NORMUROD NORQOBILOV QISSALARIDA METAFORA (“OQBO‘YIN”, “OVUL ORALAGAN BO‘RI”, “TOG‘ ODAMI”)
NORMUROD NORQOBILOV QISSALARIDA METAFORA ( “ OQBO‘YIN ” , “ OVUL ORALAGAN BO‘RI ” , “ TOG‘ ODAMI ” ) KIRISH 3 I BOB. O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA METAFORA HODISASINING O‘RGANILISHI 10 §1 .1. O‘zbek tilshunosligida metaforalarning o‘rganilishi 10 § 1.2. Metafora lisoniy hodisa sifatida 16 Bob yuzasidan qisqacha xulosa 26 II BOB. NORMUROD NORQOBILOV QISSALARIDA METAFORADAN FOYDALANISH MAHORATI 28 §2.1. Normurod Norqobilov ijodiga bir nazar 28 §2.2. Normurod Norqobilov qissalarida metafora uslubiy vosita sifatida. 34 Bob yuzasidan qisqacha xulosa 44 III BOB. YOZUVCHINING METAFORAGA YONDOSH HODISALARDAN FOYDALANISH MAHORATI 46 § 3.1. N.Norqobilov qissalarida so‘zning ko‘chma ma’noda ishlatilish imkoniyatlari . 46 § 3.2. Normurod Norqobilov qissalaridagi semantik-stilistik vositalar. 49 Bob yuzasidan qisqacha xulosa 61 XULOSA 64 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 68 KIRISH 1
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. XXI asr jahon ilm-fanida konkret badiiy obrazning metaforik talqin bilan munosabatiga oid materiallarga asoslangan tadqiqotlar ko‘lami kengaydi. Tilshunoslik va adabiyotshunoslikning turli aspektlari negizida amalga oshirilgan mazkur izlanishlar sirasida metaforaga nisbatan turli yondashuvlar kuzatildi va shunga mos tarzdagi xulosalar olindi. Mavjud izlanishlar ko‘lami XXI asr filologik nazariyalarni yangi konsepsiyalar bilan boyitibgina qolmay, metaforologiya borasidagi bilimlarning optimallashuvida ham ma’lum darajada xizmat qildi. Dunyo tilshunosligida olamni estetik idrok etish va so‘z qo‘llash san’atiga lingvolkulturalogik, etnolingvistik hamda lingvokognitiv yondashish natijasida badiiy tafakkur mexanizmini ochish, badiiy nutqning obrazli shakllanishi, uning badiiy hamda lingvoestetik ta’sir darajasini ochib beruvchi tadqiqotlar yaratilayotgani e’tiborlidir. Shuningdek, “badiiyat va metafora”, “metafora va obraz”, “metafora va badiiy asar tili” singari muammolarga keng o‘rin berilmoqdaki, bu holat nafaqat adib yoki shoirning olamni idrok etish prinsiplari, balki butun bir ijtimoiy tuzum xarakterini belgilash imkonini beradi. O‘zbek tilshunosligida adib va uning asarlari tilida yetakchi unsur bo‘lib yuzaga chiquvchi tasviriy vositalarning lisoniy xususiyatlarini ochib beruvchi qator ilmiy izlanishlar amalga oshirildi. Mustaqillik yillarida til, adabiyot va madaniyat mushtarakligi masalasining dolzarblashuvi mutolaa madaniyatini yuksaltirishga, o‘zbek xalqining milliy o‘zligini anglashiga, tafakkurni yangilashga bo‘lgan ehtiyoji natijasidir. Binobarin, “Ona tilimiz va milliy adabiyotimizni ulug‘lash, uning boy xazinasi, tarovati va nafosatini yosh avlodimizga yetkazish maqsadida yurtimizda atoqli shoir va adiblarimiz nomlaridagi ijod maktablarini tashkil etdik.” 1 . Normurod Norqobilovning badiiy mahorati, so‘z qo‘llashdagi san’atkorona uslubi originalligi va favquloddaligi bilan alohida ajralib turadi. O‘zida badiiylik va falsafiylik muvozanatini uyg‘unlashtirgan lirikasida, xalq 1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг “Миллий ўзлигимиз ва мустақил давлатчилигимиз тимсоли” мавзусида Ўзбек тилига давлат тили мақоми берилганининг ўттиз йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи // Халқ сўзи, 2019, 22 октябрь. №218 (7448) 2
tarixining zalvorli davri, millatning buyuk namoyandalari ibratli faoliyatini badiiy tarannum etishning go‘zal namunalari bo‘lgan qissalarida o‘zbek tili lisoniy imkoniyatlaridan yuksak darajada foydalanganini ko‘ramiz. Lisoniy imkoniyat voqelanishining yorqin namunasi – uning badiiy nutqda yuzaga chiqishi. Ijodkorning mahorati ana shu imkoniyatdan qay darajada foydalanishi va imkoniyat kengayishi uchun qanchalik hissa qo‘shishi bilan belgilanadi. Badiiy nutqda o‘zbek tili lisoniy imkoniyati umumiy me’yor asosida yuzaga chiqar ekan, bunda har bir ijodkorning individual mahorati, bir tomondan badiiy nutq imkoniyatining voqelanishini kengaytirsa, ikkinchi tomondan, imkoniyat boyishiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Normurod Norqobilov ijodi bu borada alohida xususiyatga ega. Binobarin, k eyingi yillarda o‘zbek tilshunosligida badiiy matnni tashkil qiluvchi til birliklarini har tomonlama tadqiq qilish masalasiga e’tibor kuchaydi. Chunki har qanday til birligi badiiy matnda muallifning badiiy niyatiga xizmat qiluvchi bebaho vositaga aylanishi hamda o‘ziga xos qonuniyatlarni namoyon qilishi mumkin. Chunki adabiy tilning rivoji uchun badiiy adabiyot tili eng boy manba bo‘lib xizmat qiladi. Binobarin, adabiy tilning badiiy mukammallikka, milliy xarakterlar yaratishdagi o‘ziga xoslikka erishishida o‘zbek yozuvchilarining mashaqqatli xizmatlarini alohida ta’kidlash lozim. Shu nuqtai nazar ushbu magistrlik dissertatsiyasi uchun tanlangan mavzuning dolzarbligini belgilaydi. XX asrning 80-90-yillarida adabiyotimizga kirib kelgan iste’dodli adib, Normurod Norqobilov asarlari bugungi kun ma’naviy qiyofamizni shakllantirishda, qalbimizda milliy g‘urur, iftixor, odamiylik tuyg‘ularini yuksaltirishda beqiyos ahamiyat kasb etadi. U o‘z asarlarida insonning ichki kechinmalarini, ruhiy holatini tasvirlashga intiladi, insonni avaylash, tabiatni asrash kabi bugungi hayotimizning dolzarb muammolarini badiiy obrazlar orqali ochib berishga harakat qiladi. Ayniqsa, yozuvchining qissalarida o‘zbek tilining jozibasi, ohangdorligi, ifodaliligi, ta’sirchanligi turfa lingvistik vositalar yordamida tasvirlab berilgan. Yozuvchining so‘z qo‘llash uslubi, o‘ziga xosligi, mahorati kabi jihatlar muayyan darajada qaysidir yo‘nalishda o‘rganilgan bo‘lsa-da, biroq 3
yozuvchi qissalari tilining badiiyatini ta’minlovchi lisoniy vositalar shu kunga qadar lingvistik jihatdan alohida tadqiq etilmagan edi. Binobarin, Normurod Norqobilovga xos individual mahoratni belgilashda mazkur jihat o‘ta zarurdir. Tadqiqot ob’yekti va predmeti. Magistrlik dissertatsiyasining ob’ekti sifatida Normurod Norqobilovning 1993 yilda Cho‘lpon nashriyotida chop etilgan “Yuzma-yuz” to‘plamidan o‘rin olgan “Oqbo‘yin” va 2005 yilda “Sharq” nashriyotida chop etilgan “Ovul oralagan bo‘ri” to‘plamdagi “Ovul oralagan bo‘ri” va “Tog‘ odami” qissalari tanlangan, badiiy matnda tilning estetik vazifasi va ifoda imkoniyatlari kengligini hamda yozuvchi qissalarida qo‘llangan lisoniy vositalarning badiiylikka xizmat qilishini yuzaga chiqaruvchi metaforalarni tadqiq etish tadqiqot predmeti bo‘lib xizmat qildi. Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Normurod Norqobilovga xos individual lingvistik mahoratni belgilashda adib qissalari tilining badiiyatini ta’minlovchi metaforalarni tahlil qilish mazkur magistrlik dissertatsiyasining asosiy maqsadini tashkil etadi. Tadqiqot maqsadiga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilandi: Normurod Norqobilov ijodining o‘zbek tilshunosligida o‘rganilish darajasini belgilash va uning bugungi kundagi dolzarb ahamiyatini ko‘rsatib berish; Normurod Norqobilovning so‘z tanlash va qo‘llashdagi o‘ziga xos individual uslubining lingvistik va badiiy-yestetik asoslarini ochib berish; Normurod Norqobilov qissalari tilining badiiyatini ta’minlovchi metaforaning lingvistik va kognitiv xususiyatlarini yoritib berish; Normurod Norqobilov qissalarida qo‘llangan lisoniy metaforalar va badiiy metaforalarning semantik xususiyatlarini ochib berish; Normurod Norqobilov qissalarida metaforalarning badiiy san’atlar hosil qilish jihatlarini tadqiq qilish va badiiy-estetik vazifalarini yoritish. yozuvchi qissalarida qo‘llanilgan metaforalarning konnotativ-yestetik vazifasini aniqlash . Tadqiqotning ilmiy yangiligi. 4
Normurod Norqobilovning so‘z tanlashdagi o‘ziga xos individual uslubining lingvistik va badiiy-yestetik asoslari ochib berildi; Normurod Norqobilov qissalari tilining badiiyatini ta’minlovchi metaforalarning semantik-stilistik va kognitiv xususiyatlari badiiy matndagi vazifasi yozuvchining individual mahorati orqali yoritilgan; Normurod Norqobilov qissalarida qo‘llangan lisoniy metaforalar va badiiy metaforalarning semantik xususiyatlari yozuvchining individual uslub qirralari bilan bog‘liq holda aniqlashtirilgan; Normurod Norqobilov qissalarida qo‘llangan birlamchi va ikkilamchi nominativ metaforik ma’nolar aniqlangan, ularning tasviriyligi, estetik- ta’sirchanligi faqat personaj nutqida emas, muallif nutqida ham ifodalanishi mumkinligi isbotlangan ; Normurod Norqobilov qissalarida gi metaforaning kognitiv funksiyali va obrazli metaforik ma’no turlari ajratilgan va semantik-stilistik imkoniyatlari ochib berilgan. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Badiiy matnda tilning estetik vazifasi va ifoda imkoniyatlari kengligining zohir bo‘lishida metaforalarning o‘rni muhim ahamiyatga ega. Zero, ular g‘oyaviy baquvvatlikning muhim shartlaridan biridir. Har bir ijodkorning individual uslub qirralari unga zamondosh ijodkorlarning bayon uslubi bilan qiyosan o‘rganilganda yanada oydinlashadi. Jumladan, N.Norqobilovning so‘z tanlash mahorati, benazir uslubi Erkin A’zam, Tog‘ay Murod, Shukur Holmirzaev va Murod Muhammad Do‘stning badiiy til mahorati bilan muqoyasa qilinganda ochiq-oydin namoyon bo‘ladi. Yozuvchi metaforik ko‘chma ma’noning semantik, semantik-grammatik tasnifi, funksional turlari va badiiy-estetik vazifalariga oid natijalari o‘zbek tilshunosligida muhim ma’lumotlar bo‘lib xizmat qilishi asoslangan. N.Norqobilov metaforalardan foydalanishda so‘zning semantik mundarijasiga kiruvchi konnotativ-ifoda semalarga o‘ziga xos badiiy mazmun yuklaydi. 5