logo

O'ZBEKISTON TUPROQLARINING ISSIQLIK VA SUV XOSSALARINING O'RGANILISH TARIXI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

690.9150390625 KB
O'ZBEKISTON TUPROQLARINING ISSIQLIK VA SUV
XOSSALARINING O'RGANILISH TARIXI
M U N D A R I J A
KIRISH ……………………………………………………………………… 3
I-bob. Tuproqning suv va issiqlik xossalari  ………………………… 6
1.1.. Tuproqning suv xossalari ………………………………………… 6
1.2.. Tuproqning issiqlik xossalari …………………………………… 13
II-bob. Tuproqning suv va issiqlik xossalarini o’rganilishi  ………… 19
2.1. Tuproqning   s uv xossalarini   o’rganilishi ………………………… 19
2.2. Tuproqning i ssiqlik xossalarini o’rganilishi ……………………… 26
III-bob. Tuproqning suv va issiqlik xossalarini boshqarish bo’yicha olib
borilgan tadqiqotlar   …………………………………………….. 33
3.1. Tuproq suv xossasi va uning unumdorligiga ta’siri  ……………… 33
3.2. Tuproq issiqlik xossalari va uning unumdorligiga ta’siri  ……… 41
XULOSA LAR ………………………………………………………………… 61
Foydanilgan adabiyotlar   ro’yxati  ………………………………………… 62
1 KIRISH
Mavzuning   dolzarbligi .   Tuproqning   issiqlik   va   suv   xossalarini   tarixini
o’rganish   nihoyatda   muhim   va   xilma-xil   ahamiyatga   ega   bo’lib,   tuproq
unumdorligi va o’simliklar hosildorligini belgilovchi eng muhim, zarur omillardan
biri.   O’simliklarning   o’sib   rivojlanishi,   mikroorganizmlar   faoliyati,   tuproqda
kechadigan   barcha   kimyoviy,   fizik-kimyoviy   jarayonlar   hamda   insonlarning
ekinlar hosildorligi va tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan ishlab chiqarish
faoliyati,   tuproqdagi   suvning   miqdori   va   sifati   bilan   belgilanadi.   O’simliklarning
to’qimalari   suv   bilan   yetarlicha   to’yingandagina   ularning   hayoti   uchun   zarur
bo’lgan   jarayonlar   kechadi.   Quruq   yerda   urug’   unmaydi,   tuproqda   suv   yetarli
bo’lmasa, o’simliklar yomon rivojlanadi va kam hosil beradi.
Tuproq   namligi,   harorati   va   havosining   madaniy   o’simliklarga   ta’siri
dehqonchilik yuzaga kelgan davrdan boshlab kishilik jamiyatini qiziqtirib kelgan.
Chunki,   qishloq   xo’jalik   ekinlarining   hosildorligi   asosan   yorug’lik,   issiqlik,
namlik, oziqa elementlari va boshqalarga bog’liq bo’lgan. Bir so’z bilan aytganda
ob-havo   (iqlim)   va   tuproq   unumdorligi   ekinlar   hosildorligini   belgilovchi   omil
bo’lgan.   Shuni   aytish   lozimki,   tuproq   namligi,   harorati   va   havosining   rejimi
o’zgaradi.
Rossiyalik   olim   A.M.Shulgin   keyingi   yillarda   tuproq   iqlimi   fanining
rivojlanishi   va   shakllanishiga   katta   hissa   qo’shgan.   U   o’zining   “tuproq   iqlimi   va
uni   boshqarish”   (1967)   nomli   asarida   tuproqning   suv   va   issiqlik   xossalarini
boshqarish usullarini yoritib bergan.
Rossiyalik   tuproqshunos,   iqlimshunos   olimlar   tomonidan   tuproq
temperaturasi va namligiga doir bajarilgan ilmiy ishlar natijasi sifatida monografik
asarlar   yozilgan   (Lebedev,   1963;   Kachinskiy,   1927;   Rode,   1965;   1969;   Verigo,
Razumova 1963; Shulgin,1957; Dimo,1972; Kudryavsev, 1954; v.b).
Atmosfera-o’simlik-tuproq-tog’   jinsi  tizimida  suv  va  issiqlik  balansiga  doir
yirik ishlar  bajarilgan (Rauner, 1972; Povlov, 1965; Fralov,1968;  Govrilova,1981
v.b).
2 Amaliy   ahamiyati.   O’zbekistonda   tuproq   iqlimining   alohida   elementlari-
tuproq   namligi,   tuproqning   issiqlik,   suv   va   havo   xossalari   alohida   holatda
o’rganilgan.   Sug’oriladigan   tuproqlarda   tuproqning   issiqlik,   suv,   havos   xossalari
hamda   tuproq   harorati   bo’yicha   olib   borilgan   ilmiy   tadqiqotlarni   natijalarini
adabiyotlar   orqali   uning   o’rganilish   tarixini   birituv   malakaviy   ishida   tahlil   qilib
o’rganish   keyingi   ilmiy   izlanishlarni   olib   borishda   katta   amaliy   ahamiyatga   ega
hisoblanadi.
O’zbekiston lalmikor hududlaridagi tuproqlarni suv rejimini o’rganish 1942-
45   yillarda   A.A.Rode   (1942)   va   A.F.Balshanova   (1950)   lar   tomonidan   amalaga
oshirilgan.   Ularning   xulosasiga   ko’ra   lalmikor   tipik   bo’z   tuproqlarni   yillik   nam
rejimi   ikki   davrga   bo’linadi.   Ya’ni   birinchi   davr   oktyabr   va   aprel   oylarini   o’z
ichiga   oladi.   Bu   davrda   tuproq   nam   yig’adi,   havo   harorati   pastligi,   atmosfera
yog’inlarining  intensivligi   yozga   nisbatan   yuqori   bo’lishi   tuproqning  120-160  sm
chuqurlikkacha namlanishiga imkon yaratadi.
Ikkinchi   davr   may-sentyabr   oylarini   o’z   ichiga   oladi   va   bu   davrda   havo
harorati   yuqori,   atmosfera   yog’inlari   deyarli   yog’maydi,   fizik   bug’lanish   va
transperasiya yuqori darajada bo’ladi. Fizik bug’lanishga nisbatan o’simliklarning
transpirasiyasi ancha yuqori ekanligi qayd qilinadi. Shuning uchun qishloq xo’jalik
ekinlari hosildorligini oshirish maqsadida sug’orish agrotexnologiyasi qo’llanilidi.
Tuproq   harorati   ham   o’simliklar   o’sib   rivojlanishining   eng   muhim
omillaridan   biri   hisoblanadi.     Tuproqning   issiqlik   rejimi   bu   yerda   kechadigan
biologik   va   kimyoviy   jarayonlarga   ham   bevosita   ta’sir   etadi.   Tuproqda   ma’lum
harorat   bo’lgandagina   o’simliklar   yaxshi   rivojlanib   mikroorganizmlar   faoliyati
aktivlashadi.   Tuproq   yuzasiga   tushadigan   quyosh   radiatsiyasining   bir   qismi
tuproqni   qizdirish   uchun   sarflanib,   boshqa   qismi   yana   nurlanib   atmosferaga
qaytadi.   Turli   tuproqlar   har   xil   darajada   isib   sovishi   xususiyatiga   ya’ni   issiqlik
rejimiga ega. Shuning uchun tuproqdagi haroratni boshqarish o’simliklar o’sishida,
tezroq hosil berishida muhim hisoblanadi.
Bitiruv   malakaviy   ishining   maqsad   va   vazifalari .     Bitiruv   malakaviy
ishining   maqsadi   issiqlik   va   suv   xossalarining   o’rganilish   tarixi,   tuproq
3 unumdorligini   yaxshilash,   tupro q   harorat i   va   uning   o’zgarish   qonuniyatlarini
o’rganish   va   boshqarish   orqali   tuproq   xossalariga     hamda   ekinlar   o’sishi,
rivojlanishi,   hosildorligiga   ta’sirlarini   ilmiy   adabiyotlar   orqali   o’rganishga
qaratilgan.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti . Bitiruv malakaviy ishining predmeti
bo’lib respublikamizda agrar sohani rivojlantirish, takomillashtirish bo’yicha qabul
qilingan   qarorlar,   Prezident   farmonlari,   vazirlar   mahkamasi   qarorlari,   olimlar
tomonidan   ishlab   chiqilgan   darsliklar,   maqolalar,   yo’riqnomalar,   tadqiqot
o’tkazilgan dissertatsiyalar kiradi.
Bitiruv   malakaviy   ishining   tarkibiy   qismi .   Bitiruv   malakaviy   ishining
tarkibiy qismlariga kirish, uchta bob , xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar
ro’yxati kiradi.
4 I-BOB. TUPROQNING SUV  VA  ISSIQLIK XOSSALARI
1.1.Tuproqning suv xossalari
Dehqonchilikda   madaniy   o’simliklar   hosildorligini   oshirish   uchun   olib
borilgan   barcha   tadbirlar,   jumladan   yangi   navlar   yaratish,   o’g’itlash   va   sug’orish
tizimlarini   yaxshilash   agrotexnologik   tadbirlarning   yildan   yilga   tobora
takomillashtirib   borilayotganligiga   qaramasdan   tuproq-iqlim   sharoiti   qishloq
xo’jalik   ekinlari   hosildorligini   belgilashda   asosiy   faktorlardan   biri   bo’lib
qolmoqda.
Tuproq suvi   va   uning ahamivati.   Ko'r   fazali   va   dispers Sistema   hisoblangan
tuproq  tarkibida  doim   ma'lum   miqdorda   suv  singdirilib,  ushlanib  turilgan  bo'ladi.
Quruq   tuproq   (105   °S   da   quritilgan)   massasiga   nisbatan   prosent   hisobida
saqlanadigan   suv,   tuproq   namligini   belgilaydi.   Tuproq   namligi   uning   hajmiga
nisbatan   foiz   hisobida   yoki   gektariga   kubometr   va   mm   bilan   ham   ifodalanishi
mumkin.   Tuproqdagi   nam   atmosfera   yog'inlari,   sizot   suvlari,   atmosferadagi   suv
bug'larining   kondensatsiyasi   (quyuqlashuvi)   hamda   sug'orish   suvlari   hisobidan
to'planadi.   Sug'orilmaydigan   sharoitda   esa   tuproq   namining   asosiy   manbai   -
atmosfera yog'inlaridir.
Tuproqdagi suv nihovatda muhim  va  xilma-xil ahamiyatga ega bo'lib, tuproq
unumdorligi va o'simliklar hosildorligini belgilovchi eng muhim,   zarur   omillardan
biridir.   O'simliklarning   o'sib   rivojlanishi,   mikroorganizmlar   faolivati,   tuproqda
kechadigan   barcha   kimyoviy,   fizik-kimyoviy   jarayonlar   hamda   insonlarning
ekinlar hosildorligi va tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan ishlab chiqarish
faoliyati,   tuproqdagi   suvning   miqdori   va   sifati   bilan   belgilanadi.   O'simliklarning
to'qimalari   suv   bilan   yetarlicha   to'yingandagina,   ularning   hayoti   uchun   zarur
bo'lgan   jarayonlar   me'yorida   kechadi.   Quruq   yerda   urug'   unmaydi,   tuproqda   suv
yetarli   bo'lmasa   o'simliklar   uomon   rivojlanadi   va   kam   hosil   beradi.
Nar   xil   o'simliklar   o'z   hayoti   davomida   turli   miqdorda   suv   iste'mol
qiladi.   Masalan,   tariq,   makkajo'xori,   kartoshka   1   kg   quruq   modda   hosil   qilish
uchun   ko'pi   bilan   500   kg   suv,   bug'doy,   zig'ir,   g'o'za,   lavlagi   va   boshqa
5 ekinlar   esa   bundan   ikki,   hatto   uch   barobar   ko'p   suv   sarflaydi.   O'simlikning
qancha   suv   iste'mol   qilishi   uning   turi,   naviga,   havoning   haroratiga.
shuningdek,   tuproqdagi   suvda   oson   eriydigan   oziq   moddalar   miqdoriga
bog'liq.   Bunday   oziq   moddalar   qancha   ko'p   bo'lsa,   o'simlik   suvni
bug'latishga   shuncha   kam   sarflaydi.   Shunday   qilib,   yaxshilab   o'g'itlangan
maydonlarda   ekinlar   suvni   kam   iste'mol   qiladi.   Demak,   tuproqning   suv
xossalari,   rejimlarini   o'rganish   va   uni   boshqara   bilish   yekinlardan   yuqori   va
barqaror   hosil   olishning   muhim   shartlaridan   biridir.   Tuproqdagi   suv   va
tuproqlarning   suv   xossalari,   rejimlari   hamda   o'simliklar   bilan   tuproq
orasidagi   bevosita   bog'liqlik   qonunlarini   o'rganishda   A.A.lzmailskiy.
N.G.Visoskiy,   P.S.Kossovich,   A.F.Lebedev,   A.A.Rode,   N.A.Kachinskiy.
S.I.Dolgov,   S.N.Rijov,   M.U.Umarov,   L.T.Tursunov,   I.T.Turopov   va
boshqalarning xizmatlari katta bo'ldi.
Tuproqning   suv   xossa1ari   va   uning   turlari.   Tuproq   qatlamida   saqlanadigan
suvning   holatini   belgilovchi   uning   barcha   xossalari   yig'indisiga   suv   (suv-fizik,
gidrofizik)   xossalari   deyiladi.   Eng   muhim   suv   xossalariga   tuproq   ning   suvni
ushlab,   saqlab   turish   qobiliyati,   nam   sig'imi,   suv   o'tkazuvchanligi   va   suv
ko'taruvchanlik qobiliyati kabilar kiradi.  Suvni ushlab turish qobiliyati   - tuproqning
muhim   xossalaridan   biri   bo’lib,   suvni   oqib   ketishdan   saqlab,   namni   ushlab   tura
olish qobiliyati hisoblanadi. Tuproqning suvni ushlab tura olish qobiliyatini  miqdor
jihatdan xarakterlovchi ko'rsatkich, uning nam sig'imi hisobIanadi.
Tuproqning   nam   sig'imi   -   turli   kuchlar   ta'sirida   ma'lum   miqdordagi   suvni
singdirishi   va   ushlab   turish   qobiliyatidir.   Tuproqdagi   namni   ushlab   turadigan
kuchga qarab va turli sharoitlarga ko'ra nam sig'imining quyidagi turlari: maksimal
adsorbilangan pat sig'imi, maksimal molekulyar nam sig'imi, kapillyar nam sig'imi,
eng kam yoki dala nam sig'imi va to'liq maksimal nam sig' imi kabilar ajratiladi.
Maksimal adsorbilangan nam sig’imi (MANS) -tuproq zarrachalari yuzasida
sorbilanish   (yutish)   kuchlari   ta'sirida   eng   ko'p   miqdorda   ushlab   turilishi   mumkin
bo'lgan   suv   miqdori   hisoblanadi.   Bu   namlik   tuproqdagi   mustahkam   birikkan
(adsorbilangan)   suv   miqdoriga   to'g'ri   keladi.   Maksimal   molekulyar   nam   sig’imi
6 (MMNS)   (A.F.Lebedev   bo'yicha)   molekulyar   tortish   kuchlari   ta'sirida   tuproq
zarrachalari yuzasida ushlanib turishi  mumkin   bo'lgan, ya'ni bo'sh birikkan (parda)
suvning   yuqori   chegarasini   xarakterlaydi.   Maksimal   molekulyar   nam   sig'imi
asosan tuproqning mexanik tarkibiga bog'liq.
MMNS   tuproqning   muhim   tuproq-gidrologik   ko'rsatkichlaridan   biri
hisobIanadi.   Tuproqdagi   mavjud   (faktik)   nam   miqdori   bilan   MMNS   ni   taqqoslab
o'simliklarga   o'tadigan   foydali   suv   zahirasini   aniqlash   mumkin   bo'ladi.   Faktik
namlik   MMNS   ga   nisbatan   ko'p   bo'lganda   foydali   suv   zahirasi   ko'p   va   bu
ko'rsatkichlar   teng   bo'lganda   esa   ana   shunday   suv   zahirasi   deyarli   bo'lmaydi.
Kapillyar   nam   sig’imi(KNS)   -   kapillyar   kayma   (bevosita   suvli   qatlam   ustida
joylashgan va kapillyar tiralgan suv bilan to'yingan tuproq qatlami) chegarasidagi
tuproqda   ushlanib   turishi   mumkin   bo'lgan   eng   ko'p   miqdordagi   kapillyar-tiralgan
suv hisobIanadi. Karilluar nam sig'imi   miqdori   tuproq g'ovakligiga va shuningdek
suv   bilan   to'yingan   qatlam,   sizot   suvi   sathidan   qanchalik   masofada   joylashuviga
bog'liq. Vu masofa qanchalik ko'p bo'lsa KNS shuncha kam bo'ladi. Sizot suvlari
uyer     yuzasiga   yaqin   (1,5-2,0   t)   bo'lganda   kapillyar   kayma   (tuproq   qatlami)
yuzasigacha   namlanadi   va   kapillyar   nam   sig'imi   eng   yuqori   (o'rtacha   qumoq
tuproqlarning   1,5   t   qatlami   uchun   30-40   foiz)   bo'ladi.   Sizot   suvlari   sathiga   ko'ra
KNS doimiy  emas.
Yeng kam nam sig’imi(EKNS) - sizot suvlari chuqurda joylashgan sharoitda
oshiqcha   suv   oqib   ketgandan   keyin,   tuproqda   ushlanib   turishi   mumkin   bo'lgan
kapillyar-muallaq namlikning eng ko'p miqdori hisobIanadi. Eng kam nam   sig'imi
atamasiga dala nam sig'imi (DNS),  umumiy   nam sig'imi (UNS) va chekli dala nam
sig'imi   (ChDNS)   tushunchalari   to'g'ri   keladi.   ChDNS   termini   agronomiya
amaliyotida   va   meliorasiyada   keng   qo'lIaniladi.   Eng   kam   nam   sig'imi   tuproqning
mexanik   tarkibi,   struktura   holati   va   zichligiga   bog'liq.   Og'ir   tarkibli   va   yaxshi
strukturali   tupgoqlarda   EKNS   30-35,   qum   tuproqlarda   10-15   foizdan   oshmaydi.
EKNS   tupgoqning   muhim   gidrologik   ko'rsatkichi   bo'lib,   u   bilan   tupgoqdagi   nam
defisiti (yetishmaydigan nam) tushunchasi bog'liq.
7 Shuningdek, ENKS ga  ko'ra sug'orish   va sho'r     yuvish  normalari, sug'orish
muddatini   belgilash   mumkin.   Agar   sug'orish   normasi   ma'lum   qatlamda
tuproqning   pastki   qatlamlariga   oqib   o'tib,   sizot   suvlarini   ko'taradi.   Eng   kam
nam   sig'imi   va   tuproqning   mavjud   namligi   ogasidagi   farq   tuproqdagi   nam
tanqisligini tashkil etadi.
Tuproqdagi   eng   maqbul   suv   gejimi   shunday   bo'lishi   kegakki,   tuproqning
o'simlik   ildizi   taraladigan   qatlatidagi   namlik   EKNS   dan   70-100   foizgacha
oraliqda   saqlanadigan   bo'lsin.   Eng   kam   nam   sig'imiga   qadarli   namlangan
tuproq   1   t   li   qatlatining   bir   gektaridagi   foydali   nam   zahirasi   miqdori,   qum
tupgoqlarda   700-1100   m 3
,   qumloq,   yengil   va   o'gta   qumoq   tupgoqlarda   1200-
1700   m 3
  va   og'   ir   qumoq,   soz   tuproqlarda   1500-   2100   m 3  
tashkil   etadi.
To’liq   nam   sig’imi   (TNS).   Havo   siqilib   (ushlanib)   qolingan
bo'shliqlar   (odatda   umumiy   g'ovaklikning   5-8   foizini   tashkil   etadi)   dan
tashqari,   tuproqning   barcha   g'ovakliklarida   ushlanib   qolinishi   mumkin
bo'lgan   eng   ko'p   nam   miqdoriga   to'liq   nam   sig'imi   deyiladi.   Demak,   TNS
odatda   son   jihatdan   tuproqning   umumiy   g'ovakligiga   to'g'ri   keladi.   TNS   ga
teng   namlik   bo'lganda   tupgoqda   barcha   turdagi   suv:   birikkan   (mustahkam   va
bo'sh   birikkan)   va   erkin   (kapilyar   va   gravitasion)   suvlar   maksimal   miqdorda
saqlanishi   mumkin.   Demak,   TNS   tupgoqning   qanchalik   suv   singdirishi
mumkinligini   xarakterlaydi.   Shuning   uchun   bu   ko'rsatkichni   to'liq   suv
singdiruvchanlik   ham   deyiladi.   Tuproqdagi   TNS   uzoq   vaqt   saqlanadigan
bo'lsa,   tuproqda   anaerob   jarayonlar   ko'payib   ketadi   va   tuproq   unumdorligi
pasayib, ekinlar hosiliga salbiy ta'sir etadi.
Tuproqning   suv   o'tkazuvchanligi.   Tuproqning   suvni   qabul   qilib   olishi
va   o'zi   orqali   yuqoridan   pastga   qarab   o'tkazish   qobiliyatiga   suv
o'tkazuvchanlik   xossasi   deyiladi.   Suv   o'tkazuvchanlik   asosan   ikki
bosqichdan:   shimilish   va   filtrlanish   (sizib   o'tish)   dan   iborat   bo'lib,   dastlab
suv   shimilib   tuproq   to'yinadi,   so'ngra   suv   tuproq   qatlamining   pastki   qismiga
ma'lum   tezlikda   sizib   o'tadi.   Tuproqning   suv   bilan   to'liq   to'yingan   holati
sharoitida   og'irlik   kuchi   va   bosim   gradiyenti   ta'sirida,   suvning   pastga   qarab
8 harakatlanishiga   filtrasiya   deyiladi.   Suv   o'tkazuvchanlik   tuproqning   ma'lum
maydoni   yuzasidan   muayyan   vaqtda   singib   o'tadigan   suv   hajmi   bilan
o'lchanadi   va   odatda   mm/soat   bilan   ifodalanadi.   Suv   o'tkazuvchanlik
tuproqning   umumiy   kovakligi   va   uning   o'lchamiga   bog'liq.   Masalan,   yengil
mexanik   tarkibli   tuproqlarda   yirik   g'ovakliklar   ko'p   bo'lganidan,   suv
o'tkazuvchanlik,   ham   doimo   yuqoridir.   Og'ir   mexanik   tarkibli   va   kesakli
changli   strukturali   tuproqlarda   suv   o'tkazuvchanlik   past.   Tuproqning   suv
o'tkazuvchanligini   baholashda   N.A.Kachinskiy   tavsiya   etgan   shkaladan
foydalanish   mumkin.   Shunga   ko'ra   temperaturasi   10   0
C   suv   bosimi   5   sm
bo'lgan   sharoitda,   tuproqning   suv   o'tkazuvchanligi   quyidagicha   baholanadi:
agar   kuzatishning   birinchi   soatida   1000   mm   dan   ko'p   suv   o'tsa,   tuproqning
suv   o'tkazuvchanligi   buzuvchi,   1000   dan   500   mm   gacha   -   g'oyat   (ortiqcha)
yuqori,   500-100   mm   -   eng   yaxshi,   100-70-   yaxshi,   70   dan   30   gacha   qoniqarli,
30 mm dan kam - qoniqarsiz hisoblanadi.
Tuproqning   suv   ko'tarish   qobiliyati   kapillyar   kuchlar   ta'sirida
tuproqning   suvni   pastdan   yuqoriga   qarab   ko'tarish   xossasidir.   Tuproqdagi
g'ovakliklarning   o'lchami   8   mm   atrofida   bo'lganda   kapillyar   kuchlar   yuzaga
keladi.   Lekin   bu   o'lcham   0,1-0,003   mm   bo'lganda,   kapillyar   kuchlar   yaxshi
ifodalanadi.   Undan   kichik   yo'llarda   sekin   harakatlanuvchi,   birikkan   suv
bo'ladi.   Shuning   uchun   qumli   tuproqlardan   qumoq   mexanik   tarkibli
tuproqlarga   tomon   suvning   ko'tarilish   tezligi   oshib   boradi   ua   soz   tuproqlarda
pasayadi.   Suvning   maksimal   ko'tarilishi   (sizot   suv   sathidan   yuqorida)   qumli
tuproqlarda   0,5-0,7   t,   qumoq   tuproqlarda   2,5-3,0   m   og'ir   soz   tuproqlarda   4-
6   m   ni   tashkil   etadi.   Kapillyarlik   ua   tuproqning   suv   ko'taruvchanligi
natijasida   sizot   suvlari   hisobidan   o'simliklarni   qo'shimcha   ravishda   suv   bilan
ta'minlanishi   qatorida   tuproqda   havo   yetishmaganligidan   moddalaming   qayta
tiklanishi   ua   tuproq   qatlamining   sho'rlanish   jarayonlari   yuzaga   keladi.
Tuproqda   nafaqat   sizot   suvi   bilan   bog'liq   bo'lgan   harakatchan   kapillyar   tiralgan
suv,   balki   kapillyar-muallaq   nam   ham   ko'tarilish   xususiyatiga   ega.
Karilluar   yo'lIari   ko'p   bo'lgan   strukturasiz   tuproqlar   harakatchan
9 ko'tariluvchan   suvni   ko'p   bug'   lantiradi.   Strukturali   tuproqlarda   esa,   yirik
agregatlar   orasidagi   g'ovakliklar   bir-biridan   ajralib   turganidan,   kapillyar   suv
kamroq   harakatlanadi.   Shuning   uchun   suv   kam   bug'lanib,   tuproqda   nam   yaxshi
saqlanadi. 
O'simliklar   o'zlashtira   oladigan   tuproq   namligi.   Aytilgandek,
tuproqdagi   mavjud   barcha   namlik   ham   o'simlikka   o'tadigan   holatda
bo'lmaydi.   Namning   bir   qismi   o'simlik   o'zlashtira   olmaydigan-foydasiz
holda   boshqa   qismi   esa   turli   darajada   o'simlikka   o'tadigan   holatda   bo'ladi.
O'simliklarning   hayot-faoliyati   jarayoni   davomida   o'zlashtiradigan   namlik
o'simlik   uchun   foydali   hisobIanadi.   O'simlikka   o'tadigan   suvga   samarali
namlik deyiladi. Chunki bu suv, hosilning shakllanishi uchun sarflanadi.
A.A.Rode   o'simliklar   uchun   qulay   bo'lgan   (o'zlashtiruvchanligiga   ko'ra)
tuproqdagi   suvning   quyidagi   kategoriyalarini   ajratib   ko'rsatadi:
o'zlashtirmaydigan   zahira,   o'zlashtirish   juda   qiyin,   qiyin,   o'rtacha,
o'zlashtirish   oson   bo'lgan   suvlar.   Oson   o'zlashtiriladigan   suvlarga   kapillyar
ua   gravitasion   suvlar   kiradi.   Gigroskopik,   maksimal   gigroskopik,   kimyoviy
bog'langan   suvlarni   o'simlik   mutlaqo   o'zlashtira   olmaydi   ua   ular   tuproqdagi
suvning   foydasiz   (o'lik)   zahirasini   tashkil   etadi.   Odatda   ildiz   tukchalarining
so'rish   kuchiga   nisbatan,   tuproqdagi   namni   ushlab   turish   uchun   sarflanadigan
kuch   ko'proq   bo'lsa,   bu   namlik   o'simlikka   o'tmaydi   ua   o'simlik   so'liy
boshlaydi.   Ko'pchilik   ekinlar   ildizlarining   suvni   so'rib   olish   koeffisiyenti   15
atmosferadan   yuqori   emas.   Tuproq   harorati   o'simliklar   o'sib   rivojlanishining   eng
muhim   omillagidan   biri   hisoblanadi.   Tuproqning   issiqlik   rejimi,   bu   yerda
kechadigan biologik ua kimyoviy jarayonlarga ham bevosita ta'sir etadi. Tuproqda
ma'lum   harorat   bo'lgandagina   o'simliklar   yaxshi   rivojlanib,   mikroorganizmlar
faoliyati   aktivlashadi.   Tuproq   yuzasiga   tushadigan   quyosh   radiatsiyasining   bir
qismi, tuproqni qizdirish uchun sarflanib, boshqa qismi uana nurlanib atmosferaga
qaytadi.   Turli   tuproqlar   har   xil   darajada   isib,   sovish   xususiyatiga   ya'ni   issiqlik
rejimiga   ega.   Tuproqning   issiqlik   holati   uning   genetik   qatlamlaridagi   haroratning
ko'rsatkichlari bilan xarakterlanadi.
10 Harorat   tuproqda   kechadigan   kimyoviy,   fizik-kimyoviy,   biokimyoviy   va
biologik   jarayonlarning   borishi   hamda   intensivligining   rnuhim   ornili   hisobIanadi.
Tuproqdagi   turli   birikmalaming   erishi   ua   cho'kmaga   tushishi,   shuningdek
mikroorganizrnlar   va   tuproq   faunasining   hayot   faoliyati   tuproqdagi   issiqlikka
bog'liq. Qishloq xo'jalik ekinlari urug'ining unib chiqishi, ildizlarining rivojlanishi,
ulardagi   alohida   stadiyalarning   o'tishi,   fotosintez   jadalligi   singarilarga   bevosita
bog'liq   bo'lgan   o'simlik   hosildorligi   tuproqning   issiqlik   sharoitlariga   bog'liq.
Tuproqda   issiqlik   yetarli   bo'lmaganda,   o'simliklar   hosili   pasayib,   hatto   ekinlar
nobud   bo'ladi.   Turli   tuproqning   issiqlik   rejimlari   A.P.Vaykov,   A.F.Chudnovskiy,
M.I.Budiko,   A.M.Shulgin,   A.N.Dirno,   O'zbekistonda   ,Turopov,   Sh.Xoliqulov   va
boshqalar tomonidan ancha batafsil o'rganilgan.
Tuproqdagi   issiqlikning   asosiy   manbai   -   quyosh   nuri   energiyasi   (quyosh
radiatsiyasi)   hisoblanadi.   Shuningdek   tuproqdagi   issiqlikning   uncha   ko'p
bo'lmagan   qismi,   yeming   ichki   energiyasi   ua   litosferaning   yuqori   qismlarida
kechadigan   kimyoviy,   biologik   ua   radioaktiv   jarayonlar   natijasida   yuzaga
keladigan   issiqlik   hisobiga   to'planadi.   Organik   rnoddalar   (go'ng,   o'simlik
qoldiqlari,   har   xil   chirindi   kabilar)   ning   chirishi   natijasida   hosil   bo'ladigan
issiqlik   yopiq   grunt   (parnik   xo'jaligi)   shagoitida   sabzavotchilikda   keng
ishlatiladi.
Quyosh   nurlari   tuproq   yuzasiga   singdirilib,   issiqlik   energiyasiga   o'tadi
va   tuproqning   pastki   qatlamlariga   berib   o'tkaziladi.   Atmosferaning   yerga
yaqin   qisrni   harorati   pastroq   bo'lsa,   tuproqdagi   to'plangan   issiqlik
atmosferaga   qarab   o'tadi.   Uyer   yuzasiga   tushayotgan   va   qaytayotgan   quyosh
nurlarining   energiyasiga   ko'ra   tuproq   isib-soviydi.   Tuproq   yuzasiga
singdiriladigan   va   undan   qaytadigan   issiqlik   miqdori   tuproqning   rangi,
struktura   agregatlarining   holatiga,   tuproqning   o'simliklar   bilan   soyalanishiga,
namlanishiga   ua   boshqa   omillagga   bog'liq.   Tuproq   yuzasiga   tushayotgan
quyosh   radiatsiyasi   miqdori   joyning   geografik   joylashuviga   va   relyef
sharoitlariga,   shuningdek,   yil,   kecha-kunduz   davomida   o'zgarishi   va
atmosfera   holati   (ochiq   yoki   bulutli   bo'lishi)   singarilarga   bog'liq.   Shimoliy
11 yarim   sharda   quyosh   gadiatsiyasining   umumiy   oqimi   shimoldan   janubga
kelgan   sayin   oshib   boradi.   Uyer   yuzasining   mo'tadil   kenglik   zonasida   quyosh
radiatsiyasi   kunning   o   'rtalarida,   uyer   tekis   yuzasida   minutiga   0,8-1,5   kal/sm2
ni tashkil etadi.
Qishloq   xo’jaligi   ekinlarining   hayotini   tuproq   namligisiz   tasavvur   qilish
qiyin.   Har   bir   o’simlik   hayoti   faoliyati   davomida   zurur   bo’lgan   fiziologik
jarayonlarni   amalga   oshishi   uchun   ma’lum   darajadagi   tuproq   namligini   talab
qiladi.   O’simlikning   urug’i   tuproqqa   tushugandan   boshlab   tuproq   namligiga   o’z
munosabatini   bildiradi.  Agar  namlik ortiqcha  bo’lganda  issiqlik  yetishmasa   urug’
chiriydi   va   unib   chiqishida   turli   kasalliklarga   uchraydi.   Bir   so’z   bilan   aytganda
tuproq   namligi   nihoyat   muhim   va   xilma-xil   ahamiyatga   ega   bo’lib,   tuproqning
fizik, kimyoviy va biologik xossalari va unumdorligi hamda o’simliklar hayoti va
mahsuldorligini belgilovchi muhim omil hisoblanadi.
1.2.  Tuproqning issiqlik xossalari
Tuproqning   issiqlik   xossalariga:tuproqning   issiqlik   singdirishi,   issiqlik
sig'imi   va   issiqlik   o'tkazuvchanligi   kabilar   kiradi.   Tuproqning   issiqlik   singdirishi
tuproqning   quyoshenergiyasini   qabul   qilib,   singdirish   xossasidir.
Tuproqning bu xossasi odatda Albedo (A) ko'rsatkichi bilan xarakterlanadi.  Tuproq
yuzasiga   tushayotgan   barcha   quyosh   nuri   energiyasiga   nisbatan   qaytarilayotgan
energiyaning prosent  miqdori  Albedo (A)  deyiladi. Albedo qanchalik kam  bo'lsa,
tuproq   quyosh   energiyasini   shuncha   ko'p   singdiradi.   Albedo   tuproqning   rangiga,
namligiga, struktura holatiga, tuproq yuzasining tekisligiga va o'simlik qoplamiga
bog'liq (36-jadyal). To'q tusli, gumusga bou tuproqlar och tusliga nisbatan va nam
tuproq   quruq   tuproqqa   qaraganda   quyosh   energiyasini   ko'proq   singdiradi   va
Albedo ko'rsatkichi past bo'ladi.   Tuproqning issiqlik   sig'imi - tuproqning issiqlikni
singdirib turish qobiliyati  bo'lib, 1 gramm  yoki 1sm3 hajmdagi  tuproqning   O
C   ga
qizdirish   uchun   ketgan   va   kaloriya   bilan   o'lchanadigan   issiqlik   miqdori   bilan
ifodalanadi..   Shuning   uchun   tuproqning   og'irlik   (yoki   solishtirma)   issiqlik   sig'imi
va   hajmiy   issiqlik   sig'imi   farqlanadi.   Issiqlik   sig'imi   tuproqning   minerologik   va
12 mexanik   tarkibiga,   organik   moddalar   miqdoriga,   uning   g'ovakligi   va   tuproqdagi
havo   miqdoriga   bog'liq.   Suvning   issiqlik   sig'imi   tuproqdagi   mineral   ua   organik
moddalardagiga qaraganda ancha yuqori bo'lganidan, nam tuproqlarning haroratini
oshirish   uchun   quruq   tuproqqa   nisbatan   ko'proq   issiqlik   zarur   bo'ladi.   Nam
tuproqlar   sekinroq   qizib  ua   sekin   soviydi,   quruq   tuproq   tezroq  qizib,   tez   soviydi.
Soz   tuproqlar   nam   holatida   qumli   tuproqlarga   qaraganda   ancha   yuqori   issiqlik
sig'imiga   ega   bo'lganidan,   sekinroq   soviydi.   Shuning   uchun   serchirindi   ua   og'ir
mexanik   tarkibIi   tuproqlar   "sovuq   tuproq",   oz   chirindili,   yengil   (qumli,
qumloq) tuproqlar "iliq" tuproqlar jumlasiga kiradi.   Tuproqqa ishlov berish, yerni
sug'orish   yo'li   bilan   tuproq   g'ovakligini   va   namligini   o'zgartirish   hamda   ma'lum
darajada tuproqning haroratini boshqarish mumkin.
Tuproqning   issiqlik   o'tkazuvchanligi   -   tuproqning   o'zi   orqali   issiqlikni
o'tkazish   qobiliyati.   Issiqlik   o'tkazuvchanlik   1   sm   qalinlikdagi   tuproqning   1
sm2   yuzasidan   1   sekundda   o'tadigan   kaloriya   hisobidagi   issiqlik   miqdori
bilan   o'lchanadi.   Tuproqning   issiqlik   o'tkazuvchanligi,   uning   mineralogik,
mexanikaviy   tarkibiga   va   organik   moddalar   miqdoriga   hamda   tuproq
qovushmasi   va   tuproqning   qattiq,   suyuq,   gaz   fazalari   orasidagi   o'zaro
nisbatiga   bog'liq.   Shunga   ko'ra   tuproqning   tarkibiy   qismlari   turlicha   issiqlik
o'tkazuvchanlikka ega.   Tuproq mineral qismining issiqlik o'tkazuvchanligi havoga
nisbatan   o'rtacha   100   barobar,   suvga   nisbatan   28   barobar   yuqori.   Shuning   uchun
tuproq   qanchalik   nam   bo'lsa,   uning   issiqlik   o'tkazishi   yuqori,   g'ovakligi   ko'p
bo'lganda   kam.   Yozda   tuproqning   yuqori   qatlamlari   quriganda,   uning   issiqlik
o'tkazishi   kamayadi,   natijada   tuproqning   yuqori   qismlaridan   pastga   qarab   issiqlik
o'tkazishi   ham   pasayadi.   Kuz   davomida   tuproqda   ko'proq   nam   to'plash,   o'z
navbatida   ko'proq   issiqlik   zahirasini   ham   yaratish   imkonini
beradi.   Vu   kuzgi   g'allani   ertangi   sovuqlar   ta'sirida   muzlashdan   saqlab
qoladi. 
Tuproqning   issiqlik   rejimi.   Tuproq   yuzasiga   issiqlikning   tushishi,
tuproq   qatlamlariga   o'tishi,   to'planishi   ua   qaytishi   kabi   hodisalar   yig'indisiga
tuproqning   issiqlik   rejimi   deyiladi.   Tuproqning   issiqlik   rejimi   iqlim   (quyosh
13 radiasiyasining   oqimi,   atmosferaning   namlanishi   ua   quruqlashuvi   va
boshqalar)   shuningdek,   joyning   relyef   sharoitlari,   o'simlik   ua   qor   qoplami
singarilar   ta'sirida   vujudga   keladi.   Tuproqning   issiqlik   holatini   xarakterlovchi
issiqlik   rejimining   asosiy   ko'rsatkichi   tuproq   temperaturasi   hisoblanadi.
Tuproq   temperaturasi,   kelayotgan   quyosh   radiatsiyasi   oqimi   ua   tuproqning
issiqlik   xossalari   bilan   belgilanadi.   Haroratning   tez   o'zgarib   turadigan   tuproq
qatlami   0-1   sm   da   bo'lib,   3-5   sm   dan   boshlab,   keskin   pasayadi.   Tuproqning
35-100   sm   chuqurligida   sutkalik   o'zgarishi   deyarli   kuzatilmaydi.   Tuproq
haroratining   sutkalik   o'zgarishiga   havoning   ochiq   yoki   bulutli   bo'lishi,
yog'in-sochin,   shamol   ta'siri   hamda   tuproqning   tarkibi,   o'simlik   va   qor
qoplami   ta'sir   etadi.   Yoz   faslida   yalang,   ochiq   joylarda   tuproq   usti
qatlamining   harorati   O'rta   Osiyoda   70-750   va   tropik   mamlakatlarda   820   ga
yetadi.   Tuproqdagi   o'rtacha   yillik   haroratning   o'zgarishi:   iyul   ua   avgust
oylarida   o'rtacha   sutkalik   o'zgarishi   eng   yuqori,   yanvar-fevralda   esa   minimal
darajada   bo'ladi.   Yoz   faslida   eng   yuqori   sutkalik   o'rtacha   tempuratura,
odatda   tuproqning   ustki   qismida   kuzatilib,   quyi   qismlarida   kamayib   boradi.
Qishda   esa   aksincha   tuproqning   yuzasida   harorat   pasayib,   quyi   qismlarida
ko'tariladi.   Tuproq   haroratining   o'zgarib   turishiga   sabab   bo'luvchi   tabiiy
faktorlardan   asosiylari   joyning   relyefi.   tuproq   xossalari,   o'simlik   ua   qor
qoplami singarilar hisoblanadi.
O'simlik   qoplami   yoz   faslida   uyer   yuzasining   nihoyatda   isib   ketishidan
saqlaydi.   Qish   mavsumida   esa   tuproqdagi   issiqlikning   tarqalib   ketishini
pasaytiradi.   Qishki   davrda   qor   qoplami   tuproq   haroratiga   ta'sir   etib,   issiqlikni
to'playdi   ua   yerni   sovib,   muzlashdan   saqlaydi.   Vu   qishlayotgan   kuzgi
g'allaning   nobud   bo'lishini   oldini   olishda   muhim   ahamiyatga   ega.
Tuproqning   harorati,   shuningdek,   uning   mexanik   tarkibi,   namligi   ua
rangiga   bog'liq.   Namlikni   yaxshi   ushlab   turadigan   soz   tuproqlar   yuqori
issiqlik   sig'imiga   ega   bo'lganidan,   bug'lanishga   ketadigan   issiqlikni   shuncha
ko'p   sarflaydi.   Qumli   tuproqlar   kam   issiqlik   sig'imiga   ega   bo'lganidan,   soz
tuproqqa   nisbatan   tezroq   isiydi.   Demak,   yengil   mexanik   tarkibli   quruq   va
14 zahi   yaxshi   qochirilgan   tuproqlar   bahor-yozda   issiqroq   bo'lib,   kuzda   esa   soz
tuproqlarga   nisbatan   sovuqroqdir.   Tuproqning   temperatura   rejimini
xarakterlashda   tuproqning   20   sm   chuqurlikdagi   aktiv   harorat   (>10 0
S)   ning
davomiylik   davri   muhim   ahamiyatga   ega.   Ana   shu   chuqurlikda   ekinlar   ua
tabiiy   o'tlarning   ildiz   sistemasining   asosiy   qismi   tarqalgan   bo'ladi.
Tuproqning   0,2   m   chuqurlikdagi   aktiv   harorat   (>100 0
S)   tuproqning   issiqlik
bilan ta'minlanishini belgilovchi asosiy ko'rsatkichdir. 
Tuproqning   radiatsiya   va   issiqlik   balansi.   Uyer   yuzasiga   keluvchi
yuzasida   quyosh   energiyasi   qisman   tuproqqa  singib,   uning   bir   qismi   atmosferaga
singdiriladigan   va   undan   nurlanadigan   quyosh   radiatsiyasining   kirimi   ua   sarfiga
radiatsiya   balansi   (Rb)   deyiladi.  Tuproqning   radiatsiya   balansi   musbat   ua   manfiy
bo'lishi   mumkin.   Ana   shunga   ko'ra   tuproq   yuzasining   isishi   yoki   sovushi
belgilanadi.   Quyosh   radiatsiyasi   tuproq   yuzasiga   yetib   kelgandan   keyin,   issiqlik
radiatsiyasiga o'tadi.
Tuproqning issiqlik balansi joyning geografik holati, relyefi yil mavsumi ua
sutkaning   vaqti,   tuproq   xossalari,   o'simliklari   hamda   meteorologik   sharoitlari   ua
boshqalarga   bog'liq.   O'rtacha   yillik   harorat   ua   tuproqning   muzlash   xarakteriga
ko'ra   V.N.Dimo   (1972)   tuproq   issiqlik   rejimining   quyidagi:   muzloq,   uzoq
mavsumiy   muzlaydigan,   mavsumiy   muzlaydigan,   muzlamaydigan   tiplarini
ajratadi.
Tuproq   issiqlik   rejimining   ahamiyati   va   uni   yaxshilash   tadbirlari.
Turli   o'simliklaming   optimal   (mo'tadil)   o'sib   rivojlanishi   uchun,   uning   ayrim
vegetativ   davrlarida   har   xil   miqdordagi   issiqlik   talab   etiladi.   Jumladan,
ekinlaming   urug'i   0-1   dan   past   bo'lmagan   haroratda   unib,   ko'karib   chiqadi.
Tuproqdagi   issiqlik   (ma'lum   chegaragacha)   qanshalik   yuqori   bo'lsa,
o'simliklaming o'sib rivojlanishi shunchalik tez boradi.
Yuqori   harorat   ham   o'simliklarga   salbiy   ta'sir   etadi.   Jumladan,   kartoshkada
tuganaklarning   hosil   bo'lish   jarayoni   pasayadi.   Past   haroratda   o'simliklaming
o'sishi   susayib,   vegetasiya   davri   cho'ziladi   va   o'simliklar   hosili   ozayadi.
Bunday   sharoitda   o'simliklarga   turgoqdan   nam   va   oziq   moddalar,   ayniqsa,
15 fosfor   hamda   azotning   o'tishi   kamayadi,   biologik-kimyoviy   jarayonlar
susayib,   oziq   moddalaming   almashinuvi   buziladi.   Bularning   barchasi   ekinlar
hosildorligining   kamayishiga   olib   keladi.   Tuproq   harorati   mikroorganizmlarning
hayot   faoliyatiga   va   ular   ta'sirida   kechadigan   biokimyoviy   jarayonlar   (organik
moddalar   qoldiqlarining   parchalanishi,   ammonifikasiya,   nitrifikasiya   va   boshqa
jarayonlar) ga katta ta'sir etadi.
Ko'pchilik   mikroogganizmlar   uchun   optimal   harorat   25-35   atrofidadir.
Tuproq   haroratining   oshishi   bilan   tuproq   eritmasidagi   gazlarning   eruvchanligi
kamayadi,   ammo   kimyoviy   reaksiyalar   aktivligi   oshadi.   Qo'llaniladigan   o'g'itlar
samarasi,   tuproqdagi   namning   bug'lanishi   va   uning   tuproq   gorizontlari   bo'ylab
tarqalishi ham haroratga bog'liq. Tuproqning issiqlik rejimi sharoitlarini yaxshilash
yo'li bilan quyosh radiatsiyasini tartibga solish, uning ta'sir kuchini pasaytirish yoki
havoga   tarqalishi   bilan   uning   yo'nalishini   kamaytirishga   qagatilgan   tadbirlar
sistemasini   ishlab   chiqishda   muhim   rol   o'ynaydi.   Shimoliy   rayonlarda   yozgi
mavsumda namlik yuqori bo'lishi va quyosh radiatsiyasining kam tushishi sababli,
tuproq haroratini oshirishga, Janubiy qurg'oqchil rayonlarda esa, uni pasaytirishga
qaratilgan   tadbirlar   olib   boriladi.   Quyosh   issiqligini   tartibga   solish   tadbirlari
sistemasiga   tuproq   yuzasini   o'simlik   qoplami   bilan   soualashtigish   va   mulchalash,
yerni   ishlashning   ba'zi   usullaridan   (yumshatish,     qatok   bosish)   foydalanish,
ekinlarni   pushtaga   ekishni   qo'   llanish   singarilar   kiradi.   O'simlik   qoplami   tuproq
yuzasini   soyalantirib,   quyosh   issiqligining   kelishini   kamaytiradi,   shu   bilan
haroratning pasayishiga olib keladi.
Mulchalash,   ya'ni   mayda   torf,   chirindi,   go'ng,   somon,   mulcha   qog'ozi ,
plyonka   kabi   turli   materiallar   bilan   tuproq   yuzasini   yopish   yoki   berkitish
orqali   tuproq   harorati   tartibga   solinadi.   Bu   agrotexnik   usul   ayniqsa,
sabzavotchilikda   keng   ishlatiladi.   Nar   qanday   mulcha   bilan   uorilgan   tuproq
yuzasidan   namning   bug'lanishi   va   shu   bilan   issiqlik   sarfi   ham   kamayadi.
Mulchalash   issiqlikning   sutkalik   o'zgarishini   tartibga   soladi.   Mulchalash
keyingi yillarda paxtachilikda ham qo'lIanila boshlandi.
16 M.V.Muharnmadjonovning   ma'lumotiga   ko'ra   (1982)   g'o'za   ekilgan
qatorlarni   yupqa   (0,5   mm)   qora   plyonka   bilan   mulchalash   orqali   asosan   qalin
qatqaloq   hosil   bo'lishining   oldini   olishga,   tuproq   haroratini   1,5-4°S   ko'tarishga,
chigitlarning   to'la   to'kis   unib   chiqishiga,   o'simliklar   rivojini   8-10   kunga
tezlashtirishga va paxta hosilini gektariga 5-6 s oshirish imkoniyatiga ega bo'linadi.
Yerni   ishlash   va   tuproqning   ustki   qismlari   yumshatish   tuproq   issiqligining   tez
almashib   turishini   ta'minlaydi.   Tuproq   haroratini   tartibga   solishning   eng   muhim
vositalaridan uana biri, qishloq xo'jalik ekinlarini sug'orishdir. 
Sabzavotchilikda   tuproqning   issiqlik   rejimini   yaxshilash   uchun   tuproq
yuzasi   va   havoning   quyi   uyer   usti   qatlamini   isitish   tadbirlaridan   foydalaniladi.
Shu   maqsadda   bioyoqilg'i,   issiq   suv,   bug'   va   elektr   isitkichlardan   foydalanish
va   plyonka   bilan   yopish   usullari   qo'llaniladi.   Tuproq   haroratini   oshirish
uchun   bug'   va   issiq   suv   bilan   isitish   usulidan   keng   foydalaniladi.   Shu
maqsadda   tuproqning   yuqori   madaniy   qatlamlaridan   40-70   sm   chuqurlikda
qilib,   trubalar   o'tkaziladi   va   ular   orqali   issiq   suv,   bug'   yuboriladi.   Sovuq
davrlarda   tuproqning   issiqlik   rejimini   yaxshilash,   uchun   qor   to'plash
meliorasiyasidan   foydalaniladi.   Qor   to'plangan   maydonlarda   kuzgi-qishki
ekinlar   muzlashdan   saqlanadi,   tuproqda   nam   ko'payadi   va   natijada   ekinlar
hosili   oshadi.   Tuproqqa   issiqlikning   tushishi,   uning   tuproq   qatlamlarida   (yon
tomonlarga   yoki   chuqurlikka)   siljishi   va   o'zidan   issiqlikni   berishi   kabi
hodisalaming majmuasiga   tuproqning issiqlik rejimi   deyiladi. Tuproqning issiqlik
rejimi uning issiqlik xossalariga, geografik sharoitga, o'simlik qoplamiga hamda er
ustining tuzilishiga bog'liq holda o'zgarib boradi.
17 II-BOB.  TUPROQNING SUV VA ISSIQLIK XOSSALARINI
O’RGANILISHI
2.1.    Tuproqning   s uv xossalarini   o’rganilishi
O’zbekistonda   sug’oriladigan   yerlar   asosan   g’o’za   bilan   band   bo’lganligi
uchun   XX   asrning   2-chi   yarimida   donli   ekinlar   asosan   lalmikor   yerlarda
yetishtirilganligi   uchun   lamikor   yerlar   tuproqlarning   namlik   rejimini   o’rganishga
alohida e’tibor berildi. 
1960   yillardan   boshlab   lamikor   tuproqlar   namlik   rejimini   o’rganishga
qiziqish   kuchaydi.   Sug’orilmaydigan   tog’   oldi   tekistliklarining   qo’riq   bo’z
tuproqlari   shudgor   qilib   keyingi   yilga   qoldirilgan   tuproqlar   namligi   V.Umarova
(1961)   cho’l   mintaqasi   tuproqlarining   namlik   rejimi   S.N.Rijov,   V.B.Gussok,
Ya.M.Nasarovlar   (1962),   qo’riq   yerlar   bo’z   tuproqlarining   namlik   rejimi
X.M.Abduvaxidov   (1964)   Samarqand   viloyati   Omoqo’ton   o’rmon   xo’jaligi
hududidagi   tog’   jigar   rang   tuproqlarining   namlik   rejimi   M.A.Abdullayev   (1964)
tomonidan,   lalmi   mintaqalar   tuproqlarining   namlik   rejimi   bilan   L.N.Poberejskiy
(1966),   S.M.Mamaniyazov   va   A.S.Meloserdevalar   (1966-1974)   shug’ullanganlar.
A.S.Meloserdeva   (1978)  tog’   oldi  tepaliklari  va  tekisliklari  tuproqlarining  namlik
rejimini   o’rgangan.   O’rganish   natijasiga   ko’ra,   sug’oriladigan   tuproqlar   yomg’irli
nam  yillarda  100-120  sm,  qurg’oqchil  yillarda 20-40;  20-60     sm  chuqurlikkacha
namlanishi   aniqlangan   va   namlik   rejimiga   ko’ra   tipik   bo’z,   bo’z   o’tloq   va
gidromorf   allyuvial   tuproqlarga   ajratilgan.   Sug’oriladigan   tuproqlar   lalmikor
dehqonchilik   qilinadigan   tuproqlarning   namlik   rejimidan   keskin   farq   qiladi.
Sug’orib   dehqonchilik   qilinadigan   tuproqlarning   namlik   rejimi   tuproqni   sho’rini
yuvish va sug’orish uchun sarflanadigan suv miqdoriga va ekin turiga bog’liq.
1963-1964   yillarda   Tuproqshunoslik   va   agrokimyo   instituti   tuproq
gidrologiya   laboratoriyasi   va   Leningrad   Agrofizika   instituti   xodimlari   tomonidan
Toshkent   viloyati,   Yangi   yo’l   tumani   “Kommunizm”   kolxozi   hududida
sug’oriladigan   tipik   bo’z   tuproqlar   sharoitida   keng   miqyosdagi   g’o’za   dalalarini
tuproq   harorati   va   namligini   boshqarish   bo’yicha   tajribalar   olib   borilgan.
O’zbekistonda   birinchi   marta   polietilen   plyonka   bilan   g’o’za   qator   oralari
18 mulchalangan   va   mulcha   plyonkaning   tuproq   harorati   va   namligiga   ta’sirini   (0-
200)   sm)   o’rganish   bo’yicha   vegetasiya   davri   davomida   rejimli   kuzatishlar   olib
borgan. 
A.Ataxanov   (1980)   Chirchiq-Oxongaron   daryolari   oralig’idagi   tipik   bo’z
tuproqlarning   namlik   va   issiqlik   rejimini   re’lfi   va   gorizont   tomonlariga   bog’liq
holda   o’zgarishini   va   uning   tuproq   unumdorligiga   ta’sirini   o’rgangan.   Olingan
ma’lumotlarga ko’ra, janubiy-g’arbiy yonbag’rdagi tuproqlar eng ko’p faol harorat
yig’indisiga   (0,2   m   chuqrlikda   5882 0
S)   suv   ayirg’ichdagi   tuproqlar   esa   hamda
yig’indiga   ega   bo’lgan   (5262   0
S)   ga   va   eroziya   natijasida   yuvib   keltirilgan
tuproqlarda   bu   ko’rsatkich   4931   0
S   ga   teng   ekanligi   aniqlangan.   Quruq   yerga
nisbatan   lalmikor   yerning   suv   rejimi   ijobiy   ijobiy   ekanligi   aniqlangan.   Suv
ayirg’ichdagi   tipik   bo’z   tuproqqa   nisbatan   yuvib   keltirilgan   tuproqlarda   (pastkam
tekistlikda) eng ko’p g’alla hosili bo’lib (24,1 s ) olingan. Ya’ni suv ayirg’ichdagi
tipik  bo’z  tuproqlar  sharoitida   yetishtirilgan   arpa  hosiliga   nisbatan   11  %  ortiqcha
hosil olingan.
1960   yillardan   boshlab   lamikor   tuproqlar   namlik   rejimini   o’rganishga
qiziqish   kuchaydi.   Sug’orilmaydigan   qo’riq   tog’   oldi   tekistliklarining   bo’z
tuproqlar va shudgor qilib keyingi yilga qoldirilgan tuproqlar namligi V.Umarova
(1961)   cho’l   mintaqasi   tuproqlarining   namlik   rejimi   S.N.Rijov,   V.B.gussok,
Ya.M.Nasarovlar   (1962),   qo’riq   yerlar   bo’z   tuproqlarining   namlik   rejimi
X.M.Abduvaxidov   (1964)   Samarqand   viloyati   Omoqo’ton   o’rmon   xo’jaligi
hududidagi   tog’   jigar   rang   tuproqlarining   namlik   rejimi   M.A.Abdullayev   (1964)
tomonidan,   lami   mintaqalar   tuproqlarining   namlik   rejimi   bilan   L.N.Poberejskiy
(1966),   S.M.Mamaniyazov   va   A.S.Meloserdevalar   (1966-74)   shug’ullanganlar.
A.S.Meloserdeva   (1978)  tog’   oldi  tepaliklari  va  tekisliklari  tuproqlarining  namlik
rejimini o’rgangan. O’rganish natijasiga ko’ra bu tuproqlar yomg’irni nam yillarda
100-120   sm,   qurg’oqchil   yillarda   20-40-20-60       sm   chuqurliikacha   tuproqni
namlashi aniqlangan va namlik rejimiga ko’ra tipik bo’z, bo’z o’tloq va gidromorf
allyuvial   tuproqlarga   ajratgan.   Lalmikor   dehqonchilik   qilinadigan   tuproqlarning
nam   rejimidan  keskin   farq  qiladi.   Yuqorida   aytganimizdek   sug’orib   dehqonchilik
19 qilinadigan   tuproqlarning   namlik   rejimi   tuproqni   sho’rini   yuvish   va   sug’orish
uchun sarflanadigan suv miqdoriga ham ekin turiga bog’liq.
N.P.Yazikov, R.Z. Muxammedjonov (1963) mulchqog’oz bilan o’tkazilgan
tajribada   tuproq   namligi   5-10   sm   chuqurlikda   6   ta   holatda   o’rtacha   0,4-2,3   %
oshgan   bo’lsa,   qolgan   holatlarda   4,5   %   gacha   kam   bo’lgan.   10-20   sm   0,2-5,3   %
kam   bo’lgan.   Bu   chuqurliklardagi   tuproq   harorati   0,1-1,5   1-2   0
S   ga
mulchalanmagan   variantga   nisbatan   yuqori   ko’rsatkichga   ega   bo’lgan   va
hosildorlik 9,8 % ga oshgan.
I.Turapov   (1971)   Qarshi   cho’li   sharoitida   och   tusli   sug’oriladigan   bo’z
tuproqlarning sug’orish ta’sirida tuproq haroratining o’zgarishi g’o’za vegetasiyasi
davrida 300 sm chuqurlikkacha rejimli kuzatishlar olib borilgan. Sug’orish oldidan
tuproq   yuza   qismining   harorati   sug’oriladigan   tuproqda   4   0
S,   sug’orilmaydigan
tuproqqa   nisbatan   kam   ekanligi   va   sug’orilgandan   keyin   27   0
S   gacha   pasayib
ketganligi aniqlangan. Shuning bilan bir sutkalik maksimum haroratni sodir bo’lish
vaqti 1-2 soatga vegetasiya davri davomida esa bu ko’rsatkich 20-25 kunga orqaga
surilgani aniqlangan.
A.Ataxanov   (1980)   Chirchiq-Oxongaron   daryolari   oralig’idagi
sug’oriladigan tipik bo’z tuproqlarning namlik va issiqlik rejimini re’lfi va gorizont
tomonlariga   bog’liq   holda   o’zgarishini   va   uning   tuproq   unumdorligiga   ta’sirini
o’rgangan.   Olingan   ma’lumotlarga   ko’ra,   janubiy-g’arbiy   yonbag’rdagi   tuproqlar
eng   ko’p   faol   haroratga   (0,2   m   chuqrlikda   5882 0
S)   suv   ayirg’ichdagi   tuproqlar
5262   0
S   ga   va   eroziya   natijasida   yuvib   keltirilgan   tuproqlarda   4931   0
S   ga   teng
ekanligi   aniqlangan.   Quruq   yerga   nisbatan   lalmikor   yerning   suv   rejimi   ijobiy
tomonga   o’zgargan.   Suv   ayirg’ichga   nisbatan   eng   ko’p   g’alla   hosili   yuvib
keltirilgan   tuproqlarda   (patqal   tekistlik)   bo’lib,   24,1   s   ni   tashkil   etgan.   Ya’ni   suv
ayirg’ichdagi tipik bo’z tuproqlar sharoitida yetishtirilgan arpa hosiliga nisbatan 11
% ortiqcha bo’lgan.
MDH ning etuk tuproqshunos olimlari tomonidan atmosfera iqlim sharoitlari
tuproq iqlim sharoitlariga o'xshash emas, tuproq iqlim sharoitlari atmosfera iqlimi,
qolaversa tuproqning o'ziga va inson ta siriga ham bog'liqligi ta’kidlab o'tilgan.‟
20 Tuproq   iqlimi   haqidagi   masalalar   ilk   bor   P.A.Kostichev   (1937)   tomonidan
o'rganilgan.   U   tuproq   iqlimini   atmosfera   iqlimining   tuproqning   o'ziga   xos
xususiyatlari   va   xossalari   ta’sirida   o'zgarishi   deb   hisoblagan.   A.A.Izmailskiy
(1950)   fikricha,   u   yoki   bu   tuproqlarda   madaniylashganlik   holatiga   bog'liq   holda
atmosfera   yog'in   lari   ta’sirida   turlicha   suv   rejimi   shakllanadi.   V.V.Dokuchaev
(1948)   ham   o’z   asarlarida     tuproq   paydo   bo'lish   jarayonlarida   tuproq   namligi   va
haroratining ahamiyatini ko'rsatib bergan.
S.S.Neustruev (1930) ko’rsatishicha, atmosfera iqlimi bevosita tuproq paydo
bo'lish jarayonlariga ta sir etuvchi tuproq iqlimini, ya’ni tuproqning suv va harorat‟
rejimini     shakllantiradi.   Uning   ta’kidlashicha,   tuproq   iqlimi   va   mikroiqlimi
atmosfera iqlimi va  mikroiqlimidan tubdan farq qiladi, ya’ni u tuproq qatlamlarida
o'zgarib   o'ziga   xos   gidrotermik     rejim   hosil   qiladi.   SHu   sababli   tuproq   tiplari   va
tipchalari   harorat   va   namlikning   qatlamlar   bo'ylab   tarqalishi   bo'yicha   ham   bir-
biridan sezilarli farqlanadi.
K.P.Gorshenin   (1939)   G'arbiy   Sibir   tuproqlarida   olib   borgan   tadqiqotlari
davomida shunday xulosaga keldiki, bir xil atmosfera iqlimi bo'lgan sharoitda ham
tuproq   mikroiqlimi     xususiyatlari   sezilarli   darajada   uning   mikrozonalligi   bilan
bog'liq bo'ladi.
S.P.Kravkov (1937)  garchi  yer  yuzasining u yoki bu hududida atmosferada
issiqlik va namlik bir xil bo'lsa ham turli kimyoviy va fizikaviy xossalarga ega turli
tuproqlar   bir-biridan   keskin   farq   qiluvchi   o'ziga   xos   iqlim   xususiyatlariga   ega
bo'Iishi mumkinligini qayd qilib o'tgan.
M.M.Filatov   (1945)   ham   atmosfera   iqlimi   ta’sirida   yuza   kelgan   va   tuproq
xossalari   orqali   o'zgargan   tuproqning   gidrotermik   rejimini   tuproq   iqlimi   sifatida
qabul qilishni taklif etgan.
Shunga   o'xshash   fikrlar   M.I.Sumgin   (1931)   tomonidan   bildirilgan,   ya’ni   u
tuproq   iqlimiga   umumiy   iqlim   sharoitlari   va   tuproq   jarayonlari   o'rtasida
harakatlanuvchi   mexanizm   sifatida   sodir     bo'ladigan   hodisa   sifatida   qaraydi.
Agroiqlimshunoslikda   va   tuproq   iqlimshunosiigida   tuproq   iqlimi   to'g'risidagi
fikrlami   birinchi bo'lib P.I.Koloskov (1946) ilgari surgan. U tuproq iqlimini - "...
21 tuproq   jarayonlari   va     unumdorligiga   ta’sir   etuvchi   va   ayni   paytda,   tashqi   muhit
iqlimiga, tuproq xossalari va tuproq  qoplamiga ko‘rsatiladigan ta ‘sirlarga bog 'liq
bo’ladigan   sutkalik   va   yillik   davriylikda   tuproqda   kechadigan   fizik   hodisalar
majmuidir   deya   ta’riflagan.   Uning   fikricha,   tuproq   iqlimshunosligiga   alohida   fan
sifatida   qaralishi   lozim,   u   tuproq   iqlimining   shakllanishi   va   rivojlanishi,   uning
geografik   tarqalishi,   ma’lum   hudud   tuproq   iqlimini   tavsiflash,   tuproq   iqlimini
boshqarishning   nazariy   va   amaliy   asoslarini   ishlab   chiqish   kabi   masalalami
o'rganishi zarur.
Biroz   keyinroq   P.I.Koloskov   fikrlarini   A.M.Shulgin   (1957)   tomonidan
rivojlantirdi   va   tuproq   iqlimi   ta rifiga   yanada   aniqliklar   kiritdi.   A.M.Shulgin‟
tuproq   iqlimini   "...atmosfera   iqlimi,   tuproq,   o'imliklar   va   insonlarning   ishlab
chiqarish faoliyati bilan o 'zaro chambarchas bog 'liqlikda rivojlanadigan tuproqda
kechadigan sutkalik va yillik o ‘zgarish xususiyatiga ega fizik hodisalar majmuidir
”   deb ta’riflaydi.
K.A.Ufimseva   (I960)   tuproq   iqlimiga   quyidagicha   ta’rif   bergan:
“...tuproqning   ko'p   yillik   issiqlik,   havo   va   suv   rejim   lari   landshaftlaming   iqlim
sharoitlari, relefi, o’simlik dunyosi, tuproq paydo qiluvchi ona jinslari xarakteri va
boshqa   komponentlari   bilan   chambarchas   bog'liqdir.   Tuproq   iqlimi   xususiyatlari
tuproq   profilida   moddalar   dinamikasini,   tuproq   hosil   bo'lish   jarayonlarining
yo'nalishini   va   tuproq   unumdorligi   darajasini   belgilab   beradi.   SHuning
uchun   turli   hududlardagi   tuproq   iqlimi   xususiyatlari   tuproqlar   genetik   tiplarining
tarqalishi bilan bir-biriga to 'la mos keladi .	
‟
Bularga   misol   qilib   X.M.Abduvoxidovning   (1964)   qo'riq   bo'z   tuproqlar
bo'yicha,   V.Umarovaning   (1962)   shudgor   va   qo'riq   yerlar   bo'yicha,   S.N.Rbijov,
V.B.Gussak,   YA.M.Nosirovlaming   (1962)   cho'l   mintaqalari   tuproqlarining   suv
rejimi   bo'yicha,   L.   N.   Poberejskiyning   (1966)   turli   lalmi   mintaqa   tuproqlarining
suv   rejimi   bo'yicha,   S.M.Mamaniyozov,   A.S.Miloserdovalaming   (1974)
O'zbekistonni   turli   lalmi   mintaqalari   bo'z   tuproqlarining   suv   rejimi   bo'yicha   olib
borgan izlanishlarini keltirish o'tishimiz mumkin.
22 A.S.Miloserdova   (1978)   O'zbekistonning   lalmi   mintaqalari   bo'z
tuproqlarining   suv   rejimini   o'rgangan.   Tadqiqotlar   olib   borilgan   Zarafshonda
G'allaorol   tumani   yalang-dasht   tuproq   iqlim   hududida   Zomin   tumani   tipik   bo'z
tuproqlar   tarqalganligi   aniqlangan.   G'allaorolning     yuvilgan   pastlik   maydonlari
bo'z-o'tloqiga,   Zomin   tumani   tuproqlari   allyuvial   -   gidromorf
sharoitda shakllangan bo'z tuproqlarga kiritildi. Lalmi mintaqa tuproq qoplamining
bir   jinsli   bo'lmaganligiga   bog'liq   ravishda   relefning   turli   elementi   tuproqlari   suv
rejimidagi   sezilarli   tafovutlar   belgilandi.   Yuqorigi   maydonlar   tuprog'ining   suv
rejimi impermatsid tipga kiritildi.
Bunday   sharoitlarda   atmosfera   yog'ingarchiliklari   natijasida   qurg'oqchilik
yillari tuproq 20-40, 20-60 sm gacha, namgarchilik ko'p bo'lgan yillarda esa 100-
120   sm   chuqurlikgacha   namlanadi.   G'allaorolning   pastlik   maydonlari   bo'z-o'tloqi
tuproqlarining suv rejimi terlaydigan tipga kiritildi. Mazkur sharoitlarda atmosfera
yog'ingarchiliklari  yuza  joylashgan  yer  osti  sizot  suvlariga kapillyar  naylar  orqali
qo'shilib   ketadi   va   butun   namlik   sarfi   tuproqning   1,5-2   metrli   qatlamidan   ketadi,
yer   osti   sizot   suvlarining   kapillyar   naylari   odatdagi   va   namgarchilik   yillari
200 sm chuqurlikda joylashadi. Yozgi davrda kuchli qurishga tuproqning faqatgina
metrli qatlami duchor bo'ladi, bunda namlik 3 m gacha chuqurlikka tushib ketadi.
Allyuvial-gidromorf   sharoitda   shakllangan   bo'z   tuproqlaming   suv   rejimi   ikki   xil
bo'Iishi   kuzatilgan.   Binobarin,   atmosfera   yog'ingarchiliklari   etarlicha   bo'lgan
yillarda desuktiv -terlovchi, qurg'oqchil yillarda esa impermatsid tipga mansubligi
aniqlangan. 
A.Sultonov (1979) Angren havzasi  tog' jigarrang tuproqlari, qo'riq va lalmi
to'q   tusli   bo'z   tuproqlaming   kimyoviy   tarkibi,   suv-fizik   xususiyatlari,   suv   va
issiqlik   rejimi   relef   sharoitlariga   bog'liq   ravishda   yil   davomida   batafsil   o'rganib
chiqilib,   bunda   tuproq   namligini   vegetatsiya   davrida   har   dekadada   bir   marta,
yilning   boshqa   mavsumlarida   esa   har   oyda   bir   marta   700-1000
sm   gacha   chuqurlikda   o'rgandi.   Tadqiqotlar   natijasida   200   sm   chuqurlikdan
boshlab to'q tusli bo'z tuproqlar profilida etarlicha katta miqdorda suvda eruvchan
tuzlar mavjud bo'lib, u mazkur tuproqlaming suv rejimiga muayyan darajada ta sir‟
23 ko'rsatishi   aniqlangan.   Olingan   ma’lumotlarga   ko'ra,   qo'riq   yerlaming
o'zlashtirilishi   bilan   to'q   tusli   bo'z   tuproqlaming   fizik   va   suv-fizik   xossalari,
shuningdek   ma lum   darajada   kimyoviy   tarkibi   ham   o'zgargan.   Bunga   bog'liq‟
ravishda   tuproqning   namlanish   xarakteri,   tuproq   namligining   harakatlanishi   va
sarflanisbi ham o'zgargan.
Jigarrang   va   to'q   tusli   bo'z   tuproqlar   sharoitida   issiqlik   balansi   kattaligi   va
nisbati o'zaro keskin farq qilgan. To'q tusli bo'z tuproqlar sharoitida o'rtacha kunlik
radiatsion   balans   yig'indisi   315   kal/sm2   tashkil   etgan.   Issiqlik   oqimi   jigarrang
tuproqlarda shimoliy qiyalikda 3 kal/sm2 ga, suv ayirg'ichda 25 kal/sm" ga, qo'riq
va   lalmi   to'q   tusli   bo'z   tuproqlarda   esa   mutanosib   ravishda
21 va 28 kal/sm 2
 teng bo'lgan.
Tog'   jigarrang   tuproqlari   issiqlik   rejimi   bo'yicha   davriy   muzlovchi   tipga
mansubdir.   Ular   uch   oy   mobaynida   100   sm   chuqurlikkacha   muzlaydi.   To'q   tusli
bo'z   tuproqlar   issiqlik   rejimi   bo'yicha   muzlamaydigan   tipga   mansubdir.   Faol
harorat yig'indisi  (10°S dan yuqori) yil mobaynida 240 kun atrofida davom etadi,
10°S dan past haroratli yig'indisi esa 120 kun davom etadi, shundan 5°S dan past
kunlar   -   90   kunni   tashkil   qiladi.   Bunda   tuproqning   5°S   harorati   100   sm   dan
chuqurga o'tmagan, nol daraja harorat esa faqatgina tuproqning yuza qatlamlarida,
shu bilan bir qatorda juda qisqa davrlarda kuzatilgan.
Tog' jigarrang tuproqlari va to'q tusli  bo'z tuproqlar sharoitida relef  va faol
yuzaning  xarakteri   tuproqning  faol   haroratlari   yig'indisiga  jiddiy  ta sir  ko'rsatadi.	
‟
U tog' jigarrang tuproqlarida suv ayirg'ichda 2613°S ni, shimoliy qiyalikda 574° S
ni,   to'q   tusli   bo'z   tuproqlarda   esa   suv   ayirg'ichda   4830°S,   yuvilgan   tuproqlarda
4871°S   va   janubiy   qiyalikda   4705°S   ni   tashkil   etgan.   Ko'rinib   turibdiki,   faol
harorat   yig'indisi   jigarrang   tuproqlarda   to'q   tusli   bo'z   tuproqlarga   nisbatan   ikki
barobar   kam.   Tuproqning   qizish   ko'rsatkichi   birinchi   holatda   kichik,   ikkinchisida
esa yuqori.
O'zbekistonda   tuproqlaming   issiqlik   rejimini   o'rganish   bilan   bog'liq
tadqiqotlar   ichida   YU.A.Skvorsovning   (1925,   1927)   ishlari   alohida   o'rin   tutadi.
Unda   sug'oriladigan   va   sug'orilmaydigan   yerlar   tuproq-iqlim   sharoitlari,
24 tuproqlaming   kimyoviy   tavsifi   keltirilgan.   1929-yilda   A.A.Skvorsov   g'o'za
maydonining   ayrim   radiatsion   tavsifi   va   uning   issiqlik   balansini
o'rganish bo'yicha  izlanishlar  olib bordi. Bu  ma lumotlar  qishloq  xo'jalik ekinlari‟
bilan  band  maydonlaming  harorat  rejimi   va  mikroiqlimini   o'rganishga  asos   bo'lib
xizmat qildi. 
Xulosa qilib aytganda, tuproq namligi, tuproqdagi deyarli barcha jarayonlarga
va qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligiga bevosita va muhim ta’sir ko’rsatadi.
Shuning   uchun   ham   tuproq   namligining   barcha   jabhalarini   o’rganishga   katta
e’tibor qaratish muhim hayotiy va amaliy ahamiyatga ega.
2.2. Tuproqning issiqlik xossalarining o’rganilishi
Tuproq   issiqlik   xossalarining   yanada   rivojlanishida   V.N.Dimo   (1972)
tomonidan   olib   borilgan   tadqiqot   natijalari   katta   ahamiyatga   egadir.   Uning
ishlarida   tuproq   haroratini   ko'p   yillik   kuzatuv   ma lumotlari   umumlashtirilgan;	
‟
mintaqaviy-   provinsial   hudud   tuproqlari   harorati     xususiyatlarini   tavsiflash
maqsadida   yer   ustki   havo   harorati   va   radiatsion   sharoitlar,   tuproq
harorati   rejimining   klassifikatsiyasi   bilan   taqqoslash   natijasida   yilning   turli
mavsumlaridagi tuproq harorati xaritasi yaratilgan.
Tuproq haroratini hisoblash uchun tuproqning issiqlik-fizik tavsifi, tuproq va
havo   o'rtasidagi   issiqlik   alamashinuvi   koeffitsientini   bilish   zarur   (Arushanov,
Sultashova,   2009;   Ataxanov,   1980;   Dimo,   1972).   Tuproqda   issiqlikning
tarqalishini Furening molekulyar issiqlik o'tkazuvchanlikning umumiy nazariyasini
qo'llash orqali tushuntirishtiriladi. O'zbekistonda 1960 yillardan boshlab lalmi bo'z
tuproqlar,   ayniqsa   ulaming   suv   rejimini   o'rganish   bo'yicha   chuqur   va   har
tomonlama izlanishlar olib borildi. 
Tuproqning   issiqlik   rejimiga   sug'orishning   taesiri   to’g’risida   ayrim
ma’lumotlar     G’o’zaorol   tumanida   (1953)   olib   borilgan   tadqiqotlarda   o’z     aksini
topgan.   Tadqiqotlarda   sug'oriladigan   g’o’za   maydonlari   tuproqlaridagi   harorat
tarqalishining   o’ziga   xos   xususiyati   yarim   cho’l   mintaqa   tuproqlari   bilan
25 taqqoslanganda, sug'oriladigan maydon tuproqlarining harorat gradienti va sutkalik
tebranishlar amplitudasi sutka davomida o’zgarishi aniqlangan.
Harorat tarqalishining o'ziga xos xususiyatidagi keskin farqlanish tuproqning
yuqorigi   50   sm   li   qatlamida   kuzatiladi,   bu   yerda   gradient   7   marotaba   kamayadi,
amplitude   esa   3   marta.   Sug’orish   ta sirida   tuproq   harorati   pasayishining   sababi‟
suvning   jadal   bug'lanishi   va   bunga   bogiiq   ravishda   bug4   hosil   bo'Iishi   hisobiga
issiqlikning   yo'qotilishi   hisoblanadi.   Bundan   tashqari   sug'oriladigan   maydonlarda
tuproq   yuzasida   rivojlangan   qalin   o'simlik   qoplamining   soyasi   ham   tuproq
haroratiga sezilarli ta sir etuvchi omillardan biri hisoblanadi.	
‟
Yarim cho'l-voha hududlari tuproqlari harorati o'rtasidagi tafovut yuqori (7,5
°S)  bo'lib, sutkada o'rtacha 12-13 °S ga teng va u kunning o'rtasida 30,5 °S gacha,
quyosh   chiqishidan   oldin   esa   1,0   °S   gacha   o'zgaradi.   Tafovutning   bunday   davriy
o'zgarishi,   asosan,   bug'lanishning   ortishi   bilan   tushuntiriladi.
G'o'za   maydonining   butun   vegetatsiya   davri   mobaynidagi   issiqlik   rejimi
to'g'risidagi   batafsil   ma’lumotlar   M.V.Zuevning   (1956)   Bo’z-Suv   meteorologik
stansiyasi   hududida   ikki   vegetatsiya   davri   mobaynida   olib   borgan   izlanishlarida
yaqqol ifodalangan.
G.A.Axmedov   (1955)   tomonidan   beda   dalasining   issiqlik   balansi   va
mikroiqlimi   o'rganilib,   bu   maydonlaming   issiqlik   rejimi   bo'yicha   bir   qancha
qiziqarli ma lumotlar olingan.	
‟
I.Turapov   (1963-1964)   tomonidan   Toshkent   viloyati   Yangiyo'l   tumani
sug'oriladigan   tipik   bo'z   tuproqlarining   issiqlik   balansi,   issiqlik   rejimi   va   issiqlik
tavsifini vegetatsiya davri mobaynida o'rganilgan. SHuningdek, muallif tomonidan
1971   yilda   Qarshi   cho'li   qo'riq   va   sug'oriladigan   och   tusli   bo'z   tuproqlarining
harorat rejimi 300 sm chuqurlikkacha o'rganildi. Izlanishlami ko'rsatishicha, qo'riq
yerlar   sug'orilganda   ulaming   harorat   rejimida   keskin   o'zgarishlar   yuzaga   keladi.
Bunda g'o'za maydonlarida maksimal haroratning boshlanishi qo'riq yerga nisbatan
sutkada 1-2 soatga, mavsumda 20-25 kunga kechikishi kuzatilgan.
Haroratning sutkalik tebranishlar amplitudasi qo'riq yerda va g'o'za dalasida
tabiiy ravishda chuqurlik tomon keskin kamaygan va 50 sm chuqurlikda butunlay
26 yo'qolgan.   Vegetatsiya   davrida   sug'orishlar   natijasida   tuproqning   0-150   smli
qatlami   namlanadi,   bu   esa   sug'orishdan   oldin   va   keyin   150,   200   va   300   sm
chuqurlikda haroratning o'zgarishiga olib keladi.
1963 yildan boshlab O'zbekistonda polietilen plyonka bilan mulchalashning
tuproqni   issiqlik   rejimiga   ta sirini   o'rganish   bo'yicha   izlanishlar   yo'lga   qo'yildi.‟
Bunday   tajribalami   sug'oriladigan   tipik   bo'z   va   o'tloqi   tuproqlar   sharoitida   olib
borilgan   izlanishlarda   ko'rish   mumkin   (Turopov,   Basargina,   Xoliqulov,   Umarov,
Sultonov,   Ataxanov).   Lalmi   to'q   tusli   bo'z   tuproqlami   ko'ndalangiga   haydash   va
somon  (poxol)  bilan  mulchalash  tuproq  namligining  saqlanishini  va  donli  ekinlar
hosildorligining   ortishini   ta’minlagan.   Tuproqning   suv-issiqlik   rejimini   nazorat
qilish   ulaming   unumdorligini   boshqarishning   asosiy   usullaridan   biridir.   Shuning
uchun   hozirgi   kunda   qishloq   xo'jaligi   mutaxassislari   uchun   tuproq   shakllanishi
rejimlarini hisobga olgan holdagi ancha keng qamrovli ekologik-genetik yo'nalishli
izlanishlar zarurdir.
Bu   borada   I.N.Stepanov   (1975)   va   A.Sultonovlaming   (1979)   izlanishlari
muhim   hisoblanadi.   I.N.Stepanov   (1975)   tuproq   va   iqlim   o'rtasidagi   bog'Iiqlikni
aniqlash   uchun   yilning   eng   issiq   davrida   40   sm   chuqurlikdagi   tuproq   harorati
ko'rsatkichlari, TGKda (tuproq-gidrologik koeffitsient) hisoblanadigan tuproqning
qurish darajasini (vegetatsiya davrida) xarakterlovchi maksimal va minimal namlik
zahirasi ko'rsatkichlaridan foydalandi. O'zaro bog'Iiqlikni tahlil qilar ekan, u O'rta
Osiyo   avtomorf   tuproqlarining   asosiy   tiplarini,   ulaming   genezisini,   tarqalishi
va rivojlanish tarixini ochib beradi.
E.Qarshiboev (1978) Qarshi  cho'lining qo'riq sur-qo'ng'ir, taqir  va och tusli
bo'z   tuproqlarini   suv   va   issiqlik   rejimini   o'rgandi   hamda   izlanishlar   natijasida   u
quyidagilarni   aniqladi:   och   tusli   bo'z   tuproqlaming   suv   xususiyatlari   agrofizik
nuqtai   nazardan   eng   yaxshi   hisoblanadi,   faol   namlik   zahirasi   0-200   sm   qatlamda
362 mm ni tashkil etadi, suv singdiruvchanligi o'rtacha va aeratsiyasi yaxshi. Taqir
tuproqlarining   suvni   ushlab   turish   qobiliyati   yuqori,   ammo   kamchiliklaridan   biri
unda   o'simliklar   foydalana   olmaydigan   yuqori   darajadagi   namlikning   mavjudligi
va noqulay suv singdiruvchanligidir. 0-200 sm qatlamdagi foydasiz namlik zahirasi
27 och tusli bo'z tuproqlardagi bu zahirani deyarli 3 barobar oshirib yuboradi va u 315
mm   ni   tashkil   etadi.   Taqir   tuproqlaming   faol   namligi   (NV-VZ)   och   tusli   bo'z
tuproqlaming   0-200   sm   qatlamdagi   ko'rsatkichlarini   oshirmaydi   va   u   337   mm   ga
teng. 
Sur-qo'ng'ir tuproqlaming suvni ushlab turish qobiliyati past hisoblanib, 0-50
sm qatlamdagi faol namlik diapazoni (FND) taqir va och tusli bo'z tuproqlar FND
dan   ikki   barobar     kichikdir,   ya’ni   41   mm   ni   tashkil   etadi;   0-50   sm   qatlamdagi
foydasiz namlik zahirasi esa aynan shu qatlamdagi och tusli bo'z tuproqlamikidan
ikki marta yuqoridir.
Qarshi   cho'lining   o'rganilgan   tuproqlar   suv   rejimi   kuchsiz   qishki-bahorgi
namlanuvchan,   yuvilmaydigan   tipga   mansubdir.   Atmosfera   yog'ingarchiliklari
miqdori  va asosan  erta bahorgi  davrda yog'adigan yog'ingarchiliklar  hisobiga och
tusli  bo'z  tuproqlar   60-70  sm,   taqir  tuproqlar  25-30  sm,  sur-qo'ng'ir  tuproqlar  esa
30-35   sm   chuqurlikgacha   namlanadi.   Bu   yerlarda   namlik   davri   juda   qisqa   va
tuproq   namligi   efemerdir.   Bahorda   namlik   zahirasining   qo'shimcha   o'sishi
izlanishlar   olib   borilgan   yillarda   (o'rtacha)   0-50   sm   qatlamda   och   tusli   bo'z
tuproqlarda   46  mm,  taqir   tuproqlarda  37   mm,  sur-qo'ng'ir   tuproqlarda  35   mm,  0-
100 sm qatlamda esa och tusli bo'z tuproqlarda 57 mm, taqir tuproqlarda 37 mm ni
tashkil etgan.
Yog'ingarchiliklaming   tuproq   tomonidan   yutilishi   koeffitsienti   sentyabr-
yanvar   oylarida   och   tusli   bo'z   tuproqlarda   0,5   gacha   etadi.   Bu   koeffitsient   taqir
tuproqlarda   davrlar   bo'yicha   mos   holda   0,36   va   0,23   ga,   sur-qo'ng'ir   tuproqlarda
esa 0, 55 va 0,03 ga teng bo'lgan.
Faol   harorat   yig'indisi   0,2   m   qatlamda   och   tusli   bo'z   tuproqlarda   -   6181°,
taqir tuproqlarda 6536°, sur-qo’ng’ir tuproqlarda - 5959° ni tashkil etadi, havoning
faol   haroratlari   yig'indisi   esa   mos   holda   5183°,   5409°   va   5442°   ni   tashkil   etgan.
Ushbu   davrda   qizish   ko'rsatkichi   o'lchamlari   tuproq   tiplari   bo'yicha   mos   holda
1,17; 1,21; 1,10 ni tashkil etgan.
Tuproq   yuzasi   haroratining   oylik   o'rtacha   minimal   ko'rsatkichlari   yanvarda
(+3°+4°),   maksimal   ko'rsatkichlari   (+37,5°+39,0°)   esa   iyulda   kuzatiladi.
28 Tuproq   yuzasida   +10°   dan   past   haroratlaming   yuzaga   kelishi   noyabr   o'rtalarida
boshlanadi va 15-20 martagacha davom etadi. Bunda mazkur harorat och tusli bo'z
tuproqlarda   metrli   qatlamni   egallaydi,   cho'l   tuproqlarida   esa   faqatgina   80   smga
boradi.
1980   yilda   N.Ataxanov   Angren-Chirchiq   daryolari   oralig'i   tipik   bo'z
tuproqlarining   suv   va   issiqlik   rejimini   qiyalik   ekspozitsiyasiga   bog'liq   ravishda
o'zgarishini,   shuningdek   mahsuldorlik   qobiliyatini   o'rgandi.   Angren   havzasining
tipik   bo'z   tuproqlari   profilida   muayyan   miqdorda   suvda   eruvchan   tuzlar
aniqlangan,   ulaming   to'planishi   (barqaror   qoldiq   1%   dan   ortiq)   tuproqning   turli
chuqurliklaridan  boshlanadi   va u  turli   relef   va qiyalik  ekspozitsiyasi   sharoitlarida
shakllangan   suv   rejimiga   to'g'ri   proporsionaldir.   Bunda   300   sm   chuqurlikdan
boshlab   yuqorigi   qatlamlar   bilan   qiyoslanganda   har   bir   tuproq   qatlamida   xlor
miqdori   uch-besh   marta   ortgan.   Bu   esa   chuqurlik   ortib   borish   bilan   xlor
miqdorining oshishini isbotlaydi. Suvda eruvchan tuzlar tarkibida xloridlar miqdori
bir necha barobar ortiqligi kuzatilgan.
Qo'riq   tipik   bo'z   tuproqlari   eng   kichik   suv   singdiruvchanlikka   ega
hisoblanadi.   Ammo,   yuza   qatlam   g'ovakligini   yaxshilash   ulaming   suv
singdiruvchanligi   270   dan  306   va   371  gacha   (6  soatda)   ortishiga   olib   kelgan.   Bu
ko'rsatkich lalmi yerlarda yuqoriroq, ya ni 378 mm (3 soatda) ni tashkil etganligi‟
kuzatilgan.   Faol   yuza   xarakteri   va   relef   sharoitlari   quyosh   radiatsiyasining   kirish
jadalligiga   jiddiy   ta’sir   ko'rsatadi.   Bu   esa   relef   elementlarida   boradigan   tuproq
jarayonlari   va   bunday   sharoitda   shakllangan   tuproq   harorat   rejimi,   suv   ayirg'ich
yuzasida kunduzgi radiatsion balans qo'riq yer tuproqlariga nisbatan 25 kal/sm' ga
yuqoridir,   yuvilgan   tuproqlarga   solishtirilganda   esa   38   kal/sm2   ga   yuqoriligi
ma lum   bo'ladi.   Qo'riq   yerlarda   lalmiga   qaraganda   kunduzgi   va   kechki   soatlarda	
‟
issiqlik   oqimi   ko'rsatkichlarining   nolga   nisbatan   kech   o'tishi   aniqlangan.   Ammo,
kunduzgi yig'indisi lalmi yerlarda hamisha qo'riq yerlarga nisbatan yuqoridir.
Radiatsion balansning eng kichik ko'rsatkichlari ekishdan unib chiqishgacha
davrda   kuzatiladi,   eng   yuqorisi   esa   (bir   kunda   400   kal/sm2   gacha   ko'tarilib)
boshoqlash-to'liq pishish davriga to'g'ri keladi. Vegetatsiya mobaynida tuproqdagi
29 issiqlik   oqimi   o'lchami   lalmi   yerlarda   qo'riq   yerlarga   nisbatan   bir   muncha
yuqoridir.   Bu   faol   yuzaning   turli   tavsifga   ega   ligi   bilan   tushuntiriladi.   Yil
mobaynida   haroratning   turli   chuqurliklarda   tarqalish   xarakteriga   ko'ra
CHirchiqAngren   daryo   oralig'i   qo'riq   va   lalmi   tipik   bo'z   tuproqlari   mo“tadil
iqlimning   subtropik   qisqa   muddatli   -   chuqur   bo'lmagan   muzlovchi   fatsial-
provinsial   tipiga   mansubdir.   Bundan   aniqlash   mumkinki,   qo'riq   yerlar   tuprog'i
lalmiga nisbatan ko'proq va chuqurroq muzlaydi.
Tuproqning   faol   haroratlarining   eng   yuqori   yig'indisi   –   5882   °S   bo'lib,
janubiy-g'arbiy   qiyalikdagi   eroziyalangan   tuproqlarda   kuzatiladi.   Suv   ayirg'ichda
6u   ko'rsatkich   5267   °C,   yuvilgan   tuproqlarda   5169   °S   va   qo'riq   yerlar   suv
ayirg'ichida 4913 °S ni tashkil etgan.Tuproqda oylik faol haroratlar yig'indisining
doimiy ortib borishi apreldan iyulgacha bo'lgan davrlarda kuzatiladi, kamayishi esa
shundan   keyingi   davrlarga   to'g'ri   keladi.   Tuproqning   qizish   ko'rsatkichi   barcha
sharoitlarda   birdan   yuqori   (>1)   bo'lgan   qo'riq   yerlarda   aprel   va   may   oylarida
tuproqning faol haroratlari yig'indisi havoning faol haroratlari yig'indisidan yuqori
bo'lgan, shu sababli ushbu davrda tuproqning qizish ko'rsatkichi birdan kichik (<1)
bo'lgan. 
Chirchiq-Angren   daryo   oralig'i   tipik   bo'z   tuproqlari   yog'ingarchilik   bilan
yarim ta minlangan lalmi mintaqa tuproqlariga mansubdir. Bu yerda tajriba yillari‟
yillik   yog'in   miqdori   o'rtacha   313   mmni   tashkil   etgan.   Shundan   254   mm
yog'ingarchilik kuzgi-qishki davrda tushadi. O'rtacha yillik bug'lanish 2061 mm ni
tashkil   etadi.   Namlanish   koeffitsienti   (NK)   0,15   ga   teng.   Bu   ma lumotlar   tadqiq	
‟
etilgan tuproqlaming suv rejimi yuvilmaydigan tipga mansubligidan dalolat beradi.
Yil davomida NK miqdori  yanvar  oyida 2,64 mm  dan iyul  oyida 0,01 mm  gacha
o'zgargan. Lalmi ekinlar uchun qo'riq yerlami haydashda boshqa xususiyatlar bilan
bir qatorda tuproqning suv rejimi ham keskin o'zgaradi: > qo'riq yerlarda o'rtacha
ko'p   yillik   sikldagi   yozgi   -   bahorgi   mavsumda   133   dan   past   yuza   tuproq   qatlami
namligining   kamayishi   kuzatiladi.   Bu   esa   shudgorlarda   kuzatilmaydi;   >   qo'riq
yerlarda   qishki   -   erta   bahorgi   davrda   cheklangan   dala   nam   sig'imi   –   kapillyar
uzilish   namligi   chegarasidagi   namlik   0-130   smga,   lalmida   esa   350   smga   to'g'ri
30 keladi;   >   qo'riq   yerlarda   ham,   lalmi   yerlarda   ham   har   yilgi   namlanuvchi   va
quruvchi   qatlamdan   chuqurda   kapillyar   uzilish   namligi   -   so'lish   namligi
chegarasidagi   foydalanish   qiyin   bo'lgan   doimiy   namlik   saqlanadi.
Ko'pgina   tadqiqotchilar   tomonidan   g'o'za   yetishtiriladigan   eskidan   sug'oriladigan
tipik   bo'z   tuproqlaming   nam   bilan   ta minlanganligi,   issiqlik-fizik   xossalarining‟
tavsifi, harorat rejimi, mikroiqlimi  va issiqlik balansi  o'rganilgan (Djalilov, 1965;
Mo'minov, 1970; 1991; Turapov, 1968; 1985; Abdullaev, 2001).
Turli   tuproqlaming   issiqlik   balansi   va   rejimi   yilning   turli   vatqlarida
o'rganilganda u umumiy va lokal  xarakterga  egaligi  aniqlangan (Ataxanov, 1980;
Dimo,1972;   Qurvontoev,   1983;   Mo'minov,   1970;   Sultanov,   1979).   Yuqorida
keltirilgan qisqacha  adabiyotlar  tahlilidan ko'rinib turibdiki, O'zbekistonda  tuproq
iqlimshunosligiga   oid   batafsil   tadqiqotlar   olib   borilmagan.   Tuproq   iqlimining
asosiy   ko'rsatkichlaridan   hisoblangan   tuproqlaming   issiqlik   rejimi   faqatgina
respublikamizda ma’lum bir hududlar yoki ma’lum bir tuproq tiplari yoki ma’lum
bir   ko'rsatkichlar   yoki   ma’lum   bir   qishloq   xo'jalik   ekinlari   bo'yicha   o'rganilgan
xolos. 
Ushbu   malakaviy   bitiruv   ishimizda   tuproqning   issiqlik   xossalarini
o’rganilishi   to’g’risidagi   ma’lumotlar   shu   sohadagi   olimlar   tomonidan   olib
borilgan   ilmiy   tadqiqot   ishlarining   natijalari   va   ularning   ilmiy   adabiyotlaridan
foydalanilgan holda yoritib berishga harakat qildik.
31 III. BOB. TUPROQNING SUV VA ISSIQLIK XOSSALARINI
BOSHQARISH BO’YICHA OLIB BORILGAN TADQIQOTLAR
3.1. Tuproq suv xossasi va uning unumdorligiga ta’siri
Butun dunyoda iqlim o’zgarishi hisobiga, suv resurslarining taqchilligi va
keyingi   yillarda   yog’in-sochin   kam   bo’lishi,   haroratning   yozgi   kunlarda   haddan
tashqari   yuqori   bo’lishi   ,   yangi   resurstejamkor   texnologiyalarni   qo’llashni   talab
etadi.   Bu   texnologiyalarga   tomchilatib   sug’orish,   organik   o’g’itlardan   samarali
foydalanish,   qishloq   xo’jalik   ekinlari   maydonlarida   resurstejamkortexnologiyalar,
mulchalash va kam ishlov berishni qo’llash kiradi. Minimal ishlov berish tizimiga
o’tish 2001 yil 1-5 oktyabrda Madridda bo’lib o’tgan “Birinchi Butunjahon qishloq
xo’jaligida minimal texnologiya” kongressi deklorasiyasida ham ta’kidlangan [52].
Kam   ishlov   berish   (Mini-till)   resurstejamkor   texnologiya   bo’lib,   tuproqning
agrofizik xossalarini maqbullashtirilishiga va struktura tiklanishiga, suvga chidamli
agregatlar   holatining   yaxshilanishiga,   tuproq   tabiiy   unumdorligining   tiklanishiga,
ekologik barqarorlashuviga, tuproq sifat va miqdoriy ko’rsatkichlarining ortishiga
olib   keladi   [42,43,52,53,5,110,111].   AQSh   va   Kanada   mamlakatlarida   hozirgi
kunda minimal ishlov berishning quyidagi turlari mavjud: mulchalab ishlov berish
(mulch-till),   oralatib   ishlov   berish   (strip-till),   to’g’ridan-to’g’ri   ekish   (no-till),
qisqartirilgan ishlov berish (reduked-till) [52].
Turli xil matreallar bilan mulchalashning tuproq fizik xossalariga ta’sir etishi
bir qator mualliflar ( Yakovleva, 1933; Moloosov, 1952; Seidov, Zaytsev, Aliyev,
1963; Xoliqulov, Saidmurodov, 1985; Abdullayev, 1993; Bil, Turopov, Xoliqulov,
1994,1996;   Mirzayev,   2000;   Qurvantayev,   2001;   Tuxtashev,   2002;   Xoliqulov,
2004; Doniyorov, 2004; Raxmatov, Xayriddinov, 2005; Aliyev, Jo’rayev, 2005 va
boshqalar)   tomonidan   o’rganilgan   bo’lib,   mulchalash   tuproqning     suv,   havo,
issiqlik va oziqa rejimlariga ma’lum darajada ta’sir etishi aniqlangan. 
L.Kan (1935) ta’kidlashicha, mulchalangan maydonlarda qishloq xo’jalik
ekinlari   uchun   tuproq   namligi   oshib,   shu   bilan   birga   tuproq   oziq   rejimi
32 yaxshilanadi.   Mulchaqog’oz   qo’llanilishi   urug’lar   unuvchanligini,   jumladan
kungaboqarda 8 % , turnepeda 9 % ga oshirgan.
O.Bil,   D.Natt,   T.Pil(1956)   kabi   olimlar   10   yil   davomida   eroziyaga   qarshi
kurashish maqsadida tuproq yuzasini qoplamalar bilan berkitganlar. Natijada suvga
chidamli agregatlar ko’payganligi aniqlaganlar. 
E.M.Vanniron,   D.Uayt   (1958)   qoplovchi   matreal   ishlatilgan   tuproqlarda
uning suv va fizik xossalari yaxshilanishi to’g’risida ma’lumotlar olganlar.
N.F.Matyuninning   (1964)   ta’kidlashicha,   MDH   va   AQShda   qoplovchi
matreal sifatida neftni qayta ishlash mahsulotlari qo’llanilgan tajribalarda qoplama
tagida namlik 1.4-3.1 % tuproq harorati esa 0.5-3  0
C ga ko’tarilgan. 
I.Turopov,   Sh.Xoliqulovlar   (1977)   o’tkazgan   tajribalarda   tuproq   tiniq
polietilen   plyonka   bilan   mulchalanganda   uning   suv,   issiqlik   va   oziqa   rejimidan
tashqari, havo rejimi ham yaxshilanib, g’o’za hosildorligini oshishi kuzatilgan.
Sh.Karimov (1981)  tadqiqotlaridan ma’lum  bo’lishicha,  ekilgan chigitlar
mulchalanganda tuproqda qatqaloq bo’lmaydi, uning havo, suv, issiqlik  va ozuqa
rejimlari yaxshilanadi.
R.Qurvontoyev va boshqalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasiga
ko’ra,  birdan-bir   tuproq  unumdorligini   oshiruvchi  samarali   usullardan  biri   zichlik
qatlamini   tartibga   solishdan   iborat   bo’lib,   sug’oriladigan   tuproqlarda   qishloq
xo’jalik   ekinlarining   hosildorligini   oshirish   haydov   qatlamini   chuqur   yumshatish
40  sm   va   undan   chuqurga   shudgor   qilish   hamda   ularni   pushta   ustida   o’stirishdan
iborat deb e’tirof etilgan [42,43,52,90]. 
Olib   borilgan   tadqiqotlarda,   ya’ni   g’o’za   ekilgan   kam   ishlov   berilib
mulchalangan   variantlarda   vegetasiya   davrida   har   doim   namlik   yuqori   bo’lishi
qayd qilingan, ayniqsa bu holat yuqori qatlamlarda yaqqol kuzatilgan. Aprel oyida
mulchalangan   variantlarda   yuqori   qatlamdagi   namlik   16,2-19,2   %,   nazorat
variantida   14,1-16,5   %   ni   tashkil   etdi,   iyun   oyida   ikkinchi   sug’orishdan   keyin,
mulchalangan   variantlarda   namlik   15,3-20,6%,   nazorat   variantida   13,4-14,2   %
ko’rsatkichlarda qayd qilinib, iyul oyida mulchalangan variantlarda 12,5-16,5% va
mos   ravishda   nazorat   variantida   esa   10,4-12,1   %   ni   tashkil   etib,   haydov   ostki
33 qatlamlarda ham g’o’zaning vegetasiya davrining barcha oylarida mulchalangan va
kam ishlov berilgan variantlarida namlik darajasi nazorat variantiga nisbatan aprel
oyida   2,1-2,7   %,   iyun   oyida   1,9-6,4   %,   iyul   oyida   2,1-4,4   %   ustunlik   qilganligi
aniqlandi   va   mulchalashning   tuproqda   namlikning   saqlanishiga   va   ortiqcha
bug’lanib ketishiga to’sqinlik qilishi isbotlangan [ 8 ] .  
Tajribada   tuproqning   suv-fizik   xossalarini   o’rganishda   tuproq   harorati,
tuproq   hajm   og’irligi,   g’ovakligi   va   tuproq   namligining   o’zgarishi   bo’yicha
ma’lumotlar olingan va tahlil qilingan. Chigit ekilgandan keyin 1-kuni tuproqni 0-
20 sm li qatlamida o’rtacha namlik quruq tuproqqa nisbatan 16,6 16,8 foizga teng‒
bo’ldi.   Oradan   8   kun   o’tgach,   chigit   endigina   una   boshlagan   vaqtda   nazorat
variantida   tuproq   namligi   14,1   foizni   tashkil   qilgan   holda   shaffof   pl	
ѐVnka
qo’llanilgan   2-variantda   bu   ko’rsatkich   1,9   foizga,   qora   pl	
ѐVnka   qo’llanilgan
variantda   esa   2,1   foizga   yuqori   bo’ldi.   Shaffof   pl	
ѐVnka   qo’llanilganda   nazoratga
nisbatan   namlikning   ko’proq   ortishi   qora   pl	
ѐVnkaning   ta’siriga   yaqin   bo’ldi,   ya’ni
ular orasidagi farq juda kam bo’lib, o’simlik ildizi 	
ѐVki ustki qismini rivojida katta
ahamiyatga ega emas [ 12 ] (1-rasm).
1-rasm. Mulchalash usullarining tuproq namligiga ta’siri
( Sh.I Axmurzayev, 2018 y.   Chigit ekishning 1-muddati).
Mulchalash   usullari   va   muddatlarini   terimlar   bo’yicha   paxta   hosildorligiga
ta’siri   o’rganilganda   terimlar   va   qaytariqlar   bo’yicha   paxta   hosili   mulchalash
usullari hamda ekish muddatlariga bog’liq holda o’zgarishi bayon etilgan .     Bunda
ch igit ekishning 1-muddatida nazoratda izlanish yillari paxta hosildorligi o’rtacha
34 3   yilda   esa   26,9   s/gani   tashkil   qildi.   Shaffof   plyonka   qo’llanilgan   variantda   bu
ko’rsatkich   o’rtacha   32,8   s/ga   teng   bo’lib,   nazoratga   nisbatan   o’rtacha   5,9   s/ga
qo’shimcha paxta hosili olindi. Qora plyonka   ta’sirida esa qo’shimcha paxta hosili
4,0   s/ga   tashkil   qilgani   holda,   shaffof   plyonka   ko’rsatkichidan   1,9   s/ga   kam
bo’l gan . Sholi  qipig’i ta’sirida o’rtacha paxta hosili  28,8 s/ga va bug’doy somoni
qo’llanilganda   esa   28,7   s/ga   ni   tashkil   qilib   nazoratga   nisbatan   1,9   va   1,8   s/ga
qo’shimcha   hosil   olin gan .   Bu   ko’rsatkichlar   albatta   polietilen   plyonkalarni
ta’siridan   kamroq   bo’ldi.   Polimerlardan   MT   preparati   qo’llanilgan   variantda
hosildorlik polietilen plyonkalardan 2,9 1,0 s/ga kam bo’lsada, nazorat va boshqa‒
variantlarga nisbatan 3,0 1,1 ko’p bo’lgan	
‒   (1-jadval)  [ 9 ] .  
1-jadval
Mulchalash usullari va muddatlarining paxta hosiliga ta’siri (s/ga)
( Aliyev Sh.K., Kojevnikova A.G., Jo’rayev V, 2005 )
Variant
tartibi Tajriba variantlari Yillar O’rtacha
3 yilda Qo’shimcha
hosil
200
9  2010 2011
1 Nazorat (mulchasiz) 24,0 27,4  29,4  26,9 -
2 Shaffof plyonka 28,5 34,1  36,0  32,8 5,9
3 Qora plyonka 27,1 30,9  34,7  30,9 4,0
4 Sholi qipig’i 26,2 28,3  31,9  28,8 1,9
5 Bug’doy somoni 25,9 27,8  32,2  28,7 1,8
6 SAG preparati 26,0 28,5  32,4  28,9 2,0
7 MT preparati 26,7 29,9  33,1  29,9 3,0
NSR05 = s/ga 1,27 1,58  2,00 
NSR05= % 3,2  3,6  3,8 
N.Ilhamov.,   A.Adilovalarining   (2016)   tadqiqotlariga   ko’ra,   ertagi
sabzavotlarni   qora   plyonka   ostidan   tomchilatib   sug’orish   texnologiyasi   qo’llab
o’rganilganda,   tuproqning   agrofizik   xossalari   yaxshilanishi,   qora   plyonka   ostidan
sug’rish usulida tuproq hajm og’irligi va donadorligi 1,37 sm 3
 va donadorligi 51,3
35 % ga oshganligi, suv sarfi va mineral o’g’itlarni 50 % tejalishiga, hosildrlikni 8-10
% oshishiga, tuproqni bir namlikda saqlash imkoniyatlari, hosilni bir vaqtda pishib
yetilishi   va   sifatini   yaxshilanishi,   suv   hamda   mineral   o’g’itlar   50   %   ga   tejashga
erishilgan.     
A.Shamsiyev   (2015)   sug’orish   suvlari   taqchilligi,   iqlimning   global   isishi
sharoitida   g’o’za   yetishtirishda   suvni   tejash,   tuproqning   egat   bo’yicha   bir   tekis
namlanishini   ta’minlash,   sug’orishning   FIKni   oshirish,   tuproqning   unumdor
qatlami  va  uning tarkibidagi  oziqa-moddalarning yuvilishini  oldini  olish,  yoqilg’i
moylash materiallarini iqtisod qilish maqsadida suv va resurstejovchi qator orasini
qora   polietilen   plyonka   va   somon   bilan   mulchalab   sug’orish   texnologiyasini
qo’llash   orqali   o’tkazilgan   tadqiqotlarida,   g’o’za   qator   orasini   qora   polietilen
plyonka bilan mulchalab sug’orish texnologiyasi qo’llanilganda sug’orish suvining
hisobiy   ko’rsatkichi   xalqaro   FAO–56   moduli   bo’yicha   hisoblanganda,   mavsumiy
suv   me’yori   gektariga   847   m 3
  yoki   22   %   ni   tashkil   etgan   bo’lsa,   haqiqiy
ko’rsatkichi   gektariga 1361 m 3
  yoki 34 % (o’rtacha 1104 m 3
/ga yoki 28%), qator
orasi   kuzgi   bug’doy   somoni   bilan   mulchalanganda   esa   bu   hisobiy   ko’rsatkich
gektariga 893 m 3
 yoki 23 %, haqiqiy ko’rsatkich 1350 m 3
 yoki 35 % (o’rtacha 457
m3/ga yoki 29 %) ga teng bo’lgani, g’o’za qator orasiga qora polietilen plyonka va
somon   to’shab   har   bir   egatdan   va   egat   oralatib   sug’orilganda   eng   yuqori   paxta
hosili   har   ikkala   tuproq   iqlim   sharoitida   ham   plyonka   va   somon   bilan   mulchalab
har   bir   egatdan   sug’orilgan   variantlarda   kuzatildi   va   oddiy   egat   orqali
sug’orilganga   nisbatan   gektariga   3,2–7,0   va   2,2–2,5   sentner   qo’shimcha   hosil
olingan. 
I.T.Karabayev   (2016)   tajriba   ma’lumotlariga   asosan,   tuproqning   suv
o’tkazuvchanligi   uning   unumdorligini   aniqlovchi   asosiy   agrofizik
ko’rsatkichlardan biri hisoblanib, bu tuproqning mexanik tarkibi, makro va mikro
struktura miqdori, chirindi miqdori, dalaning qiyaligi va boshqa omillarga bog’liq
bo’lib,   tuproqning   suv   o’tkazuvchanlik   miqdori   takroriy   ekinlarning   amal-o’suv
davri   boshida   va   oxirida   sug’orishdan   oldin   aniqlangan.   Kuzgi   bug’doydan
bo’shagan   maydonlarda   to’g’ridan-to’g’ri   tuproqqa   8-10   sm   chuqurlikda
36 kultivasiya   yordamida   ishlov   berib,   bir   yo’la   soya   ekilganda   tuproqning   suv
o’tkazish   qobiliyat   ko’rsatkichlari   1847,7-232,1   m 3
/ga   yaxshilanishi   va   bir
me’yorda bo’lganligi  natijasida o’simliklarni  o’sish  rivojlanishiga pirovardida 3,1
s/ga yuqori hosil olinishi ta’minlangan.   
B.Azimov   (2016)   ma’lumotlariga   ko’ra,   egatlab   sug’orishda,   sug’orishdan
oldin   tuproq   namligi   ChDNS   ga   nisbatan   65-55   %   (nazortaga)   bo’lganda
hosildorik   gektaridan   29,8   va   70-60   %   33,2   t   va   ularga   nisbatan   qora   plyonka
ostiga   ekilib   tomchilatib   sug’orilganda   hosildorlik   mos   ravishda   36,3   va   39,7   t
bo’lgan bo’lsa, bir xil sug’orish tartibotida egatlab sug’orishga nisbatan urug’ qora
plyonka ostiga ekilib tomchilatib sug’orilganda olingan daromad 112,2 va 106,7 %
ga yuqori bo’lganligi aniqlangan.
Sh.Azizov   (2018)   ning   ma’lumotlariga   ko’ra,   tomchilatib   sug’orishning
asosiy   afzalligi   shundan   iboratki,   tuproqning   o’simlik   ildizlari   joylashgan
qatlamida   maqbul   namlik   darajasi   uzuluksiz   ta’minlanadi   va   sug’orish   davomida
tuproq   namligining   oshib   ketishi   va   sug’orishlararo   davrining   oxirida   tuproqning
minemal   darajada   qurib   qolishi   kuzatilmaydi,   tuproqda   namlikning   oshib
ketmasdan doimiy saqlanib turishi  yaxshi aerasiyani  va sug’orish suvi  bilan birga
mineral o’g’itlarning berilishi tuproqda qulay ozuqa rejimini ta’minlaydi shu bilan
birga   maqbul   suv,   ozuqa   va   havo   rejimlarining   mavjudligi   o’simliklarning   bir
tekisda   o’sib   rivojlanishini   ta’minlaydi,   bu   esa   sezilarli   darajada   hosil   sifatini
yaxshilanishi va hosildorlikning ortishig olib kelishi aniqlangan.
X.Abdumutalipova.,   N.Xodjayeva,   Yu.Sattiyev.,   G   Shimbergenova   (2018)
larning   tadqiqotlarida   keltirilishicha,   suvdan   samarali   foydalanishda   sug’orishni
yoki fekal qo’llab o’tkazish juda muhim hisoblanib, sharbat yoki fekal qo’llaganda
go’ng,  fekal  yoki   kompostlar  g’o’zaga  oziqa  berish  bilan birga mulcha  vazifasini
bajaradi, suvning bug’lanishini kamaytiradi, uning tuproqqa singishini yaxshilaydi,
mineral   o’g’itlarni   o’simliklar   tomonidan   o’zlashtirilishini   oshiradi,   dala   iqlimini
mo’tadillashtiradi,   sug’orishlar   orasidagi   muddatni   4-5   kunga   uzaytirishga,
o’simlikning o’sib rivojlanishi, hosil  to’plashiga va tez pishishiga yordam beradi.
Mulcha   sifatida   sharbat   yoki   fekaldan   tashqari,   sug’orish   egatlari   tubiga   mavjud
37 eski   plyonkalar,   qog’ozlar   va   somondan   to’shamalar   qilib,   shuningdek   suv
o’tlaridan ham foydalanish mumkinligini ta’kidlashgan.      
A.Shamsiyev.,   M.Ziyatov   (2017)   larning   tajribalarida   g’o’za   qator   orasini
mulchalab sug’orish tejamkor usul hisoblanib, bunda sug’orish suvlari 25-30 % ga
tejalishi,   paxta   hosildorligi   esa   gektariga   5-6   s/ga   oshishi,   qator   orasi   qora
polietilen   plyonka   bilan   mulchalab   sug’orilganda,   g’o’zaning   o’suv   davri
davomida   qator   orsaiga   ishlov   berish   soni   qisqargani   hamda   sug’orish   kam
me’yorlarda tez-tez amalga oshirilishi natijasida g’o’zaning ildiz tizimi tuproqning
yuqori   haydov   va   haydov   osti   qatlamida   tarqalishi   hamda   o’simlik   tomonidan
tuproqning   qatlamlardagi   zahira   oziq   moddalardan   samarali   foydalanishi   uchun
qulay sharoit yaratilish aniqlangan.  
Sh.Axmurzayev  (2017)   ning ma’lumotlariga  ko’ra,  mulchalash  usullarining
tuproqni   suv-fizik   xususiyatlarini   o’zgarishiga   ta’siri   o’rganilganda,   ya’ni   tuproq
qatlamlari   bo’yicha   tuproq   namligi   chigit   ekilgandan   keyin   6   kun   o’tgach   chigit
endigina   una   boshlagan   vaqtda   nazorat   variantida   0-5;   5-10;   10-20   sm   tuproq
qatlamlariga   mutonosib   ravishda   tuproq   namligi   14,0;   16,0   va   17,0   %   ni   tashkil
qilgan holda shaffof plyonka qo’llanilgan 2-variantda bu ko’rsatkichlar 1,0; 1,9 va
1,0   %   ga   yuqori   bo’lganligi,   qora   plyonka   qo’llanilgan   variantda   esa   tuproq
namligi bu muddatda 0,9; 0,6 va 0,4 % ga yuqori bo’lganligi qayd etilgan. 
M.Yu.Esanbekov (2017) olib borgan tadqiqot natijalariga ko’ra, g’o’za qator
orasiga   somon   to’shash   natijasida,   qator   oralariga   ishlov   berish   soni   3-4   martaga
yoki 50 % ga qisqarib, g’o’zaning amal o’suv davrida suv-fizik xususiyatlari (hajm
massasi   va   g’ovakligi,   suv   o’tkazuvchanligi)   yaxshilanishi,   suvning   eng   yuqori
samaradorligi   g’o’zani   mulchalangan   egatlar   orqali   sug’orilgan   variantlarda
kuzatilib   0,83-0,89   m3   /s   ni   tashkil   etishi,   mulchalanmagan   variantlarida   bu
ko’rsatkichlar   0,48-0,69   m3   /s   tashkil   etganlig,   mulchalangan   variantlarda   esa,
oziqa elementlarini o’rtacha yuvilishi: umumiy azot - 0,03; 0,06; 0,08 kg/ga; fosfor
0,01;   0,02;   0,03   kg/ga;   kaliy   -   0,56;   1,0;   1,54   kg/ga   miqdorlarida   bo’lganligi,
mulchalangan   variantlarda   nazoratga   nisbatan   tuproqni   (4-4,5   martaga)   va   oziqa
moddalarini yuvilishi (6-8 martaga) sezilarli darajada kam bo’lganligi kuzatilgan.
38 A.A.Musurmanov   (2019)   ning   tadqiqotlarida,   mulchalash   va   kam   ishlov
berish   tuproqning   suv   o’tkazuvchanligiga   ta’siri   hamda   eng   maqbul   suv
o’tkazuvchanlik   shirinmiya   chiqindisi   va   go’ng   bilan   mulchalagan   variantlarda
o’rganilib,   mulchalab   kam   ishlov   berilganda   pushta   ostida   tuproq   sug’orish
ta’sirida   yaxshi   namlanadi,   namlik   zahirasi   nazorat   variantiga   nisbatan   3-   4   %
yuqori   bo’lganligi,   intensiv   qizish   natijasida,   ko’chat   unib   chiqishi   tezlashishi   va
keyingi   davrlarda   ham   nazorat   variantiga   qaraganda   namlik   kam   bug’lanishi,
mulchalangan   variantlarda   nazoratga   nisbatan   (0,185   %)   kam   ekanligi   kuzatilib,
sug’oriladigan bo’z-o’tloqi tuproqlarda agronomik qimmatli makroagregatlar (10-
0,25 mm) miqdori g’o’za va bug’doy ekilgan mulchalangan va kam ishlov berilgan
variantlarda   nazoratga   nisbatan   2,1-7,8   va   5,2-19,7   %   yuqori   bo’lishi,   ayniqsa,
shirinmiya chiqindisi bilan mulchalangan variantda qayd etilgan.
Rivojlangan   va   rivojlanayotgan   mamlakatlardan   farqli   o’laroq,   Markaziy
Osiyo mintaqasi davlatlari suv xo’jaligini islohatlashtirish borasida juda murakkab
sharoitda qolmoqda. 
Sug’orish   tizimlaridan   suv   berishning   beqarorligi   va   bir   tekis   bo’lmasligi
ham texnik, ham tashkiliy sabablarga bog’liq. Suv tuzilmalarini tashkil qilishning
ma’muriy-hududiy   tamoyili   shariotlarida   suvni   sifatli   boshqarish   qiyinchiligi
shundan   iboratki,   bunda   sug’orish   tizimining   zamonaviy   texnologiyalari   ishlab
chiqilmaganligidir.   Hozirgi   kunda   suvni   boshqarish   sifati   uni   takomillashtirish
muammosi   -   bu   nafaqat   texnik,   balki   institusional   (tashkiliy)   muammo   ekanligi
yaqqol namayon bo’lmoqda.
O’zbekistonning   sug’orilib   dehqonchilik   qilinadigan   yerlari   arid     zonalari
hisoblanadi.   Suv   resurslarini   boshqarish,   suv   xo’jaligi   siyosati   va   islohotlarni
amalga   oshirish,   barcha   sohalarda   suvni   iste’mol   qilishda   uni   tejash   va   suv
resurslari sifatini yaxshilash, aholini sifatli ichimlik suvi  bilan ta’minlash tizimini
rivojlantirish,   tuproq   unumdorligini   qayta   tiklash   –   qulay   suv-tuz   muvozanatini
o’simlik   ildizi   zonasida   ushlab   turish,   tuproqning   suv   va   shamol   ta’sirida
yemirilishining oldini olish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash masalalarini
o’rganish muhim  vazifalari dan hisoblanadi.
39 3.2. Tuproq issiqlik xossalari va uning unumdorligiga ta’siri.
Bugungi   kunda   «dunyoda   qishloq   xo’jalik   ekinlarini   yetishtirishga   yaroqli
unumdor yerlarning umumiy maydoni 4,4 milliard gektarni tashkil etib (4 milliard
gektar muhofaza qilinadigan yerlar bundan mustasno), shundan 1 600 mln gektari
dehqonchilikka tortilgan. 1991 yildan 2009 yilgacha dunyo bo’ylab sug’oriladigan
dehqonchilik maydoni yiliga 1,6 foizga, shundan rivojlanayotgan mamlakatlarda 2
foizdan  oshgan. Sug’oriladigan maydonlar  2050 yilga borib 318 million gektarga
yetishi   mumkinligi   bashorat   qilingan»1   .   Shu   sababli   dunyoning   qurg’oqchil   va
yarimqurg’oqchil   iqlim   mintaqalarda   sug’orma   dehqonchilik   tufayli   rivojlangan
voha   tuproqlari   unumdorligiga   salbiy   ta’sir   etuvchi   jarayonlarni   oldini   olish,
tuproqlarning   unumdorligini   tiklash   va   ulardan   samarali   foydalanish   dolzarb
masalalardan   biri   hisoblanadi.   Dunyoda   voha   tuproqlarining   unumdorligini
oshirish,   saqlash   va   ulardan   samarali   foydalanish   kabi   ustuvor   yo’nalishlarda
ilmiytadqiqotlar olib borilmoqda.
Respublikamizda   bo’z   tuproqlari   mintaqasi   tuproqlari   maydoni   16,6%   ni
tashkil etib, mazkur hududlarda rivojlangan voha tuproqlar unumdorligini oshirish
va   ulardan   samarali   foydalanishga   qaratilgan   ilmiy-tadqiqotlar   olib   borilib,
muayyan   natijalarga   erishilmoqda.   O’zbekiston   Respublikasini   rivojlantirishning
2017-2021   yillarga   mo’ljallangan   Harakatlar   strategiyasida   «...qishloq   xo’jaligi
ishlab chiqarishni muttasil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada
mustahkamlash,   sug’oriladigan   yerlarning   meliorativ   holatini   yanada   yaxshilash,
paxta   va   boshoqli   don   ekiladigan   maydonlarni   qisqartirib,   ekin   maydonlarini
yanada maqbullashtirish, bo’shab qolgan yerlarga kartoshka, sabzavot, oziq-ovqat
va   moyli   ekinlarni,   shuningdek,   yangi   intensiv   bog’   va   uzumzorlarni
joylashtirish»2   bo’yicha   muhim   vazifalar   belgilab   berilgan.   Shuning   uchun   ham
respublikaning   bo’z   tuproqlar   mintaqasi   turli   regionlarida   rivojlangan   voha
tuproqlarning   regional   xossaxususiyatlarini,   tabiiy   va   antropogen   omillar
ta’siridagi   o’zgarishi   jarayonlarini   faolligi   va   yo’nalishini   aniqlash,   tuproq
unumdorligini saqlash va oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
40 Dunyoning   turli   regionlarida   va   mamalakatimizda   sug’orishlar   ta’sirida
rivojlangan turli  xil  tuproqlarining genezisi, ularning shakllanish  shart-sharoitlari,
xossa-xususiyatlarini   aniqlash,   tuproq   issiqlik   xossalarini   oshrish,   tuproq
unumdorligini   baholash,   saqlash,   oshirish   va   ularni   muhofazalash   bo’yicha   bir
qator   ilmiy-tadqiqot   ishlari   respublika   va   xorijlik   olimlar   I.T.Turopov   (1975),
Sh.T.Xoliqulov   (1976,1977,1978),   M.Xamroyev,   K.Xamroyev   (1983),
Sh.T.Xoliqulov,   O.S.Saidmurodov   (1985),   V.Kulikov   (1987),   S.Chirsov,
K.Ermatov,   R.Buzurukov   (1989),   Sh.T.Xoliqulov,   I.T.Turopov,   K.M.Ochilov
(1990),   V.Yordanov   (1991),   Sh.T.Xoliqulov,   I.T.Turopov   (1994),   O.Mahmudov,
G’.Ne’matov, S.Bahromov (1996, 1998), G’.Hojiyev (1997), S.Bahromov (1998),
M.Yoqubov,   X.Raximov,   U.Haydarov,   M.Ashurov,   U.Nabiyeva   (1999),
Sh.Xo’jayev,   K.Turdialiyev,   M.Yusupova,   (1999),   F.Xasanova,   O.Yusufbekov
(1999),   S.Ostonov   (1999),   R.Qurvontayev   (2000),   I.I.Ikramov,   B.Sattorov,
B.Azamat (2000), N.Ibrohimov, M.Qodirxo’jayeva, L.Mirzayev (2001), A.Isashev,
I.Akbarov   (2001),   Sh.Xo’jayev,   M.Yusupova   (2001),   R.Kurvantayev   (2001),
A.Sanaqulov (2002), L.Mirzayev (2004) va boshqalarning tajribalarida keltirilgan.
Tuproqni   maqsadli   yo’nalishda   boshqarish   tuproqshunoslikda   muhim
masalalardan   biri   hisoblanadi.   Tuproq   haroratini   yaxshilashda   qo’llaniladigan
samarali   usullardan   biri   tuproqni   mulchalash,   ya’ni   tuproq   yuzasiga   chirigan
go’ng,   torf,   qog’oz,   somon,   polieiten   plyonka,   has-hashakva   ko’mir   changi
o’simlik   bargi,   kul,   qum,   sement,   yog’och   qipig’I   singarilarni   qoplash   bo’lib,   bu
usul   tuproq   haroratini   ko’taradi   va   kechasi   tuproqni   radiatsion   sovushini
sekinlashtiradi.   Mulchalash   tuproq   issiqlik   rejimini   maqbullashtirish   bilan   bir
qatorda   tuproq   yuzasidan   fizikaviy   bug’lanishni   kamaytiradi   va   natijada   tuproq
namligini   oshiradi.   Mulchalash   erta   bahorda   ekin   ekilgan   maydonlarda   kuchli
yomg’irdan   keyin   sodir   bo’ladigan   qatqaloqni   oldini   oladi.   Bundan   tashqari
tuproqni   mulchalash   uning   agrofizik,   agrokimyoviy,   bilogik   xossalarini
yaxshilaydi. 
Qishloq xo’jalida plastmassa ishlatish xalqaro qo’mitasi ma’lumoti bo’yicha
1959-yilda   jahonda   300   ga   yerda   mulchalash   o’tkazilgan   bo’lsa,   1976-yilda   bu
41 ko’rsatgich 350ming   ga ni tashkil etgan. Shundan 200 ming ga Yaponiyada, 100
ga   AQSh   da,   35000   Ispaniyada   mulcha   matreal   bilan   qoplangan.   Hozirgi   vaqtda
bir qator chet ellarda – Yaponiya , AQSh, Olmoniya, Fransiya, italiya, Ispaniyada
plyonka   bilan   mulchalangan   yerda   qishloq   xo’jalik   mahsulotlarini   yetishtirish
odatdagi agrotexnologik tadbir hisoblanadi. 
Quyida biz mulchalash matreallari va ularning tuproq xossalari  hamda turli
xil   qishloq   xo’jalik   ekinlarining   o’sishi,   rivojlanishi   va   hosildorligiga   bo’lgan
ta’siriga   to’xtalib   o’tamiz.   Mulcha   uchun   insonlar   turli   matreallardan   foydalanib
kelishgan.  Masalan,   1914-   yil  Gavay  orolida Ekkart   birinchi   bo’lib  shaharqamish
plantatsiyasini   tuprog’ini   yopish   uchun   termogen   qo’llash   usulini   joriy   etgan
(M.S.Vasserman, 1929).
1919   va   1920   yillar   Gavay   ananasi   kompaniyasi   o’z   tajribalarida   ananas
plantatsiyasini   asfaltlangan   qog’ozni   mulcha   sifatida   qo’lladi   va   1929   yilga   kelib
bu   usul   barcha   plantatsiyani   90%   maydonida   ishlatildi.   Tadqiqotchilar   Edmand   ,
A. Smith, K.Tyler  lar  tajribalarida AQShning har  xil  shtatlarida  tuproqni  turli  xil
matreallar   bilan  mulchalash   ishlarini   o’tkazib,   mulchalash   ijobiy   natija  ekanligini
qayd qilishgan.
S.S.(Ilin)   1931)   dub   po’stlog’idan   L.I.Kan   (1935)   makkajo’xori   poyasi
qipiqlaridan, shuningdek maxsus qoplama qog’ozdan, V.P.Jivan sabzavot va donli
ekin     maydonlarini   mulchalashda   yog’och   qipig’i     va   maydalangan   somondan
foydalanilgan.   
V.T.Karnauxov(1937)     mulcha   qoplamasi   sifatida   toldan   foydalanilgan,
M.P.Kulibekov  (1947)  qoplama  sifatida somon maydasini qo’llagan.  B.I.Orexov
(1954)       tuproqni   mulchalash   uchun   torf   va   mulchaqog’ozni     qo’llagan,     bu   esa
qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligini oshirgan. 
V.   I.Zuyev       (1960)     o’z   tajribalarida   qoplovchi   matreal   sifatida   ruberoid
qo’llagan.       A.Karimov     (1960,1962)     g’o’za     ekilgan   qatorlarni   mulchalashda
maxsus qoplama qog’oz va qumdan foydalanilgan. 
1963-1964-yillarda   tipik   bo’z   tuproqlar   sharoitida   tuproq   xususiyatlariga,
hamd   a   g’o’zaning   o’sishi,   rivojlanishi   va   hosildorligiga   polietilen   plyonka   bilan
42 tuproqni   mulchalashning   ta’sirini   o’rganish   boshlangan.   Toshkent   viloyati
yangiyo’l   tumanida   (   Basargina,   Turopov,   1964,   Kaganov,   Turapov,   1966,
Zaxarov,   Semikina,   1964)     birinchi   tajribalar   o’tkazilgan.Bunda   kraxmal,   somon,
qora   va   shaffof   polietilen   plyonkalar   o’tkazilib,   ularning   eng   samaralisi   shaffof
polietilen plyonka ekanligi aniqlangan.
Fransiyalik   G.Basser     (1975,   1978)   mulcha   sifatida   yorug’lik   sifatida
yemiriladigan   plyonkadan   foydalanishni   tavsiya   etgan.   Bunda   polietilen   plyonka
130-140   kunda   quyosh   nuri   ta’sirida   o’z-o’zidan   yemiriladi.     Natijada   polietilen
plyonkani   yig’ishtirishga   sarflanadigan   qo’l   mehnati   iqtisod   qilinqdi,     o’simlikni
normal rivojlanishiga ijobiy ta’sir  etadi. Plyonka ostida tuproq harorati va namligi
yaxshi   saqlanadiva   shuning   hisobiga   hosildorlikni   ochiq   maydonlarga   nisbatan
yuqori bo’lishiga erishiladi. 
Keyingi   yillarda   Yaponiya   AQSh,   Kanada,   Xitoy,   Meksika,   Polsha,
Gollandiya,   O’zbekiston   va   boshqa   mamlakatlarda   bir   yillik   qishloq   xo’jalik
ekinlarini parvarishlash uchun quyosh nuri ta’sirida o’z-o’zidan yemirilib o’g’itga
aylanadigan   polietilen   plyonkalar   keng   foydalanilmoqda.     Natijada   plyonka
ostidagi   tuproq   tarkibida   yetarli   harorat   va   namlik   bo’lganligi   tufayli   o’simliklar
urug’i tez unib chiqishi bilan bir qatorda , rivojlansh darajasi- shonalashi, gullashi ,
hosilga   kirishi   tezlashadi.   Bunda   hosil   sifati   yaxshilanadi,   hamda   suv   va   o’g’it
tejaladi.   Ayniqsa,   issiq   ob-havo     sharoitli   joylarda   erta   bahor   boshlanmasdan
baqlajon,   pomidor   ekilsa,   hosildorlik   20-30   foizga   ,   bodringda   30-50   foizga   ,
qovun- tarvuzlarda ikki barobarga oshar ekan.  1983-1988  yillarda Angliyada  300
ga   ekin   maydonida   quyosh   nuri   ta’sirida   o’z-o’zidan   yemiriladigan   polietilen
plyonka   ostiga   ekilgan   shakar   makkajo’xoridan   odatdagi   ochiq   maydonda
ekilganga nisbatan 6-7 marta ko’p hosil olingan. 
N.Ahmedov,   A.Alibekovning   (1980)   fikricha   lignin   arzon   matreal   bo’lib,
namligi   60%   bo’ladi,   sochilib   ketmaydi.   Lignin   tarkibidagi   kislotalarni   yo’qotish
uchun uni mulcha sifatida ishlatishdan  12-15 kun oldin nami sirqitib olinib, unga
organik   va   mineral   o’g’itlar   qo’shiladi.   Har   kilogramm   quruq   ligninga   4   gramm
43 ammiakli   selitra   va   12   gramm   kukunsimon   superfosfat   qo’shish   eng   maqbul
ekanligi aniqlangan. 
Qayta   ishlangan   neft   mahsulotlaridan   mulcha   sifatida   foylanish   esa
N.F.Matyunin   (1964)   g’o’za   poyasi   va   lignin   kabi   matreallardan     foydalanish
N.Ahmedov,   A.A.Alibekov   (1980),   M.B.Muhammadjonov,   X.Umarov   (1984),
T.Xidirov,   X.Hakimjonov   (1984),   M.B.Muhammadjonov,   A.Z.Zokirov   (1988)
tadqiqotlarida keltirilgan.
Sintetik polietilen plyonkani qoplovchi matreal sifatida ishlatish I.T.Turopov
( 1975), Sh.T.Xoliqulov ( 1976,1977,1978), M.Xamroyev, K.Xamroyev( 1983) Sh.
T.Xoliqulov,   O.S.Saidmurodov   (1985),   V.Kulikov   (1987)   ,   S.Chirkov,   K.
Ermatov,   R.Buzurukov   (1989)   ,   Sh.T.Xoliqulov,   I.T.Turopov,   K.M.Ochilov
(1990),   Sh.T.Xoliqulov,   I.T.Turopov,   V.Yordanov   va   boshqalar   tajribalarida
keltirilgan.
X.Hakimjonov,   E.Yashayeva,   X.Xidirovlar   (1989)   ma’lumotiga   ko’ra,
mulchaovchi   matreal   sifatida   chiritilgan   va   elangan   go’ng   ,   vilt   kasalidan
zararsizlantirilgan   g’o’za   poyasi   va   gidrolizlangan   lignin   ishlatilishi   mumkin.
Bunda   mulcha   tarkibidagi   organik   moddalar   parchalanishi   jarayonida,   mulcha
ichida   harorat   60-70 0
c   darajaga   ko’tarilib,   vilt   kasalligini   qo’zg’atuvchi
zamburug’larni halokatga olib kelganligi aniqlangan. 
O.Yusupbekov,  G.Muhammedov,  M.Hasanxonova,  L.Galimovalar  (1997)
mulcha   sifatida     tuproq   ustida     polikomleks   paydo     qiluvchi     va   quyosh   nurlari
ta’sirida     ma’lum   muddatdan   keyin     parchalanib     tuproqqa   tuproqqa     oziqa
bo’luvchi   polikomleks     eritmalarini     ishlatishgan.   Bunda   mulchalash     tuproq
haroratini    ko’taradi,   yetarli  namlik bilan ta’minlanadi,   qatqaloqni   oldini    oladi
hamda     urug’ning     unib   chiqishi   va   keyingi   rivojlanishi     uchun   qulay     shart-
sharoitlar yaratadi. 
O.Yoqubjonov,   S.Bahromovlar (2000) fikriga,   mulcha   sifatida ishlatilgan
plyonkalarni     ekishdan     70     kun     o’tgach     olib     tashlash     ma’qul     hisoblanadi.
Mulchalashning   tuproq   haroratiga   ta’siri.   Tamakini   yaxshi   o’sishi   va   rivojlanishi
uchun   tuproq   harorati   maqbul   darajada   bo’lishi   kerak.   D.T.Abdukarimov,
44 S.X.Xushvaqtov,   E.U.Umrzoqov   (1985)   ma’lumotiga   ko’ra,   tamaki   o’sib
rivojlanishi   uchun   eng   qulay   havo   temperaturasi   25-28   0
C   hisoblanadi.   Optimal
yillik samarali  harorat yig’indisi ko’chat dalada o’tqazilgan to barglari yetilgunga
qadar o’tgan davrda tamaki naviga qarab 2000-2800  0
C ni tashkil qiladi. 
B.Xamdamov,   R.Oripov,   E.Umurzoqov   (2001)   tamaki   ko’chatini   erta
muddatlarda   o’tqazish   hosilni   yig’ishtirb   olishni   avgust   oyi   oxirida   tugashini   va
shu bilan birga barglarni qulay sharoitda qurishini ta’minlaydi deb hisoblaydilar.
L.N.Babushkinning  (1953)   kuzatishicha,  maxsus  qoplama  qog’oz  tagida
tuproq  harorati  kunduzi  35  0
C  atrofida  bo’lgan , bu  vaqtda  nazorat  paykalida
u  45  0
C  ga yetgan.  Tungi  soatlarda,  aksincha  tuproq  maxsus qoplama  qog’oz
bilan qoplaganda   issiqlik   saqlangan: minimal   harorat   nazorat   paykalda   22   0
C,
maxsus  qoplama qog’oz tagida  24  0
C  bo’lgan,  qoplamaning  boshqa  xira  turlari
( qipiq,     maydalangan   somon   va shu   kabilar )   ham   xuddi   shunday natijalarni
bergan.
2 -jadval.
Madaniy ekinlar urug’ining unib chiqishi uchun zarur bo’lgan tuproq
harorati,  0
C
№ O’simlik nomi Unib chiqish
boshlanishi Eng qulay Maksimal Harorat
yig’indisi
1 G’o’za, qovun, 
tarvuz 10-14 32-35 40-44 3000-4000
2 Bug’doy, arpa, suli,
javdar, no’xat 1-5 22-26 28-32 1400-1600
3 Kartoshka, 
makkajo’xori, soya,
karam 6-8 31-34 40-46 1800-3500
4 Loviya, kanop, oq 
jo’xori 10-12 32-36 44-46 1600-1800
5 Beda 0-1 28-30 35-37 -
     
O’simliklar   urug’ining   tuproq   haroratiga   bo’lgan   talabiga   ko’ra,   ularni
yetishtirish   uchun   zarur   bo’lgan   tuproq   iqlim   sharoitiga   ega   bo’lgan   tabiiy
geografik   regionlarni   tanlash   lozim.   Chigit   ekish   uchun   o’rtacha   sutkalik   tuproq
45 harorati   13 0
  dan   past   bo’lmagan   holda,   havoning   o’rtacha   10 0
  dan   oshgandan
boshlab   10   kun   davomida   barqaror   harorat   saqlangandan   keyin   chigit   ekishga
kirishgan   ma’qul.   Bunda   tuproq   namligi   6-8   mm   bo’lganda,   15-20   kunda   chigit
to’la   unib   chiqadi.   Bunda   tuproq   harorati   16 0
  ni   tashkil   etadi.   G’o’zaning   ildizi
gullash   davridaproq   harorati   25-30 0
  bo’lganda   yaxshi   rivojlanadi.   Vegetasiya
davrida   o’simlikning   turli   organlari   tuproq   va   havo   haroratidan   turlicha
ta’sirlanadi.   Havo   haroratiga   nisbatan   tuproq   harorati   past   darajada   bo’lsa,
o’simlikning ildizi sintezlangan organik massada ildizning ulushi oshadi.
S.E.Adams  (1962)  fikriga  ko’ra  tuproq  haroratini  oshirishning  bir yo’li
uni     polietilen     plyonka     bilan   mulchalashdir.     Bu     tadbir   tuproqdagi     oziq
moddalar     harakatchanligini     kuchaytirib   ,   intrifikatsiya     jarayoniga     borishini
tezlashtiradi. 
Tuproq     haroratini     uning     yuzasini     qora     va     oqqa     bo’yash     bilan     ham
o’zgartirish     mumkin.   Bo’yash     uchun     tuproq     bitum     pardasi     (   qora   rang),
nigrozin     (   qora     bo’yoq)     va     bo’r   (oq)     bilan     qoplanadi.     Bo’yash     hisobiga
kunduzi   tuproq harorati   5 sm qatlamda   9   0
C   ga,   tungi   soatlarda   esa 4   0
C   ga
oshiriladi  (Zaurov,  Ibrohimov,  Tamashevskiy, 1968). 
M.B.Muhammadjonov,   X.Umarovlarning   (1984)   yozishicha,     qoplama
sifatida   neftni   qayta   ishlash   mahsuloti   bitumdan   foydalanilganda,   tuproqning
5-10  sm  qatlamidagi  o’rtacha sutkalik  harorat  nazorat paykalidagiga nisbatan 2-
3   0
C     ga   yuqori   bo’lishi   aniqlangan.   Haroratning     qoplama   ostida   bunday
ko’tarilishi     g’o’za     ildiz   tizimi   rivojlanishiga     samarali   ta’sir   ko’rsatgani   tufayli
mulchalangan     variantda     ildiz     quruq   massasi     0,28     g   bo’lgan   bo’lsa,     nazorat
variantda  esa  0,18  g ni tashkil  etgan.
S.Chirkov,    E.Yashyeva     va     K.Ermatovlarning     (1987)     tajribalarida     ham
chigitlar   plyonka   ostiga   ekilgan     variantlarda   harorat     o’rtacha     4,7   0
C     ga
ko’tarilishi,   nihollar   soni   nazoratga   qaraganda   ortiq     bo’lishi   va   hosildorlik
o’rtacha  5,0 s/ga oshishi  isbotlandi.
S.Saidmurodov  va  K.Borskovalar (1991) Toshkent  viloyatining  tipik  bo’z
tuproq  sharoitida  tuproq   harorati  12-13  0
C ,   13-14   0
C  va  14-15  0
C  bo’lganda
46 g’o’zaning  C-6524  navi  chigitlarini  plyonka  ostiga  ekib  tajriba  o’tkazganlar.
Nazorat  variantda  esa  chigitlar  14-15  0
C  bo’lganda  ekilgan.  Olingan  natijalar
tahlil   etilganda   ma’lum   bo’lishicha,   plyonka   ostiga   harorat   3,1-3,5   0
C   gacha
yuqori bo’lib ,  ko’chatlar  nazorat variantga  nisbatan  7  kun  oldin  unib  chiqadi.
Shuning  bilan  birga ko’chat  qalinligi  plyonka  qo’llanilgan  variantlarda  yuqori
bo’lgan,  natijada  eng  ko’p  hosil  tuproq  harorati   14-15  0
C  bo’lganda  chigitlar
plyonka     ostiga     ekilganda     olingan     va     bunda     hosilning     asosiy   qismi     (90   %)
birinchi termda  yig’ishtirib  olingan.
V.Yordanov     (1991)   tajribasida     tamaki     yetishtiriladigan     maydon
polietielen  plyonka  bilan  mulchalanganda  0-5  sm  qatlamdagi  tuproq  harorati
2-4   0
C     ga     oshganligi     aniqlangan.     Ko’chatlarning     rivojlanishi     7   kunga
tezlashgan.
M.Saidmurodov va F.Xasanovalarning (1996) O’zPITI  dalalarda  o’tkazgan
tajribalarida  tuproq polietilen plyonka bilan  30 sm  kenglikda  mulcha qilinganda,
uning  0-5 sm  qatlamidagi harorat  0,8-3  0
C ,  0-10  sm  qatlamda  esa  0,50-2,4  0 
C
ga  yuqori  bo’lgan, bunda 0-10 sm  tuproq  qatlamida plyonka  yopilganligi  uchun
namlikni  bug’lanib  ketishi  kuzatilmagan .  Shu  bilan  birga  g’o’zaning  pishishi
3-12 kunga  erta boshlangan, vilt  kasalligi 8,3% ga kamaygan,  hosildorlik  1,5-4,9
s/ga  oshgan.
M.Sultonov   (1997)   aytishicha   ,     yangi     texnologiyani   avzalligi     shundaki,
plyonka   ostidagi   harorat     balandligi     tufayli     o’simlikning     rivojlanishi     15-20
kungacha  tezlashadi va  hosil shuncha  muddatga erta  pishadi.
A.Usmonovning (1997) ta’kidlashicha,  mart  oyining  ikkinchi 10 kunligida
chigit ekilgan  maydonlar  plyonka  bilan mulchalanganda, plyonka ostida  0-10 sm
chuqurlikda     tuproq   harorati   nazorat   variantiga   nisbatan   3-4 0
  yuqori   bo’lgan   va
natijada mart oyida  ham chigit ekish imkoniyatini  yaratgan.
S.Bahromovning (1998)  ikki yillik tajriba ma’lumotlariga ko’ra, tuproqning
chigit ekilgan 0-10 sm li qatlamidagi harorati plyonka tagida nazoratga nisbatan 3-
4 0
 C yuqori bo’lishi  aniqlangan.
47 S.Ostonov   (1998)   ta’kidlashicha,   plyonka   ostidagi   tuproqning   0-5   va   0-10
sm qatlamidagi harorat ochiq maydondagiga nisbatan 6  0
C yuqori bo’lgan.  Bu hol,
nihollarning   unib   chiqishi   va   g’o’zaning   keyingi   rivojlanishiga   ijobiy   ta’sir
ko’rsatgan.
R.Oripov,   S.Ostonov   (1999)   ta’kidlashicha,     chigit   ekilgan   qatorning   usti
polietilen   plyonka   bilan   yopilganda,   tuproqning   0-5   sm   chuqurlikdagi     harorati
ochiq maydondagiga nisbatan 3-6  0
C  yuqori bo’lishi aniqlangan.
F.Xasanova,   O.Yusufbekovlar   (1999)   tuproq   harorati     polikomplekslar
qo’llanilgan   tajribalarda     nazoratdagiga   nibatan   0.5-3   0
C   ga,   quyoshda
parchalanuvchi   plyonka     ostida esa 0.8-5.5   0
C   yuqori bo’lganligini kuzatishgan.
Quyoshda   parchalanuvchi   plyonka   tuproq     oshiribgina     qolmay,     balki   to’liq
ko’chat  olishni  va  ularni yaxshi  o’sishini ta’minlaydi. 
O.Yaqubjonov,   M.Toshboltayev   (2000)   ma’lumotiga   ko’ra,   plyonka
yordamida   rivojlanayotgan   go’za   ochiqdagiga     nisbatan   kuniga   o’rtacha   4-5 0
C
qo’shimcha samarali harorat to’playdigan va 15-20 kun ertaroq yetiladi.
Sh.T.Xoliqulov   (2000)   ma’lumotiga   ko’ra,   tamaki   ko’chati   tiniq   plyonka
bilan   mulchalangan   tuproqqa   ekilgandan   bir   sutkadan   keyin,   tuproqning   5   sm
chuqurlikdagi o’rtacha harorati 3.5   0
C ga oshadi. 20sm chuqurlikda esa bu qiymat
1.3  0
C ga teng bo’lgan.sutkaning maksimal harorati soat 14  00  
da kuzatilgan, uning
ko’rsatgichi plyonka tagida 5 sm chuqurllikda 30   0
C ni tashkil etgan yoki nazorat
variantiga   nisbatan   5.7   0
C   ortiqcha   bo’lgan.   Sutka   davomida   minimal     harorat
ertalab   6 00
  ga   to’g’ri   kelgan   va   24,0   0
C   ga   teng     bo’lgan.   20   sm     chuqurlikda
plyonka  tagidagi   o’rtacha     sutkalik    harorat    26.6   0
C    ni,  nazorat    variantida    esa
25,3  0
C ni  tashkil  etgan.
A.L.Sanaqulov,   M.A.Xayitov   (2001)   fikriga   ko’ra,   tuproq   yuzasini
polietilen plyonka  bilan  qoplash unda  ko’p  issiqlik to’planishiga  olib keladi. Bu
o’z  navbatida  g’o’za  rivojlanishining  barcha  fazalarini tezlashtiradi.
Tuproqning harorati, namligi  va  muzlash  chuqurligi  ustida  olib  boriladigan
yalpi   kuzatuvlarning   o’ziga   xos   tomoni   shundaki,   ular   muayyan   qishloq   xo’jalik
ekinlari (kuzgi) ostidagi dala sharoitlarida yoki bahorgi ekinlar uchun kuzgi ishlov
48 berilgan   yerlarda   bir   vaqtning   o’zida   daladagi   qor   qalinligi   va   zichligini   aniqlash
bilan   birga   olib   boriladi.   Bunday   tizimli   kuzatuvlarni   tashkil   etish   barcha
mintaqalarda   qishlovchi   o’simliklar   holati   to’g’risidagi   ma’lumot   to’plamini
amalga   oshirishga   imkon   beradi.   Tuplanish   bo’g’inlari   joylashgan   chuqurlikdagi
tuproq   haroratining   kuzgi   ekinlar   qishlash   bilan   bog’liqligini   ko’pgina   olimlar
tomonidan   o’rganilgan   (m.A.Bokunov,   1949;   I.M.Petunin,   1949;   V.M.Lichikaki,
1955-1965; V.A.Moiseychik, 1955-1964; A.M.Shulgin, 1938-1963 va boshqalar).
Shuningdek boshqa qishloq xo’jalik ekinlari (mevali, o’t) ostidagi  tuproq harorati
ham   ko’pgina   olimlar   tomonidan   o’rganilgan.   P.I.Kolosov   (1946),   L.A.Razumov
(1953,1963)   va   boshqalar   tomonidan   tuproqning   mavsumiy   muzlashini   o’rganish
tuproqning ko’pgina izlanishlar amalga oshirilgan.
Zarafshon   vohasi   Urgut   tumanida   tamaki   ekilgan   tipik   bo’z   tuproqlar
polietilen   plyonka   bilan   mulchalanganda   (Sh.Xoliqulov   1989,   Sh.Xoliqulov,
T.G’oziyev   1999,   2001)   tuproqning   hajm   massasi   kamaygan,   umumiy   g’ovakligi
oshgan. May oyida tuproqning 5 sm chuqurligida o’rtacha sutkalik harorat mulcha
variantda   nazoratga   nisbatan   5,3   0
S   ga   oshgan   bo’lsa,   vegetasiya   davri   o’rtasida
tuproq   haroratining   farqi   kamaygan   va   0,5   0
S   ni   tashkil   etgan.   Plyonka   mulcha
sifatida dastlab fizik bug’lanishini kamaytirishi hisobiga tuproqda ortiqcha namlik
to’plangan.   Natijada   shaffof   polietilen   plyonka   bilan   mulchalangan   maydonlarda
olingan   tamaki   hosili   nazorat   maydoniga   nisbatan   har   bir   gektardan   6,2   s/ga
ortiqcha hosil olingan.
Ko’pchilik tadqiqotlarda aniqlanishicha, polietilen plyonka bilan mulchalash
tuproq   haroratini   keskin   oshiradi,   chunki   plyonka   ostidagi   tuproq   nazoratdagiga
nisbatan   yaxshi   qizdiriladi.   Shu   bilan   birga   plyonka   ostida   issiqlik   yaxshi
to’planadi   va   saqlanadi.   Polietilen   plyonka   yerni   qizdirishda   asosiy   rol
o’ynaydigan   infraqizil   nurlarini   yaxshi   o’tkazadi.   Ikkinchi   tomondan   plyonka
issiqlik   va   nurlarni   o’zidan   tashqariga   chiqarib   yubormaydi.   Polietilen   plyonka
bilan   mulchalanganda   tuproqdagi   namlikni   bug’latishga   ketadigan   issiqlik   ikki
martadan   ko’pga   kamayadi,   havoga   turbulent   issiqlik   berish   17   %   ga   qisqaradi,
tuproqqa   keladigan   issiqlik   oqimi   25   %   ga   ko’payadi   (Sipris,   Revut,1974).   Suv
49 bug’larining   kondensasiyalani-shi,   yerdan   qaytadigan   quyosh   radiasiyasini   chiqib
ketishiga   yo’l   qo’ymaydi.   Buning   natijasida   tuproqni   polietilen   plyonka   bilan
mulchalash   tuproq   haroratiga   ijobiy   ta’sir   ko’rsatadi.   Shu   bilan   birga   mulchalash
natijasida   tuproq   namligini   baland   bo’lishi   harorat   bir   xil   bo’lganda   ham
issiqlikning ijobiy ta’siri mulchalangan variantda yuqori bo’lishini ta’minlaydi.
Sutka   davomida   nazorat   va   polietilen   plyonka   ostida   tuproq   haroratini
o’zgarishi 1-rasmda berilgan. 20 iyunda o’tkazilgan o’lchashlarning ko’rsatishicha,
yuqorgi   qatlamlarda   tuproq   harorati   baland   bo’ladi.   Pastki   qatlamlarga   qarab
tuproq   harorati   kamayib   boradi.   Bunday   pasayish   sutkaning   barcha   soatlarida
kuzatiladi. Sutka davomidagi eng yuqori harorat soat 12 00  
va 15 00
 larda qayd etildi.
Soat   15 00  
dan   3 00  
gacha   tuproq   harorati   pasayib   bordi,   3 00  
dan   keyin   esa   orta
boshladi. Nazorat va polietilen plyonka bilan muchalangan variant o’rtasida tuproq
haroratidagi   farq   barcha   tuproq   qatlamlarida   kuzatildi.   Lekin   pastki   qatlamlarga
qarab bu ikkala variant o’rtasidagi tafovut kamayib bordi (1-rasm). Eng katta farq
0-10   sm   qatlamda   kuzatildi.   30   sm   dan   keyin   polietilen   plyonkaning   tuproq
haroratiga   ta’siri   keskin   kamaya   boshladi.   Tuproqni   polietilen   plyonka   bilan
mulchalash haydov qatlamida haroratni sutka vaqti va tuproq chuqurligiga bog’liq
ravishda   1,9-5,5   0
S   ga   oshirdi,   30-50   sm   qatlamda   bu   ko’rsatkich   0,8-1,6   0
S   ni
tashkil   etdi.   Demak,   polietilen   plyonka   bilan   mulchalash   tuproq   haroratini   ustki
qatlamlarda   sezilarliroq   oshiradi.   Nazorat   va   mulchalash   variantlari   o’rtasidagi
haroratdagi farq soat 15 00
da eng yuqori bo’ldi. Soat 9-18 00  
larda ham ikkala variant
o’rtasidagi   farq   ancha   yuqori   bo’ldi.   Kechki,   tungi   va   ertalabki   soatlarda   tuproq
haroratini   polietilen   plyonka   ta’siri   ostida   ortishi   kam   sezilarli   bo’ldi.   Demak,
polietilen   plyonka   kunning   ikkinchi   yarimida   haroratni   maksimum   darajada
oshiradi.   Bunga   sabab   kunning   birinchi   yarimida   plyonka   ostida   quyosh
energiyasini to’planishi va saqlanishi hisoblanadi.
Kechki     va     tungi     paytlarda       tuproqda       quyosh   energiyasi   to’planmaydi,
balki   sarflanadi.   Shuning   uchun   ham   kechki   paytlarda   ikkala   variantda   tuproq
harorati o’rtasidagi farq kamaya boshlaydi. Tuproqning o’rtacha sutkalik haroratini
o’rganish   shuni   ko’rsatdiki,   tuproqni   polietilen   plyonka   bilan   mulchalash   uning
50 haroratini   20   iyungacha   oshirib     bor a di,   keyingi   muddatlarda   haroratning   ortishi
kamaya   bordi.   30  avgustga   kelib   ikkala   variant   o’rtasida   tuproq  haroratidagi   farq
minimumga   yetdi.   Demak,   tuproqni   polietilen   plyonka   bilan   muchalash   tamaki
o’suv davrining birinchi yarimida tuproq haroratini keskinroq oshiradi.
 
2-rasm. Tuproqni polietilen plyonka bilan mulchalashning uning turli
qatlamlardagi sutkalik haroratiga ta’siri .  (o’rtacha uch yillik, 20 iyun. T.G’oziyev,
2006). 1-nazorat variant. 2-polietilen plyonka bilan mulchalangan variant
51 3-jadval 
Nazorat va  plyonka ostidagi tuproqning o’rtacha sutkalik haroratin i o’zgarishi
(uch yillik o’rtacha ma’lumot . T.G’oziyev, 2006 ) .  
Gorizont, sm Indeks K u z a t i sh      m u d d a t l a r i 
20.05 1.06 10.06 20.06 1.07 10.07 20.07 1.08. 10.08 20.08 30.08
5  T
p 28,23 29,98 31,69 31,79 32,88 32,65 30,99 30,55 30,30 29,81 29,31
T
n 24,59 26,00 27,56 27,78 29,26 29,15 27,41 27,16 27,24 26,80 26,66
Δ 3,64 3,98 4,13 4,01 3,62 3,50 3,58 3,39 3,06 3,01 2,65
10 T
p 26,38 28,96 30,08 30,06 31,61 31,53 29,43 29,69 29,26 28,65 28,20
T
n 23,25 25,04 26,28 26,51 28,06 28,23 26,09 26,53 26,44 25,89 25,78
Δ 3,13 3,92 3,80 3,55 3,55 3,30 3,34 3,16 2,82 2,76 2,42
20 T
p 24,20 27,84 29,06 28,94 30,39 30,09 28,10 28,56 28,25 27,63 27,39
T
n 21,94 24,21 25,63 25,60 27,14 27,19 25,31 25,74 25,73 25,31 25,01
Δ 2,26 3,63 3,43 3,34 3,25 2,90 2,79 2,82 2,52 2,32 2,38
30 T
p 22,41 26,51 27,85 27,74 28,95 29,16 26,94 27,69 26,91 26,71 26,44
T
n 20,60 23,33 24,86 24,75 26,18 26,56 24,45 25,08 24,76 24,55 24,35
Δ 1,81 3,18 2,99 2,99 2,77 2,60 2,49 2,61 2,15 2,16 2,09
40 T
p 19,98 23,48 25,04 25,33 26,49 26,64 24,91 25,08 25,08 25,04 25,06
T
n 18,81 21,15 22,94 23,15 24,13 24,54 22,85 23,15 23,38 23,53 23,58
Δ 1,17 2,33 2,10 2,18 2,36 2,10 2,06 1,93 1,70 1,51 1,48
50 T
p 19,08 20,85 23,35 23,56 24,60 24,93 22,94 23,49 22,89 23,68 23,35
T
n 18,04 19,68 22,01 22,28 23,08 23,68 21,64 22,26 21,75 22,48 22,31
52 O’lchashning   barcha   muddatlarida   polietilen   plyonka   bilan   muchalash
hisobiga   tuproq   haroratini   ortishi   haydov   qatlamida   joylashgan   qatlamlarda
sezilarli bo’ldi. Keyingi  qatlamlarga qarab bu farq kamayib bordi. Masalan,  5 sm
chuqurlikda   bu   ikkala   variant   o’rtasida   tuproq   haroratidagi   farq   o’suv   davrining
turli  fazalaridi   2,5-4,5   0
S  ni,  10  sm   chuqurlikda  2,1-4,2   0
S  ni,  20  sm   chuqurlikda
2,3-4,0   0
S ni, 30 sm chuqurlikda 1,9-3,0   0
S ni, 40 sm chuqurlida 1,4-2,5   0
S ni, 50
sm  chuqurlida 1,0-1,6 0
S ni  tashkil etdi.   Shunday qilib, 50 sm  chuqurlikdan keyin
tuproq   harorati   ikkala   variantda   ham   deyarli   bir   xil   ko’rinish   oladi.   Tuproqni
polietilen   plyonka   bilan   mulchalash   yarim   metrgacha   bo’lgan   qatlamda   tuproq
haroratiga ta’sir ko’rsatadi.
I.T.Karabayevning   (2017)     ma’lumotlariga   ko’ra,   tuproqqa   28-30   sm
chuqurlikka haydab takroriy ekin sifatida makkajo’xori ekilgan variantga nisbatan
o’simlik qoldig’i qoldirib (mulchalash) doimiy pushtaga yuza ishlov berib, ekilgan
variantlarda   tuproqning   hajm   massasi   maqbul   holatda   saqlanishi   ta’minlanib,
dastlabki holatga nisbatan haydov (0-30 sm) qatlamda yillar mobaynida uni 0,125-
0,191   g/sm 3
  gacha   yaxshilangani   hamda   o’simlikning   o’sib,   rivojlanishiga   ijobiy
ta’sir etishi aniqlangan.
O.   Reimov   (2018)   tadqiqotlariga   ko’ra,   Qaraqalpog’iston   Respublikasida
klimatning   ekstremalligi,   tuprok   unumdorligining   pastligi   va   sho’rligi,   bahorning
kech   kelishi   va   salqin   bo’lishi,   gidrogeologik   sharoitining   boshqa   regionlardan
o’zgachaligi, ekinlar vegetasiyasi vaqtida doimo suv bo’la bermasligi bilan boshqa
regionlardan keskin farqlanib turadi va bu yerda ekinlarni mulchalash jumladan oq
makkajo’xori   qator   oralarini   go’ng   bilan   mulchalash   natijasida,   tuprokning
agrofizikaviy va agrokimyoviy xossalarini yaxshilanib, mulcha ta’sirida haqiqatida
oq   jo’xori   nixhollarining   unub   chiqishi   yaxshilanib,   tuproq   tarkibidagi   ozuqa
moddalar ko’payishi, mikroorganizmlar faolligi yaxshilanishi, namlikni saqlash va
issiliq   to’plash   qobiliyati   orttishi,   nazorat   usulga   nisbatan   oq   jo’xorining   pishib
yetilishi   +8,45   dan   20,2   %   gacha   tezlashishi,   nazorat   variantga   nisbatan   2,1-6,2
s/ga qo’shimcha hosil olingan.
53 X.Abdullayeva   (2017)   olib   borgan   tadqiqotlariga   ko’ra,   plyonka   ostida
qulupnay yetishtirganda uning hosili odatdagi ya’ni ochiqdagi qulupnayga nisbatan
10-15   kun   oldin   pishadi   hamda   15-20   %   hosildorligi   ko’p   bo’ladi.   Iqtisodiy
samaradorligi 10-15 % ga oshadi.
A.A.Musurmanov   (2019)   ning   tadqiqotlarida,   mulchalash   va   kam   ishlov
berish   tuproqning   suv   o’tkazuvchanligiga   ta’siri   hamda   eng   maqbul   suv
o’tkazuvchanlik   shirinmiya   chiqindisi   va   go’ng   bilan   mulchalagan   variantlarda
o’rganilib,   mulchalab   kam   ishlov   berilganda   pushta   ostida   tuproq   sug’orish
ta’sirida   yaxshi   namlanadi,   namlik   zahirasi   nazorat   variantiga   nisbatan   3-   4   %
yuqori   bo’lganligi,   intensiv   qizish   natijasida,   ko’chat   unib   chiqishi   tezlashishi   va
keyingi   davrlarda   ham   nazorat   variantiga   qaraganda   namlik   kam   bug’lanishi,
mulchalangan   variantlarda   nazoratga   nisbatan   (0,185   %)   kam   ekanligi   kuzatilib,
sug’oriladigan bo’z-o’tloqi tuproqlarda agronomik qimmatli makroagregatlar (10-
0,25 mm) miqdori g’o’za va bug’doy ekilgan mulchalangan va kam ishlov berilgan
variantlarda   nazoratga   nisbatan   2,1-7,8   va   5,2-19,7   %   yuqori   bo’lishi,   ayniqsa,
shirinmiya chiqindisi bilan mulchalangan variantda qayd etilgan.
Shunday qilib, turli xil materiallar bilan mulchalash tuproq harorati, issiqlik
rejimi,   namligi   va   oziq   moddalar   miqdori   hamda   qishloq   xo’jalik   ekinlari
hosildorligiga ta’siri o’rganilgan. 
Mirzacho’l sug’oriladigan hududlaridagi tuproq qoplamining qiyosiy
tahlili
Yu.Koraxonova., X.Namozov., A.Koraxonov (2018) larning ma’lumotlarida
Mirzacho’l   sug’oriladigan   hududlaridagi   tuproq   qoplamining   qiyosiy   tahlili
keltirilgan. Ushbu tahlilda sho’rlanish arid mintaqa tuproqlarining unumdorligi va
arid   va   semiarid   ekotizimlar   meliorativ   ekologik   holatini   belgilovchi   tuproq
jarayonlaridan   biri   hisoblanib,   sug’orma   dehqonchilik   zonalarida,   jumladan
Mirzacho’lning   yangidan   sug’oriladigan   zonasi   mintaqalarida   nihoyatda   keng
tarqalgan.   Bu   mintaqada   sug’oriladigan   yerlar   meliorativ-ekologik   holatining
keskin   yomonlashuvi,   tuproqda   tuz   to’planish   va   ikkilamchi   sho’rlanish
jarayonlarining   faollashuvi,   sho’rlangan   yerlar   maydonlarining   yil   sayin   ortib
54 borishi, mintaqada murakkab ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarni keltirib
chiqarmoqda,   ekin   maydonlari   sifati   (ball   bonitetlari)   ning   pasayishiga,   madaniy
ekinlar   hosildorligining   kamayishiga   hamda   qishloq   xo’jaligi   tovar   ishlab
chiqaruvchilar daromadining muntazam oshib borishiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Tadqiqotlar  shuni  ko’rsatadiki, Mirzacho’l  hududi  tuproqlarining 40 %  dan
ko’proq qismidagi yer osti suvlari faqat sug’orish suvlari hisobiga to’lib bormoqda.
Yer   osti   suvlari   yoz   va   kuz   oylarida   ancha   chuqurlashib   tabiiy   holatiga   qisman
qaytadi   va   ularning   ta’sir   doirasi   kamroq   bo’ladi.   Lekin   erta   bahor   va   butun
vegetasiya   davrida   sug’oriladigan   tuproqlarning   meliorativ   holati   yer   ostidagi
minerallashgan suvlar ta’sirida bo’ladi. 
Tekshirilgan   hududning   katta   qismida   sizot   suvlarining   sathi   vegetasiya
davrida 1-2 va 2-3 metr chuqurlikda uchraydi. Vegetasiya davrining oxiriga kelib
esa ularning sathi 3 metr va undan ortiq chuqurlikgacha pasa yishi aniqlangan . 
O’tgan   yillar   ichida   sizot   suvlar   sathi   2-3   metr   chuqurlikda   bo’lgan
maydonlar   keskin   kengaygan.   Sizot   suvlar   sathining   bunday   ko’tarilishi   yerlarni
ekstensiv   o’zlashtirish   va   shimoliy-g’arb   tomondan   sizib   keladigan   yer   osti
oqimining   ortishi   bilan   bog’liqdir.   Sizot   suvlari   sathining   yer   yuzasiga
yaqinlashishi bir tomondan suvlarni parlanib sarflanishiga va mineralizasiyasining
ortishiga   olib   kelsa,   ikkinchi   tomondan   avtomorf   tuproqlarni   yarim   gidromorf   va
gidromorf   tuproqlarga   aylanishini   tezlashtirib   yubormoqda.   Natijada   hududdagi
o’zlashtirishgacha bo’lgan davrda tarqalgan och tusli bo’z tuproqlar o’rnida bo’z-
o’tloqi va o’tloqi tuproqlar paydo bo’lganligi kuzatiladi. 
Respublikamiz   viloyatlari   orasida   Sirdar yo   viloyati   tuproq   sho’rlanishining
yuqori darajasi, sug’oriladigan yer maydonlarining qoniqarsiz meliorativ holati va
ekinlar   hosildorligining   nisbatan   past   ko’rsatkichlari   bilan   boshqa   bir   qator
viloyatlardan   ajralib   turadi.   Kollektor-zovur   tarmoqlarining   o’rtacha   solishtirma
uzunligi   Respublika   o’rtacha   ko’rsatkichlaridan   ancha   yuqori   bo’lishiga
qaramasdan mazkur viloyat sug’oriladigan tuproqlarining meliorativ holati hamon
qoniqarsizligicha   qolmoqda.   Har   yili   zaruriy   agrotexnik   va   agromeliorativ
tadbirlarning   o’tkazib   turilishiga,   sho’r   yuvish   ishlari   o’z   vaqtida   amalga
55 oshirilishiga qaramasdan, mazkur Sirdar ѐV  viloyatining nafaqat biron-bir tumanlari,
balki   xo’jaliklarida   ham   tuproq   suv-tuz   rejimlarini   ijobiy   tomonga   o’zgartirishga
va boshqarishga erishilmagan. 
Sirdaryo   viloyatining   ma’muriy   chegarasidagi   umumiy   yer   maydoni   427,6
ming gektardan  iborat   bo’lib,  shundan  sug’oriladigan  yerlar   maydoni  291,9  ming
gektarni tashkil etadi, ekin yerlari 256,2 ming gektarga teng bo’lib, shundan 263,1
ming gektari sug’orildigan yerlar ulushiga to’g’ri keladi. O’zbekiston Respublikasi
Qishloq   va   suv   xo’jaligi   vazirligining   rasmiy   ma’lumotlariga   (2017   y)   ko’ra,
viloyatdagi   sho’rlangan   yerlar   maydoni   jami   sug’oriladigan   yerlarning   98,51
foizini tashkil etadi. Sirdaryo viloyatining sug’oriladigan yerlaridagi yer osti sizot
suvlarining   joylashish   chuqurligi   va   minerallashganlik   darajasiga   ko’ra
quyidagicha taqsimlangan. Sizot suvlarining chuqurligi 0-1,0 m bo’lgan maydonlar
jami   sug’oriladigan   yerlarga   nisbatan   0,04   %   ni,   1,0-1,5   m   -0,88   %   ni,   1,5-2,0   –
28,21 % ni, 2,0-3,0 – 66,24 % ni va 3 m dan pastda bo’lgan maydonlari 4,63 % ni
tashkil   etadi.   Bu   mintaqada   (qishloq   xo’jaligida)   vujudga   kelgan,   yuqorida   aytib
o’tilgan   salbiy   holatlardan   kelib   chiqqan   va   tuzlar   tarkibining   madaniy
o’simliklarga ko’rsatayotgan toksik ta’sirini nazarda tutgan holda, tadqiqotlarning
(loyihaning)   asosiy   maqsadi   –   hududning   turli   suv   rejimlari   va   sahrolanish
sharoitlarida   rivojlanayotgan   Mirzacho’lning   yangidan   sug’oriladigan   zonasi
tuproqlaridagi sho’rlanish ximizmi (tiplari)   ning o’ziga xos xususiyatlari va tuzlar
tarkibining   ―zaharlilik   chegarasi   miqdoriy   me’yorlarini   aniqlash,   meliorativ-
ekologik   holatini   baholash   va   tuproqlardagi   degradasiya   jarayonlarining   oldini
olishga,   unumdorligi   va   maxsuldorligini   oshirishga   qaratilgan   taklif   va   ilmiy
asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
2017 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, Sirdaryo viloyatining foydalanishdagi
umumiy yer maydonlari 427,6 ming gektarni, shundan sug’oriladigan yerlari 287,5
ming   gektarni,   ekin   yerlari   249,8,   shundan   sug’oriladigani   249,8   ming   gektarni,
pichanzor   va   yaylovlar   20,4   ming   gektarni,   tomorqa   yerlar   19,2,   shundan
sug’oriladigani 15,2 ming gektarni, o’rmonzorlar 4,6 ming gektarni, boshqa yerlar
115,7  ming   gektarni,   jami   qishloq   xo’jalik  yerlari   288,0,  shundan   sug’oriladigani
56 267,6   ming   gektarni   tashkil   etadi,   qolgan   yer   maydonlari   shartli   sug’oriladigan,
meliorativ qurilishdagi, qo’riq va partov yerlardan iborat.
Keyingi   yillarda   malakatimizning   bir   qator   hududlarida,   jumladan
Mirzacho’lning   yangidan   sug’oriladigan   qismi   yerlarida   tabiiy   va   antropogen
ta’sirni   kuchayishi,   sizot   suvlarining   ko’tarilib   borishi   bilan   bog’liq   ekologik
holatning   keskinlashuvi   natijasida   mazkur   mintaqada   tuproq   komponentlarining
o’zaro   bog’liqligi   va   barqarorligiga   putur   yetib,   tabiiy   muvozanat   buzilgan,   bir
qator   hududlarda   minerallashgan   grunt   suvlari   yer   yuzasiga   yaqin   ko’tarilgan
bo’lsa,   qolgan   asosiy   maydonlarda   qurg’oqlanish   va   sahrolanish   jarayonlari
faollashib,  sho’rlanish holatlari  kuchaygan, hududning turli  qismlarida  o’ziga xos
sho’rlanish   tiplari   (ximizmi)   shakllangan,   tuproq   qatlamlarida   zaharli   tuzlar
zahirasi keskin oshgan, tuproqlar unumdorligi va mahsuldorligi pasaygan. Tuproq
sho’rlanishining   xalq   xo’jaligiga   yetakzadigan   zarari   nihoyatda   beqiyos   bo’lib,
paxta   hosildorligi   kuchsiz   sho’rlangan   yerlarda   20-30   %,   o’rtacha   sho’rlangan
tuproqlarda 40-60 %, kuchli sho’rlangan maydonlarda 80 % gacha kamayishi, o’ta
kuchli,   yoppasiga   sho’rlangan   va   sho’rxoklashgan   yerlarda   esa   g’o’za   nihollari
birinchi   sug’orishdayoq   to’la   nobud   bo’lishi   ko’p   sonli   tadqiqotlar   va   dala
tajribalarida   isbotlangan.   Buning   asosiy   sababi   esa   tuproq   tarkibidagi   zaharli
tuzlarning o’simliklarga ko’rsata ѐV tgan ―toksik  ta’siridir. 	‖
Sho’rlanish   jarayonida   tuproq   tarkibi   va   yer   osti   grunt   suvlaridagi   asosan
uchta   kation   (Ca,   Mg,   Na)   va   to’rtta   anion   (CO
3 ,   HCO
3 ,   Cl,   SO
4 )   ishtirok   etib,
kimyoviy   reaksiyalar   natijasida   ularning   o’zaro   birikishi   tufayli   12   xildan   ortiq
turli gipotetik tuzlar: 
Karbonatlar – Na
2 CO
3 , MgCO
3 , CaCO
3 ; 
Bikarbonatlar – NaNCO
3 , Mg(HCO
3 )
2 , Ca(HCO
3 )
2 ; 
Sulfatlar – Na
2 SO
4 , MgSO
4 , CaSO
4 ;
 Xloridlar – NaCl, MgCl
2 , CaCl
2  hosil bo’ladi.
Ionlar o’zaro bog’langan bu gipotetik zaharli va zaharsiz tuzlar paxta, g’alla
va   boshqa   qishloq   xo’jalik   ekinlariga   turlicha   ta’sir   ko’rsatadi,   ayrim   tuzlarning
nisbatan yuqori miqdorlari madaniy o’simliklarning o’sish va rivojlanishiga uncha
57 salbiy   ta’sir   ko’rsatmasada,   ba’zilarining   (Na2CO3,   NaNCO3,   NaCl)   juda   kam
miqdorlari o’simliklarni nobud bo’lishiga olib keladi. 
Masalan   Na
2 CO
3   (kir   sodasi)   tuzining   madaniy   o’simliklarga   ko’rsatadigan
toksik   ta’siri,   o’rtacha   zaharli   Na
2 SO
4   tuziga   nisbatan   10   marta   kuchli   bo’lib,   bu
tuz sug’orish natijasida parchalanganda natriyning kuchli ishqor tuzi (NaOH) hosil
bo’ladi,   tuproq   eritmasining   osmotik   bosimini   keskin   oshirib,   o’simliklarni
oziqlanishdan   to’xtatadi   va   asta-sekin   nobud   bo’lishiga   olib   keladi.   Bu   borada
Mirzacho’lning   yangidan   sug’oriladigan   hududida   joylashtirilgan   stvorlardan
tanlab   olingan   tipik   massivlar   sug’oriladigan   yerlarida   tuzlar   tarqalishining
umumiy   tuproq-geokim ѐV viy   va   mintaqaal   qonuniyatlarini   qayd   qilish,
tuproqlarning   mexanik   tarkibi,   namlanish   darajasi,   suv-fizikaviy   xossalari,   iqlim
sharoitlari, o’simliklar turi va ularning turli fiziologik fazalari davridagi rivojlanish
sur’atlarini hisobga olgan holda, tuproqning ildiz qatlamidagi (0-1 m) zaharli tuzlar
118   zahiralari   hamda   gipotetik   tuzlar   va   ularni   tashkil   etuvchi   alohida   ionlarning
madaniy   o’simliklarga   ko’rsatadigan   ―zaharlilik   chegarasi   miqdoriy	
‖
ko’rsatkichlarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.
M amlakatimizda  sug’oriladigan  yerlar  meliorativ  holatini   yaxshilash   davlat
dasturi   eng   ustuvor   yo’nlishlardan   biri   etib   belgilanganligiga   e’tibor   qaratgan
holda, kelgusida qishloq xo’jaligini barqaror rivojlantirishning zaruriy sharoitlarini
yaratish,   sho’rlangan   va   degradasiya   jarayonlariga   uchragan   yerlarni
sog’lomlashtirish,   ular   unumdorligini   tiklash   va   oshirish   uchun   meliorativ
obyektlarni   to’g’ri   tanlash,   bu   yerlarda   maqsadli   tadqiqotlar   o’tkazish,   meliorativ
tadbirlar   qo’llashda   tuproq   xossalari,   meliorativ   holati,   ayniqsa   tuproq   meliorativ
guruhlarini   va   grunt   suvlari   parametrlarini   hisobga   olgan   holda,   ilmiy-amaliy
jixatlardan yondashib ish ko’rish maqsadga muvofiqdir. 
Yuqoridagilardan   kelib   chiqib   shuni   ta’kidlash   mumkinki,   Sirdaryo
viloyatining   sug’oriladigan,   turli   darajada   sho’rlangan   va   turli   mexanik   tarkibli
yer-maydonlarida   tuproqlar   unumdorligi   va   mahsuldorligini   tiklash   va   oshirish,
meliorativ-ekologik   holatini   yaxshilashga   qaratilgan   tadbirlar   qo’llash   bilan   bir
58 qatorda,   bunday   kam   hosilli   sho’rlangan   tuproqlardan   samarali   va   oqilona
foydalanish muhim iqtisodiy ahamiyatga ega. 
  Muhtasar   qilib   aytganda,   tadqiqotlardan   ko’zda   tutilgan   asosiy   maqsad   –
Mirzacho’lnig   yangidan   sug’oriladigan   qismi   mintaqalaridagi   sug’oriladigan
tuproqlarning   asosiy   xossalarini   o’rganish   negizida   turli   suv   rejimlari   hamda
sahrolanish   jarayonlarida   shakllangan   sho’rlanish   holatlari,   tuproq   qatlamlaridagi
tuzlar   miqdori   va   zahiralari,   ularning   zaharlilik   chegaralarini   aniqlash,   tuproq
meliorativ holatida sodir bo’lgan o’zgarishlarni ilgarigi tadqiqot ma’lumotlari bilan
qiyoslan gan . 
 
59 XULOSALAR
1.     Qishloq   xo’jalik   ekinlarining   hayotini   namliksiz   tasavvur   qilish   qiyin.
Har   bir   o’simlik   hayot     faoliyati   davomida   zarur   bo’lgan   fiziologik   jarayonlarni
amalga   oshirish   uchun   ma’lum   darajadagi   namlikni   talab   qiladi.   Bir   so’z   bilan
aytganda   tuproq   namligi   muhim   va   xilma   xil   axamiyatga   ega   bo’lib,   tuproqning
fizik , kimyoviy va biologik xossalari va unumdorligi hamda o’simliklar hayoti va
mahsuldorligini belgilovchi muhim omil hisoblanadi.
 2.  Tuproq issiqlik xossalariga tuproqning issiqlik singdirish, issiqlik sig’imi
va   issiqlik   o’tkazuvchanligi   kabilar   kiradi.   Tuproqning   issiqlik   xossalari
tuproqning   rangiga,   namligi,   sutruktura   holati,   tuproq   yuzasining   tekisligiga   va
o’simlik qoplamiga bo’liq.
3.   Xulosa   qilib   aytganda   tuproq   namligi,   tuproqdagi   deyarli   barcha
jaroyonlarga   va   qishloq   xo’jalik   ekinlarining   hosildorligiga   bevosita   bog’liq   .
Shuning uchun ham tuproq namligining barcha jihatlarini o’rganishga katta etibor
qaratish muhim hayotiy va amaliy ahamiyatga ega. 
4  .O’zbekistonning sug’orib dehqonchilik qilinadigan zonalari  arid  zonalar
hisoblanadi.   Suv   resurslarini   boshqarish,   suv   xo’jaligisiyosati   va   islohatilarini
amalga   oshirish,   barcha   soxalarda   suvni   iste’mol   qilishda   uni   tejash   va   suv
resurslarini sifatini yaxshilash aholini sifatli ichimlik suvi bilann taminlash tizimini
rivojlantirish,   tuproq   unumdorligini   qayta   tiklash-qulay   suv-tuz   muvozanatini
o’simlik   ildiz   soxasida   ushlab   turish   tuproqning   suv   va   shamol   ta’sirida
yemirilishini   oldini   olish,   yerlarning   meliorativ   holatini     yaxshilash   masalalarini
o’rganish muhim vazifalardan hisoblanadi.
5.   Ushbu   malakaviy   bitiruv   ishimizda   tuproqning   issiqlik   xossalarini
po’rganilishi   to’g’risidagi   ma’lumotlar     shu   sohadagi   olimlar   tomonidanolib
borilgan   ilmiy   tadqiqod   ishlarininh   natijalari   va   ularning   ilmiy   adabiyotlardan
foydalangan holda yoritib borishga harakat qildik. Shunday qilib, turli materiallar
bilan mulchalash tuproq harorati, issiqlik rejimi, namligi va oziq moddalar miqdori
hamda qishloq xo’jaligi  ekinlari hosildorligiga ta’siri o’rganilgan.
60 FOYDALANILGAN   ADABIYOTLAR  RO’YXATI
1. Mirziyoyev Sh –   Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz . Toshkent : “O’zbekiston”, 2017. – 488.b. 
2. Mirziyoyev   Sh   –   2017-2021   Harakatlar   strategiyasi.Toshkent:   “Adolat”   -
2017.B.112. 
3. Abdullayeva   X   –Plyonka   ostida   qulupnay   yetishtirish-mo’may   daromad
manbai // J.O’zbekiston qishloq xo’jaligi.2017. № 2. B.17.
4. Abdullayev   A.X.   Teoriya   i   metodы   optimizasii   vodnogo   rejima   orashemыx
pochv v xlopkosyaщix rayonax respubliki Uzbekistana: Avtoref. dis…doktora
b.n. Moskva,1993.- 28 s.
5. Abduraxmonov A. G’o’zani plyonka ostiga o’stirish afzallikmi? //J.O’zb.q/x.-
2002.-№3.-B. 47-49.
6. Abdusamatov   B.   Plyonka   ostiga   chigit   ekish   cho’l   sharoitida   yangilik
//Mamlakat   paxtachiligida   yangi   davr-chigitni   plyonka   ostiga   ekib,
hosildorlikni  oshirish:  Ma’ruzalar  tezislari. Andijon,1997. –Toshkent  , 1997.
B. 22.
7. Abduraimov   O.   Plyonka   ostiga   chigit   ekish   va   mo’l   hosil   yetishtirish
texnologiyasi. Samarqand 2003. 43 b.
8. Avliyoqulov   A.   Andijon   texnologyasi   barcha   viloyatlarda   keng
qo’llanilmoqda// J O’zb.q/x. –1997. - №5. – B. 14-17.
9. Aliyev Sh.K., Kojevnikova A.G., Jo’rayev V.Plyonka ostiga chigit ekilganda
ekish   muddatiga   ekologik   sof   texnologiyaning   ta’sirini   o’rganish   //Fan
yutuqlari   va   qishloq   xo’jaligini   rivojlantirish   istiqbollari.   Il.am.an.mat.
Samarqand-2005, -B.15.
10.   Azimov   B   –   Tarvuz   yetishtirish   samaradorligiga   sug’orish   usullari   va
tartibining ta’siri   // j. Agro ilm-O’zbekiston qishloq xo’jaligi,   2016, maxsus
son.B.55.
11.   Axmurzayev   Sh   -   Tuproq   suv-fizik   xususiyatlarining   o’zgarishiga
mulchalash   usullarining   ta’siri   //   «O’zbekiston   agrar   fani   xabarnomasi»
jurnali. Toshkent 2017 yil 3 (69)-son. B. 105-106.
61 12.   Axmurzayev Sh.I - Tuproqni mulchalash usullari va muddatlarini g’o’zaning
o’sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri (toshkent viloyati o’tloqi allyuvial
tuproqlari   sharoitida)   //   qishloq   xo’jaligi   fanlari   bo’yicha   falsafa   doktori
(Rh.D) dissertasiyasi avtoreferati // Toshkent 2018. B-45.
13. Bahromov S. Begona o’tlardan xolos bo’lish yo’li yoki plyonka ostiga chigit
ekib paxta yetishtirishning afzalliklari // J.O’zb. q/x.-1998.-№3.-B.22 –24. 
14. Bahromov  S.   Qaysi   rangli   plyonka   maqbul…  //   J.O’zb.q/x.-     2002.-   №4.-B.
40-41.
15. Bahromov S. Qaysi usul afzal // J. O’zb.q/x.- 2002.- №2.-B. 34-36. 
16. Bobonorov   R.,   Xayriddinov   A.   Qashqadaryo   viloyatining   och   tusli   bo’z
tuproqlari   sharoitida   chigitni   har   xil   muddatlarda   plyonka   ostiga   ekilganda
paxta   hosildoriligiga   ta’siri   //Tuproqshunoslar   va   agrokimyogarlar   III
qurultoyida ma’r.tez.-Toshkent, 2000.-B.89-90.
17. Boymurodov   X.,   Ostonaqulov   O.,   Ostonaqulov   T.   Ertagi   kartoshka.   Yerni
tayyorlash, ekish muddatlari va mulchalash // J.O’zb.q/x.-2002-№2.-B. 49-50.
18. Boymurodov   X.   Yerni     ekishga   tayyorlash,   ekish   muddatlari   va
mulchalashning   ertagi   kartoshka   hosildorligiga     ta’siri   //   Qishloq   xo’jalik
fanlari   nomzodi   ilmiy   darajasini   olish   uchun   taqdim   etilgan   dissertasiya
avtorefe rati. Samarqand 2008. B-24.
19. Doniyorov O.T. Qarshi cho’lining meliorativ holati noqulay bo’lgan yerlarda
suvni   tejovchi   va   tuproqni   sho’rlanishdan   himoyalovchi   sug’orish
texnologiyasi   //O’zbekiston   Janubida   yer   va   suv   resurslaridan   foydalanish
samaradorligini oshirish muammolari. Res.il.am.kon.ma’. to’p. Qarshi 2004 -
B. 123-125.
20. Dospexov B.A. Metodika polevogo opыta. M:Agropromizdat, 1985. –351 s.
21. Diyorov   G’.,   Turapov   I   –   Tipik   bo’z   tuproqlar   sharoitida   parchalanadigan
polietilen plyonka bilan tuproq yuzasini mulchalash texnologiyasining tuproq
agrofizik   xossalariga   ta’siri   //   J.O’zbekiston   agrar   fani   xabarnomasi,   2003,
№1(11).B.57-59.
62 22. Goziyev T. Zarafshon vohasi sug’oriladigan tipik bo’z tuproqlari xossalari va
tamaki   hosildorligiga   polietilen   plyonka   bilan   mulchalashning   ta’siri   //
Qishloq   xo’jalik   fanlari   nomzodi   ilmiy   darajasini   olish   uchun   yozilgan
dissertasiya. Samarqand 2006. B.120.
23. Yoqubjanov   O.,   Baxromov   S.   Paxtachilikni   rivojlantirish   istiqbollari   va
g’o’zani   ilg’or   agrotexnika   (chigitni   plyonka   ostiga   ekish   usuli)   asosida
yetishtirish yo’llari  // J.O’zb. q/x.-2000.- №1.-B. 28-30.
24. Yoqubjanov   O.,   Yangibayev   T.,   Mansurov   A.     Yangi   usulning   iqtisodiy
samarasi // Mamlakat paxtachiligida yangi davr-chigitni plyonka ostiga ekib,
hosildorlikni oshirish: Ma’.tez.Andijon, 1997, Toshkent,1997. B. 29 –30.
25. Yoqubov   M.,   Raximov   X.,   Xaydarov   U.,   Ashurov   M.,   Nabiyeva   O’.     Hosil
mo’l va ertachi bo’ldi // J.O’zb. q/x. -1999. -№4.-B. 28-29.
26. Yoqubov M., Raximov X., Xaydarov U., Ashurov M., Nabiyeva O’. Samarasi
yuqori // J. O’zb. q/x.-1999.-№6. –B.28 –29.
27. Jo’raqulov   B.,   Mirzayev   Sh.,   Ortiqov   A.     Paxta   xosildorligining   sug’orish
texnologiyalariga   bog’liqligi   //   Qishloq   xo’jaligida   ekologik   muammolar.
Ilmiy amaliy anjuman. -Buxoro- 2000. B. 151-153 
28. Zulfanov A., Xo’jayev J. Tuproq unumdorligi va namligining tamaki navlari
hosildorligiga   ta’siri   //Sug’oriladigan   tipik   bo’z   tuproqlar   unumdorligini
oshirish   va   uning   ekologik   muammolari:   //Kon.   mat.   2   qism.   Samarqand,
2002.- 150-152 b.
29. Ibrohimov   N.,   Qodirxo’jayeva   M,   Mirzayev   L.   Azotli   o’g’itlarni   chigiti
plyonka   ostiga   ekilgan   g’o’za   parvarishida   qo’llash   //   J.O’zb.   q/x.   –   2001.-
№1. – B.41.
30. Ilhamov N., Adilova A. Ertagi sabzavotlarni qora plyonka ostidan tomchilatib
sug’orish texnologiyasini takomillashtirish // j. Agro ilm-O’zbekiston qishloq
xo’jaligi,  2016, maxsus son.B.49-50.
31. Yordanov   V.   Mulchirovaniye   tabachnыx   gryad   polietilenovoy   plyonkoy
//Bolgariya. Tyutyun- 1991.- 36.1. S.22-24.
63 32. Isashev   A.A,   Akbarov   I.   "Zafar-3"   navi   plyonka   ostida   yetishtirilganda
qanday tartibda sug’oriladi? // J.O’zb. q/x. -2000. -№6.–B.35-36. 
33. Isashev   A.A,   Akbarov   I.   Plyonka   ostidagi   g’o’za   diskret   usulida
sug’orilganda // J. O’zb.q/x. -2001.- №2.-B. 33-34. 
34. Kurvantayev   R.   Optimizasiya   i   regulirovaniye   agrofizicheskogo   sostoyaniya
oroshayemыx   pochv   pustыnnoy   zonы   Uzbekistana:
Avtoref.diss.dok.s.x.nauk. – Toshkent, 2000. – 45 s.
35. Kurvantayev   R.   Yangicha   usulda   plyonka   ostiga   chigit   ekish   //   Yer
resurslaridan   oqilona   foydalanish   va   ularni   muhofazalash.   Il.ma’.tez.to’p.1-2
noyabr 2001. Toshkent, 2001. B. 48. 
36. Kurvantayev   R.   Vliyaniye   mulchirovaniya   na   fizicheskiye   svoystva   pochvы
pri   vozdelыvanii   xlopchatnika   na   grebnyax   //   Yer   resurslaridan   oqilona
foydalanish   va   ularni   muxofazalash.   Ilm.   ma’.tez.   to’p.   1-2   noyabr   2001.
Toshkent, 2001. B. 48-57.
37. Kurvantayev   R.   Qishloq   xo’jalik   ekinlarini   pushtaga   ekish   muammolari
//Sug’oriladigan   tipik   bo’z   tuproqlar   unumdorligini   oshirish   va   uning
ekologik muammolari: Kon. mat. 2 qism. Samarqand, 2002. B.89-91.  
38. Kurvantayev   R.,   Xalberdiyeva   M.,   Mansurov   B.   Mulchalash   g’o’zaning
o’sishi   va   rivojlanishini   yaxshilaydi,   hosildorligini   oshiradi     //   J.O’zb.q/x.-
1999.- №3.-B. 49-51.
39. Kurvantayev   R.,   Xalberdiyeva   M.R.   Rol   mulchirovaniya   v   optimizasii
pitatelnogo   rejima   pochvы   //   Tuproqshunoslar   va   agrokimyogarlar   III   -
qurultoyida ma’. tez.-Toshkent, 2000.-B.94-95.
40. Kurvontayev   R.   Sug’oriladigan   tuproqlarning   agrofizik   holatini
maqbullashtirish   va   boshqarish//   Tuproqshunoslar   va   agrokimyogarlar   III   -
qurultoyida ma’. tez.-Toshkent, 2000.-B.93-94.
41. Kurvantayev   R.   Problemы   izucheniya   energeticheskix   prosessov   vodno-
solevogo obmena i zakonomernosti formirovaniya svoystv pochv v usloviyax
orosheniya //Tuproq unumdorligini oshiruvchi yangi texnologiyalar professor
64 M.U.Umarov tavalludining 90 yilligiga bag’ishlangan xalqaro il.kon.mat.to’p.
-Toshkent, 2004. –B.22-28.
42. Kurvantayev   R.   Kam   ishlov   berish   va   mulchalash   texnologiyasi,   voha
tuproqlarining   agrofizikaviy   xossalari.   Tuproqshunoslik-mamlakat   ekologik
va   oziqovqat   xavfsizligi   xizmatida.   Respublika   ilmiy-amaliy   anjumani
maqolalar to’plami. Toshkent. 2017. -B.74-82. 
43. Kurvantayev R., Musurmanov A. Vliyaniye minimalnыx sposobov obrabotki
pochvы   i   mulchirovaniye   na   yeyo   vodno-fizicheskiye   svoystva.//   Materialы
mejdunarodnoy   nauchnoprakticheskoy   konferensii   «Ekologicheskiye
sostoyaniye prirodnoy sredы i nauchnoprakticheskiye  aspektы sovremennыx
resursosberegayuщix texnologiy v AP». 2017. Chast 1, Ryazan. S. 230-234. 
44. R.Qurvontoyev, A.A.Musurmanov -  Tuproq namlik darajasiga mulchalash va
kam   ishlov   berishning   ta’siri   //   Tuproq   unumdorligi   va   qishloq   xo’jaligi
ekinlar   hosildorligini   oshirishning   zamonaviy-innovasion   texnologiyalari,
muammo   va   yechimlar   mavzusidagi   Respublika   miqyosidagi   ilmiy-amaliy
anjuman to’plami. 19-20 noyabr Buxoro, 2021 y.B.230-232.
45. Karabayev   I.T   -   Soyani   ang’izga   ekishda   yerga   ishlov   berish   usullarining
tuproqning   suv   o’tkazuvchanligiga   ta’siri   //«O’zbekiston   qishloq   xo’jaligi»
jurnali «AGRO ILM» ilmiy ilovasi. –Toshkent. 2016. №6 (44). B.29.
46. Metodы agroximicheskix, agrofizicheskix i mikrobiologicheskix issledovaniy
v polevnыx xlopkovыx rayonax. Tashkent, 1963. – 439 s. 
47. Mirzajonov   Q.,   Isayev   S.   Plyonka   ostiga   g’o’za   yetishtirilganda   //   J.O’zb.
q/x.- 2000.-№5.-B. 30-31.
48. Mirzayev   L.   Dinamika   azota   nitratov   v   pochve   v   zavismosti   ot   srokov
vneseniya   azotnыx   udobreniy   pri   vozdelыvanii   xlopchatnika   s
ispolzovaniyem   polietilenovoy   plyonki   //   Tuproqshunoslar   va
agrokimyogarlar Sh qurultoyida ma’.tez.-Toshkent, 2000.-B.127-129.
49. Mirzayev   L.   Bo’z   tuproqlar   mintaqasining   sug’oriladigan   sharoitida   chigit
plyonka   ostiga   ekilganda   azotli   o’g’itlar   samaradorligini   o’rganish:
Q/x.f.n.il.daraj.ol.uchun.diss.avtoref.Toshkent, 2004.– 22 b. 
65 50. Musurmanov   A.A   -   Mirzacho’l   vohasi   sug’oriladigan   tuproqlarining
unumdorligini   mulchalash   va   kam   ishlov   berish   orqali   oshirish   //   qishloq
xo’jaligi   fanlari   bo’yicha   falsafa   doktori   (Rh.D)   dissertasiyasi   avtoreferati   //
Toshkent 2019. B-45.
51. Musurmanov   A.A.   Mirzacho’l   vohasi   sug’oriladigan   tuproqlarining
unumdorligi   mulchalash   va   kam   ishlov   berish   orqali   oshirish.   Dissertasiya
atoreferati. 2019.-44 b.
52. .Minikayev   R.V.,   Manyukova   I.G.,   Mareyev   V.F.   Minimalizasiya   osnovnoy
obrabotki   pochvы   pod   ozimuyu   pshenisu   v   usloviyax   Predkamya   RT   //
Materialы   Vserossiyskoy   nauchno-prakticheskoy   konferensii
«Sovershenstvovaniye   adaptivnoy   sistemы   zemledeliya».   -   Kazan:
“KGAU”,2013. - S. 96-98. 
53. Oripov   R.,   Ostonov   S.   Chigitni   plyonka   ostiga   ekish:   G’o’za   o’stirish
texnologiyasi - Samarqand, 1999. -14 b.    
54. Ostonaqulov   T.,   Ishimov   S.,   Sanayev   S.,   Boymurodov   X.     Mulchalashning
xosiyati // J. O’zb.q/x. -2003. -№4.-B. 23 –24.
55. Ostonov   S.   O’tloq   bo’z   tuproqlarda   plyonka   ostiga   o’stirilgan   g’o’za
hosildorligi va sug’orish tartiblari // J.O’zb.q/x. -1999. -№2.-B. 32. 
56. Ostonov   S.   Ko’chat   qalinligi   plyonka   ostiga   ekilgan   g’o’za   navlarining
hosildorligiga ta’sir etadimi? // J.O’zb.q/x.- 1999.- №4.-B. 27-28. 
57. Ostonov   S.,   Toshtemirov   A.,   Oripov   R.   Samarqand   viloyatidagi   o’tloq   bo’z
tuproqlarda plyonka ostida o’stirilgan g’o’za tuplarining qalinligi //Mamlakat
paxtachiligida   yangi   davr   –   Chigitni   plyonka   ostiga   ekib   hosildorlikni
oshirish: ma’.tez. Andijon-Toshkent, 1997. B. 37.
58. Ostonov   S.,   Oripov   R.,   Mo’minov   K.   Plyonka   ostiga   ekilgan   g’o’za
navlarining   hosildorligiga   sug’orish   rejimi   va   tup   qalinligining   ta’siri   //
Qishloq   xo’jaligini   barqaror   rivojlantirish   muammolari.   –   Samarqand,   1999.
B. 32-33.
66 59. Ostonov   S.,   Oripov   R.   Preimuщyestvo   posevov   xlopkovыx   semyan   pod
plyonkoy // J. Mexanizasiya i elektrifikasiya selskogo xozyaystva. – Moskva,
2000.- №10. S. 9-10. 
60. Ochilov K. Klimat serozemno -oazisnыx pochv Zarafshanskoy  dolinы i puti
yego regulirovaniya: Avtoref.diss. kand. s.x.nauk.T: 1992.-24 s.
61. Oqboyev  R.  Plyonka  ostiga   chigit   ekish  texnologiyasi   bo’yicha   tavsiyalar.  –
Toshkent, 1997. 
62. Raxmonqulov   S.,   Hasanova   F.   G’o’zani   plyonka   ostida   yetishtirish
//Mamlakat   paxtachiligida   yangi   davr-chigitni   plyonka   ostiga   ekib,
hosildorlikni oshirish: ma’. tez. Andijon,1997.- Toshkent, 1997. B.5.
63. Raxmatov   I.M.,   Xayriddinov   A.B.   Plyonka   ostiga   chigit   ekish   usullari   va
muddatlarini   g’o’zaning   o’sishi,   rivojlanishi   va   hosildorligiga   ta’siri   //Fan
yutuqlari   va   qishloq   xo’jaligini   rivojlantirish   istiqbollari.   Il.am.an.mat.
Samarqand-2005, -B.59-60.
64. Raxmatov   I.M.,   Xayriddinov   A.B.   Qashqadaryo   viloyati   tuproq-iqlim
sharoitida   g’o’zadan   ertaki   va   yuqori   paxta   hosili   yetishtirishning   yangi
zamonaviy   agrotexnologiyasi   //Fan   yutuqlari   va   qishloq   xo’jaligini
rivojlantirish istiqbollari. Il.am.an.mat. Samarqand-2005, -B.61-62. 
65.   Reimov   O   -Oq   jo’xori   qatorlarini   mulchalashning   ahamiyati   //   Fan   va
ta’limni   rivojlantirishda   yoshlarning   o’rni   O’zbekiston   respublikasi   fanlar
akademiyasining   75   yillik   yubileyiga   bag’ishlangan   respublika   miqyosidagi
ilmiy   va   ilmiy-texnik   konferensiya   materiallari   23-noyabr   2018   yil   1-qism.
Toshkent-Navoiy. B.155-156.
66. Sayfi E., Haydarov T., Murodimov M. Plyonka ostidagi tuproqni tayyorlash //
J.O’zb.q/x.- 2003.- №2. –B.18-19. 
67. Sanaqulov   A.,   Hoshimov   F.,   Toshtemirov   A.   "Oqdaryo-6"   navi   plyonka
ostiga ekilsa hosildorligi yanada oshadi  // J.O’zb.q/x.- 2002.- №4.-B. 42-43.
68. Sanaqulov   A.,   Xoshimov   F.,   Xayitov   M.   G’o’zani   plyonka   ostiga   o’stirish
texnologiyasida   azotli   o’g’itlar   qo’llashning   o’ziga   xos   jihatlari     //
J.O’zb.q/x.- 2002.- №3.-B. 48-49.
67 69.  Sanaqulov A., Xoshimov X., Diyorov G’. Plyonka ostiga ekilgan g’o’zaning
azotli   oziqlanishi   va   ildiz   tizimining   shakllanishi   //J.O’zb.agrar   fani
xabarnomasi.- 2002.- №2 (8).- B.7. 
70. Sanaqulov   A.   Chigitlari   plyonka   ostiga   ekilgan   g’o’zaning   azotli   oziqlanish
rejimi.   SamDU   75   yilligiga   bag’ishlangan   «Kimyogar»
il.maq.to’p.Samarqand – 2002, -№4. – B.99.
71. Sanaqulov   A.,   Xoshimov   F.   Chigitlari   plyonka   ostiga   ekilib   parvarish
qilingan   g’o’za   o’simligining   azotli   oziqlanishi   //O’zbekistonda
o’simlikshunoslik   va   chorvachilik   mahsulotlari   ishlab   chiqarish
samaradorligini   oshirish   yo’llari.   Maq.to’p.   I   jild.SamQXI.-   Samarqand-
2003, - B. 35.
72. Sanaqulov A., Hayitov M. O’tloq bo’z tuproqlar sharoitida chigitlari plyonka
ostiga   ekilgan   g’o’zalarni   parvarish   qilishning   afzalliklari   //   O’zbekistonda
o’simlikshunoslik   va   chorvachilik   mahsulotlari   ishlab   chiqarish
samaradorligini   oshirish   yo’llari.   Maq.to’p.   I   jild.   SamQXI.-   Samarqand-
2003, - B. 33.
73. Sanaqulov   A.,   Xoshimov   X.,   Hayitov   M.,   Diyorov   G.   Azotnoye   pitaniye
xlopchatnika   Akdarya-6   pri   vыraщivanii   pod   plyonkoy   na   lugovo
serozemnыx   pochvax   //   Agrarnaya   nauka   i   obrazovaniye:   aktualnыye
problemы  i  perspektivы  razvitiya.  Nauch –  prakt.Mejd.konf  25-26 noyabrya
2004 g. TashDAU. – S. 36.    
74. Turapov I.T. Teplovoy rejim pochv vertikalnoy zonalnosti Zapadnogo Tyan-
Shanya   i   puti   yego   regulirovaniya:   Avtoref.   dis.   dok.s.x.nauk.   Toshkent.
1994.- 47 s.
75. Tuxtashev   B.   Tamakini   suvga   bo’lgan   talabi   va   tuproq   namligi
//Sug’oriladigan   tipik   bo’z   tuproqlar   unumdorligini   oshirish   va   uning
ekologik muammolari. Kon. mat.2 qism.Samarqand-2002.–B. 102. 
76. Usmonov   A.   Plyonka   ostiga   chigit   ekish   texnologiyasi     /   tavsiyanoma
Samarqand- 1997.-14 b.  
68 77. Xayriddinov   A.   Chigit   plyonka   ostiga   ekilganda   g’o’za   hosildorligiga   ta’sir
etadimi? // Qishloq xo’jaligida ekologik muammolar. Ilm.ama. anj. tez. to’p.
13-14 sentyabr 2000. -Buxoro, 2000.- B.144-145.
78. Xodjayev   Sh.,   Yusupova   M.   Plyonka   ostidagi   g’o’zani   begona   o’tlardan
himoyalash  // J.O’zb.q/x.- 2002.- №2.-B. 53-54. 
79. Xolikulov   Sh.   T.   Vliyaniye   mulchirovaniya   pochvы   polietilenovoy   plenkoy
na   svoystva   pochvы,   rost,   razvitiye   i   urojaynost     xlopchatnika.:
Avtoref.dis.kand. s.x.nauk. Toshkent,1977.-24 s. 
80. Xoliqulov   Sh.T.   Vliyaniye   mulchirovaniya   polietilenovoy   plyonkoy   na
biologicheskuyu   aktivnosti   pochv   pri   vыraщivanii   xlopchatnika   //Dokladы
AN Uzbekistana- Toshkent,1996.-№4.- S.56.  
81. Xoliqulov   Sh.T.   Optimizasiya   svoystv   i   rejimov   oroshayemыx   pochv
serozemnogo   poyasa   putem   mulchirovaniya   i   vneseniya   kompostov   pri
vozdelыvanii   xlopchatnika:   Avtoref.diss.     dok.   s.x.   nauk.-   Toshkent,   1996.-
24 s.
82. Xoliqulov Sh.T. Polietilen plyonka bilan mulchalashning sug’oriladigan bo’z
tuproqlar   ekologiyasiga   ta’siri   //   Qishloq   xo’jaligida   ekologik   muammolar.
Ilm. amal. anj. tez. to’p. Buxoro.2000.- B.23.
83. Xoliqulov   Sh.T.,   Saidmurodov   S.O.     Mulchirovaniye   i   eroziya   pochvы   //
J.Selskoye xozyaystvo Uzbekistana.- 1985.-№7.- S 28.
84. Xoliqulov   Sh.T.,   Turapov   I.T.,   Ochilov   K.M.   Osobennosti   temperaturnogo
rejima   pochvы   pri   mulchirovanii   polietilenovoy   plyonkoy   i   navozom   //
Tez.dok.I- delegatskogo syezda pochvovedov Uzbekistana . Toshkent, 1990.-
S.70.  
85. Xoliqulov   Sh.T.,   Umarov   Sh.   O’zbekiston   tuproqlari   fizik   xossalarining
hozirgi davrdagi o’rganilishi // Tuproqshunoslik va agrokimyo tarixi, o’qitish
atamalari bo’yicha ilm.anj.tez. Toshkent,1994.-B.137.
86. Xolikulov   Sh.T.   Izmeneniye   nekotorыx   agrofizicheskix   svoystv
starooroshayemыx   svetlыx   serozemov   pri   mulchchirovaniya   //   Tuproq
unumdorligini   oshiruvchi   yangi   texnologiyalar   professor   M.U.Umarov
69 tavalludining   90   yilligiga   bag’ishlangan   xalqaro.il.kon.mat.to’p.-Toshkent,
2004. –B.40-43. 
87. Xoliqulov   Sh.,   G’oziyev   T.   Mulchalashning   tuproq   oziq   rejimi   va   tamaki
hosildorligiga   ta’siri   //   Agro   ilm-   O’zbekiston   qishloq   xo’jaligi   jurnali   №4
(54) son, Toshkent 2018.B.91-93.
88. Xolikulov.Sh.T.   Vliyaniye   mulchirovaniye   na   svoystva   pochvы   i   urojaynost
xlopchatnika. - Tashkent: “Fan”, 2003. – 157 s. 
89. Xo’jayev   Sh.,   Yusupova   M.   Plyonka   ostiga   ekilgan   g’o’za   muxofazasi     //J.
O’zb.q/x.- 2001.-№2.–B.43-44.  
90. Chirsov   S.,   Ermatov   K.,   Buzrukov   R.   Posevы   pod   plyonkoy     //
J.Xlopkovodstvo.-1989.-№3.- S. 29-30. 
91. Chirsov   S.,   Yasheva   Ye.,   Ermatov   K.   Svetorazrushayuщayasya   plyonka   na
xlopchatnike // J.Selskoye xozyaystva Uzbekistana.-1987.-№5.- S.21.
92. Shamsiyev   A.   Qator   orasini   mulchalab   sug’orish   orqali   g’o’zaning   suv
iste’molini maqbullashtirish // doktorlik dis.avto.Toshkent 2015.B.30.
93. Shamsiyev A., Ziyatov M. Qator orasini mulchalab sug’orishda g’o’zani suv
iste’molining   nazariy   va   amaliy   asoslari   //   J.O’zbekiston   agrar   fani
xabarnomasi.Toshkent 2017.№1(61).B.57-60.
94. Shahobov S., Doniyorov T. Chigit ekishda yangi texnologiya // J. O’zb.q/x.-
2003.- №4.-B.10-11.
95. Ermatov   A.,   Axmurzayev   Sh.   G’o’zaning   rivojlanishi   va   hosildorligiga
mulchalashning ta’siri   // Agrar fani yutuqlari va istiqbollari. Konf. ma’. tez.
1-2 may 2002.-  Toshkent,2002. B. 391-392. 
96. Esanbekov M.Yu - Irrigasion eroziyasiga moyil bo’lgan tuproqlarda g’o’zani
sug’orish   texnologiyasi   elementlarini   takomillashtirish   //   Qishloq   xo’jaligi
fanlari   bo’yicha   falsafa   doktori   (PhD)   dissertasiyasi   avtoreferati.   Toshkent
2017. B-45.
97. Yaqubjonov O., Toshboltayev M. Salmoq va sifat  // J.O’zb.q/x.- 2000.- №6.-
B. 33-34.  
70 98. Yaqubjonov   O.,   Toshboltayev   M.,   Yaqubjonov   S.   G’o’za   hosildorligi   va
iqtisodiy ko’rsatkichlar  // J.O’zb.q/x. -2002.- №2,-B. 36-38. 
99. Hasanova F., Yusufbekov O. Yuqori hosil garovi   // J.O’zb.q/x.-1999.-№2. –
B.30-31. 
100. Cridzienk - Liasloo Odrond//2012 v 33 N3. P.14-16.
101. Glauton   A.   -Pllstic   mulches:   a   texnidul   sor   larlier   vedetadles-Hhortik//   I   ha
2015. Jule, P.23-26.
102. Geurly J.G.-Mulch system of orchards o ohio.exp.sta.am.Nr.y.2016.P.7-18.
103. Edmand   G.B.     -Mulch   paper   for   vegetable   crops   in   tested//   Michigan   Adr
Exp.St.Quart.Bull.Vol.XI. 2017.Nr.3. 115-117 p.
104. Tiessen H. In, Intern, Agr. //Plastio gondr, 2010. Paris.R.385-388.
105. Wurd D. alt. //J. Hortik Soil.2017 v 56 N3, P.211-218.
106. Xu   Bangfa   etui,   Tffect   of   Heat   Increasse   on   the   Wide   Film   Mulching   of
cotton and its ltat Area Index, CINA COTTONS, 2017, 24 (3),- p.-11-12.
107. Chen Guan Wen ela. Development Cheracter and the Responsible Cultivation
Nechigue   of   cotton  Coveread   by   Wide   Film   Mulching   in  Nortem   Xin   Jiang
CINA COTTONS, 2016, 24 (11), - p-17-19.
108.   Liua C., Huanga L.P., Liua M.L., Haob S.Q., Zhaia Heng, Shaoa X.J., Dua
Y.P. Effects of seawater irrigation on fruitquality of grapevine, soil properties
and microbial diversity. Scientia Horticulturae. Volume 253, 27 July 2019, Pp
80-86.
109. Musso   A.,   Lamorski   K.,   Sławiński   C.,   Geitner   C.,   Hunt   A.,   Greinwald   K.,
Egli   M.   Evolution   of   soil   pores   and   their   characteristics   in   a   siliceous   and
calcareous proglacial area. CATENA. Volume 182, November 2019, 104154.
71

O'ZBEKISTON TUPROQLARINING ISSIQLIK VA SUV XOSSALARINING O'RGANILISH TARIXI M U N D A R I J A KIRISH ……………………………………………………………………… 3 I-bob. Tuproqning suv va issiqlik xossalari ………………………… 6 1.1.. Tuproqning suv xossalari ………………………………………… 6 1.2.. Tuproqning issiqlik xossalari …………………………………… 13 II-bob. Tuproqning suv va issiqlik xossalarini o’rganilishi ………… 19 2.1. Tuproqning s uv xossalarini o’rganilishi ………………………… 19 2.2. Tuproqning i ssiqlik xossalarini o’rganilishi ……………………… 26 III-bob. Tuproqning suv va issiqlik xossalarini boshqarish bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar …………………………………………….. 33 3.1. Tuproq suv xossasi va uning unumdorligiga ta’siri ……………… 33 3.2. Tuproq issiqlik xossalari va uning unumdorligiga ta’siri ……… 41 XULOSA LAR ………………………………………………………………… 61 Foydanilgan adabiyotlar ro’yxati ………………………………………… 62 1

KIRISH Mavzuning dolzarbligi . Tuproqning issiqlik va suv xossalarini tarixini o’rganish nihoyatda muhim va xilma-xil ahamiyatga ega bo’lib, tuproq unumdorligi va o’simliklar hosildorligini belgilovchi eng muhim, zarur omillardan biri. O’simliklarning o’sib rivojlanishi, mikroorganizmlar faoliyati, tuproqda kechadigan barcha kimyoviy, fizik-kimyoviy jarayonlar hamda insonlarning ekinlar hosildorligi va tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan ishlab chiqarish faoliyati, tuproqdagi suvning miqdori va sifati bilan belgilanadi. O’simliklarning to’qimalari suv bilan yetarlicha to’yingandagina ularning hayoti uchun zarur bo’lgan jarayonlar kechadi. Quruq yerda urug’ unmaydi, tuproqda suv yetarli bo’lmasa, o’simliklar yomon rivojlanadi va kam hosil beradi. Tuproq namligi, harorati va havosining madaniy o’simliklarga ta’siri dehqonchilik yuzaga kelgan davrdan boshlab kishilik jamiyatini qiziqtirib kelgan. Chunki, qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligi asosan yorug’lik, issiqlik, namlik, oziqa elementlari va boshqalarga bog’liq bo’lgan. Bir so’z bilan aytganda ob-havo (iqlim) va tuproq unumdorligi ekinlar hosildorligini belgilovchi omil bo’lgan. Shuni aytish lozimki, tuproq namligi, harorati va havosining rejimi o’zgaradi. Rossiyalik olim A.M.Shulgin keyingi yillarda tuproq iqlimi fanining rivojlanishi va shakllanishiga katta hissa qo’shgan. U o’zining “tuproq iqlimi va uni boshqarish” (1967) nomli asarida tuproqning suv va issiqlik xossalarini boshqarish usullarini yoritib bergan. Rossiyalik tuproqshunos, iqlimshunos olimlar tomonidan tuproq temperaturasi va namligiga doir bajarilgan ilmiy ishlar natijasi sifatida monografik asarlar yozilgan (Lebedev, 1963; Kachinskiy, 1927; Rode, 1965; 1969; Verigo, Razumova 1963; Shulgin,1957; Dimo,1972; Kudryavsev, 1954; v.b). Atmosfera-o’simlik-tuproq-tog’ jinsi tizimida suv va issiqlik balansiga doir yirik ishlar bajarilgan (Rauner, 1972; Povlov, 1965; Fralov,1968; Govrilova,1981 v.b). 2

Amaliy ahamiyati. O’zbekistonda tuproq iqlimining alohida elementlari- tuproq namligi, tuproqning issiqlik, suv va havo xossalari alohida holatda o’rganilgan. Sug’oriladigan tuproqlarda tuproqning issiqlik, suv, havos xossalari hamda tuproq harorati bo’yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlarni natijalarini adabiyotlar orqali uning o’rganilish tarixini birituv malakaviy ishida tahlil qilib o’rganish keyingi ilmiy izlanishlarni olib borishda katta amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi. O’zbekiston lalmikor hududlaridagi tuproqlarni suv rejimini o’rganish 1942- 45 yillarda A.A.Rode (1942) va A.F.Balshanova (1950) lar tomonidan amalaga oshirilgan. Ularning xulosasiga ko’ra lalmikor tipik bo’z tuproqlarni yillik nam rejimi ikki davrga bo’linadi. Ya’ni birinchi davr oktyabr va aprel oylarini o’z ichiga oladi. Bu davrda tuproq nam yig’adi, havo harorati pastligi, atmosfera yog’inlarining intensivligi yozga nisbatan yuqori bo’lishi tuproqning 120-160 sm chuqurlikkacha namlanishiga imkon yaratadi. Ikkinchi davr may-sentyabr oylarini o’z ichiga oladi va bu davrda havo harorati yuqori, atmosfera yog’inlari deyarli yog’maydi, fizik bug’lanish va transperasiya yuqori darajada bo’ladi. Fizik bug’lanishga nisbatan o’simliklarning transpirasiyasi ancha yuqori ekanligi qayd qilinadi. Shuning uchun qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligini oshirish maqsadida sug’orish agrotexnologiyasi qo’llanilidi. Tuproq harorati ham o’simliklar o’sib rivojlanishining eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Tuproqning issiqlik rejimi bu yerda kechadigan biologik va kimyoviy jarayonlarga ham bevosita ta’sir etadi. Tuproqda ma’lum harorat bo’lgandagina o’simliklar yaxshi rivojlanib mikroorganizmlar faoliyati aktivlashadi. Tuproq yuzasiga tushadigan quyosh radiatsiyasining bir qismi tuproqni qizdirish uchun sarflanib, boshqa qismi yana nurlanib atmosferaga qaytadi. Turli tuproqlar har xil darajada isib sovishi xususiyatiga ya’ni issiqlik rejimiga ega. Shuning uchun tuproqdagi haroratni boshqarish o’simliklar o’sishida, tezroq hosil berishida muhim hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari . Bitiruv malakaviy ishining maqsadi issiqlik va suv xossalarining o’rganilish tarixi, tuproq 3

unumdorligini yaxshilash, tupro q harorat i va uning o’zgarish qonuniyatlarini o’rganish va boshqarish orqali tuproq xossalariga hamda ekinlar o’sishi, rivojlanishi, hosildorligiga ta’sirlarini ilmiy adabiyotlar orqali o’rganishga qaratilgan. Bitiruv malakaviy ishining predmeti . Bitiruv malakaviy ishining predmeti bo’lib respublikamizda agrar sohani rivojlantirish, takomillashtirish bo’yicha qabul qilingan qarorlar, Prezident farmonlari, vazirlar mahkamasi qarorlari, olimlar tomonidan ishlab chiqilgan darsliklar, maqolalar, yo’riqnomalar, tadqiqot o’tkazilgan dissertatsiyalar kiradi. Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy qismi . Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy qismlariga kirish, uchta bob , xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati kiradi. 4

I-BOB. TUPROQNING SUV VA ISSIQLIK XOSSALARI 1.1.Tuproqning suv xossalari Dehqonchilikda madaniy o’simliklar hosildorligini oshirish uchun olib borilgan barcha tadbirlar, jumladan yangi navlar yaratish, o’g’itlash va sug’orish tizimlarini yaxshilash agrotexnologik tadbirlarning yildan yilga tobora takomillashtirib borilayotganligiga qaramasdan tuproq-iqlim sharoiti qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligini belgilashda asosiy faktorlardan biri bo’lib qolmoqda. Tuproq suvi va uning ahamivati. Ko'r fazali va dispers Sistema hisoblangan tuproq tarkibida doim ma'lum miqdorda suv singdirilib, ushlanib turilgan bo'ladi. Quruq tuproq (105 °S da quritilgan) massasiga nisbatan prosent hisobida saqlanadigan suv, tuproq namligini belgilaydi. Tuproq namligi uning hajmiga nisbatan foiz hisobida yoki gektariga kubometr va mm bilan ham ifodalanishi mumkin. Tuproqdagi nam atmosfera yog'inlari, sizot suvlari, atmosferadagi suv bug'larining kondensatsiyasi (quyuqlashuvi) hamda sug'orish suvlari hisobidan to'planadi. Sug'orilmaydigan sharoitda esa tuproq namining asosiy manbai - atmosfera yog'inlaridir. Tuproqdagi suv nihovatda muhim va xilma-xil ahamiyatga ega bo'lib, tuproq unumdorligi va o'simliklar hosildorligini belgilovchi eng muhim, zarur omillardan biridir. O'simliklarning o'sib rivojlanishi, mikroorganizmlar faolivati, tuproqda kechadigan barcha kimyoviy, fizik-kimyoviy jarayonlar hamda insonlarning ekinlar hosildorligi va tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan ishlab chiqarish faoliyati, tuproqdagi suvning miqdori va sifati bilan belgilanadi. O'simliklarning to'qimalari suv bilan yetarlicha to'yingandagina, ularning hayoti uchun zarur bo'lgan jarayonlar me'yorida kechadi. Quruq yerda urug' unmaydi, tuproqda suv yetarli bo'lmasa o'simliklar uomon rivojlanadi va kam hosil beradi. Nar xil o'simliklar o'z hayoti davomida turli miqdorda suv iste'mol qiladi. Masalan, tariq, makkajo'xori, kartoshka 1 kg quruq modda hosil qilish uchun ko'pi bilan 500 kg suv, bug'doy, zig'ir, g'o'za, lavlagi va boshqa 5