logo

MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDA DAVLAT MULKINI XUSUSIYLASHTIRISH SIYOSATI MUAMMO VA YECHIMLAR

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

170.5849609375 KB
MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDA DAVLAT MULKINI
XUSUSIYLASHTIRISH SIYOSATI:MUAMMO VA YECHIMLAR
M U N D A R I J A:
KIRISh ..................................................................................................................... 3
I   BOB.   MUSTAQILLIK   YILLARI   IQTISODIYOTIDA   MULKCHILIK
MUNOSABATLARI HUQUQIY ASOSLARINING YARATILISHI
1.1  O‘zbekistonda mulkchilik tizimini rivojlanishining fundamental asoslari.........9
1.2.   O‘zbekistonda   mulkchilik   tizimi   shakllanishining   bosqichlari   va
xususiyatlari……………………………………………………………………….17
II   BOB .   XUSUSIYLASHTIRISH   JARAYONINING   MAMLAKAT
IQTISODIY HAYOTIDA TUTGAN O‘RNI
2.1.   Davlat   mulkini   xususiylashtirish   tamoyillari   va   zaruriyati……………………
31
2.2 .   Xususiylashtirishning   huquqiy
negizlari..........................................................44
2. 3 .  Xususiylashtirishning yangi bosqichi
III BOB.   YANGI   O‘ZBEKISTONDA   XUSUSIYLASHTIRISHNING
YANGI BOSQICHI
3.1. Xususiylashtirishning iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘rni va ahamiyati
3.2.   2017-2023   yillarda   davlat   iqtisodiy   rivojlanish   dasturlari   va   unda
xususiylashtirish natijalari
XULOSA ....................................................................................................................
FOYDALANILGAN   MANBALAR   VA   ADABIYOTLAR
RO‘YXATI ..................................................................................................................
ILOVALAR .........................................................................................................
1 K IRISH
Magistrlik dissertatsiyasining asoslanishi va uning dolzarbligi.
Mustaqillik  yillarida mamlakatimizda amalga  oshirilgan iqtisodiy  islohotlar
bugungi kunda o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Jumladan, qisqa vaqt ichida
mulkchilik munosabatlari  takomillashtirilishi, chuqur tarkibiy o‘zgarishlar  amalga
oshirilishi,   davlat   tomonidan   iqtisodiyot   sohasida   investitsiya   muhitining   tobora
yaxshilanishi,   mamlakatimizda   mulkni   xususiylashtirish   tizimining   ishlab
chiqilishi  aholi  daromadlari  o‘sishini  ta’minlash  hamda boshqa  ko‘plab sohalarda
bunyodkorlik   ishlari   amalga   oshirilishi   natijasida   mustaqillik   yillari   mobaynida
sezilarli yutuqlar qo‘lga kiritildi.
Bugungi   globallashuv sharoitida jahon mamlakatlari xo‘jalik tizimida milliy
iqtisodiyotga   xorijiy   sarmoyalarni   kiritish   va   shu   asosda   rivojlanish   istiqbollarini
belgilash   zamonaviy   bozor   munosabatlari   shakllanishining   ajralmas   muhim
jihatlaridan   sanaladi.   O‘zbekiston   iqtisodiy   rivojlanishining   mazkur   bosqichida
iqtisodiyot tarmoqlarining barcha sektorlariga e’tibor bergan holda ishlab chiqarish
sohasini   modernizatsiya   qilish   jarayonlariga   ko‘maklashadi.   Davlat   erkin   bozor
munosabatlarini   tartib   soluvchi   sifatida   xususiylashtirish   jarayotining   asosiy
nazoratchisi   bo‘lib   islohotlar   samaradorligini   ko‘rsatuvchi   va   uning   natijalarini
tarixiy   tahlillar   asosida   tarixiy   nuqtai   nazardan   rivojlanishidagi   muhim   qism
hisoblanadi.
Zamonaviy   globallashuv   tizimlarida   xorijiy   investitsiyalar   va   ularning
mamlakat   iqtisodiyotidagi   o‘rni   masalasida   ilmiy   izlanishlar   olib   borilmoqda.
Mazkur   tadqiqotlarda   jahonning   yetakchi   hamda   rivojlanayotgan   davlatlarida
iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bilan bog‘liq islohotlar va ularning
natijalariga,   shuningdek,   xususiylashtirish   masalalariga   alohida   e’tibor
2 qaratilmoqda. Mazkur masalaning dolzarbligi uning mamlakatda sodir bo‘layotgan
ijtimoiy-iqtisodiy   o‘zgarishlardagi   ishtiroki   hamda   istiqbolini   belgilab   berishdagi
ahamiyati   bilan   belgilanadi.   O‘zbekiston   Respublikasida   davlat   mulklarini
xususiylashtirishning mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga ta’siri, iqtisodiy rivojlanish
bosqichida   xususiylashtirishning   o‘rnini   aniqlash   asosida   nazariy   hamda   amaliy
tavsiyalarni ishlab chiqish zarurati yuzaga keladi.
Yangi   O‘zbekistonda   amalga   oshirilayotgan   islohotlar   va   tub   burilishlarning
iqtisodiy   negizini   tashkil   etgan   iqtisodiy   sohadagi   o‘zgarishlar   davlat   mulkini
xususiylashtirish   va   uning   natijalari   tashkil   etadi.   O‘zbekiston   Respublikasida
mustaqillik   yillarida   davlat   mulkini   xususiylashtirishning   umum   e’tirof   etilgan
hamda   mahalliy   xususiyatlaridan   iborat   alohida   tizim   sifatida   iqtisodiy   islohotlar
tarkibiy   tuzilishiga   kirib   keldi.   Mamlakatimizda   izchil   davom   yetayotgan
islohotlarda   xususiy   mulk   institutini   huquqiy   jihatdan   mustahkamlash   bilan   birga
davlat   mulkini   boshqarishning   aniq   yo‘naltirilgan   huquqiy   asosini   yaratish   ham
muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2022   yil   28   yanvardagi   PF-60   son
“2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”ning
mamlakat   iqtisodiy   taraqqiyotiga   bag‘ishlangan   ustuvor   yo‘nalishi   va   uning
maqsadlarida   m amlakatimizda   kapital   harakatini   bosqichma-bosqich
erkinlashtirish   hamda   yirik   korxonalarni   va   ulardagi   ulushlarni   (aksiyalarni),   shu
jumladan fond birjasi orqali xususiylashtirish 1
  jarayoni yangi bosqichga ko‘tarildi.
Tadqiqot   obyekti   va   predmeti.   Mustaqillik   yillarida   davlat   mulkini
xususiylashtirish   jarayonlari   va   uning   natijalari   tadqiqot   obyekti   sifatida   belgilab
olingan. 
Xususiylashtirish   jarayonining   iqtisodiyotdagi   real   holati   va   uning
ahamiyatini ochib berish  tadqiqotning predmetini tashkil etadi. 
Tadqiqotning   maqsad   va   vazifalari.   Tadqiqotdan   ko‘zlangan   asosiy
maqsad   maxsus   adabiyotlar   va   ilmiy   asarlar   asosida   mustaqillik   yillarida
1
  O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2022   yil   28   yanvardagi   PF-60   son   “2022-2026-yillarga   mo‘ljallangan
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”  farmoni.
3 O‘zbekistonda   davlat   mulklarini   xususiylashtirish   sohasiga   amalga   oshirilgan
islohotlarning   tarixiy   rolini   ochib   berishdan   iborat.   Mazkur   maqsadni   amalga
oshirishda quyidagilar asosiy vazifa sifatida belgilab olingan: 
 -  O‘zbekistonda mulkchilik tizimini rivojlanishining fundamental asoslarini ko‘rib
chiqish:
 - O‘zbekistonda mulkchilik tizimi shakllanishining bosqichlari va xususiyatlarini 
tahlil qilish:
- O‘zbekiston Respublikasida davlat tasarrufidagi mulkini xususiylashtirishning 
mahalliy xususiyatlari va zaruriyatini asoslash,
-   Amalga   oshirilayotgan   x ususiylashtirish   jarayonining   huquqiy   asoslarini
ko‘rsatib berish, 
- Xususiylashtirishning iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘rni va ahamiyatini ochib berish, 
-   davlat   iqtisodiy   siyosatining   2017-2023   yillarda   davlat   iqtisodiy   rivojlanish
dasturlari va unda xususiylashtirish natijalarini tahlil qilish
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  Magistrlik dissertatsiyasining ilmiy yangiligi
quyidagilarda aks etadi:
-   mustaqillik   yillarida   mustaqil   O‘zbekistonda   sharoitida   davlat   mulkini
xususiylashtirishning   tarixiy   shart-sharoitlaari   va   uning   mahalliy   xususiyatlari
ilmiy adabiyotlar  tahlili asosida ko‘rib chiqilgan:
- O‘zbekiston sharoitida xususiylashtirishning asosiy bosqichlari va uning natijalari
mamlakat iqtisodiy taraqqiyotidagi holati tahlil qilingan:
- davlat mulkini xususiylashtirishning negizlari va tamoyillarining ishlab chiqilishi
hamda uning amalga oshrilishidagi asosiy bosqich va mezonlar ko‘rib chiqilggan:
-   2017-2022   yillarda   amalga   oshirilgan   islohotlarning   xususiylashtirish
jarayonlariga ta’siri va uning natijadorligi qiyosiy tarixiy tahlil qilingan.
Tadqiqot   mavzusi   bo‘yicha   adabiyotlar   sharhi   (tahlili):   Mazkur   mavzu
yuzasidan mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan iqtisodchi olimlar, tarixchi va
sotsiologlaar tomonidan bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilganligini e’tirof
etish   o‘rinliddir.   Jahonning   qator   davlatlari   bilan   O‘zbekiston   Respublikasining
4 tashqi   siyosiy,   savdo-iqtisodiy   hamda   sarmoyaviy   sohalardagi   hamkorligi,
shuningdek,   O‘zbekistonda   davlat   mulkini   xususiylashtirish   masalalari   sohasida
faol   ilmiy   izlanish   olib   borayotgan   tarixchi,   siyosatshunos,   iqtisodiyot   va   huquq
fani   olimlari   tadqiqot   obyekti   sanaladi.   Shu   bilan   birga   jahon   mamlakatlarining
iqtisodiy   va   sarmoyaviy   sohalardagi   o‘zaro   aloqadorligi   masalasi   ko‘plab   xorijiy
olimlar diqqat markazidan o‘rin olgan.
Iqtisodiyot   yo‘nalishida   tadqiqot   olib   borgan   olimlar   qatoriga   N.N.Sodiqov,
N.Sirojiddinov,   N.Yusupova,   O.Mirzabekova,   E.Maxmudov,   U.Inoyatov,
S.Chepel, O.Aripov kabi mualliflar asarlarini kiritish mumkin 2
.
Huquqiy   bilimlar   borasida   N.Xolbekov,   B.Samarxo‘jaev,   D.Qoraxo‘jaeva,
Z.Qudratov va boshqalarning ilmiy izlanishlari alohida qiziqish uyg‘otadi 3
.
Mazkur   ilmiy   izlanishlarda   xususiylashtirishning   shakllanishi   va   rivojlanishi
masalalari   tadqiq   etilgan.   Mustaqillikka   erishgandan   keyingi   davrdagi
O‘zbekistonning   iqtisodiy  salohiyati  tahlil   qilingan.  O‘zbekiston  sharoitida davlat
mulkini   xususiylashtirishning   shakllanishi   va   rivojlanishining   huquqiy   asoslari
yoritib berilgan.
Mamlakatimizda   bozor   iqtisodiyoti   munosabatlarini   shakllantirish   va
rivojlantirishga   e’tibor   kuchaytirilgan   hozirgi   paytda   xalqimizning   o‘tmishda
bozorga   bo‘lgan     munosabatlari,   jahonning   ilg‘or   tajribalari,     milliy   an’analar   va
udumlar   asosida   mamlakatimizning   ijtimoiy-iqtisodiyot   hayotida   xo‘jalik
2
  Садыков   Н.Н.   Узбекистан   и   международные   экономические   организации   //   Мировая   экономика   и
международные   отношения,   1996,   №7;   Сиражиддинов   Н.   Иностранные   инвестиции   в   экономике
Узбекистана   //   Экономическое   обозрение,   1998,   №3;   Юсупова   Н.,   Мирзабекова   О.   Проблемы
инвестиционной активности в независимом Узбекистане // Общество и экономика, 1998, №3; Чепель С. Рост
за годы независимости: факторы, проблемы и перспективы // Материал опубликован на сайте:   http://www .
review.uz;   Махмудов   Э.А.   Прямые   иностранные   инвестиции   в   экономику   Узбекистана:   достижения,
проблемы   и   перспективы.   –   Ташкент:   2007;   Иноятов   У.У.   Механизм   развития   предпринимательских
структур   в   условиях   модернизации   экономических   реформ   Узбекистана   //   Бюллетень   науки   и   практики   -
Bulletin of Science and Practice, 2017, №12. и др.
3
  Холбеков   Н.   Иностранные   инвестиции:   правовое   формирование   //   Рынок,   деньги   и   кредит,   1999,   №10;
Самарходжаев   Б.   Инвестиции   в   Республике   Узбекистан   (международно-частноправовой   аспект).   Ташкент:
Академия, 2003; Караходжаева Д. Совершенствуются правовые основы // Учитель Узбекистана, 18 февраля
2011   г.,   №7   (2142);   Кудратов   З.Г.,   Султанов   З.Т.   Особенности   государственной   поддержки   и   развития
малого   бизнеса   в   Узбекистане   //   Молодой   ученый,   2013,   №4;   Курбанова   Д.М.   Состояние   нормативно-
правовой   базы   и   ее   влияние   на   развитие   малого   бизнеса   в   Республике   Узбекистан   //   Вестник   Томского
государственного университета, Серия: Экономика, 2016, №2 (34).
5 yuritishning   turli   tashkiliy,   huquqiy   asoslari     yaratilmoqda.   Hozirgi   paytda
hayotimizga   ko‘p   tarmoqli   xo‘jalik   yuritish   tizimlari,   mulkka   munosabatdagi
o‘zgarishlar  kirib  kela  boshladi.   Bugungi   kunda  hunarmandchilik,  tadbirkorlik  va
savdo-sotiq   bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   O‘zbekistonda   davlat   mulkini
xususiylashtirish, mulkiy o‘zgarishlarning ko‘rinishi tahlil qilingan asarlar yuzaga
keldi. Tahlil etilgan ilmiy adabiyotlardan ma’lum bo‘ladiki, ushbu muammo ilmiy
tahliliga doir bir qancha tarix va iqtisodiy hamda huquqiy tadqiqot sohalarida ilmiy
tadqiqot ishlari olib borilgan va ularning natijalari e’lon qilingan 4
.
Yaqin o‘tmishda faoliyat ko‘rsatgan tadbirkorlar, hunarmandlar va savdo-sotiq
tarmoqlarining   tajribalarini   o‘rganish   muhim   ahamiyatga   egadir.Ish   iqtisodiy
islohotlar davrida ishlab chiqilgan xususiylashtirish bilan bog‘liq qonun-qoidalarni,
mazkur   soha   bilan   bog‘liq   davlat   huquqiy   hujjatlarini   tahlil   qilgan   holda
xususiylashtirish   sohasida   to‘plangan   tajribalar   qator   xorijiy   adabiyotlarda   ham
tahlil   qilingan.   Tadqiq   etilayotgan   muammo   A.Akimov,   O.Reznikova,
M.Laumulin,   T.Kireev,   T.Fink,   L.Semina   va   boshqa   iqtisodchilarning
tadqiqotlarida ko‘rib chiqilgan. Bu kabi ilmiy tadqiqot ishlarida mualliflar iqtisodiy
integratsiyalashuv sharoitida jahon hamjamiyatiga a’zo davlatlarda davlat mulkini
xususiylashtirishning rivojlanishi masalalariga alohida e’tibor qaratadilar 5
.
4
  Халлиев   А.Г.   Экономические,   научно-технические   и   культурные   связи   независимого   Узбекистана   с
Великобританией   и   США:   Автореф.   дисс.   ...   канд.   ист.   наук.   –   Ташкент,   1998;   Зиямов   Н.Ш.   Роль
Узбекистана   в   развитии   межгосударственного,   экономического   и   культурного   сотрудничества   стран
Центральной   Азии   (1991–2001   гг.):   Автореф.   дисс.   ...   канд.   ист.   наук.   –   Ташкент,   2002;   Шарапова   С.Ш.
Многосторонняя   дипломатия.   Узбекистан:   участие   в   универсальных,   региональных   и   субрегиональных
организациях,   межгосударственных   объединениях:   Автореф.   дисс.   ...   д-ра   полит.   наук.   –   Ташкент,   2006;
Сайфуллаев   Д.Б.   Формирование   и   развитие   дипломатии   Узбекистана   в   период   независимости:   Автореф.
дис   ...   д-ра   филос.   (PhD)   по   ист.   наукам.   –   Ташкент,   2017.;   Каримов   Н.Г.   Иностранные   инвестиции   в
экономику   Республики   Узбекистан   и   их   финансовое   обеспечение.   –   Ташкент,   1998;   Томас   Марк.
Инвестиционная политика и углубление международных экономических связей Республики Узбекистан (на
примере   узбекско-германских   отношений).   –   Ташкент,   2000;   Файзуллаев   Дж.А.   Современные   тенденции
привлечения и использования иностранных инвестиций в Республике Узбекистан. Дисс. канд. экон. наук. –
М.: РГБ, 2003.
5
  Акимов   А.   Россия   и   Центральная   Азия:   перспективы   экономической   интеграции   //   Восток,   1994,   №4;
Жуков С.В., Резникова О.Б. Центральная Азия в социально-экономических структурах современного мира.
Научные   доклады,   №134.   М:   Московский   общественный   научный   фонд,   2001;   Морозов   В.А.   Зарубежный
пыт   поддержки  малого  предпринимательства  //  Российское  предпринимательство,  2002, №8;   Лаумулин   М.
Центральная   Азия   в   зарубежной   политологии   и   мировой   геополитике.   Т.   I.   –   Алматы:   2005;   Киреев   Т.Д.
Внешняя   политика   Турецкой   Республики   на   современном   этапе.   М.:   2009;   Семина   Л.А.   Инвестиционная
привлекательность:   теоретический   аспект   //   Вестник   Челябинского   государственного   университета,   2010,
№14   (195),   Серия:   Экономика,   Вып.   27;   Майоров   А.А.   Мировой   опыт   финансирования   инновационного
малого   бизнеса   //   Известия   Оренбургского   аграрного   университета.   Серия:   Экономика   и   экономические
науки, 2011; Финк Т.А. Малый и средний бизнес: зарубежный опыт развития // Молодой ученый, 2012, №4
6 Tadqiqotda   qo‘llanilgan   metodikaning   tavsifi:   Tadqiqot   davomida
ijtimoiy   voqelikni   bilish   va   o‘rganishning   qiyosiy   tahlil,   uning   ilmiylik,   xolislik,
tarixiylik   rivojlanish   tamoyillariga   tayanildi.   Shu   bilan   birga   asosiy   e’tibor   yuz
bergan   voqealarning   o‘zaro   dialektik   aloqadorligiga   qaratildi.   Magistrlik
dissertatsiyasi   tadqiqoti   jarayonida   davlatimizning   iqtisodiyot   va   unida   xususiy
mulkchilik sohasida  olib borayotgan siyosati  va uning natijalaridan kelib chiqqan
holda   yondashildi.   Tarixiy   voqelikka   baho   berishning   uch   meyoriy   o‘lchovi:
o‘tmish,   bugun   va   istiqbol   tamoyillari   o‘rtasidagi   bog‘liqlik   prinsiplariga   amal
qilindi.
Tadqiqotning   natijalarining   nazariy   va   amaliy   ahamiyati:   Magistrlik
dissertatsiyada  O‘zbekistonning mustaqillik  davri  tarixini  tadqiq etishda va  o‘quv
jarayonida foydalanish mumkin bo‘ladigan davlat mulkini xususiylashtirish sohasi
va   uning   rivojida   islohotlarning   roli   va   ahamiyati   tarixiy   va   nazariy   jihatdan
asoslab berilgan nazariy-metodologik yondashuvlar ishlab chiqilgan. 
O‘zbekiston   iqtisodiyotida   xususiylashtirish   tarixiga   oid   uslubiy
yondashuvlar   va   nazariy   xulosalarni   mukammallashtiradi   hamda   globallashuv
sharoitida   aholi   bandligining   davlat   ichki   xavfsizligi   va   iqtisodiy   barqarorligi
uchun muhim jihat ekanligi asoslab berilgan.
Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi:   Magistrlik dissertasiya ishi kirish,
uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilova qismlaridan iborat. 
ва б.
7 I BOB.  MUSTAQILLIK YILLARI IQTISODIYOTIDA MULKCHILIK
MUNOSABATLARI HUQUQIY ASOSLARINING YARATILISHI
1.1  O‘zbekistonda mulkchilik tizimini rivojlanishining fundamental asoslari
Tarixdan   ma’lumki,   iqtisodiyot   sohasi   davlatlar   mavjudligining   asosiy
rivojlantiruvchi sohalaridan biri hisoblanib kelingan. Iqtisodiyotning muhim tarkibi
qismi hisoblangan mulk va unga egalik qilish sohasi ham insoniyat rivojida u bilan
yonma-yon   rivojlanib   bordi.   Ya’ni   jamiyat   taraqqiy   etishi   bilan   mulkiy
munosabatlarga asoslanmagan iqtisodiyot yuzaga keldi. Ishlab chiqarish resurslari
bironta mulk bo‘lib harakatga keladi.
Mulk   egasi,   ya’ni   mulkdor   mulkiy   munosabatlarning   faol   tomoni   bo‘lib,
mulkni   egallash   uchun   huquq   va   imkoniyatlarga   ega   bo‘ladi.   Mulk   obyekti
tabiatdagi   narsalar,   energiya,   aqliy   qobiliyat,   buyumlar   subyektiga   to‘la   yoki
qisman tegishli bo‘lib, mulkiy munosabatlarning passiv tomoni hisoblanadi. Davlat
mulkini   xususiylashtirish   iqtisodiy   taraqqiyot   sektorida   mulkiy   munosabatlarning
rivojlanishi,   iqtisody   tamoyillarda   esa   mahsulotlar,   daromadlar,   boyliklar
taqsimlanishini belgilab turadi 6
.
Jamiyat   rivojining   yangi   bosqichida   mulkchilikning   har   xil   turlari   mavjud.
Shuning   uchun   ham   hozirda   bozor   iqtisodiyotini   ko‘p   ukladli   iqtisodiyot   deb
atashadi.   Bugungi kunda O‘zbekiston sharoitida mulkchilik munosabatlarining bir
qancha shakl va ko‘rinishlari yuzaga kelgan bo‘lib, bunda davlat mulkidan tashqari
mulklarning   xilma-xil   turlarini   nazarda   tutadi.   Keng   miqyosida   nulkchilik,
shuningdek,   ijtimoiy   tashkilotlar   mulkini   hamda   shaxslarning   xususiy   mulk   va
boshqa shakllarni o‘z ichiga oladi 7
. 
O‘zbekiston sharoitida davlat mulkini xususiylashtirishning o‘ziga xos tizimi
yaratildi.   Tarixdan   yaxshi   ma’lumki,   mustaqillikning   dastlabki   yillarida   xususiy
mulk va davlat mulkini xususiylashtirish kabi masalalar kun tartibida turgan emas.
Vaqt o‘tishi bilan mamlakatda uning iqtisodiy tabiatiga xos islohotlarning amalga
oshirilishi   natijasida   uzoq   vaqtdan   buyon   ishlab   chiqarishdan   ajralib   qolgan   va
6
 Зиядуллаев С. Экономичекие реформы в Узбекистане в действии. Т., 1994. С.10.
7
  Хамдамов К.С.  Мулкни давлат тасарруфидан чиқариш ва хусусийлаштириш . – Тошкент, 1994. – В. 29.
8 daromad qiymati noldan past  bo‘lgan obyektlarni xususiy sektorga sotish zarurati
yuzaga keldi 8
. 
Fuqarolik   huquqlari   obyektlari   (FHO)   o‘zlarining   xossalari   bilan   bog‘liq
funksiyalarini   mulkiy   munosabatlarda   to‘liq   bajarishida   va   uni   bir   mulkiy   huquq
subyektidan   boshqasiga   qonuniy   ravishda   shaffof   o‘tishida   optimal   proporsiyali
tuzilmaga   ega   mulkchilik   shakllariga   asoslangan   samarali   mulkchilik   tizimining
modeli muhim ahamiyatga ega. Bunda mulkchilik tizimning tarkibiy qismlari bo‘lgan
mulkdorlik   institutlari,   ularning   mulkiy   munosabatlari   uchun   mulk   turlari   bilan
bog‘liq   professional   xizmatlar   bozori   va   mulk   narxi   shakllanuvchi   mulk   bozori
faoliyatlari samaradorligiga hamda davlatning samarali regulyativ siyosatiga erishish
dunyoning   barcha   mamlakatlari   ijtimoiy-iqisodiy   rivojlanishida   muhim   aha   miyat
kasb etadi 9
. 
Demak,   mulkiy   munosabatlar   samarali   bo‘lishi   uchun   davlat   mulkiy   huquq
subyektlari   (MHS)   uchun   samarali   bo‘lgan   mulkchilik   tizimini,   ayniqsa,   xususiy
mulkchilik tizimini, shakllantirishi zarur. Shundan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston
Respublikasida   ham   davlat   mulkini   xususiylashtirish   davlat   iqtisodiy   siyosatining
tarkibiy qismi sifatida alohida tizim sifatida rivojlana boshladi 10
.  
8
  Ўзбекистонниинг   энг   янги   тарихи   //   масъул   муҳаррир   т.ф.н.,   доц.   З.А.   Саидбобоев,   т.ф.н.,   кат.и.х.   Ш.М.
Рахматуллаев. – Тошкент. – В 64. 
9
 Аҳмедов О.  Хусусийлаштириш жараёни: муаммо ва ечимлар. – Тошкент: Akademiya, 2005. – В. 12.
10
  Зиямов   Н.Ш.   Роль   Узбекистана   в   развитии   межгосударственного,   экономического   и   культурного
сотрудничества стран Центральной Азии   (1991–2001 гг.): Автореф. дисс. ... канд. ист. наук. Ташкент, 2002
9 1-rasm. Mulkchilik tizimining namunaviy tuzilmaviy funksional modeli 11
Mulkchilik   tizimining   namunaviy   funksional   tuzilmasini   1-rasmda
ko‘rsatilganidek tasvirlash mumkin. Unga ko‘ra, o‘zaro uzviy bog‘langan 
M - mulk bozorlari (mulk turlari bo‘yicha tasniflanuvchi),
V   -   mulk   turlari   bilan   bog‘liq   professional   xizmatlar   (qiymatini   baholash,
riyeltorlik, kadastr, ekspertiza, brokerlik, dilerlik va shular kabi boshqa ifratuzilmaviy
xizmatlar) bozorlari, 
S   -   mulkiy   huquq   subyektlari,   ulaming   barchasi   faoliyatini   tartibga   solib
turuvchi,
R   -   regulyator   kabi   ushbu   tuzilma   tarkibiy   qismlari   fuqarolik   huquqlari
obyektlari   (FHO)   bilan   bog‘liq   ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy
munosabatlami amalga oshiradi. Bu modelda M, V, S, R elementlar orasidagi o‘zaro
bog‘lanish   chiziqlari   ulami   mulkiy   munosabatlarda   bo‘lishini   ko‘rsatadi.   Bunda
mulkch ili k   tizimi   undagi   barcha   M,   V,   S,   R   elementlaming   FHO   bilan   bog‘liq
ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy   munosabatlami   amalga   oshirish   faoliyati
bilan harakatga keltiriladi.
11
 http://www.genderi.org/ozbekiston-respublikasi-oliy-va-orta-maxsus-talim-vazirligi-to-v3.html?page=5.
10R
V
MS      Mulkchilik tizimining samaradorligi mulkdorlaming huquq va majburiyatlari,
mas’uliyat   va   manfaatlarini   samarali   amalga   oshirilishi   uchun   mulkiy
munosabatlar   uchun   davlat   tomonidan   yaratilgan   qulay   shart-sharoitlar   va
mulkdorlik institutlari  faolligi  bilan belgilanadi. Bunda  yaratilgan shart-sharoitlar
sifatini   risklar   hamda   siyosiy,   iqtisodiy,   ijtimoiy,   huquqiy   va   boshqa   omillaming
kompleks   ta’siri   belgilaydi.   Umuman   olganda,   bu   shart-sharoitlar   mulkdoming
huquqiy havfsizligi   va mulkchilik  tizimi   modelining samaradorligi   kabi  xossalari
birikmasidan iborat integral (kompleks) tushuncha bo‘lib, FHOlarga va ular bilan
bog‘liq   xizmatlarga   bo‘lgan   talab   va   taklifni   obyektiv   shakllantirilishiga   xizmat
qiladi.Mulkchilik   tizimiga   oid   yuqorida   aytilgan   fikr-mulohazalaming   ma’noga
egaligi Ernando De Soto tomonidan ham tasdiqlangan   12
.
O‘zbekistonda   davlat   mulkini   xususiylashtirish   jarayoni   ham   mulkchilik
tizimining   jamiyatda   o‘rnatilgan   mulkchilik   shakllariga   xos   bo‘lgan   ijtimoiy-
iqtisodiy-informatsion-huquqiy   munosabatlar   mexanizmini   birlashtiruvchi   yaxlit
tizimli  majmua.   Uning  faoliyati  mamlakatni  iqtisodiy  taraqqiyoti   bo‘yicha   davlat
siyosati   kontekstida   MHSlari   tomonidan   harakatga   keltiriladi   Bunda   davlatning
siyosati   mulkchilik   tizimining   samaradorligiga   qulay   mulkchilik   munosabatlari
muhitini yaratish asosida erishilishiga qaratiladi.
Shunday qilib, mamlakatda barqaror iqtisodiy o‘sish va xalq farovonligi faqat
samarali mulkchilik tizimi shart-sharoitlarida erishiladi.
Dunyoning   har   bir   mamlakatida,   jumladan,   O‘zbekistonda   ham,   mulkchilik
tizimining   faoliyati   qonunlar   bilan   belgilanib   tartibga   solinadi.   Bunda   ta’kidlash
zarurki, barcha mamlakatlardagi mulkchilik tizimi va undagi mulkiy munosabatlar
modeli ulardagi jamiyat tanlagan taraqqiyot modeliga mos ravishda shakllangan 13
.
Iqtisodiy   sohaga   bag‘ishlangan   ilmiy   tadqiqotlarda   berilgan   ta’rifga   ko‘ra
mulk - bu ham o‘z sohibu uchun uning foydasi, ham mas’uliyatidir.  Mulkchilik esa
mas’uliyat   bilan   foydaning   chambarchas   birligi   hosilasidir.   Mulkchilik
12
  Эрнандо   Де   Сото.   Загадка   капитала.   Почему   капитализм   торжествует   на   Западе   и   терпит   поражение   во
всем остальном мире.   /Пер. с англ. М.: ЗАО Ол и мп-Бизнес, 2001.272 с.
11 munosabatlarining aniq va foydalishi bo‘lishi uchun manfaatdor kishining iqtisodiy
foydasi natijador bo‘lishi shart. 
Ijtimoiy manfaat mulkning jamiyat subektlari uchun naflilik va qimmatlilik
kategoriyalariga asoslangan subektiv sifatiy xulosa bilan ifodalanadi.
Bunda   shaxslarni   mulk   sohibi   ekanligi   yoki   mulkdormasligiga   qarab   qarab,
ularning jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy-yuridik mavqeyi, maqomi (statusi) vujudga
keladi.
Mulkiy   munosabatlar   -   turli   mulkchilik   shakllariga   asoslangan   mulkchilik
tizimida   mulkiy   huquq   subektlari   tomonidan   amalga   oshiriluvchi   ijtimoiy,
iqtisodiy, huquqiy, informatsion aloqa(munosabat)lar majmuasi.
Mulkiy   tizim   munosabatlar   mulkdorlar   va   mulkdor   bo‘lmagan   shaxslarning
o‘zaro   manfaatli   aloqalari   xususiyati   va   turlarini   ifodalaydi   va   foydalanish   shart-
sharoitlarini belgilaydi. Mulkiy munosabatlarsiz ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni
va bozor faoliyati mazmunga ega bo‘lmaydi. Zero, yuqoridagi   fikrga qo‘shimcha
sifatida   aytilsa,   mulkiy   munosabatlar   -   bu   jamiyatdagi   boyliklarni   bozor
muomalasi va o‘zlashtirish bilan bog‘liq ijtimoiy- iqtisodiy-informatsion-huquqiy
munosabatlar   bo‘lib,   ularni   amalga   oshirilishi   jarayonida   huquq   va   majburiyat,
mas’uliyat   va   javobgarlik,   manfaat   kategoriyalarining   uzviy   birligi   muhim
ahamiyatga ega 14
.
Ijtimoiy-iqtisodiy-huquqiy tizimni (IIHT) tizimli tadqiq etish va uning tizimli
masalalari   kompleks   yechimi   maqsadiga   yo‘naltirilgan   ijtimoiy-iqtisodiy
siste’mologiya   (IIS)   qoidalari   mazkur   IIHT   tarkibiga   kiruvchi,   keltirilgan
zamonaviy mulkchilik tizimini (uning atributlari - zamonaviy mulk, ne’mat, boylik
va ularga bevosita aloqador huquqlar sifatidagi fuqarolik huquqlarining obyektlari,
uning qiymati, qimmati, narxi, nafligi, foydaligi, mulkiy huquq subyektlari, mulk
bozorlari,   mulk   qiymatini   baholash   xizmatlari   bozori,   mulkiy   munosabatlar   va
bularning   barchasi   bilan   bog‘liq   boshqa   unsur   va   jihatlar   -   bilan   birga)   tizimli
o‘rganishning ilmiy-metodologik asosi ekanligi haqidagi xulosaga kelish mumkin.
13
  Аҳмедов О. Хусусийлаштириш жараёни: муаммо ва ечимлар. – Тошкент: Akademiya, 2005. – В. 11.
14
  Shodmonov Sh.Sh., G‘afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2005. – B. 91.
12 Zero,   bunday   xulosa   tizimli   yondashuvni   qo‘llovchi   IlSning   keng   imkoniyatlari
uni obyekti bo‘lmish IIHT mulkchilik tizimini ham qamrab olishi bilan bog‘liq 15
. 
Shu   bilan   birga   aytish   mumkinki,   bunday   g‘oyaning   ma’noga   egaligi   fikrini
mulk,   ne’mat,   boylik,   uning   qiymati,   narxi   va   qimmatliligi,   naf,   foydalilik
kategoriyalari   to‘g‘risidagi   qadimgi   dunyo   va   o‘tgan   asrlar   Yevropasi   iqtisodiyot
fani   namoyondalari   qarashlarining   tahlili   ham   ko‘rsatadi.   Zero,   bu
namoyondalaming   atomistik   (o‘sha   davrlardagi   sharoitlar   bilan   chegaralgan)
qarashlari iqtosodiyot nazariyasi tarixiy rivojlanishining ilmiy bazisi va zamonaviy
mulkni   tizimli   o‘rganish   metodologiyasining   boshlang‘ich   manbayi   vazifasini
o‘taydi.   Lekin   bunday   qarashlaming   alohida   qo‘llanilishga   aoslangan   yo‘l
zamonaviy   mulkni   tizimli   tadqiq   etish   va   tizimli   masalalarini   kompleks   yechish
uchun universal ilmiy-nazariy bazasi bo‘la olmaydi 16
.
Shunday   qilib   aytish   mumkinki,   zamonaviy   mulkchilik   tizimi   kompleks
o‘rganilishi   maqsadida   ushbu   tizim   atributlari   mazmun   mohiyatiga   mos   ravishda
turli   fanlarning   intellektual   ishlanmalarini   tizimli   yondashuvni   qo‘llovchi   IIS
qoidalari   doirasida   samarali   garmonizatsiya   (integratsiya)   qilishga   asoslangan
zamonaviy   (turli   xil   va   shakllardagi,   xilma-xil   jihat,   qirra,   xossa,   ko‘rsatkich,
bozorlar   va   funksiyalariga   hamda   qo‘sh   tabiatga   ega   ne’mat,   boylik   sifatidagi)
mulk to‘g‘risidagi multifan g‘oyasi ma’noga ega.
Yuqorida aytilganlar quyidagi argumentlar bilan ham izohlanishi mumkin.
Birinchidan:   tarixiy   retrospektiv   tahlil   asosida   aytish   mumkinki,   iqtisodiyot
fani doirasida mulk (mulkchilik tizimi va uning atributlari) to‘g‘risidagi har qanday
nazariyaning amal qilish davri iqtisodiy amaliyotning uzluksiz rivojlanishi ta’sirida
bo‘lganligi sabab chegarlangan bo‘ladi.
  Ikkinchidan:   XXI   asr   boshlarida   zamonaviy   mulk   va   uning   atributlarini
kompleks   ravishda   tizimli   tadqiq   etish   hamda   qiymatni   baholash   va   boshqarish
bilan   bog‘liq   muammolar   borasida   iqtisodiyot   fanining   navbatdagi   inqirozi
muqarrarligi   to‘g‘risidagi   hozirgi   zamon   nufuzli   iqtisodchi   olimlarining   fikri   o‘z
15
  Чжен   В. А.  Хусусийлаштириш асослари. – Тошкент: Иқтисод ва ҳуқуқ дунёси, 1996. –  B . 154.
16
  Хамдамов Қ. С. Мулкни давлат тасарруфидан чиқариш ва хусусийлаштириш.  – Тошкент, 1994. – В. 4 3 .
13 tasdig‘ini   topdi.   Zero,   bu   inqiroz   2008   yilda   butun   jahon   moliyaviy-iqtisodiy
inqirozi (JMII) sabab va saboqlari sharoitlarida ayniqsa, alohida namoyon bo‘ldi 17
.
Uchinchidan: jamiyat, huquq, siyosat va iqtisodiyot sohalari amaliyotlarining
o‘zaro uyg £
unlikda tez sur’atlar bilan takomil lashib borishi mulk (mulk huquqlari),
ne’mat   (boylik)   nazariyasini   hamda   u   bilan   bog‘liq   qiymat,   narx,   qimmat,   naf
nazariyalarini   ham   mos   ravishda   o‘zaro   bog‘liqlikda   takomillashib   borishini,
umuman   olgan,   zamonaviy   mulkiy   munosabatlarda   bu   kategoriyalar   mazmun-
mohiyatini   bir   birga   bog‘liqlikda   kompleks   ravishda   ochib   berish   imkonini
beruvchi   yangicha   qarashni,   taqozo   etadi.   Bunda   inson   sivilizatsiyasining   ushbu
sohalar uyg‘unlashuvi doirasidagi mulkiy munosabatlar tajribasini yillar davomida
boyishi, bunda mulkdorlaming qiziqishlari kengayib, maqsadlari va faoliyat turlari,
ehtiyojlari   ortib,   manfaatlari   tobora   o‘sib,   ularning   xaq-huquqlari   borgan   sari
mustahkamlanib va ta’minlanib borishi muhim omillar sifatida qaraladi 18
.
To‘rtinchidan: zamonaviy mulkchilik tizimi turli xil va shakllardagi, xilma-xil
jihat, qirra, xossa, ko‘rsatkich, bozorlar va funksiyalarga hamda qo‘sh tabiatga ega
zamonaviy   mulkning   mazmun   mohiyatiga   mos   ravishda   shakllangan.   Zamonaviy
mulk   hozirda   o‘z   mulkdori   (NM)   uchun   iqtisodiy   ta’minlangan,   yuridik
konstruksiyaga   ega   nafli   ne’mat   (N)   sifatida   namoyon   bo‘lgan   va   o‘zida   turli
axborotni   mujassamlashtiruvchi   murakkab   substansiya   mazmunida   qabul
qilingan 19
.
Bunda   mulkdor   (NM)   instinktiv   nafs   omili   yetakchiligida   sotsiumda   ongli
ravishda   nafli   (o‘zi   uchun   manfaatli,   foydali)   faoliyat   hisobiga   hayot   ko‘radi   va
mulkiy munosabatlar subyekti hisoblanadi. Zero, falsafiy nuqtayi nazardan, yorug‘
dunyoda maqsadli  orzu-havassiz, nafli ne’mat xohish-istagisiz mulkdor insonning
o‘zi   bo‘lmagan.   Chunki,   bu   dunyoning   jonli   va   jonsiz   materiyasi   benafs
yaratilmagan,   ularning   nafsi   bir-biriga   bog‘liq   yaratilgan!   Demak,   mulkdor
o‘zining   nafsiga   va   manfaatiga   mos   qiymatli   va   narxli   ne’matga   ega   (mulkdor)
17
  Ўзбекистон   Республикасининг      хусусийлаштириш    ,   монополиядан   чи    қ   ариш   ва   ра    қ   обатни   ривожлантириш   
давлат     қ   ўмитасини ташкил этиш тў    ғ   рисида: 2012 йил, 13 ноябрь    .
18
  Чжен   В. А.  Хусусийлаштириш асослари. – Тошкент: Иқтисод ва ҳуқуқ дунёси, 1996. – B. 163.
19
  Чжен   В. А.  Хусусийлаштириш асослари. – Тошкент: Иқтисод ва ҳуқуқ дунёси, 1996. – B. 164.
14 bo‘ladi   degan   prinsip   (tamoyil)   o‘rinli.   Bu   tamoyil   negizida   o‘z-o‘zidan
mulkdorning   manfaatli   nafsi   va   unga   mos   manfaat   beruvchi   boylik   sifatidagi
ne’mat(mulkiy   huquq)ni   o‘zaro   ekvivalent   kategoriyalar   deb   qabul   qilishimiz
mumkin bo‘ladi 20
. 
Zero,   bunda   boylikning   qimmati,   qiymati   va   narxisiz   manfaatni   o‘lchab
bo‘lmaydi.   Ushbu   hayotiy-falsaliy   aksiomaga   ko‘ra,   ne’mat   (qimmat,   qiymat   va
narxga   ega   mulkiy   huquqlar   sifatidagi   boylik),   huquqiy   va   iqtisodiy   ta’minoti
vujudga   kelishining   umumiy   manbayi   NM   bo‘lsada,   lekin   bulaming   barchasini
umumiy   sababchisi   nafs   va   unga   mos   manfaatlami   hajmini   ifodalovchi   qiymat,
narx va qimmat kategoriyalaridir. Shu munosabat bilan, zamonaviy mulk fuqarolik
huquqlar   obyektlari   (FHO)   sifatida   mulkiy   munosabatlarni   ta’minlovchi
mulkchilik   tizimining   mulk   qiymatini   baholash   xizmatlari   bozori   (MQBXB)   va
mulk bozori (MB) obyektlari bo‘ladi 21
. 
Beshinchidan:   jahondagi   zamonaviy   mulkchilik   tizimi   modellari   uning
tarkibiy   qismlarining   o‘zaro   o‘zviy   bog‘liqlikda   yaxlit   murakkab   dinamik   tizim
sifatida   yuqori   darajada   tashkillashgan   faoliyatini   taqozo   etmoqda.   Bunda
mulkchilik   tizimning   tarkibiy   qismlari   bo‘lgan   mulkdorlik   institutlari,   ularning
mulkiy   (kompleks   ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy)   munosabatlari   uchun
mulk   turlari   bilan   bog‘liq   professional   xizmatlar   bozori   va   mulk   narxi
shakllanuvchi mulk bozori faoliyatlari samaradorligiga hamda davlatning samarali
regulyativ   siyosatiga   erishish   dunyoning   barcha   mamlakatlari   ijtimoiy-iqisodiy
rivojlanishida   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Zero,   davlatning   iqtisodiy   sohada
yuritayotgan   siyosatining   unumdorligi   xususiy   mulkchilik   munosabatlarining
samaradorligiga   bevosita   bog‘liq.   Mazkur   iqtisodiy   jarayonda   xususiy   mulkchilik
tizimi   biznes   faolligi   samarasini   belgilaydi 22
.   Mana   shunday   sharoitda   barqaror
iqtisodiy rivojlanish va aholi farovonligi faqat ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy
20
  Хамдамов Қ. С. Мулкни давлат тасарруфидан чиқариш ва хусусийлаштириш. – Тошкент, 1994. – В. 44.
21
  Чжен   В. А.  Хусусийлаштириш асослари. – Тошкент: Иқтисод ва ҳуқуқ дунёси, 1996. – B. 165.
22
  Эрнандо   Де   Сото.   Загадка   капитала.   Почему   капитализм   торжествует   на   Западе   и   терпит   поражение   во
всем остальном мире./Пер. с англ.- М.: ЗАО Олимп-Бизнес 2001 - 272 с.
15 sohalari   uyg‘unligi   (integratsiyasi)ni   samarali   umumlashtirib   turuvchi   mulkchilik
tizimi shart sharoitlarida erishiladi.
Zamonaviy mulkchilik tizimining kompleks o‘rganilishi maqsadida turli xil va
shakllardagi   informatsion   mulkiy   munosabatlarni   kompleks   tarzda   tizimli   tadqiq
etish imkonini beruvchi ko‘p o‘lchamli fanlararo fazoviy yangi shaklga o‘tishning
zaruriy   muhimligi   to‘liq   idrok   etilishi   tabiiydir.   Bunday   shaklning   hozirgi
zamondagi  asoslari   yetarlicha  ishlab  chiqilgan,  kelajak   uchun  oqibatlari   ijobiy  va
samarali deb baholanishi mumkin 23
. 
Bunday   fazo   ushbu   tizim   atributlari   mazmun   mohiyatiga   mos   ravishda   turli
fanlaming   intellektual   ishlanmalarini   tizimli   yondashuvni   qo‘llovchi   IIS   qoidalari
doirasida   samarali   garmonizatsiya   (integratsiya)   qilish   g‘oyasiga   asoslanuvchi
zamonaviy   mulk   to‘g‘risidagi   multifan   nazariyasini   maqsadga   muvofiqligini
bildiradi 24
.
Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida  O‘zbekistonda mulkchilik tizimini
rivojlanishining   fundamental   asoslarining   mahalliy   va   milliy   xususiyatlari   jahon
standartlari   va   andozalari   asosida   shakllandi.   Mazkur   shakllangan   tizim
mamlakatdagi   iqtisodiy,   ijtimoiy   va   huquqiy   munosabatlar   bilan   uyg’un   ravishda
rivojlandi.
O‘zbekiston   Respublikasida   shakllanayotgan   mulkchilik   munosabatlari   uzoq
vaqtlardan   buyon   boshqarib   kelingan   yakka   tartibdagi   xususiy   mulkchilik   inkor
qilingan   jamiyatdan   tarixiy   nuqtai   nazardan   mustaqillikning   ilk   yillarida   haqiqiy
iqtisodiy o‘zgarishlardan biri sifatida mamlakat iqtisodiy hayotiga kirib keldi. 
1.2.  O‘zbekistonda mulkchilik tizimi shakllanishining bosqichlari va
xususiyatlari
23
  Хамдамов Қ. С. Мулкни давлат тасарруфидан чиқариш ва хусусийлаштириш. – Тошкент, 1994. – В. 44.
24
  Аҳмедов О.  Хусусийлаштириш жараёни: муаммо ва ечимлар. – Тошкент: Akademiya, 2005. – В. 1 4 .
16 Tarixdan   ma’lumki,   jamiyatda   istalgan   tizimni   faoliyat   mexanizmini
belgilovchi   meyoriy-huquqiy   bazasi   mavjuddir.   Xuddi   shunday   mulkchilik
tizimining   ham   faoliyat   muxanizmini   belgilovchi   va   tartibga   solib   turuvchi
me’yoriy-huquqiy bazasi mavjud.
O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik tizimi va undagi munosabatlar, bozor
infratuzilmasi,   baholash   va   rieltorlik   faoliyatlari   rivojiga   ham   katta   ahamiyat
berilgan.   Masalan,   “O‘zbekiston   Respublikasi   2009-2015-yillar   davrida   baholash
faoliyatini   rivojlantirishning   asosiy   yo‘nalishlari”   nomli   dastur   choralari   hamda
2008-yil   24   aprelda   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “Baholovchi
tashkilotlar   faoliyatini   yanada   takomillashtirish   va   ko‘rsatilayotgan   xizmatlar
sifatini   va   ularning   mas’uliyatini   oshirish   to‘g‘risida”gi 25
  №   843-sonli   Qarori
talablariga mos ravishda ishlab chiqilib amalga oshiriliyotgani fikrimizning yaqqol
isboti desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Iqtisodiy masalalar o‘rganilgan va tahlil qilingan tadqiqotlarda keltirilganidek
davlat   mulkini   xususiylashtirish   va   buning   natijasida   mulkchilik   munosabatlari
jamiyatda iqtisodiy munosabatlar tarkibini o‘zida mujassam qilgan. Davlat mulkini
xususiylashtirish   mazmunan   huquqiy   va   iqtisodiy   o‘zaro   bog‘liq.   Davlat   mulkini
xususiylashtirish   yo‘nalishida   kata   qadamlar   tashlayotgan   O‘zbekistonda   mazkur
sohaning ham iqtisodiy ham yuridik poydevorlari normativ-huquqiy hujjatlar bilan
mustahkamlandi.   Ya’ni,   davlat   xususiylashtirish   jarayonida   mulk   egalarini   ham
iqtisodiy ham huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi 26
.
Shuningdek,   mamlakatda   davlat   mulkini   xususiylashtirish   va   uning   asosida
shakllangan   xususiy   mulk   barcha   huquqiy   normalarda   mulkchilikning   iqtisodiy
tamoyillariga   nisbatan   faqat   bo‘ysunuvchi   fazifasini   bajarmaydi.   Ya’ni,   davlat
mulkini   xususiylashtirish   jarayonlarining   tashkil   etilishidan   boshlangan   dastlabki
25
  O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “Baholovchi   tashkilotlar   faoliyatini   yanada   takomillashtirish   va
ko‘rsatilayotgan   xizmatlar   sifatini   va   ularning   mas’uliyatini   oshirish   to‘g‘risida”gi   Qarori .   https :// lex . uz / ru / docs /-
1347811.
26
  Shodmonov   Sh . Sh .,  G ‘ afurov   U . V .  Iqtisodiyot   nazariyasi . –  Toshkent :  Fan   va   texnologiya , 2005. –  B . 96.
17 qadamlardan tortib xususiy mulkning shakllanishi to‘liq davlatning himoyasi bilan
belgilanadi 27
.
Huquqiy   normalar,   bir   tomondan,   aynan   mulkchilik   munosabatlarini
muhofaza   qilish   zarurati   bilan   bog‘liq   holda   vujudga   kelsa,   boshqa   tomondan   u
tovar ishlab chiqarish sharoitida mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishda g‘oyat
muhim   rol   o‘ynaydi.   Bu   rol   shunda   ko‘rinadiki,   tovar   xo‘jaligi   sharoitida   ayrim
ijtimoiy   qatlamlar   ishlab   chiqarish   jarayonida   qatnashmasdan,   ayirboshlash
munosabatlarida   ishtirok   etib   (masalan,   savdo   vositachilari)   mulkdorga   aylanish
imkoniyati paydo bo‘ladi.
Shunday   qilib,   mulkchilikning   huquqiy   normalari,   birinchidan,   ishlab
chiqarish   vositalari   va   yaratilgan   moddiy   ne’matlarning   muayyan   shaxslarga
(huquqiy   yoki   jismoniy)   tegishli   ekanligini,   ikkinchidan,   mulk   egalarining   qonun
bilan   qo‘riqlanadigan   vakolatlarini   va   nihoyat,   uchinchidan   mol-mulkni   himoya
qilish usullarini belgilab beradi 28
.
Bozor   munosabatlariga   o‘tishning   asosiy   sharti   ko‘p   ukladli   iqtisodiyotni   va
raqobatlashuvchi muhitni shakllantirish uchun shart-sharoitini vujudga keltirishdan
iborat. Bunda asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir. 
Bozor   iqtisodiyotini   vujudga   keltirish   vazifasi   o‘tish   davrida   mulkchilikda
davlat   sektorining   salmog‘i   ancha   yuqori   bo‘lgan   mamlakatlarda   bu   mulkning
ma’lum  qismini davlat  tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni  taqozo qiladi.
Shunga   ko‘ra,   O‘zbekistonda   ham   mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va
xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib, «Davlat
tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish   to‘g‘risida»gi   Qonunida   (1991   yil   19
noyabr) quyidagicha ta’rif berildi 29
:
Davlat   tasarrufidan   chiqarish   -   davlat   korxonalarini   hamda   tashkilotlarini
jamoa,   ijara   korxonalariga,   aksiyali   jamiyatlarga,   mas’uliyati   cheklangan
27
  Мадиёров Б.  Адолат ва шаффофликни таъминлаш - бош мезон  // Фарғона ҳақиқати. 2020 йил, 31-октабрь
28
 Аҳмедов О.  Хусусийлаштириш жараёни: муаммо ва ечимлар. – Тошкент: Akademiya, 2005. – В. 16.
29
  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori, 19.11.1991 yildagi 426-XII-son Qarori. https://lex.uz/docs/-
136602.
18 jamiyatlarga,   davlatga   qarashli   mulk   bo‘lmaydigan   boshqa   korxonalar   va
tashkilotlarga aylantirildi 30
.
Xususiylashtirish   fuqarolarning   va   davlatga   taalluqli   bo‘lmagan   yuridik
shaxslarning   davlat   mulki   ob’yektlarini   yoki   davlat   aksiyali   jamiyatlarining
aksiyalarini   davlatdan   sotib   olishidir.  
Bundan   ko‘rinadiki,   mulkni   davlat
tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga qaraganda ancha keng tushuncha.
Xususiylashtirish   -   davlat   mulkiga   egalik   huquqining   davlatdan   xususiy
shaxslarga   o‘tishidir 31
.   Mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   xususiylashiirishdan
tashqari,   bu   mulk   hisobidan   boshqa   nodavlat   mulk   shakllarining   vujudga
keltirishni   ham   ko‘zda   tutadi.   U   bir   qator   yo‘llar   bilan   amalga   oshiriladi:   davlat
korxonalarini   hissadorlik   jamiyatiga   aylantirish,   davlat   korxonasini   sotib,   uni
jamoa   mulkiga   aylantirish;   mulkni   qiymatga   qarab   chiqarilgan   cheklar   (vaucher)
bo‘yicha   fuqarolarga   bepul   berish;   mulkni   ayrim   tadbirkor   va   ish
boshqaruvchilarga sotish; ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga
sotish   yoki   qarz   hisobiga   berish;   davlat   mol-mulkini   auksionlarda   kim   oshdi
savdosi orqali sotish va h.k 32
.
Xususiylashtirishning   usullari   ham   turli-tuman   bo‘lib,   ularni   3   guruhga
ajratish mumkin: 
1) davlat mulkini bepul bo‘lib berish orqali xususiylashtirish; 
2) davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish;
3)   davlat   mulkini   bepul   bo‘lib   berish   hamda   sotishni   uyg‘unlashtirish   orqali
xususiylashtirish 33
.
Bu sanab o‘tilgan usullarni amalga oshirishning aniq shakllarini 3-rasm orqali
ifodalash mumkin 34
. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning
ko‘rsatib   o‘tilgan   yo‘llari   hamda   usullaridan   qaysi   birini   tanlash   undan   kutilgan
maqsadga   bog‘liq.   Masalan,   Rossiyada   davlat   mulkini   vaucher   orqali   bepul
30
  Azimova   T.A.   O‘zbekistonda   mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish   maqsadi,   yo’llari   va
usullari // “PEDAGOGS”  international research journal. Volume-19, Issue-1, October- 2022. – B. 31.
31
 Shodmonov Sh.Sh., G‘afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2005. – B. 111.
32
  Чжен   В. А.  Хусусийлаштириш асослари. – Тошкент: Иқтисод ва ҳуқуқ дунёси, 1996. – B. 178.
33
 Shodmonov Sh.Sh., G‘afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2005. – B. 96.
34
 Аҳмедов О.  Хусусийлаштириш жараёни: муаммо ва ечимлар. – Тошкент: Akademiya, 2005. – В. 18.
19 taqsimlash   usuli   qo‘llanildi.   Bundan   ommaviy   xususiylashtirishdan   ko‘zlangan
maqsad qisqa muddat  ichida cheklar  bozorini  joriy etish hisobiga mulkdorlarning
g‘oyat   keng   qatlamini   vujudga   keltirishdan   iborat   edi.   Agar   tadbirkorlikni
rag‘batlantirish   ko‘zda   tutilsa,   xususiylashtirish   tanlab   olingan   ozchilik   o‘rtasida
o‘tkaziladi. Agar xususiylashtirish chetdan kapitalning kirib kelishiga, yo‘l ochishi
zarur   bo‘lsa,   davlat   mulkini   xorijiy   tadbirkorlarga   berish   shaklida   amalga
oshiriladi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishda ayrim usullarga ustuvorlik berish
boshqa usullarni qo‘llashni  rad etmaydi, aksincha, ularni ham  qo‘llash zarurligini
bildirdi 35
. 
Masalan, korxona jamoasiga ustunlik berilib, davlat mulkini aksiyalashtirish,
bu aksiyalarni sotib olishda shu jamoadan tashqari kishilar va chet el kapitalining
ishtirok etishi ham bo‘lishi mumkin. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish sharoitga
qarab   pulli,   pulsiz   yoki   imtiyozli   tarzda   o‘tkazildi.   O‘z   shakli   va   usulidan   qat’i
nazar   bu   tadbir   xilma-xil   mulkchilikni   vujudga   keltirishni   ta’minlaydi,   chunki
davlat mulki hisobidan nodavlat mulkining barcha shakllari va turlari rivojlandi.
Mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish   mulkchilikning
rivojlanishiga   to‘sqinlik   qilayotgan   davlatning   monopol   hukmronligiga   chek
qo‘yib, jamiyatda faollik ko‘rsatayotgan erkin tadbirkorlik tashabbusaga keng yo‘l
va   imkoniyatlar   ochib   berishdan   iborat.   Aslida   xususiylashtirish   iqtisodiyotning
davlat   zimmasidan   soqit   qilish   yo‘llaridan   biri   bo‘lib,   davlat   mulkini   ma’lum
darajada   haqiqiy   egalari   -   fuqarolarga   berish   demakdir.   Ko‘pincha
xususiylashtirish   -   bu   davlat   mulkini   ishlovchilarga   berish,   deb   talqin   qilinadi.
Aslida   mamlakatning   barcha   aholisiga   davlat   mulkini   bo‘lib   berib   bo‘lmaydi,
bunda  aholining   hammasi   mulkka  ega   bo‘lib,  ishlab   chiqarishni   tashkil   etish,   uni
boshqarish   ishlab   chiqarish   hamda   mahsulotni   ayirboshlash   kabi   mashaqqatli
ishlarni o‘z zimmasiga olavermaydi 36
.
35
  Azimova   T.A.   O‘zbekistonda   mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish   maqsadi,   yo’llari   va
usullari // “PEDAGOGS”  international research journal. Volume-19, Issue-1, October- 2022. – B. 31.
36
 Аҳмедов О.  Хусусийлаштириш жараёни: муаммо ва ечимлар. – Тошкент: Akademiya, 2005. – В. 19.
20 Xususiylashtirish   natijasida   aholi   orasida   ijtimoiy   jihatdan   tabaqalanish   yuz
beradi   va   kishilarning   bajargan   ishiga   qarab   oladigan   haqi   turlicha   bo‘lib,
aholining   daromadlarida   ham   tabaqalanish   yuz   beradi 37
.   Kishilar   turli   sohalarda,
masalan,   biznesda   turli   shakllardagi   mulkka   ega   bo‘lib,   aksiua   sotib   olish   va
korxona   mulkida   o‘z   hissalarini   oshirib   borishga   harakat   qiladilar.
Xususiylashtirishni   amalga   oshirish   uchun   davlat   mulkini   xususiylashtirishning
keng ko‘lami dasturini ishlab chiqarish zarur 38
.
37
 Shodmonov Sh.Sh., G‘afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2005. – B. 112.
38
 Xusainov R.R. Xususiylashtiriash, milliylashtirish va davlat-xususiy sherikchiligi. – Toshkent: Fan ziyosi, 2022. –
B. 23.
21 2-rasm. Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari 39
Davlat   mulkini   uning   tasarrufidan   chiqansh   jarayonida,   avvalombor,
xususiylashtirish   yo‘li   bilan   yaxshi   iqtisodiy   natijalarga   erishgan   mamlakatlar
tajribasidan   to‘laroq   foydalanish   va   ular   yo‘l   qo‘ygan   xatolar   takrorlanmasligi
kerakki, bu bilan bozor iqtisodiyotining rivojlanishini ta’minlashi mumkin.
39
 T.Jo‘rayev, D.Tojiboyeva “Iqtisodiyot nazariyasi” Toshkent “Iqtisod-Moliya” 2012yil
22 Huquqiy   jihatdan   xususiylashtirilgan   barcha   korxonalarga   erkin   iqtisodiy
xo‘jalik   yuritish   huquqi   berilishi   va   davlat   sektori   bilan   teng   imkoniyatlarga   ega
bo‘lishi   kerak.   Davlat   sektoriga   nisbatan   bu   korxonalarga   soliqlarni   birmuncha
kamaytirish va ayrimlarini ma’lum muddatga soliqdan ozod qilish zarur 40
.
Xususiylashtirish   orqali   korxonalar   davlat   tasarrufidan   chiqarilib,   ma’lum
jamoa va shaxslarga  sotilgandan keyin faoliyatlarini bozorning shafqatsiz raqobat
qonunlari   asosida   tashkil   etdi.   Bozor   korxonalarining   yashovchanligini   va   ularni
doimo raqobat kurashida o‘z manfaatlarini himoya qilishga majbur etadi. Mabodo
korxona   raqobat   kurashiga   dosh   berolmay   sinsa,   oldingi   davrdagidek   davlat
byudjetidan   mablag‘   hisobiga   uni   saqlab   qolish   hollariga   xususiylashtirish   orqali
barham berildi 41
.
Xususiylashtirish   mulkning   bir   shaklidan   ikkinchi   shakliga   o‘tishni   aks
ettirmasligi   kerak,   balki   xususiylashtirish   oldiga   qo‘yilgan   vazifa   katta   bo‘lib,
ya’ni  xususiylashtirish  orqali  avvalo barcha sohani  o‘z qaramog‘ida turli uslublar
orqali   birlashtirib   turgan   davlat   hukmronligini   iqtisoddan   ajralish   uchun   bir
qanchatadbirlarni   ishlab   chiqish   kerak   bo‘ldi.   Davlat   korxonalarini
xususiylashtirish   bu   mulkchilikning   rivojlanishiga,   uning   yangi   bosqichiga
o‘tishiga   bo‘lgan   talabidan   kelib   chiqadigan   bir   jarayondir.   Xususiylashtirishning
rivojlanishini   ta’minlaydigan   muhim   omillardan   biri   –   bu   ishlab   chiqaruvchilar
hamda   tadbirkorlarning   tashabbusi,   ularning   ishlab   chiqarishdagi   faolligi   hamda
ishbilarmonligidir 42
. 
Davlat   mulkini   xususiylaslitirish   natijasida   hokimiyat   va   ishlab   chiqarish
sohalariga   yangi   ishbilamionlar,   aholining   faol   qismi   jalb   etiladi   va   mulkiy
munosabatlarni   rivojlantirishdan   hamda   mulk   shakllarini   takomillashtirishdan
aholining   shu   qismi   manfaatdorgina   bo‘lib   qolmay,   balki   o‘rta   va   quyi   ijtimoiy
qatlamni   ham   mulkiy   munosabatlarni   takomillashtirishdan   manfaatdor   qiladi.
40
 Shodmonov Sh., Raxmatov M. Iqtisodiyot nazariyasi: Darslik. – T:   Zamin   nashr, 2021 . – B. 149.
41
 Xusainov R.R. Xususiylashtiriash, milliylashtirish va davlat-xususiy sherikchiligi. – Toshkent: Fan ziyosi, 2022. –
B. 27.
42
  Хусусийлашириш  жараёни   очиқ   -  ошкора  ўтишида  парламент  масьулиги   ортади  //   Халқ  сўзи,  2020  йил.
№229.
23 Davlat mulkini xususiylaslitirish siyosati mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlarini,
mahalliy   va   milliy   sharoitlarni,   urf-odatlarni   hisobga   olgan   holda   olib   borilishini
ko‘zda tutdi 43
.
Davlatlashtirishdan qaytishning muhim yo‘nalishlari bu ijara munosabatlarini
rivojlantirish va aksionerlik mulkini shakllantirish hisoblanadi. Bu jarayon ma’lum
tadbirlarga   rioya   qilingan   holda   olib   borilishi   lozim,   bu   avvalo,   ixtiyoriylik
asosida,  oshkoralik hamda jamoatchilikning umum  ishtirokida amalga oshirilib, u
mehnat   jamoalarining   iqtisodiy   manfaatiga,   davlat   manfaatlariga   putur
yetkazmasligi,   shu   bilan   birga   iste’molchilar   manfaatlariga   ham   zid   bo‘lmasligi
zarur.   Bu   holda   mahsulot   hajmi,   sifati   va   mehnat   unumdorligini   oshirish,   ishlab
chiqarishni   boshqarishni   yaxshi   tashkil   etish,   mavjud   moddiy   texnika,   moliyaviy
va   mehnat   resurslaridan,   fan   va   texnika   yutuqlari,   yangi   texnologiyadan   samarali
foydalanish,   tovar   ishlab   chiqarishni   ko‘paytirish   hisobiga   bozorda   narxlarning
pasayishiga erishish yo‘li bilan aholining moddiy farovonligning oshishiga erishish
talab etildi 44
.
Mamlakatimizda amalga oshirilgan xususiyiashtirish  jarayonining o‘ziga xos
jihati – bu uning bosqichma-bosqich olib borilganligidir.
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq mulkchilikning
hamma shakllari  teng huquqli ekanligi  konstitutsion tarzda e’tirof etildi  va davlat
mulki   monopolizmini   tugatish   hamda   bu   mulkni   xususiyiashtirish   hisobiga   ko‘p
ukladli   iqtisodiyotni   real   shakllantirish   vazifasi   qo‘yildi.   Avvalo,   mulkchilikning
turli   xil   shakllari   qaror   topishi   uchun   teng   huquqiy   normalar   va   amal   qilish
mexanizmlari yaratildi 45
.
O‘zbekiston   Respublikasida   davlat   mulkini   xususiylashtirish   davlat   ustuvor
siyosatining muhim vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan dasturlarga muvofiq
43
 Xusainov R.R. Xususiylashtiriash, milliylashtirish va davlat-xususiy sherikchiligi. – Toshkent: Fan ziyosi, 2022. –
B. 27.
44
  Хусусийлашириш  жараёни   очиқ   -  ошкора  ўтишида  парламент  масьулиги   ортади  //   Халқ  сўзи,  2020  йил.
№229.
45
 Shodmonov Sh., Raxmatov M. Iqtisodiyot nazariyasi: Darslik. – T: Zamin nashr, 2021. – B. 153.
24 olib boriladi. Tadqiqotchi R.R.Xusainovning 2022 yilda e’lon qilingan tadqiqotida
O‘zbekistonda xususiylashtirishning quyidagi bosqichlari sanab o‘tiladi. 
Tayyorgarlik   bosqichi   (1990-1991)   O‘zbekiston   sharoitlari   uchun   maqbul
bo‘lgan   xususiylashtirishning   yondashuvlari,   shakllari   va   usullari   o‘rganildi.
Dastlabki   normativ-huquqiy   hujjatlar   qabul   qilinib   keyinchalik   ular   mulkiy
munosabatlarni   o‘zgartirishning   huquqiy   asoslari   bo‘lib   xizmat   qildi.   Birinchi
bosqich   1991-1993-yillarda   mamlakatimizda   davlat   mulkini   xususiylashtirishning
“kichik”   bosqichini   amalga   oshirishga   kirishildi.   “Kichik”   bosqichda   davlat
mulkini   xususiylashtirish   tadbirlari   umumiy   uy-joy   fondlari,   savdo,   mahalliy
sanoat,   xizmat   ko‘rsatish   korxonalarini   hamda   qishloq   xo‘jalik   mahsulotlarini
qayta ishlash tizimini sotish orqali xususiylashtirishni nazarda tutdi 46
. 
Yengil,   mahalliy   sanoatga,   transport   va   qurilishga,   boshqa   tarmoqlarga
qarashli   ayrim   o‘rta   va   yirik   korxonalar   keyinchalik   sotib   olinish   huquqi   bilan
ko‘proq   ijra   korxonalariga,   jamoa   korxonalariga,   yopiq   turdagi   aksionerlik
jamiyatlariga   aylantirildi.   Aksiyalarning   nazorat   paketi   davlat   ixtiyorida   saqlab
qolindi.
Xususiylashtirishning birinchi bosqichida davlat xalq xo‘jaligining iqtisodiy
jihatdan   samarasiz   bo‘lgan,   biroq   butun   mamlakatning   iqtisodiy   taraqqiyotida
muhim   rol   o‘ynaydigan   ayrim   sektotlarini,   ayrim   korxonalarni   saqlab   turishni   va
mablag‘ bilan ta’minlash vazifalarini o‘z zimmasiga oldi 47
.
Iqtisodiy   islohotlarni   amalga   oshirishning   birinchi   bosqichi   natijasida   kichik
xususiylashtirish   amalda   tugallandi,   davlat   mulkini   boshqarish   va   uni
mulkchilikning   boshqa   shakllariga   aylantirish   uchun   kerak   bo‘lgan   muassasalar
tizimi vujudga keltirildi.
Savdo,   aholiga   maishiy   xizmat   ko‘rsatish,   mahalliy   sanoat   korxonalari
xususiy   va   jamoa   mulki   qilib   berildi.   Natijada   1997   yilda   savdo-sotiq   hajmi   va
umumiy   ovqatlanish   yalpi   mahsulotining   95   foizdan   ortiqrog‘i   davlatga   qarashli
46
 Xusainov R.R. Xususiylashtiriash, milliylashtirish va davlat-xususiy sherikchiligi. – Toshkent: Fan ziyosi, 2022. –
B. 16.
47
 Shodmonov Sh.Sh., G‘afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2005. – B. 113.
25 bo‘lmagan   sektorga   to‘g‘ri   keldi.   Uy-joylarni   xususiylashtirish   jarayonida   ilgari
davlat ixtiyorida bo‘lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining
95 foizdan ortiqrog‘i fuqarolarning xususiy mulki bo‘lib qoldi 48
.
Davlat   ijtimoiy   dasturida   belgilab   berilgan   ikkinchi   bosqich   1994-1998
yillarga   to‘g‘ri   keldi.   Bu   bosqichda   ko‘plab   o‘rta   va   yirik   korxonalar   hissadorlik
jamiyatlariga   aylantirildi   hamda   ularning   aksiyalari   respublika   qimmatbaho
qog‘ozlar bozorining asosini tashkil etdi. Davlat mulki hissadorlikka aylantirilishi
bilan bir qatorda kichik xususiy biznes korxonalari qizg‘in tashkil qilindi 49
.
Mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarishning   va   xususiylashtirishning   bu
bosqichda ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini
tanlov   asosida   hamda   kim   oshdi   savdosida   sotish   amaliyotga   joriy   qilindi.
Ko‘chmas mulk va qimmatli qog‘ozlar bozorining yangi muassasalari barpo etildi.
Mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirishdan   keladigan
samara   ikki   yoqlama   tavsifga   ega.   Bir   tomondan,   u   aholining   bo‘sh   turgan
mablag‘larini   o‘ziga   jalb   qilib,   ularning   bozorga   taziqini   pasaytiradi.   Ikkinchi
tomondan,   yangi   mablag‘larni   ishlab   chiqarishga   jalb   etish   va   tovar   ishlab
chiqaruvchilar   o‘rtasida   raqobatni   yuzaga   keltirish   uchun   sharoit   yaratadi.   Bu
yerda shuni  ta’kidlash lozimki, xususiylashtirish  iqtisodiyotning davlatga qarashli
bo‘lmagan sektorini shakllantirishning yagona yo‘li emas. Tashabbuskorlik asosida
yakka   tartibdagi   xususiy   mulkchilikka   asoslangan,   shuningdek,   turli   xil
kooperativlar,   shirkatlar,   ma’suliyati   cheklangan   jamiyatlar   ko‘rinishidagi   kichik
va o‘rta korxonalarni tashkil qilish - ikkinchi qudratli jarayon hisoblanadi 50
.
Respublika   iqtisodiyoti   1998   yildan   boshlab   mulkni   davlat   tasarrufidan
chiqarish   va   xususiylashtirishning   uchinchi   bosqichiga   kirdi.   Bu   bosqich   davrida
(1998-2000 yillar) xususiylashtirilmaydigan obyektlar ro‘yxatiga kirmagan barcha
ob’yekt va korxonalar (jami 3146 ta) davlat tasarrufidan chiqarildi 51
.
48
 Аҳмедов О.  Хусусийлаштириш жараёни: муаммо ва ечимлар. – Тошкент: Akademiya, 2005. – В. 34.
49
  Azimova   T.A.   O‘zbekistonda   mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish   maqsadi,   yo’llari   va
usullari // “PEDAGOGS”  international research journal. Volume-19, Issue-1, October- 2022. – B. 33.
50
 Shodmonov Sh.Sh., G‘afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2005. – B. 114.
51
  Azimova   T.A.   O‘zbekistonda   mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish   maqsadi,   yo’llari   va
usullari // “PEDAGOGS”  international research journal. Volume-19, Issue-1, October- 2022. – B. 35.
26 Xususiyiashtirish   jarayonlarining   to‘rtinchi   bosqichi   (2001-2004   yillar)   ning
asosiy   vazifalari   sifatida   davlat   byudjetiga   xususiylashtirishdan   tushgan
mablag‘larni   yo‘naltirish,   xususiylashtirilgan   korxonalarga   xorijiy   investisiyalarni
jalb   etish,   boshqaruv   samaradorligini   oshirish   va   mulkchilikning   yangi
munosabatlarini   to‘laqonli   amal   qilishi   uchun   sharoitlar   yaratish   tadbirlarini
amalga oshirish belgilandi 52
.
O‘zbekiston   Respublikasida   davlat   mulkini   xususiylashtirish   jarayonlarida
2003-yil   24   yanvardagi   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   «O‘zbekiston
iqtisodiyotida   xususiy   sektorning   ulushi   va   ahamiyatini   tubdan   oshirish   chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni 53
 alohida ahaniyatga ega bo‘lgan edi. O‘zbekiston
Respublikasi   hukumati   davlat   mulkini   xususiylashtirish   jarayonida   asosiy
e’tiborini   iqtisodiy   jihatdan   nochor   davlat   korxonalarini   xususiyiashtirish
jarayonini   tezlatish,   shuningdek,   ularda   zamonaviy   modernizasiyalash   va   tizimli
rivojlanish   uchun   investisiyalar   jalb   etishga   qaratgan   edi.   Shuning   uchun   ham
xususiylashtirilgan   davlat   obyektlariga   narx   belgilashning   samarali   mexanizmi
ishlab   chiqildi.   Ushbu   chora-tadbirlar   natijasida   xususiylashtirilgan   korxonalarga
tegishli   bo‘lgan   davlat   aktivlari   boshlang‘ich   narxlari   sekin-asta   pasaytirib   borish
hamda iqtisodiy kambag‘al  korxonalarni va past  qiymatli obyektlarni  nol qiymati
bo‘yicha   tanlov   asosida   investisiya   majburiyatlarini   qabul   qilish   sharti   asosida
sotish tartiblari belgilan.
Davlat mulkini xususiylashtirish islohotlari yillarida ushbu tadbirlarga xorijlik
mulkdorlar qatlamini jalb etishga alohida e’tibor berildi. Shu bilan birgan mazkur
tadbirlar   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   va   hukumati   tomonidan   qabul
qilingan   normative-huquqiy   hujjatlar   asosida   mustahkamlab   qo‘yildi.   Bu   esa
mulkdorlar qatlami va xususiylashtirish jarayoni ishtirokchilarining bevosita davlat
himoyasida   ekanliklarini   ko‘rsatdi.   Unga   muvofiq   xususiylashtirish   jarayonida
52
 Аҳмедов О.  Хусусийлаштириш жараёни: муаммо ва ечимлар. – Тошкент: Akademiya, 2005. – В. 41.
53
  «O‘zbekiston   iqtisodiyotida   xususiy   sektorning   ulushi   va   ahamiyatini   tubdan   oshirish   chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi Farmoni. https://lex.uz/docs/-170083?ONDATE=24.01.2003.
27 to‘g‘ridan-to‘g‘ri   xorijiy   investisiyalarni   jalb   etgan   korxonalar   davlat   tomonidan
belgilangan bir qator soliq va majburiyatlarni to‘lashdan ozod etildi.
Oltinchi   bosqichi   2006-2009-yillarda   amalga   oshrildi.   Xususiylashtirish
jarayonining   muhim   xususiyatlaridan   biri   bu   xususiylashtirish   islohotlariga   keng
miqyosida   xorijiy   investisiyalarning   jalb   qilinishi   bilan   belgilandi.
Xususiylashtirishning   mazkur   bosqichida   xorijiy   mulkdorlarlarning   ishtirok   etishi
O‘zbekiston   tomonining   xorij   sarmoyadorlari   uchun   o‘z   hududida   erkin   faoliyat
olib boorish imkonini taqdim etdi 54
.
2010-yildan   -2016-yilga   qadar   xususiylashtirish   jarayonining   yettinchini
bosqichi   amalga   oshirildi.   Davlat   mulkini   xususiylashtirishning   O‘zbekiston
Respublikasi  hukumati  tomonidan amalga oshirib kelingan  bir  qator  xususiyatlari
keng   dunyo   jamoatchiligini   ham   diqqatini   o‘ziga   tortgan   edi.   Ya’ni,
xususiylashtirish jarayonining manzilli tarzda amalga oshirilishi va uning natijalari
pirovardida   davlat   tomonidan   olib   borilgan   adolatli   ijtimoiy   siyosatning   davlat
mulkini   xususiylashtirish   jarayonidagi   ko‘rinishi   bo‘lib   qoldi.
Xususiylashtirishning mazkur O‘zbekistonga xos xususiyati aholining turli ijtimoiy
qatlamlarida ularning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga sabab bo‘ldi 55
.
O‘zbekiston   Respublikasida   amalga   oshirilayotgan   davlat   mulklarini
xususiylashtirishning   asosiy   xususiyatlaridan   biri   xususiylashtirishning   to‘lov
tizimidir.   Ya’ni   mazkur   holat   dunyo   talab   standartlari   asosida   joriylantirilgan
bo‘lib   O‘zbekiston   Respublikasida   davlat   mulkini   bepul   yoki   hadya   ko‘rinishida
xususiylashtirishga   yo‘l   qo‘yilmasligini   anglatadi.   Davlat   mulkini
xususiylashtirishning   pulni   to‘lov   orqali   amalga   oshirish   tartibi   bir   qator   salbiy
iqtisodiy   jihatlarni   bartaraf   etish   bilan   bir   qatorda   erkin   va   raqobatbardosh
tadbirkorlik muhitining yaratilishi uchun xizmat qiladi 56
.
54
 Xusainov R.R. Xususiylashtiriash, milliylashtirish va davlat-xususiy sherikchiligi. – Toshkent: Fan ziyosi, 2022. –
B. 18.
55
 Shodmonov Sh.Sh., G‘afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2005. – B. 114.
56
 Xusainov R.R. Xususiylashtiriash, milliylashtirish va davlat-xususiy sherikchiligi. – Toshkent: Fan ziyosi, 2022. –
B. 19.
28 Davlat   mulkini   xususiylashtirishning   O‘zbekistonga   xos   xususiyatlaridan
yana   biri   bu   davlat   vositachiligi   va   davlat   nazorati   ostida   xususiylashtirilgan
obyektlarda davlat ijtimoiy muhofazasining amalga oshirilishi bo‘ldi. Ya.ni davlat
ijtimoiy   muhozafasining   xususiylashtirish   jarayonidagi   ko’rinishi
xususiylashtirilgan   obyektlarning   yoki   texnika   vositalarining,   jumladan,   yer
hududlari,   xususiylashtirilgan   ferma   boshqalarning   yuridik   jihatdan   davlat
tomonidan  himoya qili ni sh i da o‘z  aksini  topdi.
29 II  BOB .  XUSUSIYLASHTIRISH  JARAYONINING MAMLAKAT
IQTISODIY HAYOTIDA TUTGAN O‘RNI
2.1.  Davlat mulkini xususiylashtirish tamoyillari va zaruriyati
O‘zbеkistоn   Rеspublikаsining   Dаvlаt   mulk   vа   tаdbirkоrlikni   qo‘llаb-
quvvаtlаsh   qo‘mitаsi   mаmlаkаtimiz   хukumаti   bilаn   birgаlikdа
хususiylаshtirishning   strаtеgiyasi   vа   tаktikаsini   bеlgilb   chiqdi.
Хususiylаshtirishning   iqtisоdiy   mоhiyati   mulkkа   еgаlik   хuquqiy   dаvlаtdаn
yangitdаn   tiklаnаyotgаn   turli   mulkchilik   shаkllаridаn   kоrхоnаlаr,   muаssаsаlаr   vа
аyrim   shахslаrgа   еgаlik   qilish   huquqini   bеlgilаnishini,   hаmdа   dаvlаt   tоmоnidаn
хususiy   sеktоrlаrgа   dаvlаtning   хizmаt   ko‘rsаtishini   chеklаnishi   yoki   хususiy
tаshаbbuskоrliklаri uchun kеng–kеng imkоniyatlаr bеrilishi, ijtimоiy хimоyalаshni
kаfоlаtlаshni   kuchаytirish   vа     bоshqаlаr,     umumаn,   dаvlаtgа   tеgishli   bo‘lmаgаn
nоdаvlаt   sеktоrlаrning   mеhnаt   fаоliyatlаridа   qаtnshuvini   qisqаrtirish,   ilgаri
dаvlаtgа   qаrаshli   bo‘lmаgаn,   хususiy   sеktоrlаrni,   tаdbirkоrlik   fаоliyatlаrini
rivоjlаntirishdа   suniy   rаvishdа   chеklаb   kеlgаn   yuridik   vа   tаshkiliy   to‘siqlаrning
qаtьiy   qisqаrtirilishi   vа   bоshqаlаr   bilаn   izоhlаsh   mumkin.   H оzirgi   dаvrgаchа
dаvlаtgа   tеgishli   bo‘lmаgаn   nоdаvlаt   sеktоrlаrini   bаrpо   еtish   ko‘prоq   dаvlаt
mulkini uning tаsаrrufidаn chiqаrish vа хususiylаshtirish хisоbigа аmаlgа оshirilib
kеlinmоqdа.   «Dаvlаt   –   Хususiylаshtiruvchi   -   Dаvlаt   tаshkilоtlаri»   uchligigа
birlаshuvchi   sеktоrlаr   I   blоkni   tаshkil   еtаdi.   Ushbu   blоk   хususiylаshtirish
jаrаyonimuhitining bоzоr ishlаb chiqаrish аspеktini ifоdа еtаdi 57
.
Оdаmlаrning   аsrlаr   mоbаynidа   misqоllаb   tеrib   to‘plаgаn   mоddiy   vа
mа’nаviy   bоyliklаrini   bir   to‘pоlоn   bilаn   dаvlаt   mulkigа,   оdаmlаrni   еsа   mеhnаt
vоsitаsigа,   ishlаb   chiqаruvchi   kuchlаrgа   аylаntirib   qo‘ydi.   Hаr   bir   kishining   o‘z
yarаtuvchilik   qоbiliyatini   ko‘rsаtа   оlish,   tаdbirkоrlik   vа   хususiy   mulkni
rivоjlаntirish   аsоsidа   mеhnаtgа   munоsаbаtini   tubdаn   o‘zgаrtirish,   kishilаr   оngidа
o‘rnаshib   qоlgаn   bоqimаndаlik   illаtlаrigа   bаrhаm   bеrish   аnchа   vаqt   tаlаb
еtmоqdа 58
.
57
 Shodmonov Sh.Sh., G‘afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2005. – B. 115.
58
. Ўзбекистоннинг янги тарихи. 3-китоб. Миллий истиқлол даври. Т.Шарқ., 2000. 329-б.
30 Mаnа   еndi   insоn   hаq-huquqlаri   to‘lа   tiklаngаn   vа   hаr   tоmоnlаmа
kаfоlаtlаngаn   jаmiyat   qurаyotgаn   bir   pаytimizdа   yaqin   o‘tmishimiz   аsоrаtlаridаn
qutilish   bаrоbаridа   mаmlаkаtimiz   iqtisоdiyotidа   yangichа   аmаliyotlаr   hаyotgа
tаdbiq   еtib   bоrilmоqdа.   Dаvlаtimiz   o‘z   mustаqilligigа   еrishgаch   bоzоr
iqtisоdiyotigа   аsоslаngаn   huquqiy   dаvlаt,   dеmоkrаtik,   аdоlаtli   jаmiyat   qurishgа
kirishdi.   O‘zbеkistоn   Rеspublikаsining   Birinchi   Prеzidеnti   I.А.Kаrimоv   o‘zining
“O‘zbеkistоn iqtisоdiy islоhоtlаrni chuqurlаshtirish yo‘lidа” nоmli kitоbidа kеltirib
o‘tgаnidеk,   “Mulkchilik   mаsаlаsini   hаl   qilish   bоzоrni   vujudgа   kеltirishgа
qаrаtilgаn   butun   tаdbirlаr   tizimining   tаmаl   tоshi   bo‘lib   хizmаt   qilаdi.   Хuddi   shu
mаsаlаni hаl qilish bilаn yangi jаmiyat, yangi iqtisоdiy munоsаbаtlаr pоydеvоrigа
birinchi g‘isht qo‘yildi” 59
.
Dаrhаqiqаt,   kеyingi   yillаr   dаvоmidа   аmаlgа   оshirilgаn   ishlаrni   tаhlil   qilib,
shuni   аytish   mumkinki,   O‘zbеkistоndа   mulkchilik   huquqi   iqtisоdiy
o‘zgаrishlаrning аsоsini tаshkil qilаdi. Shuning uchun hаm O‘zbеkistоndа mulkdоr
huquqi   qоnun   bilаn   tаn   оlindi   vа   himоya   qilinmоqdа.   O‘zbеkistоndа   bоzоr
munоsаbаtlаrini   rivоjlаntirishgа   qаrаtilgаn   iqtisоdiyotning   аsоsini   turli
shаkllаrdаgi   mulkchilik   tаshkil   еtishi   O‘zbеkistоn   Rеspublikаsi   Kоnstituцiyasidа
аniq bеlgilаb bеrilgаn 60
.
Yuqоridа kеltirilgаn misоllаrdаn mа’lumki, хususiylаshtirish jаrаyoni tаbiiy
rаvishdа   jаmiyatdа   mulkdоrlаr   sinfini   shаkllаntirigа   оlib   kеldi.   Bu   bоrаdа   kichik
vа   хususiy   tаdbirkоrlikni   rivоjlаntirish   mulkdоrlаrni   vujudgа   kеltirishdа   muhim
аhаmiyat kаsb еtаdi. Rivоjlаngаn mаmlаkаtlаr tаjribаsi shuni ko‘rsаtаdiki, mulkkа
еgаlik   vа   хususiy   mulkning   chеgаrаsi   bo‘lmаsligi   kеrаk.   Ya’ni   shахsiy   bоylikni
ko‘pаytirish qаndаydir qоlip yoki miqdоrdа bo‘lishini dаvlаt bеlgilаb qo‘ymаsligi,
аksinchа,   u   mаmlаkаtdа   hаmmаning   hаr   qаndаy   vаziyatdа   bоy   bo‘lishini
tа’minlаsh   аsоsidа   аlоhidа   ijtimоiy   muhоfаzаgа   muhtоj   оdаmlаr   turmush
dаrаjаsini   оshirish   yo‘lidаn   bоrmоg‘i   lоzim.   Bungа   аyrim   siyosаtshunоslаr
dunyoning   turli   mаmlаkаtlаridа   o‘z   kоrхоnаsi   filliаllаrini   qurib,   jаhоn   bоzоrini
59
. Каримов И.А. Ўзбекистон  иқтисодий  ислоҳотларни  чукурлаштириш йўлида. -Т.: Ўзбекистон,1995. 58-б.
60
. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. T.:“O‘zbekiston”. 2014.   
31 еgаllаb   оlgаn   yirik   kоrpоrаtsiya   vа   firmаlаr   rаhbаrlаri   fаоliyatini   vа   kаttа
miqdоrdаgi jаmg‘аrmаlаrini misоl qilib ko‘rsаtishаdi 61
. 
Birоq,   O‘zbеkistоn   hukumаti   butunlаy   yangi   tipdаgi   jаmiyatni
shаkllаntirishdа   hаr   qаndаy   tаyyor   аndоzаlаrgа   sig‘inmаydi.   Jаhоn   tаjribаlаri   vа
milliy   еhtiyojlаrni   uyg‘unlаshtirgаn   hоldа   mаvjud   hоdisаlаrgа   o‘zigа   хоs
yondоshаdi. Jumlаdаn, mulkchilikkа munоsаbаtdа hаm uning o‘zigа хоs usuli bоr.
Mаsаlаn,  O‘zbеkistоn  Rеspublikаsining  Birinchi  Prеzidеnti  I.А.Kаrimоv:  “Dаvlаt
jаmiyatning   kеskin   tаbаqаlаnishigа–оshib-tоshib   kеtgаn   bоylаri-u   kаmbаg‘аl-
qаshshоqlаrgа   bo‘linib   kеtishigа   yo‘l   qo‘ymаsligi   kеrаk”.-dеgаn   vа   mаzkur
yondоshuvning mаzmun mоhiyatini tushuntirib bеrgаn еdi 62
. 
Аlbаttа,   O‘zbеkistоn   strаtеgiya   jihаtdаn   jаhоn   tаjribаlаri   еng   ilg‘оr
nаmunаlаrdаn   kеng   fоydаlаndi.   Birоq   uni   o‘z   milliy   хususiyatlаri   vа   turmush
tаrzigа   mоs   tаrzdа   аmаlgа   оshirdi.   Bu,   аyniqsа   mаmlаkаtdа   tub   iqtisоdiy
islоhоtlаrni,   jumlаdаn,   еrkin   bоzоr   siyosаtini   аmаlgа   оshirishdа   ko‘zgа   yaqqоl
tаshlаndi. Nаtijаdа dаvlаt mulkini хususiylаshtirish vа yangi iqtisоdiy tizimni jоriy
еtish   bоrаsidаgi   O‘zbеkistоn   yo‘li   jаhоn   jаmоаtchiligi   tоmоnidаn   kеng   qo‘llаb-
quvvаtlаndi. Buni  quyidаgilаrdа ko‘rishimiz mumkin:   Birinchidаn,   uzоq yillаrgа
mo‘ljаllаngаn, dаsturiy аhаmiyatgа mоlik mаqsаdlаr dаvlаt strаtеgiyasi dаrаjаsigа
ko‘tаrilgаni bilаn, kundаlik tаlаblаr, hаyot еhtiyojlаri yoki vаqtinchаlik hоlаtlаrdа
tаktikаning   o‘zgаrib   turishi   tаbiiy   hоl.   Mаmlаkаtimizdа   аmаlgа   оshirilаyotgаn
iqtisоdiy   islоhоtlаr,   mаvjud   siyosiy,   huquqiy,   mа’nаviy-ахlоqiy   nuqtаi   nаzаridаn
hаyotiydir.   Chunki,   o‘tish   dаvridа   qоnunchiligimizning   hаli   to‘lа
shаkllаnmаgаnligi,   аyrim   hоllаrdа   еsа   mаvjud   qоnunlаrgа   hаm   hаli   bo‘ysunib
yashаshgа   оdаtlаnmаgаnimiz,   bа’zаn   хudbinlik   vа   mаnfааtpаrаstlikning   аvj   оlib
kеtishi   nаtijаsidа   turli   хildаgi   suiistе’mоlliklаr   yuz   bеrdi.   Nаtijаdа   fоydаni
yashirish,   sоliqdаn   qоchish   vа   bоshqа   ko‘zbo‘yamаchiliklаr,   nаyrаnglаr   tufаyli
kimlаrdir   оrtiqchа   bоyib   kеtib,   kimlаrdir   qаshshоqlаshib   qоlishi   mumkin   bo‘ldi.
61
  Shodmonov Sh.Sh., G‘afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2005. – B. 1 16 .
62
  Каримов   И.А.   Каримов     И.А.     Ўзбекистон     иқтисодий     ислоҳотларни     чукурлаштириш   йўлида.   -Т.:
Ўзбекистон,1995. 61-б.
32 Аnа   shundаy   pаytdа   Dаvlаt   qоnun   ustuvоrligini   tа’minlаshdа,   аhоli   turli
tаbаqаsining turmush tаrzidа muvоzаnаtni sаqlаb turishdа muhim rоl o‘ynаydi 63
. 
Ikkinchidаn,   dаvlаt   аdоlаt   g‘оyasigа   qаttiq   suyanаdi   vа   insоn   hаq   huquqlаrin
butun chоrаlаr bilаn himоya qilish yo‘lidаn sоbitqаdаmlik bilаn bоrmоqdа. Аhоlini
turli   bo‘hrоnlаrdаn   аsrаb   qоlish,   uni   ijtimоiy   muhоfаzаlаsh,   tаbаqаlаrgа
bo‘linmаsligi,   yashаsh   huquqi   kаbi   Оliy   qоidаni   muqаddаs   tutish-uning
insоnpаrvаrlik siyosаtining bоsh mаzmuni.
Uchinchidаn,   O‘zbеkistоn   yo‘li   оldin   dunyo   minbаrlаridаn   turib   е’lоn   qilingаn,
jаhоn   jаmоаtchiligi   tоmоnidаn   tаn   оlingаn   mаmlаkаtimiz   uchun   хоs   tub
islоhоtlаrning   mаshhur   bеsh   tаmоyilidаn   biri-o‘tish   dаvridа   dаvlаtning   bоsh
islоhоtchi   bo‘lib   turishi   kеrаkligi   kаbi   qоidа   hаyot   tаlаbigа   аynаn   mоs
kеlgаnligidir 64
.
Bir   qаrаshdа   bizgа   хususiylаshtirish   jаrаyoni   sоf   iqtisоdiy   hоdisа   bo‘lib
ko‘rinаdi.   Хususiylаshtirish   dеgаndа   ko‘nglimizdа   mоddiy   nе’mаt,   mоddiy
mаnfааtdоrlik, mulkkа еgаlik qilish хоhish-istаgi  pаydо bo‘lаdi. Ko‘z o‘ngimizdа
u   yoki   bu   tаrzdаgi,   ko‘p   yo   оz   miqdоrdаgi   mulk   gаvdаlаnаdi.   O‘zbеkistоndа
хususiylаshtirish   hukumаt   rаhnаmоligidа   nаfаqаt   iqtisоdiy,   bаlki   huquqiy   vа
mа’nаviy   hоdisаgа   аylаntirildi.   Аyni   pаytdа   u   оngimiz   vа   tаfаkkurimizdа   yuz
bеrаyotgаn   jiddiy   o‘zgаrish   sifаtidа   tаn   оlindi.   Chunki   u   bizning   fikrlаrimiz   vа
оngimizdа   o‘zgаrish   yasаdi.   Insоn   hаq-huquqlаrini   tоbоrа   chuqurlаshtirdi,   uning
turmush tаrzigа yangi mаzmun оlib kirdi. Nаtijаdа jаmiyat hаm, оdаmlаr hаm sifаt
jihаtdаn tubdаn o‘zgаrdi, uning mа’nаviy qiyofаsi аnchа tiniqlаshdi 65
. 
Tub islоhоtlаr O‘zbеkistоndа tаbiаtigа ko‘rа sоf siyosiy, huquqiy yoki iqtisоdiy
mоhiyatini   yo‘qоtmаgаn   hоldа   mа’nаviy,   ruhiy-ахlоqiy   qаdriyat   dаrаjаsigа
ko‘tаrilgаnligi   sаbаbli   mаmlаkаtning   hаm,   bаrchа   fuqаrоlаrning   hаm   hаyotidа
mukаmmаl, еtuk hоdisа sifаtidа iz qоldirmоqdа. Iqtisоdiy islоhоtlаrning mа’nаviy
mаzmuni tоbоrа chuqurlаshmоqdа.  
63
  Shodmonov Sh., Raxmatov M. Iqtisodiyot nazariyasi: Darslik. – T:   Zamin   nashr, 2021 . – B. 158.
64
 Ўзбекистоннинг янги тарихи. 3-китоб. Миллий истиқлол даври. Т.Шарқ., 2000. 330-б.
65
  Хусусийлаштириш   ва   тадбиркорликни   қўллаб-қувватлаш   бўйича   1999   йилнинг   учинчи   чорагида   чоп
этилган қонунчилик ҳамда меъёрий-ҳуқуқий ҳужжатлар тўплами. – Тошкент, 1999. – B. 23.
33 Mustаqillik yillаridа iqtisоdiy islоhоtlаr hаqidа gаpirаr еkаnmiz, yuz bеrgаn
instituцiоnаl o‘zgаrishlаr hаqidа hаm qisqvchv to‘хtаsh o‘rinlidir. 1991-1996 yillаr
mоbаynidа   iqtisоdiy   islоhоtlаrning   bаrchа   yo‘nаlishlаridа   sаlmоqli   instituцiоnаl
o‘zgаrishlаr   sоdir   bo‘ldi.   Хususаn   turаrjоylаr,   sаvdо,   хizmаt   ko‘rsаtish   sоhаsi,
mаtlubоt   jаmiyati   оb’еktlаri   vа   turli   tаrmоqlаrning   mаydа   kоrхоnаlаrini
хususiylаshtirish аmаldа tugаllаndi. O‘rtа vа yirik kоrхоnаlаrni dаvlаt tаsаrrufidаn
chiqаrish vа хususiylаshtirish jаrаyoni fаоl bоshlаb yubоrildi 66
. 
1996-yil   12-mаrtdа   tаdbirkоrlikni   rivоjlаntirish,   qo‘llаb-quvvаtlаsh
mаqsаdidа, shu jumlаdаn, individuаl mеhnаt fаоliyati bilаn bаnd bo‘lgаn jismоniy
shахslаrni hаm hisоbgа оlib bоrish, ulаrning mаnfааtlаrini himоya qilish, ishlаrini
tаshkil   еtishdа   yordаm   ko‘rsаtish   vаzifаsini   o‘z   zimmаsigа   оlgаn   tоvаr   ishlаb
chiqаruvchilаr   vа   tаdbirkоrlаrning   Rеspublikа   Pаlаtаsi   tаshkil   qilindi.   Jismоniy
shахslаrning   o‘z   sаrmоyasi   nеgizidа   85   mingdаn   ko‘prоq   хususiy   vа   kichik
kоrхоnаlаr   tаshkil   еtildi.   Ulаrgа   umumiy   sаhni   793,5   ming   kvаdrаt-mеtr   bo‘lgаn
3768   tа   fоydаlаnilmаyotgаn   vа   kаm   fоydаlаnilаyotgаn   хоnаlаr   ijаrаgа   bеrildi;
umumiy   sаhni   104,5   kvаdrаt-mеtr   bo‘lgаn   282   хоnаni   ulаr   kimоshdi   sаvdоlаridа
sоtib   оldilаr.   Ulаrni   mоddiy-tехnikа   rеsurslаri   bilаn   tа’minlаsh   uchun   1469   tа
mаydа   ulgurji   bоzоri   vа   tuzilmаlаr,   shu   jumlаdаn   1256   tа   tijоrаt   mаrkаzlаri   vа
sаvdо   uylаri   tаshkil   еtildi.   Хоmаshyo   vа   tаyyor   mоllаrni   sоtish   bo‘yichа   1128
yarmаrkа   vа   sаvdоlаr   o‘tkаzildi.   Tаdbirkоrlаr   tоmоnidаn   512   tа   qurilishi
tugаllаnmаgаn оbyеkt sоtib оlindi 67
.
Xususiylashtirish,   xususiy   mulkni   mustahkamlash,   kichik   korxonalar,
mikrofirmalar,   fermer   xo‘jaliklari   tashkil   etish   va   tadbirkorlikni   rag‘batlantirish
hisobidan mamlakatimizda demokratik jamiyatning asosi va tayanchi sifatida o‘rta
sinf amalda shakllan di .
Mamlakatning ijtimoiy taraqqiyotini, yuksak bosqichga ko‘tarish uchun 2011
yilni   “Kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlik   yili”   deb   e’lon   qilingan   edi.   Hozirgi
66
  Хусусийлаштириш   ва   тадбиркорликни   қўллаб-қувватлаш   бўйича   1997   йилнинг   учинчи   кварталида   чоп
этилган қонунчилик ҳамда меъёрий ҳуқуқий ҳужжатлар тўплами. – Тошкент, 1997. – B. 41. 
67
 Жўраев Н. Мустақил Ўзбекистон тарихи. Т., 388-б.
34 kunda   mamlakatimizdagi   ish   bilan   band   aholining   74   foizidan   ko‘pi   shu   sohada
mehnat qilmoqda. 2010 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish
hisobidan 480 mingta yangi ish o‘rni ochildi 1
.
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturida quyidagi ustuvor
yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi:
1.   Mamlakatimizda   va   uning   hududlarida   yanada   qulay   biznes   –   muhit
yaratish,   xususiy   mulkchilikning   ustuvorligini   mustahkamlashga   tso‘naltirilgan
qonun   hujjatlarini   takomillashtirish,   ishonchli   kafolatlarni   ta’minlash,
tadbirkorlikka ko‘proq e’tibor berish, davlatning boshqaruv funktsiyalari va ruxsat
beruvchi   normalarni   qisqartirish,   byurokratik   to‘siq   va   g‘oyalarni   olib   tashlash,
kichik biznes sub’ektlarining moliya-kredit va xom ashyo resurslaridan, ular ishlab
chiqaradigan   mahsulotlarga   davlat   buyurtmalari   berilishidan   keng   foydalanishni
ta’minlaydigan bozor vositalari va mexanizmlarini tadqiq etish 2
.
2.   Davlat   va   nodavlat   organlarning   tadbirkorlik   sub’ektlari   moliya-xo‘jalik
faoliyatiga aralashuvini keskin qisqartirish.
3. Kichik korxonalar tashkil qilish hamda kichik korxonalar va tadbirkorlarni
ro‘yxatdan   o‘tkazish   tartib-qoidalarini   yanada   soddalashtirish,   kichik   biznes
sub’ektlarini   qurish   va   ularni   muhandislik-kommunikatsiya   tarmoqlarga   ulash,
noturar joy xonalari va zarur yer uchastkalarini ajratib berish masalalarini hal qilish
bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni qabul qilish.
4.   Kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlik   sohasi   uchun   soliq   va   boshqa
to‘lovlar   bo‘yicha   yanada   qulay   shart-sharoitlar   yaratish,   imtiyoz   proferentsiyalar
berish,   hisobotlar   tizimi   hamda   moliya,   soliq   va   statistika   organlariga   hisoblar
topshirish mexanizmini takomillashtirish va unifikatsiyalash 68
.
5.   Kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlik   sub’ektlariga   kreditlar   berish
mexanizmini   yanada   takomillashtirish   va   ularning   hajmini   oshirish,   birinchi
1 1
  Karimov   I.A.   Mamlakatimizni   modernizatsiya   qilish   yo‘lini   izchil   davom   ettirish   –   taraqqiyotimizning   muhim
omilidir// Xalq so‘zi, 2010 yil 8 dekabrь, № 236 (5151).
2 2
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi
Qarori// Xalq so‘zi, 2011 yil, 10 fevral, № 29 (5196). 
68
  Аҳмедов О.  Хусусийлаштириш жараёни: муаммо ва ечимлар. – Тошкент: Akademiya, 2005. – В. 3 8 .
35 navbatda,   investitsiya   maqsadlariga,   boshlang‘ich   sarmoyani   shakllantirishga
kreditlar   ajratish,   ishlab   chiqarishni   mexanizatsiya   qilish   hamda   texnologik
yangilash uchun o‘rta va uzoq muddatli kreditlar berish.
6.   Kichik   biznesni   rivojlantirishga   xorijiy   investitsiyalarni,   xalqaro   moliya
institutlarining kreditlarini keng jalb qilish va yo‘naltirish.
7. Sanoat   tarmoqlarida  kichik biznes  va  xususiy   tadbirkorlikni   rivojlantirish,
yuqori texnologiyaga asoslangan zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish uchun
keng imkoniyatlar yaratish, ana shu ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalar
joriy etilishini rag‘batlantirish.
8.   Kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlik   sub’ektlarining   tashqi   iqtisodiy
faoliyatdagi   ishtirokini   kengaytirish,   eksport   salohiyatini   oshirish,   eksportga
mo‘ljallangan   mahsulotni   jahon   va   mintaqaviy   bozorlarga   olib   chiqishga
ko‘maklashish.
9.   Kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlik   subyektlarini   axborot   bilan
ta’minlash,   shuningdek,   kadrlar   tayyorlash   va   qayta   tayyorlash   va   malakasini
oshirish   masalalarida   ularga   konsulьtativ   ko‘mak   berish   tizimini   yanada
rag‘batlantirish 69
.
Aynan   ana   shu   odamlar   jamiyatimizning   tayanchi   bo‘lib,   uning   ijtimoiy
asosini tashkil etadi. Chunki ular demokratik va bozor islohotlarini davom ettirish
va   chuqurlashtirishdan,   mamlakatni   barqaror   va   izchil   rivojlantirishdan   ko‘proq
manfaatdordir.
Shu   boisdan   ham   ana   shu   muammolarning   oldini   olish   maqsadida   “keng
ko‘lamli   ishlab   chiqarishni   mahalliylashtirish   dasturi   doirasida   o‘tgan   yili   (2009)
840   dan   ortiq   loyiha   amalga   oshirildi   va   bu   mahalliylashtirilgan   mahsulot   ishlab
chiqarish hajmini 2008 yilga nisbatan 2,3 barobar oshirishni ta’minladi 70
.
Mustaqillik   yillarida   jamiyatimiz   hayotining   barcha   sohalarida   amalga
oshirilayotgan   islohotlar   milliy-ma’naviy   tiklanish   jarayoniga   ta’sir   etmasligining
69
  O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   «Kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlik   yili»   davlat   dasturi   to‘g‘risida
Qarori. 2011-yil. http://dd.gov.uz/uz/pages/2011.
70
  Жўраев Н. Мустақил Ўзбекистон тарихи. Т., – B. 389.
36 iloji   yo‘q,   bunday   islohotlar   milliy-ma’naviy   tiklanishning   mezoni   bo‘lib   xizmat
etadi. Insoniyat tarixida shu narsalar isbotlab berildiki, o‘z umrini yashab bo‘lgan
eski   tuzum   qonun-qoidalarini   yangicha   asoslarda   o‘zgartirish   tarixiy   zaruriyatga
aylandi   va   bunday   o‘zgarishlar   barcha   sohalarda   keng   ko‘lamli   islohotlar   orqali
amalga   oshirildi.   Amalga   oshiriladigan   islohotlar   jamiyatning   ma’naviy   hayotini
ham   o‘z   ichiga   qamrab   olib,   u   jamiyat,   millat   hayot-mamotini   hal   etib   beradigan
kuch sifatida maydonga chiqdi 71
.
Davlat   mulkini   xususiylashtirishni   a m alga   oshirishni   normativ-huquqiy
poydevorini   ta’ m inlash   m aqsadida   «O‘zbekiston   Respublikasida   m ulkchilik
to‘g‘risida»   (1990),   «Tovar   bozorlarida   m onopolistik   faoliyatni   cheklash   va
raqobat   to‘g‘risida» 72
  (1996),   «Iste’ m olchilar   huquqlarini   hi m oya   qilish
to‘g‘risida» (1996), «Tabiiy   m onopoliyalar to‘g‘risida»gi (1997) qarori va boshqa
qonunosti hujjatlari qabul qilindi.  
Tadbirkorlik   faoliyatining   qonuniy   asoslarini   yaratish   va   takomillashtirish
maqsadida   1995   yilda   «Kichik   va   xususiy   tadbirkorlikni   rivojlantirishni
rag‘batlantirish   to‘g‘risida»gi   qonun   qabul   qilindi 73
.   1997-1999   yillarda   esa
«Xo‘jalik   yurituvchi   subyektlarni   davlat   tomonidan   nazorat   qilish   to‘g‘risida»,
«Tovar  ishlab   chiqaruvchilar  va  tadbirkorlar  palatalari  to‘g‘risida»,  «Tadbirkorlik
va   tadbirkorlar   faoliyatini   kafolatlash   to‘g‘risida»gi   qonunlar   qabul   qilindi.   2000
yilda   «Tadbirkorlik   faoliyati   erkinligining   kafolatlari   to‘g‘risida»gi   qonunning
qabul   qilinishi   ham   tadbirkorlik   faoliyatining   yanada   kengayishi   va
mustahkamlanishida muhim ahamiyat kasb etdi 74
.   Qonun ustuvor bo‘l m agan joyda
korrupsiya   va   boqi m andalik,   o‘g‘irlik   yulg‘ichlik   g‘aznani   talash,   tayyorga
71
 Ўзбекистоннинг янги тарихи. 3-китоб. Миллий истиқлол даври. Т.Шарқ., 2000. 333-b.
72
  Ўзбекистон   Республикаси   Олий   Мажлисининг   Ахборотномаси,   1997   й.,   2-сон,   55-модда)   Мазкур   Қарор
Ўзбекистон   Республикасининг   2012   йил   6   январдаги   ЎРҚ-319-сонли   «Рақобат
тўғрисида»ги   Қонунига   асосан ўз кучини йўқотган.
73
Ўзбекистон  Республикаси  Олий  Мажлисининг Ахборотномаси, 1995 й., 12-сон, 252-модда 1998 й., 9-сон,
181-модда;   1999   й.,   5-сон,   124-модда)   Мазкур   Қонун   Ўзбекистон   Республикаси   Олий   Мажлисининг   2000
йил 25 майдаги 70-II-сонли «Тадбиркорлик фаолияти эркинлигининг кафолатлари тўғрисида»ги Ўзбекистон
Республикаси Қонунини амалга киритиш ҳақида»ги қарори. .
74
  “ Tadbirkorlik faoliyati  erkinligining kafolatlari  to‘g‘risida»gi   O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 02.05.2012
yildagi O‘RQ-328-son qonuni.  https://lex.uz/docs/-2006789 . 
37 ayyorlik kabi ja m iyat   m e’yoriy holatiga zid illatlar to m ir otadi. S h ular orasida bir
qarashda oddiy, beozor tuyuladigan boqi m andalikning ha m  xavfi juda katta.
Davlat   mulkini   xususiylashtirish   va   uning   bir   qismini   davlat   tasarrufidan
chiqarib   boshqa   shakllarga   o‘tkazish,   ular   teng   mavqega   ega   bo‘lishi   va
ko‘paytirilishi   zarur   ekanligini   ko‘rsatadi.   Bu   holatlarning   hammasi   mulkka
nisbatan   bo‘lgan   munosabatlarni   boshqa   shakli   uchun   o‘zgartirishni   taqozo   etadi.
Shu maqsadda davlat o‘z mulkining bir qismini o‘z tasarrufidan chiqarib, xususiy -
lashtirishga   e’tibor   qaratdi.   Bozor   munosabatlari   sharoitida   tadbirkorlik   faoliyati
sub’ektlari   uchun   keng   imkoniyatlar   yaratilib,   ularning   huquqlari   va   qonuniy
manfaatlarini  har  tomonlama himoya qilishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Shu ma’noda O‘zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va bunda xususiy
mulkni   huquqiy   jihatdan   muhofazalash,   tadbirkorlik   faoliyatining   huquqiy
asoslarini   yaratish   va   takomillashtirish   borasida   ko‘plab   ishlar   amalga   oshirildi.
Davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish   ko‘pgina   bozor   iqtisodiyotiga
asoslangan   mamlakatlarda,   shu   jumladan,   O‘zbekiston   Respublikasida
o‘tkazilayotgan   jarayonlardan   biridir.   Mustaqillik   yillarida   keng   ko‘lamda
xususiylashtirish jarayoni amalga oshirildi, ya’ni davlat mulki jismoniy va yuridik
shaxslarning   xususiy   mulkiga   o‘ta   boshladi.   Buning   natijasida   ishlab   chiqarish
vositalari   ishlab   chiqaruvchilar   bilan   uyg‘unlashib   mulk   bozor   munosabatlarida
o‘zining haqiqiy mazmunini kasb eta boshladi 75
.  
Har qanday islohotning kafolatli amalga oshirishning asosiy shartlaridan biri
ularning   huquqiy   negizini   yaratishdan   boshlanadi.   Iqtisodiy   islohotlar   qonun
hujjatlari   asosida   amalga   oshirilgandagina   ular   muayyan   natija   beradi   va   orqaga
chekinish ham yuz bermaydi. Shuning uchun ham islohotlarning huquqiy negizini
yaratish   bir   qancha   muhim   yo‘nalishlar   bo‘yicha   amalga   oshirildi.   Mazkur
yo‘nalishlardan   biri   mulkdorlikka   asos   soladigan   qonunlar   majmuini   yaratishga
75
  Джуманиязов   У.   И.   Давлат-хусусий   шерикчилиги   асосида   корпоратив   бошқарувни   ривожлантиришнинг
айрим назарийуслубий масалалари // “Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали.
2017 йил № 3, май-июнь, – B. 9-.
38 qaratilgan   edi.   Shu   bilan   birga,   insonlarni   mulkka   bo‘lgan   munosabatlarini
o‘zgartirmasdan turib ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmasligi ham ayon edi 76
. 
Sobiq sotsialistik tuzum uchun xususiy mulk tushunchasi yot edi. Faqatgina
mulkning shaxsiy,  davlat  hamda kolxoz-kooperativ shakllari  mavjud edi. Shaxsiy
mulkdan   foydalanib,   daromad   olish   qonunga   zid   faoliyat   hisoblanardi.   Davlat
mulki umumxalq mulki deb atalgani bilan obyektiv reallikda xalq mazkur mulkdan
yiroqda   edi.   Natijada   ushbu   mulk   xalq   tomonidan   emas,   balki   mavhum   bo‘lgan
sub’ekt – davlat tomonidan, yanada aniqrog‘i, uning byuroktik apparati tomonidan
boshqarilar   edi.   Shuning   uchun   ham   xalqda   ham   davlatda   ham   mazkur   mulkka
nisbatan mulkdorlik hissi  mavjud emas edi. Bu uning talon-taroj bo‘lishiga sabab
bo‘lardi.   Kolxoz-kooperativ   mulki   ham   rasmiy   jihatdan   jamoaniki   deb   e’tirof
etilgani bilan amalda butunlay davlat ixtiyorida edi 77
. 
Mulkka   nisbatan   bunday   tartibning   o‘rnatilganligi   odamlarning   mulkdan
begonalashuviga   sababchi   bo‘lib  qoldi.  Chunki,  barcha  ishlab   chiqarish  vositalari
tanho   davlatning   mulki   edi.   Ishlab   chiqarishda   ishtirok   etayotgan   odamlarning
ishlab   chiqarish   hamda   vositalaridan   mahrum   bo‘lishi   hamda   iqtisodiy
manfaatdorligi   mavjud   emasligi   ularda   mulka   nisbatan   egalik   hissining
yo‘qolishiga   olib   kelgan   edi.   Istiqlolimizning   dastlabki   yillaridayoq,   mazkur
munosabatlarga barham berish maqsadida iqtisodiy islohotlarning ko‘lami kengaya
bordi.   Davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish   bozor   munosabatlariga
o‘tishning zaruriy sharti hisoblandi 78
.
Jahon   amaliyoti   shuni   ko‘rsatadiki,   xususiylashtirish-bu   iqtisodiy
islohotlarning   tamal   toshidir.   Boshqa   yosh   mustaqil   davlatlardan   farqli   o‘laroq
O‘zbekistonda   o‘tish   davrida   xususiylashtirishni   vauchersiz   amalga   oshirishga
qaror   qilindi.   Xususiylashtirish   jarayonini   tashkil   etish   va   unga   rahbarlik   qilish
uchun   1992   yil   fevralida   Davlat   mulkini   boshqarish   va   xususiylashtirish   Davlat
76
  Тохиров   Ж.Р.   Давлат-хусусий   шерикликни   ташкил   қилиш   ва   ривожлантиришнинг   принциплари   ва
уларнинг   таълим тизимидаги ўзига хос хусусиятлари  //  Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron
jurnali. № 4, iyul-avgust, 202 1. – В. 212.
77
  Shodmonov Sh.Sh., G‘afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2005. – B. 1 17 .
78
  Аҳмедов О.  Хусусийлаштириш жараёни: муаммо ва ечимлар. – Тошкент: Akademiya, 2005. – В.  41 .
39 qo‘mitasi   ta’sis   etildi.   1994   yilda   uning   vazifalari   o‘zgartirilib,   u   Davlat   mulkini
boshqarish   va   tadbirkorlikni   qo‘llab-quvvatlash   Davlat   Qo‘mitasi   deb   atala
boshlandi. Ushbu Davlat Qo‘mitasi maqomining o‘zgarishi muhim ahamiyatga ega
bo‘ldi,   zero   u   xususiylashtirishning   O‘zbekiston   uchun   xos   bo‘lgan   ikkita   g‘oyat
muhim vazifasini bajarar edi 79
.
O‘zbekistonning   vaucher   tizimidan   voz   kechgani   uchungina   emas,   balki
xususiylashtirishdan   tushgan   barcha   mablag‘lar   tadbirkorlikni   qo‘llab-quvvatlash
uchun   berilishi   jihatdan   ham   o‘ziga   xos,   o‘z   yo‘liga   ega   bo‘lgan   davlat   sifatida
ko‘zga   tashlandi.   Yana   shuni   aytish   lozimki,   tadbirkorlikni   rivojlantirishning
huquqiy   asosini   vujudga   keltirish   qonunlar   majmuini   yaratishni   tashkil   qilishni
uyushtirish uchun Oliy Majlis tarkibida yangi iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlikni
rivojlantirish   qo‘mitasi   tuzildi.   Davlat   mulkini   xususiylashtirishning   davlat
tomonidan   ishlab   chiqilgan   tamoyillari   eng   avvalo   o‘zining   mahalliy
xususiylashtirish   va   talablarini   hisobga   olganligi,   tag-zaminli   va   asosliligi,   ayni
paytda hozirgi zamon ilg‘or tajribalariga mos kelishi bilan alohida ajralib turadi 80
.
Birinchidan,   xususiylashtirish   qandaydir   kishilar   yoki   ma’lum   mafkura   manfaati
uchun   xizmat   qilmasligi   lozim.   Chunki,   xususiylashtirish   eng   avvalo,   mamlakat
miqyosida   amalga   oshirilayotgan   islohotlar   mantig‘iga   mos   bo‘lmog‘i   lozim   edi.
“O‘zbekistonda   davlat   bosh   islohotchi”   vazifasini   amalga   oshirar   ekan,   uning
xususiylashtirishni   o‘zi   boshqarib   borishi   ko‘zda   tutildi 81
.   Shuning   uchun
O‘zbekistonda   chek   vositasi   bilan   xususiylashtirish   g‘oyasidan   voz   kechildi.   Bu
boradagi   muhim   xulosa   shundan   iborat   bo‘ldiki,   davlat   mol-mulki   faqat   yangi
mulkdorga   sotish   yo‘li   bilangina   mulkchilikning   boshqa   shakliga   aylantirila
boshlandi.   Ikkinchidan,   xususiylashtirishga   dasturiy   yondoshuvni   ta’minlash   va
uni boqichma-bosqich amalga oshirish lozim edi. 
Shuning   uchun   1991   yil   18   noyabrda   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy
Kengashining   VIII   sessiyasida   mulkni   “Davlat   tasarrufidan   chiqarish   va
79
  Каримов   Н.Г.   Иностранные   инвестиции   в   экономику   Республики   Узбекистан   и   их   финансовое
обеспечение. Автореф. дисс. ... канд. экон. наук. – Ташкент, 1998. –  B . 17.
80
  Аҳмедов О.  Хусусийлаштириш жараёни: муаммо ва ечимлар. – Тошкент: Akademiya, 2005. – В.  43 .
81
  Malikov   T . S .,  Olimjonov   O . O . Moliya: Darslik. – T: Iqtisod-Moliya, 2019. –  B . 274.
40 xususiylashtirish   to‘g‘risida”gi   Qonun   qabul   qilindi 82
.   Unga   ko‘ra   mulkchilik
shakllarini   o‘zgartirish   sohasidagi   ishlar   respublika   hamda   hududiy   maqsadga
bosqichma-bosqich   ishlab   chiqiladigan   va   tasdiqlanadigan   maxsus   dasturlar
asosida   amalga   oshirilishi   qat’iy   belgilab   qo‘yildi.   1994   yil   21   yanvarda   qabul
qilingan   “Iqtisodiy   islohotlarni   chuqurlashtirish   chora   tadbirlari   to‘g‘risida”   gi   va
1994   yil   16   martda   qabul   qilingan   “Mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va
xususiylashtirish   jarayonini   yanada   rivojlantirishning   ustuvor   yo‘nalishlari
to‘g‘risida” 83
gi   Prezident   Farmonlari   xususiylashtirish   jarayonini   yana   ham   yangi
pog‘onaga ko‘tarish, uni sifat jihatidan yaxshilash imkonini berdi. 
Qabul qilingan qarorlarga muvofiq xususiylashtirish jarayonida korxonalarni
ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlariga aylantirish, ushbu jarayonga aholini va chet
ellik   investorlarni   kengroq   jalb   qilish   jarayonini   avj   oldirish   vazifasi   qo‘yildi.
Qimmatli   qog‘ozlar   va   ko‘chmas   mulk   bozorini   tashkil   etish   uchun   imkon
yaratildi.   Davlat   mulkini   sotish   bo‘yicha   kimoshdi   savdolari   va   tanlovlari
o‘tkaziladigan   bo‘ldi.   Xususiylashtirish   borasidagi   barcha   ishlar   izchil   va
muntazam olib borila boshlandi 84
. 
2016   yilga   qadar   bo‘lgan   vaqt   mobaynida   mulkni   davlat   tasarrufidan
chiqarish   va   xususiylashtirishga   doir   20   dan   ortiq   davlat   Dasturi   qabul   qilindi.
Iqtisodiyotning   davlat   sektori   negizida   mingdan   ortiq   ochiq   turdagi   aksiyadorlik
jamiyatlari,   2011   yilga   kelib,   6000   xususiy   va   oilaviy   korxonalar   vujudga   keldi.
Xususiylashtirish   borasida   O‘zbekistonda   amalga   oshirilgan   ishlarning   yana   bir
o‘ziga   xos   tomoni   shundaki,   mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   chog‘ida   aholi
uchun   kuchli   ijtimoiy   kafolat   choralari   ko‘rildi.   Mazkur   jarayonning   o‘ziga   xos
tomoni   shundan   iborat   bo‘ldiki,   aholining   ijtimoiy   himoyasi   avvalo   shunda
ko‘rinadiki, xususiylashtirish chog‘ida bir butun imtiyozli tizim yaratildi. Masalan,
82
 Qosimova G. G‘aznachilik faoliyatini tashkil etish. O‘quv qo‘llanma. – T: Iqtisod-moliya. 2005. – B. 76.
83
  "Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   «Ўзбекистон   Республикасида   мулкни   давлат   тасарруфидан
чиқариш   ва   Хусусийлаштириш   жараёнини   янада   ривожлантиришнинг   устувор   йўналишлари   тўғрисида»
1994 йил 15 мартдаги фармонини бажариш чора-тадбирлари тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар
Маҳкамасининг   қарори   "   №171,   29.03.1994   -   ҳужжатига   нисбатан   корреспондент   ҳужжатлар   рўйхати
09.05.2017 сана ҳолатига .
84
 Аҳмедов О.  Хусусийлаштириш жараёни: муаммо ва ечимлар. – Тошкент: Akademiya, 2005. – В. 47.
41 xususiylashtirilayotgan   korxona   xodimlariga   imtiyozli   aksiyalar   berildi.
Shuningdek,   davlat   xo‘jaliklarining   mol-mulki,   fermalar,   bog‘lar   va   uzumzorlar
imtiyozli shartlarda xususiylashtirildi 85
.
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   1996   yil   25   iyul   kuni
bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida xususiylashtirish jarayonlarini yanada takomillashtirishga
e’tibor berilar  ekan “Xususiylashtirish  jarayoni chuqurlashdi  va kengaydi. U sifat
jihatdan yangicha ahamiyat kasb etganini ham qayd etish lozim -deb ta’kidlandi” 86
.
Darhaqiqat,   mustaqillikning   dastlabki   yillarida   asosiy   e’tibor   masalaning   miqdor
ko‘rsatkichlariga,   ya’ni   qancha   korxona   mulk   shaklini   o‘zgartirganiga   qaratilgan
bo‘lsa,   bugungi   kunda   xususiylashtirishning   sifat   ko‘rsatkichlari   asosiy   mezon
bo‘lib   qoldi.   Xususiylashtirishning   yurtimizga   xos   xususiyatlarini   ko‘rib   chiqish
jarayonida   e’tibor   qaratishimiz   mumkinki,   xususiy   sektor,   kichik   biznes   iqtisodiy
va ijtimoiy rivojlanishning faol harakatlantiruvchi kuchiga aylanib bordi 87
. 
Shu   bois   yaqin   yillar   ichida   mulkchilik   munosabatlarini   yanada
chuqurlashtirish,   mulkdor   huquqlarini   amalga   oshirish   va   himoyalash   uchun
yanada   kuchliroq   kafolatlarni   yaratish   bo‘yicha   keng   ko‘lamli   dasturni   amalga
oshirish   kerak   bo‘ladi.   Bir   so‘z   bilan   aytganda-kichik   biznes   va   xususiy
tadbirkorlik   bugunki   kunda   aholi   bandligini   ta’minlaydigan   va   uning   asosiy
daromad   manbai   bo‘lgan   muhim   bo‘g‘inga   aylandi.   Ayni   paytda   u   iqtisodiyotni
izchil   rivojlantirishning   eng   muhim   omili,   jamiyatimiz   ijtimoiy-siyosiy
barqarorligining   kafolati,   mamlakatimizni   taraqqiyot   yo‘lidan   olg‘a   etaklaydigan
faol harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘ldi.
Mamlakatimiz   iqtisodiyotini   tarkibiy   o‘zgartirish,   tarmoqlarni
modernizatsiya   qilish,   texnik   va   texnologik   yangilashga   doir   loyihalarni   amalga
oshirish   uchun  investitsiyalarni   jalb   qilish   muhim   ahamiyat   kasb   etishi   shubhasiz
haqiqatdir.   Rivojlanayotgan   va   o‘tish   iqtisodiyotidagi   mamlakatlar   qatori
85
  Худойқулов   Т.   Хусусийлаштириш   дастурининг   амалга   оширилиши.
https://www.natlib.uz/search/detail/CATTOT000000776657?.
86
. Жўраев Н. Мустақил Ўзбекистон тарихи. Т., 382-б.
87
  Каримов   Н.Г.   Иностранные   инвестиции   в   экономику   Республики   Узбекистан   и   их   финансовое
обеспечение. Автореф. дисс. ... канд. экон. наук. – Ташкент, 1998. –  B . 18.
42 O‘zbekistonda   ham   xorijiy   investisiyalarni   iqtisodiyotga   jalb   etish   zaruriyatining
mavjudligi,   iqtisodiy   islohotlarning   samarali   amalga   oshirilishida   muhim
unsurlardan   hisoblanadi.   Xususan,   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining
“O‘zbekiston   Respublikasida   investitsion   va   ishbilarmonlik   muhitini   yanada
takomillashtirishga   doir   qo‘shimcha   chora-tadbirlar   to‘g‘risida” 88
  2014-yil   7-
aprelda   qabul   qilingan   Farmonida   nazarda   tutilgan   qo‘shimcha   dasturiy   chora-
tadbirlarni amalda bajarish, shu jumladan, yangi imtiyozlar va preferensiyalarning
keng doirasi, har xil litsenziya va ruxsat beruvchi tartib-taomillarning muddatlarini
tubdan   qisqartirish,   soddalashtirish   va   arzonlashtirish   xususiy   tadbirkorlikni
rivojlantirish,   biznesni   yuritish,   iqtisodiyotga   mahalliy   va   xorijiy   investitsiyalarni
keng   jalb   etish   uchun   shart-sharoitlarni   yanada   yaxshilash   borasida   keng   ishlar
amalga   oshirilishi,   mamlakatimizda   iqtisodiy-islohotlarning   to‘g‘ri   yo‘nalishda
olib borilayotganligidan dalolatdir.
2.2.  Xususiylashtirishning  huquqiy negizlari
Ko‘p   ukladli   ho‘jalik   yuritish   iqtisodiyoti   negizida   mulkchilikning   turli
shakllari   paydo   bo‘ladi.   O‘zbekiston   Respublikasida   «Mulkchilik   to‘g‘risida»gi
Qonun qabul qilingan va bu qonunning 4-moddasida ko‘rsatilishicha, O‘zbekiston
Respublikasida mulk quyidagi shakllarga bo‘linadi 89
:
- fuqarolarning shaxsiy va xususiy mulki;
-   jamoa   mulki,   shu   jumladan,   oilaviy,   mahalla,   kooperativ   mulk,   ijaraga   olingan
biznes   faoliyati   mulki,   aksiyadorlar   jamiyati,   davlat   biznes   faoliyati   jamoasining
jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning mulki, turli xo‘jalik birlashmalari va
uyushmalari mulki, yuridik shaxs hisoblangan boshqa jamoalar mulki;
- davlat mulki;
88
Ўзбекистон  Республикасида инвестиция иқлими  ва ишбилармонлик муҳитини янада такомиллаштиришга
доир   қўшимча   чора-тадбирлар   тўғрисида   (Ўзбекистон   Республикаси   қонун   ҳужжатлари   тўплами,   2014   й.,
15-сон, 163-модда, 50-сон, 589-модда; 2017 й., 2-сон, 25-модда)
89
  Тохиров   Ж.Р.   Давлат-хусусий   шерикликни   ташкил   қилиш   ва   ривожлантиришнинг   принциплари   ва
уларнинг   таълим тизимидаги ўзига хос хусусиятлари  //  Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron
jurnali. № 4, iyul-avgust, 202 1. – В. 21 4 .
43 - aralash mulk; 
-  q o‘shma korxonalar, ajnabiy fuqarolar, tashkilotlar va davlat, shuningdek ajnabiy
yuridik shaxslar mulki shaklida yuzaga chiqadi.
O‘zbekiston   Respublikasida   mulkning   barcha   shakllari   teng   huquqlidir.
Shaxsiy   mulk   –   individual   o‘zlashtirishni   bildiradi,   ammo   xususiy   mulkdan
farqlirok   daromad   topishga   xizmat   qilmaydi,   balki   shaxsiy   ehtiyojni   qondirishga
qaratiladi.
Xususiy va shaxsiy mulk birgalikda  fuqarolar mulki  deyiladi 90
.
Jamoa mulki – boylikning muayyan maqsad yo‘lida, ayrim jamoalarga birlashgan
kishilar tomonidan birgalikda o‘zlashtirilishidir.
Jamoa   mulkining   afzalligi   shuki,   bu   mulk   ishlab   chiqaruvchining   o‘zini   mulkdor
qiladi. Bu erda mulk egalari va ishlovchilar aynan bir kishilardir, shu sababli ishlab
chiqarish omillari to‘g‘ridan-to‘g‘ri birlashadi.
Davlat mulkining paydo bo‘lishi va rivojlanishi quyidagilar hisobidan bo‘ladi:
1)  mulkni ng  davlat mulkiga aylantirilishi;
2) davlat mablag‘i hisobidan biznes faoliyati yuritilishi;
3)   jamiyatda   yaratilgan,   ammo   boshqa   mulklarga   taalluqli   daromadlar   bir
qismining soliq undirishi orqali davlat byudjetiga olinishi.
Aralash mulk muayyan bir obyektning turli mulkdorlar ishtirokida o‘zlashtirilishini
bildiradi 91
.
Mulkchilik   shakllarining   yana   bir   ahamiyatlisi   bu   –   qo‘shma   mulkdir.
Qo‘shma   mulk   tufayli   jalb   etiladigan   chet   el   kapitali   mamlakatimizga   yangi
texnologiyani   olib   kirmoqda.   Xorijiy   kapital   asosidagi   qo‘shma   biznes
faoliyatilarining   ahamiyati   investitsiyani   kuchaytirish,   milliy   iqtisodiyotni   bozor
munosabatlari   asosida   shakllantirishda   ortib   boradi.   Katta   mablag‘lar   zaruriyati
sharoitida qo‘shma mulk orqali chet el kapitalini jalb etish imkoniyatidir 92
.
90
 Malikov T.S., Haydarov N.H. Moliya: umumdavlat moliyasi. – Toshkent:  Iqtisod-moliya, 2009. – B. 361 b.
91
  Xusainov R.R. Xususiylashtiriash, milliylashtirish va davlat-xususiy sherikchiligi. – Toshkent: Fan ziyosi, 2022. –
B.  22 .
92
  Avezbayev S. va boshqalar. Yer tuzishning ilmiy asoslari. Darslik. –  Т : IQTISOD -MOLIYA, 2006. – B. 152.
44 Mamlakatda   mulkdorlik   huquqini,   xususiy   tadbirkorlar   manfaatlarini
kafolatlovchi   qonunlar,  huquqiy  me’yorlar,  davlat  va  nodavlat   tashkilotlar   hamda
muassasalar   tizimlari   vujudga   keltirilganligi,   ularning   samarali   faoliyat
ko‘rsatayotganligi   natijasida,   2015   yili   nodavlat   sektorning   ulushi   sanoatda   81
foizga,   qishloq   xo‘jaligida   98,5   foizga   yetdi.   Ishlovchilarning   75   foizi
xususiylashtirilgan   iqtisodiyot   hissasiga   to‘g‘ri   keldi.   Ishlab   chiqarish,   savdo-
tijorat,   vositachilik,   hunarmandchilik,   moliya-bank,   turizmda,   erkin   ijodiy
faoliyatda   mashg‘ul   xususiy   sohibkorlar   va   tadbirkorlar   mustaqil   O‘zbekistonda
shakllanayotgan mulkdorlar sinfining ildam o‘sayotganini ko‘rsatib turibdi 93
.
Mulkdorlar   sinfi   tushunchasi   eng   keng   va   ko‘p   qirrali   tushunchalardan
biridir.   Bozor   iqtisodiyoti   va   bozor   munosabatlari   rivojlanishi   jarayonida   bu
sinfning   ichidan   tabaqalanib,   farqlanib,   tafovutlanib   borishi   muqarrardir.   Hozirgi
vazifa   mulkdorlar   sinfining   shakllanishiga   keng   yo‘l   ochib   berishdir.   Bu   vazifani
bajarish   O‘zbekistonni   ilg‘or   davlatlar   qatoriga   olib   chiqishda   hal   qiluvchi   omil
bo‘ladi.   Mulkdor   boshqalarning   emas,   balki   o‘zining   istagi,   roziligi,   moyilligi,
xohishiga ko‘ra, o‘z mol-mulkiga egalik qiladi. Mulkiy huquqning asosiy  yuridik
mazmuni   unga   egalik   qilishdan,   foydalanishdan,   uni   tasarruf   qilish   bilan   bog‘liq
huquqiy vakolatlardan iborat 94
. 
O‘z huquqiy vakolati doirasida mulkdor boshqa mulkdor shaxslarning talabi
yoki topshirig‘iga binoan emas, balki o‘zining xohishiga ko‘ra o‘z mulkiga egalik
qiladi,   xohlasa   o‘zining   mazkur   huquqiy   vakolatini   boshqarishga   o‘tkazishi
mumkin.   Mulkdor   o‘z   xohishi   bilan   mulkidan   foydalanadi,   shuningdek,   o‘ziga
zarur   bo‘lgan   foydali   daromadlarni   undirish   uchun   ishlatadi.   Bozor
munosabatlariga   o‘tish   va   tadbirkorlik   faoliyatini   rivojlantirish   maqsadida,
fuqarolar   o‘ziga   tegishli   mulkni   ko‘paytirish   uchun   boshqa   fuqarolarni   yollanma
93
  Yuldashev   N.Q.,   Umarxodjaeva   M.G`,   Abdiev   B.Q.   Rivojlangan   mamlakatlar   bozor   tajribasi.   Darslik.   –   T:
Iqtisodiyot, 2013. – B. 107.
94
  Xusainov R.R. Xususiylashtiriash, milliylashtirish va davlat-xususiy sherikchiligi. – Toshkent: Fan ziyosi, 2022. –
B.  22 .
45 mehnatga jalb qilishi mumkin. Fuqaro o‘z mulkiy huquqini amalga oshirish uchun
tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi, mulkni ijaraga berishi mumkin 95
.
Respublika   bozor   iqtisodiyotining   birinchi   bosqichida   mulkni
xususiylashtirish   natijasida   turli   mulkchilikka   asoslangan   ko‘p   ukladli   iqtisodiyot
yaratildiki, shu asosda iqtisodiyotning ichki tuzilishi o‘zgarib, raqobatchilik muhiti
zaminida xo‘jalik yuritish usuli barpo etildi. Mamlakat iqtisodiyotida davlat mulki
bilan   bir   qatorda   jamoa,   xususiy,   aksionerlik,   hamkorlikdagi   va   boshqa   turdagi
biznes   faoliyatlar   tashkil   topdi.   Davlatning   o‘z   navbatida   turli   mulkchilik   biznes
faoliyatlari   uchun   teng   iqtisodiy   sharoit   yaratishi   orqali   ishlab   chiqarishni
jonlantirishga erishildi 96
.
Turli   mulkchilik   iqtisodiyoti   mulk   egalarini   o‘quvli,   ishbilarmon,   tadbirkor
bo‘lishlarini   talab   qilish   bilan   kifoyalanib   qolmay,   balki   iste’molchilar   va   bozor
talabini o‘rganib, yangi texnika va texnologiya asosida arzon, sifatli tovarlar ishlab
chiqarib,   bozorni   turli   mahsulotlar   bilan   to‘ldirishni   ham   talab   etadi.   Jahondagi
sanoati   rivojlangan   mamlakatlar   iqtisodiy   yuksalishining   muhim   omillaridan   biri
turli   mulkchilik,   iqtisodiy   xo‘jalik   tizimini   barpo   etilgani   bo‘lsa,   uning
rivojlanishiga   ta’sir   etuvchi   omili   turli   mulk   shaklidagi   biznes   faoliyatlari
o‘rtasidagi raqobat kurashi hisoblanadi. 
O‘zbekistonda   ko‘p   ukladli   aralash   iqtisodiyotni   barpo   etish   m a m lakat
xo‘jaligining   m avjud   holati   va   i m koniyatlari,   aholining   Mentaliteti,   psixologiyasi
va   qadriyatlaridan   kelib   chiqqan   holda   a m al g a   oshirildi .   Bu   O‘zbekistonga   ham
mansub bo‘lgan, bozor iqtisodiyotining qaror topish jarayoni evalyusion yo‘l bilan
kechgan   mamlakatlardan   tamomila   farqlanib   tuzadigan   sotsialistik   tuzumdan
keyingi   mamlakatlarda   ko‘p   ukladli   iqtsodiyotni   shakllantirishning   g‘oyat   muhim
xususiyatidir.   Respublikada   mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va
xususiylashtirishga   yondashuvning   muhim   xususiyati   –   uni   dasturlar   asosida
bosqichma-bosqich   amalga   oshirishdan   iboratligi   hisoblanadi.   Bozor
95
  Yuldashev   N.Q.,   Umarxodjaeva   M.G`,   Abdiev   B.Q.   Rivojlangan   mamlakatlar   bozor   tajribasi.   Darslik.   –   T:
Iqtisodiyot, 2013. – B. 107.
96
 Malikov T.S., Haydarov N.H. Moliya: umumdavlat moliyasi. – Toshkent:  Iqtisod-moliya, 2009. – B. 367.
46 munosabatlariga   o‘tishning   asosiy   sharti   ko‘p   ukladli   iqtisodiyotni   va
raqobatlashish   muhitini   shakllantirishning   huquqiy,   tashkiliy   shart-sharoitlarini
vujudga keltirdi 97
.
O‘zbekistonda   ko‘p   ukladli   mulk   tizimi   rivojlan di ,   bunda   xususiylashtirish
mulkdor   sinfini   shakllantiruvchi   omil   sifatida   muxim   rol   o‘ynadi.   Mulkchilik
masalasini   hal   qilish   bozorni   vujudga   keltirishga   qaratilgan   butun   tadbirlar
tizimining tamal toshi bo‘lib xizmat qiladi. Bu masala sotsialistik tuzumdan keyin
bozor munosabatlari yo‘lini tanlagan mamlakatlarda katta ahamiyatga ega bo‘lgan
dolzarb   masaladir.   Xuddi   shu   masalani   hal   qilish   bilan   yangi   jamiyat,   yangi
iqtisodiy munosabatlar poydevoriga birinchi  g‘ isht qo‘yildi 98
. 
Rejalashtirishga   asoslangan   markazlashtirilgan   iqtisodiyotni   bozor
iqtisodiyotiga   aylantirishning   yangi   mustaqil   davlatlar   tanlab   olgan   turlicha
yondashuvlari   va   modellari   ko‘p   jihatdan   aynan   mulkchilik   masalasini   hal   etish
xususiyatlari   bilan   farqlanadi.   Ushbu   masalaning   davr   talablariga   muvofiq
muvaffaqiyatli   hal   etilishi   respublikamiz   iqtisodiyotini   jahondagi   rivojlangan
mamlakatlar   bilan   bir   qatorga   qo‘yadigan   asosiy   omildir.   O‘zbekistonda
iqtisodiyotni   isloh qilishning birinchi  bosqichida mulkchilikning hamma shakllari
teng   huquqli   ekanligi   konstitutsion   tarzda   e’tirof   etildi.   Bu   shakllar   qaror   topishi
uchun   teng   huquqiy   normalar   va   amal   qilish   mexanizmlari   yaratildi.   Bundan
tashqari,   yangi   tashkil   etilayotgan   yoki   xususiylashtirilayotgan,   xususiy
mulkchilikka   yoki   chet   el   kapitalining   ishtirok   etishiga   asoslangan   korxonalar
uchun soliq sohasida  ularning faol rivojlanishini  ra g‘ batlantiradigan imtiyozlar va
preferensiyalarning   butun   boshli   tizimi   mavjud.   Shunday   qilib,   ilgari   davlatga
qarashli   bo‘lmagan,   xususiy   sektorni,   tadbirkorlikning   rivojlanishini   sun’iy
ravishda cheklab kelgan yuridik va tashkiliy to‘siqlarning hammasi hozirgi vaqtda
amalda olib tashlandi 99
.
97
  Yuldashev   N.Q.,   Umarxodjaeva   M.G`,   Abdiev   B.Q.   Rivojlangan   mamlakatlar   bozor   tajribasi.   Darslik.   –   T:
Iqtisodiyot, 2013. – B. 109.
98
 Каримов И.А. Ўзбекистон  иқтисодий  ислоҳотларни  чукурлаштириш йўлида. -Т.: Ўзбекистон, 1995. 44-6.
99
  Shodmonov Sh.Sh., G‘afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2005. – B. 1 18 .
47 Davlatga   qarashli   bo‘lmagan   sektorni   vujudga   keltirish   ko‘proq   davlat
mulkini uning tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish hisobiga amalga oshiril di .
Bu O‘zbekiston ham mansub bo‘lgan, bozor iqtisodiyotining qaror topish jarayoni
evolyusion   yo‘l   bilan   kechgan   mamlakatlardan   tamomila   farqlanib   turadigan
sotsialistik   tuzumdan   keyingi   mamlakatlarda   ko‘p   ukladli   iqtisodiyotni
shakllantirishning  g‘ oyat muhim xususiyatidir.
Davlat   mulkini   xususiylashtirish   iqtisodiy   jihatdan   rivojlangan   va
rivojlanayotgan   Buyuk   Britaniya,   Fransiya,   Yaponiya,   Filippin   singari
mamlakatlarda   ham   amalga   oshiril gan   edi.   Bu   hol,   ayniqsa,   iqtisodiyotda   davlat
sektorining   salmoQi   ancha   yuqori   bo‘lgan   mamlakatlarda   bozor   munosabatlarini
rivojlantirishga   xos   tabiiy   jarayondir.   Davlat   iqtisodiyotning   ko‘pincha   iqtisodiy
jihatdan   samarasiz   bo‘lgan,   biroq   butun   mamlakatning   iqtisodiy   taraqqiyotida
muhim rol o‘ynaydigan ayrim sektorlarini, ayrim korxonalarni qo‘llab-quvvatlashi
hamda ularni saqlab turish va mabla g‘  bilan ta’minlash vazifalarini o‘z zimmasiga
olishi   kerak.  Ular  iqtisodiy  jihatdan mustahkamlanib,   barqaror  ishlay  boshlagach,
xususiy mulk qilib sotiladi 100
.
Iqtisodiy   islohotlarni   amalga   oshirayotgan   sobiq   sotsialistik   mamlakatlarda
ahvol   boshqacha.   Ular   mustaqillikni   qo‘lga   kiritgunga   qadar   ishlab   chiqarish
vositalarining   xususiy   mulkligi   umuman   inkor   etilar   edi.   Xususiy   mulkchilik
kapitalistik   ishlab   chiqarish   usulini   sotsialistik   usuldan   farqlovchi   birinchi   belgisi
edi. S h u sababli xususiy mulkchilik ham yuridik jihatdan, ham ayniqsa amaliyotda
batamom   istisno   etilar   edi.   Xususiy   mulkchilikning   shakli   o‘zgartirilgan,   ishlab
chiqarish   vositasi   bo‘lmagan   va   daromad   keltirmaydigan   fuqarolarning   shaxsiy
mulki   sifatidagi   ko‘rinishigina   mavjud   bo‘lishi   mumkin   edi.   Aholining   o‘z
mulkidan foydalanish tufayli oladigan daromadlarining hamma turlari qonunga zid
hisoblanardi.
100
  Shodmonov Sh.Sh., G‘afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2005. – B. 11 9 .
48 Iqtisodiy jihatdan erkin bo‘lgan fuqaro, haqiqiy mulkdorgina o‘z mol-mulkini
samarali   tasarruf   etishdan,   o‘z   boyligini   ko‘paytirishdan   manfaatdor   bo‘libgina
qolmay, balki butun mamlakatni boyitishga ham qodir bo‘ladi.
Shu   sababli   iqtisodiy   islohotlar   birinchi   bosqichining   g‘ oyat   muhim   vazifasi
davlat mulki monopolizmini tugatish va bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko‘p
ukladli iqtisodiyotni real shakllantirishdan iborat edi 101
.
Xususiylashtirish   jarayonlarini   amalga   oshirayotgan   ko‘pgina   mamlakatlar
mulkchilik   shakllarini   o‘zgartirish   bo‘yicha   tajriba   orttirdilar,   o‘ziga   xos
yondashuvlarni   ishlab   chiqdilar.   Bu   yondashuvlar   xususiylashtirishdan
ko‘zlanayotgan   maqsadga,   bu   jarayonni   amalga   oshirish   dinamikasi   va
mexanizmiga,   xususiylashtirish   jarayonlariga   aholi   qanchalik   keng   qatnashishiga
ko‘ra bir-biridan tubdan farq qiladi 102
.
Masalan, Rossiyadagi ommaviy xususiylashtirishdan ko‘zlangan maqsad juda
qisqa   muddatlarda   barcha   davlat   korxonalarini   batamom   aksiyadorlik
korxonalariga   aylantirish   hamda   cheklar   bozorini   joriy   etish   hisobiga
mulkdorlarning   g‘ oyat   keng   qatlamini   vujudga   keltirishdan   iborat   edi.   Bunda
xususiylashtirishga iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlovchi omil sifatida
qaralmadi. Natijada bozor sari jadal ilgarilab borish jarayoni bo‘lib ko‘ringan keng
ko‘lamdagi   xususiylashtirish   tufayli   real,   iqtisodiy   jihatdan   kuchli   mulkdorlar
tarkib   topmadi.   Aksincha,   bu   jarayon   tufayli   ishlab   chiqarish   pasayib   ketdi,
moliyaviy   nomutanosiblik   kuchaydi,   mulkchilik   shaklini   o‘zgartirgan   ko‘plab
korxonalar   sinish   xavfi   ostida   qoldi   va   arzon-garov   sotib   yuborildi.   Mulkdorlar
keng   qatlami   hisoblanmish   vaucherlarning   egalari   o‘rniga   moliyaviy   va   xolding
kompaniyalari,   chek   fondlarining   katta   tarmoQi   vujudga   kelib,   ular   ko‘pchilik
odamlarning   savodsizligidan   foydalanib,   kapital   jam g‘ arib   oldilar.   Bu   hol
jamiyatda ijtimoiy tabaqalanishni yanada kuchaytirib yubordi 103
.
101
 http://21asr.uz/islo-ot/khususii-mulk-dakhlsiz-mulkdor-u-u-i-kafolatlangan.
102
  Shodmonov Sh.Sh., G‘afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2005. – B. 1 20 .
103
  Xusainov R.R. Xususiylashtiriash, milliylashtirish va davlat-xususiy sherikchiligi. – Toshkent: Fan ziyosi, 2022.
– B.  43 .
49 Biz   bozor   munosabatlariga   o‘tishning   o‘zimiz   ishlab   chiqqan   modeli
xususiyatlarini   hisobga   olib,   xususiylashtirishni   amalga   oshirish   va
O‘zbekistonning   ko‘p   ukladli   iqtisodiyotini   shakllantirishga   prinsipial
yondashuvlarni   ishlab   chiqdik   va   ular   amaliyotda   o‘z   tasdiQini   topdi.   Bu
yondashuvlar nimalardan iborat .
Birinchidan,   bir   necha   avlodlar   mehnati   bilan   yaratilgan   ishlab   chiqarish
salohiyatiga respublikada yashaydigan har bir kishining qo‘shgan haqiqiy ulushini
xolisona   baholab   bo‘lmaydi.   Mol-mulkning   qiymatini   baholab,   uning   miqdorida
cheklar,   vaucherlar   va   boshqa   shunga   o‘xshash   qimmatli   qo g‘ ozlar   chiqarish
hamda   bu   qo g‘ ozlarni   butun   aholi   o‘rtasida   teng   taqsimlash   -   ijtimoiy   adolat
tamoyiliga   rioya   qilish   emas,   balki   sotsialistik   sun’iy   ravishda   tenglashtirishning
buzilgan bir shakli, xolos.
Ikkinchidan,   cheklarni   bepul   taqsimlash   va   shundan   keyin   ularga
korxonalarning   aksiyalarini   sotib   olish   mulkdorlar   guruhini   vujudga   keltirmaydi,
balki,   aksincha,   boyligimizni   qadrsizlantiradi.   Aslida   bepul   qo‘lga   kirgan   mol-
mulk   yoki   uning   bir   qismi   chinakamiga   asrab-avaylanmaydi,   undan   samarali
foydalanishda   xuddi   ishlab   topilgan   pulga   sotib   olingan   mulkdan   bo‘lgani   kabi
haqiqiy   manfaatdorlik   bo‘lmaydi.   Tekin   narsaning   qadri   ham   bo‘lmaydi.   Bu
achchiq   haqiqatni   o‘tgan   yillar   mobaynida   biz   yaxshi   o‘zlashtirib   olganmiz.   SHu
sababli   ko‘pchilik   "yangi   ruslar"   o‘zlari   chek   olib   aksiyadorlari   bo‘lgan
korxonalarning barbod bo‘layotganini, har turli chek va investitsiya fondlari sovun
ko‘pigi   misol   shovqin-suron   va   janjal   bilan   "yorilayotganini"   loqaydlik   bilan
kuzatib turibdilar 104
.
O‘zbekistonda   -   davlat   mol-mulki   faqat   yangi   mulkdorga   sotish   yo‘li
bilangina   mulkchilikning   boshqa   shakliga   aylantirilishi   mumkin   bo‘ldi .   Bundan
faqat   ijtimoiy   infrastruktura   va   ekologik   himoya   vositalarigina   istisnodir.   Mulkni
davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirishga   bunday   yondashishning
mazmuni   juda   oddiy  -   "vaucherlashgan"   qiyofasiz   mulkdordan   qochish   va   o‘ziga
104
  Аҳмедов О.  Хусусийлаштириш жараёни: муаммо ва ечимлар. – Тошкент: Akademiya, 2005. – В.  59 .
50 topshirilgan   mol-mulkni   to‘g‘ri   tasarruf   eta   oladigan,   faoliyatining   dastlabki
bosqichidayoq   undan   katta   samara   bilan   foydalanishni   ta’minlaydigan   shaxslarga
mulk   berishdan   iborat.   Tajriba   shuni   ko‘rsat diki ,   masalaga   bunday   yondashish
o‘zini   tamomila   oqla n di.   Bizdagi   xususiylashtirilgan   korxonalarning   ko‘pchiligi,
bir   qator   mamlakatlarda   ro‘y   bergan   ishlab   chiqarishning   pasayishi   va   sinishidan
farqli   o‘laroq,   yanada   serunum   ishlay   boshladi   va   o‘tish   davrining   barcha
qiyinchiliklariga chidam bilan bardosh ber di 105
.
Xususiylashtirishdan   olinadigan   mabla g‘ lar,   birinchi   navbatda,
xususiylashtirish   davridan   keyin   korxonalarning   o‘zini   qo‘llab-quvvatlashga,
yangi, raqobatlashuvchi korxonalar barpo etishga sarflanganligi ham muhimdir. Bu
hol   byudjetning   yukini   ancha   kamaytirdi   va   erkin   investitsiya   resurslarini
islohotning ustuvor yo‘nalishlariga jamlash imkonini berdi 106
.
Uchinchidan,   chek   bozori   samarali   ishlab   turishi   uchun   qimmatli   qo g‘ ozlar
bilan   muomala   qilishda   yuksak   madaniyatga   ega   bo‘lish,   tegishlicha   tuzilmalar,
kafolat   tizimlari   mavjud   bo‘lishi   lozim.   Aholining   ko‘pchilik   qismi   qimmatli
qo g‘ ozlar bilan muomala qilish ko‘nikmasiga ega emas  edi.  Ularni qaysi sohalarga,
qanday   korxonalarga   qo‘yish   foyda   keltirishini   aniq   tasavvur   qila   olma s   edi .
SHuningdek, aholining katta qismi qishloq xo‘jaligi bilan bo g‘ liq   edi . SHu tufayli
chek vositasida xususiylashtirishni joriy etish ijtimoiy vaziyatning keskinlashuviga
muqarrar   suratda   olib   kelgan   bo‘lur   edi.   Bu   esa   biz   tanlab   olgan   isloh   qilish
tamoyillariga batamom zid  edi .
Ikkinchi   muhim   xususiyat   -   xususiylashtirishga   dasturiy   yondashuvni
ta’minlash   va   uni   bosqichma-bosqich   amalga   oshirishdan   iborat   edi .   Davlat
tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish   to‘g‘risidagi   Qonunda   mulkchilik
shakllarini   o‘zgartirish   sohasidagi   ishlar   respublika   hamda   hududiy   miqyosda
105
  Shodmonov Sh.Sh., G‘afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2005. – B. 1 21 .
106
  Xusainov R.R. Xususiylashtiriash, milliylashtirish va davlat-xususiy sherikchiligi. – Toshkent: Fan ziyosi, 2022.
– B.  57 .
51 bosqichma-bosqich   ishlab   chiqiladigan   va   tasdiqlanadigan   maxsus   dasturlar
asosida amalga oshirilishi qat’iy belgilab qo‘yilgan 107
.
Xususiylashtirish   borasidagi   barcha   ishlar   izchil,   muntazam   olib   boril di .
Iqtisodiyotning   turli   sohalarida   va   respublika   hududlarida   mulkni   davlat
tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish   bo‘yicha   20   dan   ortiq   davlat   dasturi
qabul qilinib, amalga oshiril di .
Ijtimoiy kafolatlar, eng avvalo shundan iboratki, xususiylashtirish cho g‘ ida bir
butun imtiyozlar tizimi yaratil di.  Masalan, xususiylashtirilayotgan korxona mehnat
jamoasining  xodimlari   aksiyalarni   imtiyozli   shartlar  bilan  sotib olishlari   mumkin.
Yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy infrastruktura obyektlari
bepul   topshirildi.   Davlat   xo‘jaliklarining   mol-mulki,   fermalar,   bo g‘ lar   va
uzumzorlar   imtiyozli   shartlar   asosida   xususiylashtiril di .   Agar
xususiylashtirilayotgan   korxona   asosiy   fondlarni   ishlab   chiqarishni   rivojlantirish
fondidagi   o‘z   mabla g‘ lari   hisobiga   sotib   olgan   bo‘lsa,   mol-mulkni   sotib   olish
qiymatidan chegirmalar ham nazarda tutildi. Ko‘pchilik savdo va xizmat ko‘rsatish
sohasi   obyektlari   yangi   egalariga   er   uchastkalari   bilan   birgalikda   sotildi.
Korxonalar   xususiylashtirilgach,   ularni   qo‘llab-quvvatlash   maqsadida   soliq
to‘lashda ham ayrim imtiyozlar belgilan di 108
.
Shunday   qilib,   ijtimoiy   kafolatlar   tizimi   xususiylashtirish   jarayonini   amalga
oshirish   uchun   ham,   ular   xususiylashtirilganidan   keyin   faoliyatini   muvaffaqiyatli
boshlashi uchun ham mumkin qadar qulay shart-sharoit tu g‘ dirib ber di .
Bizda xususiylashtirish borasida ishlab chiqilgan mexanizmning muhim jihati
mulkchilik shaklini o‘zgartirish bilan bir qatorda tarkib topgan ishlab chiqarish va
boshqaruv tizimlarini ixchamlashtirish va yakkahokimlikni bartaraf qilishdan ham
iboratdir.   Bu   engil   va   mahalliy   sanoat   korxonalarida,   agrosanoat   kompleksida
107
  Azimova   T.A.   O‘zbekistonda   mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish   maqsadi,   yo’llari   va
usullari // “PEDAGOGS”  international research journal. Volume-19, Issue-1, October- 2022. – B. 37.
108
  Shodmonov Sh.Sh., G‘afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2005. – B. 1 21 .
52 ayniqsa sezilarli namoyon bo‘ldi. Faqat yangi mulkdorlar paydo bo‘lib qolmasdan,
balki raqobatchilik muhiti ham aniq shakllanib bor di 109
.
Qishloqda   islohotlarni   jadallashtirish   maqsadida   O‘zbekiston   qishloq
xo‘jaligida davlat tasarrufidan chiqarish va ko‘p ukladli iqtisodiyotni rivojlantirish
dasturi   ishlab   chiqilib,   amalga   oshiril a   boshlandi .   Toshkent   tumani   negizida
tumanni   iqtisodiy   rivojlantirish   konsepsiyasi   ishlab   chiqildi.   Bu   konsepsiya
iqtisodiy   islohotlarni   tumanlar   darajasida   chuqurlashtirish   yo‘nalishlarini
tayyorlash cho g‘ ida asos qilib olindi.
Xususiylashtirish   chora-tadbirlari   tizimida   davlat   mulkini   tanlov   asosida
hamda   kim   oshdi   savdolarida   sotish   orqali   mulkni   davlat   tasarrufidan
chiqarishning   yangi   shakllaridan   yanada   kengroq   foydalaniladigan   bo‘lib   qoldi.
Dastlabki kim oshdi savdosining tajribasi shuni ko‘rsatdiki, bu shakl juda istiqbolli
bo‘lib,   unda   yangi   mulkdorlarning   tobora   ko‘proq   qismi   qatnash di .   K im   oshdi
savdosi orqali savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari - do‘konlar, restoranlar,
mehmonxonalar   va   boshqalar   sotil di .   Shuni   aytish   kerakki,   amaldagi   sotish
narxlari   ularning   boshlan g‘ ich   qiymatidan   ancha   yuqori   bo‘l di .   Bu   hol
xususiylashtirilayotgan mol-mulkning qiymatini ancha real baholashgagina imkon
berib qolmay, milliy valyutamizning qadrini oshirishga ham yordam ber di 110
.
Keyingi   vaqtlarda   kim   oshdi   savdolari   o‘tkazishning   yangi   shakli   ham   rivoj
topdi   -   kim   oshdi   savdosiga   mol-mulkkina   emas,   balki   xususiylashtirilayotgan
savdo   va   maishiy   xizmat   ko‘rsatish   obyektlari   joylashgan   er   uchastkalari,   yangi
qurilish   qilish   uchun   er   uchastkalaridan   foydalanish   huquqi,   shu   jumladan   chet
ellik   investorlar   uchun   ham   qo‘yiladigan   bo‘ldi.   Qishloq   xo‘jalik   erlarini   meros
qilib   olish   huquqi   bilan   muddatsiz   foydalanishga   berish   bo‘yicha   kim   oshdi
savdolari va tanlovlar tashkil etil di .
Ko‘chmas   mulk   va   qimmatli   qo g‘ ozlar   bozorlarining   yangi   muassasalarini
barpo   etishga   asos   solindi.   Respublika   fond   birjasi   va   ko‘chmas   mulk   birjasi,
109
. Каримов И.А. Ўзбекистоннинг сиёсий-ижтимоий  ва иқтисодий истиқболининг асосий  тамойиллари. Т.,
«Ўзбекистон», 1995. 237-б.
110
  Аҳмедов О.  Хусусийлаштириш жараёни: муаммо ва ечимлар. – Тошкент: Akademiya, 2005. – В.  63 .
53 Milliy depozitariy, investitsiya fondlari tashkil etildi, axborot, telekommunikatsiya
tizimlarini barpo etish dasturi ishlab chiqildi.
Aholini   xususiylashtirish   jarayoniga   ommaviy   jalb   etish   hamda   qimmatli
qoQozlar bozorini jadal shakllantirish maqsadida viloyatlarda brokerlik idoralariga
ega   bo‘lgan   respublika   fond   birjasida   ham   kim   oshdi   savdolari   muntazam
o‘tkaziladigan bo‘ldi 111
.
Ko‘chmas  mulk  bozori   ham   shakllanib  bor di .  Sotilgan   obyektlar  orasida   uy-
joy   kvartiralari,   savdo,   maishiy   xizmat   ko‘rsatish,   tugallanmagan   qurilish
obyektlari   ko‘pchilikni   tashkil   etdi.   Mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va
xususiylashtirish   jarayoni   tezlashib   bordi.   1994   yil   oxirigacha   54   mingga   yaqin
korxona va obyekt davlat tasarrufidan chiqarildi. SHularning 18,4 mingtasi xususiy
mulkka   o‘tdi,   26,1   mingtasi   aksiyadorlik,   8,7   mingtasi   jamoa,   661   tasi   ijara
korxonalariga   aylandi.   Xususiylashtirilgan   korxonalar   negizida   chet   el   kapitalini
jalb   qilish   yo‘li   bilan   qo‘shma   korxonalar   tuzil di .   1994   yilda   yalpi   ijtimoiy
mahsulotning deyarli yarmi iqtisodiyotning davlatga qarashli bo‘lmagan sektorida
ishlab chiqarildi 112
.
Mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirishdan   olingan
mabla g‘ lar   hisobiga,   ishlab   chiqarishni   texnika   bilan   qayta   qurollantirish   hamda
ishlab   chiqarish   tarkibini   o‘zgartirish   bo‘yicha   konkret   loyihalarni   ro‘yobga
chiqarish   maqsadida,   xususiylashtirish   boshlanganidan   keyingi   davrda
korxonalarga   kreditlar   berilayotir.   Bu   esa   xususiy   tadbirkorlarni,   asosan
fermerlarni kreditlar bilan qo‘llab-quvvatlash imkonini ber di 113
.
Kichik   biznes   ham   rivoj   topdi.   2000   yillarga   kelib   kichik   korxonalar   soni
deyarli   ikki   baravar   ko‘paydi.   Davlatga   qarashli   bo‘lmagan   sektorni   qo‘llab-
111
  Shodmonov Sh., Raxmatov M. Iqtisodiyot nazariyasi: Darslik. – T:   Zamin   nashr, 2021 . – B. 169.
112
  Xusainov R.R. Xususiylashtiriash, milliylashtirish va davlat-xususiy sherikchiligi. – Toshkent: Fan 
ziyosi, 2022. – B.  57 .
113
  Xusainov R.R. Xususiylashtiriash, milliylashtirish va davlat-xususiy sherikchiligi. – Toshkent: Fan ziyosi, 2022.
– B.  61 .
54 quvvatlash uchun respublikada Tadbirkorlikni rivojlantirish fondi, Kichik va o‘rta
biznesni rivojlantirishga ko‘maklashish fondi tashkil etildi.
Xususiy   sektorni   rivojlantirishga   yordam   berish   yuzasidan   ko‘rilayotgan
choralar   xususiy   korxonalar   sonini   1995   yil   boshlarida   deyarli   20   mingtaga
etkazish imkonini berdi. 250 mingdan ortiq odam yakka tartibdagi mehnat faoliyati
bilan   shu g‘ ullan di .   Ham masi   bo‘lib   esa   davlatga   qarashli   bo‘lmagan   sektorda   4
millionga   yaqin   odam   ishlamoqda.   Bu   ijtimoiy   ishlab   chiqarishga   jalb   etilgan
barcha   xodimlarning   deyarli   yarmidir.   Bu   hol   bozor   iqtisodiyoti   sari   amalda
ilgarilab borilayotganining yaqqol dalilidir 114
.
Mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish   jarayonlarida
ko‘plab   xalqaro   tashkilotlar,   chunonchi   YUNIDO   faol   qatnashmoqda.   Uning
yordamida uchta biznes-inkubator tashkil etildi. Evropa H am jamiyati Komissiyasi
Amaliy   aloqalar   markazini   tashkil   etdi.   Nemis   texnikaviy   ko‘maklashuv   jamiyati
(GTS)   tomonidan   Kichik   va   o‘rta   biznesni   qo‘llab-quvvatlash   markazi   ochildi.
Markaziy   Osiyodagi   Amerika   tadbirkorlik   fondi   va   Markaziy   Osiyo   investitsiya
fondi (Buyuk Britaniya) faol ish olib bor di . Ular keng ko‘lamda maslahat xizmatini
ko‘rsat di  va kadrlar tayyorlashni tashkil et di 115
.
Xususiylashtirishdan   keladigan   samara   ikki   yoqlama   xarakterga   ega   -   bir
tomondan,   u   aholining   bo‘sh   turgan   mabla g‘ larini   o‘ziga   jalb   qilib,   ularning
bozorga   tazyiqini   pasaytir sa ,   ikkinchi   tomondan   ishlab   chiqarishga   jalb   etish   va
tovar   ishlab   chiqaruvchilar   o‘rtasida   raqobatni   yuzaga   keltirish   uchun   sharoit
yarat di .   Ayni   cho g‘ da   bu   jarayon   aholining   daromadlarini   xususiylashtirilgan
korxonalarning samarali faoliyati hisobiga ko‘paytir di .
H ozirgi   zamon   ko‘p   ukladli   iqtisodiyotini   shakllantirish   sohasida   sezilarli
yutuqlarga   erishilgan   bo‘lsa-da,   qat’iy   xulosa   sifatida   aytish   mumkinki,
xususiylashtirish   jarayoni   haligacha   oxiriga   etkazilmagan .   Uning   yanada
114
  Shodmonov Sh.Sh., G‘afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2005. – B. 1 23 .
115
. Каримов И.А. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиёт йўли. Т., «Ўзбекистон», 1992. 326-б.
55 chuqurlashuvi   iqtisodiy   isloh   qilishning   navbatdagi   bosqichlarida   g‘ oyat   muhim
yo‘nalish bo‘lib xizmat qilishi kerak 116
.
O‘zbekistonda   ko‘p   ukladli   mulk   tizimi   rivojlanayapti,   bunda
xususiylashtirish   mulkdor   sinfini   shakllantiruvchi   omil   sifatida   muxim   rol
o‘ynaydi.   Mamlakatda   xususiy   mulk   tizimlari   uchun   qulay   bozor   institutsional
sharoitlar bosqichma-bosqich ta’minlanyapti. Bu tizimda aholini (xususiy sektorni)
barcha aktivlari aniq belgilandi va xuquqiy himoyalandi.
2. 3 .  Xususiylashtirishning yangi bosqichi
Bozor   islohotlariga   o‘tishning   O‘zbekiston   modeliga   ko‘ra   mamlakat   va
xalqning   iqtisodiy,   ijtimoiy,   ma’naviy,   madaniy   xususiyatlarini   hisobga   olgan
holda   ko‘p   ukladli   iqtisodiyotni   yaratish   va   xususiylashtirish   dasturi   ishlab
chiqilgan   hamda   hayotga   tadbiq   etilmoqda.   Shunga   ko‘ra   O‘zbekistonda,
birinchidan, davlat mulki mulkning yangi egasiga faqat sotish yo‘li bilan berilishi
mumkin.   Bu   mulk   obektlarining   to‘g‘ri   taqsimlanishi   va   ulardan   samarali
foydalanishni   ta’minlaydi.   Ikkinchidan,   yurtimizda   davlat   mulkini
xususiylashtirishning   maxsus   dasturi   ishlab   chiqildi   va   u   bosqichma-bosqich
amalga   oshirila   boshlandi.   Xususiylashtirish   bo‘yicha   barcha   ishlar   izchil,   bir
tizimda olib borildi. 
O‘zbekistonda   xususiylashtirish   jarayoni   bir   necha   bosqichda   amalga
oshirildi.   Xususiylashtirish   jarayonining   birinchi   bosqichi   1992-1994   yillar
davomida   amalga   oshirilgan   bo‘lib,   asosiy   diqqat-e’tibor   mahalliy   sanoat,   savdo,
transport,   aholiga   maishiy   xizmat   ko‘rsatish,   umumiy   ovqatlanish,   matlubot
kooperatsiyasi,   agrosanoat   majmuasi,   qayta   ishlash   tarmoqlari   korxonalarini
mulkchilikning turli  shakllariga aylantirishga qaratildi. Mazkur  bosqichda  amalga
oshirilgan xususiylashtirish  jarayoni   “kichik xususiylashtirish”  nomi  bilan tarixga
116
  Аҳмедов О.  Хусусийлаштириш жараёни: муаммо ва ечимлар. – Тошкент: Akademiya, 2005. – В.  67 .
56 kirdi 117
.   1994   yil   boshiga   kelib   tayyorlov   va   qayta   ishlash   tarmoqlari
korxonalarining   96   foizdan   ko‘prog‘i,   shuningdek,   davlat   va   idoraviy   uy-joy
fondlari xususiylashtirib bo‘lindi. 
Shunda   savdo   va   umumiy   ovqatlanish   yalpi   mahsulotining   82   foiz   dan
ko‘prog‘i   davlatga   qarashli   bo‘lmagan   sektor   hissasiga   to‘g‘ri   keldi.   Bu   jarayon
jadal   davom   etgan   1993   yildagi   xususiylashtirish   ko‘lamlarini   quyidagi   raqamlar
bilan   ifodalash   mumkin:sanoatda   1374   ta   korxona,   shu   jumladan   xalq   iste’moli
mollari   ishlab   chiqaradigan   1260   ta   korxona,   qurilishda–72,savdoda–20419,
umumiy   ovqatlanishda   –1953,   tayyorlov   tizimida–389,   uy-joy   kommunal
xo‘jaligida–8630   inshoot   xususiylashtirildi.   Umuman,   birinchi   bosqich   davomida
54 mingga yaqin korxona va inshoot mulkchilik shakllarini o‘zgartirdi. Ulardan 18
ming 400 tasi xususiy mulkka aylandi. 26,1 mingta korxona va inshoot aksionerlik
jamiyati,   shundan   8700   tasi–jamoa,   661   tasi   ijara   korxonasi   bo‘ldi 118
.   Bu   mavjud
har uchta korxonadan ikkitasi davlatga qarashli bo‘lmagan mulk shakliga o‘tishiga
olib   keldi.   1994   yilda   yalpi   ijtimoiy   mahsulotning   deyarli   yarmi   iqtisodiyotning
davlatga   qarashli   bo‘lmagan   sektorida   yaratildi.   Respublikamiz   Prezidentining
1994   yil   21   yanvardagi   “Iqtisodiy   islohotlarni   chuqurlashtirish   chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi hamda “1994 yil 16 martdagi mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish   jarayonini   yanada   rivojlantirishning   ustuvor   yo‘nalishlari
to‘g‘risida”gi   Farmonlari   xususiylashtirish   jarayoniga   sifat   jihatidan   yangi   turtki
berdi 119
.   Bu davrda asosan uy-joy, savdo va umumiy ovqatlanish, aholiga maishiy
xizmat   ko‘rsatish,   mahalliy   sanoat   korxonalari   xususiylashtirildi.   Mazkur
bosqichning   o‘ziga   xos   xarakterli   xususiyati   shundan   iborat   bo‘ldiki,
xususiylashtirish asosan xususiy, oilaviy, jamoa va aksiyali tarzda amalga oshirildi.
117
  Каримов   И.А.   Банк   тизими,   пул   муомаласи,   кредит,   инвестиция   ва   молиявий   барқарорлик   йўлида.   Т.:
Ўзбекистон, 2005. 276-б.
118
. Каримов    И.А.   Ўзбекистон    иқтисодий    ислоҳотларни    чукурлаштириш йўлида. -Т.:  Ўзбекистон, 1995.
56-6. 
119
  "Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   «Ўзбекистон   Республикасида   мулкни   давлат   тасарруфидан
чиқариш   ва   Хусусийлаштириш   жараёнини   янада   ривожлантиришнинг   устувор   йўналишлари   тўғрисида»
1994 йил 15 мартдаги фармонини бажариш чора-тадбирлари тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар
Маҳкамасининг   қарори   "   №171,   29.03.1994   -   ҳужжатига   нисбатан   корреспондент   ҳужжатлар   рўйхати
09.05.2017 сана ҳолатига
57 Qishloq xo‘jaligidagi islohotlar natijasida dastlab 715 davlat xo‘jaligi davlat
tasarrufidan   chiqarildi,   ularning   negizida   325   jamoa,   296   kooperativ,   90   ijara
xo‘jaliklari vujudga keldi. Mavjud chorvachilik obyektlari, ayniqsa past rentabelli
va   zarar   ko‘rib   ishlayotgan   firmalar   asosida   735   yopiq   turdagi   aksiyadorlik
jamiyatlari   tashkil   etildi.   SHaxsiy   tomorqa   va   dehqon   xo‘jaliklarini   rivojlantirish
ishlari olib borildi. Buning samarasi o‘laroq 680 ming gektardan ko‘proq maydon
yoki   sug‘oriladigan   erlarning   15   foizi   shaxsiy   tomorqa   va   dehqon   xo‘jaliklari
ixtiyoriga   berildi.   Shunday   qilib,   respublika   iqtisodiyotida   nodavlat   sektori
salmoqli   o‘ringa   ega   bo‘la   bordi   va   1993   yilda   milliy   daromadning   35   foizi
nodavlat sektori  hissasiga  to‘g‘ri keldi. 1994 yilning 1 yanvarigacha respublikada
1069414   kvartira   xususiylashtirildi.   Bu   xususiylashtirilishi   lozim   bo‘lgan
kvartiralarning  98,98   foizini   tashkil   qildi.   O‘zbekiston   shaharlarida  har   bir   oilada
o‘rtacha   4,7   kishi   bo‘lsa,   qariyb   5   millionga   yaqin   kishi   birgina   kvartiralar
xususiylashtirilishi evaziga mulkdorga aylandi. Kichik xususiylashtirish natijasida
21800   aksiyadorlik,   63   jamoa,   18184   xususiy,   661   ijara   korxonalari   va
boshqalardan   iborat   53902   turli   mulk   obyektlari   vujudga   keldi 120
.   SHuningdek,
tayyorlov   va   qayta   ishlash   tarmoqlarida   25   ming   obyekt   yoki   ular   jami
miqdorining   96,7   foizi   xususiylashtirildi.   1993   yilda   jami   korxonalarning   39,4
foizidan   ortig‘i   davlatga   tegishli   bo‘lmagan   korxona   bo‘lsa,   1994   yilda   bu
ko‘rsatkich 57,7 foizga 2015 yilga kelib esa 82,7 foizga yetdi 121
. 
Agar   1993   yilda   xalq   xo‘jaligida   band   bo‘lgan   aholining   48   foizi   nodavlat
sektorida   ishlagan   bo‘lsa,   2013   yilga   kelib   ularning   70   foizi   mazkur   sektorda
faoliyat   ko‘rsatmoqda.   Xususiylashtirishning   dastlabki   bosqichida   sanoat
mahsuloti   hajmining   yarmidan   ko‘pi,   qishloq   xo‘jalik   mahsulotining   97   foizi,
chakana tovar aylanmasining 94 foizi, pudrat ishlarining 61 foizi nodavlat sektori
hissasiga   to‘g‘ri   keladi.   Shunday   qilib,   mazkur   davr   oralig‘ida   “kichik
xususiylashtirish” bosqichi tugallandi 122
. 
120
. Давлат статистика қўмитасининг  1991-2013 йиллардаги маълумотлари.
121
  Shodmonov Sh.Sh., G‘afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2005. – B. 1 24 .
122
 Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чукурлаштириш йўлида. – Т: Ўзбекистон, 1995. 48-6
58 1994   yilning   o‘rtalaridan   boshlab   xususiylashtirishning   ikkinchi   bosqichi
boshlandi.   Mazkur   bosqich   1994-1998   yillar   davomida   amalga   oshirildi.   Bu
bosqichda   ochiq   turdagi   aksiyadorlik   jamiyatlarini   yaratish,   ularning   aksiyalarini
muomalaga   chiqarish,   shuningdek,   keng   ko‘lamli   ko‘chmas   mulk   va   qimmatli
qog‘ozlar   bozorlarini   barpo   etish   vazifalari   belgilab   olindi   va   ular   izchil   amalga
oshirildi.   1994   yil   oxiriga   kelib   respublikada   asosan   yopiq   turda   2900   ta
aksionerlik korxonasi mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 2015 yilgi ma’lumotlarga qaraganda,
4500   ta   ochiq   turdagi   aksionerlik   jamiyati   faoliyat   ko‘rsatmoqda.   Rasman   qayd
etilgan dehqon (fermer) xo‘jaliklari soni 7500 tadan 19300 taga etdi. Bu bosqichda
ko‘plab   o‘rta   va   yirik   korxonalar   aksiyadorlik   jamiyatlariga   aylantirildi   hamda
ularning   aksiyalari   respublika   qimmatbaho   qog‘ozlar   bozorining   asosini   tashkil
etdi. Davlat mulkining aksiyadorlikka aylantirilishi bilan bir qatorda kichik xususiy
biznes   korxonalari   qizg‘in   barpo   etildi.   Mulkni   davlat   tarassufidan   chiqarish   va
xususiylashtirishning   bu   bosqichida   ochiq   turdagi   aksiyadorlik   jamiyatlarini
vujudga   keltirish,   davlat   mulkini   tanlov   asosida   hamda   «kim   oshdi»   savdosida
sotish   amaliyotga   joriy   etildi.   Ko‘chmas   mulk   va   qimmatli   qog‘ozlar   bozorining
yangi muassasalari barpo etildi 123
.
1994   yilda   qabul   qilingan   farmon   va   qarorlar   natijasida   mazkur   bosqichda
xalq   xo‘jaligidagi   barcha   soha   ta’minotlarini   ommaviy   xususiylashtirish   uchun
imkon   yaratildi,   bu   sohadagi   cheklovlar   olib   tashlandi.   Masalan,   birgana   1994
yilda   qabul   qilingan   Dasturlar   ijrosi   samarasi   o‘laroq,   5   ming   127   obyekt
xususiylashtirildi.   Bundan   tashqari   qo‘shimcha   tarzda   dasturga   kirmagan   4   ming
617 obyekt ham haqiqiy egasini topdi. Xususiy tadbirkorlar 57 ta konserva sexini,
120 ta g‘isht  zavodini, 92 ta to‘quvchilik sexini  sotib olishdi. Qishloq xo‘jaligida
esa   butun   bog‘larning   yarmidan   ortig‘i,   uzumzorlarning   40   foizi   xususiy
foydalanish   uchun   berildi.   Dehqon   xo‘jaliklari   uchun   193   ming   gektar   er   ajratib
123
  Shodmonov Sh., Raxmatov M. Iqtisodiyot nazariyasi: Darslik. – T:   Zamin   nashr, 2021 . – B. 176.
59 berilib, 7 ming dehqon xo‘jaligi paydo bo‘ldi. 1994 yil oxiriga kelib ularning soni
14,2 mingtaga yetdi 124
. 
1995 yil xalq xo‘jaligida ommaviy xususiylashtirishlar  davri bo‘ldi 125
. Endi
yirik   korxonalar   ham   davlat   ixtiyoridan   chiqarila   boshlandi.   O‘sha   yili
mashinasozlik kompleksiga qarashli 89 ta korxona, 81 ta yoqilg‘i-energetika, 55 ta
qurilish industriyasiga qarashli, 114 ta transport, 68 ta uy-joy-kommunal xo‘jaligi,
229   ta   qayta   ishlash   korxonasi   va   291   ta   qurilish   bilan   bog‘liq   obyektlar
xususiylashtirildi. Bu davrda xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlaridagi qonun yo‘li
bilan   cheklashlar   qo‘yilmagan   korxonalar,   xalq   xo‘jaligining   bazaviy     tarmoqlari
bo‘lgan mashinasozlik, yoqilg‘i-energetika korxonalari, sanoat, qurilish, transport,
kommunal   uy-joy   xo‘jaligi,   agrosanoat   majmuining   tayyorlov   va   qayta   ishlash
korxonalari   va   boshqalar   xususiylashtirildi.   Xususan,   “O‘zbekneftgaz”
korporatsiyasi, energetika vazirligi, “O‘zmashsanoat” assotsiatsiyalarining ko‘plab
obyektlari,   shuningdek,   transport   korxonalari   davlat   tasarrufidan   chiqarildi.   Bu
bosqichda besh ming korxona, jumladan xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida 900
dan ko‘proq o‘rta va yirik korxonalar davlat tasarrufidan chiqarildi. 
1999   yildan   yildan   boshlab   xususiylashtirish   jarayonining   yangi-uchinchi
bosqichi   boshlandi.   Uchinchi   bosqich–1999-2000   yillarni   qamrab   oldi.   Ushbu
bosqichda   asosan   o‘rta   va   yoqilg‘i-energetika   kompaniyasiga   qarashli   yirik
korxonalar xususiylashtirildi.   Bu bosqich eng yirik korxonalarni xususiylashtirish,
tarmoqlar ichida institutsional o‘zgarishlar, yangicha xo‘jalik yuritish tuzilmalarini
yaratish   va   boshqalarni   nazarda   tutdi.   2000   yilga   qadar   bo‘lgan   davrda   xususiy
korxonalar   soni   7,5   mingtadan   19   ming   300   taga   yetdi 126
.   Xususiylashtirish
jarayonining   uchinchi   bosqichida,   1999   yilning   1   yanvariga   kelib   aksariyat
korxonalar xususiylashtirildi. 
Bir   so‘z   bilan   aytganda,   mustaqillik   yillarida   xususiylashtirish   jarayoni
O‘zbekistonda   izchillik   bilan   boqichma-bosqich   amalga   oshirila   bordi.
124
  Аҳмедов О.  Хусусийлаштириш жараёни: муаммо ва ечимлар. – Тошкент: Akademiya, 2005. – В.  74 .
125
. Эргашев Қ., Ҳамидов Х. Ўзбекистон тарихи. Т. Ғофур Ғулом., 497-б. 
126
  Каримов   И.А.   Асосий   мақсадимиз-Ватанимиз   тараққиёти   ва   халқимиз   фаровонлигини   янада
юксалтиришдир. Т.: Ўзбекистон., 2010. 58-б.
60 O‘zbekistonda   iqtisodiy   islohotlar   o‘ziga   xos   tarzda   amalga   oshirilar   ekan,
tadbirkorlik   va   ishbilarmonlikni   davlat   tomonidan   qo‘llab-quvvatlashga   katta
e’tibor berildi.
O‘zbekiston   Respublikasida   xususiylashtirish   jarayonining   To‘rtinchi
bosqichi–2001-2005   yillar   oralig‘ida   amalga   oshirildi.   O‘zbekiston
Respublikasining   Birinchi   Prezidenti   I.A.   Karimov   ta’kidlaganlaridek,   “xususiy
mulk   va   xususiy   tadbirkorlik   sektorini   kengaytirish,   jadallashtirish   sari   tub
burilishlar   davri   hisoblanadi” 127
.   Ushbu   bosqichga   xos   muhim   xususiyat–davlat
obyektlarining to‘liqligicha xususiy mulk sifatida sotilishi ulushining ortib borishi
hisoblanadi. 
Xususiylashtirish   jarayoning   beshinchi   bosqich–2006-2009   yillar   davomida
amlga   oshirilib,   mazkur   bosqich   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “2006
yil   10   iyuldagi   2006-2008   yillarda   mulkni   davlat   tassarufidan   chiqarish   va
xususiylashtirish   jarayonlarini   chuqurlashtirish   to‘g‘risida”gi   Farmonining   qabul
qilinishi bilan boshlandi. Iqtisodiyotda xususiy mulkchilik rolining ortishi, xo‘jalik
yurituvchi   sub’ektlarning   ustav   fondida   davlat   ulushining   qisqarishi,   yuridik   va
jismoniy   shaxslarning   binolari,   inshootlari   bilan   band   bo‘lgan   er   uchastkalari
xususiy   mulk   huquqida   xususiylashtirilishi   ushbu   bosqichning   muhim   xususiyati
hisoblanadi 128
. 
Respublikamizda   amalga   oshirilib   kelinayotgan   xususiylashtirish
jarayonining   oltinchi   bosqichi–2010   yildan   boshlanib   hozirda   ham   davom
etmoqda. Bu yangi 6-bosqich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 20
iyuldagi   672-sonli   “2007-2010   yillarda   xususiylashtirish   jarayonlarini   yanada
chuqurlashtirish   va   xorijiy   investitsiyalarni   faol   jalb   qilish   chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi   qarori   qabul   qilindi .   Bunda   xususiy   mulkni   huquq   va   himoyasini
mustahkamlash,   har   qaysi     xususiy   mulkdor   qonuniy   yo‘l   bilan   qo‘lga   kiritilgan
yoki yaratgan o‘z mulkining daxlsizligiga aslo shubha  qilmasligini ta’minlaydigan
127
.   Каримов     И.А.     Демократик     ҳуқуқий     давлат,     эркин     иқтисодиёт   талабларини     тўлиқ     жорий     этиш,
фуқаролик  жамияти  асосларини  қуриш фаровон ҳаёт гаровидир. –Т., 2007. –Б. 25.
128
  Xusainov R.R. Xususiylashtiriash, milliylashtirish va davlat-xususiy sherikchiligi. – Toshkent: Fan ziyosi, 2022.
– B.  71 .
61 ishonchli kafolatlar tizimini yaratish, davlat har bir xususiy mulkdor huquqlarining
himoyachisi   bo‘lishi,   shuning   uchun   ham   tadbirkorlar   o‘z   biznesiga   investitsiya
kiritishi,   ishlab   chiqarish   faoliyatini   kengaytirishi,   mahsulot   hajmi   va   olayotgan
daromadini   ko‘paytirishi,   o‘z  mulkiga   o‘zi   egalik  qilishi,   foydalanishi   va  tasarruf
etishi   uchun   xususiy   mulkka   nisbatan   davlat   tomonidan   berilayotgan   asosiy
kafolatlarni   mustahkamlashga   qaratilgan   “Xususiy   mulkni   himoya   qilish   va
mulkdor   huquqlarining   kafolatlari   to‘g‘risida”gi   O‘zbekiston   Respublikasi
Qonunini ishlab chiqish va qabul qilish zarurligi alohida ta’kidlangan edi. Natijada,
parlament   palatalarida   qabul   qilinib   hamda   Prezidentimiz   tomonidan   2012   yil   24
sentyabrda   imzolanib   “Xususiy   mulkni   himoya   qilish   va   mulkdorlar   huquqlarini
kafolatlari to‘g‘risida”gi  Qonuni 129
 e’lon qilindi va bu qonun rasmiy e’lon qilingan
kundan e’tiboran kuchga kirdi. Ushbu qabul qilingan qonun mulkiy munosabatlar
borasida   ko‘plab   masalalar   echimini   ta’minlashga   qaratilgani   bilan   ahamiyatlidir.
Bozor   munosabatlarining   asosi   bo‘lmish   davlat   mulkini   xususiylashtirish
jarayonlarini   yanada   chuqurlashtirish   va   xususiy   mulkchilik   ko‘lamini
kengaytirish,   monopoliyaga   qarshi   samarali   tartibotlarni   amalga   oshirish   hamda
real   raqobatchilik   muhitini   shakllantirish,   fond   bozorini   jadal   rivojlantirish,
korporativ   boshqaruv   tizimini     tubdan   takomillashtirish   maqsadida   O‘zbekiston
Respublikasi   Davlat   mulkini   boshqarish   davlat   qo‘mitasi   hamda   O‘zbekiston
Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
negizida   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “O‘zbekiston   Respublikasining
Xususiylashtirish,   monopoliyadan   chiqarish   va   raqobatni   rivojlantirish   davlat
qo‘mitasi   tashkil   etish   to‘g‘risida”gi   2012   yil   13   noyabrdagi   Farmoni   e’lon
qilingan 130
. 
Bu   tashkil   qilingan   qo‘mita   oldiga   xususiylashtirish   jarayonlarini   yanada
chuqurlashtirish,   iqtisodiyotda   davlat   ishtirokini   kamaytirish   hamda   xususiy
129
.   Ўзбекистон   Республикаси   қонун   ҳужжатлари   тўплами,   2012   й.,   46-47-сон,   523-модда;   2015   й.,   43-сон,
549-модда; 2016 й., 17-сон, 176-модда
130
  O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “O‘zbekiston   Respublikasining   Xususiylashtirish,   monopoliyadan
chiqarish   va   raqobatni   rivojlantirish   davlat   qo‘mitasi   tashkil   etish   to‘g‘risida”gi   2012   yil   13   noyabrdagi   Farmoni.
https://lex.uz/acts/-2082740 . 
62 mulkchilikning roli va ahamiyatini oshirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni
rivojlantirish, ikkilamchi fond bozori ishlarini yanada yaxshilash bo‘yicha ko‘plab
vazifalar   belgilab   berilgan.   2016   yilga   qadar   bo‘lgan   davr   ichida   ko‘plab   ijobiy
ishlar   amalga   oshirildi.   Jumladan,   hududlardagi   kamquvvatli   korxonalarni,
qurilishi   tugullanmagan   va   bo‘sh   turgan   obyektlarni   aniqlash   bo‘yicha   ham
muayyan   ishlar   olib   borildi.   Buning   samarasi   o‘laroq,   ushbu   qo‘mita
ma’lumotlariga  ko‘ra,  respublikamiz   bo‘yicha  10   mingga  yaqin   shunday   korxona
va   obyektlar   negizida   ishlab   chiqarishni   tiklash   bo‘yicha   takliflar   tayyorlandi.
Shundan   8   mingdan   ortiq   korxona   va   obyektlarni   moliyaviy   sog‘lomlashtirish
ko‘zda   tutilgan.   Bundan   tashqarish,   bo‘sh   turgan   290   ta   davlat   obyektini
xususiylashtirish, 263 tasini investitsiya kiritish va ish o‘rinlari yaratish sharti bilan
tadbirkorlarga   “nol”   qiymatida   sotish,   160   dan   ko‘prog‘ini   samarali   foydalanish
maqsadida davlat va nodavlat tashkilotlariga berish, 138 tasida markazlashtirilgan
mablag‘lar   hisobiga   qurilish   ishlarini   yakunlash   hamda   232   ta   obyektni
tadbirkorlarga ijaraga ajratish takliflari ishlab chiqilgan 131
. 
Xulosa   qilib   aytganda,   O‘zbekiston   sharoitida   davlat   mulkini
xususiylashtirish   tamoyillari   va   zaruriyati   mamlakat   rahbariyati   va   hukumati
tomonidan   ishlab   chiqilgan   taraqqiyotning   iqtisodiy   asoslariga   binoan   amalga
oshirildi. 
Shu bilan birga x ususiylashtirishning   mamlakat tomonidan ishlab chiqilgan
huquqiy   negizlari   yillar   davomida   takomillashtirilib   zamon   talablari   asosida
rivojlantirilib bordi.
131
. Изчил ривожланиш кафолати. // Халқ сўзи, 2013 йил 6 июнь.
63 III BOB.  YANGI O‘ZBEKISTONDA XUSUSIYLASHTIRISHNING
YANGI BOSQICHI
3.1. Xususiylashtirishning iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘rni va ahamiyati
2016-yildan   keyingi   davrda   ham   xususiylashtirish   tadbirlari   izchil   davom
ettirildi.   Soha   tizimlarini   mustahkamlash   va   uni   yangi   bosqichga   olib   chiqish
maqsadida   2017-yil   18-aprelda   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat
Mirziyoyevning   “ Xususiylashtirilgan   korxonalar   bilan   ishlash   samaradorligini
oshirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida ” 132
  qarori   e’lon   qilindi.   Mazkur   qaror
mamlakatimizda   xususiylashtirish   jarayonlarini   yangi   bosqichga   olib   chiqishga
qaratilgan   bo‘lib   sohadagi   natijalar   sarhisobini   ham   o‘z   ichiga   olgan   edi.   Ya’ni,
O‘zbekiston   Respublikasida   davrida   mulkini   xususiylashtirish   va   davlat
tasarrufidan   chiqarish   bo‘yicha   davlat   ustuvor   tadbirlari   doirasida   amalga
oshirilgan natijalar quyidagicha qayd etiladi. 30 mingdan ortiq davlat obyekti, shu
jumladan, ularning 6,5 mingtasi yirik va o‘rta korxona xususiy mulk qilib sotilgan
bo‘lib,   hozirgi   kunda   nodavlat   sektoriga   yalpi   ichki   mahsulotning   81   foizidan
ko‘prog‘i,   sanoat   ishlab   chiqarishining   94   foizi   va   barcha   band   aholining   82
foizidan ortig‘i to‘g‘ri keldi 133
. 
Respublika   ishchi   guruhining   tahliliy   nazorat   hisobotlariga   ko‘ra,
xususiylashtirish  bir qator  korxonalarni xususiylashtirish o‘zidan kutilgan natijani
olib   kelmagan.   Xususan,   respublika   bo‘ylab   uning   hududlaridagi   iqtisodiy
rivojlanish   tadbirlarining   amalga   oshirilishi   bilan   tanishish   natijalariga   qaraganda
xususiylashtirishga   jalb   qilingan   korxonalarning   mulkdor   egalari   ishlab   chiqarish
quvvatlaridan to‘liq va samarali foydalanmayotganligi, korxonalarni uzoq muddatli
rivojlantirish   strategiyasi   va   yo‘l   xaritalarning   mavjud,   mo‘ljallangan   ishlab
chiqarishlarni   tiklamayotganligi   va   ishlab   chiqarilayotgan   mahsulotlarning
raqobatdoshligini   ta’minlashga   qaratilgan   zamonaviy   texnologiyalarni   joriy
132
  Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари тўплами. “Хусусийлаштирилган корхоналар билан ишлаш
самарадорлигини   ошириш   чора-тадбирлари   тўғрисида”   ги   Қарор   (Электрон   ресурс.   ).
https://lex.uz/docs/3168115.
133
  https://deponet.uz/uz/article/hususiylashtirilgan-korhonalar-bilan-ishlash-samaradorligini-oshirish-chora-
tadbirlari-tugrisida.
64 etmaganligi   ko‘zga   tashlandi.   Mazkur   salbiy   ko‘rinishlar   Toshkent   shahrida
birinchilardan   bo‘lib   xususiylashtirilgan   "Rele   va   avtomatika",   "Algoritm"
zavodlari,   Samarqand   shahridagi   "Qizil   dvigatel"   va   Liftsozlik   zavodlari,
G‘ijduvon ip yigiruv fabrikasi, Xorazm viloyatining Urganch tumanidagi parranda
fabrikasi, Termiz shahridagi "16-sonli g‘isht zavodi" va boshqa bir qator obyektlar
misolida namoyon bo‘ldi 134
.
Olib   borilgan   tahlil   xatlov   hisobotlariga   ko‘ra,   dastlab   xususiylashtirish
tadbirlariga jalb etilgan korxonalar qoshida 2 mingdan ortiq iqtisodiy jihatdan past
ko‘rsatkichli   va   foyda   olmayotgan   kam   quvvatli   xo‘jalik   subyekti,   shu   jumladan,
mingdan  ortiq  ishlash  qobiliyatini   yo‘qotgan   hamda  deyarli   bo‘sh   yotgan  obyekt,
samarasiz   foydalanilayotgan   yer   uchastkalari   va   ishlab   chiqarishga   mo‘ljallangan
xonalari mavjud ekanligi aniqlandi.
Keng   miqyosida   chuqur   taftish   hisobotiga   ko‘ra   xususiylashtirish   va   undan
keyingi   munosabatlarda   davlat   organlari   xususiylashtirilgan   korxonalarning
holatini o‘rganish va tahlil qilishda yetarlicha ish olib bormagan. Bu yerdagi ishlab
chiqarish faoliyati va moliyaviy-iqtisodiy ahvolini monitoring qilish, ularda yuzaga
kelgan va to‘planib qolgan muammolarni sabablarini aniqlash va uni bartaraf etish
choralari   ko‘rilmagan.   Korxonalarning   kredit   va   moddiy   resurslar   bilan
ta’minlashi,   muhandislik-ishlab   chiqarish   infratuzilmasini   tiklashda,   ular   uchun
ichki   va   tashqi   savdo   bozorlarini   topishda   amaliy   ko‘mak   berish   bilan   juda   sust
tarzda olib borilgan.
2017-yil   7-fevralda   qabul   qilingan   “2017   -   2021   yillarda   O‘zbekiston
Respublikasini   rivojlantirishning   beshta   ustuvor   yo‘nalishi   bo‘yicha   H arakatlar
strategiyasi”da   iqtisodiyotni   yanada   rivojlantirish   va   liberallashtirishdagi   muhim
vazifa sifatida xususiy mulkning ustuvor rolini kuchaytirish va xususiylashtirilgan
obyektlar negizida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun   qulay shart-sharoitlar
yaratish belgilangan edi 135
.
134
  https://deponet.uz/uz/article/hususiylashtirilgan-korhonalar-bilan-ishlash-samaradorligini-oshirish-chora-
tadbirlari-tugrisida.
135
  “2017   -   2021   yillarda   O‘zbekiston   Respublikasini   rivojlantirishning   beshta   ustuvor   yo‘nalishi   bo‘yicha
H    arakatlar strategiyasi”    . https://president.uz/oz/lists/view/4132.
65 Xususiylashtirilgan korxonalarning mavjud ulkan iqtisodiy va ishlab chiqarish
salohiyatini   hisobga   olgan   holda,   ishlab   chiqarishni   kengaytirish,   eksportni
jadallashtirish,   aholi   bandligi   va   daromadlarini   oshirish   hisobiga   ular   iqtisodiy
o‘sishning   lokomotivi   bo‘lib   xizmat   qildi.   Xususiylashtirilgan   korxonalarni   har
tomonlama   qo‘llab-quvvatlash   strategiya   xronologik   yillarida   respublika
mintaqalari   va   butun  mamlakatni   rivojlantirishda   kuchli   omil   bo‘lib  xizmat   qildi.
Bularning   barchasi   xususiylashtirilgan   korxonalarni   qo‘llab-quvvatlash   bilan
bog‘liq   masalalarni   hal   etishni   respublika   Hukumati   va   tashkil   etilayotgan
O‘zbekiston   Respublikasi   Xususiylashtirilgan   korxonalarga   ko‘maklashish   va
raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining g‘oyat muhim vazifalarni ijro etdi. 
13.06.2017   yilda   O‘RQ–436-son   Qaror   bilan   «Davlat   tasarrufi d an   chiqarish
va  xususiylashtirish  to‘g‘risida» 136
gi   Qonunga  tuzatishlar  kiritildi .   Mazkur   Qonun
bo‘yicha   18   ta   kategoriyadagi   davlat   mulki   obyektlari   davlat   tasarrufidan
chiqarilishi   va   xususiylashtirilishi   belgilab   qo‘yildi.   2022   yilning   18-martida   esa
“Iqtisodiyotda   davlat   ishtirokini   yanada   qisqartirish   va   xususiylashtirishni
jadallashtirishga   oid   qo‘shimcha   chora-tadbirlar   to‘g‘risida”gi   O‘zbekiston
Respublikasi   Prezidenti   Q arori   qabul   qilindi.   Ushbu   qarorga   asosan   samarasiz
foydalanilayotgan   va   asosiy   faoliyat   sohasiga   taalluqli   bo‘lmagan   aktivlarni
aniqlash   uchun   xatlov   ishlari   amalga   oshiriladi   va   ulardan   samarali   foydalanish
choralari ko‘riladi 137
.
Shuningdek,  2022 yil 1 apreldan boshlab, bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk
obyekti yoki yer uchastkalari aniqlangan hollarda, ular:
- hududi 2 000 kv. metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk obyekti bo‘lganda – hokim
yordamchilarining   onlayn-buyurtmanomasiga   asosan   Agentlik   tomonidan
tasdiqlanadigan   tartibga   muvofiq   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   elektron   onlayn-auksion
savdolariga chiqarilishi belgilab qo‘yildi;
136
  https://lex.uz/ru/docs/-127010 . 
137
  Х усусийлаштиришни   жадаллаштиришга   оид   чора-тадбирлар   белгиланди   //
HTTPS:// www.norma.uz/qonunchilikda_yangi/hususiylashtirishni_jadallashtirishga_oid_chora-tadbirlar_belgilandi.
66 - qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari  bo‘lganda – “Yerelektron”
AAT orqali yuborilgan onlayn-buyurtmanoma uch kun muddatda tegishli idoralar
tomonidan   ko‘rib   chiqiladi   hamda   ijobiy   xulosa   berilgan   taqdirda,   ikki   hafta
muddatda   ushbu   uchastkalar   elektron   onlayn-auksion   savdolariga   chiqarilishi
ko‘zda   tutildi.   Bunda   davlat   aktivlarini   xususiylashtirish   ularning   boshlang‘ich
narxini   e’lon   qilmagan   holda   talabgorlarni   muzokaralarga   ommaviy   taklif   qilish
yo‘li   bilan,   shu   jumladan,   professional   tashkilotlarni   jalb   qilgan   holda   amalga
oshiriladi.   Bunda,   professional   tashkilotlarni   jalb   qilish   orqali
xususiylashtiriladigan   davlat   aktivlari   ro‘yxati   Davlat   tender   komissiyasi
tomonidan tasdiqlanadi. Professional tashkilotlarni jalb etgan holda qiymati 10 mln
AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan aktivlar bo‘yicha investorlarning takliflari Agentlik
va   boshqa   davlat   organlari   ishtirokisiz,   jalb   qilinadigan   professional   tashkilotlar
tomonidan   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   qabul   qilindi.   Davlat   tender   komissiyasi   qarori
asosida   talabgorlarni   muzokaralarga   ommaviy   taklif   qilish   yo‘li   bilan   sotiladigan
davlat ko‘chmas mulk obyektlari yoki davlat ulushi  bo‘yicha investorlar takliflari
“E-auksion”   elektron   savdo   platformasi   orqali   qabul   qilinadi,   bundan   qiymati   10
mln AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan aktivlarni professional tashkilotlarni jalb etgan
holda sotish holatlari mustasno ekanligi belgilab qo‘yildi 138
. 
2023-yilning   24-martida   esa   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining
“ Iqtisodiyotda   davlat   ishtirokini   qisqartirishning   qo‘shimcha   chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi   qarori   qabul   qilindi.   Mazkur   qaror   asosida   tizimga   bir   qator
o‘zgarishlar   olib   kirilishi   belgilab   qo‘yildi.   Xususan,   qaror   asosida   quyidagilar
tasdiqlandi:
 Ommaviy   savdolar   orqali   to‘liqligicha   sotiladigan   1   001   ta   korxonaning
aksiya paketlari (ulushlari) ro‘yxati;
 Aksiya   paketlari   “Bitta   aksiya   –   bitta   lot”   tamoyili   asosida   xalq   IPOsini
o‘tkazish   tartibida   ommaviy   savdolar   orqali   sotiladigan   40   ta   korxonalar
ro‘yxati;
138
  Х усусийлаштиришни   жадаллаштиришга   оид   чора-тадбирлар   белгиланди   //
HTTPS:// www.norma.uz/qonunchilikda_yangi/hususiylashtirishni_jadallashtirishga_oid_chora-tadbirlar_belgilandi.
67  Ommaviy savdolar orqali sotiladigan 1 046 ta davlat va davlat ishtirokidagi
korxonalarning ko‘chmas mulk obyektlari ro‘yxati;
 Munitsipal mulk obyektlarini belgilash mezonlari.
Belgilanishicha, ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalarning
davlat aksiya paketlarini sotish doirasida:
 professional   tashkilotlar   savdo   jarayonlarini   tashkil   etish   eng   yaxshi
takliflarni tanlab olish asosida jalb etilishi mumkin;
 xususiylashtirish   jarayonidagi   munosabatlar   elektronlashtirilib   uning
ishtirokchilariga   “E-auksion”   elektron   savdo   platformasi,   shu   jumladan,
mobil   ilovasi   orqali   real   vaqt   rejimida   ularni   identifikatsiya   qilish,
investitsiya   vositachilari   bilan   shartnoma   tuzish   va   depo   hisobraqamini
ochish imkoniyati yaratiladi;
 aksiyalarni   sotib   olishda   “E-auksion”   elektron   savdo   platformasida   barcha
investitsiya   vositachilari   va   ularning   mijozlari   ishtirok   etishi   uchun   teng
sharoitlar yaratiladi;
 aksiyalarni   sotib   olish   uchun   elektron   arizalar   mahalliy   investorning   o‘zi
tomonidan yoki investorlar nomidan harakat qiluvchi investitsiya vositachisi
orqali berilishi mumkin;
 onlayn   auksionlar   yakunlariga   ko‘ra   oldi-sotdi   shartnomalari   qimmatli
qog‘ozlar  savdolari tashkilotchilarining savdo maydonchalaridan tashqarida
ro‘yxatdan o‘tkaziladi va uning natijasi to‘g‘risidagi ma’lumot investorning
shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Qarorda   xususiylashtirish   jarayonida   vakolatli   davlat   organi   hisoblangan
Davlat   mulkini   sotishda   tender   savdolarini   o‘tkazish   bo‘yicha   davlat
komissiyasining   nomi   qayta   o‘zgartirilib   Davlat   aktivlarini   xususiylashtirish   va
xususiylashtirish   jarayonlarini   muvofiqlashtirish   davlat   komissiyasi   deb
nomlandi 139
.   Shuningdek,   Davaktiv   agentligining   “Elektron   onlayn-auksionlarni
tashkil   etish”   AJ   va   “Qimmatli   qog‘ozlarning   markaziy   depozitariysi”   AJning
139
  Абдуазимов   Л.   Д авлат   корхоналарини   хусусийлаштириш   янги   босқичга   чиқмоқда   //
https://www.norma.uz/qonunchilikda_yangi/davlat_korhonalarini_hususiylashtirish_yangi_bosqichga_chiqmoqda.
68 kamida  10   foiz   aksiyalarini   mahalliy  fond  bozorida   xalq  IPOsini   o‘tkazish   orqali
ommaviy joylashtirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.
2023-yil   1-iyuldan   boshlab,   jismoniy   shaxslarga   “Davlat   mulki”   axborot
tizimi   orqali   maydoni   2   000   metr   kvadratgacha   bo‘lgan   davlat   ko‘chmas   mulk
obyektlarini xususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun onlayn auksion savdolariga
chiqarish bo‘yicha ariza berish huquqi beriladi. 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab:
 ko‘chmas   mulk   obyektlari   va   davlat   ulushlari   xususiylashtirilganligi
to‘g‘risidagi   davlat   namunasidagi   order   va   sertifikat   Davlat   xizmatlari
markazlari va (yoki) YaIDXP orqali QR-kod qo‘yilgan holda beriladi;
 onlayn auksion savdolarida davlat mulki obyektlarini sotib olgan xaridorlar
bilan shartnomalar savdo natijasi bo‘yicha bayonnoma asosida “E-auksion”
elektron savdo platformasida  elektron shaklda (shu jumladan, ERIsi  orqali)
rasmiylashtiriladi;
 har chorakda tegishli vazirlik va idoralar xodimlarining joyiga chiqqan holda
investitsiya   majburiyatlarining   bajarilishini   oraliq   monitoring   qilish   tartibi
bekor qilinadi;
 investitsiya   majburiyatlarining   bajarilishi   to‘g‘risidagi   hisobotlarni   qog‘oz
shaklida   taqdim   etish   tartibi   bekor   qilinib,   tegishli   davlat   organlari   va
tashkilotlarning   elektron   bazasini“Davlat   mulki”   axborot   tizimiga
integratsiya   qilish   tadbirkorlar   elektron   tizimga   kiritadigan   ma’lumotlar
orqali hisobotlarni olish yo‘lga qo‘yiladi 140
.
Mamlakatimizda   amalga   oshirilayotgan   xususiylashtirish   tadbirlarining
muhim   tarkibiy  qismlaridan  biri   bu  qishloq   xo‘jaligi  sohasi  hisoblanadi.   B ugungi
kunga   kelib   mazkur   yo‘nalish   bo‘yicha   bir   qator   amaliy   chora-tadbirlar   amalga
oshirildi.   Ya’ni,   2021-yil   15-noyabrda   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti
tomonidan   “Qishloq   xo‘jaligiga   mo‘ljallanmagan   yer   uchastkalarini
xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘RQ-728-sonli Qonun imzolandi 141
.
140
  Абдуазимов   Л.   Д авлат   корхоналарини   хусусийлаштириш   янги   босқичга   чиқмоқда   //
https://www.norma.uz/qonunchilikda_yangi/davlat_korhonalarini_hususiylashtirish_yangi_bosqichga_chiqmoqda.
141
  Ўзбекистон   Республикаси   Қонун   ҳужжатлари   тўплами.   “Қишлоқ   хўжалигига   мўлжалланмаган   ер
участкаларини   хусусийлаштириш тўғрисида”  (Электрон ресурс. ). https://lex.uz/docs/5729966.
69 Mazkur   hujjat   mamlakatda   olib   borilayotgan   xususiylashtirish   tadbirlari
uchun   qabul   qilingan   bo‘lib   xususiylashtirish   obyektlari,   subyektlari,   yerni
xususiylashtirishning   shakllari   va   uning   tartibi,   xususiylashtirilgan   yerlarning
huquqiy   maqomi   masalasi   qonun   bilan   mustahkamlangan.   Shuningdek,
xususiylashtirish   sohasida   davlat   boshqaruvi   organlarining   vakolatlari   belgilab
berilgan.   Mazkur   qonunda  xususiylashtirish  obyektlari  sifatida  yuridik  shaxslarga
tadbirkorlik   va   shaharsozlik   faoliyatini   amalga   oshirish   uchun   berilgan   yer
uchastkalari;   respublika   fuqarolariga   yakka   tartibda   uy-joy   qurish   va   uy-joyni
obodonlashtirish,   shuningdek   tadbirkorlik   va   shaharsozlik   faoliyatini   amalga
oshirish uchun berilgan yer  uchastkalari;  xususiylashtirilishi  lozim  bo‘lgan davlat
ko‘chmas   mulk   obyektlari   joylashgan   yer   uchastkalari;   bo‘sh   turgan   yer
uchastkalari belgilab qo‘yilgan 142
.
Xususiylashtirilmaydigan   yer   uchastkalari   jumlasiga,   boshqalar   qatorida,
quyidagilar kiritildi. Ko‘p kvartirali uylar joylashgan, shuningdek ularga tutash yer
uchastkalari.   DXSh   loyihalarini 143
,   ijtimoiy   sheriklik   to‘g‘risidagi   kelishuvlar   va
shartnomalarni   amalga   oshirish   uchun   berilgan,   shuningdek   yuridik   shaxslarga
davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun berilgan yer uchastkalari. Respublika fuqarolari
va yuridik shaxslari xususiylashtirish sub’ektlaridir. Chet ellik fuqarolar, fuqaroligi
bo‘lmagan  shaxslar,  chet  el   yuridik  shaxslari,  chet   el  investitsiyalari  ishtirokidagi
142
  “Халқ сўзи” газетасида 15.11.2021 йил.
143
  Давлат   шериги   ва   хусусий   шерикнинг   муайян   муддатга   юридик   жиҳатдан   расмийлаштирилган,   давлат-
хусусий   шериклик   лойиҳасини   амалга   ошириш   учун   ўз   ресурсларини   бирлаштиришига   асосланган
ҳамкорлиги,   Иқтисодий,   ижтимоий   ва   инфратузилмавий   вазифаларни   ҳал   этишга   қаратилган,   хусусий
инвестицияларни   жалб   этиш   ва   (ёки)   илғор   бошқарув   тажрибасини   жорий   этиш   асосида   амалга
ошириладиган  тадбирлар мажмуидан  иборат. Соҳа доир Ўзбекистон  Республикасининг 2019 йил 10 майда
“Давлатхусусий шериклик тўғрисида”ги ЎРҚ-537-сонли Қонуни, Ўзбекистон Республикаси Президентининг
2018   йил   20   октябрда   “Давлат-хусусий   шерикликни   ривожлантиришнинг   ҳуқуқий   ва   институционал
базасини яратиш бўйича биринчи навбатдаги чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПҚ-3980-сон қарори, Ўзбекистон
Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2018 йил 13 декабрда “Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги
ҳузуридаги Давлат-хусусий шерикликни ривожлантириш агентлиги фаолиятини ташкил этиш тўғрисида”ги
1009-сон қарори, 2020 йил 26 апрелда “Давлат-хусусий шериклик лойиҳаларини амалга ошириш тартибини
такомиллаштириш   тўғрисида”ги   259-сон   қарори,   Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   2021   йил   7
июндаги   “Давлат-хусусий   шериклик   асосида   ҳудудларда   замонавий   иссиқхона   хўжаликларини   ташкил
қилиш   чора-тадбирлари   тўғрисида”ги   қарорлари   қабул   қилинди.   2019   йил   8   октябрда   ПФ-5847-сонли
«Ўзбекистон Республикаси олий таълим тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепциясини тасдиқлаш
тўғрисида»ги фармони ҳамда мазкур соҳаларга тегишли бошқа меъёрийҳуқуқий ҳужжатлар қабул қилинди.
70 korxonalar,   shuningdek   davlat   organlari,   muassasalari   va   korxonalari
xususiylashtirish sub’ektlari bo‘lmaydi 144
.
Yer   uchastkalarini   xususiylashtirish   quyidagi   shakllarda   amalga   oshirilishi
belgilab   qo‘yildi.   Xususiylashtirish   sub’ektlari   tomonidan   o‘ziga   doimiy
foydalanish   (egalik   qilish),   ijara   yoxud   meros   qilib   qoldiriladigan   umrbod   egalik
qilish   huquqi   asosida   tegishli   bo‘lgan   yer   uchastkalarini   sotib   olish.   Yer
uchastkalarini   elektron   onlayn-auksion   orqali   sotib   olish.   Yer   uchastkalarini
xususiylashtirishga   doir   ariza   davlat   xizmatlari   markazlari   yoki   YaIDXP   orqali
beriladi.   Uni   ko‘rib   chiqish   Yer   uchastkalarini   xususiylashtirish   bo‘yicha   davlat
xizmatlari   ko‘rsatishga   doir   ma’muriy   reglamentga   muvofiq   avtomatlashtirilgan
axborot   tizimidan   foydalangan   holda   amalga   oshiriladi.   Arizani   ko‘rib   chiqish
natijasi ijobiy yoki salbiy qarorni o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan xabarnomadan
iborat   bo‘ladi.   Xususiylashtiriladigan   yer   uchastkasining   sotib   olish   qiymatini
to‘lash ijobiy qarorga ega bo‘lgan xabarnoma olinganidan keyin 10 ish kuni ichida
arizachi   tomonidan   amalga   oshiriladi.   Bo‘sh   turgan   yer   uchastkalari   elektron
onlayn-auksion orqali xususiylashtiriladi. Xususiylashtirilishi lozim bo‘lgan davlat
ko‘chmas   mulk   obyektlari   joylashgan   yer   uchastkalari   tasdiqlangan
xususiylashtirish   dasturlariga   muvofiq   Davlat   aktivlarini   boshqarish   agentligi
tomonidan   aniqlanadi   va   yagona   mulkiy   majmua   sifatida   elektron   onlayn-
auksionga   qo‘yiladi.   Yer   uchastkasiga   bo‘lgan   mulk   huquqi   uchun   davlat   orderi
huquqni   belgilovchi   hujjat   bo‘lib,   u   xususiylashtiriladigan   yer   uchastkasining
qiymatini   to‘lash   to‘liq   va   o‘z   vaqtida   amalga   oshirilganidan   keyin   1   ish   kuni
ichida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan beriladi. Davlat orderlari
berilganligi uchun davlat boji undirilmaydi 145
.
144
 Сиразиева Э.  Қ ишлоқ хўжалигига мўлжалланмаган ер участкаларини хусусийлаштириш тартиби 
ўзгартирилди // 
https://www.norma.uz/qonunchilikda_yangi/qishloq_hujaligiga_muljallanmagan_er_uchastkalarini_hususiylashtiris
h_tartibi_uzgartirildi.
145
  Сиразиева   Э.   Қ ишлоқ   хўжалигига   мўлжалланмаган   ер   участкаларини   хусусийлаштириш   тартиби
ўзгартирилди   //
https://www.norma.uz/qonunchilikda_yangi/qishloq_hujaligiga_muljallanmagan_er_uchastkalarini_hususiylashtiris
h_tartibi_uzgartirildi.
71 Shuningdek   belgilanishicha,   agar   xususiylashtirish   sub’ekti   bo‘lmagan
shaxslarda   yer   uchastkalariga   mulk   huquqi   vujudga   kelsa,   ushbu   yer   uchastkalari
bunday   holat   yuz   bergan   paytdan   e’tiboran   6   oy   ichida   begonalashtirilishi   lozim.
Yer   uchastkalari   belgilangan   muddatda   begonalashtirilmasa,   mazkur   shaxslarda
ularni   qonun   hujjatlarida   belgilangan   tartibda   ijaraga   olishda   ustun   huquq   saqlab
qolingan holda yer uchastkalari davlat mulkiga o‘tkazilishi belgilangan.
2022   yilning   14-fevralida   “Qishloq   xo‘jaligiga   mo‘ljallanmagan   yer
uchastkalarini   xususiylashtirish   to‘g‘risida”gi   O‘zbekiston   Respublikasi   Qonunini
amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 146
 71-son qarori qabul qilingan edi.  
Ushbu h ujjat yuqorida ko‘rsatilgan Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentning   2021-yil   8-iyundagi   “Yer   munosabatlarida   tenglik   va   shaffoflikni
ta’minlash,   yerga   bo‘lgan   huquqlarni   ishonchli   himoya   qilish   va   ularni   bozor
aktiviga   aylantirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”   PF-6243-son   Farmoni 147
  ijrosini
ta’minlash   maqsadida   qabul   qilingan   bo‘lib,   unda   quyidagi   chora-tadbirlarni
amalga   oshirish   belgilandi.   O‘zbekiston   Respublikasi   fuqarolari   va   yuridik
shaxslari   tomonidan   ularga   doimiy   foydalanish   (egalik   qilish),   ijara   yoxud   meros
qilib   qoldiriladigan   umrbod   egalik   qilish   huquqi   asosida   tegishli   bo‘lgan   yerlarni
xususiylashtirish   “Yerxususiylashtirish”   avtomatlashtirilgan   axborot   tizimi
(“Yerxususiylashtirish”   AAT)   orqali   amalga   oshirish.   Qishloq   xo‘jaligiga
mo‘ljallanmagan   bo‘sh   turgan   yer   uchastkalarini   tadbirkorlik   va   shaharsozlik
faoliyatini amalga oshirish uchun mulk yoki ijara huquqlari asosida, yakka tartibda
uy-joy qurish uchun mulk huquqi asosida realizatsiya qilish “E-auksion” elektron
savdo   platformasi   orqali   amalga   oshirish.   “Yerxususiylashtirish”   AATni   texnik
qo‘llab-quvvatlash,   xususiylashtirilgan   yer   uchastkasiga   mulk   huquqini   davlat
ro‘yxatidan   o‘tkazish,   shuningdek,   yagona   billing   hisob-kitob   tizimi   xizmatlari
146
  Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini   xususiylashtirish to‘g‘risida”gi   O‘zbekiston Respublikasi
Qonuni. https://lex.uz/docs/-5858015.
147
  Мазкур   Фармон   2021-йил   8-июнда   қабул   қилинган   бўлиб,   республикада   ер   участкаларидан   оқилона   ва
мақсадли   фойдаланилишини   таъминлаш,   уларни   муҳофаза   қилиш,   янги   ерларни   ўзлаштириш   ҳамда   қайта
муомалага   киритиш   борасида   тизимли   ишлар   амалга   ошириш,   Ер   участкаларидан   самарали   фойдаланиш
тизимини   йўлга   қўйиш,   ерлар,   айниқса,   қишлоқ   хўжалигига   мўлжалланган   ерлар   талон-торож
қилинишининг   олдини   олиш,   мазкур   жараёнларга   ахборот   технологияларини   кенг   жорий   қилиш   орқали
соҳада рақамлаштириш жараёнларини жадаллаштиришни назарда тутади.
72 uchun   to‘lovlar   yerlarni   xususiy   mulkdorlarga   sotish   hisobidan   tushgan
mablag‘lardan qoplanishi ko‘rsatib o‘tildi 148
. 
Ushbu   qarorga   muvofiq   sohaga   doir   quyidagi   Nizomlar   ham   tasdiqlandi.
Tadbirkorlik   va   shaharsozlik   faoliyatini   amalga   oshirish   uchun   yer   uchastkalarini
mulk   huquqi   va   ijara   huquqi   asosida   elektron   onlayn-auksion   orqali   realizatsiya
qilish   tartibi   to‘g‘risidagi,   Yakka   tartibda   uy-joy   qurish   va   uy-joyni
obodonlashtirish   uchun   yer   uchastkalarini   mulk   huquqi   asosida   elektron   onlayn-
auksion   orqali   realizatsiya   qilish   tartibi   to‘g‘risidagi   nizom   hamda
“Yerxususiylashtirish”   AAT   va   “Yerelektron”   AATga   ulanadigan   vazirliklar,
idoralar va tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi 149
.
2021-yil   8-iyulda   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   va   O‘zbekiston
Respublikasi   Hukumatining   ayrim   hujjatlariga   o‘zgartirish   va   qo‘shimchalar
kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida»gi
PF-6258-son   Farmoni   qabul   qilindi.   Farmon   mamlakatda   olib   borilayotgan
xususiylashtirish   tadbirlarida   davlat   obyektlarini   «nol»   xarid   qiymatida   sotish   va
investitsiya hamda ijtimoiy majburiyatlar asosida «1 so‘m» boshlang‘ich qiymatda
ochiq   savdolarga   chiqarish   amaliyoti   bekor   qilinishi   uchun   asos   bo‘lib   xizmat
qildi. 
Bozor   va   savdo   komplekslarini   boshqarish   va   bosqichma-bosqich
xususiylashtirish   tizimini   takomillashtirish   to‘g‘risidagi   qaror   loyihasini   Vazirlar
Mahkamasiga   kiritish   va   xususiylashtirish   to‘g‘risidagi   qonun   hujjatlarini
inventarizatsiyadan   o‘tkazish   hamda   xususiylashtirish   to‘g‘risidagi   yangilangan
nizomlarni   ularni   unifikatsiya   qilgan   holda   tasdiqlashning   vaqti   2021-yil   1-
dekabrga   qadar   uzaytirildi.   Davlat   aktivlarini   realizatsiya   qilishdan   olingan
mablag‘larni taqsimlash tartibi o‘zgartirildi. Byudjetdan tashqari Davlat aktivlarini
148
  У сманова   С.   Қ ишлоқ   хўжалигига   мўлжалланмаган   ер   участкалари   қандай   хусусийлаштирилади   //
https://www.norma.uz/qonunchilikda_yangi/qishloq_hujaligiga_muljallanmagan_er_uchastkalari_qanday_hususiyla
shtiriladi.
149
  У сманова   С.   Қ ишлоқ   хўжалигига   мўлжалланмаган   ер   участкалари   қандай   хусусийлаштирилади   //
https://www.norma.uz/qonunchilikda_yangi/qishloq_hujaligiga_muljallanmagan_er_uchastkalari_qanday_hususiyla
shtiriladi.
73 boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘lari quyidagi
nisbatda taqsimlanadi:
87%i (ilgari – 73%) –respublika byudjetiga;
10%i (ilgari – 24%) – Jamg‘armaga;
3%i   –   mablag‘larni   maqsadli   ravishda   tadbirkorlik   rivojlantirishni   qo‘llab-
quvvatlash,   shu   jumladan   tadbirkorlar   uchun   tashkil   etiladigan   o‘quv   kurslarini
moliyalashtirishga yo‘naltirgan holda Savdo-sanoat palatasiga  taqsimlandi 150
.
Xususiylashtirish jarayonida sotiladigan davlat mulki obyektlarini sotishdan
tushadigan   mablag‘larning   87%i   tegishli   ravishda   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi
byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy byudjetlariga hamda obyekt
joylashgan tuman (shahar) mahalliy byudjetlariga teng ulushlarda yo‘naltiriladi gan
bo‘ldi .   Mazkur   normativ-huquqiy   hujjat   asosida   Vazirlar   Mahkamasi   tomonidan
tasdiqlanadigan   ro‘yxatga   muvofiq   turizm   sohasidagi   davlat   aktivlarini   sotishdan
tushgan   mablag‘larning   50%i   Turizmni   rivojlantirish   davlat   qo‘mitasi   huzuridagi
byudjetdan   tashqari   Turizm   sohasini   qo‘llab-quvvatlash   jamg‘armasiga
yo‘naltirildi.   Turistik   zonalar   hududida   joylashgan   va   davlatga   tegishli   bo‘lgan
mulkiy   komplekslar   hamda   yer   uchastkalarini   sotishdan   tushadigan   mablag‘lar
quyidagi tartibda taqsimlanishi belgilandi. 
75%i – tegishli turistik zonalar direksiyalari hisobiga;
25%i   –   Turizmni   rivojlantirish   davlat   qo‘mitasi   huzuridagi   byudjetdan
tashqari   Turizm   sohasini   qo‘llab-quvvatlash   jamg‘armasi   hisobiga   mablag‘lar
yo‘naltirildi 151
.
So‘nggi   yillarda   mamlakatimizda   qulay   investitsiyaviy   muhitni   yaratish,
xususiy   mulk   egalarini   huquqlari   va   qonuniy   manfaatlarini   ta’minlash   yuzasidan
tizimli   islohotlar   amalga   oshirilmoqda.   Shu   bilan   birga,   davlat   ulushi   saqlanib
qolayotgan   ayrim   tarmoqlar   va   yirik   korxonalarda   bozor   mexanizmlariga
o‘tishning   kechikayotganligi   yangi   turdagi   mahsulotlarning   raqobatbardoshligini
150
  Сиразиева   Э.   Д авлат   объектлари   «ноль»   қийматда   сотилмайди   //
https://www.norma.uz/qonunchilikda_yangi/davlat_obektlari_nol_qiymatda_sotilmaydi.
151
  Сиразиева   Э.   Д авлат   объектлари   «ноль»   қийматда   сотилмайди   //
https://www.norma.uz/qonunchilikda_yangi/davlat_obektlari_nol_qiymatda_sotilmaydi.
74 oshirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, mehnat unumdorligini oshirish, xususiy
kapitalni   faol   jalb   qilgan   holda   yangi   ish   o‘rinlari   yaratishga   to‘sqinliklar   uchrab
turar edi. Davlat ishtirokidagi korxonalarda iste’molchiga yo‘naltirilgan zamonaviy
boshqaruv   usullari,   ochiqlik,   shaffoflik   va   bozor   tamoyillarini   jadal   joriy   etish,
tannarxni   pasaytirish   orqali   daromadlarni   oshirish,   islohotlar   jarayonida   xususiy
kapital   ishtiroki   uchun   kengroq   imkoniyatlar   yaratish,   iqtisodiyotda   davlat
ishtirokini  qisqartirish va raqobat  muhitini  yanada yaxshilash maqsadida   2020-yil
27-oktabrda   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “ Davlat   ishtirokidagi
korxonalarni   isloh   qilishni   jadallashtirish   hamda   davlat   aktivlarini
xususiylashtirishga   oid ”   Farmoni   e’lon   qilindi 152
.   Farmonda   O‘zbekiston
Respublikasi   Bosh   vaziri   boshchiligida   tuzilgan   ishchi   guruhlari   tomonidan   3
mingga   yaqin   davlat   ishtirokidagi   korxonalar   faoliyati   to‘liq   o‘rganilganligi   va
iqtisodiyotda   davlat   ishtirokidagi   korxonalarning   ulushini   keskin   qisqartirish   va
ularning samarali faoliyat olib borishini ko‘zda tutuvchi takliflar ishlab chiqildi.
3.2. 2017-2023 yillarda davlat iqtisodiy rivojlanish dasturlari va unda
xususiylashtirish natijalari
Shuning   bilan   birga   Yangi   O‘zbekiston   sharoitida   xususiylashtirish
jarayonlarining   borishi   va   uning   natijalari   haqidagi   tahliliy   qiyosiy   raqamlar
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.M.Mirziyo y evning   Oliy   Majlisga
Murojaatnomalaridan ham o‘rin oldi. 
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2020-yil   29-dekabrdagi   Oliy
Majlisga   Murojaatnomasida   xususiylashtirish   bilan   bog‘liq   quyidagi   fikrlar
yangragan edi.   2021 yilda iqtisodiy ahamiyati  yuqori bo‘lgan 32 ta yirik korxona
va   tarmoqni   transformatsiya   qilish   ishlari   amalga   oshiriladi.   Banklar   faoliyatiga
raqamli texnologiyalarni keng joriy etish ustuvor vazifa etib belgilandi 2021 yilda
152
  Ўзбекистон   Республикаси   Қонун   ҳужжатлари   тўплами.   “ Давлат   иштирокидаги   корхоналарни   ислоҳ
қилишни жадаллаштириш ҳамда давлат активларини хусусийлаштиришга оид чора-тадбирлар тўғрисида ”ги
Фармон ”   (Электрон   ресурс.   ).   https://nrm.uz/contentf?doc=637528_o
%E2%80%98zbekiston_respublikasi_prezidentining_27_10_2020_y_pf-6096-
on_davlat_ishtirokidagi_korhonalarni_isloh_qilishni_jadallashtirish_hamda_davlat_aktivlarini_hususiylashtirishga_
oid_chora-tadbirlar_to%E2%80%98g%E2%80%98risidagi_farmoni&products=1_
75 “Sanoatqurilishbank”, “Asaka bank”, “Ipoteka bank”, “Aloqa bank”, “Turon bank”
hamda   “Qishloq   qurilish   bank”ni   xususiylashtirishga   tayyorlandi.   Kamida   bitta
yirik   bankdagi   davlat   ulushi   strategik   investorlarga   to‘liq   sotildi.   Bu   borada
yetakchi yevropa banklari bilan muzokaralar olib borildi. 
2022-yilda   esa   “Farg‘ona   azot”   va   “Dehqonobod   kaliy”   zavodlari,   “Koka-
kola ichimligi” korxonasi, “Bildirsoy” va “Chorvoq” oromgohlari, “Ichan qal’a” va
“Hayat Rejensi” mehmonxonalari, “Poytaxt” biznes majmuasi, Alkogol, Yog‘-moy
kabi   tarmoqlardagi   83   ta   yirik   korxonadagi   davlat   ulushi   sotuvga   qo‘yilishi   qayd
etildi.   Umuman   olganda   mazkur   chora-tadbirlar   natijasida   davlat   ulushi   bo‘lgan
korxonalar soni, kelgusi ikki yilda kamida 3 barobar qisqartirilishi belgilandi 153
.
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2022-yil   28-yanvarida   “2022   —
2026   yillarga   mo‘ljallangan   yangi   O‘zbekistonning   taraqqiyot   strategiyasi
to‘g‘risida”gi   PF-60-sonli   farmoni   e’lon   qilindi.   Mazkur   farmonning   27-
maqsadida :   mamlakat   iqtisodiyotida   mavjud   moliyaviy   imkoniyatlarni
mustahkamlash maqsadida, keyingi yillarda fond bozoridagi mablag‘ aylanmasini
200   million   AQSh   dollaridan   7   milliard   AQSh   dollariga   yetkazish   asosiy
vazifalardan beri deb qaralgan. Bu m amlakat moliya hayotida kapital aylanmasini
bosqichma-bosqich erkinlashtirish hamda yirik korxonalarni va ulardagi ulushlarni
(aksiyalarni),   shu   jumladan   fond   birjasi   orqali   xususiylashtirishni   nazarda   tutgan.
Keyingi yillarda xususiylashtirishni jadal amalga oshirish orqali   kimyo   sohasidagi
korxonalarni   xususiylashtirish,   jumladan   Xalqaro   moliya   korporatsiyasi   bilan
hamkorlikda  2022-2023 yillar da  “Farg‘onaazot” AJ  va  “Dehqonobod kaliy zavodi”
AJ ni xususiylashtirish belgilandi 154
. 
Mamlakatimizda   kapital   harakatini   bosqichma-bosqich   erkinlashtirish
maqsadida   davlat   ulushi   mavjud   korxonalarda   xususiylashtirish   jarayonlariga
xorijiy investorlar va xalqaro moliya institutlarini jalb qilish ko‘zda tutilgan. Yirik
153
  Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   2020-йилги   Олий   Мажлисга   Мурожаатномаси.
https://president.uz/uz/lists/view/4057
154
  Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   2022-йил   28-январида   “2022   -   2026   йилларга   мўлжалланган
янги   Ўзбекистоннинг   тараққиёт   стратегияси   тўғрисида”ги   ПФ-60-сонли   фармони.
https://lex.uz/ru/docs/5841063.
76 korxonalarni   fond   birjasi   orqali   xususiylashtirish   maqsadida   2022 - 2023-yil lar
davomida   hukumat   tomonidan   23   ta   yirik   korxonalarni   davlat   tasarrufidan
chiqarish   uchun   ularning   qimmatli   qog‘ozlarini   fond   birjasida   birlamchi   va
ikkilamchi   ommaviy   joylashtirish   asosida   xususiylashtirishga   qaratilgan   alohida
“yo‘l   xarita” larini   ishlab   chiqildi 155
.   Xususiylashtirish   jarayonlariga   xalqaro
ekspertlarni jalb qilish; korxonalar aksiyalarini mahalliy va xorijiy fond birjalarida
ommaviy joylashtirishni nazarda tutildi. 
Shuning   bilan   birga   2022   yilgi   Murojaatnomada   davlat   rahbari   tomonidan
Konstitutsiya   himoyasi   asosida   mamlakatda   erkin   bozor   mexanizmlarini   joriy
qilish,   sog‘lom   raqobat   va   xususiy   mulk   daxlsizligini   ta’minlash,   tadbirkorlik
sohasini   rivojlantirishga   alohida   e’tibor   qaratildi.   O‘z   nutqlarida   davlat   rahbari
“Bunday vaziyatda, qanchalik og‘ir bo‘lmasin, iqtisodiy islohotlarni qat’iy davom
ettiramiz,   ichki   imkoniyatlarni   to‘liq   safarbar   qilib,   xususiy   sektorni   yanada
qo‘llab-quvvatlaymiz.   Buning   uchun,   eng   avvalo,   tadbirkorlik   muhitini   tobora
yaxshilash bo‘yicha islohotlarni jadallashtiramiz”– deya ta’kidlab o‘tgan edi” 156
.
Shuni   ham   alohida   ta’kidlash   o‘rinliki,   davlat   mulkini   xususiylashtirish
borasida   mamlakatimizda   amalga   oshirilayotgan   chora-tadbirlar   samaratorligini
yanada   oshirish   va   uning   natijadorligini   ta’minlash   bo‘yicha   bir   qator   manzilli
loyihalar amalga oshirilmoqda. Mazkur tadbirlar o‘z navbatida xususiylashtirilgan
korxonalarning   qoshida   olib   borilayotgan   loyihalarni   mas’ul   davlat   idoralari
tomonidan   doimiy   qo‘llab-quvvatlanmoqda.   Shuningdek,   vazifalarni   amalga
oshirishda   vakolatli   davlat   organlar   faoliyatini   yanada   rivojlantirish   va
muvofiqlashtirishni ta’minlash maqsadida:
2. O‘zbekiston Respublikasi  Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish
va   raqobatni   rivojlantirish   davlat   qo‘mitasi   faoliyatini   takomillashtirish   va
155
  O ‘ sha   joyda .
156
  Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   2022-йилги   Олий   Мажлисга   Мурожаатномаси.
https://president.uz/uz/lists/view/5774.
77 samaradorligini   oshirishga   qaratilgan   maxsus   Komissiyaning   tuzilishi   alohida
ahamiyatga ega bo‘lib, uning quyidagi asosiy vazifalari mavjud hisoblanadi 157
:
O‘zbekiston   Respublikasida   davlat   mulkini   xususiylashtirish   tadbirlari
natijasida   xususiylashtirilgan   korxonalarni   doimiy   qo‘llab-quvvatlash   va   ularning
raqobat   bardoshligini   oshirish,   bunda   davlat   iqtisodiy   qo‘mitalarining   faoliyatini
samarali tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasida xususiylashtirilgan korxonalarning reestrini joriy
etish   chora-tadbirlarni   o‘z   vaqtida   olib   borish,   ularning   to‘liq   hajmda   amalga
oshirilishini   nazorat   qilish,   olib   borilayotgan   monitoring   faoliyatini   smarali   tahlil
qilish.
xususiylashtirilgan   korxonalar   ish   faoliyatini   samarali   tashkil   etishga
qaratilgan uzoq muddatli "yo‘l xaritalari"ni tuzush va uni amalga oshirish bo‘yicha
tizimli mexanizmlarni yaratish, shuningdek, "yo‘l xaritalari"da belgilangan ustuvor
chora tadbirlarni   amalga  oshirish  uchun yuqori  davlat   idoralari   o‘rtasida  samarali
faoliyatni muvofiqlashtirish nazarda tutulgan edi. 
rejali   tarzda   ish   olib   borish,   tadbirkorlik   faoliyati   sohasidagi   qonunchilik,
moliyaviy   boshqaruv   masalalarini   ijobiy   hal   etish.   Butun   respublika   bo‘ylab
tadbirkorlik faoliyati masalalarini o‘qitish, bu orqali xususiylashtirilgan korxonalar
rahbarlari   va   ishlab   chiqarish-texnik   xodimlari   uchun   doimiy   faoliyat   yuritadigan
o‘quv kurslarini tashkil etgan holda sohaga zamonaviy innovatsion tizimlarni olib
kirishdan iborat. 
Davlat   aktivlarini   xususiylashtirish   va   xususiylashtirish   jarayonlarini
muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat  komissiyasiga davlat aktivlarining boshlang‘ich
narxini e’lon qilmagan holda sotish to‘g‘risida e’lonlar berish hamda 2 tadan kam
bo‘lmagan   takliflar   orasida   eng   yaxshisi   asosida   sotish,   xalqaro   konsalting,
auditorlik   va   investitsiya   maslahatchilari,   investitsiya   banklari   va   boshqa
ixtisoslashgan   kompaniyalarni   jalb   etgan   holda   davlat   aktivlarini
157
  O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   qarori,   23.06.2017   yildagi   419-son.   https://lex.uz/docs/-
3247247.
78 xususiylashtirishning   zamonaviy   usullarini   joriy   etish   maqsadida   2021-yil   11-
fevralda   “Davlat   aktivlarini   xususiylashtirish   jarayonlarini   yanada   jadallashtirish
to‘g‘risida”gi PF-6167-sonli farmoni e’lon qilindi 158
. 
Mazkur   farmon   asosida   professional   tashkilotlarni   xususiylashtirishga   jalb
etish   Davlat   aktivlarini   boshqarish   agentligi   yoki   «UzAssets»   investitsiya
kompaniyasi   tomonidan   eng   yaxshi   takliflarni   tanlab   olish   asosida   amalga
oshiriladi.   Bunda,   ular   bilan   tuziladigan   shartnomalarni   ekspertizadan   o‘tkazish
talab etilmasligi belgila ndi . Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish
jarayonlarini  muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat  komissiyasiga  davlat  aktivlarining
boshlang‘ich narxini e’lon qilmagan holda sotish to‘g‘risida e’lonlar berish hamda
2   tadan   kam   bo‘lmagan   takliflar   orasida   eng   yaxshisi   asosida   sotish   vakolati
beriladi 159
.
158
  Ўзбекистон   Республикаси   Қонун   ҳужжатлари   тўплами.   “Давлат   активларини   хусусийлаштириш
жараёнларини янада жадаллаштириш тўғрисида”. (Электрон ресурс. ). https://lex.uz/ru/docs/5283486.
159
 https://lex.uz/ru/docs/5283486. 
79 XULOSA
Xulosa   qilib   aytganda,   O‘zbekiston   sharoitida   davlat   mulkini
xususiylashtirishning milliy va umum e’tirof etilgan iqtisodiy tamoyillar asosidagi
tizimi   vujudga   keldi.   Davlat   mulkini   xususiylashtirishning   amalga   oshirilishi
mamlakat   iqtisodiyotining   eng   muhim   takribiy   qismi   ekanligi   ko‘zga   tashlanadi.
Shuningdek,   mazkur   jihat   xususiylashtirish   natijalarining   samarasini   quyidagilar
bilan izohlash mumkin:
Mustaqillikka   erishgunga   qadar   respublika   iqtisodiyotida   xorij
sarmoyasining   ulushi   deyarli   mavjud   bo‘lmaganligi,   shu   bilan   birga
xususiylashtirish   sohasiga   yetarlicha   e’tibor   berilmaganligi   milliy   mustaqillik
qo‘lga   kiritilgan   dastlabki   yillarda   iqtisodiyot   mazkur   sektorida   ma’lum   muddat
turg‘unlik holatining saqlanib turishi bilan izohlanadi. Garchi respublika hukumati
tomonidan   1991-yildayoq   mamlakatda   davlat   mulkini   xususiylashtirishni   qo‘llab-
quvvatlash   yuzasidan   bir   qator   chora-tadbirlar   ishlab   chiqilgan  bo‘lsa-da,   mazkur
masala   muntazam   ravishda   yangiliklarni   yaratish   va   odamlar   ongida
xususiylasshtirish muhitini shakllantirishni talab etardi.
O‘zbekistonda   davlat   mulkini   xususiylashtirish   tadbirlarining   amalga
oshirilishi   iqtisodiyotning   tarmoqlar   sohasida   xususiy   mulkchilik   shaklining
rivojlanishi   uchun   keng   imkoniyatlar   yaratdi.   Shu   tufayli   iqtisodiyotning   barcha
soha va tarmoqlarida xususiy korxonalar vujudga keldi. Ularda samarali mehnatni
rag‘batlantiruvchi   yangi   imkoniyatlar   va   qulayliklar   paydo   bo‘ldi.   Aholi   orasida
mulkdorlar qatlami shakllandi va ular mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojida muhim
kuch sifatida rol o‘ynadi.
Mamlakatda   amalga   oshirilayotgan   iqqtisodiy   islohotlar   xususiylashtirish
jarayonlarining   shakllanishi   va   yuritilishi   hamda   ishlab   chiqarish   sohasini
modernizatsiyalash,   texnikaviy   o‘zgartirish,   maxsulotning   yangi   turlarini   ishlab
chiqarishga   ixtisoslashtirish   va   doimiy   ravishda   yangilab   borish   hamda
raqobatbardoshliligini ta’minlash imkonini berdi.
80 Mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish   natijasida
iqtisodiyotda   muhim   tarkibiy   o‘zgarishlar   amalga   oshirildi.   Sanoat,   qurilish,
qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoq va sohalarda amalda ko‘p ukladlilik shakllandi
va   keng   ko‘lamda   faoliyat   ko‘rsatmoqda.   Qishloq   xo‘jaligida   oila   mehnatiga
asoslangan   fermerlik   va   shaxsiy   tomorqa   erlarida   dehqon   xo‘jaligi   ukladlari
shakllandi   va   rivojlanib   bormoqda.   Bugun   mamlakatimiz   qishloq   xo‘jaligida
deyarli   barcha   mahsulotlar   xususiy   mulkchilik   shaklidagi   xo‘jaliklarda   ishlab
chiqarildi. 
Jahon iqtisodiy tizimlariga tobora erkin munosabatlar bilan kirib borayotgan
O‘zbekistonda   davlat   mulkini   xususiylashtirish   jarayoni   bugungi   kunda   xalqaro
standartlar   asosida   amalga   oshrib   kelinmoqda.   Ayniqsa,   sohada   erkin   va
korrupsiyasiz   tizimni   yaratish   maqsadida   asosiy   jihatlarning   elektronlashtirilishi
xususiylashtirish jarayonlaridagi shaffoflikni ta’minlash uchun xizmat qiladi. 
Respublikamizda   tarkibiy   o‘zgarishlarni   amalga   oshirishdan   ko‘zlangan
maqsadlar   quyidagilardan   iborat:   import   o‘rnini   bosuvchi   va   eksportga
raqobatbardosh   mahsulotlar   ishlab   chiqarish   asosida   iqtisodiy   mustaqillikka
erishish;   mahsulot   turlarini   o‘zgartirish,   uning   sifatini   yaxshilash   va   mahsulot
birligiga nisbatan ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish; milliy iqtisodiyotning
xom   ashyo   yetishtirishga   qaratilgan   bir   tomonlama   yo‘nalishini   bartaraf   etish;
iqtisodiyotni   mutanosib   va   barqaror   rivojlantirish   asosida   aholining   turmush
farovonligini   muttasil   ravishda   oshirib   borish;   iqtisodiyotning   tarmoq   tuzilishini,
hududiy   nisbatlarini   yanada   taraqqiy   ettirish   hamda   takomillashtirish.
Mamlakatimiz   va   uning   hududlarida   xususiylashtirish   faoliyatini   tarmoqlar
bo‘yicha   samarali   tashkil   etishda   hodisa   va   jarayonlar   o‘rtasidagi   o‘zaro
bog‘lanishlarni   inobatga   olish   lozim.   Bunda   Respublika   viloyatlari
xususiylashtirish   faoliyati   o‘zgarishiga   ta’sir   etuvchi   omillarning   ko‘p   bosqichli
ekonometrik   modellaridan   foydalanish   mazkur   jarayonlar   samaradorligini
oshirishga imkon yaratadi.
81 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Normativ huquqiy hujjatlar va metodologik ahamiyatga molik nashrlar
1.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2022   yil   28   yanvardagi   PF-60   son
“2022-2026-yillarga   mo‘ljallangan   Yangi   O‘zbekiston   taraqqiyot   strategiyasi”
farmoni.
2.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “Baholovchi   tashkilotlar   faoliyatini
yanada   takomillashtirish   va   ko‘rsatilayotgan   xizmatlar   sifatini   va   ularning
mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida”gi  Qarori.  https    ://    lex    .   uz    /   ru    /   docs    /-1347811    .
3.   Ўзбекистон   Республикаси   Қонун   ҳужжатлари   тўплами.   “ Давлат
иштирокидаги   корхоналарни   ислоҳ   қилишни   жадаллаштириш   ҳамда   давлат
активларини хусусийлаштиришга оид чора-тадбирлар тўғрисида ”ги Фармон ”
(Электрон ресурс. ). 
4. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022-йил 28-январида “2022 —
2026   йилларга   мўлжалланган   янги   Ўзбекистоннинг   тараққиёт   стратегияси
тўғрисида”ги ПФ-60-сонли фармони.  https://lex.uz/ru/docs/5841063 .
5.   Ўзбекистон   Республикаси   Қонун   ҳужжатлари   тўплами.   “Давлат
активларини   хусусийлаштириш   жараёнларини   янада   жадаллаштириш
тўғрисида”. (Электрон ресурс. ).  https://lex.uz/ru/docs/5283486 . 
6.   Ўзбекистон   Республикасининг   2019   йил   10   майда   “Давлат   хусусий
шериклик тўғрисида”ги ЎРҚ-537-сонли Қонуни.
7. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 20 октябрда “Давлат-
хусусий   шерикликни   ривожлантиришнинг   ҳуқуқий   ва   институционал
базасини   яратиш   бўйича   биринчи   навбатдаги   чора-тадбирлар   тўғрисида”ги
ПҚ-3980-сон қарори.
8. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2018 йил 13 декабрда
“Ўзбекистон   Республикаси   Молия   вазирлиги   ҳузуридаги   Давлат-хусусий
шерикликни   ривожлантириш   агентлиги   фаолиятини   ташкил   этиш
тўғрисида”ги 1009-сон қарори.
82 9.   “Давлат-хусусий   шериклик   лойиҳаларини   амалга   ошириш   тартибини
такомиллаштириш тўғрисида”ги 259-сон қарори.
10. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 7 июндаги “Давлат-
хусусий шериклик асосида ҳудудларда замонавий иссиқхона хўжаликларини
ташкил қилиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори. 
11.   «Ўзбекистон   Республикаси   олий   таълим   тизимини   2030   йилгача
ривожлантириш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида»ги фармони.
12.   Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   2020-йилги   Олий   Мажлисга
Мурожаатномаси.  https://president.uz/uz/lists/view/4057 .
13.   Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   2022-йилги   Олий   Мажлисга
Мурожаатномаси.  https://president.uz/uz/lists/view/5774 .
14.   Ўзбекистон   Республикаси   Қонун   ҳужжатлари   тўплами.   “Қишлоқ
хўжалигига мўлжалланмаган ер участкаларини   хусусийлаштириш тўғрисида”
(Электрон ресурс. ).  https://lex.uz/docs/5729966 .
15.   Каримов   И.А.   Ўзбекистон   иқтисодий   ислоҳотларни   чукурлаштириш
йўлида. -Т.: Ўзбекистон, 1995. 
16.   Каримов   И.А.   Асосий   мақсадимиз-Ватанимиз   тараққиёти   ва   халқимиз
фаровонлигини янада юксалтиришдир. Т.: Ўзбекистон., 2010. 58-б.
17. Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2012 й., 46-47-сон,
523-модда; 2015 й., 43-сон, 549-модда; 2016 й., 17-сон, 176-модда.
18.   Ўзбекистон   Республикаси   Қонун   ҳужжатлари   тўплами.
“Хусусийлаштирилган   корхоналар   билан   ишлаш   самарадорлигини   ошириш
чора-тадбирлари   тўғрисида”   ги   Қарор   (Электрон   ресурс.   ).
https://lex.uz/docs/3168115.
Monografiya, risola, ilmiy maqola va ilmiy to‘plamlar
1.   Jo‘rayev   T,   D.Tojiboyeva   “Iqtisodiyot   nazariyasi”   Toshkent   “Iqtisod-Moliya”
2012 yil.
83 2.   Shoha’zamiy   Sh.Sh.   Mulk,   qiymat   va   narxning   nazariy   asoslari.-T.:Iqtisod-
moliya, 2015. – 460 b.
3.   Xusainov   R.R.   Xususiylashtiriash,   milliylashtirish   va   davlat-xususiy
sherikchiligi. – Toshkent: Fan ziyosi, 2022. 
4.   Абдуазимов   Л.   Д авлат   корхоналарини   хусусийлаштириш   янги   босқичга
чиқмоқда.https://www.norma.uz/qonunchilikda_yangi/davlat_korhonalarini_husus
iylashtirish_yangi_bosqichga_chiqmoqda.
5.  Аҳмедов   О.   Хусусийлаштириш  жараёни:   муаммо  ва  ечимлар.  –  Тошкент:
Akademiya, 2005. 
6.   Джуманиязов   У.   И.   Давлат-хусусий   шерикчилиги   асосида   корпоратив
бошқарувни   ривожлантиришнинг   айрим   назарийуслубий   масалалари   //
“Иқтисодиёт   ва   инновatsiон   технологиялар”   илмий   электрон   журнали.   2017
йил № 3, май-июнь.
7. Зиядуллаев С. Экономичекие реформы в Узбекистане в действии. Т., 1994.
8.   Зиямов   Н.Ш.   Роль   Узбекистана   в   развитии   межгосударственного,
экономического   и   культурного   сотрудничества   стран   Центральной   Азии
(1991–2001 гг.): Автореф. дисс. ... канд. ист. наук. – Ташкент, 2002.
9.   Иноятов   У.У.   Механизм   развития   предпринимательских   структур   в
условиях   модернизatsiи   экономических   реформ   Узбекистана   //   Бюллетень
науки и практики -Bulletin of Science and Practice, 2017, №12.
10.   Караходжаева   Д.   Совершенствуются   правовые   основы   //   Учитель
Узбекистана, 18 февраля 2011 г., №7 (2142). 
11.   Каримов   Н.Г.   Иностранные   инвестиции   в   экономику   Республики
Узбекистан и их финансовое обеспечение. Автореф. дисс. ... канд. экон. наук.
– Ташкент, 1998. 
12. Кудратов З.Г., Султанов З.Т. Особенности государственной поддержки и
развития малого бизнеса в Узбекистане // Молодой ученый, 2013, №4.
13.  Мадиёров Б.  Адолат ва шаффофликни таъминлаш - бош мезон  // Фарғона
ҳақиқати. 2020 йил, 31-октабрь
84 14.   Махмудов   Э.А.   Прямые   иностранные   инвестиции   в   экономику
Узбекистана: достижения, проблемы и перспективы. – Ташкент: 2007.
15.   Садыков   Н.Н.   Узбекистан   и   международные   экономические
организatsiи // Мировая экономика и международные отношения, 1996, №7. 
16.   Сайфуллаев   Д.Б.   Формирование   и   развитие   дипломатии   Узбекистана   в
период  независимости:  Автореф.   дис  ...  д-ра  филос.  (PhD)   по  ист.  наукам.  –
Ташкент, 2017.
17.   Самарходжаев   Б.   Инвестиции   в   Республике   Узбекистан   (международно-
частноправовой аспект). Ташкент: Академия, 2003. 
18.   Сиражиддинов   Н.   Иностранные   инвестиции   в   экономике   Узбекистана   //
Экономическое обозрение, 1998, №3. 
19.   Сиразиева   Э.   Д авлат   объектлари   «ноль»   қийматда   сотилмайди   //
https://www.norma.uz/qonunchilikda_yangi/davlat_obektlari_nol_qiymatda_sotil
maydi.
20.   Сиразиева   Э.   Қ ишлоқ   хўжалигига   мўлжалланмаган   ер   участкаларини
хусусийлаштириш   тартиби   ўзгартирилди   //
https://www.norma.uz/qonunchilikda_yangi/qishloq_hujaligiga_muljallanmagan_e
r_uchastkalarini_hususiylashtirish_tartibi_uzgartirildi .
21.   Тохиров   Ж.Р.   Давлат-хусусий   шерикликни   ташкил   қилиш   ва
ривожлантиришнинг принциплари ва уларнинг   таълим тизимидаги ўзига хос
хусусиятлари   //   Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali.
№ 4, iyul-avgust, 202 1.
22.   Ўзбекистон   Республикасининг   хусусийлаштириш,   монополиядан
чиқариш   ва   рақобатни   ривожлантириш   давлат   қўмитасини   ташкил   этиш
тўғрисида: 2012 йил, 13 ноябрь .
23.   Ўзбекистонниинг   энг   янги   тарихи   //   масъул   муҳаррир   т.ф.н.,   доц.   З.А.
Саидбобоев, т.ф.н., кат.и.х. Ш.М. Рахматуллаев. – Тошкент. 2016.
24. Ўзбекистоннинг янги тарихи. 3-китоб. Миллий истиқлол даври. Т.Шарқ.,
2000. 
85 25. У сманова  С. Қ ишлоқ хўжалигига мўлжалланмаган ер участкалари қандай
хусусийлаштирилади   //
https://www.norma.uz/qonunchilikda_yangi/qihususiylashtiriladi .
26. Файзуллаев Дж.А. Современные тенденции привлечения и использования
иностранных инвестиций в Республике Узбекистан. Дисс. канд. экон. наук. –
М.: РГБ, 2003.
27.   Халлиев   А.Г.   Экономические,   научно-технические   и   культурные   связи
независимого   Узбекистана   с   Великобританией   и   США:   Автореф.   дисс.   ...
канд. ист. наук. – Ташкент, 1998. 
28.   Хамдамов   К.С.   Мулкни   давлат   тасарруфидан   чиқариш   ва
хусусийлаштириш . – Тошкент, 1994.
29. Холбеков Н. Иностранные инвестиции: правовое формирование // Рынок,
деньги и кредит, 1999, №10. 
30.   Худойқулов   Т.   Хусусийлаштириш   дастурининг   амалга   оширилиши.
https://www.natlib.uz/search/detail/CATTOT000000776657 ?.
31.   Чепель   С.   Рост   за   годы   независимости:   факторы,   проблемы   и
перспективы // Материал опубликован на сайте:  http://www . review.uz. 
32.   Чжен   В.   А.   Хусусийлаштириш   асослари.   –   Тошкент:   Иқтисод   ва   ҳуқуқ
дунёси, 1996. –  B . 154.
33.   Шарапова   С.Ш.   Многосторонняя   дипломатия.   Узбекистан:   участие   в
универсальных,   региональных   и   субрегиональных   организatsiях,
межгосударственных   объединениях:   Автореф.   дисс.   ...   д-ра   полит.   наук.   –
Ташкент, 2006.
34. Эргашев Қ., Ҳамидов Х. Ўзбекистон тарихи. Т. Ғофур Ғулом., 497-б.
35. Эрнандо Де  Сото.  З агадка  капитала. Почему  капитализм  торжествует  на
Западе   и   терпит   поражение   во   всем   остальном   мире.   /Пер.   с   англ.   М.:   ЗАО
Ол и мп-Бизнес, 2001.
36.   Юсупова   Н.,   Мирзабекова   О.   Проблемы   инвестиционной   активности   в
независимом Узбекистане // Общество и экономика, 1998, №3. 
86 Davriy   matbuot
1. Изчил ривожланиш кафолати. // Халқ сўзи, 2013 йил 6 июнь.
2.   Хусусийлашириш   жараёни   очиқ   -   ошкора   ўтишида   парламент   масьулиги
ортади // Халқ сўзи, 2020 йил. №229.
3. “Халқ сўзи” газетасида 15.11.2021 йил.
Internet nashrlar
1.  https://lex.uz/ru/docs/5283486. 
2.  www.norma.uz .
3. https://deponet.uz.
4. http://21asr.uz/islo-ot/khususii-mulk-dakhlsiz-mulkdor-u-u-i-kafolatlangan.
87 1-rasm. Mulkchilik tizimining namunaviy tuzilmaviy funksional modeli
88R
V
MS                                    2-rasm. Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari
89

MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDA DAVLAT MULKINI XUSUSIYLASHTIRISH SIYOSATI:MUAMMO VA YECHIMLAR M U N D A R I J A: KIRISh ..................................................................................................................... 3 I BOB. MUSTAQILLIK YILLARI IQTISODIYOTIDA MULKCHILIK MUNOSABATLARI HUQUQIY ASOSLARINING YARATILISHI 1.1 O‘zbekistonda mulkchilik tizimini rivojlanishining fundamental asoslari.........9 1.2. O‘zbekistonda mulkchilik tizimi shakllanishining bosqichlari va xususiyatlari……………………………………………………………………….17 II BOB . XUSUSIYLASHTIRISH JARAYONINING MAMLAKAT IQTISODIY HAYOTIDA TUTGAN O‘RNI 2.1. Davlat mulkini xususiylashtirish tamoyillari va zaruriyati…………………… 31 2.2 . Xususiylashtirishning huquqiy negizlari..........................................................44 2. 3 . Xususiylashtirishning yangi bosqichi III BOB. YANGI O‘ZBEKISTONDA XUSUSIYLASHTIRISHNING YANGI BOSQICHI 3.1. Xususiylashtirishning iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘rni va ahamiyati 3.2. 2017-2023 yillarda davlat iqtisodiy rivojlanish dasturlari va unda xususiylashtirish natijalari XULOSA .................................................................................................................... FOYDALANILGAN MANBALAR VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI .................................................................................................................. ILOVALAR ......................................................................................................... 1

K IRISH Magistrlik dissertatsiyasining asoslanishi va uning dolzarbligi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar bugungi kunda o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Jumladan, qisqa vaqt ichida mulkchilik munosabatlari takomillashtirilishi, chuqur tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirilishi, davlat tomonidan iqtisodiyot sohasida investitsiya muhitining tobora yaxshilanishi, mamlakatimizda mulkni xususiylashtirish tizimining ishlab chiqilishi aholi daromadlari o‘sishini ta’minlash hamda boshqa ko‘plab sohalarda bunyodkorlik ishlari amalga oshirilishi natijasida mustaqillik yillari mobaynida sezilarli yutuqlar qo‘lga kiritildi. Bugungi globallashuv sharoitida jahon mamlakatlari xo‘jalik tizimida milliy iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni kiritish va shu asosda rivojlanish istiqbollarini belgilash zamonaviy bozor munosabatlari shakllanishining ajralmas muhim jihatlaridan sanaladi. O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishining mazkur bosqichida iqtisodiyot tarmoqlarining barcha sektorlariga e’tibor bergan holda ishlab chiqarish sohasini modernizatsiya qilish jarayonlariga ko‘maklashadi. Davlat erkin bozor munosabatlarini tartib soluvchi sifatida xususiylashtirish jarayotining asosiy nazoratchisi bo‘lib islohotlar samaradorligini ko‘rsatuvchi va uning natijalarini tarixiy tahlillar asosida tarixiy nuqtai nazardan rivojlanishidagi muhim qism hisoblanadi. Zamonaviy globallashuv tizimlarida xorijiy investitsiyalar va ularning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni masalasida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Mazkur tadqiqotlarda jahonning yetakchi hamda rivojlanayotgan davlatlarida iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bilan bog‘liq islohotlar va ularning natijalariga, shuningdek, xususiylashtirish masalalariga alohida e’tibor 2

qaratilmoqda. Mazkur masalaning dolzarbligi uning mamlakatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlardagi ishtiroki hamda istiqbolini belgilab berishdagi ahamiyati bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasida davlat mulklarini xususiylashtirishning mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga ta’siri, iqtisodiy rivojlanish bosqichida xususiylashtirishning o‘rnini aniqlash asosida nazariy hamda amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish zarurati yuzaga keladi. Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va tub burilishlarning iqtisodiy negizini tashkil etgan iqtisodiy sohadagi o‘zgarishlar davlat mulkini xususiylashtirish va uning natijalari tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida davlat mulkini xususiylashtirishning umum e’tirof etilgan hamda mahalliy xususiyatlaridan iborat alohida tizim sifatida iqtisodiy islohotlar tarkibiy tuzilishiga kirib keldi. Mamlakatimizda izchil davom yetayotgan islohotlarda xususiy mulk institutini huquqiy jihatdan mustahkamlash bilan birga davlat mulkini boshqarishning aniq yo‘naltirilgan huquqiy asosini yaratish ham muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60 son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”ning mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga bag‘ishlangan ustuvor yo‘nalishi va uning maqsadlarida m amlakatimizda kapital harakatini bosqichma-bosqich erkinlashtirish hamda yirik korxonalarni va ulardagi ulushlarni (aksiyalarni), shu jumladan fond birjasi orqali xususiylashtirish 1 jarayoni yangi bosqichga ko‘tarildi. Tadqiqot obyekti va predmeti. Mustaqillik yillarida davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlari va uning natijalari tadqiqot obyekti sifatida belgilab olingan. Xususiylashtirish jarayonining iqtisodiyotdagi real holati va uning ahamiyatini ochib berish tadqiqotning predmetini tashkil etadi. Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Tadqiqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad maxsus adabiyotlar va ilmiy asarlar asosida mustaqillik yillarida 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60 son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” farmoni. 3

O‘zbekistonda davlat mulklarini xususiylashtirish sohasiga amalga oshirilgan islohotlarning tarixiy rolini ochib berishdan iborat. Mazkur maqsadni amalga oshirishda quyidagilar asosiy vazifa sifatida belgilab olingan: - O‘zbekistonda mulkchilik tizimini rivojlanishining fundamental asoslarini ko‘rib chiqish: - O‘zbekistonda mulkchilik tizimi shakllanishining bosqichlari va xususiyatlarini tahlil qilish: - O‘zbekiston Respublikasida davlat tasarrufidagi mulkini xususiylashtirishning mahalliy xususiyatlari va zaruriyatini asoslash, - Amalga oshirilayotgan x ususiylashtirish jarayonining huquqiy asoslarini ko‘rsatib berish, - Xususiylashtirishning iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘rni va ahamiyatini ochib berish, - davlat iqtisodiy siyosatining 2017-2023 yillarda davlat iqtisodiy rivojlanish dasturlari va unda xususiylashtirish natijalarini tahlil qilish Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Magistrlik dissertatsiyasining ilmiy yangiligi quyidagilarda aks etadi: - mustaqillik yillarida mustaqil O‘zbekistonda sharoitida davlat mulkini xususiylashtirishning tarixiy shart-sharoitlaari va uning mahalliy xususiyatlari ilmiy adabiyotlar tahlili asosida ko‘rib chiqilgan: - O‘zbekiston sharoitida xususiylashtirishning asosiy bosqichlari va uning natijalari mamlakat iqtisodiy taraqqiyotidagi holati tahlil qilingan: - davlat mulkini xususiylashtirishning negizlari va tamoyillarining ishlab chiqilishi hamda uning amalga oshrilishidagi asosiy bosqich va mezonlar ko‘rib chiqilggan: - 2017-2022 yillarda amalga oshirilgan islohotlarning xususiylashtirish jarayonlariga ta’siri va uning natijadorligi qiyosiy tarixiy tahlil qilingan. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili): Mazkur mavzu yuzasidan mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan iqtisodchi olimlar, tarixchi va sotsiologlaar tomonidan bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilganligini e’tirof etish o‘rinliddir. Jahonning qator davlatlari bilan O‘zbekiston Respublikasining 4

tashqi siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda sarmoyaviy sohalardagi hamkorligi, shuningdek, O‘zbekistonda davlat mulkini xususiylashtirish masalalari sohasida faol ilmiy izlanish olib borayotgan tarixchi, siyosatshunos, iqtisodiyot va huquq fani olimlari tadqiqot obyekti sanaladi. Shu bilan birga jahon mamlakatlarining iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi o‘zaro aloqadorligi masalasi ko‘plab xorijiy olimlar diqqat markazidan o‘rin olgan. Iqtisodiyot yo‘nalishida tadqiqot olib borgan olimlar qatoriga N.N.Sodiqov, N.Sirojiddinov, N.Yusupova, O.Mirzabekova, E.Maxmudov, U.Inoyatov, S.Chepel, O.Aripov kabi mualliflar asarlarini kiritish mumkin 2 . Huquqiy bilimlar borasida N.Xolbekov, B.Samarxo‘jaev, D.Qoraxo‘jaeva, Z.Qudratov va boshqalarning ilmiy izlanishlari alohida qiziqish uyg‘otadi 3 . Mazkur ilmiy izlanishlarda xususiylashtirishning shakllanishi va rivojlanishi masalalari tadqiq etilgan. Mustaqillikka erishgandan keyingi davrdagi O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati tahlil qilingan. O‘zbekiston sharoitida davlat mulkini xususiylashtirishning shakllanishi va rivojlanishining huquqiy asoslari yoritib berilgan. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishga e’tibor kuchaytirilgan hozirgi paytda xalqimizning o‘tmishda bozorga bo‘lgan munosabatlari, jahonning ilg‘or tajribalari, milliy an’analar va udumlar asosida mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiyot hayotida xo‘jalik 2 Садыков Н.Н. Узбекистан и международные экономические организации // Мировая экономика и международные отношения, 1996, №7; Сиражиддинов Н. Иностранные инвестиции в экономике Узбекистана // Экономическое обозрение, 1998, №3; Юсупова Н., Мирзабекова О. Проблемы инвестиционной активности в независимом Узбекистане // Общество и экономика, 1998, №3; Чепель С. Рост за годы независимости: факторы, проблемы и перспективы // Материал опубликован на сайте: http://www . review.uz; Махмудов Э.А. Прямые иностранные инвестиции в экономику Узбекистана: достижения, проблемы и перспективы. – Ташкент: 2007; Иноятов У.У. Механизм развития предпринимательских структур в условиях модернизации экономических реформ Узбекистана // Бюллетень науки и практики - Bulletin of Science and Practice, 2017, №12. и др. 3 Холбеков Н. Иностранные инвестиции: правовое формирование // Рынок, деньги и кредит, 1999, №10; Самарходжаев Б. Инвестиции в Республике Узбекистан (международно-частноправовой аспект). Ташкент: Академия, 2003; Караходжаева Д. Совершенствуются правовые основы // Учитель Узбекистана, 18 февраля 2011 г., №7 (2142); Кудратов З.Г., Султанов З.Т. Особенности государственной поддержки и развития малого бизнеса в Узбекистане // Молодой ученый, 2013, №4; Курбанова Д.М. Состояние нормативно- правовой базы и ее влияние на развитие малого бизнеса в Республике Узбекистан // Вестник Томского государственного университета, Серия: Экономика, 2016, №2 (34). 5