Jamiyat modernizatsiyasi nаzаriyalаri va ularni o’rgаnishning nаzаriy-mеtоdоlоgik аsоslаri
Jamiyat modernizatsiyasi n а z а riyal а ri va ularni o’rg а nishning n а z а riy- m е t о d о l о gik а s о sl а ri MUNDАRIJА KIRISH ................................................................. ..................... ....................2 I BОB JAMIYAT MODERNIZATSIYA SI NАZАRIYALАRI VA ULARNI O’RGАNISHNING NА ZАRIY-MЕTОDОLОGIK А SОSLАRI…………………………………………………………. 1.1. Modernizatsiya tushunchаsining mаzmun-mоhiyati .........................6 1.2. Modernizatsiya nаzаriyasining tаriхiy shаkllаnish bоsqichlаri.......................................................................................14 II BОB MODERNIZATSIYA NАZАRIYALАRINING - IJTIMОIY TАRАQQIYOTDАGI KO’RINISHLАRI .................................. 2.1. Modernizatsiya pаrаdigmаsining zаmоnаviy hоlаti........................25 2.2. Siyosiy modernizatsiya vа uning kоnsеpsiyalаri............................. .32 III BОB YANGI O’ZBЕKISTОNNING MODERNIZATSIYA SOHASIDAGI HARAKATLAR STRATEGIYASI АMАL QILISHI 3.1. Yangi O’zbеkistоndа jamiyat sohalarini modernizatsiyalashdagi strategiyalar ..................................................................................... 46 3.2. O’zbеk jаmiyati modernizatsiyasidа mа’nаviy-mаfkurаviy оmillаrning o’rni.............................................................................55 ХULОSА........................................................................................ ...... ...............66 FОYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR RO’YХАTI……………... ..............69 1
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Jamiyat hayotining asta-sekin tadrijiy taraqqiy etib borishi ma’naviy hayotdagi o’zgarish, yangilanish, modernizatsiya jarayonlari bilan bevosita bog’liq bo’lib, globallashuv jarayoni ijtimoiy taraqqiyotning tezlashuviga, iqtisodiy, ijtimoiy – siyosiy, ma’naviy – mafkuraviy hayot sohalarida turli madaniyatlar o’zaro ta’sirining kuchayishiga olib kelmoqda. Hozirgi zamon sivilizasiyasining muhim o’ziga xos xususiyati, bu jahon ijtimoiy hayotida insonparvarlik, demokratlashtirish va globallashuv singari yangi tamoyillarning yuzaga kelishi hamda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida namoyon bo’lishida ko’zga tashlanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlagandek, “Xalqlar tarixida o’ziga xos tub yangilanish davrlari borki, bunday zamonlarda muayyan millat dahosi, uning o’z salohiyatini namoyon etishga intilishi, yaratuvchanlik faoliyati eng yuksak cho’qqilarga ko’tariladi. Nisbatan qisqa davrda erishilgan ulug’ marralar jahon ahlini lol qoldiradi. Ayni bir xalq salohiyatining ulkan natijasi bo’lgan olamshumul yutuqlar esa, insoniyat tarixining yorqin sahifalariga aylanadi, dunyo siviliztsiyasi taraqqiyotiga katta kuch va shiddat beradi” 1 . Davlatimizda ochiq siyosiy tizim, erkin iqtisodiyot asoslari yaratilishi, umuman jamiyat hayotining barcha jabhalarida chuqur yangilanish jarayonlari barqaror amalga oshirilishi, ya’ni ijtimoiy fanlarda modernizatsiyani o’rganish o’z o’rniga ega bo’lmoqda. Ayni vaqtda, jamiyatni zamonaviylashtirishda qo’lga kiritilgan yutuqlar muammolarning to’laligicha hal etilganligini bildirmaydi ham, albatta. Shu bois, bugungi kunda o’zbek milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlash va raqobatbardosh mamlakatni shakllantirish borasida muhim ilmiy-nazariy masalalar mavjudligini e’tibordan chetda qoldirib bo’lmaydi. Shunday masalalardan biri – bu modernizatsiya jarayonining jamiyat ma’naviy 1 Mirziyoyev. Sh. M. “ Yangi O’zbekiston strategiyasi”. Toshkent. “ o’zbekiston”. 2021 2
hayotiga ta’sirini o’rganish, ularning ijtimoiy-tarixiy amaliyotga qanchalik mutanosibligini tadqiq etishdan iboratdir. Shu jihatdan, bugungi kunda, ijtimoiy-gumanitar, xususan, falsafiy fanlar oldidagi dolzarb vazifalardan biri – bu mamlakatimizda tub o’zgarishlar davrida modernizatsiyaning jamiyat ma’naviy hayotiga, qolaversa boshqa sohalarga ta’sirini kengroq tahlil etishdir. Boshqacha aytganda, taraqqiyotdan insoniy maqsadlarni ko’zlayotgan har qanday jamiyat uchun an’anaviylikdan zamonaviylikka o’tish obyektivdir. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. An’anaviy jamiyat zamonaviylashuvini tahlil etuvchi asosiy jamiyat modernizatsiyasini kompleks tarzdagi tahlilidan iborat. Mazkur maqsad bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan quyidagi vazifalarni qo’yilishi va samarali hal etilishini taqozo qiladi: - “modernizatsiya” tushunchasining mazmun-mohiyati va uning namoyon bo’lish shakllarini yoritish; - globallashuv va modernizatsiyaning o’zaro aloqadorl ik jihatlarini ko’rsatib o’tish; - jamiyat modernizatsiyasining asosiy omillarini, unda umumiy va xususiy, milliy va universal prinsiplar, an’anaviy va umuminsoniy qadriyatlar dialektikasini tadqiq etish; - ma’naviy munosabatlarning globallashuvi: xarakteri, ko’lami va yo’nalishlarini ko’rsatish; - modernizatsiya jarayonlarining jamiyat ma’naviy hayotiga ta’sirini yoritish; - jamiyat rivojlanishiga doir yangicha g’oya va qarashlarni ilmiy asoslanganligini yoritish; - O’zbekistonda modernizatsiya jarayonlarida ma’naviy omilning rolini aniqlash va ahamiyatini ko’rs at ish; - tadqiq etilgan mavzu bo’yicha umumiy nazariy xulosalar chiqarish va amaliy taklif-tavsiyalar ishlab chiqish. 3
Mavzuning o’rganganlik darajasi. Аyni vaqtda, modernizatsiya jarayonining mazmun-mohiyatini baholashda ham yagona ilmiy yondashuvlar ham mavjud emas. Masalan, modernizatsiya va uning nazariyasiga asosan bir-biriga mutlaqo qarama-qarshi ilmiy pozitsiya mavjud: ba zi tadqiqotchilar modernizatsiyaʼ ob ektiv qonuniyatlarga asoslangan tarixiy jarayon ekanligini isbotlashga ʼ harakat qilishsa, boshqalari esa, modernizatsiya nazariyalarining g ayriilmiyligi, ʼ uning mafkuraviy qurollardan biri ekanligini asoslashga intilishadi. Bugungi kunda o zbek milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlash va ʼ raqobatbardosh mamlakatni shakllantirish borasida muhim ilmiy-nazariy masalalar mavjudligini e tibordan chetda qoldirib bo lmaydi. Shunday ʼ ʼ masalardan biri – bu modernizatsiya nazariyalarini konstuktiv-tanqidiy o rganish, ularning ijtimoiy-tarixiy amaliyotga qanchalik mutanosibligi va ʼ adekvatligi masalalarini tadqiq etishdan iboratdir. Bugungi kunga kelib amalga oshiralayotgan keskin o’zgarishlar natijasida O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi yangi bosqichga ya’ni “ Uchinchi Renessans”ga ko’tarildi. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi loyihasi negizida bir qancha yangi dasturlar, yangi konsepsiyalar, yangi qonun hujjatlari qabul qilinishi nazarda tutilmoqda. Bu bilan mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik rivojlanishining keyingi bosqichida amalga oshiriladigan islohotlar keng qamrab olinmoqda. Shunday ekan, Taraqqiyot strategiyasining tasdiqlanishi va muvaffaqiyatli amalga oshirilishi O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat barpo etish hamda erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan ulkan maqsad va vazifalarimizga erishish imkonini beradi 2 . Mavzuning obekti: Modernizasiya jarayoni insoniyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va madaniy jihatdan barqaror rivojlanishining omili sifatida ijtimoiy-falsafiy tahlil qilish. 2 Mirziyoyev. Sh.M Yangi O’zbekiston strategiyasi. Toshkent. O’zbekiston.2021 4
Mavzuning predmeti: Jamiyat modernizatsiyasi jarayonini o‘rganish va barqaror rivojlanishga oid manbalar hamda globallashuv hodisasini gumanistik va tolerantlik ruhida shakllantirish jarayonlarini ilmiy asoslash. Mavzuning metodlari: Obektivlik, tizimlilik, analiz va sintez, tarixiylik, mantiqiylik, qiyosiy tahlil, kuzatish, umumiylashtirish, ilmiy bilish va hokazolar. Bitiruv malakaviy ishning strukturasi. Ushbu ilmiy ishning strukturasi quyidagicha: Kirish, 3 ta bob, 6 ta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, jami 72 sahifani tashkil etadi. 5