TURKISTON ASSRDA BOSHQARUV TIZMINI O‘RGANILISHIDA MILLIY ARXIV HUJJATLARI ASOSIY MANBA SIFATIDA
TURKISTON ASSRDA BOSHQARUV TIZMINI O‘RGANILISHIDA MILLIY ARXIV HUJJATLARI ASOSIY MANBA SIFATIDA MUNDARIJA: KIRISH …………………………………………………………………....... 4 I BOB. MARKAZIY ORGANLAR ARXIV FONDLARI TAHLILI 1.1. Turkiston ASSRning tashkil topishi …………………………… 9 1.2. Turkiston ASSR MIQ, XKS, IK fondlari tavsifi ……………… 1 7 II BOB. HUQUQNI MUXOFAZA QILUVCHI ORGANLAR FAOLIYATIGA OID MANBALAR 2.1. Sud organlari boshqaruv tizimiga oid hujjatlar tahlili ………… ... 2 4 2.2. Ichki Ishlar organlari faoliyatiga doir arxiv materiallari ………... 3 3 III BOB. MARKAZIY IQTISODIY ORGANLAR FONDLARI TAHLILI 3.1. Turkiston Xalq xo‘jaligi va Iqtisodiy Kengashi boshqaruv faoliyatiga oid hujjatlar …………………………………………. 4 4 3.2. Qishloq xo‘jaligi boshqaruv tizimiga oid ma’lumotlar tahlili …... 5 6 XULOSA 6 5 FOYDALA N ILGAN MANBALAR VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI 6 7 1
KIRISH Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon miqyosida tarix sohasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar arxiv hujjatlari asosida tadqiq etilmoqda. Mintaqaviy arxivlarda saqlanayotgan hujjatlarni o‘rganish va ularning manbaviy ahamiyatini baholash, arxiv meroslarini saqlash va ulardan foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida Frantsiyada Xalqaro arxivlar Kengashi muntazam faoliyat ko‘rsatmoqda. Jahon va milliy darajada ciyosiy boshqaruv tizimini tahlili, rivojlanish tendentsiyalari va istiqbol yo‘nalishlari, ayniqsa, tarixiy davr nuqtai nazaridan siyosiy jarayonlarni t arixshunoslik va manbashunoslik borasidagi ilmiy tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada arxiv hujjatlari muhim manba sifatida xizmat qilib, sobiq sovet hokimiyatining faoliyati bilan bog‘liq, ayniqsa, ilgari “maxfiylik” tamg‘asi ostida saqlangan arxiv hujjatlarini tadqiq etish orqali sovet tuzumining asl mohiyatini anglab yetish, o‘sha davrdagi ziddiyatli jarayonlarni xolisona baholashga ustuvor tadqiqotlar sifatida qaralmoqda. Mamlakatimizda tarix fanini rivojlantirishda arxivshunoslik, arxiv manbashunosligi, manbashunoslik sohalarini takomillashtirish ishlariga e’tibor kuchaytirilib, bu borada hujjatlarning tarixiy manbaviy ahamiyatini oshirish, tarixiy hujjatlarning raqamli nusxalarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha « 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida » gi Farmonida belgilangan « ilmiy- tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini 2
amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish » 1 vazifasi arxiv faoliyatiga yangi texnologiyalarni tatbiq etish, O‘zbekiston tarixini o‘rganishda birlamchi arxiv manbalariga alohida e’tibor qaratishni taqozo etmoqda. Mazkur vazifalarning samarali ijrosini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasining «Arxiv ishi to‘g‘risida»gi Qonuni (2010), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi (1999 yil 30 oktyabrdagi 482-son), «O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi (2008 yil 26 avgustdagi 194-son), «O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida»gi (2012 yil 5 apreldagi 101-son), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “ O‘zbekiston Respublikasida Arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (2019 yil 20 sentyabr) Farmon va Qarorlari muhim rol o‘ynamoqda. Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Mavzuning arxiv manbashunosligiga oid tadqiqotlari davriy hamda kontseptual-nazariy jihatdan ikki (sovet davri va mustaqillik yillari)ga bo‘linadi. Sovet davrida Turkiston ASSR tarixiga oid rasmiy hujjatlarni arxiv manbashunosligi nuqtai nazaridan tahlil etgan ilk tadqiqot A.A.Umaralievning Afg‘oniston bilan munosabatlar mavzusiga bag‘ishlangan nomzodlik ishi edi 2 . Partiya tarixiga doir kinofotoarxivi F.M.SHamaeva, Ikkinchi Jahon urushi davriga oid audiovizual manbalar V.N.Mandralskaya tomonidan tadqiq etilgan 3 . Rasmiy hujjat turlarining manbaviy ahamiyatini o‘rganishda I.S.Smirnov 4 , M.A.Varshavchik 5 , A.G.SHpinov 6 , M.N.CHernomorskiy 7 , 1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги 4947-сон Фармонининг 1 иловасида келтирилган “2017 – 2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегияси”. http :// strategy . regulation . gov . uz 2 Умаралиев А.А. Материал ы Ц ентрального Государственного архива Узбекской ССР (ЦГА УзССР) как источник по истории Афганистана и русско-афганских отношений (конец Х I Х – начало Х X вв) .: Д исс. .. канд. ист. наук. – Ташкент, 1966. – 166 c . 3 Шамаева Ф.М. Кинофотодокументы как источники истории КПСС (на материалах Узбекистана 1917–1937 г.).: Д ис. .. канд. ист. наук. – Т ашкент : ТашГУ . 1975. – 162 с ; Мандральская Н.В. Аудиовизуальные источники историко-партийной науки и их использование в изучении деятельности партии: на материалах Узбекистана периода Великой Отечественной войны 1941 – 1945 г. : Д исс... канд. ист. наук. – Ташкент: ТашГУ. 1981. – 328 с. 4 Смирнов И.С. Об источниковедении истории КПСС. − М.: Высшая школа , 1956. – 160 с. 5 Варшавчик М.А. Историко-партийное источниковедение: Теория. Методология. Методика. – Киев: Вища школа, 1984. – 319 с. 6 Шпынов А.Г. О предмете источниковедении КПСС . − М.: Высшая школа, 1958. – 210 с. 7 Черноморский М.Н. Источниковедение истории СССР. Советский период. – М.: Высшая школа, 1966. – 286 с. 3
R.S.Minuxina 8 , M.S.Seleznyovlar 9 tadqiqotlari o‘z davrida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Mustaqillik davrida arxiv ishi tarixi va manbashunosligi muammolarini o‘rganish bo‘yicha ilk tadqiqotlar yuzaga keldi. Xususan, Q.Rajabov O‘zbekistonda XX asrning 20–30-yillaridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni 10 , D.Alimova rahbarligida bajarilgan ilmiy monografiyada arxiv manbalarida ta’lim tizimi tarixini 11 , M.S.Isakova O‘zbekiston Respublikasi Kino-foto-fono hujjatlari Markaziy Davlat arxivining sovet davri tarixini, XIX asr oxiri – XXI asr boshlarida O‘zbekistonda arxiv ishining rivojlanish tarixini 12 , SH.SH. Choriev “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi fondlari – Turkiston ASSRdagi iqtisodiy jarayonlarni yorituvchi manba sifatida” asarlarida tadqiq etdilar. Ularda arxiv manbashunosligi masalalari kino, suratli va ovozli hujjatlar arxivi hamda arxiv tarixi va arxiv hujjatlarida tarixiy ma’lumotlarning aks etishi misolida tadqiqotlar olib borildi. Ammo O‘zRMAda saqlanayotgan tarixiy hujjatlar hozirgacha manbashunoslik nuqtai nazaridan tadqiq etilgan. Xorijiy tarixchi olimlar asarlarida asosiy urg‘u Turkiston ASSRdagi siyosiy- iqtisodiy ahvolga qaratilib, ular masalaga manbashunoslik nuqtai nazaridan yondashmaganlar 13 . O‘zbekistonda arxiv manbashunosligini rivojlantirish muammolariga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy seminarlarida ham e’tirof etilganidek 14 , bu yo‘nalishlar respublikada hanuz oqsamoqda. Shu jumladan, O‘zRMAda saqlanayotgan Turkiston ASSR boshqaruv tizimi tarixiga oid arxiv 8 Минухина Р.С. Источниковедение истории советского об щества . – М., 1964. – 302 с. 9 Селезнёв М.С. Теория и методика советской археографии. – М., 1974. – 206 с. 10 Политические и социальные процессы в Узбекистане в 20 – 30-е годы XX века (На примере архивных документов и других материалов). – Тошкент: Navro ‘ z , 2014. – 292 с . 11 История образования в архивных источниках. (Отв. ред. Д. Алимова). Том I . 1865 – 1917. Ташкент: Yangi nashr , 2015. – 202 с; История образования в архивных источниках. Том II. 1917 – 1991. (Отв. ред . Д. Алимова). Ташкент: Yangi nashr , 2015. – 490 с. 12 Исакова М.С. ХIX аср охири XXI аср бошларида Ўзбекистонда архив ишининг шаклланиши ва ривожланиши. – Т ошкент: Университет, 2017. – 279 б. 13 Alexandr G. Park. Bolshevism in Turkestan 1917 – 1927 / Columbia University Press . – New York, 1957. – 220 p , Pipes Richard. The formation of the Soviet Union: Communizm and Nationalism, 1917 – 1923 / С ambridge, Mass. Harward University Press. 1957. – 392 p ; Geofree Wheeler. The modern history of Soviet Central Asia. − London: Weidenfeld and Nicolson, 1964. – 272 p. 14 Тарихий манбашунослик муаммолари. Республика илмий-амалий анжумани материаллари. – Тошкент, 2008; Тарих фани ва архив иши: интеграция муаммолари Академик Я.Ғ. Ғуломов номидаги “Ўзбек халқи ва унинг давлатчилиги тарихи” Республика илмий семинари материаллари тўплами. – Тошкент: Фан, 2010; Ўзбекистон тарихи манбашунослиги масалалари. – Тошкент: ЎзРФА Тарих институти, 2010. 4
hujjatlari ham hozirgi kunga qadar tarixiy manbashunoslik nuqtai nazardan maxsus va yaxlit ravishda tadqiq etilmagan. Tadqiqotning maqsadi O‘zRMAda saqlanayotgan Turkiston ASSRdagi MIQ, XKS, markaziy iqtisodiy organlar, qishloq xo‘jaligi boshqaruv organlari, Sud organlari va ichki ishlar organlari boshqaruv tizimiga tegishli arxiv fondlarining manbaviy ahamiyatini ochib berishdan iborat. Tadqiqotning asosiy vazifalari: O‘zRMAda saqlanayotgan Turkiston ASSR tarixiga oid fondlarni o‘rganib, ularni mazmuni hamda davriy jihatdan klassifikatsiya qilish; – Turkistondagi boshqaruv siyosati, uning xolati va tuzilishini materiallar asosida har bir bo‘g‘in (markaziy iqtisodiy, qishloq xo‘jaligi, sud organlari va ichki ishlar organlari) misolida yoritib berish; – Davlat organlarini tuzilishi va ulardagi qarorlar, o‘zgarishlar to‘g‘risidagi xujjatlarni aniqlash va tahlili qilib o‘rganish; – O‘lka axolisiga boshqaruv tizimining tasirini va ularni ozgarishlariga va tuzilmasiga oid manbalarini aniqlash va ular asosida ushbu sohalardagi o‘zgarishlar, ularga ta’sir qilgan omillarni aniqlash; Tadqiqotning ob’ekti ni O‘zRMAning Turkiston ASSRning boshqaruv tizimiga oid ma’lumot beruvchi fondlar tashkil etadi. Tadqiqotning predmeti ni O‘zRMAning 1918–1924 yillarga doir fondlaridagi MIQ, XKS, Markaziy boshqaruv organlari, qishloq xo‘jaligi, Sud organlari, ichki ishlar organlari boshqaruv tizimiga doir arxiv fondlari, rasmiy hisobotlar tashkil etadi. Tadqiqotning usullari. Dissertatsiyada manbalarni ichki va tashqi jihatdan tahlil etish, tizimlashtirish, qiyosiy tahlil usullaridan foydalanilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: Turkiston ASSR Markaziy Ijro Qo‘mitasi va Xalq Komissarlari Soveti oliy va ijro hokimiyat organlarining kichik funktsional boshqaruv faoliyatiga oid ma’lumotlar ochib berildi; 5