QORAQALPOG‘ISTON AMUDARYO BO‘LIMIDA IJTIMOIY-SIYOSIY JARAYONLAR
QORAQALPOG‘ISTON AMUDARYO BO‘LIMIDA IJTIMOIY-SIYOSIY JARAYONLAR MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………………….3 I. BOB. XIX-ASR OXIRI XX-ASR BOSHLARIDA QORAQALPOQLAR …..8 I.1. Q oraqalpoqlarning imperiya tarkibiga qo‘shib olinishi...……………………… 8 1.2. XIX-asr oxiri –XX-asr boshida Amudaryo bo‘limida ijtimoiy va iqtisodiy hayot ………………………………………………………………………………21 II. BOB. AMUDARYO BO‘LIMIDA SIYOSIY, IQTISODIY MUNOSABATLAR...……………………………………………………………27 2.1. Amudaryo bo‘limida siyosiy vaziyat…………………………………………27 2. 2 . Amudaryo bo‘limida sud-huquq masalalari…………………………………..36 III. BOB. 1917-1924-YILLARDA QORAQOLPOQLAR……..……………… 46 3.1. XX- asr boshlarida Amudaryo qoraqalpoqlari ijtimoiy-madaniy hayoti……...46 3.2. Amudaryo bo‘limida ta’lim tizimi …………………………………………….52 III. XULOSA ……………………………………………………………………..60 IV . FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI……………………...63 V. ILOVALAR 1
2
KIRISH Jahon miqyosida integratsiya va globallashuv jarayoni yuz berayotgan bir davrda dunyo hamjamiyatida inson huquqlari va erkinliklari masalasi, huquqbuzarlik, uyushgan jinoyatchilikning oldini olish, xalqaro huquq normalarining implementatsiyasi nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Qonun ustuvorligini qaror toptirish, ularning to‘la va qat’iy ijrosiga erishish, sudlarning faol va ta’sirchan ishtirokini ta’minlash, ijtimoiy - iqtisodiy va huquqiy o‘zgarishlarning faol ishtirokchisi sifatidagi mavqeini mustahkamlash dolzarb vazifa sanaladi. Bugungi kunda dunyo miqyosida jadal kechayotgan globallashuv jarayonlari elatlar va xalqlar, millatlar va davlatlar, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlar tarixini yanada kengroq o‘rganishni dolzarb vazifa qilib qo‘ymoqda. Shu munosabat bilan jahon xalqlari tarixiy taraqqiyotining uzviy qismi bo‘lgan davlat arboblari, ozodlik uchun kurashgan qahramonlar hayoti va faoliyatini xolisona o‘rganish, ularning jahon tarixida tutgan o‘rnini yangi asoslarda ko‘rib chiqish va baholash muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgandan keyin fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etishga qaratilgan yangi davlatchilik tizimini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi huquqiy islohotlar boshlandi. Sud-huquq tizimini liberallashtirish, inson huquqlari va xalq manfaatini qonuniy asosda ta’minlash va himoya qilish davlat siyosatiga aylandi. So‘nggi yillarda bu sohada davlat menejmentini joriy qilish, vertikal boshqaruv tizimi va ijro hokimiyati organlari tizimiga innovatsion g‘oyalarni, texnologiyalarni joriy etish kabi vazifalar. Garchi texnika taraqqiyoti natijasida ko‘plab zamonaviy harakatlanish vositalari vujudga kelgan bo‘lsa ham suv yo‘llari va ulardagi transport vositalari dunyo iqtisodiyotida o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Ayniqsa, hozirgi globallashuv sharoitida jahonda yuz berayotgan siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida suv yo‘llari mavjud mamlakatlar taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu esa integratsiya jarayonlariga keng yo‘l ochgan holda xalqlar 3
o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy va madaniy yaqinlashuvga imkon yaratib, turli hududlarda davlatlarning o‘ziga xos rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Dunyo miqyosida suv yo‘llarining shakllanishi va ularning sivilizatsiyalarni shakllanishidagi o‘rni, suv yo‘llari havzasida joylashgan hududlarning ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyoti, fan-texnika taraqqiyotida suv yo‘llarining ahamiyati, suv havzalarida gidrotexnik inshootlarining shakllanishi va takomillashuvi jarayonlari, suv yo‘llarining mintaqa ekologiyasidagi o‘zgarishlarga ta’siri, Orol dengizi va Amudaryo havzasida Rossiya imperiyasi va sovet davrida olib borilgan ijtimoiyiqtisodiy siyosatning Orolbo‘yi mintaqasi xalqlari turmush tarziga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga transport sohasi uchun zamonaviy ko‘nikmalarga ega malakali kadrlarni tayyorlash, suv yo‘llari tizimidan foydalanish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar va standartlarni zamon talabidan kelib chiqqan holda takomillashtirish, daryo transport tizimiga ilg’or tajribalarni joriy qilish orqali yanada takomillashtirish, kadrlar tayyorlash jarayoniga innovatsion metod va vositalarni keng joriy etish, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarni qo‘llashni yanada ommalashtirish, iqlim o‘zgarishi sharoitida yangi chaqiriq va xavf-xatarlarga moslashishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, jahon okeaniga chiqish va eng arzon transport turi bo lgan suv transportini rivojlantirish bugungi kun uchun hamʼ ahamiyatlidir. Tadqiqot obyekti va predmeti. XIX asrning so‘nggi va XX asrning birinchi yarmida Amudaryo bo‘limida hukm tarixiy jarayonlar ishning ob’ekti va predmeti hisoblanadi. Tadqiqotning maqsad va vazifalari. XIX asrning so‘nggi choragi–XX asrning birinchi choragida Amudaryo bo‘limida kechgan tarixiy jarayonlarni, Amudaryo okrugidagi (keyinchalik bo‘limi, viloyati) ma’muriy, siyosiy va sud- huquq tizimi tarixini o‘rganish ishning maqsadini tashkil qiladi. Ana shu maqsaddan kelib chiqqan holda mavzuni yaxlit o‘rganish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish rejalashtirildi: XIX-XX-asrlarda Amudaryo bo‘limida qoraqalpoqlar tarixi; 4
Amudaryo bo‘limining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyatini ko‘rsatib berish; Amudarayo bo‘limida kechgan iqtisodiy munosabatlar tarixi; Amudaryo bo‘limida amalga oshirilgan sud-huquq tizimining mustamlakachilik mohiyatini ochib berish, Amudaryo bo‘limidaa ta’lim tizimi holati natijalarini tahlil qilish. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. O‘zbekiston davlatchiligi tarixining yaqin o‘tmishida uning tarixiy bir bo‘lagi sifatida qarab kelingan Amudaryo bo‘limining tashkil etilishshi va unda kechgan tarixiy, siyosiy jarayonlar tarixini o‘rganish orqali qoraqalpoq xalqining XIX-asr oxiri va XX-asr boshlarida kechgan tarixi, uning o‘ziga xos mahalliy xususiyatlari, xalq mustamlaka boshqaruvi tizimi davridagi kechinmalari muhim ahamiyati va boshqa jihatlarni yoritishda o‘quvchilarga metodlardan foydalangan holda tushuntirib berish. Mavzu bo‘yicha qisqacha adabiyotlar tahlili. Bugungi kunga qadar tanlangan mazkur malakaviy bitiruv ishining mavzusiga doir bir qator ilmiy adabiyotlar yaratilganligini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Mustaqillik davri tarixshunosligi Amudaryo bo‘limi tarixiga ham e’tibor qarata boshladi. Mualliflar asosan sovet davrida qishloq xo‘jaligi bo‘yicha olib borilgan siyosat, paxtachilikni rivojlanishining Orol dengizi havzasiga ta’siri, mintaqada yashaydigan aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘zgarishlar, yuzaga kelgan murakkab ekologik holat hamda uni bartaraf etish borasida O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillaridagi sa’y-harakatlari va boshqa mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalar tarixi masalalarini obyektiv yoritib berganlar. Ularda masalaning qisman tarixiy, asosan, iqtisodiy, geografik va ekologik jihatlarga ham e’tibor qaratilgan 1 . 1 Ziyo y ev H. Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash. – T.: Sharq, 1998. – 479 b.; Xaydarov M. Sentralizatorskaya politika Sovetskoy vlasti v Turkestane i yee posledstviya (1917–1924 gg.).: Avtoref. dis. ... kand. ist. nauk. – T.: 1998. – 28 s.; Abduraximova N.A., Rustamova G. Kolonialnaya sistema vlasti v Turkestane vo vtoroy polovine XIX pervoy chetverti – XX vv. T.: Universitet, 1999. – 162 s 5