logo

Korxonada personal faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llari

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

1225.7294921875 KB
«Korxonada personal faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llari»
MUNDARIJA
KIRIS
H …………………………………………………………………....... 3
I BOB. KORXONADA   PERSONAL   FAOLIYATI   SAMARA-
DORLIGINING  NAZARIY – USLUBIY  ASOSLARI…........... 8
1.1 Korxonada   personal   faoliyatini   samaradorligini   oshirishning
mohiyati  va zamonaviy uslublari………………………………….. 8
1.2 Korxonada   personal   faoliyati   samaradorligiga   ta’sir   etuvchi
ijtimoiy va iqtisodiy omillar tasnifi ………………………….......... 18
1.3 Korxonalarda   personal   faoliyati   samaradorligini   boshqarish
tizimini   va   rahbarlik   uslubini   iqtisodiy   usullarda   qo‘llash
zaruriyati………………………………………………………...... 23
Birinchi   bob   bo‘yicha   xulosa …………………………………….. 30
II   BOB. KORXONADA   PERSONAL   FAOLIYATI   SAMARADOR-
LIGI  OSHIRISH BORASIDAGI  ISHLAR  TAHLILI ………… 32
2.1 “SAMARQAND   NURI”   MCHJ   Korxona si   faoliyatining
samaradorligini oshirishda personalni boshqarish tahlili ………….. 32
2.2 “ SAMARQAND   NURI”   MCHJ   korxonasida   personal   faoliyati
samaradorligini oshirish xolati va tahlili ………………………...... 49
2.3 Korxonalarida   personal   samaradorligini   ifodalovchi   ijtimoiy-
iqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlili …………………………………....... 57
Ikkinchi   bob   bo‘yicha   xulosa ……………………………………. 68
III BOB. KORXONALARDA   PERSONAL   FAOLIYATI     SAMARA -
DORLIGINI  OSHI RISH ISTIQBOLLARI ……......................... 70
3.1 Korxonalarda   xodimlar   ish   samaradorligini   oshirishda   ilg‘or
xorijiy tajribalaridan foydalanish istiqbollari ………………........... 70
3.2 Korxonalarda me hnat potensialidan oqilona foydalanish va ularni
samarali boshqarish yo‘llari ……………………………………….. 82
Uchinchi   bob   bo‘yicha   xulosa ………………………………….. 89
XULOSA  VA TAKLIFLAR.......…………………………………………… 90
FOYDALANILGAN   ADABIYOTLAR …………………………………… 93
1 KIRISH
Dissertatsiya   mavzusining   dolzarbligi   va   zarurati.   Jahonda   raqobat
muhitining   chuqurlashib   borayotgan   sharoitda   mehnat   samaradorligini   oshirish
masalasi   tobora   dolzarb   muammo   sifatida   e’tirof   etilmoqda.   Xalqaro   mehnat
tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, «2020 yilda dunyo mehnat resurslarini tashkil
qiluvchi   3,3   mlrd.   kishining   ko‘pchiligi   uchun   iqtisodiy   xavfsizlik,   moddiy
farovonlik,   imkoniyatlardagi   tenglik   ta’minlanmagan.   Norasmiy   mehnat
munosabatlarining   yuqori   darajasi   saqlanib,   ushbu   ko‘rsatkich   jami   mehnat
resurslarining   61   foizini   tashkil   qilmoqda.   Gender   tengliksizni   bartaraf   qilish
bo‘yicha   ijobiy   holat   kuzatilmagan.   Mehnat   faoliyatida   erkaklarning   bandligi   75
foizni,   ayollarniki   48   foizni   tashkil   qilmoqda.   Ishga   ega   bo‘lgan   etti   yuz   million
kishi   og‘ir   mehnat   va   yashash   sharoitlarida   qolmoqda.   Yangi   texnologiyalarga
asoslangan   ayrim   zamonaviy   biznes   modellar   esa   personal   faoliyati   samarali   olib
borishdagi mavjud bo‘lib turgan yutuqlarni xavf ostiga qo‘ymoqda» 1
.
Bugungi   kunda   boshqaruvchilar   innovatsion   taraqqiyotning   global
o‘zgarishlariga   jumladan,   ijtimoiy,   texnologik   va   iqtisodiy   tarkibiy
o‘zshgarishlariga   to‘qnash   kelmoqdalar.   Bu   o‘z   navbatida   korxonani
rivojlantirishda   boshqaruvchilik   sohasidagi   hali   ko‘plab   o‘rganilmagan
strategiyalarni   va   jahon   taraqqiyotidagi   taraqqiyotga   eltuvchi   jarayonlarni   chuqur
o‘rganishni   taqozo   etmoqda.   Global   o‘zgarishlarga   javoban   iqtisodchi   olimlar,
yirik mutaxassislar va amaliyotchi menejerlar bunday tarkibiy o‘zgarishlarga ta’sir
etuvchi   korxonani   rivojlantirish   bo‘yicha   innovatsion   strategiyalarni   topishga
urinishlar   yuz   bermoqda.   Shu   jihatdan,   korxonada   personal   faoliyati
samaradorligini   oshirishga   erishish   har   bir   korxona   va   tashkilot   oldida   turgan
dolzarb masala hisoblanadi.
Korxonalar da   personal   faoliyati   samaradorligini   oshirish   mamlakatimiz
oldida   turgan   dolzar   vazifa   sanaladi .   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining
2022   yil   28   yanvardagi   «2022   —   2026-yillarga   mo‘ljallangan   Yangi
1
 https://www.ilo.org/global/research/global-reports/weso/202 1 /WCMS_670542/lang--en/index.htm
2 O‘zbekistonning   Taraqqiyot   Strategiyasi   to‘g‘risida»gi   PF-60-son   Farmonida 2
kadrlarni   tanlov   asosida   ishga   qabul   qilish   va   ular   faoliyati   samaradorligini
xolisona   baholashning   huquqiy   asoslarini   takomillashtirish   singari   ustuvor
yo‘nalishlaridan   biri   etib   belgilangan   vazifalar   tanlangan   dissertatsiya   mavzusi
doirasida   tadqiqotlarni   amalga oshirishda  maqsadli   yo‘nalishlarni   belgilab beradi.
Muhtaram   Prezidentimiz   Sh.M.   Mirziyoyev   taklifi   asosida   ishlab   chiqilgan
Taraqqiyot   strategiyasi   o‘tgan   yillar   davomida   mamlakatimiz   erishgan   yutuqlar,
tarixiy   tajribalarni   umumlashtirib,   hozirgi   kunda   davrning   o‘zi   oldimizga
qo‘yayotgan   dolzarb   masalalarni   hisobga   olib,   2022-2026   yillarga   va   undan
keyingi   davrga   mo‘ljallangan   tarixiy   taraqqiyotning   yangi   ufqlarini   ochib
bermoqda. 
Muammoning o‘rganilganlik darajasi.   Ishlab chiqarishda ijtimoiy mehnat
munosabatlarining   nazariy   va   amaliy   jihatlari,   xodimlar   ish   samaradorligi,
korxonada   personal   faoliyati   samaradorligi   va   motivatsiyasi   muammolari
S.L.Bryu,   P.Samuelson,   G.Ford   hamda   G.Emerson   singari   xorijlik   iqtisodchi
olimlarning ilmiy ishlarida chuqur tadqiq etilgan.
MDH   davlatlari   olimlari   V.V.Adamchuk,   A.A.Artyomenko,   S.Babыnin,
A.V.Barisheva,   V.I.Brilev,   S.A.Valuyskin,   O.E.Germanova,   B.G.Zbishko,
V.V.Ishin,   A.YA.Kibanov,   M.A.Klimova,   L.A.Kostin,   V.V.Novojilov,
YU.G.Odegov,   M.YU.Pitkevich,   A.I.Rofe,   S.Yu.Roshin,   G.G.Rudenko,
O.V.Stakanova,   S.G.Strumilin,   L.V.Shamray,   R.A.Elmurzaeva   va   boshqalar
tomonidan   mehnat   samaradorligining   nazariy   va   metodologik   asoslari,   ishlab
chiqarishda   mehnat   samaradorligini   baholash,   mehnat   samaradorligini   oshirish
omil va zaxiralari kabi masalalar ko‘rib chiqilgan.
O‘z   navbatida   mamlakatimiz   iqtisodchi   olimlarining   ishlari   ham   bu
muammoni   o‘rganishga   o‘z   hissasini   qo‘shib   kelmoqda.   Jumladan,   akademik
Q.X.Abdurahmonov   (mehnat   samaradorligi   va   uning   omillari),
G.Q.Abdurahmonova   (kichik   biznesda   munosib   mehnat   tamoyillari),
SH.N.Zaynutdinov   (sanoat   korxonalarida   mehnatni   tashkil   etish),   K.S.Ismaylov
2
  https://lex.uz/uz/docs/-5841063 /   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son  
3 (agrosanoat   majmuasida   mehnat   resurslaridan   oqilona   foydalanish),
F.U.Mamarasulov, Z.YA.Xudoyberdiev (sanoat korxonalarida ishchilar malakasini
oshirish va foydalanish), M.L.Tursunxo‘jaev (sanoat korxonalarida mehnatga haq
to‘lashni   tashkil   etish),   N.U.Arabov   (Mehnat   iqtisodiyoti)   ilmiy   ishlarida   o‘z
ifodasini topgan.
Shu   qatorda   korxonalarida   personal   faoliyati   samaradorligini   oshirishning
tashkiliy-iqtisodiy   mexanizmi   masalalariga   bag‘ishlangan   ilmiy   ishlar   va
ishlanmalar,   ilmiy   va   monografik   tadqiqotlar   etarlicha   amalga   oshirilmagan.   Bu
ham dissertatsiya tadqiqotining dolzarbligini belgilaydi.
Dissertatsiya   ishining   ilmiy-tadqiqot   ishlari   rejalari   bilan   bog‘liqligi .
Samarqand   davlat   universiteti   Inson   resurslarini   boshqarish   fakulteti   “Inson
resurslarini boshqarish” kafedrasi ilmiy tadqiqot ishlari rejasi doirasida bajarildi.
Tadqiqotning   maqsadi   innovatsion   iqtisodiyotga   o‘tish   sharoitida
korxonalarida   personal   faoliyati   samaradorligini   oshirishni   takomillashtirish
bo‘yicha nazariy-uslubiy, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari quyidagilardan iborat:
innovatsion   iqtisodiyotga   o‘tish   sharoitida   korxonada   personal   faoliyatini
samaradorligini oshirishning mohiyati va zamonaviy uslublarini yoritib berish;
Korxonada   personal   faoliyati   samaradorligiga   ta’sir   etuvchi   ijtimoiy   va
iqtisodiy omillar tasnifini  ishlab chiqish;
Personal   faoliyati   samaradorligini   oshirishda   rahbarlik   uslublarini   qo‘llash
mezonlari xususiyatlarini aniqlash;
korxonalarda   personalni   boshqarish   tizimi   va   rahbar   uslablarini   iqtisodiy
usullarni qo‘llashning zarurligini asoslab berish;
korxona   haqida   umumiy   ma’lumot   va   personal   boshqaruv   strukturasi
mohiyatini tavsifi;
Samarqand   viloyatidagi   “Samarqand   Nuri”   MChJ   ning   moliyaviy-iqtisodiy
va ijtimoiy holatining qiyosiy tahlili;
korxonada   personalni   boshqarish   tizimi   va   rahbar   uslubini   rivojlantirishda
innovatsion yondashuvlarga baho berish;
4 korxonalarida   personal   samaradorligini   oshirish   borasidagi   xorijiy
mamlakatlar   tajribalarini   o‘rganish   va   ulardan   O‘zbekiston   sharoitida   foydalanish
imkoniyatlarini asoslash;
korxonalarida   personal   samaradorligini   oshirishning   tashkiliy-iqtisodiy
mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqotning   ob’ekti   sifatida   Samarqand   viloyatida   joylashgan
“Samarqand Nuri” MChJ korxonasida xodimlar ish samaradorligi holati olindi.
Tadqiqotning   predmetini   Korxonalarda   xodimlarning   ish   samaradorligini
takomillashtirishda yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi.
Tadqiqotning usullari.   Dissertatsiyada tizimli tahlil, induksiya- deduksiya,
kompleks baholash, guruhlash, mantiqiy va taqqoslama tahlil, matematik-statistika,
sotsiologik baholash, ekonometrik tahlil va prognozlash usullardan foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
korxonalarda   personal   faoliyati   samaradorligini   baholash   tizimi   va
uslublarini tadqiq etish asnosida personal faoliyatini baholash tarkibi keltirilgan;
korxonada   personal   faoliyati   samaradorligini   oshirishda   mehnat
samaradorligini baholash tizimining asosiy tamoyillari takomillashtirilgan;
Personal   mehnat   samaradorligini   samarali   boshqarishda   personal   faoliyati
mehnat   samaradorligini   baholash   tizimi   va   boshqarish   tizimini   aniqlangan   va
takomillashtirilgan;
“Samarqand   Nuri”   MChJda   personal   kadrlar   samaradorligini   oshirishning
tashkiliy-iqtisodiy   mexanizmini   takomillashtirishning   taraqqiyot   yo‘nalishlari
ishlab chiqilgan.
Tadqiqotning amaliy natijasi quyidagilardan iborat:
munosib mehnat tamoyillari va milliy iqtisodiyot taraqqiyotining o‘ziga xos
xususiyatlarini   e’tiborga   olgan   holda   «mehnat   samaradorligi»   tushunchasining
mualliflik ta’rifi ishlab chiqilgan;
korxonalarida   personal   faoliyati   samaradorligini   oshirishning   tashkiliy-
iqtisodiy mexanizmining elementlar harakat tarkibi takomillashtirilgan;
5 korxonalarida   personal   samaradorligini   oshirishning   tashkiliy-iqtisodiy
mexanizmi   ishlab   chiqarishni   samarali   shakllarini   joriy   qilish   asosida
takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.  Dissertatsiya tarkibi kirish, uchta bob,
xulosa, foydalanilgan adabiyotlar  ro‘yxati  va ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning
hajmi   93  betni tashkil etadi.
6 I BOB.  KORXONADA PERSONAL FAOLIYATINI
SAMARADORLIGINING NAZARIY – USLUBIY ASOSLARI
1.1 Korxonada  personal faoliyatini baholashning mohiyati va uning
zamonaviy uslublari
Iqtisodiyotning   innovatsion   rivojlanishi   insonning   tashabbuskor   va   faol
bo‘lishini nazarda tutadi. Uning qanday yashashi, o‘zining yangi iqtisodiy tizimga
singib,   u   bilan   hamohang   bo‘lib   ketishi   mahoratiga   bog‘liq   bo‘ladi.   Insonning
jismoniy   va   aqliy   imkoniyatlari,   ma’lumotlilik   darajasi   va   ma’naviyati   qanchalik
yuqori   bo‘lsa,   bu   narsa   personal   mehnatini   baholashda   shunchalik
muvaffaqiyatliroq kechadi.
Personal   mehnatini   baholash   –   aniq   maqsadga   yo‘naltirilgan   (belgilangan)
mehnat   faoliyatida   talab   qilingan   mehnat   sifatini   aniqlash   jarayoni.   Personal
mehnatini   baholashning   asosiy   maqsadiga   erishishda   mehnat   sifatini   baholash
tizimi muhim ahamiyatga egadir. Mehnat sifati - bu murakkab iqtisodiy kategoriya
bo‘lib,   tovarning   iste’mol   qiymati,   miqdori   va   sifatini   yaratishda   moddiy
ko‘rinishdagi   ishlab   chiqarish,   taqsimlash,   ayriboshlash   va   iste’mol   jarayonlarida
mehnat   munosabatlarini   ifoda   etadi.   Mehnat   sifatining   xususiyatlari   bo‘lib:   aniq
mehnat,   unumdorlik,   mehnatning   murakkabligi   va   ma’lum   darajadagi   moddiy
ashyoni   sifatli   yaratish   hisoblanadi.   Ushbu   xususiyatlarning   har   biri   mehnat
nafliligini   baholashda   alohida   mezon   va   ko‘rsatkichlarga   ega.   Masalan,   mehnat
unumdorligi   vaqt   birligi   davomida   ishlab   chiqarilgan   mahsulot   hajmini   hisobga
oladi. Qancha ko‘p mahsulot vaqt birligi davomida ishlab chiqarilsa, shuncha ko‘p
yuqori   sifatli   mehnat   hisoblanadi.   Mehnatning   murakkabligi   mehnat   me’yorlari
bilan aniqlanadi. Mehnatning yuqori murakkabligi yuqori mehnat maoshlari bilan
baholanadi va bu mehnat haqi ta’rif tizimida namoyon bo‘ladi.
Ilk bor, mehnat sifatini baholash AQSh korxonalarida vujudga kelgan hamda
“ishga   qarab   baho   berish”   deb   atalgan.   Keyinchalik   esa,   bu   usuldan   foydalanish
boshqa   mamlakatlarda   ham   urfga   kirdi.   Sobiq   ma’muriy   buyruqbozlik   tizimida
7 ham bu samarali usuldan foydalanishda o‘ziga hos tajriba mavjud bo‘lgan, dastlab
sanoat   sohasida   (XX   asr   60-yillarda)   keyinchalik   esa   ishlab   chiqarishdan   yiroq
bo‘lgan   sohalarda,   masalan   savdo-sotiq   sohasida   ham   qo‘llanila   boshlangan.
Shunday   qilib   mehnat   sifatini   baholashni   turli   nomlar   bilan   atay   boshlashdi:
“kamchiliksiz ish sur’ati tizimi”, “mehnat sifatini boshqarish tizimi” (MSBT), uni
o‘lchash   maqsadida   esa   mehnat   faoliyati   koeffisiyentini   ixtiro   qilishdi,   bu   nom
hozirgi   kunda   mehnat   samaradorligi   koeffisiyenti   deya   ataladi   (MSK).   Har   bir
korxona   va   uning   bo‘limlari   o‘ziga   xos   ish   faoliyatiga   asoslangan   mehnat   sifati
ko‘rsatkichlarini   ishlab   chiqishi   va   ularning   har   biri   o‘ziga   xos   ma’lum   baholash
tizimiga   ega   bo‘lishi,   ular   ballar   yoki   koeffisiyentlar   orqali   ifodalanishi   mumkin.
Masalan, xorij sanoat ishlab chiqarish korxonalarida mehnat sifati koeffi- siyentini
ko‘taruvchi   va   tushiruvchi   omillarni   hisobga   olgan   holda   ishchilarning   mehnat
faoliyatida mehnat sifatini ifoda etuvchi ma’lumotlarni kunlik hisobini olib boradi.
Chet elda bunday uslub ishchilarning shaxsiy ish sifatlarini oshirish hamda qo‘llab-
quvvatlash maqsadida olib boriladi.
Personal   mehnatini   baholashda   mehnat   sifatini   baholash   tizimi   qo‘yidagi
maqsadlarni aniqlash uchun qo‘llaniladi:
• ishchining shaxsiy imkoniyatlarini o‘rganish;
• malaka   oshirish   va   bunga   tayyorlash   orqali   ishchilarni   qo‘llab-
quvvatlash yo‘li bilan ularning kasbiy mahoratlarini oshirish;
• kasb pog‘onalaridan ko‘tarilish hamda ish joyini o‘zgar- tirish;
• qo‘shimcha haq va mukofot pullarini tashkil qilish;
• korxona   ishlab   chiqarish   talablariga   javob   bera   olmaydigan   ishchilarni
aniqlash.
Qoidaga   binoan,   mehnat   sifatini   baholash   tizimida   bir   qator
ko‘rsatkich(talab)lardan   foydalaniladi.   Ko‘p   miqdordagi   ko‘rsatkichlardan
foydalanish   ish   hisobini   hamda   uni   amalda   qo‘llashni   qiyinlashtiradi.   Bu
ko‘rsatkichlar ishchilar tomonidan qabul qilish uchun oson va iloji boricha barcha
ish   faoliyatidagi   ishchilarni   hisobga   olgan   holda   universal   bo‘lishi   maqsadga
muvofiq.   Lekin   shu   bilan   birga   ular   aynan   ma’lum   faoliyat   turi   uchun
8 ixtisoslashganligini   ham   hisobga   olish   zarur.   Shuni   ham   ta’kidlash   kerakki,   ba’zi
doimiy talablar ko‘pgina korxonalar tomonidan qabul qilingan: bu, mahorat hamda
tashabbuskorlik,   ish   faoliyatidagi   doimiylik   (ish   faoliyatidagi   uzluksizlik),   ish
jarayonidagi   qat’iy   fidoiylik,   bir   nechta   kasb   ko‘nikmalariga   ega   bo‘lish,
rasionizatorlik,   kashfiyotchilik   qobiliyatlariga   ega   bo‘lish   va   hokazo.   Shu   bilan
birga,   sharoitga   moslashish,   hamkorlik,   ishonchlilik,   ehtiyotkorlik,   ilg‘orlik,
mehnat   vositalariga   to‘g‘ri   munosabatda   bo‘lish,   o‘z   ishini   puxta   bilish,   texnika
xavfsizlik qoidalariga rioya qilish kabi talablar ham muhim hisoblanadi. Korxona
ishlab chiqarish jarayonida bunday ko‘rsatkich va talablarni o‘rnatish ishchilarning
psixologik   hamda  fiziologik  imkoniyatlari,  matematik-statistika   va   yana   bir   qator
omillarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Mehnat sifatini baholash talablarni o‘rnatishda asosiy mezonlar qo‘yidagilar
hisoblanadi:
1.   Taqsimot   (klassifikasiya);   2.   Normativ   bilan   solishtirish;   3.   Taqqoslash
(ikki   kishi   o‘rtasida   solishtirish);   4.   Yozma   xarakteristika   mazmunidan
foydalanish; 5. Hisob kartochkalaridan foydalanish; 6. Topshiriq asosida guruhlash
metodidan   foydalanish;   7.   Erkin   tanlov   asosida   metodi;   8.   Baholash   xarak-
teristikalari asosida majburiy tanlov metodi.
Mehnat   sifatini   baholash   korxonada   ishchilar   mehnatini   baholash,   ijobiy
jihat   va     shaxsiy   sifatlarini     aniqlashni   aksnettiruvchi   ko‘rsatkichlarni   ishlab
chiqishda foydalaniladi. Bu qo‘yidagi foizli ko‘rsatkich asosida tasniflanadi:
foiz asosida eng yuqori ko‘rsatkich 100:
Ish sifati – 25
Mehnatning murakkablik darajasi – 20 Kasbiy mahorat – 20
Moslashuvchanlik – 15 Mehnat intensivligi – 10 Mehnatga munosabat – 10.
Mazkur   mehnat   sifatini   ifodalovchi   foizli   ko‘rsatkich   o‘zida   6   ta   muhim
mehnat   ko‘rsatkichini   ifoda   etib,   mehnat   natijasidagi   munosabatlarda   namoyon
bo‘ladi.
Ishlab chiqarish korxonalarida ishchi tomonidan bajarilgan mehnatning sifat
miqdorini   qo‘shimcha   moddiy   rag‘batlantirish   asosida   baholashda   ballik   tizimda
9 amalga   oshiriladi.   Mehnat   sifati   miqdorini   baholashda   qo‘yidagi   baholash   ballari
asosida tasniflanadi:
ball asosida eng yuqori ko‘rsatkich 100:
A’lo - 86-100
Yaxshi - 71-85
Qoniqarli - 56-70
Qoniqarsiz - 41-55
Yomon - 25-40.
Mavjud hisoblangan ballar asosida ishchilarning asosiy mehnat haqiga: agar
ishchi 71-85 ballga ega bo‘lsa asosiy mehnat haqiga nisbatan 3 foiz miqdorida, 86-
90   ballga   7   foiz   miqdorida   va   91   balldan   yuqori   bo‘lsa   12   foiz   miqdorida
qo‘shimcha haqlar to‘lash maqsadga muvofiqdir.
Mazkur mehnat sifatini baholash uslubini korxona faoliyatida keng qo‘llash
mumkin.   Mehnat   sifatini   baholash   uslubi   nafaqat   mavjud   ishchilar   mehnatini
rivojlantirish   va   rag‘batlantirish   maqsadlarida   balki   ishga   yollanuvchi   nomzod
ishchi-   xizmatchilarni   tanlov   (suhbat,   test)   asosida   qabul   qilishda   ham   qo‘llash
imkonini beradi.
Sanoat   ishlab   chiqarish   korxonalari   faoliyatida   mehnat   sifatini   baholash
uchun   “normal   mehnat   natijasi”   ko‘rsatkichidan   foydalaniladi.   Ushbu   ko‘rsatkich
mehnatni   baholash   uchun   asos   bo‘lib   xizmat   qiladi.   “Normal   mehnat   natijasi”
ko‘rsatkichi   ishchi   tomonidan  bajarilishi   mumkin  bo‘lgan  mehnat   natijasini   ifoda
etib,   mavjud   bilim   va   tajriba   asosida   mehnatni   bajarish   chog‘ida   o‘z   sog‘lig‘iga
putur   yetkazmaydigan   va   ortiqcha   mehnat   sarf   qilmagan   holda   bajarish   imkonini
beruvchi mehnat holatidan iborat.
Mehnatni   baholashning   ikki   asosiy   ko‘rinishi   mavjud:   a)   nomzodlarni   bo‘sh   ish
o‘rinlariga qabul qilishda yoki personal tarkibining ish o‘rniga mos kelishiga ko‘ra
baholash;   b)   xodimlarni   ma’lum   vaqt   davomida   muntazam   baholab   borish
(attestasiyadan o‘tkazish) 1.1-rasm.
10 1.1-rasm. Mehnatni baholash tarkibi 3
Mazkur 1.2-rasmda qayd etilganidek ishchilar mehnatini baholash “personal
tanlovi” va “attestasiyadan o‘tkazish” jarayon- lariga bo‘linadi:
Nomzodlarni   bo‘sh   ish  o‘rinlariga  tanlash   (personal  tanlovi)   bu  bo‘sh  ish  o‘rniga
da’vo qilayotgan bir qancha kishilar orasidan bu mansabga munosib bo‘lgan bitta
yoki bir nechta nomzodlarni tanlab ularni ishga yollash jarayonidir.
Kadrlarni   attestasiyadan   o‘tkazish   –   bu   xodimning   ma’lumoti,   ishga
layoqati,   bilim   va   malakasi,   amaliy   tajribasi,   shaxsiy   xususiyatlari,   mehnat   sifati
ko‘rsatkichi   hamda   uning   natijalari,   umuman   ishchining   barcha   ijobiy   va   salbiy
jihatlarini   aniqlash   hamda   ularning   xodim   egallab   turgan   lavozimga   mos   kelishi
yoki kelmasligini tekshirish jarayonidir.
Shunday   ekan,   personal   mehnatini   baholashning   asosiy   maqsadi:   kadrlarni
oqilona   taqsimlash,   ishchilarning   o‘rni   hamda   ularning   mehnatidan   samarali
foydalanilayotganligini aniqlashdan iboratdir.
Korxonaning   o‘z   maqsadlariga   erishishida   unda   mehnat   faoliyatini   olib
borayotgan   ishchilarning   roli   qanchalik   muhim   ekanligini   qo‘yidagi   tashkiliy-
funksional model asosida aniqlanadi (1.2-rasm).
3
  J.Sh.Tuxtabayev. Korxonalarda mehnat samaradorligini oshirishning metodologik asoslari. –T.: «Fan va 
texnologiya», 2017, 259 bet.
11 1.2-rasm. Korxonaning tashkiliy-funksional modeli 4
Korxona   boshqaruv   tizimida   1.2-rasmda   ifodalangan   model:   korxona
faoliyatini   uning   maqsad   va   strategik   yo‘nalishlari   belgilab   beradi,   uning   asosida
esa   tashkiliy   struktura   ishlab   chiqiladi   (jumladan,   boshqaruv   strukturasi   ham)
hamda   aniq   mehnat   faoliyati   yoki   lavozim   vazifalariga   qo‘yilgan   talablarni   ifoda
etuvchi ish o‘rinlari rejalashtiriladi. O’z ish faoliyatlari davomida rahbarlar ushbu
talab   va   majburiyatlarga   personal   qay   darajada   amal   qilayotganligini   baholab
boradilar.   Bunday   baholash   jarayonida   teskari   aloqa   ham   ishga   tushadi,   ya’ni
ishchilar   faoliyati   hamda   erishgan   natijalarining   ish   joyidagi   talab   va
majburiyatlarning   bajarilishini,   u   orqali   esa   bevosita   korxona   maqsadi,   yo‘nalishi
va  vazifasiga   nechog‘lik  mos   tushishi  tekshirib  boriladi.  Shu  bilan  bog‘liq  holda,
sanoat   korxonalari   personalini   boshqarishda   mehnat   samaradorligi   (personal
mehnat   samaradorligi)   korxona   faoliyatidagi   maqsad   va   vazifalarini   3   ta   asosiy
shartlardan kelib chiqqan holda bajarilganligini aniqlash mumkin.
Personal mehnat samaradorligining uch asosiy shartlari:
1) personal  boshqaruvi bilan shug‘ullanuvchilarning mehnat  faoliyati  joriy
etilgan   talablar   hamda   avvaldan   belgilab   qo‘yilgan   maqsad   va   vazifalarga   mos
kelishi;
2) ishni oqilona samarali yo‘llardan foydalangan holda sifatli bajarish;
4
 J.Sh.Tuxtabayev. Korxonalarda mehnat samaradorligini oshirishning metodologik asoslari. –T.: «Fan va 
texnologiya», 2017, 259 bet.
12 3) imkoniyatlardan   (qobiliyat,   bilim   va   malakadan)   yanada   to‘liqroq
foydalanish   asosida   boshqarilayotgan   ishchilarning   mehnat   jarayonida   inson
organizmi uchun qulay va foydali ta’sir ko‘rsatilishi ta’minlanganligi.
Ma’lumki,   boshqaruv   funksiyasi   rejalashtirish,   tashkil   qilish,   rahbarlik   va
nazorat   funksiyalaridan   iborat.   Bizning   holatimizda   esa   aynan   nazorat   funksiyasi
personal faoliyatini boshqarishda asosiy vazifani bajaradi.
Shunday   qilib,   personal   mehnat   samaradorligini   baholash   –   bu
ma’lumotlarni to‘plash (yig‘ish) va tahlil etishdan iborat bo‘lgan bir-biriga bog‘liq
bo‘lgan   faoliyatlarning   umumiy   natijasidir.   Korxona   faoliyatining   o‘z   oldiga
qo‘ygan   maqsad   va   vazifalarini   bajarishda   personal   mehnatining   yuqorida   sanab
o‘tilgan   uch   muhim   asoslardan   kelib   chiqqan   holda   qanchalik   ta’sir   ko‘rsatishini
aniqlashga   ko‘mak   berishi   hamda   ishchilar   faoliyatini   baholab   borish   va   so‘ngi
qarorga kelish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ib borish uchun foydalidir.
Personal   mehnat   samaradorligini   baholash   natijalari   obyektiv   va   aniq
(ishonchli)   bo‘lishligi   uchun   baholanish   mezonlarini   to‘g‘ri   tanlash   va   qo‘llash
lozim 5
.   Mezon   asosida   belgilangan   mansab   xodimi   mehnatdan   qanday
foydalanilayotgani yoki foydalanishi lozimligi to‘g‘risida mehnat taqsimoti norma
bo‘yicha   tadqiq   qilamiz.   Mezonlar   korxonada   mehnat   faoliyatini   olib   borayotgan
personal rahbar-xodimlarning har bir mansab bo‘yicha ishlab chiqiladi.
Mansab   bo‘yicha   mehnat   taqsimoti   o‘z   ichiga   asosiy   mehnat   vazifa   va
maqsadlarni   umumlashtiradi,   bu   vazifa   va   maqsadlar   aniq   mehnat   jarayonlarida
qo‘llanilishi lozim, bunda baholash mezoni har bir vazifa va maqsadning korxona
talablari doirasida ijro etilishini aniqlaydi.
Ushbu   tadqiq   etilgan   masalalarni   ko‘rib   chiqishda   uch   xil   tahlil   turidan
foydalanamiz:   individual,   guruh   va   jamoaviy.   Bu   tahlil   darajalari   boshqaruv
mas’uliyatining   3   ta   darajasiga   mos   keladi.   Shu   nuqtai   nazardan,   rahbarlar   o‘z
tashkilotlari,   undagi   guruhlar   va   har   bir   shaxsning   faoliyat   samaradorligi   oldida
javobgardirlar. Shunga ko‘ra, sanoat  korxonalari  faoliyatidan kelib chiqqan holda
samaradorlikning uch muhim jihatini ajratib ko‘rsatish mumkin: individual, guruh
5
  Еремеев   М.   “Критерии   оценки   персонала:   социально-экономический   аспект”.   –   М.:   Журнал   “Служба
кадров и персонал”, 2007. – № 3. – с. 72.
13 va   jamoaviy.   Rahbariyatning   bundagi   asosiy   vazifasi   individual   va   guruhdagi
mehnat   samaradorligini   oshirish   hamda   shu   orqali   jamoaviy   umumiy
samaradorlikka erishishdan iboratdir 1.3-rasm.
1.3-rasm. Rahbariyatning samaradorlikni oshishiga ko‘rsatadigan ta’siri 6
Individual   mehnat   samaradorligi   deganda,   biz   yuqorida
ta’kidlaganimizdek, mehnat faoliyatida qo‘yilgan talablar hamda avvaldan belgilab
qo‘yilgan majburiyatlarning ishchining mehnat faoliyati natijalariga qanchalik mos
kelishi,   shuningdek,   ishni   sifatli   bajarish,   ish   vaqtidan   unumli   va   oqilona
foydalanish, o‘z imkoniyatlarini to‘la namoyon etishi tushuniladi.
Guruh   samaradorligi   bu ,   oddiy   qilib   aytganda   barcha   guruh   a’zolarining
individual   mehnat   samaradorligining   yig‘indisi-   dan   tashkil   topadi.   Boshqa
vaziyatlarda   esa   bu   aniq   bir   guruh   a’zolarining   o‘zaro   kelishgan   holda,
hamjihatlikda olib borgan mehnat faoliyatlari va erishgan natijalari mahsuli bo‘ladi
(masalan, ma’lum bir bo‘lim yoki xizmat  doirasida). Ammo shu bilan birga ba’zi
holatlarda   guruh   samaradorligi   individual   samaradorlikdan   ancha   yuqori   bo‘lishi
mumkin, buning asosiy sababi esa birgalikdagi faoliyat yanada sermahsul bo‘lishli-
gidadir.   Shu   sababdan   guruhdagi   mehnat   samaradorligini   boshqa-   rishda   har   bir
a’zosining   individual   mehnat   samaradorligi   hisobiga   aniq   bir   maqsad   sari
birgalikda olib borilgan mehnat faoliyati sifatida talqin etish mumkin. Shu qatorda
har   bir   korxona   avvalambor   xodimlar   va   ularning   guruhlaridan   tashkil   topishini
hisobga olsak, jamoadagi samaradorlik individual hamda guruhdagi samaradorlikni
6
     J.Sh.Tuxtabayev.   Korxonalarda   mehnat   samaradorligini   oshirishning   metodologik   asoslari.   –T.:   «Fan   va
texnologiya», 2017, 259 bet.
14 o‘z   ichiga   oladi.   Bundan   shuni   qayd   etib   o‘tish   lozimki,   mehnat   samaradorligini
baholash personal boshqarish faoliyatida individual hamda guruh sama- radorligini
o‘zaro bog‘liqligini aniqlovchi va ularning birgalikda jamoa samaradorligiga ta’siri
darajasini ifodalaydi.
Bizning fikrimizcha, personal mehnat samaradorligini baholashni korxonani
boshqarish   tizimida   tizimning   bir   ele-   menti   yoki   o‘zi   alohida   bir   tizim   sifatida
e’tirof etish mumkin. Shu nuqtai nazardan korxonalarda personal mehnat samara-
dorligini baholash masalalariga yangicha nazar tashlash zaruriyati tug‘iladi.
Innovatsion   iqtisodiyot   sharoitida   mehnat   samaradorligini   baholash
metodologiyasini   ishlab   chiqishda,   birinchidan,   mamla-   katimizda   mavjud
imkoniyat   va   to‘plangan   metodologik   ma’lu-   motlardan   samarali   foydalanish,
ikkinchidan,   rivojlangan   xorij   korxonalarining   tajribasini   o‘rganishga   asoslanish
lozim.
Korxonalarda   personal   mehnat   samaradorligini   baholash   tizimini   ishlab
chiqishda,   korxonada   amal   qiladigan   ijtimoiy   va   iqtisodiy   asoslaridan   kelib
chiqqan   holda   bozor   munosabatlari   sharoitiga   xos,   shuningdek,   nafaqat   ishlab
chiqarish korxonalarida balki noishlab chiqarish korxonalarida ham keng miqyosda
qo‘llash   imkonini   beradigan,   qo‘llanilishi   sodda   va   tushunarli   bo‘lishi   muhim
hisoblanadi.  Mehnat samaradorligini baholash tizimini ishlab chiqish - mehnat
samaradorligini baholash jarayonini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun
mo‘ljallangan   bir-biri   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   uslublar   majmuasini   to‘zishdan
iborat.
Mehnat   samaradorligini   baholash   tizimini   ishlab   chiqishda   avvalo   ishlab
chiqishning   asosini   tashkil   qiluvchi   tamoyillarni   belgilab   olish   maqsadga
muvofiqdir.   Tashkil   etishning   asosiy   tamoyillari   korxona   personalini   boshqarish,
samaradorlikni   miqdoriy,   nazariy,   metodologik   va   tashkiliy   baholash   imkonini
beradigan, baholash uslublari amal qiladigan normativ huj- jatlarni ishlab chiqishni
va   tizimni   takomillashtirib   borishni   o‘z   ichiga   olgan   mukammal   baholash   tizimi
tamoyillaridan iborat bo‘lmog‘i zarur.
15 Baholashning   aralash   uslublari   bir   yo‘la   sifat   va   miqdor   uslub¬larini,
maxsus testlarni, ekspert baholarini qo‘llashni ko‘zda tutadi. Jumladan, xodimning
amaliy,   ayniqsa,   tashkilotchilik   qobiliyatlarining   miqdor   ko‘rsatkichlari   ekspert
baholari   asosida   aniqlanadi.   Buning   uchun   lavozimga   nomzodni   baholash   uchun
ishlab   chiqarish   xususiyatlari   va   mehnat   sharoitini   hisobga   olgan   holda   6—7   ta
mezon belgilanadi.
1.4- rasm . Personalni kompleks baholash tarkibi.
Chunonchi:
1. Mehnatni tashkil etish va rejalash qobiliyati.
2. Kasbiy malaka.
3. Topshirilgan ish uchun mas’uliyat.
4. Xodimlar bilan o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish layoqati.
5. Yangiliklarni joriy etish qobiliyati.
6. Mehnatsevarligi va ishchanligi.
16 Lavozimga nomzodning faoliyatini o‘rganish natijasida bu mezonlarning har
biri bo‘yicha, aytaylik, 5 balli tizim bo‘yicha tegishli baho (5 - a’lo, 4 - yaxshi, 3 -
qoniqarli,   2   -   qoniqarsiz,   1   -   yomon)   beriladi.   Misol   tariqasida   nomzodning
„Mehnatni   tashkil   etish   va   rejalashtirish   qobiliyati”   mezoni   bo‘yicha   baholash
tartibini   keltirish   mumkin.   Agar   nomzodga   „1”   ball   berilgan   bo‘lsa,   demak   u   -
ushbu masalalarda o‘ta qobiliyatsizdir. „2” ball o‘z mehnati va xodimlar faoliyatini
tashkil eta olmaydigan, „3” ball - xodimlar faoliyatini tashkil eta oladi, biroq ishni
rejalashtirishga qodir emas, „4” ball - o‘zining va xodimlarining mehnatini yaxshi
tashkil eta oladi, „5” ball - samarali rejalashtirish asosida ishda aniq tartibni yo‘lga
qo‘ya olishini anglatadi.
Personalni   boshqarishda   quyidagi   asosiy   funksiyani   bajaradi:   umumiy
strategiyani   belgilash   va   amalga   oshirish   yo‘llarini   aniq   bilish,   personalga
ehtiyojlarni   rejalashtirish,   personalni   tanlash,   personalni   yollash,   personalni
rivojlantirish, personalni yo‘naltirish, personalga ehtiyoj va mavjud ishchi kuchini
baholash, mehnat bozori va o‘z jamoasidagi ahvolni bashorat qilish hamda mehnat
jarayoni   tahlili,   ish   grafiginini   tuzish,   martaba   tizimini   yaratish,   mehnat   sharoiti,
personal   bilan   ishlash,   rag‘batlantirish   orqali   qiziqtirish,   kadrlarni   baholash   va
o‘qitish, mavjud kadrlar  salohiyatini  tahlil  qilish va istiqbolni ko‘zlagan holda bu
salohiyatni   rivojlantirishni   rejalashtirish,   joriy   etilgan   yangiliklarga   xodimlar
ko‘nikishiga   ko‘maklashish,   jamoada   ijtimoiy   qulay   muhitni   yaratish,
xodimlarning   psixologik   jihatdan   o‘zaro   bir-birlariga   mos   kelishlari   masalalarini
hal etish va boshqalardir.
1.2 .  Korxonada  p ersonal faoliyati samaradorligiga ta’sir etuvchi  ijtimoiy va
iqtisodiy  omillar tasnifi
Korxonada   inson   resurslaridan   foydalanish   samaradorligi   o‘sishining
omillari tasnifi bo‘yicha tavsiyalar iqtisodiy adabiyotlarda bir necha bor keltirilgan.
Umumiy   tamoyilga   ko‘ra,   bu   tasnif   ularning   mohiyatiga   ko‘ra,   yiriklashgan
guruhda   omillarning   katta   yoki   kichik   doirada   birlashishi   hisoblandi.   Tahlil
17 jarayonida   bu   tasnif   nafaqat   rejalashtirilgan   darajaga   erishishni   baholash
maqsadida, balki personal faoliyati samaradorligiga alohida omillarning haqiqatda
ta’sirini aniqlash uchun qo‘llaniladi.
Sanoat   korxonalarida   personal   faoliyati   samaradorligiga   ta’sir   etuvchi
omillarning mavjud nazariya va amaliyotini o‘rganish tadqiqot maqsadiga bog‘liq
holda   aniqlik   kiritilgan   umumiy   tasnif   tuzish   imkonini   beradi.   Iqtisodiy
mohiyatidan   kelib   chiqqan   holda   sanoat   korxonalarida   personal   faoliyati
samaradorligiga   ta’sir   etuvchi   omillarning   quyidagi   tasnifini   taklif   etamiz   (1.1-
jadval).
1 .1-jadval
Personal faoliyati samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar tasnifi 7
Omillar                                 Omillarning   mazmuni
Fiziologik Jinsi, yoshi, sog‘lig‘i, aqliy qobiliyati, fiziologik qobiliyat va boshqalar.
Texnik va
texnologik Echiladigan   masalalar   xarakteri,   mehnatning   murakkabligi,   texnik
yangilanish,   ilmiy   texnik   yutuqlardan   foydalanish   darajasi,   ishlab
chiqarishning   texnik-iqtisodiy   darajasi,   fondlar   bilan   qurollanish   darajasi
va   boshqalar.
Tashkiliy Mehnat   sharoiti,   personal   kategoriyalarining   nisbati,   korxona   hajmi,   ish
tartibi,   ish   staji,   ishchilar   malakasi,   personaldan   foydalanish   darajasi   va
boshqalar.
Ijtimoiy-
iqtisodiy Ishchilarni   moddiy   rag‘batlantirish,   sug‘urtalash,   ijtimoiy   imtiyozlar,
turmush darajasi va   sifati,   va   boshqalar.
Ijtimoiy-
psixologik Jamoadagi   ma’naviy   muhit,   ishchining   psixofiziologik   holati,   maqom   va
tan   olinish,   korxonaning   tashkiliy   madaniyati,   ishchilarning   ish   faoliyatidan
mamnunligi,   xizmat   pog‘onasidan   ko‘tarilish   istiqbollari va   boshqalar.
Omillarni   boshqarish   darajasiga   ko‘ra,   tartibga   solinadigan,   kam   tartibga
solinadigan   va   tartibga   solinmaydigan   turlarga   ajratish   mumkin 8. Tartibga	
solinmaydigan	 	omillar	 	boshqaruv	 	qarorlariga	 	bog‘liq	 	bo‘lmaydi,	 	ularga	 
korxona
filialining joylashgan o‘rni, raqobatchilarning mavjudligi kabi omillar   tegishlidir.   Kam
tartibga   solinadigan   omillarga   ko‘pincha   boshqaruv   qarorlariga   muayyan   davr
oralig‘ida   kam   bog‘liq   bo‘lgan   o‘zgarishlar,   katta   inertlikdagi   omillar   tegishlidir.
Bunday   omillarga   firma   vakolatining   hajmi,   asosiy   fondlarning   tarkibi   va   hajmi,
7
 Muallif tomonidan manbalardan foydalanilgan holda ishlab chiqilgan
8
 Френкель А.А. Производительность труда, проблемы моделирования роста. - М.: Экономика, 1984. -175 с.
18 ishlab chiqarish texnik  darajasining tavsifi (mashinalar   quvvati, mexanizatsiyalashish
va avtomatlashish darajasi) kabi omillar tegishlidir.   Tartibga   solinadiganlariga   personal
faoliyatining   sifat   ko‘rsatkichlarini   tavsiflovchi,   mehnat   va ishlab   chiqarishni   tashkil
etish,   resurslardan   foydalanish   darajalarini   ifodalovchi   omillar   kiradi.   Taklif   etilgan
ko‘rsatkichlar tasnifi personal faoliyati samaradorligi va tartibga soluvchi omillarning
o‘zaro   bog‘liqligi   tadqiqotini   o‘tkazish   uchun   qulaydir,   chunki   turli   xil   jihatlarda   bir
nomdagi muammolarni echish imkonini beradi.
Bizning   fikrimizcha,   personal   faoliyati   samaradorligiga   avvalambor
ishchilarning kompetensiyasi va ularning motivatsiya darajasi ta’sir ko‘rsatadi. Bunda
ishchilarning   kompetensiyasi   ularning   bilimi,   ish   tajribasi,   shaxsiy   qobiliyatiga
bog‘liqdir.
Ishchilarni   rag‘batlantirish   yoki   kompensatsiya   qilish   personal   faoliyati
samaradorligiga ta’sir etuvchi muhim omil ekanligi inkor qilinmaydigan dalil.
Kompensatsiyalashning noan’anaviy usullarini o‘zgaruvchan ish haqi tizimi,
guruhli ish haqi tizimi, bilim va kompetensiyalarga to‘lov tizimi bilan bog‘liq uch
asosiy guruhga ajratish mumkin.
Mukofotlash   ko‘rinishlari   uchta   asosiy   guruhni,   ya’ni   iqtisodiy,   nufuzli,
ishdan   qoniqishni   o‘z   ichiga   oladi.   Personal   faoliyati   samaradorligini   oshirish
maqsadida sanoat korxonalarida foydalanish mumkin bo‘lgan, keng ommalashgan
rag‘batlantirishning turli xil usullarini 1.2-jadvalda ko‘rib chiqamiz.
  1 .2-jadval
Sanoat korxonalarida personalni rag‘batlantirishning asosiy usullari 9
Turi Individual Guruh
Iqtisodiy
(bevosita)
Iqtisodiy
(bilvosita) Ishbay ish haqi,  vaqtbay ish haqi, yangilik kiritgani
uchun   mukofot,   bilimi   uchun   to‘lov,   imtiyozli
ovqatlanish,   sug‘urta,   pensiya   ta’minoti,   bepul
ovqatlanish,   mukofotlash. Foydaning
taqsimlanishi:
qo‘shimcha to‘lov lar,
jamoaviy   muko-
fotlash.
Nomoddiy Ortiqcha ishlangan  vaqt uchun olingan dam olish kuniga
to‘lovni  amalga   oshirish,   egiluvchan   ish   jadvali,
rahmatnoma,   xizmat   pillapoyalaridan   ko‘tarilish,
ta’lim   olish. Mehnat hayoti sifatini
oshirish  dasturlari,
mehnat   muhofazasi.
9
 Muallif tomonidan manbalardan foydalanilgan holda ishlab chiqilgan
19 Qayd   etish   kerakki,   motivatsiya,   rag‘batlantirishni   tashkil   etishga   standart
yondashuvlar   ba’zida   samarasiz   ta’sir   ko‘rsatadi:   rag‘bat   ishchilar   kontingenti,
jamoa   oldida   turgan   vazifalar,   unining   xususiyatlari   kabilarga   bog‘liq   holda
o‘zgaradi.
Ish   vaqti   tartibi   sifatidagi   omilning   mavjudligi   personal   faoliyati
samaradorligiga   ijobiy   ta’sir   ko‘rsatuvchi   o‘zining   individual   xususiyatlari   bilan
ishchining   ish   jadvalini   yonma-yon   qurish   imkonini   beradi.   Ko‘pchilik   korxonalar
o‘zlarining   xodimlariga   qo‘shimcha   to‘lovli   yoki   to‘lovsiz   ta’tillarni   ham   taqdim
etadilar.   Sanoat   korxonalarida   yangi   ishlab   chiqarishni   tashkil   etish,   yangi   ish
joylarini   yaratish   va   mavjudlarini   reorganizatsiya   qilishda   unumdorlikka   yaxshi
mehnat sharoitlarining ijobiy ta’sirini   e’tiborga olish kerak. Bunda ergonomiya  jihatini	
nazarda	 tutish	 muhim	 hisoblanadi.
Shuningdek,   personal   faoliyati   samaradorligini   oshirish   ma’muriy   ishchilar
nisbatini   optimallashtirish,   personalni   tayyorlash   va   malakasini   oshirishni
takomillashtirish,   mehnat   intizomini   mustahkamlash,   ish   vaqti   yo‘qolishini
kamaytirish bilan bog‘liqdir. Ish vaqti fondining maksimal foydalanish koeffitsienti
(bundan   keyin   personaldan   foydalanish   koeffitsienti   deb   yuritiladi)   mehnatning
mazmunini tavsiflaydi. U ishlab chiqarish jarayonida ishlayotgan personal  soni va
tarkibi   bilan   korxona   faoliyatining   iqtisodiy   ko‘rsatkichlarini   solishtirish   uchun
xizmat qiladi. Bu ko‘rsatkich personalning foydalanish samaradorligini ifodalaydi.
Ish   vaqtining   yaxshi   yo‘lga   qo‘yilgan   hisobida,   bizning   fikrimizcha,   ish   vaqti
fondidan   maksimal   foydalanish   samaradorligi   koeffitsienti   orqali   mehnat
intensivligini baholash maqsadga muvofiqdir. Mazkur koeffitsient quyidagi formula
(1) orqali hisoblanadi:
bu   y erda:   Kf   –   ish   vaqti   fondidan   maksimal   foydalanish   samaradorligi
koeffitsienti;	
Ti	 – i-chi	 kategoriya	 bo‘yicha	 ish	 vaqtining	 yo‘qotilishi;	 Tv	 – ish	 vaqtining	
maksimal	 fondi.
20 Bizningcha, bu ko‘rsatkich sanoat korxonalarida alohida dolzarbdir, shunday 	ekanbu   ko‘rsatkich   personal   rezervini   aniqlash   imkonini   beradi.   Biz,   ish   vaqti   hisobini
iqtisodchi olim S.D.Ilenkova tomonidan  taklif etilgan metodika bo‘yicha olib   borishni
taklif   etamiz 10
.
1 .3-jadval
Korxonalarda personal faoliyatini samarasiz boshqarish sabablari 11
Korxonada   personalni   samarasiz
Boshqarish Personalni   samarasiz   boshqarish
sabablari   ta’sirining   natijalari
Personalni boshqarish munosabatlari-   da
rahbariyat va personal motivatsiyasi-
ning   mavjud   emasligi   yoki   etarli
emasligi. Ma’muriy   to‘siqlar   va   tashkiliy   cheklovlarni
yaratish,   boshqaruvdagi   byurokratizm,
o‘zgarishlarga   qarshilik ko‘rsatish   va   h.k.
Potensial   personal   haqida,   uning   tarkibi
va   dinamikasi   to‘g‘risida   ishonchli
axborotlarning   mavjud emasligi. Kadrlarni   tanlash,   joylashtirish   va   rotatsiya
qilish   bo‘yicha   noto‘g‘ri   qarorlarni   qabul
qilish.   Personalni   tanlashga   xarajatlar   va
kadrlar   qo‘nimsizligining   oshishi.
Personalni   boshqarishda   tizimlilik-   ning
mavjud emasligi Tashkilotda   faoliyat   natijalariga
personalning   demotivatsiyasi.   Korxonaning
rivojlanish   ko‘rsatkichlarini   sekinlashishi
yoki   yo‘qligi.   Tashkilotning   uzoq   muddatli
raqobatbardoshlilini   pasayishi.
Personalni   boshqarish   masalalari
bo‘yicha   rahbariyatning   bilimi,
mahorati   va   ko‘nikmalarining
etishmasligi yoki   mavjud   emasligi. Tashqi   muhitning   o‘zgarishi   shart-
sharoitlariga   tashkilot   moslashuvchan-
ligining   pasayishi,   personal   rivojlanishining
susayishi.
Keyingi   o‘rindagi   e’tiroz   mehnatni   tashkil   etish   va   shart-sharoitlardan
qoniqmaslik   hisoblanadi.   Shuningdek,   ishchining   kasbiy-malaka   xususiyatlari
(ishning mutaxassisligiga to‘g‘ri kelmasligi, istiqbolning yo‘qligi, ishning qiziqarli
emasligi   va   h.k.)   ahamiyatli   hisoblandi.   Qolgan   ahamiyatli   omillarga   ma’muriyat
bilan   jamoadagi   munosabat   hamda   o‘zining   ish   faoliyatida   shaxsiy   motiv   va
xohishni ham kiritish mumkin.	
Bunga   bog‘liq   holda   personal   faoliyati   samaradorligiga  	to‘siq   bo‘luvchi   omillar,
ular   ta’siri   hamda   namoyon   bo‘lishining   oqibatlarini   yumshatish   yoki   bartaraf   etish	
uslublarini	 ishlab	 chiqish	 muhim	 hisoblanadi.
10
 Экономика и статистика фирм // под ред. С.Д. Ильенковой, - М.: Финансы и статистика, 2006. – С. 11.
11
 Muallif tomonidan manbalardan foydalanilgan holda ishlab chiqilgan
21 Respublikamizda   yirik   sanoat   korxonalari   faoliyatini   o‘rganish   shuni
ko‘rsatmoqdaki,   kadrlar   zahirasi   bilan   ishlashda   ishchilarning   ijodiy   innovatsion
salohiyati   hisobga   olinmaydi.   Bu   shuni   bildiradiki,   bizning   fikrimizcha,   korxona
rahbarlarini  mustaqil   va   tashabbuskor   menejerlar,   mutaxassislar   va   oddiy ishchilarni	
xohlamasliklari	 an’anaviy	 konservatizm	 hisoblanadi.
Korxonada ish faoliyati rahbarni ko‘pincha murakkab va nozik vaziyatlarga
duch   qiladiki,   bunda   personal   faoliyati   samaradorligini   oshirishda   psixologlar
tavsiya   etgan   xulq-atvor   qoidalariga   rioya   etish   asabiy   tanglikni   pasaytirishga   va
xatolardan   himoyalanishga   yordam   beradi.   Birgina   ishdan   bo‘shash   jarayonini
olsak:   hamma   unga   uchraydi   va   barcha   uchun   u   doim   murakkabdir.   Bozor
iqtisodiyoti sharoitida esa u yanada keskinlashadi. Ishdan bo‘shashdagi stresslarni
biroz   bo‘lsa   ham   pasaytirish   uchun   amerika   biznes   va   menejment   maktablarida
hatto   yangi   mutaxassislarni   -   menedjer   -   terminatorlarni   (inglizcha   terminate   -
tugatish)   tayyorlaydilar,   ular   shu   kabi   ishlar   bilan   shug‘ullanadilar.   Yuqoridagi
fikrlarni umumlashtirib, respublikamizning bozor iqtisodiyotiga o‘tishida malakali
rahbarlar   juda   zarur   degan   xulosa   chiqarish   mumkin.   Asosiysi   –   rahbar   bizning
davrimizda   qarorlar   chiqarishda   kat'iy   bo‘lishi,   kishilarni,   birinchi   navbatda   o‘z
atrofidagilarni   juda   yaxshi   bilishi,   faqat   bo‘ysinuvchilar   bilan   emas,   balki
yuqoridagi   rahbarlar   bilan   muomala   yuritishda   printsipial   bo‘lishi   kerak.   O‘z
xodimlari   bilan   suhbatlashayotgan   rahbar   o‘z   fikrlarini   tushunarli   bayon   qilishi,
suhbatdoshlarini diqqat bilan tinglashi, har qanday e'tirozlarni rad qilmasligi zarur,
chunki aynan shu e'tirozlar berilayotgan axborotning etarli emasligini ko‘rsatadi.
1.3 Korxonalarda personal faoliyati samaradorligini boshqarish tizimini va
rahbarlik uslubini iqtisodiy usullarda qo‘llash zaruriyati
Amaliyotda usullar tizimini to‘g‘ri qo‘llash boshqarish tamoyillariga bog‘liq
bo‘ladi.   Chunki   usullar   har   doim   boshqarish   tamoyillar   tomonidan   belgilangan
qoida,   nizom   asosida   qo‘llaniladi.   Bozor   tamoyillari   xo‘jalik   rahbarlaridan
22 tashabbuskorlik,   korxona   faoliyati   masalalari   bo‘yicha   yuqori   natijalarga   erishish
maqsadida qayishqoqlik, tavakkalchilikni talab etadi.
Muvaffaqiyatga intiluvchi rahbar ana shu regulyator va omillarga asoslanib
o‘z   ishonchi   bilan   boshqalarga   yetakchi   bo‘lib,   ular   orqali   xizmat   ko‘rsatadigan
mijozlarni   g‘alabaga   ishontiradi,   atrofiga   istiqbolli   xodimlarni   yig‘ib,   ularning
hurmatini   qozonadi,   qo‘l   ostidagilarni   sevadi,   ularning   muammosini   o‘zining
muammosi   deb   tushunadi,   ishni   yuqori   darajada   bajarishga   tadbirkorlik   bilan
kirishadi.Boshqarishni   iqtisodiy   usullarining   hozirgi   paytdagi   o‘zgarish
omillaridan   eng   asosiysi   boshqarishni   ilk   chiziqli   shaklidan   gorizontal   shakliga
o‘tish   hisoblanadi.   Bunda   boshqarish   ob‘ektiga   ta‘sir   nafaqat   yuqori   boshqarish
organlari   tomonidan,   balki   korxona   bilan   bog‘langan   mijozlar,   iste‘molchilar
tomonidan   amalga   oshiriladi.   Bunday   ta‘sir   qilish   usullari   o‘z   ifodasini   o‘zaro
majburiyatlar,   bitimlar   va   shartnomalarda   topadi.   Iqtisodiy   usullarning   harakati
sharoitida   pastki   bo‘g‘inlarga   markazlashgan   ta‘sir   ko‘rsatish   susayadi.
Iqtisodiyotning   pastki   bog‘inlari   mustaqil   ravishda   qarorlar   qabul   qilishi   uchun
katta huquq va imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Korxona  va xo‘jaliklarning o‘z-o‘zini
boshqarishga   o‘tishi   amalga   oshiriladi.   Boshqarishning,   xususan,   mehnat
samaradorligini   boshqarishning   ishlab   chiqarish   iqtisodiy   maqsadi   eng   kam   jonli
va   buyumlashgan   mehnat   xarajatlari   sarflangan   holda   shaxsiy   va   ijtimoiy
ehtiyojlarni to‘laroq qondirish uchun zarur mahsulot chiqarish bilan belgilanadi.
1. Ijtimoiy-iqtisodiy maqsad mehnat jarayonining amal qilish uchun ijobiy
ishlab chiqarish va ijtimoiy-madaniy shart-sharoitlarni yaratish bilan belgilanadi.
2. Mehnat   samaradorligini   boshqarish   maqsadlariga   erishish   vositalari
nafaqat   kishilar   foydali   mehnat   faoliyatining   ishlab   chiqarish   iqtisodiy,   ijtimoiy-
iqtisodiy   va   ijtimoiy-siyosiy   natijalari   amalga   oshirish,   balki   natijalarga   nominal
mehnat va vaqt xarajatlari yordamida erishishni ta‘minlash kerak.
3. Mehnat samaradorligini boshqarishning yana bir prinsipini bu moddiy va
ma'naviy   rag‘batlantirishning   optimal   birligi   prinsipidir.   Bu   prinsipni   amalga
oshirishda   xo‘jalik   hisobini   boshqaruvning   barcha   darajalarida   joriy   etish   muhim
23 ahamiyatga   ega.   Bunda   xodimlarni   moddiy   rag‘batlantirish   bilan   birga   yuqori
samarali mehnatni ma'naviy rag‘batlantirish ham muhim rol o‘ynaydi.
4. Boshqaruvga aniq holatni, sharoit-tahlilini hisobga olish prinsipi muhim
o‘ringa ega. Bu prinsipning o‘ziga xos xususiyati shundaki, iqtisodiy holatni to‘g‘ri
baholay bilish, to‘g‘ri qaror qabul qilish va xulosa chiqarish kerak bo‘ladi.
5. Mehnat   samaradorligini   boshqarishni   optimal   tashkil   etish   maqsadida
birinchi   navbatda   «mehnat   salohiyati»   tushunchasini   ilmiy   asoslash   kerak,   undan
keyin esa bu maksimal yuqori koeffitsientini ta'minlash kerak.
Bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   korxonalarida   personalni   boshqarishda
iqtisodiy   usullarning   qo‘llanilishi   mehnat   unumdorligini   oshishida   muhim
ahamiyat   kasb   etmoqda   va   o‘zining   ijobiy   samaralarini   bermoqda.   Menejment
usullari tizimida iqtisodiy usullar yetakchi o‘rinni egallaganligi sababli, personalga
qo‘llashning  ahamiyatli   tomoni  shundaki,  xodimlar  va  ishlab  chiqarish  jamoasiga
ularning   manfaatli   bo‘lishini   ta‘minlovchi   iqtisodiy   sharoit   yaratilishidir.   Bozor
iqtisodiyoti   ma‘muriy-buyruqbozlik   tizimiga   nisbatan   qarama-qarshi   tizim   bo‘lib,
narx,   soliq,   kredit   va   ish   haqi   vositasida   o‘zgarishini   qat‘iy   tartibga   solmay,
barqarorlikka   erishib   bo‘lmaydi.   Iqtisodiy   usullar   iqtisodiy   ta‘sir   vositalari
yig‘indisidan   (narx,   kredit,   biznes-reja,   foyda,   soliqlar,   ish   haqi,   iqtisodiy
rag‘batlantirish va h.k.), ya‘ni xo‘jalik faoliyatiga ta'sir etishning har bir jamoa mos
xo‘jalik   bo‘g‘ini   bilan   uzviy   aloqada   amal   qilishini   ta‘minlovchi   tadbirlardan
iboratdir.   Korxonalar,   aksioner   jamiyatlari,   kichik   biznesda   muhim   boshqaruv
usullaridan biri biznes-reja bo‘lib, iqtisodiy jarayonlarni umummilliy manfaatlarni
ko‘zlab,   xo‘jalik   amaliyotida   ob‘ektiv   iqtisodiy   qonunlardan   foydalanish   asosida,
ongli   ravishda,   bir   maqsadga   intilgan   holda   boshqarishning   o‘zaro   uzviy   bog‘liq
tizimidan   iboratdir.   Biznes-reja   xo‘jalik   sub‘ektlari   faoliyatining   barcha
tomonlarini:   mahsulot   ishlab   chiqarish   va   uni   sotish,   moddiy-texnikaviy   ta'minot
va ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish, mehnat va ish haqi, jamoada ijtimoiy
jarayonlar va h. k.larni qamrab oladi. Boshqarish usullari tizimida iqtisodiy usullar
markaziy   hisoblanadi.   Iqtisodiy   usul   iqtisodiy   mexanizmlar   orqali   boshqarish
ob‘ektiga ta‘sir ko‘rsatish ma‘nosini anglatadi.
24 1.4-jadval.
Korxonalar personalini rag‘batlantirishning iqtisodiy va noiqtisodiy
omillari. 12
Iqtisodiy
motivlar Noiqtisodiy   (tashkiliy   va   ma‘naviy)   omillar
Maqsadli   motivlar Mehnatni boyitish
motivlari Dahldorlikni oshirish
omillari.
1 2 3 4
Ish   haqi Xodimlar oldiga Xodimlarning ish Sotsial  masalalarni
Tadbirkorlik Ular faoliyatini Faoliyati doirasini Yechishda xodimlarga
foydasi yuksaltiruvchi   aniq kengaytirish hal   qiluvchi   ovoz   berish
Turli   imtiyoz   va Va ravshan xodimlar   mehnatini qarorlarni   qabul   qilishda
mukofotlar Maqsadlarni boyitish; xodimlarni   jalb   qilish
berish   yoki qo‘yish murakkab   ish   berish; Xodimlarga mas‘uliyat
jarima yanada yuqoriroq Yuklashm va vakolat
mukofotdan Boshqichdagi ish berish   va   h.k.
mahrum   etish   va berish   va   h.k.
h.k.
Xizmat   ko‘rsatish   korxonalarida   personalni   boshqarish   va   mehnat
natijalarini   rag‘batlantirishda   motivatsiyaning   quyidagi   iqtisodiy   va   noiqtisodiy
usullari   qo‘laniladi.  Ishga   qiziqtirish  nazariyalarida  rag‘batlantirish   shunchaki  pul
va   imtiyozlardan   ancha   kengroq   ma’no   kasb   etadi.   Rag‘batlantirish   inson   o‘zi
uchun   qadrli   deb   hisoblaydigan   hamma   narsani   qamrab   oladi.Hozirgi   davrda
insonning   mehnat   faoliyati   bilan   shug‘ullanishga   qiziqishi   sabablari   ancha
murakkab,   odatda   ularni   tushunib   yetish   qiyin,   demakki   bu   qiziqishga   ta‘sir
o‘tkazish ham oson emas.
Insonning   qiziqishi   tarkibiga   uning   xatti-harakatlari   asosi,   deb   qarash
mumkin   va   bu   tarzda   o‘zini   tutishga   da‘vat   qiluvchi   ichki   kuch   sifatida   qaraladi.
Bu   tarkib   muayyan   barqarorlikka   ega.   Shunga   qaramasdan,   insonni   tarbiyalash
12
 М.Л.Разу. Менеджмент.  КНОРУС . 2008 г.123 c‖ ‖   
25 jarayonida, uning ta‘lim saviyasi oshishi bilan qiziqish tarkibi ham o‘zgarib boradi.
Hozirgi   vaqtda   personalga   ma‘muriyat   tomonidan   qo‘shimcha   imtiyozlar   berish
tajribasi keng yoyilmoqda. Ular quyidagilardan iboratdir: xodim maqomi nufuzini
belgilovchi,   xodim   ijtimoiy   himoyalanganligini   ko‘rsatuvchi,   bevosita   bajarilgan
ish   va   ishlab   chiqarish   vazifasi   uchun   belgilangan   imtiyozlar.   Mukofotlash
tariqasida u yoki bu imtiyozni tanlash ma‘muriyat vakolati hisoblanadi.
1.5-jadval
Korxona (tashkilotda) rag‘batlantirish tartibi
T/   r Rag‘batlantirish
Asosiy   mazmuni   va manbalari
1 Turlari Shakli
2 Moddiy
Pulli Ish   haqi Xodimning   ish   haqi,   shu   jumladan,   asosiy   (ishbay, 
vaqtbay,   oklad)   ish haqi   va   qoshimcha   to‘lovlar.
3 Mukofotlar Korxona   foydasi   hisobidan   to‘lovlar   (mukofotlar,
qo‘shimcha mukofotlar). Chet ellarda bu bonus shaklida
bo‘ladi:   yillik,   yarim   yillik,   yangi   yil   munosabati   bilan.
4Aksiyadorlik
kapitalida
ishtirok Korxona   (tashkilot)   aksiyalarini   sotib   olish   va   ularga  
dividend   olish,   aksiyalarni   imtoyozli   narxlarda   hamda 
bepul   olish.
5 Foydaga
sheriklik Foydaulushi belgilanib, undan mukofot jamg‘armasi 
tashkil   etiladi.
6 Qo‘shimcha
to‘lov   rejalari Bu   rejalar   aksariyat   hollarda   mahsulotlarni   realizatsiya
qiluvchi   korxona   bo‘limlariga   mo‘ljallangan   hamda
mahsulot   sotish   uchun   yangi   bozorlar   topish,   sotuv
hajmini   ko‘paytirishni   rag‘batlantirishga   qaratilgan.
7 Nomod-
diy Bo‘sh vaqt
ajratish
orqali
rag‘batlantirish Ish   bilan   bandlik   bo‘yicha   vaqtni   mukofotlashtirish:
Xodimning   faol   va   ijodiy   mehnati   uchun   unga
qo‘shimcha   dam   olish   kunlari,   ta‘til   berish,   xodimga
mehnat   ta‘tili   vaqtini   tanlash   huquqini   berish   va
hokazolar;
Ish   grafigini   egiluvchan   tarzida   tashkil   etish   hisobiga;
Mehnat   unumdorligi   hisobiga   ishchi   kuchi   miqdorini
qisqartirish.
8 Tashkiliy
rag‘batlantirish Xodimning   faoliyatini   uning   mehnatidan   qoniqish   hosil
qilish   his-tuyg‘usini   o‘zgartirish   asosida   boshqaradi.   Bu
xodimning   mehnat   faoliyatini   tashkil   etish   jarayonida
ijodiy   yondashuvni;   boshqaruvda   ishtirok   etish
imkoniyatini,   xizmat   lavozimida   siljishni;   ijodiy
safarlarni   ko‘zda   tutadi.
9 Ma‘naviy
rag‘batlantirish Xodim   faoliyatini   ijtimoiy   e‘tirof 
qilish asosida  boshqariladigan  
rag‘batlantirish Yoriqlar, 
nishonlar,  
belgilar   taqdim  
etish
26 10 Transport
xarajatlarini
qoplash  yoki
o‘z  transporti
Bilan  xizmat
ko‘rsatish Mablag‘   ajratish:
Transport   xarajatlarini   qoplash  
uchun   Transport   xarid   qilish   uchun.
To‘la   xizmat   ko‘rsatish   uchun   (transport   haydovchisi  
bilan)
Tez-tez   sarf   qiladigan   xodimlar,   rahbarlarga,   qisman  
xizmat   ko‘rsatish
11 Omonat
jamg‘armalari Korxona xodimlari uchun tijorat banklarida belgilangan
foizdan   kam   miqdorda   bo‘lmagan   omonat
jamg‘armalari   tashkil   etish.   Mablag‘larni
jamg‘arishning   imtiyozli tartiblari.
12Ovqatlanishni
tashkil   etish Mablag‘   ajratish:
Korxonada   ovqatlanish  
uchun.   Ovqatlanish   uchun 
tolovlar.
13 Korxona
mahsulotini
imtiyozli
narxlarda
sotish Ushbu   tovarlarini   chegirma   bilan   sotish   uchun
mablag‘   ajratish
14 Stipendiya
dasturlari Chetda   ta‘lim   olish   uchun   mablag‘   ajratish   (ta‘lim   olish
uchun   sarf-xarajatlarini   qoplash).
15
Korxonaning
o‘qitish
dasturlari O‘qitishni (qayta o‘qitishni)tashkiletish  uchun
xarajatlarni   qoplash.
16 Tibbiy  xizmat
ko‘rsatish
dasturlari Tibbiy   xizmat   ko‘rsatishni   tashkil   etish   yoki   tibbiyot  
muasasalari bilan personalga xizmat  ko‘rsatish  
to‘g‘risidagi   shartnoma   tuzish.   Shu   maqsadlarga  
mablag‘ajratish.
17 Maslahat
xizmatlari Maslahat   xizmatini   tashkil   etish   yoki   shunday   xizmatlar 
bilan   personalga   maslahat xizmatini   ko‘rsatish haqidagi  
shartnoma   tuzish.
18 Uy-joy
qurilishi
dasturlari Xodimlarga   o‘zlari uchun   uy   qurishga mablag‘   ajratish.
19 Bolalarni
tarbiyalash  va
o‘qitish  bilan
bog‘liq
dasturlar Korxona   personali   farzandlarining   maktabgacha
tarbiyasi,   maktab,   kollej,   litsey   va   oliyo‘quv   yurtlarida
o‘qishini   tashkil   etish   uchun   mablag‘,   imtiyozli
stipendiyalar   ajratish.
20
Egiluvchan
ijtimoiy
to‘lovlar Korxona   zarur   imtiyozlar   va   xizmatlar   uchun   muayyan
mablag‘lar   ajratadi.   Xodim   ajratilgan   ushbu   mablag‘
doirasida   o‘zi   uchun   zarur   imtiyoz   va   xizmatlarni
tanlab
olish   huquqiga   ega   bo‘ladi.
27 21 Moddiy Hayotni
sug‘urta
qilish Korxona   mablag‘lari   hisobiga:
Xodim hayotini   sugurta   qish   hamda   imtiyozli   ravishda  
xodim   oila   a‘zolari   hayotinisug‘urta   qilish.
Xodim   daromadi   hisobidan   ushlab   qolinadigan  
mablag‘   hisobiga:
Baxtisiz hodisa uchun xodimning yillik  daromadi  
darajasida;   inson   halok   bo‘lishiga   olib   kelgan   baxtsiz 
hodisa   uchun   ushbu   to‘lov   ikki   karra   ko‘paytiriladi.
22 Vaqtinchalik
mehnat
qobilyatiyo‘qotilganligi
uchun   to‘lovlar Nogironligi   uchun   qo‘shimcha   mablag‘   ajratish,   bir
martali   yordam   ko‘rsatish.
23 Tibbiy   sug‘urta Xodimlar   ham,   ular   oila   a‘zolari   ham   tibbiy   sug‘urta
qilinadi.
Korxonalarda   masalan,   savdo   firmalari   yoki   kompaniyalarning   savdo
bo‘limlari   marketing   tizimida   ishlab   chiqarilgan   mahsulotlarni   taqsimlash   yoki
sotish,   ishlab   chiqarish   jarayoni   uchun   talab   qilinadigan   xom-ashyo   va
materiallarni   sotib   olish,   iste‘molchilar   bilan   bevosita   aloqalar   o‘rnatish,
muzokaralar   o‘tkazish,   oldi-sotdi   shartnomalarini   tayyorlash   va   tuzish,   ularning
sifatli ijro etilishini nazorat qilish, tovarni narxi kamaytirib sotilishi, iste‘molchiga
yetkazishning  reklama tadbirlarida, ko‘rgazma ishlarida  rag‘batlantirish  siyosatini
amalga   oshirish,   tovar   assortimentini   rejalashtirishda   ishtirok   etish   va
yordamlashish,   tovarni   aniq   bozor   iste‘molchilari   talablarining   ma’lum
darajasigacha   yetkazish,   texnik   qo‘llab-quvvatlash   va   servis   xizmat   ko‘rsatishni
amalga   oshirish,   savdo   vositasini   moliyalashtirish   kabi   ushbu   keng   qamrovli
funksiyalarni   sotuvchilar   bajaradigan   savdo   operatsiyalarining   juda   katta
samaradorligini ta‘minlaydi. Vositachilarning yirik ko‘lami yuqori kasb mahorati,
universal  hamda ixtisoslashgan  operatsiyalari  hisobiga savdo  va tijorat  sohalarida
xarajatlarning   qoplanishi   va   mablag‘larning   aylanishi   tezlashadi,   yakuniy
xaridorlar   uchun   qulaylik   yaratadi,   mablag‘   va   vaqtni   kam   sonli   ishchanlik
munosabatlarida   tejaydi.   Xizmat   ko‘rsatish   korxonalari   personalini   iqtisodiy
usullari   orqali   boshqarishda   har   bir   marketing   kompaniyasining   asosiy   unsuri
sifatida savdoni  rag‘batlantirish hisoblanib, o‘zida iste‘molchilarni va vositachilar
28 tomonidan   alohida   tovar   yoki   xizmatni   xaridini   tezlashtirish   yoki   kengaytirishga
chaqiruvchi, undovchi usullar kompleksini o‘z ichiga oladi.
Mahalliy   boshqaruvdan   tashqari   bir   necha   faktorlar   va   to‘g‘ridan   to‘g‘ri
boshqaruv inson resurslariga samarasiz ta’sir qiladi. Bu faktorlar asosan boshqaruv
guruhining   harakatlariga   va   munosabatlariga   qaratilgan   bo‘ladi.   Menejerlar   inson
resurslari uchun boshqaruv programmalari ishlab chiqishi va uni boyitishi kerak.
Birinchi   bob   bo‘yicha   xulosa
1. Personal   mehnat   samaradorligini   baholash   –   bu   ma’lumotlarni   to‘plash
(yig‘ish) va tahlil etishdan iborat bo‘lgan bir-biriga bog‘liq bo‘lgan faoliyatlarning
umumiy   natijasidir.   Korxona   faoliyatining   o‘z   oldiga   qo‘ygan   maqsad   va
vazifalarini   bajarishda   personal   mehnatining   yuqorida   sanab   o‘tilgan   uch   muhim
asoslardan   kelib   chiqqan   holda   qanchalik   ta’sir   ko‘rsatishini   aniqlashga   ko‘mak
berishi  hamda ishchilar  faoliyatini  baholab borish va so‘ngi qarorga kelish uchun
zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ib borish uchun foydalidir.   S huningdek,   “Mehnat
potensiali”   iqtisodiy   kategoriyasi   to‘g‘risidagi   bir   qator   iqtisodga   olimlarning
fikrlari   tahlil   qilinib,   uni   “ishchi   kuchi”,   “mehnat   resursi”,   “inson   omili”,   “inson
kapitani”   kabi   iqtisodiy   tushunchalardan   farqi   ochib   berildi.   Hamda   ushbu
kategoriya   tadqiqoti   bo‘yicha   fikrlar   asosan   uch   yo‘nalishda   olib   borilganligi
e’tirof etildi.
2. Personalni   boshqarishda   quyidagi   asosiy   funksiyani   bajaradi:   umumiy
strategiyani   belgilash   va   amalga   oshirish   yo‘llarini   aniq   bilish,   personalga
ehtiyojlarni   rejalashtirish,   personalni   tanlash,   personalni   yollash,   personalni
rivojlantirish, personalni yo‘naltirish, personalga ehtiyoj va mavjud ishchi kuchini
baholash, mehnat bozori va o‘z jamoasidagi ahvolni bashorat qilish hamda mehnat
jarayoni   tahlili,   ish   grafiginini   tuzish,   martaba   tizimini   yaratish,   mehnat   sharoiti,
personal   bilan   ishlash,   rag‘batlantirish   orqali   qiziqtirish,   kadrlarni   baholash   va
o‘qitish, mavjud kadrlar  salohiyatini  tahlil  qilish va istiqbolni ko‘zlagan holda bu
salohiyatni   rivojlantirishni   rejalashtirish,   joriy   etilgan   yangiliklarga   xodimlar
ko‘nikishiga   ko‘maklashish,   jamoada   ijtimoiy   qulay   muhitni   yaratish,
29 xodimlarning   psixologik   jihatdan   o‘zaro   bir-birlariga   mos   kelishlari   masalalarini
hal etish va boshqalardir.
3. Bizningcha,   yuqoridagi   fikrlarni   umumlashtirib,   respublikamizning
bozor iqtisodiyotiga o‘tishida malakali rahbarlar juda zarur degan xulosa chiqarish
mumkin. Asosiysi – rahbar bizning davrimizda qarorlar chiqarishda kat'iy bo‘lishi,
kishilarni,   birinchi   navbatda   o‘z   atrofidagilarni   juda   yaxshi   bilishi,   faqat
bo‘ysinuvchilar   bilan   emas,   balki   yuqoridagi   rahbarlar   bilan   muomala   yuritishda
printsipial   bo‘lishi   kerak.   O‘z   xodimlari   bilan   suhbatlashayotgan   rahbar   o‘z
fikrlarini   tushunarli   bayon   qilishi,   suhbatdoshlarini   diqqat   bilan   tinglashi,   har
qanday   e'tirozlarni   rad   qilmasligi   zarur,   chunki   aynan   shu   e'tirozlar   berilayotgan
axborotning etarli emasligini ko‘rsatadi.
30 II BOB. KORXONADA PERSONAL FAOLIATI SAMARADORLIGI
OSHIRISH BORASIDAGI ISHLAR TAHLILI
2.1 “SAMARQAND NURI” MChJ korxonasi faoliyatining samaradorligini
oshirishda personalni boshqarish tahlili
Korxonada   personal   faoliyatini   joj-joyiga   qo‘yish,   eng  avvalo,   xodimlarni
sanoat-ishlab   chiqarish   personali   toifalari   (ishchilar,   shogirdlar,   muhandis-texnik
xodimlar,   xizmatchilar,   kichik   xizmat   ko‘rsatuvchi   personal)   bo‘yicha   to‘g‘ri
taqsimlashni nazarda tutadi. Bunda ushbu toifali xodimlarning sonlari eng maqbul
nisbatga   erishishi   muhimdir.   Ana   shu   maqsadga   ishchilar,   muhandis-texnik
xodimlar   va   boshqa   xizmatchilari   sonlarini   me’yorlarini   ishlab   chiqish   orqali
erishiladi.
Personalni faoliyatini joy-joyiga qo‘yish xodim shaxsiy xususiyatlarining u
bajaradigan ishga qo‘yilayotgan talablarga iloji  boricha  to‘la-to‘kis  mos kelishiga
erishishdir.
Yangi   xodimni   kasbga   moslashtirish   kasbga   yo‘naltirishning   yakunlovchi
bosqichi,   kasb   bo‘yicha   axborot   va   maslahat   berish,   personalni   tanlash   bo‘yicha
faoliyat   samaradorligini   belgilovchi   yakuniy   natijalardan   biridir.   Kasbga
moslashtirishning maqsadi – yangi xodim tomonidan xizmat va ish vazifasiga doir
bilim va ko‘nikmalarni egallab, ulardan amaliyotda samarali foydalana olishlariga
erishishdir. Ushbu maqsadning pirovard natijasi yangi xodimni iloji boricha qisqa
muddatda korxonaga integratsiya qilish, uni o‘z mehnat faoliyatida mavaffaqiyatga
erishishga qiziqtirish va bu bilan samaradorlikni ta‘minlashdir 13
.
Ishga   moslashtirish   –   ikki   taraflama   jarayondir.   Bir   tomondan,   xodim
korxonaga ishga kirar ekan, bunday qarorga kelishga muayyan sabablar  va ushbu
mas‘uliyatga   asoslangan   ongli   tanlovga   kiradi.   Ikkinchi   tomondan,   korxona
xodimni   muayyan   vazifa   yoki   ishni   bajarish   uchun   o‘ziga   tegishli   majburiyatlar
oladi.
13
 Abdurahmonov Q.H., Xolmo'minov SH.R., Xayitov A.B., Akbarov A.M. «Personalni boshqarish» O'quv 
qo'llanma T. 2004. 139-b.
31 “SAMARQAND   NURI”   MChJ   korxonasida   2019,   2020   va   2021-yil
mobaynida   bir   qancha   xodimlar   ishdan   bo‘shatildi   va   ishga   qabul   qilindi.   Bu
ko‘rsatkichlarni quyidagi jadvalda ko‘rishimiz mumkin.
2.1.1-jadval   ma’lumotlaridan   ko‘rinib   turibdiki,   “SAMARQAND   NURI”
MChJ   korxonasida   2019-yilda   ishga   qabul   qilinganlar   soni   qolgan   yillarga
qaraganda   ko‘proq,   lekin   ishdan   ketganlar   soni   ham   ko‘proq.   “SAMARQAND
NURI”   MChJ   korxonasida   o‘tgan   uch   yil   maboynida   ishga   kelganlar   va   ishga
ketganlar soni unchalik ko‘p emas. Shuni ta’kidlash joizki hozirda Samarqand nuri
korxonasida 5 kishi ishga qabul qilindi va 12 kishi sinov muddatini o‘tashmoqda.
“SAMARQAND NURI” MChJ korxonasida sinov muddatini o‘tayotgan kadrlarga
barcha sharoitlar yaratib berilgan.
2.1-jadval. 
“SAMARQAND NURI” MCHJ korxonasida 2019, 2020 va 2021-yil
mobaynida ishga kelganlar va ishga ketganlar soni
№ Yillar Ishdan   ketganlar Ishga qabul
qilinganlar Farqi(+,-)
1 2019-yil 8 13 5
2 2020-yil 5 11 6
3 2021-yil 4 8 4
Iqtisodiyotning   turli   sohalarida   maslahatlashuv   amaliyoti   shuni
ko‘rsatmoqdaki,   personalni   optimallashtirish   bilan   bog‘liq   hisob-kitoblarda   eng
ko‘p   xatolarga   xodimlar   sonini   va   ularning   malaka   tavsiflarini   belgilashda   yo‘l
qo‘yiladi.   Korxona   personali   tavsifi   bir   qator   tarkibiy   qismlarni   o‘z   ichiga   oladi.
Birinchi   navbatda,   u   muayyan   mahsulot   turi   yoki   xizmatni   ishlab   chiqarish
xususiyatlari   bilan   belgilanadigan   mehnatning   xarakteriga   bog‘liq.   O‘zbekistonda
kadrlar   tavsiflarining   tarkibini   guruhlash   bo‘ycha   katta   ishlar   olib   borilmoqda.
Chunonchi,   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   «2021/2022-   o‘quv   yilida
O‘zbekıston   Respublikasining   Oliy   ta’lım   muassasalariga   o‘qishga   qabul
qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida» 14
 2021- yil 22- iyundagi PQ-
5157-son Qarorini bajarish yuzasidan hamda xizmatchilar lavozimlari va ishchilar
14
 https://lex.uz/docs/-4380357
32 kasblarini   tasniflashning   normativ-huquqiy   bazasini   yanada   takomillashtirish
maqsadida   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   xizmatchilarning
asosiy   lavozimlari   va   ishchilar   kasblari   klassifıkatorini   yanada   takomillashtirish
to‘g‘risidagi qarori tasdiqlandi 15
.
Klassifikator   xizmatchilar   lavozimlari   va   ishchilar   kasblari   nomlaridan
foydalanish   yuzasidan   respublikaning   barcha   tashkilotlarida   qo‘llanilishi
majburiydir.   Klassifikator   belgilangan   tartibda   ishlab   chiqiladigan   tarmoq   tarif-
malaka   ma'lumotnomalari   uchun   asos   hisoblanadi.   Klassifikatorda
xizmatchilarlavozimlari   va   ishchilar   kasblarining   alifbo   tartibida   joylashtirilgan
nomlari;   kasblarning   milliy   standart   klassifikatoriga   muvofiq   xizmatchilar
lavozimlari   va   ishchilar   kasblari   kodlari;   xizmatchilarning   aniq   lavozimlari   va
ishchilar kasblari tegishli bo‘lgan xodimlar toifalari nomlari; xizmatchi lavozimiga
yoki   ishchi   kasbi   bo‘yicha   ishga   qabul   kilishda   funktsional   vazifalarni   bajarish
uchun   talab   qilinadigan   xodim   ma'lumotining   eng   kam   darajasiga   qo‘yiladigan
talablarga ko‘rsatmalar mavjud. Klassifikatorga kiritilgan lavozimlar, xizmatchilar
va   ishchilar   kasblari   nomlari   va   ularning   identifikatsion   kod   raqamlari   (keyingi
o‘rinlarda   «kod»   deb   ataladi)   kasblarning   milliy   standart   klassifikatoriga
muvofiqdir.   Kodlar   xalqaro   mehnat   tashkilotining   Kasblarning   xalqaro   standart
klassifikatoriga muvofiq.
Klassifikator   korxonadagi   mehnat   tavsiflari   bilan   bog‘liq   quyidagi   ta'rif   va
tushunchalardan foydalaniladi:
a) lavozim   -   xodimning   tashkiliy-boshqaruv   yoki   ma'muriy-xo‘jalik
funksiyalarini   bajarish   bilan   bog‘liq   funksional   vazifalari   doirasi   bilan   bog‘liq
xizmat mavqei;
b) kasb   -   xodim   tomonidan   kasbga   o‘qish   yoki   amaliyot   natijasida
egallangan bilimlar va ko‘nikmalarni o‘z ichiga oluvchi mehnat faoliyati turi;
v) xizmatchilar - hujjatlarni tayyorlaydigan va rasmiylashtiradigan, hisob va
nazoratni,   boshqaruv   funksiyalarini,   shuningdek   xo‘jalik   xizmatini   amalga
oshiradigan xodimlar;
15
 https://lex.uz/docs/-3372824?ONDATE2=28.04.2021&action=compare
33 g)   mutaxassislar   -   boshqaruv   funksiyalarisiz   ishlab   chiqarish   jarayon-larini
rejalashtiradigan,   loyihalashtiradigan   va   nazorat   qiladigan,   murakkab   texnikaga
xizmat   ko‘rsatadigan,   hujjatlarni   ishlab   chiqadigan,   xodimlarni   boshqaradigan,
korxonalar,   tashkilotlar   va   muassasalar   faoliyati   jarayonlarini   tartibga   soladigan
xodimlar.   Mutaxassislar   bajaradigan   funksiyalariga   bog‘liqholda   boshqaruv   va
ishlab chiqarish xodimlariga mansub bo‘lishi mumkin;
d) ishchilar   -   mehnat   quroli   yordamida   mehnat   jarayonida   ishlov   berilishi
kerak   bo‘lgan   materiallarga   (mehnat   predmetiga)   ta'sir   ko‘rsatadigan,   asosan
jismoniy   mehnat   bilan   shug‘ullanadigan,   mahsulotyaratadigan,   mashinalarni
kuzatadigan,   sozlaydigan   va   saqlaydigan,   mehnat   predmetlari   joyini
o‘zgartiradigan,   mehnatning   normal   sharoitlarini   saqlab   turadigan,   tovarlar   va
xizmatlarning   ishlab   chiqarish   texnologiyasi   bilan   belgilanadigan   boshqa
funktsiyalarni bajaradigan xodimlar;
e) xodimlar   toifasi   -   mehnat   mazmunining   tavsiflari   va   ko‘rsatkichlari
tizimi: boshqaruv xodimlari - boshqaruv funksiyalarini amalga oshiruvchi,
xodimlarga   rahbarlik   qiluvchi,   zarur   qarorlarni   ishlab   chiquvchi   va   qabul
qiluvchi,   tashkilot   faoliyatini   rejalashtiruvchi,   nazorat   qiluvchi   va   jarayonlarni
tartibga   soluvchi,   zarur   qarorlar   qabul   qilish   uchun   ma'lumotlar   tayyorlovchi
xodimlar.   Boshqaruv   xodimlari   tashkilotning   o‘z   oldiga   qo‘ygan   maqsadlar   va
vazifalarga erishishi uchun zarur tashkiliy-texnik shartlarni, yuklangan funktsiyalar
va   ishlab   chiqarish   dasturlari   bajarilishini   ta'minlaydilar.   Boshqaruv   xodimlari
rahbarlarga va boshqaruv xodimlari mutaxassislariga bo‘linadi;
- ishlab   chiqarish   xodimlari   -   tashkilotning   iqtisodiy   faoliyat   turlari,
shuning-   dek   ishlab   chiqarish   dasturida   belgilangan   tegishli   mahsulotlar
(xizmatlar)   klassifikatsiyasiga   muvofiq   bo‘lgan   tashkilotning   asosiy   mahsulotlari
(xizmatlari)   ni   ishlab   chiqarish   jarayonida   bevosita   qatnashadigan   xodimlari.
Ishlab   chiqarish   xodimlari   tarkibiga   boshqaruv   xodimlariga   tegishli   bo‘lmagan
muhandis xodimlar va texniklar, ishchilar, kichik mutaxassislar va ishlab chiqarish
jarayonida bevosita qatnashadigan boshqa xodimlar kiradi;
34 - texnik   xodimlar   -   funktsiyasiga   boshqaruv   xodimlari   faoliyatiga   texnik
xizmat   ko‘rsatish   hamda   ishlab   chiqarish   va   texnologik   jarayonlarni   ta'minlash
ishlarini   bajarish   (chop   etish,   ko‘paytirish   va   arxiv   ishlarini   bajarish,   kutubxona
ishi,   hujjatlarni   yetkazib   berish,   komp`yuter   texnikasiga   xizmat   ko‘rsatish,   idora,
kotiblik ishlarini va boshqa ishlarni bajarish) kiradigan xodimlar;
- xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar - funktsiyasiga binolar va hududlarga texnik
xizmat   va   xo‘jalik   xizmati   ko‘rsatish,   ularni   qo‘riqlash,   boshqaruv   xodimlariga
transport   xizmati   ko‘rsatish,   tashkilotning   boshkaruv   va   ishlab   chiqarish
xodimlariga   xizmat   ko‘rsatish   bo‘yicha   boshqa   ishlar,   shu   jumladan,   ijtimoiy-
maishiy   xizmat   ko‘rsatish   kiradigan   xodimlar.   Xizmat   ko‘rsatuvchi   xodimlarga
mutaxassislar   va   ishchilar   toifasiga   mansub   bo‘lmagan   aholiga   maishiy   xizmat
ko‘rsatish xodimlari ham kiradi;
j)  xodim  ma'lumotining  eng  kam  darajasiga   qo‘yiladigan   talablar  -   «Ta'lim
to‘g‘risida»gi 16
  O‘zbekistan   Respublikasi   Qonuniga   muvofiq,   xizmatchi   yoki
ishchi   kasbi   bo‘yicha   ishga   kirishda,   qoidaga   ko‘ra,   bajariladigan   ishlar   va
funksional   vazifalarning   o‘ziga   xosligidan   kelib   chiqib   talab   qilinadigan
ma'lumotning   eng   kam   darajasi.   Ishga   qabul   qilishda   ma'lumot   ixtisosligiga
qo‘yiladigan   talablar   qonun   hujjatlari   talablari   hisobga   olingan   holda   davlat
organlari,   xo‘jalik   boshqaruvi   organlari   va   tashkilotlar   tomonidan   belgilanishi
mumkin.
Agar   texnik   xodimlarning   lavozimlari   tashkilotning   ishlab   chiqarish
bo‘linmalari uchun belgilangan bo‘lsa, ularning ayrim lavozimlari ishlab chiqarish
xodimlariga   mansub   bo‘lishi   mumkin.   Xizmatchilarning   ayrim   lavozimlari   va
ishchilar kasblari bo‘yicha:
a) Xizmatchilar   lavozimlari   va   ishchi   kasblari   klassifikatorida
ko‘rsatilmagan hosila lavozimlari va kasblari;
b)   oliy, birinchi, ikkinchi, uchinchi malaka toifalari belgilanishi mumkin.
“SAMARQAND   NURI”   MChJ   korxonasida   hozirgi   kunda   134   kishi
ishlamoqda. Ularning tarkibi quyidagi jadvalda keltirilgan (2.2-jadval).
16
 https://lex.uz/docs/-5013007 O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi” qonuni, 23.09.2020 yildagi 
O‘RQ-637-son
35 2.2-jadval
Xodimlarning yoshi va jinsi bo‘yicha tarkibi
Ko‘rsatkichlarning   nomi 2019-yil,   kishi 2020-yil,   kishi 2021-yil,   kishi
Jami   xodimlar   shulardan: 118 125 129
16   -   24   yosh 19 20 23
25   -   29   yosh 25 27 28
30   -   39   yosh 36 32 34
40   -   49   yosh 31 37 31
50   -   54   yosh 5 6 8
55   va   undan   katta 2 3 5
Shu   jumladan:
Pensionerlar   soni 2 3 5
2.2-jadval ma’lumotlarining ko‘rsatishicha, agarda 2019-yilda jami xodimlar
soni 118 ta kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2020- yilga kelib ularning soni 125 taga va
2021-yilga   kelib   esa,   129   taga   ko‘payganligini   ko‘rishimiz   mumkin.   Agarda
umumiy   xodimlar   tarkibida   2019-2020   yillarda   16-24   yosh   oralig‘ida   bo‘lganlar
mos ravishda 19, 20 va 23 kishini tashkil qilgan. Uchala yilda ham jami xodimlar
tarkibida 55 yosh va undan katta yoshda bo‘lgan soni unchalik ko‘p emas.
2.3-jadval   ma’lumotlarining   ko‘rsatishicha,   agarda   2019   yilda   umumiy
xodimlar  tarkibida xizmatchilar 19 ta, 2020 yilda 20 ta kishini  hamda 2021 yilda
23   ta   kishi   tashkil   etgan.   Bular   orasida   rahbar   xodimlar   ulushi   o‘zgarmagan.
Korxona oliy ma‘lumotli xodimlar soni kamroq. Chunki korxona asosan ishchilar
kuchiga   tayanib   ish   ko‘rishadi.   Korxona   asosan   yo‘lni   qaytadan   qurish   va
ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullanadi.
Iqtisodiyotni   yangilash   sharoitida   ishlab   chiqarish   korxonalarining   kerakli
mehnat   resurslari   bilan   yetarli   darajada   ta’minlanlanishi,   ulardan   oqilona
foydalanish, mehnat unumdorligining yuqori darajada bo‘lishi mahsulot hajmining 
2.3-jadval .
Ma'lumoti   va   lavozimi   bo‘yicha   tarkibi
36 Ko‘rsatkichlarning   nomi 2019-yil kishi 2020-yil kishi 2021-yil kishi
Xodimlar   o‘rtacha   soni 118 125 129
Xizmatchilar 19 20 24
-rahbarlar 8 8 9
-   mutaxassislar 6 7 9
-   texnik   ijrochilar 5 5 6
Ishchilar 99 105 105
Shu   jumladan   oliy   ma'lumotga   ega
bo‘lganlar
- oliy 13 14 16
-   o‘rta   maxsus 41 44 47
-   o‘rta   va   to‘liqsiz o‘rta 64 67 66
ko‘paytirish   va   ishlab   chiqarish   samaradorligini   oshirish   uchun   katta   ahamiyatga
egadir.   Xususan   barcha   ishlarning   hajmi   va   o‘z   vaqtida   bajarilishi,   asbob-
uskunalar,   mashinalar,   mehanizimlardan   foydalanish   samaradorligi   va   buning
natijasi   sifatida   mahsulot   ishlab   chiqarish   hajmi,   uning   tannarxi   va   bir   qator
iqtisodiy ko‘rsatkichlar korxonalarning mehnat resurslari bilan ta’min etilganligiga
va ulardan samarali foydalanishga bog‘liqdir.
Mehnat   resurslar   ta’minlanlanganligini   tahlil   etish   asosiy   vazifalari
quyidagilardir:
 korxona va uning tarkibiy bo‘linmalarining umuman shuningdek toifalar
va kasblar bo‘yicha mehnat resurslari bilan ta’min etilganligini o‘rganish va unga
baho berish;
 mahsulotga   sarflanadigan   mehnat   hajmini   kamaytirish   va   mehnat
unumdorligini   oshirish   sohasidagi   reja   topshiriqlarining   asoslanganligi   chuqur
tekshirish;
 tashkiliy-texnik   tadbirlar   samaradorligini   to‘g‘ri   hisoblanganini,   uning
mehnat   normalarida   to‘g‘ri   aks   etganini   va   haqiqatda   erishgan   samaradorlikning
hisob kitob samaradorligidan chetga chiqish sabablarini aniqlash;
 mehnatni   tashkil   etish   ahvoliga   va   uning  darajasiga   baho   berish,   albatta
ish  vaqtidan foydalanish  ko‘rsatkichlarini   ajratib ko‘rsatish,   qo‘l   mehnati  birinchi
37 navbatda   jismoniy   mehnat   qisqarganligini   qayd   qilish,   ish   o‘rinlari   attestasiya
qilinganligi, mehantni tashkil etish brigada shakliga baho berish;
 ishlab chiqarishning shaxsiy omildan foydalanishni yaxshilash sohasidagi
ishlar samaradorligiga baho berish, mehnat potensiali hajmi va tarkibini, mehnatni
rag‘batlantirish   va   sog‘lomlashtirish   tizimini   jamoadagi   psixologik   vaziyat   tahlil
etish;
 jadal,   joriy   va   istiqbolni   ko‘zlab   rejalashtirish   va   boshqaruvga   doir
qarorlar qabul qilish uchun zarur materiallar to‘plash;
 kadrlar kurimsizligi ko‘rsatkichlarini aniqlash va o‘rganish;
 mehnat   resurslari   zahiralarini   naiqlash   ulardan   yanada   to‘laroq   va
samaraliroq foydalanish  (2. 1 -rasm) .
2008 y. 2009 y. 2018 y. 2019 y. 2020 y. 2021 y.010203040506070
Oliy O'rta maxsus Maxsus kurs bitiruvchilari O'rta
2. 1 -rasm.  “SAMARQAND NURI” MC h J ning  kadrlar sifat tarkibi
Tahlil   uchun   axborot   manbalari   sifatida   mehnat   rejasi.   mehnat   bo‘yicha
hisobot   statistik   hisobotlari,   tabel   asosida   hisobga   olish   va   kadrlar   bo‘limi
ma’lumotlari xizmat qiladi.
Korxonaning   mehnat   resurslari   bilan   ta’minlanganligi   tahlili   ma’lum   usul
asosida amalga oshiriladi. Usul umuman olganda muayyan ishni bajarish uslubini
bildiradi,   u   turli   yo‘llar   va   zarur   texnik   vositalar   majmuasini   o‘z   ichiga   oladi.
Korxonaning   mehnat   resurslari   bilan   ta’minlaganligini   tahlil   etishga   tadbiq
etganda, usul deganda korxona tomonidan qo‘yilgan maqsadga erishish sohasidagi
faoliyatga   baho   berish   yo‘li   tushuniladi,   bunda   muayyan   tashkiliy-texnikaviy
sharoitdagi mazkur mehnat potensiali mavjud bo‘ladi.
38 Mehnat   resurslarini   tahlil   qilishning   asosiy   maqsadi   korxonada   brigadadan
tortib   birlashma   va   tarmoqqacha   bo‘lgan   jamoalarda   ishlab   chiqarish   xo‘jalik
faoliyatini   rejalashtirishning   asoslanganligini   oshirishdan,   uni   boshqarishning
takomilashllashtirishdan iboratdir.
Korxonaning   mehnat   resurslari   bilan   ta’minlanishi   toifalar   va   kasblar
bo‘yicha   xodimlaming   haqiqiy   sonini   reja   ehtiyojlari   bilan   taqqoslash   asosida
aniqlanadi. Korxonaning eng muhim kasblardagi kadrlar bilan ta’min etilishi tahlil
qilishga alohida e’tibor beriladi.  Mehnat resursslari sifat tarkibini malaka bo‘yicha
tahlil qilish ham zarur.
2.4-jadval
“SAMARQAND NURI” MC h J ning  kadrlar sifat tarkibi holati 17
Ko‘rsatkichlar 2020  yilning 1 yanvar 
holatiga 20 21  yilning 1 
yanvar holatiga
Soni Foizi Soni  Foizi 
Jami xodimlar 1 25 100,0 129 100,0
Xotin-qizlar 56 44,8 53 43,4
Oliy ma’lumotlilar 14 11,2 12 9,8
O’rta maxsus ma’lumotlilar 54 43,2 44 36,1
Bilim yurti kurslarini bitirganlar 59 47,2 62 50,8
30 yoshgacha bo‘lganlar 23 18,4 22 18,0
Ish staji bo‘yicha tizimda 3 yil va
undan ortiq ishlovchilar 70 56,0 68 55,7
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, korxonada jami xodimlar soni 
2021-  yilning 1-  yanvar  holatiga ko‘ra 129 kishini  tashkil  etib, shundan 53
nafari   xotin-qizlarni,   ularning   ma’lumot   darajasi   tahlil   etilganda   12   nafari   oliy
ma’lumotlilar,   44   nafari   o‘rta   maxsus   ma’lumotga   ega   bo‘lganlar   va   62   nafari
bilim yurti kurslarini bitirganlar hisoblanadi (2.4-jadval). Ish staji bo‘yicha tizimda
3 yil va undan ortiq ishlovchilar 68 kishini tashkil etadi.
17
  Manba “SAMARQAND NURI” MChJ korxonasining statistik hisobot ma’lumotlari asosida tuzilgan
39 “SAMARQAND   NURI”   MChJ ning   kadrlar   sifat   tarkibi   holati   tahlil
qilinganda,     2021   yilning   1   yanvar   holatiga   ko‘ra   jami   xodimlar   soni   114   kishi
bo‘lib, ularning 43,9 % yoki 50 nafari xotin-qizlar hissasiga  to‘g‘ri keladi. Savdo
korxonasining   ishchi-xodimlari   ma’lumotlari   bo‘yicha   tahlil   qilinganda   11,4   %
oliy ma’lumotga ega kishilar, 37,7 %   o‘rta maxsus  ma’lumotlilar hamda 41,2 %
bilim   yurti   kurslarini   bitirganlar   tashkil   qiladi.   Xodimlarning   12,3   %   ni   30
yoshgacha   bo‘lgan   yoshlar   tashkil   qilsa,   shundan   54,4   %   ni   ish   staji   bo‘yicha
tizimda 3 yil va undan ortiq ishlagan ishlovchilar tashkil qiladi (2.5-jadval). 
2.5-jadval
“SAMARQAND NURI” MC h J ning  kadrlar sifat tarkibi holati 18
Ko‘rsatkichlar 2020 yilning 1 yanvar
holatiga 2021 yilning 1 
yanvar holatiga
Soni Foizi Soni  Foizi 
Jami xodimlar 125 100,0 129 100,0
Xotin-qizlar 53 43,4 50 43,9
Oliy ma’lumotlilar 12 9,8 13 11,4
O’rta maxsus ma’lumotlilar 44 36,1 43 37,7
Bilim yurti kurslarini bitirganlar 62 50,8 47 41,2
30 yoshgacha bo‘lganlar 22 18,0 14 12,3
Ish staji bo‘yicha tizimda 3 yil va undan
ortiq ishlovchilar 68 55,7 62 54,4
Agar ishchilarning haqqiqiy o‘rtacha tarif razryadi ishlarning rejalashtirilgan
va o‘rtacha tarif razryadidan past bo‘lsa, uholda bu sifat pastroq mahsulotni ishlab
chiqarishga   olib   kelishi   mumkin.   agar   ishchilarning   o‘rtacha   razryadi   ishlarning
o‘rtacha turif razryadlaridan yuqori bo‘lsa, bunday holda ishchilardan kam malaka
talab   qilinadigan   ishlarda   foydalanilgani   uchun   ularga   qo‘shimcha   haq   to‘lash
zarur bo‘ladi.
Ma’muriy-boshqaruv   personalini   har   bir   xodimning   haqiqiy   ma’lumot
darajasi uning egallab turgan lavozimiga mos kelishi nuqtai nazaridan tekshirish va
kadrlar   tanlash   ularni   tayyorlash   va   malakasini   oshirish   bilan   bog‘liq   masalalami
o‘rganib chiqish zarur.
18
 Manba: “SAMARQAND NURI” MChJning statistik hisobot ma’lumotlari asosida tuzilgan
40 Xodimlaming   malaka   darajasi   ko‘p   jihatdan   ularning   yoshiga,   ish   stajiga,
ma’lumotiga va hokazolarga bog‘liqdir. Shu sababli tahlil jarayonida ishchilarning
yoshi,   ish   staji,   ma’lumoti   bo‘yicha   o‘zgarishlar   o‘rganiladi.   Bu   o‘zgarish   ish
kuchining  harakati   natijasida  sodir  bo‘lishi  sababli,   bu  masalaga   tahlil   jarayonida
katta e’tibor beriladi.
Xodimlaming   bo‘shab   ketishi   sabablarini   (o‘z   ixtiyori   bilan,   kadrlar
qisqarishi, mehnat intizomini buzganligi uchun va h.q.) o‘rganish zarur.
Mavjud   ish   kuchidan   yanada   to‘laroq   foydalanishi,   mehnat   unumdorligini
oshirish, ishlab chiqarishni jadallashtirish, ishlab chiqarishni jadallashtirish, ishlab
chiqarish   jarayonlarini   kompleks   mexanizasiyalash   va   avtomatlashtirish,   ancha
umumiyroq   ishlab   chiqarish   taxnikasi   joriy   etish,   texnologiyani   va   ishlab
chiqarishni   tashkil   etishni   takomillashtirish   hisobiga   korxonani   mehnat   resurslari
bilan ta’minlashdagi keskinlikni bir muncha bartaraf etish mumkin.
Yuqorida sanab o‘tilgan tadbirlarni o‘tkazish natijasida mehnat  resurslariga
bo‘lgan ehtiyojni qisqartirish rezervlari aniqlanishi lozim.
Agar   korxona   o‘z   faoliyatini   kengaytirsa,   ishlab   chiqarish   quvvatlarini
ko‘paytirsa va ya’ni ish o‘rinlarini tashkil etsa, u holda mehnat resurslariga bo‘lgan
qo‘shimcha   ehtiyojlarni   toifalar   va   kasblar   bo‘yicha   aniqlash,   ularni   jalb   qilish
manbalarini topish kerak bo‘ladi.
Qo‘shimcha   ish   o‘rinlari   tashkil   etish   hisobiga   ishlab   chiqarishni
ko‘paytirish   rezervlari   bu   o‘rinlar   soni   bitta   xodim   hisobiga   o‘rtacha   yillik
mahsulot ishlab chiqarish miqdoriga ko‘paytirish bilan aniqlanadi.
Korxonaning   mehnat   resurslari   bilan   ta’min   etilganligini   tahlil   etishni
korxonani   ijtimoiy   rivojlantirish   rejasining   bajarilishining   o‘rganish   bilan
mustahkam   bog‘liq   ravishda   qo‘yidagi   ko‘rsatkichlar   guruhlari   bo‘yicha   amalga
oshirish kerak:
 x odimlar malakasini oshirish;
 xodimlaming   mehnat   sharoitini   yaxshilash   va   sog‘lig‘ini
mustahkamlash;
 ijtimoiy-madaniy va uy-joy-maishiy sharoitlarini yaxshilash;
41  mehnat jamoasi a’zolarining ijtimoiy himoya qilinishi.
Tahlil   qilish   uchun   iqtisodiy   va   ijtimoiy   rivojlantirish   rejasining.   Kadrlar
malakasi va ma’lumoti darajasini oshirish. Xodimlaming mehnat sharoitini va uni
muhofaza qilishni yaxshilash, ularning sog‘ligini mustahkamlash sohasidagi asosiy
ko‘rsatkichlar.   Ishlovchiar   va   ular   oilalarining   ijtimoiy-madaniy   sharoitlarini
yaxshilash   rejasi,   jamoa   shartnomasining   korxona   xodimlari   va   pensionerlarni
ijtimoiy   himoya   qilish   sohasi,   shuningdek   korxonani   ijtimoiy   rivojlantirish   va
mehnat jamoasi a’zolarining ijtimoiy himoya qilinishi darajasini oshirish bo‘yicha
belgilangan   tadbirlarning   bajarilishi   to‘g‘risidagi   hisobot   materiallari   kabi
shakllaridan foydalaniladi.
Korxona   xodimlari   malakasini   oshirish   sohasidagi   rejani   bajarilishi   va
dinamikasini   tahlil   qilganda,   shunday   ko‘rsatkichlardan,   chunonchi   oliy,   o‘rta
maxsus   o‘quv   yurtlarida,   korxonadagi   ishchi   kadrlar   tayyorlash   tizimida   ta’lim
olayotgan,   o‘z   malakasini   oshiriyotgan   xodimlar   soni   va   foizi   malakali   mehnat
bilan   band   bo‘lgan   xodimlar   foizi   va   hokazo   ko‘rsatkichlar   o‘rganiladi.   Ijtimoiy
malakaga   doir   ko‘rsatkichlar   ishdan   ozod   bo‘lib   qolgan   xodimlar   malakasini
o‘zgartirish va ishga joylashtirishni tashkil etishni ham aks ettirmog‘i lozim.
Xodimlar   malakasini   oshirish   sohasidagi   rejaning   bajarilishi   va   oshib   ado
etilishi   ulaming   mehnat   unumdorligi   ortirishiga   yordam   beradi   va   korxona
faoliyatini ijobiy tomondan ta’riflanadi.
Xodimlar   mehnat   sharoitini   yaxshilash   va   ularning   sog‘lig‘ini
mustahkamlash   tadbirlariga   baho   berish   uchun   qo‘yidagi   ko‘rsatkichlardan
foydalaniladi:
 ishchilarning sanitariya-maishiy xonalar bilan ta’min etilganligi;
 mehnatning sanitariya-gigiyena sharoitlari darajasi;
 100 kishi hisobiga shikoyatlanish chastotasi darajasi;
 kasb kasalliklariga ega bo‘lgan xodimlar foizi;
 xodimlaming umumiy kasallanish foizi;
 100 kishi hisobiga vaqtincha mehnatga layoqasizlik kunlar soni;
42  sanatoriyalar,   profilaktoriyalar,   dam   olish   uylarida   o‘z   sog‘lig‘ini
mustahkamlagan ,   turistik   yo‘llanmalar   bo‘yicha   sayohat   qilgan   xodimlar   va
boshqalar foizi.
Mehnatni   muhofaza   qilish   va   xafsizlik   texnikasi   bo‘yicha   tadbirlarning
bajarilishi ham tahlil qilinadi.
Xodimlar   va   ularning   oila   a’zolari   ijtimoiy-madaniy   va   uy-joy-maishiy
shart-sharoitlari   qo‘yidagi   ko‘rsatkichlarni,   chunonchi   xodimlaming   uy-joy   bilan
ta’min etilganligi, yangi uy-joy qurilishi rejasining bajarilishi, ijtimoiy-madaniy va
maishiy   obyektlar.   bolalar   yaslilari   va   bog‘chalari,   profilaktoriyalar,   dam   olish
uylari qurilishi rejalarining bajarilishi, aholi punktlarining obodonlashtirilishi, turar
joy   fondlarining   kommunal   qulayliklar   (vodoprovod,   istish,   kanalizasiya,   gaz)   va
hokazolar bilan ta’minlanishi o‘z ichiga oladi.
Mehnat   jamoasi   a’zolarining   ijtimoiy   himoya   qilinishining   masalalariga
katta   e’tibor   beriladi,   ularning   hal   etilishi   bozor   munosabatlarining   rivojalanishi
munosabati   bilan   korxona   tobora   ko‘proq   yuulatiladi.   Jamoa   shartnomalarida
belgilanadigan   ijtimoiy   himoyaning   eng   tipik   yo‘nalishlari   –   birinchi   navbatda
ko‘p   bolali   oilalarga   moddiy   yordam   ko‘rsatish,   korxona   xodimlarini   bog‘-poliz
uchastkalari   bilan   ta’minlash,   uy-joy   qurilishi   uchun   foizsiz   ssudala   berish,
pasaytirilgan   narxlarda   qurilish   materiallari   ajratish,   yordamchi   qishloq   xo‘jalik
mahsulotlarini   arzon   narxlarda   sotish,   davolanish   uchun   nafaqalar,   yo‘llanmalar
berish, pensiyaga kuzatilganda, yubiley sanalarida, to‘ylarda, ta’tilga chiqqanda bir
martalik   nafaqalar   berish,   qisman   oziq-ovqat,   yo‘l   xarajatlarini   to‘lash   va
hokazolardir.
Xodimlarning   ijtimoiy   himoya  qilish   masalalari   bankrotlik   yoqasida   turgan
korxonalar  uchun ayniqsa  dolzarbdir. Bularga ish o‘rinlarini saqlash, xodimlaring
ommaviy   ravishda   bo‘shatib   yuborilishiga   yo‘l   qo‘ymaslik,   bo‘shatib   yuborilgan,
lekin   tadbirkorlik   faoliyati   bilan   shug‘ullanishni   xohlaydigan   xodimlarga
moliyaviy   yordam   ko‘rsatish,   pensiya   yoshi   arafasidagi   xodimlarni   muddatidan
oldin   pensiyaga   chiqarish,   ish   haqining   ortishini   vaqtincha   chegaralash,   to‘liq
bo‘lmagan ish kuniga va haftasiga o‘tish chora-tadbirlari kiradi, bulardan maqsad
43 xodimlar   sonini   saqlab   qolishdan   iboratdir.   Nochor   korxonalarning   tanglikka
uchrashi   ijtimoiy   oqibatlarini   yumshatish   choralaridan   biri   bo‘shatilayotgan
xodimlarga   boshqa   bir-biriga   yaqin   kasblar   bo‘yicha   bo‘sh   o‘rinlarga   ishga
joylashishda yordamlashishi, bunda kasbini o‘zgartirish imkonini berishdir.
Ishlab   chiqarish   poten s ialini   qo‘llab-quvvatlash   uchun   korxonada
texnikumlar, kollejlar, maktablarni bitiruvchilar uchun ish o‘rinlarini saqlab turish
muhimdir.
Tahlil   qilish   jarayonida   jamoa   shartnomasini   uning   barcha   yo‘nalishlari
bo‘yicha o‘rganib chiqish, shuningdek asosiy ko‘rsatkichlarnirig dinamikasini ham
umumiy yakun bo‘yicha, ham har bir xodimga to‘g‘ri keladigan darajada o‘rganish
zarur. To‘liq baho berish uchun korxona bo‘yicha qiyosiy tahlil o‘tkaziladi. Tahlil
yakunida   korxona   xodimlarini   ijtimoiy   himoya   qilish   darajasini   oshirishga,
ularning   mehnat   sharoitini,   ijtimoiy-madaniy   va   uy-joy-maishiy   sharoitlarini
yaxshilashga   qaratilgan   muayyan   tadbirlar   ishlab   chiqiladi,   ular   kelgusi   yilga
mo‘ljallangan   ijtimoiy   rivojlantirish   rejalarini   va   jamoa   shartnomasini   ishlab
chiqarishda hisobga olinadi.
“SAMARQAND NURI” MC h J ning mehnat resurslaridan foydalanish holati
2021   yilda   tahlil   qilinganda,   xodimlarning   o‘rtacha   yillik   soni   rejada   125   kishi
bo‘lib, haqiqatda esa 122 kishiga yoki chetga chiqarish 3 kishiga kamaygan. Ushbu
korxonada 2018 yilda haqiqatda bir ishchining bir yilda ishlagan kunlari 217 kunni
tashkil qilgan. 2019 yilda esa bu ko‘rsatkich rejada 220 kun qilib rejalashtirilgan,
ammo   haqiqatda   215   kun   yoki   chetga   chiqarish   bir   ishchining   bir   yilda   ishlagan
kunlari 5 kunga kamaygan (2.6-jadval).
Mehnat   resurslaridan   to‘liq   foydalanishga   tahlil   qilinayotgan   davrda   bitta
xodim   tomonidan   ishlangan   kunlar   va   soatlar   soniga   qarab   baho   berish   mumkin.
Bunday   tahlil   xodimlarning   har   bir   toifasi   bo‘yicha,   har   bir   ishlab   chiqarish
bo‘linmasi va umuman korxona bo‘yicha o‘tkaziladi.
2.6-jadval
44 20 21  yilda  “SAMARQAND NURI” MC h J  ning  mehnat resurslaridan
foydalanish holati 19
Ko‘rsatkichlar  O’tgan yili 20 21  yil Chetga  chiqarish
Reja Haqiqatda Reja Haqiqatda 
Xodimlarning o‘rtacha
yillik soni (XS) 125 125 122 -2 -3
Bir ishchining bir yilda
ishlagan kunlari (D) 217 220 215 -3 -5
Soatlar (S) 1703 1749 1677 -89 -26
Ish kunining o‘rtacha
muddati (M), S 7,85 7,95 7,80 -0,05 -0,05
Ish vaqti fondi (S) 212875 218625 204594 -9356 -8281
Shu jumladan ishdan
tashqari ishlagan vaqt, (S) 980 - 970 - -10
Ish vaqti fondi (IVF) xodimlar soniga (XS), bir xodim bir yilda o‘rta hisobda
ishlab   bergan   kunlar   soniga   (D)   va   ish   vaqtining   o‘rtacha   muddatiga   (M)
bog‘liqdir: 
IVF=XS x D x M (2.1);
Tahlil etilayotgan   “SAMARQAND NURI” MCHJ da 2019 yilda haqiqiy ish
vaqti   fondi   rejalashtirilgandan   8281   soat   kamroqdir.   Uning   o‘zgarishini   zanjirli
usulida aniqlash mumkin:
DIVF
xs  = (XS
x -XS
rej ) x D
rej  x M
rej  = (122-125)x220x7,95= –5247c;
DIVF
x  = (DF-D
rej ) x XS
fx M
rej  = (215-220)x7,95x122= –4849,5c;
DIVF
ch  = (M
x -M
rej ) x D
x  x XSx = (7,8-7,95)x21 5 x1 22 = –3 93 4,5 ;
Jami =DIVF
xs +DIVF
x  +DIVF
ch =   –  5247s+( – 4849,5s)+(  – 3934,5s)  =   – 14031
Jami – 14031c
Yuqoridagi   keltirilgan   ma’lumotlardan   ko‘rinib   turibdiki,   “SAMARQAND
NURI”   MCHJ da   mavjud   mehnat   resurslaridan   yetarli   darajada   to‘liq
foydalanmagan. O’rta hisobda bitta ishchi 220 kun o‘rniga 215 kun ishlagan, shu
19
 Manba: “SAMARQAND NURI” MChJning statistik hisobot ma’lumotlari asosida tuzilgan
45 sababli   rejadan   tashqari   ish   vaqtini   bekor   sarf   bo‘lishi   bitta   ishchiga   5   kunni,
barcha ishchilarga– 3934,5 soatni tashkil etgan.
“SAMARQAND   NURI”   MCHJ da   2021   yilda   xodimlarning   o‘rtacha   yillik
soni rejada 122 kishi bo‘lsa, haqiqatda bu ko‘rsatkichning 114 kishiga yoki chetga
chiqarish 8 kishiga kamaygan.
2.5-jadval   ma’lumotlari   tahlil   qilinganda,   ushbu   korxonaning   2021   yilda
haqiqiy   ish   vaqti   fondi   rejalashtirilgandan   11250   soatga   kamaygan.   Uning
o‘zgarish omillarini quyidagicha aniqlash mumkin.
DIVF
xs  =  ( 114 -1 22 )x220x7,95= – 13992 c ;
DIVF
x  = (21 6 -220)x7,95x1 22 = – 3879,6  c ;
DIVF
ch  = (7,8 5 -7,95)x21 6 x1 14 = – 2462,4;
Jami =  –  13992 s+( – 3879,6s)+(  – 2462,4s)  =   – 20334
Jami – 20334 c
  Bu   ma’lumotlardan   ko‘rinib   turibdiki,   ushbu   korxonada   mavjud   mehnat
resurslaridan   2019   yildagidek,   yetarli   darajada   to‘liq   foydalanilmagan.   O’rta
hisobda   olib   qaralganda   bitta   ishchi   haqiqatda   216   kun   ishlagan,   shu   boisdan
rejadan   tashqari   ish   vaqtini   bekor   sarf   bo‘lishi   bitta   ishchiga   4   kunni,   barcha
ishchilarga esa -3879,6 soatni tashkil qilgan.
Ish vaqtini smena ichida bekor sarflanishi ham oz emas: bir kunda bu sarflar
0,10   soatni,   barcha   ishchilar   tomomdan   ishlangan   hamma   kunlar   moybanida   –   -
2462,4   soatni   tashkil   etgan.   Ish   vaqtining   umumiy   bekor   sarfilari   ancha   yuqori,
chunki haqiqatda ishlangan vaqt fondi ishdan tashqari ishlangan soatlarni (990 s.)
ham qamrab oladi. Kun bo‘yi va smena ichidagi ish vaqtining bekor sarf bo‘lishi
sabablarini aniqlash uchun ish vaqtining haqiqiy va rejadagi balansi ma’lumotlarni
taqqoslab ko‘riladi (2.7-jadval).
Ularga   rejada   ko‘zda   tutilmagan   turli   obyektiv   va   subyektiv   holatlar   sabab
bo‘lgan:   ma’muriyat   tomonidan   ruxsat   etilgan   qo‘shimcha   ta’tillar,   ishchilarning
kasalligi   tufayli   vaqtincha   mehnatga   layoqatsizligi,   ishga   kelmay   qolish,   asbob-
uskunalar,   mashinalar,   mexanizmlarning   nosozligi   tufayli   bekor   turib   qolishlar,
ishning, xom  ashyo, material, elektr  energiya, yoqilg‘i va hokazolarning yo‘qligi.
46 Vaqtning   bekor   sarf   bo‘linishining   har   bir   turi   batafsil   tahlil   etiladi,   ayniqsa
korxonaga   bog‘liq   bekor   vaqt.   Mehnat   jamoasining   o‘ziga   bog‘liq   sabablar   bilan
bog‘liq   vaqtning   bekor   sarf   etilishini   kamaytirish   mahsulot   ishlab   chiqarishni
ko‘paytirish rezervi hisoblanadi, u qo‘shimcha kapital mablag‘lar talab qilmaydi va
tezda samara olish imkonini beradi.
2.7-jadval
2021 yilda  “SAMARQAND NURI” MC h J ning  mehnat resurslaridan
foydalanish holati 20
Ko‘rsatkichlar  O’tgan yili 202 1  yil Chetga chiqarish
Reja Haqiqatda Reja Haqiqatda 
Xodimlarning o‘rtacha
yillik soni (XS) 122 122 114 -3 -8
Bir ishchining bir yilda
ishlagan kunlari (D) 215 220 216 -5 -1
Soatlar (S) 1677 1749 1696 -26 -19
Ish kunining o‘rtacha
muddati (M), S 7,8 7,95 7,85 -0,05 -0,05
Ish vaqti fondi (S) 204594 213378 193344 -8281 -11250
Shu jumladan ishdan
tashqari ishlagan vaqt, (S) 980 - 990 -10 10
Umuman   olganda,   mavjud   ish   kuchidan   to‘laroq   foydalanish,   mehnat
unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish jarayonini jadallashtirish, umumiy bo‘lgan
ishlab   chiqarish   texnikasini   joriy   etish,   ishlab   chiqarish   jarayonini   tashkil   etishni
takomillashtirish   hisobiga   korxonani   mehnat   resurslari   bilan   ta’minlashdagi
keskinlikni bir muncha bartaraf etish mumkin.
Agar   korxona   o‘z   faoliyatini   kengaytirsa,   ishlab   chiqariladigan   mahsulot
quvvatlarini   kengaytirsa   va   yangi   ish   o‘rinlarini   tashkil   etsa,   u   holda   mehnat
resurslariga bo‘lgan qo‘shimcha ehtiyojlarni toifalar va kasblar bo‘yicha aniqlash,
ularni jalb qilish manbalarini topish kerak bo‘ladi.
2.2 Korxona faoliyatining samaradorligini oshirishda personalni
boshqarish tahlili
20
    Manba: “SAMARQAND NURI” MChJning statistik hisobot ma’lumotlari asosida tuzilgan.
47 Korxonada personal faoliyati samaradorligini joj-joyiga qo‘yish, eng avvalo,
xodimlarni   birja   personali   toifalari   (ishchilar,   shogirdlar,   masterlar,   xizmatchilar,
kichik xizmat ko‘rsatuvchi  personal) bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlashni  nazarda tutadi.
Bunda ushbu toifali xodimlarning sonlari eng maqbul nisbatga erishishi muhimdir.
Ana shu maqsadga ishchilar, xizmatchi xodimlar va boshqa xizmatchilari sonlarini
me’yorlarini   ishlab   chiqish   orqali   erishiladi.   Personalni   joy-joyiga   qo‘yish   xodim
shaxsiy xususiyatlarining u bajaradigan ishga qo‘yilayotgan talablarga iloji boricha
to‘la-to‘kis mos kelishiga erishishdir.
Yangi   xodimni   kasbga   moslashtirish   kasbga   yo‘naltirishning   yakunlovchi
bosqichi,   kasb   bo‘yicha   axborot   va   maslahat   berish,   personalni   tanlash   bo‘yicha
faoliyat   samaradorligini   belgilovchi   yakuniy   natijalardan   biridir.   Kasbga
moslashtirishning maqsadi – yangi xodim tomonidan xizmat va ish vazifasiga doir
bilim va ko‘nikmalarni egallab, ulardan amaliyotda samarali foydalana olishlariga
erishishdir. Ushbu maqsadning pirovard natijasi yangi xodimni iloji boricha qisqa
muddatda korxonaga integratsiya qilish, uni o‘z mehnat faoliyatida mavaffaqiyatga
erishishga qiziqtirish va bu bilan samaradorlikni ta’minlashdir 21
.
Ishga   moslashtirish   –   ikki   taraflama   jarayondir.   Bir   tomondan,   xodim
korxonaga ishga kirar ekan, bunday qarorga kelishga muayyan sabablar  va ushbu
ma‘suliyatga   asoslangan   ongli   tanlovga   kiradi.   Ikkinchi   tomondan,   korxona
xodimni   muayyan   vazifa   yoki   ishni   bajarish   uchun   o‘ziga   tegishli   majburiyatlar
oladi.   “SAMARQAND   NURI”   MChJ   korxonasida   xodimlarni   tayyorlash,   qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha bir necha 
Inson resurslaridan foydalanish samaradorligi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan son va
sifat ko‘rsatkichlari  bilan aniqlanadi.
  Son   ko‘rsatkichlari   resurslarning   ijtimoiy   ishlab   chiqarishga   jalb
qilinganligi   darajasini   aks   ettirib,     iqtisodiyotda   bandlar   soni   bilan   aniqlanadi.
Iqtisodiyotda   bandlarning   inson   resurslarining   umumiy   soniga   nisbati   mehnatga
21
  Abdurahmonov   Q.H.,   Xolmo'minov   SH.R.,   Xayitov   A.B.,   Akbarov   A.M.   «Personalni   boshqarish»   O'quv
qo'llanma T. 2010. 139-b.
48 layoqatli   yoshdagi   aholining   ijtimoiy   mehnat   faolligini   tavsiflaydi.   Ushbu   nisbat
ijtimoiy-foydali mehnat bilan bandlik darajasini belgilaydi.
Bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   ish   bilan   bandlik   muammosi   nazariy   ham
amaliy   jihatlarda   yangicha   ma’no   kasb   etadi.   Mehnat   bozori   ish   bilan   bandlikni
tartibga solishda  faol  o‘rin egallaydi. Mehnat  bozorida asosiy  milliy resurs-ishchi
kuchi   shakllanadi   hamda   korxonalar,   tarmoqlar   va   mintaqalar   bo‘yicha
taqsimlanadi.
Ish   bilan   bandlikni   ishchi   kuchiga   talabni   kengaytirishga   (ularni   foydali
faoliyatga   jalb   qilish   ko‘lamlari,   shart-sharoitlari   va   shakllarini   ta’minlashga)
yo‘naltirilgan   chora-tadbirlar   va   harakatlar   yig‘indisi   deb   ta’riflash   mumkin.   Bu
borada “to‘liq” va “samarali” bandlik farqlanadi.
Ish   bilan   “to‘liq”   bandlik   sobiq   ittifoqdagi   mehnatning   umumiyligi   va
majburiyligini aniq ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan amalga oshirilishidir. Ish bilan to‘liq
bandlikka aholini jalb qilishning har qanday darajasida erishish mumkin, bunda u
aholining   ish   o‘rinlariga   bo‘lgan   ehtiyojini   qondirishga   muvofiq   kelishi,   taklif
etilayotgan   ish   o‘rinlari   iqtisodiy   jihatdan   maqsadga   muvofiq   oqilona   bo‘lishi
kerak.
Inson   o‘z   istagi   bo‘yicha   ijtimoiy   faoliyatdagi   bandlik   sohalaridan   birini
tanlashga   haqlidir.   Biroq   asosiy   faoliyat   turi   daromad   keltiruvchi,   shaxs
farovonligini   oshiruvchi   va   rivojlanishni   ta’minlovchi   kasbiy   mehnat   bilan   band
bo‘lishdir.   Kasbiy   mehnat   bilan   band   bo‘lish   darajasi   xodimlar   umumiy  sonining
inson   resurslari   soniga   nisbati   bilan   ta’minlanadi,   hamda   mehnat   unumdorligi   va
jamiyat   rivojlanishi   ijtimoiy   samaradorligi   sohasida   erishilgan   yutuqlarni   aks
ettiradi.  Buning   ma’nosi   shuki,  ish   bilan   bandlikdagi   mazkur   mutanosiblik   ishlab
chiqarish   samaradorligini   oshirish   manfaatlariga,   uni   jadallashtirish   natijaliriga,
fan-texnika   taraqqiyoti   mehnat   unumdorligini   oshirish   manfaatlariga   to‘liq   mos
kelsa,   shuningdek   sog‘lom   avlodni   yetishtirishga,   yuqori   malakali.   yaxshi   ta’lim
olgan   serxarakat   xodimlarni   tarbiyalashga   qulay   sharoit   yaratib   bersa,   bunday
bandlik proporsiyasi eng optimal deb hisoblanadi.
49 Yalpi   ichki   daromadning   o‘sishi   va   iqtisodiyotning   tarmoqlar   va   sohalari
bo‘yicha   ish   bilan   bandlar   soni,   ish   haqining   o‘sishi   sur’atlari   o‘rtasidagi   o‘zaro
nisbati inson resurslaridan foydalanishning umumiy holatini ko‘rsatadi.
Inson resurslaridan foydalanishning son ko‘rsatkichlari ishlab chiqarishning
moddiy   va   hususiy   omillari   o‘rtasidagi   moddiy   va   nomoddiy   ishlab   chiqarish
sohalari o‘rtasidagi mutanosiblikni shakllantirishda katta ahamiyatga ega.
Inson   resurslaridan   foydalanishning   sifat   ko‘rsatkichlari   ijtimoiy   mehnat
unumdorliginio‘zgarishi   orqali   bevosita   yalpi   daromadga   ta’sir   ko‘rsatishi   bilan
ifodalanadi.   Ijtimoiy   mehnat   unumdorligi   darajasi   ko‘rsatkichi   yalpi   daromadni
iqtisodiyotdagi bandlarga o‘rtacha qanchadan to‘g‘ri kelishi bilan aniqlanadi.
Mehnat   unumdorligining   o‘sishi   sur’atlari   rejalashtirilayotgan   davr   uchun
belgilangan   mehnat   unumdorligini   hisobot   davr   va   o‘tgan   davrga   nisbati   bilan
foizda   o‘lchanadi.   Ushbu   ko‘rsatkichni   rejalashtirishdan   maqsad   yalpi   ichki
mahsulotni mehnat unumdorligini oshirish hisobiga maksimal darajada oshirishdir.
Mehnat unumdorligi   o‘sish sur’atlariga bir qancha omillar ta’sir qiladi. Bu
omillar ma’lum darajada bir-biri bilan bog‘liq bo‘ladi va doimo o‘zgarib mehnatni
tejalish   darajasi   oshib   boradi.   Yalpi   ichki   mahsulotning   oshishiga   bevosita   va
bilvosita   (mehnat   unumdorligining   oshishi   orqali)   ta’sir   etuvchi   asosiy   omillar
yig‘indisi 1-chizma ko‘rinishida tasvirlash mumkin.
Barcha   omillarni   o‘z   ichki   mazmuni   va   mohiyatiga   ko‘ra   uchta   asosiy
guruhga   :moddiy-texnik,   tashkiliy-iqtisodiy   va   ijtimoiy-ruhiy   guruhlarga   bo‘lish
mumkin.   Mehnat   unumdorligini   oshirishning   moddiy   asosi   fan   -texnika   va
texnologiyani   rivojlantirish,   ularning   yutuqlarini   ishlab   chiqarishga   joriy   etishdir.
Shuning   uchun   moddiy-texnika   omillari   guruhini   yetakchi   va   qolganlarini
belgilovchi   deb   qaraladi.   Jami   mehnat   sarfining   son   va   sifat   kursatkichlari
yordamida   aks   ettirilgan   barcha   omillarning   yalpi   daromadning   o‘sish   darajasiga
ta’sir qilish dinamikasi inson resurslaridan samarali foydalanishni tavsiflaydi.
Mehnat   unumdorligi   iqtisodiy   faoliyat   olib   borayotgan   korxona,   tashkilot
yoki   biror   bir   tarmoq   bo‘yicha   ham   asosiy   ko‘rsatkichlardan   hisoblanadi.   Bu
ko‘rsatkich xodimlarning mehnat faoliyatidagi iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichi
50 bo‘lib,   mehnat   xarajatlari   birligi   hisobiga   ishlab   chiqarilgan   mahsulot   yoki
ko‘rsatilgan   xizmatlar   miqdori   ishlab   chiqarilgan   mahsulot   bilan   belgilanadi.
Bunda  mehnat   xarajatlari  ishchi   xodimlar  soni  yoki  bajarilgan  mehnat  sarfini  o‘z
ichiga   oladi.   Mehnat   samaradorligi   eng   kam   mehnat,   xarajatlar   bilan   yuqori
mehnat natijalariga erishish darajasini, aholi mehnat unumdorligidan farqli o‘laroq,
mehnatning miqdor ko‘rsatkichlarini emas, balki shu bilan birga mehnatning sifat
natijalarini ifodalaydi. Mehnat samaradorligi ko‘rsatkichining xususiyatlaridan biri
shundaki,   unda   mehnat   resurslari   tejalishiga   erishiladi.   Mehnat   samaradorligi
mehnat   resurslaridan   foydalanish   darajasini   faqat   sarflangan   vaqt   va   ish   sifatini
hisobga   olgan   holda   emas,   balki   bir   xil   xodim   hisobiga   sarflangan   mehnat
xarajatlarini ham aks ettiradi. 
Moddiy   ishlab   chiqarishning   barcha   tarmoqlarida   –   sanoatda,   qurilishda,
qishloq   xo‘jaligida   mehnat   unumdorligini   keskin   oshirish   zarur.   O’zbekistonda
moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida mehnat unumdorligining nisbatan pastligi bir
tomondan,   texnikaviy   qurollanish   darajasi   pastligi   bo‘lsa,   ikkinchi   tomondan,
mehnatkashlarning   kasb-korlik   darajasi   pastligidadir.   Shuning   uchun   bugungi
kunning   dolzarb   vazifalaridan   biri   shuki,   ish   joylarini   zamon   talablariga   mos
keladigan darajada, texnikaviy-tashkiliy o‘zgartirishlarni amalga oshirish kerak. 
Fan-texnika jadal taraqqiy etayotgan hozirgi davrda shuni ta’kidlash zarurki,
eng   tez   rivojlangan   tarmoqlarda   xodimlar   malakasini   oshirish   va   ularni   qayta
tayyorlashning   keng   miqyosli   tizimini   vujudga   keltirish   muammosi   ko‘ndalang
bo‘lib   qoldi.   Bu   muammoni   hal   qilish   uchun   barcha   o‘quv   yurtlarida,   kasb
dargohlarida ta’lim-tarbiya tuzilishini qayta ko‘rib chiqish zarurati yuzaga keldi. 
Bozor   iqtisodiyotiga   o‘tish   jarayonida   respublikada   inson   resurslaridan
oqilona   foydalanish   uchun,   Farg‘ona   vodiysidagi   aholining   zichligidan   kelib
chiqadigan   va   aksincha,   shimoliy   va   g‘arbiy   zonalarda   ishchi   kuchining
yetishmasligi bilan bog‘liq muammolar o‘z yechimini topishi zarur. Buning uchun
aholi   zich   yashaydigan   hududlarda   mehnatni   ko‘proq   talab   qiladigan   qo‘shimcha
sanoat korxonalarini joylashtirish maqsadga muvofiqdir. 
51 Qishloqlarda   mahalliy   xom   ashyodan   foydalanish   hisobiga   kulolchilik,
tikuvchilik,   teri   oshlash,   naqqoshlik,   quruvchilik   va   boshqa   bir   qancha   tarmoqli
kichik   hamda   o‘rta   korxonalarni   ko‘paytirish   maqsadga   muvofiqdir.   Umuman,
hukumat   qarorlarida   belgilangan   xalq   iste’moli   mollari   ishlab   chiqaruvchi
korxonalarni   jadal   qurib   bitkazish   va   ishga   tushirish,   ichki   rezerv   va
imkoniyatlardan butun choralar bilan foydalanishni ta’minlash lozim. 
Bugungi   kunda   inson   resurslaridan   samarali   foydalanish   yo‘llaridan   yana
biri   –   yoshlarni   o‘z   istaklariga   ko‘ra,   inson   resurslari   yetishmayotgan   boshqa
joylarga   jalb   etishni   keng   yo‘lga   qo‘yish   kerak.   Biroq,   buning   uchun   ko‘chib
boruvchilarga   yetarli   sharoitlar   (uy-joydan   tortib   yuqori   ish   haqigacha)   yaratib
berish   talab   etiladi.   Shuningdek,   respublikada   inson   resurslaridan   oqilona
foydalanishda   xalqaro   ishchi   kuchi   migrasiyasining   ham   ahamiyati   katta.   Bozor
iqtisodiyoti   sharoitida   milliy   istiqlol   sharofati   bilan   inson   resurslaridan
foydalanishning   yangi   imkoni,   ya’ni   yosh   va   malakali   inson   resurslarini   jahon
mehnat   bozoriga   chiqarish,   boshqa   xorijiy   yurtlarga   borib   ishlash   imkoniyati
yuzaga keldi. 
Yevropa Ittifoqiga kirgan bir qancha mamlakatlar (Turkiya, Gresiya, Italiya,
Ispaniya,   Portugaliya   va   boshqalar)   mehnatkashlari   Germaniya,   Fransiya,
Gollandiya, Shvesariya, Belgiya kabi iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarga borib
ishlaydilar,   daromad   topadilar,   bu   bilan   o‘z   davlatlari   ichki   milliy   mahsulotiga
salmoqli daromad keltiradilar. 
Jahon   mehnat   bozorida   O’zbekiston   ishchi   kuchlarini   ham   eksport,   ham
import   qiluvchi   davlat   sifatida   qatnashishi   mumkin.   Umuman   olganda,   aholi
migrasiyasi obyektiv zaruriyat hisoblanadi. Har bir mamlakat hududida bu jarayon
doimo davom etadi. Faqat AQShda har yili mamlakat ichida aholining 42 million
nafari   yashash   joyini   o‘zgartirib  yuradi.  Aholi   yoki   ishchi   kuchlari   migrasiyasida
O’zbekiston ham faol qatnashishi zarur. 
Bozor   iqtisodiyotiga   o‘tish   jarayonida   inson   resurslaridan   samarali
foydalanish   va   bu   borada   yuqoridagi   tadbirlarni   samarali   amalga   oshirish   uchun
inson   resurslarini   boshqarish   to‘g‘ri   yo‘lga   qo‘yilishi   kerak.   Buning   uchun   bozor
52 talablariga mos keluvchi, yangi boshqaruv tizimini yaratish kerak. Jamiyatda inson
resurslarini   boshqarish   mehnat   resurslari,   ish   haqi,   mehnatni   normalash,   mehnat
sharoitlari, mehnat tarbiyasi kabi alohida bo‘g‘inlarni, shuningdek, ijtimoiy mehnat
taqsimoti, mehnat xarakterini boshqarish, demakdir. 
Inson   resurslarini   boshqarish   tizim   sifatida   bir   qator   bo‘g‘inlardan   iborat.
Bunda   ishchi   kuchlarini   taqsimlash   va   qayta   taqsimlashni   boshqarish   jarayoni
muhim   o‘rin  tutadi.   Inson   resurslarini    boshqarish  obyekti  -   ishchi  kuchini  takror
ishlab chiqarish, taqsimlash, undan foydalanish bosqichlarini o‘z ichiga oladi. 
Shuningdek,   inson   resurslarini   boshqarish   quyidagi   vazifalarni   hal   qilish
orqali amalga oshiriladi: 
 turli   xildagi   kasb-malaka   va   ijtimoiy-demografik   ko‘rsatkichlarga   ega
bo‘lgan   ishchilar   soni   bilan   ish   joylari   tarkibi   o‘rtasidagi   muvofiqlikni   yuqori
darajada ta’minlash;
 ishchi kuchini takror ishlab chiqarish jarayonini mukammalashtirish;
 mutaxassislarni   tayyorlash,   qayta   tayyorlash   va   malakasini   oshirishning
ta’sirchan tizimini yaratish;
 yoshlarda mehnat tarbiyasini iloji boricha ertaroq boshlash. 
Hozirgi   zamonda   ishlab   chiqarishning   ishchi   kuchi   miqdori   va   sifatiga
bo‘lgan   talabini   qondirishga   uni   respublika   tarmoqlari   va   hududlari   o‘rtasida
shunchaki   «taqsimlash»   orqali   erishib   bo‘lmaydi.   Buning   uchun   maxsus   yangi
boshqaruv tizimini yaratish zarur. Shuningdek, fikrimizcha, inson resurslarini 
to‘g‘ri   boshqarish   uchun,   undan   samarali   foydalanishga   qaratilgan   hududiy
dasturlar ishlab chiqilishi lozim.
Mehnat totensialining faol qismiga mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilingan, moddiy
va   nomoddiy   ishlab   chiqarishda   o‘z   xizmati   bilan   ishtirok   etayotgan,   jamiyatga
ijtimoiy-iqtisodiy   naf   keltirayotgan   faoliyat   yoki   foydali   mehnat   bilan   band
bo‘lgan   fuqarolar   kiradi.   Shuningdek,   mehnat   potensialining   faol   qismiga   xorijiy
mamlakatlarda   ishlayotgan   fuqarolarni   ham   kiritishimiz   mumkin.   Garchi,   ushbu
fuqarolar   mamlakat   yalpi   milliy   mahsulotini   ishlab   chiqarishda   ishtirok
53 etishmasada,   biroq,   ular   o‘z   mehnat   faoliyati   bilan   oilasiga   daromad   keltiradi
hamda mamlakat valyuta oqimining vujudga kelishiga hissa qo‘shadi.
2. 2 -rasm .   “SAMARQAND   NURI”   MC h J   mehnat   potensialining
safarbarlik xususiyatiga ko‘ra tasniflanishi
Bundan   tashqari,   ayni   vaqtda   xizmat   joyiga   ega   bo‘lmagan,   ishlashni
xohlovchi   faol   ish   qidirayotgan   ishsiz   aholini   ham   faol   qismga   kiritish   mumkin.
Chuunki  ular   ham   mehnat  organlari  orqali   yoki   mustaqil  tarzda  o‘zlariga  maqbul
ish   topishlari   va   tez   orada   ijtimoiy-iqtisodiy   faoliyatda   o‘z   imkoniyatlarini
namoyon etishlari kutiladi.
2. 8 -jadval
Ishsizlar soni va ishsizlik darajasi
Yillar Ishsizlar soni, ming kishi Ishsizlik darajasi, foizda
jami shu jumladan: jami shu jumladan:
201 8 622.4 274.7 347.7 5.0 4.8 5.1
20 19 626.3 275.4 350.9 4.9 4.7 5.0
20 20 639.7 281.1 358.6 4.9 4.7 5.0
20 21 687.0 301.5 385.5 5.1 4.9 5.2
Nofaol   aholi   mamlakat   iqtisodiyotiga   safarbar   etilmagan   ishga   layoqatli
aholining   umumlashmasidan   iboratdir.   Bu   toifaga   tug‘ruq   ta’tilidagi   ayollar,
farzand   tarbiyasi   bilan   mashg‘ul   onalar,   ishlamaydigan   uy   bekalari,   mehnat
54Mehnat 
potensiali
Faol qism  
( iqtisodiyotga safarbar 
etilganlar ) Nofaol qism 
( Iqtisodiyotga    safarbar   
etilmaganlar ) Zaxira qism  ( Zarur hollarda 
iqtisodiyotga safarbar etilishi 
mumkin bo’lganlar ) yoshiga etgan maktab o‘quvchilari, akademik litsey, kollej hamda oliy o‘quv yurti
talabalari   hamda   ishlab   chiqarishdan   ajralgan   holda   ta’lim   olayotganlar   kiradi.
Mazkur   qatlamlarning   mavjud   bo‘lishini   tabiiy   hol   sifatida   qarash   kerak.   Biroq,
nofaollar   miqdorining   me’yoriy   chegarasi   ham   saqlab   turilishi   lozim.   Aks   holda
bitta   iqtisodiy   faol   aholiga   to‘g‘ri   keladigan   boqimandalik   koeffitsienti   oshib
ketishi   mumkin.   Nofaollikning   me’yoriy   chegarasiga   birinchi   navbatda   tug‘ilish
ko‘rsatkichi  ta’sir  etib, uning yuqori  bo‘lishi  iqtisodiy  faoliyatda band  bo‘lmagan
ayollarning   ko‘payishiga,   shuningdek,   kelgusida   jamiyatda   yoshlar   ulushining
ortishiga olib keladi.
2011 2019 2020 2021050100150200250300350400
274.7 275.4 281.1 301.5347.7 350.9 358.6 385.5
Ayollar
Ekaklar
2.3-rasm. Ishsizlar sonining jins bo‘yicha taqsimlanishi (ming kishi)
Mamlakat ish potensialining zaxira qismiga yoshi chegarasiga yaqin bo‘lgan
aholi   (14-16   yoshdagi   o‘smirlar,   55   dan   yuqori   yoshdagi   ayollar,   60   yoshdan
yuqori erkaklar), faoliyat imkoniga ega bo‘lgan nogironlarni kiritishimiz mumkin.
Chunki   zaruriy   sharoitlarda   ularni   ishlab   chiqarishga   jalb   qilish,   ishchi   kuchi
sifatida iqtisodiyotga safarbar etish mumkin.
Ijtimoiy-iqtisodiy   jarayonlarning   tez   o‘zgaruvchanligi   bois   mehnat
potensialining har uchala qismi ham bir-biriga oson almashinishi mumkin.
55 2.3.  Korxonalarida  personal  samaradorligini ifodalovchi ijtimoiy-iqtisodiy
ko‘rsatkichlar tahlili
Agar   “mehnat   resurslari”   va   ishchi   kuchi   tushunchalari   o‘zida   faqatgina
miqdoriy tushunchalarni mujjasam etsa, bulardan farqli ravishda mehnat potensiali
ham miqdor, ham sifat ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi.
Ayrim   iqtisodchilar   potensialning   miqdor   ko‘rsatkichlari   bevosita   resurslar
miqdoriga   teng   deb   qarab,   unga   mehnat   yoshidagi   ishga   layoqatli   aholi,
ishlayotgan o‘smirlar va pensionerlar kiritiladi.
Nazarimizda   potensialning   miqdor   ko‘rsatkichlari   faqatgina   resurslarning
faol   qismi   bilan   cheklanib   qolmaydi.   Mazkur   miqdorga   quyidagi   toifa   aholi
qatnashini ham  kiritish mumkin
- Mehnatga layoqatli aholining nafaol qismi.
- Ishlash imkoniyati ega bo‘lgan, istagi bo‘lgan barcha guruh nogironlari.
- Mehnatga layoqatli yoshdagi imtiyozli pensonerlar.
- Ishlash xoxishini bildirgan o‘smirlar va yoshga doir pensionerlar.
Ushbu   aholi   qatlamlariga   yetarli   miqdordagi   ish   haqi   va   qulay   mehnat
sharoitlari   bilan   taminlangan   ish   joylarini   taklif   etish   yoki   kasanachilik,   uyda
o‘tirgan   holda   pullik   ishlar   va   xizmatlar   bajarish,   maishiy   xizmat   ko‘rsatish   kabi
faoliyatlarga   jalb   qilish   yo‘li   bilan   ularning   jamiyatni   faol   va   to‘laqonli   a’zosiga
aylantirish   mushkul.   Ularning   ushbu   faoliyatlari   mamlakatda   yalpi   milliy
mahsulotlar   yaratish,   ijtimoiy   infrotuzulmani   rivojlantirish,   moddiy   resurs   va
zaxiralaridan   ishlab   chiqarish   quvvatlaridan   foydalanish   samaradorligini   oshirish
hamda iqtisodiy taraqqiyotga erishish bevosita ijobiy tasir  ko‘rsatadi. Shu sababli
yuqorida   toifalangan   mehnat   potensialining   qo‘shimcha   miqdori   sifatida   etirof
etish maqsadga muvofiqdir.
Bundan   tashqari   potensialning   faol   miqdoriga   mamlakatimiz   hududida
mehnat   faoliyatini   amalga   oshiryotgan   norezidentlarni   ham   kiritish   mumkin.
Imigrantlarning   potensional   tarkibiga   kiritishimizning   sababi   shuki,   ular   ham
mamlakat   ishlab   chiqarishida   ishtirok   etadi,   iqtisodiyot   tarmoqlarida   o‘z   ishchi
56 kuchini   namoyon   qiladi.   Aqliy   va   jismoniy   saloxiyatini   namoyon   etadi.   Garchi
norezentlar o‘z mehnat faoliyati natijasidan olgan daromadlarining asosiy qismini
o‘zlari olsalarda, lekin mamlakat hududida o‘z ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq
xarajatlarni   daromad   solig‘i   va   boshqa   ijtimoiy   to‘lovlarni   amalga   oshirdilar.   Bu
esa   budjet   to‘lovlarida   va   naqt   pul   aylanmasida   o‘z   aksini   topadi.   Biroq
O’zbekiston  iqtisodiyotining bugungi holati uchun mazkur toifa ahlining ishtiroki
u   qadar   sezilarli   bo‘lmasada   mamlakatimizda   faoliyat   ko‘rsatayotgan   chet
mamlakatlar   elchixonalar   va   vakolatxonalar,   xalqaro   tashkilotlarning   xududiy,
mintaqaviy   bo‘limlari,   qo‘shma   korxonalar   xorij   firmalari   dilerlik   kompaniyalari.
Chet   el   mamlakat   korxonasi   sho‘balari,   hamda   hamkorlik   tashkilotlarida
norrezidentlar mehnat  va tadbirkorlik faoliyatlari amalga oshirilmoqdalar. Demak
bugungi   kunda   mamlakatimiz   immigrantlari   xizmati   asosan   xorijiy   ulush   yoki
tegishlilikga   ega   bo‘lgan   korxonalar   va   tashkilotlarda   kuzatilmoqda.   Shuningdek
ularni   mustaqil   tarzda   mamlakatimiz   mehnat   bozorida   paydo   bo‘lishi   o‘z   ishchi
kuchini namoyon qilishi kam uchraydigan hodisadir.
Iqtisodiy   jadal   rivojlangan,   sanoat   va   ishchiqarish   keng   taraqqiy   etgan,
iqtisodiy   o‘sish   sur’ati   talabiga   nisbatan   kam   mehnat   potensialiga   ega   bo‘lgan
mamlakatlarda immigrantlar alohida ahamiyatga ega. Mazkur davlatning iqtisodiy
imkoniyatlaridan salmoqli darajada foydalanish uchun milliy ishchi kuchining o‘zi
yetarli bo‘lmaydi, natijada qo‘shimcha ishchikuchiga talab paydo bo‘ladi. Bu talab
esa   o‘z-o‘zidan     muxojirlar   mehnati   orqali   qondiriladi.   Demak   bir   so‘z   bilan
aytganda,   mehnat   potensialida   immigrantlar   ham   o‘z   o‘rni   va   ahamiyatiga   ega.
Mehnat   potensiali   miqdor   ko‘rsatgichlarini   shakllanishini   chizma   ko‘rinishida
quyidagicha ifodalash mumkin. (2.4-rasm)
Miqdoriy   ko‘rsatgichning   tub   o‘zagi,   yani   yadrosini   inson   tashkil   etib
shaxsiy   insoniy   omillarni   o‘zaro   uyg‘unligi   natijasida   mehnat   potensiali   vujudga
keladi.
Inson ijtimoiy-iqtisodiy mazmunga ega bo‘lgan faoliyatda mashg‘ul bo‘lishi
natijasida u ish bilan band kishiga aylanadi.
57 MP
MR
ОIFA
B Mehnat potensiali
Mehnat resurslari
Iqt.faol.aholi yoki ish kuni
Ish bilan band aholi
InsonVazirlar   Mahkamasining   2017   yil   24   maydagi   106-sonli   qaroriga   asosan
quyidagilar ish bilan band hisoblanadi:
2.4-rasm. Mehnat potensiali miqdor ko‘rsatgichlarining shakllanishi
a) yollanib ishlayotgan, shu jumladan to‘liq bo‘lmagan ish vaqtida yoki uyda
ish   haqi   olib   ishlayotganlar,   shuningdek   haq   to‘lanadigan   boshqa   ishlar,
vaqtinchalik ishga ega bo‘lgan fuqarolar.
b)   kasallik   ta’til,   qayta   tayyorgarlik,   malaka   oshirish,   ishlab   chiqarishni
to‘xtab   turishi   tufayli,   shuningdek,   qonun   hujjatlariga   muofiq   vaqtinchalik   ishda
bo‘lmagan xodimlar uchun ish joyi saqlanib qoladigan boshqa hollarda ish joyida
vaqtinchalik bo‘lmagan fuqarolar;
v)   o‘zini   mustaqil   ravishda   ish   bilan   taminlovchi   fuqarolar,   tatbirkorlar,
kooperativ, a’zolari, fermerlar shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida mehnat
bilan   band   bo‘lganlar,   bevosita   qoramol   boquvchilar   chorvachilik   va   boshqa
qishloq   xo‘jalik   mahsulotlari   yetishtiruvchilar   va   sotuvchilar,   ko‘rsatib   o‘tilgan
fuqarolarning ishlab chiqarishda qatnashadigan oila azolari.
g)   Qurolli   kuchlarda,   milliy   xafsizlik   hamda   ichki   ishlar   organlari
tuzilmalarida va qo‘shinlarida xizmatni o‘tayotganlar.
d) Qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat olib borayotgan jamoat birlashmalari
va diniy muassasalarda ishlayotgan fuqarolar.
58 Ish bilan bandlik mavjud potensialidan samarali foydalanish va uni ijtimoiy-
iqtisodiy foydali  mehnatga yo‘naltirish orqali  vujudga keladi. Aks  holda ishsizlik
muammosi vujudga keladi.
Mazkur   qarorga   ko‘ra   ishga   joylashtirishga   muxtoj   ish   bilan   taminlangan
aholi-qonun   hujjatlariga   muvofiq   rasman   ishsiz   sifatida   ro‘yixdan   o‘tkazilgan
shaxslar,   shuningdek   haq   to‘lanadigan   faoliyatga   yoki   daromad   keltiruvchi
mashg‘ulotga   ega   bo‘lmagan,   mustaqqil   ravishda   ish   izlovchi   va   taklif   etilsa,
joylashishga tayyor bo‘lgan mehnatga qobilyatli yoshdagi vaqtincha yumushi bilan
bo‘lmagan shaxslar.
Iqtisodiy tarmoqlarda band bo‘lgan shuningdek o‘zini-o‘zi mustaqil ish bilan
taminlagan   shaxslar   va   ishlash   istagini   bildirgan   ishsiz   aholi   o‘zaro   uyushib,
iqtisodiy  faol   aholi   yoki   ishchi   kuchini   tashkil   etadi.   Iqtisodiy   faol   ahvoli   (ishchi
kuchi)   –   mehnat   faoliyatini   daromad   keltiruvchi   qonuniy   turi   bilan
shug‘ullanuvchilar   shuningdek,   ishga   joylashtirishga   muxtoj   ish   bilan
ta’minlanmagan aholi.
Iqtisodiy   nofaol   (passiv)   aholi   esa,   ishchi   kuchi   tarkibiga   kirmaydigan
quyidagi mehnatga layoqatli ahvoli qatlamlaridan iborat:
- ishlab   chiqarishdan   ajralgan   holda   ta’lim   olayotgan   hamda   ish   haqiga   yoki
mehnat daromadiga ega bo‘lmagan o‘quvchilar va talabalar.
- Ishlamayotgan  III -guruh nogironlari.
- Bolalarni parvarish qilish bilan band bo‘lgan ishlamayotgan ayollar.
- Ixtiyoriy ravishda mehnat bilan band bo‘lmagan shaxslar.
Mamlakatning   jami   iqtisodiy   faol,   iqtisodiy   nofaol   aholisi,   hamda   ishlayotgan
o‘smirlar   va   pensionerlar   birikmasidan   mehnat   resurslari   hosil   bo‘ladi.   Ya’ni,
mehnat   resurslari   mehnatga   layoqatli   yoshdagi   hamda   qonun   hujjatlarida
belgilangan   iqtisodiy   faollikning   quyi   va   yuqori   yosh   chegaralariga   kirmaydigan
ishlayotgan   shaxslar.   Ular   jismoniy   va   aqliy   qobiliyatga   ega   bo‘lib,   faoliyat
jarayonida   moddiy   ne’matlar   va   xizmatlarni   yaratadilar.   Ular   tarkibiga   kiritilgan
ijtimoiy   ishlab   chiqarishda   ishtirok   etmaydigan   nofaol   aholi   esa   mehnat
59 zaxiralarini tashkil etadi. Chunki vaqti kelib ular ham iqtisodiy faol aholi tarkibiga
qo‘shilishlari mumkin.
Potensial   resurslarning   sifat   ko‘rsatgichlari   yig‘indisi   bir   ishchining
salohiyatli imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish shaklida inson omilini faollashtirish
va   amaliyotda   qo‘llashni   ta’minlashdan   iborat.   2.5-rasmda   mehnat   potensialining
sifat ko‘rsatkichlari aks ettirilgan.
Mehnat   potensialining   sifat   ko‘rsatkichlariga   ko‘plab   omillar   ta’sir
ko‘rsatadi va uni quyidagicha ifodalaymiz:
f(c)=c(c
1 ,c
2 ,c
3 , c
4 ,c
5 ,c
6 ,,….c
n )     (2.2);
 Bu  yerda: f(c) – mehnat potensialining sifat ko‘rsatkichi;
c
1  -  jismoniy holat va sog‘liq darajasi ;
c
2  -  ta’lim va ma’lumot darajasi ;
c
3  -  malaka va kasbiy ma h orat ;
c
4 -  tadbirkorlik qobilyati ;
c
5   -  hayotiy tajriba va ko‘nikma ;
c
6   -  dunyoqarash va ong ;
c
7   -  odob-axloq va xulq-atvor ;
c
8   -  ma’naviy yetulik.
2.5-rasm.  “SAMARQAND NURI” MC h J  personal samaradorligi  sifat
ko‘rsatkichlarining shakllanishi
60Jismoniy holat va 
sog’liq darajasi Ta’lim va ma’lumot 
darajasi
Tadbirkorlik  
qobiliyati Personal 
samaradorligi Malaka va kasbiy 
mahorat
Xayotiy  tajriba va 
ko’nikma
Dunyoqarash  va
  ong
  онг Obod-ahloq va 
xulq-atvor Ma’naviy yetuklik Mehnat   potensialining   sifat   ko‘rsatkichlarini   belgilovchi   dastlabki   omil
bo‘lib, inson resurslarning jismoniy holati va sog‘lig‘i darajasi hisoblanadi. Har bir
inson   to‘la-to‘kis   hayot   kechirish   va   o‘zini   taalagan   mehnat   faoliyati   soxasida
ishlay   olishi   uchun   muayyan   sog‘liq   hamda   jismoniy   rivojlanish   darajasiga   ega
bo‘lishi   kerak.   Ushbu   ko‘rsatkich   shaxsning   jismoniy   imkoniyatlari,   quvvati   va
salohiyatini   belgilaydi.   Aynan   ushbu   imkoniyatlarigina   ishlab   chiqarishni   tashkil
etish, samarali boshqarish va iqtisodiyotni yuritish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Aholi   va   inson   resurslarining   muhim   sifat   jihatlaridan   yana   biri   ularning
ta’lim   va   ma’lumot   darajasidir.   Umumiy   va   kasbiy   ta’lim   darajasi   mehnat
resurslarining obyektiv sifatini ifodalashga xizmat qilib, kishining imkoniyatlarini
kengaytirib,   jamiyatning   intelektual   salohiyatini   kengaytiradi.   Shuningdek,   u
ijtimoiy   ishlab   chiqarish   samaradorligini   oshiruvchi   va   uning   qatnashuvchisi
bo‘lgan   insonni   har   tomonlama   takomillashtirish   va   imkoniyatlarini
kengaytirishning muhim omili sifatida maydonga chiqadi.
Mehnat potensialining malaka va kasbiy mahorat ko‘rsatkichi, bir tomondan
xodimning   doimiy   ravishda   murakkablashib   boruvchi   ish   vazifalarini   bajarishga
kasb faoliyatini o‘zgartirishga tayyorligi, ikkinchi tomondan, xizmat munosabatni,
mehnat intizomini, mehnat intensivligini shakllantiruvchi omil hisoblanadi. Ushbu
ko‘rsatkich   xodimning   yillar   davomida   mehnat   faoliyati,   amaliy   tajribalari   va
nazariy  bilimlari   asosida   shakllanadi.   Malaka   va   maxoratning  yuqori   ko‘rsatkichi
ishchining o‘z mutaxassisligini  yaxshi egallagan, kasbiy tayyorgarlikga egaligi va
zamonaviy talablarga javob bera olish qobiliyatlaridan dalolat beradi. Ushbu omil
orqali   jamiyatga   yangi   yutuqlarga   erishishni   va   yuqori   marralarni   zabt   etish
mumkin bo‘ladi.
Xodimning   tadbirkorlik   qobiliyati   uning   yaratuvchilik   va   yangilikga   intilib
ishlashni   anglatuvchi   ko‘rsatkichdir.   Ushbu   fazilatga   ega   ishchilar   daromad   olish
yo‘llari   va   manbalarini   yaxshi   o‘zlashtirgan   bo‘lib,   biznes   bo‘yicha   yetarli   bilim
soxiblaridir.   Shuningdek,   tadbirkorlik   qobiliyati   tashabbuskorlik   va   yangi
g‘oyalarning   vujudga   kelishni   ta’minlaydi.   Korxona   strategiyasini   ishlab   chiqish,
uning   kelgusi   rejalarini   belgilash   va   ishlab   chiqarishning   yangi   turlarini   joriy
61 etishda   ushbu   xususiyatga   ega   kishilar   mehnatidan   foydalanish   o‘z   samarasini
beradi.
Shaxsning  hayotiy tajriba va  ko‘nikma  darajasi  yillar  davomida  shakllanib,
hayotiy saboqlar hamda sinovlar natijasida ortib boradi. Jamiyatda ularga nisbatan
“ko‘pni  ko‘rgan”, “o‘zakni ko‘ra oladigan” kabi iboralar  ham  qo‘llaniladi. Ushbu
ko‘rsatkichga   ega   bo‘lgan   xodimlar   korxona   jamoasida   har   doim   o‘z   amaliy
tajribalari, faolligi va ma’suliyatni xis   etish bilan ajralib turadi. Shuningdek yosh
kadrlarni   mehnatga   tayyorlash   va   ularni   kasbga,   hayotga   o‘rgatishda   hayotiy
tajribaga ega kishilarning o‘rni kattadir.
Dunyoqarash va ong ko‘rsatkichi shaxsning dunyoviy ijtimoiy, iqtisodiy va
siyosiy   bilimlarining   kengligi   darajasini   anglatib,   uning   bilim   salohiyatini
ko‘rsatadi.   Chunki,   dunyoqarash   o‘qish,   izlanish   va   intilish   natijasida   shakllanib
boradi.   Shuningdek,   bu   ko‘rsatkich   shaxsning   o‘quv   va   o‘quv   darajasini   ham
ifodalaydi.   Ushbu   xususiyatga   ega   kishilar   o‘zlarining   ijobiy   qobiliyatlari   va
fantaziyalar   ko‘lami   kengligi   bilan   ajralib   turadilar.   Dunyoqarash   va   ongning
yuqori   ko‘rsatkichi   yangiliklar   yaratish,   yangi   g‘oyalar   ishlab   chiqish   va   ilmiy
yutuqlarning   bosh   omili   hisoblanadi.   Tashabbuskorlik,   yangi   g‘oyalar,   ixtiro   va
ilmiy yutuqlar esa mamlakatda fan-texnika taraqqiyotini anglatadi.
Odob   axloq   va   xulq   atvor   me’yorlari   insonni   bezab   turuvchi   asosiy
fazilatlardan   biri   hisoblanib,   ushbu   ko‘rsatkich   shaxsning   xarakterini   ham
belgilaydi.   Korxonada   xodimlar   xulq-atvori   mehnat   jamoasidagi   muhitni   belgilab
beradi.   Shu   sababli   ishxonada   xodimlarni   tanlashda   ham   birinchi   navbatda   unga
e’tibor   qaratiladi.   Qaysi   jamiyatda   odob-axloq   va   xulq-atvor   me’yorlariga   amal
qilinar ekan, o‘sha yerda ahillik, totuvlik va tartib bo‘ladi.
Ma’naviy  yetuklik ko‘rsatkichi  boy,  ruxiy  sog‘lom  va  barkamol  shaxslarga
nisbatan   ishlatiladigan   tushuncha   bo‘lib,   u   o‘zida   insonning   barcha   ijobiy   sifat
ko‘rsatkichlarini   mujassamlashtiradi.   Ma’naviy   rivojlanish   darajasi   kishi
ma’naviyatning   nechog‘lik   go‘zalligi,   fikr   va   ongining   sofligi   kabi   shaxsiy
xususiyatlarini   anglatadi.   Bu   xususiyatlar   xodimning   tanlagan   faoliyat   sohasida
muvofaqiyatli ishlashi uchun zarur omil hisoblanadi. Insonning manaviy yuksalishi
62 va tasavvurlarining salmog‘i ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy  taraqqiyotga qarab ham
o‘zgarib   boradi.   Bu   hol,   o‘z   navbatida,   mehnat   sohasidagi   mavjud   tamoyillarni,
tartiblarni   to‘liq   aks   ettiradi.   Iqtisodiyot,   umuman,   jamiyatda   izchil   islohotlar
amalga   oshirilayotgan   davrda   kishilardagi   ma’naviy   fazilatlarning   roli   ortadi.
Shuningdek,   ma’naviy   yetuklik   –   fidoiylik   va   vatanparvarlik   demakdir.   Bu
xislatlar esa jamiyat taraqqiyoti garovidir.
Iqtisodiyot,   umuman,   jamiyatda   izchil   islohatlar   amalga   oshirilayotgan
davrda   kishilardagi   ma’naviy   fazilatlarning   roli   ortadi.   Shuningdek,   ma’naviy
yetuklik-fidoiylik   va   vatanparvarlik   demakdir.   Bu   xislatlar   esa   jamiyat   ijtimoiy-
iqtisodiy   taraqqiyotining   omilidir.   Ijtimoiy-iqtisodiy   hayot   davomida   mehnat
potensialining miqdor va sifat ko‘rsatkichlari uyg‘unlashib boradi.
Shunday qilib,  mehnat  potensiali-jamiyatning  mehnat  sohasidagi  imkoniyat
quvvatlari   demakdir.   Mehnat   potensiali   jismoniy   imkoniyat,   ma’lumot,   kasblar,
malakaga   ega,   ishlab   chiqarishda   ishtirok   etishga   layoqatli   bo‘lgan   barcha
fuqarolarni o‘z ichiga oladi. Mehnat salohiyati eng faol eng bunyodkor omil bo‘lib,
u   mamlakatning   isloxot   va   o‘zgarishlar   yilida   tinimsiz   ilgarilab   borishni
ta’minlaydi.   Jamiyatning   iqtisodiy   va   ijtimoiy   taraqqiyot   darajasi   bilan
belgilanuvchi   mazkur   omil,   o‘z   navbatida   uni   rivojlantirishda   hal   qiluvchi   asos
hisoblanadi.
Mehnat   potensialini   tadqiq   etishda   ularning   tegishlilik   xususiyatiga   ko‘ra
o‘rganish alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki u tegishlilik darajasiga ko‘ra, o‘ziga
xos xususiyatlarga ega bo‘lib, bir-biridan farqlanuvchi shaxsiy, tarmoq va xududiy
ko‘rsatkichlar tizimidan iborat.
Mehnat   potensialining   tegishlilik   xususisyatini   talqin   etishda   turli   olimlar
turlicha nuqtai nazarni ilgari suradilar.
Bir guruh iqtisodchi olimlar mehnat potensialini mikro darajada tadqiq etib,
mazkur   kategoriyani   ishchi   (xodim)   egalik   qiladigan   ish   salohiyati   sifatida   talqin
qilishgan   bo‘lsa,   yanv   bir   guruh   olimlar   esa   mazkur   tushunchani   faqat   shaxs
mehnat   potensiali   sifatida   talqin   etishgan.   Ularning   fikricha,   mehnat   potensiali
63 shaxs   egalik   qiladigan   va   unga   tegishli   bo‘lgan   mehnatga   oid   sifat   va
qobiliyatlarning umumlashmasidir.
Iqtisodchi   olimlarning   yana   bir   qanchasi   mehnat   potensialini   tegishlilik
xususiyatiga ko‘ra, mikro va makro darajada o‘rganib, uni  qismga ajratadi:
1. Ishchining   mehnat   potensiali   –   xodimga   tegishli   bo‘lgan   mehnatning
sifat   va   miqdor   ko‘rsatkichlari   hamda   uning   ish   faoliyatida   ishtirok   etish
chegarasinibelgilovchi   imkoniyatlardir.   Xodimning   mehnat   potensiali   uning   kadr
potensiali   orqali   namoyon   bo‘ladi.   Uning   potensiali   asosini   tabiat   tomonidan
berilgan sifat ko‘rsatkichlari (sog‘liq, jismoniy imkoniyatlar va ijodiy qobiliyatlar)
tashkil etadi.
2. Korxona   mehnat   potensiali   –   ilmiy-texnik   taraqqiyot   shroitida   tashkilot
mehnat   jamoasiga   tegishli   bo‘lgan   menat   miqdor   va   sifat   imkoniyatlaridir.
Tashkilot   mehnat   potensiali   inson   faoliyatining   aniq   shakldagi   moddiylashuvi
hisoblanib,   korxona   kadrlar   potensialining   sifat   va   miqdor   xususiyatlari
uyg‘unligining   personallashgan   ishchi   kuchi   ko‘rinishida   namoyon   bo‘ladi.
Boshqacha   aytganda,   u   korxona   kadrlar   tarkibining   shaxsiy   va   professional
imkoniyatlarining umumiy bahosidir.
3. Jamiyat   mehnat   potensiali   –   mamlakatning   umumiy   mehnat
imkoniyatlaridir. U sifat va miqdor xususiyatlariga (mehnatga layoqatli aholi soni,
mehnat   resurslari,   mehnatga   layoqatli   aholining   ish   vaqti   miqdori,   salomatlik
darajasi, jismoniy imkoniyatlar, ta’lim va malaka darajasi) ega bo‘lgan jamiyatning
kadr potensiali sifatida namoyon bo‘ladi.
Yuqoridagi   fikr   va   mulohazalardan   kelib   chiqib   quyidagilarni   qo‘shimcha
qilish   mumkin,   mehnat   potensialini   xususiyatiga   ko‘ra   mikro,   mezo   va   makro
darajalarga   ajratish   mumkin.   Bunda   mikro   darajasi   korxona-tashkilotning,   mezo
darajasi   hudud-mintaqaning,   makro   darajasi   esa   mamlakatning   jami   mehnat
potensialini ko‘rsatadi.
64 2.6-rasm. Personal samaradorligi ko‘rsatkichi  ning tegishlilik darajasiga
ko‘ra tasniflanishi
Yuqorida sanab o‘tilgan har uchala darajaning ham asosini inson omili, ya’ni
shaxs   mehnat   potensiali   tashkil   etadi.   Chunki,   jamoa   ham,   jamiyat   ham
shaxslarning o‘zaro birikmasidan iboratdir. Shuning uchun ham, mamlakat mehnat
potensialini   shakllantirish,   rivojlantirish   uchun,   eng   avvalo,   har   bir   insonni   shaxs
sifatida   tarbiyalash   va   uni   mehnat   omili   darajasiga   etkazish   talab   etiladi.   Chunki
yurtning   barcha   aholisi   ham   mehnat   omili   bo‘lib   etisha   olmaydi.   Albatta,   bunga,
birinchi   navbatda,sog‘liq   va   jismoniy   ko‘rsatkichlar   ta’sir   etsa,   shuningdek,   aqliy
qobiliyat,  ta’lim,  malaka,   ko‘nikma   va   tajriba   kabilar   ham   o‘z   ta’sirini   o‘tkazadi.
Shu   bois   mamlakatimizda   aholi   (ayniqsa   onalar   va   bolalar)   sog‘lig‘ini   saqlash,
nogironlarni   reablitatsiya   qilishga,   jismoniy   salohiyatni   yuksaltirishga   alohida
e’tibor qaratiladi. Chunki onalar, ayollar mamlakatga mehnat potensialini bevosita
tarbiyalab beradilar, zero yoshlar Vatanning   ertangi kuchlari va kelajak egalaridir. 
Mehnat potensialining darajalashuvi va unga omillarning ta’siri quyidagicha
ifodalash mumkin:
Shaxs   mehnat   potensialining   mikro   darajalashuvi   uning   o‘z   qobiliyatini
namoyon   etishi   maqsadida   yollanishi,   ya’ni   korxona   bilan   mehnat   shartnomasiga
ega bo‘lishi natijasida yuzaga keladi. Ya’ni, xodimning ish bilan bandligi korxona
mehnat potensiali tarkibiga qo‘shilishiga olib keladi. Demak, mehnat shartnomasi
shaxsning korxonaga tegishliligini keltirib chiqaruvchi bosh omildir.
65Personal samaradorligi 
ko’rsatkichi
Mikro daraja Mezon daraja Makro daraja
Korxona - tashkilot mehnat 
potensiali Mamlakat mehnat 
potensialiHudud - mintaqa mehnat 
potensiali
Inson omili yoki shaxs mehnat potensiali  2.7-rasm .   Mehnat   potensialining   tegishlilik   xususiyatiga   ko‘ra
darajalashuv omillari
Korxona-tashkilotlar   esa   ma’muriy-hududiy   jihatdan   ma’lum   hududga
tegishli bo‘lib, ularning umumiy birikmasi hudud mehnat potensialini tashkil etadi.
Bunda mezo darajalashuv ro‘y beradi va shu jarayonda jug‘rofiy (yuridik) manzil
hududiy potensialni hosil qiluvchi omil sifatida yuzaga keladi.
Shuningdek,   agar   shaxs   yakka   tartibdagi   xizmat   faoliyatida   band   bo‘lsa,
ishlamasa   yoki   iqtisodiy   nofaol   bo‘lsa,   u   holda   yashash   manziliga   ko‘ra,   mazkur
shaxs hudud mehnat potensiali tarkibiga kiritiladi.
Hudud   mehnat   potensiali   jug‘rofiy   joylashuvi   va   fuqarolik   holatiga   ko‘ra,
mamlakat   mehnat   potensialini   tashkil   etadi.   Shuningdek,   mamlakat
hududidafaoliyat   yuritayotgan   fuqaroligi   bo‘lmagan   norezidentlarni   ham   mehnat
potensiali   tarkibiga   kiritish   mumkin.   Biroq,   bunda   ular   vaqtinchalik   yoki
o‘zgaruvchan   xususiyatga   ega   bo‘ladi.   Demak,   fuqarolikni   mehnat   potensialining
makro darajasini belgilab beradigan omil sifatida hmsoblash mumkin.
Mehnat   potensialining   tegishlilik   jihatiga   ko‘ra   o‘rganib   o‘lganimizdan
so‘ng, ularning safarbarlikmxususiyatiga qarab tasniflash maqsadga muvofiqdir.
Safabarlik - mehnat potensialining iqtisodiy faoliyatga yoki ijtimoiy foydali
ishga jalb etilishidir.
Ko‘pchilik   iqtisodiy   adabiyotlarda   uni   safarbarlik   xususiyatiga   ko‘ra
o‘rganilmagan   bo‘lsa,   ba’zi   rus   olimlari   esa   mehnat   potensialini   faol   va   nofaol
qismlarga ajratganlar.
66Shaxs 
mehnat 
poten-
siali  
( bazis ) Korxona 
mehnat 
poten-
siali  
( mikro ) Hudud 
mehnat 
poten-
siali  
( mezo ) Mamlakat 
mehnat 
potensiali  
( makro )
mehnat 
shartmonasi manzil fuqarolik Mamlakatimizda   mehnat   iqtisdiyoti   sohasida   amalga   oshirilgan   ilmiy
izlanishlarda   mehnat   potensiali   safarbarlik   xususiyati   bo‘yicha   yetarli   darajada
tasniflanmagan.   Garchi,   yurtimiz   iqtisodchi   olimlari   o‘z   tadqiqotlarida   uni
asfarbarlik   nuqtai   nazaridan   o‘rganmagan   bo‘lsalarda,   ular   ushbu   xususiyat
bo‘yicha   mehnat   resurslarini   nofaol   va   faol   qismlargan   ajratib   berganlar.   Biroq
“potensial”   va   “resurs”   mazmun   mohiyat   jihatdan   bir-biridan   farq   qiluvchi
iqtisodiy   kategoriya   hisoblanganligi   uchun,   biz   mehnat   potensialini   safarbarlik
xususiyati bo‘yicha ham tadqiq etish maqsadga muvofiq deb topdik.
Ikkinchi   bob   bo‘yicha   xulosa
1. “SAMARQAND   NURI”   MChJning   tahlil   qilish   jarayonida   jamoa
shartnomasini   uning   barcha   yo‘nalishlari   bo‘yicha   o‘rganib   chiqish,   shuningdek
asosiy ko‘rsatkichlarnirig dinamikasini ham umumiy yakun bo‘yicha, ham har bir
xodimga   to‘g‘ri   keladigan   darajada   o‘rganish   zarur.   To‘liq   baho   berish   uchun
korxona   bo‘yicha   qiyosiy   tahlil   o‘tkaziladi.   Tahlil   yakunida   korxona   xodimlarini
ijtimoiy   himoya   qilish   darajasini   oshirishga,   ularning   mehnat   sharoitini,   ijtimoiy-
madaniy va uy-joy-maishiy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan muayyan tadbirlar
ishlab chiqiladi, ular kelgusi yilga mo‘ljallangan ijtimoiy rivojlantirish rejalarini va
jamoa shartnomasini ishlab chiqarishda hisobga olinadi.
2. Inson   resurslaridan   foydalanishda   hamda   boshqarishning   sifat
ko‘rsatkichlari   ijtimoiy   mehnat   unumdorliginio‘zgarishi   orqali   bevosita   yalpi
daromadga   ta’sir   ko‘rsatishi   bilan   ifodalanadi.   Ijtimoiy   mehnat   unumdorligi
darajasi   ko‘rsatkichi   yalpi   daromadni   iqtisodiyotdagi   bandlarga   o‘rtacha
qanchadan   to‘g‘ri   kelishi   bilan   aniqlanadi.   Mehnat   unumdorligining   o‘sishi
sur’atlari   rejalashtirilayotgan   davr   uchun   belgilangan   mehnat   unumdorligini
hisobot davr va o‘tgan davrga nisbati bilan foizda o‘lchanadi. Ushbu ko‘rsatkichni
rejalashtirishdan   maqsad   yalpi   ichki   mahsulotni   mehnat   unumdorligini   oshirish
hisobiga maksimal darajada oshirishdir.
67 3. Mehnat   potensialining   malaka   va   kasbiy   mahorat   ko‘rsatkichi,   bir
tomondan   xodimning   doimiy   ravishda   murakkablashib   boruvchi   ish   vazifalarini
bajarishga   kasb   faoliyatini   o‘zgartirishga   tayyorligi,   ikkinchi   tomondan,   xizmat
munosabatni,   mehnat   intizomini,   mehnat   intensivligini   shakllantiruvchi   omil
hisoblanadi.   Ushbu   ko‘rsatkich   xodimning   yillar   davomida   mehnat   faoliyati,
amaliy tajribalari va nazariy bilimlari asosida shakllanadi. Malaka va maxoratning
yuqori   ko‘rsatkichi   ishchining   o‘z   mutaxassisligini   yaxshi   egallagan,   kasbiy
tayyorgarlikga   egaligi   va   zamonaviy   talablarga   javob   bera   olish   qobiliyatlaridan
dalolat beradi. Ushbu omil orqali jamiyatga yangi yutuqlarga erishishni va yuqori
marralarni zabt etish mumkin bo‘ladi.
68 III-BOB.  KORXONALARDA PERSONAL FAOLIYATI
SAMARADORLIGINI  OSHI RISH ISTIQBOLLARI
3.1.  Korxonalarda xodimlar ish samaradorligini oshirishda ilg‘or xorijiy
tajribalaridan foydalanish istiqbollari
Mehnatni tashkil etishning navbatdagi muhim yo‘nalishi intozomdir.   Mehnat
intizomi- bu,   faqat,   ish   joyiga   o‘z   vaqtida   kelish ,   va   bu   yerda   belgilangan   vaqt
mobaynida   bo‘lish   emas,   balki   belgilangan   texnologiyaga   rioya   qilish,   mahsulot
sifatini,   ishlab   chiqarishdagi   mehnat   rejimini   ta’minlash,   mehnat   unumdorligini
muayyan   darajada   saqlashdir.   Mehnat   intizomi   yuzlab   va   minglab   xodimlarni
umumiy   reja   asosida   ishlaydigan   va   umumiy   maqsadga   intiladigan   yagona
organizm   qilib   birlashtiradi.   Mehnat   intizomisiz   har   qanday   korxonada   mehnatni
biron-bir   maqbul   tarzda   tashkil   etish   haqida   gap   ham   bo‘lishi   mumkin   emas.
Mehnat   intizomi   tushunchasini   quyidagi   uch   qismga   bo‘lish   mumkin:   1.   Mehnat
faoliyati   intizomi.   Korxona   yoki   tashkilotdagi   barcha   xodimlarning   ichki   mehnat
tartib   qoidalariga   rioya   qilinishi:   ishga   o‘z   vaqtida   kelinishi,   ish   kuni   davomida
tanaffuslarga   rioya   qilinishi,   ishni   grafik   asosida   tamomlashni,   smenali   ish
sharoitida   qayta   smena   rejimiga   rioya   qilish   va   shu   kabilarni   nazarda   tutadi.
2. Texnologik   intizom.   Bu   ishlab   chiqarish   operatsiyalarini   bajarish   usullari   va
izchilligiga,   mahsulot   yoki   ish   sifatiga   Aniq   rioya   qilinishini,   yaroqsiz   mahsulot
ishlab   chiqarishga   va   avariyalarga   barham   berilishini   nazarda   tutadi.   3.   Ishlab
chiqarish   intizomi.   Korxonada   belgilangan   ichki   mehnat   tartibi   qoidalarning
bajarilishini,   ishlab   chiqarish   rahbarlari   buyruqlari   va   farmoyishlarining   aniq
bajarilishini,   mehnatni   muhofaza   qilish,   ishlab   chiqirish   sanitariyasi,   xavfsizlik
texnikasi   qoidalariga   so‘zsiz   va   aniq   rioya   qilinishini,   atrof–muhitning   muhofaza
qilinishini,   nazarda   tutadi.   Shuningdek,   xom-ashyo,   materiallar,   butlovchi
buyumlar   va   tayyor   mahsulotlardan   tortib   asboblar,   mashinalar,   mexanizmlar,
apparatura   va   boshqa   ishlab   chiqarish   jihozlarigacha   ehtiyotkorona   munosabatda
bo‘lish   kiradi.   Mehnat   sharoitlari   va   mehnatni   normalashning   ahamiyati.   Mehnat
69 sharoitlari   deganda   ishlab   chiqarish   jarayonida   insonni   qurshab   turuvchi   tashqi
muhit   tushuniladi.   Bu   muhit   inson   organizmiga ,   uning   mehnat   faoliyatiga,
binobirin,   uning   ishchanlik   qobilyati   va   mehnat   unumdorligiga   muhim   ta’sir
ko‘rsatadi.   Mehnatni   tashkil   etishda   uni   normalash   katta   rol   o ‘ ynaydi .   Mehnatni
normalash   eng   samarali   mehnat   usuli   va   metodlarini   tanlashda ,   mehnat   taqsimoti
va   kooperatsiyasining   eng   yaxshi   shakllarini ,   ish   joylarini   tashkil   etish   va   ularga
xizmat   ko ‘ rsatishning   ratsional   tizimini   belgilashda   qo ‘ llaniladi .   Mehnatni
normalash   -   bu   ishlab   chiqarishni   boshqarish   sohasidagi   iqtisodiy   faoliyatning
muhim   turi   bo‘lib,   uning   yordamida   zarur   mehnat   xarajatlari   belgilanadi,   uning
natijalari   aniqlanadi,   turli   toifadagi   xodimlar   mehnatining   kooperatsiyasi   amalga
oshiriladi, ular ish o‘rinlariga qo‘yiladi. Mehnat normalarining barcha turlari ichida
asosiysi  –   vaqt   normasi   bo‘lib,  uning  vositasida  mehnatni  tashkil   etish  ehtiyojlari
uchun   boshqa   normalar:   mahsulot   ishlab   chiqarish   normasi   (ish   davri
davomiyligini   vaqt   normasiga   bo‘lish   bilan   aniqlanadi);   xizmat   ko‘rsatish
normasi   (xizmat ko‘rsatiladigan ishchilar soni bilan ifodalanadi);   xizmat ko‘rsatish
soni   normasi   (biron-bir   stanok,   agregat   yoki   patok   liniyasiga   xizmat   ko‘rsatish
uchun   zarur   bo‘lgan   ishchilar   soni   bilan   ifodalanadi);   boshqaruvchanlik
normasi   (ishlab   chiqarishning   muayyan   rahbariga   bo‘ysunuvchi   xodimlar   bilan
ifodalanadi).
Kadrlar   bevosita   shu   korxonada   ishlashi   uchun   u   mehnati   munosib
qadrlanayotganligini aniq bilishi shart. Bunga mehnatga qiziqtirish tizimining eng
asosiy   vositasi   -   rag batlantirish   tizimi   orqali   erishish   mumkin.   Аgar   motivatsiyaʼ
insonni   u   yoki   bu   ishni   bajarishga   majburlaydigan   ichki   hissiyot   bo lsa,   rag bat	
ʼ ʼ
personal   faolligini   oshirishga   xizmat   qiladigan   tashqi   hissiyotdir.   Аgar   rag bat	
ʼ
personalning ehtiyojlarini qondirish uchun g oyat muhim ahamiyat kasb eta olsa, u	
ʼ
mehnat motivatsiyasi omiliga aylanishi mumkin. 
Rag batlar quyidagicha tasniflanadi:	
ʼ
1.   Аmal   etish   mudddati   bo yicha   -   uzluksiz   (mehnat   sharoiti,   ish   o rnida	
ʼ ʼ
yaratilgan   shart-sharoitlar),   uzoq   muddatli   (ish   haqi   miqdori   yuqoriligi,   foydaga
sheriklik), qisqa muddatli (oy, yil choragi, yil yakuni bo yicha mukofotlar).	
ʼ
70 2.   Аmal   etish   doirasi   bo yicha   -   jamoaviy   (ish   haqi   fondi,   foydaniʼ
taqsimlashda   bevosita   ishtirok   etish),   shaxsiy   (xodim   bo yicha   daromadlari	
ʼ
jamlanmasi).
3.   Mohiyati   bo yicha   –   nufuzli   (alohida   tarif   bo yicha   ish   haqi,   korxona	
ʼ ʼ
aktsiyalarini   imtiyozli   narxda   olish),   rag batlantiruvchi   (xodim   kasb   mahorati,	
ʼ
sifatli   mahsulot   ishlab   chiqargani,   xom   ashyo,   elektr   quvvati   safini   kamaytirgani
uchun ish haqiga ustamalar).
4.   Qo llanish   sohasi   bo yicha   –   hammabop   (pul   bilan   rag batlantirishning	
ʼ ʼ ʼ
barcha turlari), o ziga xos (nomoddiy rag batlantirishlar).	
ʼ ʼ
Korxona   ma muriyati   mehnat   motivatsiyasini   oshirish   uchun   turli	
ʼ
rag batlantirish   omillarini   ishga   solar   ekan,   ular   korxona   maqsadlari   –   foyda	
ʼ
olishni   kuchaytirishga   xizmat   qilishiga   alohida   e tibor   berishi   tabiiydir.   Bu	
ʼ
personal   mehnat   samaradorligini   baholash   orqali   amalga   oshiriladi.   Personal
mehnati   samaradorligini   baholash   mehnat   motivatsiyasi   nazariyasi   va   amaliyotini
uzviy   bog lanishning   eng   ishonchli   vositasidir.   Baholash   mehnat   motivatsiyasiga	
ʼ
yo naltirilgan   aniq   maqsadli   omillardan   amaliyotda   qo llanish   orqali   xodimlar	
ʼ ʼ
mehnat   faoliyati   maqsad   va   natijalarini   ajralmas   mustahkam   bir   bo g inga	
ʼ ʼ
bog lashga   xizmat   qiladi.   Mehnat   motivatsiyasi   sarf-xarajatlarining   korxona	
ʼ
maqsadi uchun samaradorligini aniqlashning oddiy formulasi mavjud:
Xsk = M / S
 Bu yerda: 
Xsk – mehnat motivatsiyasi uchun xarajatlar samaradorligi koeffitsienti; 
M – ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi; 
S – ishlab chiqarilgan mahsulot uchun sarflar.
Mehnatni rag batlantirish deganda mehnatning sodir bo lishini ta minlovchi	
ʼ ʼ ʼ
va uning faolligini oshiruvchi moddiy, ma naviy va huquqiy manfaatlar majmuasi	
ʼ
tushuniladi. Mehnatning o zi kishilarning birorta ehtiyojini qondirishga qaratilgan	
ʼ
maqsadli   faoliyatdan   iborat.   Demak,   kishilar   mehnatni   shunchaki   qilmaydi,   balki
zamirida birorta manfaatni qondiradigan maqsad yotadi. Mehnatni rag batlantirish	
ʼ
nimalarda   namoyon   bo ladi?   Eng   avvalo,   xodimlar   mehnati   uchun   olgan   maoshi	
ʼ
71 o zining   va   oila   a zolarining   yashashi   uchun   bemalol   yetishi   lozim.   Shundaginaʼ ʼ
mehnatning   bir   qismi   bo lgan   ish   kuchining   qiymati   to liq   to langan,   xodim   esa	
ʼ ʼ ʼ
to liq   rag batlantirilgan   bo ladi.   Endi   mehnatning   o lchami   nima   degan   savolga	
ʼ ʼ ʼ ʼ
javob   berish   lozim,   chunki   hamma   bir   xil   mehnat   qila   olmaydi   va   bir   xil
rag batlantirilmaydi.                                                                           
ʼ 3.1-jadval
“SAMARQAND NURI” MC h J    mehnat motivatsiyasiga ta sir	
ʼ
ko rsatuvchi omillar	
ʼ
Mehnat motivatsiyasiga ta sir ko rsatuvchi omillar	
ʼ ʼ
Mehnat   motivatsiyasiga
ta sir ko rsatuvchi omillar	
ʼ ʼ Ta sir ko rsatish omillari xususiyatlari	
ʼ ʼ
Ishni tashkil etish - ishni bajarish uchun talab etiladigan ko nikmalar;	
ʼ
- kadrga topshirilayotgan ishning ahamiyati va mas uliyati;	
ʼ
- kadrga ishda mustaqillik berish
Moddiy rag batlantirish	
ʼ - taklif etilgan ish haqining boshqa korxonalarda mehnatga 
to lanayotgan haq bilan raqobatbardoshligi;	
ʼ
- ish haqi doimiy va o zgarib turadigan qismlarining nisbati;	
ʼ
- ish haqi bilan ish natijalarining bog liqligi;	
ʼ
- bir kasb malakaga ega xodimlar ish haqlarini tabaqalashtirish 
imkoniyati
Ma naviy rag batlantirish	
ʼ ʼ -korxona rahbarining xodimni nomoddiy rag batlantirish 	ʼ
vositalaridan samarali foydalana olishga moyilligi (bu masalaga 
rasmiyatchilik bilan yondashish ularning personalni mehnatga 
bo lgan qiziqtirishdagi ahamiyatni yo qqa chiqaradi);	
ʼ ʼ
- xodimlarni moddiy va ma naviy rag batlantirishni qo shib olib 	
ʼ ʼ ʼ
boorish
Xodimga   shaxsiy
yondashish - korxona rahbari tomonidan har bir xodimga uning shaxsiy 
qobiliyatini hisobga olgan holda topshiriq berilishi
Vazifani belgilash - personalga belgilangan muddatda bajarilishi kerak bo lgan aniq 	
ʼ
topshiriqlar berish
Baholash va nazorat - korxona rahbari tomonidan personalga berilgan topshiriq ijrosini
nazorat qilish, bajarilgan ishni baholashning turli usullaridan 
oqilona foydalanish
Intizomiy ta sir choralari	
ʼ -intizomiy ta sir choralarini o z vaqtida qo llash;	ʼ ʼ ʼ
- jazoning qilmishga mosligi;
- personalga u nima uchun jazolanganligini tushuntirish
Qadriyatlar  - personalning o zligini namoyon qilish 	
ʼ
imkoniyati;
- personalning ish haqi miqdoridan qoniqishi;
-personalning korxona oldidagi mas uliyatini to la his etishi;	
ʼ ʼ
- personalning xizmat vazifasida ko tarilish istiqboli.
ʼ
72 Mehnatning birlamchi o lchami xodimning sarf qilgan vaqti, ya ni ish vaqtiʼ ʼ
bilan   o lchanadi.   Mehnatni   rag batlantirishda,   eng   avvalo,   kimning   qancha   vaqt	
ʼ ʼ
ishlagani   inobatga   olinadi.   Hamma   bir   xil   ish   vaqti   sarf   qilib   ishlashi   mumkin.
Lekin   hammaga   bir   xil   ish   haqi   to lanmaydi.   Chunki   ular   bir   ish   vaqtida   turli	
ʼ
natijalarga erishishlari mumkin.
Rag batlantirish   qancha   yuqori   bo lsa,   mehnatning   ham   samaradorligi	
ʼ ʼ
shuncha   yuqori   bo ladi.   Mehnatni   moddiy   rag batlantirish   bilan   birga   ma naviy	
ʼ ʼ ʼ
rag batlantirish ham mavjudki, buning ta sir kuchi ham moddiy rag batlantirishdan	
ʼ ʼ ʼ
kam emas. Ma naviy rag batlantirishga quyidagilar kiradi:	
ʼ ʼ
- jamoa   oldida   yaxshi   ishlayotganligini   qayd   etish,   ma muriyat   buyrug i	
ʼ ʼ
bilan raxmatnoma va tashakkur e lon qilish;	
ʼ
- faxriylar taxtasiga, kitobiga yozish, faxriy yorliqlar bilan taqdirlash;
- unvonlar berish.
- orden va medallar bilan taqdirlash.
Kadrlarning   mehnat   qilishi   uchun   bir   qancha   motivlar   borki,   bularsiz
samarali mehnatning sodir bo lishi mumkin emas. Bularga quyidagilar kiradi:	
ʼ
1. Ko proq mehnat haqi to lanishi. 	
ʼ ʼ
2.   Yaxshi   mehnat   sharoitining   yaratilishi.   Bu   xodim   uchun   juda   katta
ahamiyatga   ega.   Mehnat   sharoiti   xodimlarni   ishga   olib   kelish,   ishlash   jarayonini
ta minlash   va   ishdan   uygacha   kuzatib   qo yishni   o z   ichiga   oladi.   Hozir   transport	
ʼ ʼ ʼ
xarajatlari   qimmat.   Xodimlarning   ishga   borib-kelishi   uchun   oylik   maoshning
asosiy qismi ketib qoladi. Shu tufayli odamlar ozroq ish haqi bo lsa ham, yashash	
ʼ
joyiga   yaqinroq   joydagi   korxonalarda   ishlashni   xohlaydi.   Аlbatta,   bu   xodimning
malakasiga   ham,   mutaxassisligiga   ham   to g ri   kelmasligi   mumkin.   Lekin   u   yo l	
ʼ ʼ ʼ
haqini   tejash   evaziga   ko proq   moddiy   manfaatdor.   Аmmo   bundan   xodim   ham,	
ʼ
uzoqroqda  joylashgan   korxona   ham,  jamiyat   ham   katta   zarar   ko radi.   Shu  tufayli	
ʼ
har  bir  korxona o z  xodimini  ishlatish  bilan birga uni  ishga olib kelish  va ishdan	
ʼ
uyigacha kuzatib qo yish chorasini ham ko rishi kerak.	
ʼ ʼ
Har   bir   xodimning   ishlaydigan   joyi   har   tomonlama   qulay,   yorug ,   ozoda,	
ʼ
bahavo bo lishi lozim. Bu borada mehnat ergonomikasi talablariga javob beradigan	
ʼ
73 bo lishi   kerak.   Bu   ham   yaxshi   va   samarali   ishlash   uchun   asosiy   motivlardanʼ
biridir.   Korxona   jug rofiy   jihatdan   ham   qulay   joylashgan   bo lishi   lozim.   U	
ʼ ʼ
transport vositasi bekatiga yaqin, do konga, oshxonaga, bozorlarga yaqin va ularga	
ʼ
borish   ham   qulay   joyda   joylashishi   ham   unda   ishlaydigan   xodimlar   uchun
ahamiyatlidir.
3. Xodimning malakasiga mos ish bilan ta minlanishi. Bu ham mehnatning	
ʼ
muhim   motivlaridan   biridir.   Xodim   malakali   bo lsa-yu,   u   oddiy,   malaka   talab
ʼ
qilmaydigan   ishga   qo yilsa   ham,   malakasi   bo lmasdan,   malaka   talab   qiladigan	
ʼ ʼ
ishga qo yilsa ham, uning mehnatida samara bo lmaydi. Masalan, yuqori malakali	
ʼ ʼ
kompьyuter   operatorini   oddiy   kalьkulyator   bilan   ishlaydigan   joyga   va   oddiy
kalьkulyatorda   ishlay   oladigan   kishini   kompьyuterga   o tqazib   qo yish   ham	
ʼ ʼ
samarasizdir.   Ikki   holda   ham   korxona,   xodim,   jamiyat   yutqazadi.   Shu   uchun   har
bir   xodimni   yaxshi   o rganib,   uning   qobiliyati   va   malakasiga   yarasha   ish   bilan	
ʼ
ta minlash   lozim.   Korxonada   shunday   muhit   yaratilishi   lozimki,   qaysiki   biror	
ʼ
xodim malakasini muntazam oshirib borsa, shunga yarasha u moddiy va ma naviy	
ʼ
rag batlantirilishi   lozim,   ya ni   unga   loyiq   ishni   topib   berib,   kerak   bo lsa,	
ʼ ʼ ʼ
lavozimini   ko tarib   qo yish   kerak.   Bu,   birinchidan,   shu   xodim   uchun   juda   katta	
ʼ ʼ
rag bat   bo ladi.   Ikkinchidan,   esa   korxonada   texnologik   jarayon   takomillashib	
ʼ ʼ
boradi.   Malaka   talab   qiladigan   ilg or   dastgohlar   ishlab   chiqarishga,   boshqarishga	
ʼ
joriy qilinishining intellektual asosi yaratiladi.
4. Korxonada yaxshi ma naviy-ruhiy muhitning yaratilishi. Bu ham mehnat	
ʼ
samaradorligini oshirish uchun eng muhim omillardan biridir. Chunki har bir kishi
ma naviy jihatdan mustaqil. U mehnat jamoasida, jamiyatda o z o rniga, mavqeiga	
ʼ ʼ ʼ
ega   bo lishni   xohlaydi.   Shu   tufayli   har   bir   shaxs   o z   o rnida   yetarli   darajada	
ʼ ʼ ʼ
ob ektiv   ravishda   baholanishi   lozim.   Uning   izzat-obro i   o z   o rniga   qo yilishi	
ʼ ʼ ʼ ʼ ʼ
kerak. 
5.   Har   bir   xodimning   o z   o rniga   ega   bo lishini   ta minlash.   Bu   borada	
ʼ ʼ ʼ ʼ
ma naviy-ruhiy   muhitning   o rni   katta.   Chunki   bu   omillar   bir-biri   bilan   uzviy	
ʼ ʼ
bog liq   omillardir.   Har   bir   xodim   o zining   mehnati   bilan   jamoaning   umumiy
ʼ ʼ
muvaffaqiyatiga   u   yoki   bu   darajada   ozmi-ko pmi   hissa   qo shadi.   Lekin   u   har   bir	
ʼ ʼ
74 xodim   uchun   juda   kattadek   tuyuladi.   Shu   jihatdan   u   o zi   ishlayotgan   mehnatʼ
jamoasida   o z   o rnim   bor,   deb   his   qiladi.   Аynan   xodimlarda   shakllangan   shu	
ʼ ʼ
tuyg uni   poymol   qilmaslik   kerak.   Zarur   hollarda   faqat   uning   yutug i,   ishi   qayd	
ʼ ʼ
qilinsa,   demak   u   faqat   hamma   ishni   o zi   qilayotgandek   tuyuladi.   Shuningdek,	
ʼ
jamoaning   muvaffaqiyati   bevosita   unga   bog liq   ekanligi   va   o zining   jamiyatga,	
ʼ ʼ
jamoaga   kerakligini   his   qiladi.   Bunday   his-tuyg u   bilan   bog liq   mehnat	
ʼ ʼ
motivatsiyasi uning samarali, unumli ishlashi uchun asos va omil bo ladi.	
ʼ
6. Har bir kishini shu korxonaning egasi, xo jayini va uning bu yerda zarur	
ʼ
ekanligini   his   kilishni   ta minlash.   Har   bir   xodim   o zi   ishlagan   joyining   xo jayini	
ʼ ʼ ʼ
yoki   egasi   ekanligini   his   qilishi   lozim.   Bunga   ishlaganiga   qarab,   ya ni   ish	
ʼ
natijasining hajmiga qarab ish haqini oshirib borish, yil oxirida olingan foydaning
bir   qismini   dividend   tariqasida   bo lib   berish   orqali   erishiladi.   Bu   tuyg u   har   bir	
ʼ ʼ
xodimda   shu   xo jalik   mulkini   saqlashga,   tejamli   bo lishga,   yilni   ko proq   foyda	
ʼ ʼ ʼ
bilan yakunlashga da vat etadi. Shuningdek har bir kishi samarali mehnat qilishga	
ʼ
harakat qiladi.
Yapon tizimining o‘ziga xos xususiyati — mashhur «umrbod yollanish»dir.
Bunda   xodim   o‘quv   yurtini   tamomlagandan   keyin   tashkilotga   ishga   kirgach,   uni
butun   mexnat   xayoti   mobaynida   tark   etmaydi.   Inson   resurslarini   boshqarishning
butun   tizimi   mazkur   tamoyilga   buysundirilgan.   Masalan,   mexnatga   xaq   to‘lash
tizimi   shunday   tuziladiki,   xodim   oladigan   daromadning   anchagina   qismi
kompaniyadagi   ish   stajiga   bog‘liqdir   va   har   yili   muayyan   miqdorda   ortib   boradi.
Yapon   korxonasi   —   bu   faqat   xodimlar   birgalikda   mehnat   qilish   uchun
birlashadigan   iqtisodiy   tizim   bo‘lib   qolmasdan,   shu   bilan   birga,   o‘zaro
majburiyatlar  bilan yagona «ishlab  chiqarish oilasi»ga  bog‘langan  xamfikrlarning
ijtimoiy   hamjamiyatidir.   «Firma   oilasi»   —   yapon   menejmentining   juda   keng
tarqalgan   shiorlaridan  biri   bo‘lib,  u   amalda   quyidagicha  ro‘yobga  chiqariladi.   Ish
bilan   bandlar,   ya‘ni   «bolalar»   o‘z   sadoqatlarini   doimiy   ravishda   namoyish
qilishlari   va   «o‘zlarini   butunlay   jonajon   oilaga   bag‘ishlashlari»   kerak,   astoydil
mehnat   qilishlari   va   firmalari   farovonligini   birinchi   o‘ringa   qo‘yishlari   lozim.
75 Buning   uchun   «otalar»   —   ma‘murlarning   g‘amxo‘rliklari   tufayli   ular   ish   bilan,
yaxshi   turmush   sharoiti   va  doimiy   ortib   boruvchi   daromad   bilan   ta’min   etiladilar
Bazis stavkasining tarkibi quyidagicha aniqlanadi: 
˗ 20 % li ma’lumot darajasi bilan
˗ 20 % li staj bilan 
˗ javobgarlikning 20 % li xajmi bilan 
˗ mustaqil qarorlarning 10 % li zarurligi bilan
˗ 10 % li psixik nagruzkalar bilan 
˗ 5 % li mexnat sharoitlar bilan 
˗ 5 % li mexnat xavfsizligi bilan. 
Jamoaviylik,   etakchiga   bo‘ysinish   va   kattaga   xurmat.   Kichik   kattaga
minnatdorchilik bildiradi, katta kichikning xurmatini qozonadi. «Ringi» tamoyili -
quyi   pog‘onadagi   xodimlarning   fikrini   bilish   –   an’anaviy   xurmat   hisoblanadi.
Korporativ   tamoyillar.   Firma   ideallariga   sodiqlik,   firmaning   ish   kiyimi,   shior,
madxiya,   bayroq.   Norasmiy   munosabatlar.   «Odamlarda   xato   qilmaslik   kerak»,
«Yaxshi   inson   –   ishlaydigan   inson»,   «Biz   xammamiz   katta   oila».   Motivastiya.
Jamoaviy motivastiyaning ustunligi. Xozir mexnat – pul keyin. Yaxshi  bajarilgan
ishdan   qoniqish,   uy   -   joy   xisobiga   zayomlar   berish.   Qo‘pol   xatti-xarakat   uchun
jamoadan   chiqarish.   Mexnatga   xaq   to‘lash.   Maosh   uch   elementdan   iborat:   asosiy
to‘lov ko‘p miqdorli qo‘shimcha to‘lovlar bonuslar. Maosh xajmi yosh, lavozim va
stajga   bog‘liq.   Boshqa   firmaga   ishga   o‘tganda   xammasi   noldan   boshlanadi.
Prezident   va   ishchi   o‘rtasidagi   maosh   tafovuti   10   martadan   oshmasligi   kerak.
Xodimni   baxolash.   Tarjimai   xol   va   shaxsiy   ishni   o‘rganish.   Yozma   vazifalarni
bajarish.   Og‘zaki   imtixonlar,   suxbatlashuv,   so‘rov,   bilimlarni   sinash   (test).
«Xizmatlar   yodda   tutiladi,   xatolar   yozib   olinadi».   Ilmiy-   texnikaviy   taraqqiyot.
Kashfiyotlar,   listenziyalarni   sotib   olish.   Ularni   tezlik   bilan   tatbiq   etish.   «Kelajak
uchun   yo‘l   ochish».   Minimal   ombor   zaxiralari.   «Kanban»   -   «aniq   muddatida»
tamoyili. Bir soat uchun detallar zaxirasi. Yuqori sifat. O‘qitish. Majburiy o‘qish –
9 yil. Xotirani rivojlantirish (minglab ierogliflar – 300 rang). Yaponiyada esa bitta
76 band   xodim   uchun   AQShga   nisbatan   uch-to‘rt   barobar   mablag‘   ko‘p   sarf   etiladi.
Xar   bir   mehnat   qiluvchi   yapon   ta‘lim   olish   uchun   xaftasiga   shaxsiy   vaqtining   8
soatini   sarf   etadi.   Yaponiyada   «egiluvchan»   xodimga   asosiy   e‘tibor   qaratiladi.
Kamchiliklari. Shaxsiy egoizm, agar yapon guruxdan tashqarida bo‘lsa (transprot,
metro,   vokzal).   Xushmuomalalik   ostiga   yashiringan   ikkiyuzlamachilik,   -   ayrim
paytlarda   xaqiqatni   bilish   qiyin.   Erkaklarning   ayollarni   kamsitishi.   Yuqori
darajadagi   ruxiy   keskinliklar   va   kasalliklar   –   yaponlarning   xaddan   tashqari
bandligi natijasi. Mastusima firmasining ma‘naviy qadriyatlari: 
- millat uchun ishlab chiqarishni takomillashtirish orqali xizmat qilish; 
- vijdoniylik; 
- xamoxanglik va xamkorlik; 
- sifat uchun kurash; 
- xurmat va bo‘ysinish; 
- firma bilan o‘zini uyg‘unlashtirish; 
- firma uchun minnatdorchilik.
77 78 3.1-rasm. Xodimlarni boshqarishning yapon modeli
79 1.   Barcha,   shu   jumladan,   ishchilar   uchun   xam   tushunarli   maqsadlarni
qo‘yish; 
2. Paternalizm – xodimlarda yagona oila tuyg‘usini shakllantirish; 
3. Umrbod yollash, xodim umrining oxirigacha ishga qabul qilinadi; 
4. Yoshi va lavozimi bo‘yicha kattaga xurmat, unga bo‘ysinish; 
5.   Xodim   uchun   imtiyozlarning   yo‘qligi:   bir   xil   kurtkalar,   umumiy
oshxonalar, boshqaruvchilar uchun aloxida kabinetlarning yo‘qligi. 
6. Muloqot uchun muxit yaratish, tashabbuskorlarni rag‘batlantirish, xar bir
xodimning   qobiliyatlarini   xurmat   qilish   va   rag‘batlantirish.   Dunyoga   mashxur
«Matsushita Electric » korporastiyasining falsafasi: 
- xaridorning ustunligi; 
- jamiyatga foyda tegadigan daromad; 
- erkin boshqaruv; 
- xamkorlikda ishlash;
-kompaniyaning barcha xizmatchilarining boshqaruvda ishtirok etishi;
«Yoshi kattaligiga qarab xaq to‘lash»ning ustun tomonlari va cheklanishlari
ish   ҳ aqining   modernizasiya   qilingan   tizimlari   axborot   tizimi   yapon   modelining
afzalliklari 
— yuqori malakali ish, maqsadining mustaxkamlanishi 
—«birga  qatnashish   ruxi»  Ishchilarning  75  %i  «firma   —  yagona  oila»  deb
xisoblaydi va xizmatchilarning 85 % da barcha bandlarning maqsadlari mos keladi.
Model.   O‘zgarib   borayotgan   sharoitlarga   doimiy   ravishda   duch   kelib   va
rivojlanib, o‘zining yuqori darajada samaradorligini isbotlashda davom etmoqda:
- xalol raqobat; 
- insonning maxsulotdan yuqori turishi. 
Kompaniyaning ichki qonuniyati:
  -   xar   bir   ishchi,   xatto   nafaqa   yoshga   etgan   bo‘lsa   xam   bu   kompaniyada
umrining oxirigacha ishlash xuquqiga ega; 
-   kompaniya   xodimlari   ishdan   bo‘shash   nimaligini   bilishmaydi.   Ishchilar
uchun 7 ta qoida:
80 - jamiyat rivojiga o‘z xissasini qo‘shish; 
- adolat; 
- xaqqoniylik;
- birlashish; 
- xar qanday sharoitga moslashish; 
-   minnatdorchilik   tuyg‘usi.   Yaponiyaning   siyosiy   modelini   tadqiq   qilish
bilan   shug‘ullanuvchi   olimlar   bu   mamlakatning   so‘nggi   yillarda   iqtisodiy   soxada
erishgan   yutuqlarining   siri   byurokratik   apparatning   samarali   faoliyati   bilan
bog‘liqligini   qayd   etmoqda.   Masalan,   AQShlik   bir   qancha   mutaxassislar
amerikalik   byurokrat   xodimlarda   yetishmaydigan   yuksak   kasbiy   maxorat
(professionalizm),   vorisiylik,   chuqur   ma’suliyat   hissi   aynan   yapon   amaldorlariga
xos   fazilatlar   ekanligini   ta’kidlaydi   (E.Vogel). 22
  Yaponiya   byurokratiyasining
noyobligi   va   o‘ziga   xosligi   ularning   milliy   xarakteridagi   mexnatsevarlik,
jamoaviylik (kollektivizm), raxbarga sadoqat, shaxslarning o‘zaro munosabatlarda
uyg‘unlikka,   kelishuvchanlikka   bo‘lgan   extiyoji,   o‘z   ustida   ko‘p   ishlash   kabi
xislatlardan   kelib   chiqqan.   Davlat   xizmatiga   tayinlanishda   xar   bir   fuqaro   teng
xuquqga   ega   ekanligi   Yaponiya   konstitutstiyasida   mustaxkamlab   qo‘yilgan.
Xodimning   shaxsiy   yutug‘i,   fazilati,   kasbiy   maxorati   va   tayyorgarligi,   xizmat
yuzasidan   zarur   bo‘ladigan   boshqa   xususiyatlrni   tanlov   asosida   o‘tadigan
imtixonlar   aniqlab   beradi.   Imtixonlarni   tashkillashtirish   ishlari   kadrlar   (xodim)
bo‘limi zimmasiga yuklatilgan.
3.2 .  Korxonalarda me hnat potensialidan oqilona foydalanish va ularni
samarali boshqarish yo‘llari
Mamlakatimiz   iqtisodiyotining   bozor   munosabatlariga   o‘tish,   shuningdek,
oldimizdagi   qator   ijtimoiy-iqtisodiy   vazifalarni   hal   etish   inson   resurslaridan
samarali   foydalanishni   talab   qiladi.   Bu   esa   aholi   manfaatlari,   yashash   tarzi,
taraqqiyoti va istiqboli bilan chambarchas bog‘liq. Respublikamizda mavjud inson
22
 https://www.google.com//
81 resurslaridan   oqilona   ishchi   kuchidan   unga   bo‘lgan   talab   va   ehtiyojga   qarab
foydalanish   bozor   iqtisodiyotiga   o‘tayotgan   hozirgi   davrda,   umuman,   ishlab
chiqarish samaradorligini oshirishning asosini tashkil etadi. Shuning uchun mavjud
inson   resurslarini   takror   hosil   qilish   va   ulardan   foydalanishning   o‘ziga   xos
xususiyatlarini har tomonlama o‘rganish kerak.
Iqtisodiy   va   ijtimoiy   taraqqiyot   darajasi   bilan   belgilanuvchi   mazkur   omil,
o‘z navbatida uni rivojlantirish va taraqqiy ettirishda hal qiluvchi asos hisoblanadi.
Jamiyatning   mehnat   salohiyatini   kuchaytirish,   undan   samarali   foydalanish
muammolari   bozor   munosabatlari   davrida   birmuncha   murakkablashadi   va   uning
yechimini topish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda respublikada inson resurslaridan samarali foydalanish uchun
quyidagi tamoyillarga asoslanish zarur:
- inson   resurslarini   boshqarishni   to‘g‘ri   yo‘lga   qo‘yish   va   boshqaruv
tarkibini takomillashtirish;
- ijtimoiy yo‘naltirilgan ish bilan bandlikni vujudga keltirish;
- inson   resurslarining   shart   jihatlarini   –   kasbiy   tayyorgarligi,   ma’lumoti,
malakasini   oshirish,   viloyatlarda,   xududlarda   inson   resurslarining   sifat   jihatlarini
oshirishga qaratilgan maxsus dasturlar ishlab chiqish.
Mamlakat   mehnat   potensialidan   foydalanish   samaradorligini   oshirishning
asosiy   omili   qonunchilik   bazasini   mustahkamlash,   me’yoriy-huquqiy   hujjatlarni
takomillashtirish   va   ularni   amaliy   hayotga   tatbiq   etish,   chunki   bugungi   kunda
mamlakatimizda   amal   qilayotgan   ba’zi   me’yoriy   hujjatlar   qayta   ko‘rib   chiqish,
tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishni talab qiladi.
Birinchidan, mehnatga layoqatli yosh chegarasini o‘zgartirish kerak. Chunki,
ta’limga oid milliy qonunchilikga ko‘ra, yoshlar o‘rta maktabni  16 yoshda bitirib
chiqqanlaridan   so‘ng   akademik   lisey   yoki   kasb-hunar   kolejlarida   o‘qishni   davom
ettiradilar va 19 yoshda mazkur dargoxni tamomlaydilar. Demak, yoshlar kamida
18   yoshda   (asosan   19   yoshda)   mehnat   bozorida   ilk   bora   ishchi   kuchi   sifatida
namoyon bo‘lishlari mumkin. Bu esa, jamiyatda iqtisodiy faollik darajasini  tabiiy
tarzda oshib borishini keltirib chiqaradi.
82 Ikkinchidan, ta’lim islohatlarini amalga oshirilishi natijasida aholini mehnat
bozoriga   chiqishi   kamida   3   yilga   kechikishini   inobatga   olib,   mamlakatimizda
turmush   darajasining   yaxshilanishi   natijasida   aholining   o‘rtacha   umr   ko‘rish
davomiyligi   oshib  borayotganligi   va  bugungi   kunda  bu  kun  soatning  72,1  yoshni
tashkil   etayotganligini   e’tiborga   olib,   respublikada   aholi   mehnatga   qobiliyatli
yoshning yuqori  chegarasini  o‘zgartirish maqsadga muvofiqdir. Buning natijasida
ba’zi   tarmoq   va   lavozimlarda   nafaqa   yoshdagilar   mehnati   diskriminasiyasining
oldi   olinadi,   shu   bilan   birga   pensiya   yoshi   chegarasida   bo‘lgan   aholining
daromadlari oshadi.
Uchinchidan,   mamlakatimizda   fuqarolarning   mehnat   migrasiyasini   belgilab
beruvchi   va   tartibga   soluvchi   qonunchilik   xanuzgacha   mavjud   emas.   Bu   xorijiy
mamlakatlarda ishlovchi respublikamiz aholisining fuqarolik huquqlari va mehnat
kafolatlari ta’minlanmaganligini anglatadi.
To‘rtinchidan   “Ijtimoiy   himoyaga   muxtoj,   ish   topishda   qiynalayotgan   va
mehnat   bozorida   teng   sharoitlarda   raqobatlashishga   qodir   bo‘lmagan   shaxslarni
ishga   joylashtirish   uchun   ish   joylarining   eng   kam   miqdorini   belgilash
to‘g‘risida”gi Nizomni qayta ko‘rib chiqish va hayotga tadbiq etish lozim. Chunki,
mazkur Nizomga muvofiq, xodimlarning o‘rtacha soni kamida 100 kishidan iborat
bo‘lgan   korxonalar   kvota   ish   o‘rinlarini   ajratadilar.   Biroq,   bugungi   kunda
respublikamizda faoliyat yuritayotgan ish beruvchilarning katta qismi aynan kichik
korxona   maqoliga   ega   bo‘lib,   ulardagi   xodimlar   o‘rtacha   soni   100   tadan   kamdir.
Bu   holat   ijtimoiy   himoyaga   muxtoj   shaxslar   uchun   ish   o‘rinlari   barpo   etishning
miqdorini   kamaytiradi.   Shu   sababli   amaldagi   nizomning   yangi   loyihasida
kvotlangan   ish   o‘rinlari   ajratishni   kamida   50   ta   xodim   bo‘lgan   korxonalar   uchun
belgilash maqsadga muvofiq.
Beshinchidan,   “mehnat   organlariga   bo‘sh   ish   o‘rinlari   va   lavozimlar
haqidagi   ma’lumotlarni   taqdim   etish   tarkibi   to‘g‘risida”gi   Nizomni   qayta   ko‘rib
chiqish kerak. Chunki, mazkur Nizomning amaliy tadbiqi  past  ko‘rsatkichiga ega
bo‘lib, ish  beruvchilarning mavjud bo‘sh ish  o‘rinlari  va lavozimlari  to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni   mehnat   bo‘limlariga   taqdim   etish   mexanizmi   samarasiz   amal
83 qilmoqda.   Taxlillarni   ko‘rsatishga,   yirik   korxonalarning   50%   dan   kamrog‘igina
bo‘sh   ish   o‘rinlari   to‘g‘risidagi   ma’lumotlarni   taqdim   etishsa,   kichik   korxona   va
firmalar bo‘sh ish o‘rinlari bankining shakllanishda ishtirok etmaydilar.
Oltinchidan,   statistik   hisobotlar   tizimini   takomillashtirish   va   mehnatga   oid
hisobotlarni yuritishning yangicha zamonaviy shakl tartib va mexanizmlarini joriy
etish   kerak.   Chunki,   bugungi   kunda   statistika,   iqtisodiyot,   mehnat,   moliya,   soliq
hamda   mahalliy   hokimiyat   organlari   o‘rtasidagi   o‘zaro   axborot   va   hisobot
almashuvlarini qoniqarli yo‘lga qo‘yilmaganligi sababli iqtisodiy faollik, ish bilan
bandlik,   ishsizlik   kabi   ko‘rsatkichlarning   aniq   miqdori   ma’lum   emas.   Demak,
statistika   hisobotlarini   yuritish   tizimining   samarali   amal   qilishga   erishish   uchun
davlat   organlarining   o‘zaro   hamkorlikda   faoliyat   yuritishlarini   ta’minlashga
alohida e’tibor qaratish lozim.
Ma’lumki,   kadrlar   tayyorlash   va   o‘quv   muassasalari   mamlakat   mehnat
bozoriga   malakali   va   raqobatbardosh   mutaxassislar   tayyorlovchi   hamda   milliy
iqtisodiyot   tarmoqlarining   kadrlarga   bo‘lgan   talabning   qondiruvchi   asosiy   tizim
hisoblanadi. Shu bois mazkur muassasalar ma’suliyati va rolini kuchaytirish lozim.
Buning uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi:
- o‘quv   muassasalari   bilan   ish   beruvchilar   mehnat   organlari   va   mahalliy
hokimliklarning o‘zaro hamkorligini kengaytirish;
- kasb-hunar   kollejlarini   qurish   va   joylashtirishda   hududning   tabiiy,
ijtimoiy,   iqtisodiy   hamda   infratuzilma   xususiyat   va   shart-sharoitlariga   alohida
e’tibor qaratish;
- iqtisodiyot   tarmoqlarining   kadrlarga   bo‘lgan   real   ehtiyojlaridan   kelib
chiqgan holda o‘quv muassasalariga talabalar qabul qilish;
- talabalarning   o‘quv   va   amaliyot   jarayonlarini   tashkil   etish   hamda
bitiruvchilarni   ishga   joylashtirishning   samarali   tizimini   yaratish,   shu   asosda,
maqsadli   dasturlar   ishlab   chiqish   va   ularga   muvofiq   chora-tadbirlarni   amalga
oshirish;
84 - hududiy mehnat, iqtisodiyot va hokimiyat organlari tomonidan aniqlangan
bo‘sh ish o‘rinlari miqdori va kadrlarga bo‘lgan talab asosida bitiruvchilarni ishga
taqsimlashni tashkil etish;
- har   o‘quv   yili   yakuni   arafasida   hududiy   mehnat   organlari   va   mahalliy
hokimiyat   mutasaddiligida   bitiruvchilar   mehnat   yarmarkalari   faoliyatini   yo‘lga
qo‘yish va uni muntazamligini ta’minlash;
Ishsizlarni   mehnatga   jalb   etish   hamda   bo‘sh   ish   o‘rinlarini   mutaxassis
kadrlar  bilan ta’minlashning asosiy  yo‘llaridan  biri  mehnat  yarmarkalarini  tashkil
etishdir. Chunki, bunda bir necha yuzlab, xatto minglab ishlashni xoxlovchilar ish
beruvchilar   bilan   o‘zaro   yuzma-yuz   ko‘rishishlari   mumkin.   Shuningdek,   bu
jarayonda   raqobat   omili   hukumron   bo‘lib,   har   ikki   subyektda   ham   tanlov
imkoniyati mavjuddir.
Kadrlar     tayyorlash   va   ulardan   turli   ijtimoiy-iqtisodiy   jabxalarda
foydalanishda   sifat   ko‘rsatkichlari   o‘z   ustuvorligiga   ega   bo‘lishi   lozim.   Ya’ni,
bunda   inson   resurslari,   mehnat   potensiali   tarkibi   va   harakatida   sifat   o‘zgarishlari
umumiy ko‘rinishda quyidagilardan iborat bo‘lish kerak.
Birinchidan,   ishchining   kasb-korligi   tarkibida   o‘zgarish   bo‘lishi,   malakasiz
mehnatni   qisqartirish   va   aqliy   hamda   jismoniy   mehnat   funksiyalarini
uyg‘unlashtirilgan   yuqori   malakali   ishchilar   ulushini   ko‘paytirish   kerak.
Shuningdek, kengroq ixtisoslik doirasida ishlay oladigan kasb egalarini tayyorlash
lozim.
Ikkinchidan, ishlab chiqarishda o‘rta maxsus va oliy ma’lumotli ishchilarga
talabning   oshib   borishini   nazarda   tutgan   holda   barcha   toifadagi   xodimlarning
ma’lumot darajasini oshirish kerak.
Uchinchidan,   ishchilarning   turdosh   kasblarini   egalashlarini   amalga   oshirish
kerak. Turdosh kasblar va ixtisosliklarni egallab olgan, uzliksiz o‘zgarib turadigan
ishlab chiqarish sharoitlariga tez va oson moslasha oladigan kadrlarni ko‘paytirish
zarur.
Aholini   ish   bilan   bandligini   oshirish   chora-tadbirlari   sifatida   yangi   ish
o‘rinlarini   yaratishga   ham   alohida   e’tibor   qaratish   lozim.   Chunki,   ish   o‘rni   har
85 qanday   ishlab   chiqarish   va   mehnat   jarayonining   birinchi   bo‘g‘ini   bo‘lib,   aynan
unda   ishlab   chiqarish   jarayonini   elementlarining   barchasi   yaxlitlashadi   hamda
yangi   iste’mol   qiymatlari,   mehnat   mahsulotlari   yaratiladi.   Biroq   bunda
yaratilayotgan   ish   o‘rinlarining   turg‘unlik   xususiyati   ustuvorlikka   ega   bo‘lishi
kerak. Buning uchun esa:
- yuqori   mehnat   hajmiga   ega   bo‘lgan   ishlab   chiqarish   tarmoqlari   rivojiga
alohida e’tibor qaratish;
- kam   rentabelli   va   zarar   ko‘rib   ishlayotgan   ishlab   chiqarish   korxonalarini
rekonstruksiya   qilish   hamda   modernizasiyalash   hisobiga   ularning   quvvatda
ishlashni ta’minlash;
- chet  el  investisiyalarini   jalb  etish  orqali   yangi   ishlab  chiqarish   va  sanoat
korxonalarini barpo etish talab etiladi.
Ishsizlikni kamaytirishning iqtisodiy tadbirlardan yana biri milliy iqtisodiyot
tarmoqlarida bozor talabiga muvofiq kichik korxonalarni barpo etishdir. Bu ishlab
chiqarish va xizmat ko‘rsatish darajasini oshirishga qaratilgan bo‘lishi darkor.
Bunga   mehnat   unumdorligini   oshirish,   ish   joylarining   moddiy-texnikaviy,
texnologiya   va   sarmoya   ta’minotlarini   yaxshilash,   qishloq   xo‘jaligida   bo‘lmagan.
Yangi   ish   joylarini   tashkil   etish,   ish   vaqtidan   unumli   foydalanish,   ishlovchilar
moddiy manfaatdorligini oshirish va oqilona soliqlar orqali erishish mumkin.
Mamlakatimizda   aholining   mehnatda   bandligini   oshirish,   ishsizlarni   ish
bilan ta’minlash hamda iqtisodiy nofaol aholini aholi tarkibiga qo‘shishda xususiy
tadbirkorlik   va   kichik   biznesning   o‘rni   beqiyosdir.   Shu   bois   ushbu   soha   rivojiga
katta   e’tibor   qaratgan   holda,   tadbirkorlik   subyektlariga   qo‘shimcha   imtiyoz   va
kafolatlar tizimini joriy etish kerak.
Ma’lumki   ishsizlarni   mehnatga   jalb   etishning   asosiy   omili   ish   haqi   va
moddiy   rag‘batlantirish   hisoblanadi.   Demak   mehnat   potensialidan   samarali
foydalanishning asosiy  yo‘nalishlaridan yana biri ish haqi  to‘lash tizimini yanada
takomillashtirish va uning real miqdorini o‘sishga erishishdir.
86 Yuqorida   belgilangan   chora-tadbirlarni   amalga   oshirish   va   ular   doirasida
tegishli   vazifalarni   ko‘zda   tutish,   fikrimizga,   yaqin   kelajakda   o‘zining   ijobiy
samarasini beradi.
Uchinchi   bob   bo‘yicha   xulosa
1. Korxonalarda   xodimlar   ish   samaradorligini   oshirishda   ilg‘or   xorijiy
tajribalaridan   foydalanishda   Yapon   modelini   mamlakatimiz   korxonalarida
foydalansak maqsadga muvofiq bo‘ladi.  Yaponiya byurokratiyasining noyobligi va
o‘ziga   xosligi   ularning   milliy   xarakteridagi   mexnatsevarlik,   jamoaviylik
(kollektivizm), raxbarga sadoqat, shaxslarning o‘zaro munosabatlarda uyg‘unlikka,
kelishuvchanlikka bo‘lgan extiyoji, o‘z ustida ko‘p ishlash kabi  xislatlardan kelib
chiqqan. Davlat xizmatiga tayinlanishda xar bir fuqaro teng xuquqga ega ekanligi
Yaponiya konstitutstiyasida mustaxkamlab qo‘yilgan. Xodimning shaxsiy yutug‘i,
fazilati,   kasbiy   maxorati   va   tayyorgarligi,   xizmat   yuzasidan   zarur   bo‘ladigan
boshqa   xususiyatlrni   tanlov   asosida   o‘tadigan   imtixonlar   aniqlab   beradi.
Imtixonlarni   tashkillashtirish   ishlari   kadrlar   (xodim)   bo‘limi   zimmasiga
yuklatilgan.
2. Mamlakat mehnat potensialidan foydalanish samaradorligini oshirishning
asosiy   omili   qonunchilik   bazasini   mustahkamlash,   me’yoriy-huquqiy   hujjatlarni
takomillashtirish   va   ularni   amaliy   hayotga   tatbiq   etish,   chunki   bugungi   kunda
mamlakatimizda   amal   qilayotgan   ba’zi   me’yoriy   hujjatlar   qayta   ko‘rib   chiqish,
tegishli   qo‘shimcha   va   o‘zgartirishlar   kiritishni   talab   qiladi.   Bugungi   kunda
respublikada inson resurslaridan samarali foydalanish uchun quyidagi tamoyillarga
asoslanish   zarur:   inson   resurslarini   boshqarishni   to‘g‘ri   yo‘lga   qo‘yish   va
boshqaruv   tarkibini   takomillashtirish,   ijtimoiy   yo‘naltirilgan   ish   bilan   bandlikni
vujudga   keltirish,   inson   resurslarining   shart   jihatlarini   –   kasbiy   tayyorgarligi,
ma’lumoti, malakasini oshirish, viloyatlarda, xududlarda inson resurslarining sifat
jihatlarini oshirishga qaratilgan maxsus dasturlar ishlab chiqish.
87 XULOSA  VA TAKLIFLAR
1. Personal   mehnat   samaradorligini   baholash   –   bu   ma’lumotlarni   to‘plash
(yig‘ish) va tahlil etishdan iborat bo‘lgan bir-biriga bog‘liq bo‘lgan faoliyatlarning
umumiy   natijasidir.   Korxona   faoliyatining   o‘z   oldiga   qo‘ygan   maqsad   va
vazifalarini   bajarishda   personal   mehnatining   yuqorida   sanab   o‘tilgan   uch   muhim
asoslardan   kelib   chiqqan   holda   qanchalik   ta’sir   ko‘rsatishini   aniqlashga   ko‘mak
berishi  hamda ishchilar  faoliyatini  baholab borish va so‘ngi qarorga kelish uchun
zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ib borish uchun foydalidir.   Shuningdek,   “Mehnat
potensiali”   iqtisodiy   kategoriyasi   to‘g‘risidagi   bir   qator   iqtisodga   olimlarning
fikrlari   tahlil   qilinib,   uni   “ishchi   kuchi”,   “mehnat   resursi”,   “inson   omili”,   “inson
kapitani”   kabi   iqtisodiy   tushunchalardan   farqi   ochib   berildi.   Hamda   ushbu
kategoriya   tadqiqoti   bo‘yicha   fikrlar   asosan   uch   yo‘nalishda   olib   borilganligi
e’tirof etildi.
2. Personalni   boshqarishda   quyidagi   asosiy   funksiyani   bajaradi:   umumiy
strategiyani   belgilash   va   amalga   oshirish   yo‘llarini   aniq   bilish,   personalga
ehtiyojlarni   rejalashtirish,   personalni   tanlash,   personalni   yollash,   personalni
rivojlantirish, personalni yo‘naltirish, personalga ehtiyoj va mavjud ishchi kuchini
baholash, mehnat bozori va o‘z jamoasidagi ahvolni bashorat qilish hamda mehnat
jarayoni   tahlili,   ish   grafiginini   tuzish,   martaba   tizimini   yaratish,   mehnat   sharoiti,
personal   bilan   ishlash,   rag‘batlantirish   orqali   qiziqtirish,   kadrlarni   baholash   va
o‘qitish, mavjud kadrlar  salohiyatini  tahlil  qilish va istiqbolni ko‘zlagan holda bu
salohiyatni   rivojlantirishni   rejalashtirish,   joriy   etilgan   yangiliklarga   xodimlar
ko‘nikishiga   ko‘maklashish,   jamoada   ijtimoiy   qulay   muhitni   yaratish,
xodimlarning   psixologik   jihatdan   o‘zaro   bir-birlariga   mos   kelishlari   masalalarini
hal etish va boshqalardir.
3. Bizningcha,   yuqoridagi   fikrlarni   umumlashtirib,   respublikamizning
bozor iqtisodiyotiga o‘tishida malakali rahbarlar juda zarur degan xulosa chiqarish
mumkin. Asosiysi – rahbar bizning davrimizda qarorlar chiqarishda qat'iy bo‘lishi,
kishilarni,   birinchi   navbatda   o‘z   atrofidagilarni   juda   yaxshi   bilishi,   faqat
88 bo‘ysinuvchilar   bilan   emas,   balki   yuqoridagi   rahbarlar   bilan   muomala   yuritishda
printsipial   bo‘lishi   kerak.   O‘z   xodimlari   bilan   suhbatlashayotgan   rahbar   o‘z
fikrlarini   tushunarli   bayon   qilishi,   suhbatdoshlarini   diqqat   bilan   tinglashi,   har
qanday   e'tirozlarni   rad   qilmasligi   zarur,   chunki   aynan   shu   e'tirozlar   berilayotgan
axborotning yetarli emasligini ko‘rsatadi.
4. “SAMARQAND   NURI”   MChJning   tahlil   qilish   jarayonida   jamoa
shartnomasini   uning   barcha   yo‘nalishlari   bo‘yicha   o‘rganib   chiqish,   shuningdek
asosiy ko‘rsatkichlarnirig dinamikasini ham umumiy yakun bo‘yicha, ham har bir
xodimga   to‘g‘ri   keladigan   darajada   o‘rganish   zarur.   To‘liq   baho   berish   uchun
korxona   bo‘yicha   qiyosiy   tahlil   o‘tkaziladi.   Tahlil   yakunida   korxona   xodimlarini
ijtimoiy   himoya   qilish   darajasini   oshirishga,   ularning   mehnat   sharoitini,   ijtimoiy-
madaniy va uy-joy-maishiy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan muayyan tadbirlar
ishlab chiqiladi, ular kelgusi yilga mo‘ljallangan ijtimoiy rivojlantirish rejalarini va
jamoa shartnomasini ishlab chiqarishda hisobga olinadi.
5. Inson   resurslaridan   foydalanishda   hamda   boshqarishning   sifat
ko‘rsatkichlari   ijtimoiy   mehnat   unumdorliginio‘zgarishi   orqali   bevosita   yalpi
daromadga   ta’sir   ko‘rsatishi   bilan   ifodalanadi.   Ijtimoiy   mehnat   unumdorligi
darajasi   ko‘rsatkichi   yalpi   daromadni   iqtisodiyotdagi   bandlarga   o‘rtacha
qanchadan   to‘g‘ri   kelishi   bilan   aniqlanadi.   Mehnat   unumdorligining   o‘sishi
sur’atlari   rejalashtirilayotgan   davr   uchun   belgilangan   mehnat   unumdorligini
hisobot davr va o‘tgan davrga nisbati bilan foizda o‘lchanadi. Ushbu ko‘rsatkichni
rejalashtirishdan   maqsad   yalpi   ichki   mahsulotni   mehnat   unumdorligini   oshirish
hisobiga maksimal darajada oshirishdir.
6. Mehnat   potensialining   malaka   va   kasbiy   mahorat   ko‘rsatkichi,   bir
tomondan   xodimning   doimiy   ravishda   murakkablashib   boruvchi   ish   vazifalarini
bajarishga   kasb   faoliyatini   o‘zgartirishga   tayyorligi,   ikkinchi   tomondan,   xizmat
munosabatni,   mehnat   intizomini,   mehnat   intensivligini   shakllantiruvchi   omil
hisoblanadi.   Ushbu   ko‘rsatkich   xodimning   yillar   davomida   mehnat   faoliyati,
amaliy tajribalari va nazariy bilimlari asosida shakllanadi. Malaka va maxoratning
yuqori   ko‘rsatkichi   ishchining   o‘z   mutaxassisligini   yaxshi   egallagan,   kasbiy
89 tayyorgarlikga   egaligi   va   zamonaviy   talablarga   javob   bera   olish   qobiliyatlaridan
dalolat beradi. Ushbu omil orqali jamiyatga yangi yutuqlarga erishishni va yuqori
marralarni zabt etish mumkin bo‘ladi.
7. Korxonalarda   xodimlar   ish   samaradorligini   oshirishda   ilg‘or   xorijiy
tajribalaridan   foydalanishda   Yapon   modelini   mamlakatimiz   korxonalarida
foydalansak maqsadga muvofiq bo‘ladi.  Yaponiya byurokratiyasining noyobligi va
o‘ziga   xosligi   ularning   milliy   xarakteridagi   mexnatsevarlik,   jamoaviylik
(kollektivizm), raxbarga sadoqat, shaxslarning o‘zaro munosabatlarda uyg‘unlikka,
kelishuvchanlikka bo‘lgan extiyoji, o‘z ustida ko‘p ishlash kabi  xislatlardan kelib
chiqqan. Davlat xizmatiga tayinlanishda xar bir fuqaro teng xuquqga ega ekanligi
Yaponiya konstitutstiyasida mustaxkamlab qo‘yilgan. Xodimning shaxsiy yutug‘i,
fazilati,   kasbiy   maxorati   va   tayyorgarligi,   xizmat   yuzasidan   zarur   bo‘ladigan
boshqa   xususiyatlrni   tanlov   asosida   o‘tadigan   imtixonlar   aniqlab   beradi.
Imtixonlarni   tashkillashtirish   ishlari   kadrlar   (xodim)   bo‘limi   zimmasiga
yuklatilgan.
8. Mamlakat   mehnat   potensialidan   foydalanish   samaradorligini
oshirishning asosiy omili qonunchilik bazasini  mustahkamlash, me’yoriy-huquqiy
hujjatlarni takomillashtirish va ularni amaliy hayotga tatbiq etish, chunki bugungi
kunda   mamlakatimizda   amal   qilayotgan   ba’zi   me’yoriy   hujjatlar   qayta   ko‘rib
chiqish,   tegishli   qo‘shimcha   va   o‘zgartirishlar   kiritishni   talab   qiladi.   Bugungi
kunda   respublikada   inson   resurslaridan   samarali   foydalanish   uchun   quyidagi
tamoyillarga asoslanish zarur:   inson resurslarini boshqarishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish
va boshqaruv tarkibini takomillashtirish, ijtimoiy yo‘naltirilgan ish bilan bandlikni
vujudga   keltirish,   inson   resurslarining   shart   jihatlarini   –   kasbiy   tayyorgarligi,
ma’lumoti, malakasini oshirish, viloyatlarda, xududlarda inson resurslarining sifat
jihatlarini oshirishga qaratilgan maxsus dasturlar ishlab chiqish.
90 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
I .O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari
1.   O‘zbekston   Respublikasi   Konstitu t siyasi.   –   T.:   “O‘zbekiston”,   20 21   y.
yanvar
2.   O‘zbekston   Respublikasining   Mehnat   kodeksi.   –   T.:   “Iqtisodiyot   huquq
dunyosi”, 20 2 0.
3.   O‘zbekiston   Respublikasining   «Ta’lim   to‘g‘risida»   qonuni.   Oliy   ta’lim.
Me’yoriy Xo‘jjatlar to‘plami. T.: «Sharq», 2021.
II.   O‘zbekston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va qarorlari
4 .   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017   yil   7   fevraldagi
«O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida»gi   PF-4947-son   Farmoni   //   O‘zbekiston   Respublikasi   qonun   hujjatlari
to‘plami,  2017  y., 6-son.
5.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017   yil   20   apreldagi   “Oliy
ta’lim tizimini yanada rivojlanitrish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 
6. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   «O‘zbekiston   Respublikasini
yanada   rivojlantirish   bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasi   to‘grisida»   PF-4947-son
Farmoni. 2017  yil.
7. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017   yil   17   fevraldagi   «Fanlar
akademiyasi   faoliyati,   ilmiy-tadqiqod   ishlarini   tashkil   etish,   boshqarish   va
moliyalashtirishni yanada takomillash tirish chora-tadbirlari  to‘g‘risida»gi  Qarori   //
Xalq so‘zi,  2017  yil  18  fevral
8. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2018   yil   11
sentabrdagi“ Hududlarda   tadbirkorlik   tashabbuslari   va   loyihalarini   jadal   amalga
oshirishni  tashkil  etishni  chora-tadbirlari”gi  qarori. mine e konom i y.uz 2018 yil  18
sentabr.
91 9.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2018   yil   27   iyuldagi
“Tadbirkorlik   subektlarining   huquqlari   va   qonuniy   manfaatlarini   himoya   qilish
tizimini   yanada   rivojlantirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   qarori.
mine e konom i y.uz 2018 yil 30 iyul.
10. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2018   yil   07   iyundagi   “Har   bir
oila   tadbirkor”   dasturini   amalga   oshirish   to‘g‘risida”gi   qarori.   mine e konom i y.uz
2018 yil 15 iyun.
11. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2018   yil   05   maydagi   “Faol
tadbirkorlik   va   innovatsion   faoliyatni   rivojlantirish   uchun   shart-sharoitlar   yaratish
bo‘yicha   qo‘shimcha   chora-tadbirlar   to‘g‘risida”gi   qarori.   Xalq   so‘zi,   2018   yil   18
may.
III. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari
12. O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 9 apreldagi
104-sonli   Qarori.   “O‘zbekiston   Respublikasi   qonun   hujjatlari   to‘plami”,   2009   yil
15son .
13. O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2019   yil   25
fevraldagi   “Tadbirkorlik  subektlariga   ajtatilgan  yer   uchastkalarida   meva   sabzavot
mahsulotlarini   bevosita   yetishtirish   joylarida   sug‘orish,   tayyorlash   va   saqlash
bo‘yicha yengil konstruksiyali infratuzilma obektlarini qurish uchun yer uchastkasi
ajratish to‘g‘risidagi  nizomni tasdiqlash  haqida”gi  qarori minekonomy.uz 2019 yil
05 mart.
IV. O‘zbekston Respublikasi Prezidentining asarlari va ma’ruzalari
14. Mirziyoyev   Sh.M.   Erkin   va   farovon,   demokratik   O‘zbekiston   davlatini
mard   va   oliyjanob   xalqimiz   bilan   quramiz.   Sh.Mirziyoyevning   O‘zbekiston
Ruspublikasi   Prezidenti   lavozimiga   kirishish   tantanali   marosimiga   bag‘ishlangan
Oliy   Majlis   palatalarining   qo‘shma   majlisidagi   nutqi.   «Xalq   so‘zi»,   2016   yil   15
92 dekabr.
15. Mirziyoyev   Sh.M.   Ilm   fan   yutuqlari   -   taraqqiyotning   muhim   omili//
«Xalq so‘zi»,  2016  yil  31  dekabr.
16. 2017-2021   yillarda   O‘zbekiston   Respublikasini   rivojlantirishning
ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi  www.my.gov.uz
17. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentini   Shavkat   Miromonovich
Mirziyoyevning Oliy majlisga Murojatnomasi .  AA.Norma.uz 28.01.2020
V.  Darslik va o‘quv qo‘llanmalar
18. Bekmurodov   A.Sh.,   G‘afurov   U.V.   O‘zbekistonda   iqtisodiyotni
liberallashtirish   va   modernizatsiyalash:   natijalar   va   ustuvor   yo‘nalishlar.   O‘quv
qo‘llanma. – T.: TDIU, 2007. - 102 b.
19. Burxanov   A.   Sanoat   korxonalarida   moliyaviy   barqarorlikni   ta’minlash
omillari. / Bozor, pul va kredit. 2008. №6. – B. 33-36.
20. Burxanov U. Davlat xaridi. – Toshkent, 2010. – 160 b.
21. Zaynalov   J.,   Sattorov   T.   Korxonalar   moliyaviy   barqarorligini
ta’minlashning nazariy asoslari // Moliya. –Toshkent, 2010. -№2. –B. 12-17.
22. R.S.Muratov.,   Korxona   iqtisodiyoti   //   Fan   va   texnologiyalar.- Toshkent ,
2014. 425.B.
23. Abdukarimov  B. A. va boshqalar  Korxona  iqtisodiyoti. Darslik T.: Fan
va texnologiya, 2013.
24. Dadaboyev   Yu.,   Xudoyberdiyeva   A.   Korxona   iqtisodiyoti.–Andijon.;
“Andijon”, 2002.
25. Pardayev       M.Q.,       Isroilov       B.I.       Iqtisodiy       tahlil.       1-qism.-T.:
Iqtisodiyot va xuquq dunyosi nashriyot uyi, 2001.
26. Pardayev       M.Q.,       Isroilov       B.I.       Iqtisodiy       tahlil.       2-qism.-T.:
Iqtisodiyot va xuquq dunyosi nashriyot uyi, 2001.
27. Xalim Xamroev. Tadbirkorlik asoslari. –T.: ”Yangi noshr”-2010 yil. 360
bet.
93 28. Shodibekova   D.A.,   Shodibekov   D.I.   Tadbirkorlik   va   kichik   biznes
asoslari.—T.: “Sharq”- 25 iyun 2017 yil.
29. Abdurahmonov Q.X., Mehnat iqtisodiyoti. -T.: “Mehnat” – 2009. -511.
30.   Abdurahmonov   Q.X.   va   boshqalar.   Inson   taraqqiyoti.   Darslik.   –   T.:
Iqtisodiyot, 2012.
31.  Abdurahmonov Q.X. va boshqalar. Ijtimoiy soha iqtisodiyoti. Darslik. –
T.: “Iqtisodiyot”, 2013
32. Shodmonov Sh.Sh., G‘ofurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi.  Darslik. – T:
“Iqtisodiyot moliya”, 2009, 529-b.
VI.Muallif   va   ilmiy   rahbarning   magstrlik   dissertatsiyasi   ishida
foydalanilgan ilmiy ishlari
33. Ashurov   A.   Mamlakat   iqtisodiyotini   tubdan   isloh   qilish   sharoitida
korxonalar   ishlab   chiqarish   samaradorligini   oshirishning   asosiy   yo’nalishlari.
Xal q aro miqyosidagi ilmiy - amaliy anjuman. Samarkand 2021 yil
34. Ashurov A. Ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini rivojlantirish yo’llari.
35. Ashurov   A.   Ishlab   chiqarish   samaradorligining   mohiyati   va   korxona
faoliyatidagi ahamiyati
36. Maqola,   B.B.Rahmatov   ,Shomirzayev   Shoxrux   Maxmudovich.
“IMPROVING   INVESTMENT   SERVICES   IN   THE   DIGITAL   ECONOMY”
Human resources:  problems, solution, perspectives. Journal  NX ISSue:  organized
by SAMARKAND STATE UNIVERSITY, Uzbekistan on February 11-12,2021.
37.  Maqola,  Mansurova  Nargiza Shamsiddinovna,Shomirzayev Shoxrux 
Maxmudovich, “ Ish bilan bandlik shakillarini joriy etishning institutsional 
asoslarini takomillashtirish”  Iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashning ustivor 
yo’nalishlari Respublika ilmiyamaliy konferensiyasi materiallari I sho’ba.  Iqtisodiy
taraqqiyot inson kapitalini rivojlantirishning konseptual asoslari Qarshi davlat 
universiteti kichik bosmaxonasida bosildi. Qarshi shahri ko’chabog’ ko’chasi, 17-
uy (20-21 may 2021 yil) 
94 38.   Maqola,   Qurbonov   Sirojiddin   SamDU   o’qituvchisi   Shomirzayev
Shohrux  SamDU 2-kurs magistri  Boltayev Obitjon,  SamDU 1-kurs magistri “ Ish
bilan beqaror bandlik shakllanishiga metodologik yondashuv” SamDU 2021 
39. Maqola,   Mansurova   Nargiza   Shamsiddinovna   SamDU   tadqiqotchisi,
Meliboyev Ibrohim Mavlon o’g’li , Shomirzayev Shohrux Maxmudovich SamDU
1-kurs magistranti
40. Shamirzayev   Shohrux   Maxmudovich   Sharof   Rashidov   nomidagi
SamDU   magistri,   Sharof   Rashidov   nomidagi   SamDU   magistri   Xayrullayev
Shahram Yunus o’gli “ Mehnat bozorini rivojlantirishning institutsional asoslarini
takomillashtirish”   ,   Sharof   Rashidov   nomidagi   SamDU   “Inson   resurslarini
bosqarish”   ilmiy   tadqiqot   markazi   “   INNOVATSION   IQTISODIYOTDA
KLASTERLARNI   SHAKLLANTIRISH   VARIVOJLANTIRISH” , “
FORMATION   OF   DEVELOPMENT   OF   CLUSTERS   IN   AN   INNOVATIVE
ECONOMY”     Mavzusida   xalqaro   ilmy   konferensiyasi   2022-yil   13-14-may   358-
362-bet Samaqand 2022
VII. Internet saytlari
41. htpp :   // www.prezident.uz   –   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining
veb - sayti.
42. htpp :   // www.stat.uz   –   O’zbekiston   Respublikasi   Statistika   Qo‘mitasi
veb- sayti.
43. h tpp : // www.samarqand.uz  – Samarqand viloyat hokimligi veb-sayti.
44. htpp: //www.samdu.uz –  Samarqand davlat universiteti veb-sayti.
45. htpp: // www. school. edu.ru.
46. htpp: //  www. inter – pedagogika. ru
95

«Korxonada personal faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llari» MUNDARIJA KIRIS H …………………………………………………………………....... 3 I BOB. KORXONADA PERSONAL FAOLIYATI SAMARA- DORLIGINING NAZARIY – USLUBIY ASOSLARI…........... 8 1.1 Korxonada personal faoliyatini samaradorligini oshirishning mohiyati va zamonaviy uslublari………………………………….. 8 1.2 Korxonada personal faoliyati samaradorligiga ta’sir etuvchi ijtimoiy va iqtisodiy omillar tasnifi ………………………….......... 18 1.3 Korxonalarda personal faoliyati samaradorligini boshqarish tizimini va rahbarlik uslubini iqtisodiy usullarda qo‘llash zaruriyati………………………………………………………...... 23 Birinchi bob bo‘yicha xulosa …………………………………….. 30 II BOB. KORXONADA PERSONAL FAOLIYATI SAMARADOR- LIGI OSHIRISH BORASIDAGI ISHLAR TAHLILI ………… 32 2.1 “SAMARQAND NURI” MCHJ Korxona si faoliyatining samaradorligini oshirishda personalni boshqarish tahlili ………….. 32 2.2 “ SAMARQAND NURI” MCHJ korxonasida personal faoliyati samaradorligini oshirish xolati va tahlili ………………………...... 49 2.3 Korxonalarida personal samaradorligini ifodalovchi ijtimoiy- iqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlili …………………………………....... 57 Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa ……………………………………. 68 III BOB. KORXONALARDA PERSONAL FAOLIYATI SAMARA - DORLIGINI OSHI RISH ISTIQBOLLARI ……......................... 70 3.1 Korxonalarda xodimlar ish samaradorligini oshirishda ilg‘or xorijiy tajribalaridan foydalanish istiqbollari ………………........... 70 3.2 Korxonalarda me hnat potensialidan oqilona foydalanish va ularni samarali boshqarish yo‘llari ……………………………………….. 82 Uchinchi bob bo‘yicha xulosa ………………………………….. 89 XULOSA VA TAKLIFLAR.......…………………………………………… 90 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR …………………………………… 93 1

KIRISH Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahonda raqobat muhitining chuqurlashib borayotgan sharoitda mehnat samaradorligini oshirish masalasi tobora dolzarb muammo sifatida e’tirof etilmoqda. Xalqaro mehnat tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, «2020 yilda dunyo mehnat resurslarini tashkil qiluvchi 3,3 mlrd. kishining ko‘pchiligi uchun iqtisodiy xavfsizlik, moddiy farovonlik, imkoniyatlardagi tenglik ta’minlanmagan. Norasmiy mehnat munosabatlarining yuqori darajasi saqlanib, ushbu ko‘rsatkich jami mehnat resurslarining 61 foizini tashkil qilmoqda. Gender tengliksizni bartaraf qilish bo‘yicha ijobiy holat kuzatilmagan. Mehnat faoliyatida erkaklarning bandligi 75 foizni, ayollarniki 48 foizni tashkil qilmoqda. Ishga ega bo‘lgan etti yuz million kishi og‘ir mehnat va yashash sharoitlarida qolmoqda. Yangi texnologiyalarga asoslangan ayrim zamonaviy biznes modellar esa personal faoliyati samarali olib borishdagi mavjud bo‘lib turgan yutuqlarni xavf ostiga qo‘ymoqda» 1 . Bugungi kunda boshqaruvchilar innovatsion taraqqiyotning global o‘zgarishlariga jumladan, ijtimoiy, texnologik va iqtisodiy tarkibiy o‘zshgarishlariga to‘qnash kelmoqdalar. Bu o‘z navbatida korxonani rivojlantirishda boshqaruvchilik sohasidagi hali ko‘plab o‘rganilmagan strategiyalarni va jahon taraqqiyotidagi taraqqiyotga eltuvchi jarayonlarni chuqur o‘rganishni taqozo etmoqda. Global o‘zgarishlarga javoban iqtisodchi olimlar, yirik mutaxassislar va amaliyotchi menejerlar bunday tarkibiy o‘zgarishlarga ta’sir etuvchi korxonani rivojlantirish bo‘yicha innovatsion strategiyalarni topishga urinishlar yuz bermoqda. Shu jihatdan, korxonada personal faoliyati samaradorligini oshirishga erishish har bir korxona va tashkilot oldida turgan dolzarb masala hisoblanadi. Korxonalar da personal faoliyati samaradorligini oshirish mamlakatimiz oldida turgan dolzar vazifa sanaladi . O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi «2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi 1 https://www.ilo.org/global/research/global-reports/weso/202 1 /WCMS_670542/lang--en/index.htm 2

O‘zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-60-son Farmonida 2 kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilish va ular faoliyati samaradorligini xolisona baholashning huquqiy asoslarini takomillashtirish singari ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan vazifalar tanlangan dissertatsiya mavzusi doirasida tadqiqotlarni amalga oshirishda maqsadli yo‘nalishlarni belgilab beradi. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev taklifi asosida ishlab chiqilgan Taraqqiyot strategiyasi o‘tgan yillar davomida mamlakatimiz erishgan yutuqlar, tarixiy tajribalarni umumlashtirib, hozirgi kunda davrning o‘zi oldimizga qo‘yayotgan dolzarb masalalarni hisobga olib, 2022-2026 yillarga va undan keyingi davrga mo‘ljallangan tarixiy taraqqiyotning yangi ufqlarini ochib bermoqda. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Ishlab chiqarishda ijtimoiy mehnat munosabatlarining nazariy va amaliy jihatlari, xodimlar ish samaradorligi, korxonada personal faoliyati samaradorligi va motivatsiyasi muammolari S.L.Bryu, P.Samuelson, G.Ford hamda G.Emerson singari xorijlik iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlarida chuqur tadqiq etilgan. MDH davlatlari olimlari V.V.Adamchuk, A.A.Artyomenko, S.Babыnin, A.V.Barisheva, V.I.Brilev, S.A.Valuyskin, O.E.Germanova, B.G.Zbishko, V.V.Ishin, A.YA.Kibanov, M.A.Klimova, L.A.Kostin, V.V.Novojilov, YU.G.Odegov, M.YU.Pitkevich, A.I.Rofe, S.Yu.Roshin, G.G.Rudenko, O.V.Stakanova, S.G.Strumilin, L.V.Shamray, R.A.Elmurzaeva va boshqalar tomonidan mehnat samaradorligining nazariy va metodologik asoslari, ishlab chiqarishda mehnat samaradorligini baholash, mehnat samaradorligini oshirish omil va zaxiralari kabi masalalar ko‘rib chiqilgan. O‘z navbatida mamlakatimiz iqtisodchi olimlarining ishlari ham bu muammoni o‘rganishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Jumladan, akademik Q.X.Abdurahmonov (mehnat samaradorligi va uning omillari), G.Q.Abdurahmonova (kichik biznesda munosib mehnat tamoyillari), SH.N.Zaynutdinov (sanoat korxonalarida mehnatni tashkil etish), K.S.Ismaylov 2 https://lex.uz/uz/docs/-5841063 / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son 3

(agrosanoat majmuasida mehnat resurslaridan oqilona foydalanish), F.U.Mamarasulov, Z.YA.Xudoyberdiev (sanoat korxonalarida ishchilar malakasini oshirish va foydalanish), M.L.Tursunxo‘jaev (sanoat korxonalarida mehnatga haq to‘lashni tashkil etish), N.U.Arabov (Mehnat iqtisodiyoti) ilmiy ishlarida o‘z ifodasini topgan. Shu qatorda korxonalarida personal faoliyati samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi masalalariga bag‘ishlangan ilmiy ishlar va ishlanmalar, ilmiy va monografik tadqiqotlar etarlicha amalga oshirilmagan. Bu ham dissertatsiya tadqiqotining dolzarbligini belgilaydi. Dissertatsiya ishining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi . Samarqand davlat universiteti Inson resurslarini boshqarish fakulteti “Inson resurslarini boshqarish” kafedrasi ilmiy tadqiqot ishlari rejasi doirasida bajarildi. Tadqiqotning maqsadi innovatsion iqtisodiyotga o‘tish sharoitida korxonalarida personal faoliyati samaradorligini oshirishni takomillashtirish bo‘yicha nazariy-uslubiy, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari quyidagilardan iborat: innovatsion iqtisodiyotga o‘tish sharoitida korxonada personal faoliyatini samaradorligini oshirishning mohiyati va zamonaviy uslublarini yoritib berish; Korxonada personal faoliyati samaradorligiga ta’sir etuvchi ijtimoiy va iqtisodiy omillar tasnifini ishlab chiqish; Personal faoliyati samaradorligini oshirishda rahbarlik uslublarini qo‘llash mezonlari xususiyatlarini aniqlash; korxonalarda personalni boshqarish tizimi va rahbar uslablarini iqtisodiy usullarni qo‘llashning zarurligini asoslab berish; korxona haqida umumiy ma’lumot va personal boshqaruv strukturasi mohiyatini tavsifi; Samarqand viloyatidagi “Samarqand Nuri” MChJ ning moliyaviy-iqtisodiy va ijtimoiy holatining qiyosiy tahlili; korxonada personalni boshqarish tizimi va rahbar uslubini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlarga baho berish; 4

korxonalarida personal samaradorligini oshirish borasidagi xorijiy mamlakatlar tajribalarini o‘rganish va ulardan O‘zbekiston sharoitida foydalanish imkoniyatlarini asoslash; korxonalarida personal samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqotning ob’ekti sifatida Samarqand viloyatida joylashgan “Samarqand Nuri” MChJ korxonasida xodimlar ish samaradorligi holati olindi. Tadqiqotning predmetini Korxonalarda xodimlarning ish samaradorligini takomillashtirishda yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi. Tadqiqotning usullari. Dissertatsiyada tizimli tahlil, induksiya- deduksiya, kompleks baholash, guruhlash, mantiqiy va taqqoslama tahlil, matematik-statistika, sotsiologik baholash, ekonometrik tahlil va prognozlash usullardan foydalanilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: korxonalarda personal faoliyati samaradorligini baholash tizimi va uslublarini tadqiq etish asnosida personal faoliyatini baholash tarkibi keltirilgan; korxonada personal faoliyati samaradorligini oshirishda mehnat samaradorligini baholash tizimining asosiy tamoyillari takomillashtirilgan; Personal mehnat samaradorligini samarali boshqarishda personal faoliyati mehnat samaradorligini baholash tizimi va boshqarish tizimini aniqlangan va takomillashtirilgan; “Samarqand Nuri” MChJda personal kadrlar samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishning taraqqiyot yo‘nalishlari ishlab chiqilgan. Tadqiqotning amaliy natijasi quyidagilardan iborat: munosib mehnat tamoyillari va milliy iqtisodiyot taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda «mehnat samaradorligi» tushunchasining mualliflik ta’rifi ishlab chiqilgan; korxonalarida personal faoliyati samaradorligini oshirishning tashkiliy- iqtisodiy mexanizmining elementlar harakat tarkibi takomillashtirilgan; 5