logo

Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining turlari va ularni yaxlitligini ta’minlash

Загружено в:

20.11.2024

Скачано:

0

Размер:

31.8955078125 KB
Mavzu:  Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining turlari va ularni
yaxlitligini ta’minlash
Reja:
I. Kirish.
II. Asosiy qism
1. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining turlari.
2. Sud kompyuter-texnik ekspertizasi (SKTE).
3. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining butunligini ta’minlash. Kirish
Avtomatlashtirilgan   axborot   tizimlaridan   foydalanish,   holati   va   ishlashi
korxona va tashkilotlar faoliyatiga jiddiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan, ma’lumotlar
bazasi   yoki   ma’lumotlar   bazasi   majmui   ko‘rinishidagi   umumiy   axborot
resurslarining   paydo   bo‘lishiga   sabab   bo‘ldi.   Natijada,   korxona   va   tashkilotlar
faoliyatining   axborot   ta’minoti   amaliyotiga   avtomatlashtirilgan   axborot   tizimini
tatbiq   etish   jarayonida,   maxsus   “ma’lumotlar   bazasini   himoyalash”   atamasini
olgan,   holatlarni   alohida   o‘ziga   xos   nazoratlash   kerak   bo‘ladi.   Ma’lumotlarni
himoyalash   jarayonida   yechiladigan   masalalarning   vazifalari   va   mazmuniga
qarashlar avtomatlashtirilgan axborot tizimlari industriyasining tashkil topishi bilan
birgalikda   shakllandi,   ularni   amalga   oshirishdagi   dasturiy-texnik   jihatlarning
o‘zgarishi   va   murakkablashishi   natijasida   o‘zgardi,   ammo   vaqt   o‘tgan   sari,   asta-
sekin   ularning   qandaydir   bazaviy   ro‘yxati   shakllandi   va   ma’lumotlar   bazasini
himoyalash   atomatlashtirilgan   axborot   tizimi   nazariyasi   va   amaliyotida   ajralmas
muhim komponent bo‘lib qoldi.
“Ma’lumotlar   bazasini   himoyalash”   deganda   ma’lumotlar   bazasidan
ruxsatsiz   foydalanishdan,   ma’lumotlarni   foydalanuvchilar   tomonidan
o‘zgartirilishidan yoki buzilishidan ogohlantirish; apparat va dasturiy vositalarning
yanglishishidagi   va   ekspluatatsiya   xodimi   xatosidagi   ma’lumotlarning
o‘zgarishidan yoki buzilishidan ogohlantirish tushuniladi.
Kompyuter axborotini himoyalash muammolari bo‘yicha 70-yillaming 
oxiri 80-yillaming boshida o‘tkazilgan, keyinchalik turli ilovalarda rivojlantirilgan
va  mos  standartlarda  qayd   etilgan  tadqiqotlar  axborot   xavfsizligi  tushunchasining
tarkibiy elementlari sifatida quyidagilami belgilaydi:
- konfidensiallik (ruxsatsiz foydalanishdan himoyalash);
- yaxlitlik (axborotni ruxsatsiz o‘zgartirishdan himoyalash);
-   joydalanuvchanlik   (axborotni   va   resurslami   ushlab   qolinishidan   himoyalash,
buzilishdan himoyalash, ishga layoqatlikni himoya lash). Axborot xavfsizligi tarkibiy elementlariga mos tahdidlar qarshi turadi.
Axborot xavfsizligiga tahdid deganda axborot xavfsizligiga bevosita yoki bilvosita
zarar   yetkazishi   mumkin   bo‘lgan   kom pyuter   tizimida   amalga   oshirilgan   yoki
oshiriluvchi   ta’sir   tushuniladi.   Tahdidlarni   axborot   xavfsizligini   buzuvchi
(buzg'unchi) amal ga oshiradi yoki amalga oshirishga urinadi. 
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining turlari
1. Ma’lumotlar   bazasi   (MB)   -   ma’lum   predmet   soxadagi   ma’lumotlar
tuplamidir. 
Ma’lumotlar   bazasini   boshkarish   tizimi   (MBBT)   -   ma’lumotlar   bazasini
yaratish va xizmat kursatish xamda ulardagi ma’lumotlar ustida amallar bajarishni
(ulardan   foydalanish   imkoniyati   va   kayta   ishlash)   ta’minlovchi   dasturiy   vositalar
(dasturiy tizim yoki dastur paketi) tuplamidir.
Ma’lumotlar   modeli   -   ma’lumotlar   va   ular   orasidagi   aloka   kurinishidagi
predmet   soxasi   xakidagi   tushuncha.   Ya’ni   ma’lumotlar   modeli   -   bu   uzaro
boglangan ma’lumotlar tuzilmalarining tuplami va bu tuzilmalar ustidagi amallarni
anglatadi.
Kompyuter   tizimida   axborotning   himoyalanganligini   ta’min lash   bo‘yicha
tashkiliy-texnologik   va   dasturiy-texnik   choralar   kom pleksining   sifatiy   tavsifi
xavfsizlik   siyosati   deb   ataladi.   Xavfsizlik   siyosatining   formal   (matematik,
algoritmik, sxemotexnik) ifodasi va ta’rifi xavfsizlik modeli deb ataladi.
 MBBTlarni avlodlar bo‘yicha ajratish mavjud. Birinchi avlod MBBTlari (XX
asrning   60-70   yillari)   ierarxik   va   tarmoqli   modellarga   asoslangan,   ikkinchi   avlod
MBBTlariga   relyatsion   tizimlar   taalluqli.   Uchinchi   avlod   MBBTlari
ma’lumotlarning murakkab strukturalarini va ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlovchi
rivojlangan   vositalarni   madadlashi,   ochiq   tizimlarga   qo‘yiladigan   talablarni
qondirishi lozim.
MBBT (ma’lumotlar bazasi) MB ni boshqarish turlari quyidagilarga bo‘linadi:
Ierarxik MBBT  – axborotni daraxtsimon ko‘rinishda qo‘llab-quvvatlaydi.  Ierarxik   MB   markazlashgan   strukturaga   ega,   ya’ni   axborot   xavfsizligini
osongina   nazorat   qilish   mumkin.  Afsuski,   zarur   bo‘lgan   yozuvlarni   saqlashning
“avlod-ajdod” munosabatlari  fizik tartibda bir yozuvdan boshqa yozuvga o‘tishda
amalga   oshiriladi.   Daraxtning   yarmida   joylashgan   yozuvlar   boshqa   tarafda
joylashgan yozuvlardan tezroq aniqlanadi.
Tarmoqli   MBBT   –   Tarmoqli   model   MBBT   ierarxik   modelini   kengaytiradi,
yozuvlar orasidagi  ko‘p aloqalarni  guruhlaydi. Mantiqiy nuqtai  nazaridan aloqa –
bu yozuvni o‘zi emas. Aloqalar yozuvlar orasidagi munosabatlarni ifodalaydi. 
CODASYL   spesifikatsiyasiga   asosan   tarmoq   modeli   DDL   ni   va   DML   ni
qo‘llab-quvvatlaydi.   (DDL-   Data   Definition   Language   –   ma’lumotlarni   aniqlash
tili). (DML- Data Manipulation Language- ma’lumotlarni qayta ishlash tili). Bular
maxsus   tillar   bo‘lib,   MB   strukturasini   aniqlashda   va   so‘rovnomalarni   tuzishda
qo‘llaniladi. 
Tarmoqli   model   mavjud   yozuvlar   orasida   aloqalarni   o‘rnatishda   butunlikni
buzish   va   dublikat   qilishni   talab   qiladi.   Berilgan   ma’lumotlarni   mos   jadvallarga
o‘zgartirmay moslab yozuvi bilan bog‘lash mumkin.
Relyatsion   MBBT   -     yuqoridagi   modellarga   taqqoslab   model   MBBT
serveridan   yuqori   darajadagi   murakkablikni   talab   etadi.   Bu   esa   dasturchini
ma’lumotlarni   boshqarishda   murakkab   operatsiyalardan   (ierarxik   va   tarmoqli
modellardagidek) xolos etadi.
Relyatsion   MBBTlar   nazariyasining   asoschisi   E.Kodd   tomonidan
ma’lumotlar   bazasi   bilan   dasturchi   bo'lmagan   foydalanuvchining   muloqoti   uchun
maxsus   tilni   yaratish   xususida   taklif   kiritildi.   Ushbu   til   ingliz   tilining   bir   nechta
sodda   iboralari   (“tanlash”,“yangilash”,   “kiritish”,   “yo‘qotish”)   naboridan   tashkil
topgan   boiib,ular   orqali   dasturchi   boimagan   foydalanuvchi   o‘zining   axborotga
bo‘lgan   ehtiyoji   bo‘yicha   MBBTga   “savollar”   qo‘yishi   mumkin.   Bunda
ma’lumotlami   bevosita   ishlash   va   foydalanuvchiga   natijalami   taqdim   etish   uchun
ushbu   “savollami”   mashina   kodlarining   past   darajali   tilida   sharhlash   MBBTning qo£shimcha   vazifasi   hisoblanadi.   Shu   tariqa   MBBT   strukturasidagi   “ma’lumotlar
mashinasi”   paydo   bo‘ldi.           Boshqacha   aytganda,   ma’lumotlar   mashinasi
ma‘lumotlar   bazasi   tilini   “tushunadi”,   natijada   ma’lumotlami   va   ulami   ishlash
bo‘yicha masalalami ajratadi.
MB   relyatsion   modelida   jadvallarni   markazlashgan   ombori   bo‘lib,
ko‘pchilik   foydalanuvchi   tomonidan   ma’lumot   va   kirishni   bir   vaqtni   o‘zida
xavfsizlikni   ta’minlaydi.   Jadvallarning   qatorida   maydon   qismi   ma’lumotlardan
tashkil   topgan   bo‘lib,   vositasiz   yozuvlarga   bog‘lanadi,   qolgan   qismi   boshqa
jadvallarda  yozuv bilan bog‘lanadi.
Yozuv orasidagi aloqalar relyatsion modelining xususiyati bo‘lib keladi.
MBBT relyatsion modelida axborot va strukturaga tobe bo‘lmaydi. Yozuvlar
o‘zaro   bog‘liq   emas,   bir   yozuv   o‘zgartirilganida   boshqa   yozuvlarga   ta’sir
etilmaydi,   MBBT   strukturasi   o‘zgartirilganida     MB   da   ishlaydigan   ilovalarni
kompilyatsiya qilish shart emas.
MBBT   relyatsiyasida   SQL   tili   qo‘llaniladi   va   berilgan   vaqt   momentida
qidiruvni   shakllantiradi.   Grafik   ko‘rinishda   qidiruv   mantiqiy   sxemalarni   ko‘p
ilovalarda tuzish mumkin. 
Sud kompyuter-texnik ekspertizasi (SKTE).
2.   Sud   kompyuter-texnik   ekspertizasi   (SKTE).   SKTE   kompyuter
vositasini ob’ekt sifatida karash, tekshirilayotgan jinoyatda uning rolini aniklash va
urganish   xamda   ma’lumotlar   tashuvchilardagi   axborotlarni   xar   tomonlama   tadkik
etish   imkoniyatga   ega   bulish   maksadida   amalga   oshiriladi.   SKTEning   umumiy
predmeti   bulib   axborot   jarayonlarini   amalga   oshiruvchi   kompyuter   vositalarini
ishlab   chikish   va   ishlatish   konuniyatlarini   tadkik   kilishga   asoslangan   dalil   va
vaziyatlar   xisoblanadi.   Bu   axborot   jarayonlarida   fukarolik   yoki   jinoiy   ishlar,
ma’muriy   xukukbuzarlik   materiallari   kayd   etilgan   bulishi   mumkin.   SKTEning
zarurligi   kompyuter   texnologiyalarining   insoniyat   faoliyatining   barcha   soxalarida
keng kulamda kullanishi bilan boglikdir. -   axborotdan   foydalanish   (access   to   infopmation)   –   axborot   bilan   tanishish,   uni
ishlash (xususan, nusxalash), modifikatsiyalash, yo‘q qilish;
-   foydalanish   subyekti   (access   subject)   -   harakatlari   foydalanishni   cheklash
qoidalari orqali qat’iy belgilanuvchi shaxs yoki jarayon;
-   foydalanish   obyekti   (access   object)   –   avtomatlashtirilgan   tizimning   axborot
birligi   bo‘lib,   undan   foydalanish   foydalanishning   cheklash   qoidalari   orqali   qat’iy
belgilanadi;
- foydalanishni  cheklash qoidalari  (security policy)  - subyektlaming  obyektlardan
foydalanish huquqini qat’iy belgilovchi qoidalar majmui;
-  ruxsatli  foydalanish  (authorized  access  to  information)   -  foy dalanishni   cheklash
qoidalarini buzmasdan axborotdan foydalanish;
SKTEning   boshlangich   toifalanishi   ixtiyoriy   kompyuter   vositalarining
tashkil   etuvchilari   (apparat   yoki   texnik,   dasturiy   va   axborot   ta’minoti)   buyicha
tashkillashtirilgan.  Bunga mos ravishda SKTE kuyidagi ekspertizalarga ajratiladi:
• apparat-kompyuter ekspertizasi;
• dastur-kompyuter ekspertizasi;
• axborot-kompyuter (ma’lumotlar) ekspertizasi;
• kompyuter-tarmok ekspertizasi.
Sud   apparat   -   kompyuter   ekspertizasining   moxiyati   kompyuter   tizimining
texnik  (apparat)  vositalarini  tadkik  kilishdan  iborat.
SKTEdagi bu turning predmeti bulib kompyuter tizimi apparat vositalarini -
fukaroviy   yoki   jinoiy   ish   xolati   yoki   fakti   buyicha   axborotni   moddiy
tashuvchilarini,   ishlatish   konuniyatlarini   tadkik   kilishga   asoslangan   dalil   va
vaziyatlar   xisoblanadi.   Sud   apparat   -kompyuter   ekspertizasining   ob’ektlari:   a)
shaxsiy   kompyuter   (portativ);   b)   kushimcha   kurilmalar;   v)   tarmok   apparat
vositalari   (serverlar,   ishchi   stansiyalar,   faol   kurilmalar,   tarmok   kabellari   va
boshkalar);   g)   integrallashgan   tizimlar   (organayzerlar),   peydjerlar;   d)   mobil
telefonlar   va   x.k.;   ye)   mikroprotsessorli   kontrollerlarga   asoslangan   kurilgan tizimlar;   j)   barcha   kursatilgan   tashkil   etuvchilarning   ixtiyoriy   majmui   (apparat
bloki, kengaytirish platalari, mikrosxemalar va boshkalar).
Sud   dastur-kompyuterli   ekspertizaning   maksadi   algoritmning   funksional
vazifasini,   tavsifi   va   ishlatilish   talablarini   xamda   tadkik   kilishga   tavsiya   etilgan
kompyuter   tizimining   dasturiy   ta’minoti   joriy   xolatining   tarkibiy   xususiyatlarini
urganishdir.   Dastur-kompyuterli   ekspertizaning   ob’ektlari:   a)   tizimli   dasturiy
ta’minot   (OT);   b)   yordamchi   dasturlar   -   utilitlar;   v)   dasturni   ishlab   chikish   va
sozlash   vositalari;   g)   xizmatchi   tizimli   axborotlar;   d)   amaliy   dasturiy   ta’minot
(umumiy   foydalanish   ilovalari   -   matn   va   grafik   muxarrirlar,   MBBT,   elektron
jadvallar,   prezentatsiya   muxarrirlari   va   x.k.;   fan,   texnika,   iktisod   va   boshka
soxalardagi masalalarni yechish uchun muljallangan maxsus ilovalar).
Sud   axborot-kompyuterli   (ma’lumotlar)   ekspertiza   -   bu   SKTEning   asosiy
kurinishidir,   chunki   u   kompyuter   tizimidagi   ma’lumotlar   bilan   boglik   kuplab
savollarni   yechish   orkali   mukammal   isbotiy   bazani   kurish   imkonini   beradi.   Bu
turning   maksadi   kompyuter   tizimida   axborot   jarayonlarini   tashkil   etish   uchun
foydanuvchi   tayyorlagan   yoki   dasturlarda   yaratilgan   axborotlarni   kidirish,
aniklash,   taxlil   kilish   va   baxolashdan   iboratdir.   Sud   axborot-kompyuterli
(ma’lumotlar) ekspertizasining   ob’ekti   bu yukorida kursatilgan va boshka dasturiy
vositalar   yordamida   tayyorlangan   -   matn   formatidagi   (.txt,   .doc   va   boshkalar),
grafik   formatidagi   (.bmp,   .jpg,   .tif,   .cdr   va   boshkalar),   ma’lumotlar   bazasi
formatidagi (.mdb, .dbf va boshkalar), elektron jadvallar formatidagi (.xls, .cal va
boshkalar) va boshka kengaytmali fayllardir.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining butunligini ta’minlash
3.   Loyihalashtirish   va   ekspluatatsiya   sistemasida   ma’lumot   qayta   ishlab
chiqishda   MB   butunligini   ta’minlash   asosiy   masala   bo‘lib   keladi.   Butunlikni
buzilishi nafaqat operatorni axborot kiritishdagi xatosi, balki ish tizimini buzilishi
ham bo‘lishi mumkin. Ish tizimidagi ishni rad etilishi ba’zi operatsiyalar bajarilib,
ba’zilari bajarilishini ulgurmaganligi holatidan kelib chiqadi.  Butunlikni   buzilishi   ma’lumotlarni   kirgazishda   yoki   to‘g‘irlab   kiritishda
relyatsion   operatsiyalarni   (proeksiyalashda,   ulashda)   bajarishda   hosil   bo‘lishi
mumkin.
Butunlik muammosini yechishda MB ga ma’lumotlarni to‘g‘riligini istalgan
vaqt   mobaynida   ta’minlaydi,   ma’lumot   ishonchligini   tekshirish   qoidalaridan
foydalanib   MB   jadvaliga   haqiqiy   bo‘lmagan   ma’lumot   tushib   qolmasligi   maxsus
ko‘rsatkichlar to‘plami deb ataladi. 
Butunlikni   buzilishi   ma’lumotlarni   kirgazishda   yoki   to‘g‘irlab   kiritishda
relyatsion Butunlikni cheklash ma’lumotlar bazasi darajasida qoidalarni avtomatik
o‘rnatadi,   qachonki   operator   jadvaldagi   ma’lumotni   o‘chirsa   yoki   o‘zgartirsagina
tekshirish   avtomatik   ravishda   bajariladi.   Agar   ba’zi   cheklatishlar   buzilsa
operatorlar to‘xtatiladi.
Butunlikni   cheklash   axborot   xarakteristikalarni   aks   etadi   va   predmet
sohasidagi   xususiyatlarni   aniqlaydi.   Butunlikni   cheklash   ma’lumot   ob’ekt
maydoniga   kortejlarga   (qator,   yozuvlar),   munosabatlarga   (jadvallar,   fayllarni),
fayllar orasidagi aloqalarga tegishlidir.
Butunlik   cheklanishni   nazorat   qilishda   ikki   turdagi   cheklanish   qo‘llaniladi.
Bir   vaqtni   o‘zida   keyingiga   olib   qo‘yilgan   cheklanishlar.   Keyingiga   qo‘yilgan
butunlik   cheklanishlar   operatsiya   davomida   emas,   operatsiya   oxirida   ishni
bajarilishini   tekshiradi.   Keyingiga   qo‘yilgan   butunlik   cheklash   tranzaksiya
tushunchasi   bilan   bog‘liq.   Bu   cheklanishlar   buxgalter   provodkasi   xarakatida
xizmat qiladi.
Butunlikni   cheklashni   nazorat   qilish   amaliy   nazorati   amalda   ko‘p   vaqtni
olishi   mumkin.   Cheklash   buzilganidagina   berilgan   ma’lumotlar   tekshirilsa,
butunlik   cheklanishi   buzilishiga   olib   kelmaydi.   Butunlik   cheklanishi   u   yo   bu
predmet   sohasiga   qaraydi   va   tekshirib   ko‘rilganda   infologik   modeliga   yoziladi.
Relyatsion   opreatsiyalarni   bajarish   vaqtida   butunlikni   saqlab   qolish   uchun   fayllar
to‘g‘ri loyihalanish va bu harakatlarni bajarishda qoidalarga rioya qilish kerak. MB   ni   himoya   qilishda   turli   butunlik   cheklashlar   qo‘llaniladi:
jurnalizatsiyalashda, replikatsiyalashda, zahira nusxalashda.
- ma’lumotlar bazasi ma’muri - MBBT foydalanuvchilarining o‘zgacha;toifasini 
tashkil etadi. Ma’murlar o‘zlari ma’lumotlar ba’zasini yaratadilar, MBBT 
ishlashining texnik nazoratini amalga oshiradilar, tizimning kerakli tezkorligini 
ta’minlaydilar. Undan tashqari, ma’mur vazifasiga foydalanuvchilami kerakli 
ma’lumotlardan foydalanishlarini ta’minlash hamda foydalanuvchilarga ke rakli 
ma’lumotlaming tashqi tasawurini yozish kiradi. Ma’mur xavfsizlik qoidasini va 
ma’lumotlar yaxlitligini belgilaydi.Ma’lumotlar xavfsizligi modellari.  Xavfsizlik 
modeli quyidagilami o‘z ichiga oladi:
- kompyuter (axborot) tizimining modeli;
-axborotning tahdidlardan himoyalanganlik mezonlari, prinsiplari, cheklanishlari 
va maqsad funksiyalari;
- tizimning xavfsiz ishlashining formallashtirilgan qoidalari,cheklanishlari, 
algoritmlari,sxemalari va mexanizmlari.
Aksariyat xavfsizlik modellari asosida kompyuter tizimtarini subyekt-obyekt
modeli yotadi, xususan, avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining yadrosi sifatida 
ma’lumotlar bazasi ham. Kompyuter tizimlarining ma’lumotlar bazasi ma’lumotlar
bazasining subyektiga(mohiyatan aktiv )
Tranzaksiyani   ikki   fazali   qaydlash   —   tranzaksiyani   ikkita   bosqich
yordamida bajarish jarayonida ma’lumotlar bazasining ketma-ket o‘tishidan iborat.
Birinchi   bosqichda   (birinchi   fazada)   -   tranzaksiya   nomidan   murojaat   qilingan
ma’lumotlar   bazasining   barcha   obyektlari   sinxronlangan   tarzda   egallanadi.
Ma’lumotlar   obyekti   barcha   serverlarda   egallanadi.   Ikkinchi   bosqichda   (ikkinchi
fazada)   barcha   serverlarda   barcha   o‘zgarishlar   sodir   boiadi,   yoki   garchand   bitta
xato   holida,   birinchi   bosqich   bajarilishigacha   maiumotlar   bazasi   boigan   holatga
qaytiladi.
Tranzaksiyaning ikki fazali qaydlash mexanizmining quyidagi kamchiliklari
mavjud:   -   barcha   serverlardagi   barcha   kerakli   maiumotlaming   egallanishi   maiumotlardan
foydalanishni uzoq muddatga blokirovka qilinishiga sabab boiishi mumkin;
  - qandaydir, garchand yagoia xato hisobiga yangilashdan voz kechish ehtimolligi
katta;
 - agar qandaydir serverdan foydalanishning yoki global tarmoqqa chiqishning iloji
bo’lmasa, tranzaksiyani yo‘qotish sodir bo’ladi;
  - tarmoq strukturasida muvofiqlashtiruvchi uzelning ishlatilishi qo‘shimcha xatar
bilan bogliq, chunki uning ishdan chiqishi, tranzaksiya ta’siridagi maiumotlaming
blokirovka qilinishiga olib keladi;
  - tranzaksiyani ishlash murakkabligi. Ushbu protokol qollanilganda, protokolning
o‘zi qo‘shimcha trafik manbai hisobianadi.
Bu  esa  tizim   reaktsiyasi   vaqtini   oshiradi.Undan  tashqari  tarmoqning  yetarli
bo;lmagan o’tkazish qobiliyati va maiumotlami uzatishning kichik tezligi reaksiya
vaqtining nojoiz darajaga kattalashishiga olib kelishi mumkin.
Nazorat savollar
1. Ma’lumotlar bazasi deganda nimani tushunasiz?
2. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimiga ta’rif bering.
3. Ma’lumotlar bazasi xavfsizligini tushuntirib bering.
4. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining turlarini izoxlab bering.
5. Sud kompyuter-texnik ekspertizasi qanday ekspertizalarga ajratiladi? Foydalanilgan adabiyotlar
1.   Kuznesov   S.D.   Osnovы   sovremennыx   baz   dannыx.   Uchebnik.
-http://www.citforum.ru/database/osbd/contents.shtml 
2.   Kirillov   V.V.   Osnov ы   proektirovaniya   relyatsionn ы x   baz   dann ы x.
Uchebnoe posobie. –  http://    www.citforum.ru/database/dbguide/index.shtml   
3.   Pushnikov   A.Yu.   Vvedenie   v   sistem ы   upravleniya   bazami   dann ы x.
Uchebnoe   posobie/Izd-ye   Bashkirskogo   un-ta.   -   Ufa,   1999.   -   246   s.   -
http://www.citforum.ru/database/dblearn/index.shtml

Mavzu: Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining turlari va ularni yaxlitligini ta’minlash Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism 1. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining turlari. 2. Sud kompyuter-texnik ekspertizasi (SKTE). 3. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining butunligini ta’minlash.

Kirish Avtomatlashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanish, holati va ishlashi korxona va tashkilotlar faoliyatiga jiddiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan, ma’lumotlar bazasi yoki ma’lumotlar bazasi majmui ko‘rinishidagi umumiy axborot resurslarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Natijada, korxona va tashkilotlar faoliyatining axborot ta’minoti amaliyotiga avtomatlashtirilgan axborot tizimini tatbiq etish jarayonida, maxsus “ma’lumotlar bazasini himoyalash” atamasini olgan, holatlarni alohida o‘ziga xos nazoratlash kerak bo‘ladi. Ma’lumotlarni himoyalash jarayonida yechiladigan masalalarning vazifalari va mazmuniga qarashlar avtomatlashtirilgan axborot tizimlari industriyasining tashkil topishi bilan birgalikda shakllandi, ularni amalga oshirishdagi dasturiy-texnik jihatlarning o‘zgarishi va murakkablashishi natijasida o‘zgardi, ammo vaqt o‘tgan sari, asta- sekin ularning qandaydir bazaviy ro‘yxati shakllandi va ma’lumotlar bazasini himoyalash atomatlashtirilgan axborot tizimi nazariyasi va amaliyotida ajralmas muhim komponent bo‘lib qoldi. “Ma’lumotlar bazasini himoyalash” deganda ma’lumotlar bazasidan ruxsatsiz foydalanishdan, ma’lumotlarni foydalanuvchilar tomonidan o‘zgartirilishidan yoki buzilishidan ogohlantirish; apparat va dasturiy vositalarning yanglishishidagi va ekspluatatsiya xodimi xatosidagi ma’lumotlarning o‘zgarishidan yoki buzilishidan ogohlantirish tushuniladi. Kompyuter axborotini himoyalash muammolari bo‘yicha 70-yillaming oxiri 80-yillaming boshida o‘tkazilgan, keyinchalik turli ilovalarda rivojlantirilgan va mos standartlarda qayd etilgan tadqiqotlar axborot xavfsizligi tushunchasining tarkibiy elementlari sifatida quyidagilami belgilaydi: - konfidensiallik (ruxsatsiz foydalanishdan himoyalash); - yaxlitlik (axborotni ruxsatsiz o‘zgartirishdan himoyalash); - joydalanuvchanlik (axborotni va resurslami ushlab qolinishidan himoyalash, buzilishdan himoyalash, ishga layoqatlikni himoya lash).

Axborot xavfsizligi tarkibiy elementlariga mos tahdidlar qarshi turadi. Axborot xavfsizligiga tahdid deganda axborot xavfsizligiga bevosita yoki bilvosita zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan kom pyuter tizimida amalga oshirilgan yoki oshiriluvchi ta’sir tushuniladi. Tahdidlarni axborot xavfsizligini buzuvchi (buzg'unchi) amal ga oshiradi yoki amalga oshirishga urinadi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining turlari 1. Ma’lumotlar bazasi (MB) - ma’lum predmet soxadagi ma’lumotlar tuplamidir. Ma’lumotlar bazasini boshkarish tizimi (MBBT) - ma’lumotlar bazasini yaratish va xizmat kursatish xamda ulardagi ma’lumotlar ustida amallar bajarishni (ulardan foydalanish imkoniyati va kayta ishlash) ta’minlovchi dasturiy vositalar (dasturiy tizim yoki dastur paketi) tuplamidir. Ma’lumotlar modeli - ma’lumotlar va ular orasidagi aloka kurinishidagi predmet soxasi xakidagi tushuncha. Ya’ni ma’lumotlar modeli - bu uzaro boglangan ma’lumotlar tuzilmalarining tuplami va bu tuzilmalar ustidagi amallarni anglatadi. Kompyuter tizimida axborotning himoyalanganligini ta’min lash bo‘yicha tashkiliy-texnologik va dasturiy-texnik choralar kom pleksining sifatiy tavsifi xavfsizlik siyosati deb ataladi. Xavfsizlik siyosatining formal (matematik, algoritmik, sxemotexnik) ifodasi va ta’rifi xavfsizlik modeli deb ataladi. MBBTlarni avlodlar bo‘yicha ajratish mavjud. Birinchi avlod MBBTlari (XX asrning 60-70 yillari) ierarxik va tarmoqli modellarga asoslangan, ikkinchi avlod MBBTlariga relyatsion tizimlar taalluqli. Uchinchi avlod MBBTlari ma’lumotlarning murakkab strukturalarini va ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlovchi rivojlangan vositalarni madadlashi, ochiq tizimlarga qo‘yiladigan talablarni qondirishi lozim. MBBT (ma’lumotlar bazasi) MB ni boshqarish turlari quyidagilarga bo‘linadi: Ierarxik MBBT – axborotni daraxtsimon ko‘rinishda qo‘llab-quvvatlaydi.

Ierarxik MB markazlashgan strukturaga ega, ya’ni axborot xavfsizligini osongina nazorat qilish mumkin. Afsuski, zarur bo‘lgan yozuvlarni saqlashning “avlod-ajdod” munosabatlari fizik tartibda bir yozuvdan boshqa yozuvga o‘tishda amalga oshiriladi. Daraxtning yarmida joylashgan yozuvlar boshqa tarafda joylashgan yozuvlardan tezroq aniqlanadi. Tarmoqli MBBT – Tarmoqli model MBBT ierarxik modelini kengaytiradi, yozuvlar orasidagi ko‘p aloqalarni guruhlaydi. Mantiqiy nuqtai nazaridan aloqa – bu yozuvni o‘zi emas. Aloqalar yozuvlar orasidagi munosabatlarni ifodalaydi. CODASYL spesifikatsiyasiga asosan tarmoq modeli DDL ni va DML ni qo‘llab-quvvatlaydi. (DDL- Data Definition Language – ma’lumotlarni aniqlash tili). (DML- Data Manipulation Language- ma’lumotlarni qayta ishlash tili). Bular maxsus tillar bo‘lib, MB strukturasini aniqlashda va so‘rovnomalarni tuzishda qo‘llaniladi. Tarmoqli model mavjud yozuvlar orasida aloqalarni o‘rnatishda butunlikni buzish va dublikat qilishni talab qiladi. Berilgan ma’lumotlarni mos jadvallarga o‘zgartirmay moslab yozuvi bilan bog‘lash mumkin. Relyatsion MBBT - yuqoridagi modellarga taqqoslab model MBBT serveridan yuqori darajadagi murakkablikni talab etadi. Bu esa dasturchini ma’lumotlarni boshqarishda murakkab operatsiyalardan (ierarxik va tarmoqli modellardagidek) xolos etadi. Relyatsion MBBTlar nazariyasining asoschisi E.Kodd tomonidan ma’lumotlar bazasi bilan dasturchi bo'lmagan foydalanuvchining muloqoti uchun maxsus tilni yaratish xususida taklif kiritildi. Ushbu til ingliz tilining bir nechta sodda iboralari (“tanlash”,“yangilash”, “kiritish”, “yo‘qotish”) naboridan tashkil topgan boiib,ular orqali dasturchi boimagan foydalanuvchi o‘zining axborotga bo‘lgan ehtiyoji bo‘yicha MBBTga “savollar” qo‘yishi mumkin. Bunda ma’lumotlami bevosita ishlash va foydalanuvchiga natijalami taqdim etish uchun ushbu “savollami” mashina kodlarining past darajali tilida sharhlash MBBTning

qo£shimcha vazifasi hisoblanadi. Shu tariqa MBBT strukturasidagi “ma’lumotlar mashinasi” paydo bo‘ldi. Boshqacha aytganda, ma’lumotlar mashinasi ma‘lumotlar bazasi tilini “tushunadi”, natijada ma’lumotlami va ulami ishlash bo‘yicha masalalami ajratadi. MB relyatsion modelida jadvallarni markazlashgan ombori bo‘lib, ko‘pchilik foydalanuvchi tomonidan ma’lumot va kirishni bir vaqtni o‘zida xavfsizlikni ta’minlaydi. Jadvallarning qatorida maydon qismi ma’lumotlardan tashkil topgan bo‘lib, vositasiz yozuvlarga bog‘lanadi, qolgan qismi boshqa jadvallarda yozuv bilan bog‘lanadi. Yozuv orasidagi aloqalar relyatsion modelining xususiyati bo‘lib keladi. MBBT relyatsion modelida axborot va strukturaga tobe bo‘lmaydi. Yozuvlar o‘zaro bog‘liq emas, bir yozuv o‘zgartirilganida boshqa yozuvlarga ta’sir etilmaydi, MBBT strukturasi o‘zgartirilganida MB da ishlaydigan ilovalarni kompilyatsiya qilish shart emas. MBBT relyatsiyasida SQL tili qo‘llaniladi va berilgan vaqt momentida qidiruvni shakllantiradi. Grafik ko‘rinishda qidiruv mantiqiy sxemalarni ko‘p ilovalarda tuzish mumkin. Sud kompyuter-texnik ekspertizasi (SKTE). 2. Sud kompyuter-texnik ekspertizasi (SKTE). SKTE kompyuter vositasini ob’ekt sifatida karash, tekshirilayotgan jinoyatda uning rolini aniklash va urganish xamda ma’lumotlar tashuvchilardagi axborotlarni xar tomonlama tadkik etish imkoniyatga ega bulish maksadida amalga oshiriladi. SKTEning umumiy predmeti bulib axborot jarayonlarini amalga oshiruvchi kompyuter vositalarini ishlab chikish va ishlatish konuniyatlarini tadkik kilishga asoslangan dalil va vaziyatlar xisoblanadi. Bu axborot jarayonlarida fukarolik yoki jinoiy ishlar, ma’muriy xukukbuzarlik materiallari kayd etilgan bulishi mumkin. SKTEning zarurligi kompyuter texnologiyalarining insoniyat faoliyatining barcha soxalarida keng kulamda kullanishi bilan boglikdir.