logo

O'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

30.3759765625 KB
O ' Z B E K I S T O N   V A   J A H O N   H A M J A M I Y A T I
 
 
 
Reja:
 
1.         Mustaqil Respublikaning mustaqil tashqi siyosat 
uritishining huquqiy asoslari va asosiy tamoyillari.
2.         O`zbekistonning   halqaro   va   mintaqaviy   tashkilotlarga
a`zo bo`lib kirishi.
3.         O`zbekistonning   Mustaqil   davlatlar   hamdo`stligidagi
o`rni va mavqei.
4.         Jahonning nufuzli davlatlari bilan hamkorlik aloqalari.
 
   Xalqimiz mustaqillik deb atalmish ezgu va muqaddas orzuning ruyobga chiqishi uchun
asrlar mobaynida intilib, kurashib keldi. 1991   yil   31   avgustdan   boshlab   halqimiz   taqdirida   keskin   burilish   yasagan,
butunlay yangi taraqqiyot     davrini boshlab bergan istiqlol davri tarihi boshlandi.
130 yillik Rossiya mustamlakasiga  mahkum etilgan davrning ilgarigi zamonlardan
farqi   shuki,   shu   vaqtda   ayniqsa,   sho`rolar   hukmronligi   yillarida   halqimiz   tashqi
dunyodan   butunlay   uzib   quyildi(Karimov   I.A.   Tarihiy   hotirasiz   kelajak   yo`q.-Toshkent:
Sharq,1998.-B.19).
Garchi   katta   mamlakatning   asosiy   qonuni   hisoblangan   «SSSR   Konstitusiyasi»   da
O`zbekiston boshqa o`n to`rtta «qardosh va jondosh» milliy respublikalar  singari «teng
huquqli»,     «mustaqil»,   «suveren»   davlat   sifatida   ta`rifu-tavsif   etilsa-da,   amalda   ko`zga
ko`rinmas,   ming   va   million   hil   ustalik   bilan   «to`qilgan»,   to`rlar   bilan   qo`l-oyog`i   bandi
etilib quyilgan edi.  
Mustabid   sovet   tuzumi   davrida   O`zbekiston   tashqi   iqtisodiy   aloqalarni   asosan
sosialistik   mamlakatlar   bilan,   sobiq   markazning   yo`l-yo`riqlari   bilan   amalga   oshirar,
respublikaning o`zi tashqi bozorga mustaqil ravishda chiqish huquqiga ega emas edi.
Respublikaga   olib   kelinadigan   mahsulotlar,   respublikadan   chiqarila digan
mahsulot hajmiga nisbatan ancha ortiq edi. 1990 yil respublikaga 14661,8 mln. so`mlik
mahsulot   olib   kelingan   bo`lsa,   chetga   chiqarilgan   mahsulot   hajmi   9351,5   mln.   so`mga
teng bo`lgan.
XXI   asr   bo`s а g` а sida   O`zbekiston   davlat   mustaqilligini   qo`lga   kiritib   jahon
hamjamiyatga kirish, integrasiyalashish tomon uz tutdi.
Jahon amaliyotidan ma`lumki, har bir mustaqil davlat, ayniqsa mustaqil taraqqiyot
yo`liga kirgan mamlakatlar, hech qachon o`z qobig`iga  o`ralib rivojlanmagan. Aksincha,
mustaqil   rivojlanish   yo`lini   tanlashi   bilanoq   jahon   hamjamiyatga   qo`shilish   orqali   o`z
taqdirini   belgilagan   (Usmonov   Q.   va   boshqalar.   O`zbekiston   qaramlik   va   mustaqillik
yillarida.-Toshkent: O`qituvchi, 1996.-B.92).
O`zbekistonning   jahon   hamjamiyatga   qo`shilish   davri   g`oyat   bir   murakkab   va
qaltis davrga  to`g`ri keldi. Sobiq ittifoq tarqalib ketgach dunyo asosan ikki  qutbli  (SSSR
va   AQSh)   bo`lgan   bo`lsa,   endi   ko`p   qutbli   bo`lib   qolgan   edi.   XX   asr   o`z   g`avg`olari,
to`palonlarini,   qirg`inlarini   biz   yashayotgan   XXI   asrga   meros   qilib   qoldirib   hayr   ma`zur
qilayotgan bir davrga to`g`ri keldi.
O`zbekiston   geosiyosiy   jihatdan   qulaylik   tug`diruvchi   imkoniyatlar   bilan   birga,   bu
borada   kiyinchiliklar   tug`diruvchi   bir   qancha   omillar   ham   mavjud   edi.   Garchi,   tashqi
siyosat   sohasidagi   an`analarimizning     ildizlari   uzoq   moziyga   borib   taqalsa-da,
mustamlaka davridagi yo`qotishlar natijasida, dastlabki paytlarda respublikamiz  tashqi
siyosat uritish tajribasiga ham, jahon diplomatiyasini biladigan kadrlarga ham ega emas
edi. Tashqi   siyosiy   diplomatik,   iqtisodiy   va   madaniy   aloqalarni   o`zi   mustaqil
boshlashga  to`g`ri kelsada, respublika  rahbariyati bu boradagi   muammolarni  echishga
dadil   kirishdi,   uqorida   ta`kidlab   o`tilgan   kiyinchiliklarni   engib   o`tib,   qisqa   davr
mobaynida o`z o`rni va mavqeiga ega bo`ldi.
Prezident   I.Karimov   o`zining   «O`zbekistonning   o`z   istiqlol   va   taraqqiyot   yo`li»   va
boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat uritish qoidalarini nazariy va amaliy jihatdan
asoslab   berdi.   1991   yil   31   avgustda   Oliy   Kengash   VI   sessiyasida   qabul   qilingan
«Mustaqillik   haqidagi   Bayonot»da   O`zbekistonning   tashqi   siyosatdagi   yo`li   aniq   qilib
belgilangan edi. Jumladan, unda: «Xalqaro hamjamiyatning to`la huquqli a`zosi bo`lgan
O`zbekiston   Respublikasi   Xalqaro   munosabatlarda   mustaqil   davlat,   halqaro   huquq
sub`ekti   sifatida   qatnashadi,   uning   m а qs а dlari   must а h ка m   tinchlik,   qurolsizlanish,   o`z
hududini   qurol-yar о g`lardan   holi   qilish,   yadroviy   qurolni   va   b о shq а   ommaviy   qirg`in
qurollarini yo`qotish, suveren davlatlar o`rt а sidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch
ishlatish va tazyiqqa yo`l qo`ymaslikdan iborat».
O`zbekiston   Respublikasi   Konstitusiyasining   17-moddasida   mamlakatimiz   tashqi
siyosat   qoidalari   qonunlashtirildi   va   u   jahondagi   ko`plab   mamlakatlar   bilan   hamkorlik
jarayonlari   ortga   qaytmasligining   huquqiy   kafoloti   bo`lib   hizmat   qilmoqda.
O`zbekistonni   halqaro   huquq   sub`ekti   sifatida   belgilaydigan,   respublikaning   tashqi
siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga soladigan qonunlar qabul qilindi.
«O`zbekiston   Respublikasi   tashqi   siyosiy   faoliyatining   asosiy   prinsiplari
tug`risida»gi,   «Chet   el   investisiyalari»,   «Xorijiy   investorlar   faoliyatining   kafolotlari
to`g`risida»gi,   «Tashqi   iqtisodiy   faoliyat   to`g`risida»   va   b о shq а   qonunlar   hamda
normativ   hujjatlar   а na   shular   jumlasidandir.   Bular   faol   va   keng   ko`lamli   hamkorlik
uchun must а h ка m huquqiy kafolot yaratib beradi.
Xalqaro  huquq  normalarining   ichki  qonunlardan   ustunligi   respublika   qonunchilik
faoliyatida   o`z   ifodasini   topmoqda.   Birinchidan,   respublika   qonunlari   halqaro   huquq
normalariga doimo muvofiqlashtirilm о qda     va yaqinlashtirilm о qda.
Ikkinchidan,   mamlakatimiz   halqaro   normalarning   bajarilishini   kafolotlaydigan
hamma majburiyatlarni o`z zimmasiga oldi.            
Tashqi   aloqalarni   ta`minlaydigan   vazirliklar   va   muassasalar   tashkil   etildi:   Tashqi
ishlar   vazirligi,   Tashqi   iqtisodiy   aloqalar   vazirligi,   Tashqi   iqtisodiy   faoliyat   milliy   banki.
1992 yilda Toshkentda «J а h о n iqtisodi va diplomatiya universiteti» ochildi.
I. К arimov  o`zining  asarlari,   ma`ruza   va  nutqlarida   mamlakatimiz   tashqi   siyosiy  va
tashqi iqtisodiy aloqalarining asosiy tamoyillarini nazariy amaliy jih а tdan puhta asoslab
berdi.   Tashqi   siyosiy   va   tashqi   iqtisodiy   yo`lni   belgilashda   jahon   tajribasidan
foydalanildi, mamlakatimiz, halqimiz hususiyatlari va manfaatlari hisobga olindi. Tashqi
siyosatga tinchlik, barqarorlik, hamkorlik yo`li asos qilib olindi. O`zbekiston   Respublikasi   tashqi   siyosatining   asosiy   qoidalari   quyidagilardan
iborat:
·                 Mafkuraviy   qarashlardan   qat`iy   nazar   hamkorlik   uchun   ochiqlik,   umuminsoniy
qadriyatlarga, tinchlik va havfsizlikni saqlashga sodiqlik;
·                 Davlatlarning suveren tengligi va chegaralar dahlsizligini hurmat qilish;
·                 b о shq а   davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
·                 Nizolarni tinch yo`l bilan hal etish;
·                 Kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;
·                 Inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash;
·                 Ichki   milliy   qonunlar   va   huquqiy   normalardan   halqaro   huquqning   umum   e`tirof
etilgan qoidalari va normalarining ustivorligi;
·                 Davlatning,   halqning   oliy   manfaatlari,   farovonligi   va   havfsizligini   ta`minlash
m а qs а dida ittifoqlar tuzish, hamdo`stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish;
·                 Tajavuzkor harbiy bloklar va uushmalarga kirmaslik;
·                 Davlatlararo   aloqalarda   teng   huquqlilik   va   o`zaro   manfaatdorlik,   davlat   milliy
manfaatlarining ustunligi;
·                 Tashqi   aloqalarni   ham   ikki   tomonlama,   ham   ko`p   tomonlama   kelishuvlar   asosida
rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga b о shq а sidan uzoqlashmaslik.
Mamlakatimizning jahon halqlari tinchligi va havfsizligiga mos bo`lib to`tgan 
tinchliksevar tashqi siyosati, uni jahonda mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini 
ta`minladi.
O`zbekistonni   dunyodagi     180     dan   ortiq [1]   barcha   nufuzli   davlatlar   tan   oldi,
ularning   120   tasi   bilan   diplomatik   siyosiy,   iqtisodiy,   ilmiy-   tehnikaviy   va   madaniy
aloqalar   o`rn а tildi.   Toshkentda     40   ga   yaqin   mamlakatning   elchihonasi   ochildi.
O`zbekistonda   88   ta   horijiy   vakol а thona,   24   ta   hukumatlararo   va   13   ta   hukumatga
qarashli   bo`lmagan   tashkilotlar   faoliyat   ko`rsatm о qda.   Jahonning   20   dan   ortiq
mamlakatida   O`zbekistonning   elchihonalari,   9   ta   mamlakatda   konsulhonalari   faoliyat
ko`rsatm о qda.
2.   Mustaqil   davlat   halqaro   tashkilotlarda   qanchalik   keng   qatnashsa,   u   halqaro
hamjamiyatga   shu   darajada   keng   kirib   boradi,   jahonda   tinchlik,   osoyishtalik,   o`zaro
hamkorlik   uchun   kurashda   tegishli   darajada   faol   qatnasha   oladi,   imkoniyat
taraqqiyotiga   qo`shayotgan   o`z   ulushini   yanada   oshirib   boradi,   jahonning   ilg`or
davlatlari   bilan   tobora   yaqinlashdi,   ularning   fan-tehnika   va   tehnologiya   sohasidagi yangiliklarini saraliroq qabul kilib oladi. Shu nuqtai-nazardan mustaqil O`zbekistonning
halqaro   tashkilotlar   bilan     aloqalarini   yil   sayin   kengaytirishi   juda   katta   ahamiyatga
egadir.
Xalqaro   tashkilotlarda   faol   qatnashish   -mustaqil   O`zbekistonni   jahon   miqyosida
tanitishning, uning halqaro mavqeining oshirishning muhim va samarali yo`lidir. Hozirgi
kunda jahonda 350 dan ortiq hukumatlararo tashkilotlar mavjud.
O`zbekiston,  o`z   mustaqilligini   e`lon   qilgandan   so`ng,   50   dan   ortiq   jahonning  eng
nufuzli tashkilotlariga a`zo bo`ldi. Bu - BMT, UNESKO, Ovrupada Xavfsizlik va Hamkorlik
tashkiloti,   Xalqaro   valuta   jamg`armasi,   Xalqaro   moliya   korporasiyasi,   Xalqaro   mehnat
tashkiloti,   jahon   sog`liqni   saqlash   tashkiloti   va   b о shq а   halqaro-mintaqaviy   tashkilotlar
hamda asso ц asiyalardir.
1992   yil   29   yanvarda   BMT   havfsizlik   kengashi   o`zining   737   -qarorini   ovozga
qo`ymasdan   qabul   qildi   va   Bosh   Assambleyaga   O`zbekiston   Respublikasini   BMT   ga
qabul qilishni tavsiya etdi.
1992 yil 2 martda BMT Bosh Assambleyasining 46-sessiyasida O`zbekiston ovozga
quyilmasdan, yakdillik bilan ma`qullash asosida BMT ga qabul qilindi.
O`zbekiston   Respublikasi   o`z   tarihida   birinchi   bor   Xalqaro   Ùamjamiyatning   teng
huquqli sub`ekti sifatida BMT a`zoligiga qabul qilindi.
Bu tarihiy voqea O`zbekistonning mustaqil davlat sifatida halqaro hamjamiyatdan
munosib o`rin olishda katta ahamiyatga ega bo`ldi.
Mamalakatimiz   Prezidenti   I.Karimovning   BMT   Bosh   Assambleyasining   1993   yilda
bo`lgan   48-sessiyasida   ishtirok   etishi   va   unda   qilgan   ma`ruzasi   O`zbekistonni   jahonga
ko`hna va navqiron davlat sifatida tanitdi.
O`zbekiston   BMT   minbaridan   Markaziy   Osiyoda   tinchlik   va   barqarorlikni
must а h ка mlash,   qo`shni   Afg`onistonda     birodarkushlik   urushini     to`htatish,   Markaziy
Osiyoni   yadro   qurolidan     ozod   zonaga   aylantirish,   narkobiznesga     qarshi
kurashda     barcha   davlatlar   hatti-harakatlarini   muvofiqlashtirish,   Markaziy   Osiyoda
ekologik   vaziyatni   sog`lomlashtirish     m а qs а dlarida,   ya`ni   umummanfaat   yo`lida
foydalanm о qda. 1993 yil fevralida Toshkentda BMT ning vakol а thonasi ta`sis etildi va u
ish boshladi.
O`zbekiston   Respublikasi     va   BMT   rahbarlarining   sa`yi-harakatlari   natijasida
respublikamizdagi   BMT   v а k о l а thonasi   BMT   ning   Taraqqiyot   dasturi,   Qochoqlar   ishi
bo`yicha   olib   qo`mita   komissari,   Jahon   sog`liqni   saqlash   tashkiloti,   Aholi   joylashish
jamg`armasi,   narkotik   moddalarni   nazorat   qilish   dasturi,   Sanoat   taraqqiyoti   dasturi,
«Bolalar jamg`armasi» singari ihtisoslashgan muassasalarni o`z tarkibiga birlashtirishga
muvofiq   bo`ldi.   Xususan,   uning   boshlig`i   (sobiq)   Xolid   Malikning   faol   ishtirokida
O`zbekistonda ko`plab halqaro tadbirlar o`tkazildi. O`zbekistonning   jahon   hamjamiyat   bilan   integrallashuvida   BMT   doirasidagi
ihtisoslashgan tashkilotlar bilan hamkorlik     muhim ahamiyatga ega.
1993 yil 29 oktyabrda  BMT ta`lim, fan va madaniyat bo`yicha qo`mitasi (UNESKO)
ning   Parijdagi   qaror g ohida     O`zbekiston   UNESKO     a`zoligiga   qabul   qilindi.   O`zbekiston
BMT doirasidagi ihtisoslashgan muassasalar -jahon sog`liqni saqlash tashkiloti, halqaro
mehnat   tashkiloti,   jahon   intelektual   mulk   tashkiloti,   BMT   ning   bolalar   fondi,   halqaro
pochta   ittifoqi,   Xalqaro   Olimpiada   qo`mitasi   va   ko`plab   b о shq а   tashkilotlarning   a`zosi
bo`ldi.
O`zbekiston   BMT   ning   50   yilligiga   bag`ishlangan     tantanalarda   faol   qatnashdi.
Mamlakatimiz   Prezidenti   I.A.Karimov   BMT   Bosh   Assambleyasining   1995   yil   sentyabr-
noyabr   oylarida   bo`lib   o`tgan   50-ubiley   sessiyasida     qatnashib   bu   nufuzli   tashkilot
faoliyatini yahshilashga doir o`z takliflarini bayon qildi.
Prezident   I.Karimov   bu   ulkan   minbardan   turib,   davlat   arboblari   va
siyosatdonlar     diqqatini quyidagi masalalarga qaratdi :
Birinchidan-milliy   havfsizlik   masalasini   hozirgi   zamon   talab   va   ehtiyojlari
nazaridan qaytadan ko`rib chiqish:
Ikkinchi   masala   BMT   Bosh   kotibi   v а k о l а tlarini   kengaytirish,   uning   jahon
mamlakatlari   taraqqiyotiga     qo`shadigan   hissasidan   kelib   chiqib,   o`z   maqomini
kuchaytirish masalasidir:
Uchinchi   masala   qator   mamlakatlararo   va   mintaqalararo   faoliyat   ko`rsatayotgan
halqaro tashkilotlar maqomini bir oz o`zgartirib, uni BMT doirasiga kiritish zarur.
Prezident   I.Karimov   halqaro   tashkilotlar   yagona   tizimini   vujudga   keltirish   XXI   asr
taqdirini belgilaydigan muhim omil ekanligini ko`rsatib berdi. O`zbekiston 1992 yil fevral
oyida   dunyoda   tinchlikni   must а h ка mlash,   inson   huquqlarini   himoya   qilish   bo`yicha
katta   tadbirlar   amalga   oshirayotgan   nufuzli   halqaro   tashkilot   -Evropada   havfsizlik   va
hamkorlik   tashkilotiga   a`zo   bo`lib   kirdi.   I.Karimovning   1992   yil   9-10   iulda   bo`lgan
Evropada   havfsizlik   va   hamkorlik   tashkilotining   majlisida   ishtirok   etib,   unda   nutq
so`zlashi va Kengashning 10 iulda bo`lgan majlisiga raislik qilishi O`zbekistonning     jahon
hamjamiyatda munosib o`rin egallayotganligining     dalilidir.
1995 yil iulda Toshkentda E.X.H.Tning aloqalar bo`yicha mintaqaviy burosi ochildi
va   faoliyat   ko`rsatm о qda.   Е XH Т ning   1996   yil   dekabrda   Lissabonda   bo`lgan   samitida
I.Karimov   mojarolar   uz   bergan   hududlarga   yashirincha   qurol-yarog`   etkazib   berishni
to`htatish,   1999   yil   12-12   noyabr   kunlari   Stambulda   bo`lgan   sammitida   terrorizmga
qarshi kurash halqaro markazini tashkil etish to`g`risida muhim takliflarni ilgari surdi va
ular sammit ishtirokchilari tomonidan ma`qullandi. O`zbekiston   ko`pgina   mintaqaviy   tashkilotlar,   chunonchi   Evropa   ittifoqi,   NATO,
EKO, Islom konferensiyasi tashkiloti, qo`shilmaslik harakati va b о shq а lar bilan samarali
hamkorlik qilm о qda.
1996   iul   oyida   Florensiya   shahrida   Evropa   ittifoqi   bilan   O`zbekiston   o`rt а sida
sherikchilik   va   hamkorlik   to`g`risida   Bitim   imzolandi.   Bu   hujjat   O`zbekiston,   Evropa
ittifoqi va unga a`zo bo`lgan mamlakatlar o`rt а sidagi o`zaro munosabatlarning huquqiy
negizi   bo`lib,   siyosiy,   iqtisodiy,   ilmiy-t е hnikaviy,   madaniy   aloqalar   uchun   keng
imkoniyatlar ochdi.
O`zbekiston   bilan   Shimoliy   Atlantika   shartnomasi   tashkilotlari   -NATO   o`rt а sida
o`zaro   tushunish   va   hamkorlik   mavjud.   1995   yil   iul   oyida   O`zbekiston   NATO   ning
«Tinchlik   yo`lida   hamkorlik»   dasturi   tomonidan   1995   yilda   AQShda,   1997   yilda
Qozog`iston   va   O`zbekistonda     o`tkazilgan   harbiy   mashqlarida   O`zbekiston     harbiy
qismilarining   ishtiroki   zobit   va   askarlarning   harbiy   tehnik   tayyorgarligini   yanada
ko`tarishga hizmat qildi.
O`zbekiston   tarihan   qisqa   bir   davrda   halqaro   va   mintaqaviy     muammolarni   hal
qilishda,   umumiy   va   mintaqaviy   havfsizlikni   must а h ка mlashda     faol   qatnash а yotgan
nufuzli davlat darajasiga ko`tarildi.
3.Mustaqil   davlatlar   hamdo`stligi   (MDH)   -   bir   butun   davlat,   federasiya   yoki
mamlakat   emas,   harbiy   blok   ham   emas,   davlatlar   hamdo`stligining     yangicha   shakli.
Unga kiruvchi har bir davlat halqaro huquqning mustaqil va teng huquqli sub`ektidir.
MDH 1991 yil 8 dekabrda Minsk shahrida, SSSR ning barham topishi munosabati
bilan   shakllandi.   O`sha   kuni   Belovejskoe   -   Pushcheda   Rossiya,   Ukraina,   Belorussiya
rahbarlari   -B.Elsin,   L.  Kravchuk   S.   Shushkevichlar   MDH   ni   tuzish   to`g`risida   shartnoma
imzoladilar.   1991   yil   13   dekabrda   Ashgabadda   O`zbekiston,   Qozog`iston,   Qirg`iziston,
Tojikiston   va   Turkmaniston   Prezidentlari   uchrashib   MDHga,   uni   ta`sis
etuvchilar     maqomida kirishga tayyor ekanliklarini bildirib, Bayonot e`lon qildilar.
1991   yil   21   dekabrda   Almatida   11   davlat-Rossiya,   Ukraina,   Belorus,   Qozog`iston,
O`zbekiston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston,   О zarbayjon, Armaniston, Moldaviya
boshliqlarining   kengashi   bo`ldi.   O`sha   kuni   ular   Belovejskoe-Pushche   shartnomasi
uzasidan   protokol   imzolab,   «Teng   huquqli     va   ahdlashayotgan   oliy   tomonlar»
maqomida MDH muassisi bo`ldilar.
MDH ning tashkil topishi   XX   asrning muhim voqealaridan biri sifatida tarihga kirdi.
1991-2000   yillarda   MDH   davlatlari   boshliqlarining   30ga   yaqin   kengashlari   bo`lib
o`tdi.   Ularda   umumiy   manfaatlarga   doir   1400   ga   yaqin   shartnoma,   bitim     va
b о shq а   hujjatlar   imzolandi.   Ularning   barchasi   uzoq   yillar   bir   davlat   bo`lib   kelgan
mamlakatlararo   iqtisodiy,   madaniy,   harbiy   va   b о shq а   aloqalarni   yangi   sharoitlarda-
mustaqil davlatlaro munosabatlar tarzida davom ettirishga qaratildi. И stiqlol   yillarida   O`zbekiston   o`zining   qat`iy   mustaqil   taraqqiyot   yo`lidan   borish,
puhta   ishlab   chiqilgan   tashqi   siyosat   tamoyillariga   to`liq   amal   qilish   bilan   MDH   da
o`zining munosib va qat`iy nuqtai nazariga ega bo`ldi.
Buni quyidagilarda ko`rish mumkin:
1.           O`zbekiston avval boshdan MDH tarafdori bo`lib chiqdi. Chunki, sobiq Ittifoq
davridagi   respublikalararo   an`anaviy   munosabatlar   yangi   vaziyatga   mos
ravishda davom ettirilishi     kerak edi.
2.           Bunday   Ùamdo`stlik   mamlakatlararo   iqtisodiy     aloqalarni   yanada
must а h ка mlab,   bu   davlatlarning   siyosiy     mustaqilligiga   dahl   qilmasligi   lozim.
O`tish   davri   qiyinchiliklarini   MDH   davlatlarining   barchasi   o`z   boshidan
kechirdi.
Bu esa iqtisodiy bo`hronlarni bartaraf etish, bozor munosabatlarini shakllantirish 
jarayonida yillar mobaynida bir-biriga o`zaro chambarchas bog`liq ishlab chiqarish va 
ho`jalik munosabatlarini yanada yahshilash zarur edi. Bu kabi masalalarni hal etishga 
hizmat qiluvchi ko`plab me`yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etishda O`zbekiston 
alohida o`ringa ega bo`ldi.
O`zbeiston MDH ga a`zo davlatlar bilan o`zaro ikki taraf uchun ham foydali 
hamkorli к   qilishga hamisha tayyor va o`z tashqi siyosatida shunga intilib kel а yapti. 
MDH   g a a`zo ko`p mamlakatlar bilan ana shunday hamkorlikda     ish olib borilm о qd а .
1991-2001 yillarda Rossiya, Ukraina, Belorus, Moldava, Gruziya, Ozarbayjon, Litva,
Latviya   va   Markaziy   Osiyo   respublikalari   bilan   diplomatik,   iqtisodiy,   madaniy,   ilmiy-
tehnikaviy aloqalar o`rnatildi va u rivojlanib borm о qda.
Xususan,   O`zbekiston   va   Rossiya   o`rt а sida   o`zaro   manfaatli   hamkorlik   aloqalari
rivojlanib borm о qda.  Rossiya   Federasiyasi  Prezidenti  V.V.Putinning  2000  yil  18-19  may
kunlari  O`zbekiston  Respublikasiga   davlat  tashrifi,  savdo     iqtisodiy  va  harbiy  hamkorlik
qilish   to`g`risida   imzolangan   bitimlar   ikki   davlat   o`rt а sidagi   aloqalarning   yangi
bosqichga ko`tarilishiga hizmat qilm о qda.
2000   yil   20   iun   kuni   Moskvada   bo`lib  o`tgan   MDH   mamlakatlari   davlat   rahbarlari
Kengashi   samarali   bo`ldi.   Sammitda   2000   yilgacha   bo`lgan   muddatda         Ùamdo`stlikni
rivojlantirish borasidagi  ishlar dasturi muhokama qilindi. Qabul qilingan mazkur hujjat
MDH   doirasida   erkin   savdo   zonasi   barpo   etish   borasidagi   to`lovlar   va   soliqlar   tartibini
muvofiqlashtirishga   kelishib   olindi.   Sammitda   MDH   ning   terrorchilikka   qarshi   kurash
markazini   tashkil   etish,   shuningdek     MDH   davlatlarining   2003   yilgacha   halqaro
terrorchilik   va   ekstremizmga   qarshi   kurash   borasidagi   dasturi   to`g`risidagi   masalalar
muhokama     qilindi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
O`zbekiston   Prezidenti   I.Karimovning   Evropada   havfsizlik   va   hamkorlik
tashkilotining   1999   yil   noyabrdagi     Istambul     sammitida   ilgari   surgan   terrorchilikka qarshi   davlatlararo   miqyosdagi   kurashni   muvofiqlashtiruvchi   markaz   tuzish   g`oyasi
amalga oshdi. Moskva sammiti MDH mamlakatlari o`rt а sidagi ma`lum darajada yakdillik
paydo bo`lganligidan guvohlik beradi.
Ma`lumki, dekabr     oyida MDH tashkil topganiga 10 yil to`ldi. Shu munosabat bilan
2001   yil   30   noyabr   yakuniy   ubiley   sammiti   bo`lib   o`tdi.   Prezidentlar   o`tgan   davr
mobaynida   qilingan   ishlarni   sarhisob   qildilar.   MDH   ning   bugungi   ahvoli   va   kelajagi
hususida   fikr   almashdilar.   Mamlakatimiz   rahbari   I.Karimov   hamdo`stlik
faoliyatida     birgalikda   o`zaro   foydali   hamkorlikni   rivojlantirish,   iqtisodiy   integrasiya
masalalariga     e`tiborni   yanada   kuchaytirm о q   kerakligini   har   hil   harbiy   -siyosiy
mavzularga   chalg`imay,   o`zaro   manfaatli   munosabatlarni     ravnaq   toptirishga   intilishi
m а qs а dga   muvofiqligini   ta`kidladi.   Zotan,   MDH   ni   tuzishdan   m а qs а d   ham   mavjud
iqtisodiy rishtalarni saqlab kolish va rivojlantirishdan iborat edi.
MDH hususidagi qisqacha fikrlarga yakun yasab shuni aytish mumkinki, u o`zining
qisqa bosib o`tgan faoliyat yo`lida, zolvorli qadamlar tashlayotgan li gi ni hamda iqtisodiy
integrasiya va mintaqaviy mojarolarni echishga qodir tuzilma ekanligini ko`rsatdi. Sh ак -
shubhasiz   o`tgan   yillardagi   MDH   faoliyatida   O`zbekiston   o`z   o`rni   va   alohida   mavqega
e g a ekanligini isbot etdi.
4. Har bir davlatning obro`si va qudrati uning qancha va qaysi davlatlar bilan olib
borayotgan tashqi aloqalariga ham bevosita bog`liqdir.
O`zbekiston   bugungi   kunda   dunyoning   barcha   mintaqalarida   ishonchli   hamkor
sifatida o`z mavqeini to`la nomoyon eta oldi.
1.   O`zbekiston   va   O`rta   Osiyo   davlatlari:   O`zbekiston   tashqi   siyosatining   asosiy
yunalishlaridan   biri   Markaziy   Osiyodagi   mustaqil     davlatlar   -   Qozog`iston,   Qirg`iziston,
Tojikiston   va   Turkmaniston   bilan   hamkorlik,   do`stlik   rishtalarini   must а h ка mlashga
qaratilgan.  Markaziy   Osiyodagi   bu   beshta   davlatning   qadimiy   tarihi,   madaniyati,   tili   va
dilining birligi, tomirlarining tutashib ketganligi shuni taqozo etadi.
O`zbekiston   rahbariyati   bu   hududdagi   davlatlar,   halqlar   manfaatlariga   mos
tushadigan   teng   huquqli   hamkorlik   ko`lamini   tobora   kengaytirib,   must а h ка mlab
borm о qda.   Tojikiston   fojeasini   bartaraf   etishda   O`zbekistonning   siyosiy   va   iqtisodiy
ko`magi, qardosh besh mamlakatning O`rta er dengizi, Hind okeani, Tinch okeani bilan
bog`lovchi temir yo`llar qurilishida hamda orolni qutqarish harakatida     O`zbekistonning
faol ishtiroki buning yorqin misolidir.
Markaziy   Osiyo   davlatlarining   1990   yil   iundagi   Almata   uchrashuvida     o`zaro
do`stlik   va   hamkorlikning   muhimligi   ko`rsatildi.   Bu   uchrashuv,   iqtisodiy   inqirozdan
chiqish uchun besh davlat     o`z iqtisodiy     resurslarini birlashtirishi zaruriyatini ko`rsatdi.
Bu   davlat   r а hb а rl а ri   har   yili   uchrashish   to`g`risida   kelishib   oldilar.   Bu   an`ana   davom
etib,   har   yili   2-3   marotaba   Markaziy   Osiyo   davlatlari   rahbarlari   kengashlari   bo`lib
o`tm о qda. 1994   yil   30   aprelda   Qirg`izistonning   Cho`lponota   shahrida   O`zbekiston,
Qozog`iston   va   Qirg`iziston   o`rt а sida   tovarlar,   hizmatlar,   sarmoyalar   va   ishchi
kuchlarining   erkin   o`tib   turishini   nazarda   tutuvchi   hamda   o`zaro   kelishilgan   kredit
hisob-kitob,   budjet,   soliq,   narh,   boj   va   valuta   siyosatini   ta`minlovchi   yagona   iqtisodiy
makonni   tashkil   etish   to`g`risidagi   shartnomaning   imzolanishi   bu   mamlakatlar
o`rt а sidagi hamkorlikni yangi pog`onaga ko`tardi.
1994 yil iul oyi boshida Q о z о g`ist о n, O`zbekiston va Qirg`izist о n Prezidentlarining
uchrashuvida o`zaro integrasiyani kuchaytirish bo`yicha bitimlar imzolandi.
Tomonlar   Davlataro   Kengash   hamda   uning   doimiy   ijroiya   о rganini,   shuningdek,
Bosh   vazirlar   Kengashi,   Tashqi   Ishlar   vazirligi,   Mudofaa   vazirligining   Kegashini   ta`sis
etdilar.
Ayniqsa,   1996   yil   12   yanvarda   Ko`kchatovda,   1997   yil   9-10   yanvarda   Bishkekda,
1997   yil   12   yanvarda   Oqmoloda   bo`lib   o`tgan   O`zbekiston,
Qirg`izist о n     Prezidentlarining,   1998   yil   Ashgabodda   Turkmaniston,   O`zbekiston,
Qirg`izist о n     va   Q о z о g`ist о n   Prezidentlarining   nihoyat,   1998   yil   26   martda   Toshkentda
O`zbekiston, Q о z о g`ist о n, Qirg`izist о n, Tojikiston Prezident larining o`zaro uchrashuvlari
hamda   2000   yil   14   iun   kuni   Dushanbeda   Markaziy   iqtisodiy   hamjamiyat   davlatlararo
kengashining   navbatdagi   majlisi   va   b о shq а lar   Markaziy   Osiyo   respublikalari   hayotida
katta ahamiyatga ega bo`ldi.
3.           Yaqin   Sharq   va   O`rta   Sharq   mamlakatlari   bilan   aloqalar:   1991-1999   yillar
davomida   O`zbekiston   Prezidenti   I.Karimov   boshliq   davlat   delegasiyasining   Turkiya,
Eron, Pokiston, Hindiston га   v а   m а z к ur d а vl а tl а rning davlat va hukumat boshliqlarining
O`zbekistonga   rasmiy   safari   paytida   imzolagan   hujjatlari   davlatlaro   munosabatlarni
yanada rivojlantirishga hizmat qilm о qda. 1992 yil 6 fevralda O`zbekiston, Pokiston, Eron
va   Turkiya     tomonidan   tuzilgan   iqtisodiy   hamkorlik   tashkilotiga   (EKO)   a`zo   bo`lib   kirdi.
1992 yil 10 mayda Ashgabadda O`zbekiston, Q о z о g`ist о n, Turkmaniston, Eron, Turkiya,
Pokiston     davlat   va   hukumat   rahbarlari   Trans   -   Osiyo   temir   yo`lini   vujudga   keltirish
m а qs а dida   T а j а n-S а rahs-Mashhad   temir   yo`lini   qurish   haqida   bitimni,   bojhona
hizmatini tashkil etish haqidagi hujjatlarni imzoladilar. Uzunligi 295 km bo`lgan mazkur
temir yo`l 1996 yil tugallandi va ishga tushirildi.
4.           Bu   yo`l   orqali   O`zbekiston   Fors   ko`rfazigacha,   undan   so`ng   dunyoning   istalgan
burchagiga chiqishi mumkin.
5.           O`zbekistonning Sharq va Tinch okean havzasi mamlakatlari bilan munosabatlari.
Prezidentimizning 1992 yildagi rasmiy safari natijasida -Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya,
Malayziya, Indoneziya bilan diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalar yo`lga quyildi. Ana
shu aloqalar chog`ida Xitoy tomoni bilan 20 dan ortiq shartnomalar imzolandi. Bugungi
kunda   O`zbekistonda   80   ga   yaqin   O`zbekiston   -Xitoy   qo`shma   korhonalari   faoliyat
ko`rsatm о qda. 1992   -1996   yillar   davomida   «UZDEU   avto»   O`zbekiston   -Janubiy   Koreya   qo`shma
korhonasi ishga tushirildi.
1998   yilda   54   400   ta   «Damas»,   «Tiko»,   «Neksiya»   rusumli   avtomobillari   ishlab
chiqarildi.
O`zbekiston   -Yaponiya   hamkorligida,   Yaponiyaning   dunyoga   mashhur   «Misui»   va
KO LTD «Misubisi Korporeyshen», «Sumitoto korporeyshn», «Tomen kor korporeyshn»,
«Chori»   kompaniyalarining   o`rni   salm о qlidir.   Bunday   aloqalar   Malayziya,   Indoneyziya,
Ve`tnam,   Tayland,   Avstraliya   va   b о shq а   mamlakatlar   bilan   о lib
b о ril а yot га n   а l о q а l а rd а   ham ijobiy natijalar berm о qda.
AQSh va Evropa mamlakatlari bilan hamkorlik.
Bundan   qariyib   2,5   ming   yil   muqaddam   Iskandar   Zulqarnaynning     bosqinchilik
urishlaridan boshlab biz Ovrupo sivilizasiyasi bilan o`zaro ta`sirda bo`lib kelm о qdamiz.
Prezidentimiz   I.Karimovning   AQSh,   Avstriya,   Shveysariya,   Finlandiya,   Germaniya,
Fransiya,   Buuk   Britaniya,   Gollandiyaga     qilgan   rasmiy   davlat   tashriflari   natijasida
G`arbning   ilg`or   mamlakatlari   bilan   o`z   hamkorligini   yahshi   yo`lga   qo`ydi.   Xususan,
O`zbekistonning AQSh bilan hamkorlik aloqalari rivojlanib borm о qda. 1996 yil 28-29 iul
kunlari I.Karimovning Bill  Klinton bilan  uchrashuvi,  200 3   yil  16-19 aprelda AQSh  davlat
kotibi Madlan Olbrayt Xonimning O`zbekistonda bo`lishi katta ahamiyatga ega bo`ldi.
1996 yil boshlarigacha 200 ta O`zbek- Amerika qo`shma korhonalari tashkil topdi
va   faoliyat   ko`rsatdi.   Bular   orasida   tog`   jinslaridan   oltin   ajratib   oluvchi   «Zarafshon-
N`umont» korhonasini alohida qayd etm о q lozim. Biri Osiyo, ikkinchisi Evropa qit`asida
joylashgan O`zbekiston va Germaniya nomlari tez-tez, yonma-yon     matbuot sahifalarida
tilga olinm о qda.
I.Karimovning   1993   yil   Germaniyaga   tashrifi   ikki   davlat   o`rt а sida   o`zaro
hamkorlikka asos solgan bo`lsa, Germaniya Federal Prezidenti Roman Gersogning 1995
yil   aprel   oyidagi   respublikamizga   tashrifi   esa   shu   hamkorlikning   uqori   pog`onaga
ko`tarishda muhim qadam bo`ldi.
    Umuman   olganda   hozirgi   kunda   respublikamizda   horijiy     mamlakatlarning
sarmoyadorlari ishtiroki bilan 3200 dan ortiq qo`shma korhona faoliyat ko`rsatm о qda.
O`zbekiston tashqi siyosatining hududi uzluksiz kengayib borm о qda.
    Xulosa   qilib   shuni   aytish   mumkinki,   O`zbekiston   bilan   dunyo   mamlakatlari
o`rt а sidagi   har   tomonlama   hamkorlik   aloqalar   kelajagi   buuk   davlat     qurayotgan
mamlakatimizning   yorqin     istiqboli   uchun   o`zining   ijobiy   natijalarini   berishi
shubhasizdir.   Darhaqiqat,   O`zbekiston   jahon   hamjamiyatdan   munosib   o`rin   olishga
muvofiq   bo`ldi.   Eshiklarimiz   dunyo   uchun,   dunyo   eshiklari   ham   biz   uchun   tobora
kattaroq ochilib borm о qda.  
 
Foydalanilgan     adabiyotlar ro`yxati:
 
1.           O`zbekiston Respublikasining konstitusiyasi. Toshkent: O	`zbekiston, 1992 y.
2.           Karimov I.A. Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati.-Toshkent: Sharq, 1993y.
3.           Karimov   I.A.   O`zbekiston       XXI     asr   bo`sag`asida:   Xavfsizlikka   tahdid,   taraqqiyot
kafolotlari va barqarorlik shartlari.-Toshkent: O`zb ек ist о n,1997 y.
4.           Karimov I.A. Tarihiy hotirasiz kelajak yo`q.-T.: Sharq 1998 y.
5.           Karimov I.A. 2006 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2007
yilda   iqtisodiy   islohotlarni   chuqurlashtirishning   eng   muhim   ustivor   yo`nalishlariga
bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma`ruzasi   // Xalq so`zi.-2007.-13 fev.
6.           Abdullaev   M.   va   b о shq.   Mustaqillik   izohli   ilmiy-ommabop   lug`at.   Toshkent:
Sharq,1998 y.
7.           Bobobekov H. va b о shq. O`zbekiston tarihi: qisqacha ma`lumotnoma.
8.           Salimov O. va b о shq.-Yangi O`zbekistonning 7 zafarli yili.-T.: Sharq,1999 y.
9.           Usmanov   Q.   va   b о shq.-O`zbekiston   qaramlik   va   mustaqillik   yillarida.-Toshkent:
O`qituvchi, 1996 y.
10.         O`zbekiston tarixi. Oliy o`quv yurtlarining nomutaxassis fakultetlari talabalri uchun
darslik   / R.Murtazayevaningumuiy tahriri ostida.-T.: Yangi asr avlodi, 2003.-676b.

O ' Z B E K I S T O N V A J A H O N H A M J A M I Y A T I       Reja:   1.         Mustaqil Respublikaning mustaqil tashqi siyosat uritishining huquqiy asoslari va asosiy tamoyillari. 2.         O`zbekistonning halqaro va mintaqaviy tashkilotlarga a`zo bo`lib kirishi. 3.         O`zbekistonning Mustaqil davlatlar hamdo`stligidagi o`rni va mavqei. 4.         Jahonning nufuzli davlatlari bilan hamkorlik aloqalari.     Xalqimiz mustaqillik deb atalmish ezgu va muqaddas orzuning ruyobga chiqishi uchun asrlar mobaynida intilib, kurashib keldi.

1991 yil 31 avgustdan boshlab halqimiz taqdirida keskin burilish yasagan, butunlay yangi taraqqiyot     davrini boshlab bergan istiqlol davri tarihi boshlandi. 130 yillik Rossiya mustamlakasiga mahkum etilgan davrning ilgarigi zamonlardan farqi shuki, shu vaqtda ayniqsa, sho`rolar hukmronligi yillarida halqimiz tashqi dunyodan butunlay uzib quyildi(Karimov I.A. Tarihiy hotirasiz kelajak yo`q.-Toshkent: Sharq,1998.-B.19). Garchi katta mamlakatning asosiy qonuni hisoblangan «SSSR Konstitusiyasi» da O`zbekiston boshqa o`n to`rtta «qardosh va jondosh» milliy respublikalar singari «teng huquqli»,     «mustaqil», «suveren» davlat sifatida ta`rifu-tavsif etilsa-da, amalda ko`zga ko`rinmas, ming va million hil ustalik bilan «to`qilgan», to`rlar bilan qo`l-oyog`i bandi etilib quyilgan edi.   Mustabid sovet tuzumi davrida O`zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarni asosan sosialistik mamlakatlar bilan, sobiq markazning yo`l-yo`riqlari bilan amalga oshirar, respublikaning o`zi tashqi bozorga mustaqil ravishda chiqish huquqiga ega emas edi. Respublikaga olib kelinadigan mahsulotlar, respublikadan chiqarila digan mahsulot hajmiga nisbatan ancha ortiq edi. 1990 yil respublikaga 14661,8 mln. so`mlik mahsulot olib kelingan bo`lsa, chetga chiqarilgan mahsulot hajmi 9351,5 mln. so`mga teng bo`lgan. XXI asr bo`s а g` а sida O`zbekiston davlat mustaqilligini qo`lga kiritib jahon hamjamiyatga kirish, integrasiyalashish tomon uz tutdi. Jahon amaliyotidan ma`lumki, har bir mustaqil davlat, ayniqsa mustaqil taraqqiyot yo`liga kirgan mamlakatlar, hech qachon o`z qobig`iga o`ralib rivojlanmagan. Aksincha, mustaqil rivojlanish yo`lini tanlashi bilanoq jahon hamjamiyatga qo`shilish orqali o`z taqdirini belgilagan (Usmonov Q. va boshqalar. O`zbekiston qaramlik va mustaqillik yillarida.-Toshkent: O`qituvchi, 1996.-B.92). O`zbekistonning jahon hamjamiyatga qo`shilish davri g`oyat bir murakkab va qaltis davrga to`g`ri keldi. Sobiq ittifoq tarqalib ketgach dunyo asosan ikki qutbli (SSSR va AQSh) bo`lgan bo`lsa, endi ko`p qutbli bo`lib qolgan edi. XX asr o`z g`avg`olari, to`palonlarini, qirg`inlarini biz yashayotgan XXI asrga meros qilib qoldirib hayr ma`zur qilayotgan bir davrga to`g`ri keldi. O`zbekiston geosiyosiy jihatdan qulaylik tug`diruvchi imkoniyatlar bilan birga, bu borada kiyinchiliklar tug`diruvchi bir qancha omillar ham mavjud edi. Garchi, tashqi siyosat sohasidagi an`analarimizning     ildizlari uzoq moziyga borib taqalsa-da, mustamlaka davridagi yo`qotishlar natijasida, dastlabki paytlarda respublikamiz tashqi siyosat uritish tajribasiga ham, jahon diplomatiyasini biladigan kadrlarga ham ega emas edi.

Tashqi siyosiy diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalarni o`zi mustaqil boshlashga to`g`ri kelsada, respublika rahbariyati bu boradagi muammolarni echishga dadil kirishdi, uqorida ta`kidlab o`tilgan kiyinchiliklarni engib o`tib, qisqa davr mobaynida o`z o`rni va mavqeiga ega bo`ldi. Prezident I.Karimov o`zining «O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li» va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat uritish qoidalarini nazariy va amaliy jihatdan asoslab berdi. 1991 yil 31 avgustda Oliy Kengash VI sessiyasida qabul qilingan «Mustaqillik haqidagi Bayonot»da O`zbekistonning tashqi siyosatdagi yo`li aniq qilib belgilangan edi. Jumladan, unda: «Xalqaro hamjamiyatning to`la huquqli a`zosi bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, halqaro huquq sub`ekti sifatida qatnashadi, uning m а qs а dlari must а h ка m tinchlik, qurolsizlanish, o`z hududini qurol-yar о g`lardan holi qilish, yadroviy qurolni va b о shq а   ommaviy qirg`in qurollarini yo`qotish, suveren davlatlar o`rt а sidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish va tazyiqqa yo`l qo`ymaslikdan iborat». O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 17-moddasida mamlakatimiz tashqi siyosat qoidalari qonunlashtirildi va u jahondagi ko`plab mamlakatlar bilan hamkorlik jarayonlari ortga qaytmasligining huquqiy kafoloti bo`lib hizmat qilmoqda. O`zbekistonni halqaro huquq sub`ekti sifatida belgilaydigan, respublikaning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga soladigan qonunlar qabul qilindi. «O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari tug`risida»gi, «Chet el investisiyalari», «Xorijiy investorlar faoliyatining kafolotlari to`g`risida»gi, «Tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risida» va b о shq а   qonunlar hamda normativ hujjatlar   а na shular jumlasidandir. Bular faol va keng ko`lamli hamkorlik uchun must а h ка m huquqiy kafolot yaratib beradi. Xalqaro huquq normalarining ichki qonunlardan ustunligi respublika qonunchilik faoliyatida o`z ifodasini topmoqda. Birinchidan, respublika qonunlari halqaro huquq normalariga doimo muvofiqlashtirilm о qda     va yaqinlashtirilm о qda. Ikkinchidan, mamlakatimiz halqaro normalarning bajarilishini kafolotlaydigan hamma majburiyatlarni o`z zimmasiga oldi.             Tashqi aloqalarni ta`minlaydigan vazirliklar va muassasalar tashkil etildi: Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki. 1992 yilda Toshkentda «J а h о n iqtisodi va diplomatiya universiteti» ochildi. I. К arimov o`zining asarlari, ma`ruza va nutqlarida mamlakatimiz tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarining asosiy tamoyillarini nazariy amaliy jih а tdan puhta asoslab berdi. Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy yo`lni belgilashda jahon tajribasidan foydalanildi, mamlakatimiz, halqimiz hususiyatlari va manfaatlari hisobga olindi. Tashqi siyosatga tinchlik, barqarorlik, hamkorlik yo`li asos qilib olindi.

O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy qoidalari quyidagilardan iborat: ·                 Mafkuraviy qarashlardan qat`iy nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va havfsizlikni saqlashga sodiqlik; ·                 Davlatlarning suveren tengligi va chegaralar dahlsizligini hurmat qilish; ·                 b о shq а   davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; ·                 Nizolarni tinch yo`l bilan hal etish; ·                 Kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik; ·                 Inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash; ·                 Ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan halqaro huquqning umum e`tirof etilgan qoidalari va normalarining ustivorligi; ·                 Davlatning, halqning oliy manfaatlari, farovonligi va havfsizligini ta`minlash m а qs а dida ittifoqlar tuzish, hamdo`stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish; ·                 Tajavuzkor harbiy bloklar va uushmalarga kirmaslik; ·                 Davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o`zaro manfaatdorlik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi; ·                 Tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko`p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga b о shq а sidan uzoqlashmaslik. Mamlakatimizning jahon halqlari tinchligi va havfsizligiga mos bo`lib to`tgan tinchliksevar tashqi siyosati, uni jahonda mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta`minladi. O`zbekistonni dunyodagi     180     dan ortiq [1]   barcha nufuzli davlatlar tan oldi, ularning 120 tasi bilan diplomatik siyosiy, iqtisodiy, ilmiy- tehnikaviy va madaniy aloqalar o`rn а tildi. Toshkentda     40 ga yaqin mamlakatning elchihonasi ochildi. O`zbekistonda 88 ta horijiy vakol а thona, 24 ta hukumatlararo va 13 ta hukumatga qarashli bo`lmagan tashkilotlar faoliyat ko`rsatm о qda. Jahonning 20 dan ortiq mamlakatida O`zbekistonning elchihonalari, 9 ta mamlakatda konsulhonalari faoliyat ko`rsatm о qda. 2. Mustaqil davlat halqaro tashkilotlarda qanchalik keng qatnashsa, u halqaro hamjamiyatga shu darajada keng kirib boradi, jahonda tinchlik, osoyishtalik, o`zaro hamkorlik uchun kurashda tegishli darajada faol qatnasha oladi, imkoniyat taraqqiyotiga qo`shayotgan o`z ulushini yanada oshirib boradi, jahonning ilg`or davlatlari bilan tobora yaqinlashdi, ularning fan-tehnika va tehnologiya sohasidagi

yangiliklarini saraliroq qabul kilib oladi. Shu nuqtai-nazardan mustaqil O`zbekistonning halqaro tashkilotlar bilan     aloqalarini yil sayin kengaytirishi juda katta ahamiyatga egadir. Xalqaro tashkilotlarda faol qatnashish -mustaqil O`zbekistonni jahon miqyosida tanitishning, uning halqaro mavqeining oshirishning muhim va samarali yo`lidir. Hozirgi kunda jahonda 350 dan ortiq hukumatlararo tashkilotlar mavjud. O`zbekiston, o`z mustaqilligini e`lon qilgandan so`ng, 50 dan ortiq jahonning eng nufuzli tashkilotlariga a`zo bo`ldi. Bu - BMT, UNESKO, Ovrupada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti, Xalqaro valuta jamg`armasi, Xalqaro moliya korporasiyasi, Xalqaro mehnat tashkiloti, jahon sog`liqni saqlash tashkiloti va b о shq а   halqaro-mintaqaviy tashkilotlar hamda asso ц asiyalardir. 1992 yil 29 yanvarda BMT havfsizlik kengashi o`zining 737 -qarorini ovozga qo`ymasdan qabul qildi va Bosh Assambleyaga O`zbekiston Respublikasini BMT ga qabul qilishni tavsiya etdi. 1992 yil 2 martda BMT Bosh Assambleyasining 46-sessiyasida O`zbekiston ovozga quyilmasdan, yakdillik bilan ma`qullash asosida BMT ga qabul qilindi. O`zbekiston Respublikasi o`z tarihida birinchi bor Xalqaro Ùamjamiyatning teng huquqli sub`ekti sifatida BMT a`zoligiga qabul qilindi. Bu tarihiy voqea O`zbekistonning mustaqil davlat sifatida halqaro hamjamiyatdan munosib o`rin olishda katta ahamiyatga ega bo`ldi. Mamalakatimiz Prezidenti I.Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 1993 yilda bo`lgan 48-sessiyasida ishtirok etishi va unda qilgan ma`ruzasi O`zbekistonni jahonga ko`hna va navqiron davlat sifatida tanitdi. O`zbekiston BMT minbaridan Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni must а h ка mlash, qo`shni Afg`onistonda     birodarkushlik urushini     to`htatish, Markaziy Osiyoni yadro qurolidan     ozod zonaga aylantirish, narkobiznesga     qarshi kurashda     barcha davlatlar hatti-harakatlarini muvofiqlashtirish, Markaziy Osiyoda ekologik vaziyatni sog`lomlashtirish     m а qs а dlarida, ya`ni umummanfaat yo`lida foydalanm о qda. 1993 yil fevralida Toshkentda BMT ning vakol а thonasi ta`sis etildi va u ish boshladi. O`zbekiston Respublikasi     va BMT rahbarlarining sa`yi-harakatlari natijasida respublikamizdagi BMT v а k о l а thonasi BMT ning Taraqqiyot dasturi, Qochoqlar ishi bo`yicha olib qo`mita komissari, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti, Aholi joylashish jamg`armasi, narkotik moddalarni nazorat qilish dasturi, Sanoat taraqqiyoti dasturi, «Bolalar jamg`armasi» singari ihtisoslashgan muassasalarni o`z tarkibiga birlashtirishga muvofiq bo`ldi. Xususan, uning boshlig`i (sobiq) Xolid Malikning faol ishtirokida O`zbekistonda ko`plab halqaro tadbirlar o`tkazildi.