logo

O‘zbekiston va MDH davlatlari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

38.263671875 KB
                           O‘zbekiston va MDH davlatlari.  
                                                                          
                                                              REJA:
1.KIRISH
2.O’zbekiston MDH davlatlar o’rtasidagi o’rni.
3.MDH davlatlarini kelishuv shartlari
4.MDH davlatlari rivojlanish bosqichlari
5.Foydalaniladigan adabiyotlari  
Mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashda, mintaqa ko‘lamida integratsiyani 
rivojlantirishda sobiq ittifoq tarkibida bo‘lib, endi mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirgan 
davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar ham alohida o‘rin tutadi.

Sobiq ittifoq barham topgach, 1991 yil 8 dekabrda Minsk shahrida Rossiya 
federatsiyasi, Ukraina va Belorussiya davlatlari tomonidan Mustaqil Davlatlar 
Hamdo‘stligi (MDH)ga asos solindi.

21 dekabrda Almatida o‘tgan uchrashuvda MDH bitimini jami 11 davlat imzolab, 
MDHga a’zo bo‘lib kirdi. Ular bu bitmda davlatlarning hududiy butunligini tan olish,
amaldagi chegaralar, ularning ochiqligi, fuqarolarning harakati erkinligiga, xalqaro 
tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, harbiy harakat va qurol-yarog‘ tarqatishning 
oldini olishda birgalikda harakat qilishga kelishib oldilar.

MDH a’zolarining birgalikdagi harakatlariga quyidagi vazifalar kiritildi:

tashqi siyosiy faoliyatlarni muvofiqlashtirish, mudofaa siyosati va tashqi chegarani 
muhofaza qilish;

umumiy iqtisodiy muhitni rivojlantirish va Umumevropa, Yevroosiyo bozorini 
shakllantirish;

iqtisodiy islohot o‘tkazish;

bojxona siyosatini birga olib borish;

transport, aloqa, energetika tizimlarini rivojlantirish;

ekologik, atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash.

uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish.

O‘tgan yillar MDH mamlakatlari ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnoma 
munosabatlari doirasida teng huquqli sherikchilik asosida o‘zaro foydali hamkorlik 
ishlari uchun keng imkoniyatlar mavjudligini tasdiqladi. Bunday hamkorlik 
hamdo‘stlik mamlakatlarining hududiy yaqinligi va iqtisodiy jihatdan  bog‘langanligina emas, balki chuqur tarixiy ildizlar va mintaqaviy aloqalar, katta 
tarixiy davr mobaynida xalqlarimizning taqdiri mushtarakligi ham asos bo‘ldi.

Mintaqamiz xalqlarining yaqinlashuvi – tabiiy kechayotgan jarayon. Bu yaqinlik 
sobiq Ittifoq mavjud bo‘lganligidan qat’iy nazar hamma vaqt bo‘lib kelgan.  Bu 
haqiqiy integratsiya bo‘lib, sun’iy ravishda joriy etiladigan integratsiyadan farq 
qiladi. Unga sovetlardan keyingi davlatlarning birortasi qarshi emas, ayni chog‘da 
ularning birortasi ham o‘z mustaqilligidan voz kechmoqchi emas. Biz uchun 
masalaning mohiyati mustaqillik yoki integratsiyani tanlash emas, balki bu ikki 
yo‘nalishni uyg‘unlashtirishdan iboratdir. O‘zbekiston rahbariyati MDHni haqiqiy 
mustaqil, suveren davlatlar integratsiyasi sifatida ko‘rishni istadi.

Biroq, dastlabki yillarda MDH a’zo davlatlari munosabatlarida bir qator muammolar 
ham bo‘lib turdi. Jumladan, bu tashkilot o‘z kengashlarida barcha a’zo davlatlar 
taraqqiyoti uchun muhim hujjatlar qabul qilar, biroq ularning bajarilishi sekin kechar 
edi. Ayrim kelishuvlar esa barbod bo‘lar edi. O‘zbekiston davlati doimo bu 
tashkilotning muntazam ishlab turishi, uning qabul qilgan qarorlarining bajarilishi 
tarafdori bo‘lib keldi. Prezident I.Karimovning bu tashkilot kengashlariga qatnashuv 
oldidan ommaviy axborot vositalariga bergan intervyularida aynan shu muammolar 
o‘z ifodasini topdi.

O‘zbekiston Respublikasi MDH davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikka kirishar ekan, 
doimo ularning mustaqilligiga dahl qilmaslikka intildi va bunga amal qildi.

1992 yil may oyida MDH davlat rahbarlarining Toshkent uchrashuvida O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan boshlangan kollektiv xavfsizlik
to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi MDH doirasidagi davlatlar o‘rtasidagi 
aloqalarning yangi bosqichiga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. 1993 yil MDH davlatlari 
bilan imzolangan “Iqtisodiy ittifoq” haqidagi shartnoma ham bu davlatlarning 
iqtisodiy taraqqiyoti va o‘zaro hamkorliklarining yanada mustahkamlanishiga katta 
ta’sir ko‘rsatdi.

1994 yil 21 oktyabrda Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH davlat boshliqlarining 
kengashida   10 ga   yaqin masalalar muhokama qilinib, asosiy e’tibor MDH 
mamlakatlarining iqtisodiy integratsiyasiga doir masalalarga qaratildi. MDH 
davlatlari o‘rtasidagi integratsiyani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari haqida 
memorandum imzolandi. Unda iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, 
integratsiyaviy taraqqiyotning istiqbol rejalari belgilab berildi. Kengashda iqtisodiy 
ittifoqning davlatlararo iqtisodiy qo‘mitasi tuzildi. Mazkur kegashda fashizm ustidan 
qozonilgan g‘alabaning 50 yilligini tantanali nishonlash haqida kelishib olindi. 
MDHni mustahkamlashda bu uchrashuv muhim rol o‘ynaydi. 
1995 yil 10 fevralda Almatida MDH mamlakatlari davlat va hukumat boshliqlarining 
uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. MDH davlatlari a’zolari bo‘lgan mamlakatlar 
chegaralarini qo‘riqlashda hamkorlik qilish konsepsiyasi muhokama qilindi.  Ammo 
masalaning xarakteri va mazmuni haqida bir-biriga mos bo‘lmagan turli fikrlar 
bildirildi.

Mustaqillikning birinchi o‘n yilligi davrida MDH davlatlari boshliqlarining   30 
ga   yaqin kengashlari bo‘lib o‘tdi va muhim hujjatlar imzolandi. Ular orasida 
xavfsizlik masalalari, tinchlikni saqlash, iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yib olish 
uchun davlatlararo iqtisodiy qo‘mita tuzish, iqtisodiy integratsiyani to‘laqonli amalga
oshirish, bojxona va ittifoq to‘lovi masalalarini izga solib olish kabilar muhim o‘rin 
egalladi. O‘zbekiston MDH doirasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalar bo‘yicha 
shartnoma hamda kelishuvlarni Rossiya, Ukraina,   Belorussiya , Moldaviya va boshqa 
mamlakatlar bilan imzolab, o‘zaro manfaatli hamdo‘stlik aloqalari uchun mustahkam
asos yaratdi.

2001 yil MDH tashkil topganligining 10 yilligi munosabati bilan Moskvada MDH 
davlatlari rahbarlari ishtirokida sammit bo‘lib, unda o‘tgan vaqt mobaynida qilingan 
ishlar sarhisob qilindi va o‘zaro savdodagi cheklashlarni bartaraf etish, tovarlar va 
xizmatlar oqimini ko‘paytirish uchun axborot-marketing markazlarini tuzish, ta’lim, 
madaniyat, soliq, bojxona sohalarida faoliyat ko‘rsatuvchi muassasalar, xo‘jalik 
sudlari hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama etildi. Sammit ishtirokchilari
MDH tuzilganligining o‘n yilligi munosabati bilan hamda Afg‘onistondagi vaziyatga 
doir “Bayonot”ga imzo chekdilar.

Bugungi kunda ham O‘zbekiston Respublikasi MDHga ko‘p tomonlama hamkorlik 
uchun shart-sharoit yaratishdan manfaatdor suveren mamlakatlar birlashmasi sifatida 
qaraydi.

Davlatimiz rahbari 2012 yil 15 may kuni Moskvada MDH davlatlari rahbarlari 
kengashining norasmiy uchrashuvida ham hamdo‘stlik ko‘p qirrali hamkorlikni 
muvofiqlashtiruvchi vazifasini bajarishi, u bevosita muzokara va davlatlararo 
muloqotlar, turli darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlar maydoni bo‘lib qolishi 
lozimligini yana bir ta’kidladi.

2002 yildan buyon MDH doirasida tuzilgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi 
tashkiloti (ODKB) ham o‘z faoliyatini olib bormoqda. O‘zbekiston bu tashkilotning 
ODKB davlatlari o‘rtasidagi va MDH makonidagi turli qarama qarshiliklar va 
mojarolarni hal etishda qatnashish emas, balki, avvalo Tashkilotlarga a’zo 
mamlakatlarni tashqi tahdidlardan himoya qilishdan iborat, deb hisoblaydi. 
Shuningdek, O‘zbekiston ODKBga a’zo u yoki bu davlatlar ichida “zo‘ravonlik xatti-
harakatlari” yuzaga kelgan hollarda unga Tashkilotning aralashuvi yohud ta’sir  ko‘rsatishiga aslo yo‘l qo‘ymaslik zarur, deb hisoblaydi. Prezident I.A.Karimov 2010
yil 10 dekabrda Moskvada bo‘lib o‘tgan ODKB Kollektiv xavfsizlik kengashi 
majlisida ham “u yoki bu mamlakat ichidagi “zo‘ravonlik xatti-harakatlari” turli 
ssenariylar bo‘yicha, tashqi kuchlarning bevosita aralashuvi va moliyalashtiruvi 
orqali yuzaga kelishi mumkinligini e’tiborga olish darkor”, deb ta’kidlagan edi. Bu 
pozitsiyaning to‘g‘ri va hayotiyligini 2010 yil 10-14 iyun kunlari Qirg‘iziston 
janubida ro‘y bergan voqealar ham tasdiqladi. I.A.Karimov Kengash yig‘ilishida 
Qirg‘iziston voqealarida O‘zbekiston tutgan yo‘lni to‘g‘riligini izohlab, agar aholimiz
o‘rtasida osoyishtaligimizni saqlay olmaganimizda O‘zbekistonning qariyb 300 ming
qirg‘iz millatiga mansub aholi yashaydigan Farg‘ona vodiysi hududida qanday fojeali
voqealar ro‘y berishi mumkinligini ham isbotlab berdi. Shu bois ham, O‘zbekiston 
davlati ODKBning tezkor harakatlanuvchi kollektiv kuchlar to‘g‘risidagi bitimni va 
ODKBning Tinchliksevar kuchlari to‘g‘risidagi bayonotini imzolamadi.

2012 yil 15 may kuni Moskva shahrida Kollektiv xafvsizlik shartnomasi tashkiloti 
(ODKB) Kollektiv xafvsizlik kengashining yubiley (10 yillik) sessiyasida ham 
Prezident I.A.Karimov ishtirok etib, yana bir bor O‘zbekiston ODKBning asosiy 
maqsadi, avvalo a’zo davlatlarning tashqi tahdidlardan himoya qilishdan iborat, deb 
bilishini ta’kidladi. Sessiyada ODKB faoliyatining samaradorligi va uning yanada 
rivojlanishini ko‘p jihatdan barcha a’zo davlatlarning hamjihatlik tamoyiliga amal 
qilishi hamda manfaatlar uyg‘unligiga bog‘liq ekani bayon etildi.

O‘zbekiston Respublikasi MDH doirasida sun’iy ravishda joriy etiladigan 
integratsiyaga hamda davlatlardan yuqori turuvchi tuzilmalarini parlament, ko‘plab 
amaldorlar ishlaydigan ma’muriy idoralar, harbiy siyosiy organlarni tashkil etishga 
qarshi. O‘zbekiston mustaqillik va integratsiyani uyg‘unlashtirish tarafdori, MDHni 
haqiqiy mustaqil suveren davlatlar integratsiyasi sifatida ko‘rishni xohlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida hamdo‘stlik mamlakatlari bilan ikki 
tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish alohida o‘rin tutadi.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasi (RF) bilan 
davlatlararo teng huquqli munosabatlar o‘rnatish va rivojlantirishga alohida ahamiyat
berayotganligi muhimdir. 1991 yil 26 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.A.Karimov Moskvaga tashrif buyurib, Rossiya Federatsiyasi (RF) Prezidenti 
B.Yelsin bilan ikki davlat o‘rtasida muxtor vakolatxonalar ochish, bir-birlarining 
suverenitetini va hududiy yaxlitligini hurmat qilish, tashqi siyosat va iqtisodiy 
masalalarida hamkorlik qilishiga kelishib oldilar.

1992 yil may oyida B.Yelsin O‘zbekistonga tashrifi paytida ikki davlat o‘rtasidagi 
aloqalarni yanada mustahkamlash choralarini ko‘rishga ahdlashdi. 
1992 yil 30 mayda O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida 
davlatlararo munosabatlarning asoslari, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma 
imzolandi. Shartnoma ikki davlat o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni yo‘lga 
qo‘yish va rivojlantirishga huquqiy asos soldi. Ikki davlat o‘rtasida diplomatik 
aloqalar o‘rnatilgach, elchixonalar ochildi.

Islom Karimov 1994 yil mart oyidagi Rossiya Federatsiyasiga qilgan rasmiy davlat 
tashrifi yakunida O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida har 
tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirish to‘g‘risida deklaratsiya 
imzoladi. Shuningdek, 1998 yil 12 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya
Federatsiyasi o‘rtasida 1998-2007 yillarda iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish 
to‘g‘risida shartnoma ham imzolandi.

1990 yillarning oxiri 2000 yilning boshlarida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi 
hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi. RF Prezidenti V.Putin qisqa muddatda 
O‘zbekistonga ikki marta – 1999 yil 10-11 dekabrda va 2000 yil 18-19 may kunlarida
davlat tashrifi bilan keldi. Tashrif davomida ikki mamlakat Prezidentlari va rasmiy 
delegatsiyalari o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, harbiy va harbiy-
texnikaviy hamkorlik, xavfsizlik, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni 
barqarorlashtirish, xalqaro terrorchilikka qarshi kurashish va boshqa masalalar 
muhokama etildi.

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalar yangicha mazmun 
kasb etib, ikki mamlakat o‘rtasida turli maqsadlarga yo‘naltirilgan 150 ta hujjatlar 
imzolandi.

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi tovar ayriboshlash hajmi 2000 yilda 1 mlrd. 
AQSH dollarini tashkil etdi. O‘zbekistonda – 520 ta O‘zbekiston-Rossiya 
qo‘shma   korxonasi , shuningdek, Rossiya Federatsiyasi firma va kompaniyalari 
faoliyat ko‘rsata boshladi. Rossiyada esa O‘zbekiston sarmoyasi ishtirokida 
tuzilgan   250 ga   yaqin qo‘shma korxona mavjud edi. O‘zbekiston Rossiyadan 
mashina va jihozlar, kimyo mahsulotlari va plastmassa, qora metall va boshqa 
tovarlar sotib olib, Rossiyaga turli mashina va jihozlar, paxta tolasi, xizmatlar, oziq-
ovqat mollarini eksport qilayotgan edi.

2004 yil 16 iyunda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida 
strategik sherikchilik to‘g‘risida bitim imzolandi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston 
Respublikasi bilan “Lukoyl” neft kompaniyasi, OAJ hamda “O‘zbekneftigaz” milliy 
xolding kompaniyasi bilan, “Gazprom” ochiq aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida 
mahsulot taqsimotiga oid bitimlar imzolandi. Bu hujjatlar asosida Rossiya tomonidan
O‘zbekiston yoqilg‘i-energetikasi sohasiga qariyb 1 mlrd. AQSH dollari miqdorida  investitsiya kiritildi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo yo‘nalishidagi hamkorlik hajmi 
2003 yilda 1 mlrd.  149 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar tom ma’nodagi teng huquqlilik, 
o‘zaro manfaatdorlik, bir-birlarining suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini 
hurmat qilish tamoyillari asosida chuqurlashib bordi.

2005 yil 14 may kuni davlatimiz rahbarining Rossiyaga rasmiy tashrifi chog‘ida 
O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida “Ittifoqchilik 
munosabatlari to‘g‘risida”gi shartnoma imzolandi. Shuningdek, ikki mamlakat 
savdo-sanoat palatalari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, O‘zbekiston 
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan Rossiya Federatsiyasining Narkotiklar 
aylanishini nazorat qilish bo‘yicha federal xizmati o‘rtasida narkotik vositalarning, 
psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamda prekursorlarni
nazorat qilishda hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Ma’lumki, Islom Karimov va Vladimir Putinning oktyabr oyida Sankt-Peterbergda 
bo‘lgan uchrushuvida mamlakatimiz rahbari O‘zbekiston bilan Rossiya ittifoqchilik 
munosabatlarini o‘rnatish uchun imkoniyatlar yetarli ekanligini va bunday 
munosabatlar ikki tomon manfaatlariga mos ekanligini ta’kidlagan edi. 
Prezidentimizning bu taklifi qisqa muddatda hayotda o‘z int’ikosini topdi.  Bu 
O‘zbekiston va Rossiyaning maqsad va intilishlari mushtarakligiga yaqqol tasdiqdir. 
O‘zaro munosabatlarga bunday maqom berilishi O‘zbekiston bilan Rossiyaning 
hamkorligi strategik sherikchilikdan yuqori darajaga ko‘tarilganidan nishonadir.

Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomaning mantiqiy davomi bo‘lgan mazkur 
hujjat ikki mamlakat hamkorligining huquqiy asosini ittifoqchilik tamoyillari bilan 
mustahkamladi. Shu tariqa O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari o‘z tarixining 
mutlaq yangi davriga qadam qo‘ydi. Moskva uchrashuvi mamlakatlarimizni yangi, 
yanada mustahkam rishtalar bilan bog‘ladi.

O‘zbekistonning RF bilan har tomonlama hamkorligi bugungi kunda yana ham 
kengaymoqda. 2010 yil 31 mart kuni Toshkentda Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha 
O‘zbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiyasining o‘n ikkinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari izchil rivojlanib 
borayotgani, bunda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar 
muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.

Majlisda tomonlar o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarning bugungi ahvoli va istiqbollari,
xususan, yoqilg‘i-energetika majmui, aviasanoat, mashinasozlik, transport va 
telekommunikatsiyalar kabi sohalardagi hamkorlik bilan bog‘liq masalalarni 
muhokama qildilar. O‘zbekiston va Rossiyaning iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlari  yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Tovar ayriboshlash hajmini oshirish, qo‘shma 
korxonalar sonini va mahsulotlar turini ko‘paytirish masalalariga alohida e’tibor 
qaratildi.

Bugungi kunda tashqi siyosat, tashqi savdo, mudofaa mahkamalari o‘rtasidagi 
muloqot va maslahatlashuvlar ham izchil davom etmoqda.

O‘zbekiston va Rossiya BMT, SHHT, MDH kabi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar 
doirasida ham faol hamkorlik qilmoqda. Bu aloqalar mintaqaviy xavfsizlik va 
barqarorlikni mustahkamlash, integratsiya jarayonlarini rivojlantirishga xizmat 
qilmoqda.

Mamlakatlarimiz Afg‘oniston hududidagi vaziyatni barqarorlashtirish ishlariga 
yordam ko‘rsatish borasida ham hamkorlik qilib kelmoqda.

2010 yil 19-20 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning
RF Prezidenti Dmitriy Medvedev taklifiga binoan RFga tashrifi va tashrif chog‘idagi 
kelishuvlar ikki o‘rtadagi munosabatlarning yanada chuqurlashuviga sabab bo‘ldi.

Islom Karimov va Dmitriy Medvedev savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlik 
masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. Rossiya O‘zbekistonning ishonchli siyosiy, 
iqtisodiy va sarmoyaviy sherigidir. O‘zbekiston tashqi savdosining beshdan bir qismi 
Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. Gumanitar hamkorlik borasida ham aloqalar ko‘lami 
keng ekanini ta’kidlash joiz. Bu yo‘nalishdagi hamkorlik ta’lim, madaniyat, sog‘liqni
saqlash, sayyohlik kabi ko‘plab sohalarni qamrab olgan.

Ikki davlat rahbarlari uchrashuvida yana bir masala ya’ni Markaziy Osiyodagi suv-
energetika zahiralaridan oqilona foydalanish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Umuman aytganda, davlat rahbarlarining o‘zaro munosabatlarini rivojlantirishga doir
masalalar, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan nuqtai nazar va qarashlari 
o‘xshash   va yaqinligi , xalqlarimizning do‘stligi hamkorlikni mustahkamlashda 
muhim ahamiyat kasb etmoqda.  O‘zaro munosabatlar turli darajalarda imzolangan 
276 hujjatga asoslanadi.

Uchrashuvda mintaqaning transchegaraviy daryolarida gidrotexnika inshootlari 
qurishda qo‘shni mamlakatlar bilan maslahatlashish, bunday loyihalarni mustaqil 
xalqaro ekspertizadan o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi. 
Dunyoda moliyaviy - iqtisodiy inqiroz hukm surayotganiga qaramay, 2009 yilda 
mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayriboshlash hajmi qariyb 4,5 milliard AQSH 
dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2011 yilda 6688,3 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. 
O‘zbekistonning Rossiyaga eksporti tabiiy gaz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, 
transport va kommunikatsiya xizmatlari, transport vositalari, to‘qimachilik 
buyumlaridan iborat.  O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar Rossiyada
eng xaridorgir transport vositalaridan ekanini alohida ta’kidlamoq joiz.

Rossiyadan O‘zbekistonga rangli va qora metallar, mexanik va elektr uskunalar, 
yog‘och va undan ishlangan buyumlar kabi mahsulotlar keltiriladi.

Sarmoyaviy hamkorlik rivoji qo‘shma korxonalar sonining oshganida yaqqol ko‘zga 
tashlanadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda 944 ta O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma 
korxonasi faoliyat yuritmoqda. Rossiyaning 135 ta firma va kompaniyasi 
mamlakatimizda o‘z vakolatxonasini ochgan. Rossiyada esa o‘zbekistonlik sheriklar 
ishtirokida tuzilgan 458 ta qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda.

Muzokarada ta’lim, sog‘liqni-saqlash, ilm-fan va texnika sohalarda hamkorlikni 
yanada rivojlantirish, madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni kengaytirish 
masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Tashrif yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlarining qo‘shma 
bayonoti qabul qilindi.

Ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida Harbiy - texnika sohasidagi hamkorlik bo‘yicha 
2010-2012 yillarga mo‘ljallangan tadbirlar rejasini amalga oshirishga ko‘maklashish 
masalalariga oid o‘zaro anglashuv memorandumi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat 
bojxona qo‘mitasi bilan Rossiya Federatsiyasi Federal bojxona xizmati o‘rtasida 
Oldindan xabardor etish bo‘yicha eksperiment o‘tkazish to‘g‘risidagi protokol, 
Madaniy-gumanitar sohada 2010-2012 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi 
imzolandi.

O‘zbekiston va RF o‘rtasidagi kelishuvlar bugun o‘zaro hamkorlikni yanada 
rivojlantirishga, o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishning yangi ustuvor 
yo‘nalishlarini belgilash, ishga solinmayotgan imkoniyatlardan to‘laroq 
foydalanishga xizmat qila boshladi.

2012 yilning 4 iyulida Prezident I.A.Karimov taklifiga binoan RF Prezidenti 
Vladimir Putinning rasmiy tashrifi ikki o‘rtadagi munosabatlar rivojida yana bir 
bosqichni boshlab berdi. Muzokaralar yakuni bo‘yicha qabul qilingan “Strategik  sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risida”gi deklaratsiyada hamkorlikni yangi 
bosqichidagi istiqbolli yo‘nalishlari belgilab berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Rossiya bilan munosabatlarni yuksak qadrlab kelmoqda. 
Bu munosabatlar ikki mamlakat manfaatlarigagina emas, ayni bir paytda Markaziy 
Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda.

O‘zbekistonning MDH davlatlaridan – Ukraina bilan o‘zaro munosabat va 
hamkorliklari ham kengayib bormoqda.

O‘zbekiston - Ukraina munosabatlari mustahkam huquqiy asosga ega bo‘lib, turli 
sohalardagi hamkorlikni qamrab oluvchi qariyb 150 hujjat bilan tartibga solinadi. 
Prezidentimiz Islom Karimovning 1998 yil fevral oyida Ukrainaga rasmiy tashrifi 
asnosida ikki mamlakat o‘rtasida imzolangan Do‘stlik va har tomonlama hamkorlikni
yanada rivojlantirish to‘g‘risidagi shartnoma o‘zaro aloqalarni izchil taraqqiy 
ettirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Erkin savdo tartibi o‘rnatilganining samarasi o‘laroq, yurtimizda ukrainalik 
sarmoyadorlar ishtirokida kimyo, yog‘ochni qayta ishlash, oziq-ovqat sanoati, 
qurilish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yurituvchi ellikdan ziyod 
korxona tashkil etilgan. O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va 
savdo vazirligida Ukrainadagi 15 yetakchi firma va kompaniyaning vakolatxonalari 
ro‘yxatga olingan.

O‘zbekistonning Ukraina va bir qator Kavkazorti davlatlari bilan aloqalarining 
mustahkamlanishiga 1996 yili Venada tuzilgan GUUAM tashkiloti ham muhim o‘rin 
tutdi. O‘zbekiston ittifoqdosh davlatlar Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon, Moldova 
davlatlari asos solgan bu tuzilmaga 1999 yil aprel oyida a’zo bo‘ldi. Natijada, bu 
tuzilma unga uyushgan davlatlarning nomidan olingan bosh harflar asosida GUUAM,
deb yuritila boshlandi. Mazkur tuzilma mintaqaviy hamkorlik doirasidagi Osiyo-
Kavkaz-Yevropa transport yo‘lagini rivojlantirish, iqtisodiy hamkorlikni 
kengaytirishni maqsad qilib oldi. 2001 yil iyun oyida ana shu tashkilotga a’zo 
davlatlarning Yaltada uchrashuvi bo‘lib, unda O‘zbekiston ham ishtirok etdi. Bo‘lib 
o‘tgan sammitda hamkorlikni mustahkamlashga doir ayrim masalalar ko‘rib chiqildi.

O‘zbekistonning Kavkazorti respublikalari bilan bugungi aloqalari ham qadimiy 
aloqalar bilan mushtarakdir.

1995 yil 5 sentyabrda Gruziya davlat rahbari, respublika parlamenti raisi 
E.Shevarnadzening O‘zbekistonga rasmiy tashrifi O‘zbekiston bilan Gruziya 
o‘rtasidagi qadimiy aloqalarni tiklashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ikki  tomonlama munosabatlarga doir masalalar bo‘yicha bir qancha shartnomalar 
imzolandi. Ikki mamlakat rahbarlari tomonidan imzolangan O‘zbekiston Gruziya 
qo‘shma axboroti asosida ikki tomonlama aloqalar chuqurlashib, Markaziy Osiyo va 
Kavkazorti mintaqalari xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan ishlar olib 
borilmoqda.

O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasida davlatlararo aloqalar ham yo‘lga qo‘yilib, 
rivojlanib bormoqda. 1996 yilning mayida I.Karimov boshliq O‘zbekiston davlat 
delegatsiyasining Ozarbayjonda bo‘lib, ikki davlat rahbarlari kelishuvi asosida 
xalqaro “Trans Kavkaz yo‘li” barpo etildi, uning Ozarbayjondan o‘tadigan   qismi 
shakllantirilib , O‘zbekiston yuklarini Ozarbayjon hududi orqali Yevropa tomon 
chiqarishga yo‘l ochildi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq Markaziy Osiyo 
davlatlari bilan yaqin aloqalar o‘rnatib, qo‘shnichilik tamoyillariga amal qildi. 
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan qardoshlarcha do‘stlik 
aloqalarini mustahkamlash O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim yo‘nalishiga 
aylandi.

Din, e’tiqod, til birligi, azaliy qardoshlik munosabatlari bu davlatlar iqtisodiy 
taraqqiyotida shubhasiz katta ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda o‘ziga ruhan, urf-
odatlari va an’analari bilan yaqin mamlakatlar bilan mustahkam munosabatlar 
o‘rnatish suveren O‘zbekistonning tashqi siyosatdagi muhim yo‘nalishlardan biridir. 
Bu ishlar Turkiston xalqlarining asosiy manfaatlarini ifodalagani uchun, ular orasida 
qadimiy do‘stlik va barqarorlikni mustahkamlash, o‘zaro iqtisodiy muammolarni 
yechish, milliy-madaniy aloqalarni tiklash uchun juda qulay sharoit yaratib, kishilar 
qalbida mehr-oqibat, birodarlik tuyg‘ularini uyg‘otib kelmoqda.

Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining birinchi uchrashuvi 1990 yil iyunda Almati
shahrida bo‘lib o‘tgan edi. Unda besh davlatning iqtisodiy tanglikdan chiqishi uchun 
resurslarni birlashtirish zarur degan xulosaga kelingan edi. Besh respublika rahbarlari
O‘rta Osiyo va Qozog‘iston xalqlariga murojaatnoma hamda respublika 
rahbarlarining Bayonotini imzolagan edilar. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining
navbatdagi uchrashuvi 1991 yil 13-15 avgustda Toshkent shahrida bo‘lib, uchrashuv 
yakunlari xususida Axborot qabul qilindi.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari uchrashuvida muntazam ravishda mintaqa 
davlatlaridagi siyosiy va iqtisodiy ahvol, ko‘p tomonlama xalqlar o‘rtasida teng 
huquqli va o‘zaro manfaatli hamkorliklar, kredit-hisob-kitob, byudjet, soliq, narx, 
bank va valyuta siyosatini ta’minlovchi yagona iqtisodiy makon tashkil etish 
masalalari muhokama etib borildi. 
1994 yil 10 yanvarda Qozog‘iston Prezidenti N.Nazarboyevning O‘zbekistonga 
tashrifi Markaziy Osiyo hamdo‘stligiga amaliy poydevor qo‘ydi. Unda ikkala 
mamlakat rahbarlari “Yagona iqtisodiy hudud” barpo etish to‘g‘risidagi shartnomani 
imzoladilar. Bu shartnomada O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida tovarlar, 
xizmatlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarining erkin o‘tib turishini nazarda tutuvchi 
hamda o‘zaro kredit, hisob-kitob, byudjet, soliq, narx, boj va valyuta siyosatini 
ta’minlovchi yagona iqtisodiy makonni tashkil etish ko‘zda tutildi. Fan, maorif, 
sog‘liqni saqlash yo‘lida imzolangan hujjatlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga 
xizmat qiluvchi omil bo‘lib qoldi. Bu shartnomaga Qirg‘iziston, keyinchalik 
Tojikistonning ham qo‘shilishi Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiy integratsiya 
jarayonining chuqurlashuviga katta imkoniyat yaratdi. O‘zbekiston Qozog‘iston, 
Qirg‘iziston Prezidentlarining bu oliy darajadagi uchrashuvining yangi nuqtasi 1994 
yil Almati shahrida bo‘lib o‘tdi. Tomonlar Davlatlararo kengash hamda uning doimiy
ijroiya tashkiloti, Bosh vazirlar kengashi, Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi 
kengashini ta’sis etdilar.

Kengashda qatnashgan mamlakatlar vakillarining Davlatlararo ijroiya qo‘mitasi 
Almati shahrida joylashdi.

1995 yilning 15 dekabrida Qozog‘iston va O‘zbekiston Respublikalari Davlatlararo 
kegashining Jambul shahrida navbatdagi kengashi bo‘ldi. Mazkur kengashda 
Prezidentlar 2000 yilgacha bo‘lgan iqtisodiy integratsiya va birinchi navbatda 
sarmoya sarflanishi lozim bo‘lgan loyihalar dasturlarini hayotga joriy etish, 
kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish masalalarini muhokama etdilar. 
Integratsiya dasturida 53 ta loyiha ishlab chiqildi.

1997 yil yanvarida Bishkekda, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlat 
boshliqlarining kengashi bo‘lib unda uch qardosh davlatlar o‘rtasida shartnoma 
imzolandi. Bu hujjatda O‘zbek, Qozoq, Qirg‘iz xalqlarining orzu-niyatlari o‘z 
ifodasini topdi. Mazkur shartnoma uch qardosh davlat xalqlarining iqtisodiy, siyosiy, 
madaniy, ilmiy-texnikaviy hamkorligini yangi asoslarda rivojlantirishga 
yo‘naltirilgan edi. Ulardan birining hududiy xavfsizligiga biror mamlakat xavf solsa, 
ular birgalikda xalqaro hamjamiyatni bundan ogoh etib, mudofaa uchun chora 
tadbirlar ko‘radi.

1997 yil 12 dekabrda Qozog‘iston respublikasining yangi poytaxti Oqmola shahrida 
uch respublika Prezidentlarining Kengashi bo‘lib, unda uch mamlakat o‘rtasida 
energetika, suv zahiralaridan oqilona foydalanish, oziq-ovqat ta’minoti, 
kommunikatsiya hamda mineral xom ashyo zahiralarini o‘zlashtirish va qayta ishlash
sohalari bo‘yicha xalqaro birlashmalar tuzish to‘g‘risida muzokara olib borildi. 
Prezidentlar xalqaro bu birlashmalarni tuzish bo‘yicha uch mamlakat hamkorligi 
tamoyillari konsepsiyasini ma’qulladilar. Bunday Xalqaro birlashmalar tuzishdan  maqsad mamlakatlararo iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, birgalikda amalga 
oshiriladigan tadbirlar orqali Markaziy Osiyoning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini 
ta’minlash, mintaqadagi energetika, yer, suv, mineral xom-ashyo, mehnat va boshqa 
zahiralardan oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yishdan iborat edi.

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlari o‘rtasida 1994 yilning 30 
aprelida iqtisodiy sohada bir-birlarini qo‘llab-quvvatlab turuvchi, yagona iqtisodiy 
makonda hamkorlik qilish to‘g‘risida shartnoma imzolangan edi. Bu shartnomaning 
ahamiyati shunda ediki, uch mamlakat uchun erkin savdo tamoyillari jahon 
bozorida   vujudga kelayotgan narx-navo , xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun teng 
iqtisodiy va huquqiy shart-sharoit, choralar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchining 
umumiy bozorini barpo etish, ilmiy-texnika, ishlab chiqarish, sarmoya, moliya, 
transport va ijtimoiy sohalarda birgalikda ish yuritish asosida hamkorlik qilishni 
amalga oshirishga imkoniyat ochib bera boshladi.  1998 yil 26 martda o‘tkazilgan 
Kengashda bu shartnomaga Tojikiston Respublikasi ham qo‘shildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, 
qoraqalpoq, tojik, turkman va mintaqada yashovchi barcha xalqlar o‘rtasidagi 
qadimiy do‘stlik aloqalarini yangi sharoitda mustahkamlashni nazarda tutib 
“Turkiston umumiy uyimiz” g‘oyasini ilgari surdi. Mintaqa ziyolilari, Turkiston 
zaminida yashovchi barcha xalqlarni yaqinlashtirish maqsadida yurgan sog‘lom 
kuchlar bu g‘oyani qo‘llab-quvvatladilar. Aynan “Turkiston umumiy uyimiz” g‘oyasi
nomi bilan jamoatchilik harakati ham tashkil topdi. Bu g‘oya ta’sirida “Turkiston 
xalqlari madaniyati Assambleyasi” tashkil etildi.  Bir necha ilmiy-nazariy anjumanlar,
simpoziumlar o‘tkazildi.

Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligida iqtisodiy masalalar bilan bir vaqtda 
Afg‘oniston masalasi, xalqaro terrorizm xavfini oldini olish masalalari ham muhim 
o‘rin tutdi.

1999 yil aprelida Cho‘lpon-Otada bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo respublikalari 
Prezidentlari uchrashuvida I.A.Karimov yig‘ilish qatnashchilari hamda BMTni butun
xalqaro hamjamiyatga tahdid solayotgan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashni 
kuchaytirishga chaqirdi. Uchrashuvda Tojikiston Respublikasi rahbariyati va 
jamoatchiligi I.A.Karimovni tojik xalqining og‘ir kunlarida yordam beruvchi va 
qo‘llab-quvvatlovchi haqiqiy birodari va do‘sti sifatida qabul qildi.

Kengashda mintaqaning suv resurslaridan samarali foydalanish, Saraz ko‘li toshish 
xavfining oldini olishda Tojikistonga yordam berishga e’tibor qaratildi. Bu 
hamdo‘stlik davlatchiligini qaror toptirish, Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, 
“bozor munosabatlariga o‘tishning murakkab davrida mintaqadagi mamlakatlarning 
kuch-g‘ayratlari va sa’y-harakatlarini jipslashtirishga qaratilgandir”. 
O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi tinch hamkorlik aloqalariga Afg‘on mojarosi 
doimo tahdid solib turdi. Bu mojaro tufayli diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm, 
korrupsiya va jinoyatchilik, narkotik moddalarni tarqatish, qurol-yarog‘, odam 
savdosi kabi muammolar tahdidi kuchaydi. Prezident I.A.Karimov bu haqda: 
“Boshqacha aytganda, yuqorida sanab o‘tilgan tahdidlar, garchi turli mintaqalarda 
turli kuch bilan namoyon bo‘lsa-da, insoniyatda bir xil tashvish tug‘dirmog‘i darkor”,
deb ta’kidlagan edilar.

Xalqaro terrorizmga qarshi kurashda jipslashish masalasi 2000 yil 20-21 aprel kunlari
Toshkentda bo‘lib o‘tgan mintaqa davlatlari rahbarlarining kengashida yana 
ko‘tarildi. I.A.Karimov xalqaro terrorizmga qarshi kurash Xalqaro markazini tuzish 
haqidagi tashabbusi bilan chiqdi. To‘rt davlat rahbarlari mintaqada xalqaro terrorizm,
siyosiy va diniy ekstremizm va boshqa tahdidlarga qarshi birgalikda harakat olib 
borish haqidagi hujjatni imzoladilar. Shuningdek, uchrashuvda ikki davlat – 
Qozog‘iston va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentlari chegaralar masalasida ikkala 
davlat orasida erkin harakatlanish to‘g‘risida, yo‘lovchi va yuk tashish transportlarini 
kengaytirish to‘g‘risida kelishib oldilar.

Markaziy Osiyo davlatlarini birlashib harakat qilishlarida Orol dengizi muammosi 
muhim o‘rin tutadi. Bu muammo bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 
Qizil O‘rda (1993), Nukus (1994), Toshhovuz (1995) uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu 
uchrashuvlarda asosan bu muhim muammoga bag‘ishlangan chora-tadbirlarni ko‘rish
belgilab olindi.

Respublika rahbariyati Orol muammosini hal etishda nafaqat Markaziy Osiyo, balki 
Osiyodagi bir qancha tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Jumladan, 2001 
yil Osiyo taraqqiyot banki Prezidenti Tadao Chino O‘zbekistonga tashrif buyurib, 
O‘zbekiston hukumatining bu muammoni tugatishga qaratilgan sa’y-harakatlarini 
qo‘llab-quvvatladi. U Yaponiyaning maxsus jamg‘armasidan beg‘araz grant 
ajratishni jadallashtirishini ta’kidlab o‘tdi.

(O‘zbekiston davlati rahbarining Orol muammosini hal etish borasida bugungi 
kundagi tashabbuslari, BMT sessiyalari, sammitlaridagi chiqishlari haqida 
“O‘zbekistonning BMT bilan hamkorlik aloqalari” masalalarini yoritishda to‘xtab 
o‘tganmiz.)

2002 yil 28 fevral – 1 mart kunlari Almati shahrida Markaziy Osiyo davlatlari 
rahbarlarining uchrashuvida “Markaziy Osiyo hamkorligi” tashkilotini tuzish 
to‘g‘risidagi shartnomaga imzo chekildi va mazkur tashkilotning raisi etib 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov saylandi. 
Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligining tuzilishi ularning boshqa davlatlardan 
uzoqlashishini ko‘rsatmaydi, balki murakkab o‘tish davrida mintaqa 
mamlakatlarining o‘zaro yordam va hamkorligini chuqurlashtirishga qaratilgandir. 
Respublikaning geosiyosiy va geostrategik ahvoli, iqtisodiy salohiyati,   ijtimoiy , 
iqtisodiy taraqqiyoti va boshqa omillardan qat’i nazar davlatning tashqi siyosatidagi 
ustuvor prinsipi davlatlarning suveren teng huquqlilik prinsipi bo‘lib qoldi.

Markaziy Osiyo davlatlarini asrlar davomida yaqin ma’naviy qadriyatlar, til, din, 
tarix, urf-odat va an’analarga asoslangan mustahkam do‘stlik rishtalari va 
qo‘shnichilik bog‘lab turadi. Qardosh, o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman va tojik 
xalqlari bir-birining adabiyoti, madaniyati va san’atini yaqindan biladi va hurmat 
qiladi.  Ajdodlarimizning boy merosi bu mintaqa xalqlarining umumiy boyligidir.

Bu omillar turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni jadal rivojlantirishdan 
mintaqa xalqlari birdek manfaatdor ekanligini tasdiqlaydi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi 
munosabatlar yangi davr talablaridan kelib chiqib, ham ikki tomonlama, ham ko‘p 
tomonlama rivoj topib borayotganini ta’kidlamoq lozim. Masalan, dunyoda 
moliyaviy-iqtisodiy inqiroz hukmronlik qilayotganiga qaramay, O‘zbekiston bilan 
Qozog‘iston o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayriboshlash ko‘rsatkichi izchil o‘sib bormoqda.
2007 yildan buyon bu boradagi ko‘rsatkich 1 milliard AQSH dollaridan ziyod 
raqamni tashkil qilib kelmoqda. E’tiborli jihati shundaki, bunda xom ashyoning 
ulushi pasayib, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega sanoat mahsulotlarining salmog‘i 
ortib bormoqda.

Mamlakatlarimiz o‘rtasida 2006-2010 yillarga mo‘ljallangan Iqtisodiy hamkorlik 
strategiyasi qabul qilingan. Bu hujjatlar savdo, suv-energetika majmui, sarmoya, 
moliya, transport, kommunikatsiyalar, bojxona va innovatsiya borasida ikki 
tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini o‘zida mujassam etgan edi. 
Ularni hayotga to‘la tadbiq etilishi tovar ayriboshlash ko‘rsatkichini bir necha hissaga
orttirdi.

O‘zbekiston ham, Qozog‘iston ham o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishdan 
manfaatdordir.

2009 yilda o‘zaro tovar ayriboshlash hajmi 1,3 milliard AQSH dollarini tashkil qildi. 
Bu 2006 yildagi ko‘rsatkichdan ikki baravar ko‘pdir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qozog‘istonga, Qozog‘iston Prezidentining  O‘zbekistonga bir necha bor tashriflari ikki o‘rtadagi do‘stlik aloqalarini yanada 
mustahkamlamoqda. Jumladan, 2010 yilning 16 martida Qozog‘iston Respublikasi 
Prezidenti N.Nazarboyevning rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelishi va ikki 
davlat rahbarlari tomonidan qo‘shma bayonotining qabul qilinishi ikki qo‘shni 
qondosh xalq istaklarini yana bir bor namoyon etdi.

O‘zbekistonda samolyotlar, avtomobillar, avtobuslar, yuk tashish mashinalari, 
qishloq xo‘jaligi texnikasi, kabellar, qurilish materiallari ishlab chiqariladi, paxta, 
pilla, meva va poliz mahsulotlari yetishtiriladi.  Qozog‘istonda bularning barchasiga 
talab bor. Ayni paytda O‘zbekiston bozorida ham Qozog‘iston eksportchilari uchun 
keng faoliyat maydoni mavjud.

Energiya manbalarini qazib olish, uzatish, tranzit qilish ham hamkorlik uchun yaxshi 
sohadir. 2009 yilda Turkmaniston, O‘zbekiston, Qozog‘iston orqali Xitoyga tabiiy 
gaz yetkazib beradigan quvur ishga tushdi. Bu ko‘p tomonlama hamkorlik 
muvaffaqiyatiga yorqin misoldir. Mamlakatlarimiz yoqilg‘i manbaalarining yirik 
zahiralariga ega va bu sohadagi aloqalarni rivojlantirish uchun ikki tomonda ham 
imkoniyat yetarli.

Ikki mamlakatning iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va intellektual salohiyati birgalikda 
yuqori texnologiyali korxonalarni tashkil qilish, yuksak darajadagi qo‘shimcha 
qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun yaxshi zamin 
bo‘ladi. O‘zbekistonda ham, Qozog‘istonda ham katta miqdorda xom ashyo 
mavjudligini hisobga olib aytish mumkinki, ayniqsa, to‘qimachilik, kimyo, neft 
kimyosi kabi sohalarda qo‘shimcha qiymatni oshirish uchun yaxshi resurslar bor.

O‘zbekiston va Qozog‘istonning ilmiy va iqtisodiy salohiyati, suv zahiralaridan 
unumli foydalanish borasida ham yaxshi imkoniyatlar ochadi. Xususan, melioratsiya 
va irrigatsiya yo‘nalishidagi aloqalar muhim. Suv tejaydigan texnologiyalarni ishlab 
chiqish, o‘zlashtirish bu borada tajriba va axborot almashish dolzarb masaladir.  Bu 
bilan qator ekologik va ijtimoiy muammolarga barham berish mumkin.

Ikki davlat rahbarlarining 2010 yil martida Toshkentdagi uchrashuvida Tashqi ishlar 
vazirliklari o‘rtasida 2010-2012 yillarga mo‘ljallangan madaniy-gumanitar sohadagi 
qabul qilingan hamkorlik dasturlari va ularning hayotga tadbiq etilishi ikki davlatlar 
o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda. Foy dalaniladigan   adabiy ot lar   ro’y xat i  
I . O’zbek ist on   Respublik asi   qonunlari,   Prezident i   farmonlari   v a   qarorlari,  
II . Vazirlar   Mahk amasi   qarorlari  
1.     O’zbekiston     Respublikasi   Konctitutsiyasi.   -Toshkent,   O’zbekiston.   2001.  
2.     O’zbekiston       Respublikasining   “Buxgalteriya   hisobi   to’g’risida»gi   qonuni.   –
T.: 1996.  
3.     O’zbekiston     Respublikasining     “Bank     va     banklar     faoliyati     to’g’risida»gi  
qonuni.-T.:   1996   y.  
4.     O’zbekiston     Respublikasining     “Markaziy     bank     to’g’risida»gi     qonuni.     –T.:  
1995y.  
5.     O’zbekiston     Respulikasining     Auditorlik     faoliyati     to’g’risidagi     qonuni     –     T  
2000   26-may  
6.     O’zbekiston     Respublikasi     Mehnat     Kodeksi-T     23.09.2005     y.     O’RQ-8-son  
Qonuni  
7.     O’zbekiston     Respublikasi     Prezidenti     Islom     Karimovning     2010     yil     14  
dekabrdagi                         R-3539-sonli     “Kichik   biznes   va   xususiy     tadbirkorlik     yili”     Davlat  
Dasturi  
8.     O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   PP-1213   “O’zbekiston   Respublikasining  
2010   yilga   investitsion   dasturi   haqida”gi   Qarori  
9.     O’zbekiston     Respublikasi     Prezidentining     2007     yil     12     iyuldagi     PQ-670     sonli  
O’zbekiston     Respublikasi     Prezidentining     «Banklarning     kapitallashuvini     yanada  
 

O‘zbekiston va MDH davlatlari. REJA: 1.KIRISH 2.O’zbekiston MDH davlatlar o’rtasidagi o’rni. 3.MDH davlatlarini kelishuv shartlari 4.MDH davlatlari rivojlanish bosqichlari 5.Foydalaniladigan adabiyotlari

 Mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashda, mintaqa ko‘lamida integratsiyani rivojlantirishda sobiq ittifoq tarkibida bo‘lib, endi mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirgan davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar ham alohida o‘rin tutadi.  Sobiq ittifoq barham topgach, 1991 yil 8 dekabrda Minsk shahrida Rossiya federatsiyasi, Ukraina va Belorussiya davlatlari tomonidan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ga asos solindi.  21 dekabrda Almatida o‘tgan uchrashuvda MDH bitimini jami 11 davlat imzolab, MDHga a’zo bo‘lib kirdi. Ular bu bitmda davlatlarning hududiy butunligini tan olish, amaldagi chegaralar, ularning ochiqligi, fuqarolarning harakati erkinligiga, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, harbiy harakat va qurol-yarog‘ tarqatishning oldini olishda birgalikda harakat qilishga kelishib oldilar.  MDH a’zolarining birgalikdagi harakatlariga quyidagi vazifalar kiritildi:  tashqi siyosiy faoliyatlarni muvofiqlashtirish, mudofaa siyosati va tashqi chegarani muhofaza qilish;  umumiy iqtisodiy muhitni rivojlantirish va Umumevropa, Yevroosiyo bozorini shakllantirish;  iqtisodiy islohot o‘tkazish;  bojxona siyosatini birga olib borish;  transport, aloqa, energetika tizimlarini rivojlantirish;  ekologik, atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash.  uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish.  O‘tgan yillar MDH mamlakatlari ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnoma munosabatlari doirasida teng huquqli sherikchilik asosida o‘zaro foydali hamkorlik ishlari uchun keng imkoniyatlar mavjudligini tasdiqladi. Bunday hamkorlik hamdo‘stlik mamlakatlarining hududiy yaqinligi va iqtisodiy jihatdan

bog‘langanligina emas, balki chuqur tarixiy ildizlar va mintaqaviy aloqalar, katta tarixiy davr mobaynida xalqlarimizning taqdiri mushtarakligi ham asos bo‘ldi.  Mintaqamiz xalqlarining yaqinlashuvi – tabiiy kechayotgan jarayon. Bu yaqinlik sobiq Ittifoq mavjud bo‘lganligidan qat’iy nazar hamma vaqt bo‘lib kelgan. Bu haqiqiy integratsiya bo‘lib, sun’iy ravishda joriy etiladigan integratsiyadan farq qiladi. Unga sovetlardan keyingi davlatlarning birortasi qarshi emas, ayni chog‘da ularning birortasi ham o‘z mustaqilligidan voz kechmoqchi emas. Biz uchun masalaning mohiyati mustaqillik yoki integratsiyani tanlash emas, balki bu ikki yo‘nalishni uyg‘unlashtirishdan iboratdir. O‘zbekiston rahbariyati MDHni haqiqiy mustaqil, suveren davlatlar integratsiyasi sifatida ko‘rishni istadi.  Biroq, dastlabki yillarda MDH a’zo davlatlari munosabatlarida bir qator muammolar ham bo‘lib turdi. Jumladan, bu tashkilot o‘z kengashlarida barcha a’zo davlatlar taraqqiyoti uchun muhim hujjatlar qabul qilar, biroq ularning bajarilishi sekin kechar edi. Ayrim kelishuvlar esa barbod bo‘lar edi. O‘zbekiston davlati doimo bu tashkilotning muntazam ishlab turishi, uning qabul qilgan qarorlarining bajarilishi tarafdori bo‘lib keldi. Prezident I.Karimovning bu tashkilot kengashlariga qatnashuv oldidan ommaviy axborot vositalariga bergan intervyularida aynan shu muammolar o‘z ifodasini topdi.  O‘zbekiston Respublikasi MDH davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikka kirishar ekan, doimo ularning mustaqilligiga dahl qilmaslikka intildi va bunga amal qildi.  1992 yil may oyida MDH davlat rahbarlarining Toshkent uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan boshlangan kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi MDH doirasidagi davlatlar o‘rtasidagi aloqalarning yangi bosqichiga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. 1993 yil MDH davlatlari bilan imzolangan “Iqtisodiy ittifoq” haqidagi shartnoma ham bu davlatlarning iqtisodiy taraqqiyoti va o‘zaro hamkorliklarining yanada mustahkamlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.  1994 yil 21 oktyabrda Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH davlat boshliqlarining kengashida 10 ga yaqin masalalar muhokama qilinib, asosiy e’tibor MDH mamlakatlarining iqtisodiy integratsiyasiga doir masalalarga qaratildi. MDH davlatlari o‘rtasidagi integratsiyani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari haqida memorandum imzolandi. Unda iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, integratsiyaviy taraqqiyotning istiqbol rejalari belgilab berildi. Kengashda iqtisodiy ittifoqning davlatlararo iqtisodiy qo‘mitasi tuzildi. Mazkur kegashda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 50 yilligini tantanali nishonlash haqida kelishib olindi. MDHni mustahkamlashda bu uchrashuv muhim rol o‘ynaydi.

 1995 yil 10 fevralda Almatida MDH mamlakatlari davlat va hukumat boshliqlarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. MDH davlatlari a’zolari bo‘lgan mamlakatlar chegaralarini qo‘riqlashda hamkorlik qilish konsepsiyasi muhokama qilindi. Ammo masalaning xarakteri va mazmuni haqida bir-biriga mos bo‘lmagan turli fikrlar bildirildi.  Mustaqillikning birinchi o‘n yilligi davrida MDH davlatlari boshliqlarining 30 ga yaqin kengashlari bo‘lib o‘tdi va muhim hujjatlar imzolandi. Ular orasida xavfsizlik masalalari, tinchlikni saqlash, iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yib olish uchun davlatlararo iqtisodiy qo‘mita tuzish, iqtisodiy integratsiyani to‘laqonli amalga oshirish, bojxona va ittifoq to‘lovi masalalarini izga solib olish kabilar muhim o‘rin egalladi. O‘zbekiston MDH doirasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalar bo‘yicha shartnoma hamda kelishuvlarni Rossiya, Ukraina, Belorussiya , Moldaviya va boshqa mamlakatlar bilan imzolab, o‘zaro manfaatli hamdo‘stlik aloqalari uchun mustahkam asos yaratdi.  2001 yil MDH tashkil topganligining 10 yilligi munosabati bilan Moskvada MDH davlatlari rahbarlari ishtirokida sammit bo‘lib, unda o‘tgan vaqt mobaynida qilingan ishlar sarhisob qilindi va o‘zaro savdodagi cheklashlarni bartaraf etish, tovarlar va xizmatlar oqimini ko‘paytirish uchun axborot-marketing markazlarini tuzish, ta’lim, madaniyat, soliq, bojxona sohalarida faoliyat ko‘rsatuvchi muassasalar, xo‘jalik sudlari hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama etildi. Sammit ishtirokchilari MDH tuzilganligining o‘n yilligi munosabati bilan hamda Afg‘onistondagi vaziyatga doir “Bayonot”ga imzo chekdilar.  Bugungi kunda ham O‘zbekiston Respublikasi MDHga ko‘p tomonlama hamkorlik uchun shart-sharoit yaratishdan manfaatdor suveren mamlakatlar birlashmasi sifatida qaraydi.  Davlatimiz rahbari 2012 yil 15 may kuni Moskvada MDH davlatlari rahbarlari kengashining norasmiy uchrashuvida ham hamdo‘stlik ko‘p qirrali hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi vazifasini bajarishi, u bevosita muzokara va davlatlararo muloqotlar, turli darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlar maydoni bo‘lib qolishi lozimligini yana bir ta’kidladi.  2002 yildan buyon MDH doirasida tuzilgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) ham o‘z faoliyatini olib bormoqda. O‘zbekiston bu tashkilotning ODKB davlatlari o‘rtasidagi va MDH makonidagi turli qarama qarshiliklar va mojarolarni hal etishda qatnashish emas, balki, avvalo Tashkilotlarga a’zo mamlakatlarni tashqi tahdidlardan himoya qilishdan iborat, deb hisoblaydi. Shuningdek, O‘zbekiston ODKBga a’zo u yoki bu davlatlar ichida “zo‘ravonlik xatti- harakatlari” yuzaga kelgan hollarda unga Tashkilotning aralashuvi yohud ta’sir

ko‘rsatishiga aslo yo‘l qo‘ymaslik zarur, deb hisoblaydi. Prezident I.A.Karimov 2010 yil 10 dekabrda Moskvada bo‘lib o‘tgan ODKB Kollektiv xavfsizlik kengashi majlisida ham “u yoki bu mamlakat ichidagi “zo‘ravonlik xatti-harakatlari” turli ssenariylar bo‘yicha, tashqi kuchlarning bevosita aralashuvi va moliyalashtiruvi orqali yuzaga kelishi mumkinligini e’tiborga olish darkor”, deb ta’kidlagan edi. Bu pozitsiyaning to‘g‘ri va hayotiyligini 2010 yil 10-14 iyun kunlari Qirg‘iziston janubida ro‘y bergan voqealar ham tasdiqladi. I.A.Karimov Kengash yig‘ilishida Qirg‘iziston voqealarida O‘zbekiston tutgan yo‘lni to‘g‘riligini izohlab, agar aholimiz o‘rtasida osoyishtaligimizni saqlay olmaganimizda O‘zbekistonning qariyb 300 ming qirg‘iz millatiga mansub aholi yashaydigan Farg‘ona vodiysi hududida qanday fojeali voqealar ro‘y berishi mumkinligini ham isbotlab berdi. Shu bois ham, O‘zbekiston davlati ODKBning tezkor harakatlanuvchi kollektiv kuchlar to‘g‘risidagi bitimni va ODKBning Tinchliksevar kuchlari to‘g‘risidagi bayonotini imzolamadi.  2012 yil 15 may kuni Moskva shahrida Kollektiv xafvsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) Kollektiv xafvsizlik kengashining yubiley (10 yillik) sessiyasida ham Prezident I.A.Karimov ishtirok etib, yana bir bor O‘zbekiston ODKBning asosiy maqsadi, avvalo a’zo davlatlarning tashqi tahdidlardan himoya qilishdan iborat, deb bilishini ta’kidladi. Sessiyada ODKB faoliyatining samaradorligi va uning yanada rivojlanishini ko‘p jihatdan barcha a’zo davlatlarning hamjihatlik tamoyiliga amal qilishi hamda manfaatlar uyg‘unligiga bog‘liq ekani bayon etildi.  O‘zbekiston Respublikasi MDH doirasida sun’iy ravishda joriy etiladigan integratsiyaga hamda davlatlardan yuqori turuvchi tuzilmalarini parlament, ko‘plab amaldorlar ishlaydigan ma’muriy idoralar, harbiy siyosiy organlarni tashkil etishga qarshi. O‘zbekiston mustaqillik va integratsiyani uyg‘unlashtirish tarafdori, MDHni haqiqiy mustaqil suveren davlatlar integratsiyasi sifatida ko‘rishni xohlaydi.  O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida hamdo‘stlik mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish alohida o‘rin tutadi.  Bu borada O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasi (RF) bilan davlatlararo teng huquqli munosabatlar o‘rnatish va rivojlantirishga alohida ahamiyat berayotganligi muhimdir. 1991 yil 26 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Moskvaga tashrif buyurib, Rossiya Federatsiyasi (RF) Prezidenti B.Yelsin bilan ikki davlat o‘rtasida muxtor vakolatxonalar ochish, bir-birlarining suverenitetini va hududiy yaxlitligini hurmat qilish, tashqi siyosat va iqtisodiy masalalarida hamkorlik qilishiga kelishib oldilar.  1992 yil may oyida B.Yelsin O‘zbekistonga tashrifi paytida ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash choralarini ko‘rishga ahdlashdi.