MUSTAQILLIK YILLARIDA QASHQADARYO VILOYATI DEMOGRAFIYASI
MUSTAQILLIK YILLARIDA QASHQADARYO VILOYATI DEMOGRAFIYASI M U N D A R I J A: KIRISH..................................................................................................................... I BOB . MUSTAQILLIK ARAFASIDA QASHQADARYO VILOYATINING DEMOGRAFIK HOLATI. 1.1. XX asr 80-yillar oxirida Qashqadaryo vohasi aholisi demografiyasi............................................................................................. 1.2. Mustaqillik arafasida viloyat aholisining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti... II BOB. MUSTAQILLIK YILLARIDA QASHQADARYO VILOYATINING DEMOGRAFIYASI: DINAMIKA, O‘ZGARISHLAR VA MUAMMOLAR. 2.1. 1990-2021 yillarda viloyat aholisi sonining dinamikasi tahlili...……. 2.2. Viloyat demografiyasidagi o‘zgarishlar va xususiyatlari............................. III BOB. QASHQADARYO VILOYATI AHOLSINING O‘SISH DINAMIKASI, MEHNAT RESURSLARI VA AHOLI BANDLIGI. 3.1. Qashqadaryo viloyati aholisi o‘sishishining hududlar bo‘yicha tahlili . .................................................................................................. 3.2. SHahar va qishloq aholisi bandligi, mehnat resurslari.............................. XULOSA..................................................................................................................... FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI................ 1
KIRISH Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbdigi. Jamiyat va davlat taraqqiyotida demografik jarayonlar muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotida innovatsion tendensiyalarning ta’siri ortib borishi bilan jamiyatimizdagi demografik o‘zgarishlarning ahamiyati yil sayin kuchaymoqda. Bu jarayon, avvalambor, mamlakatimiz aholisi miqdorining yuqori sur’atlar bilan oshib borayotganligiga bog‘liqdir. Demografik jarayonlar, birinchi navbatda, ijtimoiy-mehnat sohasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, milliy iqtisodiyot va jamiyat rivojlanishining asosiy omili bo‘lib xizmat qiladi. SHu nuqtai nazardan, respublika alohida viloyatlari misolida demografik o‘zgarishlarni tahlil qilish fan sohasida muhim ilmiy ahamiyatga ega bo‘lib, bu xududlarning tarixiy rivojlanishi, o‘ziga xos tabiiy-geografik sharoiti, ijtimoiy- iqtisodiy va demografik salohiyati, xududiy tarkibi, aholi joylashuvidagi turli shakllarning mavjudligi kabi xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi. SHu o‘rinda, Prezidentimiz SH.M.Mirziyoevning quyidagi fikrlarini keltirib o‘tish joiz bo‘ladi: “Oldimizga qo‘yilgan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai zarur. Xususan, milliy o‘zligimizni anglash, vatanimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, bu borada ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz lozim” 1 . 1990-2021 yillarda Qashqadaryo viloyatining demografiyasi: dinamika, o‘zgarishlar va muammolari, Qashqadaryo viloyatining respublika ijtimoiy- iqtisodiy hayotidagi ko‘rsatkichlari, aholi bandligi kabi masalalarning tarixiy tahlil qilinishi bilan belgilanadi. tortilmagan va bu holat mavzuning dolzarbligini belgilab beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar 1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси // Халқ сўзи, 2018 йил, 28 декабрь. 2
strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni, 2019 yil 10 yanvardagi “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5623-son Farmoni, 2018 yil 2 fevraldagi “2018-2022 yillarda aholi punktlarini bosh rejalar bilan ta’minlash, loyiha tashkilotlari faoliyatini yaxshilash, shuningdek, shaharsozlik sohasida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3502-son Qarori, 2018 yil 29 martdagi “Qashqadaryo viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3635-son Qarorida va sohani rivojlantirishga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga mazkur dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi. Tadqiqotning ob’ekti Mustaqillik yillarida Qashqadaryo viloyatidagi demografik holati tarixi hisoblanadi. Tadqiqotning predmetini Qashqadaryo viloyatidagi demografik o‘zgarishlar va muammolarning tahlili tashkil etadi. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatidagi demografik holat o‘rganish, tahlil etish ining muhim bir tarmog‘iga aylanishi hamda uning rivojlanishini tadqiqot shaklida amalga oshirish hisoblanadi. Tadqiqotning vazifalari: - XX asr 80-yillarda Qashqadaryo vohasi aholisi demografiyasi holatini o‘rganish; - Mustaqillik arafasida viloyat aholisining ijtimoiy-iqtisodiy hayotini tahlil etish; - 1990-2021 yillarda viloyat aholisi sonining dinamikasi yoritish; - viloyat demografiyasidagi o‘zgarishlar va xususiyatlarga aniqlik kiritish; - Qashqadaryo viloyati aholisi o‘sishishining hududlar kesimida o‘rganish; - shahar va qishloq aholisi bandligi, mehnat resurslari holatini yoritib berish; Ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 3
- mustaqillik arafasida, ya’ni 80-yillar oxirida Qashqadaryo vohasi demografiyasi, xususan aholisi milliy va ijtimoiy tarkibidagi o’zgarishlar, shuningdek mustaqillik arafasida viloyat aholisining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti muammolari o‘rganilib, viloyat aholisining sobiq Ittifoq davrida yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolari yoritib berildi va shuningdek, istiqlol yillarida viloyatda ro‘y bergan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning aholi demografik holatiga ko‘rsatgan ta’siri ochib berildi. - 1990-2021 yillarda viloyat aholisi sonining dinamikasi demografiyadagi o‘zgarishlar va xususiyatlarga bog‘langan bo‘lib, ko‘zdan kechirilayotgan davrda voha demografiyasi respublikaning boshqa hududlaridan aholining o‘sish surati, tug‘ilish va o‘limning kamayishi, farzand ko‘rish ketma-ketligini qisqarishi, aholi zichligi va joylashuvidagi o‘zgarishlar, shahar aholisining o‘sishi qishloq aholisiga nisbatan sekinlashuvi, migratsiyaning faollashuvi kabilar bilan izohlanganligi aniqlandi; - Qashqadaryo viloyatining respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichi tahlil etildi hamda shahar va qishloq aholisi bandligi, mehnat resurslari to‘g‘risda ma’lumotlar aniqlandi. Olingan xulosalar Qashqadaryo viloyatining muammolaridan biri ishchi kuchlarining migratsiyasi, ayollar, yoshlarning bandligi (asosan qishloq xo‘jaligida va sanoatda tarmoqlari) ekanligi dalillandi. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi. O‘zbekistonda, shu jumladan, Qashqadaryo viloyatida demografiya va urbanizatsiya tarixiga bag‘ishlangan tadqiqotlarni quyidagi guruhlarga bo‘lib o‘rganish mumkin. Birinchi guruhga sovet davrida yaratilgan asarlar bo‘lib, bunday adabiyotlarga M. Qoraxonov, O.B. Otamirzaev, N.M. Fayziev, I. Mullajonov, va boshqalarning asarlarini alohida qayd etish mumkin 2 . Ushbu izlanishlar d emografiya masalalari 2 Караханов М.К. Некапиталистический путь развития и проблемы народонаселения. – Т а шкент: Фан, 1983. ; Мулляджанов И.Р. Демографическое развитие У збекской ССР. – Ташкент: Узбекистан , 19 83 ; Ўша муаллиф. Ўзбекистон аҳолиси юз йил ичида. – Тошкент: Ўзбекистон, 196; Ўша муаллиф. Народонаселение Узбекской ССР (Социально-экономический очерк). –Ташкент: Узбекистан, 1967; Файзиев Н. Ўзбекистон янги шаҳарларининг аҳолиси. –Тошкент: Фан, 1964; Тухтаев Э.С. Социально-экономические проблемы повышения уровня жизни сельского населения УзССР. –Ташкент: Фан, 1990. 4
batafsil tahlil etilgan. Jumladan, shular sirasiga E.Ahmedov va N.Fayzievlarning “O‘zbekiston aholisi” monografiyasi, o‘sha davrda O‘zbekistonda iqtisodiy hayoti va aholining ijtimoiy turmush masalalari I. Mullaja novlarning ilmiy tadqiqotlarida o‘z ifodasini topgan 3 . Yuqorida tilga olingan olimlar asarlarining ilmiy qiymatini inkor etmagan holda, mazkur asarlarda ko‘zdan kechirilayotgan davrda respublika va Qashqadaryo viloyati aholisining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, xususan demografiyasi bilan bog‘liq ma’lumotlarga aniqlik kiritilganligini ta’kidlash lozim. Ikkinchi guruh adabiyotlariga mustaqillik yillarida demografik jarayonlariga yangicha nazariy-metodologik asoslarda yaratilgan tarixshunoslik izlanishlari kiradi. Jumladan, respublikada mustaqillik arafasida sobiq Ittifoq davrida ijtimoiy- iqtisodiy ahvol hamda istiqolol yillarida Qashqadaryo viloyatida aholi, demografiyaning xos xususiyatlari, ijtimiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishi tahlilari bir qator ilmiy tadqiqotlarda o‘z aksini topgan. SHular jumlasiga O. Otamirzaev, V. Gentshke, R.H. Murtazaeva, X.YUnusova, N. O‘roqova, K. Xomitov va boshqalarning ishlari hamda hamualliflikda yaratilgan kitoblar kirgan bo‘lib, ularda asosan demografiya jarayonlar, aholi milliy tarkibi, xududlarning iqtisodiy o‘sishi, ijtimoiy, aholi bandligi masalalariga oid ma’lumotlar yoritilgan 4 . Tadqiqotning manbaviy asosi sifatida shuningdek, viloyat arxivi va statistika hujjatlari muhim rol o‘ynadi. Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi. Dissertatsiyada tarixiy tadqiqotlar olib borishning davriylik, ilmiy-tanqidiy tahlil , tarixiylik va ilmiylik hamda izchillik uslublari dan foydalanildi. Arxiv manbalari va a maliy 3 Аҳмедов Э., Файзиев Н. Ўзбекистон аҳолиси. Справочник. –Тошкент: Ўзбекистон, 1967; Муллажонов И. Ўзбекистон аҳолиси. –Тошкент: Ўзбекистон. 1974. Ўша муаллиф. Демографическое развитие Узбекской ССР. –Ташкент, 1983. 4 Ата-Мирзаев О., Гентшке В., Муртазаева Р.Х. Узбекистан многонациональный: историко-демографический аспект. – Ташкент: Медицинская литература им. А.А.Ибн Сина, 1998; Ўзбекистоннинг янги тарихи. Мустақил Ўзбекистон тарихи. 3-китоб. – Тошкент: Шарқ, 2000 ; Ата-Мирзаев О., Гентшке В., Муртазаева Р., Салиев А. Историко-демографические очерки урбанизации Узбекистана. –Ташкент: Университет , 2002; Юнусова Х.Э. Ўзбекистонда совет давлатининг миллий сиёсати ва унинг оқибатлари. – Тошкент: Zar qalam, 2005; Ўзбекистон тарихи (1917-1991 yillar). Маъсул мухаррирлар Р.Абдуллаев, М. Рахимов, Қ. Раджабов. – Т.: Ўзбекистон, 2019; 5