MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AXLOQIY TARBIYASI


MAVZU: MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AXLOQIY TARBIYASI MUNDARIJA KIRISH I - BOB . MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA AXLOQIY TARBIYANING NAZARIY ASOSLARI 1.1. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarga axloqiy tarbiya berishning ahamiyati va mazmuni .1.2. Maktabgacha ta’lim tashkilotida axloqiy tarbiya vositalari I BOB yuzasidan xulosa II - BOB . MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AXLOQIY VA VATANPARVARLIK TARBIYASI PEDAGOGIK TUSHUNCHA SIFATIDA 2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy,axloqiy , estitik jihatdan rivojlanishida ta ’ lim tashkilotda bajariladig a n tadbirlar 2. 2 .Maktabgacha ta’lim tashkilotida axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillari va metodlari II BOB yuzasidan xulosa XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR PAGE \* MERGEFORMAT1
KIRISH Maktabgacha ta’lim bosqichi uzluksiz ta’limning eng muhim, mas’uliyatli, bola tarbiyasi va ta’lim olishi poydevori, asoslari shakllanadigan bosqichidir. Maktabgacha ta’limning asosiy vazifalari bolalarni xalqning boy milliy, madaniy, tarixiy me`rosi va ma’naviy-axloqiy an’analari ruhida tarbiyalash, bolalarda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog`ligini ta’minlashdan iborat. Bu bosqichda bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash masalasi eng dolzarb masalalardan sanaladi. Aynan shuni e’tiborga olgan holda bugungi kunda mamlakatimizda maktabgacha ta’lim sohasida, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash sohasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha ta’lim sohasida Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev faol tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan farmon va qarorlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilishi, Prezidentimiz tomonidan “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2707-sonli Qaror (2016-yil, 29- dekabr), «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5198-sonli Farmon (2017-yil 30-sentabr), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” gi 528-sonli Qarori (2017- yil, 19-iyo‘l), “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish Kontsepsiyasi” kabi rasmiy hujjatlarning qabul qilinishi maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda alohida o‘rin egallamoqda. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash o‘zining bir qator mezonlariga ega. Bu jarayonda bolalarni jismoniy, aqliy, ruhiy, irodaviy va PAGE \* MERGEFORMAT1
ma’naviy jihatdan maktabga tayyorlash ularning maktab ta’limida zo‘riqmasligi, ta’limning uzluksizligi va samaradorligini ta’minlovchi asoslardandir. Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash jarayonini takomillashtirishda bo‘lajak pedagoglarning ilmiy va uslubiy ta’minlanganligi, uning kasbiy tayyorgarligi asosiy masalalardan sanaladi. Ayniqsa, bolalarning jismoniy xususiyatlari, antropometrik ko‘rsatkichlari, aqliyirodaviy jihatlari, ruhan maktabga tayyorligi ularning intellektual va jismoniy jihatdan maktab ta’limiga moslashishi, fanlarni zo‘riqishlarsiz o‘zlashtirishida ahamiyatli sanaladi. Bitiruv malakaviy ishi dolzarbligi .Maktabda o‘qishga axloqiy-irodaviy tayyorlik bolaning maktabgacha bolalik oxiriga kelib axloqiy xatti-harakat, iroda, axloqiy hissiyotlar va ong rivojida unga yangi ijtimoiy nuqtai nazarni faol egallashiga hamda o‘zining o‘qituvchi va sinfdoshlari bilan o‘zaro munosabatlarini axloqiy asosda qurishga imkon beradigan darajaga erishishida ifodalanadi. Axloqiy irodaviy tayyorlik katta maktabgacha ta`lim yoshidagi bola shaxsiy xulq-atvori rivojining muayyan darajasida namoyon bo‘ladi. Bu munosabatda bolaning maktabgacha tar`lim yoshi davomida rivojlanadigan o‘z xulq-atvorini boshqari qobiliyati: qoidani yoki tarbiyachi talablarini ongli bajarish, daf’atan asabiylashib ketishga erk bermaslik, qo‘yilgan maqsadga erishishda qat’iyatni namoyon qilish, kerakli ishni o‘ziga tortadigan, ammo maqsaddan chalg‘itadiganiga qarshi o‘larok bajarish ko‘nikmasi va shu kabilar e’tiborga loyiqdir. Bo‘lajak o‘quvchi xulq-atvoridagi ixtiyoriylikning rivojlanish asosini maktabgacha ta`lim yoshi oxiriga kelib tarkib topadigan sabablar, o‘zaro buysunuvchilari tashkil qiladi. Maktabga axloqiy-irodaviy tayyorlikning tarkib topishida, shuningdek, katta maktabgacha ta`lim yoshidagi bola shaxsiy xulq- atvoridagi mustaqillik uyushganlik va intizomlilik kabi xususiyatlar ahamiyatlidir. Mustaqillik bilan uzviy bog‘langan xulq-atvor qoidalarini bajarish, yangi sharoitlarda harakatning to‘g‘ri, odatiy usullaridan foydalanish, yordam berishga tayyorlik qobiliyatidir. Mustaqillik va xulqatvordagi uyushganlik intizomlilik bilan xulq-atvordagi maqsadga yo‘nalganlikda, o‘z faoliyatini maktabgacha ta’lim tashkilotda qabul qilingan qoidalarga muvofiq ongli tashkil eta bilishda, faoliyat PAGE \* MERGEFORMAT1
natijasiga erisha bilish va uni nazorat qilish, o‘z xulq-atvorini boshqa bolalarniki bilan muvofiqlashtirish, o‘z xatti-harakatlari uchun shaxsiy ma’suliyatni his qilishda o‘z ifodasini topadi. Maktabga axloqiyirodaviy tayyorlikning boshqa muhim tarkibiy qismi bolaning katta yoshlilar va tengqurlari bilan o‘zaro munosabatlarini qoidalarga muvofiq tashkil eta bilishdir. Tajribaning ko‘rsatishicha, maktabdagi o‘qish sharoitlariga moslashish oldingi yillarda bolalarda «jamoatchilik» sifatlari: do‘stlarga nisbatan xayrixoh, hurmat bilan munosabatda bo‘lish, tashkilotchilik ko‘nikmalari, xushmuomalalik, g‘amxo‘rlik bildirish, o‘zaro yordamga hozirlikning qanchalik muvaffaqiyatli shakllantirilganligiga bevosita bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bola xulq-atvorida jamoachilik hislarida bunday majmuaning mavjudligi uning maktabga axloqiy tayyorgarligining ko‘rsatkichi bo‘la oladi va yangi jamoada tengqurlari bilan muomalada ko‘tarinki, ijobiy ruhni yuzaga keltiradi. Maktabga axloqiy-irodaviy tayyorlik, shuningdek, axloqiy hissiyot va bola ongi rivojining muayyan darajasi bilan ham ifodalanadi. Axloqiy-irodaviy tayyorlik tarkibiga maktabgacha ta`lim yoshidagi bolaning mehnatga munosabatini ifodalovchi sifatlar majmui ham kiradi. Bu mehnat qilish ishtiyoqi, atrofdagilar mehnatiga hurmat, zarur mehnat malakalarini egallashdir. Bitiruv malakaviy ishining оbekti: Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini axloqiy tarbiyasi. Bitiruv malakaviy ishining predmeti: Maktabgacha ta’lim tashkilоtlarida ta’limiy va tarbiyaviy faoliyatlarda bolalarni har tamonlamarivojlantirish. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi : Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy sifatlarini takomillashtirishnining shart-sharoitlari. Bitiruv malakaviy ishining vazifalari: Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashning ilmiy, nazariy va amaliy asоslarini о‘rganish; -Bolalarni axloqiy tarbiyalashning nazariy jihatlari. -Bolarni axloqiy jihatdan tarbiyalashda didaktik o’yinlardan foydalanishning ahamiyati. PAGE \* MERGEFORMAT1