O’zbekiston va jahon hamjamiyati
Mavzu. O’zbekiston va jahon hamjamiyati Reja 1. Mustaqil O’zbekistonning tashqi siyosati asoslari va jahon hamjamiyatiga qoshilishi 2. O’zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi davlatlari bilan aloqalari 3. Markaziy Osiyo davlatlari o`rtasida hamkorlik aloqalari 4. O’zbekistonning Osiyo mamlakatlari bilan O’zaro manfaatli aloqalari 5. O’zbekistonning AQSh va Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi
Tayanch iboralar: XXI asr boshlari, xalqaro ahvol, tinchlikka havf soluvchi tahdidlar, «sovuq urush» siyosati, O’zbekistonning geosiyosiy holati, tashqi siyosat tamoyillari, O’zbekiston va BMT, O’zbekiston va UNESKO, tashqi iqtisodiy aloqalar, jahon hamjamiyati, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT), Shanxay hamkorlik tashkiloti, GUUAM, MDH, O’zbekiston va Markaziy Osiyo, O’zbekiston va Osiyo mamlakatlari, O’zbekiston va AQSh, O’zbekiston va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari. 1-masala: Mustaqil O’zbekistonning tashqi siyosati asoslari va jahon hamjamiyatiga qoshilishi XXI asr bosagasida jahon taraqqiyotining mazmuni o`zgardi. Ilgari dunyo ikki qutbli bo`lib, bir-biriga qarama-qarshi bolgan kuchlar nisbati ikki joyda – SSSR va AQSh yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy kuchlarning qolida edi. Dunyoning tinchligi va xavfsizlik tizimi shu ikki sistemaning, ikki blokning O’zaro muholiflik muvo`zanatiga asoslangan edi. Dunyoda «sovuq urush» siyosati hukmronlik qilardi. Butun dunyo yadro urushi xavfi ostida yashardi. XX asrning 90-yillariga kelib sosialistik dunyoning yetakchisi bolgan ulkan imperiya – SSSR parchalanib ketdi, Varshava Shartnomasi bloki tarqalib ketdi. Birgina SSSRning parchalanishi natijasida 15 ta davlat, jumladan, O’zbekiston davlati paydo bo`ldi. «Sovuq urush» siyosati barham topdi. Xalqaro vaziyatning o`zgarishi jahon taraqqiyotining holatini tubdan o`zgartirib yubordi. Endi dunyo kop qutbli bo`lib qoldi. Biroq dunyo hamon mo`rt, murakkab muammoli bo`lib turibdi. Dunyo tinchligiga tahdid soluvchi xavf-xatarlar, ziddiyatlar, ayniqsa, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, fundamentalizm xavfi saqlanib qoldi. Bugungi kunda insoniyatning taqdiri, ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari xalqaro munosabatlarga bog`liq bo`lib turibdi. Xalqaro maydondagi har bir siyosiy tanglik mojaro barcha mamlakatlar xalqlari manfaatiga dahldor bo`lib qoldi. Shu bois O’zbekistonning xalqaro maydonda olib borayotgan siyosatini, uning mamlakatimiz milliy manfaatlariga javob beradigan strategik ustuvor yo`nalishlarini aniq belgilab olish nihoyatda dolzarb masalalardan biriga aylandi. Shu maqsadda 2012 yil sentyabr oyida qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati
konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida»gi Qonunda belgilab berilgan prinsiplar muhim voqyea bo`ldi. Bu prinsiplar quyidagilar: O’zbekistonning turli harbiy bloklardan uzoq bo`lishi; o`zining suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo`yicha qat`iy po`zisiyaga ega bo`lishi va o`z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalarini joylashtirilishiga yo’l qoymaslik; ochiq, izchil va faol tashqi siyosat olib borish. O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini qo`lga kiritishi Yosh davlatimizni jahon hamjamiyatiga qo`shilish uchun imkoniyat yaratdi. Shu bois mamlakatimiz rahbariyati istiqlolning dastlabki kunlaridan e`tiboran O’zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta siyosiy yo’lini belgilash, jahon hamjamiyatiga qo`shilish, xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar o`rnatish kabi dolzarb masalalarni hal qilishga kirishdi. Istibdod davrida mamlakatimiz to`la mustaqil ravishda tashqi siyosat va diplomatik faoliyat yuritish, xorijiy davlatlar va xalqaro nufuzli tashkilotlar bilan aloqalarni o`rnatish kabi huquqlardan mahrum etilgan edi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o`zining «O’zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo’li» va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalarini nazariy va amaliy jihatdan asoslab berdi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 17-moddasida Respublika mustaqil tashqi siyosiy faoliyatining huquqiy asoslari, prinsiplari, maqsad va vazifalari o`zining qonuniy aksini topdi. O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: • mafkuraviy qarashlardan qat`iy nazar hamkorlik uchun ochiqliq umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va havsizlikni saqlashga sodiqlik; • davlatlarning suveren tengligi va chegaralar dahsizligini hurmat qilish; • boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; • nizolarni tinch yo’l bilan hal qilish; • kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik; • inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash; • ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum etirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi;
• davlatning, xalqning oliy manfaatlari, faravonligi va havfsizligini taminlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdostliklarga kirish va ulardan chiqish; • tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; • davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va O’zaro manfaatdorliq davlat milliy manfaatlarining ustunligi; • tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham kop tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik.Istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini taminlab beruvchi davlat organlari shakllantirildi. Tashqi ishlar vazirligi funksiyalari va faoliyatining yo`nalishlari tubdan o`zgartirildi. 1991 yil sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi. 1992 yil 21-fevralda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning «O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligini tashkil etish to’g’risida»gi Farmoni qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 21 oktyabrdagi «Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida boshqaruv tizimini yanada erkinlashtirish va takomillashtirish to’g’risida»gi Farmoniga asosan bu vazirlik O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi etib qayta tashkil qilindi. 2005 yil iyul oyida O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi etib qayta tashkil qilindi. O’zbekistonda tashqi savdo bilan shug`ullanuvchi firmalarning maxsus tizimi shakllantirildi. Respublikada diplomatik ishlar uchun, xalqaro huquq va tashqi iqtisodiy aloqalarda faoliyat yuritadigan mutaxassislar tayyorlash yo’lga qo`yildi. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda, uning jahon hamjamiyati bilan integrasiyalashuvida xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar – Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporasiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ham komaklashmoqda. O’zbekiston mustakil davlat maqomiga zga bulgan dastlabki kunla-ridan xalqaro xamjamiyat bilan teng huquqli, suveren xamkorlik olib borish yulidan bordi. Qisqa tarixiy davr mobaynida mamlakat jaxon hamjamiyatida o`z o`rniga ega davlatga aylandi. O’zbekiston jahonning ko`plab mamlakatlari va yirik
xalqaro tashkilotlari bilan turli sohalarda hamkorlik qilib kelmoqda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev ta`kidlaganlarideq «Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay xamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi, Islom hamkorlik tashkiloti va boshka xalqaro tuzilmalar bilan faol munosabatlar o`rnatilgan va ular bilan hamkorlik olib borish O’zbekistonning milliy manfaatlariga xizmat qiladi». 2018 yil holatiga ko`ra O’zbekistonni 180 ga yaqin davlat tan olgan. Ularning 134 tasi bilan diplomatik munosabatlar o`rnatilgan. Toshkentda 45 ta davlatning elchixonalari, 9 ta faxriy konsulxona, 11 ta xalqaro tashkilot, 5 ta xalkaro moliyaviy, 3 ta diplomatik mavkedagi savdo vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda. O’zbekiston Respublikasining BMT bilan munosabatlarining o`rnatilishi va rivojlanishi mustaqillik davri tarixining muhim sahifalaridan biridir. O’zbekiston bu yirik global tashkilot va uning ixtisoslashgan muassasalari bilan xalqaro va mintakaviy xavfsizliq barqaror taraqqiyot, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik muammolar kabi masalalar yuzasidan O’zaro hamkorlik olib bormoqda. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, zamonaviy xalqaro munosabatlarda BMT o`ziga xos o`ringa ega bo`lib, global darajadagi masalalarda muhim ahamiyatga ega. Mazkur tashkilot butun dunyodagi siyosiy vaziyatlarda jahon mamlakatlari muammolarini xalqaro hamjamiyatga olib chiqishda o`ziga xos minbar vazifasini ham bajaradi, 2017 yil «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazi YuNESKO hamkorligida «Yoshlar dunyo va o`zi haqida» mavzusida Toshkent, Samarqand, Fargona viloyatlari o`quvchi Yoshlari o`rtasida surovnoma o`tkazadi. Ushbu surovnomada ularga «Siz jamiyat hayotini boshqaradigan, Markaziy Osiyo mintaqasi aholisining ijtimoiy muammolarini xal qila oladigan qanday institut yoki tuzilmalarni bilasiz?», degai savolga respondentlarning 19,5% BMT, 13,8% ShXT, 7,1% YuNESKO, 2,9% YuNISEF, 66,2% bilmayman deb javob berishgan. «Siz jaxon hamjamiyatidagi turli muammolarni hal etishda asosiy o`rin tutadigan qanday tashkilotlarni bilasiz?», degan savolga Yoshlarning 67,1% BMT, 43,8% YuNESKO, 26,7% YuNISEF, 10,5% NATO, 3,3% ShXT, 2,9% Inson xukukdari umumjaxon Deklarasiyasi, 20,5% bilmayman deb javob berishgan. Ko`rinib turibdiki, Yoshlarning ko`pchiligi mintakaviy va global muammolarni hal etishda asosiy tashkilot sifatida BMT va