logo

MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING GENDER TENGLIK SIYOSATI MUAMMOLAR, ISLOHOTLARNING TARIXIY TAHLILI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

680.5 KB
MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
GENDER TENGLIK SIYOSATI: MUAMMOLAR, ISLOHOTLARNING
TARIXIY TAHLILI
MUNDARIJA
KIRISH……………………..…………………......................................………….3
ASOSIY QISM 
1-BOB   Mustaqillik   yillarida   O'zbekistonda   gender   tenglik   siyosatining
huquqiy asoslarining yaratilishi.............................................................................8
1.1. O'zbekistonda xotin-qizlarga oid davlat siyosati qonunchilik tizimi…….........8
1.2.   O'zbekistonda   xotin-qizlar   huquqlarining   himoyasiga   oid   tashkiliy
tuzilmalar ...............................................................................................................26
2-   BOB.   O'zbekiston   Respublikasi   gender   tenglik   siyosati   sohasida
islohotlarning tarixi ..............................................................................................36
2.1. O'zbekistonda xotin-qizlarga oid davlat siyosati tahlili (1991-2016)...............36
2.2.   Yangi   O'zbekistonda   amalga   oshiriliyotgan   gender   tenglik   siyosatidagi
o'zgarishlar .......................................................................................................... . ...44
3-BOB   O'zbekistonda   xotin-qizlar   demografiyasi:   ko'rsatkichlar   va
muammolar ...........................................................................................................56
3.1 O'zbekistonda xotin-qizlarga oid demografik tahlillar......................................56
3.2. O’zbekistonda xotin-qizlarga oid muammolar va ularning yechimlari ...........62
XULOSA................................................................................................................78
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI   ......................................82
1 2 KIRISH
Mavzuning   dolzarbligi   va   asoslanishi:   Hozirgi   kunga   kelib,   jahon
miqyosida   gender   teng   huquqliylikni   qaror   toptirishga   ijtimoiy   taraqqiyotning,
jamiyatni   barqaror   rivojlantirishning   asosi   sifatida   qaralmoqda.   Shuning   uchun
ham   inson   huquqlari   sohasidagi   barcha   xalqaro   huquqiy   hujjatlarda   teng
huquqliylik   va   kamsitmaslik   prinsiplari   izchil   rivojlanib   va   mustahakamlanib
bormoqda.   Bu   borada,   BMT   ning   1996-yildan   boshlab   insoniylik   mezonlarining
yana   bir   indeksi   sifatida,   ayollar   va   erkaklar   o'rtasidagi   aniq   teng   huquqliylikni
ta'minlash   hamda   ayollarning   huquq   va   imkoniyatlarini   kengaytirish,   gender
notengligini bartaraf etish bilan bog'liq 1
 ko’rsatkichi e’lon qilindi.
2019-yilda O'zbekiston Respublikasi Qonuniga ko’ra, "Gender" xotin- qizlar
va   erkaklar   o’rtasidagi   munosabatlarning   jamiyat   hayoti   va   faoliyatining   barcha
sohalarida,   shu   jumladan   siyosat,   iqtisodiyot,   huquq,   mafkura,   va   madaniyat
sohalarida namoyon bo'ladigan ijtimoiy jihatidir 2
, deb izoh beriladi.
  Ayni   vaqtdagi   dunyo   siyosati   markazida   teng   huquqiylik   gavdalanmoqda.
Tenglik   bor   yerda   adolat   mavjuddir.   Xususan,   1948   yilda   qabul   qilingan   “Inson
huquqlari   umumjahon   Deklaratsiyasi”da   “ hamma   odamlar   o'z   qadr-qimmati
hamda   huquqlarida   erkin   va   teng   bo'lib   tug'uladilar.   Ularga   aql   va   vijdon   ato
qilingan,   binobarin   bir-birlariga   nisbatan   birodarlik   ruhida   munosabatda
bo'lishlari kerak” 3
  deb aytiladi.
  Mustaqillikning   dastlabki   kunlaridanoq   O‘zbekistonda   ko'p   sonli   ijtimoiy
muammolari   orasida   ayollarning   ahvolini   yaxshilash,   ularni   mamlakat   ijtimoiy-
siyosiy   hayotida   faol   ishtirok   etish   jarayoniga   keng   jalb   qilishga   muhim   e'tibor
qaratilib,   sohadagi   siyosatni   amalga   oshirishda   mustahkam   huquqiy   asoslar   ham
yo'lga   qo'yildi.   Mamlakatimizda   xotin-qizlarning   ijtimoiy-iqtisodiy,   siyosiy
faolligini   oshirish   ularning   turli   soha   va   tarmoqlarda   o'z   qobiliyat   va
imkoniyatlarini   ro'yobga   chiqarish   uchun   shart-sharoitlar   yaratish,   huquq   va
1
  O’zbekiston Respublikasi Oila va Mehnat kodekslarining gender ekspertizasi. -Toshkent, 2008. 6-b
2
 O'zbekiston  Respublikasi  Qonuni O'RQ 562-son. 02.09.2019
3
 Inson  huquqlari  umumjahon Deklaratsiyasi. 1948- yil. 1-modda. 
3 qonuniy manfaatlariga so'zsiz rioya qilinishini ta'minlash 4
, onalik va bolalikni har
tomonlama qo'llab quvvatlash, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida
keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. 
O'zbekiston   Respublikasi   qonun   hujjatlarining   tahlili   shuni   ko’rsatadiki,
ularning barchasi inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarga muvofiqligidan
dalolat   beradi.   Xususan,   1992-yilda   qabul   qilingan   O‘zbekiston   Respublikasi
Konstitutsiyasining   46-moddasida:   “erkaklar   va   ayollarning   teng   huquqiyligi”
tamoyili   bilan   mustahkamlab   qo'yilgan.   Ayni   vaqtda   mamlakatimiz   aholisining
yarmini   (51%)   tashkil   etuvchi   xotin-qizlarning   kundalik   turmush   sharoitlari,
ularning muayyan muammolariga katta ijtimoiy ahamiyatga molik masala sifatida
qaralmoqda.
  Ta'kidlash   lozimki,   keyingi   besh   yildagi   yangilanayotgan   O‘zbekistonning
insonparvarlik   siyosati   bobidagi   ulkan   yuqtuqlaridan   biri   ham,   xotin-qizlarga   oid
davlat   siyosati   tubdan   o'zgarganligidir.   Bu   boradagi   siyosat   mohiyati   to'g'risida
Prezident   Sh.   Mirziyoyev   "Xotin-qizlarning   huquq   va   manfaatlari   ta'minlangan
jamiyatda, albatta, tinchlik, adolat, erkinlik va farovonlik bo'ladi" deb ta'kidladilar.
O'zbekistonda   yuritilinayotgan   islohotlar   inson   manfaatlari   ustunligini
ta'minlash   borasida   jamiyatda   xotin-qizlar   mavqeyini   oshirish,   ularning   huquq
hamda   imkoniyatlarini   ustuvor   qadriyatlardan   biri   sifatida   himoya   qilishga
qaratilgan.   Bunda,   ayniqsa   ayollarning   siyosiy,   ijtimoiy   va   iqtisodiy   faolligini
yuksaltirish   davlat   siyosatining   ustuvor   yo'nalishlaridan   biri   sifatida   qaralib
kelinmoqda. 
Erkak va ayolning teng huquqliyligi xalq farovonligi yo’lida, jamiyat tinchligi
hamda   iqtisodiy   barqarorlikda   muhim   o'rin   tutadi 5
.   Shu   jihatdan,   ayollarning
bandligini   ta'minlash,   ularning   o'z   intilish   va   qobiliyatini   to'laqonli   ro'yobga
chiqara   olishlari   uchun   imkoniyatlarni   kengaytirish   masalasi   davlatimizning
doimiy   diqqat   markazida.   Jumladan,   davlat   boshqaruvida   xotin-qizlar   ishtirokini
oshirish   maqsadida   6   mingdan   ziyod   faol   xotin-qizlardan   iborat   kadrlar   zaxirasi
4
 Гендерное равенство и роль женщин в обществе.
5
  http://rus.gateway.kg/gender_government
4 shakllantirildi.   Hozirgi   kunda   ularni   turli   rahbarlik   lavozimlariga   tayyorlash
bo'yicha tizimli  o 'quvlar tashkil etilmoqda. 
Tadqiqotning obyektini   mustaqillik yillarida O‘zbekistonda gender tenglik
siyosatining mohiyati tashkil etadi. 
Tadqiqotning predmeti  O'zbekiston xotin-qizlarining ijtimoiy, demografik,
iqtisodiy va siyosiy sohalardagi o'rni va roli kabi masalalarni aniqlashdan iborat. 
Tadqiqotning   maqsadi:   Mustaqillik   yillarida   O‘zbekiston   Respublikasi
gender tenglik siyosatining tarixiy tahlili, bu sohada amalga oshirilgan islohotlarni
ochib   berish   hamda   xotin-qizlarga   oid   muammolar   va   ularning   yechimlarini
o'rganib, xotin-qizlarga oid demografik ko'rsatkichlarni o'rganib chiqishdan iborat. 
Tadqiqotning asosiy vazifalari:  Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda gender
tenglik siyosatining huquqiy asoslarini o'rganish 
-   O'zbekistonda   xotin-qizlarga   oid   davlat   siyosatining   qonunchilik   tizimi,
tashkiliy tuzilmalarini yoritish;
-   O'zbekiston   Respublikasi   gender   tenglik   siyosati   sohasida   davlat
siyosatining 1991-2016-yillar oralig'idagi tarixini ochib berish;
-   Yangi   O'zbekistonda   amalga   oshiriliyotgan   gender   tenglik   siyosatidagi
o'zgarishlarni ko'rsatib berish;
- O'zbekistonda xotin-qizlar demografiyasi: ko'rsatkichlarini o’rganish;
-   O’zbekistonda   xotin-qizlarga   oid   muammolar   va   ularning   yechimlarini
tahlil qilish.
Tadqiqotning   ilmiy   yangiligi:   Mustaqillik   yillarida   O'zbekiston
Respublikasining gender tenglik siyosatini o'rganish asosida: 
O'zbekiston   Respublikasida   xotin-qizlarga   oid   davlat   siyosti   huquqiy
asoslarini mustahkamlanishi va tashkily tuzilmalarning bu sohada olib borayotgan
faoliyati o'rganildi.  
O'zbekiston Respublikasi xotin-qizlarga oid davlat siyosati islohotlar (1991-
2016)   tarixiy   tahlil   etilib,   Yangi   O'zbekistondagi   amalga   oshirilayotgan   gender
tenglik siyosatidagi o'zgarishlar aniqlandi. 
5   O'zbekistonda   xotin   qizlarga   oid   demografik   ko'rsatkichlar,   xotin-qizlarga
oid muammolar va ularning yechimlari tahlil qilindi. 
Тadqiqotning asosiy masalalari va farazlari:  O'zbekistonda xotin-qizlarga
oid   muammo larning   huquqiy   asoslari   o'rgani lib,   ayollar ning   ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy   masalalarini   himoyasi   yuzasidan   t ashkil   etilgan   tuzilmalar   faoliyatini ,
yoriti sh, O'zbekistonda gender tenglik siyosatidagi islohotlar tahlili, O'zbekistonda
xotin-qizlar ,   demografik   ko'rsatkichlari,   muammolar   va   ularning   yechimlarini
o'rganish.
Tadqiqot   mavzusi   bo’yicha   adabiyotlar   sharhi   (tahlili).   O'zbekiston
Respublikasida   gender   tenglik   siyosati   masalalari   kabi   yo'n al ishlarda   ko ' plab
izlanishlar   olib   borilmoqda.   Bunday   mualliflar   qatoriga   -   O.Musurmonova,
N.Egamberdiyeva,   R.Samarov,   U.Temirova   va   boshqalar   tomonidan   amlaga
oshirililgan.   Mazkur   tadqiqotlarda   xotin-qizlarning   ijtimoiy   faolligini   oshirish
masalalari   gender   yondashuv   orqali   tahlil   etilgan .   Takidlash   lozimki,   mustaqillik
yillarida O'zbekiston xotin-qizlarining ijtimoiy faolligi, ularning jamiyat hayotidagi
o'rni,   muammolariga   bagishlangan   bir   qator   izlanishlar   olib   borildi.   Bu
izlanishlardan   tanlangan   masala,   uning   xususiyati   hamda   hududiy   muammolarga
qaratilgani bilan harakterlanadi. 6
Jumladan,   bu   borada   T.   Narbayeva,   D.   Alimjanova,   N.   Azimova,   J.
Shermuhammedova,   F.  Ahmedshina,  X.Kenjaeva,   D.  Murtazayeva,   E.  Sultanova,
G.Ganiyeva   va   boshqa   olimlarning   ilmiy   tadqiqot   ishlarida   ko'rish   mumkin.
Xorijiy   bir   qator   ishlarda,   jumladan   Marianna   Kempning   kitobida   O'zbekiston
ayollari va zamonaviylik tahlil etiladi. 7
6
  Ozbekiston   Respublikasi   Oila   va   Mehnat   kodekslarining   gender   ekspertizasi .   — Toshkent ,   2008;   D . Alimjonova .
Gender   tenglik   barqaror   inson   rivojlanishining   omili   sifatida   //   Gender   munosabatlari   nazariyasi   va   amaliyotiga
kirish . —   Toshkent , 2007;    Azimova   N .,   Shermuxammedova   J .   Gender   va   oila   //   Gender   munosabatlari   nazariyasi
va   amaliyotiga   kirish .   —   Toshkent ,   2007;   Kenjaeva   X .   Ayollar   ijtimoiy   faolligini   oshirishda   fuqarolik
institutlarining   orni    //  « Scientific   Progress »   Scientific   Journal .   Volume:  1, Issue:  6;  Elektron resurs:  Narbaeva  T.
Ozbekistonlik xotin-qizlar ilm, marifatga yogrilgan islohotlar, ezgu ishlar yolida ona Vatan ravnaqiga munosib hissa
qoshmoqda   //   https://strategy.uz/index.php;   Ozbekiston   xotin-qizlar   maqomini   oshirish   boyicha   Milliy   harakat
platformasi. “Gender va rivojlanish” byurosi. BMT Taraqqiyot dasturi, T., 1999
7
  Gender   na   povestke   dnya.   Rukovodstvo   po   gendernomu   obucheniyu.   Regionalьnaya   programma   v   podderjku
gendera v razvitii v Sentralnoy Аzii, stranax Kavkazskogo regiona i Turtsii. Bishkek.1999; Shvedova N.А. Prosto o
slojnom: gendernoe prosveshenie. Posobie. Ocherki politicheskoy teorii i istorii. Dokumentalne materiale M., 2002;
Voronina   O.А.   Feminizm   i   gendernoe   ravenstvo.   M.:   URSS,   2004;   Marianne   Kamp.   The   New   Woman   in
Uzbekistan: Islam, Modernity, and Unveiling under Communism // University of Washington Press 2006.
6 O'zbekiston   Respublikasida   gender   yondashuv   asosida   uzluksiz   ta'lim
muassalarida   o'qitish   tizimining   sifatini   oshirish,   xotin-qizlarning   ijtimoiy
faolligini   rivojlantirish,   kasbiy   ta'limda   gender   masalalari   kabi   yo'nalishlarda
tadqiqotlar   O.Musurmonova,   N.Egamberdiyeva,   R.Samarov,   U.Temirova   va
boshqalar   tomonidan   amlaga   oshirilgan.   Mazkur   tadqiqotlarda   xotin-qizlarning
ijtimoiy faolligini oshirish masalalari gender yondashuv orqali tahlil etilgan 8
.
Boshqa   ishlarda   ham   Markaziy   Osiyoda   gender   tenglik   masalalari   tahlili
o'rin   olganligi   shuni   ko'rsatadiki,   ushbu   muammoning   hudud,   davlat   yoki   xalq
tanlamasligidadir. 
Olib   borilayotgan   izlanishlar   jamiyatda   xotin-qizlarning   mavqei,   ularning
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sohalarda o'z o'rniga ega bo'lishi muammolarini hal etish
bilan   bog'langan.   Bundan   tashqari,   gender   tenglik   bo'yicha   turli   maqolalar
to'plamlari, ilmiy konferensiyalar materiallari jumladan, O'zbekiston Respublikasi
Oila   va   Mehnat   kodekslarining   gender   ekspertizasi,   O'zbekiston   Respublikasi
Bandlik va Mehnat  munosabatlari  vazirligi tomonidan "Gender  mehnat  bozorida"
hamda2007-yilda   nashr   etilgan   "Gender   munosabatlar   nazariyasi   va   amoliyatiga
kirish" nomli tahliliy ma'ruzalar, "Yangilanayotgan O‘zbekistonda xotin-qizlarning
ilm-fan   taraqqiyotidagi   roli   va   gender   tengligi"   nomli   I   xalqaro   ilmiy-amaliy
anjuman materiallari to'plami va bir qancha boshqa ilmiy ishlar mavjud. 9
Tadqiqotda   qo’llanilgan   metodikaning   tavsifi.   tadqiqot   mavzusini
yoritishda qiyosiy taqqoslash, tizimlashtirish, statistik kabi usullardan foydalanildi.
Tadqiqot   natijalarining   nazariy   va   amaliy   ahamiyati:   Mazkur   tadqiqot
ishi   natijasida   O'zbekistonda   xotin-qizlarga   oid   siyosat,   gender   tengligi   yanda
8
 АЁЛ ВА ТАРАҚҚИЁТ: ЎЗАРО АЛОҚАДОРЛИК, 2021 
9
    Кенжаева   Х.   Аёллар   ижтимоий   фаоллигини   оширишда   фуқаролик   институтларининг   ўрни   //   «Scientific
Progress»   Scientific   Journal.   Volume:   1,   Issue;   O'zbekiston   Respublikasi   Oila   va   Mehnat   kodekslarining   gender
ekspertizasi.-Toshkent,   2008$   Gender   munosabatlar   nazariyasi   va   amaliyotiga   Gender   na   povestke   dnya.
Rukovodstvo po gendernomu obucheniyu. Regionalьnaya programma v podderjku gendera v razvitii v Sentralnoy
Аzii,   stranax   Kavkazskogo   regiona   i   Turtsii.   Bishkek.1999;   Shvedova   N.А.   Prosto   o   slojnom:   gendernoe
prosveshenie.   Posobie.   Ocherki   politicheskoy   teorii   i   istorii.   Dokumentalne   materiale   M.,   2002;   Voronina   O.А.
Feminizm   i   gendernoe   ravenstvo.   M.:   URSS,   2004;   Marianne   Kamp.   The   New   Woman   in   Uzbekistan:   Islam,
Modernity, and Unveiling under Communism // University of Washington Press 2006.
?
 АЁЛ ВА ТАРАҚҚИЁТ: ЎЗАРО АЛОҚАДОРЛИК, 2021
?
  Кенжаева   Х.   Аёллар   ижтимоий   фаоллигини   оширишда   фуқаролик   институтларининг   ўрни   //   «Scientific
Progress»   Scientific   Journal.   Volume:   1,   Issue;   O'zbekiston   Respublikasi   Oila   va   Mehnat   kodekslarining   gender
ekspertizasi.-Toshkentkirish. -T. 2007; Yangilanayotgan O‘zbekistonda xotin-qizlarning ilm-fan taraqqiyotidagi roli
va gender tengligi". Toshkent. 2021.
7 oydinroq   ochib   berildi.   Xotin-qizlarga   oid   siyosat   ning   yillar   kesimda   taqqoslab
o'rganishga   ko'maklashdi.   Gender   tenglik   masalalari   bilan   bog'liq   muammolarni
o'rganishda amaliy ahamiyatga ega.
Ish   tuzilmasining   tavsifi:   Tadqiqot   ishi   kirish,   asosiy   qism   (3   bob   va   6
fasl), xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan tashkil topgan bo'lib, jami 86
sahifadan iborat. 
8 I BOB. MUSTAQILLIK YILLARIDA O'ZBEKISTONDA GENDER
TENGLIK SIYOSATINING HUQUQIY ASOSLARINING YARATILISHI
1.1 O'zbekistonda xotin-qizlarga oid davlat siyosati qonunchilik tizimi
Gender tushunchasi - ayollar va erkaklarga ta'sir ko'rsatuvchi barcha ijtimoiy
jarayonlarda   mavjud   bo’ladi.   Genderning   ijtimoiy   tashkil   topishi   nazariyasida
uchta asosiy tushuncha farqlanadi: jins, jinsiy mansublik va gender 10
.
  Aynan yuqoridagi "gender" atamasi  hozirgi kunga kelib eng dolzarb, dunyo
geosiyosiy   xaritasida   asosiy   maydondagi   masala   o'rnidadir.   Gender   masalasining
bunday   keng   hududlarda   yoyilishi   davr   talabi,   davr   markazida   turgan   inson
qadrining ajralmas qismi hisoblanadi. Gender masalasi dastlab "xotin-qizlarga oid
masala" sifatida dunyo yuzini ko'rdi. 
Ma'lumot   o'rnida   shuni   aytib   o'tishimiz   mumkinki:   “Ayollarning   iqtisodiy–
siyosiy, kasbiy huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotga ilk bor 1871-yil 18-martda
Parij   Kommunasi   tashkil   topgan   davrda   asos   solingan   edi.   Ikkinchi   jahon   urushi
tugagach   esa,   jahonda   birinchi   yirik   tashkilot–Xalqaro   Demokratik   Xotin–Qizlar
Tashkiloti (XDXQT) tuzildi. 11
 
1976-yilda BMT ning xotin-qizlar rivojlanish jamg'armasi (UNIFEM) tashkil
etildi.   UNIFEM   faoliyati   xotin-qizlarning   ahvolini   yaxshilash,   gender   masalalari
bo'yicha   yangi   dasturlarni   moliyaviy   va   texnik   jihatdan   qo'llab–quvvatlashga
qaratilgan 12
.   Bugungi   kunga   kelib,   100   dan   ziyod   mamlakatlarda   UNIFEM
jamg'armalari faoliyat ko'rsatib kelmoqda. BMTning UNIFEM jamg'armasi xotin –
qizlarning   huquqlari   va   ularni   himoyalash   borasida   to'rtta   strategik   maqsadga
alohida e'tibor qaratib kelmoqda:
- Xotin-qizlarni kambag'allik va qashshoqlikdan himoya qilish; 
- Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq o'tkazishni yo'qotish; 
10
 Gender munosabatlar nazariyasi va amoliyatiga kirish. Toshkent.2007. B.38. 
11
  YANGI   DAVRDA   O ' ZBEKISTONDA   XOTIN - QIZLAR   ROLINING   RIVOJLANISH   BOSQICHLARI   – тема
научной статьи по политологическим наукам читайте бесплатно текст научно-исследователь ской работы в
электронной библиотеке КиберЛенинка
12
  http://rus.gateway.kg/gender_government
9 -   Xotin-qizlar   o'rtasida   VICH   va   SPID   infeksiyasini   oldini   olish;   -
Ayollarning demokratik boshqaruvdagi tenglik huquqini yaratib berish 13
. 
  Aslini   olganda,   xotin-qizlarga   oid   siyosat   muammosi   ilk   bora   “Gender
tenglik   uchun   kurash"   1945-yil   BMTning   tashkil   topishi   bilanoq   boshlandi.
Tashkilotning   dastlabki   51   a'zosidan   30   tasi   ayollarga   erkaklar   bilan   tenglikda
saylov   huquqi   va   davlat   ishlari   bilan   shug'ullanish   huquqini   beradi.   BMT
Nizomida erkaklar va ayollarning teng huquqliligi e'tirof etiladi 14
.
  Gender   tenglikka   erishish   uchun   dastlabki   qilingan   ishlar   -   ayollarning
huquqiy   va   fuqarolik   muammolarni   yechish   dunyo   bo'ylab   ayollarning   ahvoli
bo'yicha   ma'lumotlar   yig'ishga   qaratildi.   Vaqt   faqatgina   qonunlar   bilan   teng
huquqlilikni   ta'minlashga   erishib   bo'lmasligini   ko'rsatdi.   Shundan   keyin   gender
tengligi uchun kurashning ikkinchi bosqichi boshlandi. 
Shu   maqsadda,   xotin-qizlar   ahvolini   yaxshilash   borasida   reja   va
strategiyalarni   ishlab   chiqarish   uchun   BMT   tashkilotining   tashabbusi   bilan   to'rtta
xalqaro   konferensiya   chaqirildi.   Bu   konferensiyalar   BMT   tomonidan   jahon
miqyosida   tashkil   qilingan   bo'lib,   butun   dunyo   e'tiborini   gender   tengligi
muammosiga qaratishga muvaffaq bo'lindi. Konferensiyalar butun dunyo aholisini
bir   maqsad   yo'lida   birlashtirdi   va   rejalar   tuzish   yo'nalishlarini   belgilash   xotin-
qizlarlarning jamiyatdagi va shaxsiy hayotidagi  ahvollarini yaxshilash uchun asos
bo'ldi. 15
 
Yuqorida   sanab   o'tganimizday   BMT   Nizomi,   Inson   huquqlari   Umumjahon
deklaratsiyasi,   Fuqorolik   va   siyosiy   huquqlar   to‘g‘risidagi   Xalqaro   paktlar,   BMT
tomonidan   1966-yilda   qabul   qilingan   iqtisodiy,   ijtimoiy   va   madaniy   huquqlar
to‘g‘risidagi   Xalqaro   paktlarda   erkak   va   ayollar   uchun   yagona   bo'lgan   inson
huquqlari   umumiy   konsepsiyasini   tashkil   etuvchi   salkam   70   ta   xalqaro   hujjatlar
qayd etilgan. 16
13
  Sultonova   A.   Yangi   O'zbekistonda   ayollar   huquqlarini   himoya   qilish   bo yicha   xalqaro   harakatning   tarixiyʻ
taraqqiyoti. Volume 3 | NUU Conference 2 | 2022 Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari. 924-b.
14
  Sultonova   A.     Yangi   O'zbekistonda   ayollar   huquqlarini   himoya   qilish   bo yicha   xalqaro   harakatning   tarixiy
ʻ
taraqqiyoti. // Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari.  922- b .
15
  Sultonova   A .,  ko ’ rastilga   to ’ plam , 922- b .
16
 Права человека – права женщин в Узбекистане (Пособие для тренеров).-Т., 2002, с. 214. 
10 Ayollar muammolarini hal qilish maqsadida xalqaro konferensiyalar tashkil
etildi.   Ayollar   harakatlarining   muhim   bosqichlari:   1975-yil   I   Butunjahon   Ayollar
Konferensiyasi   va   Xotin–qizlar   yili   deb   e'lon   qilinishi   (Mexiko,   Meksika);   1976-
1985-yil BMT tomonidan “Tenglik, Taraqqiyot, Tinchlik” shiori ostida Ayollar o'n
yillligi   deb   e'lon   qilinishi;   1980-yil   II   Butunjahon   Ayollar   konferensiyasi
(Kopengagen);   1985–   yil   III   Butunjahon   Ayollar   konferensiyasi   (Nayrobi,
Keniya);   1995-yil   Ayollar   holati   bo'yicha   IV   Butunjahon   konferensiyasi   (Xitoy,
Pekin),   Pekin   deklaratsiyasi   va   Harakatlar   Platformasi   hamda   1995-2004-yillar
BMT   Bosh   Assambleyasining   49-sessiyasida   “Inson   huquqlari   ta’limining   o'n
yilligi” e'lon qilindi. 17
 
Gender   tenglik,   gender   tushunchasining   ilk   ildizlari   qadim   davrlarda   qabul
qilingan   qarorlarda   ham   aksini   topgan.   Ma'lumot   o'rnida   shuni   keltirishimiz
mumkinki, hech bir ijtimoiy holat o'z-o'zidan paydo bo'lib qolmaydi, unga davrlar,
vaqtlar   hamroxlik   qiladi.   Ijtimoiy   holatlarnig   o'z   o'tmish   tarixi   mavjud.   Gender
tengligi   masalasi   insoniyat   uchun,   insoniyatning   yarmini   tashkil   etuvchi   ayol
vakilalar uchun muhim hisoblanib kelingan. 
Gender   ayollar   va   erkaklar   o‘rtasidagi   munosabatlarning   jamiyat   hayoti   va
faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura
va madaniyat, ta’lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy jihat
hisoblanadi.   Gender   tenglik   masalasi   hozirgi   davr   talabidan   kelib   chiqadigan
bo'lsak, kecha yoki bugun paydo bo'lgan ijtimoiy masala emas. 
O'zbekiston   Respublikasi   davlat   siyosatida   ayollar   va   erkaklar   uchun   teng
huquq   hamda   imkoniyatlar   kafolatlarini   ta’minlashning   asosiy   tamoyillari   etib:
qonuniylik;   demokratizm;   xotin-qizlar   va   erkaklarning   teng   huquqligi;   jins
bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘yilmasligi va ochiqlik etib belgilandi. 18
 
Yuqorida   sanab   o'tilgan   tamoyillarni   amaliyotda   huquqiy   qonunlar,
farmoyishlar va ularning ijrosi bilan ta'minlar ekanmiz, gender tenglik siyosatidan
qo'ygan maqsadlarga erisha olinadi.
17
 Mo'minov A. Tillaboyev M. A Inson huquqlari. Ayollar huquqlari va erkinligini xalqaro huquqiy himoya qilish. -
T.: Adolat. 2013. 365-b. 
18
  O'zbekiston   Respublikasi   Qonuni:   "Xotin-qizlar   va   erkaklar   uchun   teng   huquq   hamda   imkoniyatlar   kafolatlari
to g risida" O'RQ 562-son. ʻ ʻ 02.09.2019
11 O'zbekiston   Respublikasi   mustaqillikka   erishishi   bilanoq   davlat   siyoatining
markaziga inson manfaatlari asos qilib belgilandi. Gender tenglik siyosatini amalga
oshirishda,   birinchi   navbatda,   ayollar,   oila,   onalik   va   bolalikni   himoya   qilishning
huquqiy   bazasini   yaratishga,   ikkinchidan   ayollarni   va   oilani   davlat   tomonidan
qo'llab   quvvatlashga,   joylarda   ularga   aniq   yordam   ko'rsatishga   alohida   ahamiyat
beriladi 19
.
Davlatimizda   gender   tengligi   siyosati   huquqiy   asoslangan.   Avvalambor,
buning   ifodasi   O'zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi   46-moddasida   "Xotin-
qizlar va erkaklar teng huquqlidir", 18-moddada esa, barcha fuqarolar teng huquq
va   erkinlikga   ega   bo’lib   jinisi,   tili,   dini,   irqi,   millati,   ijtimoiy   kelib   chiqishidan
qat’iy nazar qonun oldida tengdir, deya belgilangan 20
Bundan   tashqari,   ayollar   va   erkaklar   huquqlari   va   manfaatlarining   tengligi
mehnat,   fuqarolik,   oila,   jinoyat,   fuqorolik,   fuqorolik-protsessual   va   jinoyat-
protsessual kodekslar bilan mustahkamlangan 21
. 
Mustaqillikning   dastlabki   yillarida   1-Prezidentning   "Davlat   va   jamiyat
qurilishida   xotin-qizlar   rolini   oshirishga   doir   chora   tadbirlari   to'g'risida"gi,
“Oilalarga   davlat   yordamini   va   ijtimoiy   yordamni   kuchaytirish   tadbirlari
to'g'risida" 22
gi   farmonlari 23
,   Vazirlar   Mahkamasining   "Oila   manfaatlarini   amalga
oshirishni   ta'minlash   yuzasidan   1998   yilga   mo'ljallangan   davlat   dasturi
to'g'risida"gi qarori va boshqa qonun hujjatlari bilan himoya qilingan. 24
 
Bundan  tashqari   O'zbekiston   Respublikasi  Oila  kodeksi,   Mehnat   kodeksida
batafsil   xotin-qizlarning   manfaatlari   qonuniy   himoya   qilingan.   Aynan   oila
jamiyatning   negizi   ekan,   oilaning   asosi   ayollar-onalar   hisoblaninb   ularning
huquqiy   manfaatlari,   ularning   oila   qurishda   huquqlarining   bilishlari,   ularning
avvalo  yosh   bo'yicha  cheklovlardan  xabardor   bo'lishlari   katta  qadam  hisoblanadi.
Chunki   shuni   bilishimiz   kerakki,   yoshlarning   har   tomonlama   tayyor   bo'lmagan
19
 Защита прав, свобод и интересов человека в международном праве: история, направления, формы. 1
20
  Ozbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi .-   T .: 2018- y .
21
 Защита прав, свобод и интересов человека в международном праве: история, направления, формы.
22
 Гендерное равенство и роль женщин в обществе. 
23
 Гендерное равенство и роль женщин в обществе. 
24
  Gender   munosabatlari   nazariyasi   va   amaliyotiga   kirish.   F.   Ahmedshina.   Musatqillik   sharoitida   O'zbekistonning
gender muammolari.   -  T .:  2007- y . 409- b  . 
12 holda   turmush   qurishlarining   asosiy   qismi   oxiri   ajrim   bo'lgan   oilalarni   tashkil
etmoqda.
Gender   tengligining   ham   xalqaro   huquqiy,   ham   konstitutsiyaviy   huquqiy
asosi   kafolatlangan.   Gender   tengligi   ijtimoiy   tenglikni   ham   anglatadi.   Bunday
tenglikni   ta'minlash   uchun   Konstitutsiya   va   qonunlarga   zarur   qoidalarni
kiritishning   o'zi   kifoya   emas.   Shu   bois   ham,   jamiyatda   huquqiy   madaniyatni
yuksaltirishga   alohida   e'tibor   qaratilgan.   Xotin-qizlar   masalaiga   oid   ushbu
siyosatga   ilk   qadam   sifatida   biz   O'zbekiston   Respublikasi   Oliy   Kengashining
"Inson   huquqlari   va   ozodligi"   haqidagi   dekloratsiyani   ratifikatsiya   qilish
to'g'risida"gi qarorini (30.09.1991) olsak bo'ladi. 
Keyinchalik,   1979-yil   Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   "Xotin-qizlarni
kamsitishning  barcha  shakllariga barham   berish  to ' g ' risida"gi  Konvensiyani   qabul
qildi 25
. Bu konkonvensiya 1981- yil 3-sentabrda xalqaro qonun sifatida tasdiqlandi,
dunyoning   189   davlati   ratifikatsiya   qilgani   holatida   O'rta   Osiyo   mamlakatlari
ichida birinchilardan bo'lib  O ' zbekiston  1995-yil   ushbu  konvensiyani  ratifikatsiya
qildi va uning barcha majburiyatlariga to'laqonli  qo'shildi. Bundan tashqari 1991-
yil   30-sentabrda   ratifikatsiya   qilingan   "Inson   huquqlari   umumjahon
deklaratsiyasi",   "Bolalar   huquqlari   to'g'risidagi   konvensiya"   1992-yilda
ratifikatsiya   qilingan,   "Iqtisodiy   va   ijtimoiy   va   madaniy   huquqlar   to‘g‘risidagi
Xalqaro   pakt"   1995-yilda,   "Fuqorolik   va   siyosiy   huquqlar   to‘g‘risidagi   xalqaro
paktga   fakultativ   protakol",   1997-yil   “Rivojlanish   huquqi   to'g'risidagi
Deklaratsiya”,   “Teng   qimmatli   mehnat   uchun   erkaklar   va   ayollarga   teng   mehnat
haqi   to'lash   to'g'risidagi”   Konvensya   1997-yilda 26
  va   boshqa   shu   kabi   xalqaro
hujjatlarni ratifikatsiya qilib, Respublikamizda barcha qonunlar muvofiqlashtirildi. 
Navbatdagi   qadamlardan   biri,   1995-yil   mart   oyida   respublika   Birinchi
Prezidenti   I.A.Karimovning   "Davlat   va   jamiyat   qurilishida   xotin-qizlar   rolini
kuchaytirish   chora   tadbirlari   to'g'risida"gi 27
  PF-1084-son   farmoni   imzolandi.
25
 Защита прав, свобод и интересов человека в международном праве: история, направления, формы. 
26
 Гендерное равенство и роль женщин в обществе. 
27
O'zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   I . A . Karimovning   " Davlat   va   jamiyat   qurilishida   xotin - qizlar   rolini
kuchaytirish   chora   tadbirlari   to ' g ' risida " gi   PF -1084- sonli   farmoni    https :// lex . uz / docs /181343
13 Mazkur   farmondan   so'ng,   vaziyat   ancha   ijobiy   tomonga   o'zgardi.   Shunday   ekan
aytish   mumkinki,   mamalakatda   xotin-qizlarning   mavjud   masalalarini   hal   etishda
davlat proteksiyasi tiklandi. Bunga ko’ra, davlat organlarining yordami ayollarning
yangi   jamiyatga   ko'nikishi   va   o'zligini   qayta   topib   olishda   juda   muhim   bosqich
bo'ldi. Bu farmon, ayollarga muhim imtiyozlar berdi. Avvalo xotin-qizlarning ijro
etuvchi   hokimiyat   tizimlaridagi   mansablari   tiklandi,   ularga   ayollar   muammolari
bilan shug'ullanish uchun keng sharoitlar yaratildi. 28
Farmonning   imzolanishidan   ayollarning   mavqei,   ularning   o'rni,   huquqlari
yuzasidan   tushunmovchiliklar   barham   topishi   mo'ljallandi.   Bu   masalalarda
kafolatchi rolini davlat o'z zimasiga oldi. Bu farmon natijasida xotin-qizlar muhim
imtiyozlarni qo'lga kiritdi. Ayollarning siyosiy mavqei yangicha tus oldi. 90-yillar
2-yarmiga   kelib   mavjud   qonunlarning   kafolatlari,   ijrosi,   mustahkamlanishi
borasida   davlat   va   nodavlat   tashkilotlar   samarali   ishlar   olib   borishdi.   Barcha
zaruriy ijtimoiy muammolar kabi yechimini o'rganilish masalalari qatorida bo'lgan
gender tengligi oraliq davrda bir muncha mo'tadil kayfiyatda qoldirildi. 
1999-yil 14-aprelda O'zbekiston Respublikasining 760-I-son “Xotin-qizlarga
qo’shimcha imtiyozlar to’g’risida"gi 29
 Qonun qabul qilindi. Qonun bo'yicha xotin-
qizlarga ijtimoiy-iqtisodiy imtiyozlar ro'yxati shakllantirildi. 
Navbatdagi   qadamlardan   biri   O'zbekistonning   1-Prezidenti   2004-yil  
25-maydagi   "O'zbekiston   xotin-qizlar   qo'mitasi   faoliyatini   qo'llab-quvvatlash
borasidagi qo ' shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi 30
 farmoni e'lon qilindi. Qo'mita
ishlari   bo'yicha   kerakli   normativ   hujjatlar   qabul   qilindi.   Bu   davrga   kelib   qabul
qilingan   "Oliy   majlisga   saylovlar   to'g'risida"gi   qonunning   yangi   taxririda   aynan
xotin-qizlar   imtiyozi   yuzasidan   ancha   yuqori   pog'ona   ko'zlandi.   Ya'ni   qonunga
muvofiq   har   bir   siyosiy   partiyalar   o'zlari   ko'rsatayotgan   nomzodlari   tarkibida
30%gacha   ayollar   ko'rsatilishi   belgilangan   edi.   Bu   davrda   bu   qonunning   qabul
qilinishi   yangicha   inqilobiy   to'lqin   sifatida   ko'rilgan   edi.   Endilikda   ayollarning
28
 АЁЛ ВА ТАРАҚҚИЁТ: ЎЗАРО АЛОҚАДОРЛИК, 2021
29
  O ' zbekiston   Respublikasining  “ Xotin - qizlarga   qo ’ shimcha   imtiyozlar   to ’ g ’ risida " gi   qonuni   https :// lex . uz / ru / docs /-
10550
30
  O ' zbekistonning   Prezidenti  2004- yil  25- maydagi  " O ' zbekiston   xotin - qizlar   qo ' mitasi   faoliyatini   qo ' llab - quvvatlash
borasidagi   qo ‘ shimcha   chora - tadbirlari   to ' g ' risida " gi  3434- sonli   farmoni .  https :// lex . uz / docs /-214651
14 harakatlari   va   erishayotgan   yutuqlariga   haqli   ravishda   siyosiy   lavozimlar   ishonib
topshirish   vaqti   kelgan   edi.   Siyosiy   mansablarning   ayollar   tomonidan   egallanishi
ularni yanada ruhan tetik va hayotga teran nigoh bilan boqishlariga asos bo'ldi. Bu
davrdagi   bunday   jonbozlik   bilan   qabul   qilingan   barcha   qonun   va   imzolangan
farmonlar o'z samarasini hozirgi kunda erishilinayotgan davr yuqtuqlarining tamal
toshlari   edi   desak   mubolag'a   bo'lmaydi.   Keyingi   yillarda   olib   borilgan   harakatlar
o'z navbatida bu qonular chizib ko'rsatgan yo'l xaritasi asnosida olib borildi. 
2010-yil   30-sentabrdagi   PF-4245-sonli   O ' zbekiston   Respublikasi
Prezidentining   “Xotin-qizlarning   ijtimoiy   muhofazasini   kuchaytirishga   oid
qo ' shimcha chora-tadbirlar to ' g ' risida”gi 31
 Farmoni qabul qilindi. 
Mustaqilligimizning   dastlabki   10   yilligida   olib   borilgan   gender   tenglik,
ayollarning   huquqiy   imtiyozlari   yuqorida   ko'rsatilib   o'tilgan   qonunlarda
famoyishlarda   o'z   ifodasini   topdi.   Keyingi   yillarda   qilingan   sa'yi-harakatlar
bosqichma-bosqich olib borildi 32
 
Yurtimizda olib borilayotgan bu kabi islohotlar xotin-qizlar va erkaklar teng
huquqliligi,   jamiyatning   asosiy   bo ' g ' ini   bo ' lgan   oilani   mustahkamlash,   ayniqsa,
nikohning   barqaror   bo ' lishi,   onalik   va   bolalikni   muhofaza   qilish,   farzand
tarbiyasida ota-onaning huquq va majburiyatlari, nafaqat O’zbekistonda, Markaziy
Osiyo mintaqasi davlatlari siyosatining o ' ziga xos jihati sifatida qaraladi. 
Respublikamizda   olib   borilgan   gender   tenglik   siyosatiga   yangicha   tus
berilgan   davr   sifatida   asosan   amaldagi   prezidentimiz   Sh.   Mirziyoyevning   sa’y
harakatlari   bilan   olib   borilayotgan   ayni   kunlardagi   siyosiy   manzarani   olishimiz
mumkin. O'zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi  PF-4947-
son   "O'zbekiston   Respublikasini   yanada   rivojlantirish   bo ' yicha   Harakatlar
strategiyasi to'g'risida"gi 33
 Farmoni asosida, ayollarning ham iqtisodiy salohiyatlari
borasidagi   ishlar   rejalashtirildi,   ham   ularning   huquqlari   kafolatlanishi
rasmiylashtirildi. 
31
  “ O ‘ zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   I . Karimovning     4245- sonli   farmoni     “ Xotin - qizlarning   ijtimoiy
muhofazasini   kuchaytirishga   oid   qo ‘ shimcha   chora - tadbirlar   to ‘ g ‘ risida ”.  https :// lex . uz / ru / docs /-1687443
32
 Гендерное равенство и роль женщин в обществе.
33
  O ' zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh .   Mirziyoyevning   2017- yil   7- fevraldagi   " O ' zbekiston   Respublikasini
yanada   rivojlantirish   bo '
yicha   Harakatlar   strategiyasi    to ' g ' risida " gi  4947- sonli   farmoni .   https :// lex . uz / docs /-3107036
15 Bundan   tashqari,   2018-yil   2-fevraldagi   PF-53-25-son   "Xotin-qizlarni
qo'llab-quvvatlash   va   oila   institutini   mustahkamlash   sohasidagi   faoliyatni   tubdan
takomillashtirish   chora-tadbirlari   to'g'risida"gi 34
  farmoni   aynan   gender   tenglik
siyosatini shakllantirgan holda ijrosi bilan bog'liq masalalarga aniqlik kiritdi.
Mamalakatimizda   xotin-qizlarning   ijtimoiy-iqtisodiy   va   siyosiy   faolligini
oshirish,   ularning   turli   soha   va   tarmoqlarda   o'z   qobiliyat   va   imkoniyatlarini
ro'yobga   chiqarish   uchun   shart-sharoit   yaratish,   huquq   va   qonuniy   manfaatlariga
so'zsiz   rioya   qilinishini   ta'minlash,   onalik   va   bolalikni   har   tamonlama   qo'llab-
quvvatlash,   shuningdek 35
,   oila   institutini   mustahkamlash   borasida   keng   ko'lamli
ishlar   amalga   oshirilmoqda. 36
    Ushbu   farmonda,   mamlakatimizdagi   xotin   qizlar
ahvoli   borasidagi   deyarli   barcha   muammolar   ko'rib   chiqildi.   Bu   sohadagi   xotin-
qizlar   muammolarini,   holat   bo'yicha,   xotin-qizlarni   har   tomonlama   qo'llab
quvvatlash,   ular   bilan   bo'layotgan   oiladagi   ma'naviy-axloqiy   muhitni
mustahkamlash, ularni sog'lomlashtirishning amaldagi mexanizmini ishlab chiqish
masalasi bo'yicha mavjud muammolar yechimi borasidagi fikrlar o'rtaga tashlandi. 
Farmonda yordamga muxtoj, ijtimoiy vaziyati og'ir bo'lgan xotin-qizlar bilan
yakkama-yakka   tartibda   ish   olib   borish   yaxshi   yo'lga   qo'yilmaganligi,   xotin-
qizlarning bandligi, ularning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo'yicha qilingan
choralarning   samarasiz   tashkil   etilganligi,   hozirgi   kunda   ijtimoiy   hayotimizda
og'riqli   holat   bo'lmish   yosh   avlodni   oilaviy   hayotga   tayyorlash,   ularni   oilaviy
qadriyatlarni   mustahkamlash   bo'yicha,   oilalardagi   muammolar   va   oilalardagi
mavjud   ajrim   holatlarining   oldini   olish   borasida   qilinayotgan   ishlarning   samarasi
pastligi, xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini, onalar salomatligi va perinatal
kasalliklar   profilaktikasi   yetarli   darajada   emasligi,   xotin-qizlar   o'rtasidagi
huquqbuzarliklar  profilaktikasi  va jinoyatchilikning oldini  olish  bo'yicha samarali
chora   ko'rilmayotganligi   va   bunga   sabab   sifatida   xotin-qizlarning   huquqiy
34
  O ' zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh .   Mirziyoyevning   " Xotin - qizlarni   qo ' llab - quvvatlash   va   oila   institutini
mustahkamlash   sohasidagi   faoliyatni   tubdan   takomillashtirish   chora - tadbirlari   to ' g ' risida " gi   53-25- sonli   farmoni   .
https :// lex . uz / docs /3546742
35
 Гендерное равенство и роль женщин в обществе. 
36
  O ' zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh .   Mirziyoyevning   " Xotin - qizlarni   qo ' llab - quvvatlash   va   oila   institutini
mustahkamlash   sohasidagi   faoliyatni   tubdan   takomillashtirish   chora - tadbirlari   to ' g ' risida " gi   53-25- sonli   farmoni   .
https :// lex . uz / docs /3546742
16 madaniyatini oshirish, ularga yuridik maslahatlar berish mexanizmi zamon talabiga
javob   bermayotganligi   va   boshqa   zaruriy   chora-tadbirlar   xususida   vazifalar
belgilandi, topshiriqlar berildi. 
2019-yil   7-martdagi   PQ-4235-son   "Xotin-qizlarning   mehnat   huquqlarining
kafolatlarini   yana-da   kuchaytirish   va   tadbirkorlik   faoliyatini   qo ' llab-quvvatlashga
oid   chora-tadbirlar   to ' g ' risida"gi 37
  qarori   ham   gender   tenglik   siyosatidagi   muhim
qadam bo'lib kelmoqda 38
. 
Mazkur   qaror   yuzasidan   tadbirkorlik   va   huquqiy   bilimlar   yuzasidan
bo'layotgan   kamchiliklar   va   ularning   yechimlari   borasida   vazifalar   belgilandi.
Qo'shimcha   choralar   ko'rish   va   ularni   amalda   ijrosi   ta'minlanishi   maqsadida  
16 kishilik komissiya tashkil etildi. Komissiya raisi etib O ' zbekiston Respublikasi
Oliy   Majlisi   Senati   raisi   T.K.   Narbayeva,   komissiya   raisi   o'rinbosarlari   etib
O ' zbekiston   Respublikasi   Bosh   vazirining   o ' rinbosari   -   O'zbekiston   Respublikasi
xotin-qizlar   qo'mitasi   raisi   E.I.Basitxanova   va   O'zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasi   huzuridagi   "Oila"   ilmiy-amaliy   tadqiqot   markazi   direktori  
D.G. Tashmuxammedovalar tayinlandi. Qarorda jumladan:
-   Xotin-qizlarning   mehnat   huquqlarini   himoya   qilish   kafolatlarini
kuchaytirish,   ularning   tadbirkorlik   tashabbuslarini   yanada   qo ' llab-quvvatlash,
mehnat   faoliyatini   rag ' batlantirish   va   odil   sudlovga   erishish   darajasini   oshirish
maqsadida ko'mak yordam ko'rsatish tegishli rahbarlarga biriktirildi.
Bundan   tashqari   tadbirkorlik  bilan   shug ' ullanish   istagini   bildirgan   ayollarni
markazlarga jalb etish va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga ko ' maklashish;
-   ayollarning   o ' z   biznesini   tashkil   etish   va   yuritish   ko ' nikmalarini
shakllantirish,   biznes   g ' oyalarini   tayyorlashda   konsultativ   yordam   berish,   shu
jumladan,   loyiha   biznes-rejasini   tayyorlash,   soliqqa   tortishning   turli   rejimlarini
tanlash   va   qo‘llash,   buxgalteriya   hisobini   yuritish,   zamonaviy   axborot
37
  O ' zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh .   Mirziyoyev   Qarori   " Xotin - qizlarning   mehnat   huquqlarining   kafolatlarini
yana - da   kuchaytirish   va   tadbirkorlik   faoliyatini   qo '
llab - quvvatlashga   oid   chora - tadbirlar   to '
g ‘ risida " gi   PQ  4235  sonli .
07.03 2019.  https :// lex . uz / ru / docs /-4230944
38
 Гендерное равенство и роль женщин в обществе.
17 texnologiyalaridan   foydalanish   va   boshqa   yo‘nalishlar   bo‘yicha   o‘qitishni   tashkil
etish;
-   zarur   hollarda,   faoliyatini   boshlayotgan   tadbirkor   xotin-qizlarga
mahallalardagi   bo ' sh   turgan   binolardan   joy   ajratilishiga   ko‘maklashish   va   boshqa
shu   kabi   yordam   va   mavjud   muammolarni   bartaraf   etish   bo'yicha   yana   ko'plab
topshiriqlar berildi. 39
Navbatdagi   O'zbekiston   Respublikasining   "Xotin-qizlar   va   erkaklar   uchun
teng   huquq   hamda   imkoniyatlar   kafolatlari   to'g'risida"gi   Qonun   alohida   ahamiyat
kasb   etdi 40
.   Alohida   deb   ta'kidlashimiz   boisi   shundaki,   shu   qonun   bilan   gender
tenglik   siyosati   o'z   siyosiy   tusini   mustahkamladi.   Endilikda   " xotin-qizlarga   oid
siyosat "   hamda   " gender   tenglik   siyosati "   tushunchalari   sinonim   sifatida   qo'llanila
boshlandi.     Mazkur   qonun   7   bob,   32   moddadan   iborat.   Xotin-qizlar   va   erkaklar
uchun   teng   huquq   va   kafolatlari   to ' g ' risidagi   huquqiy   asoslar   ushbu   qonunchilik
hujjatlarida o ' z aksini topgan 41
.
Jumladan,   ushbu   qonunda   “gender”   tushunchasiga   ilk   bor   qonuniy   ta'rif
keltiriladi.   Unga   ko’r а ,   “g ender   -   xotin-qizlar   va   erkaklar   o ' rtasidagi
munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan
siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta’lim hamda ilm-fan sohalarida
namoyon bo ' ladigan ijtimoiy jihatidir” 42
 deb aytiladi. Haqiqatdan ham, xotin-qizlar
va  erkaklarining  huquq   va   erkinliklari   teng   mezonda   ushlanar   ekan,   hech   qanday
tushunmovchilik   yuzaga   kelmaydi.   Bundan   tashqari,   qonun   juda   keng   qamrovga
ega   bo'lib   qonundan   maqsad,   xotin-qizlar   va   erkaklar   uchun   teng   huquq   hamda
imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonunda   jins   bo'yicha   bevosita   va   bilvosita 43
  kamsitish,   xotin-qizlar   va
erkaklar   uchun   teng   huquq   hamda   imkoniyatlarni   ta’minlash   sohasidagi   davlat
39
  O ' zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh .   Mirziyoyev   Qarori   " Xotin - qizlarning   mehnat   huquqlarining   kafolatlarini
yana - da   kuchaytirish   va   tadbirkorlik   faoliyatini   qo ‘ llab - quvvatlashga   oid   chora - tadbirlar   to ‘ g ‘ risida " gi   PQ   4235.
https :// lex . uz / docs /-4494849
40
 Гендерное равенство и роль женщин в обществе.
41
 Гендерное равенство и роль женщин в обществе.
42
  O ' zbekiston   Respublikasi   Qonuni   " Xotin - qizlar   va   erkaklar   uchun   teng   huquq   hamda   imkoniyatlar   kafolatlari
to ‘ g ‘ risida " gi   O ' RQ  562- son . 02.09.2019. https :// lex . uz / docs /-4494849.
43
 АЁЛ ВА ТАРАҚҚИЁТ: ЎЗАРО АЛОҚАДОРЛИК, 2021 
18 boshqaruvi,   O‘zbekiston   Respublikasining   gender   tenglikni   taminlash   masalalari
bo‘yicha   Komissiyasi,   shuningdek,   davlat   organlari   tomonidan   o‘z   vakolatlari
doirasida   amalga   oshirilishi,   xotin-qizlar   va   erkaklar   uchun   teng   huquq   hamda
imkoniyatlar   kafolatlarini   ta’minlashning   asosiy   prinsiplari,   jins   bo‘yicha
kamsitishga   yo‘l   qo‘ymaslik,   xotin-qizlar   va   erkaklar   uchun   teng   huquq   hamda
imkoniyatlarni   ta’minlash   kafolatlari,   gender-huquqiy   ekspertiza,   gender
statistikasini   shakllantirish,   xotin-qizlar   va   erkaklar   uchun   teng   huquq   hamda
imkoniyatlarni   ta’minlash   sohasidagi   davlat   siyosatining   asosiy   yo‘nalishlari,
xotin-qizlar   va   erkaklar   uchun   teng   huquq   hamda   imkoniyatlarni   ta’minlash
sohasidagi   davlat   boshqaruvi,   Vazirlar   Mahkamasining   xotin-qizlar   va   erkaklar
uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi  vakolatlari  shu va
boshqa topshiriqlar yuzasidan 32 modda ishlab chiqildi 44
.
Bu   qonundan   so’ng,   O‘zbekiston   Respublikasining   2019-yildagi   O‘RQ-56-
sonli "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to g risida"giʻ ʻ 45
 qonun
hujjati   muhim   hisoblanadi.   Mazkur   qonuning   qabul   qilinishi   zaruriy   ehtiyojlar
asosida   hisoblanadi.   "Guruch   kurmaksiz   bo'lmaydi"dega   naql   bor   xalqimizda,
shunday  ekan   barcha  oilalarda  yoki   jamiyatimizda   ijtimoiy,  huquqiy  yoki  siyosiy
jihatlarda   ham   ayrim   zo'ravonliklar,   turli   xil   tazyiqlar   uchraydi.   Bu   ko'ngilsiz
holatlar yuzasidan, ularni huquqiy javobgarlikka tortish maqsadida mazkur qonun
ishlab chiqildi. Qonun jami 35-moddadan tashkil topgan. 
Qonunda   aynan   xotin-qizlarga   nisbatan   zo'ravonlik   xususida   shunday
deyiladi:   zo‘ravonlik   bu   -   xotin-qizlarga   nisbatan   jismoniy,   ruhiy,   jinsiy   yoki
iqtisodiy   ta’sir   o‘tkazish   yoki   bunday   ta’sir   o‘tkazish   choralarini   qo‘llash   bilan
tahdid   qilish   orqali   ularning   hayoti,   sog‘lig‘i,   jinsiy   daxlsizligi,   sha’ni,   qadr-
qimmati va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari hamda erkinliklariga
tajovuz qiladigan g‘ayrihuquqiy harakat (harakatsizlik)dir 46
. 
Qonunda   yana   iqtisodiy   zo'ravonlik,   ruhiy   zo'ravonlik,   tazyiq   kabi   ta'riflar
o'z   aksini   topgan.   Qonunning   4-moddasida   tazyiq   va   zo‘ravonlikdan
44
  http://rus.gateway.kg/gender_government
45
  АЁЛ ВА ТАРАҚҚИЁТ: ЎЗАРО АЛОҚАДОРЛИК, 2021.
46
O ' zbekiston   Respublikasi   Qonuni   " Xotin - qizlarni   tazyiq   va   zo ' ravonlikdan   himoya   qilish   to ʻ g ʻ risida "
https :// lex . uz / docs /-4494709
19 jabrlanuvchining   huquqlari   to'g'risida   batafsil   ma'lumot   keltirilib,
jabrlanuvchilarning   o'z   haq-huquqlari   borasida   kerakli   vakolatli   organlarga
murojaat   etishi   lozimligi   kiritilgan.   Bundan   tashqari   himoya   orderi   olish   vakolati
qonunda   o'z   aksini   topdi.   Zo'ravonlikda   jabr   ko'rganlarning   davlat   bojidan   ozod
etilish imtiyozi belgilandi. 47
O'zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   Senatining   "2030-yIlga   qadar
O‘zbekiston   Respublikasida   gender   tenglikka   erishish   strategiyasini   tasdiqlash
haqida" 48
  297-IVson   qarori   qabul   qilindi.   Bu   qarorni   tasdiqlashdan   maqsad,
barqaror rivojlanishdagi 12 milliy maqsadning 5- maqsad gender tenglikka erishish
asos qilib olindi. Qarorda vakolatli organlarga gender tenglik masalasida bajarilish
kerak bo'lgan vazifalar yuklatildi. 
Jumladan, vakolatli  organlarga yuklatilgan ishlar  hisoboti  yuzasidan  har  yil
15-noyabr   sanasida   yillik   hisobot   topshirish,   Gender   tenglikni   ta'minlash
masalalari  bo'yicha komissiyasiga  aholi  orasida avvalambor  Gender  strategiyasini
keng   targ'ibot   ishlarini   olib   borish,   bu   ishda   Xotin-qizlar   va   gender   tenglik
Qo'mitasi   hamda   Mahalla   va   oilani   qo'llab   quvvatlash   Vazirligi   bilan   hamkorlik
qilish talabi qo'yildi. Munosib o'rinlarda nodavlat va notijorat tashkilotlar, xalaqaro
gender tashkilotlari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish kabi yana bir qancha muhim
vazifalar yuklatildi. 49
Vazifalarning   ma'sul   organ   va   tuzilmalarga   yukalatilishi,   ularning   yillik
bajarilgan   ishlar   yuzasidan   hisobotlarning   qat'iy   olinishi   o'z   navbatida
strategiyadan   ko'zlangan   maqsadlarga   erishish   maqsadidadir.   Mazkur   Qarorning
ijrosini   nazorat   qilish   O'zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   Senatining   Xotin-
qizlar   va   gender   tenglik   masalalari   Qo‘mitasi 50
  raisi   M.   Kadirxanova   zimmasiga
yuklandi.   Qaror   o'zida   barcha   jabhalarni   qamrab   oldi.   Qaror   matnida   gender
47
O ' zbekistonRespublikasiQonuni   " Xotin - qizlarni   tazyiq   va   zo ' ravonlikdan   himoya   qilish   to ʻ g ʻ risida "
https :// lex . uz / docs /-4494709
48
  O'zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   Senatining   qarori   2030-yilga   qadar   O‘zbekiston   Respublikasida   gender
tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlasj haqida 28.05.2021-y. SQ 297- IV-son 
49
  O'zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   Senatining   qarori   2030-yilga   qadar   O‘zbekiston   Respublikasida   gender
tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlasj haqida 28.05.2021-y. SQ 297- IV-son 
50
 АЁЛ ВА ТАРАҚҚИЁТ: ЎЗАРО АЛОҚАДОРЛИК, 2021 
20 tenglik masalasiga oid barcha muammoli vaziyatlar, erishilgan yutuqlar yuzasidan
ma'lumotlar olinishi mumkin. 
Gender   tenglikni   ta’minlash   borasida   olib   borilayotgan   islohotlarni   tizimli
davom   ettirish   maqsadida,   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   Senati
Kengashining   2022-yilda   "Xotin-qizlarning   jamiyatdagi   rolini   oshirish,   gender
tenglik   va   oila   masalalari   bo'yicha   Respublika   komissiyasini   tashkil   etish
to'grisida"gi KQ-311/ I-IV-sonli 51
 qarori qabul qilindi. 
Qarorda   belgilanishicha   Gender   tenglik   va   oila   masalalari   bo'yicha
respublika Komissiyasi xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, xotin-qizlar va
erkaklar o'rtasida gender tenglikka erishish, oilani mustahkamlash, onalik, otalik va
bolalikni   muhofaza   qilishga   qaratilgan   davlat   siyosatini   amalga   oshirishda
ishtirokni   ta'minlash   kabi   bir   qator   vazifalarni   oldi.   Ma'lumot   o'rnida,   komissiya
raisi   etib   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   Senati   Raisi   Narbayeva   Tanzila
Kamalovna,   komissiya   raisi   o'rinbosari   etib   Oila   va   xotin-qizlar   davlat   qo‘mitasi
raisi   Maxkamova   Zulayxo   Baxriddinovna,   Komissiya   raisining   o‘rinbosari
O‘zbekiston   kasaba   uyushmalari   Federatsiyasi   raisi   Rafikov   Qudratilla
Mirsagatovich,   komissiya   raisi   o'rinbosari   etib   Milliy   mass-mediani   qo‘llab-
quvvatlash   va   rivojlantirish   jamoat   fondi   Vasiylik   kengashi   raisi   o‘rinbosari
Mirziyoyeva   Saida   Shavkatovna   tayinlandi.   Bundan   tashqari   ushbu   komissiya
tarkibida yana 28 xodim ma'sul lavozimlarga tayinlandi. 
Aytish joizki hozirgi kunga kelib olib borilayotgan jadal sur'atdagi ishlarning
barchasi   xalq   farovonligi,   ayollarning   teng   huquqiyligi   asos   sifatida   ko'rilmoqda.
Bu   borada   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning   BMT
Bosh   Assambleyasining   75-sessiyasida   onlayn   tarzda   va   o'zbek   tilida   so'zlagan
nutqida 11 ta global muammolar qatorida gender tenglik masalalari haqida gapirib,
O'zbekistonda   gender   siyosati   davlat   ahamiyatga   molik   masala   ekanligi,   ayniqsa
51
  O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori. "Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish,
gender   tenglik   va   oila   masalalari   bo‘yicha   respublika   komissiyasi   tashkil   etish   to'grisida"   https://lex.uz/en/docs/-
5949556
21 yangi   parlament   tarkibidagi   deputat   xotin-qizlar   soni   bugungi   kunda   2   baravar
oshganligi ta'kidlandi. 52
 
O'zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   yana   bir   2022-yildagi   PF-87-sonli
"Oila   va   xotin-qizlarni   tizimli   qo'llab-quvvatlashga   doir   ishlarni   yanada
jadallashtirish   chora-tadbirlari   to'g'risida"gi   farmoni   xotin-qizlarning   hozirgi   davr
talabidagi   deyarli   barcha   ehtiyojlari   va   huquqiy   manfaatlarini   qonuniylashtirdi.
Xususan, farmonda xotin-qizlarning jamiyatdagi  rolini oshirish, gender tenglik va
oila   masalalari   bo'yicha   respublika   Komissiyasi   T.K.   Narbayevaga   bir   oy
muddatda   quyidagilarni   nazarda   tutuvchi   “Davlat   boshqaruvida   xotin-qizlar
faolligini   oshirish   dasturi”ni   tasdiqlash   va   ijroga   qaratilishini   ta’minlashga
qaratilgan quyidagi vazifalar yuklatilgan:
a) davlat boshqaruvi akademiyasida rahbar xotin-qizlarni tayyorlash bo'yicha
alohida   o‘quv   kurslarini   tashkil   etish   hamda   har   yili   kamida   100   nafar   xotin-
qizlarni o‘qitish;
b)   2024-yil   1-yanvarga   qadar   iqtisodiy   taraqqiyot   va   kambag‘allikni
qisqartirish   vazirligi,  Investitsiyalar   va   tashqi   savdo   vazirligi,  Moliya   vazirligi   va
Davlat   soliq   qo‘mitasi   hamda   ularning   tizimdagi   tashkilotlar   xodimlari   orasida
xotin-qizlarning   ulushini   kamida   30   foizga   yetkazish,   hamda   barcha   davlat
organlari   va   tashkilotlari,   ustav   kapitalida   davlat   ulushi   50   foiz   va   undan   ortiq
bo‘lgan tashkilotlar hamda ularning tizimidagi tashkilotlar rahbarlarining kamida 1
nafar   o‘rinbosarini   xotin-qizlar   orasidan   tayinlash 53
  to'g'risida   farmon   berilishi
ayniqsa o'rinli bo'ldi. 
Yuqoridagi   keltirilgan   ma'lumotlardan   xulosa   qiladigan   bo’lsak,   bugungi
kunda O ' zbekistonda xotin-qizlarning huquq va manfaatlari himoyasiga qaratilgan
20   ga   yaqin   me ' yoriy-huquqiy   hujjat,   shu   jumladan   2   ta   qonun,   1   ta   Prezident
qarori, 4 ta Prezident Farmoni, 13 ta Vazirlar Mahkamasi qarorl a ri qabul qilindi 54
.
52
  Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   Ш.   Мирзиёевнинг   БМТ   Бош   Ассамблеясининг   75-сессиядаги
нутқидан. 2020 йил.23 сентябрь
53
  O ' zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh .   Mirziyoyevning   Farmoni   " Oila   va   xotin - qizlarni   tizimli   qo ' llab -
quvvatlashga   doir   ishlarni   yanada   jadallashtirish   chora - tadbirlari   to ‘ g ‘ risida "   07.03.22.   PF   87-son.
https://lex.uz/uz/docs/-5899498
54
  Ozbekiston qonunchiligida gender tengligi va xotin qizlar huquqlari kafolatlari.- Toshkent: Zamin nashr. 2020. 96-b.
22 Xalqaro   maydondagi   gender   siyosati   yuzasidan   qabul   qilingan   hujjatlar   o'z
navbatida ratifikatsiya qilindi va qonunlarimiz ularga moslashtirildi. 
Demak   yetarli   darajada,   xotin-qizlarga   masalasiga   oid   barcha   jabhalarni
qamrab   olgan   yaxlit   bir   qonun   va   qarorlar   majmuasi   tashkil   etildi.   Qonunlarning
qog'ozda   qolib   ketmasligini   ta'minlash,   hamda   ularning   ijrosini   yo'lga   qo'yish
ishlari bosqichma-bosqich amlaga oshirilishi talab etiladi.  Xotin-qizlar huquqlarini
himoya   qiluvchi   tashkiliy   tuzilmalar   faoliyati   Respublikamizda   juda   keng
qamrovda o'z ish faoliyatlarini olib bormoqda. 
23 1.2. O'zbekistonda xotin-qizlar huquqlarining himoyasiga oid tashkiliy
tuzilmalar va ularning faoliyati 
Gender   tenglik   masalasi   ko'ndalang   qilib   qo'yilgan   kundan   boshlab   zaruriy
choralar,   qonun   hujjatlari   qabul   qilindi.   Mazkur   qonunlar,   farmon   va
topshiriqlarning   ijrosini   ta'minlash   maqsadida   siyosiy   tuzilmalar   tuzildi,   ularga
vazifalar   yuklatildi.   Tuzilgan   tuzilmalardan   avvalambor   mamlakatda   ayollarga
nisbatan zo'ravonlikka barham berish, xotin-qizlar huquqlarini rag'batlantirish, ular
uchun imkoniyatlarni kengaytirish maqsad qilib olindi. 
Xotin-qizlar   huquqlari   himoyasi   mavzusida   so'z   yuritar   ekanmiz,   Oliy
Majlisning   inson   huquqlarini   himoya   qiluvchi   institut   -   Ombudsman   hisoblanib,
MDH   davlatlari   orasida   birinchi   O'zbekistonda   1995-yilda   ta sis   etilishi   alohidaʼ
ta’kidlanishga loyiqdir. 
Ombudsman   faoliyati   1997-yil   24-aprel   Oliy   Majlisning   VIII   sessiyasida
392-1 sonli qonunga 55
 asosan tashkil etilgan. 
Ombudsman   o‘z   vakolatlarini   mustaqil   hamda   davlat   organlari   va
mansabdor   shaxslarga   tobe   bo‘lmagan   tarzda   amalga   oshiradi   va   O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisiga hisob beradi. 56
Jumladan ombudsman tomonidan xotin-qizlar himoyasiga oid qator choralar
ko'rilmoqda.
Murojaaatlar   tahlil   qilinganda,   xotin-qizlar   tomonidan   yuborilgan
shikoyatlar   2022-yilda   3799   ta   yoki   jami   shikoyatlarning   45.3   foizi   (2021-yilda
42.9 foizi) ni tashkil etgan. 57
 
Ombudsman   tomonidan   birgina   2022-yilda   amalga   oshirilgan   ishlar
natijasida   xotin-qizlarning   9   nafariga   "himoya   orderi"   berilishida   ko'maklashildi,
ombudsmanning   so'roviga   asosan   45.5   mln   so'mlik   aliment   to'lovlari   undirilishi
ta'minlandi. 58
 
55
 Konstitutsiyav iy huquq (2/4) https://lex.uz/ru/docs/-5089. 
56
 Konstitutsiyav iy huquq (2/4) https://lex.uz/ru/docs/-5089. 2-modda.
57
 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsman)2022-yildagi faoliyati to'g'risidagi Hisoboti.-T.:
2023-y. 11-b. 
24 Xotin-qizlar   masalalari   bo'ycha   2022-yil   dekabr   oyida   O'zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili Ombudsman hamda
Oila   va   xotin-qizlar   davlat   qo'mitasi   o'rtasidagi   o'zaro   hamkorlik   to'g'risida
kelishuv imzolandi. 59
  Bu kelishuv o'z navbatida ko'zlangan maqsadlarga tezroq va
samarali erishish uchun amalga oshirildi. 
Navbatdagi   tuzilma   butun   bir   vazirlik   hisoblanib,   xotin-qizlar   bilan   bir
qatorda   mahalla   va   oila,   jamiyat   bilan   bog'liq   masalalar   yuzasidan   tashkil   etildi.
Mahalla   va   oilani   qo'llab-quvvatlash   Vazirligi   tuzilgani   hamda   vazirning   birinchi
o'rinbosari   zimmasiga   gender   masalalari   bilan   bevosita   shug'ullanishining
yuklatilinishi ayniqsa o'rinli bo'ldi. Vazirlik O'zbekiston Prezidentining “Jamiyatda
ijtimoiy-ma'naviy   muhitni   sog‘lomlashtirish,   mahalla   institutini   yanada   qo‘llab-
quvvatlash   hamda   oila   va   xotin-qizlar   bilan   ishlash   tizimini   yangi   darajaga   olib
chiqish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi 60
  farmoni   asosida   tashkil   etildi   hamda
vazirning   birinchi   o'rinbosari   zimmasiga   gender   masalalari   bilan   bevosita
shug'ullanish   yuklatilgani   diqqatga   loyiqdir.   Mahalla   va   oilani   qo'llab-quvvatlash
Vazirligining   tashkil   etilishi   ayollarning   huquqlari   buzilishining   oldini   olish   va
qulay shart-sharoitlar yaratishda poydevor bo'ldi.
Gender   tenglik   siyosati   yuzasidan   tuzilgan   Gender   tenglikni   ta minlashʼ
masalalari   bo yicha   Komissiya	
ʻ sining   faoliyati   juda   muhimdir.   Komissiya
O zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2019-yil   7-martdagi   “Xotin-qizlarning	
ʻ
mehnat   huquqlari   kafolatlarini   yanada   kuchaytirish   va   tadbirkorlik   faoliyatini
qo llab-quvvatlashga   oid   chora-tadbirlar   to g risida”gi   qarori   bilan   tuzilgan   edi
ʻ ʻ ʻ 61
.
Komissiya   raisi   etib   Oliy   Majlis   Senati   raisi   Tanzilla   Narbayeva   tayinlandi.
Komissiya   tuzilganidan   boshlab   hozirgi   kungacha   komissiyaning   ijtimoiy   hayot
bilan, xotin-qizlar ahvoli bilan tanishib, chora tadbirlar ko'rib kelmoqda. Har yillik
58
 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsman)2022-yildagi faoliyati to'g'risidagi Hisoboti.-T.:
2023-y. 22-b. 
59
     Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsman)2022-yildagi faoliyati to'g'risidagi Hisoboti.-
T.:  2023-y. 22-b. 
60
  O'zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   "Jamiyatda   ijtimoiy-ma'naviy   muhitni   sog‘lomlashtirish,   mahalla
institutini   yanada   qo‘llab-quvvatlash   hamda   oila   va   xotin-qizlar   bilan   ishlash   tizimini   yangi   darajaga   olib   chiqish
chora-tadbirlari to‘g‘risida" 5938-sonli Farmoni. https://lex.uz/ru/docs/-4740345
61
 Гендерное равенство и роль женщин в обществе. 
25 chora-tadbirlar,   qilingan   ishlar   va   ishlarning   samarali   ko'rsatkichlari   bo'yicha
hisobotlar   berib   borilmoqda.   Jumladan,   2019-yil   28-dekabr   kuni   Oliy   Majlis
Senatida O zbekiston Respublikasi gender tenglikni ta minlash masalalari bo yichaʻ ʼ ʻ
komissiyasining   majlisi   bo lib   o tdi.   Majlisda   Komissiyaning   2019-yildagi	
ʻ ʻ
faoliyati hamda 2020-yil uchun ish rejasi ko rib chiqildi.	
ʻ 62
  
Ta kidlanganidek,   gender   tenglik   samarali   iqtisodiy   va   ijtimoiy	
ʼ
taraqqiyotning   omili.   Shu   bois,   mamlakatimizda   xotin-qizlarning   o z	
ʻ
imkoniyatlarini   to laqonli   ro yobga   chiqarishlari   uchun   barcha   shart-   sharoitlarni	
ʻ ʻ
ta minlash   davlat   siyosati   darajasiga   ko tarildi	
ʼ ʻ 63
.   O tgan   qisqa   vaqt   mobaynida,	ʻ
Komissiya   tomonidan   hamkor   tuzilmalar   bilan   birgalikda   mamlakatda   gender
tenglikni   ta minlash   va  ayollarning  ijtimoiy  turmush   sharoitlarini   yaxshilash,   oila	
ʼ
institutini   har   tomonlama   qo llab-quvvatlash   va   rivojlantirish	
ʻ 64
,   ayollar   huquqlari
kamsitilishining   barcha   shakllariga   barham   berish   bo yicha   umume tirof   etilgan	
ʻ ʼ
xalqaro   normalarni   milliy   qonun   hujjatlariga   implementatsiya   qilish,   shuningdek,
ayollar huquqiy madaniyatini oshirish kabi 65
 yo nalishlarda qator amaliy ishlar olib	
ʻ
borildi. 66
O'zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   146-sonli   "Oila   va   xotin-qizlar
davlat   qo'mitasini   tashkil   etish   to'g'risida"gi 67
  qarori   bilan   tuzilgan   Oila   va   xotin-
qizlar davlat Qo ' mitasi  gender tenglik siyosatining jadal sur'atda amalga oshiruvchi
mexanizm   sifatida   rol   o'ynadi.   Hozirgi   kunda   qo'mita   rahabari,   bosh   vazir
o'rinbosari   Z.   Mahkamova   boshchiligida   qo'mita   ham   xalqaro   hamkorlik   aloqalar
asosida, ham lozim o'rinlarda mahallabay o'rganish ishlari bilan mashg'ul. Birgina
o'tgan   2022-yilda   Qo'mita   raisi   Z.Mahkamova   bilan   Jahon   bankining
O‘zbekistondagi   vakolatxona   rahbari   bilan   uchrashuv   o'tkazildi.   Uchrashuv
62
https :// xs . uz / uz / post / ozbekiston - respublikasi - gender - tenglikni - taminlash - masalalari - bo ' yicha   komissiyasi - oz -
faoliyatini - sarhisob - qildi
63
 АЁЛ ВА ТАРАҚҚИЁТ: ЎЗАРО АЛОҚАДОРЛИК, 2021  f
64
 Защита прав, свобод и интересов человека в международном праве: история, направления, формы. 
65
 https://api.moiti.uz /media/book/%D0%9A%D 0%BE%D0%BD%D1%84%D0% 
B5%D1%80%D0%B5%D0%BD %D1%86%D0%B8%D1%8F_1 5sentabr.pdf
66
 https://api.moiti.uz /media/book/%D0%9A%D 0%BE%D0%BD%D1%84%D0% 
B5%D1%80%D0%B5%D0%BD %D1%86%D0%B8%D1%8F_1 5sentabr.pdf
67
  O'zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   146-sonli   "Oila   va   xotin-qizlar   davlat   qo'mitasini   tashkil   etish
to'g'risida"gi qarori. https://lex.uz/ru/docs/-5884084
26 chog'ida,   davlat   rahbarining   “Obod   va   xavfsiz   mahalla”   tamoyili   doirasida
ehtiyojmand   xotin-qizlarni   qo'llab-quvvatlash   maqsadida   amalga   oshirilishi
rejalashtirilgan xalqaro loyihalar muhokama qilindi. 68
O'zbekiston   Respublikasi   Prezidentning  2021-yilda   “Xotin-qizlarni   qo llab-ʻ
quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada
takomillashtirish   chora-tadbirlari   to g risida”gi   PQ-5020-sonli   qarori   bilan	
ʻ ʻ
respublika хotin-qizlar jamoatchilik Kengashi tashkil etilishi belgilandi.
Gender   tenglik   siyosatini   jadal   rivojlantirish   maqsadida   O zbekiston	
ʻ
Respublikasi   Oliy   Majlisi   Senatining   Xotin-qizlar   va   gender   tenglik   masalalari
qo mitasi  	
ʻ tashkil   etildi 69
.   Qo'mita   raisini   saylash   to g risidagi   masala   ham	ʻ ʻ
paralament   yuqori   palatasining   o'n   ikkinchi   yalpi   majlisida   ko rib   chiqildi.	
ʻ
Ta kidlanganidek,   taraqqiyotimizning   hozirgi   bosqichida   xotin-qizlar   va   gender	
ʼ
tenglik   masalasi   nihoyatda   dolzarb   masala   va   bu   davlatimiz   siyosatining   muhim
yo nalishlaridan   biriga   aylandi.   Shu   ma noda,   Senatning   Xotin-qizlar   va   gender
ʻ ʼ
tenglik   masalalari   qo mitasi   zimmasidagi   vazifalar   ko lami   nihoyatda   keng.	
ʻ ʻ
Qo'mita raisligiga senator Malika Akbarovna Kadirxanova saylandi.
Qo'mita ishi, uning faoliyati keng qamrovli bo’lib, respublikamizning barcha
hududlarida bo'layotgan gender masalalarida faol ishtirok etib kelmoqda. Ma'lumot
o'rnida,   2022-yil   9-mart   kuni   Oliy   Majlis   Senati   Xotin-qizlar   va   gender   tenglik
masalalari   qo'mitasining   majlisi   bo‘lib   o‘tdi.   Unda   senatorlar,   ekspertlar,
mutasaddi vazirlik va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. 70
 Qo'mita
majlisida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili Ombudsmanning 2021-
yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi. 
Yig‘ilishda qayd etilishicha, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili
Ombudsman   o‘z   faoliyatini,   asosan,   fuqarolar   murojaatlari   bilan   ishlashga,
qonunchilikni   va   normativ-huquqiy   hujjatlarni   takomillashtirishga   hamda   inson
huquqlarini   ta minlash   bo‘yicha   monitoringga   faoliyatiga,   qiynoqqa   solish   va	
ʼ
boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda
68
 www.wcu.uz O'zbekiston Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi rasmiy sayti
69
 АЁЛ ВА ТАРАҚҚИЁТ: ЎЗАРО АЛОҚАДОРЛИК, 2021 
70
  АЁЛ   ВА   ТАРАҚҚИЁТ :  ЎЗАРО   АЛОҚАДОРЛИК , 2021 
27 jazo turlarining oldini olishga qaratilgan faoliyatga, inson huquqlari va erkinliklari
sohasida   xalqaro   hamkorlikni   rivojlantirishga   hamda   Ombudsman   faoliyatining
ochiqligi   va   shaffofligiga   qaratgan.   Xususan,   majlisda   Ombudsmanga   xotin-
qizlardan   yuborilayotgan   murojaatlar   tahlili   hamda   qo‘mita   bilan   hamkorlikni
kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. 
Xotin-qizlarga   oid   davlat   siyosati   huquqiy   asoslanar   ekan,   uning   ijrosi,
bevosita   jamoatchilik   bilan   aloqa   vazifasini   mustaqilligimizning   ilk   yillaridanoq
xotin-qizlarning   NNTlari   tashkil   etildi.   O'zbekiston   xotin-qizlarining   nodavlat,
notijorat   tashkilotlari   jamiyatda   gender   tenglik   g'oyalarini   amalga   oshirishda
muhim   ahamiyat   kasb   etdi.   Ularning   muayyan   loyihalarni   amalga   oshirish,
jamoatchilik   fikriga   ta'sir   o'tkazish,   xotin-qizlar   huquqini   ommalashtirish   yo'li
bilan   ular   chinakam   fuqorolik   jamiyatining   yuzaga   kelishiga   ko'maklashmoqda.
Mustaqillik   yillari   davomida   (2002-yilgacha)   Respublikada   100   ga   yaqin   xotin-
qizlar NNT tashkil etilgan, ular xotin-qizlarning huquqlarini himoyalash masalalari
bilan shug'ullanadilar 71
 
Uchta   tashkilot   O'zbekiston   xotin-qizlar   qo'mitasi,   O‘zbekiston   tadbirkor
ayollar   qo'mitasi,   Respublika   olima   xotin-qizlar   uyushmasi   "Olima"   eng   katta
NNTlar   bo'lib,   xotin-qizlar   harakatining   50%ni   tashkil   etgan. 72
  Respublikada
NNTlarning   eng   keng   tarmoqlari   orasida   1991-yil   iyunda   xotin-qizlarning   bozor
munosabatlarini   rivojlantirishda   ishtirok   etishlari   uchun   qulay   shart-sharoitlarni
yaratish,   ularning   tadbirkorlik   faoliyatini   qo'llab-quvvatlash   maqsadida   tashkil
etilgan   "Tadbirkor   ayol"   uyushmasi   sezilarli   o'rinni   egallaydi.   Uyushma   ko'p
tarmoqli   bo'lib,   noshirlik   faoliyatini   ("Zumrad"   madaniyat   markazi),   yuridik
("Himoya"   huquqiy   markazi),   ruhiy   yordam   ("TriO"   markazi),   sayyohlik
faoliyatini,   xizmat   ko'rsatish   sohasidagi   ("Drims"   firmasi),   ("Salsbils"   sayyohlik
firmasi),   aqliy   mehnat   vakillarining   ishga   joylashtirishda   ("Imkon   trest"   firmasi)
ko'maklashadi,   sug'urta   faoliyatini   ("Madad"   kompaniyasi)   olib   boradi.   Ishsiz
ayollarni   o'qitish   bilan   bir   vaqtda   uyushma   respublikada   omonat   kredit
uyushmalarini   tuzishga   va   ularning   mablag'larini   fermer   va   dehqon   xo'jaliklarini
71
 Негосударственные, некоммерческие организации Узбекистана. Т.: 2002, с. 308. 
72
 Gender munosabatlari nazariyasi va amaliyotiga kirish.- T .: 2007.415- b .
28 rivojlantirishga,   hunarmandchilikni   rivojlantirish   uchun   zarur   uskunalarni   sotib
olishga katta ahamiyat qaratgan. 73
 
Barcha   NNTlar   1999-yil   YeXHTning   dasturi   asosida   birinchi   kaolitsion
loyihasi   "O'zbekiston   xotin-qizlari   uchun   fuqorolik   va   huquqiy   ta'lim"   amalga
oshirildi. Uning hirinchi bosqichida 24 ta xotin-qizlar NNTlar ishtirok etishdi. 74
 
Davlat   NNTlari   bilan   o'zaro   munosabatlarni   tartibga   solish   uchun,   erkinlik
berish   uchun   1999-yil   14-aprelda   "Nodavlat   notijorat   tashkilotlari   to'g'risida"gi
qonunning qabul qilinishi siyosiy tus oldi. 
Shuni  aytib o'tishimiz muhimki, hozirgi  vaqtga  kelib butun dunyo bo'yicha
parlamentlar rolini oshirish davlatning barqaror rivojlanishining ustuni hisoblanadi.
Parlamentning   rolini   oshirish   maqsadida   qilinayotgan   barcha   tadbirlar   o'zini
oqlamoqda.   Xususan   gender   tenglik   masalasida   paralamentning   o'rni   beqiyos.
Hozirgi   kunda   O'zbekistonda   Barqaror   rivojlanish   maqsadlarini   (BRMni)   amalga
oshirishning Milliy ko'rsatkichlari va mexanizmlari aniqlangan. O'zbekiston avval
boshdanoq   Pekin   Harakatlar   platformasida   hal   qiluvchi   rol   o'ynadi.   1995   yilda
Pekin shahrida bo'lib o'tgan To'rtinchi Butunjahon Ayollar Konferensiyasi  tashkil
etilganidan boshlab hozirgi kungacha O'zbekiston ikkala jins vakillari uchun huquq
va   imkoniyatlari   teng   bo'lgan   jamiyat   yaratishga   intilmoqda.   25   yil   davomida
O'zbekiston gender tengligi sohasida izchil taraqqiyotga erishib kelmoqda, bu esa
BMT Bosh kotibi Janobi Oliylari Antoniu Guterresh e'tiborini tortdi.
BMT Bosh kotibi Janob Antoniu Guterresh O'zbekistondagi gender tengligi
borasidagi   say-harakatlar   to'g'risida   shunday   deydi:   "So'nggi   yillarda   O'zbekiston
hukumati   inson   huquqlariga   taalluqli   juda   ko'p   sonli   qonunlar,   strategiya   va
rejalarni   qabul   qilish   tashabbusi   bilan   chiqdi.   Hukumat   125ta   normativ-huquqiy
hujjatni   qabul   qilishni   o'z   oldiga   maqsad   qilib   qo'ydi,   bundan   tashqari,   bir   qator
boshqa   muhim   qonunlar   va   tartibga   soluvchi   chora-tadbirlar   ishlab   chiqilib,
muhokama   qilindi   va   qabul   qilindi.   Xulosa   qilib   aytganda,   ushbu   maqsadlar
mazmunli, konstruktiv va muhim ahamiyatga ega". 75
73
 Гендерное равенство и роль женщин в обществе. 
74
 Негосударственные некоммерческие организации Узбекистана, с. 317. 
75
 http://parliament.gov.uz/uz/events/other/31641/
29 O'zbekiston   parlamenti   inson   huquqlariga,   gender   masalalariga,   tinchlik   va
xavfsizlikka rioya qilmasdan barqaror rivojlanishga erishib bo'lmaydi, degan fikrga
qo'shiladi.   Aynan   ushbu   masalalar   butun   dunyo   inson   huquqlari   tizimining
samarali ishlashini ta'minlashning muhim tarkibiy qismlaridir.
2019-yil   “Xotin-qizlarni   kamsitishning   barcha   shakllariga   barham   berish
to'g'risidagi”   Xalqaro   konvensiya   qabul   qilinganligining   40   yilligi   munosabati
bilan   O'zbekiston   parlamenti   ikkita   yangi   qonun   “Xotin-qizlar   va   erkaklar   uchun
teng   huquq   va   imkoniyatlar”   hamda   “Ayollarni   zo'ravonlikdan   himoya   qilish
to'g'risida”gi   qonunlarni   qabul   qildi.   Endi   barcha   qonun   loyihalari   gender
ekspertizasidan o'tkaziladi. 
Qonun   hujjatlarini   gender   tenglik   ekspertizasidan   o'tkazishning   vazifalari,
birinchidan,   u   yoki   bu   masalalarni   hal   qilishda   erkak   yoki   ayolning   ustunligini
ochiqchasiga e'tirof etuvchi yohud ulardan birining huquqini oshkoro cheklaydigan
normalarni aniqlash va tahlil etishdan iborat. Ikkinchidan, er va xotindan birining
huquqlarini kamsitishga yohud, asossiz ravishda kengaytirishga olib keluvchi yoki
olib   kelishi   mumkin   bo'lgan   rasmangina   gender-neytral   bo'lgan   normalarni
aniqlashdir.   Ekspertiza   har   ikki   jins   uchun   ham   teng   bo'lgan   huquqlar   va   teng
imkoniyatlari   prinsipi   asosida   o'tkaziladi.   Shuningdek,   qonun   hujjatlarini   gender
ekspertizadan o'tkazish uni takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqishga ham
qaratilgandir.   Ekspertiza   jarayonida   inson   huquqlariga   oid   amaldagi   xalqaro
standartlarning   jinslar   tengligiga   taaluqli   qismi,   oila   to'g'risidagi   qonun   hujjatlari
va uning qo'llanilishi amaliyoti ko'rib chiqiladi. 76
Parlamentimiz tarixida ilk bor Senat raisi etib ayol kishi saylandi. Shu tariqa,
O'zbekiston   parlament   palatalarida   ayol   kishi   rahbar   bo'lgan   davlatlar   ichida   56-
davlatga   aylandi.   O'z   navbatida,   Senat   raisi   Gender   tengligi   komissiyasiga   ham
rahbarlik   qiladi.   Ushbu   komissiya   deputatlar   hamda   inson   huquqlari   bo'yicha
institutlar   va   fuqarolik   jamiyati   institutlari   vakillaridan   iboratdir.   To'rtinchi
Butunjahon   ayollar   konferensiyasida   olingan   majburiyatiga   binoan,   O'zbekiston
76
 O'zbekiston Respublikasi Oila va Mehnat kodekslarining gender ekspertizasi. Toshkent . 2008. 11- b . 
30 gender tenglikni ta'minlash va hayotning barcha jabhalarida ayollarning huquq va
imkoniyatlarini kengaytirish 77
 bo'yicha doimiy choralarni ko'rmoqda.
O'zbekiston   hukumati   gender   tenglikka   erishish   maqsadlarini   mamlakatni
rivojlantirish   strategiyasiga   birlashtirdi.   Ayollarning   huquqlarini   qo'llab-
quvvatlashda   fuqarolik   jamiyati   institutlarining   rolini   kuchaytirishga   qaratilgan
o'ndan   ortiq   qonuniy   hujjatlari   qabul   qilindi 78
.   BRM   maqsadlarini   amalga
oshirishning 32 ta gender ko'rsatkichlari tasdiqlandi. 79
Yana   bir   gender   tenglikni   ta'minlash   maqsadida   tuzilgan   tuzilma   -   davlat
organlarida   maslahat   kengashlari   tuzilishidir.   Davlat   organlarida   maslahat
kengashlarini   tashkil   etishdan   asosiy   maqsad,   har   bir   mehnat   jamoasida   xotin-
qizlar   va   erkaklar   uchun   teng   huquq   hamda   imkoniyatlarni   yaratish,   ularning
mehnat   huquqlarini   himoya   qilish,   ishiga   munosib   haq   to'lash,   rag'batlantirish,
rahbarlik   lavozimlariga   tavsiya   etish,   shuningdek   bu   borada   olib   borilayotgan
ishlarni   tahlil   qilib,   zarur   takliflarni   ishlab   chiqishdan   iboratdir. 80
  Mazkur
tuzilmalarning faoliyati tarkibiga quyidagilar biriktirildi:
- gender tenglikni ta minlash madaniyatini shakllantirish maqsadida targ'ibotʼ
va tashviqot ishlarini olib borish;
-   boshqa   tashkilotlar   bilan   gender   tenglikni   ta minlash   bo yicha   hamkorlik	
ʼ ʻ
qilish;
- maslahat kengashi tashkilot rahbariyati tomonidan yetti kishigacha bo'lgan
tarkibda   shakllantiriladi.   Ularning   tuzilishi   fuqorolarning   o'zini   o'zi   boshqarish
organlari,   nodavlat,   notijorat   tashkilotlari   va   fuqarolik   jamiyati   institutlarining
vakillari ishtirokida tuzilishi mumkin;            
-   gender   tenglikni   ta minlash   masalalari   bo'yicha   Respublika   komissiyasi	
ʼ
maslahat   kengashlari   tomonidan   amalga   oshirilayotgan   islohotlarni   monitoring
qilish, baholash va aniqlangan kamchiliklarni bartarf etishda faollik ko'rsatishdir.
77
  АЁЛ   ВА   ТАРАҚҚИЁТ :  ЎЗАРО   АЛОҚАДОРЛИК , 2021  f
78
 Гендерное равенство и роль женщин в обществе 
79
https :// pravacheloveka . uz / oz / news / qonun - hujjatlarini - tayyorlashda - gender - masalalarini - hisobga - olish - xalqaro -
talab - va - andozalar
80
  https :// kun . uz / news /2020/05/01/ davlat - organlarida - maslahat - kengashlari - tuziladi
31 Bundan   tashqari   bilganimizdaek   hozirgi   vaqtga   kelib   barcha   respublikamiz
ayollarining   hammasi   ham   huquqiy   savodxonlikka   erishganicha   yo'q   hali.   Shu
munosabat   bilan   ham   bu   maslahat   kengashlari   o'z   faoliyati   qamroviga   yuridik
xizmat tomonidan qabul qilinayotgan normativ huquqiy va boshqa ichki me'yoriy
hujjatlarni   gender   tenglikni   ta'minlash   maqsadida   huquqiy   ekspertizadan
o'tkazishda   ishtirok   va   O'zbekiston   Respublikasi   Mehnat   kodeksi   va   boshqa
amaldagi   normativ   hujjatlarda   ayollarga   berilgan   imtiyozlarning   yaratilganlik
holatini   o'rganadi   va  uning   natijalari   bo'yicha   takliflar   tayyorlaydi,   ichki   idoraviy
hujjatlarni tahlil qilsih orqali aniqlangan gender tengsizlikni bartaraf etish bo‘yicha
takliflar   ishlab   chiqadi   va   yuridik   xizmatga   taqdim   etadi.   Yana   ko'plab   shu   kabi
yuridik, ma'naviy yordamlar yuzasidan chora-tadbirlar ko'radi. 
32 I bob bo’yicha xulosa :
Mustaqilligimizning   dastlabki   yillarida   aynan   "gender   tenglik"   deb
nomlanmasada,   xotin-qizlar   huquqlari,   ularning   ijtimoiy-iqtisodiy   va   siyosiy
faolligi, havfsizligi  bo'yicha qonun hujjatlari qabul qilindi, dunyo tan olgan inson
huquqlari,   aynan   xotin-qizlarga   qaratilgan   huquqiy   normalar   to'liq   ratifikatsiya
qilindi, qonunlar qabul qilinishda ushbu normalar asos qilib olindi. 
Bugungi   kunda   O'zbekistonda   xotin-qizlarning   huquq   va   manfaatlari
himoyasiga   qaratilgan   20   ga   yaqin   meyoriy-huquqiy   hujjat,   shu   jumladan   2   ta
qonun,   1   ta   Prezident   qarori,   4   ta   Prezident   Farmoni,   13   ta   Vazirlar   Mahkamasi
Qarorlari   qabul   qilindi. 81
  Xalqaro   maydondagi   gender   siyosati   yuzasidan   qabul
qilingan   hujjatlar   o'z   navbatida   ratifikatsiya   qilindi,   qonunlarimiz   ularga
moslashtirildi. 
  Demak yetarli darajada, xotin-qizlar masalasiga oid barcha jabhalarni qamrab
olgan yaxlit bir qonun va qarorlar majmuasi tashkil etildi. Qonunlarning qog'ozda
qolib   ketmasligini   ta'minlash,   hamda   ularning   ijrosini   yo'lga   qo'yish   ishlari
bosqichma-bosqich amalga oshirilishi talab etiladi. 
Qonuniy huquqlarni amalga oshirishning institutsional mexanizmlari 82
 , yangi
tashkil   etilgan   Mahalla   va   oila   ishlari   vazirligi   bilan   birlashtirilgan   O’zbekiston
xotin-qizlar   qo’mitasi,   O’zbekiston   Respublikasining   gender   tenglik   bo’yicha
Komissiyasi   (2019   yilda   tashkil   etilgan),   Senatning   ayollar   va   gender   masalalari
Qo’mitasi,   Qonunchilik   palatasi   huzuridagi   ayollar   va   oila   masalalari   bo’yicha 83
komissiyalari   shakllantirildi.   Xotin-qizlar   siyosatida   parlamentning,   Ombudsman
faoliyatining  ham beqiyosligi o'z isbotini topdi. 
81
  Ozbekiston   qonunchiligida   gender   tengligi   va   xotin  qizlar   huquqlari   kafolatlari.-   Toshkent :   Zamin   nashr .  2020.
96- b . 
82
  https://uzbekistan.un.org/sites/default/files/2021-05/CCA%C2%A0-%20UZ-may14_2.pdf
83
  https://uzbekistan.un.org/sites/default/files/2021-05/CCA%C2%A0-%20UZ-may14_2.pdf
33 II. BOB. GENDER TENGLIK: DAVLAT SIYOSATINI BOSQICHMA-
BOSQICH YORITISH
2.1. O'zbekistonda amalga oshirilgan xotin-qizlarga oid davlat siyosati
O'tish davrining murakkab sharoitida, O'zbekiston bozor iqtisodiyotiga kirib
borayotgan   va   demokratik   siyosiy   tizimni   shakllantirayotgan   bir   paytda   jinslar
tengligi   muammosi   zamonaviy   yutuqlar   nuqtai   nazaridan   tanqidiy   qayta   ko'rib
chiqildi.   Birinchi   prezidentimiz   I.A.   Karimov   ta'kidlaganlaridek   "Xotin-qizlarga
munosabat   jamiyatimizning   ma'naviy,   axloqiy   yetukligini   o'lchovchi   mezon
bo'lishi kerak". 84
 
Joriy   yuz   yillikda   jiddiy   ahamiyat   kasb   etishi   lozim   bo'lgan   ayollar   va
erkaklar   huquq   hamda   imkoniyatlarining   tengligi   BMT   tomonidan   asosiy
qadriyatlardan   biri   sifatida   tan   olinadi.   Shu   munosabat   bilan   jinslar   tengligiga
ko'maklashish   va   ayollar   huquqlarini   kengaytirish   2000-yilda   191   davlatning   shu
jumladan,   147   nafar   davlat   rahbarlari   va   vakillari   qabul   qilgan-   BMT   ning   ming
yillik   Deklaratsiyasiga   muvofiq   shakllantirilgan   ming   yillikning   rivojlanish
maqsadlaridan biri hisoblanadi. 85
O'zbekiston   mustaqillikka   erishishi   bilanoq,   davlatimiz   siyosati   oldida
muhim iqtisodiy, shu bilan birga ijtimoiy, siyosiy muammolar mavjud edi. Ijtimoiy
muammolar  orasida xotin-qizlar muammosi  yuzasidan  dastlabki  muhim  qadamlar
mustaqillikning   dastlabki   10   yilligida   xalqaro   hujjatlarni   ratifikatsiya   qilish   va
milliy   qonun   hujjatlarini   xalqaro   huquq   me'yorlariga   muvofiqlashtirish   bilan
bog'landi. 
Bunda   birinchi   bosqich   1992-yil   O'zbekiston   Respublikasi
konstitutsiyasining   qabul   qilinishi   bilan   yakunlanib,   ikkinchi   bosqich   -   milliy
qonunchilikning   alohida   tarmoqlarini   xalqaro   huquqning   me'yorlariga
muvofiqlashtirishni ta'minlash bo'lib, hozirgi kungacha shakllantirilib kelinmoqda.
O'zbekistonda   gender   tenglik   siyosatini   amalga   oshirishda   birinchi   navbatda
84
 Каримов И.А. Узбекистан по пути углубления экономических реформ. Т., 1995. с. 230. 
85
  O ' zbekiston   Respublikasi   Mehnat   va   aholini   ijtimoiy   muhofaza   qilish   vazirligi :   Tahliliy   ma ' ruza .   Bandlikning
samarali   siyosati :  Ayollarning   mehnat   qilish   imkoniyatlarini       amalga   oshirish .  O ' zbekiston   Respublikasi   Mehnat   va
aholini   ijtimoiy   muhofaza   qilish   vazirligi .  -T .:  O ' zbekiston . 
34 ayollarni,   oilani,   bolalikni   himoya   qilishning   huquqiy   bazasini   yaratish,
ikkinchidan   ayollarni   va   oilani   davlat   tomonidan   qo'llab   -   quvvatlashga   alohida
ahamiyat berilgan 86
. 
Aynan shunday qator vazifalar ro'yxati hujjatlashtirildi:   Jahon hamjamiyati
ayniqsa   IV   umumjahon   ayollar   ahvoliga   bag'ishlangan   konferensiyaning   Pekinda
o'tkazilishi, uning 5 yillki istiqboli harakatlari natijasiga bag'ishlangan "Pekin +5"
obzori   BMT   Bosh   Assambleyasining   2000-yil   5-9   iyunda   Nyu   Yorkda   bo'lib
o'tgan   maxsus   sessiyaning   ahamiyati   dunyoning   qator   mamlakatlarida   gender
siyosatining yangi to'lqini hisoblandi. 
Xususan,   2000-yilning 7-8 sentabr  kunlari  O'zbekiston   Respublikasi   Xotin-
qizlar   qo'mitasi   va   Xalqaro   Hamkorlik   bo'yicha   Qo'shma   Shtatlar   Agentligi
(YuSAID)   "Global"   loyihasi   "O'zbekiston   Respublikasida   gender   tenglikning
ahvoli va uni rivojlantirish istiqbollari" xususida konferensiya o'tkazdilar. Mazkur
konferensiyaning asosiy maqsadi xotin-qizlar nohukumat tashkilotlarini va tegishli
davlat tuzilmalarini Pekin Xarakatlar platformasi asosida qabul qilingan, bajarilishi
2005-yilgacha   mo'ljallangan   "O'zbekistonda   xotin-qizlar   ahvolini   yaxshilash   va
ularning   jamiyatdagi   rolini   oshirish   bo'yicha   Milliy   harakat   platformasi"   qanday
bajarilayotgani   bilan   tanishtirishdan   iborat   bo'ldi 87
.   O'zbekiston   Milliy   harakat
platfotrmasida keltirilgan yo'nalishlar jumlasiga:
-   xotin-qizlar   salomatligini   yaxshilash,   jumladan   reproduktiv   salomatligini
yaxshilash va oilani rejalashtirish xizmatini kengaytirish;
- ta'lim va ayollarning professional va funksional savodxonligini oshirish;
-   xotin-qizlarning,   xususan,   qishloq   joylarda   yashaydigan   xotin-qizlarning
iqtisodiy   ahvolini   yaxshilash,   daromad   keltiriuvchi   faoliyat   turlarida   xotin-qizlar
tashabbuslari rivojlanishini rag'batlantirish; 
-   xotin-qizlarni   siyosiy   qonunchilik   va   ijro   darajalarida   qarorlar   qabul
qilishda teng ishtirok etishi;
-   ommaviy   axborot   vositalarida,   madaniyat   va   san'atda   O'zbekistonning
yangi ayoli siymosini yaratish, mavjud stereotiplarni yengib o'tish; 
86
 Защита прав, свобод и интересов человека в международном праве: история, направления, формы. 
87
 Защита прав, свобод и интересов человека в международном праве: история, направления, формы. 
35 -   xotin-qizlarga   nisbatan   kamsitishning   barcha   shakllariga   va   zo'ravonlikka
yo'l   qo'ymaslik   va   h.k   kabi   siyosatda   amalga   oshirilishi   kerak   bo'lgan   jihatlar
kiritildi  88
. 
Hukumat   tomonidan   xotin-qizlar   masalalarini   ularning   yechimlaari
yuzasidan   "Qizlarni   oilaviy   hayotga   tayyorlash",   "Ekologiya   va   ayol",   "Xotin-
qizlar   mehnatini   ijtimoiy   himoyalash",   "Ayol,   oila   va   mahalla",   "Sog'lom   avlod-
sog'lom jamiyati asosi" va boshqa amaliy dasturlar ishlab chiqildi. 89
        
Ayollarning   siyosiy   hayotga   ilk   qadamlari   va   qonunlar   qabul   qilishdagi
ishtiroki   1995-yil   2-martda   qabul   qilingan   "O'zbekiston   Respublikasi   davlat   va
jamoat qurilishida xotin-qizlarning rolini oshirish tadbirlari to'g'risida"gi PF-1084-
son   farmonning   qabul   qilinishi   bilan   belgilandi.   Unga   binoan,   O'zbekiston
Respublikasi   Xotin-qizlar   qo'mitasi   raisi   endilikda   bosh   vazir   o'rinbosari
lavozimida, joylarda esa hokim o'rinbosarlari lavozimiga ko'tarildi va barcha qabul
qilinayotgan qonunlarda ishtiroki  amalga oshirildi. Ammo xotin-qizlarning davlat
rahbarlik   lavozimlarida   ulushini   ko'tarilmagunicha   xotin-qizlar   muammolarini
davlat miqyosida yalpi o'rganish, uni hal etish to'liq amalga oshirilmas edi. Siyosiy
partiyalarda nomzodlarning 30 foizini ayollar tashkil etishi talab qiladigan kvota 90
chiqqanidan   buyon,   har   bir   saylovda   ayollar   ulushi   Oliy   Majlisda   (parlamentda)
oshib   bormoqda 91
,   ammo   qonun   chiqaruvchi   va   ijro   etuvchi   organlarda   ularning
ulushi 17% ni tashkil etmoqda. Biroq bu ko'rsatkich 1992-yildan 1998-yilga kelib
9.4 % ga barqaror hisoblanadi. 92
  Ayollarning baland lavozimlarda bo'lishiga qaramay (masalan, qonunchilik
palatasida spiker sifatida va inson huquqlari bo'yicha - ombudsman lavozimlarida),
90-yillarda   viloyat   yoki   tuman   hokimlari   darajasida   hali   ayol   kishi   yo'q   edi.   Bu
88
 Gender munosabatlari nazariyasi va amaliyotiga kirish.  T.: 2008. 254-b. 
89
  Защита   прав,   свобод   и   интересов   человека   в   международном   праве:   история,   направления,   формы.
http://elibrary.ru/item.asp?id=23952081
90
 BMT bosh ustavida, xotin-qizlarga oid, ularning huquqlari himoyasi borasida qabul qilingan kategoriyalardan biri.
91
 Защита прав, свобод и интересов человека в международном праве: история, направления, формы. 
92
  Узбекистан   Гендерная   оценка   по   стране   Гендер   и   Развитие   Центральная   и   Западная   Азия   .2014.
ASIANDEVELOPMENTBANK. C.12
36 holat joylarda chuqurroq ayollar masalalari ko'rib chiqilishini kechiktirayotgan edi.
Hozirgi kunga kelib 6 ta tumanda hokimlikka ayol nomzod saylangan. 93
 
Biroq   shu   narsa   ayon   bo'ldiki,   ma'muriy   organlarda   ayollarning   ishtirok
etishi   bilangina   jamoatchilikning,   shu   jumladan,   xotin-qizlarning   o'zlarini   ayollar
muammolariga qiziqishni  oshirishini  ta'minlash mutlaqo yetarli emas  edi.   Xotin-
qizlarning   davlat   rahbarlik   lavozimlaridagi   ulushini   ko'paytirishga   harakat   qilish
zarur, bunday lavozimlarda ayollar juda kam o'rinni egallashgan. Ishlab chiqilgan
"O'zbekiston   xotin-qizlarning   ahvolini   yaxshilash   yuzasidan   milliy   harakat
rejasi"da   hayotiy   faoliyatning   barcha   darajalarida   teng   huquqlar   va   teng
imkoniyatlarni ta'minlash ustun yo'nalishlari belgilandi. 94
 
Siyosiy   hayotda   ayollar   ishtiroki   masalasi   bir   muncha   yaxshilanayotgan
masalalar   qatoridanligi   yillar   davomida   ayollar   ulushining   siyosiy   hayotda
ko'tarilib borayotgani bilan belgilandi. Ammo achinarli ijtimoiy holatlar talaygina
edi. Bular, ijtimoiy zo'ravonliklar, kamsitilishlar yoki bo'lmasa oilalarda qizlarning
ota-onalar tomonidan asoratli erta turmushga berish kabi og'riqli vaziyatlar ijtimoiy
muammolarning   asosini   tashkil   etadi.   Oilada   erning   xotini   ustidan   patriarxal
zo'ravonligi,   kelinning   3-shaxs   tomonidan   asoratga   solinishi   (ruhiy   va   jismoniy
mehnat   og'irligi),   hisoblanadi.   Hatto   g'arbning   rivojlangan   mamlakatlarida
ishlovchi ayol uy-ro'zg'or ishlarining 70%ga yaqinini bajaradi. 95
Zo'ravonlik   sababi   asosan   ayollarning   iqtisodiy   qaramlik   darajasi   bo'yicha
belgilanayotganligi,   ancha   og'riqli   vaziyat   kasb   etadi.   Qizlarni   erta   turmushga
berish, ularning biror kasbga yoki bo'lmasa oliy ta'limda tahsil  olmasligi  ularning
kelin bo'lib tushgan ro'zg'orda o'z navbatida iqtisodiy qaramligini ta'minlaydi. Shu
sabab qizlarning kasbiy mahoratli bo'lishi, oliy ta'limda qizlarning salmog'i oshishi
masalasi   kun   tartibiga   qo'ydirildi.   O'rta   maxsus   kasb-hunar   gender   tafavutlari,
shuningdek,   kasb-hunar   kollejlarini   hududiy   bir   tekis   joylashmagani,   natijada
oilalar   qizlarni   boshqa   mintaqaga   yuborishni   istamasligi   natijasida   qizlar
mutaxassisliklarni olishlari cheklanib qolmoqda. 
93
  Танзила   НАРБАЕВА:   Ўзбекистонлик   хотин-қизлар   илм,   маърифатга   йўғрилган   ислоҳотлар,   эзгу   ишлар
йўлида она Ватан равнақига муносиб ҳисса қўшмоқда   https://strategy.uz/index.php?news=879  
94
 Gender munosabatlari nazariyasi va amaliyotiga kirish T. 2007. B. 411
95
 Shon Bern. Gender psixologiyasi. SPB. 2001. 
37 Shu   munosabat   bilan,   kollej   bitiruvchilariga   iqtisodiyotning   tarmoq   va
sohalarida   amaliy   talablarning   tanqidiy   tahlilidan   kelib   chiqib,   hamda   pedagogik
va tibbiyot kollejlari barcha joylarda, shu jumladan, qishloq joylarda tarqalganini,
ta'limning boshqa yo'nalishidagi  kollejlar har bir tuman va hatto har bir viloyatda
mavjud   emasligini   inobatga   olgan   holda,   Vazirlar   Mahkamasi   2011-yilning   21-
iyunida   "2011-2012   o'quv   yilida   O‘zbekiston   Respublikasi   o'rta   maxsus,   kasb-
hunar ta'lim muassasalariga qabul qilish to'g'risida"gi qarorni qabul  qildi. Mazkur
hujjat   2011-2012   o'quv   yilidan   boshlab   respublikaning   mintaqalarida   kasblar   va
mutaxassisliklarni   kengaytirish   hamda   bir   xillashtirish   orqali   59   ta   kasb-xunar
kollejlarini qayta ixtisoslashtirishga qaratilgan 96
.
  2010-2011-yilda o'qish   yoshidagi   qizlarning  atigi  5%  oliy  o'quv yurtlarida
tahsil olayotgan edi. Bundan kelib chiqib kasb-hunarga va oliy ta'limga qizlarning
yo'nlatirilishni jadallashtirish shart. Kollejlarni bitiruvchi qizlarning eng ko'p sonli
guruhi  sog'liqni  saqlash  va ta'lim  sektorida  (2010-yilda 46.8 foiz), yigitlar  esa  bu
yo'nalishlarda 9-10 foizni tashkil etadi. Iqtisodiyotning ishlab chiqarish sektorlari,
xususan, agrar sektorda qizlar ulushi 30 foizni tashkil etadi. 97
Quyidagi jadvalda mehnatning jami bandlarida ayollar ulushi yillar kesimida
aks ettiriladi:
                                                                                                                       1-jadval 98
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha jami bandlardagi ayollarning ulushi,  %
Ko‘rsatkichlar 2016 2017 2018 2019 2020 2021
Jami 45,7 45,8 41,6 41,4 41,4 41,3
  Qishloq, o‘rmon  va  baliq 
xo‘jaligi 43,7 44,3 43,1 43,2 42,4 42,4
  Ishlab chiqaradigan sanoat 47,1 47,6 45,2 47,0 46,2 45,8
  Elektr,  gaz,  bug‘  bilan 
ta’minlash va havoni 
konditsiyalash 11,5 12,9 13,4 12,3 12,5 12,3
  Suv  bilan  ta’minlash; 
kanalizatsiya tizimi, 
chiqindilarni yig‘ish  va 
utilizatsiya qilish 18,4 19,4 21,3 18,9 19,1 19,1
96
  Tahliliy   ma'ruza.   Bandlikning   samarali   siyosati:   ayollarning   mehnat   qilsih   imkoniyatlarini   amalga   oshirish.
O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi. T.:  9-b
97
  Tahliliy   ma'ruza.   Bandlikning   samarali   siyosati:   ayollarning   mehnat   qilsih   imkoniyatlarini   amalga   oshirish.
O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi. T.:  9-b
98
 gender.stat.uz.(so'nggi murojaat 08.05.2023)
38   Q urilish 5,8 5,8 5,8 6,2 6,3 6,3
  Ulgurji  va  chakana savdo; 
motorli transport vositalari va 
motosikllarni ta’mirlash 51,5 51,8 50,3 51,5 49,7 49,0
  Tashish  va  saqlash 7,2 7,2 7,2 7,2 7,2 7,1
  Yashash  va  ovqatlanish 
bo‘yicha xizmatlar 52,4 52,8 51,7 52,1 51,7 51,0
  Axborot va aloqa 32,7 32,7 34,4 32,3 35,2 35,0
  Moliyaviy  va  sug‘urta faoliyati 37,3 38,2 38,7 34,8 37,4 37,6
  Ko‘chmas mulk  bilan 
operatsiyalar 32,9 32,9 34,5 33,4 33,9 33,1
  Professional, ilmiy  va  texnik 
faoliyat 33,5 33,2 33,8 31,4 33,4 33,8
  Boshqarish bo‘yicha faoliyat 
va  yordamchi xizmatlar 
ko‘rsatish 38,6 37,8 38,7 36,7 36,4 36,6
  Davlat   boshqaruvi   va  
mudofaa ;  majburiy   ijtimoiy  
ta ’ minot 29,1 29,4 28,4 26,8 27,8 27,5
  Ta’lim 75,6 75,6 75,7 75,7 74,9 73,8
  Sog‘liqni saqlash  va  ijtimoiy 
xizmatlar ko‘rsatish 76,5 76,6 76,5 76,8 76,3 77,3
  San’at, ko‘ngil ochish  va  dam 
olish 45,3 45,5 45,4 45,3 45,8 45,3
  Boshqa turdagi xizmatlar 
ko‘rsatish 73,4 70,0 38,1 36,2 37,1 38,6
Mavjud   vaziyatdan   xulosa   qiladiga   bo ' lsak ,   agar   o ' rta   maxsus   tibbiy
xodimlar   uchun   yetarli   ish   o ' rinlari   tashkil   etish ,  yetishib   chiqayotgan   kadr   qizlarga
vakant   joy   to ' g ' ri   kelmasa   ( miqdoriy   jihatdan )   mehnat   bozorida   yana   qizlar   ishsiz
qoladi .    Mehnat  bozorida ayollarning bir  xilda  o'rin olishlari  uchun ham  ularning
kasbiy bilimi, ta'lim darajasi bo'lishi zarur.  
Ammo   oliy   ta'limda   ham   kasb   tanlash   tafovuti   foizlarda   ancha   farqli.
Ma'lumot o'rnida 2010-2011 o'quv yillarida bakalavriatda 38,6% i, magistraturada
35,9%i qizlar hisoblanib, texnik o'quv yurtlarida talaba qizlar 18%, magistraturada
19%, gumanitar fanlarda bakalavriatda 51.2% ga, magistraturada 56%,  pedagogik
oliy o'quv yurtlarida 62% bakalavriatda, 65% magistraturada  tahsil oldi  99
. 
99
    Tahliliy   ma'ruza.   Bandlikning   samarali   siyosati:   ayollarning   mehnat   qilish   imkoniyatlarini   amalga   oshirish.
O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi. T.:  11-b
39             Aynan   shu   sababdan   ham   ma'lumot   o'rnida   dunyoning   turli   mamlakatlarida
o'tkazilgan   ko'plab   tadqiqotlarning   ko'rsatishicha,   ayollar   bilim   darajasining
oshishi va aholi jon boshiga to'g'ri keladigan yalpi ichki mahsulot (YaIM) miqdori
o'rtasida ijobiy bog'liqlik mavjud. 100
 
              Aynan   ish   haqi   to'lovida   gender   tafavut   ham   kasb   tanlashda   ayollarning
nisbatan ko'p miqdorda ijtimoiy sohalar, pedagogik va sog'liqni saqlash xodimlari
sifatida ishlashi, erkaklarning esa nisbatan baland haq to'lanadigan tarmoq sohalar
aloqa,   transport   va   qurilish   kabi   sohalarda   ishlashidir.   Chunki   transport   va   aloqa
korxonalari   ishchilari   mamlakat   bo'yicha   o'rtacha   darajadan   33%,   qurilishda
ishlovchilar esa 58% ko'proq maosh olishadi. 101
 
          Quyidagi jadvalda ish haqi nisbatan baland bo'lgan ish o'rinlarida ayollarning
bandlik foizi aks etgan:
                                                                                                                     2-jadval 102
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha jami bandlardagi ayollarning ulushi,  %
Ko‘rsatkichlar 2016 2017 2018 2019 2020 2021
qurilish 5,8 5,8 5,8 6,2 6,3 6,3
axborot va aloqa 32,7 32,7 34,4 32,3 35,2 35,0
  Teng   haq   to'lash   bo'yicha   O'zbekiston   XMT   (Xalqaro   Mehnat   Tashkiloti)
ning   1951-yildagi   "Erkaklar   uchun   teng   haq   to'lash   to‘g‘risida"gi   va   “Ayollar
uchun teng qadrli mehnat uchun” (100-son) konvensiyalarini 1992-yil ratifikatsiya
qildi.   Biroq,   ayollar   erkaklarnikiga   qaraganda   kamroq   maosh   oladi,   ayollar   bilan
bog'liq   sohalarda   ish   haqi   kam   to'lanadi.   Shunga   qaramasadan   2017-yilgacha
erishilgan   yutuqlar,   umumiy   gender   ish   haqi   farqi   kengaydi   2017-yildagi   34,6
foizga nisbatan 2018 yilda 38,6 foizga tengdir. 103
 
Bundan   tashqari,   ayollar   va   erkaklar   o'rtasida   nikoh   tuzishdagi   yoshning
teng emasligiga sabab, gender tafovutlar va qizlarning oliy ta'lim tizimiga nisbatan
100
  Taxliliy ma'ruza.  Bandlikning samarali  siyosati:  ayollarning mehnat  qilsih imkoniyatlarini amalga  oshirish.B.1.
Chen, D. H. C. (2004) Gender Equality and Economic Development.The Role for Information and Communication
Technologies. World Bank Policy Research Working Paper 3285, P. 28
101
 Taxliliy ma'ruza. Bandlikning samarali siyosati:ayollarning mehnat qilsih imkoniyatlarini amalga oshirish.B.8. 
102
  Gender.stat.uz.(so'nggi murojaat 08.05.2023)
103
  АЁЛ   ВА   ТАРАҚҚИЁТ:   ЎЗАРО   АЛОҚАДОРЛИК,   2021   ©   Международная   организация   труда,     Россия.
2020 c.48
40 past   darajada   jalb   qilinish   hisoblanadi.   Qizlarning   ma'lum   bir   qismi   o'rta   kasb-
xunar o'quv muassasalarini tugallashga ulgurmasdan turmushga chiqishadi.   2009-
yilda   18   yoshgacha   uylanishga   jazm   qilgan   yosh   yigitlar   bunday   vaziyatdagi
qizlarning sonida o'rtacha 400 marotaba kam 104
. Shu kabi xotin-qizlarga oid og'riqli
vaziyatlar   hal   qilinishi   ko'rsatkichlari   ko'tara   olmas   ekanmiz,   muammolar
yechimiga erishishnig imkoni mavjud bo'lmaydi. 
Xotin-qizlarga   oid   davlat   siyosatining   amaliy   yutuqlari   asosan   NNTlarning
faoliyati   bilan   bog'landi.   Mustaqillikning   dastlabki   20   yilligida   NNTlarning
faoliyati   jihatlari   juda   kemg   qamrovli   bo'ldi.   1995-yilda   Xotin-qizlar   resurs
markazi, 1996-2000 yillarda "Hamdard" "Perzent" "Sabr" Xotin-qizlar tashkilotlari
tuzildi. Ayollar  bunday tashkilotlarda o'z salohiyatlaridan foydalanish imkoniyati,
shuningdek   ularga   o'z   muammolarini   o'rtaga   tashlashda   yordam   beradigan   real
mablag'larni ko'radilar. O'zbekistonda 55% dan ko'p jamoat tashkilotlari ("Ayol va
huquq",   "Ayollar   sog'lig'ini   saqlash",   "Xotin-qizlar   ta'limi",   "Ayol   va   iqtisod")
ta'lim   loyihalarida   o'z   faoliyatini   yuritadi.   Bundan   tashqari,   davlatimiz   xotin-
qizlarga   yaqindan   yordam   berish   uchun   barcha   jabhalarda   ularga   ko'mak   berib
kelmoda. 105
 
104
 O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi. Taxliliy ma'ruza. T. 2010. B.9.
105
  Негосударственные   некоммерческие   организации   Узбекистана . 315-b. 
41 2.2. Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan gender tenglik siyosati
Hozirgi   kunda   Prezident   Sh.   Mirziyoyev   O'zbekistonda   gender   tenglik
masalalarini   faol   ko'tarmoqda.   2019   yilda   Prezidentning   Oliy   majlisda   so’zlagan
nutqida:   “ Meni  kishilarimizning  ongida  paydo  bo'lgan   stereotip  ko'p  o‘ylantiradi.
Odatda   biz   ayolni   avvalambor   ona,   oila   qo'rg'onining   qo'riqchisi   sifatida   hurmat
qilamiz. Bu, shubhasiz, to'g'ri. Ammo bugun har bir ayol oddiy kuzatuvchi emas,
balki   mamlakatda   amalga   oshirilayotgan   demokratik   o'zgarishlarning   faol   va
tashabbuskor ishtirokchisi ham bo'lishi kerak” 106
 deb ta’kidlaydilar.
2017-yilda   qabul   qilingan   “2017-2021   yillarda   O'zbekiston   Respublikasini
rivojlantirishning   beshta   ustuvor   yo'nalishi   bo'yicha   qabul   qilingan   Harakatlar
strategiyasi”da   ijtimoiy   sohani   rivojlantirishda   ayollarning   ijtimoiy-siyosiy
faolligini   oshirish,   ularning   davlat   va   jamiyat   boshqaruvidagi   rolini   kuchaytirish,
ayollar,   kasb-hunar   kollejlari   bitiruvchilarining   bandligini   ta'minlash,   ularni
tadbirkorlik   faoliyatiga   keng   jalb   etish,   oila   asoslarini   yanada   mustahkamlash
vazifasi belgilab berilgan edi 107
.
2018-yilda   Prezident   farmoni   bilan   O'zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasi   huzuridagi   "Oila"   ilmiy-amaliy   tadqiqot   markazi   tashkil   etildi,   uning
maqsadi   oila   institutini   mustahkamlash   sohasida   yagona   davlat   siyosatini   amalga
oshirish edi. Gender tenglik -ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikning garovidir. Aynan
mana shu shior hozirgi davr ijtimoiy hayotiga ham tadbiq etilmoqda.
Dunyo statistik ma'lumotlariga ko'ra iqtisodiy barqaror ayollarning tazyiq va
zo'ravonliklarga uchrashi 1/10ni tashkil etsa, nisbatan iqtisodiy qaram ayollarning
oila va jamiyatda kamsitilishlarga, zo'ravonliklarga uchrashi  7/10 ni  tashkil  etadi.
Jahon   bankining   “Ayollar,   biznes   va   qonun”   indeksida   O'zbekiston   2020-yilda
xotin-qizlar   huquqlari   va   gender   tenglik   bo'yicha   ahamiyatga   molik   islohotlarni
106
 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Oliy Majlis Senatida nutqidan. 2019 y. iyun oyi. 
107
 Гендерное равенство и роль женщин в обществе.
42 amalga   oshirgan   27ta   davlat   qatoriga   kiritildi   va   5   pog'onaga   yuqorilab,   190ta
davlat orasida 134- o'rinni egalladi. 108
Markaziy   Osiyo   davlatlari   integratsiyasida   opa-singillarimiz,   yoshlarimiz
ham   faol   bo'lmoqda.   Gender   masalalari   yuzasidan   O'zbekiston   Markaziy   Osiyo
davlatlari   orasida   ancha   ilg'or   siyosat   yuritmoqda.   Shu   bois,   BMT   Markaziy
Osiyodagi   gender   platformasini   O'zbekistonda   tuzish   bo'yicha   amaliy   takliflarni
ko'rib   chiqdi.   Hozirgi   kunda   mazkur   masala   yuzasidan   BMTning   martabali
vakillaridan biri Natalya German bilan ham shu masalada muloqotlar olib borildi. 109
Natijada,   ushbu   nufuzli   xalqaro   tashkilot   va   qo'shni   davlatlar   bilan   hamkorlikda
gender   tenglikni   faol   ilgari   surayotgan   mamlakat   sifatida   Markaziy   Osiyo
platformasini yaratish ishlari yangi bosqichga ko'tarildi.
Gender   tenglik   siyosatining   kelgusi   yillar   kesimida   qilinajak   ishlar   rejasi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2022-yildagi PF-60-sonli
"2022-2026-yillarga   mo'ljallangan   Yangi   O'zbekistonning   harakatlar   strategiyasi
to'g'risida"gi 110
 farmonida IV bobning 69-maqsadida bayon etilgan:
- Xotin-qizlarni   qo'llab-quvvatlash,   ularning   jamiyat   hayotidagi   faol
ishtirokini ta’minlash.
- Jamiyatda   xotin-qizlarga   tazyiq   va   zo'ravonlikka   nisbatan   murosasizlik
muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash.
- Gender   tenglikni   ta’minlash   siyosatini   davom   ettirish,   xotin-qizlarning
ijtimoiy-siyosiy   faolligini   oshirish,   ularni   qo'llab-quvvatlashga   doir   islohotlarni
amalga oshirish 111
.
- Xotin-qizlarning   ta’lim   va   kasbiy   ko'nikmalar   olishlari,   munosib   ish
topishlariga   har   tomonlama   ko‘maklashish,   tadbirkorligini   qo‘llab-quvvatlash,
iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish.
108
  Faxriddinova   Nargiza   Shamsiddinovna   “YANGILANAYOTGAN   O’ZBEKISTONDA   GENDER
TENGLIKNING   HUQUQIY   ASOSLARI”   Proceedings   of   International   Conference   on   Scientific   Research   in
Natural and Social Sciences Hosted online from Toronto. Canada. Date:5th November, 2022. 
109
  "Xotin-qizlar   va   erkaklar   uchun   teng   huquq   hamda   imkoniyatlar   kafolatlari   to‘g‘risida"gi   O'zbekiston
Respublikasi Qonuni. 2019-y. 2-sentabr. 
110
  O'zbekiston   Respublikasii   Prezidenti   Sh.   Mirziyoyev   Farmoni   28.01.2022-yildagi   PF-60-sonli   "2022-
2026-yillarga   mo'ljallangan   Yangi   O'zbekistonning   harakatlar   strategiyasi   to'g'risida"gi   farmoni
https://lex.uz/uz/docs/-5841063
111
  Гендерное  равенство и роль женщин в обществе. 
43 - Hududlarda,   ayniqsa,   qishloqlarda   xotin-qizlarga   ko'rsatiladigan   tibbiy-
ijtimoiy   xizmatlar   sifatini,   ular   o'rtasida   sog'lom   turmush   tarzini   ta’minlash
borasidagi ishlar samaradorligini oshirish.
- Turar   joyga   muhtoj   xotin-qizlarni   uy-joy   bilan   ta’minlash,   turmush   va
mehnat sharoitlarini yaxshilash, daromadlarini ko'paytirish borasida tizimli chora-
tadbirlarni belgilash.
- Og'ir   ijtimoiy   ahvolga   tushib   qolgan   xotin-qizlarga   ijtimoiy-huquqiy,
psixologik yordam ko'rsatish, ularni manzilli qo'llab-quvvatlash.
- “Ayollar daftari” bilan manzilli ishlash, mutasaddi tashkilotlar tomonidan
xotin-qizlarning   muammolari   o'z   vaqtida   bartaraf   etilishi   ustidan   jamoatchilik
nazoratini amalga oshirish belgilangan 112
.
O'zbekistonda   gender   tenglik   siyosatini   izchil   takomillashtirish   yuzasidan
quyidagi kategoriyalarda tegishli chora -tadbirlar, qizg'in siyosat olib borilmoqda: 
1. Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, 
2. Xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish, 
3.   Xotin-qizlarning   reproduktiv   salomatligini   saqlash,   onalarning
salomatligini saqlash, 
4. Xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish
5.Xotin-qizlar   tadbirkorligini   qo'llab   quvvatlash,   iqtisodiy   barqarorliklariga
erishish, 
7.   Xotin-qizlarning   zo'ravonlik   va   tazyiqlardan   himoya   qilish   davlat
apparatini tashkil etish
8. Xotin-qizlarni kasbga, ta'limga yo'naltirish. Ushbu kategoriyalarda hozirgi
kunga kelib jadal ichki siyosat yuritilmoqda. 
Mamlakatimizda   xotin-qizlarning   ijtimoiy-siyosiy   faolligini   oshirish
maqsadida,   m amlakatimiz   aholisining   qariyib   50   foizini   (erkaklar   18.229.644
112
  O ' zbekiston   Respublikasii   Prezidenti   Sh .   Mirziyoyev   Farmoni   28.01.2022-yildagi   PF-60-sonli   "2022-2026-
yillarga   mo'ljallangan   Yangi   O'zbekistonning   harakatlar   strategiyasi   to'g'risida"gi   farmoni   https://lex.uz/uz/docs/-
5841063
44 nafarni,   ayollar   esa   17.993.792   nafar)   xotin-qizlar   tashkil   etgan   holda,   ijtimoiy-
siyosiy faolligi jihatidan barcha mehnat resurslarining 48% tashkil etadi 113
. 
Siyosiy   faollik   2013-yil   holatiga   ko’ra,   Markaziy   Osiyo   mamlakatlarida
ayollarning   parlamentdagi   o’rinlari   bo’yicha   Tojikiston   eng   past   ko’rsatkich   14,7
%ni   Qozog’iston   23%,   Qirg’iziston   23%ni   tashkil   etgan.   Bu   ko’rsatkichda
O’zbekiston   Oliy   Majlis   Qonunchilik   palatasi   tarkibida   22%,   Senatda   15%   ni
ayollar tashkil etadi 114
 .
Bu   ko’rsatkichlar   bugungi   kunda   ijobiy   tomonga   o’zgarib,   xususan,
O’zbekistonda Qonunchilik palatasida 32 %, Senatda 25 %ga ko’tarilgan. Shunga
doir   islohotlar   natijalari   jamiyatda   hukm   suryotgan   farovonlikni   ta’minlashda
muhim omil bo’lib xizmat qiladi. 
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2020-yil 23-sentabr
BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida birinchi marta o'zbek tilida so'zlagan
nutqida,   Yangi   O'zbekistondagi   demokratik   o'zgarishlar   ortga   qaytmaydigan
darajada   tus   olganligi   haqida   fikr   bildirdi.   Xususan,   nutqda   “biz   uchun   gender
tenglik siyosati  ustuvor masalaga aylandi. Xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi
o'rni   tobora   kuchaymoqda   yangi   parlamentimizda   ayollar   soni   ikki   barobarga
ortdi"   deya   ta'kidlanishi   bilan   ayollarning   siyosiy   faolligi   darajasi   xalqaro
miqyosida e'lon qilindi.
Bugungi   kunda   xotin-qizlarning   davlat   boshqaruvidagi   ishtirokini
kengaytirish   maqsadida   esa,   parlamentning   qonunchilik   palatasiga   saylangan   150
nafar deputatning 48 nafari yoki 32 foizini xotin-qizlar tashkil etdi. Senatda esa bu
ko'rsatkich   qariyb   25   foizga   yetganligini   ko’rish   mumkin.   Mahalliy   kengashlar
deputatlarning   31   foizi   jonkuyar   ayollardan   iborat.   Ma'lumot   o'rnida,   o 'tgan
yillarga nisbatan Samarqand viloyatida davlat boshqaruv lavozimidagi xotin-qizlar
ulushi 20 foizdan 30 foizga, siyosiy partiyalarda 21 foizdan 27 foizga, oliy ta'limda
10 foizdan 16 foizga oshdi. 115
  Rahbar  ayollar soni  ko'paymoqda, davlat va jamoat
113
 Гендерное равенство и роль женщин в обществе. 
114
  Prezident   raisligida   xotin - qizlarni   har   tomonlama   qo '
llab - quvvatlashga   bag ’ ishlangan   yig ’ ilishda   qanday
engilliklar   kiritildi .  https :// reviewe . uz .
115
 Samarqand viloyati, Samarqand shahar hokimiyati "Oila va xotin-qizlar" bo'limi ma'lumotidan
45 tashkilotlari   tizimida   1ming   380 116
  nafar   ayollar   rahbarlik   lavozimda   ishlab
kelmoqda 117
Ana   shunday   natijalar   tufayli,   O'zbekiston   parlamenti   ayol   deputatlar   soni
bo'yicha   dunyodagi   190   ta   milliy   parlament   o'rtasidan   37-pog'onaga   ko'tarildi.
Holbuki, bundan 5 yil  ilgari  128-o'rinda edi. 118
   Bunday keskin  ijobiy o'zgarishlar
parlament   saylovlari   shunchaki   o'tkazilmagani   "Yangi   O'zbekiston   -   yangi
saylovlar" shiori hayotda bevosita o'z in'ikosini topganini anglatadi. 
2019-yil   siyosiy   va   huquqiy   bilimli,   innovatsion   g oyalarga   vaʻ
tashkilotchilik   qobiliyatiga   ega   bo lgan   xotin-qizlardan   iborat   6   ming   nafardan	
ʻ
ortiq   kadrlar   zaxirasi   shakllantirilib,   xotin-qizlarning   joriy   yil   22-dekabr   kuni
bo lib   o tgan   saylovda   deputatlikka   nomzod   sifatidagi   faol   ishtiroki   ta minlandi.	
ʻ ʻ ʼ
Davlat   boshqaruvi   akademiyasida   rahbar   ayollarni   tayyorlash   bo'yicha   alohida
dastur   amalga   oshirildi   va   har   yili   kamida   100   nafar   ayollar   o'qitildi.   Samarqand
viloyatida 2022-yilda jami 10 nafar ayol hodimalar Davlat boshqaruv akademiyasida
tashkil etilgan "Rahabr ayollar maktabi" da o'qitildi. 119
 
“Ayollar   ishlagan   va   rahbarlik   qilgan   joylarda   tartib,   adolat,   halollik,
madaniyat   yuqori   bo'lishi   hech   kimga   sir   emas.   Shu   bois,   har   bir   vazirlik,   davlat
kompaniyasi,   bank   va   boshqa   idoralar   bir-ikki   yil   ichida   o'z   tizimidagi   ayollarni
rahbarlikka   o'qitib,   kamida   1   nafar   o'rinbosarini   ham   ayollardan   qo'yadi”,   dedi
davlatimiz rahbari 120
. 
Oliygohlar,   tibbiyot   markazlarida   ham   xuddi   shunday   yondashuv   bo'lishi,
soliq,   moliya,   bank,   sug'urta,   iqtisodiyot   idoralarida   ayollar   ulushini   kamida   30
foizga yetkazish buyrug'i ma'sullarga yuklatildi. 
Aynan   xotin-qizlarning   ko'proq   rahbar   lavozimlarga   tayinlash,   ularning
qonunchilik- siyosiy davlat organlarida ma'lum lavozimlarga tayinlanishi, ularning
qabul   qilinayotgan   qonunlar   yaratilshi   va   qabul   qilinishiga   ko'proq   jalb   qilinishi
116
 АЁЛ ВА ТАРАҚҚИЁТ: ЎЗАРО АЛОҚАДОРЛИК, 2021 
117
 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning "BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida so'zlagan
nutqini   o'rganish  va   keng   jamoatchilik   o'rtasida   targ'ib  qilish  bo'yicha"   O'quv   qo'llanma.   -T.:   Ma'naviyat.   2021-y.
67-b. 
118
   Sh.M Mirziyoyev.Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari.4-jild. - T.: ―O‘zbekiston NMIU, 2020. 406-b. 
119
 Samarqand viloyati, Samarqand shahar hokimiyati "Oila va xotin-qizlar" bo'limi ma'lumotidan
120
 https://t.me/Press_Secretary_Uz 1324/1350 
46 nisbatan davlatning  ijtimoiy muammolarni  yanada keng tadbiq etish  imkoniyatini
beradi. Respublikadagi ayni paytdagi 9 ming 309 ta mahalla raisining xotin-qizlar
va   oila   bo'yicha   o'rinbosarlari   lavozimlari   ham   Qo'mita   tizimiga 121
  o'tkazilishi
belgilandii   va   har   bir   mahallada   xotin-qizlar   faoli   lavozimi   yangidan   joriy
qilindi 122
. Yig'ilishda e'lon qilingan xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha yana
bir qator chora-tadbirlar 123
 bo'yicha ham qator tadbirlar amalga oshiriladi.
Xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini saqlash, onalarning salomatligini
saqlash   maqsadida   2021-yilda   1   ming   153   nafar   ayolga   yuqori   texnologik   tibbiy
operatsiyalar   bepul   amalga   oshirildi.   Shuningdek,   “Ayollar   daftari”   da   630
mingdan   ziyod   xotin-qizlar   ro'yxatda   turibdi,   ulardan   200   ming   nafari   ishsiz
hisoblanadi 124
.   Shu   ishsizlardan,   6   ming   nafar   ayollarga   2022-yilda   yuqori
texnologik tibbiy yordam ko'rsatilishi belgilanib amalga oshirildi. 125
 
Respublika   bo'yicha   10   mingdan   ziyod   nogironligi   bo'lgan   xotin-qizlar
reabilitatsiya   vositalari   bilan   ta'minlandi 126
.   2019-yilda   3   million   nafar   xotin-qiz
onkologik   skriningdan   o'tkaziladi,   buning   uchun   byudjetdan   40   milliard   so'm 127
mablag'   ajratiladi;   2022-2025-yillarda   227   ta   tug'ruq   kompleksi   hamda   46   ta
tumanlararo perinatal markazlari to'liq ta'mirlanadi va jihozlanadi;   9-12 yoshdagi
o'smir   qizlarni   odam   papillomasi   virusiga   qarshi   emlash   va   boshqa   12   turdagi
vaksinalar   uchun   200   milliard   so'm 128
  ajratildi;   tug’ilish   yoshidagi,   homilador   va
121
 Шавкат Мирзиёев раислигида хотин-қизларни қўллаб-қувватлашга бағишланган йиғилишда аёллар учун 
қандай енгилликлар киритилди — Review.uz https://Review.uz/uz/post/shavkat-mirziyoyev-raisligida-xotin-
qizlarni-qollab-quvvatlashga-bagishlangan-yigilishda-ayollar-uchun-qandayengilliklar-kiritildi
122
 Шавкат Мирзиёев раислигида хотин-қизларни қўллаб-қувватлашга бағишланган йиғилишда аёллар учун 
қандай енгилликлар киритилди — Review.uz https://Review.uz/uz/post/shavkat-mirziyoyev-raisligida-xotin-
qizlarni-qollab-quvvatlashga-bagishlangan-yigilishda-ayollar-uchun-qandayengilliklar-kiritildi
123
 Шавкат Мирзиёев раислигида хотин-қизларни қўллаб-қувватлашга бағишланган йиғилишда аёллар учун 
қандай енгилликлар киритилди — Review.uz https://Review.uz/uz/post/shavkat-mirziyoyev-raisligida-xotin-
qizlarni-qollab-quvvatlashga-bagishlangan-yigilishda-ayollar-uchun-qandayengilliklar-kiritildi
124
 Шавкат Мирзиёев раислигида хотин-қизларни қўллаб-қувватлашга бағишланган йиғилишда аёллар учун 
қандай енгилликлар киритилди — Review.uz https://Review.uz/uz/post/shavkat-mirziyoyev-raisligida-xotin-
qizlarni-qollab-quvvatlashga-bagishlangan-yigilishda-ayollar-uchun-qandayengilliklar-kiritildi
125
 ssv.uz/so'nggi murojat (2022-y. 12-dekabr)
126
 Шавкат Мирзиёев раислигида хотин-қизларни қўллаб-қувватлашга бағишланган йиғилишда аёллар учун 
қандай енгилликлар киритилди — Review.uz https://Review.uz/uz/post/shavkat-mirziyoyev-raisligida-xotin-
qizlarni-qollab-quvvatlashga-bagishlangan-yigilishda-ayollar-uchun-qandayengilliklar-kiritildi
127
  P rezident   raisligida   xotin-qizlarni   har   tomonlama   qo‘llab-quvvatlashga   bag’ishlangan   yig’ilishda   qanday
engilliklar kiritildi. https://reviewe.uz.
128
 Шавкат Мирзиёев раислигида хотин-қизларни қўллаб-қувватлашга бағишланган йиғилишда аёллар учун 
қандай енгилликлар киритилди — Review.uz https://Review.uz/uz/post/shavkat-mirziyoyev-raisligida-xotin-
47 bola   parvarishidagi   ayollarni   dori   va   vitaminlar   bilan   bepul   ta'minlash   ko'lami
kengaytirilib,   mablag'lar   hajmi   30   milliard   so'mdan   100   milliard   so'mgacha 129
oshirilishi davlat yuklamasi qo'yildi. 130
Oilaviy   sabablar,   iqtisodiy   yetishmovchili   tug'ruqqacha   bo'lgan   davrda
Quyidagi   jadvalda   har   ming   ayolga   nisbat   shaklida   bola   oldirish   ko'rsatkichalari
ayollar yoshiga bo'linib ko'rsatilgan:
                                                                                        3-jadval 131
Ko‘rsatkichlar 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021
15-19 yosh 1,2 1,1 0,9 0,8 0,9 0,3 1,9 1,5 2,6 1,1 1,2 1,1
20-34 yosh 7,7 7 6,5 7,3 7,7 6,3 7,4 7,8 7,8 7,4 6,9 6,8
35 yosh va
undan kattalar 1,9 1,8 1,8 1,2 1,3 1,4 1,4 1,7 0,9 1,4 1,4 0,6
Samarqand viloyatida "Ayollar daftari" ga kiritilgan tibbiy yordamga muhtoj
xotin-qizlarga   har   tomonlama   ko'maklashish   va   sog'liqni   tiklash   borasida   tizimli
ishlar olib borilganligi natijasida 113 nafar xotin-qizlarga jarrohlik amaliyotlari va
davolanish uchun davlat tomonidan 2.2 mlrd so'm mablag' yo'naltirildi 132
. 
Xotin-qizlar   tadbirkorligini   qo'llab   quvvatlash,   iqtisodiy   barqarorliklariga
erishish   uchun,   h ar   bir   hududda   “Ayollar   tadbirkorligi   markazlari”   tashkil   etilib,
tegishli   maqsadli   jamg'armalar   va   tijorat   banklari   tomonidan   imtiyozli   kreditlar
ajratildi.   O'tgan   davr   mobaynida   ayollar   tadbirkorligini   rivojlantirish   maqsadida
224 mingdan ortiq xotin-qizlarga jami 6,9 trln. so'm miqdorida imtiyozli kreditlar
ajratilishi   ta'minlandi,   ayollar   bandligini   ta minlashga   yangi   yondashuv   doirasidaʼ
Bandlik   va   mehnat   munosabatlari   vazirligi   bilan   birgalikda   yurtimizning   14   ta
hududida Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari tashkil etildi 133
. 
qizlarni-qollab-quvvatlashga-bagishlangan-yigilishda-ayollar-uchun-qandayengilliklar-kiritildi
129
 Шавкат Мирзиёев раислигида хотин-қизларни қўллаб-қувватлашга бағишланган йиғилишда аёллар учун 
қандай енгилликлар киритилди — Review.uz https://Review.uz/uz/post/shavkat-mirziyoyev-raisligida-xotin-
qizlarni-qollab-quvvatlashga-bagishlangan-yigilishda-ayollar-uchun-qandayengilliklar-kiritildi
130
  Prezident   raisligida   xotin-qizlarni   har   tomonlama   qo‘llab-quvvatlashga   bag’ishlangan   yig’ilishda   qanday
engilliklar kiritildi. https://reviewe.uz. 
131
 Gender.stat.uz.(so'nggi murojaat 08.05.2023)
132
 Samarqand shahar hokimiyati " Oila va xotin-qizlar" bo'limi ma'lumotidan 
133
 Место и роль женщины современном обществе, 2019.  https .// staff . tiiame . uz .
48 Muhimi,   hozirgi   kunga   qadar   bu   markazlar   tomonidan   yuzlab   opa-
singillarimiz   o‘zlarining   tadbirkorligini   yo‘lga   qo‘yib,   katta   yutuqlarga   erishib
kelmoqda.   Komissiyaning   xotinqizlarning   boshqaruv,   biznes   va   tadbirkorlik
sohalaridagi ishtirokini kengaytirish, oilaviy biznes va kasanachilikni rivojlantirish
orqali   ish   bilan   ta minlash   yo‘nalishlaridagi   faoliyati   ham   e tiborga   molikʼ ʼ
hisoblanadi.   Bank   tizimi   tomonidan   ayollar   tadbirkorligini   qo'llab-quvvatlash
bo'yicha   qator   vazifalar   belgilab   olindi.   “Xalq   banki”   tajribasi   asosida   ayollarni
eshitish  va  ularni   tadbirkorlikka  jalb qilish  bo'yicha  “bilim  platformasi”   yaratildi.
Har   bir   bank   “Xalq   banki"   singari   1   nafar   ayol   rais   o'rinbosarini   tayinlashi
muhimligi   belgilandi.   Shuningdek,   har   bir   bank   filialida   ayol   tadbirkorlarning
yaqin hamkori sifatida ishlaydigan ayol menejerlar tayyorlandi. 
Banklar   ayollarga   alohida   yondashuvlar   asosida   xizmatlar   taklif   etiladi.
Misol   uchun,   tadbirkorlik   faoliyatini   yangi   boshlagan   ayol   tadbirkorlarga   bank
xizmatlari   bilan   birga   tadbirkorlik   kurslari   tashkil   etiladi.   Shuningdek,   faoliyatini
boshlaganiga   6   oydan   12   oygacha   bo'lgan   ayol   tadbirkorlarga   300   million
so'mgacha; 2 yilgacha ishlaganiga 1 milliard so'mgacha; 2 yildan ortiq ishlaganiga
3 milliard so'mgacha imtiyozli kreditlar beriladi. Agar boshqa tijorat banklari ham
o'zi   jalb  qilgan   resurslari   orqali   ayollarga   kredit   ajratsa,   14  foizdan  oshgan   qismi
byudjetdan qoplanadi. Umuman, ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash 134
 uchun
qo'shimcha   ravishda   2022-yil   1-iyunga   qadar   300   million   dollar   jalb   qilinadi;
2022-yilda oilaviy tadbirkorlikka 3 trillion so'm imtiyozli kreditlar ajratiladi. 2022-
yil   1-maydan   boshlab   yangi   kichik   biznesni   boshlayotgan   tadbirkor   ayollarga
asbob-uskuna   (masalan,   tikuvchilik,   ip-yigiruv,   qandolat   dastgohlari,   sartaroshlik
uskunalari)   uchun   amaldagi   subsidiya   miqdori   7   million   so'mdan   10   million
so'mga oshiriladi; o'z tomorqasida 35 million so'mgacha imtiyozli kredit ajratiladi;
tomorqasida   tadbirkorlik   qilayotgan   ayollar   o'zini   o'zi   band   qiluvchilar   toifasiga
kiritiladi   hamda   ular   soliq   va   boshqa   imtiyozlardan   foydalanadilar.   Misol   uchun,
davlat idoralarida ishlayotgan rahbar ayollar ulushi 10 foizdan oshmaydi.
134
 Место и роль женщины современном обществе, 2019.
49 2021-yilda   ayollar   tadbirkorligi   dasturlari   doirasida   200   mingdan   ziyod
loyihalarga   2   trillion   so'm   kredit   va   subsidiyalar   ajratilib,   320   ming   xotin-qizlar
doimiy   ish   o'rinlariga   ega   bo'ldi.   Prezidentning   "Mehnat   huquqlari   kafolatlarini
yanada   mustahkamlash   va   ayollarning   tadbirkorlik   faoliyatini   qo'llab-quvvatlash
chora-tadbirlari to'g'risida" gi qaroriga muvofiq amalga oshirildi 135
.
  Shu   o'rinda aytib o'tishimiz mumkinki, Samarqand viloyatida 70 ming 175
nafar   yakka  tartibdagu  tadbirkor  bor.  Ulardan  23 ming  137 nafari  (32.9%)  xotin-
qizlarga to'g'ri keladi. 21ming 105 nafar tadbirkor ayollarga 373mlrd. 32 mln. So'm
kredit mablag'i ajratildi. Ulardan 13737 nafari davlat ro'yxatidan o'tib, 22792 ta ish
o'rinlari yaratildi. 136
Prezident   ma’ruzasida,   xotin-qizlarning  zo'ravonlik   va  tazyiqlardan   himoya
qilish davlat apparatini tashkil etish bo’yicha, o tgan qisqa davrda 2019-yil o'zidaʻ
Komissiya  tomonidan  joylarda  197 ta  zo rlik  ishlatishdan  jabr  ko rgan shaxslarni	
ʻ ʻ
reabilitatsiya   qilish   va   moslashtirish 137
  markazi   tashkil   etilganligi   qayd   etildi.
Bundan avvalroq 2019-yil sentabr oyida “Xotin-qizlarni  tazyiq va zo‘ravonlikdan
himoya   qilish   to‘g‘risida”gi   qonun   e’lon   qilingandi.   Unga   asosan,   “Tazyiq   va
zo‘ravonlikdan   jabrlangan   xotin-qizlarga   himoya   orderini   berish,   ijrosini
ta’minlash   va   monitoring   olib   borish   to‘g‘risida”gi   nizom   tasdiqlandi.   Ta’kidlash
joizki,   himoya   orderi   –   tazyiq   va   zo‘ravonlikdan   jabrlangan   xotin-qizlarga   davlat
himoyasini beruvchi hujjat hisoblanadi. 138
2021-yilda   ishsiz   ayollar   o'rtasida   jinoyatchilik   1,7   baravarga,   18-30
yoshdagi xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar esa 2 baravarga ko'paygan.
Bulardan   tashqari,   oilada   ayollarni   xo'rlash,   ularga   zo'ravonlik   qilish   va
tazyiq   o'tkazish   holatlari   hali   mavjud.   O'tgan   2021-yilda   39   mingga   yaqin   xotin-
qizlar   oilada   eri,   qaynonasi,   kelini   tomonidan   zo'ravonlik   bo'layotgani   haqida
135
 Гендерное равенство и роль женщин в обществе. 
136  
Samarqand shahar hokimiyati " Oila va xotin-qizlar" bo'limi ma'lumotidan 
137  
АЁЛ ВА ТАРАҚҚИЁТ: ЎЗАРО АЛОҚАДОРЛИК, 2021
138  
Og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan xotin-qizlar huquqlari kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
qabul   qilinganligi   munosabati   bilan   O‘zbekiston   Respublikasining   ayrim   qonun   hujjatlariga   qo‘shimcha   va
o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun. 2021-yil 9-dekabr http://lex.uz//docs/-5766205
50 profilaktika   inspektorlariga   murojaat   qilgan 139
.     Ular   orderdan   foydalandi   va   o'z
huquqlarini   himoya   qildi.   Bu,   albatta,   jamiyatimizda   ayollar   orasida   huquqiy
madaniyat yuksalayotganidan, joylarda profilaktika inspektorlari samarali faoliyat
olib borayotganidan dalolat. Navbatdagi vazifa bu mexanizmning yanada samarali
ishlashini   ta’minlash   hisoblanadi.   Bu   raqamlar   2020-yilga   nisbatan   2,5   baravar
ko'p.
O‘zbekistonda   qonunchilik   hujjatlariga   “xotin-qizlarni   ta’qib   etish”
tushunchasi   kiritiladi.   Bu   bo‘yicha   qonun   loyihasi   ishlab   chiqilib,   vazirlik   va
idoralarga kelishish uchun yuborildi. Hozirgi kunda vazirlik va idoralardan mazkur
loyiha   yuzasidan   takliflar   olinmoqda.   Mazkur   hujjat   bilan,   shuningdek,   tazyiq   va
zo‘ravonlikdan   jabrlanuvchiga   davlat   himoyasini   taqdim   etuvchi   order   sud
tomonidan   bir   yil   muddatgacha   berilishini   belgilash   ayolni   o‘z   homilasini   sun’iy
ravishda   tushirishga   majburlaganlik   uchun   javobgarlikn   kuchaytirish;   yaqin
qarindoshi   bo‘lgan   xotin-qizga   qasddan   tan   jarohati   yetkazganlik   uchun
javobgarlikni   kuchaytirish;   shaxs   hayotining   sir   tutiladigan   tomonlarini   aks
ettiruvchi,  sha’ni   va  nomusini   kamsituvchi  ma’lumotlarni  oshkor   qilganlik  uchun
jinoiy javobgarlikni belgilash kabi qator normalarni kiritish ko‘zda tutilmoqda.
Adliya   vazirligi   tomonidan   2021-yilda   “Gender-madad”   elektron   huquqiy
maslahatchi   platformasi   ishlab   chiqildi.   Ushbu   platformaga   xotin-qizlarning
huquqiy   savodxonligini   oshirishga   qaratilgan   turli   mavzularga   oid   ma’lumotlar
bazasi   joylashtirildi.   Mavzular   quyidagilardan   iborat:   Ayollar   huquqiy   himoyasi;
Gender   tenglik;   Ayollarga   imtiyozlar;   Oilaviy   munosabatlar;   Oilaviy   zo'ravonlik;
Xalqaro   tashkilotlar   Gender   tengligiga   erishish   strategiyasi.   Bundan   tashqari,
platforma orqali gender masalalar bo'yicha huquqiy borada maslahatni onlayn chat
orqali olish tizimi yo‘lga qo‘yildi. 140
Xotin-qizlarni   ijtimoiy   himoya   qilish .   Davlat   rahbarining   2021-yil   19-
maydagi “Zo'rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid
139
  Шавкат   Мирзиёев   раислигида   хотин - қизларни   қўллаб - қувватлашга   бағишланган   йиғилишда   аёллар   учун
қандай   енгилликлар   киритилди   —   Review.uz   https://Review.uz/uz/post/shavkat-mirziyoyev-raisligida-xotin-
qizlarni-qollab-quvvatlashga-bagishlangan-yigilishda-ayollar-uchun-qandayengilliklar-kiritildi.
140
https://daryo.uz/2022/07/15/ozbekistonda-qonunchilik-hujjatlariga-xotin-qizlarni-taqib-etish-tushunchasi-
kiritiladi/
51 qo‘shimcha 141
 choratadbirlar to‘g‘risida”gi qarori zo‘ravonlikka uchragan ayollarga
yordam   ko‘rsatish   tizimini   yaratish,   oilaviy-maishiy   zo‘ravonlikning   oldini   olish
va uning salbiy oqibatlariga barham berishga qaratilgan muhim hujjat bo‘ldi. Zero,
shu   qaror   asosida   Mahalla   va   oilani   qo‘llab-quvvatlash   Vazirligi   huzurida   29   ta
Ayollarni   reabilitatsiya   qilish   va   moslashtirish   markazlari   tashkil   etildi.   Shu
vaqtgacha bu markazlar nodavlat notijorat tashkiloti sifatida faoliyat yuritib kelgan
bo‘lsa, endilikda ular Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi. 142
2018 yilda ish o‘rinlarining to‘rtdan bir qismi (26,6 foiz) qishloq xo‘jaligiga
va   eng   norasmiy   iqtisodiyotda   to‘g‘ri   keladi.   Xususiy   sektorda   ishlaydigan
ayollarning 61 foizi va erkaklarning 73 foizi ijtimoiy ta'minot tizimi bilan qamrab
olinmagan. Ish bilan band bo'lgan erkaklarning 50 foizi  va ayollarning 35 foizi 5
nafardan   ortiq   bo‘lmagan   korxonalarda   ishlaydi.   Xodimlar   soni   5   nafardan
oshmaydigan   xususiy   korxonalarda   ishlaydigan   ayollarning   80   foizi   va
erkaklarning   87   foizi   ijtimoiy   ta’minotga   ega   emas. 143
  Mamlakatimizda   har   yili
o'rtacha 700 ming chaqaloq dunyoga kelmoqda. Farzandli bo'lgan ayollar kamida 4
oyga   ishdan   ajralishi,   dekretga   chiqishi   kerak 144
.   Aynan   shu   masalaga   muxtaram
Prezidentimiz   Sh.   Mirziyoyev   videoselektrda   to'xtaldi:   “Ochiq   aytish   kerak,   ayni
paytda   byudjet   tashkilotlari   homiladorlik   nafaqasini   to'liq   to'lab   bersada,   xususiy
sektorda bu xarajat  tufayli  ayollarni  rasmiy ishga olishdan qochish holatlari  ham,
afsuski bor”. 145
  Shu   bois,   2022-yil   1-sentabrdan   xususiy   sektorda   rasmiy   ishlayotgan
ayollarga homiladorlik nafaqasini davlat tomonidan kafolatli to'lab beradigan tizim
yaratilishi  ma'sul  xodimlarga topshirildi. Endi, ularga ham  4 oyga 2 million so'm
141
   https://lex.uz.
142
   Narbayeva Tanzila Kamalovna. Ayollarni har tomonlama himoya qilish jamiyatning muhim vazifasiga aylandi.
Ijtimoiy boshqaruv. 29.01.2022.
143
  Мансур   Омейра.   Женщины   и   сфера   труда   в   Узбекистане.   Муждународная   организация   труда.
Отчет.Россия. 2020. 
144
 Шавкат Мирзиёев раислигида хотин-қизларни қўллаб-қувватлашга бағишланган йиғилишда аёллар учун 
қандай енгилликлар киритилди — Review.uz https://Review.uz/uz/post/shavkat-mirziyoyev-raisligida-xotin-
qizlarni-qollab-quvvatlashga-bagishlangan-yigilishda-ayollar-uchun-qandayengilliklar-kiritildi
145
  Шавкат Мирзиёев раислигида хотин-қизларни қўллаб-қувватлашга бағишланган йиғилишда аёллар учун
қандай   енгилликлар   киритилди   —   Review.uz   https://Review.uz/uz/post/shavkat-mirziyoyev-raisligida-xotin-
qizlarni-qollab-quvvatlashga-bagishlangan-yigilishda-ayollar-uchun-qandayengilliklar-kiritildi
52 miqdorida   bir   martalik   homiladorlik   nafaqasi   to'lab 146
  beriladigan   bo'ldi.   Bu
maqsadlar   uchun,   byudjetdan   2022-yilda   200   milliard   so'm,   2023-yilda   esa   1,7
trillion   so'm   yo'naltirililishi 147
  belgilandi.   2020-yilda   yo'lga   qo'yilgan   “Ayollar
daftari” tizimi doirasida 900 mingga yaqin xotin-qizlarga ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy,
huquqiy   va   psixologik   ko'mak   berildi. 148
  Bundan   tashqari   2021-yilning   o'zida   4
mingdan ziyod xotin-qizlarga uy-joy to'lovining boshlang'ich to'lovi uchun mablag'
ajratildi.
-   ehtiyojmand  yolg'iz   ayollar   farzandlari   uchun   davlat   bog'chalari   to'lovlari
byudjetdan   qoplab   berildi,   yirik   ishlab   chiqarish   korxonalari,   to'qimachilik
klasterlari   va   kechki   smenada   aksariyat   ayollar   ishlaydigan   korxonalar   bog'cha 149
tashkil   qilganda,   ulardagi   -   uy-joyga   muhtoj   14   ming   nafar   ehtiyojmand   xotin-
qizlarga ijara to'lovlari uchun 500 ming so'mgacha kompensatsiya berildi 150
;
- 2022-yilda respublika bo'yicha mingta ijtimoiy uylar sotib olindi;
-   viloyat   hokimlari   ushbu   uylarning   700   tasini   uy-joyga   muhtoj   yolg'iz
ayollarga   ijaraga   beradi,   ushbu   xotin-qizlar   kasb-hunarga   o'rgatildi.   Ayollarning
salomatligini   tiklash   va   ularga   malakali   tibbiy   xizmat   ko'rsatish 151
  belgilandi.
"Ayollar  daftari"  ning  joriy etilishi  bilan  Samarqand  viloyatida  oldingi   3 bosqichda
150   ming   ayollarimizga   manzilli   moddiy   va   ma'naviy   yordamlar   ko'rsatildi.   Joriy
yilda   esa   esa   4-bosqichga   kiritilgan   108   538   nafar   xotin-qizlarning   muammolari
yuzasidan amaliy ishlar boshlab yuborildi.
146
  Шавкат Мирзиёев раислигида хотин-қизларни қўллаб-қувватлашга бағишланган йиғилишда аёллар учун
қандай   енгилликлар   киритилди   —   Review.uz   https://Review.uz/uz/post/shavkat-mirziyoyev-raisligida-xotin-
qizlarni-qollab-quvvatlashga-bagishlangan-yigilishda-ayollar-uchun-qandayengilliklar-kiritildi
147
  Шавкат Мирзиёев раислигида хотин-қизларни қўллаб-қувватлашга бағишланган йиғилишда аёллар учун
қандай   енгилликлар   киритилди   —   Review.uz   https://Review.uz/uz/post/shavkat-mirziyoyev-raisligida-xotin-
qizlarni-qollab-quvvatlashga-bagishlangan-yigilishda-ayollar-uchun-qandayengilliklar-kiritildi.
148
  Защита прав, свобод и интересов человека в международном праве: история, направления, формы.
149
  Шавкат Мирзиёев раислигида хотин-қизларни қўллаб-қувватлашга бағишланган йиғилишда аёллар учун
қандай   енгилликлар   киритилди   —   Review.uz   https://Review.uz/uz/post/shavkat-mirziyoyev-raisligida-xotin-
qizlarni-qollab-quvvatlashga-bagishlangan-yigilishda-ayollar-uchun-qandayengilliklar-kiritildi
150
  Prezident   raisligida   xotin - qizlarni   har   tomonlama   qo ‘ llab - quvvatlashga   bag ’ ishlangan   yig ’ ilishda   qanday
engilliklar   kiritildi .  https :// reviewe . uz .
151
  Шавкат Мирзиёев раислигида хотин-қизларни қўллаб-қувватлашга бағишланган йиғилишда аёллар учун
қандай   енгилликлар   киритилди   —   Review.uz   https://Review.uz/uz/post/shavkat-mirziyoyev-raisligida-xotin-
qizlarni-qollab-quvvatlashga-bagishlangan-yigilishda-ayollar-uchun-qandayengilliklar-kiritildi
53 Xotin-qizlarni   kasbga,   ta'limga   yo'naltirish   bo’yicha ,   "Ta'lim   tizimining
barcha   pog'onalarida   o'qishga   intilgan   xotin-qizlarni   qo'llab   quvvatlaymiz   va
ularga   sharoit   yaratamiz” 152
  deydi   muxtaram   Prezidentimiz   Sh.   Mirziyoyev. 153
O’zbekistonning   yutuqlari   sifatida, mamlakat   99,6 foiz  savodxonlikka  ega  bo’lib,
gender jihatidan hech qanday sezilarli bo’shliqqa ega emas (BRM 4.2.) 154
.
  Biroq ,   akademik   litseylar ,   oliy   o ’ quv   yurtlari   va   ilmiy - tadqiqot
lavozimlarida   ayollar   ulushi   keskin   pasayib   bormoqda   ( BRM 155
  4.3)   2022-2026-
yillarga   mo ' jallangan   Xotin - qizlar   ta ' limini   qo ' llab - quvvatlash   dasturi   qabul   qilindi .
Dastur   doirasida   poytaxtda   asosan   xotin - qizlarni   o ' qitish   uchun   davlat - xususiy
sherikchilik   asosida   to ' qimachilik   sohasida   alohida   universitet   tashkil   etiladi .
Joylarda   uning   texnikumlari   ham   ochiladi 156
.
Quyidagi   jadvalda   oliy   ta ’ limda   xotin - qizlar   ulushi   keltirilgan ;
                                                                                                          4-jadval  157
Oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalarning jinsi bo‘yicha ulushi o‘quv yili boshiga, %
Ko‘rsatkichlar 2010/
2011 2011/
2012 2012/
2013 2013/
2014 2014/
2015 2015/
2016 2016/
2017 2017/
2018 2018/
2019 2019/
2020 2020/
2021 2021/
2022
Jami 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0
  Ayollar 38,5 36,6 36,5 37,3 37,5 38,2 38,2 40,0 44,3 45,9 45,5 45,6
  Erkaklar 61,5 63,4 63,5 62,7 62,5 61,8 61,8 60,0 55,7 54,1 54,5 54,4
  Bakalavriat 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0
  Ayollar 38,6 37,0 36,7 37,3 37,6 38,3 38,3 40,1 44,4 46,1 45,6 45,6
  Erkaklar 61,4 63,0 63,3 62,7 62,4 61,7 61,7 59,9 55,6 53,9 54,4 54,4
  Magistratura 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0
  Ayollar 35,8 30,7 31,3 35,4 36,5 35,5 36,8 38,0 40,5 41,6 42,7 47,0
  Erkaklar 64,2 69,3 68,7 64,6 63,5 64,5 63,2 62,0 59,5 58,4 57,3 53,0
152
  Шавкат Мирзиёев раислигида хотин-қизларни қўллаб-қувватлашга бағишланган йиғилишда аёллар учун
қандай   енгилликлар   киритилди   —   Review.uz   https://Review.uz/uz/post/shavkat-mirziyoyev-raisligida-xotin-
qizlarni-qollab-quvvatlashga-bagishlangan-yigilishda-ayollar-uchun-qandayengilliklar-kiritildi
153
  Prezident   raisligida   xotin - qizlarni   har   tomonlama   qo ‘ llab - quvvatlashga   bag ’ ishlangan   yig ’ ilishda   qanday
engilliklar   kiritildi .  https :// reviewe . uz ..
154
  Nations   Uzbekistan.   BMT   Yangilangan   Umumiy   Mamalakat   Tahlili.   O'zbekiston   BMT   ning   mamalakatdagi
jamoasi. T.: O'zbekiston.2021-y. Mart. 41 b. 
155
  https://uzbekistan.un.org/sites/default/files/2021-05/CCA%C2%A0-%20UZ-may14_2.pdf
156
   Шавкат Мирзиёев раислигида хотин-қизларни қўллаб-қувватлашга бағишланган йиғилишда аёллар учун
қандай   енгилликлар   киритилди   —   Review.uz   https://Review.uz/uz/post/shavkat-mirziyoyev-raisligida-xotin-
qizlarni-qollab-quvvatlashga-bagishlangan-yigilishda-ayollar-uchun-qandayengilliklar-kiritildi.
157
     Gender stat.uz 
54 Shuningdek ,  ayni   paytda   ayollarimiz   ulushi   past   bo ' lgan   aniq   fanlar ,  texnika
va   huquqshunoslik   yo ' nalishidagi   OTMlarda   xotin - qiz   talabalar   ulushi   hozirgi  
24   foizdan   40   foizgacha 158
  yetkazilishi   rejalashtirldi .   Buning   uchun   har   yili   xotin -
qizlarning   talaba   bo ' lishiga   kvotaning   kamida   50   foizi   aniq   fanlar ,   texnika   va
huquqshunoslik   yo ' nalishlari   uchun   maqsadli   ajratiladi .   Yangi   o ' quv   yilidan
boshlab   oliygoh ,   texnikum   va   kollejlarda   o ' qiyotgan   qizlarga   ta ' lim   kontraktlarini
to ' lash   uchun ,  ilk   marotaba , 7  yil   muddatga   foizsiz   kredit   berish   joriy   qilinadi . " Bu
imkoniyat   hali   bizning   tariximizda   umuman   bo ' lmagan ”. 159
  
Oliy   o ' quv   yurtlarida   xotin - qizlar   ulushini   oshirish   hamda   ehtiyojmand   oila
qizlarining   ta ' limni   davom   ettirish   imkoniyatini   tashkil   etish   maqsadida   ularni
" tavsiyanoma "   asosida   o ' qishga   qabul   qilish   tizimi   ham   joriy   etildi .   Naijada
birgina Samarqand   viloyatida   2022- yilda   oliy   ta ' lim   muassasalariga   qo ' shimcha
davlat   granti   asosidagi   qabul   ko ' rsatkichlari   doirasida   ehtiyojmand   oilalardagi  3103
nafar   xotin - qizlarga   oliy   ta ' lim   muassasalariga   kirish   uchun   tavsiyanomalar   berildi .
Viloyatimizda   hozirgi   vaqtda   oliy   ta ' limda   tahsil   olayotgan   xotin - qizlar   orasida  
4   nafar   Prezident   stipendianti ,   21   nafari   nomdor   stipendiantlar ,   14   nafari   viloyat
hokimi   stipendiantlaridir . 160
Ta'lim   tizimida   xotin-qizlar   uchun   yana   bir   qator   keng   imkoniyatlar
yaratildi.   Yangi   o'quv   yilidan   (2022-yil   sentabr   oyidan)   boshlab   magistraturada
o'qiyotgan  qizlarning  kontrakt   pullari   to'liq byudjetdan  qoplab  berildi 161
  (23 ming
nafar   qizlarga   200   milliard   so'm).     Har   yili   50   nafar   qizlar   nufuzli   xorijiy
oliygohlarga   bakalavr   va   10   nafari   magistraturaga 162
  yuborilishi   maqsad   qilib
qo'yildi.     Kam ta'minlangan qizlar  endi  kontrakt pulini to'lolmasligi  uchun ta'lim
158
  Шавкат Мирзиёев раислигида хотин-қизларни қўллаб-қувватлашга бағишланган йиғилишда аёллар учун 
қандай енгилликлар киритилди — Review.uz https://Review.uz/uz/post/shavkat-mirziyoyev-raisligida-xotin-
qizlarni-qollab-quvvatlashga-bagishlangan-yigilishda-ayollar-uchun-qandayengilliklar-kiritildi
159
Prezident   raisligida   xotin-qizlarni   har   tomonlama   qo‘llab-quvvatlashga   bag’ishlangan   yig’ilishda   qanday
engilliklar kiritildi. https://reviewe.uz.
160
  Samarqand viloyati, Samarqand shahar hokimiyati "Oila va xotin-qizlar" bo'limi ma'lumotidan
161
 Шавкат Мирзиёев раислигида хотин-қизларни қўллаб-қувватлашга бағишланган йиғилишда аёллар учун 
қандай енгилликлар киритилди — Review.uz https://Review.uz/uz/post/shavkat-mirziyoyev-raisligida-xotin-
qizlarni-qollab-quvvatlashga-bagishlangan-yigilishda-ayollar-uchun-qandayengilliklar-kiritildi
162
 Шавкат Мирзиёев раислигида хотин-қизларни қўллаб-қувватлашга бағишланган йиғилишда аёллар учун 
қандай енгилликлар киритилди — Review.uz https://Review.uz/uz/post/shavkat-mirziyoyev-raisligida-xotin-
qizlarni-qollab-quvvatlashga-bagishlangan-yigilishda-ayollar-uchun-qandayengilliklar-kiritildi
55 olishda   to'siqqa   uchramasligi   maqsadida   har   bir   viloyatda   ehtiyojmand   oila
vakillari,   ota   yoki   onasini   yo'qotgan   150   nafar   qizlarning   (jami   2,1   ming   nafar)
ta'lim   kontrakti   mahalliy   byudjetdan   to'lab   beriladigan   bo'ldi.   Doktorantura
yo'nalishida   xotin-qizlar   uchun   har   yili   kamida   300   tadan   maqsadli   kvota 163
ajratildi 164
. 
Quyidagi jadvalda tayanch doktoranturada xotin-qizlar ulushi aks ettirilgan;
                                                                                                         5-jadval 165
Tayanch doktoranturada tahsil oluvchilarning jinsi bo yicha soni, qabuli va bitiruvchilari
yil oxiriga, kishi
Ko‘rsatkichlar 2009 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021
Ayollar
Doktorantlar
soni 109 91 74 497 437 356 474 474 584 629 824 1040 1355
Doktoranturaga
qabul
qilinganlar 29 23 28 - 154 165 147 155 341 318 403 470 825
Doktoranturani
bitirganlar 34 28 35 46 156 184 31 132 117 114 115 240 331
Erkaklar
Doktorantlar
soni 136 126 121 752 726 680 915 896 1048 1135 1423 1634 2525
Doktoranturaga
qabul
qilinganlar 47 47 45 - 325 382 307 316 586 588 610 763 1175
Doktoranturani
bitirganlar 43 34 49 73 289 365 20 283 227 194 220 425 543
2022-yil   1-iyundan   boshlab   bu   borada   yangi   tizim   yo'lga   qo'yildi.
Malakalarni baholash markazi prezidentning 2020 yil 31 dekabrdagi PQ-4939-son
qaroriga   ko'ra,   mustaqil   yuridik   shaxs   yoki   yuridik   shaxs   tarkibiy   bo‘linmasi
sifatida tashkil etilgan malakani mustaqil baholash organi hisoblanadi) 166
 
163
 Шавкат Мирзиёев раислигида хотин-қизларни қўллаб-қувватлашга бағишланган йиғилишда аёллар учун 
қандай енгилликлар киритилди — Review.uz https://Review.uz/uz/post/shavkat-mirziyoyev-raisligida-xotin-
qizlarni-qollab-quvvatlashga-bagishlangan-yigilishda-ayollar-uchun-qandayengilliklar-kiritildi
164
 Prezident raisligida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga bag’ishlangan yig’ilishda qanday 
engilliklar kiritildi. https://reviewe.uz.
165
  Gender stat.uz 
166
 "Malakani-baholash-markazlarining-asosiy-vazifasi-belgilanadi" https://m.kun.uz/uz/news/2021/03/10/
56 Har   bir   viloyatdagi   monomarkazlar   va   oliygohlar   qoshida   Malakani
baholash markazlari tashkil etildi.  Ushbu markazlar ayollarni talab yuqori bo'lgan
ishchi kasblarga o'qishini tashkil etadi va keyin ularga malakasini tasdiqlab beradi.
Malakalarni   baholash   markazlarining   asosiy   vazifasi   –   talabgorlar   malakasining
kasb   standartlariga   ko'ra   belgilangan   malaka   talablariga,   tarif-malaka   tavsiflariga
va   talablariga,   shuningdek   xodimga   malaka   talablari   qo‘yilgan   boshqa   normativ
hujjatlarga mosligini holis baholashni tashkil etish va o‘tkazishdan iboratdir  167
 .
Markazlar   orqali   2022-yilda   30   ming   nafar   xotin-qizlarni   talab   yuqori
bo'lgan   ishchi   kasblarga   tayyorlashi   va   ularning   malakasini   tasdiqlab   beradi.   Har
yili maktab va kollejlarni  bitirayotgan 20 ming nafar  qizlarni IT  sohasida  o'qitish
bo'yicha   ham   davlat   buyurtmasi   bo'ldi.   Bu   boradigan   ishlar   2023-yildan   ushbu
tizim chet tillarini o'rganish yo'nalishida ham joriy etiladigan bo'ldi.  168
  
167
  malakani-baholash-markazlarining-asosiy-vazifasi-belgilanadi.https://m.kun.uz/uz/news/2021/03/10/
168
  Prezident   raisligidagi   videoselektor:   xotin-qizlarni   har   tomonlama   qo‘llabquvvatlash,   ularning   jamiyatdagi
mavqeini   yanada   mustahkamlash   bo‘yicha   eng   dolzarb   vazifalarni   belgiladi.   https://t.me/Press_Secretary_Uz
1324/1350 
57 II bob bo'yicha xulosa
  2-bobda o'z navbatida dastlabki  mustaqillik yillarida va Yangi O'zbekiston
bosqichida   amalga   oshirilgan   xotin-qizlar   va   gender   tenglik   masalalari   yuzasidan
olib   borilgan   ishlar   ko'lami   yoritildi.   Mustaqilligimizning   dastlabki   yillarida
ko'plab   ijtimoiy-iqtisodiy,   siyosiy   muammolar   qatori   xotin-qizlarga   oid
muammolar   yuzasidan   muhim   ishlar   amalga   oshirildi.   To'g'ri   bu   qilingan   ishlar
to'laqonli   muammolar   yechimini   topolmadi,   eslatib   o'tishimiz   lozimki,   ushbu
muammolar va qilinajak ishlar hali ham mavjud.
-   Ayollarning   faol   ijtimoiy   qatlamni   tashkil   etishlari,   davlatning   ham
ayollarning   ham   iqtisodiy   barqarorlikka   olib   chiqishlari   yaratilgan   shart-
sharoitlardan   kelib   chiqib   isbotlandi.   Bunda   tadbirkorlik   bilan   shug'ullangan
ayollarning   ijtimoiy   holati   yaxshilandi,   kengaygan   tadbirkorlik   bilan   shug'ullana
boshlagan ayollarning qo'shimcha ishchi o'rnini tashkil etishlari quvonarli bo'ldi. 
- Davlatimiz tomonidan ayollarga tegishli  salomatlik, ta'lim  olish, ish bilan
ta'minlash,   iqtisodiy-ijtimoiy   ko'mak   va   boshqa   masalalar   yechimlari   yuzasidan
chora-tadbirlar   amalga   oshirildi,   kamchiliklar   ham   yuzaga   keldi.     Ayollarning
barcha   ijtimoiy   qatlamlari   to'laligicha   qamrab   olinmadi,   bunga   sabab   esa   gender
tenglikni   joylarda   amalga   oshiruvchi   mahalliy   kengashlar   vakolatlarining
cheklanganligi:   iqtisodiy   hamda   huquqiy   tomonlama   to'laqonli   kuchga   ega
emasligi bilan baholandi 169
. 
-   Ayollarning   kuchli   ijtimoiy   himoyaga   olish   siyosati   amalga   oshirilib,
"Ayollar daftari" (2020-yildan) ishga tushurildi. 
169
 Защита прав, свобод и интересов человека в международном праве: история, направления, формы. 
58 III BOB. O'ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLAR DEMOGRAFIYASI:
KO'RSATKICHLAR VA MUAMMOLAR
3.1 O'zbekistonda xotin-qizlarga oid demografik tahlillar
Hozirgi   kunda   zamonaviy   demokratik   davlatlarning   ijtimoiy-demografik
strategiyalarni   ishlab   chiqish   erkaklar   va   ayollar   uchun   huquq   va   imkoniyatlar
tengligi   tamoyillariga   asoslanadi.   Gender   yo'nalishda   muammolar   doirasining
kengligi har tomonlama tadqiq qilinishi  va hayotning barcha jabhalarida erkak va
ayollarning   haqiqiy   ahvolini   ifodalovchi   ko'rsatkichlarni   majmuaviy   holda
qo'llashni   talab   etadi.   Gender   muammolari   e'tiborga   oluvchi   gender   statistikasi
bo'lishligining   zarurligi   jamiyat   rivojlanishi   strategiyasining   asosiy   yo'nalishlarini
hamda   tegishli   siyosatni   ishlab   chiqish   uchun   holis   baza   yaratilishi   bilan
izohlanadi. 170
 
O'zbekistonda   ayollar   demografiyasi   chuqur   tahlili   o'z   navbatida   gender
statistikasini o'z ichiga qamrab oladi. Ayollarning demografik ko'rsatkichlari yillar
kesimida   qiyosiy   tahlil   o'tkazilgan   holda   natijalarga   erishiladi.   O zbekistonningʻ
mustaqil rivojlanish yo liga o tishi uning demografik tarixida mazmunan yangicha	
ʻ ʻ
bosqichga   o tishni   taqozo   etdi.   Respublikada   bozor   munosabatlarining	
ʻ
shakllanishi,   ijtimoiy-iqtisodiy,   siyosiy   sharoitlarning   o zgarishi   natijasida   yangi	
ʻ
demografik   jarayon   boshlandi:   tug ilish   keskin   kamaydi,   mamlakatdagi   slavyan	
ʻ
xalqlar, yahudiy, mesxeti turk, grek, ukrain, nemis va boshqa xalqlarning ma lum	
ʼ
qismi o z tarixiy yurtlari va xorijiy davlatlarga ko chib ketdi	
ʻ ʻ 171
. 
Eng katta manfiy migratsiya saldosi 1990-yilda kuzatilib, 181,2 ming kishini
tashkil   etdi.   Mazkur   demografik   jarayonlar   O zbekiston   aholisining   o sish	
ʻ ʻ
sur atlarini qisqarishiga olib keldi. Keyingi 15-yil davomida respublika aholisi 4,8	
ʻ
mln.ga ko'paydi, o'sish sur'ati 1,8 foizni, o rtacha yillik mutlaq ko payish soni 400	
ʻ ʻ
ming kishini tashkil qildi. 172
 Gender ma'lumotlari an'anaviy ravishda gender nuqtai
170
 Gender munosabatlari nazariyasi va amaliyotiga kirish T. :2008. 165- b. 
171
 O’zbekiston demografiyasi // http:// uz.vikepediya.org
172
 O zbekiston demografiyasi	
ʻ
59 nazaridan neytral deb hisoblagan boshqa sohalarda emas, balki ijtimoiy sohalarda
aniqlanadi. 173
  
Mustaqilligimizning   dastlabki   o'n   yilligida   O'zbekiston   aholisining   deyarli
yarmini (51%) tashkil etgani holda xotin-qizlar ahvoli, ularning ijtimoiy, iqtisodiy
holatlari,   siyosiy   o'rinlari   aytarli   darajada   yaxshi   bo'lmaganligi   achinarli   ahvol,
lekin doim ham salbiy tomonlarni ko'rish mavjud holatga to'g'ri yondashish ilojini
bermaydi.
Shunday   bo'lsada   ayrim   jabhalarda   ayollarning   foizlarini   ma'lumot   o'rnida,
bugungi   kungi   ma'lumotlariga   qiyos   tahlil   uchun   keltirib   o'tamiz.   Ma'muriy
hodimlar   va   menejerlar   o'rtasida   xotin-qizlar   18%ni   (hozirgi   kunga   kelib   shartli
47%ni)   parlament   deputatlarining   18%dan   kamini   (hozirgi   kunga   kelib
deputatlarning   umumiy   sonining   32%ni,   senatda   25.6%) 174
  ni   tashkil   etadi.
Aqshning   Xalqaro   aloqalar   konsulligi   (The   Council   on   Foreign   Relations:   CFR)
tomonidan   tuziladigan   Xotin-qizlarning   ta'sir   ko'rsatish   indeksi   (Women's   Power
index)   hisobotiga   ko'ra,   O'zbekistonda   davlat   xizmatidagi   ayollar   soni   ozligicha
qolmoqda 175
.   Ya'ni   bu   ko'rsatkich   3%ni   tashkil   etgani   holda,   ma'lumot   o'rnida
Qozog'istonda 10%, Qirg’iziston 11%, Tojikiston 6% ni tashkil etmoqda.
Huddi   shunday   o'rinlarda   xulosa   qiladigan   bo'lsak   ayollarning   jamiyatdagi
mavqeyini oshirish borasida hali ishlar talaygina ekanligini ko'rinib turmoqda. 
Yana   ma'lumot   o'rnida   aytib   o'tishimiz   mumkinki,   hozirgi   kunda
mamlakatda faoliyat olib borayotgan 1206 nafar sudyaning 16 nafari ayol, ya'ni 12
foizni  tashkil  etmoqda. Oliy suddagi  62 nafar  sudyadan  15 nafari  aol  bo'lib, 24.2
foizni   tashkil   etadi.   Shu   sababli,   Oliy   Majlis   Senatining   Xotin-qizlar   va   gender
tenglik   masalalari   qo'mitasi 176
  a'zolari   Sudyalar   Oliy   Kengashi   hamda   Oliy   sud
bilan   hamkorlikda   gender   tenglikni   ta'minlovchi   mexanizmilarni   joriy   etish
bo'yicha   dastur   ishlab   chiqdi.   Unga   ko'ra,   ayol   sudyalarni   tizimli   ravishda
tayyorlash,   ularning   bilim   va   salohiyat   darajasini   oshirish,   tizimda   sudya   xotin-
173
  O’zbekiston demografiyasi // http:// uz.vikepediya.org
174
  O'zbekiston   taraqqiyotida   parlamentdagu   ayollarning   o'rni.   //   https://yuz.uz/news/ozbekiston-
taraqqiyotidaparlamentdagi-ayollarning-orni
175
  Holiqova M., Ishanxanova  G.,  Po'latova  Sh. Gender  tengligi:  g'oyadan  qonunga qadar.  T.;  Akademnashr.2021.
32-b.  
176
 АЁЛ ВА ТАРАҚҚИЁТ: ЎЗАРО АЛОҚАДОРЛИК, 2021 
60 qizlar   sonini   ko'paytirish   yurist   ayollar   orasidan   kadrlar   zaxirasini   shakllantirish
vazifalari belgilandi. 177
 
Bunday tahlillar shuni ko'rsatadiki xotin-qizlarga oid davlat siyosati ko'lami
yaxshilanmoqda,   ammo   hali   ham   yetarli   darajada   emas.   Xotin-qizlar
demografiyasida   ularning   turmush   tarzining   yaxshilanishi   alohida   ahamiyat   kasb
etadi. Shahar joylarda turmush tarzi qishloq sharoitidan bir muncha yengilroqligini
hisobga   olsak   shaharlarning   tobora   rivojlanishi,   qishloq   joylarda   sharoitning
yanada   yaxshilanishi   elektr-energiya,   oqova   gaz   bilan   ta'minlanish,   yangi   zavod-
fabrika,   qishloq   xo'jaligiga   asoslangan   ishlab   chiqarish   korxonalarini,   yakka
tadbirkorlikni   qo'llab   quvvatlash   borasida   ko'plab   ijobiy   ishlar   amalga
oshirilmoqda.   Hozirgi   kunga   kelib   O'zbekistonda   urbanizatsiya     (Urbanizatsiya   -
aholining   ijtimoiy-kasbiy   va   demografik   tuzilishida   ijobiy   o‘zgarishlarga,   uning
turmush   tarzi   hamda   madaniyati   sifat   jihatidan   yangi   darajaga   ko‘tarilishiga
ko‘maklashuvchi   jamiyat   va   iqtisodiyotni   rivojlantirishda   shaharlarning   ro‘lini
oshirish,   shuningdek,   shahar   infratuzilmasini   shakllantirish   jarayoni   hisoblanadi)
rivojlanmoqda,   shahar aholisi – 17 487 ming kishi (50.6%), Qishloq aholisi – 17
071.4 ming kishi (49.4%) tashkil etadi. 178
Hozirgi kunga kelib (2022-yil bo'yicha holat) shahar joylarda har ming ayol
kishiga 996 nafar erkak to'g'ri kelsa (2010-yilda har ming nafar ayolga 1009 nafar
erkak  to'g'ri   kelgan),   qishloq   joylarda   esa   har   ming   nafar   ayolga   976  (2010-yilda
esa bu ko'rsatkich 986 nafarni tashkil etar edi) nafar erkak kishi to'g'ri kelmoqda.
Quyidagi   jadvalda   O'zbekiston   aholisining   umumiy   miqdori,   qishloq   va
shaharlarda ayollar va erkaklarning miqdoriy ko'rsatkichlari keltirilgan:
   6 -jadval   179
177
 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining
75-sessiyasida  so'zlagan  nutqini  o'rganish  va  keng  jamoatchilik o'rtasida  targ'ib  qilish  bo'yicha   O'quv  qo'llanma.  -
T. :. Ma'naviyat. 2021-y.
178
      O'zbekiston   Respublikasida   urbanizatsiya   ko'rsatkichlari:
https://cityeconomy.uz/uz/news/iqtsod-yangiliklari/ozbekiston-respublikasida-urbanizatsiya-holati-viloyatlar-
kesimida
179
  Gender.stat.uz. (oxirgi murojaat 16.05.23)
61 Doimiy aholi soni (ming dona)
Ko‘rsatkichlar 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022
Jami 31 022,5 31 575,3 32 120,5 32 656,7 33 255,5 33 905,2 34 558,9 35 271,3
ayollar 15 470,3 15 736,4 15 999,5 16 258,8 16 544,9 16 859,9 17 180,5 17 527,1
erkaklar 15 552,2 15 838,9 16 121,0 16 397,9 16 710,6 17 045,3 17 378,4 17 744,2
Shahar aholisi 15 748,0 15 963,9 16 250,8 16 532,7 16 806,7 17 144,1 17 510,4 17 935,7
ayollar 7 886,1 7 987,8 8 126,5 8 264,4 8 396,3 8 561,2 8 741,1 8 949,6
erkaklar 7 861,9 7 976,1 8 124,3 8 268,3 8 410,4 8 582,9 8 769,3 8 986,1
Qishloq aholisi 15 274,5 15 611,4 15 869,7 16 124,0 16 448,8 16 761,1 17 048,5 17 335,6
ayollar 7 584,2 7 748,6 7 873,0 7 994,4 8 148,6 8 298,7 8 439,4 8 577,5
erkaklar 7 690,3 7 862,8 7 996,7 8 129,6 8 300,2 8 462,4 8 609,1 8 758,1
Tahlil   qilar   ekanmiz   ayollar   qishloq   joylarda   ko'pchilikni   tashkil   etadi.
Ayollar daftariga hozirgi kunga kelib 644849 nafar xotin-qizlarga 6 toifa bo yicha,ʻ
ijtimoiy   himoyaga   muhtoj   hamda   ishsiz   xotin-qizlarga   ko rsatilgan   moddiy-tibbiy	
ʻ
yordam berilib kelinmoqda. 180
 Qishloq joylarda ro'yxatga olingan ayollarga yengil
konstruksiyali   issiqxonalar   o‘rnatish;   parranda,   asalari,   quyon,   baliq   va   bedana
boqishni   yo‘lga   qo‘yish;   dehqonchilik   bilan   shug‘ullanish,   qishloq   xo‘jaligi
mahsulotlarini   yetishtirish,   qayta   ishlash,   saqlash   va   sotish   ishlarida   har
tomonlama   ko‘maklashish;   “Tomorqa   xizmati”   tashkilotlari   va   “Dala
do‘konlari”ni   tashkil   etish 181
  bo'yicha   kerakli   ko'maklar   amalga   oshirilmoqda.
Ishlash   va   ish   topish   maslaari   bo'yicha   duch   kelinayotgan   muammolar   sabab
birgina   2022   yilgi   ma’lumotga   ko'ra   568   492   nafar   o‘zbek   ayoli   oilasini   boqish
ilinjida   chet   davlatlarda   ishlamoqda.   Bu   ko'rsatkich   anchayin   yuqori.   O'z
navbatida chet elda ishlayotgan ayollarning oila va bolalarining ahvoli, ularning
tarbiyasi masalalari ochiq qolmoqda. Shu masala yuzasidan bandlikni ta'minlash,
ishchi   o'rinlar   yaratish   buning   uchun   tadbirkorlikni   rivojlantirish   ayni   kungi
yechimi izlanayotgan maslalardan biridir. 
2000-yillar orasida 2017 yilgacha ayollarda umr ko'rish yoshi 73.2 dan 76.1
yoshga   ko'tarildi.   Bu   korsatkich   2019   yilga   kelib,   sezilarli   o'sdi   va   77   yoshni
180
 https://yuz.uz/uz/news/ayollar-daftaridagi-xotin-qizlarga-korsatilgan-yordamlar-haqida-malumot-berildi
181
  ‘Ozbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   qarori,   "Xotin-qizlar   muammolarini   o'rganish   va   hal   etish
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 31.03.2022 yildagi 145-son
62 tashkil  qildi. Erkaklarda esa 2010, 2017, 2019-yillarda 68.4 dan 71.3ga, 71.3 dan
72.3 ga ko'tarildi. 182
 
Tug'ish   yoshidagi   ayollarning   salomatligi,   tug'ruq   oldi   ayollarning
salomatligi,   umumiy   reproduktiv   holatlari   yuzasidan   demografik   holat   shuni
ko'rsatadiki,   tugish   ayollar   reproduktiv   salomatligi   bo'yicha   O'zbekiston
Respublikasi   Prezidentining   qarori   qabul   qilindi.   Qarorga   binoan   O‘zbekiston
Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   huzurida   Aholining   reproduktiv   salomatligini
mustahkamlash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish kengashi tuzilishi,
kengashning asosiy vazifasi  etib,   onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish
tizimi   muassasalari   faoliyatini   chuqur   tahlil   qilish,   ushbu   yo‘nalishda   tegishli
vazirlik   va   idoralarning   ishini   muvofiqlashtirish,   onalar   va   bolalar   kasallanishi
hamda   o‘limini   kamaytirish   bo‘yicha   ta’sirchan   mexanizmlarni   o‘z   ichiga   olgan
chora-tadbirlar   ishlab   chiqilishi   va   amalga   oshirilishini   ta’minlash   183
  etib
belgilandi. 
Onalar   o'limi   koeffitsienti   100000   tirik   tug’ilgan   chaqaloqqa   nisbatan   21,6
(2010)   dan   19,3   (2018)   gacha   rasmiy   statistik   ma’lumotlarga   ko’ra   pasaygan.
Xuddi shunday, go’daklar o’limi (1 yoshgacha / 1000 tirik tug’ilganga) shu davrda
31,6 dan 10,3 gacha kamaydi (BRM 184
  3.2) fertel yoshdagi ayollar har mingtasiga
1.1 ayol 2021-yil hisobiga ko'ra bola oldirish amaliyotini qildirgan, bu ko'rsatkich
2018   yilda   bir   muncha   kup   ya'ni   2.6   nafarni   tashkil   etgan 185
.   Ayollar   o'rtasida
bunday amaliyot   o'tkazish  sabablari  o'rganilib,  asosan  bola  rivojlanmay  qolish  va
aynan   qiz   bola   jinsi   bo'lganligi   sababli   bola   oldirish   amaliyoti   o'tkazilyotganligi
aniqlandi. 
Xotin-qizlarning   ish   bilan   bandlik   ko'rsatkichlarining   ijobiy   tarafga
o'zgaryotgani   yaxshi,   ammo   hamma   yechim   ham   ularning   ish   bilan   bandligida
emas, balki qanday sharoitda ishlayotganligidadir. Qurilish sohasida ayollar sharoit
182
 Женщины и сфера труда в Узбекистане На пути к гендерному равенству и достойному труду для всех  c .2
183
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 08.11.2019 yildagi PQ-4513-son
184
  https://uzbekistan.un.org/sites/default/files/2021-05/CCA%C2%A0-%20UZ-may14_2.pdf
185
  Birl а shgan   Millatlar   T а shkiloti   yangilangan   umumiy   maml а kat   tahlili :   O ‘ zbekiston   BMTning   mamlakatdagi
j а moasi . - Toshkent ,  O ‘ zbekiston   m а rt  2021- y .41- b .
63 darajasi mehnat qilib bo'lmas sharoitlarda ishlayotgan xotin-qizlar ko'rsatkichlarini
birga tahlil qilsak: 
Sanitariya-gigiena   me’yorlariga   javob   bermaydigan   sharoitda   ishlaganlar
2013-yilda   9.4%   ni   tashkil   etgan   bo'lsa,   hozirda   2022-yil   boshiga   kelib   8,1%   ni
tashkilqilmoqda, oraliq yillarda 2017, 2019-yillarda 10% ni tashkil etib, 2020-yilda
yuqori ko'rsatkich 11, 9% ni tashkil etgan. 2013-yilga nisbatan 10 yil muddat o'tdi,
ammo ahvol yaxshilanish o'rniga foiz ko'rsatkichlar yuqorilab bormoqda, noqulay
mehnat sharoitida band bo'lgan. 186
YaTHV   (yakka   tartibdagi   himoya   vositalari)   bilan   ta’minlangan   xodimalar
xotin-qizlarimiz orasida mavjud. Ko'rsatkichlarga qaraydigan bo'lsak, 2013-yildan
2018-yilgacha   bu   ko'rsatkich   0%   ni   tashkil   etgani   holda,   2019-yilda   14,7%   ni,
2020-yilda 17, 8 %ni, 2021-yilda 10,9%ni, 2022-yilda 6,7% ni tashkil etdi. 187
Xulosa   qilib   ko'rsak,   shuncha   xotin-qizlarga   ajratilinadigan   e'tibor,
qaratilayotgan   siyosat   narijasida   ham   shunday   sharoitlarda   ayollar   ishlab
kelishmoqda.   Mehnatda   band   bo'lgan   ayollar   mehnat   sharoitining   yaxshilanishi,
qo'shimcha   ishchi   o'rinlar   yaratilishi   lozim.   Tadbirkorlikni   rivojlantirish,   uydan
chiqmagan holda uy kasanachiligi, qishloqlarda uy tomorqasi tizimini, asalarichilik
shu   kabi   mehnat   jarayonlariga   yaqindan   yordam   berilishini   yanada   izchil   yo'lga
qo'yish lozim. 
186
  Gender.stat.uz. (oxirgi murojaat 16.05.23)
187
  Gender.stat.uz. (oxirgi murojaat 16.05.23)
64 3.2. O’zbekistonda xotin-qizlarga oid muammolar va yechimlar
2018-yilda   O'zbekiston   rivojlanishi   yuqori   bo'lgan   davlatlar   guruhiga   kirib,
Inson   taraqqiyoti   indeksida   189   davlat   ichida   108-o'rinni   egalladi.   Gender
tengsizlik   indeksi   bo'yicha   esa   612   davlat   ichidan   64-o'rinni 188
  egallagan   bo'lsa,
Global   miqyosda,   O’zbekiston   ayollar   huquqlari   bo’yicha 189
  past   o’rinni   egallab
turibdi.   Masalan,   National   Geographic-ning   Ayollar,   tinchlik   va   xavfsizlik
ko’rsatkichi   (National   Geographic’s   Women,   Peace   and   Security   Index)
reytingida 190
 O’zbekiston 167 mamlakat ichida 89-o’rinda turadi.  2022-yilda BMT
Taraqqiyot   Dasturining   Inson   taraqqiyoti   to’g’risidagi   hisobotida   O’zbekiston
Gender rivojlanish indeksida ham, Gender tengsizlik indeksida ham 189 mamlakat
ichida 106-o’rinni egalladi. 191
  
Gender   munosabatlar   davlatimiz   siyosatida   aksini   topib   boshlagan   davr,
2019-yilda   hali   gender   tenglikda   aytarli   ishlar   amalga   oshirilmadi,   bu   borada
Respublika   xotin-qizlar   qo'mitasi   raisi   T.   Narbayeva   shunday   degan   edilar:
"Dastlab   xotin-qizlarga   oid   davlat   Vakillik   organlari   hamda   parlament
deputatligiga   nomzod   ko rsatish   jarayonida   xotin-qizlar   uchun   belgilangan   30ʻ
foizlik kvota qamrab olinmayapti. Bugungi kunda vakillik organlari va parlament
deputatlari   orasidagi   xotin-qizlar   ulushi   15   foizni   ham   tashkil   etmaydi.   Sababi
ko rsatilayotgan   nomzodlarni   tayyorlash   borasida   tizimli   ish   olib   borilmayapti,	
ʻ
ayniqsa,  rahbarlik lavozimlariga xotin-qizlardan nomzod so ralsa,  topib ham  bera	
ʻ
olmayapmiz. 192
  Aynan   mana   shu   masala   malakali   ayol   kadrlar,   rahbar   kadrlarni   tayyorlab
berish   amaliyoti   ham   xotin   qizlar   masalasida   eng   og'riqli   nuqtalardan   biri   bo'lib
qolmoqda. Hamon gender tenglik haqida gapirar ekanmiz, milliy mintalitetimizdan
kelib chiqadigan muammolar talayginadir. 
188
  Мансур   Омейра.   Женщины   и   сфера   труда   в   Узбекистане.   Муждународная   организация   труда.
Отчет.Россия. 2020.  c .2
189
 https://uzbekistan.un.org/sites/default/files/2021-05/CCA%C2%A0-%20UZ-may14_2.pdf
190
  https://uzbekistan.un.org/sites/default/files/2021-05/CCA%C2%A0-%20UZ-may14_2.pdf.
191
 https :// uzbekistan . un . org / sites / default / files /2021-05/ CCA % C 2% A 0-%20 UZ - may 14_2. pdf .
192
  O'zgarishlar   natijasi   xotin-qizlar   hayotida   aks   etypatimi.   Respublika   xotin-qizlar   qo'mitasi   raisi   T.   Narbayeva
bilan suhbat. Xalq   so ' zi . 2019- y . 15- fevral . 
65 2020   yil   fevral   oyida   islohotlar   davom   etdi,   O'zbekiston   Respublikasi
Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi. Shu bilan birga, ilmiy-
tadqiqot   markazlarining  o'zgarishi   kuzatilmoqda,   xususan,   hozirda   "oila"   markazi
va   "Mahalla"   ilmiy-tadqiqot   markazi   negizida   "Mahalla   va   oila"   ilmiy-tadqiqot
instituti   tashkil   etilib,   vazirlik   tuzilmasiga   o'tkazildi.   Yangi   Vazirlik   faoliyatining
muhim yo'nalishi ayollarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlashdir: ayollarning huquqlari va
qonuniy   manfaatlarini   himoya   qilish,   ularning   mamlakat   ijtimoiy-siyosiy
hayotidagi o'rni va faolligini oshirish va boshqalar. 
Gender   kun   tartibini   ilgari   surish   bo'yicha   faol   choralarga   qaramay,   davlat
siyosatida   dilemmalar   va   ba'zi   qarama-qarshiliklar   mavjud.   Birinchidan,   gender
tengligi   masalalari   uchun   javobgar   bo'lgan   har   bir   tuzilmaning   aniq   tartibga
solinishi   va   vazifalari   hali   ham   aniq   emas.   Ikkinchidan,   yaqinda   muhokama
qilingan   ayollar   agentligini   tashkil   etish   taklifini   inobatga   olgan   holda,   savol
tug'iladi.   Agar   biz   Mahalla   va   oilani   qo'llab-quvvatlash   vazirligi   haqida
gapiradigan bo'lsak, unda qanday qilib "mahalla" patriarxal tamoyillar va an'anaviy
turmush   tarzini   olib   boruvchi   sifatida   ayollarning   zamonaviy   huquqlarini   ilgari
surishi mumkin? 193
 
Huddi   shunday   yaxshilab   o'ylab   qaralsa,   faqatgina   to'g'ri   yondashuvgina
gender   tenglikni   jamiyatga   tadbiq   qilishning   yagona   yo'lidir.   To'g'ri,   qonunlar
qabul   qilish,   qo'mita-tashkilotlar   tuzish   bularning   barchasi   o'z   yo'lida   gender
tenglikni   mustahkamlovchi   apparat   hisoblanadi,   ammo   gender   tenglikning
mustahkamligini   saqlashdan   oldin   unga  erishish   kerak.   Jamiyatda   odamlar   fikrini
o'zgartirish   kerak.   Ayollarning   o'z   huqqularini   bilishlari,   o'qish,   yaxshi   joylarda
ishlash,   oila   va   jamiyatda   to'laqonli   yashashi   uchun   harakat   qilishi   hech   qanday
fojea emasligini har bir erkak kishi anglab yetishi kerak, xoh u erkak rahbar odam
bo'lsin, xoh u bir oila boshlig'i, turmush o'rtoq bo'lsin. 
Yuqoridagi   muammolar   masalasi   yuzasidan   Vazirlar   Mahkamasining
31.03.2022   yildagi   “Xotin-qizlar   muammolarini   o rganish   va   hal   etish   tiziminiʻ
193
 Женщина, а не личность? Как меняються вопросы гендерного равенства в Узбекистане.
66 yanada   takomillashtirish   chora-tadbirlari   to g risida”giʻ ʻ 194
  145-son   qarori   qabul
qilindi. 195
Hozirgi   davr   o'z   navbatida   texnalogiyalar,   raqamli   dunyo   hisoblanadi.
Raqamli   texnalogiyalar   vazirligi   ma’lumotiga   ko‘ra,   O‘zbekistonda   xotin-
qizlarning 87 foizi internetdan foydalanadi, 23 foizida onlayn bo‘lish imkoni yo‘q. 
BMTning   baholashicha,   ayollarda   internetda   onlayn   bo‘lish   imkoni
yetarlicha   bo‘lmagani   sabab   2025   yilgacha   past   va   o‘rta   daromadli   mamlakatlar
o‘z   YaIMlarining   1,5   trln   dollarini   yo‘qotishlari   mumkin. 196
  Bunday
ko'rsatkichning o'zi  achinarli. Huddi shu joyda gender tenglik muammosi  nafaqat
ijtimoiy   muammo,   balki   o'nglab   bo'lmas   iqtisodiy   muammo   ekanligi   ham   yaqqol
ko'rinib   turibdi.   Quyida   xotin-qizlarga   oid   asosiy   ijtimoiy   muammolar   haqida
ma'lumot keltiramiz: 
Xotin-qizlarga   nisbatan   uchrayotgan   zo'ravonlik   holatlari   ayniqsa   eng
og'riqli   holat   hisoblanadi.   Umuman   olganda   zo'ravonlik   nima?,   u   qanday   ta'rifga
ega.   BMT   Bosh   Assambleyasining   1993-yilda   qabul   qilingan   Xotin-qizlarga
nisbatan   zo'ravonlikka   barham   berish   to'g'risida   deklaratsiyasida   ko'rib
chiqilayotgan atamaga quyidagicha ta'riflar beriladi:
1-modda:   Ushbu   Deklaratsiyaga   muvofiq   "xotin-qizlarga   nisbatan
zo'ravonlik"   atamasi   ayollarga   nisbatan   jismoniy   jinsiy   yoki   psixologik   ziyon
yetkazishi,   unga   azob   berishi   mumkin   bo'lgan   gender   xususiyatiga   ko'ra   sodir
qilingan   har   qanday   zo'ravonlik   tushuniladi 197
.   Bunga:   shunday   harakatlarni   sodir
qilish tahdidi, shilqimlik yoki ixtiyoriy ravishda ijtimoiy yoki shaxsiy hayotda uni
erkidab mahrum qilish kiradi 198
 .
Xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonlikning oilada uchrashi uzoq vaqtlar ijtimoiy
nohush hodisa sifatidagina baholanib kelingan. Doimiy jismoniy yoki ruhiy bosim
ostida   yashayotgan   ayollarga   nisbatan   mintalitetimizga   binoan   "sabr"   degan   so'z
bilan baholanish mutlaqo xato. Chunki jinsidan qat'iy nazar barcha erkin yashash,
194
 АЁЛ ВА ТАРАҚҚИЁТ: ЎЗАРО АЛОҚАДОРЛИК, 2021 
195
 https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/
196
  https :// kun . uz / uz /98227587
197
 Защита прав, свобод и интересов человека в международном праве: история, направления, формы. 
198
 Gender munosabatlari nazariyasi va amaliyotiga kirish - T.:2007.315-b 
67 to'laqonli hayot kechirish huquqiga ega. Dunyo miqyosida ham bu muammo yillar
davomida   globalligicha   qolmoqda.   Masalan   BMT   hisobotiga   ko’ra,   qonunlari
ilg’or   bo’lmish   Yevropa   mamlakatlarida   2009   yilda   o’tkazilgan   so’rov   jinsiy
tajovuzda ayblanganlarning 14 foizigina sudlanib, jazoga tortilganini ko’rsatgan 199
.
Shunisi achinarliki hozirgi vaqtga kelib dunyoning 49 mamlakatida oilalarda xotin-
qizlarga   nisbatan   zo'rlik   ishlatish,   ularning   jamiyatda   turli   zo'ravonliklariga
uchrash   holatlari,   oilaviy   zo'ravonlikni   ta'qiqilovchi   qonunlar   hattoki   mavjud
emas 200
.
2020   yilda   O’zbekistonda   birinchi   marta   Mahalla   va   Oilani   Qo’llab-
Quvvatlash   Vazirligi,   Sog’liqni   Saqlash   Vazirligi,   Ichki   ishlar   Vazirligi   va
Respublika   Reabilitatsiya   markazi   vakillaridan   iborat   BMTAF   (UNFPA)   va
Senatdagi Gender Komissiyasi bilan hamkorlikda ekspert guruhi tuzildi 201
. Eksport
guruh  oilaviy  zo’ravonlikdan  omon  qolganlarning  ehtiyojlarini   xavfsiz  va  maxfiy
usulda   qondirish   va   ularga   javob   berish   uchun   muvofiqlashtirilgan   javob
mexanizmini sinovdan o’tkazdi  (ya’ni  “Gender  asosida zo’ravonlikka qarshi  ko’p
tarmoqli javob berishning standart amaliyoti”). 2020 yilda jami 14,774 ta ta’qib va
zo’ravonlik   qurbonlari   himoya   buyruqlari   bilan   ta’minlandi.   Shuningdek,   Ichki
ishlar   vazirligining   ishonch   telefoniga   ayollarga   nisbatan   zo’ravonlik   va   ta’qiblar
bilan   bog’liq   masalalar   bo’yicha   ma’lumot   olish   uchun   2746   ta   qo’ng’iroqlar
amalga oshirildi. 202
 
  Keyingi   o'rindagi   muammo   erta   turmush   qurish   holatlarining   xotin-qizlar
hayotida   muammolarning   keltirib   chiqarishi:   Xotin-qizlarga   nisbatan   zo'ravonlik
va   tengsizlik   holatlari:   turmush   qurish   masalasidagi   teng   huquqiylik,   ya'ni   yosh
bo'yicha   yoki   tanlash   huquqi,   xohish-istaklarning   inobatga   olinmasligi     hozirgi
kunda asli muammo hisoblanmoqda. 
Bu   muammo   dunyo   miqyosida   ham   ko'rib   chiqilgan,   unig   oldini   olsih
choralari   yuzasidan   qonunlar   qabul   qilingan:   "Inson   huquqlari   va   asosiy
199
Мансур   Омейра.   Женщины   и   сфера   труда   в   Узбекистане.   Муждународная   организация   труда.
Отчет.Россия. 2020.   c .2
200
  Xo ' jayev   A .   O'zbekiston   va   Maelrkaziy   Osiyo :   mintaqada   gender   tenglikni   ta ' minlashda   hamkorlikning   o ' rni
muhim //  Yangi   O ' zbekiston : 29- dekabr .  254-son. 5-b. 
201
  https://uzbekistan.un.org/sites/default/files/2021-05/CCA%C2%A0-%20UZ-may14_2.pdf
202
  https://uzbekistan.un.org/sites/default/files/2021-05/CCA%C2%A0-%20UZ-may14_2.pdf
68 erkinliklarini himoya qilish to'g'risida"gi Yevropa Konvensiyasining 12-moddasida
nikohlanish huquqi mustahkamlanib qo'yilgan:  "Nikoh yoshiga yetgan erkaklar va
ayollar   nikohlanish   huquqini   amalga   oshirishni   tartibga   soluvchi   milliy   qonun
xujjatlariga muvofiq nikohlanish va oila qurish huquqiga egadir". Huddi shunday
nikohlanish   borasidagi   teng   huquqliylikka   asoslangan   qonun   1990-yilda   qabul
qilingan   Islomda   inson   huquqlari   to'g'risidagi   Qohira   deklaratsiyasi   da   ham
mustahkamlandi:   "Oila   jamiyatning   asosi   hisoblanadi   va   u   nikoh   natijasida
vujudga   keladi.   Erkaklar   va   ayollar   nikohlanish   huquqiga   egadir,   irqiy   belgisi,
terisining rangi yoki millatiga ko'ra hech qanday chekolovlar ularga bu huquqdan
foydalanishlariga   to'sqinlik   qila   olmaydi"   (5-a   moddasida)   ham   yaqqol   ko'zga
tashlanadi. 203
Mustaqilligimizning dastlabki yillariga qaraydigan bo'lsak O'zbekiston 1995-
yilda   BMT   ning   "Ayollarga   nisbatan   kamsitishning   barcha   shakllariga   barham
berish   to‘g‘risida"   gi   konvensiya   CEDAWni   ratifikatsiya   qilgani   holda,   ushbu
konvensiya ijrosi o'laroq, konvensiyaga 2001, 2005, 2008, 2011-yillarda 4 ta milliy
ma'ruzasini taqdim etgan va bu ma'rzalar CEDAW tomonidan to'liq e'tirof etildi 204
 .
Yillar   davomida   Xotin-qizlar   qo'mitasi   ayollar   hayotida   ro'y   berayotgan
zo'ravonlik, kamsitilish jarayonlari bilan kurashib kelmoqda. 
Xotin-qizlarga   nisbatan,   oilada   qizlaning   erta   turmushga   berilishi   hozirgi
kunda   gender   tenglikning   amalda   notengliginii   keltirib   chiqarayotgan   masaladir.
Xulosa qilib olsak, erta turmushga chiqayotgan qiz bola hali oliy ta'limi yuq hatto
kasbiy   tayyorgarliksiz   holatda   bo'ladi,   bundan   kelib   chiqadigan   bo'lsak   hech
qanday   iqtisodiy   erkin   bo'lish   imkoniyati   yuq,   aynan   iqtisodiy   qaramlikka   tushib
qolish   oqibatida   statistik,   satsiologik   tadqiqotlarga   ko'ra   ko'proq   ayollar   gender
zo'ravonliklardan aziyat chekishmoqda. 205
 
Ta’kidlanishicha,   erta   nikoh   holatlari   respublikaning   barcha   hududlarida
tarqalmagan,   asosan   Urgut,   Samarqand,   Pastdarg'om,   Kattaqo'rg'on,   Denov,
203
  O'zbekiston Respublikasi  oila va mehnat kodekslarining gender ekspertizasi. T.:2008. 13-b. 
204
 O'MA. M-170-fond. 1-ro'yxat. 12-jild. 29-varaq
205
 O'zbekiston Respublikasi  oila va mehnat kodekslarining gender ekspertizasi. T.:2008. 13-b. 
69 Shahrixon   tumanlari   hamda   Namangan,   Samarqand   va   Andijon   shaharlarida   ko'p
qayd etilgan. 206
 
Yuqorida   keltirilgan   hududlar   aksariyati   Samarqand   viloyatidaligi   achinarli
holat.   Bu   erta   nikohlar   qayt   etilishining   sabablarini   bilish   borasida   2021   yilning
fevral oyida Urgut, Samarqand tumanlari va Samarqand shahrida kelinlar o'rtasida
sotsiologik tadqiqot o'tkazilgan. 
Unga ko'ra, erta nikohning sabablari — ota-onalar (70 foiz), sevgi-muhabbat
(26 foiz), erta homila (3,4 foiz), diniy qarashlar  (1,5 foiz) kabi  omillar  bo'lgan. 207
Ota-ona tomonidan bu holatga ishtirok asosiy qismni tashkil etmoqda. Ota-onlarga
nisbatan   farazandini   erta   turmushga   berishi   yuzasidan   ma'muriy   jazoga   tortilishi
borasida qonunchiligimizda masala ko'rib chiqilmoqda. Qonunchiligimizda esa bu
masala   yuzasidan   2030   yilgacha   bo'lgan   davrda   barqaror   rivojlanish   sohasidagi
milliy   maqsad   va   vazifalarning   5-maqsadi   Gender   tenglikni   ta’minlash   va   barcha
xotin-qizlarning  huquq   va   imkoniyatlarini   kengaytirish   doirasida   3-vazifa   sifatida
"Erta nikohlar va zo'rlab nikohlashni tugatish" vazifasi belgilangan. 208
Davlat statistika qo'mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda 88 ta erta nikoh
holati qayd etilib, 2019 yilga nisbatan ko‘rsatkich 97 foizga kamaygan. 209
Buning   asosiy   sabablaridan   biri   2019   yil   1   sentyabrdan   erkaklar   va   ayollar
uchun nikoh yoshi tenglashtirilgani ya'ni 18 yosh, istisno holatlar yuzasidan tuman,
shahar   xokimi   tomonidan   nikoh   yoshini   1   yilga   kamaytirishga   ruxsat   berilgan
nikohlar qayd etilganligi bilan izohlash mumkin. 
Erta   turmush   ijtimoiy,   iqtisodiy,   tibbiy   ko'ngilsizliklar   keltirib   chiqarishi
bilan   ta'riflanadi.   Ijtioiy   kesimda   ota-onalar   va   farzand   o'rtasida   munosabatning
yomonlashishi   22.9   foizni,   tibbiy   kesimida   38.2   foizo'smir   qizlarning   sog'lig'i
yomonlasishi,   25.2   foizni   iqtisodiy   qiyinchiliklarga   olib   kelgan.     Erta   turmush
natijasida   erta   tug'ruq   holatlari   ko'payadi,   erta   tug'ruq   o'z   navbatida   ayolning
sog'lig'iga   ta'sir   etmay   qolmaydi.   Yuqorida   keltirilib   o'tilganidek   erta   turmush
206
 www.gazeta.uz
207
  "Mahalla   va   oila"   ilmiy   tadqiqot   instituti   direktor   o'rinbosari   Hamid   Abdurahmonov   AOKAda   bergan
hisobotidan.  O'zbekiston yangiliklari. Gazeta .uz
208
  OILA   HIMOYASIGA   OID   IXTISOSLASHGAN   DAVLAT   HOKIMIYATI   ORGANLARI   VA   NODAVLAT
TASHKILOTLAR.
209
 Stat.uz. 
70 qurish   foizining   pasaygani,   erta   tug'ruqda   ham   kamayishga,   2020-yilda   1044   ta
qayt   etilib,   bu   ko'rsatkich   2019-yilga   nisbatan   12.7   foizga   kamaygan.   Hududlar
kesimida   erta   tug‘ruqlarning   43,1   foizi   Samarqand   va   Qashqadaryo   viloyatlari
ulushiga to‘g‘ri keladi.  210
 
Erta   turmush   natijasida   qizlarda   ta'limni   davom   ettirish   imkoniyati   ham
turlicha   kechadi.   Aynan   shu   masalada   ham   "Mahalla   va   oila"   tadqiqot   instituti
sotsiologik   tadqiqotlari   natijasida   tadqiqotda   qatnashganlarning   37,6   foizi
o‘qishlarini   davom   ettirganligini   ta’kidlagan.   17,1   foizi   davom   ettirishni   o‘zlari
xohlamagan,   25,6   foiziga   turmush   o‘rtoqlari   ruxsat   bermagan,   13,3   foizining
o‘qishlariga esa qaynona-qaynotalari ruxsat bermagan 211
. Bunday ko'rsatkichlar o'z
navbatida o'qishini tamomlay olmagan kelajakda balki bir yetuk kadrning yetishib
chiqmasligiga   sabab   bo'lmoqda.   Balki   shuning   uchun   hamdir   xotin-qizlar   orasida
olima ayollar, tadqiqotchilar  kam. YUNESKO ma'lumotlariga ko'ra ayollar  butun
dunyo   tadqiqotchilarining   33,3   foizini   tashkil   qiladi,   Nobel   mukofatlarining   4
foizdan kamrog'i ayollarga berilgan. 212
Xotin   qizlar   mehnatiga   erkaklarnikiga   qaraganda   kam   haq   to'lanadi
(masalan,   1998-yilda   xotin-qizlarning   o'rtacha   maoshi   erkaklar   ish   haqining   80%
dan   kamini   tashkil   etadi),   ishlovchi   xotin-qizlar   ish   haqi   shaklidagi   oilaviy
daromadlarni tasarruf etish huquqiga har doim ham ega emas, shuningdek, oilaviy
daromadlarni qanday sarflashni belgilash huquqiga ega emas. 213
  Qanday kam ish haqi to'lanadi? degan savol tug'ulishi tabiiy holat, bu holat
ayollarning band qilib turgan ish o'rinlari kam haq to'lnadigan ijtimoiy soha, ta'lim
va xizmat ko'rsatish sohalari bilangina cheklanib qolayotganligi bilan izohlanadi.
  Erkaklar   va   ayollarning   o'rtacha   oylik   ish   haqi   o'rtasidagi   erkaklarning
o'rtacha   oylik   ish   haqiga   nisbatan   farqning   ulushi   36,2%   ni   tashkil   qiladi.   Bu
ko'rsatkich   shunchaki   ayolning   ish   haqi   erkaklarnikidan   uchdan   bir   qismga
210
  "Mahalla   va   oila"   ilmiy   tadqiqot   instituti   direktor   o'rinbosari   Hamid   Abdurahmonov   AOKAda   bergan
hisobotidan.  O'zbekiston yangiliklari. Gazeta .uz
211
"Mahalla   va   oila"   ilmiy   tadqiqot   instituti   direktor   o'rinbosari   Hamid   Abdurahmonov   AOKAda   bergan
hisobotidan.  O'zbekiston yangiliklari. Gazeta .uz
212
 L'Oréal-UNESCO For Women in Science // https://www.forwomeninscience.com/
213
 Gender munosabatlari nazariyasi va amaliyotiga kirish 16-bet 
71 kamligini   anglatadi.   Qaror   qabul   qilish   va   mas'uliyat   darajasi   yuqori   bo'lgan
nufuzli   kasb   va   lavozimdagi   ayollar   uchun   arzonligi   O'zbekistonda   vertikal
segregatsiya mavjudligini ko'rsatadi. 214
2018 yilda ayollarning ishchi kuchida qatnashish darajasi erkaklar uchun 78
foizga  nisbatan 53,4 foizni  tashkil  etdi. Shuningdek, ishchi  kuchidagi  ayollarning
atigi   44   foizi   erkaklarning   69   foiziga   nisbatan   ish   bilan   ta’minlangan.   Ushbu
tendensiyalar   mehnat   bozorlari   jinsga   moyil   ekanligi   va   mehnatning   gender
stereotipli   bo’linmalariga   amal   qilishini   aks   ettiradi.   Bundan   tashqari,   ayollar
ko’pincha   ijtimoiy   sohalarda   ishlaydilar,   ularning   ish   haqi   erkaklar   rasmiy
sektoridagi ish haqidan 50-60 foizga pastroq (BRM 215
 5.4).  216
Mavjud   holat   yuzasidan   tadqiqot   o'tkazilib   ko'rilganda,   tadqiqot   davomida
500  ta   o‘zini-o‘zi   boshqarish   organlari,  5   mingta   uy   xo‘jaliklari   hamda   26,5  ming
nafar   fuqarolar   qamrab   olingan.   (2021-yil   sentabr   oyi)   natijalariga   ko‘ra   ishga
muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1,4 million kishini, ishsizlik darajasi  iqtisodiy
faol aholi orasida 9,4 foizni tashkil etmoqda. 16—30 yoshgacha bo‘lganlar orasida
ishsizlik   darajasi   —   14,9   foiz,   ayollar   orasida   ishsizlik   darajasi   esa   12,8   foiz
bo‘lgan 217
.  
Aynan   ishsizlik   natijasida   ayollar   o'rtasida   jinoyatchilik,   o'z   joniga
ilojsizlikdan   qasd   qilish   holatlari   respublikamiz   ayrim   viloyatlarida   ortib   ketgan.
2000-yilga   kelib   ayollar   tomonidan   amalga   oshiriligan   jinoiy   ishlar   Samarqand
viloyatida   1999-yilga   nisbatan   162taga,   Namangan   viloyatida   68   taga   ortgan.
Quyidagi   jadvalda   respublikamizda   viloyatlar   kesimida   ayollar   tomonidan   sodir
etilgan jinoyatlar yillar ketma-ketligida aks ettirilgandir:
                                                                                                                  
  7-jadval 218
214
  Женщина, а не личность? Как меняються вопросы гендерного равенства в Узбекистане.
215
  https://uzbekistan.un.org/sites/default/files/2021-05/CCA%C2%A0-%20UZ-may14_2.pdf
216
  BIRLASHGAN   MILLATLAR   TASHKILOTI   YANGILANGAN   UMUMIY   MAMLAKAT   TAHLILI   :
O ‘ ZBEKISTON   BMTning   MAMLAKATDAGI   JAMOASI   TOSHKENT ,   O ‘ ZBEKISTON   Mart  2021- y .41- b .
217
 https://review.uz/uz
218
 Gender.stat.uz ( so'nggi murajaat 10.05.2023)
72 Hududlar kesimida jami jinoyat sodir etgan ayollar ulushi, % 100.0 kishiga 
Hududlar 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022
Qoraqalpog'iston
Respublikasi 3,3 2,8 4,4 4,2 4,0 3,7 4,0 3,2 2,6 2,6 3,6 3,2 3,5
Andijon viloyati 9,4 8,8 8,3 8,2 8,6 8,8 9,3 8,5 8,5 9,2 8,5 8,9 8,9
Buxoro viloyati 4,1 4,1 4,3 4,7 4,3 4,5 5,2 5,9 5,5 5,8 5,4 5,1 4,8
Jizzax viloyati 2,8 2,8 2,3 2,5 2,6 2,5 2,7 2,4 2,9 4,0 3,7 3,0 2,9
Qashqadaryo
viloyati 4,7 5,3 4,6 5,4 7,2 5,7 6,3 5,6 4,7 5,9 5,7 5,4 6,2
Navoiy viloyati 2,3 2,4 2,1 2,1 2,2 2,2 2,5 4,1 4,3 4,1 3,4 2,5 3,3
Namangan 
viloyati 5,8 5,7 5,7 7,6 6,6 6,9 6,7 6,6 7,3 6,2 7,8 8,5 9,4
Samarqand 
viloyati 7,1 7,3 6,7 6,8 7,1 7,2 7,5 9,4 10,9 8,1 8,7 7,6 6,3
Surxondaryo
viloyati 3,2 3,4 3,7 3,6 3,8 4,1 4,0 3,6 4,2 5,0 4,7 4,1 5,2
Sirdaryo viloyati 5,0 5,4 3,8 4,2 4,3 4,0 3,6 3,0 2,1 3,0 2,3 2,3 2,1
Toshkent viloyati 11,4 12,0 13,4 13,8 13,8 12,8 12,5 12,3 12,3 12,7 11,0 10,5 10,5
Farg‘ona viloyati 12,6 12,5 14,3 12,8 14,0 16,1 14,2 14,3 11,6 11,6 18,5 21,1 15,9
Xorazm viloyati 2,9 2,6 4,1 2,8 2,8 2,9 2,7 2,9 3,1 3,4 3,2 2,9 2,4
Toshkent shahri 22,6 20,8 18,7 16,6 14,5 14,4 14,6 14,0 12,7 14,7 12,2 14,1 16,3
TJXTB 2,7 4,0 3,6 4,7 4,3 4,3 4,3 4,2 7,5 3,6 1,1 0,9 2,3
Jinoyat   sodir   etishdan   ham   og'irroq   holatlar,   o'z   jlniga   qasd   qilish   ham
ayollar   orasida   kuzatilmoqda.   O'z   joniga   qasd   qilish   kabi   noxush   vaziyatlar
Qoraqalpog'iston Respublikasida 73 tadan 144 taga, Farg‘ona viloyatida 106 tadan
120 taga, Surxondaryo viloyatida 65 tadan 78 tagacha ko'paygan 219
.
Bu   raqamlarda   aks   etayotgan   ko ' rsatkichlar   sabablarini   o ' rganib   chiqmay
turib ,   bu   jarayonlarning   oldini   olish   mumkin   emas .   Natijalar   juda   ham   achinarli ,
ayol   kishi   nozik   hilqat   vakilalaring   bunday   jinoyat   ishlari   bilan   ayblanishi ,   jazoga
tortilishining   o ' zi   bir   mudhish   vaziyat   hisoblanadi .   Xotin - qizlarga   qaratilgan
siyosatda   qanchalik   bong   urib   vazifalarni   vakolatli   organlarga   yuklamaylik ,
219
 O'zbekiston milliy arxivi: O'MA, M-170, 1-ro'yxat, 12-yig'ma jild, 370-varaq
73 ularning   hayotga   tadbiq   qilinishi   yaxshi   yo ' lga   qo ' yilmas   ekan     yuqoridagi   holatlar
yechimi   topilmaydi .
Xotin - qizlar   o ’ rtasida   huquqbuzarliklarning   barvaqt   oldini   olish   hamda
oilalarda   sog ’ lom   turmush   tarzini   qaror   toptirish   borasida   bir   qator   ishlar   amalga
oshirildi : –  ijtimoiy   ko ’ makka   muhtoj   ayollarning  6 324  nafari   ishga   joylashtirildi ,
1   315   nafariga   tibbiy   yordam   ko ’ rsatilib ,   6   029   nafariga   moddiy   va   ijtimoiy
yordam   ko ’ rsatishda   ko ’ maklashildi   va   345   nafar   zo ’ rlik   ishlatishdan 220
  jabr
ko ’ rgan   shaxslar   reabilitatsiya   qilish   markazlariga   joylashtirildi ;   –   tazyiq   va
zo ’ ravonlikdan   jabrlangan   49   774   nafar   xotin - qizlarga   “ himoya   orderi ”   berilishi
natijasida   25   239   ta   oilalar   yarashtirilib ,   20   887   ta   nizolar   bartarafetildi ;   –   og ’ ir
ijtimoiy   ahvolda   qolgan ,   shu   jumladan   oilaviy   muammolar   vaturmushida
zo ’ ravonlik   ishlatilishiga   duch   kelgan  402  nafar   xotin - qizlar   Ayollarnireabilitatsiya
qilish   va   moslashtirish   markazlariga   joylashtirildi ;   –   ijtimoiy   muammolari   hal
etilishi   natijasida   sog ’ lom   turmush   tarziga   o ’ tgan   30 720   nafar ,   shu   jumladan   827
nafar   voyaga   etmagan   qizlar ,   5   716   nafar   yosh   (18-30   yosh )   xotin - qizlar ,   1   078
nafar   ilgari   sudlangan   ayollar   ichki   ishlar   organlari   hisobidan   chiqarildi ;   –   og ’ ir
vaziyatga   tushib   qolgan   xotin - qizlarga   tezkorlik   bilan   zaruriy   yordam   ko ’ rsatish
uchun   tizimda   ( Huquqbuzarliklar   profilaktikasi   xizmati   tarkibida ,   2022   yil   10
yanvardan )   qisqa   “1259”   va   “1286”   raqamli   “ Ishonch   markazi ”   tashkil   etilib ,
markazga   qo ’ ng ’ iroq   qilgan  12 767  nafar   ayollarga   psixologik   va   huquqiy   yordam
ko ’ rsatildi . 221
 
Yuqorida   bir   necha   marotaba   ta ' kidlaganimizdek ,   keyingi   uch   yilda
mamlakatimizda   xotin - qizlarning   huquq   manfaatlari   himoyasiga   qaratilgan   qariyb
20   ta   normativ - huquqiy   hujjat ,   jumladan :   2   ta   qonun ;   Prezidentizmizning   4   ta
farmoni ,   1 ta   qarori ;   Vazirlar   Mahkamasining   13   ta   qarori   qabul   qilindi .   Pirovard
natijada   bugungi   kunda :   16   nafar   ayol   Ichki   Ishlar   vazirligi   tizimida   rahbarlik ,   6
nafar   ayol   hokimlik ,   1   nafari   elchi   lavazimini   egalladi .   Bundan   tashqari ,   1500
220
 АЁЛ ВА ТАРАҚҚИЁТ: ЎЗАРО АЛОҚАДОРЛИК, 2021 
221
  O'zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   Senatining   yalpi   majlisiga   2022-yil   yakuni   bo'yicha   O’zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va  ularning profilaktikasi holati to’g’risidagi
Axboroti. 8-b. 
74 nafarga   yaqin   xotin - qizlar   turli   darajadagi   rahbarlik   lavozimda   faoliyat
yuritmoqda 222
222
 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida so'zlagan nutqini o'rganish
va keng jamoatchilik o'rtasida targ'ib qilish bo'yicha O'quv qo'llanma. -T.: " Ma'naviyat". 2021-y. 64-b. 
75 III   bob   bo ' yicha   xulosa
-   Ayollarning   demografik   ko ' rsatkichalari   yurtimiz   ahalolisining   yarmini
tashkil   etgani   holda ,   faolliklari   anchayin   past   ko ' rsatkichlarda   qolmoqda .   Ularning
mehnat   bozorida   ishtirokining   pastligi,   ilmiy   ma'lumotining   cheklanganligi   bilan
izohlandi.  
-  Ayollarning umumiy holati yuzasidan yagona statistik baza "gender.stat.uz"( PQ
4235 sonli farmon. 2019-y. 7-mart.) veb-saytiga jami 140 dan ziyod gender statistikasiga
oid ko'rsatkichlar 3 tilda, 5 xil formatda joylashtirilib kelinmoqda.  
- Xotin-qizlarning oliy ta'limda statistik ko'rsatkichlari sirtqi va kechki ta'lim
yo'nalishining tiklanishi sababli o'sdi.      
-   Demografik   ko'rsatkichlarga   ko'ra   ayollarning   soni   qishloq   joylarda
erkaklarga   nisbatan   ko'pchilikni   ko'rsatar   ekan,   qishloqlarda,   tumanlarda   ko'proq
ishchi   o'rinlar   tashkil   etish,   ta'limga   bo'lgan   ehtiyojni   qoplash   choralari   ko'rilish
kerakligi xulosa qilanadi. 
- Xotin-qizlar muammolari yuzasidan, ularni joylarda hal etish mexanizmlari
ishlab chiqildi. 
- Xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonlikning har qanday turi yuzasidan choralar
qonunlashtirildi. 
- Erta turmush qurish holatlari aynan viloyatlar kesimida ko'rib chiqilganda,
Samarqand   viloyatida   asosan   qayt   etilayotganligi   hududda,   oilalarda   mavjud
ijtimoiy muhitning sog'lom emasligini bildirdi. 
-   Erta   turmush   oqibatida   ta'limning   tugallanmay   qoldirilishi,   natijada
kadrlarning xotin-qizlar orasidan olima ayollarning kamligi sabibi hisoblandi.
-   Oilalarda   tarbiyalanayotgan   farzandlarning   dunyo   qarashining   sustligi,
ularni tarbiyalayotgan onalarning oliy ta'limga ega emasligi hamda oilada otaning
onaga nisbatan munosabati o'laroq belgilanadj 
Ayollar  tomonidan jinoyat  sodir  etilishining o'z  bir  falokat, ular  bir  qo'g'on
asoschilar, asosda shunday kamchilikning kuzatilishi, qo'rg'on a'zolarida, butun bir
jamiyat   uchun   halokatli   vaziyatdir.   Fikrimizcha   avvalambor   oilalardagi   mavjud
76 muammolar, oilalardagi mavjud fikrlar mintatalitetimiz yuzasidan gender tenglikka
moslashib borilishi lozim.
XULOSA
Hozirgi   global   o'zgarishlar   davrida   yashar   ekanmiz,   davlatimiz   o'z   ijtimoiy
va   iqtisodiy,   siyosiy   holati   yuzasidan   dunyoning   rivojlangan   davlatlari   qatorida
bo'lmog'i  lozim. Bunday yuksak natijaga erishishimiz uchun davlatimizda muhim
o'zgarishlar   amalga   oshirilmoqda.   Gender   tenglik   masalasi   siyosat   darjasiga   ko't
Jamiyatni   siyosiy,   ijtimoiy   va   iqtisodiy   modernizatsiya   qilish   bo'yicha   kelng
ko'lamli chora tadbirlar natijasida yangi O'zbekiston shakllanmoqda 223
. 
"Biz   uchun   gender   tenglik   siyosati   ustuvor   masalaga   aylandi.   Xotin-
qizlarning davlat boshqaruvidagi o'rni tobora kuchaymoqda" 224
  deya fikr bildirgan
muxtaram   Prezidentimiz   Sh.   Mirziyoyev   gender   tenglik   masalasi   yuzasidan   juda
katta   ishlar   amalga   oshirilishining   rahnamosi   bo'lmoqda.   Bundan   tashqari
O'zbekistonda xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab quvvatlash ishlari faol amalga
oshirilmoqda.   Jumladan   O'zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.   Mirziyoyevning
2021-yil         22-fevral   kuni   BMT   Inson   huquqlari   bo‘yicha   kengashining   46-
sesiyasidagi nutqida: "... biz gender siyosati masalalari borasida mamlakatimizning
ijtimoiy-siyosiy   hayotida   va   ishbilarmonlik   sohasida   ayollarnig   rolini   tubdan
oshirishga   qaratilgan   ishlarni   qat'iy   davomm   ettiramiz"   fikrimiz   isbotini   topdi.
Natijalar   ulkan:     O'zbekistonda   AQSHning   Jorjtaun   hamda   Norvegiyaning   Oslo
Tinchlik tadqiqotlari institutlari tomonidan tuzilgan- Ayollar, tinchlik va havfsizlik
indeksi   ||(Women,   Pease   and   Security   Index   .2021-2022)da   1000   ballik   tizimda
2020-yil   167   ta   davlatlar   orasida   710-ball   bilan     89-o'rinni,   2021-yilda   170   ta
davlat orasida 74-o'rinni egalladi. 
Dissertatsiyaning 1-bobi bo’yicha quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
- Gender tenglik masalasi dolzarbligi, butun dunyo bo'yicha global muammo
sifatida   har   bir   zamonda   o'z   ahamiyatini   saqlab   qolganligi   hamda,   har   bir   davlat
223
 Гендерное равенство и роль женщин в обществе. 
224
 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh..Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining
75-sessiyasidagi nutqi. "Xalq so'zi" 2020-yil. 24-sentabr 
77 rivojlangan   davlat   qatorida   bo'lishni   xohlasa,   gender   masalasini   ijobiy   hal   etish
lozimligi tarixiy faktlar orqali isbotlangan
-   Mustaqilligimizning   dastlabki   yillarida   aynan   "gender   tenglik"   deb
nomlanmasada,   xotin-qizlar   huquqlari,   ularning   ijtimoiy-iqtisodiy   va   siyosiy
faolligi, havfsizligi  bo'yicha qonun hujjatlari qabul qilindi, dunyo tan olgan inson
huquqlari,   aynan   xotin-qizlarga   qaratilgan   huquqiy   normalar   to'liq   ratifikatsiya
qilindi, qonunlar qabul qilinishda ushbu normalar asos qilib olindi. 
-   Mustaqilligimizning   ilk   yillaridanoq   xotin-qizlarni   jtimoiy   birlashtirgan
NNT larning o'rni nihoyatda beqiyosligi tarixan yillar orasida o'z isbotini topdi. 
-   Qonunchiligimizda   ilk   bora   gender   tenglik,   erkaklar   va   ayollar   teng
huquqiyligi to'grsida qonun qabul qilindi
-   Yangi   O'zbekiston   shakklanar   ekan   ilk   bora   "gender"   atamasiga   qonunan
tus berildi. Bu qonun gender masalalarini to'liq o'z ichiga qamrab oldi.
-   Qonuniy   huquqlarni   amalga   oshirishning   institutsional   mexanizmlari 225
shakllantirildi:   Yangi   tashkil   etilgan   Mahalla   va   oila   ishlari   vazirligi   bilan
birlashtirilgan   O’zbekiston   xotin-qizlar   qo’mitasi,   O’zbekiston   Respublikasining
gender tenglik bo’yicha komissiyasi (2019 yilda tashkil etilgan) Senatning ayollar
va   gender   masalalari   qo’mitasi,   Qonunchilik   palatasi   huzuridagi   ayollar   va   oila
masalalari bo’yicha komissiya.
Dissertatsiyaning 2-bobi bo’yicha xulosa:                                                       
- 2-bobda o'z navbatida dastlabki mustaqillik yillarida va Yangi O'zbekiston
bosqichida   amalga   oshirilgan   xotin-qizlar   va   gender   tenglik   masalalari   yuzasidan
olib borilgan ishlar ko'lami yoritildi. 
-   Mustaqilligimizning   dastlabki   yillarida   ko'plab   ijtimoiy-iqtisodiy,   siyosiy
muammolar qatori xotin-qizlarga oid muammolar yuzasidan muhim ishlar amalga
oshirildi.   To'g'ri   bu   qilingan   ishlar   to'laqonli   muammolar   yechimini   topolmadi,
eslatib o'tishimiz lozimki, ushbu muammolar va qilinajak ishlar hali ham mavjud.
-   Ayollarning   faol   ijtimoiy   qatlamni   tashkil   etishlari,   davlatning   ham
ayollarning   ham   iqtisodiy   barqarorlikka   olib   chiqishlari   yaratilgan   shart-
225
  https://uzbekistan.un.org/sites/default/files/2021-05/CCA%C2%A0-%20UZ-may14_2.pdf
78 sharoitlardan   kelib   chiqib   isbotlandi.   Bunda   tadbirkorlik   bilan   shug'ullangan
ayollarning   ijtimoiy   holati   yaxshilandi,   kengaygan   tadbirkorlik   bilan   shug'ullana
boshlagan ayollarning qo'shimcha ishchi o'rnini tashkil etishlari quvonarli bo'ldi. 
-  Davlatimiz  tomonidan  ayollarga tegishli  salomatlik,  ta'lim   olish,  ish bilan
ta'minlash,   iqtisodiy-ijtimoiy   ko'mak   va   boshqa   masalalar   yechimlari   yuzasidan
chora-tadbirlar   amalga   oshirildi,   kamchiliklar   ham   yuzaga   keldi.     Ayollarning
barcha   ijtimoiy   qatlamlari   to'laligicha   qamrab   olinmadi,   bunga   sabab   esa   gender
tenglikni   joylarda   amalga   oshiruvchi   mahalliy   kengashlar   vakolatlarining
cheklanganligi:   iqtisodiy   hamda   huquqiy   tomonlama   to'laqonli   kuchga   ega
emasligi bilan baholandi 226
. 
-   Ayollarning   kuchli   ijtimoiy   himoyaga   olish   siyosati   amalga   oshirilib,
"Ayollar daftari" (2020-yildan) ishga tushurildi. 
Dissertatsiyaning 3-bobi bo’yicha quydagicha xulosa qilish mumkin:
-   Ayollarning   demografik   ko'rsatkichalari   yurtimiz   ahalolisining   yarmini
tashkil etgani holda, faolliklari anchayin past ko'rsatkichlarda qolmoqda. Ularning
mehnat   bozorida   ishtirokining   pastligi,   ilmiy   ma'lumotining   cheklanganligi   bilan
izohlandi. 
-   Ayollarning   umumiy   holati   yuzasidan   yagona   statistik   baza
"gender.stat.uz" (PQ 4235 sonli farmon. 2019-y. 7-mart.) veb-saytiga jami 140 dan
ziyod   gender   statistikasiga   oid   ko'rsatkichlar   3   tilda,   5   xil   formatda   joylashtirilib
kelinmoqda. 
- Xotin-qizlarning oliy ta'limda statistik ko'rsatkichlari sirtqi va kechki ta'lim
yo'nalishining tiklanishi sababli o'sdi.      
-   Demografik   ko'rsatkichlarga   ko'ra   ayollarning   soni   qishloq   joylarda
erkaklarga   nisbatan   ko'pchilikni   ko'rsatar   ekan,   qishloqlarda,   tumanlarda   ko'proq
ishchi   o'rinlar   tashkil   etish,   ta'limga   bo'lgan   ehtiyojni   qoplash   choralari   ko'rilish
kerakligi xulosa qilanadi. 
- Xotin-qizlar muammolari yuzasidan, ularni joylarda hal etish mexanizmlari
ishlab chiqildi. 
226
 Защита прав, свобод и интересов человека в международном праве: история, направления, формы. 
79 - Xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonlikning har qanday turi yuzasidan choralar
qonunlashtirildi. 
- Erta turmush qurish holatlari aynan viloyatlar kesimida ko'rib chiqilganda,
Samarqand   viloyatida   asosan   qayt   etilayotganligi   hududda,   oilalarda   mavjud
ijtimoiy muhitning sog'lom emasligini bildirdi. 
-   Erta   turmush   oqibatida   ta'limning   tugallanmay   qoldirilishi,   natijada
kadrlarning xotin-qizlar orasidan olima ayollarning kamligi sabibi hisoblandi.
-   Oilalarda   tarbiyalanayotgan   farzandlarning   dunyo   qarashining   sustligi,
ularni tarbiyalayotgan onalarning oliy ta'limga ega emasligi hamda oilada otaning
onaga nisbatan munosabati o'laroq belgilanadi.
Ayollar  tomonidan jinoyat  sodir  etilishining o'z  bir  falokat, ular  bir  qo'g'on
asoschilar, asosda shunday kamchilikning kuzatilishi, qo'rg'on a'zolarida, butun bir
jamiyat   uchun   halokatli   vaziyatdir.   Fikrimizcha   avvalambor   oilalardagi   mavjud
muammolar, oilalardagi mavjud fikrlar mintatalitetimiz yuzasidan gender tenglikka
moslashib borilishi lozim. 
80 FOYDAL А NILGAN AD А BIYOTLAR RO’YX А TI.
1.Rahb а riy ad а biyotlar
1.     Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   Ш.Мирзиёевнинг   БМТ   Бош
Ассамблеясининг 75-сессиядаги нутқидан.2020 йил.23 сентябрь
  2. Каримов И.А. Узбекистан по пути углубления экономических реформ. Т.,
1995.
                                         2.  Arxiv   ma ' lumotlari
1.   O ' zbekiston   Milliy   Arxivi .   M -   170   O ' zbekiston   Respublikasi   Xotin - qizlar
qo ' mitasi . 
3.   Huquqiy - me ' yoriy   hujjatlar   va   metodalogik   ahamiyatga   ega   bo ' lgan
nashrlar  
1.Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. 1-modda. 
2.O'zbekiston   Respublikasi   Qonuni:   "Xotin-qizlar   va   erkaklar   uchun   teng   huquq
hamda   imkoniyatlar   kafolatlari   to g risida"   O'RQ   562-son.   02.09.2019.ʻ ʻ
https://lex.uz/docs/-4494849
3. O ’ zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi   18   va   46-moddalari   T. :   O'zbekisto
NMIU 2018.
4.O'zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   farmoni,   "Xotin-qizlqrni   qo'llab-
quvvatlash   va   oila   institutini   mustahkamlash   sohasidagi   faoliyatni   tubdan
takomillashtirish   chora-tadbirlari   to'g'risida"gi   02.02.2018   yil   P.F   5325-son
https://lex.uz/docs/3546742
5.O'zbekiston   Respublikasi   Qarori   "Xotin-qizlarning   mehnat   huquqlarining
kafolatlarini   yana-da   kuchaytirish   va   tadbirkorlik   faoliyatini   qo'llab-quvvatlashga
oid   chora-tadbirlar   to‘g‘risida"gi   PQ   4235   sonli.   07.03   2019.   https://lex.uz/docs/-
4230944
6.   O'zbekiston   Respublikasi   Qonuni   "Xotin-qizlar   va   erkaklar   uchun   teng   huquq
hamda   imkoniyatlar   kafolatlari   to'g'risida"gi   O'RQ   562-son.   02.09.2019
https://lex.uz/docs/4494709
7.O'zbekiston   Respublikasining   Qonuni   02.09.2019-yipdagi   O'RQ   561-son   xotin-
qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida 
81 8.O'zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   Senatining   qarori   2030-yilga   qadar
O'zbekiston   Respublikasida   gender   tenglikka   erishish   strategiyasini   tasdiqlasj
haqida 28.05.2021-y. SQ 297- IV-son https://lex.uz/uz/docs/-5466673
9. Ўзбеки c тон   Республикаси   Олий   Мажлиси   Сенати   Кенгашининг   Қарори :
" Хотин - қизларнинг   жамиятдаги   ролини   ошириш ,   гендер   тенглик   ва   оила
масалалари   бўйича   республика   комиссиясини   ташкил   этиш   тўғрисида "
https://lex.uz/en/docs/-5949556
10.   O'zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   Farmoni   "Oila   va   xotin-qizlarni
tizimli   qo'llab-quvvatlashga   doir   ishlarni   yanada   jadallashtirish   chora-tadbirlari
to‘g‘risida"07.03.22. PF 87-son. https://lex.uz/uz/docs/-5899498
                                         4. Ilmiy adabiyotlar
1.   O’zbekiston Respublikasi  Oila va Mehnat kodekslarining gender ekspertizasi. -
Toshkent, 2008. 
2. Gender munosabatlari nazariyasi va amaliyotiga kirish T. 2007.
3.   О.Жамолдинова,   М.Мирсолиева,   К.Рисқулова.   Педагогиктаълимда   гендер
ёндашуви   масалалари//   Мактабгача   таълимда   давлат   ва   нодавлат   секторни
ривожлантириш:   янги   шакллари   ва   таълим   мазмуни   мавзусидаги   халқаро
илмий-амалий анжуман материаллари 
4.Mo'minov   A.R.   Tillaboyev   M.A   Inson   huquqlari.   Ayollar   huquqlari   va
erkinligini xalqaro huquqiy himoya qilish. T.: Adolat. 2013. 
5.Gender   munosabatlari   nazariyasi   va   amaliyotiga   kirish.   Musatqillik   sharoitida
O'zbekistonning gender muammolari. F .  Ahmedshina .   Toshkent . 2007- y . 409- b . 
6.Обзор   действующего   законодательства   Республики   Узбекистан.   Т,   1999,
10- b
  7.Янгиланаётган   Ўзбекистонда   хотин-қизларнинг   илм-фан   тараққиётидаги
роли   ва   гендер   тенглиги   мавзусида   I-халқаро   илмий-амалий   анжуман
[Тошкент; 2021] 194-б. 
8.Holiqova M., Ishanxanova G., Po'latova Sh. Gender tengligi : g'oyadan qonunga
qadar. T .;  Akademnashr .2021. 
82 9 Мансур  Омейра. Женщины  и сфера труда в  Узбекистане.  Муждународная
организация труда. Отчет.Россия. 2020. 
5.  Maqolalar
1.   Aziza   Rixsivoevna   Sultonova   Yangi   O ' zbekistonda   ayollar   huquqlarini   himoya
qilish   bo ʻ yicha   xalqaro   harakatning   tarixiy   taraqqiyoti .   Volume   3   |   NUU
Conference 2 | 2022 ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari.
2. O'zgarishlar natijasi xotin-qizlar hayotida aks etypatimi. Respublika xotin-qizlar
qo'mitasi raisi T. Narbayeva bilan suhbat. Xalq so'zi. 2019-y. 15-fevral. 
3.   Xo'jayev   A.   O'zbekiston   va   Maelrkaziy   Osiyo:   mintaqada   gender   tenglikni
ta'minlashda hamkorlikning o'rni muhim// Yangi O'zbekiston
4.   Faxriddinova   Nargiza   Shamsiddinovna   Yangilanayotgan   o’zbekistonda   gender
tenglikning   huquqiy   asoslari”   Proceedings   of   International   Conference   on
Scientific   Research   in   Natural   and   Social   Sciences   Hosted   online   from   Toronto.
Canada. Date:5th November, 2022.
6. Hisobot va tahliliy ma'ruza materaillari
1.O'zbekiston   Respublikasi   Mehnat   va   aholini   ijtimoiy   muhofaza   qilish   vazirligi:
Tahliliy   ma'ruza.   Bandlikning   samarali   siyosati:   Ayollarning   mehnat   qilish
imkoniyatlarini   amalga   oshirish.   O'zbekiston   Respublikasi   Mehnat   va   aholini
ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi. T .:  O ' zbekiston .
2.   Доклад   о   положении   женщин   в   Республике   Узбекистан.   Т,   1999,
Региональная программа "Гендер и развитие" RBEC/UNDP, проект UNOPS,
3. Узбекистан Гендерная оценка по стране Гендер и Развитие Центральная и
Западная Азия .2014. ASIANDEVELOPMENTBANK.
4. Мансур Омейра. Женщины и сфера труда в Узбекистане. Муждународная
организация труда. Отчет.Россия. 2020. 
5. Nations   Uzbekistan .  BMT   Yangilangan   Umumiy   Mamalakat   Tahlili .  O ' zbekiston
BMT   ning   mamalakatdagi   jamoasi .  T.: O'zbekiston.2021-y. Mart. 41 b. 
   7.  Davriy matbuot materiallari 
1. "Xalq so'zi" (2015-2022)
2."Yangi O'zbekiston" (2020-2022)
83 8.Internet axborot resurs bazasi ma'lumotlari  
1.https://xs.uz/uz/post/ozbekiston-respublikasi-gender-tenglikni-taminlash-
masalalari-bo'yicha komissiyasi-oz-faoliyatini-sarhisob-qildi
2.   https://uzreport.news/society/gender-tenglikni-ta-minlash   masalalari   -bo-yicha-
komissiyaning-yig-ilishi-bo-lib-o-tdi
3. http://parliament.gov.uz/uz/events/other/31641/
4.https://pravacheloveka.uz/oz/news/qonun-hujjatlarini-tayyorlashda-gender-
masalalarini-hisobga-olish-xalqaro-talab-va andozalar
5.https://kun.uz/news/2020/05/01/davlat-organlarida-maslahat-kengashlari-tuziladi
6.https://t.me/Press_Secretary_Uz.   Prezident   raisligidagi   videoselektor:   xotin-
qizlarni   har   tomonlama   qo'llabquvvatlash,   ularning   jamiyatdagi   mavqeini   yanada
mustahkamlash bo‘yicha eng dolzarb vazifalarni belgilandi.
7.Malakani-baholash-markazlarining-asosiy-vazifasi-belgilanadi".
https://m.kun.uz/uz/news/2021/03/10/
8. https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_demografiyasi
9. O'zbekiston taraqqiyotida parlamentdagu ayollarning o'rni. 
// https://yuz.uz/news/ozbekiston-taraqqiyotidaparlamentdagi-ayollarning-orni
10. https :// cyberleninka . ru / article / n / patriarhat - i - matriarhat - v - diskurse - filosofskoy -
antropologiigendernye - aspekty - vlasti  (дата обращения: 29.12.2020)
11.L'Oréal-UNESCO For Women in Science 
// https://www.forwomeninscience.com/
9. Internet saytlari
1. https://moiti.uz/ru – Mahalla va oila. Ilmiy tadqiqot instituti rasmiy sayti.
2.https://lex.uz/uz/   –   O'zbekiston   Respublikasi   Qonunchilik   ma'lumotlari   milliy
bazasi rasmiy sayti.
3. https://uza.uz/uz –O'zbekiston Axborot agentligi rasmiy sayti. 
4. https://xs.uz/uzkr –" Xalq so'zi" gazetasi rasmiy sayti 
5.https://stat.uz/uz/   –   O'zbekiston   Respublikasi   Davlat   Statistika   qo'mitasining
rasmiy sayti.
84

MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING GENDER TENGLIK SIYOSATI: MUAMMOLAR, ISLOHOTLARNING TARIXIY TAHLILI MUNDARIJA KIRISH……………………..…………………......................................………….3 ASOSIY QISM 1-BOB Mustaqillik yillarida O'zbekistonda gender tenglik siyosatining huquqiy asoslarining yaratilishi.............................................................................8 1.1. O'zbekistonda xotin-qizlarga oid davlat siyosati qonunchilik tizimi…….........8 1.2. O'zbekistonda xotin-qizlar huquqlarining himoyasiga oid tashkiliy tuzilmalar ...............................................................................................................26 2- BOB. O'zbekiston Respublikasi gender tenglik siyosati sohasida islohotlarning tarixi ..............................................................................................36 2.1. O'zbekistonda xotin-qizlarga oid davlat siyosati tahlili (1991-2016)...............36 2.2. Yangi O'zbekistonda amalga oshiriliyotgan gender tenglik siyosatidagi o'zgarishlar .......................................................................................................... . ...44 3-BOB O'zbekistonda xotin-qizlar demografiyasi: ko'rsatkichlar va muammolar ...........................................................................................................56 3.1 O'zbekistonda xotin-qizlarga oid demografik tahlillar......................................56 3.2. O’zbekistonda xotin-qizlarga oid muammolar va ularning yechimlari ...........62 XULOSA................................................................................................................78 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ......................................82 1

2

KIRISH Mavzuning dolzarbligi va asoslanishi: Hozirgi kunga kelib, jahon miqyosida gender teng huquqliylikni qaror toptirishga ijtimoiy taraqqiyotning, jamiyatni barqaror rivojlantirishning asosi sifatida qaralmoqda. Shuning uchun ham inson huquqlari sohasidagi barcha xalqaro huquqiy hujjatlarda teng huquqliylik va kamsitmaslik prinsiplari izchil rivojlanib va mustahakamlanib bormoqda. Bu borada, BMT ning 1996-yildan boshlab insoniylik mezonlarining yana bir indeksi sifatida, ayollar va erkaklar o'rtasidagi aniq teng huquqliylikni ta'minlash hamda ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, gender notengligini bartaraf etish bilan bog'liq 1 ko’rsatkichi e’lon qilindi. 2019-yilda O'zbekiston Respublikasi Qonuniga ko’ra, "Gender" xotin- qizlar va erkaklar o’rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura, va madaniyat sohalarida namoyon bo'ladigan ijtimoiy jihatidir 2 , deb izoh beriladi. Ayni vaqtdagi dunyo siyosati markazida teng huquqiylik gavdalanmoqda. Tenglik bor yerda adolat mavjuddir. Xususan, 1948 yilda qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi”da “ hamma odamlar o'z qadr-qimmati hamda huquqlarida erkin va teng bo'lib tug'uladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan, binobarin bir-birlariga nisbatan birodarlik ruhida munosabatda bo'lishlari kerak” 3 deb aytiladi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq O‘zbekistonda ko'p sonli ijtimoiy muammolari orasida ayollarning ahvolini yaxshilash, ularni mamlakat ijtimoiy- siyosiy hayotida faol ishtirok etish jarayoniga keng jalb qilishga muhim e'tibor qaratilib, sohadagi siyosatni amalga oshirishda mustahkam huquqiy asoslar ham yo'lga qo'yildi. Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish ularning turli soha va tarmoqlarda o'z qobiliyat va imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish, huquq va 1 O’zbekiston Respublikasi Oila va Mehnat kodekslarining gender ekspertizasi. -Toshkent, 2008. 6-b 2 O'zbekiston Respublikasi Qonuni O'RQ 562-son. 02.09.2019 3 Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi. 1948- yil. 1-modda. 3

qonuniy manfaatlariga so'zsiz rioya qilinishini ta'minlash 4 , onalik va bolalikni har tomonlama qo'llab quvvatlash, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining tahlili shuni ko’rsatadiki, ularning barchasi inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarga muvofiqligidan dalolat beradi. Xususan, 1992-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida: “erkaklar va ayollarning teng huquqiyligi” tamoyili bilan mustahkamlab qo'yilgan. Ayni vaqtda mamlakatimiz aholisining yarmini (51%) tashkil etuvchi xotin-qizlarning kundalik turmush sharoitlari, ularning muayyan muammolariga katta ijtimoiy ahamiyatga molik masala sifatida qaralmoqda. Ta'kidlash lozimki, keyingi besh yildagi yangilanayotgan O‘zbekistonning insonparvarlik siyosati bobidagi ulkan yuqtuqlaridan biri ham, xotin-qizlarga oid davlat siyosati tubdan o'zgarganligidir. Bu boradagi siyosat mohiyati to'g'risida Prezident Sh. Mirziyoyev "Xotin-qizlarning huquq va manfaatlari ta'minlangan jamiyatda, albatta, tinchlik, adolat, erkinlik va farovonlik bo'ladi" deb ta'kidladilar. O'zbekistonda yuritilinayotgan islohotlar inson manfaatlari ustunligini ta'minlash borasida jamiyatda xotin-qizlar mavqeyini oshirish, ularning huquq hamda imkoniyatlarini ustuvor qadriyatlardan biri sifatida himoya qilishga qaratilgan. Bunda, ayniqsa ayollarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy faolligini yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida qaralib kelinmoqda. Erkak va ayolning teng huquqliyligi xalq farovonligi yo’lida, jamiyat tinchligi hamda iqtisodiy barqarorlikda muhim o'rin tutadi 5 . Shu jihatdan, ayollarning bandligini ta'minlash, ularning o'z intilish va qobiliyatini to'laqonli ro'yobga chiqara olishlari uchun imkoniyatlarni kengaytirish masalasi davlatimizning doimiy diqqat markazida. Jumladan, davlat boshqaruvida xotin-qizlar ishtirokini oshirish maqsadida 6 mingdan ziyod faol xotin-qizlardan iborat kadrlar zaxirasi 4 Гендерное равенство и роль женщин в обществе. 5 http://rus.gateway.kg/gender_government 4

shakllantirildi. Hozirgi kunda ularni turli rahbarlik lavozimlariga tayyorlash bo'yicha tizimli o 'quvlar tashkil etilmoqda. Tadqiqotning obyektini mustaqillik yillarida O‘zbekistonda gender tenglik siyosatining mohiyati tashkil etadi. Tadqiqotning predmeti O'zbekiston xotin-qizlarining ijtimoiy, demografik, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi o'rni va roli kabi masalalarni aniqlashdan iborat. Tadqiqotning maqsadi: Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi gender tenglik siyosatining tarixiy tahlili, bu sohada amalga oshirilgan islohotlarni ochib berish hamda xotin-qizlarga oid muammolar va ularning yechimlarini o'rganib, xotin-qizlarga oid demografik ko'rsatkichlarni o'rganib chiqishdan iborat. Tadqiqotning asosiy vazifalari: Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda gender tenglik siyosatining huquqiy asoslarini o'rganish - O'zbekistonda xotin-qizlarga oid davlat siyosatining qonunchilik tizimi, tashkiliy tuzilmalarini yoritish; - O'zbekiston Respublikasi gender tenglik siyosati sohasida davlat siyosatining 1991-2016-yillar oralig'idagi tarixini ochib berish; - Yangi O'zbekistonda amalga oshiriliyotgan gender tenglik siyosatidagi o'zgarishlarni ko'rsatib berish; - O'zbekistonda xotin-qizlar demografiyasi: ko'rsatkichlarini o’rganish; - O’zbekistonda xotin-qizlarga oid muammolar va ularning yechimlarini tahlil qilish. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasining gender tenglik siyosatini o'rganish asosida: O'zbekiston Respublikasida xotin-qizlarga oid davlat siyosti huquqiy asoslarini mustahkamlanishi va tashkily tuzilmalarning bu sohada olib borayotgan faoliyati o'rganildi. O'zbekiston Respublikasi xotin-qizlarga oid davlat siyosati islohotlar (1991- 2016) tarixiy tahlil etilib, Yangi O'zbekistondagi amalga oshirilayotgan gender tenglik siyosatidagi o'zgarishlar aniqlandi. 5