O’zbekiston Respublikasida mulk to’g’risidagi qonunga ko’ra faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar turi va ularning tasnifi
O’zbekiston Respublikasida mulk to’g’risidagi qonunga ko’ra faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar turi va ularning tasnifi Reja: 1. Mulkchilik ta’riflarining tahlili 2. Mulkchilik munosabatlarini amalga oshirishning tarixiy shakllari 3. Mulkiy xuquqlar 1
1. Mulkchilik ta’riflarining tahlili O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi jamiyatning iqtisodiy negizlariga oid XII bobda quyidagilar bayon etilgan: “Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O`zbekiston iqtisodiyotining negizini turli shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilar huquqlarining ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqligini va huquqiy jihatdan teng muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin (53- modda). Mulkdor mulkiga o`z hoxishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart (54-modda)”. O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksiga mulkchilikning egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish triadasi (164-modda) asos qilib olingan. Ushbu Kodeksda mulkchilikning xususiy va ommaviy shakllari mavjudligi (167- modda) ta’kidlanadi. Demak, iqtisodiyot va uni tashkil etishning bozor modeli uchun muayyan- tarixiy shakldagi mulkchilik instituti talab etiladi. Mulkchilik institutining negizini mulk tushunchasi tashkil etadi. Mulk – resurslar cheklanganligi sharoitining oqibatidagi noyoblik muammosini hal qilinishining yagona vositasi hisoblanadi. Bu vosita mulkdorga huquqlar tutamini taqdim etadi. Albatta, mulkiy huquqlar tutami egalik qilish va boshqa huquqlar (foydalanish, tasarruf etish va boshqalar) bilan birgalikda tashkil etadi. Huquqlar tizimi xo`jaliklar va shaxslar o`zaro munosabatlarga kirishishlari uchun ham mulkdorni, ham mulkni himoyalaydi. Shaxsning jamiyatdagi erkinligi huquq bilan kafolatlanadi va chegaralanadi. Undagi barcha mavjud huquqlardan eng to`lig`i mulkchilik huquqidir. Ushbu huquq shaxs va jamiyat uchun o`zaro qarama-qarshi bo`lgan begonalashuv xususiyatini ham namoyon etadi. Ilmiy manbalarda mulkchilik 2
munosabatlari umumiy tan olingan yagona ta’rifga ega emasligi sababli qator talqinlar mavjud (4.1-jadval). 1- j adval. Mulkchilik institutiga oid talqinlarni ng turkumlanishi Yondashuv nomi Mulkchilikning asosiy belgilari 1. Klassik yo`nalish Daromad keltirish qobiliyati mujassamlangan sarmoya 2. Faylasuflar va neoklassik lar Tashqi dunyo ob’ektlar ustidan nazoratni ularni o`zlashtirib (egallab) olish asosida amalga oshirish 3. Dialektik usul tarafdorlari Shaxsning tabiatdan ham, ijtimoiy hayot jamoatchiligidan ham begonalashishida hamda ishlab chiqaruvchini ishlab chiqarish vositasidan ajratish da namoyon bo`luvchi ijtimoiy aloqalarni tarkiblash, murakkablashtirish shakli 4. Nemis tarix iy maktabi Ijtimoiy o`zaro hamkorlikning asosiy tamoyili hisoblangan ahloq normasi da jamiyat tomonidan oliy va muqaddas qadriyat hamda individ mustaqiligining kafolati . sifatida tan olish 5. Neoinstitutsional yo`nalish Turli shaxslar o`rtasida bir buyum da turli huquqlarni ng namoyon bo`lish imkoniyati. buyumga qarashli vakolatlar tutami 6. Xuquqshunoslar Shaxsning buyum ustidan hukumronligi va boshqa shaxslar imkoniyatlarini che k lash. 7. Sotsiologla r Iqtisodiy buysundirish asosida i jtimoiy iyerarxiyani o`rnatish usuli 8. Ernando de Soto ( Peru ) Qiymatga aylan ish da ishtirok etish va daromad keltirish qobiliyati Jadvaldan ko`rib turganimizdek, mulkchilikni o`zlashtirib olish bilan tenglashtirish neoklassik iqtisodiy tafakkur vakillariga xos bo`lsa, huquqshunoslar uchun shaxsning buyum ustidan hukumronligi imkoniyatlarini chegaralash 3
mulkdan boshqa shaxslarning ziyoniga foydalanishga ruxsat bermaslik sifatida ta’riflanadi. Mulkchilik – bu shaxs va buyum o`rtasidagi emas, balki insonlar o`rtasidagi munosabat sifatida gavdalanishi kerak. Mulkchilik huquqlari nazariyasi nafaqat boshqaruv, xavfsizlik, merosga topshirish huquqlarini qo`shgan holda huquqlar to`plamini kengaytiradi, balki huquqlarning o`zlarining aylanuvchanligiga, oldi-sotdi ob’ektlari bo`lib buyumlarning o`zi emas, balki ularga nisbatan huquq hisoblanishiga e’tiborni qaratadi. Masalan, yer uchastkasidan foydalanish huquqi; mol-mulkdan foydalanishdan keladigan daromadni olish huquqi va b. Xuquqshunoslarning fikricha, mulk – bu mutlaq huquq. Mulkdorga qonun bilan taqiqlanmagan hamma narsa ruxsat etilgan. Mutlaq huquq ijobiy cheklov emas, balki salbiy cheklov (nima mumkin emas) bilan yoritiladi. Agar huquqlarning muayyan to`plami, masalan, A.Onore tomonidan sanab o`tilgan 11 ta huquqning aksariyati ikkilamchi hisoblanadi. M isol uchun , xavfsizlik huquqini olaylik. Uning o`zi yetarli emas, chunki huquq faqat davlat tomonidan muhofaza qilingan taqdirda, klassik nuqtai nazardan huquq hisoblanadi. Voz kechish huquqi – bu tasarruf etish huquqining bir qismi. Javobgarlik huquqi mulkchilik huquqini emas, umuman fuqarolik huquqini o`zida namoyon etadi. Iqtisodiy nuqtai nazardan turli huquqlarni hisoblab chiqish texnikasi o`ta samarali. Mulkdor, mulkdorligicha qolib, foydalanish huquqidan ham, boshqarish huquqidan ham, daromad olish huquqidan ham vaqtinchalik voz kechishi mumkin. Tovar esa nafaqat o`zining jismoniy xususiyatlarining yig`indisi sifatida, balki imkoniyatlar va cheklovlarning ma’lum to`plami sifatida namoyon bo`ladi. Biroq, boshqa muhim iqtisodiy mavhumlik singari - qiymat, mulk tarkibiy qismlarga bo`linadi, lekin ulardan tarkib topmaydi. Shuning uchun mulkchilikni huquqlarning murakkab tutami sifatida ta’riflash mazmun ga emas, balki texnologik xususiyatga ega. 4
2. Mulkchilik munosabatlarini amalga oshirishning tarixiy shakllari Iqtisodiyotda, xususan mulkiy munosabatlar shakllarini o`rganishda mulkni tasniflash muhim o`rin tutadi. Ko`pchilik iqtisodchilar va faylasuflar uchun tasniflash mezoni sifatida mulk subekti olinadi. Agar mulk bir shaxsga tegishli bo`lsa, u – xususiy. Agar u bir necha shaxsga tegishli bo`lsa – jamoaviy. Agar u butun jamiyatga tegishli bo`lsa – umumxalq yoki davlat mulki hisoblanadi. Bunday yondashuv G`arbdagi tadqiqotchilar uchun mulkning uchta shaklini ifodalashga asos bo`lgan.: xususiy, jamoaviy va ijtimoiy. Ba’zan ularga aksiyadorlik (korporativ) va davlat shakllari ham qo`shimcha qilinadi. Ba’zida aksiyadorlik mulkini jamoaviy shakl deb, davlat mulkini esa ijtimoiy shakl deb hisoblashadi. Lekin bundan mohiyat o`zgarmaydi. ixtiyoriy shakldagi mulkning namoyon bo`lishi qator omillarga bog`liq. Jumladan: mehnat sharoitlari va natijalarini o`zlashtirib olish usullari; mehnat sharoitlari va natijalarini tasarruf etish xususiyatlari; mehnat sharoitlarini takror yaratish ; faoliyat turlari bo`yicha almashishning asosiy usuli; natijalari qayta taqsimlash usullari; 5