logo

INNOVATSION IQTISODIYOTDA ISH BILAN BILAN BANDLIK SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’LLARI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

774 KB
INNOVATSION IQTISODIYOTDA ISH BILAN BILAN BANDLIK
SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’LLARI
M U N D A R I J A 
KIRISH ...........................................................................................................
I  BOB. INNOVATSION   MEHNAT   BOZORIDA   ISHSIZLIKNI
KAMAYTIRISH   VA   ISH   BILAN   BANDLIKNI
OSHIRISHNING NAZARIY ASOSLARI ……………… ……
1.1. Aholining   ish   bilan   bandli k   darajasini   oshirishning   o ziga   xosʻ
xususiyatlari va omillari ……………………………………………..
1.2. Ish bilan bandlikning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va mazmuni  
1.3. Aholini   ish   bilan   bandligini   ta’minlashning   zamonaviy   turlari   va
o’ziga xos xususiyatlari .
I BOB BO‘YICHA XULOSA………………………………………………..
II BOB.   ISHSIZLIKNI   KAMAYTIRISH   ISH   BILAN   BANDLIKNI
OSHIRISHNING   ASOSIY   IQTISODIY       KO’RSATKICH -
LARI .  
2.1.
Hududiy mehnat bozorida ish bilan bandlikni ta’minlash holati  
2.2. Samarqand viloyati da  aholining ish bilan bandligini ta’minlashning 
asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari holati tahlili  
2.3.  Aholini ish bilan bandligini ta’minlashni tartibga solishda 
davlatning roli
II BOB BO‘YICHA XULOSA……………………………………………….
I II  BOB. HUDUDIY   MEHNAT   BOZORIDA   ISHSIZLIKNI
KAMAYTIRISH   VA   ISH   BILAN   BANDLIKNI
OSHIRISHNING  ASOSIY  YO‘NALISHLARI………………
3.1. Hududiy   ish   bilan   bandlik   xizmati   tizimida   kasbiy   ta’lim
samaradorligini oshirish yo‘llari........ ..........................................
3.2. Hududiy   ish   bilan   bandlik   xizmati   shakllanishining   zamonaviy
tashkiliy tuzilmasi ..................... ...................................................
III BOB BO‘YICHA XULOSA……………………………………………...
XULOSA..........................................................................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO YXATI..................................	
ʻ
1 KIRIS H
Bitiruv   malakaviy   ishi   m avzu si ning   asoslanishi   va   uning   dolzarbligi.
Jahon iqtisodiyotining texnologik rivojlanish darajasi shiddat bilan oshib borishi va
demografik   o zgarishlar   sharoitida   aholi   bandligini   ta minlashga   alohida   e tiborʻ ʼ ʼ
qaratilmoqda.   Ҳисоб-китобларга   кўра,   2022   йилда   бутун   дунё   бўйлаб   3,32
миллиардга   яқин   киши   иш   билан   таъминланган,   бу   1991   йилдаги   2,28
миллиарддан 1,04 миллиард кишига кўпдир. 2019 ва 2020 йиллар оралиғида
глобал бандлик сезиларли  даражада пасайди, иш билан банд бўлганлар сони
короновирус   пандемияси     сабаб   тўсатдан   юзага   келган   иқтисодий   зарба
туфайли   3,3   миллиарддан   3,19   миллиардга   қисқарди » 1
.   Yevropa   Ittifoqi
mamlakatlarida 2
  pandemiya   sharoitida   ishsizlik   darajasining   keskin   oshgani
munosabati   bilan     ishsizlikni   kamaytirish   va   ish   bilan   bandlik   darajasini   oshirish
dasturi   doirasida   100   milliard   yevro   ajratildi.   Mazkur   jarayonda   aholini   ish   bilan
ta minlash   darajasini   oshirish,   norasmiy   bandlikni   qisqartirish   va   ishsizlikni	
ʼ
kamaytirish masalalarni hal etish dolzarb muammo sifatida saqlanib qolmoqda.
Jahonda   aholining   bandlik   darajasini   oshirishda   ish   bilan   ta minlashning	
ʼ
samarali   shakllari   va   usllarini   joriy  etish,   noramiy  bandlikni   metodologik-uslubiy
va   amaliy   yondashuvlarni   takomillashtirish   asosida   qisqartirish,   nostandart
sharoitlarda   aholini   qisqa   muddatli   ish   bilan   ta minlash   bo yicha   maqsadli	
ʼ ʻ
dasturlarni   asoslash   kabi   yo nalishlarda   ilmiy-tadqiotlarga   alohida   e tibor	
ʻ ʼ
qaratilmoqda.   Bu   borada   aholining   ish   bilan   bandliгиning   innovatsion   turlarini
kengaytirish,   ishsizlikni   kamaytirish,   iqtisodiy   rivojlanishning   o zaro	
ʻ
aloqadorligini asoslash kabi ilmiy yo nalishlar ilmiy asoslarini takomillashtirishga	
ʻ
alohida e tibor qaratilmoqda.	
ʼ
1
  https://www.statista.com/statistics/1258612/global-employment-figures/
2
 Xalqaro Mehnat Tashkilotining ma lumotlari. https://www.ilo.org/wcmsp5/groups/public/---dgreports/--dcomm/---	
ʼ
publ/documents/publication/wcms_734455.pdf
2 Yangi O zbekistonda aholining turmush sifatini yaxshilash, doimiy  ish bilanʻ
bandlikni   ta minlash,   yangi   ish   o rinlarini   yaratish   orqali   ishsizlikni   kamaytirish	
ʼ ʻ
kabi     masalalar   ustuvor   ahamiyat   kasb   etmoqda   “Hududlarda     aholining   turmush
darajasi va sifatini yaxshilash, xususan  kambag allikni qisqartirish vazifalari ko p	
ʻ ʻ
jihatdan   iqtisodiyotning   barcha   tarmoq   va   sohalarining   raqobatbardoshligini
oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun fundamental sharoitlarni yaratib
berish   hisobiga   yangi   va   barqaror   ish   o rinlarini   tashkil   etish   bilan   bevosita	
ʻ
bog liqdir”	
ʻ 3
. 
Shu   o’rinda   O zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.M.Mirziyoyev  	
ʻ “Eng
asosiysi, qishloqlarda 400 mingta yangi dehqon xo‘jaligi tashkil qilindi, 1 million
200   mingdan   ziyod   odamlarimiz   band   bo‘lib,   daromad   olyapti” 4
,   deb
ta’kidlaganlar. 
Mamlakatda   kambag’allikni   kamaytirishning   asosiy   yo’nalishlari   bo’lgan
ishsizlikni kamaytirish va  ish bilan bandlikni oshirish hamda  yangi ish o’rinlarini
tashkil   etishni   ko’paytirish   hamda   yoshlarini   zamonaviy   mutaxasislik   va   kasb-
hunarlarga tayyorlashni strategik yo’nalishlari bo’yicha amaliy va ilmiy tadqiqotlar
ijtimoiy   yo’naltirilgan   raqamli   bozor   iqtisodiyoti   talablari   asosida   yetarlicha   olib
borilmagan. 
Yuqorida   qayd   etilgan   dolzarb   muammolarni   ijtimoiy   yo’naltirilgan   bozor
iqtisodiyoti   tamoyillari   asosida   hal   etish   bo’yicha   ilmiy-amaliy   asoslangan
xulosalar va tavsiyanomalar ishlab chiqish mamlakat iqtisodiyot fani oldida turgan
dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Muammoning   o rganilganlik   darajasi.	
ʻ   Mehnat   bozori,   ish   bilan   bandlik,
ishsizlikni   kamaytirish,   mehnat   bozori   muammolari   va   ularni   rivojlangan   bozor
iqtisodiyoti   sharoitlarida   fundamental   tadqiq   etishga:   J.M.Keyns,   A.Osvald,
3
  O zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2020-yil   26-martdagi   “Iqtisodiyotni   rivojlantirish   va   kambag allikni	
ʻ ʻ
qisqartirishga   oid   davlat   siyosatini   tubdan   yangilash   choratadbirlari   to g risida”gi   PF-5975-sonli	
ʻ ʻ
Farmoni//https://lex.uz/docs/4776669
4
  O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning   Oliy   Majlis   va   O‘zbekiston   xalqiga
Murojaatnomasi // https://president.uz/oz/lists/view/5774
3 X.Rozan, F.Xayek, S.Xoll, K.Yanosh kabi xorijiy yetakchi iqtisodchi olimlarning 5
qator ilmiy ishlari bag’ishlangan. Bu tadqiqotlar bozorga yo’naltirilgan iqtisodiyoti
rivojlangan   mamlakatlarda   mehnat   bozori   umumiy   muammolari   va   ularni
istiqbollashtirishni   o’rganish   uchun   nazariy   asos   bo’lib   xizmat   qilmoqda.
Qolaversa,   iqtisodiyot   fanining   bu   sohasidagi   rivojiga   MDH   mamlakatlaridan:
B.D.Breyev,   T.I.Zaslavskaya,   V.G.Kostikov,   A.A.Nikiforova,   G.S.Strumilin   kabi
taniqli olimlari 6
 ham munosib ulush qo’shганлар. 
Bu   muammolar   tadqiqotiga   mahalliy   iqtisodchi   olimlardan
Q.X.Abdurahmonov,   Sh.R.Xolmo‘minov,   N.U.Arabov,   D.Nasimov   va   boshqa
olimlarning ham  qator  ilmiy ishlari  bag’ishlangan 7
. Ammo bu ishlarda   ishsizlikni
kamaytirish ,   aholining   ish   bilan   bandligi   va   mehnat   resurslaridan   foydalanish
hamda ularni  strategik yo’nalishlarni  istiqbollashtirish  jarayonini  ayrim  tomonlari
tadqiq qilingan. 
Muammoni   nazariy-metodologik   jihatdan   asoslash,   uni   tahlil   etishning
metodik   asoslarini   ishlab   chiqish   va   aholini   ish   bilan   bandligini     oshirishning
strategik yo’nalishlarini aniqlashga jiddiy zaruriyat tug’ildi.
Tadqiqot   ishining   maqsadi   –   Innovatsion   iqtisodiyotda   ishsizlikni
kamaytirish   orqali   aholining   ish   bilan   bandligini     oshirish   bo yicha   taklif   vaʻ
5
  Кейнс  Дж.  М. Обшая  теория занятости, процента  и  денег.-М.;   Прогресс,   1978.;   Янош  Корнаи. Дефицит.-
М.:   Наука,   1990.-   665   с.;   Хайек   Ф.   Безработица   и   денежная   политика.   Правительство   как   генератор
"делового цикла" //Экономические науки,- М., 1991. N 1. С.91-95, N 11. С.57-66;  N 12. С.39-48.; Hall S.G. et
al.   A   disequilibrium   model   оthe   UK   labour   market:   some   estimates   using   rational   expectitions.   Oxford,   1985.;
Oswald A. The Economic theory  of trade  unions:  an ntroductionary  survey. Scandinavian Journal  of Economics.-
1985.   V.67.   P.160-193.;   Rosen   H.,   Quandt   R.E.   Estimating   a   disequilibrium   aggregate   labour   market.   Revie w   of
Economics   and   Statistics / -1978.  V .60.  P .371-379.
6
  Бреев   Б.Д.,   Жаромский   B.C.,   Галецкий   В.Ф.   Оценка   масштабов   потенциальной   безработицы   на   основе
методики   "Кривой   Филлип са"   //Моделирование   рыночных   отношений   и   социальная   полити ка:   Отв.ред.
А.Ю.   Шевяков.   -   М.:   ЦЭМИ   РАН,   1993.   С.82-102.;   Заславская   Т.И.,   Рывкина   Р.В.   Методологические
проблемы   сис темного   изучения   деревни.-   Новосибирск:   Наука,   1977.-   315   с.;   Костиков   В.Г.   Проблемы
занятости   и   формирования   рынка   труда   //Экономика   и   математические   методы.Т.   26.   Вып.5.-   М.,   1990.
С.803-817.;   Струмилин  Г.С. Проблемы   экономики  труда.-  М.;  Наука,  1982.471  с. ;   Никифорова   А.А.  Рынок
труда: занятость и безработица. М.: Международные отношения, 1991.- 184 с.
7
  Abdurahmonov   Q.X.   Mehnat   iqtisodiyoti   (nazariya   va   amaliyot).   -Toshkent:   “Mehnat”,   2004.   -670   b.;
Abdurahmonov   Q.X.   Mehnat   iqtisodiyoti   va   sosiologiyasi.   Darslik.     –   T.:   “Fan   va   texnologiyalar”,   2012.;
Abdurahmonov Q.X. va boshqalar. Inson taraqqiyoti. Darslik.  – T.: “Fan va texnologiyalar”, 2013.;  Gulyamov S.S.,
Begalov B.A. Informatika  va axborot  texnologiyalari.- Tashkent: Fan, 2010.- 876 bet.;  Gulyamov S.S., Marketing
ilmiy   tadqiqotlari   (o’quv   qo’llanma).-   TDAU,   2013.   –   358   bet.   Убайдуллаева   Р.А.   Занятость   и   рынок   труда:
спорные вопросы и нерешенные проблемы //Общественные науки в Узбекистане. Ташкент, 1992.   № 2.
4 tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.  Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda mazkur
bitiruv  ishining asosiy  vazifalari  etib quyidagilar belgilandi:
˗ аholining   ish   bilan   bandligi   darajasini   oshirishning   o ziga   xosʻ
xususiyatlari va omillarini  tadqiq etish;
˗ ishsizlikni kamaytirishning asosiy mezonlari va ko’rsatkichlarini aniqlash ;
˗ аholini ish bilan bandligini ta’minlashning zamonaviy turlarini tasniflash;
˗ hudud   aholisining   ish   bilan   bandligini   ta’minlashning   asosiy   iqtisodiy
ko’rsatkichlarini tahlil qilish;
˗ ish   bilan   bandligini   ta’minlashni   tartibga   solishda   davlatning   rolini
aniqlash;
˗ norasmiy   ish   bilan   bandlik   darajasini   kamaytirishning   strategik
yo’nalishlarini ishlab chiqarish;
˗ ishsizlikni kamaytirish  bo yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.	
ʻ  
Tadqiqot ob ekti – 	
ʻ Samarqand viloyat mehnat bozori. 
Tadqiqot   predmeti   ishsizlikni   kamaytirish   va     aholini   ish   bilan   bandlik
darajasini oshirish  bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari hisoblanadi . 
Tadqiqotning   nazariy   va   metodologik   asosi   bo lib,   O zbekiston	
ʻ ʻ
Respublikasi   Qonunlari,   O zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   farmonlari   va	
ʻ
hukumat   qarorlari,   O zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.M.Mirziyoevning	
ʻ
ishsizlikni kamaytirish, aholini ish bilan bandligini oshirish masalalariga oid g oya	
ʻ
va mulohazalari hamda xorijlik va vatanimiz iqtisodchi  olimlarining mavzuga oid
adabiyotlari asos sifatida olindi. 
Bitiruv   ishini   yozishda,   O zbekiston   Respublikasi   Kambag allikni	
ʻ ʻ
qisqartirish   va   bandlik   vazirligi,   O zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   huzuridagi	
ʻ
Statistika   agentligi   va   ularning   Samarqand   viloyatidagi   boshqarmalarining
ma lumotlari xizmat qildi.	
ʻ
Tadqiqot   natijalarining   ilmiy   va   amaliy   ahamiyati.   Tadqiqot
natijalarining   ilmiy   ahamiyati   ishlab   chiqilgan   uslubiy   yo nalishdagi   taklif   va	
ʻ
tavsiyalar ишсизликни камайтириш, aholini ish bilan bandlik darajasini oshirish
5 hamda   yangi   ish   o rinlarini   tashkil   etish   bo yicha   uslubiy   apparatniʻ ʻ
takomillashtirishga xizmat qilishi bilan izohlanadi.
Tadqiqot   natijalarining   amaliy   ahamiyati   tadqiqotda   ishlab   chiqilgan   taklif
va   tavsiyalarda   ишсизликни   камайтириш,   mehnat   bozorini   shakllantirishga   va
aholini ish bilan bandligini oshirishga oid dasturiy va prognoz materiallarini ishlab
chiqish, O zbekiston Respublikasi Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,	
ʻ
O zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   huzuridagi   statistika   agentligi   va   boshqa	
ʻ
davlat   boshqaruv   organlari   uchun   tahliliy   hamda   sohaga   oid   o quv   adabiyotlarini	
ʻ
tayyorlashda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi. 
Bitiruv ishi ning tuzilishi va hajmi.   Tadqiqot ishi kirish, uchta bob, xulosa
va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro yxatidan iborat. 	
ʻ
Tadqiqot ishining  kirish  qismida, muallif tomonidan mavzuning dolzarbligi,
o rganilganlik   darajasi,   maqsadi   va   vazifalari,   ob ekti,   predmeti,   nazariy	
ʻ ʻ
metodologik   asoslari,   ilmiy   yangiliklari,   tadqiqot   natijalarining     ilmiy   va   amaliy
ahamiyati, natijalarning joriy etilishi hamda tadqiqot ishining tuzilishi yoritilgan.
Bitiruv   ishining   birinchi   bobi     “ Hududiy   mehnat   bozorida   ishsizlikni
kamaytirish   va   ish   bilan   bandlikni   oshirishning   asosiy   yo’nalishlari ”   deb
nomlanadi. Ushbu bobda aholining ish bilan bandligi darajasini oshirishning o ziga	
ʻ
xos xususiyatlari va omillari, ishsizlik tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati ,
uni   kamaytirishning   asosiy   mezonlari   va   ko’rsatkichlari   hamda   аholini   ish   bilan
bandligini   ta’minlashning   zamonaviy   turlari   ilmiy-nazariy   jihatdan   o rganilgan.	
ʻ
Shuningdek, mavzuga aloqador olimlarning ilmiy qarashlari ifodalangan.
Tadqiqot   ishining   “I shsizlikni   kamaytirish   ish   bilan   bandlikni
oshirishning asosiy iqtisodiy     ko’rsatkichlari ”   deb nomlangan ikkinchi bobida,
muallif   Samarqand   viloyati   rivojlanishida   ishsizlikni   kamaytirish   va   ish   bilan
bandlikni   oshirishning   hududiy   xususiyatlarini,   aholining   ish   bilan   bandligini
ta’minlashning   asosiy   iqtisodiy   ko’rsatkichlari   tahlil   qilib,   аholini   ish   bilan
bandligini   ta’minlashni   tartibga   solishda   davlatning   rolini   tadqiq   etgan.
Shuningdek, t adqiqot ishidagi t ahlillar jadval va rasmlar orqali ifodalangan.
6 Uchinchi  bob “ Hududiy mehnat  bozorida ishsizlikni  kamaytirish va ish
bilan bandlikni oshirishning asosiy yo‘nalishlari”  deb nomlangan. Ushbu bobda
muallif   аholini   norasmiy   ish   bilan   bandlik   darajasini   kamaytirishning   strategik
yo’nalishlari   hamda   ishsizlikni   kamaytirish   yo’llari   va   mavjud   imkoniyatlarining
asosiy  yo nalishlarini ilmiy asoslangan holda yoritgan.ʻ
Shuningdek,     o tkazilgan   tadqiqotlar   natijasida   ishning   yakuniy   qismida	
ʻ
muallif tomonidan ishlab chiqilgan  xulosa va takliflar   keltirilgan. 
Tadqiqot ishining oxirida, muammoni yoritishda  foydalanilgan adabiyotlar
ro yxati 	
ʻ kiritilgan.
7 I BOB.  INNOVATSION  MEHNAT BOZORIDA ISHSIZLIKNI
KAMAYTIRISH VA ISH BILAN BANDLIKNI OSHIRISHNING NAZARIY
ASOSLARI .
1.1. Aholining ish bilan bandli k  darajasini oshirishning o ziga xosʻ
xususiyatlari va omillari .
Mehnat bozori faol siyosat olib borishning eng samarali yo’nalishlaridan biri
mehnat   bozorining   eng   muhim   instituti   bo’lgan   ish   bilan   bandlikning
ixtisoslashgan   umummilliy   xizmatidir.   Uning   asosiy   vazifasi   mehnat   bozori
haqidagi   axborotning   tarqalishi   hisobiga   uning   samaradorligini   oshirishdan
iboratdir.   U,   birinchidan,   ishsizlarning   bo’sh   ish   o’rinlari   qidirishlariga,
tadbirkorlarning   xodimlar   qidirishlariga   sarf   etiladigan   vaqtni   qisqartirishni
ta’minlaydi, ikkinchidan, ish beruvchilarning o’z talablariga eng ko’p darajada mos
keladigan   xodimlar   yollashiga   yordam   beradi,   xodimlarga   esa   mehnat   sharoitlari
va ish haqi darajasi muvofiq keladigan ish joyini topishlariga imkon beradi.
Bundan   tashqari,   ish   bilan   bandlik   xizmati   vazifalariga   quyidagilar   kiradi:
ish   qidiruvchilarga   kasblar   bo’yicha   maslahatlar   berish   va   ishsizlarni   yangi
mutaxassisliklar   bo’yicha   o’qitish;   nogironlar,   yoshlar,   harbiy   xizmatdan   bo’shab
kelgan yoshlar va fuqarolarning ijtimoiy   jihatdan   himoya   qilinishga   muhtoj
bo’lgan   boshqa   guruhlari   uchun   ish   joylarini   band   qilib   qo’yish;   ish   kuchuni
hududlar   bo’yicha   qayta   taqsimlash;   oddiy   yo’l   bilan   ishga   kira   olmaydigan
fuqarolarning   (ko’p   bolali   va   yolg’iz   ota-onalarning)   ish   bilan   bandligiga
qo’maklashish   uchun   ish   o’rinlarini   qo’llab-quvvatlash;   ishsizlarning   tadbirkorlik
va mustaqil faoliyati bilan shug’ullanishlariga yordam ko’rsatish; ommaviy ishdan
bo’shatishlarni to’xtatib qolish uchun kompensasiya to’lovlarini amalga oshirish.
Respublikamizda davlat ish bilan bandlik xizmati 1991 yilda tashkil etilgan
edi.   Ish   bilan   bandlik   xizmati   ishining   asosiy   tamoyillarixalqaro   tajribaga   mos
8 keladi.   Masalan,   aholining   ish   bilan   bandligi   to’g’risidagi   qonunga   ko’ra   davlat
fuqarolariga   o’zlari   uchun   mos   keladigan   ish   tanlashda   va   ishga   joylashda   bepul
yordam ko’rsatadi, ishsizlarga bepul ta’lim olish imkoniyati yaratib beriladi, yangi
kasbga   o’qiyotgan   vaqtda   stipendiya   to’lanadi,   haq   to’lanadigan   jamoat   ishlarida
qatnashish   imkoni   beriladi,   ishsiz   fuqarolar   daromadlarini   qo’llab-quvvatlash
siyosati   amalga   oshiriladi.   Ish   bilan   bandlik   xizmati   murojaat   qilgan
mehnatkashlarga   va   ish   beruvchilarga   ishga   ega   bo’lish   imkoniyati   haqida   va   ish
kuchi   bilan   ta’minlash   to’g’risida,   biror   kasb   egallashni   istaydigan   fuqarolarga
qo’yiladigan   talablar   haqida   axborotlar   beriladi;   fuqarolarning   o’zlariga   mos
keladigan   ish   topishlarida,   ish   beruvchilarga   esa   zarur   xodimlar   tanlashda
ko’maklashadi. Ish bilan xizmati ish beruvchilarga yoshlar, nogironlar, yolg’iz va
ko’p  bolali  ota-onalar   uchun  ish  o’rinlari  saqlash  va  yaratish   dasturlarini  qo’llab-
quvvatlashni kafolatlaydi. 
O zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyeyovning   Birlashganʻ
Millatlar   Tashkiloti   Bosh   Assambleyasining   75-sessiyasida   so zlagan   nutqida	
ʻ
“qashshoqlikni tugatish va kambag allikka qarshi kurashishni Birlashgan Millatlar	
ʻ
Tashkiloti   Bosh   Assambleyasi   navbatdagi   sessiyasining   asosiy   mavzularidan   biri
sifatida   belgilash   hamda   ushbu   masalalarga   bag ishlangan   global   sammitni	
ʻ
o tkazishni   taklif   etamiz”	
ʻ 8
  ,-   deb   ta kidlab   o tganliklari   ham   ushbu   masalaning	ʼ ʻ
naqadar   muhim   ahamiyatga   ega   ekanligidan   dalolat   beradi.   Mazkur   sohani
rivojlantirish   faqatgina   iqtisodiy   masala   bo libgina   qolmay,   balki   u	
ʻ
mamlakatimizdagi   demografik   vaziyatdan   kelib   chiqib   jamiyatning   ijtimoiy-
siyosiy hayotida ham asosiy o rin egallovchi aholining ish bilan bandligi darajasini	
ʻ
yanada oshirishda muhim ahamiyatga ega omil hisoblanadi.
Ish   bilan   bandlik   tushunchasiga   nisbatan   turli   yondashuvlar   mavjud   bo lib,	
ʻ
jumladan,   rossiyalik   iqtisodchi   olim   A.I.Rofe   ushbu   tushunchaga   quydagicha
munosabat   bildiradi   -   “Aholining   ish   bilan   bandligi   -   bu   aholi   iqtisodiy   faol
qismining   bandlik   holati   bo lib,   u   odamlar   uchun   ish   joylari   mavjudligi   bilan	
ʻ
8
http://ngo.uz/uz/uzbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoevning-birlashgan-millatlar-tashkiloti-
boshassambleyasining-75-sessiyasidagi-nutqi.
9 tavsiflanadi,   ya ni   amaldagi   qonunchilikka   zid   bo lmagan,   daromadli   mashg ulotʼ ʻ ʻ
bilan band bo lishidir. Boshqacha qilib aytganda, ish bilan bandlik - bu odamlarga	
ʻ
ish   haqi,   mehnat   daromadi   keltiradigan   ijtimoiy   zarur   mehnat   bilan   ta minlash	
ʼ
demakdir” 9
. 
Shuningdek,   yetuk   iqtisodchi   olimlardan   I.M.Aliyev,   N.A.Gorelov,
L.O.Ilinalar ushbu tushunchaga: “Ish bilan bandlik ijtimoiyiqtisodiy hodisa sifatida
fuqarolarning   shaxsiy   va   ijtimoiy   ehtiyojlarini   qondirish   bilan   bog liq   hamda	
ʻ
mehnatdan   daromad   (ish   haqi)   keltiruvchi   ijtimoiy   foydali   mehnat   sifatida
namoyon bo lishi mumkin”	
ʻ 10
- deb ta rif berganlar.	ʼ
Mazkur   ta riflardan   farqli   o laroq,   bizning   fikrimizcha,   ish   bilan   bandlik	
ʼ ʻ
munosabatlari   mehnatga   layoqatli   insonlarning   qanchasi   va   qay   darajada   ijtimoiy
foydali   mehnatda   katnashishini   ko rsatadigan   ijtimoiy-   iqtisodiy   ko rsatkichdir.	
ʻ ʻ
Aholining ish bilan bandligi mehnat  unumdorligining oshishiga  va o z navbatida,	
ʻ
milliy   boylikning   ham   o sishiga   xizmat   qiladi,   ayni   paytda   ishsizlikning   salbiy	
ʻ
oqibatlari   shundaki,   u   nafaqat   ishlab   chiqarishning   pasayishiga,   balki   pirovardida
qashshoqlikning boshlanishiga ham olib kelishi mumkin.
Rossiya iqtisodchi olimlari Yu.G.Odegov va G.G.Rudenkolar “bandlik – bu
mehnat   resurslariga   bo lgan   talabni   oshirishga   yo naltirilgan   chora-tadbirlar
ʻ ʻ
yig indisi”	
ʻ 11
  deb  ta rif  berganlar  va  ushbu  ta rifga ko ra ish  bilan  bandlikni  to la,	ʼ ʼ ʻ ʻ
mahsuldor,   ratsional,   samarali,   ikkilamchi,   to liq   bo lmagan   va   mustaqil   bandlik	
ʻ ʻ
turlariga ajratganlar.
Bizning   fikrimizcha   ish   bilan   bandlik   insonning   mehnat   qilishdagi   mutlaq
huquqqa   ega   ekanligini   ifoda   etadigan   qonuniy   faoliyati   hamdir.   Shu   bilan   birga
mehnat   resurslari   taklifining   unga   bo lgan   talabi   orqali   qondirilishi   hamdir.	
ʻ
Yuqoridagi   ta rifga   asosan   ish   bilan   bandlikning   rasmiy   va   norasmiy   turlari	
ʼ
inobatga olinmagan.
9
  Экономика труда: Конспект лексий: учебное пособие /А.И.Рофе.-Москва.:КНОРУС, 2017. с. 90.
10
Экономика труда. В 2 ч. Част 1 : учебник и практикум для бакалавриата и магистратуры / И. М. Алиев, Н.
А. Горелов, Л. О. Илина. — 3-е изд., перераб. и доп. — М. : Издателство Юрайт, 2016. — 74 с.
11
Экономика труда : учебник и практикум для академического бакалавриата / Ю. Г. Одегов, Г. Г. Руденко. —
3-е изд., перераб. и доп. — Москва : Издателство Юрайт, 2019. — 89 с. (387с.)  
10 Mahalliy   olimlarimiz   tomonidan   bildirilgan   fikrlar,   jumladan   akademik
Q.X.Abdurahmonov   tomonidan   “Ish   bilan   bandlik   munosabatlari   iqtisodiy,
demografik va ijtimoiy jarayonlar bilan bog liq”ʻ 12
. Ish bilan bandlikning iqtisodiy
mazmuni   xodimning   o z   mehnati   bilan   o ziga   munosib   hayot   kechirishni	
ʻ ʻ
ta minlash   bilan   bir   qatorda   ijtimoiy   ishlab   chiqarishni   rivojlantirishni   ham	
ʼ
ifodalaydi.
Ish bilan bandlik maqomi ijtimoiy foydali faoliyatda ishtirok etuvchi mehnat
resurslarining bir qismi uchun belgilanadi. Bular daromad olish maqsadida tovarlar
ishlab   chiqarish   va   xizmat   ko rsatish   uchun   ish   kuchini   taklif   qiladigan   kishilar	
ʻ
guruhi,   shuningdek,   ijtimoiy   foydali   faoliyatda   ishtirok   etsa   ham,   bevosita   pul
daromadi   keltirmaydigan   “aholi   guruhi   yohud   ne matlar   ishlab   chiqarish   va	
ʼ
xizmatlar   ko rsatish   bilan   bevosita   bog liq   daromad   keltiradigan   kishilar	
ʻ ʻ
guruhlaridan tashkil topadi” 13
-deb ta kidlanadi.	
ʼ
Darhaqiqat, aholining ish bilan bandligi tushunchasiga  berilgan ushbu ta rif	
ʼ
atroflicha yoritilishiga xizmat qiladi.
O zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2020-yil   11-avgustdagi   PQ-4804-	
ʻ
sonli “Kambag al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat	
ʻ
faolligini   oshirish   va   kasb-hunarga   o qitishga   qaratilgan   hamda   aholi   bandligini	
ʻ
ta minlashga   oid   qo shimcha   chora   tadbirlar   to g risida”gi   qarorida	
ʼ ʻ ʻ ʻ
mamlakatimizda   mehnat   bozorining   samarali   mexanizmlarini   joriy   qilish,
aholining ishchanlik faolligini oshirish, kambag al va ishsiz fuqarolarni zamonaviy	
ʻ
kasb-hunar   va   tadbirkorlik   ko nikmalariga   o qitish,   shu   asosda   ularni   doimiy	
ʻ ʻ
daromad   keltiradigan   mehnat   va   tadbirkorlik   faoliyatiga   jalb   qilish   orqali
bandligini   ta minlashni   amalga   oshirishda   ilmiy   va   amaliy   takliflar   ishlab	
ʼ
chiqilganligi e tiborga molikdir.
ʼ
O zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2017-yil   22-dekabrdagi	
ʻ
1011-sonli   qarorining   4-ilovasiga   ko ra   “O zbekiston   Respublikasining   mehnat	
ʻ ʻ
12
  Q . Abdurahmonov .   Mehnat   iqtisodiyoti :   Nazariya   va   amaliyot   /   Darslik .   Qayta   ishlangan   va   to ʻ ldirilgan   3   nashri .
T .:  O ʻ zbekiston   Respublikasi   Fanlar   akademiyasi  « FAN »  nashriyot   davlat   korxonasi ,  T .: 2019. – 262264  b .
13
  Q . Abdurahmonov .   Mehnat   iqtisodiyoti :   Nazariya   va   amaliyot   /   Darslik .   Qayta   ishlangan   va   to ʻ ldirilgan   3   nashri .
T .:  O ʻ zbekiston   Respublikasi   Fanlar   akademiyasi  « FAN »  nashriyot   davlat   korxonasi ,  T .: 2019. – 262264  b .
11 resurslari,   bandlik   va   aholini   ishga   joylashtirish   balansini   ishlab   chiqish   hamda
ishga   joylashtirishga   muhtoj,   mehnat   bilan   band   bo lmagan   aholini   hisoblashʻ
metodikasi”ga 14
 asosan mehnat bilan band bo lganlar:	
ʻ
a) yollanib ishlayotganlar, shu jumladan, ishlarni to liq bo lmagan ish vaqti	
ʻ ʻ
mobaynida   yoki   uyda   ish   haqi   olib   bajarayotgan,   shuningdek,   haq   to lanadigan	
ʻ
boshqa ishga, shu jumladan vaqtinchalik ishga ega bo lgan fuqarolar;	
ʻ
b)   kasallik,   ta til,   qayta   tayyorgarlik,   malaka   oshirish,   ishlab   chiqarishning	
ʼ
to xtab turishi  tufayli, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq vaqtinchalik  ishda	
ʻ
bo lmagan   xodim   uchun   ish   joyi   saqlanib   qoladigan   boshqa   holatlarda   ish   joyida
ʻ
vaqtinchalik bo lmagan fuqarolar;	
ʻ
v) haq to lanadigan lavozimga saylangan yoki tayinlangan fuqarolar;
ʻ
g)   o zini   mustaqil   ravishda   ish   bilan   ta minlovchi   fuqarolar,   jumladan,	
ʻ ʼ
tadbirkorlik  faoliyati   bilan   shug ullanuvchilar,  hunarmandlar,  dehqon   xo jaliklari,	
ʻ ʻ
ishlab   chiqarish   kooperativlari   a zolari,   fermerlar   va   qonunchilikda   nazarda	
ʼ
tutilgan boshqa faoliyat turlari bilan shug ullanuvchilar;	
ʻ
d)   O zbekiston   Respublikasi   Qurolli   Kuchlarida,   jumladan,   Ichki   ishlar	
ʻ
vazirligi,   Favqulodda   vaziyatlar   vazirligi,   Davlat   xavfsizlik   xizmati   qo shinlarida	
ʻ
xizmatni, shuningdek, muqobil xizmatni o tayotgan fuqarolar;	
ʻ
e)   nodavlat   notijorat   tashkilotlarida,   shu   jumladan,   o z   faoliyatini	
ʻ
qonunchilikka   muvofiq   amalga   oshirayotgan   diniy   tashkilotlarda   ishlovchilar   ish
bilan band bo lganlar, deb hisoblanishadi.	
ʻ
Tadqiqotimizda   mazkur   metodikaga   asosan   mehnat   bilan   bandlar   soni
iqtisodiyotning rasmiy sektoridagi va iqtisodiyotning norasmiy sektoridagi mehnat
bilan   band   bo lganlar   hamda   migrant   mehnatchilar   sonining   yig indisi   orqali
ʻ ʻ
aniqlanishi ko rsatib o tilgan.
ʻ ʻ
Ta kidlash joizki, ushbu metodikaga asosan iqtisodiyotning rasmiy sektorida	
ʼ
mehnat   bilan   band   bo lganlar   soni   davlat   statistika   hisoboti,   davlat   ijtimoiy	
ʻ
sug urta   badali   to lovchilarning   davlat   soliq   hisobi   hamda   O zbekiston	
ʻ ʻ ʻ
14
  O ʻ zbekistonRespublikasiVazirlarMahkamasining  2017- yil  22- dekabrdagi  1011- sonli    qarori  4- ilovasi .
12 Respublikasi   Bandlik   va   mehnat   munosabatlari   vazirligi   ma lumotlari   bo yichaʼ ʻ
aniqlanadi. Biroq iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan bandlik mezonlariga
haftasiga kamida ikki soat iqtisodiyotning norasmiy sektorida haq to lanadigan har	
ʻ
qanday   faoliyat   turi   bilan   bandlik,   bandlik   muntazamligi   —   “iqtisodiyotning
norasmiy sektoridagi bandlikdan tushgan har haftalik daromadning mavjudligi”, 10
sotix yer maydonida shaxsiy yordamchi xo jaligini yuritish uchun foydalaniladigan	
ʻ
uy xo jaligi boshqaruvidagi yer maydonining mavjudligi, deb ko rsatib o tilgan.	
ʻ ʻ ʻ
Yuqoridagi keltirilgan metodikaga asosan iqtisodiyotning norasmiy sektorida
band bo lganlarning ham mehnat bilan band bo lganlar sirasiga kiritilishi norasmiy	
ʻ ʻ
sektorning   ham   qonuniy   ekanligini   anglatmoqda   va   bu   bilan   aholining   norasmiy
sektorda   ish   bilan   bandligi   qonuniy   ekanligi   rasman   tan   olinmoqda.   Bizningcha,
mamlakatimizda iqtisodiyotning norasmiy sektori tarkibiga kiruvchi ish bilan band
bo lgan aholi faoliyatini tartibga solish maqsadida   me yoriy huquqiy hujjat qabul	
ʻ ʼ
qilinishi maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
Bizningcha,   iqtisodiyotning   norasmiy   sektoridagi   aholining   ish   bilan
bandligini   hisobga   olishda   belgilangan   muddatdagi   daromad   miqdori   va   qonuniy
jihatdan   taqiqlanmagan   faoliyat   turi   sifatida   kiritilishi   lozim.   Chunki   belgilangan
davr   mobaynida   norasmiy   sektorda   ish   bilan   band   bo lgan   shaxslarning   oladigan	
ʻ
daromadi   eng   kam   oylik   ish   haqidan   yoki   iste mol   savotchasi   miqdoridan   kam	
ʼ
bo lganda   ushbu   shaxsga   nisbatan   band   bo lish   atamasini   qo llash   bizningcha,	
ʻ ʻ ʻ
noo rin.   Bugungi   pandemiya   sharoitida   iqtisodiyotning   norasmiy   sektorida   band
ʻ
bo lgan   shaxslar   mehnat   faoliyatini   va   ularning   daromadlarini   qonuniylashtirish
ʻ
muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Mazkur   sektorda   mehnat   faoliyatini   olib   borayotgan
va daromad topayotgan shaxslar uchun boshlang ich davr uchun imtiyozli darvlar	
ʻ
tashkil   etish   va   keyingi   muddatda   bosqichma-bosqich   ushbu   sektor   vakillari
manfaatlarini   hisobga   olingan   holda   rasmiy   sektorga   o tkazish   chora-tadbirlarini	
ʻ
amalda joriy etish lozim.
Dunyo   miqyosidagi   ayrim   mamlakatlarning   aholining   ish   bilan   bandligi   va
demografik   rivojlanish   ko rsatkichlarini   o rganadigan   bo lsak,   O zbekiston	
ʻ ʻ ʻ ʻ
13 Respublikasi  aholining tabiiy ko payish koeffitsiyenti bo yicha yuqori ko rsatkigaʻ ʻ ʻ
ega   mamlakatlar   qatoriga   kiradi   (1.1-jadval).   O zbekistondagi   tabiiy   ko payish	
ʻ ʻ
ko rsatkichi   202	
ʻ 1   yilda   17,9   promillega   teng   bo lgan   bo lsa,   Rossiyada   bu	ʻ ʻ
ko rsatkich   -   0,01   promillega,   Yaponiyada   -   2,6   promillega   teng   bo lganligini	
ʻ ʻ
ko rishimiz   mumkin.   Shu   bilan   birga   aholining   o rtacha   umr   ko rish   davomiyligi
ʻ ʻ ʻ
bo yicha   Yaponiya   eng   yuqori   ko rsatkichga   ega   bo lib   84,2   yilga   teng,
ʻ ʻ ʻ
O zbekiston   esa   nisbatan   past   ko rsatkichga   ega   bo lib   73,8   yilga   teng.   Ushbu
ʻ ʻ ʻ
jadvaldan   yana   shuni   ko rish   mumkinki,   dunyo   mamlakatlaridagi   aholining	
ʻ
migratsion o sish koeffitsiyenti Turkiyada 2,3 promillega, AQShda 2,2, Rossiyada	
ʻ
1,4, Tojikistonda -0,4 promillega, O zbekiston va Yaponiyada -0,6 promillega   va	
ʻ
Qozog istonda -1,2 promillega teng bo lganligini ko rishimiz mumkin. Tojikiston,	
ʻ ʻ ʻ
O zbekiston, Yaponiya va Qozog iston davlatlaridagi ko rsatkich manfiy bo lib, bu	
ʻ ʻ ʻ ʻ
ushbu mamlakatlardan ko chib ketuvchilar soni ko p ekanligi bilan izohlanadi.	
ʻ ʻ
1.1-jadval 
Ayrim dunyo mamlakatlarining aholining ish bilan bandligi va
demografik rivojlanish ko rsatkichlari	
ʻ 15
№ Davlat-lar
nomi 20 2 2-yilda
aholining
o rtacha	
ʻ
yillik soni
(mln.kishi) 202 2 -yilda
aholining
tabiiy
ko payish	
ʻ
koeffitsiyenti
(har  1000
kishiga
nisbatan) 202 2 -yilda
aholining
o rtacha	
ʻ
umr ko rish	
ʻ
davomiyligi
(yil) Dunyo
mamlakatlaridagi
aholining
migratsion o sish	ʻ
koeffitsiyenti (har
1000
kishiganisbatan/yil
) Dunyo
mamlakatlari
bo yicha	
ʻ
umumiy aholi
sonida, 65 va
undan yuqori
yoshdagilarnin
g ulushi
(foizda/yil) 20 22 -yilda
dunyo
mamlakatla -
r ida bandlar
soni
(mln.kishi/ja
mi   aholiga
nisbatan
foizda)
1. Rossiya 145,9 -0,01 70,1 1,4/   2022  yil 14,2 / 2022-y. 72,1/49,1
2. AQSh 331,9 3,9 77,0 2,2/ 2022-yil 15,2 / 20202. 153,3/47,1
3. Yaponiya 125,7 -2,6 84,7 -0,6 /2022-yil 27,1 / 2022-y. 65,3/51,5
4. Turkiya 84,1 11,1 78,6 2,3/ 2022-yil 8,2 / 2022-y. 28,2/35,1
5. Qozog iston	
ʻ 19,0 15,1 70,2 -1,2/2022-yil 7,3 / 2022-y. 8,6/47,8
6. Tojikiston 9,8 22,7 75,1 -0,4/ 2022-yil 3,3 / 2022-y. 2,4/27,3
7. O zbekiston	
ʻ 34,9 17,9 73,8 -0,6/ 2022-yil 7,1 / 2022-y. 13,5/41,7
Dunyo   mamlakatlari   bo yicha   umumiy   aholi   sonida   65   va   undan   yuqori	
ʻ
yoshdagilarning   ulushi   bo yicha   O zbekiston   ijobiy   ko rsatkichga   ega   bo lib   7,1	
ʻ ʻ ʻ ʻ
foizni tashkil etmoqda. Yaponiyada ushbu ko rsatkich 27,1 foizga teng. 2022-yilda	
ʻ
dunyo mamlakatlari bo yicha ish bilan band bo lganlar ulushi ham ushbu jadvalda	
ʻ ʻ
15
  https :// rosstat . gov . ru / storage / mediabank / Strani _ mira _2022. pd
14 keltirilgan bo lib, jami aholiga nisbatan bu ko rsatkich O zbekistonda 41,7 foizgaʻ ʻ ʻ
teng, Turkiyada 35,1 foiz, Tojikistonda  27,3 foiz, Rossiyada esa ushbu ko rsatkich	
ʻ
49,1   foizga   teng.   Mazkur   jadval   ma lumotlarini   tahlil   qilish   natijasida   shunday	
ʼ
xulosaga   kelish   mumkinki,   O zbekiston   demografik   rivojlanish   ko rsatkichlari   va	
ʻ ʻ
bandlik ko rsatkichlari  bo yicha ham  barqaror  rivojlanishga ega. Bu esa yaqin 15	
ʻ ʻ
yil ichida mehnat resurslariga bo lgan tanqislikka duch kelmasligi bilan izohlanadi.	
ʻ
O zbekiston   Respublikasining   2020-yil   20-oktyabrdagi   O RQ-642sonli“	
ʻ ʻ
Aholi bandligi to g risida”gi yangi qonuniga asosan «Bandlik fuqarolarning qonun	
ʻ ʻ
hujjatlarida   taqiqlanmagan,   o z   shaxsiy   va   ijtimoiy   ehtiyojlarini   qanoatlantirish	
ʻ
bilan   bog liq   bo lgan,   ularga   ish   haqi   (mehnat   daromadi)   keltiradigan	
ʻ ʻ
faoliyatidir” 16
 deb ta rif berilgan.	
ʼ
Shuningdek, fuqarolarga o zining ishlab chiqarishga va ijodiy mehnatga doir	
ʻ
qobiliyatlaridan   foydalanish   hamda   qonun   hujjatlarida   taqiqlanmagan,   shu
jumladan,   haq   to lanadigan   ishni   bajarish   bilan   bog liq   bo lmagan   har   qanday	
ʻ ʻ ʻ
faoliyatni amalga oshirish bo yicha mutlaq huquq tegishlidir»	
ʻ 17
 deb ta kidlangan.	ʼ
Yuqoridagi   keltirilgan   ta riflardan   xulosa   qilib   shuni   aytish   mumkinki,	
ʼ
bizningcha,   inson   o zining   mehnat   qilish   qobiliyati   –   mehnat   resurslarini   o zi	
ʻ ʻ
tasarruf etishi bilan birga mehnat qilganlik uchun olinadigan mehnat daromadi (ish
haqi)ni    tasarruf   etishda   mutlaq  huquqqa   ega  bo lishi   maqsadga   muvofiq.  Bu   esa	
ʻ
uning   shaxsiy   daromadi   va   shu   bilan   birga   ushbu   shaxsiy   daromad   hisobidan
shakllanadigan   mulk   “shaxsiy   mulk”   maqomiga   ega   bo lishi   uning   iqtisodiy	
ʻ
mazmuniga ko ra to la mos keladi, deb hisoblaymiz.	
ʻ ʻ
Bizning   fikrimizcha,   ish   bilan   bandlik   insonning   o z   shaxsiy   va   ijtimoiy	
ʻ
ehtiyojlarini   qondirish   yo lidagi   qonuniy   faoliyati   va   belgilangan   (eng   kam   ish	
ʻ
haqidan kam bo lmagan) mehnat daromadi keltiradigan faoliyatdir.	
ʻ
Ma lumki,   mehnat   resurslari   bu   ishchi   kuchiga   ega   bo lgan   aholi,   ammo	
ʼ ʻ
faqatgina   ishchi   kuchining   o zi   emas.   Aksariyat   adabiyotlarda   bu   ikki   tushuncha	
ʻ
16
 2020- yil  20- oktyabrdagi   O ʻ RQ -642- sonli “ qarori .
17
  O zbekiston   Respublikasining   “Aholi   bandligi   to g risida”gi   qonuni.   2020-yil   20-oktyabr,   O RQ642-son,   4-	
ʻ ʻ ʻ ʻ
modda.
15 bir   o rinda   ishlatiladi.   Ammo   “Ishchi   kuchi,   oddiy   qilib   aytganda,   insonningʻ
mehnat   qobiliyatilari   yig indisi,   mehnat   resurslari   esa   shu   qobiliyatlarga   ega	
ʻ
bo lgan kishilar yig indisidan iborat”.	
ʻ ʻ
Mehnat   layoqatiga   ega   bo lmagan   va   mehnatga   layoqat   yoshidan   kattalar	
ʻ
iqtisodiy   faol   bo lmagan   aholini   tashkil   etadi.   Lekin   bu     guruhlar   orasida   ham	
ʻ
ishlash   qobiliyatiga   ega   bo lganlar   mavjud   bo lib,   biz   ularni   iqtisodiy   faol   aholi	
ʻ ʻ
tarkibiga   kiritishga   haqlimiz.   Chunki   ularni   istalgan   paytda   ijtimoiy   ishlab
chiqarishga jalb qilish mumkin. Globallashuv sharoitida bunday muammolarni hal
etish respublikaning oldida turgan dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Buning   uchun   bozor     va   ko chalarda   faoliyat   ko rsatayotgan   “yashirin	
ʻ ʻ
tadbirkorlar”ni   tegishli   tashkilotlar   tomonidan   rasmiylashtirish,   mardikor
bozorlarini   madaniylashtirilgan   tarzda   mehnat   birjalarining   faoliyat   sohasidan
biriga   aylantirish   va   davlat   tomonidan   rag batlantirish   talab   etiladi.   Shuningdek,	
ʻ
mulkchilikning   turli   shakllarini   (ayniqsa,   nodavlat   sektorida)   rivojlantirish,   ish
haqini ko paytirish orqali ish qidirish va bandlikni oshirishda ochiq mehnat bozori	
ʻ
rolini   absolyutlashtirish   ham   yuqoridagi   muammolarni   hal   etishda   muhim
ahamiyat kasb etadi. Ish bilan bandlik ijtimoiyiqtisodiy kategoriya sifatida ijtimoiy
mehnat munosabatlarining turli  tuman shakllaridan iborat. Ish bilan bandlik tovar
ko rinishidagi   ishchi   kuchi   mehnat   bozorini   tark   etganda   va   uni   iste mol   qilish	
ʻ ʼ
boshlanganda   vujudga   keladi.   Bunda   Prezidentimizning   takliflari   bilan   joriy
etilgan   va   hozirgi   paytda   yaxshi   natijalar   berayotgan   “Temir   daftarlar”,   “Xotin
qizlar” “Yoshlarni ish bilan ta minlash” bo yicha ochilgan temir daftarlar samarali	
ʼ ʻ
natijalar bermoqda.
Bugungi   kunda   ish   bilan   bandlik   muntazam   va   moslanuvchan   yoki
noan anaviy bandlik shakllariga ijtimoiy ishlab chiqarishda ish bilan band bo lgan	
ʼ ʻ
holda   o rindoshlik   tartibida   boshqa   faoliyat   bilan   shug ullanayotgan	
ʻ ʻ
ishchixodimlar,   o quvchitalabalar,   qarilik   nafaqasiga   chiqib   ishlayotganlar   hamda	
ʻ
uy   va   shaxsiy   tomorqa   xo jaligi   yurituvchilar   kabilar   kiritiladi.   Shu   o rinda   bu	
ʻ ʻ
16 tushunchaning   mazmuniga   e tibor   qilsak,   u   bejizga   tadqiqotchilarning   jiddiyʼ
noroziligiga sabab bo lmaganligining guvohi bo lamiz.	
ʻ ʻ
Moslanuvchan   bandlik   ham   to liqsiz,   vaqtinchalik   va   kasanachilik   kabi	
ʻ
turlarga   bo linadi.   Ammo   ular   mavsumiy   va   qisman   ishsizlik   xarakteriga   ega.	
ʻ
Mavsumiy   ishsizlikda   ishchi   kuchi   ma lum   davrda   ish   bilan   band   bo lib,   qolgan	
ʼ ʻ
payt   ishsiz   qoladi.   Qisman   ishsizlikda   esa   u   kunning   muayyan   soatlarida   yoki
haftaning ayrim kunlarida mehnat qilish imkoniyatiga ega bo ladi xolos. Ko rinib	
ʻ ʻ
turibdiki, har ikkalasida ham bandlik nisbiy bo lib, buning ortida ishchilar ma lum	
ʻ ʼ
vaqt bekor turib qoladilar.
Respublikamiz   iqtisodiyotida   ish   bilan   bandlarning   63   foizi   moddiy   ishlab
chiqarishda,   37   foizi   esa   xizmat   ko rsatish   sohalarida   mehnat   qilishadi.   Moddiy	
ʻ
ishlab   chiqarish   sohalari   texnikaviy   qurollanish   darajasining   pastligi,   mavjud
texnologiyalarning   ma naviy   eskirganligi,   ishchilar   kasb   darajasining   zamonaviy	
ʼ
talablarga   javob   bermasligi   va   boshqa   omillar   bu   sohada   ish   bilan   bandlar
orasidagi   kelib   chiqayotgan   muammolardan   biri   desak   bo ladi.   Vaholanki,	
ʻ
rivojlangan mamlakatlarda buning aksini ko rishimiz mumkin.	
ʻ
Demak,   bozor   munosabatlari   sharoitida   iqtisodiyotda     tarkibiy
o zgartirishlarni   amalga   oshirish,   xizmat   ko rsatish   va   moddiy   ishlab   chiqarish	
ʻ ʻ
sohalarini   muvofiqlashtirish,   mehnat   unumdorligining   o sishi,   ishchilarning	
ʻ
moddiy   ishlab   chiqarish   sohasidan   xizmat   ko rsatish   sohalariga   ko chib   o tishi	
ʻ ʻ ʻ
orqali samarali bandlikni ta minlashga imkon beradi.	
ʼ
Samarali   bandlik   esa   shaxsning   munosib   daromadi,   salomatligi   va
rivojlanishini,   shuningdek,   ijtimoiy   mehnat   unumdorligi   oshishi   asosida
jamiyatning har bir a zosi uchun ta lim va kasb darajasining o sishini ta minlaydi.	
ʼ ʼ ʻ ʼ
Samarali   bandlik   tabiiy   ravishda   erishilgan   to liq   ish   bilan   bandlikni   to ldiruvchi	
ʻ ʻ
jarayon bo lib, ikkalasining muvofiq kelishi, (birga ro y berishi) iqtisodiyot uchun	
ʻ ʻ
ijobiy   hol   hisoblanadi.   Ish   bilan   to liq   bandlik   aholining   100   foiz   ish   bilan	
ʻ
ta minlanganligini   emas,   balki   ishga   ehtiyoj   sezadigan   va   ishlashni	
ʼ
xohlaydiganlarning ish bilan ta minlanganligini anglatadi. Shunday qilib, to liq ish	
ʼ ʻ
17 bilan   bandlik   miqdor   tomonidan   aholini   ish   bilan   bandligini   ta riflasa,   samaraliʼ
bandlik sifat jihatini tavsiflaydi.
Bizning  fikrimizcha,  aholining  ish  bilan bandligini   yanada  oshirish  birinchi
navbatda,   unga   ta sir   etuvchi   omillar   samaradarligini   oshirishga   bog liq	
ʼ ʻ
hisoblanadi.   Aholining   ish   bilan   bandligini   oshirishga   ta sir   etuvchi   omillarni	
ʼ
aniqlash   va   hisobga   olish   aholining   mehnat   bilan   bandligini   amaliy   jihatdan
oshirishning   eng   muhim   muammolaridan   biridir.   Aholining   ish   bilan   bandligini
oshirishga   tizimli   yondashuvni   tatbiq   etish   jarayonida   ko pgina   tadqiqotchilar
ʻ
tashqi   muhit   bilan   bog liqlik   mezonlarga   ko ra   ikki   guruhga   -   tashqi   va   ichki	
ʻ ʻ
guruhlarga   ajratadilar.   Tashqi   guruh   omillariga   quyidagilar   kiritiladi:   siyosiy,
iqtisodiy, texnologik (innovatsion) va ijtimoiy va boshqalar.
Siyosiy omillar  qatoriga biz mamlakatdagi  siyosiy  vaziyatning  barqarorligi,
qonunchilik   tizimining   samaradorligi,   ijtimoiy-iqtisodiy   jarayonlarni   davlat
tomonidan tartibga solish sifati kabilar kiradi, deb hisoblaymiz.
Iqtisodiy   omillarga   esa:   bozor   mexanizmlarining   samaradorligi,   soliq
tizimining barqarorligi, moliya tizimining barqarorligi, sifat menejmenti tizimining
mavjudligi va boshqalar kiradi.
Bizningcha, bugungi pandemiya sharoitini hisobga olgan holda O zbekiston	
ʻ
Respublikasida   iqtisodiyotning   norasmiy   sektorida   band   bo lganlar   mehnatini	
ʻ
qonuniylashtirish   va   mazkur   o zgarishlarning   xuquqiy   asosini   mustahkamlashni	
ʻ
talab etadi. Ta kidlash joizki, iqtisodiy omillarning aholini mehnat bilan bandligini	
ʼ
oshirishga   ta siri   ish   beruvchi   va   xodimning   sherikchilik   munosabatlarini
ʼ
o rnatishga   yordam   berishi   lozim.   Bu   esa   biznesning   ijtimoiy   javobgarligi	
ʻ
dasturlarini   amalga   oshirish,   korporativ   madaniyatni   rivojlantirish,   aholi   hayot
darajasi va sifatining o sishiga erishish imkonini yaratadi.	
ʻ
Ijtimoiy   omillarning   ish   bilan   bandlikka   ta siri   shundan   dalolat   beradiki,	
ʼ
ishchixodimning   yuqori   daromadga   ega   bo lishi   va   daromad   miqdorining   ortib	
ʻ
borishi   ushbu   xodimga   harakatchanlik,   motivatsiya,   novatorlik   xususiyatlari,
kasbga yaroqlilik kabi shaxsiy xususiyatlarning rivojlanishiga imkon imkon beradi.
18 Ushbu   fazilatlar   mutaxassislarning   fikriga   ko ra   mehnat   unumdorligining   o sishiʻ ʻ
uchun asosiy zaxira bo lib, inson, oila, korxona va jamiyat uchun daromad manbai	
ʻ
hisoblanadi.
Texnologik   (innovatsion)   omillar:   mamlakatdagi   (hududdagi)   innovatsion
faoliyat   yangi   axborot   texnologiyalaridan   foydalanish   darajasi,   texnologik
jarayonlarning   professional   tarmog i,   texnologiyalarning   harakatchanligi,   kadrlar	
ʻ
malakasi darajasi va boshqalardan iborat bo lishi mumkin.	
ʻ
Korxonalar va tashkilotlarni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash
orqali iqtisodiy o sishni rag batlantirishning eng muhim sharti bu texnologik omil;	
ʻ ʻ
hudud   iqtisodiyotining   progressiv   sohasini   shakllantirish;   hudud   iqtisodiyoti
tomonidan   ishlab   chiqarilgan   mahsulotlar   va   xizmatlarning   raqobatdoshligini
ta minlash;   investitsion   faoliyatni   jonlantirish;   kichik   va   o rta   biznesni	
ʼ ʻ
rivojlantirish.   Ushbu   jarayonlarning   natijasi   hudud   iqtisodiyotida   yangi   ish
o rinlari   yaratilishini   va   mavjud   ish   o rinlarining   saqlanishini   rag batlantirishdan
ʻ ʻ ʻ
iborat bo lib, bu aholining hayot darajasi va sifatini oshirishga olib keladi.	
ʻ
Mehnat   resurslaridan   foydalanish   ko p   jihatdan   ijtimoiy   omillarning	
ʻ
ta siriga:   aholining   turmush   darajasi   va   sifati,   ishchilarning   aksariyati   tomonidan	
ʼ
baham ko riladigan umumjahon miqyosidagi madaniy qadriyatlarning mavjudligi,	
ʻ
mamlakatda  inson   huquqlarini  himoya  qilish  darajasi,   aholining  bilim  darajasi   va
boshqalarga bog liq.	
ʻ
Bizningcha   esa,   ushbu   guruh   omillariga   demografik   omilni   kiritishimiz
maqsadga   muvofiq   bo ladi.   Chunki   demografik   vaziyat   va   jarayonlar	
ʻ
mamlakatdagi   iqtisodiy   taraqqiyot   omili   bo lib   hisoblanadi.   Demografik   jarayon	
ʻ
bu o z navbatida, aholining ko payishiga, uning yoshijinsi tarkibi, tug ilish, o lim,	
ʻ ʻ ʻ ʻ
nikohdan   o tish,   aholining   migratsion   oqimdagi   o zgarishlarga   bevosita   ta sir	
ʻ ʻ ʼ
ko rsatadigan har qanday hodisaning vaqt va makonda rivojlanishini aks ettiruvchi	
ʻ
hodisalar majmui hisoblanadi.
19 Ayniqsa,   demografik   jarayonlarning   bandlik   ko rsatkichlariga   ta siriniʻ ʼ
bashoratlash esa kelajakdagi ish bilan bandlik siyosatini aniqlash imkonini beradi,
deb hisoblaymiz.
Shubhasiz,   ishchi   kuchi   bandligini   rivojlantirishning   eng   muhim
tendensiyalari   tashqi   omillarning   ta siri   bilan   bog liq,   ammo   ularni   boshqarish	
ʼ ʻ
imkoniyatlari   obyektiv   ravishda   cheklangan.   Bu   nafaqat   ishbilarmon   doiralar
vakillariga,   balki   hududdagi   davlat   organlariga   ham   tegishli.   Bunday   sharoitda
samarali   nazorat   harakati   ichki   omillarga   asoslangan   bo lishi   kerak,   ular   nazorat	
ʻ
obyektining   o ziga   xos   xususiyatlariga   ko ra   ushbu   jarayonning   ikki   asosiy	
ʻ ʻ
ishtirokchilari - davlat organlari va ish beruvchilarning manfaatlarini hisobga olgan
holda farqlanishi kerak.
1.2.  Ish bilan bandlikning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va mazmuni .
Aholini   ish   bilan   ta’minlash   inson   ijtimoiy   rivojlanishining   yeng   muhim
jihatlaridan   biri   -   uning   mehnat   sohasi   va   u   bilan   bog’liq   bo’lgan   yehtiyojlarni
qondirish   yo’llarini   ochib   beradi.   Ish   bilan   bandlik   odamlar   ish   joylari
qayerdaligidan qat’i nazar, ijtimoiy foydali mehnatda qatnashish yuzasidan o’zaro
kirishadigan   ijtimoiy-iqtisodiy   munosabatlardir.   Ish   bilan   bandlik   munosabatlari,
mehnatga   layoqatli   odamlarning   qanchasi   va   qay   darajada   ijtimoiy   foydali
mehnatda qatnashishini ko’rsatadi. 
Biroq   ish   bilan   bandlik   toifasi   faqat   iqtisodiy   komponent   bilan
cheklanmaydi.   Ish   bilan   bandlik,   avvalo,   ijtimoiy   munosabatlardir,   ya’ni
odamlarning jamiyat ichidagi munosabatlaridir, shu bois qandaydir azaliy, bevosita
yuzaga kelgan hodisa sifatidagi ijtimoiylik ularning asosiy xususiyati hisoblanadi. 
Ish   bilan   bandlikni   ijtimoiy-iqtisodiy   hodisa   sifatida   quyidagicha   ta’riflash
mumkin:   ish   bilan   bandlik   —  fuqarolarning   qonun  hujjatlariga  zid   kelmaydigan
o’z   shaxsiy   va   ijtimoiy   yehtiyojlarni   qondirish   bilan   bog’liq   bo’lgan,   ularga   ish
haqi yoki mehnat daromadi keltiradigan faoliyatdir. 
20 Iqtisodiyotning   sifat   jihatidan   oldingisidan   farq   qiluvchi   har   bir   rivojlanish
bosqichi   uchun   ish   bilan   ta’minlashning   muayyan   modeli   (konsepsiyasi)   mos
keladi, chunki uning asosiy xususiyatlari jamiyat faoliyatining muhim jarayonlarini
ochib beradi. 
Tajriba   shuni   ko’rsatadiki,   jamiyat   muammolari   ichida   insonning   shaxsini,
talab-yehtiyojlarini   hisobga   olmasdan   hal   qilishga   urinish   omadsizlikka   mahkum
yetadi.   S’Huning   uchun   avvallari   olimlar   ish   bilan   bandlik   muammolarini   ko’rib
chiqayotganlarida   asosan,   uning   iqtisodiy   jihatlariga   ye’tibor   bergan   bo’lsalar,
keyingi   paytda   ish   bilan   bandlikning   ijtimoiy   jihatlari   to’g’risida   tobora   ko’proq
gapirilayotganligi bejiz yemas. 
Aholining   ish   bilan   bandlik   konsepsiyasi   —jamiyat   ijtimoiyi   qtisodiy
rivojlanishning   muayyan   bosqichidagi   ish   bilan   ta’minlanishning   xususiyatini
ochib   beradigan   qarashlar,   tasavvurlar   tizimidir.   Bunday   nazariy   tushunchalar
markaziga  uni   rivojlantirishning  ijtimoiy  bozor   tipidagi  davlat   uchun xos  bo’lgan
obektiv   jarayonlarini   hisobga   oluvchi   ish   bilan   ta’minlanishning   shakllanishi
qo’yiladi.   Bu   o’z   navbatida   muayyan   davr   mobaynidagi   qo’yilgan   maqsadlarga
yerishishning real imkoniyatlari bilan cheklanmaydi. 
Ish   bilan   bandlik   ijtimoiy   rivojlanishning   har   bir   bosqichiga   xos   bo’lgan
turli ko’rinishlar va shakllarda namoyon bo’ladigan o’ziga xos hodisadir. Ibtidoiy
jamoa   tuzumi   jamiyat   a’zolarining   to’liq   ish   bilan   bandligiga   asoslangan   yedi,
uning   boisi   ishlab   chiqaruvchi   kuchlarning   past   darajada   rivojlanganligida   yedi.
Quldorlik va feodal formasiyalar  asosan qullar va krepostnoylarning majburiy ish
bilan  bandligiga   asoslangan   bo’lib,   quldorlar   va   krepostnoylar   ishlamasdan   hayot
kechirar   yedilar.   Doirasida   inson   huquqiy   jihatdan   yerkin   bo’lgan   va   yollanma
xodim sifatida namoyon bo’ladigan bozor  iqtisodiyotiga yega bo’lgan kapitalistik
formasiyada ish bilan band bo’lmagan aholi mavjud bo’ladi. Bunday ish bilan band
bo’lmaslik   tabiiy   va   noiloj   ishsizlik   shaklida   bo’ladi.   Sosializm   sharoitida   to’liq
(«yalpisiga»)  ish  bilan bandlik  ye’lon qilingan  bo’lib, bu  yesa  odamning  ijtimoiy
ishlab chiqarishda qatnashishga majburligi bilan mustahkamlangan yedi. 
21 Hozirgi vaqtda ish bilan band aholiga barcha yollanib ishlayotgan xodimlar,
o’quvchilar, harbiy xizmatchilar bilan bir qatorda o’zini o’zi mustaqil ravishda ish
bilan   ta’minlaydigan   fuqarolar   va   tadbirkorlik   faoliyati   bilan   shug’ullanadigan
fuqarolar kiritilgan. 
Ish   bilan   bandlar:   a)   pul   bilan   to’lanadigan   yoki   natura   holidagi   haq
yevaziga   yollanib,   shuningdek,   o’z   faoliyati   yevaziga   qancha   muddat   haq   yoki
daromad   olishidan   qat’i   nazar,   foyda   yoki   oilaviy   daromad   olish   uchun
yollanmasdan   haftasiga   kamida   2   soat   ish   bajarganlar;   b)   kasalligi   yoki
jarohatlanganligi   tufayli,   bemorlarga   qarab   turuvchilar;   yillik   mehnat   ta’tili   yoki
dam   olish   kunlarida,   o’z   ish   joyidan   tashqarida   ta’lim   olganlar;   ma’muriyat
tashabbusi   bilan   ta’minoti   saqlab   qolingan   yoki   saqlanmagan   holda   mehnat
ta’tilida   bo’lgan   va   boshqa   shunga   o’xshash   sabablar   bilan   vaqtincha   ishda
bo’lmaganlar; v) oilaviy korxonada haq olmasdan ish bajargan shaxslardan tashkil
topadi. Ish bilan band bo’lgan aholiga ikki guruh fuqarolar kiradi: 
1.   Ko’ngilli   ravishda   ish   bilan   band   bo’lmagan,   yer-xotindan   birining,   ota-
onasi va boshqalarning mablag’lari hisobiga yashaydigan fuqarolar; 
2. Noilojdan ish bilan band bo’lmagan xodimlar kiradi, ular, o’z navbatida,
quyidagilarga:   a)   mustaqil   ravishda   ish   qidirayotganlar;   b)   ish   bilan   band   yetish
xizmati   yordamida   ish   qidirayotgan;   rasmiy   maqomga   yega   bo’lgan   ishsizlik
yuzasidan nafaqa oladigan ishsiz fuqarolarni o’z ichiga oladi.
«Aholini   ish   bilan   ta’minlash   to’g’risida»gi   Qonun   1992   yil   13   yanvarda
qabul qilingan bo’lib, unga 1998 yil 1 mayda ba’zi o’zgartirishlar va qo’shimchalar
kiritildi.   Qonunda   aholining   ish   bilan   bandligining   asosiy   prinsiplari   ifodalab
berilgan,   bu   tamoyillar   ish   bilan   bandlik   munosabatlariga   bozor   xususiyatidan
kelib   chiqadi   va   u   bir   necha   tamoyillar   bilan   ifodalanadi.   Birinchi   tamoyil
fuqarolarning   unumli   va   ijodiy   mehnat   qilishga   bo’lgan   o’z   qobiliyatlaridan
foydalanishdan   iborat   favqulodda   huquqidir.   Mehnat   qilishga   majbur   yetishga
(qanday shaklda bo’lmasin)  yo’l  qo’yilmaydi. Faqat  qonunda alohida belgilangan
hollar bundan mustasnodir. 
22 Shunday   qilib,   respublikamizning   ijtimoiy-iqtisodiy   hayotida   umuminsoniy
qadriyatlarni   mustahkamlash   uchun   muayyan   qadam   qo’yilgan   bo’lib,   bu
qadriyatlar orasida yeng muhimi  mehnatning ixtiyoriyligidir . Yendilikda ijtimoiy
mehnatda   ishtirok   yetish   kerak   yoki   kerak   yemasligini   tanlashdan   iborat   ustuvor
huquq insonning o’ziga tegishlidir. 
Milliy   iqtisodiyotda   aholini   mehnat   bilan   ta’minlash   yendilikda   amalda
ijtimoiy   foydali   faoliyatning   birdan-bir   sohasi   hisoblanmaydi.   Mehnatning
umumiyligi  huquqiy burch sifatida mustahkamlangan vaqtda u ana shunday yedi.
Mehnat   sohasi   ijtimoiy   foydali   ish   bilan   bandlikning   o’qish,   uy-ro’zg’or   ishlari,
bolalarni   tarbiyalash   va   hokazolar   kabi   teng   huquqli   va   hamma   uchun   qulay
sohalardan biriga aylanmoqda. Ixtiyoriy ish bilan bandlikka barham berish sababi
bitta - u ham bo’lsa, tirikchilik vositalarining g’ayriqonuniy manbaidir. 
O’zining mehnatga bo’lgan qobiliyatidan foydalanishdan iborat  favqulodda
huquq   tamoyili   insonning   o’ziga   ma’qul   bo’lgan   joyda   o’zi   xohlagan   vaqt
mobaynida ishlash huquqini nazarda tutadi. Har kim o’zi uchun qulay vaqt va ish
bilan   bandlik   usulini   mustaqil   tanlashi   mumkin.   Jinsi,   yoshi,   millati   va   boshqa
belgilaridan   qat’i   nazar,   hammaga   doimiy,   qisman,   vaqtincha,   ahyon-ahyonda
bo’ladigan   ish   bilan   bandlik,   o’rindoshlik   bilan   ishlash   ish   vaqtini   tashkil
yetishning   moslashuvchan   grafiklariga   xosdir.   Kasb   tanlashdagi   huquqning
cheklanmaganligi   va   iqtisodiyot   sohalaridan   birida   mehnat   qilish   huquqi   ham
muhim hisoblanadi (bunga yakka tartibda mehnat qilish ham kirishi mumkin). 
Favqulodda   tanlash   huquqi   haqida   gapirilganda   bu   huquqni   jamiyatda   har
kimning u yoki bu ish bilan bandlik turi yoki kasbga bo’lgan yehtiyojini qondirish
majburiyati   bilan   tenglashtirish   to’g’ri   bo’lmaydi.   Jamiyat   barchaga   o’z
qobiliyatlarini   ro’yobga   chiqarish   uchun   teng   huquqiy   shart-sharoitlar   yaratib
berishi kerak. Masalan, agar biror kishi tadbirkor bo’lmoqchi yekan, jamiyat uning
uchun   huquqiy   shart-sharoitlar   berishi   lozim,   lekin   bu   kishi   tadbirkor   bo’lish-
bo’lmasligi uning shaxsiy fazilatlariga bog’liqdir. 
23 1.1-rasm. Ish bilan bandlikni shakllanishi omillari
Davlatning ish bilan bandlikka ko’maklashish tamoyili asosida mehnat qilish
huquqini   ro’yobga   chiqarish   uchun   shart-sharoitlar   yaratib   berishi   ijtimoiy   ishlab
chiqarishning   iqtisodiy   jihatdan   yerkin   ishtirokchilari   iqtisodiy   xulq-atvoriga
bevosita   usullar   bilan   tuzatish   kiritishdan   iboratdir.   Bunda   davlatning   ish   bilan
bandlikka   bevosita   ta’sir   ko’rsatish   choralari   rag’batlantiruvchi     tadbirlarining
ustuvorligiga   asoslanadi.   Bu   o’rinda   mehnatkashlarning   tadbirkorlar   va
hududlarning   ijtimoiy   va   iqtisodiy   huquqlarini   hamda   yerkinliklarini   buzadigan
vositalar bo’lmasligi kerak. Ish bilan bandlikda ko’maklashish tamoyili bir qancha
jihatlarga   yegadir.   Ish   bilan   bandlikka   ta’sir   ko’rsatishning   o’zini   ochib   berish
asosida   uni   (bandlikni)   istalgan   yo’nalishda   shakllantirish   jarayonini   bevosita
to’g’ri   yo’lga   solish   yotadi.   Ish   bilan   bandlikka   ko’maklashish   tamoyili   ijtimoiy
mehnat munosabatlari subektlarining taraqqiyot yo’nalishlarini ishlab chiqishda va
uni   tartibga   solishda   faol   va   manfaatdorlik   bilan   ishtirok   yetishlaridan   ham
iboratdir.   Bu   subektlar   yollanma   xodimlar,   ish   beruvchilar   bo’lib   ular   kasaba
uyushmalariga, assosiasiyalar va ittifoqlarga birlashganlar. 
24 Ishlab chiqarish sohasida  
sodir bo`layotgan 
o`zgarishalarQayta qurish k е ltirib 
chiqargan iqtisodiyotdagi 
global tuzilmaviy 
o`zgarishlar
Ijtimoiy- dеmografik 
omillarIst е 'mol savatining 
qimmatlashuvi oqibatida 
namoyon bo`ladigan 
omillar Ish bilan 
bandlikni 
shakllanishi 
omillari Bu kuchlarning ish bilan bandlikni rivojlantirishda yaqindan o’zaro  yordam
berishlari   ish   bilan   bandlikning   holatiga   faol   ta’sir   ko’rsatib,   uning   sifat
jihatlarining har tomonlama yaxshilanishiga yordam beradi. Bunday jihatlarga ish
bilan   band   aholining   ma’lumot   va   kasb-malaka   tarkibi,   uning   tarmoq   va
demografik   tuzilishi,   yuqori   ijtimoiy   iqtisodiy   harakatchanlik,   raqobatdoshlik   va
shu kabilar kiradi. 
Ish   bilan   bandlik   masalalarini   ko’rib   chiqayotganda   mehnat   va   ish   bilan
bandlik o’rtasidagi   aniq farqni   ajrata bilish  kerak. Mehnat   -  insonning  o’ziga  xos
xususiyatlariga   yega   bo’lgan   faoliyati   bo’lib,   harakatlarni   anglatganligi,   kuch-
quvvat   sarflanishi,   natijadorlik,   ijtimoiy   foydalilik   va   hokazolar   shular   jumlasiga
kiradi. Mehnat  vaqt  xususiyatiga  yega, u bo’linadi  va dam  olish bilan almashinib
turadi.   Mehnat   -   ishchi   kuchini   ishlab   chiqishda   ishlatish   jarayonidir.   Ish   bilan
bandlik   insonning   mehnat   qilish   munosabati   bilan   va   mehnat   sohasidagi
yehtiyojlarni   qondirish   bilan   bog’liq   holda   kechadigan   ijtimoiy   rivojlanishning
muhim   tomonlaridan   biridir.   Mehnatdan   farqli   o’laroq,   ish   bilan   bandlikni
odamlarning aniq ish joyidagi amaliy faoliyatiga tenglashtirib bo’lmaydi. Ish bilan
bandlik   mehnatga   layoqatli   odamlarning   ish   bilan   qanday   ta’minlanganligini
ko’rsatadi.   Boshqacha   qilib   aytganda,   odamni   ish   bilan   band   hisoblash   uchun   u
biron-bir jamoaning a’zosi bo’lishi yoki o’z ishini yaratishi kerak. 
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitlarida ish bilan bandlik hamda
uning   tashkil   qiluvchilari   muammosi   ham   nazariy,   ham   amaliy
jihatlarda   yangicha   ma’no   kasb   yetadi.   Mehnat   bozori   ish   bilan
bandlikni   tartibga   solishda   faol   o’rinni   yegallaydi.   Mehnat   bozorida
asosiy   milliy   resurs   —   ishchi   kuchi   shakllanadi   hamda   korxonalar,
tarmoqlar va mintaqalar bo’yicha taqsimlanadi. 
Mehnat bozori iqtisodiy faol aholining ish bilan bandligini, ishlab chiqarish
va xizmat ko’rsatish sohasiga jalb yetilishini ta’minlaydi. U xodimning o’zi uchun
yanada   mosroq   ish   joyiga   o’tishini   yengillashtiradi.   Mehnat   bozori   orqali
25 korxonalar zarur miqdorda va talab qilingan sifatga yega ishchi bilan ta’minlanadi.
Mehnat   bozori   qanday   kadrlar,   mutaxassislar,   kasblarga   talab   borligini,   ulardan
qandaylari   ortiqchaligini   ko’rsatadi.   Bu   ko’pgina   mamlakatlar   uchun   dolzarb
muammodir.   Uning   hal   yetilishi   jamiyatning   ijtimoiy   taraqqiyotini   ta’minlashga
qodir bo’lgan samarali iqtisodiyotning yaratilishini anglatadi. 
Ish   bilan   bandlikni   ishchi   kuchiga   talabni   kengaytirishga   (ularni   foydali
faoliyatga   jalb   qilish   ko’lamlari,   shart-sharoitlari   va   shakllarini   ta’minlashga,   ish
bilan   band   bo’lgan   xodimlarni   shakllantirish,   taqsimlash,   foydalanish,   bo’shatish,
qayta tayyorlash va qayta taqsimlashga) yo’naltirilgan chora-tadbirlar va harakatlar
yig’indisi, deb ta’riflash mumkin. 
Bu konsepsiya doirasida to’la oqil (rasional) va samarali bandlik farqlanadi.
Ish   bilan   «to’liq»   bandlik   sosializmdagi   mehnatning   umumiyligi   va
majburiyligining aniq ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan amalga oshirilishidir. U mehnatga
layoqatli   aholiga   ijtimoiy   foydali   mehnat   bilan   shug’ullanishning   haqiqiy
imkoniyatlarining   berilishi   bilan   bog’liq.   Yuqorida   aytib   o’tilgan   kamchiliklarni
hisobga   olib,   to’liq   ish   bilan   bandlik   darajasi   bozor   iqtisodiyotiga   moslashib
boradi. Mehnatga qobiliyatli aholini ijtimoiy xo’jalikka jalb qilishning yeng yuqori
darajasi   sifatida   talqin   qilish   ham   o’zgarib   boryapti.   Ish   bilan   to’liq   bandlikka
aholini jalb qilishning har qanday darajasida yerishish mumkin, bunda u aholining
ish   o’rinlariga   bo’lgan   yehtiyojlarini   qondirishga   muvofiq   kelishi,   taklif
yetilayotgan   ish   o’rinlari   iqtisodiy   jihatdan   maqsadga   muvofiq   oqilona   (samara)
bo’lishi lozim. Bu o’rinda iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq ish o’rni deganda
shunday ish o’rni tushuniladiki, u insonga yuksak mehnat unumdorligiga yerishish
va   o’zining,   oilasining   yaxshi   yashashi   uchun   yetarli   bo’ladigan   ish   haqiga   yega
bo’lish   tushuniladi,   shu   bilan   birga   bu   ish   o’rni   uning   salomatligiga   zarar
yetkazmasligi va insoniy qadr-qimmatini yerga urmasligi kerak. 
Shunday   qilib,   ish   bilan   to’liq   bandlik   mehnatga   qobiliyatli   barcha
fuqarolarni   kasbiy   mehnat   sohasiga   jalb   qilishni   anglatmaydi.   Inson   o’z   istagi
bo’yicha   ijtimoiy   foydali   bandlik   sohalaridan   birini   (xalq   xo’jaligidagi   kasbiy
26 mehnatni,   uy   xo’jaligini   va   shu   kabilarni)   tanlashga   haqlidir.   Biroq   tartibga
soluvchi asosiy faoliyat turi daromad keltiruvchi, shaxs farovonligini oshiruvchi va
rivojlantirishini ta’minlovchi kasbiy mehnat bilan band bo’lishdir. Kasbiy mehnat
bilan   band   bo’lish   darajasi   xodimlar   umumiy   sonining   (ular   ishlayotgan   korxona
qanday   tashkiliy-huquqiy   shaklga   yega   bo’lishidan   qat’i   nazar)   mehnat   resurlari
soniga   nisbati   bilan   belgilanadi   hamda   mehnat   unumdorligi   va   jamiyat
rivojlanishining   ijtimoiy   samaradorligi   sohasida   yerishilgan   yutuqlarni   aks
yettiradi.   Buning   ma’nosi   shuki,   ish   bilan   bandlikdagi   mazkur   proporsiya   ishlab
chiqarish   samaradorligini   oshirish   manfaatlariga,   uni   jadallashtirish   natijalariga,
fan-texnika   taraqqiyoti   mehnat   unumdorligini   oshirish   manfaatlariga   to’liq   mos
kelsa,   shuningdek,   sog’lom   avlodni   yetishtirishga,   yuqori   malakali,   yaxshi   ta’lim
olgan   serharakat   xodimlarni   tarbiyalashga   qulay   sharoit   yaratib   bersa,   bunday
bandlik proporsiyasi yeng maqbul (optimal) deb hisoblanadi. 
Yuqorida sanab o’tilgan barcha sharoitlarga javob beradigan ish bilan to’liq
bandlik   unumdor   ish   bilan   bandlik   deb   atalishi   mumkin.   Bunda   biz   unumdor   ish
bilan   bandlik   samarali   mehnat   bilan   ayni   bir   narsa   yemasligiga   asoslanamiz.
Samarali   mehnat   unumdor   ish   bilan   bandlikning   tarkibiy   qismi   hisoblanadi.
Pirovard natijada to’liq va unumdor ish bilan bandlik uzviy birlikda bo’ladi. Agar
ish   bilan   to’liq   bandlikka   iqtisodiy   jihatdan   nomaqbul   ish   o’rinlari   yoki   munosib
tirikchilik   o’tkazishni   ta’minlamaydigan   ish   o’rinlari   bilan   yerishilsa,   u
xodimlarning kasb-malaka va ta’lim  darajasiga yoki xalq xo’jaligidagi vazifalarga
zid   bo’lsa,   malakali   kadrlar   tayyorlash   va   normal   demografik   rivojlantirishni
ta’minlashga   xalaqit   bersa,   aholining   bunday   ish   bilan   bandligi   umuminsoniy
qadriyatlarga yordam bermaydi va ijobiy deb hisoblanishi mumkin yemas. 
Demak,   ish   bilan   to’liq   unumdor   va   yerkin   tanlangan   bandlik,   avvalo,
aholining   ishga   bo’lgan   yehtiyoji   bilan   ish   o’rinlari   o’rtasidagi   miqdor   va   sifat
munosibligi   ahvolini   aks   yettiradi,   bunda   ijtimoiy   va   iqtisodiy   taraqqiyot   uchun
qulay  shart-sharoitlar   yaratiladi,   ya’ni   ham   ayrim   shaxsning,   ham   umuman   butun
jamiyatning manfaatlari hisobga olinadi. 
27 Iqtisodiy   islohot   jarayonida   mehnat   samaradorligining   ortishiga   qarab
mehnat   bilan   bandlikning   darajasi   umuman   mamlakat   bo’yicha   pasayib   boradi.
yaqin kelgusida respublikamizda ish bilan bandlikning rivojlanish xususiyatlari ana
shunday   kechadi.   Bu   yerda   yuqori   samarali   iqtisodiyot   nisbatan   kamroq
miqdordagi xodimlarga yehtiyoj sezadi, shu bilan birga aholining ishchi o’rinlariga
bo’lgan yehtiyoji ham kamayadi, chunki mehnat bilan ijtimoiy foydali bandlikning
boshqa sohalariga qiziqish ortadi. 
Odamlarning   ijtimoiy   zarur   ish   bilan   bandlikka   bo’lgan   yehtiyojini   va   uni
amalga   oshirish   imkoniyatini   rejali   tartibga   solib   borish   lozim.   Bundan   maqsad
insonning faoliyat ko’rsatish, shart-sharoitlarni yaxshilash va iqtisodiyotni samarali
ishlashini ta’minlashdir. 
Ish bilan bandlik maqomi. Ish bilan bandlik munosabatlari. Ish bilan bandlik
maqomi   ijtimoiy   foydali   faoliyatda   ishtirok   yetuvchi   mehnat   resurslarining   bir
qismi   uchun   belgilanadi.   Bular   daromad   olish   maqsadi   bilan   tovarlar   ishlab
chiqarish   va   xizmat   ko’rsatish   uchun   ish   kuchini   taklif   qiladigan   kishilar   guruhi,
shuningdek,   ijtimoiy   foydali   faoliyatda   ishtirok   yesa   ham   bevosita   pul   daromadi
keltirmaydigan aholi guruhi yoxud ne’matlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish
bilan bevosita bog’liq bo’lgan daromad keltiradigan kishilar guruhidir. 
Birinchi guruhga  iqtisodiyotning davlat sektorida band bo’lgan kooperativ,
aksiyadorlar jamiyatlarida, xususiy sektorda ishlaydigan fuqarolar kiradi.  Ikkinchi
guruhga   ishlab   chiqarishdan   ajralgan   holda   ta’lim   oladigan   o’quvchilar,
respublika qurolli kuchlarining xizmatchilari kiradi. 
Shunday   qilib,   band   aholiga   yollanib   ishlaydigan   fuqarolar,   shu   jumladan,
to’liq   yoki   noto’liq   ish   kuni   (hafta)   mobaynida   haq   olib   ish   bajaradigan,
shuningdek,   tegishli   shartnoma,   bitim   bilan   tasdiqlangan   haq   to’lanuvchi   ishga
yega   bo’lgan   kasalligi,   ta’tilga   chiqqanligi   munosabati   bilan   ishda   bo’lmagan
fuqarolar   kiradi.   O’zini   mustaqil   ravishda   ish   bilan   ta’minlaydigan   shaxslar,   shu
jumladan,   tadbirkorlar   va   fermerlar,   harbiy   qismlardagi   qo’shin   turlarida   xizmat
qilayotgan shaxslar, o’quvchilar ham ish bilan band kishilar jumlasiga kiradi. 
28 Ish   izlayotgan,   ishini   o’zgartirayotgan,   vaqtincha   ishlamayotgan   aholi   va
ishdan ajralgan holda o’qimayotgan, ishning mavsumiy yekanligi tufayli vaqtincha
ishlamayotgan   aholi   iqtisodiy   faol   ish   bilan   band   bo’lmagan   aholiga   mansubdir.
Ishsiz   maqomiga   yega   bo’lgan   shaxslar   ham   iqtisodiy   faol   ish   bilan   band
bo’lmagan aholi jumlasiga kiradi. 
Ish bilan bandlik munosabatlari iqtisodiy, demografik va ijtimoiy jarayonlar
bilan   bog’liq   bo’ladi.   Ish   bilan   bandlikning   iqtisodiy   mazmuni   xodimning   o’z
mehnati   bilan   o’ziga   munosib   hayot   kechirishni   ta’minlash   va   ijtimoiy   ishlab
chiqarish samaradorligining o’sishiga yerishish imkoniyati bilan ijtimoiy mazmuni
shaxsni shakllantirish va rivojlantirish bilan ifodalanadi. 
Ish   bilan   bandlik   samaradorligi.   Shaxsning   arzirli   daromad   olishini,
sog’lig’ini   yuksaltirishni,   jamiyatning   har   bir   a’zosi   uchun   ijtimoiy   ishlab
chiqarishning usuli asosida ma’lumot va kasb darajasini oshirishni ta’minlaydigan
ish bilan bandlikni aholining samarador bandligi deb hisoblash mumkin. 
Ishsizlikka real baho berish va uni o’lchash Xalqaro Mehnat Tashkilotining
(XMT)   tavsiyalariga   muvofiq   hamda   mehnat   munosabatlarining   qaror   topgan
tajribasini hisobga olgan holda  amalga oshiriladi. O’zbekistonda ishsizlarga 16 va
undan katta yoshdagi kishilar kiradi, ular ana shu qarab chiqilayotgan davrda ishga
yoki   boshqa   daromadli   mashg’ulotga   yega   bo’lmaydilar,   o’zlari   mustaqil   yoki
kimningdir   vositachiligida   ish   qidirayotgan   bo’ladilar   va   ishga   kirishga   tayyor
turadilar. 
Ishsizlikning yashirin turlari va ish bilan norasmiy bandlikning asosiy xavfi
oshkora   ishsizlikka   o’tish   imkoniyatidan   tashqari,   mehnat   axloqining   buzilishi,
ishchi   kuchining   malakadan   mahrum   bo’lishi,   kasbga   bo’lgan   qiziqish   va
ko’nikmalarni   yo’qotish,   jamiyatga   hozir   potensiali   kerak   bo’lmagan   kishilardan
ma’lum qismini qashshoqlashuviga olib kelishidir. Bundan tashqari, korxonalarda
ortiqcha   xodimlarni   saqlab   turish   mahsulot   tannarxining   asossiz   ravishda   ortib
ketishiga,   inflyasiyaning   ko’payishiga   sabab   bo’lishi   mumkin.   Norasmiy   faoliyat
turlarida   soliq   solinmaydigan   ish   bilan   bandlikning   ko’payishi   byudjet
29 daromadlarining   kamayishiga,   savdo   vositachilik   xizmatlarining   haddan   tashqari
avj olib ketishiga sabab bo’ladi, har xil g’ayriqonuniy xatti-harakatlar uchun qulay
imkoniyat yaratib beradi. 
Ish   bilan   bandlikdagi   tarkibiy   tanazzulning   bevosita   oqibatlari   va     ishchi
kuchiga bo’lgan talab qisqarishining bevosita oqibatlari, aqliy mehnat kishilarining
boshqa   mamlakatlarga   ketib   qolishi,   shuningdek,   ichki   ketib   qolish   —   ilm-fan
sohasidan   va   ilmiy   bilimlar   ko’proq   talab   qilinadigan   ishlab   chiqarish
tarmoqlaridan   xodimlarning   vositachilik   sohalariga,   shuningdek,   malakasini
yo’qotib,   norasmiy   faoliyat   sohalariga   o’tib   ishlashidir.   Qayd   qilingan   ishsizlik
darajasidagi   tarkibiy   orqaga   ketish   ish   bilan   bandlik   xizmati   mijozlari   orasida
mutaxassislar ulushining yuqori yekanligida namoyon bo’lmoqda. Holbuki, kadrlar
potensialini,   ayniqsa,   oliy   va   o’rta   maxsus   ma’lumotli   mutaxassislarni
shakllantirish uzoq vaqtni hamda mablag’ni talab qiladi. 
Davlatning   to’lov   talabini   ko’paytirishga   yo’naltirilgan   xilma-xil   usullar
vositasida   iqtisodiyotga   aralashuvi   orqali   iqtisodiy   faollikni   rag’batlantirishga   va
buning oqibatida ish bilan bandlikni kengaytirishga yerishish mumkin. Bunda hal
qiluvchi   rol,   Keyns   nazariyasiga   ko’ra,   xususiy   sarmoya   qo’yilmalarni   davlat
tomonidan rag’batlantirilishi va tartibga solinishiga, davlatni o’zining xarajatlariga,
ya’ni soliq solish, qarz va davlat mablag’larini sarflash sohalarini qamrab oluvchi
byudjet   siyosatiga   tegishli   bo’ladi.   Sarmoya   qo’yilmalarini   kengaytirish   ishlab
chiqarishni va demak, ish bilan bandlikni ko’paytirishni anglatadi. Ammo, faqat 40
va   50-yillarga   kelib   keynschilik   o’zining   «ish   bilan   to’la   bandlik»   shiori   bilan
burjua   iqtisodiy   nazariyasi   va   amaliyotining   asosiga   aylandi.   40-yillar   o’rtalarida
ishsizlikni   tartibga   solish   bo’yicha   paydo   bo’lgan   rasmiy   hukumat   hujjatlari   va
qonunchilik   hujjatlarida,   qoidaga   ko’ra,   to’liq   ish   bilan   bandlikni   miqdoriy
aniqlash   bo’lmagan.   U,   masalan,   inglizlarning   oq   kitobi   «Ish   bilan   bandlik
siyosati» (1944 yil) va Amerikaning «Ish bilan bandlik to’g’risida hujjat»da (1946
yil) ham yo’q. Urushdan keyingi «Ish bilan to’liq bandlik» siyosati aslini olganda
ishsizlikni   tugatishni   maqsad   qilib   qo’ymagan.   Ishsizlikning   2-4   %   doirasida,
30 albatta,   mavjud   bo’lishini   burjua   iqtisodchilari   minimal   yo’l   qo’yilishi   mumkin
bo’lgan miqdor deb  qarashgan. 
Ish   bilan   bandlikning   nisbatan   yaxshi   statistikasi   -   bu   muz   qoyaning
yuqori qismidir, xolos. Har oyda minglab korxonalar to’liq yoki qisman ishlashdan
to’xtaydi.   Ularning   aksariyat   ko’pchilik   qismi   tez   orada   ishini   qayta   boshlay
olmaydi,   qiyinchiliklar   obektiv   xarakterdir.   Ko’pincha   ishlab   turgan
korxonalarning   moliyaviy   ahvoli   ularga   ish   bilan   band   bo’lganlarning   oldingi
sonida   saqlab   qolish   imkonini   bermaydi.   Keyingi   vaqtgacha   iqtisodiyotning
norasmiy   sektori   -   ro’yxatga   olinmagan   ko’chadagi   savdoda,     ulgurji   vositachilik
operasiyalarida,   xizmat   sohasida   va   boshqalarda   ish   bilan   band   bo’lgan   fuqarolar
ish   bilan   bandlikni   qisqartirishning   ma’lum   amortizatori   bo’lib   kelgan.   Ammo
hozirgi kunda bu sektor to’yingan va qo’shimcha xodimlarni qamrab olishga qodir
yemas. yashirin ishsizlik muqarrar tarzda oshkora shaklga kirishi kerak. 
Bunday   vaziyatda   hal   qilinishni   talab   yetadigan   yeng   muhim   masala
ishsizlikning yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan chegarasini aniqlashdir. Ishsizlikning,
masalan,   Ispaniya   bardosh   berishi   mumkin   bo’lgan   darajasi   (24%)   bizga   to’g’ri
kelmaydi,   biz   20   %ga   ham   dosh   berolmaymiz.   10-12%dan   oshmaydigan
ishsizlikka dosh berish mumkin bo’lar. Bu yerda mehnat bozori o’ziga xosliklarga
yega. Ishchi  kuchi  qator  omillar:  mentalitetning xususiyatlari, turarjoy bozorining
yo’qligi, ro’yxatga olish tartibotining saqlanganligi  va boshqalar tufayli o’troqligi
bilan   ajralib   turadi.   Ishchi   kuchining   sarmoya   ketidan   harakatlanishga   qodir
yemasligi     iqtiso-diyotimizning   tarkibiy   xususiyatlari   bilan   qo’shilib,   bandlik
muammolariga aniq ifodalangan mintaqaviy xarakterni kasb yetadi. 
Bugungi kunda ish bilan bandlik qator omillar ta’sirida shakllanadi: 
1.   Qayta   qurish   jarayonlari   keltirib   chiqargan   iqtisodiyotdagi   global
tuzilmaviy o’zgarishlar, ya’ni:
- davlat sektori transformasiyasi;
- davlat korxonalarini xususiylashtirish;
31 -   xo’jalik   yuritishning   yangi   shakl   va   turlarini   rivojlantirish   (kooperasiya,
ijaradagi korxonalar va boshqa mehnat jamoalari);
- zarar keltiradigan, yekologik zararli korxonalarni tugatish;
-   respublika   vazirliklari   va   idoralari,   jamoat   tashkilotlarining   boshqaruv
apparatini qisqartirish.
2. Ishlab chiqarish sohasida sodir bo’layotgan o’zgarishlar:
-   xom   ashyo,   materiallarni   yetkazib   berish   va   moliyalashning     kamayishi
munosabati bilan ishlab chiqarish (ish, xizmatlar) hajmining kamayishi;
-   bozorga   o’tish   oqibati   sifatida   korxonalarda   mehnatni   tashkil   yetish   va
unga haq to’lashning takomillashtirilishi;
- korxonalar boshqaruv tuzilmalarining takomillashtirilishi.
3. Iste’mol savatining qimmatlashuvi oqibati sifatida aholi turmush darajasi,
uning   daromadlari   va   iste’moli   darajasidagi   o’zgarishlarda   namoyon   bo’ladigan
iqtisodiy omillar.
4. Omillarning ijtimoiy-demografik guruhi:
- mehnatga layoqatli aholi soni;
- tabiiy o’sish va o’lish miqdori (ayniqsa, mehnatga layoqatli yoshda);
- migrasiya jarayonlarini faollashtirish;
- kadrlar qo’nimsizligining keskinlashuvi.
Ish bilan bandlikning hozirgi holati ko’p jihatdan mehnat va ijtimoiy siyosat
sohasidagi   o’zgarishlarga   bog’liqdir.   Hozirgi   kundagi   ish   bilan   bandlik   xarakteri
mehnatga   layoqatli   aholining   davlat   xo’jaligiga   asossiz   yuqori   darajada   jalb
qilinganligi bilan farqlanadi. Bu ko’p jihatdan ish joylari bilan ijtimoiy-demografik
omillar   ta’sirida   shakllanadigan   mehnat   resurslari   miqdori   o’rtasida   miqdoriy
muvozanasizlik va aholining tabiiy hamda migrasion harakati jarayonlarida farqlar
borligiga bog’liqdir. 
Hozirgi   vaziyatning   o’ziga   xosligi   mehnatga   layoqatli   yoshdagi   aholini
o’sish   sur’atidagi   sezilarli   darajadagi   notekislikda   hamda   mehnat   resurslari
sonining o’sishi bilan ijtimoiy xo’jalikdagi ish bilan bandlikning mumkin bo’lgan
32 dinamikasi   o’rtasida   ancha   qat’iyroq   bog’liqlik   borligidadir.   Aholi   tabiiy
harakatining   mehnat   resurslari   tarkibiga   ta’siri   kuchayadi.   Shuni   aytish   kerakki,
mehnatga   layoqatli   yoshga   kirib   kelayotgan   yoshlarning   katta   qismi   mehnatga
layoqatli   aholini   kengaytirilgan   qayta   tiklashni   yemas,   balki   tabiiy   kamayishning
qoplanishini   ta’minlaydi,   ya’ni   mehnat   resurslari   sifat   tarkibining   keskin
o’zgarishiga   olib   keladigan   avlodlarning   jadal   almashinuvi   sodir   bo’ladi.   S’Hu
bilan birga kelgusida  xodimlar  ommaviy ishdan ozod qilingan sharoitda ish bilan
bandlikdagi vaziyat mehnatga layoqatli aholi ko’payishining sezilarli ortishi tufayli
murakkablashishi mumkin. 
Davlat   korxonalaridagi   ish   haqi   darajasining   narxlar   inflyasion   o’sishidan
ortda qolib borishiga ko’ra yoshi mehnatga layoqatli aholi uchun mehnat tartibiga
nisbatan   katta   majburiylik   xos   bo’lgan   (konveyer   tizimi,   ko’p   dastgohlilik   va
boshqalar,   tor   mutaxassislilik,   og’ir   va   zararli   mehnat   sharoitlari),   ish   haqi   bilan
qoplanmaydigan   ish   joylari   ye’tiborsiz   bo’lib   boradi.   Mehnat   resurslaridan
samarali  foydalanish hamda  iqtisodiyotni  ijtimoiy yo’naltirilganlik darajasi  milliy
iqtisodiyotda   ish   bilan   band   bo’lganlarning   tarkib   topgan   tarmoq   va   kasb
tuzilmasini yaxshiroq ifoda yetadi. 
70-yillarda   tarkib   topgan   ish   bilan   bandlikning   tarmoq   tuzilmasi   kam
dinamik   bo’lib,   bozor   iqtisodiyoti   talablariga   muvofiq   kelmaydi,   chunki   ishchi
kuchini ilmiy-texnik taraqqiyot talabi darajasida qayta tiklashga qodir yemas, inson
yehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilmagan. 
Ish   bilan   bandlik   sohasidagi   vaziyatning   o’ziga   xos   xususiyati
quyidagilardir:
-   noishlab   chiqarish   sohasidagi   bandlikning   o’ta   past   darajasi
(ishlovchilarning   aksariyat   ko’pchilik   qismi   moddiy   ishlab   chiqarish   sohasida
mehnat qiladi);
-   kishloq   xo’jaligi   va   sanoatda   ish   bilan   bandlik   darajasining   nisbatan
yuqoriligi.
33 Ish  bilan  bandlik  tarmoq  tuzilmasida  ilgari   mavjud  bo’lgan  ijodiy  siljishlar
sekinlashdi va inson uchun ishlaydigan bir qator yirik tarmoqlarda (savdo, umumiy
ovqatlanish va boshqalar) qisqarish tendensiyasi ko’zga tashlanadi. 
1.3.  Aholini ish bilan bandligini ta’minlashning zamonaviy turlari va
o’ziga xos xususiyatlari.
Innovatsion iqtisodiyotda respublikada yuzaga kelgan demografik, ijtimoiy-
iqtisodiy   vaziyat   iqtisodiyot   tarmoqlaridagi   tarkibiy   o’zgarishlar,   “2022–2026
yillarga   mo’ljallangan   yangi   O’zbekistonning   taraqqiyot   strategiyasi”da   batafsil
aks   ettirilgan.   Mazkur   ustvor   yo’nalishlar   amalga   oshirishda   ишсизликни
камайтириш   ва   ish   bilan   бандликни   ta’minlash   hal   qiluvchi   vositalardan   biri
hisoblanadi.
Respublikamizda   mehnatga   qobiliyatli   aholisi   katta   qismining   qishloq
joylarida yashashi,  mehnat resurslari malakaviy tayyorgarlik darajasining pastligi,
ishchi   kuchiga   bo’lgan   talabga   nisbatan   uning   taklifini   yuqori   saviyada   o’sishi,
yashirin   ishsizlikning   yuqori   darajasi,   qishloq   xo’jaligi   mehnatining
mavsumiyligidan   kelib   chiqadigan   doimiy   bandlikni   past   darajasi   kabi   holatlar
aholini   ish   bilan   ta’minlash   muommolari   bo’yicha   keng   miqyosda   ilmiy   tadqiqot
ishlarini olib borishni taqazo etadi.
А holini ish bilan bandligining zamonaviy turlari, obyektiv shart-sharoitlarini
o’rganish   muhim   ijtimoiy-iqtisodiy   ahamiyatga   ega.   А holi   ish   bilan   bandligining
oqilona,   samarali   innovatsion   va   o’zini-o’zi   band   qilish   kabi   zamonaviy   turlari
mavjud (1.2-rasm).
Aholining ish bilan oqilona bandligi ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasidagi
moslikga   erishishni   anglatadi.   Mehnatga   qobiliyatli   qishloq   aholisining   ish   bilan
oqilona   bandligini   shakllanishi   faqat   mehnat   bozorini   samarali   rivojlanishi   va
iqtisodiyotni   barcha   sektorlarida   tarkibiy   islohotlar   o’tkazilishi   asosida   amalga
oshirilishi mumkin. Bular qishloq xo’jaligidan ortiqcha ishchi kuchining ommaviy
34 ozod   bo’lishi   va   ularni   sanoat,   qayta   ishlash,   xizmat   ko’rsatish   va   servis
tarmoqlariga va shaxsiy mehnat faoliyati sohalariga hamda shahar xalq xo’jaligiga
oqib   o’tishi,   xodimlar   zaxiralarining   shakllanishi   va   ularni   bozor   mexanizmlari
asosida safarbar qilinishi hamda qayta taqsimlanishi jarayonini belgilab beradi.
 
1.2-rasm. Aholi ish bilan bandligining zamonaviy turlari 18
Samarali   ish   bilan   bandlik   jamiyat   rivojining   muayyon   bosqichida   aholi
turmush   tarzining   mezonlari   taqozo   etadigan   xodimlarni   rivojlantirishning
ijtimoiy-iqtisodiy  shart-sharoitlarini  tiklab  borishga  qodirligini   nazarda  tutadi.  Ish
bilan   bandlikni   samarali   tusda   bo’lishi   daromad   keltiradigan   ijtimoiy   foydali
18
 Muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
35Aholi ish bilan bandligining zamonaviy turlari
oqilona bandlik
samarali 
bandlik o’zini o’zi band 
qilishinnovatsion bandlik
- qishloq xo’jaligidan 
ortiqcha ishchi kuchini 
ommaviy ozod bo’lishi;
- ishchi kuchini sanoat, 
qayta ishlash, xizmat 
ko’rsatish va servis 
tarmoqlariga va shaxsiy 
mehnat faoliyati 
sohalariga hamda shahar
xo’jaligiga oqib o’tishi;
- xodimlar 
zaxiralarining 
shakllanishi;
- ishchi kuchini bozor 
mexanizmlari asosida 
safar-bar qilinishi va 
qayta taqsimlanishi;
- ishchi kuchiga talab va
taklif o’rtasidagi 
moslikga erishish;
- tabiiy ishsizlik 
darajasiga erishish. - ishchi kuchini
yuqori ish 
haqiga ega 
ishga joyla-
shishi;
- ishchi kuchini
ish joylarida 
yuqori mehnat 
unumdor-ligiga
erishishi;
- ishchi kuchini
to’liq ish 
vaqtda faoliyat 
ko’rsatishi;
- zamonaviy 
tex-nologiya va
tex-nikalar 
bilan 
jihozlangan ish 
joylarida ish 
bilan ta’minla-
nishi va h.k. - oilaviy 
tadbirkorlikda band
bo’lish;
- kasanachilik 
faoliyati bilan 
shug’ul1lanish;
- yakka tadbirkorlik
faoliyati va tadbir-
korlikning boshqa 
shakllari  bilan 
shug’ul-lanish;
- shaxsiy tomorqa 
xo’jaliklarida band 
bo’lish;
- ipak qurti boqish 
bilan shug’ullanish 
va h.k.- ilg’or 
texnologiya-lar va 
AKT sohasida 
faoliyat yuritish;
- startaplarni tash-
kil etish, yuritish va
faoliyatga iqtidorli 
yoshlarni jalb etish;
- dasturiy 
ishlanma-lar ishlab 
chiqish bilan 
shug’ullanish;
- agrobiznesning 
zamo-naviy turlari 
bilan band bo’lish, 
ya’ni:
- agrotexnologiya;
- biotexnologiya;
- nanotexnologiya;
- tomchilab 
sug’orish
va h.k. faoliyat bilan band bo’lishni, ishchi kuchini to’liq ish vaqtida faoliyat ko’rsatishini
hamda   ish   o’rinlarining   ijtimoiy-iqtisodiy   jihatdan   maqsadga   muvofiq   va
samaradorlik   darajasi   yuqori   bo’lishini,   shuningdek,     zamonaviy   texnologiya   va
texnikalar bilan jihozlangan ish joylarida ish bilan ta’minlanishi nazarda tutadi .
Innovatsion   ish   bilan   bandlik.   Hozirgi   zamonda   axborot-kommunikatsion
texnologiyalarning   kirib   bormagan   sohasi   qolmadi.   Mazkur   yuqori
texnologiyalarning   rivojlanishi   mamlakatimizda   ham   axborot-kommunikatsion
texnologiya (AKT)lar va dasturiy ishlanmalar ishlab chiqish bilan bog’liq ko’plab
ish   o’rinlarining   paydo   bo’lishiga,   ularning   asosida     agrobiznesning   zamonaviy
turlari:   agrotexnologiya;     biotexnologiya;   nanotexnologiya   kabi   sohalarning
shakllanishi   va   mazkur   sohalarda   ish   bilan   bandlik   darajasining   oshishiga   olib
kelmoqda. 
Mazkur   bandlikning   o’ziga   xos   jihatlari   xodimlar   daromadining   o’sishini,
mehnat   unumdorligining   oshishini,   mamlakatlar   yalpi   ichki   mahsulot   (YaIM)da
intellektual   mahsulotlar   ulushining   ko’payishini   belgilab   beruvchi   miqdoriy
ko’rsatkichlarda namoyon bo’ladi.
O’zini o’zi band qilish. Mazkur guruhga ish beruvchilar va o’zini o’zi band
qiluvchilarni kiritish mumkin. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan maalakatlarda o’zini
o’zi   band   qilish   masalalariga   alohida   e’tibor   qaratiladi.   Ushbu   ish   bilan   bandlik
shaklining   xususiyati   mehnatning   xodimning   o’zining   tashabbusiga   ko’ra
sarflanishini   nazarda   tutadi.   AQShlik   olim   Shumpeterning   turli   shakldagi
tadbirkorlik  tashabbusining   o’sishi   bilan    innovatsiyalarning  rivojlanishi   o’rtasida
to’g’ridan-to’g’ri   bog’liqlik   mavjudligi   borasidagi   qarashlari   mantig’iga   amal
qilgan   holda,   bizning   nazarimizda,   ish   bilan   bandlikning   mazkur   shakli   samarali
bandlik   siyosati   mavjud   bo’lganida   katta   innovatsion   salohiyatga   ega.
Mamlakatimizda   o’zini   o’zi   band   qilishning   oilaviy   tadbirkorlikda   band   bo’lish,
kasanachilik   faoliyati   bilan   shug’ullanish,   yakka   tadbirkorlik   faoliyati   va
tadbirkorlikning   boshqa   shakllari     bilan   shug’ullanish,   shaxsiy   tomorqa
36 xo’jaliklarida   band   bo’lish,   zamonaviy   shart-sharoitlarda   ipak   qurti   boqish   bilan
shug’ullanish kabi turlarini yanada rivojlantirish maqsadga muvofiq.
Ме ҳнат   бозорида   ишсизликни   камайтириш   ва   ish   bilan   bandli к ni
ta’minlanishning zamonaviy turlari faoliyat ko’rsatishiga bir qator obyektiv shart-
sharoitlar bevosita ta’sir ko’rsatadi (1.3-rasm).
Аholi   ish   bilan   bandligini   ta’minlashning   samarali   ijtimoiy-iqtisodiy
mexanizmlari elementlarining o’zaro munosabatlarini o’rganish nafaqat mantiqiy-
funksional, balki, eng muhimi mazkur mexanizmning asosiy xususiyatlarini to’liq
ochishni ta’minlaydi. 
 
1.3-rasm.  А holini ish bilan bandligining asosiy shart-sharoitlari 19
19
 Muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
37А holisini ish bilan bandligining asosiy shart-sharoitlari
Ijtimoiy
Demografik Iqtisodiy
-yollanma 
xodimlar va 
ish beruvchi-
larning sifat 
ko’rsatkichlari
ni oshishi;
-xodimlarni
tayyorlash, 
qayta 
tayyorlash va 
ma-lakasini 
oshirish;
-ishsizlarni 
ijtimoiy 
himoya qilish;
-ijtimoiy 
infratuzilmani 
rivojlantirish. -yuqori 
darajadagi 
tug’ilish;
-aholi 
tarkibida 
yoshlar 
miqdorining
ko’pligi;
-qishloq 
ayolla-
rining repro-
duktiv 
salomatligin
i yaxshilash;
-aholini 
uzoq umr 
ko’rishi -оқилона иш 
билан 
бандлик 
давлат 
сиёсати-ни 
ишлаб чи-
қиш ва 
амалга 
ошириш;
-мигрантлар 
меҳнат 
қилади-ган 
мамлакатлар
билан 
барқарор 
сиёсий 
муноса-
батларни -mavjud ish 
joylarini saqlash 
va ta’mirlash;
- noqishloq 
xo’jaligi yangi 
ish joylarini 
yaratish;
-malakali ishchi 
ku-chiga talab va 
uning taklifi 
o’rtasidagi o’zaro
moslikni ta’-
minlash;
-ish beruvchilarni
iq-tisodiy 
rag’batlan-tirish;
-mehnat 
daromadlari 
darajasini 
oshirish. Tashkiliy- 
huquqiy
- ish beruvchi 
va yollanma 
xodim 
o’rtasida 
tuzilgan 
mehnat 
shartnoma-sini
mavjudligi;
-ishsizlarning 
hu-quqiy 
savodxon-
ligini oshirish;
-tashqi va 
ichki mehnat 
migratsi-
yasini tashkil 
etish;
-ishchi kuchi 
eks-portini 
samarali 
tashkil etish. Hududiy   darajada   uni   rivojlanishining   asosiy   iqtisodiy-   ijtimoiy
parametrlarining   muvofiqligi,   xususan,   ish   bilan   bandlik   siyosati   va   mehnat
bozorining   maqsadlari   hamda   ustuvor   yo’nalishlari   uzviy   bog’liq   holda
muvofiqligi   amalga   oshirilishi   kerak.   ish   bilan   bandlik   siyosati   ustuvor
yo’nalishlari,   maqsadlari   bilan   qishloq   xo’jaligi,   sanoat   va   boshqa   tarmoqlarda
moliya-kredit,   tarkibiy,   invstision   va   tashqi   iqtisodiy   siyosatning   muvofiqlikligi
nazarda   tutiladi.   Ushbu   blokka   birinchi   navbatda,   mahsulotlar   sotib   olishning
tashkiliy   masalalari   va   oziq-ovqat   sohasidagi   intervensiyalar,   qishloq   xo’jalik
mahsulotlarini   ishlab   chiqaruvchilarning   daromadlarini   qo’llab-quvvatlash
mexanizmi va oziq-ovqat importini tartibga solish kiradi.
Аholining   ish   bilan   bandligini   ta’minlanishining   ijtimoiy   shart-sharoitlari
ichida   yollanma   xodimlar   va   ish   beruvchilarning   sifat   ko’rsatkichlarini   oshishi
yetakchi   o’rin   egallaydi.   Agrosanoat   ishlab   chiqarishi   va   xizmat   ko’rsatish
tarmoqlari   ko’lamlarining   kengayishi,   ularning   intensiv   rivojlanishi,   o’z   vaqtida
moddiy-texnik va moliyaviy resurslar bilan ta’minlanishi qishloq xodimlarini qayta
tayyorgarlikdan   o’tishini   va     yangi   zamonaviy   kasblarni     (universal   ishchi   va
xizmatchi,   agrotadbirkor,   agromenejment,   agromarketing   va   h.k.)   o’zlashtirishni
talab qiladi.
Demografik   shart-sharoitlar   ishchi   kuchi   taklifining   shakllanishiga   turlicha
ta’sir   ko’rsatadi.   Masalan,   yuqori   darajadagi   tug’ilish   mehnat   bozoriga   qishloq
aholisining katta oqimini yuzaga kelishini ta’minlaydi. 
Аholisini   ish   bilan   ta’minlashning   asosiy   obyektiv   iqtisodiy   sharti   bo’lib
qishloq   joylaridagi   mavjud   ish   joylarini   saqlash   va   ta’mirlash   hamda   noqishloq
xo’jaligi   yangi   ish   joylarini   yaratish   hisoblanadi.   Bu   yerda   shuni   e’tiborga   olish
lozimki, yangi ish o’rnini yaratish doimo yuqori mablag’ni talab qiladi. 
Аholini   ish   bilan   ta’minlash   ishchi   kuchi   va   ish   joyiga   bo’lgan   talab   va   taklif
o’rtasidagi   oqilona   moslikni   o’rnatishda   o’zaro   raqobatga   tayyor   erkin   va   teng
huquqli ikki hamkorning o’zaro munosabatlarga kirishishini ko’zda tutadi. Qishloq
38 ishchisi va uni yollashni istagan tadbirkor yoki davlat muassasasi  bu bozorda bir-
birlariga  qarama-qarshi   turadilar   va shu  darajada  ular  bir-birlariga  bog’liq  va bir-
birlariga   muhtojdirlar.   Ularning   o’zaro   muhtojligi   shaxsiy   erkinlik   va   iqtisodiy
zarurat nuqtai-nazaridan kelib chiqadi.
Аholini ish bilan ta’minlashning hal qiluvchi obyektiv iqtisodiy shartlaridan
yana   biri   malakali   ishchi   kuchiga   talab   bilan   uning   taklifi   o’rtasidagi   o’zaro
moslikni   ta’minlash   hisoblanadi.   Ammo   hozirgi   kunda   bunday   moslik
saqlanmayapti, ya’ni moslikning buzilish hollari mavjuddir. Buning asosiy sababi -
malakali,   bozor   munosabatlari   sharoitida   aktiv   faoliyat   ko’rsata   oladigan   ishchi
kuchining yetishmasligi  va qishloq joylaridagi ishlab chiqarish sohalarida bunday
malakali   ishchi   kuchiga   katta   extiyoj   sezgan   ish   joylarining   ko’pligidir.   Bundan
tashqari   qishloq   joylarida   xizmat   ko’rsatish   va   servis   sohasini   rivojlantirish
bo’yicha   davlat   dasturlarida   belgilangan   vazifalarni   bajarish   natijasida   yuzaga
keladigan   agroservis,   qishloq   xo’jaligi   mahsulotlarini   qayta   ishlash,   ayirboshlash
va   sotish,   axborot-kommunikatsion   texnologiyalar,   qishloq   mashinasozligi   va
qishloq   qurilishi,   aholiga   pullik   xizmat   ko’rsatish   tarmoq  va   sohalarning   vujudga
kelishi bilan u yerdagi ish joylarining malakali qishloq ishchilariga bo’lgan ehtiyoji
yanada oshadi. 
Shuningdek,   ish   beruvchilarni   iqtisodiy   rag’batlantirish   (masalan:   soliq   va
bank krediti  sohasidagi  imtiyozlar), moliyaviy-iqtisodiy va kredit  siyosati, kapital
va   mehnat   bozorini   rivojlanishi   kabilar   qishloq   aholisini   ish   bilan   ta’minlashning
iqtisodiy shartlaridan hisoblanadi.
Ish   beruvchi   va   yollanma   xodim   o’rtasida   tuzilgan   mehnat   shartnomasi
(kontrakt)ning mavjudligi mehnat bozorida ishchi kuchining sotish-sotib olishning
hal qiluvchi tashkiliy-huquqiy shart-sharoiti hisoblanadi.   
Mehnat shartnomasining bosh xususiyati shundan iboratki, uni tuzish albatta
bo’ysunish   va   bog’liqlikka   olib   keladi,   bundan   tashqari   vujudga   kelgan   huquqiy
munosabatlarga   ishonchlilik   va   uzoq   muddatlilik   xarakterini   beradi.   Qishloq
ishlovchisini   yollovchiga   bo’ysunishiga   iqtisodiy   ma’noda   mehnat
39 shartnomasining   asosiy   alomati   sifatida   qaraladi.   Bu   bo’ysunish,   qoidaga   ko’ra,
nafaqat   ijtimoiy-iqtisodiy,   texnik,   tashkiliy   -   balki,   O’zbekiston   Respublikasining
Konstitusiyasi   va   Mehnat   Kodeksining   barcha   talablariga   javob   beruvchi
shakllantirilgan yuridik xarakterga ega.
  
1.4-rasm.  А holini ish bilan bandligining  asosiy tamoyillari 20
.
Yuqorida   qayd   etib   o’tilgan   asosiy   obyektiv   shart-sharoitlar,   uning   faoliyat
ko’rsatishida muhim sanalgan asosiy tamoyillar to’liq amalga oshirilgan holdagina
qishloq   aholisini   ish   bilan   bandligini   ta’minlashga   samarali   ta’sir   ko’rsatadi   (1.4-
rasm):
-   ishchi   kuchining   erkin   taklifi.   Bu   mehnatga   layoqatli   qishloq   aholisining
ish   bilan   band   bo’lish   va   bo’lmaslikni   ixtiyoriy   tanlashini,   mehnat   qonunlari
20
 Mualliflar tomonidan ishlab chiqilgan.
40А holini ish bilan bandligining asosiy
tamoyillari
ishchi 
kuchining 
erkin taklifi ish beruvchi-
larning ishchi
kuchiga 
mustaqil 
talabi ishchi kuchiga 
bo’lgan talab 
va taklif 
o’rtasidagi 
erkin va o’zaro 
manfaatli  ish haqi va 
boshqa 
mehnat 
daromadlarin
i erkin 
harakati ishchi kuchi 
miqdorini ish
joylari soniga
mosligi
ish joylarini
taklif 
etishni 
shaffofligi
ishchi 
kuchlaridan 
foydalanishni
mavsumiylig
i ishchi 
kuchiga 
talabni 
shakllanti-
rishning 
iqtisodiy va 
ijtimoiy 
maqsadlarini 
o’zaro 
muvofiqligi zamonaviy 
noqishloq 
xo’jaligi ish 
joylari 
yaratishni 
rag’batlantirish янги иш жойлари 
талаб ва таклифни 
мослиги ва аниқ 
манзиллиги 
o’rtacha ish haqi 
miqdorini yashash 
uchun lozim bo’lgan 
minimal iste’mol 
savatchasidan kam 
bo’lmasligi tomonidan taqiqlanmaydigan va har bir xodimning shaxsiy va jamoa manfaatlarini
hisobga oluvchi kasb va faoliyat turini erkin tanlash uchun sharoitlar mavjudligini
anglatadi;
-   ish   beruvchilarni   ishchi   kuchiga   mustaqil   talabi.   Bozor   iqtisodiyoti
xodimlarni   barcha   ish   beruvchilar   tomonidan   O’zbekiston   Respublikasi
Konstitusiyasi   va   Mehnat   Kodeksi   qoidalariga   albatta   amal   qilgan   holda   ishga
erkin   yollashlari   va   ishdan   bo’shatishlari,   hamda   bandlik,   mehnat   sharoitlari   va
unga   haq   to’lashni   kafolatlash   bilan   qishloq   fuqoralarining   manfaatlarini   himoya
qilishlari uchun imkoniyatlar yaratadi;
-   ish   beruvchilarni   ishchi   kuchiga   mustaqil   talabi.   Bozor   iqtisodiyoti
xodimlarni   barcha   ish   beruvchilar   tomonidan   O’zbekiston   Respublikasi
Konstitusiyasi   va   Mehnat   Kodeksi   qoidalariga   albatta   amal   qilgan   holda   ishga
erkin   yollashlari   va   ishdan   bo’shatishlari,   hamda   bandlik,   mehnat   sharoitlari   va
unga   haq   to’lashni   kafolatlash   bilan   qishloq   fuqoralarining   manfaatlarini   himoya
qilishlari uchun imkoniyatlar yaratadi;
- ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklif o’rtasidagi erkin va o’zaro manfaatli
raqobat. Mazkur raqobatni yuzaga kelishi uchun zamonaviy noqishloq xo’jaligi ish
joylari   yaratishni   rag’batlantirish,   qishloq   xo’jaligi   ishlab   chiqarishda   intensiv
texnologiyalar   qo’llash   asosida   ish   joylarini   tarkibiy   va   sifat   o’zgarishlariga
erishish,   yollangan   xodimlar   va   ishsizlarni   ilg’or   ishlab   chiqarish   va   xizmat
ko’rsatish texnologiyalari mos malakasini oshirish va qayta tayyorlash lozim.
-   ish   haqi   va   boshqa   mehnat   daromadlar   chegarasini   minimal   iste’mol
savatchasi   miqdoridan   kam   bo’lmagan   holda   erkin   belgilash.   Bu   esa   qishloq
xududlarida   serdaromad   ish   joylarini   tashkil   etishni,   yakka   tartibdagi   va   oilaviy
tadbirkorliklardan tushumlarni ko’paytirishni, mehnat daromadlariga nisbatan soliq
yukini   kamaytirishni,   tashqi   va   ichki   mehnat   migrantlarining   qonuniy   mehnat
daromadlarini   davlat   tomonidan   qo’llab   quvvatlanishini,   shaxsiy   yordamchi
dehqon   xo’jaliklarda   tushumlarni   ko’paytirishni,   mehnat   shartnomalirida   ish   haqi
41 belgilashni erkinligini va boshqa mehnat daromadlarini oshirish bo’yicha samarali
chora-tadbirlarni amalga oshirishni taqazo etadi;
-   ishchi   kuchi   miqdorini   ish   joylari   soniga   mosligi.   O’zbekiston   sharoitida
ishchi   kuchi   miqdori   doimiy   o’sish   tendensiyasiga   ega.   Shunga   mos   ravishda
mavjud  va  yangi  yaratilayotgan  ish  joylari   soni  ham  mazkur  tendensiyadan  ortda
qolmasligi lozim.
Shu bilan birga aholining ish bilan bandligiga ta’sir  etuvchi   asosiy  omillar
ijtimoiy,  iqtisodiy  va tashkiliy-huquqiy mazmunga ega (1.5-rasm).
Bular,   mazmunan   ikki   guruhga   ajratish   mumkin:     ishchi   kuchiga   talabning
oshishi; ishchi kuchi taklifi pasayishi. 
 
42А holisini ish bilan bandligining asosiy omillari
Ijtimoiy Iqtisodiy Tashkiliy-huquqiy
- ishchi kuchini uy-
joy bilan 
ta’minlashni 
darajasini oshirish;
-ijtimoiy infratu-
zilmasini samarali 
rivojlantirish;
-barqaror ijtimoiy-
psixologik muhitni 
shakllantirish;
-ishsizlar 
malakasini oshirish 
va ularni qayta 
tayyorlashni 
samarali tizimini 
tashkil etish;
-ishchi kuchini 
barqa-ror sihat-
salomat-ligini 
ta’minlash;
-aholini tabiiy va 
mexanik ijobiy 
xarakatlariga 
erishish.
   -mehnatdan moddiy rag’batlanishni 
oshirish;
-mavjud ish joylarini ta’mirlash va 
ularni asosiy ishlab chiqarish 
vositalari bilan ta’minlash;
-qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini 
tarkibiy o’zgartirish ne’gizida yangi 
ish joylarini yaratish;
-qayta ishlash sanoati bo’yicha yangi
ish joylarini yaratish;
-qishloq qurilishi industriyasi 
bo’yicha yangi ish joylari yaratish;
-ishlab chiqarish va ijtimoiy 
infratuzilma obyektlarida mavjud ish
joylarini mukammal ta’mirlash va 
yangi ish joylarini tashkil etish;
-yangi ish joylari yaratishga xorijiy 
invistisiya va zamonaviy 
texnologiyalarga kiritish;
-oilaviy tadbirkorlikni samarali 
rivojlantirish;
-yakka tartibdagi va virtual ish 
joylarini unumli tashkil etish;
- ishsizlik nafaqasi va ish haqi 
miqdorini minimal iste’mol savatcha
qiymatiga tenglashtirish.
  -tashqi va ichki migrasiya 
bo’yicha qonunchilikni 
tako-millashtirish;
-ishsizlarga maqbul ish joy-
larini tashkil etish;
-tashqi mehnat 
migrasiyasini samarali 
tashkil etish;
-ichki mehnat migrasiyasini
tashkil etishda samarali 
mexanizmlardan 
foydalanish;
-ishchi kuchi eksportini 
samarali tashkil etish;
-ish bilan bandlikka 
ko’makla-shish davlat 
tashkilotlari faoliyatlari 
samaradorligini oshirish;
-ish bilan ta’minlovchi 
nodavlat notijorat 
tashkilotlarini samarali 
tashkil etish;
-yangi ish joylari tashkil 
etuvchilarga turli 
moliyaviy- huquqiy 
imtiyozlarni taqdim etish. 1.5-rasm.  А holini ish bilan bandligining asosiy omillari 21
.
Ishchi kuchiga talabning oshishini ta’minlovchi asosiy omillarga: mavjud ish
joylarini   ta’mirlash   va   ularni   asosiy   ishlab   chiqarish   vositalari   bilan   ta’minlash;
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tarkibiy o’zgartirish negzida yangi ish joylarini
yaratish;   qayta   ishlash   sanoati,   qishloq   qurilish   industriyasi,   ishlab   chiqarish   va
ijtimoiy infratuzilmalari va kvotalashtirilgan yangi ish joylarini tashkil etish; yakka
tartibdagi   va   virtual   ish   o’rinlarini   shakllantirish;   mavjud   va   yangi   ish   o’rinlarini
ta’mirlash,   jihozlash   va   yaratishga   xorij   investitsiyalar   va   zamonaviy
texnologiyalarni jalb qilish kiradi.
Ishchi   kuchi   taklifini   kamaytirishni   asosiy   omillari:   mehnatga   moddiy
rag’batlantirishni   oshirish;   ishchi   kuchini   uy-joy   bilan   ta’minlash;   ishsizlar
malakasini  oshirish  va ularni  qayta  tayyorlashni  samarali tizimini tashkil etish;
tashqi   mehnat   migrasiyasini   samarali   tashkil   etish;   ichki   mehnat   migrasiyasini
tashkil   etishda   samarali   mexanizmlardan   foydalanish;   ish   bilan   bandlikka
ko’maklashuvchi  davlat tashkilotlari faoliyatini samaradorligini oshirish; ish bilan
ta’minlovchi   nodavlat   notijorat   tashkilotlarini   samarali   tashkil   etish   va   mehnatga
layoqatli aholini tabiiy va mexanik ijobiy xarakatlaridan iborat.
Аholini ish bilan bandligini ta’minlashning asosiy obyektiv shart-sharoitlari
va omillarini aniqlash hamda ularni majmuaviy o’rganish uchun quyidagi axborot
bazasiga ega bo’lish maqsadga muvofiq .
1.   А holining   tarkibi,   tuzilishi,   iqtisodiy   faol   va   faol   bo’lmagan   aholining
dinamikasi. Bu ma’lumotlar aholining ish bilan bandligini ta’minlashni demokrafik
tarkibi,   tuzilishi,   ularning   o’zgarish   yo’nalishlarini,   aniqlash   imkoniyatini   beradi.
Istiqbolda   kutiladigan   demokrafik   o’zgarishlarning   qamrovini   aniqlashga   yordam
beradi.
2.   Аholi   bandligining   dinamikasi,   mulk   shakliga,   iqtisodiyot   tarmoqlariga,
kasb-malakasiga ko’ra bandlikning tuzilishi. Bu ko’rsatkichlar mehnat bozori talab
21
 Mualliflar tomonidan ishlab chiqilgan.
43 va   taklifi   o’zgarishining   mulkiy,   tarmoq   va   malakaviy   omillarini   tahlil   qilish
imkoniyatini beradi.  
3.   Иshsizlikning   tavsifi.   Bunda   ishsizlik   turlari,   kelib   chiqish   sabablari,
bartaraf etish imkoniyatlari tahlili muhim hisoblanadi. 
4. Ishchi kuchi oqimining yo’nalishlari va ish vaqtidan foydalanish darajasi
ko’rsatkichlari. Bular ko’p jihatdan mikrodarajadagi tahlilni taqozo etadi. 
5.   Иshchi   kuchi   xarajatlarining   tarkibi   va   dinamikasi.   Mazkur
ko’rsatkichlarning   aniqlanishi   va   tahlili   qishloq   ishchi   kuchi   qiymati   va   bahosiga
ta’sir   ko’rsatuvchi   omillarni   o’rganishga,   ularning   ustuvorlarini   belgilab   olishga,
ish   haqi   miqdorini   tartibga   solishda   e’tibor   berilishi   kerak   bo’lgan   xususiyatlarni
belgilash imkonini beradi.
6.   Ish   beruvchi   va   ishlovchilar   o’rtasidagi   mehnat   munosabatlari   buzilishi
sabablarini aniqlash. Bu ko’proq ijtimoiy-sosiologik so’rovnomalar va xodimlarni
hisobga   olish   bo’limlari   ma’lumotlari   vositasida   aniqlanadi.   Shuningdek,   bu
mehnat   munosabatlarining   ijtimoiy   shart-sharoitlariga   aniqlik   kiritishga   yordam
beradi.   Bunda   ishlovchilar   manfaatini   himoya   qiluvchi   kasaba   uyushmalari
faoliyatining   rolini   oshirish   chora-tadbirlariga   alohida   ahamiyat   berish   maqsadga
muvofiq. 
7.   А holini   ish   bilan   ta’minlash   ko’rsatkichlari   va   bandlik   xizmati
faoliyatining samaradorligini ifodalovchi jamlangan ko’rsatkichlar dinamikasi. Bu
aholini   ish   bilan   ta’minlash   faoliyatiga   to’g’ridan   to’g’ri   institusional   vositalar
orqali   ta’sir   ko’rsatishning   samaradorligini   baholash   uchun   zarurdir.   Qishloq
aholisini ish bilan bandligini ta’minlash o’z-o’zicha amal qilmay, balki ishsizlik va
bandlik jarayonlariga davlatning faol aralashuvini taqozo etadi
44 I BOB BO YICHA XULOSAʻ
1. Ish   bilan   bandlikni   o rganish   va   uni   hisobga   olishda   o rganilayotgan	
ʻ ʻ
davrda ish bilan band bo lgan insonning jismoniy va ruhiy holatini hisobga olgan	
ʻ
holda   uning   o z   iste mol     ehtiyojlarini   qondirishi   uchun   lozim   bo lgan   oylik	
ʻ ʼ ʻ
daromadidan   kam   bo lmagan   yoki   mazkur   davrda   davlat   tomonidan   belgilangan	
ʻ
eng   kam   ish   haqi   miqdoridan   kam   bo lmagan   daromadga   ega   bo lgan	
ʻ ʻ
fuqarolarnigina   band,   deb   atash   kerak.   Yuqoridagi   keltirilgan   metodikaga   asosan
iqtisodiyotning   norasmiy   sektorida   band   bo lganlarni   ham   mehnat   bilan   band
ʻ
bo lganlar   sirasiga   kiritilishi   norasmiy   sektorning   ham   qonuniy   ekanligini	
ʻ
anglatmoqda   va   bu   bilan   aholining   norasmiy   sektorda   bandligining   qonuniy
ekanligi tan olinmoqda.. 
2. Norasmiy   sektorda   mehnat   qiluvchi   toifadagilar   faoliyatining   asosiy
xususiyatlari   shundan   iboratki,   bular   mehnat   shartnomalari   va   ijtimoiy   jihatdan
himoyalanmaganligi,   soliqlarni   muntazam   to lamasligi   va   turli   xil   ijtimoiy	
ʻ
jamg armalarga   majburiy   ajratmalar   hamda   pensiya   jamg armasiga	
ʻ ʻ
to lanmayotgan badallardir.	
ʻ
3. Iqtisodiyotning   norasmiy   sektorida   mehnat   qilayotgan   hamda   daromad
olayotgan   aholi   qatlami   uchun   aholining   ehtiyojmand   qatlami   maqomini   berish
talab   etiladi.   Bundan   tashqari   bizningcha,   ko p   farzandli   oilalar   (oylik   daromadi	
ʻ
belgilangan miqdordan kam bo lgan holda), boquvchisini yo qotgan ayollar hamda	
ʻ ʻ
mehnatga   layoqatli   yoshgacha   bo lgan   mehnat   qilayotgan   o smirlar   ijtimoiy	
ʻ ʻ
ehtiyojmand  qatlam vakillariga kiritilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.  
Birinchidan,   norasmiy   sektorda   mehnat   qilayotgan   aholi   qatlami   uchun
alohida   maqom   berilishi   va   bu   qonunchilik   bilan   taqiqlanmagan   mehnat   turlarini
o z   ichiga   olishi   va   shu   bilan   birga   mazkur   berilgan   maqom   huquqiy   asosga   ega	
ʻ
bo lishi lozim.
ʻ
Ikkinchidan,   bugungi   kunda   norasmiy   sektor   vakillarining   manfaatlarini
hisobga   oladigan   yangi   tizim   yaratilishi   va   ushbu   tizim   orqali   norasmiy   sektorda
45 mehnat   qilayotgan   aholi   qatlami   uchun   pensiya   ta minoti,   ularning   kasabaʼ
uyushmalari   tomonidan   qo llab-quvvatlanishi,   ijtimoiy   ko makka   muhtoj   qatlam	
ʻ ʻ
uchun ijtimoiy himoya tizimlari   yaratish lozim. Shu o rinda aytib o tish kerakki,	
ʻ ʻ
yoshga   doir   olinadigan   pensiya   miqdorini   belgilashda   mazkur   shaxsning   ish   staji
va   o zi   tomonidan   to langan   to lov   miqdorlari   birinchi   galda   hisobga   olinishi	
ʻ ʻ ʻ
lozim.
Uchinchidan,   bunday   tizimni   yaratishda   birinchi   galda   norasmiy   sektorda
mehnat qilayotgan aholi qatlamini ro yhatga olish tizimida majburiy tizmidan voz	
ʻ
kechish, ixtiyoriy to lov tizimini joriy etish lozim.	
ʻ
46 II BOB.  ISHSIZLIKNI KAMAYTIRISH ISH BILAN BANDLIKNI
OSHIRISHNING ASOSIY IQTISODIY   KO’RSATKICHLARI.
2.1.  Hududiy mehnat bozorida ish bilan bandlikni ta’minlash holati.
Samarqand   viloyati   iqtisodiy-ijtimoiy   salohiyati   bilan   mamlakatimiz
taraqqiyotiga   munosib   hissa   qo’shib   kelayotgan   yetakchi   viloyatlardan   biri
hisoblanadi. Ana shunday salohiyat yildan-yilga ortib va mustahkamlanib, viloyat
iqtisodiyotining   barqaror   o’sish   sur’atlarining   ta’minlashga,   aholini   ish   bilan
yuqori   darajada   ta’minlanganligini,   aholi   farovonligini   oshirishga   xizmat
qilmoqda. Аholini ish bilan bandligini ta’minlash ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning
ustuvor   yo’nalishlaridan   biri,   xalq   turmush   darajasi   va   sifatini   yuksaltirishning
muhim sharti sifatida belgilangan.
Innovatsion   iqtisodiyotda   davlat   ish   bilan   bandlik   siyosati   viloyat   ijtimoiy-
iqtisodiy   rivojlanishining   tarkibiy   qismi   sifatida   mehnat   potensialidan   samarali
foydalanish   va   uning   rivojlanishi   bo’yicha   ish   bilan   bandlik   muammolarini
yechishga   yo’naltirilishi   zarur.   Меҳнат   бозорида   аholini   ish   bilan   bandligi   va
ishsizligi bir-biriga tez almashinishi mumkin. Viloyat qishloq joylarida aholini ish
bilan   ta’minlash   va   ishsizlikni   bartaraf   etishda   mehnat   bozorining   ahamiyati
kattadir.   Chunki   viloyatда   ishchi   kuchiga   bo’lgan   talab   va   uning   taklifi   aynan
mehnat   bozorida   o’zaro   to’qnashadi.   Shu   bois,   bu   infratuzilmani   samarali
rivojlantirish   viloyatda   ijtimoiy-iqtisodiy   taraqqiyotning   asosiy   omillaridan   biri
hisoblanadi (2.1-rasm).
Аholini ish bilan bandligini ta’minlashni mehnat bozori orqali tartibga solish
faol   rol   o’ynaydi.   Мehnat   bozori   iqtisodiy   faol   aholining   ish   bilan   bandligini,
ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasiga jalb etilishini ta’minlaydi.
47 2.1-rasm.  M ehnat bozorida aholini ish bilan bandligi va uning ijtimoyi-
iqtisodiy rivojlanishga ta’siri 
Samarqand   viloyatida   ham   keyingi   yillarda,   aholining   muntazam   ravishda
ortayotganini kuzatishimiz mumkin. Samarqand viloyati aholisi 2022 yilda 4118,2
ming kishiga yetdi. Viloyat aholisi  2017 yilda 3651,7   ming kishini  tashkil  etgan
bo‘lsa, 2022 yilda 2017 yilga nisbatan 12,8 % ga o‘sgan (2.2-rasm).
 
2.2-rasm.2017-2022 yillar davomida Samarqand viloyati aholisining o‘zgarishi
dinamikasi (ming kishi)
48Viloyat aholisi, jumladan, 
mehnatga layoqatlilar Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy-
iqtisodiy infratuzilma
Ishchi kuchi   taklifi Ishchi kuchiga bo’lgan 
talab
Ish bilan bandlik Ishsizlik  
Ishlab chiqarish va ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyot M ehnat bozori Innovatsion   iqtisodiyotda   mehnat   bozorini   samarali   faoliyat   ko’rsatishi
muhim   ahamiyatga   ega   bo’lib,   u   bozor   iqtisodiyoti   tizimidagi   alohida   o’rni   va
viloyatda   amalga   oshirilayotgan   islohotlarning   o’ziga   xos   xususiyatlaridan   kelib
chiqadi.   Мehnat   bozorining   mamlakat   ijtimoiy-iqtisodiy   taraqqiyotiga   ta’sirini
aholini ish bilan bandligini ta’minlash shaklida ifodalash mumkin.
I sh bilan bandlik va ishsizlik bir biriga tez almashinishi mumkin. Samarqand
viloyati   aholini   ish   bilan   bandligini   ta’minlashning   hududiy   xususiyatlari   va
ishsizlikni   kamaytirishda   qishloq   mehnat   bozorining   ahamiyati   katta   hisoblanadi.
Chunki   ishchi   kuchi  taklifi  va  unga bo’lgan  talabi  aynan  mehnat   bozorida  o’zaro
to’qnashadi.   Shu   bois,   bu   infratuzilmani   samarali   rivojlantirish   iqtisodiyotni
yangilash   sharoitida   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishning   asosiy   omillaridan   biri
hisoblanadi.
Аholining   ish   bilan   bandligini   ta’minlash   muhim   masalalardan   biri
hisoblanadi.   Chunki,   qishloq   joylarida   ishsizlik   muammosining   mavjudligi   bozor
iqtisodiyotining   ajralmas   xususiyatidir.   Shunday   ekan,   ishsizlik   muammosini
o’rganishdan   asosiy   maqsad   –   qishloq   joylarida   aholining   ish   bilan   bandligini
oshirish   orqali   mamlakat   ishlab   chiqarishini   kengaytirish   va   aholi   turmush
darajasini   yanada   yaxshilashga   aloqador   tadbirlar   ishlab   chiqishdan   iborat.
Ayniqsa,  chuqurlashgan  iqtisodiy  islohotlar  sharoitida  aholi  bandligini   ta’minlash
masalasi yanada dolzarb tus oldi. 
2022   yilda   Samarqand   viloyati   bo‘yicha   yalpi   hududiy   mahsulot   (YaHM)
ishlab   chiqarish   hajmi   amaldagi   narxlarda   62440,3   mlrd.   so‘mni,   2021   yilda   esa
53749,9   mlrd.so’mni   tashkil   qilib,   ushbu   ko‘rsatkich   2022   yilda   2021   yilga
nisbatan taqqoslama narxlarda 16,2 foizga o‘sgan (2.3-rasm). 
Jumladan,   2022   yil   davomida   asosiy   kapitalga   kiritilgan   investitsiyalar
21955,2   mlrd.   so‘mni   tashkil   qilib,   o‘tgan   yilning   mos   davriga   nisbatan   129,5
foizni tashkil qildi.
 
49 2.3-rasm. Samarqand viloyatida YaHM hajmi, 2017-2022 yillar holatiga ko‘ra
(mlrd. so‘m)  .
 
Samarqand   viloyatida   2022   yilda   YаHM   hajmi   62   440,3   mlrd.   so‘mni
tashkil   etdi  va  bu esa   2021 yil   ma’lumotlariga nisbatan  5,8  %  ga  ko‘pdir. Ushbu
hududda   qishloq,   o‘rmon   va   baliqchilik   xo‘jaligida   103,6   %   (YаHM   tarkibidagi
ulushi   –   40,5   %),   sanoatda   109,0   %   (16,0   %),   qurilishda   110,1   %   (6,1   %)   va
xizmatlar sohasida 106,3 % (37,4 %) o‘sish sur’atlari kuzatildi. Aholi jon boshiga
YаHM 3,6 % ga ko‘paydi va 15 323,2 ming so‘mni tashkil etdi. Qishloq xo’jaligi
sohasida olib borilayotgan islohotlar ham o’z samarasini bermoqda. Ko’p tarmoqli
fermer   xo’jaliklarini   tashkil   etish,   ularning   faoliyatini   rivojlantirish   borasida
salmoqli natijalarga erishilyapti. 
Mamlakatimizda   mehnatga   layoqatli   aholini   ish   bilan   ta’minlash   qancha
dolzarbligini to’la tasavvur qilish uchun demografik vaziyatga bir nazar tashlaylik.
Bizda aholining tabiiy o’sishi keyingi yillarda bir oz sekinlashganiga qaramasdan,
hamdo’stlik   mamlakatlari   orasida   eng   yuqoriligicha   saqlanib   turibdi.   Keyingi
yillarda, respublikamizda aholining o’sishi o’rtacha 10,4% ni tashkil etmoqda. Bu
esa, mehnat resurslarini mutanosib ravishda o’sishiga olib kelmoqda. 
50 2.1-jadval
Samarqand viloyatida mehnat resurslari va aholining ish bilan bandligi holati
(ming kishi hisobida)
Ko’rsatkichlar 2018 
yil 2019
yil 2020 
yil 2021 
yil 2022 
yil 20 1 8-20 2 2
yillar
da o’sishi (%
da)
Aholi soni
3720,1 3798,9 3877,4 4031,3 4118,2 110,7
Mehnat resurslari 2103,4 2117,1 2130,4 2142,3 2160,4 102,7
Ish bilan band
bo’lganlar 1463,3 1455,8 1418,3 1441,3 1489,0 101,8
Tahlillardan ko’rinadiki, Samarqand viloyatida aholi soni 2018 yilda 3720,1
ming   kishini   tashkil   etgan   bo’lsa,   2022   yilda   esa   4118,2   kishiga   yetgan   hamda
o’rganilayotgan davrda 10,7 foizga o’sishga ega. Viloyat aholisi  ulushida mehnat
resurslari 2018 yilda 2103,4 ming kishi bo’lib, 2022 yilda 2160,4 ming kishi yoki
2,7%ga oshgan. Ish bilan band bo’lgan aholi 2018 yilda 1463,3 ming kishi bo’lib,
2022 yilda 1489,0 ming kishi yoki 1,8%ga o‘sgan (2.1-jadval).
Davlatimiz   tomonidan   keyingi   yillarda   ayniqsa,   qishloq   joylarini
rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda.Viloyat qishloq tumanlarida 2022 yil 1
yanvar   holatiga   ko‘ra   aholi   soni   4031,3   ming   kishi   yoki   2018   yil   1   yanvariga
nisbatan   110,4 %ga o’sgan. Iqtisodiy faol aholi soni 1,9 % ga, shundan ish bilan
band bo‘lganlar 5,4 %ga kamayishi kuzatilgan. Samarqand viloyat iqtisodiyotning
rasmiy   sektorida   band   bo’lganlar   miqdori   22,7   %ga   kamaygan.   O‘z   navbatida
iqtisodiyotning   norasmiy   sektorida   bandlar   bo‘lganlar   ulushi   sezilarli   darajada
o‘sishi kuzatilgan (3 marta) (2.2-jadval).
Аholisi   hududiy   harakatchanligi   sustligiga   quyidagilar   asosiy   sabablardir:
aholining oddiy qishloq xo‘jalik mehnati  turlarini afzal  ko‘rishi, tug ‘ilgan joyiga
bog   ‘langanligi,   qarindoshlik   aloqalari,   ishchi   kuchiga   bo   ‘lgan   talab   va   uning
taklifini hisobga olgan mexanizmning ishlab chiqilmaganligi. 
2.2-jadval
51 Samarqand viloyatida 2017-2021 yillarda mehnat resurslari tarkibi (ming
kishi, yil boshiga nisbatan) 
№ Ko’rsatkichlar 2018 y. 201 9  y. 20 20  y. 202 1  y. 202 2  y. 20 17 -20 2 2
y.y.da o’sish,
(%)
1 Doimiy aholi soni 3651,7 3720,1 3798,9 3877,4 4031,3 110,4
2 Mehnat resurslari 2079,6 2103,4 2117,1 2130,4 2142,3 103,0
3 Shundan, iqtisodiy
faol aholi 1629,8 1620,6 1604,2 1585,4 1599,7 98,1
4 Ish bilan band
bo’lganlar 1523,1 1463,3 1455,8 1418,3 1441,3 94,6
5 Iqtisodiyotning
rasmiy sektorida
band bo’lganlar 653,1 620 , 4 683 , 2 542,7 542,7 77,3
6 Iqtisodiyotning
norasmiy sektorida
band bo’lganlar 418,9 429, 7 469,3 681 , 7 681 , 7 3 marta
Umuman   olganda,   viloyat   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishida,   aholi   turmush
darajasi   yaxshilanishida,   xalqimizning   hayot   darajasi   va   farovonligini   oshirishda
qishloq   aholini   ish   bilan   bandligini   ta’minlashda   uning   hududiy   xususiyatlari
muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. 
2.2. Samarqand viloyati аholining ish bilan bandligini ta’minlashning asosiy
iqtisodiy ko’rsatkichlari holati tahlili .
Mamlakatimizda   keyingi   yillarda   qishloq   joylarida   aholini   ish   bilan
bandligini   ta’minlashga   jiddiy   e’tibor   berilmoqda.   Aholini   ish   bilan   bandligini
ta’minlash birinchi navbatda, qishloq joylari aholisining foydali mehnat bilan band
bo’lishini,   uning   mehnat   daromadiga   ega   bo’lishi,   mamlkat   uchun   uning   ishlab
chiqarish   yoki   xizmat   ko’rsatishda   bandligini,   aholini   yashash   sharoitini   va
turmush sifatini yaxshilashga olib keladi. 
Bizga   ma’lumki,   yurtimiz   qishloq   joylarida   har   yili   milliy   iqtisodiyotni
barqaror   rivojlantirish,   hududlar   bo’yicha   mehnat   resurslaridan   yanada   to’liq   va
52 oqilona   foydalanish,   aholining   ijtmioiy   muhofazasini   ta’minlashga   qaratilgan
tegishli Dasturlar qabul qilinayapti. 
Mehnat   bozorining   e’tiborga   molik   o’ziga   xos   xususiyatlari   quyidagilar
hisoblanadi: 
‒ aholining asosiy qismini yoshlar tashkil etishi;
‒ yuz   minglab   ishsizlarning,   shuningdek,   ishchi   kuchining   talab   va   taklif
bo’yicha nomutanosiblikning mavjudligi;
‒ ishsizlik   va   norasmiy   sektorda   ish   bilan   bandlikning   yuqori   darajasi
kuzatiladi. 
Samarqand  viloyati  bo’yicha  2022 yil   1 yanvar   holatiga  ko‘ra  “Aholini  ish
bilan ta’minlash Dasturi” ning bajarilishi quyidagi jadvalda ko’rsatib o’tilgan (2.3-
jadval).  
2.3–jadval   ma’lumotlariga   ko’ra,   Samarqand   viloyatida   2018-2022   yillarda
ish  bilan  bandlikka  ko’maklashish  markazlariga  jami   murojaat  qilganlar    2  marta
(37,2   %)ga   kamaygan.   Shundan   ish   bilan   bandlik   markazlari   yo’llanmasi   bilan
ishga   joylashganlar   mazkur   yillar   davomida   35,1   %   (2   marta)ga   kamaygan.
Viloyatda   ishsiz   maqomini   olganlar   o’rganilayotgan   davrda   160,0%ga   o’sish
tendensiyasiga   ega   bo’lsa,   kasbga   o’qitish   va   malakasini   oshirishga
yo’naltirilganlar ulushi 86,5 %ga kamaygan (2.3-jadval). 
Shuningdek,   bandlikka   ko’maklashish   markazlari   yo’llanmasi   bilan   ishga
joylashganlar   bu   davrlar   mobaynida   kamaygan.   Ishga   joylashganlar   hissasining
ish   so’rab   murojaat   qilganlarga   nisbatan   bu   davrlar   oralig’ida   kamayib   borish
tendensiyasi   ko’zatildi.   Bunday   o’zgarishlar   asosan   yangi   va   qo’shimcha   ish
o’rinlarining yaratilishi hisobiga amalga oshirilgan. 
Samarqand   viloyatida   “Aholini   ish   bilan   ta’minlash   hududiy   Dasturi”ning
bajarilishi  tahlil   qilinganda,  haq  to’lanadigan  jamoat   ishlariga yo’naltirilgan  3245
tadan   936   kishiga   kamaygan.   Shu   bilan   birga,   ishsizlik   nafaqasi   tayinlanganlar
1154   kishidan   102   kishiga   kamaygan   hamda   korxonalarda   mavjud   bo’sh   ish
o’rinlari 141,7 %ga ortgan. 
53 2.3-jadval
Samarqand viloyatida “Aholini ish bilan ta’minlash hududiy Dasturi”ning
bajarilishi (yil  boshiga nisbatan)
Ko’rsatkichlar 2018
y. 2019
y. 20 20
   y. 202 1
y. 202 2
y. 20 1 8-20 2 2
y.y.da
o’sish ,  (%)
BKM ga ish so’rab
murojaat qilganlar (ming
kishi) 74,2 74,6 42,2 38,5 3 7 , 2 2 marta
kamaygan
BKM lar yo’llanmasi bilan
ishga joylashganlar (ming
kishi) 73,1 73,5 40,1 37,7 3 5 , 1 2 marta
kamaygan
Ishsiz maqomini olganlar
(ming kishi) 0,9 1,1 2,0 1,8 1, 6 160,0
Kasbga o’qitish va
malakasini oshirishga
yo’naltirilganlar (kishi) 1056 1125 587 582 5 64 86,5
Haq to’lanadigan jamoat
ishlariga yo’naltirilgan
(kishi) 5500 5609 1365 1 106 936 3 marta
kamaygan
Ishsizlik nafaqasi
tayinlanganlar (kishi) 1053 1116 90 105 10 2 11 marta
kamaygan
Korxonalarda mavjud bo’sh
ish o’rinlari (birlik) 2690 2763 3201 3 783 5075 141,7
Bu   esa   ish   bilan   ta’minlashga   ko’maklashuvchi   davlat   ish   bilan   bandlik
jamg’armasining   passiv   yo’nalishlariga   sarflanishining     tejalishi   ish   bilan
ta’minlashning   faol   yo’nalishlariga   sarflanadigan   mablag’larni   moliyalashtirishni
kengaytirish uchun manba bo’lib hisoblanadi.
Mamlakatimizda   mehnatga   layoqatli   aholini   ish   bilan   ta’minlash   qancha
dolzarbligini to’la tasavvur qilish uchun demografik vaziyatga bir nazar tashlaylik.
Bizda aholining tabiiy o’sishi keyingi yillarda bir oz sekinlashganiga qaramasdan,
hamdo’stlik   mamlakatlari   orasida   eng   yuqoriligicha   saqlanib   turibdi.   Keyingi
yillarda,   respublikamizda   aholining   o’sishi   o’rtacha   1,5%   ni   tashkil   etmoqda.   Bu
esa, mehnat resurslarini mutanosib ravishda o’sishiga olib kelmoqda. 
2.4-jadval
54 2022 yilda Samarqand viloyati bandlikka ko‘maklashish Mark azlariga murojaat
qilganlardan ayollar va yoshlar tarkibi (yil boshiga nisbatan)
Ko‘rsatkichlar Jami, viloyat
bo‘yicha Shundan ,
Xotin - qizlar Yoshlar 
Bandlikka ko‘maklashish
markazlariga murojaat qilganlar 3 7228 12334 19658
Bandlikka ko‘maklashish
markazlari tomonidan ishga
joylashtirilganlar 3 51 91 11684 18846
Ishsiz deb   e’tirof etildi 1 645 520 359
Kasb urganishga yullandi 5 64 175 233
Haq to’lanadigan jamoat ishlariga
jalb qilindi 936 354 465
Ishsizlik nafaqasi tayinlanganlar 10 2 42 11
2022   yil   1   yanvar   holatiga   ko‘ra,   Samarqand   viloyati   tuman   bandlikka
ko‘maklashish Markazlariga murojaat qilganlar 37228 kishi bo’lib, shundan 12334
kishini xotin –qizlar, 19628 kishini yoshlar tashkil etgan. Bandlikka ko‘maklashish
markazlari   tomonidan   ishga   joylashtirilganlardan   xotin   qizlar   11684   kishi,   kollej
hamda   OTM   bitiruvchilari   bo’lgan   18846ta   yoshlar   yangi   ish   joylariga   ishga
joylashtirilgan.   Viloyatda   ishsiz   deb   e’tirof   etilganlarning   520   nafari   xotin-qizlar,
359   nafarini   yoshlar,   kasbga   yo’naltirilganlarning   175   nafari   xotin-qizlar,   233
nafarini yoshlar, haq to’lanadigan va jamoat ishlariga 354 nafari xotin-qizlar, 465
nafarini yoshlar hamda ishsizlik nafaqasi tayinlanganlarning 42 nafari xotin-qizlar,
11 nafarini yoshlar tashkil qiladi (2.4-jadval). 
Samarqand   viloyati   qishloq   joylarida   mehnat   resurslari   2022   yil   boshiga
(1621,9   ming   kishi)   2018   yil   boshiga   (1535,4   ming   kishi)   nisbatan   105,6   %ga
o’sish   tendensiyasiga   ega.   Mehnat   resurslari   viloyat   tumanlari   kesimida
o’rganilganda   Qo’shrabod   (105,8%),   Narpay   (105,8%),   Pastdarg’om   (105,8%),
Paxtachi   (105,8%),   Tayloq   (105,8%),   Ishtixon   (105,7%)   va   Kattaqo’rg’on
(105,7%)   tumanlarida   o’rtacha   ko’rsatkichdan   yuqori   hisoblanadi.   Viloyatning
Bulung’ur   va   Payariq   tumanlarida   mehnat   resurslari   eng   past   darajada   (105,0%)
o’sish tendensiyasiga ega. 
2.5-jadval
55 Samarqand viloyati qishloq joylaridagi mehnat resurslari holati (yil boshiga
nisbatan)
 
  20 18  y 20 19  y 20 20  y 20 2 1  y 20 2 2  y 20 2 2 yil
2018 yilga
nisbatan,
%da
№
Jami 1535,4 1559,2 1583,1 1605,5 1621,9 105,6
tumanlar:
1
Oqdaryo 85,6 86,9 88,2 89,5 90,5 105,7
2
Bulung’ur 77,6 78,6 79,8 80,8 81,5 105,0
3
Jomboy 78,1 79,3 80,5 81,5 82,3 105,4
4
Ishtixon 105,5 107,1 108,7 110,2 111,5 105,7
5
Kattaqo’rg’on 125,3 127,3 129,2 131,0 132,4 105,7
6
Qo’shrabot 59,9 60,9 61,9 62,7 63,4 105,8
7
Narpay 101,2 102,8 104,4 105,8 1 06 ,3 105,8
8
Nurobod 66,5 67,5 68,6 69,4 70,0 105,3
9
Payariq 121,4 123,3 125,1 126,9 1 27 , 8 105,0
10
Pastdarg’om 160,7 163,3 165,8 168,3 17 0 ,5 105,8
11
Paxtachi 79,7 80,9 82,2 83,4 84,3 105,8
12
Samarqand 166,9 169,6 172,1 174,8 1 7 6, 2 105,6
13
Tayloq 93,6 95,0 96,5 97,8 99,0 105,8
14
Urgut 213,4 216,7 220,1 223,4 225,4 105,6
Samarqand   viloyati   qishloq   joylarida   aholini   ish   bilan   bandligi
ko’rsatkichlari   2022   yil   boshida   (1170,7   ming   kishi)   2018   yil   boshiga   (1003,8
ming   kishi)   nisbatan   121,3   %ga   o’sish   tendensiyasiga   ega.   Viloyat   qishloq
tumanlari   tahlil   qilinganda,   Payariq   tumani   qishloq   joylarida   148,3%ga,   Narpay
tumanida 137,2%ga yuqori  o’sish kuzatilgan. Qishloq joylarining aholisini  so’ngi
vaqtlarda aholini ish bilan ta’minlashga jiddiy e’tibor natijasi hisoblanadi.
2.6-jadval
Samarqand viloyati qishloq joylarida ish bilan band bo’lganlar bo’lganlar
holati (yil boshiga nisbatan)
56 20 18  y 20 19  y 20 20  y 20 2 1  y 20 2 2  y 20 2 2 yil 2018
yilga
nisbatan,
%da
№
Jami 1003,8 1036,6 1071,1 1102,7 1170,7 121,3
tumanlar:
1 Oqdaryo 49,2 50,8 52,5 54,1 55,7 117,3
2 Bulung’ur 54,5 56,3 58,2 59,9 61,8 117,3
3
Jomboy 55,5 57,3 59,3 61,0
62,9 117,4
4 Ishtixon 69,7 72,0 74,4 76,6 78,9 117,2
5 Kattaqo’rg’on 88,8 91,7 94,7 97,5 100,5 117,1
6
Qo’shrabot 38,3 39,6 40,8 41,9
43,4 117,0
7
Narpay 67,7 69,9 72,2 74,4
89,6 137,2
8 Nurobod 46,2 47,7 49,3 50,8 52,4 117,5
9
Payariq 79,1 81,7 84,4 86,9
113,3 148,3
10 Pastdarg’om 100,2 103,5 106,9 110,1 113,5 117,3
11
Paxtachi 53,6 55,3 57,2 58,9
60,7 117,2
12
Samarqand 100,4 103,7 107,2 110,4
111,3 114,6
13
Tayloq 58,5 60,4 62,4 64,2
66,1 117,0
14 Urgut 142,1 146,7 151,6 156,0 160,6 117,0
Shuningdek,   viloyat   qishloq   joylarida   aholining   mehnat   va   tadbirkorlik
tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish, kasb hunar kollejlari va oliy
ta’lim   muassasalarining   bitiruvchilarini   ish   bilan   ta’minlashda   yangi   samarali
shakllar   va   uslublarni   joriy   etish,   ularni   bandligini   ta’minlashda   imtiyozlardan
keng   foydalanish,   bitiruvchilarga   o’z   biznesini   tashkil   etishlari   uchun
mikrokreditlar   ajratish   amaliyotidan   foydalanish   samaradorligini   yuqori
ekanligidir. 
Bugungi kunda bandlikka ko’maklashishning faol siyosat choralarini amalga
oshirish,   ya’ni   ish   o’rinlarini   yaratish,   avvalo   yoshlarni   va   ijtimoiy   himoyaga
muhtoj aholi toifalarini ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faolligini rag’batlantirish
chorasini ko’rish zaruratini keltirib chiqardi. 
Samarqand   viloyat   Bandlik   va   mehnat   munosabatlari   Bosh   boshqarmasi
ma’lumotlariga ko’ra, 2022 yil boshida BKMga ish so’rab murojaat qilganlarning
97,2% ish bilan ta’minlangan (2.7-jadval).
57 2.7-jadval
2022 yilda Samarqand viloyati qishloq joylari bo’yicha BKMga ish so’rab
murojaat qilganlar holati (yil boshiga nisbatan)
Bandlikka
ko’maklashish
markazlariga
ish so’rab
murojaat
qilganlar Shundan, ish
bilan
ta’minlanganlar  Foizi  Ishsiz
sifatida
ro’yxatga
olinganlar Yangi
yaratilgan
ish
o’rinlari
№
Jami 29026 28212 97,2 318 76128
tumanlar:
1
Oqdaryo 1596 1449 90,8 24
4300
2
Bulung’ur 2024 2000 98,8 21
5580
3
Jomboy 2490 2475 99,4 17
4400
4
Ishtixon 2287 2218 97,0 23
5914
5
Kattaqo’rg’on 2830 2703 95,5 17
5684
6
Qo’shrabot 1250 1180 94,4 27
3787
7
Narpay 2040 2040 100,0 47
5454
8
Nurobod 1288 1288 100,0 5
4395
9
Payariq 2612 2567 98,3 40
6370
10
Pastdarg’om 2934 2804 95,6 19
6201
11
Paxtachi 1727 1628 94,3 16
4769
12
Samarqand 1868 1826 97,8 4
4467
13
Tayloq 1529 1483 97,0 30
4700
14
Urgut 2551 2551 100,0 28
10107
2.7-jadval   ma’lumotlaridan   ko’rinib   turibdiki,   2022   yil   boshida   Samarqand
viloyati qishloq joylarida tashkil etilgan yangi ish o’rinlari soni 76128 tani tashkil
qiladi. Viloyatda ishsiz sifatida ro’yxatdan o’tganlar soni 318 nafarni tashkil qiladi.
Samarqand   viloyati   bo’yicha   qishloq   joylarida   bandlikka   ko’maklashish
markazlariga ish so’rab murojaat qilganlar Narpay, Nurobod va Urgut tumanlarida
100   %   ish   bilan   ta’minlangan   bo’lsa,   ish   so’rab   murojaat   qilganlarning   Oqdaryo
tumanida   90,8%,   Paxtachi   tumanida   94,3%,   Qo’shrabod   tumanida   94,4%   va
Kattaqo’rg’on   tumanida   95,5%     ish   bilan   ta’minlanishning   past   darajasini   tashkil
etadi.     Viloyat   qishloq   mehnat   bozorida   yangi   ish   o’rinlarini   tashkil   etilgani
58 Bandlikka   ko’maklashish   markazlariga   murojaat   qilganlardan   fuqarolardan   2
barobarga ko’pdir. Bunga sabab viloyatda bo’sh ish o’rinlari yarmarkalarini tashkil
qilinishi   ham   mehnat   bozoridagi   ta’sirchan   siyosatning   muhim   uslubi   sanaladi.
Bundan   maqsad   –   ish   izlovchilarni   taklif   etilayotgan   bo’sh   joylari   bilan
tanishtirish, shuningdek, ularga qishloq mehnat bozori, mavjud bo’sh ish o’rinlari
va yangi kasbga o’qitish to’g’risida to’liq malumot berishdan iborat.
   
2.3. Aholini ish bilan bandligini ta’minlashni tartibga solishda davlatning roli .
Mehnat   bozorining   samarali   ishlashi,   aholini   ish   bilan   bandlik   sohasida
davlat   siyosatini   amalga   oshirishda   yangicha   joriy   etish,   uni   tartibga   solinishi,
davlat   va   xususiy   tadbirkorlik   o’rtasida   hamkorlikka   asoslangan   holda   mehnat
bozori   infratuzilmasini   rivojlantirish,   aholi,   ayniqsa   qishloq   joylaridagi   aholini,
xususan, yoshlar bandligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. 
O‘zbekiston   Respublikasida   oliy   va   o’rta   maxsus   kasb-hunar   ta’limi
muassasalari   bitiruvchilarining   bandligini   ta’minlash,   kam   ta’minlangan   oilalarga
nafaqa   va   moddiy   yordamni   o’z   vaqtida   to’lanishi   monitoringini   amalga   oshirish
bo’yicha aholi  bandligini  rag’batlantirishga yo’naltirilgan choralar  quyidagilardan
iborat:
‒ oliy   va   o’rta   maxsus   kasb-hunar   ta’limi   muassasalarining   birinchi
marotaba   ishga   joylashgan   bitiruvchilarining   birinchi   yilda   ishga
joylashganlarining   ish   haqidan   olinadigan   daromadlari   bo’yicha   yagona   ijtimoiy
to’lovning   o’rnatilgan   stavkasini   50   foizga,   ularning   ikkinchi   va   uchinchi   yil
davridagi mehnat faoliyati bo’yicha 25 foizga kamaytirish;
‒ nodavlat   tashkilotlarga   fuqarolarni   O’zbekiston   Respublikasi   hududida
ishga joylashtirish sohasida, ular tomonidan fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish
faoliyati   amalga   oshiriladigan   hollarda   esa   belgilangan   tartibda   beriladigan
lisenziya asosida, pullik xizmatlar ko’rsatish huquqini berish. 
59 S h uningdek, O’zbekiston Respublikasi  Prezidenti tomonidan qabul qilingan
Farmon va qarorning amalga oshirilishi natijasida:
‒ mehnat   organlarining   zamonaviy   talablarga   javob   beradigan,   jumladan
ustuvor   vazifalarni,   jumladan   mehnat   bozori   infrastrukturasini   rivojlantirish,   ish
o’rinlari   tashkil   etish   bo’yicha   davlat   buyurtmalarini   shakllantirish,   birinchi
marotaba   mehnat   bozoriga   kirib   kelayotgan   yoshlarni   va   aholining   ijtimoiy   zaif
toifalarini   ishga   joylashtirish   kabi   muhim   yo’nalishlardagi   vazifalarni   izchil   va
samarali ravishda bajarishni ta’minlaydigan tashkiliy tuzilmasini yaratish;
‒ mehnat   organlari   tomonidan   ko’rsatilayotgan   barcha   davlat   xizmatlarini
to’liq   hajmda   qayta   ko’rib   chiqish   (reinjiniring),   mehnatga   haq   to’lashning
zamonaviy rag’batlantiruvchi uslublari  va samaradorlikning asosiy ko’rsatkichlari
(KPI)ni   joriy   etgan   holda   ish   tashkil   etishning   progressiv   shakllarini   tatbiq   etish
orqali bandlik sohasida ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini tubdan oshirish;
‒ turli   jamoat   ishlari   jamg’armasi   mablag‘lari   hisobidan   mehnat   bozorini
izchil   va   barqaror   rivojlantirish,   aholi   bandligi   darajasini   oshirish   va   mehnat
resurslaridan   oqilona   foydalanish   bo’yicha   komplekch   chora-tadbirlarni   amalga
oshirishni moliyaviy ta’minlashni kuchaytirish;
‒ kam ta’minlangan oilalar  a’zolari va aholining boshqa aholining ijtimoiy
zaif   toifalarini,  ularga   mikrokreditlar  berish  va   qayta  o’qitish   xizmatlarini  taqdim
etish orqali, yakka tartibdagi va oilaviy tadbirkorlikka jalb etish, shaxsiy tomorqa
va dexqon xo’jaliklarini rivojlantirish yo’li bilan oilalarni kam ta’minlanganlikdan
chiqarish bo’yicha individual dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga doir
zarur sharoitlarni yaratish.
Mehnat bozori faol siyosat olib borishning eng samarali yo’nalishlaridan biri
mehnat   bozorining   eng   muhim   instituti   bo’lgan   ish   bilan   bandlikning
ixtisoslashgan   umummilliy   xizmatidir.   Uning   asosiy   vazifasi   mehnat   bozori
haqidagi   axborotning   tarqalishi   hisobiga   uning   samaradorligini   oshirishdan
iboratdir.   U,   birinchidan,   ishsizlarning   bo’sh   ish   o’rinlari   qidirishlariga,
tadbirkorlarning   xodimlar   qidirishlariga   sarf   etiladigan   vaqtni   qisqartirishni
60 ta’minlaydi, ikkinchidan, ish beruvchilarning o’z talablariga eng ko’p darajada mos
keladigan   xodimlar   yollashiga   yordam   beradi,   xodimlarga   esa   mehnat   sharoitlari
va ish haqi darajasi muvofiq keladigan ish joyini topishlariga imkon beradi.
Bundan   tashqari,   ish   bilan   bandlik   xizmati   vazifalariga   quyidagilar   kiradi:   ish
qidiruvchilarga   kasblar   bo’yicha   maslahatlar   berish   va   ishsizlarni   yangi
mutaxassisliklar   bo’yicha   o’qitish;   nogironlar,   yoshlar,   harbiy   xizmatdan   bo’shab
kelgan   yoshlar   va   fuqarolarning   ijtimoiy   jihatdan   himoya   qilinishga   muhtoj
bo’lgan   boshqa   guruhlari   uchun   ish   joylarini   band   qilib   qo’yish;   ish   kuchuni
hududlar   bo’yicha   qayta   taqsimlash;   oddiy   yo’l   bilan   ishga   kira   olmaydigan
fuqarolarning   (ko’p   bolali   va   yolg’iz   ota-onalarning)   ish   bilan   bandligiga
qo’maklashish   uchun   ish   o’rinlarini   qo’llab-quvvatlash;   ishsizlarning   tadbirkorlik
va mustaqil faoliyati bilan shug’ullanishlariga yordam ko’rsatish; ommaviy ishdan
bo’shatishlarni to’xtatib qolish uchun kompensasiya to’lovlarini amalga oshirish.
Shuning   uchun   mamlakatimizda   ishsizlar   va   ishsiz   qolish   xavfi   ostida   turgan
xodimlarning   kasb   tayyorgarligi   va   ularni   qayta   tayyorlashdan   iborat   turli-tuman
dasturlarni ishlab chiqiladi. Bunda mazkur dasturlar birinchi navbatda oldingi kasb
malakasi   iqtisodiyotdagi   tarkibiy  o’zgarishlarga,  ishchi  o’rinlarining  yangi  kasbiy
tuzilishiga javob bermaydigan kishilarga, shuningdek, aholining zaif himoyalangan
qismiga   (hozircha   zarur   kasbiy   tayyorgarlikka   ega   bo’lmagan   yoshlarga,   mehnat
bozoriga qaytishga qaror qilagn ayollarga; kasbga yo’naltirishga ehtiyoj sezadigan
nogironlar  va  boshqalarga)   qaratilgan.  Ko’pincha ta’lim  olish  uchun  nomzodlarni
davlat ish bilan bandlik xizmati aniqlaydi.
Kasb   tayyorgarligi   va   qayta   tayyorlov   dasturlari   davlat,   tadbirkorlar   va
kasaba   uyushmalarining   ishtirokida   ishlab   chiqiladi   va   amalga   oshiriladi.   Bu
dasturlarning   bevosita   tashkilotchisi   ko’pincha   davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati
hisoblanadi,   u   markazlar   va   o’quv   kurslarining   maxsus   tashkil   etilgan
shahobchalarda,   shuningdek,   o’quv   yurtlari   yoki   korxonalar   bilan   tuzilgan
shartnomalar asosida tashkil etadi; ta’lim oluvchilarga stipendiyalar to’lanadi. 
61 Qishloq   joylarida   ish   bilan   bandlik   xizmati   davlat   manfaatlarini   ko’zlab   ish   olib
boradi,   ishsizlarning   ta’lim   olishi   va   qayta   o’qishini   ularga   mablag’lar   ajratish
shaklida nafaqalar to’lash orqali rag’batlantiradi.
“Aholi   bandligi   to’g’risida”gi   Qonunda   ishsiz   fuqarolar   ham   ish   bilan
bandlik   xizmati   yo’llanmasi   bilan   bepul   kasb   tanlash,   kasb   tayyorgarligi,   qayta
tayyorlash   va   malaka   oshirish   huquqiga   egadirlar,   deb   ta’kidlangan.   Mazkur
huquqlar qonunning boshqa moddalari va bandlarida ham kafolatlangan.
Mehnat   bozoridagi   ana   shu   yo’nalishini   amalga   oshirishdagi   asosiy
murakkablik   iqtisodiyotning   bo’lajak   kasb-malaka   tuzilishi   to’g’risida,   o’rta   va
uzoq   muddatli   istiqbolda   kasb   sohasidagi   mehnatga   bo’lgan   ehtiyoj   qanday
bo’lishi   haqidagi   axborotning   yetishmasligidadir.   Yana   bir   muammo   ishdan
mahrum   bo’lgan   shaxslarning   kasbiy   jihatdan   qayta   tayyorlanishga   kam   talab
bildirishidir,   chunki   ular   oldingi   kasblari   bo’yicha   ishga   joylashishga   umid
qiladilar.  Mehnat  bozoridagi   faol   siyosatning  mazkur  yo’nalishini  rivojlantirishga
to’sqinlik   qiluvchi   omil   ish   bilan   bandlik   xizmati   faoliyatini   moliyaviy   jihatdan
ta’minlashning cheklanganligi hamdir.
Mustaqil   ish   bilan   bandlik   va   kichik   biznesni   qo’llab-quvvatlash   tizimi.
Hozirgi   vaqtda   mehnat   bozoridagi   faol   siyosatni   amalga   oshirish   sohasidagi
faoliyat   doirasida   mustaqil   ish   bilan   bandlikni   rivojlantirish,   tadbirkorlik
malakalarini   o’rgatish   va   kichik   biznesni   tashkil   etishga   ko’maklashish   dasturlari
muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Mehnat   bozoridagi   siyosatning   bu   yo’nalishi   eng
muhim ijtimoiy vazifani – yangicha mehnat dunyoqarashini shakllantirishdir.
Ishsizlar   agar   o’zlarining   mustaqil   ishlarini   tashkil   etishni   hohlasalar,   ish
bilan bandlik xizmatiga zarur asoslash  bilan (bizne-reja bilan) loyihalar tanlovida
ishtirok   etish   haqida   ariza   beradilar,   bu   yerda   uning   rejasini   mutaxassislar   ko’rib
chiqib, o’z xulosalarini beradilar. Agar iltimos qondiriladigan bo’lsa, u holda yangi
tadbirkor uchun boshlang’ich kapital sifatida unga muayyan muddatga beriladigan
ishsizlik nafaqasining butun summasi xizmat qiladi va bir yo’la to’lanadi.
62 Bizning   fikrimizcha,   ishsizlikni   kamaytirishning   chora-tadbirlari   sifatida
quyidagilarni qayd etib o’tish mumkin:
• korxonada yangi ishchi o’rinlari tashkil etish yo’li bilan aholini ishga jalb
qilish;
• jamoat xizmatini tashkil etish;
• xususiy   tadbirkorlikni   hamda   aholining   o’z-o’zini   ish   bilan   ta’minlashni
rag’batlantirish, kichik va o’rta biznesni rivojlantirish;
• kamyob mutaxassisliklar va kasblar bo’yicha qayta tayyorlash va malaka
oshirish;
• ish bilan bandlikning turli shakllarini qo’llash;
• aholini   ish   bilan   ta’minlash   imkoniyatlari   xususida   keng   miqyosda
xabardor etib turish.
Ish   bilan   bandlik   xizmatining   yana   bir   vazifasi   mustaqil   mehnat   faoliyati
bilan   shug’ullanishni   istaydiganlarni   o’qitishdir.   Bu   kishilar   ishga   doir   asosiy
ko’nikmalarni   (narx   belgilash   asoslari,   muhosiblik   hisobi,   rejalashtirish   va
hokazolar)   o’qish   jarayonida   egallab   chiqadilar.   Ish   bilan   bandlik   xizmatining
vazifasi   tadbirkorga   mustaqil   ish   bilan   bandlik   nimalarni   bildirishini   (masalan,
ijtimoiy ne’matlarning birmuncha qisqarishi, ish vaqtining davomiyligi birmuncha
ortishi,   yuqori   darajadagi   tavakkalchilik,   xonavayron   bo’lish   ehtimoli   borligi,
qonunlarning hali to’la mukammal emasligi va hokazolarni) tushuntirishdir.
Yangi tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash yana quyidagilarni o’z ichiga oladi:
maslahat   xizmatlarini   ko’rsatish,   imtiyozli   qarz   berish,   ishlab   chiqarish   binolari,
xom ashyo bilan ta’minlash, xom ashyo yetkazib beruvchilar bilan aloqa o’rnatish
va tayyor mahsulotni sotish.
Ishchi   kuchlaridan   foydalanish   va   aholi   bandligi   bo’yicha   davlat   siyosatini
amalga   oshirish   maqsadida   aholini   ish   bilan   ta’minlashga   ko’maklashish
jamg’armasi   mablag’lari   vaqtincha   moliyaviy   qiyinchiliklarni   boshidan
kechirayotgan   korxonalarga,   turli   mulkchilik   ko’rinishdagi   yangi   korxonalarni
yaratishga kreditlar berish yo’li bilan sarflanadi.
63 Aholini   ish   bilan   ta’minlashga   ko’maklashish   jamg’armasidan   quyidagi
tadbirlarni amalga oshirishda foydalaniladi. 
Mazkur   dasturlar   ishsizlarga   maxsus   kasb   tayyorgarligisiz   hamma   uchun
qulay   faoliyat   turlarini   taqdim   etadi.   Bu   dasturlarni   amalga   oshirish   tajribasini
umumlashtirish shuni ko’rsatadiki, ular quyidagi ish turlarini bajarishga qaratilgan:
yo’l   qurilishi   va   uni   ta’mirlash,   ko’priklar   barpo   etish   va   ta’mirlash   (AQSh   va
Yaponiyada):   yerlarni   o’zlashtirish   –   daraxtlar   o’tqazish,   irrigasiya,   kanallar,
portlar,   aerodromlar   qurilishi   va   ularga   xizmat   ko’rsatish;   ekologik   tadbirlar
(Avstraliya   tajribasi).   Munisipial   ma’murlar   haq   to’lanadigan   ijtimoiy   jamoatlar
ishlari   –   bular   qariyalarga,   nogironlarga   qarash   xizmatlari   va   hokazolar   (Kanada,
Avstraliya va boshqa mamlakatlarning tajribasi) ham mavjuddir .
Ko’pincha   qishloq   joylarida   jamoat   ishlari   to’liq   bo’lmagan   ish   kuni
mobaynida   davom   qiladi,   bundan   maqsad   vaqtning   bir   qismini   kasb
tayyorgarligiga   yoki   doimiy   ish   qidirishga   bag’ishlashdir.   Mazkur   dasturlarning
qatnashchilari odatda eng kam ish haqi oladilar. 
Umuman   olganda,   ишсизликни   камайтириш   ва   aholini   ish   bilan   to’la
ta’min   qilish   yagona   va   asosiy   vazifa   bo’lib   qolmasligi   kerak.   Masalaning
mohiyati   shundan   iboratki,   aholini   ish   bilan   ta’minlash   va   ish   bilan   band
bo’lmagan aholining ijtimoiy muhofazasini oshirish ishlab chiqarish samaradorligi
va sifati oshishiga, insonning to’laqonli hayot kechirishiga xizmat qilmog’i lozim.
II BOB BO’YICHA XULOSALAR
1. I sh   bilan   bandlik   va   ishsizlik   bir   biriga   tez   almashinishi   mumkin.
Samarqand   viloyati   qishloq   joylarida   aholini   ish   bilan   bandligini   ta’minlashning
hududiy   xususiyatlari   va   ishsizlikni   kamaytirishda   qishloq   mehnat   bozorining
ahamiyati   katta   hisoblanadi.   Chunki   ishchi   kuchi   taklifi   va   unga   bo’lgan   talabi
aynan   mehnat   bozorida   o’zaro   to’qnashadi.   Shu   bois,   bu   infratuzilmani   samarali
rivojlantirish   iqtisodiyotni   yangilash   sharoitida   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishning
asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
64 2. Respublikamiz uchun mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan bandligini
sifat jihatdan oshirish bo’yicha muammoni hal qilishning eng samarali qurollaridan
biri bo’lgan demografik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlarni tadqiq etilgan.
3.   Kasb   tayyorgarligi   va   qayta   tayyorlov   dasturlari   davlat,   tadbirkorlar   va
kasaba   uyushmalarining   ishtirokida   ishlab   chiqiladi   va   amalga   oshiriladi.   Bu
dasturlarning   bevosita   tashkilotchisi   ko’pincha   davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati
hisoblanadi,   u   markazlar   va   o’quv   kurslarining   maxsus   tashkil   etilgan
shahobchalarda,   shuningdek,   o’quv   yurtlari   yoki   korxonalar   bilan   tuzilgan
shartnomalar asosida tashkil etadi; ta’lim oluvchilarga stipendiyalar to’lanadi.
4.   Ishsizlikni   kamaytirishning   chora-tadbirlari   sifatida   quyidagilarni   qayd
etib o’tish mumkin:
• korxonada yangi ishchi o’rinlari tashkil etish bilan ishga jalb qilish;
• jamoat xizmatini tashkil etish;
• xususiy   tadbirkorlikni   hamda   aholining   o’z-o’zini   ish   bilan   ta’minlashni
rag’batlantirish, kichik va o’rta biznesni rivojlantirish;
• kamyob mutaxassisliklar va kasblar bo’yicha qayta tayyorlash va malaka
oshirish;
• ish bilan bandlikning turli shakllarini qo’llash;
• aholini   ish   bilan   ta’minlash   imkoniyatlari   xususida   keng   miqyosda
xabardor etib turish.
65 III BOB.  HUDUDIY MEHNAT BOZORIDA ISHSIZLIKNI
KAMAYTIRISH VA ISH BILAN BANDLIKNI OSHIRISHNING  ASOSIY
YO‘NALISHLARI .
3.1.  Hududiy ish bilan bandlik xizmati tizimida kasbiy ta’lim
samaradorligini oshirish yo‘llari.
Mamlakatimizda   iqtisodiyotning   innovatsion   rivojlanishi   sharoitida   mehnat
bozorini   boshqarishda   bir   qator   yo‘nalishlar   mavjud   bo‘lib,   ular   aholi   ish   bilan
bandligi davlat xizmatiga taalluqlidir. Bu xizmatning asosiy vazifasi mehnat bozori
haqidagi   axborotni   mehnatga   layoqatli   aholiga   tarqatish   hisobiga   mehnat
bozorining faoliyat ko‘rsatishi samaradorligini oshirishdan iboratdir.
Aholining ish bilan bandligiga ko‘maklashish bilan bog‘liq xizmatlar davlat
ish   bilan   bandlik   xizmati   organlari   tomonidan   bepul   ko‘rsatiladi.   Bozor
munosabatlarining rivojlanishi ish bilan bandlikning nodavlat xususiy harakterdagi
tuzilmalari   ham   tashkil   etilishiga   imkon   bermoqda.   Bular   xodimlarni   tanlash
bo‘yicha   tijorat   agentliklari;   o‘quv   yurtlari   huzuridagi   muassasalar   va   hokazo
muassasalardir.   Mehnat   bozorining   asosiy   tarkibiy   qismi   sifatida   bandlikka
ko‘maklashish markazlarining faoliyati ham muhim ahamiyatga ega. 
Bandlikka   ko‘maklashish   markazlari   mehnat   bozori   haqidagi,   uning   ahvoli
va   istiqboli   to‘g‘risidagi   axborotlarni   o‘zida   to‘playdi.   Bozor   tuzilmasi   sifatidagi
mehnat bo‘limi xilma-xil vazifalarni bajaradi.
Har   qanday   jamiyat   mehnat   bozorida   raqobat   kurashi   qizigan   sari   umumiy
ta’lim   tizimiga   bo‘lgan     ehtiyoj   talablari   ham   orta   boradi.   Natijada   shunga   mos
holda umumta’lim tizimi ham rivojlanadi. Bozor munosabatlari mehnat jarayoniga
ta’sir   ko‘rsatishi   tufayli     kasb-hunar     ta’limi   va   eng   avvalo,   ishchilarning
umumta’lim darajasini ko‘tarish zarurligini talab etadi.
Iqtisodiyotda   innovatsion   jarayonlarning   rivojlanishi   va   iqtisodiyotdagi
tarkibiy o‘zgarishlarga mos malakali kadrlar tayyorlash tizimini va ularning bilim
olish   darajasini   takomillashtirish   zaruratini   yuzaga   keltirdi.   Iqtisodiyotning
66 zamonaviy   soha   va   tarmoqlarini   modernizatsiyalash   jarayonida   tarkibiy
o‘zgarishlarga mos malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish o‘z ichiga
uzoq davr islohotlarning strategik yo‘nalishlarini aniqlashdan ularni tugallashgacha
bo‘lgan davrni oladi va u bir qator qonuniyatlarning namoyon bo‘lishi bilan sodir
bo‘ladiki, ularni bilish bu jarayonni boshqarish imkonini beradi.
Malakali   kadrlar   tayyorlashda   mehnat   bozori   qonunlarining   harakatlanishi
raqobatbardosh   ishchi   kuchi   sifatini   yuqori   darajaga   ko‘tarish   imkonini   beradi.
Milliy   iqtisodiyotimiz   dunyo   miqyosida   o‘z   o‘rniga   ega   bo‘lishi   lozim.   Shuning
uchun   ham   bizning   fikrimizcha,   iqtisodiyotdagi   tarkibiy   o‘zgarishlarga   mos
malakali   kadrlar   tayyorlash   iqtisodiy   islohotlar   sharoitining   eng   muhim
muammolaridan biri hisoblanadi.
Iqtisodiy   islohotlarni   muvaffaqiyatli   olib   borish   ko‘rsatkichlaridan   biri
aholini   ish   bilan   bandligi   hisoblanadi.   Mustaqil   davlatimiz   siyosati,
jamiyatimizning   hozirgi   rivojlanish   darajasi,   madaniyati,   fan   va   texnikasi,   bozor
iqtisodiyotiga kirib borishi oliy ta’lim oldida turgan yangi masalalar faqatgina sifat
jihatidan   yangi   mazmun   va   texnologiyadagi   o‘qitishnigina   emas,   balki   bozor
iqtisodiyoti qonuniyatlariga tushunadigan mutaxassis-kadrlarga bo‘lgan talabni va
ularni   tayyorlash   yo‘nalishlarini   aniqlashga   yangicha   yondashuvni   ham   talab
qiladi.   Bu   degani,   iqtisodiyotni   rivojlantirishdagi   muvaffaqiyatlar   kadrlar
tayyorlashning sifat o‘lchamlari bilan hamda sifat jihatdan yangi ishchi kuchining
mavjudligi bilan belgilanadi. Davlat miqiyosida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash,
ularni   ishga   joylashtirish,   aholini   ish   bilan   bandligini   oshirish   va   boshqa
jarayonlarni davlat tomonidan boshqarish mexanizmini yaratish o‘ta muhim bo‘lib
bormoqda.   Bu   esa   mamlakat   oliy   o‘quv   yurtlariga   talabalarni   qabul   qilish   rejasi
milliy   iqtisodiyot   tarmoqlarining   haqiqiy   talabiga   to‘liq   mos   bo‘lishini   taqoza
etmoqda. 
AQSH,   Germaniya,   Yaponiya,   Fransiya   va   boshqa   iqtisodiyoti   eng
rivojlangan   va   intellektual   taraqqiy   etgan   mamlakatlar   tajribasining   tahlili   shuni
67 ko‘rsatdiki,   barcha   darajadagi   kadrlarni   tayyorlashning   yuqori   sifati   va
raqobatbardoshligi quyidagilar orqali ta’minlanadi:
 ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy bog‘liqligi;
 ta’lim   muassasalari   va   ilm-fan,   texnika,   texnologiyalar   va   iqtisodiyotning
so‘nggi   yutuqlari   asosida   ishlab   chiqilgan   kasb-hunar   ta’lim   dasturlarining   turli-
tumanligi;
 kasbiy   ta’lim   tizimini   iqtisodiyotning   ustuvor   va   yuqori   daromadli
tarmog‘iga aylantirish;
 ta’lim   muassasalarini   zamonaviy   o‘quv-uslubiy   adabiyotlar   bilan
ta’minlash,   kasb-hunar   ta’limi   tizimiga   yuqori   malakali   o‘qituvchi   va
mutaxassislarni jalb qilish;
 ta’lim jarayonini kompyuterlash va axborotlashtirish;
 kadrlar  tayyorlash sifatini  ob’ektiv nazorat qilish va baholash  tizimlaridan
foydalanish;
 tafakkurni,   qobiliyatni   va   shaxsga   xos   bo‘lgan   fazilatlarni,   shuningdek,
kasbiy   yo‘naltirilganlikni   rivojlantirish,   o‘lchash   va   baholash   muammolari
bo‘yicha psixologik-pedagogik tadqiqotlar o‘tkazish;
 o‘qituvchilarning moddiy va ijtimoiy himoyalanganining yuqori darajasini
ta’minlash .
Raqobatbardosh   kadrlar   tayyorlash   strategiyasining   negizida   sifatni
ta’minlashning uchta asosiy sikllariga kompleks yondashuv yotadi:
Birinchi   bosqichda,   kadrlar   ehtiyojlari   prognozlanadi   va   ularga   nisbatan
talablar   belgilanadi,   ya’ni   kadrlar   modeli   yaratiladi,   sifatning   ilgarilab   boruvchi
yuqori   darajasi   aniqlanadi.   Ikkinchi   bosqichda   malakali   kadrlarni   tayyorlash
amalga oshiriladi, bu esa belgilangan sifat darajasini ta’minlashi  lozim. Uchinchi,
malakali   kadrlardan   professional   faoliyat   sohasida   foydalanish   bilan   bog‘liq
bosqichda ta’minlangan sifat darajasi muntazam oshib borishi kerak. 
Iqtisodiyoti eng   rivojlangan va intellektual taraqqiy etgan mamlakatlarning
yuqorida   keltirilgan   strategiyasi   va   tajribasiga   muvofiq   O‘zbekiston
68 Respublikasining   ta’lim     standartlari   xalqaro   standartlar   asosida   ishlab   chiqilish
kerak,   bu   mutaxassislarni   tayyorlash   sifatiga   erishish   va   uni   baholashga   yagona
yondashuvni   ta’minlaydi.   Bu   raqobatbardosh   kadrlarni   tayyorlash   va   intellektual
sohada yaqin hamkorlikni tashkil qilishda xalqaro tajribadan foydalanishga yordam
beradi.
Shunday   kelib   chiqqan   holda,   iqtisodiyoti   eng     rivojlangan   va   intellektual
taraqqiy   etgan   mamlakatlarning   yuqorida   keltirilgan   strategiyasi   va   tajribasiga
muvofiq   kadrlar   tayyorlash   sifatini,   raqobatbardoshligini   oshirish   va
iqtisodiyotdagi   tarkibiy   o‘zgarishlarga   mos   malakali   kadrlar   tayyorlash   tizimini
takomillashtirishning asosiy tarkibiy qismi quyidagilardir:
   malakali kadrlar  tayyorlash sohasidagi  davlat siyosati  insonni  intellektual
va   ma’naviy-axloqiy   jihatdan   tarbiyalash   bilan   uzviy     bog‘liq   bo‘lgan   uzluksiz
ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs-fuqarolarni shakllantirish;
 bandlikka   ko‘maklashish   va   aholini   ijtimoiy   muhofaza   qilish   Markazlari
tomonidan   “Aholini   ish   bilan   bandligini   ta’minlash   hududiy     Dasturi”ni
rejalashtirish jarayonida kelajakdagi potensial ishchi kuchi taklifi (o‘quv yurtlarini
bitiruvchilari,   kasb-hunar   kollejlari,   litsey,     maktab   bitiruvchilari   va   boshqalar)
haqida aniq va to‘liq ma’lumotlar asosida yangi ish o‘rinlarini yaratish lozim;
 davlat   va   jamiyatda   malakali   kadrlar   tayyorlash   tizimi   amal   qilishi   va
rivojlanishining   kafillari   yuqori   malakali   raqobatbardosh   mutaxassislarining
faoliyatini uyg‘unlashtiruvchi sifatida faoliyat ko‘rsatishi;
 fuqarolarning   bilim   olishi,   kasb   tanlashi,   o‘z   malakasini   oshirishi
huquqlarini ro‘yobga chiqarish;
 malakali   kadrlar   tayyorlash   muassasalarini   o‘zbekt   tilidagi   zamonaviy
o‘quv,   ilmiy   va   uslubiy   adabiyotlar   bilan,   shuningdek,   moddiy-texnik   baza   bilan
ta’minlash;
 uzluksiz   ta’lim   faoliyatida   ijtimoiy   faol,   ma’naviy   boy   shaxsning
shakllanishi   va   yuqori   malakali   raqobatbardosh   kadrlarni   ildam   tayyorlanishi
uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
69  zamonaviy   ilm-fan   va   texnologiyalarning   eng   muhim   muammolarini   hal
etish   uchun   milliy   yutuqlar   va   kadrlarni   xalqaro   miqyosda   almashinuvini   amalga
oshirish; 
 zamonaviy   ilm-fan,   texnika   yutuqlari,   texnologiyalardan   foydalanib
xalqaro   me’yorlar   asosida   ishlab   chiqilgan   ilgarilovchi   va   Kompleks   ta’lim
standartlaridan foydalanish;
 oliy malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlashni amlga oshirish;
 malakali kadrlar tayyorlaydigan muassasalarning tarkibiy va sifat bo‘yicha
isloh   qilinayotganini   hisobga   olib   o‘qituvchilarni   zamonaviy   bilimlar   va   yutuqlar
asosda qayta tayyorlash;
 kadrlar tayyorlash jarayonida eng yangi pedagogik, axborot, kompyuter va
boshqa   texnologiyalardan   foydalanishni   hisobga   olib   fanlar   bo‘yicha   namunaviy-
rejalar va dasturlarni takomillashtirish;
 barcha   darajadagi   malakali   kadrlar   tayyorlash   sifatini   o‘lchash   va
baholashning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqish va joriy qilish;
 kadrlar   tayyorlash   jarayonini   ilmiy   tadqiqot   jihatdan   ta’minlash
infratuzilmasini vujudga keltirish;
 ta’limning   axborot   tarmoqlaridan   foydalanish   maqsadida   bilimning   turli
sohalari bo‘yicha axborot bazasini shakllantirish va rivojlantirish;
 yuqori   malakali   kadrlar   tayyorlash   sifatini   oshirish,   yoshlarning   ilmiy
iqtidorini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
 shaxsni   kasbga   yo‘naltirish   va   mehnat   bozori   talablari,   imkoniyatlari   va
undagi   ijtimoiy-iqtisodiy   vaziyatni   hisobga   olib,   bandlikning   eng   maqbul     turini
tanlashda   yordam   beradigan,   shuningdek,   iqtidorli   yoshlarning   qobiliyatlarini
qo‘llab-quvvatlaydigan kasbga yo‘naltirish tizimini rivojlantirish;
 tarmoqli   va   mintaqaviy   iqtisodiyot   uchun   integratsiyalangan   ta’lim
muassasalari   doirasida   raqobatbardosh   kadrlar   tayyorlashda   ta’lim,   ilm-fan   va
ishlab chiqarishning salohiyatidan samarali foydalanish; 
70  mamlakat   ilm-fanining   xalqaro   ilmiy   hamjamiyatdagi   integratsiyasini
faollashtirish,   ta’lim   sohasi   va   kadrlar   tayyorlashni   takomillashtirish   maqsadida
ilmiy yutuqlar va olimlar bilan o‘zaro tajriba almashinuv jarayonini kuchaytirish;
 ishlab   chiqarishning   talab   ehtiyojlaridan   kelib   chiqqan   holda     kadrlar
tayyorlash tizimining yo‘nalishi va darajasini shakllantirish;
 o‘rta maxsus  ma’lumotga ega kadrlar  ichidan oliy kasbiy  ma’lumotga ega
bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashning shakl va usullarini kengaytirish; 
 ta’lim   muassasalarini   moliyalash   mexanizmini   takomillashtirish   va   uni
iqtisodiy   rivojlangan   hamda   intellektual   rivojlangan   mamlakatlar   darajasiga   olib
chiqish;
 turli darajadagi ishlaydigan kadrlarni va ishdan bo‘sh mutxassislarni qayta
tayyorlash   hisobiga   respublikaning   raqobatbardosh   kadrlar   salohiyatini   takror
ishlab chiqarish; 
 barcha   darajadagi   kadrlarning   malaka   tariflarini   mehnat   bozori   talablari
shakllanmasdan oldin ishlab chiqish;
 barcha   darajadagi   kadrlarni   maqsadli   tayyorlashni   rivojlantirish   va
takomillashtirish.
Yuqoridagi   ko‘rsatilgan   vazifalarni   amalga   oshirish   va   bajarishni   davom
ettirish   iqtisodiyotdagi   innovatsion   o‘zgarishlarga   mos   kadrlarni   va   ularning
raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
Garchi   kadrlar   tayyorlashning   milliy   tizimi   yoshlarning   mehnat   bozoriga
kirib   kelishlarini   nisbatan   kechiktirsada,   lekin   ularning   sifatli   va   jahon
standartlariga   javob   beradigan   holatda   chiqishini   ta’minlaydi.   Zero,   ijtimoiy-
iqtisodiy   va   hayotiy   munosabatlarda   sifat   omili   ustuvor   ahamiyatiga   egadir.
Malakali   kadrlar   tayyorlash   milliy   modeli   mamlakatning   ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotini   ta’minlovchi,   jamiyat   va   davlatning   iqtisodiy,   ijtimoiy,   ilmiy
texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustivor sohadir. Shu bilan birga, u
ijodkor,   ijtimoiy   faol,   ma’naviy   boy   shaxs   shakllanishi   va   yuqori   malakali
71 raqobatbardosh   kadrlarning   ildam   tayyorlanishi   uchun   zarur   shart-sharoitlar
yaratadi.
Respublikamizda   Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturining   qabul   qilinishi
“Ta’lim  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasi  Qonunining qoidalariga  muvofiq
tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda
yuksak   umumiy   va   kasb-hunar   madaniyatiga,   ijodiy   va   ijtimoiy-siyosiy   hayotda
mustaqil   ravishda   mo‘ljalni   to‘g‘ri   ola   bilish   mahoratiga   ega   bo‘lgan,   istiqbol
vazifalarini   ilgari   surish   va   hal   etishga   qodir   kadrlarning   yangi   avlodini
shakllantirishga   yo‘naltirilgandir.   Shuningdek,   ushbu   dasturga   muvofiq   mehnat
bozorini, eng avvalo qishloq joylarda mehnat  bozorini shakllantirishning hududiy
xususiyatlarini   hisobga   olgan   holda   hunar-texnika   ta’limini   qayta   tashkil   etishga
kirishildi.     
Bandlikka   ko‘maklashish   markazlari   va   ayrim   korxonalarda   o‘tkazilgan
tadqiqotlar ishchilarning, ayniqsa, yosh ishchilarning kasb-hunar malakasi, mehnat
va ishlab chiqarish intizomi ancha pasayib ketganligi, tez va ishtiyoq bilan ishlash
layoqatining   yo‘qligini   ko‘rsatdi.   Talab   va   taklif   orasida   mutanosiblik   mavjud
emasligini   e’tiborga   olish,   ishlab   chiqarish   sohasida   qayta   o‘qitishning     quyidagi
turlarini tashkil etishga kirishilgan: 
– yangi ishchilarni tayyorlash;  
– ishchilarni qayta tayyorlash (qayta o‘qitish); 
– ishchilarni ikkinchi kasblarga tayyorlash;  
– ishchilarning malakasini oshirish .  
Mamlakatimizda   mehnat   bo‘limlariga   murojaat   qilganlarning   aksariyat
qismini  erkaklar   tashkil  qiladi,  ammo ayollar   miqdori  asta-sekin  o‘sib  bormoqda,
2012 yilda u 4 8 ,8 foizni tashkil qildi. O‘zbekistondagi joriy mehnat bozori yuqori
darajada faollashganligi bilan tavsiflanadi, bu aholini ish bilan ta’minlash bo‘yicha
mehnat bo‘limlari faoliyatining samaradorligi oshganligidan dalolat beradi. 
O‘z   navbatida,   yuqori   malakali   va   serg‘ayrat   kadrlarni   davlatning
ishtirokisiz tayyorlash ancha mushkul ishdir. Faqat davlat yetarli darajada qudratli
72 moddiy,   moliyaviy   resurslarga   va   huquqiy   omillarga   ega   bo‘lib,   ular   yordamida
moslashuvchan ishlab chiqarishni shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga
davlat   bozor   tuzilmalari   tashabbusini,   bozorning   o‘z-o‘zini   tashkil   etishini
bo‘g‘masligi lozim. O‘zgaruvchan bozorning qaror topishini  tartibga solish tizimi
boshqaruvning murakkab davlat va bozor sohalarini qamrab oladi. 
Rivojlangan   mamlakatlar   tajribasidan   ma’lumki,   malakali   kadrlarni
tayyorlash   bo‘yicha   nodavlat   tuzilmalarning   shakllantirilishi   mehnat   bozorida
raqobatchilik   muhitini   kuchaytiradi.   Bu   esa,   mehnat   bozorida   sifat   ko‘rsatkichlar
o‘zgarishiga olib keladi.
Mehnat   bozoridagi   raqobatbardoshlik   taklif   qilinayotgan   ish
kuchi   sifatining   ish   beruvchi   talabiga   mos   kelishidir.   Bozor
munosabatlari   sharoitida   xo‘jalik   yuritish   mehnat   bozorida   raqobat
kurashini  kuchaytirish,   qaytadan   tayyorgarlikdan    o‘tishi  lozim  bo‘lgan
kadrlar sonini ko‘paytirish, ularning   malakalarini oshirish uchun ta’lim
masalasi   bilangina   emas,   balki   ijtimoiy   sabablar   va   mehnat   bozori
ehtiyojlari bilan ham bog‘liq.
Ta’lim   tizimini   qayta   qurishning   asosiy   maqsadi     ishchi   va
mutaxassislarning   bilim   darajasini   jahon   standartlariga
moslashtirishdir.     Bu   qayta   qurish   ta’lim   tizimi   sifatini   shunday
darajaga   ko‘tarishi   lozimki,   u   ishlab   chiqarishni   ilmiy-texnika   jihatidan
yangilanadigan   mos   kadrlarni   tayyorlay   olsin.   Iqtisodni   ko‘tarish
mehnat   bozorida   ishchining   raqobatbardoshligini   ta’minlay   olishga
erishilishi kerak.
Ta’lim   xizmatlari imkoniyatlari davlat va nodavlat o‘qitish maskanlari 
tarmog‘ining rivojlanishi bilan bog‘liq. 
73 Qayta   qurilayotgan   ta’lim   tizimi     ishlab   chiqarish     tarmoqlari   talablariga
hozirgi   kun   tuzilmaviy   tarkibidan   kelib   chiqib   emas,   balki   yanada   ilgarilashni
ta’minlash   hisobiga,   ishlab   chiqarish   kuchlari   rivojlanishining   bundan   keyingi
tezlashishiga ham mos bo‘lishi lozim bo‘ladi. 
Xo‘jalik   yuritishning   yangi   usuliga     o‘tish   davrida   oliy   va   o‘rta   maxsus
o‘quv yurtlarining samara bilan ish olib borishini ta’minlash uchun ularga ma’lum
darajada  ijtimoiy-iqtisodiy mustaqillik berish lozim bo‘ladi.
Xo‘jalik   yuritishning     kadrlarni   tayyorlash   borasida   olib   boradigan   ishlari
samarali bo‘lishi uchun quyidagilarni amalga oshirishi zarur bo‘ladi:  
– mutaxassislar   tayyorlash   va   ular     malakasini   oshirish   ishlarini   olib
borishga qodir bo‘lgan o‘quv   ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish va ularga moliyaviy
va moddiy imtiyozlar berish; 
– o‘quv   yurtlari   faoliyatini   boshqarishda   iqtisodiy   uslublardan   kengroq
foydalanish; 
– mutaxassislarni   qayta   tayyorlashning   eng   maqbul   yo‘llarini   tanlash   va
miqdor jihatidan ularni mehnat bozoridagi talab ehtiyojiga qarab o‘zgarib turishini
ta’minlash.
3.2.  Hududiy   ish bilan bandlik xizmati shakllanishining zamonaviy
tashkiliy tuzilmasi .
Bozor   iqtisodiyotiga   o‘tish   davrining   eng   keskin   va   muhim
muammolaridan   biri   bu   –   aholining   oqilona   ish   bilan   bandligini   ta’minlash
hisoblanadi. 
Mehnat     bozorini   tartibga   solish   bu   boradagi   tashkiliy-huquqiy   negizlarni
shakllantirish   O‘zbekistonda   iqtisodiy   islohotlarning   birinchi   bosqichidan   amalga
oshirildi.
Iqtisodiy   islohotlarning   ikkinchi   bosqichi   vazifalaridan   biri   esa   aholini
kichik   va   xususiy   biznesga   ko‘proq   jalb   etish,   mamlakatda   tadbirkorlar   va
74 mulkdorlar qatlamini shakllantirish hamda shu orqali aholining ish bilan bandligini
ta’minlashga erishishdan iborat bo‘ldi.
Mehnat   bozorini   rivojlantirishning   uchinchi   bosqichida   quyidagi
vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutildi; ishchi kuchiga talabni oshishi  va uning
taklifini  kamayishiga  yo‘naltirilgan tadbirlarni  amalga oshirishni  ko‘paytirish;  ish
bilan   bandlik   xizmati   va   uning   infratuzilmasida   qudratli   va   tez   rivojlanuvchi
tizimni   yaratish;   aholining   oqilona   ish   bilan   bandligini   shakllantirish;   ishsizlikni
yo‘l   qo‘yiladigan   darajasigacha   qisqartirish;   ish   bilan   band   bo‘lmagan   mahalliy
xodimlarning   malakasi,   raqobatbardoshligi,   ijtimoiy   himoyasi   va   eksportini
oshirish,   mehnat     bozorida   ish   bilan   bandlik   va   ishsizlikni   tartibga   solishning
samarali tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy mexanizmlarini yaratish va h.k.
Mehnat   bozorini   rivojlanishining   uchinchi   bosqichida   yuqorida   qayd
etilgan   vazifalarni   bajarish   ijtimoiy   yo‘naltirilgan   mehnat   bozorining
shakllanishiga olib keldi.
O‘zbekistonda ishchi kuchining yillik o‘sish darajasi ancha yuqoridir, ya’ni
2,2 – 2,3% atrofidadir.   Bu esa ,   har yili kamida 4-5 foiz darajada yangi ish joylari
yaratishni talab qiladi. SHunga   qaramasdan, mehnat bozorida ish bilan bandlikka
ko‘maklashuvchi   tashkiliy   va   institutsional   tuzilmalar   vositachiligida   faol   davlat
siyosatining   yuritilishi   mehnatga   layoqatli   aholini     yuqori   darajada   ish   bilan
bandligini ta’minlashga qaratilgandir.
Ish   bilan   b andlik   xizmatining   yillar   davomida   rivojlanishi   davrida
qonunlar,   talablar   hamda   ijtimoiy-iqtisodiy   holatlar   o‘zgarmoqda,   shunga   mos
ravishda   faoliyat   yo‘nalishlari   o‘zgarishiga   batafsil   va   aniq   tuzatishlar
kiritilmoqda.   Biroq   davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati   organlarining   tashkiliy
tuzilmasi   shakllanib   borishi   va   rivojlanishi   ko‘p   yillar   davomida   deyarli
o‘zgarishsiz   qolmoqda.   Hududiy   darajada   davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati
shakllanishining zamonaviy tashkiliy tuzilmasi  ish bilan bandlikka ko‘maklashish
bo‘yicha bir qator yangi bo‘limlar tashkil etilishini talab etadi.
75 O‘zbekistonda   mehnat   bozorida   yuzaga   kelayotgan   ijtimoiy-iqtisodiy   va
demografak holatlar hamda ularning o‘zgarishi ish bilan bandlikka ko‘maklashish
sohasidagi tashkiliy tuzilmalar faoliyatiga sezilarli ta’sir etmoqda.
Mehnat salohiyatini tez sur’atlar bilan o‘sishi ish bilan bandlikni ta’minlash
muammosini   ko‘ndalang   qilib   qo‘ymoqda.   Davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati
organlarida   bo‘sh   ish   joylari   mavjud.   Ayrim   davrlarda   ishchi   kuchiga   bo‘lgan
talabning qoniqtirilmaganlik darajasi rasmiy ishsizlar sonidan 1,3-1,5 marta ortadi.
Bu   asosan,   ishchi   kuchiga   talab   va   taklifning   sifat   ko‘rsatkichlari   bilan   mos
tushmaganligi sabablidir. 
Keyngi yillarda bo‘sh joylar soni nisbatan kamaydi, biroq talab va taklifni
sifat nuqtai-nazaridan  muvofiqlashtirish muammosi saqlanib qolmoqda, bandlikka
ko‘maklashish   markazlariga   malakali   ishchilar   oqimining   ortishini   hisobga
oladigan   bo‘lsa,   bu   muammo   kuchayishi   mumkin.   O‘zbekiston   Respublikasi
Mehnat   va   aholini     ijtimoiy   muhofaza   qilish   Vazirligi   hisob-kitoblariga   ko‘ra,
O‘zbekistonda   ishsizlikning   real   darajasi   iqtisodiy   faol   aholi   sonining   3,8-5   %ni
tashkil etadi. Jahon amaliyotida ishsizlikning chegaraviy yuqori darajasi etib, 10%
hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda davlat ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligi
chegaralangan   doiradagi   ko‘rsatkichlar   bilan   baholanmoqda.   Bunda   gap   qoida
sifatida   ish   bilan   band   bo‘lganlar   haqida   emas,   balki   ish   bilan   band   bo‘lmagan
aholi   haqida   borayapti.   Ish   bilan   bandlikni   ta’minlash   holatini   baholashning
mezoni  ishsizlik  darajasining o‘zgarishi  hisoblanib, agarda u kamaysa  – ish  bilan
bandlik   xizmatining   faoliyati   samarali,   agarda   u   oshsa   –   samarasiz   hisoblanadi.
Davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati   faoliyatining   samaradorligini   baholashda   asosiy
ko‘rsatkichlar ishsizlik darajasining o‘zgarishi va ishsizlikning davomiyligi bo‘lib
hisoblangan. 
Ishsizlik   darajasi   va   uning   davomiyligini   pasayishi   ish   bilan   bandlik
xizmati faoliyatining muvoffaqiyatli ekanligini, ishsizlik darajasi va davomiyligini
76 turg‘unligi   yoki   o‘sishi   uning   faoliyat   samaradorligi   pasayishini   va   salbiy   xulosa
chiqarish zarurligini ifodalaydi.
Ish   bilan   bandlik   xizmati   organlari   faoliyatlarining   turli   darajalarini   o‘z
ichiga   oluvchi   va   belgilangan,   bir-biriga   yaqin   masalalarni   bajarilishini
ta’minlovchi   funksional   tuzilmalar   tuzish   zarur.   Bu   funksional   tuzilmalarning
yaratilishi   mehnat   bozorida   samarali   davlat   siyosatini   yuritishning   tashkiliy   asosi
bo‘lib   hisoblanadi.   SHuningdek,   funksional   tuzilmalar   faoliyatining   belgilangan
masalalar bo‘yicha maqsadidan kelib chiqqan holda o‘zaro birikishi ular o‘rtasida
aloqadorlikni   mustahkamlaydi   va   funksiyalar   takrorlanishini   minimumgacha
tushirishni ta’minlaydi.
SHunday   qilib,   aniq   belgilari   bo‘yicha   bir   qancha   tashkiliy   bloklarning
o‘zaro   aloqadorligini   o‘z   ichiga   oluvchi   tashkiliy   tizimlar   quyidagilardan   iborat
bo‘lishi kerak:  
– ishga joylashtirish imkoniyatlarini rivojlantirish, ish bilan bandlik dasturi
hamda ishga joylashtirishga kumaklashish bo‘yicha tashkiliy tizim; 
– statistik   tadqiqotlar   o‘tkazish,   mehnat   bozorini   tahlil   qilish   va
istiqbollashtirish va sotsiologik so‘rovlar o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy tizim; 
– ish   bilan   bandlik       xizmatining   rivojlanishi,   personalni     boshqarish,   ish
bilan bandlikka ko‘maklashni moliyalashtirish bo‘yicha tashkiliy tizim; 
– ixtisoslashgan   ish   bilan   bandlik   (ma’muriy   –   boshqaruv   xodimlarini
ishga   joylashtirish   masalalari,   migrantlar,   nogironlar,   qishloq   aholisi,     jamoat
ishlari, vaqtinchalik ishga joylashtirish).
YUqorida   keltirilgan   tuzilmaviy   tizimlar,   bir   tomondan   –   funksiyalar
bajarilishining   bir   xilligi   bo‘yicha,   ikkinchi   tomondan   –   aloqa   turi   bo‘yicha   turli
darajalardagi aloqalarni yuzaga keltiradi.
Hududiy   darajadagi   ish   bilan   bandlik   xizmati   organlarining   ierarxik
(pog‘anali)   tuzilishi   viloyat   Mehnat   va   aholini   ijtimoiy   muhofaza   qilish   Bosh
boshqarmasi   va   uning   joylardagi   bandlikka   ko‘maklashish   va   aholini   ijtimoiy
muhofaza qilish markazlaridan iboratdir. 
77 Hududiy   ish   bilan   bandlik   xizmati   organlari   alohida   yo‘nalishlar   bo‘yicha
ixtisoslashgan   bo‘limlar   ko‘rinishidagi   tashkiliy   tuzilmalar   safatida     iborat
bo‘lmasligi kerak. CHunki, alohida funksional yo‘nalishlar bo‘yicha ixtisoslashgan
bo‘limlarning   mavjudligi     ular   o‘rtasida   tajriba   va   axborot   almashish
samaradorligini pasaytiradi.
Shunday ekan, ish bilan bandlik xizmati organlari bir qancha yo‘nalishlarni
birlashtiruvchi alohida bloklardan iborat bo‘lishi zarur.
Hududiy   ish   bilan   bandlik   xizmati   va   uning   joylardagi   mehnat   bo‘limlari
o‘rtasida   samarali   munosabatlarni   ta’minlash   hamda   mehnat   bo‘limlari
mutaxassislari   ishlarining   samaradorligini   oshirish   uchun   joylardagi     mehnat
bo‘limlari ish faoliyatlarini qayta qurish zarur.
Tuman   bandlikka   ko‘maklashish   markazlarining   ishsizlar   bilan   ishlashi
alohida   funksional   qismlari   faoliyati   yakka   tartibda   va   aniq   izchillikda   olib
boriladi.   Ishsizlar   bilan   ishlashning   birinchi   bosqichida   bandlikka   ko‘maklashish
markazlariga   murojaat   qilgan   kishi   ishsiz   sifatida   ro‘yxatga   olingandan   keyin,
ishga   joylashtirish   bo‘yicha   inspektor   mos   ish   joyini   izlaydi.   Inspektorning   bu
faoliyati   1-1,5   oyni   tashkil   etadi.   Keyingi   bosqichda   mijozning   ish   bilan   band
bo‘lmaganlik   (agarda   u   ishlayotgan   bo‘lmasa)   sabablari   aniqlanadi.   Bunda   ishsiz
fuqaro kasbga yo‘naltirilishi yoki qayta o‘qitishga yuborilishi mumkin. Bu jarayon
1   haftadan   1   oygacha   muddatni   olishi   mumkin.   Ishsiz   bilan   ishlashning   keyingi
davriga 1,5 dan 2 oygacha vaqt ketishi mumkin. Demak, mijozning ishsiz sifatida
ro‘yxatda bo‘lish davri o‘rtacha 5 oy chegarasida tebranib turadi.
Tuman   bandlikka   ko‘maklashish   va   aholini   ijtimoiy   muhofaza   qilish
markazlari da ham ishsiz sifatida ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning         ishsizligining
davomiyligini      qisqartirish maqsadida, bir necha mutaxassislarni birlashtiruvchi
alohida bloklardan iborat bo‘lishi kerak.
Markazda   turli   yo‘nalishlardagi   ishlar   bo‘yicha   bir   necha   mutaxassislarni
o‘z   ichiga   oluvchi   komanda   yoki   qism   ko‘rinishidagi   tuzilmalarni   tashkil   etish
zarur. Masalan: 
78 1) Ishga   joylashtirish   bo‘yicha   xodim   (yoki     xodimlar),   ular   ishsizlarning
hujjatlarini   dastlabki   tekshiruvini   o‘tkazish,   bo‘sh   ish   o‘rinlari   bo‘yicha   har
tomonlama   (ish   haqi   to‘g‘risida,   mehnat   xarakteri   to‘g‘risida)   axborotlar   to‘plash
kabi faoliyatlar bilan shug‘ullanishlari mumkin; 
2)   Ish beruvchilar bilan ishsizlarning uchrashuvlarini tashkillashtiruvchi va
ish beruvchilar bilan ish uchun javobgar xodim; 
3) Kasbga   yo‘naltirish   bo‘yicha   maslahatchi   xodim   va   qayta   o‘qitish
bo‘yicha   mutaxassis.   Bunday   komandalarning   funksional   majburiyatiga   ishchi
kuchiga   talab   haqida   axborotlarni   to‘plash,   korxonalar   uchun   xodimlar   tanlash,
mehnatni   tashkil   etish   masalalari   bo‘yicha   tadbirkorlarga   maslahatlar   berish   va
boshqalar kiradi.
Bunda   komandalarning   samarali     ishlashi   uchun   tuman   mehnat   bozori
segmentlari   bo‘yicha   ajratish   mumkin   (hududiy   belgilari   bo‘yicha,   iqtisodiy
belgilari   bo‘yicha   va   boshqalar).   Mehnat   bozorida   tarmoq   belgilari   bo‘yicha
segmentlarga   ajratilishi   natijasida   har   bir   tarmoqda   mutaxassis   –   xodimlarning
ixtisoslashishi   tarmoq   xususiyatlaridan   kelib   chiqqan   holda,   ularning   ish   bilan
bandlikka   ko‘maklashish   sohasidagi   faoliyatlarining   samaradorligini   oshiradi.
Mehnat   bozorida   ish   bilan   bandlik   masalalarini   echishning   bunday   shaxsiy
yondashuvi   tuman   ish   bilan   bandlik   xizmati   mutaxassislarining   javobgarligini
oshiradi   hamda   ish   bilan   bandlik   xizmati   organlarining   yo‘llanmasi   bilan
ishsizlarni ishga qabul qilishda ish beruvchilarning rad etishini kamaytiradi. 
Shuningdek, eng birinchi – ishsizlarga xizmat ko‘rsatish vaqti qisqaradi, bu
esa, ishsizlikning o‘rtacha davri qisqarishiga olib keladi. 
79 III bob b o‘ yicha xulosa lar.
XULOSA VA TAVSIYANOMALAR .
Aholini   ish   bilan   bandligiga   bagʻishlab   oʻtkazilgan   tadqiqot
Oʻzbekiston   Respublikasining   ijtimoiy-iqtisodiy   siyosatini
takomillashtirish, innovatsion taraqqiyot manfaatlari yoʻlida aholini ish
bilan   bandligi   darajasini   oshirishga     qaratilgan   bir   qator   xulosalarni
chiqarish   imkonini   beradi.   Oʻtkazilgan   tadqiqotlarning   natijalari
asosida quyidagi xulosa va takliflar hosil qilindi:
1. Ish   bilan   bandlikni   o rganish   va   uni   hisobga   olishda   o rganilayotganʻ ʻ
davrda ish bilan band bo lgan insonning jismoniy va ruhiy holatini hisobga olgan	
ʻ
holda   uning   o z   iste mol     ehtiyojlarini   qondirishi   uchun   lozim   bo lgan   oylik	
ʻ ʼ ʻ
daromadidan   kam   bo lmagan   yoki   mazkur   davrda   davlat   tomonidan   belgilangan	
ʻ
eng   kam   ish   haqi   miqdoridan   kam   bo lmagan   daromadga   ega   bo lgan	
ʻ ʻ
fuqarolarnigina   band,   deb   atash   kerak.   Yuqoridagi   keltirilgan   metodikaga   asosan
iqtisodiyotning   norasmiy   sektorida   band   bo lganlarni   ham   mehnat   bilan   band
ʻ
bo lganlar   sirasiga   kiritilishi   norasmiy   sektorning   ham   qonuniy   ekanligini	
ʻ
anglatmoqda   va   bu   bilan   aholining   norasmiy   sektorda   bandligining   qonuniy
ekanligi tan olinmoqda. 
2. Norasmiy   sektorda   mehnat   qiluvchi   toifadagilar   faoliyatining   asosiy
xususiyatlari   shundan   iboratki,   mehnat   shartnomalari   va   ijtimoiy   jihatdan
himoyalanmaganligi,   soliqlarni   muntazam   to lamasligi   va   turli   xil   ijtimoiy	
ʻ
jamg armalarga   majburiy   ajratmalar   hamda   pensiya   jamg armasiga	
ʻ ʻ
to lanmayotgan badallardir.	
ʻ
3. Iqtisodiyotning   norasmiy   sektorida   mehnat   qilayotgan   hamda   daromad
olayotgan   aholi   qatlami   uchun   aholining   ehtiyojmand     qatlami   maqomini   berish
80 talab   etiladi.   Bundan   tashqari   bizningcha,   ko p   farzandli   oilalar   (oylik   daromadiʻ
belgilangan miqdordan kam bo lgan holda), boquvchisini yo qotgan ayollar hamda	
ʻ ʻ
mehnatga   layoqatli   yoshgacha   bo lgan   mehnat   qilayotgan   o smirlar   ijtimoiy	
ʻ ʻ
ehtiyojmand  qatlam vakillariga kiritilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.  
4. Mamlakatda   demografik   rivojlanish   va   aholining   ish   bilan   bandlik
darajasini   oshishiga   erishish   uchun   aholining   yillik   ko payish   ko rsatkichlariga	
ʻ ʻ
mos ravishda har yili yangi ish o rinlarini tashkil etib borish lozim.	
ʻ
5.   Mamlakatdagi   norasmiy   sektorda   band   bo lgan   aholi   qatlamini,   shu	
ʻ
jumladan, norasmiy sektorning afzal taraflarini o zida aks ettirgan  ish o rinlarining	
ʻ ʻ
rasmiy   sektorda   yaratilishini   ta minlash.   O tkazilgan   anketa-   so rovnomada	
ʼ ʻ ʻ
respondentlarning bergan javoblariga asosan norasmiy sektorning afzallik taraflari
sifatida   daromadning   yuqoriligi,   ish   vaqti   rejimining   ixtiyoriyligi,   alohida   kasbiy
tayyorgarlik   va   malaka   talablarining   talab   etilmasligi,   kunlik   daromad   topish
imkoniyatining mavjudligi kabi sabablar keltirilgan. Bizningcha, ushbu keltirilgan
sabablarni   hisobga   olgan   holda   yangi   ish   o rinlari   yaratish,   ushbu   yaratilgan   ish	
ʻ
o rinlariga alohida imtiyozlar berish talab etiladi.	
ʻ
6. Ta lim,sog liqni saqlash va ijtimoiy ta minot kabi tarmoqlarda pensiyaga	
ʼ ʻ ʼ
chiqish   yoshini   uzaytirish   asosida   bandlik   davomiyligini   ta minlash.   Tadqiqotlar	
ʼ
davomida   o tkazilgan   tahlillardan   ko rish   mumkinki,   aholi   tarkibidagi   mehnatga	
ʻ ʻ
layoqatli yoshdan katta bo lganlar ulushi   yil sayin ortib borayotganligini hisobga	
ʻ
olib,   bandlik   davomiyligini   oshirish   maqsadida     “mehnatga   layoqatli   yosh”
chegarasini iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda
ish bilan bandlik darajasini oshirish  maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
81 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO YXATIʻ
I. O zbekiston Respublikasi qonunlari	
ʻ
1. O zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi.   –
ʻ   T.:   “O zbekiston”   NMIU,	ʻ
2023.  – 76 b.
2. O zbekiston   Respublikasining   Mehnat   kodeksi.   –   T.:“Adolat”,	
ʻ   20 23.   –
4 88  b.
3. O zbekiston   Respublikasining   “Aholi   bandligi   to g risida”gi   Qonuni   //
ʻ ʻ ʻ
O zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to plami, 2020-y.	
ʻ ʻ
4. O zbekiston   Respublikasining   “Ta lim   to g risida”gi   Qonuni   //	
ʻ ʻ ʻ ʻ
O zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to plami, 2020-y.	
ʻ ʻ
5. O zbekiston   Respublikasining   “Raqobat   to g risida”gi   Qonuni   //	
ʻ ʻ ʻ
O zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to plami, 2012-y.	
ʻ ʻ
6. O zbekiston   Respublikasining   «Yoshlarga   oid   davlat   siyosati	
ʻ
to g risida»gi qonuni // O zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to plami, 2016-	
ʻ ʻ ʻ ʻ
y.
II.   O zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Qarorlari	
ʻ
7. O zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2016-yil   22-fevraldagi
ʻ
“Aholining   himoya   qilinmagan   qatlamlarini   metodik-ijtimoiy   ko maklashish   va	
ʻ
ijtimoiy   qo llab-quvvatlash   tizimini   yanada   takomillashtirish   chora-tadbirlari	
ʻ
to g risida”gi PF-4782-sonli Farmoni.	
ʻ ʻ
8. O zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017-yil   24-maydagi	
ʻ
«Kasanachilikni   yanada   rivojlantirish   uchun   qulay   sharoitlar     yaratish   chora-
tadbirlari to g risida”gi qarori // http//www.lex.uz.
ʻ ʻ
9. O zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017-yil   7-fevraldagi
ʻ
“O zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo yicha Harakatlar strategiyasi	
ʻ ʻ
to g risida”gi PF-4947-sonli Farmoni.
ʻ ʻ
82 10. O zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2018-yil   25-yanvardagiʻ
“Umumiy   o rta,   o rta   maxsus   va   kasb-hunar   ta limi   tizimini   tubdan	
ʻ ʻ ʻ
takomillashtirish   chora-tadbirlari   to g risida”gi   PF-5313-son   Farmoni.	
ʻ ʻ
https://lex.uz/docs/3523206
11. O zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2019-yil   11-iyuldagi   “Oliy   va	
ʻ
o rta   maxsus   ta lim   sohasida   boshqaruvni   isloh   qilish   chora-tadbirlari	
ʻ ʻ
to g risida”gi PF-5763-son Farmoni. https://lex.uz/docs/4415388
ʻ ʻ
12. O zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2019-yil   6-sentyabrdagi	
ʻ
“Professional   ta lim   tizimini   yanada   takomillashtirishga   doir   qo shimcha   chora-	
ʻ ʻ
tadbirlar to g risida”gi PF-5812-sonli Farmoni. 	
ʻ ʻ https://lex.uz/docs/4500926
13. O zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2019-yil   8-oktyabrdagi
ʻ
“O zbekiston   Respublikasi   oliy   ta lim   tizimini   2030-yilgacha   rivojlantirish	
ʻ ʻ
konsepsiyasini   tasdiqlash   to g risida”gi   PF-5847-son   Farmoni.	
ʻ ʻ
https://lex.uz/docs/4545884  
14. O zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2020-yil   29-oktyabrdagi   “Ilm-	
ʻ
fanni   2030-yilgacha   rivojlantirish   konsepsiyasini   tasdiqlash   to g risida”gi   PF-	
ʻ ʻ
6097-son Farmoni.  https://lex.uz/docs/5073447
15. O zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2022-yil   28-yanvardagi	
ʻ
«2022-2026-yillarga   mo ljallangan   Yangi   O zbekistonning   taraqqiyot   strategiyasi	
ʻ ʻ
to g risida »gi PF-60-sonli Farmoni.  https://lex.uz/docs/5841063	
ʻ ʻ
16. O zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2022-yil   7-iyuldagi   “2022-	
ʻ
2026-yillarda   O zbekiston   Respublikasining   innovatsion   rivojlanish   strategiyasini	
ʻ
amalga   oshirish   bo yicha   tashkiliy   chora-tadbirlar   to g risida”gi   PQ-165-sonli	
ʻ ʻ ʻ
Qarori.
17. O zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2021-yil   31-avgustdagi   “Oliy,	
ʻ
o rta   maxsus   va   professional   ta lim   muassasalari   o rtasida   ta lim   jarayoni   hamda	
ʻ ʻ ʻ ʻ
tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-
tadbirlari to g risida”gi PQ-5241-sonli Qarori.	
ʻ ʻ
83 18. O zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   “Ishgaʻ
joylashtirishga   muhtoj   aholi   sonini   aniqlash,   shu   jumladan,   uy   xo jaliklarini	
ʻ
mehnat   bilan   bandlik   masalalari   bo yicha   o rganishlar   o tkazish,   shuningdek,	
ʻ ʻ ʻ
mehnat   resurslari,   bandlik   va   aholini   ishga   joylashtirish   balansini   shakllantirish
metodikasini   takomillashtirish   to g risida”gi   1011-sonli   Qarori,   2017-yil   22-	
ʻ ʻ
dekabr. https://lex.uz/docs/3469433
III. O zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va ma ruzalari	
ʻ ʻ
19. O zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis
ʻ
va   O zbekiston   xalqiga   Murojaatnomasi.   “Xalq   so zi”   gazetasi,   2022-yil   21-	
ʻ ʻ
dekabr, 272 (8334).
20. Mirziyoev   Sh.M.   Yangi   O zbekiston   taraqqiyot   strategiyasi   asosida	
ʻ
demokratik islohotlar yo lini qat iy davom ettiramiz. “Xalq so zi” gazetasi, 2021-	
ʻ ʻ ʻ
yil 7-noyabr, №238 (8018). 
21. Mirziyoev   Sh.M.     Xalqimizning   roziligi   bizning   faolyatimizga   berilgan
eng oliy bahodir. – T.: “O zbekiston”, 2019. – 592 b.
ʻ
22. Mirziyoev Sh.M. Niyati ulug  halqning ishi ham ulug , hayoti yorug  va	
ʻ ʻ ʻ
kelajagi farovon bo ladi. – T.: “O zbekiston”, 2019. – 400 b.	
ʻ ʻ
23. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta minlash –	
ʻ
yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi. – T.: “O zbekiston” NMIU, 2017. –	
ʻ
48 b.
IV.  Ilmiy monografiya, o quv qo llanma va darsliklar	
ʻ ʻ
24. Adamchuk V.V. Ekonomika i sotsiologiya truda / V.V. Adamchuk, O.V.
Romashov, M.E.Sorokina- M: YUNITI, 2001.
25. Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti: nazariya va amaliyot. Darslik.
Qayta   ishlangan   va   to ldirilgan   3-nashri.   –   T.:   “FAN”,   2019.  	
ʻ
– 592 b.
84 26. Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti. Darslik. T.: “Mehnat” – 2009,
145-bet. 
27. Abdurahmonov   Q.X.   Ijtimoiy   mehnat   munosabatlari.   Darslik.
“Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi”, 2019. – 524 b.
28. Abdurahmonov   Q.X.   Aholini   ijtimoiy   muhofaza   qilish.   Darslik.
“NOSHIRLIK YOG DUSI”, 2019. – 256 bet.ʻ
29. Arabov N.U. O zbekiston Respublikasida mehnat bozori infratuzilmasini	
ʻ
rivojlantirish   samaradorligini   oshirish.   Monografiya.   –   Toshkent,   “Fan   va
texnologiyalar” nashriyoti, 2017. – 336 b.
30. Belyakova   G.YA.   Konkurentosposobnost   regionalnoy   ekonomiki
konsepsiya operejayuщegoo razvitiya. –Krasnoyarsk.: SPbTGU, 2001. S.28.
31. Volgin   N.A.   Ekonomika   truda:   (sotsialno-trudovыe   otnosheniya)   /   Pod
red. N.L. Volgina, YU.D. Odegova. -M.: “EKZAMEN”, 2009. 
32. Dolinskaya   M.G.,   Solovev   I.A.   Marketing   i   konkurentosposobnost
promыshlennoy produksii. – M.: 1991. 
33. Ivanova M.A. Ekonomicheskaya   statistika. Uchebnik. – M., “INFRA”,
2000. – 210 s.
34. Keyns Dj.M. Obщaya teoriya zanyatosti, protsenta i deneg / Per. s angl.
prof. N.N.Lyubimova, pod. red. d.e.n., prof. L.P.Kurakova. – M.: MIEMP, 2010.
35. Konkurentosposobnost   v   sisteme   mirovogo   xozyaystva
Prostranstvennыy analiz. -  M.:   Press-Solo, 2002.– S.50.
36. Korogodin   I.T.   Ekonomicheskaya   teoriya   truda:   uchebnoe   posobie.   –
Moskva: Ekonomika, 2015. – 239 s.
37. Makkonnell K., Bryu S. Ekonomiks: Prinsipы, problemы i politika. T. 2.
–  M.: Progress, 1992.
38. Makkonnell K.R., Bryu S.L. Ekonomiks. – M.: 1992 g. T. 2 Gl.30.
39. Marshall A. Prinsipы ekonomicheskoy nauki / A.Marshall: V 3 t. – M.:
Progress-T.Z. 1984. -119 s.
85 40. Nasimov   D.A.   Iqtisodiyotning   innovatsion   rivojlanishi   sharoitida   ish
bilan   bandlik   egiluvchanilgini   ta minlash   mexanizmlarini   takomillashtirish.ʻ
Monografiya. – T.: “Fan va texnologiya”, 2018. – 260 b.
41. Odegov   YU.G.   Ekonomika   truda:   uchebnik   i   praktikum   dlya   vuzov   /
YU.G.   Odegov,   G.G.   Rudenko.   -   3-e   izd.,   pererab.   i   dop.   –   Moskva:   Izdatelstvo
YUrayt, 2020. – 387 s.
42. Rikkardo D. Nachalo politicheskoy ekonomiki, i podatnogo oblojeniya./
Per. s angl. Pod. red. P.N.Klyukina. – M.: Eksmo, 2007. – 960 s.
43. Rыnok truda: uchebnik / A.I. Rofe. – M.: KNORUS, 2018. – 260 s.
44. Rofe A.I., Zbыshko B.G., Ishin V.V. Rыnok truda, zanyatost naseleniya,
ekonomika   resursov   dlya   truda:   Ucheb.   pos.   /Pod   red.   A.   I.   Rofe.   -M:   Izd-vo
“MIK”, 1997.
45. Samuelson, Pol. Ekonomika. T.1. - M.: PPO Algon, 1992.
46. Smit A. Traktat o prirode i prichinax bogatstva narodov. Per. s angl. V.S.
Afanaseva. - M.: Eksmo, 2007. – 960 s.
47. Ubaydullaeva   R.A.,   Ata-Mirzaev   O.B.,   Umarova   N.O.   O zbekiston	
ʻ
demografik jarayonlari va aholi bandligi (ilmiy o quv qo llanma). – T.: Universitet,	
ʻ ʻ
2006. – 165 b.
48. Umurzakov   B.X.   va   b.   Mehnat   resurslari   shakllanishi   va
taqsimlanishining   hududiy   xususiyatlari.   Monografiya.   –   T.:   LESSON   PRESS”,
2017. – 188 b.
49. Xolmo minov   Sh.R.   Mehnat   bozori   rivojlanishining   tahlili	
ʻ
(monografiya). – T.: “Fan va texnologiya”, 2016. - 308 b.
50. Xolmo minov   Sh.R.   Qishloq   mehnat   bozorining   shakllanishi   va
ʻ
rivojlanishi   hamda   ularni   modellashtirish   (monografiya).   –   T.:   “Fan   va
texnologiya”, 2014. - 232 b.
51. Xolmo minov   Sh.R.,   Xomitov   K.Z.   Mehnat   bozorini   samarali
ʻ
rivojlanishi   va   uni   modellashtirish   (monografiya).   –   T.:   “Fan   va   texnologiya”,
2015. - 252 b.
86 52. Xolmo minov   Sh.R.   Mehnat   bozori   rivojlanishining   tahliliʻ
(monografiya). – T.: “Fan va texnologiya”, 2016. - 308 b.
53. Xolmo minov   Sh.R.,   Xomitov   K.Z.,   Arabov   N.U.,   Bobonazarova   J.X.,
ʻ
Abduramanov   X.X.   Qishloq   aholisini   ish   bilan   ta minlashning   nazariy   va   amaliy	
ʻ
asoslari   (monografiya).   –   Toshkent:   “Innovatsion   rivojlanish   nashriyot-matbaa
uyi”, 2018. - 160 b.
54. Xolmo minov   Sh.R.   Qishloq   mehnat   bozorini   samarali   rivojlanishi	
ʻ
asosida   aholini   norasmiy   ish   bilan   bandligini   kamaytirish     (monografiya).   –   T.:
“Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi”, 2021. - 216 b.
55. Shodmonov   Sh.Sh.,   G ofurov   U.   Iqtisodiyot   nazariyasi.   Darslik.   –   T.:	
ʻ
“Iqtisod-moliya”, 2010.
56. Ergashev   R.X.,   Tursunov   I.E.,   Ravshanov   A.D.,   Qurbonov   A.B.
Innovatsion iqtisodiyot (darslik). – T.: “Iqtisod-moliya”, 2020. – 464 b.
57. O zbekiston iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish muammolari:	
ʻ
nazariya va amaliyot// S.S.G ulomov tahriri ostida.  – Toshkent: Konsauditinform-	
ʻ
Nashr, 2006.
58. Employment   and   Social   Developments   in   Europe:   2019   review.
European   Commission,   Directorate-General   for   Employment,   Social   Affairs   and
Inclusion. Luxembourg: Publications Office of the European Union, 2019. – 332 p.
59. Employment flexibility index 2020. EU and OECD countries. Lithuanian
Free Market Institute. 2019. – 37 p.
V. Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferati
60. Arabov   N.U.   O zbekiston   Respublikasida   mehnat   bozori	
ʻ
infratuzilmasini   rivojlantirish   samaradorligini   oshirish.   Avtoref.   i.f.d..   –   T.:   AN
RUz TDIU. 2018. – 272 b.
61. Nasimov   D.A.   Oliy   ta lim   muassasalari   bitiruvchilarini   ishga	
ʻ
joylashtirish tizimini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida) // Diss. i.f.n.
– T.: O zRFA Iqtisodiyot instituti, 2011. 	
ʻ
87 VI. Ilmiy maqola va konferensiya tezislari
62. Arabov N.U., Nasimov D.A. Perspektivы razvitiya gibkoy zanyatosti v
stranax SNG // Vserossiyskiy  ekonomicheskiy jurnal. – 2016. – №. 8 (506). – S.
159-173.
63. Nasimov   D.A.   Raqamli   iqtisodiyotni   rivojlantirish   sharoitida   ish   bilan
bandlikning zamonaviy shakllari // Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar (ilmiy
elektron jurnal). – Toshkent, №4, iyul-avgust, 2020.
64. Arabov   N.U.,   Nasimov   D.A.,   Boltayev   B.S.,   Mirzakhodjaev   A.B.
Method of Integrated Assessment of the Effectiveness of Regional Labour Market
Infrastructure // International Journal of Psychosocial Rehabilitation. Vol. 24, Issue
05, 2020. – P. 3356-3362.
VII.  Internet saytlari
65. www.president.uz      –   O zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   rasmiyʻ
veb-sayti.
66. www.gov.uz      – O zbekiston Respublikasi Hukumat portali	
ʻ .
67. www.lex.uz      – O zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma lumotlari
ʻ ʻ
milliy bazasi.
68. www.mehnat.uz      –   O zbekiston   Respublikasi   kambag allikni	
ʻ ʻ
qisqartirish va bandlik vazirligining rasmiy sayti.
69. www.stat.uz      –   O zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   huzuridagi	
ʻ
Statistika agentligi.
VIII .  Statistik materiallar
70. Yillik statisti k  to plami. – T.: O zbekiston, 2022.	
ʻ ʻ
71. O zbekistonda mehnat va bandlik. – T.: O zbekiston, 2022.	
ʻ ʻ
72. O zbekiston raqamlarda. – T.: O zbekiston, 2022.
ʻ ʻ
73. OECD Labour Force Statistics: Employment by activities and status”,
OECD Employment and Labour Market Statistics (database), 20 20 .
88

INNOVATSION IQTISODIYOTDA ISH BILAN BILAN BANDLIK SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’LLARI M U N D A R I J A KIRISH ........................................................................................................... I BOB. INNOVATSION MEHNAT BOZORIDA ISHSIZLIKNI KAMAYTIRISH VA ISH BILAN BANDLIKNI OSHIRISHNING NAZARIY ASOSLARI ……………… …… 1.1. Aholining ish bilan bandli k darajasini oshirishning o ziga xosʻ xususiyatlari va omillari …………………………………………….. 1.2. Ish bilan bandlikning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va mazmuni 1.3. Aholini ish bilan bandligini ta’minlashning zamonaviy turlari va o’ziga xos xususiyatlari . I BOB BO‘YICHA XULOSA……………………………………………….. II BOB. ISHSIZLIKNI KAMAYTIRISH ISH BILAN BANDLIKNI OSHIRISHNING ASOSIY IQTISODIY KO’RSATKICH - LARI . 2.1. Hududiy mehnat bozorida ish bilan bandlikni ta’minlash holati 2.2. Samarqand viloyati da aholining ish bilan bandligini ta’minlashning asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari holati tahlili 2.3. Aholini ish bilan bandligini ta’minlashni tartibga solishda davlatning roli II BOB BO‘YICHA XULOSA………………………………………………. I II BOB. HUDUDIY MEHNAT BOZORIDA ISHSIZLIKNI KAMAYTIRISH VA ISH BILAN BANDLIKNI OSHIRISHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI……………… 3.1. Hududiy ish bilan bandlik xizmati tizimida kasbiy ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari........ .......................................... 3.2. Hududiy ish bilan bandlik xizmati shakllanishining zamonaviy tashkiliy tuzilmasi ..................... ................................................... III BOB BO‘YICHA XULOSA……………………………………………... XULOSA.......................................................................................................... FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO YXATI.................................. ʻ 1

KIRIS H Bitiruv malakaviy ishi m avzu si ning asoslanishi va uning dolzarbligi. Jahon iqtisodiyotining texnologik rivojlanish darajasi shiddat bilan oshib borishi va demografik o zgarishlar sharoitida aholi bandligini ta minlashga alohida e tiborʻ ʼ ʼ qaratilmoqda. Ҳисоб-китобларга кўра, 2022 йилда бутун дунё бўйлаб 3,32 миллиардга яқин киши иш билан таъминланган, бу 1991 йилдаги 2,28 миллиарддан 1,04 миллиард кишига кўпдир. 2019 ва 2020 йиллар оралиғида глобал бандлик сезиларли даражада пасайди, иш билан банд бўлганлар сони короновирус пандемияси сабаб тўсатдан юзага келган иқтисодий зарба туфайли 3,3 миллиарддан 3,19 миллиардга қисқарди » 1 . Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida 2 pandemiya sharoitida ishsizlik darajasining keskin oshgani munosabati bilan ishsizlikni kamaytirish va ish bilan bandlik darajasini oshirish dasturi doirasida 100 milliard yevro ajratildi. Mazkur jarayonda aholini ish bilan ta minlash darajasini oshirish, norasmiy bandlikni qisqartirish va ishsizlikni ʼ kamaytirish masalalarni hal etish dolzarb muammo sifatida saqlanib qolmoqda. Jahonda aholining bandlik darajasini oshirishda ish bilan ta minlashning ʼ samarali shakllari va usllarini joriy etish, noramiy bandlikni metodologik-uslubiy va amaliy yondashuvlarni takomillashtirish asosida qisqartirish, nostandart sharoitlarda aholini qisqa muddatli ish bilan ta minlash bo yicha maqsadli ʼ ʻ dasturlarni asoslash kabi yo nalishlarda ilmiy-tadqiotlarga alohida e tibor ʻ ʼ qaratilmoqda. Bu borada aholining ish bilan bandliгиning innovatsion turlarini kengaytirish, ishsizlikni kamaytirish, iqtisodiy rivojlanishning o zaro ʻ aloqadorligini asoslash kabi ilmiy yo nalishlar ilmiy asoslarini takomillashtirishga ʻ alohida e tibor qaratilmoqda. ʼ 1 https://www.statista.com/statistics/1258612/global-employment-figures/ 2 Xalqaro Mehnat Tashkilotining ma lumotlari. https://www.ilo.org/wcmsp5/groups/public/---dgreports/--dcomm/--- ʼ publ/documents/publication/wcms_734455.pdf 2

Yangi O zbekistonda aholining turmush sifatini yaxshilash, doimiy ish bilanʻ bandlikni ta minlash, yangi ish o rinlarini yaratish orqali ishsizlikni kamaytirish ʼ ʻ kabi masalalar ustuvor ahamiyat kasb etmoqda “Hududlarda aholining turmush darajasi va sifatini yaxshilash, xususan kambag allikni qisqartirish vazifalari ko p ʻ ʻ jihatdan iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarining raqobatbardoshligini oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun fundamental sharoitlarni yaratib berish hisobiga yangi va barqaror ish o rinlarini tashkil etish bilan bevosita ʻ bog liqdir” ʻ 3 . Shu o’rinda O zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ʻ “Eng asosiysi, qishloqlarda 400 mingta yangi dehqon xo‘jaligi tashkil qilindi, 1 million 200 mingdan ziyod odamlarimiz band bo‘lib, daromad olyapti” 4 , deb ta’kidlaganlar. Mamlakatda kambag’allikni kamaytirishning asosiy yo’nalishlari bo’lgan ishsizlikni kamaytirish va ish bilan bandlikni oshirish hamda yangi ish o’rinlarini tashkil etishni ko’paytirish hamda yoshlarini zamonaviy mutaxasislik va kasb- hunarlarga tayyorlashni strategik yo’nalishlari bo’yicha amaliy va ilmiy tadqiqotlar ijtimoiy yo’naltirilgan raqamli bozor iqtisodiyoti talablari asosida yetarlicha olib borilmagan. Yuqorida qayd etilgan dolzarb muammolarni ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida hal etish bo’yicha ilmiy-amaliy asoslangan xulosalar va tavsiyanomalar ishlab chiqish mamlakat iqtisodiyot fani oldida turgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Muammoning o rganilganlik darajasi. ʻ Mehnat bozori, ish bilan bandlik, ishsizlikni kamaytirish, mehnat bozori muammolari va ularni rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitlarida fundamental tadqiq etishga: J.M.Keyns, A.Osvald, 3 O zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag allikni ʻ ʻ qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash choratadbirlari to g risida”gi PF-5975-sonli ʻ ʻ Farmoni//https://lex.uz/docs/4776669 4 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi // https://president.uz/oz/lists/view/5774 3

X.Rozan, F.Xayek, S.Xoll, K.Yanosh kabi xorijiy yetakchi iqtisodchi olimlarning 5 qator ilmiy ishlari bag’ishlangan. Bu tadqiqotlar bozorga yo’naltirilgan iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda mehnat bozori umumiy muammolari va ularni istiqbollashtirishni o’rganish uchun nazariy asos bo’lib xizmat qilmoqda. Qolaversa, iqtisodiyot fanining bu sohasidagi rivojiga MDH mamlakatlaridan: B.D.Breyev, T.I.Zaslavskaya, V.G.Kostikov, A.A.Nikiforova, G.S.Strumilin kabi taniqli olimlari 6 ham munosib ulush qo’shганлар. Bu muammolar tadqiqotiga mahalliy iqtisodchi olimlardan Q.X.Abdurahmonov, Sh.R.Xolmo‘minov, N.U.Arabov, D.Nasimov va boshqa olimlarning ham qator ilmiy ishlari bag’ishlangan 7 . Ammo bu ishlarda ishsizlikni kamaytirish , aholining ish bilan bandligi va mehnat resurslaridan foydalanish hamda ularni strategik yo’nalishlarni istiqbollashtirish jarayonini ayrim tomonlari tadqiq qilingan. Muammoni nazariy-metodologik jihatdan asoslash, uni tahlil etishning metodik asoslarini ishlab chiqish va aholini ish bilan bandligini oshirishning strategik yo’nalishlarini aniqlashga jiddiy zaruriyat tug’ildi. Tadqiqot ishining maqsadi – Innovatsion iqtisodiyotda ishsizlikni kamaytirish orqali aholining ish bilan bandligini oshirish bo yicha taklif vaʻ 5 Кейнс Дж. М. Обшая теория занятости, процента и денег.-М.; Прогресс, 1978.; Янош Корнаи. Дефицит.- М.: Наука, 1990.- 665 с.; Хайек Ф. Безработица и денежная политика. Правительство как генератор "делового цикла" //Экономические науки,- М., 1991. N 1. С.91-95, N 11. С.57-66; N 12. С.39-48.; Hall S.G. et al. A disequilibrium model оthe UK labour market: some estimates using rational expectitions. Oxford, 1985.; Oswald A. The Economic theory of trade unions: an ntroductionary survey. Scandinavian Journal of Economics.- 1985. V.67. P.160-193.; Rosen H., Quandt R.E. Estimating a disequilibrium aggregate labour market. Revie w of Economics and Statistics / -1978. V .60. P .371-379. 6 Бреев Б.Д., Жаромский B.C., Галецкий В.Ф. Оценка масштабов потенциальной безработицы на основе методики "Кривой Филлип са" //Моделирование рыночных отношений и социальная полити ка: Отв.ред. А.Ю. Шевяков. - М.: ЦЭМИ РАН, 1993. С.82-102.; Заславская Т.И., Рывкина Р.В. Методологические проблемы сис темного изучения деревни.- Новосибирск: Наука, 1977.- 315 с.; Костиков В.Г. Проблемы занятости и формирования рынка труда //Экономика и математические методы.Т. 26. Вып.5.- М., 1990. С.803-817.; Струмилин Г.С. Проблемы экономики труда.- М.; Наука, 1982.471 с. ; Никифорова А.А. Рынок труда: занятость и безработица. М.: Международные отношения, 1991.- 184 с. 7 Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti (nazariya va amaliyot). -Toshkent: “Mehnat”, 2004. -670 b.; Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti va sosiologiyasi. Darslik. – T.: “Fan va texnologiyalar”, 2012.; Abdurahmonov Q.X. va boshqalar. Inson taraqqiyoti. Darslik. – T.: “Fan va texnologiyalar”, 2013.; Gulyamov S.S., Begalov B.A. Informatika va axborot texnologiyalari.- Tashkent: Fan, 2010.- 876 bet.; Gulyamov S.S., Marketing ilmiy tadqiqotlari (o’quv qo’llanma).- TDAU, 2013. – 358 bet. Убайдуллаева Р.А. Занятость и рынок труда: спорные вопросы и нерешенные проблемы //Общественные науки в Узбекистане. Ташкент, 1992. № 2. 4

tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda mazkur bitiruv ishining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi: ˗ аholining ish bilan bandligi darajasini oshirishning o ziga xosʻ xususiyatlari va omillarini tadqiq etish; ˗ ishsizlikni kamaytirishning asosiy mezonlari va ko’rsatkichlarini aniqlash ; ˗ аholini ish bilan bandligini ta’minlashning zamonaviy turlarini tasniflash; ˗ hudud aholisining ish bilan bandligini ta’minlashning asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlarini tahlil qilish; ˗ ish bilan bandligini ta’minlashni tartibga solishda davlatning rolini aniqlash; ˗ norasmiy ish bilan bandlik darajasini kamaytirishning strategik yo’nalishlarini ishlab chiqarish; ˗ ishsizlikni kamaytirish bo yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. ʻ Tadqiqot ob ekti – ʻ Samarqand viloyat mehnat bozori. Tadqiqot predmeti ishsizlikni kamaytirish va aholini ish bilan bandlik darajasini oshirish bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari hisoblanadi . Tadqiqotning nazariy va metodologik asosi bo lib, O zbekiston ʻ ʻ Respublikasi Qonunlari, O zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va ʻ hukumat qarorlari, O zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning ʻ ishsizlikni kamaytirish, aholini ish bilan bandligini oshirish masalalariga oid g oya ʻ va mulohazalari hamda xorijlik va vatanimiz iqtisodchi olimlarining mavzuga oid adabiyotlari asos sifatida olindi. Bitiruv ishini yozishda, O zbekiston Respublikasi Kambag allikni ʻ ʻ qisqartirish va bandlik vazirligi, O zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ʻ Statistika agentligi va ularning Samarqand viloyatidagi boshqarmalarining ma lumotlari xizmat qildi. ʻ Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati ishlab chiqilgan uslubiy yo nalishdagi taklif va ʻ tavsiyalar ишсизликни камайтириш, aholini ish bilan bandlik darajasini oshirish 5