PEDAGOGIK NAZOKAT VA ODOB-AHLOQ

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

5

Размер:

42.9 KB
PEDAGOGIK NAZOKAT VA ODOB-AHLOQ
Reja:
1. Pedagogik odob va pedagogik nazokat haqidagi tushuncha. 
2. Pedagogik nazokatning mohiyati va xususiyatlari .
3. Pedagogik   nazokat   me’yori:   ihtisos   sohasidagi   burch,   pedagogik   adolat,
ihtisosga doir vijdon izzat-nafs va pedagogik oriyat. 
4. O‘qituvchi nazokatida dilkashlik va pedagogik takt.
5. Pedagogik nazokat - o’qituvchi axloqining ijodiy ko’rinishi. 1.  Pedagogik odob va pedagogik nazokat haqidagi tushuncha.
O‘qituvchining   o‘quvchilar   muhitiga   uzviy   ravishda   qo‘shilib   keta   olishi
nihoyatda   qiyin   jarayon.   Lekin   uning   pedagogik   faoliyati   bevosita   o‘quvchilar
orasida   olib   boriladi.   O‘zaro   munosabatlarni   ishonch   va   do‘stlik   tuyg‘ulari   bilan
mustahkamlab  borish  o‘qituvchidan  jiddiy  psixo-logik  tayyorgarlikni   talab  qiladi.
Buning uchun o‘qituvchi avvalo, turli xarakterdagi o‘quvchilardan iborat bo‘lgan,
sinf   jamoasida   tez-tez   o‘z-garib   turadigan   pedagogik   vaziyatlarga   darhol   o‘z
munosabatini   bildirishi   va   unga   odilona   baho   berishi   kerak.   U   o‘quvchilar   xatti-
harakatini   to‘g‘ri   idrok   etishi,   vaziyatlarni   oldindan   ko‘ra   bilishi,   tarbiyaviy
metodlarni   o‘z   o‘rnida   qo‘llashi,   o‘quvchilar   bilan   muomalada   bosiqlik,   sabr,
milliy   an’ana   va   turmush   tarzimizdan   kelib   chiqqan   muruvvat   va   himmat,
odamiylik   va   mehr-oqibat   tuyg‘ularini   ko‘rsata   olishi   shart.   Bu   vazifalar
o‘qituvchining   zimmasiga   yuklanadigan   va   u   rioya   qilishi   lozim   bo‘lgan
pedagogik nazokat  deb atalmish faoliyatning zarur shartidir. 
Pedagogik   nazokat   –   o‘qituvchi   axloqiy-ma’naviy   qiyofasini   namo-yon
etuvchi   me’yor   tuyg‘usi   yoki   xulq   va   odob   qoidalariga   rioya   qilishi   demakdir.
Pedagogik   nazokat   o‘qituvchining   o‘quvchilar   bilan   o‘zaro   munosabatini   tashkil
qilish   vositasi.   Psixologik   til   bilan   aytilganda,   nazokat   insonning   bir   qolipdagi
barqaror   tasavvurlarida   mujassam-lashgan   shaxsiy   insoniy   hislatlarining
yig‘indisidir. 
O’qituvchining   pedagogik     odob –  axloqi   (deontologiya) ,    nazokati    haqida
tushuncha.   «Odob   deganda   rasm – taomil,   xulq – odatlar   yigindisi,   ijtimoiy –
iqtisodiy   tizum   taqozosi   bilan   turmush   sharoitining   aloxida   tarzi,   an‘analari
asosida     odamlar     o’rtasida     paydo     bo’lgan     muomala     munosabatlarining
xususiyatlari  tushuniladi.
          Demak,     o’qituvchi     odobi     umuminsoniy     va     milliy     axloqning
qonuniyatlari,   talablari,   mezonlarini   ta‘lim – tarbiya   jarayonida   oydinlashtirib,
muallimning     o’quvchilar,     o’z     kasbdoshlari,     ota   –   onalar,     maktab     raxbarlari
bilan  muomala – munosabatlarida  ifodalanadigan  axloqiy  xususiyatdir.          O’qituvchi   odobining   moxiyati,   asosiy   mazmuni   pedagogik   faoliyat
uchun  muxim  bo’lgan  axloqiy  sifatlarda  ifodalanadi.
          Axloq     ijtimoiy     ong     shakllaridan     biri     bo’lib,     inson     turmushining
barcha  soxalarida  kishining  xulqi,  xatti – harakatlarini  tartibga  solib  bashqarib
turuvchi,     Vatanga,     mehnatga,     mulkka,     odamlarga     munosabatini     bildiruvchi
(yunaltiruvchi)     qonun   –   koidalar,     yul   –   yuriklar,     mezonlar,     pand   –   nasixatlar
yigindisidan   iboratdir.   Axloq   umuminsoniy   va   milliy   harakterga   ega   bo’lib,
kishilarning   tarixan   qaror   topgan   va   har   bir   odam   egallashi    lozim   bo’lgan
axloqiy     ideallari,     orzu   –   umidlari     to’g’risidagi     tasavvurlari,     tushunchalari,
bilimlari,  qarashlarini  o’z  ichiga  oladi.
          Umuminsoniy     axloq     deganda     turli     davrlarda     barcha     xalqlarda
kishilarning turmushi,  xayot  tarzida  shakllanib,  insonlarning  o’zaro  muomala –
munosabatlarini     tartibga     solib     turuvchi     umumiy     tushunchalar,     normalar     va
talablar,   umumiy  axloqiy  sifatlar  tushuniladi.  Milliy   axloq   esa   umuminsoniy
axloqka     xos     asosiy     xususiyatlarni     saklagan     holda,     ayni     millat     va     elat
kishilarigagina     xos     bo’lgan     ayrim     axloqiy     xususiyatlarni     ham     o’zida
mujassamlantiradi».     (   Malla     Ochilov.     «Muallim     qalb     me‘mori».     Toshkent.
«O’qituvchi».  2001  yil.  3 – 4  bet ).
          O’qituvchi     umuminsoniy     va     milliy     axloqiy     fazilatlarni     o’zlashtirib
olishi,     tajribada     qo’llashi,     o’zining     dunyoqarashi,     axloqiy     tajribasi     bilan
takkoslashi     lozim.   Fikrlash   va   xis   etish,   turmushda   sinab   ko’rish   natijasida
umuminsoniy    va    milliy  –  axloqiy    sifatlar,    koidalar,    normalar     o’qituvchining
o’z  axloqiy  fazilatiga,  e‘tiqodiga  aylanadi.
         O’qituvchining   odob   normalari   har   bir   muallimning   shaxsiy   fikriga,
axloqiy     fazilati     va     e‘tiqodiga     aylanishi     lozim.     Axloqiy     e‘tikod     va     sifatlar
o’qituvchining   dars   berish   jarayonida,   tarbiyaviy   ishlarda,   o’quvchilar,   ota –
onalar     va     bashqa     kishilar     bilan     muomala   –   munosabatlarida,     kundalik
turmushda  o’zining  shaxsiy  namunasi  bilan  axloqiy  ta‘sir  o’tkazishda  ko’zga
tashlanadi.     Pedagogik     takt     o’qituvchi     axloqining     amaliy     ko’rinishlaridan
biridir.     Muallim     xulqining     natijalari         uning     yoshlarga     axloqiy     ta‘sirining samaradorligida,     axloqiy     tarbiya     soxasida     erishgan     yutuklarida     namoyon
bo’ladi.
Pedagogik   nazokat   me’yorlari   o‘qituvchidan   avvalo   yuksak   insoniy
fazilatlarga ega bo‘lishni talab qiladi. Zero, ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilishning
asosiy   maqsadlaridan   biri   komil   inson   tarbiyasi   bo‘lib,   u   davlat   siyosatining
ustuvor   yo‘nalishi   deb   e’lon   qilingan.   Ongi   yuksak,   mustaqil   fikrlay   oladigan,
xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli yoshlarni tarbiyalab
voyaga etkazish o‘qituvchi zimmasida. Shunday ekan, hozirgi demokratik jamiyat
o‘qituvchisining   o‘zi   avvalo   barkamol   inson   bo‘lishi,   mukammal   bilimlar   sohibi,
o‘z   kasbining   yetuk   egasi   bo‘lishi   zarur.   O‘qituvchi   xulq-atvorida   pedagogik
nazokat ma’lum bir muddatda shakllanib tugaydigan jarayon emas, uning omillari
ham jamiyat taraqqiyoti natijasida uzluksiz sayqallanib boradi. 
2.  Pedagogik nazokatning mohiyati va xususiyatlari .
O‘qituvchining   pedagogik   nazokati   mohiyatida   avvalo   etnope-dagogik
tuyg‘ular, milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analar, o‘zbekona tavoze va muomala
madaniyati,   o‘quvchilar   jamoasiga   singib   keta   oladi-gan   har   qanday   ijtimoiy
muhitga moslashuvchi individual qobiliyatlar, kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar
mujassamlashgan bo‘ladi. 
Hozirgi kunda informatsion jarayonning jadal rivojlanishi o‘quvchi ruhiyatiga
keskin   ta’sir   qiladi.   Ularning   psixologik   xususiyatlarini,   ruhiy   holatini   bir
maromda ushlab turish uchun o‘qituvchidan kuchli iroda, muomala madaniyati va
bosiqlik,   pedagogik   mahoratning   keng   imko-niyatlaridan   foydalanish   talab
qilinadi. Yosh avlod tarbiyasida o‘qituvchi eng qiyin vaziyatlarda ham pedagogik
nazokatning   quyidagi   holatlariga   rioya   qilishi   va   ushbu   faoliyatga   o‘zini
moslashtirishi lozim: 
 emotsional his-tuyg‘ular va kechinmalarda, stress va affekt holat-larida o‘zini
boshqara olish qoidalariga rioya qilish;    o‘zining xulq-atvor xususiyatlarini doimiy bir muvozanatda saqla-gan holda
qo‘llash; 
  bachkana   qiliqlar,   ortiqcha   xatti-harakatlar,   pedagogik   etikaga   to‘g‘ri
kelmaydigan bema’ni so‘zlardan o‘zini qat’iy tiyish; 
  o‘qituvchiga   xos   notiqlik   san’ati   sirlarini   puxta   egallash,   o‘quvchi   shaxsiga
og‘ir   ta’sir   etadigan,   uning   ruhiyatini   jarohatlaydigan   iboralarni   ishlatmaslik,
muomalada,   jazo   metodlaridan   foydalanishda   qo‘pol   va   dag‘al   so‘zlar
qo‘llamaslik; 
  dars jarayonida hissiy, aqliy bilim berishda belgilangan muayyan psixologik
va fiziologik me’yorlarga asoslanish, manmanlikka yo‘l qo‘y-maslik, o‘z holatidan
boshqa holatga o‘tishdan saqlanish; 
  o‘qituvchilar   jamoasi   va   o‘quvchilar   bilan,   ota-onalar   hamda   nota-nish
kishilar bilan munosabatda kommunikativ qobiliyatning rasmiy va qat’iy muomala
hamda ishbilarmonlik uslublariga asoslanish. 
Pedagogik   nazokatni   egallash   malakalari.   Pedagogik   nazokat   pedagogik
mahorat   bilan   birga   yillar   davomida   ustozlar   tajribasini   o‘r-gangan   holda   va   o‘z
hayotiy   hamda   kasbiy   faoliyati   tajribalaridan   kelib   chiqib   shakllantirilib   boriladi.
O‘qituvchining   ma’naviy   yetuklik   darajasi,   nazokat   sirlarini   o‘rganishda
o‘quvchilar   bilan   muloqot   qilish   ko‘nikma   va   malakalarini   egallashi,   maxsus
psixologik   bilimlarga   ega  bo‘lishida,   o‘z   ustida   tinimsiz   mehnat   qilishi   natijasida
erishiladi.   Avvalo   bu   bilimlar   o‘quvchilar   yosh   xususiyati   psixologiyasini   va
bolalarning individual xarakterini bilish bilan bog‘liq. 
Axloq asoslarini bilish, xatti-harakatlarda axloqiy ma’noni kasb etti-rish ham
katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga o‘quvchi ruhiyatiga ijo-biy-tarbiyaviy ta’sir
etish yo‘llarini bilish o‘qituvchilarning kundalik faoliyatiga aylanishi lozim: 
- o‘quvchilarni chin ko‘ngildan sevish, o‘z muhabbatini o‘zaro mu-nosabatda
ko‘rsata olish; 
-   o‘quvchilar   xulqi   va   ruhiyatidagi   yashirin   ichki   tuyg‘ularni   ang-lashga
harakat qilish, ko‘rish va kuzatish; 
- sinf jamoasidagi har qanday sharoit va muhitga moslashish;  -  sinf  jamoasi  bilan  o‘zaro  hamkorlikni   ta’lim-tarbiyaviy  maqsadga  muvofiq
yo‘lini tanlash; 
-   o‘quvchilar   bilan   norasmiy   suhbatlarda   o‘z   ichki   hissiyotini   sez-dirmaslik,
aksincha ular ishonchini qozonish. 
Pedagogik   nazokatning   asosiy   xususiyati   shundan   iboratki,   o‘qi-tuvchiga
muloqotni   ijobiy   hissiyotlar   asosida   qurishga,   o‘quvchilar   bilan   psixologik
kontaktga   kirishish   uslublarini   saqlashga   yordam   beradi.   Pedagogik   nazokatning
quyidagi xususiyatlari hozirgi kunda muvaf-faqiyat poydevori hisoblanadi: 
  o‘qituvchi   pedagogik   nazokat   talablariga   amal   qilib,   o‘zida   mulo-qotning
erkin demokratik asosini shakllantiradi; 
  sinf   jamoasida   ongli   intizomni   vujudga   keltiradi;   o‘quvchilar   bilan   haqiqiy
muloqot madaniyatiga erishadi; 
  o‘qituvchi   sinfda   yakka   (avtoritar)   hukmronlikdan,   erkin   mulo-qotga   o‘tib,
demokratik prinsiplar asosida pedagogik faoliyatga kirishish shaklini qo‘llaydi; 
 o‘quvchilarni ongli ravishda tartib-intizomga muloqot asosida o‘rgatadi. 
Pedagogik   nazokat   asosida   o‘qituvchi   o‘quvchilar   bilan   muloqotda   qarama-
qarshilikka   yo‘l   qo‘ymasligi   o‘zaro   munosabatni   to‘g‘ri   tashkil   etishga   yordam
beradi.   Bizga   ma’lumki,   o‘qituvchining   fikr-mulohazalarida   nisbiylik   va
subyektivlik   alomatlari   ham   mavjud.   U   hammaga   birdek,   to‘g‘ri   munosabatda
bo‘la olmasligi tabiiy holdir, lekin u mohiyatan barcha o‘quvchilarga holis niyatli,
yaxshilik qilishga intiluvchi, adolatli kishi ekanligiga ishonch uyg‘otishi kerak. Bu
holat pedagogik nazokatning muhim xususiyatlaridan biridir. 
  O’qituvchi     odobining     asosiy     sifatlari     umuminsoniy     va     milliy     axloqiy
fazilatlar  tushunchalariga  mos  keladi.  Ularni  pedagogik  faoliyat  bilan  bog’liq
tarzda   bir   kadar   oydinlashtiradi.   Insonparvarlik,   vatanparvarlik,   milliy   gurur,
adolat,     yaxshilik     qilish,     burch,     kadr   –   kimmat,     mas‘uliyat,     vijdon,     xalollik,
rostguylik,     poklik,     talabchanlik     kabi     axloqiy     fazilatlar     o’qituvchi     odobida
pedagoglik  faoliyati  bilan  bog’liq  ravishda  taxlil  kilinadi.
          O’qituvchilik     sha‘ni,     kadr   –   kimmati,     o’qituvchilik     mas‘uliyati,
o’qituvchilik   vijdoni,   talabchan   va   adolatli   bo’lish,   o’qituvchining   ma‘naviy kiyofasi,     xalolligi,     pokligi,     rostguyligi     o’qituvchi     axloq   –   odobining     asosiy
tamoyillari     xisoblanadi.     Bu     tamoyillarni     puxta     o’zlashtirish     bulajak
o’qituvchi  uchun  katta  ahamiyat  kasb  etadi.
     Yaxshilik  qilish  - ijobiy  axloqiy  fazilat  bo’lib,  xulqiy  sifatlarini  inson
faoliyati     yoki     biror     xatti   –   harakatiga     ijobiy     munosabatning     yigindisini     aks
ettiradi.
          O’qituvchi     odobida     yaxshilik     fazilatiga     pedagogik     faoliyat     bilan
bog’liq     holda     o’quvchilar     jamoasi     manfaatlarining     birligi,     muallim     va
o’quvchi  maksadining  birligi,  ta‘lim – tarbiyaning  samarasi  uchun  ko’rashning
birligi  aks  etadi.  Yaxshilik  fazilati    muallimning  ham,  o’quvchilarning  ham,
ota   –   onalarning     ham     yaxshi     niyatli,     xayrixox,     mehribon     bo’lishini     takozo
etadi.     Yaxshilik     qaror     topishi     uchun     pedagogik     jarayonda     yomonlikka
murosasiz  bo’lish,  yaxshi  istak  bilan  muomalada  bo’lish,  yaxshi  kilik,  yaxshi
harakatlarning  birligi  zarurdir.
      O’qituvchi  burchi   - burchda  shaxsning  jamiyatga  bo’lgan  munosabati
namoyon   bo’ladi.   O’z   burchiga   sodiklik   har   bir   kishiga   obru,   shon – sharaf
keltiradi.     Kishining     o’z     burchiga     sodikligi     jamiyatga,     Vatanga,     mexnatga,
oilaga,  farzandlariga  bo’lgan  munosabatida  bilinadi.
          O’qituvchi     yosh     avlodga     ta‘lim   –   tarbiya     berish     soxasidagi     o’z
burchini     zurlik     tufayli     yuklatilgan     majburiyat     emas,     balki     o’z     xayotining
ma‘nosi,  ishonch,  vijdon  da‘vati  deb  xisoblaydi.
          O’qituvchi   burchi   akl   bilan   xissiyotning   birligidan   iborat.   Muallim
kasbiga  nisbatan  kuyiladigan  talablarning  moxiyati  va  mazmunini  bilsa,  uning
shaxs   va   jamiyat   uchun   muximligini   anglasa,   bu   vazifalarni   bajarish   uchun
zarur   fazilatlarni   tarbiyalash   yullarini   belgilab   olsa,   shundagina   unda   kasbiy
burch  shakllana  boshlaydi.
          O’qituvchilik   mas‘uliyati.    Shaxs   axloqini   tavsiflaydigan   belgilardan
biri  mas‘uliyatdir.  O’qituvchining  mas‘uliyati,  muallimlik  faoliyati  va  ta‘lim –
tarbiya     jarayonining     anik     vazifalarini     ham     o’z     ichiga     oladi.     O’qituvchi
zimmasiga     bola     shaxsini     barkamol     inson     sifatida     tarbiyalash     mas‘uliyati yuklangan.  O’qituvchilik  kilayotgan  yoki  muallimlik  kasbini  tanlagan  kishilar
o’z     zimmalariga     kanchalik     yuksak,     sharafli     mas‘uliyat     olayotganliklarini
tasavvur  etishlari  lozim.
          O’qituvchilik     sha‘ni,     kadr   –   kimmati.     Umuminsoniy     va     milliy
axloqning     muxim     belgilaridan     biri     insoniylik     sha‘ni,     kadr   –   kimmatidir.
Insonning   kadr – kimmati   uning   mansabi,   kasb – koridan   ko’ra   ham   ko’proq
o’z  kasbini    qanday  bajarishiga,  uning  odobi  va  xulq – atvoriga  bog’liq.
     Bu  fazilat  o’qituvchi  odobida  muallimning  kadr – kimmati,  sha‘ni  deb
ataladi.   U,   avvalo,   o’qituvchidan   o’z   ishining   ustasi,   kamtar   bo’lishni,   shu
bilan   birga   pedagoglar       va   o’quvchilar   jamoasida     o’zini   tuta   bilishni   talab
etadi.
     Muallim  maktab  raxbarlari,  hamkasblari  va  bashqalar  bilan  muomala
–   munosabatida     kibr   –   xavo,     manmanlik     kilmasa,     urinsiz     itoatguylik,
xokisorlik,     laganbardorlik     kilmasa,     uning     o’quvchilar     oldida     obrusi,     kadr   –
kimmati  ortadi.
          O’qituvchi    ma‘naviy    kiyofasida    shunga    uxshash    bir     necha    sifatlar
uchraydi.  Bu  sifatlar  o’qituvchining  kadr – kimmatini  oshiradi.
          Buyuk     mutafakkirlar     o’qituvchining     odob   –   axloqi     haqida.       O’rta
Osiyoda  yashagan  allomalar  yosh  avlodni  o’qitish  va  tarbiyalash,  shuningdek
o’qituvchilik  faoliyati  va  odobiga  doir  ta‘limotlarni  ham  yaratdilar.
         Abu   Nasr   Forobiy   o’z   asarlarida,   har   bir   kishi   jamiyatga,   davlatga
munosib  inson  bo’lishi  uchun  ta‘lim  va  tarbiya  olishi  lozim  deb  xisoblaydi.
Yoshlarga  ta‘lim  va  tarbiya  beradigan  ustoz  shogirdiga  nisbatan  juda   kattik
zugum   qilishga   intilmasligi,   shuningdek,   xaddan   tashkari   ko’p   yon   berishga
ham   intilmasligi   lozim.   Chunki   ortikcha   zugum   shogirdda   ustozga   nisbatan
nafrat     uygotadi,     bordi   –   yu,     shogird     ustozning     juda     yumshokligini     paykab
kolsa,  bu  hol  ustozni  mensimaslikka  va  u  beradigan  bilimdan   sovishga  olib
keladi.
          Musulmon     maktablarida     ishlaydigan     kishilardan     ziyrak,     aklli     va
axloqli     bo’lish     talab     etilgan.     Xalq     aklli     kishilarni     dono     deb     atagan. Forobiyning  ko’rsatishicha,  aklli  kishi – utkir  zexnli,  idrokli,  fazilatli  bo’lishi,
o’zining   qobiliyati   va   idrokini   yaxshi   ishlarga   yunaltirishi,   yomon   ishlardan
o’zini     yaxshi     ishlarga     yunaltirishi,     yomon     ishlardan     o’zini     saklashi     lozim.
Forobiy     «Akl     to’g’risida»gi     risolasida     o’zida     un     ikki     xislatni     birlashtirgan
kishinigina  axloqli  odam  deb  xisoblaydi.
          Abu     Ali     ibn     Sinoning     fikricha,     tarbiya     yagona     jarayon     bo’lib,
yoshlarga  akliy,  jismoniy,  nafosat,  axloqiy  tarbiya  berishni,  xunar  o’rgatishni
nazarda  tutadi.
     Bolaga  ta‘lim – tarbiya  berish  uchun  saxovatli,  dono,  iymonli,  axloqiy
va     akliy     tarbiya     usullarini     yaxshi     biladigan,     irodasi     kuchli     muallim   –
tarbiyachini   tanlash   zarur.   Muallim   soglom,   pok,   xalol,   xushmuomala   kishi
bulmogi  lozim,  deydi.
          Kaykovus.     «Kobusnoma»da     bolalarga     xunar     va     kasb     o’rgatmok
to’g’risida     farzandiga     qilgan     nasixatida     ota   –   onaning     va     muallimlarning
bolaga  muomala – munosabati   masalasiga  ham  tuxtaladi.  Chunonchi,   u   ota –
ona  o’z  bolasiga  ilm  va  axloqiy  fazilatlarni  singdirish  uchun  bolani  muallim
kuli  bilan  jazolashi  mumkinligini  uktiradi.  «O’z  kuling  bilan   muallimlarning
tayogi   bilan   ko’rkutgil,   bolalarga   muallimlar   adab   bermasunlar,   toki   sendan
uglingning  kunglidagina  kolmasun»
         Burxoniddin   Zarnudjiy.   X11   asrning   ikkinchi    yarmida   yashab   ijod
etgan.  O’zining  ko’p  yillik  pedagogik  tajribasini  umumlashtirib,  «O’quvchiga
ta‘lim     yo’lida     qo’llanma»     nomli     pedagogik     asar     yaratdi.     Bu     asar     Shark
mamlakatlarida     ko’p     marta     nashr     etilib,     keng     tarkalgan.     Unda     pedagoglik
kasbi,    o’quvchi    va    muallim     muomala    odobiga    doir     bir    kancha     kasbiy    va
axloqiy  talablar  ifodalangan.
          Muslixiddin     Sa‘diy     She‘roziy   ning     «Guliston»     va     «Buston»     kabi
pedagogik   –   axloqiy     kitoblari     eski     o’zbek     maktablarida     darslik     sifatida
o’qitilgan.     «Guliston»     asarining     «Tarbiyaning     ta‘siri     bayonida»     deb
nomlangan     yettinchi     bobida     tarbiyachilik     faoliyati,     tarbiyashunoslik     ilmi, o’qituvchi   odobining   bir   necha   muxim   qonun – koidalari   qiziqarli   xikoyatlar
shaklida  bayon  etiladi.
          Alisher     Navoiy.     O’qituvchi     jamiyatda     obruyli     va     xurmatga     loyik
insondir,     deb     xisoblaydi.     Shogirdlar     muallimni     xurmat     qilishlarini,
e‘zozlashlarini     uktiradi.     Navoiyning     fikricha,     ba‘zan     bir     kishi     bitta     bolaga
tarbiya     berishga     ojizlik    kiladi.    Muallim     esa     bir    tuda    bolalarga    ilmu    adab
o’rgatadi.     Bu     jarayonda     muallim     ko’p     aziyat     chekadi,     mashakkatlarni
boshidan     kechiradi.     Shuning     uchun     shogirdlar     ustozlari     oldida     umrbod
karzdor  ekanliklarini  xis  etishlari  lozim :  - deb  :
Xak  yulida  kim  senga  bir  harf  o’qitmish  ranj  ila,
   Aylamak  bulmas  ado  oning  xakin  yo’z  ganj  ila.
  Navoiyning     «Maxbub   –   ul   –   kulub»     asarida     o’qituvchi     odobiga     doir
quyidagi    talablar  bayon  etilgan :
Mudarris     ota   –   onasining     mansabi,     boyligiga     qarab     bolaga     muomala
kilmasligi  lozim ;
Muallim     bolalarga     bilgan     narsalarini     o’rgatishi,     bilmagan     ilmlarni
o’rgatishga  urinmasligi  kerak ;
Gerdayish,     manmanlik,     ta‘magarlik,     nodonlik         kabi     illatlar     o’qituvchi
axloqiga  zid  sifatlardir;
Muallim  yaramas  ishlardan,  nopokliklardan  yirok  bo’lishi  kerak;
Xalq  nazarida  olim  xisoblanadigan  mudarrislar  yomon  ishlardan,  fisku –
fasoddan  o’zlarini  tiya  bilishlari  lozim.
Buyuk     mutafakkirlar     bolalarni         axloqli     qilish     uchun     muallim
o’quvchilarning   xissiyotiga   ta‘sir   utkazadigan   vositalardan   foydalanish   kerak,
deb  ko’rsatadilar.  Bunda  badiiy  adabiyot  juda  kul  keladi.  Masalan,  Xadislar,
mazmuni     ifodalangan     she‘rlar,     Alisher     Navoiyning     «Kirk     xadis»i,     Abdulla
Oripovning   «Xaj   daftari»   va   bashqa   kitoblardan   foydalanish   axloqiy   sabok
mashgulotlarini  jonlantiradi,  tarbiyaviy  ta‘sirini  oshiradi.
O’quvchilarni   axloqli,   odobli   qilishda   «Odobnoma»   darslari   muxim   rol
uynaydi. O’qituvchi  o’quvchilarni  odobli  kilib  tarbiyalashda  «Odobnoma»,  «Otalar
so’zi   –   aklning     ko’zi»,     «Ma‘rifatnoma»     ko’rsatuvlaridan     foydalanish     ham
yaxshi  natija  beradi.
Tajribali     o’qituvchi     hamisha     o’quvchilarning     qalbida     nimalar     sodir
bulayotganligini  tushushga  qobiliyati  bilangina  emas,  balki  o’quvchi  bilan  til
topish,     muayyan     o’quvchiga     pedagogik     ta‘sir     ko’rsatishning     okilona
choralarini     o’z     vaqtida     tanlash     qobiliyati,     ya‘ni     pedagoglik     nazokatini
ruyobga     chikarish     qobiliyati     bilan     ham     ajralib     turadi.     Psiholog     olimlar
pedagoglik     nazokati     aslida     psihologik     nazokatdan     bashqa     narsa     emas,     deb
xisoblaydilar.
Pedagogik  nazokat  psihologik  bilimlarni  hamda  ilgaridan  tuplanib  kelgan
xayotiy  va  shaxsiy  tajribalarni  amalda  tadbik  qilishdir.  Pedagogik  nazokat  bu
qandaydir  tugma  xususiyat  emas,  balki  kishida  asta – sekin  shakllanib  boradi :
u   ba‘zilarda   tezrok,   kengrok   va   yaxlitrok   shakllansa,   bashqa   birovlarda   esa
sekinrok,     kamrok     va     kismanrok     shakllanadi.     Bu     kishining     o’z     qalbida
ixtiyoriy   yoki   ixtiyorsiz   ravishda   sodir   bulayotgan   ichki   vokealarni   qanday
xis  qilishini  ko’zata  bilishiga  bog’liqdir.
O’qituvchining     bashqa     kishilarga     nisbatan     extiyotkor     va     tankidiy
munosabati     davri     bulmish     o’rta     va     katta     yoshdagi     o’quvchilar     bilan     olib
boradigan     ta‘lim       va     tarbiyaviy     ishlarida     pedagogik     nazokatning     ahamiyati
ayniksa  kattadir.
Qadimdan     qolgan     nakl     bor   :     kattikkullik     yaxshi,     xushfe‘llik     yanada
yaxshirok,     eng     yaxshisi   –   adolatlilikdir.     Usmirlar     va     katta     yoshdagi
o’quvchilar     bilan     ishlashda     o’qituvchidan     o’quvchi     shaxsiga     nisbatan
kattikkullik   va     talabchanlik    va   ayni    vaqtda,   nazokatli     munosabatda     bo’lish
talab  kilinadi.  Bu  nimalarda  anik  ifodalanadi.
     
3.   Pedagogik   nazokat   me’yori:   ihtisos   sohasidagi   burch,   pedagogik
adolat, ihtisosga doir vijdon izzat-nafs va pedagogik oriyat. Pedagogik   vaziyatlar   tez-tez   o’zgarib   turadigan   sharoitda   o’qituvchining
vazifasi ro’y bergan vaziyatda tez mo’ljal olib, unga to’g’ri baho bera bilish, zarur
tarbiyaviy   ahamiyatga   ega   bo’lgan   to’g’ri   qarorga   kelishdan   iboratdir.   Agar
o’qituvchi bolalarining xatti-harakatlarini to’g’ri idrok etib, baho bera bilsa, ularni
vujudga keltirgan sabablarini chuqur  ko’ra olsagina,  shu bilan birga o’zida sabot,
o’zini   tuta   bilish,   sabr-toqat,   sezgirlik   kabi   fe’l-atvor   xususiyatlarini   rivojlantira
olsagina, yuqoridagi vazifaga erishishi mumkin.
Bu   pedagogik   nazokatga   rioya   qilishning   zarur   shartidir.   Nazokat   me’yor
tuyg’usi yoki odob qoidalariga rioya qilishni bildiradi. Pedagogik nazokat me’yor
tuyg’usi   va   o’z   o’quvchilari   to’g’ri   munosabatga   amal   qilishdir.   Pedagogik
nazokatning   psixologik   asoslari   deb   bir   qolipdagi   fikrlar   (barqaror   tasavvurlar),
ijtimoiy   yo’l-yo’riqlar   va   shaxsiy   hislatlarning   jamini   aytish   mumkin,   ular
o’qituvchining   o’quvchilar   bilan   munosabatlari   dialog   (muloqot)   tarzida   bo’lishi
lozimligini   tushunishi   muhimdir.   Agar   o’qituvchiga   o’quvchilar   bilan
munosabatlarning   ishonch   asosiga   qurilishiga   erishishga   yo’l-yo’riq   bo’lsagina
bunday   muloqot   ro’y   beradi.   Tarbiya   tajribasida   bunday   yo’l-yo’riqni   amalga
oshirish   qiyin   ishdir,   lekin   unga   butunlay   erishish   mumkin.   Pedagogda   bolalar
bilan   o’zaro   ishonch   va   do’stlik   munosabatlari   vujudga   kelgandagina   bunga
erishish mumkin. Bunga shuning uchun ham erishish mumkinki, bolalardagi katta
yoshdagi   do’stga   ega   bo’lish   va   u   bilan   muomala   qilishga   qat’iy   ehtiyoj   mavjud
bo’ladi
Mahorat so’zining lug’aviy ma’nosi haqida gapiradagan bo’lsak – bu ma’lum
ishni   a’lo   darajada   bajarmoqdir.   Mutaxassis   -   murabbiy   mahorati   deganda   esa
chuqur   bilimli,   talabalar   ruhiyatini   yaxshi   biladigan,   o’qituvchilikning   g’ururi,
yuqori   darajada   bo’lgan   insonlar   faoliyati   tushuniladi.   Aslida   bizning   kasbda
mayda ish yo’q. Har bir harakatimiz katta ahamiyatga ega.
Bola   eng  toza,   eng   nafis   va  eng   buyuk  mavjudotdir.  Shuning   uchun    hali   u,
bu yoshda gunoh qilishga ulgurmagan bo’ladi. Hamma narsaga hayrat va hayajon
bilan   boqadi.   U   kattalarni   juda   aqlli,   ishonchli,   ibratli   deb   biladi.   Bola-rostu
yolg’oningizga chippa-chin ishonadi.  Bola shuning uchun ham nafiski, u hali aldovga yo’liqmagan, zarbaga duchor
bo’lmagan-bir   aldov   uning   ming   ishonchini   poymol   qilishi,   bir   zarba   uning
murg’ak dunyoqarashini alg’ov-dalg’ov qilib yuborishi mumkin.
Ayting,  ruhiyatning bolalikda shakllanadigan poydevori ga  darz ketmasin!
Hayoldagi   qalban   nogiron   odamlar   kattalarning   talabalar   ko’nglini   asrab-
avaylab   olmaganining   natijasidir.   Talabalarning   buyukligi   shundaki,   ular   er
kurrasining ertangi sohiblari, kelajak tarihini bituvchilaridir.
Aytingchi, shunday toza, nafis va buyuk zot qoshiga qanday qilib taraddudsiz,
shunchaki   ro’bar o’ y   kelib   bo’ladi?   Bu   bokira   olam g a   bo’ynida     la’nat,   ko’nglida
loqaydlik   bilan   kirish   gunohi   azim-ku!   Bir   noqobil   shifokor   umriga   kushanda
bo’lishi,   n o’ noq     muhandis   muhim     mehanizmni     ishdan     chiqarish i     mumkin.
Noqobil muallim   esa   har gal  o’ttiz nafar  bolaning ma’naviy dunyosini  qorong’i
qilib chiqaveradi.
Haqiqatdan   ham   hayotda   turli   hil   murabbiylarni     uchratamiz.   Ba’zilari
talabalarni   joni dilidan   ortiq sevadi, biroq bilimi sayoz, ba’zilari chuqur bilimga
ega     bo’lsada   talabalar   bilan   muomala   qilishni   bilmaydi,   ba’zilari   o’rta   miyona.
Sanasangiz   nuqsonlar   ko’payaveradi.   Ho’sh,     pedagogik     mahorat   nima     o’zi?   U
hammada   ham   bormi?     Albatta,   mahoratni     hammada   shakllantirish     mumkin.
Buning  uchun  avvalambor    sabr  -  bardosh,  qunt    bilan  o’qish,  o’z  ustida  ishlash,
talabalarning ruhiyatini, ularning rivojlanish  xususiyatlarini chuqur o’rganib, tahlil
qila olish   va yana eng asosiy narsalar talabalarga mehr va   o’qituvchining o’zida
pedagogik g’urur mujassam  bo’lmog’i lozim. 
Demak,     pedagogik   mahorat   bu-o’qituvchining     kasbiy   faoliyati   jarayonida
shaxs sifatidagi xususiyatlarini yuqori darajada tashkil qila olish mahoratidir.
Mutaxassis  -  mura b biyning mahorat i  bir qator komp o nentlardan tarkib topadi.
U pedagogika va psixologiya bo’yicha ilmiy  bilimlarni, ya’ni kasbiy bilimlar,
kasbiy  qobiliyat, pedagogik  etika va pedagogik texnikani o’z ichiga oladi.
O’qituvchilar     mehnat     faoliyati     jarayonida   o’z   ishlarining     chinakam
ustalariga aylanadilar.          O’qituvchilar   bilan bo’lgan   suhbatlaridan   birida: “….
men   o’zimni   bir   oz   bo’lsada,   talantli   pedagog   deb   hisoblamaganman   va hisoblamayman     ham   …       Ammo   men   ko’p   ishladim,   o’zimni   ishga     qobiliyatli
deb   hisobladim    va hisoblayman,    men   ana   shu   mahoratni egallashga   harakat
qildim,   dastlab,   hatto   ishlaganim     ham     yo’q,   ha     shunday     mahorat     bormi   yoki
pedagogik talanti  deb  aytilishi  lozim  bo’lgan   narsa   haqida  gapirish  kerakmi,
deb    o’ylayman.   Ammo     biz   talantlarning   tasodifiy      taqsimlanishiga       bog’lasak
bo’ladimi?   Bizda   bunday   juda   talantli   tarbiyachilar   qani?   Mahorat     haqida,   ya’ni
tarbiyaviy     jarayonni     chindan     ham     bilish   to’g’risidagina,     tarbiyalash     o’quvi
haqidagina  gapirish  lozim. Men o’z tajribamda  masalani ko’nikma  va  malakaga
asoslangan     mahorat     hal   qiladi,   degan     xulosaga     keldim»,  deb   ta’kidlagandi   bir
adib.   Sog’lom     fikr   yurituvchi   har   bir   kishi   mahoratli     tarbiyachi     bo’la     oladi,
mahoratga     tajriba     hamda     fikr     yuritish     orqali         erishiladi,   deb     ishongandi.
Mutaxassis   -   murabbiylik   mahorati   –   bu     avvalo     o’qituvchiga     pedagogik
vaziyatni     ta’lim     tizimi     oldida     turgan       siyosiy   va   pedagogik     vaziyatlarga
muvofiq       tarzda     hal     etish     imkonini   beradigan     kasbiy     bilim,   ko’nikma     va
malakalarni     egallashdir.   Mutaxassis   -   murabbiylik     mahoratining       nazariy   asosi
kasbga  oid bilimlardir. Tarbiyaning birinchi  galdagi vazifalarini  konkret aniqlab,
yuzaga   kelgan    pedagogik vaziyatda pedagogik    bilimlarni  qo’llashni,  tarbiyaviy
ishda   maqsadga   qat’iy   va zo’r g’ayrat   bilan intilish   talab   qilinadi. Bu nimaga
erishmoqchi   bo’lganimizni     bilishimiz     va   buni   hech   qachon     unutmasligimiz
kerak.   Ammo,   pedagogika,     psixologiyaga     doir   bilimlar   konkret     tarbiyaviy
momentlarda yuzaga   keladigan barcha   vazifalarga tayyor   javoblar   berolmaydi.
Mutaxassis  - murabbiyning faoliyati  - ijodiy  faoliyati va aynan  bilimlarini ijodiy
qo’llash,  mohir -  pedagogning  o’ziga  hos xususiyatini  ko’rsatib turadi. 
Pedagogik     nazokat     juda     murakkab     sifat     bo’lib,     quyidagi
komponentlari  / tarkibiy  kismlari  mavjud :
O’quvchini  xurmat  qilish  va  unga  nisbatan  talabchanlik ;
Faoliyatning  hamma  turlarida  o’quvchilarning  mustakilligini  rivojlantirish
va  ularning  ishiga  kat‘iy  pedagogik  raxbarlik  qilish;
O’qituvchining  o’quvchi  psixik  holatiga  nisbatan  dikkat  bilan  qarashi  va
o’quv  mashgulotlarini  bajarayotganida  unga  nisbatan  talablarning  izchilligi. O’quvchilarning     tafakko’r     holida     iroda     aktivligini     rivojlantirish,     o’quv
ishida   ularga   har     tomonlama    yordam     berish,     ularga     nisbatan    mehribon    va
gamxur  bo’lish ;
O’qituvchining  o’quvchilar  bilan  ishlashidagi  sabotliligi  hamda  tarbiyaviy
ta‘sir  ko’rsatishning   xilma – xil  usullarini  ularning   pedagogik  samaradorligini
xisobga  olgan  holda  kullashi ;
O’quvchilarga   ishonish    va   ularning   o’quv   ishlarini    muntazam    ravishda
tekshirib  turish ;
O’qituvchining   o’quvchilar     bilan     munosabatidagi    amaliy   va     emotsional
aloka     boglashning     pedagogik     jixatdan     asoslangan     holda     birga     kushib     olib
borilishi ;
O’quvchilar     bilan     munosabatda     osoyishta     kat‘iylik,     muvozanatlilik     va
nutkning  ifodaliligi.
         Pedagogik   nazokatning   yukorida   ko’rsatib   utilgan   hamma   tomonlari
chuqur   ichki   boglanishga   egadir.   O’qituvchining   o’quvchilarga   munosabatida
bu     xususiyatlarning     har     biri     uning     kundalik     ishlarida,     xatti   –   harakatlarida,
nutkida,  ba‘zan  esa  sharoitlarga  qarab  o’quvchiga  ta‘sir  ko’rsatishning  ayrim
choralarini  kullashdan  o’zini  tutib  qolishda  ham  anik  ifodalanadi.
          O’qituvchi    bashqa    ixtisosdagi    kishilarga    karaganda,    ma‘naviy    boy,
mustaxkam     e‘tikodli,     shuningdek     yuksak     darajadagi     umumiy     madaniyatga
ega,  o’z  ixtisosi  doirasidan  tashkari  ham  ko’p  narsalarni  bilishi  kerak.
          Pedagogik     nazokat     ayrim     tashki     belgilarga     (   ko’z     ifodasi,     tovush
oxangidagi,     mimika     va     xokazolar   )     o’quvchilar     uning     tushuntirishlarini
tushunayotgani    yoki    tushunmayotganligini,     shuningdek   o’quvchilar    xulqidagi
ijobiy  va  salbiy  xususiyatlar  haqida  fikr  yuritishdan  iborat.
         O’qituvchining   mustakil   va   ijodiy   fikr   yuritish   uslubi   uning   amaliy
faoliyatida  o’quv  materialini  ajoyib  kilib,  kungildagidek  bayon  kila  bilishida
namoyon     bo’ladi.       Ijodiy     fikr     yuritish     qobiliyatiga     ega     bo’lgan     o’qituvchi
darslari     hamisha     jonli,     qiziqarli     utadi     va     samarali     bo’ladi,     chunki     u
o’quvchilarning     tafakko’r     faoliyatini     doimo     aktivlashtirib     boradi.     Pedagogik jarayondagi     nazokat     doimo     ta‘limiy   –   tarbiyaviy     maksadlarga     erishishga
karatilgan     bo’ladi.     Shuning     uchun     biror     maksadga     intiluvchanlik     va     o’z
mexnat     samaralarini     oldindan     ko’ra     bilish,     o’quvchilarni     yomon     xatti   –
harakatlardan     ogoxlantirib     qo’yish,     ta‘lim     va     tarbiyadagi     o’zini     oklamagan
usullarni  o’z  vaqtida  o’zgartirish  o’qituvchining  obrusini  oshiradi.
   Pedagoglik  faoliyati  o’qituvchidan  yuksak  darajada  rivojlangan  irodaviy
sifatlarni – o’quvchilarga  nisbatan  talab  qo’yishda  kat‘iylik  va  izchillik,  o’zini
tuta   bilish,   sabotlilik,   chidamlilikni   talab   kiladi.   Irodasi   bush   o’qituvchining
o’quvchilar  oldida  obrusi  bulmaydi.  Uning  darslarida  intizom  yomon  bo’ladi.
Darsdan  tashkari  ishlarni  tashkil  kila  olmaydi.  O’qituvchini  o’quvchilar  bilan
munosabatida    o’zini    tuta   bilishi,   achchigi    chikkanligini,   xursandchiligini    va
bashqa     xis   –   tuygularini     o’quvchilarga     sezdirmasligi   zarur.     O’qituvchi     kerak
bo’lgan     holda     bolalar     bilan     kulishmogi,     ammo     o’quvchi     yomon     harakat
qilgan     takdirda     esa     o’zining     unga     nisbatan     bo’lgan     nafratini     ham     yo’z
mimikalari  va  pantomimikalar  orkali  ruyobga  chikarmogi  darkor.
      Xulosa     kilib     aytganda,     o’qituvchida     eng     yaxshi     xususiyatlarning
rivojlanishini  ta‘minlaydigan  asosiy  shartlardan  biri  uning  o’z  ustida  ishlashi,
tinmay     malakasini     oshirib     borishidir.     Pedagogika,     pedagogik     mahorat,
psihologiya,     etika     o’qituvchi     odobi     kabi     fanlarni     chuqur     o’rganish
o’qituvchiga     o’z     yutuk     va     kamchiliklarini     anglab     yetishda     katta     yordam
beradi.
Pedagog   o’quvchilar   oldida   nihoyatda   odobli   xatti-harakatlarni   qilishi,
noto’g’ri   harakatlardan   saqlanishi   lozim,   aks   holda   o’qituvchi   hurmati   keta
boshlaydi.
Pedagogik   nazokat   me’yor   tuyg’usi   o’z   o’quvchilari   bilan   to’g’ri
munosabatda amal qilishdir.
Pedagogik   nazokatning   asoslari   deb,   bir   qolipdagi   fikrlar   (barqaror
tasavvurlar) ijtimoiy yo’l-yo’riqlar va shaxsiy hislatlar jamini aytish mumkin, ular
o’qituvchining   o’quvchilar   bilan   muomalasi   sohasidagi   xulq-atvorini   belgilab beradi.   O’qituvchining   pedagogik   nazokatini   mazmuni   va   uni   namoyon   bo’lishi
shakllarini belgilab beradigan ayrim ijtimoiy yo’l-yo’riqlarini ko’rib chiqamiz.
O’qituvchini  o’z o’quvchilari  bilan munosabatlarini  (dialog)  muloqot  tarzida
bo’lishini tushunishi lozim, ya’ni muhimdir.
Agarda   o’qituvchilar   o’quvchilar   bilan   munosabatlari   ishonch   asosida
qurilgan bo’lsa, bunday muloqot ijobiy ro’y beradi.
Pedagogik   nazokatni   vazifasi   agar   bolalar   bilan   o’qituvchi   o’rtasida   ishonch
munosabatlari   o’rnatilgan   bo’lsa,   ular   hayotni   og’ir   damlarida   uning   huzuriga
yordam   so’rab   keladilar,   o’z   quvonchlari   bilan   baham   ko’radilar.   Pedagogik
nazokat   me’yorda   bo’lgani   yaxshi,   chunki   har   bir   ishni   o’z   me’yori   bor,   ana   shu
me’yor   bo’lganda   u   ish   nazokatli   namoyon   bo’ladi.   Agarda   haddan   tashqari
chegaradan   chiqib   ketsa,   zerikishlar   paydo   bo’ladi,   ishonchsizlik   yuzaga   kela
boshlaydi. 
Pedagogda adolat bo’lishi, bolani o’qituvchiga bo’lgan ishonch-muhabbatiga
olib   keladi.   Albatta,   pedagogda   vijdon   bo’lishi   kerak.   Pedagog   hech   qachon   o’z
fikrini   o’quvchilarga   majburan   o’rgatishiga   va   majburan   javob   olishga   harakat
qilmasligi   kerak,   aks   holda   o’quvchi   o’qituvchi   o’rtasidagi   munosabatlar
keskinlasha   boshlaydi,   adolat   buzila   boshlaydi.   Izzat-nafsni   boy   bermaslik   kerak.
Pedagog   oraliq   bo’lishi   eng   muhimdir.   Pedagog   o’quvchilar   bilan   bo’ladigan
barcha munosabatlar adolatli vijdonan hal qilinishi lozim, tushunmovchiliklar sodir
etilgan paytda ularni ijobiy hal etishga harakat qilmog’i zarurdir.
Bir   qolipdagi   fikrlar   umuman   pedagogik   faoliyatda   va   xususan   o’quvchilar
bilan   munosabatlar   sohasida   ijobiy   rol   o’ynashi   mumkin.   Ular   pedagogning
g’ayratini tejaydi, ancha tez pedagogik ta’sir etishga yordamlashadi.
O’qituvchida pedagogik nufuz bo’lishi o’quvchilarni estetik didini o’stirishga
sayqal   beradi.   O’qituvchida   nazokat   bo’lishi,   o’quvchilarni   bir-biriga   sadoqatga
odobli  bo’lishga,  shirinsuhanlikka boshlaydi.  Mutafakkirlarni  aytishicha,  pedagog
bolalar   va   ayniqsa   katta   yoshdagi   o’smirlar   o’rtasidagi   ziddiyatlarga   juda
ehtiyotkorlik   bilan   aralashish   lozim.   SHuningdek   ziddiyatlarni   shunday   sohasi
borki, unda pedagoglarning aralashuvi nihoyatda cheklangan bo’lishi lozim. Ba’zi   bir   ziddiyatlar   ham   butun   bir   jamoada   muhokama   qilish   o’z
natijasinibermasligi   mumkin,   bunday   vaziyatlarda   yirik   pedagoglar   fikri   va
mulohalari   bilan   maslahatlashgan   holatda   amalga   oshirilma   foydadan   holi
bo’lmaydi.   O’qituvchilarning   muhim   ijobiy   yo’l-yo’riqlaridan   biri   dilkashlikdir.
An’anaviy   dilkashlik   yoki   odamlarga   aralashmaslik   shaxsining   o’ziga   hos
xususiyatlari   deb   qaraladi,   bu   butunlay   qonuniy   holdir.   Lekin   bunday   yondashuv
bir   tomonlamadir.   U   dilkashlik   odamlarga   aralashmaslik   shaxsni   o’ziga   hos
xususiyatlari   bo’libgina   qolmay   shu   bilan   birga   odamni   u   yoki   vaziyatdagi
muayyan   xulq-atvori   hamdir.   Shaxsning   xususiyati   bo’lgan   dilkashlikni
atrofdagilar bilan barqaror, kuchli rivojlangan, aloqalarga intilish sifatida ta’riflash
mumkin, bu intilish odamlar bilan tez aloqa o’rnatishni birga qo’shib olib boradi.
Dilkashlik   va   odamga   aralashmaslik   shaxsni   xususiyatlari   sifatida   qarab
chiqish ekstra va intraversiya tushunchalari bilan bog’liq ravishda samarali bo’ladi.
Ekstrovert   –   shaxslarga   umumiy   faollik,   osoyishtalik,   ta’sirlarga   moyillik
hosdir.
Introvert   –   ichki   olamga   berilgan   odamlar   aralashmaydigan,   o’z-o’zini
nazorat qilishga, refleksga ichki havotirlikka moyil bo’ladi.
Dilkashlik – ko’proq ekstravert tiplariga oiddir.
Introvert tiplariga odamlarga aralashmaydiganlar kiradi.
4. O‘qituvchi nazokatida dilkashlik va pedagogik takt
Pedagogikada   axloq   va   odobning   muhim   xususiyatlaridan   biri   bo‘l-mish
dilkashlik   insonning   atrofdagi   odamlar   bilan   barqaror,   yaqin   muno-sabatda
bo‘lishga   intilishi   deb   ta’riflanadi.   Bu   intilish   o‘qituvchining   o‘quvchilar   va
atrofidagi   kishilar   bilan   tez   aloqa   o‘rnata   olishi   va   belgi-langan   maqsadga
erishishini ta’minlaydi. Albatta bu jarayon birdaniga sodir bo‘lmaydi, ayniqsa yosh
o‘qituvchilardan   psixologik   bilim,   kishilar   bilan   muloqotda   xushmuomalalik,
ehtiyotkorlik   talab   qilinadi.   Psixo-loglar   o‘qituvchilarning   dilkashlik   xususiyati
ikki toifadagi odamlar xarakterida mujassamlashgan deb ta’kidlaydilar:  Birinchisi,   ekstravert   shaxslar:   Ular   barcha   ishlarda   faol,   jiddiy   va   vazmin,
osoyishtalikka va tashqi ta’sirchanlikka moyil kishilardir. 
Ikkinchisi,   introvert   shaxslar:   Ular   faqat   o‘z   ichki   olamiga   beriluv-chan,
atrofidagi   odamlarga   aralashmaydigan,   o‘z-o‘zini   nazorat   qilishga,   doimo   ichki
xavotirga moyil kishilardir. 
Pedagog   olimlar   o‘qituvchining   dilkashligi   ekstravert   yoki   introvert
xususiyatlarga   ega   bo‘lgan   shaxslar   xarakterining   birlashuvida   paydo   bo‘lishini
ta’kidlaydilar. Biroq,   ko‘pincha, pedagogikada ekstravert tipdagi shaxslar dilkash
insonlar   sifatida   e’tirof   etilganlar.   O‘qituvchida   ushbu   hislatlarning   mavjudligi,
uning   pedagogik   nazokat   qoidalariga   rioya   qilib   dilkashlik   xususiyatlarini
rivojlantirishi pedagogik mahorat sirlarini takomillashtirish zamini va shartidir. 
Dilkashlik   munosabatini   doimiy   ravishda   o‘z   kasbiy   faoliyatida
mujassamlashtirgan o‘qituvchi quyidagilarni unutmasligi kerak: 
  sinf   jamoasiga   nisbatan   bir   qolipdagi   fikrlarning   muayyan   tizimiga   ega
bo‘lishi; 
  o‘quvchilar   bilan   doimo   erkin   muloqot   qila   olishi,   har   bir   o‘quv-chiga
individual shaxs sifatida yondashishi; 
  birorta   ham   o‘quvchisining   yomon   bo‘lishiga,   ularning   hurmat   e’tiborini
qozonmasligi mumkin emasligiga ishonch hosil qilishi; 
 biror o‘quvchiga nisbatan ishonchsizlik, salbiy munosabat sinf ja-moasi bilan
o‘zaro yaxshi munosabatni yo‘lga qo‘yilishiga xalaqit qili-shini bilishi; 
  o‘quvchilar   bilan   muloqotda   haddan   tashqari   masofani   (subardi-natsiya)
saqlash mumkin emasligi; 
 sinf jamoasida sodir bo‘ladigan kulgili vaziyatlarda o‘qituvchining o‘ta jiddiy
va   qat’iy   bo‘lishi   jamoadagi   qaltis   ahvolni   murakkablashtirib   yuborishini
unutmasligi; 
  har bir o‘quvchiga beriladigan xolisona va adolatli baho (ijobiy yoki salbiy)
o‘qituvchi   va   o‘quvchi   orasidagi   munosabatni   mustahkam-laydigan   ko‘prik
ekanligini unutmaslik.  O‘qituvchining   kasbiy   pedagogik   faoliyatida   dilkashlik   fazilati   o‘quvchilar
jamoasi   bilan   qizg‘in,   muvaffaqiyatli   muloqotga   kirishib   ketishida   namoyon
bo‘ladi.   Avvalo,   o‘qituvchi   o‘zining   kasbiy-pedago-gik   dilkashlik   fazilati   haqida
va   uning   nima   ekanligini   va   tarkibiy   qism-lari   nimalardan   iboratligi   to‘g‘risida
aniq ma’lumotga ega  bo‘lishi  lozim. Shu bilan birga, o‘qituvchi  o‘zining kasbiga
xos   bo‘lgan   shaxsiy   fazi-latlari   nuqtai   nazaridan   e’tibor   berib,   dilkashlikning
qanday   jihatlarini   o‘zida   shakllantirish   lozimligini   aniqlashi   va   o‘z-o‘zida
kommunikativ hislatlarni tarbiyalashning shaxsiy rejasini tuzishi kerak. 
Pedagogik   kommunikatsiyaning   o‘qituvchi   kasbiy   faoliyatidagi   ahamiyati
shundan   iboratki,   unda   o‘qituvchining   yuksak   kommunikativ   madaniyati   qay
darajada ekanligi namoyon bo‘ladi. O‘qituvchining kommunikativ madaniyati o‘z
navbatida   turli   pedagogik   vaziyatlarda   paydo   bo‘ladigan   oddiy   insoniy   dilkashlik
xususiyatiga tayanadi. Har birimizda, o‘z shaxsiy muloqotimizning va o‘zgalarning
biz   bilan   olib   boradigan   shirin   xushmuomalali   muloqotidan   ko‘plab   ajoyib
taassurotlar   xotiramizda   saqlanadi.   O‘zaro   muomalada   dilkashlik   fazilatlarini
namoyish   etadigan   ko‘plab   pedagog   ustozlarni   bilamiz.   Ular   har   qanday
vaziyatlarda   kishilar   bilan   bemalol   muloqotga   kirishib   keta   oladilar.   Biroq,
muloqotda butun suhbat jarayonini faqat o‘ziga qaratib, kommu-nikatsiyaning qoq
markazida   faoliyat   ko‘rsatishni   istovchi   o‘qituvchilar   ham   bor.   Hayotda   yana
shunday   o‘qituvchilar   uchraydiki,   ular   muloqotda  kamgap,   suhbatda   istar-istamas
ishtirok   etishadi,   mutlaqo   faol   kommu-nikativ   rolni   bajarishmaydi.   Faqat
kommunikativ   xulqi   bilan   suhbat-doshini   qo‘llab   turadi.   Ba’zan   hech   kim   bilan
umuman   muloqotga   kirisha   olmaydigan   tund   toifali   o‘qituvchilar   ham   uchraydi.
Ammo,   pedagogik   faoliyatda   muloqotdagi   xushmuomalalilik   nafaqat   insoniy
fazilat   sifatida,   balki   o‘qituvchilik   kasbini   tanlagan   har   bir   kishining   kasbidagi
yuksak   shaxsiy   fazilati   sifatida   namoyon   bo‘ladi.   Xushmuomalalilik,   Sharq
mutafakkirlari   ijodida   yuksak   odob   namunasi   sifatida   tasvirlangan.   Dilkashlik,
o‘qituvchi   uchun   ajoyib   bezak   hisoblanadi   va   muosharat   odobi   sifatida   talqin
qilinib, o‘quvchilar ongiga singdirilgan.  O‘qituvchining   xushmuomalaligi   va   dilkashligi   o‘zida   butun   bir   glo-bal
insonparvarlik   jarayonini   qamrab   oluvchi,   ko‘plab   tarkibiy   qism-lardan   iborat
bo‘lgan   ajoyib   fazilatlaridan   biridir.   O‘z   pedagogik   kas-bidan   voz   kechgan   sobiq
o‘qituvchilar   bilan   suhbat   jarayonida   shu   narsa   ma’lum   bo‘ldiki,   ularning
ko‘pchiligi   qo‘pol,   muloqotda   nazokatsiz   kishilar.   Odamlar   bilan   muloqotga
kirishish, ular uchun qiziqarli emas. Shu sababli o‘qituvchi sifatida kasbiy hislatlari
ham   shakllanmagan.   Muloqot   jarayoni   –   doimiy,   uzoq   vaqt   davomida
shakllanuvchi,   keng   qamrovli   jarayon.   Zero,   shuning   uchun   pedagogik   faoliyat   –
muomalada qo‘pol, nazokatsiz o‘qituvchilarni charchatadi, ish jarayoni uning g‘a-
shiga va asabiga tegadi, ta’lim muassasasidagi faoliyatiga putur etkazadi. 
Xushmuomalalilik   va   dilkashlik   shaxsning   insoniy   fazilati   sifatida
o‘qituvchilarning   ham   kasbiy   faoliyatidagi   yuksak   fazilatlaridan   biriga   aylanib,
o‘qituvchining   pedagogik   muloqoti   unumdorligini   ta’minlaydi.   Pedagogika   oliy
ta’lim   muassasalarida   bo‘lajak   o‘qituvchilarni   kasbga   yo‘naltirishda,
xushmuomalalilik   va   dilkashlikni   shakllantirish   uchun   maxsus   tayyorgarlikdan
o‘tishni   taqozo   etadi.   O‘qituvchining   dilkashligi   –   uchta   tarkibiy   qismni
birlashtiruvchi jarayondir: 
 muloqotda zaruriyatning mavjudligi; 
 muloqotdan keyin, muloqot paytida, muloqotgacha yaxshi kay-fiyat; 
 kommunikativ ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish. 
Ushbu   ta’rifda   muloqotning   o‘qituvchi   kasbiy   faoliyatidagi   ijodiy   jihatlari
ko‘rsatilgan.   Biroq,  muloqot  uchun  zaruriyat   hamisha   mavjudligi  –  umuminsoniy
xususiyat bo‘lib, u barcha kasb egalariga taalluqlidir. 
Rus   olimi   A.V.Mudrik   o‘z   ilmiy   tadqiqotlarida   o‘qituvchining   xush-
muomalalilik bilan muloqotga kirishishi va unga ko‘nikma hosil qilishga nisbatan
qobiliyatini aniqlaydigan quyidagi mezonlarni ajratib ko‘rsatadi: 
 inson tafakkurining o‘ziga xos xususiyatlarga muvofiqligi; 
 notiqlik san’atini mukammal egallaganlik yoki nutqda erkinlik; 
 xushmuomalalilik va shirinsuxanlik; 
 empatiya va o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan o‘tkir zehnga ega bo‘lish;   ma’lum bir maqsadga qaratilgan aniq ijtimoiy munosabat (masa-lan, muloqot
jarayonining natijalariga emas, balki o‘ziga nisbatan qizi-quvchanlik); 
 kommunikativ mahoratda – vaqtni, suhbatdosh ichki dunyosini, munosabatni,
vaziyatni aniq mo‘ljalga olish. 
Ushbu   nuqtai   nazardan   ta’kidlash   joizki,   o‘qituvchining   kasbiy   faoli-yatida
mavjud   bo‘lgan   pedagogik   dilkashlik   ham   o‘ziga   xos   mazmunga   ega   va   uning
quyidagi tarkibiy qismlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: 
  ta’lim  va tarbiyaning turli  sharoitlarida o‘quvchilar bilan doimiy muloqotda
bo‘lish uchun barqaror zaruriyatning mavjudligi; 
  o‘qituvchining   shaxsiy   va   kasbiy   jihatdan   dilkashlik   va   xushmu-omalalik
fazilatlarini namoyon qilishda uzviylikning doimiyligi; 
  dilkashlik va xushmuomalalikning barcha bosqichlarida ruhiy xo-tirjamlikni
his etish; 
  muloqotning   samaradorligi   va   pedagogik   faoliyatning   turli   tarkibiy
qismlariga ijobiy ta’sir etishi; 
  pedagogik   kommunikatsiya   jarayonini   amalga   oshirishda   qobi-liyatning
mavjudligi; 
  o‘qituvchining   pedagogik   kommunikativ   ko‘nikma   va   malakalarni   doimiy
egallab borishi. 
Hozirgi   kunda   ta’lim-tarbiyaning   insonparvar,   demokratik   xarak-terda
ekanligi, o‘quvchilarni erkin, mustaqil fikr yuritishga va ongli intizomga o‘rgatish,
intellektual   va   ma’naviy-axloqiy   jihatdan   tarbiya-lash,   o‘qituvchidan   chuqur
bilimga, kasbiy malaka va ko‘nikmalarga, yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishni
talab   qiladi.   Shu   jihatdan   o‘qituvchining   o‘quvchilar   bilan   munosabatida
“Pedagogik takt” muhim pedagogik qobiliyat sifatida e’tirof etiladi. 
Takt so‘zi azaldan pedagogikada tarbiyaviy ta’sir etish ma’nosini bildiradi va
o‘quvchilar   bilan   o‘zaro   munosabatni   boshqarishga   yordam   beruvchi   axloqiy
kategoriya   sifatida   ta’riflanadi.   O‘quvchilar   bilan   mulo-qot   jarayonida   ro‘y
beradigan   eng   og‘ir   vaziyatlarda   ham   pedagogik   takt   o‘qituvchidan   mutlaqo
bosiqlikni, suhbatdoshiga nisbatan hurmat va ehtiromni talab qiladi.  Pedagogik takt – o‘qituvchi kasbiy mahoratining asosi bo‘lib, o‘quv-chilarga
barcha   demokratik   talablar   asosida   pedagogik   ta’sir   o‘tkazish,   muloqotni
insonparvarlik   tuyg‘ulari   asosida   o‘rnatish   o‘lchovi,   o‘quv-chilarda   mustaqil   fikr
yuritishni   hamda   ongli   intizomni   tarkib   toptirish   ko‘nikmalarini   hosil   qilish
shaklidir.   Pedagogikada   o‘qituvchining   o‘quvchilar   bilan   munosabati   ularning
yosh   xususiyatlariga   qarab   belgi-lanishi   va   bu   qonuniyatga   amal   qilinishi   qat’iy
talab   qilinadi.   Shunday   ekan,   o‘qituvchi   ta’lim–tarbiya   jarayonida   hali   to‘liq
shakllanmagan, ta’sirlarga  va ruhiy kechinmalarga tez beriluvchi,  ota–onasining
sevimli farzandi bo‘lgan murg‘ak qalb egalari bilan muloqot qilayotganligini aslo
unutmasligi kerak. 
O‘quvchilar   bilan   muloqotda   pedagogik   taktga   zid   bo‘lgan   qo‘pollik,
adolatsizlik,   qo‘rqitish,   haqorat,   mensimaslik,   pedagogikaga   zid   bo‘lgan   jazolash
usullarini   qo‘llash   va   boshqa   ular   shaxsiga   salbiy   ta’sir   qiladigan   turli   jargon
so‘zlar   ishlatish   o‘quvchilar   qalbini   umuman   tuzalmaydigan   darajada   jarohatlab
qo‘yishi,   yoki   o‘qituvchining   obro‘siga   putur   etka-zishi   mumkin.   O‘qituvchi   va
o‘quvchi   o‘rtasidagi   bunday   qarama-qarshi-liklar,   ko‘pincha,   dars   va   darsdan
tashqari   jarayonlarda   sodir   bo‘ladi.   Bunda   ayniqsa   yosh   o‘qituvchilarning
pedagogik takt sirlarini bilmasligi, tajribasizligi pand beradi. 
O‘qituvchining   taktik   mahorati   birdaniga   shakllanib   qolmaydi,   u   yillar
davomida   pedagogik   faoliyatda,   ustozlar   tajribasini   o‘rganishda,   dars   jarayonida,
sinfdan   tashqari   faoliyatda   va   tarbiyaviy   soatlarda   o‘quvchilar   bilan   muloqotda
takomillashib   boradi.   Dars   jarayonida   peda-gogik   mahoratning   asosi   bo‘lmish
pedagogik taktga ega bo‘lish o‘qi-tuvchi uchun juda zarurdir. 153 
Pedagogik nazokatning uzluksizligini ta’minlovchi omillar: 
  pedagogik   nazokat   o‘qituvchining   butun   pedagogik   faoliyatida   sayqallanib
takomillashib boruvchi jarayon 
 pedagogik nazokat odatda tugallangan shaklga ega bo‘lmay, insoniy fazilatlar
evaziga uzluksiz boyib boradi 
  o‘qituvchi   pedagogik   nazokatning   tarkibiy   qismlarini   ijtimoiy   muhitga   va
odamlarning yashash tarziga, urf-odatiga qarab o‘zgartirishi mumkin;   o‘qituvchi pedagogik nazokatning nozik qirralarini chuqur egallashga doimo
intilishi talab etiladi 
  pedagogik   nazokatni   o‘qituvchi   har   bir   o‘quvchi   bilan   o‘zaro   munosabatda
o‘zi uchun eng qulay shaklga keltirib, ma’lum bir muvozanatda saqlaydi 
  o‘z   kasbini   sidqidildan   sevishi,   halolligi,   rostgo‘yligi,   axloqiy   pokligi,
odamiyligi,   kamtarligi,   samimiy   muomalasi   pedagogik   nazokatning   zarur
talablaridir 
  pedagogik   nazokat   asosida   o‘qituvchining   mehribonligida   tarbiyada
talabchanlik va qattiqqo‘llik hislatlari mujassamlashgan bo‘ladi 
  pedagogik nazokat asosida o‘qituvchi pedagogik odob va axloq normalarini
o‘zining dunyoqarashi va axloqiy tajribasi bilan boyitib boradi.
O‘qituvchi   pedagogik   nazokatga   ta’lim   va   tarbiya   jarayonidagi   har   bir
vaziyatga   adolatli   baho   berishi,   o‘quvchilarning   xatti-harakatini   to‘g‘-ri   idrok
etishi, sabot va matonat, o‘zini tuta bilish, sabr-toqat, sezgirlik, vijdon, oriyat kabi
xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirishi bilan erisha-di. Pedagogik faoliyatda o‘z
kasbini sevgan o‘qituvchigina butun kuch g‘ayratini, qalb nuri va dil haroratini shu
ishga bag‘ishlaydi va o‘z fao-liyatida yaxshi natijalarga erishadi. Bolalarni sevish,
ularga   mehr-muhab-batli   bo‘lish   o‘qituvchi   axloqiy   qiyofasini   namoyon   etuvchi
muhim fazi-latlardir. 
O‘qituvchi deyarli har kuni o‘quvchilar bilan uchrashadi, savol-ja-vob qiladi,
ularning yaxshi  xulq va ezgu ishlarini ma’qullaydi, bilimlarini baholaydi, nojo‘ya
xatti-harakatlari   uchun   tanbeh   berib,   lozim   bo‘lganda   tarbiyaviy   metodlarni
qo‘llaydi. 
Pedagogik nazokat doimiy izlanishni, ijodkorlikni talab qiladi. Doi-miy ijodiy
izlanishda bo‘lgan o‘qituvchi tadqiqotchilik ko‘nikma va malakalariga ega bo‘ladi,
ilm-fan   muammolari,   tarbiya   etikasi   va   psixo-logiyasi   yuzasidan   erkin   fikr   yurita
oladi. 
O‘qituvchi   o‘quvchilarning   kattalar   bilan   muloqotga   kirishish   tizimi-ga
ma’lum darajada kirib borib, ularning ichki qoidalarini o‘rganishga harakat qilishi
kerak.   Bu   narsa   o‘quvchilar   bilan   suhbatlashish   orqali,   fe’l-atvorini   o‘rganish, tengdoshlari   va   kattalar   bilan   munosabatlarini   kuzatish,   o‘quvchilar   hayotidagi
turli   voqealar   va   muammolarni   birgalikda   tahlil   qilish,   ular   muhitida   ro‘y
berayotgan   hodisalarga   nisbatan   fikr-mulo-hazalarini   bilish   asosida   amalga
oshiriladi.   Bunda   u   o‘quvchilar   jamoasida   ro‘y   berib   turadigan,   tashqi   tomondan
kuzatganda   aslo   bilib   bo‘lmaydigan   yashirin   hodisalar   va   voqealarni   o‘rganish
imkoniyatiga   ega   bo‘ladi.   Natijada   o‘qituvchi   ta’lim-tarbiyaviy   jarayonda   o‘z
oldida turgan vazi-falarni hal etishda o‘quvchilarning o‘zlarini ham jalb qila oladi. 
Ijobiy   natijalarga   erishish   uchun,   o‘qituvchi   o‘quvchilarning   ishonchini
qozona olishi shart. Yosh o‘quvchi “do‘st”lar ishonchini qozonish yoki ishonchiga
kirishi   uchun   o‘qituvchi   pedagogik   nazokat   imkoni-yatlarini   o‘z   o‘rnida   qo‘llay
olishi   lozim.   O‘zaro   ishonch   munosabatlari   o‘rnatilgach,   o‘quvchilar   og‘ir
damlarda   o‘qituvchidan   yordam   so‘rab   murojaat   qiladilar,   o‘z   mulohazalarini   u
bilan   baham   ko‘radilar.   O‘zaro   ishonch   norasmiy   munosabatlarda   ham
o‘qituvchiga o‘quvchilarning ba’-zan anglab bo‘lmaydigan ichki dunyosini ko‘rish
imkoniyatini   beradi.   O‘quvchilar   bilan   munosabatlarda   pedagogik   nazokatni
qo‘llash nati-jasida: 
  o‘qituvchi   o‘quvchilarning   xarakterini,   ichki   dunyosini   yaxshi   bi-lib   oladi,
o‘quvchilar   bilan   munosabatda   do‘stona   muloqot   qilish   imko-niyatlari   paydo
bo‘ladi; 
 o‘qituvchi o‘quvchilar bilan chin ko‘ngildan bir-biriga yaqin bo‘-ladi, ba’zan
eshitmasligi kerak bo‘lgan o‘quvchilarning o‘zaro sirli gap-larini eshitmasdan o‘tib
ketishi mumkin, negaki o‘zgalar gapini tinglash odobsizlikdir; 
 o‘qituvchi ba’zan o‘quvchilar jamoasining kundalik ishlariga ara-lashmasligi,
jamoada   ro‘y   beradigan   ba’zi   ko‘ngilsiz   hodisalarni   ijobiy   hal   etishni   jamoa
faollari zimmasiga havola etishi mumkin. 
Bularning hammasi o‘qituvchining o‘quvchilar bilan bo‘ladigan ixti-loflariga,
kelishmovchilik va ziddiyatlariga barham beradi. 
Mamlakatimizda har qanday kasb egasi avvalo odob va axloq namu-nalariga
ega   bo‘lishi   tabiiy,   lekin   pedagogik   nazokat   va   odoblilik   mut-laqo   o‘zgacha
harakatni va muomalani talab qiladigan o‘qituvchilar uchun chinakam mahoratdir. Chunki   bu   hislatlar   faqatgina   pedagogik   qobiliyat   va   iste’dodga   ega   bo‘lgan
o‘qituvchida yillar davomida shakllanadi. 
O‘tkazilgan   o‘z-o‘zini   kuzatish   asosida,   o‘zingiz   uchun   dilkashlik
xususiyatlarini kasbiy fazilat sifatida ahamiyatini aniqlang, shunda siz o‘quvchilar
bilan muloqot jarayonida pedagogik faoliyatingizdagi asosiy kamchiliklardan kelib
chiqqan   holda   o‘zingiz   uchun   “Kommunikativ   jihatdan   o‘z-o‘zini
tarbiyalashning   individual-tipologik   dasturi” ni   tuzishingiz   mumkin.   Ushbu
dastur   –   kasbiy   fazilat   sifatida   o‘qituvchida   dilkashlik   va   xushmuomalalikni
rivojlantirish   dasturi   (o‘quvchilar   bilan   muloqotga   kirishish   darajasi   past
bo‘lganida)   bo‘la   oladi   hamda   o‘quvchilar   bilan   muloqotda   salbiy   ko‘rinishlarni
bartaraf   etish   (siqiqlik,   tortinchoqlik,   keskinlik   va   hokazo),   kasbiy-kommunikativ
ko‘nikma   va   malakalarni   qisqa   muddatda   shakllantirishga   zamin   yaratadi.
Kommunikativ jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalash tizimi individual, berilgan tavsiyalar
inobatga   olingan   holda   ishlab   chiqilgan   bo‘lishi   kerak.   Tabiiyki,   muloqotga   oid
ko‘p   narsalarni   har   qanday   o‘qituvchi   o‘zining   shunchaki   sog‘lom   tafakkuri   va
tajribasi bilan ishlab chiqishi mumkin. Masalan, boshqalar bilan muloqotda tabiiy
noqulaylikni his qiladigan odamlar, bunday muloqotdan keyin o‘z tajribasini ongli
ravishda   ort-tirishi,   psixologik   to‘siqlarni   ma’lum   bir   maqsadni   ko‘zlab   bartaraf
etishi   lozim.   Buning   uchun   yosh   o‘qituvchi   turli   seminarlarda,   yig‘ilishlarda,
o‘qituvchilar   davrasida   ko‘proq   chiqish   qilishga   intilishi,   hamkasblari   va   kishilar
bilan   muloqot   qilishning   har   bir   imkoniyatidan   foydalanishi   kerak.   Masalan,
birorta   muammo   haqida   bir   nechta   hamkasblaringiz   bilan   gaplashish   vazifasini
qo‘ying.   Yoshi   ulug‘,   tajribali   o‘qituvchilarga   o‘zingizni   qiziqtirgan   muammoli
savollar   bilan   murojaat   qiling,   do‘kon   sotuvchisining   xaridorlar   bilan
muomalasidagi   hatti   -   harakatini   sharhlab   bering   va   hokazo.   Ko‘chada
yo‘lovchining   savoliga   javob   berganingizda,   u   bundan   qoniqish   hosil   qilganini
tushunishga  harakat   qiling. Har  safar   darsga  tayyorgarlik  ko‘rib, yangi   materialni
tushutirishda   nafaqat   pedagogik   vositalar   va   metodlarni   qanday   qo‘llashni,   balki
sinf   jamoasi   bilan   qanday   muloqotga   kirishish   haqidagi   fikr   xayolingizni   band
qilsin. O‘quvchilar bilan maktabdan tashqari ta’lim va tarbiya jarayonida muloqot qilish   haqida   o‘ylang.   Sizga   ajoyib   taassurot   qoldirgan,   yaxshi   kayfiyat
bag‘ishlagan   muloqotdagi   vaziyatlarni   aslo   unutmang.   O‘quv-chilar   bilan
muloqotdagi   ba’zi   muvaffaqiyatsizliklarni   tahlil   qilishga   urining.   Xatolaringizni
tan   oling   va   ko‘ra   biling,   sizga   qoniqish   bag‘ish-lashi   uchun   navbatdagi
muloqotlarni qanday tashkil qilishni o‘ylang. 
Sizga   muloqotda   noloyiq   inson   ekanligingizni   aytishsa,   aslo   ruhiy
tushkunlikka   tushmang.   Xulqingiz,   xatti-harakatlaringiz,   hayot   va   ish   tajribangiz
bilan   shaxsiy   xususiyatlaringiz   buning   aksi   ekanligiga,   muloqotda   dilkashlik   va
xushmuomalalilik   fazilatlari   sizda   mavjudligiga   o‘zingizni   ishontirishga   harakat
qiling. Tajribalar asosida  o‘z kasbiy  holatingiz ustida tinimsiz ishlash, muloqotda
dilkashlikni   kasbiy   jihatdan   ahamiyatli   xususiyatlarini   rivojlantirish,
kommunikativ   qobiliyatlarni   takomillashtirish,   pedagogik   kasbiy   ko‘nikma   va
malakalarni   shakllan-tirishda   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Agarda   ta’lim   va
tarbiyadan   ko‘z-langan   maqsad   shaxsning   shaxsga   ijobiy   ta’siri   ekan,   demak,
aynan o‘quvchilar bilan o‘zaro hamkorlik sharoitida o‘qituvchi ularning ma’naviy
dunyosiga kirib borishi kerak. 
5.   Pedagogik nazokat - o’qituvchi axloqining ijodiy ko’rinishi.
Mutaxassisning   pedagogik   odobi.     Mutaxassisning   pedagogik   odobi   -
yuksak   madaniyati   va   ma’naviyatida   bilinadi.   Ochiq   ko’ngil,   qat’iylik,   turli
vaziyatlarda   o’zini   tuta   bilishi,   talabalarga   nisbatan   talabchan   va   mehribon,
tamoyilli   va   g’amho’r,   ota-onalar,   talabalar,   kasbdoshlar   bilan   ijobiy   muloqotda
bo’la oladigan, fikrlovchi va dunyoqarashi keng bo’lishi lozim.
     Kasb  odobining tarkibi-axloqiy bilim, axloqiy his-tuyg’u, axloqiy e’tiqod,
axloqiy idealdan iborat.
            Axloqiy   bilimlar   -   insonning   xulqini   tartibga   soluvchi   xulq-atvor
to’g’risidagi tushunchalar, qoidalar, talablar, tamoyillardir.
              Xulq-atvor   tushunchalari:   yaxshilik,   adolat,   mas’uliyat,   burch,
vatanparvarlik, mehnatsevarlik, kasbga sodiqlik.         Axloqiy qoidalar - umuminsoniy va axloqiy qadriyatlar, diniy, dunyoviy
axloqiy bilimlarga ega bo’lishlik.
             Axloqiy his-tuyg’u -  o’z  kasbidan faxrlanish, zavqlanish,  g’ururlanish,
o’z qadr-qimmatini anglash, mas’uliyatni, javobgarlikni his qilish.
              Axloqiy   e’tiqod   -   jamiyatga,   o’z   kasbiga,   talabalar,   kasbdoshlari,   ota-
onalar   oldidagi   vazifasini   bajarishini   his   qilish,   axloqiy   bilim   qarashlariga   ega
bo’lishdir.
             Bir   adib o’z  vaqtida    “Biz   pedagoglarga     unday qiling    yoki     bunday
qiling demaymiz. Biz ularga o’zingiz boshqarmoqchi bo’lgan psihik hodisalarning
qonunlarini   o’rganing   va   shu   qonunlarni   hamda   ularni   qo’llamoqchi   bo’lgan
muhitlarni   nazarda   tutib,   ish   ko’ring   deymiz.   Faqat     mana   shu   muhitlarning
o’zigina   hilma-hil   emas,   balki     tarbiyalanuvchilarning     tabiati     ham     bir-biriga
to’g’ri       kelmaydi.   Tarbiya     muhitining     hamda   tarbiyalanuvchilar     shaxsining
shunday     o’ta     hilma-hilligida   qandaydir     umumiy     tarbiyaviy     retseptlar     berish
mumkinmi?   Mana   shuning   uchun   ham   biz   pedagoglarga   imkon   boricha   umuman
kishini   o’rganishi,   o’z   tarbiyalanuvchilarini   va   ularni   o’rab   turgan   muhitni
o’rganishni, har doim ham hayolga kelavermaydigan pedagogik tadbirlar   tarihini
o’rganishni,   o’zida     tarbiyaning   aniq   ijobiy   maqsadini   tarkib   toptirishni     va
egallagan     bilimlarga     hamda     o’z     aqliga     tayanib,     bu   maqsadga   erishish   sari
og’ishmay  borishni  maslahat  beramiz”. Pedagogik faoliyat  jarayonida o’qituvchi
o’ta hilma-hil kasbiy va shaxsiy sifatlarni namoyon qiladi. Bu sifatlar bir-biri bilan
uzviy   bog’langan   va   mutaxassis   -   murabbiyning   amaliy   faoliyatida   bir   butun
sifatida   yuzaga   chiqadi.   Shaxsiy   sifatlar,   mahsus   bilimlar   va   kasbiy   bilimlar
murakkab   va   ko’p   qirrali   birikmasini   pedagogik   qobiliyatlar   deb,   atash   qabul
qilingan. Pedagogik qobiliyatlar murakkab strukturaga egadir.
Pedagogik   qobiliyatlarning   shakllanishiga   o’qituvchilarni   tayyorlab
etishtiradigan   o’quv   yurtlaridagi   ta’lim-tarbiya   jarayoni   katta   ta’sir   ko’rsatadi.
Ammo   har   bir   bo’lajak   mutaxassis   –   murabbiy,   bilim   yurtida   ishlayotgan
o’qituvchi   o’zlarida   pedagogik   qobiliyatlarini   o’stirish   uchun   zo’r   ishtiyoqni
namoyon   qilishlari   kerak.   Pedagogik   qobiliyat   pedagogik   faoliyatning   shartigina emas,   balki   natijasi   hamdir.   Pedagogik   mahorat   mutaxassis   -   murabbiyda
pedagogik odobi(nazokati) ning mavjudligi bilan harakterlanadi. 
Mutaxassis   -   murabbiyning   umumiy   ma’naviy   tarbiyalanganligi   pedagogik
odobining asosidir. Pedagogik odobi - bu talabalarga nisbatan pedagogik etikaning
o’ziga   hos   amalga   oshirilishidir.   Pedagogik   odobi   -   bu   o’qituvchining   yuksak
insoniylik,   insonga   mehribonlik,   o’zini   tuta   bilishi,   sabr-bardosh,   har   qanday
vaziyatlarda   ham   hayrihohlik   munosabatlarini   o’rnata   bilishi   kabilarni   qamrab
oluvchi   ma’naviy   xulq-atvoridir.   Pedagogik   odobiga   ega   bo’lgan   mutaxassis   -
murabbiy   talabalar,   ota-onalar,   hamkasblari   bilan   bo’ladigan   o’z   munosabatlarini
ustalik   bilan   boshqaradi.   Pedagogik   odobida   avvalo   insonga   chuqur   hurmat
namoyon bo’ladi. Murabbiy  talabaning tarkib topayotgan  shaxsi  bilan ish ko’radi
va uning talabalar bilan bo’ladigan barcha munosabati: insonga mumkin qadar aql,
talabchanlik   va   unga   imkon   darajasida   ko’p   hurmat   tamoyili   asosida   ko’rinishini
amalga oshiradi.
Bir qator kasbiy malakalar pedagogik odobi bilan bog’langan. Bu pedagogik
vaziyatni   baholash,   talabalarning   xususiyatlarini   hisobga   olish,   pedagogik   ta’sir
keltirib   chiqarishi   mumkin   bo’lgan   samarani   oldindan   ko’rish   malakasidir.
Pedagogik odobi yuksak pedagogik mahorat mavjudligining belgisidir. Pedagogik
odobini     egallash     mutaxa s sis     -   murabbiydan   o’z   ustida   puhta   o’ylab   ishlashni
talab qiladi. Murabbiy o’z  xatti  - harakatini doimo nazorat qilishi, qarashi, ishorasi
bilan   talabalar   xatti -harakatiga   o’z   munosabatini   bildira   ol ishi   kerak.   Ya’ni ,
pedagogik   odobi   o’qituvchida   o’z   tuyg’ularini     ifoda   qilishning     sof   tashqi
malakalari mavjud bo’lishini   ham   nazarda tutadi. Malakalarning bunday majmui
pedagogik mahoratining tarkibiy qismi bo’lib, u pedagogik texnikasi deb   ataladi.
Pedagogik texnikasi murabbiyga talabalar va ularning ota-onalari bilan muloqotda
bo’lishda   to’g’ri       muomala     tarzini     tanlash   imkonini   beradi.   Muomala   tarzi,
talabalar   bilan   munosabat   uslubi,   diktsiya,   mimika,   imo-ishorani   to’g’ri     tanlash ,
bularning   barchasi   pedagogik   texnikasi   tushunchasiga   kiradi.   Mutaxassis   -
murabbiyning   pedagogik   mahorat i ,   uning   intellekti   va   madaniyatiga   milliy
dasturda   jiddiy   e’tibor   beriladi   va   shu   o’rinda   mutaxassis   -   murabbiy   o’z pedagogik   mahoratini,   kasbga   doir   vazifalar i ni   hal   qilish   qanchalik   qo’lidan
kelishini   doimo   tekshirib   borishi,   bola   ongi   hamda   qalbiga   eng   yaxshi   yo’llarni
ahtarishi   kerakligi   ta’kidlab   o’tiladi.   Milliy     dasturda   mutaxassis   -   murabbiy   o’z
tarbiyalanuvchilarini faqat bilimlar bilan qurollantirib qolmasligi ta’kidlanadi. 
Axloqiy bilimlar - insonning xulqini tartibga soluvchi xulq-atvor to’g’risidagi
tushunchalar, qoidalar, talablar, tamoyillardir.
              Xulq-atvor   tushunchalari:   yaxshilik,   adolat,   mas’uliyat,   burch,
vatanparvarlik, mehnatsevarlik, kasbga sodiqlik.
        Axloqiy qoidalar - umuminsoniy va axloqiy qadriyatlar, diniy, dunyoviy
axloqiy bilimlarga ega bo’lishlik.
             Axloqiy his-tuyg’u -  o’z  kasbidan faxrlanish, zavqlanish,  g’ururlanish,
o’z qadr-qimmatini anglash, mas’uliyatni, javobgarlikni his qilish.
              Axloqiy   e’tiqod   -   jamiyatga,   o’z   kasbiga,   talabalar,   kasbdoshlari,   ota-
onalar   oldidagi   vazifasini   bajarishini   his   qilish,   axloqiy   bilim   qarashlariga   ega
bo’lishdir. FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Asosiy adabiyotlar:
1. Хоliqоv А. Pеdаgоgik mаhоrаt (darslik). -T., 2011.
2. Аzizхodjаеvа   N.N.   Pеdаgоgik   texnologiya   va   pеdаgоgik   mаhоrаt   (o‘quv
qo‘llanma)   .  –T., 2006.
3. Зиёмухаммедов   Б.   Педагогик   махорат   асослари.   (ўқув   қўлланма).     -Т.,
2009.
4. Боубекова   Г.Д.,   Холикова   Г.Т.,   Магзумова   Г.   Педагогичес k ое
мостерство. Учебное пособия. Т.: 2002 
Qo‘shimchа аdаbiyotlаr
1. Ibragimov   X.,   Yoldoshev   U.   va   boshqalar   Pеdаgоgik   psixologiya   (o‘quv
qo‘llanma)    .  -T., 2007. 
2. Оchilоv Mаllа.  Muаllim qаlb mе`mоri. – T., 2000. 
3. Pirmuhаmmеdоvа   M. Pеdаgоgik mаhоrаt аsоslаri.-T.: 2001. 
4. Kаrimоvа V. “Mustаqil fikrlаsh” mеtоdik qo‘llаnmа. -T.: - 2000 y. 
5. Hаmdаmоvа   M.   Yoshlаrning   intеllеktuаl   sаlоhiyatini   rivоjlаntirish
mехаnizmining pеdаgоgik-psiхоlоgik аsоslаri (uslubiy tаvsiyalаr), 2007. 
6. Tоlipоv   O‘.Q.,   Usmоnbоеvа   M.   Pеdаgоgik   tехnоlоgiyalаrning   tаtbiqiy
аsоslаri.-T.. 2006. 
7. Hоdiеv   B.Y.,   Bоltаbаеv   M.R.   “Оliy   o‘quv   yurtidаgi   tаrbiyaviy   ishlаrgа
psiхоlоgik yondаshuvlаr”. -T.: 2009.

PEDAGOGIK NAZOKAT VA ODOB-AHLOQ Reja: 1. Pedagogik odob va pedagogik nazokat haqidagi tushuncha. 2. Pedagogik nazokatning mohiyati va xususiyatlari . 3. Pedagogik nazokat me’yori: ihtisos sohasidagi burch, pedagogik adolat, ihtisosga doir vijdon izzat-nafs va pedagogik oriyat. 4. O‘qituvchi nazokatida dilkashlik va pedagogik takt. 5. Pedagogik nazokat - o’qituvchi axloqining ijodiy ko’rinishi.

1. Pedagogik odob va pedagogik nazokat haqidagi tushuncha. O‘qituvchining o‘quvchilar muhitiga uzviy ravishda qo‘shilib keta olishi nihoyatda qiyin jarayon. Lekin uning pedagogik faoliyati bevosita o‘quvchilar orasida olib boriladi. O‘zaro munosabatlarni ishonch va do‘stlik tuyg‘ulari bilan mustahkamlab borish o‘qituvchidan jiddiy psixo-logik tayyorgarlikni talab qiladi. Buning uchun o‘qituvchi avvalo, turli xarakterdagi o‘quvchilardan iborat bo‘lgan, sinf jamoasida tez-tez o‘z-garib turadigan pedagogik vaziyatlarga darhol o‘z munosabatini bildirishi va unga odilona baho berishi kerak. U o‘quvchilar xatti- harakatini to‘g‘ri idrok etishi, vaziyatlarni oldindan ko‘ra bilishi, tarbiyaviy metodlarni o‘z o‘rnida qo‘llashi, o‘quvchilar bilan muomalada bosiqlik, sabr, milliy an’ana va turmush tarzimizdan kelib chiqqan muruvvat va himmat, odamiylik va mehr-oqibat tuyg‘ularini ko‘rsata olishi shart. Bu vazifalar o‘qituvchining zimmasiga yuklanadigan va u rioya qilishi lozim bo‘lgan pedagogik nazokat deb atalmish faoliyatning zarur shartidir. Pedagogik nazokat – o‘qituvchi axloqiy-ma’naviy qiyofasini namo-yon etuvchi me’yor tuyg‘usi yoki xulq va odob qoidalariga rioya qilishi demakdir. Pedagogik nazokat o‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatini tashkil qilish vositasi. Psixologik til bilan aytilganda, nazokat insonning bir qolipdagi barqaror tasavvurlarida mujassam-lashgan shaxsiy insoniy hislatlarining yig‘indisidir. O’qituvchining pedagogik odob – axloqi (deontologiya) , nazokati haqida tushuncha. «Odob deganda rasm – taomil, xulq – odatlar yigindisi, ijtimoiy – iqtisodiy tizum taqozosi bilan turmush sharoitining aloxida tarzi, an‘analari asosida odamlar o’rtasida paydo bo’lgan muomala munosabatlarining xususiyatlari tushuniladi. Demak, o’qituvchi odobi umuminsoniy va milliy axloqning qonuniyatlari, talablari, mezonlarini ta‘lim – tarbiya jarayonida oydinlashtirib, muallimning o’quvchilar, o’z kasbdoshlari, ota – onalar, maktab raxbarlari bilan muomala – munosabatlarida ifodalanadigan axloqiy xususiyatdir.

O’qituvchi odobining moxiyati, asosiy mazmuni pedagogik faoliyat uchun muxim bo’lgan axloqiy sifatlarda ifodalanadi. Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, inson turmushining barcha soxalarida kishining xulqi, xatti – harakatlarini tartibga solib bashqarib turuvchi, Vatanga, mehnatga, mulkka, odamlarga munosabatini bildiruvchi (yunaltiruvchi) qonun – koidalar, yul – yuriklar, mezonlar, pand – nasixatlar yigindisidan iboratdir. Axloq umuminsoniy va milliy harakterga ega bo’lib, kishilarning tarixan qaror topgan va har bir odam egallashi lozim bo’lgan axloqiy ideallari, orzu – umidlari to’g’risidagi tasavvurlari, tushunchalari, bilimlari, qarashlarini o’z ichiga oladi. Umuminsoniy axloq deganda turli davrlarda barcha xalqlarda kishilarning turmushi, xayot tarzida shakllanib, insonlarning o’zaro muomala – munosabatlarini tartibga solib turuvchi umumiy tushunchalar, normalar va talablar, umumiy axloqiy sifatlar tushuniladi. Milliy axloq esa umuminsoniy axloqka xos asosiy xususiyatlarni saklagan holda, ayni millat va elat kishilarigagina xos bo’lgan ayrim axloqiy xususiyatlarni ham o’zida mujassamlantiradi». ( Malla Ochilov. «Muallim qalb me‘mori». Toshkent. «O’qituvchi». 2001 yil. 3 – 4 bet ). O’qituvchi umuminsoniy va milliy axloqiy fazilatlarni o’zlashtirib olishi, tajribada qo’llashi, o’zining dunyoqarashi, axloqiy tajribasi bilan takkoslashi lozim. Fikrlash va xis etish, turmushda sinab ko’rish natijasida umuminsoniy va milliy – axloqiy sifatlar, koidalar, normalar o’qituvchining o’z axloqiy fazilatiga, e‘tiqodiga aylanadi. O’qituvchining odob normalari har bir muallimning shaxsiy fikriga, axloqiy fazilati va e‘tiqodiga aylanishi lozim. Axloqiy e‘tikod va sifatlar o’qituvchining dars berish jarayonida, tarbiyaviy ishlarda, o’quvchilar, ota – onalar va bashqa kishilar bilan muomala – munosabatlarida, kundalik turmushda o’zining shaxsiy namunasi bilan axloqiy ta‘sir o’tkazishda ko’zga tashlanadi. Pedagogik takt o’qituvchi axloqining amaliy ko’rinishlaridan biridir. Muallim xulqining natijalari uning yoshlarga axloqiy ta‘sirining

samaradorligida, axloqiy tarbiya soxasida erishgan yutuklarida namoyon bo’ladi. Pedagogik nazokat me’yorlari o‘qituvchidan avvalo yuksak insoniy fazilatlarga ega bo‘lishni talab qiladi. Zero, ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilishning asosiy maqsadlaridan biri komil inson tarbiyasi bo‘lib, u davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb e’lon qilingan. Ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli yoshlarni tarbiyalab voyaga etkazish o‘qituvchi zimmasida. Shunday ekan, hozirgi demokratik jamiyat o‘qituvchisining o‘zi avvalo barkamol inson bo‘lishi, mukammal bilimlar sohibi, o‘z kasbining yetuk egasi bo‘lishi zarur. O‘qituvchi xulq-atvorida pedagogik nazokat ma’lum bir muddatda shakllanib tugaydigan jarayon emas, uning omillari ham jamiyat taraqqiyoti natijasida uzluksiz sayqallanib boradi. 2. Pedagogik nazokatning mohiyati va xususiyatlari . O‘qituvchining pedagogik nazokati mohiyatida avvalo etnope-dagogik tuyg‘ular, milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analar, o‘zbekona tavoze va muomala madaniyati, o‘quvchilar jamoasiga singib keta oladi-gan har qanday ijtimoiy muhitga moslashuvchi individual qobiliyatlar, kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar mujassamlashgan bo‘ladi. Hozirgi kunda informatsion jarayonning jadal rivojlanishi o‘quvchi ruhiyatiga keskin ta’sir qiladi. Ularning psixologik xususiyatlarini, ruhiy holatini bir maromda ushlab turish uchun o‘qituvchidan kuchli iroda, muomala madaniyati va bosiqlik, pedagogik mahoratning keng imko-niyatlaridan foydalanish talab qilinadi. Yosh avlod tarbiyasida o‘qituvchi eng qiyin vaziyatlarda ham pedagogik nazokatning quyidagi holatlariga rioya qilishi va ushbu faoliyatga o‘zini moslashtirishi lozim:  emotsional his-tuyg‘ular va kechinmalarda, stress va affekt holat-larida o‘zini boshqara olish qoidalariga rioya qilish;

Загрузите документ, чтобы увидеть его полностью.