logo

MAMURIY JAZO HAQIDA

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

73.814453125 KB
MAMURIY JAZO HAQIDA
MUNDARIJA
I.bob. 
KIRISH……………………………………………………………….3
ASOSIY QISM
1. MA’MURIY JAZO CHORALAR……………….……………………….4
2.  MA’MURIY JAZO CHORALARINI QO’LLASHNING MAQSADI VA 
VAZIFASI……………………………………………………………………...19
3. MA’MURIY JAZO CHORALARINI  QO’LLASH ASOSLARI……….20
II.bob.XULOSA……………………………………………………..27
III.bob. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………28
1 KIRISH
Huquq   hamisha   ijtimoiy   munosabatlarni   muhofaza   etish   vositasi   bo‘lib
kelgan.   Huquqiy   ta’sirning   bu   yo‘nalishi   huquqning   qo‘riqlovchi   funksiyasini
tashkil   etadi.   Huquqning   qo‘riqlovchi   funksiyasi   –   uning   ijtimoiy   vazifasi   bilan
belgilangan   huquqiy   ta’sir   etish   yo‘nalishi   bo‘lib,   u   umumiy   ahamiyatga   molik,
o‘ta   muhim   iqtisodiy,   siyosiy,   ma’naviy   va   boshqa   ijtimoiy   munosabatlarni
muhofaza   etishga,   ularning   daxlsizligini   ta’minlashga   yo‘naltiriladi   va   shu   bilan
birga jamiyatga yot, zararli   munosabatlarni siqib chiqarishga qaratiladi 1
.  
Huquqshunoslik   fanida   qo‘riqlovchi   funksiyaning   xususiyatlari
quyidagilardan iborat ekanligi e’tirof etilgan:  
birinchidan ,  u huquqni kishilar  xulq-atvoriga  ta’sir  etishning   alohida   vositasi
sifatida   ta’riflaydi.   Huquq   bu   vazifani   jazo   qo‘llash,   taqiqlar   o‘rnatish   va   yuridik
javobgarlikni amalga oshirish  bilan ogohlantirib,   insonlar irodasiga ta’sir o‘tkazish
orqali bajaradi;  
ikkinchidan ,   unda   davlat,   huquqiy   qoidalar   vositasida   qanday   ijtimoiy
qadriyatlarni   o‘z   himoyasiga   olganligi   to‘g‘risida   ijtimoiy   munosabat
subyektlariga axborot yetkaziladi;  
uchinchidan ,   u   jamiyatning   siyosiy   va   huquqiy   madaniyati   darajasining,
huquqdagi insonparvarlik asoslarining ko‘rsatkichidir.  
Huquqning   qo‘riqlovchi   funksiyasiga   xos   xususiyatlar   uni   davlatning
huquqni muhofaza etish faoliyati bilan qiyoslaganda, yanada aniqroq   namoyon
2 bo‘ladi.   Tegishli   davlat   idoralari   huquq   subyektlari   tomonidan   qonun
talablarining so‘zsiz, qat’iy bajarilishini ta’minlaydi, jamiyatda   qonuniylik muhitini
vujudga   keltiradi.   Bu   huquq   buzilishi   faktini   aniqlash,   ularni   ko‘rib   chiqish   va
aybdorlarni   yuridik   javobgarlikka   tortish   bilan   ta’minlanadi.   Bundan   tashqari,
eng   muhimi,   huquqning   qo‘riqlovchi   funksiyasi   ijtimoiy   munosabatlarni
himoyalashga yo‘naltirilgandir.  
Turli   huquq   tarmoqlarida   tartibga   solinadigan   va   qo‘riqlanadigan   ijtimoiy
munosabatlarni   aybdor   shaxs   tomonidan   buzganlik   uchun   yuridik   javobgarlik
nazarda   tutiladi.   Yuridik   javobgarlik   aybdor   shaxsga   nisbatan   muayyan   jazo
qo‘llashda   namoyon   bo‘ladi.   Masalan,   mehnat   intizomi   buzilganda   –   intizomiy
jazo,   ma’muriy   huquqbuzarlik   sodir   etilganda   –   ma’muriy   jazo,   jinoyat   sodir
etilganda – jinoiy jazo qo‘llaniladi.
Ushbu   malakaviy   diplom   ishi   orqali   esa   ma’muriy   jazo   choralarini,   ularni   qo’llashdan
bo’lgan maqsad va vazifalarini, ularni qo’llash asoslarini yoritib berishga  harakat qilinadi.
3 I BOB. ASOSIY QISM
1. MA’MURIY JAZO CHORALARI
Ma’muriy   javobgarlik   to‘g‘risidagi   kodeksning   23-moddasiga   muvofiq,   ma’muriy
huquqbuzarlik sodir etganlik uchun quyidagi ma’muriy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin:
1) jarima;
2)  ma’muriy  huquqbuzarlikni  sodir  etish  quroli  hisoblangan  yoki bevosita  shunday
narsa bo‘lgan  ashyoni  haqini  to‘lash  sharti bilan  olib qo‘yish;
3) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa
bo‘lgan ashyoni musodara qilish;
4)   muayyan   shaxsni   unga   berilgan   maxsus   huquqdan   (transport   vositasini   boshqarish
huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish;
5) ma’muriy qamoqqa olish;
6)   chet   el   fuqarolarini   va   fuqaroligi   bo‘lmagan   shaxslarni   O‘zbekiston   Respublikasi
hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish.
Ma’muriy   jarimadan   tashqari   barcha   ma’muriy   jazo     choralari,     faqat   O‘zbekiston
Respublikasi qonunlari bilan belgilanishi mumkin.
Ma’muriy   javobgarlik   to‘g‘risidagi   qonunchilik   hujjatlariga   muvofiq,   ma’muriy   jazo
asosiy   va   qo‘shimcha   ma’muriy   jazo   choralariga   bo‘linadi.   Asosiy     ma’muriy     jazo
choralari     –     ma’muriy     jazo       choralari     boshqa   ma’muriy     jazo     choralarining     turlariga
qo‘shimcha     bo‘lib,     ayni     vaqtda   tayinlanishi       mumkin       bo‘lmagan     jazo       choralaridir.
Masalan,   jarima, muayyan shaxsni maxsus huquqdan mahrum qilish, ma’muriy qamoq kabi
choralar   faqat   asosiy   ma’muriy   jazo   choralari   sifatida   qo‘llanilishi   mumkin.     Qo‘shimcha
ma’muriy   jazo   choralari   esa   ma’muriy   jazo   chorasiga   qo‘shimcha   ravishda   tayinlanishi
mumkin   bo‘lgan   ma’muriy   jazo   choralaridir.   Masalan,   ashyolarni   haqini   to‘lash   sharti   bilan
olib qo‘yish yoki musodara  qilish,  O‘zbekiston  Respublikasi  hududidan  ma’muriy  tarzda
4 chiqarib  yuborish  qo‘shimcha jazo  choralaridir.  Biroq  ular  ham  asosiy, ham    qo‘shimcha
ma’muriy         jazo         tariqasida         qo‘llanilishi         mumkin.   Qo‘shimcha   ma’muriy   jazo
choralarining   yana   bir   o‘ziga   xos   xususiyati   –   bu   ularning   sodir   etilgan   ma’muriy
huquqbuzarlik   uchun   alohida,   mustaqil   ravishda     qo‘llanilishining     mumkin     emasligidir.
Ya’ni     ular     faqat     asosiy   ma’muriy   jazo   choralariga     qo‘shimcha   jazo   chorasi     sifatida
tayinlanishi mumkin. Demak, bir ma’muriy huquqbuzarlik uchun yo asosiy, yoki ham asosiy,
ham     qo‘shimcha     jazo     chorasi   qo‘llanilishi   mumkin.     Lekin     bir   vaqtning   o‘zida   ikkita
asosiy yoki ikkita qo‘shimcha jazo choralarining qo‘llanilishi mumkin emas.
Yuqorida   ko‘rsatilgan   ma’muriy   jazo   choralarni   alohida-alohida ko‘rib chiqamiz.
Jarima     ma’muriy   javobgarlik     to‘g‘risidagi     qonunchilik     hujjatlarida   belgilangan
ma’muriy     huquqbuzarliklar     uchun     qo‘llaniladi.   Boshqacha   aytganda,   jarima   ma’muriy
huquqbuzarliklar  uchun  MJtKning  Maxsus qismi  moddalarining sanksiyalarida belgilangan
hollarda     qo‘llaniladi.   Jarima   –   ma’muriy   huquqbuzarlik   sodir   etgan   aybdor   shaxslardan
davlat   hisobiga       pul       undirishdir.   Jarima   moddiy   xususiyatga   ega   bo‘lgan   ma’muriy   jazo
chorasi   bo‘lib,   aybdor   shaxslardan   davlat   hisobiga   undirib   olinadigan     muayyan     bir     pul
miqdorida  ifodalanadi.  Jarima tarzidagi ma’muriy jazo chorasi huquqbuzarning ongiga ta’sir
ko‘rsatib,     avvalo,   uning   moddiy   manfaatlariga   zarar   yetkazadi.   Shu   bois,   ma’muriy   jarima
samarali jazo choralaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Jarima   ma’muriy   jazo   chorasining   asosiy   turi   hisoblanadi.   U   boshqa   jazo   choralarining
o‘rniga tatbiq etilishi mumkin emas. Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda jarima
qo‘shimcha   ma’muriy   jazo   chorasi   bilan   birgalikda   solinishi   mumkin   (masalan,   ashyoni
haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish yoki musodara qilish).
Jarimaning  miqdori  – ma’muriy  huquqbuzarlik  sodir etilgan  vaqtdagi,  davom  etayotgan
ma’muriy  huquqbuzarlik  uchun esa u aniqlangan  vaqtdagi  belgilab  qo‘yilgan eng kam oylik
ish   haqidan   kelib   chiqqan   holda   belgilanadi.   Jarima   obyektiga   ko‘ra   ikki   turga   bo‘linadi:
fuqarolarga, (ya’ni jismoniy shaxslarga) va mansabdor shaxslarga solinadigan jarimalar. Ular
5 miqdoriga ko‘ra farqlanadi. Fuqarolarga solinadigan jarimaning eng  kam  miqdori  eng  kam
oylik  ish  haqining  ellikdan  bir  qismidan, mansabdor  shaxslarga  esa  o‘ndan  bir  qismidan
kam  bo‘lmasligi     kerak.  Fuqaro  va   xizmatchilarga   solinadigan   jarimaning   eng  ko‘p  miqdori
eng kam   ish   haqining   besh   baravaridan,    mansabdor   shaxslarga   esa   –   o‘n baravaridan
oshmasligi kerak. Ba’zi huquqbuzarliklar uchun eng kam ish haqining ikki yuz baravarigacha
miqdorda     jarima   solinishi   mumkin 1
.   Mahalliy     davlat     hokimiyati     organlarining     qarorlari
bilan     belgilanadigan   jarimaning   eng   ko‘p   miqdori   kodeksning   6-moddasiga   binoan,
fuqarolarga   –   eng   kam   ish   haqining   uch   baravaridan,   mansabdor   shaxslarga   esa   –   besh
baravaridan oshmasligi kerak.
Jarima   ma’muriy   javobgarlikning     samarali     choralaridan   biri     sifatida   ma’muriy-
huquqbuzarlik   to‘g‘risidagi   ishlarni   ko‘rib   chiqishga   vakolatli   barcha     organ     (mansabdor
shaxs)lar     tomonidan     o‘rnatilgan     ma’muriy-protsessual   tartibda   qo‘llaniladi.   Ma’muriy
huquqbuzarliklarning   muayyan   turlari   uchun   javobgarlikni   nazarda   tutuvchi   ma’muriy-
huquqiy   normalar   sanksiyalarida   jarimaning   miqdorlari   huquqbuzarliklarning   darajasidan
kelib   chiqib   aniqlashtiriladi. Bunda  jarima   miqdorlari   ma’muriy  jazo chorasining ushbu
turi uchun belgilangan eng ko‘p va eng kam miqdorlar chegarasidan chiqib ketmasligi shart.
MJtKning   Maxsus   qismida   nazarda   tutilgan   ma’muriy-huquqiy-normalar   sanksiyalarining
ko‘pchiligida   ma’muriy   jarimaning   eng   ko‘p   miqdori,   ayrim   sanksiyalarida   esa,   jarimaning
eng  ko‘p  va  eng  kam  miqdori  ko‘rsatiladi. Bu hol vakolatli  organ (mansabdor  shaxs)ga
jarima     miqdorini     belgilashda   sodir   etilgan   huquqbuzarlikni   va   aybdorning   shaxsini
tavsiflovchi barcha holatlarni hisobga olish hamda adolatli jazo qo‘llash imkonini beradi.
Jarima solish to‘g‘risida organ (mansabdor shaxs)ning qarori chiqariladi. Faqat MJtKning
283-moddasida   nazarda   tutilgan   hollarda   ma’muriy   huquqbuzarlik   sodir   etilgan   joyning
o‘zida bayonnoma tuzilmasdan jarima solinadi.
1  Qarang: Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами . – 2015. – № 33. 439-м
6 Ma’muriy   jarima   jazo   chorasi   MJtKning   Maxsus   qismida   o‘z   aksini   topgan   deyarli
barcha   ma’muriy   huquqbuzarliklar   uchun   qo‘llaniladi.   Ma’muriy     jarimaning     solinadigan
miqdori,   ijro   etish     muddatlari     va   tartibiga     ko‘ra   tasniflash     mumkin.   Jarimaning
solinadigan     miqdoriga  ko‘ra  –  joyning  o‘zida   solinadigan  jarimaga,   ya’ni  fuqaro   o‘zi  sodir
etgan   huquqbuzarlik   faktiga   e’tiroz  bildirmasa   va  jarimaning   miqdori   eng  kam   ish  haqining
ikkidan bir qismidan oshmasa, yo‘l harakati qoidabuzarliklari to‘g‘risidagi     ishlar yuzasidan
esa   faqat   MJtKning   138-moddasining   birinchi,   ikkinchi   va   uchinchi   qismlarida   nazarda
tutilgan   hollarda   aybdor  shaxs   jarimani   darhol   to‘lasa,   bu   joyning   o‘zida   undirib   olinadigan
jarima   deb  e’tirof  etiladi.  Bunda  huquqbuzarga  qat’iy   moliyaviy   hisobot  hujjati   hisoblangan
belgilangan nusxadagi kvitansiya beriladi.
Shuningdek,   transport   vositasidan   foydalanib   sodir   etilgan   yo‘l harakati qoidalari
buzilganligi   maxsus     avtomatlashtirilgan     foto   va   video   qayd   etish   texnika   vositalari   orqali
qayd etilgan taqdirda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilmaydi 1
.
Jarimani  ijro  etish  muddatlariga  ko‘ra,   agarda  jarima  ma’muriy huquqbuzarlik  sodir
etilgan joyning  o‘zida  to‘lanmasa  yoki jarimaning miqdori eng kam ish haqining ikkidan bir
qismidan, yo‘l harakati qoida- buzarliklari to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan   esa bir baravaridan
oshadigan   bo‘lsa,     ishni     ko‘rib     chiqish     va     qarorni     ijro     etish     uchun     MJtKning
332 - moddasida  nazarda  tutilgan  tartibda,  ya’ni  huquqbuzar  tomonidan  unga jarima solish
to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab   o‘n besh   kundan kechiktirmay, bunday qaror
xususida   shikoyat   berilgan   yoki   protest   bildirilgan   taqdirda,   shikoyat   yoki   protest
qanoatlantirilmaganligi   to‘g‘risida   xabar   berilgan   kundan   boshlab   o‘n   besh   kundan
kechiktirmay to‘lanishi lozim.
Jarima   o‘n   olti   yoshdan   o‘n   sakkiz   yoshgacha   bo‘lgan     shaxslarning   mustaqil   ish   haqi
bo‘lmagan taqdirda, ularning ota-onalari yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslardan undirib olina-
1   Qarang: Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами . – 2015. – № 32.
425-м 
7 di
Ma’muriy  huquqbuzarlik   sodir   etganlik  uchun  solingan   jarima  huquq-  buzar   tomonidan
tegishli   bank   muassasasiga   to‘lanadi,   huquqbuzarlik   sodir   etilgan   joyning   o‘zida   undirib
olinadigan   jarima   bundan   mustasno.   Jarima   ijro   etish   tartibiga   ko‘ra,   ixtiyoriy   to‘lanadigan
( o‘n   besh   kunlik   muddat   ichida )   hamda   majburiy   tartibda   ( o‘n   besh   kunlik   muddat   ichida
ixtiyoriy   to‘lanmaganda )  undirib  olinadigan   jarimaga   bo‘linadi.   Bunda  huquqbuzar   jarimani
unga   jarima   solish   to‘g‘risidagi   qaror   topshirilgan   kundan   boshlab   o‘n   besh   kundan
kechiktirmay,   bunday   qaror   xususida   shikoyat   berilgan   yoki   protest   bildirilgan   taqdirda,
shikoyat   yoki   protest   qanoatlantirilmaganligi   to‘g‘risida   xabar   berilgan   kundan   boshlab   o‘n
besh    kunlik belgilangan muddat ichida to‘lamagan taqdirda, jarima solish to‘g‘risidagi qaror
sud   hujjatlari   va   boshqa   organlar   hujjatlarini   ijro   etish   to‘g‘risidagi   qonunchilik   hujjatlarida
belgilab qo‘yilgan qoidalarga muvofiq jarimani
uning   ish   haqi   yoki   boshqa   mablag‘idan,   nafaqasidan   yoki   stipendiyasidan   majburiy
tartibda undirib olish uchun yuboriladi. Basharti, jarima solingan shaxs ishlamayotgan bo‘lsa
yoxud   jarimani   huquqbuzarning   ish   haqi   yoki   boshqa     daromadidan,   pensiyasi     yoki
stipendiyasidan    boshqa   sabablarga   ko‘ra    undirib     olishning   iloji     bo‘lmasa,   uni     undirib
olish  sud  ijrochisi tomonidan  jarima  solish  to‘g‘risida  tegishli  organ  (mansabdor  shaxs)
chiqargan   qaror   asosida   huquqbuzarning   mulkidan,   shuningdek,   umumiy   mulkdagi   uning
hissasidan undirib olish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Jarima   O‘zbekiston   Respublikasi   qonunchilik   hujjatlariga   muvofiq   ijro   hujjatlari
bo‘yicha  undirib   olinishi  mumkin  bo‘lmagan  mol-mulkdan undirib olinishi mumkin emas.
Jarima solish to‘g‘risidagi qarorga muvofiq jarima  to‘la-to‘kis  undirib  olingach,  uning  ijro
etilganligi    haqida    belgi  qo‘yilib,  shu qarorni chiqargan  organga  (mansabdor shaxsga) yoki
sudga qaytariladi.
Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa
bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish     一   ma’muriy jazoning turi sifatida
8 faqat   ma’muriy   huquqbuzarlikni   sodir     etish     quroli     hisoblangan     yoki     bevosita     shunday
narsa  bo‘lgan ashyolar uchungina tatbiq etiladi. Mazkur jazo chorasi mulkiy xususiyatga ega
bo‘lgan   ma’muriy   jazo   chorasi   bo‘lib,   faqat   ma’muriy   huquqbuzarlikni   sodir     etish     quroli
hisoblangan   yoki   bevosita   shunday   narsa   sifatida   foydalanilgan   ashyolar   egasiga   nisbatan
qo‘llanilishi     mumkin.     Lekin   huquqbuzarga   tegishli   bo‘lmagan   ashyolarni   (masalan,
g‘ayriqonuniy   ov   qilish,   baliq   tutish   natijasida   qo‘lga   kiritilgan   mahsulotlar,   ya’ni   yovvoyi
hayvonlar,   baliqlar)   haqini   to‘lash   sharti   bilan   olib   qo‘yish   ma’muriy   jazo   chorasi
hisoblanmaydi.
Ma’muriy   javobgarlik     to‘g‘risidagi     kodeksi     26-moddasiga     muvofiq,   ma’muriy
huquqbuzarlikni     sodir     etish     quroli     hisoblangan     yoki     bevosita   shunday   narsa   bo‘lgan
ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish   一   shu   ashyoni majburiy tarzda   tortib   olib,
uni keyinchalik   sotib yuborish hamda   sotishdan   tushgan   pulni   ashyoning   sobiq   egasiga
tortib   olingan ashyoni sotish xarajatlarini  chegirib tashlagan holda topshirishdan iborat- dir.
O‘qotar   qurollar   va   o‘q-dorilarni   haqini   to‘lash   sharti   bilan   olib   qo‘yish   asosiy   tirikchilik
manbai   ovchilik   bo‘lgan   shaxslarga   nisbatan   qo‘llanilishi   mumkin   emas.   Ashyoni   haqini
to‘lash   sharti   bilan   olib   qo‘yish   chorasini   qo‘llash   tartibi   va   tortib   olinadigan   ashyolarning
turlari   MJtK   va   O‘zbekiston   Respublikasining   boshqa   qonunchilik   hujjatlari   bilan   belgilab
qo‘yiladi 1
.
Ashyoni   haqini   to ‘ lash   sharti   bilan   olib   qo ‘ yish   ma ’ muriy   jazo   chorasi   mazmuniga
ko ‘ ra   ketma - ketlikda   o ‘ zaro   bog ‘ langan   quyidagi   uch harakatni   amalga   oshirishdan   iborat :
1 ) huquqbuzar   shaxsdan   ma ’ muriy   huquqbuzarlikni   sodir   etish   quroli hisoblangan
yoki   bevosita   shunday   narsa   bo ‘ lgan   ashyoni   majburiy   tarzda olib   qo ‘ yish ;
2 ) majburiy   tarzda   olib   qo ‘ yilgan   ashyoni   sotish ;
3 ) ashyoni     sotishdan   tushgan   pulni   ashyoning   sobiq   egasiga   ashyoni sotish
1   Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг ахборотномаси . –   1995. –   № 3. –
6-м 
9 xarajatlarini   chegirib   tashlagan   holda   topshirish .
Ashyoni     haqini     to ‘ lash     sharti     bilan     olib     qo ‘ yish     ham     asosiy ,     ham qo ‘ shimcha
ma ’ muriy   jazo   chorasi   sifatida   qo ‘ llanilishi   mumkin .   U   asosiy jazo   chorasi   sifatida   faqat
MJtKning   2 2 0 - moddasi   birinchi   qismida   o ‘ qotar qurollar   va   o ‘ q - dorilarni   saqlash   yoki
tashish   qoidalarini   buzganlik   uchun   jarima   bilan     muqobil     tarzda     nazarda     tutilgan .
Qo ‘ shimcha   jazo   chorasi sifatida   haqini   to ‘ lash   sharti   bilan   olib   qo ‘ yish ,   xavfli   moddalar
va ashyolarni   transportda   tashish   qoidalarini   buzganlik   uchun   ( MJtK   1 4 2 - m ,   2 - q . )   va
o ‘ qotar   ov   qurollari   va   o ‘ q - dorilarni   sotishdan   bo ‘ yin   tovlaganlik   uchun   ( 2 2 2 - m . ) .
belgilangan .   Shu   bilan   birga ,   basharti ,   birinchi   huquqbu -  zarlik   uchun   qonun   chiqaruvchi
ashyoni   haqini   to ‘ lash     sharti   bilan     olib   qo ‘ yishni   qo ‘ shimcha   jazo   chorasi   sifatida
nazarda   tutsa ,   ikkinchi   huquq -   buzarlik   uchun   mazkur   jazo   chorasini   albatta   asosiy
jazo   chorasi   bo ‘ lgan   jarima   bilan   to ‘ ldiradi .   Haqini   to ‘ lash   sharti   bilan   olib   qo ‘ yish
to ‘ g ‘ risidagi   qaror   asosida   olib   qo ‘ yilgan   narsalar   belgilangan   tartibda   shartnoma
vositachilik   asosida   yoxud   auksion   shaklidagi   kim   oshdi   savdosida   realizatsiya   qilinadi .
O ‘ qotar   qurollar   va   o ‘ q - dorilarning   haqini   to ‘ lab   olib   qo ‘ yish   to ‘ g ‘ risidagi   qaror   ichki
ishlar   organlari   tomonidan   ijro   etiladi .
Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa
bo‘lgan   ashyoni   musodara   qilish 一   ma’muriy   jazoning   turi   sifatida   faqat   ma ’ muriy
huquqbuzarlikni     sodir   etish   quroli hisoblangan   yoki   bevosita     shunday   narsa   bo ‘ lgan
ashyolar   uchun   tatbiq etiladi .   Mazkur   ma ’ muriy   jazo   chorasi   MJtKning   2 7 - moddasiga
binoan ,   ma ’ muriy   huquqbuzarlikni   sodir   etish   quroli   hisoblangan   yoki   bevosita   shunday
narsa   bo ‘ lgan   ashyoni   musodara   qilish   –   shu   ashyoning   haqini to ‘ lamasdan   majburiy
tarzda   davlat   mulkiga   o ‘ tkazishdan   iborat .
Mazkur   musodara   qilish   jazo   chorasi   tuman   ( shahar )   sudining   ma ’ muriy   ishlar
bo ‘ yicha   sudyasi   tomonidan   qo ‘ llaniladi .   Agar   O ‘ zbekiston Respublikasining   qonunlarida
boshqacha   qoida   nazarda   tutilmagan   bo ‘ lsa ,   huquqbuzarning   shaxsiy   mulki   bo ‘ lgan
10 ashyogina   musodara   qilinishi   mumkin .   Kontrabanda   ashyolari   egasi   kim   bo ‘ lishidan
qat ’ i   nazar ,   musodara   qilinadi .   Musodara   qilish   chorasining   qo ‘ llanish   tartibi ,   musodara
qilish mumkin bo‘lmagan  buyumlarning ro‘yxati Ma’muriy javobgarlik  to‘g‘risidagi kodeks
va boshqa qonunlar bilan belgilanadi. O‘z navbatida, o‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni, boshqa
ov qurollarini musodara qilish asosiy tirikchilik manbai ovchilik bo‘lgan shaxslarga nisbatan
qo‘llanilmaydi. 
Ma’muriy   javobgarlik   to‘g‘risidagi   qonunchilik   hujjatlariga   asosan,
musodara qilish jazo chorasi quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
1) asosiy ma’muriy jazo chorasi sifatida;
2) qo‘shimcha ma’muriy jazo chorasi sifatida:
– musodara qilinishi shart bo‘lgan holatlar;
– ishni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) tomonidan vakolati doirasida qo‘llani-
lishi mumkin bo‘lgan holatlar;
– ma’muriy ishlar bo‘yicha sudya tomonidan vakolati doirasida haqini to‘lash sharti bilan
olib qo‘yish jazosining  o‘rniga muqobil ravishda musodara jazo chorasini qo‘llashi mumkin
bo‘lgan holatlar (MJtK 142-m. 2-q.);
MJtKning   337-339-moddalariga   muvofiq,   ma’muriy   huquqbuzarlik   sodir   etish   quroli
yoki   bevosita   shunday   ashyo   bo‘lgan   narsani   musodara   qilish   to‘g‘risidagi   qaror   Adliya
vazirligi  huzuridagi Sud qarorlarini  ijro etish, sudlar faoliyatini  moddiy-texnika  jihatidan  va
moliyaviy ta’minlash departamenti organlari sud ijrochilari tomonidan ijro etiladi. Ma’muriy
huquqbuzarlik   sodir   etish   quroli   yoki   bevosita   shunday   ashyo   bo‘lgan   musodara   qilingan
narsani   sotish   va   yo‘q   qilib   tashlash   amaldagi   qonunchilik   hujjatlarida   belgilangan   tartibda
amalga oshiriladi. 
Ma’muriy   huquqbuzarlikni   sodir   etish   quroli   hisoblangan   narsani   yoki   bevosita
ma’muriy   huquqbuzarlik  narsasini  musodara  qilish  to‘g‘risidagi  qaror  ijro  etilganidan   so‘ng
11 sud   ijrochisi   ijro   ishi   yuritishni   tamomlash   to‘g‘risida   qaror   chiqaradi   va   uning   bir   nusxasi
quyidagilarga yuboriladi:
– uni chiqargan ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyaga;
– O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilayotgan, eksport qilinishi man
etilgan   buyumlar   va   mahsulotlarni,   shuningdek,   O‘zbekiston   Respublikasi   hududiga   olib
kirilayotgan,   transportirovka   (xalqaro   tranzit   bundan   mustasno)   qilinayotgan   va
saqlanayotgan,   aksiz   markalari   qo‘yilmagan   tamaki   mahsulotlari   va   alkogolli   ichimliklarni
musodara qilish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgan bojxona organining mansabdor shaxsiga;
–   saqlanayotgan,   realizatsiya   qilinayotgan,   yashirin   ravishda   ishlab
chiqarilayotgan,  aksiz   markalari  qo‘yilmagan   tamaki  mahsulotlari  va  alkogolli  ichimliklarni
musodara qilish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgan soliq organining mansabdor shaxsiga.
Muayyan   shaxsni   unga   berilgan   maxsus   huquqdan   mahrum   qilish   (transport
vositalarini boshqarish  huquqidan, ov qilish  huquqidan  mahrum etish) –   huquqbuzarning
belgilangan   faoliyat   bilan   shug‘ullanishini,   maxsus   huquqlardan   foydalanish   huquqini
vaqtinchalik cheklashdan iborat ma’muriy jazo turidir. Qonun chiqaruvchi bu jazo chorasini
qo‘llashni faqat transport vositalarini  boshqarish huquqidan va ov qilish huquqidan mahrum
etish hollari bilangina cheklaydi. 
Turli transport vositalarini boshqarish hamda ovchilik bilan shug‘ullanish – belgilangan
yoshga   to‘lgan   shaxsda   maxsus   huquq   (tegishli   transport   vositasini   boshqarish   uchun
haydovchilik   guvohnomasi,   taloni   shuningdek   ovchilik   bileti)ning   mavjud   bo‘lishini   talab
etadi.   MJtKda   maxsus   huquqdan   mahrum   qilishning   eng  ko‘p   va   eng  oz   muddatlari   hamda
mazkur   jazoni   qo‘llovchi   organ(mansabdor   shaxs)   belgilangan   bo‘lib,   maxsus   huquqdan
mahrum   etishni   tuman   (shahar)   sudining   ma’muriy   ishlar   bo‘yicha   sudyasi   tomonidangina
aybdor   shaxs   o‘ziga   berilgan   maxsus   huquq   (transport   vositalarini   boshqarish,   ov   qilish
huquqi)dan foydalanish tartibini qo‘pol buzsa yoki muntazam buzib kelsa, shu huquqdan o‘n
besh kundan uch yilgacha muddatga mahrum qilish jazo chorasi qo‘llanishi mumkin.
12 Mazkur   jazo   chorasini   ayrim   shaxslarga   nisbatan   qo‘llashda   cheklovlar   mavjud   bo‘lib,
ular quyidagilardan iborat:
–   nogironligi   sababli   ana   shunday   transport   vositalaridan   foydalanadigan   shaxslarga
nisbatan transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish chorasi qo‘llanilmaydi;
–   ov   qilish   asosiy   tirikchilik   manbai   bo‘lgan   shaxslarga   nisbatan   ov   qilish   huquqidan
mahrum etish chorasi qo‘llanilmaydi. 
Biroq MJtKning 28-moddasida belgilangan hollarda, ya’ni transport vositalarini alkogolli
ichimlikdan,   giyohvandlik   vositasi   ta’siridan   mast   bo‘lgan   holda   yoki   o‘zgacha   tarzda   mast
bo‘lgan   holda   boshqarish  hollari,   mastlik   darajasini   belgilangan   tartibda   aniqlashdan   bo‘yin
tovlash, shuningdek, o‘zlari ishtirokchi bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari sodir etilgan joydan
ketib qolish holatlarida nogironlarga ham mazkur jazo chorasi qo‘llaniladi. 
Maxsus   huquqdan   mahrum   etish   ko‘pincha   yo‘l   harakati   qoidalarini   va   transportdan
foydalanish   qoidalarini   qo‘pol   ravishda   buzganliklari   uchun   transport   vositalarining
haydovchilariga nisbatan qo‘llaniladi. Harakat xavfsizligini ta’minlashning ta’sirchan vositasi
bo‘lgan transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish mazkur huquqlarni ma’lum
darajada   cheklash   bilan   bog‘liq   jazo   chorasi   hisoblanadi.   Bunday   ma’muriy   jazo   chorasini
qo‘llash asosiy kasbi haydovchilik bo‘lgan shaxslar uchun muayyan muddatga mutaxassisligi
bo‘yicha   ishlash,   havaskor   haydovchilar,   shaxsiy   avto-mototransport   sohiblari   uchun
belgilangan   muddat   davomida   o‘ziga   tegishli   transport   vositasini   boshqarishni   taqiqlashga
sabab   bo‘ladi.   Shu   bilan   birga,   mazkur   jazo   chorasining   amal   qilishi   avtomobil,   traktor   va
boshqa   o‘ziyurar   mashinalar,   mototsikllar   va   boshqa   mexanik   transport   vositalari,   kichik
hajmli kemalar haydovchilari sodir etgan qo‘pol huquqbuzarliklar uchun ham tatbiq etiladi. 
Mazkur   jazo   chorasi   quyidagi   huquqbuzarliklar   uchun   qo‘llanilishi   nazarda   tutiladi:
MJTKning   ov   qilish   yoki   baliq   tutish   qoidalarini,   shuningdek,   hayvonot   dunyosidan
foydalanishning   boshqa   turlarini   amalga   oshirish  qoidalarini   buzish  (90-m.),   mexanizatorlar
tomonidan qishloq xo‘jalik mashinalaridan texnik jihatdan foydalanish va texnika xavfsizligi
13 qoidalarini qo‘pol ravishda buzish (112-m.), kichik hajmli kemalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va
hisobga   olish   qoidalarini,   shuningdek,   bunday   kemalardan   va   ular   turadigan   bazalardan
(inshootlardan)   foydalanish   qoidalarini   buzish   (119-m.   2-q.),   yuk   tashish   qoidalarini,
shatakka   olish   qoidalarini   buzish   (1251-m.   2-q.),   haydovchilarning   transport   vositalarini
piyodalar   yo‘lkalaridan   yurgizishi,   yo‘l   belgilari   va   yo‘l   harakatining   boshqa   qoidalari
talablariga   rioya   etmasligi   (128-m.   5-q.),   transport   vositasini   boshqarish   vaqtida
haydovchilarning   telefondan   foydalanishi   (128 1
-m.   2-q.),   transport   vositasini   boshqarish
paytida   monitordan   (displeydan)   televideodasturlarni   tomosha   qilish   uchun   foydalanish   va
transport   vositasiga   o‘zboshimchalik   bilan   monitor   (displey)   o‘rnatish   (128 2
-m.   3-q.),
transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishi (128 3
-m.
3,4-q.),   transport   vositalari   haydovchilarining   svetoforning   taqiqlovchi   signaliga   yoki   yo‘l
harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan o‘tishi (128 4
-m. 3-q.),
transport   vositalarihaydovchilarining   xalaqit   berishi   yoki   avariya   holatini   yuzaga   keltirishi,
yo‘lning   qarama-qarshi   harakatlanish   uchun   mo‘ljallangan   tomoniga   yokibo‘lagiga   chiqishi
(128 5
-m.   4-q.),   transport   vositalari   haydovchilarining   yo‘l   harakati   xavfsizligiga   tahdid
soluvchi   guruh   bo‘lib   harakat   qilishda   qatnashishi   (129-m.   2-q.),   transport   vositalari
haydovchilarining   temir   yo‘lning   o‘tish   joylaridan   o‘tish   qoidalarini   buzishi   (130-m.   2-q.),
transport vositalarini  mast holda boshqarish (131-m. 1,3-q.), kema haydovchilarining  kichik
hajmli kemalarni mast holda boshqarishi (132-m.) transport vositalari haydovchilarining yo‘l
harakati  qoidalarini  buzishi  jabrlanuvchiga  yengil  tan jarohati  yoki ancha  miqdorda  moddiy
zarar yetkazilishiga  olib kelishi (133-m.), haydovchilarning  yo‘l harakati  qoidalarini  buzishi
transport   vositalarining   yoki   boshqa   mol-mulkning   shikastlanishiga   olib   kelishi   (134-m.   1-
q.),   yo‘l   harakati   qoidalarida   nazarda   tutilgan   hujjatlari   bo‘lmagan   shaxslarning   transport
vositalarini boshqarishi (135-m. 3-q.), transport vositalari haydovchilarining va yo‘l harakati
boshqa   ishtirokchilarining   mastligi   yoki   mast   emasligini   aniqlash   uchun   tekshiruvdan
14 o‘tishdan   bo‘yin   tovlashi   (136-m.   1-q.),   yo‘l-transport   hodisasi   yuz   bergan   joydan   ketib
qolish (137-m). 
Ov   qilish   huquqidan   mahrum   etish   asosan   quyidagi   huquqbuzarliklar   uchun   nazarda
tutiladi:   ov   qilishga   tegishli   ruxsati   bo‘lmagan   holda   yoki   taqiqlangan   joylarda   yoxud
taqiqlangan   muddatlarda,   taqiqlangan   qurollar   yoki   usullar   bilan   ov   qilish,   shuningdek,   ov
qilish   va   baliq   tutishning   boshqa   qoidalarini   muntazam   ravishda   buzganlik   uchun   nazarda
tutilgan. 
Maxsus   huquqdan   mahrum   etish   to‘g‘risida   qaror   chiqariladi.   Ushbu   qaror   quyidagi
organ (mansabdor shaxs)lar, ya’ni:
–   transport   vositalarini   boshqarish   huquqidan   mahrum   etish   to‘g‘risidagi   qaror   ichki
ishlar organlarining mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi;
–   kema   haydovchilarini   kichik   hajmli   kemalarni   boshqarish   huquqidan   mahrum   etish
to‘g‘risidagi   qaror   O‘zbekiston   Respublikasi   kichik   hajmli   kemalar   davlat   inspeksiyasi
organlarining mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi;
– ov qilish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror ov qilish qoidalariga rioya etilishi
ustidan davlat nazorati olib boruvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi.
Transport vositalarini yoki kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish
to‘g‘risidagi qaror haydovchilik guvohnomasini, shuningdek uning talonini olib qo‘yish yo‘li
bilan   ijro   etiladi.   Basharti,   haydovchi   yoki   kema   haydovchisi   transport   vositalarining   yoki
kichik hajmli  kemalarning ayrim turlarini  boshqarish huquqidangina  mahrum etilgan bo‘lsa,
haydovchilik   guvohnomasiga   va   uning   taloniga   transport   vositalarining   yoki   kichik   hajmli
kemalarning qaysi turlarini boshqarish huquqidan mahrum etilganligi yozib qo‘yiladi. 
Ov qilish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror ovchilik biletini olib qo‘yish yo‘li
bilan   ijro   etiladi.   Ov   qilish   huquqidan   mahrum   etilgan   shaxs   ovchilik   biletini   topshirishdan
bo‘yin tovlagan taqdirda ov qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga
oshiruvchi organlar ovchilik biletini belgilangan tartibda olib qo‘yadilar.
15 Transport   vositalarining   haydovchilari   va   ov   qilish   qoidalarini   buzgan   shaxslar   maxsus
huquqdan   mahrum   etish   to‘g‘risida   qaror   chiqarilgan   kundan   boshlab   shunday   huquqdan
mahrum   etilgan   hisoblanadilar.   Maxsus   huquqdan   mahrum   qilish   muddati   o‘tgach,
shuningdek,   bu   muddat   o‘rnatilgan   tartibda   qisqartirilgan   taqdirda,   shunday   ma’muriy   jazo
chorasiga   tortilgan   shaxsga   undan   olib   qo‘yilgan   hujjatlar   belgilangan   tartibda   qaytarib
beriladi. 
Ma’muriy   qamoqqa   olish   –   huquqbuzar   shaxsga   nisbatan   uning   shaxsiy   erkinligini
ma’lum   bir   muddat   (uch   sutkadan   o‘n   besh   sutkagacha,   favqulodda   holat   tartibi   sharoitida
esa, jamoat tartibiga tajovuz qilganligi uchun – o‘ttiz sutkagacha)ga vaqtinchalik cheklash va
jamiyatdan ajratib qo‘yishdan iborat bo‘lgan qattiq ma’muriy jazo turidir. 
Ma’muriy   qamoqqa   olish   tarzidagi   ma’muriy   jazo   chorasi   faqat   ayrim   ma’muriy
huquqbuzarliklar uchun belgilangan bo‘lib, ular o‘zining darajasi jihatidan jinoiy qilmishlarga
yaqin   bo‘lgan   quyidagi   huquqbuzarliklar   uchun   qo‘llaniladi:   MJtKning   giyohvandlik
vositalarini   yoki   psixotrop   moddalarni   oz   miqdorda   g‘ayriqonuniy   tarzda   tayyorlash,   olish,
saqlash,   tashish   yoki   jo‘natish   (56-m.);   tabiiy   resurslarga   egalik   huquqini   buzish   (60-m.);
transport   vositalarini   mast   holda   boshqarish   (131-m.   2-q.);   transport   vositalari
haydovchilarining   va   yo‘l   harakati   boshqa   ishtirokchilarining   mastligi   yoki   mast   emasligini
aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashi (136-m. 2-q.); yo‘l-transport hodisasi
yuz   bergan   joydan   ketib   qolish   (137-m.);   mayda   bezorilik   (183-m.);   fuqarolarning   jamoat
joylarida   ibodat   liboslarida   yurishi   (184 1
-m);   milliy,   irqiy,   etnik   yoki   diniy   adovatni   targ‘ib
qiluvchi   materiallarni   tayyorlash,   saqlash   yoki   tarqatish   (184 3
-m.);   jamoat   joylarida   spirtli
ichimliklar   ichish,   xuddi   shunday   huquqbuzarlikni   ma’muriy   jazo   chorasi   qo‘llanilganidan
keyin   bir   yil   davomida   takror   sodir   etish   (187-m.,   2-q);   ichki   ishlar   organi   xodimining
qonuniy   talablarini   bajarmaslik,   uni   takror   sodir   etish   (194-m.,   2-q.);   ichki   ishlar   organi
xodimlarining   o‘z   xizmat   burchlarini   bajarishlariga   qarshilik   ko‘rsatish   (195-m.);   chegara
qo‘shinlari   harbiy   xizmatchilarning   qonuniy   talablarini   bajarmaslik   va   ularning   qonuniy
16 faoliyatiga  qarshilik  ko‘rsatish  (196 1
-m., 3-q.); yig‘ilishlar,  mitinglar,  ko‘cha yurishlari yoki
namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish (201-m.); g‘ayriqonuniy nodavlat notijorat
tashkilotlari,   oqimlar,   sektalarning   faoliyatida   qatnashishga   undash   (202 1
- m.);   favqulodda
holat   tartibining   talablarini   buzish   (204-m.);   favqulodda   holat   tartibi   sharoitida   jamoat
tartibiga   tajovuz   qilish   (205-m.),   mazkur   huquqbuzarlik   uchun   o‘ttiz   sutkagacha   ma’muriy
qamoqqa   olish   jazo   chorasi   qo‘llaniladi;   nodavlat   notijorat   tashkilotlar   ning   faoliyatni
amalga   oshirish   tartibini   buzishi   (239-m.   2-q.);   diniy   tashkilotlar   to‘g‘risidagi
qonun   hujjatlarini   buzish   (240-m.);   diniy   ta’limotdan   saboq   berish   tartibini
buzish (241-m). 
Mazkur   ma’muriy-huquqiy   normalarning   sanksiyalarida   asosan   ma’muriy
qamoqqa   olish   jazo   chorasining   faqat   eng   ko‘p   muddati   keltiriladi.   Bunday
hollarda   ma’muriy   qamoqqa   olish   uch   sutkadan   muayyan   moddaning
sanksiyasida ko‘rsatib o‘tilgan muddatgacha tayinlanishi mumkin. 
Ma’muriy   qamoqqa   olish   faqat   tuman   (shahar)   sudining   ma’muriy   ishlar
bo‘yicha   sudyasi   tomonidan,   favqulodda   holat   tartibi   sharoitida   esa,   harbiy
komendant yoki ichki ishlar organi boshlig‘i tomonidan qo‘llanilishi mumkin. 
MJtKning   29-moddasi   ikkinchi   qismida   ma’muriy   qamoqqa   olish   jazo
chorasini   qo‘llab   bo‘lmaydigan   shaxslar   ro‘yxati   belgilangan   bo‘lib,   ushbu
ma’muriy-huquqiy normaga asosan  homilador ayollarga, uch yoshgacha bolasi
bo‘lgan ayollarga, o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolasini yakka o‘zi tarbiyalayotgan
shaxslarga,   o‘n   sakkiz   yoshga   to‘lmagan   shaxslarga,   birinchi   va   ikkinchi   guruh
nogironlariga   hamda   MJtKning   16-moddasida   ko‘rsatilgan   harbiy   xizmatchilar
va   yig‘inga   chaqirilgan   harbiy   xizmatga   majburlar,   shuningdek,   ichki   ishlar
17 organlarining   safdorlar   va   boshliqlar   tarkibiga   mansub   shaxslarga   nisbatan
ma’muriy qamoqqa olish jazo chorasi qo‘llanilishi mumkin emas. 
Ma’muriy   qamoqqa   olish   to‘g‘risidagi   qaror   boshqa   ayrim   ma’muriy   jazo
choralarini  qo‘llash   to‘g‘risidagi  qarorlardan,  qaror   chiqarilgandan   keyin  darhol
ijro etilishi bilan farqlanadi. 
Ma’muriy   javobgarlik   to‘g‘risidagi   qonunchilik   hujjatlarida   ma’muriy   qamoq
jazosini o‘tash tartibi belgilangan bo‘lib, u o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
ma’muriy   qamoqqa   olingan   shaxslar   ichki   ishlar   organlari   belgilab   qo‘ygan
joylarda   qamoqda   saqlanadilar;   ma’muriy   qamoqqa   olish   to‘g‘risidagi   qarorni
ijro   etish   chog‘ida   qamoqqa   olinganlar   o‘rnatilgan   tartibda   shaxsiy   ko‘rikdan
o‘tkaziladilar;   ma’muriy   yo‘l   bilan   ushlab   turish   muddati   ma’muriy   qamoq
muddatiga   qo‘shib   hisoblanadi.   Shuningdek,   ma’muriy   qamoqni   o‘tash
O‘zbekiston   Respublikasi   qonunlarida   belgilangan   qoidalar   asosida   amalga
oshiriladi.   Ma’muriy   qamoqqa   olingan   shaxslardan   jismoniy   ishlarda
foydalaniladi.   Ma’muriy   qamoqqa   olingan   shaxslar   mehnatidan   foydalanishni
tashkil etish tuman (shahar) hokimliklariga yuklatiladi. 
Ma’muriy   qamoqqa   olingan   doimiy   ish   joyiga   ega   bo‘lgan   shaxslarga
qamoqda bo‘lgan vaqtlari uchun doimiy ish joylaridan ish haqi to‘lanmaydi. 
O‘zbekiston   Respublikasining   «Ma’muriy   qamoqqa   olingan   shaxslarni
saqlash   xarajatlarini   undirish   to‘g‘risida»gi   qonuniga 1
  muvofiq,   ma’muriy
qamoqqa   olingan   shaxslardan   ma’muriy   ishlar   bo‘yicha   sudyaning   qaroriga
binoan,   ularni   saqlash   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   xarajatlar   sutkasiga   eng   kam   ish
18 haqining   15   foizi   miqdorida   undirib   olinadi.   Shaxs   ma’muriy   qamoqda   bo‘lgan
vaqtida   ishlab,   o‘zini   saqlash   xarajatlarini   qoplagan   hollarda   undan   xarajatlar
undirib   olinmaydi.   Agarda   ma’muriy   qamoqqa   olingan   shaxslar   mehnatga
qobiliyatsiz bo‘lsalar, ular ham bu xarajatlarni undirishdan ozod qilinadilar. Shu
bilan   birga,   ayrim   hollarda   sudya   aniq   holatlarni   va   huquqbuzarning   shaxsini
hisobga olib, uni mazkur xarajatlarni to‘lashdan ozod qilishi mumkin.
Chet   elfuqarolarini   va   fuqaroligi   bo‘lmagan   shaxslarni   O‘zbekiston   Respublikasi
hududidan   ma’muriy   tarzda   chiqarib   yuborish   (MJtK   29 1
-   m.)   –   chet   el   fuqarolarini   va
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqa-
1 Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг ахборотномаси . –  1995. –   № 6 .
– 116-м
rib   yuborish   ularning   O‘zbekiston   Respublikasiga   kirish   huquqi   keyinchalik   bir   yildan   uch
yilgacha muddatga cheklangan holda majburiy yoki nazorat ostida mustaqil ravishda   chiqib
ketishidan iborat.    Ma’muriy  tarzda  chiqarib  yuborish tuman  (shahar)  sudining  ma’muriy
ishlar   bo‘yicha     sudyasi     tomonidan   qo‘llaniladi.     Chet     el     fuqarolarini     va     fuqaroligi
bo‘lmagan   shaxslarni   O‘zbekiston     Respublikasi     hududidan     ma’muriy   tarzda     chiqarib
yuborish ushbu kodeksning   51 2
,   51 8
,   51 9
,   56,   57,   58-moddalarida,   61 1
-moddasi birinchi
qismida, 94, 165 1
, 184 2
, 184 3
, 189, 189 1
, 201, 202 1
, 224 1
-moddalarida,  225-moddasi birinchi
qismida, 239, 240, 241-moddalarida  nazarda tutilgan  huquqbuzarliklar  sodir etilgan taqdirda
qo‘llanilishi mumkin.
2.MA’MURIY JAZO CHORALARINI QO’LLASHNING MAQSADI
VA VAZIFASI
19 Ma’muriy jazo – maqsadiga ko‘ra ma’muriy majburlov choralarining bir turi hisoblanadi.
Ma’muriy   jazo   ma’muriy   majburlovning   boshqa   choralaridan   farqli   ravishda   huquqbuzar
tomonidan   ma’muriy   qonunchilik   hujjatlari   bilan   qo‘riqlanadigan   ijtimoiy   munosabatlarga
tajovuz qilinganda, ya’ni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgandagina  qo‘llaniladigan o‘ziga
xos   maqsadga   ega   jazo   sanksiyalari   bo‘lib,   ma’muriy-protsessual   tartibda   amalga   oshiriladi.
Ma’muriy   jazo   O‘zbekiston   Respublikasining   Ma’muriy   javobgarlik   to‘g‘risidagi   kodeksi
bilan,   ma’muriy   majburlovning   boshqa   choralari   esa   turli   normativ   hujjatlar   bilan   tartibga
solinadi. 
Huquqshunos   olim   YU.M.Kozlovning   fikricha,   ma’muriy   jazo   choralari   ma’muriy
huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplash maqsadida qo‘llanilmaydi. Agar
ma’muriy   huquqbuzarlik   orqali   jismoniy   yoki   yuridik   shaxsga   moddiy   zarar   yetkazilgan
bo‘lsa,   huquqbuzarlik   ishini   ko‘rib   chiquvchi   davlat   organi   ma’muriy   jazoni   tayinlash   bilan
bir vaqtda, mulkiy zararni undirish bo‘yicha masalani ham hal etishi mumkin. Mulkiy zararni
undirish fuqarolik ishlarini ko‘rib chiqish tartibida amalga oshiriladi 1
. 
MJtKning 22-moddasida ma’muriy jazoning maqsadi to‘liq o‘z ifodasini topgan va unga
ko‘ra   ma’muriy   jazo   javobgarlikka   tortish   chorasi   bo‘lib,   u   ma’muriy   huquqbuzarlik   sodir
etgan shaxsni qonunlarga rioya etish va ularni hurmat  qilish ruhida tarbiyalash,  shuningdek,
ana   shu   huquqbuzarning   o‘zi   tomonidan   ham,   boshqa   shaxslar   tomonidan   ham   yangi
huquqbuzarlik   sodir   etilishining   oldini   olish   maqsadida   qo‘llaniladi.   Shu   bois,   jazolash
ma’muriy   jazoning   asosiy   maqsadi   emas,   balki   huquqbuzarlik   sodir   etgan   shaxsni
Konstitutsiya   va   qonunlarni   hurmat   qilish   ruhida   tarbiyalash,   huquq-tartibotni   ta’minlash,
ushbu   shaxsning   o‘zi   va   boshqa   shaxslar   tomonidan   yangi   huquqqa   xilof   qilmishlar   sodir
etilishining   oldini   olish   maqsadida   qo‘llaniladi.   Qolaversa,   ma’muriy   jazo,   ma’lum   bir
ma’noda,   jinoyatlarning   oldini   olishga   ham   xizmat   qiladi 2
.   Bu   borada   O‘zbekiston
Respublikasining   Birinchi   Prezidenti   Islom   Karimov   «jinoyatchilikning   oldini   olish,   unga
qarshi   kurash   samaradorligi   jazoning   og‘irligi   va   shafqatsizligiga   emas,   balki   birinchi
20 navbatda,   qonunni   buzgan   shaxsning   jazoning   muqarrarligini   nechog‘li   anglashiga   bog‘liq.
Jazoning   muqarrarligi   jinoyatchilikni   oldini   olishda   samarali   ta’sir   ko‘rsatuvchi   omillardan
biri bo‘lib hisoblanadi», degan edi.
3.MA’MURIY JAZO CHORALARINI QO’LLASH ASOSLARI
Ma’muriy   javobgarlik   to‘g‘risidagi   qonunchilik   hujjatlari   bilan   qo‘riqlanadigan   ijtimoiy
munosabatlarga   tajovuz   qilinganda,   ya’ni   huquqbuzar   tomonidan   ma’muriy   huquqbuzarlik
sodir   etganlik   uchun   ma’muriy   jazo   O‘zbekiston   Respublikasining   Ma’muriy   javobgarlik
to‘g‘risidagi kodeksi va boshqa normativ hujjatlarda belgilab qo‘yilgan doirada va tartibda 
1 Qarang:  Козлов Ю.М.  Административное право: Учебник. – М., 2003. – С. 174-175. 
2 Qarang:  Алёхин А.П., Козлов Ю.М.  Административное право. Ч .1. –  М ., 1995. –  С . 235.
qo‘llaniladi. 
Ma’muriy jazoni qo‘llash asoslari yana quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 
1) ma’muriy huquqbuzarlik hodisasi yoki alomatining mavjudligi;
2)   ma’muriy   huquqbuzarlikni   sodir   etish   paytida   shaxs   javobgarlikka   tortish   yoshiga
yetgan bo‘lsa; 
3) g‘ayrihuquqiy harakat yoki harakatsizlikni sodir etgan shaxs aqli raso bo‘lsa; 
4) shaxs harakatni zaruriy mudofaa yoki oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqib sodir
etsa; 
5)   ma’muriy   huquqbuzarlik   to‘g‘risidagi   ishni   ko‘rib   chiqish   paytida   Ma’muriy
javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 36-moddasida nazarda tutilgan muddatlar o‘tib ketmagan
bo‘lsa. 
Sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi
sanksiyalarda – jazo chorasi va uning ruxsat etilgan me’yorlari (hajmi, miqdori)ning eng kami
va eng yuqorisi ko‘rsatilgan bo‘ladi. 
21 Ma’muriy   jazoni   qo‘llashda   vakolatli   organ   (mansabdor   shaxs)   ma’muriy   javobgarlik
to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining, ya’ni qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi,
demokratizm, insonparvarlik, odillik va ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga
asoslanishi shartdir 1
. MJtKda ma’muriy jazoning qo‘llanilishiga bag‘ishlangan alohida 4-bob
ajratilgan  bo‘lib, uning 30-moddasida ma’muriy jazo qo‘llanilishining umumiy qoidalari  o‘z
aksini topgan. 
Vakolatli   organlar   va   mansabdor   shaxslar   tomonidan   ma’muriy   jazoning   qo‘llanishi
chog‘ida:
– sodir etilgan huquqbuzarlik xususiyati; 
– huquqbuzarning shaxsi; 
1 Qarang: Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг ахборотномаси. – 1995. – № 3.
– 6-м.
– uning aybdorlik darajasi; 
– mulkiy ahvoli; 
– javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar; 
– javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlar hisobga olinadi. 
Ma’muriy jazo qo‘llanishining mazkur umumiy qoidalariga barcha vakolatli organlar va
mansabdor shaxslar rioya qilishlari shart. 
Bundan   tashqari,   ma’muriy   jazoni   qo‘llashda   jazoni   individuallashtirish   ham   katta
ahamiyat   kasb   etadi,   ya’ni   ma’muriy   huquqda   sodir   etilgan   qilmishning   xususiyati,
huquqbuzarning   aybdorlik   darajasi,   shaxsi   hamda   qonunda   nazarda   tutilgan   javobgarlikni
yengillashtiruvchi   va   og‘irlashtiruvchi   holatlarni   hisobga   olgan   holda   ma’muriy   javobgarlik
to‘g‘risidagi   qonunchilik   hujjatlari   bilan   belgilangan   sanksiyalar   chegarasida   unga   jazo
tayinlashdir.   Vakolatli   organ   (mansabdor   shaxs)   jazoni   individuallashtirib,   avvalo,   sodir
etilgan   qilmishning   xususiyati,   darajasi   va   huquqbuzarning   shaxsini   hisobga   oladi.   Bunda
qilmishni   qanday   usulda,   kim   bilan   birgalikda   sodir   qilinganligi,   qaysi   bosqichgacha   olib
22 borilgan   –   tayyorgarlik   yoki   tugallanganligi,   huquqbuzar   shaxsning   voyaga   yetmagan   yoki
yetganligi,  huquqbuzarlikni  birinchi   bor yoki  takroran   sodir  etishi,  huquqbuzarlikni  qasddan
yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etishi va hokazolar e’tiborga olinadi. 
Jazoni   individuallashtirishda   aybdor   shaxsning   barcha   ijobiy   va   salbiy   xususiyatlari,
javobgarlikni   yengillashtiruvchi   va   og‘irlashtiruvchi   holatlari   hisobga   olinishi   lozim,   chunki
jazo   asosan   shaxsiy   xususiyatga   ega   va   aybdor   shaxsga   qo‘llaniladi 1
.   Ma’muriy   javobgarlik
to‘g‘risidagi   kodeksning   31-moddasiga   ko‘ra,   ma’muriy   javobgarlikni   yengillashtiruvchi
holatlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 
1) aybdorning o‘z qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lishi; 
2) aybdorning huquqbuzarlik zararli oqibatlarining oldini olishi, yetkazilgan ziyonni 
1  Бахрамов Х.Х., Селиманова С.М.  Административная ответственность: обстоятельства,
влияющие на назначение наказания // Ҳуқуқ-Право-Law. –2005. – №3. – С.78–79.
ixtiyoriy ravishda qoplashi yoki keltirilgan zararni bartaraf qilishi; 
3) huquqbuzarlikning kuchli ruhiy hayajon ta’siri ostida yoki og‘ir shaxsiy, oilaviy yoxud
boshqa sharoitlar yuzaga kelganligi oqibatida sodir etilishi; 
4)   huquqbuzarlikning   tahdid   yoki   majburlov   ta’sirida   yoxud   xizmat   yuzasidan,   moddiy
yoki boshqa jihatdan qaramligi ta’siri ostida sodir etilishi; 
5) huquqbuzarlikning voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilishi; 
6)   huquqbuzarlikning   homilador   ayol   yoki   o‘n   to‘rt   yoshgacha   bo‘lgan   bolasini   yakka
o‘zi tarbiyalayotgan shaxs tomonidan sodir etilishi. 
Ma’muriy   huquqbuzarlik   to‘g‘risidagi   ishni   ko‘rib   chiquvchi   organ   (mansabdor   shaxs)
boshqa holatlarni ham javobgarlikni yengillashtiruvchi holat deb topishi mumkin. 
Sud   ma’muriy   jazo   chorasini   qo‘llayotganda   javobgarlikni   yengillashtiruvchi   holatlarni
va   huquqbuzarning   moddiy   ahvolini   inobatga   olgan   holda   sabablar   va   asoslarni   albatta
ko‘rsatib, MJtKning maxsus qismidagi  moddalarning  sanksiyasida nazarda tutilgan eng kam
jazodan ham kamroq jazo chorasini qo‘llashi mumkin. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi
23 ishni   ko‘rib   chiquvchi   boshqa   organ   (mansabdor   shaxs)   javobgarlikni   yengillashtiruvchi
holatlarni va huquqbuzarning moddiy ahvolini inobatga olgan holda, yengilroq ma’muriy jazo
chorasini   qo‘llash   to‘g‘risidagi   masalani   hal   etish   uchun   ishni   MJtKning   3081-moddasida
belgilangan  tartibda  sudga yuboradi. Ushbu holatni  ma’muriy  jarima  jazosi misolida ko‘rish
mumkin.  Bunda  fuqarolarga   solinadigan  jarimaning   eng kam  miqdori   eng  kam  ish haqining
ellikdan   bir  qismidan,  mansabdor  shaxslarga  esa  eng kam  ish  haqining  o‘ndan  bir  qismidan
kam bo‘lmasligi kerak. 
MJtKning   32-moddasida   esa   ma’muriy   javobgarlikni   og‘irlashtiruvchi   holatlarga
quyidagilar kiritilgan: 
1)   g‘ayrihuquqiy   harakatlarni   to‘xtatish   vakolati   bor   shaxslar   tomonidan   qo‘yilgan
talabga qaramay, bunday harakatlarni davom ettirish; 
2)   ma’muriy   jazo   chorasiga   tortilgan   shaxsning   bir   yil   mobaynidayana   o‘sha   xildagi
huquqbuzarlikni   sodir   etishi,   xuddi   shuningdek,   huquqbuzarlikni   ilgari   sudlangan   shaxs
tomonidan sodir etilishi; 
3) voyaga yetmagan shaxsni huquqbuzarlikka tortish (jalb qilish); 
4) huquqbuzarlikning bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilishi; 
5)   huquqbuzarlikning   tabiiy   ofat   sharoitida   yoki   boshqa   favqulodda   holatlarda   sodir
etilishi; 
6) huquqbuzarlikning mast holda sodir etilishi. 
Ma’muriy   huquqbuzarlik   to‘g‘risidagi   ishni   ko‘rib   chiquvchi   organ   (mansabdor
shaxs)larga bulardan tashqari boshqa holatlarni ham javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat deb
topish   vakolati   berilmagan.   Ular   huquqbuzarlikning   mast   holda   sodir   etilishi   holatini   faqat
uning   xususiyatiga   qarab   aybni   og‘irlashtiruvchi   holat   deb   topmasligi   mumkin.   Ma’muriy
qonunchilik hujjatlarida bir necha ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganligi uchun ma’muriy
jazo   qo‘llash   qoidalari   ham   belgilangan.   Bir   shaxs   ikki   yoki   undan   ortiq   ma’muriy
huquqbuzarlik   xatti-harakat   (harakatsizlik)larini   sodir   etgan   bo‘lsa,   ma’muriy   jazo   har   bir
24 huquqbuzarlik   uchun   alohida-alohida   qo‘llaniladi.   Basharti,   shaxs   bir   necha   ma’muriy
huquqbuzarlik   sodir   etgan   bo‘lib,   shu   haqdagi   ishlar   bir   vaqtning   o‘zida   ayni   bir   organ
(mansabdor shaxs) tomonidan ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa, bu shaxsga nisbatan uzil-kesil jazo
og‘irroq   ma’muriy   jazoni   nazarda   tutuvchi   sanksiya   doirasida   qo‘llaniladi.   Bu   holda   asosiy
jazoga   sodir   etilgan   huquqbuzarliklardan   istalgan   bittasi   uchun   ma’muriy   javobgarlik
to‘g‘risidagi   moddalarda   nazarda   tutilgan   qo‘shimcha   jazo   choralaridan   biri   qo‘shilishi
mumkin. 
Agar   shaxs   MJtKning   Maxsus   qismidagi   bir   necha   modda   bilan   ma’muriy   javobgarlik
belgilangan va ular to‘g‘risidagi ishlarni har xil organ (mansabdor shaxs) ko‘radigan harakat
(harakatsizlik)   sodir   etgan   bo‘lsa,   unga   nisbatan   og‘irroq   ma’muriy   jazoni   nazarda   tutuvchi
sanksiya doirasida jazo qo‘llaniladi. Bu holda asosiy jazoga sodir etilgan huquqbuzarliklardan
istalgan   bittasi   uchun   ma’muriy   javobgarlik   to‘g‘risidagi   moddalarda   nazarda   tutilgan
qo‘shimcha   jazo   choralaridan   biri   qo‘shilishi   mumkin 1
.   Yoxud   shaxs   kodeks   Maxsus
qismidagi   tegishli   modda   bilan   ma’muriy   javobgarlik   nazarda   tutilgan   harakat
(harakatsizlik)ni voyaga yetmagan shaxsni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishga jalb qilgan
holda   (188 1
-modda)   sodir   etgan   bo‘lsa,   ish   materiallari   ko‘rib   chiqish   uchun   sudga
topshiriladi.   Bu   holda   ham   asosiy   jazoga   sodir   etilgan   huquqbuzarliklardan   istalgan   bittasi
uchun   ma’muriy   javobgarlik   to‘g‘risidagi   moddalarda   nazarda   tutilgan   qo‘shimcha   jazo
choralaridan biri qo‘shilishi mumkin 2
. 
Ma’muriy   qamoq   va   maxsus   huquqdan   mahrum   etish   kabi   ma’muriy   jazo   choralarini
qo‘llash   uchun   muddatlarni   hisoblash   quyidagicha   belgilangan.   Ma’muriy   qamoq   muddati
sutkalar bilan, eng ko‘pi 30 sutka, maxsus huquqdan mahrum etish muddati esa kunlar, oylar,
yillar bilan hisoblanadi va ko‘pi bilan 3 yilgacha qo‘llaniladi. 
Ma’muriy   jazo   –   ma’muriy   huquqbuzarlik   sodir   etilgan   kundan   boshlab,   davom
etayotgan  huquqbuzarliklar  uchun esa, huquqbuzarlik  aniqlangan  kundan boshlab   bir yildan
kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin. 
25 Jinoyat   ishini   qo‘zg‘atish   rad   etilgan   yoki   jinoyat   ishi   tugatilgan   bo‘lsa-yu,   lekin
huquqbuzarning   harakatlarida   ma’muriy   huquqbuzarlik   alomatlari   mavjud   bo‘lsa,   ma’muriy
jazo   chorasi   jinoyat   ishi   qo‘zg‘atishni   rad   etish   yoki   jinoyat   ishini   tugatish   to‘g‘risida   qaror
qabul qilingan kundan boshlab  bir oydan  kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin 3
. 
Mazkur   muddatlar   ashyolarni   bojxonaga   doir   qonunchilik   hujjatlari   asosida   musodara
qilish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi. 
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 37-moddasiga muvofiq, ma’muriy jazoga
tortilgan shaxs shu jazoni o‘tash muddati tugagan kundan boshlab bir yil mobaynida yangi
1 Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг ахборотномаси. – 1995. – №3. 6 - м.
2 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2008. – №16. – 117-м. 
3 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг ахборотномаси. – 2004. – №5. – 90-м
ma’muriy   huquqbuzarlik   sodir   etmagan   bo‘lsa,   mazkur   shaxs   ma’muriy   jazoga   tortilmagan
deb   hisoblanadi.   Mazkur   bir   yillik   muddat   o‘tgach   ushbu   shaxs   tomonidan   xuddi   shunday
ma’muriy  huquqbuzarlik  sodir etilgan  taqdirda  uning huquq buzarlikni  takroran  sodir  etgan,
deb   kvalifikatsiya   qilinishi   mumkin   emas.   Ma’muriy   huquqbuzarlik   sodir   etgan   shaxs
ma’muriy   hu-quqbuzarlik   oqibatida   yetkazilgan   zararni   qoplashi   shart.   Basharti,   ma’muriy
huquqbuzarlik   sodir   etish   oqibatida   jismoniy   shaxsga,   korxona,   muassasa,   tashkilotga,
fuqarolarning   o‘zini   o‘zi   boshqarish   organi   yoki   davlatga   yetkazilgan   mulkiy   zarar   belgilab
qo‘yilgan   eng   kam   ish   haqidan   ko‘p   bo‘lmasa,   organ   (mansabdor   shaxs)   jazo   qo‘llanishi
paytida aybdor bu zararni qoplashi to‘g‘risidagi masalani ham hal etishga haqlidir, ma’muriy
ishlar bo‘yicha sudya esa bu masalani yetkazilgan zarar miqdoridan qat’i nazar hal qilaveradi.
Boshqa   hollarda   ma’muriy   huquqbuzarlik   natijasida   yetkazilgan   mulkiy   zararni   qoplash
fuqarolik-huquqiy   tartibida   hal   qilinadi.   Ma’muriy   jazoni   qo‘llash   ma’muriy   huquqbuzarlik
sodir   etgan   shaxsni   bajarilmaganligi   uchun   ma’muriy   jazo   qo‘llanilgan   vazifani   bajarishdan
ozod etmaydi
26 II BOB. XULOSA
Ma’muriy   jazo   ma’muriy   qonunchilikka   asosan   huquqbuzarlik   sodir   etishda   aybli   deb
topilgan   shaxsga   nisbatan   davlat   nomidan   vakolatli   organ,   mansabdor   shaxs   tomonidan
qo‘llaniladigan va huquqbuzarni qonunda nazarda tutilgan muayyan huquq va erkinliklardan
mahrum   qilish   yoki   ularni   vaqtincha   cheklashdan   iborat   majburlov   chorasi   bo‘lsa-da,
huquqbuzarni   qiynoqqa   solish,   zo‘ravonlikka,   shafqatsiz   yoki   inson   qadrqimmatini
kamsituvchi   boshqa   tarzdagi   tazyiqqa   duchor   etish   maqsadini   ko‘zlamaydi.   Buning   isboti
MJtKning   8-moddasida   o‘z   aksini   topgan,   ya’ni   ma’muriy   huquqbuzarlik   uchun   hech   kim
mamlakatimiz Konstitutsiyasidan kelib chiquvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan asoslar
va   tartibdan   boshqacha   tarzda   ta’sir   ko‘rsatish   chorasiga   tortilishi   mumkin   emas.   Ma’muriy
huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish qonuniylikka rioya qilish asosida olib boriladi. 
Ma’muriy jazoning maqsadi va vazifalari o‘zaro uyg‘un holda bir-biri bilan chambarchas
bog‘liqdir.   Ma’muriy   jazoning   vazifalari   inson   va   jamiyat   farovonligi   yo‘lida   fuqarolarning
huquq   va   erkinliklarini,   mulkni,   davlat   va   jamoat   tartibini,   tabiiy   muhitni   muhofaza   qilish,
ijtimoiy  adolat va qonuniylikni ta’minlash, ma’muriy huquqbuzarlik uchun adolatli  jazoning
muqarrarligi,shuningdek,   huquqbuzarliklarning   oldini   olish,   fuqarolarni   O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashni o‘z ichiga oladi.
Bu   vazifalarni   amalga   oshirish   uchun   Ma’muriy   javobgarlik   to‘g‘risidagi   kodeks   qanday
harakat   yoki   harakatsizlik   ma’muriy   huquqbuzarlik   hisoblanishini,   ma’muriy   huquqbuzarlik
sodir etgan  shaxsga nisbatan qaysi organ (mansabdor shaxs) tomonidan  qay tartibda  qanday
ma’muriy jazo qo‘llanilishi va ijro etilishini belgilaydi. 
27 III BOB. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O’QUV ADABIYOTLARI
1. Административное право / Под.ред. Василенко- ва Р.Т. - М.: 1990. 
2. Бахрар Д.Н. Административное право. — М.: 1993.
3. Алехин. А.Р., Козлов Ю.М. Административное право Российской Федерации. — М.: 
1994. 
4. Alimov X.R. Ma'muriy huquq. Darslik . — Т.: 1995. 
5. Манохин В.М., Адушкин Ю.С., Багишаев З А. Российское административное право: 
Учебник. — М.: 1996. 
6. Князев С.Д. Административное право: Учеб. пособие. Владивосток. 1997. 
7. Алехин А.П., Кармолиикий А.А., Козлов Ю.М. Административное право Российской
Федерации. Учебник. — М.: «ЗЕРЦАЛО», 1998. 
8. Административное право Республики Узбекистан // Авт. коллектив: Алимов Х.Р., 
Соловьева Л.И. и др./ - Т.: «Адолат», 1999. 
9. Административное право. — М.: «Юрист», 2000. 
10. Административное право: учебник / Под ред. Козлова Ю.М., Попова Л.Л. — М.: 
«Юрист», 2000. 
11. Xudoyberdiyeva V.J., Xojiyev Ye.T. Ma’muriy huquq. O‘quv qo'llanma. — Т.: TDYuI 
nashriyoti, 2000. 
12. Козлов Ю.М. Административное право: Учебник. — 2-е изд., перераб. и доп. — М.: 
«Юрист», 2003. 
13. Бахрах Д.Н., Россинский Б.В., Старилов Ю.Н. Административное право: Учебник 
для вузов. — М.: «Норма», 2004. 
14. Габричидзе Б.Н., Чернявский А.Г., Ким-Кимен А.Н. Административное право: 
Учебник. — М.: ТК Велби.  Изд-во «Проспект», 2004. 
28 15. Сорокин В.Д. Административно-процессуальное право: Учебник. — СПб.: 
Издательство «Юридический центр Пресс», 2004. 
16. Административное право: Учебник /Под ред. Попова Л.Л.. — М.: «Юрист», 2004.
2. NORMATIV HUQUQIY HUJJATLAR
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 8-dekabr 1992- yilda qabul qilingan
2. O'zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi. O'zbekiston 
Respublikasi 22.09.1994-y. Keyingi qo'shimcha va o'zgartirishlar bilan birgalikda.
3. «Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash xarajatlarini undirish to'g'risida»gi 
O'zbekiston Respublikasi 06.05.1995-y. 68-1 sonli qonuni
3. WEB RESURSLAR
1. https://www.ilo.org   
2. https://www.prezident.uz
3. https://www.gov.uz
4. https://www.lex.uz
5. https://www.norma.uz
6. https://www.ziyonet.uz   
7. https://www.tsul.uz
29

MAMURIY JAZO HAQIDA MUNDARIJA I.bob. KIRISH……………………………………………………………….3 ASOSIY QISM 1. MA’MURIY JAZO CHORALAR……………….……………………….4 2. MA’MURIY JAZO CHORALARINI QO’LLASHNING MAQSADI VA VAZIFASI……………………………………………………………………...19 3. MA’MURIY JAZO CHORALARINI QO’LLASH ASOSLARI……….20 II.bob.XULOSA……………………………………………………..27 III.bob. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………28 1

KIRISH Huquq hamisha ijtimoiy munosabatlarni muhofaza etish vositasi bo‘lib kelgan. Huquqiy ta’sirning bu yo‘nalishi huquqning qo‘riqlovchi funksiyasini tashkil etadi. Huquqning qo‘riqlovchi funksiyasi – uning ijtimoiy vazifasi bilan belgilangan huquqiy ta’sir etish yo‘nalishi bo‘lib, u umumiy ahamiyatga molik, o‘ta muhim iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va boshqa ijtimoiy munosabatlarni muhofaza etishga, ularning daxlsizligini ta’minlashga yo‘naltiriladi va shu bilan birga jamiyatga yot, zararli munosabatlarni siqib chiqarishga qaratiladi 1 . Huquqshunoslik fanida qo‘riqlovchi funksiyaning xususiyatlari quyidagilardan iborat ekanligi e’tirof etilgan: birinchidan , u huquqni kishilar xulq-atvoriga ta’sir etishning alohida vositasi sifatida ta’riflaydi. Huquq bu vazifani jazo qo‘llash, taqiqlar o‘rnatish va yuridik javobgarlikni amalga oshirish bilan ogohlantirib, insonlar irodasiga ta’sir o‘tkazish orqali bajaradi; ikkinchidan , unda davlat, huquqiy qoidalar vositasida qanday ijtimoiy qadriyatlarni o‘z himoyasiga olganligi to‘g‘risida ijtimoiy munosabat subyektlariga axborot yetkaziladi; uchinchidan , u jamiyatning siyosiy va huquqiy madaniyati darajasining, huquqdagi insonparvarlik asoslarining ko‘rsatkichidir. Huquqning qo‘riqlovchi funksiyasiga xos xususiyatlar uni davlatning huquqni muhofaza etish faoliyati bilan qiyoslaganda, yanada aniqroq namoyon 2

bo‘ladi. Tegishli davlat idoralari huquq subyektlari tomonidan qonun talablarining so‘zsiz, qat’iy bajarilishini ta’minlaydi, jamiyatda qonuniylik muhitini vujudga keltiradi. Bu huquq buzilishi faktini aniqlash, ularni ko‘rib chiqish va aybdorlarni yuridik javobgarlikka tortish bilan ta’minlanadi. Bundan tashqari, eng muhimi, huquqning qo‘riqlovchi funksiyasi ijtimoiy munosabatlarni himoyalashga yo‘naltirilgandir. Turli huquq tarmoqlarida tartibga solinadigan va qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarni aybdor shaxs tomonidan buzganlik uchun yuridik javobgarlik nazarda tutiladi. Yuridik javobgarlik aybdor shaxsga nisbatan muayyan jazo qo‘llashda namoyon bo‘ladi. Masalan, mehnat intizomi buzilganda – intizomiy jazo, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganda – ma’muriy jazo, jinoyat sodir etilganda – jinoiy jazo qo‘llaniladi. Ushbu malakaviy diplom ishi orqali esa ma’muriy jazo choralarini, ularni qo’llashdan bo’lgan maqsad va vazifalarini, ularni qo’llash asoslarini yoritib berishga harakat qilinadi. 3

I BOB. ASOSIY QISM 1. MA’MURIY JAZO CHORALARI Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 23-moddasiga muvofiq, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun quyidagi ma’muriy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin: 1) jarima; 2) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish; 3) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish; 4) muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish; 5) ma’muriy qamoqqa olish; 6) chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish. Ma’muriy jarimadan tashqari barcha ma’muriy jazo choralari, faqat O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanishi mumkin. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, ma’muriy jazo asosiy va qo‘shimcha ma’muriy jazo choralariga bo‘linadi. Asosiy ma’muriy jazo choralari – ma’muriy jazo choralari boshqa ma’muriy jazo choralarining turlariga qo‘shimcha bo‘lib, ayni vaqtda tayinlanishi mumkin bo‘lmagan jazo choralaridir. Masalan, jarima, muayyan shaxsni maxsus huquqdan mahrum qilish, ma’muriy qamoq kabi choralar faqat asosiy ma’muriy jazo choralari sifatida qo‘llanilishi mumkin. Qo‘shimcha ma’muriy jazo choralari esa ma’muriy jazo chorasiga qo‘shimcha ravishda tayinlanishi mumkin bo‘lgan ma’muriy jazo choralaridir. Masalan, ashyolarni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish yoki musodara qilish, O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda 4

chiqarib yuborish qo‘shimcha jazo choralaridir. Biroq ular ham asosiy, ham qo‘shimcha ma’muriy jazo tariqasida qo‘llanilishi mumkin. Qo‘shimcha ma’muriy jazo choralarining yana bir o‘ziga xos xususiyati – bu ularning sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik uchun alohida, mustaqil ravishda qo‘llanilishining mumkin emasligidir. Ya’ni ular faqat asosiy ma’muriy jazo choralariga qo‘shimcha jazo chorasi sifatida tayinlanishi mumkin. Demak, bir ma’muriy huquqbuzarlik uchun yo asosiy, yoki ham asosiy, ham qo‘shimcha jazo chorasi qo‘llanilishi mumkin. Lekin bir vaqtning o‘zida ikkita asosiy yoki ikkita qo‘shimcha jazo choralarining qo‘llanilishi mumkin emas. Yuqorida ko‘rsatilgan ma’muriy jazo choralarni alohida-alohida ko‘rib chiqamiz. Jarima ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun qo‘llaniladi. Boshqacha aytganda, jarima ma’muriy huquqbuzarliklar uchun MJtKning Maxsus qismi moddalarining sanksiyalarida belgilangan hollarda qo‘llaniladi. Jarima – ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan aybdor shaxslardan davlat hisobiga pul undirishdir. Jarima moddiy xususiyatga ega bo‘lgan ma’muriy jazo chorasi bo‘lib, aybdor shaxslardan davlat hisobiga undirib olinadigan muayyan bir pul miqdorida ifodalanadi. Jarima tarzidagi ma’muriy jazo chorasi huquqbuzarning ongiga ta’sir ko‘rsatib, avvalo, uning moddiy manfaatlariga zarar yetkazadi. Shu bois, ma’muriy jarima samarali jazo choralaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Jarima ma’muriy jazo chorasining asosiy turi hisoblanadi. U boshqa jazo choralarining o‘rniga tatbiq etilishi mumkin emas. Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda jarima qo‘shimcha ma’muriy jazo chorasi bilan birgalikda solinishi mumkin (masalan, ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish yoki musodara qilish). Jarimaning miqdori – ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi, davom etayotgan ma’muriy huquqbuzarlik uchun esa u aniqlangan vaqtdagi belgilab qo‘yilgan eng kam oylik ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Jarima obyektiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: fuqarolarga, (ya’ni jismoniy shaxslarga) va mansabdor shaxslarga solinadigan jarimalar. Ular 5