logo

Jahon dinlari-Buddizm va xristianlik

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

32.3681640625 KB
MA’RUZA: Jahon dinlari:Buddizm va xristianlik
Reja:
1.Buddizm.  Buddizm talimotida –to’rt oliy haqiqat, nirvana. 
2.Buddizm   axloqiy   talimoti-panja   –shila.   Buddizmdagi   oqimlar
maxayana ,xnayana,lamanizm va h.k. 
3.O’zbekiston hududidagi buddizm yodgorliklari va ularning tadqiq etilishi.
4.   Xristianlik.   Xristian   ilohiyoti.   Yakka   xudoning   uch   qiyofasi   Ota-xudo,   O’g’il-
xudo,   Muqaddas   ruh.   Xristianlikdagi   asosiy   oqimlar   provaslavie,
katolizm,protestantizm.
5.Xristianlikni O’rta Osyoga  kirib kelishi. Buddaviylik   -   uchta   dunyo   dinlari   ichida   eng   qadimiysi   hisoblanib,   eramizdan
avvalgi VI - V asrlarda Hindistonda yuzaga kelgan. Bu dinga e’tiqod qiluvchilar,
asosan,   Janubiy,   Janubi-Sharqiy   va   Sharqiy   Osiyo   mamlakatlarida,   Shri-Lanka,
Hindiston,   Nepal,   Butan,   Xitoy,   Singapur,   Malayziya,   Mongoliya,   Koreya,
Vetnam,   Yaponiya,   Kombodje,   Birma,   Tayland,   Laosda   va   qisman   Yevropa   va
Amerika qit’alarida, Rossiyaning shimoliy mintaqalari - Buryatiya, Qalmiqistonda
istiqomat qiladilar.
Hozirgi   kunda   dunyoda   buddaviylikka   e’tiqod   qiluvchilar   soni   qanchaligi
aniqlanmagan, chunki ko’pgina mamlakatlar huquq normalariga ko’ra qaysi dinga
e’tiqod qiluvchilar soni qancha deb hisobot ishlari olib borilmaydi. Biroq taxminan
olinganda   hozirgi   kunda   dunyoda   buddaviylar   soni   400   mln.ga   yaqin   bo’lib,
ulardan 1 mln.ga yaqini monaxlardir.
Buddaviylik   bundan   2500   yildan   avvalroq   Hindistonda   diniy   falsafiy   ta’limot
sifatida   vujudga   kelib,   unda   ko’plab   qonuniy   manbalar   va   ko’p   sonli   diniy
yo’nalishlar mavjuddir. 
Buddaviylikning   turli   millatlar   tomonidan   keng   qabul   qilinishi   va   uning   keng
doirada   tarqalib   ketishining   sababi   uning   turli   milliy   va   diniy   an’analar   bilan
kirisha   olishi   bo’lib,   bu   narsa   buddaviylikning   hayotning   barcha   sohalari,
jumladan,   diniy,   madaniy,   siyosiy   va   iqtisodiy   qatlamlarga   kirib   borishiga   sabab
bo’ldi.
Buddaviylikni din yoki falsafa, ideologiya yoki madaniyat qonunlari to’plami yoki
hayot tarzi deb baholash mumkin.
Hozirgi   buddaviylikka   e’tiqod   qilib   kelayotgan   sharq   mamlakatlaridagi
buddaviylik   ta’limotini   o’rganish   u   yerdagi   siyosiy-iqtisodiy,   ma’naviy
madaniyatini   tushunishning   asosiy   omillaridan   hisoblanadi.   Bu   davlatlarda
buddaviylik   qoida   va   an’analari   buddaviylikka   e’tiqod   qiluvchilar   nazarida
markaziy   hukumat   qonunlaridan   ko’ra   ustun   turadi.   Bu   narsa   zamirida
buddaviylikning potensial kuchi yotadi.
Buddaviylik   asoschisining   shaxsi.   Buddaviylik   asoschisi   haqiqiy   tarixiy   shaxsdir.
Bu   ko’plab   buddaviylik   bilan   shug’ullangan   tadqiqotchi   olimlar   bizgacha   etib
kelgan   manbalar   asosida   isbot   qilganlar.   Buddaviylik   asoschisi   haqida   xabar
beruvchi   folklor   va   badiiy   Adabiyotlar   uni   Siddxarta,   Gautama,   Shakyamuni,
Budda, Tadxagata, Djipa, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etadilar. Bu ismlarning
ma’nolari   quyidagicha:   Siddxartxa   -   shaxsiy   ismi,   Gautama   -   urug’   ismi,
Shakyamuni   -   shaklar   yoki   shakiya   qabilasidan   chiqqan   donishmand,   Budda   -
nurlangan, Tadxagata - shunday qilib shunday ketgan, Djina - g’olib, Bxagavan -
tantana   qiluvchi.   Bu   ismlar   ichida   eng   mashhuri   Budda   ismi   bo’lib,   shu   ismdan
uning diniga buddaviylik (buddizm, buddiylik) nomi berilgan. Hozirgi   kunda   Buddaning   beshta   biografiyasi   ma’lumdir:   «Maxavostu»   -
eramizning II asrida yozilgan, «Lalitavistara» - eramizning II-III asrlarida yuzaga
kelgan,   «Buddaxacharita»   -   Budda   faylasuflaridan   biri   Ashvagxoshey   tomonidan
eramizning I-II asrlarida yaratilgan, «Nidanakatxa» - eramizning 1-asrida yozilgan
va «Abnixishkramansutra».
Bu   biografiyalar   orasidagi   asosiy   ziddiyat   Buddaning   qaysi   yillarda   yashaganligi
xususidadir.   Ular   eramizdan   avvalgi   IX-III   asrlar   orasidagi   turli   muddatlarni
ko’rsatadilar. Rasmiy buddaviylik hisobiga ko’ra esa Butama - Budda er. av. 623
yilda   tug’ilib,   544   yilda   vafot   etgan.   Biroq,   ko’pchilik   tadqiqotchilar   uning
tug’ilishi er. av. 564 yilda, o’limi esa 483 yilda deb hisoblaydilar. Ba’zan 560 - 480
deb to’liq sonlar bilan ko’rsatadilar. 
Yuqorida   zikr   qilingan   biografiyalarda   Buddaning   haqiqiy   hayoti   bilan   uning
afsonaviy hayoti o’zaro qorishib ketgan.
Siddxartxa   Shakya   qabilasining   podshohlaridan   biri   Shuddxodananing   o’g’li   edi.
Uning   saroyi   Ximolay   tog’lari   etagida   Kapilavasti   degan   qishloqda   bo’lgan.
(Hozirda Nepal hududida). Onasi - malika Mayya. Podshoh o’g’lini orzu havaslar
og’ushida   tarbiyalar,   uni   hech   bir   kamchiliksiz   katta   qiladi.   Ulg’ayib   qo’shni
podshohlardan birining qizi  Yashadxaraga  uylanadi  va o’g’il ko’rib, unga Raxula
deb ism qo’yadi.
Hech bir qiyinchilik va kamchilik ko’rmay o’sgan bola Siddxartxa ittifiqo qarigan
cholni,   bemorni,   og’ir   mehnatli   bir   rohibni   uchratadi.   Bundan   qattiq   ta’sirlagan
shahzoda   insoniyatni   qiyinchilik   va   azobdan   qutqarish   yo’llarini   axtarib   saroyni
tashlab ketadi.  Bu vaqtda u 30 yoshda  edi. U beshta  rohibga  ko’shilib, ular  bilan
qishloqma-qishloq kezib yuradi. Ko’p vaqt bu rohiblarga hamrohlik qilib, ularning
yo’llarida   ma’lum   maqsad   yo’qligini   va   bu   yo’l   o’z   oldiga   qo’ygan   maqsadi   -
insoniyatni   azob   uqubatdan   qutqarishga   olib   bormasligini   anglaydi   va   rohiblar
jamoasidan ajraladi.
U   chakalakzor   o’rmonlarda   kezib,   charchab   bir   daraxti   tagida   dam   olish   uchun
o’tiradi va o’ziga toki haqiqatni topmaguncha shu yerdan turmaslikni va’da beradi.
Bu o’tirishning 49 kuni uning qalbidan «Sen haqiqatni topding» degan sado keladi.
Shu   paytda   uning   ko’z   oldida   butun   borliq   namoyon   bo’ladi.   U   hamma   joyda
shoshilish, qayoqqadir intilishni  ko’radi. Hech bir joyda osudalik yo’q edi. Hayot
nihoyasiz   uzoqlikni   ko’zlab   o’tib   ketayotgan   edi.   Inson   aqli   etmas   bir   kuch   -
Krishna - yashash, mavjud bo’lish umidi barchaning tinchini buzar, halok qilar va
yana   qayta   yaratar   edi.   Mana   endi   Budda   kimga   qarshi   kurashish   kerakligin
angladi.   Shu   ondan   u   Budda   -   nurlangan   deb   ataldi.   Utagidao’tirgandaraxtesa   -
nurlangandaraxtdebatalaboshladi. Budda   o’zining   birinchi   da’vatini   Varanasi   yaqinidagi   Rishipatana   bog’ida,
o’zining   besh   rohib   do’stlariga   qildi   va   o’shalar   uning   birinchi   shogirdlari
bo’ldilar.
Shu   kundan   boshlab   Budda   o’z   shogirdlari   bilan   qishloqma-qishloq   yurib   o’z
ta’limotni   tarqatib   o’ziga   yangi   izdoshlar   orttiradi.   Budda   40   yil   davomida   o’z
ta’limotini Hindistonning turli joylariga etkazadi va 80 yoshida Kushtnagara degan
joyda dunyodan o’tdi. Uning jasadi  hind udumiga ko’ra u yerda kuydirilib, uning
xoki 8 ta budda jamoalariga bo’lib yuborildi va har bir jamoa uni dafn etgan joyida
ibodatxona barpo etdi.
Buddaning hayoti haqida turli afsonalar ham to’qilgan. Bu afsonalarda aytilishicha,
Budda   ko’p   yillar   davomida   er   yuzidagi   turli   mavjudotlar   qiyofasida   qayta
tug’ilgan: 84 marta ruhoniy, 58 marta podshoh, 24 marta rohib, 13 marta savdogar,
18   marta   maymun,   12   marta   tovuq,   8   marta   g’oz,   6   marta   fil   shuningdek   baliq,
qurbaqa, kalamush, quyon kabi qiyofalarda qayta tug’ilgan. Jami 550 marta qayta
tug’ilgan. U doimo qayerda, qay qiyofada tug’ilishini o’ziga o’zi belgilagan. 
So’nggi   marta   uni   xudolar   insoniyatni   to’g’ri   yo’lga   boshlashi   uchun   inson
qiyofasida   yaratganlar.   Bu   afsonalarning   ba’zilariga   ko’ra   er   yuzida   Gautamaga
qadar 6 ta budda o’tgan. Shuning uchun buddaviylikning ba’zi muqaddas joylarida
7 ta ibodatxona barpo etilgan. 7 ta Botxa daraxti o’tkazilgan. Ba’zi afsonalar 24 ta
Budda avlodi o’tgan desa, ba’zilari minglab Buddalar o’tgan deb da’vo qiladi.
Buddaviylik   ta’limoti.   Buddaviylik   qadimiy   Hind   diniy   -   falsafiy   ta’limotlari
asosida   vujudga   kelgan,   amaliyot   va   nazariyotdan   iborat   diniy   tizim   dir.   Uning
asosi   «Hayot   -   bu   azob,   uqubatdir»   va   «najot   yo’li   mavjud»   degan   g’oyadir.
buddaviylik   qonuniyatlariga   ko’ra   inson   o’ziga   moslashgan   mavjudot   bo’lib,
o’zida   tug’iladi,   o’zini   o’zi   halok   qiladi   yoki   qutqaradi.   Bu   narsa   Buddaning   ilk
da’vatida mujassamlashgan 4 haqiqatda o’z ifodasini topgan.
Birinchi haqiqat - «Azob uqubat mavjuddir». Har bir tirik jon boshidan kechiradi,
shuning uchun har qanday hayot - qiynoq, azob-uqubatdir.
Tug’ilish - qiynoq, kasallik - qiynoq, o’lim - qiynoq, yomon narsaga duch kelish -
qiynoq, yaxshi narsadan ayrilish - qiynoq, yomon narsadan ayrilish - qiynoq, o’zi
xohlagan narsaga ega bo’lmaslik - qiynoq. Dunyo tuzilishining asosiy qonuni bir-
biriga bog’liqlik. Hech bir narsa ma’lum sababsiz yaralmaydi. Lekin har bir hodisa
yoki   harakatning   birlamchi   sababini   aniqlash   mumkin   emas.   Shuning   uchun
buddaviylik dunyoni shu holicha qabul qilishga chaqiradi.
Buddaviylik   ta’limotiga   ko’ra,   har   qanday   narsa   yoki   hodisa   u   hoh   moddiy   yoki
ma’naviy bo’lsin Dxarma (element)lardan tuzilgan. Bu elementlar o’z xususiyatiga
ko’ra   harakatsiz   bo’lib,   ularni   harakatlantiruvchi   kuch   insonning   xayollar   va
so’zlaridir.   Ob’ektiv   haqiqat   bu   doimiy   ravishda   o’zgarib   turuvchi   Dxarmalar oqimidir. Harakatdagi Dxarmalar mavjudligining 5 formasini yaratadi: tana, sezgi,
his-tuyg’u,   harakat,   anglash.   Bu   besh   forma   insonni   tashkil   qiladi.   Inson   ular
yordamida   yashaydi   va   borliq   bilan   aloqada   bo’ladi,   yaxshi   yoki   yomon   ishlarni
bajaradi. Bu narsa insonning o’limi bilan tugallanadi. Insonni tashkil qiluvchi besh
forma   (skandx)   o’z   navbatida   qayta   tug’iladi.   Yangi   tananing   xususiyatlari   asos
bo’luvchi   besh   natijani   beradi:   faoliyat,   gumrohlik,   xohish,   istak   va   norma.   Bu
prosess   «hayot   g’ildiragi»ni   tashkil   qiladi.   «Hayot   g’ildiragi»da   doimiy   ravishda
aylanib, inson abadiy qiynoqqa duchor bo’ladi.
Ikkinchi   haqiqat   -   «qiynoqlarning   sabablari   mavjuddir».   Inson   moddiy   narsalar
yoki ma’naviy qadriyatlardan foydalanib, ularni haqiqiy va doimiy deb hisoblaydi
va doimo ularga ega bo’lishga intiladi. Bu intilish hayot davomiyligiga olib boradi.
YAxshi   yoki   yomon   niyatlardan   tuzilgan   hayot   daryosi,   orzular   va   intilishlar
sababli   kelajak   hayot   uchun   karma   hozirlaydi.   Demak,   qayta   tug’ilish,   yangitdan
qiynoqlarga duchor bo’lish davom etadi. Buddistlar fikricha Buddadan keyin hech
kim Nirvana holatiga erisha olmagan.
Uchinchi  haqiqat - «qiynoqlarni tugatish mumkin». YAxshi  yoki  yomon niyatlar,
intilishlardan   butunlay   uzilish   Nirvana   holatiga   to’g’ri   keladi.   Bu   holatda   inson
qayta   tug’ilishdan   to’xtaydi.   Nirvana   holati,   buddaviylar   fikricha,   «Hayot
g’ildiragidan» tashqariga chiqishdir. «Men» degan fikrdan ajralib, insonning hissiy
tuyg’ullarini to’la tugatishdir.
To’rtinchi   haqiqat   -   qiynoqlardan   qutilish   yo’li   mavjuddir.   Bu   yo’l   -   «Sakkizta
narsaga   amal   qilish,   to’g’ri   tushunish,   to’g’ri   harakat   qilish,   to’g’ri   muomalada
bo’lish, fikrni to’g’ri jamlash». Bu yo’ldan borgan inson Budda yo’lini tutadi.
Bu   sakkiz   narsaga   amal   qilish   meditasiya   deb   nomlanadi.   buddaviylik   ta’limoti
asosan uch qismdan iborat: 1. Meditasiya; 2. Axloq; 3. Donolik.
1. Meditasiya:
To’g’ri tushunish;
To’g’ri niyat qilish;
To’g’ri o’zini tutish;
To’g’ri anglash;
To’g’ri harakat qilish;
To’g’ri muomalada bo’lish;
To’g’ri fikr yuritish;
To’g’ri gapirish;
2. Axloq normalari - Budda «Pancha Shila» nasihati: Qotillikdan saqlanish;
O’g’rilikdan saqlanish;
Gumrohlikdan saqlanish;
Yolg’on, qalbaki narsalardan saqlanish;
Mast qiluvchi narsalardan saqlanish;
Tushdan keyin ovqatlanishdan saqlanish;
O’yin - kulgudan saqlanish;
Zebu-ziynat, atir-upalardan saqlanish;
3.   Donishmandlik   -   bu   buddaviylikning   asosiy   maqsadi   bo’lib,   narsalar   tabiatini
to’g’ri tushunish.
Ilk   buddaviylikning   dxarmalar   tabiati   haqidagi   mavhum   metafizik   asoslari
buddaviylikda   ikki   oqim   «Xinayana»   (kichik   g’ildirak)   va   «Maxayana»   (katta
g’ildirak) yuzaga kelishiga olib keldi.
Xinayana   ta’kidlashicha   dxarmalar   tabiatini   o’rganish   va   nirvanaga   erishish
ma’naviy   yo’l   bilan   bo’ladi.   Bu   yo’l   juda   og’ir   va   faqat   monaxlargina   nirvana
holatiga etishi mumkin. Maxayana esa Budda tanasi jonzotlarni azobdan qutqarish
uchun   turli   jonzot   formasiga   kirishi   mumkin   va   hayot   zanjiridagi   barcha   uni
o’rganishi,   anglashi   mumkin   deydi.   Bu   narsa   cheksiz   Budda   ramlarini,   xudolarni
kelib   chiqishga   sabab   bo’ldi.   Bu   xudolarga   ishonish   yo’llari   barchaga   mumkin.
Shu sababli «Katta g’ildirak» deb nomlanadi.
Buddaviylikning   tarqalishi.   Buddaviylikning   yoyilishida   Sangxa   -   buddaviylik
jamoalarining   roli   katta   bo’lgan.   Ular   yilning   ob-havosi   yaxshi   bo’lgan   9   oyida
shaharma-shahar,   qishloqma-qishloq   yurib,   ular   aholisini   buddaviylikga   da’vat
qilib   ularga   Budda   ta’limotini   o’rgatib   yurishgan.   Faqatgina   Musson   yomg’irlari
tinmay   quygan   3   oydagina   o’z   ibodatxonalarida   muqim   bo’lib   ibodat   bilan
shug’ullanganlar.
Eramizdan   avvalgi   273-232   yillarda   hukmronlik   qilgan   Imperator   Ashoka   davri
buddaviylikning   keng   hududga   yoyilishiga   katta   imkoniyatlar   yaratdi.   Ashoka
o’zining   ilk   hukmronlik   paytidanoq   buddaviylikka   e’tiqod   qila   boshladi.   U
buddaviylikka,   monaxlariga,   ularning   Hindiston   bilan   chegaradosh   davlatlarga
qilgan   missionerlik   harakatlariga   xayrixohlik   qildi.   Ular   o’z   da’vatlari   asosida
biron-bir   erlik   aholi   yoki   ruhoniylar   tomonidan   qarshilikka   uchrasalar,   ular   hech
qanday qarshi harakat qilmay, o’z yo’llarida davom etganlar. Agar mahalliy aholi
tomonidan   o’zlariga   nisbatan   xayrixohlik   sezsalar,   o’sha   erga   ko’proq   ahamiyat
berib, ularni ko’proq da’vat qilishgan. Buddaviylik   jamoalari   har   qanday   boshqa   din,   madaniyat   yoki   urf-odatlar
qamrovida   yoki   aralashuvda   bir   necha   yuz   yillab   o’zlarini   saqlab   qolish,   hamda
fursat   kelganda   ularga   o’z   ta’sirlarini   o’tkazish   qobiliyatiga   egadirlar.   Ularni   bu
xususiyatlari   Hindistonda   musulmon   hukmdorlar   davrida,   Shri-Lankada
portugallar,   gollandlar   va   inglizlar   mustamlakasi   davrida,   Xitoy   va   Yaponiya
konfusiychilari   davrida,   Janubi-Sharqiy   Osiyoga   buddaviylikning   yoyilishida
yaqqol namoyon bo’lgan.
Shunday   qilib,   buddaviylik   eramizdan   avvalgi   1   ming   yillik   oxirlarida   Shri-
Lankaga va O’rta Osiyo hamda Old Osiyoni o’z ichiga olgan Kushon imperiyasiga
kirib keldi. Bizning  diyorimizda olib borilgan  arxeologiya  qazish ishlari  asnosida
O’ratepa,   Dalvarzintepa,   Quva,   Zartepa,   Qorovultepa,   Ayritom   mavzelaridan
topilgan.   Shakyamuni   sanamlari,   hayvon   haykalchalari,   ramziy   g’ildiraklar   va
stupa qoldiqlarining guvohlik berishicha Kushon imperiyasida buddaviylikka katta
ahamiyat berilgan.
Buddaviylik   eramizning   I   asrida   Xitoyga,   IV   asrda   Koreyaga,VI   asrda
Yaponiyaga,VII   asrda   Tibetga,   XIII   asrdan   XVI   asrgacha   Mongoliyaga,   XVII
asrdan   XVIII   asrlargacha   Buryatiya   va   Tuvaga,   XIX-XX   asrlarda   Amerika   va
Yevropa qit’alariga kirib borgan.
Xitoy manbalarining xabar berishicha buddaviylik Xitoy hududiga kirib borishida
diyorimizdan   borgan   budda   olimlarining   xissasi   katta   bo’lgan.   Taxminan   30   ga
yaqin   da’vatchi   olimlar   Xitoyning   turli   shaharlarida   budda   ta’limotini   yoyganlar.
Xanuzgacha   Samarqand,   Buxoro,   Shoshdan   borgan   budda   olimlarining
maqbaralari muqaddas joy sanaladi. 
Buddaviylik   o’z   ta’limotida   hech   qachon   boshqa   xudolarga   sig’inishni
ta’qiqlamagan. Balki ularga ibodat qilish insonga vaqtincha tasalli berish mumkin.
Biroq,   nirvana   holatiga   olib   bormaydi   deb   aytgan.   Shu   sababli   buddaviylik
ta’limoti   turli   joylarda   yoyilishi   bilan   ular   ibodat   qilib   kelgan   xudolari   yoki
ulug’langan shaxslari timsollari ibodatxonalarni egallagan.
Masalan,   Hindistonning   buddaviylikka   mansub   xudolari   «dunyoni   yaratuvchi
Braxma»,   «chaqmoq   va   momaqaldiroq   xudosi   Indra»,   «hunarmandchilik   ishlari
xudosi Xatimanu», Tibetda: «Tibet eposi qahramoni Baser» timsoli, Mongoliyada
Chingizxon   kabi   milliy   panteon   buddaviylik   ilohlari   sifatiga   aylandi.   Biroq   bu
panteonlar Nirvana holatiga olib bormaydi. Faqatgina Budda nirvanaga olib boradi
va insonni qiynoqdan qutqaradi.
Buddaviylik manbalari. Buddaviylik ta’limoti  bir  qator  devon shakliga  keltirilgan
to’plamlarda bayon qilingan. Ulardan eng asosiysi Tripitaka (yoki Tipitaka) - uch
savat   ma’nosini   anglatadi.  U   uch   qismdan   iborat   bo’lganligi   uchun  shunday   nom
bilan   atalgan.   buddaviylikning   bu   yozma   manbasi   hozirgi   davrda   Shri-Lankada
saqlanib qolgan. U eramizning boshlarida shakllangan. Ular - budda targ’ibotining haqiqiy   bayoni   hisoblangan   sutra   matnlari   (sutta-pitaka),   rahboniylik   axloqi   va
xonaqohlar   nizomlariga   bag’ishlangan   vinaya   matnlari   (vinaya-pitaka),
buddaviylikning   falsafiy   va   psixologik   muammolarini   bayon   qilib   berishga
bag’ishlangan   abxidxarma   matnlari(abxidxarma-pitaka)dan   iborat.   Keyinchalik
shakllangan   sanskrit,   xitoy,   tibet,   kxmer   va   yapon   tillaridagi   buddaviylikka   oid
adabiyotlar   ancha   keng   tarqalgan,   ammo   ularning   tarixiy   qiymati   kamroq.  Budda
hayotiga tegishli rivoyatlarning barchasi Tripitakada jamlangan.
Xristianlikning   vujudga   kelishi.   Xristianlik   dini   buddaviylik   va   islom   dinlari
qatorida   jahon   dini   hisoblanadi.   Bu   din   o’ziga   e’tiqod   qiluvchilarning   soni
jihatidan jahon dinlari orasida eng yirigi hisoblanadi. Unga e’tiqod qiluvchilarning
soni 1 mlrd. 600 mln. bo’lib, bu son dunyo aholisining deyarli uchdan biriga to’g’ri
keladi.
Xristianlik   asosan   Yevropa,   Shimoliy   va   Janubiy   Amerika,   Avstraliya   qit’alarida
hamda   qisman   Afrika   qit’asining   janubiy   qismida   va   Osiyo   qit’asining   sharqiy
qismida tarqalgan.
Xristianlik   eramizning   boshida   Rim   imperiyasining   sharqiy   qismida   Falastin
erlarida vujudga keldi. Iso Masih (Iisus Xristos) Bibliyaning xabar berishiga ko’ra,
xristianlik ta’limotining asoschisi bo’lib, u Rim imperiyasi tashkil topganining 747
yili Falastinning Nazaret  qishlog’ida bokira qiz Maryamdan Xudoning amri bilan
dunyoga   keldi.   Yangi   eraning   boshlanishi   ham   Iso   Masihning   dunyoga   kelishi
bilan bog’liq.
Eramizning   boshlarida   yahudiylar   hokimiyatning   uch   tabaqasi   bilan   bog’liq   og’ir
tushkunlikni   boshdan   kechirar   edilar.   Bir   tomondan   Rim   imperatori   va   uning
joylardagi   noiblari,   ikkinchi   tomondan   Falastin   podshohi   Irod   Antipa,   uchinchi
tomondan   esa   ruhoniylar   xalqni   turli   soliqlar   va   majburiyatlar   bilan   ko’mib
tashlagan edilar. Xuddi shu davrda yahudiylar o’rtasida kutilayotgan xaloskorning
kelishi yaqinlashib qolganligi haqida xabar tarqatuvchilar paydo bo’ldi. Ular xalqni
kutilayotgan xaloskor kelishiga tayyorlash uchun chiqqan edilar. Shunda Iso Masih
yahudiylikni   isloh   qilish   va   uni   turli   xurofotlardan   tozalash   g’oyasi   bilan   chiqib,
xristian diniga asos soldi. Yahudiylar uni va uning izdoshlarini Falastindan quvg’in
qildilar. Isoning 33 yoshida fitnachilikda ayblab qatl etishga hukm qildilar.
Isoning   tarixiyligi   xususida   diniy   va   diniy   bo’lmagan   manbalar   orasida   ixtilof
mavjud:   xristianlik   manbalari   Isoning   o’zi   xudo   bo’la   turib,   insoniyatning
gunohlarini   o’ziga   olish   uchun   odam   qiyofasida   tug’ilganini,   uning   tarixiy   shaxs
ekanini   ta’kidlab,   uning   hayot   tarzini,   insonlar   bilan   muloqoti   haqidagi   keng
ma’lumotlarni   bersada,   diniy   bo’lmagan   manbalarda   Isoning   nomi
uchramaganligini   nazarda   tutib,   u   tarixiy   emas,   balki   afsonaviy   shaxsdir
deguvchilar ham bor. Iso   nomiga   qo’shiluvchi   Masih   so’zi   qadimiy   yahudiy   tili   -   ivritdagi   «moshiax»
so’zidan   olingan   bo’lib,   «silangan»   yoki   «siylangan»   ma’nolarini   beradi.
Grekchada   bu   so’z   «xristos»   («christos»)   shakliga   ega.   Bu   dinning   «xristianlik»
yoki   «masihiylik»   deb   atalishi   ham   shu   so’zlar   bilan   bog’liq.   Bundan   tashqari
xristianlik Iso Masihning tug’ilgan qishlog’i - «Nazaret» bilan bog’lab, nazroniyya
deb ham atalgan. Keyinchalik bu nom nasroniyya, nasroniylik shaklini olgan.
Iso Masih o’z ta’limotini o’zining 12 o’quvisi Apostollar - Havoriylarga o’rgatdi.
Ular   esa   Isoning   vafotidan   keyin   ustozlarining   talimotlarini   har   birlari   alohida-
alohida   tarzda   kitob   shakliga   keltirdilar.   Bu   kitoblar   Bibliyaning   «Yangi   ahd»
qismini tashkil etadi.
Xristianlikning ta’limoti. Manbalar  xabar  berishicha, xristianlik yahudiy muhitida
yuzaga   kelgan.   Bu   esa   xristianlikning   yahudiylikdan   ko’p   jihatdan   ta’sirlanishiga
sabab   bo’ldi.   Xristianlikning   asosiy   g’oyasi   -   Isoning   odamzodning   xaloskori
«messiya»   ekanligi   yahudiylikda   mavjud   bo’lib,   oxiratga   yaqin   kelishi
kutilayotgan xaloskor haqidagi ta’limotdan kelib chiqqandir.
Keyinchalik   bu   ta’limot   Xudoning   mujassamlanishi   yoki   Isoning   ikki   mohiyati   -
odam   mohiyati,   xudo   mohiyati   haqida   «gunohni   yuvish»,   ya’ni   Isoning   o’zini
ixtiyoriy   tarzda   qurbon   qilishi   haqiqatdagi   ta’limot   bilan   mustahkamlanadi.
Xristianlik muqaddas ruh ota-xudo, o’g’il-xudo va muqaddas ruh - uch yuzlik xudo
to’g’risidagi   ta’limot,  jannat  va   do’zax,  oxiratda  go’yo  dunyoning  oxiriga  borish,
Isoning qaytishi haqida va boshqa aqidalarni o’z ichiga oladi.
Xristian   jamoasining   shakllanishi,   uning   aqidalarini   tartibga   solinishi,   cherkov
munosabatlarining   ishlab   chiqilishi,   diniy   tabaqalar   tuzumining   vujudga   kelishi
eramizning IV asr boshlarida 324 yili xristianlik Rim imperiyasida davlat dini deb
e’lon qilinganidan so’ng amalga oshdi.
325   yili   tarixda   birinchi   marta   Rim   imperatori   Lisiniya   imperiya   hududidagi
xristian jamoalarini o’zaro kelishtirish va tartibga solish maqsadida Nikey shahrida
I Butun Olam Xristian Soborini chaqirdi. 381 yili Konstantinopolda II Butun Olam
Xristian Sobori bo’lib o’tdi. Bu soborlarda xristianlik ta’limotining asoslari  qabul
qilindi va bu asoslar 12 qismda ifodalandi.
Birinchi qismda olamni yaratgan Xudo haqida so’z yuritiladi.
Ikkinchi qismda Xudoning o’g’li Isus Xristosga imon keltirish haqida so’z boradi.
Uchinchi   qismda   ilohiy   mujassamlashuv   haqida   so’z   yuritilib,   unga   ko’ra,   Iso
Xudo bo’la turib, bokira Bibi Maryamdan tug’ilgan va inson qiyofasiga kirgan.
To’rtinchi   qismda   Isoning   azob-uqubatlari   va   o’limi   haqida   so’z   ketadi.   Bu
gunohlarning   kechirilishi   haqidagi   aqidadir.   Bunda   Isoning   tortgan   azoblari   va o’limi   tufayli   Xudo   tomonidan   insoniyatning   barcha   gunohlari   kechiriladi   deb
e’tiqod qilinadi.
Beshinchi   qismda   Isoning   xochga   mixlanganidan   so’ng   uch   kun   o’tib   qayta
tirilganligi haqidagi aqida keladi.
Oltinchi qismda Isoning meroji haqida so’z yuritiladi.
Ettinchi   qismda   Isoning   nuzuli   (ikkinchi   marotaba   erga   qaytishi)   haqida   so’z
yuritiladi.
Sakkinchi qism Muqaddas Ruhga imon keltirmoq borasidadir.
To’qqizinchi qism cherkovga munosabat haqida.
O’n birinchi qism o’lganlarning ommaviy tirilishi haqida. 
O’n ikkinchi qismda abadiy hayot haqida so’z yuritiladi.
Xristianlikning   bundan   keyingi   falsafiy   va   nazariy   rivojida   avliyo   Avgustinning
ta’limoti   katta   rol   o’ynadi.   Beshinchi   asr   bo’sag’asida   u   dinning   bilimdan   afzal
ekanligini targ’ib qila boshladi. Uning ta’limotiga ko’ra, borliq inson aqli bilishga
ojizlik qiladigan  hodisadir, chunki  uning ortida ulug’  va qudratli  YAratuvchining
irodasi yashiringan.
Avgustinning   taqdir   haqidagi   ta’limotida  aytilishicha,   Xudoga   imon  keltirgan   har
bir   kishi   najot   topganlar   safidan   o’rin   egallashi   mumkin.   CHunki   imon   taqdir
taqozosidir.
Xristianlikdagi oqimlar. Xristian cherkovining Katolik va Pravoslav cherkovlariga
ajralib   ketishi   Rim   papasi   va   Istanbul   Patriarxining   xristian   olamida   etakchilik
uchun   olib   borgan   raqobati   oqibatida   vujudga   keldi.   Ajralish   jarayoni   Rim
imperiyasining   g’arbiy   va   sharqiy   tafovutlari   o’sib   chuqurlashib   borayotgan
asrlardayoq boshlangan  edi. 867 yillar  orasida  Papa Nikolay va Istanbul  patriarxi
Fetiy   orasida   uzil-kesil   ajralish   ro’y   berdi   va   bu   ajralish   1054   yili   rasman   tan
olindi.
XVI   asr   boshlarida   katolisizmdan   bir   necha   Yevropa   cherkovlari   ajralib   chiqishi
natijasida   xristianlikda   protestantlik   harakatlari   vujudga   keldi.   Buning   doirasida
lyuteranlik,   baptizm,   anglikanlik   va   kalvinizm   cherkovlari   shakllandi.   Bular   bir
cherkovning   asosiy   marosimlari   jihatidan   o’zlariga   xos   bo’lgan   tomonlarga   ega
bo’lish   bilan   bir   qatorda,   bular   ham   o’z   navbatida   bir   necha   yo’nalishlar,
mazhablar va oqimlarga bo’lindi. 
1.  Pravoslav   oqimi.  Pravoslav   oqimi   xristianlikning  uch   asosiy   yo’nalishidan   biri
o’laroq, tarixan uning sharqiy shahobchasi  sifatida ro’yobga chiqdi va shakllandi.
Bu   oqim   asosan   Sharqiy   Yevropa,   YAqin   Sharq   va   Bolqon   mamlakatlarida
tarqalgan.   Pravoslav   atamasi   yunoncha   ortodoksiya   so’zidan   olingan   bo’lib,   ilk davr   xristian   yozuvchilari   asarlarida   uchraydi.   Pravoslaviening   kitobiy   asoslari
Vizantiyada shakllandi, chunki bu yo’nalish u yerdagi hukmron din edi.
Muqaddas   kitob   bo’lmish   Injil   va   muqaddas   o’gitlar   IV-VIII   asrlardagi   etti
butxona   Soborlarining   qarorlari,   shuningdek   Afanasiy   Aleksandriyskiy,   Vasiliy
Velikiy,   Grigoriy   Bogoslov,   Ioann   Damasskiy,   Ioann   Zlatoust   kabi   yirik   cherkov
xodimlarining asarlari ushbu oqim ta’limotining asosi deb tan olingan.
Xristianlikning Sharqiy tarmog’i bo’lmish pravoslaviyaning rivojlanishi jarayonida
14   Mustaqil   (avtokefal)   cherkovlari:   Konstantinopol,   Aleksandriya,   Antioxiya,
Quddus,   Rus,   Gruziya,   Serb,   Rumin,   Bolgar,   Kipr,   Ellada,   Albaniya,   Polsha,
Chexoslovakiya, Amerika cherkovlari shakllangan.
Pravoslav oqimida sirli rasm-rusumlar muhim o’rin egallaydi. Cherkov ta’limotiga
ko’ra,   bunday   paytlarda   Xudo   tomonidan   dindorlarga   alohida   savoblar   nozil
bo’ladi.
CHo’qintirish - sirli hodisasi. Bunda dindor o’z tanasini uch marta suvga botirishi
Xudo-otani,   O’g’ilni   va   Muqaddas   ruhni   chaqirish   bilan   ruhiy   tug’ilishni   kasb
etadi.
Badanga eleyni surkash ham sirli bo’lib, bunda dindorga Muqaddas ruhning ruhiy
hayotga qaytaruvchi va chiniqtiruvchi ehsonlari ulashiladi.
Poklanishning   sirliligi.   Unda   dindor   non   va   vino   ko’rinishida   o’z   badanida   Iso
qonini abadiy hayotga tayyorlaydi.
Nadomatning   sirliligi   shundaki,   dindor   o’z   gunohlarini   din   peshvosi   oldida   tan
oladi, din peshvosi esa uning gunohlarini Iso nomidan kechiradi.
Ruhoniylikning   sirliligi   u   yoki   bu   shaxsni   ruhoniy   darajasiga   ko’tarish   uchun
episkopning   qo’lini   o’sha   shaxs   badaniga   tegizishi   (yoki   qo’yishi)   orqali   amalga
oshiriladi.
Badanni   eley   bilan   ishqalash   sirida   Xudoning   ruhiy   va   jismoniy   zaifliklarni
tuzatuvchi lutfu marhamatidan umid qilinadi.
Pravoslav cherkovi bayramlar va diniy marosimlarga alohida ahamiyat beradi. Post
diniy   marosimi   odatda,   katta   cherkov   bayramlaridan   oldin   o’tkaziladi.   Postning
mohiyati  inson ruhini  tozalash  va yangilash,  diniy hayotning muhimi  voqealariga
tayyorgarlikdan iborat.
Rus Pravoslaviyasining ko’p kunlik postlari to’rtta: Pasxa oldidan, Pyotr va Pavel
kuni oldidan, Bogorodisa uyqusidan oldin va Iso tug’ilgan kundan oldin.
Buyuk bayram ichida Pasxa birinchi o’rinda turadi. Pasxa Isoning o’lganidan so’ng
qayta   tirilganini   nishonlab   o’tkaziladigan   bayram.   U   yilning   22   aprelidan   may
oyining birinchi yakshanbasigacha o’tkaziladigan bayram. U «Otsovskiy den»dan avval   o’tkaziladi.   Pasxaning   tarixi   yahudiylikdagi   pesax   bayrami   bilan   bog’liq
bo’lib,   u   yahudiylarning   Misrdan   qochib   chiqishi   va   ozodlikka   erishishini
nishonlanishidir.   Xristianlik   yahudiylikdan   to’la   ajralib   chiqqach   pasxa   yangicha
tus olgan.
Pasxadan   so’ng   pravoslav   dinining   o’n   ikki   kunlik   o’n   ikki   muhim   bayrami
boshlanadi.   Ular:   Iso   tug’ilishi,   Sretenie,   Isoni   cho’qintirish,   Preobrajenie,
Quddusga kirish, Isoning osmonga ko’tarilishi, Troisa Muqaddas butning osmonga
ko’tarilishi, Blagoveùanie (Injilning nozil bo’lishi), Rojdestvo Bogorodisû (Isoning
xochga osilishi) va hakozo.
2.   Katolik   oqimi.   Xristianlikning   yirik   yo’nalishlaridan   biri   katoliklardir.   U
Yevropa,   Osiyo,   Afrika   va   Lotin   Amerikasi   mamlakatlarida   tarqalgan   bo’lib,
muxlislari taxminan 800 mln. kishini tashkil etadi. 
Katolisizm umumiy, dunyoviy degan ma’nolarni ifodalaydi. Uning manbai - uncha
katta   bo’lmagan   Rim   Xristian   jamoasi   bo’lib,   rivoyatilarga   ko’ra   uning   birinchi
Episkopi apostol Petr bo’lgan.
Katolisizmda   Bibliyani   sharhlash   huquqi   faqatgina   ruhoniylarga   beriladi,   chunki
ular   uylanmaslik   haqidagi   diniy   talabga   amal   qiladilar.   Diniy   ibodatlar   dabdabali
va   sohtalashtirilgan   ko’rinishga   ega,   diniy   o’qish,   duo,   iltijolar   lotin   tilida   olib
boriladi.   provslaviyadagi   kabi   katolisizmda   ham   farishta,   ikona,   ilohiy   kuch,
chirimaydigan marhum jasadlariga sig’inish odatlari mavjuddir.
Katolisizm   xristianlikning   yo’nalishlaridan   biri   sifatida   uning   asosiy   aqida   va
qoidalarini   tan   oladi,   biroq   diniy   ta’limot,   sig’inish   va   tashkiliy   masalalarda   bir
qator xususiyatlar bilan ajralib turadi.
Katolik diniy ta’limotning asosini  Muqaddas  kitob va Muqaddas  yozuvlar  tashkil
qiladi.   Biroq   Pravoslav   cherkovidan   farqli   o’laroq   katolik   cherkovi   Muqaddas
yozuvlar   deb   nafaqat   avvalgi   etti   Butun   Olam   Xristian   Soborlarining   qarorlarini,
balki   hozirgacha   bo’lib   o’tgan   barcha   Soborlar   qarorlarini,   bundan   tashqari
Papaning maktublari va qarorlarini ham hisoblaydi.
Katolik cherkovi tashkiloti qat’iy markazlashuv bilan ajralib turadi. Rim papasi bu
cherkovning boshlig’i. U diniy axloq masalalariga oid qonun-qoidalarni belgilaydi.
Uning hokimiyati dunyoviy soborlar xokimiyatidan yuqori turadi. 
Katolik   cherkovining   markazlashuvi   jumladan   diniy   ta’limotni   noan’anaviy   tahlil
qilish   (sharhlash)   huquqida   aks   etgan   dogmatik   taraqqiyot   tamoyilini   keltirib
chiqaradi.   Masalan,   Pravoslav   cherkovi   tomonidan   tan   olingan   diniy   ramzda
ta’kidlanishicha, Muqaddas ruh ota xudodan kelib chiqadi. Katolik aqidasiga ko’ra
esa Muqaddas ruh ota xudodan va o’g’il xudodan kelib chiqadi. Cherkovning najot
borasidagi   roli   haqida   ham   o’ziga   xos   alohida   ta’limot   shakllangan.   Najotning asosi imon va xayrli ishlar hisoblanadi. Cherkov, Katolik ta’limotiga ko’ra, xayrli
zaruriy ishlar xazinasiga Iso tomonidan yaratilgan «Xayrli ishlar zaxirasiga» ega.
Cherkov   Iso,   Bibi   Maryam,   Muqaddas   Ruh   nomidan   bu   xazinani   tasarruf   qilish,
undan   muhtojlarga   ulashish,   ya’ni   gunohlarni   avf   etish,   nadomat   chekuvchilarga
pul yoki tufha evaziga avf - kechirim tufha qilish huquqiga ega. Pul evaziga yoki
cherkov   oldidagi   xizmatlari   uchun   gunohlarini   kechirish   -   indulgensiya   haqidagi
ta’limot mana shundan kelib chiqqan.
A’rof   haqidagi   (do’zax   va   jannat   oralig’idagi   mavze)   aqida   faqat   katolik
ta’limotida   mavjud.   Gunohi   katta   bo’lmagan   gunohkorlarning   ruhi   u   yerda   o’tda
kuyadi   (ehtimol   bu   vijdon   va   nadomat   azobining   ramziy   in’ikosidir),   keyin
jannatga   yo’l   topadi.   Ruhning   a’rofda   bo’lish   muddati   xayrli   ishlar   tufayli
qisqartirilishi   (ibodat   va   cherkov   foydasiga   xayr-ehson   qilish   bilan)   mumkin.   Bu
ibodat va xayr ehsonlar o’lganlar xotirasiga yaqinlar tomonidan qilinadi.
A’rof   haqidagi   ta’limot   I   asrdayoq   paydo   bo’lgan   edi.   Pravoslav   va   Protestant
cherkovlari a’rof haqidagi ta’limotni rad etadi.
Bundan   tashqari,   pravoslav   dini   ta’limotidan   farqli   o’laroq,   katolik   yo’nalishida
papaning   begunohligi   haqidagi   aqida   ham   bor.   Bu   aqida   1870   yildagi   birinchi
Vatikan soborida qabul qilingan. Farb cherkovining Bogorodisaga nisbatan alohida
e’tibori   1950   yilda   papa   Piy   XII   tomonidan   kiritilgan,   Bibi   Maryamning   meroji
haqidagi   aqidada   o’z   aksini   topdi.   Katolik   ta’limoti   pravoslav   ta’limoti   kabi   etti
asrorni   tan   oladi,   biroq   bu   asrorlarni   talqin   qilinishidan   qarashlar   mos   kelmaydi.
Masalan,   pricheshenie   (tamaddi)   qilish   qattiq   non   bilan,   (pravoslavieda
bo’ktirilgan   non   bilan)   dunyoviy   (miryane)larga   non   va   vino   bilan   shuningdek
faqat  non bilan  amalga oshiriladi. CHo’qintirish  sirini  o’tash  paytida suv sepiladi
(cho’qintiriluvchiga), muz ostidagi suvga cho’ktirilmaydi.
Miropomazanie (cho’qinuvchining peshonasiga eley surkash) etti-sakkiz yoshlarda
amalga  oshiriladi,  go’dakligida  emas.  Bunda  o’spirin  (bola)   yana  bitta  ismga   ega
bo’ladi. Bunda u o’sha avliyoning qilmishlari va g’oyalarini maqsad qilib qo’yadi.
Shunday qilib, bu rusumning ijro etilishi imon mustahkamlanishiga xizmat qilishi
zarur.
Pravoslavlarda   nikohsizlik   rusumini   faqat   qora   ruhoniylik   qabul   qiladi.
Katoliklarda  esa  nikohsizlik  (selibat)   Papa Grigoriy  VII   tomonidan  joriy  qilingan
qoidaga ko’ra barcha ruhoniylar uchun majburiydir.
Din   markazi   -   ehromdir.   Dinning   muhim   elementlari   cherkovga   qatnovchilar
hayotining maishiy asoslarini tartibga soluvchi bayramlar, shuningdek postlardir.
Milodiy   post   katoliklarda   advent   deb   ataladi.   U   Avliyo   Andrey   kunidan   keyingi
birinchi   yakshanbada   -   30   noyabrda   boshlanadi.   Ular   uch   ibodat   bilan:   yarim
tundagi,   ertalabki   va   kunduzgi   ibodat   bilan   nishonlanib,   Bibi   Maryam   homilador bo’lishi,   Isoning   tug’ilishi   va   dindorning   qalbida   bo’lishi   kabi   ramziy   ma’noni
anglatadi.   O’sha   kuni   tazim   qilish   uchun   ehromlarda   go’dak   Isoning   figurasi
qo’yilgan yaslilar o’rnatiladi.
Katolik ierarxiyasida uch darajadagi ruhoniylar bor: diakon, ruhoniy (kyure, pater,
kendz)   Episkop.   Episkopni   papa   tayinlaydi.   Papani   kardinal   kollegiya   saylaydi.
Bunda   umumiy   ovozning   uchdan   ikki   qismi   plyus   1-ovoz   (yashirin   ovoz   berish
yo’li   bilan)   II   Vatikan   soborida   (1962-1965   yillar)   cherkov   hayotining   barcha
jabhalarini   yangilash,   zamonaviylashtirish   jarayoni   boshlandi.   Birinchi   navbatda
ibodat an’analariga tegishli bo’ldi. Masalan, ibodatni lotin tilida olib borishdan voz
kechildi.
3.   Protestantizm   oqimi.   Protestanizm   tarixi   Martin   Lyutyerdan   (1483-1546)
boshlanadi.   U   birinchi   bo’lib   katolik   cherkovi   bilan   aloqani   uzdi   va   protestant
cherkovining   asosiy   qoidalarini   ishlab   chiqdi   va   uni   himoya   qildi.   Bu   nizomga
ko’ra,   insonning   Xudo   bilan   bevosita   muloqoti   mumkin.   Lyuterning   diniy   va
dunyoviy hokimiyatga qarshi chiqishlari, katolik dindorlarning imonni va vijdonni
inson   bilan   Xudo   o’rtasidagi   vositachi   sifatida   nazorat   qilish   haqidagi
mulohazalarga   qarshi   chiqishi   jamoatchilik   tomonidan   favqulodda   diqqat   bilan
tinglandi.
Protestantizmning mohiyatiga ko’ra, ilohiy lutfu marhamat insonlarga cherkovning
vositasisiz,   bevosita   in’om   etiladi.   Inson   najot   topishi   uning   shaxsiy   e’tiqodi   va
Isoning vositasi  orqali  ro’y beradi. Avom  ruhoniylardan farqlanmaydi, ruhoniylik
hamma dindorlarga bir xilda joriy etiladi.
Protestantlik   diniy   marosimlarning   ko’pchiligini   bekor   qildi,   faqatgina
lyuteranlikda non va vino bilan cho’qintirish saqalanib qoldi.
O’lganlarga   bag’ishlangan   duo   o’qish,   aziz-avliyolarga   sig’inish,   muqaddas
murdalarga,   sanamlarga   topinish   bekor   qilindi.   Ibodat   uylari   ortiqcha
hashamlardan,   mehroblardan,   sanamlar,   haykallardan   tozalandi,   ruhoniylarning
uylanmaslik   shartlari   bekor   qilindi.   Bibliya   milliy   tillarga   tarjima   qilindi,   uni
sharhlash har bir xudojo’yning eng muhim burchi bo’lib qoldi.
Asrorlardan faqat cho’qinish va mansublik (cherkovga) e’tirof etiladi. Ibodat va’z-
nasihatlar,   birgalikdagi   ibodat   va   suralarni   kuylashdan   iborat   bo’ldi.   Protestantlar
Bogorodisa shaxsiyatini, a’rofni tan olmaydilar.
M. Lyuter tomonidan tuzilgan reformasiya bosh taomillari 95 tezis shaklida yozib
bergan.   Ular   Vittenbergning   Nasriy   cherkovining   shimoliy   eshiklariga   yozib
qo’yilgan.   Mana   shu   tezislardan   biri:   Iso   payg’ambar:   «Tavba   qiling,   chunki
samoviy   shohlik   yaqinlashib   qoldi»   deb   jar   solganida   shuni   ta’kidlaydiki,   imon
keltirganlar   hayoti   boshdan-oyoq   to’xtovsiz   tavba-tazarrudan   iborat   bo’lmog’i
darkor. Tavba-tazarru   ruhoniy   (avliyo)   oldidagi   birgina   tazarrudan   iborat   emas.   Birinchi
to’rt tezisda, Lyuter ta’kidlaydiki, haqiqiy tavba uzoq muddatli jarayondir, birgina
xatti-harakat bilan ro’yobga chiqmaydi.
Papa   faqat   o’zi   belgilagan   jazoni   olib   tashlashi   mumkin.   Cherkov   hech   qaysi
samoviy jazodan insonni ozod qila olmaydi. Tavba-tazarru qonunlari tiriklar uchun
joriy   qilinadi   (belgilanadi).   Bu   yerda   va   keyingi   bir   qancha   tezislarda   papaning
a’rof ustidan hukmronligi rad etiladi.
«Ruhlar   uchun   indulgensiya   olgan   shaxslarga   tavbu-tazarru   qilish   talab
qilinmaydi»,   degan   ta’limot   Iso   ta’limoti   emas.   Chindan   tavba   qilgan   kishilarni
Xudo   gunohlarini   kechadi   va   abadiy   azobdan   ozod   qiladi.   Gunohkor   papa
yorlig’isiz ham bunday mag’firatdan umid qilishi mumkin.
Lyuter   bir   necha   tezislarda   ta’kidlaydiki,  chindan   tavba   qilgan,  nadomat   chekkan
xristian   (nasoro)   «samoviy   jazoga   shoshilmaydi,   ya’ni   unga   samoviy   jazo   joriy
etilmaydi».
Cherkovning   haqiqiy   xazinasi   muqaddas   Injil   va   xudo   marhamatidir.   Lyuterning
ta’kidlashicha, «xayrli amallar xazinasi»ning mavjudligi kambag’allar uchun emas
boylar  uchun   foydalidir,  bu  xazinalarga  papa  marhamati  bilan  emas,   o’z   amallari
bilan   erishuvi   mumkin.   Bu   xil   vositalar   bilan   Xudoning   mehrini   qozonmoqni
Lyuter sarob deb ataydi.
Haqiqiy   xristian   Isoga   ergashish   istagi   bilan   yonmog’i   zarur.   Najot   yo’li
ruxsatnoma   yorlig’ida   emas,   balki   chin   yurakdan   nadomat   chekmoq   va   tavba
qilmoqdadir.
1517   yili   31   oktyabrda   jamoatchilik   hukmiga   havola   qilingan   tezislar   shundan
iborat. Keyinchalik bu kun protestantlar bayrami bo’lib qoldi.
Kalvinizm. Diniy islohotning boshqa bir yirik arbobi Jan Kalvin (1509-1564) edi.
Uning 1536 yilda nashr etilgan «Xristian dinidagi ko’rsatmalar» degan bosh asari,
protestantizm   ta’limot   sifatida   shakllanganidan   keyin   yangi   bir   diniy   yo’nalish   -
kalvinizmning asosi bo’lib qoldi.
Dastlabki   islohot   arboblaridan   farqli   o’laroq,   Kalvin   uchun   diqqat   markazi   Injil
emas Tavrot bo’lib qoladi. Kalvin absolyut taqdir haqidagi ta’limotni ishlab chiqdi.
Bu   ta’limotga   ko’ra,   barcha   odamlar   xudoning   biz   uchun   noma’lum   bo’lgan
irodasiga   asosan   mag’firat   qilinganlar   va   mahkum   etilganlar   toifasiga   bo’linadi.
Inson   va   imon,   na   «xayrli   ishlar»   bilan   taqdirga   yozilganni   o’gartira   olmaydi:
mag’firat qilinganlar najotga mahkum, mag’firatdan mahrum bo’lganlar esa abadiy
azobga mahkumdirlar. Taqdir haqidagi ta’lim shunday asosga qurilganki, Iso ham
bizning gunohlarimiz uchun azobu uqubatlarga giriftor qilingan edi. Protestant   cherkovining   kalvinistik   yo’nalishdagi   davomchilari   (kalvinistlar   yoki
reformatorlar) Shotlandiya, Gollandiya, Shimoliy Germaniya, Fransiya, Angliyada
keng obro’ga va ta’sirga ega edilar.
Presviterianlar.   Presviterianlik   kalvinistik   cherkovdan   kelib   chiqqan   bo’lib,
(yunoncha   eng   eski)   mo’’tadil   puritanlardir.   1592   yili   Shotlandiya   parlamenti   bu
ta’limotni   asosiy   mafkura   deb   hisoblash   haqida   qaror   qabul   qilgan.   Bu   jamoa
boshida uning a’zolari tomonidan saylangan presviter turadi. Jamoalar mahalliy va
davlat   ittifoqlariga   birlashadi.   Diniy   marosim   ibodat,   presviterning   mav’izasi,
oyatlarni   kuylashdan  iborat. Liturgiya  bekor  qilgan,  na «din  ramzi»  va  na «otche
nash» o’qilmaydi. Faqat dam olish kunlari bayram kuni deb hisoblanadi.
Anglikan   cherkovi.   Anglikan   cherkovi   -   Angliyaning   davlat   cherkovi   1534   yilda
mahalliy   katolik   cherkovi   Rim   qiroli   Genrix   VIIIni   cherkov   boshlig’i   deb   e’lon
qildi,   ya’ni   cherkov   qirol   hokimiyatiga   bo’ysundirildi.   XVI   asr   o’rtalariga   kelib
ibodatni ingliz tilida olib borish joriy etildi, postlar bekor qilindi, but va sanamlar
olib   tashlandi,   ruhoniylar   uylanmasligi   majburiy   bo’lmay   qoldi.   «Mo’’tadil   yo’l»
ta’limoti, ya’ni Rim katolisizmi va protestanizm orasidagi o’rtacha yo’l shakllandi.
Anglikan diniy ta’limoti «Umumiy ibodatlar kitobi»da aks ettirilgandir.
Baptizm.   Protestant   ta’limotining   eng   ko’p   sonli   davomchilari   baptistlardir.
Baptizm   (yunoncha   «suvga   cho’ktirish»)   XVII   asr   boshlarida   vujudga   kelgan
bo’lib,   hozirgi   kunda   dunyoning   130   mamlakatida   o’z   tarafdorlariga   ega.   Bu
ta’limot   tarafdorlari   faqat   o’spirinlarnigina   cho’qintirishga   olib   boradilar.   «Hech
kim, jumladan, ota-onalar ham kishi uchun biror dinni tanlay olmaydi. Kishi dinni
ongli   ravishda   o’zi   ixtiyor   qilmog’i   zarur»,   degan   qoida   baptistlar   va   zabur
xristianlarining asosiy qoidasidir, ularda ibodat o’ta soddalashtirilgan bo’lib, diniy
qo’shiq,   ibodat   va   mav’izadan   iborat.   Zabur   xristianlari   to’rtta   rusumni   saqlab
qolishgan:   cho’qintirish,   (o’spirinlar   uchun)   tanovul,   nikoh,   qo’l   bilan   silab
qo’yish. Bu xristianlar uchun but ehtirom ramzi emas.
Adventistlar   harakati.   Adventistlar   (lotincha   -   kelish)   harakati   Amerikada   XIX
asrning 30 yillari og’ir iqtisodiy buhron (krizis), umumiy ishsizlik davrida vujudga
keldi. Uning asoschisi Vilyam Miller (1782-1849). Adventistlar bir necha mustaqil
cherkovlarga   bo’lingan   bo’lib,   ularning   eng   kattasi   «Ettinchi   kun   adventistlari».
Ularning   asosiy   g’oyasi   Isoning   ikkinchi   bor   erga   tushishi   va   insoniyatni   xalos
etib, shayton va uning tarafdorlarini bilan urushib, ularni mutlaq yakson qilishidir.
Ular   kishilarni   Isoni   kutib   olish   uchun   yaxshi   axloqli   bo’lishga   chaqiradi.
Adventistlar   dindorlardan   o’z   mablag’laridan   o’ndan   birini   cherkov   hisobiga
o’tkazishlarini   va   tinmasdan   targ’ibot   ishlarini   olib   borishlarini   talab   qiladi.   Iso
payg’ambarning   ikkinchi   marta   erga   qaytishi   haqidagi   bashorat   najot   yo’li   deb
hisoblanadi. Hozirgi   paytda   Farbiy   hamda   Sharqiy   cherkovlarning   rahbarlari   ko’p   asrli
ixtiloflarning   ayanchli   oqibatlarini   bartaraf   qilishga   intilmoqdalar.   Masalan,   1964
yili   Rim   Papasi   Pavel   VI   va   Konstantinopol   patriarxi   Afinagor   ikkala   cherkov
vakillarining   XI   asrda   aytgan   o’zaro   qasamyodlarini   tarqoqligini   bartaraf   qilish
uchun   birinchi   qadam   qo’yildi.O’rta   Osiyo   xalqlari   tarixida   Xristian   dini.   XI
asrning oxirida xristianlikning Sharqqa tomon harakati  va tarqalishi  ommaviy tus
oldi. Bu dinni mahalliy aholi orasida tarqatuvchilar Sharqning ayrim viloyatlariga
ilgariroq kirib borganlar. 280 yildayoq Talos (Marke) cherkovlari qurilib bo’lgan,
Samarqandda (310 yildan), Marvda (334 yildan), Hirotda (430 yildan), Xorazmda,
Marida   va   O’rta   Osiyoning   boshqa   shaharlarida   episkopik,   kafedra,   missiyalar,
keyinchalik Samarqandda, Maroda (430 yillar), Hirotda (658 yillar) episkoplikdan
iborat   diniy   hududiy   jamoalar,   birlashmalar   bo’lgan.   Xurosonliklar   va
sug’diyonaliklar   zardushtiylar,   monaviylar,   buddaviylar,   bilan   bir   qatorda
xristianlar ham bo’lgan. 
O’rta   Osiyo   territoriyasida   islomning   tarqalishi   davrlarida   islom   bilan   xristianlik
o’rtasidagi ziddiyatlar, kelishmovchiliklar keskinlasha boshladi. Biroq, X asrgacha
Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlarida xristianlarning manzilgohlari bo’lgan.
Hatto Beruniy yashagan davrda ham (973-1056) Marvda provoslav metropoliyasi
bo’lgan.
Ana  shu  davrda  xristianlik  Kavkazda   ham  tarqala  boshladi.  Armaniston  (301 yil)
va Gruziyada (318 yili)  davlat  diniga aylanadi. Ozarbayjon  va Janubiy Dog’iston
territoriyasida IV-VII asrlarda hukmron din hisoblangan.
Bibliya.   Bibliya,   yahudiylik   va   xristianlik   dinlari   ta’limotiga   ko’ra,   u   Xudo
tomonidan nozil qilingan, asosiy diniy aqida va axloq qonunlarini o’zida jamlagan
muqaddas kitoblar majmuasidir.
Uning   tarkibiga   kirgan   yahudiy   diniga   talluqli   kitoblar   «Qadimiy   ahd»   deb,
xristian   talimotiga   tegishli   kitoblar   «Yangi   ahd»   deb   nomlanadi.   Yahudiy   va
Xristian   bibliyalari   bir-biriga   mos   kelmaydi.   Yahudiylarning   muqaddas   kitobi
Qadimiy   Isroil   va   Qadimiy   Yahudiylarning   diniy   talimot   va   urf-odatlari   asosida
eramizdan avalgi XIII asrda yozilgan bo’lsa, Xristianlarning kitobi esa eramizning
boshlarida   vujudga   keldi.   Yahudiylar   xristianlarning   kitobini   muqaddas   kitob
sifatida   tan   olmaydilar   xristianlar   esa   yahudiylarning   kitobini   muqaddas   kitob
sifatida tan oladilar.
Bibliya so’zining grekchadan tarjimasi biblia - kitob, o’ram ma’nolarini anglatadi.
Hozirgi   Bibliya   katolik   nashrlarida   72   ta   kitobdan,   protestant   nashrlarida   esa   66
kitobdan   iborat.   Yahudiylarning   yana   bir   diniy   manbasi   Talmudning   xabar
berishicha   Qadimiy   ahdda   24   ta   kitob   bo’lishi   kerak.   Qadimiy   yahudiy   tarixchisi
Iosif Flaviyning aytishicha 22 ta kitob bo’lishi  kerak. Protestantlar va yahudiylar,
Trident   Soboridan  keyin  (1545-1563)  katoliklar   ham   qadimiy  ahd  tarkibiga   45  ta kitob   kirgizadilar.   Bu   son   bilan   yuqorida   keltirilgan   son   o’rtasidagi   tafovutni
keyinchalik   ba’zi   kitoblar   bir   necha   mustaqil   kitoblarga   bo’linib   ketganligi   bilan
izohlash   mumkin.   Masalan,   «Musoning   besh   kitobi»   avval   bir   butun   bo’lib,
keyinchalik   beshta   mustaqil   kitobga   ajratib   yuborilgan,   «kichik   payg’ambarlar
kitobi» 12 kitobga ajratib yuborilgan.
Yahudiylar Qadimiy Ahdni 3 qismga bo’ladilar:
birinchisiga «Musoning besh kitobi» - «Tora» («Tavrot»);
ikkinchisiga «Payg’ambarlarning avvalgi va keyingi kitoblari (Netiim);
uchinchisiga qolgan kitoblar (Ketubim).
Xristianlar   Qadimiy   Ahdni   «Rivoyatlar   kitoblari»,   «Ta’limotlarga   kitoblari»ga,
«Payg’ambar   kitoblari»ga   bo’lishadi.   Ular   Yangi   Ahdning   27   kitobini   ham
shunday tasnif qiladilar. «Rivoyatlar kitoblari»ga «Injil» va «Havoriylar faoliyati»
kitoblari   kiradi.   «Ta’limotlar»ga   «Havoriylar   maktublari»   kiradi,   «Payg’ambarlar
kitoblari»ga «Vahy» kitobi kiradi.
Bibliyaning kitoblari boblarga, boblar esa suralarga bo’linadi. Uning hozirgi qabul
qilingan   bo’linishi   Nenterberiya   episkopi   Stefan   Langton   (vafoti   1228   y.)
tomonidan kiritilgan. U 1214 yili lotin tilidagi matnni boblarga bo’lib chiqdi va bu
narsa keyinchalik yahudiy va yunon tillaridagi matnlarga ham joriy qilindi. Suralar
avval   Santes   Panino   (v.   1541   y.)   keyinchalik   1555   yilarda   Robert   Etenlar
tomonidan raqamlandi.
Tavrot.   Musoga   tegishli   bo’lgan,   besh   kitob   «Tavrot»   deb   ataladi   va   u   quyidagi
kitoblarga   bo’linadi:   1)   «Borliq»   yoki   «Ibtido»;   2)   «Chiqish»;   3)   «Levit»;   4)
«Sonlar»; 5) «Ikkinchi qonun».
Injil.   Injil   -   xushxabar   ma’nosini   anglatadi.   Yangi   ahd   tarkibiga  kirgan  Injil   4   ga
bo’linadi. 1) Matvey injili; 2) Marko injili; 3) Luka injili; 4) Ioann injili.

MA’RUZA: Jahon dinlari:Buddizm va xristianlik Reja: 1.Buddizm. Buddizm talimotida –to’rt oliy haqiqat, nirvana. 2.Buddizm axloqiy talimoti-panja –shila. Buddizmdagi oqimlar maxayana ,xnayana,lamanizm va h.k. 3.O’zbekiston hududidagi buddizm yodgorliklari va ularning tadqiq etilishi. 4. Xristianlik. Xristian ilohiyoti. Yakka xudoning uch qiyofasi Ota-xudo, O’g’il- xudo, Muqaddas ruh. Xristianlikdagi asosiy oqimlar provaslavie, katolizm,protestantizm. 5.Xristianlikni O’rta Osyoga kirib kelishi.

Buddaviylik - uchta dunyo dinlari ichida eng qadimiysi hisoblanib, eramizdan avvalgi VI - V asrlarda Hindistonda yuzaga kelgan. Bu dinga e’tiqod qiluvchilar, asosan, Janubiy, Janubi-Sharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida, Shri-Lanka, Hindiston, Nepal, Butan, Xitoy, Singapur, Malayziya, Mongoliya, Koreya, Vetnam, Yaponiya, Kombodje, Birma, Tayland, Laosda va qisman Yevropa va Amerika qit’alarida, Rossiyaning shimoliy mintaqalari - Buryatiya, Qalmiqistonda istiqomat qiladilar. Hozirgi kunda dunyoda buddaviylikka e’tiqod qiluvchilar soni qanchaligi aniqlanmagan, chunki ko’pgina mamlakatlar huquq normalariga ko’ra qaysi dinga e’tiqod qiluvchilar soni qancha deb hisobot ishlari olib borilmaydi. Biroq taxminan olinganda hozirgi kunda dunyoda buddaviylar soni 400 mln.ga yaqin bo’lib, ulardan 1 mln.ga yaqini monaxlardir. Buddaviylik bundan 2500 yildan avvalroq Hindistonda diniy falsafiy ta’limot sifatida vujudga kelib, unda ko’plab qonuniy manbalar va ko’p sonli diniy yo’nalishlar mavjuddir. Buddaviylikning turli millatlar tomonidan keng qabul qilinishi va uning keng doirada tarqalib ketishining sababi uning turli milliy va diniy an’analar bilan kirisha olishi bo’lib, bu narsa buddaviylikning hayotning barcha sohalari, jumladan, diniy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy qatlamlarga kirib borishiga sabab bo’ldi. Buddaviylikni din yoki falsafa, ideologiya yoki madaniyat qonunlari to’plami yoki hayot tarzi deb baholash mumkin. Hozirgi buddaviylikka e’tiqod qilib kelayotgan sharq mamlakatlaridagi buddaviylik ta’limotini o’rganish u yerdagi siyosiy-iqtisodiy, ma’naviy madaniyatini tushunishning asosiy omillaridan hisoblanadi. Bu davlatlarda buddaviylik qoida va an’analari buddaviylikka e’tiqod qiluvchilar nazarida markaziy hukumat qonunlaridan ko’ra ustun turadi. Bu narsa zamirida buddaviylikning potensial kuchi yotadi. Buddaviylik asoschisining shaxsi. Buddaviylik asoschisi haqiqiy tarixiy shaxsdir. Bu ko’plab buddaviylik bilan shug’ullangan tadqiqotchi olimlar bizgacha etib kelgan manbalar asosida isbot qilganlar. Buddaviylik asoschisi haqida xabar beruvchi folklor va badiiy Adabiyotlar uni Siddxarta, Gautama, Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Djipa, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etadilar. Bu ismlarning ma’nolari quyidagicha: Siddxartxa - shaxsiy ismi, Gautama - urug’ ismi, Shakyamuni - shaklar yoki shakiya qabilasidan chiqqan donishmand, Budda - nurlangan, Tadxagata - shunday qilib shunday ketgan, Djina - g’olib, Bxagavan - tantana qiluvchi. Bu ismlar ichida eng mashhuri Budda ismi bo’lib, shu ismdan uning diniga buddaviylik (buddizm, buddiylik) nomi berilgan.

Hozirgi kunda Buddaning beshta biografiyasi ma’lumdir: «Maxavostu» - eramizning II asrida yozilgan, «Lalitavistara» - eramizning II-III asrlarida yuzaga kelgan, «Buddaxacharita» - Budda faylasuflaridan biri Ashvagxoshey tomonidan eramizning I-II asrlarida yaratilgan, «Nidanakatxa» - eramizning 1-asrida yozilgan va «Abnixishkramansutra». Bu biografiyalar orasidagi asosiy ziddiyat Buddaning qaysi yillarda yashaganligi xususidadir. Ular eramizdan avvalgi IX-III asrlar orasidagi turli muddatlarni ko’rsatadilar. Rasmiy buddaviylik hisobiga ko’ra esa Butama - Budda er. av. 623 yilda tug’ilib, 544 yilda vafot etgan. Biroq, ko’pchilik tadqiqotchilar uning tug’ilishi er. av. 564 yilda, o’limi esa 483 yilda deb hisoblaydilar. Ba’zan 560 - 480 deb to’liq sonlar bilan ko’rsatadilar. Yuqorida zikr qilingan biografiyalarda Buddaning haqiqiy hayoti bilan uning afsonaviy hayoti o’zaro qorishib ketgan. Siddxartxa Shakya qabilasining podshohlaridan biri Shuddxodananing o’g’li edi. Uning saroyi Ximolay tog’lari etagida Kapilavasti degan qishloqda bo’lgan. (Hozirda Nepal hududida). Onasi - malika Mayya. Podshoh o’g’lini orzu havaslar og’ushida tarbiyalar, uni hech bir kamchiliksiz katta qiladi. Ulg’ayib qo’shni podshohlardan birining qizi Yashadxaraga uylanadi va o’g’il ko’rib, unga Raxula deb ism qo’yadi. Hech bir qiyinchilik va kamchilik ko’rmay o’sgan bola Siddxartxa ittifiqo qarigan cholni, bemorni, og’ir mehnatli bir rohibni uchratadi. Bundan qattiq ta’sirlagan shahzoda insoniyatni qiyinchilik va azobdan qutqarish yo’llarini axtarib saroyni tashlab ketadi. Bu vaqtda u 30 yoshda edi. U beshta rohibga ko’shilib, ular bilan qishloqma-qishloq kezib yuradi. Ko’p vaqt bu rohiblarga hamrohlik qilib, ularning yo’llarida ma’lum maqsad yo’qligini va bu yo’l o’z oldiga qo’ygan maqsadi - insoniyatni azob uqubatdan qutqarishga olib bormasligini anglaydi va rohiblar jamoasidan ajraladi. U chakalakzor o’rmonlarda kezib, charchab bir daraxti tagida dam olish uchun o’tiradi va o’ziga toki haqiqatni topmaguncha shu yerdan turmaslikni va’da beradi. Bu o’tirishning 49 kuni uning qalbidan «Sen haqiqatni topding» degan sado keladi. Shu paytda uning ko’z oldida butun borliq namoyon bo’ladi. U hamma joyda shoshilish, qayoqqadir intilishni ko’radi. Hech bir joyda osudalik yo’q edi. Hayot nihoyasiz uzoqlikni ko’zlab o’tib ketayotgan edi. Inson aqli etmas bir kuch - Krishna - yashash, mavjud bo’lish umidi barchaning tinchini buzar, halok qilar va yana qayta yaratar edi. Mana endi Budda kimga qarshi kurashish kerakligin angladi. Shu ondan u Budda - nurlangan deb ataldi. Utagidao’tirgandaraxtesa - nurlangandaraxtdebatalaboshladi.

Budda o’zining birinchi da’vatini Varanasi yaqinidagi Rishipatana bog’ida, o’zining besh rohib do’stlariga qildi va o’shalar uning birinchi shogirdlari bo’ldilar. Shu kundan boshlab Budda o’z shogirdlari bilan qishloqma-qishloq yurib o’z ta’limotni tarqatib o’ziga yangi izdoshlar orttiradi. Budda 40 yil davomida o’z ta’limotini Hindistonning turli joylariga etkazadi va 80 yoshida Kushtnagara degan joyda dunyodan o’tdi. Uning jasadi hind udumiga ko’ra u yerda kuydirilib, uning xoki 8 ta budda jamoalariga bo’lib yuborildi va har bir jamoa uni dafn etgan joyida ibodatxona barpo etdi. Buddaning hayoti haqida turli afsonalar ham to’qilgan. Bu afsonalarda aytilishicha, Budda ko’p yillar davomida er yuzidagi turli mavjudotlar qiyofasida qayta tug’ilgan: 84 marta ruhoniy, 58 marta podshoh, 24 marta rohib, 13 marta savdogar, 18 marta maymun, 12 marta tovuq, 8 marta g’oz, 6 marta fil shuningdek baliq, qurbaqa, kalamush, quyon kabi qiyofalarda qayta tug’ilgan. Jami 550 marta qayta tug’ilgan. U doimo qayerda, qay qiyofada tug’ilishini o’ziga o’zi belgilagan. So’nggi marta uni xudolar insoniyatni to’g’ri yo’lga boshlashi uchun inson qiyofasida yaratganlar. Bu afsonalarning ba’zilariga ko’ra er yuzida Gautamaga qadar 6 ta budda o’tgan. Shuning uchun buddaviylikning ba’zi muqaddas joylarida 7 ta ibodatxona barpo etilgan. 7 ta Botxa daraxti o’tkazilgan. Ba’zi afsonalar 24 ta Budda avlodi o’tgan desa, ba’zilari minglab Buddalar o’tgan deb da’vo qiladi. Buddaviylik ta’limoti. Buddaviylik qadimiy Hind diniy - falsafiy ta’limotlari asosida vujudga kelgan, amaliyot va nazariyotdan iborat diniy tizim dir. Uning asosi «Hayot - bu azob, uqubatdir» va «najot yo’li mavjud» degan g’oyadir. buddaviylik qonuniyatlariga ko’ra inson o’ziga moslashgan mavjudot bo’lib, o’zida tug’iladi, o’zini o’zi halok qiladi yoki qutqaradi. Bu narsa Buddaning ilk da’vatida mujassamlashgan 4 haqiqatda o’z ifodasini topgan. Birinchi haqiqat - «Azob uqubat mavjuddir». Har bir tirik jon boshidan kechiradi, shuning uchun har qanday hayot - qiynoq, azob-uqubatdir. Tug’ilish - qiynoq, kasallik - qiynoq, o’lim - qiynoq, yomon narsaga duch kelish - qiynoq, yaxshi narsadan ayrilish - qiynoq, yomon narsadan ayrilish - qiynoq, o’zi xohlagan narsaga ega bo’lmaslik - qiynoq. Dunyo tuzilishining asosiy qonuni bir- biriga bog’liqlik. Hech bir narsa ma’lum sababsiz yaralmaydi. Lekin har bir hodisa yoki harakatning birlamchi sababini aniqlash mumkin emas. Shuning uchun buddaviylik dunyoni shu holicha qabul qilishga chaqiradi. Buddaviylik ta’limotiga ko’ra, har qanday narsa yoki hodisa u hoh moddiy yoki ma’naviy bo’lsin Dxarma (element)lardan tuzilgan. Bu elementlar o’z xususiyatiga ko’ra harakatsiz bo’lib, ularni harakatlantiruvchi kuch insonning xayollar va so’zlaridir. Ob’ektiv haqiqat bu doimiy ravishda o’zgarib turuvchi Dxarmalar

oqimidir. Harakatdagi Dxarmalar mavjudligining 5 formasini yaratadi: tana, sezgi, his-tuyg’u, harakat, anglash. Bu besh forma insonni tashkil qiladi. Inson ular yordamida yashaydi va borliq bilan aloqada bo’ladi, yaxshi yoki yomon ishlarni bajaradi. Bu narsa insonning o’limi bilan tugallanadi. Insonni tashkil qiluvchi besh forma (skandx) o’z navbatida qayta tug’iladi. Yangi tananing xususiyatlari asos bo’luvchi besh natijani beradi: faoliyat, gumrohlik, xohish, istak va norma. Bu prosess «hayot g’ildiragi»ni tashkil qiladi. «Hayot g’ildiragi»da doimiy ravishda aylanib, inson abadiy qiynoqqa duchor bo’ladi. Ikkinchi haqiqat - «qiynoqlarning sabablari mavjuddir». Inson moddiy narsalar yoki ma’naviy qadriyatlardan foydalanib, ularni haqiqiy va doimiy deb hisoblaydi va doimo ularga ega bo’lishga intiladi. Bu intilish hayot davomiyligiga olib boradi. YAxshi yoki yomon niyatlardan tuzilgan hayot daryosi, orzular va intilishlar sababli kelajak hayot uchun karma hozirlaydi. Demak, qayta tug’ilish, yangitdan qiynoqlarga duchor bo’lish davom etadi. Buddistlar fikricha Buddadan keyin hech kim Nirvana holatiga erisha olmagan. Uchinchi haqiqat - «qiynoqlarni tugatish mumkin». YAxshi yoki yomon niyatlar, intilishlardan butunlay uzilish Nirvana holatiga to’g’ri keladi. Bu holatda inson qayta tug’ilishdan to’xtaydi. Nirvana holati, buddaviylar fikricha, «Hayot g’ildiragidan» tashqariga chiqishdir. «Men» degan fikrdan ajralib, insonning hissiy tuyg’ullarini to’la tugatishdir. To’rtinchi haqiqat - qiynoqlardan qutilish yo’li mavjuddir. Bu yo’l - «Sakkizta narsaga amal qilish, to’g’ri tushunish, to’g’ri harakat qilish, to’g’ri muomalada bo’lish, fikrni to’g’ri jamlash». Bu yo’ldan borgan inson Budda yo’lini tutadi. Bu sakkiz narsaga amal qilish meditasiya deb nomlanadi. buddaviylik ta’limoti asosan uch qismdan iborat: 1. Meditasiya; 2. Axloq; 3. Donolik. 1. Meditasiya: To’g’ri tushunish; To’g’ri niyat qilish; To’g’ri o’zini tutish; To’g’ri anglash; To’g’ri harakat qilish; To’g’ri muomalada bo’lish; To’g’ri fikr yuritish; To’g’ri gapirish; 2. Axloq normalari - Budda «Pancha Shila» nasihati: