Samarqand Davlat Universiteti mustaqillik yillarida faoliyati
Mavzu: Samarqand Davlat Universiteti mustaqillik yillarida faoliyati Reja: Kirish I bob Samarqand Davlat Universitetining shakllanish tarixi va universitet tuzilmasi. 1. Universiteti tarixiy ildizlarining shakllanish tarixi. 2. Universiteti rahbariyati, fakultetlar va kafedralar faoliyati. II bob Samarqand Davlat Universiteti mustaqillik yillarida faoliyati 1. Universitetining mustaqillik yillarida ilmiy va madaniy – ma’rifiy faoliyati. 2. Universitetining mustaqillik yillarida xalqaro munosabatlari va ilmiy loyihalarning yaratilishi
Kirish Samarqand ilm-fani va madaniyati jahonga tanilishida Samarqand davlat universitetining o’rni beqiyosdir. Bugungi kunda SamDU Markaziy Osiyodagi eng qadimgi va yirik oliy talim muassasalaridan biri bo’lib, u hozirgi ko’rinishda rasmiy ravishda XX asrning boshlaridan faoliyat ko’rsatayotgan bo’lsada, uning tarixiy ildizlari Mirzo Ulug’bek davriga borib taqaladi (XV asr). Ilmu-fan, ma’naviyat va ma’rifat targ’ibotchilari bo’lgan temuriylar xukmronligi davrida Movarounnahr hududida, xususan, Samarqand shahrida fan va ta’lim taraqqiyoti uchun to’liq asos yaratildi. Sohibqiron Amir Temur, uning farzandlari va nabiralari tomonidan bunyod etilgan qator madrasalar diniy va dunyoviy bilimlar beruvchi ziyo maskanlari edi. Ayniqsa o’zbek ilmining faxri bo’lgan Muxammad Tarag’ay Ulug’bekning yaratgan ilmiy maktabi, uning salohiyati buyukligi bugungi kunlarda jahon ilm axli tomonidan e’tirof etilgan. Registon maydonidagi Mirzo Ulug'bek madrasai oliyasi, shak-shubhasiz, Samarqand dorilfununining «beshigi», uning tashkiliy asosi va negizidir. Ushbu «Alma- mater»da Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Ali Qo’shchi, Mavlono Nafis Samarqandiy. Badaxshiy kabi mavlonolar tahsil olishgan va keyinchalik tolibi ilmlarga saboq berishgan. Mirzo Ulug’bek astronomik maktabining vakillari G’iyosiddin Koshiy, Jamshid ibn Ma’sud, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi Muxammad Xavofiylar madrasa dorilfununda matematika, astronomiya, hisoblash asoslari, geografiya kabi dunyoviy fanlardan dars berganlar. Shunday qilib, Samarqand Davlat universitetining ildizlari Mirzo Ulug’bek davriga borib taqaladi. Buning isboti sifatida nufuzli adabiyotchi olimimiz, akademik Boturxon Valixujayevning «Mirzo Ulug’bek davri madrasalari» risolasida Samarqand davlat universiteti Mirzo Ulug’bek madrasasi oliyasining bevosita vorisi bo’lib, uning ta’sis etilish tarixi ham Mirzo Ulug’bek madrasai oliyasining ta’sis etilish tarixiga (1420 milodiy yil) borib taqaladi degan ilmiy xulosasini keltirish joizdir. Temuriylar davridagi oliy ta’lim an’analari keyingi asrlarda o’z davomini madrasalar bag’rida topdi va bolsheviklar davrigacha uzluksiz ta’lim olish dargoxi sifatida xizmat kildi. 1918-yili Toshkentda tashkil toptan dorulfununning o’ziga xos ta’lim jabxalari Samarqandda ham yuzaga kela boshladi va nihoyat 1927-yil 3-yanvarda
Samarqand oliy pedagogika institutini ta’sis etilishi to’g’risida qaror e’lon qilindi. Dastlabki yillarda bu oliy dargohda ijtimoiy-siyosiy fanlar fizika, texnika, tabiatshunoslik, filologiya bo’limlari mavjud edi. Oliy ta’lim muassasasi o’zining faoliyati davomida bir necha yuz minglab. yuqori malakali mutaxassislarni yetkazib berdi. Binobarin Ibrohim Mo’minov. Sulton Umarov, Ubay Oripov, Yaxyo G’ulomov, Alovuddin Baxovuddinov, Vohid Abdullayev, Akbar Otaxo’jayev, Akobr Adhamov, Toshpo’lat Shirinqulov, Boturxon Valixo’jayev, Sayid Shermuhammedov, Shavkat Vohidov, Tolib Mo’minov, Muxsin Ashurov kabi akademik olimlar shular jumlasidandir. Hamid Olimjon, Uyg’un, Mirtemir, Usmon Nosir, Habib Yusufiy, Sharof Rashidov, Asqad Muxtor kabi o’nlab ijodkorlar hamda davlat, madaniyat va fan arboblari mana shu universitetda voyaga yetganlar. Universitet bag’ridan Samarqanddagi qishloq ho’jaligi, tibbiyot, kooperativ, chet tillar institutlari o’sib chiqib mustaqil oliy uquv yurtlariga aylandilar.
I bob Samarqand Davlat Universitetining shakllanish tarixi va universitet tuzilmasi. 3. Universiteti tarixiy ildizlarining shakllanish tarixi. Samarqand davlat universiteti nafaqat O’zbekistonda, jahonning ko’plab mamlakatlarida ham mashxur qadimiy va mumtoz oliy ta’lim muassasasidir. Oliy ta’lim muassasamizning rasman tashkil topishi 1927 yil bilan belgilansada, uning shakllanishi va oliy ta’lim maqomiga ega bo’lishi ilm-fan va ta’lim, san’at va madaniyat durdonalari, arxitektura-qurilish inshootlari bilan jahonga mashhur bo’lgan Temuriylar davri, xususan, Ulug’bek akademiyasining boy tarixi va yutuqlari bilan uzviy bog’liq. Samarqand universitetining tarixiy ildizi Temuriylar davriga borib taqaladi. Ilmu- fan, ma'naviyat va ma'rifat targ'ibotchilari bo'lgan Temuriylar hukumronligi davrida Samarqand mintaqasida va umuman Movarounnahr hududida, fan, ta'lim taraqqiyoti uchun to'liq ma'nodagi zaminu-asos yaratildi. Sohibqiron Amir Temur va uning davomchilari tomonidan bunyod etilgan qator madrasa-maktablar, nafaqat diniy ta'lim maskani bo'lib qolmasdan, ular dunyoviy bilimlar beruvchi makon ham edi. Ushbu madrasalardagi saboqlarning 70% dan ortig'ini dunyoviy predmetlar tashkil qilgan. Aslida Abu Ali ibn Sino, Al-Xorazmiy, Zamaxshariy, Mahmud Qoshg ariy kabiʻ allomalarni voyaga etkazgan yurtda ta'lim tizimini yanada taraqqiy qildirish, ilmu-fanni yuksaltirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud bo'lganligi hech qanday bahsni talab qilmaydi. Mirzo Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, G’iyosiddin Koshiy, Alisher Navoiy, Abduraxmon Jomiy kabi buyuk avlodlarimiz Samarqandda ma’rifat va madaniyatni yuksaltirgan va jahon tamadduni tamal toshlari qo’yganliklari, ularning boy meroslari asosida bugungi oliy ta’lim muassasalari tashkil topganidan g’ururlanamiz. Ana shunday oliy ta’lim muassasalaridan biri - Samarqand davlat universiteta o’zining uzoq yillik faoliyati davrida O’zbekistonimiz xalq xo’jaligiga minglab mutaxassislar va oliy malakali kadrlar tayyorlab berdi. Samarqand davlat universiteti 1927 yil 22 yanvarda O’zbekiston Hukumati qarori bilan Oliy pedagogika instituti nomi bilan tashkil qilingan (1927-1933), 1930 yili O’zbekiston davlat pedagogika akademiyasiga (1930- 1933) va 1933 yilda esa O’zbekiston davlat univereitetiga (1933-1941) aylantirilgan, 1941-1944 yillarda
ikkinchi jahon urushi munosabati bilan O’zbekiston davlat universiteti O’rta Osiyo universiteti tarkibiga kiritilgan (xozirgi O’zbekiston Milliy universiteti), 1944 yilda O’zbekiston davlat universiteti qayta tiklandi (1944- 1960), 1960 yildan boshlab O’zbekiston davlat universiteti Samarqand davlat universiteti deb atalib kelmoqda. Bugungi kunda Samarqand davlat universitetining 14 ta fakultet va 63 ta kafedralarida 34 ta ta’lim yunalishi va 40 ta magistratura mutaxassisligi bo’yicha 13000 ga yaqin talabalar tahsil olmoqda. Ularga 800 dan ortiq professor-o’qituvchilar, jumladan, 3 nafar O’zFA akademiklari, 81 nafar fan doktorlari va 311 nafar fan nomzodlari ta’lim berishmoqda. 40 dan ortiq mutaxassisliklar bo’yicha falsafa doktori (Phd) va fan doktorligi (DSc) doktoranturalari, ularni ximoyasini o’tkazuvchi 9 ta ilmiy kengashlar faoliyat yuritmoqda. Universiteti tarkibida 3 mln. dan ortik ilmiy va o’quv adabiyotlari, jumladan, 15 000ga yaqin nodir kitob va sharq qo’lyozmalari mavjud bo’lgan kutubxona hamda 3 ta akademik lisey, 4 ta muzey, 1ta oranjereya, 2ta noyob qurilma faoliyat yuritmokda. Ta’lim-tarbiya jarayonini muntazam ishlashini ta’minlash maqsadida “Samarqand Davlat universiteti ilmiy axborotnomasi” ilmiy-uslubiy jurnali va “Samarqand universiteti” gazetasi davriy ravishda chop etilmoqda, o’quv va ilmiy adabiyotlarni taxrir va nashr qiluvchi bosmaxona ishlab turibdi. Mustaqillik yillarida universitet talabalaridan 19 nafari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidagi davlat stipediyalari, 98 nafari esa atoqli shaxslar nomidagi davlat stipendiyalarini, 9 nafar talaba esa “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti olishga sazovor bo’lishgan. 7 nafar talabalarimiz jahon chempioni, 57 nafar talabalar Osiyo chempioni, 170 nafardan ortiq talabalar O’zbekiston chempioni, 300 nafardan ortiq talabalar universiada chempioni va sovrindorlari bo’lishgan. Universitet professor-o’qituvchilardan 1 nafari “Buyuk xizmatlari uchun”, 5 nafari “El -yurt xurmati”, 5 nafari “Mexnat shuxrati” ordenlari, 3 nafari “Shuxrat” medali bilan taqdirlangan, 3 nafari “O’zbekiston Fan arbobi” va 6 nafari “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi” unvonlarini olishgan. Samarqand davlat universiteti O’zbekistonda ta’lim va ilm-fan soxalarida olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisi, ta’lim-tarbiya jarayonini uyg’unlashtirish, tayyorlanadigan mutaxassis kadrlarning raqobatbardoshligini oshirish, ilg’or pedagogik