QOZOG’ISTON RESPUBLIKASI TASHQI SIYOSATI SHAKLLANISHI, RIVOJLANISHI VA ISTIQBOLI (1991-2022 yy.)
QOZOG’ISTON RESPUBLIKASI TAS H QI SIY O SATI S H AKLLANIS H I, RIVOJLANIS H I VA ISTIQBOLI (1991-2022 yy.) MUNDARIJA KIRIS H ............................................................................................................. I. BOB. QOZOG’ ISTON RESPUBLIKASI TAShQI SIYOSATINING ShAKLLANIS H I VA RIVOJLANIS H I ....... ............................... 1.1. Qozog’iston Respublikasinig mustaqil davlat sifatida tashkil topishi. 1.2. Qozog’iston Respublikasi tashqi siyosati asoslarini shakllanishi va ustuvor yo’nalishlari ..... II BOB. QOZOG’ISTON RESPUBLIKASINING JAHON MAMLAKATLARI BILAN HAMKORLIGINING S H AKLLANIS H I, RIVOJLANIS H I VA ISTIQBOLI. 2.1. Qozog’iston Respublikasi va Rossiya hamkorligi 2.2. Qozog’iston Respublikasi va AQSh hamkorligi 2.2. Qozog’iston Respublikasi va Xitoy hamkorligi III BOB. QOZOG’ISTON RESPUBLIKASINING XALQARO TAS H KILOTLAR BILAN O’ZARO MUNOSABATI VA ISTIQBOLI 3.1. Qozog’iston Respublikasi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti munosabati. 3.2. Qozog’iston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkiloti bilan o’zaro munosabatlari .. 3.3. Qozog’iston Respublikasining xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorligi XULOSA ..................................................................................................... ILOVA ............................................................................................. ADABIY O TLAR RO’YXATI ....................................................................... 1
KIRISH M avzuning dolzarbligi. Qozog’iston Respublikasi tashqi siyosati masalasi jahon tarixining muhim tadqiqot obyektlaridan biri sanaladi. Jahon siyosiy maydonida XX asrning 90-yillarida ikki qutbli dunyo tartibotining barham topishi hamda Sobiq Ittifoq davlati parchalanishi oqibatida xalqaro munosabatlar tizimida transformasiya jarayonlari keskin tus oldi. Jahonda ro’y berayotgan bu jarayonlar endigina mustaqillikni qo’lga kiritgan Markaziy Osiyo davlatlarining o’zaro munosabatlarida ham yaqqol namoyon bo’ldi. Qozog’iston nafaqat Markaziy Osiyoda balki, Osiyo mintaqasida o’zining joylashuv o’rniga ko’ra muhim geosiyosiy ahamiyatga va tabiiy resurslarga boy hudud hisoblanadi. Bugungi kunda dunyo ilm-fanida Qozog’iston Respublikasi tashqi siyosati, xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro munosabatlarning shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari, mamlakatning jahon va mintaqadagi muammolarni hal etish borasidagi yondashuvlariga oid ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu tadqiqotlarda Qozog’iston Respublikasi tashqi siyosati, xalqaro hamkorligi, davlatlararo munosabatlarning holatiga chambarchas bog’liq ekanligiga oid masalalar chuqur tahlil qilinib, mintaqaviy va xaqlaro miqyosdagi muammolarning hal etilishida Qozog’iston Respublikasi tashqi siyosati pozisiya masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Postsovet makonida ulkan davlatning parchalanishi oqibati o’laroq vujudga kelgan iqtisodiy bo’hronlar, siyosiy tebranishlar va g’oyaviy bo’shlik sababli Markaziy Osiyo davlatlari, xususan Qozog’iston o’zi uchun mustaqil tashki siyosatni shakllantirish, ittifoqchi va ishonchli sherik izlashga majbur bo’ldi. O’zbekistonda ham qo’shni Qozog’iston Respublikasining tashqi siyosati, xususan mintaqa mamlakatlari bilan o’zaro ishonch va ahil qo’shnichilikka asoslangan munosabatlarni rivojlantirish, qardoshlik va ittifoqchilik aloqalarini yanada mustahkamlash, ochiq va o’zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishiga 2
xayrixoh ekanligini ko’rish mumkin. Bu borada «ikki qardosh xalqlarning ravnaqi yo’lida ko’p asrlik do’stlik, yaxshi qo’shnichilik va keng ko’lamli hamkorlikni mustahkamlash» 1 ga alohida alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Shu nuqtai nazardan, dissertasiya ishining dolzarbligi quyidagilarda namoyon bo’ladi: Birinchidan, Qozog’iston Respublikasi tashqi siyosatini tarixiy jihatlarini tadqiq etish orqali tinchliksevar tashqi siyosati va mintaqaviy yaxshi qo’shnichilik aloqalarini yuqori darajaga ko’tarish; Ikkinchidan, tashqi siyosatining rivojlanish bosqichlarini belgilash, xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy va madaniy sohalardagi hamkorligini faol rivojlantirish; Uchinchidan, tadqiqot davomidagi tahlillar asosida Qozog’iston Respublikasi tashqi siyosatining istiqbolli yo’nalishlarini ishlab chiqish. O’zbekiston Respublikasi bilan Qozog’iston Respublikasi o’rtasida «Abadiy do’stlik to’g’risida shartnoma» (1998), O’zbekiston Respublikasi «Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi» (2012), «2022 – 2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi» va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertasiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Tadqiqot kafedraning ustuvor yo’nalishlariga bog’liqligi. Magistrlik dissertasiyasi kafedraning ustuvor yo’nalishi doirasida bajarilgan. Muammoning o’rganilganlik darajasi. Ta’kidlash joizki, Qozog’iston Respublikasi tashqi siyosatining shakllanishi va rivojlanishi, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorligi, xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro munosabatlari kabi mavzular tarixchi, siyosatchi va iqtisodchi olimlar va ekspertlar tomonidan keng miqyosda yoritilgan. Shu bilan birga, Qozog’iston Respublikasi tashqi siyosatiga bag’ishlab yozilgan fundamental ilmiy tadqiqot ishlarining soni juda kamligini alohida ta’kidlash joiz. Hozirgi kunga qadar U.Uzbekov va A.Oltiboyev 2 kabi olimlargina 1 Мирзиёев Ш.М. Кўп асрлик дўстлик, яхши қўшничилик ва кенг кўламли ҳамкорликни мустаҳкамлашнинг қатъий тарафдоримиз // https://president.uz/uz/lists/view/4810 2 Узбеков У.У. П олитические аспекты Казахстанско - У збекистанских отношений . Автореферат дисс. кан. пол. наук. – Алматы ., 2000 ; Олтибоев А.М. Ўзбекистон ва Қозоғистон республикаларининг иқтисодий ва маданий-гуманитар соҳалардаги ҳамкорлиги (1991–2020 йиллар мисолида). Тарих фанлари бўйича фалсафа доктори (phd) диссертацияси автореферати. – Тошкент., 2022. 3
o’zbek-qozoq aloqalarining ayrim jihatlariga oid tadqiqotlar olib borganini ko’rishimiz mumkin. Shuningdek, mamlakatimiz tarixchi olimlarining Qozog’iston Rsepublikasi tarixi bilan bog’liq olib borgan tadqiqot ishlarida Qozog’iston Respublikasi tashqi siyosati va O’zbekiston bilan o’zaro hamkorligiga oid ma’lumotlarni uchratamiz. Shu sababli, mavzuni tadqiq etish davomida arxiv hujatlari, ilmiy jurnallar, gazeta va internet manbalarida chop etilgan materiallardan unumli foydalanildi. Umuman, mavzuga oid adabiyotlarni quyidagi uch guruhga bo’lib o’rganish maqsadga muvofiqdir. Birinchi guruh. G’arb olimlari M.Olkott, F.Starr, Z.Bjezinskiy, R.Allison va L.Jonson, D.Burgart va T.Sabonis-Hyelf, G.Ginsburg, P.Xuman, J.Anderson, G.Sherman, Sh.Xanter, Sh.Akiner, P.Ferdinand 3 ilmiy izlanishlarida Markaziy Osiyo geosiyosati, mintaqaviy xavfsizlik, mintaqada kechayotgan geosiyosiy o’zgarishlar va integrasion jarayonlar tahlil etiladi. Jumladan, M.Stark va J.Axrens 4 Markaziy Osiyo mintaqasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va ularning institusional jihatlari xususida to’xtalib o’tgan bo’lsa, AQShning J.Vashington universiteti olimlari M.Laruell va S.Peyrouz 5 Markaziy Osiyo hududida tashkil etilgan mintaqaviy tashkilotlarning hamkorlik modellari va samaradorligi xususida fikr yuritadi. 3 Olcott M.B. Central Asia’s New States. Washington, United States Institute of Peace Press. 1996; Starr F.S. Change and Continuity in Uzbekistan, 1991-2016 . 2018 // http://silkroadstudies.org/resources/pdf/Monographs/1809-Starr-UZ.pdf; Бжезинский З. Великая шахматная доска. [пер. с анг. О. Уральской]. – Москва.: Издателсьство АСТ, 2019; Allison R., Jonson L. Central Asian Security: the new intern ational context. – London: Royal Institute of International Affairs, 2001; Burghart D. , Sabonis-Helf Th. (In the Tracks of Tamerlane: Central Asia’s Path to the 21st Century. – Washington D.C.: National Defense University Center for Technology and National Security Policy, 2004; Giinsburg G. Recent History of the Territorial Question in Central Asia // Central Asia Monitor. 1992. №3/21; Hooman Р. Regional Security and the Future of Central Asia. London, Praeger. (1998) ; Anderson J . The International Politics of Central Asia. Manchester, Manchester University Press.1997 ; Sherman G . The New Central Asia in Search of Stability. New York, The Trilateral Commission. 2000 ; Hunter Sh . Central Asia Since Independence . Westport, CT, 1996 ; А kiner Sh . Conceptual geographies of Central Asia. In Akiner. (Ed.), Sustainable development in Central Asia (pp. 3–6). Richmond: Curzon Press.1998; Ferdinand P. The New States of Central Asia and Their Neighbours, New York: Council of Foreign Relations Press.1994. 4 Stark М., Ahrens J. Economic reform and institutional change in Central Asia: towards a new model of the developmental state? //Forschungspapiere Research Papers. 2012/05. P.14. 5 Laruelle М., Peyrouse S . Regional Organisations in Central Asia: Patterns of Interaction, Dilemmas of Efficiency. Working paper №10, 2012 // https://www.ucentralasia.org/content/downloads/uca-ippa-wp-10- regionalorganizations.pdf. 4
Ikkinchi guruhni Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligiga a’zo mamlakatlarning olimlari tashkil etadi. Xususan, M.Pikulina, V.Guseynov, G.Petrov, K.Borishpoles, A.Beloglazov 6 larning ilmiy tadqiqotlarida Markaziy Osiyo mintaqasidagi transchegaraviy suv resurslarini taqsimlash muammolari, vujudga kelishi mumkin bo’lgan konfliktlar va ularni hal etish masalalari yoritilgan bo’lsa, Ye.Kuzmina, A.Matveyev, S.Kushkumbayev, M.Shayxutdinov, M.Laumulin 7 asarlarida mustaqil O’zbekiston Respublikasining 90-yillardagi ichki va tashqi siyosati, mintaqadagi integrasion jarayonlar, Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasidagi chegara muammolari va ularning geosiyosiy jihatlari birma-bir ochib berilgan. Markaziy Osiyodagi suv muammolari borasida izlanishlar olib borgan olimlar ichida K.Valentini, E.Orolbayev, A.Abыlgaziyevalar 8 alohida ajralib turadi. Ularning tadqiqotlarida Markaziy Osiyoda suv munosabatlarining paydo bo’lishi va rivojlanishi tarixi, mintaqada suv resurslaridan foydalanishning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, texnik va ekologik muammolari haqida batafsil so’z yuritilgan. Shuningdek, A.Samiyev, I.Xanova, L.Sarыyeva 9 kabi olimlarnig tadqiqotlarida O’zbekiston-Qozog’iston munosabatlarining mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikka ta’siri, ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlar tarixi va 6 Пикулина М.Л. Проблема трансграничных водных ресурсов в Центральной Азии // Казахстан спектр. – 2013. – № 1 ; Гусейнов В. Водные ресурсы ЦАР // Центральная Азия. Геополитика и экономика региона. – М.: Красная звезда, 2010; Петров Г. Конфликт интересов между гидроэнергетикой и ирригацией в Центральной Азии. Его причины и пути преодоления // Центральная Азия и Кавказ. – 2010. – № 3; Боришполец К.П. Вода как perpetuum Mobile центрально-азиатской политики // Вестник Московского университета. Сер. 12. Политические науки. – 2010. – № 5 ; Белоглазов А.В. Международные водные конфликты в Центральной Азии (1992–2006 гг.). У ченые записки К азанского государственного университета // Гуманитарные науки . том 149, кн. 3 . 7 Кузьмина Е.М. Геополитика Центральной Азии. М.: Наука, 2007; Матвеев А. В Центральной Азии вспыхивают межгосударственные территориальные конфликты // Военно-промышленный курьер, 2008; Кушкумбаев С.К. Центральная Азия на путях интеграции: Геополитика. Этничность. Безопасность. – Алматы: Казакстан, 2002 ; Шайхутдинов М.Е. Новейшие тенденции в развитии центральноазиатской интеграции: внутренние и внешние аспекты // Центральная Азия: состояние и перспективы регионального взаимодействия: Мат-лы VI Ежегод. Алмат. конф. (г. Алматы, 11 июня 2008 г.) / Отв. ред. Б.К. Султанов. – Алматы: КИСИ при Президенте РК, 2008; Лаумулин М.Т. Центральная Азия в зарубежной политологии и мировой геополитике. Том V: Центральная Азия в XXI столетии – Алматы: КИСИ при Президенте РК, 2009. 8 Валентини К.Л., Оролбаев Э.Э., Абылгазиева А.К. Водные проблемы Центральной Азии . – Б.: 2004. 9 Самиев А.Я. Узбекистан — Казахстан: новый этап культурно-духовного сотрудничества. Молодой учёный. № 51 (237), 2018. Ханова.И.Е. Казахстан – Узбекистан: история сотрудничества и перспективы взаимодействия // https://cyberleninka.ru/article/n/kazahstan-uzbekistan-istoriya-sotrudnichestva-i-perspektivy- vzaimodeystviya; Сарыева Л. С. Укрепление двустороннего сотрудничества Казахстана и Узбекистана как фактор обеспечения стабильности и развития центральноазиатского региона. Актуальні проблеми економіки №10(184), 2016. 5