Oʻzbekistonda Ikkinchi Jahon urushi sharoitida iqtisodiy hayotni qayta qurish.
MAVZU: O zbekistonda Ikkinchi Jahon urushi sharoitida iqtisodiy hayotni qaytaʻ qurish. Reja: Kirish 1.Ikkinchi Jahon Urushi davrida O zbekistondagi sanoat ahvoli. ʻ 2. Ikkinchi Jahon Urushi davrida O zbekistonda mehnat safarbarligi, ʻ transport,aloqa vositalari va boshqa sohalar. 3.Ikkinchi Jahon Urushi davrida O zbekistonda qishloq xo jaligi. ʻ ʻ Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Urush, respublika qishloq xo‘jalik xodimlarini qattiq sinovdan o‘tkazdi. Ular oldida sanoatni xomashyo bilan, aholini oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan uzluksiz ta’minlashdek ulkan, murakkab vazifa turar edi. Vaziyatning murakkabligi shundan iborat ediki, birinchidan, respublika qishloq xo‘jaligi asosan paxta yetishtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, oziq-ovqat mahsulotlari Ittifoq fondidan keltirilar edi. Urush boshlangach, oziq-ovqat keltirish to‘xtadi, aholini boqish uchun ichki imkoniyatlarni topish zarur bo‘lib qoldi. zavodlari qurilib ishga tushirildi. Sanoat korxonalarining kengayishi, yangi qurilgan zavod-fabrikalarning ishi, muvaffaqiyati ularni malakali ishchilar bilan ta’minlashga bog‘liq edi. Yuz minglab kishilarning, xususan, tajribali xodimlarning frontga safarbar etilishi katta qiyinchiliklar tug‘dirardi. Keksalar, ayollar, ayniqsa armiyaga chaqirish yoshiga yetmagan o‘smirlar va qizlar korxonalarga jalb etildi.Urush respublika sanoat tarmoqlarining yo‘nalishini ham, sanoat xodimlarining ishini ham tubdan o‘zgartirdi. Korxonalarda yangi mehnat rejimi joriy qilindi, ish kuni uzaytirildi, ishdan keyin qolib ishlash joriy etildi, mehnat ta’tillari, dam olish kunlari bekor qilindi. Sanoat korxonalari qisqa vaqt ichida harbiy izga solinib, minomyot va avtomatlar, samolyot va tanklar uchun ehtiyot qismlari va boshqa harbiy qurollar ishlab chiqara boshladilar. Urushning boshlanganligi to‘g‘risidagi shum xabar yetib kelgan kuniyoq O‘zbekistonning barcha shaharlari va tumanlarida, korxona va muassasalarida mitinglar va yig‘ilishlar bo‘lib o‘tdi. Ishchilar, xizmatchilar, dehqonlar, ziyolilar, talaba yoshlar o‘z Vatanlarini himoya qilishga, yuzma-yuz janglarda bosqinchilarni tor-mor etish uchun urushga borishga, g‘alabani ta’minlash uchun front orqasida fidokorona mehnat qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Vaziyat butun mamlakat hayotini urush davri talablariga moslab qayta qurishni, butun kuch va
vositalarni safarbar etishni talab qilardi. 23-iyun kuni VKP (b) MQ Siyosiy byurosi partiya va sovet organlarini urush sharoitiga moslab qayta qurish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 1. Ikkinchi Jahon Urushi davrida O zbekiston sanoati ahvoli.ʻ Urush respublika sanoat tarmoqlarining yo‘nalishini ham, sanoat xodimlarining ishini ham tubdan o‘zgartirdi. Korxonalarda yangi mehnat rejimi joriy qilindi, ish kuni uzaytirildi, ishdan keyin qolib ishlash joriy etildi, mehnat ta’tillari, dam olish kunlari bekor qilindi. Sanoat korxonalari qisqa vaqt ichida harbiy izga solinib, minomyot va avtomatlar, samolyot va tanklar uchun ehtiyot qismlari va boshqa harbiy qurollar ishlab chiqara boshladilar. Qishloq xo‘jalik mashinalari ishlab chiqarayotgan Toshkent qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodi harbiy qurollar ishlab chiqara boshladi. Andijondagi «Kommunar», «Stroymashina» zavodlarida samolyot va tanklarga kerakli mahsulotlar, Qo‘qon shahridagi Oxunboboyev nomli tikuvchilik fabrikasi harbiy kiyimlar ishlab chiqaradigan bo‘ldi. 1941-yil dekabrigacha Toshkentdagi 137 sanoat korxonalarining 64 tasi qurol-yarog‘lar, front uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqarishga kirishdi.Respublika bo‘yicha 1941-yil oxirlariga kelib 300 ta sanoat korxonasi faqat harbiy mahsulot bera boshladi. O‘zbekiston sanoatchilari korxonalarni harbiy izga tushirishdek ishlarni ko‘chirib keltirilgan korxonalarni joylashtirish va ishga tushirishdek yanada og‘irroq ishlar bilan qo‘shib olib bordilar. O‘zbekiston rahbari Usmon Yusupovning «O‘zbekiston — bu front i emas, O‘zbekiston — jang maydoni», degan so‘zlarida jon bor edi. O‘zbekistonliklar frontdagidek harakat qildilar, har qanday resurslarni izlab topdilar, ular bitta fashist marazining boshi uchun bittadan aviabomba, bittadan snaryad va granata, yuzlab o‘q, fashistlardan go‘sht
ham, suyak ham qoldirmaydigan «Katyusha»lar yetkazib berish uchun mardona mehnat qildilar. Toshkentda zudlik bilan joylashtirilgan «Rostselmash» zavodi «Katyusha» va minomyot snaryadlari, aviatsiya zavodi jangovar samolyotlar, Kolchuginskdan keltirilgan kabel zavodi harbiy aloqa mahsulotlari yetkazib bera boshladi. Odamlar irodasiga bog‘liq bo‘lmagan yetishmovchiliklar sezilardi. Yuk ko‘taruvchi kranlar yo‘q edi, maxsus asbob-uskunalar, elektr quvvatlari, ko‘mir va neft kabi yoqilg‘ilar, xomashyo va boshqa materiallar yetishmas edi. 1941-yil 5— 7-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining V plenumida respublika sanoatini harbiy izga solish, ko‘chirib keltirilgan asbob-uskunalarni joylashtirish sohasidagi ishlarga yakun yasalib, korxonalarda qurol-yarog‘larning muhim turlari — samolyotlar, tanklar, bronepoyezdlar, aviabombalar, to‘p va zambaraklar, granatalar, minalar, snaryadlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish vazifasi ilgari surildi. Buning uchun yetarli darajada metall qirquvchi stanoklar va aniq o‘lchovchi uskunalar ishlab chiqishni tashkil etish, nodir metallar qazib olishni kuchaytirish hamda qora va rangli metallurgiya sanoatini yaratish, elektr energetika bazasini kengaytirish, neft qazib olishni 2— 3 barobar oshirish, ko‘mir qazib olishni kuchaytirish, yirik qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, qisqa muddatda 30 ming malakali ishchilar tayyorlash tadbirlari belgilandi. Ko‘chirib keltirilgan korxonalar tarixda misli ko‘rilmagan qisqa muddatlarda 4—5 oyda, ayrimlari hatto 1—2 oy davomida qurib bitkazilib, front uchun harbiy mahsulotlar bera boshladilar. Ularning eng yiriklari Chkalov nomli 84-aviatsiya zavodi, Moskva kabel zavodi, Xarkov elektrostanok zavodi, ko‘tarma kranlar zavodi, Rostovdan keltirilgan «Êðàñíûé Àêñàé», Sulsk nasos zavodi, Vagon-remont zavodi, «Êðàñíûé ïóòü» zavodi, Kiyev
«Òðàíññèãíàë» zavodi va boshqalar edi. Bu korxonalarning har biri o‘rta hisobda 20 foizgacha ishchi va injener-texnik xodimlar bilangina keltirilgan edi. Qolgan 80 foizi respublikamizning fabrika-zavod ta’limi maktablarida, turli kurslarda tayyorlangan ishchi va texnik xodimlar bilan ta’minlandi.Harbiy izga tushirilgan respublikamiz korxonalari ham anchagina kengaytirildi. «Tashselmash» zavodi, boshqa korxonalardan keltirilgan 438 stanok, 200 dan ortiq yuqori malakali ishchilar hisobiga kengaydi. Qodirov, Hakimov, Yusupov, Ismoilov va boshqa ustalar kunlik normalarini 200—300 foizga oshirib bajardilar.Xotin-qizlar, keksalar, yoshlar korxonalardagi turli xil ishlarga jalb etildi. Urushning bir yarim yili mobaynida O‘zbekiston sanoatida xotin-qizlar salmog‘i 29 foizdan ziyod oshdi va 1943-yilda 63,5 foizni tashkil qildi.Respublika sanoat korxonalari quvvatlarining kengayishi, ko‘chirib keltirilgan zavodlarning ishga tushishi birinchi navbatda elektr energiyasi va yoqilg‘i ishlab chiqarishni keskin oshirishni talab qildi, mavjud energetika quvvatlari bunday talabga javob berolmas edi. O‘zbekiston partiya va hukumati Ittifoq hukumatiga xat yo‘llab bu muammoni hal etishda ko‘mak so‘radi. Tez orada, 1942-yil 18-noyabrda VKP(b) MQ va SSSR Xalq Komissarlar Soveti «O‘zbekiston SSRda beshta gidroelektrostansiya qurilishi to‘g‘risida» qaror qabul qildi. O‘zbekistonda metallurgiya zavodi qurish, ko‘mir va neft qazib olishni ko‘paytirish tadbirlari ham belgilandi. O‘zbekistonda yangi sanoat korxonalari va energetika tarmoqlari qurilishi uchun 1 milliard so‘m ajratildi. 1943-yilda O‘zbekistonning eng yirik gidroelektrostansiyasi — Farhod GESi qurilishi boshlandi, qurilish zarur materiallar va ishchi kuchi bilan ta’minlandi. Farhod qurilishi umumxalq qurilishiga aylandi,binokorlik ishlari hashar yo‘li bilan bajarildi. 10 oylik fidokorona