Oʻqituvchi nazoratida dilkashlik va pedagogik takt

Загружено в:

23.11.2024

Скачано:

1

Размер:

52.5 KB
Mavzu:  O qituvchi nazoratida dilkashlik va pedagogik taktʻ
Reja:
KIRISH
I BOB. TAKT VA PEDAGOGIK TAKT HAQIDA TUSHUNCHA. 
1.1. Pedagogik taktni qo’llash shartlari. 
1.2. Pedagogik odob. Pedagogning muomala odobi.
II BOB . PEDAGOGIK NAZOKAT HAQIDA TUSHUNCHA .
2.1.  Pedagogik nazokatning mohiyati va xususiyatlari .
2.2.   O‘qituvchi   nazokatida   dilkashlik   va   pedagogik   takt.Yosh   o‘qituvchilarning
kasbiy-pedagogik dilkashligini o‘rganish dasturi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
1 KIRISH
Hozirgi   kunda   ta’lim-tarbiyaning   insonparvar,   demokratik   xarakterda
ekanligi,   o‘quvchilarni   erkin,   mustaqil   fikr   yuritishga   va   ongli   intizomga
o‘rgatish,   intellektual   va   ma’naviy-axloqiy   jihatdan   tarbiyalash,   o‘qituvchidan
chuqur bilimga, kasbiy malaka va ko‘nikmalarga, yuksak axloqiy fazilatlarga ega
bo‘lishni   talab   qiladi.   Shu   jihatdan   o‘qituvchining   o‘quvchilar   bilan
munosabatida   “Pedagogik   takt”   muhim   pedagogik   qobiliyat   sifatida   e’tirof
etiladi. 
Takt   so‘zi   azaldan   pedagogikada   tarbiyaviy   ta’sir   etish   ma’nosini   bildiradi
va o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatni boshqarishga yordam beruvchi axloqiy
kategoriya   sifatida   ta’riflanadi.   O‘quvchilar   bilan   muloqot   jarayonida   ro‘y
beradigan   eng   og‘ir   vaziyatlarda   ham   pedagogik   takt   o‘qituvchidan   mutlaqo
bosiqlikni, suhbatdoshiga nisbatan hurmat va ehtiromni talab qiladi. 
Pedagogik takt  – o‘qituvchi kasbiy mahoratining asosi bo‘lib, o‘quvchilarga
barcha   demokratik   talablar   asosida   pedagogik   ta’sir   o‘tkazish,   muloqotni
insonparvarlik  tuyg‘ulari   asosida   o‘rnatish   o‘lchovi,   o‘quvchilarda   mustaqil   fikr
yuritishni   hamda   ongli   intizomni   tarkib   toptirish   ko‘nikmalarini   hosil   qilish
shaklidir.   Pedagogikada   o‘qituvchining   o‘quvchilar   bilan   munosabati   ularning
yosh   xususiyatlariga   qarab   belgilanishi   va   bu   qonuniyatga   amal   qilinishi   qat’iy
talab   qilinadi.   Shunday   ekan,   o‘qituvchi   ta’lim–tarbiya   jarayonida   hali   to‘liq
shakllanmagan, ta’sirlarga va ruhiy kechinmalarga tez beriluvchi, ota–onasining
sevimli   farzandi   bo‘lgan   murg‘ak   qalb   egalari   bilan   muloqot   qilayotganligini
aslo unutmasligi kerak.  
O‘quvchilar   bilan   muloqotda   pedagogik   taktga   zid   bo‘lgan   qo‘pollik,
adolatsizlik, qo‘rqitish, haqorat, mensimaslik, pedagogikaga zid bo‘lgan jazolash
usullarini   qo‘llash   va   boshqa   ular   shaxsiga   salbiy   ta’sir   qiladigan   turli   jargon
so‘zlar   ishlatish   o‘quvchilar   qalbini   umuman   tuzalmaydigan   darajada   jarohatlab
qo‘yishi,   yoki   o‘qituvchining   obro‘siga   putur   etkazishi   mumkin.   O‘qituvchi   va
o‘quvchi   o‘rtasidagi   bunday   qarama-qarshiliklar   ko‘pincha   dars   va   darsdan
tashqari   jarayonlarda   sodir   bo‘ladi.   Bunda   ayniqsa   yosh   o‘qituvchilarning
pedagogik takt sirlarini bilmasligi, tajribasizligi pand beradi.
O‘qituvchining   taktik   mahorati   birdaniga   shakllanib   qolmaydi,   u   yillar
davomida   pedagogik   faoliyatda,   ustozlar   tajribasini   o‘rganishda,   dars
jarayonida,  sinfdan tashqari  faoliyatda va tarbiyaviy soatlarda o‘quvchilar
bilan   muloqotda   takomillashib   boradi.   Dars   jarayonida   pedagogik
mahoratning asosi bo‘lmish pedagogik taktga ega bo‘lish o‘qituvchi uchun
juda zarurdir.
2 I BOB.  TAKT VA PEDAGOGIK TAKT HAQIDA TUSHUNCHA
Tаkt   аhlоqiy   tushunchа   bo’lib,   u   insоnlаrning   o’zаrо   munоsаbаtlаrini
muvоfiqlаshtirish,   tаrtibgа   sоlish,   insоnpаrvаrlik   g’оyalаrigа   аsоslаngаn   bo’lib,
аndishаli   hulq,   hаr   qаndаy   ziddiyatli   vаziyatlаrdа   hаm   insоn   hurmаti   sаqlаnib
qоlishini   tаlаb   qilаdi.   Hаr   bir   insоndаn,   аyniqsа   o’qituvchidаn   аndishаli   bo’lish
tаlаb qilinаdi. 
Bоshqаchа   qilib   аytgаndа,   pеdаgоgik   tаkt   bu   o’qituvchining   tа’lim
оluvchilаr   оldidа   o’zini   tutishni   bilishi,   tа’lim   оluvchining   hоlаtini,   intilishlаri,
qiziqishlаrini tushunа оlishi vа eng sаmаrаli tа’sir yo’lini tоpа оlishidir. 
Pedagogik   takt   –   o‘qituvchi   kasbiy   mahoratining   asosi   bo‘lib,   o‘quv -
chilarga barcha demokratik talablar asosida pedagogik ta’sir o‘tkazish, muloqotni
insonparvarlik  tuyg‘ulari   asosida   o‘rnatish   o‘lchovi,   o‘quv chilarda  mustaqil   fikr
yuritishni   hamda   ongli   intizomni   tarkib   toptirish   ko‘nikmalarini   hosil   qilish
shaklidir.   Pedagogikada   o‘qi tuvchining   o‘quv chilar   bilan   munosabati   ularning
yosh   xususiyatlariga   qarab   belgi lanishi   va   bu   qonuniyatga   amal   qilinishi   qat’iy
talab   qilinadi.   Shunday   ekan,   o‘qituvchi   ta’lim–tarbiya   jarayonida   hali   to‘liq
shakllanmagan,  ta’s irlarga va ruhiy kechinmalarga tez beriluvchi, ota–onasining
sevimli farzandi bo‘lgan murg‘ak qalb egalari bilan muloqot qilayotganligini aslo
unutmasligi kerak. 
O‘quvchilar   bilan   muloqotda   pedagogik   taktga   zid   bo‘lgan   qo‘pollik,
adolatsizlik, qo‘rqitish, haqorat, mensimaslik, pedagogikaga zid bo‘lgan jazolash
usullarini   qo‘llash   va   boshqa   ular   shaxsiga   salbiy   ta’sir   qiladigan   turli   jargon
so‘zlar   ishlatish   o‘quvchilar   qalbini   umuman   tuzalmaydigan   darajada   jarohatlab
qo‘yishi,   yoki   o‘qituvchining   obro‘siga   putur   etka zishi   mumkin.   O‘qituvchi   va
o‘quvchi   o‘rtasidagi   bunday   qarama-qarshi liklar,   ko‘pincha,   dars   va   darsdan
tashqari   jarayonlarda   sodir   bo‘ladi.   Bunda   ayniqsa   yosh   o‘qituvchilarning
pedagogik takt sirlarini bilmasligi, tajribasizligi pand beradi.
O‘qituvchining   taktik   mahorati   birdaniga   shakllanib   qolmaydi,   u   yillar
davomida pedagogik faoliyatda, ustozlar tajribasini o‘rganishda, dars jarayonida,
sinfdan   tashqari   faoliyatda   va   tarbiyaviy   soatlarda   o‘quv chilar   bilan   muloqotda
3 takomillashib   boradi.   Dars   jarayonida   peda gogik   mahoratning   asosi   bo‘lmish
pedagogik taktga ega bo‘lish o‘qi tuvchi uchun juda zarurdir.
SHundаy   qilib,   pеdаgоgik   tаkt   bu   o’qituvchining   tа’lim   оluvchilаrgа
nisbаtаn аmаlgа оshirаdigаn tа’sirining mеzоnidir. 
1.1. Pedagogik taktni qo’llash shartlari
Tаktikа   tаnlаsh   turli   vаziyatlаrdа   хilmа-хil   rоllаrni   bаjаrish   bilаn  bоg’liq.
Bu hаqidа mа’lumоtni psiхоtеrаpеvt А.B.Dоbrоvich  kitоblаridаn оlish mumkin.
Bu   to’rttа   pоzitsiya   bo’lib,   ulаr   quyidаgichа:   “yuqоridаn   pаstgа”,   “pаstdаn
yuqоrigа”, “yonmа-yon” vа “аrаlаshmаslik” pоzitsiyasi.
“Yuqоridаn pаstgа”  pоzitsiyasidа o’qituvchi mustаqil hаl etishni nаmоyish
etаdi, mаs’uliyatni o’z zimmаsigа оlаdi. Bu pоzitsiya “оtа-оnа” pоzitsiyasi.
“Pаstdаn   yuqоrigа”   pоzitsiyasi   tоbеlik,   shахsning   o’zigа   ishоnmаsligi.
А.B.Dоbrоvich so’zi bilаn аytgаndа, bu “tа’lim оluvchi” pоzitsiyasi.
“Yonmа-yon”   pоzitsiyasidа   fаrоsаtlilik   vа   vаzminlik,   vаziyatgа   qаrаb   ish
tutish, bоshqаlаrning hаm mаnfааtini o’ylаsh, o’zi vа ulаr o’rtаsidа mаs’uliyatni
to’g’ri  tаqsimlаsh ifоdа etilаdi. Bu “kаttа оdаm” pоzitsiyasi.
«Аrаlаshmаslik»  pоzitsiyasi – аrаlаshmаslik, fаоllikni nаmоyon etmаslik.
Hаr   bir   pоzitsiyaning   qo’llаnishi   vаziyat   tаlаbigа   mоs   tаnlаnаdi.   Mulоqоt
ikki   tоmоnlаmа   jаrаyon   bo’lgаnligi   uchun   o’qituvchi   tа’lim   оluvchi   rоlini   hаm
inоbаtgа оlishi shаrt.   O’qituvchining оdаtiy pоzitsiyasi bu hаmkоrlikdа ish оlib
bоrаyotgаn   “kаttа   оdаm”,   ya’ni   ishgа   аlоqаdоr   dаrаjаni   tаlаb   qiluvchi
pоzitsiyadir.   Bu   pоzitsiya   tа’lim   оluvchidа   tеng   huquqli   shеriklikni
shаkllаntirаdi,   o’zаrо   ishоnch   muhitini   yarаtаdi.   Bundа   quyidаgi   jumlаlаrni
qo’llаsh   mumkin:   “Sizlаr   bilаn   mаslаhаtlаshmоqchi   edim”,   “Kеlinglаr,   o’ylаb
ko’rаylik” vа hоkаzо.
1.2. Pedagogik odob. Pedagogning muomala odobi
Pеdаgоg оdоbi umuminsоniy vа milliy ахlоqning qоnuniyatlаri, vаzifаlаri,
tаmоyillаri,   tushunchаlаri,   tаlаblаri,   mеzоnlаrini   tа’lim-tаrbiya   jаrаyonidа
оydinlаshtirib,   pеdаgоgning   tа’lim   оluvchilаr,   kаsbdоshlаri,   оtа-оnаlаr,   tа’lim
4 muаssаsаsi rаhbаrlаri bilаn munоsаbаtlаridа nаmоyon bo’lаdigаn kаsbiy-ахlоqiy
хususiyatlаri yig’indisidir.
  Pеdаgоg   оdоbi   eng   аvvаlо,   tаrbiyachi   vа   tаrbiyalаnuvchilаrning   o’zаrо
munоsаbаtlаridа   nаmоyon   bo’lаdi.   Birоq   bundаy   yondаshuv   bir   qаdаr
chеklаngаn   nuqtаi   nаzаr   ekаnligini   tа’kidlаsh   jоiz.   Zеrо,   tаrbiyachining   kаsbiy
ахlоqi   fаqаt   tаrbiyalаnuvchilаr   bilаn   mulоqоti   jаrаyonidаginа   nаmоyon
bo’lmаydi, bаlki uning butun fаоliyati dаvоmidа birinchi dаrаjаli ehtiyoj sifаtidа
ifоdаlаnаdi.   Bоshqаchа   аytgаndа,   pеdаgоg   оdоbi   tushunchаsi   tаrbiyachi
dunyoqаrаshining   hаyotiy   tizimini   аnglаtаdi.   Pеdаgоg   оdоbi   tushunchаsining
mаzmuni   ахlоqiylik   bilаn   birgа   iqtisоdiy,   siyosiy,   huquqiy   jihаtlаrni   hаm   o’z
ichigа qаmrаb оlаdi. 
Ахlоqiy   tа’lim-tаrbiyaning   tаrkibiy   qismi   sifаtidа   pеdаgоg   оdоbi
fаzilаtlаrini   shаkllаntirishdа   ikki   yo’nаlishdаgi   аlоqаdоr   tushunchаlаrni   tаhlil
qilish   mаqsаdgа   muvоfiqdir:   birinchisi   –   jаmiyatning   o’qituvchi   shахsigа
munоsаbаti; ikkinchisi – o’qituvchi shахsining jаmiyatgа munоsаbаti.
O’qituvchi  odobining mohiyati, asosiy  mazmuni  pedagogik faoliyat  uchun
muhim   bo’lgan   axloqiy   sifatlarda   ifodalanadi.   Umuminsoniy   va   milliy-axloqiy
fazilatlar barcha kishilar, hamma kasb egalari, jumladan, o’qituvchi-tarbiyachilar
uchun ham juda zarurdir.
Axloqiy   fazilatlar   mehnat   jarayonida   kishining   xulqi,   fe‘l-atvorini   tartibga
solib turuvchi axloqiy qoidalar, normalar, talablar, mezonlar shaklida ifodalanadi.
Axloq   normalari   davlatning   turli   qonunlari   bilan   amalga   oshiriladigan   huquq
normalaridan   farq   qilib,   ommaviy   odat   va   namuna   kuchi,   jamoatchilikning   fikri
ta‘sirida   yuzaga   keladi.   Boshqacha   qilib   aytganda,   ijtimoiy   voqelik   shaxs   oldiga
ma‘lum   axloqiy   talablar   qo’yadi,   bu   talablar   axloq   normasi,   axloqiy   fazilatlar
shaklida   ifodalanadi.   Jamiyat   o’z   faoliyati   va   istiqboli   uchun   xizmat   qiladigan
axloq normalari, talablari, mezonlarini belgilaydi.
O’qituvchi   umuminsoniy   va   milliy-axloqiy   fazilatlarni   o’zlashtirib   olishi,
tajribada   qo’llashi,   o’zining   dunyoqarashi,   mafkurasi   vaa   axloqiy   tajribasi   bilan
taqqoslash   lozim.   Fikrlash   va   his   etish,   turmushda   sinab   ko’rish   natijasida
5 umuminsoniy   va   milliy-axloqiy   sifatlar,   qoidalar,   normalar   o’qituvchining   o’z
axloqiy   fazilatiga,   e‘tiqodiga   aylanadi.   Bular   muallimning   dunyoqarashi,   fikr   va
mulohazalari   bilan   qo’shilib,   bozor   iqtisodiyotiga   asoslangan   jamiyat   qurish
sharoitida uning o’rni va rolini belgilaydi.
O’qituvchi   odobining   normalari   har   bir   muallimning   shaxsiy   fikriga,
axloqiy   fazilati   va   e‘tiqodiga   aylanishi   lozim.   Axloqiy   e‘tiqod   va   sifatlar
o’qituvchining dars berish jarayonida, tarbiyaviy ishlarida, o’quvchilar, ota-onalar
va boshqa kishilar bilan muomala, munosabatlarida, kundalik turmushda o’zining
shaxsiy   namunasi   bilan   axloqiy   ta‘sir   o’tkazishida   ko’zga   tashlanadi.   Pedagogik
takt   o’qituvchi   axloqining   amaliy   ko’rinishlaridan   biridir.   Muallim   xulqining
natijalari   uning   yoshlarga   axloqiy   ta‘sirining   samaradorligida,   axloqiy   tarbiya
sohasida erishgan yutuqlarida namoyon bo’ladi.
O’qituvchi   odobining   asosiy   sifatlari   umuminsoniy   va   milliy-axloqiy
fazilatlar,   tushunchalariga   mos   keladi   va   ularni   pedagogik   faoliyat   bilan   bog’liq
tarzda   bir   qadar   oydinlashtiradi,   aniqlaydi.   Insonparvarlik,   vatanparvarlik,   milliy
g’urur, baynalmilalchilik, adolat, yaxshilik qilish, burch, qadr-qimmat, mas‘uliyat,
vijdon, halollik, rostgo’ylik, poklik, talabchanlik kabi axloqiy fazilatlar o’qituvchi
odobida   pedagoglik   faoliyati   bilan   bog’liq   ravishda   tahlil   qilinadi.   Bolalarga
yaxshilik   qilish,   o’qituvchilik   burchi,   o’qituvchilik   sha‘ni,   qadr-qimmati,
o’qituvchilik   mas‘uliyati,   o’qituvchilik   vijdoni,   talabchanlik   va   adolatli   bo’lish,
o’qituvchining ma‘naviy qiyofasi halolligi, pokligi, rostgo’yligi kabilar o’qituvchi
axloqining muhim  fazilatlari  hisoblanadi.  Ularning  chuqur   va  puxta  o’zlashtirish
bo’lajak o’qituvchi uchun katta amaliy ahamiyat kasb etadi.
Muomala   odobi   o’z   tabiati,   mohiyatiga   ko’ra   ijtimoiy   hodisadir.   Ijtimoiy
qonuniyatlar   pedagogik   jarayondagi   muomala   odobida   namoyon   bo’ladi.
Pedagogik   odob   jamiyatda   qabul   qilingan   ma‘naviy,   umuminsoniy   va   milliy
axloqiy   qadriyatlarga   asoslanadi.   Ijtimoiy   munosabatlar   pedagogik   jarayonda
qatnashuvchilar   o’rtasidagi   muomala   odobini   tartibga   solib,   boshqarib   boradi.
Ijtimoiy   munosabatlarning   har   biri   o’ziga   xos   xususiyatga,   mezonlarga   ega.   Bu
xususiyat   va   mezonlar   ijtimoiy   faoliyatning   sohasi,   shaxslararo   aloqalarning
6 xarakteri bilan belgilanadi. Muomala odobi kishi bajarishi lozim bo’lgan axloqiy
qoidalar   bilan   shaxs   ularni   qay   darajada   qabul   qilishi   o’rtasidagi,   shaxsiy   va
ijtimoiy manfaatlar orasidagi bog’lanishlarga asoslanadi.
Muomala odobi bevosita baho beruvchanlik xususiyatiga ham ega. Axloqiy
baho   esa   kishilarning   xulqini,   xatti-harakatlarini   nazorat   qiladi,   tartibga   soladi.
Muomala-munosabatlar   kishi   o’z   xulqi   va   faoliyatida   axloqiy   printsiplar,
qoidalar,   talablar,   an‘analarga,   urf-odatlarga   qay   darajada   amal   qilayotganiga
qarab baholanadi.
Pedagogik   jarayonda   sodir   bo’ladigan   muomala   odobida   muallimning
axloqiy   madaniyati,   tarbiyalanganlik   darajasida   aks   etadi.   Muallimning
pedagogik kasb egasi sifatida o’ziga, o’z kasbiga, o’quvchilarga, kasbdoshlariga,
ota–onalariga   muamolasini   belgilovchi   asosiy   qoidalar,   talablar   mavjud.   Bu
mezonlar   jamiyat,   davlat   o’qituvchiga,   ta‘lim–tarbiya   ishlariga   nisbatan
qo’yayotgan   axloqiy   talablariga,   pedagogik   faoliyatning   axloqiy   xarakteri   va
xususiyatlariga   asoslanadi.   Pedagogik   jarayonda   muomila   odobi   o’qituvchining
faoliyatida   namoyon   bo’ladi.   O’qituvchilik   faoliyatida   qo’yiladigan   axloqiy
talablar,   o’z   navbatida,   O’zbekiston   Respublikasi   rahbariyati   yosh   avlodni
umuminsoniy   va   milliy–an‘anaviy,   madaniy   qadriyatlar   ruhida   tarbiyalash
sohasida   kun   tartibiga   qo’yayotgan     vazifalariga   bog’liq.   Ular   pedagogik
jarayondagi   muomala   odobida,   unda   qatnashayotgan     kishilaning   xulqi,   xatti-
harakatlarida   ifodalanadi.   Bu   xatti-   harakatlar   pedagogik   jarayon
qatnashchilarining ta‘lim-tarbiya maqsadi, vazifalari, usul va vositalarini, axloqiy
qadriyatlarni qay darajada qabul qilishlari shaklida namoyon bo’ladi.
Muomala   odobining   tuzilishi   juda   murakkabdir.   U   pedagogik   faoliyatda
sub‘ekt-obe‘ktmunosabatlari shaklida ifaodalanadi. Sub‘ekt-obe‘kt munosabatlari
muallim   o’zining   professional   burchini   bajarayotganida   o’quvchilar,
kasbdoshlari,   ota-onalar,   jamoat   tashkilotlarining   vakillari   bilan   o’qituvchi
o’rtasidagi   aloqalarda   vujudga   keladi.   U   o’zaro   hurmat   darajasi,   ishonch,
talabchanlik,   xayrixohlik   tashabbuskorlik,   o’zaro   g’amxo’rlik,   har   birlarining
inson   sifatida   qadr–qimmatini   e‘zozlash   kabilarda   namoyon   bo’ladi.Ular
7 o’qituvchining  pedagogik faoliyatida  boshqalar   bilan  muamalasining  xarakterini
baholashda   xizmat   qiladi.O’zaro   ta‘sirlar   o’quv   ishida,   turmushda,   dam   olish
paytlarida,   oiladagi   muomala-munosabatlarining   xususiyatlarini   aniqlashga
imkon beradi.
Pedagogik   jarayonning   o’zida   ham   faoliyatning   turli   sohalarida   turlicha
muomala-munosabatlar   mavjud.   Masalan,   o’quv   ishlari   sohasida,   jamoat
toashiriqlarini   bajarishda o’quvchilar, bilan sinfdan tashqari ishlarda, dam olish
paytlardagi   muomala,   shuningdek,   o’qituvchining   Vatanga,   xalqqa   bo’lgan
munosabati   o’ziga,   xos   xususiyatlarga   ega.   Uning   mohiyati   shundan   iboratki,
agar o’qituvchining bu muomala munosabati o’z professional vazifasini burchini
bajarish   jarayonida   sodir   bo’lsa,   jamiyat   o’qituvchining   pedagoglik   kasbining
ijtimoiy   mavqeini,   unga   ma‘lum   bir   huquq   va   vakolatlar   berilganligini   nazarda
tutadi. 
Pedagogik   etikada   muomola   odobining   biror   jihati,   masalan,
o’qituvchining   o’z   kasbiga   munosabati,   burchi   alohida   tahlil   etilishi
mumkin.O’qituvchilik kasbi kishiga ma‘lum talablarni qo’yadi, lekin muallim bu
talablarni   qanday   bajarayotgani   bu   talablarda   hali   aks   etmaydi.O’qituvchining
pedagogik   faoliyati   natijalarini   xalq   ta‘limi   bo’limlari,   maktab   ma‘muriyati,
metodik   birlashma   xodimlari   baholaydi.   O’qituvchining   pedagogik   jarayon
qatnashchilari   bilan     muomalasi-bu   kishilarning   o’zaro   bir-birlariga   bo’lgan
shaxsiy   insoniy   munosabatlari   sifatida   ham   qaraladi,   ular   pedagogik   jarayon
qatnashchilarining xatti-harakatlarida, xulqida, ish shakli  va usullarida namoyon
bo’ladi. Ular o’rtasidagi o’zaro axloqiy baholashlar ham muhim rol o’ynaydi.
Pedagogik   jarayonda   o’qituvchi   axloqiy   munosabatlarning   sub‘ekti
hisoblanadi.U pedagogik jarayonning asosiy kishisi-figurasi sifatida o’quvchilar,
kasbdoshlar,   ota-onalar   bilan   muomalada   bo’ladi.Pedagogik   muomala   odobi
tizimida   o’qituvchi   asosiy   figuradir.   O’quvchilar,   kasbdoshlari,   ota-onalar,
pedagoglar   jamoasi   va   jamoat   tashkilotlarining   vakillari   o’qituvchi   uchun
pedagogik muomala-munosabatlarning ob‘ekti hisoblanadi. Ular bilan bo’ladigan
aloqalar yosh avlodga ta‘lim-tarbiya berish vazifalarini bajarish jarayonida sodir
8 bo’ladi.Bu   muomala   jarayonida   ishtirok   etadigan   kishilar   bir-birlariga   nisbatan
xayrixoh,   ijobiy   hissiyotda   bo’lishlari,   bir-birlarining   fazilatlarini   o’zaro
baholashlari, qadrlashlarini nazarda tutadi.
Pedagogik   muomala-munosabatlarda   hissiyot   aralashgani   uchun   ularning
axloqiy va ruhiyjihatlarini bir-biridan ajratish qiyin bo’ladi. Shuning uchun ham
bunday hodisalar haqida gapirganda, odatda, pedagogik jamoadagi axloqiy-ruhiy
vaziyat tushunchasi ishlatiladi.
Demak,   o’qituvchining   muomala   odobi-u   aloqa   qiladigan   odamlar,
muassasalar   bilan   o’zprofessional   vazifasini   bajarayotganda   sodir   bo’ladigan
axloqiy   munosabatlar   majmuidir.   Bu   yondoshuv   asosida   pedagogik   muomala
odobini   shartli   ravishda   quyidagi   guruhlarga   ajratish   mumkin:   o’qituvchi   bilan
o’quvchilar   o’rtasidagi   muomala;   o’qituvchi   bilan   pedagogik   jamoa   o’rtasidagi
muomala;   o’qituvchi   bilan   ota-onalar   o’rtasidagi   muomala;   o’qituvchi   bilan
maktab rahbarlari o’rtasidagi muomala.
Muomala   odobida   o’qituvchining   axloqiy   ongi,   axloqiy   faoliyatining
yetuklik darajasi, axloqiy ehtiyojlari va axloqiy yo’nalishlari, so’zi bilan ishining
birlik darajasi, xullas, muallimning faol hayotiy nuqtai-nazari namoyon bo’ladi.
9 II BOB.  PEDAGOGIK NAZOKAT HAQIDA TUSHUNCHA
O‘qituvchining   o‘quvchilar   muhitiga   uzviy   ravishda   qo‘shilib   keta   olishi
nihoyatda   qiyin   jarayon.   Lekin   uning   pedagogik   faoliyati   bevosita   o‘quvchilar
orasida olib boriladi. O‘zaro munosabatlarni ishonch va do‘stlik tuyg‘ulari bilan
mustahkamlab borish o‘qituvchidan jiddiy psixologik tayyorgarlikni talab qiladi.
Buning uchun o‘qituvchi avvalo, turli xarakterdagi o‘quvchilardan iborat bo‘lgan,
sinf   jamoasida   tez-tez   o‘zgarib   turadigan   pedagogik   vaziyatlarga   darhol   o‘z
munosabatini bildirishi va unga odilona baho berishi kerak. U o‘quvchilar hatti-
harakatini   to‘g‘ri   idrok   etishi,   vaziyatlarni   oldindan   ko‘ra   bilishi,   tarbiyaviy
metodlarni   o‘z   o‘rnida   qo‘llashi,   o‘quvchilar   bilan   muomalada   bosiqlik,   sabr,
milliy   an’ana   va   turmush   tarzimizdan   kelib   chiqqan   muruvvat   va   himmat,
odamiylik   va   mehr-oqibat   tuyg‘ularini   ko‘rsata   olishi   shart.   Bu   vazifalar
o‘qituvchining   zimmasiga   yuklanadigan   va   u   rioya   qilishi   lozim   bo‘lgan
pedagogik nazokat  deb atalmish faoliyatning zarur shartidir. 
Pedagogik   nazokat   –   o‘qituvchi   axloqiy-ma’naviy   qiyofasini   namoyon
etuvchi   me’yor   tuyg‘usi   yoki   xulq   va   odob   qoidalariga   rioya   qilishi   demakdir.
Pedagogik nazokat o‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatini tashkil
qilish   vositasi.   Psixologik   til   bilan   aytilganda,   nazokat   insonning   bir   qolipdagi
barqaror   tasavvurlarida   mujassamlashgan   shaxsiy   insoniy   hislatlarining
yig‘indisidir. 
Pedagogik   nazokat   me’yorlari   o‘qituvchidan   avvalo   yuksak   insoniy
fazilatlarga   ega   bo‘lishni   talab   qiladi.   Zero,   ta’lim-tarbiya   tizimini   isloh
qilishning   asosiy   maqsadlaridan   biri   komil   inson   tarbiyasi   bo‘lib,   u   davlat
siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb e’lon qilingan. Ongi yuksak, mustaqil fikrlay
oladigan,   xulq-atvori   bilan   o‘zgalarga   ibrat   bo‘ladigan   bilimli,   ma’rifatli
yoshlarni   tarbiyalab   voyaga   etkazish   o‘qituvchi   zimmasida.   Shunday   ekan,
hozirgi demokratik jamiyat o‘qituvchisining o‘zi avvalo barkamol inson bo‘lishi,
mukammal   bilimlar   sohibi,   o‘z   kasbining   etuk   egasi   bo‘lishi   zarur.   O‘qituvchi
xulq-atvorida   pedagogik   nazokat   ma’lum   bir   muddatda   shakllanib   tugaydigan
10 jarayon   emas,   uning   omillari   ham   jamiyat   taraqqiyoti   natijasida   uzluksiz
sayqallanib boradi.
O‘qituvchi   pedagogik   nazokatga   ta’lim   va   tarbiya   jarayonidagi   har   bir
vaziyatga   adolatli   baho   berishi,   o‘quvchilarning   hatti-harakatini   to‘g‘ri   idrok
etishi,   sabot   va   matonat,   o‘zini   tuta   bilish,   sabr-toqat,   sezgirlik,   vijdon,   oriyat
kabi   xususiyatlarni   o‘zida   mujassamlashtirishi   bilan   erishadi.   Pedagogik
faoliyatda o‘z kasbini  sevgan o‘qituvchigina butun kuch g‘ayratini, qalb nuri va
11PEDAGOGIK NAZOKATNING UZLUKSIZLIGINITA’MINLOVCHI OMILLAR:
pedagogik nazokat o’qituvchining butun pedagogik faoliyatida sayqallanib takomillashib 
boruvchi jarayon
pedagogik nazokat odatda tugallangan shaklga ega bo’lmay, insoniy fazilatlar evaziga 
uzluksiz boyib boradi
o’qituvchi pedagogik nazokatning tarkibiy qismlarini ijtimoiy muhitga va odamlarning 
yashash tarziga, urf-odatiga qarab o’zgartirishi mumkin;
o’qituvchi pedagogik nazokatning nozik qirralarini chuqur egallashga doimo intilishi talab 
etiladi
pedagogik nazokatni o’qituvchi har bir o’quvchi bilan o’zaro munosabatda o’zi uchun eng 
qulay shaklga keltirib, ma’lum bir muvozanatda saqlaydi
o’z kasbini sidqidildan sevishi, halolligi, rostgo’yligi, axloqiy pokligi, odamiyligi, 
kamtarligi, samimiy muomalasi pedagogik nazokatning zarur talablaridir
pedagogik nazokat asosida o’qituvchining mehribonligida tarbiyada talabchanlik va 
qattiqqo’llik hislatlari mujassamlashgan bo’ladi
pedagogik nazokat asosida o’qituvchi pedagogik odob va axloq normalarini o’zining 
dunyoqarashi va axloqiy tajribasi bilan boyitib boradi          dil haroratini shu ishga bag‘ishlaydi va o‘z faoliyatida yaxshi natijalarga erishadi.
Bolalarni   sevish,   ularga   mehr-muhabbatli   bo‘lish   o‘qituvchi   axloqiy   qiyofasini
namoyon etuvchi muhim fazilatlardir. 
O‘qituvchi deyarli har kuni o‘quvchilar bilan uchrashadi, savol-javob qiladi,
ularning yaxshi xulq va ezgu ishlarini ma’qullaydi, bilimlarini baholaydi, nojo‘ya
hatti-harakatlari   uchun   tanbeh   berib,   lozim   bo‘lganda   tarbiyaviy   metodlarni
qo‘llaydi.
Pedagogik   nazokat   doimiy   izlanishni,   ijodkorlikni   talab   qiladi.   Doimiy
ijodiy izlanishda bo‘lgan o‘qituvchi tadqiqotchilik ko‘nikma va malakalariga ega
bo‘ladi,   ilm-fan   muammolari,   tarbiya   etikasi   va   psixologiyasi   yuzasidan   erkin
fikr yurita oladi. 
O‘qituvchi   o‘quvchilarning   kattalar   bilan   muloqotga   kirishish   tizimiga
ma’lum   darajada   kirib   borib,   ularning   ichki   qoidalarini   o‘rganishga   harakat
qilishi   kerak.   Bu   narsa   o‘quvchilar   bilan   suhbatlashish   orqali,   fe’l-atvorini
o‘rganish,   tengdoshlari   va   kattalar   bilan   munosabatlarini   kuzatish,   o‘quvchilar
hayotidagi  turli  voqealar   va muammolarni  birgalikda  tahlil   qilish,  ular   muhitida
ro‘y   berayotgan   hodisalarga   nisbatan   fikr-mulohazalarini   bilish   asosida   amalga
oshiriladi. Bunda u o‘quvchilar jamoasida ro‘y berib turadigan, tashqi tomondan
kuzatganda   aslo   bilib   bo‘lmaydigan   yashirin   hodisalar   va   voqealarni   o‘rganish
imkoniyatiga   ega   bo‘ladi.   Natijada   o‘qituvchi   ta’lim-tarbiyaviy   jarayonda   o‘z
oldida turgan vazifalarni hal etishda o‘quvchilarning o‘zlarini ham jalb qila oladi.
Ijobiy   natijalarga   erishish   uchun,   o‘qituvchi   o‘quvchilarning   ishonchini
qozona   olishi   shart.   YOsh   o‘quvchi   “do‘st”lar   ishonchini   qozonish   yoki
ishonchiga   kirishi   uchun   o‘qituvchi   pedagogik   nazokat   imkoniyatlarini   o‘z
o‘rnida   qo‘llay   olishi   lozim.   O‘zaro   ishonch   munosabatlari   o‘rnatilgach,
o‘quvchilar   og‘ir   damlarda   o‘qituvchidan   yordam   so‘rab   murojaat   qiladilar,   o‘z
mulohazalarini   u   bilan   baham   ko‘radilar.   O‘zaro   ishonch   norasmiy
munosabatlarda   ham   o‘qituvchiga   o‘quvchilarning   ba’zan   anglab   bo‘lmaydigan
ichki   dunyosini   ko‘rish   imkoniyatini   beradi.   O‘quvchilar   bilan   munosabatlarda
pedagogik nazokatni qo‘llash natijasida:
12  o‘qituvchi   o‘quvchilarning   xarakterini,  ichki   dunyosini   yaxshi   bilib
oladi, o‘quvchilar bilan munosabatda do‘stona muloqot qilish imkoniyatlari
paydo bo‘ladi; 
 o‘qituvchi o‘quvchilar bilan chin ko‘ngildan bir-biriga yaqin bo‘ladi,
ba’zan   eshitmasligi   kerak   bo‘lgan   o‘quvchilarning   o‘zaro   sirli   gaplarini
eshitmasdan   o‘tib   ketishi   mumkin,   negaki   o‘zgalar   gapini   tinglash
odobsizlikdir;
 o‘qituvchi   ba’zan   o‘quvchilar   jamoasining   kundalik   ishlariga
aralashmasligi,   jamoada   ro‘y   beradigan   ba’zi   ko‘ngilsiz   hodisalarni   ijobiy
hal etishni jamoa faollari zimmasiga havola etishi mumkin.
Bularning   hammasi   o‘qituvchining   o‘quvchilar   bilan   bo‘ladigan
ixtiloflariga, kelishmovchilik va ziddiyatlariga barham beradi. 
Mamlakatimizda har qanday kasb egasi avvalo odob va axloq namunalariga
ega   bo‘lishi   tabiiy,   lekin   pedagogik   nazokat   va   odoblilik   mutlaqo   o‘zgacha
harakatni   va   muomalani   talab   qiladigan   o‘qituvchilar   uchun   chinakam
mahoratdir. CHunki bu hislatlar faqatgina pedagogik qobiliyat va iste’dodga ega
bo‘lgan o‘qituvchida yillar davomida shakllanadi
2.1.  Pedagogik nazokatning mohiyati va xususiyatlari
O‘qituvchining   pedagogik   nazokati   mohiyatida   avvalo   etnopedagogik
tuyg‘ular, milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analar, o‘zbekona tavoze va muomala
madaniyati,   o‘quvchilar   jamoasiga   singib   keta   oladigan   har   qanday   ijtimoiy
muhitga   moslashuvchi   individual   qobiliyatlar,   kasbiy   bilim,     ko‘nikma   va
malakalar mujassamlashgan bo‘ladi. 
Hozirgi   kunda   informatsion   jarayonning   jadal   rivojlanishi   o‘quvchi
ruhiyatiga keskin ta’sir qiladi. Ularning psixologik xususiyatlarini, ruhiy holatini
bir   maromda   ushlab   turish   uchun   o‘qituvchidan   kuchli   iroda,   muomala
madaniyati   va   bosiqlik,   pedagogik   mahoratning   keng   imkoniyatlaridan
foydalanish   talab   qilinadi.   YOsh   avlod   tarbiyasida   o‘qituvchi   eng   qiyin
vaziyatlarda   ham   pedagogik   nazokatning   quyidagi   holatlariga   rioya   qilishi   va
ushbu faoliyatga o‘zini moslashtirishi lozim: 
13  emotsional his tuyg‘ular va kechinmalarda, stress va affekt holatlarida
o‘zini boshqara olish qoidalariga rioya qilish;
 o‘zining  xulq-atvor   xususiyatlarini   doimiy  bir   muvozanatda  saqlagan
holda qo‘llash;
 bachkana  qiliqlar,  ortiqcha  hatti-harakatlar,  pedagogik  etikaga to‘g‘ri
kelmaydigan bema’ni so‘zlardan o‘zini qat’iy tiyish;
 o‘qituvchiga   xos   notiqlik   san’ati   sirlarini   puxta   egallash,   o‘quvchi
shaxsiga   og‘ir   ta’sir   etadigan,   uning   ruhiyatini   jarohatlaydigan   iboralarni
ishlatmaslik, muomalada, jazo metodlaridan foydalanishda qo‘pol va dag‘al
so‘zlar qo‘llamaslik;
 dars   jarayonida   hissiy,   aqliy   bilim   berishda   belgilangan   muayyan
psixologik   va   fiziologik   me’yorlarga   asoslanish,   manmanlikka   yo‘l
qo‘ymaslik, o‘z holatidan boshqa holatga o‘tishdan saqlanish;
 o‘qituvchilar jamoasi va o‘quvchilar bilan, ota-onalar hamda notanish
kishilar   bilan   munosabatda   kommunikativ   qobiliyatning   rasmiy   va   qat’iy
muomala hamda ishbilarmonlik uslublariga asoslanish.
Pedagogik   nazokatni   egallash   malakalari.   Pedagogik   nazokat   pedagogik
mahorat   bilan   birga   yillar   davomida   ustozlar   tajribasini   o‘rgangan   holda   va   o‘z
hayotiy hamda kasbiy faoliyati tajribalaridan kelib chiqib shakllantirilib boriladi.
O‘qituvchining   ma’naviy   etuklik   darajasi,   nazokat   sirlarini   o‘rganishda
o‘quvchilar   bilan   muloqot   qilish   ko‘nikma   va   malakalarini   egallashi,   maxsus
psixologik bilimlarga ega bo‘lishida, o‘z ustida tinimsiz mehnat qilishi natijasida
erishiladi.   Avvalo   bu   bilimlar   o‘quvchilar   yosh   xususiyati   psixologiyasini   va
bolalarning individual xarakterini bilish bilan bog‘liq.
Axloq asoslarini bilish, hatti-harakatlarda axloqiy ma’noni kasb ettirish ham
katta ahamiyatga ega. SHu bilan birga o‘quvchi ruhiyatiga ijobiy-tarbiyaviy ta’sir
etish yo‘llarini bilish o‘qituvchilarning kundalik faoliyatiga aylanishi lozim:
- o‘quvchilarni chin ko‘ngildan sevish, o‘z muhabbatini o‘zaro munosabatda
ko‘rsata olish;
14 - o‘quvchilar   xulqi   va   ruhiyatidagi   yashirin   ichki   tuyg‘ularni   anglashga
harakat qilish, ko‘rish va kuzatish;
- sinf jamoasidagi har qanday sharoit va muhitga moslashish;
- sinf jamoasi bilan o‘zaro hamkorlikni ta’lim-tarbiyaviy maqsadga muvofiq
yo‘lini tanlash;
- o‘quvchilar   bilan   norasmiy   suhbatlarda   o‘z   ichki   hissiyotini   sezdirmaslik,
aksincha ular ishonchini qozonish.
Pedagogik   nazokatning   asosiy   xususiyati   shundan   iboratki,   o‘qituvchiga
muloqotni   ijobiy   hissiyotlar   asosida   qurishga,   o‘quvchilar   bilan   psixologik
kontaktga kirishish uslublarini saqlashga yordam beradi. Pedagogik nazokatning
quyidagi xususiyatlari hozirgi kunda muvaffaqiyat poydevori hisoblanadi: 
 o‘qituvchi  pedagogik   nazokat   talablariga  amal  qilib,  o‘zida   muloqotning
erkin demokratik asosini shakllantiradi; 
 sinf   jamoasida   ongli   intizomni   vujudga   keltiradi;   o‘quvchilar   bilan
haqiqiy muloqot madaniyatiga erishadi; 
 o‘qituvchi sinfda yakka (avtoritar) hukmronlikdan, erkin muloqotga o‘tib,
demokratik   prinsiplar   asosida   pedagogik   faoliyatga   kirishish   shaklini
qo‘llaydi; 
 o‘quvchilarni ongli ravishda tartib-intizomga muloqot asosida o‘rgatadi.
Pedagogik nazokat asosida o‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqotda qarama-
qarshilikka   yo‘l   qo‘ymasligi   o‘zaro   munosabatni   to‘g‘ri   tashkil   etishga   yordam
beradi.   Bizga   ma’lumki,   o‘qituvchining   fikr-mulohazalarida   nisbiylik   va
sub’ektivlik   alomatlari   ham   mavjud.   U   hammaga   birdek,   to‘g‘ri   munosabatda
bo‘la   olmasligi   tabiiy   holdir,   lekin   u   mohiyatan   barcha   o‘quvchilarga   holis
niyatli, yaxshilik qilishga intiluvchi, adolatli  kishi  ekanligiga ishonch uyg‘otishi
kerak. Bu holat pedagogik nazokatning muhim xususiyatlaridan biridir. 
2.2.  O‘qituvchi nazokatida dilkashlik va pedagogik takt
Pedagogikada   axloq   va   odobning   muhim   xususiyatlaridan   biri   bo‘lmish
dilkashlik   insonning   atrofdagi   odamlar   bilan   barqaror,   yaqin   munosabatda
15 bo‘lishga   intilishi   deb   ta’riflanadi.   Bu   intilish   o‘qituvchining   o‘quvchilar   va
atrofidagi   kishilar   bilan   tez   aloqa   o‘rnata   olishi   va   belgilangan   maqsadga
erishishini   ta’minlaydi.   Albatta   bu   jarayon   birdaniga   sodir   bo‘lmaydi,   ayniqsa
yosh   o‘qituvchilardan   psixologik   bilim,   kishilar   bilan   muloqotda
xushmuomalalik,   ehtiyotkorlik   talab   qilinadi.   Psixologlar   o‘qituvchilarning
dilkashlik   xususiyati   ikki   toifadagi   odamlar   xarakterida   mujassamlashgan   deb
ta’kidlaydilar:
Birinchisi,   ekstravert   shaxslar:  Ular barcha ishlarda faol, jiddiy va vazmin,
osoyishtalikka va tashqi ta’sirchanlikka moyil kishilardir. 
Ikkinchisi,   introvert   shaxslar:   Ular   faqat   o‘z   ichki   olamiga   beriluvchan,
atrofidagi   odamlarga   aralashmaydigan,   o‘z-o‘zini   nazorat   qilishga,   doimo   ichki
xavotirga moyil kishilardir. 
Pedagog   olimlar   o‘qituvchining   dilkashligi   ekstravert   yoki   introvert
xususiyatlarga   ega   bo‘lgan   shaxslar   xarakterining   birlashuvida   paydo   bo‘lishini
ta’kidlaydilar. Biroq,  ko‘pincha pedagogikada ekstravert tipdagi shaxslar dilkash
insonlar   sifatida  e’tirof   etilganlar.   O‘qituvchida   ushbu  hislatlarning  mavjudligi,
uning   pedagogik   nazokat   qoidalariga   rioya   qilib   dilkashlik   xususiyatlarini
rivojlantirishi pedagogik mahorat sirlarini takomillashtirish zamini va shartidir. 
Dilkashlik   munosabatini   doimiy   ravishda   o‘z   kasbiy   faoliyatida
mujassamlashtirgan o‘qituvchi quyidagilarni unutmasligi kerak:
 sinf   jamoasiga   nisbatan   bir   qolipdagi   fikrlarning   muayyan   tizimiga
ega bo‘lishi;
 o‘quvchilar bilan doimo erkin muloqot qila olishi, har bir o‘quvchiga
individual shaxs sifatida yondashishi;
 birorta   ham   o‘quvchisining   yomon   bo‘lishiga,   ularning   hurmat
e’tiborini qozonmasligi mumkin emasligiga ishonch hosil qilishi;
 biror   o‘quvchiga   nisbatan   ishonchsizlik,   salbiy   munosabat   sinf
jamoasi   bilan   o‘zaro   yaxshi   munosabatni   yo‘lga   qo‘yilishiga   xalaqit
qilishini bilishi;
16  o‘quvchilar   bilan   muloqotda   haddan   tashqari   masofani
(subardinatsiya) saqlash mumkin emasligi;
 sinf   jamoasida   sodir   bo‘ladigan   kulgili   vaziyatlarda   o‘qituvchining
o‘ta   jiddiy   va   qat’iy   bo‘lishi   jamoadagi   qaltis   ahvolni   murakkablashtirib
yuborishini unutmasligi;
 har bir o‘quvchiga beriladigan xolisona va adolatli baho (ijobiy yoki
salbiy) o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi munosabatni mustahkamlaydigan
ko‘prik ekanligini unutmaslik.
O‘qituvchining   kasbiy   pedagogik   faoliyatida   dilkashlik   fazilati   o‘quvchilar
jamoasi   bilan   qizg‘in,   muvaffaqiyatli   muloqotga   kirishib   ketishida   namoyon
bo‘ladi.   Avvalo,   o‘qituvchi   o‘zining   kasbiy-pedagogik   dilkashlik   fazilati   haqida
va   uning   nima   ekanligini   va   tarkibiy   qismlari   nimalardan   iboratligi   to‘g‘risida
aniq ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.  Shu bilan birga o‘qituvchi o‘zining kasbiga
xos   bo‘lgan   shaxsiy   fazilatlari   nuqtai   nazaridan   e’tibor   berib,   dilkashlikning
qanday   jihatlarini   o‘zida   shakllantirish   lozimligini   aniqlashi   va   o‘z-o‘zida
kommunikativ hislatlarni tarbiyalashning shaxsiy rejasini tuzishi kerak.
Pedagogik   kommunikatsiyaning   o‘qituvchi   kasbiy   faoliyatidagi   ahamiyati
shundan   iboratki,   unda   o‘qituvchining   yuksak   kommunikativ   madaniyati   qay
darajada   ekanligi   namoyon   bo‘ladi.   O‘qituvchining   kommunikativ   madaniyati
o‘z   navbatida   turli   pedagogik   vaziyatlarda   paydo   bo‘ladigan   oddiy   insoniy
dilkashlik xususiyatiga tayanadi. Har birimizda, o‘z shaxsiy muloqotimizning va
o‘zgalarning biz bilan olib boradigan shirin xushmuomalali muloqotidan ko‘plab
ajoyib   taassurotlar   xotiramizda   saqlanadi.   O‘zaro   muomalada   dilkashlik
fazilatlarini   namoyish   etadigan   ko‘plab   pedagog   ustozlarni   bilamiz.   Ular   har
qanday   vaziyatlarda   kishilar   bilan   bemalol   muloqotga   kirishib   keta   oladilar.
Biroq,   muloqotda   butun   suhbat   jarayonini   faqat   o‘ziga   qaratib,
kommunikatsiyaning   qoq   markazida   faoliyat   ko‘rsatishni   istovchi   o‘qituvchilar
ham   bor.   Hayotda   yana   shunday   o‘qituvchilar   uchraydiki,   ular   muloqotda
kamgap,   suhbatda   istar-istamas   ishtirok   etishadi,   mutlaqo   faol   kommunikativ
rolni   bajarishmaydi.   Faqat   kommunikativ   xulqi   bilan   suhbatdoshini   qo‘llab
17 turadi. Ba’zan hech kim bilan umuman muloqotga kirisha olmaydigan tund toifali
o‘qituvchilar   ham   uchraydi.   Ammo,   pedagogik   faoliyatda   muloqotdagi
xushmuomalalilik   nafaqat   insoniy   fazilat   sifatida,   balki   o‘qituvchilik   kasbini
tanlagan   har   bir   kishining   kasbidagi   yuksak   shaxsiy   fazilati   sifatida   namoyon
bo‘ladi.  Xushmuomalalilik,   Sharq  mutafakkirlari  ijodida  yuksak   odob  namunasi
sifatida   tasvirlangan.   Dilkashlik,   o‘qituvchi   uchun   ajoyib   bezak   hisoblanadi   va
muosharat odobi sifatida talqin qilinib, o‘quvchilar ongiga singdirilgan.
O‘qituvchining   xushmuomalaligi   va   dilkashligi   o‘zida   butun   bir   global
insonparvarlik   jarayonini   qamrab   oluvchi,   ko‘plab   tarkibiy   qismlardan   iborat
bo‘lgan ajoyib fazilatlaridan biridir. O‘z pedagogik kasbidan voz kechgan sobiq
o‘qituvchilar   bilan   suhbat   jarayonida   shu   narsa   ma’lum   bo‘ldiki,   ularning
ko‘pchiligi   qo‘pol,   muloqotda   nazokatsiz   kishilar.   Odamlar   bilan   muloqotga
kirishish,   ular   uchun   qiziqarli   emas.   SHu   sababli   o‘qituvchi   sifatida   kasbiy
hislatlari   ham   shakllanmagan.   Muloqot   jarayoni   –   doimiy,   uzoq   vaqt   davomida
shakllanuvchi, keng qamrovli jarayon. Zero, shuning uchun pedagogik faoliyat –
muomalada   qo‘pol,   nazokatsiz     o‘qituvchilarni   charchatadi,   ish   jarayoni   uning
g‘ashiga va asabiga tegadi, ta’lim muassasasidagi faoliyatiga putur etkazadi.
Xushmuomalalilik   va   dilkashlik   shaxsning   insoniy   fazilati   sifatida
o‘qituvchilarning   ham   kasbiy   faoliyatidagi   yuksak   fazilatlaridan   biriga   aylanib,
o‘qituvchining   pedagogik   muloqoti   unumdorligini   ta’minlaydi.   Pedagogika   oliy
ta’lim   muassasalarida   bo‘lajak   o‘qituvchilarni   kasbga   yo‘naltirishda,
xushmuomalalilik   va   dilkashlikni   shakllantirish   uchun   maxsus   tayyorgarlikdan
o‘tishni   taqozo   etadi.   O‘qituvchining   dilkashligi   –   uchta   tarkibiy   qismni
birlashtiruvchi jarayondir:
 muloqotda zaruriyat ning mavjudlig i;
 muloqotdan keyin, muloqot paytida, muloqotgacha yaxshi kayfiyat;
 kommunikativ ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish. 
18 Ushbu   ta’rifda   muloqotning   o‘qituvchi   kasbiy   faoliyatidagi   ijodiy   jihatlari
ko‘rsatilgan. Biroq, muloqot uchun zaruriyat hamisha mavjudligi – umuminsoniy
xususiyat bo‘lib, u barcha kasb egalariga taalluqlidir.
Rus   olimi   A.V.Mudrik   o‘z   ilmiy   tadqiqotlarida   o‘qituvchining
xushmuomalalilik   bilan   muloqotga   kirishishi   va   unga   ko‘nikma   hosil   qilishga
nisbatan qobiliyatini aniqlaydigan quyidagi mezonlarni ajratib ko‘rsatadi: 
 inson tafakkurining o‘ziga xos xususiyatlarga muvofiqligi; 
 notiqlik san’atini mukammal egallaganlik yoki nutqda erkinlik; 
 xushmuomalalilik va shirinsuxanlik; 
 empatiya va o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan o‘tkir zehnga ega bo‘lish; 
 ma’lum   bir   maqsadga   qaratilgan   aniq   ijtimoiy   munosabat   (masalan,
muloqot   jarayonining   natijalariga   emas,   balki   o‘ziga   nisbatan
qiziquvchanlik); 
 kommunikativ   mahoratda   –   vaqtni,   suhbatdosh   ichki   dunyosini,
munosabatni, vaziyatni aniq mo‘ljalga olish.
Ushbu   nuqtai   nazardan   ta’kidlash   joizki,   o‘qituvchining   kasbiy   faoliyatida
mavjud   bo‘lgan   pedagogik   dilkashlik   ham   o‘ziga   xos   mazmunga   ega   va   uning
quyidagi tarkibiy qismlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
   ta’lim   va   tarbiyaning   turli   sharoitlarida   o‘quvchilar   bilan   doimiy
muloqotda bo‘lish uchun barqaror zaruriyatning mavjudligi;
 o‘qituvchining   shaxsiy   va   kasbiy   jihatdan   dilkashlik   va   xushmuomalalik
fazilatlarini namoyon qilishda uzviylikning doimiyligi;
 dilkashlik   va   xushmuomalalikning   barcha   bosqichlarida   ruhiy
xotirjamlikni his etish; 
 muloqotning   samaradorligi   va   pedagogik   faoliyatning   turli   tarkibiy
qismlariga ijobiy ta’sir etishi;
 pedagogik   kommunikatsiya   jarayonini   amalga   oshirishda   qobiliyatning
mavjudligi; 
 o‘qituvchining pedagogik kommunikativ ko‘nikma va malakalarni doimiy
egallab borishi. 
19 Hozirgi   kunda   ta’lim-tarbiyaning   insonparvar,   demokratik   xarakterda
ekanligi,   o‘quvchilarni   erkin,   mustaqil   fikr   yuritishga   va   ongli   intizomga
o‘rgatish,   intellektual   va   ma’naviy-axloqiy   jihatdan   tarbiyalash,   o‘qituvchidan
chuqur bilimga, kasbiy malaka va ko‘nikmalarga, yuksak axloqiy fazilatlarga ega
bo‘lishni   talab   qiladi.   Shu   jihatdan   o‘qituvchining   o‘quvchilar   bilan
munosabatida   “Pedagogik   takt”   muhim   pedagogik   qobiliyat   sifatida   e’tirof
etiladi. 
Takt   so‘zi   azaldan   pedagogikada   tarbiyaviy   ta’sir   etish   ma’nosini   bildiradi
va o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatni boshqarishga yordam beruvchi axloqiy
kategoriya   sifatida   ta’riflanadi.   O‘quvchilar   bilan   muloqot   jarayonida   ro‘y
beradigan   eng   og‘ir   vaziyatlarda   ham   pedagogik   takt   o‘qituvchidan   mutlaqo
bosiqlikni, suhbatdoshiga nisbatan hurmat va ehtiromni talab qiladi. 
Pedagogik takt  – o‘qituvchi kasbiy mahoratining asosi bo‘lib, o‘quvchilarga
barcha   demokratik   talablar   asosida   pedagogik   ta’sir   o‘tkazish,   muloqotni
insonparvarlik  tuyg‘ulari   asosida   o‘rnatish   o‘lchovi,   o‘quvchilarda   mustaqil   fikr
yuritishni   hamda   ongli   intizomni   tarkib   toptirish   ko‘nikmalarini   hosil   qilish
shaklidir.   Pedagogikada   o‘qituvchining   o‘quvchilar   bilan   munosabati   ularning
yosh   xususiyatlariga   qarab   belgilanishi   va   bu   qonuniyatga   amal   qilinishi   qat’iy
talab   qilinadi.   Shunday   ekan,   o‘qituvchi   ta’lim–tarbiya   jarayonida   hali   to‘liq
shakllanmagan, ta’sirlarga va ruhiy kechinmalarga tez beriluvchi, ota–onasining
sevimli   farzandi   bo‘lgan   murg‘ak   qalb   egalari   bilan   muloqot   qilayotganligini
aslo unutmasligi kerak.  
O‘quvchilar   bilan   muloqotda   pedagogik   taktga   zid   bo‘lgan   qo‘pollik,
adolatsizlik, qo‘rqitish, haqorat, mensimaslik, pedagogikaga zid bo‘lgan jazolash
usullarini   qo‘llash   va   boshqa   ular   shaxsiga   salbiy   ta’sir   qiladigan   turli   jargon
so‘zlar   ishlatish   o‘quvchilar   qalbini   umuman   tuzalmaydigan   darajada   jarohatlab
qo‘yishi,   yoki   o‘qituvchining   obro‘siga   putur   etkazishi   mumkin.   O‘qituvchi   va
o‘quvchi   o‘rtasidagi   bunday   qarama-qarshiliklar   ko‘pincha   dars   va   darsdan
tashqari   jarayonlarda   sodir   bo‘ladi.   Bunda   ayniqsa   yosh   o‘qituvchilarning
pedagogik takt sirlarini bilmasligi, tajribasizligi pand beradi.
20 O‘qituvchining   taktik   mahorati   birdaniga   shakllanib   qolmaydi,   u   yillar
davomida pedagogik faoliyatda, ustozlar tajribasini o‘rganishda, dars jarayonida,
sinfdan   tashqari   faoliyatda   va   tarbiyaviy   soatlarda   o‘quvchilar   bilan   muloqotda
takomillashib   boradi.   Dars   jarayonida   pedagogik   mahoratning   asosi   bo‘lmish
pedagogik taktga ega bo‘lish o‘qituvchi uchun juda zarurdir.
21 Adabiyotlar:
1. Azizxo’jayeva   N.N.   Pedagogik   texnologiyalar   va   pedagogik   mahorat.
Toskent, 2006. 
2. Maxsudova M.A. Muloqot psixologiyasi. Toshkent: Turon-iqbol, 2006. -115
3. Оmоnоv   Х.T.,   Mаdiyarоvа   S.А.   vа   bоshq.   Pеdаgоgik   tехnоlоgiyalаr   vа
pеdаgоgik mаhоrаt.  Mаgistrаturа uchun dаrslik. – T.: I q tisоd-Mоliya, 2009.
4. Sultonova G.A. Pedagogik mahorat. – T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005.
5. Yuzlikаеvа   E.R.,   Mаdyarоvа   S.А.,   Yanbаrisоvа   E.E.,     Mоrхоvа   I.V.
Tеоriya i prаktikа оbщеy pеdаgоgiki. – T., 201 3 .
Blits-so’rov savollari
1. Etika deganda nima tushuniladi?
2. Taktika tushunchasini qanday izohlaysiz?
3. Pedagogik nazokat me’yorlari o‘qituvchidan nimani talab qiladi?
4. O‘qituvchi hulq – atvorida pedagogik nazokat qanday shakllanadi?
5. Yosh   o‘qituvchi   qiyin   vaziyatlarda   pedagogik     nazokatning   qanday
holatlariga rioya qilishi kerak?
6. Pedagogik nazokat tuyg‘usi qanday xususiyatlarga ega?
7. Pedagogikada   axloq   va   odobning   muhim   xususiyati   bo‘lgan   dilkashlikka
ta’rif bering?
8. Y o sh   o‘qituvchining   kasbiy   faoliyatida   dilkashlik   qanday   namoyon
bo‘lishi lozim?
22

Mavzu: O qituvchi nazoratida dilkashlik va pedagogik taktʻ Reja: KIRISH I BOB. TAKT VA PEDAGOGIK TAKT HAQIDA TUSHUNCHA. 1.1. Pedagogik taktni qo’llash shartlari. 1.2. Pedagogik odob. Pedagogning muomala odobi. II BOB . PEDAGOGIK NAZOKAT HAQIDA TUSHUNCHA . 2.1. Pedagogik nazokatning mohiyati va xususiyatlari . 2.2. O‘qituvchi nazokatida dilkashlik va pedagogik takt.Yosh o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik dilkashligini o‘rganish dasturi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar 1

KIRISH Hozirgi kunda ta’lim-tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi, o‘quvchilarni erkin, mustaqil fikr yuritishga va ongli intizomga o‘rgatish, intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, o‘qituvchidan chuqur bilimga, kasbiy malaka va ko‘nikmalarga, yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishni talab qiladi. Shu jihatdan o‘qituvchining o‘quvchilar bilan munosabatida “Pedagogik takt” muhim pedagogik qobiliyat sifatida e’tirof etiladi. Takt so‘zi azaldan pedagogikada tarbiyaviy ta’sir etish ma’nosini bildiradi va o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatni boshqarishga yordam beruvchi axloqiy kategoriya sifatida ta’riflanadi. O‘quvchilar bilan muloqot jarayonida ro‘y beradigan eng og‘ir vaziyatlarda ham pedagogik takt o‘qituvchidan mutlaqo bosiqlikni, suhbatdoshiga nisbatan hurmat va ehtiromni talab qiladi. Pedagogik takt – o‘qituvchi kasbiy mahoratining asosi bo‘lib, o‘quvchilarga barcha demokratik talablar asosida pedagogik ta’sir o‘tkazish, muloqotni insonparvarlik tuyg‘ulari asosida o‘rnatish o‘lchovi, o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritishni hamda ongli intizomni tarkib toptirish ko‘nikmalarini hosil qilish shaklidir. Pedagogikada o‘qituvchining o‘quvchilar bilan munosabati ularning yosh xususiyatlariga qarab belgilanishi va bu qonuniyatga amal qilinishi qat’iy talab qilinadi. Shunday ekan, o‘qituvchi ta’lim–tarbiya jarayonida hali to‘liq shakllanmagan, ta’sirlarga va ruhiy kechinmalarga tez beriluvchi, ota–onasining sevimli farzandi bo‘lgan murg‘ak qalb egalari bilan muloqot qilayotganligini aslo unutmasligi kerak. O‘quvchilar bilan muloqotda pedagogik taktga zid bo‘lgan qo‘pollik, adolatsizlik, qo‘rqitish, haqorat, mensimaslik, pedagogikaga zid bo‘lgan jazolash usullarini qo‘llash va boshqa ular shaxsiga salbiy ta’sir qiladigan turli jargon so‘zlar ishlatish o‘quvchilar qalbini umuman tuzalmaydigan darajada jarohatlab qo‘yishi, yoki o‘qituvchining obro‘siga putur etkazishi mumkin. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi bunday qarama-qarshiliklar ko‘pincha dars va darsdan tashqari jarayonlarda sodir bo‘ladi. Bunda ayniqsa yosh o‘qituvchilarning pedagogik takt sirlarini bilmasligi, tajribasizligi pand beradi. O‘qituvchining taktik mahorati birdaniga shakllanib qolmaydi, u yillar davomida pedagogik faoliyatda, ustozlar tajribasini o‘rganishda, dars jarayonida, sinfdan tashqari faoliyatda va tarbiyaviy soatlarda o‘quvchilar bilan muloqotda takomillashib boradi. Dars jarayonida pedagogik mahoratning asosi bo‘lmish pedagogik taktga ega bo‘lish o‘qituvchi uchun juda zarurdir. 2

I BOB. TAKT VA PEDAGOGIK TAKT HAQIDA TUSHUNCHA Tаkt аhlоqiy tushunchа bo’lib, u insоnlаrning o’zаrо munоsаbаtlаrini muvоfiqlаshtirish, tаrtibgа sоlish, insоnpаrvаrlik g’оyalаrigа аsоslаngаn bo’lib, аndishаli hulq, hаr qаndаy ziddiyatli vаziyatlаrdа hаm insоn hurmаti sаqlаnib qоlishini tаlаb qilаdi. Hаr bir insоndаn, аyniqsа o’qituvchidаn аndishаli bo’lish tаlаb qilinаdi. Bоshqаchа qilib аytgаndа, pеdаgоgik tаkt bu o’qituvchining tа’lim оluvchilаr оldidа o’zini tutishni bilishi, tа’lim оluvchining hоlаtini, intilishlаri, qiziqishlаrini tushunа оlishi vа eng sаmаrаli tа’sir yo’lini tоpа оlishidir. Pedagogik takt – o‘qituvchi kasbiy mahoratining asosi bo‘lib, o‘quv - chilarga barcha demokratik talablar asosida pedagogik ta’sir o‘tkazish, muloqotni insonparvarlik tuyg‘ulari asosida o‘rnatish o‘lchovi, o‘quv chilarda mustaqil fikr yuritishni hamda ongli intizomni tarkib toptirish ko‘nikmalarini hosil qilish shaklidir. Pedagogikada o‘qi tuvchining o‘quv chilar bilan munosabati ularning yosh xususiyatlariga qarab belgi lanishi va bu qonuniyatga amal qilinishi qat’iy talab qilinadi. Shunday ekan, o‘qituvchi ta’lim–tarbiya jarayonida hali to‘liq shakllanmagan, ta’s irlarga va ruhiy kechinmalarga tez beriluvchi, ota–onasining sevimli farzandi bo‘lgan murg‘ak qalb egalari bilan muloqot qilayotganligini aslo unutmasligi kerak. O‘quvchilar bilan muloqotda pedagogik taktga zid bo‘lgan qo‘pollik, adolatsizlik, qo‘rqitish, haqorat, mensimaslik, pedagogikaga zid bo‘lgan jazolash usullarini qo‘llash va boshqa ular shaxsiga salbiy ta’sir qiladigan turli jargon so‘zlar ishlatish o‘quvchilar qalbini umuman tuzalmaydigan darajada jarohatlab qo‘yishi, yoki o‘qituvchining obro‘siga putur etka zishi mumkin. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi bunday qarama-qarshi liklar, ko‘pincha, dars va darsdan tashqari jarayonlarda sodir bo‘ladi. Bunda ayniqsa yosh o‘qituvchilarning pedagogik takt sirlarini bilmasligi, tajribasizligi pand beradi. O‘qituvchining taktik mahorati birdaniga shakllanib qolmaydi, u yillar davomida pedagogik faoliyatda, ustozlar tajribasini o‘rganishda, dars jarayonida, sinfdan tashqari faoliyatda va tarbiyaviy soatlarda o‘quv chilar bilan muloqotda 3

takomillashib boradi. Dars jarayonida peda gogik mahoratning asosi bo‘lmish pedagogik taktga ega bo‘lish o‘qi tuvchi uchun juda zarurdir. SHundаy qilib, pеdаgоgik tаkt bu o’qituvchining tа’lim оluvchilаrgа nisbаtаn аmаlgа оshirаdigаn tа’sirining mеzоnidir. 1.1. Pedagogik taktni qo’llash shartlari Tаktikа tаnlаsh turli vаziyatlаrdа хilmа-хil rоllаrni bаjаrish bilаn bоg’liq. Bu hаqidа mа’lumоtni psiхоtеrаpеvt А.B.Dоbrоvich kitоblаridаn оlish mumkin. Bu to’rttа pоzitsiya bo’lib, ulаr quyidаgichа: “yuqоridаn pаstgа”, “pаstdаn yuqоrigа”, “yonmа-yon” vа “аrаlаshmаslik” pоzitsiyasi. “Yuqоridаn pаstgа” pоzitsiyasidа o’qituvchi mustаqil hаl etishni nаmоyish etаdi, mаs’uliyatni o’z zimmаsigа оlаdi. Bu pоzitsiya “оtа-оnа” pоzitsiyasi. “Pаstdаn yuqоrigа” pоzitsiyasi tоbеlik, shахsning o’zigа ishоnmаsligi. А.B.Dоbrоvich so’zi bilаn аytgаndа, bu “tа’lim оluvchi” pоzitsiyasi. “Yonmа-yon” pоzitsiyasidа fаrоsаtlilik vа vаzminlik, vаziyatgа qаrаb ish tutish, bоshqаlаrning hаm mаnfааtini o’ylаsh, o’zi vа ulаr o’rtаsidа mаs’uliyatni to’g’ri tаqsimlаsh ifоdа etilаdi. Bu “kаttа оdаm” pоzitsiyasi. «Аrаlаshmаslik» pоzitsiyasi – аrаlаshmаslik, fаоllikni nаmоyon etmаslik. Hаr bir pоzitsiyaning qo’llаnishi vаziyat tаlаbigа mоs tаnlаnаdi. Mulоqоt ikki tоmоnlаmа jаrаyon bo’lgаnligi uchun o’qituvchi tа’lim оluvchi rоlini hаm inоbаtgа оlishi shаrt. O’qituvchining оdаtiy pоzitsiyasi bu hаmkоrlikdа ish оlib bоrаyotgаn “kаttа оdаm”, ya’ni ishgа аlоqаdоr dаrаjаni tаlаb qiluvchi pоzitsiyadir. Bu pоzitsiya tа’lim оluvchidа tеng huquqli shеriklikni shаkllаntirаdi, o’zаrо ishоnch muhitini yarаtаdi. Bundа quyidаgi jumlаlаrni qo’llаsh mumkin: “Sizlаr bilаn mаslаhаtlаshmоqchi edim”, “Kеlinglаr, o’ylаb ko’rаylik” vа hоkаzо. 1.2. Pedagogik odob. Pedagogning muomala odobi Pеdаgоg оdоbi umuminsоniy vа milliy ахlоqning qоnuniyatlаri, vаzifаlаri, tаmоyillаri, tushunchаlаri, tаlаblаri, mеzоnlаrini tа’lim-tаrbiya jаrаyonidа оydinlаshtirib, pеdаgоgning tа’lim оluvchilаr, kаsbdоshlаri, оtа-оnаlаr, tа’lim 4

Загрузите документ, чтобы увидеть его полностью.