Qadimgi mesopatamiya ma’daniyati
1MAVZU: QADIMGI OSSURIYA DAVLATI REJA: I. KIRISH. II. ASOSIY QISM. 1. Qadimgi Ossuriya davlatini yuzaga kelishi , o’rta ossuriya va yangi ossuriya podshaliklari 2. Qadimgi Ossuriya davlatida harbiy islohotlar va harbiy qo’shin 3. Qadimgi Ossuriya ma’daniyati III. XULOSA. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI. KIRISH
2Ossuriya — Mesopotamiyaning shimolida, Dajla daryosi yuqori oqimi bo ylarida ʻ qadimda mavjud bo lgan davlat (miloddan avvalgi XX-VIIasrlar). ʻ Ashshur (Assur) shahardavlati nomidan olingan. Ossuriya aholisi, asosan, somiy-akkad xalqlariga mansub bo lgan. Miloddan avvalgi XVII asr boshida Ashshur yirik davlatning ʻ markazi edi. Keyinchalik Bobil, 16—15-asrlarda Mitanni davlatlari qo l ostiga ʻ o tgan. Ashshur hukmdori Ashshuruballit I (miloddan avvalgi 15-asr oxiri ʻ — 14- asrboshi) Mitannining zaiflashganidan foydalanib, mustaqil bo lib olgan va kuchli ʻ davlat tuzgan. U Bobilni ham o ziga buysun-dirgan. Uning nabirasi Arikdenilu ʻ birinchi bo lib „Ossuriya podshohi“ unvonini olgan. Ossuriya Shimoliy ʻ Mesopotamiyaning bu-un hududini hamda Bobilga Furot va Dajla orqali boradigan daryo yo lini egallab olishga muvaffaq bo lgan. Shuningdek, Arrapxa (hozirgi ʻ ʻ Kirkuk) davlati ham bosib olingan. Miloddan avvalgi 16— 13-asrlar oralig ida ʻ bizning davrimizgacha yetib kelgan Ossuriya sud qarorlari (oilaviy, yer, qarzdorlik huquqiga doir va boshqalar) tuzilgan. 13-asrdan podsho hokimiyati bilan zodagonlar o rtasida ziddiyat kuchaya boshlagan. 12-asrda Ossuriya vaqtinchalik ʻ zaiflashgan bo lsada, ammo Tiglatpalasar I davrida (12-asr oxiri ʻ — 11-asr boshi) yangidan qudratli davlatga aylangan. U Bobil, Shimoliy Suriya va Finikiyada zafarli urushlar olib borgan. Armanistonga tez-tez yurishlar qilib turgan. Biroq Tiglatpalasar I hukmronligining 2-yarmida oromiy kabilalarining Suriya dashtidan Shimoliy Suriya va Shimoliy Mesopotamiyaga siljishi bilan Ossuriya davlati zaiflashib, parchalanib keta boshlagan. Zodagonlar bilan kurash natijasida Ossuriya podsholarining qarorgohi imtiyozli Ashshur shahridan boshqa shaharlarga — dastlab, Kalxuga (hozirgi Nimrud shahri harobasi), 8 — 7-asrlarda bo lsa Dur-Sharrukin (Xorso-bod) va Nineviya (Kuyunjik) ga ko chirilgan. 10-asr ʻ ʻ oxiri — 9-asrlarda Ossuriya podsholari Shimoliy Mesopotamiya va Ossuriyaning sharqidagi tog li o lkalarda o z hokimiyatlarini tiklashga erishganlar. Ossuriya ʻ ʻ ʻ qo shinlari bir necha bor Janubga ʻ — Bobilga, Shimolga — Urar-tuga, Sharqqa — Midiyaga, G arbga ʻ — Suriyaga bostirib kirganlar. 9-asr oxiridan Ossuriyada ijtimoiy-siyosiy tanazzul boshlangan, u urushlar natijasida xo-navayron bo lgan ʻ qishloq xo jaligi rayonlari bilan bog liq edi. Yirik davlatlar va ittifoqlar, ayniqsa, ʻ ʻ
3Urartu bilan bo lgan kurashda Ossuriya bosib olgan bir qancha viloyatlardan ʻ ajralgan. Mamlakat ichkarisida sodir bo lgan fuqarolar urushi natijasida taxtga ʻ Tiglatpalasar III (745—727) o tirgan. Uning davrida Ossuriya yana bosqinchilik ʻ siyosati yurgizgan. 100-yil mobaynida G arbiy Osiyoning butun hududi (Urartu va ʻ ba zi chekka viloyatlardan tashkari) bosib olingan. Bu hududlardagi xalqlar qirib ʼ tashlanmasdan, balki bir rayondan ikkinchi rayonga ko chirilgan; noyibliklar ʻ kichik qismlarga bo lib tashlangan va noyiblar huquqi cheklangan; davlat ʻ tomonidan ta minlanadigan doimiy armiya tuzilgan. Tiglatpalasar III, o g li ʼ ʻ ʻ Salmanasar V (727—722), keyinchalik Sinaxerib (705—680) harbiylarga ko proq ʻ yon bosib, oqsuyaklar, kohinlar huquqini cheklagan. 679—672 yillarda Ossuriya Shimolida va Sharqda kimmeriylar, skiflar va midiyaliklar bilan og ir urushlar olib ʻ borgan. Miloddan avvalgi 8-asr oxiridan boshlab Ossuriyaga qarshi bo lgan ʻ davlatlar (Bobil, Elam , ba zan ʼ Misr , Suriya, Finikiya , Falastin ) va kabilalar (xaldey, arab va boshqalar) ittifoqi tuzilgandi. Ashshurbanipal davrida (669—633) bu ittifoqqa qarshi olib borilgan urushlar natijasida Ossuriyada ozod dehqonlar ahvoli og irlashgan, qo shinning ma naviy-ruhiy ahvoli yomonlashgan. ʻ ʻ ʼ Ossuriyaning harbiytexnikaviy yutuklarini 7-asrga kelib boshqa davlatlar ham o zlashtirganlar. Uzoq muddatli urushdan so ng Bobil va Midiya ittifoqi ʻ ʻ Ossuriyani tormor keltirgan, uning asosiy shaharlarini vayron qilib, Ossuriya davlatini tugatgan (605). Urush davrida Ossuriya zodagonlari yoppasiga qirib tashlangan, qolgan aholi Mesopotamiya oromiylari bilan aralashib ketgan. 1.Qadimgi Ossuriya davlatini yuzaga kelishi , o’rta ossuriya va yangi ossuriya podshaliklari Qadimgi Ossuriya daviatchiligi mil. avv. II ming yillikda Ashshur shahri asosida M esopotamiyaning shimoli y a’ni yuqori Dajla qirg‘oqlarida paydo bo‘ladi. Dastlab shahar-davlatga nisbatan “alum Ashshur” ya’ni Ashshur jam
4oasi (yoki Ashshur xalqi) sifatida tilga olinadi. Ossuriyada ziroatchilik va savdo-sotiq yetakchi o ‘rin egallagan. Bu yerga qadimda semit xalqlari Arabiston yarim orolidan ko‘chib kelganlar va mahalliy etnoslar bilan aralashib ketadilar. Ossuriyaliklar Akkad tilining shimoliy lahjasida so ‘zlashganligi manbalarda keltiriladi. Ossuriya orqali savdogarlar Kavkazortidan Dajla daryosi bo‘ylab, Janubiy Mesopotamiga va Elamga, so‘ngra 0 ‘rtayer dengizi qirg‘oqlariga chiqqanlar. Qadimgi Ossuriya jam iyatida evolyutsion ravishda mulkiy tabaqalanish jarayoni quldorlikni yuzaga kelishiga olib keldi. Podsho va ibodatxona yerlarida jamoachi va qullar mehnat qilgan. Ossuriyada yem ing asosiy qismini jam oa yer egaligi tashkil qilgan. X o'jalikda qullam ing asosiy qismi m ulkiy tabaqalanish natijasida ozod jam oachilarning qarzi uchun qul qilish va urushlar natijasida chetdan mamlakatga keltirilgan. Boshqaruvda hokimiyatning yuqori organi yirik quldorlardan tu/ilgan oqsoqollar kengashi bo‘lgan. Kengash a ’zolari ichidan bir yil muddatga alohida lavozimli shaxs “limm u” tayinlangan, aynan u shahar xazinasini nazorat qilgan. Yangi yil hisobi uning ismi bilan yuritilgan. Ashshur shahar-davlatda m a’muriy ishlar va sud bilan oqsoqollar kengashi shug'ullanadigan, mansabdor amaldor l‘ukulluma”ni aynan ular tayinlagan. Ashshurda yana en (‘ishshiakkum ”) lavozimi ham bor edi. Uning asosiy vazifasi diniy marosimlarini o ‘tkazish bo‘Igan. Davlat xavf ostida qolganda (harbiy bosqin paytida) u harbiy qo‘mondon hisoblangan. Mil. avv. XIX asr oxirlarida M esopotamiyaning shimolida muhim savdo markazlaridan biri bo‘lgan Mari shahar-davlatiga egalik qilishga Terka shahri hokimi Belkabi urinib ko‘radi. Ammo mag‘lubiyatga uchrab, o ‘z mulklariga qaytadi, so‘ngra Mari podshosi Yaggid- Lim, Terka shahrini egallaydi. Belkabini o‘g‘li Shamshi-Adad dastlab Ekallatum shahriga qochib ketishga majbur bo‘ladi. Bu yerda u 3 yilga yaqin hukmronlik qiladi. Mil. avv. 1807-yil Ashshur shahri hokimi Erishum II ni taxtdan qulatadi. 0 ‘zini esa Ashshur podshosi deb e ’lon qiladi. K o‘p o ‘tmay Nineviya ham zab etiladi va ShamshiAdad I davlati tarkibiga kiritiladi. 0 ‘z bitiklarida unga Ossuriya ustidan hukumronlikni Enlil xudosi taqdim etganligini
5alohida ta’kidlaydi. Ko‘p o ‘tmay Mari yerlariga ham yurish uyushtiradi va shahami egallaydi. Mari podshosi Yaxdun-Limni o‘g ‘li Zimrilim, Yamxad davlatiga qochishga muvaffaq bo'ladi. Marini shahrini bo‘ysundirib, u yerga kichik o ‘g ‘li Yasma-Adadni hokim qilib qo‘yadi. Karxemish shahri bilan o ‘zaro ittifoq tuzadi. Natijada Shamshi-Adad I, Yamxad podshosi Sumuepux bilan doimiy urush holatiga tushib qoladi. Shunday bo‘lsa-da Shamshi-Adad I, Yamxad davlatini 0 ‘rtayer dengiziga chiqish yoMidan biroz vaqt bo‘lsa-da mahrum qilishga muvaffaq bo‘ladi. So‘ngra xurritlardan bo‘lgan turrukku (Zagros tog‘lari aholisi)larga qarshi yurishlar uyushtiradi. Unga qadar shahzoda Ishme-Dagan turrukkular bilan uzoq urush olib borgan edi. ShamshiAdad I turrukkular sardorlari Bin-Adad, Vilanum, Liday va Zaziylami mag‘lub qilsada, lekin turrukkulam i butunlay yenga olmadi. Shamshi-Adad I Ashshur shahrini o ‘zining Yuqori Mesopotamiyadagi davlati markaziga aylantiradi. Ashshur, Ikki daryo oralig‘ining shimolidagi shaharlami bosib oladi. Shamshi-Adad I ko‘proq katta farzandi Ishme-Daganni taxt vorisi sifatida tarbiyalab boradi. Aksariyat Suriya shaharlarini zabt etishga erishadi. Ashshur g‘arb savdosida vositachilikni o ‘z qo‘liga oladi. Davlat boshqaruvida podshoning mavqeyi kuchayadi. Shamshi-Adad I davlat boshqaruvini bevosita o ‘z qo‘liga olib, mutloq hukmdor sifatida davlat boshlig‘i, oliy harbiy boshliq va sudya vazifasini o‘taydi. Boshqaruvni takomillashtirishga zaruriyat tug‘iladi. M amlakat hududi, aholisi tumanlarga boMinib, ularni boshqarish uchun podsho hokimlari yuboriladi. Shamshi-Adad mil. avv. 1774-yilda vafot etishi bilan 6 yildan so'ng, M ari shahri shahzodasi Zimri-Lim qaynotasi Yarnxad podshosidan ko‘mak olib, Yasma-Adaddan taxtini qaytarib oladi. Ashshur podshosi Ishm e-Dagan ukasiga yordam ko‘rsatmaydi. Mil. avv. 1757-yilda kuchsizlanib qolgan Ossuriya podsholigi IshmeDagan davrida Bobilning qudratiga bas kela olmadi. Ashshur Xamurappi tomonidan zabt etildi. Mil. avv. 1740-yil atrofida ko‘chmanchi kassit qabilalarining M esopotamiyaga hujumi davrida Shamshi- Adad I ning avlodlari hokimiyatni yana o ‘z qo‘llariga oladilar. Ammo tez orada taxm inan mil. avv. 1700-yillarda hokimiyatni Adasilar sulolasi egallaydi.