O‘zbekiston va jahon hamjamiyati.
O‘zbekiston va jahon hamjamiyati. Reja: 1. O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi. O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi. 2. O‘zbekistonning geosiyosiy va geoiqtisodiy o‘rni. O‘zbekistonning mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi olib borgan siyosati. Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalari, terrorizm, giyohvandlik va odam savdosiga qarshi kurashda O‘zbekiston Respublikasining faoliyati.
Mustaqillikning qo`lga kiritilishi tufayli O`zbekistonning xalqaro maydondagi siyosati tarixida ham mutlaqo yangi davr boshlandi. O`zbekiston mustaqil davlat sifatida jahon jamiyatida o`zigamunosib o`rinni yegallashga intilmoqda. Bu jarayonni idrok qilish uchun, avvalo, XXI asr bo`sag‘asida dunyoda qanday o`zgarishlar sodir bo`lganini, dunyoning qiyofasi qanday yekanligini bilish zarur. Darhaqiqat, XXI asr bo`sag‘asida jahon taraqqiyotining mazmuni tubdan o`zgardi. Ilgari mafko`raviy jihatdan bir-biriga zid, sobiq SSSR va AQSh yetakchiligida sotsialistik va kapitalistik tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok (ya’ni NATO va Varshava shartnomasi) mavjud bo`lib, dunyo xavfsizligi ular orasidagi o`zaro muholiflik muvozanatiga asoslangan yedi. Sobiq SSSRning parchalanishi, sotsialistik tuzumning xalokatga uchrashi, Varshava shartnomasining tarqalib ketishi, yangi mustaqil davlatlarni paydo bo`lishi natijasida yangi g‘oyat murakkab va qaltis bir davr keldi. Dunyoning qaltis, taxlikali yekanligini Birinchi Prezident I.Karimovning “O`zbekiston XXI asr bo`sag‘asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida tahlil qilib berilgan. Dunyoning taxlikali yekanligidan dalolat beruvchi qo`yidagi omillar mavjud: Birinchidan, davlatlararo munosabatlar tizimida muvozanat bo`zildi. Dunyoda siyosiy, iqtisodiy bo`linish ro`y berdi. Ilgari kuchlar markazi ikki joyda bo`lsa (SSSR va AQSh), yendi ko`pqutbli bo`lib qoldi va nazorat qilish qiyinlashdi. Ikkinchidan, rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar o`rtasida ijtimoiy-iqtisodiy notekislik va ziddiyatlar o`sdi. Uchinchidan, ko`pgina davlatlarda ijtimoiy osoyishtalikka qarshi xavf- xatarlar o`sib borayapti. Mulkiy tafovut kuchaydi, ishsizlik, qashshoqlik avj olmoqda. To`rtinchidan, bir qator mintaqalarda, Hatto bir mamlakat fuqarolari o`rtasida milliy-yetnik va diniy nizolar kelib chiqib, mojarolarga, qonli urushlarga aylanmoqda. Jumladan, O`zbekiston xavfsizligiga ham Afg‘oniston va Tojikistondagi mojarolar tahdid solmoqda. Beshinchidan, umumiy, mintaqaviy va milliy xavfsizlikka diniy yekstremizm va fundamentalizm ham tahdid qilmoqda. Oltinchidan, ayrim davlatlardagi muayyan siyosiy kuchlar tomonidan yuritilayotgan buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik siyosati ham
mavjud. Yettinchidan, yalpi yadro urushi xavfi kamaygan bo`lsa-da, yekologik tanglik, biogenetik bo`zilishlar xavfi saqlanib qoldi. O`zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o`rinni yegallashida, uning geopolitik shart-sharoitlari qanday degan savol tugiladi. O`zbekiston geografik-siyosiy jihatdan ancha murakkab va shu bilan birga qulay ahvolda. Bu, birinchidan, respublikamiz Markaziy Osiyo mintaqasining transport, yenergetika va suv tizimlari markazida joylashgan. Ikkinchidan, aholi soni, ilmiy-texnikaviy va boshqa jihatlar bo`yicha qo`shnilaridan ma’lum darajada ustunligi bor. Uchinchidan, qulay tabiiy-iqlim sharoitlariga, boy mineral xom ashyo resurslariga yega. To`rtinchidan, respublika nafaqat o`zini-o`zi ta’minlaydigan, balki chetga chiqarishga neft, gaz, rangli metall va iqtisodiyotning boshqa asosiy tarmoqlariga yega. Beshinchidan, O`zbekistonning jahonga mashhur boy ma’naviy merosi bor, shu tufayli insoniyat sivilizatsiyasida salmoqli o`rin yegallab, nafaqat mintaqada, balki dunyoning ma’naviy va siyosiy jarayonlariga ta’sir o`tkazib kelgan. S’Hu bilan birga, geopolitik jihatdan O`zbekistonga qiyinchiliklarni tug‘diruvchi omillar ham mavjud. Bu, birinchidan, O`zbekiston geografik-strategik jihatidan qaraganda Markaziy Osiyoda suv resurslari tanqisligi, Orol yekologiyasi ta’siri kuchayganligidir. Ikkinchidan, bu mintaqada xavfsizlik tizimi yo`lga qo`yilmagan. Uchinchidan, musulmon dunyosidagi ba’zi kuchli davlatlarning bir- biriga mos kelmaydigan mafaatlari bizning mintaqamizda ham sodir bo`lishi yehtimoldan holi yemas. Bizning davlatimiz mintaqada xavf-xatarning bugungi kundagi ikki uchog‘i - Afg‘oniston va Tojikiston bilan chegaradosh. To`rtinchidan, mintaqada kommunikatsiyalar nomaqbul ravishda shakllantirilgani, uning tarmoqlari talabga javob bermasligi. Ayniqsa, O`zbekistonni bevosita dengizga chiqa olmasligi, uning iqtisodiy aloqalarini chegaralaydi. O`zbekistonning geopolitik imkoniyatlarini inobatga olib, davlat rahbariyati milliy manfaatlarimizga mos keladigan puxta tashqi siyosat olib bormoqda. O`zbekistonning mustaqil davlat sifatida tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 1) mafko`raviy qarashlardan qat’iynazar
hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; 2)davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish; 3)boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; 4) nizolarni tinch yo`l bilan xal yetish; 5) kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik; 6) inson huquqlarini va yerkinliklarini hurmatlash; 7) ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum ye’tirof yetilgan qoidalar va normalari ustuvorligi; 8) tajovo`zkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; 9)davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar to`zish, hamdustliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish; 10) davlatlararo aloqalarda teng huquqlik va o`zaro manfaatdorlik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi; 11) tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko`ptomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish. Ushbu tamoyillar asosida olib borilayotgan tashqisiyosat natijasida O`zbekistonning xalqaro munosabatlari tobora kuchayib, uning jahon siyosati maydonidagi o`rni va mavqei mustahkamlanib borayapti. Hozir O`zbekistonni 165 davlat tan olgan, dunyodagi 120 dan ortiq mamlakat bilan rasmiy diplomatiya munosabatlari o`rnatilgan. O`zbekistonda 88 ta chet davlat yelchixonasi va vakolatxonalari ro`yxatdan o`tgan, 24ta hukumatlararo tashkilot va 13 ta nohukumat tashkilotlar faoliyat ko`rsatmoqda. 2. O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo`lgakiritgan dastlabki kunlaridanoq jahon hamjamiyatiga qo`shildi, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda. 1992 yil 2 martda O`zbekiston yeng nufuzli xalqaro tashkilot Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga qabul qilindi. 1993 yil fevralida Toshkentda BMTning vakolatxonasi ochilib, ish boshladi. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti BMT sessiyalarida xalqaro hayotning muhim masalalarini tinch vositalar bilan hal qilish muammolarini ko`tarib chiqishi va bu borada O`zbekiston Respublikasi va BMT hamkorligida qator tadbirlarning o`tkazilishi mamlakatimizning jahon maydonida ta’sir doirasining kengayib borayotganidan guvohlik beradi. O`zbekistonda BMTning taraqqiyot dasturi, qochqinlar ishi bo`yicha oliy komissari boshqarmasi, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon oziq-
ovqat jamg‘armasi, Afg‘onistonga insonparvarlik yordami ko`rsatish ishini muvofiqlashtirish vakolatxonasi, giyoxvand moddalarni nazorat qilish bo`yicha dasturi, sanoatni rivojlantirish bo`yicha dasturi, bolalar jamg‘armasi vakolatxonasi faoliyat ko`rsatayapti. BMTning O`zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda respublikada xalqaro tadbirlar o`tkazilib turibdi. Jumladan, 1995 yil 15-16 sentyabr kunlari BMT rahnamoligida Toshkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan xalqaro seminar bo`lib o`tdi. Unda ishtirok yetgan 31 davlat va 6 xalqaro tashkilotlar vakillari mintaqa xavfsizligi, majorolarning oldini olishning ishonchli tizimini barpo yetish masalalari yuzasidan fikr almashdilar. O`zbekistonning BMT bilan hamkorligining yorqin sahifalaridan yana biri Markaziy Osiyo mintaqasini yadro qurolidan holi zonaga aylantirish masalasida ifodasini topdi. O`zbekiston Birinchi Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 48 sessiyasida ushbu tashabbus bilan chiqqan yedi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 1997 yil fevralida Alma-Atada bo`lgan uchrashuvida mintaqani yadro qurolidan holi zonaga aylantirishga ahdlashildi va ifodasini qabul qilingan Deklaratsiyada topdi. 1997 yil sentyabr oyida Toshkentda “Markaziy Osiyo - yadro qurolidan holi zona” mavzusida xalqaro konferensiya bo`lib, unda 56 davlat va 16 xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok yetdilar. Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirliklarining Bayonoti imzolandi. O`zbekistonning jahon hamjamiyati bilan itegratsiyalashuvi, BMT doirasidagi ixtisoslashgan tashkilotlar bilan hamkorligi muhim ahamiyatga yega. BMTning xomiyligida ta’lim, fan va madaniyat bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilot- YuNESKOga O`zbekiston 1993 yil 29 Oktyabrda a’zo bo`ldi 1994 yil dekabrda respublikamizda YuNESKO ishlari bo`yicha o`z.R. milliy komissiyasi tashkil yetildi. YuNESKO Markaziy Osiyo taraqqiyotini o`rganish, tiklash va ommalashtirishga ahamiyat berilmoqda. Shu bois, uning qaroriga binoan Samarqandda Markaziy Osiyoni tadqiq qilish xalqaro instituti tashkil yetildi. YuNESKO raxnamoligida Samarqand, Buxoro, Xivaning me’moriy majmualarini qayta ta’mirlash ishlari ham olib borilmoqda. Xiva va Buxoro YuNESKO ning jahon madaniy qadriyatlar ro`yxatiga kiritildi. YuNeSKO qarori bilan Mirzo