logo

SAMARQAND VILOYATIDA AHOLINI ISH BILAN TA’MINLASHNING DAVLAT XIZMATLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

775.5 KB
SAMARQAND VILOYATIDA AHOLINI ISH BILAN
TA’MINLASH NING  DAVLAT XIZMATLARI SAMARADORLIGINI
OSHIRISH
MUNDARIJA:
KIRISh ………………………………………………… ..... …………… .........
I
BOB. AHOLINING   ISH   BILAN   BANDLIGINI   TA’MINLASH
SOHASIDA   DAVLAT   XIZMATLARI   SAMARADORLIGINI
OSHIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI ...........
1.1. Aholining   ish   bilan   bandligini   ta’minlash   sohasida   davlat   xizmatlari
samaradorligini   oshirishning   ijtimoiy-iqtisodiy   ahamiyati   va
tamoyillari....................................................................... ..........................
1.2. Aholini   ish   bilan   bandligini   ta’minlash   bo’yicha   davlat   siyosatining
asosiy yo’nalishlari......................................................... ...........................
1.3. Davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati   faoliyati   samaradorligini   baholash
mezonlari va ko’rsatkichlari.................................................. ....................
1.4. Aholining   ish   bilan   bandligini   ta’minlash   davlat   xizmatlari   faoliyati
bo’yicha xorij tajribasi....................................................... ........................
II
BOB. SAMARQAND   VILOYATI   ISH   BILAN   BANDLIK
INFRATUZILMASI   RIVOJLANISHINING   HUDUDIY
XUSUSIYATLARI HOLATI TAHLILI  ……………………………..
2 .1. Viloyat   rivojlanishida   ish   bilan   bandlik   infratuzilmasiga   ta’sir   etuvchi
omillar va uning hududiy xususiyatlarining ahamiyati ………………….
2 .2. Davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati   faoliyati   tahlili   va   uning   hududiy
xususiyatlari ……………………………………………………………...
2.3. Nodavlat   ish   bilan   bandlik   xizmatlari   rivojlanishining   asosiy
yo’nalishlari ……………………………………………………………...
II I
BOB. ISH   BILAN   BANDLIK   INFRATUZILMASI   RIVOJLANISHINI
HUDUDIY XUSUSIYATLARINING ASOSIY ISTIQBOLLARI ….
3.1. Ish  bilan  bandlik  infratuzilmasi   faoliyatining  samaradorligini   baholash
usullari …………………………………………………………………...
3.2. Ish   bilan   bandlik   infratuzilmasi   tashkiliy   tarkiblari   faoliyatini
takomillashtirish istiqbollari ……………………………………………..
XULOSA .............................................................................................................. .
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ....................................... . KIRISH 
Mavzuning   dolzarbligi.   Jahon   iqtisodiyotning   transformasiyalashuvi
sharoitida tobora kuchayib borayotgan raqobatga bardosh berish, uning talablarini
to’lif   bajarish,   ilg’or   texnologiya   va   innovasiyalardan   foydalanish   aholining   ish
bilan   bandligini   ta’minlash   darajasini   oshirishni   zarurat   etmoqda.   Shunga   ko’ra,
yangi ish joylarini yaratish, yangi ish joylarini yaratish, aholini ish bilan bandligini
ta’minlashga   birinchi   darajali   e’tibor   berilmoqda.   Xalqaro   Mehnat   Tashkilotining
ma’lumotlariga   ko’ra:   «2018   yilda   jahonda   ishsizlik   darajasi   5,8   %ni   tashkil
etmoqda.   Jahonda   1,4   mlrd.dan   ortiq   ishchilar   ijtimoiy-iqtisodiy   jihatdan   nufuzi
past   bo’lgan   ish   bilan   band   bo’lib,   ularning   ko’pchiligi   rivojlanayotgan
mamlakatlar   hissasiga   to’g’ri   keladi.   Yaxshi   himoya   qilinmagan   ish   bilan
bandlarning soni  yiliga 11 mln. kishiga oshmoqda.  Bu holat  jiddiy muammolarni
yuzaga   keltirgan   holda,   ularning   doimiy   daromadlar   va   yetarlicha   ijtimoiy
himoyaga   ega   bo’lgan   xavfsiz   ish   joylariga   ega   bo’lish   imkoniyatlarini
chegaralamoqda» 1
.
Jahonda   ishchi   kuchiga   talab   va   taklif   o’rtasida   muvofiqlikni   ta’minlash
borasidagi   tajribalar   negizida   ish   bilan   bandlikka   ko’maklashish   sohasida   turli
darajalardagi   tashkiliy   tuzilmalar   faoliyatining   samaradorligini   oshirish,   hududiy
axborot tizimlarini shakllantirish,   ishchi kuchining mobilligini oshirish, ishsizlikni
kamaytirish,   mehnat   bozori   va   aholining   ayrim   ijtimoiy-demografik   guruhlari
ehtiyojlarini   hisobga   olgan   holda   ish   o’rinlari   yaratish   bo’yicha   davlat
buyurtmalarini   shakllantirish,   davlat   va   nodavlat   ish   bilan   bandlik   xizmatini
rivojlantirish   kabi   yo’nalishlardagi   ilmiy   muammolarni   tadqiq   etish   muhim
ahamiyat kasb etmoqda. 
1
World Employment and Social Outlook 2017: Sustainable enterprises and jobs: Formal enterprises and decent work
International Labour Office – Geneva: ILO, 2017 . Bugungi   kunda   respublikada   mehnat   bozoriga   kirib   kelayotgan   mehnatga
layoqatli   aholini   ish   bilan   bandligini   ta’minlash,     ishsizlar   soni   bilan   bo’sh   ish
o’rinlari soni o’rtasida muvofiqlikka erishish, har tomonlama samarali va istiqbolli
ish   bilan   bandlik   dasturlarini   tuzish,   ishsizlarni   kasbiy   harakatchanligi   va
raqobatbardoshligini  oshirish  hamda  ularni   psixologik  qo’llab-quvvatlash  tizimini
rivojlantirish ,  ish bilan bandlik xizmati tizimiga xos malakali kadrlarni tayyorlash,
infratuzilma   tarkibiy qismlarini rivojlanish  samaradorligini  baholash metodikasini
takomillashtirish,     davlat   va   nodavlat   ish   bilan   bandlik   xizmatlarini   rivojlantirish
kabi   o’z   yechimini   kutayotgan   muammolar   mavjud.   Shuning   uchun   ham   2017-
2021   yillarda   O’zbekiston   Respublikasini   rivojlantirishning   beshta   ustuvor
yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida «yangi ish o’rinlarini yaratish hamda
aholining,   eng   avvalo,   o’rta   maxsus   va   oliy   o’quv   muassasalari   bitiruvchilari
bandligini   ta’minlash,   mehnat   bozori   mutanosibligini   va   infratuzilmasi
rivojlanishini   ta’minlash,   ishsizlik  darajasini   kamaytirish» 2
  vazifasi  qo’yilgan.  Bu
vazifalarni samarali hal etish aholini ish bilan ta’minlash sohasida davlat xizmatlari
samaradorligini   oshirishni,   bu   borada   ilmiy   asoslangan   taklif   va   tavsiyalar   ishlab
chiqishni  taqozo etadi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi  « O’zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida » gi
PF-4947-son  va  2017  yil  24  maydagi   « B andlik  sohasida  davlat  siyosatini  yanada
takomillashtirish   va   mehnat   organlari   faoliyati   samaradorligini   tubdan   oshirish
chora-tadbirlari   to’g’risida » gi   PF-5052-son   Farmonlari,   2017   yil   24   maydagi
« O’zbekiston   Respublikasi   bandlik   va   mehnat   munosabatlari   vazirligi   faoliyatini
tashkil   etish   chora-tadbirlari   to’g’risida » gi   PQ-3001-son   Qarori   hamda   mazkur
sohaga   tegishli   boshqa   me’yoriy-huquqiy   hujjatlarda   belgilangan   vazifalarni
amalga oshirishda mazkur dissertasiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
Muammoning o’rganilganlik darajasi.   Mehnat bozorining shakllanishi va
rivojlanishining   ilmiy-metodologik   jihatlari   ko’plab   xorijlik   olimlar,   jumladan ,
2
Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   2017   йил   7   февралдаги   4947-сонли   Фармонининг   1-иловаси
«2017-2021   йилларда   Ўзбекистон   Республикасини   ривожлантиришнинг   бешта   устувор   йўналиши   бўйича
Ҳаракатлар стратегияси» //.Lex.uz J.M.Keyns,   A. Marshall,   M.Fisher,   R.D.Erenberg,   A.Pigu,   V.V. Adamchuk,
O.V.Romashov,   Yu.G.Odegov,   G.G.Rudenko,   G.E.Slezinger,   N.A.Volgin,
S.A.Kartashov,   A.I.Rofe,   B.G.Zbыshko,   V.V.Iщin,   L.Chijova,   V.V.Kulikov   va
boshqalar tomonidan tadqiq qilingan. 
MDHning   qator   olimlari   S.V. Dudnikov,   O.A.Varfolomeyeva,
N.Vedernikova,   O.Kolesnikova,   D.Cherneyko,   T.A.Chusova,   Yu.V.Prosvetovalar
mehnat bozori rivojlanishining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini tadqiq etganlar.
O’zbekistonda   mehnat   bozorining   faoliyat   ko’rsatishi   va   rivojlanishi,
ishsizlik   va   aholini   ish   bilan   bandligi   kabi   muammolar   respublikamiz   olimlari
tomonidan   chuqur   o’rganilgan   va   o’rganilmoqda.   Mazkur   muammolar
R.A.Ubaydullayeva,   Q.X.Abdurahmonov,   L.P.Maksakova,   B.X.Umurzakov,
Sh.R.Xolmo’minov,   Z.Ya.Xudoyberdiyev,   D.Ortiqova,   D.N.Rahimova,
N.X.Rahimova,   N.Z.Zokirova,   K.Z.Xomitov,   N.U.Arabov,   N.Shayusupova   va
boshqa olimlar tomonidan tadqiq qilingan.
Ushbu iqtisodchi olimlarning ilmiy asarlarida respublikamiz aholini ish bilan
ta’minlash   sohasida   davlat   xizmatlari   samaradorligini   oshirishning   ilmiy-uslubiy
va   amaliy   jihatlari   qisman   o’z   aksini   topgan.   Bugungi   voqyelik   nuqtai   nazaridan
O’zbekistonda   mehnat   bozori   infratuzilmasining   tarkibiy   qismlari   elementlari   va
ularni   o’zaro   funksional   aloqadorligi,   rivojlanish   xususiyatlari   va   tendensiyalari
hamda   kompleks   baholash   uslublarini   takomillashtirish   bilan   bog’liq   tadqiqotlar
yetarli   darajada   emasligi   mazkur   mavzuda   chuqur   ilmiy-uslubiy   izlanishlarni
amalga oshirishni taqozo etadi.
Dissertasiya ishining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog’liqligi.
Dissertasiya ishi Samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish
kafedrasi ilmiy-tadqiqot ishlariga muvofiq ravishda bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi.   Aholining ish bilan bandligini ta’minlash sohasida
davlat   xizmatlari   samaradorligini   oshirishning   metodologik   va   amaliy   jihatlarini
takomillashtirish   asosida   aholi   ish   bilan   bandligini   oshirish   va   ishsizlikni
kamaytirish bo’yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari: « Aholi   ish   bilan   bandligi »   kategoriyasining   mohiyatini   nazariy   jihatdan
tahlil etish hamda muallif qarashlarini shakllantirish;
aholining   ish   bilan   bandligini   ta’minlash   sohasida   davlat   xizmatlari
samaradorligini   oshirishning   tamoyillari,   mezonlari   va   ko’rsatkichlarini   tasniflash
hamda xorijiy yondashuvlarni ilmiy izohlash; 
aholini   ish   bilan   ta’minlash   sohasida   davlat   xizmatlari   samaradorligini
oshirishning integral baholashni ilmiy-uslubiy jihatdan asoslash;
aholini   ish   bilan   ta’minlash   sohasida   davlat   xizmatlari   samaradorligini
oshirishning axborot tizimini takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;
aholini ish bilan ta’minlash sohasida davlat xizmatlarining rivojlanish holati
va unga ta’sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlarni tahlil etish;
davlat   va   nodavlat   ish   bilan   bandlik   xizmatlari   shakllanishi   va
rivojlanishining asosiy yo’nalishlarini aniqlash;
ish   bilan   bandlikni   davlat   tomonidan   tartibga   solishning   tashkiliy-iqtisodiy
mexanizmini takomillashtirish uslublarini ishlab chiqish;
iqtisodiyotning   innovasion   rivojlanishi   sharoitida   aholining   ish   bilan
bandligini   ta’minlash   sohasida   davlat   xizmatlari   samaradorligini   oshirishning
strategik konsepsiyasini ishlab chiqish.
Tadqiqotning   obyekti   bo’lib,   Samarqand   viloyati   aholining   ish   bilan
bandligiga ko’maklashuvchi  subyektlar faoliyati hisoblanadi.
Tadqiqotning predmeti  sifatida viloyatimiz aholisining ish bilan bandligiga
ko’maklashuvchi   subyektlar   faoliyatida   amalga   oshadigan   ijtimoiy-iqtisodiy   va
tashkiliy munosabatlar tashkil etadi.
Tadqiqot   natijalarining   ilmiy   va   amaliy   ahamiyati.   Tadqiqot
natijalarining   ilmiy   ahamiyati   dissertasiyada   ishlab   chiqilgan   taklif   va
tavsiyalardan  aholining ish bilan bandligini ta’minlash sohasida davlat xizmatlarini
samarali   rivojlantirish,   shahar   va   tumanlar   aholi   andligiga   ko’maklashuvchi
markazlar   faoliyati   samaradorligini   oshirish,   davlat   va   nodavlat   ish   bilan   bandlik
xizmatini rivojlantirish  yo’nalishlar i da ilmiy apparatni boyitish bilan izohlanadi.    Olingan  natijalarning  amaliy  ahamiyati   i sh  o’rinlarini   tashkil  etish   va  aholi
ish   bilan   bandligini   ta’minlash   hududiy   dasturlarini   ishlab   chiqish ,   B andlikka
ko’maklashish   markazlari   faoliyatini   takomillashtirish ,   sohaga   oid   huquqiy-
me’yoriy   hujjatlarni   tayyorlash,   shuningdek,   sohani   samarali   rivojlantirishga
qaratilgan   kompleks   chora-tadbirlar   majmuini   ishlab   chiqishda   foydalanish
mumkinligi   bilan   izohlanadi.   Tadqiqot   natijalaridan   « Mehnat   iqtisodiyoti » ,
« Mehnat   bozori   iqtisodiyoti » ,   « Kadrlar   menejmenti »,   « Ijtimoiy   xizmatlar   sohasi
iqtisodiyoti »  fanlari bo’yicha o’quv dasturlarini takomillashtirish, darslik, o’quv va
uslubiy qo’llanmalar tayyorlashda foydalanilmoqda .
Dissertasiyaning   tuzilishi   va   hajmi.   Tadqiqot   kirish,   3   ta   bob,   xulosa
hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iboratli rejalashtirilgan. I BOB.   AHOLINING ISH BILAN BANDLIGINI TA’MINLASH SOHASIDA
DAVLAT XIZMATLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING
NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
1.1. Aholining ish bilan bandligini ta’minlash sohasida davlat xizmatlari
samaradorligini  oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va tamoyillari
Bozor   munosabatlari   tizimida   mehnat   bozori   muhim   o’rinni     egallaydi.
Mehnat   bozori   ish   beruvchilar   va   yollanma   xodimlar   manfaatlarini
muvofiqlashtirishga   da’vat   qilingan   ijtimoiy   munosabatlar   tizimi   hisoblanadi.
Unda   vujudga   keladigan   munosabatlar   yaqqol   ifodalangan   ijtimoiy-iqtisodiy
xususiyatga ega bo’lib, ular mamlakat aholisi ko’pchiligining muhim ehtiyojlariga
daxldor   bo’ladi.   Mehnat   bozori   mexanizmi   orqali   aholining   ish   bilan   bandligi   va
mehnatga   haq   to’lash   darajalari   belgilanadi.   Mehnat   bozorida   ro’y   berayotgan
jarayonlarning   jiddiy   oqibati   ishsizlik   bo’lib,   u   umuman   olganda   salbiy   hodisa
hisoblansa ham, lekin amalda jamiyat hayotining muqarrar natijasidir.
Respublikamizda   amalga   oshirilayotgan   ijtimoiy   va   iqtisodiy   islohotlarni
chuqurlashtirish   hozirgi   vaqtda   mehnat   bozori   infratuzilmasini   rivojlantirishga
yangicha yondashuvni shakllantirish va amalda qo’llashni zarurat etmoqda hamda
ishchi   kuchiga   talab   va   taklif   shakllanishini   yuzaga   keltirmoqda.   Bir   vaqtning
o’zida   mehnat   bozori   subyektlarining   o’zaro   aloqalarini   jamoa-shartnomaviy   va
normativ-huquqiy   bazalarini   doimiy   takomillashtirish,   mehnat   bozori
infratuzilmasini   kelgusida   rivojlantirishni   talab   qiladi.   Shuning   uchun,   mehnat
bozori   infratuzilmasi   subyektlari   faoliyatini   tashkil   qilish   asoslarini
takomillashtirish   mehnat   bozori   samarali   rivojlanishining   ijtimoiy   va   iqtisodiy
ahamiyatini   oshiradi.   Mehnat   bozorini   to’liq   ishlashi   uchun   rivojlangan
infratuzilmani   shakllantirish   lozim.   Mehnat   bozori   faoliyat   ko’rsatishining   sifat
ko’rsatkichlarini eng muhim mezoni uning infratuzilmasini rivojlanish darajasidir.  Infratuzilma   iqtisodiyotda   turli   xo’jalik   tizimlari   va   bu   tizimlardagi   asosiy
subyektlar   o’rtasida   faol   o’zaro   aloqadorlikni   ta’minlash   uchun   shart-sharoit
yaratishi zarur. 
Mehnat   bozori   infratuzilmasi   iqtisodiyot   va     boshqaruv   sohasida   turli
darajalardagi subyektlar sifatida qo’yidagilardan iborat:
1.   Xalqaro   tashkilotlar,   masalan,   Xalqaro   Mehnat     Tashkiloti   (XMT)
turli   mamlakatlar   mehnat   bozorlaridagi   faoliyatlari   bo’yicha   koordinasiyani
amalga oshiradi;
2.  Aholini ish bilan ta’minlashda  davlatning roli. Davlat iqtisodiyotning
davlat   sektorida   tadbirkor   sifatida   ham,   ko’pgina   investision   dasturlarni   amalga
oshirish   subyekti   sifatida   ham   namoyon   bo’ladi.   Davlatning   qonun   chiqaruvchi
organlari   qonunlarni   ishlab   chiqadi   va   qabul   qiladi,   bozor   munosabatlarining
huquqlari va umumiy tamoyillarini o’rnatadi. Davlatning subyekti sifatida mehnat
bozoridagi   siyosatni   davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati   amalga   oshiradi.   Bu
umumdavlat,   hududiy   va   joylardagi   boshqaruv   darajalari   asosida   amalga
oshiriladi;
3.   Mehnat   bozori   infratuzilmasi   subyektlari   sifatida   turli   ijro   etuvchi
hokimiyat   organlari   davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati   bilan   o’zaro   aloqadorlikda
faoliyat   yuritadilar,   masalan,   yoshlar   ishi   bo’yicha   Qo’mita,   ta’lim   bo’yicha
Qo’mita va hokazo.
4.   Mehnat   sohasidagi   yollanma   ishchilarning   birlashmalari   –   kasba
uyushmalari.
5.   Aholining ish bilan bandligini ta’minlash sohasiga : davlat va nodavlat
ish bilan bandlik xizmatlari, tijorat mehnat birjalari va kadrlar agentliklari; ishchi
kuchini tayyorlash va qayta tayyorlash bo’yicha o’quv markazlari; tijorat ish bilan
bandlik   xizmati   birlashmalari;   ish   beruvchilar   assosiasiyasi,   kadrlarga   maslahat
markazlari; mehnat bozori haqida axborot tizimi va boshqalar kiradi.
Bizningcha,   davlat   ish   bilan   bandlik   xizmatining   funksional   elementlari   va
tarkibiy qismlari bo’yicha quyidagi tizimlarni o’z ichiga oladi: 1.   Davlat   ish   bilan   bandlik   xizmatining   ustqurmaviy   elementlari:   bunga
davlatning   tartibga   solish   va   normativ-huquqiy   roli,   mehnat   shartnomalari   va
hokazolar   kiradi.   Davlatning   tartibga   solish   roli   huquqiy   normalar   va
qonunlarning   qabul   qilinishi,   mehnat   munosabatlarini   tartibga   solish,
investisiyalar   harakatini   boshqarish,   ijtimoiy   siyosatni   amalga   oshirish,   ishchi
kuchi shakllanishiga ta’sir etishdan iborat.
2.   Davlat   ish   bilan   bandlik   xizmatining   tashkiliy   tarkibi,   ya’ni,   makro   va
mikro   darajalardagi   tashkiliy-iqtisodiy   va   tashkiliy-boshqaruv   tuzilmalari
quyidagilarni o’z ichiga oladi:
 ishga   joylashtirish   bo’yicha   tashkiliy   tuzilmalar.   B ularga   davlat,
munisipial organlar, nodavlat  ish bilan  bandlik xizmatlari va assosiasiyalar i  kiradi;
 ta’lim tizimi .   B unga oliy  va  o’rta  maxsus  kasb -hunar kollejlari,  davlat va
nodavlat  ish bilan  bandlik xizmati  tarkibi dagi o’quv markazlari  kabilar kiradi ;
 rekrut tizimi .   B unga rekrut agentliklari va ixtisoslashgan mehnat birjalari
kiradi;
 axborot   tizimi   –   mehnat   bozori   kon’yunkturasi   haqida   axbor o tlarni
to’plash   va   qayta   ishlash   tizimi,   bo’sh   ish   o’rinlari   banki   to’g’risida
ma’lumotlardan tashkil topadi ;
 ijtimoiy   tizim   –   ijtimoiy   himoyaga   muhtoj   bo’lganlar   va   ishsizlar ga
ko’rsatiladigan xizmatlar bo’yicha  markazlar va tashkilotlar;
 moliyaviy tizim – bularga davlat  ish bilan  bandlik jamg’armasi, tijorat  ish
bilan   bandlikka   ko’maklashuvchi   jamg’armalar,   bitiruvchilarni   ishga
joylashtirishga ko’maklashuvchi o’quv yurtlar i ning jamg’armalari  kiradi .
Bizning   fikrimizcha,   davlat   ish   bilan   bandlik   xizmatining   o’zining
vazifalarini amalga oshirish uchun bir qator funksiyalarni bajaradi, ular jumlasiga
quyidagilar kiradi: 
 mehnat   bozorida   ishchi   kuchiga   talab   va   taklif   muvofiqligi
mexanizmining   samaradorligini   oshirish   uchun   me’yoriy-huquqiy   va   tashkiliy-
iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratish;
 mehnat   daromadlarini   olish   va   mehnat   huquqini   amalga   oshirishga ko’maklashish;
 ish   bilan   band   bo’lmagan   aholini   qo’llab-quvvatlash   va   ijtimoiy
ta’minlash;
 ish   bilan   band   bo’lgan   va   band   bo’lmagan   aholini   kasbga   o’qitish,
tayyorlash va malakasini oshirish; 
 mehnat   bozori   kon’yunkturasi,   ishchi   kuchiga   talab   va   taklifning
o’zgarish tendensiyalari va ularning rivojlanish istiqbollari to’g’risida axborotlarni
ishlab chiqish. Ishchi kuchini sotuvchilar va sotib oluvchilarga axborot xizmatlari
ko’rsatish.
1.1-jadval
Davlat ish bilan bandlik xizmatining  darajalari va funksiyalari 3
Darajalar Funksiyalar
XMT Milliy   mehnat   bozorlarida   mehnat   munosabatlarini   tartibga   solish   bo’yicha
xalqaro   me’yorlar,   konvensiyalar   va   tavsiyalarni   ishlab   chiqish   hamda
muvofiqlashtirish.
Milliy Milliy   mehnat   bozori   shakllanishining   me’yoriy-huquqiy,ijtimoiy-iqtisodiy
jihatdan tartibga solish mexanizmlarini joriy etish.  
Ijtimoiy va mehnat qonunchiligi tizimini yaratish. 
Mehnat   munosabatlarini   boshqarish   doirasi   va   ishga   yollash   sohasida   ish
beruvchilar hamda yollanma ishchilar huquqlarini aniqlash. 
Hududiy Hududda   ijtimoiy-mehnat   munosabatlarini   tartibga   soluvchi   huquqiy
me’yorlarni ishlab chiqish va joriy etish.
Hududiy darajada ish bilan bandlik konsepsiyasini shakllantirish.
Aholini  ish bilan  bandligiga  ko’maklashish  bo’yicha  samarali  hamda  istiqbolli
hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
Hududda   ishchi   kuchi   sifat   tarkibini   takomillashtirish   va   mehnat   salohiyatini
oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
Hududda mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish dasturlarini
ishlab chiqish va amalga oshirish.
Hududa   innovasion   ish   bilan   bandlikni   shakllantirish   va   mehnat   bozori
egiluvchanligini ta’minlash bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish.
Korxona
(firma) Korxona   miqyosida   ijtimoiy-mehnat   munosabatlarini   boshqarish   siyosatini
ishlab chiqish va amalga oshirish.
Ishchi-xodimlar   kasbiy-malaka   tarkibini   takomillashtirish   va   ularning
raqobatbardoshligini oshirish.
Davlat   ish   bilan   bandlik   xizmatining   dastlabki   ikki   darajasi   (xalqaro   va
milliy)   tadqiq   etilayotgan   infratuzilmaning   boshqa   darajalarini   xalqaro   va   milliy
huquqlar   hamda   tashkiliy   me’yorlar   shakllanishiga   muvofiq   ishlab   chiqiladi.
3
Muallif tomonidan ishlab chiqilgan. Hududiy va korxona (firma) darajasidagi  elementlar ishchi kuchiga talab va taklif
o’rtasida   muvozanatga   erishishda   mahalliy   mehnat   bozorlari   subyektlari
manfaatlarini   qondirishga   bevosita   yo’naltirilgan   funksiyalarni   bajaradi.   Mehnat
bozori   asosiy   funksiyalarini   realizasiya   qilish   jarayonida   bosh   funksional   bo’g’in
bo’lib, mehnat bozori infratuzilmasi  hududiy darajasi  hisoblanadi. Shuning uchun
mazkur tadqiqotda biz asosiy e’tiborni ushbu darajaga qaratamiz. Mehnat bozoriga
zaruriy   jami   obyektlarni   aniqlash   uning   infratuzilmasi   shakllanishining   ajralmas
sharti hisoblanadi.  
Davlat   ish   bilan   bandlik   xizmatining   tarkibidagi   institusional   tuzilmalar   va
tashkilotlar   o’rtasida   yuzaga   keladigan   ish   bilan   bandlikka   oid   ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlar ularning o’zaro aloqadorligini ta’minlaydi.
Mehnat   bozori   subyektlari   munosabatlari   tizimiga   maxsus   organlarning
qo’shilishi ular o’rtasida ziddiyatlar bo’lmasligini ta’minlash, turli-tuman iqtisodiy
vositalar va usullar, huquqiy normalar  yordamida ish bilan bandlik jarayonlari  va
siyosatini tashkil etish hamda tartibga solishni ta’min etishi zarur.  
Bizga ma’lumki, samarali ish bilan bandlikni ta’minlash mehnat bozorining
bosh   ijtimoiy-iqtisodiy   funksiyasi   hisoblanadi.   Mehnat   bozori   infratuzilmasi   bu
funksiyani   bajarilishini   ta’minlaydi.   Shunday   ekan,   Davlat   ish   bilan   bandlik
xizmatining   muvaffaqiyatli   shakllanishi   va   rivojlanish   mezoni   bo’lib,   ishchi
kuchiga   talab   va   taklif   o’rtasidagi   muvozanatni   ta’minlash   hisoblanadi.
Shuningdek,   Davlat   ish   bilan   bandlik   xizmatining   bosh   masalasi   –   mehnat
bozorida   ishchi   kuchiga   talab   va   taklif   o’rtasidagi   samarali   hamkorlikni   va
iqtisodiy   shart-sharoitlarni   ta’minlashni   nazarda   tutadi.   Mehnat   bozori
infratuzilmasi   tarkibiga   turli   xil   obyektlarni   kiritishning   aniq   mezonlarini   mavjud
emasligi   hozirgi   vaqtda   ularning   tasniflanishida   murakkab   ziddiyatni   vujudga
keltirmoqda.
Bizning   fikrimizcha,   yuqorida   keltirilganlarning   oxirigisi     nafaqat   mehnat
bozori infratuzilmasining elementi, shunchaki uning faoliyat natijasi yoki mazmuni
hisoblanadi.   Me hnat   bozori   infratuzilmasini   bunday   tasniflash   haddan   tashqari
yirik   hisoblanadi   va   alohida   hududlar   darajasida   mehnat   bozori   infratuzilmasi elementlarini batafsil tekshirish imkonini bermaydi. 
T.A.Chusova   fikricha,   mehnat   bozori   infratuzilmasi   uchta   asosiy   bo’g’inni
o’z ichiga oladi  [78] :
1. Davlat va nodavlat ish bilan bandlik xizmatlari, shuningdek, korxonalar
kadrlar bo’limlari; 
2. Kasbiy   ta’lim,   kadrlarni   qayta   tayyorlash   va   malakasini   oshirish   bilan
shug’ullanuvchi muassasalar;
3. Hokimiyat,   tadbirkorlar   va   mehnatkashlar   vakillik   organlarining   o’zaro
aloqadorligi sifatida ijtimoiy hamkorlik tizimi. 
Ushbu   tasnifning   kamchiligi,   bizning   fikrimizcha,   mehnat   bozori
infratuzilmasi bajaradigan funksiyalarning qamrab olinmaganligi hisoblanadi.
L.Kiyan   mehnat   bozori   infratuzilmasida   to’qqizta   tarkibiy   qismni   ajratib
ko’rsatadi   [104,   32-b] :   1)   ishga   joylashtirishda   vositachilar   faoliyati;   2)   kadrlarni
tayyorlash   tizimi;   3)   moliyalashtirish;   4)   ijtimoiy-psixologik   qo’llab-quvvatlash
tizimi;   5)   tashkiliy;   6)   marketing;   7)   boshqaruv;   8)   qonunchilik   va   me’yoriy
hujjatlarni yaratish; 9) infratuzilmaning boshqa bo’g’inlari.
Bizning   fikrimizcha,   bunday   tasnif   yetarlicha   to’liq   ifodalanmagan,
modomiki,   mehnat   bozori   infratuzilmasi   tarkibiy   qismlari   sifatida   ajratilgan
tashkiliy va boshqaruv  uning barcha  elementlari  shakllanishida  amalga oshirilishi
zarur funksiyalar hisoblanadi. 
1.2-jadval
Mehnat bozori kontragentlari uchun natijaviy belgilari bo’yicha infratuzilma
tarkibiy qismlari tasnifi 4
Vositachilik elementlari Kentrib’yuter elementlari
Mehnat vositachiligi elementlari Me’yoriy-huquqiy asos
Kasbga yo’naltirish va kasbga
tayyorlash tizimi Moliyaviy tizim
Ijtimloiy-psixologik qo’llab-quvvatlash
tizimi  Marketing tizimi
Axborot tizimi
Mehnat   bozori   kontragentlari   uchun   natijaviy   belgilari   bo’yicha   ajratilgan
4
Manba: muallif tomonidan ishlab chiqilgan. Kentrib’yuter - inglizchadan, “ contributor”  - qatnashchi, xodim. tizimlar   ikki   guruhga:   vositachilik   elementlari   va   kentrib’yuter   elementlardan
tashkil topadi (1.2-jadval).
Biz,   davlat   ish   bilan   bandlik   xizmatining   birinchi   guruh   elementlariga
mehnat   bozori   kontragentlari   uchun   xizmat   ko’rsatish   bilan   aloqador   faoliyatni
kiritamiz;   ikkinchisiga   birinchi   guruh   elementlari   samarali   shakllanishi   uchun
shart-sharoitlarni ta’minlovchi elementlar kiradi. 
Mulk shakli bo’yicha davlat ish bilan bandlik xizmatining barcha elementlari
davlat   va   nodavlat   turlarga   bo’linadi.     Bunda   ba’zi   mehnat   bozori
infratuzilmasining   tarkibiy   qismlari   faqat   davlat   tashkilotlariga   tegishli   bo’lishi,
qolganlari esa aralash bo’lishi mumkin.
Davlat   ish   bilan   bandlik   xizmatining   xususiyatli   jihati   ko’pchilik
omillarning   o’zaro   aloqadorligi   asosida   shakllanadi,   ularni   ham   ijobiy   ta’sir
ko’rsatuvchi   omillar,   ham   bu   jarayonni   murakkablashtiruvchi   omillarga   ajratish
mumkin.
Bizning fikrimizcha, birinchi guruh omillariga me’yoriy va huquqiy bazani
yaratilishi,   mehnat   bozori   subyektlari   manfaatlarini   ifodalovchi   mustaqil
tashkilotlarning   shakllanishini   kiritish   mumkin.   Ikkinchisiga   –iqtisodiyot
rivojlanishining sifat ko’rsatkichlari bilan bog’liq holat, milliy mehnat bozorining
o’ziga   xos   xususiyatlari,   ish   bilan   bandlik   sohasida   islohotlar   oqibatlarini
yumshatish   bo’yicha   chora-tadbirlar   zarurati,   ommaviy   ishsizlikning   oldini   olish,
bozor   infratuzilmasi   rivojlanishida   stixiyali   holatlarning   paydo   bo’lishini   kiritish
mumkin. 
Bizning   fikrimizcha,   davlat   ish   bilan   bandlik   xizmatining   samarali
rivojlanishi uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur:
 zamonaviy bozor sharoitlariga muvofiq aholi ish bilan bandligini tartibga
solish mexanizmlarini shakllantirish imkoniyatiga ega bo’lish; 
 aholi   turmush   darajasi   va   uning   ijtimoiy   himoyalash   darajasiga   mehnat
faoliyatini liberallashtirishning salbiy oqibatlari ta’siriga yo’l qo’ymaslik; 
 aholini   ishga   joylashtirish   va   ish   bilan   bandligiga   ko’maklashish
maqsadli dasturlarini amalga oshirishni ta’minlash;   mehnat   bozori   imkoniyatlarini   maksimal   realizasiya   qilishga   shart-
sharoit   yaratuvchi   har   bir   hududiy   darajada   mehnat   bozorini   tartibga   solish
yo’nalishlarini joriy etish va rivojlantirish; 
 ishchi   kuchiga   talab   va   taklif   muvozanatiga   erishishni   oldindan
ta’minlash, ishchi kuchini oqilona ish bilan bandligini yo’qotish oqibatlarini oldini
olish; 
 mehnat   bozorida   iqtisodiyotning   innovasion   rivojlanish   yo’nalishlariga
mos ish bilan bandlik yangi shakllarini kengaytirish.
Hozirgi sharoitda ish bilan bandlikni tartibga solish tizimi prinspial jihatdan
yangicha   mazmunga   ega   bo’lishi   kerakki,   u   insonlarni   o’z-o’zini   namoyon   qilish
uchun   imkoniyatlarning   mavjud   bo’lmagan,   ish   joylari   sifatining   past,   ishchilarni
kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashda nomatanosiblikni tavsiflovchi va ulardan
ekstensiv   foydalanishda   mehnat   resurslarini   boshqarish   tizimiga   ega.   Shuning
uchun   mehnat   bozori   infratuzilmasining   samarali   rivojlanish   bosqichlarini
muayyan algoritm asosida tadqiq etish zarur.
Hududiy   davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati   rivojlanishining   keyingi   bosqichi
mehnat bozorida ish bilan bandlik davlat siyosatini  amalga oshiruvchi tarkibiy va
funksional   infratuzilmaviy   elementlarni   aniqlash   hisoblanadi.   Hududda   ish   bilan
bandlik   davlat   siyosatini   amalga   oshiruvchi   hududiy   infratuzilma   tarkibida   bosh
element mehnat vositachiligi tizimi hisoblanadi. 
Bu   tizimning   tarkibida   turli   xil   davlat   va   nodavlat   tashkiliy   shakllarni
ajratish   mumkin.   Bizningcha,   ular   quyidagilardan   iborat:   davlat   ish   bilan   bandlik
xizmatining   barcha   darajadagi   hududiy   bo’limlari   (shahar   va   tuman   bandlikka
ko’maklashish   markazlari);   yoshlarni   ish   bilan   bandligini   ta’minlash   bo’yicha
tashkiliy   tuzilmalar;   o’quv   yurtlari   bitiruvchilarini   ish   joylariga   taqsimlash
bo’limlari;   nodavlat   ish   bilan   bandlik   xizmati;   davlat   migrasiya   xizmatining
hududiy bo’limlari.
Mamlakatimiz   mustaqilligining   dastlabki   yillarida   mehnat   bozori
infratuzilmasi   shakllanishida   muhim   qadam   bo’lib,   O’zbekiston   Respublikasi
Bandlik   va   mehnat   munosabatlari   vazirligi   va   uning   hududiy   organlarini shakllantirilishi   hisoblanadi.   Bu   tashkilot   mamlakatimizda   ijtimoiy   mehnat
munosabatlari sohasini  isloh qilish va davlat siyosatini  amalga oshiradigan asosiy
institutlardan biri hisoblanadi.  
Bir asrga yaqin vaqt mobaynida bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida davlat ish
bilan   bandlik   xizmati   tarixining   rivojlanishi   ularning   kon’yunktura   o’zgarishiga
egiluvchan   javob   qaytarish   imkoniyatini   isbotladi,   iqtisodiy   yuksalish   yoki
pasayish davrida ishsizlarga xizmat ko’rsatishning an’anaviy usullariga moslashish
amalga  oshirildi.  Aynan  shuning  uchun hyech  bir  davlat   mazkur  institutni   yuqori
maqomini qo’llab-quvvatlashdan bosh tortmadi.
                      Shunday   qilib,   mamlakatimiz   iqtisodiyotining   innovasion   rivojlanishi
sharoitida   davlat   ish   bilan   bandlik   xizmatining     samarali   shakllanishining   muhim
yo’nalishi sifatida mehnat bozorini tartibga solish jarayoni nafaqat o’z ahamiyatini
yo’qotmaydi,   balki   ish   bilan     bandlik   yangi   shakllarining   rivojlanishi   va   tarkibiy
o’zgarishlarning   zamonaviy   iqtisodiyot   tarmoqlarini   modernizasiyalash
jarayonlariga   o’z   ta’sir   doirasini   sezilarli   darajada   kengaytiradi.   Shuningdek,   o’z
navbatida   boshqarish   va   xo’jalik   yuritishning   turli   darajalarida   bunday   tartibga
solishning   asosiy   tamoyillarini   ishlab   chiqishga   yangi   yondashuvlar   zarur
bo’lmoqda. 
Yuqorida qayd etilgan mehnat bozorini tartibga solish bilan bog’liq bo’lgan
tashkiliy-huquqiy     va   tarkibiy   shart-sharoitlar   mehnat   bozori   infratuzilmasi
samarali  rivojlanishining  quyidagi  asosiy  tamoyillarini  to’liq amalga tadbiq etgan
holda mazkur bozorni  rivojlanishiga samarali ta’sir ko’rsatadi:
1.   Davlat ish bilan bandlik xizmati samarali rivojlanishining iqtisodiy va
ijtimoiy   maqsadlarining   o’zaro   muvofiqligini   ta’minlash.   Ushbu   tamoyilni
amalga   oshirishda   ish   bilan   bandlikka   ko’maklashish   organlarining   ijtimoiy
funksiyalari va mehnat bozorini tartibga solishdagi iqtisodiy funksiyalari birga olib
borilishi nazarda tutiladi. Mazkur funksiyalar mehnat bozori infratuzilmasi tarkibiy
qismlarining ikki tomonlama mohiyatini aniqlab beradi. Ish bilan bandlik xizmati
ijtimoiy funksiya sifatida  ishsizlik va  iqtisodiy  funksiya  sifatida ish  bilan  bandlik muammolarini   optimal   darajada   hal   etishning     turli   xil   variantlarni   ishlab   chiqib,
davlat siyosati darajasida amalga oshiradi. 
2.   Mehnat   bozorida   ish   kuchini   talab   va   taklif   qilish   o’rtasidagi   eng
samarali   o’zaro   hamkorlikni   ta’minlovchi   normativ-huquqiy   mexanizmni
yaratish .   O’zbekiston   Respublikasida   mehnatga   oid   munosabatlar   mehnat
to’g’risidagi qonun hujjatlari, jamoa kelishuvlari, shuningdek jamoa shartnomalari
va   boshqa   lokal   me’yoriy   hujjatlar   bilan   tartibga   solinadi.   Xususan,   O’zbekiston
Respublikasining   “Aholini  ish  bilan  ta’minlash     to’g’risida”gi  Qonuni   va  Mehnat
Kodeksi   mamlakatimiz   hududida   doimiy   istiqomat   qiluvchi   fuqarolarning
mehnatga bo’lgan huquqlarini amalga  oshirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy
shart-sharoitlarini,   shuningdek   bu   huquqni   ro’yobga   chiqarish   bo’yicha   davlat
kafolatlarini belgilab beradi. 
3.   Ish  bilan   bandlik bo’yicha yagona  davlat  siyosatini  amalga oshirish .
Bunda   ish   bilan   bandlik   bo’yicha   davlat   siyosatining   atrofida   hamma   darajadagi
ma’muriy   hududlarning   aholini   ish   bilan   ta’minlash   faoliyatidagi   o’ziga   xos
xususiyatlarini   hisobga   olgan   holda   yagona     umumdavlat   ish   bilan   bandlik
siyosatini   yuritish   nazarda   tutiladi.   Bunda   davlat   ish   bilan  bandlik   xizmati   va   ish
bilan bandlikka ko’maklashuvchi turli tashkilotlar mehnat bozorida ishchi kuchiga
talab va taklifni tartibga solishda umumdavlat siyosatining maqsad va vazifalariga
muvofiq ravishda hududiy siyosat yuritishni amalga oshiradi. 
4.   Aholining  ish bilan   bandli gi ni  ta’minlash  bo’yicha nazorat.   Ish bilan
b andlikni ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda   davlat ish bilan
bandlik   xizmati,   kasaba   uyushma lar i,   tadbirkorlar   assosiasiyasining   boshqaruv
organlari   bilan   hamkorlikda   mehnat   munosabatlarini   tartibga   solish   bo’yicha
ijtimoiy   hamkorlik   mexanizmini   samarali   rivojlantirish   va   nazoratni   amalga
oshirish dan iborat.
5.   Davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati   samarali   rivojlanishiga   tizimli
yondashish.   Me hnat   bozorini   tartibga   solishda   tizimli   yondashuv   asosan
davlatning   ijtimoiy-iqtisodiy   vazifalari   mohiyatiga   bog’liqdir.   Davlat   o’z
zimmasiga   oladigan   ijtimoiy-iqtisodiy   vazifalari   mehnat   bozorini   tartibga   solish yo’nalishi   va   tamoyillarini   belgilab   beradi.   H ududiy   darajada   mehnat   bozori
yagona   tizim   sifatida   ishchi   kuchiga   talab   va   taklifni   ham   miqdor   jihatidan,   ham
sifat   ko’rinishida   o’zaro   bog’liq   bo’lishini   ifodalaydi.   Chunki   shahar   va   shahar
atrofi hududlarida qishloq joylariga nisbatan ishchi kuchini kasbiy harakatchanligi
ancha   yuqori.   Bu   esa   qishloq   joylarda   ishchi   kuchi   sifat   tarkibi   (malaka   darajasi,
kasbiy   mahorat   mutaxassisligi)   shaharga   nisbatan   ancha   pastligini   bildiradi.
Shuning uchun mehnat bozori infratuzilmasining samarali rivojlanishida muayyan
hududlarning   xususiyatlarini   hisobga   olgan   holda   maqsadli   dasturlar   ishlab
chiqishda tizimli yondashish juda muhimdir.
6.  I sh  haqi   va  boshqa  qonuniy  daromadlar  chegarasini   “kun  kechirish
uchun   zarur   miqdordan   kam   bo’lmaslik”ka   rioya   qilgan   holda   erkin
belgilash.
 Shunday qilib, mehnat bozori infratuzilmasi samarali rivojlanishining o’ziga
xos demografik, hududiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik muhitga ega mamlakat
milliy mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga soluvchi o’ziga xos
takomillashgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm zarur.
1.2.  Aholini ish bilan bandligini ta’minlash bo’yicha davlat siyosatining
asosiy yo’nalishlari
Mehnat   bozorida   davlat   va   nodavlat   tuzilmalarning   rivojlanishida   bir   qator
jiddiy   farqlarni   keltirish   mumkin.   Birinchidan,   agarda   ish   bilan   bandlikka
ko’maklashish   davlat   tuzilmalarining   rivojlanishi   davlat   tomonidan   muayyan
dastur   asosida   amalga   oshirilsa,   unda   ish   bilan   bandlikka   ko’maklashishning
nodavlat   tuzilmalari   rivojlanishi   davlat   dasturlari   doirasida   emas,   balki   xususiy
holda faoliyatini tashkil etadi.
Ikkinchidan, mehnat bozori infratuzilmasi davlat obyektlarining shakllanishi
ishga   joylashtirishning   oldingi   tuzilmalarini   qayta   shakllantirish   yo’li   bilan
rivojlanayotgan   bo’lsa,   mehnat   munosabatlarini   tartibga   solish   bo’yicha   nodavlat
tashkilotlar   ko’pchilik   turining   shakllanishi   yangi   tuzilmalarning   yaratilish   yo’li
bilan   amalga   oshirildi.   Bu   o’z   navbatida   turli   infratuzilmaviy   faoliyatni   amalga oshirish   metodologiyasi   va   resurslaridagi   farqini   yuzaga   keltiradi.   Shunday   qilib,
davlat   tashkilotlari   moddiy-metodologik   bazaga   va   mehnat   bozori   kontragentlari
vakillari bilan muayyan ko’nikmalarga ega.
Mehnat   bozorida   vositachilar   obyektlarining   taqqoslama   tavsifi   quyidagi
jadvalda keltirilgan (1.5-jadval).
Hududiy   mehnat   bozori   infratuzilmasi   tarkibida   kasbga   yo’naltirish   va
kasbga   tayyorlash   tizimi   quyidagilardan   iborat:   ishga   joylashtirishga
ko’maklashish   davlat   va   nodavlat   kasbiy   maslahat   bo’limlari;   ish   bilan   bandlik
xizmatining ta’lim muassasalari; mustaqil o’quv markazlari, korxonalar tarkibidagi
o’quv markazlari; o’quv yurtlari. 
1.5-jadval
Mehnat bozorida ish bilan bandlikka ko’maklashish davlat va nodavlat
tuzilmalarining taqqoslama tavsifi 5
  Taqqoslash mezonlari Davlat Nodavlat
Rivojlanish dasturi Mavjud Mavjud emas
Me’yoriy-huquqiy   va
tashkiliy-iqtisodiy
ta’minoti Maxsus   qonunlar   va
qoidalar Amalda mavjud emas
Ish   bilan   bandlik   davlat
siyosatidagi qamrovi To’liq Amalda yo’q
Mehnat   bozori
segmentlarining   qamrov
darajasi:  Barcha segmentlar Alohida segmentlar
 ishchi   kuchi   taklifi
bo’yicha Barcha   segmentlar
qamrab olingan Ancha   raqobatbardosh
segmentlar
 ishchi   kuchi   taklifi
bo’yicha Barcha   mulk   shaklidagi
korxonalarni   masimal
qamrab olishga intilish Nisbatan   chegaralangan
va ixtisoslashgan
Qo’shimcha   tashkiliy
birliklarning zarurligi Amal qiladi Amal qiladi
XMTning   1949   yildagi   “Kasbga   yo’naltirish   to’g’risidagi”   87-sonli
Tavsiyasida kasbga yo’naltirishning mohiyati yoritilgan, uni joriy etish sohasi, turli
kategoriyadagi   aholi   uchun   o’tkazish   usullari,   mazkur   jarayonni   boshqarish
tamoyillari   hamda   uni   amalga   oshirish   uchun   personalni   tayyorlash   uslublari
5
Muallif   tomonidan   ishlab   chiqilgan . aniqlangan.
Hozirgi  vaqtda   respublikamizda  davlat  ish   bilan  bandlik  xizmatining  ishsiz
fuqarolarni   kasbga   tayyorlash   funksiyasining   amalga   oshirilishi   asosan   o’quv
yurtlari   kesimidan   foydalanish   vositasida   amalga   oshirilmoqda.   Odatda   mehnat
bozori talabi bo’yicha ishsizlarni kasbga tayyorlashda ish bilan bandlik xizmati va
o’quv   yurtlari   o’rtasida   ikki   tomonlama   shartnoma   tuziladi.   Eng   yuqori
samaradorlik   uch   tomonlama   shartnomalar   tuzilganda,   ya’ni   aniq   ish   joyiga
korxonalar   tomonidan   buyurtma   asosida   kasbga   o’qitish   amalga   oshirilganda
yuzaga   keladiki,   bunda   ta’lim   olayotganlarning   ta’lim   jarayonidan   so’ng   ishga
joylashishi   kafolatlangan   bo’ladi.   Afsuski,   ishsizlarni   kasbga   tayyorlash   ustuvor
ahamiyat   kasb   etmaydi.   Kasbga   tayyorlash,   qayta   tayyorlash   va   malakasini
oshirishdan   faqat   10-15   %   ishsizlar   o’tadi.   Amalda   esa   2-3   marta   katta   bo’lishi
zarrur. 
Mehnat   bozori   infratuzilmasi   tarkibida   ijtimoiy-psixologik   qo’llab-
quvvatlash   tizimi   davlat   ish   bilan   bandlik  xizmati   tomonidan  to’lovlarni   nazorat
qilish   va   ijtimoiy   qo’llab-quvvatlash   bo’limida   ifodalangan.   Mazkur   tizim
funksiyalari asosi bo’lib, ishsiz fuqarolar va ularning oila a’zolariga ba’zi moddiy
yordam   ko’rsatish,   ishsizlik   bo’yicha   nafaqalar   to’lash,   mahsuldor   ish   bilan
bandlikka   ko’maklashish   masalalariga   qaratilgan     XMTning   168-sonli
Konvensiyasi   va   “Ishsizlikdan   himoyalash   va   ish   bilan   bandlikka   ko’maklashish
to’g’risida” 176-sonli Tavsiyasi hisoblanadi. 
Mehnat bozori infratuzilmasi tarkibiy qismi sifatida   moliyaviy tizim   d avlat
ish   bilan   bandlik   siyosati   amalga   oshirish   va   mehnat   bozorini   tartibga   solishning
muhim vositasi sifatida alohida ahamiyatga ega.
O’zbekiston   Respublikasi   “Aholini   ish   bilan   ta’minlash   to’g’risida”gi
Qonunning 21-moddasiga muvofiq “Aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi davlat
siyosatini   amalga   oshirish   chora-tadbirlarini   moliyalash   va   mehnat   organlarining
samarali faoliyat ko’rsatishi uchun ish bilan ta’minlashga ko’maklashuvchi  davlat
jamg’armasi tuziladi”. “Shuningdek ish bilan ta’minlashga ko’maklashuvchi davlat
jamg’armasi   mablag’larini   sarflash   yo’nalishlarini   aholini   ish   bilan   ta’minlash borasidagi   tegishli   respublika,   hududiy   va   boshqa   maxsus   dasturlarga   muvofiq
belgilanadi” [5, 242-243 b.].
Ish   bilan   bandlik   jamg’armasi   xarajatlarini   shartli   ravishda   quyidagi
yo’nalishlar   bo’yicha   qismlarga   ajratish   mumkin:   ishsizlik   bo’yicha   nafaqaga
sarflanadigan   mablag’lar,   ishsizlarga   moddiy   yordam   ko’rsatish,   uzoq   muddatli
pensiyalar  to’lash;  qayta  tayyorlash   va  jamoat   ishlariga  sarflanadigan  mablag’lar;
ish bilan bandlik xizmatlarini rivojlantirish uchun mo’ljallangan mablag’lar (ularni
ta’minlash, kapital mablag’lar, “Bandlik” axborot xizmati).
Bizning   fikrimizcha,   ish   bilan   bandlik   jamg’armasi   mablag’larini   ishchi
kuchlaridan   foydalanish   va   aholi   ish   bilan   bandligi   bo’yicha   davlat   siyosatini
amalga   oshirish   maqsadida   vaqtincha   moliyaviy   qiyinchilikni   boshidan
kechirayotgan   korxonalarga,   turli   mulkchilik   ko’rinishidagi   yangi   korxonalarni
yaratishga kreditlar berish yo’li bilan hamda korxonalarda qo’shimcha ish joylarini
yaratishga   sarflash   ishchi   kuchiga   talabni   oshirishda   muhim   vosita   hisoblanadi.
Shuningdek, ish bilan bandlik jamg’armasi mablag’lari hisobiga ishsizlarni kasbga
o’qitishni   moliyaviy  jihatdan   ta’minlash   respublikamizda   malakali   mehnat   bozori
shakllanishiga   va   buning   natijasi   ularoq   mehnat   bozori   infratuzilmasi   rivojlanishi
uchun sharoit yaratadi. 
Marketing   tizimi   infratuzilmaning   boshqa   tarkibiy   qismlari   bilan
solishtirganda kam rivojlangan. Mehnat bozori marketingining ba’zi funksiyalarini
davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati   va   kadrlar   agentliklarining   maxsus   bo’limlari
bajaradi.   Bunday funksiyalar   ishchi kuchiga talab va taklif tahlili va hisobi hamda
xizmat   ko’rsatish   hududida   ularning   o’zgarish   tendensiyalari,   alohida   xizmat
ko’rsatish   sohasi   va   xo’jalik   faoliyati   tarmoqlari   ham   mamlakatimizda,   ham
xorijda   amalga   oshirilishi   kerak.   O’quv   yurtlarida   bitiruvchilarni   taqsimlash
bo’limlari   va   ish   bilan   bandlikning   ba’zi   darajalarida   mehnat   bozoridagi   holatni
o’rganish   funksiyasi   hozirgi   vaqtda   rasmiy   tavsifga   ega   bo’lib,   yosh
mutaxassislarni   ishga   joylashtirish   muammolarini   yechish   jarayonida   qisman
o’zini oqlaydi. 
Mehnat bozori tarkibida  axborot tizimi  mehnat bozori holati haqida aholiga axborot berish darajasini  oshirish maqsadiga ega (bo’sh ish joylari, zarur kasblar,
ish bilan bandlikning egiluvchan shakllari, mehnatga to’lov va mehnat sharoitlari)
hamda bu tizim  orqali  fuqarolarni  ish  bilan bandligini  ta’minlash  bo’yicha  davlat
kafolatlari quyidagilardan iborat:
 ishchi   kuchi   taklifi   va   bo’sh   ish   joylari   haqida   ma’lumotlar   bankini
shakllanishi va axbortlarni to’plash tizimi;
 ish   bilan   bandlikka   ko’maklashish   davlat   va   nodavlat   tuzilmalari
doirasida axbortlar xizmatlari va bo’limlari;
 ish joylarini qidiruvchilar va bo’sh ish joylari haqida ma’lumotlar banki;
 ishchi   kuchiga   talab   va   taklif,   davlat   va   nodavlat   ish   bilan   bandlik
xizmatlari   joylashuvi   va   tavsifi,   o’quv   yurtlari   va   boshqalar   haqida   axborotlarga
ega ixtisoslashgan nashriyotlar, masalan, Internet tarmog’idagi ixtisoslashgan  web -
sahifalar . 
Yuqorida   keltirilgan   mehnat   bozori   infratuzilmasi   tarkibiy   qismlarining
shakllanishi   muayyan   me’yoriy-huquqiy   muhit   sharoitida   amal   qiladi.   Mehnat
bozori   infratuzilmasi   rivojlanishi   ijtimoiy-mehnat   munosabatlari   sohasidagi
huqqiy-me’yoriy  asoslarni takomillashtirishni zarurat etadi. 
Birinchidan,   fuqarolarni   ishsizlikdan   himoyalash   yuzasidan   “Aholini   ish
bilan ta’minlash to’g’risidagi” qonunga bir qator o’zgartirishlar kiritish zarur. Ular
quyidagilardan iborat:
 korxonani   tashkiliy-huquqiy   jihatdan   maqomining   o’zgarishi,
xususiylashtirish, mulk egasining almashishi natijasida uning tarkibidagi   kadrlarni
tayyorlash va qayta taqsimlash hamda saqlash bo’yicha qo’shimcha o’zgartirishlar
kiritish;
 muhandis-texnik   tarkib,   yuqori   malakali   mutaxassislar   va   ishchilar
hamda noyob kasblarni asrab qolish bo’yicha qo’shimchalar kiritish;
 tarmoq   tamoyilidan   kelib   chiqqan   holda   ishdan   bo’shatilgan   va   ishga
joylashganlarni himoyalash normasi. Masalan, faqat yashash joyi hududida kasbga
qayta   tayyorlash   va   ishga   joylashishga   murojaat   qilish   mehnat   resurslaridan
samarali  foydalanishni  qiyinlashtiradi, modomiki  aniq hudud doirasida  va tarmoq kesimida bo’sh ish joylari haqida yagona ma’lumotlar bazasining mavjud emasligi
ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasida nomutanosiblikni yuzaga keltiradi. Bu oxir
oqibatda ishchi kuchining hududlararo migrasiyasini yuzaga keltiradi, ko’r-ko’rona
boshqa sohada ish izlashga yoki boshqa mutaxassislikka o’qishga majbur etadi;  
 mehnat   bozoridagi   holatga   muvofiq   ravishda   ijtimoiy   hamkorlik
masalalari.
Ikkinchidan,   amaldagi   qonunchilikda   aniq   vakolat   chegaralari,   funksiyalar,
moliyalash   manbalari,   milliy,   hududiy   va   mahalliy   hokimiyat   organlari   o’rtasida
ish bilan bandlik sohalari hamda mehnat bozorini tartibga solish masalalariga ta’sir
etish sohalarining aniq yo’nalishlar bo’yicha tasniflanmaganligi. 
Uchinchidan,   haligacha   mehnat   bozorida   nodavlat   tashkilotlar   faoliyatini
aniq qat’iy belgilovchi huquqiy va me’yoriy hujjatlarning mavjud emasligi. 
    Nodavlat   ish   bilan   bandlik   xizmatlarining   rivojlanishi   (asosan   personalni
tanlash   bo’yicha   kadrlar   agentligi)   mehnat   bozorining   chegaralangan,
ixtisoslashgan   segmentlarida   ishlash   samaradorligini   oshirishi   hamda   mehnat
bozori   infratuzilmasi   davlat   organlariga   yukni   qisqartirishi   va   ularning   diqqat
e’tiborini   bir   yerga   to’plashni   yuzaga   keltirishi   mumkin.   Biroq   bu   kam
raqobatbardosh va kam ijtimoiy himoya qilingan segmentda amal qiladi. 
Mehnat   bozorining   infratuzilmaviy   tuzilishi   uni   tartibga   solish
mexanizmlarini   tartibga   solishda   muhim   rol   o’ynaydi.   U   mehnat   munosabatlari
sohasida bozorga o’tishning bir vaqtda indikatori va mehnat bozorining rivojlanish
omili hisoblanadi. Mehnat bozori infratuzilmasi uning ishtirokchilari manfaatlarini
muvofiqlashtirish   hamda   ishchi   kuchiga   talab   va   taklif   o’rtasida   nomutanosiblik
yuzaga   kelishini   yumshatish   vazifasini   bajaradi.   Mehnat   bozori   infratuzilmasini
rivojlantirish   samaradorligini   oshirish   mamlakat   ijtimoiy-iqtisodiy   siyosatining
tarkibiy   qismi   hisoblangan   davlat   ish   bilan   bandlik   siyosatini   o’tkazishning
pirovard natijalariga bog’liq.     1.3.  Davlat ish bilan bandlik xizmati faoliyati samaradorligini baholash
mezonlari va ko’rsatkichlari
Har qanday ijtimoiy-siyosiy  tuzilmada aholini mehnatda bandlik muammosi
murakkabdir.   Ish   bilan   bandlik   ijtimoiy   totuvlik   va   barqarorlikka   erishuvning,
jamiyat iqtisodiy rivojining muhim omilidir. 
Mehnat   bozorining   asosiy     indikatorlaridan   biri   ishlovchilarning   ishga
joylashish   ko’rsatkichidir.   Shu   nuqtai   nazardan   olib   qaraladigan   bo’lsa,   ishga
joylashganlar   sonining   ham   mutlaq,   ham   nisbiy   ko’rsatkichlarining
oshayotganligini   mehnat   bozoridagi   ijobiy   tendensiya   sifatida   baholash   mumkin.
Tajribaning   ko’rsatishicha,   mamlakat   mehnat   bozoridagi   talab   asosan   malakasiz
mehnatga   yo’naltirilgan degan fikrni qisman  tasdiqlaydi. Ishlovchilar  orasida ish
joyini tez-tez o’zgartiradigan hamda uncha yuqori malakaga ega bo’lmaganlarning
ko’pligi   mehnat   bozoridagi   vaziyatni   keskinlashtiradigan   holatlardan   biridir.
Tahlillar shundan dalolat beradiki, bunday vaziyat asosan ichki mehnat bozorining
yetarli   darajada   rivojlanmaganligi,   xodimlar   qo’nimsizlik   darajasining
yuqoriligining in’ikosi sifatida yuzaga keladi. Ish beruvchilar uchun o’z hisobidan
kadr tayyorlashdan ko’ra, BKMlar orqali arzon ishchi kuchiga ega bo’lish iqtisodiy
jihatdan   manfaatliroq   bo’lgani   uchun   ham   ular   yordamida   ishga   joylashganlar
orasida   yuqori   malakaga   ega   bo’lmagan   shaxslarning   salmog’ini   ortib
borayotganlik   tendensiyasi   ko’zatilmoqda.   Bundan   tashqari   mehnat   bozori
infratuzilmasi   elementlarining,   jumladan,   ijtimoiy   hamkorlik   mexanizmining
yetarli   darajada   rivojlanmaganligi,   mehnat   bozoridagi   umumiy   jarayonlarga
jamiyatning   mos   ravishda   tezkorlik   bilan   moslasha   olmasligi   uning   oldiga   yalpi
ishsizlik muammosini ko’ndalang qo’yishi mumkin. 
Bugungi  kunda mamlakat  aholisi  Markaziy Osiyo davlatlarida yashayotgan
jami aholining 46,0 %idan ortig’ini tashkil etmoqda. Mamlakatda aholining tabiiy
o’sishi 2000-2010 yillarda mustaqillikning dastlabki yillari va 1995 yilga nisbatan
ancha   pasaygan   bo’lsada   (2000   yil   1995   yilga   nisbatan   73,6   %,   2010   yilda   bu
ko’rsatkich   93,2   %),   aholining   yillar   mobaynida   progressiv   ko’payishi   natijasida 2015-2016 yillarda aholining tabiiy o’sishi 1995 yilga nisbatan mos ravishda 9,3 %
va   7,3   %ga   oshgan.   Aholining   bunday   o’sishi   mamlakatda   yangi   ish   joylarini
(iqtisodiy   jihatdan   nufuz   darajasi   yuqori   ish   o’rinlari)   tez   sur’atlar   bilan   yaratish,
yoshlar bilan ishlash (respublikada tug’ilishlar soni nisbatan kamayotgan bo’lsada,
yoshlar   salmog’ining   yuqoriligi   ularni   ish   bilan   ta’minlash   muammolarini
kuchaytirmoqda   hamda   “demografik   bosim”ni   sezilarli   darajada   oshirmoqda),
ularni   mamlakat   iqtisodiyotining   dolzarb   sohalariga   jalb   etishdek,   muhim
muammoni yechishni talab etmoqda.
Demografik   jarayonlarga   bog’liq   holda,   yurtimizda   mehnat   resurslari   soni
yil   sayin   ortib   bormoqda.   Tahlillar   shundan   dalolat   bermoqdaki,   mustaqillik
yillarida   respublikamiz   mehnat   resurslari   8459,3   ming   kishiga   ko’payib,   ushbu
ko’rsatkich mazkur yillarda 82,8 %ga oshganini ko’rsatmoqda. 
Bunday   holat   res pub likamizda   demografik   vaziyatning   murakkabligidan
dalolat   beradi.   Chunki   mehnat   bozorida   demografik   «bosim»ning   kuchayi shi
yoshlarning   ish   bilan   ta’minlash   muammosini   kuchayishiga   sabab   bo’ladi.   Tahlil
etilayotgan davrlarda O’zbekiston Respub likasida aholi soni 54,7 %ga oshgan.
Ishchi   kuchining   qayta   taqsimlanishi,   uning   mehnat   bozoridagi   harakatiga,
binobarin, ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklif o’rtasidagi miqdor-sifat jihatidan
muvofiqlikka   erishish   ko’lamlariga   bevosita   ta’sir   etuvchi   omillar   ijtimoiy-
iqtisodiy   rivojlanishning   yangicha   sharoitlarini   shakllantiradigan   makroomillarga
bog’liq.
Shuning uchun ham ishsizlik miqyosining haddan tashqari oshib ketishining
oldini   olish   va   ishsizlarni   ishga   joylashtirishga   yordam   berish   bo’yicha   amalga
oshiriladigan chora-tadbirlar quyidagilardan iborat bo’lmog’i lozim:
 mehnat   munosabatlari   sohasida   ijtimoiy   hamkorlikning   uch   tomonlama
mexanizmini takomillashtirish;
 mamlakatning har bir hududida mehnat zahiralari va ish joylari sonining
ham sifat, ham soni jihatidan  o’sish mutanosibligiga erishish;
 yangi   taraqqiy   etgan   tarmoqlar   va   faoliyat   turlarini   rivojlantirish   yo’li
bilan yangi  ish joylarini  barpo etish.  Bu tadbirlarni  amalga oshirishda zamonaviy sanoat tarmoqlari, kichik va xususiy biznes, xizmat ko’rsatish sohalarida ish bilan
bandlik innovasion turlarini kengaytirishga ahamiyat berish kerak bo’ladi;
 ish bilan bandlikning tarmoq va kasbiy tarkibini takomillashtirish;
 iqtisodiyotda oqilona ish bilan bandlikni ta’minlash;   
 mehnat   bozorida   raqobat   mexanizmini   yo’lga   qo’yish   samaradorligini
oshirish, ishchi kuchining sifat ko’rsatkichlarini to’xtovsiz  oshirib borish;
 samarali   va  “egiluvchan”   mehnat   bozorini   shakllantirish,   mehnat   bozori
infratuzilmasining   innovasion   rivojlanishini   ta’minlash,   xodimlarning   kasbiy
harakatchanligini oshirish hamda mehnat  bozorining   alohida segmentlariga ta’sir
ko’rsatish orqali ishsizlarda yangi kasblarga qiziqish uyg’otish;
 mehnat   bozorida   faol   siyosat   olib   borish   borasidagi   rivojlangan
mamlakatlar   tajribasidan   keng   foydalanish,   jamoat   ishlarini   kengaytirish,
ishsizlarni o’qitish va qayta o’qitish tizimini va yangi ish joylarini barpo etish;
 yoshlar o’rtasida ishsizlikni kamaytirish choralarini ishlab chiqish.
Tashkiliy   jihatdan   mehnat   bozori   ijtimoiy   institutlar   tizimi   sifatida
maydonga chiqar ekan, mazkur bozor infratuzilmasi rivojlanishi aholining oqilona
ish bilan bandligini shakllanishida muhim tashkiliy tuzilmalar majmui hisoblanadi.
Amaliyotda   aholining   oqilona   ish   bilan   bandligi   ishchi   kuchiga   talab   va
taklif   o’rtasidagi   bozor   muvozanatiga   erishishni   bildiradi.   Bunday   holda
ishsizlikning   yo’l   qo’yilishi   mumkin   (tabiiy)   darajasi   vujudga   keladi.   Bunday
muvozanat   ish   beruvchilar   va   “mehnatga   qobiliyatli”   kishilarining   iqtisodiy
manfaatlarini eng muqobil darajada amalga oshirilishini ta’minlaydi.  Bunda ishchi
kuchiga   kasbiy   malaka   tayyorgarligi   bo’yicha   mos   narxlar   belgilanadi.   Xuddi
shular tufayli, aholining oqilona  ish bilan  bandligi, ijtimoiy takror ishlab chiqarish
va   ishchi   kuchining   qiymati   asosida   “mehnat   qilish   qobiliyati”ni   bozorda   sotish
uchun taklif qilganlarni turmush darajasi shakllanishi ham ta’minlanadi.  
Oqilona ish bilan bandlik samarali  ish bilan bandlik shakllanishining shart-
sharoiti,   unga   erishishdagi   dastlabki   bosqichdir.   Shu   nuqtai   nazardan   ish   bilan
bandlik   sohasidagi   davlat   siyosati   samaradorligiga   erishishning   pirovard   natijasi
samarali ish bilan bandlikka erishish hisoblanadi.  Yuqoridagi   tushuncha   nuqtai   nazaridan   qaraganda   respublikamizda
aholining   samarali   ish   bilan   bandligini   shakllanishiga   ham   to’la   erishilgani   yo’q.
Bunga   quyidagi   sabablar   asosiy   to’siq   bo’lmoqda:   iqtisodiyotning   zamonaviy
sohalari   va   tarmoqlari   riojlanishining   turlichaligi;   ish   bilan   bandlik   innovasion
turlarining   yetarlicha   shakllanmaganligi;   mehnat   haqining   uning   yakuniy
natijalaridan   uzilib   qolishi;   ish   joylarining   past   sifatli   moddiy-texnika   jihozlari
bilan   ta’minlanishi;   ishchi   kuchi   taklifini   unga   bo’lgan   talabga   nisbatan   ko’proq
o’sayotganligi;   bo’sh   ish   joylari   haqida   ishonchli   axborotlarning   kamligi   va
mehnat   bozorini   samarali   tartibga   solish   mexanizmining  takomillashmaganligi   va
boshqalar [71, 20 b.]. 
Mehnat   bozorini   tartibga   solishning   samarali   mexanizmini
takomillashmaganligi   mehnat   bozori   infratuzilmasi   rivojlanishiga   va   buning
natijasi sifatida aholining samarali  ish bilan bandligini shakllanishiga salbiy ta’sir
ko’rsatadi. Samarali ish bilan bandlikni tartibga soluvchi mexanizm mehnat bozori
infratuzilmasiga kiruvchi tarkibiy qism elementlari majmuasidir.
Aholining   samarali   ish   bilan   bandligini   ta’minlashning   takomillashtirilgan
yangi   mexanizmi   quyidagi   asosiy   shart-sharoitlarning   ta’sirini   tartibga   solishi
lozim:   ishchi   kuchiga   talabning   oshishi   va   unga   taklifning   kamayishi;   yollanma
ishchi kuchiga mehnat haqini (narxini) eng past miqdorini aholi jon boshiga to’g’ri
keladigan minimal iste’mol byudjetidan kam bo’lmagan holda belgilash; mehnatga
qobiliyatli   o’smirlar,   pensionerlar,   ko’p   bolalik   ayollar   va   nogironlar   ish   bilan
bandligini oshirishni rag’batlantirish; ishsizlarning malakasi, raqobat qobiliyati va
kasbiy   harakatchanligini   oshirish,   mehnat   bozori   infratuzilmasining   samarali
rivojlanishini ta’minlash va boshqalar.
Iqtisodiyotning   innovasion   rivojlanishi   sharoitida   mehnat   bozori
infratuzilmasini rivojlantirish samaradorligini oshirishning asosiy omillari va shart-
sharoitlarini   tadqiqoti   uning   asosiy   mezonlarini   aniqlash   imkoniyatini   beradi.
Mehnat   bozori   infratuzilmasi   tashkiliy   tuzilmalari   faoliyati   samaradorligini
oshirishning asosiy  yo’nalishlari atroflicha tahlil qilinsa, uning asosiy mezonlarini
qamrab olish va ko’rsatkichlar tizimini shakllantirish qulaylashadi. Chunki mehnat bozori  infratuzilmasining strategik maqsadlari  sifatida ish bilan bandlikni  tartibga
solish   va   aholini   ishsizlikdan   ijtimoiy   muhofaza   qilishni   ta’minlash   bilan   bog’liq
ko’rsatkichlar, bir tomondan, davlat ish bilan bandlik xizmati faoliyatini ijtimoiy-
iqtisodiy   jihatdan   samaradorligini   ifodalovchi   ko’rsatkichlar   hisoblansa,   ikkinchi
tomondan,   mehnat   bozorida   davlat   siyosatini   amalga   oshirishning   pirovard
ko’rsatkichlari sifatida namoyon bo’ladi.
Har qanday jarayonni baholash imkoniyatini beruvchi mezonlar yagona yoki
bir   nechta   bo’lishi   mumkin.   Mezonlar   voqyea   va   hodisalarning   qamrovini,
darajasining   yo’nalishini   belgilab   olishga   ham   xizmat   qiladi.   Mazkur   mohiyat   va
asosiy   vazifalarni   aniqlash   uchun   ish   bilan   bandlik   xizmati   faoliyati
samaradorligini   pirovard   natijalariga   murojaat   qilish   muhim   sanaladi.   Pirovard
natijalar   esa   bir   qator   ijtimoiy-iqtisodiy   ko’rsatkichlarda   o’z   ifodasini   topadi.
Bunda     mehnat   bozori   infratuzilmasi   rivojlanishining   mezon   va   ko’rsatkichlarini
aniqlashda uning elementlari shakllanishining o’ziga xos xususiyatlarini tasniflash
maqsadga muvofiqdir.            
Iqtisodiyot   rivojlanishining   muayyan   bosqichida   ish   bilan   bandlikka
ko’maklash   organlarining   shakllari   va   tashkiliy-iqtisodiy   tasnifi   tubdan   o’zgarib,
mehnat   bozorida   ishchi   kuchiga   talab   va   taklif   nisbatlarini   bevosita   tartibga
solishda qo’shimcha talab va imkoniyatlarni yuzaga keltirmokda. Shu bilan birga,
mehnat bozori infratuzilmasining rivojlanish mezonlari va ko’rsatkichlari ish bilan
bandlik   sohasida   davlat   siyosati   samaradorligi   ko’rsatkichlari   bilan   bevosita
bog’liqdir.
Bizning   fikrimizcha,   davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati   faoliyati
samaradorligini   oshirishni   kompleks   tahlil   kilish   faqat   uning   mezonini   o’z   ichiga
olish   bilan   chegaralanib   qolmasligi   zarur,   chunki   mezon   asosan   samaradorlikni
oshirishning   mohiyati   va   asosiy   vazifalarini   ifodalaydi,   lekin   o’lchov   hamda
baholash   vositasi   bo’lib   xizmat   qila   olmaydi.   Bu   vazifani   samaradorlik
ko’rsatkichlari   hal   qiladi.   Mehnat   bozori   infratuzilmasi   tarkibiy   qismlarini
rivojlantirish   kompleks   dasturi   mezonining   murakkabligi   uning   maqsadlari   va
faoliyatini tavsiflovchi ko’rsatkichlarni zarurat etadi.  Mazkur   mohiyat   va   asosiy   vazifalarni   aniqlash   uchun   ish   bilan   bandlik
xizmati   faoliyati   samaradorligini   pirovard   natijalariga   murojaat   qilish   muhim
sanaladi.   Pirovard   natijalar   esa   bir   qator   ijtimoiy-iqtisodiy   ko’rsatkichlarda   o’z
ifodasini   topadi.   Bunda     infratuzilma   rivojlanishining   mezon   va   ko’rsatkichlarini
aniqlashda   uning   elementlarini   shakllanish   xususiyatlarini   tasniflash   zarur.
Iqtisodiyot   rivojlanishining   muayyan   bosqichida   ish   bilan   bandlik   xizmatining
shakllari   va   tashkiliy-iqtisodiy   tasnifi   tubdan   o’zgarib,   mehnat   bozorida   ishchi
kuchiga talab va taklif  nisbatlarini  bevosita  tartibga solishda  qo’shimcha talab  va
imkoniyatlarni yuzaga keltirmoqda. 
Shu   bilan   birga,   mehnat   bozori   infratuzilmasining   rivojlanish   mezonlari   va
ko’rsatkichlari   ish   bilan   bandlik   sohasida   davlat   siyosati   samaradorligi
ko’rsatkichlari bilan bevosita bog’liqdir.           
Mazkur bozorning shu jihatlarini e’tiborga olgan holda uning infratuzilmasi
rivojlanishining barcha demografik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa jihatlari quyidagi
mezonlarda   o’z   aksini   topadi:   ishchi   kuchiga   talab   va   taklif   o’rtasida   bozor
muvozanatiga   erishish;   mehnat   bozorining   sifat   ko’rsatkichlarini   ta’minlash;
aholining ish bilan bandligiga oid axborotlar tizimini takomillashtirish; kadrlarning
kasbiy   harakatchanligi   va   eksportabelligini   rivojlantirish;   ishsizlikni   kamaytirish;
malakali mehnat bozorini shakllantirish va boshqalar.
Mazkur mezonlar quyidagi ko’rsatkichlar yordamida aniqlanadi: mavjud va
yangi   yaratilgan   ish   joylarining   soni,   mulkchilikning   turli   xil   shakllari,   aholi   jon
boshiga   ishlab   chiqarilgan   YaIMning   hajmi;   ishchi   kuchi     eksportidan     kelgan
tushum       miqdori,     aholining       migrasion       oqimi,   eksport   qilingan   ishchi   kuchi
salmog’i;   mehnat   resurslarining  malaka   va   ma’lumot   darajasi,   mehnat   bozoridagi
raqobatbardoshlik, mehnat bozori institusion tuzilmalari samaradorligi, samarali va
egiluvchan   mehnat   bozorini   shakllantirish   va   rivojlantirish;   malakali   kadrlardan
foydalanish   samaradorligi;   malakali   kadrlarni   tayyorlashda   moddiy-texnik
ta’minot, oliy va o’rta toifadagi mutaxassislar salmog’i; ijtimoiy ishlab chiqarishda
band   bo’lmagan   shaxslar   va   ishsizlik   soni   hamda   ularning   nafaqa   miqdori,   yangi
ishga   joylashtirish,   xizmat   bo’yicha   boshqa   ishga   o’tish   munosabati   bilan   qayta tayyorgarlik,   yangi   ish   joyiga   ko’chirib   keltirish;   mehnat   bo’limida   hisobda
bo’lgan   bo’sh   ish   o’rinlari   va   lavozimlarining   to’liq   ro’yxati,   mehnat   bo’limida
hujjatlarni   rasmiylashtirish   bo’yicha   ma’lumotlar,   ishsizning   huquqlari   va
majburiyatlari   to’g’risidagi   to’liq   axborot,   ish   beruvchilar   to’g’risidagi   axborot,
yangi   kasbga   tayyorlash   va   qayta   tayyorlash   imkoniyatlari   to’g’risidagi   axborot,
mulkchilikning turli xil shakllari va h.k.
Ushbu   qayd   etilgan   mezonlar   va   ularning   ko’rsatkichlaridan   mehnatga
layoqatli   aholining   oqilona   ish   bilan   bandligini   shakllantirishni   tartibga   solish
mexanizmlarini, tegishli maqsadli  kompleks dasturini   hamda kompleks tahlili  va
istiqbolini belgilashning metodologik asoslarini yaratishda va ularni tadbiq etishda
foydalanish mumkin.
1.4. Aholining ish bilan bandligini ta’minlash davlat xizmatlari faoliyati
bo’yicha xorij tajribasi
Hozirgi   vaqtda   respublikamizda   ish   bilan   bandlikni   davlat   tomonidan
boshqarishda   bir   qator   yo’nalishlar   mavjud   bo’lib,   ular   aholi   ish   bilan   bandligi
davlat   xizmatiga   taalluqlidir.   Bu   xizmatning   asosiy   vazifasi   mehnat   bozori
haqidagi   axborotni   mehnatga   layoqatli   aholiga   tarqatish   hisobiga   mehnat
bozorining   faoliyat   ko’rsatishi   samaradorligini   oshirishdan   iboratdir.   Mehnat
bozori   infratuzilmasining   samarali   rivojlanishi   bo’yicha   ijtimoiy   jihatdan
rivojlangan   mamlakatlar   tajribalaridan   foydalanish   va   amalda   qo’llash   ish   bilan
bandlik siyosati samaradorligini oshirishda muhim vosita hisoblanadi.  
Ma’lumki,   Yevropaning   Shvesiya   va   Avstriya   mamlakatlarida   ijtimoiy
yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti modeli yetarli darajada ishlab chiqilgan.
Shvesiyaning   har   bir   guberniyasida   ish   bilan   bandlik   bo’yicha   Guberniya
Qo’mitasi faoliyat yuritadi hamda quyidagi 4 ta masalalar bo’yicha ish olib boradi:
boshqaruv, nazorat, tahlil va aloqalar.
Guberniya   Qo’mitasi   mehnat   birjalarini   va   mehnat   birjalari   qoshidagi
institutlarni boshqaradi. Har bir  mehnat  birjasi  o’zining hududida ishsizlarga ham ish beruvchilarga
ham xizmat  ko’rsatadi. Barcha birjalarda axborot tizimlari xizmat  ko’r s atadi. Har
bir guberniyada kasbga yo’naltirish bo’yicha maxsus mehnat birjalari amal qiladi.
Turli sohalarda, masalan, turizmda, qurilishda, transportda, restoran tadbirkorligida
ixtisoslashgan   mehnat   birjalari   har   xil   turdagi   va   yo’nalishlarda   faoliyat   yuritadi:
doimiy,   vaqtinchalik,   xorijiy,   mavsumiy   va   boshqalar.   Mehnat   birjalari   o’quv
yurtlari   bilan   chambarchas   aloqadorlikda   ish   bilan   bandlik   sohasida   faoliyat   olib
boradi.
Mehnat birjalari qoshidagi institutlar nogironlar, jismoniy jihatdan nuqsonga
ega   shaxslar,   ya’ni   ish   topishi   qiyin   bo’lganlar   uchun   faoliyat   yuritadi.   Bu
institutlar   davlat   sug’urta   kompaniyalari   bilan   ish   bilan   bandlikka   ko’maklashish
sohasida   hamkorlik   qiladi.   Mehnat   birjalari   qoshidagi   institutlarning   vazifasi   –
nogironlarni kasbga tiklash va ularga ish topishga yordamlashishdan iborat bo’lib,
mijozlar bu yerga boshqa davlat organlari, ijtimoiy xizmat organlaridan kelishadi.
50%   mijozlar   ishsizlik   nafaqasini,   qolganlari   kasallik   bo’yicha   yoki   ijtimoiy
nafaqalarni olishadi.
Mehnat birjalari qoshidagi institutlarning bosh maqsadi – mijozlarni mehnat
bozoriga   chiqish   imkoniyatini   ta’minlashdir.   Maslahatchilar   har   bir   mijoz   bilan
alohida   ishlaydilar,   ular   mehnat   bozorida   mehnat   vositachiligi   va   kasbga
yo’naltirish   bilan   shug’ullanadilar.   Mehnat   birjalari   qoshidagi   institutlarning
ikkinchi mutaxassislar guruhi-psixologlar, ijtimoiy maslahatchilar, fizioterapivtlar,
ergonomlar   hisoblanadi.   O’rtacha   har   oyda   ushbu   institutlarga   100   ta   mijoz
murojaat qiladi, shundan 50 nafari o’rta hisobda 1 oydan so’ng ishga joylashadi.
Ish   bilan   b andlik   xizmatining   byudjeti   hukumat   Parlamentining   roziligi
asosida   shakllantiriladi.   Shvesiyada   hyech   qanday   alohida   byudjetdan   tashqari
jamg’armalar yo’q. Tadbirkorlar ish haqi jamg’armasidan 38   % miqdorida yagona
soliq to’laydilar.
Ishsizlik   nafaqalari   boshqa   manbalar   hisobiga   to’lanadi.   Nafaqa   miqdori
ishsizni hisobga qo’yish vaqtiga bog’liq bo’lmay, balki ishni yo’qotishdan oldingi
daromadiga   bog’liqdir   va   uning   80   %   ini   tashkil   etadi.   Nafaqa   miqdorining chegarasi   –  taxminan   15  ming  shved  kronini   tashkil  etadi.  Agar  korxona  ishsizni
ishga   qabul   qilsa,   qabul   qilingan   kundan   boshlab   36   h afta   mobaynida   u   soliq
bo’yicha chegirmaga ega bo’ladi.
Shvesiya   mehnat   bozoridagi   siyosat   bo’sh   ish   o’rinlarini   ishsizlar   bilan
to’ldirishga   ko’maklashish   va   ishsizlarga   faqat   nafaqalar   berishdan   iborat   bo’lib
qolmasligi   lozim   deb   hisoblanadi.   Ish   bilan   to’liq   bandlikni   yuzaga   keltirish
an’anaviy   strategiyasi   muqarrar   ravishda   inflyasiyaninig   yuqori   darajasiga
chiqishga  va  ish  haqi  borasida  siljishlar   ro’y berishiga  olib  kelishi  e’tirof   etilgan.
Shu   bois   mehnat   bozorida   faol   siyosat   yuritilib,   u   quyidagi   to’rt   elementni   o’z
ichiga oladi: 
1. Cheklovchi   fiskal   siyosat.   Uning   maqsadi   tovar   va   xizmatlarga     kam
daromadli   korxonalarning   faoliyatni   to’xtatishga     majbur   qiladigan   sur’atda   talab
va inflyasiyaning oshishiga yo’l qo’ymaydigan egri soliqlar belgilanishidan iborat.
Juda   yuqori   foyda   oladigan   firmalar   o’rtasida   ish   haqini   oshirish   borasida
inflyasiyaga olib keluvchi raqobatga yo’l qo’ymaslik uchun foydani jilovlab turish
lozim.
2. Ish   haqi   borasida   olib   boradigan   hamjihatlik   siyosati.   Buning   ma’nosi
shuki,   barcha   ishchi   va   xizmatchilar   tadbirkorlarning   moliyaviy   ahvolidan   yoki
firmaning qaysi tarmoqqa qarashli ekanidan qat’iy nazar, teng mehnatga teng haq
olishlari kerak.
3. Yangi ish o’rinlarini, shuningdek xodimlarni tayyorlash va qayta o’qitish
markazlarini yaratishni rag’batlantirish.
4. Selektiv (tanlanma) tarzdagi iqtisodiy yuksalish.  Iqtisodiy ko’rsatkichlari
past   bo’lsada,   ijtimoiy   zarur   xizmatlarni   ta’minlaydigan   sektorlarda   ish   bilan
bandlikning davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashi to’g’risida bormoqda.
Bunday   siyosat   kasbiy   tayyorgarlik   tizimini   shakllantirishni   ko’zda   tutadi.
Ya’ni   mexnatkashlar   nafaqat   bozor   talabidan   kelib   chiqqan   holda   kasbiy
mahoratini   oshirishga,   balki   ularning   kelajakdagi   mehnat   qilishga   bo’lgan
ehtiyojlari,   to’lovli   ta’til   muddatini   uzaytirish,   hududlar   va   tarmoqlar   bo’yicha
ishchi kuchi harakatini markazlashgan holda amalga oshirishni inobatga oladi.  Shvesiya   mehnat   bozorida   faol   siyosatning   farqlanuvchi     xususiyatlaridan
yana   biri,   bu   uning   bozordagi   muhitga     nisbatan     ilgariroq   amalga   oshirilishidir,
ya’ni oldindan ish joylarini yaratish yoki oldindan mutaxassislarni qayta tayyorlash
kabi   tadbirlarni   nazarda   tutadi.   Shvesiya   ish   bilan   bandlik   xizmati   o’quv   yurtlari
bilan   chambarchas   aloqadorlikda   ish   bilan   bandlik   sohasida   faoliyat   olib   boradi.
Xususan, uzluksiz ta’lim tizimida   ishchi-xodimlarni qayta tayyorlashni ahamiyati
tobora   oshib   bormoqda.   Shuningdek ,   xodimlarning   «umri   davomida   malaka
oshirish   tamoyili»   amal   qilmoqdaki,   oqibatda   ishlovchilarning   bilim   darajasi,
malakasi tobora oshib bormoqda. Shu bilan birga ,   Shvesiyada to’lanadigan   o’quv
ta’tili qonunchilik yo’li bilan tartibga  solinadi. 
Mamlakatda ish bilan bandlikni kengaytirish uchun  “ umumlashgan ish vaqti
siyosati ”   muhim     ahamiyat   kasb   etadi.   Bunda   haftalik   ish   soati   35   soatdan   30
soatgacha   qisqartirilishi;   ishlovchilarning     mehnat   haqini   belgilashda     turli
kategoriyadagi   mehnatkashlar ish vaqtini   taqqoslash; oilaviy ahvoli yoki mehnat
xarakteriga   qarab   ba’zi   kategoriyadagi   ishlovchilarning   ish   vaqtini   qisqartirish;
ishlovchiga  qulay bo’lgan vaqtda mehnat ta’tilini olish; qisqa muddatli ta’til olish
huquqi va boshqa tadbirlar hisobiga amalga oshiradi.
Avstriya   ish   bilan   bandlik   xizmati   G’arbiy   Yevropa   mamlakatlari   uchun
an’anaviy   xususiyatga   egadir.   Ish   bilan   bandlik   xizmatining   tepasida   kuzatish
kengashi turadi. U kasaba uyushmalari va federal parlament vakillari, sanoatchilar
ittifoqi   va   ish   beruvchilar   hamda   federal   hukumat   vakillari   o’rtasidagi   teng
munosabatlarni   nazorat   etadi.   Hududiy   va   joylardagi   ish   bilan   bandlik   xizmati
boshqaruv organlari tuzilmaviy darajalari deyarli bir xil.
Yaqin   davrlardan   boshlab   Avstriyada   katta   yoshdagi   mehnatga   layoqatli
kishilarning   muddatidan   oldin   pensiyaga   chiqarilish   tendensiyasi   kuzatildi.
Bugungi kunga kelib yondashuv o’zgarmoqda, pensiya arafasi yoshidagi fuqarolar
jamiyatga   arzon   tushishi   maqsadida   muddatidan   oldin   pensiyaga   chiquvchilarga
to’lovlarni   kamaytirish   uchun   ish  bilan   bandlik  xizmati   organlari   orqali   yollanish
bo’yicha ishga jalb qilinmoqda. Shuningdek,   yuqori   darajada   e’tibor   nogironlarga   ajratilgan   bo’lib,
mamlakatda   ularning   mehnatidan   foydalanuvchi   korxonalar   kam   emas.   Bunday
korxonalarning   maqsadi   mehnat   bozorida   ularning   mehnatidan   to’liq   foydalanish
hisobiga   yordam   berishdir.   Muvofiq   ishlab   chiqarishni   tashkil   qilishda   nogiron
o’zining yarim mehnat kuchi bilan mehnat qilishi mumkin. O’zining yarim ish haqi
miqdoridagi   daromadiga   ega   bo’lgandan   so’ng,   qolgan   qismini   ijtimoiy   to’lovlar
sifatida davlatdan oladi. 
Avstriya   federal   ish   bilan   bandlik   xizmati   organlari   tomonidan   ijtimoiy-
mehnat   sohasidagi   turli   tadbirlar   va   loyihalarning   ishlab   chiqilishi   ma’lum
hududdagi   aholining   ijtimoiy-psixologik   xususiyatlari   va   tarixiy   an’analarini
hisobga olib amalga oshiriladi. Agarda taklif etilayotgan loyiha yangi ish joylarini
yaratish   bo’yicha   holatlarga   muvofiq   kelmasa   yoki   qarama-qarshi   sabablarni
yuzaga keltirsa, albatta u rad etiladi.
Nogironlar   bilan   ishlash   tajribasidan   respublikamizda   foydalanish   bu   toifa
kishilarining mehnat bozorida kasbiy harakatchanligini oshiradi. 
Avstriyada   ish   bilan   bandlikka   ko’makllashuvchi   tashkiliy   tuzilmalar
faoliyati   ustidan   kuzatuv   kengashining   nazorat   o’rnatishi,   ijtimoiy   hamkorlik
mexanizmini teng munosabatlar asosida rivojlanishini ta’minlaydi.
Ijtimoiy   ta’minot   bo’yicha   Daniya   tajribalari   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.
Daniya   hukumati   o’zining   ijtimoiy   siyosatiga   shunday   maqsad   qo’yganki,   u
“ogohlantirish,   reablitasiya,   ta’minot,   faravonlik”   tamoyillariga   javob   bera   olsin.
Shuningdek,   hukumat   o’zining   har   bir   fuqarosini   ijtimoiy   ko’mak   olish
imkoniyatiga ega bo’lishiga alohida e’tibor bermoqda. Daniya hukumatida ijtimoiy
ta’minot   tizimi   ogohlantiruvchi   va   reablitasiya   choralariga   asoslanadi.   Ijtimoiy
ta’minot   tizimini   muhim   qismlaridan   biri   shuki,   bunda   ijtimoiy   yordam   oluvchi
talabgor   bir   vaqtning   o’zida     ish   joyi   va   daromad   olish   imkoniyatiga   ham   ega
bo’ladi.   Bu   mehnat   ko’nikmalarini   rivojlantirish   va   mehnat   qilish   qobiliyatini
tiklash   yo’li   bilan     erishiladi.   Hukumat   o’zining   ijtimoiy   ta’minot   siyosatida
yuqoridagi masalalarni  birlamchi vazifa qilib qo’ygan. Daniyaning   ijtimoiy   ta’minot   siyosatining   bosh   vazifasi   imkoni   boricha
ko’proq   miqdorda   ishchilarni   ijtimoiy   foydali   mehnatga   jalb   qilishdan   iboratdir.
Shuningdek ,   hukumat   imkoniyati   cheklangan   shaxslarni   ish   bilan   bandligini
ta’minlashning   faol   siyosatini   olib   bormoqda .   Bunda   egiluvchan   ish   o’rinlarini
yaratish   yoki   imkoniyati   cheklanganlar   uchun   himoyalangan   ish   joylarini   «taklif
etishga»   katta   e’tibor   berilmoqda.   Egiluvchan   mehnat   sharoitiga   ega   bo’lgan   ish
joylarini   yaratish   xususiy   korxonalarda   ham,   davlat   korxonalarida   ham   bir   xilda
yo’lga   qo’yilgan.   Shu   yo’l   bilan   pensionerlar   o’z   salomatliklaridan   qat’iy   nazar
mehnat bozorida yollanish imkoniyatiga  ega bo’lishadi.
Finlyandiyada   olib   borilayotgan   ish   bilan   bandlik   siyosati   rivojlangan
mamlakatlarda yuritiladigan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatlariga nisbatan alohida o’ziga
xos   yo’nalish   va   xususiyatga   ega.   U   yerda   iqtisodiyot   va   ish   bilan   bandlik
markazlari   tashkil   qilingan   bo’lib,   ishlovchilar   va   ish   beruvchilar   bir   xilda   teng
huquqli   subyekt   sifatida   mehnat   bozorida   ishtirok   etadi.   Iqtisodiyot   va   ish   bilan
bandlik markazlari  milliy  mehnat bozoridagi holatni barqarorlashtirish uchun katta
rol   o’ynaydi,   ya’ni   markaz   ishlovchilarning   tayyorgarlik   darajasini     oshirib,   ish
beruvchilar   talabiga   mos   kadr-mutaxassislarni   tayyorlab   beradi.   Ish   beruvchilar,
mahalliy hokimiyat, o’quv yurtlari va jamoatchilik tashkilotlari bilan hamkorlikda
markazlar   kasbiy   mahorat   va   malakani   oshirishga   bo’lgan   istiqbolini   ishlab
chiqadi, korxonalar talablaridan kelib chiqqan holda kasbiy mahoratni oshirish va
qo’shimcha     tayyorgarlikni   tashkil   etadi.   Iqtisodiyot   va   ish   bilan   bandlik
markazlari aholini malakasini oshirish bilan bog’liq bo’lgan loyihalarni moliyaviy
ko’mak   berishni   (moliyalashtirish)   amalga   oshiradi.   Markazning   ishchi   kuchi
bo’lishi korxona talabnomasi asosida ishlovchilarni testdan o’tkazish orqali mehnat
birjalarini   boshqarishda   bevosita   ishtirok   etadi.   Bundan   tashqari   markazlar   o’z
ishini   dastlabki   boshlovchi   tadbirkorlarga   boshlang’ich   kapitalni   ajratish   bilan
shug’ullanadilar.   Ish   bilan   bandlikni   kengaytirishga   ko’maklashuvchi   davlat
loyihalarini   ishlab   chiqish   va   moliyalashtirishdan   tashqari   markazlar
mehnatkashlarning manfaatlarini himoyalash vazifasini, immigrantlar va qochoqlar yashash   sharoitini   va   mehnat   ko’nikmalarini   (o’qitish   orqali)   qo’llab-quvvatlash
vazifalarini ham bajaradi.  
Germaniyada   aholining   asosiy   qismini     kambag’al   qatlami   salmoqli
miqdorida   tashkil   etishi   natijasida   jadal   iqtisodiy   o’sishga   erishish   mumkin
emasligini  hukumat rahbariyati tushunib yetgan. Kambag’allikni  oldini olishning
asosiy   vazifasi   sifatida   ommaviy   ishsizlikni   bartaraf   etish   va   ish   beruvchi   hamda
ishlovchi   uchun   maqbul   bo’lgan   ish   haqi   darajasini   o’rnatish   lozimligi   e’tirof
etiladi.
Germaniyada   mehnat   bozorini   boshqarish   mexanizmi   ishsizlik   bo’yicha
sug’urtalash,   ish   bilan   bandlikni   ta’minlash   bo’yicha   davlat   tadbirlari   va   kasaba
uyushmalari   hamda     ish   beruvchilar   vakillik   organlari   o’rtasida   o’zaro   ijtimoiy
hamkorli k ga asoslangan. Tarmoqlar kasaba uyushmalari va ish beruvchilar vakillik
organlari o’rtasidagi o’zaro ijtimoiy hamkorlik tarif stavkalari   va ishchi-xodimlar
kategoriyalari   bo’yicha   boshqa   majburiy   to’lovlar   borasida   kelishuvlar   hamda
tadbirlar   amalga   oshiriladi.   Bunday   kelishuv   va   tadbirlarda   davlat   ko’p   hollarda
ishtirok   etmasdan,   faqat   o’zaro   bitimlarning   qonuniyligini   nazorat   etadi.
Shuningdek ,   “ kelishilgan   harakat ”   mexanizmi   yaratilgan   bo’lib,   uning   mohiyati
shundan iboratki, kasaba  uyushmalari, ish  beruvchilar  va davlat  ish  bilan bandlik
xizmati vakillari mamlakat miqiyosida ish haqi  va daromadlar dinamikasini o’zaro
kelishib olishdan iboratdir. 
Mehnat   bozori   tavsifi ga   ko’ra,   boshqaruv   xodimlarining   ishtiroki   katta   rol
o’ynaydi.   Germaniyaning   ko’plab   kompaniya   va   korxonalarida     shunday
uyushmalar   tashkil   qilingan   bo’lib,   ularda   ishchi   va   xizmatchilar   vakillari   ham
ishtirok etadi hamda korxona va kompaniyada hal qiluvchi rol o’ynaydi. Ayniqsa,
personalni   boshqarishda   (mehnat   jarayonlarini   tashkil   etish   va   boshqarishda)
bunday   uyushmalarning   qarorlari   muhim   ahamiyatga   ega   bo’ladi.   Aksionerlik
jamiyatlarida   esa   kuzatuvchilar   kengashi   tashkil   etilgan   bo’lib,   ularning   asosiy
vazifasi   boshqaruv   a’zolar i ni   tanlashdan,   ya’ni   kompaniyalar   direktorlarini
tanlashdan   iborat.   Kuzatuv   kengashining   shakllanishi   teng   ovozli   huquq   asosida amalga   oshirilib,   uyushma   tarkibining   yarmi   aksionerlarga,   yarmi   esa   yollanma
ishchilarga tegishli. 
Hozirgi   vaqtda   rivojlangan   bozor   iqtisodiyoti   mamlakatlarida     davlat
tomonidan mehnat munosabatlarni tartibga solish, mehnat sharoiti va to’lovi, turli
xil   xavf-xatardan   ish   haqini   yo’qotishni   kompensasiyalash,   ishchilarni   huquqiy
himoyalashni   ta’minlash   zarurligi   bilan   bog’liqdir.   Masalan,   AQShda   2001   yil
Mehnat  vazirligi tarkibida yangi bo’linma – “XXI asr  ishchi kuchi” tashkil  etildi.
Uning   asosiy   maqsadi   iqtisodiyotning   globallashuvi   jarayonida   ish   bilan
bandlikning yangi sharoitlariga ko’maklashishdan iborat.
Ishsizlikni   sug’urtalash   Federal-Shtat   tamoyillari   va   qonunlari   asosida
amalga   oshiriladi.   AQSh   Federal   qonunlarida   umumiy   qoidalar   berilgan.   Shtat
qonunlari   esa   aniq   tadbirlarni   amalga   oshirishda   nafaqalar   hajmi,   ularni   to’lash
muddati,   nafaqa   oluvchilar   doirasi   kabilarni   qamrab   oladi.   Har   bir   shtat   ishsizlik
bo’yicha   sug’urtalashni   moliyalashtirishni   me’yoriy   asoslarini   ishlab   chiqqan.
Tadbirkorlar   tomonidan   to’lanadigan   mablag’   ish   haqi   summasidan   foiz
ko’rinishida soliq  sifatida undiriladi .
AQShda   ish   haqi   ishlarning   murakkabligiga   qarab   tasniflashga   bog’liq
bo’ladi. Xodimning ishda ko’tarilishi odatda kasb-malaka yo’nalishini kengaytirish
bilan emas, balki boshqa ishga o’tishi bilan bog’liq bo’ladi. Ish haqi uzoq vaqtga
tuziladigan   shartnomalar   bilan   belgilanadi.   Korxonalar   ma’muriyatlari   va   kasaba
uyushmalari o’zaro sust  bog’langanlar va deyarli axborot almashinib turmaydilar.
Ushbu   modelga   ishchi   kuchining   kasbiy   jihatdan   ham,   jug’rofiy   jihatdan   ham
yuqori darajada harakatchanlik xosdir.
Amerika   Qo’shma   Shtatlarida   ishsizlikka   qarshi   kurashning   ancha   qat’iy
usuli   qo’llaniladi.   Ishsizlik   bo’yicha   nafaqa   atigi   yarim   yil   davomida   to’lanadi,
ishsizlarga yordam berishning faol chora-tadbirlarini ko’rish odat tusiga kirmagan.
Chunonchi,   mehnat   bozorida   faol   davlat   siyosatini   olib   borish   xarajatlari,   yalpi
ichki   mahsulotning   atigi   0,19   %ini   tashkil   etadi.   Ana   shunday   yondashish
sharoitida   odamlarning   o’zlari   faollik   va   sobitqadamlik   bilan   o’zlariga   ish
qidiradilar.  Ishsizlik   bo’yicha   nafaqalar   bo’yicha   kompensasiya   sug’urta   dasturiga
muvofiq ishchi kuchining ishsiz bo’lgan davridagina to’lanadi. Ishchi o’z ish joyini
yo’qotgunga qadar sug’urta dasturlari qo’llanilgan tarmoqlarda mehnat qilishi shart
hisoblanadi;   nafaqa   olishga   nomzod   bo’lgan   ishchi   sug’urta   dasturinig   barcha
talablariga javob berishi lozim.
To’lanadigan   nafaqa   miqdori   shtatlar   bo’yicha   keskin   farq   qiladi,   chunki
mamlakat   bo’yicha   yagona   standart   o’rnatilmagan.   Har   bir   shtat   o’zining
qonunchiligida   nafaqa   miqdorini   belgilash   uslubini   hamda   maksimal   va   minimal
miqdorini   belgilab   qo’ygan.     L.Lebedeva   kadrlarni   qayta   tayyorlash   dasturidagi
ishtirokiga bog’liq holda nafaqalarni   bosqichma-bosqich to’lash tizimiga o’tishni
alohida   ta’kidlab   o’tgan.   Ya’ni,   qayta   tayyorlashni   dastlabki   davrida   yuqori
hajmdagi  nafaqalarni  to’lash  va keyinchalik uni  aholini  ishga joylashish  va  qayta
tayyorlikdan   o’tishiga   qiziqshini   ortishi   bilan   uni   hajmini   qisqartib   borishni
nazarda   tutadi.   Yana   bir   yondashuv   shundan   iboratki,   ishsizlik   bo’yicha
sug’urtalangan   ishsizga   bir   vaqtning   o’zida   ishsizlik   nafaqasini   berilishi,   ular
uchun   o’z   ishlarini   boshlashlarida   dastlabki   kapital   manbai   vazifasini   bajarish
imkoniyatini   berishini   hisobga   oladi.   Bir   vaqtning   o’zida   bunday   dastur   unda
ishtirok etayotgan har bir kishini qayta tayyorlashni va maslahat ko’magi berishni
ta’minlaydi.
Mamlakatimizda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining barpo etilishi
mehnat   bozorining   ijtimoiy   funksiyasi   hisoblangan   ishsizlikni   kamaytirish   va
iqtisodiy   funksiya   hisoblangan   ish   bilan   bandlikni   ta’minlash   bo’yicha   turli
variantlar asosida samarali siyosat olib borilayotganligidan dalolat beradi. Shunga
ko’ra, O’zbekistondagi mehnat bozori modelini ham ijobiy baholashimiz mumkin.
Shu   bilan   birgalikda   jahonning   rivojlangan   mamlakatlari   tajribasidan   ham
foydalanish milliy mehnat bozorining mazmunini yanada boyitadi. SAMARQAND VILOYATI ISH BILAN BANDLIK
INFRATUZILMASI RIVOJLANISHINING HUDUDIY XUSUSIYATLARI
HOLATI TAHLILI
2.1. Viloyat rivojlanishida ish bilan bandlik infratuzilmasiga ta’sir
etuvchi omillar va uning hududiy xususiyatlarining ahamiyati 
Iqtisodiyotni   modernizatsiya   qilish   sharoitida   davlat   ish   bilan   bandlik
siyosati   viloyat   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishining   tarkibiy   qismi   sifatida   mehnat
potensialidan samarali foydalanish va uning rivojlanishi bo‘yicha ish bilan bandlik
muammolarini   echishga   yo‘naltirilishi   zarur.   Iqtisodiyotni   yangilash   sharoitida
aholini   ish   bilan   bandligi   va   ishsizligi   bir-biriga   tez   almashinishi   mumkin.
Viloyatda   aholini   ish   bilan   ta’minlash   va   ishsizlikni   bartaraf   etishda   mehnat
bozorining   ahamiyati   kattadir.   C h unki   viloyatda   ishchi   kuchiga   bo‘lgan   talab   va
uning   taklifi   aynan   mehnat   bozorida   o‘zaro   to‘qnashadi.   SHu   bois,   bu
infratuzilmani   samarali   rivojlantirish   viloyatda   ijtimoiy-iqtisodiy   taraqqiyotning
asosiy omillaridan biri hisoblanadi
Aholining     mehnatda   bandlik   darajasi   har   qanday   davlat   iqtisodiyotining
rivojlanish ko’lamini ifodalovchi ko’rsatkichlardan biridir.
Mehnat   va   aholi   ish   bilan   bandligi   sohasida   bozor   aloqalarini   rivojlantirish
yangi   va   o’xshash   bo’lmagan   yondashishni,   ish   bilan   bandlik   infratuzilmasi
elementlarini   o’rganishda   muntazamlikni,   bozor   kategoriyalari   va
tushunchalarining   uslubiy   bazasini   yangilashni   talab   etadi.   Iqtisodiyotni   qayta
qurish   va   shakllantirish   bo’yicha     chora-tadbirlarni   amalga   oshirish   kelgusida
aholini   ish   bilan   bandligi   sohasidagi   institusional   tuzilmalar   faoliyatlarini
jadallashtirish va normativ-huquqiy bazalarini rivojlantirishni talab qiladi.
Ish   bilan   bandlik   infratuzilmasi   holatining   yetarli   darajada   barqaror
ta’minlanishi   ish   bilan   bandlik   infratuzilmasi   barcha   subyektlari,   shuningdek
davlat   va  nodavlat  ish   bilan  bandlik  xizmatlari  tomonidan  ko’tilayotgan  bir  qator joriy   masalalar   va   muammolarning   muvaffaqiyatli   yechimlarini   hal   etishni   talab
etadi.
Tajribalarga   asoslanadigan   bo’lsak,   korxonalarda   yollanma   ishchi-
xodimlarning o’z kasb-malakalariga mos, to’liq ish vaqti bo’yicha ish joylariga ega
bo’lishlari   ularning   mehnat   natijalariga   bo’lgan   qiziqishlari   ortishiga   va   buning
natijasi ularoq mehnat samaradorligi oshishiga olib keladi.
Davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati   –   davlat   ish   bilan   bandlik   siyosatini
amalga   oshirishning   tarkibiy   qismi   bo’lib,   uni   amalga   oshirishning   asosiy
yo’nalishlarini belgilab beradi.
2.1-jadval
Samarqand viloyatining mehnat resurslari va aholining
ish bilan bandligi (ming kishi)
Ko’rsatkichlar 2010 y.
2015  y . 201 8  y. 2019  y . 20 20  y. 2010-20 20
yillarda
o’sish, (%)
Aholi umumiy
soni 3102.5 3140,2 3380,8 3445,6 3514,8 113,3
Mehnat
resurslari 1732.1 1782,1 1952,8 1973,8 2007,5 115,9
Ish bilan bandlar
soni 1232.1 1229,9 1314,5 1357,3 1402,5 113,8
Ishlashga muhtoj
aholi soni 23.2 23,6 37,0 76,2 82,6 356,0
Manba:   Samarqand   viloyat   Mehnat   va   aholini   ijtimoiy   muhofaza   qilish   Bosh
boshqarmasi ma’lumotlari asosida hisoblangan.    
Tahlillar   shuni   ko’rsatadiki,   2010-20 20   yillar   davomida   Samarqand
viloyatining   aholisi   soni     113,3   %ga   ko’paygan.   Bu   davrlar   mobaynida   mehnat
resurslari 115,9 %ga oshgan. 2010-2020 yillar mobaynida yaratilayotgan yangi va qo’shimcha   ish   o’rinlarining   ortib   borishi   natijasida   ish   bilan   band   bo’lganlar
hissasining bu davrlarda 113,8 %ga o’sishiga erishilgan (2.1-jadval). 
Hududiy   darajada   geografik   joylashuviga   ko‘ra,   Samarqand   viloyati
respublikamizning   markazida   joylashgan   bo‘lib,   uning   ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish holati o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
2020   yilda   Samarqand   viloyati   bo‘yicha   yalpi   hududiy   mahsulot   (YaHM)
ishlab chiqarish hajmi amaldagi narxlarda 9198,1 mlrd. so‘mni tashkil qildi, ushbu
ko‘rsatkich   2009   yilning   shu   davriga   nisbatan   taqqoslama   narxlarda   3,8   martaga
o‘sgan (2.1-rasm).
2.2-rasm.  Samarqand viloyatida Y a HM hajmi, 
2009-20 20  yillarning 1 yanvar holatiga ko‘ra (mlrd. so‘m).
Manba:   Samarqand   viloyati   Davlat   statistika   Bosh   boshqarmasi   ma’lumotlari   asosida
tuzilgan.
Samarqand   viloyatida   2020   yil   yanvar-dekabr   oylarida   yalpi   hududiy
mahsulot   9198,1   mlrd   so‘mni   yoki   o‘tgan   yilga   nisbatan   24,8   foizni   (prognoz 109,4 foiz) va aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarilishi 2643,0
ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 8,4 foizga o‘sdi. 
Jumladan,   viloyatda   2020   yil   yakuni   bilan   sanoat   mahsulotlari   ishlab
chiqarish   4357,2   mlrd.   so‘mni   yoki   115,7   %ni,   belgilangan   prognoz   (113,6   %)  
0,2   bandga,   xalq   iste’moli   mollari   ishlab   chiqarish   2837,3   mlrd.   so‘mni   yoki  
117,3  %ni,  chakana   tovar   aylanmasi  4875,3  mlrd.  so‘mni   yoki   114,9  %ni  tashkil
etib, 0,6 bandga, kapital qo‘yilmalar 2185,7 mlrd. so‘mni yoki 103,4 %ni, qurilish
pudrat   ishlari  1572,6  mlrd.  so‘mni  yoki   111,2 %ni  tashkil  etib,  0,2 bandga,  yalpi
qishloq   xo‘jalik   mahsulotlari   hajmi   4394,1   mlrd.   so‘mni   yoki   106,9%ni   tashkil
etib, 1,1 bandga o‘sishga erishilishi, eksport 152,7 mln AQSh dollarini yoki 105,2
% ni tashkil etdi.
Yalpi   hududiy   mahsulot   tarkibida   kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlik
soxasining   ulushi   77,4   %ga   (2019   yilga   nisbatan   0,3   bandga   ko‘p),   xizmat
ko‘rsatish   soxasining   ulushi   45,0   %ni   (2019   yilga   nisbatan   0,5   bandga   ko‘p)
tashkil  etgan.   Yalpi  hududiy mahsulotda  qishloq xo‘jaligining ulushi  1,3 bandga
kamaygan   bo‘lsa,   sanoatning   ulushi   0,7   bandga   hamda  qurilish   sohasining   ulushi
0,7 bandga oshgan.
2.3-rasm.  2009-20 20  yillar davomida Samarqand viloyati aholisining
o‘zgarishi dinamikasi (ming kishi) Manba: Samarqand viloyati Davlat statistika Bosh boshqarmasi ma’lumotlari. 
Davlatning ish bilan bandlik siyosatini amalga oshirishning asosiy moliyaviy
vositasi   bo’lib,   ish   bilan   ta’minlashga   ko’maklashish   Davlat   jamg’armasi
hisoblanadi.   Davlat   ish   bilan   bandlik   jamg’armasi   mablag’lari   asosan   quyidagi
yo’nalishlar   bo’yicha   sarflanadi:   mehnat   organlari   faoliyatini   moliyalashtirish,
ishsizlik   nafaqasini   to’lash,   kasbga   o’qitish   va   qayta   o’qitish,   jamoat   ishlarini
tashkil   etish,   ijtimoiy   muhofazaga   muhtojlarga   moddiy   yordam   berish,   yangi   ish
o’rinlarini   yaratish,   oilaviy   tadbirkorlikni   rivojlantirish,   muddatidan   oldin
pensiyaga chiqish.
Samarqand   viloyatidagi   demografik   holatni   yaxshilanib   borishi,   mahalliy
iqtisodiyotdagi   tarkibiy   o‘zgarishlar   va   amalga   oshirilayotgan   islohotlarni   yanada
chuqurlashtirish,   uning   ko‘lamini   kengaytirish   hamda   ijtimoiy-iqtisodiy
jarayonlarni boshqarish va tartibga solish bilan bog‘liq masalalarning ahamiyatini
yanada oshiradi. 
Samarqand   viloyati   aholisi   20 21   yil   1  yanvar   holatiga   ko’ra,     3514,8   ming
kishiga yetdi. Viloyati aholisi 2009 yilda 3102,5 ming kishini tashkil etgan bo’lsa,
2020 yilda 2009 yilga nisbatan 113,2 % ga o’sgan (2.2-rasm).
Ma’lumki,   viloyat   davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati   faoliyati   joylardagi   ish
bilan bandlikka ko’maklashish markazlari bilan muvofiqlikda amalga oshiriladi.
Shahar   va   tumanlardagi   ish   bilan   bandlikka   ko’maklashish   markazlari
o’zlarining ish bilan bandlikka ko’maklashish sohasidagi funksiyalaridan tashqari,
tijorat   faoliyatlari   bilan   ham   shug’ullanishlari   mumkin.   Masalan,   ish   beruvchilar
bilan   aloqa   o’rnatish:   ko’pchilik   ish   beruvchilar   o’zlarining   xodimlari   malakasini
oshirish,   maslahat   xizmatlaridan   foydalanishga   muhtojlik   sezadilar.   Bizningcha,
viloyat   davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati   organlari   va   markazlari   yuqori   malakali
kadrlarni   tanlash   va   maslahatlar   berish   bilan   muvoffaqiyatli   shug’ullanishlari
mumkin. Ish   bilan   bandlik   infratuzilmasida   ish   bilan   bandlik   xizmatining   nodavlat
tuzilmalariga   xodimlarni   tanlash   bo’yicha   agentliklar   (rekrut   agentliklari),   tijorat
mehnat birjalari, internet tarmog’idagi  birjalar kiradi.
Mehnat  bozorining holati  ish bilan bandlik sohasida  jami  ijtimoiy-iqtisodiy
jarayonlarni   aks   ettiradi.   Iqtisodiy   o’sishda   investisiyalarning   yuksalishi   ishchi
kuchiga   bo’lgan   talabni   oshiradi,   inqiroz   davrida   esa,   korxonalar   o’zlarining
mavjud   shtatlarini   qisqartiradilar.   Boshqa   tomondan,   iqtisodiyotda   tarmoqlarning
rivojlanishi   ko’pincha   shunga   bog’liq   bo’ladiki,   tezlik   bilan   moliyaviy   va
texnologik   imkoniyatlar   asosida   malakali   kadrlarni   ta’minlash   shart-sharoitlari
yuzaga keladi.
Ish bilan bandlik infratuzilmasida ish joyi sifati bo’yicha uni  ikki xil asosiy
segmentga bo’lish mumkin: yuqori malakali   va past malakali shi joylari, (mehnat
bozori segmenti-ishchi kuchiga demografik talab va taklif tuzilmasi (jinsi va yoshi
bo’yicha),   kasbiy   (mutaxassisligi   va   malaka   darajasi   bo’yicha)   va   hududiy
(mintaqalarning ishchi kuchiga talab va taklifdagi hissasi) aspektlarga bo’linadi) 6
.
Mehnat   bozorida   tijorat   ish   bilan   bandlik   xizmatining   davlat   ish   bilan
bandlik   xizmatidan   o’zining   ijtimoiy-iqtisodiy   faoliyatidagi   farqi   shundaki,   uning
maqsadi   foydaga   yo’naltirilgan.   Rivojlangan   davlatlar   tajribasiga   ko’ra,   tijorat
mehnat   vositachiligining   faoliyati   davomida   yuqori   to’lovga   ega   ish   joylari
segmentida faol rivojlandi.
Ish bilan bandlik infratuzilmasida ularning  faoliyati rentabelli korxonalarga
yoki   yuqori   kasbiy-malakaga   ega   bo’lgan     ishchi   kuchlariga   bo’lgan   talabga
qaratilgan. Rivojlangan korxonalarning to’lovga layoqatligi va malakali ishchilarga
vositachilik xizmatlarining ko’rsatilishi tijorat mehnat vositachiligining rivojlanishi
uchun iqtisodiy baza yaratdi.
Kadrlar   agentligi   o’zining   mijozlari   sifatida   unga   tashrif   buyuruvchi,   ya’ni
ariza   bilan   murojaat   qilgan   firmalarga   xodimlarni   tanlash   bo’yicha   faoliyat
yuritadi.   Ammo   agentlikda   bo’sh   ish   joylarini   izlovchilar   uning   asosiy   mijozlari
hisoblanmaydi.   Shunday   ekan,   kadrlar   agentligining   davlat   ish   bilan   bandlik
6
 Словарь терминов, применяемых в деятельности служб занятости.  –  М .:  1997.  - С. 74. xizmati   bilan   tenglashtirilgandagi   farqi   shundaki,   u   ish   beruvchi   mijozlar   bilan
ishlaydi.   Tijorat   ixtisoslashgan   mehnat   birjalarining   kadrlar   agentligidan   farqi,
ularning faoliyati ham ish  beruvchilar, ham ish izlovchi kishilarga yo’naltirilgan.
Respublikamizda   iqtisodiy   islohotlarning   amalga   oshirilishi,   tarmoqlardagi
tarkibiy   o’zgarishlar   va   mulkchilik   munosabatlarining   sekinlik   bilan   rivojlanishi,
turli  xil   iqtisodiy  imkoniyatlarga  ega  bo’lgan    korxonalar  sonining   oshishiga   olib
keldi.   Natijada   ishlab   chiqarishning   pasayib   ketishi   kam   miqdorda,   o’z   vaqtida
to’lanmaydigan  ish  haqi   beriladigan  ish  joylarining  ko’p  miqdorda  oshishiga  olib
keldi. Bozor kam malakali ish joylari bilan yanada to’lib bordi, qo’layliklarga ega
bo’lmagan, kam miqdordagi ish haqiga ega bo’lgan ish joylari va kam miqdordagi
ish bilan bandlik kafolatlari kengayib bordi.
Ish   bilan   bandlik   infratuzilmasining   bu   segmentida   tijorat   mehnat
vositachiligi   bo’yicha   faoliyat   foyda   bermaydi.   Chunki   korxonalardagi   mavjud
moliyaviy   imkoniyatlarning   chegaralanganligi   mehnat   vositachiligi   uchun
mablag’lar   ajratishni   zarurat   etmaydi.   Biroq   iqtisodiyotda   bunday   faoliyatning
amalga   oshirilishi   ijtimoiy   jihatdan   ahamiyatli   va   iqtisodiy   jihatdan   korxonalar
uchun samaralidir.
Ish   bilan   bandlik   infratuzilmas ining   bu   segmentida   ijtimoiy   funksiyalarni
davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati   amalga   oshiradi.   Mehnat   resurslari   va
korxonalarga mehnat vositachiligi davlat  ish bilan  bandlik jamg’armasi mablag’lari
hisobiga   moliyalashtirish   natijasida   bepul   ko’rsatiladi.   O’zining   cheklangan
tashkiliy   va   moliyaviy   resurslariga   ega   bo’lgan   davlat   ish   bilan     bandlik   xizmati
mehnat bozorida mono p ol xarakterga egadir. Shunday ekan, bizningcha, davlat ish
bilan   bandlik   xizmati   nodavlat   tashkilotlar   tuzishda,   shuningdek,   ixtisoslashgan,
samarali   imkoniyatlarga   ega   bo’lgan   va   qonunlar   doirasida   mehnat   vositachiligi
bilan shug’ullanuvchilarga yordam berishi kerak.
Yuqorida   yuzaga   kelgan   bunday   holatlar   bilan   davlat   ish   bilan       bandlik
xizmati faoliyatini quyidagicha izohlash mumkin:
1) Davlat   ish   bilan     bandlik   xizmati   o’zining   ma’lumotlar   bankida   nufuzli
bo’sh ish joylariga ham, kam ish haqi to’lanadigan va kam malakali mehnat talab qiladigan   ish   joylariga   ham   ega.   Korxonalardan   ish   bilan   bandlik   xizmatiga
beriladigan   talabnomaning   katta   qismi   nochor   tarmoqlardan,   oz   qismi   barqaror
rivojlanayotgan   tarmoqlardan   tashkil   etadi.   Barqaror   rivojlanayotgan   tarmoqlarga
tez   va   sifatli   mehnat   vositachiligi   xizmatlari   asosan   xususiy   kadrlar   agentligi
tomonidan ko’rsatiladi;
2) Bundan   tashqari   davlat   ish   bilan   bandlik   xizmatiga   ijtimoiy   jihatdan
himoyalangan   malakali   ishchilardan   tashqari,   ijtimoiy   himoyaga   muhtoj   bo’lgan,
ya’ni nodavlat  ish bilan bandlik organlari xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga
ega bo’lmagan ishchilar ham murojaat qiladilar;
3) Foydali   bo’sh   ish   joylariga   ega   bo’lgan   tadbirkorlar   va   malakali
mutaxassislar   davlat   ish   bilan     bandlik   xizmatidan   kam   foydalanadilar.   Ular
xodimlarni tanlash va bo’sh ish joylari to’g’risidagi axborotlarni to’g’ridan-to’g’ri
qarindoshlari, tanishlari orqali muloqat o’rnatib, ma’lumotga ega bo’ladilar;
4) Davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati   o’zining   ijtimoiy   funksiyalarini
bajarishda   ijtimoiy   ta’minot   organlariga   aynan   o’xshash   holda   amalga   oshiradi,
qaysiki rivojlanayotgan firma ishchiga bo’lgan talabnomani berishga shoshmaydi,
chunki   ish   bilan   bandlik   xizmati   hisobida   mehnatga   noloyiq   ishlashni
x o h lamaydiganlar bo’lishi mumkin.
Mehnat   bozorida   davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati   ijtimoiy-iqtisodiy
funksiyalarini   bajarishda,   asosiy   subyekt   sifatida   chiqishga   majbur:   ishsizlarga
ijtimoiy  to’lovlar, fuqarolarni   kasbga  yo’naltirish  bo’yicha xizmatlarni   ko’rsatish,
uzoq   muddat   ishsiz   bo’lganlarga   ishsizlik   maqomini   berish,   ishsizlarni     kasbga
tayyorlash   va   qayta   tayyorlashni   o’tkazish,   fuqarolarni   ishga   joylashtirish   va
ilgarigi   huquqlarini   tiklash   bo’yicha   turli   tashkilotlar   bilan     qo’shma   loyihalarni
tashkillashtirish ishlari amalga oshiriladi.
Mehnat   vositachiligi   doirasida   kadrlar   agentligi   davlat   ish   bilan   bandlik
xizmati bilan raqobatlasha oladimi? - degan savol yuzaga keladi.
Mehnat bozorida ish bilan bandlik sohasidagi institusional tuzilmalar ichida
davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati   mono p ol   bo’lib,   o’zining   faoliyatlari
samaradorligini oshirishga harakat qiladi. Biroq,   amaliyotda   davlat   ish   bilan   bandlik   xizmatiga   fuqarolar   ommaviy
ravishda   murojaat   qilmaydilar,   ular   tijorat   ish   bilan   bandlik   xizmatlaridan
foydalanishdan   tashqari,   bo’sh   ish   o’rinlari   to’g’risida   ma’lumotlarni   izlashning
boshqa   kanallarini   izlaydilar.  Masalan,   gazetalar,   televideniya,   har   xil   e’lonlar   va
internet   orqali.   Shunday   bo’lsada,   davlat   ish   bilan   bandlik   xizmatining   ijtimoiy
funksiyalarini bajarishi bo’yicha majburiyatlari yo’qolmaydi.
Shunday qilib: davlat ish bilan bandlik xizmatining asosiy vazifasi nodavlat
ish   bilan   bandlik   organlarini   tashkil   etish   va   mehnat   vositachiligi   bilan   samarali
shug’ullanishlari uchun imkoniyatlar yaratishga ko’maklashish zarur.
Ish   bilan   bandlik   infratuzilmasi   tashkiliy   tuzilmalarni   ish   bilan   bandlik
sohasidagi  faoliyatlarining asosiy  maqsadi  ishchi  kuchiga talab va taklif  o’rtasida
muvozanatni va aholining ish bilan oqilona bandligini ta’minlashdan iborat.
Yuqoridagilarni   e’tiborga   olgan   holda,   ish   bilan   bandlik   infratuzilmasi
rivojlanish   holatining   tahliliy   natijalari   shuni   ko’rsatadiki,   ish   bilan   bandlik
infratuzilmasi dagi   tashkiliy   tuzilmalar   samaradorligini   ta’minlashda   yuzaga
keladigan   muammolar   quyidagi   asosiy   ijtimoiy-iqtisodiy   omillar   ta’siri   bilan
belgilanadi:
 tashkilotlar tomonidan to’lovsiz ta’til berilishi, ish vaqtining 
qisqartirilishi;
 ishchilarni bo’shatish o’rniga maosh to’lovlarini kechiktirilishi;
 ishsizlik nafaqalarining kamligi;
 mehnat b o’limla ri taklif etayotgan ish joylarining ma’qul emasligi;
 iqtisodiyotning pinhoniy sektorining mavjudligi;
 ishsizlikning uzoq davom etishi;
 ish   bilan  bandlik   infratuzilmasi da  kam   miqdordagi   malakali   kadrlarning
taklifi;
 ish   bilan   bandlik   infratuzilmas ida   yuqori   malakali   kadrlarga   talabning
mos kelmasligi;
 ijtimoiy   himoyaga   muhtojlar   salmog’ining   ishsizlar   o’rtasida   ortib
borishi;  korxonalarda kadrlar qo’nimsizligining ortib borishi;
 ish   beruvchilardan   keladigan   katta   miqdordagi   qiyin   bajariladigan
talabnomalar;
 bo’sh ish o’rinlari haqida axborotlarni yetishmasligi;
 o’quv  yurtlarining  iqtisodiyot  tarmoqlari   bilan   talabalar   amaliy  bilim  va
ko’nikmalarini oshirish bo’yicha  yetarli darajada aloqalarning mavjud emasligi;
 xususiylashtirish jarayonining sekinlik bilan borishi;
 nodavlat   ish   bilan   bandlik   xizmatlarining   yetarli   darajada
rivojlanmaganligi;
 iqtisodiyot   tarmoqlarida   nufuzli   bo’lmagan   ish   o’rinlarining   ko’payib
borishi;
 ish bilan bandlik   infratuzilmasi  kon’yukturasining nomutanosibligi;
 ishchi   kuchi   talab   va   taklifining   son   va   sifat   ko’rsatkichlari   bilan   mos
kelmasligi va hokazo.  
Yuqorida   keltirilgan   omillar   ta’siri   natijasida   yuzaga   keladigan
muammolarning   hal   etish   yo’llari   va   usullarini   aniqlash   hamda   bartaraf   etish   ish
bilan   bandlik   infratuzilmasi   rivojlanishi   uchun   ijtimoiy-iqtisodiy   muhitni   yuzaga
keltiradi.
Umuman   olganda,   viloyat   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishida,   aholi   turmush
darajasi   yaxshilanishida,   xalqimizning   hayot   darajasi   va   farovonligini   oshirishda
ish bilan bandlik infratuzilmasining hududiy xususiyatlari muhim ahamiyatga ega
hisoblanadi.
 
2.2. Davlat ish bilan bandlik xizmati faoliyati tahlili  va uning hududiy
xususiyatlari
Davlat   ish   bilan   bandlik   siyosati   mamlakat   rivojlanishi   ijtimoiy-iqtisodiy
siyosatining   tarkibiy   qismi   sifatida   mehnat   potensialidan   samarali   foydalanish   va
uning   rivojlanishi   bo’yicha   ish   bilan   bandlik   muammolarini   yechishga
yo’naltirilgan iqtisodiyotning o’tish davriga muvofiq, ish bilan bandlik siyosati ish kuchini   tarmoqlar   va   ish   bilan   bandlik   ko’rinishi   bo’yicha   qayta   taqsimlashda
ijtimoiy   jihatdan   muvofiq   ish   bilan   bandlik   darajasini   ta’minlashga   yo’naltirilishi
zarur.
Shunday   ekan,   ish   bilan   bandlik   infratuzilmasini   tartibga   solish   siyosati
quyidagi maqsadlarga erishishni nazarda tutadi:
- ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasida muvozanatga erishish;
- ishsizlarni mehnatga yo’naltirishni rag’batlantirish;
- ish   bilan   band   bo’lmagan   fuqarolarning   ish   izlashda   kasbiy
harakatchanligini  oshirish;
- ish izlayotgan har bir kishini ish bilan ta’minlamoq.
Davlat ish bilan bandlik siyosati doirasida ish bilan bandlikka ko’maklashish
ikki   yo’nalishda,   passiv   va   faol   ish   bilan   bandlik   siyosati   ko’rinishlarida   amalga
oshiriladi.
Ish bilan bandlikning passiv siyosati davlat ish bilan bandlik xizmati orqali
ishsizlarga nafaqalar to’lash, ishsizlarni kasblarga qayta o’qitish va jamoat ishlarini
tashkil   etish   kabi   faoliyatlarni   o’z   ichiga   oladi.   Ish   bilan   b andlik   siyosatining   bu
varianti   davlatning   amalga   oshiradigan   joriy   xarajatlari   nuqtai-nazaridan   bir
muncha   tejamlidir.   Biroq ,   ish   bilan   bandlikning   passiv   siyosati   iqtisodiyotning
yuksalishi   davrida   ish   bilan   bandlik   infratuzilmas ining   yuqori   egiluvchanligi   va
ishchi   kuchining   kasbiy   harakatchanligi ,   iqtisodiyotning   istiqbolli   mustaqil       ish
izlash   uchun   bir   muncha   keng   shart-sharoitlari   mavjud   bo’lgandagina   o’zini
oqlashi   mumkin.   Qolgan   holatlarda     passiv   siyosat   ishsizlik   uzoq   muddat   davom
etishini   qisqartirish,   ish   bilan   band   bo’lmagan   aholini   ish   bilan   bandligini
rag’batlantirishni kuchaytirish omili bo’lib hisoblanadi. 
Davlat   ish   bilan   bandlik   siyosatini   ancha   samarali   va   maqbul   yo’nalishi   -
faol   ish   bilan   bandlik   siyosati   bo’lib,   ishchi   kuchiga   talabni   oshirish   maqsadida
davlat   ish   bilan   bandlik   jamg’armasi     mablag’lari   hisobiga   ish   joylarini   yaratish,
korxonalarga   qo’shimcha   ish   joylarini   yaratish   maqsadida   kreditlar   berish   yo’li
bilan iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat.
Statistik   ma’lumotlarga   ko’ra,   O’zbekiston   Respublikasida   ish   bilan ta’minlashga muhtoj bo’lgan aholi soni ortib bormoqda (2.2-jadval).
Samarqand viloyati bo’yicha 2017-2021 yillar davomida «Aholini ish bilan
ta’minlash   Dasturi»ning   bajarilishi   quyidagi   jadvalda   ko’rsatib   o’tilgan   (2.2-
jadval).   2.2-jadvaldan ko’rinib turibdiki,   Samarqand viloyatida 2017-2021 yillar
mobaynida   jami   davlat   ish   bilan   banlik   xizmati   organlariga   murojaat   qilganlar
hissasi   113,8   %ga   oshgan.   Shuningdek,   tuman   (shahar)   bandlikka   ko’maklashish
va   aholini   ijtimoiy   muhofaza   qilish   markazlarining   yo’llanmasi   bilan   ishga
joylashganlar   bu   davrlar   mobaynida   114,9   %ga   o’sgan.   Viloyatda   2017   yilda
davlat  ish bilan bandlik xizmati  orqali  ishga  joylashganlar  hissasi  jami  ish  so’rab
murojaat qilganlarga nisbatan 91,8 % ni tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2021
yilga   kelib   92,5   %ni   tashkil   etgan.   Ishga   joylashganlar   hissasining     ish   so’rab
murojaat   qilganlarga   nisbatan   bu   davrlar   oralig’ida   o’sib   borish   tendensiyasi
ko’zatildi.   Bunday   o’zgarishlar   asosan   yangi   va   qo’shimcha   ish   o’rinlarining
yaratilishi hisobiga amalga oshirilgan. Ishsiz maqomini olganlar  hissasi 20 21  yilda
20 17  yilgan nisbatan tegishli ravishda o‘sish tendensiyasiga ega. Bu ko‘rsatkichlar
mos davrlarga nisbatan 110,8 % tashkil etgan. 
2.2- jadval
Samarqand viloyatida “Aholini ish bilan ta’minlash hududiy Dasturi”ning bajarilishi (kishi
hisobida)
Ko’rsatkichlar 20 17
y. 201 8
y. 201 9
y. 20 20
y. 2021
 y. 20 17 -20 21
y.y.da
o’sish, (%)
BKM ga ish so’rab
murojaat qilganlar 63880 73021 76287 72721 74315 113,8
BKM lar yo’llanmasi
bilan ishga
joylashganlar 58636 65412 68360 67303 67426
114, 9
Ishsiz maqomini
olganlar 4797 7609 6813 5316 5476
11 4.1 Kasbga o’qitish va
malakasini oshirishga
yo’naltirilganlar 841 1056 1125 1065 1025
12 1.9
Haq to’lanadigan
jamoat ishlariga
yo’naltirilgan 2462 5500 5609 4215 4159 168.9
Ishsizlik nafaqasi
tayinlanganlar 1971 1053
1116 36 31
-   98, 4
Korxonalarda mavjud
bo’sh ish o’rinlari 1396 2690 2763 6831 7132 5,1 marta 
Manba:   Samarqand   viloyat   Mehnat   va   aholini   ijtimoiy   muhofaza   qilish   Bosh
boshqarmasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
20 17 -20 21   yillar   davomida   ishsizlik   nafaqasini   olganlar   miqdori   keskin
tushish   tendensiyasi   sodir   bo‘lgan.   2021   yil   davomida   Samarqand   viloyatida
ishsizlik   nafaqasini   olganlar   soni   31   kishini   tashkil   qilgan   yoki   2021   yilda   2017
yilga   nisbatan   81,6   %   ga   keskin   kamaygan.   Bunga   sabab   ish   so‘rab   murojaat
qilganlarning   aksariyat   qismini   ishga   joylashtirilganligi,   ayrimlarining   jamoat
ishlariga jalb qilinganligi yoki malakasini oshirish, qayta kasbga tayyorlashlardan
o‘tkazilganlarning miqdori  o‘sganligi  bilan izohlanadi. Mahallalar  tomonidan haq
to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilinganlar soni  20 17   yilda 2462 kishini tashkil
qilgan bo‘lsa, 20 17  yilda 4159 kishiga yetgan. 
Shuningdek,   qayta   tayyorlash   va   malakasini   oshirishdan,   qayta   kasbiy
tayyorgarlikdan   o‘tganlar   miqdori   ham   20 21 -20 17   yillarda   1025   va   841   kishiga
yetgan yoki 121,9 %ga ortgan. Ish bilan ta’minlashga ko’maklashuvchi davlat ish
bilan  bandlik  jamg’armasining   passiv   yo’nalishlariga  sarflanishining     tejalishi  ish
bilan   ta’minlashning   faol   yo’nalishlariga   sarflanadigan   mablag’larni
moliyalashtirishni kengaytirish uchun manba bo’lib hisoblanadi.
2.3-jadval   ma’lumotlariga   ko’ra,   Samarqand   viloyatida   ish   qidiruvchi
fuqarolarni   ishga   joylashtirish   2017-2021   yillar   mobaynida   muntazam   o’sish
tendensiyasiga   ega   bo’lib,   bu   ko’rsatkich   mazkur   yillar   oralig’ida   163,4   %ga
oshgan.   Shundan,   o’quv   yurtlarini   bitirganlar   ichida   o’rta   maxsus   kasb   hunar kollejlarini   bitirganlarning   ish   bilan   ta’minlanish   ko’rsatkichi   tahlil   etilayotgan
yillar   ichida   eng   yuqori   ko’rsatkichga,   ya’ni   7   barobarga   oshgan.   Yosh   tarkibi
bo’yicha esa mazkur davrlar oralig’ida 16-29 yoshgacha bo’lganlar 166,7 %ga, 30
yoshdan 50 yoshgacha bo’lganlar 167,3  %ga,  50 yoshdan yuqori bo’lganlar 111,3
%ga   oshgan.   Buning   asosiy   sababi   viloyat   mehnat   bozoridagi   demografik
jarayonlar bilan izohlanadi.
Samarqand viloyatida 20 21  yilda o’tkazilgan bo’sh ish o’rinlari yarmarkalari
natijalari   bo’yicha   viloyat   bo’yicha   jami   78   marta   bo’sh   ish   o’rinlari   yarmarkasi
o’tkazilib,   bunda   2549   ta   korxona   va   tashkilotlar   ishtirok   etdi.   Korxona   va
tashkilotlardan 18738 ta bo’sh ish o’rinlari taqdim etilib, yarmarkaga jalb qilingan
fuqarolar   soni   19504   tani   tashkil   etdi.   Shundan   46,6%idan   ortiqroq   kishilar   ish
joylari   bilan   ta’minlandilar.   Ishga   joylashganlarning   orasida   yoshlar   47,4%ni,
ayollar 44,8%ni, nogironlar 0,86%ni, qolgan qismini boshqa toifa kishilari tashkil
etdi.
2.3-jadval
Samarqand viloyatida ish qidiruvchi fuqarolarni ishga joylashtirish (kishi hisobida)
№ Ko’rsatkichlar 20 1 7
y. 20 1 8
y. 201 9
y. 20 20
y . 20 21
y. 20 1 7-
20 21
y.y.da
o’sish,
(%) 
1 Ishga joylashtirilgan 
fuqarolar soni 41255 44884 50048 58757 67426 163,4
2 16 yoshdan 29 
yoshgacha bo’lganlar 25943 28166 38877 34381 41618 166,7
3 30 yoshdan 50 
yoshgacha bo’lganlar 15312 15535 15654 23349 25611 167,3
4 50 yoshdan yuqori 177 334 40 228 197 111,3
Manba: Samarqand viloyat Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh
boshqarmasi ma’lumotlari asosida tuzilgan. Ishga   joylashtirishda   bo’sh   ish   o’rinlari   yarmarkalarining   o’tkazilishi
samarali usullardan biri hisoblanadi.
Muallif   har   tomonlama     samarali   va   istiqbolli   ish   bilan   bandlik   Dasturini
tuzish maqsadida uning har bir bo’limi uchun ko’rsatilishi zarur bo’lgan davlat ish
bilan   bandlik   xizmati   faoliyatining   asosiy   yo’nalishlarini   ishlab   chiqdi   va   ular
quyidagilardan iborat:
1.   Aholining   ish   bilan   bandligiga   ko’maklashish   va   ishsiz   fuqarolarni
ijtimoiy qo’llab quvvatlash.
a. Fuqarolarni ishga joylashtirishga ko’maklashish.
b.   Ijtimoiy   himoyaga   muhtoj   bo’lganlarni     ijtimoiy   jihatdan   qo’llab   –
quvvatlash.
v. Ishsizlarni ijtimoiy jihatdan qo’llab – quvvatlash.
2. Ish beruvchilar bilan hamkorlikni kengaytirish.
a.   Viloyatda   ish   kuchiga   bo’lgan   talabni   ta’minlashda   ish   beruvchilarga
ko’maklashish va hududlararo ish kuchini qayta taqsimlash.
b. Jamoat ishlarini tashkil etish.
v. Ishsizlarning tadbirkorlik tashabbusini rag’batlantirish va ko’maklashish.
3.   Ish   bilan   band   bo’lmagan   aholi   va   ishsizlarni   kasbiy   harakatchanligi
(mobilligi) va raqobatbordoshligini oshirish.
a . Fuqarolarni kasbga o’qitishni tashkil etish.
b .   Ish bilan b andlik xizmatiga murojaat  qiluvchilarni  kasbiy  yo’nalishlarini
aniqlash va psixologik qo’llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish.
4 .  Davlat ish bilan bandlik xizmati rivojlanishi.
Samarqand viloyati ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatlari bo’yicha
yuqorida keltirilgan yo’nalishlarining tahliliy natijalariga fikrimizni qaratsak.
I.a. «Fuqarolarni ishga joylashtirishga ko’maklashish»  punkti bo’yicha.
2.6-jadval   ma’lumotlariga   ko’ra,   viloyatda   ish   axtaruvchi   fuqarolarni   ishga
joylashtirish   ulushi   har   yili   oshib   bormoqda.   Yosh   tarkibi   bo’yicha   tahlil
qilinganda   fuqarolarni   ishga   joylashtirish   tahlil   etilayotgan   davrlar   oralig’ida barchasi   144,7%   o’sishga   ega   bo’lgan,   shundan   qishloq   joylarida   esa     140,1%
ortgan. 
Hozirgi   kunda,   viloyatda   turli   yo’nalishlardagi   o’quv   yurtlarining   ish   bilan
bandlik   muammolari   kuchaymoqda.   Bunday,   holat   yaqin   3-5   yil   ichida     ham
saqlanib qolish ehtimoli mavjud. Davlat ish bilan bandlik xizmati organlari u yoki
bu   mutaxassisliklar   bo’yicha   ish   bilan   bandlik   infratuzilmasidagi   talabni   ilmiy
asoslash maqsadida ish bilan bandlik infratuzilmasi monitoringini o’tkazishi zarur.
Ish   bilan   bandlik   monitoringi     o’tkazilishi     o’quv   yurtlarini   bitiruvchilarni   ishsiz
bo’lib   qolishining   oldini   olish   bo’yicha   ilmiy   asoslangan   xulosalar   ishlab   chiqish
imkoniyatini   yuzaga   keltiradi.   Chunki   o’quv   yurtlarini   bitiruvchilar   ertaga   ishsiz
bo’lib yursalar, ularni o’qitish uchun ketgan xarajatlarni moliyalashtirish samarasiz
bo’lib chiqadi. 
Shu   bilan   birga,   xususan,   oliy   o’quv   yurtlarining   oliy   ma’lumotga   ega
bitiruvchilarini ishga joylashtirish masalasi ham dolzarbdir.
1.b.2.   Nogironlarni   ish   bilan   bandligiga   ko’maklashish.   Viloyat   davlat   ish
bilan   bandlik   xizmati   va   uning   joylardagi   mehnat   bo’limlari   tomonidan
nogironlarni ish bilan bandligiga ko’maklashish bo’yicha kompleks tadbirlar ishlab
chiqilgan va amal qilmoqda. 
Hozirda   viloyatda   nogironlarni   ishga   joylashtirishga   ko’maklashish
maqsadida,   davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati   xokimiyat   organlari   bilan   birgalikda,
korxona   va   tashkilotlarga   nogironlar   uchun   qo’shimcha   ish   o’rinlarini   yaratish
uchun   rag’batlantiruvchi   omillar   ta’siri   ostida   faol   tadbirlarni   amalga
oshirmoqdalar.   Buni   nogironlar   uchun   yaratilayotgan   kvota   ish   o’rinlarini   yillar
davomida o’sish tendensiyasini aniqlash orqali ko’zatishimiz mumkin.
3.   «Ish   bilan   band   bo’lmagan   aholi   va   ishsizlarni   kasbiy   harakatchanligi
(mobilligi) va raqobatbardoshligini oshirish», punkti bo’yicha.
3. a . Fuqarolarni kasbga tayyorlashni tashkil etish.
Hozirgi kunda ishchi kuchi shaklida va yuqori malakali kadrlar ga   talabning
o’sib   borishi   o’rtasidagi   nomutanosiblik   muhim   muammolardan   biridir.   Shuning
uchun   muammoni   hal   etishning   dolzarb   yo’nalishi   bo’lib,   kasbga   tayyorlash   va qayta   tayyorlash   tizimi   orqali   ishchi   kuchining   sifat   ko’rsatkichlarini   oshirish
hisoblanadi.  Ma’lumki, ishsizlar   armiyasi  katta  qismini    davlat   tomonidan  nafaqa
bilan ta’minlash, ularni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashni moliyalashtirishga
nisbatan qimmatga tushadi. 
Ishsizlarni   kasbga   tayyorlash   va   qayta   tayyorlashda,   o’quv   jarayonida
zamonaviy   o’quv   texnologiyalari   va   usullarini   ta’lim   dasturiga   kiritish   va
foydalanish, kelajakda ularning mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshiradi.
Ishsizlarni   kasbga   tayyorlash   va   qayta   tayyorlash   tizimida   yangi   yo’nalish
bo’lib,   ish   beruvchilarning   talablariga   muvofiq   maqsadli   o’qitish   va   konkret   ish
o’rinlari   bo’yicha   alohida   kasblarga   o’qitish   hisoblanadi.   Bunda   korxonalarga
kerakli   mutaxassislarni   tayyorlashda   kasbga   o’qitish   xizmati   oldida   buyurtmachi
sifatida chiqadilar. 
Samarqand   viloyatida   mehnat   resurslari   soni   2015,5   ming   kishini   tashkil
etgan.   Viloyatdagi   mehnat   yoshidagi   mehnatga   layoqatli   aholi   miqdori   2007,5
ming   kishini   tashkil   etib,   mehnat   resurslardan   iqtisodiy   faol   aholi   1485,1   ming
kishini, iqtisodiyotda band aholi 1402,5 ming kishini tashkil etdi.
Samarqand   viloyati   “Aholini   ish   bilan   ta’minlash”   hududiy   dasturga
asosan   2020   yil   davomida   shahar,   tuman   bandlikka   ko‘maklashish   va   aholini
ijtimoiy   muhofaza   qilish   Markazlariga   42,2   ming   kishi   ish   so‘rab   murojaat   qilib,
dasturda   belgilangan   topshiriq   84,0   foizga   bajarildi.   Aholini   ishga   joylashtrish
bo‘yicha   topshiriq   85,3   foizga   bajarilib,   40,1   ming   kishi   ishga   joylashtirildi,   587
kishi   qayta   o‘qitilib,   topshiriq   80,5   foizga   bajarildi.   Haq   to‘lanadigan   jamoat
ishlariga 1365 kishi jalb qilinib, topshiriq 60,2 foizga bajarildi. Bo‘sh ish o‘rinlari
soni 3201 tani tashkil etdi.
2.4- jadval
Samarqand viloyatida 2017-2021  yillarda yaratilgan yangi ish joylarini tashkil etish va
aholi bandligini ta’minlash dasturi holati
Yillar Dasturda Amalda Ijrosi, %
20 17 90075 91712 101,8 201 8 92020 92390 100,4
20 19 93427 93843 100,4
20 20 93894 94452 100,6
20 21 94316 95011 100,7
Manba:   O‘zbekiston   Respublikasi   Davlat   statistika   qo‘mitasi   ma’lumotlari   asosida
tuzilgan.
O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   Senatining   20 20   yil   12   dekabrdagi
“20 20  yilda ish o‘rinlari tashkil etish xamda  aholi bandligini ta’minlash Dasturini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi  SQ-401-II-sonli        qaroriga asosan  Samarqand viloyatida
20 20   yil   davomida   95,0   ming   yangi   ish   o‘rinlari   yaratilib,   dasturda   belgilangan
topshiriq   100,7   foiz   (qishloq   joylarda   76,2   ming   ish   o‘rni   topshiriq   100,6%)ga
bajarilgan.  Shuningdek,  viloyatda  2020 yil  davomida  94452 ta yangi  ish o‘rinlari
yaratilib   dastur   100,6   %ga,   2019   yil   davomida   93843ta   yangi   ish   o‘rinlari
yaratilgan bo‘lsa dastur 100,4 %ga, 2018 yilda 92390 ta hamda 2017 yilda 91712
ta   yangi   ish   o‘rinlari   va   dastur   bajarilishi   mos   ravishda   101,8   %   va   100,4   %   ga
bajarilgan.   Samarqand   viloyatida   2017   yilda   amalda   91712   ta   yangi   ish   o‘rinlari
yaratilgan   bo‘lsa,   2021   yil   davomida   95011   ta   yangi   shi   o‘rinlari   yaratilgan.
Mazkur ko‘rsatkich 20 21  yilda 20 17  yilga nisbatan 103,6 % ga o‘sgan.  2.4-rasm

SAMARQAND VILOYATIDA AHOLINI ISH BILAN TA’MINLASH NING DAVLAT XIZMATLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH MUNDARIJA: KIRISh ………………………………………………… ..... …………… ......... I BOB. AHOLINING ISH BILAN BANDLIGINI TA’MINLASH SOHASIDA DAVLAT XIZMATLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI ........... 1.1. Aholining ish bilan bandligini ta’minlash sohasida davlat xizmatlari samaradorligini oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va tamoyillari....................................................................... .......................... 1.2. Aholini ish bilan bandligini ta’minlash bo’yicha davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari......................................................... ........................... 1.3. Davlat ish bilan bandlik xizmati faoliyati samaradorligini baholash mezonlari va ko’rsatkichlari.................................................. .................... 1.4. Aholining ish bilan bandligini ta’minlash davlat xizmatlari faoliyati bo’yicha xorij tajribasi....................................................... ........................ II BOB. SAMARQAND VILOYATI ISH BILAN BANDLIK INFRATUZILMASI RIVOJLANISHINING HUDUDIY XUSUSIYATLARI HOLATI TAHLILI …………………………….. 2 .1. Viloyat rivojlanishida ish bilan bandlik infratuzilmasiga ta’sir etuvchi omillar va uning hududiy xususiyatlarining ahamiyati …………………. 2 .2. Davlat ish bilan bandlik xizmati faoliyati tahlili va uning hududiy xususiyatlari ……………………………………………………………... 2.3. Nodavlat ish bilan bandlik xizmatlari rivojlanishining asosiy yo’nalishlari ……………………………………………………………... II I BOB. ISH BILAN BANDLIK INFRATUZILMASI RIVOJLANISHINI HUDUDIY XUSUSIYATLARINING ASOSIY ISTIQBOLLARI …. 3.1. Ish bilan bandlik infratuzilmasi faoliyatining samaradorligini baholash usullari …………………………………………………………………... 3.2. Ish bilan bandlik infratuzilmasi tashkiliy tarkiblari faoliyatini takomillashtirish istiqbollari …………………………………………….. XULOSA .............................................................................................................. . FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ....................................... .

KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Jahon iqtisodiyotning transformasiyalashuvi sharoitida tobora kuchayib borayotgan raqobatga bardosh berish, uning talablarini to’lif bajarish, ilg’or texnologiya va innovasiyalardan foydalanish aholining ish bilan bandligini ta’minlash darajasini oshirishni zarurat etmoqda. Shunga ko’ra, yangi ish joylarini yaratish, yangi ish joylarini yaratish, aholini ish bilan bandligini ta’minlashga birinchi darajali e’tibor berilmoqda. Xalqaro Mehnat Tashkilotining ma’lumotlariga ko’ra: «2018 yilda jahonda ishsizlik darajasi 5,8 %ni tashkil etmoqda. Jahonda 1,4 mlrd.dan ortiq ishchilar ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan nufuzi past bo’lgan ish bilan band bo’lib, ularning ko’pchiligi rivojlanayotgan mamlakatlar hissasiga to’g’ri keladi. Yaxshi himoya qilinmagan ish bilan bandlarning soni yiliga 11 mln. kishiga oshmoqda. Bu holat jiddiy muammolarni yuzaga keltirgan holda, ularning doimiy daromadlar va yetarlicha ijtimoiy himoyaga ega bo’lgan xavfsiz ish joylariga ega bo’lish imkoniyatlarini chegaralamoqda» 1 . Jahonda ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasida muvofiqlikni ta’minlash borasidagi tajribalar negizida ish bilan bandlikka ko’maklashish sohasida turli darajalardagi tashkiliy tuzilmalar faoliyatining samaradorligini oshirish, hududiy axborot tizimlarini shakllantirish, ishchi kuchining mobilligini oshirish, ishsizlikni kamaytirish, mehnat bozori va aholining ayrim ijtimoiy-demografik guruhlari ehtiyojlarini hisobga olgan holda ish o’rinlari yaratish bo’yicha davlat buyurtmalarini shakllantirish, davlat va nodavlat ish bilan bandlik xizmatini rivojlantirish kabi yo’nalishlardagi ilmiy muammolarni tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. 1 World Employment and Social Outlook 2017: Sustainable enterprises and jobs: Formal enterprises and decent work International Labour Office – Geneva: ILO, 2017 .

Bugungi kunda respublikada mehnat bozoriga kirib kelayotgan mehnatga layoqatli aholini ish bilan bandligini ta’minlash, ishsizlar soni bilan bo’sh ish o’rinlari soni o’rtasida muvofiqlikka erishish, har tomonlama samarali va istiqbolli ish bilan bandlik dasturlarini tuzish, ishsizlarni kasbiy harakatchanligi va raqobatbardoshligini oshirish hamda ularni psixologik qo’llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish , ish bilan bandlik xizmati tizimiga xos malakali kadrlarni tayyorlash, infratuzilma tarkibiy qismlarini rivojlanish samaradorligini baholash metodikasini takomillashtirish, davlat va nodavlat ish bilan bandlik xizmatlarini rivojlantirish kabi o’z yechimini kutayotgan muammolar mavjud. Shuning uchun ham 2017- 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida «yangi ish o’rinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo, o’rta maxsus va oliy o’quv muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, mehnat bozori mutanosibligini va infratuzilmasi rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish» 2 vazifasi qo’yilgan. Bu vazifalarni samarali hal etish aholini ish bilan ta’minlash sohasida davlat xizmatlari samaradorligini oshirishni, bu borada ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishni taqozo etadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi « O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida » gi PF-4947-son va 2017 yil 24 maydagi « B andlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida » gi PF-5052-son Farmonlari, 2017 yil 24 maydagi « O’zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida » gi PQ-3001-son Qarori hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertasiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Muammoning o’rganilganlik darajasi. Mehnat bozorining shakllanishi va rivojlanishining ilmiy-metodologik jihatlari ko’plab xorijlik olimlar, jumladan , 2 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги 4947-сонли Фармонининг 1-иловаси «2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегияси» //.Lex.uz

J.M.Keyns, A. Marshall, M.Fisher, R.D.Erenberg, A.Pigu, V.V. Adamchuk, O.V.Romashov, Yu.G.Odegov, G.G.Rudenko, G.E.Slezinger, N.A.Volgin, S.A.Kartashov, A.I.Rofe, B.G.Zbыshko, V.V.Iщin, L.Chijova, V.V.Kulikov va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan. MDHning qator olimlari S.V. Dudnikov, O.A.Varfolomeyeva, N.Vedernikova, O.Kolesnikova, D.Cherneyko, T.A.Chusova, Yu.V.Prosvetovalar mehnat bozori rivojlanishining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini tadqiq etganlar. O’zbekistonda mehnat bozorining faoliyat ko’rsatishi va rivojlanishi, ishsizlik va aholini ish bilan bandligi kabi muammolar respublikamiz olimlari tomonidan chuqur o’rganilgan va o’rganilmoqda. Mazkur muammolar R.A.Ubaydullayeva, Q.X.Abdurahmonov, L.P.Maksakova, B.X.Umurzakov, Sh.R.Xolmo’minov, Z.Ya.Xudoyberdiyev, D.Ortiqova, D.N.Rahimova, N.X.Rahimova, N.Z.Zokirova, K.Z.Xomitov, N.U.Arabov, N.Shayusupova va boshqa olimlar tomonidan tadqiq qilingan. Ushbu iqtisodchi olimlarning ilmiy asarlarida respublikamiz aholini ish bilan ta’minlash sohasida davlat xizmatlari samaradorligini oshirishning ilmiy-uslubiy va amaliy jihatlari qisman o’z aksini topgan. Bugungi voqyelik nuqtai nazaridan O’zbekistonda mehnat bozori infratuzilmasining tarkibiy qismlari elementlari va ularni o’zaro funksional aloqadorligi, rivojlanish xususiyatlari va tendensiyalari hamda kompleks baholash uslublarini takomillashtirish bilan bog’liq tadqiqotlar yetarli darajada emasligi mazkur mavzuda chuqur ilmiy-uslubiy izlanishlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Dissertasiya ishining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog’liqligi. Dissertasiya ishi Samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish kafedrasi ilmiy-tadqiqot ishlariga muvofiq ravishda bajarilgan. Tadqiqotning maqsadi. Aholining ish bilan bandligini ta’minlash sohasida davlat xizmatlari samaradorligini oshirishning metodologik va amaliy jihatlarini takomillashtirish asosida aholi ish bilan bandligini oshirish va ishsizlikni kamaytirish bo’yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari:

« Aholi ish bilan bandligi » kategoriyasining mohiyatini nazariy jihatdan tahlil etish hamda muallif qarashlarini shakllantirish; aholining ish bilan bandligini ta’minlash sohasida davlat xizmatlari samaradorligini oshirishning tamoyillari, mezonlari va ko’rsatkichlarini tasniflash hamda xorijiy yondashuvlarni ilmiy izohlash; aholini ish bilan ta’minlash sohasida davlat xizmatlari samaradorligini oshirishning integral baholashni ilmiy-uslubiy jihatdan asoslash; aholini ish bilan ta’minlash sohasida davlat xizmatlari samaradorligini oshirishning axborot tizimini takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish; aholini ish bilan ta’minlash sohasida davlat xizmatlarining rivojlanish holati va unga ta’sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlarni tahlil etish; davlat va nodavlat ish bilan bandlik xizmatlari shakllanishi va rivojlanishining asosiy yo’nalishlarini aniqlash; ish bilan bandlikni davlat tomonidan tartibga solishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish uslublarini ishlab chiqish; iqtisodiyotning innovasion rivojlanishi sharoitida aholining ish bilan bandligini ta’minlash sohasida davlat xizmatlari samaradorligini oshirishning strategik konsepsiyasini ishlab chiqish. Tadqiqotning obyekti bo’lib, Samarqand viloyati aholining ish bilan bandligiga ko’maklashuvchi subyektlar faoliyati hisoblanadi. Tadqiqotning predmeti sifatida viloyatimiz aholisining ish bilan bandligiga ko’maklashuvchi subyektlar faoliyatida amalga oshadigan ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy munosabatlar tashkil etadi. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati dissertasiyada ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan aholining ish bilan bandligini ta’minlash sohasida davlat xizmatlarini samarali rivojlantirish, shahar va tumanlar aholi andligiga ko’maklashuvchi markazlar faoliyati samaradorligini oshirish, davlat va nodavlat ish bilan bandlik xizmatini rivojlantirish yo’nalishlar i da ilmiy apparatni boyitish bilan izohlanadi.