IQTISODIY BARQARORLIKNI TA`MINLASHDA INVESTITSION FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH (SAMARQAND VILOYATI MISOLIDA
I QTISODIY BARQARORLIKNI TA`MINLASHDA INVESTITSION FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH (SAMARQAND VILOYATI MISOLIDA MUNDARIJA Kirish …………………………………………………………. 3 I BOB. Iqtisodiy b arqarorlikni ta'minlashda investitsion faoliyat samaradorligini oshirishning nazariy-metodologik asoslari . 7 1.1 . Investitsiyalarni ja l b qilishning nazariy asoslari …………….. 7 1.2. I nvestitsiyalarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati… 22 I bob bo‘yicha xulosa.......................................................... … 32 II BOB. Samarqand viloyati iqtisodiyotida investitsion jozibadorlikning hozirgi holati……………………………… 34 2.1. Dunyodagi rivojlangan davlatlar d a investitsiya siyosatining o'ziga xos xususiyatlari………….…………………………….. 34 2.2. Mamlakatimizda chet el investitsiyalarini jalb qilishning hozirgi holati tahlili……..…………………………………….. 41 2.3. Samarqand viloyatida investitsiyalarni jalb qilishning hozirgi holati tahlili ………………………………………………… 50 II bob bo‘yicha xulosa………………………………………. 53 III BOB. Samarqand viloyati g a to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilishni rivojlantirish istiqbollari ……………………. 55 3.1. Investitsiyalar iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning asosi sifatida ……………………………… 55 3.2. Iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda investitsion siyosatning samaradorligini oshirish yo‘nalishlar…...…………………… 58 III bob bo‘yicha xulosa.......................................................... 63 Xulosa va takliflar................................................................... 65 Foydalanilgan adabiyotlar ro ‘ yxati………………………… 67 1
KIRISH Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Bugungi kunda korxona faoliyati iqtisodiy samaradorligi uning o‘z va jalb qilingan mablag‘laridan qay darajada foydalana olish imkoniyatiga bog‘liqdir. Ishlab chiqarishni kengaytirish hamda uni diversifikatsiyalash uchun investitsiyalarni jalb qilish va ulardan oqilona foydalanish bozorda raqobatbardoshlilik hamda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim hisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi “ Iqtisodiyotimizga shu yilning o‘zida 8 milliard dollar to‘g‘ridan- to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kirib keldi, eksportimiz esa, 19 milliard dollarga etdi. ” 1 Respublikamizda so‘nggi olti yilda investitsiyalar hajmini yalpi ichki mahsulotning 30 foizidan oshirishga erishilgan. Kelajakda hukumatimiz tomonidan iqtisodiyotga mahalliy va xorijiy xususiy investitsiyalarni ko‘paytirish uchun sharoitlarni yanada yaxshilash vazifasi belgilab berilgan. Ammo respublikamiz iqtisodiyotida hamda uning tarmoqlarida investitsion faoliyatining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi, ularni jalb qilish va samarali o‘zlashtirish ishlarini amalga oshirilmaganligi hamda investitsiyalarning to‘g‘ri boshqarilmayotganligi asosiy kapitalning yangilanishi va ko‘payishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Aynan ushbu muammolarni bartaraf qilish hozirgi kunda investitsilarni jalb qilish va ularni boshqarish hamda samaradorligini oshirishda yangi usullarni joriy qilishni taqozo etadi. Investitsiyalarni jalb qilish, ularni boshqarish va samaradorligini oshirishning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish bo‘yicha tadqiqot ishlari juda kamligi va bu bo‘yicha etarli tadqiqotlar olib borishi zarurligi dissertatsiya ishimizning dolzarbligini belgilaydi. 1 S h avkat Mirziyoevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi , 21-dekabr 2022 yil, https://www.xabar.uz/jamiyat/shavkat-mirziyoyevning-oliy-majlis-va-ozbekiston-xalqi. 2
Tadiqiqot ob’ekti va predmeti. Magistrlik ishining ob’ekti bo‘lib, investitsiyalarni jalb qilish va ularni samaradorligini oshirish bilan bog‘liq jarayonlar majmui hisoblanadi. Dissertatsiya ishining predmeti bo‘lib, investitsyailarni jalb qilish va ularning samaradorligini oshirish usullari uslubiyotini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi. Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Magistrlik ishining bosh maqsadi bo‘lib, investitsiyalarni jalb qilish va ularning samaradorligini oshirish usullarining nazariy-uslubiy asoslarini tadqiq qilish hamda muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar ni belgilab olish zarur hisoblanadi: - investitsiyalarning iqtisodiy mazmun-mohiyatini va tasniflanishini o‘rganish; - investitsiyalarni jalb qilishning nazariy asoslari tadqiq qilish; - investitsiyalarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyatio‘rganish; - korxona investitsion siyosatining samaradorligini baholash metodikasi o’rganish; - dunyodagi rivojlangan mamlakatlarda investitsiya siyosatining o‘ziga xos xususiyatlario‘rganish; - Samarqand viloyatida chet el investitsiyalarini jalb qilishning hozirgi holati tahlili; - investitsiyalar iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirish asoslarini tahlil qilish; - iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda investitsion siyosatning samaradorligini oshirish yo‘nalishlari ochib berish. Ilmiy yangiligi. Dissertatsiya ishining asosiy ilmiy yangiliklari quydagilardan iborat : - investitsiyalarni jalb qilish va ularning samaradorligini oshirishning mazmun-mohiyati ochib berildi; - investitsiyalarni jalb qilish va samaradorligini oshirishning me’yoriy- xuquqiy asoslari yoritib berildi; 3
- investitsiyalarni jalb qilish va ularning samaradorligini baholashning xorib tajribasi o‘rganildi; - respublikada asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining 2025 yilgacha ilmiy asoslangan prognozi ishlab chiqildi; - investitsiyalarni jalb qilish va ularning samardorligini oshirishni bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Dissertatsiya ishida ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar amaliyotda qo‘llanilishi investitsiyalarni jalb qilish va ularning samaradorligini oshirish usullarini takomillashtirish, investitsiya faoliyatining jahon tajribasini o‘rganishda, investitsiya faoliyatini takomillashtirish yo‘llarini izlab topishga olib kelishi mumkin. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Investitsiyalarni jalb qilish va ularning samaradorligini oshirishyuzasidan qator xorijlik iqtisodchi- olimlar ilmiy-tadqiqotlar olib borishgan. Ulardan, V.V.Bocharov, V.Berens, P.M.Xavrenek, V.Y.Katasonov, D.S.Morozov, M.V.Petrov, G.I.Prosvetov, I.I.Ushakov, B.T.Kuznetsov, I.F.Muxarlarni misol qilib keltirish mumkin. Investitsiyalarni jalb qilish va ularning samaradorligini oshirishning nazariy asoslari, uni tashkil etish, moliyalashtirishning milliy xususiyatlari va amaliyotiga oid masalalar mamlakatimiz iqtisodchi-olimlari F.Matmurodov, N.Maxmudov, Sh.Majidov, D.G‘ozibekov, N.Haydarov, A.Uzoqov, R.Saidov, M.Sultanov, A.Juraev, D.Xo‘jamqulov, B.Mamatov, Sh.Ergasheva, N.Karimov, N.Kenjaev, E.Nosirovlarning ilmiy ishlarida tadqiq etilgan va yoritilgan. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining nazariy ahamiyati dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy-nazariy va amaliy g‘oyalar, ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalardan investitsiyalarni jalb qilish va ularning samaradorligini oshirish usullari hamda shunga oid kelgusidagi maxsus ilmiy-tadqiqot ishlarida foydalanish mumkinligi bilan belgilanadi. Tadqiqot ishining amaliy ahamiyati shundan iboratki, dissertatsiyada investitsiyalarni jalb qilish va samaradorligini oshirish usullariga qaratilgan ilmiy 4
taklif va amaliy tavsiyalardan mamlakatimizda investitsion faoliyatni takomillashtirishda hamda uning yangi imkoniyatlarini izlab topishda keng foydalanish uchun zamin yaratadi. Dissertatsiya ma’lumotlaridan oliy o‘quv yurtlarida “Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish” va “Investitsion faoliyat” fanlari o‘quv dasturlarini takomillashtirish va o‘qitish jarayonida keng foydalanish imkoniyati mavjud. Dissertatsiya tarkibining qisqacha tavsifi. Dissertatsiya ishi tarkibiy jihatdan kirish, uchta bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan bo‘lib, jami 70 bet, 7 ta jadval va 4 ta rasmdan iborat. Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, tadqiqot maqsadi va vazifalari, ob’ekti va predmeti, nazariy va amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi ochib berilgan. Ishning birinchi bobi “Iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda investitsiya faoliyati samaradorligini oshirishning nazariy-metodologik asoslari” deb nomlanib, unda investitsiyalarni jalb qilishning nazariy asoslari hamda investitsiyalarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati tadqiq etilgan va yoritilgan. Ishning ikkinchi bobi “Samarqand viloyati iqtisodiyotida investitsion jozibadorlikning hozirgi holati” deb nomlanib, unga asosan dunyodagi rivojlangan mamlakatlarda investitsiya siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari hamda mamlakatimizda chet el investitsiyalarini jalb qilishning hozirgi holati tahlilini amalga oshirish orqali erishilayotgan natijalar keltirib o‘tilgan. Ishning uchinchi bobi “Samarqand viloyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilishni rivojlantirish istiqbollari” deb nomlanib, bu bobda investitsiyalar iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning asosi sifatida ekanligi hamdato‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishni rivojlantirish istiqbollari haqidagi fikrlar tadqiq qilingan. Dissertatsiya ishining xulosa qismida tadqiq etilgan mavzu bo‘yicha umumiy xulosalar shakllantirilgan va investitsiyalarni jalb qilish hamda ularning samaradorligini oshirish usullarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar keltirilgan. Ushbu usullarni amaliyotga joriy qilish va 5