SAMARQAND VILOYATI TOPONIMLARINING IJTIMOIY- IQTISODIY GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI
«SAMARQAND VILOYATI TOPONIMLARINING IJTIMOIY- IQTISODIY GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI» MUNDARIJA KIRISH ..................................................................................................................... 3 I- BOB. GEOGRAFIK JOY NOMLARI SHAKLLANISHINING NAZARIY ASOSLARI ............................................................................................................... 9 1.1. Toponimlarning shakllanishi va rivojlanishini geografik jihatdan o’rganish va uning tabiiy hududiy asoslari ..................................................................................... 9 1.2. O’zbekistonda toponimlarni rivojlanishining geografik jihatdan tadqiq etilishi ............................................................................................. 15 1.3. Geografik joy nomlarining hududiy tarqalishida ijtimoiy – iqtisodiy omillarning ahamiyati .............................................................................................. 22 I-bob bo’yicha xulosa ............................................................................................ 24 II-BOB. BOB. SAMARQAND VILOYATI TOPONIMLARINING TABIIY VA IJTIMOIY - IQTISODIY GEOGRAFIK TARQALISHI .......................... 25 2.1. Samarqand viloyati geografik o’rni va joylashuvi hamda xo’jaligi ixtisoslashuvida joy nomlarining tarqalishi ............................................................. 25 2.2. Samarqand viloyati tumanlari toponimlarini guruhlashtirish ........................... 29 2.3. Samarqand viloyati toponimlarining tabiiy, ijtimoiy – iqtisodiy geografik xususiyatlari va joy nomlari tarixiy qonuniyatlari ................................................... 43 II-bob bo’yicha xulosa ........................................................................................... 56 III-B О B. SAMARQAND VILOYATI TOPONIMLARI VA JOY NOMLARINI QAYTA NOMLASH VA MUHOFAZA QILISH MASALALARI ...................................................................................................... 57 3.1. Geografik joy nomi va toponimik obyektlarni nomlanishi va qayta nomlash qonuniyatlari ............................................................................................................ 57 3.2. Toponimlarni nomlash va qayta nomlashning bugungi kundagi holati ......... 62 III-bob bo’yicha xulosa ......................................................................................... 67 XULOSA ................................................................................................................ 68 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ......................................... 69 ILOVALAR ........................................................................................................... 74 1
KIRISH Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati . Dunyoda xalqaro aloqalar va mamlakatlar bilan o’zaro munosabatlarni geografik joy nomlarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Shu sababli geografik nomlardan foydalanishda xalqaro va milliy standart tizimiga zarurat bo’lmoqda. Toponimlarni xalqaro standartlashtirish masalalariga BMTning Geografik nomlar bo’yicha ekspertlar guruhi (UNGEGN), Xalqaro onamastika fanlari qo’mitasi (IGOS), Xalqaro standartlash tashkiloti (ISO) va boshqalar tomonidan e’tibor berilmoqda. Xususan, BMTning Geografik nomlar bo’yicha ekspertlar guruhi (UNGEGN) geografik nomlarning ko’p tilli xalqaro ma’lumotlar bazasini shakllantirgan bo’lib unda 200 dan ortiq davlat nomlari 3362 ta shaharlar va ularning tarkibidagi 6100 ta nom 900 dan ortiq audio fayllar joylashtirilgan. Ushbu xalqaro ma’lumotlar bazasi doimiy tarzda rivojlanib, yangilanib borilishi talab etilishi va bu vazifani bajarishda davlatlar va ularning hududlari doirasida toponimik tadqiqotlar olib borishni va geografik nomlar bo’yicha ma’lumotlar to’plashni taqozo etadi. Jahon miqiyosida, xalqaro tashkilotlar tomonidan geografik nomlarni standartlashtirish, ulardan foydalanishni takomillashtirish, geografik nomlarning yozilishi va talaffuzini qat’iylashtirish , geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlashning aniq mezonlarini ishlab chiqish hamda unga roiya qilish, hujjatlarda, xaritalarda va boshqa ishlarda nomlarning bir xilligini ta’minlash, standartlashtirilgan terminlardan foydalanish muommolariga e’tibor berilmoqda. Shuningdek, hududiy toponomik tadqiqotlar olib boorish, geografik nomlarning xalqaro va milliy bazasini yaratish, ularning umumiy tizimini tahlil qilish, geografik xususiyatlarini aniqlash bo’yicha tadqiqotlar olib borish muhim hisoblanadi. Mamlakatimizda geografik joy nomlarini o’rganish, ulardan to’g’ri va samarali foydalanish, geografik nomlarning davlat restrini tuzish, ularning 2
yozilishi va talaffuzini qattiylashtirish hamda muhofaza qilish ishlari bo’yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktyabrdagi PF-5850- sonli “O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora tadbirlari to’g’risida»gi Farmonida geografik va boshqa toponimik ob’yektlarga qonun hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish» masalasi muhim vazifa sifatida belgilab berilgan. Bu borada, jumladan Samarqand viloyati toponimlarini tabiiy geografik jihatdan tatqiq qilish, geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish va toponomik kartalashtirish, geografik nomlardan foydalanishni yanada takomillashtirishga yo’naltirilgan tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi 2011 yil 12 oktyabrdagi “Geografik ob’yektlarni nomlari to’g’risida»gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 oktyabrdagi “Geografik ob’yektlarning nomlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq “Geografik ob’yektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora tadbirlari haqida»gi 295–sonli Qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora – tadbirlari to’g’risida» 2019 yil 21 oktyabrdagi PF–5850 son Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 dekabrdagi “Davlat tilini rivojlantirish departamenti to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida» 984–sonli Qaror va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 29 yanvardagi “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasining faoliyatini tashkil qilish chora – tadbirlari to’g’risidagi 40 – sonli Qaror hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy – huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya tadqiqoti ma’lum darajada amaliyotga xizmat qiladi. Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yunalishlariga mosligi. Ilmiy ish respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining “Demokratik va huquqiy jamiyatni manaviy – axloqiy va madaniy rivojlantirish, 3
innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish» va “Yer haqidagi fanlar « ustuvor yo`nalishiga ko’ra bajarilgan. Muammoning o’rganilganlik darajasi . Toponimikaning umumiy nazariy va metodologik asoslari xorijiy toponimik taqiqotlarda H.Kerfoot, M.Burrvill, G.Stewart, O.Ostermann, P.Perdana, Ya.Chu, E.Murzayev, E.Pospelov, V.Nikonov, V.Juchkevich, va boshqa shu kabi olimlar tomonidan yoritilgan bo’lsa, joy nomlarining hududiy geografik xususiyatlar W.Handcock, F.Giraut, D.Silva, B.Hellend, N.Belenov, E.Berezovich, M.Gorbanevskiy va boshqalarning tadqiqotlarnida o’z aksini topgan. O’zbekiston toponimiyasini geografik jihatdan yuksalishida H.Hasanov, P.G’ulomov, S.Qorayev, Q.Seytniyazov, M.Mirakmalov, Q.Hakimov, T.Nafasov, A.Mamatovlarning ilmiy ishlarini alohida aytish mumkin. Jumladan, H.Hasanov geografik joy nomlarining paydo bo’lish qonuniyatlarini, nazariy asoslarini xalqoro va mahalliy nomlar misolida izohlab bergan bo’lsa, S.Qorayevning tadqiqotlari toponimlarning nomlash va yasalish qonuniyatlari, O’zbekiston oykonimlarining sematik tahliliga bag’ishlangan. P.G’ulomov, M.Mirakmalov, T.Nafasovning ilmiy tadqiqotlari xalq geografik terminlari, ularning turlari va manbalari terminlarning to’g’ri yozilishi, talaffuzi va tarjimasi, toponimlar hosil bo’lishida terminlarning tutgan o’rni, O’zbekiston toponimlarining tabiiy geografik xususiyatlari hamda geografik lingvistika masalalarini yoritishga bag’ishlangan bo’lsa, Q.Seytniyazov, Q.Hakimov va A.Mamatovlarning tadqiqotlari toponimlarning hududiy geografik xususiyatlarini ochib berishga qaratilgan. Ammo, O’zbekistonning hududiy toponimiyasiga bag’ishlangan geografik tadqiqotlar soni juda kam. Shuningdek, Samarqand viloyati toponimlari geografik jihatdan komleks tatqiq qilinmagan, geografik ob’yektlarning hududiy joylashish va nomlanish qonuniyatlari yetarlicha yoritilmagan, viloyatning mavzuli toponimik xaritalari yaratilmagan. Mazkur tadqiqot toponimlarini tadqiqot etishning tabiiy va ijtimoiy – iqtisodiy geografik jihatlarini Samarqand viloyati toponimlari misolida baholash masalariga ustuvor ahamiyat berilganligi bilan avvalgi tadqiqotlardan farq qiladi. 4
Tadqiqot ishining maqsadi. Samarqand viloyati toponimlarining hududiy tarqalishi va nomlanish qonuniyatlarini asoslash, toponimlar tarkib topishida ijtimoiy – iqtisodiy geografik atamalarning vujudga kelishi va rolini aniqlash, viloyat toponimlarining nomlash va qayta nomlash bo’yicha amaliy tavsiyalar hamda xulosalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari : Samarqand viloyat toponimlarini yig’ish va ularni tabiiy, ijtimoiy – iqtisodiy geografik jihatlarini aniqlash; Samarqand viloyat geografik jihatlarilarining hududiy tarqalish va nomlanish qonuniyatlarini asoslash; Samarqand viloyat toponimlarining turlari, nomlanish qonuniyatlari va geografik xususiyatlari asosida nomlarning shaklllanishida tabiiy, ijtimoiy – iqtisodiy geografik atamalarning o’rnini asoslash; viloyat toponimlarini davlat ekspertizasidan o’tkazish va qat’iylashtirishga xizmat qiladigan mavzuli toponimik xaritalarni yaratish ; viloyat geografik ob’yektlarini nomlash va qayta nomlash bo`yicha ilmiy asoslangan toponimik katologni ishlab chiqish ; toponimlarni milliy qadriyat sifatida muhofaza qilish zaruriyatini ilmiy asoslangan. Tadqiqot ob’yekti sifatida Samarqand viloyati toponimlari tanlangan. Tadqiqot predmeti Samarqand viloyati toponimlarining ijtimoiy – iqtisodiy geografik xususiyatlarini aniqlash, ularni guruhlashtirish, hududiy tarqalish va kelib chiqish qonuniyatlarini asoslash, geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash bo’yicha ilmiy asoslangan toponimik tavsiyani ishlab chiqish masalalari hisoblanadi. Tadqiqot usullari . Dissertatsiya ishida geografik taqqoslash, tarixiy qiyoslash, kartografik, hududiy tahlil, etimologik, guruhlashtirish, ekspeditsiya, anketa – so’rov, kartoteka metodlari foydalanilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 5