Oziq-ovqat do’koni ilovasini yaratish
Mavzu: Oziq-ovqat do’koni ilovasini yaratish _____ Mundarija Kirish………………………………………………………………………… 2 I.BOB. NAZARIY QISM…………………………………………………… 5 1.1. Vizual studio tarixi va vizual dasturlash g’oyasi……………………….. 5 1.2 Dasturiy ta’minot………………………………………………………… 6 1.3 Integrallashgan muhitlar…………………………………………………. 11 II.BOB. AMALIY QISM ……………………………………………………. 15 2.1. Oziq-ovqat do’koni dizaynini yaratish ……………...…………. 15 2.2. Oziq-ovqat do’koni sifatli xizmat ko’rsatuvchi ilova ..………… 23 III.BOB. Xulosa.……………………………………………………………... 25 IV.BOB. Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………. 26
Kirish Bu kurs ishida “ Oziq-ovqat do’koni ilovasini yaratish ” mavzusini yoritib berar ekanmiz nazariy qismida Visual studio tarixi, dinamik dasturlash tamoyili mavzulariga to’xtalib ketamiz. Amaliy qismida esa electron kutubxonada muammolar yechim topishi, electron kutubxona mavzusini visual studio tilida ifodalanishi kabi misollarni ishlab ketamiz. Xulosa qismini hamma ishlarni bajarganimizdan keyin yozamiz.Inson va ma’lumotlarga ishlov berish o’rtasidagi aloqa kompyuter dasturlari orqali boshqariladi. Markaziy protsessor (CRI) belgilari to’plami ikkita belgigacha “0” va “1” yoki “yoqilgan” va “o’chirilgan” bilan chegeralangan. Inson harflardan, raqamlardan, tasvirlardan foydalanadi. Inson va mashina o’rtasidagi interfeysni (muloqotni), (kodlashtirish)ni dasturiy ta’minot tartibga solib turadi. Bu vazifadan tashqari kompyuter dasturi operatsion tizimi ko’rinishida kompyuterni butun apparat qismini boshqarilishini tartibga soladi. Shunday qilib dasturiy ta’minot ikki qismga bo’linadi: tizimli dastur ko’rinishidagi apparat qismining boshqarilishi muammolarning yechilishiga qaratilgan amaliy dasturlar Bu bilan bir qatorda tizimli va amaliy dasturlar ishlab chiqish va kompyuter xizmatini yengillashtirish uchun bir qator dasturlash tillari va qo’llash servisi mavjud. Tizimli dastur shu bilan birga, kompyuter va unga tegishli periferiyalardan foydalanishga imkon beradi. Tizimli dasturlarga foydalanuvchining ma’lumotlarga ishlov berish tizimining ishlash tamoyillari bo’yicha keyingi texnik belgilarga ega bo’lishini talab qilmasdan, masalani kiritish va chiqarish boshqaruvini tayyorlaydigan operatsion tizimlarini o’z ichiga oladi. Xizmat uchun belgilangan va yordamchi dasturlar ham tizimli dasturlarga oid bo’lib, masalan formatlash va nusxalashda axborot tashuvchilar bilan muomala 1
qilish singari operatsion tizimlar bilan munosabatni yengillashtiradi. Windows XP, Windows 2003 mijozserver arxitekturali Novell, UNIX va LINUXning har xil variantlari mashhur operatsiya tizimlaridandir. Professional va kundalik masalalar qo’yilishini hal qilish uchun iqtisodiy, texnik va ilmiy sohadan amaliy dasturlar foydalaniladi yoki ishlab chiqiladi. Foydalanuvchilar va qo’llanish miqdoriga ko’ra soni va ushbu amaliy dasturlarni yana bo’laklarga bo’lib chiqish mumkin. Standart dasturiy ta’minot quyidagicha ko’rinishda deyarli har qanday masala qo’yilishi uchun amal qiladi, masalan: Matnga ishlov berish (masalan, MS Word) Elektron jadvallar bilan ishlash (masalan, MS Excel) Ma’lumotlar bazalari (masalan, MS Access, Oracle) Grafiklar (masalan, Visio, CorelDraw) Nashriy tizimlar (Desktop Publishing) (mas. Adobe Pagemaker, QuarkXPress) Loyihalash (masalan, MS Project) Standart dasturiy ta’minot foydalanuvchilarning keng doirasi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va bu bilan eng ko’p umumiy vazifalarni namoyon qilgan bir paytda, soliq idorasi, arxitektorlar, mebel tayyorlovchilar kabi muayyan kasbiy guruhlar tegishli talablarga muvofiqlashtirilgan tayyor xizmatlar ko’lamiga ega bo’lgan amaliy dasturlarning tarmoq paketlari deb ataluvchi dasturlardan foydalanadilar, ya’ni bunday dasturlarga talabgor bo’ladilar. Agar xizmatlarning bunday o’ziga xos tarmoq ko’lami alohida tashkilot muammolarini hal qilish uchun baribir haddan tashqari umumiy bo’lib chiqsa, unda bir yoki bir nechta tashkilotlar talablariga moslashuvchi alohida dasturiy ta’minot ishlab chiqish imkoniyatigina qoladi xolos. Bu yerda misol sifatida bir yoki bir nechta tashkilotlar tomonidan foydalaniladigan mutlaqo o’zgacha ishlab 2
chiqarish mashinalarini boshqarish uchun qo’llanuvchi ishlab chiqarishni rejalashtirish tizimini tasavvur qilish mumkin. Yuqorida bayon qilingan fikr-mulohazalarga muvofiq texnik yoki iqtisodiy sohalaridagi muammolarni ma’lumotlarga ishlov berish texnikasi va texnalogiyalari yordamida yechish uchun turlicha alternativalar (yondoshuvlar) mavjud: Mavjud dasturiy ta’minotdan foydalanish yoki uni qo’lga kiritish. Yangi standart, tarmoq yoki alohida dasturiy ta’minotni ishlab chiqish. Bu orqali o’z kuchlari bilan yoki ishlab chiqish haqidagi yoki chetdan taklif qilingan mutaxassislar tomonidan ishlab chiqish haqidagi masalaga bevosita bog’liq bo’lib, u har doim ham tashkilotning ichki «Nou-Xau»si tomonidan aniqlanavermaydi. AT tashkilotiga dasturiy mahsulot ishlab chiqishni topshirish foydalimi yoki bunday dasturiy loyihani o’z tashkilotida amalga oshirish foydalimi degan savolga javob beradi va mohiyatiga ko’ra ishlab chiqarish iqtisodiy tabiatini namoyon qiladi (xarajatlar, foydalar, tahlil). 3
I.BOB. NAZARIY QISM 1.1. Vizual studio tarixi va visual dasturlash g’oyasi Visual Studio - bu Microsoft kompaniyasining integratsiyalashgan ishlab chiqish muhiti (IDE). U veb-saytlar, veb-ilovalar, veb-xizmatlar va mobil ilovalarni o’z ichiga olgan kompyuter dasturlarini ishlab chiqish uchun ishlatiladi. Visual Studio Windows API, Windows Forms, Windows Presentation Foundation, Windows Store va Microsoft Silverlight kabi Microsoft dasturiy ta’minot ishlab chiqish platformalaridan foydalanadi. U mahalliy kodni ham, boshqariladigan kodni ham ishlab chiqishi mumkin. Visual Studio ilk versiyasi 1.1 – rasmda tasvirlangan. 1.1 – rasm: ilk ko’rinishi. Visual Studio IntelliSense (kodni to’ldirish komponenti) va kodni qayta ishlashni qo’llab-quvvatlaydigan kod muharririni o’z ichiga oladi. Integratsiyalashgan tuzatuvchi ham manba darajasidagi tuzatuvchi, ham mashina darajasidagi tuzatuvchi sifatida ishlaydi. Boshqa o’rnatilgan vositalar qatoriga kod profili, GUI ilovalarini yaratish uchun dizayner, veb-dizayner, sinf dizayneri va 4