logo

Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda “fidoyilik”, “sabr-qanoat”, “matonat” kabi fazilatlarni shakllantirish

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

30.7626953125 KB
Mavzu:   Kichik   maktab   yoshidagi   o’quvchilarda   “fidoyilik”,   “sabr-qanoat”,
“matonat” kabi fazilatlarni shakllantirish
Reja:
I. Kirish.
II. Asosiy qism:
2.1.   Kichik   maktab   yoshidagi   o`quvchilar   xulq-atvoriga   ta`sirini
o`rganishning metodologiyasi
2.2.   O’quvchilarda   “fidoyilik”,   “sabr-qanoat”,   “matonat”   kabi   fazilatlarni
shakllantirish.
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish O‘zbekiston   Prezidenti   I.A.Karimov   o'zining   “Yuksak   ma’naviyat   -   yengilmas
kuch” nomli asarida “Ma’naviyatni  shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan yana
bir muhim hayotiy omil - bu ta‘lim-tarbiya tizimi bilan chambarchas bog'liqligidir.
Ta’limni   tarbiyadan,   tarbiyani   esa   ta’limdan   ajratib   bo‘Imaydi   -   bu   sharqona
qarash,   sharqona   hayot   falsafasi...Ma naviyatni   tushunish,   anglash   uchun   avvaloʼ
insonni   tushunish,   anglash   kerak.   Shuning   uchun   ham   о‘zligini,   insoniy   qadr-
qimmatini   anglab   yetgan   har   qanday   odam   bu   haqda   о ylamasdan   yashashini	
ʼ
tasavvur qilish qiyin ”, - deb ta’kidlaydi.
Inson   o‘z   qadr-qimmatini   va   o‘zligini   umumta’lim   maktablarida   ta’lim-tarbiya
jarayonida   anglay   boshlaydi.   Ta’lim   muassasalarida   o‘qituvchi   tomonidan   o‘zaro
muloqot   asosida   olib   boriladigan   quyidagi   xususiyatlar   negizida   o‘quvchilarda
muloqot   orqali   ma’naviy  madaniyatni   shakllantirish   mezonlari   (O.Musurmonova)
ifodalangan:
•   har   bir   insonning   qiziqishlarini   ko‘ra   bilish,   his   etish   va   hurmat  
qilish;
•milliy-ma’naviy   madaniyat   manbalarini   o'rganish,   o‘zligini  
anglashga   ehtiyoj;
•inson   hayotida   mehnatning   o‘rnini   to‘g‘ri   tushunish;  
•insonparvarlik,   mehr-oqibat,   iymon.   e’tiqod,   milliy   qadriyatlarni  
e’zozlash;
•Vatanga muhabbat, sadoqat, o‘z manfaatlarini jamiyat, xalq manfaatlaridan yuqori
qo‘ymaslik;
•ota-ona,   qarindoshlar   va   boshqa   atrof-muhitidagi   kishilarga   nisbatan   muruvvatli,
sahovatli bo‘lish.
O‘zbekiston   Respublikasi   Birinchi   Prezidenti   I.A.Karimov   mustaqillikning
dastlabki   yillaridayoq   mamlakatimizni   rivojiantirishning   ma’naviy-axloqiy
negizlari haqida o‘z fikrlarini bayon etgan: "Mustaqil O'zbekistonning kuch-qudrat
manbai  -  xalqimizning umuminsoniy  qadriyatlarga sodiqligidir. Xalqim  iz adolat,
tenglik,   ahil   qo'shnichilik   va   insonparvarlikning   nozik   kurtaklarini   asrlar   osha
avaylab   asrab   kelmoqda.   O'zbekistonni   yangilashning   oliy   maqsadi   ana   shu an’analarni qayta tiklash, ularga yangi mazmun bag‘ishlash, zaminimizda tinchlik
va   demokratiya,   farovonlik,   madaniyat,   vijdon   erkinligi   va   har   bir   kishini   kamol
toptirishga   erishish   uchun   zarur   shart-sharoit   yaratishdir”.
Darhaqiqat, O‘zbekiston zaminida Sharq ma’naviy madaniyatining muhim jihatlari
uyg‘onish davrida rivojlangan bo‘lib, bu davrda yashab ijod etgan al-Xorazmiy, al-
Kindiy,   Abu   Nasr   Forobiy,   Abu   Ali   ibn   Sino,   Abu   Rayhon   Beruniy,   Firdavsiy,
Umar   Xayyom,   Yusuf   Xos   Hojib,   Ahmad   Yassaviy,   Shayx   Sa’diy,   Tusiy,
Mahmud   Qoshg‘ariy,   Ahmad   Yugnakiy,   Lutfiy,   Mirzo   Ulug'bek,   Abdurahmon
Jomiy, Alisher Navoiy kabi  ko'plab mutafakkirlarning ijodiy meroslari pedagogik
tafakkur   taraqqiyotida,   insonning   ma’naviy-axloqiy   kamolotida,   umumbashariy
ma’naviy qadriyatlarning yuksalishida muhim bosqich bo‘ldi. Ular Sharqona odob-
axloq  talablari   asosida   komil   insonni   tarbiyalashning  ma’naviy  asosini   yaratishga
muvaffaq boldilar.
Ushbu   davr   ma’naviy   qadriyatlari   mazmunida   avvalo,   insonning   ichki   va   tashqi
holati,   hissiyoti,   mehnatga,   turmushga   munosabati,   mehr   oqibati,   muhabbati,
sadoqati,   bilim   o‘rganishga   intilishi,   ma’naviy   kayfiyati,   aql-idroki,   erki,   insonni
tabiatning   eng   buyuk   mahsuli   sifatida   kuylash,   tasvirlash,   oliy   axloqli,   yuksak
insoniy   fazilatlarga   ega   bo‘lgan   adolatli   jamoa   vakilini   tarbiyalash   g‘oyasi   ilgari
surilgan.   Ularning   yosh   avlod   ma’naviy   madaniyatini   tarbiyalashdagi   ahamiyati
ham   naqadar   bebaho   ekanligini   ta’kidlab,   Birinchi   Prezidentimiz   I.A.Karimov
“Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarida ma’naviyat tushunchasiga shunday
ta’rif   beradi:   “...Ma’naviyat   -   insonni   ruhan   poklanish,   qalban   ulg'ayishga
chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun
qiladigan,   vijdonini   uyg'otadigan   beqiyos   kuch,   uning   barcha   qarashlarining
mezonidir, desak menimcha tariximiz va bugungi hayotimizda har tomonlama o ‘z
tasdig‘ini   topib   borayotgan   haqiqatni   yaqqol   ifoda   etgan   bo'lamiz”.   Demak,
ma’naviy madaniyat manbalarida ilgari surilgan g'oyalarga amal qilish, ularni yosh
avlodga   o‘rgatish   va   ongiga   singdirish   o‘qituvchining   jamiyat   va   Vatan   oldidagi
yuksak burchidir. O'quvchilar ta’lim-tarbiya jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, axloqiy
normalarni o'zlashtiradilar. O'quvchi eng yaxshi insoniy fazilatlarni, axloq-odobni,
muloqot   madaniyatini,   asosan,   о'qituvchi   timsolida   anglab   olishini   unutmaslik
kerak.
Bola   tarbiyasida   biz   o qituvchilarning   o rni   beqiyos.   Biz   yurtimiz   farzandiniʻ ʻ
tarbiyalar   ekanmiz,   uning   taqdiri   hayotdagi   o rniga   befarq   qaray   olmaymiz.	
ʻ
Shuning   uchun   biz   o qituvchilar   bola   tarbiyasida   oila   bilan   hamkorlikni	
ʻ
mukammal   o rnatishimiz   lozim.   Mamlakatimizning   asosiy   qismini   musulmon	
ʻ
oilalari tashkil qiladi. Dinimizda farzand tarbiyasi qanday bo ladi va bu nechog lik	
ʻ ʻ
muhimligini   bilmoq   uchun   Toshkent   shahar   "Minor"     jome   masjidi   imom-xatibi
Rahmatulloh domla Sayfuddinovning«Go‘zal  tarbiyadan yaxshiroq meros yo‘q» -
Islomda farzand tarbiyasi haqida nomli maqolasiga nazar tashlasak:
  "Agar   murabbiy   yoki   ota-ona   farzandiga   bir   lahza   e'tiborsiz   bo‘lsa,   farzandlar
tarbiyasi   buzilib   ketadi.   Rasuli   akram   sollalohu   alayhi   vasallam   marhamat
qilganlarki, har bir tug‘iladigan bola fitratda tug‘iladi, ya'ni har bir chaqaloq pokiza
bo‘ladi, u oq qog‘oz kabidir.
Bu   hadisni   muhaddislarimiz   ota-ona   bobida   keltirmasdan   taqdir   bobida
keltirganlari tarbiyaning taqdirga bog‘liqligini bildiradi. Tarbiyaga kech qolinmasa
bo‘ldi...   Shariyati   Islom   farzandga   birinchi   o‘rinda   ota-onani   javobgar   qilib
qo‘ygan.   Ota-ona   zimmasiga   tarbiyani   vojib   qilib   yuklagan.   O‘qituvchilar   bola
hayotining   ma'lum   qismida   uning   tarbiyasiga   go‘yoki   ota-onalar   tomonidan
yollangan   murabbiylar   hisoblanadilar.   Ularni   aybdor   qilish   hech   mantiqqa   to‘g‘ri
kelmaydi.
Abu   Hanifaning   bir   o‘g‘li   bor   edi.   Ustozlari   Hammod   bin   Sharaf   nomlariga   atab
o‘g‘liga   Hammod   deb   ism   qo‘ygandilar.   Imom   hazratlari   katta   savdogar
bo‘lganlar.  U juda  band edi  va  farzandiga  avvalgi   Qur'oniy  ta'limni  berish  uchun
ustoz   yolladilar.   Iltimos   qildilarki,   o‘g‘limizga   Qur'on   o‘qishni   o‘rgatib   bering.
Ustoz   Hammodga   surai   Fotihani   yodlatdi.   Ustozning   huzurida   otasiga   Hammod
fotiha surasini chiroyli qilib tilovat qilib berdi. Shunda   Imom   Hanifa   cho‘ntaklaridagi   500   dinorni   ustozning   oldiga   qo‘ydilar.   1
dinor tanga 5 gramm oltindan bo‘ladi. 500 dinor katta pul bo‘lgan. 1 dinorga o‘sha
mahalda   katta  qo‘y  berilgan.   Bu   degani   Fotiha   surasini   o‘rgatgani   uchun  ustozga
500 ta qo‘y berildi.
Shunda   ustoz   biroz   xijolat   bo‘ldi.   Hazratga   juda   ko‘p   pul   berganligi,   bitta   dinor
ham ko‘plik qilishini aytganida, Imom Hanifa bir gap aytdi:
«Ustoz,   xizmatingizni   yengil   sanamang.   Bu   hali   yonimda   bo‘lganidir.   Agar
yonimda   butun   molim   bo‘lganida   poyingizga   qo‘ygan   bo‘lardim.   O‘g‘limga
Fotihani, Qur'onning onasi bo‘lgan surani o‘rgatganingiz uchun».
Ko rib   turganingizdek,   farzand   tarbiyasi,   aynan,   bizning   mentalitetimizda   faqatʻ
ustoz   yoki   ota-ona(vasiy)   emas,   ikkalasining   birgalikdagi   hamkorligi   va,   albatta,
mahallaning   o rni   beqiyosdir.   Jamiyatimizga   yetuk,   har   tomonlama   barkamol	
ʻ
shaxsni tarbiyalab, yetishtirib berish bizning bosh maqsadimiz ekan, har birimiz -
ota,   ona,   bobo,   buvi,   qo ni-qo shni,   qarindosh-urug ,   ustoz-murabbiy,   do st-u	
ʻ ʻ ʻ ʻ
dugona, mahalla faollari, ta lim-tarbiya fidoyilari - barchamiz birdek mas ulmiz.
ʼ ʼ
  Kichik   maktab   yoshidagi   o`quvchilar   xulq-atvoriga   ta`sirini   o`rganishning
metodologiyasi
Kichik   maktab   yoshidagi   o`quvchilarda   ta`lim   va   tarbiyaning   dolzarb   roli   ortib
boradi.   Zero,   ta`lim   O`zbekiston   xalqi   ma`naviyatidagi   yaratuvchanlik   faolligini
keltiruvchi uzluksiz jarayondir. O`sib kelayotgan avlod vakillarining barcha qulay
imkoniyatlari   unda   namoyon   bo`ladi,   kasbiy   tayyorgarligi,   mahorati   uzluksiz
ravishda   takomillashadi,   ajdodlarning   bebaho   tajribasi   ularga   meros   sifatida
uzatiladi.   Yoshlar,   ularning   iqtidorlik   va   bilim   olishga   layoqati,   uquvchanligi
ta`lim   jarayonida   takomillashadi   va   xulq-atvor,   qadriyatlar   tushunila   boshlanadi.
Har   bir  inson   o`zicha   takrorlanmasligi  tufayli   jamiyat   har  bir   shaxsning  xarakteri
va   o`ziga   xosligini   qo`llab   -   quvvatlaydi,   uning   madaniyatni   yanada   yuksak
darajasiga ko`tarishga ta`sir etuvchi yangi fazilatlari va hislatlarini umumlashtiradi.
Zero,   Prezidentimiz   Sh.Mirziyoyev   o`z   xalqiga,   uning   an`analariga,   tili   va
madaniyatiga   muhabbat   va   hurmatni   tarbiyalamasdan   turib,   o`z   xalqini millatlarning   butun   jahon   hamjamiyatida   tenglardan   biri   sifatida   idrok   qiluvchi
haqiqiy   insonni,   o`z   Vatanining   jonkuyarini   tarbiyalash   mumkin   emas,   degan
fikrlari   izchil   ravishda   ilmiy   tadqiqotlarni   olib   borishni   talab   qilmoqda.   Mazkur
g`oyalar   «Ta`lim   to`g`risida»   gi   Qonunda   rivojlantirilgan   bo`lib,   ular   muhim
nazariy hamda metodologik ahamiyat kasb etadi. Hozirgi davrda yoshlar tarbiyasi
va ular xulq-atvori ijobiy tarzda shakllantirishning dolzarbligidan kelib chiqib, biz
tadqiqotning   asosiga   kchik   maktab   yoshidagi   o`quvchilarning   shaxs   xulq-atvor
fazilatlarining   shakllanishiga   sabab   bo`luvchi   ijtimoiy   psixologik   omillar,
pedagogik shart-sharoitlarni  belgilash  va xulq-atvor  tasavvurlar, tushunchalarning
bu   borada   psixologik   mexanizm   sifatida   o`rni   borligi   g`oyasini   oldik.   Turli
taraqqiyot   davrlarida   inson   psixologiyasi   va   shaxsi   o`zgarishi   qonunlaridan   kelib
chiqqan   holda,   biz   kichik   maktab   yoshi   davrini   xulq   atvor   kategoriyalarni   faol
ravishda o`zlashtirish va shu asnoda xulq-atvor tasavvurlar shakllanishi uchun eng
senzitiv-qulay   davrdir,  deb   tanladik.   Zero,  ayni   shu   davrda  shu   davrda   shaxsning
o`zini   o`rab   turgan   muhitdagi   eng   nodir   xulq-atvor   qadriyatlarga   nisbatan
munosabatlari   faollashadi,   ularni   o`zlashtirish   orqali,   xulq-atvor   tasavvurlarini   va
bilimlarini   boyitish,   uni   his-tuyg`ulari   va   xatti-harakatlarida   namoyon   etishga
psixologik jihatdan hozirlik kuchayadi. Bundan tashqari, ushbu davrda yoshlarning
muloqot   doirasi   kengayadi,   o`z-o`zini   anglashi,   o`z-o`zini   nazorat   qilishi,
jamiyatda o`z o`rnini topish, ijtimoiy mafkuraviy masalalarga nisbatan qiziqishlari
ortadi,   jamiyatda   sodir   bo`layotgan   o`zgarishlar,   madaniyat   va   ma`naviyat
sohasidagi   barcha   o`zgarishlarga   munosabatlar   tizimi   sayqallashadi.   Bu
holatlarning   barchasi   mazkur   yosh   davrini   kurs   ishi   obyekti   qilib   tanlashga   asos
bo`ladi.Kurs   ishidan   ko`zlangan   asosiy   maqsad   xalqimiz   an`analari   va   maxsus
ijtimoiy   omillarning   kichik   yoshdagi   o`quvchilarda   xulq-atvorni   o`zgartiruvchan
ta`sirini   o`rganish   va   ushbu   jarayonni   eksperimental   tarzda  kuzatishdan   iboratdir.
Shu   maqsaddan   kelib   chiqqan   holda   quyidagi   vazifalarni   amalga   oshirishni
rejalashtirdik.-Xulq   atvor   muammosini   nazariy   tahlil   qilish   va   unipsixologik
fenomen sifatida aniqlash. -Kichik   maktab   yoshidagi   o`quvchilarning   xulq   atvorni   o`ziga   xosligini   tadqiq
etish.
-   Kichik   maktab   yoshidagi   o`quvchilardagi   psixologik   xususiyatlariga   ta`sir
etuvchi va ularni o`zgartiruvchi ijtimoiy omillarni tadqiq etish va aniqlash.
- Milliy an`ana va urf-odatlar mohiyatini o`z ichiga olgan xulq atvor tasavvurlarni
shakllantiruvchi   maxsus   ta`lim   jarayonidagi   va   darsdan   tashqari   amalga
oshiriladigan ijtimoiy tadbirlar kompleksini aniqlash.
-   Kichik   maktab   yoshidagi   o`quvchilar   xulq-atvor   dunyoqarashi   va   tasavvurlari
dinamikasini qayd etish.
Kichik   maktab   yoshidagi   o`quvchilarda   ta`lim   va   tarbiyaning   dolzarb   roli   ortib
boradi.   Zero,   ta`lim   O`zbekiston   xalqi   ma`naviyatidagi   yaratuvchanlik   faolligini
keltiruvchi uzluksiz jarayondir. O`sib kelayotgan avlod vakillarining barcha qulay
imkoniyatlari   unda   namoyon   bo`ladi,   kasbiy   tayyorgarligi,   mahorati   uzluksiz
ravishda   takomillashadi,   ajdodlarning   bebaho   tajribasi   ularga   meros   sifatida
uzatiladi.   Yoshlar,   ularning   iqtidorlik   va   bilim   olishga   layoqati,   uquvchanligi
ta`lim   jarayonida   takomillashadi   va   xulq-atvor   qadriyatlar   tushunila   boshlanadi.
Har   bir  inson   o`zicha   takrorlanmasligi  tufayli   jamiyat   har  bir   shaxsning  xarakteri
va   o`ziga   xosligini   qo`llab   -   quvvatlaydi,   uning   madaniyatni   yanada   yuksak
darajasiga ko`tarishga ta`sir etuvchi yangi fazilatlari va hislatlarini umumlashtiradi.
Kichik   maktab   yoshidagi   bolalar   7   yoshdan   12   yoshgacha   bo’lgan   bolalar   bo’lib
ular   boshlang’ich   sinf   o’quvchilari   hisoblanadi.Bu   yillarda   bolaning   hayoti   va
faoliyatida   muhim   o’zgarishlar   ro’y   beradi.Binobarin,   ularning   psixikasida   ham
o’zgarishlar   sezilarli   darajada   bo’ladi.Bolaning   maktabga   kirishi   uning   hayotida
burulish   chog’idir.   Bola   maktabga   kirib   o’qiy   boshlashi   bilanoq   uning   hayotida
asosiy   faoliyat   o’qish   bo’lib   qoladi.   Maktabda   bola   tizimli   ravishda   yangiliklar
oladi,   bu   o’quvchilarning   kundan   kunga   orttirib   borayotgan   xilma-xil   mavzudagi
bilimlarning   manbayidir.Bolaning   bilimlarni   sistemali   tarzda   o’zlashtirishi
natijasida   undagi   bilimning   doirasi   kengayib   boradi,   aqliy   jarayonlar   rivojlanadi
shu bilan bir qatorda bolaning emotsional-irodaviy xususiyatlari qayta tarkib topib
rivojlana   boshlaydi.Maktabdagi   ta’lim   jarayonining   o’zi   bolaning sezgi,idrok,tafakkur,nutq   va   diqqatlariga   yangi   talablar   qo’yadi.   Kichik   yoshdagi
o’quvchilarning   yuqorida   ko’rsatilgan   xilma-xil   qiziqishlari   bilan   bir   qatorda
individual   qiziqishlari   ham   tug’ula   boshlaydi.Ba’zi   o’quvchilar   rassomlikka
ko’proq   qiziqsalar,ba’zilari   musiqa,   she riyatga   muhabbat   qo’yadilar.   Kichikʼ
maktab   yoshidagi   bolaning   muhim   xususyatlaridan   biri,unda   o’ziga   xos
ehtiyojlarning   mavjudligidir.Bu   ehtiyojlar   o’z   mohiyatiga   ko’ra   faqat   muayyan
bilim, ko’nikma va malakalarni egallashga qaratilmay,balki o’quvchanlik istagi aks
ettirishda   ham   iboratdir.   Kichik   maktab   yoshdagi   bolalar   tez   chalg’iydilar,   uzoq
vaqt   diqqatlarini   bir   narsaga   qarata   olmaydilar   ta’sirchan   hamda   emotsional
bo’ladilar.Kichik   maktab   yoshidagi   o’quvchi   faolligining,   asosan,   uch   xil
ko’rinishi   mavjud   bo’lib   ular   jismoniy,ijtimoiy   va   psixik,   faollikdir.Jismoniy
faollik-sog’lom   organizmning   harakat   qilishga   bo’lgan   turli   mavjud   to’siqlarni
yengishda   tabbiy   ehtiyojdir.Psixik   faollik-bu   normal   rivojlanayotgan   bolaning
atrof-olamdagi predmetlarni,insoniy munosabatlarni bilishga nisbatan qiziqishdir. 
Kichik   maktab   yoshidagi   o'quvchilarning   his-tuyg'ulari   ularning   faoliyatida
namoyon   bo'ladi   va   rivojlanadi.   Kichik   maktab   yoshidagi   o'quvchilar   o'zlarining
har   bir   faoliyat   natijalariga   baho   bеra   oladilar.   Baho   kishida   qoniqish   va
qoniqmaslik   hislarini   yuzaga   kеltirishi   mumkin   bo'lib,   bu   hislar   bolani   yaxshi
o'qishga   ruhlantiradi.   Ba'zan   past   baho   olish   orqali   yuzaga   kеlgan   salbiy   hislar
chuqurlashib,   o'qituvchining noto'g'ri   rеaksiyasi   va  kattalarning  doimiy tanbеh  va
tanqidlari   oqibatida   bolaning   xaraktеr   hislatiga   aylanib   qolishi   mumkin.
Boshlang'ich   sinf   o'quvchilarining   faoliyatlari   uchun   ijobiy   baho   olishlariga
yordam   bеruvchi   asosiy   hislardan   biri   intеllеktual   hislardir.   Odamning   aqliy
faoliyati   bilan   bog'liq   bo'lgan   hislar   intеllеktual   hislar   dеb   ataladi.   Bilishga
qiziqish,   taajjublanish   va   hayron   qolish   hislari,   ishonch,   ishonchsizlik   va
shubhalanish   hislari   intеllеktual   hislar   qatoriga   kiradi.Kichik   yoshdagi
o`quvchilarda   ixtiyorsitz   diqqat   yuqori   turadi.Lеkin   maktabda   o`qish   birinchi
yiliyoq   o`quvchilarda   ixtiyoriy   diqqatning   vujudga   kеla   boshlashiga   kuchli   ta’sir
ko`rsatadi.Diqqatning bu turi B.T.Annoеvning yozishicha, "… katta odamlar bilan
bolalarning birgalika faoliyati va tarbiyaning maxsuli bo`lib hisoblanadi. Ixtiyoriy diqqatning   yanada   yaxshiroq   o`sishi   maktab   yoshidagi   bolalarda   idrok   va
tafakkurning   tarbiyalanishga   bog`liqdir».   Kichik   yoshdagi   o`quvchilarning
ixtiyoriy  diqqati   to`g`risidagi   masala  bilan K.D.Ushеnskiy  ko`p shug’ullangan.  U
ba’zi   pеdagoglarning,   kichik   yoshdagi   o`quvchilarda   ixtiyorsiz   diqqatning
afzalligiga   tayangan   holda   maktabdagi   barcha   o`qish   jarayonining   faqat   qiziqarli
va maroqli qilib tashkil etish kеrak dеgan fikrlarga qo`shilmagan.Dеmak, bolaning
maktabga   tеz   moslashishi   va   muvaffaqiyatli   o’qishida   shaxsiy   va   ijtimoiy-
psixologik   tayyorgarligining   ham   ahamiyati   juda   katta.Bu   davrda   bolalarda,
avvalo,   bilish   sohalari,   so’ngra   esa   emotsional   motivatsion   yo’nalish   bo’yicha
yangi shaxsiy hayot boshlanadi. U yoki bu yo’nalishdagi rivojlanish obrazlilikdan
ramzlikkacha   bo’lgan   bosqichlarni   o'taydi.   Kichik   yoshdagi   o`quvchilar
xotirasining   o`sishida   ikkinchi   xususiyat   o`quvchilarda   abtsrakt   tafakkurning
o`sishi   munosabati   bilan   bog'lik   bo`lgan   katta   uzgarishlardan   iborat.Bolaning
maktabda   muvaffaqiyatli   o’qishi   ko’p   jihatdan   ularning   maktabga   tayyorgarlik
darajalariga   bog`liq.   Bola,   avvalo,   maktabga   jismoniy   jihatdan   tayyor   bo’lishi
kеrak.   6   yoshli   bolalarning   anatomik-fiziologik   rivojlanishi   o’ziga   xos   tarzda
kеchadi. Bu yoshda bola organizmi jadal rivojlanadi. Uning og`irligi oyiga 150 dan
200 gacha, bo’yi esa 0,5 sm gacha ko’payadi. 6 yoshli bolalar turli tеzliklarda, tеz
va yеngil yugura oladilar. Ular sakrash, konkida yugurish, chang ida uchish, suzishʻ
singari harakatlarni ham bеmalol bajara oladilar. Musiqa bo’yicha mashg`ulotlarda
bu   yoshdagi   bolalar   xilma-xil   ritmik   va   plastik   harakatlarni   bajaradilar,   turli
mashqlarni aniq, tеz, yеngil va chaqqon bajara oladilar.
Mustaqilligimizning   poydevorini   mustahkamlashda,   O’zbekistonning   buyuk
davlatga   aylanishida   ta’lim-tarbiya   ishlarini   oqilona   yo’lga   qo’yish,   fuqarolarni
zamonaviy   ilm-fan   texnologiyalari   yutuqlari   bilan   muntazam   ravishda   tanishtirib
borish   katta   ahamiyatga   ega.   Bu   taraqqiyot   taqdirini   ma’naviy   jihatdan   yetuk,
zamonaviy bilimlar va murakkab texnologiyalarni egallagan, iymoni butun, irodasi
baquvvat,   teran   fikrlaydigan,   yuksak   salohiyatga   ega   bo’lgan   kadrlar   hal   etadi.
Yurtimizning kelajagi mamlakatimizning intellektual salohiyatiga, aql-zakovatiga,
milliy   ta’lim-tarbiya   tizimini   jahon   andazalari   asosida   takomillashtirishga,   uning milliy   zaminini   mustahkamlashga,   kadrlar   tayyorlashga   bevosita   bog liq.   Kadrlarʻ
tayyorlash   sohasidagi   davlat   siyosati   insonni   intellektual   va   ma’naviy-axloqiy
jihatdan   tarbiyalash   bilan   uzviy   bog’liq   bo’lgan   uzluksiz   ta’lim   tizimi   orqali   har
tomonlama   barkamol   shaxsni   shakllantirishni   nazarda   tutadi.   Bu   haqda   birinchi
Prezidentimiz   I.A.Karimov   shunday   degan   edilar:   “Barchamiz   yaxshi   anglab
olishimiz kerakki, hayotimizning boshqa sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan
islohotlarimizning   samaradorligi,   avvalo,   xalq   ma’naviyatining   tiklanishi,   boy
tarixiy   merosimizning   keng   o’rganilishi,   an’analarimizning   saqlanishi   madaniyat
va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy bogliqdir”. Ilm-fan, madaniyat, ma’rifat
va   milliy   tarbiya   har   qanday   mamlakat   va   xalqni   yuksaklikka   ko’taradi,   uning
taraqqiyotini   ta’minlaydi,   kelajagini   oldindan   ko’rsatib   beradi.   Milliy-tarbiyaviy
qadriyatlarni   tiklash   va   zamonaviylashtirish   umuminsoniy   ehtiyoj   hamdir.   Sobiq
sho’rolar davrida ijtimoiy ongda «zamonaviylik - milliylik» tushunchalari orasida
«sivilizatsiya   -   ekzotika»   shaklidagi   sun’iy   antiteza   hosil   qilindi.   Natijada
milliylikni ajdodlardan avlodlarga boyitib yetkazuvchi jarayon - milliy tarbiyaning
tobora   zaiflashuvi   yuzaga   keldi.   Mafkuraviy   maqsadlar   ostida   rang-barang   milliy
qadriyatlarni   o’zaro   aloqada   yuksaltirish   emas,   balki   bir   xillashtirish   harakati
rag’batlantirildi.   Antropologlarning   shahodat   berishlaricha,   odamning   tashqi
ko’rinishi kechki paleolit - kromanonlar davridan buyon o’zgarmasdan kelmoqda.
Bu   fikrning   zamonaviy   fanlar   tomonidan   tasdiqlanganligi   odamning   biologik
evolyutsiyasi   tugallanganligini   bildiradi.   Odamdagi   evolyutsion   rivojlanishning
yakunlanishi   esa   undagi   madaniy   rivojlanishni   boshlab   beradi.   Odamda   oliy
taraqqiy   etgan   turlarga   xos   bo’lgan   emotsional-instinktiv   xususiyatlar   genetik
meros sifatida mavjud bo’lib, bu xususiyatlarni chaqaloq dunyoga kelganida, uning
rivojlanishining ilk oylarida kuzatish mumkin. Ijtimoiylashuv (sotsializatsiya)  esa
odam   mohiyatini   go’daklikdan   boshlab   kamolotga   erishuv   tomonga   o’zgartira
boradi.   Inson   o’zining   ijtimoiy-madaniy   rivojlanishi   jarayonida   ajdodlarining
milliy   qadriyatlarini   ijodiy   o’zlashtiruvchi,   zamoniylashtiruvchi,   boyituvchi   va
o’zgartiruvchidir.   Ana   shu   insoniy   burchlarning   har   bir   shaxs   tomonidan
mukammal   bajarilishi   ijtimoiy   taraqqiyotning   boy,   rang-barang   madaniy oqimlarini   hosil   qiladi,   saqlab   turadi.   Shu   nuqtai   nazardan,   har   bir   inson   o’zida
tarixiy,   ijtimoiy,   madaniy-milliy   ko’rsatkichlarni   mujassamlashtiruvchi   tarbiya
mahsulidir. Turli xalqlarning bir-birlarini tanishida, bilishida, bilvosita va bevosita
millatlararo   muloqotlarda   insonning   milliy   jihatlari   alohida   qiziqish   uyg’otgan.
Qadim zamonlarda ham tarixchilar, sayyohlar, qomusiy bilimga ega mutafakkirlar
(Ibn   Battuta,   Strabon,   Abu   Rayhon   Beruniy,   Mikluxo   Maklay,   Lui   Gonsales   de
Klavixo,   Herman   Vamberi   va   boshqalar)   qoldirgan   asarlar,   ijtimoiy-falsafiy,
axloqiy   ta’limotlarda   ham   boshqa   xalqlar   hayotini   qiyosiy   o’rganish   yo’nalishi
mavjud   edi.   XIX   asrga   kelib   g’arb   ijtimoiy   fanlarida   boshqa   xalqlar   milliy-
madaniy   xususiyatlarini   tadqiq   qiluvchi   kulturantropologiya   va   sotsiologiya
yo’nalishlari   maxsus   fanlarga   aylandi.   Bu   fanlar   «boshqa   dunyo   kishisi»
muammosini   o’rgana   boshladi.   Aslida   esa   bu   –   boshqacha   tarbiya   –   milliy
tarbiyaning   tizim,  uslublari,   maqsadlaridagi   xususiyliklarni   ilmiy   nuqtai   nazardan
o’rganish   davri   boshlanganligini   anglatar   edi.   XIX   asr   uchun   «boshqa   dunyo
kishisi»ni   o’rganish   taraqqiyparvar   yangilik   edi.   Zero,   kulturantropologiya
«Boshqa   mamlakat,   millat   kishisi   qanaqa?»,   «U   o’zini   o’rab   olgan   dunyoni,
borliqni   qanday   idrok   qiladi?»,   «U   yaxshilik   va   yomonlikni   qanday   tushunadi?»,
«U   o’z   xatti-harakatlarida   qanday   mezonlarga   asoslanib   yo’l   tutadi?»   kabi
savollarga   javob   izlar   edi.   Odamlarning   dunyo   haqidagi   bilimlari   ortib,   yangi
yerlar ochilib, savdo-sotiq, munosabatlari kengaya borgani sari ushbu muammoga
qiziqish   ham   orta   bordi.   Ayniqsa,   Evropada   kapitalistik   jamiyatning   shakllana
borishi   va   shu   bilan   bog’liq,   ijtimoiy-iqtisodiy   o’zgarishlar,   ayniqsa,
mustamlakachilik davri u yoxud bu xalqlarning milliy xususiyatlarini  o’rganishga
kuchli   turtki   berdi.   Chunki   mustamlakachi,   missioner,   plantatorlar   o’z
mustamlakalari   –   mahalliy   xalqlar   haqida   hech   bo’lmasa   ibtidoiy   tasavvurga   ega
bo’lishlari   o’zlari   uchun   foydali   edi.   Qolaversa,   bu   masala   mustamlakachilikning
kelajagi   –   mahalliy   xalqlarni   «madaniy-oqartuv»   orqali   inglizlashtirish,
fransuzlashtirish,   ya’ni   madaniy-ma’naviy   mustamlakalarga   aylantirishning
samaradorligini ta’minlash uchun ham kerak edi. Milliy tarbiyaning etnopedagogik
qirralarini   ilk   bor   kashf   etgan   olimlardan   biri   –   kulturantropolog   M.   Mid   bo’ldi. Uning   tadqiqotlari   nafaqat   geterostereo   tip   (bir   xalqning   boshqa   xalqlar   haqidagi
bilimlari   yig’indisi)ning,   balki   osiyolik   va   afrikaliklarda   avtostereotip   (o’z   xalqi
haqidagi   bilimlar   yig’indisi)ning   shakllanishiga,   boshqacha   qilib   aytganda,
o’zligini   anglashga   ham   turtki   bo’ldi.   Biz   uchun   ushbu   tadqiqotning   pedagogik
jihati   muhimdir.   Zero,   M.   Mid   tomonidan   1927-yili   nashr   ettirilgan   «Samoada
ulg’ayish» kitobi tarbiyaning milliyligiga asoslangan ilk ilmiy-tadqiqot natijasidir.
Shuningdek, Al-Xusriy arab tilining ilmiy atamalarini yaratishga chaqirib, «milliy
tarbiya»   tushunchasini   ilk   bor   ilmiy-pedagogik   muomalaga   kiritdi.   Shu   tariqa
milliy   tarbiya,   bir   tomondan,   mulkdor   boylar   orasida   mavjud   «o’z   manfaatlarini
millat   manfaatidan   yuqori   qo’yish   va   ochko’zlikka,   ikkinchi   tomondan,   mutaasib
ruhoniylarning   «taraqqiyotga   eltuvchi   ilg’or   g’oyalarga   dushmanligi»ga   qarshi
kurashda samarali qurol bo’lib xizmat qildi. Milliy tarbiyaning manbai – milliylik!
«Millat»,   «milliylik»,   «milliy   g’urur»,   «milliy   odob»,   «millatlararo   muloqot
madaniyati» tushunchalarining o’zagini arabcha «mil» so’zi tashkil qiladi. Bu so’z
arabchada   «o’zak»,   «tub   mohiyat»,   «negiz»   ma’nolarini   anglatadi.   «Millat»   so’zi
esa bir necha ma’noni: 1) din: mazhab; 2) ummat: bir mazhabga mansub aholi; 3)
xalq   ma’nolarini   anglatadi.   «Millat»,   «milliylik»   tushunchalarining   talqini   bilan
tanishar  ekanmiz, ularning g’arbona va sharqona tarzlari  bor ekanligini  ko’ramiz.
Aniqrog’i,   g’arbiy   talqin   xristian,   sharqiy   talqin   esa   islomiy   o’zaklarga   borib
tutashadi. Ya’ni Yevropa xalqlari tillariga «millat» tushunchasi  lotincha «natio» -
qabila, xalq sifatida xristian dini bilan birga kirib kelgan bo’lsa, Osiyoga esa islom
ta’limoti   orqali   yuqoridagi   uch   xil   ma’noda   kirib   kelib   singdi.   «Tarbiya»   so’zi
«milliy tarbiya» tushunchasining tarkibiy qismi bo’lganligi tufayli bu tushunchaga
ham   yangicha   yondoshgan   holda,   xolis   ilmiy-pedagogik   ta’rif   bermoq   kerak.
Arabcha   «tarbiya»,   «tarbiyat»   so’zlari   1)   parvarish   qilmoq;   ta’lim   bermoq;
o’rgatish; odob o’rgatish; 2) navozish, mehribonlik ko’rsatish: ko’z-quloq bo’lish;
himoya qilish  kabi   ko’p  qirrali  mazmunga  ega.  «Tarbiyachi»  esa  shu  ko’p qirrali
tarbiyaviy   faoliyatni   amalga   oshiruvchi   odam,   demakdir.   Demak,   milliy
tarbiyaning   lug’aviy   ma’nosini   «yosh   avlodlarni   o’z   xalqiga   xos   milliy   fazilatlar
namunasida   shakllantirish,   ta’lim   bermoq»   sifatida   aniqlash   mumkin.   Bu   o’rinda tarbiyaviy   manba   sifatida   Zardushtiylik   dinining   muqaddas   kitobi   bo’lmish
“Avesto”   g’ururi   ahamiyatga   ega.   Unda   insonning   barkamol   bo’lib   yetishishida
uning   so’zi,   fikri,   ishi   birligiga   g’ururi   e’tibor   berilgan.   Bu   axloqiy   uchlik   eng
qadimgi davrlardan boshlab, undan keyin yaratilgan barcha ma’rifiy asarlarga asos
bo’lgan,   desak,   xato   qilmagan   bo’lamiz.   Mana   shunga   asosan,   “Avesto”ning   eng
asosiy   manbasi   bo’lgan   Zardushtiylik   to’g’risida   so’z   borganda   u   to’g’rilik   bilan
yashash   va   axloqiy   unsurlarga   asoslanganligini   ta’kidlash   lozim.   Ayniqsa,
“Avesto”da   inson   tarbiyasiga,   insonlarning   jamiyatda   tutgan   o’rniga   munosabati
to’liq   yoritilgan.   Zardusht   ta’limotida   tarbiya   haqida   quyidagicha   fikr   bildirilgan.
“Tarbiya — hayotning eng muhim tirgagi (tayanchi) bo’lib hisoblanishi lozim. Har
bir   yoshni   shunday   tarbiyalash   zarurki,   u,   avvalo,   yaxshi   o’qishni   va   so’ngra   esa
yozishni   o’rganishi   bilan   eng   yuksak   pog’onaga   ko’tarilsin   va   yana   yaxshi
ovqatlanadigan xalqdan yaxshi  nasl  — sog’lom  avlod qoladi” – deb ta’kidlanadi.
Tarbiya ijtimoiy hodisa. Tarbiya kishilik jamiyatining paydo bo’lishi bilan vujudga
keldi,   taraqqiy   etdi,   jamiyatning   o’zgarishi   bilan   tarbiya   ham   o’zgarib   bordi.
Tarbiya   xulqni   boshqarish   va   belgilash,   bir-birini   talab   etadigan   va   belgilaydigan
tarkibiy   qismlar   —   axloqiy   ong,   axloqiy   faoliyat   va   axloqiy   munosabatlarning
murakkab   yig’indisidir.   Tarbiya   shaxsni   maqsadga   muvofiq   takomillashtirish
uchun   uyushtirilgan   pedagogik   jarayon   bo’lib,   tarbiyalanuvchilarning   shaxsiga
muntazam va tizimli ta’sir etish imkoniyatini beradi. Tarbiya — o’sib kelayotgan
avlodda   hosil   qilingan   bilimlar   asosida   aqliy-axloqiy   dunyoqarashni,   insoniy
e’tiqod,   burch   va   ma suliyatni,   jamiyatimiz   kishilariga   xos   bo’lgan   axloqiyʼ
fazilatlarni yaratishdagi maqsadni ifodalaydi. Tarbiya deb tarbiyachi o’zi xohlagan
sifatlarni   tarbiyalanuvchilar   ongiga   singdirishi   uchun   ularning   ruhiyatiga   ma’lum
maqsadga   ko’ra   tizimli   ta’sir   ko’rsatishiga   aytiladi.   Tarbiya   bola   tug’ilganidan
umrining   oxirigacha   davom   etadigan   jarayondir.   Tarbiya   —   biror   maqsadga
qaratilgan   jarayon,   doimo   muayyan   rejaga   ega   bo’ladi   va   buning   uchun   maxsus
vakolati   mavjud   bo’lgan   kishilar   tomonidan   amalga   oshiriladi.   Hamma   davrlarda
ham tarbiyachilar yoshlarning axloqi va odobi, iymoni va vijdoni, bilimi, malakasi,
xatti-harakati,   yo’nalishi,   tarixiy   tajribasi,   davr   talablari   va   ehtiyojlari,   istiqlol vazifalari  bilan uyug’nlashtirib shakllantirishga,  rivojlantirishga  harakat  qilganlar.
O’z   aqliga   inson   kuchi,   bilimi   va   irodasi   bilan   bajarilishi   mumkin   bo’lgan
muayyan   maqsadlarni   qo’ygan   davlatlar   ham   ta’lim-tarbiya   ishlariga   befarq
qaramagan.   O’rta   Osiyo   mutafakkirlarining   tarbiya   haqidagi   fikrlari,   o’gitlari
shunday   kuchga   egaki,   ular   yoshlar   qalbida   insoniylik   urug’larining   ko’rinishiga,
g’ururi   hayot   yo’liga   olib   chiqishiga   yordam   beradi.   Shu   bois   biz   uchun   qadrli
bo’lgan allomalarimizdan Bahovuddin Naqshband, Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos
Hojib, Kaykovus, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom, Alisher
Navoiy,   Abdurahmon   Jomiy,   Jaloliddin   Devoniy,   Munavvar   qori,   Abdulla
Avloniy,   Hamza   Hakimzoda   Niyoziy,   Asqar   Zunnunov   va   boshqalarning   ta’lim-
tarbiya   va   ma’rifat   haqidagi   g’oyalaridan   keng   foydalanish   bugungi   kun   talabiga
javob   bera   oladigan   yoshlarni   tarbiyalashda   muhim   omil   bo’lib   hisoblanadi.
Bahovuddin   Naqshbandning   ta’lim-tarbiya   haqidagi   fikr-mulohazalari   va   pand-u
nasihatlari   g’oyat   qimmatlidir.   U   barkamol   insonni   tarbiyalash   dastlab   odobdan
boshlanishini   ta’kidlab,   shunday   degan   edi:   “Adab   xulqni   chiroyli   qilish,   so’z   va
fe’lni   soz   qilishdir…   Adab   saqlash   —   muhabbat   samarasi,   yana   muhabbat
daraxtining  g’ururi  hamdir. Agar   adabdan  ozgina nuqsonga  yo’l  qo’ysangiz  ham,
nimaiki qilsang, beadablik ko’rinadi. Odam o’zini bir xil sifat va ko’rinishda olib
yurishi   lozimki,   toki   odamlarda   unga   tasarruf   (ta’sir   qilish)   ta’masi   paydo
bo’lmasin”.   Abu   Nasr   Forobiy   birinchi   bo’lib   ta’lim   va   tarbiyaga   ta’rif   bergan
olimdir.   “Ta’lim   so’z   va   o’rganish   bilangina   amalga   oshiriladi.   Tarbiya   esa,
amaliyot, ish-tajriba bilan,  ya’ni  shu  yo’l  orqali  amalga  oshiriladi“,  deydi  u.  Abu
Nasr Forobiyning fikricha, har bir shaxs munosib odam bo’lishi uchun unga ta’lim
va tarbiya zarurdir. U ta’lim orqali nazariy muvaffaqiyatga erishadi. Tarbiya orqali
esa   kishilar   bilan   muloqotni,   axloqiy   qadr-qimmatni   va   amaliy   faoliyatni
o’rganadi. Forobiy bolalarning fe’l-atvoriga qarab tarbiya jarayonida “qattiq” yoki
“yumshoq”   usullardan   foydalanish   kerak,   deb   hisoblaydi:   Tarbiyalanuvchilar
o’qish-o’rganishga   moyil   bo’lsa,   ta’lim-tarbiya   jarayonida   yumshoq   usul
qo llanadi.   Tarbiyalanuvchilar   o’zboshimcha,   itoatsiz   bo’lsa,   qattiq   usulʻ
qo’llanilishi   lozim,   degan   fikrni   bildiradi.   Yusuf   Xos   Hojib   tarbiyani   juda murakkab   jarayon   deb   tushunadi.   U   tarbiya   kishini   ezgulikka   o’rgatmog i   kerak.ʻ
Ezguning har ishi chiroyli, har bir qadami go’zal. Ezgulik aslo qarimaydi. Tarbiya
beldan madorni, tandan quvvatni, ko’zdan nurni, dildan oromni talab qiladi, degan
fikrni   bildiradi.   Kaykovus   o’zining   “Qobusnoma”   asarida,   bola   tarbiyasida
talabchanlik   bilan   mehribonlikni   birga   olib   borishni   ta’kidlaydi:   “Yosh   bola   ilm
bilan   adabni   tayoq   bilan   o’rganur,   o’z   ixtiyori   bilan   o’rganmas.   Ammo   farzand
beadab   bo’lsa   va   sening   ul   sababdan   qahring   kelsa,   o’z   qo’ling   bilan   urmagil,
muallimlarning   tayog’i   bilan   qo’rqitgil.   Bolalarga   muallimlar   adab   bersinlar,   toki
sendan   o’g’lingning   ko’nglida   gina   bo’lmasin“.   Abu   Rayxon   Beruniy   inson   va
axloqiy   tarbiya   haqida   fikr   yuritar   ekan,   “Insonga   yer   yuzini   obod   etishi   va   uni
boshqarib   turishi   uchun   aql-zakovat   ato   etilgan,   Shuning   uchun   har   bir   inson
yuksak axloqli bo’lishi lozim“, deydi. Abu All ibn Sino bola tarbiyasi haqida fikr
bildirar   ekan,   bola   tarbiyasini   unga   ism   qo’yishdan   boshlashni   lozim   deb   topadi.
“Bolaga   munosib   ism   tanlash   ota-onaning   dastlabki   oliyjanob   vazifasi,   bola
tarbiyasi   bilan   avallo   ota-ona   shug’ullanishi   kerak”,   deydi.   Umar   Xayyomning
ta’kidlashicha, tarbiyaning maqsadi “sog’lom fikr, ziyrak aql va o’tkir zehnga ega
bo’lgan insonni shakllantirishdan iborat  bo’lmog i kerak”. Faqat chuqur zehngina	
ʻ
barkamol xalqni qondira oladigan ilhomga erishishi va uning yordami bilan yuksak
aql-idrok, farosatni hosil qilish mumkin, lekin shuning o’zi kifoya qilmaydi, inson
yuksak   axloqqa   ega   bo’lishi   yaqinlarini   sevishi   lozim.   Alisher   Navoiy   bola
tarbiyasi   bilan   oila   hamda   maktabda   shug’ullanish,   shuningdek,   bola   tarbiyasini
olib   borish   jarayonida   namuna   uslubidan   foydalanish   maqsadga   muvofiq
ekanligiga   alohida   urg’u   beradi.   Tarbiya   va   ta’lim   ishlari   o’qituvchi   hamda   ota-
onalar   tomonidan   olib   borilishi   lozim.   Mutafakkir   bolalar   bilan   munosabatda
bo’lish chog’ida ular tomonidan yo’l qo’yilgan xatoliklarni bartaraf etishda ularga
jismoniy jazo berishdan saqlanish, aksincha, xushmuomalalik bilan yo’l qo’yilgan
xatolarning   mohiyatini   ularga   tushuntirish   zarurligini,   biroq   bu   o’rinda   ma’lum
me’yorga   amal   qilish   zarurligini   aytadi.   Alisher   Navoiy   o’qituvchining,   ayniqsa,
talabchan   bo’lish   bolalarning   puxta   bilim   olishlari   va   ularda   axloqiy   sifatlarning
shakllanishida   muhim   ahamiyatga   ega,   deb   hisoblaydi.   Abdurahmon   Jomiy, avvalo, tarbiya haqida fikr yuritar ekan, har bir narsani ham parvarish etsa, undan
yaxshi   natija   chiqishini,   insonni   ham   yaxshi   tarbiya   etsa,   u   barkamol   bo’lishini
alohida   ta’kidlaydi.   Jaloliddin   Devoniy   “Bolaning   tarbiya   olishi,   odob-axloqli
bo’lishi   uning   keyingi   tarbiyasiga   bog’liq.   Chunki   hayotda   har   kuni   bola
ko’radigan,   muloqotda   bo’ladigan   narsalar   uning   xulqiga   yaxshi   va   yomon
tomondan   ta’sir   etadi.   Bolada   har   kuni   insoniy   xislatlar:   yurish-turish   qoidalari,
xushmuomalalik,   ota-   ona   va   boshqa   o’zidan   katta   yoshlilarni   hurmat   qilish,
to’g’rilik va rostgo’ylikni o’rganish, shirinsuxanlik, kamtarlik, so’zlashuv odobiga
rioya   qilish   kundalik   turmushda   o’rganiladi“,   deydi.   Mahmudxo’ja   Behbudiy
ta’lim-tarbiya   ishini   ijtimoiy   hayot,   jahon   miqyosida   sodir   bo’layotgan   voqealar
bilan bog’liq holda olib borishni talab etadi. U yoshlar tarbiyasida, oila, ota-onalar
alohida  mavqega   ega   ekanini,   maktab   tarbiyasi   bilan   oila  tarbiyasi   uzviy  birlikda
olib borilishi  kerakligini  ta’kidlaydi.  Munavvar  qori  bolalar  tarbiyasida  faqat  ota-
onalar   emas,   balki   muallim   va   keng   jamoa   javobgar   ekanligini   aytib,   ulardan
bolalarni   axloqli   qilib   tarbiyalashni   talab   etadi.   U   yoshlarni   bilimlarni   puxta
egallashga,   mehnat   qilishga,   umuminsoniy   qadriyatlarga   sadoqatli   bo’lishga
chorlaydi,   ota-onalarni   farzandlarida   ma’naviyat,   nafosat,   go’zallik   tug’yularini
rivojlantirishga   da’vat   qiladi.   Abdulla   Avloniyning   fikricha,   axloq   bu   xulqlar
majmuyidir. Xulq esa, kishida o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi. Ularning shakllanishi
uchun   ma’lum   bir   sharoit,   tarbiya   kerak.   Asqar   Zununovning   flkricha,   tarbiyada
bilim va tajribaga ega bo’lgan, milliy qadriyatlardan xabardor o’qituvchi bolalarni
bilimli,   go’zal   xulqli   qilib   yetishtirishi   shubhasizdir.   Ammo   ularning   bolalarga
beradigan   tarbiyasi   tarbiyaning   asosiy   zamini   bo’lgan   oila,   tarbiya   ilmidan
xabardor   ota-ona.   Ayniqsa,   iffat,   sharm-hayo   or-nomus,   sabr   durdonalaridan
ziynatlangan,   baxt-saodati   mujassam   bo’lgan   ona   tarbiyasi   darajasida   bo’lmaydi.
Ajdodlar   hayotini,   buyuk   tariximizni,   ota-bobolarimizdan   qolgan   urf-odat   va
an analarni,   xalqimiz   og zaki   ijodini   kichik   yoshdagi   o quvchilarimizga   o rgatarʼ ʻ ʻ ʻ
ekanmiz,   bevosita   kurs   ishimiz   mavzusi   bo lgan   fidoyilik,   sabr-qanoat,   matonat	
ʻ
kabi qon-qonimizga singib ketgan ulug  fazilatlarni yuzaga chiqargan bo lamiz. 	
ʻ ʻ
Xulosa “Men   hilm,   sabr-toqat   va   adolatdan   yuzaga   kelgan   bir   tog'man.   Nafs   to'fonlari
bunday ulkan tog ni qanday qilib qimirlata olardi? Hilm, sabr-toqat va adolat nafsiʻ
uchun  o'ldirish  kabi  teskari  bir   holga  yo'l  ochdi”.  Mavlono   Jaloliddin  Rumiyning
hazrat   Ali   tillaridan   aytgan   bu   haqiqati   inson   axloqining   ajoyib   o'lchovi   va
komillik   alomatidir.   Shaxsning   ijtimoiy   salomatligi   uning   shaxs   sifatida   va
professional jihatdan o‘z-o‘zini anglashi, oilaviy va ijtimoiy maqomidan qoniqishi,
hayotiy mo'ljallari realligi, ulaming iqtisodiy-madaniy vaziyatlar (iqtisodiy, sotsial
va psixologik shart-sharoitlar) ga muvofiqligiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo'ladi. Va,
nihoyat,   ma’naviy   axloqiy   sog'lomlik   insonning   hayot   mazmunini   belgilaydi,
tabiiyki, unga yuksak axloq, yashashning ma'nosi va to'laqonligi haqidagi g'oyalar,
o'z-o'zi va atrof-muhitga ijodiy yondoshish tamoyillari, muhabbat va e’tiqod ta sir	
ʼ
etib turadi. Bulaming barchasi insonning turmush tarzi, uning oqilona mo'ljallariga
alohida   holda   ham,   yaxlit   holda   ham   ta’sir   ko'rsatadi,   uning   kamoloti   uchun
obyektiv   ijtimoiy   ma daniy   muhitni   vujudga   keltiradi.   Shaxs   ijtimoiy   holatini	
ʼ
vujudga   keltiruvchi   o'ziga   xos   mexanizm   vazifasini   axloq,   ya’ni   axloqiy   qiyofa
bajaradi.   Axloqiy   qiyofaning   shakllanishida   insonning   tafakkuri,   xotirasi,
tasavvuri,   diqqati,   irodasi   ishtirok   etadi.   Bisotida   mavjud   bo'lgan   butun   bilimi,
tajribasi,   iste’dodi   namoyon   bo'ladi.   Buyuk   mutafakkir   Yusuf   Xos   Xojib
ta’kidlaganidek,   "insonning   buyukligi   bu   bebaholigi,   uning   aql-idrok   va   tafakkur
sohibi ekanligida, aynan shu shurriy qudrat barcha voqea-hodisalar zamiridagi tub
mohiyatlarni anglash kalitidir”.
O zbekiston   Respublikasida   demokratik   va   huquqiy   jamiyat   barpo   etilayotgan	
ʻ
mavjud sharoitda yosh avlodning mustaqil  va erkin fikrlay olishi ro‘y berayotgan
voqea-hodisalarga   shaxsiy   munosabatini   bildirishga   imkon   beradi.   Ijtimoiy
borliqda   kechayotgan   o‘zgarishlarga   nisbatan   shaxsiy   nuqtai   nazarning
shakllanishi   shaxs   faolligini   ko'rsatuvchi   muhim   jihatlardan   biridir.   Qolaversa,
mustaqil fikr egasi bo‘lgan shaxs o‘z imkoniyatlari, qobiliyatini erkin namoyon eta
oladi. Ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning ham asosiy maqsadi erkin,
mustaqil fikrga ega bo‘lgan barkamol shaxs va malakali mutaxassislarni tarbiyalab
voyaga yetkazishdan iborat. Pedagogik   mahorat   bo'lajak   o'qituvchilarda   yosh   avlod   ta’lim-tarbiyasi   uchun
mas’uliyat hissini  shakllantiradi. O qituvchi bunday murakkab vazifalarni amalgaʻ
oshiruvchi,   davlat   va   jamiyatning   ishonchli   vakilidir.   O'quvchilar   jamoasini
birlashtiruvchi   sinfda   ta’lim-tarbiyaviy   jarayonni   tashkil   etish   va   boshqarishda
o'qituvchining   bilimi,   pedagogik   mahorati   va   psixologik   xususiyatlari   ochiq
namoyon   bo'ladi.   Avvalo,   o'qituvchi   va   o'quvchilar   orasida   o'zaro   hamkorlik   va
bir-birlariga   nisbatan   ishonch   tuyg‘ulari   bo'lishi   hamda   o‘qituvchi   o'z   kasbiy
bilimlaridan tashqari boshqa o‘quv fanlarini ham puxta egallagan bo'lishi lozim.
O qituvchi   deyarli   har   kuni   o‘quvchilar   bilan   uchrashadi,   savol-javob   qiladi,	
ʻ
ularning yaxshi  xulq va ezgu ishlarini ma’qullaydi, bilimlarini baholaydi, nojo‘ya
xatti-harakatlari   uchun   tanbeh   berib,   lozim   bo‘lganda   tarbiyaviy   metodlami
qo llaydi.
ʻ
Hozirgi   davr   talablari   nuqtai   nazaridan,   o'qituvchiga   qo'yilayotgan   javobgarlik
hissi   kengayib,   murakkablashib   bormoqda.   Mamlakatimizda   ta’lim-tarbiya
sohasida   olib   borilayotgan   islohotlarning   yuksak   natijalari   bevosita
o'qituvchilarning   qizg'in   mehnati   samarasiga   bog'liq.   Vatanimizning   porloq
kelajagi   uchun   yosh   avlodni   har   tomonlama   yetuk,   barkamol   inson   qilib   voyaga
yetkazishda   o'qituvchining   kasbiy   bilimi,   faoliyat   texnikasi   mutlaqo   yangilanib,
hozirgi   zamon   talablariga   javob   bera   oladigan   darajada   bo'lishi   kerak.   "Ta’lim
to'g‘risida”gi   Qonun   va   “Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi”   talablariga   muvofiq
o'qituvchi   o'zining   ta’lim-tarbiyaviy   faoliyatida   milliy-madaniy   va   umuminsoniy
qadriyatlar   ustuvorligiga   doimo   e’tibor   berib   kelishi   lozim.   O'qituvchining
pedagogik   texnikasi   ham   vatanparvarlikka,   xalqimizning   ma’naviy   merosini
mustahkamlashga,   o'quvchilarning   o'z   imkoniyatlarini   erkin   namoyon   qilishiga
asoslangan  bo'lishi  shart. Shu ma’noda taniqli  adib Tursunoy Sodiqova asarlarida
hozirgi   kun   o'qituvchisiga   qo'yiladigan   “Murabbiylikning   shartlari”   oqilona
berilgan:   ‘‘...Siz   insonlarning   hech   bir   yo'q   joydan   “shoxini   ko kartirish   ”,   qulfi	
ʻ
dilini ochish, dunyosini kengaytirish, kechagi holatidan bugunini yuksakroq qilish
uchun   bu   ishga   qo l   urdingiz.   Ammo   oldin   biling:   umringizni   sarflab   olib	
ʻ
borayotgan harakatlaringiz ro ‘parangizdagi о‘quvchiga yoqyaptimi, yo ‘qmi? Bor gap shunda!.Murabbiylikni xohlagan, shu kasbga о ‘qigan odam murabbiy bo 'lib
qolmaydi.   Ustozlikning   o'ziga   xos   parhezlari,   bosib   o'tilmaydigan   chegara
chiziqlari   bordir!   Birinchidan,   dilingizda   ustoz—murabbiyning   yozilgan-u
yozilmagan   qonun-qoidalariga   bo‘ysunaman,   degan   Allohga   qasamingiz   bo'Isin>
Ikkinchidan, niyatingiz sof bo ‘Isin! Men insonlarni faqat yaxshilikka o rgatamanʻ
deng, orqamda о ‘z qo ‘lim bilan yaratilgan fayzli bog lar qoladi, deb tilak tilang!	
ʼ
Toki   shogirdlaringiz   sizning   sharofatingiz   bilan   faqat   savob   ishlarga   dahldor
bo'lsinlar. Uchinchidan, haqiqiy murabbiy bo ‘laman desangiz, birovga biror narsa
o rgatishni astoydil xohlang va siz ilm oluvchiga nisbatan muhabbat qo ‘ying! Har	
ʻ
bir   ishingizga   fidoyilik   bilan   kirishing.   Buning   otini   ixlos   deydilar.   Shu   ishtiyoq
sizda   qanchalik   kuchli   bo'lsa,   Tangri   sizga   shuncha   kо'p   uquv   beradi,   ep   beradi,
mushkullaringizni   O'zi   osonlashtiradi.   Murabbiylikda   ta’tilga   chiqish,   sog'ligi,
kayfiyatiga qarab faoliyatini to'xtatish) degan gap yo'q. Yo'lda ham, cho‘lda ham,
hamma   fasl,   hamma   manzilda,   qo yingchi,   umringizning   oxirgi   nuqtasigacha   siz	
ʻ
faoliyat ustidasiz. Bu degani, sizning borlig'ingiz, har bir so ‘z, har bir ishorangiz
odamlar   uchun   nur,   madad   va   xaloskorlikdir.   Nazardan   qolgan,   qarg‘ish   olgan,
loqayd   murabbiylar   tarbiya   maskanlariga   qadam   bosmasliklari   kerak.   Ular
ishlayveradilar,  ammo   o‘qituvchilikning   noni   yuqmaydi,  ro‘shnolik  ko rmaydilar,	
ʻ
falokatlar   arimaydi,   niyatlariga   yetmaydilar.   Chunki   muqaddas   kitoblarda   “nel
bersak,   egallab   turgan   kasb   koringizdan   berurmiz”   deb   yozilgan.  Kasbga   halollik
buyuk   ibodatdir”'1.   Adiba   o‘qituvchidan   o‘z   kasbiga   sadcqatli   bo‘lishni,
fidoyilikni, yuksak ma’naviyatni, tinimsiz mehnatn cfquvchilarga nisbatan mehr va
muhabbatni, halol  va pokiza bo‘lishi  talab qiladi. Bu aynan о‘qituvchi pedagogik
texnikasining   ham   muhim   xususiyatlaridan   biridir.

Mavzu: Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda “fidoyilik”, “sabr-qanoat”, “matonat” kabi fazilatlarni shakllantirish Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism: 2.1. Kichik maktab yoshidagi o`quvchilar xulq-atvoriga ta`sirini o`rganishning metodologiyasi 2.2. O’quvchilarda “fidoyilik”, “sabr-qanoat”, “matonat” kabi fazilatlarni shakllantirish. III. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Kirish

O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov o'zining “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” nomli asarida “Ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan yana bir muhim hayotiy omil - bu ta‘lim-tarbiya tizimi bilan chambarchas bog'liqligidir. Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘Imaydi - bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi...Ma naviyatni tushunish, anglash uchun avvaloʼ insonni tushunish, anglash kerak. Shuning uchun ham о‘zligini, insoniy qadr- qimmatini anglab yetgan har qanday odam bu haqda о ylamasdan yashashini ʼ tasavvur qilish qiyin ”, - deb ta’kidlaydi. Inson o‘z qadr-qimmatini va o‘zligini umumta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya jarayonida anglay boshlaydi. Ta’lim muassasalarida o‘qituvchi tomonidan o‘zaro muloqot asosida olib boriladigan quyidagi xususiyatlar negizida o‘quvchilarda muloqot orqali ma’naviy madaniyatni shakllantirish mezonlari (O.Musurmonova) ifodalangan: • har bir insonning qiziqishlarini ko‘ra bilish, his etish va hurmat qilish; •milliy-ma’naviy madaniyat manbalarini o'rganish, o‘zligini anglashga ehtiyoj; •inson hayotida mehnatning o‘rnini to‘g‘ri tushunish; •insonparvarlik, mehr-oqibat, iymon. e’tiqod, milliy qadriyatlarni e’zozlash; •Vatanga muhabbat, sadoqat, o‘z manfaatlarini jamiyat, xalq manfaatlaridan yuqori qo‘ymaslik; •ota-ona, qarindoshlar va boshqa atrof-muhitidagi kishilarga nisbatan muruvvatli, sahovatli bo‘lish. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq mamlakatimizni rivojiantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari haqida o‘z fikrlarini bayon etgan: "Mustaqil O'zbekistonning kuch-qudrat manbai - xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligidir. Xalqim iz adolat, tenglik, ahil qo'shnichilik va insonparvarlikning nozik kurtaklarini asrlar osha avaylab asrab kelmoqda. O'zbekistonni yangilashning oliy maqsadi ana shu

an’analarni qayta tiklash, ularga yangi mazmun bag‘ishlash, zaminimizda tinchlik va demokratiya, farovonlik, madaniyat, vijdon erkinligi va har bir kishini kamol toptirishga erishish uchun zarur shart-sharoit yaratishdir”. Darhaqiqat, O‘zbekiston zaminida Sharq ma’naviy madaniyatining muhim jihatlari uyg‘onish davrida rivojlangan bo‘lib, bu davrda yashab ijod etgan al-Xorazmiy, al- Kindiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Firdavsiy, Umar Xayyom, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Shayx Sa’diy, Tusiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Ahmad Yugnakiy, Lutfiy, Mirzo Ulug'bek, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi ko'plab mutafakkirlarning ijodiy meroslari pedagogik tafakkur taraqqiyotida, insonning ma’naviy-axloqiy kamolotida, umumbashariy ma’naviy qadriyatlarning yuksalishida muhim bosqich bo‘ldi. Ular Sharqona odob- axloq talablari asosida komil insonni tarbiyalashning ma’naviy asosini yaratishga muvaffaq boldilar. Ushbu davr ma’naviy qadriyatlari mazmunida avvalo, insonning ichki va tashqi holati, hissiyoti, mehnatga, turmushga munosabati, mehr oqibati, muhabbati, sadoqati, bilim o‘rganishga intilishi, ma’naviy kayfiyati, aql-idroki, erki, insonni tabiatning eng buyuk mahsuli sifatida kuylash, tasvirlash, oliy axloqli, yuksak insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan adolatli jamoa vakilini tarbiyalash g‘oyasi ilgari surilgan. Ularning yosh avlod ma’naviy madaniyatini tarbiyalashdagi ahamiyati ham naqadar bebaho ekanligini ta’kidlab, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarida ma’naviyat tushunchasiga shunday ta’rif beradi: “...Ma’naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulg'ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg'otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir, desak menimcha tariximiz va bugungi hayotimizda har tomonlama o ‘z tasdig‘ini topib borayotgan haqiqatni yaqqol ifoda etgan bo'lamiz”. Demak, ma’naviy madaniyat manbalarida ilgari surilgan g'oyalarga amal qilish, ularni yosh avlodga o‘rgatish va ongiga singdirish o‘qituvchining jamiyat va Vatan oldidagi yuksak burchidir.

O'quvchilar ta’lim-tarbiya jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, axloqiy normalarni o'zlashtiradilar. O'quvchi eng yaxshi insoniy fazilatlarni, axloq-odobni, muloqot madaniyatini, asosan, о'qituvchi timsolida anglab olishini unutmaslik kerak. Bola tarbiyasida biz o qituvchilarning o rni beqiyos. Biz yurtimiz farzandiniʻ ʻ tarbiyalar ekanmiz, uning taqdiri hayotdagi o rniga befarq qaray olmaymiz. ʻ Shuning uchun biz o qituvchilar bola tarbiyasida oila bilan hamkorlikni ʻ mukammal o rnatishimiz lozim. Mamlakatimizning asosiy qismini musulmon ʻ oilalari tashkil qiladi. Dinimizda farzand tarbiyasi qanday bo ladi va bu nechog lik ʻ ʻ muhimligini bilmoq uchun Toshkent shahar "Minor" jome masjidi imom-xatibi Rahmatulloh domla Sayfuddinovning«Go‘zal tarbiyadan yaxshiroq meros yo‘q» - Islomda farzand tarbiyasi haqida nomli maqolasiga nazar tashlasak: "Agar murabbiy yoki ota-ona farzandiga bir lahza e'tiborsiz bo‘lsa, farzandlar tarbiyasi buzilib ketadi. Rasuli akram sollalohu alayhi vasallam marhamat qilganlarki, har bir tug‘iladigan bola fitratda tug‘iladi, ya'ni har bir chaqaloq pokiza bo‘ladi, u oq qog‘oz kabidir. Bu hadisni muhaddislarimiz ota-ona bobida keltirmasdan taqdir bobida keltirganlari tarbiyaning taqdirga bog‘liqligini bildiradi. Tarbiyaga kech qolinmasa bo‘ldi... Shariyati Islom farzandga birinchi o‘rinda ota-onani javobgar qilib qo‘ygan. Ota-ona zimmasiga tarbiyani vojib qilib yuklagan. O‘qituvchilar bola hayotining ma'lum qismida uning tarbiyasiga go‘yoki ota-onalar tomonidan yollangan murabbiylar hisoblanadilar. Ularni aybdor qilish hech mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Abu Hanifaning bir o‘g‘li bor edi. Ustozlari Hammod bin Sharaf nomlariga atab o‘g‘liga Hammod deb ism qo‘ygandilar. Imom hazratlari katta savdogar bo‘lganlar. U juda band edi va farzandiga avvalgi Qur'oniy ta'limni berish uchun ustoz yolladilar. Iltimos qildilarki, o‘g‘limizga Qur'on o‘qishni o‘rgatib bering. Ustoz Hammodga surai Fotihani yodlatdi. Ustozning huzurida otasiga Hammod fotiha surasini chiroyli qilib tilovat qilib berdi.

Shunda Imom Hanifa cho‘ntaklaridagi 500 dinorni ustozning oldiga qo‘ydilar. 1 dinor tanga 5 gramm oltindan bo‘ladi. 500 dinor katta pul bo‘lgan. 1 dinorga o‘sha mahalda katta qo‘y berilgan. Bu degani Fotiha surasini o‘rgatgani uchun ustozga 500 ta qo‘y berildi. Shunda ustoz biroz xijolat bo‘ldi. Hazratga juda ko‘p pul berganligi, bitta dinor ham ko‘plik qilishini aytganida, Imom Hanifa bir gap aytdi: «Ustoz, xizmatingizni yengil sanamang. Bu hali yonimda bo‘lganidir. Agar yonimda butun molim bo‘lganida poyingizga qo‘ygan bo‘lardim. O‘g‘limga Fotihani, Qur'onning onasi bo‘lgan surani o‘rgatganingiz uchun». Ko rib turganingizdek, farzand tarbiyasi, aynan, bizning mentalitetimizda faqatʻ ustoz yoki ota-ona(vasiy) emas, ikkalasining birgalikdagi hamkorligi va, albatta, mahallaning o rni beqiyosdir. Jamiyatimizga yetuk, har tomonlama barkamol ʻ shaxsni tarbiyalab, yetishtirib berish bizning bosh maqsadimiz ekan, har birimiz - ota, ona, bobo, buvi, qo ni-qo shni, qarindosh-urug , ustoz-murabbiy, do st-u ʻ ʻ ʻ ʻ dugona, mahalla faollari, ta lim-tarbiya fidoyilari - barchamiz birdek mas ulmiz. ʼ ʼ Kichik maktab yoshidagi o`quvchilar xulq-atvoriga ta`sirini o`rganishning metodologiyasi Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarda ta`lim va tarbiyaning dolzarb roli ortib boradi. Zero, ta`lim O`zbekiston xalqi ma`naviyatidagi yaratuvchanlik faolligini keltiruvchi uzluksiz jarayondir. O`sib kelayotgan avlod vakillarining barcha qulay imkoniyatlari unda namoyon bo`ladi, kasbiy tayyorgarligi, mahorati uzluksiz ravishda takomillashadi, ajdodlarning bebaho tajribasi ularga meros sifatida uzatiladi. Yoshlar, ularning iqtidorlik va bilim olishga layoqati, uquvchanligi ta`lim jarayonida takomillashadi va xulq-atvor, qadriyatlar tushunila boshlanadi. Har bir inson o`zicha takrorlanmasligi tufayli jamiyat har bir shaxsning xarakteri va o`ziga xosligini qo`llab - quvvatlaydi, uning madaniyatni yanada yuksak darajasiga ko`tarishga ta`sir etuvchi yangi fazilatlari va hislatlarini umumlashtiradi. Zero, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev o`z xalqiga, uning an`analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalamasdan turib, o`z xalqini