logo

Yangi O’zbekistonni yuksaltirishda yoshlarning ijtimoiy – siyosiy faolligini oshirish masalalari

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

106.8232421875 KB
Yangi O’zbekistonni yuksaltirishda yoshlarning ijtimoiy – siyosiy faolligini
oshirish masalalari  
Mundarija:
Kirish…………………………………………………………………….
I BOB.  Yangi O zbekiston yoshlari - kelajagimiz va istiqbolimiz poydevoriʻ
1.1.  Yangi O zbekiston	
ʻ  sharoitida amalga oshirilayotgan islohatlar
1.2.   Yoshlar - O'zbekistonning asosiy va bebaho boyligidir
1.3. Mafkuraviy immunitet –davlat va millatning ma’naviy birligi
II BOB YOSHLARNING IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISH.
2.1. Ijtimoiy faollik –ijtimoiy xodisa sifatida.  
2.2. Yoshlarda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishning ijtimoiy jihatlari.  
2.3   Yoshlar   ijtimoiy   faolligini   oshirishda   davlatimiz   siyosatining   strategik
yo‘nalishlari.  
XULOSA……………………………………………………………..
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ……………………………. Kirish
Malakaviy   bitiruv   ishining   dolzarbligi.   Yosh   avlod   kelajagi   hamisha
O zbekiston davlat siyosatining markazida bo lgan. Bugun ham yurtimizda yuzagaʻ ʻ
kelgan   muammolarni   bartaraf   etish,   yoshlarning   kamoloti   va   tarbiyasiga   ijobiy
ta sir qiluvchi shart-sharoit yaratish uchun barcha sohada keng ko lamli islohotlar
ʼ ʻ
jadallik bilan olib borilmoqda.
O zbekiston   haqiqiy   ma noda   yoshlar   mamlakati.   Bu   yurtda   ulg ayotgan   yig it-
ʻ ʼ ʻ ʻ
qizlarning   orzulari   va   o z   oldiga   qo ygan   maqsadlari   bisyor.   Davlat   rahbarining	
ʻ ʻ
tashabbusi   va   qo llab-quvvatlashi   esa   ularga   bu   maqsadlarni   amalga   oshirishda	
ʻ
ko mak   beradi.   Prezident   Shavkat   Mirziyovning:	
ʻ   “Biz   o z   oldimizga	ʻ
mamlakatimizda Uchinchi  Renessans  poydevorini  barpo etishdek ulug  maqsadni	
ʻ
qo ygan   ekanmiz,   buning   uchun   yangi   Xorazmiylar,   Beruniylar,   Ibn   Sinolar,	
ʻ
Ulug beklar,   Navoiy   va   Boburlarni   tarbiyalab   beradigan   muhit   va   sharoitlarni	
ʻ
yaratishimiz   kerak.   Bunda,   avvalo,   ta lim   va   tarbiyani   rivojlantirish,   sog lom	
ʼ ʻ
turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy
g oyamizning asosiy ustunlari bo lib xizmat qilishi lozim”	
ʻ ʻ , so zlari yoshlar uchun	ʻ
katta marralar sari yo l ochdi.	
ʻ
Yoshlarning   bo sh   vaqtlarini   samarali   o tkazish,   ularni   ajdodlarimizning   boy	
ʻ ʻ
merosi   bilan   tanishtirish,   ona   vatanga   muhabbat   va   iftixor   tuyg ularini   qaror	
ʻ
toptirish   maqsadida   Jahon   iqtisodiyoti   va   diplomatiya   universiteti   o qituvchilari
ʻ
Qudratullo   Abduraimov   va   Dilnoza   Xudoyberganovalar   boshchiligida   Beshkapa
mahallasi   yoshlari   G alaba   bog ida   joylashgan   Shon-sharaf   muzeyida   bo lishdi.	
ʻ ʻ ʻ
Yoshlar   barcha   davrlarda   jamiyatning   faol   qatlami   sifatida   e tirof   etib   kelingan.	
ʼ
Sharq   Uyg onish   davrida   ham,   jadidlar   faoliyatida   ham,   jamiyatning	
ʻ
yangilanishida  ularning o rni   beqiyos  bo lgan.  Shu jihatdan  muntazam   shakllanib	
ʻ ʻ
boruvchi bu qatlam doimiy yo naltirib va qo llab-quvvatlab turishni talab etadi.	
ʻ ʻ
Yoshlar siyosati bo yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni tahlil eta turib davlat	
ʻ
va   yoshlarning   uzviy   bog liqligini   ko rishimiz   mumkin.   Har   bir   yo nalishda	
ʻ ʻ ʻ yoshlarning   bandligini   ta minlash   davom   etmoqda.   Yigit   va   qizlarning   harʼ
tomonlama   kamol   topishlari,   bilim   olishlari   uchun   zarur   sharoitlar   yaratilmoqda.
Bu   esa   ularning   kelgusida   vatan   ravnaqiga   hissa   qo shuvchi   avlod   bo lib	
ʻ ʻ
yetishishlarida ahamiyatlidir.
Ijtimoiy   ish   xodimi   o’zining   kasbiy   faoliyati   davomida   o’rnatilgan   kasbiy
normalarga   amal   qilishni   talab   etadi.   Bu   jarayonda   inson   va   jamiyat   o’rtasida
yuzaga keladigan ob`ektiv aloqadorlik, ya`ni ijtimoiy munosabat-xulq-atvor, odob,
hatti-harakat   tamoyillari   va   me`yorlarining   majmuasi   axloqning   mazmun-
mohiyatini   tashkil   etadi.   Mamlakatimizda   bugungi   kunda   aholining   turli
qatlamlariga yoshi, jinsi, ijtimoiy holati, jismoniy salohiyatini inobatga olgan holda
amaliy   yordam   ko‘rsatish   tizimini   soddalashtirish   davlat   siyosatining   asosiy
ustuvor   yo‘nalish laridan   biriga   aylanmoqda.   “Y u rtimizda   Uchinchi   Renessans
poydevorini barpo etish uchun bizga zamonaviy ilm va yana bir bor ilm, tarbiya va
yana bir bor tarbiya kerak. Bugungi va ertangi kunimizni, yoshlarimiz taqdirini hal
qiladigan   yuksak   malakali   muallim   va   murabbiylar,   professor-o‘qituvchilar,
haqiqiy   ziyolilar   kerak” 1
.   Shu   maqsad   yo‘lida,   rivojlangan   mamlakatlarning
sinovdan   o‘tgan   tajribalari   asosida   ijtimoiy   ishning   axloqiy   tomonlarini   yangicha
mexanizmlarini   tashkil   etish   va   mamlakatimizda   zamonaviy,   ijtimoiy   ish ni
shakllantirish borasidagi tadqiqot larga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Bundan
kelib   chiqib,   istiqbolli,   ijtimoiy   ishning   axloqiy   qonuniyatlarini   nazariy-
metodologik tahlil etish obyektiv zaruriyatga aylanmoqda.     
Biz   qurayotgan   erkin   fuqarolik   jamiyati   ham   insonga   mehr-muhabbat   va
izzat hurmat ko’rsatishni asosiy tamoyil qilib olgan bo’lib, shaxsni har tomonlama
kamol topishi uchun zarur bo’lgan haqiqiy insoniy shart-sharoitlarni yaratishni oliy
maqsad deb biladi. 
  Prezidentimiz   Sh.M.Mirziyoyev   tashabbusi   bilan   ishlab   chiqilgan
mamlakatni   rivojlantirishning   2017-2021   yillarga   mo’ljallangan   Harakatlar
strategiyasi   va   uning   beshta   ustivor   yo’nalishi   ijtimoiy   o’zgarishlar   va   sotsial
1
  Mirziyoyev Sh.M. 2021 yil 6 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va 
Senatining qo‘shma majlisida so‘zlagan nutqi. –Toshkent “O‘zbekiston ovozi” gazetasi. № 223 (479), 2021 yil 7 
noyabr. taraqqiyotni   ta`minlashda   muhim   dasturamal   bo’ldi.   Strategiyada   yoshlarni
ijtimoiy   muhofaza   qilish,   ularga   qulay   ish   va   ta`lim   olish   sharoitlarini   yaratib
berish   chora-tadbirlarini   amalga   oshirish   ustivor   yo’nalishlardan   biri   bo’lib
hisoblanadi. Harakatlar  strategiyasida  to’rtinchi  ustivor yo’nalish, aholini ijtimoiy
himoya   qilish   ham   O’zbekistonning   eng   dolzarb   vazifalaridan   biri   sifatida
ko’rsatib o’tilgan 2
. 
  Bitiruv malakaviy ishining vazifasi: 
– Maktab bitiruvchilarini oliy ta lim bilan qamrab olish darajasi 2020-yilda kamidaʼ
25 foizga va kelgusida 50-60 foizga yetkaziladi.
–   Oliy   o quv   yurtlariga   talabalar   qabul   qilish   davlat   grantlari   2   barobar	
ʻ
ko paytiriladi.	
ʻ
– Qizlarimiz uchun alohida grantlar ham ajratiladi.
– Oliy ta lim muassasalariga kirish imtihonlari optimallashtiriladi.	
ʼ
– Oliy o quv yurtlarida chinakam bilim va tarbiya olishga qaratiladi.
ʻ
– Ona tili bo yicha bilimni baholashning milliy test tizimini yaratiladi.	
ʻ
–   Ta lim   yo nalishlari   va   o qitiladigan   fanlar   qayta   ko rib   chiqiladi.	
ʼ ʻ ʻ ʻ
Mutaxassislikka aloqasi bo lmagan fanlar soni 2 barobar qisqartiriladi.	
ʻ
– Oliy ta limda o quv jarayonini kredit-modul tizimiga o tkazish talab etiladi.	
ʼ ʻ ʻ
– Joriy yildan pedagogik ta limning 6 ta yo nalishi bo yicha o qish muddati 3 yil	
ʼ ʻ ʻ ʻ
qilib belgilanadi.
–   Oliy   o quv   yurtlariga   bosqichma-bosqich   akademik   va   moliyaviy   mustaqillik	
ʻ
beriladi. Joriy yilda ularning 10 tasi o zini o zi moliyaviy ta minlashga o tadi.	
ʻ ʻ ʼ ʻ
– Kamida 5 ta oliy ta lim muassasasini konkurs asosida tanlab, nufuzli xorijiy oliy	
ʼ
ta lim dargohlari bilan hamkorlikda ularni transformatsiya qilish boshlanadi.	
ʼ
–   Joriy   yilda   matematika,   kimyo-biologiya,   geologiya   kabi   yo nalishlarda	
ʻ
fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlar
yaratib beriladi.
2
2. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida//O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining farmoni. https:// www.gov.uz/uz/news/category/3 2017-02-08 | Hujjatlar –   Ilm-fan   sohasida   fundamental   va   innovatsion   tadqiqotlar   uchun   maqsadli   grant
mablag larini ajratish mexanizmi tubdan qayta ko rib chiqiladi.ʻ ʻ
– Ilm-fan yutuqlarining elektron platformasi, mahalliy va xorijiy ilmiy ishlanmalar
bazasi shakllantiriladi.
–   Har   bir   oliy   ta lim   va   ilmiy-tadqiqot   dargohi   nufuzli   chet   el   universitetlari   va	
ʼ
ilmiy markazlari bilan hamkorlikni yo lga qo yadi.	
ʻ ʻ
–   Joriy   yilda   “El-yurt   umidi”   jamg armasi   tomonidan   700   dan   ziyod   olimlar,
ʻ
professor-o qituvchilar   chet   elga   ilmiy   izlanish   va   malaka   oshirish   uchun	
ʻ
yuboriladi.
–   Ta limning   barcha   bosqichlarida   xalqaro   andozalarga   to liq   javob   beradigan	
ʼ ʻ
axborot texnologiyalari joriy etiladi.
          Bu   kabi   ko plab   ezgu   maqsadlarga   qaratilgan   ustuvor   vazifalarni   amalga	
ʻ
oshirish uchun har kim o z vazifasini sidqi-dildan ado etmog i zarur.	
ʻ ʻ
Bitiruv   malakaviy   ishining   ob`yekti:   bitiruv   malakaviy   ishining   obyekti   Yangi
O’zbekistonni   yuksaltirishda   yoshlarning   ijtimoiy   –   siyosiy   faolligini   oshirishda
ijtimoiy ish xodimlarining rolini oshirish.
  Bitiruv malakaviy  ishining predmeti:   Y oshlarning ijtimoiy –  siyosiy  faolligini
oshirishda   axloq   kodekslar,   qoidalar   va   me`yorlarning   kelib   chiqishi,   kasbiy
axloqiy   me`yorlar   zaminida   kasbning   ijtimoiy-iqtisodiy   kelib   chiqishiga   qarab,
uning   sharoitlari,   nizom   va   qoidalari   hamda   jamiyatning   moddiy   va   ma`naviy
hayoti  bitiruv malakaviy ishining predmeti bo`lib hisoblanadi .
Bitiruv   malakaviy   ishining   metodlari:   O`zbekiston   Respublikasi
Konstitutsiyasi,   O`zbekiston   Respublikasi   Fuqarolik   kodeksi,   O`zbekiston
Respublikasi   Oila   kodeksi,   O`zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining
qarorlari,   O`zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   farmonlari,   qarorlari,   O`zbekiston
Respublikasining   Birinchi   Prezidenti   I.A.Karimov,   Prezident   SH.   Mirziyoyev
asarlari ,   mamlakatimiz   va   xorijiy   mamlakatlar   olimlarining   mavzuga   oid
adabiyotlarda   ilgari   surilgan   qarashlari   ushbu   mavzuni   yoritishda   nazariy   va
metodologik asos qilib olindi. Mavzuni   o’rganilganlik   darajasi:   Ushbu   mavzu   bo’yicha   mamlakatimiz
olimlaridan   G’aniyeva   M.X 3
,   Bekmurodov   M 4
,   Normurodov   B 5
,   Axundjanova   S,
Kim L 6
, Isayeva D, Xusanova  X 7
, Tadjiyeva S 8
  Ganiyeva M.X. 9
  Negmatov I. 10
10
Yusupov   R.K. 11
11   Sherov   M.B. 12
12   va   boshqalarning   asarlari   hamda   ilmiy-
tadqiqot ishlarida ijtimoiy ish sohasining o’ziga xos milliy xususiyatlari u yoki bu
darajada o’rganilgan.
          Tadqiqotning  ilmiy   yangiligi:    Bitiruv   malakaviy   ishida   Yoshlar siyosati
bo yicha   amalga   oshirilayotgan   islohotlarni   tahlil   eta   turib   davlat   va   yoshlarningʻ
uzviy   bog liqligini   ko rishimiz   mumkin.   Har   bir   yo nalishda   yoshlarning	
ʻ ʻ ʻ
bandligini   ta minlash   davom   etmoqda.   Yigit   va   qizlarning   har   tomonlama   kamol
ʼ
topishlari,   bilim   olishlari   uchun   zarur   sharoitlar   yaratilmoqda.   Bu   esa   ularning
kelgusida   vatan   ravnaqiga   hissa   qo shuvchi   avlod   bo lib   yetishishlarida	
ʻ ʻ
ahamiyatlidir.
                          Tadqiqot     natijalarining     amaliy     ahamiyati .     Bitiruv     malakaviy
ishining amaliy   ahamiyati   shundan   iboratki,   ijtimoiy ishning axloqiy tomonlari
bilan   tanishib,   ijtimoiy   ish   asoslanadigan   nazariya   va   yondashuvlarni   o’rganish,
amaliyotda   vujudga   keladigan   axloqiy   ikkilanish(dilemma)lar   echimini   topish,
kamsitishlarga   qarshi   amaliyot   asoslari   bilan   tanishish   imkonini   beradi.
SHuningdek,   ijtimoiy   ishning   dunyo   amaliyotidagi   litsenziyalash   va
sertifikatsiyalash,   o’qitish   va   amaliyot   standartlari   to’g’risida   tasavvurga   ega
bo’lishiga xizmat qiladi.
              Bitiruv  malakaviy  ishining  asosiy  xulosalaridan   “Axloqshunoslik”,
“Tarix”,   “Sotsiologiya”   “Psixologiya”   fanlaridan     uzviy     bog`liq     bo`lgan
mavzularni  ochib  berishda foydalanish maqsadga muvofiq.
3
 G’aniyeva М.Х. Ijtimoiy ish asoslari.Т.: 2010 y.
4
 Bekmurodov М. Oliy ma’lumotli ijtimoiy xodimlarni tayyorlashda  ta’lim muassasalarining ro’li . Т.:2008 y.
5
 Normurodov B. Sotsiologiya tarixi. Т.:2010 y.
6
 Kim L. Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimida kadrlar masalalarini hal qilish yo‘lida.Т.2008 й.
7 7 
Xusanova X. O‘zbekistonda aholini ijtimoiy muhofazalashda o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini o‘rni. 2008.y.
8
  Tadjiyeva S. Bolalarni patranat oilalarga berishning xorij tajribasi.T.:2010 y .
9
  Ganiyeva M.X., Latipova N.M. Ijtimoiy ish etikasi. T. “Fan va texnologiyalar” nashriyoti 2015 y.
10 10
 Negmatov I. Ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari. O’quv qo’llanma. Samarqand. SamDU nashriyoti. 
2021 y.
11 11
 Yusupov R. Ijtimoiy ishga kirish. O’quv qo’llanma . Samarqand. SamDU nashriyoti. 2021 y.
12 12
 Sherov M.B. Ijtimoiy ishga kirish. Darslik.  “ Fan va texnologiyalar ”  nashriyoti.2021 y.              Tadqiqotning tuzilishi va hajmi.   Bitiruv malakaviy ishi “kirish”, ikkita
bob,   har     bob     uchtadan     paragrafdan,     xulosa     va     foydalanilgan     adabiyotlar
ro`yxatidan iborat.
            Bitiruv  malakaviy  ishining  umumiy  hajmi    70  betdan  iborat.  Bitiruv
malakaviy   ishining     xulosa   qismida   mavzu   yuzasidan   fikr-mulohazalarimizni
bayon     qilamiz.     Bitiruv     malakaviy     ishi     yakunida     foydalanilgan     adabiyotlar
ro`yxatini ko`rsatib o`tamiz. I BOB.  Yangi O zbekiston yoshlari - kelajagimiz va istiqbolimizʻ
poydevori
Yangi O zbekiston	
ʻ  sharoitida amalga oshirilayotgan islohotlar
Bugun jahon miqyosida yurtimiz haqida so‘z ketganda “Yangi O‘zbekiston”
iborasi   takror-takror   tilga   olinmoqda.   Bu   keyingi   yillarda   taraqqiyotning   mutlaqo
yangi   bosqichiga   qadam   qo‘yganimiz,   erishayotgan   yutuqlarimizning   e’tirofi,
jahon   hamjamiyatining   yurtimizga   jiddiy   e’tiboridir.   Chunki   bizga   mustaqillik
g‘oyasi,   istiqlol   ruhi   tog‘dek   tayanch   bo‘lmoqda.   Bizni   ilg‘or   niyatlar,   buyuk
maqsadlar,   ulkan   marralar   yo‘lida   adashmaslikka   undamoqda,   tanlagan   yo‘limiz
to‘g‘riligiga inontirmoqda. Qaysi sohani olmaylik, qaysi jabhaga nazar solmaylik,
ilgari   surilayotgan   xalq   tashabbusi,   albatta,   qo‘llab-quvvatlanmoqda,   sharoit
yaratilmoqda,   investitsiya   kiritilmoqda,   rag‘batlantirilmoqda,   bir   so‘z   bilan
aytganda,   xalqning   roziligi   yo‘lida   tinmay   izlanilmoqda.   Zero,   iqtisodiyotni
siyosatdan,   ma’naviyatni   ta’lim-tarbiyadan   ayro   ko‘rib   bo‘lmaganidek,
“xalqimizning ulug‘vor qudrati jo‘sh urgan hozirgi zamonda O‘zbekistonda yangi
bir   uyg‘onish   –   Uchinchi   Renessans   davri   poydevori   yaratilmoqda,   desak,   ayni
haqiqat bo‘ladi. Chunki bugungi O‘zbekiston kechagi O‘zbekiston emas. Bugungi
xalqimiz ham kechagi xalq emas”, – deydi davlat rahbari.
Shavkat   Mirziyoyev   mamlakatimiz   o‘g‘il-qizlarini   Yoshlar   kuni   bilan
tabriklab,   nutq   so‘zladi.   Unda   “Sizlar   bilan   uchrashish,   taklif   va
tashabbuslaringizni   eshitish   menga   har   doim   quvonch   va   g‘urur   bag‘ishlaydi.
Shijoat   va   intilishingizni   ko‘rib,   yonib   turgan   ko‘zlaringizga   boqib,   o‘zimga
bitmas-tuganmas   kuch   olaman.   Sizlar   mana   shunday   katta   kuch-qudrat
egasisizlar”, – dedi Prezident. Ha, har bir o‘g‘il-qizimiz bizga kuch-quvvat beradi.
Ularning harakatchanligi, zukkoligi, topqirligidan ko‘zlarimiz quvnaydi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Miromonovich
Mirziyoyevning   har   bir   chiqishlari,   ma’ruzalari   va   nutqlarini   biz   ziyolilar   doimo
intiqlik bilan kutamiz. Buning  sababi  nimada?  Eng avvalo,  bu chiqishlarda yangi
fikrlar,   yangi   g‘oyalar,   taraqqiyotimizni   belgilaydigan   ustuvor   yo‘nalishlar,
O‘zbekistonni   yangi   bosqichga   olib   chiqish   omillari,   shu   bilan   bir   qatorda, rivojlanishimizga   g‘ov   bo‘layotgan   holatlar,   mavjud   muammolarni   hal   qilishning
nostandart   yechimlari   aniq,   ravon   va   sodda   tilda   ifodalab   beriladi.   Misol   sifatida
mustaqilligimizning   29   yilligiga   bag‘ishlangan   tantanali   marosimdagiBMT   Bosh
assambleyasining 75-sessiyasidagiKonstitutsiyamizning 29 yilligiga bag‘ishlangan
tantanali   marosimdagi,   O‘zbekiston   Yoshlari   forumidagi   nutqlari   hamda   Oliy
Majlisga   qilgan   Murojaatnomalarini   keltirish   mumkin [3] .   Eng   muhimi,   barcha
ma’ruzalardagi markaziy masala – bu xalqimizning turmush darajasi, farovonligini
oshirish, O‘zbekiston xalqiga munosib turmush sharoitini yaratish.
Murojaatnomada   ustuvor   yo‘nalish   sifatida   ta’lim-tarbiya   sohasiga   alohida
urg‘u   berildi.   Chunki   har   qanday   jamiyat   taraqqiyotida   uning   kelajagini
ta’minlaydigan   yosh   avlodning   sog‘lom   va   barkamol   bo‘lib   voyaga   yetishi   hal
qiluvchi   o‘rin   tutadi.   Shu   maqsadda   “Yangi   O‘zbekiston   –   maktab   ostonasidan,
ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan g‘oya asosida keng ko‘lamli islohotlar
amalga oshirilmoqda. Shu o‘rinda bir narsaga e’tiboringizni qaratmoqchi edim. Biz
qachonki   ta’lim   to‘g‘risida   gapirsak,   albatta,   tarbiyani   ham   qo‘shib   aytamiz.
Sababi   ta’lim   va   tarbiya   yagona,   uzviy   jarayon   hisoblanadi.   Ta’lim   bor   joyda,
albatta,   tarbiya   ham   bo‘ladi.   Lekin   bu   masalada   boshqacha   qarashlar   ham   bor,
ya’ni   tarbiya   oilada   beriladi,   ta’lim   muassasalarida   esa   faqat   ta’lim   berish   kerak,
degan.   Fikrimizcha,   maktab,   litsey,   texnikum,   universitet   o‘qituvchisi   ham
tarbiyachidir. Nafaqat ta’lim dargohida, balki mahallada ham, oilada ham. Chunki
azal-azaldan   qishloqda   ham,   mahallada   ham   o‘qituvchiga   munosabat,   e’tibor
boshqacha bo‘lgan. Ziyoli inson sifatida uning fikrlariga quloq solishgan.
Davlatimiz rahbari “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”da so‘zlagan nutqlarida
shunday ta’kidladilar: “Biz Uchinchi Renessans masalasini strategik vazifa sifatida
oldimizga   qo‘yib,   uni   milliy   g‘oya   darajasiga   ko‘tarmoqdamiz.   Biz   maktabgacha
ta’lim va maktab ta’limi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi hamda ilmiy-madaniy
muassasalarni   bo‘lg‘usi   Renessansning   to‘rt   uzviy   halqasi,   deb   bilamiz.   Bog‘cha
tarbiyachisi,   maktab   muallimi,   professor-o‘qituvchilar   va   ilmiy-ijodiy
ziyolilarimizni   esa   yangi   Uyg‘onish   davrining   to‘rt   tayanch   ustuni,   deb hisoblaymiz.   Ishonamizki,   hurmatli   ota-onalar   bu   tashabbusni,   albatta,   qo‘llab-
quvvatlab, yangi Renessansning beshinchi halqasi, beshinchi ustuni bo‘ladilar”.
Sohibqiron   Amir   Temurning   “Temur   tuzuklari”dagi   hech   qachon   eskirmaydigan,
inson   ma’naviyati   uchun   bugun   ham   oziq   bo‘ladigan   hikmatli   fikrlarining
qanchalik   hayotiy   ekaniga   ko‘p   bor   ishonch   hosil   qilish   mumkin.   Masalan,
“Tajribamda   ko‘rilgankim,   azmi   qat’iy,   tadbirkor,   hushyor,   mard   va   shijoatli   bir
kishi   mingta   tadbirsiz,   loqayd   kishidan   yaxshidir”,   degan   so‘zlar   bugungi   kunda
ham ma’naviy jihatdan naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekani barchamizga ayon.
Amir Temur bobomizning bunday chuqur ma’noli hikmatlari xalqimizda qadimdan
mavjud bo‘lgan “Bilagi zo‘r birni, bilimi zo‘r mingni yiqar” degan maqolga g‘oyat
hamohang   bo‘lib,   insonni   doimo   aql-idrok,   adolat   va   yuksak   ma’naviyat   asosida
yashashga da’vat etishi bilan e’tiborlidir.
Prezident   yoshlarning   bandligini   ta’minlash   masalasiga   har   yig‘ilishida
mutasaddilarga   topshiriqlar   bermoqda.   Yoshlarga   atalgan   tabrigida   ham   alohida
e’tibor   qaratib,   tadbirkorlik   dasturlariga   220   ming   nafar,   kasb-hunar   o‘rganishga
130 ming nafar, davlat korxonalari va xususiy sektordagi bo‘sh ish o‘rinlariga 110
mingdan ziyod o‘g‘il-qizlar jalb etilishini ta’kidladi.
Yuqorida   ko‘zlanayotgan   islohotlar   natijasida   buyuk   ajdodlarimiz   Amir
Temur,   Mirzo   Ulug‘bek,   Alisher   Navoiylardek   kuchli   bilimli   yoshlar   jamiyat   va
davlatni boshqarishda faol bo‘lishga tayyorlanadi. Mirzo Ulug‘bek qariyb qirq yil
mobaynida   Movarounnahr   diyorining   donishmand   hukmdori   sifatida   xalqning
azaliy orzusi – tinchlik, totuvlik, ilm-fan va madaniyatni taraqqiy toptirish yo‘lida
ulkan   shijoat   va   matonat   ko‘rsatgani,   O‘zbek   xalqi   ma’naviy   dunyosining
shakllanishiga   g‘oyat   kuchli   va   samarali   ta’sir   ko‘rsatgan   ulug‘   zot   Alisher
Navoiyning butun dunyoni lol qoldirgan asarlari va uning ijodi, Amir Temurni esa
qanchadan qancha xalqlarni bir g‘oya ostida birlashtirganini bilamiz.
Vatanparvarlik insonning, eng avvallo, o‘z onasiga bo‘lgan mehr-muhabbati
deb   qarasak,   onasi   esa   bu   Vatanidir.   Shuning   uchun   hamki,   bu   tushuncha
insonning   Vataniga   muhabbatini   va   uni   asrab-avaylashga   bo‘lgan   intilishini
anglatadi.   Ota-bobolarimiz,   ulug‘   ajdodlarimiz   va   allomalarimiz   Vatanga sadoqatlarini,   o‘z   yurtlariga   muhabbatlarini   ifoda   etish   borasida   tarixda   ajoyib
namunalarni   bizga   meros   qoldirishgan.   Masalan,   ulardan   biz   ko‘proq   Ahmad
Farg‘oniy,   Muhammad   Xorazmiy,   Imom   Buxoriy,   Imom   Termiziy,   Abulays
Samarqandiy, Burhoniddin Marg‘inoniy kabi buyuk mutafakkirlarimiz o‘zlarining
taxalluslarini   kindik   qonlari   to‘kilgan   yurt   bilan   bog‘laganlari,   ularning   nomini
dunyoga   ma’lum-u   mashhur   qilganliklarini   yaxshi   anglaymiz.   Ularning   yozib
qoldirgan   boy   merosini   o‘qir   ekansiz,   benihoya   qalbingizni   vatanparvarlikka   his-
tuyg‘ularini his qilishga undaydi.
Shuningdek,   yoshlarning   nafaqat   kasb-hunari,   bilimiga,   balki   ularning
axloq-odobi,   xulqiga   ham   jiddiy   e’tibor   qaratilishi   muhimligini   hayotning   o‘zi
oynadek   bizga   ko‘rsatmoqda.   Shu   o‘rinda   Abdulla   Avloniyning   “Turkiy   guliston
yoxud axloq” asarini eslaylik. Uning fikricha, bolalarda axloqiy xislatlarning tarkib
topishida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolaning atrofidagi kishilar g‘oyat katta
ta’sir   kuchiga   ega   ekanligi   hamda   insonning   hur   fikrli   bo‘lishida   oila,   oilaviy
tarbiyaning ahamiyatini ko‘rsatib beradi. Oilada bolaga ilk yoshdan boshlab odob
va   axloqqa   oid   tarbiya   berish   lozimligini   quyidagicha   tushuntiradi:   “Tarbiyani
tug‘ilgan   kundan   boshlamoq,   vujudimizni   quvvatlantirmoq,   axloqimizni
kuchlantirmoq   kerak,   zehnimizni   esa   ravshanlantirmoq   lozim”.   Abdulla   Avloniy
ta’kidlashicha,   bolaning   sog‘lom   va   zehnli   tarbiyalanishida   dastlab   oila   va   ota-
onalar   asosiy   tarbiya   kuchi   hisoblanishadi.   Bolaning   har   tomonlama   barkamol
bo‘lishida   dastlab   oilada   ota-onalar   shaxsiy   namuna   bo‘ladi.   Zero,   xalqimizda
“Qush uyasida ko‘rganini qiladi”, degan maqol bejizga aytilmagan. “Inson javhari
qobildir,   agar   yaxshi   tarbiya   topib,   buzuq   xulqlardan   saqlanib,   go‘zal   xulqlarga
odatlanib   katta   bo‘lsa,   har   kim   qoshida   maqbul,   baxtiyor   bir   inson   bo‘lib
chiqar…”.   Demak,   olim   bola   tarbiyasida   oilaning   rolini   birlamchi   darajaga
qo‘yadi.   “Tarbiyani   kim   qilur?   Qanday   qilinur?”degan   savol   keladi.   Bu   savolga
birinchi   uy   tarbiyasi   ona   vazifasidir.   Ikkinchi   maktab   tarbiyasi   bu   ota,   muallim
vazifasidir,   degan   javob   bersak” .   Ko‘rinib   turibdiki,   Abdulla   Avloniy   bolaning
mukammal tarbiyasida oila va ota-onani alohida ko‘rsatish bilan birga, maktab va
jamoat   tashkilotlariga   ham   bog‘liqligini   e’tirof   etib,   tarbiya   masalasini umuminsoniy   vazifalar   darajasida   talqin   etadi.   Bu   ta’kidlar   bugungi   kunga
nechog‘li mos kelishini yaxshi tushunamiz.
O‘zbekiston   Prezidentining   Oliy   Majlisga   Murojaatnomasida   keltirilgan
quyidagi   vazifalar   professor-o‘qituvchilar   jamoasi   uchun   ta’lim-tarbiya   sohasida
tub   o‘zgarishlarni   amalga   oshirishdek   ulkan   mas’uliyat   yuklaydi:   “Biz   o‘z
oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans  poydevorini barpo etishdek ulug‘
maqsadni   qo‘ygan   ekanmiz,   buning   uchun   yangi   Xorazmiylar,   Beruniylar,   Ibn
Sinolar,   Ulug‘beklar,   Navoiy   va   Boburlarni   tarbiyalab   beradigan   muhit   va
sharoitlarni yaratishimiz kerak. Buning uchun, eng avvalo, yosh avlodga bog‘cha,
maktab hamda oliygohda sifatli ta’lim-tarbiya berishni yo‘lga qo‘yamiz”
Murojaatnomada   bola   tug‘ilganidan   to   30   yoshgacha   bo‘lgan   davrda   uni   har
tomonlama   qo‘llab-quvvatlaydigan,   hayotda   munosib   o‘rin   topishi   uchun   ko‘mak
beradigan, yaxlit va uzluksiz tizim yaratilishi zarurligi ta’kidlanadi. Chunki dunyo
tajribasidan   ma’lumki,   yosh   avlodni   har   tomonlama   barkamol   etib   voyaga
yetkazish   uchun   sarflangan   sarmoya   jamiyatga   o‘n,   yuz   barobar   ko‘p   foyda
keltiradi
1.2.   Yoshlar - O'zbekistonning asosiy va bebaho boyligidir
Bozor   munosabatlari   qonuniyatlariga   ko‘ra,   mahsulotning   sifatiga   ijobiy
ta’sir   ko‘rsatadigan   asosiy   omillardan   biri   bu   raqobatdir.   Mamlakatimizda   turli
sohalarda,   jumladan,   qishloq   xo‘jaligi,   qurilish,   sanoat,   tibbiyot,   farmatsevtika   va
hokazolarda   davlat-xususiy   sherikchiligi   joriy   qilingani   holda   ta’lim   tizimida
mavjud   emas   edi.   Endi   esa   maktabgacha   ta’lim,   o‘rta   ta’lim,   oliy   ta’limda   ham
sog‘lom   raqobat   muhiti   yaratilmoqda.   Xususiy   bog‘cha,   maktab,   universitetlar
tashkil   qilinmoqda.   Davlat-xususiy   sherikchilik   asosida   Qo‘qon   nodavlat
universiteti,   “Toshkent   International   University”   xalqaro   universiteti,   Britaniya
menejment   universiteti,   TEAM   universiteti,   Farmatsevtika   ta’lim   va   tadqiqot
instituti, Akfa universiteti kabi nodavlat oliy ta’lim muassasalari tashkil etildi.
Natijada   yoshlarimizda   tanlash   imkoniyati   paydo   bo‘ldi.   Bu   esa   tabiiy   ravishda
ta’lim   muassasalari   o‘rtasida   sog‘lom   raqobat   muhitini   shakllantiradi.   OTM moliyaviy   tomondan   mustaqil   bo‘layotganini   e’tiborga   olsak,   endi   ular   o‘rtasida
ko‘proq yoshlarni jalb qilish uchun amaliy harakatlar olib boriladi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.Mirziyoyev   BMTning   72-
sessiyasida   so‘zlagan   nutqida   “Sayyoramizning   ertangi   kuni,   farovonligi
farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy
vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar
yaratishdan   iborat”   deb   ta’kidlagan   edi.   Ta’kidlash   joizki,   Shavkat
Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida birinchi imzolagan
qonun   hujjati   ham   aynan   yoshlar   masalasi   bilan   bog‘liq   bo‘lgan,   2016   yil   14
sentyabrdagi   «Yoshlarga   oid   davlat   siyosati   to‘g‘risida»gi   Qonun   edi.
Yoshlarning   huquqiy   madaniyatini   yuksaltirish,   demokratik   davlat   qurish   va
fuqarolik   jamiyatini   rivojlantirish   jarayonlarida   ularning   faolligini   oshirish;
yuksak   ma’naviyatli,   mustaqil   fikrlovchi,   qat’iy   hayotiy   pozitsiya,   keng
dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega bo‘lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash,
ularda   turli   mafkuraviy   tahdidlarga   qarshi   immunitetni   shakllantirish;   yoshlarni
ijtimoiy   himoya   qilish,   zamonaviy   kasb-hunarlarni   puxta   egallashlari   uchun
munosib   sharoitlar   yaratish,   ularni   ish   bilan   ta’minlash   va   tadbirkorlikka   jalb
qilish;   iqtidorli   yoshlarni   qo‘llab-quvvatlash,   ijodiy   va   intelektual   salohiyatini
ro‘yobga   chiqarishga   qaratilgan   ishlarni   tizimli   yo‘lga   qo‘yish;   yoshlarni
jismoniy   tarbiya   va   sport   bilan   muntazam   shug‘ullanishga   keng   jalb   etish,
yoshlar   orasida   sog‘lom   turmush   tarzini   targ‘ib   qilish;   voyaga   yetmaganlar   va
yoshlar   o‘rtasida   huquqbuzarlik   va   jinoyatlar   sodir   etilishini   oldini   olish;
barkamol   avlodni   tarbiyalashda   ommaviy   axborot   vositalari   va   zamonaviy
axborot-kommunikatsiya   texnologiyalaridan   samarali   foydalanish   yoshlar
siyosatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi. Iste’dodli yoshlarni aniqlash, ularni
tarbiyalash   masalasining   davlat   siyosati   darajasiga   ko‘tarilganligi   yurtimizda
o‘rnak   olsa   arzigulik   tajriba   to‘planishiga   imkon   berdi.   Shu   o‘rinda   ta’idlash
joizki,   iste’dodli   yoshlarni   izlash   va   ularni   qo‘llabquvvatlashga   qaratilgan
ishlarni   amalga   oshirishda   davlat   tashkilotlari   bilan   bir   qatorda   yurtimizda
faoliyat   yuritayotgan   nodavlat   tashkilotlari   ham   faol   ishtirok   etmoqdalar. Masalan,   yoshlarga   oid   davlat   siyosatining   asosiy   yo‘nalishlaridan   biri
yoshlarning   iste’dod   va   qobiliyatlarini   qo‘llab-quvvatlashga   qaratilganligi
ayniqsa,   ahamiyatga   molikdir.   Ta’kidlash   joizki,   ta’lim,   fan,   texnika,   axborot
texnologiyalari,   madaniyat,   san’at,   sport,   tadbirkorli   sohalaridagi   iste’dodli   va
iqtidorli   yoshlarni   rahbatlantirib   borish,   ularning   turli   sog‘lom   tashabbuslarini
qo‘llab-quvvatlash   vazifalari   bu   tashkilotning   mazkur   yo‘nalishdagi   dolzarb
vazifalaridan biri qilib belgilangan. Yoshlarning bilim darajasi, kasbiy malakasi,
ma’naviy   va   ruhiy   barkamollik   kabi   fazilatlari   va   ijtimoiy   sifatlari   butun
jamiyatning   rivojlanish   darajasiga   salmoqli   ta’sir   ko‘rsatmoqda.   Aholining
turmush   sharoitini   yaxshilash,   hayotdan   rozi   bo‘lib  yashashga   erishish   bugungi
zamonaviy   davlatchilik  taraqqiyotidagi   muhim   ko‘rsatkich   hisoblanadi.   Alloma
Abdulla Avloniy “Tarbiyani kimlar qilur? Qayda qilur? degan savolga “Birinchi
-   uy   tarbiyasi.   Bu   vazifa   ona   zimmasidadir.   Ikkinchi   –   maktab   va   madrasa
tarbiyasi. Ota, muallim, mudarris va hukumat vazifasidur” deb javob berganlar.
Bu   so‘zlar   zamirida   barchaning   farzand   tarbiyasiga   mas’ulligi   ko‘rinib   turibdi.
Yoshlar   masalasini   o‘rganish   kishilik   jamiyati,   ijtimoiy   munosabatlar,   millatlar
va davlatlar, madaniyat va sivilizatsiyalar bilan chambarchas bog‘liqdir. Chunki
yoshlar   masalasi,   birinchidan,   sivilizatsiya   vujudga   kelgandan   beri   mavjud   va
barcha tarixiy rivojlanish bosqichlarida ular bilan yonma yon keladi. Ikkinchidan,
tafakkur   tarixida   barcha   faylasuflar,   mutafakkirlar,   davlat   arboblari,   shoiru
adiblar   farzand,   yoshlar   masalasiga   oid   o‘z   qarashlarini   bayon   qilganlar.
Qadimgi   Arabiston   yarim   orolida   VII   asrgacha   –   «johiliya   davri»da   hatto   qiz
bolaning tug‘ilishi ota uchun baxtsizlik alomati bo‘lsa, o‘g‘il bolaning tug‘ilishi
esa,   alohida   baxtning   belgisi   qilib   ko‘rsatilgan.   Hikoya   qilishlaricha,   Umar   ibn
al Xattob (r.a.) quyidagilarni e’tirof etgan: «Musulmonlikdan avvalgi ikki narsani
eslaymanki,   birini   eslab   yig‘layman,   birini   eslab   kulaman.   Ushbu   narsaga
yig‘layman.   Bir   kun   qizimni,   jajji   qizchamni,   jigarpora   qizchamni   shu   o‘z
qo‘llarim   bilan   qabr   qazib   ko‘mdim.   Men   qizim   uchun   o‘z   qo‘llarim   bilan
chuqur   qazir   ekanman,   u   mening   soqolimga   sachragan   tuproqlarni   jajji   qo‘llari
ila  silab   olardi.  Qachon   buni   eslasam   doimo   yig‘layman.   Insoniyatning   qanday qorong‘u davrlarida yashaganini tushunib, tinmay ko‘z yosh to‘kishdan o‘zimni
tiyaman».   Islom   ayollarga   rahm shafqat,   mehr   ko‘rsatish   bilan   uning   maqomini
ko‘tardi   va   uning   baxtli   hayoti   uchun   muqaddas   qonunlarni   joriy   etdi.   Ushbu
qonunlarning   bajarilishi   Qur’on   oyatlari   va   Payg‘ambarimiz   (s.a.v.)   Hadislari
orqali   mustahkamlandi.   Tadqiqotchi   N.J.Yusupova   o‘zining   “Islomda   ayol
huquqlari”   asarida   ta’kidlaganidek,   ayol   masalasiga   oid   Qur’oni   karimda   309
oyat   mavjud   bo‘lib,   shundan   161   oyat   Makkada   va   148   oyat   Madinada   nozil
bo‘lgan. Insondagi komillik, eng avvalo, uning fikr, tafakkur va amaliy faoliyat
erkinligini   anglashidadir.   Shu   ma’noda,   ulug‘   yunon   faylasufi   Suqrotning
“O‘zligingni   angla”   degan   da’vati   ham   insonning   o‘z   nasl-nasabini,   hayot
mazmunini,   kishining   kelajak   avlodlar   oldidagi   mas’uliyat   va   majburiyatini
anglashga qaratilgan chaqiriqdir. Har qanday jamiyatda komillikning eng asosiy
ko‘rsatkichi   insonning   ezgulikka,   ijtimoiy   baxt-saodatga,   insonparvarlik
g‘oyalariga munosabatida hamda ularga asoslangan amaliy faoliyatida namoyon
bo‘ladi.   Shuni   ta’kidlash   joizki,   keyingi   yillarda   ayrim   yoshlarda   millatga,
Vatanga foyda keltirishni o‘ylash, mustaqillikni mustahkamlashda foydali inson
bo‘lib yetishish hissi maxsus, ilmiy asosda shakllantirilmaganligi tufayli shaxsiy
manfaatni   o‘ylash,   yengil   yo‘llar   bilan   to‘la-to‘kis   hayotga   intilish   hissi
namoyon   bo‘lmoqda.   Shu   bilan   birga,   ayrim   fuqarolar   orasida   ma’naviy
cheklanganlik,   dunyoqarashning   torligi,   milliy   odob   me’yorlariga   rioya
qilmaslik,   so‘z   va   ish   orasidagi   tafovut,   milliy   g‘ururning   sustligi,   shu   kabi
“ommaviy   madaniyat”ning   boshqa   noxush   ko‘rinishlari   uchrab   turadiki,   ularni
birgalashib   bartaraf   qilish   lozim.   Bugungi   kunda   aksariyat   rivojlangan
davlatlarning   mafkurasi   umuminsoniy   qadriyatlar   va   demokratik   tamoyillarga
asoslanadi. Ularda tinchlik va taraqqiyot, inson haq-huquqlari va erkinligi, milliy
va diniy totuvlik g‘oyalari ustivordir. Bu tamoyillarga asoslangan ezgu g‘oyalar
umuminsoniy   manfaatlar,   bashariyatning   asriy   orzusi   bo‘lgan   yorug‘   kelajak
uchun   xizmat   qiladi.   Prezidentimiz   Shavkat   Mirziyoyev   O‘zbekiston   yoshlari
forumida   ta’kidlab   o‘tganidek,   “Biz   yurtimizda   qanday   islohotlarga   qo‘l
urmaylik,   avvalo,   siz   kabi   yoshlarga,   sizlarning   kuch-g‘ayratingiz,   azmu shijoatingizga suyanamiz. Barchangiz yaxshi bilasiz, bugun o‘z oldimizga ulkan
marralar qo‘yganmiz. 
1.3. Mafkuraviy immunitet –davlat va millatning ma’naviy birligi
Ona   Vatanimizda   Uchinchi   Renessans   poydevorini   yaratishga   kirishdik.
Biz   oila,   maktabgacha   ta’lim,   maktab   va   oliy   ta’limni   hamda   ilmiy-madaniy
dargohlarni   bo‘lg‘usi   Renessansning   eng   muhim   bo‘g‘inlari   deb   hisoblaymiz.
Shu   sababli   ayni   ushbu   sohalarda   tub   islohotlarni   amalga   oshirmoqdamiz.
Ishonamanki, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi poydevorini yaratishda sizlar
singari   fidoyi   va   vatanparvar   yoshlarimiz   faol   ishtirok   etib,   munosib   hissa
qo‘shadilar”   .   Ma’lumki,   “milliy   o‘z-o‘zini   anglash   –   har   bir   millat   (elat)ning
o‘z-o‘zini   real   sub’ekt,   muayyan   moddiy   va   ma’naviy   boyliklarning   egasi,
yagona   til,   urf-odatlar,   an’analar,   qadriyatlar   va   davlatga   mansubligini,
manfaatlar   hamda   ehtiyojlar   umumiyligini   tushunib   yetishga   milliy   o‘z-o‘zini
anglash deyiladi” . Mafkuraviy immunitet – bu, sodda qilib aytganda, insonning
o‘z   istak-orzu,   maqsad-intilishlariga   mutlaqo   zid,   yot,   zararli,   begona
mafkuraviy   tahdidlarga   qarshilik   ko‘rsata   olish   salohiyati.   “Mafkuraviy
immunitet   –   falsafa:   qomusiy   lug‘atida   –ma’naviy   barkamol,   irodasi   baquvvat,
iymoni   butun   shaxsni   tarbiyalashda,   har   qanday   reaksion,   buzg‘unchi
xarakterdagi   g‘oyaviy   tashabbuslarga   bardosh   bera   oladigan   yoshlarni
tarbiyalashda   qo‘l   keladi”   deyiladi.   Bolaga   ilk   yoshidan   boshlab   nima   yaxshi,
nima   yomon,   ularga   qanday   munosabat   bildirish   kerak,   degan   savollarga
asoslangan   bog‘cha,   maktab   tarbiyasi,   undan   keyin   ijtimoiy   tarbiya   yo‘lga
qo‘yilsagina   har   bir   millat   sog‘lom,   ishonchli,   mustahkam   immunitetga   ega
bo‘ladi.   Immunitet   esa,   o‘z   navbatida,   odamni   to‘g‘ri   yo‘ldan   “ozish”dan,   turli
yo‘llarga   adashib,   keyin   pushaymon   bo‘lishlardan,   baxtsizlikdan,   millatni   esa–
parokandaliklardan,   parchalanishlardan,   sinfiy,   mahalliy   yoki   boshqa
bo‘linishlardan   asrab   turadi.   Demak,   mafkuraviy   immunitet   –davlat   va
millatning   ma’naviy   birligi,   ma’naviy   sog‘lomligini   himoya   qiluvchi   g‘oyaviy
qalqon   vazifasini   bajaradi.   Mafkuraviy   immunitet   o‘z-o‘zidan   namoyon
bo‘lmaydi.   Uning   namoyon   bo‘lishi   uchun   ichki   yoki   tashqi   g‘oyaviy,   fikriy ta’sir   bo‘lishi   kerak.   Al   Forobiyning   fikricha,   “...fozil   jamiyatning   har   bir
fuqarosi mansabi, tutgan o‘rni, ya’ni kim bo‘lishidan qat’iy nazar «fozil kishi»,
«fozil inson» o‘z davlatining barcha qonun- qoidalarini yaxshi biladi, unga amal
qiladi,   fikrlaydi,   o‘z   kasbining   ustasi,   lozim   bo‘lganda   Vatan   uchun   jon   fido
qiladi.   Fozillar   shahri   aholisi   bir   biriga   hurmatda   bo‘ladi.   Ota-ona   va   farzand,
ustozu-   shogird   o‘rtasida   Sharqona   nazokat,   mehr   va   ehtirom   bo‘ladi.   Avvalo
bunday   fikr   yuritishning   o‘zi   bobolarning   ma’naviy   darajasi   naqadar   yuksak
bo‘lganligini   va   albatta   bunday   fikr   aytish   bu   borada   ko‘p   asrlik   me’roslarni
o‘rganish natijasida vujudga kelishini ta’kidlash joiz.
2016- yilda   qabul   qilingan   “ Yoshlarga   oid   davlat   siyosati   to ʻ g ʻ risida ” gi
O ʻ zbekiston   Respublikasi   qonunida   yoshlarga   oid   daavlat   siyosati   yoshlarni
ijtimoiy   jihatdan   shakllantirish   va   ularning   intellektual ,   ijodiy   va   boshqa
yo ʻ nalishdagi   salohiyatini   kamol   toptirish   uchun   sharoitlar   yaratishga   xizmat
qilishi   alohida   ta ʼ kidlanib ,   amalga   oshirilishi   lozim   bo ʻ lgan   chora - tadbirlar   qonun
bilan   mustahkamlandi .
Mazkur   qonunda   belgilangan   vazifalar   ijrosi   doirasida   qator   ishlar   amalga
oshirildi.   Jumladan,   yoshlarga   oid   davlat   siyosatini   izchil   va   samarali   amalga
oshirish,   yoshlarni   har   tomonlama   qo llab-quvvatlash,   huquq   va   qonuniyʻ
manfaatlarini   himoya   qilish   tizimini   tubdan   isloh   etish,   yoshlar   sohasidagi
muammolarga   samarali   yechimlar   ishlab   chiqish,   vakolatli   organlar   faoliyatini
samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish maqsadida O zbekiston yoshlar ittifoqi	
ʻ
hamda   Yoshlar   ishlari   agentligi   tashkil   etildi.   Bundan   tashqari,   Oliy   Majlis
Senatida   Yoshlar,   madaniyat   va   sport   masalalari   qo mitasi,   Oliy   Majlisi	
ʻ
Qonunchilik   palatasida   Yoshlar   masalalari   bo yicha   komissiya,   Oliy   Majlis	
ʻ
palatalari   huzurida   “Yoshlar   parlamenti”   tashkil   qilindi.   Shu   bilan   birga
Innovatsion   rivojlanish   vazirligi   qoshida   Yoshlar   akademiyasi   tashkil   etildi.
Hududlarda “Loyihalar fabrikasi” ish boshladi.
Mazkur   ishlar   natijasida   O zbekiston   yoshlar   ittifoqi   tashkil   topgandan	
ʻ
buyon 841 147 nafar yoshning bandligi ta minlandi. 2021-yilning birinchi yarmida	
ʼ
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 78 140 nafar yosh ishga joylashtirilgan bo lib,	
ʻ 5   684   nafar   yoshga   subsidiyalar   ajratildi,   ijtimoiy   himoyaga   muhtoj   127   nafar
talabaning 350 million so mlik to lov shartnoma mablag lari to lab berildi.ʻ ʻ ʻ ʻ
Yoshlarni   ish   bilan   ta minlash,   ularning   tashabusini   moliyalashtirish   maqsadida	
ʼ
2018-yildan   boshlab   hududlarda  25   ta  “Yosh   tadbirkorlar”   kovorking  markazi   va
157   ta   “Yoshlar   mehnat   guzari”   kompleksi   faoliyat   boshladi.   “Yoshlar   –
kelajagimiz” davlat dasturi doirasida respublikaning tuman va shaharlarida amalga
oshiriladigan tadbirlarni moliyalashtirish amaliyoti yo lga qo yildi.	
ʻ ʻ
Yoshlarga   oid   davlat   siyosatini   amalga   oshirishda   O zbekiston   Respublikasi	
ʻ
Prezidenti   tomonidan   ilgari   surilgan   besh   muhim   tashabbusni   targ ib   qilish   va	
ʻ
ro yobga   chiqarish   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Mazkur   g oyani   amalga   oshirish	
ʻ ʻ
maqsadida O zbekiston yoshlar ittifoqi qoshida “5 tashabbus loyiha ofisi” faoliyati	
ʻ
yo lga   qo yildi.   Tegishli   loyihalar,   jumladan,   “Sport   karvoni”,   “Bir   million	
ʻ ʻ
dasturchi”, “Eng yaxshi kitobxon oila” kabi loyihalar amalga oshirilmoqda.
Turli   sohalarda   samarali   faoliyat   yuritayotgan,   yuqori   natijalarga   erishib,
tengdoshlariga o rnak bo layotgan yigit-qizlarni rag batlantirish maqsadida “Mard	
ʻ ʻ ʻ
o g lon” davlat mukofoti va “Kelajak bunyodkori” medali ta sis etildi. O tgan vaqt	
ʻ ʻ ʼ ʻ
davomida   113   nafar   yosh   “Mard   o g lon”   davlat   mukofoti   bilan,   75   nafari   esa	
ʻ ʻ
“Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi.
Ta lim-tarbiya sohasida ham so nggi yillarda ulkan o zgarishlar ro y berdi. Tizim	
ʼ ʻ ʻ ʻ
tubdan   isloh   qilindi.   Mazkur   sohada   yoshlar   manfaatlarini   ko zlab   ko plab	
ʻ ʻ
o zgarishlar amalga oshirildi.	
ʻ
II BOB YOSHLARNING IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISH.
2.1. Ijtimoiy faollik –ijtimoiy xodisa sifatida.
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   qarori   asosida
tasdiqlanadigan   mazkur   dastur   doirasida   yoshlarning   huquqiy   madaniyatini
yuksaltirish,   demokratik   davlat   qurish   va   fuqarolik   jamiyatini   rivojlantirish
jarayonlarida ularning faolligini oshirish, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi,
qat’iy   hayotiy   pozitsiya,   keng   dunyoqarash   va   chuqur   bilimga   ega   bo‘lgan
vatanparvar   yoshlarni   tarbiyalash,   ularda   turli   mafkuraviy   taxdidlarga   qarshi immunitetni   shakllantirish,   iqtidorli   yoshlarni   qo‘llab-quvvatlash,   ijodiy   va
intellektual   salohiyatini   ro‘yobga   chiqarishga   ko‘maklashish,   yoshlarni   ijtimoiy
himoya   qilish,   zamonaviy   kasbhunarlarni   puxta   egallashlari   uchun   munosib
sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks choratadbirlar amalga oshiriladi. Mazkur
dasturning   ijrosi   bo‘yicha   davlat   hokimiyati   mahalliy   organlarining   mutasaddi
xodimlari   yoshlarga   oid   davlat   siyosatini   amalga   oshirish   bo‘yicha   davlat   dasturi
ijrosini  joylarda sifatli  ta’minlashga qaratilgan bilim va ko‘nikmalarini  oshirishga
xizmat   qiladigan   davra   suhbatlari   va   seminarlar   o‘tkazadi.   Bunday   ishlarni   butun
yil davomida amalga oshirish lozim bo‘ladi.
Shu   o‘rinda   «Yoshlar»   tushunchasining   yuridik   mazmuniga   to‘xtalib
o‘taylik.   Xo‘sh,   yoshlar   deganda   qonun   hujjatlari   kimni   nazarda   tutadi?
«Yoshlarga   oid   davlat   siyosati   to‘g‘risida»gi   Qonunning   3-moddasiga   muvofiq,
«yoshlar   (yosh   fuqarolar)   o‘n   to‘rt   yoshga   to‘lgan   va   o‘ttiz   yoshdan   oshmagan
shaxslar»dir. Yosh oila deganda, er-xotinning ikkisi ham o‘ttiz yoshdan oshmagan
oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga etkazayotgan o‘ttiz yoshdan oshmagan
yolg‘iz   otadan   yoki   yolg‘iz   onadan   iborat   bo‘lgan   oila,   shu   jumladan,   nikoxdan
ajralgan, beva erkak (beva ayol) tushuniladi. Yosh mutaxassis  deganda, oliy yoki
o‘rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limi   muassasasini   bitirgan,   ta’lim   muassasasini
bitirganidan   so‘ng   olgan   ixtisosligi   bo‘yicha   uch   yil   ichida   ishga   kirgan   va
ma’lumoti   to‘g‘risidagi   hujjatda   ko‘rsatilgan   ixtisosligi   bo‘yicha   ishlayotganiga
uch   yildan   ko‘p   bulmagan   o‘ttiz   yoshdan   oshmagan   xodim   tushuniladi.   Yoshlar
tadbirkorligi   deganda   esa,   yuridik   shaxs   tashkil   etmagan   holda   yosh   fuqarolar
tomonidan,   shuningdek,   ta’sischilari   yosh   fuqarolar   bo‘lgan   yuridik   shaxslar
tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati tushuniladi.
«Yoshlarga   oid   davlat   siyosati   to‘g‘risida»gi   Qonunning   5-moddasida
yoshlarga   oid   davlat   siyosatining   asosiy   yo‘nalishlari   belgilab   berilgan.   Ana
shunday yo‘nalishlardan biri sifatida YOSH oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan
qo‘llab-quvvatlash,   ular   uchun   munosib   uy-joy   va   ijtimoiy-maishiy   sharoitlarni
yaratish   bo‘yicha   kompleks   chora-tadbirlar   tizimini   amalga   oshirish   vazifasi
belgilangan. Qonunning   9-moddasida   yoshlarga   oid   davlat   siyosatini   ro‘yobga
chiqarishda   ishtirok   etuvchi   organlar   va   muassasalar   tizimiga   ta’limni   davlat
tomonidan   boshqarish   organlari   va   ta’lim   muassasalari,   davlat   sog‘liqni   saqlash
tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari, madaniyat va sport
ishlari   bo‘yicha   organlar,   mehnat   organlari,   prokuratura   organlari,   ichki   ishlar
organlari,   adliya   organlari,   mudofaa   ishlari   bo‘yicha   organlar   kirishi   bilan   bir
qatorda,   bu   borada   boshqa   organlar   va   muassasalar   ham   qonun   hujjatlariga
muvofiq   ishtirok  etishi   mumkinligi   belgilab   berilgan.   Shundan  kelib   chiqib,  yosh
oilalarni   qullab-quvvatlash   va   uy-joy   bilan   ta’minlash   maqsadida   hududlarda
«Kamolot» uylarini qurish va imtiyozli kredit asosida faol yoshlarga taqdim etish
vazifasi   belgilandi.   Bunday   uylar   loyiha-smeta   hujjatlari   asosida   tijorat   banklari
kreditlari   evaziga   quriladi.   Mamlakatning   ijtimoiy   hayotida   faol   qatnashayotgan
yosh oilalarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular zamonaviy uyjoylar bilan
ta’minlanadi va ularga uzoq muddatli ipoteka kreditlari ajratiladi.
O‘zbekiston   Prezidentining   xalqimiz,   ayniqsa   yoshlar   orasida   kitobxonlik
an’anasini   yanada   jonlantirish,   kitob   mutolaasiga   keng   e’tibor   qaratish   bo‘yicha
amalga   oshirayotgan   sa’y-harakatlari   diqqatga   sazovordir.   Ana   shu   yo‘lda   2017
yilning   sentabr   oyida   o‘quvchi   yoshlarning   mafkuraviy   immunitetini
mustahkamlash   maqsadida   ta’lim   muassasalarida   «Men   sevib   o‘qigan   kitob»   va
«Eng yaxshi kitobxon» tanlovlari tashkil etiladi. Buning uchun byudjetdan tashqari
mablag‘lar   va   xayriya   mablag‘lari   hisobidan   160   million   so‘m   ajratish   ko‘zda
tutilgan.   Bunday   tadbirlar   vositasida   o‘kuvchi   yoshlar   turli   yot   goya   va
mafkuralardan himoya qilinadi, ularning mafkuraviy immuniteti mustahkamlanadi
hamda jamiyatda yuksak ma’naviyatni qaror tontirishga hissa qo‘shiladi.
2017   yil   davomvda   aholi,   ayniqsa,   yoshlarning   intellektual   va   ma’naviy
ehtiyojlarini   yanada   to‘laroq   qondirish   maqsadida   «Adabiyotga   e’tibor
ma’naviyatga,   kelajakka   e’tibor»   shiori   ostida   Respublika   «Kitob   bayrami»
an’anaviy   tadbiri   va   uning   doirasida   «Kitob   millatning   bebaho   ma’naviy   va
madaniy   merosi»   mavzusida   ilmiy-amaliy   konferensiya   va   «Bolalar   kitoblari»
an’anaviy   respublika   festivali   tatikil   etiladi   va   o‘tkaziladi.   Har   bir   tuman markazvda   kitob   do‘konlari   ochiladi   va   ular   yangi   asarlar   bilan   boyitiladi.   40   ga
yaqin   nomdagi   o‘zbek   mumtoz   va   hozirgi   zamon   adabiyoti,   jahon   mumtoz
adabiyoti   durdonalari   nashr   etiladi   va   hududlarda,   xususan,   respublika   axborot-
resurs   markazlarida   ularning   taqdimoti   o‘tkaziladi.   Bunday   ezgu   ishlarni   amalga
oshirishdan   adabiyot   orqali   xalsma’naviyatini   yuksaltirish,   oilaviy   kitobuqish
an’analarini   keng   targib   qilish,   yozuvchi   va   kitobxon   o‘rtasidagi   muloqotni
kuchaytirish,   yoitarni   intellektual   rivojlangan   va   ma’nan   barkamol   qilib   voyaga
etkazishda   kitobning   o‘rni   va   ahamiyatiga,   kitob   mutolaasi   madaniyatiga   bo‘lgan
e’tiborni kuchaytirish maqsad qilib olingan.
O‘sib   kelayotgan   avlodning   kitob   va   boshqa   bosma   mahsulotlarga
qiziqishini   o‘stirish   maqsadida   O‘zbekiston   xalqining   madaniy-ma’rifiy   merosi,
tarixi   bo‘yicha   adabiyotlar   chiqaruvchi   nashriyot   uylari,   bosmaxonalar,   asar
mualliflariga   soliq   va   boshqa   preferensiyalar   taqdim   etiladi,   iqtisodiy
rag‘batlantirish choralari ko‘riladi.
Yoshlarni   ona   Vatanimizga   sadoqat   ruhida   tarbiyalash,   ularda   san’atga
bo‘lgan   qiziqishni   kuchaytirish,   mamlakatimizda   amalga   oshirilayotgan
islohotlarni   yoritish   maqsadida   butun   yil   davomida   O‘zbekiston   Badiiy
akademiyasi   va   bir   qator   vazirliklar   tashkilotchiligida   yurtimizning   chekka
hududlarida   Badiiy   akademiya   tizimi   tashkilotlari   va   ta’lim   muassasalari
hamkorligida   xalqrassomlari,   xalqustalari   bilan   bolalar,   yoshlar   vaularning   ota-
onalari   uchun   «Bunyodkor   xalqim   bilanmuloqot   ijodim   ilhomi»   mavzusida
maxorat darslari va ijodiy uchrashuvlar tashkil etiladi.
2.2. Yoshlarda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishning ijtimoiy
jihatlari.
Xalqimiz   boy   tarixga   va   milliy   an’analarga   ega.   Milliy   an’analarimiz   va
urfodatlarimiz   orasida   o‘zimizga   xos   va   o‘zimizga   mos   bo‘lgan   qator   milliy
o‘yinlarimiz   mavjud.   Ana   shunday   o‘yinlarimizni   zamonaviy   axborot
texnologiyalariga   chiroyli   tarzda   joylashtirsak   va   bundan   yoshlarimiz   bush
vaqtlaridan   unumli   foydalangan   holda   o‘z   salohiyatini   va   qobiliyatini   boyitish
maqsadida   foydalansa,   nur   ustiga   a’lo   nur   bo‘ladi.   Ana   shu   maqsadda   mobil Internet   foydalanuvchilariga   mo‘ljallangan,   yoshlarni   yuksak   axloqiy   ruxda
tarbiyalash, ularning intellektual salohiyati va ijtimoiy faolligini yanada oshirishga
xizmat   qiladigan   milliy   o‘yinlarni   tashkil   etish   lozim.   Buning   natijasida
yoshlarning   bo‘sh   vaqtini   foydali   o‘tkazishga   qaratilgan   O‘zbekiston
Respublikasidagi   mobil   Internet   foydalanuvchilari   uchun   mo‘ljallangan   milliy
o‘yinlar yaratiladi.
Yurtimizda   ilg‘or   yoshlarni   birlashtirgan   yoshlar   ittifoqi   ijtimoiy   harakati
faoliyat yuritmokda. Mazkur ijtimoiy harakatning mablag‘lari hisobidan butun yil
davomida   mamlakatimizning   har   bir   hududi   markazida   yoshlar   ittifoqi   kitob
do‘konlari   faoliyatini   yo‘lga   qo‘yish   belgilangan.   Bunday   xayrli   ishlar   orqali
yoshlarni   bo‘sh   vaqtini   mazmunli   o‘tkazishlariga,   ularning   kitobga   bo‘lgan
qiziqishlarini oshirishga erishiladi.
Yoshlar   o‘rtasida   madaniyat   va   san’at   asarlariga   bo‘lgan   qiziqishni   oshirish,
ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan hunarmandlik an’analarini targ‘ib qilish,
yosh avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash va
kasb-hunarga qiziqishini oshirish maqsadida «Xalq amaliy san’ati yoshlar qalbida»
xalqaro   amaliy   san’at   ko‘rgazmasini   o‘tkazish   belgilangan.   Iqtidorli   YOSHlarni
izlab   tonish,   ularni   rag‘batlantirish,   ijodiy   salohiyatini   yuksaltirish   va   katta
sahnalarga   olib   chiqish,   yoshlar   e’tiborini   musiqa   va   san’atga   qaratish,   bo‘sh
vaqtlarini   mazmunli   o‘tkazishni   tashkil   etish,   yosh   iqtidorli   ijodkorlarni   izlab
topish   va   ularning   ijodini   rag‘batlantirish,   yoshlarni   Vatanga   muhabbat,
mustaqillik   g‘oyalariga   sadoqat   va   fidoyilik   ruhida   tarbiyalashga   xizmat   qiluvchi
«Bahor   nafasi»   xalqaro   san’at   festivalini,   «Musiqaga   chorlaydi,   yoshlar!»
madaniyat haftaligini, «Seni kuylaymiz, zamondosh!» O‘zbekiston teatrlarining IV
Respublika   ko‘rik-festivalini,   «Onam   aytgan   allalar»  festivalini,   «yoshlik   bahori»
respublika   yoshopera   ijrochilari   festivalini,   «Sozlar   navosi»   xalq   cholg‘ulari
ijrochilari   respublika   tanlovini   va   YuNESKO   reprezentativ   ro‘yxatiga   kiritilgan
«Shashmaqom»,   «Askiya»,   «Palov»   va   boshqa   nomoddiy   madaniy   meros
namunalari   buyicha   «O‘zbek   madaniy   merosi   jahon   nigohida!»   nomli   festivalni o‘tkazish   2017   yilning   eng   muhim   va   yirik   madaniy   tadbirlaridan   deb
hisoblanishga loyiq tadbirlardir.
Ikkinchi   omil:   Yangi   O‘zbekiston   taraqqiyot   strategiyasida   “Harakatlar
strategiyasidan   –   Taraqqiyot   strategiyasi   sari”   tamoyili   ilgari   surilayotgani
bejiz   emas.   Chunki,   avvalo,   Harakatlar   strategiyasidagi   har   bir   yo‘nalishni
taraqqiyotning   yangi   bosqichida   mantiqiy   va   izchil   asosda   rivojlantirish   hamda
yangi ustuvor yo‘nalishlarda muhim natijalarga erishish ko‘zda tutilmoqda.
Taraqqiyot   strategiyasida   asosiy   e’tibor,   bir   tomondan,   fuqarolik   jamiyatini
rivojlantirishga doir qonunlar, kodekslar, konsepsiya va dasturlar qabul qilinishiga
qaratilgan.
Ikkinchi   tomondan,   unda   qonun   ustuvorligini   taminlash,   konstitutsiyaviy
islohotni   hayotga   izchil   tatbiq   etish,   milliy   iqtisodiyotni   rivojlantirish,   kuchli
ijtimoiy   siyosatni   amalga   oshirish,   manaviyatni   rivojlantirish,   shuningdek,   global
muammolarga O‘zbekistonning munosabati, xavfsizlik va tashqi siyosat borasidagi
muhim vazifalar qamrab olingan.
Eng   asosiysi,   Yangi   O‘zbekiston   taraqqiyot   strategiyasidagi   7   ustuvor
yo‘nalishning   bosh   g‘oyasi   –   inson   qadrini   ta’minlashdir.   Chunki,
Prezidentimizning   saylovoldi   dasturidagi   asosiy   g‘oya   ham   “Inson   qadri
uchun”   tamoyili edi.
Uchinchi   omil:   inson   qadrini   joyiga   qo‘yishni   qonuniy   va   tashkiliy-huquqiy
yo‘llar   bilan   hayotimizning   barcha   sohalarida   milliy,   mintaqaviy   va   xalqaro
hamkorlik   darajalarida   qanday   qilib   amalga   oshirish   kerak?   Taraqqiyot
strategiyasida bu dolzarb savolga juda ko‘plab aniq maqsadlarga qaratilgan amaliy
javoblar bor.
Harakatlar strategiyasining har bir ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha hozirgi
kunga   qadar   26   ta   konsepsiya   va   bir   qator   dasturlar   qabul   qilingan   bo‘lsa,
kelgusida Taraqqiyot strategiyasi doirasida 13 ta kodeks, 12 ta qonun,     ya’ni
har   bir   ustuvor   yo‘nalishda   zarur   qonun   hujjatlari   qabul   qilinishi   ko‘zda
tutilgan. Jumladan,   Tadbirkorlik   kodeksi ning   ishlab   chiqilishi   –   yurtimizda
tadbirkorlikni   rivojlantirish   va   tadbirkorlar   huquqlarini   to‘liq   himoya   qilishning
mustahkam qonuniy asosiga aylanadi.
Bo‘lajak   Nodavlat   notijorat   tashkilotlari   to‘g‘risidagi   kodeks da   fuqarolik
jamiyatining huquqiy mezonlari o‘z aksini topadi.
Axborot kodeksi   – shu vaqtga qadar amal qilayotgan ommaviy axborot vositalari,
jurnalistlar faoliyati, axborot va so‘z erkinligiga bag‘ishlangan o‘ndan ortiq qonun
kodifikatsiya   qilingan   yagona   va   yaxlit   qonun   hujjati   sifatida   qabul   qilinishining
natijasi bo‘ladi.
To‘rtinchi   omil:   Yangi   O‘zbekiston   tarraqqiyot   strategiyasining   nafaqat
nomlanishi,   ayni   chog‘da   unda   belgilangan   ustuvor   yo‘nalishlar   va   muhim
vazifalar   ham   milliy   yoki   mintaqaviy   miqyosdagina   emas,     balki   global   darajada
ulkan ahamiyatga molik xalqaro hujjatlar bilan uyg‘un va hamohangdir.
irlashgan Millatlar Tashkiloti 2015-2030 yillarda Barqaror taraqqiyot maqsadlarini
elon   qilgan.   Bu   xalqaro   hujjat   o‘zbek   tilida   “Barqaror   taraqqiyot
maqsadlari”   yoki   “Barqaror   rivojlanish   maqsadlari”,   degan   nomlar   bilan   sizu
bizga yaxshi tanish.
Dastlab   Harakatlar   strategiyasida,   endilikda   esa   Taraqqiyot   strategiyasida
ham   O‘zbekiston   bajarishni   o‘z   zimmasiga   olgan   BMT   Barqaror   taraqqiyot
maqsadlarini mamlakatimiz hayotiga tatbiq etishning aniq taktika va strategiyalari
belgilab berilmoqda.
Boshqacha   aytganda,   O‘zbekiston   tashqi   xalqaro   munosabatlarning   teng   huquqli
a’zosi   sifatida   o‘zining   BMT   Barqaror   taraqqiyot   maqsadlari   bilan   hamohang
holda   rivojlanishi,   bu   boradagi   o‘ziga   xos   o‘rni   va   ahamiyati,   yanada   muhimi,
ibratli   tajribasini   butun   dunyoga   ko‘rsata   oldi.   O‘z   navbatida,   Yangi   O‘zbekiston
tarraqqiyot   strategiyasi   ushbu   muhim   taraqqiypravar   jarayon   uzluksiz   davom
etayotganidan dalolat beradi. 2.3 Yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishda davlatimiz siyosatining
strategik yo‘nalishlari.
Bugungi   kunda   xalqaro   hamjamiyat   tomonidan   Taraqqiyot   huquqi
to‘g‘risidagi   konvensiya   loyihasi   ishlab   chiqilyapti.   Qolaversa,   35   yildan   buyon
Taraqqiyot   huquqi   to‘g‘risidagi   deklaratsiya   amal   qilmoqda.   Shu   ma’noda,
O‘zbekiston   Prezidenti   taqdim   etayotgan   Taraqqiyot   strategiyasi   xalqaro
hamjamiyatning   rivojlanish   tendensiyalariga,   butun   dunyoning   taraqqiyot
trendlariga    to‘la mos keladi.
Shuni   ham   aytish   joizki,   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi
palatalarining   qo‘shma   qarori   bilan   Barqaror   taraqqiyot   maqsadlarini   amalga
oshirish bo‘yicha konstitutsiyaviy parlament komissiyasi tuzilgan.
Parlament   komissiyasi   Barqaror   taraqqiyot   maqsadlari   ijro   etilishini   parlament
nazorati   yo‘li   bilan   ta’minlamoqda.   Binobarin,   Taraqqiyot   strategiyasini   amalda
tatbiq   etishda   ham   parlamentning   roliga   alohida   e’tibor   qaratilayotgani   juda
muhim.
Xususan,   Yangi   O‘zbekiston   taraqqiyot   strategiyasi   loyihasining   11-
maqsadida   “Xalq   bilan   muloqotning   samarali   mexanizmlarini
takomillashtirish” muhim vazifa etib belgilanmoqda.  
Xalq   bilan   ochiq   muloqotning   mexanizmlarini   yanada   takomillashtirish,
muhim   qarorlarni   jamoatchilik   fikrini   inobatga   olgan   holda   qabul   qilish
amaliyotini   kengaytirish,   davlat   organlariga   kelib   tushgan   murojaatlarni   ko‘rib
chiqish   jarayonini   raqamlashtirish,   murojaatlarni   tezkor   va   sifatli   ko‘rib
chiqilishini ta’minlash ko‘zda tutilmoqda.  
Eng   asosiysi,   Yangi   O‘zbekistonning   2022–2026   yillarga   mo‘ljallangan
taraqqiyot   strategiyasini   2022   yilda   amalga   oshirish   bo‘yicha   “yo‘l   xaritasi”
loyihasida   “Davlat   xalqqa   xizmat   ko‘rsatishi   shart”   g‘oyasini   tatbiq   etishni
nazarda   tutuvchi   “Xalqchil   davlat”   milliy   dasturini   ishlab   chiqish   vazifasi
zimmamizga yuklangani bejiz emas.
Albatta,   ushbu   Dastur   loyihasi,   i lg‘or   xorijiy   davlatlarning   tajribasini   inobatga
olgan holda, belgilangan muddatda ishlab chiqiladi va taqdim etiladi. “Yo‘l xaritasi” loyihasida yana bir muhim vazifa –   Xalq qabulxonalarining
huquqiy   maqomini   takomillashtirish   masalasi   uchun   mas’ul   etib
belgilanganmiz.   Xalq   qabulxonalari   faoliyatining   huquqiy   asoslarini
takomillashtirish   va   ularning   davlat   boshqaruvi   tizimidagi   maqomini
mustahkamlashga   qaratilgan   Konstitutsiyaviy   qonunni   qabul   qilish   bo‘yicha
ishlarni allaqachon boshlab yubordik.
Xalq   bilan   bevosita   muloqot   qilish,   yurtdoshlarimizning   dardu   tashvishlari,
muammolarini   ijobiy   hal   etish   bo‘yicha   mutlaqo   yangi   demokratik   tizim   –   Xalq
qabulxonalari o‘tgan besh yilda faoliyat yuritib kelmoqda va o‘zini oqladi.
Bundan tashqari barcha davlat organlari faoliyatida “ xalq dardiga kuloq solish ”,
muammolarni   joyida   hal   etish   va   xalqni   rozi   qilish   bo‘yicha   samarali   ishlar
qilinmoqda.
Yangi   O‘zbekiston   taraqqiyot   strategiyasi   loyihasining   12-maqsadi
“Ta’sirchan   jamoatchilik   nazoratini   amalga   oshirishning   tashkiliy-huquqiy
asoslarini takomillashtirish”   deb nomlangani bejiz emas.
Zero,   bu   o‘rinda   o mmaviy   axborot   vositalarining   roli   va   jurnalistlarning
kasbiy   faoliyati   himoyasini   yanada   kuchaytirish,   odamlarni   qiynayotgan
muammolar hamda islohotlarning ijrosi ahvolini o‘rganishda ijod ahli mehnatidan
samarali   foydalanish   ko‘zda   tutilmoqda.   Bularning   barchasi,   o‘z   navbatida,
yurtimizda ta’sirchan jamotchilik nazoratini o‘rnatishga xizmat qiladi.
Ma’lumki,   Harakatlar   strategiyasi   doirasida   yurtimizda   ommaviy   axborot
vositalarining   jamoatchilik   nazoratini   amalga   oshirish   borasidagi   o‘rni   va
ahamiyati qonunchilik negizida tubdan kuchaytirilgandi. Taraqqiyot strategiyasida
ana   shu   tashkiliy-huquqiy   asoslarni   takomillashtirish   ko‘zda   tutilgani   yangi
davr talabidir.
Shu   nuqtai   nazardan,   Taraqqiyot   strategiyasi   loyihasining   83-
maqsadi   “Fuqarolarning   axborot   olish   va   tarqatish   erkinligi   borasidagi
huquqlarini   yanada   mustahkamlash”   deb   atalgani   hamda   unda   bir   qator
muhim vazifalar ko‘zda tutilgani ham katta hamiyatga ega. Avvalambor,   bu   o‘rinda   axborot   sohasini   tartibga   solishga   qaratilgan
mavjud qonunlar O‘zbekiston Respublikasi  Axborot kodeksi shaklida unifikatsiya
qilinishi   haqida   so‘z   bormoqda.   Shuningdek,   fuqarolarning   axborot
kommunikatsiya vositalaridan foydalanish madaniyati oshiriladi.
Turli   yosh   toifasi   uchun   mo‘ljallangan   o‘quv   kurslari   hamda   onlayn   dasturlar
ommalashtiriladi.   Xalq   ta’limi   va   professional   ta’lim   tizimining   tegishli
darsliklariga media savodxonlik bo‘yicha mavzular joriy qilinadi.
Shaxsiy   va   sir   saqlanishi   lozim   bo‘lgan   ma’lumotlarni   internet   tarmog‘ida
oshkor   qilish   bilan   bog‘liq   daxlsizlik   huquqlari   buzilishining   oldini   olish   ham
ko‘zda   tutilgan.   Bunda   Jinoyat   kodeksi   va   Ma’muriy   javobgarlik   to‘g‘risidagi
kodeksning daxlsizlik huquqlari bilan bog‘liq moddalariga tegishli qo‘shimcha va
o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi tayyorlanadi.
O‘z   navbatida,   “Yo‘l   xaritasi”   46-bandida   qiynoqlarning   oldini   olish
bo‘yicha preventiv mexanizmlarni takomillashtirish   haqida so‘z boradi.   Inson
huquqlari   bo‘yicha   O‘zbekiston   Respublikasi   Milliy   markazi   ushbu   vazifaning
asosiy ijrochilaridan biridir.
Bunda,   birinchidan,   qiynoqlarning   oldini   olish     bo‘yicha   tegishli   xalqaro
hujjatlarni   ratifikatsiya   qilish   masalasini   ko‘rib   chiqish   taqozo
etiladi.   Ikkinchidan,   qiynoqlarning   oldini   olish   bo‘yicha   preventiv   milliy
mexanizm ning qonuniy asoslarini rivojlantirish kerak bo‘ladi. Hamkor tashkilotlar
bilan har  ikki  masala bo‘yicha, umuman, Taraqqqiyot  strategiyasi  ijrosi  doirasida
o‘zaro hamjihatlikda faol ish olib boramiz.
Taraqqiyot strategiyasi loyihasining 19-maqsadi   – advokatura institutining
inson   huquqlari,   erkinliklari   va   qonuniy   manfaatlarini   himoya   qilishdagi
salohiyatini   tubdan   oshirish,   shuningdek,   aholi   va   tadbirkorlik
sub’ektlarining   malakali   huquqiy   xizmatlarga   bo‘lgan   talabini   to‘liq
qondirishdan   iborat.   Bunda:   advokatura   institutini   to‘laqonli   o‘z-o‘zini
boshqarish   tizimiga   o‘tkazish,   Advokatlar   palatasi   boshqaruv   organlarining
advokatlar   hamjamiyati   oldidagi   hisobdorligini   kuchaytirish,   tizimga   yosh
malakali kadrlarni jalb qilish; advokatlar malakasini oshirish tizimining zamonaviy va samarali mexanizmlari va
institutsional asoslarini shakllantirish;
advokatlik   faoliyatiga   zamonaviy   axborot   texnologiyalarini   joriy   qilish   orqali
ortiqcha  byurokratiya va qog‘ozbozlikka chek qo‘yish, sudlar, huquqni  muhofaza
qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari bilan elektron hujjatlar almashinuvini
yo‘lga qo‘yish;
bepul   huquqiy   yordam   ko‘rsatish   ko‘lamini   kengaytirish,   notariat   va   fuqarolik
holatlari   dalolatnomalarini   yozish   organlarining   xizmatlaridan   ovoragarchiliksiz,
shu jumladan masofadan turib va “yagona darcha” tamoyili asosida foydalanishni
ta’minlash ko‘zda tutilmoqda.
Yana   bir   muhim   jihat:   Loyihaning   90-maqsadida     BMT   organlari   va
institutlari,   global   va   mintaqaviy   iqtisodiy,   moliyaviy   va   gumanitar
tashkilotlardagi faoliyatni kuchaytirish   haqida so‘z boradi.
Ya’ni,   O‘zbekistonni   BMT   tuzilmalari   orqali   dunyo   hamjamiyatiga   keng
tanitish;   O‘zbekiston   rahbariyatining   BMT   doirasidagi   tashabbuslarini   amalga
oshirishni   ta’minlash;   BMT   va   uning   muassasalari   bilan   iqtisodiy-moliyaviy   va
konsultativ hamkorlikni rivojlantirish bunda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, BMT  va uning ixtisoslashgan  muassasalari  bilan madaniy-gumanitar
hamkorlikni   jadallashtirish;   BMTning   “Inson   huquqlari   yo‘lida  harakatga   da’vat”
tashabbusini   ilgari   surish   uchun   barcha   sheriklar   bilan   yaqin   hamkorlikni   davom
ettirish istiqbollari ko‘rsatib berilmoqda.
Muxtasar aytganda, Yangi O‘zbekiston     taraqqiyot strategiyasi loyihasi
negizida   bir   qancha   yangi   dasturlar,   yangi   konsepsiyalar,   yangi   qonun
hujjatlari   qabul   qilinishi   nazarda   tutilmoqda.   Bu   bilan   mamlakatimizning
siyosiy,   iqtisodiy,   ijtimoiy,   madaniy   va   ekologik   rivojlanishining   keyingi
bosqichida amalga oshiriladigan islohotlar keng qamrab olinmoqda.
Shunday   ekan,   Taraqqiyot   strategiyasining   tasdiqlanishi   va   muvaffaqiyatli
amalga   oshirilishi   O‘zbekistonda   demokratik   huquqiy   davlat   barpo   etish   hamda
erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan
ulkan maqsad va vazifalarimizga erishish imkonini beradi. Mustaqillik   yillarida   mamlakatimizda   yoshlarni   vatanparvarlik,   milliy
an’ana   va   qadriyatlarimizga   hurmat   ruhida   tarbiyalash,   ma’naviy   yetuk   va
jismonan   sog‘lom   barkamol   avlodni   voyaga   yetkazish,   ularning   huquq   va
manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, sohadagi vaziyat va amalga oshirilgan tadbirlar tahlili yoshlarning
keng   qatlamlariga   daxldor   bo‘lgan   dolzarb   masalalar,   ayniqsa,   uyushmagan
yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni har
tomonlama   qo‘llab-quvvatlash,   kasbga   yo‘naltirish   va   bandligini   ta’minlash,
tashabbuslarini   rag‘batlantirish   borasidagi   ishlar   talab   darajasida   tashkil
etilmaganidan dalolat bermoqda.
Joylarda,   avvalambor   chekka   hududlarda   istiqomat   qilayotgan   ko‘p   sonli
yoshlarning o‘z iqtidor va iste’dodini ro‘yobga chiqarishlari, tadbirkorlik faoliyati
bilan shug‘ullanishlari uchun keng sharoitlar yaratish, ularni turli zararli illat va yot
g‘oyalar   ta’siridan   himoya   qilish,   yoshlar   o‘rtasida   huquqbuzarliklarning   barvaqt
oldini olish kabi muhim vazifalarni hal etishda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati
O‘zbekiston yoshlarini buyuk maqsadlar sari birlashtiradigan va safarbar etadigan
ommaviy harakatga aylana olmaganini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda.
Shu sababli, mazkur sohadagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida
qabul   qilingan   O‘zbekiston   Respublikasining   “Yoshlarga   oid   davlat   siyosati
to‘g‘risida”gi   qonuni   bugungi   davr   talablariga   mos   ravishda   har   tomonlama
barkamol,   mustaqil   fikrlaydigan,   mamlakatimiz   istiqboli   uchun   mas’uliyatni   o‘z
zimmasiga   olishga   qodir,   tashabbuskor,   xalq   manfaati   yo‘lida   bor   salohiyatini
safarbar   qiladigan,   shijoatli   yoshlarni   tarbiyalash,   ularning   intellektual   va   ijodiy
salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratdi.
2017-2021-yillarda   O‘zbekiston   Respublikasini   rivojlantirishning   beshta   ustuvor
yo‘nalishi   bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasi   demokratik   davlat   qurish   va   fuqarolik
jamiyatini   rivojlantirish   borasidagi   islohotlarda   yoshlar   faolligini   oshirish   bilan
bog‘liq bir qator yangi va muhim vazifalarni belgilab berganini alohida qayd etish
joiz. Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni
har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
tizimini tubdan isloh etish maqsadida hamda bu borada keng jamoatchilik, avvalo,
yoshlar vakillarining taklif va mulohazalarini e’tiborga olgan holda:
1.   O‘zbekiston   “Kamolot”   yoshlar   ijtimoiy   harakatining   2017-yil   30-iyun   kuni
bo‘lib   o‘tgan   IV   qurultoyi   qaroriga   muvofiq,   O‘zbekiston   yoshlar   ittifoqi   tashkil
etilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2.   O‘zbekiston   yoshlar   ittifoqi   tashkil   topgan   kun   –   30-iyun   sanasi
mamlakatimizda   “Yoshlar kuni” , deb e’lon qilinsin.
3.   O‘zbekiston   yoshlar   ittifoqi   faoliyatining   ustuvor   yo‘nalishlari   sifatida
quyidagilar belgilansin:
birinchidan ,   O‘zbekiston   yoshlar   ittifoqini   respublikada   yoshlarga   oid   davlat
siyosatining   amalga   oshirilishida   davlat   organlari,   nodavlat   notijorat   tashkilotlari
va   fuqarolik   jamiyatining   boshqa   institutlari   bilan   samarali   hamkorlikni
ta’minlovchi,   “Yoshlar   –   kelajak   bunyodkori”   shiori   ostida   professional
faoliyatni amalga oshiruvchi tuzilmaga aylantirish;
ikkinchidan,   yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya
qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ongi
va   qalbida   mustaqillik   g‘oyalariga   sodiqlik,   milliy   o‘zlikni   anglash,   Vatanga
muhabbat   va   uning   taqdiriga   daxldorlik,   fidoyilik   hissini   qaror   toptirish   va
rivojlantirish, turli mafkuraviy tahdidlardan asrash;
uchinchidan,   demokratik   davlat   qurish   va   fuqarolik   jamiyatini   rivojlantirish
borasidagi   islohotlarda   yoshlar   faolligini   oshirish,   yuksak   ma’naviyatli,   mustaqil
fikrlaydigan, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega
tashabbuskor,   shijoatli,   el-yurt   manfaati   yo‘lida   bor   kuch-g‘ayrati,   bilim   va
salohiyatini   safarbar   qiladigan,   mamlakat   istiqboli   uchun   mas’uliyatni   o‘z
zimmasiga olishga qodir yoshlar safini kengaytirish;
to‘rtinchidan,   yoshlarning   zamonaviy   kasb-hunarlarni   puxta   egallashi   uchun
munosib   sharoitlar   yaratish,   bandligini   ta’minlash,   ishbilarmonlik   qobiliyatini
rivojlantirish,   ularni   kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlikka   keng   jalb   etish, tashabbuslarini   rag‘batlantirish,   intellektual   va   ijodiy   salohiyatini   ro‘yobga
chiqarishiga ko‘maklashish;
beshinchidan,   yoshlarning   ilmiy   va   badiiy   kitoblar,   jumladan,   elektron   asarlarni
o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, huquqiy, ekologik, tibbiy va axborot-
kommunikatsiya   texnologiyalaridan   foydalanish   madaniyatini   yuksaltirish   orqali
ularda   turli   mafkuraviy   tahdidlarga,   xususan,   diniy   ekstremizm,   terrorizm,
“ommaviy   madaniyat”   va   boshqa   yot   g‘oyalarga   qarshi   mustahkam   immunitetni
shakllantirish;
oltinchidan,   yoshlar   o‘rtasida   sog‘lom   turmush   tarzi   va   oila   muqaddasligi
g‘oyalarini   keng   targ‘ib   qilish,   erta   turmush   qurish   va   yosh   oilalar   ajralishining
oldini olishga qaratilgan samarali tadbirlarni amalga oshirish;
ettinchidan,   yoshlarni,   ayniqsa,   ular   uyushmagan   qismining   bo‘sh   vaqtini
mazmunli tashkil etish maqsadida sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga,
ijodiy to‘garaklar va turli, jumladan, xorijiy tillarni o‘rgatish o‘quv kurslariga keng
jalb etish;
sakkizinchidan,   yosh   oilalar,   xususan,   imkoniyati   cheklangan   va   ijtimoiy
himoyaga muhtoj yoshlarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular
uchun   munosib   uy-joy   va   ijtimoiy-maishiy   sharoitlar   yaratishga   qaratilgan
maqsadli ishlarni tashkil etish;
to‘qqizinchidan,   yoshlar   o‘rtasida   huquqbuzarlik   va   jinoyatchilikning   barvaqt
oldini olish va profilaktika qilish ishlarida faol ishtirok etish;
o‘ninchidan,   mamlakatda   amalga   oshirilayotgan   islohotlarda   faol   ishtirok
etadigan, xalq manfaatlariga sadoqat bilan xizmat qiladigan bilimli, tashabbuskor,
ishbilarmon,   halol   va   fidoyi   yosh   rahbar   kadrlarni   tarbiyalash,   zaxirasini   yaratish
va ularni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mas’ul lavozimlariga tavsiya
etish;
o‘n   birinchidan,   yoshlar   siyosati   sohasida   xalqaro   hamkorlikni   yanada
rivojlantirish,   xorijiy   mamlakatlarda   tahsil   olayotgan   va   mehnat   qilayotgan
yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga
oshirish; o‘n   ikkinchidan,   davlat   va   xo‘jalik   boshqaruvi   organlari,   nodavlat   notijorat
tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga yoshlarga oid faoliyatni
tashkil etishda g‘oyaviy-uslubiy jihatdan ko‘mak berish.
Yoshlarga   oid   davlat   siyosatini   amalga   oshirishda   ishtirok   etuvchi   vakolatli
idoralar   faoliyati   ustidan   samarali   jamoatchilik   nazoratini   tashkil   etish,   natijasi
bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish.
4.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   devoni   Jamoat   va   diniy   tashkilotlar   bilan
hamkorlik qilish xizmatining yoshlar siyosatini amalga oshirish sohasida davlat va
jamoat   tashkilotlarini   muvofiqlashtirish   sho‘basi   negizida   O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti devonining Yoshlar siyosati masalalari xizmati   tashkil
etilsin.
Xizmatning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilansin:
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi faoliyatini samarali tashkil etish;
O‘zbekiston   Respublikasining   “Yoshlarga   oid   davlat   siyosati   to‘g‘risida”gi
qonunida   belgilangan   vazifalarning   to‘laqonli   ijrosini   tashkil   etish   va   nazorat
qilish;
davlat   hokimiyati   va   boshqaruvi   organlari,   nodavlat   notijorat   tashkilotlari   va
fuqarolik   jamiyati   boshqa   institutlarining   yoshlarga   oid   davlat   siyosatini   amalga
oshirish   borasidagi   faoliyatini   monitoring   qilish   va   muvofiqlashtirish,   ularga
g‘oyaviy-uslubiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish;
yoshlarga oid davlat siyosati  samaradorligini oshirish maqsadida tizimli o‘rganish
va   tahlillar   asosida   sohaga   oid   qonun   hujjatlari   va   huquqni   qo‘llash   amaliyotini
takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va joriy etish.
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   devoni   Tashkiliy-kadrlar   xizmati   bir   hafta
muddatda   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   devonining   Yoshlar   siyosati
masalalari   xizmati   faoliyatini   tashkil   etish   to‘g‘risidagi   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidentining qarori loyihasini kiritsin.
5. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti devonining Yoshlar siyosati masalalari
xizmatiga   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha   Davlat   maslahatchisi   –   O‘zbekiston   yoshlar   ittifoqi   Markaziy
Kengashi raisi   rahbarlik qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha
Davlat   maslahatchisi   –   O‘zbekiston   yoshlar   ittifoqi   Markaziy   Kengashi   raisi
o‘z   lavozimiga   ko‘ra   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   tomonidan
tayinlanadigan   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   Senatining   a’zosi
hisoblanadi.
6.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   devonining   Siyosiy-huquqiy   masalalar
xizmati, Yoshlar  siyosati  masalalari  xizmati   Vazirlar   Mahkamasi   bilan birgalikda
ikki   hafta   muddatda   O‘zbekiston   yoshlar   ittifoqi   faoliyatini   takomillashtirishga
doir  kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlashni  nazarda tutuvchi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqsin va kiritsin.
7.   Yoshlar   masalalari   bo‘yicha   respublika   idoralararo   kengashi   ilovaga
muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Idoralararo kengashning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilansin:
O‘zbekiston   yoshlar   ittifoqi   Markaziy   Kengashiga   yuklatilgan   vazifalarni   amalga
oshirishda yaqindan ko‘maklashish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vakolatli idoralar
faoliyatini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni
talablarini hayotga to‘laqonli joriy etish va bu borada ta’sirchan nazorat o‘rnatish.
8.   Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent
shahri,   tumanlar   va   shaharlar   hokimlari   raisligida   Yoshlar   masalalari
bo‘yicha   hududiy   idoralararo   kengashlar   tuzilsin.
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   ikki   oy   muddatda   Yoshlar
masalalari   bo‘yicha   respublika   idoralararo   kengashi   to‘g‘risidagi   nizomni   hamda
Yoshlar   masalalari   bo‘yicha   hududiy   idoralararo   kengashlar   to‘g‘risidagi
namunaviy nizomni tasdiqlasin.
9. Buyuk davlat arbobi va sarkarda Sohibqiron Amir Temurning Vatanga sadoqat,
el-yurtni   ardoqlash,   mardlik,   fidoyilik   va   adolatparvarlik   kabi   yuksak   fazilatlari yosh   avlod   uchun   o‘rnak   bo‘lib   xizmat   qilishini   inobatga   olgan   holda,
respublikaning   barcha   harbiy   akademik   litseylariga   “Temurbeklar
maktabi”   nomi berilsin.
10. Yoshlarning ilmiy va ijodiy faoliyati natijalarini, ilm-fan va adabiyotga bo‘lgan
qiziqishlarini   hamda   yoshlar   siyosatiga   oid   muhim   yangiliklarni   keng   yoritish
maqsadida:
O‘zbekiston   yoshlar   ittifoqining   “Turkiston”   va   “Molodyoj   Uzbekistana”
gazetalari,   “Yosh   kuch”   jurnali   hamda   boshqa   yoshlar   nashrlarini   chop   etishga
ixtisoslashgan   “Yoshlar nashriyoti uyi”   tashkil qilinsin;
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi
bilan birgalikda   “Qizlarjon”   jurnalini ta’sis etsin.
11. Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqa manfaatdor
vazirlik   va   idoralar,   O‘zbekiston   yoshlar   ittifoqi   Markaziy   Kengashi,
Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   Vazirlar   Kengashi,   viloyatlar   va   Toshkent   shahar
hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda:
“Adabiyotga   e’tibor   –   ma’naviyatga,   kelajakka   e’tibor”   shiori   ostida   “Men   sevib
o‘qigan kitob” va “Eng yaxshi kitobxon” respublika tanlovlarini, “Kitob bayrami”
va “Bolalar kitoblari” an’anaviy respublika festivallarini;
“Biz   Vatanga   tayanchmiz”,   “Bizning   eng   katta   tayanchimiz   va   suyanchimiz,   hal
qiluvchi kuchimiz yoshlar” shiorlari ostidagi aksiyalarni;
“Adabiyot   va   san’at   –   shaxs   ma’naviyatini   boyitish   va   yuksaltirish   omili”
mavzusida yozuvchilar, shoirlar, san’atkorlar, adabiyotshunos olimlar ishtirokidagi
uchrashuvlarni;
respublikaning   chekka   hududlarida   xalq   rassomlari,   xalq   ustalari   bilan   bolalar,
yoshlar va ularning ota-onalari uchun “Bunyodkor xalqim bilan muloqot – ijodim
ilhomi” mavzusida master-klasslar va ijodiy uchrashuvlarni;
“Eng   buyuk   jasorat   –   ma’naviy   jasoratdir”   mavzusida   davra   suhbatlarini   doimiy
ravishda   tashkil   etish   bo‘yicha   chora-tadbirlar   rejasini   ishlab   chiqsin   va   amalga
oshirsin. 12. Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus  ta’lim  vazirligi, Bandlik  va mehnat  munosabatlari  vazirligi,
Madaniyat vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni
rivojlantirish davlat qo‘mitasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, O‘zbekiston
yoshlar   ittifoqi,   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   Vazirlar   Kengashi,   viloyatlar   va
Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda:
Andijon,   Jizzax,   Sirdaryo,   Toshkent   viloyatlari   va   Toshkent   shahar   Yoshlar
markazlari   binolarini   qurish,   Buxoro   va   Xorazm   viloyatlari   Yoshlar   markazlari
binolari qurilishini tugallash va foydalanishga topshirish, Samarqand, Qashqadaryo
viloyatlari Yoshlar markazlari binolarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash
bo‘yicha dastur loyihasini;
respublikaning   barcha   tuman   va   shaharlarida   sinov   tariqasida   11-yillik   majburiy
o‘rta   ta’lim   tizimining   joriy   etilishi   munosabati   bilan   bo‘shaydigan   kollejlarni
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tegishli kengashlari ixtiyoriga beg‘araz o‘tkazish,
ularning   negizida   barcha   qulayliklarga,   jumladan,   kutubxona   va   kitob   do‘koniga
ega   bo‘lgan   Yoshlar   markazlari   va   zamonaviy   yoshlar   kinoteatrlarini,
shuningdek,   yoshlarni,   ayniqsa,   ularning   uyushmagan   qismini   6   oygacha
bo‘lgan   muddatda   kasb-hunarga   to‘lovsiz   o‘qitish   markazlarini   tashkil   etish
dasturi   loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining:
2017-2018   o‘quv   yilidan   boshlab   umumiy   o‘rta   ta’lim   muassasalarida   “katta
yetakchi” va “to‘garak rahbari” shtat birliklarini tugatish hisobiga lavozim maoshi
yuqori   sinf   o‘qituvchisiga   tenglashtirilgan   “yoshlar   yetakchisi”   shtat   birligini
joriy etish;
o‘rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limi   muassasalarida   “yoshlar   yetakchisi”   vazifasi
yuklatilgan   xodimga   o‘rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limi   muassasasining   direktor
jamg‘armasi   mablag‘lari   hisobidan   oliy   ma’lumotli   o‘qituvchi   bazaviy   tarif
stavkasining   50 foizi miqdorida har oylik ustama   belgilash; O‘zbekiston   yoshlar   ittifoqi   Markaziy   Kengashi   qoshida   yoshlarning   xohish   va
intilishlaridan   kelib   chiqib,   yoshlar   uyushmalari   hamda   yoshlarga   ijtimoiy-
psixologik yordam ko‘rsatish markazlari ni tashkil etish;
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   huzuridagi   Davlat   boshqaruvi   akademiyasi
qoshida   Yoshlar   muammolarini   o‘rganish   va   istiqbolli   kadrlarni   tayyorlash
institutini   tashkil etish;
yurtimizda   turli   soha   va   tarmoqlarda   yuksak   natija   va   yutuqlarga   erishayotgan
yigitlarni taqdirlash maqsadida   “Mard o‘g‘lon”   davlat mukofotini ta’sis etish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, o‘qish, mehnat va jamoat ishlarida
har   tomonlama   faol   ishtirok   etayotgan   yoshlarni   taqdirlash   maqsadida   “Kelajak
bunyodkori”   medalini ta’sis etish;
2018-yilning   1-yanvaridan   boshlab   kichik   biznes   korxonalari   tomonidan
to‘lanadigan   yagona   soliq   to‘lovi   uchun   hisoblangan   summaning   8
foizini   O‘zbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazish;
ta’lim muassasasini tamomlaganiga uch yil bo‘lmagan, birinchi marta ishga qabul
qilingan   yoshlarga   daromad   solig‘ini   birinchi   yil   uchun   50   foiz,   ikkinchi   va
uchinchi yillar uchun esa 25 foizga kamaytirish;
O‘zbekiston   yoshlar   ittifoqi   qoshida   turli   fanlar,   jumladan,   chet   tillarni   o‘rgatish,
komputer   dasturlarini   tuzish   va   tadbirkorlik   asoslarini   o‘qitish   maqsadida   tashkil
etiladigan   sho‘ba korxonalarini  2027-yil  1-avgustga qadar barcha soliqlardan
ozod etish , bunda korxona ixtiyorida qoladigan summaning 20 foizini O‘zbekiston
yoshlar   ittifoqining   rivojlantirish   jamg‘armasiga   o‘tkazish   to‘g‘risidagi   takliflari
ma’qullansin.
14.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   devonining   Tashkiliy-kadrlar   xizmati
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   huzuridagi   Davlat   boshqaruvi
akademiyasining   yangilangan   ustavi   va   tuzilmasini   tasdiqlash   to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyihasini kiritsin; “Mard   o‘g‘lon”   va   “Kelajak   bunyodkori”   davlat   mukofotlarini   ta’sis   etish
to‘g‘risidagi   qonun   loyihasi ni   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining
Qonunchilik palatasiga kiritish bo‘yicha taklif tayyorlasin.
15. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston   yoshlar   ittifoqining   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi,   viloyatlar,
Toshkent   shahri,   tumanlar   va   shaharlar   kengashlari   raislari   tegishliligi   bo‘yicha
Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   Vazirlar   Kengashi   raisi,   viloyatlar,   Toshkent
shahri,   tumanlar   va   shaharlar   hokimlarining   yoshlar   siyosati   masalalari
bo‘yicha   maslahatchisi   hisoblanadi   va   maqomi   bo‘yicha   ularning   birinchi
o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi;
Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   Vazirlar   Kengashi   raisi,   viloyatlar,   Toshkent
shahri,   tumanlar   va   shaharlar   hokimlarining   yoshlar   siyosati   masalalari   bo‘yicha
maslahatchilarini   saqlash   xarajatlari   O‘zbekiston   yoshlar   ittifoqining   tegishli
kengashlari hisobidan qoplanadi;
Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   Vazirlar   Kengashi   raisi,   viloyatlar,   Toshkent
shahri, tumanlar va shaharlar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish
va   ma’naviy-ma’rifiy   ishlar   bo‘yicha   o‘rinbosari,   tuman   (shahar)   ichki   ishlar
boshqarmalari (bo‘limlari) boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari –
huquqbuzarliklar   profilaktikasi   bo‘limi   (bo‘linmasi)   boshlig‘i   O‘zbekiston
yoshlar   ittifoqi   Markaziy   Kengashi   raisi   tavsiyasi   asosida   belgilangan   tartibda
lavozimga tayinlanadi;
O‘zbekiston   yoshlar   ittifoqi   tizimida   3-yil   va   undan   ko‘p   muddat   davomida   faol
ishlab   kelayotgan   xodimlarga   uy-joy   sotib   olish   uchun   ipoteka   kreditining
boshlang‘ich   to‘lovi   O‘zbekiston   yoshlar   ittifoqining   rivojlantirish   jamg‘armasi
mablag‘lari hisobidan to‘lanadi;
O‘zbekiston   yoshlar   ittifoqining   faol   a’zosi   bo‘lgan   oliy   ta’lim   muassasalarining
bakalavriat   va   magistratura   bosqichlari   talabalariga   o‘rtacha   o‘zlashtirish
ko‘rsatkichi   86   foiz   va   undan   yuqori   bo‘lgan   taqdirda   ta’lim   bo‘yicha   to‘lov
kontrakti miqdorining 35 foizi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish
jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanadi XULOSA
1. Davlatning   qudratini   belgilaydigan   qator   omillardan   biri,   shubhasiz,
ma’nan   yetuk,   jismonan   sog‘lom,   har   tomonlama   barkamol   avlodni   voyaga
yetkazishdir.   Shu   ma’noda,   bugungi   kunda   mamlakatimizda   sog‘lom   avlodni
tarbiyalash   naqadar   muhim,   mas’uliyatli   vazifa   ekani   barchamizga   ayon.
Yoshlarga,   bolalarga   e’tibor,   darhaqiqat,   kelajakka   qo‘yilgan   sarmoyadir.
Vaholanki,   kuchli   fuqarolik   jamiyatiga   asoslangan   huquqiy-demokratik   davlat
qurish   farzandlarimizning   faol   ishtiroki,   qo‘llab-quvvatlashi   orqaligina
to‘laqonli   amalga   oshar   ekan,   ma’naviyati   yuksak,   chuqur   bilimli,   zamonaviy
fikrlaydigan,   intellektual   rivojlangan   va   professional   tayyorgarlikka   ega
bo‘lgan   o‘g‘il-qizlarni   tarbiyalash   buyuk   kelajagimizni   ham   ta’minlashiga
shubha yo‘q. Biz ajdodlarimiz Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu
Nasr Farobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy
kabi  buyuk mutafakkirlar  bo‘lganligi, shuningdek,  ularning asarlari  jahon fani
va   madaniyatida   munosib   o‘rin   egallaganligi   bilan   cheksiz   faxrlanishga
haqlimiz.   Shu   bilan   birga   bizning   beqiyos   ma’naviy   boyligimiz   insoniyat
tomonidan   to‘plangan   eng   ilg‘or   bilim   va   tajribalar   bilan   hamohanglikda
rivojlanishini   xohlaymiz.   Aynan   shunday   qarash   va   yondashuv   bizni   doimo
oldinga   harakat   qilishimiz   uchun   mustahkam   asos   bo‘lib   xizmat   qiladi.   XXI
asrga   kelib   jahonda   globallashuv   jarayonlarining   kechishi   moddiy   va   ma’naviy
ishlab   chiqarish   sohasida   yangi   texnika   va   texnologiyalarning   qo‘llanishi
oqibatida   yanada   tezlashib,   chuqurlashib,   kengayib   kishilar,   elatlar,   millatlar,
xalqlar   hayotining   barcha   sohalarini   yanada   kengroq   qamrab   olmoqda.
Natijada,   jamiyatning   moddiy   va   ma’naviy   hayotida   bir   qator   ayniyatli,
tafovutli, ziddiyatli, inkorli  narsa,  hodisa va  jarayonlarning yuz   berishi   tufayli
katta   sifatiy   va   miqdoriy   o‘zgarishlar   sodir   bo‘lmoqda.   Bunday   ijtimoiy-
iqtisodiy   ahamiyatga   molik   bo‘lgan   o‘zgarishlarga:
a)   qiymat   qonunining   transformatsiyalashuvi,   ya’ni   milliy-davlat
iqtisodiyotlariga   mos   va   mutanosib   bo‘lgan   tovar   xo‘jaligi   shart-sharoitini
tushuntirib   beruvchi   mumtoz talqinidan   voz   kechilayotganligi; b)   geoiqtisodiyot,   geomoliya,   geoboshqaruv,   geotafakkur,
geomadaniyat,   huquqiy   tizimlar   va   boshqa   komponentlarning   o‘zaro
birikish   natijasida   jahon   bozori   o‘rniga   yangi   geoiqtisodiy   makonning
shakllanib borayotganligi;   v) xalqaro iqtisodiy muomalaning azaliy
sub’ektlari bo‘lmish
davlatlarning   yangi   xususiy   sub’ektlar   hisoblanmish   transmilliy   kompaniyalar,
har   xil   tipdagi   nodavlat   ishlab   chiqarish   birlashmalari   va   boshqalarga   ommaviy
ravishda   yoppasiga   almashayotganligi;
g)   jahon   xo‘jaligini   milliy-davlat   tuzilishidan   tashqarida   faoliyat
yurituvchi yagona “megakorporatsiya”ga aylantirish tendensiyasining kuchayib
borayotganligi.   Bunda   davlatning   ko‘proq   davlat   hokimiyati   organlarining
egasi   sifatida   milliy   suverenitetini   kafolatlash   majburiyatlarini   o‘zidan   soqit
qilib,   jahon   “megakorporatsiyasi”   va   geoiqtisodiyotdan   o‘ziga   mos
oziqlanuvchi   joy   izlab,   xo‘jalik   yurituvchi   sub’ektlar   funksiyalarini   o‘z
zimmasiga   olgan   holda   har   xil   korporatsiyalar   va   boshqa   sub’ektlar   bilan
birlashib ketayotganligi;
d)   jahon   xo‘jaligi   siljib   ko‘chib   yuruvchi,chegara   bilmas   takror   ishlab
chiqarish yadrolari, sikllari va boshqalar ta’siri ostida doimiy ravishda   o‘zgarib
turuvchi   faol   markazlarga   ega   bo‘lgan   tezkor   harakatlanuvchi   jahon   iqtisodiy
tizimiga   sifat   jihatdan   sakrab   o‘tishga   qarab   borayotganligi   kiradi.
2. Har   qaysi   davlat   o‘zining   kelajagini   o‘ylagan   holda   rivojlanish
doktrinasi   va   strategiyasini   ishlab   chiqadi.   Uni   amalga   oshirish   chora-
tadbirlarini   ko‘radi.   Zero,   shunday   ekan   davlatlarning   milliy   doktirinasi   va
strategik   bisotidagi   narsalarni   amalga   oshirish   masalasi   dunyoda   yuzaga
kelayotgan   quyidagi   holatlar:
- keng   qamrovli   globallashuv   jarayonlari   ta’sirida   ichki   va   tashqi
iqtisodiy   faoliyat   sohalari,   shuningdek   ichki   va   tashqi   siyosat   o‘rtasidagi
chegaralarning   yuvilib   ketayotganligi;
- iqtisodiyotning   faol   tarzda   siyosiylashib   borayotganligi;
-milliy   iqtisodiyotning   tashqi   dunyo   bilan   qanchalik   darajada integratsiyalashganligi   bilan belgilanadi.
3. Jahon   iqtisodiyotining   globallashib   borishi   silsilasida   siyosatning
iqtisodiylashuvi   jarayoni   shiddat   bilan kuchayib bormoqda.   Bu   jarayon :
ko‘pchillik   mamlakatlar   o‘z   maqsadlarga   erishish   uchun   kerak   bo‘lgan
siyosiy   vazifalarni   hal   etishda   iqtisodiy   usullardan   keng   foydalanayotganligini;
elat, millat, xalq va davlatlardagi strategik rivojlanish vektorining   siyosiy,
mafkuraviy   va   boshqa   usullardan   iqtisodiy   usullarga   qarab   siljiyotganligini;
tashqi   muhitda   -   geoiqtisodiy   manfaatlarning   geosiyosiy   va   geostrategik
manfaatlardan   ustun   qo‘yilayotganlini;   xalqaro   diplomatiyada   esa   iqtisodiy
diplomatiyaning   birinchi   o‘ringa chiqayotganligini   ko‘rsatmoqda.
4. Geoiqtisodiy   hokimiyat   dunyoga   o‘z   qoidalarini   so‘zsiz   bajarishga
majbur   qilmoqda,   geoiqtisodiy   makon   hukumron   mavqega   chiqib   olmoqda,
geosiyosat   va   geostrategiya   itoat   etuvchi   o‘ringa   tushib   qolmoqda.   Aniqrog‘i,
geoiqtisodiy   siyosat   o‘z   irodasini   bajarishlari   uchun   hukm   chiqarmoqda,
geosiyosat   uni   oqlamoqda,   harbiylar esa   ularni   himoya   qilmoqda.
5. Geoiqtisodiy   siyosat   –   bu   jahon   xo‘jaligi   tizimining   ichki   iqtisodiy
qonun-qoida   va   tartibini,   milliy   iqtisodiyotning   tashqi   sohalar   bilan   bo‘ladigan
aloqalari   tizimining   genezisini,   milliy   iqtisodiy   siyosatni   xalqaro   iqtisodiy
maydonda   amalga   oshirish   vositasi   bo‘lgan   yuksak   geoiqtisodiy
texnologiyalarni   qo‘llashni   o‘z   ichiga   oluvchi   tashqi   iqtisodiy   siyosat   yuritish
strategiyasi va tashqi iqtisodiy doktrinani shakllantirish   konsepsiyasidir.
6. Milliy   iqtisodiyotning   geoiqtisodiy   siyosat   yuritish   tizimiga   o‘tishida
jahon   iqtisodiy   tizimining   birligi,   uning   yaxlitligi   va   bir   butunligini,   ijtimoiy
ishlab   chiqarishning   baynalmillallashuvi   hamda   ijtimoiy mehnat taqsimotining
chuqurlashuvi o‘rtasidagi o‘zaro dialektik   birlikni,   xalqaro   muomala   sahnasida
yangi   atribut   (ob’ekt   va   sub’ekt)larning   paydo   bo‘lishini   hisobga   olish   zarurati
qonuniy   ahamiyat   kasb etadi.
7. Tovar   ishlab   chiqarish   mehnat   taqsimotiga   asoslanadi.   Bu
ayirboshlashning   vujudga   kelishidagi   zaruriy   shart,   ayirboshlash   esa   takror
ishlab  chiqarishning  mo‘ljali   va  harakatlantiruvchi   kuchi   hisoblanadi.  SHunga ko‘ra   har   qanday   ishlab   chiqarilgan   tovar   xalqaro   mehnat   taqsimoti
shakllarining   u   yoki   bu   tarzdagi   ifodasi   sifatida   ko‘zga   tashlanib   turadi.
Geoiqtisodiy   siyosat   esa   ana   shu   xalqaro   mehnat   taqsimotining   turli   xil
shakllari   o‘rtasidagi   dialektik   aloqadorliklar zaminiga   quriladi.
8. Geoiqtisodiy   siyosat   tizimda   mehnat   taqsimoti   turli   xil   shakllarda
ishtirok   etadi.   Ayniqsa,   bugungi   kunda   keng   miqyosda   ilmiy   -   texnikaviy   va
ishlab   chiqarish   -   investitsion   kooperatsiyaning   jadal   sur’atlar   bilan   rivojlanishi
tovar   ayirboshlash   va   xizmatlar   ko‘rsatish   o‘rtasidagi   chegaralarining   buzilib,
aralashib   ketishiga   sabab   bo‘ldi.   Bu   esa   oqibatda   xalqaro   mehnat   taqsimotida
yangi   sub’ektlar   -   yirik   ishlab   chiqarish-   investitsion   komplekslar   o‘rtasida
firmalararo,   koorporatsiyalararo   ayirboshlashning   paydo   bo‘lishi   zaminida
koorporatsiyalararo   mehnat   taqsimotining   paydo   bo‘lishiga   olib   keldi.
9. Korporatsiyalararo   mehnat   taqsimoti   –   bu   transmilliy   asosda
shakllangan   va   tashkiliy-boshqaruv   jihatdan   baynalmillallashgan   takror   ishlab
chiqarish   yadrosi   sifatida   ish   ko‘radigan   xo‘jalik   yurituvchi   sub’ektlarning
ixtisoslashuvidir. Xalqaro mehnat taqsimotida mazkur yangi   sub’ektning paydo
bo‘lishi   bilan   jahondagi   iqtisodiy   makonlarni   falsafiy   jihatdan   tushunish   ham
o‘zgardi.   Aniqrog‘i,   iqtisodiy   makon   geoiqtisodiy   siyosat   nuqtai   nazaridan
talqin   qilina   boshlandi,   ya’ni   milliy   davlat   chegaralari   o‘rniga,   iqtisodiy
chegaralar   –   geoiqtisodiy   makon   va   zamon   haqida   ijtimoiy-falsafiy   fikrlar
o‘rtaga   tashlandi.   Bu   esa   geoiqtisodiy   siyosat   haqida   yangi   falsafiy
paradigmalarning   paydo   bo‘lishiga   olib kelmoqda.
10. O‘zbekistonda   geoiqtisodiy   siyosat   yuritishning   tarixiy   ildizi
insoniyat rivojining eneolit va bronza davriga borib taqaladi (miloddan   avvalgi
VI-V   ming   yilliklarga).   Falsafiy   asoslari   esa   bundan   2700   yil   oldin   bitilgan
“Avesto”   kitobida   bayon   qilingan   fikrlardan   boshlanib   geodetermenistik,
tadbirkorlik   kabi   falsafiy   paradigmalarni   o‘z   ichiga   qamrab   oladi.
11. O‘zbekistonda   olib   borilayotgan   geoiqtisodiy   siyosat   o‘zining
muayyan   atributlariga   egadir.   Bular   ichida   mamlakatimizning   tabiiy   resurslari,
geografik   joylashuvi,   ishlab   chiqarish-investitsion   salohiyati,   transport kommunikatsiyalari,   geoiqtisodiy   xotirasi,   geoiqtisodiy   tafakkuri,   geoiqtisodiy
urushlarning   oldini   olishga   bo‘lgan   munosabati   o‘zining   insonparvarlik,
bag‘rikenglik,   uzoqni   ko‘zlab   ish   olib   borish,   o‘zaro   manfaatli   hamkorlik qilish,
tinchlik   va   barqarorlikni   ta’minlashni   amalga   oshirish   kabi   xususiyatlari   bilan
ajralib   turadi.
12. Bugungi   dunyoning   geoiqtisodiy   manzarasini   anglab   etish,   xususan
O‘zbekistonning   geoiqtisodiy   manzarasini   shakllantirish   va   rivojlantirish
geoiqtisodiy   siyosatni   og‘ishmay   amalga   oshirishda   nazariy   va   amaliy   jihatdan
muhim ahamiyat kasb etadi. Busiz ichki va tashqi imkoniyatlarimizni   bilish   va
uni   ishga   solish   ancha   murakkab   kechishi   muqarrardir.
13. O‘zbekiston   yuritayotgan   geoiqtisodiy   siyosat   muayan   ijtimoiy
qonunlar:   geodetermenistik,   transkommunikatsion   faollik,   o‘zaro   manfaatli
hamkorlikda   milliy   manfaatlarning   ustuvorligi,   ma’naviy   konsensus   kabilarni
bilish   va   amalda   qo‘llashga   asoslanadi.   Mazkur   qonunlar   geoiqtisodiy
siyosatning   yo‘nalishlarini   belgilab   beruvchi   ob’ektiv   mazmunga   ega   bo‘lgan
ma’naviy   kuch   vazifasini   ham   o‘taydi.   Bu   esa   ulardagi   moddiy   va   ma’naviy
tomonlarining   tabiatan   o‘zaro   uyg‘un   ekanligidan   kelib   chiqadi.
Tadqiqotning   umumiy   xulosalaridan   kelib   chiqib,   quyidagi   taklif   va
tavsiyalar ni berish   mumkin:
1. Dunyoda   yuz   berayotgan   iqtisodiy   globallashuv   va   regionlashuv
jarayonlarining   rivojlanish   mantig‘idan   kelib   chiqqan   holda   xalqimizning
jahondagi   geoiqtisodiy   makonlardan   daromad   topish   va   foyda   ko‘rishini
ta’minlashda   metodologik   asos   vazifasini   o‘tovchi   -   geoiqtisodiy   siyosat
doktirinasini   ishlab   chiqish   hamda   uni   o‘zida   aks   ettiruvchi   “O‘zbekistonning
geoiqtisodiy   siyosati”   nomli normativ-huquqiy hujjat   qabul   qilish.
2. O‘zbekistonda   mavjud   bo‘lgan   turli   xil   mulkchilik   asosida   faoliyat
yuritayotgan   davlat,   nodavlat,   ochiq   yoki   yopiq   turdagi   hissadorlik   ishlab
chiqarish   va   xizmatlar   ko‘rsatish   birlashmalari-   konserenlar,   firmalar,   kichik
biznes   va   xususiy   tadbirkorlik   korxonalarining   geoiqtisodiy   makonlarga   erkin chiqishini   ta’minlovchi   normativ-huquqiy   hujjatlar   majmuasi ni   yaratish.
3. O‘zbekiston   geoiqtisodiy   siyosatining   sub’ektlarini   geoiqtisodiy
makonlarda   xalqimizning   milliy   manfaatlarini   ko‘zlab   ish   yuritishlarini
ta’minlash   maqsadida   ularning   ongida   bugungi   dunyoning   geoiqtisodiy
manzarasini   shakllantirish   borasidagi   ma’naviy-ma’rifiy   ishlarni   yo‘lga
qo‘yish.   Buning   uchun   esa   xalqimizning   moddiy   va   ma’naviy   farovonligini
ko‘zlab   ish   yuritayotgan   jamoat   tashkilotlari   -   partiyalar,   kasaba   uyushmalari,
yoshlar   va   xotin-qizlar   tashkilotlari,   turli   jamg‘armalarda   geoiqtisodiy
makonlardan   daromad   topish   va   foyda   ko‘rishning   afzalliklari   haqida
konferensiyalar,   davra   suhbatlari,   ma’rifiy   o‘qishlarni   tashkil   etish.
4. Milliy   g‘oyani   xalq   ongi   va   qalbiga   singdirishda   xalqimizning
farovonligini   tashqi   iqtisodiy   omillar   orqali   ta’minlashda   geoiqtisodiy   siyosat
yuritishning   afzalliklarini   tushuntirib   berishga   xizmat   qiladigan   “jamoatchi
mutaxassis” larni   tayyorlash   hamda   mazkur   fenomenning   rivojlanish
qonuniyatlarini,   ob’ektiv   va   sub’ektiv   omillarini,   amalga   oshirish   prinsip   va
vositalarini   ijtimoiy-falsafiy   jihatdan   tahlil   qilish   bag‘ishlangan   keng   qamrovli
ilmiy tadqiqot   ishlarini   olib borish.
5. O‘zbekiston   davlatining   ochiq   geoiqtisodiy   siyosat   yuritayotganligini
inobatga   olgan   holda   mamlakatimizda   nashr   etilayotgan   gazeta   va   jurnallarda
hamda   internet   tarmog‘ida   “YAngi   O‘zbekistonning   geoiqtisodiy   siyosati”
nomli   rubrika   va   sayt   ochish   va   shu   asosda   geoiqtisodiy   makonlarda   yuz
berayotgan   nafaqat   iqtisodiy,   balki,   ijtimoiy   -   siyosiy,   ma’naviy-ma’rifiy
jarayonlarni   ham   yoritib   borishni   yo‘lga   qo‘yish. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. 2016 yil 14 sentyabrdagi «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonun
/  https://lex.uz/docs/3026246
2. O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti Sh.Mirziyoev BMTning 72-sessiyasida
so‘zlagan   nutqi   //   https://uza.uz/uz/posts/zbekiston-prezidenti-shavkat-
mirziyeevbmt-bosh-assambleyasi-20-09-2017  
3.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoevning   O‘zbekiston
yoshlari   forumidagi   ma’ruzasi   //   https://uza.uz/uz/posts/ozbekiston-
respublikasi-prezidentishavkat-mirziyoevning-ozbekiston-yoshlari-forumida-
sozlagan-nutqi_197662  
4.   Juraev   S.A.   Osobennosti   formirovaniya   gosudarstvennoy   molodejnoy
politiki   Respubliki   Uzbekistan   v   perexodniy   period:   teoriya   i   praktika.
Ar.diss...dok.politol.n..-T.,   1994.   -S.17.   5.   Yusupova   N.J.   Islomda   ayol
huquqlari.   Toshkent:   O‘zbekiston   Respublikasi   Ichki   ishlar   vazirligi
akademiyasi, 2006 
6.   Hasanov   A.   Qadimgi   Arabiston   va   ilk   islom.   Johiliya   asri.   T.:   Toshkent
islom universiteti, 2001. B.11 
7. Hikmatlar xazinasi. T.: G‘afur G‘ulom, 1993. B.69 
8.   Falsafa:   qomusiy   lug‘at:   (Tuzuvchi   va   mas’ul   muharrir   Q.Nazarov).   –T.:
“Sharq”   nashriyot-matbuot   aksiyadorlik   kompaniyasi   Bosh   tahririyati,   2004,
160-bet. 
9.   Khajieva,   I.,   Khujaniyazova,   G.,   Kenjaeva,   K.,   &   Jumaniyozov,   F.   (2020).
Foreign   language   competenceformation   of   the   future   teacher   of   vocational
education in the information and educational environment. European Journal of
Molecular & Clinical Medicine, 7(2), 360-365. 
10. Zhabborova, O. I., & Kenjaeva, H. P. (2018). Bases  of gender equality of
rights  in  Uzbekistan.  Международнiй  журнал гуманитарнiх  и  естественнiх
наук,   (5-2).   11.   Кенжаева,   Х.   П.,   Тожиев,   Ф.   И.,   &   Жураев,   Б.   Н.   (2014).
РОЛЬ ЖЕНЩИН В СОЗДАНИИ И РАЗВИТИИ ДЕМОКРАТИЧЕСКОГО
ОБЩЕСТВА   В   УЗБЕКИСТАНЕ.   In   Инновации   в   технологиях   и образовании (pp. 119-123). 
12.   Кенжаева,   Х.   П.   (2021).   ФУQАРОЛИК   МАДАНИЯТИ   МЕЗОНЛАРИ
ШАРQ   ФАЛСАФАСИ   ТАЛQИНИДА.   Academic   research   in   educational
sciences, 2(3). 
13.   Кенжаева,   Х.   П.   (2021).   Аёллар   ижтимоий   фаоллигини   оширишда
фуqаролик институтларининг o‘рни. Scientific progress, 1(6), 957-961. 
14.   Кенжаева,   Х.   (2021).   Миллий   маънавий   меросимизда   таълим-тарбия
масалалари. Общество и инновации, 2(6/S), 18-24.  YOSHLAR SIYOSATI BO‘YICHA TEGISHLI HUQUQIY-ME’YORIY
HUJJATLAR
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI TO‘G RISIDAʻ
Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 12 avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2016 yil 24 avgustda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu   Qonunning   maqsadi   yoshlarga   oid   davlat   siyosati   sohasidagi
munosabatlarni
tartibga solishdan iborat.
2-modda. Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa
qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston
Respublikasining   yoshlarga   oid   davlat   siyosati   to‘g‘risidagi   qonun   hujjatlarida
nazarda
tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari
qo‘llaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
yoshlarga oid davlat siyosati — davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda
yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa
yo‘nalishdagi   salohiyatini   kamol   toptirish   uchun   shart-sharoitlar   yaratilishini
nazarda
tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi;
yoshlar   (yosh   fuqarolar)   —   o‘n   to‘rt   yoshga   to‘lgan   va   o‘ttiz   yoshdan   oshmagan
shaxslar;
yosh oila — er-xotinning ikkisi ham o‘ttiz yoshdan oshmagan oila yoxud farzand
(bola)   tarbiyalab   voyaga   yetkazayotgan   o‘ttiz   yoshdan   oshmagan   yolg‘iz   otadan
yoki   yolg‘iz   onadan   iborat   bo‘lgan   oila,   shu   jumladan   nikohdan   ajralgan,   beva
erkak (beva ayol);
yosh mutaxassis — oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini
bitirgan, ta’lim muassasasini bitirganidan so‘ng olgan ixtisosligi bo‘yicha uch yil
ichida   ishga   kirgan   va   ma’lumoti   to‘g‘risidagi   hujjatda   ko‘rsatilgan   ixtisosligi
bo‘yicha
ishlayotganiga uch yildan ko‘p bo‘lmagan o‘ttiz yoshdan oshmagan xodim;
yoshlar tadbirkorligi — yuridik shaxs tashkil etmagan holda yosh fuqarolar
tomonidan,   shuningdek   ta’sischilari   yosh   fuqarolar   bo‘lgan   yuridik   shaxslar
tomonidan
amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati.
4-modda. Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsiplari
Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: ochiqlik va shaffoflik;
yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda yoshlarning ishtirok etishi;
yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
ma’naviy, axloqiy va madaniy qadriyatlarning ustuvorligi;
yoshlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmasligi.
5-modda. Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
yoshlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash;
yoshlarning ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol
topishiga ko‘maklashish;
yoshlar uchun ochiq va sifatli ta’limni ta’minlash;
yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish;
yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va
umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura
oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash;
yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan,
terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo‘ravonlik va
shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilish;
yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish;
iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish;
yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
yoshlarda   sog‘lom   turmush   tarziga   intilishni   shakllantirish,   shuningdek
yoshlarning
bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish
uchun shart-sharoitlar yaratish;
yosh   oilalarni   ma’naviy   va   moddiy   jihatdan   qo‘llab-quvvatlash,   ular   uchun
munosib
uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar
tizimini amalga oshirish;
yoshlarning huquqlari va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish sohasida faoliyatni
amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
6-modda. Yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlari, hududiy
va boshqa dasturlar
Yoshlarga oid davlat siyosati davlat dasturlari, hududiy va boshqa dasturlar asosida
amalga oshirilishi mumkin.
Davlat dasturlari, hududiy va boshqa dasturlar yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlash, yosh fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hamda madaniy
huquqlari,   erkinliklari   va   qonuniy   manfaatlarini   himoya   qilish   va   ro‘yobga
chiqarishni
ta’minlaydigan zarur shart-sharoitlarni yaratish, jamiyat hayotida ularning o‘rni va
faolligini oshirish, sog‘lom va barkamol yosh avlodni tarbiyalash maqsadida ishlab
chiqiladi hamda amalga oshiriladi.
2-bob.   Yoshlarga   oid   davlat   siyosatini   ro‘yobga   chiqarishni   amalga   oshiruvchi
hamda unda ishtirok etuvchi organlar va muassasalar
7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoshlarga oid
davlat siyosati sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
yoshlarga oid davlat siyosatining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi;
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishi va
amalga oshirilishini ta’minlaydi;
yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan normativ-huquqiy
hujjatlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
yoshlarga   oid   davlat   siyosatini   ro‘yobga   chiqarishni   amalga   oshiruvchi   hamda
unda
ishtirok etuvchi organlar va muassasalarning faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida
muvofiqlashtiradi;
yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishning borishini umumlashtirish va
tahlil   qilishni   tashkil   etadi   hamda   uni   yanada   takomillashtirish   bo‘yicha   chora-
tadbirlar
ko‘radi;
yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish masalalari bo‘yicha davlat
organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati
boshqa institutlarining hamkorligini ta’minlaydi;
yoshlarga oid davlat siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yoshlarga oid davlat
siyosati sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
tegishli hududda yoshlarga oid davlat siyosatining ro‘yobga chiqarilishini
ta’minlaydi;
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi,
tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
tegishli   hududda   yoshlarga   oid   davlat   siyosatini   ro‘yobga   chiqarishda   ishtirok
etuvchi
organlar va muassasalarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
yoshlarga   oid   davlat   siyosatini   ro‘yobga   chiqarishning   samaradorligini   oshirish
uchun
yoshlarning ehtiyoji monitoringi olib borilishini va baholanishini ta’minlaydi;
yoshlarning bandligi va ularni ishga joylashtirish siyosati ro‘yobga chiqarilishini
ta’minlaydi, mehnat bozori va yosh mutaxassislarni ishga joylashtirish amaliyoti
monitoringini tashkil etadi;
yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda nodavlat notijorat
tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda fuqarolik
jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
9-modda. Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi organlar va muassasalar tizimi
Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi organlar va
muassasalar tizimiga quyidagilar kiradi:
ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari;
davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash
muassasalari;
madaniyat va sport ishlari bo‘yicha organlar;
mehnat organlari;
prokuratura organlari;
ichki ishlar organlari;
adliya organlari;
mudofaa ishlari bo‘yicha organlar.
Yoshlarga   oid   davlat   siyosatini   ro‘yobga   chiqarishda   boshqa   organlar   va
muassasalar
ham qonun hujjatlariga muvofiq ishtirok etishi mumkin.
10-modda. Ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlarining va ta’lim
muassasalarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari
Ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari:
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa
dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
ta’lim sifatini oshirishga, malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan
normativ-huquqiy hujjatlarni va boshqa hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
manfaatdor   organlar   va   muassasalar   bilan   birgalikda   o‘rta   maxsus,   kasb-hunar
vaoliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bandligining tahlilini amalga oshiradi
hamda uning natijalari asosida ta’lim muassasalarida mutaxassislarni tayyorlashni
takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
yoshlarning ta’limi va tarbiyasi sifatini oshirish, o‘quv jarayoniga ta’limning
zamonaviy shakllari va usullarini joriy etish chora-tadbirlarini ko‘radi;
ta’lim muassasalarida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni ta’minlash
maqsadida sport seksiyalari, fan, texnika to‘garaklari va ijodiy to‘garaklar, klublar
tashkil etadi;
yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, shuningdek ularni
ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga doir faoliyatda ishtirok etadi;
imkoniyati cheklangan yoshlarga ijtimoiy-psixologik va pedagogik yordam
ko‘rsatadi;
yosh fuqarolarni ijtimoiy reabilitasiya qilish va ijtimoiy moslashtirish
bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi;
yoshlarga   oid   davlat   siyosatini   ro‘yobga   chiqarishda   ishtirok   etuvchi   boshqa
organlar
va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
Ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
11-modda. Davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlarining va
sog‘liqni saqlash muassasalarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi
vakolatlari Davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash
muassasalari:
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa
dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
yoshlar o‘rtasida sanitariya-gigiyenaga oid bilimlarni tarqatish va sog‘lom turmush
tarzini shakllantirish bo‘yicha targ‘ibotni tashkil etadi;
yoshlar o‘rtasida tizimli tibbiy tekshiruvlarni tashkil etadi;
imkoniyati cheklangan yoshlarni tibbiy-ijtimoiy reabilitasiya qilish bo‘yicha
chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
ichkilikbozlikka, giyohvandlikka, zaharvandlikka chalingan, ruhiy holati
buzilgan,   yuqumli   kasalliklarga   va   boshqa   ijtimoiy   xavfli   kasalliklarga   chalingan
yosh
fuqarolarni aniqlaydi, ularni hisobga olishni, tekshiruvdan o‘tkazishni, shuningdek
tibbiy-ijtimoiy reabilitasiya qilishni va ijtimoiy moslashtirishni amalga oshiradi;
yoshlarga   oid   davlat   siyosatini   ro‘yobga   chiqarishda   ishtirok   etuvchi   boshqa
organlar
va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
Davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash
muassasalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi
mumkin.
12-modda. Madaniyat va sport ishlari bo‘yicha organlarning yoshlarga oid
davlat siyosati sohasidagi vakolatlari
Madaniyat va sport ishlari bo‘yicha organlar:
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa
dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush
tarzini shakllantirishga bo‘lgan intilishni va sportga qiziqishni rag‘batlantirish
bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
yoshlar o‘rtasida xalq o‘yinlari, milliy va boshqa sport turlari bo‘yicha
musobaqalar o‘tkazilishini tashkil etadi;
yoshlar o‘rtasida badiiy ijodiyotni, xalq va havaskorlik ijodiyotini targ‘ib
qilishni amalga oshiradi;
yoshlar o‘rtasida kino, teatr, musiqa, xoreografiya, tasviriy, sirk, xalq amaliy
san’atini va estrada san’atini rivojlantirishga, ularning g‘oyaviy-badiiy va axloqiy
saviyasini oshirishga ko‘maklashadi;
yoshlar o‘rtasidagi ommaviy-madaniy va bayram tadbirlari g‘oyaviy mazmun bilan
to‘ldirilishini ta’minlaydi, ijodiy uyushmalar va boshqa nodavlat notijorat
tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;
yoshlar o‘rtasida xalqaro madaniy, sport aloqalarini rivojlantirish va
mustahkamlashda,   konferensiyalar,   ko‘rgazmalar,   sport   musobaqalarini
o‘tkazishda
ishtirok etadi;
ijodkor yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashadi, ularning o‘z
iqtidori   va   iste’dodini   to‘laqonli   namoyon   qilishi   uchun   zarur   shart-sharoitlar
yaratadi; xalqaro va respublika miqyosidagi ijodiy safarlarning tashkil etilishini hamda
madaniyat va sport sohasida o‘tkazila digan ko‘riklarda, tanlovlarda, festivallarda,
boshqa tadbirlarda iqtidorli va iste’dodli yoshlarning ishtirok etishini ta’minlaydi;
yoshlarga   oid   davlat   siyosatini   ro‘yobga   chiqarishda   ishtirok   etuvchi   boshqa
organlar
va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
Madaniyat va sport ishlari bo‘yicha organlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
13-modda. Mehnat organlarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi
vakolatlari
Mehnat organlari:
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa
dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
yoshlarning bandligi darajasini tizimli asosda tahlil qiladi, ularning
bandligini ta’minlashda ishtirok etadi;
yoshlarni kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash bo‘yicha tizimni tashkil etadi;
yoshlarga   oid   davlat   siyosatini   ro‘yobga   chiqarishda   ishtirok   etuvchi   boshqa
organlar
va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
Mehnat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga
oshirishi mumkin.
14-modda. Prokuratura organlarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi
vakolatlari
Prokuratura organlari:
yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining aniq va bir xilda
ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok
etadi;
yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu
jumladan   huquqbuzarliklarning   sodir   etilishi   sabablarini   va   bunga   imkon
berayotgan
shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;
yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir faoliyatda
ishtirok etadi;
yoshlarga   oid   davlat   siyosatini   ro‘yobga   chiqarishda   ishtirok   etuvchi   boshqa
organlar
va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
Prokuratura organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham
amalga oshirishi mumkin.
15-modda. Ichki ishlar organlarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi
vakolatlari
Ichki ishlar organlari:
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa
dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir faoliyatda ishtirok etadi;
yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu
jumladan   huquqbuzarliklarning   sodir   etilishi   sabablarini   va   bunga   imkon
berayotgan
shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;
yosh fuqarolarni ijtimoiy reabilitasiya qilish va ijtimoiy moslashtirish chora-
tadbirlarini ko‘radi;
yoshlarga   oid   davlat   siyosatini   ro‘yobga   chiqarishda   ishtirok   etuvchi   boshqa
organlar
va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
Ichki ishlar organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham
amalga oshirishi mumkin.
16-modda. Adliya organlarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi
vakolatlari
Adliya organlari:
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa
dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok
etadi;
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni
takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir faoliyatni
amalga oshiradi hamda muvofiqlashtiradi;
yoshlarga   oid   davlat   siyosatini   ro‘yobga   chiqarishda   ishtirok   etuvchi   boshqa
organlar
va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
Adliya organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga
oshirishi mumkin.
17-modda. Mudofaa ishlari bo‘yicha organlarning yoshlarga oid davlat siyosati
sohasidagi vakolatlari
Mudofaa ishlari bo‘yicha organlar:
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa
dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
yoshlarning chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligini tashkil etishda ishtirok
etadi;
yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan va harbiy-vatanparvarlik ruhida
tarbiyalashga doir tadbirlarda ishtirok etadi;
yoshlarga   oid   davlat   siyosatini   ro‘yobga   chiqarishda   ishtirok   etuvchi   boshqa
organlar
va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
Mudofaa ishlari bo‘yicha organlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
18-modda. Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda fuqarolar o‘zini
o‘zi boshqarish organlarining ishtirok etishi
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari: yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa
dasturlarni   ishlab   chiqish   hamda   amalga   oshirishda   ishtirok   etadi;   davlat   va
xo‘jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va
boshqa tashkilotlar bilan birgalikda kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan yosh
fuqarolarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qo‘shimcha moddiy yordam
ko‘rsatadi;
yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga,
ularning jamiyat hayotidagi roli va faolligini oshirishga, sog‘lom va barkamol yosh
avlodni tarbiyalashga, oilada ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirishga qaratilgan
chora-tadbirlarni ko‘radi;
yoshlarni tarbiyalash masalalari yuzasidan ta’lim muassasalari va boshqa
muassasalar bilan hamkorlik qiladi;
tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda
yoshlarning bandligini ta’minlashga ko‘maklashadi;
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi,
davlat dasturlarining va hududiy dasturlarning ro‘yobga chiqarilishi ustidan
jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
yoshlarga   oid   davlat   siyosatini   ro‘yobga   chiqarishda   boshqa   organlar   va
muassasalar,
nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan
hamkorlik qiladi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
19-modda. Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda nodavlat
notijorat tashkilotlarining ishtirok etishi
Nodavlat notijorat tashkilotlari:
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa
dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
yoshlarda hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarni shakllantirishda, ularni
qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va
oqimlarga qarshi tura oladigan qilib tarbiyalashda ishtirok etadi;
sog‘lom va barkamol yoshlarni tarbiyalashga, jamiyat hayotida ularning roli hamda
faolligini oshirishga doir tadbirlarni tashkil etadi va o‘tkazadi;
yoshlarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni, yosh fuqarolarning shaxsiy,
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hamda madaniy huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilishni hamda ro‘yobga chiqarishni ta’minlaydigan shart-
sharoitlarni yaratishga ko‘maklashadi;
fan, sport, san’at va madaniyat sohasida yoshlarning ijodiy iste’dodi va
qobiliyatini erta aniqlashga hamda rivojlantirishga ko‘maklashadi;
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi,
davlat dasturlarining va hududiy dasturlarning ro‘yobga chiqarilishi ustidan
jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
yoshlarda sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirishda, yuqumli
kasalliklarga va boshqa ijtimoiy xavfli kasalliklarga, ichkilikbozlikka,
giyohvandlikka,   zaharvandlikka,   kashandalikka   hamda   o‘zga   zararli   illatlarga qarshi
kurashishga   doir   profilaktika   chora-tadbirlarini   amalga   oshirishda,   yoshlarning
bo‘sh
vaqtlarini mazmunli tashkil etishda, yoshlar sportini ommaviy rivojlantirishda
ishtirok etadi;
yoshlar orasida ekologik madaniyatni oshirishga, ekologik ta’lim va tarbiyani
rivojlantirishga ko‘maklashadi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoshlarni o‘qitish bilan shug‘ullanishi
mumkin;
yoshlarni tadbirkorlikka jalb etishga, kasbga yo‘naltirishga, qayta tayyorlashga va
malakasini oshirishga ko‘maklashadi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
Davlat yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda nodavlat notijorat
tashkilotlarining ishtirok etishini kafolatlaydi va ta’minlaydi.
20-modda. Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ommaviy axborot
vositalarining ishtirok etishi
Ommaviy axborot vositalari:
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa
dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
yoshlarga   oid   davlat   siyosatini   ro‘yobga   chiqarishga,   shu   jumladan   sog‘lom   va
barkamol
yosh   avlodni   tarbiyalashga,   jamiyat   hayotida   uning   roli   va   faolligini   oshirishga,
huquqiy
ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarni yoritadi;
yoshlarning ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol
topishiga ko‘maklashishga doir tadbirlarda ishtirok etadi;
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi,
davlat dasturlari va hududiy dasturlar ro‘yobga chiqarilishi ustidan jamoatchilik
nazoratini   amalga   oshiradi;   yoshlarga   oid   davlat   siyosatini   ro‘yobga   chiqarishni
amalga oshiruvchi hamda unda
ishtirok   etuvchi   organlar   va   muassasalar,   shuningdek   fuqarolik   jamiyatining
boshqa
institutlari   bilan   yoshlarga   oid   davlat   siyosatini   ro‘yobga   chiqarish   masalalari
bo‘yicha
hamkorlik qiladi.
Ommaviy axborot vositalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlarda
ham ishtirok etishi mumkin.
21-modda. Yoshlarning nodavlat notijorat tashkilotlari
Yoshlarning nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar
tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z
faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani)
o‘z
ishtirokchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan, yoshlarning shaxsiy, siyosiy,
iqtisodiy, ijtimoiy hamda madaniy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishni hamda himoya qilishni, shuningdek yoshlarning
ijtimoiy faolligini oshirishni o‘zining maqsadlari deb biladigan, o‘zini o‘zi
boshqaradigan tashkilotdir.
Yoshlarning nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat moddiy va moliyaviy
jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi, ularga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ta’lim
muassasalarining   binolaridan,   klublar,   madaniyat   va   aholi   dam   olish
markazlaridan,
sport inshootlaridan va boshqa inshootlardan foydalanish huquqini beradi.
Yoshlarning nodavlat notijorat tashkiloti o‘z ustavida nazarda tutilgan,
faoliyatini moddiy jihatdan ta’minlash uchun zarur bo‘lgan binolarga, inshootlarga,
uy-
joy fondiga, uskunalarga, ashyolarga, madaniy-ma’rifiy va sog‘lomlashtirish uchun
mo‘ljallangan   mol-mulkka,   pul   mablag‘lariga,   qimmatli   qog‘ozlarga   va   boshqa
mol-mulkka
ega bo‘lishi mumkin.
O‘n to‘rt yoshga to‘lgan shaxs yoshlarning nodavlat notijorat tashkiloti a’zosi
bo‘lishi mumkin. Yoshlarning nodavlat notijorat tashkilotiga a’zo bo‘lish, a’zolikni
yo‘qotish shartlari va tartibi, shu jumladan yoshiga ko‘ra uning a’zoligidan chiqish
shartlari tegishli nodavlat notijorat tashkilotining ustavida belgilanadi.
3-bob. Yoshlarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish
22-modda. Yoshlar huquqlari va erkinliklarining kafolatlari
O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga hamda qonunga muvofiq har bir
yosh fuqaroning huquqlari va erkinliklari kafolatlanadi.
Yosh fuqarolarning huquqlari va erkinliklari cheklanishi mumkin emas, qonunda
belgilangan hollar bundan mustasno.
Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va
ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, yoshlarning huquqlari va erkinliklarini biror bir
tarzda bevosita yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi hamda bunday cheklash
qonun
hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Davlat voyaga yetmaganlarni jazoni ijro etish muassasalarida va
ixtisoslashtirilgan   o‘quv-tarbiya   muassasalarida   saqlashda   shaxsning   huquqlariga
va
qadr-qimmati hurmat qilinishiga, insonparvarlik prinsiplariga rioya etilishini
kafolatlaydi.
Voyaga yetmaganlar uchun ular sodir etgan huquqbuzarlikning og‘irlik darajasi va
ularning yoshi hisobga olingan holda jazoni ijro etish muassasalarida va
ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida qonun hujjatlariga muvofiq
tabaqalashtirilgan rejimda saqlash nazarda tutiladi.
23-modda. Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish kafolatlari
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoshlar uchun quyidagilar
kafolatlanadi:
bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilishi;
bepul umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi olish;
davlat ta’lim muassasalarida davlat grantlari doirasida bepul oliy ta’lim olish;
davlat sport-sog‘lomlashtirish va madaniy-ma’rifiy muassasalariga borish uchun
shart-sharoitlar yaratish;
uy-joy qurish, olish va uni rekonstruksiya qilish uchun imtiyozli kreditlar
berish;
ta’lim muassasalarida o‘qish uchun imtiyozli kreditlar berish;
yetim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turar
joylar bilan ta’minlash;
o‘rta maxsus, kasb-hunar yoki oliy ta’lim muassasasini bitirganidan keyin
bandlikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish;
mehnat sohasida yoshga doir o‘ziga xosliklarni inobatga olgan holda imtiyozlar
berish va ishni ta’lim bilan qo‘shib olib borish uchun shart-sharoitlar yaratish;
ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini loyihalashtirish va qurish chog‘ida
yoshlarning ehtiyojlarini hisobga olish;
jamoat   transportidan   foydalanishda   imtiyozlar   berish.   Ish   topishda   qiynalayotgan
va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga
qodir   bo‘lmagan   yosh   fuqarolarni   ishga   joylashtirishga   yordam   qo‘shimcha   ish
o‘rinlari va
ixtisoslashtirilgan korxonalarni barpo etish, o‘qitish bo‘yicha maxsus dasturlarni
tashkil   etish,   shuningdek   ijtimoiy   himoyaga   muhtoj   bo‘lgan   yoshlarni   ishga
joylashtirish
uchun korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda ish joylarining eng kam miqdori
zaxirasini yaratish yo‘li bilan ta’minlanadi.
Kam ta’minlangan yosh oilalarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
moddiy yordam berish choralari ko‘rilishi mumkin.
O‘quv jarayoni vaqtida o‘quvchilar va talabalarni jamoatchilik ishlariga jalb
etishga   yo‘l   qo‘yilmaydi,   bundan   ular   tomonidan   tanlangan   mutaxassislikka   mos
va o‘quv-
ishlab chiqarish amaliyotining shakli bo‘lgan hollar yoxud o‘quvchilar va talabalar
o‘qishdan
bo‘sh vaqtida ixtiyoriy mehnat qilgan hollar mustasno. Mazkur mehnat faoliyatiga
mehnat
to‘g‘risidagi yoki fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq shartnoma mavjud bo‘lgan
taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
Qonun hujjatlarida yoshlarni ijtimoiy himoya qilishning boshqa kafolatlari
ham berilishi mumkin.
24-modda. Yoshlarni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlashning qo‘shimcha chora-
tadbirlari
Yosh   fuqarolar   va   yosh   oilalar   uchun   qulay   shart-sharoitlar   yaratish   maqsadida
davlat
tomonidan   quyidagilar   vositasida   yoshlarni   qo‘llab-quvvatlashning   qo‘shimcha
chora-
tadbirlari nazarda tutilishi mumkin:
oilaviy hayotga oid muammolar, psixologik-pedagogik, huquqiy va boshqa
masalalar yuzasidan maslahatlar berish tizimini rivojlantirish; yoshlarga ijtimoiy xizmat, ijtimoiy yordam ko‘rsatuvchi nodavlat notijorat
tashkilotlari tizimini rivojlantirish;
yoshlarning dam olishi va ularni sog‘lomlashtirishni tashkil etish tizimini
rivojlantirish.
Qonun hujjatlarida yoshlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa
qo‘shimcha chora-tadbirlari ham nazarda tutilishi mumkin.
25-modda. Iqtidorli va iste’dodli yoshlarni davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash
Iqtidorli va iste’dodli yoshlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash:
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mukofotlar, stipendiyalar belgilash,
ta’lim grantlari taqdim etish;
fan, madaniyat va san’at sohasida ijodiy ustaxonalar va maktablarni tashkil
etishga ko‘maklashish;
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida sport
seksiyalari, fan, texnika to‘garaklari va ijodiy to‘garaklar faoliyatini tashkil etish;
iqtidorli va iste’dodli yoshlarni aniqlash va rag‘batlantirish maqsadida
tanlovlar, olimpiadalar, ko‘rgazmalar, festivallar, ko‘riklar, konsertlar,
simpoziumlar, o‘qishlar, konferensiyalar, seminarlar tashkil etish hamda o‘tkazish;
yoshlarga oid xalqaro tajriba almashuvi;
iqtidorli va iste’dodli yoshlarni ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida, shu
jumladan xorijiy mamlakatlarda o‘qitish, qayta tayyorlash va amaliyotni o‘tash
dasturlaridan tanlov asosida foydalanishini ta’minlash;
ilmiy-tadqiqot, madaniy-ma’rifiy ishlarni o‘tkazish uchun yosh mutaxassislar va
olimlarga   shart-sharoitlar   yaratish,   yosh   olimlarning   ishlanmalarini   amaliyotga
joriy
etishga   ko‘maklashish,   shuningdek   yoshlarning   kadrlar   salohiyatini   saqlab   qolish
hamda
rivojlantirish;
sport-ta’lim muassasalari, klublari tarmoqlarini rivojlantirish, iqtidorli va
iste’dodli   yosh   sportchilarni   qo‘llab-quvvatlash,   yoshlar   o‘rtasida   sport
musobaqalarini
o‘tkazish;
iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlayotgan jismoniy va yuridik
shaxslarni   qonun   hujjatlarida   belgilangan   tartibda   rag‘batlantirish   yo‘li   bilan
amalga
oshiriladi.
Qonun hujjatlarida iqtidorli va iste’dodli yoshlarni davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlashning boshqa chora-tadbirlari ham nazarda tutilishi mumkin.
26-modda. Yoshlar tadbirkorligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
Davlat yoshlarning iqtisodiy mustaqilligini qo‘llab-quvvatlaydi.
Yoshlar tadbirkorligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash:
davlat organlari tomonidan yoshlar tadbirkorligini tashkil etishda ko‘maklashish;
yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish maqsadida imtiyozli kreditlar
berish;
yoshlarni tadbirkorlik faoliyati asoslari bo‘yicha o‘qitish, ta’lim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasida hamkorlikni shartnoma asosida rivojlantirish;
yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash dasturlarini ishlab chiqish va ro‘yobga
chiqarish  yo‘li  bilan  amalga   oshiriladi.  Yoshlar   tadbirkorligini   qo‘llab-quvvatlash
maqsadida davlat tomonidan qonun
hujjatlariga muvofiq tegishli imtiyozlar va afzalliklar belgilanadi.
27-modda. Yoshlar ijtimoiy xizmati
Yoshlarni va yosh oilalarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasida yoshlar ijtimoiy xizmati faoliyat ko‘rsatadi.
Yoshlar ijtimoiy xizmati faoliyatining yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
yosh fuqarolarga psixologik-pedagogik, yuridik yordam ko‘rsatish va maslahatlar
berish;
imkoniyati cheklangan yosh fuqarolarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish;
yosh oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish;
ta’lim va mehnat jamoalarida yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish;
yosh mutaxassislarga yangi ish joyiga moslashishida, ularni qayta tayyorlashga va
ularning malakasini oshirishga, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
ularni uy-joy bilan ta’minlashga ko‘maklashish;
voyaga   yetmaganlar   uchun   ixtisoslashtirilgan   o‘quv-tarbiya   muassasalarida
ijtimoiy
yordam ko‘rsatish;
ozodlikdan mahrum etish joylaridan va ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya
muassasalaridan qaytib kelgan yosh fuqarolarni ijtimoiy moslashtirish;
yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga ko‘maklashish;
huquqiy targ‘ibot, yoshlarni ishga joylashish, ta’lim olish va kasbiy tayyorgarlik
borasida,   bo‘sh   vaqtini   mazmunli   o‘tkazish,   turizm   va   sport   sohasidagi
imkoniyatlar
to‘g‘risida xabardor etish;
yoshlarning yashash joylarida bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini tashkil etish.
Yoshlar ijtimoiy xizmati o‘z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
yo‘nalishlar bo‘yicha ham amalga oshirishi mumkin.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
28-modda. Yoshlarga oid davlat siyosatini moliyaviy jihatdan ta’minlash
Yoshlarga oid davlat siyosatini moliyaviy jihatdan ta’minlash qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining,
homiylarning mablag‘lari va boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
29-modda. Nizolarni hal etish
Yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda hal etiladi.
30-modda. Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini
buzganlik uchun javobgarlik
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor
shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
31-modda. Ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish
Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin: 1)   O‘zbekiston   Respublikasining   1991   yil   20   noyabrda   qabul   qilingan
«O‘zbekiston
Respublikasida   yoshlarga   oid   davlat   siyosatining   asoslari   to‘g‘risida»gi   429-XII-
sonli
Qonuni   (O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Kengashining   Axborotnomasi,   1992   yil,
№ 2,
80-modda);
2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 20 noyabrda qabul
qilingan «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini kuchga kiritish tartibi haqida»gi
430-XII-sonli   Qarori   (O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Kengashining
Axborotnomasi,
1992 yil, № 2, 81-modda);
3) O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 1 mayda qabul qilingan «O‘zbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish
to‘g‘risida»gi 621-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Axborotnomasi, 1998 yil, № 5–6, 102-modda) I bo‘limining 3-bandi;
4) O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 30 aprelda qabul qilingan «O‘zbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish
to‘g‘risida»gi 621-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Axborotnomasi, 2004 yil, № 5, 90-modda) III bo‘limi;
5) O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish,
shuningdek   ayrim   qonun   hujjatlarini   o‘z   kuchini   yo‘qotgan   deb   topish
to‘g‘risida»gi
714-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,
2005 yil, № 1, 18-modda) I bo‘limining 8-bandi;
6) O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 31 dekabrda qabul qilingan «Soliq
to‘g‘risidag i qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston
Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi
O‘RQ-197-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining
Axborotnomasi, 2008 yil, № 12, 640-modda) 3-moddasi.
32-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy
hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
33-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi O ‘ zbekiston   Respublikasi   Prezidentining
Farmoni
O ‘ ZBEKISTON   RESPUBLIKASIDA   YOSHLARGA   OID   DAVLAT
SIYOSATINI   TUBDAN   ISLOH   QILISH   VA   YANGI   BOSQICHGA   OLIB
CHIQISH   CHORA - TADBIRLARI   TO ‘ G ‘ RISIDA
Mamlakatimizda   yosh   avlodni   barkamol   qilib   tarbiyalash ,  ularning   hayotga
mustaqil   qadam   qo ‘ yishlari   uchun   barcha   zarur   sharoitlarni   yaratishga   qaratilgan
tizimli   ishlar   amalga   oshirilmoqda .
So ‘ nggi   yillarda   yoshlarga   oid   davlat   siyosatining   huquqiy   asoslarini
mustahkamlash   maqsadida   « Yoshlarga   oid   davlat   siyosati   to ‘ g ‘ risida » gi
O ‘ zbekiston   Respublikasi   Qonuni   qabul   qilindi .
O‘zbekistonda 30-iyun — «Yoshlar kuni» deb e’lon qilindi. Turli sohalarda
yuksak   natija   va   yutuqlarga   erishayotgan   fidoyi   yoshlarimizni   rag‘batlantirib
borish   maqsadida   «Mard   o‘g‘lon»   davlat   mukofoti   va   «Kelajak   bunyodkori»
medali ta’sis etildi.
Yoshlarni   madaniyat,   san’at,   jismoniy   tarbiya   va   sportga   keng   jalb   etish,
ularning   axborot   texnologiyalari   bo‘yicha   savodxonligini   oshirish,   yoshlar
o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash vazifalarini
o‘z ichiga olgan beshta muhim tashabbus amalga oshirilmoqda.
Shu   bilan   birga,   yoshlarda   zamonaviy   tadbirkorlik   ko‘nikmalarini
shakllantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali ularning bandligini ta’minlash,
voyaga   yetmaganlar   o‘rtasida   huquqbuzarliklar   va   jinoyatchilik   profilaktikasini
samarali   tashkil   etish,   oilaviy   ajrimlarning   oldini   olish,   yosh   avlodda   mustahkam
vatanparvarlik g‘oyasi hamda qat’iy fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish borasida
qator muammolar saqlanib qolmoqda.
O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish,
yoshlar   sohasidagi   muammolarga   samarali   yechimlar   ishlab   chiqish,   vakolatli
organlar   faoliyatini   samarali   tashkil   etish   va   muvofiqlashtirish,   shuningdek,
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2019-yil   27-dekabrdagi   mamlakat
yoshlari bilan uchrashuvida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi (keyingi o‘rinlarda —
Agentlik) hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar
boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari tashkil etilsin.
2.   Quyidagilar   Agentlikning   asosiy   vazifa   va   faoliyat   yo‘nalishlari   etib
belgilansin:
yoshlar   bilan   bog‘liq   soha   va   yo‘nalishlarda   yagona   davlat   siyosati,
strategik yo‘nalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
mamlakatimizda   yoshlarni   qo‘llab-quvvatlash,   ularning   qonuniy   huquq  va
manfaatlarini   himoya   qilishga   qaratilgan   normativ-huquqiy   hujjatlarni
takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash; yoshlar   siyosati   sohasidagi   qonun   hujjatlariga   rioya   etilishi   ustidan   davlat
nazoratini amalga oshirish;
yoshlarni   Vatanga   sadoqat,   milliy   va   umuminsoniy   qadriyatlarga   hurmat
ruhida tarbiyalash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng
jalb   etish,   ularni   «Milliy   tiklanishdan   —   milliy   yuksalish   sari!»   g‘oyasi   atrofida
birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;
yoshlarning   huquq   va   erkinliklari,   qonuniy   manfaatlarini   himoya   qilish,
yoshlar   o‘rtasida   huquqbuzarliklar   va   jinoyatchilik   profilaktikasini   amalga
oshirishda faol ishtirok etish;
yoshlarga   oid   davlat   siyosatini   amalga   oshirish   jarayonida   nodavlat
notijorat   tashkilotlari   va   fuqarolik   jamiyatining   boshqa   institutlari   bilan   samarali
hamkorlik qilish;
yoshlarga   oid   dasturlar,   loyihalar   va   ilmiy-tadqiqot   ishlarini
moliyalashtirish uchun ijtimoiy buyurtma shaklida ajratiladigan davlat grantlari va
subsidiyalarni   taqsimlash,   ulardan   maqsadli   va   samarali   foydalanilishini
ta’minlash;
tarbiya   muassasalarini   tamomlagan   yetim   va   ota-onasining   qaramog‘idan
mahrum   bo‘lgan   yoshlarning   ijtimoiy-huquqiy   himoyasini   tashkil   etish   va
bandligini ta’minlash;
iqtidorli   yoshlarni   yetakchi   xorijiy   oliy   ta’lim   muassasalariga   ta’lim   olish
uchun   yuborish,   xalqaro   tanlovlarda   ishtirok   etishini   ta’minlash,   yosh   avlodni
madaniyat,   san’at,   jismoniy   tarbiya   va   sportga   keng   jalb   etish,   ularning   axborot
texnologiyalari   bo‘yicha   savodxonligini   oshirish,   yoshlar   o‘rtasida   kitobxonlikni
targ‘ib   qilish,   xotin-qizlar   bandligini   ta’minlash   vazifalarini   qamrab   olgan   beshta
muhim   tashabbusni   keng   joriy   etishga   qaratilgan   ishlarni   muvofiqlashtirish,
ularning intellektual salohiyati va iste’dodini rivojlantirish;
yoshlarni   kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlikka   keng   jalb   etish,
zamonaviy   kasb-hunarlar,   raqamli   iqtisodiyot   ko‘nikmalarini   puxta   egallashlari
uchun   qo‘shimcha   shart-sharoitlar   yaratish,   ularni   ish   bilan   ta’minlash
jarayonlariga ko‘maklashish;
yoshlar   siyosati   sohasida   xalqaro   hamkorlikni   rivojlantirish,   yoshlar
sohasidagi   xalqaro   reytinglarda   mamlakatimiz   mavqeyini   oshirish   bo‘yicha   zarur
choralar   ko‘rish,   xorijda   ta’lim   olayotgan   yoshlar   bilan   olib   borilayotgan   ishlarni
tizimli yo‘lga qo‘yish;
yoshlar   faoliyati   bilan   bog‘liq   sohalarga   xorijiy   investitsiyalar   va   ilg‘or
texnologiyalarni   jalb   qilish   bo‘yicha   manfaatdor   vazirlik   va   idoralar   bilan
birgalikda   xalqaro   moliya   institutlari,   donor-mamlakatlar   hamda   xorijiy
tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
3.   Quyidagilarni   nazarda   tutuvchi   O‘zbekiston   Respublikasida   yoshlarga
oid   davlat   siyosatini   yanada   rivojlantirishga   doir   qo‘shimcha   chora-tadbirlar
dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur)   1-ilovaga   muvofiq tasdiqlansin:
yoshlarning innovatsion, amaliy va istiqbolli loyihalariga grant mablag‘lari
ajratish;
o‘z   iqtidori   va  salohiyatini   kamol   toptirish,   kelajakda   qiziqqan   sohasining
yetuk   mutaxassisi   bo‘lib   yetishishi   uchun   yoshlarda   o‘zini   o‘zi   rivojlantirish bo‘yicha   kuchli   motivatsiya   uyg‘otish   maqsadida   keng   yoshlar   davrasida   xalqaro
miqyosda   yuqori   nufuzga   ega   notiqlar   jalb   qilingan   holda   motivatsion   tadbirlar
o‘tkazish;
hududlarda   yoshlar   bandligiga   ko‘maklashish   maqsadida   quduqlar
burg‘ulash   (qazish),   sug‘orish   vositalari   xarid   qilish,   yengil   konstruksiyali
issiqxonalar   o‘rnatish,   urug‘lik   va   ko‘chatlar   sotib   olish   uchun   subsidiyalar
ajratish;
yoshlarning   xalqaro   fan   olimpiadalari   va   tanlovlarda   hamda   yosh
tadbirkorlarning   xalqaro   forum   va   yarmarkalardagi   ishtirokini   ta’minlash,
yoshlarning xalqaro mehnat bozorlariga chiqishiga ko‘maklashish;
iqtidorli   va   jamoat   ishlarida   faol   bo‘lgan   yoshlarni   (birinchi   navbatda
ijtimoiy   himoyaga   muhtoj   bo‘lgan   oilalarning   farzandlari)   bepul   yo‘llanmalar
asosida oromgohlarga yuborish;
yoshlarni   kelgusida   tegishli   sohada   malakali   mutaxassis   bo‘lib
yetishishlari,   shu   jumladan   tadbirkorlikka   o‘qitish   uchun   mamlakatimizda   yuqori
natijalarga   erishgan   soha   mutaxassislarini   jalb   etgan   holda   o‘quv   mashg‘ulotlari
o‘tkazish;
bitiruvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida barcha
hududlardagi oliy ta’lim muassasalari bazasida biznes akseleratorlar tashkil etish;
O‘zbekiston   yoshlari   portalini   tashkil   etish   va   unda   yoshlar   siyosatini
baholash   milliy   indekslari   hamda   yoshlarga   oid   qonun   hujjatlari   bazasini
shakllantirish;
yoshlarni tadbirkorlik va ishbilarmonlikka qiziqtirish hamda ularga bunday
faoliyatni   yo‘lga   qo‘yishning   amaliy   jihatlarini   o‘rgatish   maqsadida   joylardagi
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tashkilotlariga biznes sayohatlar tashkil etish;
yoshlarni   kasbga   o‘rgatish   bilan   bog‘liq   xarajatlar,   shuningdek,   yosh
tadbirkorlarga huquqiy, buxgalteriya, marketing, brending, bank, sug‘urta, mehnat
va   boshqa   sohalarda   amaliy   ko‘mak   ko‘rsatish   uchun   konsalting   xizmatlari
xarajatlarini qoplash;
ko‘rgazmali savdo yarmarkalarini tashkil etish;
biznesni   yo‘lga   qo‘yishdan   daromad   olishgacha   bo‘lgan   masalalarni
o‘rgatishga   qaratilgan   masofaviy   o‘quv   mashg‘ulotlari   o‘tkazish   va   qo‘llanmalar
yaratish;
iqtidorli   yosh   adib,   rassom   va   hunarmandlar   o‘rtasida   ijodiy   ko‘rik
tanlovlar   tashkil   etish,   yosh   mualliflarning   ijod   namunalari,   jumladan,   birinchi
kitoblarini   nashr   etish,   san’at   asarlarini   yaratish   uchun   moliyaviy   yordam
ko‘rsatish.
Belgilansinki,   Agentlik   Dasturda   nazarda   tutilgan   tadbirlarni
moliyalashtirishni to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki nodavlat notijorat tashkilotlariga ijtimoiy
buyurtma   shaklida   ajratiladigan   davlat   grantlari   va   subsidiyalar   taqsimlash   orqali
amalga oshiradi.
4.   O‘zbekiston   Respublikasida   yoshlarga   oid   davlat   siyosatini   yanada
rivojlantirish   borasidagi   chora-tadbirlarni   amalga   oshirish   bo‘yicha
muvofiqlashtiruvchi   kengash   2-ilovaga   muvofiq   tarkibda   tashkil   etilsin,
quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin: Dasturda   belgilangan   tadbirlar,   shuningdek,   Agentlik   zimmasiga
yuklatilgan vazifalarni to‘liq va sifatli amalga oshirishda yaqindan ko‘maklashish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vakolatli
vazirlik idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
mazkur   Farmonda   belgilangan   chora-tadbirlarning   o‘z   vaqtida,   to‘liq
hajmda va samarali amalga oshirilishini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni o‘z
vaqtida bartaraf etish choralarini ko‘rish;
Farmon   ijrosining   doimiy   monitoringi   va   tahlilini   olib   borish   hamda
ularning   natijalari   yuzasidan   har   chorakda   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti
Administratsiyasi   va   Vazirlar   Mahkamasiga   axborot   va   asoslantirilgan   takliflar
kiritib borish.
5. Agentlik:
a)   2020-yilda   tegishli   sohalarga   Davlat   budjetidan   ajratilgan   mablag‘lar
doirasida   respublikaning   tuman   (shahar)laridagi   mahallalarda   beshta   muhim
tashabbusni amalga oshirish uchun quyidagi zaruriy choralarni ko‘rsin:
O‘zbekiston   Respublikasi   Madaniyat   vazirligi   bilan   birgalikda   madaniyat
markazlari va umumta’lim maktablarida yoshlarni madaniyat va san’atga jalb etish
uchun to‘garaklar tashkil etish hamda ularni musiqa jihozlari bilan ta’minlash;
O‘zbekiston   Respublikasi   Jismoniy   tarbiya   va   sport   vazirligi   bilan
birgalikda umumta’lim maktablari va sport inshootlarida yoshlar o‘rtasida sog‘lom
turmush   tarzini   tag‘rib   qilish   maqsadida   to‘garaklar   tashkil   etish   va   ularga   sport
anjomlari yetkazib berish;
O‘zbekiston   Respublikasi   Axborot   texnologiyalari   va
kommunikatsiyalarini   rivojlantirish   vazirligi   bilan   birgalikda   yoshlarni   qamrab
olishga   mo‘ljallangan   «Raqamli   texnologiyalar   o‘quv   markazlari»   faoliyatini
yo‘lga   qo‘yish,   umumta’lim   maktablarida   axborot   texnologiyalari   yo‘nalishida
to‘garaklar tashkil etish va kompyuter jihozlari bilan ta’minlash;
Respublika   Ma’naviyat   va   ma’rifat   markazi,   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidenti   Administratsiyasi   huzuridagi   Axborot   va   ommaviy   kommunikatsiyalar
agentligi   hamda   O‘zbekiston   yozuvchilar   uyushmasi   bilan   birgalikda   yoshlarni
kitobxonlikka jalb etish va kutubxonalarga badiiy adabiyotlarni yetkazib berish;
O‘zbekiston   Respublikasi   Mahalla   va   oilani   qo‘llab-quvvatlash   vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda tikuv va to‘qimachilik
korxonalarida   xotin-qizlarning   bandligini   ta’minlash   maqsadida   ularni   kasb-
hunarga o‘qitish;
b)   O‘zbekiston   Respublikasi   Bandlik   va   mehnat   munosabatlari   vazirligi,
Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   Vazirlar   Kengashi,   viloyatlar   va   Toshkent   shahar
hokimliklari   bilan   birgalikda   bir   oy   muddatda   hududlar   kesimida   ishsiz   yoshlar
ro‘yxatini   shakllantirsin   hamda   ularning   bandligini   ta’minlashga   qaratilgan
manzilli, shu jumladan quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirsin:
«Fidoyi   yoshlar   otryadlari»ni   tuzish   orqali   ishsiz   yoshlarni   haq
to‘lanadigan jamoat va mavsumiy ishlarga jalb etish;
«Yoshlar   qurilish   otryadlari»ni   tashkil   etish   va   oliy   ta’lim   muassasalari
talabalarini yozgi ta’til vaqtida haq to‘lanadigan qurilish ishlariga jalb etish; v)   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   va   o‘rta   maxsus   ta’lim   vazirligi,   Xalq
ta’limi   vazirligi   hamda   Mahalla   va   oilani   qo‘llab-quvvatlash   vazirligi   bilan
birgalikda   asosiy   faoliyati   quyidagilarga   yo‘naltiriladigan   ko‘ngilli   yoshlardan
iborat volontyorlik guruhlarini shakllantirsin:
qarovsiz   va   yolg‘iz   keksalarga   yordam   ko‘rsatish,   nogiron   va   imkoniyati
cheklangan fuqarolarga ko‘maklashish;
tarbiyasi   og‘ir   yoshlar   bilan   ishlash,   ularning   ijtimoiy   moslashuviga
ko‘maklashish;
g)   yoshlar   hayotida   uchrayotgan   muammolarga   samarali   yechimlar   ishlab
chiqish maqsadida tizimli ravishda sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazsin hamda yakuni
bo‘yicha   har   chorakda   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasiga   ular
yuzasidan tahliliy hujjatlar kiritsin;
d)   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   huzuridagi   Davlat   xizmatini
rivojlantirish agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda yuqori kasbiy salohiyatga
ega,   tashabbuskor   va   islohotlarni   amalga   oshirishda   faol   ishtirok   etuvchi   yosh
kadrlar zaxirasini shakllantirsin.
6.   Belgilansinki,   2021-yil   1-yanvardan   boshlab   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidentining   2018-yil   27-iyundagi   «Yoshlar   —   kelajagimiz»   Davlat   dasturi
to‘g‘risida»gi PF-5466-son   Farmoni   doirasidagi:
hamda   boshqa   normativ-huquqiy   hujjatlarda   ko‘zda   tutilgan   tadbirlarni
«Yoshlar   —   kelajagimiz»   jamg‘armasi   (keyingi   o‘rinlarda   —   Jamg‘arma)
mablag‘lari   hisobidan   moliyalashtirish,   ajratilgan   kreditlar   bo‘yicha   foiz
xarajatlarini   qoplash   uchun   kompensatsiya   va   subsidiyalar   berish   tartibi   bekor
qilinadi;
loyihalarni   kreditlash   bozor   tamoyillari   asosida   to‘g‘ridan   to‘g‘ri   tijorat
banklari   tomonidan   amalga   oshiriladi.   Bunda,   Tadbirkorlik   faoliyatini   qo‘llab-
quvvatlash   davlat   jamg‘armasi   tomonidan   yosh   tadbirkorlar   biznes   loyihalari
uchun   ajratilgan   summasi   2   milliard   so‘mdan,   foiz   stavkasi   O‘zbekiston
Respublikasi   Markaziy   banki   asosiy   stavkasining   1,75   baravaridan   oshmaydigan
tijorat   banklarining   milliy   valyutadagi   kreditlari   bo‘yicha   foiz   stavkasining
Markaziy   bank   asosiy   stavkasidan   oshadigan,   biroq   10   foiz   punktidan   ko‘p
bo‘lmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya to‘lanadi.
7. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining:
Jamg‘armani   2021-yil   1-yanvardan   mustaqil   nodavlat   notijorat   tashkilot
sifatida qayta tashkil etish;
2021-yil   1-yanvardan   boshlab   «Yoshlar   —   kelajagimiz»   Davlat   dasturi
doirasidagi   loyihalarni   moliyalashtirish   uchun   ajratilgan   resurs   mablag‘lari
bo‘yicha   tijorat   banklarining   Jamg‘arma   oldidagi   majburiyatlarini   Davlat   budjeti
oldidagi   majburiyatlar   sifatida   qayta   rasmiylashtirish   va   har   yili   ushbu
majburiyatlarning   Davlat   budjetiga   qaytarilgan   qismi   hisobidan   Agentlikning
ustuvor dasturiy vazifalari amalga oshirilishini moliyalashtirish;
Jamg‘arma tomonidan uning va filiallari tuzilmasi, shtatlar birligini olingan
daromadlaridan   kelib   chiqib   mustaqil   belgilash   hamda   Jamg‘armaning   tuman
(shahar) filiallarini maqbullashtirish to‘g‘risidagi takliflari qo‘llab-quvvatlansin. 8. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki
oy   muddatda   o‘ziga   yuklatilgan   vazifalarni   sifatli   va   yuqori   saviyada   amalga
oshirish   uchun   qo‘shimcha   daromad   manbaalarini   belgilash   yuzasidan   normativ-
huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9.   O‘zbekiston   Respublikasi   Moliya   vazirligi   O‘zbekiston   Respublikasi
Davlat budjeti parametrlari doirasida 2020-yilda Dasturda ko‘zda tutilgan tadbirlar
uchun   mablag‘lar   ajratsin,   2021-yildan   boshlab   esa   har   yili   zarur   budjet
mablag‘larini   nazarda   tutsin.   Bunda,   O‘zbekiston   Respublikasining   «2020-yil
uchun   O‘zbekiston   Respublikasining   Davlat   budjeti
to‘g‘risida»gi   Qonuniga   o‘zgartirish   va   qo‘shimchalar   kiritilgunga   qadar
xarajatlarni   moliyalashtirish   2020-yil   uchun   O‘zbekiston   yoshlar   ittifoqiga   davlat
budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishi inobatga olinsin.
10.   Agentlik   O‘zbekiston   Respublikasi   Adliya   vazirligi   hamda   boshqa
manfaatdor   vazirlik   va   idoralar   bilan   birgalikda   ikki   oy   muddatda   qonun
hujjatlariga   mazkur   Farmondan   kelib   chiqadigan   o‘zgartirish   va   qo‘shimchalar
to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur Farmon ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   maslahatchisi   A.A.   Abduvaxitov
—   hududlar,   vazirlik,   idora   va   tashkilotlar   kesimida   yoshlar   siyosati
samaradorligini   baholab   borish   va   muammolarni   bartaraf   etishga   qaratilgan
manzilli chora-tadbirlar belgilash, mamlakatning xalqaro reytinglardagi mavqeyini
oshirish,   yoshlarga   oid   davlat   siyosati   samaradorligini   ta’minlash   choralarini
ko‘rsin;
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   huzuridagi   Davlat   xizmatini
rivojlantirish   agentligi   direktori   —   yoshlar   orasidan   istiqbolli   kadrlar   zaxirasini
shakllantirishni   nazarda   tutuvchi   tashabbuskor,   islohotlarni   amalga   oshirish   va
joylardagi  muammolarni  hal  etishda faol  ishtirok etuvchi, rahbarlik lavozimlariga
munosib   yoshlarni   qo‘llab-quvvatlovchi   «Vatan   iftixorlari»   institutsional   tizimini
joriy etsin;
Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   Vazirlar   Kengashi   raisi,   viloyatlar,
Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimlari — yoshlar muammolarini o‘rganib,
ularning   hal   etilishiga   ko‘maklashsin,   yosh   avlodning   iste’dodi   va   qobiliyatlarini
rivojlantirish   bo‘yicha   qo‘shimcha   sharoitlar   yaratish   choralarini   ko‘rsin,
shuningdek,   amalga   oshirilgan   ishlar   yuzasidan   har   oyda   kamida   bir   marotaba
tegishli xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida hisobot berib borsin.

Yangi O’zbekistonni yuksaltirishda yoshlarning ijtimoiy – siyosiy faolligini oshirish masalalari Mundarija: Kirish……………………………………………………………………. I BOB. Yangi O zbekiston yoshlari - kelajagimiz va istiqbolimiz poydevoriʻ 1.1. Yangi O zbekiston ʻ sharoitida amalga oshirilayotgan islohatlar 1.2. Yoshlar - O'zbekistonning asosiy va bebaho boyligidir 1.3. Mafkuraviy immunitet –davlat va millatning ma’naviy birligi II BOB YOSHLARNING IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISH. 2.1. Ijtimoiy faollik –ijtimoiy xodisa sifatida. 2.2. Yoshlarda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishning ijtimoiy jihatlari. 2.3 Yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishda davlatimiz siyosatining strategik yo‘nalishlari. XULOSA…………………………………………………………….. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR …………………………….

Kirish Malakaviy bitiruv ishining dolzarbligi. Yosh avlod kelajagi hamisha O zbekiston davlat siyosatining markazida bo lgan. Bugun ham yurtimizda yuzagaʻ ʻ kelgan muammolarni bartaraf etish, yoshlarning kamoloti va tarbiyasiga ijobiy ta sir qiluvchi shart-sharoit yaratish uchun barcha sohada keng ko lamli islohotlar ʼ ʻ jadallik bilan olib borilmoqda. O zbekiston haqiqiy ma noda yoshlar mamlakati. Bu yurtda ulg ayotgan yig it- ʻ ʼ ʻ ʻ qizlarning orzulari va o z oldiga qo ygan maqsadlari bisyor. Davlat rahbarining ʻ ʻ tashabbusi va qo llab-quvvatlashi esa ularga bu maqsadlarni amalga oshirishda ʻ ko mak beradi. Prezident Shavkat Mirziyovning: ʻ “Biz o z oldimizga ʻ mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug maqsadni ʻ qo ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, ʻ Ulug beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni ʻ yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta lim va tarbiyani rivojlantirish, sog lom ʼ ʻ turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g oyamizning asosiy ustunlari bo lib xizmat qilishi lozim” ʻ ʻ , so zlari yoshlar uchun ʻ katta marralar sari yo l ochdi. ʻ Yoshlarning bo sh vaqtlarini samarali o tkazish, ularni ajdodlarimizning boy ʻ ʻ merosi bilan tanishtirish, ona vatanga muhabbat va iftixor tuyg ularini qaror ʻ toptirish maqsadida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o qituvchilari ʻ Qudratullo Abduraimov va Dilnoza Xudoyberganovalar boshchiligida Beshkapa mahallasi yoshlari G alaba bog ida joylashgan Shon-sharaf muzeyida bo lishdi. ʻ ʻ ʻ Yoshlar barcha davrlarda jamiyatning faol qatlami sifatida e tirof etib kelingan. ʼ Sharq Uyg onish davrida ham, jadidlar faoliyatida ham, jamiyatning ʻ yangilanishida ularning o rni beqiyos bo lgan. Shu jihatdan muntazam shakllanib ʻ ʻ boruvchi bu qatlam doimiy yo naltirib va qo llab-quvvatlab turishni talab etadi. ʻ ʻ Yoshlar siyosati bo yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni tahlil eta turib davlat ʻ va yoshlarning uzviy bog liqligini ko rishimiz mumkin. Har bir yo nalishda ʻ ʻ ʻ

yoshlarning bandligini ta minlash davom etmoqda. Yigit va qizlarning harʼ tomonlama kamol topishlari, bilim olishlari uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Bu esa ularning kelgusida vatan ravnaqiga hissa qo shuvchi avlod bo lib ʻ ʻ yetishishlarida ahamiyatlidir. Ijtimoiy ish xodimi o’zining kasbiy faoliyati davomida o’rnatilgan kasbiy normalarga amal qilishni talab etadi. Bu jarayonda inson va jamiyat o’rtasida yuzaga keladigan ob`ektiv aloqadorlik, ya`ni ijtimoiy munosabat-xulq-atvor, odob, hatti-harakat tamoyillari va me`yorlarining majmuasi axloqning mazmun- mohiyatini tashkil etadi. Mamlakatimizda bugungi kunda aholining turli qatlamlariga yoshi, jinsi, ijtimoiy holati, jismoniy salohiyatini inobatga olgan holda amaliy yordam ko‘rsatish tizimini soddalashtirish davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalish laridan biriga aylanmoqda. “Y u rtimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish uchun bizga zamonaviy ilm va yana bir bor ilm, tarbiya va yana bir bor tarbiya kerak. Bugungi va ertangi kunimizni, yoshlarimiz taqdirini hal qiladigan yuksak malakali muallim va murabbiylar, professor-o‘qituvchilar, haqiqiy ziyolilar kerak” 1 . Shu maqsad yo‘lida, rivojlangan mamlakatlarning sinovdan o‘tgan tajribalari asosida ijtimoiy ishning axloqiy tomonlarini yangicha mexanizmlarini tashkil etish va mamlakatimizda zamonaviy, ijtimoiy ish ni shakllantirish borasidagi tadqiqot larga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Bundan kelib chiqib, istiqbolli, ijtimoiy ishning axloqiy qonuniyatlarini nazariy- metodologik tahlil etish obyektiv zaruriyatga aylanmoqda. Biz qurayotgan erkin fuqarolik jamiyati ham insonga mehr-muhabbat va izzat hurmat ko’rsatishni asosiy tamoyil qilib olgan bo’lib, shaxsni har tomonlama kamol topishi uchun zarur bo’lgan haqiqiy insoniy shart-sharoitlarni yaratishni oliy maqsad deb biladi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan mamlakatni rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasi va uning beshta ustivor yo’nalishi ijtimoiy o’zgarishlar va sotsial 1 Mirziyoyev Sh.M. 2021 yil 6 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida so‘zlagan nutqi. –Toshkent “O‘zbekiston ovozi” gazetasi. № 223 (479), 2021 yil 7 noyabr.

taraqqiyotni ta`minlashda muhim dasturamal bo’ldi. Strategiyada yoshlarni ijtimoiy muhofaza qilish, ularga qulay ish va ta`lim olish sharoitlarini yaratib berish chora-tadbirlarini amalga oshirish ustivor yo’nalishlardan biri bo’lib hisoblanadi. Harakatlar strategiyasida to’rtinchi ustivor yo’nalish, aholini ijtimoiy himoya qilish ham O’zbekistonning eng dolzarb vazifalaridan biri sifatida ko’rsatib o’tilgan 2 . Bitiruv malakaviy ishining vazifasi: – Maktab bitiruvchilarini oliy ta lim bilan qamrab olish darajasi 2020-yilda kamidaʼ 25 foizga va kelgusida 50-60 foizga yetkaziladi. – Oliy o quv yurtlariga talabalar qabul qilish davlat grantlari 2 barobar ʻ ko paytiriladi. ʻ – Qizlarimiz uchun alohida grantlar ham ajratiladi. – Oliy ta lim muassasalariga kirish imtihonlari optimallashtiriladi. ʼ – Oliy o quv yurtlarida chinakam bilim va tarbiya olishga qaratiladi. ʻ – Ona tili bo yicha bilimni baholashning milliy test tizimini yaratiladi. ʻ – Ta lim yo nalishlari va o qitiladigan fanlar qayta ko rib chiqiladi. ʼ ʻ ʻ ʻ Mutaxassislikka aloqasi bo lmagan fanlar soni 2 barobar qisqartiriladi. ʻ – Oliy ta limda o quv jarayonini kredit-modul tizimiga o tkazish talab etiladi. ʼ ʻ ʻ – Joriy yildan pedagogik ta limning 6 ta yo nalishi bo yicha o qish muddati 3 yil ʼ ʻ ʻ ʻ qilib belgilanadi. – Oliy o quv yurtlariga bosqichma-bosqich akademik va moliyaviy mustaqillik ʻ beriladi. Joriy yilda ularning 10 tasi o zini o zi moliyaviy ta minlashga o tadi. ʻ ʻ ʼ ʻ – Kamida 5 ta oliy ta lim muassasasini konkurs asosida tanlab, nufuzli xorijiy oliy ʼ ta lim dargohlari bilan hamkorlikda ularni transformatsiya qilish boshlanadi. ʼ – Joriy yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo nalishlarda ʻ fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlar yaratib beriladi. 2 2. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida//O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. https:// www.gov.uz/uz/news/category/3 2017-02-08 | Hujjatlar

– Ilm-fan sohasida fundamental va innovatsion tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablag larini ajratish mexanizmi tubdan qayta ko rib chiqiladi.ʻ ʻ – Ilm-fan yutuqlarining elektron platformasi, mahalliy va xorijiy ilmiy ishlanmalar bazasi shakllantiriladi. – Har bir oliy ta lim va ilmiy-tadqiqot dargohi nufuzli chet el universitetlari va ʼ ilmiy markazlari bilan hamkorlikni yo lga qo yadi. ʻ ʻ – Joriy yilda “El-yurt umidi” jamg armasi tomonidan 700 dan ziyod olimlar, ʻ professor-o qituvchilar chet elga ilmiy izlanish va malaka oshirish uchun ʻ yuboriladi. – Ta limning barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga to liq javob beradigan ʼ ʻ axborot texnologiyalari joriy etiladi. Bu kabi ko plab ezgu maqsadlarga qaratilgan ustuvor vazifalarni amalga ʻ oshirish uchun har kim o z vazifasini sidqi-dildan ado etmog i zarur. ʻ ʻ Bitiruv malakaviy ishining ob`yekti: bitiruv malakaviy ishining obyekti Yangi O’zbekistonni yuksaltirishda yoshlarning ijtimoiy – siyosiy faolligini oshirishda ijtimoiy ish xodimlarining rolini oshirish. Bitiruv malakaviy ishining predmeti: Y oshlarning ijtimoiy – siyosiy faolligini oshirishda axloq kodekslar, qoidalar va me`yorlarning kelib chiqishi, kasbiy axloqiy me`yorlar zaminida kasbning ijtimoiy-iqtisodiy kelib chiqishiga qarab, uning sharoitlari, nizom va qoidalari hamda jamiyatning moddiy va ma`naviy hayoti bitiruv malakaviy ishining predmeti bo`lib hisoblanadi . Bitiruv malakaviy ishining metodlari: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksi, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov, Prezident SH. Mirziyoyev asarlari , mamlakatimiz va xorijiy mamlakatlar olimlarining mavzuga oid adabiyotlarda ilgari surilgan qarashlari ushbu mavzuni yoritishda nazariy va metodologik asos qilib olindi.