tinishboyev,   so‘ngra   Mustafo   CHo‘qay)   tashkil   qilindi.   Fitrat,
CHo‘lpon,   Hamza   singari   jadid   shoirlar   Turkiston   Muxtoriyatini   alqab,   satrlar
bitishdi.
Behbudiyning   jadidchi     sifatida     ijtimoiy     hayotning   hamma     sohasida
yangilik   ya’ni     islohot   tarafdori   bo‘lganligining   guvohi   bo‘lamiz.   Ayniqsa   u
kiyinish   masalasida   ham   yangilik   va   zamonaviylik   tarafdori   bo‘lganligining
guvohi   bo‘lamiz .   Uning     firkicha,   kiyim     ya’ni   shakl   har   xil   bo‘lishi   mumkin,
lekin   eng   muhimi     islomdan,   e’tiqoddan   chiqmaslikdir.   Behbudiy   o‘zining
“Libos,   qiyofot”   maqolasida   bu   xaqda   shunday     yozadi:   “CHunki   har
mamlakatni   urfi   va   odati,   meros     va   qiyofoti   boshqa-boshqa   bo‘lgan     ila
islomiyadan   chiqmaydur.   Va   islomlar    uchun     mahsus   formada,   meros yo
muqarririy   bir   qiyofa   majbur   emasdur.   Zotan,   meros   issiq     va   sovuqlikni
daf’i uchun   bo‘lib,   har   iqlimni   havo     va   madaniyatiga   muvofiq     bulur”. 25
25
Беҳбудий М. Либос, қиёфот. // “Ойна”, 1914, 5-сон. Demak, Behbudiy nazarida Ovrupa kiyimlarini kiymoq islom shariatiga xilof ish
emas.   Buni   inkor   etuvchilar   esa   payg‘ambar   sunnatidan   xabarsiz   odamlar
hisoblanadi.   C h unki   payg‘ambarimiz   qaysi   musulmon     xalqlarning     o‘lkasiga
borgan bo‘lsalar shu xalqning kiyim boshini kiyganlar.
Keltirilgan fikrlarni umumlashtirgan holda shuni ta’kidlash kerakki, kalom
ta’limotining   asosiy   tamoyilarri   bo‘lgan   shariatning   mutaassiblik   va   johillikka
qarshi   bo‘lgan   holda,   inson   aql-zakovatini   va   irodasiga   ustuvorlik   berganligi
uchun jadidlar o‘zlarining dasturiy   harakatlariga   nazariy   asos   qilib olganlar.
C h unki   kalom   falsafasida   insonning   aqliy     kamoloti   va   rivojlanishiga   katta
e’tibor   beriladi.,   insonning   aqli   va   uning   natijasi   bo‘lgan   ilm   inson
yuksalishining   bosh   mezoni   sifatida   qaraladi.   C h unki   inson   atrofni   ko‘rish,
eshitish,   aqlni   ishlatish   orqaligina   bilish   qobiliyatini   o‘zida   mujassam   qiladi.
Unda vo q ea xodisalarni bilish ilmni asosli dalillar bilan har tomonlama o‘rganib
chiqish  va  t o` g‘ri  xulosaga  kelish mumkin  bo‘ladi.
Behbudiy   jadidchi   muftiy   sifatida   diniy   bag‘rikenglikni   targ‘ib   qila   olgan
va   unga   amal   qilgan.   Ayniqsa   u   bir   millatning   i k kinchi   bir   millat   tomonidan
kamsitilishini va millataro nikohga qarshi  bo‘lganlarga  keng  targ‘ibot  ishlarini
olib       borgan     va   “har     bir     musulmon   kitobiy   xalqlar   bilan   turmush   qurishga
muxtordir”, deb ta’kidlagan. 26
 Hisob,  jabr  (algebra),  handasa  (geometriya),  xay’at  (falakiyot); falsafiy
fanlarga   esa:     ruh       ahvoli     ilmi     (psixologiya),     a x loq       ilmi     (etika),     mantiq
(logika)   va   ilohiyot  (tasavvuf)   fanlari   kirishni   ta’kidlab   o‘tdi.
Mahmudxo‘ja   Behbudiy   jadidlarning   islomga   bo‘lgan   munosabatini   diniy
va   dunyoviy   nuqtai-nazardan   shakllantirib   musulmon   dunyoqarashini   asoslab
berdi. Bu. dunyoqarashning asosida islom falsafasi yotishini alohida o‘qtiradi: ,
Uning   o‘zi   bu   xaqda   shunday   yozadi:   “...Qachonlardir   islom   faaylasuflari,-
Evropa   uchun   Aflotun   va   Arastuni   saqlab   qolishgan,   bu   qit’ada   mantiq
ana’analrning   qayta   tiklanishi,   islohatidan   ozod   bo‘lishiga   imkon   beradi,   deb
ta’kidlaydi. Endi, uning fikricha, islom faylaso‘flarning evropaliklar hizmatidan
26
 Қосимов С. Беҳбудий   ва  жадидчилик. // “Ўзбекистон   адабиёти    ва   санъати”, 1990, 26 январ. foydalanish   payti   keldi:   qo‘shnilardan   barcha   yangi   narsalarni,   xususan,
pozitivizm,   xissiyotlarga,   eng   muhumi,   inson   ehtiyojlariga   yuz   tutgan   Ogyust
Kant asarlarini o‘zlashtirish lozim”. 27
     Fapb   va   SHarq    falsafasini    chuqur    bilgan     jadidlar    Markaziy
Osiyoda vujudga   kelgan   ijtimoiy-siyosiy   vaziyat   va   keng   tarqalgan   va
rivojlangan xind,     fors,    arab,    yunon      falsafasining     o‘ta     asrlardayoq
kirib           kelishi  ratsionalistik  izlanishni,  shu     bilan     birga   o‘zlarining  falsafiy
qarashlarida aql mavzusini  dolzarb  qilib  quydi.   Bu  esa, jadidchilar  falsafiy
qarashlarida   uch   oqimning       ta’siri     sezilib     turganligidan     dalolatberadi.   1).
Kalom   falsafasi;   2)   turli     ko‘rinishdagi       panteistikta’limotlarni     o‘zida
singdirgan   tasavvuf   ta’limoti.     3.Tabiatni   o‘ rganishni,   tabiatshunoslikni
rivojlantirishni, hamma hodisalarga   mantiqqoidalar asosida yondashishni oqlab
chiqqan arestotelchilik ta’sirini ham   sezish   mumkin.
      Dunyoqarashning   tarixiy     shakllari   insoniyat   taraqqiyotining   qonuni
natijasi   bo‘lib,   jamiyat   rivojlanishining   ma’naviy   mezoni   sifatida   namoyon
bo‘lgan.   Muayyan   dunyoqarash   tarkibida   diniy-iloxiy   qarashlar   o‘ziga   xos
ahamiyat kasb etadi. Ular insonning ilohga bo‘lgan e’tikodi bilan bog‘lik bo‘lib,
vujudga   kelishiga   ko‘ra,   boshqa   dunyoqarash   shakllari   kabi   muayyan   asoslab
bergan.   Diniy   dunyoqarash   ilohiy   qudratlarga   e’tiqod   etish   bilan   bog‘lik.   Bu
dunyoqarash   shaklini   inson   qalbidagi   qo‘yidagi       holatlar       belgilaydi:     -ruxiy
holatlar;
-  e’tiqod;
-  e’tiqodning  faoliyatda   ifoda    etilishi;
Bu   uchala   holat   ayni   paytda   diniy   dunyoqarashning   asosiy   tamoyillarini
ham   tashkil   qiladi.   Bu   diniy   dunyoqarash   har   bir   davrda   muayyan     ijtimoiy
vazifalarni   bajarib kelgan. Aniqsa, islom     dini     ming   yillar   davomida   inson
tabiatida       chuqur     ildiz   otib,   jamiyat,   gurux,   alohida     shaxs
xayotidaumuminsoniy  ahloq me’yorlarini  shakllantirgan  va  jonlantirgan  hamda
hamma     uchun     majburiy   xulq-atvor   qoidalariga   aylantirgan.   Lekin   diniy
27
Алимов Д.А.,Рашидова Д.Маҳмудхўжа Беҳбудий ва унинг тарихий тафаккури. Т.:Академия, 1999. dunyoqarashning ahamiyatini sun’iy ravishda mutlaqlashtirish salbiy oqibatlarni
jumladan,   diniy   fundamentalizm   va   ekstremizm     kabi   insoniyat   uchun   xavfli
harakatlarni     vujudga     kelishiga   sabab   bo‘lgan.   Lekin   shuni   ham   alohida
ta’kidlash   kerakki,   diniy   dunyoqarash,   tafakkurni   insonny   o‘rab     turgan
dunyoga, o‘zi    kabi    odamlarga  munosabatning yagona    usuli    bo‘lmaganligini
ham   ta’kidlash   zarur.   Dunyoviy   fikr,   dunyoviy   turmush   tarzi   ham   u   bilan
yonma-yona   va   teng   xuquqqa       ega     bulgan     holda     taraqqiy     qilib     kelgan.
Jadidlarning falsafiy dunyoqarashida ana shu ikki fikrning ya’ni diniy va
dunyoviy   fikrni   yonma-yon   qo‘yib,   o‘zlarining   g‘oyalarini   ilgari   surganligini
unutmasligimiz   kerak.   Odatda   faylasuflar   diniy   dunyoqarshni   teologiya   deb,
nomlab   kelganlar.   Teologiya   aslida   olam   va   odam   munosabati,   umrning
mazmuni,   hayot   va   o‘lim   muammosi   kabi   masalalarni     ilohiyat,   diniy   e’tiqod
tushunchalari   bilan   bog‘lab   tahlil   qilishning   o‘ziga   hos   mukammal   tizimini
yaratgan.   S h u   nuqtai-nazaridan   yondashadigan   bo‘lsak   jadidlarning   falsafiy
qarashlarida   teologiya   bilan   yonma-yon   ratsionalizm   ham   to‘liq   namoyon
bo‘lganligini   guvohi   bo‘lamiz.   CHunki,   diniy   dunyoqarshning   hayot
ziddiyatlarni   bartaraf   qilish   bilan   bog‘liq   regulyativ   faoliyati   nihoyatda   muhim
bo‘lsa,  dunyoviy dunyoqarashda aql  va uning mukammalligi  barkamol  avlodni
tarbiyalashdagi o‘rni nixoyatda  muhim   bo‘lib   kelgan.   S h uni   alohida
ta’kidlashimiz   lozimki,   jadidchilik   harakatini   milliy-diniy   uyg‘onish   sifatida
baholash   mustaqillik   yillarida,   aniqrog‘i   90-yillardan   boshlandi.   Lekin   shunga
qaramasdan,   ba’zi   bir   tarixchi   olimlarimiz   Behbudiy   qarashlarini   va   uning
g‘oyalarini   islohot   sifatida   emas   balki,   tugatuvchi   likvidator   sifatida   qarashlar
ham   sezilib   qoldi.   Jumladan   tarixchi   olim   U.Dolimov   o‘zining   “Avloniy   va
maktab   “   maqolasida   Mahmudxo‘ja   Behbudiyni   eski   maktablarni   butunlay
tugatishga   harakat   qilgan   reaksion   shaxs   sifatida   ko‘rsatmokchi     bo‘ladi.
Muallif   jumladan     shunday   yozadi:   “”mufti     Mahmudxo‘ja   Behbudiy   eski
maktab va madrasalarni tamomila tugatish, o‘rniga zamonaviy maktablar ochish
talabi bilan chiqdilar”, deb yozadi . 28
  Ko‘pgina tadqiqotchilarimiz islom olamida
28
 Далимов У. Авлонийва мактаб. “ Ў збек тили ва адабиёти”, 1990,4-сон, 24-бе т . ilm-fanning   ikkiga   botini   va   zohiriyga     bo‘linishini     yaxshi     tushungan   holda
masalaga yondoshib bu masalaning nozikligi ehtiyotkorlik bilan talqin qiladilar.
Jumladan,   adabiyotshunos   olim   Sultonmurod   Olim   bu   xaqda   shunday   yozadi:
“Nozik   jihati   shundaki,   deydi   muallif,   zohiriy     ilmning   o‘zi     ham   diniy,   ham
ovrupocha   tasavvurdagi   dunyoviy   fanlarni   qamrab   oladi.   CHunki,   Allohni,
demakki, dunyoni  bilishning aql-tafakkur bilan anglanadigan taraflarini zohiriy
ilm   o‘rganadi.   Islom   dunyoni,   falakni,   Erni,   zarofatni,   hatto   inson   jismini   va
xokazo moddiy olamni o‘rganishni ham Alloh sirini bilish deb hisoblaydi. Axir
inson   aqli   fahmlashi   mumkin   nimaiki   bo‘lsa,   uni   Allox   yaratganku!   Falsafiy
nuktai   nazardan   qaraganda, mavjud olamning o‘zi ham Alloxning bir bo‘lagi,
uni aks ettirib turgan bir surat”. 29
Jadidlarning   jumladan,   Mahmudxo‘ja   Behbudiyning   bunday   qarashlari
uning   bilish   nazariyasidan   kelib   chiqadi.   Behbudiy   ta’kidlab   yozadiki,”Er   va
Osmonda ko‘p ilm va hikmatlar bordurki, Ollox taolo avval ilm va hikmatlarni
bilmokg‘a  bizni  buyuradur.  Va  ham   avval  ilm   va  hikmatlarni   olimlar  bilur  der
va   bilim   ibrat   olingiz   va   foydalaningiz   der.   Y a na   ilmi   oshyoni   bilmokg‘a
Qur’oni Karim bizni tashviq qiladur... Qur’oni Karimda har nav’ ilmlarni sharh
va   anga   targ‘ib   etib   qiziqlanturguchi     oyatlar   764   qadar   bo‘lib,   ibodatga
buyuratirgan   oyatlardan   yigirma   to‘rt   daf’a   ziyodadur”. 30
          Jadidlarning,
jumladan   Mahmudxo‘ja   Behbudiniy   eski   islomiy   maktablarga   nisbatan   yomon
fikrda   bo‘lmaganligini   uning   dinning   ijtimoiy   mohiyati   va   axamiyati   hakidagi
qarashlarini   taxlil   qilganimizda   yanada   oydinlashadi.   Behbudiy   fikricha,   din
inson va insoniyat hayotida hech qachon salbiy rol o‘ynamagan, aksincha inson
kamoloti  uchun  xizmat     qilgan.    S h uning uchun      Behbudiy   hech      vaqt    eski
islomiy   makablarga     qarshi   kurash       emas   ,   aksincha     u       islomiy
mutaasiblikdan     tozalash     uchun       kurashgan. Falsafiy dunyoqarash kundalik
faoliyati,     dunyoviy,     diniy,       ilmiy     bilimlar,   hayotiy   ko‘zatishlar   va   ijtimoiy
tarbiya   ta’sirida   shakllanadi   va   rivojlanadi.   Falsafiy   dunyoqarashning
29
 Олим С. Тафаккур-кўнгил калити. “Тафаккур”, 1995,4- сон, !22-бет.
30
 Беҳбудий М. Тарих ва жуғрофия. Маҳмудхўжа Беҳбудий ва унинг  тарихий  тафаккури, 46-бет. shakllanishida his-tuygu, aql-idrok va tafakkur ham muhim o‘rin egallaydi.
Jadidlarning   falsafiy   ta’limoti     Allox   olami     yaratuvchisi,   degan   teologik
qarashga   asoslanadi.   Lekin,   jadidlarning   aql   va   bilim   tabiatiga   ilmiy-nazariy
mohiyati  nuktai-nazaridan yondashishi ularning teologik ta’limotlariga qarama-
qarshi   hamdir.   Jumladan,   buni   biz   Abdulla   Avloniyning   “Birinchi   muallim”
kitobida   keltirilgan       qo‘yidagi       fikrlaridan       bilib     olsak     bo‘ladi:   “ Ye rni   va
ko‘kni,   er   va   ko‘kdagi   narsalarni   (ng)   barchasini   yaratgon   yolguz   Alloh   taolo
hazratlaridur.   Ko‘zlarimizga   ko‘ringan   va   ko‘rinmagan   katta   va   kichik
narsalarni,   inson   va   xayvonlarni,   ko‘kdagi   quyosh,   oy   va   yulduzlarni,   erni
yorutmak   va   bizlarni   tarbiya   qilmak   uchun   yaratkuchi   yana   janob     Haqdur-
bizlar   shul   Alloh   taoloning   bandasimiz,   Alloh   taolo   bizning   Tangrimizdur.
Janob   Haq   bizlarga   nihoyatda   ko‘p   ne’matlar   bermishdur.   Bizlarga   bergan
ne’matlarining   mingdan   birini   sanab-hisoblab   bitirmak   mumkin   emasdur.
Ammo,   bizga   bergan   ne’matlarin   orasinda   AQL   dan   aziz   va   qimmatli   ne’mat
yo‘kdur.   Rasuli   akram   sallalloxu   alayxi   vasallam   afandimiz:   “Alloh   taolo
bandalariga   bergan     ne’matlari   orasinda   AQL   yaxshiroq   narsa   yo‘qdur“,-
demishlar. Ey o‘g‘lonlarim! Siz   ham ulug‘ ne’mat qadrini bilingiz! Janob Haq
bizlarni   aqilli   inson   qilib   boshqa   xayvonlardan   ortuq   qildi.   Va   bu   aqlni
nurlandirmok va ortturmak uchun o‘kumak, yozmak, ilmu ma’rifat hosil qilmak
kerak.   Va   bu   ne’matlarni   qo‘lga   olmak   uchun   yoshlikdan   harakat   qilmak,
cholishmak   va   bu   ulug‘   ne’matlar   barobariga   Alloh   taologa   shukr   qilmak   har
birimizga vojib va lozimdur“. (Abulla Avloniy . Tanlangan asarlar: 2- jildlik. 2-
jild. Pandlar, ibratlar, hikoyatlar, nabiylar hayoti, drammalar , maqollar, sayoxat
xotiralari. 31
  Jadidchilarning   aql   haqidagi   qarashlarida   sharqning   buyuk
mutafakkiri   Abu   Nasr   Farobiyning   ta’siri   sezilib   turadi.   Jadidchilar   ham   huddi
Farobiy   kabi   inson   aqli   va   borliq   birligiga   dialektik   jarayon   sifatida   qaragan.
Ammo,   bu   dialektik   yondashuv   ob’ektiv   idealistik   tushunchaga   asoslangan
bo‘lib,   unga   avvalu-abad   ilohiy   aql   g‘oyasi   singib   ketgan.     Bu   holatni
jadidchilarning   aql   bosqichlari   to‘g‘risidagi   qarashlaridan   ham   bilib   olishimiz
31
Тахрир ҳайъати: Н. Каримов ва бошқ. Т - “Маънавияг , 2006. 10-бет. mumkin.   Jumladan,   Abulla   Avloniy   o‘zining   “Birinchi   muallim“   asarining
“AQL“ deb nomlangan didaktik hikoyasida qo‘yidagicha bayon qiladi: “Bir kun
otamiz   Odam   alayhissalomga   janob   Haq   tarafindan   xazrat   Jabroil   aql, din  va
hayoni kelturub: “Alloh taolo" sizga bu uch narsadan birini olub qolurg‘a sizni
ixtiyorlik   qildi.   Xohlaganingizni   olib   qolingiz,   sizga   hadyadur“,-dedilar.   Odam
alayhissalom: “Aqlni ixtiyor qildim“, deganlarida, hazrat Jabroil Din ila Hayoga
boqub:   “Sizlar   o‘z   joyingizga   ketingiz.   Odam   sizlarni   qabul   qilmadi   ,-desalar,
alar. Janob Haq bizlarni, Aql qayda bo‘lsa, sizlar ham shunda bo‘lursiz, deb amr
qilgan   edi,   bizlar   Aqldan   ayrilmasmiz“,-dedilar.   Emdi   ochuq   ma’lum   bo‘ldiki,
Aql   qayda   bo‘lsa,   Din   va   Hayo   ham   shunda   bo‘lur   ekan.   Aql   qancha   ortsa,
yuqorilansa, Din ila Hayo ham shuncha quvvat topar ekan. 32
Jadidlarning   ratsionalistik   va   diniy   mistika   o‘rtasida   tutgan   yo‘lini   asosi
sifatida   ularning   millat   tushunchasi   va   millatparvarlik   masalalarda   ham
payg‘ambarimiz   Mustafo   sallolloxu   alayhi   vasallamning   o‘z   ummatlariga
bo‘lgan munosabatlarini darajasida qaraganligida ham bilib olsak bo‘ladi. Bizlar
shul zotning ummatlaridurmiz. “Ummatman" demak faqat  quruq  til ila bo‘lmas.
Balki   jonu-dil   ila   payg‘ambarimizning   buyurgan   ishlarini   qilur,   ko‘rsatgan
yo‘llarindan ayrilmaslik, tandan jonimiz chiqg‘uncha biz ham “millat“, “millat“
deb dunyodan ketmaklik ila bulur“, deydi.  Abdulla  Avloniy . 
Xulosa   qilib   aytganda,   Jadidchilikning   asosiy   g‘oya   va   maqsadlari
quyidagilar edi: Turkistonni o‘rta asrlarga xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod
etish,   shariatni   isloh   qilish,   xalqqa   ma’rifat   tarqatish,   Turkistonda   muxtoriyat
hukumatini   barpo   etish   uchun   kurash,   Buxoro   va   Xivada   konstitutsiyaviy
monarxiya va parlament, keyinchalik demokratik respublika tuzumini o‘rnatish
orqali ozod va farovon jamiyat qurish, barqaror milliy valyutani joriy qilish va
milliy   qo‘shin   tuzish.   Toshkent,   Farg‘ona,   Buxoro,   Samarqand   va   Xivada   hur
fikrli   va   taraqqiyparvar   kishilarning   ayrim   guruhlari   tomonidan   ochilgan
madaniy-ma’rifiy   yo‘nalishdagi   jamiyat   va   uyushmalardan   jadidchilik   harakati
32
Абулла   Авлоний.   Танланган   асарлар:   2-   жилдлик.   2-жилд.   Пандлар,   ибратлар,   ҳикоятлар,   набийлар
ҳаёти,   драммалар   ,   мақоллар,   саёҳат   ҳотиралари.//Тахрир   ҳайъати:   Н.   Каримов   ва   бошк.-     Т.:
“Маънавият“, 2006. 10 -11 бетлар. shakllandi.
Jadid matbuoti o‘z vakillarining fikrlarini e’lon qilar ekan, xalqni „har vaqt
g‘aflat   uyqusidan   uyg‘otuvchi   millat   ongining   ochqichi“   ekanligini   namoyon
etish   bilan   birga   Turkiston   xalqini   hur   fikrlashga   va   katta   siyosiy   kurashga
hozirlay oldi.
Keltirilgan fikrlarni umumlashtirgan holda shuni ta’kidlash kerakki, kalom
ta’limotining   asosiy   tamoyil l arri   bo‘lgan   shariatning   mutaassiblik   va   johillikka
qarshi   bo‘lgan   holda,   inson   aql-zakovatini   va   irodasiga   ustuvorlik   berganligi
uchun jadidlar o‘zlarining dasturiy   harakatlariga   nazariy   asos   qilib olganlar.
C h unki   kalom   falsafasida   insonning   aqliy     kamoloti   va   rivojlanishiga   katta
e’tibor   beriladi.,   insonning   aqli   va   uning   natijasi   bo‘lgan   ilm   inson
yuksalishining   bosh   mezoni   sifatida   qaraladi.   C h unki   inson   atrofni   ko‘rish,
eshitish,   aqlni   ishlatish   orqaligina   bilish   qobiliyatini   o‘zida   mujassam   qiladi.
Unda vo q ea xodisalarni bilish ilmni asosli dalillar bilan har tomonlama o‘rganib
chiqish  va  t o` g‘ri  xulosaga  kelish mumkin  bo‘ladi.
III - BOB. JADIDCHILIK   G‘OYALARI VA HOZIRGI ZAMON
3.1. Jadidchilik va  milliy taraqqiyot 
XX   asr   faqat   o‘zbek   xalqi   hayotida   emas,   balki   butun   dunyo   hayotida
alg‘ov-dalg‘ovlarga   boyligi   bilan   ajralib   turadigan   davr   bo‘ldi.   Bu   asrga   kelib,
hayot jarayonlari tezligi haddan ziyod ortdi. Ijtimoiy hodisalarning almashinish
surati   aqlga   sig‘mas   darajada   tezlashdi.   Turkiston   xalqlarining   necha   asrlar
mobaynida   davom   etib   kelayotgan   bir   maromdagi   mudroq   hayoti   shu   asr
boshida  ag‘dar-to‘ntar   bo‘lib  ketdi.  Fikrdagi  yangilanish,  texnika  yutuqlarining kirib   kelishi,   axborot   almashishning   tezlashgani   turkistonliklarning   hayot
tarzlarini   o‘zgartirib   yubordi.   S h u   vaqtga   qadar   milliy   adabiyotimiz   milliy
hayotimiz   bilan   elkama-elka   bormas   edi.   Garchi,   adabiyotimiz   hayotdan
tamomila   ajralib   qolmagan   bo‘lsa-da,   ijtimoiy   turmushning   muammolari   uni
to‘la chulg‘ab olmasdi. XX asrga kelib, adabiyot hayotga yaqinlashdi. Bu bilan
kifoyalanib qolmay, hayotni o‘zgartirishga urina boshladi.
XX asr boshiga kelib, ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi, xalqaro
aloqalarning   takomillashuvi   millatning   ma’rifatli   vakillariga   o‘z   xalqi   hayotini
dunyodagi   mutaraqqiy   xalqlar   turmushi   bilan   solishtirish   imkonini   berdi.
Rossiyada 1905-yil oktyabrdagi so‘z va matbuot erkinligi haqidagi Manifestning
qabul etilishi natijasida o‘zbek matbuotining rivojlanishiga ham bir qadar imkon
yaratildi.   Agar   o‘zbek   tilidagi   birinchi   va   yolg‘iz   gazeta   1870-yildan   chop
etilayotgan   «Turkiston   viloyatining   gazeti»   bo‘lsa,   1905-yildan   so‘ng   vaqtli
matbuot   soni   ancha   ko‘paydi.   1905-1917-yillar   orasida   o‘lkada   22   gazeta,   8
jurnal   o‘zbek   tilida   chiqarilgan.   Bu   hol   millat   ahlining   tafakkur   tarziga   jiddiy
ta’sir   ko‘rsatmay   qolmadi.   Kundalik   matbuot   o‘zbek   adabiyotidagi
yangilanishlar   ko‘lamining   kengayishiga   sabab   bo‘ldi.   Kitobning   sanoat   yo‘li
bilan   chop   etilishi   ham   millat   ijtimoiy-estetik   tafakkuri   rivojlanishining   kuchli
omili bo‘ldi.
Jadid   adabiyoti   to‘lig‘icha   millatni   uyg‘otishga   qaratilgan   edi.   Bu
adabiyotning qahramoni avvalgi davrdagiday yuqori tabaqa vakillari yoki ilohiy
qudrat   bilan   nurlantirilgan   siymolar   emas,   balki   ommaning   ichidan   chiqqan,
unga   qaytib   boradigan   va   shu   bois   xalqqa   ta’sir   ko‘rsatish   imkoniyati   kattaroq
bo‘lgan   oddiy   kishilar   edi.   Jadid   adiblari   yangi   mavzularni   yangi   janrlarda   va
yangi   obrazlar   orqali   ifodalashga   urindilar.   YAna   bir   muhim   jihat   shundaki,
jadid   yozuvchilari   shunchaki   ijodkor   emas,   balki   jamoatchi   ham   edilar.Ular
faqat   qalami   bilan   emas,   balki   ijtimoiy,   siyosiy,   ma’rifiy   amali   bilan   ham
millatni   uyg‘otishga   jahd   qilgandilar.   Agar   ma’rifatchilar   ko‘p   asrlik   milliy
adabiyotga   yangi   mavzular   olib   kirgan   bo‘lsa,   jadidlar   o‘zbek   adabiyotiga
drama, roman, hikoya singari yangi janrlarni kiritdilar. M.   Behbudiyning   «Padarkush»,   A.   Avloniyning   «Advokatlik   osonmi»,
«Pinak»,   «Biz   va   siz»,   «Ikki   sevgi»,   Fitratning   «Munozara»,   «Hind   sayyohi»,
«Oila»,   «Y u rt   qayg‘usi»,   «Abulfayzxon»,   «S h aytonning   tangriga   isyoni»,
«Qiyomat», Hamzaning «Uyon, Vatan!», «Yig‘la, Turkiston», «Dardiga darmon
istamas»,   «Turkiston»,   «S h undoq   qolurmu»,   «Y a ngi   saodat...»,   «Zaharli
hayot...»,   «Boy   ila   xizmatchi»,   «Maysaraning   ishi»,   «Paranji   sirlaridan   bir
lavha»,   «Istibdod   qurbonlari»,   «Loshmon   fojiasi»,   «Farg‘ona   fojiasi»,
Qodiriyning   «Uloqda»,   «Tinch   ish»,   «Kalvak   Maxzumning   xotira   daftaridan»,
«Toshpo‘lat   tajang   nima   deydi»,   ,,O‘tkan   kunlar»,   «Mehrobdan   chayon»,
CHo‘lponning   «Buzilgan   o‘lkaga»,   «Xalq»,   «Ko‘ngil»,   «Binafsha»,   «Go‘zal
Farg‘ona»,   «Go‘zal»,   «Vahm»,   «Istash»,   «Galdir»,   «Bahorni   sog‘indim»,
«Sirlardan», «YOrqinoy», «Kecha va kunduz» singari va boshqa yuzlab asarlar
jadid adabiyotining etuk namunalaridandir.
Jadid   adiblarining   asarlarida   insoniy   taqdirlar,   qismat   fojialari   millat
ozodligi,   inson   erki,   Vatan   buyukligi   muammolari   fonida   aks   ettirildi.   Jadid
adabiyotida tarixiy adolat, siyosiy tenglik, shaxs va millat erki, xalqni g‘aflatdan
uyg‘otish singari o‘tkir ijtimoiy muammolar juda ko‘p tasvirlandi. Jadidlarning
vatan,   millat,   ozodlik   yo‘lida   jon   fido   etishga   chorlab   bitilgan   olovli   asarlari
samimiy,   ammo   yuksak   darajada   ijtimoiylashgan   shaxslarning   nidolari   edi.
Bunday   asarlarda   millatning   ulkan   dardi   ma’rifatli   insonning   shaxsiy   fojiasi
bilan   birgalikda   ifoda   etilardi.   Tuyg‘ular   samimiyati,   iztirob   ko‘lamining
kengligi   ruhiy   dardlar   teranligini   oshirib,   umumning   dardi   alohida   shaxsning
g‘ami, iztirobi darajasiga ko‘tarilardi. Odatda, ko‘pchilikning iztiroblari alohida
shaxslarning   dardlaridan   baland   turadi   deb   hisoblaniladi.   Holbuki,   dard
xususiylashsagina umuminsoniy miqyos kasb etadi.
Jadidchilik  harakati XIX asr  oxiri XX  asr  boshlarida   Turkistondaxukm
surgan   favqulotda   qoloq   iqtisodiy,   ijtimoiy   va   madaniy   sharoitda   yashayotgan
xalqlarni   ma’rifatli   qilish   jamiyat   xayotida   ijtimoiy   va   madaniy   islohotlar
o‘tkazish,   pirovarida,   milliy   mustaqillik   g‘oyalarini   hayotga   tatbiq   etish
maqsadini   o‘z   oldiga   qo‘ygan   harakat   si fatida   tarixiy   vaziyat   taqozosi   bilan vujudga   keldi.   Bu   xarakat o‘zining   shakllanish   yo‘lini   bosib   o‘tar   ekan,   asr
boshlaridan   1917   yil   fevral   inqilobiga   qadar   bo‘lgan   dastlabki   bosqichlarida
milliy ozodlik harakati sifatida uzil-kesil rasmiylashdi.
Jadidlar orasidan etuk olimlar, sanoat va ziroatchilik sohalarini zamonaviy
bilimdon   mutaxassislari,   madaniyat   arboblari   etishib   chiqib,   yurtni   obod   va
Vatanni mustaqil ko‘rishni  orzu kildilar va shu yo‘lda fidoiylarcha kurashdilar.
Jadidlarning   Turkiston   mustaqilligi   uchun   kurashida   asosan   qo‘yidagi
yo‘nalishlar   ustuvor   edi:   yangi   usul   maktablari   tarmog‘ini   kengaytirish;
qobiliyatli   yoshlarni   chet   elga   o‘qishga   yuborish;   turli   ma’rifiy   jamiyatlar   va
teatr gruppalari tuzish; gazeta va jurnallar chop qilish; xalqning ijtimoiy-siyosiy
ongini   yuksaltirish   bilan   Turkistonda   milliy   demokratik   davlat   qurish   ishlarini
amalga oshirish edi.
Turkistonda   XVIII   asr   oxirida   boshlangan   jadidchilik   harakati   uzoq
paytdan buyon davom etib kelayotgan madaniy masalalar borasidagi tortishuvlar
va   muzokalaralarining   yangi   shaklda   namoyon   bo‘lishi   edi.   Jadidchilik
harakati,yangi   usulda   ta’lim   va   tarbiyani   tevarakdagi   Ovrupo   sivilizatsiyasiga
moslashtirish   emas,balki   Ovrupo   sivilizatsiyasini   o‘rganib,uni   milliy
madaniyatga   xizmat   ettirishning   bir   ifodasi   edi.     Ziyo   Ko‘kalpga
ko‘ra,“zamonaviylashmoq”degani   ovrupoliklar   kabi   zirhlilar   ,/broneviklar/,
avtomobillar,uchoqlar   ishlab   chiqarib,ularni   ishlata   bilmoq
deganidir:zamonaviylashmoq suratda,ko‘rinishda ovropoliklarga o‘xshash kerak
degani   emas”.   (Ziyo   Ko‘kalp-   Turkiya   madaniyat   arbobi,   shoir,   olim,
faylasuf,“Turklashmoq,islomlashmoq”,   Istambul-   1974,12   bet.)   Turkistondagi
jadidchilik jarayoni ham Ziyo Ko‘kalp ifodalaridagi mazmunga ega edi.
XVIII   asr   oxirida   boshlangan   va   XXasr   boshida   Turkistonning   har
tarafiga   yoyilgan   madaniyatga   oid   kurashlar,aslida   XVIII   asr   oxiridan   beri
davom   etib   kelayotgan   ta’lim-tarbiya   asoslari   sohasidagi   tortishuvlarning   endi
yangi davr fikrlari,shart-sharoitlari bilan boyiyotganini ko‘rsatar edi.Turkistonda
yangilanish   uchun   kurash   jarayoni   ta’lim-tarbiyani   yangi   usulda   tashkil   etish
orzularidan   boshlangan   edi.   Turkistondagi,   xususan   Buxoro   shahridagi “madrasalarda ilm o‘rgatish qanday asoslarga olib borilishi kerak”,degan masala
olimlar   orasida   200   yildan   ortiq   davr   mobaynida   muhokama   va   tortishuvlarga
sabab bo‘ldi.
Jadidlar   rivojlangan   jamiyat   yaratishdek   uz   g‘oyalarini   amalga   oshirishda
mutaassiblik, loqaydlik, qoloqlikka qarshi kurashga alohida ahamiyat berganlar.
Bu   vazifalarni   amalga   oshirishda   ular   taraqqiyparvar,   bilimni   yoshlarga
tayanganlar.   Ular   o‘z   ishlarida   Evropa   davlatlari   taraqqiyotga   qanday   yo‘llar
bilan   etib   kelganligini   aks   ettirib,   tarixiy   misollar   keltirganlar.   Jadidlar   til
o‘rganish   va   fan-texnika   taraqqiyotining   ahamiyatiga   alohida   e’tibor   berib,
Turkistonning o‘tmishdagi hamda zamonaviy xolatining o‘ziga xos tomonlarini
hisobga   olgan   holda,   uning   kelajagini   qo‘yidagicha   tasavvur   qilganlar:   kuchli
dunyoviy   xokimiyat,   xususiy   mulkning   daxlsizligi.   Ular   qurmoqchi   bo‘lgan
davlat islomga hurmatini saqlagan holda barcha yo‘nalishdagi madaniyatlarning
erkin   rivojlanishiga   xayrixox   bo‘lishi   lozim   edi.   Jadidlar   xalqning   madaniyat
darajasini   xalqaro   saviyaga   ko‘tarishni   orzu   qilganlar,   buning   uchun   esa
yoshlarni   Evropaning   eng   yaxshi   o‘quv   maskanlarida   o‘qitish   zarur,   deb
xisoblaganlar. Ular davlat kelajagi yoshlar qo‘lidaligini juda yaxshi anglaganlar.
Jadid   adabiyoti   to‘lig‘icha   millatni   uyg‘otishga   qaratilgan   edi.   Bu
adabiyotning qahramoni avvalgi davrdagiday yuqori tabaqa vakillari yoki ilohiy
qudrat   bilan   nurlantirilgan   siymolar   emas,   balki   ommaning   ichidan   chiqqan,
unga   qaytib   boradigan   va   shu   bois   xalqqa   ta’sir   ko‘rsatish   imkoniyati   kattaroq
bo‘lgan   oddiy   kishilar   edi.   Jadid   adiblari   yangi   mavzularni   yangi   janrlarda   va
yangi   obrazlar   orqali   ifodalashga   urindilar.   YAna   bir   muhim   jihat   shundaki,
jadid   yozuvchilari   shunchaki   ijodkor   emas,   balki   jamoatchi   ham   edilar.Ular
faqat   qalami   bilan   emas,   balki   ijtimoiy,   siyosiy,   ma’rifiy   amali   bilan   ham
millatni   uyg‘otishga   jahd   qilgandilar.   Agar   ma’rifatchilar   ko‘p   asrlik   milliy
adabiyotga   yangi   mavzular   olib   kirgan   bo‘lsa,   jadidlar   o‘zbek   adabiyotiga
drama, roman, hikoya singari yangi janrlarni kiritdilar.
M.   Behbudiyning   «Padarkush»,   A.   Avloniyning   «Advokatlik   osonmi»,
«Pinak»,   «Biz   va   siz»,   «Ikki   sevgi»,   Fitratning   «Munozara»,   «Hind   sayyohi», «Oila»,   «YUrt   qayg‘usi»,   «Abulfayzxon»,   «SHaytonning   tangriga   isyoni»,
«Qiyomat», Hamzaning «Uyon, Vatan!», «Yig‘la, Turkiston», «Dardiga darmon
istamas»,   «Turkiston»,   «SHundoq   qolurmu»,   «YAngi   saodat...»,   «Zaharli
hayot...»,   «Boy   ila   xizmatchi»,   «Maysaraning   ishi»,   «Paranji   sirlaridan   bir
lavha»,   «Istibdod   qurbonlari»,   «Loshmon   fojiasi»,   «Farg‘ona   fojiasi»,
Qodiriyning   «Uloqda»,   «Tinch   ish»,   «Kalvak   Maxzumning   xotira   daftaridan»,
«Toshpo‘lat   tajang   nima   deydi»,   ,,O‘tkan   kunlar»,   «Mehrobdan   chayon»,
CHo‘lponning   «Buzilgan   o‘lkaga»,   «Xalq»,   «Ko‘ngil»,   «Binafsha»,   «Go‘zal
Farg‘ona»,   «Go‘zal»,   «Vahm»,   «Istash»,   «Galdir»,   «Bahorni   sog‘indim»,
«Sirlardan», «YOrqinoy», «Kecha va kunduz» singari va boshqa yuzlab asarlar
jadid adabiyotining etuk namunalaridandir.
Jadidchilikni   xarakat   sifatida   kuzatar   ekanmiz,   bu   xarakatining   barcha
faoloiyat   qirralari   ijtimoiy-siyosiy   maqsadlarga   buysundirilganligining   guvohi
bo‘lamiz.   Bu   esa   ularning   milliy   taraqqiyotni   va   uning   omillarini   qanday
tushunganligini bilib olishimizga yo‘llanma beradi. Barcha jadidchilar jumladan,
Maxmudxuja   Bexbudiy   milliy   taraqqiyotning   asosiy   omilari   sifatida   millat
mentalitetini,   uning   tili,   milliy   uygonish   va   o‘zlikni   anglash,   millat   va   din
munosabatlari,   ijtimoiy-iqdisodiy   va   siyosiy   huquqlarga   erishish   masalalari
ekanligini yaxshi tushunganlar.  Be h budiy nazarida milliy tara qq iyotning asosini
millat   ruxi   va   uning   tetikligi   tashkil   q iladi.   Turkiston   xal q larining   dilidagi
bunday   ruxiy   tushkunlikning   sababi   X VI -XIX   asrlar   davomidagi   milliy
boshboshdoklik va 1865-1917 yillardagi chorizmning mustamlakachilik siyosati
edi. Bunday smuta davrlari xal q imiz ruxiyatini yaralab, uning   o‘rniga q ur q uvva
xadik tuy g‘ usini joylagan edi. 
Jadidlar   ijt i moiy-si yo siy   q arashlari.   tizimida   asosiy   o‘ rinni
mustamlakachilarning   shovinistik   siyosatiga   q arshi   kurashlarida   namayon
b o‘ ladi.   Dar h a q i q at,   chor   xukumati   rus   b o‘ lmagan   bosh q a   millatlarni   millat
xisoblamasdi.   Buni   biz   N.I.Ilminskiy   singari   amaldorlarning   turkiy   xal q lar   va
ularning   “Tarjumon”   gazetalariga   b o‘ lgan   munosabtidan   h am   bilib   olsak
b o‘ ladi. Uning Oberprorkuror K.P. Pobedonossevga  yo zgan shikoyatlarida guyo Rusiyada   h ech   q anday   turk-tartar   xal q i   y o‘q ,   balki   unda   bunda   tup-t u p   b o‘ lib
yashaydigan   kabilalar   uchrab   q oladi,   deb   ayuxannos   soladi.   “Tarjumson”
gazetasini   esa,   musulmon   g‘ oyalarini   Evropa   maorifi   bilan   bezamo q chi,
Rossiyada   bir   xil   tilli   turli   kabilalarni   bir   millatga   birlashtirmo q chi,barcha
musulmonlar   uchun   turkiy   til   asosida   yagona   t il   yasamo q chi,   deb   shikoyat
q iladi. 33
Agar milliy o‘zlikni anglash tamoyiliga chuqur falsafiy mushoxada nuqtai -
nazaridan   yondashadigan   bo‘lsak,   milliy   o‘zlikni   anglash   har   bir   millat
(elat)ning   o‘z-o‘zini   real   sub’ekt,   muayyan   moddiy   va   ma’naviy   boyliklarning
egasi,   yagona   til,   urf-odatlar,   an’analar,   qadriyatlar   va   davlatga   mansubligini,
manfaatlar  h amda ehtiyojlar umumiyligini tushunib etishidir. 34
Lekin   jadidlarning   milliy   o‘zlikni   anglash   borasidagi   xizmatlari   shundan
iborat   ediki,   ular   bir   tomondan   rus   shovinistlarining   qarashlariga   zarba   bergan
bo‘lsa,   ikkinchi   tomondan   o‘z   millatdoshlarini   va   umuman   Turkiston   xalqini
xushyorlikka   chorlaydi.   Aynan   xushyorlik   bayrog‘i   ostida   milliy   siyosat
tamoyillarini   ishlab   chiqishga   chorlaydi.   S h u   o‘rinda   jadidlarning   millat   va
millatparvarlikka   bo‘lgan   munosabatlarini   oydinroq   tahlil   qilish   zarur   deb
hisoblaymiz.   C h unonchi,   shu   vaqtga   qadar   jadidlarning   millat   va   milliy
munosabatlar   borasidagi   qarashlariga   bir   yoqlama   yondashish   mavjud   bo‘lgan.
S h u   o‘rinda   I.Baldaufning   jadidlar   yo‘lboshchisi   Maxmudxo‘ja   Bexbudiyning
millat   tushunchasiga   bo‘lgan   munosabatiga  bergan  xulosasini  keltirmoqchimiz.
I.Baldauf   shunday   yozadi:"bexbudiy   eskicha   millat   tushunchasi   tarafdoridir.
Uning   fikricha,   millat   diniy   va   makoniy   nuqtai   nazardan   tariflanishi   kerak.
Ammo u kavm yoki millat deb atagan tushunchalarni til va etnik tomondan xam
ta’riflagani   sababli   adibning   asarlarida   ba’zan   “musulmon   tili”,   ya’ni   O‘rta
Osiyoda   turkiy   yoki   forsiyda   so‘zlashuvchi   aholi   tili   hamda   “arab   dini”,   ya’ni
Falastinda yashovchi arablarning islom dini degan iboralar ham uchrab turadi”.
35
Maxmudxuja Bexbudiy milliy va diniy masalalarni bir xil talqin qilgan degan
33
 Исмоилбек Гаспрали, 33-бет.Яна қаранг: М.Хасаний. Юрт буйнидаги килич ва истило., 85-бет.
34
  Фалсафаю   Комусий   лўғат.   Ўзбекистон   Файласуфлари   миллий   жамияти   нашриёти.   “Шарқ”.-Т.:
2004.271-бет.
35
Балдауф И. XX аср ўзбек адабиётига чизгилар, 32-33- бетлар). Baldaufning   fikrining   noto‘g‘ri   ekanligi   uning   “Sayohatnomasini”   diqqat   bilan
o‘qigan kishi uning sayohat uchun yozilgan musulmoncha ya’ni turkiy yozuvda
yo‘q ekanligidan ranjib shunday yozadi: “Qo‘llarinda bo‘lsa, xar nav’ ovrupoyi
tillarda   yozulgon   “Raxnamo”kitoblari   bordurki,   xar   nimarsani   tarixi   ila
biladurlar.
Kuddusi   sharifdan   musulmoniy   xatda   bir   “Raxnamo”   axtardim   ,   yo‘q.
Fransaviy,   nemis,   inglis,   rumcha,   ruscha,   armancha,   xatto   ,   bul g‘ orchasi   bor.
Yalguz   musulmonchasi   y o‘q -   Ana,   biz   musulmonlarning   lo q aydligi”.   S h u
o‘ rinda   yana   Maxmudxuja   Bexbudiy   arab   tilida   bitilgan   tarixiy   kitoblarni   xam
vara q lab   axtaradi.   ”Mano   sak-al   Kuddusash-sharif”   isminda   arabiy   bir   risola
topdimki, anda tarixiy jixatdan bir nimarsa y o‘q  va xa q  nimarsalar  q atorinda bir
xeyle xurofotlarni  q ushub bosturubdur.” deb kuyunib yozadi. 36
 Bundan ko‘rinib turibdiki, Bexbudiy musulmonlik deganda diniy jixatni   va
S h arq deganda makoniy jixatni nazarda tutgan va shu jixatdan musulmoncha va
arabiyni bir-biridan farqlagan.
Bexbudiyning millat sha’ni uchun kurashganligini va unga nisbatan jiddiy
ilmiy   asosda   yondoshganligini   mustamlakachilar   tomonidan   maxalliy   turkiy
xalqlarga qo‘llagan “sart”   so‘zining noo‘rin ishlatilganligi asoslab berganligidan
ham bilib olsak bo‘ladi. Bu hakda Bexbudiy o‘zining “Oyna”jurnalida 1914 yil
22,23.24-  sonlarida bosilgan “Sart” so‘zi  majxuldir va shu jurnalning 1914 yil,
39-sonida e’lon qilingan “Sart” so‘zi  ma’lum bo‘lmadi” maqolalari orqali bilib
olishimiz   mumkin.   Bexbudiy   kolipga   to‘g‘ri   kelmaydigan   ulkamiz   xalqlari
uchun xaqorat hisoblangan “sart” so‘zi o‘rniga “Turkiston tojiklari”, “Turkiston
o‘zbeklari”,   “Turkiston   arablari”,   “Turkiston   yaxudiylari”,   ”Turkiston
turkmanlari”   kabi   tushinchalarni   qo‘llagan.   Bundan   tashqari   Turkistonda
yashayotgan   xalqlarning   hammasining   ildizi   bir   ekanligini   va   ular   shuning
uchun   ham   axil   yashashlari   kerakligini   o‘ktiradi.   Buni   biz   Bexbudiyning
“Xurriyat”   gazetasida   1917   yil   ,   30   avgustda   e’lon   qilgan   “Qozoq
qarindoshlarimga   ochiq   xat”   maqolasidan   ham   bilib   olsak   bo‘ladi.   Xatda
36
Саё ҳ ат хотиралари./Танланган асарлар. 111-бет. shunday   satrlarni   o‘qiymiz:   “Hammangizga   ma’lumdirki,   Turkiston   demak-
turkiy   el   bo‘lib,   mundagi   xalqning   qozog‘i,   qirgizi,   o‘zbegi,   turkmani,   tatari,
xammasi aslan... jaxongir Temurning avlodi yoki og‘a-inisidurlar”. 37
 Bu erda Behbudiy millatlar va xalqlar tarixini va etnonimi chuqur biluvchi
etnograf  sifatida namayon bo‘ladi. Bu erda aslida Behbudiy boshqa bir  siyosiy
masalani nazarda tutadi Y a ’ni kelib chiqishi bir bo‘lgan ulka xalqlari mustaqillik
va erk uchun kurashda xamjixat bo‘lib xarakat qilishlariga da’vatdir. Qolaversa
har   bir   xalqning   o‘z   taqdirini   o‘zi   belgilashi   ham   umumturkiston   xalqlarining
birgalikdagi xarakati natijasida amalga osha oladi.
Bexbudiyning   bu   muloxazalidan   kelib   chiqib,   uning   nafaqat   adabiyotchi,
publitsist   sifatida   balki,   aniq   metodologiyaga   ega   bo‘lgan   nazariy   tadqiqotchi
sifatida   xam   anglab   olish   murakkab   emas.   Bu   o‘rinda   biz   tarixchi   olimalar
D.Olimov   va   D.Rashidovalarning   “Bexbudiyning   maqolasi,   bizlarga   uning
nafaqat   publitsist,   adabiyotchi,   ma’rifatparvar,   balki   yana   ajoyib   nazariy   va
amaliy   xulosalar   yasovchi,   ilmiy   usullarni   qo‘llab   izlanishlar   olib   boruvchi
tadqiqotchi   olim   sifatida   namoyon   qiladi”,   deb   yozganlarida   mutlaqo   xaqli
edilar. 
C h uqur   fikr-   muloxazalardan   kelib   chiqqan   holda   Maxmudxuja   Bexbudiy
turkiston turkiy tilni rasmiy davlat ya’ni idora tili sifatida amal  kilish kerakligi
masalasini ko‘tarib chiqadi va shu masalada hali 1908 yildayok rus xukumatiga
murojaat kiladi. “Turkistonning musulmon aholisi, deydi Bexbudiy,- asosan turk
tilida so‘zlashadi. Janubiy tumanlarda esa yuz mingga yakin forsiguy aholi bor.
SHunga qaramay ular turk tilini yaxshi  biladilar. Turkistonlilar o‘rtasida tashqi
ko‘rinishi, dini va tilida  farq  yo‘q ...” 38
Behbudiyning bu qarashlari sovet davri adabiyotlarida jadidlarga tunkagan
tuhmatlar ya’ni ularni “umumturk tili nazariyasini yoqlovchilar”, “chigatoyizm”
tendensiyasini ilgari suruvchilar va turkiy tilda mavjud ayrim arab, fors, rus, tili
37
 Бехбудий М. Қозоқ қариндошларимга хат.// “Ҳуррият”, 1917 йил, 30 август.
38
Туркистон идораси . // Шуро , 1908, 23- сон, 790-бет. Худди шу давлат тили масаласини Бехбудий ун
йилдан   кейин   яна   кўтариб,   1918   йилда   Туркистон   АССР   рахбарияти   олдига   ҳам   қўяди.   (Қаранг:
Бехбудий М. Ғалла, аскарлик, ер ва тазминоти харбия. //  “Мехнаткашлар товуши”  газетасининг 1918
йил 2 август сонидан Х.Саидов табдили. -Маърифат либосидаги озодлик, 156-бет. so‘zlariga   qattiq   qarshilik   qiluvchi   “dialektlar   avtanomiyasi”   masalarini
tarqatuvchilar , deb ayb Qo‘yilishini asosli inkor kiluvchi qarashlardir.
Lekin   shunga   qaramay   venger   olimi   H.Vamberining   ...   umumiy   turkiy   til
nazariyasini   ko‘tarib   chiqish   bilan   xalqning   etnik   chegaralarini   hisobga   olmay,
umumturk   xalqi   yaratishni   kuzda   tutadi”,   degan   gayritabiiy   fikri
mustamlakachilarni   jiddiy   ogohlantirish,   deb   tushunildi   va   bunday   qarashlarni
asos qilib olib turkiy til negizida yaqinlashish va birlashish mumkinligi xavfini
bartaraf qilish uchun foydalandilar.
S h uning   uchun   ham   chor   hukumati   Be h budiyning   turkiy   tilning
shaxobchalari   bo‘lgan   o‘zbek,   tatar,   ozorbayjon,   qozoq   va   turkman   tillarida
so‘zlashuvchi   xalqlarning   “umumturk   tili”   atrofida   birlartirish   g‘oyasiga   to‘liq
siyosiy   tus   berib   “panturkizmda”   aybladi.   Bexbudiy   esa   mustamlakachilarning
shunday   yo‘l   tutishlarini   oldindan   bilgan   va   maqsad   turkiy   til   shu’balarini
birlashtirishdan   maqsad   ularning   mavjud   ma’naviy   merosini   o‘rganishdan   va
ularning   laxjalarida   mavjud   bo‘lgan   kitoblardan   foydalanish   edi.   Bu
Bexbudiyning   o‘zi   shunday   yozadi.   Modomiki,   bizga   ilmu   fan   kerak   va
modomiki,   turk   tilining   ba’zi   shu’ba   va   laxjadalariga   zamonaviy,   faniy,   diniy,
tarixiy   xar   nav’   kitoblar   bordur,   ani   o‘qib   faxmlamoqga   g‘ayrat   etishimiz
lozimdur”. 39
S h u o‘rinda shuni  ta’kidlash  joyizki,  Bexbudiy turkiy tilni  dunyo ilm-fani
yutuqlarini o‘zida mujassalashtira oladigan va boshqa rivojlangan tillar bilan bir
qatorda tura olish huquqiga ega bo‘lgan til sifatida talqin qiladi.
Fitrat oila munosabatlarini tahlil qilar ekan, uning nazarida oila uch muxim
kompanetdan   ya’ni,   er,   xotin   va   farzanddan   iborat.   Ana   shu   komponentlar
asosida Fitrat er-xotin-farzandlarning huquq va burchlari, ularning munosabatlar
tizimini   ilmiy   asosda   tahlil   qilgan.   SHu   o‘ rinda   u   uz   asarida   “xotinlaringiz
sizlarning ekinzor erlaringiz b o‘ ladi. Ziroat erlari uru g‘  sepganda samara beradi.
Xotin   ham   ekinzordir   va   xosila   -farzand.   Bas,   o‘ z   xotinlaring   bilan   farzand
niyatida   alo q a   q iling   va   kelajakda   o‘zla ringiz   uchun   farzand   tarbiyalang.
39
 Бехбудий тил масаласи. / танланган асарлар. 169-170-бетлар. Xudodan   qo‘ r q ing,   uning   nazariga   ilinmangiz.   Bas,   t o‘g‘ ulish   uchun   visol
bergan   qo‘ vvatni   q oldirmang   va   zoe   kilt ir mang.   Ey   Muxammad,   saodat
mujdasina iymonlilarga bergin!” . 40
Shuni   h am   ta’kidlash   kerakki,   Fitrat   oila   va   niko h   masalasiga   va
ayollarning   ijtimoiy   roli   masalasida   usha   davr   ruxidan   kelib   chi qq an   h olda
yondashadi.   U   masalaga   Q uron   xarflari   va   moxiyatidan   kelib   chi q ib
yondashgan. Shariatga k o‘ ra esa, erkak ayolga nisbatan birlamchi a ha miyat kasb
etadi.   Demak,   feodal   tuzumi   sharoitida   ayolning   erkak   bilan   teng   h u q u q li
b o‘ lishi   mumkin   emas   edi.   Lekin   buni   Fitrat   ayollarni   kamsitish   ma’nosida
gapirgan degan fikrdan yiro q da b o‘ lishi kerak.
Fitratning oila va farzandlar masalasidagi fikrlari nixoyatda muxim. Chunki
u bu masalaga erkak yoki ayolning xususiy masalasi deb,  q arash mumkin emas,
deydi.   Chunki   farzand   nafa q at   ota-ona   xayotining   va   avlodining   davomchisi,
balki   u   millatning   h am   i q tidori,   obruyi   va   e’tiborini   belgilaydigan   zanjiri
xisoblanadi.   Millat   esa,   vatan,   mamlakatning   q albidir.   Mi l lat   son   jixatidan
q anchalik k o‘ p b o‘ lsa, u yashayotgan v a tanning kuch- q uvvati shunchalik kuchli
buladi.   Fitrat   nazarida   oila   masalasi   millat-mamlakat-kishilik   jamiyati   degan
uchlikni ta’minlab turuvchi muxim bir xal q adir.
Fitrat oila ma’naviy va   h u q u q iy asoslari doirasida   h al etilsagina adolatdan
buladi.   bu   o‘ rinda   Fitrat   oilaning   mustaxkamlash   va   buzilish   sabablarini   xam
shu  asosda   tal q in   q iladi.   U ning nazarida  oilaning musta h kam  b o‘ lishi   q uyidagi
omillarga bo g‘ li q :
1.   Iffat   va   muminlik.   Qur’oni   Karim   erkak   va   ayollarga   diyonatli   va
nomusli   b o‘ lishni   buyuradi:   “ Ey   Muxammad!   A h li   islom   erkaklariga   aytgin:
oshkor   va   yashirin   k o‘ zlarini   xaromdan   yopsinlar   va   nafslarini   xaromdan
tiysinlar...   Ayollarga   xam   aytgin:   k o‘ zlarini   va   o‘ z   nafslarini   xaromdan
sa q lasinlar”.
2. G‘ ayrat.   Modomiki,   iffat   va   nomusning   ximoyasi   erkak   va   xotinlar
buynida   farz   ekan,   bas,   ulardan   h ar   q aysilari   ikkinchi   tomonni   xaromdan
40
Фитрат Абдурауф. Оила ёки оила бошқариш тартиблари. -Т., “Маънавият”, 2000.-Б. 11. q aytarish  h u q u q lari bordir.  Ularning ana shu ishlarini “ g‘ ayrat” deydilar.
3.  Visol. Er-xotinlikning birinchi ma q sadi farzand, bu ma q sadga erishning
vositasi va sababi visoldir.
4. Murosai   madora.   Er-xotin   uzo q   yillar   birga   b o‘ lib,   shodlik   va   g‘ amni
birga ba h am k o‘ radilar. Ammo, shunday  h am b o‘ ladiki, bir  t omon xato  h arakati
yo   q upol   muomalasi   bilan   oila   imoratini   shikastlantirib   quyadi.   11   Tunda.
ikkinchi  tomon undan uch olmay, murosai  madora yulini  tanlasa shikastlangan
imorat  q ulab tushmaydi.
Ana   shunday   chora   va   tadbirlar   ijobiy   natija   bilan   tugamasa,   islom   dini
erga xotinni talo q   q ilish  h u q u q ini beradi.
Fitrat  o‘ zining oila xa q idagi  q arashlarida oilani keyinchalik mustaxkamlash
uchun xayotiy  q onun ishlab chi q ish kerakligi ha q ida ham fikr yuritadi va bunday
yozadi:   “Oila   er,   xotin   va   farzandlardan   iborat.   Bosh q acha   q ilib   aytganda   oila
bir   shax s   boshchiligida   bir   uyda   yashovchilardir.   Shu   ta’riflardan   ma’lum
b o‘ ladiki,   oila   h am   bir   necha   odamlardan   iborat   b o‘ ladigan   jamoa   ekan.
Ularning   h ar biri insonga xos narsaga, ya’ni   o‘ z manfaatlariga asir b o‘ ladi. Biri
ikkinchisining   h u q u q ini   tasarruf   q ilib   bosib   olishi   mumkin.   Ana   shu   tajovuz
oldini olish uchun oila a’zolari  o‘ rtasida  h am bir  q onun xam lozim”.
Fitrat tarbiyaning roli   h aqida gapirar ekan, shunday ta’kidlaydi. “Xal q ning
xarakat   q ilishi, davlatmand b o‘ lishi, baxtli b o‘ lib izzat- h urmat topishi, jaxongir
b o‘ lishi,   zaif   b o‘ lib   xorlikka   tushishi,   faqirlik   jomasini   kiyib,   baxtsizlik   yukini
t o rtib e’tibordan  q olishi,  o‘ zgalarga tobe,  q ul va asir b o‘ lishi bolalikdan  o‘z  ota-
onalaridan olgan tarbiyalariga bo g‘ li q .
Fitratning   yoshlar   tarbiyasi   xa q idagi   xulosasi   shunday:   “Bu   dunyo   kurash
maydonidir. Bu maydonning  q uroli so g‘ lom jismu tan, a q l va axlo q dir”.
Fitrat   nazarida   har   q anday   tarbiyaning   asosi   axlo q dir.   Shar q   dunyosi
farzandlarining   axlo q i   dunyoga   o‘ rnak   b o‘ larlikdir.   Shuning   uchun   h am
tarbiyaning shu asosini  doimiy musta h kamlash va ajdodlar  merosi bilan boytib
borish   zarur.  Fitrat   shunday   yozadi:   “...   Agar   soadat,   izzat,   osoyishtalik,   roxat,
sharaf, nomus va e’tibor kerak b o‘ lsa tezro q  avlod tarbiyasi usullarini bilib olib, bolalarimizni   shu   usul   va   q oidalar ga   r ioya   etishimiz   lozim”.   Bu   esa   o‘z
navbatida   kurashning   yangi   yo‘lini   vujudga   kelishiga   olib   kelib   xalqimizning
istiqlol   yo‘lidagi   sobit   qadami   jadidchilik   xarakatini   vujudga   keltirdi.   Zero,
jadidchilik xarakati XIX asr oxirida turk- islom huquqiy munosabatlarini, milliy
ma’rifiy,   taraqqiyot   va   milliy   istiqlol   muammolarini   o‘z   ichiga   olgan   yangi
siyosiy   oqim   edi.   Demak,   jadidchilik   XIX   asr   oxiri   -   XX   asr   boshlarida
Turkistonda   hukm   surgan   favqulotda   qoloq;   iqtisodiy,   ijtimoiy   va   madaniy
sharoitda  yashayotgan  xalqlarni  ma’rifatlashtirish,  jamiyat  xayotida  ijtimoiy va
madaniy isloxotlar o‘tkazish, pirovardida, milliy mustaqillik g‘oyalarini hayotga
tadbiq   etish   maqsadini   o‘z   oldiga   qo‘ygan   xarakat   sifatida,   tarixiy   vaziyat
takozosi bilan vujudga keldi. 
Jadidchilikning fenomeni shundaki, keyingi uch asr ichida bu okim  birinchi
bo‘lib   milliy   davlatchilik   qurishga   o‘rindi,   yagona   mustaqil   Turkiston   uchun
kurashdi   va   u   milliy   mustaqillik   g‘oyasiga   asos   soldi,   uyqudagi   SHarqni
uyg‘onishga va harakatlanishga, ozodlik, milliy g‘urur, o‘z buyuk ajdodlari, boy
madaniyati va umuman, mustamlaka tuzumning tazyiqi ostida unutilgan barcha
qadriyatlarini   xotirlashga   undadi.   Jadidlar   ta’limoti   o‘z   zamonasining   xaqiqiy
ta’limoti   edi.   C h unki   u   nafaqat   taraqqiyparvar   shaxslar,   balki   fikrlovchi
yoshlarni,   shuningdek,   barcha   taraqqiyparvar   ziyolilarni   o‘z   ketidan   ergashtira
oldi.   Ularning   faoliyati   va   dasturi   kelajak   uchun   namuna   buldi.   Jadidlar
tomonidan   jamiyatda   pishib   etilgan   ijtimoiy   vazifalarni   tadrijiy-isloxotchilik
tamoyillari   asosida   hal   etish   ishlab   chiqilganligi,   ularning   formatsion-
institutsional   o‘zgartirishlarni,   mustamlaka   tuzumni   tubdan   yo‘qotishning
maksimal   darajada   samarali   yo‘llarini   tanlay   bilganliklari,   shubxasiz,   ularning
tarixiy   xizmatlaridir.   Jadidlarning   konseptual   g‘oyalari   hozirgi   o‘zgarishlar
amaliyotining   ma’naviy   darakchisi,   bugungi   kundagi   strategiya   va   keng
qamrovli islohotlar kursining genetika sosi bo‘lib xizmat qildi. Tarixdan   yaxshi
ma’lumki,   deb   yozadi   Bexbudiy,   “Haq   olinur,   berilmaydur.   Har   millat   va
mamlakat   xalqi   o‘zining   huquqi,   dini   va   siyosatini   harakat   va   ittifoq   ila
boshqalardan   oladi...   Biz   musulmonlar,   xususan,   Turkiston   musulmonlari, istaymizki, xech bir kishi bizning din va millatimizga zulm tahdid qilmasun va
bizni xam boshkalarga taxdid qilmoqqa aslo fikr va niyatimiz yo‘q.  
Aburauf   Fitratning   Turkiyaga   borguniga   qadar   yozgan   she’rlari   asosan
lirik  janrda  bo‘lgan   bo‘lsa,   Turkiyada  yozgan  asarlari  oldingilaridan  kesin   farq
qilib,   ko‘proq   ijtimoiy-siyosiy   mazmun   kasb   eta   boshladi   va   uzoq   yillar
jadidchilik   xarakatiga   dasturul   amal   bo‘lib   xizmat   kildi.   Bu   o‘rinda   ayniqsa,
“Munozara” asarini keltirish o‘rinlidir.
Fitrat   birinchi   navbatda   insonning   dunyoga   kelishdan   maqsadi   ilm   olish
huquqi   ekanligini   va   shu   huquqdan   unumli   foydalanish   zarurligini   ta’kidlaydi.
Uning bu huquqi Payg‘ambar xikmatlari va Qur’on suralariga uygun bo‘lishiga
qaramay,   jamiyatdagi   fikri   qotib   qolgan   kimsalarning   qarshiligiga   uchrab,
oyokosti qilinishi unda kuchli e’tiroz uyg‘otadi. Asardagi ana shu rux, norozilik
kayfiyatini   ifodalaydi   va   ulomolarga   qarshi   isyon   ko‘tarishga   chaqirish
darajasigacha borib etadi.
Asarning   yana   bir   jixati   ruslarning   Turkistonning   bosib   olishga   bo‘lgan
munosabatni   aniq   ifodalanishidir.   Bu   haqda   asarda   shunday   yoziladi:   Farangi:
Buxoroning   o‘zini   uruslar   egallaganlarmi   yo   yukmi?   Agar   egallamagan
bo‘lsalar,   har   kuni   imperator   tomonidan   amriga   yo   konsuldan   kushbegiga
keladigan   yangi   bir   taklifning   boisi   nima?   S h oyad   bu   xukmlar   dustonadir,   deb
aytsangiz,   men   ham   kamolu   odat   bilan   sizga   deymanki,   nega   buni   muqobili
sifatida amirdan ham urus davlatiga biror taklif bo‘lmayapti?”.
Farangi   bu   so‘zlarni   davom   ettirar   ekan,   yana   bunday   tarix   faktlarini
yuzaga   chiqarar:   “Farangi:...   Janobi   mudariss!   Buxoro   ilgarilari   tugal   mustaqil
va   ikki   milyun   nufuzi   bo‘lgan   bir   davlat   edi.   Muzaffarning   mag‘lubiyatidan
keyin  xonlik   tantanasi   amirlikka,   istiqlol   dabdabasi   vassallikka   o‘zgardi,   raiyat
nufuzi   uch   barovar,   y er   maydoni   esa   un   barvar   tushib   ketdi.   Agar   yana   bir   oz
muddat   eski   g‘aflatingizni   davom   ettirsangiz,   din   va   millatingizning   g‘amini
y emasangiz,   sharaf   va   nomusingizning   muxofazasini   uylamasangiz,   mexribon
ona-Vatanigizning huquqini unutsangiz, jaxongir Temur bobongizning sha’ni va
izzatiga   xiyonat   qilsangiz,   bu   mujassamani   vaximalar   doirasidan   xam   chiqarib tashlab, nom nishonsiz, sharafsiz, izzatsiz, roxat uyida azalabad uxlayajaksiz”.
Aslini olganda “Munozara” asarini Fitrat yuragida saqlab kelgan va doimo
jushib   turgan   ana   shu   bashoratli   so‘zlarni   aytish   uchun   yozilgan   bo‘lsa   ajab
emas.
“Farangi:...Ilm,   mulk-mamlakat   obodligining   sababchisidir.   Ilm   millat
tara qq iysining   boisisdir.   Ilmdirki,   Amri q o   vaxshiylarining   q aynashini   ushbu
darajadagi   takomil   va  buyuklik   martabasiga   etkazgan.   Ilmdirki,  Eron   zaminida
ziyolilarni y o‘q   q ilmoqchi b o‘ lgan ikki otni tanazzul va zillat choxiga   q ulatgan.
Ilmdirki, bir si q im ingliz oroli egalarini Xind, Misr, Belujiston va Arabistonning
bir   qismiga  farmon ravo  qilgan,   urusning   ziyoli  bulmagan  axlini  Tatar,   Q irgiz,
Turkiston, Kafkaz musulmonlariga molik kilib  q uygan...”. 41
Jadid   maktabi,   Fitrat   nazdida,   ilmning   beshigidir.   Bu   beshikdan   keyin
alabba, maxsus   o‘ rta va oliy   o‘quv   yurtlarining b o‘ lishi  va yoshlar  ta h silni  shu
tarzda, zanjirsimon davom ettirishlari zarur.
Fitrat  tal q inidagi usuli  jadida maktabining eski  maktabdan far q i shundaki,
“bolaniolti   yoshli g idan   makta bg a   yuboradilar,   u   un   t o‘qq iz   yoshida   olim,
mutaddayin,   vatanparvar,   dind o‘ st,   millatparast,   siddi q ,   odil,   tamom   islomiy
amrlarga   mut’i,   butun   insoniy   shartlarga   mushtamal   bir   shax s   b o‘ ladi.   Demak,
maktabi  q adim va madrasalarga ususli kadim bilan birga  o‘ ttiz yil, ta hs ili jadida
muddati esa un uch yildir”. 
Taxsilning  jadidlar  ishlab  chiqgan bu usuli  xotin-qizlarning ham  tulaqonli
ilm olishlariga imkon tug‘diradi; Binobarin, “Usuli jadidaga ko‘ra, osonlik bilan
ayollar ham erkaklar olim bo‘ladilar”.   (85-bet). “Ta hs ili jadida,-deydi Fitrat   o‘z
q axramoni tilidan,- q izni olti yoshligida maktabga beradilar, agar xoxlasalar, un
sakkiz,   aksariyat   un  turt  yil   o‘q itib,  tafsirxon  va  xadisxon   olima  kilib  kuyovga
beradilar”. (84- bet).
Xulosa   qilib   aytganda,   XX   asr   faqat   o‘zbek   xalqi   hayotida   emas,   balki
butun   dunyo   hayotida   alg‘ov-dalg‘ovlarga   boyligi   bilan   ajralib   turadigan   davr
bo‘ldi.   Bu   asrga   kelib,   hayot   jarayonlari   tezligi   haddan   ziyod   ortdi.   Ijtimoiy
41
( Абдурауф Фитрат : Мунозара. 62 , 83-84бет). hodisalarning   almashinish   surati   aqlga   sig‘mas   darajada   tezlashdi.   Turkiston
xalqlarining   necha   asrlar   mobaynida   davom   etib   kelayotgan   bir   maromdagi
mudroq hayoti shu asr boshida ag‘dar-to‘ntar bo‘lib ketdi. Fikrdagi yangilanish,
texnika   yutuqlarining   kirib   kelishi,   axborot   almashishning   tezlashgani
turkistonliklarning hayot tarzlarini o‘zgartirib yubordi. S h u vaqtga qadar milliy
adabiyotimiz   milliy   hayotimiz   bilan   elkama-elka   bormas   edi.   Garchi,
adabiyotimiz   hayotdan   tamomila   ajralib   qolmagan   bo‘lsa-da,   ijtimoiy
turmushning muammolari uni to‘la chulg‘ab olmasdi. XX asrga kelib, adabiyot
hayotga yaqinlashdi. Bu bilan kifoyalanib qolmay, hayotni o‘zgartirishga urina
boshladi.
3.2. Jadidlar milliy-demokratik davlatchilik g‘oyalari va hozirgi zamon
Bolsheviklar 1917 yil noyabrida Toshkent shahrida Turkiston uchun Sovet
hokimiyati   rejimini   e’lon   etganidan   so‘ng,   Turkiston   milliy   ziyolilari   va
Rusiyaga qarshi bo‘lgan barcha ish odamlari Qo‘qon shahrida to‘plandilar. 1917
yil   dekabrida   Turkiston   milliy   muxtoriyat   hukumatini   qurdilar.   Bu   muxtoriyat
Turkistonning   turkistonliklar   tomonidan   idora   qilinishiga   asoslangan   edi.
“S h o‘roi   Islom”   tashkiloti   Rusiya   bolshevizmiga   qarshi   Turkiston   milliy
davlatchilik  g‘oyalarini  jiddiyat   bilan  olib  borgan   va  birinchi  bo‘lib,“Turkiston
ulomolar jamiyati” bilan birlikda Qo‘qon shahrida Turkiston muxtoriyatini e’lon
qila   olgandi.   Sovet   tarixchilarining   fikrlariga   ko‘ra   “jadidchilar,Turkistonni
rusiyadan   ayirishni   o‘ylardilar”   (B.F.   G‘afurov.   “Istoriya   tadjikskogo   naroda”.
M.,1949.   451   bet.)   “S h o‘roi   Islom”   tashkiloti   1920   yilda   Sovet   hukumati
tomonidan   ta’qiqlandi   (ocherki   “Istorii   Komunisticheskoy   partii
Turkistana”,T.,1958.  95,96 betlar).
Rusiya   Sovet   hukumati   1917   yildan   e’tiboran   jadidchilar   ila   ish   birligi
qilmoq   taktikasini   olib   bordi.   Jadidchilar   CHor   Rusiyasidan   ozod   bo‘lganlari
uchun   mamnun   edilar.   Va   Sovet   hokimiyatining   ilk   davrida   milliy   madaniy
siyosatlarini davom ettira oldilar. Jadidchilarning “Turk eli”,“Turk so‘zi”,“Ulug‘
Turkiston”,“El   bayrog‘i”,   “Cho‘lpon”   nomli   gazetalari   1918   yilning   yoz
oylarigacha o‘z milliy g‘oyalarini bayon etib ulgurgandilar. Jadidchilar bilan ish birligi qilgan Sovet idorachilari hatto “Kommunizm Turkistonda jadidizm yo‘li
orqali maydonga chiqa oldi”,deya fikr bildirgandilar. (Qarang:B. Hayit. “Buxoro
va   Xiva   mustaqilligining   bitirilishi   tarixi   haqida   ba’zi   mulohazalar”,“Milliy
Turkiston”,1967 12 nomer,12,19 betlar) Sovet idoralari jadidchilarning yuqorida
zikr   etganimiz,gazetalarini   yopdilar.   Ular,1918   yildan   e’tiboran   o‘z   ruhlarida
o‘nta   gazeta   nashr   etdilar.   Jadidchilar   Sovet   gazetalari   yo‘li   ila   o‘z   fikrlarini
bildira boshladilar.
Buxoro   Amirligi   va   Xiva   Xonligidagi   jadidchilar:   bular   “Yosh
buxoroliklar”,   “Yosh   xivaliklar”   nomlari   bilan   tanilgandirlar,   Usmonli
imperatorligidagi   “Yosh   turklar”   harakatining   ta’siri   ostida   qolgandirlar.
Ularning   bir   guruhi   Buxoro   amirligi   va   Xiva   xonligini   yo‘q   qilib,   bularning
o‘rniga jumhurriyat  qurmoq niyatida  Sovetlar  bilan,hatto qurol  bilan ish birligi
qildilar.   Sovet   kommunizm   rejimi   ila   birlikda   ishlash   masalasida   jadidlar   ikki
guruhga bo‘linadilar. Bir guruh jadidchilar Sovetlar tomonidan Buxoro va Xiva
yarim mustaqil davlatlarining ishg‘ol etilishiga rozi bo‘lmaydilar,lekin bir qism
jadid   rahbarlari   Sovet   qizil   armiyasining   Buxoro   va   Xivaga   hujum   qilishiga
tarafdor bo‘ldilar. Sovet rusiya qo‘shini 1920 yilda bu ikki davlatni ishg‘ol etar
ekan,jadidchilarga   suyandi   va   jadidlar   ham   ularga   qurol   bo‘ldilar.   (Bolshaya
sovetskaya ensklopediya,4 jild,199 bet)
Sovet   madaniy   siyosatining   ta’siri   bilan   jadidchi   ijodkorlar   1919   yildan
e’tiboran,ikki   guruhga   bo‘linishgandi.   Miryoqub   Davlat,Mag‘jon   Jumaboy,
Abdurauf   Fitrat,   Abdulhamid   Sulaymon   Cho‘lpon   kabi   shoirlar   fikrlarini
o‘zgartirmay,Sovet   madaniyat   idoralarida  milliy  mafkura  milliy  madaniyatning
takomili   uchun   faoliyatlarini   davom   ettirdilar.   Jadidlarning   eski   ta’sirli
shoirlaridan   Sadriddin   Ayniy,   Hamza   Hakimzoda   Niyoziy,Abdulla   Avloniy   va
Saken Sayfullin kabilar,she’rlarida va boshqa faoliyatlarida kommunizm ruhini
tashimoq rolini o‘ynay boshladilar.
Sovet   Rusiyasining   Turkistondagi   idorachilari   1930   yilgacha
jadidchilarning   fikr   va   faoliyatlariga   izn   berdilar.   Faqat   1934   yildan
e’tiboran,jiddiyat   bilan,“mafkura   maydonida   kurash”   shiori   ostida   jadidizm mafkurasidan qutilish harakatiga tushdilar. Jadidlarning hayot  bo‘lgan katta bir
qismi   Sovet   davlati,kommunistik   partiyasi   va   madaniyat   muassasalarida   1937
yilgacha   ishlay   oldilar.   Sovet   rejimi   bularning   kontrol   ostida   ishlatayotgan
edi,lekin hayotlariga tajovuz qilmayotgan edi.
Sovet   Rusiyasining   1937,39   yillarda   davom   ettirgan   “davlat   va
kommunistik   partiya   idoralarini   xalq   dushmanlaridan   va   millatchilardan
tozalash”   siyosati   natijasida   jadidizmning   Sovet   idoralarida   ishlayotgan   barcha
vakillari  qamoqqa  olindilar. Bularning ko‘pchiligi  troyka (uch kishilik yashirin
mahkama) qarori bilan otib tashlandi.
Demak,1939   yilni   Turkistonda   jadidizm   faoliyatlarining   oxiri   deb
hisoblash   mumkin.   Jadidchilik   Kommunizm   rejimining   zo‘rovonlik   siyosati
ostida   milliy   madaniyatning   takomili   va   milliy   davlat   hayotini   qozonmoq
yo‘lidagi   faoliyatlarini   to‘xtatish   majburiyatida   qoldi.   Jadidchildik   harakati
Turkistondagi   fikr   hayoti   tarixining   bir   parchasi   sifatida   davom   eta   boshladi.
Jadidizm tugutilishi masalasida Sovet Ittifoqida nashr etilgan bir ensklopediyada
shunday   deyilgandir:“Jadidizm   Sovet   hokimiyatiga   qarshi   kurashda   siyosiy
bosqinchilik   (banditizm)   shaklini   oldi.   Jadidchilar   chet   imperialist
hukumatlarining   jasuslari   rolini   o‘ynadilar.   Jadidizm   oqibatda   SSSRda
sotsializm zafarlaridan so‘ngra bitkazildi. 42
Jadidchilik harakatining so‘nggi yillari faol siyosiy kurashlar bilan ajralib
turmaydi.   Bu   davrda   sovet   rejimi   turli   siyosiy   ishlar   („O‘n   sakkizlar   guruhi“,
„Inog‘omovchilik“,   „Qosimovchilik“,   „Badriddinovchilik“   va   boshqa)   tuzib,
milliy   ziyolilarni   ommaviy   ravishda   qatag‘on   qilishga   kirishdi.   1929-yil
noyabrda   Munavvarqori   boshchiligidagi   38   kishining   qamoqqa   olinishi
(keyinchalik ularning soni 87 kishiga yetgan) bilan jadidchilik harakatiga kuchli
zarba berildi.
Jadidchilik   harakati   siyosiy   ma’rifatparvarlikdan   jadid   taraqqiyparvarlar
firqasi darajasiga ko‘tarila oldi. Bu harakat hamda firqa a’zolari o‘z faoliyati va
42
“Правда   Вастока”,1962,26   январь   яна   қаранг:   кузатувчи   Б.   Ҳайит:   “Нега   жадидчиликдан
қўрқмоқдалар?”,  “Миддий  Туркистон” 1963,92 номер,28,30 бетлар. “Шарқ юлдузи”,Т.,1980,8 номер  100
бет. dasturiga   ko‘ra,   sho‘ro   adabiyotlarida   aytilganidek,   „bir   hovuch   boylar
manfaatiga   xizmat   qiluvchi   liberal   burjuaziya   vakillari“   emas,   balki
Turkistonning   barcha   xalqlari   taqdirini   o‘ylab   ish   ko‘rgan   demokratik
jarayonning namoyandalari edi.
Turkistonda   sovet   ho kimiyati   zo‘ravonlik   yo‘li   bilan   o‘rnatilgach,
jadidlarning   bir   qismi   faol   siyosiy   xayotdan   chetlashib,   faqat   badiiy   ijod   bilan
shug‘ullandi   (Abdulvohid   Burhonov,   Abdulla   Avloniy,   Sadriddin   Ayniy   va
boshqalar).   Ayrim   jadidlar   sovet   idoralari   madaniy-ma’rifiy   shohobchalarida
mehnat   qilishdi   (Ubaydullaxo‘ja   Asadullaxo‘jayev,   Munavvarqori,   Hamza,
Sa’dullaxo‘ja   Tursunxo‘jayev,   Toshpo‘latbek   Norbo‘tabekov   va   boshqalar).
Ba’zi   jadidlar   „mahalliy   kommunistlar“   sifatida   yuqori   davlat   va   hukumat
lavozimlarida   ishlashni   davom   ettirdi   (Fayzulla   Xo‘jayev,   Abdulqodir
Muhiddinov,   Nizomiddin   Xo‘jayev   va   boshqalar).   Ayrim   jadidlar   bo‘lsa,
Turkistondagi   istiqlolchilik   harakati   saflariga   borib   qo‘shildi   va   xorijga
muhojirlikka   jo‘nab   ketdi   (Usmonxo‘ja   Po‘latxo‘jayev,   Sadriddinxon
S h arifxo‘jayev, Abdulhamid Oripov va boshqalar).
Jadidchilik harakatining barcha taniqli namoyandalari (Sadriddin Ayniydan
tashqari) 30-yillarda sovet mustabid rejimi tomonidan amalga oshirilgan qirg‘in
natijasida   halok   bo‘ldi.   Jadidchilik   harakatiga   sovet   davrida   „millatchilik“,
panturkizm, panislamizm tamg‘alari bosilib, qoralandi. Jadid adabiyotini o‘qish
taqiqlandi.
Sovet davrida yozilgan adabiyotlarda jadidchilikka „burjua-liberal harakat“
deb   ta’rif   berilgan.   SSRI   parchalanib   ketganidan   keyin   jadidchilik   harakati   va
uning   namoyandalari   nomi   qayta   tiklandi.   Tarixchi,   adabiyoshunos,   tilshunos,
faylasuf,   huquqshunos,   san’atshunos   va   pedagog   olimlar   jadidlarning   ilmiy   va
adabiy   merosini   o‘rganishda   dastlabki   natijalarni   qo‘lga   kiritishdi.   Mustaqillik
yillarida   Fitrat,   CHo‘lpon,   Abdulla   Avloniyning   2   jildli,   Behbudiy,   Abdulla
Qodiriy,   Sidqiy   Xondayliqiy,   Ibrat,   Ajziy,   So‘fizodaning   1   jildli,   shuningdek,
Fayzulla Xo‘jayev, Munavvarqori, Polvonniyoz hoji YUsupovning asarlari chop
qilindi.   Jadidlarning   20   ta   mashhur   vakili   kiritilgan   „Unutilmas   siymolar. Jadidchilik   harakatining   namoyandalari“   (Toshkent,   1999)   albom-kitobi
nashrdan chiqdi. Ularning faoliyati darslik va qo‘llanmalarga kiritildi.
1999-yil   16-18-sentabrda   Toshkentda   „Markaziy   Osiyo   20-asr   boshida:
islohotlar,   yangilanish,   taraqqiyot   va   mustaqillik   uchun   kurash   (Jadidchilik,
Muxtoriyatchilik,   Istiqlolchilik)“   mavzuida   xalqaro   konferensiya   o‘tkazilib,
unda   AQSH,   Germaniya,   Fransiya,   Italiya,   Niderlandiya,   Turkiya,   Rossiya,
Hindiston   va   boshqa   mamlakatlardan   kelgan   nufuzli   olimlar   jadidchilik   va
istiqlolchilik   harakatlari   to‘g‘risida   jahon   ilm-fanida   to‘plangan   so‘nggi
xulosalar   yuzasidan   o‘zbekistonlik   hamkasblari   bilan   o‘zaro   fikr   almashdilar.
Jadidchilik   harakati   jahonshumul   ahamiyatga   molik   hodisa   ekanligi   e’tirof
qilindi. Konferensiyada ushbu muammoni tadqiq qiluvchi xalqaro ilmiy kengash
tuzildi.
Mahmudxo‘ja     Bexbudiyning   bu   fikrlaridan   ham   shuni   bilsak   bo‘ladiki,
qrimtatar   farzandlari,   jumladan,   I.   Gaspraliniig   milliy   ozodlik   yo‘lidagi
harakatlarini ijobiy baholash bilan birga uning qaysidir ma’noda turkiy xalqlari
birlashtirishga   erishgan     hamda   milliy   ozodlik     yo‘lida     o‘z   g‘oyalari   bilan
izdoshlarini ergashtira olgan.
Bosqinchi ma’murlarning ma’naviy strategiyasiga qarshi mahalliy ziyolilar
sinfi   etishib   chiqdi.   Jumladan,   Mahmudxo‘ja   Bexbudiy,   Munavvar   Qori,
Abdulla   Avloniy,   A.   S h okuriy,   I.Xonxo‘jaev   kabi   ma’rifatparvarlar   milliy
maktablarni isloh qilish, dunyoviy fanlarni o‘qitish dasturini kengaytirgan holda
yangi   usul   maktablarini   tashkil   etish   uchun   ma’suliyatni   o‘z   zimmalariga   oldi.
Ular oddiy xalq uchunkutubxonalar, o‘kuv zallari tashkil qildilar. Darsliklar va
o‘kuv   ko‘llanmalar   yozdilar,   gazeta   jurnallar   tashkil   qilib   ma’rifatparvarlar
g‘oyalarini   keng   yoydilar.   Natijada,   chor   hukumati   tomonidan   tashkil   qilingan
“rus-tuzem   maktablari   mahalliy   aholi   o‘rtasida   ommalashmay   qoldi.   Sababi,
oddiy   xalq   ham   bu   maktablar   milliy   qadriyatlarni,   milliy
manfaatlarniifodalamasligini   va   kundalik   turmush   tarziga   javob   bermasligini
anglab etgan edi. 
Tarixchi   olima   D.Alimova   jadidchilik   xarakatining   vujudga     kelishini ob’ektiv   va   sub’ektiv   sabablarini     o‘sha   davr   manbalari     bo‘lgan   Axmad   -
Donishying “Navodir al-vaqoe” (“Nodir voqealar ) hamda Risolai  tarixi  amiron
mang‘it”   (“Mang‘it   amirlari   tarixi     haqida   risola”),   Mirza       Muhammad
Abdulazim     Soniy   Bo‘stoniyning   “Tarixi     salodini     mang‘itiya   dor   ussaltanai
Buxoroi   sharif”   (“Buxoro   sharif   saltanatidagi       mang‘it       hukmdorlari   tarixi”),
hamda ularning zamondoshi buxorolik tarixchi Mirzo Salimbek ibn Muxammad
Rahimning   “Tarixiy   Salimiy”   asarlariga   tayanib,   xalqning   og‘ir   axvoli     va
ijtimoiy  hayotning barcha sohalarida  qoloqlik ekanligini ta’kidlaydi.
Bizning   fikrimizcha   ham   yuqorida   keltirilgan   asarlar   jadidchilik
harakatining   vujudga   kelishini   ob’ektiv   va   sub’ektiv   sabablarini   ko‘rsatish
uchun asos  bo‘la oladi. Ahmad Donish Buxoro amirlarining davlat, jamiyat  va
uning   fuqarolari   farovonligi   yo‘lida   emas,   balki   o‘z   shaxsiy   manfaati   yo‘lida
qayg‘urgan   nonoq   hukmdorlar   sifatida   tasvirlanadi.   U   o‘zining     “Mang‘it
amirlari tarixi haqida risola” asarida bu xaqda shunday yozadi. Buxoroda millat
hayotida  qabih  o‘zgarishlar   yuz  berdi:  aksariyat   madrasalarda  dars,  masjitlarda
namoz   ta’qiqlanib,   Madrasa   xujralari   goho   mishkobchining   eshagi   uchun
og‘ilxona,   ba’zan   esa   baqqolning   g‘alla   omboriga   aylanadi....beva   xotinlarning
chirog‘donidan     o‘t-olovni,   vaqflarga   tegishli   ombordan   nonlarni   o‘g‘irlab,
ularni   barchasini   o‘z   qorinlarini   to‘yg‘azishga,   turli   extiyojlarga   sarflar   edilar.
Xech   kim   ularni   to‘xtata   olmas   edi.   Amir   va   xokimlar   o‘rtasida   mayxo‘rlik,
qimorbozlik,   fisqu-fasod   keng   tarqalgan.   Fuqaro     va   raiyat   esa   zulmning
kuchayishi,   oluq   va   soluq   aminona   va   vakilona   dastidan   erkin   nafas   olmay
qoldilar, nikox o‘qitish narxi qimmatlashdi. Masalan, maxr o‘n dirhamga, qozini
nikox dalolatnomasi o‘n dinor va bir man bug‘doy, tarozidan foydalanish uchun
o‘n besh tanga va boshqalar”, deb yozadi. 43
Ahmad   Donishning   Risola   yoxud   mang‘itlar   xondoni     saltanatining
qisqacha tarixi kitobidan.
“Amir   ularni   xafa   qilib   qo‘yishdan   va   bu   bilan   o‘zining   tinchini
43
Аҳмад  Дониш. Рисола ёҳуд манғитлар хонадони салтанатининг қисқача тарихи. Тошкент. Ўзбекистон
Миллий энциклопедияси”, Давлат  илмий  нашриёти, 2014 йил. 19-бет. yo‘ q otishdan   qo‘rqib,   ishratu   farog‘atlarini   ta’minlash   uchun   jabr-zulm   bilan
soliqlar miqdorini yuz martaga ko‘tarib, ularga berardi. S h u bilan o‘zini ularga
duet va itoatkor qilib ko‘rsatishga urinardi. 
Bizning   diyorning   boshqarilishi   shu   y erning   podsholarining   ra’yi,
hoxishlariga   bog‘liq   bo‘lsa   ruslar   ishlarini   belgilagan   tartibda   bo‘yicha   olib
borar   edilar.   Bizning   xalq   bilan   muomalamiz   ularning   tartiblariga   to‘g‘ri
kelmagani   uchun   har   bir   qadamni   nazorat   qilar   edilar.   ”sen   do‘stlikka   xilof
bunday ish  q ilding,   ”bu farmon itoatkorlik talabiga xilof, nima biz bilan ixtilofga
bormo q chimisizlar?”der edilar.
Jadidlar   maorifi.   Jadidchilik   harakati,   shu   vaqtgacha   islom   dunyosida   sira
ham ko‘rinmagan ilg‘or va tezkor o‘qitish “Savtiya” (tovush) usuliga asoslangan
jadid maktablari  tashkil  topishidan boshlandi.  Bu maktablarda bolalar  bir  yilda
savod   chiqarib,   mukammal   o‘qish   va   yozishni   o‘zlashtiradi.   Buning   uchun   esa
qadim an’anaviy musulmon maktablarida 5-6 yil o‘qish kerak bo‘lar edi. Aytish
mumkinki,   “Savtiya”   usulidagi   jadid   maktabi   Vatanimiz   tarixidagi   buyuk
kashfiyotlar silsilasini boyitdi. Jadid maktabida diniy va dunyoviy ta’lim-tarbiya
hamda   ilm   o‘zaro   uyg‘unlashtirildi.   Bolalar   qulay   partalarda   o‘tirib,   xarita   va
rasmlar   yordamida   tez   savod   chiqardi   va   diniy   –   dunyoviy   ilmilarni   o‘rgandi.
Jadid   maktablarida   Qur’oni-karim,   matematika,   geografiya,   ona   tili ,   rus,   arab
tillari, ashula va hatto jismoniy tarbiya o‘qitila boshlandi.
Jadid   maktablarining  ochilishiga   rus   amaldorlari,  musulmon   mutaassiblari
qarshilik   qiladilar.   Jadidlar   katta   matonat   va   fidoyilik   bilan   eski   maktablarga
tegmay   namuna   sifatida   jadid   maktablarini   tashkil   etib,   omma   orasida   katta
obro‘   qozondilar.   Jadid   maktablari   qat’iy   nizom   va   dastur   va   darsliklarga
asoslandi.   Tarixda   birinchi   bo‘lib,   jadidlar   o‘quvchilarga   kundalik,   chorak   va
yillik   baholar   qo‘yishni   joriy   etdilar.   O‘quvchilar   sinfdan-sinfga   o‘tish   va
bitirish   uchun   jamoatchilik   oldida   ochiq   chorak,   yillik   va   bitiruv   imtihonlarini
topshirganlar.   Maktab   ochgan   jadidlar   dastur,   qo‘llanma   va   darsliklarni   ham
o‘zlari   yaratdilar.   Sayidrasul   Sayidazizovning   “Ustodi   avval”,   Munavvarqori
Abdurashidxonovning  “Adibi  avval”, “Adibi  soniy”, “Tajvid” (Qur’onni  qiroat bilan   o‘qish   usuliga   oid   qo‘llanma),   “   Havoyiji   diniya”   (Shariat   qonunlari
to‘plami), “Yor yuzi”, “ Usuli hisob”, “Tarixi anbiyo”, “Tarixi islom”, Abdulla
Avloniyning “Birinchi muallim” va “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yohud
ahloq“,   Mahmudxo‘ja   Behbudiyning   “Qisqacha   umumiy   geografiya”,   “Bolalar
maktubi”,   “Islomning   qisqacha   tarixi”,   “Amaliyoti   islom”,   “Aholi
geografiyasiga kirish”, “Rossiyaning qisqacha geografiyasi” va boshqalar shular
jumlasidandir.
Jadid   maktablari   ochilishi   bilan   ba’zi   joylarda   qadim   maktablari   bo‘shab
qoldilar.   Natijada   eski   va   jadid   maktabdorlari   o‘rtasida   jiddiy   qarama-
qarshiliklar   paydo   bo‘ldi.   Bunga   mutaassib   qozi,   mulla   va   ulamolar   ham
qo‘shildilar.   Jadid   maktablarining   jami   soni   va   ular   qayerlarda   ochilib   faoliyat
yuritganligi   haqida   hozircha   to‘la   ma’lumot   yo‘q.   Lekin   1903   yilda   birgina
Toshkentda   20   ta   (shundan   2   tasi   o‘rta),   jadid   maktablari   bo‘lgan.   Ma’lumki,
1909   yildan   keyin   jadid   maktablari   qattiq   nazorat   ostiga   olinadi,   arzimas
bahonalar   bilan   yopiladi.   Ularda   o‘qitiladigan   adabiyot   va   darsliklar
“oxranka”ning diqqat markazida bo‘ladi. Jadid maktablari Buxoro, Samarqand,
Toshkent,   Andijon,   Xiva,   To‘qmoq,   Yangi   Marg‘ilon,   Yeski   Marg‘ilon,
Kattaqo‘rg‘on,   Qizil   O‘rda,   Turkiston,   Chust,   Chorjo‘y,   Termiz,   Marv
shaharlarida   ochiladi.   Shuningdek,   Juma   (Samarqand   viloyati),   Qovunchi
(Toshkent   viloyati),   To‘raqo‘rg‘on   (Namangan   viloyati),   Po‘stindo‘z   (Buxoro
viloyati) kabi katta qishloqlarda ham jadid maktablari ochilgan. Jadid maktablari
M.Behbudiyning yozishicha, 15-20 yil ichida jami Kavkaz mamlakatlari, Eron,
Hind,   Misr,   Hijoz   va   boshqa   joylarida   ham   joriy   bo‘ldilar.   Jadidchilikning
asosiy   maqsadlaridan   biri   mamlakatda   zamonaviy   (yevropacha)   oliy   ta’limni
yo‘lga qo‘yish bo‘ldi. Universitet tashkil etish g‘oyasi Turkistonda ilk bor 1892
yilda Ismoilbek Gaspirali tomonidan olg‘a surildi. I. Gaspirali 1906-yilda, yana
“Tarjimon” gazetasida to‘g‘ridan to‘g‘ri Buxoro amiri va Xiva xoniga murojaat
qilib   shunday   deydi:   “Fuqoroyi   islom   sizlardan   mol   istamas,   osh   istamas.
Din-”Qur’on”dan,   jon-Xudodan.   Siz   davlatlik   xonlardan   aholiga   ehson
etiladigan   narsa-nashri   maorifga,   taraqqiyot   va   kamolatga   omil   bo‘luvchi   oliy darajalik   maorif   maktablaridir.   Ko‘hna   madrasalari   ko‘p   Buxoroi   sharifda   va
Xivada   endi   biror   dorilfununi   islomiya   ta’sis   etmoq   lozim.   Bu   dorilfununlarga
bir daraja ilm olgan talaba qabul qilinib, tarix, jo‘g‘rofiya, kimyo, handasa,   ilmi
huquq ,  usuli   idorayi   davlat,   ilmi   iqtisod   va  boshqa   lozim   fanlar,   turkiy,   forsiy,
rusiy   va   fransaviy   tillar   o‘rgatilsa...   Ushbu   dorilfununlarda   muallim   va
mudarrislik   qila   oladigan   ahli   kamol   bor”   Jadidlar   oliy   ta’limning   asosi-
universitet   tashkil   etish   uchun   Toshkent   shahar   Dumasidan   ham   foydalandilar.
Munavvarqori,   Fitrat,   M.   Behbudiy,   U.   Asadullaxo‘jayev   va   boshqa   jadidlar
milliy   dunyoviy   oliy   ta’lim   g‘oyasini   o‘z   asar   va   maqolalarida   keng   targ‘ibot-
tashviqot   qiladilar.   Oliy   ta’limga   zamin   yaratish   uchun,   jadid   maktablarida
dunyoviy ilmlar o‘qitildi, xorijga yoshlar o‘qishga yuborildi.
Dunyoviy   hozirgi   zamon   oliy   o‘quv   yurti   –   universitetga   asos   solishga
jadidlar   faqat   1918-yilda   Musulmon   xalq   dorulfununini   tashkil   etish   bilan
muvaffaq   bo‘ldilar.   Umuman,   jadidlar   juda   qisqa   vaqt   ichida   butunlay   yangi
ya’ni  jadid xalq  maorifi  tizimi  ya’ni, hozirgi  zamon xalq maorifi  tizimiga asos
soldilar.   Jadid   matbuoti   va   jurnalistikasi.   Jadidchilik   harakatining   ikkinchi   bir
muhim faoliyati milliy matbuot va jurnalistikasiga asos solish bo‘ldi. Turkiston
jadidlari   rus   demokratik   va   inqilobiy   harakatining   yutuqlaridan   ham   samarali
foydalandilar.   Zolim   “oq   poshsho”   Nikolay   II   inqilobiy-demokratik   harakat
bosimi   ostida   1905-yil   17-oktyabrda   maxsus   manifestga   imzo   chekib,
demokratiya,   matbuot   va   so‘z,   har   xil   yig‘inlar   o‘tkazish   erkinligini   joriy
qilishga   majbur   bo‘ldi.   Buni   jadidlar   katta   quvonch   bilan   kutib   oldilar.   Mana
shundan   so‘ng   jadidlar   millat   himoyasi   uchun   jangovar   qalqon   va   muazzam
minbar   bo‘lgan   gazeta   va   jurnallarni   tashkil   etish   uchun   juda   shaxdam
kurashadilar.   Toshkentda   Ismoil   Obidiy   “Taraqqiy”   (1906),   Munavvarqori
Abdurashidxonov   “Xurshid”   (1906),   Abdulla   Avloniy   “Shuhrat”   (1907),
Sayidkarim   Sayidazimboyev   “Tujjor”   (1907),   Ahmadjon   Bektemirov   “Osiyo”
(1908),   Ubaydullaxo‘ja   Asadullaxo‘jayev   “Sadoi   Turkiston”   (1914-1915)
gazetalari,   shuningdek,   Abdurahmon   Sodiq   o‘g‘li   (Sayyox)   “Al-Isloh”   (1915)
jurnalini   nashr   etishga   muvaffaq   bo‘ldilar.   Samarqandda   esa   Muhmudxo‘ja Behbudiy   “Samarqand”   ruscha   (1913)   gazetasi   va   “Oyna”   (1913-1915)
jurnalini,   Qo‘qonda   Obidjon   Mahmudov   “Sadoi   Farg‘ona”   (1914)   gazetalarini
chiqardi.   Bu   gazeta   va   jurnallar   doimo   mahfiy   politsiya   “oxranka”ning
ayg‘oqchilari kuzatuvi, ta’qibi ostida bo‘ldilar. Jadid matbuoti 1917-yil fevralda
rus podshosi taxtdan ag‘darilgach, yanada rivojlandi. Juda qisqa vaqt oralig‘ida
fevraldan   oktyabrgacha   Toshkentda   Munavvarqori   Abdurashidxonov   “Najot”
(1917   y.   mart),   A.   Battol   “Sho‘roi   islom”   (1917   y.   may),   Abdulla   Avloniy
“Turon”   (1917   y.),   Ahmad   Zaki   Validiy   va   Munavvarqori   Abdurashidxonov
“Kengash”   (1917   yil   iyun),   “Ulug‘   Turkiston”   (1917   y.),   Qo‘qonda   Bo‘lat
Soliyev   “Yel   bayrog‘i”   (1917   y.   sentyabr)   gazetalarini,   H.H.   Niyoziy
“Kengash”,   Ashurali   Zohiriy   “Yurt”   (1917   yil   iyun)   jurnallarini,   Samarqandda
esa Shohmuhammadzoda “Hurriyat” (1917 yil aprel) gazetalarini chop etdilar.
Buyuk   millatparvar   jadidlar,   jadid   matbuoti   orqali   millatni   o‘z   madaniy-
iqtisodiy   ahvoli,   siyosiy   qaram   va   huquqsizligini   anglatishga,   unda
bosqinchilarga   qarshi   nafrat,   milliy   istiqlolga   ishonch   ruhini   tarbiyalashga
muvaffaq   bo‘ldilar.   Shuning   bilan   birga   ular   milliy   muxtoriyat   va   jumhuriyat
g‘oyasini,   millatlararo   tenglik   va   qon-qarindoshlikni   targ‘ibot   qilishni   to‘g‘ri
yo‘lga qo‘yadilar.
Mutaxassislarning   aniqlashicha,   1917-yil   oktabr   to‘ntarilishigacha
dramaturgiya   sohasida   o‘ttizdan   ortiq   drama,   tragediya,   komediya   asarlari
yozilgan   va   ularning   ko‘pchiligi   teatrlarda   sahnalashtirilgan.   O‘zbek   jadid
dramaturgiyasi   va   teatriga   ilk   bor   asos   solgan   Mahmudxo‘ja   Behbudiy   bo‘ldi.
Uning   “Padarkush”   dramasi   birinchi   bor   1914-yil   27-fevralda   Toshkentdagi
“Kolizey” teatrida qo‘yilishi juda katta madaniy-ma’rifiy voqea bo‘ldi. Bu kun
o‘zbek   teatriga   asos   solingan   sana   sifatida   tarixga   kirdi.   Shunday   qilib,   milliy
jadid   adabiyoti   dramaturgiyasi   va   teatri   paydo   bo‘ldi.   Adabiy   tanqidchilik   va
badiiy tarjimonchilik ham shakllandi.
  “Mamlakat  boshidan ket” demasinlar deb amir yana zulm evaziga fukaro
va   raiyatdan       zo‘rlik   bilan   katta     miqdorda   pul       yig‘ib,   ularning       og‘zini
yopishuchun pora berar, sovga ulashar edi. Jadidlar   xalqning   hohish   irodasini,manfaatlarini   ifodalovchi   toifa   sifatida
siyosiy faoliyatlarining negizi mustaqillik va ozodlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan
edi.   Bu   g‘oyalar   avvalombor   XIX   asrning   50-70   yillarida   o‘zbek   xalqining
Rossiya   tajovuziga   qarshi   janglarida   o‘z   ifodasini   topgan   edi.   Ular   rus
davlatining Turkiston zaminida hukmronligi o‘rnatilganidan keyin ham xalqning
qalbida   jo‘sh   urib   turdi.Bu     xamisha   o‘z   xalqining   dardida   yashagan   va   uning
ozodligi   uchun   jonini   tikkan   jadidlarning   ong   hamda   qalbini     cho‘lg‘ab   oldi.
C h unki   rus   davlati   mingtaqada   milliy   davlatni     o‘rnatib,mustaqillikni   barbod
etdi.   U   o‘zining   manfaatlarini   ta’minlaydigan   siyosiy-ma’muriy   tizimni   tashkil
etib, butun mintaqani yagona egasi bo‘lib qoldi.
Sovetlarning   “Jadidizm   siyosiy   bosqinchilik   shaklini   oldi   va   chet
imperialistlarining   jasuslari   rolini   o‘ynadi”,degan   fikrlari   tuhmatning   bir
ko‘rinishidir. Sovetlar “Sotsializm zafari”,deganda 1938,39 yillarni tushunadilar.
Sovetlar jadidchilik harakatining ba’zi ochiq faoliyatlariga barham berdilar.
Lekin,Turkiston   ziyolilari   orasida   jadidizm   ruhidan   to   hozirgi   paytgacha   qutila
olmadilar.   Ba’zi   Turkistonli   tarixchi   va   adabiyotchilar,1956   yildan   keyin
jadidizm   jarayonining   tarixiy   hodisa   sifatida   qurilishi   masalasini   o‘rtaga
qo‘ydilar.   Ba’zilari   esa,ochiqcha   jadidizm   g‘oyasini   himoya   qilish   istagida
bo‘ldilar.   Kommunizm   rejimi   bularning   qarshisida   ham   jabha   ochish
majburiyatida   qolgandi.   O‘zbekiston   kompartiyasining   birinchi   kotibi   SH.
Rashidov   rejimning   talablarini   shunday   ifoda   etgan   edi.   “Ba’zi   insonlar
Stalinning shaxsiga qarshi kurash bilan birga,jadidchilik va uning g‘oyasini ham
himoya qilmoqchi bo‘ladilar. Biz bunga xayrihohlik qilaolmaymiz va bunga yo‘l
qo‘ymaymiz. Shaxsga sig‘inish davrida ba’zi jadidchilar va ularga yaqin bo‘lgan
o‘qituvchilar,yozuvchilar va gazetachilar tazyiqqa duchor etildilar.
  Keyingi   paytlarda   ular   afv   etildilar.   Ammo,teskarichi   va   aksilinqilobchi
bo‘lgan jadidizm afv etilmadi. Panislamizm va panturkizm jadidchilarning asos
g‘oyasi   edi.   Kimki,jadidchilikni   himoya   qilmoq   harakatida   bo‘lsa,u   dushmanni
himoya etayotgan bo‘ladi.”
Bu   kungi   (1981yil…)Turkistonda   jadidizm   yo‘q.   Lekin   Sovet   rejimida jadidizmdan   qo‘rquv   bor.   Jadidizm   mafkurasining   qoldirgan   ta’sirlari   bor.
Turkistonda   u   zamonning   jadidchilari,shoir   Abdulla   Avloniy
tilidan:“Tur,ey,millat   uyqudan,hasratlashaylik”   (“SHarq   yulduzi”,1980   8
nomer,100 bet) deyishardi. Bu kungi ziyolilar,millatning uyqudan uyg‘onganini
sezardilar. Ular   millatni   turishga  chaqirayotirlar, millatni, mustaqillikni   olishga
da’vat etayotirlar.  
Xulosa   qilib   aytganda,   Mamlakatimiz   tarixini   o‘ rganar   ekanmiz,   XIX   asr
oxiri  va  XX   asr   boshlarida  Turkiston  ulkasida  b o‘ lib   o‘ tgan  davr   chu q ur  ilmi y
tad q i q otlarni, va   bu davr   ha q ida tarixiy, i l miy va nazari y   xulosalarni kutmo q da.
Chu n ki bu davrda sodir b o‘ lgan vo q ea va xodisalar   T urkiston tub a h olisi m i lliy
ongida   ozodlik,   adolat,   tenglik   kabi   g‘ oyalarini   shakllantirdi.   O‘ z   navbatida
bunday   g‘ oyalarni n g   shakllanishi   ob’ektiv   tarixiy   zarurat   sifatida   maydonga
keldi. Demak, jadidchilik yangi bir davr pallasida xal q imiz ma’navi y  tafakkurini
yana   bir   po g‘ ona   yuksakka   k o‘ tardi.   Jadidlarning   g‘ arb   va   sh ar q
mutafakkirlarining   falsafiy-axlo q iy   q arashlarini   u yg‘ unlashtirgan   g‘ oyalari
milliy   isti q lol   g‘ oyasining   mu h im   tara qq i yot   bos q ichi   vazifasini   o‘ tab   berdi.
Zero,   bugungi   globallashuv   jarayoni   o‘ tmishda   h am   h ozir   va   kelajakda   h am
milliy   g‘ oyaga   b o‘ lgan   zaruriyatni   oshirib   boradi.   Shunday   ekan   jadidlarning
ma’rifatparvarlik   g‘ oyalari,   fidoiylik   va   gumanizm   singari   falsafiy-axlo q iy
q arashlari   bilan   su g‘ orilgan   milli y   isti q lol   g‘ oyamiz   musta q illigimizning
musta h kamlashga, vatan ravna q ini yuksaltirishga xizmat qiladi.  XULOSA
Mamlakatimiz   tarixini   o‘ rganar   ekanmiz,   XIX   asr   oxiri   va   XX   asr
boshlarida Turkiston ulkasida  b o‘ lib   o‘ tgan davr chu q ur  ilmi y   tad q i q otlarni, va
bu   davr   ha q ida   tarixiy,   i l miy   va   nazari y   xulosalarni   kutmo q da.   Chu n ki   bu
davrda   sodir   b o‘ lgan   vo q ea   va   xodisalar   T urkiston   tub   a h olisi   m i lliy   ongida
ozodlik,   adolat,   tenglik   kabi   g‘ oyalarini   shakllantirdi.   O‘ z   navbatida   bunday
g‘ oyalarni n g shakllanishi ob’ektiv tarixiy zarurat sifatida maydonga keldi.
Jadidchilik   ijtimoiy-siyosiy   h arakat   sifatida   Vatan,   millat,   umumxalq   va
umuminsoniy   manfaat   va   tara qq iyotni   h imoya   q ilgan   h olda   rus   istilochilariga
q arshi   xal q lar   tengligini   q aror   to p tiruvchi   ijtimoi y -siyosiy,   madaniy-ma’rifiy,
ma’naviy-mafkuravi y   kuch   sifatida   o‘ zini   sa q lab   q oldi   va   barkamol   darajaga
erishdi. Siyosiy dasturlar umuminsoni y   xususiyatlarni tarannum etuvchi, erk va
ozodlik,   adolat   va   musta q illik   g‘ oyalari n i   olga   surdi.   Bu   bilan   jadidchilar
musta q illigimiz uchun  g‘ oyavi y  asos b o‘ la oladigan tamoyillarni ilgari surdi. Bu
bilan   b iz   sh o‘ r o   tarixshunosligi   jadidchilik   xarakatining   q ar i yib   yarim   asrga
ya q in   madaniy-ma’rifiy,   ijtimoiy-siyosiy,   ma’naviy-mafkuraviy   milli y   ozodlik
va   isti q lol   jabxasida   yuritgan   k o‘ p   q irrali   unumli   faoliya t i   not o‘g‘ ri   k o‘ rsatib
keldi. Sobiq mafkura tor qolipga solinga ni   o‘ zining prinsi p lari bilan jadidchilik
harakatining   mazmun   va   mo h iyatini   har   tomonlama   buzub   tal q in   q ildi.   Ular
jadidchilik   h arakat   sifatida   oktyar   in q ilobidan   s o‘ ng   o‘ z   faoliyatlarini
tugatganlar. Jadidchilar   savdo  burjuaziyasi”ning  mafkurasi  b o‘ lgan va  ularning
xohish   irodalarini   ifodalagan   va   h imoya   qilgan   degan   g‘ oyalarni   asossiz
ekanligini ochi b  tashlash va q ti keldi.
Turkiston   tub   a h olis i ning   o‘ z   ijtimoiy   ozodlik   y o‘ lini   o‘ zi   belgilash   va
musta q il milliy davlatchiligini  o‘ rnatishga  o‘ rinishlari chor  h ukumati ma’murlari
tomonidan   q urol   kuchi   bilan   t o‘ xtatildi.   Lekin   buniig   natijasida   Turkiston
Muxtoriyati   millatlarning   o‘ z   ta q dirini   o‘ zi   belgilash   masalasini   lenincha
“Milliy- h ududiy   avtonomiya   modeliga   q arama- q arshi   ularo q   demokratik   y o‘ l
bilan   h al   etishga   bel   bo g‘ lagan   xal q   „rodasi   va   il g‘ or   ziyolilarning   k o‘ tarinki
xatti- h arakatlari   zaminida   vujudga   kelgan.   Tabiiyki,   z o‘ ravonlik,   shovinizm bilan   q urollangan yangi mustabid bolsheviklar  milliy mu s ta q il l ikka intilishning
h ar   qanda y   k o‘ rinishiga   tish-tirno g‘ ibilan   q arshi   chiqdilar.   Xal q ni   aldash,
shafka t siz   kirish   va   talash   y o‘ li   bilan   katta   maqsadlar   bilan   yuzaga   kelgan
demokratik   g‘ oyalar   nav q ironligidayo q   ezib   tashlandi.   Bunday   h ur   fikrli   il g‘ or
zi yo lilar, fidoiy  in sonlar esa, “xal q  dushmani” soxta nomi bilan badnom  q ilindi.
Buning   uchun   ularga   ma h alliy   xal q   uchun   etti   yot   begona   b o‘ lgan,   manfur
siyosiy   kurash   va   sotsialist ik   in q ilob   nazariyasi   va   kommunizm   kurish   goyasi
asosiy   q urol   vazifasini   bajardi.   Kommunist i k   bos q inchilarning   mahalli y   shart-
sharoit, milliy xususiyatlarni   h isobga olmay, xa yo tga tat biq   q ilish uchun aldov,
firibgarlik,   ikkiyuzlamachilik,   qata g‘ on likdan   i borat   bo‘ lgan   h ayoliy   g‘ oyalari
va nazariyalardan foydalandilar.  Jadidchilik g‘oyalari eng pastki qatlamlarigacha
ochib   tashladi.   M illat   va   Vatanning   hayot-mamot   masalasi   kun   tartibiga
qo‘yilgani  haqida  bong o‘rdi.   Bu   g‘ oyalarning asosida  milliy uy g‘ onish, milli y
musta q illik uchun kurash yotardi. Jadidchilikning moxiyatini millat  va Vatanni
anglashdan   ular   manfaati   uchun   k u rashishgacha   b o‘ lgan   h ayajonli   jara yo n
tashkil   kildi.   Ayni   paytda,   bu   h arakat   millatni   h am   tarbiyalab   bordi.   Xususan
jadidlarimiz  millatning yashamo g‘ i, tara qq i y   et mo g‘ i  uchun,  birinchi   navbatda,
ozod, musta q il b o‘ lmo g‘ i, lozimligini anglab etdilar va keng xal q ni uy g‘ otishga 1
aloxida   e’tibor   berdilar.   Jadidlarimiz   si yo si y   ishlar   -   xa q -xu q u q ,   milliy   davlat,
xokimiyat   masalalari   bilan   muntazam   shu g‘ ullandilar.   Ayni   p aytda,   maktab-
maorif isloh qilina boshladi. Milliy matbuot y o‘ lga  qo‘ yildi. Teatr paydo b o‘ ldi.
Yangi   adabi yo t   shakllandi,   bir   s o‘ z   bilan   aytganda,   yangi   tafakkur   ma y donga
chi q di.   Bu   xo l ,   shubxasiz,   uning   xayotida   u zo q ,   tur g‘ unlikdan   keyin   yangi
bosqich boshlanishiga dalolat edi.
Demak, jadidchilik yangi bir davr pallasida xal q imiz ma’navi y   tafakkurini
yana   bir   po g‘ ona   yuksakka   k o‘ tardi.   Jadidlarning   g‘ arb   va   sh ar q
mutafakkirlarining   falsafiy-axlo q iy   q arashlarini   u yg‘ unlashtirgan   g‘ oyalari
milliy   isti q lol   g‘ oyasining   mu h im   tara qq i yot   bos q ichi   vazifasini   o‘ tab   berdi.
Zero,   bugungi   globallashuv   jarayoni   o‘ tmishda   h am   h ozir   va   kelajakda   h am
milliy   g‘ oyaga   b o‘ lgan   zaruriyatni   oshirib   boradi.   Shunday   ekan   jadidlarning ma’rifatparvarlik   g‘ oyalari,   fidoiylik   va   gumanizm   singari   falsafiy-axlo q iy
q arashlari   bilan   su g‘ orilgan   milli y   isti q lol   g‘ oyamiz   musta q illigimizning
musta h kamlashga, vatan ravna q ini yuksaltirishga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN   ADABIYOTLAR   RO‘YXATI
Raxbariy   adabiyotlar .
1.   Mirziyoev   SH.M.   Milliy   taraqqiyot   yo‘limizni   qat’iyat   bilan   davom   ettirib,
yangi bosqichga ko‘taramiz. Toshkent. №1. “O‘zbekiston” NMIU, 2018.
2.   Mirziyoev   SH.   M.   O‘zbekistonning   2017-2021   yillarga   muljallangan
harakatlar strategiyasi. 2018  y il.
3.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   Oli y   Majlisga   murojaatnomasi.
2021yil.
4.   I.A.   Karimov.   O‘zbekiston   XXI   asr   bo‘sag‘asida:   xavfsizlikka   tahdid,
barqarorlik   shartlari   va   taraqqiyot   kafolatlari. T.: O‘zbekiston, 1997 yil
5. I.A.Karimov   “Tarixiy   xotirasiz   kelajak   yo‘q  ”  T. SHarq 1998 y.
6. Karimov   I.   A. Y u ksak   ma’naviyat-engilmas   kuch. -T.:Ma’naviyat 2008 y,
Manbalar
7.   Dmitriev.   G.L..,   Depesha   Ye.   Skaylera   i   problemы   Sredneaziatskoy   politiki
sarizma   70-x   gg.   XIX   vek.   Materialы   po   istorii,   istoriografii   i   arxeologii.   Sb.
nauchnыx trudov TashGU, № 517, T., 1976.S, 31.».
8 .   Statisticheskiy i yejigodnik Rossii. 1915.Pp.1916, otd. 1.S. 100-102.
9 .   Sotsialьno Ekonomicheskoe i politicheskoe polojenie O zbekistana nakanuneʼ Oktyabrya.T., Fan, 1973. S. 29.
10 .  А.V.Krivoshein Zpiska glavnoupravlyayuщego. S.45.
11.   Palen K.K. Otchet po revizii Turkistanskogo kraya. Pereselencheskoe delo.
S-Pb., 1910 S. 19.
12.  Taxrir hay ati: N. Karimov va boshq. T - “Ma naviyag , 2006. 10-bet.ʼ ʼ
Turkiston   idorasi   .   //   Shuro   ,   1908,   23-   son,   790-bet.   Xuddi   shu   davlat   tili
masalasini Bexbudiy un yildan keyin yana ko tarib, 1918 yilda Turkiston АSSR	
ʼ
raxbariyati  oldiga  ham  qo yadi.  (Qarang:  Bexbudiy   M.  G alla,  askarlik,   yer  va	
ʼ ʼ
tazminoti   xarbiya.   //   “Mexnatkashlar   tovushi”   gazetasining   1918   yil   2   avgust
sonidan X.Saidov tabdili. -Ma rifat libosidagi ozodlik, 156-bet.	
ʼ
13.  “Pravda Vastoka”,1962,26 yanvarь yana qarang: kuzatuvchi B. Hayit: “Nega
jadidchilikdan   qo rqmoqdalar?”,   “Middiy   Turkiston”   1963,92   nomer,28,30	
ʼ
betlar. “Sharq yulduzi”,T.,1980,8 nomer 100 bet.
14.  “Pravda Vastoka gazetasi”. T. 1961,26 yanvarь. 
15.   Аbulla   Аvloniy.   Tanlangan   asarlar:   2-   jildlik.   2-jild.   Pandlar,   ibratlar,
hikoyatlar,   nabiylar   hayoti,   drammalar   ,   maqollar,   sayohat   hotiralari.//Taxrir
hay ati: N. Karimov va boshk.- T.: “Ma naviyat“, 2006. 10¬-11 betlar.	
ʼ ʼ
16.   Аlimova   D.   Haqiqatning   tutash   manzili.//   “   Tafakkur”,   2000,   2-son,   55-56
betlar.
17.   Аlimov   D.А.,Rashidova   D.Mahmudxo ja   Behbudiy   va   uning   tarixiy	
ʼ
tafakkuri. T.:Аkademiya, 1999.
18.   Аzizzoda   L.   Behbudiy.   O ldirilganiga   yetti   yil   to lishi   munosabati	
ʼ ʼ
bilan. //”Maorif va o kituvchi”, 1926, 3-son;”Sharq yulduzi” 1990, 7-son, 156-	
ʼ
bet.
19.   Аhmad   Donish.   Risola   yohud   mang itlar   xonadoni   saltanatining   qisqacha	
ʼ
tarixi. Toshkent. O zbekiston  Milliy entsiklopediyasi”,  Davlat  ilmiy nashriyoti,	
ʼ
2014 yil. 19- 72-73-betlar
20.   B.Kosimov.   Jadidchilik:   islohot,   yangilanish,   mustaqillik   va   taraqqiyot
uchun kurash.Toshkent. “Universitet”. 1999 yil 10-11,13, 104 -bet.  21.  Behbudiy M. Qozi va biylar haqida loyixa. // Oyna. №5 . -B. 106- Sh ).
22.  Behbudiy M. Turkiston donishmandlari. / Tanlangan asarlar, 190-bet.
23.  Behbudiy M. Sayohat xotiralari./ Tanlangan asarlar. 114-bet.
24.  Baldauf I. XX asr o zbek adabiyotiga chizgilar, 13-bet. ʼ
25.  Behbudiy M. Libos, qiyofot. // “Oyna”, 1914, 5-son.
26.  Baldauf I. XX asr o zbek adabiyotiga chizgilar, 32-33- betlar).
ʼ
27.   Behbudiy M. Tarix va jug rofiya. Mahmudxo ja Behbudiy va uning tarixiy	
ʼ ʼ
tafakkuri, 46-bet.
28.  Be h budiy M. Qozoq qarindoshlarimga xat.// “Hurriyat”, 1917 yil, 30 avgust.
29.  Be h budiy til masalasi. / tanlangan asarlar. 169-170-betlar.
30.   Dalimov U. Аvloniyva maktab. “O zbek tili va adabiyoti”, 1990,4-son, 24-	
ʼ
bet.
31.   "Jadidizm".   O zbek   sovet   yensiklopediyasi.   4.   Toshkent:   O zbek   sovet	
ʼ ʼ
yensiklopediyasi bosh redaksiyasi. 1973. 278-279 b.
32.   Jadidchilik:isloxot, yangilanish, mus gakillik va tarakkiyo uchun kurash-T.:
“Universitet”, 1999yil, 14-bet. 
33.   Ziyoev   H-   Turkistonda   Rossiya   tajovuzi   va  hukmronligiga,  qarshi   kurash.-
1Sharq, 1998. -B.361-362.
34.   Ismoilbek Gasprali, 33-bet.Yana qarang:  M.Xasaniy.  Yurt  buynidagi  kilich
va istilo., 85-bet.
35.   Iqtibos   B.Qosimovning   “Karvonboshi”   maqolasidan   olindi.-   T.,
“Ma naviyat”, 1997, 20-21 betlar.	
ʼ
36.   Mirzazoda   X.Аhmad   Donish   aqidalarining   ba zi   munosabati   va   XX   asr	
ʼ
boshlari   ma rifatparalari.   Ko chirma   G.Raximovaning   “Jadidizmning   ba zi	
ʼ ʼ ʼ
muammolari” maqolasidan olindi.”O zbek tili va dabiyoti”,1990, 4-son, 27-bet.	
ʼ
Mu in X- Tarjimai hol. // “Ma rifat” , 2002, 27 fevral).	
ʼ ʼ
37.   Mustabid   tuzumining   O zbekiston   milliy   boyliklarini   talash   siyosati:   Tarix	
ʼ
shohidligi va saboqlari (1865-1990 yillar) / Loyiha rahbari va ma sul muxarrir:	
ʼ
38.  D. А. Аlimova/. T.: “Shark”, 2000. 30-31, 432-bet. 39.  Olim S. Tafakkur-ko ngil kaliti. “Tafakkur”, 1995,4- son, !22-bet.ʼ
Sayohat xotiralari./Tanlangan asarlar. 111-bet.
40.   Turdiev   Sh.   Jadidizm   masalasiga   bag ishlangan   munozara.   “O zbek   tili   va	
ʼ ʼ
adabiyoti”, 1998, 2-son, 74 bet.
41.  Hasaniy M. Yurt bo ynidagi qilich yoki istilo.82-bet).	
ʼ   “Shark yulduzi”,1992
yil, 10-son. 
42.  “Uzbekiston adabiyoti va sar ti”,1992yil 5iyunь.	
ʼ
O zbekiston ; MDА. F. S.-19, ruyxati. -1 ish -332, 43-be).	
ʼ
43.   Falsafa   (o kuv   qo llanma)   E.Yu.Yusupovning   umumiy   tahriri   ostida.   -   T.,	
ʼ ʼ
“Shark”, 1999, 136-bet.
44.   Falsafa.   Komusiy   lo g at.   O zbekiston   Faylasuflari   milliy   jamiyati	
ʼ ʼ ʼ
nashriyoti. “Sharq”.-T.: 2004.271-bet.
45.   Fitrat   Аbdurauf.   Oila   yoki   oila   boshqarish   tartiblari.   -T.,   “Ma naviyat”,	
ʼ
2000.-B. 6,8,11,60-68 betlar.
46.  Fitrat Аbdurauf. Munozara. 62,83-84 betlar.
47.   Qosimov S. Behbudiy va jadidchilik. // “O zbekiston adabiyoti  va san ati”,	
ʼ ʼ
1990, 26 yanvar
48.   Yaxshilikov   J.,   Ubaydullaeva   N.   Jadidchilik   va   Bexbudiy.   –
T.“Fan”.2004.45-bet.

JADIDCHILARNING FALSAFIY QARASHLARI VA HOZIRGI ZAMON MUNDARIJA KIRISH .............................................................................................. ...........3 I-BOB. JADIDCHILIK H ARAKATI VUJUDGA KELISHINING IJTIMOIY-MA’NAVIY SHART-SHAROITLARI 1. 1. Jadidchilik xarakatining shakllanishi va ijtimoiy muhit......... ...................9 1.2.Jadidchilik g‘oyalarining sharq tafakkuri tizimidagi o‘rni .......... ...............19 II- BOB . JADIDCHILIK FALSAFASI VA UNING MOHIYATI 2.1.Jadidlar falsafiy qarashlarining xususiyatlari.............................. ...............30 2.2. Jadidlar g‘oyalarida milliy istiqlol masalalari............................. ..............44 I II- BOB. JADIDCHILIK G‘OYALARI VA HOZIRGI ZAMON 3.1. Jadidchilik va milliy taraqqiyot................................................ .......... .. ..56 3.2. Jadidlar milliy-demokratik davlatchilik g‘oyalari va hozirgi zamon.......................................................................................... ........... .... 70 XULOSA .................................................................................... .......... . . . .. ... 83 Foydal a n i lgan adabiyotlar ro‘yxati ...................…...................... ..............86

K I R I SH Mavzuning dolzarbligi va zarurligi. Insoniyatning tarixiy taraqqiyotida XIX asr oxiri XX asr boshlari alohida mavqeiga ega. Bu davrda shu qadar ko‘p olamshumul voqealar ro‘y berdiki, ular o‘zining mazmun mohiyati bilan bir necha asrlarga tatiydi. Agar XX asr boshlariga bugungi kun nuqtai-nazaridan yon d oshsak, bu asr T urkiston xalqlari uchun milliy o‘yg‘onish harakati bilan boshlanadi va shu harakatning o‘z oldiga qo‘ygan ulug‘ maqsadi asrning so‘nggi o‘n yilligida, ya’ni, sovet mustabid tuzumining inqirozga uchrashi va sobiq imperiyaning parchalanishi bilan amalga oshdi. S h arq ijtimoiy tafakkuri tarixida jadidchilik harakatining va ularning ijtimoiy-siyosiy falsafiy qarashlarining o‘rni alohida ahamiyatga ega. C h unki jadidchilik o‘z davrida butun bir millatni, xalqlarni, og‘ir turmush tarzidan xolos qilishning amaliy yo‘llarini axtarishga harakat qilgan. Lekin sobiq ittifoq mafkurasining ta’ziqi natijasida jadidchilik harakatining g‘oyaviy, mafkuraviy, ijtimoiy-siyosiy jihatlari ta’qib ostiga olinib, tafakkur tizimidan chetga surib qo‘yildi. Buning natijasida jadidchilik mamlakat tarixida “oq dog‘lar” sifatida tadqiqot ob’ektidan chetda qolib keldi. Mahalliy ziyolilarimiz ham o‘zoq yillar jadidlar harakatini o‘rganishga va ularni tadqiqot ob’ektiga aylantirishga botina olmadilar. Faqat mustaqillik tufayli jadidchilik harakati ijtimoiy hodisa sifatida sharq tafakkuri tizimida muhim bug‘in bo‘lganligi ta’kidlanib, o‘rganishga kirishildi. Aynan mustaqillik sharofati bilan jadidchilikni badiiy, ijtimoiy- siyosiy, falsafiy nuqtai nazardan o‘rganish yo‘lga qo‘yilmoqda. Qator ilmiy tadqiqotlar, dissertatsiyalar, monografiyalar nashr qilinmoqda. Jadidchilik harakat sifatida jamiyatni o‘zgartirishni qon tukish yo‘li bilan emas balki, ma’rifat yo‘li bilan o‘zgartirish mumkinligini ta’kidlagan ziyolilar edi.

Jadid ma’rifatparvarlarining qiziqish doirasi g‘oyat keng bo‘lib, ularning asosiy maqsadi xalqni ma’rifat yo‘li bilan mustaqillikka olib chiqish edi. C h unki, ma’rifatsiz o‘z tarixi va insoniy haq-huquqlar haqida hech narsa bilmay, mustamlakachilik sharoitida yashash x alqning irodasini bukub tashladi. S h uning uchun ham ular yangi usuldagi maktablar ochib, tez suratlarda xalq ommasining savodini chiqarish choralarini ko‘rdilar; ilk matbuotga asos solib, gazeta va jo‘rnallar chop etishdi; yangi davr g‘oyalarini targ‘ib etuvchi, xalqning yopiq ko‘zini ochuvchi asarlar yaratdilar. Natijada jadid adabiyoti maydonga keldi va teatr truppalari paydo bo‘ldi. Jadidlar o‘zlarining taraqqiyparvar g‘oyalarini maktab-ma’rifat, adabiyot va teatr yordamida x alq ommasiga etkaza boshladilar. Ammo, ular nazarida, bu mafkura va ma’naviyat maydonlari, mamlakatning mustaqillikka erishish yo‘lida bir vosita edi xolos. Ular maktablar ochib xalqni o‘z haq-xuquqlarini tanishga da’vat etganlari uchun birovdan manfaat kutmaganlar. Ular istibdodga qarshi kurashayotganlari uchun ayovsiz jazolanishlarini oldindan bilishgan. Lekin bila turib ongli ravishda vijdonlari, iymonlari shunga da’vat etgan. S h u o‘rinda ta’kidlash kerakki, jadidlarning yirik namoyondalari bo‘lgan Mahmudxo‘ja Behbudiy, Fitrat, Munavvarqori, Tavallolarning faoliyatlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Muhtaram Prezidentimiz S h avkat Mirziyo y ev ta’kidlaganlaridek, jadidchilik harakatining har bir namoyondasini chuqur o‘rganish va yoshlarimizga etkazib berish muhim vazifalardan biridir. S h uni aytish kerakki, ma’rifatchilik bilan jadidchilik faqat yuzaga kelgan vaqt nuqtayi nazaridangina emas, balki o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari jihatidan ham turli hodisalar edi. C h unonchi, ma’rifatchilar mavjud holatni o‘zgartirishni emas, balki uni isloh qilishni, xalqning ma’rifiy saviyasini ko‘tarishni maqsad qilgan edilar. Jadidchilikning asosiy g‘oya va maqsadlari quyidagilar edi: Turkistonni o‘rta asrlarga xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish, shariatni isloh qilish, xalqqa ma’rifat tarqatish, Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo etish uchun kurash, Buxoro va Xivada konstitutsiyaviy monarxiya va parlament,

keyinchalik demokratik respublika tuzumini o‘rnatish orqali ozod va farovon jamiyat qurish, barqaror milliy valyutani joriy qilish va milliy qo‘shin tuzish. Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand va Xivada hur fikrli va taraqqiyparvar kishilarning ayrim guruhlari tomonidan ochilgan madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi jamiyat va uyushmalardan jadidchilik harakati shakllandi. Millat istiqbolini o‘ylovchi taraqqiyparvar kuchlar xalqning deyarli barcha tabaqalari — hunarmand, dehqon, savdogar, mulkdor, ulamolar orasida mavjud edi. Ziyolilar dastlab chorizmga qarshi kurashni xalqni asriy qoloqlikdan uyg‘otish — siyosiy-ma’rifiy jabhadan boshlashga qaror qildilar. Jadidchilik harakati ana shunday tarixiy bir sharoitda Turkiston mintaqasida rivojlanish uchun o‘ziga qulay zamin topdi. Jadidlar orasidan yetuk olimlar, sanoat va ziroatchilik sohalarining zamonaviy bilimdon mutaxassislari, madaniyat arboblari yetishib chiqib, yurtni obod va o‘z vatanlarini mustaqil ko‘rishni orzu qildilar va shu yo‘lda kurashdilar. Jadidlarning Turkiston mustaqilligi uchun kurashida asosan quyidagi yo‘nalishlar ustuvor edi: yangi usul maktablari tarmog‘ini kengaytirish; qobiliyatli yoshlarni chet elga o‘qishga yuborish; turli ma’rifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish; gazeta va jurnallar chop qilish, xalqning ijtimoiy-siyosiy ongini yuksaltirish bilan Turkistonda milliy demokratik davlat qurish. Jadid ziyolilarining kuchli partiyasi tashkil qilingan taqdirdagina bu ishlarni amalga oshirish mumkin edi. Mavzuning ilmiy ishlanganlik darajasi : Bugungi kunda yurtimiz tarixiga oid ma’naviy merosimizni o‘rganish, uni tadqiq etish muammosi ko‘plab tarixchi olimlarni va tadqiqotchilarni o‘ziga jalb qilmoqda. Bu jarayonda tarixchilar, faylasuflar, pedagoglar, adabiyoshunoslar, psixologlar va jamiya t shunos mutaxassislar ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar. Mazkur tadqiqotimizda o‘tmishda ajdodlarimizning falsafiy-ilmiy merosi ilmiy mavzumizni yoritishda muhim manba bo‘lib sanaladi. Jumladan, jadidlar falsafiy dunyoqarashi o`zining nazariy asoslangan va puxta ishlanganligi bilan ajralib turadi. S h uning uchun ham ularning falsafiy qarashlarida falsafiy

dunyoqarashning borliq haqidagi umumiy tam o yillar bo`lgan ilmiylik, tarixiylik, mantiqiylik, universallik, maqsadlilik, g`oyaviylik kabilarning birligi sezilib turadi. Aynan shu tam o yillar tufayli jadidlar inson faoliyatini axloqiy meyor negiziga qo`yilgan siyosiy mustaqillik, demokratik boshqaruv shakllari uchun kurash g`oyalari bilan birga sodir bo`ldi. Y u qorida ta`kidlaganimizdek, jadidchilik Turkistonda 19 asrning oxirlarida maydonga kelgan, 20 asr boshlarida shakllanib, 1917 yilga bolsheviklar tuntarishidan keyin ham sotsialistik diktatura o`rnatilgunga qadar o`z mavqe va yo`nalishini saqlab qola olgan ijtimoiy harakatdir. U ijtimoiy turmushning barcha jabhalarini qamrab olgan edi. Mubolag`asiz aytish mumkinki, mazkur davrda yuzaga chiqqan na siyosiy, na madaniy biror hodisa yo`qki, uning e`tibor va ta`sir doirasidan chetda qolgan bo`lsin. S h unday ekan hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda jadidlarni falsafiy qarashlarini o`rganish va hozirgi o`sib kelayotgan yoshlarga o`rgatish zarur. Mavzuning ob’ekti Jadidchilarning ijtimoiy-siyosiy qarashlarining falsafiy asoslari. Mavzuning predmeti Jadidchilik harakatining g`oyalari, harakat dasturlari uning mazmun-mohiyati, hozirgi davr rivojlanish strategiyasidagi ahamiyati. Mavzuning maqsadi: Jadidchilarning g‘oyasi, harakat dasturlari, ijtimoiy- siyosiy qarashlarining falsafiy asoslari, hozirgi davr rivojlanishi jarayonidagi ahamiyatini ijtimoiy falsafiy tahlil etib o‘rganish. Mavzuning vazifalari: - jadidlarning ma’rifiy bilimlarni egallash orqali jamiyat hayotidagi ijtimoiy jarayonlarga ijtimoiy-falsafiy tafakkur nuqtai nazaridan yondashish; - milliy va umumbashariy qadriyatlarning mohiyatini idrok etish hamda ularni qadrlashga o‘rgatish; - jamiyatni demokratlashtirish va modernizatsiyalash jarayonida faol ishtirok etish hissini tarbiyalash; - yoshlarda vatanparvarlik tuyg`usini oshirish;