logo

TURKISTONDA OZIQ-OVQAT MUAMMOLARI ZIDDIYAT VA YECHIMLAR (1917-1924 YIL)

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

61.23046875 KB
TURKISTONDA OZIQ-OVQAT MUAMMOLARI: ZIDDIYAT VA
YECHIMLAR (1917-1924 YIL)
MUNDARIJA
Kirish: ..................................................................................................... betlar
1 Bob   Sovet   hokimiyatining   oziq-ovqat   siyosati   oqibatlariga   qarshi   kurashi...-
bet
1 .1   Oziq-ovqat   s ezdlarida   muammo   yechimiga   oid   masalalarʼ
…………………………………………………………………………………. betlar
1.2.  Ocharchilik oqibatlarini tugatish komissiyasi faoliyati …………………… betlar
2   Bob   Oziq-ovqat   taqchilligiga   qarshi   kurash   chora-tadbirlari
…………………………………………………………………………………betlar
2.   1   Oziq-ovqat   muammolari   va   uni   bartaraf   etishdagi   dastlabki   sa y-harakatlar	
ʼ
……………… betlar
2.2     Ovqatlanish   punktlari   hamda   oziq-ovqat   ishchi   otryadlari   faoliyati…         ………
betlar
3 Bob 
3.1…………………….
3.2………………………. Xulosa .................................................................................................... betla
1.1.  Oziq-ovqat s ezdlarida muammo yechimiga oid masalalarʼ
Har  bir  millatning o‘z  o‘tmishiga qiziqishi  behad kuchaygan  hozirgi  kunda
tariximizning   o‘qilmagan   sahifalarini   qayta   kashf   etayotirmiz.   Markaziy   matbuot
sahifalarida Volga bo‘yida 20-yillar boshida va Ukraina hamda Qozog‘istonda 30-
yillar boshida uyushtirilgan ocharchilik fojealariga oid dahshatli ma lumotlar ko‘p	
ʼ
marta   berildi.   Biroq   1917—1919   yillarda   Turkistonni   qamrab   olgan
ocharchilikning   og‘ir   oqibatlari   hakida   deyarli   hech   narsa   bilmaymiz,   yaqin-
yaqinlargacha bu fojea tez va muvaffaqiyatli hal etilgan, deb hisoblandi. Insoniyat
ta minoti,   xususan,   oziq-ovqatga   bo‘lgan   ehti-yoj   tug‘ilishdan   umrning   oxiriga	
ʼ
qadar   davom   etadigan   ta-biiy   jarayon   hisoblanadi.   Shuning   uchun   ham   insoniyat
yasha-shi,   uning   faoliyat   yuritishini   oziq-ovqat   ta minotisiz   tasavvur   qilib	
ʼ
bo‘lmaydi.   Oziq-ovqat   ta minotidagi   uzi-lishlar   butun   bir   jamiyat   taqdirini	
ʼ
ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Rossiya   imperiyasi   davrida   o‘lkaning   paxta   yetishtiruv-chi   hudud   sifatida
saqlab turilishi, mintaqadagi asriy xo‘jalik yuritish tizimining izdan chiqishiga olib
kel-di. Bunday holat Turkistonni Rossiyadan keltiriladigan g‘allaga qaramligini va
o‘z   navbatida   Rossiyaning   o‘lkadan   paxta   hamda   boshqa   oziq-ovqat
mahsulotlariga ehtiyojini ko‘proq namoyon qildi. Agar tarixiy manbalarga muroja-
at   qilinsa,   Rossiyaga   nafaqat   paxta,   balki   uning   yog‘i   ham   katta   miqdorda   olib
ketilgan.   Masalan,   Rossiyaga   1905   yilda   487958   pud,   1906   yilda   576878,   1907
yilda   52685,   1908   yilda   579733   pud   yog‘   jo‘natilgan 1
.   Bundan   tashqari,
Turkistondan   olib   ketilayotgan   oziq-ovqat   mahsulotlari   orasida   olma,   o‘rik,
shaftoli,   uzum   va   olxo‘ri   ham   ko‘p   miq-dorda   bo‘lgan.   Xususan,   1909   yilda
o‘lkadan   Rossiyaga   38232   ming   pud,   1910   yilda   39118   ming,   1911   yilda   2662
1
  Ziyoev   H.   O‘zbekistonning   Rossiya   bilan   iqtisodiy   aloqalarining   o‘rnatilishi   va   rivojlanish
tarixi (XVI–XX asr boshlari).  II jild. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2013. – B. 212. ming,  1912   yilda   113438,   1913  yilda   50708  ming  pud   olma  olib   ketilgan  bo‘lsa,
qayd etilgan yillarda, tegishli tarzda, o‘rik, shaftoli, olxo‘ri 23837 ming pud, 22461
ming,   10212   ming,   30703   ming,   41105   ming   pudni   tashkil   etgan.   Rossiya-ga
yuborilgan mevalar orasida uzum ko‘p miqdorda tashkil qilib, uning hajmi 1909–
1913   yillar   oralig‘ida,   tegishli   tarzda   844499   ming,   59706   ming,   80554   ming,
96345 ming, 103402 ming pudni tashkil qilgan.
Mavjud   ma lumotlarga   tayangan   holda   qayd   etish   mumkinki,   bundayʼ
holatlar   oziq-ovqat   mahsulotlariga   bo‘lgan   muhtojlikni   kuchaytirib,   asta-sekin
yaqin orada bo‘lishi mumkin bo‘lgan ocharchilik, qahatchilikdan dalolat berardi.
Rossiyaning   Birinchi   jahon   urushi   (1918–1914)dagi   ishtiroki   donli   ekinlar
ekilishining qisqarishiga olib keldi. Masalan, o‘lkada, Xususan Farg‘ona viloyatida
“...   o‘sha   yilda   (1917)   237856   desyatina   [yerga]   boshoqli   mahsulotlar   ekilgan
bo‘lib, ekinlik yerlarning ozayishini quyidagi raqamlardan ham bilsa bo‘ladi. 1915
yilda   776933   desya-tina,   1917   esa   yilda   esa   596381   desyatina   ekildi.   ...   Butun
Farg‘ona muzofotida 840 ming desyatina sug‘oriladigan yer bo‘lib, shundan 1915
yilda 690850 desyatinani, 1917 yil-da esa ushbu hisob 533612 desyatinani tashkil
etgan”.   Yana   shuni   qayd   etish   lozimki,   Rossiyadan   Turkistonga   g‘alla   keltirish
nihoyatda qisqarib ketgan. Xususan, 1915 yil-da 6.663 ming pud g‘alla keltirilishi
rejalashtirilgan bo‘lsa-da, amalda atigi 1.531 ming pud, ya ni deyarli besh barobar	
ʼ
kam, 1916  yilda rejalashtirilgan  18 million pud  o‘rniga,  bor-yo‘g‘i  1  million  pud
g‘alla keltirilgan. Oxir-oqibatda, bu narx-navoning keskin o‘sib ketishi, non va non
mahsulotlarining   yetishmovchiligiga   olib   kelgan.   Oziq-ovqat   mahsulotlarining
tannarxi,   xususan,   1916   yil-ga   kelib   g‘alla   narxi   1915   yilga   nisbatan   300   foizga
o‘sgan   bo‘lsa,   guruch   –   200,   shakar   –   250,   non   esa   400   foizga   oshib   ketdi.   Shu
sababdan   ham   1916   yil   xalq   orasida   ocharchilik   va   qahatchilik   deb   nom   oldi1.
Boshqa   manbada   esa   g‘alla   nar-xi   quyidagicha   keltirilgan:   “1910   yilda   jahon
bozorida 1 pud (16 kg. 300 gr) bug‘doyning narxi 1 so‘m 65 tiyinni, 1916 yil 1 pud
bug‘doyning   narxi   3   so‘mni   va   1917   yilga   ke-lib   esa   1   pud   bug‘doy   47   so‘mga
ko‘tarilib ketdi. Bug‘doy nar-xining ko‘tarilishi 20-yillarning oxirlarigacha kuzatil- di”   –   deyiladi.   Bundan   tashqari,   quyidagi   dalillar   ham   yuqoridagi   raqamlarni
yanada to‘ldiradi. Birinchi jahon urushi yillarida paxta narxi 50 foizga ko‘tarilgan
holda, asosiy oziq-ovqat va sanoat mahsulotlari narxi 200–300 foizga qadar oshib
ketdi. 1915 yil 107 mln. pud g‘allaga za-ruriyat bo‘lgan holda, amalda 95 mln. pud
g‘alla   yetishtirib   olingan,   xolos.   Demak,   12   mln.   pud   kam   g‘alla   yetishtirilgan.
1916   yilda   paxta   ekish   maydonlarini   kengaytirish   va   g‘al-la   ekish   maydonlarini
qisqartirish hisobiga 22 mln. pud g‘alla kam yetishtirilgan. 
keyin Turkistonga g‘alla keltirish amalda deyarli to‘x-tab qolgan, vaholanki, o‘sha
yilda o‘lkaga 28 mln. pud g‘alla yetishmas edi. Turkistonda oziq-ovqat taqchilligi
muammo-si, amalda 1915 yildayoq yaqqol ko‘zga tashlanib, 1917 yil-dan o‘lkani
yoppasiga   ocharchilik   qamrab   olgan.   1917   yilda   bir   pud   g‘alla   3,5   so‘mdan   81
so‘mga   qadar   oshib   ketdi1.   O‘sha   davrning   yana   boshqa   manbasi   bilan
solishtirilsa,   1917   yil   aprel   oyida   Samarqand   viloyatining   Chorsu   va   Registon
bozorlarida bir qadoq2 un 23–25 tiyinni, bir pud un-ning narxi o‘rtacha 10 so‘mni
tashkil etgan.
Agar   yana   tarixiy   dalillarga   murojaat   qilinadigan   bo‘lsa,   oziq-ovqat   taqchilligi
joylarda yanada ayanchliroq ahvolda ko‘zga tashlanadi. Masalan, 1917 yil martida
tu-zilgan Avliyoota oziq-ovqat qo‘mitasi shahar  aholisi ta -minoti uchun 1917 yilʼ
iyuniga   qadar   16069   pud   g‘alla   oldi.   Ammo   bu   mutlaqo   yetarli   bo‘lmay,   aholi
ehtiyojiga zarur bo‘lgan g‘allaning qolgan qismini dastlab pudini 5 so‘mdan xarid
qilgan bo‘lsa, may oyi oxirlariga kelganda bu ko‘rsat-kich 25 so‘mga yetib bordi.
To‘g‘ri,   qimmat   bo‘lsa-da,   oziq-ovqat   qo‘mitasi   har   bir   og‘izning   kunlik   yeyish
me yori uchun 1, 1/2 funt4 hisobidan xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ammo	
ʼ
uyezd   oziq-ovqat   qo‘mitasining   tashkil   topishi   hamda   g‘alla-ga   6   so‘mdan   qat iy	
ʼ
narx   belgilanishi   natijasida   dastlab   bozorda   g‘allani   ochiq-oydin   sotish   yo‘qqa
chiqqan   bo‘lsa,   keyin   g‘alla   narxi   kun   sayin   emas,   soat   sayin   oshib   bordi.   Boz
ustiga, chetdan g‘alla keltirish amalda to‘xtab qolgani, shuningdek, uyezdda hosil
deyarli   bo‘lmagani   to‘g‘risidagi   xabar   ham   narx-navoning   keskin   ortib   borishiga
olib kel-di 2
. 1917 yilning sentyabrida Avliyoota shahrining 24 ming aholisi uchun
2
 O‘zbekiston Milliy arxivi (O‘zMA), R-31- fond ,1- ro‘yxat, 8- ish, 285-varaq 13   vagon   g‘alla   berish   ko‘zda   tutilgan   bo‘lsa-da,   oradan   bir   oy   o‘tsa   ham,   yerli
aholiga hech narsa berilmagan. Boz ustiga Avliyootaning yerli aholisi 1917 yil 15
avgust-dan 17 oktabrga qadar oziq-ovqat qo‘mitasi tomonidan hech qanday g‘alla
bilan ta minlanmagan. Lekin ayni paytda rus aholisi, juda oz bo‘lsa-da, oziq-ovqatʼ
mahsulotlari   bilan   ta minlab   turilgan	
ʼ 3
.   Ma lumotlardan   ko‘rinib   turibdiki,   g‘alla	ʼ
taqsimoti adolatli amalga oshirilmagan. Masalan, 1917 yil oktabrdagi ma lumotga	
ʼ
ko‘ra,   3   vagon   unni   musulmon   aholi   hisobiga   taqsim   qilingan   bo‘lsa-da,   amalda
unning   yarmini,   ya ni   1,5   vagonni   rus   aholisi   ochlari   hiso-biga   olib   qo‘yilgan.	
ʼ
Bunga sabab qilib, agar rus oziq-ovqat qo‘mitasi shunday yo‘l tutmagan taqdirda,
mazkur   qo‘mita   a zolari   “och   rus   aholisi   tomonidan   o‘ldirilardi”,   deyi-ladi.
ʼ
Avliyoota   shahar   boshlig‘i   1917   yil   17   oktabrida   Sirdaryo   viloyat   oziq-ovqat
qo‘mitasi   va   Turkiston   oziq-ovqat   qo‘mitasiga   qilgan   murojaatida   “aholining
kambag‘al   qismi   bolalarini   yetarli   non   bilan   ta minlanmasa...   ham-masi   o‘limga	
ʼ
mahkum.   Ular   uchun   ajratilayotgan   3/4   funt   non   (bu   ham   faqat   rus   aholisiga)
yetarli bo‘lmay, arang ularning hayotini qo‘llab turibdi”, deyiladi 4
.
Oziq-ovqat   muammosi   Turkistonni   boshqa   uyezd   hamda   viloyatlarida   ham
kundan-kunga   avj   olib,   boshqaruv   tizi-midagilar   uchun   kun   tartibidagi   asosiy
masalasi bo‘lib qolgan. Masalan, 1917 yil 4 fevralida Kaspiyorti viloya-tida oziq-
ovqat   muammosi   yechimiga   bag‘ishlangan   majlisda   oziq-ovqat   bo‘yicha   vakil,
“general-mayor   Kalmakov   g‘alla   ta minotidagi   muammolarga   to‘xtalib,	
ʼ
Rossiyaning   tay-yorlov   rayonlaridan   g‘alla   va   un   keltirish   juda   kamayib   ketdi
(1916   yil   noyabr   va   dekabr   oylari   rejasi   baja-rilmagan)   yoki   mutlaqo   to‘xtadi
[Kavkaz]”, degandi. Bun-dan tashqari, majlisda g‘alla narxining oshib ketishi ham
maqsadga muvofiq emas, unga qat iy narx belgilash zarur deb topilgan. Shu davrda	
ʼ
Kaspiyorti viloyati aholisi uchun 1767862 pud g‘alla yetishmas edi 5
. Shuningdek,
Farg‘ona   vi-loyatida   ham   oziq-ovqat   muammosi   1917   yilga   kelib   yaqqol   bilinib,
g‘alla   yetishmovchiligi   60   mln.   pudga   yaqin   edi.   Bu   amalda   viloyat   aholisining
ocharchilikni boshidan kechira-yotgani edi.
3
 O‘zMA, R- 31-fond, 1- ro‘yxat, 8- ish, 296- varaq.
4
 O‘zMA, R- 31-fond, 1- ro‘yxat, 8- ish, 296- varaq.
5
 O‘zMA, R- 31-fond, 1- ro‘yxat, 8- ish, 402-403- varaqlar. Ta kidlash   joizki,   o‘lkadagi   oziq-ovqat   ta minotida   aholi   manfaatlarini   chetlabʼ ʼ
o‘tish   1917   yil   fevral   inqi-lobidan   keyin   ham   davom   etgan.   Turkiston   o‘lkasida
boshlan-gan oziq-ovqat taqchilligi va uni ichki imkoniyatlar, zaxira orqali bajarishi
mumkin emasligi chetdan oziq-ovqat ku-tishga majbur qilardi. Masalan, Turkiston
oziq-ovqat   taq-chilligi   muammosi   bo‘yicha   1917   yil   16   martda   o‘lka   bo‘yicha
oziq-ovqat ishlariga vakil general-leytenant Bachinskiy raisligida majlis o‘tkazilib,
unda mart oyi uchun Turkistonga g‘alla armiyasi tomonidan atigi 100 vagon g‘alla
va   375   vagon   un   ajratilgani   qayd   etilgan.   General-leytenant   Ba-chinskiy   mazkur
muammo   yechimida   Yer   ishlari   vaziriga   tele-gramma   yuborib,   unda   o‘lkadagi
g‘alla taqchilligi masalasini qayd etish zarur deb topgan edi 6
.
1917   yil   iyunda   Orenburgdan   Turkistonga   200   ming   pud   g‘alla   kelishi   kutilib,
ushbu   g‘alla   Turkiston   viloyatlariga   taqsimlanishi   kerak   edi.   1917   yilning   20
iyunida   Turki-stondan   Sadirin   tomonidan   Orenburg   guberniyasi   oziq-ovqat
qo‘mitasi   raisi   Mokyev   nomiga   yuborilgan   telegrammada   “...   tezroq   iyun   [oyi]
rejasi   taqsimotini   bajarilishi   bo‘yi-cha   chora   ko‘rishingiz   kerak”,   deyilgan.
Yuqorida qayd etilgan telegramma asosida Sadirin imzosi bilan 1917 yil 21 iyun-
da   Orenburgdan   Yekaterinodar,   Stavropol,   Tbilisi   va   Omsk-ka   telegrammalar
yuborilib,   unda   Turkistonda   oziq-ovqat   ta minoti   nihoyatda   og‘ir   ahvolda	
ʼ
ekanligini   qayd   etilgan 7
.   1917   yil   1   iyundagi   ma lumotga   ko‘ra,   iyul   oyiuchun	
ʼ
Kav-kaz,   Samara,   Orenburg,   To‘rg‘aydan   Turkistonga   550   pud   g‘al-la,   550   pud
makkajo‘xori   keltirish   ko‘zda   tutilgan2.   Bundan   tashqari,   O‘lka   oziq-ovqat
qo‘mitasi   1917   yil   3   oktabrida   Yekaterinodar,   Vladikavkaz,   Stavropol
guberniyalaridagi   oziq-ovqat   qo‘mitalariga   qilgan   murojaatida,   oziq-ovqat
muammosi dolzarbligiga e tiborni qaratib, “ ... ahvolni o‘nglash uchun zudlik bilan	
ʼ
chora ko‘rishingizni so‘rayman”, deyiladi 8
.
Ta kidlash joizki, oziq-ovqat taqchilligiga barham berish yuzasidan sa y-harakatlar	
ʼ ʼ
Farg‘ona   viloyatida   ham   jiddiy   tus   oldi.   Xususan,   1917   yil   3   avgustda   Farg‘ona
6
 O‘zMA, R- 31-fond, 1- ro‘yxat, 20- ish, 29- varaq.
7
 O‘zMA, R- 31-fond, 1- ro‘yxat, 1- ish, 50- varaq.
8
 O‘zMA, R- 31-fond, 1- ro‘yxat, 8- ish, 3- varaq. viloyat soldat, ishchi va dehqon deputatlari kengashi ra-isi tomonidan Kuban, Tver
viloyatlari,   Stavropol,   Sa-mara,   Orenburg   guberniyalari   soldat,   ishchi,   dehqon
depu-tatalari   kengashlariga   murojaat   qilib,   Farg‘ona   viloyat   oziq-ovqat   ko‘mitasi
emissari   I.I.   Kudryavsevga   taqsimot   asosida   ajratilgan   g‘allani   Farg‘onaga
keltirishni tez-lashtirish vazifasi yuklatilgani, aholiga hozirgi kunda, kishi boshiga
1/8   funtdan   g‘alla   tarqatilayotganligi,   iyul   oyida,   taqsimot   bo‘yicha   ajratilishi
belgilangan   360   va-gon   [g‘alladan],   atigi   200   vagoni   kelgan   xolos   va   bunday
yetishmovchiliklar oyma-oy qaytarilmoqda”, deydi1. Bun-dan tashqari, ta minotdaʼ
uzilish jarayonlari nafaqat o‘lka aholisiga, balki harbiy qismlarni oziq-ovqat bilan
ta minlashda   ham   ko‘zga   tashlanadi.   Xususan,   1917   yil   4   avgustida   harbiy   qism	
ʼ
askari   Kazakovni   Farg‘ona   viloyat   oziq-ovqat   qo‘mitasi   Orenburg   va   Samara
guberniyalariga g‘alla bilan ta minlash uchun safarga yubordi.	
ʼ
Mazkur muammo yechimida ko‘rilgan chora-tadbirlar   qamrovi   turli   xil
bo‘lsa-da, barchasini oziq-ovqat ta mi-notini mumkin qadar tezroq amalga oshirish	
ʼ
bilan   bog‘liq   umumiy   xususiyat   kasb   etgan.   Yuqorida   keltirilgan   mi-sollardan
ko‘rinib   turibdiki,   Turkistondagi   iqtisodiy   ahvol   kundan-kunga   og‘irlashib
boravergan. O‘z navbatida, bu o‘lkadagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahvolga ham
o‘z ta sirini o‘tkazgan edi.	
ʼ
1917 yilning fevraliga qadar ocharchilikni oldini olishga qaratilgan non va boshqa
oziq-ovqat   mahsulotlari-ga   joriy   etilgan   kartochka   tizimi   ham   kutilgan   natijani
bermagan.   Kartochka   tizimi,   aholiga   1917   yilning   mayi-da   dastlab   2   funtdan,
keyinroq   1,5   va   hatto   1   funtdan   qi-lib   belgilandi.   Farg‘ona   viloyatining   ayrim
uyezdlarida   esa   bora-bora   un   berishning   mutlaqo   iloji   qolmadi.   1917   yil   yoziga
kelganda, Turkistonda oziq-ovqat muammosi yanada kuchaydi. Bolsheviklar o‘lka
yerli   aholisiga   nisba-tan,   ya ni   Eski   shaharlarda   yashovchilardan   ko‘ra,   birinchi	
ʼ
navbatda, Yangi shaharlarda istiqomat qiladiganlarni va sanoat ishchilari, ya ni rus	
ʼ
va   rusiyzabonlarni   ko‘proq   qo‘llab-quvvatladi.   O‘lkaning   Eski   shaharlarida
yashovchi mahalliy aholi ko‘p hollarda o‘z holiga tashlab qo‘yildi. Faqat 1917 yil mayidangina, mahalliy aholi talabidan keyin, Eski shaharlarga, xususan, Toshkent
Eski shahri aho-lisiga ham kartochka beriladigan bo‘ldi. 
Turkistonga  chetdan,   xususan,   Shimoliy  Kavkazdan  g‘al-la   keltirish  ham   ma lumʼ
bir   qiyinchiliklarni   keltirib   chiqargan.   Shimoliy   Kavkaz   oziq-ovqat   qo‘mitasi
Turkiston   g‘alla   ta minoti   tizimini   rejali   tarzda   amalda   yo‘lga   qo‘ya   olmagan.	
ʼ
Masalan,   1917   yil   10   dekabrida   Stavropol   oziq-ovqat   va   demokratik   tashkilotlar
s ezdida   ham   ta kidlanishicha:   “o‘lka   [Turkiston]ni   g‘alla   ta minotidagi   uzuq-	
ʼ ʼ ʼ
yuluq   jarayonga   jiddiy   e tibor   berilmagan.   Kavkaz   oziq-ovqat   qo‘mitasi   uchun	
ʼ
uzoqdagi Turkistonni g‘alla bilan ta minlash asosiy vazifa deb qaralmay, vujud-ga	
ʼ
kelgan   holatga   panja   orasidan   qaraganlar”.   Agar   1917   yilga   e tibor   qaratilsa,   bu	
ʼ
murakkab   jarayon   mart   oyidan   dekabrga   qadar   davom   etgan.   G‘alla   tayyorlash
belgilangan   miqdorni   bajarishga   yo‘naltirilgan   bo‘lib,   1917   yil   may   oyida   80
foizga   qadar   bajarilgan   bo‘lsa,   keyingi   oylar-dan   g‘alla   ta minoti   oyma-oy
ʼ
kamayib borgan. Bu 1917 yil noyabriga kelganda belgilangan miqdordagi g‘allani
atigi   11   foizga   bajarilishiga   va   yoki   boshqacharoq   ifodalagan-da,   89   foiz
bajarilmasligiga   olib   kelgan.   Oxir   oqibat-da,   1917   yilning   dekabriga   kelganda
Shimoliy Kavkazdan Turkistonga g‘alla keltirish mutlaqo to‘xtab qolgan 9
.
Yuqorida   keltirilgan   muammolarning   ma lum   bir   qismi   Rossiya   podsholigidan	
ʼ
“meros”   bo‘lib   qolgan   bo‘lsa,   boshqa   bir   bo‘lagi   fevral   (1917)   inqilobidan   keyin
qo‘-shilgan   yoki   “boyigan”   deyish   mumkin.   Boshqacharoq   ifoda-laganda,   oziq-
ovqat muammosi fevral inqilobidan avval  ham bor bo‘lsa-da, bu holat inqilobdan
keyin ham barham topmay, tizim yoki nomlanishlari  o‘zgargan bo‘lsa-da, muam-
mo   yechimi   yo‘lidagi   munosabatlar   o‘sha-o‘sha   bo‘lib   qolaver-di.   Mazkur
muammo yechimida Turkiston o‘lkasi oziq-ovqat ishlari bo‘yicha maxsus kengash
tomonidan   fevral   inqi-lobidan   keyin   ham   o‘lkada   oliy   darajadagi   oziq-ovqat
organini   saqlab   qolishni   maqsadga   muvofiq   deb   topib,   Toshkentda   o‘lka   oziq-
ovqat   kengashini   Turkiston   oziq-ovqat   qo‘mitasi   deb   nomlash   zarurligini   qayd
etgan.   1917   yil   6   iyunda   Farg‘ona   viloyat   soldat   va   ishchilar   kengashiga
yuborilgan xatda, Turkistonda oliy o‘lka oziq-ovqat tash-kilotlarini saqlab qolishga
9
 O‘zMA, R- 31-fond, 1- ro‘yxat, 11- ish, 8- varaq. oziq-ovqat   vazirligi   ham   xayrixohlik   bildirgani   qayd   etilgan.   1917   yil   12   iyunda
Toshkentda   Turkiston   o‘lkasi   oziq-ovqat   qo‘mitasi   va   o‘lka   boshqarmasi   Nizomi
ko‘rib chiqilgan. Farg‘ona viloyati  sol-dat  va ishchilar  kengashidan mazkur  o‘lka
qo‘mitasiga doi-miy vakilni yuborishni so‘ralgan1.
Qayd etilganidek, nomlanishi o‘zgargan bo‘lsa-da, muam-mo yechimiga qaratilgan
sa y-harakatlar   o‘z   mohiyatiga   ko‘ra   keskin   farq   qilmagan.   Muammolar   o‘zʼ
yechimini   topishida   joylardagi   va   markazdagi   oziq-ovqat   mutasaddilari   ha-rakati
hamma   vaqt   ham   kutilgan   natijani   bermagan.   Boz   ustiga,   oziq-ovqat
mahsulotlarini tayyorlash va aholi-ga sotish ishlarini markazlashgan holda amalga
oshirish amalda besamar bo‘ldi.
1917   yilning   oktabridagi   ma lumotga   ko‘ra,   o‘lkaning   joylardagi   oziq-ovqat	
ʼ
boshqarmalarida   maxsus   oziq-ovqat   tayyorlash   bo‘limi   mavjud   bo‘lmay,   asosan,
bug‘doy   tay-yorlash   bo‘limi   mavjud   bo‘lib,   mazkur   bo‘lim   orqali   boshqa   oziq-
ovqat   mahsulotlari   ham   xarid   qilingan.   Xarid   ham   joylarga   chiqmay,   bozorni
yaxshi   o‘rganmasdan,   tahlillarga   tayanmagan   holda   amalga   oshirilgan   hollari
bo‘lib turgan. Masalan, 1917 yil oktabrda Samarqandda 2 ta vagondagi 2000 pud
kartoshka   uchun   5   so‘m   50   tiyindan-   11000   so‘m   pul-ni   oziq-ovqat   boshqarmasi
tomonidan   to‘langan   bo‘lib,   bu   bozorga   har   pudi   6   so‘m   44   tiyindan   sotilishi
ko‘zda tutil-gan. Biroq Samarqand oziq-ovqat boshqarmasi 2000 pud kar-toshkaga
pul   to‘lagan   bo‘lsa-da,   bu   amalda   yo‘qotishlar   orqa-li   1727   pud   kartoshka   olgan.
Natijada shahar oziq-ovqat
qo‘mitasiga   har   pud   kartoshka   8   so‘m   40   tiyindan   tushgan.   O‘z   navbatida,
Samarqand   shahar   oziq-ovqat   qo‘mitasi   mazkur   xaridga   oid   tashkiliy   ishlar   bilan
kartoshkani   bozorda   9   so‘m   15   tiyindan   sotishi   kerak   edi.   Holbuki,   aholi   tomo-
nidan Samarqandning Eski shaharida kartoshka oktabr oyi boshlarida 5–6 so‘mdan
sotilgan   bo‘lsa,   oktabr   oy-ining   oxirlarida   5   so‘m   50   tiyindan   7   so‘mgacha
sotilgan.   Ammo   Samarqand   shahar   oziq-ovqat   qo‘mitasi   o‘z   ixtiyori-dagi
kartoshkani   oktabr   oyida   7   so‘m   20   tiyindan   sotgan.   Aholi   ta minotidagi	
ʼ
yo‘qotishlardan ko‘rilgan zararni yana o‘sha aholining o‘zi qoplashi kerak bo‘lgan. Ko‘rinib   turibdiki,   boshqaruv   tizimidagi   “xarid   va   sotuv”   holati   mahalliy   aholi
zarariga   ishlagan 10
.   Yuqorida   keltiril-gan   kartoshkaning   Samarqand   shahar
bozorlaridagi narxi (1917 yil aprel) o‘rtacha 4 so‘m 80 tiyin 5 so‘mni tashkil etgan.
Rossiya va uning chekka o‘lkalaridagi oziq-ovqat muam-mosi  hokimiyat tepasiga
bolsheviklar   kelgandan   keyin   yanada   yaqqol   ko‘zga   tashlana   boshladi.   Ammo
sovet   hoki-miyati   yillarida   olib   borilgan   tadqiqotlarda   oktabr   “inqilobi”   dan
keyingi   yillarda   “...   mamlakatda   armiya   va   aholini   boqish   uchun   g‘alla   yetarli
bo‘lgan,   ammo   hokimiyat   tepasidagilar   o‘zlarining   sinfiy   manfaatlaridan   kelib
chiqib   ocharchilikka   qarshi   hech   kanday   qat iy   choralar   ko‘r-maganlar”   –ʼ
deyiladi3.   Rossiyaning   markaziy   guberniyala-ridan   Turkistonga   g‘alla   keltirish
to‘xtab,   o‘lka   aholisi   ocharchilikka   giriftor   bo‘lganda   ham   bolsheviklar   mav-jud
oziq-ovqat   zaxiralaridan   unumli   foydalana   olmay,   adolatli   taqsimotni   amalga
oshira olmaganlar. Masalan, “1917 yilda Turkistonda ocharchilik yuzaga kelganda,
faqat Ukrainaning o‘zi ehtiyojidan ortiqcha 470 mln pud g‘allaga ega bo‘lgan”1.
G‘alla   masalasi   nafaqat   iqtisodiy,   balki   siyosiy   aha-miyat   ham   kasb   etgan.   O‘lka
rahbariyati oldida chetdan g‘al-la keltirishdan o‘zga chora qolmagandi. Shu tufayli
bunday   “G‘alla   safarbarlik”lari   tez-tez   sodir   bo‘lib   turardi.   Da-lillarga   murojaat
qilinsa,   “1917   yil   noyabrda   Farg‘ona   viloyat   ishchi-dehqon   va   soldat   deputatlari
raisi   Skobelev   (Farg‘ona)   uyezdidagi   harbiylarga   oziq-ovqat   mahsulotla-ri   topish
uchun   Rossiyaga   maxsus   safarbarlik   uyushtiradi.   Toshkent   uyezdi   oziq-ovqat
qo‘mitasidan   1917   yilning   25   noyabrida   Toshkent   uyezdi   Troitsk   posyolkasidan.
Topada va Atlanovlar esa Samara guberniyasi va Sibirga 5 ming pud, 29 noyabrida
I.   Tetrenko   va   S.   Stolyarovlarga   Rossiya   va   Kav-kazdan   ikki   ming   pud   hamda
1917   yil   dekabrda   T.   Juravlyov   va   A.   Щ ukinga   uch   ming   pud   bug‘doy   olib
keltirish topshi-rilgan” 11
.
Ko‘rinib   turibdiki,   vujudga   kelgan   oziq-ovqat   taqchil-ligi   hokimiyatni   qo‘lga
kiritgan bolsheviklarni juda og‘ir ahvolga solib qo‘ygan. Oziq-ovqat taqchilligidan
10
 Samarqand viloyat davlat arxivi (SVDA), 12-fond,1-ro‘yxat,14-ish, 12-varaq.
11
  Rasulov A. Turkiston va Volgabo‘yi, Uraloldi xalqlari o‘rtasidagi mu-nosabatlar  (1917–1924
yillar) – Toshkent: “Universitet”, 2005. – B. 38. sa-rosimaga   tushgan   o‘lka   bolsheviklari   rahbariyati   aholini   ta minotida   amaldaʼ
ojizlik   qilar   edilar.   Turkistonda   nafaqat   yemishga,   balki   kelgusi   hosil   uchun
dalalarga ekish-ga ham g‘allaqolmagan edi. Bu muammo yechilmasa, unda o‘lkada
oziq-ovqat   taqchilligi   yana   davom   etaverishi   mumkin   edi.   Vujudga   kelgan   og‘ir
holat yechimida qilingan sa y-hara-katlar qatorida, o‘lkada oziq-ovqat ishlari bilan	
ʼ
shug‘ul-lanib kelgan, kooperatsiya ishlariga daxldor kishilarni
Rossiyaning g‘allakor gubeniyalariga, xususan, Kavkazga, Sibirga yuborish ishlari
muhim   ahamiyat   kasb   etgan.   Lekin   shunga   qaramasdan,   ijtimoiy-iqtisodiy   ahvol,
siyosiy va-ziyat og‘irlashib boraverdi.
Sovet   hokimiyati   joylardagi   oziq-ovqat   muammosi-ni   davlat   organlari   tomonidan
uyushgan   holda   yechish   uchun   1917   yil   24   dekabr   va   1918   yil   6   yanvarda
Butunrossiya   markaziy   ijroiya   qo‘mitasi   (BMIQ)   dekretlariga   muvo-fiq,   RSFSR
XKK qoshida Butunrossiya oziq-ovqat qo‘mitasi, tegishli tarzda joylarda mahalliy
oziq-ovqat qo‘mitala-ri tashkil topdi1.
O‘lkadagi   ahvol   kundan-kunga   jiddiy   tus   olib,   joylar-da   aholining   ochlikdan
o‘limining   ko‘payishiga   olib   kel-gan.   O‘lkaning   viloyat,   uyezd-shaharlarida
ochlikdan   o‘layot-ganlar   soni   ko‘payib   borayotgani,   boz   ustiga   och   va   kasallar
miqdori   ham   keskin   ko‘payishiga   olib   kelayotgani,   ammo   ayni   paytda   Turkiston
sog‘liqni   saqlash   xalq   komissarli-giga   bir   necha   marotaba   shifokor   bilan
ta minlash bo‘yicha qilingan murojaatlarga faqat “va da berish bilan chekla-nib, ...	
ʼ ʼ
bajarmay kelingan” 12
. Amalda “oktabr inqilobi (1917)” dan keyingi boshqaruvdagi
boshboshdoqlik   nati-jasida   iqtisodiy,   harbiy-siyosiy   munosabatlar   tubdan   iz-dan
chiqib   ketgan   edi.   Bunga   yaqqol   misol   qilib,   1918   yil   22   yanvarda   Samara
guberniyasi   oziq-ovqat   qo‘mitasidan   yuborilgan   xatda   Turkistonga   kelayotgan
favqulodda ko-missar P. Kobozev poyezdiga, kelishuvga muvofiq “5 vagon un va
1   vagon   go‘sht   qo‘shib   qo‘yish”   kerak   edi,   ammo   “bayram-dan   keyingi   holat
(yangi   yil   bayrami   nazarda   tutilgan.   –   N.   R.)   tufayli…   bir   vagon   go‘shtni
qo‘yishning   imkoniyati   yo‘q.   ...[Samara]   guberniyasi   ixtiyoriga   yuborilayotgan
12
 SVDA,1685-fond, 1-ro‘yxat, 12-ish, 70-varaq orqasi. go‘sht-lardan   yo‘ldagi   xohlagan   [temir   yo‘l]   stansiyasidan   olish   huquqingiz   bor”
deyiladi. Bundan yaqqol ko‘rinib turib-
Turkistonni   oziq-ovqat   mahsulotlari   bilan   ta min-lash   “Orenburg   tiqini”2ʼ
boshlanguniga qadar ma lum bir uzilishlar  bilan bo‘lsa-da, har holda davom etdi.	
ʼ
Masalan,   1918   yil   28   yanvarida   Orenburgdan   Turkistonga   45   va-gon   oziq-ovqat
mahsulotlari   yuborilgan   bo‘lsa3,   1918   yil   31   yanvarda   Turkistonga   7   vagon
bug‘doy uni ajratilgan edi4. Aynan 1918 yil yanvar oyi davomida To‘rg‘ay viloya-
tidan   60   vagon   g‘alla,   Kiyev   guberniyasidan   150   vagon   g‘al-la,   Shimoliy
Kavkazdan   300   vagon   un,   350   vagon   g‘alla,   500   vagon   makkajo‘xori,   Xerson
guberniyasidan  340 vagon g‘al-la jami (1918 yil  yanvar  oyida) 1752 vagon oziq-
ovqat mahsulotlari Turkistonga yuborilgan5. Lekin shunga qara-masdan, ijtimoiy-
iqtisodiy ahvol, siyosiy vaziyat og‘ir-lashib boraverdi. Hatto vujudga kelgan shart-
sharoitdan   kelib   chiqib,   bolsheviklar   tomonidan   o‘z   oldiga   qo‘ygan   “inqilob
g‘oyalari”dan   chekinib,   1918   yil   iyunda   Samarqand   viloyatida   iqtisodiy   ahvolni
yaxshilash   uchun   zudlik   bilan   “to‘qimachilik   va   ustaxonalar   ochish   uchun
tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni ma lum bir muddatga milliy-lashtirishdan	
ʼ
ozod qilish zarurligi” ta kidlangan. Shu yo‘l orqali tadbirkorlarga “o‘z mablag‘lari	
ʼ
hisobidan fab-rika va ustaxonalar  ochish”  imkoniyatini  berish maqsadga  muvofiq
deb topilgan6.
Ta kidlash joizki, haqiqiy ahvoldan, ya ni qishloq, vo-lost, tumanlardagi holatdan	
ʼ ʼ
nafaqat  Markaz  va  Turkiston  respublikasi  rahbarlari,  hatto viloyat   markazidagilar
ham uzuq-yuluq ma lumotlarga ega edilar1. Shunday hol-lar bo‘lganki, ochlikdan	
ʼ
o‘lgan,   “egasiz   murdalar”   ko‘cha-ko‘y-larda   bir   necha   kunlab   qolib   ketgan.
Masalan,   1918   yil   29   avgustida   O‘ratepa   tumani   sog‘liqni   saqlash   bo‘limi
majlisida   ochlikdan   o‘lib   qolgan   “egasiz   murdalar”   ko‘mish   muammosini
yechishda   o‘z   ixtiyori   (sog‘liqni   saqlash   bo‘limi.   –   N.   R.)ga   tegishli   miqdorda
“mablag‘   ajratilgunga   qadar,   ochlarga   yordam   fondidan   uyushtirish”   maqsadga
muvofiq   deb   topadi.   “Egasiz   murdalar”   yig‘ishtirib   olinib,   ularni   ko‘mish   ishlari
o‘lda-jo‘ldaligiga   barham   berish   uchun   haf-tada   ikki   marta   ot   aravalarda   har   bir qishloqni   aylanib,   ochlikdan   o‘lib   qolganlarni   yig‘ishtirish   ishlari   amalga
oshirilgan. Ot-aravalarda yurib o‘liklarni yig‘ishtirish-dan tashqari, ushbu vazifani
bajarishga jalb etilganlar zimmasiga, qishloqlarda, yo‘llarda “uchraydigan ochlarga
imkon   darajasida   yordam   berish”   vazifasi   ham   yuklatilgan   edi2.   Shu   munosabat
bilan majlisda O‘ratepa tumanidagi ochlar ro‘yxatini tuzish hamda ularga yordam
ko‘rsatish   chora-larini   ko‘rish   va   shu   maqsadda   Turkiston   sog‘liqni   saqlash   xalq
komissarligidan   joylarda   Ovqatlanish   punktlarini   ochishga   mablag‘   ajratishni
so‘rash  zarur deb qayd etilgan. 1918 yil 10 sentyabrda bo‘lib o‘tgan majlisda esa
tumanda 300 nafarga yaqin ochlar qayd etilgani va ochlar soni kun-dan-kunga ortib
borayotgani ta kidlanib, 800 nafar ochlar uchun 2 ta Ovqatlanish punktlar ochishniʼ
maqsadga muvofiq deb topilgan 3.
Turkistonda   Rossiyaning   guberniyalaridan   oziq-ovqat   keltirishga   jalb   qilinganlar
uchun   vakolatlari   belgi-langan   guvohnoma   va   (buyruq)   naryadlar   olishlari,
keltirilgan   g‘alla   ro‘yxatga   olinishi   va   erkin   narxda   bozorda   sotilishi   kerak   edi.
Bundan narx-navoni pasayishiga olib kelishi kutilgan. Bundan tashqari, keltirilgan
g‘alla uchun maxsus omborxonalar ochish va uni qo‘riqlash hamda umumiy tartib
asosida   aholi   o‘rtasida   taqsimlanishi   belgilan-gan1.   Yuqoridagi   ishlarni,   asosan,
joylardagi oziq-ovqat bo‘limlari tomonidan amalga oshirilishi ko‘rsatilgan.
Turkistonni   oziq-ovqat   mahsulotlari,   xususan,   g‘alla   bilan   ta minlashda   1918   yil	
ʼ
17   yanvarida   Turkiston   o‘lka-si   ishchi-dehqon   deputatlarining   favqulodda
qurultoyi   Orenburgga   to‘rt   kishidan   iborat   delegatsiya   yuborishga   qa-ror   qildi2.
Xuddi   shunday   vazifa   bilan   o‘lka   oziq-ovqat   boshqarmasining   Bosh   vakili
N.N.Diterixsni Turkiston XKK tomonidan 1918 yil  20 yanvarida Kavkazga  oziq-
ovqat mahsulotlarini xarid qilish va o‘lkaga keltirish vakola-ti bilan safarbar qilgan
edi3.   Bundan   tashqari,   1918   yil   yanvarda   Turkiston   o‘lkasi   oziq-ovqat
boshqarmasi   tomo-nidan   I.I.Goncharov,   A.Belovlarga   berilgan   guvohnomada,
ularga   Samara   guberniyasi,   Sibirdan   1000   pud   urug‘lik   bug‘-doy   xarid   qilib,
o‘lkaga   yetkazib   kelish   vazifasi   yuklangan   bo‘lsa4,   1918   yil   5   fevralda   esa
Farg‘ona viloyat oziq-ovqat qo‘mitasining raisi S.X.Genkuzenni Turkiston o‘lkasi oziq-ovqat   boshqarmasi   Xerson,   Odessa   va   Kiyevga   bug‘doy   tayyorlab,   xarid
qilish uchun jo‘natdi5.
Ammo ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muammoni bartaraf etish uchun kamlik qilar
edi.   Chunki   o‘lkadagi   ahvol   haqiqa-tan   ham   og‘ir   edi.   Masalan,   Turkiston   o‘lka
oziq-ovqat  bosh-qarmasi  1918 yil 23 fevralda Toshkentning Eski  shahar  aholisini
oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta minlashda-gi muammosini maxsus ko‘rib chiqqanʼ
edi.   Muhokamalar   jarayonida   quyidagi   holat   aniqlangan   edi:   “Eski   shahar   g‘alla
bilan ta minlanmayotgan va shu sababdan o‘lim holatlari uchramoqda...”1.	
ʼ
Turkistondagi   sovet   hokimiyati   bu   kabi   so‘rovlarni   Markazga   jo‘natishdan
charchamas   edi.   Masalan,   Turkiston-ni   o‘lka   oziq-ovqat   boshqarmasi   tomonidan
Sirdaryo   vilo-yati   vakillari   D.Savchenko   va   N.Primenkolar   nomiga   1918   yil   26
fevralda   berilgan   guvohnomada,   ular   G‘arbiy   Si-birning   Omsk   oziq-ovqat
qo‘mitasidan   “80000   [pud]   g‘alla   urug‘ini   olib   kelishga   yuboriladi”.   Mazkur
miqdordagi g‘allani G‘allaarmiyasi tomonidan 1917 yil 3 noyabrida xa-rid qilingan
edi.   Belgilangan   miqdordagi   g‘allani   Tosh-kentning   Aris   temir   yo‘l   stansiyasiga,
Turkiston o‘lka oziq-ovqat boshqarmasi ixtiyoriga keltirildi2.
Rossiyaning   markaziy   guberniyalari,   Sibir,   Kavkazdan   g‘alla   olib   kelish   uchun
o‘lkadan ketma-ket safarbarliklar uyushtirilgan bir paytda, V.I. Lenin 1918 yilning
25   fev-ralida   Turkiston   XKK   dan   Petrogradni,   ortiqcha   boqiman-dalar   bilan
to‘ldirishda qatnashmasligini talab qilish bilan birga, bugungi kunning eng dolzarb
shiori birorta ham boqimandalarni ocharchilik guberniyalariga yubormas-lik kerak
deb,   hisoblagan   edi3.   1918   yil   yanvar   va   fevral   oylarida   ham,   arxiv   manbalarga
tayanib   qayd   etish   lozim-ki,   Rossiyaga   g‘alla   keltirish   yuzasidan   safarbarliklar
ko‘payib ketgan. 1.2.  Ocharchilik oqibatlarini tugatish komissiyasi faoliyati
Turkistonda   oziq-ovqat   muammosi   va   uning   yechimi   yo‘-lida   o‘lka   rahbariyati
ko‘plab   tashkiliy   masalalarda   to‘qnashdi.   Xususan,   joylarda   ocharchilikka   qarshi
kurash komissiyalarini tuzish, mavjud oziq-ovqat zaxiralarini taqsimlash, g‘allaga
qat iy   belgilangan   narx   qo‘yish,   bozorlarda   qopchi   savdogarlarga1   qarshi   kurashʼ
va boshqa tur-li yo‘nalishdagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi kerak edi. Ammo,
ko‘rsatilayotgan   yordamlar,   amaliy   choralar   ochar-chilik   dahshati   oldida   katta
ahamiyat   kasb   etmay   qolgan   edi.   Chunki   ko‘rsatilayotgan   “yordam   [kamligidan],
mavjud ocharchilikdan... yosh bolalar o‘lyapganligi, qachonki ota-ona-lar arzonga
o‘g‘il-qizini sotishi kerak bo‘layotganligi, shu maqsadda hatto Toshkent uyezdiga
ketayotganligi   [hisobga   olinsa],   albatta   bu   yordam   dengizdan   tomchi
hisoblanardi”2.   Chala   qursoqlik   (to‘yib   ovqat   yemaslik)   oqibatida   aholi   orasida
turli epidemik kasalliklar, jumladan, bez-gak haddan tashqari keng tarqalib ketgan.
Natijada   yordam   yetib   bormagan   qishloqlarda   kimsasiz   qolgan   hovlilar   va   turar
joylar   buzilib,   butun-butun   qishloqlar   yo‘q   bo‘lib   ketdi.   Bunday   misollarni   o‘sha
davrda Qo‘qon va Marg‘ilon uyezdlarida ham ko‘rish mumkin edi3.
Turkiston MIQning 1919 yil 6 yanvarda bo‘lib o‘tgan majlisida o‘lkada oziq-ovqat
ta minoti masalasi alohida ko‘rib chiqildi. Majlisda Lyapinning fikriga ko‘ra, oziq-
ʼ
ovqat   muammosi   yechimida   “...   markaziy   hokimiyat   amaliy   faoliyati   bilan   emas,
balki   so‘zdagina   qiziqadi”,   degan   xu-losaga   kelish   mumkin.   Lyapin   o‘z
ma ruzasida   nafaqat   joy-lardagi   oziq-ovqat   muammosi   yechimiga   daxldor
ʼ
mutasad-dilarni,   balki   “Turk[iston]   MIQ   a zolari   [oziq-ovqat]   direktoriyasiga	
ʼ
yordam berishni xohlamamoqdalar va bu-ning uchun ular e tirozga loyiqlar”, deb	
ʼ
qayd etadi4. Ushbu majlisda aholini oziq-ovqat bilan ta minlash muammosi ko‘rib	
ʼ
chiqilib,   joylarda   mazkur   masala   yechimiga   yondashuv   tizimli   amalga
oshirilmayotgani   qayd   etiladi.   Majlisda   oziq-ovqat   muammosi   bo‘yicha   Kazakov
so‘z olib, unda ocharchilik avj olgan o‘lka hududlariga borib juda yomon taassu-
rot bilan qaytganini, shu sababdan majlis qilavermasdan “joylarga tarqash kerak”, –   deydi.   Ammo   och   og‘izlarni   to‘y-dirish   murakkabligidan,   bolsheviklar   ochlik
azobini   tor-tayotganlardan   ham   o‘z   hokimiyatlarini   mustahkamlash   maq-sadida
foydalanganlar.   Masalan,   bolsheviklar   nazdida   Turkiston   ochlari   ustaxonalarda
ishlab,   hunarmandchilik,   dehqonchilik   hamda   chorvachilik   bilan   shug‘ullanishi
“o‘z-larini   va   keyin   [Turkiston]   respublikasi   [aholisining   oziq-ovqat   bilan]
ta minlaydilar... . Keyinchalik, albatta  [ochlar]  Rossiya  uchun yuk bo‘lmaydilar”,ʼ
deb qayd etganlar1. Masalan, Samarqand viloyati ocharchilikka qarshi kurash bo‘-
limi mudiri D.M. Ustaboyev 1919 yilning 12 yanvarida vi-loyat ijroiya ko‘mitasida
qilgan   ma ruzasida,   ko‘rilayotgan   chora-tadbirlarga   qaramasdan,   “nafaqat	
ʼ
keltirilgan,   bal-ki   mahalliy   ochlarni   ham   ta minlash   imkoni   bo‘lmayapti”,   ularni	
ʼ
“turli   kichik   kreditga   asoslangan   jamiyatlar,   ar-tellar   ochish,   mehnatga   yaroqli
aholi uchun davlat ixtiyori-dagi yerlar orqali ochlarni muqarrar o‘limiga mahkum
etmay ...  ularni  zudlik  bilan  tegishli   mablag‘... ekish  uchun  g‘alla  va  ish  hayvoni
bilan ta minlash zarur”, deb qayd etgan 2.	
ʼ
Sovet   hokimiyati   tegishli   tashkilotlar   faoliyati   bilan   oziq-ovqat   taqchilligiga
ma lum   “hissasi”ni   qo‘shishini   hisobga   olib,   o‘lka   ochlarga   yordam   (OYO)	
ʼ
komissiyasiga   ochlar-ni   ishlab   chiqarishga   jalb   qildi.   Ammo   bu   turli   tushun-
movchiliklarni   keltirib   chiqardi.   Masalan,   1919   yilning   13   sentyabrida   Markaziy
Xalq Xo‘jaligi Kengashi (MXXK) qoshidagi Turkiston tashkiliy-nazorat-yo‘riqchi
bo‘limi   majlisi   bo‘lib,   unda   o‘lka   tomonidan   hunarmandlar   bo‘li-mi   faoliyati
masalasi   ko‘rib   chiqilgan.   Mazkur   majlisda   tuzilgan   hunarmandlar   bo‘limida
ishlab   chiqarish   jarayo-ni   qanday   ketayotganligi,   aniqrog‘i   bu   borada   sustkashlik
holati   tanqid   ostiga   olindi.   MXXK   ochlar   o‘rtasidagi   hu-narmandlar   ishlab
chiqirishi   bilan   shug‘ullanishni   bekor   qilishni   taklif   etdi.   Chunki   ishlab   chiqarish
ishlari   bi-lan   shug‘ullanish   MXXK   vazifalari   qatoriga   kiradi.   Tur-kiston   OYO
komissiyasi   ochlarni   oziq-ovqat   mahsulotlari   bilan   ta minlash   ishlari   bilan	
ʼ
shug‘ullanishi kerakligi keltiriladi1. Ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yetarli emas-ligi
va   oziq-ovqat   taqchilligining   davomliligi,   Turki-stonning   mutasaddi   tashkilot
rahbarlarini   Markazga   xat   bilan   murojaat   qilishlariga   majbur   qiladi.   Masalan,
Turkiston   oziq-ovqat   xalq   komissari   Lyapin   1919   yil   29   yanvarda   Moskvaga   – Xalq   Xo‘jaligi   Oliy   kengashiga   yubor-gan   radiogrammada,   zudlik   bilan   o‘lkaga
karam, lavlagi, sabzi  urug‘laridan 10–15 puddan yuborish zarurligi  ta -kidlangan.ʼ
Mavjud arxiv manbalari shundan dalolat be-radiki, Turkiston rahbariyatini nafaqat
oziq-ovqat mu-ammosi, balki u yoki bu hududlardan o‘lkaga keltirilayotgan oziq-
ovqat   mahsulotlari   yuklangan   vagonlarni   yo‘llarda   o‘g‘irlash,   talon-taroj   qilish
yoki hech qanday ruxsatsiz o‘z ixtiyorlariga o‘tkazib olish (amalda musodara qilib
olish-N.R.)   hollari   ham   xavotirga   solar   va   bunday   holatlar   tez-tez   sodir   bo‘lib
turardi.   Shuning   uchun   ham   Turkiston   rahbariyati   Markazdan   oziq-ovqat
mahsulotlarini   “katta   vakolatga   ega   qo‘riqchilar   kuzatuvida   yuborish”   zarur   deb
hisoblar edi2.
Oziq-ovqat muammolarini kamaytirish masalasida,   Turkiston   Xalk   Xo‘jaligi
Markaziy   Kengashi   1919   yil   12   fevralda   Markazda   qabul   qilingan   dekretga
muvofiq,   joylardagi   oziq-ovqat   taqchilligiga   barham   berish   uchun   quyidagi
mazmunda buyruq chiqargan. Unga ko‘ra, alohida shaxslar  yoki jamoa ixtiyorida
bo‘lmagan  g‘alla, ekishga   yaroq-li  hamma  yerlar   va ekish   imkoniyati   yo‘q  yerlar
Respublika   ixtiyoriga   ekishni   tashkil   etish   uchun   o‘tkazish,   davlat   ix-tiyorida
ekilgan   yerlardan   olinadigan   hosil   va   hayvonlar   to‘la-to‘kis   Oziq-ovqat
Direktoriyasi   ixtiyorida   bo‘lishi   hamda   mazkur   yerlarni   shaxsiy   va   jamoa
foydalanish uchun 1919 yilda faqat mahalliy deputatlar Kengashi ruxsati bilangina
berilishi mumkinligi ta kidlangan1.	
ʼ
Ko‘rilayotgan   chora-tadbirlarga   qaramasdan,   muammoni   bartaraf   etishda   turli
takliflar   o‘rtaga   tashlandi.   Ma-salan,   1919   yil   28   fevralda   Turkiston   oziq-ovqat
xalq   komissari   Lyapin   o‘lka   aholisiga   qilgan   maxsus   chaqi-riq-murojaatida,   “...
Fransiyada   poliz   ekinlarining   qim-matchiligi   fransuzlarni   gullar   qatori   poliz
ekinlarini   yetishtirishga   ундади …   gullar   orasida   …   karam,   piyoz,   qa-lampir   va
boshqa   ekinlarni   uchratish   mumkin.  Agar   Fran-siya   shaharlaridagi   aholining   zich
joylashganini   hisobga   олсак …   Toshkent   va   boshqa   shaharlardagi   hovli
uchastkalar-ning kattaligidan kelib chiqib…, [Turkiston] shaharlari-dagi aholining
ko‘pchiligi   xohlasa,   hech   bo‘lmagan   taqdirda,   yoz   oylariga   o‘zlarini   poliz mahsulotlari bilan ta min-lashi mumkin... bu bilan ular… ehtiyojlariga kamomadniʼ
to‘ldiradilar”, degan edi2.
Oziq-ovqat mahsulotlarini topish mushkul, taqchillik surunkali davom etib turgan
bir   davrda,   mavjud   oz   miq-dordagi   oziq-ovqat   mahsulotlari   taqsimotida   adolat-
sizlik   qilingan.   Turkistonda   hokimiyat   boshqaruvida   asosan   rusiyzabonlarning
manfaati   birinchi   o‘rinda   tur-gan.   Masalan,   1919   yilning   martida   Turkiston
MIQning   VII   favqulodda   qurultoyida   Samarqand   viloyati   vakili   Hayitboyev
mahalliy   aholining   ahvoli   to‘g‘risida   qilgan   murojaatida,   viloyat   musulmonlarini
oziq-ovqat   bilan   ta minlashda   og‘ir   ahvoldaligining   sababi   viloyat   oziq-ovqat
ʼ
qo‘mitasi   tomonidan   adolatsiz   taqsimot   bo‘layotganligi,   Samarqand   shahridagi
rusiyzabon   aholiga   nisbatan   mahalliy   aholi   kishi   boshiga   ikki   hissa   kam   un   va
gazlama   bilan   ta minlanganligi,   viloyat   oziq-ovqat   qo‘mitasi   a -zolari   asosan	
ʼ ʼ
rusiyzabonlardanligini   hamda   Turkiston   MIQ   majlislarda   kun   tartibi   va   undagi
muhokamalar   rus   tilida   bo‘lishi   natijasida,   yerli   aholi   vakillari   ko‘pincha   hech
qanday   muhokamada   “qatnashmaydilar”,   degandi1.   Chun-ki   mahalliy   aholi
vakillari   rus   tilini   bilmasliklari,   ularni   majlislardagi   ishtiroklarining   ahamiyatiga
za-rurat qoldirmagan.
Aholini   oziq-ovqat   mahsulotlari   bilan   ta minlashda   turli   tashkilotlarning   ushbu	
ʼ
vazifaga panja orasidan qa-rashlari, ta minotda o‘zining salbiy ta sirini ko‘rsatgan.	
ʼ ʼ
1919   yil   10   aprelda   Turkiston   Oziq-ovqat   Direktoriyasi   buyruq   chiqarib,   unda
joylardagi   tashkilotlarga   ajratil-gan   oziq-ovqatni   olib   ketishga   ruxsat   berilganiga
qara-masdan,   amalda   tegishli   tashkilotlar   bunga   uzoq   vaqtgacha   shoshilmasdilar.
Natijada,   Direktoriyaga   qarashli   ombor-xonalar   taqsimlangan   tovarlardan
bo‘shamay, aholi ehtiyo-ji uchun yig‘ilgan oziq-ovqat mahsulotlarini qo‘yarga joy
topilmasdi.   Bunday   holatlar   ham   aholini   oziq-ovqat   ta -minotiga   salbiy   ta sir	
ʼ ʼ
ko‘rsatardi2.
Turkistondagi oziq-ovqat taqchilligi muammosi kun-dan-kunga, respublika
rahbariyatini keskin choralar   ko‘rishga   undardi.   Mazkur
muammo   yechimida   navbatdagi   ko‘rilgan   choralardan   biri,   Turkiston   MIQning 1919   yil   4   iyunida   respublika   oziq-ovqat   komissariga   Turkistonda   oziq-ovqat
siyosatini amalga oshirishda favqulodda vako-lat berilishi bilan bog‘liq dekretning
qabul   qilinishi   bo‘ldi.   Ushbu   dekretda   oziq-ovqat   inqiroziga   qarshi   ku-rashda
qat iy   va   keskin   choralarni   ko‘rish,   xususan,   oziq-ovqat   muammosi   bilan   bog‘liqʼ
ko‘rsatmalarni   hayotga   tatbiq   etishda   hamma   tashkilotlarni   markazlashtirish
zarurli-giga e tibor qaratilgan. Turkiston MIQ oziq-ovqat inqi-rozi bilan kurashish	
ʼ
uchun   oziq-ovqat   xalq   komissariga:   ko-missarlik   vakolatidan   tashqari   bo‘lgan
oziq-ovqat   ishiga   bog‘liq   majburiy   qaror   qabul   qilishi,   komissarlikning   rejasi   va
sa y-harakatiga   qarama-qarshi   bo‘lgan   mahalliy   oziq-ovqat   organlari   va	
ʼ
tashkilotlari   qarorini   bekor   qi-lishi,   g‘alla   va   boshqa   oziq-ovqat   mahsulotlarini
olishga qarshilik ko‘rsatganlarga qarshi qurolli kuchlarni qo‘lla-shi, ko‘rsatmalarni
bajarishdan bosh tortgan va barcha da-rajadagi lavozim egalarini bo‘shatish hamda
inqilob   sudi   ixtiyoriga   topshirishi   mumkinligi,   komissarlikning   qa-rori   va
ko‘rsatmalari komissarlik kollegiyasi orqali na-zorat qilinishi belgilangan1.
Turkiston   MIQ   tomonidan   1919   yilning   4   iyunida   qa-bul   qilingan   “G‘alla
monopoliyasi”   to‘g‘risidagi   dekret-da,   o‘lkada   vujudga   kelgan   oziq-ovqat
taqchilligiga   sovet   hokimiyati   dushmanlari:   kapitalistlar,   quloq   va   boylar   aybdor
sifatida   ko‘rsatilib,   ayni   paytda   “shahar   va   qi-shloq   kambag‘allari   o‘zlarining
ongsizligi   va   asrlar   davo-midagi   qulligi-tobeligi   [tufayli]   ochlikdan   o‘lmoqda...”,
deyiladi2. Dekretda quloq3 va boylar kambag‘allardan ar-zon-garovga oziq-ovqat
mahsulotlarini sotib olib, har qanday yo‘l bilan g‘allani yashirayotgan va keyin esa
uni   ish-chi-dehqonlarga  bir   necha   barobar   qimmatiga   sotishayotgani   qayd   etiladi.
Shuningdek, yana hamma ayb quloq va boylarda ekanligidan hamda oziq-ovqatni
adolatli taqsimoti za-ruratidan kelib chiqib, “... zudlik bilan g‘alla monopoli-yasini
hayotga   tatbiq   etish   kerakligi”   uqtirilgandi.   Yuqo-ridagi   holatlardan   kelib   chiqib,
Turkiston  oziq-ovqat   xalq  komissarligi  tomonidan  hamma  ortiqcha  g‘alla  mahsu-
lotlarini   belgilangan   qat iy   narxda   taqsimlashni   yo‘lga   qo‘yish,   oilasi   va   keyingi	
ʼ
yilga ekish uchun yetadigan g‘al-ladan tashqari hammasini ortiqcha deb hisoblash,
nafaqat   bo‘lg‘usi,   balki   o‘tgan   yillardagi   g‘alla   mahsulotlarining   ortiqchasi   ham
topshirilishi   (amalda   tortib   olinishi   –   R.   N.)   lozimligi   hamda   ushbu   ishlarni bajarish   tartibi   Turkiston   oziq-ovqat   xalq   komissarligi   tomonidan   bel-gilanishi
kerakligi ta kidlandi. Bundan tashqari, “G‘alla monopoliyasi” ni amalga oshirishdaʼ
mehnatkashlar, ayniq-sa musulmon kambag‘allari, birlashgan holda quloq va boy-
larga qarshi ayovsiz kurashishi kerakligi va g‘allani yashir-ganlar sovet hokimiyati
dushmanlari deb e lon qilinsin va Inqilob tribunali sudiga topshirish va mol-mulki	
ʼ
mu-sodara qilinib, aybdorlarni jamiyatdan badarg‘a qilish tartibini amalga oshirish
belgilandi   1.   Dekretda   belgi-langan   vazifalarni   amaliyotga   tatbiq   etish   o‘lkada
sinfiy ziddiyatlarning kuchayuviga ham o‘z hissasini qo‘shgan. Bu esa Turkistonda
ijtimoiy-siyosiy   va   iqtisodiy   vaziyatning   yanada   chuqurlashib   ketishiga   olib
kelgan.
1920   yil   28   fevralda   Turkiston   MIQ   tomonidan   “G‘alla   monopoliyasi”   dekretiga
qo‘shimcha buyruqda Yettisuv vilo-yatida katta miqdordagi g‘alla zaxirasi borligi
ta kid-lanib,   “hatto   o‘tgan   yillardagi   hosil   hamon   yanchilmagan”   ligi   uqtirilgan2.	
ʼ
Sovet   hokimiyatining   oziq-ovqat   ta mi-notida   sa y-harakatlari   qatoriga   aholini	
ʼ ʼ
nafaqat   g‘alla   mahsulotlari,   balki   go‘sht   bilan   ta minlashda   ham   muam-molar	
ʼ
yetarli   edi.   Masalan,   Turkistondagi   oziq-ovqat   taq-chilligi   natijasida   ko‘plab
hayvonlar   qirilib   ketgandi   va   bunday   holat   Turkistonda   go‘sht   va   go‘sht
mahsulotlariga   bo‘lgan   taqchillikni   ham   yuzaga   keltirgan.   Shu   munosabat   bilan
Turkiston MIQ 1919 yilining avgustida go‘shtga bo‘lgan taqchilllikni  yumshatish
hamda chorvachilikni qo‘l-lab-quvvatlash maqsadida dekret qabul qildi. Ushbu de-
kretga   ko‘ra,   Turkiston   aholisining   anchagina   qismi   chorva-chilik   bilan
shug‘ullanganligidan   kelib   chiqib,   Turkiston   ASSR,   Xiva,   Buxoro,   Afg‘oniston,
Eron   (Fors),   Xitoy   mamla-katlarining   hamma   fuqarolariga   to‘siqlarsiz,   erkin   hol-
da   chegaralar   orqali   hayvonlarni   o‘tlatishi   hamda   sotish-ga   keltirish   imkoniyatini
berish,   hayvonlarni   musodara   qilishni   taqiqlash,   faqatgina   Turkiston   oziq-ovqat
xalq   komissarligiga   hayvon   sotuvchilar   bilan   erkin   tarzda   narx-navoni   belgilash
hamda oziq-ovqat tariqasida xarid qilish xuquqini berish, o‘z hayvonlarini o‘lkaga
keltirib   sotgan   qo‘shni   davlat   fuqarolariga   sotuvdan   tushgan   ma-blag‘larni   olib
chiqib ketish imkoniyatini berish tartib-lari belgilandi1. Bolsheviklarning   oziq-ovqat   taqchilligini   kamay-tirish   uchun   ko‘rgan   tadbirlariga
qaramay,   o‘lkada   1919   yili   g‘alla   yetishmovchiligi   yanada   ko‘payib,   bu   deyarli
100   mln.   pudni   tashkil   qilgan.   Bunga   ekin   yerlarining   qisqa-rib   ketganligi   va
Rossiyadan keltirilayotgan g‘alla mahsu-lotlarini juda oz miqdorga tushib qolgani
edi. Xususan, agar 1916 yilda Rossiyaning markaziy guberniyalaridan Turkistonga
22   mln.   pud   bug‘doy   chiqarilgan   bo‘lsa,   bu   1918   yili   -   1,9   mln,   1919   yilga
kelganda esa undan-da oz bo‘lgan. Turkistonning o‘zida bug‘doy yetishtirish 1919
yili atigi 5,2 mln pudni tashkil etgan2.
Sovet   hokimiyatining   aholidagi   mavjud   g‘alla   mahsulot-larini   tortib   olganliklari
tufayli,   ular   o‘z   qo‘llaridagi   oziq-ovqat   mahsulotlarini   yashirishga   harakat
qilganlar.   Joylarda   yanchilmagan   g‘alla   zaxiralari   qishloq   boylari   qo‘lida   bo‘lib,
bunday   holatga   Turkiston   MIQ   quyidagicha   munosabat   bildiradi:   “Ocharchilik
azobini   tortayotgan   ishchi   va   kambag‘al   dehqonlar   [fojiasiga]   befarqlik   bi-lan
qarashda davom etayotganlar bu to‘q va ta minlangan, katta miqdordagi pulga egaʼ
bo‘lganlar hisoblanadi...[Ular] g‘allani to‘kish punktlariga olib bormasliklari orqali
shaharlardagi mehnatkashlarni ilojsiz holatga tushirib qo‘ydilar”1.
Ocharchilik   qamrovi   kundan-kunga   kengayib   borgan   sari,   Turkiston   rahbariyati
muammo   yechimi   yo‘lida   turli   chora-tadbirlarni,   xususan   har   qanday   yo‘l   bilan
g‘allani  tortib olish, musodara qilish  sa y-harakatlarini  amalga oshira  boshladilar.	
ʼ
Bu   borada,   Turkiston   temir   yo‘lidan   uzoqda   joylashgan   va   ma lum   bir   miqdorda	
ʼ
g‘alla   zaxira-siga   ega   bo‘lganlar,   Yettisuv   viloyati   bolsheviklar   rah-bariyati
e tiborida   bo‘ldi.   Chunki   ko‘proq,   aynan   Yettisuv   viloyatidagi   g‘allani   boy-	
ʼ
quloqlardan   tortib   olish-muso-dara   qilish   bolsheviklarning   bosh   maqsadlaridan
biri-ga   aylandi.   Turkiston   MIQ   bu   masalada   o‘z   munosabatini   bildirib,
“Yettisuvning ochko‘z qishloq boy-quloqlarining qarshiligiga barham berish kerak.
G‘alla egalarining och-kambag‘allar ustidan zug‘umiga burjuaziya ustidan zug‘um
tariqasida   javob   bo‘lish   kerak”   deyiladi2.   Keyinchalik   o‘lkada   “G‘alla
monopoliyasini”   hayotga   tatbiq   etilgani-dan   so‘ng   bu   boradagi   ishlarni   yanada
jonlantirish   maqsa-dida   1920   yilning   7   aprelida   Turkiston   oziq-ovqat   xalq komissarligi   qoshidagi   kollegiya   majlisida   Yettisuv   vi-loyatida   o‘lkada   “G‘alla
monopoliyasi”   joriy   etilganidan   kelib   chiqib,   viloyatning   Favqulodda   tayyorlov
komissiya-sini tashkil qilish, ushbu komissiyaga oziq-ovqat masalasi bilan bog‘liq
hamma masalalarni belgilangan uyezdlarda amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul
qilgan3.
Ma lumki,   Turkiston   o‘lkasi   serquyoshligi,   meva-sabza-votlarga   mo‘lligi   bilanʼ
ham   Markaz   e tiborini   tortib   kelgan.   Bunday   “mo‘l-ko‘lchilikka”   e tibor   1920-	
ʼ ʼ
yillar   bo-shlarida,   Rossiya   markaziy   guberniyalaridagi   ocharchilik   tufayli   yanada
kuchaydi. Shuning uchun ham 1921 yil Turkis-ton o‘lkasi bog‘dorchilik ahamiyati
kasb etadigan hudud sifatida qayd etilib, Turkiston oziq-ovqat va yer ishla-ri xalq
komissarliklari,   o‘lka   xalq   xo‘jaligi   Kengashi   vakillarini   o‘z   ichiga   olgan   holda
Toshkentda “Markaziy bog‘dorchilik komissiyasi”ni  tuzish, uning zimmasiga o‘l-
kadagi  meva-chevalarga  mo‘l   hududlarni  aniqlash,   komissiya   tomonidan  joylarda
yetishtiriladigan   mevalar   miqdori-ni   yanada   oshirish   va   buning   uchun   kishmish
tayyorlashga Sa-marqand viloyatidan 10 ming, o‘riklarni quritish uchun Xo‘-jand,
Kanibodom va Isfara rayonlari uchun 7 ming hamda olma, noklar uchun Toshkent
rayonidan   6   ming   desyatinagacha   yer   ajratilgan.   Bundan   tashqari,   yuqoridagi
hududlar  uchun   doimiy  “G‘alla  fondi”dan  don  bilan  ta minlab  turish   tar-tibi   ham	
ʼ
yo‘lga qo‘yilgan1.
Yuqorida   keltirilgan   dalillardan   ko‘rinib   turibdiki,   Turkistonda   oziq-ovqat
taqchilligi baribir dolzarbli-gicha qolavergan. Yana shuni ham qayd etish zarurki,
Turkis-tonni   Rossiyaning   guberniyalari,   Kavkazdan   g‘alla   bilan   ta minlash	
ʼ
podsholik   davridagina   emas,   bolsheviklar   ho-kimiyatni   egallagandan   keyin   ham
davom   etavergan.   Oziq-ovqat   ta minotida   qilingan   sa y-harakatlar   amalda   Mu-	
ʼ ʼ
vaqqat hukumat va bolsheviklarni boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘ygan edi. 1.2. Oziq-ovqat taqchilligiga qarshi kurash chora-tadbirlari
Turkistonda   oziq-ovqat   taqchilligi   hamda   ocharchilikka   qarshi   uyushgan   holda
sa y-harakatlar   1917   yilda   hali   Mu-vaqqat   hukumat   davridayoq   ko‘zga   tashlandi.ʼ
1917 yilning 25 martida g‘allaga davlat monopoliyasi joriy etilgan bo‘-lib, dehqon
o‘z   yemishiga   yetaridan   ortig‘ini   davlatga   qat -iy   belgilangan   narxda   topshirishi	
ʼ
kerak edi. Dehqonlar bu siyosatga qarshi o‘zlaridagi ortiqcha bug‘doylarini yashi-
rish   va   ekin   maydonlarini   qisqartirish   bilan   javob   ber-dilar1.   Ammo   Muvaqqat
hukumat tomonidan qabul qilingan “G‘alla monopoliyasi”ni hayotga tatbiq etishda
hukumatning xohish-irodasi ham, kuchi ham, hatto vaqti ham yetarli bo‘l-madi2.
O‘lkada   oziq-ovqat   masalasi   Turkiston   musulmonlari   qurultoylarida   ham   ko‘rib
chiqilgan.   Chunonchi,   1917   yil   16   aprelda   bo‘lib   o‘tgan   Turkiston
musulmonlarining I qu-rultoyida kun tartibidagi 12 masaladan bittasi “Oziq-ovqat”
muammosiga   qaratilgan   bo‘lsa,   oradan   besh   oy   o‘tib,   1917   yilning   8   sentyabrida
o‘z   ishini   boshlagan   Turkiston   musulmonlarining   II   qurultoy   kun   tartibidan   o‘rin
olgan   13   ta   masalaning   9   tasi   o‘lka   aholisining   oziq-ovqat   ta -minoti   va   uning	
ʼ
tashkiliy yechimlariga qaratilgan edi3.
1917   yilning   20   aprelida   Turkiston   qishloq   xo‘jaligi   jamiyati,   Qishloq   xo‘jaligi
kasaba   uyushmalari   xodimlari,   Yer   ishlari   ittifoqi   Toshkent   va   uyezd   ijroiya
qo‘mitasi-ning   birlashgan   majlisida   R.R.Shreder4   va   A.V.Skvarsovlar   ma ruza	
ʼ
qilib,   aholini   oziq-ovqat   bilan   ta minlay   olmaslik   oqibatida   vujudga   kelgan	
ʼ
ocharchilik qamrovi  kundan-kunga kengayib borayotgani, Turkistonda oziq-ovqat
taqchilligiga   oid   muammolarni   Turkiston   komite-ti   orqali   zudlik   bilan   yordam
choralarini   ishlab   chiqish   bo‘yicha   Muvaqqat   hukumatga   yetkazish   zarur,   deb
topildi.   Shuningdek,   och   aholi   uchun   oziq-ovqat   tayyorlash   va   uning   taqsimoti
bo‘yicha   tegishli   chora-tadbirlarni   uyutirish   ishlarini,   tuziladigan   maxsus
“Ocharchilikka   qarshi   kurash   va   boquvchisizlik”   (“Ocharchilik   qo‘mitasi”)
komissiyasiga   topshirib,   o‘z   faoliyatini   mavjud   oziq-ovqat   tashkilotla-ri   bilan
yaqindan   olib   borishi   qayd   etildi1.   Mazkur   maxsus   komissiyaning   15   punktdan
iborat vazifasi belgilanib, 1917 yil 27 aprelda Birlashgan majlisida esa 7 punktdan iborat   oziq-ovqat   muammosi   yechimida   yana   qo‘shimcha   qaror   qabul   qilgan2.
Ushbu komissya Turkistonda hukumat tomo-nidan ochlarga yordamni tashkil etish
yo‘lidagi dastlabki qadam edi.
Keltirilgan   ma lumotlardan   ko‘rinib   turibdiki,   o‘lka-da   sovet   hokimiyatiʼ
o‘rnatilgunga qadar ham oziq-ovqat ta -minotiga oid muammolar yuzasidan chora-	
ʼ
tadbirlar   ishlab   chiqilgan.   Muammoni   bartaraf   etish   yuzasidan   Turkiston
Muxtoriyati   hukumati   rahbariyati   va   milliy   ziyolilar   “Och-larga   yordam”
qo‘mitasini   tuzib,   xalqni   mavjud   holatdan   olib   chiqishga   harakat   qildilar.   Ushbu
qo‘mita a zolari yildan 1944 yilgacha O‘zbekistonda yashagan. 1904–1918 yillarda	
ʼ
Turkiston qishloq xo‘jaligi jamiyati prezidenti. 
har   bir   dahalarning   markaziy   qismida   ko‘plab   qozonlarda   ovqat   tayyorlab,   och
xalqqa ovqatni tekinga tarqatgan”1.
Sovet   hokimiyati   dastlabki   paytlarda   oziq-ovqat   mu-ammosi   yechimida
zo‘ravonlik,   kerak   bo‘lsa   talon-taroj   qi-lishga   asoslangan   edi.   Masalan,   “Ulug‘
Turkiston”   (1918   yil   4   yanvar)   gazetasi   sahifalarida   berilgan   ma lumotga   ko‘ra,	
ʼ
“Soldat   va   ishchilar   bir   necha   bor   qurollanib   eski   shaharga   tushib   oziq-ovqat   va
g‘alla   topish   uchun   tintuv   o‘t-kazdilar.   Yangi   shaharda   o‘zlarining   oziq-ovqatlari
tuga-shi bilan Eski shaharga ko‘z olaytira boshladi. Musulmon-lar bu holni adolat
yuzasidan bo‘lmayotganligini ma lum qildilar”2.	
ʼ
Bolsheviklar   hokimiyatining   oziq-ovqat   taqchilligi-ni   bartaraf   etishga   qaratilgan
siyosatining   mazmun-mohi-yatiga   ko‘ra,   Rossiya   podsho   hukumati,   Muvaqqat
hukumat   tomo-nidan   amalga   oshirilgan   sa y-harakatlarining   mantiqiy   davomi	
ʼ
deyish mumkin. To‘g‘ri, bu yerda o‘xshash, bir-biriga yaqin va ayni paytda farqli
tomonlari ham bo‘lgan.
Hokimiyatni   qo‘lga   kiritgan   bolsheviklar   uchun   aholi-ni   farovon   hayotga   oid
g‘oya-maqsadlariga   ishontirish,   kerak   bo‘lsa,   o‘z   ortlaridan   ergashtirish   uchun
birinchi   navbatda,   oziq-ovqat   ta minotini   yaxshilashdek   dolzarb   vazifa   tu-rardi.	
ʼ
O‘z   navbatida,   Turkistondagi   bolsheviklar   rah-bariyati   shu   paytgacha   faoliyat yuritgan oziq-ovqat qo‘mi-talari-boshqarmalariga “aksilinqilobchi element”lar
deb   qarab,   1917   yil   noyabr   oyi   oxirlarida   Toshkentda   joylardagi   oziq-ovqat
boshqarmalari   mutasaddilaridan   iborat   vakillar   ishtirokida   s ezd   chaqirib,   “oziq-ʼ
ovqat tashkilotlarini to‘la mustaqilligi va siyosiy hokimiyat
organlaridagi   faoliyati”   bo‘yicha   alohida   fikr   yuritib,   shu   paytgacha   faoliyat
yuritgan   oziq-ovqat   apparatini   yo‘q   qi-lib,   inqilob   ruhiyatiga   mos   oziq-ovqat
tashkiloti   tuzish-ga   qaror   qilganlar.   Oziq-ovqat   organlarini   “qayta   qurish   ishlari”
1917   yilning   dekabridan   1918   yil   aprelga   qadar   davom   etgan.   Unga   qadar   1918
yilning   yanvaridan   Turkis-ton   XKK   huzurida   oziq-ovqat   bo‘limi   ochilib,   unga
katta huquqlar  berilgan va  o‘lka XKKning 1918 yil  12 aprelida-gi  buyrug‘i  bilan
joylardagi   barcha   oziq-ovqat   qo‘mitala-ri   va   boshqarmalarining   faoliyati
to‘xtatilgan1.
Bolsheviklar   hokimiyatini   qo‘lga   kiritgandan   keyin   o‘z   oldilariga   nafaqat
Markazda, balki  Turkistonda ham “oziq-ovqat  ishi siyosatdan  xoli” deb hisoblab,
hatto   1918   yil   23   (10)   yanvarida   Turkiston   oziq-ovqat   qo‘mitasi   o‘z   qa-rorida:
“Barcha oziq-ovqat organlari so‘zsiz siyosatdan xoli deb belgilansin, chunki oziq-
ovqat   ishlariga   siyosat   ara-lashtirishga   yo‘l   qo‘yib   bo‘lmaydi”   deb,   har   qanday
hokimi-yatda ham oziq-ovqat tashkilotlari faoliyati daxlsizligi qayd etilgan. Qabul
qilingan   mazkur   qarorga   Samarqand   oziq-ovqat   boshqarmasi   1918   yilning   30
iyulidagi umu-miy majlisida munosabat bildirib, haqiqatan ham “oziq-ovqat ishlari
siyosatdan   xoli   bo‘lishi,   hamma   ham   bir   xil   odam,   ularni   boqishimiz   kerak,   bu
bizning muqaddas bur-chimiz”, – deyilgan2.
Turkistonda   oziq-ovqat   taqchilligi   kundan-kunga   ayanch-li   tus   olib,   aholi
ta minotidagi   qiyinchiliklarning   or-tib   borishi,   amalda   o‘lka   sovet   hokimiyati	
ʼ
rahbariyatini   boshi   berk   ko‘chaga   olib   kirardi.   Shu   munosabat   bilan   sovet
hukumati   oziq-ovqat   ta minotiga   qaratilgan   ocharchilikka   qarshi   kurashda   chora-	
ʼ
tadbirlarni ko‘rdi. O‘lka oziq-ovqat s ezdining   1918   yil   11   yanvardagi   majlisida   xalq   komis-sarlaridan   aholiga   oziq-ʼ
ovqat   fondini   ajratishni   so‘rab   xalqqa   murojaatnoma   ham   qabul   qilindi.   Eng
qashshoq aho-li uchun arzon yoki bepul oshxonalar tashkil etildi. 1918 yilning 15
yanvarida dehqon deputatlari favqulodda o‘lka s ezdi  ocharchilikka qarshi  kurash	
ʼ
haqida   murojaatnoma   qabul   qildi1.   Ammo   bu   boradagi   tadbirlar   yetarli   emasdi.
Ayni   shu   davrdan   boshlab,   Turkistonda   ocharchilikka   qarshi   kurashish   masalasi
uchinchi frontga, ya ni ichki frontga ay-lanib ulgurdi.	
ʼ
Ammo   bolsheviklar   tomonidan   1918   yil   mayidan   oziq-ovqat   diktaturasi   joriy
etilib, xususiy savdo bekor qi-lindi, chayqovchilarga qarshi shafqatsiz kurash olib
boril-di.  Qopchi   savdogarlargaqarshi  temir   yo‘l  transportlarida  “To‘siq  otryad”lar
joriy   etildi.   Qishloqlardagi   “ortiqcha”   oziq-ovqat   mahsulotlarini   undirish   uchun
qurolli   ishchi   otryadlaridan   foydalanildi.   Shu   maqsadda   maxsus   Oziq-ovqat
armiyasi tuzilib, ularning miqdori 1918 yilning yozida 10 ming nafarni, yil oxiriga
borib esa 40 mingni tashkil qildi2.
2.1   Oziq-ovqat   muammolari   va   uni   bartaraf   etishdagi   dastlabki   sa y-	
ʼ
harakatlar
Sovet   hokimiyati   va   uning   joylardagi   vakillari   oziq-ovqat   ta minotida   u   yoki   bu	
ʼ
chora-tadbirlarni   amalga   oshirgan.   Masalan,   1918   yil   17-19   iyunda   Samarqand
vilo-yatida   oziq-ovqat   muammosi   yechimida   daxldor   boshqaruv   or-ganlari
vakillari  bilan majlis o‘tkazilib, ocharchilikka qarshi  kurash munosabati  bilan har
bir   volostda   “Zaxira   do‘konlari”   tashkil   etildi.   Unga   muvofiq,   har   bir   g‘al-lakor
yig‘ishtirib   olgan   hosilning   1/10   qismini   bozor   narxida   “Zaxira   do‘koni”ga
topshirishi,   g‘allani   yig‘ish   ishlari   joylardagi   “Yer-suv   qo‘mitalari”   tomonidan
amal-ga oshirilishi, “Zaxira do‘konlar”i volost kengashi va
mahalliy   oziq-ovqat   bo‘limi   nazorati   va   bevosita   himoya-sida   bo‘lishi   hamda
“Zaxira   do‘koni”dan   g‘allani   faqat   vi-loyat   oziq-ovqat   bo‘limi   ruxsati   bilangina
ajratilishi belgilangan1. Ammo shuni ta kidlash joizki, o‘lkadagi so-vet hokimiyati	
ʼ
Markazda   qabul   qilgan   qaror,   buyruq,   dek-retlarni   tezda   va   to‘laligicha   joriy   eta
olmagan.   Xususan,   BMIQning   1918   yil   13   va   17   maylaridagi   qabul   qilingan dekretlarga   muvofiq,   “Oziq-ovqat   diktaturasi”,   Turkis-tondagi   mahalliy   shart-
sharoitni hisobga olib, o‘lkada hayotga tatbiq etilmagan2.
Ko‘rilayotgan   tadbirlar   oziq-ovqat   taqchilligini   oldi-ni   olish   yoki   uni   kamaytirish
uchun mutlaqo yetarli emasdi. Shu munosabat bilan 1918 yil 21 iyunda Turkiston
sog‘liq-ni   saqlash   xalq   komissarligi   qoshida   ochlarga   yordam   ko‘rsa-tish   bo‘limi
ochildi3. Bolsheviklar hokimiyatni qo‘lga ki-ritganidan keyin mazkur muammolar
bilan   shug‘ullanish,   dastlabki   paytlarda,   Turkiston   sog‘liqni   saqlash   xalq   ko-
missarligi   zimmasiga   yuklatilgan   edi.   O‘z   navbatida   Tur-kistonda   MIQ   va   XKK
tomonidan “Turkistonda ochlarga yor-damni tashkil etish” rejasi ishlab chiqilgan4.
1918 yilning 15 iyunida ishchi, soldat va dehqon, musul-mon deputatlari s ezdidaʼ
T.Risqulov   joylarda   tashkil   etilgan   “Ovqatlanish   punkt”laridagi5   ta minot
ʼ
yuzasidan
so‘z   olib,   “Och   qirg‘iz   (qozoq)larni,   shahar   va   ovqatlanish   punktlaridagilarni,
qarindoshlari   borlarini   ularning   o‘ziga   to‘q   qarindoshlari   tomonidan   boqish
majburiyati   yuklatish”   taklifini   kiritdi.   Uning   fikriga   ko‘ra,   och-larning
qarindoshlari bo‘lmasa, ularni “Ovqatlantirish punkt”larida ushlab turish maqsadga
muvofiqligi, ammo buning uchun “mutlaqo pul mablag‘lari yo‘q... zudlik bilan 50
ming   so‘mni   ochlarni   joylashtirish   uchun   ochlar   jamg‘ar-masidan   olish   kerak...
hamma joyda ochlar murdasi yotibdi... qarindoshlari boru, ammo o‘z yurtiga keta
olmayotganlar-ga   “Ochlarni   joylashtirish   Muvaqqat   Byurosi”ga   yuborish”
zarurligini   ta kidlagan   edi.   Muammo   yechimida   yana   och-larga   yordam	
ʼ
jamg‘armasini to‘ldirish uchun bozorlarda so-tilayotgan mayda hayvonlarning har
biridan 50 tiyin, yi-rik hayvonlarning har biridan 1 so‘mdan soliq undirish hamda
turli   oziq-ovqat   va   boshqa   mahsulotlardan   ham   so-liq-yig‘im   olish   zarur   deb
hisoblagan. Shuningdek, teatr va ko‘ngilochar tadbirlardan tushgan mablag‘lardan
ham pul un-dirish kerakligini ta kidlagan. Ochlarni oziq-ovqat bi-lan ta minlashda,	
ʼ ʼ
markaziy   hukumatdan   1   mln.   so‘m   mablag‘   ajratish,   meditsina   nazoratini
kuchaytirish,   boy-badavlat   qirg‘iz   (qozoq)   lardan   yetarli   darajada   yurtlarni
musoda-ra qilish hamda oziq-ovqat payokini kuchaytirishni taklif etgan1. Bundan   tashqari,   Turkiston   oziq-ovqat   xalq   komissari-ning   1918   yil   21   iyundagi
buyrug‘iga   ko‘ra:   viloyat,   uyezd,   vo-lost,   qishloq,   ovullardagi   oziq-ovqatga
mas ullar   g‘allani   erkin   savdosiga   taqiq   bo‘yicha   qarorini   hayotga   tatbiq   etish-gaʼ
safarbar   qilingan.   Oziq-ovqat   mahsulotlarini   tayyor-lash   faqat   sanoat
tashkilotlarigagina ruxsat berildi2.
muallif.
Bolsheviklar   o‘z   hokimiyatlarini   himoyasi   yo‘lida   qat -iyatli   ekanliklarini	
ʼ
namoyish etish borasida, xususan joylarda oziq-ovqat mahsulotlarini musodara va
zo‘rlik asosida taqsimot qilish siyosatini oqlashga harakat qil-gan. Masalan, ushbu
masala yuzasidan 1918 yil 22 iyunda Tur-kiston oziq-ovqat s ezdida Mesheryakov
ʼ
bolsheviklar   to-monidan   mavjud   hokimiyat   boshqaruvida   rejali   ishlarni   amalga
oshirish   uchun   joylarda   “hokimiyatning   obro‘si   tan   olinsa”gina   muhim   ahamiyat
kasb etishni  ta kidlab, ushbu “obro‘ni kerakli darajada yuksakka ko‘tarish zarur...	
ʼ
hoki-miyat   haqiqiqatan   ham   hokimiyatligini   ko‘rsatib...   qonuniy   huquqidan
foydalanishi   kerak...   ,   [endi]   bizga   faqat   hoki-miyat   va   qat iy   hokimiyat   kerak   ”	
ʼ
deb uqtiradi1. Mazkur ba-yonot mazmun-mohiyatiga e tibor qaratilsa, bolsheviklar	
ʼ
hokimiyatni   qo‘lga   kiritgandan   keyingi   dastlabki   oylarda-yoq,   asosiy   e tiborni	
ʼ
aholi   moddiy   ta minotini   ko‘tarish-ga   emas,   balki   asosan,   yuqorida   qayd	
ʼ
etilganidek,   hokimiyat   “obro‘sini”   ko‘tarishga,   xususan,   bu   borada   asosan,
majburiy   taqsimotga,   zo‘rlikka   tayangan   holda   amalga   oshirishga   qara-tilgan.
Ammo oziq-ovqat taqchilligi, ayniqsa bunday holat 1917–1918 yillarda o‘lkaning
ko‘chmanchi   aholisi   o‘rtasida   yaqqol   va   ayanchli   tarzda   davom   etardi.   Masalan,
Turkiston-da   ocharchilik   dahshati   shu   darajaga   borib   yetdiki,   ochlikdan   sillasi
qurigan   “qirg‘iz   (qozoq)lar   o‘z   jonini   qutqarish   yo‘lida   xotin   va   qizlarini   sota
boshladilar” 2.
Bunday   holatlar   sovet   hokimiyatining   turli   tadbir-larni   ko‘rishga   majbur   etdi.
Xususan,   sovet   hokimiyati   to-monidan   1918   yilning   iyulida   Turkiston   MIQ
ochlarga davlat yordam ko‘rsatishni uyushtirishga oid ko‘rsatma qabul qilgan3.  jud   oziq-ovqat   zaxiralarini   hisobga   olish   bo‘yicha   buyruq   qabul   qilgan1.   Bundan
tashqari, 1918 yil 15 iyunda o‘lka Oziq-ovqat Direktoriyasi tashkil topdi2.
Ayni   paytdan   boshlab   Turkistonda   bolsheviklar   rah-bariyati   vujudga   kelgan   va
borgan   sari   aholining   keng   qatlamini   o‘z   domiga   tortayotgan   oziq-ovqat
taqchilligi-ni   bartaraf   etish   yo‘lida   turli   sa y-harakatlarni   amalga   oshira   boshladi.ʼ
Masalan, Turkistonda 1918 yil 2 avgustda MIQ va XKK buyruqlari asosida, g‘alla
foiz asosida undi-rilgan va uning bir qismi bozorlarda erkin narxda xarid qilingan3.
Bundan   tashqari,   yana   1918   yil   16   avgustida   Tur-kiston   XKK   o‘zining   2-
buyrug‘ida   g‘allakorlar   aholiga   har   desyatinadan   4–10   puddan   g‘alla   ajratganlari
to‘g‘risida   ma lumotnoma   ko‘rsatganliklaridan   keyingina,   respubli-ka   bozorlarida	
ʼ
non   mahsulotlarini   oziq-ovqat   tashkilot-lari   tomonidan   berilgan   “Ruxsatnoma”
asosida sotishlari mumkinligini hamda bozorlarda non mahsulotlari faqat iste mol	
ʼ
uchungina va ko‘pi bilan bir oylik zaruriyatni qoplashga ruxsat beriladi. Bu yildaga
har bir ovqatlanuv-chiga 10 pud g‘alla me yoridan kelib chiqadi 4.	
ʼ
Ammo shuni qayd etish kerakki, o‘lka XKK tomonidan belgilangan chora-tadbirlar
ham to‘laqonli ish bermadi. Aholining o‘zi och bo‘lsa-da, yana ulardan bor-budini
tor-tib olishga oid chora-tadbirlar ishlab chiqilsa... bu aholi
xavfsirashini   yanada   oshirishga,   ozgina   bo‘lsa   ham   mavjud   g‘allasini   yashirishga
olib   keldi.   Boz   ustiga   yerli   aholi   bo-shiga   ocharchilik   musibati   tushib   turgan   bir
paytda,   aholi-ni   oziq-ovqat   mahsulotlari   bilan   ta minlash   muammosi   kundan-	
ʼ
kunga   ortib,   kasallar   va   o‘lim   xolatlari   ko‘payib   bordi.   Masalan,   1918   yil   29
avgustda   O‘ratepa   tuman   sog‘-liqni   saqlash   bo‘limi   26   avgust   kuni   shaharda   “...
ochlikdan   o‘lish   hollarini   achinarli   deb   hisoblaydi   hamda   shunday   holatlarning
oldini olish chora-tadbirlarini ko‘rish” za-rurligini ta kidlagan1.
ʼ
Bozor   iqtisodi,   manfaatdorlik   “tartib-qoidalari”-dan   ko‘ra,   “taqsimot   tartibi”
asosida   ish   yuritish   bolshe-viklar   siyosatining   o‘zagini   tashkil   qilgan.   O‘lkada
oziq-ovqat   taqchilligi   kundan-kunga   og‘irlashib,   ocharchilik   minglab   odamlarni
qurbon   bo‘lishiga   olib   kelayotgan   edi.   Shuning   uchun   ham   ma lum   bir   choralar	
ʼ
ko‘rish,   joylarda   oziq-ovqat   ta minotini   yo‘lga   qo‘yish   uchun   mablag‘   topish,	
ʼ topilgan   mablag‘ni   ocharchilik   azobini   tortayotgan   hudud-larga   taqsimlab   berish
kun   tartibidagi   eng   muhim   va   dol-zarb   muammolardan   biri   bo‘lib   qoldi.   Shu
maqsadda   1918   yilning   iyul   oyidan   Turkiston   MIQ   tomonidan   joy-lardagi
ocharchilik   azobini   tortayotgan   aholiga   5   mln.   so‘m   ajratilib,   ushbu   mablag‘
quyidagi tarzda taqsim qilingan (1- jadval)2.
Ammo   ajratilgan   mablag‘,   Turkistonda   vujudga   kelgan   oziq-ovqat   taqchilligi
kundan-kunga   ko‘payib,   o‘z   qamrovi-ga   borgan   sari   minglab   aholini   tortib
borayotgan fojia-ni bartaraf etishda mutlaqo yetarli emas edi.
Turkiston   MIQda   o‘lkadagi   oziq-ovqat   taqchilligi   kun-dan-kunga   aholining   keng
qatlamini   o‘ziga   tortib   borayot-ganligi,   joylarda   bunga   qarshi   turli   tadbirlar,
soliqlar   undirish,   xayriya   haftaliklarini   amalga   oshirish,   ish   haqidan   mablag‘lar
o‘tkazilayotganiga qaramasdan, amalda
ko‘rilayotgan   chora-tadbirlar   mavjud   ocharchilik   dahshatiga   qarshi   kurashda
ojizlik   qilayotganligi   1918   yil   20   noyabr-da   bo‘lib   o‘tgan   majlisida   atroflicha
muhokama qilindi.
1-jadval Turkistonda ocharchilikka qarshi ajratilgan
mablag‘lar taqsimoti1
Turkiston   sog‘liqni   saqlash   xalq   komissari   T.Risqulov   1918   yil   may   oyidan
“ocharchilikka qarshi uyushgan holda olib borilayotgan kurash o‘zini oqlamadi va
o‘z   oldiga   qo‘-yilgan   maqsadga   erisha   olmadi.   Bunga   afsus   va   achinish   bi-lan
qaragan   holda,   hech   hayron   bo‘lmaslik   kerak”   deyish   bi-lan   birga,   bunga   asos
tariqasida quyidagilarni keltiradi: “Turkiston ochlariga yordam ko‘rsatishdek juda
katta va ma-s uliyatli vazifa sog‘liqni saqlash xalq komissarligi to-monidan yetarliʼ
talab   darajasida   to‘laqonli   nazorat   qi-lish   imkoniyatiga   ega   bo‘lmaganligi,
faoliyatda   izchillik   yetishmasligi,   mablag‘larni   boshqa   maqsadlarga   ham   yo‘nal- tirilganligini   ta kidlaydi.   Bundan   tashqari,   Turkiston   sog‘liqni   saqlash   xalqʼ
komissarligiga   ajratilgan   5   mln.   so‘mdan   shu   paytga   qadar   2   mln   so‘mga   yaqini
sarflanmay   qo-lib   ketdi.   Bu,   hisob-kitoblarga   asoslangan   tejamkorlik,   mablag‘ni
aql   bilan   ishlatish   natijasi   emas,   bil aks   yuz   minglab   odamlar   oziq-ovqat	
ʼ
yordamiga   muhtoj   bo‘lib   turgan   bir   paytda,   amalda   ajratilgan   mablag‘ning   o‘zi
yetarli emas edi. Aslida bu yana bir bor ocharchilikka qarshi kurash jarayo-nidagi
faoliyatning   shu   paytgacha   olib   borgan   layoqatsizli-gini   tasdiqlaydi.   Shuning
uchun ham bunday tashkilotning bo‘lishi maqsadga muvofiq emas”. Shundan kelib
chiqib,   “...och-larga   g‘amxo‘rlik   qilish   va   ularni   o‘z   himoyasiga   qilish   uchun
ocharchilikka   qarshi   kurash   maxsus   komissiyasini   tuzish”,   ke-rak   degan   fikrni
ilgari   surdi. Uning  fikriga ko‘ra, aynan  shunday  komissiya   tuzilib, o‘z faoliyatini
yuritgandagina   “ko‘zda   tutilgan   hamma   tadbirlarni   rejali   tarzda   amalga   oshirish
mumkin.   Faqatgina   [ushbu   komissiya]   o‘layotgan   aho-lining   iqtisodiy   hayotiga
nima   kerakligi   to‘g‘risida   turli   rejalarni   ishlab   chiqa   oladi”   –   deydi   va   mazkur
komissiya tuzish zaruriyatini quyidagi tarzda deb belgilagan edi:
–   komissiyani   Turkiston   MIQ   a zolaridan   biri   bosh-qaradi   va   uning   tarkibiga	
ʼ
sog‘liqni   saqlash,   oziq-ovqat,   mehnat   va   ijtimoiy   ta minot,   yer   ishlari,   xalq	
ʼ
xo‘jaligi
oliy   kengashi,   harbiy,   moliya,   yo‘l   aloqalari,   milliy   ish,   xalq   ta limi,   ichki   ishlar	
ʼ
komissarliklari hamda yonilg‘i Direktoriyasi va davlat nazoratidan vakillar kiradi;
–   komissiya   mustaqil,   vakolatli   tashkilot   bo‘lishi   va   davlat   ixtiyoriga   o‘tkazish,
musodara   qilish,   mustaqil   tarzda   oziq-ovqat   mahsulotlari,   yonilg‘i   hamda   boshqa
tur-li zaruriyat bilan bog‘liq narsalarni tayyorlash huquqiga ega bo‘ladi;
– komissiya o‘z tarkibiga zarur mutaxassislarni chetdan, boshqa komissarliklardan
taklif   asosida   o‘tkazishga   va   ocharchilikdan   ancha-muncha   zarar   ko‘rgan   aholi
vakillarini ham chaqirib olishga haqli hisoblanadi.
Turkiston   MIQda   qilingan   ma ruzadan   so‘ng,   T.Ris-qulov   o‘zini   o‘lka   sog‘liqni	
ʼ
saqlash komissarlari lavozi-midan ozod etib, taklif etilayotgan ocharchilikka qarshi kurash komissiyasiga rahbar etib tayinlashlarini so‘rab, “u bu yerda ko‘proq foyda
keltirishini”   qayd   etgan.   Xususan,   Turkiston   MIQ   ning   1918   yil   26   noyabrdagi
qaroriga   ko‘ra:   T.Risqulov   taklifi   qabul   qilinib,   Turkiston   MIQ   huzu-rida
ocharchilikka qarshi kurash Markaziy Komissiya (OQK MK)si tuziladi va mazkur
komissiya   raisligiga   T.Risqu-lov   nomzodi   ko‘rsatiladi.   Uning   zimmasiga   zudlik
bilan Turkiston  OQK  MK  tarkibini   tuzish  hamda  mazkur  komis-siya  vazifalariga
oid   nizomni   ishlab   chiqib,   OQK   MKning   ocharchilikni   barham   etishda   boshqa
komissarliklar   bilan   o‘zaro   munosabatlari,   hamkorlikda   o‘tkaziladigan   tad-birlar
rejasini   ishlab   chiqish   va   Turkiston   MIQda   tas-diqlatish   vazifasi   yuklatilgan.
Yuqoridagi   qaror   ijro-sini   joylarda   ham   amalga   oshirish   yuzasidan,   1918   yil   28
noyabrda   Turkiston   MIQ   qoshida   tashkil   etilgan   OQK   MK   ning   tarkibiga   xalq
komissarlari,   tegishli   organlar   va   respublikaning   hamma   viloyatlari   hamda
Toshkent   shahri-dan   bittadan   vakil   kirib,   MIQ   a zosi   rahbarligida   fao-liyat   olibʼ
borish ko‘zda tutilgan (2- jadval).
Albatta,   Turkiston   OQK   MKning   tashkil   topishi   o‘lkada   mazkur   muammo
yechimida bir qancha tashkiliy masalalarni hal etish, barcha tegishli komissarliklar
bilan   o‘zaro   ke-lishgan   holda,   muvofiqlashtirilgan   tarzda,   maqsadli   va-zifalarga
yondashish   va   tezkorlik   bilan   hal   etishni   taqozo   etardi.   Turkiston   OQK   MK
o‘lkada  vujudga  kelgan oziq-ovqat   tanqisligiga  barham   berish,  aholini  oziq-ovqat
mah-sulotlari bilan ta minlash borasida quyidagi huquqlar-ga ega edi: Belgilangan	
ʼ
tartibda   harakat   xaritasining   tizimini   tuzib,   Turkistonda   ocharchilikka   uchragan
aholi-ni ichki imkoniyat hisobidan ta minlanishiga erishadi. Favqulodda holatlarda	
ʼ
alohida   ta minotga   ega   bo‘ladi,   oziq-ovqat   Direktoriyasi   bilan   kelishilgan   holda,	
ʼ
ochlar   uchun   oziq-ovqat   xarid   qilishi   yoki   tayyorlashi,   mavjud   ma-blag‘larni,
joylardagi   ocharchilikka   qarshi   kurash   bilan   shug‘ullanayotgan   komissiyalar
ixtiyoriga   ajratishi,   OQK   MK   tomonidan   tasdiqlangan   mas ullargina   joylardagi	
ʼ
ocharchilikka qarshi kurash komissiyasining vakili bo‘lishi mumkin bo‘lgan 1.
O‘z navbatida, Turkiston OQK MK faoliyatini tizim-li, muvofiqlashtirilgan holda
ish   yurita   olishi   uchun   uyezd-shaharlarda   ocharchilikka   qarshi   kurash   (OQK) komis-siyalari   uchun   maxsus   yo‘riqnoma   ishlab   chiqilib,   uni   joy-lardagi
tashkilotlarga taqdim etildi 2.
Turkiston MIQ qoshidagi OQK Markaziy komissiyasi 1918 yil dekabrdan boshlab
faoliyat yuritib, Toshkentda: Eski va Yangi shahar OQK komissiyasi hamda uyezd
OQK   komis-siyalari   faoliyat   olib   borgan.   Shuningdek,   Turkiston   OQK   Markaziy
komissiyasi   tarkibida   25   ta   viloyat,   uyezd-shahar,   rayon   OQK   komissarliklari
mavjud edi3.
Ayrim   tadqiqotlarda   T.   Risqulov   boshchiligida   OQK   MK   tashkil   topgani   qayd
etilsa-da,   mazkur   komissiya   qachon   tashkil   etilgani   qayd   etilmaydi.   Masalan,
“1918   yil   fev-ralda   Shimoliy   Tojikistonnning   Xo‘jand,   Mirzacho‘l,   O‘ra-tepasida
ocharchilikka qarshi kurash komissiyasi tuzilgan” deb, keyingi satrlarda OQK MK
tomonidan   bir   million   so‘mdan   ortiq   mablag‘   ajratilganini   ko‘rsatadi.   Holbuki,
OQK MK va joylardagi OQK komissiyalari 1918 yil 26 no-yabrdan avval tashkil
topishi mumkin emasdi1.
Yuqorida keltirilgan ma lumotlardanʼ ma lumki,   Turkistonda   OQK   MK	ʼ
tuzilishi   va   faoliyat   doirasi   keng   qamrovli   bo‘lib,   sovet   hokimiyati   bu   komissiya
faoliyatini   doimiy   nazoratda   ushlashga,   aholi   ta minotida   ishonchini   qozonishga	
ʼ
harakat qilgan. Markaz va joylardagi OQK o‘z faoliyati davomida ochlar miqdori,
sog‘lom   va   kasallari,   mutasaddilar,   shifokorlar,   ta minot,   bandlik-mehnatga   jalb	
ʼ
qilish,   mas ullarni   tayinlash   va   ozod   qilish,   qu-yidan   yuqoriga   davriy   hisobot	
ʼ
berishga   e tibor  qaratib,  amalda kuchli   nazorat  tizimi   orqali   ochlarga yordam  be-
ʼ
rishga harakat qilganlar.
Turkistonda   OQK   MK   o‘z   faoliyatini   yuritishga   kiri-shar   ekan,   ilgariga  nisbatan,
ocharchilik   qamrovi   va   uning   kundan-kunga   aholini   o‘z   domiga   tortib
borayotganini   yax-shiroq   tasavvur   qiladigan   bo‘ldi.   Xususan,   T.   Risqulov   be-
vosita ochlar muammosi bilan shug‘ullanish jarayonida, Turkiston OQK MK raisi
sifatida   “...   markazlashgan   hol-da   yordam   faoliyatlarini   kuchaytirmasdan   hech
qanaqa   sezi-larli   ishlar   ko‘zga   tashlanmasligiga   ishonch   hosil   qilib,   1918   yil   5 dekabrda   Turkiston   MIQ   rahbariyatiga   iyul   oyida   murojaat   qilib,   “ochlarga
ajratilgan 5 mln. so‘mni talab-ehtiyojga nisbatan juda kamligini” ta kidlaydi2.ʼ
T.Risqulov   o‘lkadagi   ocharchilikka   qarshi   kurash   uchun   Tur-kiston   MIQdan   25
mln.   so‘m   ajratishni   so‘rab,   uni   ushbu   summani   quyidagi   holatlardan   kelib
chiqishini qayd eta-di:
1.   Qish   mavsumiga   oziq-ovqat   mahsulotlarini   tayyor-lash   uchun   qulay   vaqt   boy
berilganini,   ilgariroq   mazkur   mablag‘   so‘ralganida,   oziq-ovqat   mahsulotlarini
tayyorlash deyarli ikki barobar arzonga tushishi mumkin edi.
2.   Oziq-ovqat   mahsulotlari   barcha   turlarining   narxi   kundan-kunga   ortib
borayotganligini,   ocharchilikka   qarshi   shoshilinch   ravishda   mablag‘   ajratilmasa,
1919 yilning bahoriga kelib ajratiladigan mablag‘ mutlaqo yetarli bo‘lmay qolishi
hamda   komissiya   ixtiyoridagi   mablag‘lar   miqdori   shunchalik   ozki,   mavjud
mablag‘lar o‘ta ehtiyoj ta-lablarnigina ta minotiga sarflanishi mumkin1.	
ʼ
Ajratiladigan   mablag‘lar   asosan   ochlarning   oziq-ovqat   ta minoti   uchun	
ʼ
mo‘ljallangan edi. U o‘z murojaatida ochar-chilik qamrovini  chuqurroq o‘rganish
davomida   ajrati-ladigan   25   mln.   so‘m   “zudlik   bilan   ochlarni   ta minlashga   ham
ʼ
yetmaydi.   [Agar   ularni]   kiyintirilmasa,   sovuqdan   ham   o‘lib   ketishi   mumkin”,
deydi.   Yana   u   qo‘shimcha   mablag‘   ajra-tish   zaruriyatini   asoslar   ekan,   ajratilgan
“...mablag‘lar   hamma   joyda   to‘la-to‘kis   xarajat   qilib   bo‘lingan.   Ko‘plab   uyezd
sog‘liqni   saqlash   bo‘limlari   katta   miqdordagi   pulni   qarzga   olganlar,   chunki,
mumkin   qadar,   ochlarni   yordamsiz   qoldirmaslik   kerak   edi”,   deydi.   U   o‘z
murojaatini davom ettirib, joylarda oziq-ovqat muammosi  kundan-kunga avj olib,
ayni   paytda   aholi   ta minotidagi   muammolar   o‘z   yechimini   topmay,   ochlar	
ʼ
ta minoti   kamayib   ketganligiga   e tibor   qaratadi   va   o‘lka   rahbariyatini   “...   oziq-	
ʼ ʼ
ovqat mah-
munosabatlar (1917–1924 yillar) –Toshkent: “Universitet”, 2005. – B. 19–20.
sulotlari har kuni qimmatlashib borib, qish va bahorda [narx-navo] ikki baravarga
oshmoqda”, deb ogohlantiradi1. T.   Risqulov   o‘zi   tomonidan   Turkiston   MIQ   ga   qilingan   murojaatidan   bir   hafta
o‘tib-o‘tmay,   ya ni   11   dekabrda   yanada   asosliroq,   “...   vujudga   kelgan   holatdanʼ
kelib   chiqib,   avvalroq   so‘ralgan   mablag‘ning   mutlaqo   yetarli   emasligi-ni,   zudlik
bilan zarur deb topamanki, 80 mln. so‘m ajra-tish kerak”, deb qayd etadi2.
Voqealar   rivojiga   chuqurroq   qaralsa,   oziq-ovqat   kun-dan-kunga   emas,   hatto   soat
sayin   o‘z   dahshatini   namoyon   qila   boshlagan.   Ahvol   og‘irlashib   borgan   sari   T.
Risqulov OQK faoliyati yo‘llaridan biri sifatida Farg‘ona, Samarqand va Yettisuv
viloyatlarida   ocharchilik   azobini   tortayotgan-lar   uchun   oziq-ovqat   mahsulotlarini
xarid   qilib   olishga   va   umuman   Turkiston   o‘lkasi   bo‘yicha   mablag‘   ajratish   zarur
deb   biladi.   Yuqorida   keltirilgan   tarixiy   dalillar   shun-dan   dalolat   beradiki,
Turkistonda   oziq-ovqat   taqchilligi,   ocharchilik   qamrovi   kengayib   boravergan.
O‘lka   aholisini   oziq-ovqat   mahsulotlari   bilan   ta minlashdagi   muammo-laridan	
ʼ
kelib   chiqib,   Turkistonda   MIQ   o‘zining   1918   yil   13   dekabrdagi   majlisida
Turkiston   OQK   MK   ixtiyoriga   80   mln.   so‘m   ajratish   masalasini   ko‘rib   chiqib,
hozircha   40   mln.   so‘m   ajratishga   qaror   qilgan.   Mavjud   arxiv   ma lumotla-riga	
ʼ
tayanib   qayd   etish   lozimki,   o‘sha   ajratilgani   40   mln.   so‘m   Turkiston   OQK   MK
tomonidan   1919   yil   birinchi   yarmi-ga   qadar   joylardagi   uyezd-shahar   OQK
komissiyalari   ixti-yoriga   quyidagi   miqdorda   taqsimlanishi   ko‘zda   tutilgan   (3-
jadval) 3.
Mavjud   arxiv   ma lumotlari   shundan   dalolat   beradiki,   sovet   hokimiyati   Turkiston	
ʼ
OQK MKning asosiy vazifasi sifatida, boy-badavlat kishilarning mulkidan 10 foiz
soliq   olish   kerakligi   ham   belgilangan2.   Bu   ham   oziq-ovqat   muammosi   yechimi
masalasida amaliy chora-tadbirlardan biri edi.
Turkiston   MIQ   tomonidan   1918   yil   30   dekabrda   maxsus   buyruq   chiqarilib,   unda
barcha deputatlarni OQK komissiya-sini qo‘llab-quvvatlashga hamda ocharchilikni
bartaraf   etishga   oid   topshiriqlar   bajarilmagan   taqdirda,   aybdor   deb   topilganlarga
nisbatan ochlar hisobiga jamg‘arma uchun pul undirish va hatto hibsga olish mumkinligi qayd etil-gan1.
Yuqoridagi   ma lumotlar   tahliliga   ko‘ra,   Turkiston   OQK   MK   o‘z   faoliyatiʼ
davomida   juda   ko‘p   tashkiliy   masa-lalarga   to‘qnashdi.   Xususan,   joylarda
ocharchilikka qarshi kurash komissiyalarini tuzish, mavjud oziq-ovqat zaxira-larini
taqsimlash,   g‘allaga   qat iy   belgilangan   narx   qo‘-yish,   bozorlarda   qopchi	
ʼ
savdogarlarga   qarshi   kurash   kabi   turli   yo‘nalishdagi   chora-tadbirlarni   amalga
oshirishdek   murakkab   vazifalar   bolsheviklar   hokimiyati   tomonidan   amalga
oshirilishi   kerak   edi.   Ammo   ko‘rsatilayotgan   yordam   va   amaliy   choralar   oziq-
ovqat   taqchilligi,   ocharchilik   ol-dida,   amaliy   jihatdan   murakkab   hamda   ziddiyatli
ahamiyat kasb etgan.
Aslida,   OQKga   Markazdan   davlat   mablag‘lari   hamda   to-varlar   va   oziq-ovqat
ajratilishi   ko‘zda   tutilgan   edi.   Ammo   ko‘pincha   bunga   erishish,   xususan,
markazlashgan holda ta minot cheklangan. To‘g‘ri, bu borada ochlar hisobiga tur-li	
ʼ
to‘lovlar undirilar edi. Sovet hokimiyatining turli tashkilotlari tomonidan ochlarga
yordam fondi tuzilib, unga xayriya pullari tushib turdi. Biroq, erkin narxlar asosida
bozordan   oziq-ovqat   sotib   olish   uchun   mablag‘   muttassil   yetishmasdi,   buning
ustiga   jahon   va   fuqarolar   urushi   yillarida   u   juda   qadrsizlangan   edi.   Shu   boisdan,
ocharchilikka   qarshi   kurashga   ajratilgan   million-milli-on   mablag‘lar   haqida
gapirilganda,   pulning   g‘oyat   qadrsiz-langanini   hisobga   olish   kerak.   Bundan
tashqari,  komissiya   uyushgan  tarzda  xarid  qilish  apparatiga  ham   ega  emas  edi  va
mahsulotlarni   ko‘pincha   oziq-ovqat   Direktoriyasidan   olib   turardi.   Oziq-ovqat
Direktoriya   vakillari   g‘allani   hatto   urug‘lik   fondidan   bergan   hollari   ham   bo‘lgan.
Odatda, aho-li ehtiyoji uchun eng zarur oziq-ovqat mahsulotlari so‘ral-
ganda,   ko‘pincha,   omborlar   bo‘m-bo‘sh   bo‘lganligi   sababli,   yo‘q   deb   javob
qilinardi.   Ta kidlash   lozimki,   Oziq-ovqat   Di-rektoriyasi   tomonidan   ko‘rsatilgan	
ʼ
yordam ahvolni sezi-larli darajada yaxshilay olmagan1. Bu haqda OQK MK raisi
T.   Risqulov   “...   oziq-ovqat   har   kuni   qimmatlashib   bormoqda   va   oziq-ovqat
Direktoriyasidan kutilgan umid o‘zini oqla-madi, chayqovchi va boylar... kundalik
ehtiyojga   zarur   oziq-ovqat   mahsulotlarini   yashirib,   kambag‘allarga   yordam   be- rishni   xohlamamoqda...   ochlarni   oziq-ovqat   va   kiyim-bosh   bilan   ta minlash,   ularʼ
o‘rtasida   hunarmandchilikni   rivo-jlantirish,   ustaxonalar   ochish   kerak”,   deb
ta kidlaydi2.	
ʼ
2.2 Ovqatlanish punktlari hamda oziq-ovqat ishchi otryadlari faoliyati
Turkistonda   oziq-ovqat   muammosi   kundan-kunga   og‘ir-lashib,   aholi   ta minotida	
ʼ
uzilishlar   ko‘payib,   joy-larda   noroziliklar   kuzatilardi.   Ma lumotlarga   ko‘ra,   1919	
ʼ
yil   boshlariga   kelib,   o‘lka   bo‘yicha   ochlar   miqdori   1   mln.   atrofida   bo‘lgan.
T.Risqulov aholini oziq-ovqat bi-lan ta minlash bilan bog‘liq muammolar xususida	
ʼ
Turkis-ton   MIQning   1919   yil   10   yanvardagi   majlisida,   “chayqovchi   va   boylar
tomonidan   hamma   mahsulotlar   va   kambag‘allar   uchun   eng   zarur   mahsulotlar
yashirib qo‘yilgan. Aynan shu paytda Toshkentning Eski shahari qismida 26 ming
na-far   ochlar   bo‘lib,   ular   uchun   kommuna   va   kooperativlar   tashkil   qilishni
maqsadga   muvofiq   deb   topgan.   Bu   bilan   Eski   shahardagi   “chayqovchi   va
millionerlar   uyasiga   barham   berish”   ko‘zda   tutilgan.   Bundan   tashqari,   ochlarga
boshpa-na uchun joy topish, ularni hunarmandchilikka jalb etib, ustaxonalar ochish
kerak bo‘lgan. Bu orqali ochlar dastlab o‘zini-o‘zi ta minlash bilan shug‘ullansalar,	
ʼ
keyinchalik boshqalarni ham ta minlashlari ko‘zda tutilgan3.	
ʼ
Turkiston   OQK   MK   va   joylardagi   tegishli   komissiya-lari   tomonidan   aholining
oziq-ovqatga   bo‘lgan   ehtiyojla-rini   qondirish   uchun   “Temir   yo‘l   tez   yordami”
faoliyatini   keltirish   mumkin.   Xususan,   Turkiston   OQK   MK   tomonidan   Turkiston
temir   yo‘llari   bilan   1919   yil   fevralidan   ham-korlikda   ochlarga   yordam   berish
bo‘yicha,   har   qanday   poyezd   yo‘nalishiga   3   tadan   “Temir   yo‘l   tez   yordami”
vagonlarini   qo‘yish   tadbirlarini   joriy   etdi.   “Temir   yo‘l   tez   yordami”   zimmasiga
temir   yo‘l   yoqalaridagi   ochlarni   olib,   ularni   eng   yaqinda   joylashgan   Ovqatlanish
punktlariga yetkazish vazifasi yuklatilgan 1.
Mavjud   arxiv   manbalar   tahlili   shundan   dalolat   bera-diki,   shaxsan   T.   Risqulov
Turkistonda   qarovsiz,   ota-onasiz   qolgan   bolalarga   boshpana,   oziq-ovqat   bilan
ta minlashda jonbozlik ko‘rsatib, mazkur muammo yechimiga befarq tash-kilot va	
ʼ
mutasaddilar   bilan   murosasiz   kurash   olib   borgan.   Masalan,   U   1919   yil   martida Turkiston   MIQ   ga   xat   bilan   murojaat   qilib,   OQK   MK   tomonidan   1919   yil   17
fevral-dan   Qoshg‘ar   ko‘chasida   Jo‘rabekovning   8-   uyini,   Kaspiyorti   fronti
vakolatxonasidan   qaytarib   olib,   “Bolalar   boshpa-nasi”   sifatida   foydalanish   uchun
bir oy davomida binoni bo‘shatish bo‘yicha muzokaralar olib borgan 2.
Haqiqatan  ham  OQK   MK  va  uning  joylardagi   komissiya-lari   faoliyati   murakkab,
tushunmovchiliklar,   ilojsizlik-larni   o‘z   ichiga   olgan.   Sovet   hokimiyati   mazkur
komissiya   faoliyatida   ham,   xususan,   o‘lkaga   tashqaridan   keltirilgan   oziq-ovqat
mahsulotlari   taqsimotida   sinfiy   yondashuvga   asosiy   e tibor   qaratib,   ularni   asosanʼ
“qizilarmiya   qism-lari,   ishchi   va   sovet   tashkilotlari   xodimlari   o‘rtasida
taqsimlagan”3.
Turkiston OQK MK nafaqat ochlarni boshpana va oziq-ovqat bilan ta minlashdan	
ʼ
tashqari, ochlar uchun hunar-mandchilik ustaxonalarini ochish, suv
inshootlarini   tozalatish,   dehqonchilik   bilan   shug‘ullanish   kabi   masala-larda
tegishli tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatib, muammo yechimini topishga ham harakat
qilgan. Masalan, 1919 yil 31 yanvarda OQK MK raisi T. Risqulov Turkiston oziq-
ovqat   Direktoriyasida   so‘z   olib,   ochlar   tomonidan   ekish   ishlarini   olib   borish
masalasini   ko‘targan.   Shuningdek,   Avliyoota   uyezdida   10   ming   nafar   ochlarga
boylardan muso-dara qilingan 100 desyatina yerni haydash va ekin ekishlari uchun
kerakli dehqonchilik asbob-uskuna va urug‘liklar ham zarur bo‘lgan1. Yana shuni
ta kidlash   joiki,   T.   Risqulov   o‘l-kadagi   och   va   ishsizlarni   o‘limdan   saqlab   qolish	
ʼ
yo‘llarida   ko‘rilishi   kerak   bo‘lgan   tadbirlar   qatoriga   ochlarni   “da-lalarni   ekishga,
ular uchun qishloq xo‘jalik asbob-uskuna-larini xarid qilishda qarz berishga, yersiz
va   ishsizlarni   yer   va   suv   bilan   ta minlashga”   hamda   ochlar-ishsizlar   ora-sida	
ʼ
“chakmon tikish, kalava charxi tayyorlash, bo‘yra to‘qish, qo‘y terisini ishlash, ip
ajratish   va   boshqa   ishlarga   jalb   etish”   kerakligini   qayd   etib,   bu   ishlarni   bolalar
kolo-niyasi   yon-atrofida   joriy   etish,   ularga   hunarmandchilik   va   kasb-korni
egallashda   muhim   o‘rin   tutishini   ta kidlaydi2.   Shuning   uchun,   Turkiston   Xalq
ʼ
ho‘jaligi   markaziy   kengashi   (XXMK)   ning   1919   yil   5   martida   o‘lka   OQK   MK raisining   ochlarni   jalb   etgan   holda   davlat   oziq-ovqat   ekinlarini   ekish   bo‘yicha
ma ruzasidan kelib, quyidagi mazmunda qa-ror qabul qildi:ʼ
1.   Turkistonning   100   ming   desyatina   oziq-ovqat   mahsu-lotlari   ekish   uchun
mo‘ljallangan sug‘orma yerdan: Farg‘ona viloyatidan 20 ming desyatina, Toshkent
uyezdidan 12 ming, Mirzacho‘ldan 2 ming desyatina yerni paxta ekishga ajratish.
2.   100   ming   desyatinadan   20   ming   desyatina   yerga   g‘alla,   qolgan   yerga   mosh,
arpa,   kartoshka   va   boshqa   oziq-ovqat   mah-sulotlarini   ekish.   G‘alla   ekish   uchun
100 ming pud urug‘lik-ning 30 ming pudi oziq-ovqat Direktoriyasidan, qolgani-ni
Avliyoota uyezdi va Buxoro amirligidan olish.
3. Bu boradagi ishlar uchun Yer ishlari xalq komissar-ligi dehqonchilikka yaroqli
yer ajratishi, oziq-ovqat  Di-rektoriyasi  taqsimot  ishlari  bilan shug‘ullanishi, OQK
MK   qaysi   hududlarga   ekishni   ko‘rsatishi   belgilangan   1.   Belgilangan   vazifalarni
bajarish   uchun   Turkiston   XXMK   T.   Risqulovning   taklifiga   asosan,   1919   yil   5
martda   o‘l-kada   oziq-ovqat   mahsulotlarini   ekish   uchun   urug‘lik   g‘alla
yetishmasligidan   kelib   chiqib,   qulay   yerlarga   paxta   ekish   kerakligi,   oziq-ovqat
Direktoriyasi   ixtiyoridagi   g‘alla   urug‘ini   ekishga   ajratish,   buning   uchun:   tovar
almashtirish yo‘li bilan Buxorodan 200 ming pud g‘alla urug‘ini olini-shi, ekishga
urug‘siz   qolmaslik   uchun   joylardan   4   puddan   or-tiq   urug‘lik   chiqib   ketmaslikni
hamda   kartoshka   va   boshqa   sabzavotlar   urug‘larini   Samara   va   Orenburgdan
keltirish-ga Turkiston MIQ dan 110 mln so‘m ajratishni so‘raydi2.
Arxiv   manbalari   tahlili   shundan   dalolat   beradiki,   T.   Risqulov   tashabbusi   qo‘llab-
quvvatlanib,   o‘lkadagi   och-lar   tomonidan   yerlarni   qayta   ishlash   va   ekish   ishlari
olib   borilgan.   Chunki,   Turkiston   OQK   MK   ma lumotiga   ko‘ra,   1919   yil   18	
ʼ
fevralda  o‘lkada  rasman  ro‘yxatdan  o‘tgan  ochlar  miqdori  970900  nafarni   tashkil
etib,   ularning   sa y-ha-rakati   bilan   Turkiston   bo‘yicha   100   ming   desyatina   yerga	
ʼ
ekin ekilishi ko‘zda tutilgan. Qayd etilgan miqdordagi yerni qayta ishlash va ekish
uchun  1   martdan  1   oktabrga   qa-dar   ochlar   kuchidan   foydalanish   bilan  birga,   303
mln. 580 ming so‘mlik turli xil urug‘lar, ish hayvonlari, qishloq xo‘jalik uskunalari ham   kerak   edi.   Turkiston   oziq-ovqat   Direktoriyasi   T.   Risqulov   taklifini   ko‘rib
chiqib, sarf-
larni qisqartirib 37 mln so‘m ajratishga, bu 1 desyatina yerga ekish 3700 so‘mga, 1
pud   hosil   tannarxi   67   so‘m   atrofi-da   bo‘lishi,   100   ming   desyatinadan   olinadigan
umumiy ho-sil miqdori 5,5 mln. pudga hamda har bir och uchun bu 6 pudga to‘g‘ri
kelishi ta kidlangan1.ʼ
Oziq-ovqat taqchilligiga qarshi kurashish davom etgan. Bunday chora-tadbirlardan
yana   biri   mulkdor   sinflarga   millatidan   qat i   nazar,   10   foizlik   jarima   joriy   etish,	
ʼ
bolalar   boshpanasi   hamda   koloniyasini   OQK   MK   ixtiyoriga   berishni   maqsadga
muvofiq deb qayd etgan. Oxirida o‘ziga to‘q-burjuaziyani ochlar hisobiga jarimaga
tortish   to‘g‘ri   deb   qaror   qabul   qilindi   va   buni   mulkdorlarga   solinadi-gan   jarima
miqdori va tarkibi XKK hay ati tomonidan ishlab chiqilishi belgilangan2.	
ʼ
Sovet   hokimiyati   tomonidan   olib   borilayotgan   oziq-ovqat   siyosati   tizimli,
belgilangan   tartib-qoida   asosida   olib   borilmay,   ma lum   bir   chekinishlar,	
ʼ
boshboshdoqlik-larni   ham   o‘z   ichiga   olgan.   Masalan,   o‘z   paytida   OQK   a zo-lari	
ʼ
o‘z   faoliyati   davomida   Turkistonning   barcha   viloyat   va   uyezdlarini   aylanib
chiqishdi,   ammo   chekka   qishloqlarga   yetib   bora   olishmadi.   “Yuqori”dan   nazorat
bo‘lmaganligi   tufayli   joylarda   suiiste mol   qilish   hollariga   ham   yo‘l   qo‘yildi.	
ʼ
Masalan,   Favqulodda   tergov   komissiyasining   a -zosi   V.   Bogomolov   oziq-ovqat	
ʼ
Direktoriyasiga   ma lum   qi-lishicha,   Farg‘onada   OQK   vakillari   “...	
ʼ
mehmonxonalarda yashab, bekordan-bekorga (boshqa tashkilotlar vakillari
bilan)   raqobat   qilishib...   o‘zlari   uchun   shaxsiy   imtiyozlar   talab   qilib,   o‘z   oila
a zolarini chaqirib, mazza qilib yashashadi”1.	
ʼ
Tarixiy   manbalar   shundan   dalolat   beradiki,   1919   yil   o‘rtalariga   kelib,   OQK
komissiyasi   faoliyatiga   tanqidiy   yondashuv   ko‘zga   tashlana   boshlaydi.   Chunki
bunga   yetarli   da-rajada   sabablar   ham   bor   edi,   birinchidan,   1917–1918   yil-lardagi
oziq-ovqat taqchilligi bir oz kamayadi, ikkinchi-dan, OQK MK va uning joylardagi
mahalliy   komissiyalari   faoliyati   tizimli   ishlamay,   turli   xarajat   va   tashkiliy masalalardagi   oqsashlar   hamda   komissiya   a zolarining   mas uliyatsizligi   yaqqolʼ ʼ
ko‘rina   boshladi.   Uchinchidan,   OQK   komissiyalari   Markazda   va   joylardagi
faoliyatida   hi-sob-kitobni   to‘laqonli   yo‘lga   qo‘ymaganligi   edi.   1919   yil   6   iyulida
OQK MK komissiyasi faoliyati ko‘rib chiqilgan majlisda oziq-ovqat Direktoriyasi
vakili   Malaxov   tomo-nidan   ochlarga   yordam   komissiyasi   joylarda   tekinxo‘rlar-
ning ko‘payishiga xizmat qilmoqda, degan bo‘lsa, XXMK va-kili Paliy Avliyoota
uyezdida 1919 yil 1 apreliga qadar OQK komisiyasi ixtiyorida 58 ming ochlar bor
deyilca-da, aslida 4700 nafargina ochlar bo‘lganligini, hatto yerli xalq vakillaridan
biri   “o‘z   moli   va   boshqa   mulklarini   sotib...   ocharchilikka   [qarshi]   komissiya
[ixtiyorida]  ovqat-lanmoqda” edi. Bundan  tashqari, mazkur  majlisda XXMK raisi
Yegorov  tomonidan   tezlik  bilan   OQK  komissiyasi  faoliyatiga  chek  qo‘yib,  uning
vazifasini   tegishli   xalq   komissarliklari   zimmasiga   yuklash   taklifini   berdi.   Shu
fikrni   qo‘llab-quvvatlagan   Malaxov   OQK   komissiyasi   tash-kil   topgan   vaqt-o‘sha
paytning   taqozosi,   “tegishli   [xalq]   komissarliklari   hali   yetarli   darajada   ishga
yaroqli   emas-dilar...   hozirga   paytda   ularning   ijobiy   faoliyati   yetar-li   [darajada]
aniqlandi, shoshilinch tarzda ocharchilikka
  [qarshi]   komissiyaga   zarurat   o‘tib   ketdi”,   deb,   OQK   funk-siyasini   tegishli   xalq
komissarliklariga berish takli-fini ilgari surdi. Majlisda OQK komisiyasi faoliyatini
ortiqcha   deyishga   ochlarning   ko‘pi   mehnatga   yaroqsiz   va   shu   sababdan   ijtimoiy
ta minot   xalq   komissarligiga   o‘tka-zilishi   kerakligi,   barcha   mehnatga   yaroqli	
ʼ
ochlar   o‘z   ishini   topganligi   keltirib   o‘tildi.   Yuqoridagi   keltirilgan   fi-kr-mulohaza
hamda   tanqidiy   yondashuvlarga   qarata   ochlarni   oziq-ovqat   ta minotida   OQK	
ʼ
komissiyasi   vakili   o‘z   muno-sabatini   bildirib,   mazkur   komissiya   faoliyatiga   chek
qo‘y-ish   hali   ertaligi,   ocharchilikka   qarshi   kurashda   komissiya-ning   tutgan   o‘rni
hamon   beqiyosligini   ta kidlab,   oldinda   turgan   qishda   yetarli   darajada   oziq-ovqat	
ʼ
bo‘lishiga hech qanaqa asos yo‘q, yana ocharchilik kelib chiqishi mumkinligi-dan
ogoh   qilgan.   Oxir-oqibatda   OQK   komissiyasini   vaqtin-cha   saqlab   qolishga   qaror
qilindi1. Sovet   hokimiyatining   oziq-ovqat   siyosatini   OQK   komis-siyasi   faoliyati   misolida
tahlil   etilganda,   OQK   komis-siyasi   tomonidan   ilgari   surilgan   takliflarga   mahalliy
“kengashlar   tomonidan,   hech   qanday   choralar   ko‘rilmadi,   ocharchilikka   qarshi
kurash   loyihalariga   salbiy   munosa-batda   ham   bo‘ldilar”   degan   fikrga   to‘la
qo‘shilib   bo‘lmay-di2.   Bo‘lishi   mumkin,   ayrim   joylardagi   sovet   tashkilot-lari
tomonidan   OQK   komissiyasi   taklif-mulohazalari,   talablari   inkor   etilgan   yoki
qisman   qabul   qilingan.   Ammo   bu   Turkiston   bo‘yicha   barcha   sovet   tashkilotlari
tomonidan   OQK   komissiyasi   taklif   va   talablariga   salbiy   munosabat-da   bo‘lib,
bajarmadilar degani emas. Mavjud tarixiy man-balar tahlili buni inkor etadi.
Joylarda   OQK   MK   a zolari   va   tegishli   tashkilotlar-ning   ocharchilikka   qarshiʼ
kurash   ishlari   yetarli   emasligi,   oziq-ovqat   ta minotida   xalq   komissarliklarini   bir	
ʼ
paytdagi   faoliyat   olib   borishiga   munosabat   bildirdi.   Sovetlarning   favqulodda   VII
s ezdida   ayrim   xalq   komis-sarliklarining   deyarli   bir   xil   faoliyat   olib   borishi,   bu	
ʼ
ocharchilikka qarshi kurashni susaytirib yuborganligini qayd etdi1 .
Yuqorida   keltirilgan   tarixiy   dalillar,   oxir-oqibat-da,   OQK   komissiyasi   o‘z   amaliy
faoliyatida xato va kamchi-liklarga yo‘l qo‘yganidan dalolat beradi.
Turkiston   MIQning   1919   yil   1   iyundagi   buyrug‘iga   bi-noan,   Turkistonda   OQK
MK   faoliyati   o‘lka   XXMK   ixtiyoriga   vaqtinchalik   bo‘lim   sifatida   o‘tdi.   Mazkur
buyruqqa ko‘ra, OQK komissiyalari ham tegishli mahalliy kengashlar de-putatlari
mas uliyati   ostida   ish   yuritdi.   Xalq   xo‘jaligi   Markaziy   Kengashi   (XXMK)   ga	
ʼ
zudlik bilan ochlarga yordam bo‘yicha nizomni qayta ko‘rib chiqish va bu borada
mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda
kelayotgan   qish   mavsumiga   kerakli   tarzda   tayyorgarlik   ko‘rish   zarurligi   qayd
etildi.   O‘z   nav-batida   joylardagi   OQK   komissiyalardan   pul   va   moddiy   ahvoli
to‘g‘risida   hisobotni   so‘rash   mahalliy   deputatlar   kengashi   zimmasiga   yuklatildi.
Mahalliy deputatlar ken-gashi OQK komissiyalari faoliyatini va Ovqatlanish pun-
ktlaridagi   holatni   chuqur   o‘rganish   hamda   ochlarga   yordam   berish   ishini   yuqori
darajada olib borishi kerak bo‘lgan. O‘z navbatida, Turkiston OQK MK funksiyasi
XXMK   bo‘limi-ga   o‘tkazilishi   Turkiston   XKK   ning   1919   yilning   17   iyuni-da ko‘rib   chiqilib,   OQK   MK   bilan   bu   masalada   birgalikda   chora-tadbirlar   ishlab
chiqishligi zarur deb qaror qabul qildi2.
OQK   MK   tomonidan   joylardagi   komissiyalar   faoliyati-ni   nazorat   qilish   va
muammolar   bo‘lsa,   uni   ustida   ishlash   muhim   ahamiyat   kasb   etgan.   1919   yil
sentyabrdagi   ma lu-motga   ko‘ra,   Qo‘qon   uyezdi   OQK   komissiyasi   faoliyatiʼ
o‘rganib chiqilgan. Mazkur uyezddagi OQK komissiya 1919 yilning 5 sentyabriga
qadar   yuritgan   faoliyati   davomida   uyezd   OQK   komissiyasi   bilan   Qo‘qon,
Konibodom   va   Beshariqda   Ovqatla-nish   punktlari   ochilgan,   har   kuni
ishlaydiganlarga 1 funt obi non, qolganlarga 1, 1/2 funt go‘sht 15 zolotnikdan1, har
juma osh tarqatilgan bo‘lib, bundan tashqari, xarajatlar uyezddagi ochlar miqdori,
ochlarni ish va kiyim-kechak bilan ta minlash, ularni mehnat faoliyatiga jalb etish,	
ʼ
Ovqatla-nish punktlarini ochish kabi masalalarni amalga oshirgan2.
Turkistonda OQK  MK vazifasi  XXMK bo‘limiga o‘tkazil-gandan keyin ochlarga
yordam ko‘rsatish tizimi faoliyati pa-sayib ketganligini ko‘rish mumkin. Masalan,
1919 yilning 9 dakabrida XXMK va Xalq ta limi, Ijtimoiy ta minot  hamda OQK	
ʼ ʼ
komissiyasi   (XXMK   tarkibidagi   bo‘lim   shunday   nomda   yuritilib,   markaziy
komissiya   nomi   qayd   etilmagan   –   N.R.)   vakillari   birgalikda   qo‘shma   majlis
chaqirib, unda 1919 yil 3 dekabrda Turkiston OQK komissiyasi tomonidan 1810 -
son-li   telegraf   kelgani,   mehnatga   yaroqsiz   ochlarni   boqish   ijti-moiy   ta minot	
ʼ
zimmasiga   o‘tkazish   masalasi   qo‘yilgan.   Maz-kur   qo‘shma   majlis   joylardagi
ocharchilik   ahvoli,   mehnatga   yaroqsiz:   nogiron,   keksa,   chaqalog‘i   bor   ochlarni
XXMK,   ijti-moiy  ta minot,  xalq  ta limi  bo‘limlari  ixtiyoriga  o‘tkazish  zarurligini	
ʼ ʼ
inkor qilmagan holda, bu uchta bo‘lim ochlarga yordam borasidagi o‘z faoliyatini
yuritishda   tajribasi   yetar-li   emasligidan   kelib   chiqib,   OQK   funksiyasini
zimmalariga   ololmaydilar   deb,   ochlarga   yordam   komissiyalari   faoliyatini   yo‘q
bo‘lgunga   qadar   kutib   turish   maqsadga   muvofiq,   deb   topa-di.   Qo‘shma   majlis
qarorida   qayd   etilgan   uchta   bo‘lim   tomonidan   “aholiga   har   tomonlama   yordam
ko‘rsatishga   qodir   bo‘l-guncha   kutish...   o‘z   tashkilotlari   orqali...   ko‘mak   berish” bo‘lsa,   yaxshi   bo‘lishini   qayd   etganlar.   Ushbu   hujjatga   OQK   komissi-yasining
mas ul vakillari imzo chekkan1.ʼ
Umuman   olganda,   mavjud   arxiv   ma lumotlari   tahlili   shundan   dalolat   beradiki,	
ʼ
1918   yilning   26   noyabrida   tash-kil   topgan   Turkiston   OQK   MK   2   o‘z   faoliyatini
1919   yil-ning   1   iyuniga   qadar   Turkiston   MIQ   huzurida   olib   borgan.   Turkiston
MIQning 1 iyundagi buyrug‘i va Turkiston XKK ning 17 iyundagi qarori 3 bilan
XXMK   qoshida   vaqtincha   OQK   komissiyasi   bo‘limi   sifatida   faoliyat   olib   borib,
1921 yilning 21 iyulidan Turkiston MIQ qoshida tashkil  topgan ochlarga yordam
Markaziy   komissiyasi   (OYO   MK)   bilan   bir   paytning   o‘zida   faoliyat   olib   borib,
1922   yil   11   iyul-da   Volgabo‘yi   ochlariga   yordam   komissiyasi   tarkibiga   qo‘shib
yuborilgan4. Demak, qayd etish lozimki, OQK komissiyasi o‘z faoliyatini amalda,
mustaqil tarzda 1918 yil 26 noyabr-dan 1922 yil 11 iyulga qadar olib borgan.
Xulosa o‘rnida shuni ta kidlash joizki, Turkistonda-gi oziq-ovqat taqchilligi sovet	
ʼ
hokimiyati davridagana vujudga kelib qolmagan, aksincha u Rossiya imperiyasi va
Muvaqqat   hukumat   yillarida   pishib   yetilgan   edi.   Sovet   hokimiyati   “tug‘ilgan”
yillarda   bu   masala   o‘tkir   ijtimo-iy-iqtisodiy   muammoni   tezlikda   har   qanday   yo‘l
bilan   bartaraf   etishni   talab   etgan.   Markazdan   bu   boradagi   beri-layotgan
yordamning   uzuq-yuluqligi   TASSR   xukumatini   turi   chora-tadbirlarni   qo‘llashga
majbur qildi. Tashkil etil-gan OQK MK bu baradagi dastlabki qadam bo‘lgan.

TURKISTONDA OZIQ-OVQAT MUAMMOLARI: ZIDDIYAT VA YECHIMLAR (1917-1924 YIL) MUNDARIJA Kirish: ..................................................................................................... betlar 1 Bob Sovet hokimiyatining oziq-ovqat siyosati oqibatlariga qarshi kurashi...- bet 1 .1 Oziq-ovqat s ezdlarida muammo yechimiga oid masalalarʼ …………………………………………………………………………………. betlar 1.2. Ocharchilik oqibatlarini tugatish komissiyasi faoliyati …………………… betlar 2 Bob Oziq-ovqat taqchilligiga qarshi kurash chora-tadbirlari …………………………………………………………………………………betlar 2. 1 Oziq-ovqat muammolari va uni bartaraf etishdagi dastlabki sa y-harakatlar ʼ ……………… betlar 2.2 Ovqatlanish punktlari hamda oziq-ovqat ishchi otryadlari faoliyati… ……… betlar 3 Bob 3.1……………………. 3.2……………………….

Xulosa .................................................................................................... betla 1.1. Oziq-ovqat s ezdlarida muammo yechimiga oid masalalarʼ Har bir millatning o‘z o‘tmishiga qiziqishi behad kuchaygan hozirgi kunda tariximizning o‘qilmagan sahifalarini qayta kashf etayotirmiz. Markaziy matbuot sahifalarida Volga bo‘yida 20-yillar boshida va Ukraina hamda Qozog‘istonda 30- yillar boshida uyushtirilgan ocharchilik fojealariga oid dahshatli ma lumotlar ko‘p ʼ marta berildi. Biroq 1917—1919 yillarda Turkistonni qamrab olgan ocharchilikning og‘ir oqibatlari hakida deyarli hech narsa bilmaymiz, yaqin- yaqinlargacha bu fojea tez va muvaffaqiyatli hal etilgan, deb hisoblandi. Insoniyat ta minoti, xususan, oziq-ovqatga bo‘lgan ehti-yoj tug‘ilishdan umrning oxiriga ʼ qadar davom etadigan ta-biiy jarayon hisoblanadi. Shuning uchun ham insoniyat yasha-shi, uning faoliyat yuritishini oziq-ovqat ta minotisiz tasavvur qilib ʼ bo‘lmaydi. Oziq-ovqat ta minotidagi uzi-lishlar butun bir jamiyat taqdirini ʼ ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Rossiya imperiyasi davrida o‘lkaning paxta yetishtiruv-chi hudud sifatida saqlab turilishi, mintaqadagi asriy xo‘jalik yuritish tizimining izdan chiqishiga olib kel-di. Bunday holat Turkistonni Rossiyadan keltiriladigan g‘allaga qaramligini va o‘z navbatida Rossiyaning o‘lkadan paxta hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlariga ehtiyojini ko‘proq namoyon qildi. Agar tarixiy manbalarga muroja- at qilinsa, Rossiyaga nafaqat paxta, balki uning yog‘i ham katta miqdorda olib ketilgan. Masalan, Rossiyaga 1905 yilda 487958 pud, 1906 yilda 576878, 1907 yilda 52685, 1908 yilda 579733 pud yog‘ jo‘natilgan 1 . Bundan tashqari, Turkistondan olib ketilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari orasida olma, o‘rik, shaftoli, uzum va olxo‘ri ham ko‘p miq-dorda bo‘lgan. Xususan, 1909 yilda o‘lkadan Rossiyaga 38232 ming pud, 1910 yilda 39118 ming, 1911 yilda 2662 1 Ziyoev H. O‘zbekistonning Rossiya bilan iqtisodiy aloqalarining o‘rnatilishi va rivojlanish tarixi (XVI–XX asr boshlari). II jild. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2013. – B. 212.

ming, 1912 yilda 113438, 1913 yilda 50708 ming pud olma olib ketilgan bo‘lsa, qayd etilgan yillarda, tegishli tarzda, o‘rik, shaftoli, olxo‘ri 23837 ming pud, 22461 ming, 10212 ming, 30703 ming, 41105 ming pudni tashkil etgan. Rossiya-ga yuborilgan mevalar orasida uzum ko‘p miqdorda tashkil qilib, uning hajmi 1909– 1913 yillar oralig‘ida, tegishli tarzda 844499 ming, 59706 ming, 80554 ming, 96345 ming, 103402 ming pudni tashkil qilgan. Mavjud ma lumotlarga tayangan holda qayd etish mumkinki, bundayʼ holatlar oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan muhtojlikni kuchaytirib, asta-sekin yaqin orada bo‘lishi mumkin bo‘lgan ocharchilik, qahatchilikdan dalolat berardi. Rossiyaning Birinchi jahon urushi (1918–1914)dagi ishtiroki donli ekinlar ekilishining qisqarishiga olib keldi. Masalan, o‘lkada, Xususan Farg‘ona viloyatida “... o‘sha yilda (1917) 237856 desyatina [yerga] boshoqli mahsulotlar ekilgan bo‘lib, ekinlik yerlarning ozayishini quyidagi raqamlardan ham bilsa bo‘ladi. 1915 yilda 776933 desya-tina, 1917 esa yilda esa 596381 desyatina ekildi. ... Butun Farg‘ona muzofotida 840 ming desyatina sug‘oriladigan yer bo‘lib, shundan 1915 yilda 690850 desyatinani, 1917 yil-da esa ushbu hisob 533612 desyatinani tashkil etgan”. Yana shuni qayd etish lozimki, Rossiyadan Turkistonga g‘alla keltirish nihoyatda qisqarib ketgan. Xususan, 1915 yil-da 6.663 ming pud g‘alla keltirilishi rejalashtirilgan bo‘lsa-da, amalda atigi 1.531 ming pud, ya ni deyarli besh barobar ʼ kam, 1916 yilda rejalashtirilgan 18 million pud o‘rniga, bor-yo‘g‘i 1 million pud g‘alla keltirilgan. Oxir-oqibatda, bu narx-navoning keskin o‘sib ketishi, non va non mahsulotlarining yetishmovchiligiga olib kelgan. Oziq-ovqat mahsulotlarining tannarxi, xususan, 1916 yil-ga kelib g‘alla narxi 1915 yilga nisbatan 300 foizga o‘sgan bo‘lsa, guruch – 200, shakar – 250, non esa 400 foizga oshib ketdi. Shu sababdan ham 1916 yil xalq orasida ocharchilik va qahatchilik deb nom oldi1. Boshqa manbada esa g‘alla nar-xi quyidagicha keltirilgan: “1910 yilda jahon bozorida 1 pud (16 kg. 300 gr) bug‘doyning narxi 1 so‘m 65 tiyinni, 1916 yil 1 pud bug‘doyning narxi 3 so‘mni va 1917 yilga ke-lib esa 1 pud bug‘doy 47 so‘mga ko‘tarilib ketdi. Bug‘doy nar-xining ko‘tarilishi 20-yillarning oxirlarigacha kuzatil-

di” – deyiladi. Bundan tashqari, quyidagi dalillar ham yuqoridagi raqamlarni yanada to‘ldiradi. Birinchi jahon urushi yillarida paxta narxi 50 foizga ko‘tarilgan holda, asosiy oziq-ovqat va sanoat mahsulotlari narxi 200–300 foizga qadar oshib ketdi. 1915 yil 107 mln. pud g‘allaga za-ruriyat bo‘lgan holda, amalda 95 mln. pud g‘alla yetishtirib olingan, xolos. Demak, 12 mln. pud kam g‘alla yetishtirilgan. 1916 yilda paxta ekish maydonlarini kengaytirish va g‘al-la ekish maydonlarini qisqartirish hisobiga 22 mln. pud g‘alla kam yetishtirilgan. keyin Turkistonga g‘alla keltirish amalda deyarli to‘x-tab qolgan, vaholanki, o‘sha yilda o‘lkaga 28 mln. pud g‘alla yetishmas edi. Turkistonda oziq-ovqat taqchilligi muammo-si, amalda 1915 yildayoq yaqqol ko‘zga tashlanib, 1917 yil-dan o‘lkani yoppasiga ocharchilik qamrab olgan. 1917 yilda bir pud g‘alla 3,5 so‘mdan 81 so‘mga qadar oshib ketdi1. O‘sha davrning yana boshqa manbasi bilan solishtirilsa, 1917 yil aprel oyida Samarqand viloyatining Chorsu va Registon bozorlarida bir qadoq2 un 23–25 tiyinni, bir pud un-ning narxi o‘rtacha 10 so‘mni tashkil etgan. Agar yana tarixiy dalillarga murojaat qilinadigan bo‘lsa, oziq-ovqat taqchilligi joylarda yanada ayanchliroq ahvolda ko‘zga tashlanadi. Masalan, 1917 yil martida tu-zilgan Avliyoota oziq-ovqat qo‘mitasi shahar aholisi ta -minoti uchun 1917 yilʼ iyuniga qadar 16069 pud g‘alla oldi. Ammo bu mutlaqo yetarli bo‘lmay, aholi ehtiyojiga zarur bo‘lgan g‘allaning qolgan qismini dastlab pudini 5 so‘mdan xarid qilgan bo‘lsa, may oyi oxirlariga kelganda bu ko‘rsat-kich 25 so‘mga yetib bordi. To‘g‘ri, qimmat bo‘lsa-da, oziq-ovqat qo‘mitasi har bir og‘izning kunlik yeyish me yori uchun 1, 1/2 funt4 hisobidan xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ammo ʼ uyezd oziq-ovqat qo‘mitasining tashkil topishi hamda g‘alla-ga 6 so‘mdan qat iy ʼ narx belgilanishi natijasida dastlab bozorda g‘allani ochiq-oydin sotish yo‘qqa chiqqan bo‘lsa, keyin g‘alla narxi kun sayin emas, soat sayin oshib bordi. Boz ustiga, chetdan g‘alla keltirish amalda to‘xtab qolgani, shuningdek, uyezdda hosil deyarli bo‘lmagani to‘g‘risidagi xabar ham narx-navoning keskin ortib borishiga olib kel-di 2 . 1917 yilning sentyabrida Avliyoota shahrining 24 ming aholisi uchun 2 O‘zbekiston Milliy arxivi (O‘zMA), R-31- fond ,1- ro‘yxat, 8- ish, 285-varaq

13 vagon g‘alla berish ko‘zda tutilgan bo‘lsa-da, oradan bir oy o‘tsa ham, yerli aholiga hech narsa berilmagan. Boz ustiga Avliyootaning yerli aholisi 1917 yil 15 avgust-dan 17 oktabrga qadar oziq-ovqat qo‘mitasi tomonidan hech qanday g‘alla bilan ta minlanmagan. Lekin ayni paytda rus aholisi, juda oz bo‘lsa-da, oziq-ovqatʼ mahsulotlari bilan ta minlab turilgan ʼ 3 . Ma lumotlardan ko‘rinib turibdiki, g‘alla ʼ taqsimoti adolatli amalga oshirilmagan. Masalan, 1917 yil oktabrdagi ma lumotga ʼ ko‘ra, 3 vagon unni musulmon aholi hisobiga taqsim qilingan bo‘lsa-da, amalda unning yarmini, ya ni 1,5 vagonni rus aholisi ochlari hiso-biga olib qo‘yilgan. ʼ Bunga sabab qilib, agar rus oziq-ovqat qo‘mitasi shunday yo‘l tutmagan taqdirda, mazkur qo‘mita a zolari “och rus aholisi tomonidan o‘ldirilardi”, deyi-ladi. ʼ Avliyoota shahar boshlig‘i 1917 yil 17 oktabrida Sirdaryo viloyat oziq-ovqat qo‘mitasi va Turkiston oziq-ovqat qo‘mitasiga qilgan murojaatida “aholining kambag‘al qismi bolalarini yetarli non bilan ta minlanmasa... ham-masi o‘limga ʼ mahkum. Ular uchun ajratilayotgan 3/4 funt non (bu ham faqat rus aholisiga) yetarli bo‘lmay, arang ularning hayotini qo‘llab turibdi”, deyiladi 4 . Oziq-ovqat muammosi Turkistonni boshqa uyezd hamda viloyatlarida ham kundan-kunga avj olib, boshqaruv tizi-midagilar uchun kun tartibidagi asosiy masalasi bo‘lib qolgan. Masalan, 1917 yil 4 fevralida Kaspiyorti viloya-tida oziq- ovqat muammosi yechimiga bag‘ishlangan majlisda oziq-ovqat bo‘yicha vakil, “general-mayor Kalmakov g‘alla ta minotidagi muammolarga to‘xtalib, ʼ Rossiyaning tay-yorlov rayonlaridan g‘alla va un keltirish juda kamayib ketdi (1916 yil noyabr va dekabr oylari rejasi baja-rilmagan) yoki mutlaqo to‘xtadi [Kavkaz]”, degandi. Bun-dan tashqari, majlisda g‘alla narxining oshib ketishi ham maqsadga muvofiq emas, unga qat iy narx belgilash zarur deb topilgan. Shu davrda ʼ Kaspiyorti viloyati aholisi uchun 1767862 pud g‘alla yetishmas edi 5 . Shuningdek, Farg‘ona vi-loyatida ham oziq-ovqat muammosi 1917 yilga kelib yaqqol bilinib, g‘alla yetishmovchiligi 60 mln. pudga yaqin edi. Bu amalda viloyat aholisining ocharchilikni boshidan kechira-yotgani edi. 3 O‘zMA, R- 31-fond, 1- ro‘yxat, 8- ish, 296- varaq. 4 O‘zMA, R- 31-fond, 1- ro‘yxat, 8- ish, 296- varaq. 5 O‘zMA, R- 31-fond, 1- ro‘yxat, 8- ish, 402-403- varaqlar.