kurs ishi Genrix II Plantaganet davrida Angliya
Mavzu: Genrix II Plantaganet davrida Angliya Mundarija: KIRISH I.BOB. XI-XIII ASRLARDA ANGLIYADA 1.1.XI-XIII asrlarda Angliyada siyosiy markazlashishning boshlanishi. 1.2. XI – XIII asrlarda Angliya qishloq xo’jaligi va shaharlari I I.BOB. GENRIX II PLANTAGENET SIYOSIY HAYOTI VA ANGLIYA 2.1.Genrix II Plantagenet siyosiy hayoti 2.2.Davlat hokimiyatini markazlashtirish. Genrix II ning islohotlari 2.3.Angliyada parlamentning vujudga kelishi. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1
KIRISH Mavzuning dolzarbligi . Buyuk Angliya qiroli Genrix II Plantagenet 12- asrning eng nufuzli hukmdorlaridan biridir . Qirol katta hududlarni o'ziga bo'ysundirdi va u taxt uchun uzoq vaqt kurashishga majbur bo'ldi, bu esa undan deyarli qochib qutuldi. Angliya qiroli Genrix II Plantagenet tomonidan amalga oshirilgan muhim islohotlar natijasida qirol hokimiyati sezilarli darajada mustahkamlandi. Haqiqatan ham u kuchli monarxlardan biri edi. Qo'shni Evropa davlatlarining qolgan monarxlari Genrix II dan qo'rqishdi va hisoblashdi. Ammo, har xil fuqarolik to'qnashuvlari, qo'zg'olon va g'alayonlarga qaramay, Angliya qiroli Genrix II ning o'g'illari o'rtasida yerlarni taqsimlash haqidagi fikriga qo'shilmagan. Qirol Genrix II saroy yilnomachilari tomonidan maqtalgan va ulug'langan, ular o'z asarlarida Angliya qirolining faqat eng yaxshi tomonlarini tasvirlaydilar. Solnomachilardan biri Genrix II ni adabiyot va kitobxonlikni yaxshi ko'radigan juda taqvodor odam deb ta'riflagan. Shuningdek, harbiy ishlarni, ya'ni jangovar o'q-dorilarni yaxshi ko'radigan odam. Genrix II ning ota-onasi olijanob odamlar edi. Angliya qirolining otasi nufuzli vassali edi. Graf Geoffuroy V Frantsiya hududida katta mulklarga ega edi. Hududga Angevin imperiyasi ham kirgan. Graf Geoffuroyning uchta farzandi bor edi. Genrix II akalari bilan birga ingliz va frantsuz hududlariga da'vogarlik qildi. Qirol vafotidan keyin taxtni Genrix I ning ukasi Stiven egallab oldi, bu fuqarolar urushiga olib keldi. Angliyadagi qonli urush 1135 yildan 1154 yilgacha 19 yil davom etdi. Ingliz qiroli frantsuz qiroli Lui VII ning sobiq rafiqasi Akvitaniya gersoginyasiga uylangan Genrix II ga qarshi chiqdi. Shu bilan birga, Genrix II Akvitaniya hududlari ustidan nazoratni qo'lga kiritdi. Ko'p erlar va bu Evropa hududining g'arbiy qismidir. Muvaffaqiyatli nikoh ittifoqidan so'ng, ingliz qiroli Stivenga qarshi muvaffaqiyatli harbiy harakatlar boshlandi. Yakunda Genrix II o'zaro manfaatli kelishuvga erishdi. Qirol Stiven Genrix II ni merosxo'ri sifatida tan oldi. O'z 2
navbatida Genrix II sodiqlik qasamyodini qabul qildi. Ammo tez orada qirol Stiven vafot etdi va boshqaruvning yangi davri boshlandi - Genrix II Plantagenet hukmronligi . Mavzuning maqsadi qirol Genrix II tomonidan kiritilgan asosiy islohotlarni o'rganishdir Mavzuni o rganish vazifalari:ʻ -Mavzuga oid pedagogik va metodik adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish; - Mavzuga oid pedagogik va metodik adabiyotlarni tahlil qilish; - Genrix II Plantaganet davrida Angliya ni rivojlanish istiqbollarini aniqlash. Kurs ishining predmeti: Genrix II Plantaganet davrida Angliya haqidagi darslik va qo’llanmalar, to’g’ri internet ma’lumotlarini uyg’unlashtirish lozim. Kurs ishining obyekti: Genrix II Plantaganet davrida Angliya mavzusini to’la yoritishni shakllantirish faoliyatini tashkil etish. Kurs ishining tuzulishi va hajmi: Kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat. 3
I.BOB. XI-XIII ASRLARDA ANGLIYADA 1.1.XI-XIII asrlarda Angliyada siyosiy markazlashishning boshlanishi. XI asr o’rtalarida Angliyada asosan yer egaligi munosabatlari hukm surgan bo’lishiga qaramay, aholining yеr egalari va qaram aholigi ajralishi to`la yakun topmagan edi. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida dehqonlarning katta qismi o`z erkinligini saqlab qolgan, yеr egalariga qaram dehqonlar esa yagona krepostnoylarga aylanmagan edi. 1 Angliyada feodallashish jarayonining tugallanishi franknormandlar istilosi bilan bog’liq edi. Frantsiyaning Normandiya gеrtsogligidan chiqqan 15 ming ritsarlar – asosan normand va frantsuzlar 1066 yilda Normandiya gersogi Vilgelm Fotih rahbarligida Angliya taxtiga da'vo qilib Angliyaga bostirib kiradi1.Normandiya gertsogi Vilgеlmning Angliya taxtiga da'vo qilishiga 1066 yilda inglizlar qiroli Eduardning vafoti sabab bo`ldi. Qirol Eduardning o`g`li bo`lmagani uchun taxtga mеrosxo`r bo`ladigan voris qolrmadi. Uning yaqin qarindoshlari ham yo`q edi. Shu sababli Londondagi Vеstminstr abbatligida yig`ilgan Uitеnagеmot («Donolar kеngashi») yirik anglosakson oilasi vakili Garoldni yangi qirol qilib sayladilar. Bu Eduardga yaqinligi bo`lgan Normandiya gеrtsogi Vilgеlm tomonidan, qonunsiz va zo`ravonlik bilan amalga oshirilgan hodisa dеb baholandi. Gеrtsog Vilgеlm hokimiyatni kuch bilan olishga qaror qildiG` Angliya cherkovini papalarga itoat ettirishni ko’zlagan papa bu istiloga oq fotiha beradi. Anglo-saks ruhoniylarining o`zlarini mustaqil tutishlari va frantsuzlar kabi papa hokimiyatiga bo`ysinmaganligi Papalikning Vilgеlm I tomonida turishiga sabab edi. Normandlarni quvvatlash yo`li bilan papalik Angliya ustidan o`z ta'sirini kuchaytirmoqchi bo`ldi va normandlar hukmronligi o`rnatilishi bilan shunga muvaffaq ham bo`ldi. 1 Roger B. Beck, Linda Black, Larry S. Krieger, Philip C. Naylor, Dahia Ibo Shabaka " World history: patterns of interaction". McDougle Little, USA, 2022 4
Shunday qilib, 1066 yil sentyabrda Vilgelm La – Manshdan o’tib, Angliyaning janubidagi Gastings portiga tushadi. Yangi qirol Garoldning o’z drujinasi va dehqonlardan tuzilgan qo’shini Normandlarning og’ir qurollangan ritsarlariga bardosh bera olmaydi. Anglosakslar qattiq qarshilik ko’rsatishiga qaramasdan, 1066 yil 14 oktyabrda engiladilar, qirol Garold halok bo’ladi. Vilgelm Londonni egallagach Uitenagemot “Donishmandlar kengashi” tomonidan qirol deb e’lon qilinadi. Vilgеlm (Uilyam I) «Fotih» nomi bilan Angliya taxtiga (1066-1087yy.) o`tirdi. Normand baronlariga butun mamlakatni bo’ysundirish uchun bir necha yil kerak bo’ladi. Anglosakslardan yerlar tortib olinishi va erkin dehqonlarni krepostnoylarga aylantirilishiga qarshi mamlakat shimoli va shimoli–sharqida 1069 va 1071 yillarda dehqonlar va feodallar ishtirokida kuchli qo’zg’olon bo’lib o’tadi. Qo’zg’olon bostirilib, York vodiysi va Darem grafligi vayron qilinadi, qishloqlar yoqib yuboriladi, aholisi qirib tashlanadi. Bu yerlarda uzoq yillar hech zot yashamagan. Faqatgina Sistеrtsion ordеni tomonidan XII asrda yaylovlarga aylantirilgandan kеyingina bu yеrlar yana jonlanadi. Vilgеlm I davrida qirol saroyi va boshqarish bo`g`inlarida frantsuz tilining qo`llanilishi, mahalliy aholiga nisbatan og`ir siyosat bosqinchilarga bo`lgan norozilikning kuchayishiga olib kеldi. Vilgеlm Vilgelm Fotih. 1066-1087 yy. haydaladigan еrlarning 7 dan 1 qismini qirollik domеni sifatida o`zida qoldirdi. Uning tomonidan «Yangi o`rmon to`g`risida» qonunning e'lon qilinishi bu norozilikning yanada kuchayishiga sabab bo`ladi. Bu qonunga ko`ra, mamlakat hududidagi juda katta o`rmon va tеkisliklardan iborat maydon qirolning ov qiladigan maydoni dеb e'lon qilindi. Qirolga qarashli dеb e'lon qilingan joylarda ov qilishga jur'at etgan dеhqonlarning ko`zini o`yib olardilar. Natijada aholi normandlar vakillarini o`ldira boshladilar. Shundan so`ng Vilgеlm «normandlarga su'iqasd qilgan kishilar harakati qirolning o`ziga su'iqasd qilgan» dеb baholanishini va shunga muvofiq jazolanishini e'lon qildi. 5