MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
« MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI » MUNDARIJA Kirish …………………………………………………………………………………. 3 I - BOB Maktabgacha ta ’ lim yoshidagi bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik asoslari ……………………………………………………………………………….…… 5 1.1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari……………………………………………………………….. ……..…..5 1.2. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda xalq og‘zaki ijodining ahamiyati…………………………………………………………………………. 8 II-BOB. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning amaliy asoslari……..……………………………………...… 22 2.1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ota- ona va tarbiyachilarning hamkorlik shakllari …………………………………... 22 2.2. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda vatanparvarlik ruhini shakllantirishda tadbirlar texnologiyasi…………………………………………………………….. 27 Xulosa ............................ ....................................................................................... 32 Foydalanilgan adabiyotlar ......................... ............................................................ 34 1
Kiris h Mavzuning dolzarbligi. Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash muammosi bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir , chunki bolalik va yoshlik vatanga muqaddas muhabbat tuyg ‘ usini singdirish uchun eng qulay davr hisoblanadi . Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari o ‘ qituvchilarning ko ‘ plab qo ‘ llanmalari , uslubiy ishlanmalari , ilmiy ishlarida ko ‘ rib chiqilgan . Zamonaviy bolalarda vatanparvarlik , mehr - oqibat , saxovatpeshalik haqidagi g ‘ oyalar buzilgan , bu esa keyingi yillarda mamlakatimizda ro ‘ y berayotgan o ‘ zgarishlar bilan bog ‘ liq . Odamlarning vatanga munosabati ham o ‘ zgardi . Bugungi kunda moddiy qadriyatlar ma ' naviy qadriyatlardan ustundir . Biroq , o ‘ tish davrining qiyinchiliklari zamonaviy bolalar bog ' chasida vatanparvarlik tarbiyasining to ‘ xtatilishiga sabab bo ‘ lmasligi kerak . Katta yoshdagi maktabgacha yoshdagi bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo ‘ yicha ishimda men , boshqa o ‘ qituvchilar singari , bolalar bilan ishlashning turli usullari , vositalari va shakllaridan foydalanaman . Ularning faoliyati natijasida vatanparvar, vatanimiz himoyachisi etib tarbiyalash vazifalari hal etilmoqda. Bolaning vatanparvarlik tarbiyasi kelajakdagi fuqaroni shakllantirishning asosidir. O‘z vatanining vatanparvarini tarbiyalash mas'uliyatli va qiyin vazifa bo‘lib, uni hal qilish maktabgacha yoshdagi bolalikdan boshlanadi. Rejali, tizimli ishlar, turli ta’lim vositalaridan foydalanish, bog‘cha va oilaning umumiy sa’y-harakatlari, kattalarning o‘z so‘zi va qilgan ishlari uchun mas’uliyati ijobiy samaralar berib, vatanparvarlik tarbiyasi borasidagi keyingi ishlarga asos bo‘lishi mumkin. Ishning maqsadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda psixologik xususiyatlarini nomoyon etishdagi rolini nazariy va amaliy 2
tadqiq etish orqali umumlashtirilgan xulosalar olish va shu asosda psixologlar amaliy tavsiyalar berishdan iborat. Tadqiqot ob’ekti . Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonlarini aniqlash uchun "Binafsha" nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi. Tadqiqot predmeti: Maktabgacha yoshdagi bolalarda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonini nazariy va amaliy tadqiq etish. Kurs ishining vazifalari: 1) Kurs ishini ilmiy adabiyotlar asosida yoritib berish. 2) Kurs ishini amaliyotda qo‘llanilgan metod va o‘yinlar asosida boyitish. 3) Kurs ishining ahamiyati haqida ma'lumot berish 4) Yig‘ilgan ma'lumotlar asosida xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish. Kurs ishining strukturasi va hajmi. Bitiruv malaka ishi 2 bob, 4 bo‘lim, xulosa, tavsiya, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat. 3
I-BOB. MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING PEDAGOGIK ASOSLARI 1.1. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni vatanparlik ruhida tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari Bugungi kunda barcha sohalar singari ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan bosh maqsad kelajak avlodni ulg‘ayayotgan farzandlarimizni insonparvarlik, vatanparvarlik ruhida komil inson qilib tarbiyalashdir. Shu asnoda o‘sib kelayotgan avlodni boy va betakror tariximiz milliy an’analarimiz o‘gitlari asosida tarbiyalash bugungi kun talabidir. Farzand ulg‘aya borar ekan, ijtimoiy hayot ijtimoiy munosabatlar atrofdagi hodisalarga o‘z nuqtai nazari bilan moslasha boradi. Bolada bu jarayonning kechishi shaxsni o‘rab turgan muhitning, jamoaning, oilasining qay darajada milliy va dunyoviy munosabatlarga munosabati asosida vujudga keladi va shu asnoda jamiyatni borliqni, unda shakllangan ong dunyoqarash orqali idrok qiladi. Bir qaraganda bu jarayon-ijtimoiy muhit ko‘rinishida sodda ko‘rinsada, xalqaro miqyosida, turli davlatlar misolida ko‘radigan bo‘lsak har xil ko‘rinishga ega bo‘lgan etnik tarbiya vujudga kelayotganini ko‘rasiz. Shu o‘rinda bizning yurtimiz tarixiy madaniyati- ma’naviyati, milliy an’nalari va qadriyatlari bilan o‘zbek xalqining qalbiga tushirilgan ming asrlik tarixini namoyon etib kelmoqda. Xalqimizning ko‘p asrlik an’analari, qadriyatlari, mif, afsona va dostonlarida, bizning milliyligimizni aks ettiruvchi, muqaddas xilqatlar ko‘rinishida asrdan asrga o‘tib xalqimiz hayotida o‘ z qimmatini saqlab kelmokda. O‘zbek xalqining milliy g‘urur umuminsoniy qadriyatlar katta bir jarayoni tashkil etadi. Bizning milliy xususiyatlarimiz umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘lanib ketgan. Asrlar davomida xalqimiz umumbasharish, umuminsoniy qadriyatlar takomilligi ulkan hissa qo‘shgan turli millat vakillariga hurmat, ular bilan bahamjihat yashash, diniy bag‘ri kenglik, dunyoviy bilimlarga intilish o‘zga xalqlarning ilg‘or tajribalari va madaniyatini 4
o‘rganish kabi xususiyatlar ham xalqimizda azaldan mujassamdir. Xuddi shunday milliy tabiatimizga xos bo‘lgan mehr oqibat, muruvvat, andisha, or-nomus, sharmu- hayo, ibo-iffat, betakror fazilatlar va xalqimizni ko‘p jihatdan ajratib turadigan bag‘ri kenglik, mehmon do‘stlik oq ko‘ngillik xususiyatlari ham xalkqmiz tomiriga singib ketgan bugungi kunda farzandlarimizni komil inson qilib tarbiyalashda ushbu masalalarni tarbiya mazmunining bosh g‘oyalaridan biri qilib quyish lozimdir. Shu bilan birga diniy qadriyatlarimiz ham muhim ahamiyat kasb etadi. Olloh barchamizning qalbimizda, yuragimizda, yaratganni doim yod etamiz, undan madad so‘raymiz, binobarin islom dini hayotimizning tub zamiriga chuqur singib ketgani. Bu -inkor etib bo‘lmaydigan haqiqat. Shunday ekan farzandlarimizni muqaddas dinimizning mohiyati, uning insonparvarlik g‘oyalari, dinga sog‘lom munosabat masalalarini ular ongiga singdirishimiz zarur masalalardan biridir. Shu tariqa farzandlar tarbiyasidagi birinchi maqsadimiz bu xalqimizning qadimiy va boy tariximiz, yuksak madaniyatimiz va urf-odat, qadriyatlarimizga asosan mentolitetimiz asosida hayotga moslashishi, komil inson tarbiyasidagi buyuk maqsaddir. Bu insonga ibratli xulosalar beribgina qolmasdan, ba’zan achchiq saboqlarni ham tan olishga undaydi. Ushbu qadriyatlar milliy xususiyatlarni o‘zlashtirishi tavsiya etish mumkin: - xalqimiz hayotida qadim qadimdan jamoa bo‘lib yashash ruhining ustunligi; - jamoa timsoli bo‘lgan oila, mahalla, el yurt tushunchalarning muqaddasligi; - ota-ona, mahalla -kuy, umuman jamoatga yuksak hurmat e’tibor; - millatning o‘lmas ruhi bo‘ lgan ona tiliga muhabbat; - kattaga hurmat, go‘zallik va nafosat; - sabr-bardosh va mehnatsevarlik; - halollik, mehr oqibat kabi masalalar ta’limning mazmuni bo‘lishi davr talabidir. Bugun biz ko‘pdan ko‘p masalalar ustida bosh qotirayapmiz. Jamiyatimiz rivoji uchun o‘z hissamizni boricha qo‘shishga harakat qilmoqdamiz. Bularning hammasi kelajak avlod farzandlarimiz baxti saodati uchun. Albatta, shu o‘rinda ulg‘ayayotgan to‘la qonliga qabul qilishga tayyorlashimiz ham kerakdir. 5