MEHNAT BOZORIDA YOSHLARNING RAQOBATDOSHLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI (Samarqand viloyati misolida)
MEHNAT BOZORIDA YOSHLARNING RAQOBATDOSHLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI (Samarqand viloyati misolida) KIRIS H ……………………………………………………… .. ………... ......... 3 I- B OB MEHNAT BOZORI DA YOSHLAR RAQOBATBARDOSH- LIGI VA ISH BILAN BANDLIGINI OSHIRISHNING NAZARIY ASOSLARI… ………………………………………….. 9 1.1. Mehnat bozorida yoshlar bandligini oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati ……………………………………………………………… 9 1.2. Yоshlаrni ish bilаn bаndligini tа’minlаshning аsоsiy turlаri vа shаkllаri……………………………………………..…………............ 1 4 1.3. Yоshlаr bаndligini tаrtibgа sоlishdа dаvlаtning rоli …………............. 23 I - BОB BО’YICHА XULОSА …………………………………………… …… 28 II -BOB MEHNAT BOZORIDA YOSHLAR RAQOBATBARDOSH - LIGINI OSHIRISHNING IQTISODIY KO ‘ RSATKICHLARI TAHLILI ....................... ................................................................... 29 2.1. Samarqand viloyati mehnat bozorida yoshlar ish chi kuchiga bo‘lgan talab va uning taklif i holati tahlili ………… ........ ……………………. 29 2.2. Yoshlarni ish bilan bandligini oshirishning iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlili…………………………………………………………………. 34 2.3. M ehnat bozorida yoshlarning ish bilan bandligini tartibga solishning hududiy usullari …………………………………. .. ............................ 39 II - BОB BО’YICHА XULОSА ………………………………………… …… 45 III -BOB INNОVTАTSIОN IQTISОDIYОTDА YОSHLАRNI ISH BILАN BАNDLIGINI ОSHIRISHNING YО‘NАLISHLАRI …………… 47 3.1. Innоvаtsiоn iqtisоdiyоtdа yоshlаr bаndligini оshirishning аsоsiy yо‘llаri………………………………………………………………… 47 3. 2 . Yоshlаr mеhnаt bоzоrini tаrtibgа sоlish tizimini tаkоmillаshtirish yо’nаlishlаri…………………………………..................................... 1
54 II - BОB BО’YICHА XULОSА ………………………………………… …… 64 XULOSA VA TAKLIFLAR ………………………………….................... 66 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI..................................... 68 2
KIRISH Magistrlik dissertatsiyasi m avzu si ning asoslanishi va uning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hozirgi bosqichida yoshlarning ish bilan bandlik muammosi muhim ahamiyat kasb etayapti. Bu shundan dalolat beradiki, O‘zbekiston aholisining tarkibiga ko‘ra yoshlar mamlakati qatoriga kirishi ni bildiradi . Raqamli iqtisodiyotda mamlakatning iqtisodiy o‘sishiga erishishi va shu orqali aholi daromadlari va turmush darajasini oshirish ko‘p jihatdan aholini ish bilan bandlik darajasini oshirish masalasini hal etish orqali yoshlar raqobatbardoshligini oshirish bilan uzviy bog‘liq hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Hozirgi vaqtda mamlakatimiz aholisining 56,6 foizini yoki 19,6 millionini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarimiz tashkil etadi… Aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va ishsiz fuqarolarni davlat hisobidan malakali kasb-hunarga o‘qitish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, ehtiyojmand aholini manzilli qo‘llab-quvvatlash orqali 2026 yilgacha kambag‘allikni ikki barobar qisqartirish ko‘zda tutilmoqda” 1 . Bu dolzarb muammo, birinchi, mamlakat aholisining ko‘pchiligini yoshlar tashkil etib, yoshlar – malakali kadrlar taklifi ortib borishi, ikkinchidan, mamlakatning barcha hududlarida ish bilan bandlikning noan’anaviy shakllari – xususiy tadbirkorlik, kasanachilik, oilaviy biznes, servis va xizmat ko‘rsatish sohalarining jadal rivojlanayotganligi natijasida yoshlar raqobatbardoshligini oshirishga bo‘lgan talabning o‘sishi yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mehnat bozorida yoshlar raqobatbardoshligini oshirish milliy daromad o‘sishiga, mehnat bozorida yoshlarga bo‘lgan talab va uning taklifi sifatini oshirishga va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga olib keladi. Global pandemiya va koronovirus kasalligining tarqalishi ko‘plab davlatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining keskin pasayib ketishiga, ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi. Buning natijasida mehnat bozorida 1 Sh.M.Mirziyoyev. Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida demokratik islohotlar yo’lini qat’iy davom ettiramiz. “Xalq so’zi” gazetasi, 2021 yil 7 noyabr, №238 (8018). 3
yoshlarga bo‘lgan talab va uning taklifi muvozanat holati buzilib, yoshlar ishsizlik darajasi o‘sib ketdi, mavjud ish o‘rinlariga ishchi kuchi taklif ortdi. Bunday holatda mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lgan yoshlar o‘z ish joylarini saqlab qolishga erishdi. “Yoshlar raqobatbardoshligini oshirish ijtimoiy mehnat munosabatlarining amalga oshirilishida nazariy va amaliy jihatdan eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Shuningdek, bu iqtisodiy munosabatlar tizimida murakkab va muammoli eng muhim nazariy tushuncha bo‘lib, mehnat bozori va mehnat bilan band bo‘lgan shaxslar bilan bevosita bog‘liqdir” 2 . Mehnat bozorida yoshlar raqobatbardoshligini oshirish O‘zbekistonda ham rivojlantirish bilan bog‘liq echimini topish lozim bo‘lgan bir qator muammolar mavjud. Ularning asosiylari sifatida yoshlar bandligini ta’minlash, ularning raqobatbardoshligini oshirish tamoyillari va xususiyatlarini, mehnat bozorida raqbotbardosh yoshlar taklifining asosiy mezonlari va ko‘rsatkichlari ni aniqlash, uning holatini tahlil qilish, davlatning yoshlar mehnat bozorini tartibga solish bo‘yicha siyosati aynan yoshlarga bo‘lgan talab va uning taklifi o‘rtasidagi uzviy aloqalarni aniqlash, yoshlarga bo‘lgan talab va uning taklifini muvozanatga keltirish mexanizmlarini ishlab chiqish, malakali yosh kadrlarning kasbiy tayyorgarligi va malakasini oshirish kabi muammolarni alohida qayd etib o‘tish lozim. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. XX asrning 90-yillarigacha “raqobat” va “raqobatbardoshlik” atamasi iqtisodiyot nazariyasi va rasmiy hujjatlarga kiritilmagan. Keng ma’noda tadqiqot ishining yoshlar mehnat bozori, yoshlar ish bilan bandlik muammolari yoshlar raqobatbardoshligini oshirish vazifalarini ifodalaydi. Mehnat bozorida “yoshlar raqobatbardoshligi” ilmiy tushunchasini mehnat bozorida raqobat munosabatlari orqali o‘rganish mumkin. Mehnat bozori, bandlik, ishsizlik, yoshlarga bo‘lgan talab va uning taklifi, uning raqobatbardoshligini oshirish va ularning rivojlangan bozor sharoitida fundamental o‘rganishda A.Smit, A.Marshall, D.Keyns, P.Samuelson, M.Fisher, G.E.Slezinger, 2 Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti. Darslik . T .: “ Mehnat ” – 2009, 145- bet . 4
R.D.Erenberg, A.Pigu 3 kabi xorijlik mutaxassislarning qator ilmiy ishlari bag‘ishlangan. Ularning ilmiy qarashlari innovatsion iqtisodiyotda mamlakatlarda mehnat bozorida yoshlar raqobatbardoshligini oshirish muammolarini tadqiq etishda nazariy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Mazkur sohada MDH mamlakatlarining A.I.Rofe, Yu.G.Odegov, G.G.Rudenko, I.A.Dokorev, S.V. Dudnikov, N.Vedernikova, O.Kolesnikova, D.Cherneyko, G.K.Kyazimov A.Ya.Kibanov 4 kabi taniqli olimlari ham tadqiqotlar olib borishgan. Ularning ilmiy ishlarida yoshlar raqobatbardoshligini oshirish muammolari faoliyati bilan bog‘liq muammolarni hal etishning nazariy-uslubiy jihatlari ishlab chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasida ushbu yo‘nalishdagi muammolarning nazariy asoslarini o‘rganish va echimlarini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar olib borishgan etakchi olimlar qatoriga Q.X.Abdurahmonov, Sh.R.Xolmo‘minov, Sh.Sh.Shodmonov, N.U.Arabov, N.Q.Zokirova, R.A.Ubaydullaeva, B.X.Umurzakov, D.A.Nasimov 5 larni kiritish mumkin. Ularning ilmiy ishlarida yoshlarni ish bilan bandligi, mehnat resurslaridan samarali foydalanish, yoshlar raqobatbardoshligi nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etilgan. Biroq, ushbu tadqiqotlarda globallashuv va integratsiya jarayonlari, mamlakatda kapital va investitsiyalar oqimini kuchayishi, migratsiya muhiti va omillarning tezda o‘zgarishi natijasida mehnat munosabatlarining yanada rivojlanishi mehnat 3 Смит А. Исследование о природе и причинах богатства народов. В 2 т. М.: Наука, 1993. –570 с. Самуэльсон П. Экономика. T.2. - М.: 2006, с. 343 . Кейнс Дж.М. Общая теория занятости, процента и денег / Пер. сангл. проф. Н.Н.Любимова, под. ред. д.э.н., проф. Л.П.Куракова. – М.: МИЭМП, 2010; Маршалл А. Принципы экономической науки / А.Маршалл: В 3 т. – М.: Прогресс-Т.З. 1984. – 119 с.; Regional labor markets. Analytical contributions and cross-national comparisons. Ed. by. M.Fischer and P.Nijkamp. – Elsevier Science Publishing Co, 1987. – 500 p.; Эренберг Р.Д., Смит Р.С. Современная экономика труда. Теория и государственная политика/ Пер. с англ. – М., 1996, – 34 с.; Слезингер Г.Э. Труд в условиях рыночной экономики: Учеб. пособие. – М.:ИНФРА-М, 1996. – 336 с.; Пигу А. Экономическая теория благосостояния/ Пигу А.: В 2 т. – М.: Прогресс - Т.2, 1985. – 240 с. 4 Кибанов А. Я., Ивановская Л. В., Митрофанова Е. А., Эсаулова И. А. Социально-трудовые отношения, рынок труда и занятость персонала. - М.: Проспект, 2012.-621 с. Одегов Ю . Г. Экономика труда: учебник и практикум для академического бакалавриата / Ю Г. Одегов, Г.Г. Руденко. - М.: Издательство Юрайт, 2016. -4 2 3 с. Рофе А. И. Экономика труда: учебник / 3-е изд., доп. и перераб. - М.: КНОРУС, 2017. - 374 с. 5 Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti. - Toshkent: Меhnат, 2009 -512 б; Abdurahmonov Q.X, Zokirova N.Q. Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi. O’quv qo’llanma. - T.: «Fan va texnologiya», 2013. – 536 b.; Ubaydullayeva R.A., Ota-Mirzayev O.B., Umarova N.О. O’zbekistonda demografik jarayonlar va aholi bandligi. - Toshkent, 2006.; Umrzakov B..Х. va b. Mehnat resurslari shakllanishi va taqsimlanishining hududiy usullari / Monografiya. – Toshkent, «LESSON PRESS», 2017. – 184 b.; Xolmo’minov Sh.R. Mehnat bozori iqtisodiyoti (o’quv qo’llanma). – Toshkent: TDIU, 2004. - 144 b; Arabov N.U. O’zbekiston Respublikasida mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish samaradorligini oshirish. Monografiya. – Toshkent, «Fan va texnologiyalar» nashriyoti, 2017. – 336 b. 5