logo

Mustaqillik yillarida Qoraqalpog'iston Respublikasi

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

156.5 KB
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog'iston Respublikasi
Reja:
1.Qoraqolpogiston Respublikasining tashkil topishi
2. Qoraqalpog‘iston respublikasining iqtisodiyva ijtimoiy taraqqiyoti
3.Qoraqalpog‘iston respublikasida xalq ta’limi, fan va madaniyat
4. 2016-2020 yillarda Qoraqlpog`iston Respublikasi taraqqiyoti 1. 1924-yilda   Qozog‘iston   ASSR   tarkibida   Qoraqalpog‘iston   Muxtor
(Avtonom)   viloyati   tashkil   qilindi.   Viloyat   volostlarga   bo‘linadigan   To‘rtko‘l,
Chimboy,   Xo‘jayli   va   Qo‘ng‘irot   okruglaridan   iborat   edi.
1925-yil 12—19-fevralda To‘rtko‘l shahrida Muxtor viloyat Sho‘rolarning 1-Ta’sis
qurultoyi   bo‘lib   o‘tdi.   Unda   Qoraqalpog‘iston   Muxtor   viloyatining   Qozog‘iston
ASSR tarkibiga «o‘z ixtiyori bilan kirganligi» qonunlashtirildi.
Albatta,   viloyat   aholisining   milliy   tarkibi   ham   e’tiborga   loyiq   edi.   Muxtor
viloyat   tashkil   etilgan   paytda   viloyat   hududidagi   aholining   38,5   foizini
qoraqalpoqlar, 28,7 foizini o‘zbeklar, 28,6 foizini qozoqlar va bor yo‘g‘i 1 foizga
yaqinini (shahar aholisidan tashqari) ruslar tashkil etgan.
Oradan   8   yil   o‘tar-o‘tmas   Qoraqalpog‘iston   Muxtor   viloyatini   yana   «O‘z
ixtiyoriga ko‘ra» Qozog‘iston tarkibidan olib RSFSR tarkibidagi Qoraqalpog‘iston
Muxtor   Sho‘ro   Sotsialistik   Respublikasi   (QQASSR)ga   aylantirish»   zarurati
tug‘ildi.   Bu   qo‘lbola   zaruriyat   Qoraqalpog‘iston   viloyati   Ijroiya   Qo‘mitasining
1932-yil   5-martdagi   navbatdan   tashqari   bo‘lib   o‘tgan   IV   plenumida   quyidagicha
asoslandi:   «Qoraqalpog‘istonning   Moskva   va   sanoat   Markazlaridan   uzoqligini,
madaniy   va   iqtisodiy   jihatdan   qoloqligini,   yanada   rivojlanishi   istiqbollarini...
hisobga   olib,   Butunittifoq   Markaziy   Ijroiya   Qo‘mitasi   Prezidumidan
Qorqalpog‘iston Muxtor viloyatini RSFSRga kiradigan Muxtor Sho‘ro Sotsialistik
Respublikasiga aylantirish so‘ralsin».
Qoraqalpoq   xalqining   «iltimosi»   qondirilib,   Butunittifoq   MIK   Prezidiumi
1932-yil   20-martdagi   qarori   bilan   Qoraqalpog‘iston   Muxtor   viloyati
Qoraqalpog‘iston   Muxtor   Sho‘ro   Sotsialistik   Respublikasiga   aylantirilib   RSFSR
tarkibiga kiritildi.
Ammo   oradan   yana   bor-yo‘g‘i   4   yil   o‘tar-o‘tmas   Qoraqalpog‘iston   Muxtor
Sho‘ro   Sotsialistik   Respublikasini   RSFSR   tarkibidan   O‘zbekiston   Sho‘ro
Sotsialistik   Respublikasiga   «oshirish   ehtiyoji»   paydo   bo‘ldi.   Bu   «ehtiyoj»   uchun
RSFSR bilan QQASSR o‘rtasida umumiy chegaralar yo‘qligi «asos» bo‘ldi. 1936-
yil   may   oyida   tayyorlangan   SSSRning   yangi   Konstitutsiyasi   loyihasida QQASSRni   RSFSR tarkibidan chiqarib , O‘zbekiston SSR tarkibiga kiritish ko‘zda
tutilgan edi.
Butunittifoq   Sho‘rolarining   1936-yil   5-dekabrda   bo‘lib   o‘tgan   favqulodda
VIII   qurultoyida   SSSRning   yangi   Konstitutsiyasi   qabul   qilindi.   Mazkur
Konstitutsiya   asosida   tayyorlanib   1937-yil   12-fevralda   tasdiqlangan   O‘zbekiston
SSR Konstitutsiyasida QQASSRning O‘zbekiston Sho‘ro Sotsialistik Respublikasi
tarkibiga kirganligi qonun bilan mustahkamlandi.
Qoraqalpog‘iston   xalqlari   qariyb   70   yildan   beri   O‘zbekiston   xalqlari   bilan
ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha sohalarida bir-birlari bilan og‘alarcha yelkadosh
bo‘lib yashab kelmoqdalar.
Sobiq Ittifoq parchalangandan so‘ng mustaqil O‘zbekiston tarkibidagi suveren
Qoraqalpog‘iston Respublikasi maqomini oldi. Bu tabiiy hodisa edi. Chunki, asrlar
mobaynida   qoraqalpoqlar   bilan   o‘zbek   xalqi   o‘rtasida   do‘stlik,   qardoshlik
munosabatlari   qaror   topgan,   turmush   tarzlari   va   dunyoqarashlarida   mushtaraklik
vujudga   kelgan   edi.   Orol   bo‘yi   kengliklarida   qadimdan   o‘zbek   va   qoraqalpoq
ajdodlari birgalikda yashab, mehnat qilishdi. O‘zlarining taraqqiyot yo‘llarini bosib
o‘tishdi.
1990-yil   14-dekabrda   Qoraqalpog‘iston   Respublikasida   «O‘zbekiston
Respublikasi   tarkibida   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   Davlat   suvereniteti
to‘g‘risida»gi Deklaratsiya qabul qilindi.
Mazkur   Deklaratsiya   1991-yil   31-avgustda   qabul   qilingan   «O‘zbekiston
Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunda o‘zining huquqiy
asosini topdi. Unda Qoraqalpog‘istonning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi e’tirof
etildi. Qonunda Qoraqalpog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi  munosabatlarni  teng
huquqlilik, ikki tomonlama shartnomalar, bitimlar va boshqa qonun aktlari asosida
mustahkamlash ko‘rsatib berildi.
O‘zbekiston   Respublikasi   va   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   o‘rtasidagi
siyosiy,   huquqiy,   iqtisodiy   va   madaniy   munosabatlar   O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasida (70—75-moddalar) o‘z aksini topdi (10-ilova). Natijada   ikki   tomonlama   hurmat   asosida   qoraqalpoq   xalqining   o‘z   taqdirini
o‘zi belgilash, mustaqil taraqqiyot hamda milliy davlatchilikni mustahkamlashdagi
roli   oshdi.   Kelajakka   qat’iy   ishonch   bilan  qaraydigan,   olis   istiqbolni   yaratishning
kafolatini beradigan huquqiy maqomga ega bo‘ldi.
Konsitutsiyaning   21-moddasiga   asosan   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi
fuqarosi   ayni   paytda   O‘zbekiston   Respublikasi   fuqarosi   hisoblanadi.   Bu
qoraqalpoq   xalqiga   O‘zbekiston   xalqlarining   barcha   huquqlardan   foydalanish
imkonini beradi. Ularning haq-huquqlari va erkinliklarini kafolatlaydi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi
taraqqiyoti   uchun   qator   imkoniyatlar   beradi.   Masalan,   O‘zbekiston   Respublikasi
Konstitutsiyasining   82-moddasida   mustahkamlab   qo‘yilganidek,   O‘zbekiston
Respublikasi   Oliy   Majlisi   Raisi   o‘rinbosarlaridan   biri   —   Oliy   Majlis   deputati,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesi Raisi hisoblanadi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasining   98-moddasiga   binoan
Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   hukumati   rahbari   lavozimi   bo‘yicha   O‘zbekiston
Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   tarkibiga   kiradi.   107-moddaga   binoan   esa,
O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyaviy   sudi,   Oliy   sudi,   Oliy   xo‘jalik   sudi
tarkibiga   Qoraqalpog‘iston   Respublikasining   xuddi   shunday   sud   organlarining
rahbarlari   kiradi.   Sud   hujjatlari   o‘zbek   tili   bilan   birga   qoraqalpoq   tilida   ham   olib
boriladi (115-modda).
O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasining   71-moddasida   belgilab
qo‘yilganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z Konstitutsiyasiga ega bo‘lmog‘i
kerak.   Ana   shu   huquqiy   asosga   ko‘ra   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   Oliy
Kengashi  o‘zining o‘n ikkinchi sessiyasida  (1993-yil  9-aprelda)  Qoraqalpog‘iston
Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qildi.
Qoraqalpog‘iston   Respublikasining   Konstitutsiyasi   O‘zbekiston
Respublikasining   Konstitutsiyasiga   hech   qanday   monelik   qilmaydi,   aksincha,   uni
bosh huquqiy asos sifatida biladi va Qoraqalpog‘iston hududida to‘la amal qilishini
ta’minlaydi.   O‘zbekiston   Respublikasi   qonunlari   Qoraqalpog‘istonning   butun
hududida majburiy ekanligi e’tirof etilgan. Qoraqalpog‘iston   milliy   davlatchiligi   o‘z   taraqqiyoti   tarixida   birinchi   marta
ana   shunday   insonparvar,   adolatli,   demokratik   imtiyozlarga   ega   bo‘ldi.   Ayni
paytda u suveren davlatning barcha ramzlariga ega.
1992-yil   14-dekabrda   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   Oliy   Kengashining   o‘n
birinchi sessiyasida Qoraqalpog‘iston Davlat bayrog‘i tasdiqlandi.
1993-yil   9-aprelda   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   Oliy   Kengashining   o‘n
ikkinchi sessiyasida Davlat gerbi tasdiqlandi.
1993-yil   4-dekabrda   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   Oliy   Kengashining   o‘n
to‘rtinchi sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi.
Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   Konstitutsiyasiga   asosan   1994-yil   25-
dekabrda Oliy Kengashning 75 deputatdan iborat yangi tarkibi muqobillik asosida
saylandi. Respublika parlamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi  Jo‘qarg‘i Kengesi
deb   ataldi.   Jo‘qarg‘i   Kengesning   1995-yil   11-yanvarda   Nukus   shahrida   bo‘lib
o‘tgan   birinchi   chaqiriq   birinchi   sessiyasida   Jo‘qorg‘i   Kenges   Raisi,   uning
o‘rinbosarlari, mandat komissiyasi, 8 ta qo‘mita raislari va uning a’zolari saylandi.
Ayni   paytda,   deputatlar   qo‘mitalar   raislari   rahbarligida   Qoraqalpog‘iston
qonunchilik tizimini yaratishda faol ishtirok etmoqdalar.
Xususan,   demokratik   jamiyat   qurish   hamda   erkin   bozor   munosabatlarini
shakllantirishga   mo‘ljallangan   muhim   qonun   va   qarorlar   qabul   qilindi.   Jo‘qorg‘i
Kenges Raisi qoshida doimiy harakatdagi Kengash tashkil qilindi. Uning tarkibiga
Jo‘qarg‘i   Kenges   Raisi,   Rais   o‘rinbosarlari,   mandat   komissiyasi   va   qo‘mitalar
raislari kiradi.
Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   ijroiya   hokimiyat   organi   Vazirlar   Kengashi
hisoblanadi.   Uning   tarkibiga   Rais,   ikkita   birinchi   o‘rinbosar   va   4   ta   tarmoq
o‘rinbosarlari   kiradi.   Shuningdek,   ijroiya   hokimiyat   tarkibiga   vazirliklar   va   qator
tarmoq qo‘mitalari rahbarlari ham kiritilgan.
Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   Vazirlar   Kengashi   Toshkent   shahrida
O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasi  qoshida o‘zining ish olib boruvchi
doimiy vakiliga ega. Qoraqalpog‘iston   Respublikasida   faoliyat   ko‘rsatayotgan   qator   jamoat
tashkilotlari   bu   yerda   demokratik   jarayonlarning   tobora   qaror   topayotganidan
dalolat   beradi.   Ayni   paytda,   Respublika   hududida   hukumatga   qarashli   bo‘lmagan
qator   tashkilotlar,   jumladan,   «Orol   va   Amudaryoni   himoya   qilish   uyushmasi»,
«EKOSAN»,   «Aralsos»,   «Sog‘lom   avlod   uchun»   singari   bir   qator   xalqaro
tashkilotlarning bo‘limlari ish olib bormoqda.
Ayni   vaqtda,   shuni   ta’kidlash   joizki,   istiqlol   yillarida   Qoraqalpog‘istonda
qonunchilik, ijroiya va sud hokimiyatining zamonaviy tizimini vujudga keltirishda
dastlabki qadamlar qo‘yilgan bo‘lsa-da, xali bu borada qator muammolar saqlanib
qolmoqda.
1997-yil   17-iyul   kuni   Nukusda   bo‘lgan   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi
Jo‘qarg‘i   Kengesining   navbatdan   tashqari   sessiyasi   qonun   chiqaruvchi   va   ijroiya
hokimiyati faoliyatlarida davom etib kelayotgan kamchiliklarni chuqur tahlil qildi.
Xususan,   qabul   qilingan   qonun   va   qarorlarni   hayotga   to‘la   tatbiq   qilinishida,
ijroiya intizomini qaror topdirishda xali jiddiy kamchiliklar borligi qayd qilindi.
Jumladan,   Jo‘qarg‘i   Kenges   va   Vazirlar   Kengashi   faoliyatlaridagi   bir-birini
takrorlash   hollari   tanqid   qilindi.   Amaliy   faoliyatga   xalaqit   berayotgan
rasmiyatchilik,   qog‘ozbozik,   bo‘lar-bo‘lmas   ma’lumotlar   to‘plash   kabi   nuqsonlar
tilga olindi.
Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishdagi  rasmiyatchilik illatlariga barham
berish   alohida   ta’kidlandi.   Jo‘qarg‘i   Kenges   amalda   tarixga   aylanib   qolgan   va
o‘tmish sarqiti hisoblangan — sho‘rolar davridagi «Oliy Sovet Prezidiumi» rolini
bajarayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Jo‘qarg‘i Kenges qo‘mitalari faoliyati o‘z maqomiga va o‘z oldiga qo‘yilgan
vazifalarga   mos   kelmayotgani,   ishlab   chiqarishga   doir   masalalar   bilan   o‘ralashib
qolayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Uchala hokimiyat organi kengashi va sud hokimiyatlari o‘z maqomi doirasida
ish   olib   bormog‘i   lozimligi   qayd   etildi.   Ana   shunda   haqiqiy   demokratik   jamiyat
shakllanadi.
Qoraqalpog‘iston respublikasining iqtisodiyva ijtimoiy taraqqiyoti O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ko‘p
millatli   Qoraqalpog‘iston   xalqlarining,   ana   shu   mo‘tabar   yurt   kishilarining   ham
munosib hissasi bor.
Shu bois O‘zbekiston hukumati bu masalada Qoraqalpog‘iston Respublikasini
har   tomonlama   qo‘llab-quvvatlamoqda.   1996-yilda   ushbu   maqsadlar   uchun   10
milliard so‘m ajratildi. Bu Qoraqalpog‘iston milliy daromadining 55 foizini tashkil
qiladi.   Bundan   tashqari,   Qoraqalpog‘istonga   berilayotgan   moliyaviy   yordam
miqdori 1994-yilga nisbatan 18-barobar ko‘paydi.
O‘zbekiston   hukumatining   amaliy   yordami   hamda   qoraqalpoq   xalqining
fidoiy mehnati tufayli keyingi yillarda Qoraqalpog‘istonda aholi turmush sharoitini
yaxshilash,   tub   iqtisodiy   islohotlarni   amalga   oshirish   borasida   qator   ijobiy
natijalarga   erishildi.   Eng   avvalo,   elda   tinchlik   va   barqarorlik   mustahkamlandi.
Hamjihatlik bilan yurt istiqboli yo‘lida mehnat qilishga sharoit yaratildi.
O‘lkada mulkchilikning yangi shakllari paydo bo‘la boshladi. Ishlab chiqarish
va   xizmat   sohasida   nodavlat   sektorning   hissasi   oshib   bordi.   Ayni   paytda   sanoat,
qishloq   xo‘jaligi   va   savdoda   bu   ko‘rsatkich   80—90   foizni   tashkil   etmoqda.
Qoraqalpog‘iston   iqtisodiyotining   boshqa   yo‘nalishlarida   ham   islohotlar   izchil
amalga oshirila boshlandi.
Qoraqalpog‘istonda  1996-yilda 51 ta mayda  ulgurji  tizim, shu jumladan 2   ta
savdo uyi , 13 ta mayda ulgurji savdo do‘konlari va omborlar, 17 ta ko‘tara savdo
bozor   hamda   O‘zbekiston   tovar   xomashyo   birjasi   Qoraqalpog‘iston   bo‘limi   19   ta
supermarket   do‘konlari   faoliyat   ko‘rsatdi.   1997-yilning   birinchi   yanvarigacha
bo‘lgan   ma’lumotlarga   qaraganda   xususiylashtirishdan   tushgan   mablag‘larning
umumiy   hajmi   330   million   so‘mni   tashkil   etdi.   Uning   20   foizi   o‘lka   ijtimoiy
taraqqiyotiga   ajratildi.   50   foizi   esa   bilan   birga   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi
davlat   mulkini   xususiylashtirish   qo‘mitasi   xususiylashtirilgan   korxonalar   va
tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 13,8 million so‘m kredit ajratdi. 2002-
yilda 9 ta korxona davlat tasarrufidan chiqarildi.
Bozor   fondining   faoliyati   sezilarli   ravishda   faollashdi.   1996-yilda   fond
birjalari   filiallarida   191,6   million   so‘mlik   aksiyalar   sotildi.   O‘zbekiston Respublikasi   Prezidentining   davlat   korxonalarini   aksionerlik   jamiyatlariga
aylantirish,   qimmatbaho   qog‘ozlar   bozorini   rivojlantirishga   oid   farmonlarini
bajarish amalda o‘z samaralarini bera boshladi.
1997-yil 1-yanvar holatiga qaraganda respublikada soliq idoralari tomonidan
318   ta   aksionerlik   jamiyatlari   ro‘yxatga   olindi.   1996-yil   yakuniga   ko‘ra   ishlab
chiqarilgan   mahsulot   hajmi   11   milliard   so‘mlikni   tashkil   etdi.   Bu   1995-yilga
nisbatan 2,2 marta ko‘pdir.
Jami   sanoat   ishlab   chiqarish   hajmida   nodavlat   korxonalarining   ulushi   90
foizga o‘sdi. 144 ta sanoat korxonalari va birlashmalaridan 113 tasi mulkchilikning
turli shakllariga o‘tib ishlay boshladi.
To‘rtko‘l   tumanida   2000-yil   6-martdan   e’tiboran   Rossiyaning   Savvinovo
yigiruv   fabrikasi   bilan   hamkorlikda   yiliga   2750   tonna   ip-kalava   ishlab
chiqaradigan   qo‘shma   korxonani   qurib   tugallashga   kirishildi.   Kichik   va   xususiy
korxonalar,   yakka   tartibda   mehnat   faoliyati   bilan   shug‘ullanuvchi   korxonalar
rivojlandi. Mikrofirmalar soni 1999-yildagi 3755 tadan 2000-yilga kelib 5565 taga
yoki   1,5   martaga,   fermer   xo‘jaliklari   soni   esa   1823   tadan   2353   taga   yoki   1,6
martaga ko‘paydi. Birgina 2002-yilning o‘zida respublikaning 12 ta tumanida 21 ta
qishloq   xo‘jalik   korxonalari   negizida   yangidan   901   fermer   xo‘jaliklari   tuzildi   va
faoliyat   ko‘rsatib   turgan   79   ta   fermer   xo‘jaliklariga   qo‘shimcha   yer   maydonlari
ajratilib,  jami  980  ta  fermer  xo‘jaliklari  tuzildi.  Ular   bozor   iqtisodiyoti   sharoitida
ishlashga moslasha boshladilar. Mehnat unumdorligi va mahsulot ishlab chiqarish
hajmi o‘sa boshladi. Respublikada 1996-yilda amaldagi narxlarda 10754,4 so‘mlik
sanoat   mahsuloti   ishlab   chiqarildi.   Bu   solishtirma   narxlarda   olganda   1995-
yildagiga   nisbatan   101,5   foizni   tashkil   etadi.   2000-yilga   kelib   yalpi   mahsulot
yetishtirishda   kichik   va   o‘rta   biznes   hajmining   ulushi   27   foizni   tashkil   etdi.   Bu
1999-yilgi   ko‘rsatkichdan   3   foizga   ko‘p   demakdir.   Kichik   va   o‘rta   tadbirkorlik
subyektlariga   tijorat   banklari   va   byudjetdan   tashqari   jamg‘armalar   tomonidan
2000-yilda 2,9 milliard so‘m miqdorida kreditlar berildi. Natijada harakatsiz turgan
korxonalar sonini 771 taga kamaytirish imkoniyati tug‘ildi. 1991—2003-yillarda   natura   ko‘rinishida   mahsulot   ishlab   chiqarish   ham
ko‘paydi,   xususan   past   voltli   apparaturalar,   yo‘l   qurilishi   mashinalari   ehtiyot
qismlari, yengil sanoat texnologik uskunalari va ularning ehtiyot qismlari, mebellar
va boshqalar ana shular jumlasidandir.
Paxtadan   ip   ishlab   chiqarish,   ip   gazlamalari,   tayyor   trikotaj   buyumlar,
iste’mol mahsulotlaridan un, makaron, mineral suvlar ishlab chiqarish ko‘paydi.
2003-yilda   yig‘ma   temir-beton   konstruksiyalari   va   detallari,   toshdan   bezakli
materiallar   tayyorlash,   qandolatchilik   mahsulotlari,   o‘simlik   yog‘i,   uzum   vinosi,
salqin ichimliklar va osh tuzi ishlab chiqarish o‘sdi.
Bir   qator   yangi   sanoat   korxonalari   qurilib   ishga   tushirildi.   Jumladan,   1995-
yilda   Xo‘jayli   shahrida   shisha   idishlar   zavodi   qurilib   foydalanishga   topshirildi.
Natijada   respublikaga   chetdan   shisha   idishlarni   tashib   keltirish   sezilarli   darajada
kamaydi.
Respublikaning   Ustyurt-Orolbo‘yi   mintaqasi   yirik   neftgaz   hududlarining
(Kaspiybo‘yi, To‘qay va Amudaryo tekisligi) qo‘shilgan joyida joylashgan bo‘lib,
O‘zbekiston   Respublikasi   hududida   eng   katta   neftgaz   maydoni   (90   ming   kv.   km
dan ziyod) bo‘lib hisoblanadi.
Mustaqillik yillarida mazkur hududda 7 ta gaz va gaz kondensati koni ochildi.
Bu   konlarda   aniqlangan   umumiy   gaz   zaxirasi   100,1   milliard   metr   kub,   gaz
kondensati zaxirasi 2523,1 ming tonnani tashkil etadi.
1995-yilda Qo‘ng‘irotdagi 37,4 milliard metr kub gaz va 739 ming tonna gaz
kondensati   zaxirasiga   ega   bo‘lgan   «Urga»   koni   foydalanishga   topshirildi.   2003-
yilga   kelib   mazkur   kondan   bir   kunda   3,2   million   metr   kub   gaz,   24   tonna   gaz
kondensati qazib olinmoqda. 2002-yilning noyabr oyidan boshlab «Sharq Berdaq»
koni foydalanishga topshirildi. Mazkur kon bir kunda 3,0 million metr kub gaz va
16 tonna gaz kondensatini qazib olish quvvatiga ega.
2002-yili Ustyurt-Orolbo‘yi hududida joylashgan konlardan 1,2 milliard metr
kubdan ortiq gaz va 10,4 ming tonna gaz kondensati qazib olindi. Mustaqillik yillarida respublikada aholi punktlarini gazlashtirish bo‘yicha bir
qator   ijobiy   ishlar   amalga   oshirildi.   2000-2003-yillar   mobaynida   98   aholi
punktlariga tabiiy gaz yetkazib berildi.
1993-yilda   respublikada   59   foiz   aholi   gaz,   52   foiz   aholi   toza   ichimlik   suvi
bilan   ta’minlangan   bo‘lsa,   2003-yilga   kelib   esa   aholini   gaz   bilan   ta’minlash   91,7
foizni,   toza   ichimlik   suvi   bilan   ta’minlash   esa   66,2   foizni   tashkil   etdi.
Mustaqillik   yillarida   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   xalq   xo‘jaligining   qurilish
sohasida   ham   muayyan   ijobiy   ishlar   amalga   oshirilmoqda.   Jumladan,   aholining
infratuzilma   inshootlari   bo‘yicha   keyingi   12   yil   ichida   97   ta   qishloq   shifokorlik
shahobchalari,   90   o‘rinli   shifoxona,   11900   o‘quvchiga   mo‘ljallangan   maktab
binolari,   7,5   ming   kv.   m   turar   joy,   2   ming   km   gaz   tarmoqlari,   1,4   ming   km   suv
tarmoqlari   foydalanishga   topshirildi.   Natijada   respublikada   390   ta   qishloq   aholi
punktlari toza ichimlik suvi bilan, yuzga yaqin aholi punktlari esa tabiiy gaz bilan
ta’minlandi.
«Qoraqalpoqqurilish»   aksionerlik   jamiyatida   Italiya   firmalarining   yuqori
sifatli jihozlari bilan jihozlangan, yiliga 60 ming kvadrat metr marmar bloklari va
plitalari   ishlab   chiqaradigan   yangi   marmar   sexi   ochildi.   «Nukusun»   zavodida   esa
spirt ishlab chiqaradigan yangi sex qurildi.
Yengil   sanoat   ishlab  chiqarishining  bazasi  kengaya   bordi.  1993-yilda  Nukus
shahrida   «Kateks»   to‘qimachilik   majmuasi,   1995-yilda   Ellikqal’a   tumanida   ham
«Elteks» nomli xuddi shunday to‘qimachilik majmuasi foydalanishga topshirildi.
Moliyaviy   qiyinchiliklarga   qaramay   qishloq   xo‘jaligi   mahsulotlarini   qayta
ishlash   bo‘yicha   qator   chora-tadbirlar   amalga   oshirildi.   Nukus   va   Qo‘ng‘irot   un
kombinatlari,   To‘rtko‘lda   3   million   shartli   banka   konserva   mahsulotlari   ishlab
chiqaradigan   zavod,   Ellikqal’a   tumanida   esa   shunday   quvvatga   ega   bo‘lgan
konserva sexi foydalanishga topshirildi.
1991—2003-yillar   mobaynida   respublikada   arxitektura   qurilishi   sohasida
katta   yutuqlarga   erishildi.   Bu   yillar   mobaynida   San’at   va   Berdaq   nomidagi
muzeylar,   Mirzo   Ulug‘bek,   Ajiniyoz,   «Markaziy   bank»,   «Xalq»,   «Paxta»,
«Tadbirkor», «Asaka» banklari, Xo‘jalik sudi, Nukus aeroporti binolari, respublika markaziy shifoxonasining binolari qayta ta’mirlandi va bunyod etildi. 80 kilometrli
Qo‘ng‘irot—Beynov   avtomobil   yo‘li,   Nukus—Xo‘jayli   yo‘nalishida   temir-beton
ko‘prigi qurilib foydalanishga topshirildi.
Mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish   natijasida   144   ta
sanoat korxonasidan 113 tasi mulkchilikning turli shakllariga o‘tib ishlay boshladi.
Nodavlat   shakliga   o‘tib   ishlayotgan   korxonalarning   rivojlanish   darajasi   nisbatan
yuqori bo‘ldi. Shuningdek, bu korxonalarning iqtisodiy samaradorligi, foyda olish
borasida   ham   sezilarli   yutuqqa   erishdi.   Bu   borada   xususiy   korxonalar ,   ayniqsa,
peshqadamlik qila boshladi.
Nukus   aeroportining   bahosi   151,8   million   so ‘ m   bo ‘ lgan   yangi   binosi   qurilib ,
foydalanishga   topshirildi .   2002- yili   rasmiy   delegatsiya   zalida   va   Nukus   shahar
aviakassa   agentligining   binosiga   jahon   andozalariga   javob   beradigan   darajada
ta ’ mirlash   ishlari   olib   borildi   va   zamonaviy   texnik   asbob - uskunalar   bilan
jihozlandi . 2002- yilda   Nukus   aerovokzal   majmuasi   ta ’ mirdan   chiqarildi   va   soatiga
200  nafar   mijozga   xizmat   ko ‘ rsatish   quvvatiga   ega   bo ‘ ldi
Yangidan   « Uchquduq — Miskin — Qorao ‘ zak »   temir   yo ‘ l   liniyalari   ishga
tushirilib ,   qo ‘ shni   Turkmaniston   Respublikasi   hududidan   o ‘ tmaydigan   bo ‘ ldi .
Miskin, To‘rtkul va Ellikqal’a temir yo‘l vokzallari qurib foydalanishga topshirildi.
«Qo‘ng‘irot—Nukus—Chimboy»,   «Nukus—To‘rtkul»   va   «To‘rtkul—Uchquduq»
yo‘nalishlari   tashkil   etildi.   «Uchquduq—Miskin—Nukus»,   «Toshkent—Nukus—
Qo‘ng‘irot—Toshkent»,   «Andijon—Nukus—Saratov»   va   boshqa   shaharlararo
yo‘nalishlar tashkil etildi.
Hozirgi   vaqtda   «O‘ztelekom»   aksionerlik   kompaniyasining
«Qoraqalpoqtelekom»   filialida   132,9   ming   telefon   nuqtasi,   ya’ni   202   avtomat
telefon stansiyasi aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.
1999-yildan   boshlab   Yaponiya   fondining   OECF   krediti   bo‘yicha
Qoraqalpog‘iston   Respublikasining   9   ta   shahar   tumanlarida   (Nukus,   Taxiatosh
shaharlari   va   To‘rtkul,   Beruniy,   Ellikqal’a,   Xo‘jayli,   Kegayli,   Nukus   tumanlari)
qayta qurish va rivojlantirish loyihasi bo‘yicha yangidan 306 kilometr shisha tolali
kabelli 78,5 ming raqamlik ATS va 6720,0 ming portga ega raqamli shaharlararo telefon   stansiyalari   ishga   tushirildi.   Mazkur   ATSlar   orqali   abonentlar   jahondagi
180   davlatiga   sanoqli   soniyalarda   bog‘lanishi   va   sifatli   so‘zlashish   imkoniyatiga
ega.   Mazkur   dasturning   ikkinchi   bosqichi   bo‘yicha   Chimboy,   Qorako‘zak,
Taxtako‘pir,   Amudaryo,   Qanliko‘l,   Bo‘zatov   tumanlarida   amaliy   ishlar   olib
borilmoqda.
Qoraqalpog‘istonda   mehnatga   layoqatli   aholining   asosiy   qismi   qishloqda
istiqomat qiladi. Mustaqillik yillarida boshqa sohalar  qatorida agrar sektorda ham
iqtisodiy   qayta   qurish,   bozor   munosabatlariga   o‘tish   ro‘y   berdi.   Qishloq   xo‘jaligi
ilgarigidek,   o‘lka   iqtisodiyotining   yetakchi   tarmog‘i   bo‘lib   qoldi.   1997-yil   1-
yanvar   holatiga   respublikada   263   ta   qishloq   xo‘jalik   korxonasi   faoliyat   ko‘rsatdi.
Nodavlat   sektorining   jami   ishlab   chiqarilgan   mahsulotdagi   ulushi   98,3   foizni
tashkil   etdi.   Ayrim   qishloq   xo‘jalik   mahsulotlari,   jumladan,   paxta   yetishtirishda
nodavlat   korxonalarining   hissasi   97,9   foizni,   donchilikda   98,1   foizni,
kartoshkachilikda   99,7   foizni,   sabzavotchilikda   98,8   foizni,   polizchilikda   100
foizni,   go‘sht   yetishtirishda   98,9   foizni,   sut   va   tuxum   ishlab   chiqa
Mustaqillik   yillarida   respublikada   pilla,   g‘alla,   paxta,   sholi   va   boshqa   qishloq
xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, 2003-yilda
o‘lkada 568 tonna pilla, 9 ming 746 tonna g‘alla yetishtirildi. Dehqonchilikda ekin
maydonlarining   tarkibi   o‘zgardi.   Mazkur   yilda   rejadagi   8,0   ming   gektar   o‘rniga
91,5   ming   gektar   paxta,   55,0   ming   gektar   o‘rniga   61,0   ming   gektar   yerga   sholi
ekildi.
Respublika oziq-ovqat majmuasida shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarning hissasi
tobora   ko‘payib   bormoqda.   Qoraqalpog‘istonda   dehqon   fermer   xo‘jaliklarini
tashkil   etish   bo‘yicha   yetarli   tajriba   to‘plandi.   Masalan,   Ellikqal’a   tumanida
dehqonlarga yer,  ishlab  chiqarish  vositalari   va  yetishtirilgan  mahsulotlarga  egalik
qilish   imkonini   berish   maqsadida   mavjud   14   ta   jamoa   xo‘jaliklari   dehqon-fermer
xo‘jaliklari   uyushmasiga   aylantirildi.   Dehqonlarga   meros   qilib   qoldirish   huquqi
bilan   yerlar   uzoq   muddatga   ijaraga   berildi.   Ana   shu   tajribani   ma’qullab,
O‘zbekiston hukumati yerni uzoq muddatga ijaraga berish bo‘yicha maxsus qaror
qabul qildi. 1991-2003-yillarda   investitsiya   faoliyatida   sezilarli   o‘zgarishlar   ro‘y   berdi.
Kapital   qurilishda   korxonalarning   mablag‘lari   hisobidagi   qurilishlar   hajmi
ko‘payib, byudjet mablag‘ining hissasi kamaydi.
O‘tgan   yillar   mobaynida   respublikada   xorijiy   investitsiyalar   ishtirokidagi
qo‘shma korxonalar tuzish borasida muayyan ijobiy ishlar amalga oshi-rildi. 2003-
yilga   kelib   respublika   bo‘yicha   43   ta   qo‘shma   korxona   ro‘yxatdan   o‘tgan   bo‘lib,
shundan   ishlab   chiqarish   sohasida   32   ta,   savdo   sohasida   2   ta,   xizmat   ko‘rsatish
sohasida   4   ta,   qishloq   ho‘jalik   sohasida   4   ta,   transport   sohasida   1   ta   korxona
faoliyat ko‘rsatmoqda.
Respublikada 2003-yil 1-yanvar holati bo‘yicha chet el kredit liniyalari orqali
6,5   million   AQSH   dollari   miqdorida   investitsiyalar,   shu   jumladan   5,6   million
AQSH   dollari   miqdorida   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   investitsiyalar   jalb   etildi.   Xorijiy
investitsiyalar   ishtirokidagi   korxonalar   tomonidan   ishlab   chiqarilgan   mahsulotlar
va ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 2003-yilda 2,2 milliard so‘mni tashkil etdi.
Granit   plitalari,  tikuv, konditer  va  qurilish  mahsulotlari   kabi  8  turdagi  yangi
mahsulotlarni eksport qilish yo‘lga qo‘yilib, ularning umumiy soni 23 taga yetdi.
Eksport   qilingan   tovarlar   hajmi   122,9   million   dollarga   teng   bo‘ldi.   Uning
tashqi   savdo   oborotidagi   ulushi   53,8   foizni   tashkil   etdi.   G‘arb   mamlakatlariga
eksport   qilingan   xomashyo   113,6   million   AQSH   dollarini,   MDH   mamlakatlariga
jo‘natilganlari esa 9,3 million AQSH dollarini tashkil etdi.
Uzoq   G‘arbga   asosan   paxta   tolasi,   toladan   olingan   mahsulotlar,   qayta
ishlangan   neft   mahsulotlari   sotildi.   Paxta   tolasi   jami   eksport   mahsulotlarining   95
foizini tashkil etdi.
2002-yilda   respublikada   ishlab   chiqarilgan   26,1   million   AQSH   dollari
miqdoridagi tovarlar eksport qilindi.
Mustaqillik  yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida  o‘zini  o‘zi  boshqarish
nodavlat va notijorat tashkilotlar faoliyatiga ham katta e’tibor qaratildi. 2000-yilga
qadar bo‘lgan davrda respublikada 140 ta nodavlat va notijorat tashkilotlar mavjud
edi.   Aytish   joizki,   «Perzent»   («Farzand»),   «Qishki   gullar»,   «Xalq
hunarmandlarining   ijodiy   ustaxonasi»,   «Progress»,   «Orolning   oltin   merosi»   va boshqa   nodavlat   notijorat   tashkilotlari   to‘plagan   tajribalar   diqqatga   loyiqdir.
Mustaqillik   yillarida   o‘lkada   aholini   ijtimoiy   muhofaza   qilish,   ularni   ish   bilan
ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolarning huquqlarini muhofaza
qilish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Istiqlol   yillarida   Qoraqalpog‘iston   Respublikasida   sog‘liqni   saqlash   tizimida
ham muayyan o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bu borada eng avvalo aholi sog‘lig‘ini
muhofaza   qilish   va   mustahkamlash   uchun   tegishli   moddiy   texnik   baza   yaratish
hamda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi. Bugungi
kunda   o‘lkada   bu   sohada   1432   ta   malakali   shifokor,   3640   ta   o‘rta   tibbiyot
xodimlari aholi sog‘ligi yo‘lida faoliyat ko‘rsatishmoqda. O‘tgan yillar mobaynida
respublika   shifoxonalari   va   poliklinikalarini   zamonaviy   tibbiy-apparaturalar   bilan
ta’minlash   bo‘yicha   alohida   yutuqlarga   erishildi.   1999-yili   Yaponiya   granti
bo‘yicha   respublikaga   bir   nechta   xorijiy   tibbiyot   asbob-uskunalari   keltirib
o‘rnatildi.
Respublika   tibbiyoti  erishgan   natijalardan  eng  muhimi   —  onalar  o‘limi   soni
kamaydi.   O‘lkada   «Homilador   ayollarni   va   bolalar   salomatligini   mustahkamlash
bo‘yicha   milliy   Dastur»   hamda   «Yosh   avlodni   sog‘lomlashtirish   kompleks
Dasturi» ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur Dasturlar bo‘yicha mamlakatda ayollar va
bolalar   salomatligiga   alohida   e’tibor   qaratilmoqda.   Bu   borada   2001-yilda
Respublika shoshilinch tibbiyot tez yordam markazi hamda Respublika akusherlik
va genekologiya ilmiy tadqiqot institutining Nukus filiali tashkil etilib, aholiga tez
tibbiy   yordam   ko‘rsatish   hamda   xotin-qizlarning   sog‘lig‘ini   saqlash,
kasalliklarning   oldini   olish,   bemorlarni   sog‘lomlashtirish   borasida   ham   ijobiy
natijalarga erishildi.
Qoraqalpog‘iston respublikasida xalq ta’limi, fan va madaniyat
Qoraqalpoq xalqi qadimiy va boy tarixga ega. Uning milliy madaniyati, jozibali
san’ati, mumtoz adabiyoti, qadriyatlari udum va an’analari olamga mashhurdir.
Mustaqillik   tufayli   qoraqalpoq   xalqi   juda   ko‘p   qadriyatlarini   qayta   tiklash
imkoniyatiga   ega   bo‘ldi.   Adolat   va   tenglik,   ozodlik   va   erk   uchun   kurashgan Yernazar   Olako‘z,   Ollayor   Do‘stnazarov   singari   xalq   qahramonlarining   —
jasoratli, o‘t yurakli qoraqalpoq farzandlarining orzu-armonlari amalga oshdi.
Bugungi   kunda   Ibroyim   Yusupov,   To‘lepbergen   Qaibergenov,   Tilovbergen
Jumamuratov   kabi   Qoraqalpoq   yozuvchi   va   shoirlarining   asarlari   xalqlarimiz
ma’naviy xazinasidan munosib joy oldi.
Sobir Kamolov, Charjau Abdirov kabi yirik olimlar O‘zbekiston fani rivojiga
juda katta hissa qo‘shdilar.
Mustaqillik   yillarida   Qoraqalpog‘iston   madaniy   hayotida   ham   jiddiy
o‘zgarishlar   haqida   gap   ketganda ,   avvalo   xalq   ta’limi   tizimida   yuz   bergan
o‘zgarishlarni   ta’kidlash   o‘rinli.   Bugungi   kunda   respublika   xalq   ta’limi   tizimi
milliy uyg‘onish, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy rivojiga xizmat qilishda yetakchi
rol o‘ynamoqda.
Respublikada   yangi   tipdagi   o‘rta   umumta‘lim   muassasalari   —   litseylar,
gimnaziyalar va alohida fanlarni chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladigan maktablar,
biznes maktablar, kollejlar va boshqalar tez rivojlanmoqda.
Hozirgi vaqtda Respublikada 25 tadan ziyod maktab va maktab internatlarda
o‘quvchilarning fanlarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari asosida muayyan fanlarni
chuqur   o‘rgatishga   yo‘naltirilgan.   Bundan   tashqari   qator   maktablarda
ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etilgan.
2003-yilga kelib «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi» asosida uzluksiz ta’lim tizimini tubdan isloh qilishda samarali natijalarga
erishildi.   Eski   turdagi   ta’lim   muassasalari   o‘rniga   yangi   turdagi   kasb-hunar
kollejlari   va   akademik   litseylari   tashkil   etildi.   Qoraqalpog‘iston   Respublikasida
1998—2002-yillarda   3   ta   akademik   litsey   va   33   ta   kasb-hunar   kollejlari   qurilib
foydalanishga topshirildi.
Hozirgi paytda respublikada 763 ta umumta‘lim maktabi, 405 ta maktabgacha
ta’lim   muassasasi,   91   maktabdan   tashqari   ta’lim   muassasasi   (shundan   28   tasi
bolalar sport maktabi) faoliyat ko‘rsatdi.
Bolalarga   xorijiy   tillarni,   xoreografiya,   tasviriy   va   musiqa   san’atini,
kompyuter savodxonligi asoslarini o‘rgatuvchi guruhlar tashkil etildi. Barcha qishloq hunar-texnika bilim yurtlarida respublika uchun zarur bo‘lgan
soha   kadrlarini   tayyorlashga   e’tibor   kuchaytirildi.   Milliy   hunarmandchilikni
rivojlantirishga,   gilam   to‘qish,   keramika   buyumlari   tayyorlash,   ganchkorlar   va
boshqa shu kabi hunar egalarini tayyorlashga ahamiyat berila boshlandi.
Respublikada o‘rta bo‘g‘indagi kadrlarni tayyorlash tizimida 2003-yilga kelib
71   ta   o‘quv   yurti   faoliyat   ko‘rsatdi.   Shundan   68   tasi   kasb-hunar   kollejlari,   3   tasi
akademik   litseylardir.   Bugungi   kunda   mazkur   o‘quv   yurtlarida   51   mingdan   ortiq
o‘quvchi tahsil olmoqda.
Berdaq   nomidagi   Qoraqalpog‘iston   Davlat   Universitetida   bugungi   kunda   33
ta mutaxassislik bo‘yicha bakalavrlar, 15 ta mutaxassislik bo‘yicha esa magistrlar
tayyorlanmoqda.
O‘ziga   xos   tarixga   ega   bo‘lgan   Ajiniyoz   nomli   Nukus   Davlat   pedagogika
institutida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlanmoqda. Mazkur o‘quv yurtining
15 ta fakultetida 4 ming 402 ta talaba ta’lim olmoqda.
O‘lkada   sog‘liqni   saqlash   sohasidagi   kadrlarni   tayyorlash   borasida   ham
muayyan ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi.
Respublika   sog‘liqni   saqlash   muassasalarining   tibbiyot   xodimlariga   bo‘lgan
ehtiyojini   qondirish   maqsadida   1991-yilda   Nukusda   Toshkent   Pediatriya   tibbiyot
institutining Qoraqalpog‘iston filiali tashkil etildi.
. Keyingi besh yil mobaynida yangidan maktablar qurish va kapital ta’mirlash
hisobidan 30 ta maktab avariya holatidan chiqarildi. 2001-yili hashar yo‘li bilan 2
ta   maktab   binosi,   2002-yili   8   ta   maktab   binosi   qurilib   foydalanishga   topshirildi.
2003-yilning  o‘zida  esa  7  ta maktab  va  kasb-hunar  kolleji   yangidan qurilib ishga
tushirildi.
1991—2003-yillarda fan sohasida ham sezilarli o‘zgarishlar bo‘ldi.
1992-yilda   O‘zbekiston   Respublika   Fanlar   Akademiyasining   Qoraqalpoq
filialiga O‘zbekiston Respbulikasi FAning Qoraqalpoq bo‘limi maqomi berildi.
Uning tarkibida ilgari 3 ta institut mavjud bo‘lgan bo‘lsa, yana ikkita institut
qo‘shildi.   «Tarix,   arxeologiya   va   etnografiya»   hamda   «Bioekologiya»   institutlari
ham   shu   bo‘lim   tarkibiga   kirdi.   Botanika   bog‘i   bo‘linmasiga   esa   bo‘lim   maqomi berildi.   1994-yilda   esa   Fanlar   Akademiyasi   tarkibiga   O‘zbekiston   Sog‘liqni
saqlash vazirligiga qarashli tajriba instituti va tibbiyot klinikasi ham kiritildi.
Fanlar   Akademiyasi   tashkil   etgan   bunday   tadbirlar   olimlarga   tibbiy   va
ijtimoiy   fanlarni   yanada   rivojlantirish,   xalq   xo‘jaligi   va   madaniyatini
yuksaltirishda   muayyan   muvaffaqiyatlarni   qo‘lga   kiritishga   yordam   berdi.
Qoraqalpoq   fanida   erishilgan   yutuqlar   hamda   to‘rt   jildlik   «Qoraqalpoq   tilining
izohli   lug‘ati»ni   yaratishdagi   xizmatlari   uchun   Fanlar   Akademiyasining   4   nafar
ilmiy   xodimi   (M.Qalandarov,   R.Yesemuratova,   T.To‘raboyev,   D.Qozoqboyev)
1996 yilda O‘zbekiston Respublikasining Beruniy nomidagi Davlat mukofoti bilan
taqdirlandilar.
1992-yilda   O‘zbekiston   Respublikasi   Qishloq   xo‘jaligi   fanlari
akademiyasining   Qoraqalpoq   bo‘limi   tashkil   etildi.   Uning   tarkibiga   Sh.Musayev
nomidagi   Chimboy   yer   ishlari   instituti   hamda   sholichilik   va   chorvachilik
institutlarining filiallari kiritildi.
Nukusda O‘rta Osiyo irrigatsiya ilmiy tekshirish institutining bo‘limi faoliyat
ko‘rsatmoqda.   Respublikada   oliy   o‘quv   yurtlari   ham   ilmiy-tadqiqot   ishlari   olib
borilmoqda.
Keyingi   yillarda   Toshkent   olimlari   ko‘magida   katta   miqdordagi   yuqori
malakali mutaxassislar tayyorlandi.
Respublikadagi 60 nafar fan doktori va 600 nafar fan nomzodidan deyarli 30
foizi   O‘zbekiston   mustaqilligi   yillarida   ilmiy   daraja   oldilar.
Ilgari   Fanlar   Akademiyasi   haqiqiy   a’zoligiga   saylangan   Ch.A.Abdirov,
S.K.Kamolov,   A.B.Baxiyevlar   qatoriga   T.Yeshanov,   A.Dauletov,   U.Hamidov   va
J.Bozorboyev ham qabul qilindilar. 1997-yilda esa ikki  nafar rassom  (J.Izentayev
va   J.Quttimuratov)   O‘zbekiston   Respublikasi   Badiiy   akademiyasining
akademikligiga saylandilar.
Respublika olimlari keyingi yillarda chet el mutaxassislari bilan hamkorlikda
ilmiy   izlanishlar   olib   bormoqdalar.   Respublika   Fanlar   Akademiyasining
Qoraqalpoq   bo‘limi   «Bioekologiya»   instituti   xodimlari   Germaniya   olimlari   bilan birgalikda   1993-yildan   beri   Orolbo‘yi   ekologiyasi   muammolari   bo‘yicha
tadqiqotlar olib borishmoqda.
1995-yilda   Mo‘ynoqda   Germaniya   Federativ   Respublikasi   yordamida
«Bioekologiya»   institutining   xalqaro   ekologiya   stansiyasi   ochildi.
«Tarix,   arxeologiya   va   etnografiya»   instituti   Avstraliyaning   Sidney   universiteti
olimlari hamda fransuz arxeologlari bilan birgalikda ish olib bormoqdalar.
Mustaqil O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonning dolzarb masalalari respublika
shoir   va   yozuvchilari   ijodida   katta   o‘rin   egallaydi.   O‘zbekiston   va
Qoraqalpog‘iston   xalq   yozuvchisi   To‘lepbergan   Qaipbergenov   qatoriga   yangi
nomlar   kelib   qo‘shildi.   Saginbay   Ibrohimov,   Kenesboy   Rahmonov   kabi   shoirlar,
Guloysha   Yesemuratova,   O‘zarboy   Abdurahmonov,   Muratboy   Nizanovlar   ana
shular jumlasidandir.
2000   yil   aprel   oyida   Qoraqalpog‘iston   Yozuvchilar   uyushmasida   1999   yilda
yaratilgan   badiiy   asarlar   muhokamasiga   bag‘ishlangan   yig‘ilish   bo‘ldi.   Unda   eng
yaxshi   asarlarga   Qoraqalpoq   Yozuvchilar   uyushmasining   mukofoti   berildi.
Jumladan,   Davlatmurod   Karimov   «Qur’oni   Karim»ni   o‘zbek   tilidan   Qoraqalpoq
tiliga   tarjima   qilgani   uchun,   Gulchehra   Rahimova   mustabid   tuzum   qurbonlari
haqidagi qissasi uchun va Minayxon Jumanazarova «Cho‘lpon» nashriyotida chop
etilgan   «Qalbingizda   qolgim   keladi»   she‘rlar   to‘plami   uchun   mazkur   mukofotga
sazovor   bo‘ldilar.   Ayniqsa,   1999-yil   4-mayda   O‘zbekiston   Prezidentining
Farmoniga ko‘ra T.Qaipbergenov va I.Yusupovning «El-yurt hurmati» ordeni bilan
taqdirlanishi respublika hayotida katta voqea bo‘ldi.
1993-yil   yanvarda   Toshkentda   Qoraqalpog‘iston   madaniyati   kunlari,   noyabr
oyida   esa   Qoraqalpog‘istonda   Toshkent   madaniyati   kunlari   o‘tkazildi.   Xuddi
shuningdek,   2000-yil   iyun   oyida   Qoraqalpog‘istonda   Toshkent   shahri   va
Xorazmdan   kelgan   madaniyat   xodimlari   va   ijodkorlar   ishtirokida   ma’naviyat
kunlari   o‘tkazildi.   Dekabr   oyida   esa   Toshkentda   Qoraqalpog‘iston   madaniyati
kunlari   uyushtirildi.   Bu   tadbirlar   Nukus   va   Toshkent   madaniyat   xodimlari
faoliyatini   bir-birlariga   yaqinlashtirdi.   1996-yilda   Qoraqalpoq   xoreografiyasi
tarixida   birinchi   marta   «Oyjamol»   nomli   Qoraqalpoq   baleti   (N.Muhammedinova musiqasi,   T.Xodjayev   asari)   sahnalashtirildi.   1996-yilda   O‘zbekiston
mustaqilligining   5   yilligi   oldidan   o‘tkazilgan   «O‘zbekiston   —   Vatanim   manim»
qo‘shiq-tanlovida   yosh   qo‘shiqchi   Roza   Kutekeyeva   «Mustaqillik   gullari»
qo‘shig‘i bilan ishtirok etib, faxrli ikkinchi o‘rinni oldi. Shu yili yana Amir Temur
rolining   eng   yaxshi   ijrosi   uchun   tanlovida   Berdaq   nomidagi   drama   teatri   artisti
Bozorboy   Uzoqberganov   qatnashib,   birinchi   o‘rinni   oldi.   Bu   misollar
Qoraqalpog‘iston   san’atkorlari   mustaqillik   yillarida   erishgan   muvaffaqiyatlardan
dalolat beradi.
Qoraqalpog‘iston   san’atida   erishilgan   muvaffaqiyatlarni   keng   targ‘ib   etishda
Rassomlar   uyushmasi,   I.V.Savitskiy   nomidagi   San’at   muzeyi,   Tarix-
o‘lkashunoslik   muzeyi   hamda   Jangovor   va   mehnat   shuhrati   muzeylari   katta
ishlarni olib bormoqda.
Qoraqalpog‘iston   Jo‘qarg‘i   Kengesi   va   Vazirlar   Kengashining   «Erkin
Qoraqalpog‘iston»,   «Qoraqalpog‘iston   xabarlari»   gazetalari,   yozuvchilar
uyushmasining   «Amudaryo»   jurnali,   «Respublika   Fanlar   Akademiyasining
Qoraqalpoq   bo‘limi   xabarlari»   ilgarigidek   muntazam   chiqarilmoqda.   1991-yildan
respublikada   hukumatga   qarashli   bo‘lmagan   «Orol   qizlari»   jurnali   chop   etila
boshladi.
Istiqlol yillarida Nukus shahrining 60 yilligi, To‘rtko‘l shahrining 120 yilligi,
Ajiniyoz   Qosiboy   o‘g‘lining   170   yilligi,   Amir   Temurning   660   yilligi   keng
nishonlandi.   Bular   O‘zbekiston   va   Qoraqalpog‘iston   tarixidagi   eng   muhim
voqealar, o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik ramzidir.
4. Davlatimiz   rahbari   2017-yil   20-21-yanvar   kunlari   Qoraqalpog‘istonda
bo‘lib, hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha
tizimli   chora-tadbirlarni   belgilab   bergan   edi.   O‘tgan   vaqt   mobaynida   ular   to‘la
amalga oshirildi.
Tashrif   yakunlariga   ko‘ra   ishlab   chiqilgan   dasturga   muvofiq,   sanoatni
rivojlantirish   borasida   umumiy   qiymati   160   milliard   so‘mga   yaqin   242   loyiha
bajarildi. Bu qariyb 4 ming ish o‘rni yaratish imkonini berdi. Masalan,   Qorao‘zak   tumanidagi   “Qoraqalpoq   sement”   korxonasida   birinchi
bosqichda   yiliga   200   ming   tonna   sement,   Nukus   shahridagi   “Texnik   global”
korxonasida “Samsung” brendi ostida yiliga 150 ming televizor, “Nukus polimer”
korxonasida   yiliga   8   ming   tonna   polietilen   quvurlar   va   xo‘jalik   buyumlari   ishlab
chiqarish   yo‘lga   qo‘yildi.   To‘rtko‘l   tumanidagi   “Vegateks   global”   korxonasida
yiliga 5 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarilmoqda.
Qoraqalpoq   aholisi   uchun   nihoyatda   muhim   va   dolzarb   masala   bo‘lgan
ichimlik   suvi   muammosi   yillar   davomida   hal   etilmay   kelayotgan   edi.   Shuni
inobatga olib, qisqa vaqtda 101 kilometrlik “Qo‘ng‘irot – Mo‘ynoq” suv quvuri va
“Qo‘ng‘irot” suv taqsimlash inshooti qurib bitkazildi. Buning natijasida Mo‘ynoq
tumanidagi 25 ming aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
Bundan   tashqari,   investitsiya   dasturiga   muvofiq   byudjet   mablag‘lari   va
Orolbo‘yi   hududini   rivojlantirish   jamg‘armasi   mablag‘lari   hisobidan   mavjud   suv
tarmoqlari   rekonstruksiya   qilindi   va   yangilandi.   Shu   tariqa   35   aholi   punktida   50
mingdan   ziyod   odam   ichimlik   suvi   bilan   ta’minlangani   bu   boradagi   ishlarning
izchil davomi bo‘ldi.
Nafaqat   Qoraqalpog‘iston,   balki   butun   mamlakatimizning   faxri   bo‘lgan,
dunyoda   “Sahrodagi   Luvr”   deb   shuhrat   qozongan   I.Savitskiy   nomidagi
Qoraqalpoq davlat san’at muzeyining muhtasham ikkinchi korpusi qurilib, yuksak
xalqaro standartlar asosida jihozlandi va foydalanishga topshirildi.
Qoraqalpoq   davlat   o‘lkashunoslik   muzeyi   binosi,   O‘zbekiston   Qahramoni
Ibroyim   Yusupov   nomidagi   iqtidorli   bolalar   maktabi,   Amir   Temur   nomidagi
istirohat bog‘i, zamonaviy imkoniyatlarga ega yirik sport majmuasi bunyod etildi.
Imom   Eshon   Muhammad   jom’e   masjidi   rekonstruksiya   qilinib,   foydalanishga
topshirildi.
Bunday   o‘zgarishlar   barcha   tumanlarda,   qishloq   va   ovullarda   ro‘y   berdi.
Hudud iqtisodiyoti rivojlandi, aholi turmush darajasi oshdi. Eng muhimi, odamlar
buni o‘z hayotlarida sezmoqda. Shu bois  Qoraqalpog‘iston  aholisi  Prezidentimizning bu  galgi  tashrifini  ham
ko‘tarinkilik   bilan   kutdi.   Tashrif   kun   tartibi,   tanishilgan   obyektlar   va   belgilangan
chora-tadbirlar shunga yarasha ahamiyatli, keng ko‘lamli bo‘lmoqda.
Prezidentimiz   Shavkat   Mirziyoyev   Qoraqalpog‘iston   Respublikasiga
tashrifini Chimboy tumanidagi 8-maktabgacha ta’lim muassasasidan boshladi.
Tashrif   bolalar   bog‘chasidan   boshlanganida   katta   ma’no   mujassam.
Prezidentimiz   o‘zining   har   bir   chiqishi   va   hududlarga   tashrifida   maktabgacha
ta’lim   sifatini   oshirish,   maktabgacha   ta’lim   muassasalarida   bolalarni   maktabga
sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida
keng   qo‘llaniladigan   zamonaviy   ta’lim   dasturlari   va   texnologiyalarini   joriy   etish
tashabbusini ilgari surmoqda va bu borada muhim vazifalar qo‘ymoqda.
Prezidentimizning   2016-yil   29-dekabrdagi   “2017-2021-yillarda  maktabgacha
ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul
qilinib,   maktabgacha   ta’lim   muassasalarining   moddiy-texnik   bazasini
mustahkamlash, jumladan, qishloq aholi punktlarida yangi ana shunday inshootlar
qurish,   ularni   zamonaviy   uskunalar,   o‘quv-metodik   qo‘llanmalar,   multimedia
resurslari bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 30-sentabrdagi "Maktabgacha ta’lim tizimi
boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi  farmoni bilan
Maktabgacha   ta’lim   vazirligi   tashkil   etildi.   Yangi   vazirlikning   asosiy   vazifalari
bosqichma-bosqich   barcha   bolalarni   maktabgacha   ta’lim   tizimiga   qamrab   olish,
o‘zaro   raqobat   qiluvchi   davlat   va   nodavlat   MTMlari   tarmog‘ini   yaratish,
amaliyotga   maktabgacha   ta’lim   va   bolalarni   tarbiyalashning   muqobil   shakllarini
joriy etishdan iborat.
Mazkur   qaror   va   farmon   ijrosi   yuzasidan   bugun   Qoraqalpog‘iston
Respublikasida   ham   keng   ko‘lamli   ishlar   amalga   oshirilmoqda.   Hududda   318   ta
maktabgacha   ta’lim   muassasasi   bo‘lib,   ularning   3   tasi   xususiy,   7   tasi   turli
tashkilotlar   tasarrufida.   Ularda   48   ming   106   nafar,   umumiy   bolalarning   32   foizi
ta’lim-tarbiya olmoqda. Davlatimiz   rahbari   mazkur   bog‘chada   bolalarga   yaratilgan   sharoitlar   bilan
tanishdi, ularni yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabrikladi.
Maktabgacha   ta’lim   tizimiga   alohida   e’tibor   qaratayotganimiz   bejiz   emas,
dedi Shavkat Mirziyoyev. Yoshlar tarbiyasiga bugun e’tibor bermasak, ertaga kech
bo‘lishi   mumkin.   Maktabgacha   ta’lim   muassasalarini   Qoraqalpog‘istonning   iqlim
sharoitidan   kelib   chiqib   qurish   kerak.   Har   bir   xonani   isitiladigan   pol   bilan
ta’minlash zarur. Bundan tashqari, bu soha uchun kadrlar tayyorlash tizimini ham
qayta   ko‘rib   chiqish,   buning   uchun   oliy   ta’lim   muassasalari   qoshida   maxsus
kurslar   tashkil   qilish   lozim.   Tarbiyachilar   saviyasi   bolalar   kelajagi   uchun   muhim
ahamiyatga ega.
Prezidentimiz yangi  qurilayotgan bog‘chalar  loyihasini  tayyorlashda  Janubiy
Koreya tajribasini tatbiq qilish lozimligini qayd etdi.
Bunday   inshootlarni   eskicha   ruhdagi   loyihalar   asosida   qurish   o‘zini
oqlamayapti.   Bolalarning   yotoqxonalari   va   darsxonalarini   keng   va   yorug‘   qilib
bunyod   qilishimiz,   ma’muriy   xonalarni   ixchamlashtirishimiz   kerak,   dedi
davlatimiz rahbari.
Shu   yerda   50,   100,   150   o‘rinli   maktabgacha   ta’lim   muassasalarining
namunaviy loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Yangi loyihalarda maktabgacha ta’lim
muassasalarining   davlat   va   nodavlat   tarmoqlarini   yanada   kengaytirish,   ular
o‘rtasida   sog‘lom   raqobat   muhitini   shakllantirish,   davlat   va   xususiy   sektor
sherikligi   shartlarida   maktabgacha   ta’lim   muassasalarining   yangi   shakllarini   joriy
etish kabi ma’lumotlar o‘z ifodasini topdi.
Pedagogika   kollejini   tugatgan   yoshlarni   qayta   tayyorlov   kurslariga   jalb   etib,
ularni   maktabgacha   ta’lim   muassasalariga   ishga   qabul   qilish   bo‘yicha   topshiriq
berildi.
Prezidentimiz   Toshkent   davlat   agrar   universiteti   Nukus   filialining   Chimboy
tumanidagi akademik litseyiga tashrif buyurdi.
Shu   yerda   farmatsevtika   sanoatini   yanada   rivojlantirish,   dori-darmon
vositalari   hamda   tibbiyot   buyumlari   ishlab   chiqaruvchilarni   qo‘llab-quvvatlash, ichki   bozorni   mamlakatimizda   ishlab   chiqarilgan   yuqori   sifatli   preparatlar   bilan
to‘ldirish borasida amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar taqdim etildi.
Davlatimiz   rahbari   mazkur   soha   istiqbolini   yuqori   baholab,   bu   borada
mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish zarurligini ta’kidladi.
Paxtani foyda bersa ham, foyda bermasa ham ekaverish vaqti o‘tdi. Daromad
bermadimi,   boshqa   ekin   ekish   kerak.   Masalan,   qizilmiya   bu   hudud   iqlimi   va
sharoitiga   mos   keladi.   Shunday   ekan,   nima   uchun   uni   ko‘paytirishni   yo‘lga
qo‘ymasligimiz kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Chimboy   tumanidagi   «Lanextrakt»   qo‘shma   korxonasida   qizilmiya   ildizidan
ekstrakt ishlab chiqariladi. Korxonada yiliga 30 ming tonna qizilmiya ildizi qayta
ishlanib,   1,3   ming   tonna   ekstrakt   tayyorlanadi.   Xitoylik   investorlar   bilan
hamkorlikda tashkil etilgan korxonada 200 ish o‘rni yaratilgan.
Prezidentimiz   Qoraqalpog‘iston   Respublikasida   farmatsevtika
plantatsiyalarini tashkil etish va yetishtirish loyihasi bilan ham tanishdi. Davlatimiz
rahbarining  2017-yil   3-maydagi  “Nukus-farm”,  “Zomin-farm”,   “Kosonsoy-farm”,
“Sirdaryo-farm”,   “Boysun-farm”,   “Bo‘stonliq-farm”   va   “Parkent-farm”   erkin
iqtisodiy   zonalarini   tashkil   etish   to‘g‘risida”gi   farmoni   ijrosi   yuzasidan   hududda
keng   ko‘lamli   ishlar   amalga   oshirilib,   mavjud   ishlab   chiqarish   imkoniyatlari   va
resurslar   salohiyatidan   samarali   foydalanish   orqali   yangi   ish   o‘rinlari   yaratishga
alohida e’tibor qaratilmoqda.
Hududda   farmatsevtika   sanoatini   rivojlantirish   yo‘nalishida   2018-2019-
yillarda   qiymati   27   million   dollarga   teng   17   loyiha   amalga   oshirilishi
rejalashtirilgan.   Mazkur   loyihalar   doirasida   37   turdagi   farmatsevtika   mahsulotlari
ishlab chiqariladi va ularning bir qismi eksport qilinadi.
Nukus   shahridagi   «Nukus   Med   Tex»   MChJ   tomonidan   tibbiy   buyumlar,
«Berlin   farm»   MChJ   tomonidan   onkologik   dori   vositalari   ishlab   chiqarish   yo‘lga
qo‘yiladi. To‘rtko‘l tumanidagi «To‘rtko‘l shisha idishlari» MChJda farmatsevtika
shisha idishlari tayyorlanadi.
Shu   kabi   farmatsevtik   mahsulotlar   ishlab   chiqarishga   qaratilgan   boshqa
loyihalar   ham   taqdim   qilindi.   Loyihalarda   selluloza   ishlab   chiqarish   haqidagi ma’lumot   ham   o‘rin   oldi.   Ikki   bosqichda   amalga   oshiriladigan   mazkur   loyiha
qog‘oz   ishlab   chiqarishdan   tayyor   mahsulotgacha   bo‘lgan   jarayonni   o‘z   ichiga
oladi.
Qoraqalpog‘iston   Respublikasida   bo‘sh   turgan   va   kam   quvvat   bilan
ishlayotgan   bino   va   maydonlar   xatlovdan   o‘tkazilgani   to‘g‘risidagi   ma’lumot
asosida   yangi   korxonalarni   ishga   tushirish   ko‘zda   tutilmoqda.   Shuningdek,
loyihalarda kam ta’minlangan oilalarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar o‘rin
olgan.
Davlatimiz   rahbari   Chimboy   tumani   faollari,   ziyolilar   bilan   uchrashdi.
Uchrashuvda   bugun   dunyoda   ro‘y   berayotgan   o‘zgarishlar,   aholini   qiynayotgan
muammolar, ta’lim, tibbiyot tizimini takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Shavkat   Mirziyoyev   Taxiatosh   tumaniga   tashrif   buyurdi.Bu   yerda
Qoraqalpog‘iston   Respublikasini   kompleks   rivojlantirish   bo‘yicha   2017-yilda
amalga   oshirilgan   ishlar   haqida   ma’lumot   berildi.   Prezidentimizning   avvalgi
tashrifidan so‘ng 2 ming 112 loyiha amalga oshirildi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi va
xizmat   ko‘rsatish   sohalaridagi   ushbu   loyihalar   natijasida   eksportbop   mahsulotlar
ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, 11 mingga yaqin ish o‘rni yaratildi.
Qoraqalpog‘iston   Respublikasini   2018-2019-yillarda   komleks   rivojlantirish
dasturi doirasida yana 1 ming 309 loyiha rejalashtirilgan. Ularni amalga oshirishga
tashabbuskor   korxonalar   va   tijorat   banklari   mablag‘lari,   xorijiy   investitsiyalar
yo‘naltiriladi. Buning natijasida yangi mahsulotlar ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi,
mahalliylashtirish   va   qayta   ishlash   darajasi   oshadi,   10   mingga   yaqin   ish   o‘rni
tashkil etiladi.
Hudud   sanoatini   yangi   bosqichga   ko‘tarish   maqsadida   mamlakatimizdagi
yirik   korxonalar   ham   jalb   etilgan.   Xususan,   Navoiy   kon-metallurgiya   kombinati
Taxiatosh   tumanida   metall   konstruksiyalar   va   nostandart   jihozlar,   Olmaliq   kon-
metallurgiya   kombinati   Qorao‘zak   tumanida   temir-beton   mahsulotlar   va   qum-
shag‘al ishlab chiqarishi rejalashtirilgan. Davlatimiz   rahbari   Qoraqalpog‘iston   iqtisodiyotini   diversifikatsiya   qilish,
qo‘shimcha   qiymatli   mahsulotlar   ishlab   chiqarish   va   eksportni   kengaytirish
bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Tebinbuloq konini o‘zlashtirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. Hozirgi
kunda   mamlakatimizda   metall   mahsulotlar   mavjud   shunday   buyumlarni   eritish
orqali   ishlab   chiqarilmoqda.   Tebinbuloq   koni   temir   rudasining   ulkan   zaxirasiga
ega.   Ushbu   konni   o‘zlashtirish   ikki   bosqichda   amalga   oshiriladi.   Natijada   2021-
yildan   boshlab   yiliga   1   million   tonna   po‘lat   ishlab   chiqarish   imkoniyati   paydo
bo‘ladi. Bu boradagi ishlarni tashkil etish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari”
aksiyadorlik jamiyati tarkibida direksiya tashkil etildi.
Samarasiz foydalanilayotgan obyektlar negizida yangi korxonalar tashkil etish
loyihalari   haqida   ham   ma’lumot   berildi.   Qoraqalpog‘istonda   6   ta   kichik   sanoat
zonasi tashkil etish rejalashtirilgan. Ulardagi obyektlar 5 yil muddatga keyinchalik
mulk   huquqini   rasmiylashtirish   sharti   bilan   bepul   beriladi.   Muhandislik-
kommunikatsiya   tarmoqlarini   qurish   va   tiklash   ishlari   davlat   byudjeti   hisobidan
amalga   oshiriladi.   Shu   tariqa   ushbu   zonalarda   ishlab   chiqarishni   yo‘lga   qo‘yish,
tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur sharoit yaratiladi.
Shu   yerda   “O‘zqurilishmateriallari”   va   “O‘zbekenergo”   aksiyadorlik
jamiyatlari   tomonidan   amalga   oshiriladigan   ishlar,   Orolbo‘yi   aholisi   turmush
darajasini yaxshilashga qaratilgan rejalar namoyish etildi.
Prezidentimiz   ushbu   reja   va   maqsadlarning   Qoraqalpog‘iston   hayotidagi
ahamiyatiga alohida e’tibor qaratib, ularning har biri bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Davlatimiz   rahbari   Xo‘jayli   tumanidagi   barpo   etilayotgan   zamonaviy
logistika   markazida   bo‘ldi.   Mazkur   hududda   logistika   markazi   qurish   topshirig‘i
Prezidentimizning   joriy   yil   yanvar   oyida   Qoraqalpog‘istonga   tashrifi   davomida
berilgan edi.
«Xo‘jayli   agrosanoat   markazi»   MChJ   tomonidan   tashkil   etilayotgan   markaz
qishloq   xo‘jaligi   mahsulotlarini   saqlash,   qayta   ishlash   va   eksport   qilish   bilan
shug‘ullanadi,   ichki   bozorni   qishloq   xo‘jaligi   mahsulotlari   bilan   uzluksiz
ta’minlash,   yer   maydonlaridan   unumli   foydalanish,   yangi   ish   o‘rinlari   yaratish, mamlakatimiz eksport  salohiyatini  oshirishga  xizmat  qiladi.15,3 gektar  maydonni
egallagan   majmuada   2018-yilda   5   ming   tonna   meva-sabzavotni   qadoqlash,
saralash va qayta ishlash imkoniyati yaratiladi. 150 kishi ish bilan ta’minlanadi.
Shu   yerda   Qoraqalpog‘istonda   oziq-ovqat   sanoati   sohasida   amalga
oshiriladigan   investitsiya   loyihalari,   chorvachilik,   parrandachilik,   asalarichilik   va
baliqchilikni   rivojlantirish   bo‘yicha   dasturlar   taqdimoti   bo‘lib   o‘tdi.   Xususan,
2018-2019-yillarda meva-sabzavot va go‘shtni qayta ishlash, sovutkichlar qurishga
oid   70   loyihani   amalga   oshirish   rejalashtirilgan.   2018-2020-yillarda   chorvachilik
va   parrandachilikni   rivojlantirish   dasturi   doirasida   250   loyihani   hayotga   tatbiq
etish   ko‘zda   tutilgan.   Natijada   730   dan   ortiq   ish   o‘rni   yaratiladi.   2018-2020-
yillarda baliqchilikni  rivojlantirish  dasturi  doirasida  6 loyiha bajariladi. Nukus va
Qanliko‘l   tumanlarida   sholi   maydonlarida   baliq   yetishtirish   texnologiyasi   tatbiq
etiladi.
Prezidentimizga   2018-yili   Qoraqalpog‘istonda   tomorqalardan   samarali
foydalanish dasturi loyihasi ham taqdim etildi.
Davlatimiz   rahbari   mazkur   loyihalar   ahamiyatiga   to‘xtalib,   ularni   yanada
takomillashtirish va o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Shavkat   Mirziyoyev   Qoraqalpog‘iston   Respublikasida   melioratsiya   va
irrigatsiya tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalari bilan tanishdi.
2013-2017-yillarda   Orolbo‘yi   mintaqasida   byudjet   va   markazlashgan   kapital
mablag‘lar   hisobidan   248   milliard   so‘mlik   irrigatsiya-melioratsiya   tadbirlari
amalga oshirilib, 140 ming gektar maydonning suv ta’minoti va 231 ming gektar
yerning meliorativ holati yaxshilandi.
Prezidentimizning   joriy   yil   27   noyabrdagi   “2018-2019-yillarda   irrigatsiyani
rivojlantirish   va   sug‘oriladigan   yerlarning   meliorativ   holatini   yaxshilash   Davlat
dasturi   to‘g‘risida”gi   qarori   bu   boradagi   ishlar   ko‘lamini   yanada   kengaytirishga
xizmat qiladi.
Ushbu   qarorga   muvofiq,   kelgusi   ikki   yilda   qariyb   140   kilometr   kanallar
hamda   63   gidrotexnik   inshoot   rekonstruksiya   qilinib,   60   ming   gektar
sug‘oriladigan   yerning   meliorativ   holati   yaxshilanadi.   246   kilometrdan   ortiq kollektorlarni   qurish-rekonstruksiya   qilish,   3   ming   735   kilometr   uzunlikdagi
kollektorlarni   ta’mirlash   va   tiklash   ishlari   amalga   oshiriladi.   Natijada   89   ming
gektar   maydonning   meliorativ   holati   yaxshilanib,   qishloq   xo‘jaligi   ekinlaridan
olinadigan hosildorlikni oshirishga erishiladi.
To‘rtko‘l   tumanida  barpo  etilishi   rejalashtirilayotgan  Sho‘rbuloq  suv  ombori
Amudaryoning   quyi   oqimida   suv   taqchil   yillarda   suv   ta’minotini   yaxshilash,
hududda baliqchilik, chorvachilik, bog‘dorchilikni rivojlantirish va qo‘shimcha ish
o‘rinlari yaratish imkonini beradi.
Ma’lumki,   Orol   dengizi   sathi   pasayib,   qirg‘oqdan   180-200   kilometr
uzoqlashib   ketgani   Amudaryoning   quyi   oqimiga   kirib   keluvchi   suvlar   yuqori
nishablikdan tushishi va Mo‘ynoq tumanidagi Daryo oralig‘i suv ombori yaqinida
jarliklar   hosil   bo‘lishiga   olib   kelmoqda.   Bu   Mo‘ynoq   suv   ombori,   Ribache,
Maqpalko‘l,   Zakirko‘l   ko‘llariga   suv   yetib   bormasligi,   hududdagi   baliq   va
hayvonot dunyosi yo‘q bo‘lib ketish xavfini tug‘dirmoqda.
Ushbu   xavfning   oldini   olish   maqsadida   2013-2017-yillarda   shimoliy   va
sharqiy  dambalarni   rekonstruksiya  qilish  hamda   suv  o‘tkazish  qobiliyatini  tiklash
ishlari   bajarildi.   Navbatdagi   bosqichda   Maypost   ko‘li   bo‘ylab   to‘g‘on   yo‘lini
tiklash va ko‘ldan Amudaryoning eski o‘zaniga suv o‘tkazish imkonini beradigan
gidrotexnik inshoot qurish mo‘ljallangan.
Davlatimiz   rahbariga   janubiy   Qoraqalpog‘istonda   suv   resurslarini
boshqarishni yaxshilash loyihasi to‘g‘risida ham ma’lumot berildi.
Loyiha   asosida   amalga   oshirilayotgan   ishlar   tufayli   Ellikqal’a,   Beruniy   va
To‘rtko‘l   tumanlarida   100   ming   gektarga   yaqin   maydon   suv   bilan   ta’minlanib,
yiliga  269  million  kubometr   suv  tejaladi.   23  nasos   stansiyasi,  Suv  iste’molchilari
uyushmasi   va   fermer   xo‘jaliklari   hisobidagi   450   dan   ortiq   nasos   agregatlari
to‘xtatilishi   har   yili   52   million   kilovatt   soat   elektr   energiyasini   iqtisod   qilish
imkonini beradi.
Prezidentimiz   irrigatsiya   sohasidagi   loyihalarni   sifatli   bajarish   va   mintaqada
suv resurslaridan samarali foydalanish yuzasidan tavsiyalar berdi. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyev   Nukus   shahrida
Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   Jo‘qorg‘i   Kengesi   deputatlari   va   faollari   bilan
uchrashuv   o‘tkazdi.   Unda   shu   kungacha   bajarilgan   ishlar   tanqidiy   tahlil   qilinib,
barcha   sohalarni   rivojlantirish   bo‘yicha   kelgusi   ikki   yilda   amalga   oshiriladigan
ustuvor yo‘nalishlar va dolzarb vazifalar belgilab berildi.
Mamlakatimizning   tegishli   vazirliklari,   shuningdek,   kompaniya   va   banklar
rahbarlarini   muntazam   ravishda   hududlarga   yuborib,   joylardagi   qo‘shimcha
rezervlarni   izlab   topish,   aniq   investitsiya   loyihalarini   ishlab   chiqish   va   amalga
oshirish   bo‘yicha   tadbirlar   izchil   davom   ettirilmoqda,   dedi   Shavkat   Mirziyoyev.
Qoraqalpog‘istonga bugungi safardan oldin ikki hafta mobaynida ishlar xuddi shu
tartibda   tashkil   etildi   va   qo‘shimcha   investitsiyalarni   jalb   etishga   yo‘naltirilgan
yangi dastur loyihasi ishlab chiqildi. ADABIYOTLAR:
1.Mirziyoev Sh.M. Biz milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom  ettiramiz
va uni yangi bosqichga ko'taramiz. T. 1. - Toshkent: O'zbekiston .. 2017 yil.
2.   Mirziyoev   Sh.M.   Biz   buyuk   kelajagimizni   mard   va   olijanob   xalqimiz   bilan
birgalikda quramiz. - Toshkent: O'zbekiston. 2017 yil.
3.   Mirziyoev   Sh.M.   Qonun   ustuvorligi   va   inson   manfaatlarini   himoya   qilish
mamlakat taraqqiyoti  va xalq farovonligining garovidir. O'zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi   qabul   qilinganligining   24   yilligiga   bag'ishlangan   tantanali
marosimdagi nutq. - Toshkent: O'zbekiston. 2017 yil.
4. Mirziyoev Sh.M. Birgalikda biz erkin va obod, demokratik O'zbekiston davlatini
barpo etamiz. - Toshkent: O'zbekiston. 2017 yil.
5. I.A.Karimov O'zbekiston: milliy mustaqillik, iqtisodiyot, siyosat, mafkura. T. 1.
- Toshkent: O'zbekiston, 1996 yil.
6. Karimov I.A Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. -Toshkent: Ma'naviyat, 2008
yil.
10.   Karimov   I.A   Vatanimiz   baxti   va   buyuk   kelajagiga   xizmat   qilish   eng   katta
baxtdir. - Toshkent: O'zbekiston. 2015 yil.

Mustaqillik yillarida Qoraqalpog'iston Respublikasi Reja: 1.Qoraqolpogiston Respublikasining tashkil topishi 2. Qoraqalpog‘iston respublikasining iqtisodiyva ijtimoiy taraqqiyoti 3.Qoraqalpog‘iston respublikasida xalq ta’limi, fan va madaniyat 4. 2016-2020 yillarda Qoraqlpog`iston Respublikasi taraqqiyoti

1. 1924-yilda Qozog‘iston ASSR tarkibida Qoraqalpog‘iston Muxtor (Avtonom) viloyati tashkil qilindi. Viloyat volostlarga bo‘linadigan To‘rtko‘l, Chimboy, Xo‘jayli va Qo‘ng‘irot okruglaridan iborat edi. 1925-yil 12—19-fevralda To‘rtko‘l shahrida Muxtor viloyat Sho‘rolarning 1-Ta’sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Muxtor viloyatining Qozog‘iston ASSR tarkibiga «o‘z ixtiyori bilan kirganligi» qonunlashtirildi. Albatta, viloyat aholisining milliy tarkibi ham e’tiborga loyiq edi. Muxtor viloyat tashkil etilgan paytda viloyat hududidagi aholining 38,5 foizini qoraqalpoqlar, 28,7 foizini o‘zbeklar, 28,6 foizini qozoqlar va bor yo‘g‘i 1 foizga yaqinini (shahar aholisidan tashqari) ruslar tashkil etgan. Oradan 8 yil o‘tar-o‘tmas Qoraqalpog‘iston Muxtor viloyatini yana «O‘z ixtiyoriga ko‘ra» Qozog‘iston tarkibidan olib RSFSR tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Muxtor Sho‘ro Sotsialistik Respublikasi (QQASSR)ga aylantirish» zarurati tug‘ildi. Bu qo‘lbola zaruriyat Qoraqalpog‘iston viloyati Ijroiya Qo‘mitasining 1932-yil 5-martdagi navbatdan tashqari bo‘lib o‘tgan IV plenumida quyidagicha asoslandi: «Qoraqalpog‘istonning Moskva va sanoat Markazlaridan uzoqligini, madaniy va iqtisodiy jihatdan qoloqligini, yanada rivojlanishi istiqbollarini... hisobga olib, Butunittifoq Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi Prezidumidan Qorqalpog‘iston Muxtor viloyatini RSFSRga kiradigan Muxtor Sho‘ro Sotsialistik Respublikasiga aylantirish so‘ralsin». Qoraqalpoq xalqining «iltimosi» qondirilib, Butunittifoq MIK Prezidiumi 1932-yil 20-martdagi qarori bilan Qoraqalpog‘iston Muxtor viloyati Qoraqalpog‘iston Muxtor Sho‘ro Sotsialistik Respublikasiga aylantirilib RSFSR tarkibiga kiritildi. Ammo oradan yana bor-yo‘g‘i 4 yil o‘tar-o‘tmas Qoraqalpog‘iston Muxtor Sho‘ro Sotsialistik Respublikasini RSFSR tarkibidan O‘zbekiston Sho‘ro Sotsialistik Respublikasiga «oshirish ehtiyoji» paydo bo‘ldi. Bu «ehtiyoj» uchun RSFSR bilan QQASSR o‘rtasida umumiy chegaralar yo‘qligi «asos» bo‘ldi. 1936- yil may oyida tayyorlangan SSSRning yangi Konstitutsiyasi loyihasida

QQASSRni RSFSR tarkibidan chiqarib , O‘zbekiston SSR tarkibiga kiritish ko‘zda tutilgan edi. Butunittifoq Sho‘rolarining 1936-yil 5-dekabrda bo‘lib o‘tgan favqulodda VIII qurultoyida SSSRning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Mazkur Konstitutsiya asosida tayyorlanib 1937-yil 12-fevralda tasdiqlangan O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasida QQASSRning O‘zbekiston Sho‘ro Sotsialistik Respublikasi tarkibiga kirganligi qonun bilan mustahkamlandi. Qoraqalpog‘iston xalqlari qariyb 70 yildan beri O‘zbekiston xalqlari bilan ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha sohalarida bir-birlari bilan og‘alarcha yelkadosh bo‘lib yashab kelmoqdalar. Sobiq Ittifoq parchalangandan so‘ng mustaqil O‘zbekiston tarkibidagi suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi maqomini oldi. Bu tabiiy hodisa edi. Chunki, asrlar mobaynida qoraqalpoqlar bilan o‘zbek xalqi o‘rtasida do‘stlik, qardoshlik munosabatlari qaror topgan, turmush tarzlari va dunyoqarashlarida mushtaraklik vujudga kelgan edi. Orol bo‘yi kengliklarida qadimdan o‘zbek va qoraqalpoq ajdodlari birgalikda yashab, mehnat qilishdi. O‘zlarining taraqqiyot yo‘llarini bosib o‘tishdi. 1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida «O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat suvereniteti to‘g‘risida»gi Deklaratsiya qabul qilindi. Mazkur Deklaratsiya 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunda o‘zining huquqiy asosini topdi. Unda Qoraqalpog‘istonning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi e’tirof etildi. Qonunda Qoraqalpog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni teng huquqlilik, ikki tomonlama shartnomalar, bitimlar va boshqa qonun aktlari asosida mustahkamlash ko‘rsatib berildi. O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida (70—75-moddalar) o‘z aksini topdi (10-ilova).

Natijada ikki tomonlama hurmat asosida qoraqalpoq xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash, mustaqil taraqqiyot hamda milliy davlatchilikni mustahkamlashdagi roli oshdi. Kelajakka qat’iy ishonch bilan qaraydigan, olis istiqbolni yaratishning kafolatini beradigan huquqiy maqomga ega bo‘ldi. Konsitutsiyaning 21-moddasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarosi ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. Bu qoraqalpoq xalqiga O‘zbekiston xalqlarining barcha huquqlardan foydalanish imkonini beradi. Ularning haq-huquqlari va erkinliklarini kafolatlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi taraqqiyoti uchun qator imkoniyatlar beradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82-moddasida mustahkamlab qo‘yilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Raisi o‘rinbosarlaridan biri — Oliy Majlis deputati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesi Raisi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumati rahbari lavozimi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi. 107-moddaga binoan esa, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasining xuddi shunday sud organlarining rahbarlari kiradi. Sud hujjatlari o‘zbek tili bilan birga qoraqalpoq tilida ham olib boriladi (115-modda). O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 71-moddasida belgilab qo‘yilganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z Konstitutsiyasiga ega bo‘lmog‘i kerak. Ana shu huquqiy asosga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi o‘zining o‘n ikkinchi sessiyasida (1993-yil 9-aprelda) Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga hech qanday monelik qilmaydi, aksincha, uni bosh huquqiy asos sifatida biladi va Qoraqalpog‘iston hududida to‘la amal qilishini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog‘istonning butun hududida majburiy ekanligi e’tirof etilgan.

Qoraqalpog‘iston milliy davlatchiligi o‘z taraqqiyoti tarixida birinchi marta ana shunday insonparvar, adolatli, demokratik imtiyozlarga ega bo‘ldi. Ayni paytda u suveren davlatning barcha ramzlariga ega. 1992-yil 14-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida Qoraqalpog‘iston Davlat bayrog‘i tasdiqlandi. 1993-yil 9-aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n ikkinchi sessiyasida Davlat gerbi tasdiqlandi. 1993-yil 4-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n to‘rtinchi sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan 1994-yil 25- dekabrda Oliy Kengashning 75 deputatdan iborat yangi tarkibi muqobillik asosida saylandi. Respublika parlamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesi deb ataldi. Jo‘qarg‘i Kengesning 1995-yil 11-yanvarda Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Jo‘qorg‘i Kenges Raisi, uning o‘rinbosarlari, mandat komissiyasi, 8 ta qo‘mita raislari va uning a’zolari saylandi. Ayni paytda, deputatlar qo‘mitalar raislari rahbarligida Qoraqalpog‘iston qonunchilik tizimini yaratishda faol ishtirok etmoqdalar. Xususan, demokratik jamiyat qurish hamda erkin bozor munosabatlarini shakllantirishga mo‘ljallangan muhim qonun va qarorlar qabul qilindi. Jo‘qorg‘i Kenges Raisi qoshida doimiy harakatdagi Kengash tashkil qilindi. Uning tarkibiga Jo‘qarg‘i Kenges Raisi, Rais o‘rinbosarlari, mandat komissiyasi va qo‘mitalar raislari kiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijroiya hokimiyat organi Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Uning tarkibiga Rais, ikkita birinchi o‘rinbosar va 4 ta tarmoq o‘rinbosarlari kiradi. Shuningdek, ijroiya hokimiyat tarkibiga vazirliklar va qator tarmoq qo‘mitalari rahbarlari ham kiritilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida o‘zining ish olib boruvchi doimiy vakiliga ega.